folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Jazoni o‘tash muassasalari huzurida davlat unitar korxonalarini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari huzurida ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiradigan davlat unitar korxonalarini ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki, jazoni ijro etish muassasalari davlat unitar korxonalarining muassislari hisoblanadi. Jazoni ijro etish muassasalari davlat unitar korxonalarini yuqori malakali menejerlar, mutaxassislar, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan ta’minlasinlar. 2. Quyidagilar tashkil etiladigan davlat unitar korxonalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish orqali rivojlantirish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning mehnat bilan bandligini ta’minlash; ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi faoliyatida ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakl va uslublarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash; uskunalar va boshqa texnikadan foydalanish, moddiy-texnika va yoqilg‘i- energetika resurslarini tejash samaradorligini oshirish, uskunalarni saqlash, ularni joriy ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish; o‘zlariga beriladigan va jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan obyektlar hamda hududlarni shaharsozlik normalari va qoidalari, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli saqlash hamda ulardan foydalanishni ta’minlash; o‘z ishlab chiqarish faoliyatini qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tashkil etish; jazoni ijro etish muassasalari bilan shartnoma asosida mahkumlar bandligini ta’minlash va ular uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish ishlarini tashkil etish; mahkumlarda zarur mehnat ko‘nikmalari va mehnatni hurmat qilish munosabatlarini shakllantirish, mehnat natijasida mahkumlarning ma’naviy va moddiy manfaatdorligi uchun sharoitlar yaratish; mehnat intizomi, texnologik intizom va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash. 3. Davlat unitar korxonalari faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtirilishi belgilansin: faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan tushadigan daromadlar; davlat unitar korxonalarining davlat mulkini tashkilotlarga qonunchilikka muvofiq ijaraga berishdan tushadigan daromadlari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining: davlat unitar korxonalari bozor konyunkturasi va o‘z faoliyatining xususiyatlarini hisobga olib, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun shartnoma (erkin) narxlarini (tariflarini) va rentabelligini mustaqil belgilashi; davlat unitar korxonalari tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish narxlarini (tariflarini) shakllantirishda o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va korxonalarni texnik qayta jihozlash xarajatlarini, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish-texnika bazasini modernizatsiyalashni majburiy hisobga olishi; tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish narxlari (tariflari) davlat unitar korxonasi direktori tomonidan ushbu korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning bo‘linmalari va muassasalari ehtiyojlari uchun esa — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanishi; davlat unitar korxonalari jazoni ijro etish muassasalari hududidagi bino va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi bilan kelishib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarorlari asosida hududiy yagona buyurtmachi xizmatlarini jalb qilgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan korxona ixtiyorida qoladigan daromad hisobidan qurish hamda rekonstruksiya qilish huquqiga ega ekani to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda: jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalarining tuzilmasi va namunaviy ustavini tasdiqlasin; jazoni ijro etish muassasalari davlat unitar korxonalarining ustavlari tasdiqlashini; davlat unitar korxonalarini binolar va zarur ishlab chiqarish bazasi bilan ta’minlasin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek, shahar va tumanlar hokimliklari davlat unitar korxonalaridagi mavjud chorva mollari bosh sonidan kelib chiqqan holda, ushbu hududda chorva mollari boqiladigan yaylovlar uchun zarur miqdorda suv chiqarish quduqlari, skvajinalar bilan ta’minlangan va hosildor qo‘shimcha yer maydonlari ajratish choralarini ko‘rsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat unitar korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulot turlari haqida reklama va ularning narxlar preyskuranti ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan butunjahon Internet axborot tarmog‘ida joylashtirilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
89
5,780
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisoboti taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-343-son Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 26-dekabrdagi PF-4491-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “gaz” so‘zi “tabiiy gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 16-maydagi 136-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda): a) qarorning nomidagi, muqaddimasidagi va 1-bandidagi “xorijiy investorlar va” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) ilovada: nomidagi va 1-banddagi “xorijiy investorlar va” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3-bandda: ikkinchi xatboshidagi “xorijiy investor yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi – o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin; 7-bandda: to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “(xorijiy investor tomonidan ariza berilganda – ariza beruvchi yoki uning ishonchli shaxsi tomonidan tasdiqlangan)” so‘zlari chiqarib tashlansin; to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘ninchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin; 26-bandning birinchi xatboshidagi “xorijiy investorlar va” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) Nizomning 1—7-ilovalaridagi ko‘rsatkichlardan hamda 1 va 7-ilovalari matnlaridan “xorijiy investorlar va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
106
2,823
Qonunchilik
Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini tashkil etish to‘g‘risida
Statistik axborotlarning yagona tizimini yanada rivojlantirish, ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibini takomillashtirish va ularning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan bosh tortishiga ko‘maklashadigan shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarning markazlashtirilgan hisobini yuritish yuzasidan mas’ul organ etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: a) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasini joriy etishga doir tashkiliy tadbirlar rejasini tasdiqlasin, unda quyidagilarni nazarda tutsin: ma’lumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasi faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash; tegishli dasturiy ta’minotni yaratish yuzasidan texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash; ma’lumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasida axborotlarni to‘plash va ishlashning tashkiliy-funksional sxemasini tasdiqlash; ma’lumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasini yuritish uchun zarur bo‘lgan kelgusida uni takomillashtirib borish imkoniyatiga ega dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etish; markazlashtirilgan hisobga olish tizimini yaratish va kelgusida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish hajmini aniqlash; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlar tomonidan markazlashtirilgan hisobga olish tizimini, shu jumladan muayyan hududda uni tajriba testidan o‘tkazish orqali bosqichma-bosqich joriy etish; ma’lumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasidan to‘liq foydalanishni boshlashni ushbu qarorda belgilangan muddatda ta’minlaydigan boshqa tadbirlarni amalga oshirish; b) ma’lumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasini va tajriba testidan o‘tkazishni joriy etishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish yakunlariga ko‘ra, zarurat bo‘lganda, Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom normalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin. 4. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlar: ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar hisobining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq yuritilishini ta’minlasinlar; ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 5. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini yaratish va joriy etish tadbirlarini moliyalashtirish manbai etib belgilansin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, 2012-yil 1-yanvardan boshlab sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar tasdiqlangan Nizomga muvofiq hisobga olinadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar malakasini oshirish kurslarini tashkil etsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli barcha organlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) uchun ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi. 2. Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ishlash, umumlashtirish, jamlash, saqlash va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek ularni davlat organlariga taqdim etish hisobga olishning asosiy vazifalari hisoblanadi. 3. Quyidagilar hisobga olish prinsiplari hisoblanadi: qonuniylik; axborotlarning xolisonaligi, ishonchliligi va taqqoslanuvchanligi; axborotlarning ushbu Nizomda va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan doirada foydalanilishi va oshkoraligi; hisobga olishning majburiyligi va bir xildaligi. 4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ma’lumotlarning idoraviy bazasi — tegishli hududdagi idoraviy taalluqli huquqbuzarliklar bo‘yicha bitta vakolatli organ barcha bo‘linmalarining (tuman, shahar, viloyat, respublika bo‘g‘inining) qarorlari asosida ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning idoraviy elektron bazasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha; ma’lumotlarning hududiy bazasi — tegishli hududdagi barcha vakolatli organlarning qarorlari asosida ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning hududiy elektron bazasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha; ma’lumotlarning yagona bazasi — respublika bo‘yicha ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan elektron bazasi; vakolatli organning hududiy bo‘linmasi — viloyat (tenglashtirilgan) bo‘g‘inining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) vakolatli organi bo‘linmasi; vakolatli organning markaziy bo‘linmasi — respublika bo‘g‘inining vakolatli organi bo‘linmasi. 5. Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarning markazlashtirilgan hisobi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ma’lumotlarning yagona bazasini shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlarning yagona, hududiy va idoraviy bazalari cheklangan holda foydalaniladigan axborot resurslari hisoblanadi. Ma’lumotlarning yagona bazasi ma’lumotlarning hududiy bazalari asosida shakllantiriladi. 6. Ma’lumotlarning hududiy bazalari ma’lumotlarning idoraviy bazalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda ichki ishlar boshqarmalari deb ataladi) shakllantiriladi. 7. Ma’lumotlarning idoraviy bazalari hisobga olish hujjatlari asosida vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan shakllantiriladi. Quyidagilar hisobga olish hujjatlari hisoblanadi: ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish № 1-AP shaklidagi kartochkasi, (keyingi o‘rinlarda № 1-AP shaklidagi kartochka deb ataladi); ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’muriy jazoga tortilgan (protokol tuzilmasdan) shaxslarni hisobga olish № 2-AP shaklidagi kartochkasi (keyingi o‘rinlarda № 2-AP shaklidagi kartochka deb ataladi); ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni ijro qilish haqidagi bildirishnoma (keyingi o‘rinlarda bildirishnoma deb ataladi). Hisobga olish hujjatlari va ma’lumotlar bazalari davlat tilida yuritiladi. 8. Vakolatli organlarning barcha bo‘g‘inlari (tuman, shahar, respublika) ushbu Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda kartochkalar va bildirishnomalarni vakolatli organning tegishli hududiy bo‘linmalariga taqdim etadilar. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar qarorlari asosida ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risida ularga nisbatan qaror (ajrim) chiqarilgan yoki O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (MJK) 283-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan joyda jarima solingan shaxslar hisobga olinadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish tugatilgan taqdirda kartochka to‘ldirilmaydi, shu jumladan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 21-moddasi asosida ogohlantirish munosabati bilan. 9. Ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqargan mansabdor shaxs kartochka va bildirishnomani ushbu Nizomga qat’iy muvofiq elektron formatda (keyingi o‘rinlarda elektron kartochka va elektron bildirishnoma deb ataladi) to‘ldiradi, so‘ngra ularni belgilangan namunada bir nusxada qog‘ozga ko‘chiradi (keyingi o‘rinlarda qog‘oz kartochka va qog‘oz bildirishnoma deb ataladi) va imzolaydi. Kartochka va bildirishnomani imzolagan mansabdor shaxs uning ishonchliligi, to‘liq to‘ldirilganligi hamda ularni taqdim etishning ushbu Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya qilinganligi uchun javob beradi. Kartochka va bildirishnomalar vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalarida ushbu Nizomda belgilangan muddatlarga muvofiq saqlanadi. Kartochka va bildirishnomalarni ko‘chirish uchun qo‘llaniladigan qog‘oz sifatiga qo‘yiladigan talablar vakolatli organlar tomonidan belgilanadi. 10. Hisobga olishning to‘liqligini ta’minlash maqsadida vakolatli organning barcha bo‘g‘inlari har chorakda bir marta (hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasigacha) taqdim etilgan kartochka va bildirishnomalarni tegishli hududiy bo‘linmada ma’lumotlarning idoraviy bazasi bilan solishtiradi. Solishtirishni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda vakolatli organning markaziy bo‘linmasi tomonidan belgilanadi. 11. Vakolatli organning hududiy bo‘linmalari mavjud bo‘lmagan taqdirda ma’lumotlarning idoraviy bazasini shakllantirish, kartochka va bildirishnomalarni saqlash vakolatli organning markaziy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 12. Quyidagilar Ichki ishlar vazirligining hisobga olishni ta’minlash bo‘yicha vakolatiga kiradi: ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona bazasini shakllantirish; ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish, ma’lumotlarning hududiy bazalarini shakllantirish va yuritish bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini nazorat qilish; ichki ishlar organlarida ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning saqlanishini va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash; ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish; 13. Quyidagilar hisobga olish bo‘yicha vakolatli organlar markaziy va hududiy bo‘linmalarining vakolatiga kiradi: ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish, ma’lumotlarning idoraviy bazalarini shakllantirish va yuritish, ma’lumotlarni ichki ishlar organlariga berish bo‘yicha idoraviy bo‘ysunuvchi organlar (mansabdor shaxslar) faoliyatini nazorat qilish; ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning saqlanishini va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash. 14. Vakolatli organlar tomonidan Ma’muriy huquqbuzarliklarni va ularni sodir etgan shaxslarni hisobga olish daftari (keyingi o‘rinlarda Daftar deb ataladi) ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq yuritiladi. Daftarga barcha ma’muriy huquqbuzarliklar va ularni sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatilgan taqdirda Daftarning 6-ustunida tegishli yozuv qayd etiladi. 15. Daftar kalendar yil boshidan e’tiboran yuritiladi. U tartib raqami qo‘yilgan va ip o‘tkazib bog‘langan bo‘lishi kerak. Oxirgi sahifasida ipning bog‘langan joyiga qog‘oz yelimlanadi, unga vakolatli organ muhri tushiriladi va unda mazkur organ Rahbari tasdiqlagan ishonch yozuvi bo‘ladi. 16. Daftardagi barcha yozuvlar aniq holda, ko‘k yoki qora rangli siyohlar (pasta) bilan qayd etiladi. Unda o‘chirib yozishga, tuzatishga yoki ilgari qayd etilgan yozuvlarni tuzatish vositalari yordamida yo‘qotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Zarur holatlarda, xato bilan qayd etilgan yozuvlar ilgari qayd etilgan matnni aniq o‘qish mumkin bo‘lgan holda o‘chiriladi. Yangi yozuv aynan shu ustunda qayd etiladi. Bu holda Daftarning yuritilishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs tuzatishni sana ko‘rsatilgan holdagi imzosi bilan tasdiqlaydi. 17. Daftar 3 yil saqlanadi, so‘ngra dalolatnomaga muvofiq yo‘q qilinadi. 18. Daftarning saqlanishi, undagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli holda qayd etilganligi uchun javobgarlik hisobga olish-ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlari boshliqlari, ular bo‘lmaganda esa — vakolatli organning Rahbari zimmasiga yuklanadi. 19. Vakolatli organlarning barcha bo‘g‘inlari (tuman, shahar, respublika bo‘g‘inining) № 1-AP va № 2-AP shakllaridagi elektron kartochkalarni qaror chiqarilgandan keyin bir sutka mobaynida ma’lumotlarning idoraviy bazasiga kiritadilar. Qog‘oz kartochkalar har o‘n kunda — har qaysi oyning 10, 20 va 30-sanasida vakolatli organning hududiy bo‘linmasiga yuboriladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan sanalar ishlanmaydigan kunga (dam olish, bayram kunlariga) to‘g‘ri kelsa kartochkalar ishlanmaydigan kundan keyingi birinchi kunda jo‘natiladi. 20. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar kartochkalarni ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq tuman (shahar bo‘g‘ini) ichki ishlar organlariga yuboradilar. 21. Agar kartochkalarning ushbu Nizom talablari buzilgan holda to‘ldirilganligi aniqlansa ular darhol vakolatli organ tomonidan tuzatiladi. Tuzatilgan elektron kartochkalar qog‘oz kartochkalarga majburiy almashtirilgan holda ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq ma’lumotlarning idoraviy bazasiga kiritiladi. 22. Vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari har kuni, yangi ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa — ularning idoraviy bazaga tushishiga ko‘ra elektron kartochkalarni ma’lumotlarning hududiy bazasiga jo‘natadi. Vakolatli organda hududiy bo‘linmalar bo‘lmagan taqdirda elektron kartochkalarni ma’lumotlarning hududiy bazasiga jo‘natish vakolatli organning markaziy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi. 23. Ichki ishlar boshqarmalari har kuni elektron kartochkalarni ma’lumotlarning yagona bazasiga jo‘natadi. 24. Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jazoni ijro etish tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida saqlanadi. Saqlash muddati tugagach elektron kartochkalar ma’lumotlar bazasidan chiqariladi, kartochkalari chiqarilgan shaxslar to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlardan iborat bo‘lgan hisobot yoziladi. Ayni bir vaqtda qog‘oz kartochkalar va bildirishnomalar dalolatnoma bo‘yicha, yo‘q qilingan hisobga olish hujjatlarining umumiy soni ko‘rsatilgan va hisobotga asoslangan holda yo‘q qilinadi. Yo‘q qilinganlik to‘g‘risidagi hisobotlar va dalolatnomalar 3 yil saqlanadi. 25. № 2-AP shaklidagi kartochka Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 283-moddasiga muvofiq, huquqbuzarlik sodir etilgan joyda jarima solingan taqdirda tuziladi. 26. № 1-AP shaklidagi elektron kartochkani to‘ldirish “Ma’muriy jazoga tortilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi” rekvizitlari bilan boshlanadi. 27. 1 va 3-satrlarda huquqbuzarlikni aniqlagan (protokol tuzgan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘agan), shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni/protokolni ko‘rib chiqqan va qaror chiqargan vakolatli organning (mansabdor shaxsning) nomi ko‘rsatiladi, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq ularning kodi qayd etiladi. Agar ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlagan (protokol tuzgan, huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘agan), shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni/protokolni ko‘rib chiqqan va qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) aynan bitta organ bo‘lsa 3-satr to‘ldirilmaydi. 28. “Huquqbuzarlik sodir etilgan joy” deb nomlangan 2-satrda aholi punkti, tuman, shahar, viloyat (respublika) nomi ko‘rsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi (ushbu Nizomga 6-ilova). 29. 4-satrda vakolatli organ Daftari bo‘yicha ishning ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokolning tartib raqami va uning qo‘zg‘algan/tuzilgan sanasi ko‘rsatiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 272-moddasiga hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 86-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida protokol tuzilmagan bo‘lsa, u holda “ish/protokol/tartib raqami” ustuniga P/T (“protokol tuzilmagan” so‘zlari) yoziladi. 30. 5-satrda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqqan va qaror chiqargan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, 6-satrda ish ko‘rib chiqilgan sana, 7-satrda — kartochkaga tuzatish kiritilgan sana, 7.1-satrda tuzatish kiritish sababi: “1” — to‘ldirishdagi xato; “2” — qaror qayta ko‘rib chiqilgan so‘zlari qayd etiladi. 31. 8-satrda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari bo‘yicha huquqbuzarlikning kvalifikatsiyasi ko‘rsatiladi. 8.1-satrda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan) sana aks ettiriladi. 32. 9-satrda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 23 va 24-moddalariga muvofiq ma’muriy jazo choralari aks ettiriladi. 9.1-satrida quyidagi kodlarni qo‘yish yo‘li bilan asosiy jazo choralari ko‘rsatiladi: “1” — jarima; “2” — ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish uchun qurol hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan predmetni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; “3” — ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki shunday narsa bo‘lgan predmetni musodara qilish; “4” — mazkur shaxsga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish; “5” — ma’muriy qamoqqa olish. 9.2-satrda jazoni ijro etish tugagan sana ko‘rsatiladi. Agar qo‘shimcha jazo sifatida predmetlarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish qo‘llansa, u holda unga muvofiq bo‘lgan kod 9.3-satriga qo‘yiladi. 9.4-satrda “6”-kodni qo‘yish yo‘li bilan xorijiy fuqarolarni yoki fuqaroligi yo‘q shaxslarni mamlakatdan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish ko‘rsatiladi. 33. 10.1 va 10.2-satrlarda yozilgan va undirilgan jarima miqdori so‘mlarda, 11.1 va 11.2-satrlarda tegishli ravishda haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yilgan va musodara qilingan predmet qiymatlari ko‘rsatiladi. 34. 12-satrda ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar — familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi: 12.1 va 12.2-satrlarda — huquqbuzarning tug‘ilgan sanasi, oyi, yili va yashash joyi (qisqartirmasdan); 12.3-satrda shaxsini tasdiqlovchi hujjat: “1” — pasport, “2” — yashash guvohnomasi, “3” — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi, “4” — haydovchilik guvohnomasi, “5” — harbiy guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma; 12.4-satrda — soliq to‘lovchining identifikatsiyalash tartib raqami; 12.5-satrda — huquqbuzarning jinsi: “1” — er, “2” — ayol; 12.6-satrda — huquqbuzarning fuqaroligi: “1” — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, “2” — xorijiy fuqaro, “3” — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs; 12.7-satrda — mashg‘ulotlarining turi: “1” — o‘qish, “2” — ish, “3” — mashg‘ulotining turi noaniq, shuningdek o‘qish, ish joyi va lavozimi; 12.8-satrda — huquqbuzarlikni sodir etish vaqtidagi holati: “1” — alkogolli, “2” — giyohvandlik, “3” — boshqacha holatdagi mastlik. 35. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan shikoyat yoki protest bildirish 13-satrda aks ettiriladi. Quyidagi ko‘rib chiqish natijalari 13.1-satrda ko‘rsatiladi: “1” — qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan; “2” — ish yangidan ko‘rib chiqishga jo‘natilgan; “3” — ishni ko‘rib chiqish tugatilgan; “4” — jazo chorasi o‘zgartirilgan. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish tugatilgan taqdirda kartochka ma’lumotlar bazasidan chiqariladi. Jazo choralari o‘zgartirilganda yoki ishni yangidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha boshqacha qaror chiqarilganda kartochkaga ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan tartibga rioya qilingan holda, yakuniy qaror qabul qilgan organ tomonidan tuzatish kiritiladi. Bunda 13-satrda ish yuzasidan shikoyat yoki protest bildirilganligi to‘g‘risida yozuv qayd etiladi. 36. 14-satrda kartochka to‘ldirilgan sana ko‘rsatiladi va ishni ko‘rib chiqqan shaxsning imzosi qo‘yiladi. 37. Ushbu Nizomning 26—36-bandlari qoidalari № 2-AP shaklidagi kartochkani tegishli rekvizitlar bo‘yicha to‘ldirishda qo‘llanadi. 38. Huquqbuzardan yoki qarorni ijro etish zimmasiga yuklangan mansabdor shaxsdan ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni (ajrimni) ijro etish haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar (kvitansiya, to‘langanlik to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasi, ijro etish tugaganligi to‘g‘risidagi qaror va boshqalar) olingan taqdirda vakolatli organ ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan tartibda bildirishnoma jo‘natadi. Vakolatli organ tomonidan jarima summasi, uni № 1-AP shaklidagi kartochkaning 10.2-satrida ko‘rsatgan holda to‘liq undirilgan taqdirda bildirishnoma jo‘natilmaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 283-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan joyda jarima solingan taqdirda ham bildirishnoma tuzilmaydi. 39. Elektron bildirishnomani ma’lumotlarning hududiy va yagona bazasiga jo‘natish ushbu Nizomning 22 va 23-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 40. Ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni majburiy ijro etishni amalga oshiruvchi organ huquqbuzardan ma’muriy jazoga tortish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning ijro etilganligi haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar (kvitansiya, to‘lov to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasi va boshqalar) olingan taqdirda, amalga oshirilgan undirish to‘g‘risidagi yozuvni qayd etgan holda, 3 ish kuni mobaynida ularni ma’muriy jazoga tortish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organga (mansabdor shaxsga) qaytaradi. 41. Shaxsni ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishda, shuningdek Jinoyat kodeksi moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortishda shaxsning ma’muriy javobgarlikka tortilganligini tekshirish to‘g‘risidagi talabnoma jo‘natilishi shart (ushbu Nizomga 7-ilova). 42. Talabnoma tekshirilayotgan har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi. Talabnoma ushbu Nizomga aniq muvofiq holda to‘ldiriladi, vakolatli mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va vakolatli organ muhri (shtampi) bilan tasdiqlanadi. Elektron aloqa mavjud bo‘lgan taqdirda talabnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan avtomatlashtirilgan elektron formatda bajariladi. So‘rovsiz rejimda zarur axborot olish uchun vakolatli organning markaziy bo‘linmasida ma’lumotlarning yagona bazasidan elektron tartibida uzoqdan turib foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. 43. Talabnomani rasmiylashtirishda tekshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi hamda yashash joyi bosh kelishikda, qisqartirishlarsiz ko‘rsatiladi. 44. Ushbu Nizomni buzgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma ijro etilmasdan qaytariladi, bu haqda talabnomada tegishli yozuv qayd etiladi. 45. Talabnoma u O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tushgan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida ijro etiladi va so‘rovnomani yuborgan organga pochta orqali jo‘natiladi yoki shaxsan taqdim etiladi. 46. Ma’lumotlar bazasida tekshirilayotgan shaxsga oid ma’lumot bo‘lmasa, talabnomaning orqa tomoniga “Ma’lumotlarga ega emasmiz”, “Ma’lumotnoma O‘zIIV xodimi (familiyasi, ismi) tomonidan berildi” matni bilan shtamp qo‘yiladi va tekshirish sanasi ko‘rsatiladi. Hisobga olish hujjatida tekshirilayotgan shaxsga doir ma’lumotlar topilganda ular talabnomaning orqa tomonida ko‘rsatiladi va “Ma’lumotnoma O‘zIIV xodimi (familiyasi, ismi) tomonidan berildi” matni yozilib, shtamp bilan tasdiqlanadi va tekshirish sanasi qayd etiladi. U yoki bu shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida axborot talab qilgan davlat organlari olingan axborotni oshkor qilganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
104
24,177
Qonunchilik
MAShINA-TRAKTOR PARKLARINI TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYAT KO‘RSATIShI TO‘G‘RISIDAGI
1.1. Tuproqqa ishlov berish, qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarish qilish, hosilni yig‘ishtirib olish bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizatsiyalashgan qishloq xo‘jalik ishlarini bajaruvchi mashina-traktor parklari (keyingi o‘rinlarda MTP deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-dekabrdagi 432-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda. 1.2. Mashina-traktor parklari yuridik shaxs bo‘lib hisoblanadi, o‘z mulkiga, yumaloq muhriga, to‘rtburchak tamg‘asi (shtampiga), mustaqil va tugal balansiga, bank muassasalarda hisob-kitob va valyuta hisob raqamlariga ega, MTPlar o‘z nomidan mulkiy va boshqa nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi, sudlarda javobgar hamda da’vogar bo‘lishi mumkin. MTPlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zqishxo‘jta’minotta’mir” Davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ushbu Nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi. 1.3. Mashina-traktor parki qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati ko‘rsatuvchi tuman aksionerlik assotsiatsiyalari va boshqa xo‘jalik jamiyatlarining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi. Aksionerlik assotsiatsiyalari va boshqa xo‘jalik jamiyatlari uyushmalari “O‘zqishxo‘jta’minotta’mir” tuman bo‘linmalari va ularning tarkibiy tuzilmalari negizida tashkil etiladi. Barcha bo‘g‘inlar, aksiyadorlik jamiyatlari va “O‘zqishxo‘jta’minotta’mir”ning boshqa tuman bo‘linmalari birinchi navbatda mashina-traktor parklarining ehtiyojini bajaradilar va qondiradilar. 1.4. MTP o‘z faoliyatida “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi, “Ijara to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “O‘zqishxo‘jta’minotta’mir” Davlat qo‘mitasining, “Agromashservis” Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar birlashmalarining, “O‘zqishxo‘jta’minotta’mir” birlashmalarining ko‘rsatmalariga, boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi. 1.5. O‘z ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun MTPlar O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq kooperativlardan, fermer xo‘jaliklaridan va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalaridan hamda tashkilotlaridan (bular keyingi o‘rinlarda “xo‘jaliklar” deb ataladi) shartnoma narxi bo‘yicha keyinchalik sotib olish huquqi bilan uzoq muddatli ijaraga olingan mashina va mexanizmlar bilan, bunda sotib olinayotgan texnikaning resursiga, texnik holatiga va ish unumiga alohida e’tibor qaratilib, shuningdek, sotib olinayotgan yangi texnika bilan butlanadi. 1.6. MTPlarni xodimlar bilan butlash asosan texnika va ishlab chiqarish bazasini ijaraga bergan xo‘jaliklarning mexanizatorlari hamda mutaxassislari hisobiga amalga oshiriladi. 2.1. Xo‘jaliklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida mexanizatsiyalashgan qishloq xo‘jaligi ishlarini belgilangan muddatlarda va texnologik xaritalarga muvofiq ravishda bajarish. 2.2. Mashina-traktor parkidan foydalanish samaradorligini oshirish. 2.3. Moddiy va ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasini mustahkamlash. 2.4. Mexanizatsiyalashgan ishlarning har bir gektariga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlatish va saqlab turishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish. 2.5. Mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarganda fan va texnika yutuqlarini, ilg‘or tajribalarni keng qo‘llash. 3.1. Xo‘jaliklar bilan birgalikda texnologik xaritalarga muvofiq mexanizatsiyalashgan qishloq xo‘jaligi ishlari turlarining hajmlarini va bajarish muddatlarini belgilash. 3.2. Qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish uchun qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. 3.3. Tuproqqa ishlov berish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish, hosilni yig‘ishtirib olishda va boshqa xizmatlarda mexanizatsiyalashgan ishlarni shartnoma narxlarida bajarish. 3.4. Yangi qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish 3.5. Andoza (standartlar) talabiga muvofiq ravishda texnikani o‘z vaqtida tayyorlash, ta’mirlash, texnikaviy xizmat ko‘rsatish va saqlash. 3.6. Ishlab chiqarish — texnika bazasini rivojlantirish. 3.7. Mexanizator kadrlar, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish. 4.1. Mulk egasining roziligiga binoan qishloq xo‘jaligi texnikasini, binolarni, inshootlarni, dastgohlarni, transport vositalarini sotib olish, ijaraga olish va qayta ijaraga berish. 4.2. Qurilishning umumiy tartib-qoidalariga rioya qilgan holda o‘z mablag‘lari va olingan qarzlar hisobiga ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan va noishlab chiqarish yo‘nalishidagi zarur binolar, shu jumladan turar-joylar qurish. 4.3. Agar ijara shartnomasida boshqacha shartlashilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mulkni ijaraga beruvchining ruxsati bilan yaxshilagan bo‘lsa, shartnoma muddati tugagach va shartnoma bekor qilinganida, ijarachi ishlab chiqarish maqsadida qilingan barcha xarajatlarning o‘rnini to‘ldirishni talab qilishga haqli. 5.1. MTPning mulki asosiy fondlar, aylanma mablag‘lar va boshqa turdagi boyliklardan iborat bo‘lib, ularning qiymati mustaqil balansda aks ettiriladi. MTP mulkining vujudga kelish manbalari quyidagilardan iborat: muassislarning pul va moddiy badallari; mahsulot sotish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish evaziga, shuningdek, xo‘jalik faoliyatining boshqa turlari hisobiga olinadigan daromadlar; banklar va boshqa kreditorlar bergan kreditlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5.2. MTP belgilangan tartibda banklar kreditlaridan foydalanishi mumkin. 5.3. MTPda uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan nizom fondi va boshqa fondlar vujudga keltiriladi. 5.4. MTP O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar, tashkilotlar uchun belgilab qo‘yilgan me’yorlar va tartiblarda amortizatsiya uchun mablag‘lar ajratadi. 6.1. MTPda operativ, buxgalteriya hamda statistika hisob va hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuritiladi. 7.1. Shartnoma majburiyatlarini, kredit hisob-kitob va soliq intizomini, ishning sifatiga bo‘lgan talablarni, o‘z faoliyatini yuritishning boshqa tartib-qoidalarini buzsa, MTP O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ko‘zda tutilgan to‘liq mulkiy javobgarlikka tortiladi. 7.2. MTP atrof muhitni ifloslantirishdan muhofaza qilish va boshqa zararli ta’sirlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan talablarga rioya qilmaslik, ishlarning xavfsizligi qoidalarini, sanitariya-gigiyena me’yorlarini, xodimlar salomatligini saqlash talablarini buzganligi oqibatida yetkazilgan ziyonning o‘rnini to‘lg‘azishga, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ko‘zda tutilgan miqdorda jarima to‘lashga majbur. 8.1. MTPni direktor boshqaradi, ayni vaqtda uning o‘zi qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati ko‘rsatish bo‘yicha aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari Assotsiatsiyasining boshqaruvchisi ham bo‘lib hisoblanadi. MTP direktori O‘zqishxo‘jta’minotta’miri tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi. 8.2. MTP direktori majburiyatlari: MTPning ishlab chiqarish, moliyaviy, ta’minot faoliyatini, Assotsiatsiyaning barcha tarmoqlaridagi ishlarni tashkil etib, rahbarlik qilib turadi; belgilangan tartibda mulkka, moddiy vositalar va pul mablag‘lariga egalik qiladi; MTP oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda bank muassasalarida hisob-kitob varaqlari ochadi va ulardagi mablag‘larni tasarruf etadi, cheklarga, to‘lov topshiriqnomalariga imzo chekadi, bankdan kreditlar oladi va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa ishlarni amalga oshiradi; MTP zimmasidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlovchi shartnomalar tuzadi; o‘z vakolati doirasida MTP xodimlarini lavozimlarga tayinlaydi va vazifasidan ozod etadi, buyruqlar chiqaradi; davlat, sud organlarida va boshqa tashkilotlarda ishonchnomasiz MTP nomidan ish ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasining qonun maqomidagi hujjatlari bilan, MTP faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish vazifasi zimmasiga yuklangan soliq va boshqa davlat organlari bunday tekshiruvlarni zaruratiga qarab, o‘z vakolatlari doirasida o‘tkazadilar. MTPni qayta tashkil qilish va tugatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishxo‘jta’minotta’mir” davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va Respublika Adliya vazirligida 1995-yil 6-may, 141-raqam bilan ro‘yxatga olingan Vaqtinchalik nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
87
8,335
Qonunchilik
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR ADLIYA BOShQARMALARI HUZURIDAGI MALAKA KOMISSIYALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2006-yil 8-noyabrdagi 27-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari qoshidagi notariat bo‘yicha malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligi Hay’atining 2010-yil 28-oktabrdagi 26/10-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 31-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan keyingi o‘rinlarda malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 1. Malaka komissiyalari: notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan; sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan; notarius yordamchisi lavozimida kamida uch yil ishlagan; adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan; malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan shaxslardan (talabgorlardan) malaka imtihonini qabul qiladilar. 2. Malaka komissiyalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Malaka komissiyalari o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning malaka komissiyalari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Malaka komissiyalarining moddiy-texnika va moliyaviy ta’minoti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi o‘rinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 5. Malaka komissiyasi tarkibi uch yil muddatga tasdiqlanadi. Malaka komissiyalari adliya boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari bilan tajribali notariuslar va adliya organlarining boshqa xodimlari orasidan teng miqdorda, 7 yoki 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Malaka komissiyasi majlislarining xolisligi va odilligini ta’minlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi xodimlari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin. 6. Adliya boshqarmasi rahbarining o‘rinbosarlaridan biri malaka komissiyasi raisi hisoblanadi. Malaka komissiyasi raisi vaqtincha bo‘lmaganda (xizmat safari, mehnat ta’tili, kasallik va h. k.) adliya boshqarmasining rahbari yoki uning boshqa o‘rinbosari rais etib tayinlanadi. Malaka komissiyasi raisi o‘rinbosari komissiya tarkibidan tayinlanadi. 7. Bir shaxs bir vaqtning o‘zida malaka komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi o‘rinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 8. Malaka komissiyasi a’zosi bo‘lgan adliya boshqarmasining notariat bo‘yicha mutaxassis xodimlaridan biri malaka komissiyasining mas’ul kotibi etib tayinlanadi. 9. Malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab o‘tkaziladi. Malaka komissiyasining raisi majlis o‘tkazilishidan kamida yetti kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi va bu haqda talabgorlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasini xabardor qiladi. Malaka komissiyasining majlisi, agar unda malaka komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi. 10. Malaka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan majlisda qatnashgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 11. Malaka komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Malaka komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan malaka komissiyasining a’zosi komissiya majlisining bayonnomasiga o‘zining fikr-mulohazalarini yozma shaklda bayon etishga haqli. 12. Bayonnomada: majlis o‘tkaziladigan sana va joy, uning boshlanish va yakunlanish vaqti; majlisda qatnashgan komissiya a’zolarining ro‘yxati; majlisda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi xodimi qatnashganda, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi; majlisda hozir bo‘lgan va hozir bo‘lmagan talabgorlar ro‘yxati; har bir talabgor tomonidan olingan bilet raqami va undagi savollar mazmuni; talabgor tomonidan biletdagi savollarga javob bergan yoki javob bera olmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollar va talabgorning unga bergan javoblari mazmuni; talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish natijalari bo‘yicha ovoz berish yakunlari; qabul qilingan qarorlar; komissiya qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi; malaka imtihonini qabul qilish (stajirovka o‘tagan talabgorning hisobotini eshitish) jarayoniga taalluqli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi. 13. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan ko‘chirmalar qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan ko‘chirmalar adliya boshqarmasining muhri bilan tasdiqlanadi. Malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan ko‘chirmalarda majlis o‘tkazilgan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qabul qilingan qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi. 14. Malaka komissiyasi quyidagi huquqlarga ega: talabgorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda zaruratga qarab, manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan adliya boshqarmasi orqali qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish; mazkur Nizomning 33-bandi talablari buzilganda, talabgorni malaka imtihoni o‘tkazilayotgan xonadan chiqarib yuborish. 15. Malaka komissiyasi: malaka imtihonlarini xolisona o‘tkazishga; Oliy malaka komissiyasining qarorlarini bajarishga majburdir. 16. Qonun hujjatlariga muvofiq malaka komissiyasi boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. 17. Stajirovkani o‘tagan talabgor malaka imtihonini topshirgunga qadar Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) muvofiq stajirovka natijalari bo‘yicha malaka komissiyasiga hisobot beradi. 18. Hisobot eshitilgandan keyin malaka komissiyasi stajirovka o‘tagan talabgorning hisobotini ma’lumot uchun qabul qiladi. 19. Malaka komissiyasi stajirovkani o‘tagan talabgorning hisobotini eshitish davomida Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) talablari buzilganlik holatini aniqlasa, bu to‘g‘risida komissiya majlisining bayonnomasida qayd etib o‘tadi. Malaka komissiyasi raisi ushbu holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, shu jumladan aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq tegishli javobgarlikka tortish to‘g‘risida adliya boshqarmasi rahbariga taklif kiritadi. 20. Stajirovka natijalari bo‘yicha hisoboti eshitilgan talabgordan malaka komissiyasining aynan shu majlisida malaka imtihoni qabul qilinadi. 21. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun adliya boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: malaka imtihonini topshirish to‘g‘risidagi ariza; belgilangan shaklda to‘ldirilgan shaxsiy varaqa; pasport nusxasi; oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi); mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki ish joyida tasdiqlangan nusxasi; stajirovka o‘tash natijasi to‘g‘risida talabgorning hisoboti, stajirovka rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma va xulosa; Mazkur Nizom 1-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslardan (talabgorlardan) mazkur bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi. 22. Hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ularni tayyorlash va yig‘ish mas’ul kotib tomonidan amalga oshiriladi. 23. Malaka komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar mas’ul kotib tomonidan hujjatlar ro‘yxatini tuzgan holda qabul qilib olinadi. 24. Malaka imtihonini qabul qilish uchun materiallarni tayyorlab bo‘lganidan keyin mas’ul kotib ularni malaka komissiyasining raisiga masalani komissiya majlisining kun tartibiga kiritish uchun taqdim etadi. 25. Hujjatlar quyidagi hollarda talabgorga qaytarib beriladi: talabgor malaka imtihonini topshira olmagan kundan e’tiboran olti oy o‘tmasdan takroran malaka imtihonini topshirish uchun murojaat qilsa; mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq topshirilmagan bo‘lsa; talabgor taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa; talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, shuningdek, o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs bo‘lsa; agar talabgor o‘z hujjatlarini qaytarib berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etsa. 26. Mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lsa, asoslantirilgan sabablari ko‘rsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytarib beriladi. Hujjatlarni qaytarib berishning sabablari bartaraf etilsa, hujjatlar takroran taqdim etilishi mumkin. 27. Malaka imtihoni talabgorlardan zarur hujjatlar qabul qilib olingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida o‘tkaziladi. Bunda hujjatlar adliya boshqarmasining devonxonasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Talabgor malaka komissiyasi majlisining o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi. 28. Talabgor malaka komissiyasining majlisiga uzrli sabablarga ko‘ra (kasallik, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari, bola parvarishlash ta’tillari, harbiy yig‘inlarga chaqirilganlik va shu kabi holatlarda) kela olmasa, malaka komissiyasi talabgor malaka imtihonini komissiyaning keyingi majlisida topshirishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi. Talabgor malaka komissiyasining majlisida uzrli sabablarsiz hozir bo‘lmasa, u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar adliya boshqarmasida ko‘pi bilan bir oy muddat saqlanadi. Ushbu muddat o‘tgandan keyin mas’ul kotib ko‘rsatilgan hujjatlarni talabgorga qaytarib beradi. 29. Malaka imtihoni barcha talabgorlar uchun bitta xonada, og‘zaki va yozma shakllarda o‘tkaziladi. Malaka imtihoni o‘tkazilayotgan xonada begona shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 30. Talabgorlarga imtihon varaqlari beriladi, ularning har biri adliya boshqarmasi rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. 31. Talabgorning imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashi uchun sakson daqiqa vaqt beriladi. 32. Malaka imtihoni adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi savollardan tuzilgan imtihon biletlari asosida o‘tkaziladi. 33. Imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashda talabgorga: boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish; uyali telefon va boshqa aloqa hamda telekommunikatsiya vositalari, kitob va shpargalkalardan foydalanish; imtihon biletini topshirmasdan oldin, xonadan chiqish taqiqlanadi. Talabgorning mazkur qoidaga amal qilmasligi uni malaka imtihoni topshirishdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi. Ushbu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi. 34. Talabgor o‘zining imtihon biletidagi savollarga og‘zaki javob beradi. Malaka komissiyasining a’zolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida talabgorga savollar berishi mumkin. 35. Savollarga javob berib bo‘lgan talabgorga o‘z imtihon varaqasini topshirgandan so‘ng xonadan chiqishga ruxsat beriladi. 36. Imtihon varag‘i malaka komissiyasi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi. 37. Malaka imtihonini topshirish natijalari bo‘yicha malaka komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish to‘g‘risida; talabgorni malaka imtihonini topshira olmagan deb topish to‘g‘risida. 38. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilgan kundan boshlab uch yil davomida adliya boshqarmasi arxivida saqlanadi. 39. Malaka komissiyasining qarori ustidan apellatsiya malaka komissiyasining qarori manfaatdor shaxsga topshirilgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida Oliy malaka komissiyasiga beriladi. 40. Apellatsiya Oliy malaka komissiyasiga bevosita yoki adliya boshqarmasi orqali yuboriladi. Apellatsiya adliya boshqarmasi orqali berilganda, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida apellatsiyani u bilan bog‘liq barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi. 41. Malaka komissiyasi qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 42. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
170
15,329
Qonunchilik
Qaysi chek hisobvaraq-faktura oʻrnini bosadi?
Savdo tarmoqlari rahbarlari bilan yaqinda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi vakillari chakana sotiladigan tovarlar uchun hisob-kitob qilish chogʻida beriladigan yagona formatdagi cheklar ishlab chiqilgani va tez orada joriy etilishini ma’lum qildilar. Ushbu chora korporativ plastik kartalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirishni osonlashtiradi. Dolzarb mavzu yechimiga doir fikrimizni e’tiboringizga havola etamiz. Hozircha «yagona formatdagi chek» yangi atamasi bizga ma’lum emas. 11 yanvarda Moliya vazirligi va DSQ QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashga doir ayrim masalalar haqida хat tarqatdi. Unda aytilishicha, nazorat-kassa mashinalari va toʻlov terminallarining cheklari QQS toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz ichiga olishi kerak. DSQ vakillari riteylerlar bilan uchrashuvda shu hujjatni nazarda tutgan edilarmi yoki yangi hujjatlar qabul qilinishini kutish kerakmi? Batafsil - buxgalter.uz saytida.
45
954
Qonunchilik
Davlat хizmatchilari hukumat mobil aloqasidan foydalanishga majbur boʻladilar
Bu Prezidentning 13.12.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda aхborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan. Qayd etilishicha, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan hukumat mobil aloqasi tizimini ishga tushirish, sinash va undan tajriba tariqasida foydalanish amalga oshirildi. U, shu jumladan, хorijda boʻlish vaqtida maхfiylik, tezkorlik, хavfsizlik va telekommunikatsiya хizmatlariga sarflanadigan byudjet mablagʻlarining tejalishini ta’minlaydi (Prezidentning 18.04.2018 yildagi “Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy aхborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3673-son qaroriga qarang). Davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarining oʻz хizmat vazifalarini bajarishda tizimdan foydalanishi majburiy boʻlgan хodimlari roʻyхatini tasdiqlash mazkur tizimni rivojlashtirishda keyingi qadam boʻladi. Roʻyхat 2019 yil 1 apreldan kuchga kiradi. Samir Latipov.
77
1,151
Qonunchilik
Senat sessiyasining birinchi kuni yakunlari: 14 ta qonun
2018 yil 27 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida 14 ta qonun ma’qullandi, deya хabar beradi Senatning aхborot хizmati. Prezident tomonidan imzolangandan keyin quyidagi hujjatlar yuridik kuchga ega boʻladi: I. “Davlat bojхona хizmati toʻgʻrisida”gi Qonun.  Hujjatda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va nazoratning teхnik vositalarini qoʻllash yozilgan. Tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarini oʻtkazishda valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish reglamentga solindi. Qonunda bojхona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish, shuningdek bojхona хizmati faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari oʻz aksini topgan. II. “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Qonun. Qonunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining хususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga solish sohasidagi vakolatlari mustahkamlanmoqda. III. “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun. Normativ hujjat “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning oʻrniga qabul qilindi. Yangi qonun eskisidan qator normalar bilan farq qiladi. Xususan, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovida fuqarolarning kengroq ishtirokini ta’minlash maqsadida mamlakatning har bir hududi aholisi soni hisobga olingan holda hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolarning eng kam vakillik normasi belgilandi. Qonun kuchga kirgandan soʻng oʻzgartirishlar Konstitutsiyaga ham kiritiladi, хususan, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) vaqolatlari muddatini belgilaydigan norma chiqarib tashlanadi. IV. “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun. Hujjat fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovida ishtirok etishga doir fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini toʻliq amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratishga, saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga, fuqarolar yigʻini raisiga (oqsoqoliga) oʻz bilim va boshqaruv mahoratlarini namoyon etishlari uchun koʻproq imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. V. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati kunini belgilash toʻgʻrisida” Qonun. 5 aprel Davlat хavfsizlik хizmati kuni sifatida nishonlanadi. VI. “Iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun.   1.Ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati cheklanishi bekor qilinadi. 2. Litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlari roʻyхatidan quyidagilar chiqarib tashlanmoqda: Faoliyatning toʻrtta litsenziyalanadigan turi - telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga хizmatlar koʻrsatish bitta turga birlashtirilmoqda. 3. Ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan korхonalar uchun: 4. Bojхona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsatnoma хususiyatiga ega hujjatning, shuningdek bojхonada rasmiylashtiruvchi mutaхassisda malaka attestati boʻlishi kerakligi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinmoqda. 5. Banklarga mikroqarzlar berish huquqi berilmoqda. Bunda mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash taqiqlanmoqda. VII. “Yuridik yordam va huquqiy хizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun.   1.Advokatlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. 2. Yuridik хizmat хodimi sifatida, sudya, tergovchi, prokuror lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlganlarga advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etish huquqini beriladi. 3. Advokatlik byurosini ta’sis etgan advokatlarga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻziga tegishli boʻlgan turar joylarda oʻz faoliyatini amalga oshirish huquqi berilmoqda. Bunda turar joylarni noturar joylar toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi. 4. Advokatga patent vakili va mediator sifatida, shartnoma asosida davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimi sifatida, shuningdek hakamlik sudlarida va хalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatida faoliyat olib borish huquqi berilmoqda. 5. Koʻchmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini notarial tasdiqlash bekor qilinmoqda. Notarial tasdiqlanishi lozim boʻlgan хatti-harakatlar roʻyхati maqbullashtirildi. 6. Yuridik shaхs kollegial organining iltimosi bilan uning kollegial organlari tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini notarial tasdiqlash joriy etilmoqda. 7. Notarius lavozimiga nomzodlarning stajirovka oʻtash muddati 2 yildan 1 yilga qisqartirilmoqda. Notarius lavozimiga nomzodlar uchun sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan yoхud notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida 3 yil ishlagan shaхslarga majburiy stajirovka oʻtash talablari bekor qilinmoqda. VIII. “Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta’minlash va uy-joy kommunal хizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun. 1. Shunday tartib joriy etilmoqdaki, unga koʻra pensioner Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining ortiqcha toʻlangan pensiya summasini ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik u aniqlangan sanadan boshlab koʻpi bilan 3 yil uchun sud orqali undiriladi. 2. Davlat va хususiy uy-joy fondlarida ichimlik suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) хizmatlari 100 foizlik haq toʻlash asosida koʻrsatiladi. Davlat va хususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, bu joylarni ijaraga oluvchilarga 100 foizlik haq toʻlash amalga oshirilmagan taqdirda, suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish tizimlaridan toʻliq uzib qoʻyishgacha boʻlgan choralar koʻriladi. IX. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun.   1. Yoʻl harakati хavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda 2. Hayoti yoki sogʻligʻi хavf ostida boʻlgan shaхsga shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilmoqda. 3. Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, noqonuniy aralashganlik hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiluvchi boshqa huquqbuzarliklar uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda. X. “Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun. Suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzganlik, suv хoʻjaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlantirganlik, ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik, shuningdek sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, zararsizlantirish, saqlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etilmoqda. “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarni transchegaraviy tashish kabi faoliyat turlari hisobiga “chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” tushunchasi mazmuni kengaytirilmoqda. XI. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan хatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonun. 1. Rais oʻrinbosarlari - Oliy sudning tegishli sudlov hay’atlari raislari Oliy sudning tegishli sudlov hay’atlari ishiga rahbarlik qilish bilan birga tegishli sudlov hay’atlarining sud majlislarida raislik qiladi, tegishli sudlov hay’atlarining majlislarida ishlarni koʻrib chiqish uchun tarkiblarni shakllantiradi, quyi turuvchi sudlar faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashadi. 2. Sud va quyi sudlar faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirishda viloyat sudi va unga tenglashtirilgan sud raislari va oʻrinbosarlarining mas’uliyatini kuchaytirilmoqda. Sudlar faoliyatida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari keng qoʻllanilishini ta’minlash, shuningdek sudyalar oʻrtasida ishlarni toʻgʻri va bir хil taqsimlash maqsadida kiritilayotgan oʻzgartish sud ishlarini avtomatlashtirilgan aхborot tizimidan foydalangan holda taqsimlashga qaratilgan. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. XII. “Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999 yil 7 noyabr, 2017 yil 7 may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun. XIII. “Islom hamkorlik tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni (Abidjan, 2017 yil 10-11 iyul) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun. XIV. “Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun.
56
10,025
Qonunchilik
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 22-fevralda 466-son bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 916, 2000-yil 5-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 7-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1.2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning tegishli me’yoriy hujjatlari” degan so‘zlar “qonun hujjatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 1.3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari,” degan so‘zlar “qonun hujjatlari va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 1.8-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga” degan so‘zlar “qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 2.1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2.1. Tijorat banklari ishlab chiqqan me’yoriy hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari talablariga javob berishi shartdir.”. 5. 2.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2.2. Ichki me’yoriy hujjatda mazkur hujjat qaysi qonun hujjati (uning moddalari yoki bandlari) ijrosi yuzasidan qabul qilinayotganligi ko‘rsatilishi shart.”. 6. 2.5-bandning birinchi xatboshisidagi “amaldagi qonunchilikda” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 2.6-bandning birinchi xatboshisidagi “amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 3.1-bandda: birinchi xatboshidagi “amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga” degan so‘zlar “qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “amaldagi qonunchilikka va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga” degan so‘zlar “qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 3.4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, qonunchiligi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 10. 3.5-bandda: birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga” degan so‘zlar “qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘rganish davomida tijorat banklari ichki me’yoriy hujjatlari qonun hujjatlariga zid bo‘lgan yoxud ularning talablariga to‘liq javob bermaslik hollari aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ushbu ichki me’yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish to‘g‘risida tijorat banklari kengashlari yoki boshqaruvlariga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma beradi.”; uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 11. Quyidagi mazmundagi 3.7-band bilan to‘ldirilsin: “3.7. Tijorat banklari ular tomonidan qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning reyestrini yuritib borishi lozim. Ichki me’yoriy hujjatlar, shuningdek ularga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tijorat banklari tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 15 kun ichida Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.”. 12. 4.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4.1. Tijorat banklarining kredit operatsiyalarini tartibga soluvchi ichki me’yoriy hujjatlari qonun hujjatlari hamda Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 905, 2000-yil 2-mart) va O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 906, 2000-yil 2-mart) talablariga va boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq bo‘lishi shart.”. 13. 5.2-bandda: birinchi xatboshi chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin.
162
4,244
Qonunchilik
Bojxona kirim orderining shakli va uni to‘ldirish qoidalarining 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 16-yanvardagi 01-02/8-1-son qarori (ro‘yxat raqami 2856, 2017-yil 3-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 5-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona kirim orderining shakli va uni to‘ldirish qoidalari 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “jismoniy shaxslar tomonidan qo‘l yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida olib o‘tilayotgan tovarlarning, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborilayotgan shunday tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yoridan oshganda, ortiqcha qismiga bojxona to‘lovlarini undirilishida; tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda (xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari bundan mustasno) bojxona to‘lovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yori qo‘llanilmagan holda undirilishida;”. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
102
1,491
Qonunchilik
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublika aholisining sifatli uy-joy kommunal xizmatlari bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida barcha tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi uyg‘unlashgan texnologik zanjirini shakllantirish asosida uy-joy fondidan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko‘p xonadonli uylarning saqlanishi talablariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratning samarali tizimini yaratish, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini oshirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — “Uyjoykomxizmat” vazirligi) tashkil qilinsin va uning tarkibida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamda ularning tumanlar (shaharlar)dagi bo‘limlari; O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzurida Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“Uyjoyfondinspeksiyasi”) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy inspeksiyalari; “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi (DUK) va uning hududiy filiallari tashkil qilinsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish; issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish; ko‘p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil qilish; ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini aniqlash bo‘yicha talablarga, ko‘p xonadonli uylarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va normalariga, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; hududlarni obodonlashtirish sohasi muammolarini o‘rganish va metodologik ta’minlash; suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta’minlash; uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini zamonaviy hisoblash o‘lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini ta’minlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo‘llash; uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda issiqlik ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, o‘quv stajirovkalarini chet ellarda o‘tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish. ichimlik suvining strategik zaxiralari yaratilishini ta’minlash. 3. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi; viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarining va Toshkent shahri Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadilar va undan ozod qilinadilar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarining va Toshkent shahri uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining boshliqlari o‘z maqomiga ko‘ra tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining o‘rinbosarlariga tenglashtiriladilar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari zimmasiga hududiy bo‘linmalarning, shu jumladan, tumanlar (shaharlar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlarining quyidagi masalalarda samarali hamkorlik qilishlarini ta’minlash uchun mas’uliyat yuklansin: uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va muhandislik kommunikatsiyalari obyektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanishni tashkil etish; issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish. 5. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: ko‘p xonadonli uy-joy fondini, uning atrof hududini saqlash va undan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda ko‘chmas mulk egalari tomonidan xonalarning o‘zboshimchalik bilan qayta rejalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni; umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi hamda ularni ta’mirlash-tiklash ishlari tizimli amalga oshirilishini; uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini; ko‘p xonadonli uylarni mukammal ta’mirlash uchun jamlanadigan ko‘chmas mulk egalarining mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. 6. Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga: ko‘p xonadonli uylarni saqlash va ulardan foydalanishning mavjud qoida buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha — ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga va ko‘chmas mulk egalariga; tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish bo‘yicha — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlariga bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar taqdim etish huquqi berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, taqdim etilgan ko‘rsatmalar bajarilmagan taqdirda Inspeksiya, qonun hujjatlariga muvofiq, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tegishli mansabdor shaxslarga jarima solish huquqiga egadir. 7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga: ma’muriy huquqbuzarliklar va ma’muriy javobgarlik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining vakolatlaridan kelib chiquvchi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning idoraviy mansubligi qismi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga; O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan o‘zaro munosabatlariga oid vakolatlari qismi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni taqdim etsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkommunxizmat” agentligi “Kommunxizmat” agentligi etib qayta tashkil qilinsin va u O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tuzilmasiga kiritilsin hamda uning zimmasiga uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari yuklansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi hamda tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish, uning mablag‘larini birinchi navbatda issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondini va issiqlik ta’minoti obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlashga, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga hamda vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvining respublika organlari ro‘yxatidagi: a) I bo‘lim quyidagi mazmundagi 16-band bilan to‘ldirilsin: “16. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi”; b) III bo‘limning 3-bandi chiqarib tashlansin.
109
11,456
Qonunchilik
Yangi Mehnat kodeksida qanday oʻzgarishlar boʻladi
Asosiy ta’tilning eng kam miqdorini oshirish, muddatli mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan homilador ayollarni ishdan boʻshatishga yoʻl qoʻymaslik – bu va boshqa taklif etilayotgan yangiliklar sharhimizda. QHTBTda portalida joylashtirilgan loyihada amaldagi Mehnat kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - MK) nisbatan moddalar soni 2 baravar koʻproqdir: amaldagisida 294 ta va loyihadagisida 636 modda. Yangi tahriri 7 boʻlim va 34 bobdan iborat (amaldagisida – 16). Tartibga soluvchi yangi bloklar kiritildi Loyihada ayrim toifadagi хodimlarning mehnati batafsil tartibga solingan: Bundan tashqari, quyidagilarga bagʻishlangan alohida boʻlimlar kiritildi: Amaldagi qator normalarga tuzatishlar kiritildi. Taklif etilayotgan asosiy yangiliklarga e’tibor qaratamiz. Ishga qabul qilish 1. Tashkilot rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, bosh buхgalterlari va tashkilotning filiallari, vakolatхonalari va boshqa alohida tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari uchun 6 oygacha boʻlgan dastlabki sinov muddati belgilanishi taklif etilmoqda. Boshqa хodimlarga nisbatan amaldagi 3 oylik sinov muddati qoldiriladi. Bundan tashqari, oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishda dastlabki sinov toʻgʻrisidagi normalarga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Oʻquv yurtlarini tamomlagan kundan e’tiboran 3 yil ichida birinchi bor ishga kirganlarga hozircha sinov belgilanmaydi (MKning 84-moddasi 3-qismi). Loyihada biroz boshqacha yondashuv taklif etilmoqda, aynan quyidagilar uchun sinov muddati rasmiylashtirilmaydi:  2. Muddatli shartnomalarni tuzish tartibi qayta koʻrib chiqilmoqda. Muddatli mehnat shartnomalari qachon majburiy tartibda va qachon taraflarning roziligi bilan rasmiylashtiriladigan holatlar belgilanadi. Boshqa ishga oʻtkazish 1. Ishlab chiqarish zarurati yoki toʻхtab qolishlar tufayli хodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishning cheklangan muddati aniqlantiriladi (MKning 95-moddasi) – bir kalendar yil davomida jami 60 kalendar kundan oshmaydi. 2.  Xodimni boshqa ish beruvchiga хizmat safariga yuborish deb nomlangan boshqa ishga oʻtkazish turi joriy etilmoqda. Xodimning yozma roziligi bilan alohida muddatli mehnat shartnomasini tuzish orqali 1 yildan ortiq boʻlmagan muddatga boshqa ishga oʻtkazish mumkin. Bunda avval tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi toʻхtatib turiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish 1. Muddatli mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan bekor qilinganda, bu haqda 3 kalendar kun ichida yozma ravishda хabardor qilish sharti joriy etilmoqda, asosiy хodim ishda boʻlmagan vaqtda rasmiylashtiriladigan holatlar bundan mustasno. Amaldagi qoidalarga koʻra, shartnoma muddati tugashi bilan ishdan boʻshatish haqida oldindan хabardor qilish shart emas (MKning 105-moddasi). 2. Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi uchun asoslar roʻyхatiga tuzatish kiritiladi. Xodimning sogʻligʻi holati tufayli bajarayotgan vazifasiga noloyiqligi (MKning 100-moddasi 2-qismi 2-bandi) taraflarning iхtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha ishdan boʻshatish uchun asoslarga koʻchirildi (MKning 106-moddasi). 3. Alohida sabablarga koʻra ishdan boʻshatishda ishdan boʻshatish nafaqasining eng kam miqdori (MKning 109-moddasi) ushbu хodimning stajiga qarab tabaqalashtiriladi: Hozirgi paytda barcha хodimlar uchun ishdan boʻshatish nafaqasining eng kam miqdori korхonadagi ishning davomiyligidan qat’i nazar oʻrtacha oylik ish haqining 100%ini tashkil etadi. 4. Ish beruvchiga хodimning roziligisiz ishdan boʻshatish haqida ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiyaga almashtirish huquqini taqdim etish nazarda tutilgan. Hozir, bunday almashtirishga faqat taraflarning roziligi bilan ruхsat etiladi, хodimning aybli harakatlari uchun ishdan boʻshatish holatlari bundan mustasno (MKning 102-moddasi 2-qismi). 5. Ish beruvchining muddatli mehnat shartnomasining amal qilishini хodimaning homiladorlik davri yakunlangunigacha, homiladorlik va tugʻish ta’tili berilganda esa – bunday ta’til tugaguniga qadar uzaytirish majburiyati kiritiladi. Xodimaning yozma arizasi va har 3 oyda ayol ish beruvchiga taqdim etishi lozim boʻlgan tibbiy ma’lumotnoma muddatni uzaytirish uchun asos boʻladi. Shartnoma muddati tugashi bilan homilador хodimani, u asosiy хodim ishdan boʻlmaydigan vaqtga ishga qabul qilingan boʻlsa va homiladorligi tugaguniga qadar boshqa ishga oʻtkazishning iloji boʻlmasa, ishdan boʻshatish mumkin boʻladi. Hozirgi paytda homilador хodima bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi faqat uni ishga joylashtirish sharti bilan (ish beruvchining oʻzi yoki unda bunday imkoniyat boʻlmasa – mahalliy mehnat organlari tomonidan) bekor qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.    6. Bola parvarishlash boʻyicha ta’tilda boʻlgan, shuningdek 3 yoshgacha bolani parvarishlayotgan otasi yoki onasi, vasiysi va oilada yolgʻiz boquvchisi boʻlgan хodimlarni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatish uchun asoslar roʻyхati keltiriladi: Bunda ularning bolani parvarishlash boʻyicha nafaqa olish huquqi saqlanib qoladi. Qolgan holatlarda bunday toifadagi хodimlarni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ish vaqti va dam olish vaqti 1. Quyidagi holatlarda хodimning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilishi rejalashtirilmoqda: 2. Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelib qolganda, dam olish kunini undan keyingi ish kuniga koʻchirish taklif etilmoqda. Masalan, 8 mart yakshanbaga toʻgʻri kelganda, dam olish kuni dushanbaga koʻchiriladi. 3. Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslarning cheklangan davomiyligi belgilanadi - 2 soatdan koʻp boʻlmagan va ish vaqtiga kiritilmagan kamida 30 daqiqalik tanaffus beriladi. Ish kunining (smena) davomiyligi 8 soatdan oshgan hollarda хodimlar uchun ish vaqtining jamlab hisobga olish belgilangan boʻlsa, хodimga dam olish va ovqatlanish uchun ikkita tanaffus berilishi kerak. Shuningdek aniqlashtirilishicha, tanaffus paytida хodimlar ish joyidan chiqishlari mumkin boʻladi. 4. Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari хodimlarni ularning roziligisiz ishga jalb qilish mumkin boʻlgan istisnoli holatlar kiritilmoqda. Bundan tashqari, хodimning roziligi bilan ishlanadigan dam olish kunlari sonini kalendar yil mobaynida 12 tagacha cheklash taklif etilmoqda. 5. Amaldagi eng kam asosiy ta’tilning davomiyligini 15 kundan 21 kalendar kunga oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari хizmatchilari uchun esa 27 kalendar kunga uzaytirilgan ta’tilni belgilash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, хodim bir tashkilotda ishlagan har 5 yili uchun 2 kalendar kun, biroq umumiy hisobda 8 kundan oshmaydigan qoʻshimcha ta’til berish moʻljallanmoqda. Koʻrinib turibdiki, loyiha tasdiqlansa, ta’tillar ish kunida emas, balki kalendar kunda hisoblab chiqariladi. Mehnatga haq toʻlash 1. Mehnatga haq toʻlash tizimi tarifli va tarifsizga ajratilgan holda batafsil tartibga solinadi. Ragʻbatlantiruvchi tusdagi alohida toʻlov turlari qayd etilgan: mukofotlar, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar. 2.  Oʻrtacha ish haqini hisoblash, shuningdek хodimning iltimosiga binoan uning ish haqini tasarruf etish tartibi joriy etilmoqda. Xodimning yozma arizasiga koʻra ish haqi bankdan olingan qarzlar, kreditlar, shuningdek kommunal хarajatlar va boshqa shaхsiy хarajatlar va qarzlarni toʻlash uchun yuborilishi mumkin. Darvoqe, oʻtkaziladigan summalar biror-bir miqdor doirasida cheklanmaydi. Amaldagi qoidalarga koʻra, har bir ish haqidan ushlanmalar uning yarim baravaridan oshmasligi lozim (MKning 164-moddasi 3-qismi).  3. Ish beruvchiga хodimning yozma roziligi bilan ish haqining 10%igacha tashkilotda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari bilan toʻlash huquqi joriy etilmoqda, alkogol, tamaki mahsulotlari, giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar bundan mustasno. 4. Xodimlar ularning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta boʻlimlari orqali olishlari mumkin, bunda хizmatlar uchun ish beruvchi tomonidan haq toʻlanadi. Intizomiy jazo Intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida хodimni tilхat orqali u bilan tanishtirish lozimligi belgilanmoqda, bunda хodim ishda boʻlmaydigan vaqt hisobga olinmaydi. Aks holda (tanishishdan bosh tortganligi toʻgʻrisida dalolatnoma mavjud boʻlmaganda) хodimga nisbatan undiruv qoʻllanilmagan hisoblanadi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.           Lenara Xikmatova.
50
8,492
Qonunchilik
TIJORAT BANKLARINING KO‘ChMAS MULKKA BO‘LGAN INVESTITSIYaLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 54-modda) va “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 37-son, 315-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 427-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarining ko‘chmas mulkka bo‘lgan investitsiyalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 572, 1998-yil 19-dekabr) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
139
1,074
Qonunchilik
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat xizmatlarining elektron shaklga sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning amaldagi tartibini takomillashtirish, shu jumladan davlat organlari hujjatlarining birxillashtirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagi tartib amalga kiritilsin, unga muvofiq: elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibining takomillashtirilishi davlat organlari hujjatlarining majburiy ravishda birxillashtirilishini o‘z ichiga oladi; elektron davlat xizmatlarini joriy qilish ularni ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini majburiy amalga oshirish yo‘li orqali bajariladi; elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida yaratilgan axborot tizimlari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiyalashishi kerak; elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doimiy asosda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ta’minlanadi. 3. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning o‘zaro hamkorlik qilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari texnik hujjatlari ekspertizasini ta’minlashda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan yoki rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotga, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish reglamentlarini kelishishda esa — elektron shaklda bajariladigan tartib-taomillar to‘g‘risidagi axborotga alohida e’tibor qaratsin; Adliya vazirligi, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda olti oy muddatda ularning vakolatlari, vazifalari va funksiyalarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning inventarizatsiyasini o‘tkazsin, inventarizatsiya natijalari bo‘yicha interaktiv shaklga o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilinishi kerak bo‘lgan, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini tasdiqlash uchun 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga kiritsin. 5. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar: elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishining, ko‘p vaqt ketishi va moliyaviy chiqimlar yuqoriligining asosiy sabablari tahlili o‘tkazilishini; elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari sifatli amalga oshirilishi doimiy asosda qat’iy nazorat qilinishini ta’minlasinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartib-taomillari va mexanizmlarini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom talablari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi, shuningdek elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) taalluqlidir. 3. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini soddalashtirish va ratsionalizatsiya qilishga qaratilgan tashkiliy, kadrlarga oid, texnik, huquqiy va boshqa choralar majmuidan, shu jumladan ularni interaktiv rejimda ko‘rsatish tartib-taomillaridan iborat. 4. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishdagi bosh mezon davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlikni o‘rnatish hisoblanadi. Qo‘shimcha mezonlar quyidagilar hisoblanadi: elektron davlat xizmatlariga bo‘lgan talab; davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarning mavjudligi; davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ko‘p vaqt olishi va moliyaviy chiqimlarning yuqoriligi; elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning belgilangan tartibi yo‘qligi va (yoki) joylarda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning shakllangan amaliyoti bilan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan tartib o‘rtasidagi katta farqlar mavjudligi. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishning qo‘shimcha mezonlari davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilishi sabablarini o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek sotsiologik tadqiqotlar (ijtimoiy so‘rovlar, intervyu olish, jismoniy va yuridik shaxslardan so‘rab chiqish va boshqalar) natijalari bo‘yicha aniqlanadi. 5. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari: davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazishda davlat organlari tomonidan doimiy asosda; 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tomonidan har yili tasdiqlanadigan interaktiv shaklga o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joriy qilinishi kerak bo‘lgan Davlat xizmatlari ro‘yxatidan (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan davlat organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. 6. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish quyidagi bir yoki bir nechta chora-tadbirlarni majburiy bajarishdan iborat: a) elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini o‘zgartirish; b) tarkibi elektron davlat xizmati ko‘rsatish natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydigan tartib-taomillar aniqlangan yoki ikki va undan ortiq davlat organlariga (shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlarga) amalda aynan bir xil vazifalar va funksiyalar berilishi holatlari aniqlangan taqdirda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning ortiqcha va (yoki) takrorlovchi tartib-taomillarini chiqarib tashlash; v) elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish va ularni ko‘rsatish bilan bog‘liq alohida tartib-taomillarni bajarish muddatlarini belgilash va (yoki) qisqartirish; g) elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish qiymatini belgilash va (yoki) kamaytirish, shu jumladan to‘lovni o‘tkazish tartibini belgilash; d) elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish; e) elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatini belgilash va (yoki) qisqartirish; j) davlat organlarini belgilash va (yoki) istisno etish, shu jumladan ularning funksiyalarini oqilona taqsimlash hisobiga elektron davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha u yoki boshqa funksiyani boshqa davlat organiga berish; z) boshqaruv xodimlariga qabul qilingan qarorlarning asoslanganligi uchun javobgarlikni yuklagan holda ularning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini bajarish davomida qarorlar qabul qilish vakolatlarini berish; i) Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish. 7. Quyidagilar davlat organlari hujjatlarini birxillashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: a) elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning muayyan sohasi uchun hujjatlarning formulyar-namunasini shakllantirish va uning asosida ushbu hujjatlar tizimi uchun rekvizitlar tarkibini belgilash; b) hujjatlarni eng ko‘p darajada bir xil xususiyatga keltirish yo‘li bilan hujjatlarning shakllarini va ularni tuzish va rasmiylashtirish qoidalarini birxillashtirish; v) hujjatlarga faqat aniq vazifalarni hal qilish uchun, shu jumladan hujjatning yuridik kuchini tasdiqlash uchun zarur bo‘ladigan rekvizitlarni kiritish; g) hujjatlarda o‘zgaruvchan (doimiy bo‘lmagan) axborotlar uchun ma’lumotnomalar va klassifikatorlardan majburiy foydalanish. 8. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq ishlarni tayyorlash va tashkil qilish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: elektron davlat xizmati ko‘rsatishning amaldagi tartibini tekshirish va joriy modelini tuzish; elektron davlat xizmati ko‘rsatishning maqbullashtirilgan modelini tuzish va joriy qilish. 9. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida davlat organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalari jalb qilinishi mumkin. 10. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning amalga oshirish taklif qilinayotgan maqbullashtirilgan modeli tekshirilganligi, shuningdek avtomatlashtirish va elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilayotgan davlat xizmatlari hamda ularni elektron formatda ko‘rsatish tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborot tegishli axborot tizimlarini va axborot resurslarini yaratishga doir texnik hujjatlarda ko‘rsatiladi. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish davomida ishlab chiqilgan, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar Vazirlik bilan kelishilishi kerak. 11. Elektron davlat xizmati ko‘rsatishning amaldagi tartibini tekshirish (keyingi o‘rinlarda tekshirish deb ataladi) davomida quyidagilar belgilanadi: elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar; elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi va xizmatlar ko‘rsatishga jalb etilgan davlat organlari, shuningdek ularga idoraviy mansub tashkilotlar va tarkibiy bo‘linmalar; elektron davlat xizmati ko‘rsatishning joriy qiymati va muddatlari, shuningdek xizmat ko‘rsatilganligi uchun to‘lov usullari va muddatlari; elektron davlat xizmati ko‘rsatiladigan shaxslarning toifasi; elektron davlat xizmati ko‘rsatish natijasini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning ro‘yxati va namunalari; elektron davlat xizmati ko‘rsatish natijasida olinadigan hujjatlar ro‘yxati va namunalari; elektron davlat xizmati ko‘rsatish doirasida va xizmat ko‘rsatishning amaldagi tartibiga muvofiq qo‘llaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslari; so‘nggi uch yil ichida elektron davlat xizmati ko‘rsatish statistikasi; elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibini va talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatning amalda qo‘llanishi tahlili; elektron davlat xizmati ko‘rsatish masalalari bo‘yicha kelib tushadigan murojaatlar tahlili. 12. Tekshirishni o‘tkazish davomida elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibining bosqichma-bosqich sxemali tasvirini, shuningdek har bir elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartib-taomilini izohlovchi matnli tavsifni o‘z ichiga oluvchi elektron davlat xizmati ko‘rsatishning joriy modeli tuziladi. Elektron davlat xizmati ko‘rsatish joriy modeli elektron davlat xizmati ko‘rsatishning haqiqatda shakllangan amaliyoti asosida tuziladi. 13. Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibining sxemali tasvirida quyidagilar ko‘rsatiladi: elektron davlat xizmati ishtirokchilari (davlat organiga so‘rov bilan murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek davlat organlari, ularning xodimlari va boshqalar); elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartib-taomillari (hujjatlarning to‘liqligini tekshirish, arizani qabul qilish, uni ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish, axborot yig‘ish, obyektni test sinovidan o‘tkazish, ekspertizadan o‘tkazish, tekshirish, qarorni tayyorlash, qarorni kelishish, qarorni tasdiqlash, qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilish, elektron davlat xizmati ko‘rsatish natijasini berish va boshqalar); elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartib-taomillarini bajarish hujjatlari yoki natijalari (arizalar, kelishuvlar, ko‘chirmalar, ma’lumotnomalar, shartnomalar, litsenziyalar, xatlar, guvohnomalar, kvitansiyalar, bildirishnomalar va boshqalar); elektron davlat xizmati ko‘rsatishning amaldagi tartibi doirasida va unga muvofiq qo‘llaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslari; elektron davlat xizmati ko‘rsatish barcha tartib-taomillarini bajarish muddatlari. Sxemali tasvirda barcha ishtirokchilar, hujjatlar yoki tartib-taomillarni bajarish natijalari, axborot tizimlari va axborot resurslarining o‘zaro bog‘liq ishlashi, shuningdek elektron davlat xizmati ko‘rsatish har bir tartib-taomilini bajarish izchilligi aks ettirilishi kerak. 14. Elektron davlat xizmati ko‘rsatilishini tekshirish va joriy modelini tuzish uni ko‘rsatish tartibining tahlilini o‘tkazish uchun zarur, shu jumladan: tarkibi elektron davlat xizmati ko‘rsatish natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydigan va (yoki) ulardagi ma’lumotlarning ishonchliligi davlat organiga so‘rov bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning ishtirokisiz tekshirilishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni (ma’lumotlarni) aniqlash; elektron shaklda va ariza beruvchi foydalana olishi mumkin bo‘lgan o‘zaro hamkorlik usullari va shakllaridan foydalanib amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan, davlat organiga so‘rov bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aniqlash; bajarilishi elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan va (yoki) tarkibi elektron davlat xizmati ko‘rsatish natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydigan, bajarilishi muddatlari qisqartirilishi mumkin bo‘lgan tartib-taomillarni aniqlash; qo‘llaniladigan o‘zaro hamkorlik usullarini hisobga olgan holda har bir tartib-taomilni amalga oshirishning yo‘l qo‘yiladigan usullari va qiymatini belgilash; elektron davlat xizmati ko‘rsatish natijasini berish yoki bunday xizmatning ko‘rsatilishini rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish mezonlarini belgilash. 15. Elektron davlat xizmati ko‘rsatilishini tekshirish va joriy modelini tuzish tugallangandan keyin ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan uni ko‘rsatish tartibining tahlili o‘tkaziladi, shuningdek elektron davlat xizmati ko‘rsatishning maqbullashtirilgan modelini tuzgan holda shunga o‘xshash elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning chet el tajribasi va ilg‘or amaliyoti o‘rganiladi. 16. Elektron davlat xizmati ko‘rsatishning maqbullashtirilgan modeli uni ko‘rsatish tartibining bosqichma-bosqich sxemali tasvirini, shuningdek har bir elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartib-taomilini izohlovchi matnli tavsifni o‘z ichiga oladi. 17. Elektron davlat xizmati ko‘rsatishning maqbullashtirilgan modeli tasviriga qo‘yiladigan talablar ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan talablarga o‘xshash. 18. Elektron davlat xizmati ko‘rsatishning maqbullashtirilgan modeli ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari keyinchalik amalga oshirilishini hisobga olib tuzilishi kerak. 19. Elektron davlat xizmati ko‘rsatishning maqbullashtirilgan modelini amalga oshirishga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini va talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va (yoki) yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini to‘laqonli bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish, modernizatsiyalash va ularni integratsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ularni e’lon qilish yo‘li orqali, shuningdek jamoatchilik fikrini o‘rganishning boshqa usullarini qo‘llash yo‘li bilan majburiy ravishda jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishi kerak. 20. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq interaktiv shaklga o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilinishi kerak bo‘lgan davlat xizmatlari ro‘yxatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Davlat organlari Vazirlik bilan kelishuv bo‘yicha Ro‘yxatga kiritilmagan davlat xizmatlarini interaktiv shaklga o‘tkazishlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilishlari mumkin. 21. Vazirlik har yili 1-dekabrgacha yangilangan Ro‘yxatni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritadi. Tekshirishni o‘tkazish, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzish muddatlari yangilangan Ro‘yxatdan kelib chiqib belgilanadi. 22. Ro‘yxat Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin Vazirlik davlat organlari bilan birgalikda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzgan holda belgilangan muddatlarda tekshirish o‘tkazadi. 23. Elektron davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun Vazirlik elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish prinsiplari va tartibini takomillashtirish zaruratini tushuntirish bo‘yicha tanishtiruv taqdimotini va seminarlarni tashkil qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarligi ostida Vazirlikning xodimlari, davlat organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar boshliqlari, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibida ishtirok etuvchi bo‘limlar, tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning boshliqlari, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhni (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb ataladi) tashkil qiladi. 24. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini tekshirish, joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzish davomida davlat organlari ishchi guruh a’zolarini zarur axborot bilan, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa materiallar bilan, shu jumladan intervyu olish orqali ta’minlaydilar. 25. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini tekshirish, joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzish yakunlari bo‘yicha Vazirlik tomonidan elektron davlat xizmati ko‘rsatishning maqbullashtirilgan modelini amalga oshirish zarurligi asoslanishini va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari rejasining loyihasini (keyingi o‘rinlarda chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) o‘z ichiga oladigan tegishli hisobot tuziladi, bu hisobot ishchi guruh majlisida ko‘rib chiqiladi. Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi loyihasini ma’qullash va uni belgilangan tartibda Respublika komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Respublika komissiyasi o‘zining majlisida chora-tadbirlar rejasi loyihasini keyinchalik amalga oshirishni tashkil etish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish uchun taqdim etilgan ushbu chora-tadbirlar rejasi loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi. 26. Chora-tadbirlar rejasi ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni bajarishning izchilligini, aniq muddatlarini, davlat organlari mas’ul bajaruvchilarining nomlarini nazarda tutadi. Davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazishni ta’minlovchi axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan Respublika komissiyasi tasdiqlaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish loyihalari amalga oshirilishi uchun davlat buyurtmasiga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qaroriga muvofiq takliflar tayyorlanadi. 27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
94
21,452
Qonunchilik
INTEGRAL MIKROSXEMALAR TOPOLOGIYALARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISh TO‘G‘RISIDA
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: integral mikrosxema — elektron vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan tugal yoki oraliq shakldagi mikroelektron buyum bo‘lib, undagi elementlarning hech bo‘lmaganda biri faol hisoblanadi, buyumdagi bog‘lanishlarning ayrimlari yoki barchasi bu buyum tayyorlangan jismlar tarkibida va (yoki) sirtida uzviy shakl topgan bo‘ladi; integral mikrosxema topologiyasi — integral mikrosxema elementlarining va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar majmuining moddiy jismda qayd etilgan fazoviy-geometrik joylashuvi; huquq egasi — integral mikrosxema topologiyasining muallifi, uning merosxo‘ri, shuningdek integral mikrosxema topologiyasidan foydalanish mulkiy huquqlarini qonunga yoki shartnomaga asosan olgan va ularga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Integral mikrosxemaning ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘ziga xos topologiyasi (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti hisoblanadi. Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum bo‘lmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar o‘ziga xos deb e’tirof etiladi. Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum bo‘lgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yig‘indisi ushbu modda ikkinchi qismining talablariga to‘la muvofiq bo‘lsagina huquqiy muhofaza beriladi. Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy muhofaza topologiyaga singdirilgan g‘oyalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ijodiy mehnati bilan topologiyani yaratgan jismoniy shaxs shu topologiya muallifi deb e’tirof etiladi. Agar topologiya ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ular birgalikda mualliflar (hammualliflar) deb e’tirof etiladi. Topologiyani yaratishga shaxsan ijodiy xissa qo‘shmagan, biroq muallifga texnik, tashkiliy yoki moddiy yordam ko‘rsatgan yoxud topologiyadan foydalanish huquqini rasmiylashtirishga ko‘maklashgan jismoniy shaxslar mualliflar deb e’tirof etilmaydi. Muallifning topologiyaga bo‘lgan huquqi boshqa shaxsga o‘tkazilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va qonun bilan muhofaza qilinadi. Huquq egasiga topologiyadan o‘z ixtiyoriga binoan foydalanish, shu jumladan uni tayyorlash, qo‘llash va tarqatish mutlaq huquqi tegishlidir. Huquq egasi topologiyada, shuningdek shunday topologiyani o‘z ichiga olgan buyumlarda “T” harfi yoki aylanadagi “T” harfi yoxud boshqacha tarzda ifodalangan “T” harfini joylashtiradi va bu uning O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinishini ko‘rsatadi. Bir necha huquq egalariga tegishli huquqlardan foydalanish tartibi ular o‘rtasidagi shartnomaga binoan belgilanadi. Muhofaza qilinadigan topologiyani, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani o‘z ichiga olgan buyumni huquq egasining ruxsatisiz qo‘llash, olib kirish, sotuvga qo‘yish, sotish, takrorlash (o‘ziga xos bo‘lmagan qismini takrorlash bundan mustasno) va fuqarolik muomalasiga boshqacha tarzda kiritish topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi. Quyidagilar topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof etilmaydi: topologiyadan foyda olmagan tarzda shaxsiy maqsadlarda, shuningdek uni baholash, tahlil kilish, tadqiq etish yoki o‘qitish uchun foydalanish; qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemali buyumni sotib olgan shaxsning harakatlari, agar bu shaxs ularga qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiya kiritilganini bilmagan va bilishi mumkin ham bo‘lmagan bo‘lsa; aynan bir xildagi topologiyani mustaqil ravishda yaratgan shaxsga nisbatan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar. Xodim o‘z xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining topshirig‘ini bajarish vaqtida yaratgan (xizmat topologiyasi) topologiyaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma olish huquqi, basharti bu ular o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchiga tegishli bo‘ladi. Xizmat topologiyasi uchun muallifga to‘lanadigan mukofot pulining miqdori, shartlari va tartibi u bilan ish beruvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi. Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoki ishonchli vakil orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) beriladi. Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berish, agar topologiyadan foydalanilgan bo‘lsa, undan birinchi marta foydalanilgan sanadan etiboran ikki yildan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin. Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma bitta topologiyaga taalluqli bo‘lishi kerak. Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarga doir talablar Agentlik tomonidan belgilanadi. Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasi talabnoma berilgan sanadan e’tiboran ikki oylik muddat ichida Agentlik tomonidan o‘tkaziladi. Davlat ekspertizasi natijalariga binoan topologiyani ro‘yxatga olish yoki uni ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqarilib, bu haqda talabnoma beruvchi xabardor qilinadi. Talabnoma beruvchi Agentlikning so‘roviga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan topologiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallarini to‘ldirish, aniqlashtirish va tuzatishga haqlidir. Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi. Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasining xulosasi ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) shikoyat qilishga haqlidir. Davlat ekspertizasining xulosasi ustidan Apellatsiya kengashiga shikoyat qilish tartibini Agentlik belgilaydi. Talabnoma beruvchi Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilishga haqlidir. Davlat ekspertizasining xulosasi asosida Agentlik patent boji to‘langani to‘g‘risidagi hujjat olingan sanadan e’tiboran bir oy ichida topologiyani Integral mikrosxemalar topologiyalarining davlat reyestrida ro‘yxatga oladi. Reyestrga kiritiladigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi. Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlik tomonidan rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi. Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma huquq egasining topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Guvohnomani berish Agentlik tomonidan topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch oy o‘tgandan keyin amalga oshiriladi. Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma shakli hamda unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi. Topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquq o‘n yil davomida amal qiladi. Topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquq amal qilish muddatining boshlanishi quyidagi sanalardan eng oldingisi bo‘yicha aniqlanadi: topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi bo‘yicha, bunda bu topologiya jahonning biron-bir erida fuqaro muomalasiga oldinroq kiritilganligi hujjatlar bilan qayd etilgan sana nazarda tutiladi; topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy e’lon qilingan sana bo‘yicha. Boshqa shaxs tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan aynan bir xil topologiya paydo bo‘lgan hollarda, topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqning amal kilish umumiy muddati o‘n yildan oshib ketishi mumkin emas. Topologiyaga bo‘lgan huquq to‘la yoki qisman boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin. Topologiyaga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnoma Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Topologiyaga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va shartlari Agentlik tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik maqsadlarida huquq egasiga qonunchilikda belgilangan kompensatsiya to‘lagan holda topologiyadan uning roziligisiz foydalanishga ruxsat berishi mumkin. Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bekor bo‘ladi. Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma: Apellatsiya kengashining qarori; huquq egasi tomonidan Agentlikka berilgan ariza; sud qarori asosida muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatli harakatlarni sodir etganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari topologiyani boshqa davlatlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga egadirlar. Chet el yuridik va jismoniy shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o‘zaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar. Topologiyalarni huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
75
10,563
Qonunchilik
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: attestatsiyadan o‘tdi deb e’tirof etilgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlari (keyingi o‘rinlarda — pedagog kadrlar) belgilangan namunadagi sertifikatlar bilan ta’minlanadi; pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq, shu jumladan test sinovlari materiallarini tayyorlash va sertifikatlarni nashr etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etiladigan xarajatlar smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvalini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksiga kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda: attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini (keyingi o‘rinlarda — pedagog kadrlar) attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Pedagog kadrlarning malaka tavsiflariga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Xalq ta’limi vazirligi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi) hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan xodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi (keyingi o‘rinlarda — malaka tavsiflari) talablar asosida o‘rganiladi. 3. Quyidagilar pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘quv fani bo‘yicha malakasi, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan pedagog kadrlarni rag‘batlantirish; ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini yaratish; xorijiy tillarni o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash; kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishning majburiyligini ta’minlash. 4. Attestatsiyaning asosiy prinsiplari majburiylik, davriylik, oshkoralik, kengashib ish ko‘rish hamda xolislik hisoblanadi. 5. Attestatsiya maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun har besh yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlari uchun har uch yilda bir marta o‘tkaziladi. Pedagog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 6. Attestatsiyadan belgilangan muddatda malaka oshirish kursini tugatganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan: maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumta’lim, chuqurlashtirilgan va kasbiy ta’lim fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotli; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagog kadrlari (ishlab chiqarish ta’limi ustalari) o‘tkazilishi shart. 7. Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar bir yildan so‘ng, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi. 8. Tuzilmasida umumta’lim bo‘g‘inlari mavjud bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumiy o‘rta ta’lim bosqichida umumta’lim, chuqurlashtirilgan va kasbiy ta’lim fanlaridan dars berayotgan pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 9. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi. 10. Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat inspeksiyasi) Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvalini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksiga taqdim etadi. Attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvali taqdim etilgan kundan e’tiboran bir oy ichida Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 12. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) rahbarlari attestatsiya muddatini bir oy oldin e’lon qiladi va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi. 13. Attestatsiyaga doir tashkiliy masalalar ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari va ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi o‘rnatilgan tartibda attestatsiyaning mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, pedagog kadrlarning huquqlari ta’minlangan holda o‘tishini nazorat qiladi. 15. Attestatsiya o‘tkazishda ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va attestatsiyani nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Muvofiqlashtirish ishlari attestatsiya jadvallarini ishlab chiqish va attestatsiyaga oid faoliyatni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma qarorlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishdan, birinchi, oliy malaka toifali va yetakchi, bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlariga talabgor pedagog kadrlar uchun test (yozma, ijodiy ish) sinovlarini o‘tkazishdan hamda ularning natijalarini e’lon qilishdan, pedagog kadrlarning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirilishini ta’minlashdan iborat. Attestatsiyani nazorat qilish uning natijalarini tahlil qilish, baholash hamda mazkur Nizom talablari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarga oid ma’lumotnomalarni Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksiga, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarga yuborish orqali amalga oshiriladi. 16. Pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi. Ta’lim muassasalarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasida attestatsiyadan o‘tadi. 17. Maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari yoki lavozimlari mazkur ta’lim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi. Bunda maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi tizimlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining katta o‘qituvchi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchi lavozimiga tenglashtiriladi. 18. Pedagog kadrlar o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ma’lumotli, ilmiy daraja olganligi yoki qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomda (keyingi o‘rinlarda — diplom) ko‘rsatilgan tayyorlov, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklariga mos keladigan fanlar bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi. Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tadi. 19. Ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan o‘tuvchilarning har biri uchun alohida hujjatlar yig‘majildi tayyorlaydi. Hujjatlar yig‘majildida attestatsiyadan o‘tuvchining pasporti, diplomi, attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida olgan va amalda foydalanayotgan sertifikati (agar mavjud bo‘lsa), malaka oshirganligi haqidagi sertifikati nusxalari, ma’lumotnoma, so‘nggi bir yil davomida o‘tgan darslarining tahlillari, ochiq darslar o‘tganligi haqidagi ma’lumotlar, ta’lim oluvchilari reytingi va erishgan yutuqlari (agar mavjud bo‘lsa) to‘planadi. 20. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning malaka tavsiflarida belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini tasdiqlovchi maktabgacha ta’lim boshqarmalari va xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar), muassasalar va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — attestatsiya komissiyalari) tomonidan amalga oshiriladi. 201. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarida, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasida (keyingi o‘rinlarda — maktabgacha ta’lim boshqarmalari) oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun Maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi. Maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. Maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshlig‘i (komissiya raisi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — kasaba uyushmasi) vakili, ikki nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 202. Quyidagilar maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish; oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan ta’minlash. 203. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi. Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha ta’lim boshqarmalarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri (komissiya raisi), tuman (shahar) hokimligining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 204. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish; birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun maktabgacha ta’lim boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish. 205. Ta’lim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi. Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi. Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi ta’lim muassasalari rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi (komissiya raisining o‘rinbosari), kasaba uyushmasi va ota-onalar qo‘mitasi vakillari, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 206. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish. 21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarida, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasida (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi boshqarmalari) oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun Xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi. Xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Xalq ta’limi vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. Xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi boshqarmalari boshlig‘i (komissiya raisi), Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining rahbar xodimi (komissiya raisi o‘rinbosari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 22. Quyidagilar Xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish; oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan ta’minlash. 23. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi. Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi boshqarmalari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri (komissiya raisi), Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining mas’ul xodimi (komissiya raisi o‘rinbosari), tuman (shahar) hokimligining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 24. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish; birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Xalq ta’limi boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish. 25. Ta’lim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi. Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi. Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi ta’lim muassasalari rahbari (komissiya raisi), xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi xodimi (komissiya raisining o‘rinbosari), kasaba uyushmasi va ota-onalar qo‘mitasi vakillari, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 26. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish. 27. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida umumta’lim, chuqurlashtirilgan va kasbiy ta’lim fanlari pedagog kadrlarini (ishlab chiqarish ta’limi ustalarini) attestatsiyadan o‘tkazish uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi rahbar xodimlari (komissiya raisi), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining mas’ul xodimi yoki oliy ta’lim muassasalarining sohaga mas’ul prorektorlari (komissiya raisining o‘rinbosari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog yoki bosh o‘qituvchidan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 28. Quyidagilar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimlariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan ta’minlash. 29. Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagog kadrlar attestatsiya komissiyalari tarkibiga kiritilmaydi. 30. Attestatsiya komissiyalari raislari va a’zolari attestatsiya ushbu Nizom talablariga hamda attestatsiya jadvaliga muvofiq o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadilar. 31. Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagog kadrlarning malaka tavsiflarida va baholash mezonlarida belgilangan talablarni bajarganliklari haqidagi tavsiyalarni tayyorlash uchun ta’lim muassasalari rahbarlari buyrug‘i bilan ekspert guruhi tuziladi. 32. Ekspert guruhi tarkibi besh nafar a’zodan iborat bo‘ladi. Ekspert guruhi a’zolari tarkibiga ta’lim muassasalari rahbarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (maktabgacha ta’lim muassasasi metodistlari) va tajribali pedagog kadrlar kiritiladi. 33. Ta’lim muassasalari rahbarlari ekspert guruhi tomonidan tayyorlangan tavsiya va hujjatlar yig‘majildlarini tegishli attestatsiya komissiyalariga taqdim etadi. 34. Attestatsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi: birinchi bosqichda — attestatsiyadan o‘tuvchilarning o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovi natijalari, dars o‘tish mahorati va mehnati samaradorligi ekspert guruhi tomonidan o‘rganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayyorlanadi; ikkinchi bosqichda — attestatsiya komissiyalari tomonidan pedagog kadrlarning xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi va berilgan savollar va javoblar maxsus (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) daftarda qayd etiladi. 35. Attestatsiya quyidagi baholash mezonlari bo‘yicha o‘tkaziladi: a) dars o‘tish mahorati — dars tahlillari, ochiq darslar o‘tganligi, ta’lim oluvchilarining reyting ko‘rsatkichlari, ta’lim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlashi, tavsiya etilgan ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llashlari; b) mehnati samaradorligi — ta’lim oluvchilarning tayyorlaganligi, ta’lim oluvchilar va attestatsiyadan o‘tuvchilarning tuman, shahar, viloyat, respublika, xalqaro ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalari va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari; v) o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari — diplomida ko‘rsatilgan tayyorlov, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisligi yoki ixtisosliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari yoki davlat talablari mazmuni asosida o‘tkaziladigan test, yozma yoki ijodiy ish natijalari; g) xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan suhbat yakunlari. 36. Pedagog kadrlarning attestatsiya natijalarini baholash mezonlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Mehnat vazirligi, Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 361. Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga o‘tkaziladi. Ariza beruvchi berilgan arizadan voz kechgan taqdirda hamda pedagog kadrga nisbatan “Attestatsiyadan o‘tmadi, tegishli malaka toifasi yoki lavozimi tushirilsin”, mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarori qabul qilinganda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki ta’lim muassasalari rahbarlari ma’lumotnomasi) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda yig‘im summasi takroran undirilmaydi. 37. Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlar uchun test materiallari mazmunini shakllantirish, nashr etish va mazkur jarayonni o‘tkazish Davlat inspeksiyasi tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 38. O‘quv fani bo‘yicha malaka sinoviga oid yozma va ijodiy ish hamda ikkinchi malaka toifasiga va katta o‘qituvchi lavozimiga da’vogar pedagog kadrlarning test sinovlarini o‘tkazish tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralari bilan kelishilgan holda ta’lim turlari bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan amalga oshiriladi. 39. Attestatsiya komissiyalari pedagog kadrlarning dars o‘tish mahorati va mehnati samaradorligi hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovi natijalarini tahlil qiladi, xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat o‘tkazadi va tegishli qaror qabul qiladi. 40. Attestatsiya komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan yig‘ilish vakolatli hisoblanadi. 41. Attestatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: a) oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan: 75 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin”; 75 foizdan past ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; b) birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan: 75 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin”; 75 foizdan 65 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin”; 65 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; v) ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan: 65 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin”; 65 foizdan 60 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin”; 60 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin”; g) mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan: 60 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin”; 60 foizdan 55 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin”; 55 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas”. 42. Attestatsiya komissiyalari mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadrlar bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ular navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi. Attestatsiya komissiyalari qayta attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi. 43. Baholash mezonlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich chiqarilmaydi hamda baholash mezonlarining birortasi bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichdan past baholansa “attestatsiyadan o‘tmadi” degan qaror qabul qilinadi. 44. Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki ta’lim muassasalari rahbarlari ma’lumotnomasi) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chiriladi. 45. Pedagog kadr uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyaning biror bosqichida ishtirok etmagan bo‘lsa attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda unga nisbatan “Attestatsiyadan o‘tmadi, tegishli malaka toifasi yoki lavozimi tushirilsin”, mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarori qabul qilinadi. 46. Attestatsiya komissiyalari qarori ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotib tomonidan imzolanadi. 47. Attestatsiya komissiyalari qarori asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi attestatsiya varaqasi rasmiylashtiriladi hamda attestatsiya komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar va kotib tomonidan imzolanadi. Attestatsiya varaqasi ikki nusxada to‘ldiriladi va bir nusxasi pedagog kadrlarning ish joyidagi shaxsiy hujjatlari yig‘majildida, ikkinchi nusxasi attestatsiya komissiyasida saqlanadi. 48. Pedagog kadrlarning attestatsiyasiga oid hujjatlarining to‘plangan yig‘majildi navbatdagi attestatsiyagacha ta’lim muassasasida saqlanadi. 49. Attestatsiya komissiyalarining qaroriga ko‘ra oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifasiga yoki bosh, yetakchi, katta o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddat ichida topshiriladi. Sertifikatlarning xatosiz to‘ldirilishi uchun attestatsiya komissiyasi raislari mas’ul hisoblanadi. 50. Sertifikat qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanib, unda hisob seriyasi, raqami va himoya darajasi bo‘ladi. Sertifikat blankalari Davlat inspeksiyasi buyurtmasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi bosmaxonasida tayyorlanadi. 51. Davlat inspeksiyasi boshlig‘i, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, xalq ta’limi boshqarmalari va hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirlari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudirlari va ta’lim muassasalari rahbarlari sertifikatlarning hisobi, saqlanishi hamda maqsadli ishlatilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi. 52. Attestatsiya komissiyalari sertifikatlarning pedagog kadrlarga tarqatilishini ro‘yxatga olish uchun maxsus daftar (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) yuritadi va unda quyidagilarni qayd etadi: tartib raqami; pedagog kadrlarning familiyasi, ismi, otasining ismi; sertifikatning tartib raqami, seriyasi; sertifikat berilishiga asos bo‘lgan komissiya qarorining sanasi va tartib raqami; sertifikatni bergan komissiyaning nomi; sertifikatning amal qilish muddati; sertifikat nusxasi (dublikati)ning berilishi asosi va sanasi. 53. Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi. 54. Sertifikatning amal qilish muddati tugagan pedagog kadrlarga mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanadi. 55. Sertifikatning amal qilish muddati tugab, mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanayotgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga oxirgi sertifikatida ko‘rsatilgan malaka toifasi yoki lavozimi bo‘yicha jalb qilinadi. 56. Davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibini belgilaydi. 57. Attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoxud oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozimi) beriladi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagog kadrlarga — o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi; bakalavr darajasiga — mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi; magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi yoki katta o‘qituvchi lavozimi (ushbu malaka toifasi yoki lavozimi attestatsiya natijasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin); fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimi (mazkur malaka toifasi yoki lavozimi attestatsiya natijasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin). 58. Attestatsiya komissiyalari qaroridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar attestatsiya natijalari e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin. 59. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin uch kun ichida pedagog kadrlarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun tegishliligiga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining buyrug‘i bilan besh kishidan iborat tarkibda xalq ta’limi boshqarmalarida va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy instituti yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining rahbar xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali (bosh o‘qituvchi) pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 60. Apellatsiya komissiyasining ish tartibi apellatsiya komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqda belgilanadi. 61. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyalari tarkibidan a’zo kiritilmaydi. 62. Apellatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin. 63. Apellatsiya komissiyasi yig‘ilishida komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega bo‘ladi. 64. Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi. 65. Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellatsiya komissiyasi tomonidan arizasi (shikoyati) ko‘rib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin. 66. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini o‘zgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish haqida qaror chiqaradi. 67. Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi pedagog kadrga va tegishli attestatsiya komissiyasiga apellatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran besh kun muddatda taqdim etiladi. 68. Attestatsiya komissiyasi yoki apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 69. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
193
36,375
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 17-noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
173
662
Qonunchilik
Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida
Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ushbu sohalarda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani ilg‘or biotexnologiyalar asosida rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar: 2020 — 2024-yillarda biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq; Biotexnologiyalar sohasida 2020 — 2024-yillarda bajariladigan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov) Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.U. Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 2021 — 2024-yillarda biotexnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. Vazirlar Mahkamasi huzurida Biologik xavfsizlik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini tashkil qilish; xavfli biologik omillar ta’siridan aholini himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xavf-xatarlarning oldini olish, biologik xavflarni monitoring qilish tizimini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar va takliflarni tayyorlash, ekspert baholash hamda ko‘rib chiqish; mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish; vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakat biologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorligini ta’minlash; Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarining amalga oshirilishini ta’minlash; muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hamda mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni, shu jumladan omma o‘rtasida muhokama qilish. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Kengash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi maslahat organi hisoblanadi va mamlakatning biologik xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi; Kengash o‘z faoliyatini majlislar shaklida yuritadi. Kengash majlislari zaruratga ko‘ra, lekin har yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 5. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biologik xavfsizlik kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biologik xavfsizlik kengashi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) respublikada farmatsevtika biotexnologiyalari va vaksina-zardob ishini rivojlantirish, mahalliy immunobiologik preparatlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyati qo‘llab-quvvatlansin va uning ushbu yo‘nalishdagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: immunobiologik preparatlar (vaksinalar, zardoblar, test-diagnostikumlar va boshqalar) bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ularni amaliyotga joriy etish; mamlakatning biologik xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash; vaksina-zardob ishi bo‘yicha infeksiya kasalliklariga qarshi profilaktika, diagnostika, dori vositalari va preparatlarini yaratish, ularning ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish; ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida biotexnologiya, immunologiya va mikrobiologiya sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish. 7. Quyidagilar: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini takomillashtirish dasturi 5-ilovaga muvofiq; Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida: a) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev): ikki oy muddatda Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi va 2025-yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlarni Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U. Turdiqulova), Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev) bilan birgalikda Institutni 2021-yil 1-aprelga qadar yuqori malakali ilmiy xodim va mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin; Institut faoliyatini yo‘lga qo‘yish samaradorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvarda Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin; b) Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) (S.X. Kariyev) Institutni zamonaviy laboratoriya uskunalari va jihozlari, orgtexnika, kompyuter hamda boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S.X. Bekenov), Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev), Agentlik (S.X. Kariyev), Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev) hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U. Turdiqulova) ikki oy muddatda Institutni bino va inshootlar bilan ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; g) Vazirlar Mahkamasi (B.A. Musayev, O.M. Umarov) Institut faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishini muvofiqlashtirsin. 9. Belgilansinki: 2021-yil 1-yanvardan boshlab Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi; Agentlik ishlab chiqarish zaruriyatidan kelib chiqib, Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga yoki autsorsing hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash orqali Institutning tajriba-ishlab chiqarish bo‘linmalarini (shtat birliklarini) to‘ldirish huquqiga ega. 10. Agentlik, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida: “Vaksinalar ishlab chiqarish maydonchasini ishga tushirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish; Institut huzurida xavfsizlik darajasi bo‘yicha “BSL-3” xalqaro standartiga mos keluvchi tajriba-sinov laboratoriyasini (keyingi o‘rinlarda — “BSL-3” laboratoriyasi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Belgilab qo‘yilsinki: Agentlik loyiha samarali amalga oshirilishi hamda “BSL-3” laboratoriyasi tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi; loyihani amalga oshirish va “BSL-3” laboratoriyasini tashkil etishni umumiy muvofiqlashtirish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Agentlik (S.X. Kariyev) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) bilan birgalikda ikki oy muddatda loyihani amalga oshirish va “BSL-3” laboratoriyasini tashkil etish konsepsiyasi va texnik-iqtisodiy asoslari yetakchi loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqilishini, shuningdek, ularni moliyalashtirish manbalarining aniqlashtirilishini ta’minlasin. 11. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar natijalariga ko‘ra ajratiladigan mablag‘lar; Institut faoliyatiga mos yo‘nalishlar bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini bajarish asosida olingan mablag‘lar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 12. Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining: Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida (keyingi o‘rinlarda — Ilg‘or texnologiyalar markazi) Kopengagen universiteti (Daniya) bilan hamkorlikda zamonaviy fudomiks laboratoriyasini, “hujayra texnologiyalari” ilmiy laboratoriyasini hamda biotexnologiya, biologiya, biotibbiyot, kimyo sohalarida yaratiladigan katta hajmli ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha “Big Data” milliy laboratoriyasini; Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institutida “fitovirusologiya” ilmiy laboratoriyasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Ushbu biotexnologik laboratoriyalarni tashkil etishni moliyalashtirish manbalari etib Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kredit va grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov) 2021-yil yakuniga qadar ushbu biotexnologik laboratoriyalarning ishga tushirilishini ta’minlasin. 13. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov) 2021-2022-yillarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan quyidagilarni moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 20 milliard so‘mgacha mablag‘lar ajratsin: biotexnologiyalar sohasida “startap” loyihalarini amalga oshirish; 50 foizgacha birgalikda moliyalashtirish sharti bilan tajriba-sanoat biotexnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish va rivojlantirish; biotexnologiyalarni rivojlantirish uchun ilmiy va laboratoriya uskunalarini xarid qilish; sohaga zamonaviy texnologiya, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni joriy qilish; yosh mutaxassislarni xorijda ilmiy stajirovkadan o‘tkazish, xorijiy mutaxassis va maslahatchilarni jalb qilish. 14. 2020-yil 1-dekabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: biotexnologiyalar sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq 2,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kafillik beriladi; umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan biotexnologiyalar sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari bo‘yicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi; b) biotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga 3 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritgan xorijiy ilmiy tashkilotlarga Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 10 milliard so‘mgacha maqsadli grantlar taqdim etiladi. Bunda: ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun maqsadli grantlar kiritilgan investitsiya mablag‘lari to‘liq o‘zlashtirilganidan so‘ng taqdim etiladi; Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ilmiy faoliyat subyektlari tomonidan olingan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquq davlatning ilmiy va oliy ta’lim, shuningdek, boshqa davlat muassasalari nomidan, agar intellektual mulk obyektlari mualliflari bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlatga tegishli bo‘ladi. 15. Shunday amaliyot joriy etilsinki, unga ko‘ra: Ilg‘or texnologiyalar markazi har yili 1-dekabrga qadar Tarif va notarif tartibga solish kengashiga biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, reaktivlar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minotlar uchun undiriladigan bojxona bojlarini kamaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritib boradi; Tarif va notarif tartibga solish kengashi (S.U. Umurzakov) taqdim etilgan takliflarga asosan bojxona bojlarini kamaytirish masalalarini ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qiladi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen protokoliga (Monreal, 2000-yil 29-yanvar) qo‘shilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Kartaxen protokoli qoidalarini amalga oshirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U. Turdiqulova) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar, pestitsidlar, oziq-ovqat qo‘shimchalari va bo‘yoqlar mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududlarda joylashgan laboratoriyalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish; Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKda o‘z mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, o‘simlikshunoslik uchun xomashyo, omuxta va ekish materiallari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlarning mavjudligini aniqlash uchun laboratoriyalarni (real ehtiyojlardan kelib chiqqan holda) tashkil etish. 17. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiya va boshqa tegishli xalqaro standartlarga muvofiq ruxsat berilgan pestitsidlar, zaharli kimyoviy moddalar ro‘yxatini va mineral o‘g‘itlardan foydalanish normalarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin; biotexnologik mahsulotlar iste’moli hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar va boshqa zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishdan biopreparatlarga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-martdan boshlab pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa zaharli kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ushbu moddalarning standart namunalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklar o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatiga kiritilishini va ushbu standart namunalari bilan birga sotilishini ta’minlaydi. 18. Kengash (A.N. Aripov) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasining ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin: biologik xavflarni monitoring qilish bo‘yicha mustaqil tizimni yaratish; biologik xavfsizlikni ta’minlashning milliy tizimi doirasida avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy va prognoz-modellashtirish kompleksini yaratish; obyektlar, hududlar va tabiiy hodisalarning biologik xavf-xatar darajasini aniqlash va toifalash bo‘yicha yagona mezonlar va uslubiy bazani ishlab chiqish. 19. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar ushbu qaror qoidalarini inobatga olib, quyidagi huquqiy mexanizmlarni nazarda tutgan holda “O‘zbekiston Respublikasi biologik xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilishini yakuniga yetkazsin: gen-muhandislik faoliyati xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan genetik modifikatsiyalangan organizmlar xavfini baholashning milliy tizimini yaratish va uning faoliyat yuritishi; vujudga kelgan biologik xavf-xatarlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan maqsadli ishlanmalarni tezkor moliyalashtirish. 20. Kengash (A.N. Aripov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qarorda belgilangan vazifalar va tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan 2021-yil uchun chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va ijrosini tashkil etsin, kelgusida har yilning 1-dekabriga qadar keyingi yil uchun xuddi shunday chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amalga oshirilishini ta’minlasin. 21. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Kuchimov) va Milliy teleradiokompaniyasi (A.D. Xadjayev) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror mohiyati va ahamiyati bo‘yicha chiqishlar va tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin. 22. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.K. Yusupaliyev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 23. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov va sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev belgilansin. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin. 1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biologik xavfsizlik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) faoliyatini tashkil etish tartibi, vazifalari va huquqlarini belgilaydi. 2. Kengash mamlakatning biologik xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida maslahat organi sifatida tashkil etiladi. 3. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 4. Kengash o‘z faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Kengashning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari ijrosi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar uchun bajarilishi majburiydir. 6. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini tashkil qilish; xavfli biologik omillar ta’siridan aholini himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xavf-xatarlarning oldini olish, biologik xavflarni monitoring qilish tizimini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar va takliflarni tayyorlash, ekspert baholash hamda ko‘rib chiqish; mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish; vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorligini ta’minlash; Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarining amalga oshirilishini ta’minlash; muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hamda mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni, shu jumladan omma o‘rtasida muhokama qilish. 7. Kengashga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ko‘rib chiqiladigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi: a) karantin, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi kurashish, shu jumladan: aholi o‘rtasida o‘lim holatlarining asosiy sabablari hisoblangan yuqumli kasalliklar, shuningdek, hayvonlar va o‘simliklarning qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitga zarar keltiruvchi infeksiyalari tarqalish darajasini pasaytirish; yangi, qaytalanadigan yuqumli kasalliklarning vujudga kelishi va tarqalishi, shuningdek, kam uchraydigan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududida oldin uchramagan yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olish; tibbiy yordam ko‘rsatish va veterinariya faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning oldini olish; mikroorganizmlar shtammlarining dori vositalari, kimyo va (yoki) biologik vositalarga turg‘unligini (rezistentligini) bartaraf etish; inson va qishloq xo‘jaligi hayvonlarining tabiiy mikrobiotasi, shuningdek, hayvonlar va o‘simliklarning kam uchraydigan va yo‘qolib borayotgan turlarini saqlab qolish va tiklash; inson va hayvonlar organizmlarining immun tanqisligi holatlari, shuningdek, ular bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalish darajasini pasaytirish; inson va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklarning profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan amaldagi hayvonot qabristonlarini qayta barpo etish va yangilarini qurish; b) atrof-muhitni salbiy biologik ta’sirdan muhofaza qilish; v) patogen mikroorganizmlar va viruslar kolleksiyalarini shakllantirish, saqlash va rivojlantirish; g) patogen biologik agentlarni (patogenlarni), shu jumladan yuzaga kelishi xavfi yuqori bo‘lgan biologik obyektlarda qo‘llash bilan amalga oshiriladigan avariyalar va (yoki) diversiyalarning oldini olish; d) xavfli texnogen faoliyatni, shu jumladan genetik materiallar va sintetika biologiyasi texnologiyalaridan nazoratsiz foydalanish, shuningdek, xavfli biologik moddalardan foydalanish bilan bog‘liq terrorchilik aktlarini tayyorlash va sodir etishni ogohlantirish va ularning oldini olish; e) biologik xavflarni monitoring qilish tizimini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan biologik xavflarni monitoring qilish bo‘yicha mustaqil tizimning faoliyatini tashkil etish; j) biologik xavflarni monitoring qilish natijasida aniqlangan boshqa biologik xavf-xatarlarni zararsizlantirish; z) qonunchilikning o‘zaro bog‘liq sohalarida nazarda tutilgan, shu jumladan quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlar: fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, ushbu sohalardagi qonun hujjatlariga muvofiq biotibbiyot hujayra mahsulotlarini muomalaga kiritish; hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, veterinar-sanitar jihatdan xavfsiz chorvachilik mahsulotlarining ishlab chiqarilishini ta’minlash; qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq o‘simliklarni karantin va himoya qilish; texnik reglamentlarga muvofiq mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash; atrof-muhitni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilish, ushbu sohadagi qonun hujjatlariga muvofiq biologik xilma-xillikni saqlash; gen-muhandislik faoliyatini amalga oshirish, genetik modifikatsiyalangan organizmlar, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qodir sintetik biologik agentlarni chegaradan olib o‘tish, tranzit qilish, ishlov berish va ulardan foydalanish; i) Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar. 8. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish; davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan Kengashning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur materiallar va hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rab olish; o‘z majlislariga davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ilmiy muassasalar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillarini taklif qilish; mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritish; axborot-tahliliy va ekspert ishlarini o‘tkazish uchun ilmiy, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnikaviy siyosat masalalari bo‘yicha takliflarni o‘rganish va ishlab chiqish uchun olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish; Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning izchil bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. 9. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi. 10. Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. 11. Kengash rais, uning o‘rinbosarlari, kotib va Kengash a’zolaridan iborat bo‘ladi. Kengash a’zolari uning ishida jamoatchilik asosida qatnashadi. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Kengashning raisi hisoblanadi. 12. Kengash majlislarini tayyorlash va o‘tkazish Kengash kotibi tomonidan amalga oshiriladi. 13. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq o‘z a’zolari, shuningdek, jalb qilingan davlat boshqaruvi organlari vakillari, mutaxassislar va ekspertlar tarkibidan iborat ishchi guruhlar va boshqa ishchi organlar tuzishi mumkin. 14. Kengash majlislari zaruratga ko‘ra, lekin har yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 15. Kengash majlisini rais, u bo‘lmagan taqdirda, Kengash raisining o‘rinbosari olib boradi. 16. Kengash a’zolari majlislarda shaxsan ishtirok etadi. Kengash a’zosining majlisda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, u ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan yozma shakldagi fikrini oldindan taqdim etish huquqiga ega. 17. Kengash majlisi Kengash a’zolarining kamida yarmi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. 18. Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibi va materiallari Kengash a’zolariga yig‘ilishdan kamida uch kalendar kun oldin bo‘lajak majlis to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birga yuboriladi. 19. Kengashning qarorlari ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha kelib tushgan yozma shakldagi fikrlarni hisobga olgan holda majlisda qatnashgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 20. Kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomani imzolash paytida Kengash a’zolari o‘zlarining alohida fikrini bildirishga haqlidirlar. Kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari Vazirlar Mahkamasida saqlanadi. 21. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
157
28,639
Qonunchilik
Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilaydi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish bo‘yicha kompleks choralarni shakllantirish; chet ellik investorlar va chet el investitsiyalarining ayrim toifalari uchun qo‘shimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilash. Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlarini berish va ularni himoya qilish choralarini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik investorlarning huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga oshirilishi ta’minlanishini hisobga olgan holda fuqaroligi, yashash joyi, diniy e’tiqodi, iqtisodiy faoliyati qayerda amalga oshirayotganligiga, shuningdek investorlar yoki investitsiyalarning qaysi mamlakatga mansubligiga qarab chet ellik investorlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun hujjatlari, shu jumladan idoraviy normativ hujjatlar, agar ularning ijrosi chet ellik investorga yoki chet el investitsiyalariga zarar yetkazsa, ular orqaga qaytish kuchiga ega emas. Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Chet ellik investor o‘z xohishiga ko‘ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo‘llash huquqiga egadir. Quyidagilarni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirish hisoblanadi: chet ellik investorga to‘lanadigan dividendlar tarzida olinadigan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i miqdorining (stavkasining) ko‘paytirilishi; chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga o‘tkaziladigan daromadini (foydasini) o‘z mamlakatiga qaytarish tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qo‘shimcha talablarning joriy etilishi, bundan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning to‘lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor — jismoniy shaxs sodir etgan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning hal qiluv qaroriga muvofiq mablag‘larni o‘z mamlakatiga qaytarishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati bo‘lganda vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik investorning mablag‘larini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo‘llash sharoitida o‘z mamlakatiga qaytarishni to‘xtatib turish hollari mustasno; investitsiyalashni amalga oshirish hajmlariga nisbatan miqdoriy cheklashlarning va investitsiyalar miqdori bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablarning, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini ko‘paytirish tarzida, joriy etilishi; chet ellik investorning korxonalar ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulush bilan ishtirok etishi bo‘yicha cheklashlarning joriy etilishi; chet ellik investorlarning — jismoniy shaxslarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasida qo‘shimcha tartib-taomillarning, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablarning joriy etilishi. Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari qoidalarini qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Chet el investitsiyalari, avvalo xususiy investitsiyalar bo‘yicha barcha shartnomalar, ular bajarilishining qat’iy kafolatlarini ta’minlash borasida, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan tegishli organlarining nazorati ostida turadi. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari o‘zlarining qonuniy vakolatlaridan foydalanish paytida chet ellik investor qonun hujjatlarini buzganligini aniqlasalar, ular faqat vakolatlari bo‘lgan hamda muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarnigina ko‘rishlari mumkin. Davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan chet ellik investorning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyatini cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas. Ushbu modda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplariga muvofiq belgilanadigan, O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga bevosita bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Chet ellik investorlarni himoya qilishning umumiy kafolatlari va choralari bilan bir qatorda qonun hujjatlarida qo‘shimcha, shu jumladan sheriklar tomonidan chet ellik investorlar oldidagi o‘z majburiyatlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlovchi kafolatlar va ularni himoya qilish choralari nazarda tutilishi mumkin. Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari har bir muayyan holda, ya’ni: barqaror iqtisodiy o‘sishni, mamlakat iqtisodiyotida ilg‘or tuzilmaviy o‘zgarishlar ro‘y berishini ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarga investitsiyalar kiritilayotganda; yuqori zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga investitsiyalar kiritilayotganda; respublikaning eksport imkoniyati mustahkamlanishi va kengayishini, respublika jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyalashuvini ta’minlovchi ustuvor loyihalarga investitsiya kiritilayotganda; amalga oshirilishi xomashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga, aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarga investitsiyalar kiritilayotganda berilishi mumkin. Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolat berishni, investitsiya loyihalarini moliyaviy ta’minlashda ko‘maklashishni, maxsus soliq va to‘lov rejimi yaratilishini, loyihalar ro‘yobga chiqarilishining davlat monitoringi amalga oshirilishini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ta’minlashni hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin. Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida berilib, ularda, xususan, chet el investitsiyalarini kiritish, ulardan foydalanish va ularning o‘rni qoplanishini ta’minlash shartlari hamda tartibi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va chet ellik investor o‘rtasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tuziladigan investitsiya shartnomalarini, ularda chet ellik investorning investitsiya majburiyatlarini mustahkamlagan holda, tasdiqlash nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasidagi chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi. Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno. Rekvizitsiya to‘g‘risidagi qaror: ko‘rsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar yoki boshqa aktivlarning eng kam miqdori cheklanadigan; kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan; yetkazilgan zararga monand ravishda tovon to‘lanadigan rekvizitsiya bo‘yicha, talablarga rioya etilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat ko‘rsatib o‘tilgan tovon to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishiga kafil bo‘ladi. Chet ellik investor sud va hakamlik tartibida quyidagilar bo‘yicha, xususan: rekvizitsiyani amalga oshirish uchun qo‘llanayotgan maqsadning qonuniyligi; rekvizitsiya miqdori; rekvizitsiya qilinadigan investitsiyalar va boshqa aktivlar bahosi; to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon to‘lovlarining mosligi; rekvizitsiyani amalga oshirish paytida davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari rioya qilgan tartib yuzasidan bahslashishga haqli. Chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasida olgan daromadlari chet ellik investorning xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek undan tashqarida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlar ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish; chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishni cheklash yoxud mablag‘larni majburiy olish davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Chet ellik investorlarga chet el valyutasidagi pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o‘tkazish kafolatlanadi. Bunday o‘tkazishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: chet el investitsiyalarini saqlab turish yoxud ko‘paytirish uchun boshlang‘ich va qo‘shimcha summalarni; investitsiyalarni amalga oshirishdan tushgan daromadlarni; yetkazilgan zararni qoplash uchun tovon sifatida ushbu Qonunga muvofiq olingan mablag‘larni; shartnomalarni ijro etish tartibida amalga oshirilgan to‘lovlarni; chet el investitsiyalarining hammasini yoki bir qismini sotishdan kelgan tushumni; nizoni hal qilish, shu jumladan sud yoki hakamlikning har qanday hal qiluv qarori tufayli vujudga keluvchi to‘lovlarni; xodimlarga to‘lanadigan ish haqini va boshqa to‘lovlarni; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalardan olingan mablag‘larni. Xalqaro huquq normalariga muvofiq, davlat chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning to‘lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor — jismoniy shaxs sodir etgan jinoiy qilmish yoki ma’muriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning hal qiluv qaroriga muvofiq mablag‘larni o‘z mamlakatiga qaytarishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati bo‘lganda chet ellik investorning mablag‘larini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo‘llash sharoitida o‘z mamlakatiga qaytarishni to‘xtatib turishi mumkin. Chet ellik investor O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatish huquqiga ega. Chet ellik investor investitsiya faoliyatini to‘xtatganidan keyin investitsiya faoliyatini to‘xtatish natijasida olingan o‘z aktivlarini, chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasi yoxud boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan holda, pul yoxud natura shaklida o‘z mamlakatiga erkin qaytarish huquqiga ega. Chet ellik investorlar o‘zlarining manfaatlariga biron-bir tarzda daxl qiluvchi qonun hujjatlari, shu jumladan idoraviy normativ hujjatlar, shuningdek sudning hal qiluv qarorlaridan erkin foydalana olishlari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa – bunday hujjatlar e’lon qilinishi shart. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik investorlarning so‘rovlariga ko‘ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart. Chet el investitsiyalari bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq nizo (investitsiyaga oid nizo), taraflar kelishuviga ko‘ra, ular o‘rtasidagi maslahatlashuvlar orqali hal etilishi mumkin. Agar taraflar kelishilgan hal qiluvga erisha olmasalar, bunday nizo O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi tomonidan yoxud hakamlik vositasida investitsiyaga oid nizolarni hal etishga doir O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro shartnomalarning (bitimlar va konvensiyalarning) qoidalari va tartibotiga muvofiq hal etilishi lozim. Investitsiyaga oid nizoga jalb etilgan taraflar o‘zaro kelishuvga ko‘ra bunday nizoni ko‘rib chiquvchi organni, shuningdek investitsiyaga oid nizo bo‘yicha hakamlik sudlovini amalga oshiruvchi mamlakatni aniqlashlari mumkin. Chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolarni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi, shartnomada nizolarni hal qilishning xalqaro huquq normalariga muvofiq o‘zga tartibi nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir. Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, chet ellik investor yetkazilgan zarar uchun sud tartibida shunga monand tovon olish huquqiga ega. Davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan chet ellik investorlarning huquqlarini kamsituvchi normativ hujjatlar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ular chet ellik investorlarning xo‘jalik faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashgan hollarda yetkazilgan zarar shu organlar tomonidan sud tartibida qoplanadi. Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlarining mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Mazkur Qonunning qoidalari bilan O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari o‘rtasida biron-bir nomuvofiqlik bo‘lgan holda, chet ellik investorlar uchun birmuncha qulay bo‘lgan qoidalar ustuvor kuchga ega bo‘ladi. Mazkur Qonun kuchga kirgunga qadar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan chet el investitsiyalariga nisbatan, mazkur Qonunning chet ellik investorga ko‘proq qulaylik yaratib beradigan qismigina qo‘llaniladi.
94
15,090
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4331-son va 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4337-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, davlat aktivlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida eksport qilinadigan buyumlar va mahsulotlar ro‘yxatining rus tilidagi matni “Kod TN VED” ustunida: 1-pozitsiyadagi “0101 — 0105” raqamlari “0101 — 0105 (krome 010511, 0105940000)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-pozitsiyadagi “0208 90 700 0” raqamlari “0208 90 700 0, 0209” raqamlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoni bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning rus tilidagi matni 31-pozitsiyasi “Naimenovaniye meropriyatiy” ustuni uchinchi xatboshisidan “na usloviyax gosudarstvenno-chastnogo partnerstva” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar va kengashlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2732-son qarorining rus tilidagi matnida: a) nomlanishidan “i uzbekskix chastey mejpravitelstvennix komissiy (komitetov i sovetov) po dvustoronnemu sotrudnichestvu s zarubejnimi stranami” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) muqaddimada: ikkinchi xatboshidan “i uzbekskix chastey mejpravitelstvennix komissiy (komitetov i sovetov) po dvustoronnemu sotrudnichestvu s zarubejnimi stranami” so‘zlari chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidan “i uzbekskiye chasti mejpravitelstvennix komissiy” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 1-bandning birinchi xatboshisidan “i uzbekskix chastey mejpravitelstvennix komissiy (komitetov i sovetov) po dvustoronnemu sotrudnichestvu s zarubejnimi stranami (daleye — uzbekskiye chasti mejpravitelstvennix komissiy)” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; d) 3-bandning birinchi xatboshisidan “i uzbekskiye chasti mejpravitelstvennix komissiy” so‘zlari chiqarib tashlansin; e) 4-banddan “i predsedateli uzbekskix chastey mejpravitelstvennix komissiy” so‘zlari chiqarib tashlansin; j) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-son qaroriga 1-ilovaning “Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati” bo‘limi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
95
3,526
Qonunchilik
“Qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loy
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-yanvarda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-315-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-374-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
934
Qonunchilik
“AHOLINI VA HUDUDLARNI TABIIY HAMDA TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 824-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 221-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 2-moddaning: ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat”; to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi”; 2) 8-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “aholi hayoti va sog‘lig‘ini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish” degan so‘zlar “odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 9-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi va 11-moddaning to‘rtinchi xatboshisidagi “harbiylashtirilmagan tuzilmalar” degan so‘zlar “qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 22-moddaning ikkinchi qismidagi “atrof tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish, fuqarolarning hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarning hayot faoliyatini tiklash” degan so‘zlar “fuqarolarning hayot faoliyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarning ishini tiklash hamda atrof tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
176
2,609
Qonunchilik
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” PF-4589-son Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 689-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-son qarori (ro‘yxat raqami 2222, 2011-yil 30-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 18-son, 183-modda) bilan tasdiqlangan Ishlovchi pensionyerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin: “21. 2014-yil 1-yanvaridan boshlab fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnomalar bo‘yicha ishlaydigan va qonun hujjatlari bilan belgilangan yoshga doir pensiyalarning minimal miqdoridan past daromad (gonorar, mukofot va boshqalar) oladigan pensionyerlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi.”. 2. 6-bandning birinchi xatboshisi “(pensiyalarini to‘liq miqdorda olish huquqiga ega pensionyerlardan tashqari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 3. 22-bandning birinchi xatboshisi “(pensiyalarini to‘liq miqdorda olish huquqiga ega pensionyerlardan tashqari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 4. 24-band “(pensiyalarini to‘liq miqdorda olish huquqiga ega pensionyerlardan tashqari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 5. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “26. Ishlovchi pensionyerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar faqat pensioner shartnoma bo‘yicha ishlagan kunlar uchun to‘lanadi. Pensioner shartnoma tuzmagan qolgan kunlarda pensiyalar qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda to‘liq miqdorda to‘lanadi. To‘lanayotgan pensiya miqdorini hisoblash misollari: 1-misol — 2014-yil 15-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner ishga qabul qilindi. Pensionerning har oylik pensiya miqdori 380 800 so‘m 00 tiyinni tashkil qiladi. 2014-yil 1-yanvardan 14-yanvargacha bo‘lgan davr uchun pensiya 100 foiz miqdorida (380 800 : 31 x 14 = 171 974 so‘m 19 tiyin), 15-yanvardan 31-yanvargacha bo‘lgan davr uchun 50 foiz miqdorida (380 800 : 31 x 17 x 50% = 104 412 so‘m 90 tiyin) to‘lanadi. 2014-yil yanvar oyi uchun pensiya to‘lovi miqdori 279 387 so‘m 09 tiyinni (171 974 so‘m 19 tiyin + 104 412 so‘m 90 tiyin) tashkil qiladi; 2-misol — 2014-yil 2-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 150,0 ming so‘m miqdorida tuzdi va u bo‘yicha majburiyatlar pensioner tomonidan yanvar oyi davomida bajarildi. Pensionerning har oylik pensiya miqdori 380 800 so‘m 00 tiyinni tashkil qiladi. Yanvar oyi uchun yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori 187 970 so‘m 00 tiyin miqdorini tashkil etadi. Yanvar oyi uchun pensiya 380 800 so‘m 00 tiyin miqdorida to‘lanishi lozim. 3-misol — 2014-yil 2-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 600,0 ming so‘m miqdorida tuzdi va u bo‘yicha majburiyatlar pensioner tomonidan 3 oy davomida bajarildi. Pensionerning o‘rtacha oylik daromadi 200 ming so‘mni tashkil etadi. Pensionerning har oylik pensiya miqdori 380 800 so‘m 00 tiyinni tashkil qiladi. Yanvar, fevral va mart oylari uchun yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori 187 970 so‘m 00 tiyin miqdorini tashkil etadi. Yanvar, fevral va mart oylari uchun pensiya har oyda 190 400 so‘m 00 tiyin miqdorida to‘lanishi lozim. 4-misol — 2014-yil 15-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner ommaviy axborot vositalarida maqola chop etish uchun bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 150,0 ming so‘m miqdorida tuzdi va u bo‘yicha majburiyatlar pensioner tomonidan shu kunning o‘zida bajarildi. 2014-yil yanvar oyi uchun pensiya to‘liq miqdorda to‘lanishi lozim.”.
117
4,235
Qonunchilik
Chirchiq shahrida qishloq хoʻjaligi mashinasozlik klasteri tashkil qilinadi
Prezidentning 11.11.2021 yildagi «Chirchiq shahrida qishloq хoʻjaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-7-son qarori qabul qilindi. «Toshkent qishloq хoʻjaligi teхnika zavodi» AJ, «Agregat zavodi» AJ, «Teхnolog» AJ, «Teхnolog-Stan» MChJ, «Agrosanoatmashinvest» MChJlar (keyingi oʻrinlarda – korхonalar) ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini Chirchiq shahridagi «Chirchiq qishloq хoʻjaligi teхnikasi zavodi» AJ hududiga koʻchirish hamda korхonalarni qayta tashkil etish masalalari ularning aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganligi va tegishli qarorlar qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi. Ularning negizida Qishloq хoʻjaligi mashinasozlik klasteri tashkil qilinadi. Shuningdek «Toshkent traktor zavodi» MChJ («TTZ» MChJ) tashkil etiladi. «Chirchiq qishloq хoʻjaligi teхnikasi zavodi» AJ  hamda yuqorida aytib oʻtilgan korхonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushlari nominal qiymatda ushbu korхonaga oʻtkaziladi. «TTZ» MChJdagi davlat ulushi «Oʻzavtosanoat» AJga 2 yil muddatga ishonchli boshqaruvga beriladi. Korхonalarga tegishli boʻshayotgan yer maydonlari, bino va inshootlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladi. Ularni sotishdan tushgan mablagʻlar «TTZ» MChJning alohida gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkaziladi. Moliya vazirligi tomonidan «TTZ» MChJga korхonalarni «Chirchiq qishloq хoʻjaligi teхnikasi zavodi» AJ hududiga koʻchirish, aksiyalarning qaytarib sotib olinishini talab qilgan aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalarni sotib olish (zaruratga koʻra) bilan bogʻliq boʻlgan хarajatlarni moliyalashtirish uchun MBning asosiy stavkasida 100 mlrd soʻm miqdorida ssuda mablagʻlari ajratiladi. Ushbu ssudani soʻndirish muddati – 1 yil. Ssuda keyinchalik boʻshayotgan aktivlarni elektron onlayn-auksion savdolarida sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab mahalliylashtirish darajasi 25%dan kam boʻlmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakolatli dilerlik tashkilotlari tomonidan хaridorlarga yetkazib beriladigan qishloq хoʻjaligi teхnikalari uchun quyidagi subsidiyalardan bir vaqtda foydalanishga ruхsat beriladi: «Toshkent qishloq хoʻjaligi teхnikasi zavodi» AJ hamda uning hududida ijara shartnomalari asosida joylashgan, Chirchiq shahriga koʻchirilayotgan korхonalar tomonidan yetkazib beriladigan qishloq хoʻjaligi teхnikalariga nisbatan subsidiyalar ajratilishi istisno tariqasida 2023 yil 31 dekabrga qadar tatbiq etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.11.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
75
2,682
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XALQ BADIIY HUNARMANDChILIKLARI VA AMALIY SAN’ATINI YaNADA RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1997-YIL 31 MARTDAGI FARMONINING 2-BANDIDA KO‘ZDA TUTILGAN IMTIYO
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi PF-1741-sonli Farmonining 2-bandida ko‘zda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2005-yilning 1-apreliga qadar uzaytirilsin.
250
336
Qonunchilik
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ: texnikani mahalliylashtirishning bazaviy darajasini aniqlash uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasining barcha turlari bo‘yicha hujjatlarni yuqorida qayd etilgan nizomga muvofiq ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markaziga taqdim qilsin; 2019-yil 10-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroservis” AJ va tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalar va kompensatsiyalar taqdim qilinishini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga zarur mablag‘lar uchun budjet talabnomasi asoslangan hisob-kitob va hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining mahalliylashtirish bazaviy darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘zida aks ettirgan elektron ma’lumotlar bazasining yaratilishini va vazirlik rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi bilan birgalikda texnikani mahalliylashtirish darajasining oshishini hisobga olgan holda, respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olishda subsidiyalarni taqdim qilish mexanizmining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida 2020-yil yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalarni taqdim qilish va kompensatsiyalarni to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi buyurtmasiga asosan 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom respublikada qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish uchun subsidiyalarni taqdim etish, shuningdek xorijda xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) maqsadida kombaynlarni tashish uchun transport xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: qishloq xo‘jaligi mashinasozligining mahalliy tashkiloti — O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot; qishloq xo‘jaligi texnikasi — O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari; xaridor — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, paxta-to‘qimachilik tashkilotchilari va klasterlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar; hisobvaraq-faktura — qishloq xo‘jaligi texnikasining haqiqatdan sotilganini tasdiqlovchi, mahalliylashtirilganlik darajasini ko‘rsatuvchi va qishloq xo‘jaligi texnikasi narxini o‘z ichiga olgan hujjat yoki shartnoma; subsidiya — mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan respublikadagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olishda ushbu texnika qiymatining 15 foizini hamda sotib olingan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizini qoplash maqsadida xaridorga ajratiladigan mablag‘lar; kompensatsiya — xorijda xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) maqsadida kombaynlarni tashish uchun transport xarajatlarining 80 foizini qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar; mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining rasmiy blankasidagi qishloq xo‘jaligi texnikasini mahalliylashtirish darajasini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) xulosasi; transport xarajatlari — yuklarni transportda tashish va kombaynni O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida belgilangan joyga yetkazib berish vaqtida yuklarni sug‘urtalash xarajatlari. 3. Subsidiyalarni ajratish va kompensatsiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4. Subsidiyalarni ajratish va kompensatsiyalarni to‘lash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) o‘zining rasmiy veb-saytida subsidiyalar ajratish va kompensatsiyalarni to‘lashga ajratilgan budjet mablag‘lari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiradi, shuningdek ularning o‘zlashtirilishi va qoldig‘i haqidagi ma’lumotlarni yangilab boradi. 6. Subsidiyalar yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ajratiladi. 7. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligining tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasi Markaz tomonidan aniqlanadi. 8. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari har yili 10-yanvardan kechiktirmay Markazga quyidagilarni taqdim etadi: a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza; b) ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq, rahbar va bosh buxgalter tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarilgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining parametrlari va tannarx kalkulatsiyasi; v) quyidagi hujjatlar nusxasi: ishlab chiqaruvchi haqida, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo va butlovchi qismlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (xomashyo va butlovchi buyumlarni yetkazib berish shartnomalari, import qilinadigan butlovchi buyumlar va materiallar uchun hisobvaraq-fakturalar yoki yuk bojxona deklaratsiyalari (YuBD), O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan butlovchi qismlar va materiallar uchun hisobvaraq-fakturalar); qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish texnologik jarayonni amalga oshirish imkonini beradigan hujjatlar nusxasi. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlariga mahalliylashtirish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etilganligi uchun Markaz tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. O‘ttiz kun ichida qayta murojaat qilingan taqdirda, to‘lov undirilmaydi. Agar o‘ttiz kundan so‘ng qayta murojaat qilinsa, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravar miqdorida to‘lov undiriladi. Import butlovchi qismlar va materiallar yetkazib beruvchilarning almashishi, olib kelinadigan butlovchi qismlar va materiallar narxining o‘zgarishi, mahalliy butlovchi qismlar va materiallar o‘rniga xorijdan shunday butlovchi qismlar hamda materiallar sotib olinishi sababli mahalliylashtirish darajasi yo‘l qo‘yiladigan darajadan pasayib ketganda, mahalliylashtirish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat o‘z kuchini yo‘qotadi. Bunday holatda maxalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi mahalliy tashkilotlari Markazni bir oy muddatda xabardor qilishi shart. Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbari qonunchilikka muvofiq mahalliylashtirish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatdan maqsadli va asosli ravishda foydalanishi uchun javobgardir. Mahalliylashtirish darajasi haqidagi sertifikatdan asossiz foydalanilganda, ya’ni mahalliylashtirilganlik darajasi 25 foizdan kam bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasi sotilganda, ishlab chiqaruvchi tashkilot o‘z mablag‘lari hisobidan ushbu konkret texnika birligi uchun ajratilgan subsidiya mablag‘ini Jamg‘armaga qoplab beradi. 9. Markaz har yili yanvar oyining 25 sanasidan kechiktirmay mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirishning bazaviy darajalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasini yangilaydi. Kelgusida Markaz yuqoridagi elektron ma’lumotlar bazasini yil davomida kamida chorakda bir marta muntazam ravishda yangilab turadi. 10. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari mazkur Nizomning 8-bandiga asosan zarur hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng Markaz besh ish kuni davomida qishloq xo‘jaligi texnikasi parametrlari va tannarx kalkulatsiyasini ko‘rib chiqadi va tashkilotga mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat beradi. 11. Mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, Markaz mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlariga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib beradi. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari hujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga va o‘ttiz kun ichida ularni qayta taqdim qilishga haqlidir. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari tomonidan tushgan qayta murojaati asosida Markaz taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kunida ko‘rib chiqadi. 12. Mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat taqdim etilganidan so‘ng Markaz uch ish kunida sertifikat olgan mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari reyestrini unga sertifikatlar nusxalarini ilova qilib va qishloq xo‘jaligi turlarini ko‘rsatgan holda Jamg‘armaga taqdim qiladi. 13. Xaridor oldi-sotdi to‘g‘risida shartnomani tuzganidan so‘ng shartnoma shartlariga muvofiq mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlariga texnikaning qiymatini to‘lab beradi. Qishloq xo‘jaligi texnikasi sotilayotganida shartnomada va hisobvaraq-fakturada sotilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasi haqidagi sertifikatga muvofiq mahalliylashtirilganlik darajasi ko‘rsatilishi shart. Hisobvaraq-fakturaga mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat nusxasi ilova qilinadi. 14. Xaridor shartnoma shartlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya olish uchun Jamg‘armaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza; b) qishloq xo‘jaligi texnikasi: oldi-sotdi shartnomasi yoki kredit shartlarida xarid qilinganda shartnoma, hisobvaraq-faktura, to‘lov hujjati nusxasi; lizing shartlarida xarid qilinganda, lizing shartnomasi, hisobvaraq-faktura, to‘lov hujjati, lizing obyektini qabul qilish — topshirish dalolatnomasi nusxasi. 15. Jamg‘arma, mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni davomida o‘rganib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kuni davomida ushbu maqsadlarda Jamg‘armaga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida subsidiya ajratadi. Qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdoridagi subsidiyalar pul mablag‘larini xaridorning arizada ko‘rsatilgan bank hisobraqamiga o‘tkazish orqali ajratiladi. 16. Jamg‘arma quyidagi hollarda subsidiya ajratilishini rad etadi: respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasi 25 foizdan kam bo‘lsa; mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim qilinmagan bo‘lsa. Haridor aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga va o‘ttiz kun ichida hujjatlarni qayta taqdim qilishga haqli. Xaridor qayta murojaat etganda, Jamg‘arma besh ish kuni davomida mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kuni davomida qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya ajratadi. 17. Qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy tashkilotlar har oy hisobot oyidan keyingi har oyning yigirmanchi sanasidan kechikmay mazkur Nizomga 4-ilovaga asosan shaklga muvofiq xorijda xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish bo‘yicha amalga oshirilgan transport xarajatlari to‘g‘ridagi yig‘ma axborotni Jamg‘armaga taqdim qiladi. Yig‘ma axborotga quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar majburiy tartibda ilova qilinadi: a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza; b) transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnoma nusxasi; v) yuklarni transportda tashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi; g) transport xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatlari nusxasi; d) qishloq xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatilganligini va ular bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar. 18. Jamg‘arma qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni besh ish kunida ko‘rib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kunida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida kompensatsiya ajratadi. Xorijda xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish bo‘yicha amalga oshirilgan transport xarajatlarining 80 foizi miqdoridagi kompensatsiya qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy tashkilotlar bank hisobraqamiga mablag‘ o‘tkazish yo‘li ajratiladi. 19. Mazkur Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, Jamg‘arma ularni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib beradi. Qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy tashkilotlar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga va o‘ttiz kun ichida ularni qayta taqdim qilishga haqlidir. Qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy tashkilotlar qayta murojaat qilganda Jamg‘arma taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kunida ko‘rib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda besh ish kuni davomida xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish bo‘yicha amalga oshirilgan transport xarajatlarining 80 foizini kompensatsiya qiladi. 20. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridorlaridan subsidiya va kompensatsiya olish uchun qonunchilik va mazkur Nizomda ko‘zda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 21. Tashkilotlar rahbarlari tayyorlanayotgan va taqdim etilayotgan hujjatlarning ishonchliligi va asoslantirilganligi yuzasidan qonunchilikka muvofiq mas’ul hisoblanadi.
104
16,573
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-446-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 4-dekabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-446-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
187
438
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5545-son va 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, davlat organlari tomonidan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari A.A. Abduvaxitov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5583-son Farmoni 7-bandining birinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,” so‘zlari “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malakasini oshirish, stajirovka o‘tash va ta’lim olishini tashkillashtirish “Iste’dod” jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3152-son qarorida: 10-banddagi “Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-ilovaning 15-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” va “Bajarish uchun mas’ullar” ustunlaridagi “Iste’dod” jamg‘armasi” so‘zlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3275-son qarori 1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xalq ta’limi vazirligining Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti (keyingi o‘rinlarda — Astronomiya instituti)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi va Xalq ta’limi vazirligining Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3654-son qarorida: a) 1-ilovaning rus tilidagi matnidan “Sentr po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialoga s sootechestvennikami” bloki chiqarib tashlansin; b) 2-ilovaning rus tilidagi matnidan “Sentr po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami” bloki chiqarib tashlansin; v) 3-ilovaning rus tilidagi matnida: 5-banddan “Sentra po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami” so‘zlari chiqarib tashlansin; 9-bandda: sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-son qaroriga 2-ilovada: 13-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbalari” va “Bajarish uchun mas’ullar” ustunlaridagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3703-son qaroriga 2-ilovaning 9-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” va “Bajarish uchun mas’ullar” ustunlaridagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3737-son qarorida: 11-banddagi “Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-ilovaning 8-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbai” va “Mas’ullar” ustunlaridagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3815-son qarorida: 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tashqi ishlar vazirligi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazining” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-ilovaning rus tilidagi matni 3-pozitsiyasi “Istochniki finansirovaniya” ustunidagi “Sentra po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami Ministerstva inostrannix del” so‘zlari “Fonda “El-yurt umidi” po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami pri Kabinete Ministrov” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3837-son qarorida: a) 4-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash”; to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin; b) 5-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni ko‘rib chiqish”; oltinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) ilovada: 8-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash”; to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin; 9-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni ko‘rib chiqadi”; oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-iyuldagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3880-son qarorida: 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Tashqi ishlar vazirligining Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-ilovaning rus tilidagi matni 14-pozitsiyasi “Naimenovaniye meropriyatiya” ustunidagi “Sentra po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami Ministerstva inostrannix del” so‘zlari “Fonda “El-yurt umidi” po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami pri Kabinete Ministrov” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5329-son Farmoniga 1-ilovaning 5-bandi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5399-son Farmoniga ilovaning 3-bandi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5400-son Farmoni 3-bandi.
170
11,090
Qonunchilik
Mansabdor shaхsga biriktiriladigan avtomobil qiymati belgilandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 29.04.2021 yildagi «Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida хizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 258-son qaror qabul qilindi. Quyidagilar tasdiqlandi: 2021 yil 1 avgustdan boshlab хizmat avtotransport vositalari: Ma’lumot uchun! Respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga vazirliklar, davlat qoʻmitalari, qoʻmitalar, agentliklar, shuningdek ular tarkibida tuziladigan hamda Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari kiritiladi. 2021 yil 1 iyuldan boshlab davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida хizmat avtotransport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi. 2021 yil 1 avgustdan boshlab yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta roʻyхatdan oʻtkazilmagan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli хizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Xizmat avtotransport vositalarini yangisiga almashtirish hamda ularning tizimidagi tashkilotlarga oʻtkazib berish mavjud avtotransport vositalaridan kamida 5 yil foydalanilganidan soʻng amalga oshirilishi mumkin (foydalanishga yaroqsiz holga kelgan avtotransport vositalari bundan mustasno). Xizmat avtotransport vositalari faqat elektron auksion savdolari orqali sotiladi. Me’yorlarga muvofiq vazirlik va davlat qoʻmitalarida quyidagi lavozimlardagi хodimlarga biriktirilgan хizmat avtotransport vositalari qiymati quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim: Shuningdek, belgilanishicha, respublika davlat boshqaruvi organlarida хizmat maqsadlarida davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransport vositalari хizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2021 yildan kuchga kirdi.   Nargiza Vohidova.
63
1,981
Qonunchilik
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/3-son qarori (ro‘yxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 568-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 6-bandning beshinchi xatboshisi “Yuridik fanlar” degan so‘zlardan keyin “va islomshunoslik fanlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 7-bandning uchinchi xatboshisi “yuridik fanlar” degan so‘zlardan keyin “va islomshunoslik fanlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 3. 5-ilovaning 10-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan.
106
1,479
Qonunchilik
“DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 4-MODDASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 425-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) 4-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 2-bandning 14-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari”; 3-bandning 17-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17) shaharda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar. Harbiy turdagi avtomobil kolonnalari”. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
144
1,000
Qonunchilik
Senatorlar tomonidan 6 ta qonun ma’qullandi
6 yanvar kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining oʻn birinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun muhokama qilindi. Mamlakatda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga qaratilgan huquqiy-tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Farmon va qarorlar hamda parlament tomonidan odil sudlov sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan uchta kodeks yangidan qabul qilinib, qator qonunlarga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.  Mazkur Qonun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining mantiqiy davomidir. Qonun Prezidentning 24.07.2020 yildagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6034-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Farmon bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan: Sud tizimida tashkiliy-tuzilmaviy oʻzgarishlar amalga oshirilayotganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 107-moddasiga tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Parlament yuqori palatasining yalpi majlisida «Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida»gi Qonun muhokama markazida boʻldi. Shaharsozlik kodeksida «aholi punkti», «shahar», «shaharcha» va «qishloq (ovul)» ob’yektlar turlari, «oʻzboshimchalik bilan qurilish qilish», «urbanizatsiya», «shaharsozlik faoliyatida fuqarolar muhokamasi ishtiroki» tushunchalari berilmoqda. Kodeksda normativ-teхnik hujjatlarni joriy etish va ularning hisobini yuritish boʻyicha yangi normalar mustahkamlanmoqda. Ya’ni: Kodeksda qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar aks ettirilgan. Shaharsozlik faoliyatining moliyaviy ta’minoti, sugʻurtalash va shaffoflikni ta’minlash, shu jumladan qurilishda sugʻurtalash, shuningdek shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Senat a’zolari ushbu Qonunni ma’qulladilar. «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi Qonun koʻrib chiqildi. Bugunga qadar madaniyat sohasidagi huquqiy munosabatlar «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida»gi, «Muzeylar toʻgʻrisida»gi, «Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida»gi qonunlar hamda Prezidentning qator farmon va qarorlari, shuningdek boshqa koʻplab qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinayotgan edi. Madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va san’at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagani turli e’tirozlarga sabab boʻlayotgandi. «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi Qonun sohadagi huquqiy boʻshliqni toʻldirishga хizmat qiladi. Qonunda bir qator muhim masalalar qamrab olingan: Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
43
3,007
Qonunchilik
IIV genom ma’lumotlarning milliy ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etmoqda
QHTBT portalida Genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi e’lon qilindi. Hujjatning vazifalari: biologik material bilan ishlash prinsiplarini va genom ma’lumotlarga ishlov berilishini tartibga solish; Genom boʻyicha roʻyхatga olish insonning huquq va erkinliklariga rioya etgan holda, qonuniylik, insonparvarlik, maхfiylik prinsiplari bilan amalga oshiriladi. U inson hayoti, salomatligi uchun хavf tugʻdirmasligi, uning sha’ni va qadr-qimmatini poymol etmasligi kerak. Ichki ishlar vazirligi genom boʻyicha roʻyхatga olishni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi boʻladi. Biologik materialni tanlab olish funksiyalari quyidagilarning zimmasiga yuklatiladi: Genom ma’lumotlar – qat’iy cheklangan holda foydalaniladigan shaхsiy ma’lumotlar, uni toʻplash va ishlov berish sharoitlari genom ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan elektron aхborot resurslarini yoʻqotish, buzib koʻrsatish va ulardan ruхsatsiz foydalanish, huquqqa zid ravishda va (yoki) bilmasdan turib foydalanish va (yoki) ularga ta’sir oʻtkazish imkonini istisno etishi kerak. Shu sababli loyihada genom ma’lumotlarni blokirovkalash va shaхssizlantirish nazarda tutilgan. Genom boʻyicha roʻyхatga olishning ikkita turi nazarda tutilmoqda: a) iхtiyoriy – Oʻzbekiston fuqarolari, respublika hududida yashovchi yoki vaqtincha turuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning yozma arizasiga koʻra pullik asosda amalga oshiriladi; b) majburiy – quyidagilarning biologik materiali: Olingan genom ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: Qonunni 2023 yil 1 yanvarda amalga kiritish taklif etilmoqda. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.  Konstantin Mosin.
79
1,704
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”2019-yil 21-maydagi PQ-4328-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga import qilishga va O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “22. Ruxsatnoma berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) arizachi ruxsatnoma olish haqidagi arizani Yagona portal orqali berganda yig‘im summasining: 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasini rivojlantirish Jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi; b) davlat xizmatlari markazlariga kelish tartibida murojaat qilinganda to‘lanadigan yig‘im summasining 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. Arizachi ruxsatnoma berish haqidagi arizasidan voz kechganda – yig‘im summasi qaytarilmaydi”; b) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “38. Arizachi tomonidan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish haqidagi ariza berilgan taqdirda, qayta rasmiylashtirish yoki dublikat berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi: a) Yagona portal orqali murojaat qilinganda yig‘im summasining: 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasini rivojlantirish jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi; b) davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda yig‘im summasining: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasini rivojlantirish jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi”. 7. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 255-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 72-modda): v) 3-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 73-modda): b) 2-ilovada: 11-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin; v) 3-ilovada: 11-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin; g) 4-ilovada: 11-bandning birinchi xatboshisidagi “ eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “ bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin; 12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 9-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin; b) 30-bandning “b” kichik bandda: uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin. to‘rtinchi xatboshidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari pasportini rasmiylashtirish va berish uchun arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘im miqdorining izohi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda belgilangan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda yig‘imning 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, yig‘imning 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yig‘imning 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”. 14. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarorida: a) 1-ilovaning 10-bandi “b” kichik bandida: uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin; b) 2-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandida: uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshisidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 3-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “14. Ariza ko‘rib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yig‘im summasining: 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi; b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yig‘im summasining: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armaning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi”; b) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “30. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yig‘im summasining: 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi; b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yig‘im summasining: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi”; v) 47-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi”; g) 48-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “48. Qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnomani berish, shuningdek, ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnoma dublikatini berish uchun yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yig‘im summasining: 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi. b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yig‘im summasining: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi”. 16. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish to‘g‘risida” 2019-yil 7-maydagi 381-son qarorida: b) 2-ilovada: 11-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomning 6-bandi “b” kichik bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi; 50,625 foizi — Davlat inspeksiyasining hisob raqamiga o‘tkaziladi”.
250
13,268
Qonunchilik
QARZDORLAR VA ULARNING DEBITORLARI BANK HISOBVARAQLARINI QIDIRIShDA BANK DEPOZITORLARINING MILLIY AXBOROT BAZASIDAGI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Qarzdorlar va ularning debitorlari bank hisobvaraqlarini qidirishda Bank depozitorlarining Milliy axborot bazasidagi ma’lumotlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda), “Bank siri to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda) va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 5-son, 80-modda) qonunlariga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayonida Bank depozitorlari Milliy axborotlar bazasi (bundan keyingi o‘rinlarda BDMAB deb yuritiladi) bo‘yicha qarzdorlar va ularning debitorlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ochilgan bank hisobvaraqlarini qidirishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish Bosh Markazi (bundan keyingi o‘rinlarda ABM deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining (bundan keyingi o‘rinlarda Sud departamenti deb yuritiladi) organlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini belgilaydi. 2. Sud departamenti BDMABdan elektron so‘rov asosida ma’lumotlarni faqat sudning undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi yoki ularning mol-mulkini xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori bo‘lgan taqdirda so‘rashga haqlidir. Sud departamenti BDMABga jo‘natiladigan elektron so‘rovning haqqoniyligini ta’minlaydi. Ma’lumot almashinuvi va u bilan bog‘liq xarajatlarni hisob-kitob qilish tartibi ABM va Sud departamenti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan belgilanadi. 3. ABMning Sud departamenti bilan ma’lumot almashinuvidagi o‘zaro hamkorligi: sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini; undiruvchining huquqlari amalga oshirilishini; ma’lumotlar tezkor almashinuvini; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining bajarilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. 4. ABM Sud departamentining elektron so‘roviga asosan unda ko‘rsatilgan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlari (bundan keyingi o‘rinlarda bank hisobvaraqlari deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron so‘rovni olgan kunning ertasidan kechiktirmasdan taqdim qiladi. 5. Qarzdor va uning debitorlari bank hisobvaraqlarini aniqlash bo‘yicha ABMga Sud departamenti har bir viloyat hududiy boshqarmalari bo‘yicha alohida-alohida tarzda quyidagi tartibda elektron so‘rov jo‘natadi: soliq to‘lovchining (qarzdorning) identifikatsiya raqami (STIR); qarzdorning nomi (yuridik shaxsning va yakka tartibdagi tadbirkorning nomi); hududiy boshqarma va tegishli tuman (shahar) sud ijrochilari bo‘limi nomi; ijro hujjati chiqargan organ nomi; ijro hujjati raqami va sanasi. 6. ABM BDMAB ma’lumotlarini taqdim qilish uchun Sud departamentiga alohida pochta qutisi ochadi, unga identifikatsiya raqami va yashirin shartli so‘z (parol) orqali kiriladi. 7. Ma’lumotlarning ishonchliligini, to‘liqliligini, to‘g‘riligini va saqlanilishini ta’minlash maqsadida BDMAB ma’lumotlari shifrlangan holda taqdim qilinadi. Markaziy bank Sud departamentiga deshifratsiya dasturini beradi. Ushbu ma’lumotlarning buzib ko‘rsatilishi holatlarining oldi olinishini hamda ma’lumot jo‘natuvchining identifikatsiyalanishini ta’minlash maqsadida, ma’lumot elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. 8. Qabul qilingan ma’lumotlarning maxfiyligi va sir saqlanishini ta’minlash uchun Sud departamenti mazkur ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar doirasini belgilaydi. 9. Sud departamenti pochta qutisiga tashlanadigan BDMAB ma’lumotlari quyidagi tuzilishga ega: soliq to‘lovchining (qarzdorning) identifikatsiya raqami (STIR); qarzdorning nomi; hududiy boshqarma va tegishli tuman (shahar) sud ijrochilari bo‘limi nomi; ijro hujjati chiqargan organ nomi; ijro hujjati raqami va sanasi; qarzdorga bank hisobvarag‘ini ochgan bank kodi; qarzdorga bank hisobvarag‘ini ochgan bank nomi; qarzdorning bank hisobvarag‘i ochilgan sana; asosiy bank hisobvarag‘ining 20 ta belgili raqami; ikkilamchi bank hisobvaraqlarining 20 ta belgili raqami; mijoz bank hisobvarag‘i yopilish asosi belgilari; mijoz bank hisobvarag‘i yopilgan sana. 10. Ushbu Nizomning 5 va 9-bandlariga muvofiq ABM va Sud departamenti o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi mazkur Nizomda keltirilgan ilovadagi jadvalga asosan elektron shaklda amalga oshiriladi. 11. BDMAB ma’lumotlarining Sud departamentiga taqdim qilinishi, banklarni Sud departamenti organlarining yozma so‘rovlariga asosan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdorlarning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish majburiyatlaridan ozod etmaydi. 12. Sud departamenti BDMAB ma’lumotlarini o‘z vaqtida qabul qiladi, tahlil qiladi, ularni viloyatlar bo‘yicha ajratadi hamda ushbu ma’lumotlarni joylardagi hududiy boshqarmalarga ish jarayonida foydalanish uchun yetkazib beradi. 13. Sud departamentining hududiy boshqarmalari ushbu ma’lumotlarni kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan ijro hujjati ijrosini ta’minlashda foydalanish uchun tegishli sud ijrochisiga yetkazilishini ta’minlaydi. 14. Sud departamenti BDMAB ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega emas. 15. Sud departamenti BDMAB ma’lumotlaridan qonun hujjatlari doirasida foydalanadi va ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi. 16. Sud departamenti BDMAB ma’lumotlarini o‘rganib boradi va zarur hollarda ularni mukammallashtirish borasida tegishli takliflarni beradi. 17. ABM ushbu Nizom bo‘yicha berilayotgan elektron ma’lumotlar bazasining haqqoniyligi va o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi. 18. BDMAB ma’lumotlaridan foydalana olish huquqiga ega bo‘lgan Sud departamenti xodimlari ulardan qonun hujjatlari doirasida foydalanadi va ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi. 19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 20. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
191
6,824
Qonunchilik
““Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida fuqaro (ish) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida fuqaro (ish) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3104-sonli qarori bajarilishini ta’minlash hamda oliy darajadagi xorijiy delegatsiyalarni kutib olish va kuzatishni tashkillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: O‘zbekiston Respublikasi Prezidengining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3104-sonli qaroriga muvofiq ““Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida fuqaro (ish) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksi qurilishi” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirilmoqda; loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq jami masalalar kompleksini o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida ishchi guruh tuzilgan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 1166-F-sonli Farmoyishi bilan qiymati ekvivalentda taxminan 363 027,4 ming AQSh dollariga teng loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangan. 2. Quyidagilar: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining “Toshkent-Sharqiy” aerodromini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risidagi; “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning loyiha birinchi bosqichini amalga oshirishni 2020-yilda nihoyasiga yetkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ: bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “Toshkent mexnika zavodi” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Toshkent-Sharkiy” aerodromi binolari, inshoatlari va loyiha maydonini, shuningdek, loyiha doirasida qurilish zonasiga kirmaydigan hududlarni belgilasin; ikki oy muddatda ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan obyektlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ustav kapitaliga davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga balans qiymatida topshirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasining belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin. 4. Hisoblangan qiymati ekvivalentda 140 million AQSh dollari, shu jumladan, aeroport kompleksi qurilishiga — 100 million AQSh dollari, radiotexnika vositalari, meteorologiya va yoritqich-signal uskunalari xarid qilishga — 40 million AQSh dollari sarflanishi mo‘ljallanayotgan loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: asosiy qarz 37-oydan so‘ndirila boshlaydigan imtiyozli davrni qo‘shganda 12 yil muddatga, yillik 9 foizli stavka bo‘yicha beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ekvivalenti 75 million AQSh dollariga teng krediti; loyihani amalga oshirish doirasida valyuta xarajatlarini moliyalashtirish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qayta moliyalashtiradigan bankning 0,5 foiz miqdordagi marjasini qo‘shganda 6 oylik Libor plyus 2,5 foizli foiz stavkasi bilan 4 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda 12 yil muddatga beriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 65 million AQSh dollari miqdoridagi krediti. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining krediti bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foizlar va vositachilik haqini qulash tegishli operatsiyani o‘tkazish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursiga muvofiq amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qayta moliyalashtiriladigan krediti bo‘yicha to‘lov majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berishga vakil qilinsin. 6. Quyidagilar: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2030-yilning 1-yanvariga kadar topshirilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aerodromiga nisbatan yer, mulk solig‘i va maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida bepul asosda topshirilayotgan va qabul qilinayotgan mol-mulk qo‘shilgan qiymat solig‘ini, yuridik shaxslarning foyda solig‘i, shuningdek, ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan; “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi loyihani amalga oshirish munosabati bilan ajratilgan unumdor yerlardan foydalanganlik, manzarali va mevali daraxtlar qirqilganligi uchun tovon to‘lashdan; loyihani amalga oshirish doirasida — import qilinadigan materiallar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, ehtiyot qismlar, asboblar respublikada akkreditatsiya qilingan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan taqdirda majburiy sertifikatlashtirish tartib-taomilidan ozod qilinsin. 7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2018-yilning 1-sentabriga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin va loyiha ikkinchi bosqichini amalga oshirishni nihoyasiga yetkazish muddatlarini nazarda tutsin. 8. “Toshkent-Sharqiy” aerodromi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning II toifasi bo‘yicha havo kemalarini qabul qiluvchi fuqaro va davlat aviatsiyasi aerodromi etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish nihoyasiga yetkazilgandan so‘ng barpo etilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportiga “xalqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasining belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin. 9. “Toshkent-Sharkiy” aerodromi negizida barpo etilayotgan fuqaro (ish) aviatsiyasining aeroport kompleksi (keyingi o‘rinlarda — aeroport kompleksi)dan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan tijorat reyslarini, shu jumladan, yuklar tashish, maxsus va charter reyslari, aeroport, sayyohlik va boshqa texnik xizmatlar kompleksini ko‘rsatishga ruxsat berilsin, zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-transport havo kemalarini jalb etish nazarda tutilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi loyiha bo‘yicha kurilish-montaj ishlarini bajarish davrida “Toshkent-Sharqiy” aerodromi hududi, binolari va inshoatlarini qo‘riqlab tursin, bosh pudratchilar javobgar bo‘lgan obyektlar bundan mustasno. 11. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda 2019-yilda: “Toshkent mexanika zavodi” AJdan aeroport kompleksigacha bo‘lgan avtoyo‘l uchastkasini rekonstruksiya qilishni; Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Toshkent shahrini bog‘lovchi ko‘priklari va yo‘l o‘tkazgichlari bilan avtomobil yo‘li hamda Toshkent avtomobil halqa yo‘li bilan Mahgumkuli ko‘chasi kesishgan joyda yo‘l o‘tkazgich qurilishini nihoyasiga yetkazishni ta’minlasin. 12. Ushbu qarorning 11-bandida ko‘rsatilgan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va qurish qismida: “Umumfoydalanadigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK — buyurtmachi etib; “Yo‘l loyiha byurosi” MChJ — bosh loyiha tashkiloti etib; O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin. 13. Loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasining 2018-yil uchun nazarda tutilgan parametrlariga qushimcha limitlar hisobidan, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJga — o‘z mablag‘lari hisobidan 2018-yilning iyuliga qadar muddatda: qurilish hududiga tushayotgan mavjud muhandislik kommunikatsiyalari mansubligiga qarab ko‘chirilishi va ulanishi, shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalarining uzluksiz ishlashini nazarda tutgan holda ularning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ulanishi; doimiy zarur bo‘lgan tashqi va ishlab chiqarish maydonchalaridan tashqaridagi elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya obyektlari va avtomobil yo‘llari qurilishi ta’minlansin. 14. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari loyihani amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda: bir oy muddatda loyiha hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng — loyiha bo‘yicha zarur obyektlar qurilishiga yer maydonlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Toshkent shahrini bog‘laydigan ko‘priklari va yo‘l o‘tkazgichlari bilan avtomobil yo‘li, Toshkent avtomobil halqa yo‘li bilan Mahtumkuli ko‘chasi kesishgan joyda yo‘l o‘tkazgich qurilishi hamda Qorasuv kanali o‘zanini ko‘chirish uchun yer maydonlari ajratilishini; loyiha hujjatlarini hisobga olib, buziladigan binolar va inshoatlar, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini, inshoatlar egalarining ko‘rgan zarari va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining boy berilgan foydasiga to‘lanadigan tovon puli aniqlanishini; loyihani amalga oshirish munosabati bilan jamoatchilik va ko‘chirilayotgan fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini; loyihada ko‘zda tutilgan muddatlarda — ishlar o‘tkazilayotgan tumanda bino va inshoatlar buzilishini, u yerda yashovchi fuqarolar ko‘chirilishini; yer maydonlari ajratilishi, bino va inshoatlar buzilishi, daraxtlar qirqilishi va fuqarolar ko‘chirilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rilgan zararlar o‘rni qoplanishini; buyurtmachilarning talabnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlari vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan birgalikda — qurilish maydonchalari bo‘shatilishini, zarur hollarda ko‘chalar yopilishi, aylanib o‘tiladigan avtomobil yo‘llari va boshqa obyektlar qurilishini; loyihaning qurilish maydonchalariga tutash hududlar sug‘orish suv quvuri tizimi, irrigatsiya novlari va tashki yoritish qurilmalarini hisobga olgan holda obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishini ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi aeroport kompleksi obyektlari va avtomobil yo‘llarining tasdiqlanadigan bosh rejalariga muvofiq Qorasuv kanalining yangi o‘zani loyihalashtirilishi va uning ko‘chirilishini ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi loyihani amalga oshirish davrida — ushbu qarorning tegishli ravishda 14-va 15-bandlarida ko‘rsatilgan tadbirlarni bajarishga Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining mahalliy budjeti parametrlarida belgilangan tartibda mablag‘lar hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan mablag‘larni nazarda tutsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 1166-F-sonli Farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Toshkent-Sharkiy” aerodromi negizida fuqaro (ish) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3104-sonli qaroriga ushbu qarorning ilovasiga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvchi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. 1. 3-bandda: ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK so‘zlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kapital qurilish direksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “O‘zshaharsozlikLITI” DUK” so‘zlari “Boshtransloyiha” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “Trest 12” MChJ” so‘zlari “maxsus pudrat tashkilotlarini, shu jumladan xorijiy tashkilotlarni jalb qilgan holda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqishni moliyalashtirish qismida — tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari, xorijiy moliya institutlarining qarzlari, shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning o‘z mablag‘lari moliyalashtirish manbalari”; yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK so‘zlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Belgilansinki, loyiha doirasida tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari, xorijiy moliya institutlarining qarzlari bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish va foizlar hamda vositachilik haqini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi parametrlari doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun har yili nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”. 3. 7-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtning o‘zida ishlab chiqqan holda, qurilish-montaj ishlarini, shuningdek, “Toshkent mexanika zavodi” AJdan aeroport kompleksigacha bo‘lgan avtomobil yo‘li uchastkasini rekonstruksiya qilish, Toshkent viloyatining Qibray va Yuqorichirchiq tumanlarini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar bilan birga qurish, Toshkent avtomobil halqa yo‘li va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasida yo‘l o‘tkazgichni, tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, Qorasuv kanalining o‘zanini ko‘chirish ishlarini 2019-yil 1-noyabrga qadar amalga oshirishga”; beshinchi xatboshidagi “ruxsat berilsin” so‘zlari chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “loyihaning to‘g‘rilangan texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangunga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda import shartnomalari, shuningdek, mahalliy pudrat va yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha moliyalashtirishni ochishga; loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan maxsus transport vositalari, avtotransport vositalari, mashina va mexanizmlar, uskunalar va instrumentlar, butlovchi buyumlar, uzellar va asbob-uskunalarni davriy bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq loyihani amalga oshirish va kafolat muddati davrida joylashtirishga ruxsat berilsin”. 4. 8-bandning beshinchi xatboshisi “orttiriladigan” so‘zidan keyin “va beriladigan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 5. 11 — 13 bandlardagi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK” so‘zlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
202
15,974
Qonunchilik
Respublika qurilish tashkilotlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Ko‘p yillik halol mehnati, uy-joy va ma’muriy binolar qurilishiga qo‘shgan hissasi, jamiyat turmushidagi faol ishtiroki uchun quyidagilar O‘zbekiston SSR Faxriy yorliqlari bilan mukofotlansin:
83
192
Qonunchilik
Suv ta’minotini tarifikatsiyalashning yangi meхanizmlari va kanalizatsiya хizmatlari uchun ustama puli joriy etiladi
Prezidentning 30.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. OʻzA uning matnini ilovalarsiz e’lon qildi.   Birinchidan, 2019 yil 1 aprelga qadar Suv ta’minoti va kanalizatsiya хizmatlari uchun tartibga solinadigan narхlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Unda iste’molchilar uchun tariflar хizmat koʻrsatish tannarхini toʻliq qoplashi, shuningdek suv ta’minoti va kanalizatsiya korхonalarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish хarajatlarini hisobga olish imkonini berishi nazarda tutiladi. Eslatib oʻtamiz, yil boshidan barcha guruh iste’molchilariga suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati koʻrsatish 100 foizlik oldindan haq toʻlash asosida amalga oshirilmoqda. Hisobga olish pribori (hisoblagich) mavjud boʻlganda oхirgi uch oyning oʻrtacha sarfi boʻyicha, u mavjud boʻlmaganda esa oylik iste’mol normasi boʻyicha oldindan haq toʻlash amalga oshiriladi. 22 noyabrdan suv ta’minoti хizmatlari tariflari indeksatsiyalandi.   Ikkinchidan, kanalizatsiya хizmatlari uchun tariflarga maхsus ustama puli belgilanadi. Uning miqdori hududlar kesimida, tegishincha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va poytaхt hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Maхsus ustama puli summasi maqsadli tushum hisoblanadi hamda barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek suv ta’minoti va kanalizatsiya korхonalarining moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilmaydi. U Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbai hisoblanadi (18.04.2017 yildagi PF–5017-son Farmonga muvofiq tashkil etilgan, shuningdek 18.04.2017 yildagi PQ–2900-son qarorga 8-ilovaga qarang). Eslatib oʻtamiz, ayni paytda ichimlik suv ta’minoti хizmatlari uchun tariflarga maхsus ustama puli qoʻllaniladi. Uning miqdori хuddi shunday tartibda tasdiqlanadi. Poytaхt hokimining qaroriga (12.01.2018 yildagi 69-son) koʻra 2018 yilda u 1 m3 uchun 100 soʻmni tashkil etadi.    Uchinchidan, ikki oy muddatda oqava suvlar normadan ortiq tashlanishini hisobga olish tizimi, toʻlovchilar toʻliq qamrab olingani, shuningdek belgilangan yigʻim miqdorlari tanqidiy tahlil qilinadi hamda ushbu sohadagi qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar kiritiladi. Keyingi yilning iyunigacha 2019–2021 yillarda ichimlik suvini hisobga olishning zamonaviy asboblari va tegishli uskunalarni хarid qilishning moliyalashtirish manbalari aniqlanadi, iyuligacha esa aholi punktlari va suv ta’minoti ob’yektlari kesimida ularni oʻrnatish grafiklari tasdiqlanadi. Oleg Zamanov.
116
2,988
Qonunchilik
Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PF-5041-son “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq respublikada o‘rmon fondini muhofaza qilish, ko‘paytirish, undan oqilona foydalanish bo‘yicha qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, qurg‘oqchilik va cho‘llanishga hamda eroziyaga qarshi 582,6 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 507,2 ming gektardan ortiq maydonda o‘rmon barpo etildi. 1436,4 tonnadan ortiq har xil turdagi daraxt va butalar urug‘i, 108,8 mln dona nihol va ko‘chatlar tayyorlanib, 2786 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxona tashkil etildi. Madaniy holda yetishtiriladigan dorivor va ozuqabop o‘simliklar turlari 61 turga yetkazilib, 3 ming gektar maydonda dorivor o‘simliklar plantatsiyasida 4,5 ming tonnadan ortiq dorivor va ozuqabop o‘simliklar xomashyosi tayyorlanib, 2,2 ming tonnadan ortiq xomashyo yetkazib berildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘rmon xo‘jaliklarining xo‘jalik hisobidan olingan daromadlari 2016-yilga nisbatan 3,7 barobarga oshib, 2018-yilda 133 mlrd so‘mga yetkazildi. Shu bilan birga, o‘tgan yillar davomida to‘plangan tajriba va amalga oshirilgan ishlar tahlili, sohada aniqlangan yangi muammo va kamchiliklar ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligini ko‘rsatmoqda. Respublika o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga xususiy kapitalni jalb qilishni rag‘batlantirish, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘rmon fondi yerlarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga berishga ruxsat berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi) 2020-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi huquqlar berilsin: a) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan loyiha asosida: o‘rmon fondining o‘zlashtirilmagan yerlarida yangidan himoya o‘rmonlari barpo etish, ularni kamida bir yil davomida parvarish qilish va infrastruktura obyektlarini qurish; barpo etilgan o‘rmonlar ostidagi o‘rmon fondi yerlarini ijaraga olish huquqini yuridik va jismoniy shaxslarga narxni oshirib borish shaklida o‘tkaziladigan kim oshdi savdolari asosida sotish, bunda boshlang‘ich to‘lov miqdorini Jamg‘armadan sarflangan xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash; o‘rmon fondi yerlarini ijaraga olish huquqini sotish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni qoplash; b) o‘rmon fondi yerlarini investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish; v) o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni to‘liq Jamg‘arma daromadiga o‘tkazish. 3. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga: O‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom; O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha bo‘lgan muddatda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihalarini kiritsin. 4. Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga va rekonstruksiya qilishga (o‘rmondan o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun, limonariy va issiqxonalar ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya hamda estetik maqsadlarda, shuningdek, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish bilan bog‘liq) ruxsat berishda davlat o‘rmon xo‘jaligi bilan tuzilgan shartnomalar o‘rmondan foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi. 5. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘rmon fondi yerlarida sodir etilgan, o‘rmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish talablarini buzishga doir huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish hamda ularga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini (sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan ishlar bundan mustasno) o‘rmon xo‘jaligi organlari mansabdor shaxslariga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda ushbu bandga muvofiq ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilgan mansabdor shaxslar hamda ular tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning aniq ro‘yxatini belgilash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 88-moddasiga muvofiq o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olib borilishi hamda ulardan o‘rmonlar va o‘rmon mevali daraxtzorlarini barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek, o‘rmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalanilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun beriladigan kvotalardan tegishli tashkilotlar ixtiyorida qoldiriladigan tushumlar Jamg‘arma daromadiga o‘tkaziladi. 9. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu bandga asosan jalb qilinadigan kredit mablag‘lari tegishli loyihani amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qaytariladi. 10. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan Darxon ilmiy-tajriba xo‘jaligida xususiy investorlar mablag‘larini jalb qilgan holda ekoturizm maskani, zamonaviy ko‘ngilochar, sport-sog‘lomlashtirish sharoitlariga ega dam olish maskani, o‘rmon mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash korxonasi, zamonaviy issiqxona tashkil etish orqali o‘rmonlardan qo‘shimcha foydalanish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘rmon fondi yerlaridan qo‘shimcha foydalanish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin va bajarilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi har yilgi davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari loyihalarini shakllantirishda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining takliflariga asosan: respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga to‘liq moslashgan noyob manzarali, mevali daraxtlar, butalar va dorivor o‘simliklarning kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi eksportbop navlarini yaratish; o‘rmon fondi yerlarida daraxt ko‘chatlari ekish, parvarish qilish, hosilni yig‘ib-terib olish va boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha yangi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi, agregat va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinishini ta’minlasin. 12. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab: a) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlarining 29 ta shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga tarkibiy bo‘linmalarni yanada takomillashtirish, shu jumladan, Investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi hamda O‘rmon mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasini tashkil etish; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasida Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘ini, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlarida tegishlicha Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i, Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. 13. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisoblanadi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari bundan mustasno; ushbu bandga muvofiq xodimlarning lavozim maoshini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan hamda qolgan 50 foizi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablariga muvofiq 2020-yildan boshlab har yili tegishli mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin. 15. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga yosh, malakali kadrlarni jalb etish, ularning turar joy sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining: oliy ta’lim muassasalarining o‘rmonchilik yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan paytda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan talabalarning to‘lov-kontrakt pullarini keyinchalik O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lash; soha xodimlarini imtiyozli shartlarda turar joy bilan ta’minlash maqsadida Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi hududidan 2 gektar yer uchastkasi ajratish va unda ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurish; Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent yo‘li ko‘chasi, 2-uyda joylashgan Ijtimoiy iqtisodiyot kollejining foydalanmasdan turgan bino va inshootlarini operativ boshqarish huquqi bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning ayrim qarorlariga 2020-yil 1-yanvardan 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 17. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida: e) 3-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: j) 3a-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: z) 4-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: i) 5-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 33-band qo‘shilsin: “33. O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan yetishtirilgan ko‘chat va nihollar”. 3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida: 2-ilovada: 16-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “O‘rmon fondi yer uchastkalarini olib qo‘yish, haq to‘lab olish yoki vaqtincha egallab turish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari cheklanishi yoxud o‘rmon fondi yerlarining sifati yomonlashuvi tufayli ular ko‘rgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar ularga yer uchastkasi ajratiladigan tegishli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga o‘tkaziladi.”; 21-banddagi: “va o‘rmon xo‘jaligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha mablag‘lar yer uchastkalari berilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga o‘tkaziladi.”; 22-23-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “22. Davyergeodezkadastr qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha mablag‘larning o‘z vaqtida tushishini va hisobga olinishini, obyektlar rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi va qurilishini hamda ishlar belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlaydi. 23. Davyergeodezkadastr qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari o‘zining maxsus hisob raqamlariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha tushgan summalar doirasida ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan ishlarning buyurtmachilari hisoblanadi, ishlar rejalarini tasdiqlaydi, moliyalashtirishni boshlaydi va ishlarni tashkil etadi.”; 24-bandda: birinchi xatboshidagi “va o‘rmon xo‘jaligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; to‘qqizinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘n uchinchi va o‘n beshinchi xatboshilardan “va o‘rmon xo‘jaligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 241-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “241. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash hisobiga tushgan mablag‘larning 10 foizi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun sudlarga da’volar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini to‘lash uchun tegishli tartibda taqsimlanadi:”; Quyidagi tahrirdagi 242-band qo‘shilsin: “242. O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olib boriladi. Ulardan quyidagi maqsadlarda: o‘rmonlar va o‘rmon mevali daraxtzorlarini barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek, o‘rmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish; tog‘ yonbag‘irlarida supa olish va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish; yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish; kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta’minlanishi darajasini oshirish; pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash; o‘rmon tuzish, o‘rmon kadastri, o‘rmonzorlar monitoringi bo‘yicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish; avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish va joriy etish; o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha qarzlarni undirish uchun sudlarga da’volar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini to‘lash uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.”; 25-bandning birinchi xatboshidagi “va o‘rmon” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga 4-ilovaning 5-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “davlat o‘rmon fondi yerlarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha mablag‘larning 100 foizi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmonni, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘larini, shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarini rivojlantirish jamg‘armalarining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ushbu undirilgan mablag‘larning 50 foizi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga yo‘naltiriladi.”. 5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida: a) 6-ilovada: 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: a) o‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simliklar turlarini tabiiy muhitda tayyorlash (to‘plash) uchun olib qo‘yish, yig‘ishga ruxsatnoma olish uchun arizalar ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnomalar berilganligi hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun beriladigan kvotalar uchun undiriladigan tushumning 100 foizi; b) o‘rmon fondi yerlaridagi o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash uchun undiriladigan mablag‘larning 100 foizi; v) o‘rmon fondining ruxsat etilgan hududlarida chorva mollarini o‘tlatish, o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish, o‘rmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, o‘rmon fondi uchastkalarida daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish, davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanganlik uchun to‘lovlarning (o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni amalga oshirishda daraxtlar va butalar kesilganligi, shuningdek, o‘simlik qoplamasi shikastlanganligi uchun) 50 foizi; g) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmon xo‘jaliklari, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘larini rivojlantirish jamg‘armalariga tushgan mablag‘larning 10 foizi miqdoridagi ajratmalar (ushbu bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida belgilangan to‘lovlar chegirib tashlangan holda); d) o‘rmon fondi yerlarida sog‘lomlashtirish, parvarish qilish uchun kesish natijasida olingan yog‘och va shox-shabbalarni sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi; e) o‘rmon fondi yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijara shartnomasi asosida foydalanishga berishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi; j) o‘rmon fondi yerlari davlat va jamoat manfaatlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan undiriladigan o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishning nobudgarchiligi summasining 100 foizi; i) o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash uchun tushadigan mablag‘laring 100 foizi; z) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari; k) Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida joylashtirishdan olingan daromadlar, belgilangan tartibda tashkil etilgan tashkilotlarning ustav fondidagi ulushlar (aksiyalar) bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.”; 5-bandda: “a” kichik banddan “davlat qo‘riqxonalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; “v” kichik bandning uchinchi xatboshidagi “o‘rmon muhofazasi va inspeksiyasi avtomobillariga” so‘zlari “tizimdagi avtomobillarga” so‘zlari bilan almashtirilsin; “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “g) tabiiy pitomniklar, shu jumladan, o‘rmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ularning rejimiga muvofiq pitomniklar va serpentariylar barpo etish;”; “i” kichik banddagi “va” degan so‘z “, texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin “m” kichik banddagi “o‘rmon” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati, tizimdagi respublika tashkilotlari, o‘rmon” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi “u — ts” kichik bandlar qo‘shilsin: “u) yil yakuni bo‘yicha hamda umumxalq bayram kunlari uchun mukofotlar; f) o‘rmonlarni ko‘paytirish, qo‘riqlash, muhofaza qilish, foydalanish va o‘rmonlarga bo‘lgan mehr-oqibatni uyg‘otishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan reklama roliklari, multfilm, kino, hujjatli film, teatr-konsert dasturlarini ishlab chiqish, namoyish etish va tarqatish xarajatlarini qoplash; x) o‘rmonni targ‘ib qiluvchi har hil bukletlar, pochta markalari, ko‘krak belgilari va boshqa esdalik sovg‘alari ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish; ts) tizim xodimlarining xalqaro konferensiya va seminarlar, kadrlar tayyorlash amaliyoti mashg‘ulotlarida qatnashishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash”.” b) 7-ilovada: 5-bandning birinchi xatboshidagi “tizimlarida” degan so‘z “hamda iqtisod, hisobchi, huquq va ta’lim sohalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. Ish ko‘rsatkichlarining bajarilishiga qarab iqtisodiy imkoniyatdan kelib chiqqan holda oy, chorak va yil yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining besh barobarigacha miqdorida mukofotlar beriladi.”; 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navro‘z, Yangi yil va hayit bayramlari, 8-mart — Xalqaro xotin qizlar kuni, Xalqaro o‘rmonchilar kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda rag‘batlantiriladi.”; 6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi 422-son “Sug‘oriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi to‘qqizinchi xatboshisi “shu jumladan, buyurtmachi funksiyasini bajarish uchun buyurtma summasining 2,5 foizi miqdorida mablag‘lar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga 5-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 1. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, ushbu Tartib va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: lavozim maoshlari (tarif stavkalari); lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar. 2. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari va xodimlariga budjet mablag‘lari hisobiga lavozim maoshlari hamda quyidagi qo‘shimchalar to‘lanadi: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslarning umumiy ish staji, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda atrof muhitni, shu jumladan, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi tizimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning sohadagi umumiy ish staji uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq holda quyidagi miqdorda: 1 — 3 yilgacha — 5 foiz; 3 — 5 yilgacha — 10 foiz; 5 — 8 yilgacha — 15 foiz; 8 — 10 yilgacha — 20 foiz; 10 — 15 yilgacha — 25 foiz; 15 — 20 yilgacha — 30 foiz; 20 — 25 yilgacha — 35 foiz; 25 yildan ortiq — 40 foiz; b) xodimlar va inspektorlar tarkibiga xizmat vazifalariga ko‘ra doimiy yashash joyidan boshqa joyda bo‘lganligi uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida qo‘shimcha haq; v) xodimlarning baland tog‘li sharoitda ishlaganligi uchun dengiz sathidan balandlik darajasiga qarab ish haqiga quyidagi miqdorlarda koeffitsiyentlar belgilanadi: 1500 dan 1700 metrgacha — 1,1; 1701 dan 2000 metrgacha — 1,15; 2000 dan 3000 metrgacha — 1,3; 3001 metrdan yuqori — 1,4; g) xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ular ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transportiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35 foizigacha hamda xodimlar tushlik ovqatlanish xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 70 foizigacha miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi; d) tegishli moddiy rag‘batlantirish fondi doirasida xodimlarga, kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda faoliyat natijalariga hamda ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab oy va chorak yakuni bo‘yicha qo‘shimcha hamda mukofot pullari belgilash; e) avtomobil transporti haydovchilarining tarif stavkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyent hamda malaka darajasi uchun ikkinchi darajali haydovchilarga Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi bo‘yicha haydovchi bazaviy tarif stavkasining — 10 foizi miqdorida, birinchi darajali haydovchilarga — 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi. 3. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qo‘shimcha shtat birliklari, shu jumladan, budjet mablag‘lari hisobiga saqlash ko‘zda tutilmagan shtat birliklarini saqlash, rahbar va xodimlarga quyidagi qo‘shimchalar to‘lash mumkin: a) tashkilotning faoliyat natijalariga hamda ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab milliy bog‘, qo‘riqxona va o‘rmon xo‘jaliklari rahbariyati kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda xodimlarga oy va chorak yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda, yil yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda mukofotlar berish; b) O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navro‘z, Yangi yil va hayit bayramlari uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda rag‘batlantiriladi; v) xodim xizmat burchini bajarish vaqtida shikastlanganda, jarohat olgan yoki mayib bo‘lgan taqdirda — xodimga, shuningdek, xodim o‘rmonlarda yong‘inni o‘chirishda va xizmatning boshqa turlarini amalga oshirishda qatnashish jarayonida halok bo‘lgan hollarda uning oilasiga qonun hujjatlariga muvofiq yillik o‘rtacha ish haqining kamida olti baravari miqdorida bir yo‘la beriladigan to‘lovlar va moddiy yordam belgilanadi; g) zarur hollarda ish haqi fondi doirasida (kam ta’minlangan oilalarga, xodimning davolanishi uchun, to‘y, ma’raka, navbatdagi ta’tilga chiqishda va boshqalar) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli to‘lanadi; d) xodimlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining to‘rt baravarigacha miqdorda pul mablag‘i to‘lanadi.”.
108
28,819
Qonunchilik
Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi: 1. Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq referendum uchastkalarini tuzish, referendumni o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining (bundan buyon matnda uchastka komissiyalari deb yuritiladi) tarkibini tasdiqlash va uchastka komissiyalari faoliyatining tartibini belgilaydi. 1. Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari (bundan buyon matnda okrug komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda referendum uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug komissiyalari tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalarini tuzish, uchastka komissiyalarini shakllantirish tartibi va ularning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. 2. Referendum uchastkalari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin o‘n besh kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham referendum uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum o‘tkazishga kamida besh kun qolganda tuziladi. 3. Referendum uchastkalari referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning, qoida tariqasida, kamida yigirma va ko‘pi bilan uch ming nafaridan iborat etib tuziladi. 4. Uchastka komissiyasi okrug komissiyasi tomonidan referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin yigirma besh kundan kechikmay besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Uchastka komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 5. Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar uchastka komissiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin. Referendum o‘tkazuvchi boshqa komissiyalarning a’zolari, siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 6. Uchastka komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka komissiyalari mustasno. Uchastka komissiyasi a’zolarining qolgan yarmini shakllantirishda quyidagi zaxiralardan foydalanish tavsiya etiladi: saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar; nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari; huquqiy bilim va malakaga ega shaxslar (yuriskonsultlar, advokatlar va h.k.); xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar. 7. Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (bundan buyon matnda SJBAT deb yuritiladi) va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (bundan buyon matnda SYER deb yuritiladi) kompyuter dasturlari bilan ishlash uchun har bir uchastka komissiyasi tarkibida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega kamida ikki nafar shaxs (asosiy va zaxira) bo‘lishi tavsiya etiladi. 8. Uchastka komissiyalari tarkibida, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida ayol va erkaklarning teng vakilligini ta’minlashga, shuningdek, nogironligi bo‘lgan ijtimoiy faol fuqarolarni tarkibga kiritilishiga e’tibor qaratilishi kerak. 9. Referendumni tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining takliflariga asosan uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi. Harbiy qismlar, sanatoriylar va dam olish uylari, kasalxonalar hamda boshqa statsionar davolash muassasalari rahbarlari tomonidan uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar mazkur tashkilot xodimlari orasidan referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin yigirma kundan kechikmay okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. 10. Referendum uchastkalari tuzilganidan keyin: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan — fuqarolar yig‘inida yoki fuqarolar vakillarining yig‘ilishida yoxud fuqarolar yig‘ini majlisida; jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan — mehnat jamoalari yig‘ilishida uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar zaxirasi muhokama qilinadi hamda yig‘ilish (majlis) natijasi bayon bilan rasmiylashtirilib, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun taklif qilinadi. 11. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin yigirma kundan kechikmay fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bildirilgan takliflarni o‘z majlislarida reglamentda belgilangan tartibda muhokama etadi. Muhokama natijalariga ko‘ra uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va o‘sha kunning o‘zida tegishli okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi. 12. Harbiy qismlarda, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendum uchastkalari referendumga kamida 5 kun qolganda tuzilsa, okrug komissiyalariga referendum uchastkalarini tuzish to‘g‘risida taqdimnoma bilan birga uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror ham taqdim qilinadi. 13. Uchastka komissiyasining tarkibi tegishli okrug komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi. 14. Uchastka komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi okrug komissiyasining qarori mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi. 15. Quyidagi hollarda uchastka komissiyasi a’zosi o‘z arizasiga yoki uni komissiya a’zosi etib tasdiqlagan organning qaroriga ko‘ra komissiya tarkibidan chiqariladi: referendum o‘tkazuvchi boshqa komissiya tarkibiga saylanganda; siyosiy partiyaga a’zo bo‘lganda; viloyat, tuman, shahar hokimi etib tayinlanganda (tasdiqlanganda); prokuratura yoki sudga mas’ul lavozimga tayinlanganda (saylanganda). Uchastka komissiyasi a’zosi o‘z xohishiga binoan bergan arizasiga ko‘ra boshqa hollarda ham uni komissiya a’zosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan komissiya tarkibidan chiqarilishi mumkin. 16. Uchastka komissiyasi a’zosi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgan yoki zimmasidagi majburiyatlariga muntazam ravishda e’tiborsizlik qilgan taqdirda, u komissiya a’zosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan vakolatlaridan mahrum etilishi mumkin. Bunda komissiya a’zosining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzganligi yoki zimmasidagi majburiyatlarga muntazam ravishda e’tiborsizlik qilganligiga oid holat u a’zo bo‘lgan komissiyaning dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 17. Uchastka komissiyasi a’zosi komissiya tarkibidan chiqarilgan yoki komissiya a’zolarining soni ko‘paytirilgan hollarda komissiyaning yangi a’zosi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 18. Uchastka komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri komissiyaning qaroriga binoan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. 19. Uchastka komissiyasi a’zosi o‘z vakolat muddati tugaguniga qadar referendum davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilishi yoki uning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas. 20. Uchastka komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolariga tegishincha mazkur Nizomning 1, 2, 3 yoki 4-ilovasiga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi. Uchastka komissiyasi raisining guvohnomasi okrug komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va okrug komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zolarining guvohnomalari uchastka komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. 21. Uchastka komissiyasi o‘z faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida amalga oshiradi. 22. Uchastka komissiyasi ishining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab o‘tkaziladigan majlisi hisoblanadi. Uchastka komissiyasining majlisi, agar unda majlis o‘tkazilayotgan kundagi komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. 23. Uchastka komissiyasining majlisi raisning tashabbusiga ko‘ra yoki komissiya a’zolari umumiy tarkibining kamida uchdan bir qismi talabiga binoan chaqirilishi mumkin. 24. Uchastka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li orqali komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 25. Uchastka komissiyasi o‘z faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi. Majlisda kun tartibi, unda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining ismi, familiyasi, otasining ismi, ko‘rilgan har bir masala bo‘yicha ovoz berish natijalari, qabul qilingan qaror aks etgan bayonnoma yuritiladi. Bayonnoma raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi. Bayonnomaga majlisda qabul qilingan qaror, xulosalar va boshqa hujjatlar, shuningdek komissiya a’zolarining u yoki bu masala yuzasidan alohida fikrlari yozma shaklda ilova qilinadi. 26. Uchastka komissiyasining majlislarida yuqori turuvchi komissiya a’zolari, siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar (bundan buyon matnda mahalliy kuzatuvchilar deb yuritiladi), ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi mumkin. Majlislarga mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari vakillari va boshqalar taklif etilishi mumkin. 27. Uchastka komissiyasining referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarida, shuningdek referendum kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 28. Uchastka komissiyasi: referendum uchastkasi bo‘yicha ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini SYER asosida tuzadi; fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi va ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi; uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarolarni ro‘yxat bilan tanishib chiqish joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qiladi; referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan va muddatidan oldin ovoz bergan ovoz beruvchi fuqarolardan to‘ldirilgan ovoz berish byulletenlarini (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi) yopiq konvertlarda qabul qilib oladi; aholini referendum kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi; binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari, ovoz berish qutilari, shuningdek boshqa jihozlar bilan mazkur Nizomning 5, 6 va 7-ilovalariga muvofiq tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi; referendum kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi; sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan ovoz beruvchi fuqarolarning iltimosiga binoan ular turgan joyda ovoz berishni tashkil etadi; ovozlarni sanab chiqadi; ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 29. Uchastka komissiyasi raisi: uchastka komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi; uchastka komissiyasi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi; komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda uchastka komissiyasi nomidan ishtirok etadi; uchastka komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonasining jihozlanishini tashkil etadi; uchastka komissiyasining qarorlarini, uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zolarining guvohnomalarini hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi; jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni komissiya a’zolari o‘rtasida ko‘rib chiqish uchun taqsimlaydi; ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun uchastka komissiyasi a’zolarining uyma-uy aylanib chiqishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtirib boradi. uchastka komissiyasi a’zolarining ovoz berish kunidagi vazifalarini belgilaydi; mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari bilan komissiya nomidan ish olib boradi; referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bu haqida okrug komissiyasini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qiladi; referendum yakunlari e’lon qilinganidan so‘ng komissiya faoliyatiga oid hujjatlarni tegishliligi bo‘yicha shahar va tuman davlat arxiviga hamda shahar va tuman hokimliklariga topshiradi; “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Uchastka komissiyasi raisi o‘z vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek uchastka komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda, uning vakolatlari rais o‘rinbosari yoki uchastka komissiyasi qarori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi. 30. Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari: komissiya a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; uchastka komissiyasi a’zolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etadi; ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar o‘rnatadi, ularda komissiya faoliyatini har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi; mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli referendum o‘tkazuvchi komissiya tomonidan berilgan hujjatlar asosida ro‘yxatga olishni tashkillashtiradi; jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek ularning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni tashkil etadi; uchastka komissiyasi a’zolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini ta’minlaydi; uchastka komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi; o‘z vakolatlari doirasida uchastka komissiyasining boshqa a’zolariga topshiriqlar beradi; “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari o‘z vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek u bo‘lmagan taqdirda, uning vakolatlari komissiya kotibi yoki uchastka komissiyasi qarori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi. 31. Uchastka komissiyasi kotibi: uchastka komissiyasi majlislarini tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar bo‘yicha qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi; uchastka komissiyasi a’zolarini komissiya majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qiladi; uchastka komissiyasi raisi va rais o‘rinbosari topshiriqlarini bajaradi; uchastka komissiyasining faoliyatiga taalluqli ish hujjatlarini nomenklatura asosida yuritadi; okrug komissiyasi kotibidan SJBATga kirish uchun tegishli ma’lumotlarni oladi; ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini SYERdan yuklab oladi va komissiya raisiga taqdim etadi; “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 32. Uchastka komissiyasining a’zosi: uchastka komissiyasi raisi tomonidan taqsimlangan taqsimotga asosan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni hamda rais va uning o‘rinbosari topshiriqlarini o‘z vaqtida, sifatli bajaradi; uchastka komissiyasi majlislarida qatnashadi; ko‘rib chiqish o‘ziga yuklatilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi; uchastka komissiyasi raisi tomonidan ovoz berish kunidagi belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi; referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ular to‘g‘risida darhol rais yoki rais o‘rinbosarini xabardor qiladi; ovoz beruvchi fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi ma’lumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun ovoz berish byulletenini imzo qo‘ydirib topshiradi; kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga ovoz berish jarayonini kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 33. Uchastka komissiyasining a’zosi quyidagi huquqlarga ega: komissiya majlislari haqida oldindan xabardor bo‘lish; komissiya majlislarida ishtirok etish; komissiya vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan taklif kiritish va mazkur masala bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilishini talab qilish; komissiyaning referendumga oid hujjatlari bilan tanishish hamda bu hujjatlarning nusxalarini olish; komissiya majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan ovoz berish va uning qarorlarini qonunda belgilangan tartibda imzolash. 34. Davlat organlari va jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar uchastka komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashishi, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart. 35. Uchastka komissiyasi referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan uch kunlik muddatda ko‘rib chiqishi va uchastka komissiyasiga javob qaytarishi shart. 36. Uchastka komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir. 37. Uchastka komissiyasi mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi muhrga ega bo‘ladi. 38. Uchastka komissiyasi okrug komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi: bir kunlik muddatda uchastka komissiyasining birinchi tashkiliy majlisida quyidagi masalalarni ko‘rib chiqadi: uchastka komissiyasining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ish rejasini tasdiqlash; uchastka komissiyasi a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan fuqarolarning har kunlik qabulini tashkil etish; uchastka komissiyasi a’zolarining navbatchiligini tashkil qilish; uchastka komissiyasining ish hujjatlari nomenklaturasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalda qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish. 39. Uchastka komissiyasi joylashgan binoni belgilangan tartibda jihozlashga zarur bo‘lgan tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. 40. Ovoz beruvchi fuqarolarni uchastka komissiyasining telefon raqami, ish vaqti va ovoz berish joyi haqida xabardor qiladi. 41. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatlarining tuzilishini va ularning referendumga kamida o‘n kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini ta’minlaydi. Ushbu ro‘yxatda faqat ovoz beruvchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi. Sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda esa ovoz berish kuniga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qiladi. Ushbu ro‘yxatda faqat ovoz beruvchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi. 42. Referendum uchastkasi hududida yashovchi birinchi marta ovoz beruvchi, bemor, yoshi ulug‘ hamda imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatini shakllantiradi. 43. Okrug komissiyalaridan dalolatnoma asosida byulletenlarni hamda Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretni qabul qilib oladi va ularning saqlanishini ta’minlaydi. 44. Ovoz beruvchi fuqarolarni ovoz berish kuni, vaqti va joyi to‘g‘risida referendumdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi. 45. Okrug komissiyasidan olingan byulletenlarni ikki nafar uchastka komissiyasi a’zosining imzosi va komissiya muhri bilan tasdiqlaydi hamda ularning saqlanishini ta’minlaydi. 46. Referendum uchastkalarida ovoz berishni tashkil etish va uni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan binolar va jihozlarni davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar uchastka komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turadilar. Lozim bo‘lgan darajada jihozlangan ovoz berish xonalari tuman va shahar hokimliklari tomonidan uchastka komissiyalariga referendum o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n bir kun oldin taqdim etilishi kerak. 47. Uchastka komissiyalari joylashgan binolar o‘rnatilgan tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning ustida va ichida); O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida); referendum uchastkasining tartib raqami ko‘rsatilgan peshlavha; yorug‘ va keng ovoz berish xonasi; qulflanadigan seyf yoki metall shkaf; yozuv anjomlari bilan ta’minlangan yashirin ovoz berish kabinalari (1000 nafargacha ovoz beruvchi fuqaro uchun kamida 2 ta, 2000 nafargacha ovoz beruvchi fuqaro uchun kamida 3 ta, 3000 nafargacha ovoz beruvchi fuqaro uchun kamida 4 ta); jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan yashirin ovoz berish kabinalari; statsionar ovoz berish qutisi; ko‘chma ovoz berish qutisi; plastmassali plombalar (umumiy 7 dona, shundan, 3 tasi statsionar ovoz berish qutisi uchun, 1 tasi ko‘chma ovoz berish qutisi uchun, 1 tasi qop uchun, 2 tasi zaxira uchun); uchastka komissiyasining muhri; zarur mebellar, orgtexnika vositalari (kompyuter, printer, skaner, nusxa ko‘chiruvchi uskuna, UPS), telefon, televizor; ikkitadan kam bo‘lmagan SJBAT talablariga javob beruvchi kompyuter va ularga kerakli bo‘lgan moslamalar (UPS, printer, skaner va boshqalar) hamda uzluksiz Internet aloqasi; kuzatuvchilar uchun alohida joylar; yong‘inga qarshi vositalar. Uchastka komissiyasi joylashgan bino va unga olib boruvchi yo‘laklar ozoda va ta’mirlangan, yoritish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ovoz berish binosida yoki bevosita uning oldida uchastka komissiyasi stend jihozlab, unda referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab ovoz berganda ham, qarshi ovoz berganda ham ovoz berish byulletenlarini to‘ldirish namunalari joylashtiriladi, agar referendumga qonun loyihasi qo‘yilgan bo‘lsa, stendda shu loyiha matni joylashtiriladi. Agar referendumga qo‘yilgan qonun loyihasi amaldagi qonunning bekor qilinishini yoki unga o‘zgartishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutsa, stendga bekor qilinishi, o‘zgartirilishi yoxud qo‘shimchalar kiritilishi taklif qilinayotgan amaldagi qonun matni joylashtiriladi. 48. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlar joylashtiriladigan stendlarda quyidagilar joylashtiriladi: referendum sanasiga bag‘ishlangan plakatlar (O‘zbekiston Respublikasi referendumiga___ kun qoldi); referendum uchastkasining xaritasi; uchastka komissiyasi a’zolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchilik jadvali; referendumga qo‘yilgan masala haqida axborot; fuqarolar murojaati uchun Markaziy saylov komissiyasining ishonch telefoni yoki elektron manzili, okrug komissiyasi, tegishli tuman (shahar) sudi va prokuraturasining telefon raqamlari aks ettirilgan ma’lumotlar; ovoz berish tartibi; ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati; referendumga oid infografik ko‘rinishdagi tushuntirish materiallari va axborotlar. 49. Ovoz berish xonasiga olib boruvchi yo‘llarda referendum uchastkasining mazkur Nizomning 9-ilovasida belgilangan shakldagi ko‘rsatkichlari ko‘rinarli joylarga joylashtirilishi kerak. 50. Uchastka komissiyasi binosi peshtoqiga mazkur Nizomning 10-ilovasida belgilangan shaklda referendum uchastkasi tartib raqami yozilgan peshlavha joylashtiriladi, binoga kirish joyida nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yo‘laklari (panduslar) bo‘lishi va ularning belgilangan talablarga (eni kamida 90 santimetr, chiqish burchagi 30° dan ko‘p bo‘lmagan) mos kelishi kerak. 51. Uchastka komissiyasida yuritiladigan quyidagi ish yuritish daftari va jildlari bo‘lishi lozim: uchastka komissiyasining qarorlari, bayonnomalari va dalolatnomalarining jildi; kirish, chiqish hujjatlarini, shu jumladan murojaatlarni ro‘yxatga olish daftari va jildi; kuzatuvchilarni ro‘yxatga olish daftari. 52. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati uchastka komissiyasi tomonidan SYER asosida tuziladi. Har bir fuqaro ovoz beruvchi fuqarolarning faqat bitta ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Referendum kuniga qadar yoki referendum kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi. Ro‘yxatga ovoz beruvchi har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va turar joy manzili kiritiladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilmaydi. 53. Uchastka komissiyasi kotibi SJBATga kirish huquqini olish uchun okrug komissiyasiga murojaat qiladi. Okrug komissiyasi kotibi SJBATga kirish huquqini uchastka komissiyasi kotibiga taqdim qiladi. Uchastka komissiyasi tuzilganidan so‘ng uch kun ichida komissiyaning kotibi SJBATga kirib taqsimlangan mazkur uchastkada ovoz beruvchi fuqarolarning dastlabki ro‘yxatini yuklab oladi. Komissiya kotibi ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini tekshirib chiqadi, chop etadi va uchastka komissiyasi raisiga taqdim qiladi. Uchastka komissiyasining raisi komissiya a’zolariga ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlashtirish uchun taqsimlaydi. 54. Uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarolarning dastlabki ro‘yxatini olganidan so‘ng mazkur referendum uchastkasi hududida yashovchi ovoz beruvchi fuqarolarni aniqlashtirish choralarini ko‘radi. Hokimliklar, tegishli idoralar, shu jumladan mahalla fuqarolar yig‘inlari, profilaktika inspektorlari uchastka komissiyasi so‘roviga asosan mazkur referendum uchastkasi hududida istiqomat qilayotgan fuqarolar haqida ma’lumotlarni 24 soat ichida taqdim etishlari shart. Uchastka komissiyasi a’zolari referendum uchastkasi hududida yashovchi ovoz beruvchi fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlarga zarurat bo‘lganda, uyma-uy aylanib chiqish orqali aniqlik kiritadi. Uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatini tuzish ishlariga jamoatchilik vakillari va volontyorlarni jalb qilishi mumkin. Tuman va shahar hokimliklari ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlarini aniqlashtirish ishlariga ko‘maklashadi. Uchastka komissiyasi a’zolari uyma-uy aylanib chiqish vaqtida fuqarolarning ovoz berish kuni ushbu referendum uchastkasi hududida bo‘lish-bo‘lmasligiga, ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatidagi ushbu fuqarolarga oid ma’lumotlarda xato-kamchiliklar bor yo‘qligiga aniqlik kiritadi. Referendum uchastkasi hududida vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar borligi aniqlansa, biroq ular ushbu referendum uchastkasida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa hamda o‘zaro suhbat chog‘ida ularning ovoz berish kuni ushbu referendum uchastkasi hududida bo‘lishi aniqlansa, ulardan xohishiga ko‘ra mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq namunadagi ariza olinadi. Agarda fuqaro ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bilan tanishish jarayonida o‘zi haqidagi ma’lumotlar xato kiritilgan yoki o‘zi istiqomat qilayotgan hududdan boshqa hududda joylashgan referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilganligini aniqlagan taqdirda, bevosita o‘zi istiqomat qilib turgan hududdagi referendum uchastkasiga borib, yuqorida qayd etilgan namunadagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Fuqaroning arizasi komissiya raisi yoki kotibi tomonidan qaydlov daftarida ro‘yxatga olinadi, shundan so‘ng SJBATda belgilangan shakldagi elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi va ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish uchun tegishincha respublika, viloyat yoki tuman ishchi guruhiga (bundan buyon matnda ishchi guruhi deb yuritiladi) avtomatik tarzda yuboriladi. Ishchi guruh elektron so‘rovnomani ko‘rib chiqadi va SJBATdagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga o‘rnatilgan tartibda tegishli o‘zgartirish kiritadi. Arizasiga binoan referendum uchastkasi o‘zgartirilgan yoki ariza bilan murojaat qilmagan fuqaroni boshqa referendum uchastkasiga o‘tkazilishiga yoki tortib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza rad etilgan hollarda uchastka komissiyasi fuqaroga uning arizasi rad etilishining asoslari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma berishi shart. 55. Ovoz beruvchi fuqaroning o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga muvofiq quyidagilar ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritish uchun asos bo‘lishi mumkin: ovoz beruvchi fuqaroning tegishli referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilishi; yoshi o‘n sakkizga to‘lganligini tasdiqlovchi hujjat; sudning fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori bekor qilinganligi yoki fuqaroning ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganligini tasdiqlovchi hujjat. 56. Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-ovoz beruvchi fuqarolarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan hududlarda yashovchi oila a’zolari va boshqa ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar yashash joylari bo‘yicha umumiy asoslarda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi. Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalari bo‘yicha ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida uchastka komissiyasi tomonidan tuziladi. Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek qamoqda saqlash joylarida tashkil etilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqida ushbu uchastka komissiyasi bunday fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyidagi uchastka komissiyasiga axborot yetkazish choralarini ko‘rishi lozim. Xabardor qilingan uchastka komissiyasi o‘z referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga ushbu ovoz beruvchi fuqaro boshqa referendum uchastkasida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilganligi haqida yozuv kiritadi hamda uni yakuniy bayonnomada referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolarning umumiy soniga kiritmaydi. 57. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatini aniqlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda fuqarolarga muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish imkoniyati va boshqa huquqlari tushuntiriladi. 58. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari referendumga kamida o‘n kun qolganida uchastka komissiyasi kotibi tomonidan SJBATdan yuklab olinadi, chop qilinadi, uchastka komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi, uchastka komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxatda faqat ovoz beruvchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi. Uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilganidan keyin ham aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida referendumga besh kun qolguniga qadar ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga o‘zgartirish kiritish uchun ishchi guruhlarga elektron so‘rovnoma yuborishi mumkin. Ishchi guruhlar elektron so‘rovnomani shu kunning o‘zida ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda hal etadi. Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda ovoz beruvchi fuqarolarning yakuniy ro‘yxati referendumga uch kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxatda faqat ovoz beruvchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi. 59. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish referendumga besh kun qolganida to‘xtatiladi. Uchastka komissiyasi kotibi referendumga uch kun qolganida o‘z hududidagi ovoz beruvchi fuqarolarning oxirgi ro‘yxatlarini SJBATdan yuklab oladi, chop etadi va uchastka komissiyasi raisiga taqdim qiladi. Ushbu ro‘yxat uchastka komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi, uchastka komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi hamda ovoz berish kuni ushbu ro‘yxatdan foydalaniladi. 60. Ovoz berish kuni biron-bir sabab bilan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kirmay qolgan ovoz beruvchi fuqarolar shaxsini, fuqaroligi va yashash joyini (ushbu referendum uchastkasi hududida doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini) tasdiqlovchi hujjat asosida uchastka komissiyasi raisiga yozma ariza bilan murojaat qiladi. Ovoz beruvchi fuqaroning murojaati asosida qaydlov daftariga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash joyi haqida tegishli yozuv kiritadi va ushbu ma’lumotlar uchastka komissiyasi raisi yoki kotibining va fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi. Shundan so‘ng fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritish masalasi quyidagi harakatlar ketma-ketligida hal etiladi: 1-harakat: uchastka komissiyasi raisi fuqaroning referendum uchastkasini SJBATdan izlab topadi; 2-harakat: izlab topilgan referendum uchastkasidagi komissiya raisi bilan aloqa vositasi (telefon) orqali bog‘lanadi. Rais bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda 3 va 4-harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli ishchi guruhga xabar beriladi; 3-harakat: ushbu uchastkada fuqaroning ovoz bergan/bermaganligini aniqlaydi; 4-harakat: ovoz bermaganlik fakti aniqlanganidan so‘ng, fuqaroning ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasi asosida ovoz berayotganligi haqida ma’lum qiladi (fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritgan uchastka komissiyasini xabardor qiladi); 5-harakat: fuqaroni mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritadi va unga byulleten beradi. Xabardor qilingan uchastka komissiyasi raisi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga ushbu fuqaro boshqa referendum uchastkasida ovoz berganligi haqida ma’lumot kiritadi hamda yakuniy bayonnomani to‘ldirish paytida uni uchastkadagi ovoz beruvchi fuqarolarning umumiy soniga qo‘shib hisoblamaydi. Quyidagi hollarda fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritish rad etiladi: fuqaro SJBATdagi referendum uchastkasi bo‘yicha ovoz bergan bo‘lsa; fuqaro doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olinmagan yashash joyi bo‘yicha uchastka komissiyasiga murojaat qilgan bo‘lsa. Bunda uchastka komissiyasi raisi fuqaroning doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha boshqa referendum uchastkasida ovoz berishi kerakligini tushuntiradi. 61. Referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi fuqaro muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. 62. Muddatidan oldin ovoz berish referendumga o‘n kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. 63. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va ovoz beruvchi fuqarolarning, kuzatuvchilarning, e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi. 64. Uchastka komissiyalari referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar umumiy sonining besh foizi miqdorida byulletenlarni hamda konvertlarni okrug komissiyasidan muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga kamida uch kun qolganida oladilar. 65. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun ovoz beruvchi fuqaro referendum kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan byulleten va konvertni oladi. Uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarodan referendum kunida bo‘la olmasligining sabablarini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi taqiqlanadi. 66. Ovoz beruvchi fuqaro byulletenni olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ko‘chirmasiga imzo qo‘yadi. Uchastka komissiyasi a’zosi muddatidan oldin ovoz bergan ovoz beruvchi fuqaroni SJBATdagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatida muddatidan oldin ovoz bergan fuqaro sifatida belgilashi shart. 67. Byulleten maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi fuqaro tomonidan mustaqil qaror qabul qilishi orqali to‘ldiriladi. Ovoz beruvchi fuqarolar tomonidan byulletenni to‘g‘ri to‘ldirish tartibi byulletenda aks ettiriladi. Ovoz beruvchi fuqaro to‘ldirilgan byulletenni konvertga soladi va yelimlab yopadi. 68. Ovoz beruvchi fuqaro to‘ldirilgan byulletenni yopiq konvertda uchastka komissiyasi a’zosiga topshiradi. Uchastka komissiyasining a’zosi ovoz beruvchi fuqaro hozirligida konvertning yopiqligini tekshiradi va konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi. Konvert referendum kuni ovoz berish jarayoni yakunlanguniga qadar uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. 69. Referendum kuni ovoz berish binosi uchastka komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda ochiladi. Bunda, mahalliy kuzatuvchilar, ovoz beruvchi fuqarolar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar hozir bo‘lishlari mumkin. 70. Uchastka komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan komissiya a’zolarining ovoz berish kunidagi vazifalari belgilanadi. 71. Uchastka komissiyasi a’zolariga komissiyaning ikki nafar a’zosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan holda tayyorlab qo‘yilgan byulletenlar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida topshiriladi. Ovoz beruvchi fuqarolarga tartibli ravishda byulletenlarni berish maqsadida, har bir uchastka komissiyasi a’zosiga ovoz beruvchi fuqarolar familiyasi alifbo ketma-ketligida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati asosida taqsimlab beriladi. 72. Ovoz berish kuni referendum uchastkasida soat 8:00 da O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi. Uchastka komissiyasining raisi ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi. 73. Uchastka komissiyasining raisi komissiya a’zolari hozirligida ovoz berish qutilarining bo‘shligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar bilan plombalaydi. Plombalar raqami ko‘rsatilgan holda mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. 74. Uchastka komissiyasi raisi tomonidan referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar soni, okrug komissiyasidan olingan byulletenlarning soni, shuningdek, muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar soni ma’lum qilinadi. 75. Uchastka komissiyasi raisi yoki uning o‘rinbosari mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli referendum o‘tkazuvchi komissiya tomonidan berilgan mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida ro‘yxatga oladi. Uchastka komissiyasi ularni ro‘yxatga olgandan keyin ularga o‘z vakolatlarini to‘laqonli hamda to‘sqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi. 76. Uchastka komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari yoki kotibi tomonidan ovoz berish boshlanganligi haqida aloqa vositalari orqali okrug komissiyasiga xabar beriladi. 77. Ovoz beruvchi fuqarolarga taqdim etilgan byulletenlar sonining hisobi har soatda yuritib boriladi. 78. Uchastka komissiyasi raisi ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi, zarurat bo‘lganda komissiya a’zolariga yordam ko‘rsatadi, ular vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan hollarda ularni boshqa a’zolar bilan almashtiradi. 79. Uchastka komissiyasi uchastkadagi ro‘yxat bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etuvchi har bir ovoz beruvchi fuqaroga bir donadan ortiq byulleten berilmasligini ta’minlaydi. Ovoz beruvchi har bir fuqaroga bittadan ortiq byulleten berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Buzib qo‘yilgan byulletenni ovoz beruvchi fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirib berilganligi bundan mustasno. 80. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan referendum uchastkalari okrug komissiyasi qarori bilan tuziladi. Bu referendum uchastkalari ular joylashgan hududdagi referendum okruglariga kiradi. Ayrim hollarda, manzil-koloniyasi ma’muriyatining tegishli okrug komissiyasiga bergan taklifiga asosan mazkur muassasalarda saqlanayotgan ovoz beruvchi fuqarolar ko‘chma ovoz berish qutisi orqali ovoz beruvchi fuqarolarning turgan joyida ovoz berishi uchun manzil-koloniyasi joylashgan hududdagi referendum uchastkasiga biriktirish to‘g‘risida okrug komissiyasining qarori qabul qilinishi mumkin. 81. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar mazkur muassasa xodimlari orasidan okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Zarurat tug‘ilganida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq boshqa shaxslar va jamoatchilik vakillari ham uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin. 82. Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi. 83. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalari bo‘yicha ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida uchastka komissiyasi tomonidan tuziladi. 84. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markazlashgan tartibda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchi fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni ovoz berish kuniga kamida bir oy qolgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga tuzatishlar kiritish uchun yuboradi. Agarda mazkur muassasalarda tuzilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatida o‘zgarishlar amalga oshirilsa, ovoz berish kuniga kamida besh kun qolgunga qadar ushbu ma’lumotlar ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yetkazib berish choralari ko‘riladi. 85. Manzil-koloniyalarida referendum uchastkalari tuzilmagan holatlarda, ular biriktirilgan uchastka komissiyalariga muassasadagi ovoz beruvchi fuqarolar haqidagi ma’lumotlar ushbu muassasa rahbari tomonidan ovoz berish kuniga kamida yetti kun qolganida taqdim etiladi. 86. Kuzatuvchilar va akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida uchastka komissiyasini kamida uch kun oldin xabardor qilishi kerak. 87. Uchastka komissiyasi, o‘z navbatida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ma’muriyatiga mazkur Nizomning 86-bandida ko‘rsatilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, referendumda kim sifatida ishtirok etishi) ushbu muassasaga to‘siqsiz kirib-chiqishlari uchun taqdim etadi. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ma’muriyati ularning kirib chiqishi va xavfsizligini ta’minlash, ichki tartib-qoidalariga rioya etishi uchun mas’ul hisoblanadi. 88. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ichki-tartib qoidalari va rejimidan kelib chiqib, ovoz beruvchi fuqarolar ovoz berish binosiga kichik guruhlarga bo‘lingan holda olib kelinadi. Referendum uchastkasi tuzilmagan manzil-koloniyalarida biriktirilgan uchastka komissiyasi tomonidan ovoz beruvchi fuqarolarning turgan joyida ovoz berish tashkil etiladi. Biriktirilgan uchastka komissiyasi mazkur fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritadi. 89. Ovoz berish referendum kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. 90. Ovoz berish binosiga kelgach, ovoz beruvchi fuqaro uchastka komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi (pasport, ID-karta, harbiy guvohnoma, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma, jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma) hamda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga byulleten beriladi. Boshqa shaxs uchun ovoz bermoqchi bo‘lgan fuqaroga byulleten berish taqiqlanadi. Ovoz beruvchi fuqaroning iltimosiga binoan byulletenni to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaret beriladi. 91. Ovoz beruvchi fuqaro byulletenni olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi. Ovoz beruvchi fuqaroning ovoz berish byulletenini to‘ldirish jarayonini suratga yoki videoga olish, uni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi. 92. Byulletenni to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Ovoz beruvchi fuqarolar tomonidan byulletenni to‘g‘ri to‘ldirish tartibi byulletenda aks ettiriladi. 93. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan uchastka komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno. 94. To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari uchastka komissiyasi a’zolariga hamda kuzatuvchilarga ko‘rinib turishi kerak. Buzib qo‘yilgan byulleten fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan byulletenlar hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim. 95. Referendum kuni ovoz berish vaqtida uchastka komissiyasi binosida quyidagilar hozir bo‘lishi mumkin: tegishli uchastka komissiyasi a’zolari; tegishli okrug komissiyasi a’zolari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari; mahalliy kuzatuvchilar; ommaviy axborot vositalarining vakillari; boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar; referendum uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etuvchi fuqarolar. Ovoz berish vaqtida uchastka komissiyasi binosida hozir bo‘lishga ruxsat etilgan shaxslardan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Binoda ushbu zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka komissiyasining zimmasida bo‘ladi. Uchastka komissiyasi binosida hozir bo‘lishga ruxsat etilgan shaxslar (ovoz beruvchi fuqarolardan tashqari) tegishli komissiyalar tomonidan berilgan maqomini tasdiqlovchi mandat (guvohnomasi)ni boshqalarga ko‘rinadigan holda taqqan bo‘lishlari shart. Uchastka komissiyasi ovoz berib bo‘lgan ovoz beruvchi fuqaroni binodan chiqarib yuborish choralarini ko‘radi. 96. Uchastka komissiyasining a’zosi, kuzatuvchi yoki ommaviy axborot vositasi vakillari ovoz berish sirini oshkor qilsa yoxud fuqarolarning xohish-irodasiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilsa, uchastka komissiyasining a’zosi komissiya ishida ishtirok etishdan chetlashtiriladi, kuzatuvchi, ommaviy axborot vositasi vakillari esa ovoz berish binosidan darhol chiqarib yuboriladi. Bu haqda uchastka komissiyasi qaror qabul qiladi. 97. Uchastka komissiyasi raisi ovoz berish binosida tinchlik saqlanishi va tartibga rioya qilinishini ta’minlash, ovoz berish va ularni sanab chiqishda g‘ayriqonuniy to‘sqinliklar vujudga kelganida ichki ishlar yoki milliy gvardiya xodimlariga murojaat qilishi mumkin. Bunda, ichki ishlar yoki milliy gvardiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishlari lozim. Ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan referendum uchastkasi hududidagi tartibsizlik, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar bartaraf etilganidan so‘ng uchastka komissiyasi raisi ko‘rsatmasi asosida referendum uchastkasi binosini tark etishlari va ovoz berish jarayoniga xalaqit bermaydigan joyga joylashishlari shart. 98. Ayrim ovoz beruvchi fuqarolar sog‘ligining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka komissiyasi ovoz berishni ushbu ovoz beruvchi fuqarolarning referendum kuni yoki referendum kuniga qadar qilgan yozma yoki og‘zaki murojaatiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi. Bunda uchastka komissiyasi a’zosi qaydlov daftariga ovoz beruvchi fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, murojaat qilingan vaqti haqida tegishli yozuv kiritadi va ushbu ma’lumotlar uchastka komissiyasi a’zosining imzosi bilan tasdiqlanadi. 99. Uchastka komissiyasi tomonidan ovoz beruvchi fuqaro turgan joyda ovoz berishni tashkil etish referendum kunidagi ish hajmi va vaziyatdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha yo‘lga tushadigan uchastka komissiyasining a’zolari murojaatlar soniga teng miqdordagi byulletenlarni imzo chekib oladilar. Fuqarolar murojaatlarining soni, shuningdek ishlatilgan va qaytarilgan ovoz berish byulletenlarining soni mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq alohida dalolatnomada qayd etiladi. 100. Uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi ko‘chma quti bilan ovoz beruvchi fuqaroning turgan joyiga yuboriladi, ular ovoz beruvchi fuqaroning xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir bo‘lishi mumkin. 101. Turgan joyida ovoz bergan ovoz beruvchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida uchastka komissiyasi a’zosi tomonidan mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidan ko‘chirmaga tegishli yozuv kiritiladi va ovoz beruvchi fuqaro byulleten olganligini tasdiqlab, ushbu ro‘yxatdagi familiyasi qarshisiga imzo chekadi. 102. Ovoz beruvchi fuqaro yashirin ovoz berib bo‘lganidan so‘ng ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatining tegishli joyiga (ovoz beruvchi fuqaroning familiyasi qarshisiga) “turgan joyida ovoz berdi” yozuvi kiritiladi. 103. Uchastka komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari soat 20:00 da ovoz berish tugaganligini e’lon qiladi. Referendum uchastkasi binosida hozir bo‘lgan ovoz beruvchi fuqarolarga ovoz berish uchun imkoniyat beriladi (agar ovoz beruvchi fuqarolar bor bo‘lsa). 104. Harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalarida ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan referendum uchastkalarida ovoz berish qutilarini soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. 105. Ovoz beruvchi fuqarolarning ovozlarini sanab chiqish uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan ovoz berish qutilarida mavjud bo‘lgan byulletenlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ovoz beruvchi fuqarolarning ovozlarini sanab chiqish faqatgina ovoz berish binosida o‘tkaziladi. 106. Uchastka komissiyasi tomonidan ovozlarni sanab chiqish, ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni to‘ldirish jarayonida quyidagilar hozir bo‘lishlari mumkin: mahalliy kuzatuvchilar; ommaviy axborot vositalarining vakillari; boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar. Mazkur jarayonda uchastka komissiyasi binosida hozir bo‘lishga ruxsat etilgan shaxslardan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 107. Referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 108. Uchastka komissiyasi a’zolari ovoz berish tugaganidan so‘ng qonunchilikda belgilangan harakatlar ketma-ketligida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 1-harakat: ovozlarni sanashni boshlashdan oldin stollar birlashtiriladi, barcha yozuv ashyolari (ruchka, qalam va boshqa vositalar) hammaning e’tiboriga havola qilingan holda chetga olib qo‘yiladi; 2-harakat: okrug komissiyasidan olingan byulletenlarning soni aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi. 3-harakat: foydalanilmagan va buzilgan byulletenlar sanab chiqiladi va yuqori chap burchagini kesish yoki byulletenning orqa tomonida tegishli belgi qo‘yish yo‘li bilan bekor qilinadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi. 4-harakat: ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati (boshqa referendum uchastkasida ovoz berganligi haqida ma’lumot kiritilganlar bundan mustasno) va mazkur ro‘yxat ilovasi bo‘yicha mazkur uchastkadagi ovoz beruvchi fuqarolarning umumiy soni aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi. 5-harakat: ko‘chma va statsionar ovoz berish qutilarni ochishdan oldin komissiya a’zolari tomonidan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati va ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasining har bir varag‘iga shu varaq bo‘yicha byulleten olganlarning umumiy soni haqidagi ma’lumotlar kiritiladi; ma’lumotlar kiritilganidan keyin ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati va ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasining har bir varag‘i ushbu ma’lumotlarni kiritgan komissiya a’zosi tomonidan imzolanadi va varaqlardagi raqamlar umumlashtiriladi; ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatining barcha sahifalari bo‘yicha yakuniy umumiy ma’lumotlarni komissiya raisi e’lon qiladi, ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatining oxirgi varag‘iga kiritadi, o‘z imzosi va uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlaydi hamda ushbu ma’lumotlar yakuniy bayonnomaga kiritiladi; 6-harakat: ovoz berish qutilaridagi bir martalik plombadagi mavjud raqamlar plombalash dalolatnomasidagi raqamlar bilan solishtiriladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarida maxsus qop(lar)dagi bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombadagi mavjud raqamlar tegishli dalolatnomadagi raqamlar bilan ham solishtiriladi; 7-harakat: muddatidan oldin ovoz berilgan byulletenlar solingan yopiq konvertlar ovoz berish qutisiga tashlanadi. 8-harakat: avval ko‘chma so‘ngra statsionar ovoz berish qutilari (O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarida maxsus qoplar ham) ochiladi. Byulletenlar stol ustiga to‘kiladi va ovoz berishda ishtirok etgan ovoz beruvchi fuqarolar (ovoz berish qutilaridagi byulletenlar) soni aniqlanadi hamda ushbu ma’lumotlar yakuniy bayonnomaga kiritiladi; 9-harakat: referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab va qarshi ovoz berilgan byulletenlarni o‘qib eshittirgan va namoyish etgan holda alohida-alohida bog‘lamlarga ajratadi. Byulletenning haqiqiyligiga shubha tug‘ilsa, masala uchastka komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi. Byulletenni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, uchastka komissiyasi uning orqa tomonida haqiqiy emasligining sabablarini ko‘rsatadi. Bu yozuv uchastka komissiyasi kamida uch a’zosining imzolari bilan tasdiqlanadi. 10-harakat: referendumga qo‘yilgan masala bo‘yicha yoqlab yoki qarshi berilgan ovozlar alohida-alohida sanab chiqish orqali aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi; Referendumga qo‘yilgan masala bo‘yicha yoqlab yoki qarshi ovoz berilgan byulletenlar alohida-alohida bog‘lam qilib o‘raladi. Bog‘lamda ovozlar soni ko‘rsatiladi. 11-harakat: quyidagi byulletenlar ovozlarni sanab chiqishda haqiqiy emas deb topiladi: belgilanmagan shakldagi byulletenlar (hajmi, rangi, qog‘oz sifati, bosmaxona shrifti va hokazolar bo‘yicha farqlanuvchi); uchastka komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan byulletenlar; qo‘shimcha ravishda yozuvlar yoki belgilar kiritilgan byulletenlar. Haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sanaladi, alohida bog‘lam qilib o‘raladi va ularning soni yakuniy bayonnomaga kiritiladi. 109. Zarur harakatlar amalga oshirilganidan keyin komissiya yakuniy majlis o‘tkazadi. Unda ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish vaqtida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar haqida shikoyat yoki arizalar kelib tushgan bo‘lsa, bunday shikoyat yoki arizalar ko‘rib chiqiladi. 110. Ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma tuzishdan oldin komissiya raisi hozir bo‘lganlar e’tiboriga ovoz berish kunida va ovoz beruvchi fuqarolar ovozlarini sanab chiqish tugagunicha komissiyaga kelib tushgan shikoyatlar (arizalar) va ular bo‘yicha qabul qilingan qarorlar haqidagi axborotni yetkazadi. Tegishli bayonnomaga ilova qilinadigan dalolatnomalar va boshqa hujjatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Komissiya faoliyati bo‘yicha e’tirozlar, shikoyatlar bor-yo‘qligini aniqlaydi, zarurat bo‘lsa komissiya ushbu e’tiroz yoki shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi. 111. Uchastka komissiyasi referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Shundan keyin komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari tomonidan ovozlarni sanab chiqish natijalari haqidagi bayonnoma ikkita nusxada to‘ldiriladi, imzolanadi va uchastka komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomaga biron-bir tarzda o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasini to‘ldirish vaqtida komissiyaning ayrim a’zolari hozir bo‘lmasalar, bu haqda yig‘ilish bayonnomasida ularning hozir bo‘lmaganliklari sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. Shundan so‘ng uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasi uchastka komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun uchastka komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qo‘yiladi. Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan kuzatuvchilar uchastka komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini so‘rab olishga haqli. 112. Uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasini imzolash vaqtida bayonnoma mazmuni yuzasidan norozi bo‘lgan komissiya a’zosi o‘zining alohida fikrini yig‘ilish bayonnomasiga ilova qilishga haqli, bu haqda bayonnomada qayd etiladi. 113. Uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasining ko‘chirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug komissiyasiga taqdim etiladi, birinchi asl nusxa rais yoki uning o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida okrug komissiyasiga olib borib topshiriladi. Okrug komissiyasida uchastka komissiyasining referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasi noto‘g‘ri to‘ldirilganligi yoki arifmetik xatolar mavjudligi aniqlanganda, uchastka komissiyasi qo‘shimcha majlis o‘tkazadi va xatoliklarni tuzatadi. Avvalgi bayonnomani asoslari ko‘rsatilgan holda bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda yangi qaror bilan tuzatilgan bayonnoma tasdiqlanadi. Hamma tanishib chiqishi uchun osib qo‘yilgan bayonnoma yangisi bilan almashtiriladi va okrug komissiyasiga taqdim etiladi. 114. Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari va kotibi “yoqlab” va “qarshi” ovoz berilgan byulletenlar bog‘lamlariga berilgan ovozlar sonini yozadi va bog‘lamlarni qopga tartib bilan soladi. So‘ngra haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar bog‘lami ustiga “Haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar” deb yozadi va yoniga sonini yozib qopga joylashtiradi. Undan keyin foydalanilmagan va buzib qo‘yilib bekor qilingan byulletenlarni bog‘lamga o‘rab, ustiga “Foydalanilmagan va buzib qo‘yilib bekor qilingan byulletenlar” deb yozadi, ushbu yozuv yoniga sonini yozadi va qopga joylashtiradi. Byulletenlar joylashtirilgach, ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati va ovozlarni sanab chiqish bo‘yicha bayonnomaning ikkinchi nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar ham qopga joylashtiriladi. Qop plomba bilan plombalanadi va qopni plombalanganligi haqida dalolatnoma tuziladi. So‘ngra qop seyfga joylashtirilib, uchastka komissiyasi raisi imzosi va muhri bilan muhrlanadi. 115. Mahalliy kuzatuvchilar, ovoz beruvchi fuqarolar, referendumning boshqa ishtirokchilari (bundan buyon matnda murojaat etuvchilar deb yuritiladi) bevosita o‘zlari yoki vakillari orqali ari
115
63,719
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-838-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 15-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-838-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
214
466
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 8-oktabrdagi “M.B. Kilichevni O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi KQ-269-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 12-oktabrdagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirib borish to‘g‘risida”gi KQ-272-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan uning Kotibiyati faoliyatini yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi 1444-IV/KQ-274-IV-sonli Qo‘shma qarori.
92
1,317
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish; chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 1-maydagi 71-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2358, 2012-yil 4-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 19-son, 210-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun fuqarolar davlat xizmatlari ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin.”. 2. 4-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 3. 5-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 4. 6-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 5. 7-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 6. 8-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 7. 9-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 8. 10-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 9. 11-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 10. 13-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 11. 14-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 12. 15-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 13. 16-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”. 14. Quyidagi mazmundagi 351 — 355-bandlar bilan to‘ldirilsin: “351. Fuqaro ro‘yxatdan chiqish uchun TShIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza; pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; mudofaa ishlari bo‘limidan hisobdan chiqarilganligi haqida belgi bo‘lgan hisob-harbiy hujjatlar; Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3 — 5-ilovalariga muvofiq uy daftari yoki qayd etish kartochkasi va kvartiralar bo‘yicha kartochka; ro‘yxatdan chiqarganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. 352. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni ro‘yxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 353. Vafot etganlar o‘lim qayd etilganidan keyin ro‘yxatdan chiqarilishi lozim. 354. Propiskadan o‘tish yoki ro‘yxatdan chiqarilganlik sud qaroriga ko‘ra shuningdek, qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin. 355. Ro‘yxatdan chiqarilganda yoki ro‘yxatdan o‘tganlik bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddat ichida Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB manzil-ma’lumotlar byurosiga ketish varaqlarini Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-ilovasiga muvofiq yuboradi.”. 15. Quyidagi mazmundagi 381 — 383-bandlar bilan to‘ldirilsin: “381. Turar joy mulkdori o‘z oila a’zolarini va boshqa shaxslarni propiskadan o‘tkazish huquqiga ega. 382. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan o‘tishi mumkin. 383. Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda harbiy hisobga qo‘yilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar harbiy hisobga qo‘yilishlari kerak.”. 16. Quyidagi mazmundagi 401 va 402-bandlar bilan to‘ldirilsin: “401. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi. 402. Fuqaroni propiska qilish va propiskadan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.”. 17. 1-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin. 18. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
180
6,168
Qonunchilik
ChORVAChILIKDA ISLOHOTLARNI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA DEHQON (FERMER) XO‘JALIKLARI VA XUSUSIYLAShTIRILGAN FERMALAR MANFAATLARINI HIMOYa QILISh TO‘G‘RISIDA
Chopvachilikdagi iqtisodiy islohotlapni yanada chuquplashtipish, ushbu ishdagi mavjud kamchiliklapni baptapaf etish hamda xususiylashtipilgan fepmalapda va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapida chopvachilik mahsulotlapi hajmlapini ko‘paytipish uchun shapt-shapoitlap yapatish maqsadida Vaziplap Mahkamasi qapop qiladi: 1. Qayd etib o‘tilsinki, Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyat va tumanlap hokimliklapi, mahalliy qishloq xo‘jaligi opganlapi jamoalapga mulk qilib bepilgan fepmalap va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapining faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tashkil qilishga yetapli e’tibop bepmayaptilap, chopva mahsulotlapi yetishtipishni ko‘paytipish bopasidagi to‘siqlapni baptapaf etish uchun qat’iy chopa-tadbiplap ko‘pmayaptilap. 2. Qishloq xo‘jaligi vazipligi (Qayumov), “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” davlat konsepni (Mipzayev), Qishloq xo‘jaligi fanlapi akademiyasi (Usmonov) Vaziplap Mahkamasining 1993-yil 15 maptdagi 137-son qapopining bajapilishi va fepmep xo‘jaliklapini tashkil qilish va ulapning faoliyat ko‘psatishi bopasidagi ishlapning ahvolini o‘pganish bo‘yicha komissiya tashkil qilsinlap. Xususiylashtipilgan fepmalap va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapiga iqtisodiy qiyinchiliklapni yengish, ulap faoliyatidagi kamchiliklapni baptapaf etish va muammolapni hal qilish, chopvachilik mahsulotlapi yetishtipishni ko‘paytipish maqsadida xo‘jalikni samapali yupitishida ulapga amaliy yopdam bepish bo‘yicha Vaziplap Mahkamasiga bip oy muddatda (1994-yilning 25 maptiga qadap) takliflap kipitsinlap. 3. Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap hokimliklapi aniq tabiiy-iqtisodiy zonalapni va hap bip xo‘jalikning ep pesupslapini hisobga olgan holda, 1994-yilning 1 appeligacha dehqon (fepmep) xo‘jaliklapiga shaptli hap bosh chopva moli hisobiga Andijon, Fapg‘ona, Hamangan, Toshkent, Xopazm va Samapqand viloyatlapida—0,3 gektapdan, Qopaqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlapda — 0, 45 gektapdan sug‘opiladigan ep, lalmikop eplapda esa 2 gektapdan ep ajpatilsin. Mazkup bandning bajapilishi yuzasidan 1994-yilning 15 appeliga qadap Vaziplap Mahkamasiga ma’lum qilinsin. 4. Xususiylashtipilgan fepmalapning xo‘jalik faoliyatiga qopamollapning bosh soniga qapab baho bepishga chek qo‘yilsin, asosiy e’tibop mollap mahsuldopligiga, shaptnoma majbupiyatlapining bajapilishiga qapatilsin. Jamoa fepmalapining va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapining xo‘jalik va moliyaviy faoliyatiga xo‘jaliklap hamda tuman tashkilotlapi pahbaplapining hap qanday apalashuvlapiga bapham bepilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qapop bilan belgilangan imtiyozli shaptlap kamida 30 shaptli bosh chopva mollapiga ega bo‘lgan dehqon (fepmep) xo‘jaliklapiga tatbiq etiladi. Bu tanlov asosida tashkil etilayotgan dehqon (fepmep) xo‘jaliklapini po‘yxatga olish chog‘ida qo‘yiladigan asosiy talab bo‘lishi kepak. 6. “O‘ztadbipkopbank” (Yusupov) texnika, yonilg‘i-moylash va qupilish matepiallapi, qopamollap, asbob-uskunalap va mexanizatsiya vositalapi sotib olish uchun xususiylashtipilgan fepmalapga va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapiga, ulap mulkini gapovga qo‘ygan holda, kamida 10 yil muddatga cheklanmagan miqdopda kpeditlap ajpatsin. Yuqopi mahsuldop chopva mollapi sotib olish uchun kamida 5 yil muddatga imtiyozli kpeditlap bepsin. Vaziplap Mahkamasining 1993-yil 14 oktyabpdagi 501-son qapopining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin 7. “O‘zgo‘shtsutsanoat”, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmalapi, “O‘zkooptayyoplovsavdo” biplashmasi, boshqa tayyoplov tashkilotlapi xususiylashtipilgan fepmalap va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapidan mahsulotlapni shaptnomaviy (epkin) napxlap bo‘yicha to‘siqsiz qabul qilib olishni ta’minlasinlap. 8. “O‘zdehqonchiliksanoatbank” (Axadov), “O‘zqupilishsanoatbank” (Ibodov) qishloq xo‘jaligi mahsulotlapi topshipuvchilap bilan hisob-kitob qilish uchun tayyoplov tashkilotlapiga va savdo kopxonalapiga zapup kpeditlap o‘z vaqtida ajpatilishini ta’minlasinlap. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazipligi (Qayumov), “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konsepni (Mipzayev), O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlapi akademiyasi (Usmonov) jamoa fepmalapi va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapini talab qilingan miqdopda upug‘liklap, minepal o‘g‘itlap, dopi-dapmonlap, nasldop mollap bilan ta’minlasinlap, mollapni sun’iy upug‘lantipishda va zoovetepinapiya xizmati ko‘psatishda ulapga yopdam ko‘psatsinlap. 10. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” (Husanov) xususiylashtipilgan fepmep xo‘jaliklapi uchun ulapning talabnomasi bo‘yicha 1994-yil mobaynida yuk tashish tpanspoptlapi, tpaktoplap, boshqa texnikalap ajpatsin. “Texchopvasepvis” biplashmasining joylapda tashkil etilgan bo‘linmalapining faoliyati kuchaytipilsin, ulapning buyuptmalapiga binoan kichik texnika va boshqa asbob-uskunalap yetkazib bepishni ta’minlasin. 11. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (Muhitdinov), “O‘zdonmahsulot” davlat konsepni (Ten), Qishloq xo‘jaligi vazipligi (Qayumov) 1994-yilda xususiylashtipilgan fepmalap va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapi uchun alohida satpda, 1-ilovaga muvofiq hajmlapda omixta em fondi ajpatsinlap. Dehqon (fepmep) xo‘jaliklapi ajpatilgan em-xashakka muvofiq mahsulotlapni shaptnoma shaptlapida xo‘jaliklap hisobiga topshipishlapi mumkin. 12. “O‘zoziqovqatsanoat” konsepni (Hamidov), “O‘zdonmahsulot” davlat konsepni (Ten), chopvachilik fepmalapiga ajpatilgan omixta em, shulxa va shpot bilan o‘z vaqtida hamda sifat bo‘yicha andozalapga qat’iy pioya qilgan holda to‘liq ta’minlasinlap. 13. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi (Mutalov) Davlat mulki qo‘mitasi bilan bipgalikda ikki oy muddatda go‘sht va sutni qayta ishlash bo‘yicha pespublika, Qopaqalpog‘iston pespublika va viloyat aksioneplik uyushmalapini ochiq tupdagi aksioneplik uyushmalapiga aylantipsin. 14. Qishloq xo‘jaligi vazipligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazipligi bilan bipgalikda “O‘zpappandasanoat” pespublika ishlab chiqapish biplashmasi tizimidagi pappandachilik fabpikalapini ochiq tupdagi aksioneplik uyushmalapiga aylantipsin. Ulapning bank ssudalapi va kpeditlapi bo‘yicha qapzlapini to‘lash muddati 5 yilga uzaytipilsin. 15. Qishloq xo‘jaligi vazipligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-koopepativ qo‘mitasi va “ O‘zdavqishloqqupilishloyiha” instituti 1994-yil mobaynida dehqon (fepmep) xo‘jaliklapi va xususiylashtipilgan fepmalap uchun, mahalliy apzon qupilish matepiallapidan keng foydalanilgan holda kichik va o‘pta fepmalap loyihalapini ishlab chiqsinlap. “O‘zkolxozqupilish”, “O‘zdehqonchilikqupilish” biplashmalapi va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-koopepativ qo‘mitasi va boshqa qupilish tashkilotlapi fepmalap va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapi bilan tuzilgan shaptnomalap asosida namunaviy loyihalap bo‘yicha ishlab chiqapish obyektlapi qupishni va ulapni tayyop holda foydalanishga topshipishni ta’minlasinlap. 16. “O‘zdavneftmahsulot” biplashmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-koopepativ qo‘mitasi dehqon (fepmep) xo‘jaliklapining faoliyat ko‘psatishi uchun shapt-shapoitlap yapatish maqsadida yonilg‘i-moylash matepiallapini 2-ilovaga muvofiq miqdopda ajpatsinlap. 17. Moliya vazipligi, Davlat soliq qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazipligi bilan bipgalikda bip oy muddatda amaldagi soliqlap va to‘lovlap stavkalapini 50 foizga kamaytipishni, ep solig‘i to‘lash bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblap kollektiv xo‘jaliklap (jamoa xo‘jaliklapi va koopepativlap) opqali amalga oshipilishini nazapda tutgan holda dehqon (fepmep) xo‘jaliklapiga, xususiylashtipilgan fepmalapga soliq solish tizimini o‘zgaptipish to‘g‘pisida Vaziplap Mahkamasiga taklif kipitsinlap. 18. Qishloq xo‘jaligi vazipligi, Meliopatsiya va suv xo‘jaligi vazipligi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlapi akademiyasi bilan bipgalikda bapcha xususiylashtipilgan fepmalap va dehqon (fepmep) xo‘jaliklapi jamoalapiga bozop iqtisodiyoti asoslapi, ishlab chiqapishni mustaqil yupitish usullapi bo‘yicha ta’lim bepish dastupini ishlab chiqsinlap va o‘qitishni keng yo‘lga qo‘ysinlap. 19. Mazkup qapopning bajapilishini nazopat qilish Vaziplap Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmuiga yuklatilsin.
152
8,079
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-436-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Akbarov, J. Pirmatov va U. Samatov tomonidan 2018-yil 14-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-436-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
822
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI, DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI VA MARKAZIY BANKINING AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bankining 1998-yil 3-iyundagi 04-01-02/386, 98-75, 76-V-son “Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida”gi tushuntirishi (ro‘yxat raqami 449, 1998-yil 30-iyun); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 25-iyundagi 68, 2007-38, 291-V-son “Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan budjetga soliqlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1701, 2007-yil 9-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 31-32-son, 339-modda). 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
168
1,338
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL–416-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 14-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-416-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
708
Qonunchilik
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va davlat mulkidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Telmax Elektroniks” MChJga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Nevich mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Nevich sinov-tajriba bazasi”ning bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav kapitaliga davlat ulushini oshirish hisobiga berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat ulushi obyektning baholash tashkiloti tomonidan baholangan qiymatiga oshirilishini hamda topshirish qabul-qilish ishlari amalga oshirilishini va unga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati Parkent tumanini 2017-2018-yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi 357-son qaroriga 9-ilovadagi 1-pozitsiya chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi kelgusida obyektdan hamda uning hududidan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev, Toshkent viloyati hokimi G‘.I. Ibragimov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
118
2,049
Qonunchilik
LBMA «Mirzo Ulugbek Innovation Center» muvofiqlashtiruvchisi boʻldi
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Aхborot teхnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining faoliyatini tartibga solishga doir eng muhim funksiyalar topshirildi (30.09.2018 yildagi PF–5547-son Farmon).   Agentlik Bosh vazir boshchilik qilgan Markazning Muvofiqlashtiruvchi kengashi oʻrnini bosadi. Boshqa funksiyalar sirasida u yuridik shaхslarni Markaz rezidentlari sifatida roʻyхatga olish va ularni ushbu maqomdan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qiladi. Eslatib oʻtamiz, 30.06.2017 yildagi PF–5099-son Farmonga muvofiq, Markaz rezidentlari 2028 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga: Rezident maqomini olish mezonlari hamda soliq va bojхona imtiyozlarini qoʻllash tartibi esa Markaz toʻgʻrisidagi nizom (VMning 15.08.2017 yildagi 631-son qaroriga 2-ilova) bilan tartibga solingan. Markazning rasmiy sayti ma’lumotlariga koʻra, 154 ta tashkilot uning rezidenti maqomiga ega boʻlgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.10.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
67
1,121
Qonunchilik
NYu-YORK ShAHRIDAGI BIRLAShGAN MILLATLAR TAShKILOTIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DOIMIY VAKOLATXONASI TO‘G‘RISIDA
1. Hyu-Yopk shahpidagi Biplashgan Millatlap Tashkilotida O‘zbekiston Respublikasining Doimiy Vakolatxonasini ochish zapup deb hisoblansin. 2. Vakolatxonaning 1994-yilga shtat jadvali va xapajatlap smetasi 1, 2-ilovalapga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Vakolatxona xodimlapining soni 1994-yilga 5 kishidan ibopat qilib belgilansin, ulapdan 3 kishi diplomatik xodim, 2 kishi texnik xodim. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazipligi: 2-ilovadagi xapajatlap smetasiga muvofiq 1994-yilga zapup mablag‘lapni ajpatsin; Biplashgan Millatlap Tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Vakolatxonasining 1993-yildagi xapajatlapi O‘zbekiston Respublikasining Vashington shahpidagi Elchixonasining tejab qolingan mablag‘lapi hisobiga tasdiqlovchi hujjatlap taqdim etilishiga ko‘pa qoplansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlap vazipligi Vakolatxonani shtat jadvaliga muvofiq xodimlap bilan ta’minlash bo‘yicha takliflap kipitsin.
115
923
Qonunchilik
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlarining ko‘rsatilishida byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni yanada bartaraf etish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mazkur sohadagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2018-yil 15-oktabrdan davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining quyidagi tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qilish bo‘yicha tartib bekor qilinsin: a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi: shaxsning yashash joyi bo‘yicha (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi) yashayotganligi; shaxsning ishsizligi; bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligi haqida; b) shaxsning tavsifnomasi. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi jarayonida shaxsning yashash joyi bo‘yicha (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi) yashayotganligi hamda uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish zaruriyati tug‘ilganda, davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur ma’lumotlarni tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik orqali so‘rab oladi. 3. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida oila tarkibi, shu jumladan qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan mustaqil ravishda so‘rab olinadi. 4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga ikki oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlovchi hujjatlarni, ularni berish aniq muddatlarini va bepulligini nazarda tutgan holda, fuqarolarga taqdim qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. Belgilansinki, kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2018-yil 15-oktabrdan boshlab kuchga kiradi. 6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari 37-bandining “v” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-iyundagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 24-25-son, 226-modda) bilan tasdiqlangan Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida: a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 6-bandining “v” kichik bandidan “nogiron bolaning va 16 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxsning yashash joyini tasdiqlaydigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ma’lumotnomasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 9. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyundagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 6-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Bolalarni Bolalar uyiga qabul qilish uchun hujjatlar Nizomga 1-ilova 12-bandining ikkinchi xatboshisidagi “oila tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan ma’lumotnoma” so‘zlari “oila tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Harbiy akademik litseylar o‘quvchilarini o‘qishdan chetlashtirish va boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom 8-bandining “g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarining 17-bandida: a) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Hisobga olish asboblari bilan ta’minlanmagan iste’molchilar tomonidan sarflangan suv hajmini aniqlash uchun zarur bo‘lgan doimiy va vaqtinchalik istiqomat qiluvchilar soni haqidagi ma’lumotlar ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchining yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan mustaqil ravishda so‘rab olinadi”. 13. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 342-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi Nizomda: a) 60-bandda: qo‘yidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga vasiy yoki xomiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning tavsifnomalarini, ularning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan so‘rab oladi”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin; b) 74-bandning ikkinchi xatboshisidan “yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan olingan ma’lumotnoma va tavsifnoma” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; v) 80-bandda: “j” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; “z” kichik bandidan “yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 81-bandda: “e” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; “j” kichik bandidan “yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan” so‘zlari chiqarib tashlansin; d) 82-bandning “g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lomlashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom 13-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “I guruhiga kiruvchi urush va mehnat fronti faxriylari o‘zlariga hamrohlik qiluvchi shaxsning pasport nusxasini ham taqdim etadilar”. 15. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oliy mahorat sport maktabiga sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom 7-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 16. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 681-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 35-son, 932-modda) bilan tasdiqlangan “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” MChJ tomonidan zayom berish tartibi to‘g‘risida Nizom 12-bandining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
158
7,966
Qonunchilik
Jismoniy tarbiya instituti Chirchiqqa koʻchib oʻtadi
Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3197-son “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan. Davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyatiga Chirchiq shahri, Sportchilar koʻchasi, 19-uy manzili boʻyicha  koʻchib oʻtadi. Bundan tashqari, institutga “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning binolari, inshootlari hamda istirohat bogʻi oʻtkaziladi (Chirchiq shahri, V.Haydarov koʻchasi, 1-uy). Oʻz navbatida, Chirchiq olimpiya zaхiralari kolleji Chirchiq shahri, Chirchiq 50 yillik koʻchasi, 14-uy manzilida joylashtiriladi. Davlat raqobat qoʻmitasi 10 kun muddatda ushbu koʻchmas mulkni koʻrsatilgan ta’lim muassasalariga operativ boshqaruvga oʻtkazadi. Davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Chirchiq olimpiya zaхiralari kollejini qayta joylashtirish va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha komissiya tarkibi tasdiqlandi. Komissiyaga 10 kun muddatda yuqorida koʻrsatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tuzilishi va amalga oshirilishini ta’minlash yuklatildi. 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Davlat jismoniy tarbiya institutida ta’limning sirtqi boʻlimi ochiladi. Institutda tahsil olayotgan milliy terma jamoasi a’zolari, terma jamoa a’zoligiga nomzodlarga ta’limning sirtqi shakliga oʻtishga ruхsat berildi. Chirchiq sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji faoliyatini tugatadi hamda oʻquvchilar va pedagog kadrlar boshqa kasb-hunar kollejlariga yoʻnaltiriladi. Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov, ekspertimiz.
52
1,886
Qonunchilik
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasiga doir Kioto Bayonnomasini ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasiga doir Kioto Bayonnomasi ratifikatsiya qilinsin.
143
263
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2011-yilga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2011-yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi). Xalq deputatlari Surxondaryo va Farg‘ona viloyat Kengashlarining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risida (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2. va 2.2-bandlariga muvofiq). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini so‘zsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida”gi 624-I-sonli qarorini bajarishning borishi haqida”gi 709-I-sonli qarorining ijrosini o‘rganish va muhokama qilish (Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 2.1. va 2.2-bandlariga muvofiq). Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining majlislarida, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari sessiyalarida davlat boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasini muhokama qilishni tashkil etish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.1-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq). O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda quyi turuvchi prokurorlarning qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning ahvoli to‘g‘risidagi axboroti tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tinglanishini tashkil etish va yakunlarini Komissiya majlisida muhokama qilish (Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda, Senat Komissiyasining 2010-yil 20-maydagi ish rejasining I.5-bandiga muvofiq). Mahalliy hokimiyat vakillik organlarining deputatlari uchun davlat boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida ilgari surilgan qoida va xulosalarni tushuntirishga bag‘ishlangan mintaqaviy o‘quv seminarlari va davra suhbatlari o‘tkazish (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.1-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2010-yil 29-oktabrdagi OAVda yoritish dasturining 2-bandini hisobga olgan holda). Ijtimoiy sherikchilikning turli shakllarini, mahalliy hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini rivojlantirish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazish (Senatning 2010-yil 7-maydagi Harakat dasturining 3.1.3-bandiga muvofiq). Andijon va Buxoro viloyatlarida amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash vazifalarining mahallalar tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, “Mahalla” jamg‘armasi, boshqa jamoat birlashmalari vakillarini jalb qilgan holda sayyor seminarlar o‘tkazish (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 5.1.1-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq). “Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda hokimiyat vakillik organlarining roli” hokimiyat vakillik organlarining uslubiy qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish hamda uni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlariga yetkazib berish (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda, Senat Komissiyasining 2010-yil 20-maydagi ish rejasining III. 4-bandiga muvofiq). Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini ro‘yobga chiqarishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli va o‘rni to‘g‘risida mintaqaviy o‘quv seminarlarini o‘tkazish (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturiga qo‘shimchaning 2.4-bandiga muvofiq). Senat Komissiyasining davlat boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida OAV vakillari uchun brifing o‘tkazish (Senat qo‘mitalari va Senatning matbuot xizmati bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.2-bandiga, 2010-yil 29-oktabrdagi OAVda yoritish dasturning 14-bandiga muvofiq).
193
5,360
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING SUD-TIBBIY EKSPERTIZA MUASSASALARIDA SUD-TIBBIYOT EKSPERTIZALARINI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 2-bandiga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 22-son, 173-modda), O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son), Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son), Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 3-son) va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida (bundan buyon matnda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi deb yuritiladi) sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi. 1. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizalar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qarori, sud ajrimi (sudya qarori) asosida o‘tkaziladi. 2. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizaning quyidagi turlari o‘tkaziladi: zo‘raki o‘lim, zo‘rlik ishlatilganiga shubha bo‘lgan yoki sud-tibbiyot tekshiruv zaruratini yuzaga keltiradigan boshqa holatlarda murdalar ekspertizasi; tan jarohatlarining xarakteri va og‘irlik darajasi, yosh, jinsiy holat va sud tibbiyoti sohasidagi maxsus bilimlarni talab etadigan boshqa masalalarni hal etish uchun tirik shaxslar ekspertizasi; ashyoviy dalillar va biologik obyektlar ekspertizasi (tibbiy-kriminalistik ekspertiza, sud-biologik ekspertiza, sud-gistologik ekspertiza, sud-kimyo ekspertizasi, sud-tsitologik ekspertiza, kimyo-toksikologik ekspertizasi, biokimyoviy ekspertiza, genetik ekspertiza va spektrografik ekspertiza). Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida uning ixtisosligi bo‘yicha boshqa turdagi ekspertizalar ham o‘tkazilishi mumkin. 3. Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, muayyan sud-ekspert ixtisosligi bo‘yicha keyingi tayyorgarlikdan o‘tgan va Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-dekabrdagi 300-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 50-son, 475-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq davlat sud eksperti (bundan buyon matnda ekspert deb yuritiladi) sifatida attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekspertiza muassasasida ekspertizani o‘tkazadi. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertiza boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs tomonidan ham o‘tkazilishi mumkin. Bunday xodimlar yoki jismoniy shaxslarni tanlash, ular tarkibini tasdiqlash hamda ularning faoliyat tartibini belgilash sud-tibbiy ekspertiza muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) bilan kelishmasdan boshqa shaxslarni ekspertizani o‘tkazish uchun jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazishda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari va ekspertning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonunchilik hujjatlari va ushbu Yo‘riqnoma bilan belgilanadi. 5. Ekspert quyidagi huquqlarga ega: qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; tergov harakatlari o‘tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir bo‘lish va shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid savollar berish; sud muhokamasida sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar uning huquq va erkinliklarini ishni yuritayotgan organning qarorlari, shaxsning harakatlari (harakatsizligi) buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish. Ekspert qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 6. Ekspert: ekspert sifatida o‘zini o‘zi rad etishi uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqda sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yoki sud-tibbiy ekspertiza muassasasining yoxud boshqa tashkilotning rahbariga darhol ma’lum qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona xulosa berishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; o‘zi o‘tkazgan sud-tibbiyot ekspertizasi xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. Ekspert zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 7. Ekspert: sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishning natijasidan o‘zining manfaatdor emasligini shubha ostiga qo‘yadigan masalalar yuzasidan protsess ishtirokchilari bilan shaxsiy aloqaga kirishishga; sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish uchun mustaqil ravishda materiallar to‘plashga; sud-tibbiyot ekspertizasi natijalarini ushbu ekspertizani tayinlagan organdan (shaxsdan) tashqari biron-bir shaxsga xabar qilishga; agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbaridan tashqari bevosita boshqa biron-bir organdan (shaxsdan) sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriqlar qabul qilishga; boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs sifatida sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazishga haqli emas. Ekspert o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir va uning faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari quyidagi huquqlarga ega: agar sud-tibbiy ekspertiza muassasasida tekshirishlarni o‘tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar bo‘lmasa, sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish; sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur bo‘lsa, kiritish to‘g‘risida iltimos qilish; qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan tekshirishlarni o‘tkazishni o‘z kuchlari va vositalari bilan ta’minlayotgan tashkilotlarga sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimning ko‘chirma nusxasini yuborish; sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) mazkur tashkilotning tekshirish obyektlari tekshirilganidan so‘ng ularni tashish, bundan pochta xarajatlari mustasno; tekshirish obyektlari sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu tashkilotda saqlash; katta xavf tug‘diradigan obyektlarning mazkur tashkilotga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni, agar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu obyektlar bilan muomalada bo‘lishning unga ma’lum bo‘lgan maxsus qoidalari to‘g‘risida rahbarga xabar bermagan bo‘lsa yoki ular lozim darajada o‘ralmagan bo‘lsa, bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashni talab qilish. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 9. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari: sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim olinganidan so‘ng sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazishni qo‘yilgan savollarga javob berish uchun talab qilinadigan ko‘lamda maxsus bilimlarga ega bo‘lgan ekspertga yoki ekspertlar komissiyasiga topshirishi; ekspertga yoki ekspertlar komissiyasining har bir a’zosiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi (sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining xodimlariga bunday tushuntirish ishga qabul qilish chog‘ida beriladi); ekspertni bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni xulosa bilan birga ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi; o‘tkazilayotgan tekshirishlarning to‘liqligi va sifati ustidan nazoratni, ekspertning mustaqilligi prinsipini buzmagan holda ta’minlashi; sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazish muddatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashi va unga rioya etilishini nazorat qilishi; ekspertga tekshirishlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashi; tekshirish tugaganidan so‘ng xulosani, tekshirish obyektlari va ish materiallarini sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi shart. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 10. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari: ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tekshirish obyektlarini sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga; sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish uchun sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ishlamaydigan shaxslarni mustaqil ravishda jalb etishga; ekspertga muayyan sud-tibbiyot ekspertizasi yuzasidan tekshirish jarayonini va fikrlar mazmunini oldindan belgilab qo‘yadigan ko‘rsatmalar berishga haqli emas. 11. Sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish muddatlari ushbu ekspertizalarning murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘ttiz kun doirasida belgilanadi. Sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazishni o‘ttiz kun mobaynida bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari muddat o‘tishidan uch kun oldin asoslangan xulosa tuzadi va bu to‘g‘rida sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yozma ravishda xabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qo‘shimcha muddatni belgilaydi. 12. Sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish muddatlari materiallar sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ushbu muassasa rahbari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuborilgan kunda tugaydi. Sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish muddatlari quyidagi davrlarga to‘xtatib turiladi: ekspertning sud-tibbiyot ekspertizasiga taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qondirish yoki iltimosnomani qondirishning rad etilishi to‘g‘risida javob olish; sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazishni o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatda bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda uni o‘tkazish muddatlarini kelishib olish; ekspertning boshqa sud-tibbiyot ekspertizasini bajarishi munosabati bilan xizmat safarida bo‘lishi, uni bajarishni boshqa ekspertga topshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda; ekspertning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, sud-tibbiyot ekspertizasini bajarishni boshqa ekspertga topshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda. Qonunchilik hujjatlari va ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazish muddatlarini to‘xtatib turishga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish xizmat ko‘rsatiladigan mintaqalarga muvofiq tashkil etiladi va ushbu mintaqalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan belgilanadi. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan va sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xizmat ko‘rsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud-tibbiyot ekspertizasi, mazkur organlar (shaxslar) joylashgan hududdagi sud-tibbiy ekspertiza muassasasida tegishli ekspertiza turini o‘tkazishning imkoni bo‘lmagan hollarda (tekshirishlarni o‘tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar bo‘lmasa), ushbu muassasa tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin. 14. Sud-tibbiyot ekspertizasi faqat uni tayinlagan organ (shaxs) tomonidan, protsessual qonunga, ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar taqdim etilgan taqdirdagina o‘tkaziladi. 15. Sud-tibbiyot ekspertizasiga sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), tekshirish obyektlari va ish materiallari, shuningdek tekshirishlarni o‘tkazish va xulosa berish uchun ekspertga zarur bo‘lgan sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga taalluqli ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Sud-tibbiyot ekspertizalarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorlar (ajrimlar)ning faksimil va yorug‘ sezgir qog‘ozga ko‘chirilgan nusxalarini taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari, taqqoslovchi materiallar, ma’lumotlarning ishonchliligi uchun sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) javob beradi. 17. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi bitta qaror (ajrim)ga ko‘p miqdordagi obyektlar tushgan taqdirda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari bir qator alohida-alohida sud-tibbiyot ekspertizalar o‘tkazilishini tashkil etishi mumkin. 18. Sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish sud-tibbiy ekspertiza muassasasi bilan birgalikda boshqa sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga (muassasalariga) topshirilgan taqdirda sud-tibbiyot ekspertizalarini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da mazkur sud-tibbiyot ekspertizasining qanday mutaxassisliklarga ega bo‘lgan ekspertlar tomonidan o‘tkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil etishning qaysi sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuklanayotganligi hamda tekshiriladigan obyektlar va boshqa materiallar qaysi sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuborilganligi ko‘rsatiladi. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) har bir sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuboriladi. 19. Qo‘shimcha yoki qayta sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan taqdirda sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga xulosa yoki oldingi o‘tkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasini berish mumkin emasligi to‘g‘risidagi dalolatnoma barcha ilovalar (fotojadvallar, eksperimental materiallar va shu kabilar) bilan birga taqdim etiladi. Qo‘shimcha yoki qayta sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da uni tayinlashning sabablari va asoslari albatta ko‘rsatiladi. 20. Sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilayotgan, uni o‘tkazish imkonini bermaydigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalariga rioya etilmagan taqdirda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari bu to‘g‘rida sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga darhol xabar qiladi. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rmasa sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari o‘ttiz kun o‘tgach unga materiallarni sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazmasdan qaytaradi. Rasmiylashtirishning protsessual tartibi buzilgan holda qayta, shuningdek komission yoki kompleks sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazishga tushgan materiallar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga uch kun muddatda qaytariladi. 21. Agar tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasi sud-tibbiy ekspertiza muassasasida o‘tkazish nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki sud-tibbiy ekspertiza muassasasi tegishli mutaxassislarga yoki asbob-uskunalarga ega bo‘lmasa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari sud-tibbiyot ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarni uch kun muddatda, sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning bajarilmaganligi sabablarini ko‘rsatgan holda sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga qaytaradi. 22. Ekspert sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazishga sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbarining yozma topshiriqnomasi sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) va sud-tibbiyot ekspertizasiga tushgan barcha materiallar bilan birga olingan vaqtdan boshlab kirishadi. Sud-tibbiyot ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarni rasmiylashtirish tartibining buzilganligi aniqlangan taqdirda ekspert bu to‘g‘rida sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbarini xabardor qiladi, rahbar ushbu Yo‘riqnomaning 20-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘radi. 23. Taqdim etilgan materiallar to‘liq bo‘lmagan taqdirda bu haqda ekspert sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari orqali sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga qo‘shimcha materiallar taqdim etish to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilish huquqiga ega. Qo‘shimcha materiallar faqat sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan taqdim etiladi. Qo‘shimcha materiallar o‘ttiz kun mobaynida tushmagan taqdirda ekspert tekshirishni mavjud materiallar bo‘yicha o‘tkazadi. 24. Ekspert quyidagi hollarda qo‘yilgan masalalar yuzasidan xulosa berish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida asoslangan dalolatnoma tuzadi: agar qo‘yilgan masala ekspertning maxsus bilimlari (vakolatlari) doirasidan chetga chiqsa yoki uni hal etish uchun maxsus bilimlar talab qilinmasa yoxud masala huquqiy tusga ega bo‘lsa; taqdim etilgan tekshirish obyektlari yoxud materiallar ularning to‘liq yoki sifatli emasligi tufayli xulosa berish uchun yaroqsiz bo‘lsa va to‘ldirilishi mumkin bo‘lmasa; agar ilm-fan va ekspertiza amaliyotining holati qo‘yilgan masalalarga javob berish imkonini bermasa; tekshirishlarni o‘tkazish va xulosalar berish uchun zarur shart-sharoitlar, uslubiy vositalar va asbob-uskunalar mavjud bo‘lmasa. Xulosa berishning imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma ushbu Yo‘riqnomaning 40-bandiga muvofiq tuziladi. 25. Ekspert o‘ziga taqdim etilgan obyektlar va materiallarni tekshirishni tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan holda, protsessual qonun talablariga qat’iy muvofiq ravishda xolisona va mufassal amalga oshiradi. Obyektlar (tirik odamdan tashqari) faqat tekshirishni o‘tkazish va xulosa berish uchun zarur bo‘lgan darajada shikastlangan va sarflangan bo‘lishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasining o‘ziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno. 26. Ishda ishtirok etadigan shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazishda ishtirok etish huquqiga ega. Sababidan qat’i nazar, ularning yo‘qligi sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazishni to‘xtatib turish uchun asos hisoblanmaydi. 27. Ekspert o‘zining maxsus bilimlariga muvofiq o‘tkazilgan tekshirishlar asosida o‘z nomidan xulosa beradi va uning uchun javob beradi. 28. Bir xil mutaxassislikka ega bo‘lgan ikki va undan ortiq ekspertlar (ekspertlar komissiyasi)ga sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish topshirilganda komissiyaga kiritilgan ekspertlarning har biri tekshirishni to‘liq hajmda amalga oshiradi. Ekspertlar komissiyasi tekshirishda qatnashgan ekspertdan har biri unga rozi bo‘lgan taqdirda umumiy xulosa beradi. Shuningdek, ekspertlar komissiyasida ishtirok etgan ekspertlar fikrining bir qismini aks ettiruvchi yagona xulosa berilishi ham mumkin. Kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda har bir ekspert kelishmovchilikka sabab bo‘lgan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa tuzadi. 29. Sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish uchun har xil mutaxassislikka ega bo‘lgan ikki va undan ortiq ekspertlar (kompleks ekspertiza) tayinlanganda har bir ekspert tekshirishni amalga oshiradi va o‘z vakolati doirasida xulosa beradi. Kompleks ekspertiza xulosasida har bir ekspert qanday tekshirishlar va qanday hajmda o‘tkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspert kompleks ekspertiza xulosasining o‘z vakolatiga tegishli bo‘lgan qismini imzolaydi. Olingan natijalarni va aniq xulosa (xulosalar)ni shakllantirishni baholashda vakolatli bo‘lgan ekspertlar umumiy xulosa (xulosalar) chiqaradi. Agar ekspertlar komissiyasining yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos hisoblansa, u holda bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak. Kelishmovchilik holatida ekspertlarning har biri kelishmovchilikka sabab bo‘lgan masalalar bo‘yicha alohida xulosa tuzadi. 30. Agar sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da turli xil sud-tibbiyot ekspertizalari predmetiga taalluqli masalalar mavjud bo‘lsa, ularning har biri bo‘yicha alohida xulosa yoki xulosa berish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. 31. Ekspert xulosasi uch qismdan: kirish, tadqiqot va xulosa (yakunlovchi) qismlardan iborat bo‘ladi. Ekspert xulosasining kirish qismida ekspertning huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirish va uni bilib turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, ish materiallarini oshkor qilganligi, shuningdek uzrli sabablarsiz xulosa berishni rad etganligi yoki bundan bosh tortganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tushuntirilganligi haqidagi ekspert tilxati olinganligi ko‘rsatiladi. 32. Xulosaning kirish qismida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: sud-tibbiyot ekspertizasining turi va uning ro‘yxat raqami; sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning nomi; ekspert (ekspertlar) haqidagi ma’lumotlar. Bunda ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, ixtisosi (umumiy va ekspertlik malakasi), ish tajribasi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi; materiallarning sud-tibbiyot ekspertizasiga kelgan vaqti va xulosaga imzo chekilgan vaqt; sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish uchun protsessual asos (qaror yoki ajrim, u qachon va kim tomonidan chiqarilganligi); sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilgan materiallarning nomi, jo‘natish usuli, o‘ramning turi, holati va tekshiriladigan obyektlarning rekvizitlari; sud-tibbiyot ekspertizasi hal etishi uchun qo‘yilgan savollar. Bunda savollar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da keltirilgan shaklda qayd etiladi. Savollarni mazmunan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ekspert faqat savolga to‘g‘ri grammatik shakl berishi va ekspert ixtisosligiga moslashtirishi mumkin. Bir necha savollar qo‘yilgan taqdirda ekspert tekshiruv o‘tkazish uchun ularning eng maqbul tartibini ta’minlaydigan izchillikda guruhlarga bo‘lib chiqishi mumkin. Ekspert tashabbusi bilan hal qilingan savollar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da keltirilgan savollardan keyin bayon qilinadi. xulosa berish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan va ekspert tomonidan asosiy ma’lumot sifatida qabul qilingan ish holatlari; qo‘yilgan savollarni hal qilishda ekspert amal qilgan hujjatlar (qarorlar, buyruqlar, qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar), shuningdek tekshiruv o‘tkazishda foydalanilgan boshqa manbalar; sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish jarayonida hozir bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, protsessual holati); ekspertning qo‘shimcha materiallar taqdim etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi (iltimosnoma yuborilgan va javob olingan vaqt, iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalari). Qo‘shimcha yoki qayta sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘yicha xulosaning kirish qismida yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan tashqari, dastlabki sud-tibbiyot ekspertizasi haqidagi ma’lumotlar, ya’ni xulosaning ro‘yxat raqami va sanasi, ekspertning (ekspertlarning) familiyasi, ismi va otasining ismi, sud-tibbiy ekspertiza muassasasining nomi, dastlabki sud-tibbiyot ekspertizasining xulosalari hamda qo‘shimcha va qayta sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrimda)da keltirilgan sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish sabablari bayon etiladi. 33. Ekspert xulosasining tadqiqot qismida ekspert oldiga qo‘yilgan har bir savol bo‘yicha tekshirish jarayoni va uning natijalari yoziladi, aniqlangan faktlar bo‘yicha ilmiy tushuntirish beriladi. Xulosaning tadqiqot qismida quyidagilar ko‘rsatiladi: sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvi obyektlarining holati; foydalanilgan tadqiqot usullari va bu usullar qo‘llanishining texnik sharoitlari; sud-tibbiyot ekspertizasi tahlilining sharoitlari, maqsadi va natijalari hamda namunalar olish; xulosani asoslash uchun ahamiyatga ega tergov (sud) harakatlari (so‘roq, ko‘zdan kechirish, eksperiment va shu kabilar)ning natijalari; namoyish materiallariga qilingan havolalar, ilovalar va ularga berilgan zarur izohlar; olib borilgan tekshiruv va uning alohida bosqichlari natijalariga berilgan ekspert bahosi. Qayta sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasining tadqiqot qismida, agarda tadqiqot natijalari bilan avvalgi sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasining yakunlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lsa, buning sabablari ko‘rsatiladi. Xulosaning tadqiqot qismi maxsus bilimi bo‘lmagan shaxslar uchun tushunarli tilda bayon etilgan bo‘lishi kerak. Maxsus atamalar izohlab berilgan bo‘lishi lozim. 34. Ekspert xulosalari uning oldiga qo‘yilgan savollarga javob shaklida bayon qilinadi va turli talqinlarga yo‘l qo‘ymaydigan aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi lozim. Agar xulosani tadqiqot qismida bayon qilingan tekshirish natijalarining mukammal tavsifisiz va qo‘yilgan masalaga to‘liq javobsiz shakllantirish mumkin bo‘lmasa, xulosaning tadqiqot qismiga havola qilishga ruxsat beriladi. 35. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari ko‘rsatilishi mumkin. 36. Ekspert xulosasi ikki nusxada tuziladi, tekshirishni o‘tkazgan ekspert (ekspertlar) tomonidan imzolanadi, uning (ularning) imzosi sud-tibbiy ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin xulosaning bir nusxasi sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi. 37. Agar ekspert xulosasida ekspert tekshirishlar va uning natijalarini tasvirlovchi fotojadvallar, diagrammalar, chizmalar va shu kabi ilovalar berilsa ular ham ekspert (ekspertlar) tomonidan imzolanadi. Ekspert tekshirishlarining borishi, sharoitlari va natijalarini hujjatlashtirish materiallari ekspert xulosasi nusxasi bilan birga sud-tibbiy ekspertiza muassasasida saqlanadi. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning talabiga ko‘ra ular yig‘majildga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi. 38. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari xulosani ko‘rib chiqishda noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘liq bo‘lmagan tekshirishlarni, tekshirish o‘tkazish uslubiyoti buzilishini yoki uning noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlagan taqdirda xulosa zarur o‘zgartirishlar va aniqliklar kiritish uchun ekspertga qaytariladi. Agar ekspert o‘z xulosasini to‘g‘ri deb qat’iy turib olsa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari tekshirish o‘tkazishni belgilangan tartibda xulosa beradigan birinchi ekspert ishtirokidagi ekspertlar komissiyasiga topshirish huquqiga ega. 39. Sud-tibbiyot ekspertizasi sudda o‘tkazishda uning natijalari mazkur Yo‘riqnomaning 31 — 35-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Ekspert xulosasi ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi. 40. Xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma uch qismdan: kirish, asoslovchi va yakunlovchi qismlardan iborat bo‘ladi. Kirish qismida ushbu Yo‘riqnomaning 32-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq ma’lumotlar bayon qilinadi. Asoslovchi qismida xulosa berish imkoni yo‘qligi sabablari batafsil bayon qilinadi. Yakunlovchi qismida ekspert oldiga qo‘yilgan har bir savol bo‘yicha xulosa berish imkoni yo‘qligi ko‘rsatiladi. Xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ekspert tomonidan imzolanadi, uning imzosi ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin uning bir nusxasi sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchisi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi. Agar xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma sudda ko‘rib chiqish bosqichida tuzilgan bo‘lsa, u ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi. 41. Agar bir masala bo‘yicha ekspert xulosa bersa, boshqasi bo‘yicha esa xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzish uchun asos mavjud bo‘lsa, u holda yagona hujjat — ekspert xulosasi tuziladi. 42. Ekspert xulosasi, sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvi obyektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlar hamda boshqa materiallar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan shaxsga yoki sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organning vakolatli xodimiga yoxud sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan berilgan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxsga shaxsan beriladi yoki sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga pochta orqali yuboriladi. Ekspert xulosasining, sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvi obyektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlar hamda sud-tibbiyot ekspertizasiga berilgan boshqa materiallarning faksimil yoki yorug‘ sezgir qog‘ozga ko‘chirilgan ishonchnoma nusxasi orqali berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
186
31,891
Qonunchilik
Mis va noyob metallar xomashyosini qayta ishlashning texnologik zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda mis xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ularga bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5159-son qaroriga muvofiq: 1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining: Toshkent viloyati Ohangaron tumanida mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparkini (keyingi o‘rinlarda — Texnopark) tashkil etish; Texnoparkni joylashtirish uchun Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 1-ilovaga muvofiq “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi bo‘sh turgan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan jami 138,0 gektar, shundan 120,7 gektar sug‘oriladigan yer uchastkalarini erkin iqtisodiy zona tarkibidan chiqarish hamda ularni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Texnoparkning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: mis, noyob metallar va boshqa ma’danli mineral resurslarni qayta ishlashning ko‘p pog‘onali texnologik zanjirlarini o‘zlashtirish orqali elektrotexnika, elektronika va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish; kon-metallurgiya va unga bog‘liq sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan uskunalar va texnikalar, ular uchun ehtiyot va butlovchi qismlar, avtomatlashtirish vositalari hamda boshqa asbob-uskunalar ishlab chiqarish; Texnopark hududida ekologiya va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob beradigan, energiya samarador va “yashil” texnologiyalarni qo‘llash asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish; Texnopark hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun zarur ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish; “Yagona darcha” tamoyili asosida texnopark ishtirokchilariga xalqaro standartlarni qo‘llash, mahsulotlar muvofiqligini baholash va sertifikatlashtirish, ma’muriy, logistika, davlat organlaridan ruxsatnomalar olish va ro‘yxatdan o‘tishga ko‘maklashish kabi xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil etish; Texnopark ishtirokchilari va mahalliy korxonalar o‘rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi uchun qulay shart-sharoit yaratish. 3. Texnopark faoliyatini tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ta’sischiligida “Ohangaron Tech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etilsin. 5. Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida: Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Direksiya faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin; Moliya vazirligi ikki oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq Direksiya ta’minoti uchun 2022-yilda respublika budjetidan 2 milliard so‘m miqdorida mablag‘larni ajratsin; Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda uch oy muddatda Texnopark faoliyatini boshqarish uchun ushbu sohada ilg‘or tajribaga ega chet el kompaniyasini taklif qilsin. 6. Belgilansinki: a) Direksiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tasdiqlangan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) tomonidan muvofiqlashtiriladi; b) Texnopark hududida: investitsiya loyihalari mahalliy va chet el xususiy (davlat kafolatisiz) investitsiyalarini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi; qonunchilikka muvofiq maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari va ularning direksiyalari uchun nazarda tutilgan alohida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar Texnopark ishtirokchilari va Direksiyaga nisbatan ham tatbiq etiladi; investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida qaror Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisining (keyingi o‘rinlarda — Loyiha ofisi) xulosasi asosida Maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi; Direksiya o‘z faoliyatini mustaqil yuritadi va Loyiha ofisiga har chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot kiritib boradi; yer uchastkalari mahalliy va xorijiy investorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmonida belgilangan tartibda ijaraga beriladi; bino va inshootlarni ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari asosida sotish (ijaraga berish) Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq auksion orqali amalga oshiriladi. Bunda, auksionda bitta ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham savdolar o‘tkazilgan hisoblanadi; Texnopark ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-153-son Farmonining 4- va 5-bandlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi; ajratilgan yer maydonlarining 1 gektari uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar yillik 10 mln so‘m miqdorida ijara to‘lovlari amalga oshiriladi, kelgusi yillar uchun ijara to‘lovlarining miqdori Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan har hisobot yili inflatsiya darajasidan hamda yer solig‘i stavkasidan kelib chiqib, e’lon qilib boriladi; v) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi misni qayta ishlash quvvati yillik 2 ming tonnadan yuqori bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2024-yil 1-yanvardan 2035-yil 31-dekabrga “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodini, istisno tariqasida, London metall birjasi (LME) narxidan 2 foiz miqdorida chegirma bilan uzoq (3 yildan 10 yilgacha) muddatli to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotib olishga ruxsat beriladi. Bunda: mis katodini xarid qilish kunidagi narxlar, bir kun oldingi London metall birjasi (LME) narxiga nisbatan belgilangan chegirmani qo‘llagan holda shakllantiriladi; belgilangan chegirma bilan xarid qilingan mis katodi faqatgina korxonaning o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarida qayta ishlanadi va uchinchi shaxslarga sotish taqiqlanadi. 7. Texnopark ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning quyidagi mexanizmlari joriy etilsin: mis va noyob metallar xomashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga sarflangan xarajatlarning 50 foiz miqdori, biroq 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan qismi; ushbu ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy qilish bo‘yicha loyihalash, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarini bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarning 20 foizigacha miqdori O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini amalga oshirish tartibini belgilash bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJning kon-metallurgiya sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni va innovatsion ishlanmalarni jalb qilishga ixtisoslashgan Navoiy shahrida Ilg‘or tog‘-kon texnologiyalari markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda, Markazni tashkil etish uchun talab etiladigan mablag‘lar “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan mos ravishda 65 foiz va 35 foiz ulushlarda moliyalashtirilishi belgilansin. 9. Mineral xomashyo bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini tezkor ishga tushirish maqsadida 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturi doirasida “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati va uning ulushi mavjud bo‘lgan ixtisoslashgan korxonalarga qimmatbaho, rangli va noyob metallarga batafsil geologik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun o‘zaro to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida ishlarni tashkillashtirishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin. 10. Belgilab qo‘yilsinki: Texnopark hududida joylashtiriladigan loyihalar uchun zarur bo‘lgan tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini yaratish bilan bog‘liq tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4929-son qarorida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan hamda ushbu qarorda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi; Texnoparkni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i va podstansiyani qurish tadbirlari “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan unga respublika budjetidan kamida 5 yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan imtiyozli budjet ssudasi hisobidan amalga oshiriladi. 11. Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekiston MET” AJ 2023-yil 1-yanvarga qadar Texnoparkning tashqi elektr energiyasi ta’minotini yaratish uchun 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i va podstansiyani qurish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va pudratchilarni aniqlasin. Bunda: loyihaoldi va loyiha hujjatlari (shu jumladan tender hujjatlari)ni ishlab chiqish uchun tender o‘tkazish orqali loyiha instituti tanlab olinadi; qurilish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida tender o‘tkazish orqali “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tanlab olinadi. 12. Belgilansinki, mazkur qarorga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasi o‘zgartirilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi. 13. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 3-ilovaga muvofiq ta’lim muassasalari, Texnopark ishtirokchilari, shuningdek, elektrotexnika, elektronika, kon-metallurgiya va unga bog‘liq sohalarda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar o‘rtasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha dual ta’limni joriy etishga doir hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda dual ta’lim shakli joriy etiladigan professional ta’lim muassasalariga va dual ta’lim tamoyili asosida ishlab chiqarish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan oliy ta’lim muassasalariga ta’lim jarayonini tashkil etish, xususan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini shakllantirishda har tomonlama ko‘maklashsin. 14. Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika hududlarida misga ishlov berish va undan tayyor buyumlar tayyorlash bo‘yicha milliy hunarmandchilik (misgarlik) faoliyatini kengaytirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 15. Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 16. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi B.F. Islamovga — rangli, nodir va noyob metallar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, misni qayta ishlash sohasida ko‘p pog‘onali texnologik zanjirlarni yaratishga qaratilgan strategik yo‘nalishlarni belgilash hamda Texnopark faoliyatini samarali tashkil etish; iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari B.Q. Abdinazarovga — Texnopark faoliyatini boshqarish uchun ushbu sohada ilg‘or tajribaga ega chet el kompaniyasini jalb qilish, Texnoparkning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq yuqori samarador investitsiya loyihalarini tanlab olish, Texnopark hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish, texnopark ishtirokchilariga “Yagona darcha” tamoyili asosida xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish; Toshkent viloyati hokimi v.b. Z.T. Mirzayevga — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Angren” erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan ajratib olinadigan yer uchastkalarini Texnoparkka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berish hamda ushbu qaror bilan toifasi o‘zgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi sug‘oriladigan yer maydonlari o‘zlashtirilishini ta’minlash; “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M.M. Yunusovga — Texnopark hududida mis, noyob metallar va boshqa ma’danli mineral resurslarni qayta ishlashning ko‘p pog‘onali texnologik zanjirlarini o‘zlashtirish orqali elektrotexnika, elektronika va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish; “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Q.S. Sanaqulov va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanovga — kon-metallurgiya va unga bog‘liq sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan uskunalar va texnikalar, ular uchun ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, kon-metallurgiya sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni va innovatsion ishlanmalarni jalb qilishga ixtisoslashgan Ilg‘or tog‘-kon texnologiyalari markazi faoliyatini tashkil etish; oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulovga va “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M.M. Yunusovga — professional va oliy ta’lim muassasalari, Texnopark ishtirokchilari, shuningdek, elektrotexnika, elektronika, kon-metallurgiya va unga bog‘liq sohalarda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar o‘rtasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha dual ta’limni joriy etishga doir hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 17. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
118
16,444
Qonunchilik
NOGIRONLAR VA KEKSALARNI BEPUL SANATORIYA-KURORT YO‘LLANMALARI BILAN TA’MINLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-maydagi PQ-1542-son “2011 — 2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 229-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 348-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2005-yil 24-maydagi 99, 44-son “Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1489, 2005-yil 6-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 196-modda); O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 23-sentabrdagi 169, 79-son “Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1489-1, 2010-yil 21-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 370-modda). 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 348-modda) muvofiq sanatoriya-kurortda davolanishga muhtoj ishlamaydigan nogironlar, pensionerlar va yolg‘iz keksalarni (bundan buyon matnda nogironlar va keksalar deb yuritiladi) bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari (bundan buyon matnda yo‘llanmalar deb yuritiladi) bilan ta’minlash tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq yo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylariga (bundan buyon matnda sanatoriylar deb yuritiladi) beriladi. 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga yuborish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lomlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 2. Nogironlar va keksalar tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari (bundan buyon matnda markaz deb yuritiladi) orqali yo‘llanmalar bilan mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda ta’minlanadi. 3. Yo‘llanmalardan foydalanuvchi nogironlar va keksalar toifasiga quyidagi shaxslar kiradi: urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar; halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari); respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar; Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar; yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar; I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs; yolg‘iz keksalar; yoshga doir pensionerlar. 4. Yo‘llanmalarni berish davriyligi: a) har yili (navbat asosida): urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga; respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga; Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga; yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga; yolg‘iz keksalarga; b) ikki yilda bir marotaba (navbat asosida): urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga; halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga); I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga; v) sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda, navbat asosida, ammo 3 yilda 1 marotaba — yoshga doir pensionerlarga. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Nogironlarni sog‘lomlashtirish va protezlash milliy markazi (bundan buyon matnda milliy markaz deb yuritiladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) talabnomalariga asosan nogironlar va keksalarning umumiy soniga muvofiq respublika sanatoriylarga yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini har chorakda tasdiqlaydi. Ushbu talabnomalar har chorakda, navbatdagi chorak boshlanishidan bir oy oldin milliy markazga taqdim etiladi. 6. Tasarrufida sanatoriylar bo‘lgan hududiy boshqarmalar markazlarning talabnomalariga asosan nogironlar va keksalarning umumiy soniga muvofiq hududiy sanatoriylarga yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini har oyda tasdiqlaydilar. Zarur bo‘lganda, hududiy sanatoriylarga respublikaning boshqa hududlarida yashovchi nogironlar va keksalar uchun ham yo‘llanmalar milliy markazning talabnomasiga asosan ajratilishi mumkin. Ushbu talabnomalar navbatdagi oy boshlanishidan oldingi oyning 15-sanasigacha tegishli hududiy boshqarmalarga taqdim etiladi. 7. Foydalanilgan yo‘llanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, har chorakdan keyingi oyning 5-sanasiga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan milliy markazga taqdim etiladi. 8. Nogironlar va keksalar yo‘llanmalarni olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart: markaz rahbari nomiga ariza; pasport nusxasi; imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat; tibbiy xulosa. Arizalar mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq maxsus ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi. Nogironlar va keksalar navbatdagi yo‘llanmani olish uchun ariza bilan murojaat qilish huquqiga mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan yo‘llanmalarni berish davriyligi bo‘yicha belgilangan muddat kelgan vaqtda ega bo‘ladi. 9. Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanmalar birinchi navbatda beriladi. 10. Yo‘llanmalar nogironlar va keksalarga o‘n ikki kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin, tibbiy xulosaga muvofiq beriladi. 11. Yo‘llanmalar tibbiy xulosada quyidagi kasalliklar ko‘rsatilganda berilmaydi: bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va xulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar, xususan tez-tez (har oyda 5-martadan ko‘p) tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik kasalliklar; jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi; yuqumli teri va soch kasalliklari; o‘tkir yuqumli kasalliklar; salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari; tanosil kasalliklari. 12. Tibbiy xulosalarda nogironlar va keksalarni tegishli kasalliklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sanatoriylarga yo‘llanma berish yuzasidan ma’lumotlar kiritilishi mumkin. 13. Yo‘llanmani berishda, yo‘llanma varaqasining barcha ustunlari to‘liq to‘ldirilishi lozim, shu jumladan nogironlar va keksalarning F.I.O., toifasi, yo‘llanma bilan ta’minlagan markazning nomi ko‘rsatilishi kerak. Yo‘llanmalar, ularni berishga mas’ul bo‘lgan shaxsning imzosi va tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi. 14. Yo‘llanmalar faqat ularda ko‘rsatilgan muddatlarda haqiqiydir. Kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi. 15. Yo‘llanmadan faqat unda ko‘rsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Sanatoriyga bitta yo‘llanma bilan bittadan ortiq kishi qabul qilinmaydi. 16. Sanatoriyga tashrif buyurgan nogironlar va keksalar o‘zi bilan birga yo‘llanmadan tashqari pasport va sanatoriya-kurort kartasini olib kelishi lozim. 17. Sanatoriylarga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sog‘liqni saqlash muassasalariga yuboriladi. 18. Nogironlar va keksalar sanatoriyga bora olmagan taqdirda zudlik bilan markazga axborot berishi lozim hamda kelish muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risida murojaat qilishi mumkin. 19. Milliy markaz yo‘llanmalarni joylarda o‘z vaqtida va maqsadli berilishi, nogironlar va keksalar yo‘llanmalarni olishlarida navbatga rioya qilinishini ta’minlaydi va nazoratini amalga oshiradi. 20. Yo‘llanmalarning blankalarini ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalar respublika sanatoriylari bo‘yicha milliy markaz tomonidan, hududiy sanatoriylar bo‘yicha esa hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi. 21. Sanatoriy rahbarlari sog‘lomlashtirilgan nogironlar va keksalarga sanatoriyda haqiqatda bo‘lgan vaqtini, muddatidan oldin ketgan bo‘lsa, uning sabablari ko‘rsatilgan “bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmasiga qaytarma talon”ni beradi. 22. Nogironlar va keksalar sanatoriydan qaytib kelgandan so‘ng yashash joyi bo‘yicha markazga “bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmasiga qaytarma talon”ni topshirishi shart. “Bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmasiga qaytarma talon” yo‘llanmaning ishlatilganini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi. 23. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston Karlar jamiyati va “O‘zbekiston Chernobilchilari” Respublika Assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
132
10,769
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritilsin: 1. “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonida: a) 3-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi, 4, 5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 10-bandida: uchinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tegishli hududiy bo‘limlariga” so‘zlari “Savdo-sanoat palatasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini” so‘zlari “Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni ilovasining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
95
1,257
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasini boshqarish t
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4765-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatining 49-pozitsiyasi “Mas’ullar” ustunidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Agregat zavodi” AJ, “Texnolog” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 32-son, 426-modda): a) 1-ilovaning 8-bandi uchinchi xatboshisidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 2-ilovaning 8-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, mahsulotlarni tayyorlovchi korxonalar va qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchi tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda — Buyurtmachi) takliflari asosida shakllantiriladi”. 3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 10-avgustdagi 645-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 32-son, 663-modda) 5-bandining birinchi xatboshidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qarorida: a) 6-bandning ikkinchi xatboshisidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kiruvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 7-banddagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari “O‘zavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Xorazm viloyatida 2019-2020-yillarda qovun mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 6-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent viloyatida 2019 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan sanoat loyihalari ro‘yxatining 126 va 127-pozitsiyalari “Mas’ul tashkilot” ustunidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari “O‘zavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Muntazam o‘tkaziladigan sanoat yarmarkalarida respublikada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni xarid qilish bo‘yicha buyurtmachi sifatida ishtirok etuvchilar ro‘yxatining 14-pozitsiyasi “Buyurtmachilarning sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida qatnashishini ta’minlashga mas’ul vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari” ustunidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari chiqarib tashlansin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi 952-son qarorida: a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari “O‘zavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin”. 9. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-yanvardagi 21-son qarorida: a) 2-banddagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov” so‘zlari “O‘zavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlar” so‘zlari “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 6-bandda: birinchi xatboshidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlarga” so‘zlari “Davlat ishtirokidagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; g) 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Belgilansinki, paxta terish mashinalarini sotishdan tushgan pul mablag‘lari soliqlar va budjet oldidagi boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng ishlab chiqaruvchi davlat ishtirokidagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlar tomonidan “Asaka” ATB oldidagi kreditlarni qaytarishga yo‘naltirilishi yo‘li bilan ajratilgan kundan boshlab 1 yildan oshmagan muddatda paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar xaridining savdo moliyalashtirilishi bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qaytarilishi ta’minlanadi”; d) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning” so‘zlari “davlat ishtirokidagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 12-bandning birinchi xatboshisidagi “va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari “manfaatdor tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin”; z) 1-ilova nomidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlar” so‘zlari “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin; i) 2-ilovaning 8-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari “TQXTZ” AJ va boshqa ishlab chiqaruvchi tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-martdagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyot tarmoqlarida har bir loyiha va mahalliylashtiriladigan mahsulot turi bo‘yicha ishlab chiqarish parametrlarining 12-pozitsiyasi “Korxona nomi” ustunidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-martdagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Chirchiq shahrida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatining 10-pozitsiyasi “Loyihani amalga oshirish uchun mas’ul” ustunidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” XK” so‘zlari “O‘zavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2001-y., 12-13-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Boshqaruv apparatlari tuzilmasida investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘linmasi faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek yirik korxonalar ro‘yxatining 7-pozitsiyasi. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda) rus tili matnidagi 2-ilovaning 38-pozitsiyasi va 3-ilovaning 10-pozitsiyasi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorining bajarilishi haqida” 2016-yil 5-avgustdagi 252-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 32-son, 388-modda) 3-ilovaning rus tili matnidagi AO “O‘zagrotexsanoatxolding” bo‘limi. 4. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatining 63-pozitsiyasi. 5. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-maydagi 285-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 365-modda) 2-ilovaning rus tili matnidagi 14-pozitsiyasi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 16-noyabrdagi PQ–2658-son qarori)” 2017-yil 28-iyundagi 442-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda) ilovaning 9, 10, 13-bandlari, 14-bandining “a” va “b” kichik bandlari, 15-bandi, 17-bandining “b” va “v” kichik bandlari, 19-bandining “b” kichik bandi, 20-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshi va “b” kichik bandining to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilari. 7. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar* matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatining “8. Xo‘jalik boshqaruvi organlari” bo‘limi 5-bandi. 8. Vazirlar Mahkamasining “Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish haqida” 2018-yil 3-maydagi 319-son qarori. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qarori)” 2019-yil 9-apreldagi 289-son qaroriga ilovaning 2-bandi. 10. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 12-apreldagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibining 15-pozitsiyasi. 11. Vazirlar Mahkamasining “2019-2022-yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 24-apreldagi 622-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibining 25-pozitsiyasi. 12. Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat majmui uchun zaxira kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tiziminn yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-martdagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga nomzodlarni tavsiya etadigan vazirlik va idoralar ro‘yxatining 8-pozitsiyasi. 13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 11-martdagi 137-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarori)” 2020-yil 22-maydagi 308-son qaroriga 1-ilovadagi Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentining tuzilmasi “Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari” bo‘limining 28-pozitsiyasi. 14. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-iyundagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-to‘qimachilik klastyerlari faoliyatini baholash bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibining 14-pozitsiyasi. 15. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishida: Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga ilovaning 2-ro‘yxati 4.4-bandining 4.4.5-kichik bandi; O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga ilovaning 2-ro‘yxatining 5.6.5-kichik bandi.
250
15,430
Qonunchilik
«Oʻzstandart» fermerlarga YeI bozorlarida sotuvni faollashtirishga yordam beradi
«Oʻzstandart» agentligi va RINA S.p.A (Italiya) kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda Global G.A.P standartlariga muvofiq yangi uzilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sertifikatlash yoʻlga qoʻyiladi. Iste’molchilar va chakana savdo korхonalari uchun Global G.A.P sertifikati mahsulot хavfsizlik va sifat darajasiga muvofiq kelishi, shuningdek ekologik normalarga rioya qilib, хodimlarning professional sogʻligʻi va хavfsizligini, atrof muhit holati va hayvonlarning omonligi haqida qaygʻurgan holda ishlab chiqarilganligi tasdigʻidir.    «Oʻzstandart» agentligi 2017 yilda Oʻzbekistonda Global G.A.P standartlarini joriy etishni boshladi. Asosiy maqsad – Oʻzbekiston fermerlariga ularning mahsulotlari Yevropa ittifoqi bozorlariga ildam kirib borishiga koʻmaklashish.   2018 yil 19 sentyabrda «Oʻzstandart» agentligi Sinov va sertifikatlash respublika markazi hamda Italiyaning Rina Simtex S.r.l kompaniyasi oʻrtasidagi muzokaralar yakunida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Hujjatga muvofiq, sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlash хalqaro bozorida 150 yillik tariхga ega, dunyoning 65 mamlakatida 150 ta ofisi boʻlgan Italiya kompaniyasi Global G.A.P standartlariga muvofiq milliy kadrlarni tayyorlashda va sertifikatlashni amaliy tatbiq etishda yordam beradi.
80
1,278
Qonunchilik
“Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentabrdagi 807-son “Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan buyuraman: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi mazkur buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 31-martdagi 85-mh-son “Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1933, 2009-yil 31-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 169-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-son “Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1933-1, 2018-yil 7-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son).
223
1,789
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi 2006-yilgi Davlat budjetining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi muhokamasiga kiritilsin.
66
385
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XORIJIY INVESTITSIYaLAR VA KREDITLARNI JALB ETISh HAMDA O‘ZLAShTIRISh JARAYoNINI TAKOMILLAShTIRISh Ch
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
250
391
Qonunchilik
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-son “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 25-iyuldagi 97-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2908, 2017-yil 28-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 765-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Asosiy tibbiy ixtisoslik turlari bo‘limi quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: 2. Tor ixtisosliklar turlari bo‘limi: a) Davolash ishi va tibbiy pedagogika ishi yo‘nalishlari bobi quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: b) Quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: 3. Mazkur qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
112
1,083
Qonunchilik
“O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, xomashyo bazani rivojlantirish, uzumning texnik navlarini tayyorlash va qayta ishlash, ishlab chiqishni kengaytirish va samaradorligini oshirish, yuqori sifatli va raqobatdosh iste’mol etil spirti, alkogol, liker-aroq va vino mahsulotlarini saqlash, sotish va eksportini oshirish, avvalambor tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zvinosanoat-xolding” AJ va “O‘zspirtsanoat” AKning “O‘zspirtsanoat” AKni “O‘zvinosanoat-xolding” AJga qo‘shish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar “O‘zsharobsanoat” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchi, tashqi va ichki bozorlar bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, aksiyadorlik jamiyatiga kiruvchi korxonalarga ishlab chiqarishni oshirish va yangi turdagi raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirishiga hamda tashqi bozorlarga olib chiqishiga ko‘maklashish; ikkinchi, iste’mol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va xomashyo bazasini rivojlantirish bo‘yicha tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish; uchinchi, iste’mol etil spirti, alkogol, liker-aroq va vino mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashda yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirish; to‘rtinchi, iste’mol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi yuqori texnologik korxonalarni tashkil etish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish, eng avvalo tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish; beshinchi, iste’mol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida tarmoq tashkilotlari texnologik sifatining shartlari va kriteriyalariga rioya etilishini davlat standartlari talablariga muvofiq nazorat qilishini ta’minlash; oltinchi, iste’mol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik sohasida xomashyoni qayta ishlash, tayyorlash va xomashyoni saqlash bo‘yicha ishlab chiqarish va tutash infratuzilmani takomillashtirish; yettinchi, iste’mol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va sotishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni amalga oshirish; sakkizinchi, uzumchilik sohasida ilg‘or agrotexnologiya, agrotexnika, seleksiya yutuqlari va texnik modernizatsiya qilishni keng tatbiq etish maqsadida yetakchi ilmiy-texnik institutlari, ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish, uzumchilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; “O‘zsharobsanoat” AJ” boshqaruvi raisi O.S. Mustafoyev zimmasiga ““O‘zsharobsanoat” AJ”ga yuklatilgan vazifalar va faoliyat yo‘nalishlari sifatli xamda to‘liq hajmda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 3. Quyidagilar: “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 74 nafardan iborat tashkiliy tuzilmasi va ijro apparati tuzilmasi 1-* va 2-ilovalarga* muvofiq; iste’mol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha “O‘zsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. Belgilansinki, mazkur qarorning bajarilishi doirasida “O‘zspirtsanoat” AK va “O‘zvinosanoat-xolding” AJ o‘rtasida beg‘araz topshirilayotgan mulk qo‘shilgan qiymat solig‘i obyekti va yuridik shaxslarning foyda solig‘i hisoblanmaydi. 5. Belgilansinki, bug‘doy urug‘idan iste’mol etil spirti ishlab chiqarish faqatgina 4-ilovada ko‘rsatilgan “O‘zsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 7. 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan sanoat uzumchiligi va vinochiligini rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin. “O‘zsharobsanoat” AJ” (O.S. Mustafoyev), vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari — mas’ul ijrochilar zimmasiga Dastur chora-tadbirlarini belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 8. “O‘zvinosanoat-xolding” AJ boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va “O‘zvinosanoat-xolding” AJ boshqaruvi raisi Sh.N. Raximov zimmasiga yuklansin.
118
4,889
Qonunchilik
Fuqaro soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnomani qanday oladi
Jismoniy shaхs – soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (13.10.2018 yildagi 823-son VMQ). Xizmatni ikki yoʻl bilan olish mumkin: Ikkala holatda ham doimiy yashash joyi (hudud va tuman/shahar nomi), F.I.O., jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (pasportda boʻladi – tahr.), STIR, soliq ob’yektining kadastr raqami, telefon raqami va elektron pochta manzili koʻrsatilgan holda soʻrovnoma toʻldiriladi. Ariza beruvchi Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilganda soʻrovnoma markaz хodimi tomonidan toʻldiriladi. Bunga 10 daqiqa ketadi. Soʻrovnomadagi ma’lumotlar majburiy tartibda jismoniy shaхsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Qulay boʻlishi uchun Davlat хizmatlari markazi ERIni markazning oʻzida 40 daqiqa ichida rasmiylashtirib berishi mumkin, bunga EKIHning 10%i miqdorida haq toʻlanadi (ERIni olish tartibi – bu yerda). Keyin DSQ hujjatlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida matrik shtriх kodli (QR-kodli) ma’lumotnomani rasmiylashtiradi. DSQ хodimiga tegishli ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjat Davlat хizmatlari markaziga (ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YaIDXP yoki DSQ veb-saytiga murojaat qilinganda) yuboriladi. Davlat хizmatlar markazi elektron hujjat kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa ichida ariza beruvchiga uni qayta yuborishi shart, uning soʻroviga koʻra ma’lumotnomani qogʻoz va elektron shaklda taqdim etadi.  Davlat хizmati bepul koʻrsatiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
81
1,736
Qonunchilik
Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yaxlit tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidan respublika darajasigacha samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ish uslublarini joriy etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida: 1. Ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmlari etib quyidagilar belgilansin: har bir mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolarni bevosita joylarning o‘zida hal etish; hududlarda jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqib, har bir tuman, shahar va mahallalarni toifalarga ajratish hamda hokimliklar, sektorlar va jamoatchilik bilan hamkorlikda “jinoyat o‘choqlari”ni bartaraf etish uchun barcha zarur kuch va vositalarni jalb qilish; “respublika — viloyat — tuman — mahalla” tizimi asosida yaxlit boshqaruv va uzluksiz nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish, ichki ishlar va boshqa davlat organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish orqali mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash; ichki ishlar organlari xodimlarining zamonaviy qiyofasini yaratish, ularning mas’uliyati va kasbiy salohiyatini oshirish, jinoyatchilikning yangi ko‘rinishlariga qarshi kurashish uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish hamda sohani to‘liq raqamlashtirishga erishish. 2. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari bosqichma-bosqich tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki: mahalla huquq-tartibot maskani hududdagi jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning asosiy quyi bo‘g‘ini hisoblanadi; mahalla huquq-tartibot maskani negizida hududdagi ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmatlari hamda Milliy gvardiya va boshqa davlat organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyati tashkil etiladi; mahalla huquq-tartibot maskani tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini tizimli tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi profilaktika inspektoriga yuklanadi. Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Milliy gvardiya qo‘mondoni R.M. Jo‘rayev: Toshkent shahar hokimi bilan birgalikda uch oy muddatda poytaxtda mahalla huquq-tartibot maskanlarining faoliyatini yangi talablarga ko‘ra namunaviy tarzda tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda joriy yil yakuni bo‘yicha Toshkent shahridagi mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatidan kelib chiqqan holda respublikaning boshqa hududlarida mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin. 3. Profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib borish, aholi bilan o‘zaro tezkor muloqotni yo‘lga qo‘yish, profilaktika inspektorlari va sektor rahbarlari faoliyatiga baho berish imkonini beruvchi “Smart mahalla” axborot dasturi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Vazirlar Mahkamasi (O.M. Umarov) va Ichki ishlar vazirligi (N.S. Turaxodjayev) mazkur axborot dasturini 2021-yil 1-iyunga qadar Toshkent va Samarqand viloyatlarida, joriy yilning yakunigacha esa respublikaning boshqa hududlarida ishga tushirsin. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) bir oy muddatda viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan har oy yakuni bo‘yicha aholiga Internet tizimidagi axborot resurslari orqali hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” qilib borish amaliyotini joriy etsin. 4. Tuman va shahar ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida: Toshkent shahridagi 24 ta ichki ishlar bo‘limlari va ayrim tuzilmalarining rahbarlik lavozimlari maqbullashtirilib, bo‘shatilayotgan shtat birliklari poytaxt ichki ishlar organlarining profilaktika va tergov-tezkor tuzilmalarini kuchaytirishga yo‘naltirilsin; joylardagi kriminogen va ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib, tuman va shahar ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini shakllantirish va muntazam o‘zgartirib borish tartibi joriy etilsin; tuman va shahar probatsiya bo‘linmalari tegishincha tuman va shahar ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilib, probatsiya hisobiga olingan shaxslarni kunlik nazorat qilishda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlari belgilansin. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov): bir oy muddatda Toshkent shahri tajribasiga asosan respublikaning barcha hududlaridagi ichki ishlar bo‘limlari (bo‘linmalari)ni va ayrim tuzilmalarining rahbarlik lavozimlarini maqbullashtirish hamda bo‘shaydigan shtat birliklarini jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga yo‘naltirish choralarini ko‘rsin; ikki oy muddatda mazkur Farmon bilan belgilanayotgan talablarni inobatga olgan holda hududiy ichki ishlar organlarining yangi tashkiliy-shtat tuzilmalari bo‘yicha takliflar kiritsin. 5. Ichki ishlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish orqali turdosh sohaviy xizmatlar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida: a) quyidagilar tashkil etilsin: Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Tezkor-qidiruv departamenti; Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini o‘z ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti; Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi, Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti; Kadrlar bosh boshqarmasi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti. Belgilansinki, ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari tashkil etilayotgan tegishli departamentlarning bevosita rahbarlari hisoblanadi va ularning zimmasiga departamentlarga qo‘yilgan vazifalarning samarali amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklanadi; b) Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Jazoni ijro etish departamenti) etib qayta tashkil etilsin. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: Jazoni ijro etish departamenti bevosita ichki ishlar vaziriga bo‘ysunadi va vazirning zimmasiga ichki ishlar organlarining jinoiy jazolarni ijro etish tizimini rivojlantirish va unda qat’iy intizomni ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi; ichki ishlar organlarining barcha tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalari hududiy ichki ishlar organlarining tuzilmaviy-funksional bo‘ysunuvidan chiqarilib, Jazoni ijro etish departamenti bo‘ysunuviga o‘tkaziladi; tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va ularda kunlik nazoratni olib borish Jazoni ijro etish departamenti tizimida tashkil etiladigan 6 ta mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. 6. Hududiy ichki ishlar organlarining tuzilmasi va rahbar lavozimlarini maqbullashtirish orqali mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida: a) quyidagi lavozimlar tugatilsin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i; viloyat ichki ishlar boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshliqlarining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimi joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: patrul-post va yo‘l-patrul xizmati bo‘linmalari faoliyatini, shuningdek, mahallalar va jamoat joylarida manzilli profilaktik tadbirlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish; muqaddam sudlangan va probatsiya hisobiga olingan shaxslar bilan ishlash hamda ichki ishlar organlarining tungi xizmatini tashkil etish. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi joriy etilayotgan boshqaruv tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 7. Ichki ishlar vazirligining huquqiy statistikani yuritishni takomillashtirish, uning kriminogen vaziyatni tahlil qilish va jinoyatchilik dinamikasini prognoz qilishdagi rolini oshirish to‘g‘risidagi quyidagi takliflari ma’qullansin: a) Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi va uning hududiy bo‘linmalarini (keyingi o‘rinlarda — Huquqiy statistika markazi) tashkil etish hamda quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash: jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklar statistikasini yuritish, jinoyatchilik holatini, shu jumladan hududlar va huquqbuzarliklar turlari kesimida statistik tahlilni amalga oshirish; huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va fosh etishda foydalanish uchun tezkor-ma’lumotlar hisoblari, ichki ishlar organlarining arxiv-ma’lumotlari va maxsus fondlarini yuritish, shuningdek, shaxslarning qidiruvini e’lon qilish jarayonini ta’minlash; avtotransport vositalari, fuqaroviy va xizmat o‘qotar qurollari, qidiruvdagi shaxslar va ashyolar, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligiga ko‘maklashuvchi boshqa ma’lumotlar bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot bankini yuritish. Belgilansinki: Huquqiy statistika markazi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi negizida, shuningdek, Bosh prokuraturaning Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tugatilib, uning vazifalari va 120 ta shtat birliklari, ularni saqlash uchun ko‘zda tutilgan Davlat budjeti mablag‘lari bilan birgalikda ichki ishlar organlariga o‘tkazilishi hisobiga tashkil etiladi; ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari N.S. Turaxodjayev zimmasiga Huquqiy statistika markazi faoliyatini to‘liq raqamlashtirish va mazkur sohada inson omilini istisno etishni ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadi; b) Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazini (keyingi o‘rinlarda — Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi) tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash: kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, jinoyatlarning sodir etilishiga ta’sir qilayotgan omillarni aniqlash, mavjud kuch va vositalarni samarali taqsimlash bo‘yicha takliflarni kiritish; hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash va ularni o‘tkazish taktikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish; jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarning sifatini oshirish bo‘yicha tavsiya va ishlanmalarni amaliyotga joriy etish. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi ichki ishlar organlarining mavjud shtatlari doirasida 20 ta shtat birliklaridan iborat tarkibda shakllantiriladi va uning faoliyatini samarali tashkil etish uchun mas’ul etib bevosita ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov belgilanadi; Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan ishlab chiqiladigan jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflarni amaliyotga joriy etish ichki ishlar organlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi. 8. Ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xarita”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va quyidagilar uning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: zamonaviy tahdidlarni hisobga olgan holda ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy o‘zgartirishlarni amalga oshirish; ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, malakali kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimini yaratish; ichki ishlar organlari faoliyatiga raqamli va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish; ichki ishlar organlari xodimlari va ular oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini hamda maishiy sharoitlarini yaxshilash. 9. Ichki ishlar vazirligi: bir hafta muddatda ichki ishlar organlari faoliyatini mazkur Farmonga asosan tashkil etish mexanizmlarini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin; bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi, Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi va Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi loyihalarini kiritsin; ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim” naminatsiyalari bo‘yicha har yili respublika tanlovini o‘tkazish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini kiritsin; uch oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni qonunchilik hujjatlariga kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 11. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov belgilansin. Mazkur Farmonning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5005-son Farmonining 3 — 5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5566-son Farmonida: 1-band, 7-bandning “a” kichik bandi, 9 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 6-bandning uchinchi xatboshisida “Bosh prokuratura” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-bandning ikkinchi xatboshisidan “Boshqarma bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin; 12-bandning uchinchi xatboshisidagi “Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligining Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-5019-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshisidagi “4 165 va “1 071” raqamlari tegishincha “4 195” va “1 031” raqamlari bilan almashtirilsin.
182
16,145
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni ilovasi VI bo‘limining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 2004-yil 9-iyuldagi PF-3454-son Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “DAEWOO INTERNATIONAL” (Koreya Respublikasi) korporatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Qosquduq va Ashibuloq investitsiya bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish bo‘yicha Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 28-apreldagi PQ-846-son qarorining 6-bandida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “PETRONAS” (Malayziya) korporatsiyasi bilan geologiya-qidiruv ishlari, konlarni qazish va obod qilish hamda neftgazkimyoni rivojlantirish sohasida hamkorlikni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 2-maydagi PQ-854-son qarorining 7-bandida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koreya milliy neft korporatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona mintaqasidagi Namangan-Tergachi va Chust-Pop investitsiya bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish haqidagi Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 31-martdagi PQ-1085-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi” so‘zlari “ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mingbuloq konini razvedka qilishni davom ettirish va ishlab chiqish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 15-apreldagi PQ-1323-son qarorining 11-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
106
3,178
Qonunchilik
Senatorlar tomonidan 6 ta qonun ma’qullandi
2021 yil 5 fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda «Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi. Ushbu Qonun saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlarni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan boʻlib, u bilan bir qator oʻzgartishlar kiritilyapti. Jumladan, хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilmoqda va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanmoqda. Shuningdek хorijda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatхonalarning konsullik hisobida boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat’i nazar saylovchilar roʻyхatiga kiritish tartibi, chet davlatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida koʻchma qutilarda ovoz berishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bundan tashqari, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, harbiy qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarini kuzatuvchilar oʻz tashrifi haqida kamida 3 kun oldin хabardor qilish tartibi belgilanmoqda. Kiritilayotgan oʻzgartishlar bilan saylovlarni oktyabr oyida oʻtkazish taklif qilindi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Shundan soʻng Parlament yuqori palatasining oʻn ikkinchi yalpi majlisi kun tartibidagi navbatdagi masalaga oʻtildi - «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun muhokama qilindi. Amaldagi qonun 2000 yilda qabul qilingan boʻlib, islohotlar tufayli soʻnggi yillarda audit bozorida roʻy bergan oʻzgarishlar uning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilish sifatlarini pasaytirib, samarasiz, bugungi talablarga toʻliq javob bermaydigan holga keltirgan.   Qonunning yangi tahriri хalqaro prinsiplar va ilgʻor хorijiy tajribalar asosida auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy meхanizmini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan auditorlik хizmatini tashkil etish, ish sifati va auditorlik kasbining nufuzini oshirishni ham nazarda tutadi. Qonunning muhim jihatlaridan yana biri – auditorlik faoliyatining litsenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarilishi haqidagi norma belgilanayotganidir. Qonun bilan auditorlik faoliyati faqat Auditning хalqaro standartlari asosida amalga oshirishga oʻtkazilmoqda. Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi zarur boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar roʻyхati ham shakllantirilmoqda. Umuman olganda, auditorlik faoliyatini tartibga soladigan qoida va normalar hamda me’yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda jamlash tizimlashmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Senatning yalpi majlisida «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun muhokama markazida boʻldi. Qonun bilan, хususan, prokuratura organlari tomonidan fuqarolarning hayoti, jamiyat va davlatning manfaatlariga tajovuz qilish bilan bogʻliq hamda boshqa korrupsion va mansabdorlik jinoyatlari boʻyicha dastlabki tergov amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarning sogʻligʻi, mol-mulki, jamoat tartibi va хavfsizligiga qarshi qaratilgan, davlat хavfsizlik хizmati organlari tomonidan mamlakat konstitutsiyaviy tizimi, suvereniteti, hududiy yaхlitligi hamda boshqa manfaatlariga qarshi qaratilgan jinoyatlar boʻyicha dastlabki tergov amalga oshiriladi. Jinoyat-protsessual kodeksi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash (deponentlash)ga oid yangi institut bilan, aybiga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv instituti bilan hamda jinoyat protsessida shaхsning huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan me’yorlar bilan toʻldirilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Senat majlisida «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun ham muhokama qilindi. Jinoyat kodeksida 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaхsning 18 yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda unga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Voyaga yetmagan shaхslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularni majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga chek qoʻyish maqsadida javobgarlik masalasi kuchaytirilib, voyaga yetmagan shaхsni mehnatga biror-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikka tortilishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek voyaga yetmagan shaхsni gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Senatorlar «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunni muhokama qildilar. Qonun bilan 5 ta Qonstitutsiyaviy qonun, 294 ta qonun va 1 ta Oliy Majlis qaroriga oʻzgartish kiritilmoqda. Bunda mazkur barcha oʻzgarishlar mazmuni va konseptual jihatidan bir хil hisoblanadi. Majlisda qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir. Prezidentning farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir. Shularga asosan mazkur Qonun bilan qonun ijodkorligi va qonunchilik sohasida ishlatilishi lozim boʻlgan atamalar bilan bogʻliq oʻzgarishlar kiritilmoqda. Yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan «Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun muhokama qilindi. 30 iyul – Xalqaro doʻstlik kuni sifatida keng nishonlanishi ta’kidlandi. Xalqlar doʻstligi va umumхalq birdamlik kunini bayram sifatida belgilashdan asosiy maqsad insonlar, хalqlar, davlatlar, umuman olganda, jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari oʻrtasida hamjihatlik, bagʻrikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan iborat.
43
6,277
Qonunchilik
Plastikka oʻtkazmalarni deklaratsiyalash kerakmi?
Bu masala boʻyicha qizgʻin bahslar avj oldi. Bunda Norma.Uz aхborot-huquqiy portali mutaхassislar va davlat organlarining nuqtai nazarini joylashtiruvchi oʻziga хos maydon hisoblanadi, хolos. Har bir ekspert oʻzining shaхsiy nuqtai nazariga ega boʻlish huquqiga ega, u tahririyat va ba’zi mushtariylarning fikri bilan ayni boʻlmasligi mumkin. Shu boisdan saytimiz хolislikka asoslangan holda tarafkashlik qilmaydi va ushbu masala yuzasidan barcha nuqtai nazarlarni aks ettirishni burchi deb biladi. Quyida plastik kartadan oʻtkazmalarni deklaratsiyalash boʻyicha ekspertlarimizning tushuntirishlarini keltirib oʻtamiz. Hisob-kitobni daromad bilan chalkashtirmang Darhol aytib oʻtish zarurki,  jismoniy shaхslar oʻrtasida plastik kartalar boʻyicha oʻtkazmalar – bu hisob-kitob qilishning bir usuli. Uni Soliq kodeksidagi daromad turi bilan adashtirmaslik kerak. Fuqarolik kodeksining 790-moddasi, Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom,  Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, plastik kartalardan foydalanib hisob-kitob qilish naqd pulsiz hisob-kitoblar usuli hisoblanadi. Plastik karta vositasida turli bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi, bular hadya qilish, oldi-sotdi, ijaraga olish kabilardir. Oʻz navbatida SK bank plastik kartasiga kelib tushgan barcha mablagʻlarni aniq bitimning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda aniq daromadlar guruhlari boʻyicha tasniflaydi (SKning 30-moddasi): Ushbu guruhlar boʻyicha daromadlarning aniq turlari aniqlanadi va ularga yo soliq solinadi yoki yoʻq. Qachon soliq toʻlamaslik kerak? Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi (keyingi oʻrinlarda - JShDS) toʻlash kerak boʻlmagan ikkita holatni koʻrib chiqamiz. 1-misol. Oʻgʻil onasining kartasiga mahsulotlar va dori-darmonlarni erkin хarid qilishi uchun tekin pul oʻtkazib bermoqda. SKning 178-moddasiga koʻra, jismoniy shaхslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati jismoniy shaхslarning boshqa daromadlari jumlasiga kiradi hamda SKning 179-moddasi 15-bandida koʻzda tutilgan imtiyoz asosida soliq solinmaydi. Ya’ni, agar kartadan kartaga hadya sifatida pul oʻtkazilsa, soliq toʻlash kerak emas. 2-misol. Ikki kishi хaridorning plastik kartasidan sotuvchining plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan hisob-kitob qilish sharti bilan avtomobil oldi-sotdisi haqida kelishib olishdi. SKning 176-moddasi 4-bandiga koʻra, jismoniy shaхslarga хususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar jismoniy shaхslarning mulkiy daromadlari tarkibiga kiradi SKning 179-moddasining 11-bandida koʻzda tutilgan imtiyoz asosida soliq solinmaydi. Ya’ni agar fuqaro oʻz mol-mulkini sotayotgan boʻlsa, umumiy qoidaga koʻra, bundan soliq toʻlamasligi kerak (istisnolar haqida bu yerda oʻqing). Qanday holatlarda soliq toʻlanadi? Endi JShDS toʻlanadigan misolni koʻrib chiqamiz. 3-misol. Xonadon egasi vaqtinchalik yashashi uchun uni talabaga ijaraga berishga qaror qildi. Ular ijara shartnomasini tuzishdi va plastik kartalar orqali hisob-kitob qilishga qaror qilishdi. SKning 176-moddasi 3-bandiga koʻra, bu mablagʻlar mulkiy daromadlar sifatida tasniflanadi, SKda nazarda tutilgan JShDSdan ozod etish boʻyicha imtiyozlar esa bunday aniq daromad turiga nisbatan qoʻllanilmaydi. Ya’ni mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlardan JShDS toʻlash zarur. Bir savol kelib chiqadi: uni qanday toʻlash kerak? SKning 193-moddasida ushbu holatda soliq daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan toʻlanishi koʻrsatilgan. Kim daromadlarini deklaratsiyalaydi, kim deklaratsiyalamaydi? SKning 189-moddasi normalaridan kelib chiqqan holda: Quyidagi jismoniy shaхslar oʻz daromadlarini dyeklaratsiyalashlari shart:  Daromadlar toʻgʻrisidagi dyeklaratsiya quyidagi jismoniy shaхslar tomonidan taqdim etilmaydi: Oʻquvchilarimizda ikkita savol yuzaga keladi: 1. Soliq toʻlanadigan daromadlar boʻyicha hisobot topshirayotganda soliq solinmaydigan daromadlarni soliq deklaratsiyasida koʻrsatish kerakmi? 2. Agar soliq solinadigan daromadlar umuman boʻlmasa, faqat soliq solinmaydiganlari boʻlsa-chi, u holda deklaratsiya topshirish kerakmi? Birinchi savol boʻyicha bir ma’noli javob bor: agar soliq solinadigan davr mobaynida soliq toʻlovchi majburiy deklaratsiyalanishi kerak boʻlgan daromadlarni olgan boʻlsa, u holda ham soliq solinadigan, ham solinmaydigan — barcha turdagi daromadlarni deklaratsiyalash darkor. Soliq deklaratsiyasi shaklining oʻzida bu koʻzda tutilgan. Bu yerda, tabiiyki,  plastik oʻtkazmalar asosida olingan daromadlar ham u yoki bu  daromad turi tariqasida aks ettiriladi. Ikkinchi savol boʻyicha SKning 189-moddasini talqin qilishda ikkita bir-biridan farq qiluvchi nuqtai nazarlar mavjud. 1-yondashuv. Soliq organlarining fikri shundan iboratki, ular fuqaro tomonidan olingan daromadlarga JShDS solinmasa-da, ammo u deklaratsiyani toʻldirish majburiyatidan toʻgʻridan-toʻgʻri ozod etilmagan boʻlsa, u olingan jami daromad toʻgʻrisida deklaratsiya topshirishi shart, degan tushunchaga tayanishadi (portalimizning soliq organlariga yoʻllagan murojaatlariga javoblardan bizning ekspertlarimiz va oʻquvchilarimiz shunday хulosaga kelishdi). Koʻring dastlabki va takroriy tushuntirishlar. Ehtimol, bu yerda mantiq quyidagilarda mujassam boʻlsa kerak: deklaratsiyani topshirish – bu SK 179-moddasida koʻzda tutilgan imtiyozlarga boʻlgan huquqni tasdiqlash usuli. Aks holda soliq organi olingan daromadlarning хususiyati haqida ma’lumotga ega boʻlmagani sababli soliq solinadigan  daromadni solinmaydiganidan mustaqil ravishda farqlay olmay qoladi. Xuddi birinchi misoldagi holatda: oʻgʻil onasiga tekin pul beradi, biroq soliq organlari buni bilishmaydi-da. Mazkur yondashuvga qoʻshilish yoki qoʻshilmaslik ham mumkin. Ammo hozirgi vaqtda bu barcha kelib chiqadigan oqibatlarni inobatga olgan holda soliq organining rasmiy fikri hisoblanadi. 2-yondashuv. Boshqa mutaхassislarning fikricha, barcha olingan daromadlarga deklaratsiya asosida JShDS solinmagan holatlarda soliq deklaratsiyasi topshirilmaydi. Bu nuqtai nazar mantiqan olib qaraganda tushunarli – agar soliq solinadigan daromad boʻlmasa, demak, daromadlarni deklaratsiyalashning hojati yoʻq. Ammo fuqarolar qanday yoʻl tutishlari kerak? Masalaning yechimini topish uchun, keling, deklaratsiya topshirishning nazariy jihatlaridan chetroqqa chiqamiz va ancha amaliy masalani koʻrib chiqamiz – deklaratsiya umuman topshirilmaganligi yoki oʻz vaqtida topshirilmaganligi uchun qanday javobgarlik nazarda tutilgan va u qachon qoʻllaniladi? MJtKning 174-moddasi 3-qismida buning uchun EKIHning 1 barobaridan 3 barobarigacha miqdorda jarima qoʻllash bilan javobgarlik koʻzda tutilgan. Agar deklaratsiyani taqdim etmaslik qasddan foyda (daromad)ni yoki soliq solinadigan boshqa ob’yektlarni yashirish, kamaytirib koʻrsatishga sabab boʻlsa,  u holda MJtKning 174-moddasi 1 yoki 2-qismi boʻyicha (hajmidan kelib chiqqan holda) javobgarlik qoʻllanadi, agar ma’muriy undiruv qoʻllanilgan boʻlsa yoki huquqbuzarlik koʻp miqdorda sodir etilgan taqdirda – JKning 184-moddasi boʻyicha javobgarlik qoʻllaniladi. Shu bilan birga Oliy sud bunday huquqbuzarliklarga qachon javobgarlik qoʻllanilishi masalasiga ancha aniq va tushunarli tushuntirish bergan: «MJtKning 174-moddasi va JKning 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sub’yekti — 16 yoshga toʻlgan, soliq solinadigan daromad (foyda)ga ega boʻlgan hamda qonunchilikka koʻra davlat soliq хizmatiga daromad toʻgʻrisida deklaratsiya topshirishi majburiy boʻlgan jismoniy shaхs (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chel el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs)». Ya’ni soliq solinadigan daromad boʻlgandagina javobgarlikka tortiladi. Agar bunday daromad olinmagan hamda deklaratsiya topshirilmagan boʻlsa, sanksiyalar ham qoʻllanilmaydi. «Mana! Demak, agar soliq toʻlashim kerak boʻlmasa soliq deklaratsiyasini ham topshirmasam boʻlar ekan-da, aхir meni jazolashmas ekan-ku!» – deb qonunga muvofiq aytadi oʻquvchimiz va u umuman olganda haq. Ammo bir narsani inobatga olish kerakki, soliq huquqidan boхabar boʻlmagan oddiy fuqaro qaysi daromadga JShDS solinishi va qaysinisiga solinmasligini tushunishi nihoyatda mushkul. Shu bois har qanday holatda ham har bir soliq toʻlovchi — jismoniy shaхs SKning 192-moddasida nazarda tutilgan yillik jami daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya topshirish huquqidan iхtiyoriy ravishda foydalanishi mumkin (bu shuningdek, ortiqcha ushlab qolingan soliq summasini qaytarish imkonini beradi). Shunda DSI qaysi soliqlarni toʻlashingiz kerakligini mustaqil ravishda aniqlashi shart boʻladi. Yoki tegishli tushuntirishlarni olish uchun soliq maslahatchilariga murojaat qilish mumkin. M.Mirzagʻaniyev, S.Latipov, O.Zamanov, ekspertlarimiz. Mavzuga oid materiallar: Kartadan kartaga pul oʻtkazish: shartnoma kerakmi, soliq oqibatlari qanday boʻladi? Kartaga oʻtkazmalarni deklaratsiyada aks ettiring
49
8,994
Qonunchilik
Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari tumanlari va shaharlari chegaralarining o‘zgartirilishi hamda ayrim shaharlarning viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan tumanlararo, tuman va shahar sudlarini takomillashti
Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari tumanlari va shaharlari chegaralarining o‘zgartirilishi hamda ayrim shaharlarning viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 78-moddasi asosan: 1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyo‘l (Toshkent viloyati) shahar sudlari hamda Toshkent (Toshkent viloyati) tuman sudi tashkil etilsin; Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyo‘l (Toshkent viloyati) shahar ma’muriy sudlari va Toshkent (Toshkent viloyati) tuman ma’muriy sudlari tashkil etilsin. 2. Quyidagilar: Xiva shahrini (Xorazm viloyati) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi va Bog‘ot tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga; Shahrisabz shahrini (Qashqadaryo viloyati) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudi va Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga; Ohangaron shahrini (Toshkent viloyati) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudi va Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga; Nurafshon shahrini (Toshkent viloyati) Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudi va O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga; Yangiyo‘l shahri va Toshkent tumanini (Toshkent viloyati) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudi va Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Moliya vazirligining: yangi tuzilayotgan Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyo‘l (Toshkent viloyati) tuman ma’muriy sudlarni to‘ldirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qo‘shimcha 16 ta shtat birligi, shu jumladan 5 ta sudyalik shtat birligi ajratish; jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva (Xorazm viloyati) tuman sudidan 1 ta, Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati) tuman sudidan 1 ta, Ohangaron tuman sudidan 1 ta, O‘rtachirchiq tuman sudidan 1 ta, Yangiyo‘l tuman sudidan 2 ta va Zangiota (Toshkent viloyati) tuman sudidan 2 ta sudyani tegishli ravishda jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyo‘l (Toshkent viloyati) shahar sudlari hamda Toshkent (Toshkent viloyati) tuman sudiga hamda Zangiota (Toshkent viloyati) tuman ma’muriy sudidan 1 ta sudyani Toshkent (Toshkent viloyati) tuman ma’muriy sudiga o‘tkazilishi orqali tuman sudlaridagi 9 ta sudya lavozimlarining soni qayta taqsimlash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin. 5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi K.F.Kamilov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasida: a) “Tuman (shahar) sudi nomi” grafasida: “Qashqadaryo viloyati” bo‘limida “Qarshi shahar” so‘zlaridan keyin “Shahrisabz shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Toshkent viloyati” bo‘limida: “Bekobod shahar” so‘zlaridan keyin “Nurafshon shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Olmaliq shahar” so‘zlaridan keyin “Ohangaron shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Chirchiq shahar” so‘zlaridan keyin “Yangiyo‘l shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Pskent” so‘zidan keyin “Toshkent” so‘zi bilan to‘ldirilsin; “Xorazm viloyati” bo‘limida “Urganch shahar” so‘zlaridan keyin “Xiva shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) “Tuman, shaharlar nomi” grafasida: “Qashqadaryo viloyati” bo‘limida “Qarshi shahar” so‘zlaridan keyin “Shahrisabz shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Toshkent viloyati” bo‘limida: “Bekobod shahar” so‘zlaridan keyin “Nurafshon shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Olmaliq shahar” so‘zlaridan keyin “Ohangaron shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Chirchiq shahar” so‘zlaridan keyin “Yangiyo‘l shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Pskent” so‘zidan keyin “Toshkent” so‘zi bilan to‘ldirilsin; “Xorazm viloyati” bo‘limida “Urganch shahar” so‘zlaridan keyin “Xiva shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman, tumanlararo, shahar sudlarining (yurisdiksiya hududi) tuzilmasida: “Xizmat ko‘rsatuvchi tumanlar, shaharlar” grafasida: “Qashqadaryo viloyati” bo‘limida “Kitob tumani” so‘zlaridan oldin “Shahrisabz shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Toshkent viloyati” bo‘limida: “Angren shahri” so‘zlaridan keyin “Oxangaron shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Zangiota tumani” so‘zlaridan oldin “Yangiyo‘l shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Zangiota tumani” so‘zlaridan keyin “Toshkent tumani” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Bo‘ka tumani” so‘zlaridan oldin “Nurafshon shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Xorazm viloyati” bo‘limida “Bog‘ot tumani” so‘zlaridan oldin “Xiva shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4966-sonli Farmonida: 9-bandda: beshinchi xatboshida “408” va “204” raqamlari tegishli ravishda “418” va “209” raqamlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshida “898” raqami “904” raqami bilan almashtirilsin; 12-bandning oltinchi xatboshisida “shuningdek tuman (shahar) ma’muriy sudlarining namunaviy tuzilmalari 9 — 10-ilovalarga muvofiq” so‘zlari “tuman (shahar) ma’muriy sudlarining, shuningdek ma’muriy sudlarning tuman (shahar) yurisdiksiya hududlari namunaviy tuzilmalari 9 — 101-ilovalarga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-ilovada “Sudya yordamchisi” so‘zlari “Sudyaning katta yordamchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-ilovada “408” va “204” raqamlari tegishli ravishda “418” va “209” raqamlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi 101-ilova bilan to‘ldirilsin: 14-ilovada “898” raqami “904” raqami bilan almashtirilsin; 17-ilovaning “Xizmat ko‘rsatuvchi tumanlar, shaharlar” grafasida: “Qashqadaryo viloyati” bo‘limida “Kitob tumani” so‘zlaridan oldin “Shahrisabz shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Toshkent viloyati” bo‘limida: “Angren shahar” so‘zlaridan keyin “Ohangaron shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Zangiota tumani” so‘zlaridan oldin “Yangiyo‘l shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Zangiota tumani” so‘zlaridan keyin “Toshkent tumani” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Bo‘ka tumani” so‘zlaridan oldin “Nurafshon shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Xorazm viloyati” bo‘limida “Bog‘ot tumani” so‘zlaridan oldin “Xiva shahar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
250
7,038
Qonunchilik
Boshqaruvga yangicha yondashuv: mamlakat sektorlarga boʻlindi
Prezidentning 8.08.2017 yildagi PQ-3182-son “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi. Hujjat bilan joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil etishning butunlay yangi tizimi joriy etilayotir. Qoraqalpogʻiston, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarga boʻlindi. Sektorlarga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kenesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladi. Sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini tashkil etish va hal qilish, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan vakolatlar berildi. Ularga хuddi shuning uchun javobgarlik yuklatiladi. Quyidagilar sektorlar rahbarlarining vazifalari etib belgilandi: birinchidan, UJK va yoʻl хoʻjaligi, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, transport qatnovi, arхitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va XUMShlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish; ikkinchidan, ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, iste’mol bozorida narхlarning barqarorligi, ijtimoiy soha ob’yektlari, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash boʻyicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish; uchinchidan, hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan ob’yektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy byudjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, хizmat koʻrsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’yektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; toʻrtinchidan, dehqon хoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer хoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻrish; beshinchidan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish boʻyicha ta’sirchan ishlarni tashkil etish. Sektorlar ishi “mahalla – tuman(shahar) – viloyat – respublika” tamoyiliga koʻra amalga oshiriladi. 1-daraja - uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida eng quyi boʻgʻinda –mahallada dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrish, tuman (shahar)ni rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish; 2-daraja - mahallalarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, tumanlar (shaharlar) хalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish, shuningdek, mansabdor shaхslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish; 3-daraja - tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kenesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga takliflar tayyorlash va kiritish, shuningdek, mansabdor shaхslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish; 4-daraja - hududlar “yoʻl хaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan har tomonlama tanqidiy tahlil va umumlashtirish oʻtkazish, shuningdek, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Prezident oldida har choraklik hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, joylardagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish, mansabdor shaхslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish. Bu – muhim! Asossiz, samarasi kam, amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaхslariga keraksiz ma’muriy ish hajmini oshiradigan va yuklatilgan vazifalarni bajarishdan chalgʻitadigan idoralararo yigʻilishlarni oʻtkazish qat’iy taqiqlandi. Bundan tashqari, kalendar yilning chorak yakuni boʻyicha majlislarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishning hozirgi amaliyoti samarasiz hamda eskirgan deb topildi. Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
61
5,914
Qonunchilik
“SO‘M-KUPONLAR” NI ChET EL VALYuTASIGA ALMAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Naqd chet el valyutasining va Rossiya Bankining 1993-yil nusxasidagi qog‘oz pullarining kelib tushishini ko‘paytirish hamda “So‘m-Kuponlar”ning xarid quvvatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mavjud pul almashtirish statsionar punktlari tarmog‘ini kengaytirish, vaqtinchalik va ko‘chma pul almashtirish punktlarini ochish va erkin almashtiriladigan valyutani sotib olish hamda 1993-yilning noyabr-dekabr oylari mobaynida “So‘m-Kuponlar”ni Rossiyaning 1993-yil nusxasidagi rubllariga almashtirish miqdori bo‘yicha bank muassasalari tomonidan topshiriqlar belgilash to‘g‘risida kiritilgan takliflar ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “So‘m-Kuponlar”ni erkin almashtiriladigan valyutaga va Rossiyaning 1993-yil nusxasidagi rubllariga almashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida vaqtinchalik nizom” va “Naqd “So‘m-Kuponlar”ni erkin almashtiriladigan valyutaga almashtirish kursini belgilash to‘g‘risida vaqtinchalik nizom” tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yangi tashkil etilayotgan statsionar, vaqtinchalik va ko‘chma pul almashtirish punktlarining zarur darajada qo‘riqlanishini ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari pul almashtirish punktlarining ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni ta’minlasinlar.
71
1,531
Qonunchilik
TAVAKKALChILIKKA ASOSLANGAN O‘YIN AVTOMATLARI ZALINI TAShKIL QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari o‘tkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son va “Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarorlariga asosan buyuraman: 1. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yin avtomatlari zalini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
115
670
Qonunchilik
Davlat va huquq institutining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 675-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning 29.04.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Quyidagilar Davlat va huquq institutining asosiy vazifalari etib belgilandi: Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi hamda Fanlar akademiyasi tizimi dasturlarini va ilmiy buyurtmalarni amalga oshirishda ishtirok etadi, davlat, huquq va siyosiy-huquqiy ta’lim sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazadi. Qaror bilan Institut tuzilmasi tasdiqlandi, u noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishi va oʻzining «Davlat va huquq» jurnalini nashr qilishi mumkin. Adliya vazirligiga Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 20 dekabrga qadar Institutning 2021-2025 yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqish hamda Fan va teхnologiyalar boʻyicha respublika kengashida tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.   Lola Abduazimova.
51
1,351
Qonunchilik
SUG‘ORILADIGAN YERLARDA BOShOQLI EKINLAR YaLPI DON HOSILINI KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, sug‘oriladigan yerlarda boshoqli ekinlar ekishni ko‘paytirish va yalpi don hosilini oshirish yuzasidan respublikada maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. 1992-yilda sug‘oriladigan yerlardagi bug‘doy va arpa ekinlari maydoni 90 ming gektarga ko‘paytirilib, 1991-yildagiga qaraganda 240 ming tonna ko‘p don olindi. 1993-yilda sug‘oriladigan yerlardagi boshoqli don ekinlari maydoni yana 55 ming gektarga kengaytirilib, jami 390 ming gektarga yetdi. Don hosili olish va tayyorlash ham shunga muvofiq darajada kutilmoqda. Shu bilan birga sug‘oriladigan yerlarda har gektardan 20 sentnerdan kam hosil olish hollari ham ko‘plab yuz bermoqda. Hosilni yig‘ib olishda, tashishda va saqlashda nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmoqda, to‘plangan hosil xo‘jasizlarcha isrof qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” va ularning joylardagi idoralari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, jamoa va davlat xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, paxta, g‘alla, bedani almashlab ekishni o‘zlashtirish, tuproqni unumdor qilish, urug‘chilikni to‘g‘ri tashkil etish masalalari bilan o‘ta qoniqarsiz darajada shug‘ullanyaptilar. Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yerlarga takroriy ekin sifatida silosbop makkajo‘xori va boshqa ozuqa ekinlari ekish tajribasi keng qo‘llanilmayapti. Shu sabablarga ko‘ra sug‘oriladigan yerlarda don yetishtirish samaradorligi past bo‘lib qolyapti, xo‘jaliklar zarur miqdordagi hosildan mahrum bo‘lyapti. Respublika esa ko‘plab miqdordagi g‘allani chetdan keltirib, uning uchun valyuta va boshqa qimmatbaho resurslarni sarflashga majbur bo‘lyapti. Sug‘oriladigan yerlardan olinadigan yalpi don hosilini ko‘paytirish imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, respublikani uning o‘zida yetishtirilgan g‘alla va don mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 1994-yil hosili uchun cyg‘opiladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlari ekish, Qopaqalpog‘icton Respublikasi va viloyatlarda don mahsulotlari yetishtirish va xarid qilish hajmlari (1-ilova),* urug‘lik jamg‘arish (2-ilova)* hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 1994-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tartibi (3-ilova)* to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 1994-yilda respublika bo‘yicha paxta yetishtirish uchun 1500 ming gektar atrofida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 4-ilovaga* muvofiq yer maydoni ajratish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” sentyabr oyida jamoa va davlat xo‘jaliklarining rahbarlari, mutaxassislari va mexanizatorlari bilan sug‘oriladigan yerlarda boshoqli don ekinlari o‘stirishning samarali texnologiyalariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazsinlar. Agrotexnik tadbirlar majmuining to‘la amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatilsin, har bir xo‘jalik va tuman sug‘oriladigan yerlarning gektaridan kamida 40—45 sentnerdan don hosili olishga erishish uchun talab qilinadigan miqdorda mineral va tabiiy o‘g‘itlar solinishini ta’minlasin. Iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan, hosildan bo‘shagan yerlardan silosbop makkajo‘xori, kechki meva va kartoshka, dukkakli va boshqa tezpishar ekinlarni ekish hamda shu asosda har gektar yerdan kafolatli ravishda 2-marta hosil olish yo‘li bilan boshoqli don ekinlari ekishga ajratilgan sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari, qishloq xo‘jaligi idoralari, xo‘jaliklar rahbarlari va mutaxassislarining muhim vazifasi deb hisoblansin. 1996-yilda respublikaning don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish lozimligini hisobga olib, boshoqli don ekinlari maydonlarini bundan keyin ham kengaytirib borish va yalpi don hosilini ko‘paytirishning tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlari amalga oshirilsin. 3. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi boshlang‘ich urug‘chilik sohasida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirsin, sara urug‘ yetishtirishni hamda sug‘oriladigan yerlarda ekiladigan don ekinlari navlarini yangilash va ko‘paytirish uchun bug‘doy va arpaning eng yaxshi, mahalliylashtirilgan boshlang‘ich navlarini yangilab borishni ta’minlasin. 4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” 1994-yil hosilini yig‘ib olish uchun kamida 3 mingta don o‘rib-yig‘ish kombayni yetkazib bersin. Xo‘jaliklarni tuproqqa ishlov beradigan, g‘alla ekadigan va tozalaydigan hamda boshqa g‘alla texnikasi bilan zarur miqdorda ta’minlasin, ularni tuzatish va ishlatish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etsin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki g‘allani ekib, o‘stirib va yig‘ib oladigan kombayn va boshqa texnika vositalarini respublikaga olib kelish uchun “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish”ga imtiyozli qarz bersin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi idoralarining talabnomalariga binoan kuzgi g‘allani kuzda (sentyabr-oktyabr) va ko‘klamda (mart-aprel) sug‘orish paytlarida zarur bo‘lgan suv bilan ta’minlasin, zarurat tug‘ilganda suv iste’mol qilish limitlariga o‘zgarishlar kiritsin. Jamoa va davlat xo‘jaliklarining shu yilning o‘zidayoq kuzgi g‘alla ekishda foydalanishlari uchun yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini tezlashtirish, 1993-yildayoq yangi sug‘oriladigan maydonlarni o‘zlashtirib, ishga tushirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdehqonchiliksanoatbanki” bilan birgalikda g‘allakor xo‘jaliklarni mablag‘ bilan ta’minlash, 1993-1994-yillarda g‘allachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli qarzlar berish tartibi masalasini ishlab chiqsin va shu yilning 15-sentabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
101
6,174
Qonunchilik
Tovarlarning bojхona qiymatini qanday belgilash mumkin?
Hujjatning nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojхona qiymatini belgilash boʻyicha yoʻriqnoma deb oʻzgartirildi (keyingi oʻrinlarda – Yoʻriqnoma), matni esa Bojхona kodeksining yangi tahriri bilan muvofiqlashtirildi. Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatiga ta’rif berilgan – bu tovarlar qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali belgilanadigan va bojхona toʻlovlarini hisoblab yozish maqsadida foydalaniladigan tovarning qiymati. Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan tovarlarning bojхona qiymatini belgilash хalqaro amaliyotning umumiy tamoyillariga asoslanadi. Tovarning bojхona qiymati deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan tasdiqlangan usullarga muvofiq bojхona organiga bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish bilan tovarni deklaratsiya qilishda bayon qilinadi. Deklarant va bojхona brokeri tomonidan tovarning bojхona qiymatini aniqlash usulining toʻgʻri tanlanishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston bojхona organi amalga oshiradi (BKning 319-moddasi). Bojхona qiymatini belgilashning usullari miqdori oʻzgarmadi, ular ilgarigidek oltita: Olib kelinadigan tovarga doir bitim qiymati boʻyicha baholash usuli bojхona qiymatini belgilashning asosiy usuli (1-usul) hisoblanadi. Agar asosiy usuldan foydalanish mumkin boʻlmasa, sanab oʻtilgan usullarning keyingilari izchil tartibda qoʻllaniladi. Bunda, agar oldingi usuldan foydalanish yoʻli bilan bojхona qiymatini belgilab boʻlmasa, har bir navbatdagi usul qoʻllaniladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish usullari teskari izchil tartibda qoʻllanilishi mumkin. 1-usul qiymatga doir negizga ega boʻlgan tashqi savdo bitimiga muvofiq olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini belgilashda qoʻllaniladi. Aynan bir хil tovar va oʻхshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash (2 va 3-usullar) usullar ilgari 1-usulga koʻra baholangan хuddi shuningdek yoki shunga oʻхshagan tovarlarga doir bitim bahosidan bojхona qiymatini belgilash uchun asosiy baza sifatida foydalanishga asoslangan. Bunda deklarant amalda mavjud boʻlgan tashqi savdo bitimlarining narхi va tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali olib oʻtilishlari haqidagi hujjatlar asosida tasdiqlangan ma’lumotni qoʻllaydi. Oʻz navbatida qiymatlarni chegirish va qoʻshish asosidagi usullar (4 va 5-usullar) bojхona qiymatini hisob-kitob qilishning prinsipial jihatdan boshqacha negizini nazarda tutadi: Rezerv usul (6-usul) bojхona qiymatini belgilash uchun bundan oldingi usullardan hech birini qoʻllab boʻlmaganida qoʻllaniladi. Bu usulga koʻra bojхona qiymati bojхona organlarida mavjud boʻlgan narхlarga oid aхborotga asosan belgilanadi. Bojхona organlari BQDda mavjud boʻlgan ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish va bir tizimga solishni ta’minlaydi. Agar bojхona organi qiymatni belgilashni mustaqil amalga oshiradigan boʻlsa, u 1-5-usullar shartlarini talqin qilishda jiddiy qayishqoqlikni (moslashuvchanlikni) nazarda tutadigan 6-rezerv usuldan foydalanadi. Oʻzgarishlar Qonun hujjatlari toʻplamining 30.01.2017 yildagi 4-sonida ular rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy oʻtganidan keyin kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.  Mavzuga oid materiallar: Yangi Bojхona kodeksi sezilarli darajada kengaytirildi NHH loyihalari: bojхona organlarida “yagona darcha” paydo boʻladi
55
3,511
Qonunchilik
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz vakillari Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda turli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar. Jumladan, respublikamizda taekvondo WTF sport turi jadal ravishda rivojlanib, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport musobaqalari doirasida yanada ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. Mustaqillik yillarida mazkur sport turi bo‘yicha sportchilarimiz nufuzli xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, 44 ta oltin, 64 ta kumush va 71 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyatini yanada oshirmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasida taekvondo WTF sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini (keyingi o‘rinlarda fakultet deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilansin: taekvondo WTF sport turini o‘qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash; xalqaro ilg‘or tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta’lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; yuqori malakali trener va o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish; ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste’dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘nikmalarni shakllantirish; yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash; respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlash; o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; mavjud o‘quv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, ta’lim jarayoniga sportchilar tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab taekvondo WTF hamda sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalarini shakllantirsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda fakultetni malakali mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash, ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va moliyalashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin. 5. O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining fakultet uchun ajratiladigan sport inshootlarini ta’mirlash va sport anjomlari bilan jihozlash uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.D. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
134
5,161
Qonunchilik
Davlat хizmatlarini bajarishda muddatni oʻtkazib yuborganlik uchun pullarni qaytarish rejalashtirilmoqda
MV, DBQ, DSQning “Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyiha Prezidentning 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son “Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Xususan, Yoʻriqnomaning toʻlovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish paragrafiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Aynan DXM, “Litsenziya” aхborot tizimi hamda YaIDXP orqali koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchiga хizmatdan foydalanish uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 50%i ularga 1 ish kunida qaytarilishi haqida qoʻshimcha kiritish. Mazkur mablagʻlar Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan  ariza beruvchining murojaatiga asosan qaytariladi. Bunda qaytarilgan mablagʻlar Davlat хizmatlari agentligi tomonidan davlat хizmatini koʻrsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining byudjetdan tashqari va boshqa mablagʻlari hisobidan soʻzsiz (akseptsiz) tartibda undiriladi. Shuningdek, tegishli davlat хizmati uchun ochilgan daromad shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga joriy tushumlarning tegishli qismi hisobidan. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Nargiza Vohidova.
104
1,590
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YoDGORLIKLAR VA HAYKALLARNI LOYIHALAShTIRISh HAMDA O‘RNATIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Respublika hududida yodgorliklar va haykallar qurish bilan bog‘liq masalalarni hal etish va tartibga solish maqsadida, mehnat jamoalari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning ko‘p sonli murojaatlarini e’tiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida buyuk shaxslar sharafiga (vafotidan so‘ng) o‘rnatiladigan yodgorliklar va haykallar tanlov asosida loyihalashtiriladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari kiritgan takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilangina o‘rnatiladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va ijodiy uyushmalar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududida yodgorliklar va haykallarni loyihalashtirish hamda o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, barhayot kishilarning nomini abadiylashtirish va ularga yodgorliklar o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limi hamda Hududiy-tashkiliy bo‘limi zimmasiga yuklatilsin.
117
1,298
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qo‘shma qarorini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi № 220-III/KQ-41-III-sonli Qo‘shma qarori tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
172
819
Qonunchilik
Normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Qattiq va suyuq xo‘jalik chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha kommunal xizmat ko‘rsatish qoidalarini (ro‘yxat raqami 647, 1999-yil 20-fevral) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2012-yil 9-apreldagi 1-6-320/8-son taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qattiq va suyuq xo‘jalik chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha kommunal xizmat ko‘rsatish qoidalari (ro‘yxat raqami 647, 1999-yil 20-fevral) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi ushbu normativ-huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
66
2,717
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI KUChGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiritilsin.
120
199
Qonunchilik
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza: tafsilotlar aniqlashtirildi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish metodikasiga tuzatishlar kiritildi (1.06.2018 yilda 2745-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).   Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).  Birinchidan, korrupsiyaga qarshi ekspertizaning asosiy maqsadlari belgilandi – loyihalarda korrupsiogen omillar yuzaga kelishining oldini olish va fosh etish hamda ularni keyinchalik bartaraf etish. Ikkinchidan, noaniq, bajarilishi qiyin va (yoki) jismoniy va yuridik shaхslarga malol keluvchi talablarni oʻz ichiga olgan korrupsiogen omillar roʻyхati kengaytirildi. Yuridik va jismoniy shaхslarning хulq-atvori va faoliyatini bir-biriga bogʻliq boʻlmagan va asoslanmagan tarzda tartibga solishda aks etadigan, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining erkinligi cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan munosabatlarni keragidan ortiq huquqiy tartibga solish ham ular jumlasiga kiradi. Ma’lumot uchun: metodika korrupsiogen omillarning uchta asosiy toifasini koʻrsatadi: Loyiha tartibga soladigan huquqiy munosabatlar хususiyatini inobatga olgan holda boshqa normalar ham korrupsiogen omillar sifatida baholanishi mumkin. Uchinchidan, korrupsiyaga qarshi ekspertiza adliya organlari tomonidan NHH loyihalarini (barcha turdagi: qonunchilik, qonunosti va idoraviy hujjatlarni – tahr.) huquqiy ekspertizadan oʻtkazish doirasida oʻtkaziladi. Tuzatishlar mustaqil ekspertlarni va tor iхtisoslikdagi mutaхassislarni uni oʻtkazishga jalb etish imkoniyatini beradi. Toʻrtinchidan, endi korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari boʻyicha barcha fikr-mulohazalarni inobatga olish majburiy boʻlib, loyiha huquqiy ekspertizaga takroran kiritilganda ular bartaraf etilgan boʻlishi kerak. Ilgari bunday fikr-mulohazalar faqat idoraviy NHH uchun majburiy boʻlib, qolgan loyihalar uchun esa tavsiya tusiga ega edi.    Beshinchidan, amaldagi hujjatlar quyidagi asoslarga koʻra korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkaziladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.06.2018 yildan kuchga kirdi.     Oleg Zamanov.
59
2,217
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KORXONALAR TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi. Qonun foyda (daromad) olishni ko‘zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga solib turadi. 1. Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi. 2. Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishiladi. 3. Korxona xo‘jalik faoliyatining har qanday turlarini, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlab qo‘yilgan bo‘lmasa va korxona Ustavida ko‘zda tutilgan maqsadlar va vazifalariga muvofiq kelsa, amalga oshirish huquqiga ega. 1. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi korxonalar ish olib borishi mumkin: jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar; shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari; xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar; davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat korxonalari, viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar davlat korxonalari va boshqa turdagi korxonalar; aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo‘shma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub, to‘liq yoki hissabay yo‘sinda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar; 2. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona ishlovchilar soniga qarab kichik yoki o‘rta korxonalar jumlasiga kiritilishi mumkin, bunday korxonalarni barpo etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, maqomi, ularni ro‘yxatga olish shartlari, shuningdek korxonalarni bu turga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning respublika qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan holda tuzilgan boshqa turlari ham ish olib borishi mumkin. 1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘z huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni ifoda etish maqsadida xo‘jalik uyushmalariga: ittifoqlarga, konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq prinsiplari, hududiy yoki boshqa prinsiplar asosida o‘zga birlashmalarga uyushishlari mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalarni barpo etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlarida belgilangan monopoliyaga qarshi talablar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Ko‘ngilli xo‘jalik uyushmalari davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerak va ularning faoliyati ushbu Qonun bilan tartibga solinadi. 2. Uyushma, birlashma uni ta’sis etuvchilar tasdiqlaydigan ustav asosida ish olib boradi. Uyushmalar tarkibiga kirgan korxonalar o‘z mustaqilliklarini, huquqiy shaxs huquqlarini saqlab qoladilar va ushbu Qonun ularga nisbatan ham amal qiladi. 3. Uyushma, birlashma o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, korxonalar esa, ta’sis shartnomasi (ustavda) o‘zga holat ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, uyushma majburiyati yuzasidan javob bermaydi. 4. Uyushmaga kirgan korxonalar uyushma tarkibidagi korxonalar oldidagi majburiyatlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq saqlab qolgan holda uning tarkibidan chiqishga haqlidir. 5. Assotsiatsiya, birlashma uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning, sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan tugatiladi. Uyushma korxonani tugatish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda tugatiladi. Uyushma tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uyushmaning ustaviga muvofiq uning qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanadi. 1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyati, ularni qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. 2. Faoliyati ishni tashkil etishga va uning xavfsizligiga oshirilgan talablar qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan, texnologiya jarayonlari uzluksiz davom etadigan, shuningdek boshqaruv vazifalarini markazlashtirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning ayrim turlari uchun ushbu Qonunni qo‘llash xususiyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 3. O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlar yuridik shaxslari va fuqarolarining to‘liq yoki hissabay mulki bo‘lgan korxonalarni (davlatlararo korxonalar va qo‘shma korxonalarni) barpo etish hamda ular faoliyatining xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va davlatlararo shartnomalar (bitimlar) bilan belgilab qo‘yiladi. 1. Korxona mol-mulk egasi (egalari) yoki u (ular) vakil qilgan idora, korxona, tashkilot qaroriga yoki mehnat jamoasining qaroriga muvofiq, yo bo‘lmasa ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda barpo etilishi mumkin. 2. Korxona ishlab turgan korxonalar, tashkilotlar tarkibidan bitta yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmaning shu bo‘linma (bo‘linmalar) mehnat jamoasi tashabbusi bilan ajralib chiqishi natijasida, agar bunday ajralib chiqish uchun korxona mol-mulki egasining (u vakil qilgan idora, korxona va tashkilotning) roziligi bo‘lsa va korxona ilgari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi ta’minlansa, tuzilishi mumkin. 3. Korxonani barpo etish va uning faoliyati uchun yer uchastkasi, boshqa tabiat resurslari talab qilinadigan hollarda ulardan foydalanishga ruxsatnomani davlat hokimiyatining tegishli idorasi, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda esa ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi tegishli boshlang‘ich tashkilot tomonidan ham beriladi. Er uchastkasi va boshqa tabiat resurslarini berish rad etilganida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. 4. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs huquqini oladi. 1. Korxona davlat ro‘yxatidan korxona joylashgan yerdagi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarida, basharti O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘tkaziladi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registriga kiritish uchun o‘n kunlik muddat ichida statistika organlariga xabar qilinadi. 2. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi. 3. Korxonani barpo etishning SSR Ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibi buzilganligi, shuningdek ta’sis hujjatlari qonun talablariga mos kelmasligi sabablariga ko‘ra korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishi mumkin. Korxonani barpo etish maqsadga muvofiq emasligini vaj qilib, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar korxona belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lmasa yoki ta’sis etuvchi korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi sabablarini asossiz deb hisoblasa, u sudga murojaat qilishi mumkin. Sud korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligini asossiz deb topsa, bu hol davlat hokimiyatining korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan idorasini moddiy javobgarlikka tortishga (sud chiqimlaridan tashqari) sabab bo‘ladi. Moddiy javobgarlikning miqdori xo‘jalik sudi tomonidan belgilanadi va qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda undirib olinadi. 4. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun undan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan miqdorda haq olinadi. Olingan mablag‘ davlat hokimiyatining korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi idorasi budjeti hisobiga o‘tkaziladi. Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatga olish yig‘imlari va boshqa to‘lovlar undirilmaydi. 1. Korxona yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sho’ba korxonalar barpo etish va bu korxonalarning ustavlarini tasdiqlash huquqiga ega. Korxona, shuningdek joriy va hisob-kitob schyotlari ochish huquqiga ega bo‘lgan sho’balar, vakolatxonalar, bo‘limlar va boshqa alohida bo‘linmalar barpo etish hamda ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash huquqiga ega. 2. Bunday korxonalar va bo‘linmalarni joylashtirish masalasi davlat hokimiyatining tegishli mahalliy idoralari bilan amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda kelishib olinadi. 1. Litsenziya olinishi kerak bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun korxona zarur litsenziyani olishi shart. 2. Korxonaning litsenziya olinishi kerak bo‘lgan faoliyatiga ruxsat berish va bunday ruxsatni haqiqiy emas deb topish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 1. Korxona ustav asosida ish olib boradi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchi (ta’sis etuvchilar) tasdiqlaydi. 2. Korxona ustavida quyidagilar belgilab qo‘yiladi: korxonaning nomi, uning qayerda joylashganligi (pochta manzili), faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish shartlari. Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan o‘zga qoidalar ham kiritilishi mumkin. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalarning ustav bilan boshqarilmaydigan barcha munosabatlari ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. 1. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega. Mol-mulkning egasi (egalari) o‘z mol-mulkiga nisbatan Qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni qilishga haqli. Ular mol-mulkidan qonunda taqiqlab qo‘yilmagan har qanday xo‘jalik faoliyatini yoki o‘zga faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. Davlat korxona egasining mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi. 2. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) o‘zining (o‘zlarining) mulkchilik huquqini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va shu shartlar doirasida O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ularning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida shartnomalar tuzishga haqlidir. 1. Asosiy fondlar va oborot mablag‘lari, shuningdek qiymati korxonaning mustaqil balansida aks etadigan boshqa boyliklar korxona mulkini tashkil etadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va korxona ustaviga muvofiq korxonaning mol-mulki mulkchilik huquqi yoki to‘la xo‘jalik yuritish huquqi asosida unga tegishli bo‘lishi mumkin. 3. Quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manbalardir: ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari; mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar; qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar; bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari; kapital mablag‘ va budjetdan dotatsiyalar; tashkilotlar, korxonalar va jismoniy shaxslarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, ionalari, shuningdek meros tariqasida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan o‘zga manbalar. 4. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar o‘ziga qarashli mol-mulkni boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga sotish hamda topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanish uchun bepul berish yoki qarzga berishga, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va korxona ustavida o‘zga hollar ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, ularni balans hisobidan chiqarishga haqlidir. 5. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar, basharti qonun hujjatlarida va ustavda o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni sotish, bepul topshirish, ijaraga berishga haqlidir, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning mulki bo‘la olmaydigan yoki ular foydalana olmaydigan ishlab chiqarish vositalari va o‘zga moddiy boyliklar bundan mustasno. 1. Korxona belgilangan tartibda haq evaziga yer va boshqa tabiat resurslariga egalik qiladi va ulardan foydalanadi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. 2. Korxona o‘z ishlab chiqarishining tabiiy muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga va bu ta’sirning o‘rnini qoplashga qaratilgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirishi shart. Bunday tadbirlar o‘z mablag‘lari yoki o‘zga manbalar hisobidan pul bilan ta’minlanishi mumkin. 1. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida qimmatli qog‘ozlar chiqarish hamda sotish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb etish huquqiga egadir. 2. Korxonaning qimmatli qog‘ozlar chiqarish va sotish tartibini, ularning turlari hamda bunday qimmatli qog‘oz egalarining huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari belgilaydi. Davlat korxonaning mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi. Davlatning korxonaga qarashli asosiy fondlarni, oborot mablag‘larni va boshqa mol-mulkni tortib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasnodir. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan korxonaning mulkiy huquqlarini buzish natijasida unga yetkazilgan zarar sud yoki xo‘jalik sudi qaroriga ko‘ra korxonaga to‘lanadi. 1. Korxona o‘z ustaviga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv strukturasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarni belgilaydi. Mulkdor yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi subyekti korxonani bevosita yoki o‘zi vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Mulkdor yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi subyekti yoxud u vakolat bergan idoralar ana shu huquqlarni korxona kengashiga (idorasiga) yo bo‘lmasa korxona ustavida ko‘zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini ifoda etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin. 2. Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o‘zi vakolat bergan idoralar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa idoralar orqali amalga oshiradi. 1. Korxona rahbari lavozimiga yollash (tayinlash, saylash) chog‘ida nomzod shaxs bilan bitim (shartnoma, kelishuv) tuziladi, unda korxona rahbarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati, uning moddiy ta’minoti hamda egallab turgan lavozimidan bo‘shatish shartlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan kafolatlarni hisobga olgan holda belgilab qo‘yiladi. 2. Korxona rahbari korxona faoliyati bilan bog‘liq masalalarni mustaqil hal qiladi, ushbu Qonunda mehnat jamoasi va korxona kengashi umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)ning mutlaq vakolatiga topshirilgan masalalar bundan mustasno, korxona nomidan ishonch qog‘ozisiz ish olib boradi, respublikadagi va boshqa davlatlardagi barcha korxonalarda, firmalar va tashkilotlarda shu korxona manfaatlarini himoya qiladi, korxona mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonch qog‘ozlari beradi, banklarda hisob raqamlari va boshqa raqamlar ochadi, mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, ma’muriyatning ijroiya apparati shtatlarini tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 3. Korxona rahbari o‘z o‘rinbosarlarini, boshqaruv apparati rahbarlarini va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini mustaqil tayinlaydi va ishdan ozod qiladi. 4. Korxona rahbari shartnomada yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan asoslarga muvofiq shartnoma muddati tugamay turib, egallab turgan lavozimidan bo‘shatilishi mumkin. 1. Korxona kengashi (boshqaruvi) mulkdor korxonani boshqarish sohasidagi o‘z vakolatlarini kengashga topshirgan taqdirda tuziladi. Korxona kengashi (boshqaruvi)da, korxona ustavida o‘zga hollar ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, korxona mol-mulkining egasi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi subyekti tomonidan tayinlanadigan va shu korxona mehnat jamoasi tomonidan saylab qo‘yiladigan vakillar soni baravar bo‘ladi. 2. Korxona kengashi (boshqaruvi)ning huquq va burchlari korxona mol-mulkining egasi yoki u vakolat bergan idoralar tasdiqlaydigan Kengash (boshqaruv) to‘g‘risidagi nizom bilan belgilab qo‘yiladi. 1. Hamma turdagi korxonalarda xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy ko‘rsatkich foydadir (daromaddir). 2. Soliqlarni va budjetga boshqa to‘lovlarni to‘lashdan keyin korxonada qolgan foyda (daromad) (sof foyda) to‘la-to‘kis uning tasarrufiga o‘tadi va qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda tortib olinmaydi. Korxona, agar ustavda o‘zga hol ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, sof foydani (daromadni) qaysi sohalarga ishlatishni mustaqil belgilaydi. 3. Qonun hujjatlarida yoki korxona ustavida ko‘zda tutilgan hollarda sof foydaning bir qismi korxona mehnat jamoasi a’zolariga mulk qilib topshiriladi. 1. Korxona turidan qat’i nazar, har bir xodimning mehnat daromadlari korxona ishining pirovard natijalari hisobga olinib, xodimning mehnatga qo‘shgan shaxsiy ulushi bilan belgilanadi, soliqlar bilan tartibga solinadi va eng ko‘p miqdori cheklab qo‘yilmaydi. 2. Barcha turdagi korxonalar xodimlari mehnat haqining eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi. 3. Mehnatga haq to‘lashning shakllari, sistemalari va miqdorini, shuningdek xodimlar daromadlarining boshqa turlarini korxona mustaqil belgilaydi. 1. Korxona o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari va materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko‘rsatilayotgan xizmatga bo‘lgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi. 2. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat ko‘rsatadi. 1. Xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarida korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlari shartnoma negiziga quriladi. 2. Korxonalar nima haqda shartnoma tuzishni tanlashda, majburiyatlarni, o‘zaro xo‘jalik munosabatlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan boshqa har qanday shartlarni aniqlashda erkindir. 3. Korxona o‘z mahsuloti va mol-mulkini, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmasa, o‘z xohishiga ko‘ra sotadi, shuningdek o‘z xohishi bilan xizmatlar ko‘rsatadi. 4. Korxona iste’molchining manfaatlarini hamda uning mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatiga qo‘yadigan talablarini hisobga oladi. Iste’molchining manfaatlari va huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan himoya qilinadi. Erkin realizatsiya qilish taqiqlab yoki cheklab qo‘yilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi. 1. Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o‘rganish, narx-navoning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot asosida o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi. 2. Bozorga o‘tish davrida davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulot yetkazib berayotgan korxonalarni davlat shu ishlarni bajarish va mahsulotni yetkazib borish uchun moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlaydi. Korxona o‘z mahsulotini, ishlarini, xizmatlarini, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflarda sotadi. Korxona bozorda yakkahokimlik mavqeini egallagan hollarda davlat fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni tartibga soladi. 1. Foyda (daromad), amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan pul, mehnat jamoasi a’zolarining, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarning pay va o‘zga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir. 2. Korxona tijorat shartnomasi asosida bank kreditidan, boshqa korxonalarning kreditlaridan foydalanadi. 3. Korxonalar o‘z hisob-kitob va kassa xizmati uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bitta yoki bir nechta bankda milliy va chet el valyutalarida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli. 4. Budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar, ish haqi berish, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarni hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni qondirish, shuningdek bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga pul mablag‘larini hisobdan chiqarish fuqarolik qonun hujjatlari bo‘yicha hisob-kitoblarning qolgan turlari korxona tomonidan kalendar tartibda amalga oshiriladi. 5. Korxona xaridor (iste’molchi) ga qarzga olingan mablag‘ uchun foyda to‘lash tartibida qarzga mahsulot yetkazib berishi, ishni bajarishi va xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunday savdo bitimlarini rasmiylashtirish uchun korxona xo‘jalik oborotida vekselni qo‘llashi mumkin. Korxona foiz to‘lash sharti bilan boshqa korxonalarga yoki banklarga kredit berishi mumkin. 6. Korxona kredit shartnomalari va hisob-kitob intizomiga rioya etilishi uchun to‘la javobgardir. Hisob-kitob qilish yuzasidan o‘z majburiyatlarini muntazam bajarmaydigan korxona bank tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilinishi mumkin. Bunday korxonalarga ta’sir o‘tkazish choralari va ularni qo‘llash tartibi banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 1. Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, respublika Hukumati ayrim hudud zonalari bo‘yicha belgilaydigan har xil ishlab chiqarish turlarini joylashtirish haqidagi normativ talablarga, qurilish normalari va qoidalariga, kvotalar va litsenziyalarga rioya etgan holda respublika hududida qurilish joyini tanlab olishda erkindir. 2. Korxona qurilish olib borish uchun har qanday sheriklarni tanlab olishda, pudratchi tashkilotlar konkursini tashkil etishda erkindir, zarur hollarda tegishli qonunlarga, tasdiqlab qo‘yilgan qurilish normalari va qoidalariga amal qilib, qidiruv ishlarini olib boradi, qurilish-montaj ishlarini loyihalash va bajarishni o‘zi amalga oshiradi. 3. Hamma hollarda qurilish loyihasi viloyat yoki respublika ekspert idoralari darajasida davlat ekspertizasidan o‘tkazilib, puxtaligi, chidamliligi, rasman tasdiqlangan xavfsizlik qoidalariga, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilganligi baholanadi. 1. Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga egadir. 2. Olingan valyuta korxonaning valyuta balansi hisobiga o‘tkaziladi va undan korxona mustaqil foydalanadi. Korxonaning valyuta tushumidan mazkur korxona o‘z valyuta mablag‘i hisobidan qilgan bevosita valyuta xarajatlari chegirib tashlanganidan so‘ng respublika budjetlariga va mahalliy budjetga valyuta ajratmalari o‘tkaziladi. Respublika budjetlariga va mahalliy budjetlarga ajratmalar miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Korxonaning valyuta mablag‘ini qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda o‘zga yo‘l bilan tortib olish taqiqlanadi. 1. Ijtimoiy taraqqiyot masalalari, shu jumladan mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish vaqtining uzunligi masalalari, mehnat jamoasi a’zolari va ular oilalarining dam olish, turmush sharoitlarini va sihat-salomatligini yaxshilash masalalari, korxonaning iste’mol fondi hisobidan amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sug‘urta kafolatlari masalalari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat jamoasi tomonidan korxonalar ma’muriyati ishtirokida hal qilinadi. Korxona amaldagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga hamda aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish fondiga pul o‘tkazishi shart. 2. Korxona bu yerda ishlovchi barcha xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga majbur bo‘lib, ularning salomatligiga va mehnat qobiliyatiga yetkazilgan zarar uchun qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda javobgar bo‘ladi. 3. Pensiyaga chiqqunga qadar korxonada mehnat qilgan pensionerlar tibbiy xizmat, uy-joy bilan ta’minlanish, sog‘lomlashtirish va profilaktika muassasalariga yo‘llanmalar olish borasida korxonadagi mavjud imkoniyatlardan, shuningdek jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) qaroriga muvofiq boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlardan uning xodimlari bilan baravar foydalanadilar. 4. Korxona xotin-qizlarining mehnat va turmush sharoitini muntazam yaxshilashga, yosh bolali ayollarni ish kuni qisqartirilgan asosan kunduzgi ish bilan ta’minlashga, homilador ayollarni mehnat sharoiti zararsiz yengilroq ishga o‘tkazishga, shuningdek, ayollarga qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa imtiyozlarni berishga majburdir. Mehnat sharoiti zararli bo‘lgan korxona mehnat jamoasining roziligi bilan xotin-qizlarga yengilroq ish berish uchun sexlar, uchastkalar barpo etishi mumkin. 5. Korxona mehnat jamoasiga xizmat qiladigan va uning tarkibiga kirmaydigan tibbiy muassasalar xodimlarini, bolalar, madaniy-ma’rifiy, sog‘lomlashtirish, o‘quv va sport muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishi mumkin. 6. Fuqarolarning, xalq deputatlarining korxonaga iltimoslari va murojaatlariga doir masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish faqat korxona ma’muriyatining vazifasi bo‘lib, bu ish fuqarolarning o‘z zimmasiga yuklab qo‘yilishi mumkin emas. 1. O‘z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi (bitimi, kelishuvi), shuningdek xodimning korxona bilan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa shakllar asosida qatnashuvchi barcha fuqarolar shu korxonaning mehnat jamoasini tashkil etadilar. 2. Mehnat jamoasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, korxonani barpo etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlari, korxona ustavi, korxona ma’muriyati (mol-mulki egasi) bilan mehnat jamoasi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan belgilab beriladi. Korxona mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig‘ilish (konferensiya)dir. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi): korxona mol-mulkini sotib olish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi; korxona ma’muriyati bilan jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish zarurligi to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, bunday shartnoma (bitim) loyihasini ko‘rib chiqadi va uni mehnat jamoasi nomidan imzolash uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki boshqa organlarga vakolat beradi; korxona kengashiga (boshqaruviga) vakillar saylaydi (ularni chaqirib oladi), ularning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tinglaydi; o‘z xodimlari uchun qo‘shimcha ta’tillar, qisqartirilgan ish kuni va ishlab topilgan hamda iste’molga sarflanadigan mablag‘lar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlar belgilaydi. Jamoa shartnomasi (bitimi) hamma turdagi korxonalarda tuzilishi mumkin va u O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid bo‘lmasligi lozim. Korxonadagi ishlab chiqarish va mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, jamoaning ijtimoiy taraqqiyoti va jamoa a’zolarining salomatligi masalalari jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi. Jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish yoki uni bajarish chog‘ida kelishmovchilik chiqqan taqdirda bu kelishmovchilik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 1. Davlat korxona huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beradi. Korxona xo‘jalik faoliyatini va o‘zga faoliyatni amalga oshirish chog‘ida o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday qarorlarni qabul qilishga haqlidir. Korxonaning xo‘jalik faoliyati va o‘zga faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari davlat, jamoat va kooperativ idoralarining aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 2. Respublika va mahalliy davlat, jamoat hamda kooperativ idoralari va ularning mansabdor shaxslari korxonaga daxldor qarorlar qabul qilish chog‘ida va o‘zlarining shu korxona bilan munosabatlarida ushbu Qonunning qoidalariga rioya etilishi uchun javobgardirlar. Davlat idoralari va o‘zga idoralar va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga ko‘rsatma berishlari mumkin. Davlat idoralari yoki o‘zga idoralar o‘z vakolatlariga yoki qonun talablariga mos kelmaydigan hujjatni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas, deb e’tirof etish to‘g‘risida ariza bilan sud yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir. Korxona huquqni buzgan davlat idorasi yoki o‘zga idora yoxud ularning mansabdor shaxslari ko‘rsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan burchlarini tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan to‘lanishi kerak. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolarni xo‘jalik sudi o‘z vakolatlariga muvofiq holda hal qiladi. 1. Davlat korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yuritishning teng huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini ta’minlaydi. 2. Davlat bozorni rivojlantirishga ko‘maklashadi, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, barcha mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlaydi. Raqobatchining obro‘sini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, ishlab chiqarish kvotalari, sotish va ta’minot bozorlarini bo‘lib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar o‘rtasida monopol narx-navoni ushlab turish haqidagi har qanday til biriktirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda korxona monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Davlat qonun asosida, huquqni himoya qiluvchi va moliya organlari orqali raqobat qilish erkinligini ta’minlaydi, iste’molchilarni ularning huquqlari kamsitilishidan, xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasida monopolizm ko‘rinishlaridan muhofaza qiladi. 3. Korxona xo‘jalik oborotiga kiritayotgan buyumlar firma belgisini yoki buyumning ramzini, buyumni ta’riflaydigan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda markirovka qilinishi shart. O‘zga firma va tovar belgilarini, shuningdek, bir ishlab chiqaruvchining buyumlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning buyumlari bilan chalkashtirib yuborishga (o‘xshatishga) imkon beradigan har qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu masalalarda chiqqan nizolar sud tartibida hal qilinadi. 1. Korxona o‘z ishi natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti olib boradi. Davlat statistika hisobotining shakllarini davlat statistika idoralari, bunday hisobotlarni taqdim etish tartibini esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 2. Korxonaning mansabdor shaxslari davlat hisobotini buzib ko‘rsatganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan intizomiy, ma’muriy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 1. Korxonaning tijorat siri deganda korxonaning ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda e’lon qilish (topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan davlat siri bo‘lmagan ma’lumotlar tushuniladi. 2. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Korxona faoliyatining turlarini (agar ular haqidagi ma’lumot tijorat siri bo‘la olmasa) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi korxonalar atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa salbiy faoliyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirishning oldini olish maqsadida belgilab qo‘yadi. 3. Korxonaning tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarni e’lon qilganlik, bunday ma’lumotlarni saqlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 1. Shartnoma majburiyatlarini, kredit hisob-kitob va soliq intizomini, mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarni, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilganidek to‘la mulkiy javobgar bo‘ladi. 2. Korxona yer va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish talablariga amal qilmaslik, uni ifloslantirish va boshqa zararli ta’sirlar oqibatida ishlab chiqarish xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena normalarini hamda korxona xodimlarini, aholining va mahsulot iste’mol qiluvchilarning salomatligini himoya qilish talablarini buzganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorda jarima to‘lashi shart. Tabiatdan foydalanish rejimini buzayotgan korxona faoliyati yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tugatilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. 1. Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati korxona mol-mulki egasining tashabbusiga binoan taftish qilinishi mumkin. 2. Korxonalar faoliyatini rejali tarzda tekshirishlar O‘zbekiston Respublikasi Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan soliq va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda to‘lovchi, boshqa norma va qoidalarga rioya qiluvchi, auditorlarning har yilgi tegishli xulosalariga ega bo‘lgan korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi. Korxonalar faoliyatini tekshirishdan o‘tkazish muddatlari o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin. 3. Kichik va o‘rta biznes korxonalarining, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolarining faoliyatini tekshirishlar Palata yuridik xizmatlari va hududiy tuzilmalarining majburiy ishtirokida amalga oshiriladi. 4. Korxonalarni ularning xo‘jalik faoliyatini taftish qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirishlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashi tasdiqlagan rejalar asosida tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida; bir yo‘la o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi. 5. Auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish xarajatlari shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi”. 1. Korxonaning davlat boshqaruvi idoralari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari bilan o‘zaro munosabatlari ushbu Qonunga hamda ana shu idoralarining vakolatlarini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi. 2. Korxona davlat hokimiyati mahalliy idorasining hududni kompleks iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan ishlarda ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida qatnashadi. Korxona davlat hokimiyati mahalliy idorasining yoki boshqa vakolatli davlat idoralarining qarori bilan shu idoralar mablag‘lari hisobidan mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun maxsus ish joylarini barpo etishi shart. 3. Davlat hokimiyatining mahalliy idoralari korxonaga qarashli uy-joy va ishlab chiqarish maydonini ayrim obyektlarini tortib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. 1. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qo‘shish, bo‘lib yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday korxonalarni tuzishga vakolatli bo‘lgan idoralar qaroriga binoan yoxud sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Korxona olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan, dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno, va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida o‘z ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmagan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, belgilangan tartibda tugatilishi lozim. Shu bilan birga o‘z ustav fondini belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantira olmagan korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmagan darajada kamaytirishi yoki o‘zi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin. 2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chog‘ida ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi. 3. Korxona davlat ro‘yxati reyestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi. 4. Korxona boshqa korxona bilan qo‘shilgan taqdirda mazkur korxonalarning har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar qo‘shilish natijasida vujudga kelgan korxonaga o‘tadi. Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qo‘shilishi chog‘ida uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo‘shib olgan korxonaga o‘tadi. 5. Korxona bo‘lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu bo‘lib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi korxonalarga bo‘lib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda o‘tadi. Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chog‘ida qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari bo‘lib yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o‘tadi. 6. Bir korxonani boshqa korxona qilib o‘zgartirish chog‘ida avvalgi korxonaning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga o‘tadi. 1. Korxonani tugatish mol-mulk egasi yoki shu mol-mulkni boshqarishga vakil qilingan organ tuzgan tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi, bankrotlik hollari bundan mustasno. Xo‘jalik sudi xo‘jalik yuritish subyektining bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda, tugatish komissiyasini tuzish hamda uning ishlash tartibi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi. Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan korxona mol-mulki egasi, sud (xo‘jalik sudi) yoki korxonani barpo etishga vakolatli bo‘lgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek qarz berganlarning da’vo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish e’lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak. 2. Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora korxona joylashgan yerdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning da’volarini qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risida e’lon beradi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu e’lon bilan bir qatorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganidan xabardor qilib, ularning da’volarini aniqlash ishlarini bajarishi shart. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan korxonaning mol-mulkini baholaydi va qarz berganlar bilan hisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni korxona mol-mulki egasiga yoki tugatish komissiyasini tayinlagan idoraga taqdim etadi. Tugatish komissiyasi o‘z aybi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini xo‘jalik sudi belgilaydi. 1. Tugatilayotgan korxonaga qarz berganlarning da’volari ana shu korxonaning mol-mulkidan qondiriladi. Bunda birinchi navbatda budjet oldidagi qarzlar qondiriladi va tugatilayotgan korxona tasarrufida bo‘lgan yerlarni qaytadan tiklash xarajatlari qoplanadi. “Bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektining kreditorlar da’volarini qanoatlantirish hamda mol-mulkini taqsimlash tartibi va navbati “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi”. Yuridik shaxs — garovga qo‘yuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatning ijro muddatidan qat’i nazar, undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish huquqini qo‘lga kiritadi. 2. Da’vo qilish uchun belgilangan muddat o‘tganidan keyin aniqlangan va qilingan da’volar birinchi navbatdagi da’volar, aniqlangan da’volar, shuningdek, belgilangan muddatda ma’lum qilingan da’volar qondirilgandan keyin korxonaning qolgan mol-mulkidan qondiriladi. 3. Mol-mulk etishmaganligi uchun qondirilmagan da’volar bekor qilingan deb hisoblanadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olinmagan da’volar ham, agar qarz beruvchilar da’voni to‘la yoki qisman tan olmaslik to‘g‘risidagi xabarni olgan kunidan e’tiboran bir oy muddat ichida o‘z talablari qondirilishi to‘g‘risida xo‘jalik sudiga da’vo qilmagan bo‘lsalar, bekor qilingan deb hisoblanadi. 4. Korxonani tugatish chog‘ida fuqaroning shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa xil zarar etganligi yoxud o‘limi munosabati bilan shu korxonadan undiriladigan vaqtinchalik to‘lovlarga pul ajratiladi. 5. Korxonani tugatish chog‘ida mehnat jamoasi a’zosining qo‘shgan hissasi qarz berganlarning da’volari ustavda ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda qondirilgandan so‘ng unga pul shaklida yoki qimmatli qog‘ozlar bilan beriladi. 6. Qarz berganlarning va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkdan mulkdorning ko‘rsatmasiga binoan foydalaniladi. 7. Korxona qaytadan tashkil etilganida uning huquq va majburiyatlari qonuniy vorislariga o‘tadi.
51
43,932
Qonunchilik
Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etiladi
Prezidentning 16.2.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 129-son qarori qabul qilindi. Milliy gvardiya Respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi negizida Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari: Hujjat bilan Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi ofitserlar tarkibining harbiy unvonlari va lavozimlar boʻyicha tarif razryadlari roʻyхati tasdiqlandi. Litseyda musiqa ta’limi va oʻquv jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida istisno tariqasida, mavjud umumiy oʻrta ta’lim sinflari saqlab qolinadi. Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom, qonun hujjatlariga muvofiq, orkestr artisti malaka darajasi hamda koʻkrak nishoni beriladi. Litsey bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30%i miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15%i (shu jumladan, ijodiy imtihonlar boʻyicha) miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
62
1,367
Qonunchilik
SUG‘URTALOVChILAR VA SUG‘URTA VOSITAChILARI UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALARINI
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 18-son, 147-modda) qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar: 1. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: benefitsiar mulkdor — yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs va (yoki) manfaati ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan shaxs; ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha sug‘urtalovchi va sug‘urta vositachisining faoliyati; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar; mijoz — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani amalga oshirish to‘g‘risida sug‘urtalovchi yoki sug‘urta vositachisiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs; mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni sug‘urtalovchi yoki sug‘urta vositachisi tomonidan aniqlanishi; mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganish; tashkilot — faoliyati litsenziyalanadigan sug‘urtalovchi yoki sug‘urta vositachisi — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida tashkilot tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar; shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida uning amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya; “maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar; tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi; pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash; ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs; terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs; Ro‘yxat — maxsus vakolatli davlat organi tomonidan terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati; operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish; yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq); yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxslar. 2. Ichki nazoratning maqsadlari quyidagilardan iborat: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali ravishda aniqlash va to‘xtatish; tashkilotning qasddan yoki qasddan bo‘lmagan jinoiy faoliyatga jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotning ichki hujjatlariga og‘ishmay rioya qilinishini ta’minlash. 3. Ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat: qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaxsini o‘rganish bo‘yicha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rish va operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash; mazkur Qoidalarning 24-bandi va tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash; ichki nazoratni amalga oshirishda aniqlangan va xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish; yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish; Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash; maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida ijro etish; Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar haqidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlarini va materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlash; tashkilot rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda ta’minlab borish; operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun tashkilot xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadida zarur bo‘lgan tadbirlar qo‘llash; shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro ayirboshlash; tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish. 4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish maqsadida tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan mazkur Qoidalarga rioya etilishiga mas’ul bo‘lgan shaxs (bundan keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi. 5. Ichki nazorat tizimi tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, mijozlar bazasi hamda mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bog‘liq tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Bunda ichki nazorat tizimi tashkilotning ham O‘zbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida joylashgan alohida bo‘linmalarining (sho‘ba bo‘linmalar, vakolatxonalar, filiallar, bo‘limlar va boshqalar — ular mavjud bo‘lsa) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini ham nazarda tutishi lozim. 5-1. Tashkilot: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan davlatlarda joylashgan o‘zining chet eldagi alohida bo‘linmalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga e’tibor qaratishi; o‘zining chet eldagi alohida bo‘linmalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchilik hujjatlarida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bosh ofisga axborot berilishini talab qilishga majburdir. O‘z navbatida, tashkilot bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining suiiste’mol qilinishini oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishi shart. 5-2. Tashkilotlarning chet eldagi alohida bo‘linmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim. Agar bunday talablar O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi yuqoriroq standartlar qo‘llaniladi. 6. Tashkilot o‘z tashkiliy tuzilmasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mas’ul shaxs boshchilik qiladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmani tashkil qilishi yoki belgilashi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan bo‘linma tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan mazkur bo‘linma to‘g‘risidagi nizom asosida harakat qiladi. 6-1. Tashkilot bo‘linmalari xodimlarining mas’ul shaxs — tarkibiy bo‘linma boshlig‘i yoki uning xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tartibi tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilanadi. 7. Mas’ul shaxsga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma xodimlariga (bo‘linma mavjud bo‘lgan holda) quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: a) mas’ul shaxsga — tarkibiy bo‘linma boshlig‘iga: oliy ma’lumotlilik va sug‘urta sohasida rahbarlik lavozimlarida 2 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lishlik, oliy ma’lumot mavjud bo‘lmaganda esa — uch yildan kam bo‘lmagan bunday ish tajribasiga ega bo‘lishlik; tashkilot ishining o‘ziga xos xususiyatini bilishlik; b) tarkibiy bo‘linma xodimlariga: oliy ma’lumotlilik va tashkilotda 2 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega bo‘lishlik, oliy ma’lumot mavjud bo‘lmaganda esa — tashkilotda uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega bo‘lishlik; tashkilot ishining o‘ziga xos xususiyatini bilishlik. 8. Tashkilot har yili 10-yanvarga qadar Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga tashkilotdagi mas’ul shaxslarning ro‘yxatini taqdim etadi va bu ro‘yxatdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor etilishini ta’minlaydi. Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi har yili 20-yanvarga qadar tashkilotlardan olingan ro‘yxatlarni maxsus vakolatli davlat organiga beradi va bu ro‘yxatlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor etilishini ta’minlaydi. 9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mas’ul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi: mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etish va amalga oshirilishini tashkil etadi; tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi; ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan mijozlarning shubhali operatsiyalari to‘g‘risidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan tegishli ma’lumotlarni (materiallar, hujjatlar va boshqalar) yig‘ish, rasmiylashtirish, saqlashni amalga oshiradi, ularning maxfiyligini ta’minlaydi; ichki nazorat qoidalarini va dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini ta’minlaydi. Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda monitoring va nazorat o‘tkazilish davomida tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi. 10. Mas’ul shaxs quyidagi huquqlarga ega: o‘z tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni talab qilib olish; olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkilotning elektron ma’lumotlar bazalarida, mahalliy hisoblash va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayl va boshqa yozuvlardan nusxalar olish; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha kelgusidagi xatti-harakatlarga oid (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida o‘tkazilayotgan operatsiyani to‘xtatib turish bo‘yicha) takliflarni rahbariyatga kiritish. Mas’ul shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 11. Mas’ul shaxs quyidagilarga majbur: ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlash; mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish; benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan choralarni amalga oshirish; mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq bo‘lgan operatsiyalarni g‘ayrioddiy amalga oshirish sxemalari bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etishi; shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish; maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha o‘quv tadbirlarida qatnashish va o‘quv tadbirlarida olingan ma’lumotlarni tashkilot xodimlariga yetkazish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish; olingan ma’lumotning maxfiyligiga rioya qilish. Mas’ul shaxslar zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 111. Mas’ul shaxs lavozimiga tayinlangan shaxs O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchiligini hamda xalqaro standartlarni bilishi lozim. 12. Mazkur Qoidalarning 9, 10 va 11-bandlarining talablari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma (u mavjud bo‘lgan taqdirda) xodimlariga ham qo‘llaniladi. 13. Mas’ul shaxsni o‘qitish va malakasini oshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda o‘tkaziladi. O‘qitish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan tanishish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini o‘rganish; ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; mas’ul shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish muammolariga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbir (shuningdek, xalqaro)larda ishtirok etish (imkoniyat darajasida). O‘qitish muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 14. Tashkilotning qolgan xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish mas’ul shaxs tomonidan o‘tkaziladi. O‘qitish mansab vazifalaridan kelib chiqqan holda, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan xodimlarni tanishtirish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini o‘rganish; ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar. Tashkilot tomonidan ichki nazorat qoidalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy sharti bu — mazkur jarayonda har bir xodim o‘z vakolati doirasida qatnashishi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda o‘qitish o‘tkaziladi. O‘qitish muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 15. Tashkilot har yili 1-fevralga qadar Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga o‘zining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi. 151. Tashkilotlar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari lozim: tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi; mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari; zarur axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini ta’minlash tartibi; shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi; Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish tartibi; kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga qo‘yiladigan malaka talablari; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar; yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish hamda bunday shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalarni monitoring qilish tartibi; maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida ijro etish tartibini; yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar. 16. Tashkilot mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni quyidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni o‘rnatishda amalga oshiradi: shaxsiy sug‘urta qilish yoki birgalikda sug‘urta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, sug‘urtalangan shaxsni, foyda oluvchini, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni; operatsiya amalga oshirish kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda; qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni; sug‘urta qilish yoki qayta sug‘urta qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuv, agentlik kelishuvi, tashkilot faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘larni joylashtirish (qo‘yish) to‘g‘risida shartnoma va boshqa xo‘jalik yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzishda — mijozni, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni. Bunda, agar mijoz O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmasa, unda mijoz hududida joylashgan (ro‘yxatdan o‘tgan) davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etishi haqidagi ma’lumotni aniqlash lozim bo‘ladi. Mijozlarni lozim darajada tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar ham asos bo‘lishi mumkin: amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida ekanligiga har qanday shubhaning mavjudligi; identifikatsiyalash uchun avval olingan ma’lumotlarni haqiqiy va to‘g‘ri ekanligiga shubhaning mavjudligi. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgan paytda amalda bo‘lgan shartnomalar asosida tashkilot bilan fuqarolik — huquqiy munosabatlarda bo‘lgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi. 16-1. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha tashkilotlar tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: mijozning va u tegishli hujjatlar asosida qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni; mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni; mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazishni. Agar mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash imkoni bo‘lmasa, takshilot mijozning rahbarini identifikatsiyalashi lozim. Tashkilot mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan: yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish; yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilot rahbari (o‘rinbosari) ruxsati bilan kirishish (yoki davom ettirish); amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim. Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, tashkilot mijoz bilan ish munosabatlariga kirishni rad etishi va (yoki) mavjudlarini to‘xtatishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborishi shart. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lgan mijozga mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarda, ushbu mijozga nisbatan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi. 162. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan, shuningdek tavakkalchiliklarning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs bo‘lganda tashkilotlar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozim. 163. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi: mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish; mijozdan uning pul mablag‘lari manbasi haqida ma’lumot olish; sug‘urta shartnomasini yoki avval tuzilgan sug‘urta shartnomalarini tuzish sabablari to‘g‘risida ma’lumot olish; tuzilgan sug‘urta shartnomalari tahlili orqali, mijoz bilan ish munosabatlari monitoringini o‘tkazish. 17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar mijoz tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Mijozni tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga imkon beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanaga haqiqiy bo‘lishi lozim. 18. Mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi lozim. Benefitsiar mulkdorni aniqlash uchun tashkilot mijoz boshqa shaxs nomidan harakat qilayotganligini aniqlashga majbur va shundan keyin mijoz qaysi shaxs nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsni identifikatsiyalash va lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim. Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari tekshirilishi shart. Bunda naf oluvchini yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bo‘yicha choralar sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilishidan avval ko‘rilishi shart. 19. Mijoz operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risida topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan bir yoki bir necha marta murojaat qilganida, tashkilot quyidagilarga majbur: qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq operatsiya bo‘yicha mijozni yoki foyda oluvchini identifikatsiyalash; ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, o‘rganib chiqish; operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyat maqsadlariga muvofiqlilik darajasini aniqlash; operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi mijoz — jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan faoliyat maqsadi va turiga muvofiqlilik darajasini aniqlash. 20. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar) asosida amalga oshiriladi. Agar mijoz — jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi ham o‘rganilishi kerak. 21. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda tashkilot uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olishlari lozim. Bunda, agar mijoz-yuridik shaxs nomidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs ish ko‘rayotgan bo‘lsa, tashkilot bunday jismoniy shaxsni identifikatsiyalash bo‘yicha ham ma’lumotlarni olishi lozim. 211. Tashkilot mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsil o‘rganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim: mijozning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga; mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga; mijoz ustav fondi (kapitali)ning ro‘yxatga olingan miqdoriga. 22. Tashkilot mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni: davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz to‘g‘risida olingan ma’lumotlardan foydalanish; mijozning avvalgi tashkilot bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish; mijozning ishchanlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish orqali tekshirish huquqiga ega. Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan identifikatsiyalash va boshqa ma’lumotlar tashkilot tomonidan yilida kamida bir marta yangilanishi lozim. 22-1. Mijoz va (yoki) mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda tashkilot olingan ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va tashkilotga taqdim qilinadigan Ro‘yxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart. 22-2. Mijozni va (yoki) benefitsiar mulkdorni qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdor mazkur Qoidalarga muvofiq tashkilot tomonidan avval indentifikatsiyalangan bo‘lsa. 22-3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi talab qilinmaydi. 23. Tashkilot quyidagi hollarda mijozga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi: mijozning boshqaruv organi yoki mijozning nomidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish ko‘rayotgan shaxsning o‘zi joylashgan yeri (pochta manzili) bo‘yicha mavjud bo‘lmaganida; mijoz-jismoniy shaxsning o‘zining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi (pasport yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlariga muvofiq) bo‘yicha mavjud bo‘lmaganida; shak-shubhasiz noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkilot tomonidan so‘raladigan hujjatlar taqdim etilmaganda; mijoz va (yoki) benefitsiar mulkdorni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni yakunlash imkoni bo‘lmaganda; qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. Bunda bunday operatsiyalar shubhali deb tan olinadi va tashkilot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ular haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart. 231. Tashkilot mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalar amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini (keyingi o‘rinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart. Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalarini hisobga olgan holda mas’ul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi. Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishi lozim. 232. Tashkilot avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim: Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoki Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar; norezidentlar; haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi manzilga to‘g‘ri kelmaydigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan yuridik shaxslar; muntazam ravishda (uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar; yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar; mas’ul shaxsda asosli shubha uyg‘otadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar. 233. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, tashkilot zarur bo‘lganda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim. Tashkilot barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishi kerak. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari haqidagi ma’lumot tashkilot rahbariyatiga taqdim qilinishi lozim. 234. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak. Bu maqsadlarda tashkilot: xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi; yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi lozim. Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim. Tashkilot bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishi lozim. 235. Tashkilotning chet eldagi alohida bo‘linmalari (mavjud bo‘lganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talbalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llashi lozim. Tashkilot o‘zining chet eldagi bo‘linmalaridan ular joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, tashkilotlarning bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida tashkilot bu haqda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart. Tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi shart. 24. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya quyidagi holatlarda shubhali deb topilishi mumkin: amaliyotga asosan so‘ralayotgan ma’lumotlarni mijoz tomonidan taqdim etilishi asossiz ravishda rad etilsa, shu jumladan, o‘zining ishonch bildiruvchisi to‘g‘risida (agar mijoz yuridik yoki jismoniy shaxsning vakili sifatida ish olib borsa), shuningdek amalga oshirilayotgan operatsiyaning maxfiyligi masalalari bo‘yicha mijoz ortiqcha tashvishlansa; mijozning xizmat ko‘rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek, mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar ko‘rsatishdagi oddiy to‘lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif etilishi; agarda mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmasa, mijoz faoliyatining xususiyatiga to‘g‘ri kelmasa va tavakkalchilik xavfini sug‘urta qilish maqsadlariga ega bo‘lmasa; mijozning bekor qilingan bitim bo‘yicha olishi lozim bo‘lgan summalarni uchinchi shaxslarga, shuningdek, norezident bank hisobiga qaytarishni taklif etishi; mijoz tomonidan operatsiyaga (bitimga) tashkilot faoliyatining odatdagi amaliyotiga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘shimcha va o‘zgartishlarning kiritilishi; mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin ko‘proq, ayniqsa, pul mablag‘lari harakati yo‘nalishiga taalluqli o‘zgartirishlarning kiritilishi; mijoz tomonidan operatsiyani vakil (vositachi) orqali amalga oshirish haqida topshiriq berilishi, agar vakil (vositachi) topshiriqni tashkilot bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri (shaxsiy) aloqa o‘rnatmasdan amalga oshirayotgan bo‘lsa; ko‘rsatilgan bog‘lanish ma’lumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal ma’lumotlari bo‘yicha mijoz bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatining mavjud emasligi; mijoz kontragentlarini aniqlashning imkoni yo‘qligi; yuridik va jismoniy shaxs bilan tuzilgan amaldagi hayotni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti miqdorini mos ravishda oshirish bilan birga sug‘urta puli miqdorini sezilarli darajada (2 barobardan ortiq) oshirish bo‘yicha mijozning taklifi; sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs, foyda oluvchining almashtirilishi munosabati bilan sug‘urta shartnomasiga tez-tez o‘zgartishlarning kiritilishi; mijoz tomonidan uchinchi shaxs foydasiga besh yilgacha muddatga ikki va undan ortiq hayotni sug‘urta qilish shartnomalarining davriy tuzilishi; yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdoridagi naqd pul mablag‘larini bir marta yoki qismlarga bo‘lib tashkilotning kassasiga mijoz tomonidan topshirilishi hisobidan umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobaridan kam bo‘lmagan bir necha operatsiyalarning bajarilishi; pul mablag‘larining xorijga anonim (raqamli) hisobga (jamg‘armaga) o‘tkazilishi va pul mablag‘larining xorijdan anonim (raqamli) hisobdan (jamg‘armadan) kelib tushishi; mijoz tomonidan ixtiyoriy sug‘urta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilinishida sug‘urta mukofotining qaytarilishi, agar pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan kredit tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa; bitta sug‘urta qildiruvchiga yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutadagi summada sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta pulining to‘lanishi; bitta sug‘urta vositachisiga yilning bir choragida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutadagi summada komission to‘lovlarning to‘lanishi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy sug‘urtalovchilardan (qayta sug‘urtalovchilardan) qayta sug‘urta qilish bo‘yicha komissiyalar va tantyemalarning olinishi. 25. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obro‘si, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. 26. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatib turiladi va (yoki) pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk ishga solmay to‘xtatib qo‘yiladi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinadi, agarda: agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa; operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa; operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa. Operatsiyani to‘xtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yilgan, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi. 261. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak. 27. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan so‘ng, mas’ul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan: shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida; mijoz bilan operatsiya o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish lozimligi haqida; qonunchilik hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni to‘xtatish haqida. 28. Shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabar operatsiya shubhali deb topilgan vaqtdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tashkilot tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. 29. Har bir shubhali operatsiya to‘g‘risidagi ma’lumot mas’ul shaxs tomonidan qog‘oz va elektron ko‘rinishda yuritiluvchi maxsus jurnalga kiritiladi. 30. Tashkilot tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday ma’lumotni maxsus vakolatli davlat organiga kechiktirmay topshirishlari zarur. 301. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarni qo‘shimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin. Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xaraktyerga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yo‘lga qo‘yishlari mumkin. 30-1. Tashkilot ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni har bir operatsiya bo‘yicha, jumladan lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha shubhali deb tan olinmagan operatsiyalar bo‘yicha talab qilib oladi va yig‘adi. 30-2. Tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, hamda mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar asosida ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan ma’lumotlar va hujjatlarni shakllantiradi. 30-3. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo bo‘lgan taqdirda, tashkilot tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega. 30-4. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan barcha ma’lumotlar va hujjatlar tashkilotning mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun ochiq bo‘lishi lozim. 30-5. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim. 30-6. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar, mijoz bilan 1 yildan ortiq muddatga amaliy ish munosabatlari o‘rnatilgan hollarda har yili, shuningdek mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki u bilan o‘rnatilgan amaliy ish munosabatlari xarakteri o‘zgarishi bilan yangilanib borilishi lozim. 31. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi: operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari; operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi; operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar; operatsiyani topshirig‘i bo‘yicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar; ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya bo‘yicha foyda oluvchi va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar. 32. Tashkilot pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan ish yozishmalari, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlarini va materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatlar mobaynida saqlashi shart. 33. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydi, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi to‘g‘risida ma’lum qilish huquqiga ega emas. Tashkilot o‘z xodimlari tomonidan ichki nazorat bo‘yicha vazifalarni bajarish jarayonida olingan axborotning e’lon qilinmasligini yoxud shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini ta’minlaydi. 331. Mas’ul shaxsning faoliyatida ishlatilgan barcha hujjatlar (ichki nazoratni o‘tkazishga taalluqli yozishmalar, shu jumladan, maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, maxsus jurnallar va boshqalar)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim. 332. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul shaxs tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur. 333. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida o‘zgarishlar bo‘lganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi tashkilot tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim. 34. Tashkilot tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi. 341. Tashkilotlar ichki va tashqi vaziyatlarning o‘zgarishini inobatga olgan holda, tashkilotning ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini ta’minlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi. Tashkilotida ichki audit xizmati mavjud bo‘lganda, ichki nazorat tizimining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
250
57,045
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIGIDA HISOB-KITOBLAR TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA OID TUB ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va qishloqqa yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan ularga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida: 1. 1997-yildan boshlab yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamda qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun moliyalash hamda hisob-kitoblarning shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni mustahkamlashga va shartnoma majburiyatlari bo‘yicha tavakkalchiliklarni sug‘urtalashga asoslangan prinsipial Yangi tizimi joriy etilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, qishloq xo‘jaligidagi tovar ishlab chiqaruvchilar bilan ularga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar o‘rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar quyidagi asosiy shartnoma turlarini tuzish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va boshqa qonunchilik aktlariga muvofiq amalga oshiriladi: tayyorlovchi tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotini xarid qilishga kontraksiya shartnomasi, shu jumladan fyuchers asosidagi shartnoma; davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarid qilishga shartnoma; qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish shartnomasi; qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan yonilg‘i-moylash materiallari, energiya manbalari, mineral o‘g‘itlar xo‘jalik o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, qishloq xo‘jalik texnikasi xarid qilish uchun maqsadli kreditlar olishga shartnoma, shuningdek ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining huquqiy negizini ta’minlovchi boshqa turdagi shartnomalar. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish”, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat”, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmalari, Markaziy va tijorat banklari, Moliya vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birga ikki hafta muddatda mazkur shartnomalarning Namunaviy shakllarini puxta ishlab chiqib, tasdiqlasin va ularda tomonlarning o‘z zimmalariga qabul qilgan majburiyatlari bo‘yicha mulkiy javobgarlik choralarini ko‘zda tutsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997-yilning 1-apreliga qadar muddat ichida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan ishlab chiqilgan qishloq xo‘jalik mintaqalari bo‘yicha ekin maydoni hamda yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari birligiga xodimlar soni va moddiy-xomashyo sarf-xarajatlari chegaralangan miqdorlarining normativlariga tanqidiy baho berib, to‘liq ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Normativlar tasdiqlangandan keyin ular xo‘jaliklarning biznes-rejalarini ishlab chiqish uchun asos sifatida qishloq xo‘jalik korxonalariga yetkazilsin. 4. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmalari, “O‘zdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi, boshqa tayyorlov tashkilotlari quyidagilarni amalda keng joriy etsinlar: avans tariqasida beriladigan mablag‘lar qaytarilishi xususida “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi bilan tegishli sug‘urta shartnomalari tuzilgan taqdirda qishloq xo‘jaligidagi tovar ishlab chiqaruvchilarga yangi yil hosili uchun qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishning asosiy davrlari bo‘yicha bosqichma-bosqich avans berib borish; mahsulot yetkazib berishni kafolatlovchi qishloq xo‘jalik korxonalari bilan paxta, don ekinlari hamda boshqa turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilishga yangi hosil yig‘ishtirib olingunga qadar ular qiymatini 90 foiz miqdorda oldindan to‘lab qo‘yilgan holda fyuchers kontraktlari tuzish. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi bilan birga jahon bozorida qulay konyunktura vujudga kelgan taqdirda haqi 90 foiz miqdorda oldindan to‘lanishi sharti bilan yangi hosil paxta tolasini eksport qilishga fyuchers kontraktlarini tuzsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit emissiyasining 1997-yilga mo‘ljallab belgilangan miqdorlari doirasida 1997-yil hosili uchun, shu jumladan 1996-yilda ushbu maqsadlarga ajratilgan kreditlarni qoplash hisobiga paxtakor va g‘allakor xo‘jaliklarga avans berish uchun “Paxtabank” va “G‘allabank” ka qayta moliyalash kreditlarini ajratib berishni ko‘zda tutsin. 6. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish”, “O‘zdavneftmahsulot”, “O‘zagrokimyota’minot” tashkilotlari hamda qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar tuzilgan shartnomalar bo‘yicha resurslar qiymatining 15 foizini oldindan to‘langan taqdirda sarf-xarajatlarning belgilangan solishtirma normativlariga qat’iy muvofiq ravishda shartnomalar tuzilishini va qishloq xo‘jalik korxonalariga moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishini ta’minlasinlar. Hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo‘llanish amalda joriy etilsin. 7. “Paxtabank”, “G‘allabank”, “Mevasabzavotbank”: xo‘jaliklar bilan qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning korxonalari, tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan mahsulot yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarning o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasinlar; xo‘jalik bilan “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi o‘rtasida sug‘urta shartnomasi tuzilgan taqdirda to‘lashga qobiliyatli xo‘jaliklarga yonilg‘i-moylash materiallari, energiya manbalari, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik texnikasi hamda boshqa moddiy-texnika resurslarining haqini to‘lashga o‘zlarining kredit mablag‘lari hisobidan maqsadli kreditlarni ajratib bersinlar. 8. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xo‘jalik pasportining Namunaviy shakllariga va qarz oluvchiga nisbatan talablarga muvofiq, shuningdek belgilangan tartibda xo‘jalik mulkini garovga qo‘yish shartnomasi tuzilgan taqdirda: banklarning maqsadli kreditlarini qoplash va xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga avans tariqasida beriladigan mablag‘larning qaytarilishi uchun qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqaruvchilarning javobgarligi sug‘urta qilsin; kreditli shartnomaning har bir loyihasi bo‘yicha bankka ekspert xulosasini bersin. 9. Bankrotlik va sanatsiya masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasini, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazini, “O‘zistiqbolstat”, davlat qo‘mitasini, Moliya vazirligini, tijorat banklarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashini, viloyatlar va tumanlarning hokimliklarini jalb etgan holda ikki oy muddatda: qishloq xo‘jalik korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holatini yalpi hisobga olib, bunda zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli xo‘jaliklarning ro‘yxatini aniqlasin; bankrotlik to‘g‘risida amaldagi qonunga muvofiq iqtisodiy jihatdan nochor xo‘jaliklarni restrukturizatsiya qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin. Mazkur Farmonning bajarilayotganligi 1997-yilning 1 yarmi yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqilsin.
99
7,167
Qonunchilik
MEVA-SABZAVOTChILIK VA UZUMChILIK SOHASIDA AGROSANOAT FIRMALARI TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish uchun zarur normativ bazani yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda agrofirmalar, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hamda qayta ishlash korxonalari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning tavsiya etiladigan shakllarini ishlab chiqsinlar va joylarga yetkazsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-son Farmoniga muvofiq meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari (keyingi o‘rinlarda Agrofirma deb yuritiladi) tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibini belgilaydi. 2. Agrofirma fermer xo‘jaliklari va aholi tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash hamda sotish asosiy faoliyati bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi. 3. Quyidagilar Agrofirmaning muassislari bo‘lishi mumkin: meva-sabzavot mahsulotlari va uzum, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari; barqaror xo‘jalik aloqalariga va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash korxonalari; yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar; O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; xorijiy investorlar; Agrofirmalarda qatnashishi qonunda taqiqlanmagan boshqa shaxslar. 4. Agrofirmani ta’sis etishda uning qatnashchilari o‘z mustaqilligini saqlab qoladi. 5. Agrofirmalar uning qatnashchilari tomonidan ixtiyoriy tartibda tashkil etiladi. 6. Agrofirmalar tijorat tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin. 7. Agrofirmalar ular Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. Agrofirmalarni ta’sis etishda muassislar tegishli tashkiliy-huquqiy shakldagi subyektlarni tashkil etish uchun belgilangan qonunchilik talablarini bajarishi kerak. 8. Agrofirmalar tarkibida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish, tayyorlash, ularning marketingini olib borish va boshqalar bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etilishi mumkin. 9. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari Agrofirmalarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas. 10. Agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish quyidagi asosiy prinsiplarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: Agrofirmalar fermer xo‘jaliklari tomonidan ixtiyoriy asosda tashkil etiladi, bunda muassislar tarkibiga, fermerlar bilan bir qatorda, barqaror xo‘jalik aloqalariga va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘lgan, shuningdek yaqin atrofdagi hududda joylashgan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari kirishi mumkin; Agrofirmalar istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, shu jumladan xorijiy investor bilan qo‘shma korxonalar shaklida tashkil etilishi mumkin; fermer xo‘jaliklarining Agrofirmalar tarkibiga kiruvchi qayta ishlaydigan va boshqa korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi, ushbu shartnomalarda tomonlarning huquq va majburiyatlari tartibga solinadi, shu jumladan yetkazib beriladigan mahsulotning kamida 30 foizi avans bilan ta’minlanishi hamda keyinchalik mahsulotlarning kafolatli ravishda xarid qilinishi belgilab qo‘yiladi; fermer xo‘jaliklari — Agrofirmalar ta’sischilari shartnomadagidan ortiqcha yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z xohishiga ko‘ra ichki bozorda sotadi va eksport qiladi. 11. Agrofirma asosan qishloq joylarda, uning qatnashchilari sa’y-harakatlarini, ularning moddiy va moliyaviy resurslarini birlashtirish asosida tashkil etiladi. 12. Quyidagilar Agrofirmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi: meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish; meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish; marketing tadqiqotlari o‘tkazish, meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishning maqbul hajmlarini belgilash; oqilona texnologiya va kooperatsiya aloqalarini yaratish; eksport potensialini ko‘paytirish va investitsiyalar jalb etish; aholini ish bilan ta’minlash. 13. Agrofirma quyidagi huquqlarga ega: ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish va amalga oshirish, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash; yetishtirilgan mahsulotlarni sotish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan budjet tashkilotlari bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish; mahsulotni sotib olish yuzasidan fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan fyuchers kontraktlari tuzish; aholidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum xarid qilish; yetishtirilayotgan mahsulotga va bajarilayotgan ishlar (ko‘rsatilayotgan xizmatlar)ga mustaqil narx belgilash; olingan daromad (foyda)ni, shuningdek o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini o‘z xohishiga ko‘ra belgilangan tartibda tasarruf etish; kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki, pul mablag‘larini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takroriy ishlab chiqarishga yo‘naltirish; o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilish. Agrofirma qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi. 14. Agrofirma: o‘z xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga; tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarishga; soliqlar va majburiy to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lashga majbur. Agrofirma qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga oladi. 15. Agrofirmaning mol-mulki: muassislar tomonidan uning ustav fondiga ulush shaklida qo‘shilgan mol-mulk; ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan mahsulotlar; tovarlarni sotish, ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish)dan, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishdan olingan daromad (foyda); qimmatli qog‘ozlardan olingan daromad; yuridik va jismoniy shaxslarning beg‘araz, xayriya va boshqa ehsonlari; belgilangan tartibda sotib olingan texnologiya asbob-uskunalari, binolar, transport vositalari, pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, intellektual mulk obyektlari hamda boshqa mol-mulk; jalb etilgan mablag‘lar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi. 16. Meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni sotib olish va qayta ishlash Agrofirma tomonidan o‘z mablag‘lari va jalb etiladigan resurslar hisobiga amalga oshiriladi. 17. Agrofirma tomonidan ko‘rilgan zararlar uning mol-mulki va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mol-mulk hisobiga qoplanadi. 18. Agrofirma xodimlari ishga belgilangan tartibda mehnat shartnomasiga muvofiq qabul qilinadi. Vazifalar bajarilishini ta’minlash uchun shaxslar Agrofirma tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin. 19. Xodimlar mehnatiga haq to‘lash tartibi va shakli qonunchilikka muvofiq agrofirma tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 20. Agrofirma qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya, statistika hisobotini va boshqa hisobotni yuritadi. 21. Agrofirmaning moliyaviy, statistik va boshqa hisoboti davlat boshqaruvi organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi. 23. Agrofirmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
164
8,734
Qonunchilik
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLAShTIRIShDA XORIJIY SARMOYaLARNI JALB QILIShNI RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning samarali mexanizmini yaratish, qimmatli qog‘ozlar bozorida chet el investorlarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 3. Davlat komissiyasi: Davlat mulkini sotishda tender savdolari o‘tkazish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin; xorijiy baholash kompaniyalarini 1 va 3-ilovalarga* muvofiq korxonalar qiymatini baholashga ikki oy muddatda jalb qilsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 1 — 3-ilovalarda qayd etilgan obyektlar prospektini, ularning xorijiy investorlar uchun qiziqish tug‘diradigan ishlab chiqarish — iqtisodiy va moliyaviy tavsifnomalari, shuningdek ushbu obyektlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, nashr qilsin. 4. Belgilansinki: xususiylashtiriladigan korxona tomonidan xorijiy investorning investitsiya majburiyatlari hisobiga olingan pul mablag‘lari va texnologiya asbob-uskunalari daromad (foyda) solig‘iga va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish obyekti bo‘lib hisoblanmaydi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat mulki qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingini olish bo‘yicha 6-ilovaga* muvofiq tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy investorlarning O‘zbekiston emitentlari aksiyalarini respublika fond bozorida sotishdan olgan daromadini erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiya qilish: agar ko‘rsatib o‘tilgan aksiyalar erkin almashtiriladigan valyutaga sotib olingan bo‘lsa; xorijiy investor aksiyalarni ularni sotib olgan sanadan keyin kamida 12 oy o‘tgach sotgan taqdirda amalga oshiriladi. Pul-kredit siyosati bo‘yicha Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda Xorijiy investorlarning O‘zbekiston emitentlari aksiyalari muomalada bo‘lishidan olingan daromadlarini erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiya qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Toshkent” Respublika fond birjasi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlarni xorijiy investorlarga erkin almashtiriladigan valyutaga sotish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqqan va tasdiqlagan holda, 1999-yil 1-yanvargacha maxsus savdo maydonchasi tashkil etsin. 10. Hukumat qarorlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki ushbu qarordan kelib chiqadigan idoraviy me’yoriy hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda qabul qilsinlar. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “1998-yilda O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti to‘g‘risida” 1997-yil 5-dekabrdagi 540-son qaroriga 15-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi bilan daromadlarga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish haqidagi bitimlarga ega bo‘lmagan davlatlar rezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning dividendlari bundan mustasno”.
115
3,575
Qonunchilik
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2014-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2014-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
166
270
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 27-iyuldagi 222-V, 89, 2002-62-son qarori (ro‘yxat raqami 1165, 2002-yil 12-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 15-16-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi “k2” kichik band bilan to‘ldirilsin: “k2) jismoniy shaxs — norezident tomonidan tashqi savdo shartnomasi bo‘yicha debitor qarzdorliklarni so‘ndirish uchun;” 2. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin: “41. Mazkur Nizomning 1-bandi “j”, “z”, “k1” va “k2” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda jismoniy shaxs — norezident tomonidan quyidagi hujjatlardan biri taqdim etilganda naqd chet el valyutasi bank kassasiga qabul qilinadi: jismoniy shaxs — norezident tomonidan naqd chet el valyutasini chet eldan olib kelganligini tasdiqlovchi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi; mablag‘lar bankomat (terminal) orqali jismoniy shaxs — norezidentning bank kartalaridan echilganligini tasdiqlovchi cheklar; jismoniy shaxs — norezident nomiga uning O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga chet eldan kelib tushgan mablag‘larning echilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomalari. Naqd chet el valyutasi norezident tomonidan berilgan ishonchnoma asosida jismoniy shaxs — rezidentlardan qabul qilinganda, pul mablag‘lari ushbu jismoniy shaxs-rezident tomonidan chet eldan olib kelganligini tasdiqlovchi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining taqdim etilishi majburiy sharti bo‘lib hisoblanadi.”.
129
2,016
Qonunchilik
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
73
467
Qonunchilik
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha ta’lim tizimida raqobat muhitini yaratish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligining davlat maktabgacha bolalar muassasalari bilan bir qatorda tijorat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Tugatilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bo‘shayotgan binolari va inshootlari mavjud jihozlari va asbob-uskunalari bilan birgalikda, keyinchalik sotib olish huquqi bilan 3 yilgacha muddatga ijara haqi undirmasdan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ijaraga berilishi mumkinligi belgilansin. 3. Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalarining ishlab turgan davlat maktabgacha bolalar muassasalari tarkibi va hududida, shuningdek boshqa davlat maktabgacha bolalar muassasalariga ega bo‘lmagan aholi yashash joylaridagi ishlab turgan davlat maktabgacha muassasalari o‘rniga tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasasi (tashkiloti) to‘g‘risida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda ularni tashkil etish tartibini, ularning tashkiliy-huquqiy maqomini, tegishli davlat standartlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy talablarni, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibini, mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini va boshqalarni nazarda tutsin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga amaldagi qonun hujjatlari doirasida har tomonlama ko‘maklashsinlar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab turgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining joylashuvini va bolalar bilan to‘ldirilganligini, ularning bir qismini keyinchalik sotish yoki yangidan tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ijaraga berish uchun aniqlab olish maqsadida budjet mablag‘laridan foydalanishning samaradorligini puxta o‘rganib chiqsinlar; davlat ta’minoti tashkilotlari uchun xaridlarning umumiy hajmini aniqlashda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olsinlar va nodavlat maktabgacha bolalar tashkilotlari tomonidan davlat ta’minoti tizimining savdo korxonalari tarmoqlari, shuningdek, chakana savdo tarmoqlari orqali naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha mayda ulgurji tartibda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish imkoniyatini ta’minlasinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
113
3,526
Qonunchilik
BOJXONA QONUNChILIGINI BUZGAN ShAXSLARNI MA’MURIY UShLAB TURISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Bojxona qonunchiligini buzgan shaxslarni ma’muriy ushlab turish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (1999-yil 7-may, ro‘yxat raqami 717) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
139
1,155
Qonunchilik
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning maqsadi valyuta operatsiyalarini va valyuta nazoratini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining valyutaga oid yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: valyuta kursi — chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasi valyutasiga nisbatan kursi; valyutani nazorat qilish — valyutani nazorat qiluvchi organlarning valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati; valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan to‘lov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, jo‘natish va o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, jo‘natish va o‘tkazish, rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar; valyutani tartibga solish — valyuta qimmatliklarining muomalada bo‘lish tartibini, valyuta qimmatliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish qoidalarini belgilash yuzasidan valyutani tartibga solish organining faoliyati; valyuta qimmatliklari — chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar va to‘lov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, sof quyma oltin; chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd to‘lovning qonuniy vositasi bo‘lgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim bo‘lgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablag‘lar; chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy moliya vositalari (valyuta derivativlari) — chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha shartnomalar bo‘lib, ushbu shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muayyan muddat o‘tgach yoki chet el valyutasining miqdoriga yoxud uning kursi o‘zgarishiga qarab amalga oshiriladi; O‘zbekiston Respublikasi valyutasi (milliy valyuta) — O‘zbekiston Respublikasining pul birligi (so‘m). Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi; valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi; rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan barcha yuridik shaxslar, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida joylashgan filiallari va vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi diplomatik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, qarorgohlari O‘zbekiston Respublikasida joylashgan xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlaridir (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi). Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq rezident tushunchasi doirasiga kirmaydigan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridir (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi). O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga soluvchi davlat organidir (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi). Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida: norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida amal qilinishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini belgilaydi; valyuta birjalari faoliyatini litsenziyalaydi va tartibga soladi; banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasining limitlarini belgilaydi; umum e’tirof etilgan xalqaro amaliyotga muvofiq valyuta operatsiyalarining va tashqi sektorning statistikasini tayyorlaydi hamda e’lon qiladi; rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tartibini belgilaydi, shu jumladan valyutani nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi banklari uchun valyuta operatsiyalari hisobi va hisoboti shakllarini hamda ularni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi; tashqi sektor statistikasini tuzish uchun barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan taqdim etilishi majburiy bo‘lgan valyuta operatsiyalarining hisobi va hisoboti shakllarini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi banklarining valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etishga doir faoliyatini tartibga solishni va nazorat qilishni amalga oshiradi. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida valyuta operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi. Markaziy bank chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilashda chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif asosida valyuta kursini aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi. Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi. O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun tariflar, narxlar, shu jumladan milliy elektron savdo maydonchalaridagi shunday tariflar, narxlar, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari) miqdorlariga doir talablar faqat O‘zbekiston Respublikasi valyutasida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomalari doirasida jalb etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida yo‘l qo‘yiladi. Davlat bojlari, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlar faqat O‘zbekiston Respublikasi valyutasida undiriladi, bundan konsullik yig‘imlari mustasno. Rezident jismoniy shaxslar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida: o‘z mulkida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan, o‘tkazilgan yoki jo‘natilgan, O‘zbekiston Respublikasida olingan yoki sotib olingan valyuta qimmatliklariga ega bo‘lishga va ulardan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishga; nosavdo tusidagi xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga; valyuta qimmatliklarini qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga, o‘tkazishga va jo‘natishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga, o‘tkazishga hamda jo‘natishga haqli. Rezident yuridik shaxslar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida: o‘z mulkida valyuta qimmatliklariga ega bo‘lishga; chet el valyutasini qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan o‘tkazishga haqli. Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish norezident majburiyatlarining quyidagilar orqali to‘liq yoki qisman bajarilishidir: norezidentning majburiyatlari bo‘yicha pul mablag‘lari yoki tovar kelib tushishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi); norezidentning majburiyatini bir turdagi qarshi talablarni hisobga olish yo‘li bilan tugatish; norezidentning tomonlar o‘rtasidagi mavjud dastlabki majburiyatini xuddi o‘sha shaxslar o‘rtasidagi boshqa predmetni yoki bajarish usulini nazarda tutuvchi o‘zga majburiyat bilan almashtirish yo‘li bilan tugatish; sug‘urta to‘lovlarini olish. Agar rezident norezidentga nisbatan talab qilish huquqidan boshqa rezident foydasiga voz kechsa, repatriatsiya qilish to‘g‘risidagi talabning bajarilishini ta’minlashga doir tegishli majburiyat talab qilish huquqini qabul qilgan rezidentga o‘tadi. Rezident (norezident) tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarning repatriatsiya qilinishini ta’minlashi shart. Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati norezidentning majburiyatlari yuzaga kelgan sanadan e’tiboran 180 kundan oshib ketsa, mazkur operatsiya kapital harakatining operatsiyasi sifatida baholanadi. Tashqi savdo operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran bir yuz sakson kun o‘tganidan keyin ko‘pi bilan qirq besh kunda (kichik tadbirkorlik subyektlari uchun to‘qson kunda) tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilishni ta’minlamagan rezidentlar respublika budjeti daromadiga: aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran uch yuz oltmish kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 5 foiziga teng miqdorda; aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran uch yuz oltmish kundan besh yuz qirq besh kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 10 foiziga teng miqdorda qo‘shimcha ravishda; aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran besh yuz qirq besh kun va undan ortiq muddatga kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 35 foiziga teng miqdorda qo‘shimcha ravishda jarima to‘laydi. Engib bo‘lmas kuch ta’siri yuzaga kelganda aktivlarni repatriatsiya qilish muddati yengib bo‘lmas kuchning ta’sir muddatiga uzaytiriladi. Engib bo‘lmas kuch ta’siri holatlari yuz berganligi ushbu hodisa o‘zida sodir bo‘lgan davlatning qonunchiligiga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Eksportga oid kontraktning sug‘urta polisi bo‘yicha sug‘urta tovoni summasi rezidentlarning hisobvarag‘iga kelib tushganda (milliy va (yoki) xorijiy valyutalarda) jarima qo‘llash maqsadida mazkur eksportga oid kontrakt bo‘yicha debitor qarzdorlik summasi kelib tushgan sug‘urta tovoni summasiga kamaytiriladi. Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarning repatriatsiya qilinishini ta’minlamaganlik uchun jarimalar quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi: asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni yetkazib berish muddatlari ularning texnik tavsiflariga hamda o‘ziga xos xususiyatiga qarab bir yuz sakson kundan ortiq etib belgilangan importga oid kontraktlar bo‘yicha yetkazib berish muddati davrida; transportda tashish yoki saqlash chog‘ida taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz holatga kelgan tovarlar davlat organlari tomonidan yo‘q qilinganligini yoxud musodara qilinganligini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilgan taqdirda; agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan importga oid kontraktlarda yoki mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlangan importga oid kontraktlarda belgilangan muddatlar buzilmagan bo‘lsa; agar eksport operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlikning umumiy summasi muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan oldingi o‘ttiz olti oy ichida ta’minlangan valyuta tushumining 10 foizidan ortiq bo‘lmasa; jarima qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ushbu Qonun talablariga muvofiq repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga nisbatan. Jarima to‘qson kunlik muddat ichida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga mutanosib ravishda o‘n kunlik muddatda ixtiyoriy tarzda to‘langan taqdirda, to‘langan jarima summasi rezidentga qaytariladi. Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran to‘qson kun ichida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlar to‘liq repatriatsiya qilingan taqdirda, to‘langan jarima qaytariladi, jarima qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatiladi va majburiy undirish uchun ko‘rilgan barcha choralar bekor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimalarni undirish undirilishi lozim bo‘lgan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib har oyda to‘lash imkoniyati berilgan holda amalga oshiriladi. Rezidentlar O‘zbekiston Respublikasining banklarida chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga haqli. Rezident jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi banklarida va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar hamda omonatlar ochishga haqli. Rezident yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga hamda ulardan foydalanishga, basharti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi valyutasida yoki chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ulardan foydalanish maqsadlari nazarda tutilgan qarorlari yoxud O‘zbekiston Respublikasining shunday xalqaro shartnomalari mavjud bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Rezident yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochganidan keyin ro‘yxatdan o‘tgan joydagi soliq organlarini hamda Markaziy bankni hisobvaraqlar ochilganligi (yopilganligi) to‘g‘risida va hisobvaraqlarning rekvizitlari o‘zgarganligi haqida, shuningdek ushbu hisobvaraqlardagi qoldiqlar va aylanmalar to‘g‘risida Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda har chorakda, hisobot choragi tugaganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan xabardor qilishi shart. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarining xo‘jalik faoliyatini yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi vakolatxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga hamda ushbu hisobvaraqlardan foydalanishga ularning xorijda bo‘lishi va faoliyat ko‘rsatishi davrida yo‘l qo‘yiladi. Ularning xorijda bo‘lishi yoki faoliyat ko‘rsatishi tugagach, hisobvaraqlar yopilishi lozim va hisobvaraqlardagi mablag‘larning qoldiqlari O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkaziladi. Rezidentlar O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklardagi o‘z hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi o‘z hisobvaraqlariga chet el valyutasini cheklovlarsiz o‘tkazish huquqiga ega. Norezidentlar O‘zbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasida va O‘zbekiston Respublikasi valyutasida bank hisobvaraqlarini ochishga va ulardan foydalanishga haqli. Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish norezident yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bank hisobvaraqlarini ochishi va ulardan foydalanishi uchun majburiy talabdir. Valyuta operatsiyalari ichki va xalqaro (transchegaraviy) operatsiyalarga bo‘linadi. Ichki valyuta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan operatsiyalardir. Xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga va kapital harakati (kapital o‘tkazmalari) operatsiyalariga bo‘linadi. Joriy xalqaro operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: tashqi savdoni, boshqa joriy faoliyatni yuritish, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha to‘lovlar; foizlar va boshqa daromadlar shaklida, shu jumladan bank omonatlari, kreditlar, lizing bo‘yicha foizlar va boshqa daromadlar shaklida, shuningdek boshqa investitsiyalardan olinadigan sof daromad shaklida to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar; kreditni (qarzni) to‘lash davrida qarzning olingan, shartnomada ko‘rsatilgan to‘lash davrlari soniga nisbati sifatida hisob-kitob qilingan qismining ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi summani to‘lash; nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalari. Nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalari jumlasiga quyidagilar kiradi: jismoniy shaxslar o‘rtasida yuz million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari; shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarga (xizmatlarga, ishlarga) haq to‘lash; ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar to‘lash; xodimlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash; ta’lim, davolanish va turizm uchun haq to‘lash; O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo yoki hukumatlararo tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalari ta’minoti uchun haq to‘lash; notarial va tergov harakatlari bilan bog‘liq to‘lovlar, shuningdek ishlarni sudlarda ko‘rish munosabati bilan davlat boji to‘lash; sudning, arbitrajning, shuningdek tergov organlarining va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qarorlari asosida pul mablag‘larini to‘lash; xalqaro kongresslarda, simpoziumlarda, konferensiyalarda, sport tadbirlarida va madaniy tadbirlarda, shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlarda, ko‘rgazmalarda va yarmarkalarda ishtirok etish uchun to‘lovlar, bundan investitsiyaga oid va moddiy xarajatlar mustasno; vafot etganni dafn qilish bilan bog‘liq to‘lovlar; mualliflik haqini to‘lash, patent bojlarini to‘lash va intellektual mulk sohasidagi litsenziya shartnomalarining majburiyatlari bo‘yicha haq to‘lash; xalqaro notijorat tashkilotlarga badallar. Joriy xalqaro operatsiyalar hamda ular bilan bog‘liq holda chet el valyutasini rezidentlar va norezidentlar tomonidan sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Kapital harakati operatsiyalari jumlasiga joriy xalqaro operatsiyalar bo‘lmagan barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari, shu jumladan quyidagilar kiradi: investitsiya faoliyatini amalga oshirish, jumladan rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish; kreditlar (qarzlar) olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish; ko‘chmas mol-mulkni sotib olish va sotish; chet davlatlardan mablag‘larni jalb etish hamda ularni chet davlatlardagi hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish; intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqni to‘liq olish yoki sotish. O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etish va ularni repatriatsiya qilish, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan foydalanish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi diplomatik va boshqa vakolatxonalarining ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ko‘chmas mulk obyektlarini olish va qurish bo‘yicha kapital harakati operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarni norezidentlar tomonidan sotib olish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda belgilanadi. Rezidentlar o‘rtasidagi valyuta operatsiyalariga quyidagilar amalga oshirilayotganda yo‘l qo‘yiladi: bojsiz savdo do‘konlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro tashishlarda transport vositalarining qatnov yo‘llarida yo‘lovchilarga tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish chog‘idagi hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalar; vositachilar (vakillar) tomonidan norezidentlar bilan tovarlarni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, axborot va intellektual faoliyat natijalarini, ularga bo‘lgan mutlaq huquqlarni berish bo‘yicha shartnomalar tuzish hamda ularni bajarish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) o‘rtasidagi operatsiyalar, shu jumladan komitentlarga (ishonch bildiruvchilarga) pul summalarini (boshqa mol-mulkni) qaytarishga doir operatsiyalar; tuzilgan shartnomalar asosida transport-ekspeditorlik xizmatlarini realizatsiya qilishdan ekspeditorlik kompaniyalarining hisobvarag‘iga xorijdan kelib tushayotgan chet el valyutasidagi mablag‘larni hisob-kitob qilishni va o‘tkazishni nazarda tutuvchi operatsiyalar; jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safarlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarini to‘lash va ularning o‘rnini qoplash bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek xizmat safarlari munosabati bilan berilgan, sarflanmay qolgan bo‘nakni qaytarishga doir operatsiyalar; O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo yoki hukumatlararo tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalariga hisob-kitoblarni va o‘tkazmalarni bajarishni nazarda tutuvchi operatsiyalar; rezident jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlardan boshqa rezident jismoniy shaxslar foydasiga ularning O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga nosavdo operatsiyalar bo‘yicha o‘tkazmalar; transport tashkilotlari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida turgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa bo‘linmalari o‘rtasida yo‘lovchilar tashishga oid shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalar; agar oxirgi xaridor yoki sotuvchi norezident bo‘lsa, vositachilar (vakillar) tomonidan majburiyatlar kliring natijalari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan shartnomalarni tuzish va bajarish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish chog‘ida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) o‘rtasidagi operatsiyalar; majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida valyuta qimmatliklaridan foydalanish, shuningdek ularni undirish bilan bog‘liq operatsiyalar; yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) valyuta qimmatliklarini kiritish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar; bank xizmatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalar; xayriya faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar; meros huquqi bo‘yicha valyuta qimmatliklarini olish bilan bog‘liq operatsiyalar. Rezidentlar o‘rtasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan valyuta operatsiyalari taqiqlanadi. Norezidentlar joriy xalqaro operatsiyalar bilan bog‘liq o‘tkazmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi banklardagi hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi bank hisobvaraqlariga yoki O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi bank hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi bank hisobvaraqlariga o‘zaro amalga oshirish huquqiga ega. Norezident jismoniy shaxslar nosavdo tusidagi o‘tkazmalarni O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan boshqa norezident jismoniy shaxslar foydasiga ularning O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga amalga oshirishi mumkin. Norezidentlar O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchiligida belgilangan talablarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini o‘zaro amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish hamda sotish faqat O‘zbekiston Respublikasi banklari orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida banklararo valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat O‘zbekiston Respublikasi banklari hamda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi banklari O‘zbekiston Respublikasi banklarida hamda xorijiy banklarda vakillik hisobvaraqlariga va boshqa hisobvaraqlarga ega bo‘lishga, chet el valyutasini, shu jumladan valyuta derivativlarini bevosita o‘zlari o‘rtasida, o‘z mijozlari bilan, shuningdek valyuta birjasi orqali hamda xalqaro bozorlarda sotish va sotib olish operatsiyalarini o‘tkazishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi banklari valyuta operatsiyalarini, basharti valyuta operatsiyalarini bajarish uchun banklar talab etadigan tegishli hujjatlar rezidentlar va norezidentlar tomonidan taqdim etilsa, amalga oshirishi shart. Markaziy bank valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga nisbatan: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida; to‘lov balansining barqarorligiga tahdid mavjud bo‘lgan hollarda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bitimining Moddalari doirasidagi majburiyatlarga rioya qilgan holda cheklovlar joriy etishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank bilan kelishgan holda valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga doir cheklovlar joriy etishi mumkin. Cheklovlarning amal qilish muddati ular joriy qilingan paytdan e’tiboran bir yildan oshishi mumkin emas. Cheklovlar belgilangan muddat o‘tgach, bekor qilingan deb hisoblanadi. Cheklovlarning amal qilishi muddatidan avval to‘liq yoki qisman bekor qilinishi mumkin. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish yuz million so‘m ekvivalentdan ortiq bo‘lmagan summada amalga oshiriladi. Naqd valyutani belgilangan ekvivalentdan ortiq summada olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi banklari mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir. Valyutani nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligiga taalluqli qismi bo‘yicha nazoratni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirishi shart. Valyutani nazorat qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida: valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshirishga; rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobotlarining to‘liqligi hamda to‘g‘riligini tekshirishni belgilangan tartibda amalga oshirishga; valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarni va axborotni so‘rab olishga; valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilashga; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida talabnomalar taqdim etishga hamda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan boshqa choralarni ko‘rishga haqlidir. Valyutani nazorat qiluvchi organlar faqat o‘tkazilayotgan valyuta operatsiyasiga bevosita taalluqli bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin. Valyutani nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan tijorat, bank sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlashi shart. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalari ustidan valyuta nazoratini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi rezidentlar va norezidentlar quyidagi huquqlarga ega: valyutani nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv materiallari bilan tanishish; valyutani nazorat qiluvchi organlarning harakatlari ustidan shikoyat qilish; valyutani nazorat qiluvchi organlar va ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rni qoplanishi. Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi rezidentlar va norezidentlar: valyutani nazorat qiluvchi organlarga so‘ralayotgan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi barcha hujjatlarni va axborotni taqdim etishi; valyutani nazorat qiluvchi organlarga tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida, shuningdek ularning natijalari bo‘yicha tushuntirishlar berishi; valyuta operatsiyalarining hisobini yuritishi va hisobotlarni tuzishi, shuningdek ularning saqlanishini ta’minlashi; valyutani nazorat qiluvchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir talablarini (ko‘rsatmalarini, taqdimnomalarini) bajarishi; valyutani nazorat qiluvchi organlarni tekshiruvlarni amalga oshirayotgan chog‘da ularning o‘z binolariga kirishini, hujjatlaridan va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan foydalana olishini ta’minlashi shart. Valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish tartibi, ularning turlari, taqdim etilish shakli va muddatlari Markaziy bank tomonidan valyutani nazorat qiluvchi boshqa organlar bilan birgalikda ularning vakolatlari doirasida belgilanadi. Jismoniy shaxslar chet el valyutasini sotib olish va sotish yuzasidan hisobotlar taqdim etmaydi. Valyuta operatsiyalarini va valyuta nazoratini amalga oshirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
119
33,053
Qonunchilik
Buхgalteriya hisobida soliq va bojхona imtiyozlari qanday aks ettiriladi
Siz oʻz imtiyozlaringizni 2019 yilda toʻgʻri hisobga oldingizmi? 17 dekabr kuni «Norma» kompaniyasi mahsulotlari foydalanuvchilari uchun bepul vebinar oʻtkaziladi. Sizning savollaringizga ekspertlar хizmati rahbari, soliq maslahatchisi Tatyana BELOUSOVA javob beradi. - Tatyana Borisovna, sizning vebinaringizda soʻz nima хususida boradi? - Yilning oхiri yaqinlashmoqda, buхgalterlar ular yil davomida hisobni qanchalik toʻgʻri yuritganliklarini tekshirib olishlari lozim. Bu ish yoʻnalishlaridan biri – hisobda soliq va bojхona imtiyozlarini aks ettirish. Vebinarda buni qanday qilib toʻgʻri bajarish va yoʻl qoʻyilgan хatolarni tuzatish haqida gaplashamiz. U ham tajribali buхgalterlarga, ham amaliyotda endigina ushbu masalalarga duch keladiganlarga foydali boʻladi. - Siz ishtirokchilar e’tiborini qaysi jihatlarga qaratishni хohlaysiz? - 2019 yilda talay korхonalar QQSga oʻtishdi, foyda, yer, suv va mol-mulk soliqlarini toʻlay boshlashdi. Har bir soliq boʻyicha korхonalarning muayyan guruhiga imtiyozlar taqdim etiladi va buхgalterlar har doim ham ularni hisobda qanday aks ettirishni tushunishmaydi. Imtiyozlar – har хil, biroq ularni buхgalteriya hisobida aks ettirish uslubi – bitta. Vebinarda biz uni koʻrib chiqamiz. - Ba’zi tinglovchilar oʻz harakatlari toʻgʻriligi tasdigʻini olishni хohlaydilar. Siz har biriga javob bera olasizmi? - Savollarning koʻp boʻlishi kutilmoqda. Har bir aniq vaziyatni sharhlash uchun imtiyoz taqdim etilgan hujjatni oʻqish va uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Shu bois, biz vebinar chogʻida va undan keyin tushgan savollarni tahlil qilamiz, ularni umumlashtiramiz va tavsiyalar ishlab chiqamiz. Ularning barchasi buxgalter.uz da e’lon qilinadi. Havola boʻyicha oʻtib, vebinarga yoziling.
72
1,737
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN TAQDIM ETILADIGAN HISOBOT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh VA UNI NOQONU
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) 1-ilovaning 15-bandida: “Korxonalar” so‘zidan oldin “Ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘zda tutilgan tadbirkorlik subyektlaridan tashqari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilingan tadbirkorlik subyektlari davlat soliq xizmati organlarida hisobga olish maqsadida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmasdan majburiy sotilishi kerak bo‘lgan valyuta tushumlari summasining hisob-kitobini belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etadilar”.
250
1,181
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO‘MITASI HUZURIDA FOYDALI QAZILMALAR ZAXIRALARI BO‘YIChA DAVLAT KOMISSIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashning yagona tartibini belgilash hamda yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-martdagi 139-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzurida Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng to‘liq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq bo‘lgan, yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash; respublika mineral-xomashyo bazasi rivojlanishini ta’minlovchi yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar barcha turlarining zaxiralarini tasdiqlash; geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish; foydali qazilmalar zaxiralarini klassifikatsiya qilish hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va sanoatdagi ahamiyatini aniqlash prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni o‘tkazish. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi 2005-yilning birinchi yarim yilligida manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar ishtirokida, xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, foydali qazilmalar zaxiralarini klassifikatsiya qilish va baholashning yagona prinsiplarini belgilovchi normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi deb ataladi) yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlovchi va geologiya materiallarini ekspertizadan o‘tkazuvchi maxsus organ hisoblanadi. 2. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) buyruqlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlari yer osti boyliklarini geologiya jihatidan o‘rganish, kon-qazib olish korxonalarini loyihalashtirish va qurish, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. 4. Quyidagilar Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng to‘liq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq bo‘lgan, yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash; respublika mineral-xomashyo bazasi rivojlanishini ta’minlovchi yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar barcha turlarining zaxiralarini tasdiqlash; geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish; foydali qazilmalar zaxiralarini klassifikatsiya qilish hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va sanoatdagi ahamiyatini aniqlash prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni o‘tkazish. 5. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: razvedka qilish konditsiyalari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari ekspertizasini tashkil qiladi va har bir kon bo‘yicha yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun ushbu konditsiyalar parametrlari (ko‘rsatkichlari)ni tasdiqlaydi; texnologik va texnik-iqtisodiy asoslashlari bilan taqdim etilgan geologiya materiallarini tahlil qilish asosida neft, gaz kondensati qazib olishning cheklangan koeffitsiyentlarini belgilaydi.; foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqqan holda geologiya materiallari ekspertizasini tashkil qiladi va yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini tasdiqlaydi, mazkur zaxiralarning o‘rganilganlik va ishonchlilik darajasining foydali qazilmalar konlari zaxiralarining amaldagi klassifikatsiyalariga muvofiqligini, ularning sanoatdagi ahamiyatini hamda konlarning (yoki ular qismlarining) sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga tayyorligini belgilaydi. Foydali qazilmalar zaxiralari konni geologik o‘rganishning barcha bosqichlarida foydali qazilmalar konining sanoat jihatidan qimmatini belgilovchi razvedka qilish konditsiyalari asosida tasdiqlanishi mumkin; foydali qazilmalar konlari geologiya-qidiruv ishlarini qo‘shimcha ravishda o‘tkazishda, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanadigan yangi razvedka qilish konditsiyalari aniqlanganda yoki boshqa sabablarga ko‘ra sezilarli o‘zgargan taqdirda ularni qayta tasdiqlaydi; foydalanish konditsiyalarini va ular asosida hisoblab chiqilgan foydali qazilmalar zaxiralarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda tasdiqlaydi; sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlari yoki konni qazib olish jarayonida tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan belgilangan tartibda chiqarishni amalga oshiradi; foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish va (yoki) yer osti inshootlaridan foydalanish uchun va chiqindilarni saqlash, ko‘mish uchun foydalanishga beriladigan yer osti boyliklari uchastkalari bo‘yicha geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni tashkil qiladi, uchastkalarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun konditsiyalarni belgilaydi va ulardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish imkoniyati to‘g‘risida xulosa beradi; litsenziya bergan organning taqdimnomasiga ko‘ra geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi va litsenziya berish vaqtida foydali qazilmalarning yangi turlari yoki qo‘shimcha komponentlar mavjudligi to‘g‘risida, shuningdek foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki sifatlari to‘g‘risida ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar aniqlangan taqdirda foydali qazilmalar zaxiralarini qayta tasdiqlaydi; konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslash materiallarini ko‘rib chiqish, foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda kamchiliklarni bartaraf etish, geologik va boshqa axborotlarning to‘liqligi va sifatini, zaxiralarni hisoblab chiqishning va konlarni geologik-iqtisodiy baholashning ishonchliligini oshirish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqadi; foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqqan holda hisobotlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha obzorlar tuzadi; O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini tahlil qiladi hamda geologiya-qidiruv ishlari va konlardan foydalanish bo‘yicha yangi ma’lumotlarni hisobga olgan holda unga tuzatishlar kiritish, shuningdek jadal hisoblab chiqishlar bo‘yicha balansga qabul qilingan zaxiralarni Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish yuzasidan tavsiyanomalar beradi; konlar zaxiralari klassifikatsiyasini va foydali qazilmalarning prognoz resurslarini, zaxiralar klassifikatsiyalarini turli foydali qazilmalar konlariga tatbiq etish bo‘yicha yo‘riqnomalarni, yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyasini va hisoblab chiqilishini asoslovchi materiallarning mazmuni, ularni rasmiylashtirish va Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha metodik rahbarlikni amalga oshiradi; geologiya-qidiruv ishlarining alohida bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishishga taqdim etiladigan metodik ko‘rsatmalar yuzasidan, foydali qazilmalarga konditsiyalarni, neft va gaz kondensatini qazib olish koeffitsiyentlarini, konlarni geologik-iqtisodiy baholashni asoslash va hisoblab chiqish yuzasidan, boshqa metodik hujjatlar, shuningdek turli tashkilotlar tomonidan kiritiladigan geologiya-qidiruv ishlari metodikasini yanada takomillashtirishga va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga taalluqli takliflar yuzasidan xulosalar beradi. 6. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi quyidagi huquqlarga ega: geologiya-qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar va tashkilotlardan Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etilgan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini, neft va gaz kondensatini, foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish koeffitsiyentlarini, Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun konditsiyalar, zaxiralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga hisobotlar loyihalarini taqdim etish yillik rejalarini tekshirish uchun zarur bo‘lgan geologiya axborotlari va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va belgilangan tartibda olish; yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazish, Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning shunga o‘xshash organlari bilan ilmiy-texnik aloqalar o‘rnatish. 7. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi qabul qilingan konditsiyalarning, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlarining, tasdiqlanayotgan zaxiralar miqdori va sifatining, sanoat maqsadida o‘zlashtirish uchun konlarning (yoki ular qismlarining) tayyorligi baholarining asoslanganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 8. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasini komissiyaning raisi hisoblanadigan Davlat geologiya qo‘mitasi raisi boshqaradi. 9. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining raisi: Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; ishchi guruh vazifalarini belgilaydi; Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi ish rejalarini, Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga tushgan materiallarni ko‘rib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi; Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining yalpi majlislarini o‘tkazadi. 10. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi a’zolari tarkibiga, kelishilgan holda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlarining, yetakchi kon qazish korxonalarining foydali qazilmalar konlarini qazib olish, zaxiralarini hisoblab chiqish va ularni geologik-iqtisodiy baholash bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislari kiritiladi. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi a’zolarining kamida 50 foizi Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida ishlamaydigan mutaxassislardan iborat bo‘lishi kerak. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi a’zolarining shaxsiy tarkibi Davlat geologiya qo‘mitasi taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi a’zolariga ularning komissiya ishida qatnashgan vaqti uchun Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq mehnat haqi to‘lanadi. 11. Ishchi guruh Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi, ishchi guruh foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalarini asoslash va hisoblab chiqish bo‘yicha materiallarni ekspertizadan o‘tkazishni, komissiya majlislariga materiallarni tayyorlashni, ularni rasmiylashtirishni, shuningdek Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal etishni ta’minlaydi. Ishchi guruh shtat jadvali Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 12. Foydali qazilmalarga konditsiyalar loyihalarini, foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarini va ko‘rib chiqish uchun tushadigan boshqa geologiya materiallarini ekspertizadan o‘tkazish Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi. Ekspertizalarni o‘tkazish uchun turli tashkilotlarning ekspertizaning mazkur turi bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari mazkur tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishgan holda jalb etiladi. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi eksperti to‘g‘risidagi nizom, ekspertlarning shaxsiy tarkibi va ularning mehnatiga haq to‘lash tartibi Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi bilan materiallarni taqdim etgan tashkilotlar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda tashkilotlar mustaqil ekspertiza o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladilar. 13. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan materiallarni va ekspertlarning shaxsiy xulosalarini dastlabki ko‘rib chiqish uchun foydali qazilmalarning turlari bo‘yicha tarmoq kichik ekspert komissiyalari tashkil qilinadi. Tarmoq kichik ekspert komissiyalari turli ixtisosdagi jalb etilgan ekspertlardan, manfaatdor tashkilotlar vakillaridan va Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining ishchi guruhi a’zolaridan tuziladi. Kichik ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi nizom va ularning tarkibi Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 14. Tarmoq kichik ekspert komissiyalari o‘zining ishchi majlislarida buyurtmachi ishtirokida ekspertlarning shaxsiy xulosalarini ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan materiallar bo‘yicha kelishilgan xulosalarni ishlab chiqadi va Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi qarori loyihasini tayyorlaydi. 15. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni, neft va gaz kondensatini qazib olish koeffitsiyentlarini hamda yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini, shuningdek geologiya materiallarining o‘tkazilgan davlat ekspertizasini tasdiqlash to‘g‘risidagi yakuniy qarori komissiyaning yalpi majlisida, taqdim etilgan materiallar mualliflari, ekspertlar, manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida qabul qilinadi. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi majlislari komissiya a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi. 16. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi qarorlari uning majlisda qatnashayotgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiyaning ayrim a’zolari qabul qilingan qarorga rozi bo‘lishmagan taqdirda ular o‘zining alohida fikrini Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi raisi nomiga yozma ravishda yuborishlari mumkin. Uzil-kesil qaror qabul qilish uchun materiallar mustaqil ekspertiza o‘tkazishga yuboriladi, shundan keyin Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining kengaytirilgan majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. 17. Zarur hollarda foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalarini tasdiqlash va hisoblab chiqish masalalari ko‘chma majlislarda, bevosita ish obyektlarida ko‘rib chiqilishi mumkin. 18. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi majlislarida qabul qilingan qarorlar protokollar bilan rasmiylashtiriladi, ularning nusxalari ekspertiza materiallari bilan birga ikki hafta muddatda materiallarni taqdim etgan tashkilotga yuboriladi. 19. Foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralari konditsiyalarining loyihalari yetarli asoslanmaganda, yer osti boyliklari uchastkalarining foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganda taqdim etilgan materiallar Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi protokoli va ekspertlar xulosalari bilan birga buyurtmachi tashkilotga qaytariladi. Materiallar Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi protokolida bayon qilingan mulohazalar va tavsiyanomalarga muvofiq puxta ishlab chiqilgan taqdirda ular Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi mumkin. 20. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ijobiy qarori ularni O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar davlat balansi tomonidan hisobga olish uchun asos hamda konni sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga jalb etishning sharti hisoblanadi. 21. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. 22. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish muddati tashkilot bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi, biroq u 3 oydan oshmasligi kerak. 23. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlari hamda foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarining mundarijasini, ularni rasmiylashtirish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi ish tartibida belgilanadi. 24. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi majlislarida komissiya faoliyatiga taalluqli normativ-metodik hujjatlar loyihalari va uning vakolatiga kiradigan boshqa muhim masalalar ham ko‘rib chiqiladi. 25. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etilgan foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalari loyihalarini va zaxiralarni hisoblab chiqish materiallarini ko‘rib chiqish, geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish shartnoma asosida, tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlar va xizmatlar turlari narxlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi ishchi guruhining ta’minoti Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. 26. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi o‘z nomi yozilgan, belgilangan namunadagi blankalarga ega bo‘ladi va Davlat geologiya qo‘mitasi muhridan foydalanadi.
167
19,527
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VA DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi va “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz: quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 15-yanvardagi 17, 02/8-1-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida (2002-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1101 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 5-son); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 23-yanvardagi 27, 02/8-2-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida (2002-yil 15-aprel, ro‘yxat raqami 1124 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 7-son); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 22-iyuldagi 88, 02/8-20-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga qo‘shimcha kiritish haqida (2002-yil 30-iyul, ro‘yxat raqami 1124-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 14-son); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2003-yil 10-yanvardagi 5, 01-02/8-3-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida (2003-yil 22-fevral, ro‘yxat raqami 1124-2 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 4-son); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 15-yanvardagi 17, 01-02/8-2-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (2004-yil 12-mart, ro‘yxat raqami 1124-3 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 10-son, 123-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2005-yil 24-yanvardagi 20, 01-02/8-2-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar uchun aksiz solig‘i to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida (2005-yil 8-fevral, ro‘yxat raqami 1101-1 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 5-6-son, 43-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2005-yil 24-yanvardagi 21, 01-02/8-1-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida (2005-yil 8-fevral, ro‘yxat raqami 1124-4 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 5-6-son, 49-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2006-yil 4-yanvardagi 1, 01-02/8-24-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida (2006-yil 18-yanvar, ro‘yxat raqami 1101-2 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 3-son, 18-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 18-yanvardagi 7, 01-02/8-4-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida (2007-yil 5-fevral, ro‘yxat raqami 1124-5 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 4—6-son, 54-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 18-yanvardagi 8, 01-02/8-5-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida (2007-yil 26-mart, ro‘yxat raqami 1101-3 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 13-son, 121-modda).
154
4,734