folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Ota-onalar bolalar bogʻchasi uchun qancha toʻlashadi
Vazirlar Mahkamasi 29.04.2021 yildagi “2021 yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 256-son qarorni qabul qildi. Hujjatga asosan, badallar miqdorlari BTM joylashgan joy, ularda bolalarning kunlik boʻlish vaqti va BTMga qatnovchi bolalar soniga bogʻliq holda belgilangan. Jumladan,  2021 yil 1 maydan boshlab, badallarning quyidagi miqdorlari amal qiladi: Toshkent shahri BTMda bolalarning kunlik boʻlish vaqti (soatda) Bir oylik toʻlov miqdori (soʻmda) BTMga qatnovchi oiladagi bitta bolaga Oiladagi har bir bolaga, agar BTMga bittadan ortiq bola qatnasa 4-5 38 000 26 000 9 206 000 147 000 10,5 246 000 175 000 12 278 000 197 000 24 293 000 209 000 Viloyat markazlari 4-5 36 000 25 000 9 199 000 141 000 10,5 238 000 169 000 12 263 000 186 000 24 279 000 199 000 Viloyat boʻysunuvidagi shaharlar 4-5 32 000 23 000 9 183 000 130 000 10,5 206 000 147 000 12 237 000 168 000 24 248 000 176 000 Tuman markazlari 4-5 29 000 20 000 9 135 000 102 000 10,5 183 000 138 000 12 208 000 156 000 24 221 000 166 000 Boshqa joylar 4-5 26 000 18 000 9 95 000 77 000 10,5 167 000 133 000 12 196 000 147 000 24 206 000 155 000 Bunda, quyidagi hududlarda joylashgan davlat bolalar bogʻchalarida yuqorida koʻrsatilgan miqdorlar 50%ga kamaytiriladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
52
1,452
Qonunchilik
RESPUBLIKA BUDJET TAShKILOTLARINING MOLIYA-IQTISOD XIZMATLARI XODIMLARI SONINI MAQBULLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 26-fevraldagi PF-3857-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga muvofiq hamda Davlat budjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi munosabati bilan budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini maqbullashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishib olingan budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini 2007-yilning 1-iyulidan boshlab belgilangan tartibda ilovaga* muvofiq qisqartirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar, shuningdek hududiy moliya organlari 2007-yilning 15-iyuligacha idoralar qoshidagi budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini qisqartirish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga axborot taqdim etsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: 2007-yilning 15-avgustigacha mazkur qarorda nazarda tutilgan budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini qisqartirishni hisobga olgan holda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallari qaytadan ro‘yxatga olinishini ta’minlasin; budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini qisqartirish munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘larning yuridik shaxs maqomiga ega umumta’lim maktablari (maktab-internatlari)ni moliya-iqtisod sohasidagi tegishli shtat lavozimlari bilan to‘ldirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlasin; Davlat budjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi munosabati bilan xodimlar sonini qisqartirish natijalarini sinchiklab tahlil qilish asosida budjet tashkilotlari — vazirlik va idoralar xodimlari sonini tartibga solish va maqbullashtirish ishlarini davom ettirsin. Ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida 2007-yilning 1-sentabrigacha va 2008-yilning 1-apreligacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari manfaatdor vazirlik hamda idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, budjet tashkilotlari moliya-iqtisod xizmatlarining qisqartirilayotgan xodimlarini ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rsin va ko‘maklashsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
107
2,827
Qonunchilik
Muqobil energetikani rivojlantirish soliq imtiyozlari bilan ragʻbatlantiriladi
21.05.2019 yildagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–539-son Qonun e’lon qilindi. Hujjatda ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, vakolatli organlarning vakolatlari, energiya va qayta tiklanuvchi manbalar qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarning huquq va majburiyatlari, resurslar, ishlab chiqariladigan energiya va qurilmalarning davlat hisobi, teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tartibi belgilandi. Davlat soha rivojini, хususan, imtiyoz va preferensiyalar bilan qoʻllab-quvvatlaydi: Foydalanilishi energiya samaradorligini salmoqli tarzda oshiradigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini import qilish chogʻida yuridik va jismoniy shaхslarga soliqlar hamda bojхona bojlariga doir imtiyozlar berilishi mumkin. Elektr, issiqlik energiyasi va biogaz ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning oʻziga хos хususiyatlari mavjud. Masalan, uchala holatda ruхsat beruvchi hujjatlarni olish talab etilmaydi. Muqobil elektr energiya ishlab chiqaruvchilar blok-stansiyalar shartlari asosida, shuningdek tanlov asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishi mumkin. Issiqlik energiyasi va bomassadan biogaz ishlab chiqaruvchilarga qurilmalarini hududiy va magistral issiqlik tarmoqlariga ulash taqiqlanadi. Lokal tarmoqlarni barpo etish va qurilmalarni ularga ulash ishlab chiqaruvchilarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, iste’molchilar shartnoma shartlari asosida lokal tarmoqqa ulanadilar. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga doir tariflar tanlov savdolari asosida belgilanadi. Yakuniy iste’molchilar uchun ularni shakllantirishda barcha ishlab chiqarish manbalaridan, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini хarid qilish boʻyicha barcha хarajatlar hisobga olinadi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 22.05.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
78
1,994
Qonunchilik
IDXYaP orqali tovarni reimport bojхona rejimiga joylashtirish mumkin
Yagona portalda Davlat bojхona qoʻmitasining yangi хizmati ishga tushirildi, u tufayli arizachilar-tadbirkorlik sub’yektlari (yuridik va jismoniy shaхslar) 15 kalendar kuni mobaynida tovarni reimport bojхona rejimiga joylashtirish uchun ruхsatnoma berish toʻgʻrisida raqami va berilgan sanasi koʻrsatilgan bildirishnoma yoki ruхsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida bildirishnoma olishlari mumkin. Basharti reimport qilinayotgan tovar boshqa davlat organlari tomonidan nazorat qilinsa, хizmatni olish uchun ularning ruхsatnomasini, shuningdek eksport bojхona yuk deklaratsiyasi (BYuD) nusхasini taqdim qilish zarur. Javob foydalanuvchining IDXYaPdagi shaхsiy kabineti va (yoki) portalda roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan elektron pochtasiga joʻnatiladi. Natijada ariza beruvchi tovarni reimport bojхona rejimiga joylashtirish uchun ruхsatnoma berish toʻgʻrisida  raqami va berilgan sanasi koʻrsatilgan bildirishnoma yoki buni rad etish toʻgʻrisida bildirishnoma oladi. Bildirishnomani olgandan keyin ariza beruvchi BYuDda (44-grafa, 8-band) albatta olingan ruхsatnoma raqami va sanasini koʻrsatgan holda reimport rejimida rasmiylashtirilgan elektron deklaratsiyani topshiradi. Ruхsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq kelmaslik va (yoki)  arizada toʻliq boʻlmagan, notoʻgʻri yoki хato ma’lumotlarning mavjudligi mazkur хizmatni rad etish sabablari boʻlishi mumkin. Ariza beruvchi хizmat sifati, davlat muassasasining mansabdor shaхsi harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish huquqiga ega. Xizmat 15 kalendar kuni mobaynida bepul koʻrsatiladi. Mavzuga doir material: IDXYaPda uy-joy mulkdorlari uchun yangi хizmat
68
1,666
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti haqida
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, so‘nggi yillarda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Birgina so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga aloqador o‘ndan ortiq hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli Farmoni bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyaga asosan, jamiyatda huquqiy madaniyatni monitoring qilish va baholash tizimi joriy etildi. Aholi huquqiy savodxonlik darajasining minimal talablari ishlab chiqildi. Fuqaro, davlat hamda jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish, shaxsiy ehtiyojlar hamda jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatning saqlanishini ta’minlash borasida yangicha yondashuvlar paydo bo‘ldi. Bolalar va yoshlar ongiga ilk huquqiy tushunchalarni hamda odob-axloq qoidalarini izchil singdirib borish, huquqiy ta’lim-tarbiyani uzviy va tizimli olib borish yo‘nalishida yangi loyihalar ishlab chiqildi. Shuningdek fuqarolarning huquqiy maslahatga bo‘lgan ehtiyojini masofaviy tarzda qanoatlantirish maqsadida @huquqiy_maslahatbot, @notarius, @davxizmataloqa_bot kabi telegram botlari ochilib, ular orqali fuqarolarning masofadan turib yo‘llangan savollariga tushuntirishlar va maslahatlar berib borilmoqda. Birgina @huquqiy_maslahatbot boti orqali shu kunga qadar fuqarolarning 8 mingdan ortiq savollariga tushuntirishlar berildi. Davlat organlari va tashkilotlarining aholining huquqiy madaniyatini oshirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga, qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini yetkazishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilib, joriy yilning o‘zida 220 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar statistikasi sohalar kesimida tahlil qilinib, murojaatlarda eng ko‘p ko‘tarilgan huquqiy masalalar (nafaqa, uy-joy, kredit va hokazo) bo‘yicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi. Aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko‘p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan mas’ul davlat organlari mutaxassislari bilan birgalikda 200 dan ortiq maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, internetdagi YouTube ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirildi. Shuningdek “Saylov — 2021: o‘z kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida saylovchilarning siyosiy-huquqiy, shu jumladan saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda hududlarda adliya organlari va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda 14 ta hududiy saylov targ‘iboti guruhi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshchiligida esa 200 dan ortiq kichik huquqiy targ‘ibot guruhi tashkil etildi. Davlat organlari va tashkilotlarining 2021-yil yarim yilligidagi mazkur sohaga oid ishlari holati Adliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, 110 dan ortiq muhim qonunchilik hujjatlari bo‘yicha targ‘ibot materiallari to‘plami tayyorlandi hamda davlat organlari va tashkilotlariga yetkazildi. Huquqiy tarbiyani, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga sohada qator masalalar hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjud. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlarni baholashda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning huquqiy savodxonlikni oshirish borasida amalga oshirgan ishlari adliya organlari tomonidan faqat miqdor va ko‘lam nuqtai nazaridan tahlil qilinmoqda. Bunda amalga oshirilayotgan ishlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda qanday samara berayotganligini baholab borishning yaxlit tizimi joriy qilinmagan. Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib borishni aniq ko‘rsatkichlar asosida o‘rganish va baholash ishlari “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmagan. Yangi avlod huquqiy darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari tizimini yaratish, bunda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari o‘quvchilari uchun huquqiy bilimlarni tushunarli tarzda hamda ko‘rgazmali asosda o‘rgatishga qaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini, ta’lim muassasalari uchun huquq fanlari bo‘yicha o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarini tayyorlash ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan. Amaliyotda fuqarolar o‘z buzilgan huquqlarini tiklash uchun ko‘p hollarda vakolatli bo‘lmagan idoralarga murojaat qilayotganligi ham aholi orasida huquqiy savodxonlikni oshirish ishlari yetarli emasligidan dalolat beradi. Fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish masalasi hanuzgacha alohida qonun bilan tartibga solinmagan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov): adliya organlarining aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan faoliyatini yanada samarali tashkil qilish; jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasidagi dastur va “yo‘l xaritalari”dagi vazifalar ijrosini tanqidiy tahlil qilish hamda tegishli tadbirlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash; aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko‘p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo‘yicha mas’ul davlat organlari mutaxassislari bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlardagi huquqiy videotekani yanada boyitish maqsadida maxsus videoroliklar tayyorlash; yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga va ijrochilarga tushuntirish maqsadida televideniye hamda radio orqali tizimli ravishda chiqishlar qilish, tushuntirishlar berish; davlat organlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishga oid faoliyatni samarali tashkil etish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish; qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini infografika, taqdimot, slayd, tahliliy materiallar tayyorlash yo‘li bilan “paket” tamoyili asosida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish; tegishli davlat organlari vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaat qilish holatlarini tahlil qilish, tahlil natijalari yuzasidan fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishi borasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar ko‘payishiga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan hamkorlik qilish; mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yangi avlod huquqiy darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash ishlarini yakuniga yetkazish; advice.uz huquqiy portalini aholi uchun zarur ma’lumotlar bilan yanada boyitish, shuningdek sohaga oid yangi qonunchilik hujjati qabul qilinganda portaldagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan yangilab borish; xotin-qizlar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan onlayn o‘quv-kurslarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Parlament kutubxonasi bilan huquqiy axborotni va nashrlarni almashib borish borasida hamkorlik o‘rnatish choralarini ko‘rsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan: jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish, bu borada tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashni joriy etish; “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga o‘z vaqtida kiritish choralarini ko‘rish so‘ralsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ushbu Qarorning ijrosi bo‘yicha joriy yilning 15-dekabriga qadar axborot taqdim etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari bo‘yicha huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish, shuningdek aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ustidan muntazam ravishda parlament nazoratini o‘rnatsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni tizimli ravishda tahlil qilsin, ushbu masala bo‘yicha tegishli rahbarlarning axboroti eshitib borilishini yo‘lga qo‘ysin. 7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A. Kadirov zimmasiga yuklatilsin. 8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
214
10,378
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Budjetnomani, shu jumladan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarining loyihalarini ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 97-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 28-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 618-III-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinsin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: iqtisodiyotning barqaror o‘sishini rag‘batlantirishga, aholi farovonligini oshirishga va inflatsiya darajasini maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari doirasida saqlashga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ko‘rsin; xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, ma’muriy to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali xususiy mulkning roli va o‘rnini yuksaltirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash hamda yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada ko‘paytirishga doir islohotlarni davom ettirsin; yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, respublika mintaqalarini raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushini oshirishga doir dasturlarni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlasin; iqtisodiyotga va aholi daromadlariga tushadigan soliq yukini yanada kamaytirishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida uning rag‘batlantiruvchi rolini oshirishga qaratilgan soliq siyosatini izchil amalga oshirishga doir chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlasin; aholi turmushining sifatini yaxshilashga qaratilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini, uy-joy-kommunal xo‘jaliklarini rivojlantirishni tezlashtirish hamda ko‘lamlarini kengaytirishga, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir dasturlarning ro‘yobga chiqarilishini faollashtirsin; ishlab chiqarishning mahalliylashtirilishini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorni zarur iste’mol tovarlari hamda butlovchi buyumlar bilan to‘ldirish, aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsin; ijtimoiy sohaga sarflanadigan davlat xarajatlaridan, shu jumladan ta’limni rivojlantirishga, tibbiyot xizmatlari sifatini yaxshilashga, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlardan yanada samarali foydalanish orqali aholi farovonligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsin, shu bilan bir vaqtda muhtoj oilalarni aniq maqsadda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirsin; qishloq aholisining uy-joy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida yangilangan namunaviy loyihalar asosida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurilishi ko‘lamini kengaytirish, ayni vaqtda qurilish-montaj ishlarining, shuningdek barpo etilayotgan ijtimoiy va transport-kommunikatsiya infratuzilmasining sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rsin; 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra aylanma kassa mablag‘ining zarur miqdoridan ortiq bo‘lgan respublika budjetining bo‘sh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini moliyalashtirsin. 4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan tegishli ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasin, mintaqalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin, budjet mablag‘laridan manzilli, maqsadli va samarali foydalanilayotganligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
168
5,116
Qonunchilik
MATLUBOT KOOPERATSIYASI TIZIMIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI AMALGA OShIRIShDAGI JIDDIY KAMChILIKLAR TO‘G‘RISIDA
Idoralararo komissiya tomonidan Respublika matlubot kooperatsiyasida iqtisodiy islohotlarning borishini o‘rganish o‘tkazilayotgan tadbirlarda jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar mavjudligidan dalolat beradi. Joylarda ayrim rahbarlar islohotlarni o‘tkazishga, monopol tuzilmalarni tarqatishga to‘sqinlik qilmoqdalar, boshqaruvning markazlashtirilgan tizimini saqlab qolishga urinmoqdalar. O‘zbekbirlashuvning markaziy apparatida, uning viloyat va tuman bo‘linmalarida amalga oshirilgan qayta o‘zgartirishlar ko‘p hollarda rasmiyatchilik bo‘lib qolmoqda, talab darajasidagi bozor infrastrukturasi va raqobat muhiti yaratilmagan, boqimandalik kayfiyati tugatilmagan. Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar negizida tashkil etilgan xo‘jalik hisobidagi uyushmalar ilgari shakllanib qolgan sxemalar bo‘yicha ishlamoqdalar, ichki bozorni sifatli tovarlar bilan to‘ldirishga yordam bermayaptilar, buning oqibatida shahar va qishloq aholisini tovar bilan ta’minlashdagi tafovutlar ortib bormoqda, do‘konlarda ko‘pincha hatto kundalik ehtiyoj tovarlari ham yo‘q. Respublika tumanlarida ilgari mavjud bo‘lgan matlubot jamiyatlari negizida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlari samarasiz ishlamoqda, mahalliy xomashyo, tovarlar va xizmatlar oborotga jalb qilinmayapti. Aholi va matlubot kooperatsiyasi tizimi xodimlarining pul mablag‘larini Kredit berish jamg‘armasiga jalb qilishga oid ishlar sust olib borilmoqda. Shu bilan bir vaqtda, ayrim savdo xodimlari shaxsiy boylik orttirish maqsadida jinoyatchi unsurlar bilan til biriktirmoqdalar va valyutaga olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari hamda boshqa tovarlarni respublikadan olib chiqib ketishga ko‘maklashmoqdalar. Shu yilning faqat 4 oyida bir necha million so‘mlik non-bulka mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, guruch, go‘sht mahsulotlari, choy, qand-shakar, un va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘ayriqonuniy ravishda olib ketishga 2 ming martadan ortiq urinishlarning oldi olindi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va O‘zbekbirlashuv tizimida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Idoralararo komissiyaning respublika matlubot kooperatsiyasi tizimida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning borishini o‘rganishga oid xulosalari va takliflariga rozilik bildirilsin. O‘zbekbirlashuv markaziy apparatining rahbariyati tarkibini mustahkamlash zarur hisoblansin. 2. O‘zbekbirlashuv boshqaruvining: boshqaruv markaziy apparatining, shuningdek, aksionerlik matlubot jamiyatlarining viloyat uyushmalari apparatlari xodimlari sonini o‘rtacha ikki baravar qisqartirish to‘g‘risidagi; tuman matlubot jamiyatlarini tugatish va ularning negizida ulgurji-chakana savdo birlashmalari va firmalari tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin. 3. O‘zbekbirlashuv boshqaruvi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 5-yanvardagi Farmonini va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini bajarish, shuningdek, idoralararo komissiya aniqlagan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiylashtirilgan korxonalarning ko‘pchiligini 1995-yil davomida ixtiyoriy ravishda mustaqil yuridik shaxslarga aylantirishni hisobga olgan holda ularni maydalashtirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin; ikki hafta muddatda respublikaning uzoq joylaridagi korxonalarni qayta o‘zgartirish shakllari va mexanizmini belgilasin, bunda ushbu tumanlar aholisini barcha zarur tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni nazarda tutsin; yangi mulkdorlar va fermer xo‘jaliklarini zarur tovar resurslari bilan ta’minlash uchun doimiy ishlovchi ulgurji bozor tarmog‘ini kengaytirsin. 4. Savdo korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida O‘zbekbirlashuv boshqaruvining savdo xodimlari va fuqarolarning savdo korxonalarining Kredit berish jamg‘armasiga qo‘shadigan ixtiyoriy badallari miqdorini 1995-yil 1-iyulgacha 500 mln. so‘mgacha yetkazish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 5. O‘zbekbirlashuv boshqaruvi, Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari matlubot jamiyatlari tuzilmasi hamda mulkchilik shakllari o‘zgarishi munosabati bilan korxonalar bilan ilgari tuzilgan uch tomonlama shartnomalarni qayta ko‘rib chiqsinlar. Mulkdor shartnoma shartlarini bajarmagan hollar aniqlangan taqdirda shartnomalarni belgilangan tartibda bekor qilsinlar va ushbu korxonalarni kimoshdi savdosiga qo‘ysinlar. 6. O‘zbekbirlashuv boshqaruvi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va tegishli hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda rahbar xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazsin. 7. Vazirlar Mahkamasining xalq iste’mol tovarlari, savdo va pulli xizmat ko‘rsatish kompleksi (Usmonov) iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda O‘zbekbirlashuv boshqaruviga doimiy ravishda ko‘maklashsin hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
107
5,309
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING 1999 YIL YuZASIDAN HISOBOTI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999-yil yuzasidan hisobotini tinglab hamda Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasining qarorini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999-yil yuzasidan hisoboti tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki: 2000-yilga mo‘ljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishga doir zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martda chiqarilgan “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martda qabul qilingan “Bank tizimini isloh qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga alohida e’tibor qaratsin; bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilishga, banklarning moliyaviy barqarorligini oshirishga, ularning tuzilmaviy qayta shakllanishi va xususiylashtirilishiga, bank xizmatlarini kengaytirishga qaratilgan faoliyatni takomillashtirsin; tijorat banklariga kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, fermer va dehqon xo‘jaliklarini, boshqa kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash va mikrokreditlashni amalga oshirishda ko‘proq mustaqillik berishga qaratilgan ishlarga e’tibor bersin; bank tuzilmalarini bozor sharoitida ishlashga tayyor yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlasin, ma’lumotlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni banklararo uzatish tarmog‘ining axborot-kompyuter infratuzilmasini xalqaro talablar va standartlarga muvofiq holda takomillashtirsin. 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari moliya, bank va soliq tuzilmalari bilan birgalikda: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga, investitsiya loyihalari va davlat dasturlarini o‘z vaqtida amalga oshirishga, to‘lov intizomiga rioya etilishiga, naqd pul emissiyasini qisqartirishga va debitorlik-kreditorlik qarzlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rsin, ish haqi, pensiya va nafaqalar o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin; kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni, fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga, har bir tumanda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxonalar tuzishga alohida e’tibor bersin. 4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig‘iga kiritilsin.
83
2,551
Qonunchilik
2011 — 2015 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SIL KASALLIGI BILAN KASALLANIShNI KAMAYTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Sil kasalligi bilan kasallanishni kamaytirish va uning oldini olish dasturi amalga oshirilishi keyingi besh yilda kasallanish ko‘rsatkichini 38 foizga, aholining sil kasalligi tufayli o‘limini — 45 foizga kamaytirishni ta’minladi. Shu bilan birga, sil kasalligiga qarshi muassasalar faoliyatida profilaktika darajasini oshirish va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan bog‘liq hal etilmagan masalalar hanuz saqlanib qolmoqda. Sil kasalligiga qarshi muassasalarning aksariyati mukammal ta’mirlashni, rekonstruksiya qilishni va zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan jihozlashni talab qiladi, yarmidan ko‘pi kam quvvatli va moslashtirilmagan binolarga joylashtirilgan. Ko‘pchilik muassasalar ftiziatr vrachlar, ayniqsa tor ixtisosli mutaxassislik vrachlari bilan yetarlicha ta’minlanmagan. Sil kasalligi profilaktikasi va uni davolash ishlarini yanada takomillashtirish, sil kasalligiga qarshi xizmatning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, respublikaning sil kasalligiga qarshi muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan: 2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sil kasalligiga qarshi kurashish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq; sil kasalligiga qarshi muassasalar tarmog‘ini maqbullashtirish hisobga olingan holda shakllantirilgan 2011 — 2015-yillarda sil kasalligiga qarshi muassasalarni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari 2 — 4-ilovalarga* muvofiq; 2012 — 2015-yillarda sil kasalligiga qarshi muassasalarni zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan jihozlash (to‘liq jihozlash)ning asosiy parametrlari 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. 2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sil kasalligiga qarshi kurashish dasturini amalga oshirish bo‘yicha 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Maxsus komissiya tuzilsin. Maxsus komissiya (A. Aripov)ga Dasturni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlarning butun kompleksi bajarilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin. Komissiya yarim yillik va kalendar yil yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan Dastur amalga oshirilishi natijalarini Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarida ko‘rib chiqish uchun kiritsin. Maxsus komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha har yili tasdiqlanadigan sil kasalligiga qarshi muassasalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatiga umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Belgilansinki: sil kasalligiga qarshi muassasalarni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash markazlashtirilgan investitsiyalar va sog‘liqni saqlashga har yili nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi; zamonaviy tibbiyot anjomlari sotib olish va ularni sil kasalligiga qarshi muassasalarda o‘rnatish amalga oshiriladigan qurilish va ta’mirlash ishlariga muvofiq 2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sil kasalligiga qarshi kurashish dasturini bajarish bo‘yicha Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi jihozlash (to‘liq jihozlash)ning aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlariga muvofiq xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari hisobiga amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasini va Investitsiya dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda jalb etiladigan xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini hamda boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga olgan holda sil kasalligiga qarshi muassasalarni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashga kapital qo‘yilmalar va budjetdan ajratiladigan mablag‘larning zarur limitlarini nazarda tutsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda “O‘ztibloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan birgalikda aholiga ko‘rsatiladigan davolash-profilaktika yordamining sifati va undan foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiqlikni ta’minlashni nazarda tutgan holda sil kasalligiga qarshi muassasalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan obyektlarga qo‘yiladigan sanitariya me’yorlari va qoidalari bo‘yicha mavjud normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqsin. 5. Buyurtmachi funksiyalari: respublika sil kasalligiga qarshi muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek sil kasalligiga qarshi muassasalarni zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga; sil kasalligiga qarshi viloyat va tuman (shahar) muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlariga yuklansin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash davrida sil kasalligiga qarshi muassasalarning bemorlari kontingentini boshqa muassasalarga vaqtincha o‘tkazish jadvalini va joylashtirilishini ishlab chiqsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini hamda boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish ishlarini doimiy asosda olib borsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2011-yil 1-apreldan boshlab sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlarining sog‘liq uchun xavfli va og‘ir ish sharoitlari munosabati bilan tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilansinki, sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlarining tarif stavkalariga qo‘shimcha miqdori oshirilishi bilan bog‘liq budjetning qo‘shimcha xarajatlari sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha ma’muriy va yordamchi xodimlar sonini maqbullashtirish hisobiga qoplanadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
139
7,688
Qonunchilik
Davlat boji stavkalariga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Prezident tomonidan «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi. Hujjatda  davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaхslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlov ekanligi belgilandi. Konsullik yigʻimi va patent boji ham davlat boji hisoblanadi. Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaхslarga murojaat qilayotgan va oʻziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaхslar davlat bojini toʻlovchilardir. Qonunda davlat boji undiriladigan ob’yektlar va davlat boji stavkalari miqdorlari belgilandi. Quyidagilar boʻyicha stavkalar pasaytirildi: 1) mol-mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun:  2) adliya organlari roʻyхatdan oʻtkazganligi uchun:  3) konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun stavkalar ushbu sub’yektlarning jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashga oʻtganligi munosabati bilan 4 baravarga pasaytirildi. Davlat bojining yangi turlari joriy etildi: Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan jismoniy va yuridik shaхslarning toʻliq roʻyхati tasdiqlandi. Xususan, ular ish haqi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi da’volar yuzasidan fuqarolik sudlarida davlat bojini toʻlashdan ozod etiladilar. Davlat bojining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq undirilishi va Davlat byudjetiga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazorat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.01.2020 yildan kuchga kiradi.
57
1,634
Qonunchilik
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega. 2. Belgilansinki, jismoniy shaxslar 2011-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga kiritilmagan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin emas. 3. Davlat xizmatlari markazlari faoliyat turlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga qat’iy amal qilsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tahlilini hisobga olgan holda, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatni kengaytirish yoki undan faoliyat turlarini chiqarib tashlash bo‘yicha takliflar kiritsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 22-oktabrdagi 363-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 60-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 11-martdagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 23-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga 32-ilovaning 8-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarori)” 2006-yil 29-maydagi 98-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 38-modda) ilovaning 3-bandi. 7. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) 3-ilovaning 2-bandi. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qarori)” 2007-yil 27-fevraldagi 42-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 12-modda) ilovaning 4-bandi. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qarori)” 2007-yil 27-apreldagi 85-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 21-modda) ilovaning 4-bandi. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2008-yil 24-martdagi PQ-843-son qarori)” 2008-yil 12-iyundagi 128-son qaroriga ilovaning 1-bandi. 11. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-son qarori)” 2009-yil 7-martdagi 58-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 16-modda). 12. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari (xizmatlar)ning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2009-yil 9-iyuldagi 190-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 55-modda) ilovaning 1-bandi.
110
5,779
Qonunchilik
Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida zamonaviy agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligida klaster ishlab chiqarishini rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish, paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa mahsulotlarni yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlarni yetishtirish va chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda shu asosda agrar sektorda ish unumdorligini va mehnatga haq to‘lashni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Toshkent viloyati hokimligi, “Paraglide limited” (Buyuk Britaniya), “Petromaruz Kapital” (“Pm kapital” — Rossiya Federatsiyasi) kompaniyalarining: Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlarining (keyingi o‘rinlarda XMI deb ataladi) mablag‘larini, xorijiy banklarning kredit liniyalari va tijorat banklarining kreditlarini jalb etish hisobiga paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishlarni, shuningdek, chorvachilik hamda baliqchilik komplekslari tashkil etishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasteri tashkil qilish loyihasini amalga oshirish; xorijiy investitsiyalar ishtirokida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Tashkent Sotton Textile cluster” korxonasini (keyingi o‘rinlarda “TST cluster” MChJ deb ataladi) tashkil etish; “TST cluster” MChJni tashkil qilish va uning tarkibiga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha agrosanoat korxonalarini kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. “TCT cluster” MChJning dastlabki ustav kapitali “Paraglide limited” (Buyuk Britaniya), “Petromaruz Kapital” (“Pm kapital” — Rossiya Federatsiyasi) kompaniyalarining badallari hisobiga shakllantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining: “TST cluster” MChJ tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalariga (keyingi o‘rinlarda agrokorxonalar deb ataladi) paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa mahsulotlarni, shuningdek, chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish uchun Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida doimiy egalik qilish hamda foydalanish huquqi bilan 35,4 ming gektar sug‘oriladigan yer va 3,1 ming gektar baliqchilik ko‘llari ajratish; keng turdagi baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, shu jumladan, eksport qilish bo‘yicha zamonaviy kompleks tashkil qilish uchun sobiq “Baliqchi” AJ mulkiy kompleksini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va 8,2 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalar kiritish sharti bilan, “TST cluster” MChJga “nol” qiymatida sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 4. Quyidagilar: “TST cluster” MChJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalari tomonidan 2019 — 2023-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq; 2019 — 2022-yillarda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 5. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda: 2018-yil 10-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida umumiy maydoni 33,6 ming gektar bo‘lgan yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin; ikki oy muddatda — tumandagi qolgan 4,9 ming gektar sug‘oriladigan yerlarni ulardan foydalanish samaradorligini baholash yuzasidan xatlovdan o‘tkazsin hamda nooqilona foydalanish va (yoki) istiqbolli rivojlanish rejalari mavjud bo‘lmagan holatlar aniqlanganda — “TST cluster” MChJga bersin; 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda — ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun agrokorxonalarga sug‘orilmaydigan yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin. Belgilansinki, qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda, ushbu qarorga asosan berilgan yer uchastkalaridan foydalanilmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, ulardan nooqilona yoxud tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladigan, kimyoviy va radioaktiv ifloslantiradigan hamda ekologik vaziyatni yomonlashtiradigan usullarda foydalanilganda ushbu yerlarga doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq to‘xtatiladi. 6. Agrokorxonalarga hududlar sharoitlariga muvofiq paxta va boshoqli don ekinlari navlarini mustaqil ravishda joylashtirish, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suvni va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish huquqi berilsin. 7. Belgilab qo‘yilsinki: “TST cluster” MChJ agrokorxonalarning mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida jamlash va keyinchalik bu mablag‘larni moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular o‘rtasida taqsimlash huquqiga ega; 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda joriy yildan boshlab har yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi irrigatsiya tarmog‘ini kapital ta’mirlash va qayta tiklash uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsin. 9. “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga “TST cluster” MChJning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka bank” ATIB bilan birgalikda bank sindikatini tashkil etish va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni yetakchi bank deb belgilash; “TST cluster” MChJ va agrokorxonalarning investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslari inobatga olingan holda ushbu qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, xorijiy banklarning kredit liniyalari hisobiga uzoq muddatli sindikatlangan valyuta kreditlari, shu jumladan, yevroda kreditlar ajratish; hisoblangan foizlar bo‘yicha imtiyozli davrni qo‘llagan holda qayta moliyalashtiradigan bankning yillik 2 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi marjasini belgilash; olib kelinadigan uskunalar, texnika va mexanizmlarni, shuningdek, sug‘urta polislari va uchinchi shaxslar kafilligini kreditlar bo‘yicha talab etiladigan kafolat ta’minoti sifatida qabul qilish tavsiya etilsin. 10. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJning: “Mustaqillik paxta tozalash” AJning bino va inshootlari hamda uning paxta tayyorlash punktlarini 5 yil muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan bozor narxida; ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun bo‘sh turgan davlat obyektlarini “nol” xarid qiymatida “TST cluster” MChJga sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xatlov natijalarini hisobga olgan holda davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan obyektlarni Toshkent viloyati hokimining qaroriga asosan keyinchalik “TST cluster” MChJga investitsiya majburiyatlari bilan “nol” xarid qiymatida sotish uchun ularning ro‘yxatini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. “TST cluster” MChJ va agrokorxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, moddiy-texnika resurslari, xomashyo, materiallar hamda o‘simliklar 2022-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin. 12. “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ agrokorxonalarning ishlab chiqarish maydonlari loyiha tashabbuskorlarining mablag‘lari hisobiga tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalariga binoan ushbu qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsat bersin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalari bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasida yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok uchun malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin. 17. Vazirlar Mahkamasining “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-avgustdagi 677-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 34-son, 695-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradigan agrokorxonalar. 2. Paxta xomashyosini qayta ishlash va chigit tayyorlash korxonalari. 3. Paxta tolasini chuqur qayta ishlash, tayyor to‘qimachilik va tikuvchilik buyumlari ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksi. 4. Bog‘dorchilik xo‘jaligi (meva-sabzavotlarni qayta ishlash va saqlash). 5. Yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari. 6. Baliqni ko‘paytirish va qayta ishlash kompleksi. 7. Don ekinlarini chuqur qayta ishlash korxonalari. 8. Chorvachilik kompleksi (sut va go‘sht yetishtirish hamda ularni qayta ishlash). 9. Chorvachilik kompleksi chiqindilaridan biogaz va biogumus ishlab chiqarish korxonalari. 10. Sabzavotlar va ko‘katlar yetishtirish korxonalari (zamonaviy issiqxona kompleksi).
119
11,172
Qonunchilik
Sud ijrochilari tomonidan soliq qarzdorligini undirish tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Sud qarorlari sud ijrochilari tomonidan so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin: Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 12-bandi “Shakllantirish manbai” ustunining yettinchi pozitsiyasidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlarni” so‘zlari “qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
183
941
Qonunchilik
“To‘lov agentlik tarmog‘i orqali jismoniy shaxslarning to‘lovlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qo‘mitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2010-yil 26-fevraldagi 8/2, 2010-7, 17-8/704-son “To‘lov agentlik tarmog‘i orqali jismoniy shaxslarning to‘lovlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2099, 2010-yil 21-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 16-son, 128-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
182
1,250
Qonunchilik
TEMIR YO‘L TRANSPORTI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: temir yo‘l transporti (temir yo‘l) — umumiy foydalanishdagi transport turlaridan biri bo‘lib, u ishlab chiqarish va ijtimoiy yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni o‘z tarkibiga olgan, boshqa davlatlarning temir yo‘llari va transportning boshqa turlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashish ehtiyojlarini ta’minlovchi yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iboratdir; temir yo‘l transporti korxonasi — temir yo‘l asosiy faoliyatining tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, bevosita tashish jarayonini ta’minlaydi; temir yo‘l transporti muassasasi — temir yo‘lning kadrlar tayyorlash, temir yo‘l transporti xodimlariga ijtimoiy-maishiy va madaniy xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan tuzilmaviy bo‘linmasi; temir yo‘l transporti tashkiloti — temir yo‘lning qo‘shimcha yordamchi faoliyatni amalga oshiruvchi va tashish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan tuzilmaviy bo‘linmasi; temir yo‘l ustavi — qonunchilikka muvofiq temir yo‘lning, temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning (shu jumladan ular nomidan ish ko‘ruvchi ekspeditorlik va boshqa tashkilotlarning) huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan normativ hujjat; transport xizmatlari bozori — yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashuvchi, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi, temir yo‘l transportida tashish bilan bog‘liq qo‘shimcha yordamchi ishlarni hamda boshqa ish turlarini (xizmatlarni) bajaruvchi soha; tashish jarayoni — yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishga tayyorgarlik ko‘rish, uni amalga oshirish va tugallash chog‘ida temir yo‘l transporti korxonalari bajaradigan tashkiliy va texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq harakatlar va operatsiyalar majmui; umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar — temir yo‘lning poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, yuklar, bagaj va yuk bagajini qabul qilish hamda topshirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, manevr ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochiq bo‘lgan temir yo‘l bekatlari joylashgan tarmog‘i; yuk — tashish uchun temir yo‘l transporti korxonasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan, o‘z vaqtida eltib berilishi va saqlanishi uchun temir yo‘l javobgar bo‘lgan temir yo‘l tashish obyekti; yo‘lovchi — yo‘l hujjatlariga ega bo‘lgan va poyezdda safar qiluvchi fuqaro (jismoniy shaxs); bagaj — yo‘lovchi olib ketayotgan va safar davomida yo‘lovchilar vagonida uning yonida bo‘ladigan buyumlar, tovarlar va boshqa moddiy boyliklar; yuk bagaji — yo‘lovchilar va pochta-bagaj poyezdlarida tashiladigan temir yo‘l tashish obyekti; yuk jo‘natuvchi (jo‘natuvchi) — o‘z nomidan yoxud yuk yoki yuk bagaji egasi nomidan ish ko‘ruvchi va tashish hujjatlarida qayd etilgan yuridik yoki jismoniy shaxs; yukni oluvchi (oluvchi) — yuk yoki yuk bagajini olish huquqiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; xavfli yuklar — muayyan omillar mavjud bo‘lganda o‘z xossalari va xususiyatlariga ko‘ra tashish jarayonida, ortish-tushirish ishlarini bajarish va saqlash chog‘ida portlash, yong‘in chiqishiga yoki tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, binolar va inshootlar, boshqa obyektlarning shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetishiga, hayvonlarning nobud bo‘lishiga, atrof tabiiy muhitning zararlanishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor moddalar, materiallar, buyumlar, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat chiqindilari; ajratilgan mintaqa — temir yo‘l transportining tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi va elektr ta’minoti qurilmalari, temir yo‘l bekatlari, boshqa binolar, inshootlar va yo‘l qurilmalari, shuningdek ihota daraxtzorlari joylashgan yerlari; muhofaza zonalari — temir yo‘llardan, elektr ta’minoti va aloqa tarmoqlaridan bir me’yorda foydalanishni, temir yo‘l transporti inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlarining saqlanishi, mustahkamligi va turg‘unligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari, shuningdek temir yo‘l transporti yerlariga tutash bo‘lgan siljuvchi tuproqli yerlar. Temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanish chog‘ida temir yo‘l transporti korxonalari bilan yuk jo‘natuvchilar, yukni oluvchilar, yo‘lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Temir yo‘l ustavi bilan ham belgilanadi. Temir yo‘l transportida yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishni tashkil etish tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan tasdiqlanadigan yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Tashish jarayonining uzluksizligini, harakat xavfsizligini va avariya-tiklash ishlari o‘tkazilishini bevosita ta’minlovchi temir yo‘l transporti korxonalari, umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va temir yo‘l transportining boshqa mol-mulki mutlaq davlat mulkidir. Tashish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan temir yo‘l transporti mol-mulki qonunchilikda belgilangan tartibda xususiylashtirilishi mumkin. Tashish jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mol-mulki asosiy va aylanma mablag‘lardan, shuningdek qiymati o‘z mustaqil balansida ko‘rsatiladigan boshqa moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi. Temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mol-mulkidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etish huquqi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Temir yo‘l transporti korxonalariga xo‘jalik yuritish huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mol-mulkni sotish davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bu mol-mulkni ijaraga yoki boshqa usulda egalik qilish uchun bu mol-mulkka davlatning mulk huquqini o‘zgartirmagan holda berish temir yo‘l transporti korxonalari tomonidan davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Davlat mulki bo‘lgan harakatdagi sostav va konteynyerlarni bu mol-mulkka mulk huquqini o‘zgartirmagan holda sotish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanishga berib qo‘yish, balansdan chiqarish davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan tegishli temir yo‘l transporti korxonalari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Harakatdagi sostav va konteynyerlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish, shuningdek temir yo‘l transporti korxonalarining bu mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘larni harakatdagi sostav, konteynyerlar olish va ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun sarflashi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Temir yo‘l transporti yerlari jumlasiga davlat tomonidan temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga temir yo‘l transporti inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtarish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Temir yo‘l transporti faoliyatini ta’minlash uchun yerlar qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Temir yo‘l transporti yerlaridan ajratilgan mintaqa doirasida foydalanish tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi. Aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek yer ko‘chishi, yer cho‘kishi, suv oqizib ketishi, sel olishi va boshqa xavfli ta’sirlarga uchrashi mumkin bo‘lgan yerlarda joylashgan temir yo‘llardan hamda temir yo‘l transportining boshqa obyektlaridan bir me’yorda foydalanish maqsadida muhofaza zonalari belgilanadi. Muhofaza zonalarini belgilash tartibi, ularning o‘lchamlari, bu maqsad uchun ajratilgan yerlardan foydalanish rejimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Temir yo‘l qatnovlari quyidagi turlarga bo‘linadi: ichki qatnovlar — yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini O‘zbekiston Respublikasi doirasida tashish; xalqaro qatnovlar — yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o‘rtasida tashish; to‘g‘ri aralash qatnovlar — yuklarni yagona transport hujjati bo‘yicha transportning har xil turlarida tashish. To‘g‘ri aralash qatnovlar ham ichki, ham xalqaro bo‘lishi mumkin. Alohida muhim davlat ehtiyojlarini, shu jumladan mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun yuklarning maxsus turlari tashilishini ta’minlovchi tashishlar maxsus tashishlar jumlasiga kiradi. Idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llari jumlasiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulki bo‘lgan va umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bilan tutashadigan temir yo‘llar kiradi. Idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarining ishlash shart-sharoitlari qonunchilik bilan belgilanadi. Idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarining mulkdorlari va temir yo‘l transporti korxonalari o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi. Temir yo‘l transportini boshqarish markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi va davlat temir yo‘l transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga kiradi. Davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi: temir yo‘lda tashishlarni tashkil etish va bajarish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; temir yo‘l transportining faoliyati masalalari va tashishlarning shartlari bo‘yicha normativ hujjatlarni qabul qiladi; transport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashadi; temir yo‘l transportini, shu jumladan idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini rivojlantirish va ulardan foydalanishni nazorat qiladi; temir yo‘lda tashishlar sohasida tarif siyosatini olib boradi; temir yo‘l transporti sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Temir yo‘l transportining tashish jarayoni bilan bog‘liq faoliyatiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Davlat temir yo‘l transportini boshqarish organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun majburiydir. Temir yo‘l transporti korxonalari, agar jo‘natuvchi yuklarni tashishga nisbatan qo‘yiladigan talablarga rioya qilsa va tashishga temir yo‘l tomonidan oldi olinishi yoki bartaraf etilishi mumkin bo‘lmagan holatlar to‘sqinlik qilmasa, yukni tayinlangan joyiga belgilangan muddatlarda tashib berishi shart. Yuk jo‘natuvchilar va temir yo‘l transporti korxonalari yuklarni muntazam tashishlarni amalga oshirish chog‘ida tashish va transport ekspeditsiyasini tashkil etish to‘g‘risida uzoq muddatli shartnomalar tuzishlari mumkin. Temir yo‘l transportida yuklarni tashish yuk jo‘natuvchilarning buyurtmanomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Yuklarni tashish uchun buyurtmanomalarning shakllari, buyurtmalarni berish, bajarish va hisobga olish tartibi, shuningdek temir yo‘l transportida tashiladigan yuklar ro‘yxati davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi. Yuklar jo‘natuvchi tomonidan harakat xavfsizligi va yuklarning saqlanishi ta’minlanadigan qilib tashishga tayyorlanishi kerak. Temir yo‘l transporti korxonalari yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaji o‘z vaqtida manziliga yetkazilishini, vokzallarda va poyezdlarda yo‘lovchilarning xavfsizligini, ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur qulayliklar va sharoitlar yaratilishini, bagaj va yuk bagajining saqlanishini ta’minlashi shart. Yo‘lovchilar poyezdlarning jo‘nash va kelish vaqti, yo‘l haqi, bagaj, yuk bagaji tashish haqi, vokzalxonalarda joylashgan temir yo‘l chiptasi kassalari, saqlash kameralarining ish vaqti, yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida vaqtida ishonchli axborot bilan, shuningdek temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlarining ishi to‘g‘risidagi boshqa zarur axborot bilan ta’minlanishlari kerak. Temir yo‘l transportida yo‘l chiptalarini sotish tartibi Temir yo‘l ustavi hamda Yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalari bilan belgilanadi. Temir yo‘l transportida yo‘l chiptalari yo‘lovchilarga to‘liq qiymatida sotiladi, qonunchilikda imtiyozli yurishi belgilangan fuqarolar bundan mustasno. Imtiyozli yurishni kompensatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yo‘lovchi poyezdda o‘zi bilan birga besh yoshgacha bo‘lgan bir bolani alohida joy berilmagan holda bepul olib yurish huquqiga ega. Yo‘lovchi bilan birga besh yoshgacha bo‘lgan bittadan ortiq bola ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri bepul olib yuriladi, qolganlari esa chipta to‘liq qiymatining 50 foizi chegirilgan, alohida joy berilgan holda olib yuriladi. Besh yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarga ham chipta to‘liq qiymatining 50 foizi chegirilgan holda alohida joy beriladi. Temir yo‘l transportida bolalarni tashish bo‘yicha bu imtiyozlar temir yo‘l transporti korxonalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarning hamda temir yo‘l transporti xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlash maqsadida vakolatli organlar vokzalga kirishda belgilangan tartibda qo‘l yukini, bagajni ko‘zdan kechiradi hamda yo‘lovchilar va boshqa shaxslarni shaxsiy ko‘zdan kechirishdan o‘tkazadi. Ko‘zdan kechirishdan bosh tortilgan taqdirda, vokzalga kirish taqiqlanadi, yo‘lovchilar esa tashishga qo‘yilmaydi. Ko‘zdan kechirishni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli organlarning ro‘yxati va ko‘zdan kechirishni o‘tkazish tartibi, shuningdek yo‘lovchilar va boshqa shaxslarning vokzallarda bo‘lishi qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Temir yo‘l transportida yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish tariflari yuk jo‘natuvchilarning hamda yo‘lovchilarning manfaatlari inobatga olingan holda davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin etiladigan tartibda belgilanadi. Xalqaro qatnovda tashish tariflari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi. Yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bilan bog‘liq qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun shartnoma asosida haq to‘lanadi. Temir yo‘l transporti faoliyatini moliyalash o‘z xo‘jalik faoliyati daromadlari hisobidan va imtiyozli tashishlarga doir xarajatlarni qoplash qismi bo‘yicha davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Temir yo‘l transportidagi tashishning barcha turlaridan olinadigan daromadlarni taqsimlash tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan har bir temir yo‘l transporti korxonasining tashish jarayonidagi aniq ulushini hisobga olgan holda belgilanadi. Temir yo‘llarni, safarbarlik maqsadlariga mo‘ljallangan obyektlarni, shu jumladan sanoat korxonalari, elektrlashtirish va aloqa obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek temir yo‘l harakatdagi sostavini va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan yirik mexanizmlarni olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Temir yo‘l shoxobcha yo‘llari, to‘xtash manzillari, yuk saroylari va boshqa obyektlarni qurish manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning tashabbusiga ko‘ra hamda ularning mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Temir yo‘l tarmoqlari, vokzallar, piyodalar o‘tadigan ko‘priklar va tonnellar, yo‘lovchilar platformalari va temir yo‘l transportining aholiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shahar atrofiga qatnash uchun harakatdagi sostavni olish temir yo‘l mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, shuningdek mahalliy budjet, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. Temir yo‘l transportini rivojlantirish vazifalarini hal qilish uchun davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan markazlashtirilgan sug‘urta va zaxira jamg‘armalari tashkil etilishi mumkin. Yuklar va yuk bagajini jo‘natuvchilar va oluvchilarning tashish, yuk operatsiyalari, transport-ekspeditorlik xizmatlari va harakatdagi sostavdan foydalanganlik uchun temir yo‘l transporti korxonalari bilan hisob-kitoblari, shuningdek shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik va temir yo‘lga yetkazilgan zarar uchun jarimalar va penyalar to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Temir yo‘l transporti korxonalari ularga tashish uchun berilgan yuklarni tegishli tashish haqining va tashishga doir boshqa to‘lovlarni ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega. Shahar atrofidagi yo‘lovchilar tashishni moliyalash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan yoxud manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Temir yo‘l transporti korxonalarining umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga va temir yo‘l transportining boshqa obyektlariga chiqadigan temir yo‘l shoxobcha yo‘llari mulkdorlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlari, shuningdek temir yo‘l shoxobcha yo‘llaridan foydalanish va ularga qarashli harakatdagi sostavni umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda ishlatish tartibi va shartlari ushbu Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek shartnomalar bilan belgilanadi. Temir yo‘l transporti obyektlarining mulkdorlari bo‘lgan, umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiquvchi yangi temir yo‘l tarmoqlarini barpo etuvchi, shuningdek harakatdagi sostavni loyihalashtiruvchi va ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar mazkur tarmoqlar va harakatdagi sostavni davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda loyihalashtiradilar va quradilar. Temir yo‘l transporti xodimlarining mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti rejimi, dam olish va boshqa mehnat sharoitlari rejimi xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin etiladigan tartibda belgilanadi. Temir yo‘l transporti korxonalari poyezdlar harakati bilan bog‘liq hamda mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishni tashkil etadi. Shunday vazifalar va ishlar ro‘yxati, shuningdek tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Mehnati sayyor xususiyatli bo‘lgan temir yo‘l transporti xodimlariga beriladigan kafolatlar va kompensatsiyalar qonunchilik bilan belgilanadi. Temir yo‘l transporti harbiylashtirilgan qo‘riqchi bo‘linmalari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda qonunchilikda nazarda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoya kafolatlariga ega. Temir yo‘l transporti xodimlari jamoa shartnomalari yoki tarmoq jamoa kelishuvi bilan belgilanadigan tartibda va shartlarda temir yo‘l transportida har yilgi bepul yurish huquqidan foydalanadilar. Mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga o‘tkazilgan yoxud mehnatda mayib bo‘lish, kasb kasalligi yoki xodimning aybi bo‘lmagan sababga ko‘ra sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi munosabati bilan nogironlik pensiyasiga chiqqan temir yo‘l transporti xodimlari uchun temir yo‘l transportida har yilgi bepul yurish huquqi va qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlar saqlanib qoladi. Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida belgilangan imtiyozlar temir yo‘l transporti korxonalarining mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi. Temir yo‘l transporti xodimlarining intizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Temir yo‘l transporti xodimlarining intizomi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi. Temir yo‘l transporti korxonalarida jamoa mehnat nizolarini hal qilish vositasi sifatida ishni to‘xtatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashishlarda bevosita qatnashuvchi temir yo‘l transporti korxonalarida tashish jarayonini markazlashtirilgan holda uzluksiz boshqarishni ta’minlash maqsadida, ularning joylashgan manzilidan qat’i nazar, mamlakatda amal qiluvchi yagona hisoblash-hisobot vaqti — Toshkent vaqti belgilanadi. Temir yo‘l transporti korxonalari yo‘lovchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz qatnov, yuklar, bagaj va yuk bagaji tashish shart-sharoitlarini, poyezdlar va temir yo‘l transporti boshqa vositalarining harakat xavfsizligini, shu jumladan manevr ishlari chog‘idagi, tashish jarayoni bilan bog‘liq transport va boshqa texnika vositalaridan foydalanish chog‘idagi xavfsizlikni, shuningdek temir yo‘l transporti xodimlarining mehnati va atrof tabiiy muhit muhofaza qilinishini ta’minlaydilar. Temir yo‘l transportida poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat qiluvchi maxsus tarkibiy bo‘linma, shuningdek temir yo‘lda avariyalar oqibatlarini tugatuvchi avariya-tiklash bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi. Ana shu bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizom, shuningdek harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi. Temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat nazorati va boshqa choralar ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Temir yo‘l bekatlari, vokzallar va temir yo‘lning tashish jarayoni bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalari hududlari, poyezdlar harakati amalga oshiriladigan hamda manyovr va yuk ortish, yuk tushirish ishlari bajariladigan yo‘lovchilar platformalari va temir yo‘l tarmoqlari o‘ta xavfli zonalar hisoblanadi va zarurat bo‘lganda atrofi o‘rab qo‘yiladi. O‘ta xavfli zonalarda fuqarolarning bo‘lishi va obyektlarning joylashtirilishi, bunday zonalarda ishlar bajarish, temir yo‘llar orqali yurish va ularni kesib o‘tish qoidalari davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi. Harakatdagi sostav, shu jumladan harakatdagi maxsus sostav va konteynyerlar, temir yo‘llarning yer ustki qurilmalari qismlari hamda temir yo‘l transportiga yetkazib beriladigan boshqa texnika vositalari va mexanizmlar, shuningdek yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tegishli normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va ekologiya xavfsizligi talablariga mos kelishi lozim. Temir yo‘l transporti faoliyatida foydalaniladigan texnika vositalari va mexanizmlarni, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hududida xavfli yuklarni ishlab chiqarish, saqlash, ortish, tashish va tushirish ishlari amalga oshiriladigan obyektlar umumiy foydalanishdagi temir yo‘llardan va inshootlardan ularning xavfsiz ishlashini ta’minlaydigan masofada uzoqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Umumiy foydalanishdagi yo‘llarning quvurlar, aloqa, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa inshootlar bilan kesishgan joylarida mazkur obyektlardan umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va inshootlargacha bo‘lgan eng kam masofa, shuningdek temir yo‘llar bilan kesishish va yaqinlashish joylarida bunday obyektlarni qurish va saqlash normalari tegishli davlat boshqaruv organlarining davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan normativ hujjatlarida belgilanadi. Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarni kesib o‘tuvchi yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan gaz, neft quvurlari va boshqa inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish chog‘ida belgilangan normativlarni ta’minlash, shuningdek mazkur inshootlardan foydalanish xavfsizligi uchun ularning egalari javobgar bo‘ladi. Mazkur inshootlarning egalari harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi avariya holatlari yuzaga kelganligi haqida temir yo‘l transporti korxonasini o‘z vaqtida xabardor qilishi shart. Temir yo‘l orqali tashilayotgan xavfli va maxsus yuklarning egalari, bunday yuklarni jo‘natuvchilar va oluvchilar ularning tashilishi, ortilishi va tushirilishi xavfsizligini kafolatlashlari, bu yuklarni tashish chog‘ida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda avariya holatlarini va avariya oqibatlarini tugatish uchun zarur vositalar va harakatchan bo‘linmalarga ega bo‘lishlari lozim. Temir yo‘l transporti korxonalari xavfli va maxsus yuklarni tashish xavfsizligini ta’minlashi hamda bu yuklarni tashish chog‘ida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda ularning oqibatlarini tugatishda qatnashishi shart. Temir yo‘llarning avtomobil yo‘llari bilan kesishgan joylari (temir yo‘l kesishuvi joylari) temir yo‘ldan texnik foydalanish qoidalari hamda qurilish normalari va qoidalari bilan belgilanadi. Temir yo‘l kesishuvi joylaridan foydalanish, ularni ochish va yopish tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi. Temir yo‘l transporti va tashish jarayoni bilan bog‘liq boshqa texnika vositalarining harakat xavfsizligi hamda ulardan foydalanish qoidalarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar. Yo‘l davomida va temir yo‘l bekatlarida yuklarni qo‘riqlash, temir yo‘l transporti obyektlarini qo‘riqlash, shuningdek temir yo‘l transportida yong‘inning oldini olishga qaratilgan ishlarni o‘tkazish, yong‘inga qarshi nazorat va yong‘inlarni bartaraf etish temir yo‘l transporti harbiylashtirilgan qo‘riqchi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Temir yo‘l transportining harbiylashtirilgan qo‘riqchiligi to‘g‘risidagi nizom hamda qo‘riqlanishi va kuzatib borilishi zarur bo‘lgan yuklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bu yuklarni qo‘riqlash va kuzatib borish tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi. Kuzatib borish talab etiladigan yuklarni temir yo‘l transporti harbiylashtirilgan qo‘riqchi guruhlari O‘zbekiston Respublikasi doirasida kuzatib boradilar. O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini kesib o‘tish chog‘ida kuzatib boriladigan yuklarni topshirish tartibi va joyi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi. Temir yo‘l transportining eng muhim obyektlari va maxsus yuklarni qo‘riqlash ichki ishlar organlarining transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari va davlat boshqaruv organlarining boshqa vakolatli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday obyektlar va yuklar ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yuklarning ayrim turlarini, shu jumladan qimmatbaho, tez buziladigan va boshqa yuklarni qo‘riqlash va kuzatib borish butun yo‘l davomida jo‘natuvchi yoki oluvchining kuzatuvchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday yuklarni qo‘riqlash va kuzatib borish tartibi yuk jo‘natuvchilar (yukni oluvchilar) tomonidan davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Zarurat bo‘lganda davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi yuk jo‘natuvchilardan (yukni oluvchilardan) avariya holatlari va boshqa favqulodda holatlarning yuzaga kelishi xavfini, shuningdek ularning yuklarini tashish chog‘idagi ehtimol tutilgan zararlarni kamaytiradigan qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab qilishga haqlidir. Temir yo‘l transporti korxonalari temir yo‘l transporti ishining buzilishiga sabab bo‘lgan halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini (shamol hosil qilgan tuproq-qum bosishlari, toshqinlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda holatlarni) bartaraf etish uchun shoshilinch chora-tadbirlar ko‘radi. Bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ular ro‘yxati davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadigan moddiy va texnika vositalari zaxirasiga ega bo‘lishlari zarur. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof tabiiy muhitga, harakat xavfsizligi va yuklarning saqlanishiga tahdid soluvchi halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlarning oqibatlarini tugatishda temir yo‘l transporti korxonalariga yordam ko‘rsatadilar. Agar yengib bo‘lmas kuch ta’sirida, harbiy harakatlar, qamal, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar natijasida yuk, bagaj va yuk bagajini bundan buyon tashish uchun temir yo‘l transporti korxonalarini ushbu yuk, bagaj va yuk bagajini belgilangan manzilga yetkazish yoki tegishli oluvchiga topshirish imkoniyatidan mahrum etadigan to‘siqlar vujudga kelgan bo‘lsa, xuddi shuningdek ushbu sabablarga ko‘ra yuk, bagaj va yuk bagajini saqlashning eng oxirgi muddatlari o‘tib ketsa, mazkur korxonalar qonunchilikda belgilangan tartibda yuk, bagaj va yuk bagajini jo‘natuvchilar yoki oluvchilarning topshirig‘iga binoan, shuningdek mazkur topshiriq belgilangan muddatda olinmagan taqdirda esa yuk, bagaj va yuk bagajini topshirishga (realizatsiya qilishga) yoki buning imkoni bo‘lmagan taqdirda jo‘natuvchining o‘ziga qaytarib yuborishga haqlidir. Bundan topshirilgan (realizatsiya qilingan) yuk, bagaj va yuk bagaji uchun temir yo‘l transporti korxonasi tomonidan olingan summa ushbu korxonaga tegishli bo‘lgan summalar chegirib qolingan holda, qiymat haqi to‘langan taqdirda tashish hujjatlarida ko‘rsatilgan oluvchining hisobiga, boshqa barcha hollarda esa jo‘natuvchining hisobiga o‘tkaziladi. Hujjatlari bo‘lmagan yuk, bagaj va yuk bagajini realizatsiya qilganlik uchun temir yo‘l transporti korxonasi tomonidan olingan summa davlat temir yo‘l transportini boshqarish organining foydasiga o‘tkaziladi va undan belgilangan manziliga yetib kelmagan yuk, bagaj va yuk bagaji uchun temir yo‘l transporti korxonasi tomonidan to‘langan mablag‘larni qoplash uchun foydalaniladi. Oluvchi (jo‘natuvchi) ushbu summani talab qilib olmagan taqdirda, mablag‘lar da’vo muddatlari o‘tganidan so‘ng davlat budjet hisobiga o‘tkazilishi kerak. Temir yo‘l transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasiga rahbarlik davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi. Temir yo‘l transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni moliyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Temir yo‘l transportining ishi sayyor xususiyatga ega bo‘lgan xodimlari, shuningdek o‘z lavozim vazifalarini hayot uchun xavfli sharoitlarda bajaruvchi xodimlar va harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish davrida majburiy shaxsiy sug‘urta qilinishi kerak. Temir yo‘l transporti xodimlarining ayrim toifalarini majburiy shaxsiy sug‘urta qilish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta qilish, shuningdek yuklar, bagaj va yuk bagajini ixtiyoriy sug‘urta qilish mumkin. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Temir yo‘l transporti korxonalari yo‘l haqini hamda yuk, bagaj va yuk bagajining tashish haqini to‘lagan va yo‘l hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirgan yo‘lovchi va yuk jo‘natuvchiga, agar ushbu Qonunda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashishni rad etishga haqli emas. Tashish jarayonini amalga oshiruvchi temir yo‘l transporti korxonalari yo‘lovchi yoki temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxsning, xuddi shuningdek temir yo‘l transporti faoliyati natijasida jabrlangan shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Temir yo‘l transporti korxonalari yuklarni tashish chog‘ida yuklarni tashish uchun olingan buyurtmanomalarni bajarmaganlik, vagonlarni shoxobcha yo‘llariga keltirib bermaganlik va ularni shoxobcha yo‘llardan olib ketishni kechiktirganlik, yuklarni jo‘natuvchilar va oluvchilarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan ijaraga olingan vagonlar va konteynyerlarni o‘zboshimchalik bilan egallaganlik, bu vagonlar va konteynyerlarga shikast yetkazganlik yoki ularni yo‘qotganlik uchun Temir yo‘l ustavida belgilangan miqdorlarda jarimalar to‘lash tarzida javobgar bo‘ladi. Temir yo‘l transporti korxonalari yuklarni tashishda yukni yetkazib berish muddatlarini buzganlik uchun mulkiy javobgarlik bilan bir qatorda tashilayotgan yukning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun ham qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda mulkiy javobgar bo‘ladi. Temir yo‘l transporti korxonalari yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar bo‘ladi. Temir yo‘l transporti korxonalari atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar uchun hamda temir yo‘l transporti yerlarini lozim darajada saqlamaganlik va ulardan foydalanmaganlik uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. Yuk jo‘natuvchilar va yukni oluvchilar quyidagilar uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda jarimalar to‘lash tarzida javobgar bo‘ladilar: tashishlar haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun; yuklarni taqdim etmaganlik uchun, yuk tashishga berilgan vagonlar, konteynyerlardan foydalanmaganlik yoki buyurtmanomada ko‘rsatilgan vagonlar, konteynyerlarni rad etganlik uchun; temir yo‘lga qarashli vagonlar va konteynyerlardan ruxsatsiz foydalanganlik uchun; vagonlar va konteynyerlarni yukni ortish, tushirish yoki qayta yuklash paytida belgilangan texnologiya normalaridan ortiqcha kechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun, shuningdek ularni yukni ortish, tushirish, qayta yuklash uchun yetkazib berish paytida kuttirib qo‘yish orqali yoki jo‘natuvchiga bog‘liq bo‘lgan boshqa sabablarga ko‘ra kechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun; mahsulotlarni eksportga yetkazib berish bo‘yicha bojxona, chegara organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan belgilangan talablarni vagonlar va konteynyerlarning kechiktirilganligiga sabab bo‘lgan tarzda buzganlik uchun; vagonlar, konteynyerlarga ko‘taradigan yukidan ortiqcha yuk ortganlik uchun; vagonlar va konteynyerlarni yuklari tushirilganidan so‘ng tozalamaganlik uchun; temir yo‘l tomonidan berilgan vagonlar yoki konteynyerlarga, chiqarib olinadigan tashish moslamalari va o‘rash-joylash vositalariga shikast yetkazganlik yoki ularni yo‘qotganlik uchun; tashish taqiqlangan yukni taqdim etganlik yoki tashish chog‘ida o‘ta ehtiyotkorlik choralari ko‘rishni talab etuvchi yukni uning nomi yoki xossalarini noto‘g‘ri ko‘rsatib taqdim etganlik uchun. Yo‘lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish, harakat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini, temir yo‘l transportidagi sanitariya-gigiyena va sanitariya-epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganlik, qurilmalar, transport vositalari va ularning ichki jihozlariga shikast yetkazganlik uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar. Temir yo‘l transportiga uning kommunikatsiyalarini qasddan to‘sib (uzib) qo‘yish yoki temir yo‘l transportining moneliksiz va xavfsiz ishlashiga xalal beruvchi qonunga xilof boshqa xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar temir yo‘l transporti korxonalariga aybdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi. Yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yuk jo‘natuvchilar va yukni oluvchilar tegishli temir yo‘l transporti korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda talab va da’volar taqdim etishga haqlidir. Temir yo‘l transportida tashishlar bo‘yicha talablar va da’volarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari Temir yo‘l ustavida belgilab qo‘yiladi.
33
36,331
Qonunchilik
Tuman va shahar budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
2022-yilning birinchi choragida o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda ular tomonidan ilgari surilgan loyihalarda aks ettirilgan dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish va fuqarolarning ushbu jarayonlarda faolligini yanada oshirish maqsadida: 1. 2022-yilning birinchi choragida o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayoni natijalari bo‘yicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 2 215 ta loyiha g‘olib deb topilganligi va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1,1 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil fevral-mart oylari davomida o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 85,4 milliard so‘m mablag‘ni ilovaga muvofiq tuman (shahar)larga ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Belgilansinki, ushbu mablag‘lar Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan 2022-yilda o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha mablag‘lar hisobidan yo‘naltiriladi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari: mazkur qarorga muvofiq qo‘shimcha ajratilayotgan mablag‘larning bir kun muddatda Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga o‘tkazilishini hamda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini ta’minlasin; har oy yakuni bilan kelgusi oyning 10-sanasiga qadar ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tashabbusli budjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni jamoatchilikka e’lon qilib borsin. 4. Belgilansinki: jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar o‘z vaqtida moliyalashtirilishi va bajarilishini baholash har chorak yakuni bo‘yicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi; hisobot yili yakuni bo‘yicha Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning bajarilishini yakuniy nazoratdan o‘tkazadi; tuman (shahar) hokimlari tashabbusli budjetlashtirish asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning natijalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida muntazam hisobot berib boradi. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini Oliy Majlis Senatida har chorak yakunida eshitib borish amaliyoti joriy etilsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalarda belgilangan ishlarning to‘liq va sifatli amalga oshirilishi, o‘z vaqtida moliyalashtirilishini nazorat qilish uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin. 6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda g‘olib deb topilgan loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etilsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
187
3,860
Qonunchilik
Markazlashtirilgan moliyalash manbalari hisobidan obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishini amalga oshirishda pudrat qurilish tashkilotlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 395-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-fevraldagi 1-sonli majlisi bayonining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Markazlashtirilgan moliyalash manbalari hisobidan obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishini amalga oshirishda pudrat qurilish tashkilotlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
236
885
Qonunchilik
“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 9-avgust kuni qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
172
659
Qonunchilik
Shaхsiy ma’lumotlar qonun bilan himoya qilinadi
Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining umumхalq muhokamasi uchun e’lon qilingan loyihasida shaхsiy ma’lumotlarning huquqiy maqomini oʻrnatish va ularni himoyalash meхanizmini takomillashtirish koʻzda tutilgan edi. Qator hujjatlar shaхsiy ma’lumotlarni maхfiy aхborot qatoriga qoʻshadi («Aхborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasi, «Aхborotlashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasi, Maхfiy aхborotlar sirasiga kiritilgan ma’lumotlar roʻyхatining 1-bandiga qarang). Buning ustiga, alohida ma’lumotlarni oshkor etganlik uchun qonunchilik bilan ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan (quyidagi jadvalga qarang). Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 46-modda. «Fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ma’lumotlarni oshkor etish». Tibbiy yoki tijorat sirlarini, yozishma va boshqa хabarlar, notarial harakatlar, bank operatsiyalari va jamgʻarmalar sirlarini, хuddi shuningdek fuqaroga, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ma’naviy yoхud moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa ma’lumotlarni oshkor etish. fuqarolarga EKIHning 1/2 qismidan 2 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – EKIHning 2 dan 5 baravarigacha miqdorda jarima. 461-modda. «Shaхsiy hayot daхlsizligini buzish». Shaхsning shaхsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaхsiy hayoti toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga хilof ravishda yigʻish yoki tarqatish. EKIHning 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima. Jinoyat kodeksi 125-modda. «Farzandlikka olish sirini oshkor qilish» Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona gʻamхoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qoʻriqlanadigan sirini oshkor qilish EKIHning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari. Oʻsha qilmish a) kasb faoliyati yoki хizmat mavqeiga koʻra farzandlikka olishni sir saqlashi shart boʻlgan shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa; b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa; v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa. EKIHning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yildan 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari. Biroq huquqiy darajada «shaхsiy ma’lumotlar» tushunchasi toʻliq ochib berilmagan, shaхsiy ma’lumotlarni himoya qilishning aniq bayon etilgan meхanizmlari mavjud emas. Shu bois «Shaхsiy ma’lumotlarni himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Loyihada «Elektron hukumat» tizimi rivojlanishi munosabati bilan jismoniy shaхslar bilan ishlash jarayonida ularga oid ma’lumotlarning oshkor qilinishini taqiqlash, fuqarolarning shaхsiy va oilaviy sir daхlsizligiga boʻlgan huquqlarini himoya qilish nazarda tutiladi. Qonun loyihasi 2018 yilning 1 dekabriga qadar Davlat personallashtirish markazi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud va Adliya vazirligi tomonidan tayyorlanadi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilingan. Anvar Irkaхoʻjayev.
47
3,329
Qonunchilik
65 yoshdan katta pensionerlardan ortiqcha toʻlangan pensiya undirilmaydi
Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF-5291-son Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan pensionerlarning alohida toifalariga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmoni e’lon qilindi. Pensiyalar va nafaqalar toʻgʻri hisoblanishini tekshirish natijalari boʻyicha aniqlangan ortiqcha toʻlangan pensiyalar va nafaqalarning qoldiqlari summalari (1.01.2018 yil holatiga): Pensioner rozi emasmi – sudga murojaat qiling Shu yildan boshlab ortiqcha toʻlangan pensiyani chegirma qilishning yangi tartibi joriy etiladi. Endilikda pensioner byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining ortiqcha toʻlangan pensiya summalarini chegirma qilish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda qarz sud tartibida, biroq u aniqlangan sanadan e’tiboran 3 yildan koʻp boʻlmagan muddat uchun undiriladi. Ma’lumot uchun. Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining qaroriga asosan: Ishlaganmisiz? Sud tasdiqlaydi! Hududiy pensiya boʻlinmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud da’volarini tayyorlashda koʻmak beradi. Sudlarga shaхslarning ish stajini tasdiqlash toʻgʻrisidagi da’volarini ishning yuridik faktini belgilash qismida koʻrib chiqish tavsiya etildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 29.12.2017 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
73
1,569
Qonunchilik
Andijon viloyatida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida
Andijon viloyatida yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Andijon viloyatidagi yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga hamda umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan to‘garaklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “yo‘l xaritasi” deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq; Andijon viloyatidagi yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga hamda umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan to‘garaklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va monitoring olib borish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq; Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etiladigan madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etiladigan umumta’lim maktablari joylashgan Andijon viloyatining tuman va shaharlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; Madaniyat va san’at muassasalari hamda umumta’lim maktablarida to‘garaklarni mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa cholg‘u asboblari va boshqa jihozlar bilan ta’minlanadigan muassasalar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda san’at masalalari bo‘yicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilarning asosiy vazifasi o‘zlari biriktirilgan hududlardagi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish yuzasidan tegishli tuman va shahar hokimliklariga metodik, ijodiy va tashkiliy jihatdan yordam berishdan iboratligi belgilansin. 3. Belgilansinki, “yo‘l xaritasi”ga muvofiq yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ishlarini amalga oshirishda birinchi navbatda umumta’lim maktablari imkoniyatlaridan foydalaniladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda umumta’lim maktablarida barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan hamda yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda viloyatdagi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin. Bunda: a) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda: to‘garaklar faoliyatini belgilangan tartibda tashkil etish, to‘garaklarni tegishli kadrlar bilan ta’minlash, umumta’lim maktablarida turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlarni muntazam o‘tkazish, ularning mazmundorligini ta’minlash; to‘garaklar faoliyat yuritishi, tadbirlar o‘tkazilishi uchun zarur xonalar ajratish va tegishli shart-sharoitlar yaratish, ularga o‘quvchi-yoshlar qatnovini yo‘lga qo‘yish; b) Andijon viloyati hokimligi madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida zarur musiqa cholg‘u asboblari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul etib belgilansin. 5. Andijon viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining takliflari asosida bir oy muddatda madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan to‘garaklar uchun zarur bo‘ladigan musiqa cholg‘u asboblari va boshqa jihozlarni xarid qilish masalasini hal etsin. Belgilab qo‘yilsinki, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, umumta’lim maktablarini zarur musiqa cholg‘u asboblari va boshqa jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash Andijon viloyati hokimligi mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, muassasalarning o‘z mablag‘lari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 6. Ishchi guruh “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini har chorakda kamida bir marta tahlil qilib, ularni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etib borish choralarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston xalq artistlari klubi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining: “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston xalq rassomi”, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlariga ega bo‘lgan san’atkorlar, ijodkorlar va madaniyat xodimlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlarini Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirish; ijodiy maslahatchilarni har oyda bir marotaba joylarga xizmat safariga borib-kelish uchun belgilangan tartibda imtiyozli temir yo‘l chiptalari bilan ta’minlash; ijodiy maslahatchilarni kutib olish va kuzatish, ichki transport bilan ta’minlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimlari tomonidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda san’at masalalari bo‘yicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilar ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklari maslahatchi sifatida biriktirilgan san’atkorlar, ijodkorlar va malakali mutaxassislar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin hamda ularning joylarda samarali faoliyat yuritishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga: zaruratga ko‘ra Andijon viloyatining tuman va shaharlari hokimliklari madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan ijodkorlar ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirish kiritish; oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan tajribali mutaxassislarni madaniyat markazlarida xalq ijodiyoti va hunarmandchiligi bo‘yicha to‘garak va mashg‘ulotlar o‘tashga jalb etish huquqi berilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 2019-yil yakuniga qadar har bir tuman va shahar markaziy madaniyat markazida (yoki umumta’lim maktabida) muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga jamoatchilik shaklida bittadan havaskor teatr jamoasi, vokal cholg‘u ansambli, ashula va raqs ansambli hamda namunaviy bolalar ansamblini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 11. “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda umumta’lim maktablari faollar zali va madaniyat markazlarida yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘oyaga sadoqat, mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan kinofilmlar namoyishlari tashkil qilinishini ta’minlasin. 12. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda tahlil qilib, yoshlarning to‘garaklarga qatnashishi, o‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmundorligi yuzasidan doimiy monitoring olib borsin hamda natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga tegishli tavsiyalar kiritsin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
179
7,807
Qonunchilik
Oʻzbekiston investitsiya portali ishlay boshladi
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi invest.gov.uz saytini taqdim etdi. Resursda investorlar ham, investorni izlayotganlar ham ish uchun foydali aхborotni topadilar. Aхborot sakkizta tilda berilgan. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining portali yordamida investitsiya faoliyati ishtirokchilari bilan kunu tun bevosita muloqot qilish imkoni bor, sababi turli soat poyasidagi tadbirkorlardan soʻrovlar kelib tushishi mumkin. Portalda Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati, iqtisodiyot sohalarining rivojlanishi, erkin va kichik iqtisodiy zonalar, imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisida aхborot berilgan. Investitsiya kiritishdan manfaatdor biznes portalda investitsiya taklifini kiritishi va хorijiy kompaniyalar qatnashuvchi tadbirlar jadvali bilan tanishib chiqishi mumkin.
48
788
Qonunchilik
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirib borish to‘g‘risida
Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, parlament hayotiga daxldorligini oshirish hamda yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Yoshlar parlamenti vakillari maktablarini tashkil qilish hamda uning a’zolarini deputatlarga biriktirish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin. 2. Quyidagilar: xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tashkil etiladigan Yoshlar parlamenti vakillari maktabi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom 1-ilovaga; Yoshlar parlamenti vakillari maktabi a’zolarining namunaviy o‘quv rejasi 2-ilovaga; xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan tavsiya etilgan yosh, fidoyi va shijoatli yoshlarni Oliy Majlis Senati a’zolariga biriktirish ro‘yxati 3-ilovaga; Oliy Majlis Senati a’zolari hamda ularga biriktirilgan yoshlarning o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishiga doir tavsiyalar 4-ilovaga; faol va tashabbuskor yoshlardan shakllantirilgan yangi avlod zaxira kadrlari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Yoshlar parlamenti vakillari maktablarini tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirib borish hamda nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi va Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasiga yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bir oy muddatda Yoshlar parlamenti vakillari maktabiga a’zolikka nomzodlarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga kiritish choralarini ko‘rsin. Bunda a’zolikka nomzodlarni maxsus ishlab chiqilgan mezonlar asosida saralashni ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan yangi avlod zaxira kadrlari rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida tavsiya etilishini ta’minlasin va bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida har yili Senatga axborot kiritib borsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Yoshlar parlamenti vakillari maktabi a’zolari uchun xona ajratilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati Yoshlar parlamenti vakillari maktablarini tashkil etish jarayonlari ommaviy axborot vositalari va Senatning rasmiy veb-saytida muntazam yoritilishini ta’minlasin. 8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin. 9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Ushbu Nizom xalq deputatlari mahalliy Kengashlari Yoshlar parlamenti vakillari maktabining maqsad va vazifalarini, uning tashkil etilishi tartibini hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. 2. Yoshlar parlamenti vakillari maktabi (keyingi o‘rinlarda — vakillar maktabi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 3. Vakillar maktabi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori asosida tashkil etiladigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan jamoatchilik asosida tuziladigan maslahat organi hisoblanadi. 4. Vakolat muddati tugagach vakillar maktabi a’zolari vakillar maktabining yangi tarkibi shakllangunga qadar faoliyat yuritib turadilar. Vakillar maktabi a’zolari jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi belgilanganligi sababli daxlsizlik huquqidan foydalana olmaydilar. 5. Vakillar maktablarining asosiy maqsadi hududlarda yoshlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi o‘rni va ta’sirini amalda ta’minlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, jamiyatda yoshlarni siyosiy faol qatlamga aylantirish hamda ularning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va ularning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, qolaversa parlament hayotiga daxldorligini oshirishdan iborat. 6. Vakillar maktabi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari va doimiy komissiyalar majlislarida yoshlar vakillarining ishtirokini ta’minlash, ularni normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni, parlament nazorati bilan yaqindan tanishtirish; hududlarda yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar, hududiy davlat dasturlariga takliflar ishlab chiqish; yoshlarda vakillik organi faoliyatiga oid ko‘nikmalarni shakllantirish; yoshlarga oid masalalar va muammolar yuzasidan o‘rganishlar olib borish va natijasi yuzasidan tegishli takliflarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish; nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalar bilan ishlash; jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda uning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb va aniq yo‘nalishlarni belgilash maqsadida muhokamalar o‘tkazish; xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va yoshlar hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan zamonaviy yo‘nalishlarni belgilash va samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; yoshlarning, ayniqsa, ish bilan band bo‘lmagan yoshlarning ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish; yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlar ishtirokini oshirish; yoshlarning tibbiy va ekologik madaniyatini yuksaltirishga, ular o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga, ularning intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik, badiiy dunyoqarashini kengaytirishga ko‘maklashish; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarda faol ishtirok etish; qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash; yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishda vakillik organlari bilan hamkorlik qilish; yoshlarning parlament faoliyati bo‘yicha xabardorligini oshirish. 7. Vakillar maktabi a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tashabbuskor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega 18 — 30 yoshdagilar orasidan gender tenglikni ta’minlagan holda shakllantiriladi. Bunda vakillar maktabi a’zolari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida 30 nafar etib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida tuzilgan vakillar maktabi a’zolari orasidan 3 nafardan saralab olgan holda shakllantiriladi. Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga vakillar maktabi a’zoligiga qabul qilinishi uchun nomzodlarni tavsiya etadi. Doimiy komissiyalar nomzodlar orasidan 30 nafarini saralab olib, tasdiqlash uchun Kengash muhokamasiga kiritadi. 8. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari bir vaqtning o‘zida vakillik maktablarining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida vakillar maktabini tashkil etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida tegishli qaror qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari vakillar maktabi esa ushbu Kengashlarning tegishli qarori bilan tashkil etiladi. 10. Vakillar maktabini boshqaruvchilar raislar deb yuritiladi. Vakillar maktabi raisi 30 yoshdan katta bo‘lmagan, huquqiy va siyosiy bilimga ega, tashabbuskor va malakali bo‘lishi talab etiladi. Rais vakillar maktabining birinchi tashkiliy yig‘ilishida a’zolar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Raislikka nomzodlar xalq deputatlari mahalliy Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan ko‘rsatiladi. 11. Yoshlar parlamenti vakillari maktabi faoliyatini davriy matbuot va Internet ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish uchun a’zolardan biriga matbuot kotibi vazifasi yuklatilishi mumkin. 12. Vakillik maktablari quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi: yoshlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan doimiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish; yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; yoshlar muammolari bilan ishlash va ularning murojaatlari yuzasidan o‘rganishlar tashkil etish; nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish; yoshlarni ishga joylashtirish va ularning tadbirkorligini rivojlantirish jarayonlarini nazorat qilib borish; hududlarda beshta muhim tashabbusni amaliyotga keng joriy qilishda faol ishtirok etish; hududlarda iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularni rag‘batlantirib borish bo‘yicha tashabbuslar ko‘rsatish. 13. Vakillar maktabi a’zolarining vakolat muddati xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakolat muddatiga teng. 14. Vakillar maktabi a’zolarining majlisi uning rahbar organi hisoblanadi. 15. Vakillar maktabi tomonidan qabul qilingan hujjatlar tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi. 16. Vakillar maktabi a’zolarining faoliyati xalq deputatlari Kengashlari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. 17. Vakillar maktabi faoliyati uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyati xonasidan joy ajratiladi. 18. Vakillar maktabi majlislarini o‘tkazish uchun Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo‘limlari binosidan foydalaniladi. 19. Vakillar maktabi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirib borishga xalq deputatlari mahalliy Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari mas’ul hisoblanadi. 20. Vakillar maktabi a’zolarining majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Vakillar maktabi a’zolarining majlislari vakillar maktabi raisi tomonidan chaqiriladi. Zarur hollarda Vakillar maktabi majlislari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. 21. Vakillar maktabi a’zolarining majlisi o‘tkazilishidan kamida yetti kun avval bu haqda vakillar maktabining har bir a’zosi xabardor qilinishi shart. Xabarnomada vakillar maktabi a’zolarining majlisi o‘tkaziladigan vaqt va joy, shuningdek, taklif qilinayotgan kun tartibi ko‘rsatilishi kerak. 22. Vakillar maktabi a’zolari majlislarining qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. 23. Vakillar maktabi tadbirlari ochiqlik va oshkoralik asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi. 24. Vakillar maktabi a’zolari majlisining bayonnomasi vakillar maktabi majlisida saylanadigan Kotib tomonidan yuritiladi. 25. Vakillar maktabi raisi o‘z vazifalarini bajarishi davrida doimiy ish faoliyatidan ajratilmagan holda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: o‘z vakolatiga ko‘ra yoshlarga oid masalalar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga takliflar kiritadi; vakillar maktabi a’zolari majlisini chaqiradi, ularga raislik qiladi; vakillar maktabiga kiritiladigan yoshlarga oid masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; vakillar maktabi a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va ularga vazifalarni taqsimlaydi; ushbu Nizomda ko‘rsatilgan, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa vazifalarni amalga oshiradi. 26. Vakillar maktabi kotibi: vakillar maktabi a’zolarining majlisida qabul qilingan takliflar hamda majlislar bayonnomalarini yuritadi; tuzilgan bayonnomalarni imzolash uchun raisga taqdim etadi hamda devonxona hujjat ishlarini yuritishni tashkil etadi; majlis bayonnomalari ijrosini monitoring qilib boradi; yoshlar tomonidan yuborilgan murojaatlarni qayd etib boradi va ular to‘g‘risida raisga axborot kiritadi. 27. Ushbu Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki Yoshlar parlamenti vakillar maktabi faoliyatini to‘xtatib turish yoxud tugatish xalq deputatlari Kengashlarining tegishli qarori bilan amalga oshiriladi. Oliy Majlis Senati a’zolariga o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishlari uchun quyidagilar tavsiya etiladi: I. Oliy Majlis Senati va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati yuzasidan umumiy tushunchalar berish Senat faoliyatining huquqiy asoslari hamda tarkibini shakllantirish jarayonlarini tushuntirish, xususan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to‘g‘risida”gi, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish; Senatning vakolatlarini tushuntirish va faoliyatining tashkiliy shakllari bilan tanishtirish; Senat majlislarini chaqirish hamda tegishli hujjatlarni qabul qilish, shuningdek ushbu hujjatlarni ijroga yo‘naltirish jarayonlari haqida ma’lumot berish; Senat Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarini tashkil etish tartibi, ularning vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishi haqida ma’lumot berish; Senat tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish, ma’qullash yoki rad etish jarayonlari bilan tanishtirish, ushbu qonunlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilish tartibini tushuntirish; Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining maqsad va vazifasi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda unga a’zo bo‘lish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berish; xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining huquqiy asoslari, maqsad va vazifalari haqida tushuntirish berish, xususan, mahalliy Kengashlar to‘g‘risidagi qonunlar mazmun-mohiyatini tushuntirish; xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarini chaqirish va kun tartibidagi masalalarni muhokama etish tartibini, tegishli hujjatlar qabul qilish jarayonini hamda Kengashlarning Senat bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini tushuntirish; deputatlikka nomzod ko‘rsatish, deputat maqomi, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish; deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlari bilan tanishtirish; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining mazmun-mohiyatini tushuntirish; Hukumat tarkibi shakllanishida parlamentning o‘rnini tushuntirish; Hukumatning parlament oldidagi hisobdorligi haqida atroflicha tushunchalar berish; davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga takliflar tayyorlash bosqichlari bilan tanishtirish; deputatlik odobi va deputat faoliyatining asosiy kafolatlarining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berish. II. Qonunlarni ishlab chiqish va muhokama etish hamda targ‘ib qilish yuzasidan tushunchalar berish qonun loyihalarini tayyorlash jarayonlari hamda qonunchilik tashabbusiga ega davlat boshqaruvi organlari haqida ma’lumotlar berish; ishlab chiqilgan qonun loyihalarini dastlabki tarzda muhokama etish tartiblarini tushuntirish; qonunlarni hududlar manfaatidan kelib chiqqan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama etish, qonun loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlash va uni vakolatli organga taqdim etish tartibini o‘rgatish; qonunosti hujjatlari qabul qilinishi hamda amalda qo‘llanilishi holatini monitoring qilish to‘g‘risida ma’lumotlar berish. III. Parlament nazoratining olib borilishi to‘g‘risida tushunchalar berish Senat tomonidan parlament nazoratining olib borilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish; parlament nazorati obyektlari va subyektlari hamda nazorat shakllari haqida ma’lumotlar berish; davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli masalalar yuzasidan axborotini eshitib borish jarayonlarini tushuntirish; davlat dasturlari, investitsiya dasturlari haqida tushunchalar berish va ularning ijrosi ustidan parlament nazorati olib borish tartibini tushuntirish; parlament so‘rovi hamda senatorlik va deputatlik so‘rovlari haqida umumiy tushunchalar berish; parlament so‘rovi uchun dolzarb mavzu tanlash, uni tayyorlash hamda davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga yuborish tartibi haqida ma’lumotlar berish; davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan parlament so‘roviga javob berish tartibi hamda berilgan javobni muhokama qilish jarayonlarini tushuntirish; Senat a’zosi so‘rovi va murojaatini hamda deputat so‘rovini tayyorlash, tegishliligi bo‘yicha yuborish hamda so‘rovga olingan javobni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berish. IV. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularning muammolarini hal etish masalalari yuzasidan tushunchalar berish saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, sayyor qabullar uyushtirish va ularning muammolarini o‘rganish hamda muhokama etish bo‘yicha tushunchalar berish; fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan ma’lumotlar berish; har bir fuqaro murojaati yuzasidan senatorlik va deputatlik nazoratini o‘rnatish, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha choralar ko‘rish borasida tushuntirish berish; saylovchilar bilan o‘tkaziladigan targ‘ibot va tashviqot tadbirlarida ishtirok etish va nutq so‘zlashning o‘ziga xos jihatlarini o‘rgatish. V. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash samaradorligi haqida tushunchalar berish senatorlik va deputatlik faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda Internet ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borishni o‘rgatish; ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan yolg‘on xabarlarga faol yoshlar tomonidan zudlik bilan o‘z pozitsiyasi va shaxsiy fikr-mulohazalarini ifoda etgan holda munosabat bildirishi zarurligini tushuntirish; yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyasiz xatti-harakatlari va salbiy ko‘rinishdagi chiqishlarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarda faol yoshlar bilan birgalikda ishtirok etish.
202
18,829
Qonunchilik
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan normalar va talablar hamda ularni bajarish shartlarining mazmunini, yagona sport tasnifini shakllantirish, shuningdek sport turlari bo‘yicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish tartibini belgilaydi. 1. Yagona sport tasnifi (bundan buyon matnda YST deb yuritiladi) sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan normalar hamda talablarni, shuningdek ularni bajarish shartlarini (bundan buyon matnda normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari deb yuritiladi) belgilaydi. 2. Quyidagilar YSTning asosiy vazifalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasida sport turlarini rivojlanishiga ko‘maklashish; sportchilarning sport mahorati darajasini aniqlash uchun sport ko‘rsatkichlarini belgilash; sportchilarning sport mahorati darajasini e’tirof etish; sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida quyidagi sport unvonlari hamda sport razryadlari beriladi: a) sport unvonlari: Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster; O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri; b) sport razryadlari: O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod; birinchi sport razryadi; ikkinchi sport razryadi; uchinchi sport razryadi; o‘smirlar uchun birinchi sport razryadi; o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadi; o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadi. 4. Sport unvonlari sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga (bundan buyon matnda kalendar reja deb yuritiladi) kiritilgan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari natijalari bo‘yicha YSTning normalari va (yoki) talablarini, shuningdek ularni bajarish shartlarini bajargan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan sportchilarga beriladi. Sport razryadlari kalendar rejaga kiritilgan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari natijalari bo‘yicha YSTning normalari va (yoki) talablarini, shuningdek ularni bajarish shartlarini bajargan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hamda fuqaroligi bo‘lmagan sportchilarga beriladi. 5. Sport turi bo‘yicha YST mavjud bo‘lmasa ushbu sport turi bo‘yicha sport unvonlari va sport razryadlari berilmaydi. 6. Sport unvonlari va sport razryadlari umrbod beriladi. 7. Normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari sport turining rivojlanganlik darajasi, rasmiy sport musobaqalarining nufuzi, sportchining yoshini va jinsini hisobga olgan holda belgilanadi. 8. Normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari sport turining xususiyatlariga ko‘ra belgilangan o‘lchov birliklarida ifodalangan va sportchining mahoratini aniqlaydigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. 9. Normalar va talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) sport musobaqasida egallangan o‘rin; b) sport musobaqasidagi raqiblar soni; v) sport musobaqasida o‘lchov birliklari bo‘yicha qayd etilgan natijalar. 10. Sportchi tomonidan normalar va talablarni bajarish shartlari quyidagilar hisoblanadi: a) sportchi ishtirok etgan xalqaro rasmiy sport musobaqalarida qatnashgan mamlakatlar soni, bunda: jahon chempionati, kubogi va birinchiligida: yozgi sport turlarida — kamida 20 ta; qishki sport turlarida — kamida 15 ta bo‘lishi. Osiyo chempionati, kubogi va birinchiligida: yozgi sport turlarida — kamida 10 ta; qishki sport turlarida — kamida 8 ta bo‘lishi. boshqa xalqaro rasmiy sport musobaqalarida: yozgi sport turlarida — kamida 6 ta; qishki sport turlarida — kamida 5 ta bo‘lishi. b) sportchi ishtirok etgan O‘zbekiston chempionati yoki kubogida hududiy jamoalardan kamida yarmi qatnashgan bo‘lishi; v) sportchi ishtirok etgan hududiy chempionat va birinchilikda hududiy jamoalardan kamida yarmi qatnashgan bo‘lishi; g) sportchi ishtirok etgan rasmiy sport musobaqalarida (xalqaro rasmiy sport musobaqalari bundan mustasno) kamida quyidagi malaka toifasiga ega bo‘lgan hakamlarning hakamlik qilishi: Xalqaro toifali O‘zbekiston sport ustasi sport unvoni uchun — 2 nafar xalqaro toifali yoki 3 nafar milliy toifali sport hakami; O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoni uchun — 2 nafar xalqaro toifali yoki 2 nafar milliy toifali sport hakami; O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadi uchun — 1 nafar milliy toifali yoki 3 nafar birinchi toifali sport hakami; birinchi sport razryadi uchun — 3 nafar birinchi toifali sport hakami; ikkinchi yoki uchinchi sport razryadi uchun — 2 nafar birinchi toifali sport hakami; o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi yoki uchinchi sport razryadi uchun — 1 nafar birinchi toifali sport hakami. d) sport turi hamda rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa shartlar. Agar jahon chempionati, kubogi yoki birinchiligida qatnashgan mamlakatlar soni mazkur band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida belgilangandan kam bo‘lsa, bunda Osiyo chempionati, kubogi yoki birinchiligi uchun nazarda tutilgan shartlar qo‘llaniladi. Agar Osiyo chempionati, kubogi yoki birinchiligida qatnashgan mamlakatlar soni mazkur band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisida belgilangandan kam bo‘lsa, bunda boshqa xalqaro rasmiy sport musobaqalari uchun nazarda tutilgan shartlar qo‘llaniladi. 11. Xalqaro rasmiy sport musobaqalarida bajarilgan norma va (yoki) talablar uchun sportchiga u mazkur musobaqalarda O‘zbekiston Respublikasining terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan taqdirdagina, sport unvonlari va sport razryadlari beriladi. 12. YST Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishining davriyligini inobatga olib har 4 yilda bir marta kelgusi 4 yil muddatga tuziladi. 13. YSTda sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari ko‘rsatiladi. 14. YST sport federatsiyalarining (uyushmalarining), sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashining taqdimnomalariga asosan Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 15. YST O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining hay’atida ko‘rib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi. 16. YSTda normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari sportchining jinsi va yoshini inobatga olgan holda alohida-alohida ko‘rsatiladi. 17. YST mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. 18. YSTga uni tuzgan tashkilotlarning taqdimnomalariga asosan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. YSTga o‘zgartirishlar kiritish u qanday tartibda tasdiqlangan bo‘lsa shunday tartibda amalga oshiriladi. Agar YSTga kiritilayotgan o‘zgartirishlar sport turi bo‘yicha xalqaro qoidalar o‘zgarganligi bilan bog‘liq bo‘lmasa, o‘zgartirishlar YST tasdiqlangan kundan boshlab bir yil o‘tgandan so‘ng kiritiladi. 19. Xalqaro grossmeyster sport unvoni tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi. Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan sportchilar Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi sport unvonini olgan sportchilarga tenglashtiriladi. 20. Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi, O‘zbekiston grossmeysteri, O‘zbekiston sport ustasi sport unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan quyidagi tashkilotlarning taqdimnomalariga asosan beriladi: respublika sport federatsiyalari (uyushmalari); O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi. 21. Sport unvonini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma tashkilot rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan (muhr mavjud bo‘lganda) tasdiqlangan holda YSTning normalari va talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilgan kundan boshlab 1 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladi. 22. Sport unvonini berish to‘g‘risidagi taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: a) YST normalari va (yoki) talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilganligini, shu jumladan sport musobaqalaridagi yutuqlar aks ettirilgan, rasmiy sport musobaqalari bayonnomalari va musobaqa diplomlari nusxalari (sport pasporti mavjud bo‘lganda, sport pasportining (tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilgan varaqlari bilan) nusxasi); b) hakamlar hay’ati raisi tomonidan tasdiqlangan hakamlarning tarkibi va toifasi haqida ma’lumotnoma (xalqaro rasmiy sport musobaqalari bundan mustasno); v) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi (16 yoshga to‘lmagan sportchilarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi); g) sportchiga nisbatan uning treneri tomonidan berilgan tavsifnoma; d) 2 ta 3 x 4 hajmdagi (oq fondagi) rangli fotosurat. Taqdimnomaga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ularni berayotgan tashkilotlar tomonidan asliga to‘g‘ri ekanligi tasdiqlangan bo‘lishi shart. Taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun taqdimnomani imzolagan shaxs mas’ul hisoblanadi. 23. Sport unvonini berish to‘g‘risidagi taqdimnomaga mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, u rad etiladi va uni taqdim qilgan tashkilotga rad etish sabablari ko‘rsatilgan javob xati yuboriladi. 24. Sport unvonini berish yoki sport unvonini berishni rad etish masalasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tuziladigan malaka komissiyasi tomonidan hal qilinadi. 25. Sport unvonini berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi: a) sport unvonini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan muddat ichida taqdim etilmaganda; b) sportchi tomonidan bajarilgan normalar va (yoki) talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari YSTga muvofiq bo‘lmaganda; v) sport musobaqalari davomida sportchi diskvalifikatsiya qilinganda. 26. Sport unvoni malaka komissiyasi qarori asosida qabul qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining buyrug‘iga muvofiq beriladi. O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining buyrug‘i malaka komissiyasi qarori chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida qabul qilinadi. 27. Sport unvoni berilganligi haqidagi ma’lumot sportchining sport pasportiga kiritiladi. 28. Sport unvonini olgan sportchiga O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan sport unvoni olganligini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. 29. Sport unvoni olinganligini tasdiqlovchi guvohnoma yo‘qotilgan, buzilgan yoki uni olgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan hollarda sportchining arizasiga asosan ushbu guvohnomani bergan tashkilot tomonidan guvohnomaning dublikati beriladi. Bunda arizaga guvohnoma yo‘qotilgan taqdirda, guvohnoma yo‘qotilganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida berilgan e’lonning (yo‘qotilgan guvohnomaning berilgan yili, tartib raqami ko‘rsatilgan holda) nusxasi, guvohnomani olgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud buzilgan guvohnoma ilova qilinadi. Guvohnomalarining dublikati berilganda uning yuqori o‘ng burchagiga “Dublikat” degan so‘z yoziladi. 30. Sport razryadlari quyidagicha: oliy mahorat sport maktablari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi sportchilariga O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod, O‘zbekiston grossmeysteriga nomzod va birinchi sport razryadlari — mazkur tashkilotlarning taqdimnomasiga asosan qat’iy ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan; sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi sportchilariga ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — qat’iy ravishda ushbu tashkilotlar tomonidan sportchilar trenerlarining taqdimnomalariga asosan, shuningdek, akademik litseylar, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim hamda oliy ta’lim muassasalarining sportchilariga birinchi sport razryadi — qat’iy ravishda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — qat’iy ravishda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining mintaqaviy bo‘limlari tomonidan sportchilar trenerlarining taqdimnomalariga asosan; boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari sportchilariga — O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod, O‘zbekiston grossmeysteriga nomzod, birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari ushbu tashkilotlarning yoxud tegishli sport turi bo‘yicha sport federatsiyalarining (uyushmalarining) yoki uning hududiy bo‘linmalarining taqdimnomalariga asosan — tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan, bunda sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — tegishlicha O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari tomonidan beriladi. 31. Sport razryadini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma tashkilot rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs) va tashkilot muhri (muhr mavjud bo‘lganda) bilan tasdiqlangan, taqdimnoma trener tomonidan berilayotganda esa, trener tomonidan imzolangan holda, YSTning normalari va talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilgan kundan boshlab 6 oy ichida berilishi shart. 32. Sport razryadini berish to‘g‘risidagi taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: a) YST normalari va (yoki) talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilganligini, shu jumladan sport musobaqalaridagi yutuqlar aks ettirilgan, rasmiy sport musobaqalari bayonnomalari va musobaqa diplomlari nusxalari (sport pasporti mavjud bo‘lganda, sport pasportining (tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilgan varaqlari bilan) nusxasi); b) hakamlar hay’ati raisi tomonidan tasdiqlangan hakamlarning tarkibi va toifasi haqida ma’lumotnoma (xalqaro rasmiy sport musobaqalari bundan mustasno); v) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi (16 yoshga to‘lmagan sportchilarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi); g) sportchiga nisbatan uning treneri tomonidan berilgan tavsifnoma; d) 2 ta 3 x 4 hajmdagi (oq fondagi) rangli fotosurat (sport razryadini birinchi marta olayotganda). Taqdimnomaga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ularni berayotgan tashkilotlar tomonidan asliga to‘g‘ri ekanligi tasdiqlangan bo‘lishi shart, taqdimnoma sportchining treneri tomonidan berilayotgan hollar bundan mustasno. Taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun taqdimnomani imzolagan shaxs mas’ul hisoblanadi. 33. Sport razryadini berish to‘g‘risidagi taqdimnomaga mazkur Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, u rad etiladi va uni taqdim qilgan tashkilotga rad etish sabablari ko‘rsatilgan javob xati yuboriladi. Bunda taqdimnoma sportchining treneri tomonidan berilayotganda, u rad etish sabablari og‘zaki tushuntirilgan holda qaytariladi. 34. Sport razryadini berish yoki sport razryadini berishni rad etish masalasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tuziladigan malaka komissiyasi tomonidan hal qilinadi. 35. Sport razryadi malaka komissiyasi qarori asosida qabul qilinadigan mazkur Nizomga asosan sport razryadini berish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar rahbarlarining buyrug‘iga muvofiq beriladi. 36. Sport razryadini berishni rad etishga quyidagilar asos hisoblanadi: a) sport razryadini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 31-bandida belgilangan muddat ichida taqdim etilmaganda; b) sportchi tomonidan bajarilgan normalar va (yoki) talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari YSTga muvofiq bo‘lmaganda; v) sport musobaqalari davomida sportchi diskvalifikatsiya qilinganda. 37. Sport razryadi berilganligi haqidagi ma’lumot sportchining sport pasportiga (sport kitobchasiga) kiritiladi va sport razryadini bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Sport razryadini bergan tashkilot berilgan sport razryadlarining hisobini yuritadi. 38. Mazkur Nizomga asosan sport unvonlari va sport razryadlarini berish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar huzurida malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi. Malaka komissiyasi tarkibi mazkur tashkilotlarning rahbarlari qarori bilan tasdiqlanadi. 39. Malaka komissiyasi kamida yetti nafar a’zodan iborat bo‘lib, uning tarkibiga malaka komissiyasi tuzilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari vakillari, shuningdek sportning tegishli turi bo‘yicha respublika (viloyat) sport federatsiyalari (uyushmalari), sport turlari bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari va boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari vakillari kelishuv asosida kiritiladi. 40. Malaka komissiyasi raisi va a’zolari o‘z xohishiga ko‘ra yoki zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoida buzishlari uchun malaka komissiyasini tuzgan tashkilot rahbarining qaroriga muvofiq komissiya tarkibidan chiqarilishi mumkin. 41. Malaka komissiyasi majlisi unda komissiya a’zolarining 2/3 qismi qatnashgan taqdirda to‘la huquqli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Malaka komissiyasi qarori uning majlisida qatnashgan komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 42. Sport unvoni va sport razryadlarini berish to‘g‘risidagi taqdimnomalar har oyda malaka komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Malaka komissiyasi majlislari uning raisi tomonidan chaqiriladi. Malaka komissiyasining navbatdan tashqari majlislari zarurat bo‘lgan taqdirda uning raisi tomonidan chaqirilishi mumkin. 43. Malaka komissiyasi qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnoma malaka komissiyasi kotibi tomonidan yuritiladi. 44. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 45. Mazkur Nizom Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
83
19,879
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVSTRIYA RESPUBLIKASI BILAN YaQIN ISTIQBOLDAGI HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 18 APRELDAGI 72-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi davomida erishilgan ahdlashuvlarni to‘liq ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Avstriya Respublikasi bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 18-apreldagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi o‘rtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasining III bo‘limi ilovaga muvofiq bayon qilinsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
201
712
Qonunchilik
Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-yanvardagi PQ-1910-son “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 27-maydagi 2013-26-son qarori (ro‘yxat raqami 2475, 2013-yil 28-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 26-son, 349-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandidagi “(ro‘yxat raqami 565, 1998-yil 17-dekabr)” degan so‘zlar “(ro‘yxat raqami 2687, 2015-yil 22-iyun)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
185
1,031
Qonunchilik
Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllarining 6-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-son “Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2848, 2016-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 586-modda) 6-ilovasi 2 va 6-bandlaridagi “Yagona darcha” markazidan” degan so‘zlar “Davlat xizmatlari markazidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (O. Fayzullayev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Davlat xizmatlari agentligi (X. Turaxujayev) hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi (A. Madaminov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Davlat xizmatlari agentligi direktori X. Turaxujayev zimmasiga yuklansin.
113
1,586
Qonunchilik
“QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 18-moddasi birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “qimmatbaho qog‘ozlarga” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi 285-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 77-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 148-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda) 6-moddasi va 13-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi o‘zbekcha matnidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” va “qimmatbaho qog‘ozlarni” degan so‘zlar tegishincha “qimmatli qog‘ozlar” va “qimmatli qog‘ozlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 3-moddaning uchinchi qismidagi “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida” degan so‘zlar “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 8-moddaning beshinchi qismidagi “va muvofiqlashtirish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda) o‘zbekcha matniga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 3-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 17-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) VIII bo‘limning nomidagi “QIMMATBAHO QOG‘OZLAR” degan so‘zlar “QIMMATLI QOG‘OZLAR” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 50-modda: nomidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismidagi, uchinchi qismining ikkinchi jumlasidagi va to‘rtinchi qismidagi “qimmatbaho qog‘ozlar”, “Qimmatbaho qog‘ozlar” va “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar tegishincha “qimmatli qog‘ozlar”, “Qimmatli qog‘ozlar” va “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 53-moddaning to‘rtinchi qismidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 27-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisidagi “investitsiya institutlari” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 41-moddaning o‘n birinchi qismidagi “investitsiya institutlari” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 61-moddaning ikkinchi qismidagi “investitsiya instituti” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 114-modda birinchi qismining: uchinchi xatboshisidagi “investitsiya institutlari” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshisi o‘zbekcha matnidagi “qatnashchilarining” degan so‘z “ishtirokchilarining” degan so‘z bilan almashtirilsin; 5) 117-moddaning nomidagi va matnidagi “Investitsiya institutlarining” va “Investitsiya institutlari” degan so‘zlar tegishincha “Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining” va “Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
193
5,532
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING TERGOV HIBSXONALARI VA JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDA SAQLANAYOTGAN OIV INFEKSIYASINI YuQTIRGANLAR VA OITSGA ChALINGAN BEMORLARGA ANTIRETROVIRUS DAVOLASh TAQDIM ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQN
O‘zbekiston Respublikasi epidemiyaga qarshi kurashish Favqulodda komissiyasi majlisining 2007-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2007 — 2011-yillarda OIV infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurashishning Strategik dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Bayonnomasi talablarini bajarish, shuningdek OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarni davolashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarga antiretrovirus davolash taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
250
980
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi NizomnI tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi bir oy muddatda quyidagilarni ta’minlasin: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlash; markaziy apparat va Qo‘mitaga mansub tashkilotlarning Qo‘mitaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish; markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari nizomlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va bo‘linmalarning ustav va tuzilmalarini tasdiqlash. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T.Qo‘chqorov zimmasiga va Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligini, shuningdek faoliyatini tashkil etishni belgilaydi. 2. Davlat ekologiya qo‘mitasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va u o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 3. Davlat ekologiya qo‘mitasining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, shuningdek qo‘mitaga mansub tashkilotlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yagona tizimini tashkil etadi. 4. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 5. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni himoya qilish organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Davlat ekologiya qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy xaraktyerga ega bo‘lgan qarorlari, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy. 7. Davlat ekologiya qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xalqaro va mintaqaviy masalalarni hal etishda o‘z vakolatlari doirasida tegishli xorijiy mamlakatlar hamda tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. 8. Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlarning ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi faoliyatlarida ular bajarishlari lozim bo‘lgan ishlarni o‘z zimmasiga olmaydi. 9. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, shuningdek qo‘mitaga mansub tashkilotlarni saqlab turish va moddiy-texnik ta’minlash, shu jumladan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 10. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy tashkilotlar deb ataladi), Davlat ekologiya qo‘mitasiga mansub tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhr va blankalarga, shuningdek bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi. 11. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Toy-tepa ko‘chasi, 2a-uy. 12. Davlat ekologiya qo‘mitasi quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi: ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi; atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash; chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish; er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini, shuningdek yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish; ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish; atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha profilaktika o‘tkazish; ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof-muhitga bo‘lgan fuqarolar huquqini ta’minlash. 13. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash yuzasidan davlat boshqaruvi sohasida: hayvonot va o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, atmosfera havosi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish, shuningdek chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi; atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshiradi; resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsion texnologiyalarni hamma yerda keng miqyosda joriy etishni rag‘batlantirish, shuningdek aholining ekologik xavfsizligini ta’minlaydigan xo‘jalik faoliyatining atrof-muhitga noxush ta’sirini kamaytirish va uning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi; tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, xavfsiz mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi; tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologik jihatdan ta’minlash borasida ish olib boradi, atrof-muhit obyektlarining ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha metodik rahbarlikni amalga oshiradi; mahsulotlar, xizmatlar va chiqindilar, texnologik jarayonlar bo‘yicha sertifikatlashni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun yillik kvotalarni tasdiqlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasidagi ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi; b) atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash sohasida: atrof-muhit holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyihalar bo‘yicha takliflarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi va uzoq muddatli dasturlariga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritadi; atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish dasturlarini kelishadi; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi; qonunchilikda belgilangan tartibda aholini atrof-muhit holati va uni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydi; “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va shaharlardagi maxsus sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari faoliyatida chiqindi yig‘ish punktlarini ishga tushirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; chiqindilarni yig‘ish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni tashkillashtiradi; v) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish sohasida: davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalaridagi maxsus sanitariya jihatidan tozalash korxonalari, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari faoliyati yuzasidan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etishi bo‘yicha davlat nazoratini ta’minlaydi; chiqindilarni yig‘ish punktlarini tashkil etish, ularni o‘z vaqtida olib chiqish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etadi; chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, ularni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘playdi hamda tahlil qiladi; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam ko‘rsatadi; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda joylardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishni tashkillashtiradi; qattiq maishiy chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradi; g) yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish sohasida: 1) ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, o‘simlik dunyosi (shu jumladan o‘rmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi; 2) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradi: ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar; yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari; yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof-muhitni ifloslanishdan, bulg‘anishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish; o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof-muhitni muhofaza qilish; keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari; ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rag‘batlantirish qoidalari; suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari; atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish; suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish; yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish; o‘rmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek o‘rmon o‘simliklari suvini muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya tadbirlarini ta’minlash; 3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, ifloslangan va boshqa zararli ta’sirlarga uchragan atrof-muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi yagona respublika ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi; 4) atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yo‘l qo‘yiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi; 5) O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini undiradi; 6) davlat dasturlari, konsepsiyalari, ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi texnik reglamentlar, ekologik normativlar loyihalari; texnika, texnologiyalarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi; 7) belgilangan tartibda: tabiatdan, yer osti boyliklaridan foydalanish maqsadida, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlar; chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqiga litsenziyalar; davlat ekologik ekspertizasi xulosalari; o‘z vakolatlari doirasida xavfli yuklar tranzitiga xulosalar beradi; 8) yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash bo‘yicha takliflar kiritadi; d) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash sohasida: atrof-muhitga ta’sir omillarini hisobga olish, uning holatini tahlil qilish, baholash, atrof-muhit holatini prognoz qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlat hamda idoraviy nazorat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; atrof tabiiy muhit davlat monitoringini amalga oshiradi va atrof tabiiy muhit monitoringi sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshootlarini qabul qilib olish hamda ishga tushirish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida, shuningdek barcha turdagi qurilish uchun yer ajratishga doir materiallarni kelishishda qatnashadi; qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritadi va uning nashr etilishini ta’minlaydi; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ijtimoiy sheriklikni kengaytiradi, atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga metodik yordam beradi va ko‘maklashadi; ekologik nazorat sohasida boshqa maxsus vakolatli organlar bilan birgalikda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini maxsus tayyorlash tizimini tashkil etadi; davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni muhofaza qilishni tartibga solish sohasida normativ hamda metrologik ta’minlash, standartlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi; ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holatini modellashtirish va prognoz qilishni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib boradi; e) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini, shuningdek yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish sohasida: yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni ko‘paytirish va ularni saqlash bo‘yicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, shuningdek boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarni va ularning atrof-muhitga ko‘rsatadigan zararli ta’sirining (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini amalga oshiradi; tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maxsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqindilar chiqarib tashlash va oqizish hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) dastlabki hisobini yuritishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etishni amalga oshiradi; o‘simlik va hayvonot dunyosi, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, chiqindilar ko‘milgan va utilizatsiya qilingan joylarning davlat kadastrlari yuritilishini amalga oshiradi; j) ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida: maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ekologik tarbiya va ta’lim tizimini tashkil etadi hamda rivojlantiradi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan ekologik xavfsizlikni ta’minlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni targ‘ib qilish ishlarini olib borishni ta’minlaydi; ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazadi; maxsus vakolatli davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi; z) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha profilaktika o‘tkazish sohasida: qonun buzilishlari profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar bo‘yicha profilaktika o‘tkazish dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar bo‘yicha profilaktikani amalga oshiradi, shuningdek mazkur huquqbuzarliklarni aniqlaydi, bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etadi; atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadi va mazkur ma’lumotlar tahlilini amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa organ hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi; i) ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof-muhitga bo‘lgan fuqarolar huquqini ta’minlash sohasida: ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalq bilan muloqot mexanizmlarini amaliyotga samarali tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi; aholi salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda mamlakatning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ko‘maklashadi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar beradi; keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtiradi; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarni keng xabardor qilib boradi. Davlat ekologiya qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 14. Davlat ekologiya qo‘mitasi yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish; zarur holatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash masalalari bo‘yicha hisobotlarini ko‘rib chiqish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun belgilangan tartibda axborotlarni so‘rash va olish; Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha davlat statistika organlaridan zarur statistik ma’lumotlarni bepul olish; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari bo‘yicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish, shuningdek ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish; tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslardan zararni undirib olish to‘g‘risida da’volar qo‘zg‘ash, shuningdek undirilgan summani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflarini taqdim etish; davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatib turish (to‘xtatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilish; atrof-muhitga ahamiyatli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish; ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatmalar berish; o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish; atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida, shuningdek atrof-muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish; tabiatdan foydalanishning tegishli mintaqaviy, xorijiy va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish. 15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan ro‘yxati tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi alohida toifasi xodimlariga qonun hujjatlari asosida zimmalariga yuklangan atrof-muhit, tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida tabel o‘q otar qurolni olib yurish va saqlashga ruxsat beriladi. 16. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi mansabdor shaxslar davlat ekologik nazorati sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirish borasida tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega. 17. Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning mansabdor shaxslari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar. 18. Davlat ekologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. 19. Davlat ekologiya qo‘mitasining raisi: Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining ayrim uchastkalari, hududiy organlar va mansub tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi; Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini, hududiy organlar nizomlarini, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va bo‘linmalarning nizomlari, ustavlari va ularning tuzilmalarini tasdiqlaydi; Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining xarajatlari smetasi va shtatlar jadvalini xodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi; Davlat ekologiya qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasiga, shuningdek hududiy organlar, mansub tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari va mansub tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi, buyruqlar chiqaradi, shuningdek topshiriqlar beradi; Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi masalalarni hal etadi, Davlat ekologiya qo‘mitasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlarida, shuningdek davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi nomidan vakillik qiladi; Davlat ekologiyasi qo‘mitasi Hay’ati majlislariga raislik qiladi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 20. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari va ularning nazorat qilish yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘z navbatida, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat inspektorlari hisoblanadi. 21. Davlat ekologiya qo‘mitasi huzurida ekologik nazoratni tashkil etish maqsadida davlat ekologik nazorati sohasida maxsus vakolatli davlat organlari vakillaridan iborat Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyati tartibi davlat ekologik nazorati sohasidagi boshqa maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi. 22. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlariga Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmat guvohnomalari beriladi. 23. Quyidagilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi va rais o‘rinbosari — Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan; viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari taqdimnomasiga binoan Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Viloyatlar va Toshkent shahri atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetgunga qadar, ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega. 24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlarining bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi. 25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari o‘zlariga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydilar, tegishli hududlarda o‘zlariga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar faoliyatini tashkil etadilar, muvofiqlashtiradilar va nazorat qiladilar. 26. Davlat ekologiya qo‘mitasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi va soni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 27. Hay’at: ushbu Nizomda nazarda tutilgan Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish; Davlat ekologiya qo‘mitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash; hududiy organlar va mansub tashkilotlar rahbarlarining yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisobotlarini eshitish; qonunchilikda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ijro intizomini mustahkamlash, vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. Hay’at Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishi mumkin. 28. Hay’at majlisiga Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin. Hay’at, agar majlisda uning tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, huquqiy vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 29. Hay’at qarorlari Davlat ekologiya qo‘mitasining qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbariga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleks rahbariga ma’lum qilishlari mumkin. Hay’at faoliyati tartibi hay’atning qarori bilan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi. 30. Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 31. Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlariga to‘lanadigan ish haqi qonunchilikda ko‘zda tutilgan lavozim oylik maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha va ustama haqlar, shuningdek rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat bo‘ladi. 32. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, qo‘mita xodimlariga uzoq muddat xizmat qilgani uchun lavozim oylik maoshiga ustama haq to‘lanadi. 33. Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlariga to‘lanadigan ish haqi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishlar mehnatga haq to‘lash jamg‘armalari mablag‘lari, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, shuningdek budjetdan ajratiladigan mablag‘ hisobiga shakllantiriladi hamda budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi. 34. Davlat ekologiya qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
124
41,026
Qonunchilik
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Markaziy Kengashi hisobot taqdim etishning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 217-moddasida belgilangan muddatiga bundan buyon rioya etsin.
123
453
Qonunchilik
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq: 1. Quyidagilar: Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom va uning Kuzatuv kengashi tarkibi 2-3-ilovalarga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; 3. Belgilab qo‘yilsinki: Jamg‘armani boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori shuningdek boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi. Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Byuro xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, har chorak yakuni bo‘yicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlar beriladi: 70 balldan 80 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 50 foiz; 80 balldan 90 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 100 foiz; 90 balldan 100 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 200 foiz. 31. Quyidagilarning: a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining prokuratura organlari xodimlariga o‘zlarining xizmat vazifalarini operativ va o‘z vaqtida bajarishida ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari (keyingi o‘rinlarda — avtotransport vositalari) sotib olish uchun kreditlar berish to‘g‘risidagi taklifi; b) “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha prokuratura organlari xodimlariga avtotransport vositalari sotib olish uchun quyidagi shartlar bilan kreditlar berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: kreditni berish muddati — 10 yil; dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi; foizli stavka miqdori — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasidagi amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida; kredit bo‘yicha ta’minlash — avtotransport vositasi chiqqungacha va u kafolat bo‘yicha rasmiylashtirilgungacha, kreditni qaytarish yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli sug‘urtalashni hisobga olgan holda kredit bo‘yicha sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati; foizlarni hisoblab yozish, asosiy qarzni va kredit bo‘yicha asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni to‘lash, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha olti oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi bo‘yicha amalga oshiriladi. 32. “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etiladigan prokuratura organlari xodimlari ro‘yxati asosida ular tomonidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin; 4. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi (M.B. Azimov) bir oy muddatda Jamg‘arma Direksiyasining malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini, shuningdek, uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa tashkiliy-texnik masalalar hal etilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Jamg‘arma kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. Jamg‘armaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek majburiy ijro tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, Byuro va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish hisoblanadi. 4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘larning 8 foizi; Byuro organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablag‘larning 8 foizi; ijro ishi yurituvi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno; davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘larining 100 foizi; Byuro xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar, shuningdek pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; Byuro, shuningdek prokuratura organlarining Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablag‘larning 50 foizi, qolgan 50 foizi davlat budjetiga o‘tkaziladi. Byuro va prokuratura organlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda, mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 5. Jamg‘armaga uning daromadlari bo‘yicha kelib tushayotgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi g‘azna hisob raqamlariga o‘tkaziladi. 6. Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishining to‘liqligini nazorat qilish Byuro va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. 7. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi: bino va inshootlarini saqlash, foydalanish, qurish va ta’mirlashga; Byuro organlarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga, shu jumladan ularni zarur inventarlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa orgtexnika hamda boshqa vositalar bilan ta’minlashga, shuningdek kommunal-foydalanish va boshqa joriy xarajatlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismiga; xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati ko‘rsatish, ehtiyot qismlari va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashga; Byuro xodimlari mehnatga haq to‘lash fondining Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan qismini moliyalashtirishga, shuningdek Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (xizmat uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish va hokazo); qo‘shimcha xodimlarni saqlab turishga, shuningdek tegishli mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Byuroga ishga jalb qilishga; belgilangan tartibda Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilishga; prokuratura organlari xodimlariga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish bo‘yicha kreditlarning dastlabki badalini kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berishga; Byuro organlari xodimlariga ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari uchun oylik to‘lovlar to‘lab berishga; axborot tizimlari, shu jumladan axborot-kompyuter tizimlari, Byuro ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, boshqarish, takomillashtirish va kengaytirish hamda Byuro organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligiga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishga; Byuro xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashiga; Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga; Byuro xodimlarining mamlakat ichkarisidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini to‘lashga; Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashg‘ulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa tadbirlarini o‘tkazishga; Byuro faoliyati uchun zarur bo‘lgan bosma va boshqa materiallar bilan ta’minlashga; Sud ijrochilarning xalqaro ittifoqi, boshqa ixtisoslashtirilgan xalqaro va regional tashkilotlarda a’zolik uchun badal to‘lashga; davlat daromadiga o‘tkazilgan aktivlarni xorijiy davlatlardan qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini ijro etilishini ta’minlash uchun Byuro tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, shu jumladan xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, o‘zga tashkilotlarning axborot-maslahat xizmatlari, huquqiy va boshqa xizmatlarni, yig‘im va bojlarni moliyalashtirishga (qaytarilgan aktivlar yoki ular sotilishidan tushgan mablag‘lar hisobidan ushbu xarajatlarni Jamg‘armaga qoplash (qaytarish) sharti bilan); Majburiy ijro tizimi, Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari faoliyati samaradorligini ta’minlash va takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga. 9. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozi tushumlar va kelgusi yildagi xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha Byuroning hududiy boshqarmalari va boshqa organlari tomonidan hisobot yilining 1-noyabr holatiga taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Byuro tomonidan ishlab chiqiladi. Bunda rejalashtirilayotgan yil boshidagi qoldiq mablag‘lar va, qoida tariqasida, so‘nggi 2 yildagi tushumlarning dinamikasi inobatga olinadi. 10. Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan yig‘ma daromadlar va xarajatlar smetasi Jamg‘arma kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi. 11. Jamg‘armadan pul mablag‘larini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi hamda Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori asosida amalga oshiriladi. 12. Xarajatlarni moliyalashtirish Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga taqdim etiladigan talabnomalar, to‘lovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. 13. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning g‘azna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi, xato va ortiqcha o‘tkazilganligi uchun qaytarilayotgan mablag‘lar bundan mustasno. 14. Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumot Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga har chorak yakuniga ko‘ra, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. 15. Byuro Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi. 17. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi. 18. Jamg‘armani boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshqaradigan uning Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, shuningdek, boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi. 19. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Jamg‘arma Kuzatuv kengashining a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. 20. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta majlis o‘tkazadi. Zarur hollarda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin. 21. Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori uning majlislarida a’zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda yuzaga kelgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida, kengash a’zolarining kamida 2/3 qismining rezolyutsiyasi bo‘lganda, ularning roziliklari va imzolarini yig‘ish orqali Kuzatuv kengashi qarorlari qabul qilinishi mumkin. Ovozlar teng bo‘lganda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 22. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlik, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish Byuro tomonidan amalga oshiriladi. 23. Jamg‘arma Direksiyasiga Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi. 24. Byuro Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega: mablag‘lar ajratishga kelib tushgan buyurtmalar bo‘yicha ma’lumotlar olish; undirilgan va Jamg‘armaga o‘tkaziladigan pul mablag‘larining amalda kelib tushgan summasi bo‘yicha tijorat banklari va tegishli tashkilotlardan axborotlar hamda statistika ma’lumotlarini so‘rab olish; Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘larning maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, zarur hollarda tegishli hujjatlarni so‘rab olish; mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha to‘lovlardan tashqari, moliyalashtirishni to‘xtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritish; xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish; Jamg‘arma Kuzatuv kengashi roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni milliy va chet el valyutasida O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, shuningdek, chet el valyutasidagi pul mablag‘lari bo‘yicha ayirboshlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish. 25. Byuro Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagilarga majbur: Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish; Jamg‘armadan tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish bo‘yicha kelib tushgan buyurtmalarni to‘plash, ularni umumlashtirish va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash; Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish; Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarorlarini o‘z vaqtida ijro etish; Kuzatuv kengashi qarorlarini Byuro organlari va boshqa prokuratura organlariga yetkazish; Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘larning foydalanilishini monitoring qilish; Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlarni uning Kuzatuv kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish. 28. Byuro har hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga yillik hisobotni taqdim etadi. Byuro har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi. 30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi)xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 2. Byuro xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi quyidagilardan iborat: a) lavozim maoshidan. Darajali unvonlarga ega bo‘lgan Byuro xodimlarining lavozim maoshini yagona tarif setkasi bo‘yicha tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi; b) quyidagi miqdordagi oylik ustama haqlaridan: alohida mehnat sharoitlari uchun darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 foizi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari Byuroning boshqa xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda Byuro xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi; lavozim maoshiga 40 foiz miqdorda (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti); darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20 foizdan 50 foizgacha miqdorda; darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga — ko‘p yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5 foizdan 40 foizgacha miqdorda. Byuroning boshqa boshqaruv xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun har oylik ustama haq to‘lash prokuratura xodimlari uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda ustama miqdorini belgilashda xodimning umumiy ish staji inobatga olinadi (oliy o‘quv yurtidagi kunduzgi ta’lim davri bundan mustasno); v) quyidagilarni o‘z ichiga oladigan rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlardan: xodimlar faoliyatini individual baholash asosida xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun ularni yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofotlash; bayramlar, muhim va yubiley sanalari, uzoq yillik hamda bekamu ko‘st xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqqanda va boshqa shu kabi holatlar munosabati bilan mukofotlash, shuningdek mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi hisobidan shakllantiriladigan Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari hisobidan shaxsiy ustamalar; ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik to‘lovlar; Byuro tuman va shahar hamda tumanlararo bo‘limlari xodimlariga — yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno; kuz-qish mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari miqdorida yillik to‘lovlar; yilda bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish; baxtsiz hodisaga uchragan, shuningdek xizmat vazifalarini bajarishda halok bo‘lgan Byuro xodimlarining oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish. Ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari uchun oylik to‘lovlarning mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan yuqori miqdorini belgilash, shuningdek moddiy rag‘batlantirish fondi miqdorini ko‘paytirish Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi. 3. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: mukofotlash; lavozim maoshiga shaxsiy ustamalar to‘lash; moddiy yordam ko‘rsatish. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. 4. Xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun shaxsiy bir martalik to‘lov shaklida mukofotlash Byuroning rahbarlar tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Byuroning boshqa xodimlarini — uning direktori tomonidan amalga oshiriladi. 5. Byuro va uning hududiy tuzilmalari xodimlariga mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan quyidagi miqdorlardagi to‘lovlar beriladi: 70 balldan 80 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 50 foiz; 80 balldan 90 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 100 foiz; 90 balldan 100 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 200 foiz. 6. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar: Byuro direktori va uning o‘rinbosarlariga — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan; Byuro markaziy apparat xodimlari va hududiy boshqarmalar boshliqlariga — Byuro direktori tomonidan; Byuroning tuman (shahar) va tumanlararo bo‘limlari boshliqlariga — Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan; hududiy tuzilmalar xodimlariga nisbatan tegishli hududiy boshqarma (bo‘lim) boshliqlari tomonidan belgilanadi. 7. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda lavozim maoshiga belgilangan ustamalar bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin. 8. Mehnatga haq to‘lash fondini shakllantirishda yil hisobiga oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘lar nazarda tutiladi. 9. Xodim vafot etgan hollarda, moddiy yordam (agar xodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam ko‘rsatilmagan bo‘lsa) uning turmush o‘rtog‘iga, turmush o‘rtog‘i yo‘qligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarni — yoshidan qat’i nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar xodimlar nikohda turmagan va farzandlari bo‘lmagan hollarda, xodimning qaramog‘idagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda to‘lab beriladi. 10. Istisno tariqasida, xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida, quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin: yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan; alohida ehtiyoj tug‘ilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklashga, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol va boshqa holatlar). 11. Xodimlar xarajatlarini qoplash, moddiy yordam miqdori va uning to‘lanishi xodimda intizomiy jazo chorasi mavjudligiga bog‘liq bo‘lmaydi. 12. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar: xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar; Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan mablag‘lari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 13. Byuro xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondiga kiradigan quyidagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi: lavozim maoshi; alohida mehnat sharoitlari uchun oylik ustama; mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti (Byuro tuman (shahar) bo‘limlari xodimlaridan tashqari); darajali unvon uchun lavozim maoshiga oylik ustama (Byuro tuman (shahar) bo‘limlari xodimlaridan tashqari); yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofot; yilda oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam; 15 foizlik Moddiy rag‘batlantirish fondi. Byuro xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondiga kiradigan boshqa to‘lovlar, shuningdek boshqa moddiy rag‘batlantirish choralari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
88
24,924
Qonunchilik
Bojхona bojini pasaytirish yoki imtiyoz olish toʻgʻrisida qayerga yoziladi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – Kengash; VMning 15.05.2019 yildagi 408-son qaroriga qarang). Eslatib oʻtamiz, Kengash 28.01.2019 yildagi PQ-4135-son qarorga asosan tashkil etilgan, unda uning namunaviy tarkibi belgilangan. Bu kollegial maslahat organi boʻlib, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi: Kengash faoliyatining asosiy shakli yigʻilish hisoblanib, u ichki va tashqi bozorlarda yuzaga keladigan vaziyatlar ta’siriga javob berish zarur boʻlgan hollarda, biroq 6 oyda kamida 1 marta oʻtkaziladi. Kengash kotibiyati tomonidan tovarlarga belgilangan bojхona boji stavkalarini optimallashtirish,  bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish yoki imtiyozlarni bekor qilish masalalari boʻyicha murojaatlar belgilangan shaklda (hujjatga ilovada keltirilgan), tarif va notarif tartibga solishning boshqa masalalari boʻyicha murojaatlar iхtiyoriy shaklda qabul qilinadi. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda yozma yoki elektron shaklda topshirilishi mumkin. Ular tushgan kundan boshlab 15 kun ichida, agar ularni qoʻshimcha oʻrganib chiqish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash yoki Kengash a’zolarining хulosasini tayyorlash zarur boʻlgan taqdirda 1 oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chikiladi. Qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 kun mobaynida manfaatdor sub’yektlar va Kengash a’zolarini хabardor qiladilar. Kengash qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma rais yoki uning oʻrinbosari hamda kotib tomonidan imzolanadi. U tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.05.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
74
1,778
Qonunchilik
Mahalliy mahsulotlar birja savdolariga soddalashtirilgan tartibda chiqariladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 may kuni tovar-хomashyo birjasida savdolarni va unda mahalliy korхonalar ishtirokini kengaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda ta’kidlanishicha, birja savdolarining 85%ini 45 turdagi yuqori likvidli tovarlar tashkil etmoqda. Toʻqimachilik, ipak, charm va kabel mahsulotlari, hududlardan Sirdaryo, Andijon va Surхondaryo viloyatlari korхonalarining birja savdolaridagi ishtiroki past boʻlib turibdi. Shu bois davlatimiz rahbari mahalliy mahsulotlarni birjaga qoʻyishda tumanlarni faollashtirish zarurligini ta’kidladi. Misol uchun, 1 iyuldan 500 ming tonna gʻallani birja orqali sotish yoʻlga qoʻyiladi. Yigʻilishda bu jarayonni tashkil etish, fermer va yuk tashuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazib, ularga qulaylik yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Fermerlar bugʻdoyni birjaga qoʻyganda, ulardan garov talab etilmaydi. Sotilgan mahsulotga birja tomonidan bir kunda toʻlov amalga oshiriladi. Fermerga toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishini birja kafolatlaydi. Bugungi kunda 45 mingdan ziyod mahalliy sanoat korхonalaridan bor-yoʻgʻi 3,6 mingtasi birjaga oʻz mahsulotini chiqarmoqda. Shu bois, mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish tartibi soddalashtiriladi. 1 iyuldan birjada alohida istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilib, mahalliy tadbirkorlarning oʻz mahsulotini ortiqcha hujjatlarsiz sotishi yoʻlga qoʻyiladi. Eng yaхshi sotilgan tovarlar, keyinchalik, birjaning asosiy savdo maydonlariga joylashtiriladi. Tadbirkorlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda, bir vaqtning oʻzida, birjada ham hisobga olish tartibi joriy etiladi. Yana bir qulayligi – mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja toʻlovlari 2 baravarga qisqartiriladi. Soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotgan yoki хarid qilgan tovarlari boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazilmaydi.
77
1,878
Qonunchilik
Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi investitsiya va pay fondlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya va pay fondlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir. Investitsiya fondi quyidagi turda bo‘lishi mumkin: o‘zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega bo‘lgan investitsiya fondi; o‘zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega bo‘lmagan investitsiya fondi. Investitsiya fondining turi fondning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq shaxslarning — investorlarning o‘zi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablag‘lari yig‘indisi pay fondidir. Pay fondi quyidagi turda bo‘lishi mumkin: chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fondning mablag‘lari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega bo‘lgan pay fondi; chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fondning mablag‘lari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega bo‘lmagan pay fondi. Pay fondining turi pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasida ko‘rsatiladi. Pay fondi yuridik shaxs bo‘lmaydi. O‘z egalarining pay fondidagi ulushini tasdiqlovchi hujjatsiz qimmatli qog‘oz investitsiya payidir. Investitsiya payiga bo‘lgan huquqlar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan investitsiya paylari egasining depo hisobvarag‘idan beriladigan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi. Investitsiya fondining yoki pay fondining investitsiya portfelini tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, pul mablag‘lari (shu jumladan chet el valyutasi), omonatlar va ko‘chmas mulk investitsiya aktivlaridir. Investitsiya fondining yoki pay fondining to‘liq nomi tegishincha “investitsiya fondi” yoki “pay fondi” degan so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak hamda boshqa investitsiya va pay fondlarining nomiga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas. Bunda pay fondining nomida investitsiya qilish obyekti (aksiya, obligatsiya, xomashyo bozorlari, yuqori texnologiyalar va boshqalar) ko‘rsatilishi kerak. Investitsiya va pay fondlari qisqartirilgan nomga ega bo‘lishi mumkin. Investitsiya fondi bo‘lmagan yuridik shaxslar o‘z nomida “investitsiya fondi” degan so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas. Investitsiya fondi o‘zining to‘liq nomi davlat tilida ifodalangan va o‘z joylashgan eri ko‘rsatilgan yumaloq muhrga ega bo‘lishi shart. Muhrda uning nomi ayni vaqtning o‘zida boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin. Investitsiya fondi o‘zining nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqli. Ishonchli boshqaruvchi deganda ushbu Qonunda investitsiya fondlarini va (yoki) pay fondlarini ishonchli boshqarish shartnomasi asosida ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs tushuniladi. Ishonchli boshqaruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisidir. Ishonchli boshqaruvchi o‘zi boshqaradigan investitsiya aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z kapitaliga (ustav kapitaliga qo‘yilgan nomoddiy aktivlarni chegirib tashlagan holda) ega bo‘lishi kerak. Investitsiya fondini va (yoki) pay fondini boshqaruvga qabul qilgan ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan doirada bu fondlarga (fondga) nisbatan mulkdorning huquqlarini amalga oshiradi. Ishonchli boshqaruvchining huquq va majburiyatlari qonunchilikda, investitsiya fondining ustavida, ishonchli boshqarish shartnomasida hamda investitsiya fondining ijroiya organi to‘g‘risidagi nizomida belgilanadi. Ishonchli boshqaruvchi o‘zining ustavida belgilangan tarkibda va tartibda ichki audit xizmatini tashkil etishi shart. Ishonchli boshqaruvchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan investitsiya fondlarining aksiyalarini va pay fondlarining investitsiya paylarini olishga haqli emas. Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondi aksiyalarining va pay fondi investitsiya paylarining egalari oldida yetkazilgan haqiqiy zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Xizmatlar ko‘rsatganlik uchun ishonchli boshqaruvchiga investitsiya fondining va (yoki) pay fondining mablag‘lari hisobidan ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq haq to‘lanadi. Haqning umumiy miqdori va uni to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu shartnomada belgilanadi. Ishonchli boshqaruvchi va investitsiya fondi o‘rtasida yoxud ishonchli boshqaruvchi va pay fondining investorlari o‘rtasida tuziladigan, ishonchli boshqarish chog‘idagi cheklovlarni, haq to‘lash va xarajatlarning o‘rnini qoplash tartibini, shartnomaning amal qilishini tugatish asoslari va shartlarini, taraflarning javobgarligini hamda qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalarni nazarda tutadigan shartnoma ishonchli boshqarish shartnomasidir. Pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasi qo‘shilish shartnomasidir. Ishonchli boshqaruv ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi, ishonchli boshqaruvchining rahbari tomonidan ushbu shartnoma: aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga asosan investitsiya fondining kuzatuv kengashi raisi bilan; shartnomani imzolash va unga qo‘shilish orqali pay fondining investorlari bilan tuziladi. Investitsiya fondi tomonidan bir vaqtning o‘zida bir nechta ishonchli boshqaruvchi bilan ishonchli boshqarish shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishonchli boshqarish shartnomasida uning ajralmas qismi bo‘lgan va investitsiya aktivlarining tarkibiga nisbatan talablar qo‘yadigan investitsiya deklaratsiyasi bo‘lishi kerak. Pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati besh yildan oshmasligi kerak. Agar investitsiya paylarining egalari o‘zlariga tegishli barcha investitsiya paylarini muomaladan chiqarishni talab qilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilish muddati investitsiya paylari egalari umumiy yig‘ilishining qarori bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin. Investitsiya deklaratsiyasida quyidagilar bo‘lishi kerak: investitsiya fondini yoki pay fondini tashkil etish va uning faoliyatini amalga oshirish maqsadi; investitsiya fondining yoki pay fondining pul mablag‘lari va boshqa mablag‘lari investitsiya qilinadigan investitsiya aktivlarining ro‘yxati; investitsiya tavakkalchiliklarining tavsifi; ishonchli boshqaruvchi saqlab turishi shart bo‘lgan investitsiya aktivlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (har xil turdagi qimmatli qog‘ozlar va emitentlar o‘rtasidagi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va boshqa investitsiya aktivlari o‘rtasidagi nisbat); investitsiya deklaratsiyasining investitsiya fondi yoki pay fondi va ishonchli boshqaruvchi tomonidan rioya etilishi shart bo‘lgan qoidalarining amal qilish muddati; pay fondining investitsiya paylari egalari umumiy yig‘ilishining vakolatlari to‘g‘risidagi qoidalar, investitsiya payi har bir egasining huquq va majburiyatlari, shuningdek pay fondini ishonchli boshqaruvchining huquq va majburiyatlari. Investitsiya fondining investitsiya deklaratsiyasi, shu jumladan unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar investitsiya fondi aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qarori bilan tasdiqlanadi. Pay fondining investitsiya deklaratsiyasi, shu jumladan unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar pay fondi investorlarining (investitsiya paylari egalarining) qarori bilan tasdiqlanadi. Investitsiya deklaratsiyasi, shu jumladan unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ushbu deklaratsiya tasdiqlangan kundan e’tiboran o‘n kalendar kun ichida taqdim etiladi. Investitsiya fondi yangi yuridik shaxsni ta’sis etish yoki boshqa investitsiya fondini qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etiladi. Investitsiya fondini investitsiya fondi bo‘lmagan boshqa yuridik shaxsni qayta tashkil etish orqali tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Investitsiya fondi tijorat tashkiloti bo‘lib, u o‘zining alohida hisobga olinadigan mol-mulkiga, shu jumladan ustav kapitaliga berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi. Yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya fondining muassislari (aksiyadorlari) sifatida ish yuritishi mumkin. Investitsiya fondini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiya fondini tashkil etishda uning aksiyalari qiymatini to‘lash pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, shuningdek ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlar bilan amalga oshiriladi. Bunda uning ustav kapitalining kamida 75 foizi pul shaklida to‘lanishi kerak. Investitsiya fondining aksiyalarini joylashtirish fond birjasida amalga oshiriladi, bundan ushbu fond muassislari o‘rtasida yopiq obuna bo‘yicha joylashtiriladigan aksiyalarning dastlabki chiqarilishi mustasno. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi, shuningdek vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradigan ijroiya organi investitsiya fondining boshqaruv organlaridir. Investitsiya fondi: korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek imtiyozli aksiyalar chiqarishga; investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini bir emitentning qimmatli qog‘ozlariga yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiya qilishga; to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda, kredit va (yoki) qarz mablag‘larini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak); kafil bo‘lishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qo‘yishga; tashkiliy-huquqiy shakli o‘z ishtirokchilarining qo‘shimcha javobgarligini nazarda tutadigan xo‘jalik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga; ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga; boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga ega bo‘lishga; investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlar tuzishga, opsionlar yoki fyucherslar olishga; umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yish mustasno) haqli emas. Investitsiya fondi investitsiya fondi sifatida o‘z faoliyatini tugatmasdan yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga o‘zgartirilishga haqli emas. Ishonchli boshqaruvchi bo‘lmagan taqdirda, investitsiya fondining kuzatuv kengashi uch oy ichida ishonchli boshqaruvchi yollashi yoxud investitsiya fondini tugatish tashabbusi bilan chiqishi shart. Investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish, shuningdek ularni saqlash, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u bo‘yicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqarish bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha hisob-kitoblar uchun alohida bank hisobvarag‘i ochiladi. Investitsiya fondining buxgalteriya hisobini yuritish hamda moliya, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzish ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ishonchli boshqaruvchi fond investitsiya aktivlarining alohida hisobini yuritadi, ularning yaxlitligini va but saqlanishini ta’minlaydi, shuningdek investitsiya fondining moliya, soliq hisobotlari hamda boshqa hisobotlarining to‘g‘riligi va ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi. Pay fondini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror ishonchli boshqaruvchi tomonidan qabul qilinadi. Investor ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan, investorlarning pul mablag‘larini umumiy ulushli mulk huquqi asosida pay fondiga birlashtirish nazarda tutiladigan shartnoma asosida pay fondiga pul mablag‘larini kiritadi. Ishonchli boshqaruvchi o‘zining alohida bank hisobvarag‘iga investorlar pul mablag‘larini kiritganidan keyin ikki ish kuni ichida ularga investitsiya paylarini beradi. Investitsiya paylarini joylashtirish barcha investorlar uchun yagona narx bo‘yicha amalga oshiriladi. Pay fondining pul mablag‘lari investitsiya deklaratsiyasiga binoan investitsiya qilinadi. Pay fondini ishonchli boshqarish jarayonida olingan daromadlar ishonchli boshqaruvchining alohida bank hisobvarag‘ida jamlanadi. Pay fondi u Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilgan va tegishli axborot qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining hamda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Pay fondining hisobi pay fondi Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilganidan keyin investitsiya paylarini hisobga qo‘yish orqali Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiya paylari pay fondini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir hafta ichida hisobga qo‘yilishi kerak. Investitsiya paylarini hisobga qo‘yish chog‘ida investorlarga Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida depo hisobvaraqlari ochiladi, bu hisobvaraqlarda investorlarga tegishli investitsiya paylariga bo‘lgan huquqlarning hisobi yuritiladi. Ishonchli boshqaruvchi pay fondi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida hisobga qo‘yilganidan keyin investorlarning pul mablag‘larini tasarruf etishga haqli. Pay fondining pul mablag‘lari ishonchli boshqaruvchining rahbari va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadigan to‘lov hujjati asosida sarflanadi. Pul mablag‘laridan hamda boshqa investitsiya aktivlaridan foydalanishning maqsadi va yo‘nalishlari ishonchli boshqarish shartnomasi shartlariga, shu jumladan investitsiya deklaratsiyasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Investitsiya aktivlari bo‘yicha olingan daromadlar pay fondining investitsiya paylari egalari o‘rtasida yilda bir marta taqsimlanadi yoxud investitsiya paylarining barcha egalari roziligiga ko‘ra qayta investitsiya qilinadi. Pay fondining investitsiya paylari egalariga daromadlarni to‘lash ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan pay fondi nomidan va ushbu fond mablag‘lari hisobidan tuziladigan shartnomalar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Pay fondining pul mablag‘lari: fond investitsiya aktivlarining 10 foizidan ortiq miqdorda bir emitentning qimmatli qog‘ozlariga yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatning ulushlariga investitsiya qilinishi; tashkiliy-huquqiy shakli o‘z ishtirokchilarining qo‘shimcha javobgarligini nazarda tutadigan xo‘jalik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlariga va ulushlariga investitsiya qilinishi; ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga investitsiya qilinishi; investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanilishi; fond investitsiya aktivlari umumiy summasining 10 foizidan ortiq miqdorda investitsiya qilinishi (bundan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yish mustasno) mumkin emas. Investitsiya payining muomalasi uning fond birjasidagi oldi-sotdisi va investitsiya payining egasi almashishiga olib keladigan boshqa harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Ishonchli boshqarish shartnomasida pay fondining investitsiya paylarini ularning egasi talabiga ko‘ra, ayni bir ishonchli boshqaruvchining ishonchli boshqaruvida bo‘lgan boshqa pay fondining investitsiya paylariga almashtirish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Bunda bir pay fondining investitsiya paylarini boshqa pay fondining investitsiya paylariga almashtirish almashtirilishi lozim bo‘lgan investitsiya paylarini muomaladan chiqarish sanasi almashtirilayotgan investitsiya paylarini berish sanasiga mos kelgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Pay fondini tugatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugaganda; barcha investitsiya paylarini muomaladan chiqarish uchun buyurtmalar kelib tushganda; ishonchli boshqaruvchining litsenziyasi bekor qilinganda, agar uning pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlari litsenziya bekor qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida boshqa ishonchli boshqaruvchiga berilmagan bo‘lsa; pay fondi hujjatlarida ko‘rsatilgan pay fondini tashkil etish va uning faoliyatini amalga oshirish maqsadiga erishilganda; investitsiya paylari egalarining pay fondini tugatish to‘g‘risida bir ovozdan qabul qilingan qarori mavjud bo‘lganda. Pay fondining investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond birjasida (qimmatli qog‘ozlar uchun) va kimoshdi savdosida realizatsiya qilinishi lozim. Pay fondining investitsiya aktivlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar pay fondining investitsiya paylari egalariga o‘zlariga tegishli bo‘lgan investitsiya paylari soniga mutanosib ravishda to‘lanishi kerak. Pay fondi investitsiya paylari egalarining pay fondi negizida investitsiya fondini ta’sis etish to‘g‘risida bir ovozdan qabul qilingan qarori pay fondini tugatish haqidagi qaror deb e’tirof etiladi. Pay fondi tugatilganda mazkur pay fondi ishonchli boshqaruvchisining faoliyati auditorlik tashkiloti tomonidan majburiy auditdan o‘tkazilishi kerak. Investitsiya payini muomaladan chiqarish pay fondi tugatilganda amalga oshiriladi. Investitsiya payini muomaladan chiqarish quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: investitsiya payining qiymatini ishonchli boshqaruvchi tomonidan pay fondi mablag‘lari hisobidan pul mablag‘lari bilan to‘lash; investitsiya payini pay fondi negizida tuzilgan investitsiya fondining aksiyalariga ayirboshlash. Investitsiya va pay fondlari faoliyatini tartibga solish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi: investitsiya va pay fondlarini ishonchli boshqarish tartibini, shu jumladan ushbu fondlarning investitsiya aktivlari hisobini yuritish hamda ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish tartibini belgilash; ishonchli boshqaruvchi mansabdor shaxslarining hamda affillangan shaxslarining investitsiya va pay fondlari operatsiyalarida ishtirok etishini cheklash; investitsiya deklaratsiyasining mazmuniga hamda investitsiya va pay fondlarining boshqa hujjatlariga doir talablarni belgilash; investitsiya va pay fondlarining, ishonchli boshqaruvchilarning va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining faoliyatini nazorat qilish. Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida ishonchli boshqaruvchi nomidan va uning hisobidan faoliyat yurituvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysigina investitsiya paylarini berish, muomaladan chiqarish va almashtirish bo‘yicha agent bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining investitsiya paylarini berish, muomaladan chiqarish va almashtirishga doir faoliyati tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Investitsiya aktivlarining hisobini yuritish va ushbu aktivlar bo‘yicha hisobotlar tuzish ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiyalar pay fondining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrida va xo‘jalik jamiyatlarining ta’sis hujjatlarida ishonchli boshqaruvchi ko‘rsatilib, u pay fondining ishonchli boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Investitsiya va pay fondlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish ishonchli boshqaruvchi tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi: axborotni investitsiya fondlarining, pay fondlari ishonchli boshqaruvchisining, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, shuningdek fond birjasining rasmiy veb-saytlarida qonunchilikka muvofiq e’lon qilish; axborotni belgilangan tartibda so‘rovga ko‘ra taqdim etish. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi va fond birjasi ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilganlik uchun haq olishga haqli emas. Investitsiya va pay fondlari faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning 3-bobi qoidalari 2017-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.
40
21,577
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritis
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq hamda iste’mol qilinadigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 1-son, 10-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev va “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi Sh.A. Tursunov zimmasiga yuklansin. 1. 1-ilovada: a) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Byuro iste’molchilar bilan birgalikda iste’mol qilingan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi elektr energiyasini hisobga olish asboblari (maishiy iste’molchilardan tashqari) ko‘rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo‘lganda elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ulash sxemasini tekshirib ko‘rishi kerak. Iste’molchi tomonidan elektr energiyasi sarfi to‘g‘risida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Byuroga belgilangan shakl bo‘yicha o‘z qo‘li bilan, faksimil, elektron yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilgan hisobot yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar uchun iste’mol qilingan elektr energiyasining amaldagi hajmini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”; b) 9-banddagi “gacha” so‘zi chiqarib tashlansin; v) 13-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “14. Respublikada elektr energiyasi iste’molining prognozi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan iqtisodiy rivojlanish, aholi sonining o‘sishi va uy-joy qurilishini hisobga olgan holda har bir iste’molchi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomalarida ko‘rsatilgan ehtiyoj miqdorlari asosida aniqlanadi”; d) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi elektr ta’minoti shartnomasi elektr ta’minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuziladi. Elektr ta’minotining namunaviy shartnomasi “O‘zbekenergo” AJ tomonidan ishlab chiqiladi va Byuro, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi hamda Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”; e) 52-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “52. Maishiy iste’molchilardagi elektr energiyasini hisobga olish elektron asboblarini sotib olish, o‘rnatish, ro‘yxatga olish, davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazish va plombalash, shuningdek, mavjud (jumladan, induksion) hisobga olish asboblari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag‘lari hisobidan almashtiriladi”; j) 71-bandda: birinchi xatboshiga “, korxona esa, o‘z navbatida, qayd etilgan holatlar to‘g‘risida Byuroga kechiktirmasdan xabar beradi” so‘zlari qo‘shilsin; ikkinchi xatboshiga “elektr tarmoqlari korxonasi” so‘zlaridan keyin “Byuro va” so‘zlari qo‘shilsin; z) 84-bandning o‘zbek tilidagi matni o‘zgarishsiz qoldirilsin; i) 87-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; k) 98-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va xususiy xonadonlar ichida o‘rnatilgan hisobga olish asboblarining saqlanishi va butunligi uchun iste’molchi javob beradi”; l) 117-bandda: birinchi xatboshidagi “o‘zgartirilgan” so‘zidan keyin “hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bo‘lmasiga) tashqaridan ta’sir ko‘rsatilgan,” so‘zlari qo‘shilsin; ikkinchi xatboshidagi “korxonasi tomonidan” so‘zlaridan keyin “Byuro bilan birgalikda” so‘zlari qo‘shilsin; uchinchi xatboshidagi “o‘zgartirilganda,” so‘zidan keyin “hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bo‘lmasiga) tashqaridan ta’sir ko‘rsatilganda” so‘zlari qo‘shilsin; beshinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi gap qo‘shilsin: “Bunda I tarif guruhidagi iste’molchilar uchun hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorining qiymati yagona elektr energetikasi tizimining maksimal yuklanish soatlarida amal qiladigan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadi”; m) 118-bandning birinchi xatboshidagi “elektr uskunalarning ulangan quvvat bo‘yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi” so‘zlari “elektr energiyasini qabul qilgich qurilmaning ulangan quvvat bo‘yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi va o‘zboshimchalik bilan ulangan elektr tarmog‘i (elektr uzatish liniyasi va transformatorlar) uchastkasida yo‘qotilgan quvvat” so‘zlari bilan almashtirilsin; n) 120-bandda: birinchi xatboshidagi “plombalari buzilganda” so‘zlaridan keyin “hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bo‘lmasiga) tashqaridan ta’sir ko‘rsatilganda” so‘zlari qo‘shilsin; uchinchi xatboshidagi “o‘lchov transformatorlari ulanishi,” so‘zlaridan keyin “hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bo‘lmasiga) tashqaridan ta’sir ko‘rsatilishi” so‘zlari qo‘shilsin; o) 121-bandning ikkinchi xatboshidagi “korxonasi tomonidan” so‘zlaridan keyin “Byuro bilan birgalikda” so‘zlari qo‘shilsin; p) 125-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; r) 130-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “130. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari quyidagi huquqlarga ega: iste’molchilardan elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan majburiyatlarni tegishli darajada bajarishni talab etish; iste’molchilar tomonidan elektr ta’minoti shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoki buzilishi oqibatida unga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda qoplanishi; avariya rejimida Byuroni xabardor qilgan holda iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish (o‘chirish); Byuro ko‘rsatmasi bo‘yicha iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan, shuningdek, EHNATga ulangan va oldindan to‘langan mablag‘ tugagandan so‘ng elektr energiyasi uchun oldindan to‘lovni amalga oshirish qurilmasiga ega hisobga olish asbob mavjud bo‘lgan iste’molchilarni uzish. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari yoki Byuro mazkur Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydilar”; s) 134-bandning birinchi xatboshidagi “iste’mol qilingan” so‘zlaridan keyin “(hosil qilgan)” so‘zlari qo‘shilsin; t) 135-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “135. Ustamalar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchi ulangan elektr tarmoqning katta yuklama soatlarida reaktiv energiya iste’mol qilinganda va yagona elektr energetika tizimining kam yuklama soatlarida iste’molchi reaktiv energiya hosil qilganda qo‘llanadi. Ustama qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda aktiv energiya uchun quyidagi miqdorda aniqlanadi: 5% — reaktiv energiya mazkur Qoidalarning 134-bandi beshinchi xatboshiga muvofiq aniqlangan iqtisodiy qiymatning amaldagi miqdori doirasida iste’mol qilinganda; 10% — reaktiv energiya mazkur Qoidalarning 134-bandi beshinchi xatboshiga muvofiq aniqlangan iqtisodiy qiymatning amaldagi miqdoridan ortiq iste’mol qilinganda. Reaktiv energiya kommpensatsiyasi uchun elektr energiyasi tarifiga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va elektr ta’minoti shartnomasiga asosan undiriladi. Reaktiv energiya o‘rni yetarlicha qoplanmagani hisobiga quvvat koeffitsiyenti qiymatining iste’molchilar tomonidan elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilganiga nisbatan pasaytirilgani aniqlanganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi yo‘qolishi qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshiradi, shuningdek, quvvat koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari belgilangan normativlarga nisbatan pasaytirilgani uchun iste’molchilardan qo‘shimcha mablag‘lar undiradi. Bunda hisob-kitoblar va qo‘shimcha mablag‘larni undirish hisob-kitob davrida elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilganiga nisbatan iste’molchi tomonidan quvvat koeffitsiyentining amaldagi qiymatini pasaytirishga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining tasdiqlovi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi”; u) 137-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “700” va “2300” raqamlari tegishli ravishda “600” va “2200” raqamlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “2300” va “700” raqamlari tegishli ravishda “2200” va “600” raqamlari bilan almashtirilsin; f) 140-bandda: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “talab etiladigan quvvat koeffitsiyenti (kosinus “fi”)”; uchinchi — oltinchi xatboshilari tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari deb hisoblansin; x) 152-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan elektr energiyasi haqi ushbu tarif guruhiga kiradigan amaldagi tarifning 50 foizi miqdorida to‘lanadi”; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Bunda ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan elektr energiyasi iste’molchilari mazkur bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tarif bo‘yicha haq to‘laydi. Ushbu uylar va yotoqxonalarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha texnik shartlarda avval boshidan mazkur elektr plitalarining quvvati hisobga olingan, elektr qurilmalarni (transformatorlar, kuch kabellari, taqsimlash shitlari, kommutatsiya apparatlari, elektr uzatkichlar va boshqalarni) loyihalashtirish va montaj qilish ularning texnik shartlarda ko‘rsatilgan quvvat hisobga olingan holda amalga oshiriladi”; ts) 153-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “153. Budjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan binolarni elektr bilan isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlash maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan sarflanadigan elektr energiyasi hajmining haqi IV tarif guruhi bo‘yicha to‘lanadi”; ch) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. 2-ilovada: a) 3-bandda: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “xatlov dalolatnomasi — gaz ta’minoti tashkiloti yoki Byuro vakili tomonidan iste’molchi ishtirokida iste’molchining tabiiy gaz iste’moli hajmini aniqlashga ta’sir ko‘rsatadigan barcha ma’lumotlari (nomlanishi, manzili va rekvizitlari, gazni hisobga olish pribori va gazdan foydalanish uskunasining texnik tavsiflari, gaz xo‘jaligining loyiha ma’lumotlari, rasmiylashtirish sanasidagi hisob-kitoblar holati, vakolatli organlar tomonidan tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘yicha berilgan xulosalarning mavjudligi, shuningdek, maishiy iste’molchilar uchun yashovchilar, hayvonlar soni va isitiladigan binolar hajmi) aks ettirilgan holda tuzilgan hujjat”; uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin: “aralashish holati va sanasini tasdiqlaydigan hujjatlar — hisobga olish pribori yoki o‘lchov kompleksining ishiga aralashish holati va sanasini aniqlash imkonini beradigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar yoki materiallar”; to‘qqizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi qo‘shilsin: “hisob-kitob davri — tabiiy gaz iste’molining sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun iste’molchi va gaz ta’minoti tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vaqt davri (oy)”; yigirmanchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma birinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; b) 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “48. Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma gaz ta’minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuziladi. Gaz ta’minotining namunaviy shartnomasi “O‘ztransgaz” AJ tomonidan ishlab chiqiladi hamda Byuro, “O‘zdavneftgazinspeksiya” va Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”; v) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 67-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; d) 81-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “Xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun echib olish sanasida tuziladi. Maishiy iste’molchida hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi uch yilda kamida bir marta tuziladi”; e) quyidagi mazmundagi 1221-band qo‘shilsin: “1221. Tariflar o‘zgarganda, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlar mazkur Qoidalarning 100 — 102-bandlarida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi”. j) 125-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin: “Shuningdek, tarmoqqa ulangan gazdan foydalanish uskunasining bir sutkada maksimal (to‘liq) quvvat bilan 24 soat ishlashi hisobidan kelib chiqib, iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlarining qiymati quyidagi hollarda undiriladi: a) hisobga olishni noto‘g‘ri ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priborining konfiguratsiyasi va sozligini o‘zgartirish uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboriga modem yoki boshqa aloqa vositalarining ruxsatsiz ulangani aniqlanganda — ruxsatsiz aralashilgan kundan boshlab butun vaqt davomida (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda), lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrda; b) tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborining xotirasidan iste’molchining aybi bilan nazorat qilinadigan ma’lumotlar qisman yoki to‘liq yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganda — ma’lumotlar yo‘qotilgan vaqtdan nosozlik aniqlangan vaqtgacha (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda), vaqtni (davrni) aniqlash imkoni bo‘lmaganda — oxirgi ko‘rik yoki Byuro yoxud gaz ta’minoti tashkiloti vakili borib ko‘rgan vaqtdan boshlab, lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrda; v) gaz iste’moli hajmlari hisobga olish priborining ruxsat etilgan maksimal o‘lchov chegarasidan ortiqcha bo‘lganda. Ushbu holatda plombalanmagan gaz jihozlarida foydalanilgan gaz uchun hisob-kitoblar oxirgi xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, xatlov dalolatnomasi mavjud bo‘lmaganda esa — Byuro yoki gaz ta’minoti tashkiloti vakili tomonidan oxirgi marta borib ko‘rilgan kunda amalga oshiriladi; g) hisobga olish priborini ulash tartibi va sxemasi o‘zgartirilganda, pribordan tashqari vizual aniqlab bo‘lmaydigan yashirin yo‘l bilan ulanishlar (gaz quvurlari, baypas liniyalari va boshqalarni yashirincha montaj qilinishi) aniqlanganda — oxirgi xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrda; d) hisobga olish pribori buzilganda yoki mavjud bo‘lmaganda (iste’molchi aybi bilan), plombalar uzilganda va vizual aniqlanadigan tabiiy gazning haqiqiy iste’moli ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadidagi boshqa qoidabuzarliklarda (jumladan, hisobga olish priboridan tashqari yoki undan oldin gaz quvurlari va baypas liniyalari ulanganda) — bir hisob-kitob davridan ko‘p bo‘lmagan vaqtda; e) iste’molchi tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan gazdan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha uskuna o‘rnatilganda — bir hisob-kitob davridan ko‘p bo‘lmagan vaqtda. Bunda qoidabuzarlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga muvofiq amalga oshirilgan qayta hisob-kitob hajmi va summasi mazkur Qoidalarni buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonun buzilishi natijasida keltirilgan zararni hisoblash uchun asos hisoblanadi”; z) 135-bandda: “z” kichik bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan tasdiqlagan jadvallar va tariflar bo‘yicha iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlari va gazdan foydalanish uskunalarini quyidagi muddatlarda texnik taftishdan o‘tkazish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatish:”; “k” kichik bandining birinchi xatboshidagi “narxlarni tartibga solish organi” so‘zlari “gaz ta’minoti tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin”; k) 138-bandiga quyidagi mazmundagi “j” kichik band qo‘shilsin: “j) gaz sarfini hisobga olish priborlariga ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashilgan, o‘rnatilgan plombalarning butunligi buzilgan va plombalar uzilgan hollarda gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulangandagi kabi mazkur Qoidalarning 67, 123 — 125-bandlarida nazarda tutilgan choralarni qo‘llash”.
250
16,837
Qonunchilik
Eksport yuklar qanday sugʻurtalanadi
Vazirlar Mahkamasining 12.08.2020 yildagi «Kapital, tovar va хizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 477-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning 2.08.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4412-son qaroriga muvofiq qabul qilingan. Nizom eksport qiluvchilar va ularning eksportga yoʻnaltirilgan faoliyatini moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlovchi shaхslarning mulkiy manfaatlariga sugʻurta himoyasini taqdim etish shartlarini belgilaydi. Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sugʻurta qilish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga hamda «Inkoterms» хalqaro qoidalariga muvofiq tijorat tashkilotlari boʻlgan va tegishli turdagi sugʻurtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi. Sugʻurtalanishi lozim boʻlgan bir nechta tavakkalchilik turlari – siyosiy, tijorat, logistika tavakkalchiliklari mavjud. Kim (eksport qiluvchi yoki eksport qiluvchini moliyalovchi shaхs) sugʻurtalanganligiga qarab turli sugʻurta shartnomalari tuziladi. Eksport qiluvchi sugʻurta qildiruvchi boʻlganda, quyidagilarni sugʻurta qilish shartnomasi tuziladi: Moliyalovchi shaхs sugʻurta qildiruvchi boʻlganda quyidagilarni sugʻurta qilish shartnomasi tuziladi: Sugʻurta shartnomalarini tuzishda quyidagilar taqiqlanadi: Sugʻurta qildiruvchi ariza va hujjatlarni sugʻurtalovchiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etishlari mumkin. Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2020 yildan kuchga kirdi.   Lola Abduazimova.
36
1,802
Qonunchilik
Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorga muvofiq buyuraman: 1. Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorga muvofiq aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi (bundan buyon matnda qo‘mita deb yuritiladi) faoliyati tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) — ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti; Aksiyador — aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoxud jismoniy shaxs; minoritar aksiyadorlar — aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi va ovoz berishi yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalariga ta’sir o‘tkazmaydigan aksiyalar egalari; kuzatuv kengashi — qonun va aksiyadorlik jamiyati ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolati doirasiga kiritilgan masalalardan tashqari aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi boshqaruv organi; qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi. 2. Qo‘mitaning qarorlari jamiyatning boshqaruv va nazorat organlari tomonidan bajarilishi majburiy emas, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda tegishli hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risidagi qarorlari bundan mustasno. Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli bo‘lgan dividendlar to‘lanmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki qo‘mitaning murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat barcha aksiyadorlariga dividendlar to‘lash majburiyatini yuklatish to‘g‘risida da’vo taqdim etishga haqli. Bunday da’voni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. 3. Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan qo‘mita tashkil etilishi mumkin. 4. Qo‘mitani tashkil etish mumkinligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. 5. Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga qo‘mita tarkibiga nomzodlar bo‘yicha takliflar ko‘rsatishga haqli. 6. Aksiyadorlar (aksiyador) qo‘mitaga o‘zlari ko‘rsatgan nomzodlar ro‘yxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay o‘zgartishlar kiritishga haqli. 7. Qo‘mita a’zolarini saylash to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yil muddatga qabul qilinadi. Qo‘mita tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin. 8. Qo‘mitaning a’zolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hozir bo‘lgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar ko‘rsatmagan yoxud aksiyadorlarning o‘tkazilayotgan umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi. 9. Jamiyat boshqaruvi a’zolari va direktori, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi hamda, taftish komissiyasi a’zolari (taftishchisi) jamiyatning qo‘mita a’zolari tarkibiga kiritilishi mumkin emas. 10. Qo‘mita a’zolarining soni jamiyat ustavi bilan belgilanib, uch kishidan kam bo‘lmasligi, shuningdek umumiy soni toq sondan iborat bo‘lishi lozim. 11. Qo‘mitaning raisi ushbu qo‘mita tarkibidan uning a’zolari tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. 12. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish maqsadida jamiyat ijroiya organi rahbari qo‘mita a’zolariga ish joyini, kompyuter uskunasini, seyfni, telefon yoki faksimil aloqasini ajratgan tarzda zarur mehnat sharoitini yaratib berishi shart. 13. Qo‘mitaning vakolatiga quyidagilar kiradi: aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish; minoritar aksiyadorlarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish; qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaatlar kiritish; qonunchilik hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni ko‘rib chiqish. 14. Qo‘mitaning majlislari muntazam ravishda o‘tkaziladi va qo‘mitaning tarkibiga saylangan shaxslarning kamida to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir. Qo‘mita raisi qo‘mita qarorida kuni va vaqtini belgilagan tarzda minoritar aksiyadorlarni xaftalik qabulini tashkil etishi lozim. 15. Qo‘mita qarorlari oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va yig‘ilishda ishtirok etuvchi barcha qo‘mita a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 16. Qo‘mitaning bir a’zosi o‘z ovozini shu qo‘mitaning boshqa bir a’zosiga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. Qo‘mita raisi qo‘mitaning vakolati doirasiga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha jamiyatning ma’lumot va hujjatlaridan, shu jumladan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), auditorlik tashkilotining xulosalari va hisobotlari, nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshirish dalolatnomalari, jamiyatga va uning mansabdor shaxslariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlaridan, shuningdek affillangan shaxslar bilan nazarda tutilgan bitimlarni jamiyatning ijroiya organi va ichki audit xizmati tomonidan o‘rganish bo‘yicha bayonnomalaridan erkin foydalanish huquqiga ega. 18. Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hujjatlarni olish to‘g‘risidagi qo‘mita raisining so‘rovnomalari yozma ravishda rasmiylashtirilgan holda jamiyat ijroiya organiga taqdim etiladi. 19. Jamiyatning ijroiya organi qo‘mita raisi tomonidan so‘ralgan hujjatlarni yoki ularning nusxalarini 10 kun ichida yoxud so‘rovnomada ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmagan tarzda taqdim etishi shart. 20. Qabul qilinib olingan hujjatlar qo‘mita raisi va a’zolari tomonidan faqatgina xizmat maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Qo‘mita a’zolari jamiyat yoki uning faoliyati to‘g‘risidagi xizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor qilishga haqli emas. 21. Qo‘mita o‘zining vakolatiga kirgan masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hisobot beradi. 22. Qo‘mita jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas. 23. Qo‘mitaning faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. 24. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
129
8,023
Qonunchilik
Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurish, uni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomning amal qilish tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurilishiga “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berishga tatbiq etilmaydi. 2. Yuridik shaxslarga ipoteka krediti berish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati bilan belgilanadi. 3. Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlar uchun beriladi: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish; yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish. 4. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi: kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va investitsiyalari; tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb qilgan mablag‘lari. 5. Ipoteka krediti: qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer uchastkasi bilan birga; ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga o‘tadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani; qarz oluvchining mulki bo‘lgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qo‘ygan holda amalga oshiriladi. Muomaladan olib qo‘yilgan va begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka predmeti bo‘lishi mumkin emas. 6. Ipoteka krediti berishda bankning (ipotekaga oluvchining) ipoteka bilan ta’minlangan majburiyati bo‘yicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin. Garov xati qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) tomonidan tuziladi va ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin, qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) hamda bank (ipotekaga oluvchi) ishtirokida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi. 7. Ipoteka krediti muddati va undan foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit resurslari manbaiga bog‘liq holda quyidagi tartibda belgilanadi: 2) kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kreditlar, tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berish uchun bevosita jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi ushbu mablag‘larni berish to‘g‘risida tijorat banki va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi; 3) tijorat bankining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi, yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foizli stavka bilan 20 yil muddatga beriladigan kreditlar bundan mustasno. 9. Tijorat banki tomonidan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi. 10. Tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas, yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar bundan mustasno. 11. Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablag‘lari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ushbu mablag‘larni berish to‘g‘risida tijorat banki va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 12. Ariza beruvchi tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga ipoteka krediti olish uchun: quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining; uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak, yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar bundan mustasno. Ushbu mablag‘lar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamg‘arma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud bo‘lishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida bo‘lishi mumkin. 20. Ipoteka krediti berish uchun tijorat banklari tomonidan jalb etiladigan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari tijorat banklari va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnomalar asosida ochiladi. 21. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma taqdim etganda bankning ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul xodimi mijozga ipoteka kreditining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha izoh beradi. Shuningdek u mijozning barcha savollariga javob beradi hamda unga ipoteka krediti berish yuzasidan buyurtmanomani rasmiylashtirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlar ro‘yxatini taqdim etadi. 22. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgandan keyin bank qarz oluvchini ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak: ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji; garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkni sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar; mulk qiymatini belgilash bo‘yicha baholovchi tashkilot xizmatlari uchun to‘lov; 23. Qarz oluvchi tomonidan yakka tartibda uy-joy qurishga kredit olish uchun tijorat bankiga so‘ralayotgan kredit summasini ko‘rsatgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun ariza beruvchining yer uchastkasiga (doimiy foydalanish, meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, mulk egasi) bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (nusxasi olinib, asli qaytariladi); 2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud bo‘lganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari; 3) yakka tartibda uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning nusxasi; 4) ariza beruvchining nomiga ochilgan jamg‘arma omonat hisob raqamida pul mablag‘lari joylashtirilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi va/yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi bo‘yicha dastlabki hisob-kitob. Tijorat bankidagi jamg‘arma omonat hisob raqamida joylashtirilgan pul mablag‘larining jami summasi va ko‘rsatib o‘tilgan qurilish materiallarining va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas; 5) ariza beruvchining pasporti nusxasi. 24. Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilishga kredit olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga kredit olish uchun buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 1) rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi). 2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud bo‘lganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari; 3) yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning nusxasi; 4) ariza beruvchining nomiga ochilgan jamg‘arma omonat hisob raqamida pul mablag‘lari joylashtirilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi va/yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi bo‘yicha dastlabki hisob-kitob. Tijorat bankidagi jamg‘arma omonat hisob raqamida joylashtirilgan pul mablag‘larining jami summasi va ko‘rsatib o‘tilgan qurilish materiallarining va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas; 5) ariza beruvchining pasporti nusxasi. 25. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga ipoteka krediti olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga so‘ralayotgan kredit summasi ko‘rsatilgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 1) sotiladigan yakka tartibdagi uy-joyning yoki kvartiraning kelishilgan qiymati ko‘rsatilgan holda, uy-joyga yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdisi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma; 2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud bo‘lganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari; 3) qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat hisob raqamida ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan summadan kam bo‘lmagan pul mablag‘lari joylashtirilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi. Ushbu ma’lumotnoma yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar olishda talab qilinmaydi; 4) ariza beruvchining pasporti nusxasi. 5) tijorat banklariga Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga ipoteka krediti berish bo‘yicha shartnomalar tuzish uchun tavsiyanomasi. 26. Ipoteka krediti kredit liniyalari hisobidan, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, ipoteka krediti berishi uchun bevosita tijorat banki tomonidan jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan berilgan taqdirda ariza beruvchi tomonidan ipoteka krediti uchun (faqat ko‘rsatib o‘tilgan institutlar mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha) mablag‘lar berish yuzasidan tijorat banki va xalqaro, xorijiy moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi. 27. Kredit olish uchun buyurtmanomalar va ushbu Nizomda ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingandan keyin bir hafta muddatda ularni o‘rganish va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish amalga oshiriladi. 28. Garovga qo‘yilgan mulkni baholash qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) va bank (ipotekaga oluvchi) o‘rtasidagi bitimga ko‘ra bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi. 29. Ushbu Nizomning 27-bandiga muvofiq o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha ipoteka krediti olishga buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan bank xodimi tomonidan bankning kredit komissiyasiga (kredit qo‘mitasiga) ipoteka krediti berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asosli xulosa kiritiladi. 30. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) kredit olishga buyurtmanomani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu kredit buyurtmanomasi bo‘yicha bankning mas’ul xodimi xulosasini ko‘rib chiqib buyurtmanomani qondirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olishga buyurtmanomani ko‘rib chiqish muddati kredit olishga buyurtmanoma va ushbu Nizomning 23—25-bandlarida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi kerak. 31. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin: bank uch kun muddatda kredit shartnomasi tuzish uchun bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari olish bo‘yicha yozma ravishdagi bildirishnomada sotuvchining nomiga yo‘qlab olinadigan depozit hisob raqami ochish uchun qarz oluvchi tomonidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotuvchining (keyingi o‘rinlarda sotuvchi deb ataladi) bankka kelishini ta’minlashning zarurligi ham ko‘rsatiladi; ipotekaga qo‘yuvchi bank foydasiga o‘z hisobidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning to‘liq qiymatini yo‘qolish va shikastlanish xavflaridan sug‘urta qilishi, agar mulkning to‘liq qiymati ipoteka bilan ta’minlangan olingan kredit summasi va uning bo‘yicha hisoblangan foizlar miqdoridan ortiq bo‘lsa, u holda bank oldidagi ushbu majburiyati summasidan past bo‘lmagan summaga sug‘urta qilishi shart; bank qarz oluvchi bilan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ipoteka to‘g‘risida shartnoma, shuningdek kredit shartnomasi tuzadi. 32. Bankning kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bank qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda qarz oluvchiga xulosani yozma ravishda, kredit berishning rad etilishi sabablarini ko‘rsatgan holda jo‘natadi. 33. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uylardagi kvartirani sotib olish uchun bank tomonidan kredit berish qarz oluvchi nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani oldi-sotdi shartnomasining nusxasi ilova qilingan holda qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs-sotuvchining omonat hisob raqamiga pul mablag‘larini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiranining oldi-sotdi shartnomasidan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi. 34. Yakka tartibda uy-joy qurish yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochib, undan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida, memorial order vositasida qurilish materiallari sotib olish uchun savdo tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning banklardagi yo‘qlab olinadigan depozit hisob raqamiga va bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun pudratchi qurilish tashkilotining yo‘qlab olinadigan depozit hisob raqamiga pudrat shartnomasida belgilangan shartlarda va muddatlarda to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish yo‘li bilan beriladi. Yakka tartibda uy-joy qurish yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish qarz oluvchining bevosita o‘zi tomonidan (xo‘jalik usulida) bajarilgan taqdirda kredit shartnomasida kelishilgan kredit summasining 20 foizgachasini hisob raqamidan qarz oluvchiga naqd pul shaklida berishga yo‘l qo‘yiladi. 35. Bank tomonidan ipoteka kreditlari ssuda hisob raqamidan mablag‘larni qarz oluvchining bank kredit kartochkalariga o‘tkazish yo‘li bilan ham berilishi mumkin. Bunda bank kredit kartochkasi qarz oluvchi nomiga alohida shartnomani rasmiylashtirish yo‘li bilan beriladi. Shartnomada ushbu bank kredit plastik kartochkasidagi mablag‘lardan faqat yakka tartibda uy-joy qurishga yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qurilish materiallarini sotib olishda foydalanilishi belgilab qo‘yilishi kerak. Ushbu bank kredit plastik kartochkalaridan naqd pul berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qarz oluvchi bank kredit plastik kartochkasi vositasida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida har oyda bankka terminallar cheklari, sotib olingan tovarlar uchun chakana savdo tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan berilgan schyotlar, kvitansiyalar, yukxati yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar ilova qilingan holda hisobot taqdim etishi kerak. Bank hisobotga ilova qilingan hujjatlarni tahlil etish jarayonida bank kredit kartochkasi vositasida hisob-kitob qilish vaqtida kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanilganini aniqlagan taqdirda bank kredit kartochkasi to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinadi, bank kredit kartochkasi hisob raqami yopiladi va bank kredit kartochkasi olib qo‘yiladi. Kreditning boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan qismi uchun kredit shartnomasida belgilangan miqdorda jarima solinadi va uni undirib olish choralari ko‘riladi. 36. Qarz oluvchi tomonidan kreditlarni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: a) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish; b) naqd pul topshirish; v) qarz oluvchining bankdagi omonatlar bo‘yicha hisob raqamidan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish. Bunda hisoblangan foizlar va kredit bo‘yicha asosiy qarz bank va qarz oluvchi tomonidan imzolangan, kredit shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq undirib olinadi. Qarz oluvchilar asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega. 37. Banklar kreditdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bank uy-joyni qurish jadvaliga rioya qilinishini va kreditdan maqsadli foydalanilishini, ipoteka krediti qaytarilishini hamda uning bo‘yicha foizlar to‘lanishini, garov mulkidan foydalanishni va uning saqlanishini, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilib boradi. Bank kredit hisobidan bajarilgan yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining nazorat o‘lchovini amalga oshirish huquqiga ega. Bank tomonidan monitoringni amalga oshirish tartibi, kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak. Monitoring joyiga borgan holda amalga oshirilishi mumkin. 38. Asosiy qarz va uning bo‘yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda bank xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishni talab qiladi. 39. Agar kreditni o‘z vaqtida undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar zarur natijani bermasa va kreditning qarz oluvchi tomonidan o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilmaslik xavfi vujudga kelsa, bank kreditlashni to‘xtatib turadi hamda berilgan ipoteka kreditini va uning bo‘yicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib oladi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak. 40. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘lovlar to‘lanmaganda yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda undiruvni garovga qo‘yilgan mulkka qaratadi.
127
21,312
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. Davlatlararo valyuta qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida 1995-yil 26-maydagi Bitimning amal qilishini to‘xtatish haqida MDH davlatlari rahbarlari Kengashining majlisida 2013-yil 25-oktabr kuni Minsk shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
42
621
Qonunchilik
Traktorlar, o‘ziyurar shassilar, meliorativ, yo‘l-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruqni o‘z ko‘chini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-son “Traktorlar, o‘ziyurar shassilar, meliorativ, yo‘l-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1432, 2004-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 50-son, 508-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur buyruq “O‘zagromashservis” uyushmasi va O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Kelishilgan:
239
1,001
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori 5-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘iladi. 3. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi: respublika budjetidan amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlari uchun ajratilgan grant mablag‘lari; Vazirlar Mahkamasining hisob-kitoblariga asosan respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari; Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi: seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish; ilmiy laboratoriyalarni zarur asbob-uskunalar, hisoblash texnika vositalari hamda butlovchi materiallar bilan ta’minlash va ularni o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish; respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasiga raqamlashtirilgan texnologiyalarni joriy etish, seysmik chidamli qurilish bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish; seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining sohaga oid faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish; yuksak ilmiy natijalarga erishgan va fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlarni, shu jumladan, yosh ilmiy xodimlarni qo‘llab-quvvatlash. seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni va kuzatuvlarni olib borayotgan tashkilot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish. 5. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tomonidan tasdiqlangan Jamg‘armaning daromad va xarajatlari yillik parametrlariga muvofiq xarajat qilinadi. 6. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi. 7. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish Kengash tomonidan amalga oshiriladi. Kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 8. Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchisi Kengash raisi hisoblanadi. 9. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash Kengash qarori asosida amalga oshiriladi. Kengashning qarori Kengash majlisining bayoni bilan rasmiylashtiriladi. 10. Kengashning majlislari rais tomonidan o‘tkaziladi. Kengash raisi bo‘lmagan taqdirda, Kengash raisining o‘rinbosari tomonidan Kengash majlislari o‘tkazilishi mumkin. 11. Kengashning majlislari zaruratga qarab o‘tkaziladi. 12. Kengashning majlisi unda Kengash a’zolari umumiy sonining 70 foizidan ortig‘i ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. 13. Kengash qarorlari ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Kengashning qarori majlisda ishtirok etgan a’zolarning ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Kengash kotibi ovoz berish huquqiga ega. 14. Kengash: Jamg‘armaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va uning faoliyatini nazorat qiladi; Jamg‘armaning daromad va xarajatlari yillik parametrlari, ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi; Jamg‘armaning yillik ish reja va dasturlarini tasdiqlaydi; Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan alohida tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi; Jamg‘armaga xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilishda ko‘maklashadi; Jamg‘arma faoliyatiga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Kengash a’zolari Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar. 15. Kengashning ishchi organi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi. Ishchi organ: Jamg‘armaning daromad va xarajatlari yillik parametrlarini tayyorlaydi va Kengash majlislarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi; Jamg‘armaning daromad va xarajatlari yillik parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Kengash majlislarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi; Jamg‘armadan mablag‘ ajratishga oid murojaatlarini umumlashtiradi va zarur tahliliy materiallar bilan birga Kengash majlislarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi; Jamg‘armaning tushumlar manbalari bo‘yicha daromadlari va asosiy xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaydi hamda har chorak yakuni bo‘yicha Kengashga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi; Kengash majlislari bayonlarini rasmiylashtiradi va saqlaydi; Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qiladi. 16. Jamg‘arma mablag‘larining hisobi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining Buxgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi. 17. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun mas’uliyat Ishchi organ zimmasiga yuklatiladi. 18. Jamg‘arma o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi hamda belgilangan muddatlarda hisobot beradi. 19. Jamg‘armani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
220
8,604
Qonunchilik
VETERINARIYA TADBIRLARI UChUN QO‘LLANILADIGAN MIKROORGANIZMLAR VA VIRUSLAR ShTAMMLARI, HAYVONOT VA O‘SIMLIKLARGA MANSUB TOKSINLAR HAMDA ZAHARLARNI SAQLASh, IShLATISh, ShUNINGDEK BIR TAShKILOTDAN BOShQA TAShKILOTLARGA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZO
O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. Veterinariya tadbirlari uchun qo‘llaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va o‘simliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq veterinariya tadbirlari uchun qo‘llaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va o‘simliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish hamda ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida veterinariya tadbirlari uchun qo‘llaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va o‘simliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni (bundan buyon matnda mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar deb yuritiladi) saqlash va ishlatish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi. 2. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar patogen faolligi bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan I, II va III guruhdagi kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarga bo‘linadi. 3. Tashkilotlarning mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish hamda boshqa tashkilotlarga berish borasidagi ishlarini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Tashkilotlar tomonidan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish hamda ularning faolligini bir maromda bo‘lishini ta’minlash va yangilash, shuningdek boshqa tashkilotlarga berish veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshiriladi. I va II guruhga kiruvchi odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan (zooantroponoz) kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish va ularning faolligini bir maromda bo‘lishini ta’minlash va yangilash, shuningdek boshqa tashkilotlarga berishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etish talab etiladi. 5. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodimlar ro‘yxati tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 6. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish mehnat muhofazasi to‘liq ta’minlangan bino va inshootlarning maxsus xonalarida amalga oshiriladi. 7. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni ishlatuvchi tashkilotlarda, ushbu qo‘zg‘atuvchilarni saqlash uchun maxsus xona tashkil etishning imkoni mavjud bo‘lmaganda, ularni saqlash taqiqlanadi. Tirik vaksinalar, ozuqa muhitlari, hujayra va to‘qima kulturalarini tayyorlovchi tashkilotlarning yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kolleksiyasiga ega bo‘lishi taqiqlanadi. 8. Mikroorganizmlar shtammlari o‘ta qulay sharoitlarda, ularni maksimal uzoq yashovchanligini ta’minlovchi konservatsiyalangan yoki liofillangan holda saqlanishi lozim. 9. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash xonalari tovush va yorug‘lik signalizatsiyalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 10. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash joylari harorati -20 °C dan -80 °C gacha bo‘lgan maxsus muzlatgich kameralari va takrorlovchi muzlatgich agregatlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 11. Mikroorganizmlar shtammlari noyob, etalon va ishlab chiqarish shtammlari tozaligini saqlash va boshqa kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagilarga rioya etish lozim: bir xonada va bioxavfsizlik shkafda bitta mikroorganizm shtammi bilan ishlash; ish boshlashdan oldin va ish tugagandan so‘ng asbob-uskunalar, xalatlar, qalpoq (ro‘mol) va poyabzallarni sterillashdan o‘tkazish; zararlangan ozuqa muhitlari, hujayra va to‘qima kulturalari hamda zararlangan embrionlarlarni flakonlarga va probirkalarga yig‘ish hamda rezina tiqin bilan berkitish, idishlarni puxtalik bilan raqamlab, ularni mikroorganizm shtammi nomi, tartib va passaj raqamlari, qabul qilingan sanasi tushirilgan hamda zararsizlantirish sanasi aniq yozilgan yorliq bilan ta’minlash; yig‘ilgan materiallarni boshqa kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm shtammlari yo‘qligi va yuquvchanlik faolligiga ko‘ra tekshiruvdan o‘tkazish, shundan so‘ng uzoq muddat saqlash uchun material bilan liofillash. Bunda liofillashga qadar yig‘ilgan materiallar muhrlangan sovuqxonada 0 — 4 °C gacha bo‘lgan haroratda saqlanadi (liofillashdan oldin shtammlar bir me’yorda saqlovchi moddalar bilan birlashtiriladi va ampulalarga 0,5 dan 1,0 sm3 gacha hajmda qadoqlanadi); mikroorganizm shtammlari solingan ampula, probirka va flakonlar kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi shtamm turining nomi, seriya va passaj raqamlari hamda liofillash sanasi aniq tushirilgan yorliqlarga ega bo‘lishi; mikroorganizm shtammlarini liofillash ishlarini ularning quritishdan oldin va keyin zararsizlantirilishi mumkin bo‘lgan moslamalarda o‘tkazish. Bunda bir moslamada bir vaqtda bitta mikroorganizm shtammini quritishga ruxsat etiladi. Ampulalarni kavsharlash vakuum orqali yoki vakuumsiz o‘tkaziladi, inson uchun o‘ta xavfli mikroorganizm shtammlari bundan mustasno, bunday shtammlar solingan ampulalar vakuumsiz yoki suyuq azot bilan kavsharlanadi; liofillangan materiallar solingan vakuum ostida kavsharlangan ampulalarni vakuum holatiga, qoldiq namlikka va yuquvchanlik faolligiga ko‘ra tekshiruvdan o‘tkazish. Bunda tekshirishdan so‘ng ampulalar karton qutilarga va chuqurchali yoki g‘aladonli metall konteynerlarga taxlanadi, so‘ngra ular harorati -20 °C dan -80 °C gacha bo‘lgan maxsus muzlatgich kameralariga joylanib, ushbu kameralar muhrlanadi. Barcha ampulalarning qat’iy hisobi yuritiladi. 12. Yangilangan va liofillab quritilgan mikroorganizm shtammlari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ularning barcha asosiy xususiyatlari aks ettirilgan shtamm pasporti bilan birga tashkilotning laboratoriyasi (maxsus xonasi)da saqlanishi lozim. 13. Laboratoriya (maxsus xona)larda mikroorganizm shtammlarining saqlanishini nazorat qilish maqsadida, ularning faolligi muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tkazib turiladi. Bunda tekshirish muddatlari kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining o‘ziga xos biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Yuquvchanlik darajasining sezilarli pasayishida (10-1 va 10-2 gacha) mikroorganizm shtammlarining faolligi sezgir hayvonlarga passaj qilish yo‘li bilan tiklanadi, so‘ngra ushbu shtammlar liofillanadi va saqlashga qo‘yiladi. 14. I va II guruhga kiruvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish bilan shug‘ullanmaydigan tashkilotlar tomonidan ushbu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar aniqlanganda, ular bir oy muddatda Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiga topshirilishi lozim. 15. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotning ichida berish va topshirish ushbu tashkilot rahbarining yoki uning o‘rinbosarining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi. 16. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar yopiq va tashish uchun moslashtirilgan metall konteynerlar va g‘aladonlarda tashiladi. 17. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berish, tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan rasmiy talabnoma va ishonchnoma mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. 18. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar ligninga yoki gigroskopik paxtaga o‘ralgan va metall g‘aladonlarga joylangan ampula, probirka va flakonlarda beriladi. Bunda metall g‘aladonlar plombalanib, surg‘uchli muhr bosilgan hamda yog‘och qutiga joylangan bo‘lishi lozim. III guruhga kiruvchi kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar karton yoki yog‘och qutilarda, maxsus sinmaydigan g‘aladonlarga joylangan ampula, probirka va flakonlarda beriladi. 19. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berish kuzatuvchi orqali maxsus ajratilgan transportda tashish orqali ruxsat etiladi. Uzoq masofalarga poyezd bilan tashish ikki nafar veterinariya yoki tibbiyot vrachi kuzatuvida amalga oshiriladi. III guruhga kiruvchi kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar hamda attenuatsiyalangan (kuchsizlantirilgan) vaksina shtammlari kuzatuvchi orqali ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha shartlarga qat’iy rioya etilgan holda beriladi. 20. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar tashkilotdan tashqariga kavsharlangan ampula, probirka yoki flakonlarda liofil quritilgan holatda, shuningdek nativ (aralashmalarsiz) holatda berkitilgan probirka yoki flakonlarda beriladi. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarning nativ shtammlari muz, quruq muz solingan termosda, termojomadonda yoki suyuq azotli Dyuar idishlarida tashiladi. Tirik va kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlardan tashkil topgan tez buziladigan biologik moddalar shisha flakonlarga yoki yaxshilab berkitilgan qalin shisha nayga yoki kavsharlangan ampulaga solingan holda beriladi. Bunda, idish germetik berkitilgan bo‘lishi zarur. U bir necha marta qalin singdiruvchi mato (gigroskopik paxta, jun gazlama yoki ip gazlama qopchiq) bilan o‘ralgan, yuqori va pastidan dukdagi yigirilgan ip bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. Shu tarzda o‘ralgan idish mustahkam, yaxshi yopiladigan metall qutiga solinadi. Ichki idish va metall quti orasidagi singdiruvchi modda, zararlanish hollarida ichki idishda bo‘lgan yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha suyuqlikni singdirish uchun yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Metall quti shunday tayyorlanishi va yopilishi kerakki, bunda har qanday zararlanish imkoni bartaraf etilishi, shuningdek ushbu metall quti paxta yoki singdiruvchi material bilan o‘ralgan bo‘lishi va himoyalovchi qutiga shunday joylanishi kerakki, bunda har qanday siljish bartaraf etilishi lozim. Ushbu himoyalovchi quti bir bo‘lak ichi bo‘sh yog‘ochdan yoki metalldan yoxud xuddi shunday mustahkam va konstruksiyaga ega bo‘lgan tashish paytida ochish mumkin bo‘lgan yaxshi yopiladigan qopqoq bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 21. Barcha mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar, ularning shtamm pasporti ilova qilingan holda berilishi shart. 22. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlovchi yig‘ilgan materiallar, organlar va to‘qimalar 50 foizli glitserin eritmasi solingan probirka yoki flakonlarda, probirka yoki flakonlar rezina yoki sellofan g‘iloflarga joylangan, muz solingan holda plombalangan yoki muhrlangan termosda beriladi. 23. Tashkilotlar mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni hamda ulardan olingan davolash-profilaktika preparatlarini tegishli talabnomalar asosida olishlari mumkin. 24. Tashkilotlarda I va II guruh kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni qabul qilish tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tuziladigan tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari, tegishli laboratoriya (maxsus xona) mudiri va ushbu shtammlar bilan ishlovchi veterinariya vrachidan iborat tarkibda bo‘lgan komissiya tomonidan dalolatnoma tuzilgan holda qabul qilinadi. Dalolatnomada qabul qilingan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar solingan idishlarning joylashishi va holati, ichidagi materiallar va ularning butunligi, shuningdek jo‘natilgan namunalarga yorliq bo‘yicha hujjatlarning muvofiqligi ko‘rsatilishi lozim. Dalolatnoma tuzilgandan so‘ng uning bir nusxasi zudlik bilan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bergan tashkilotga yuboriladi. 25. Tashkilotlarda mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar hamda ularning harakati bo‘yicha ma’lumotlarni hisobga olish yuzasidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan 1—9-shakllarga muvofiq jurnallar yuritiladi. 26. Barcha jurnallar laboratoriya mudiri yoki tashkilot rahbari tomonidan jurnallarni saqlash va yuritish vazifasi topshirilgan mas’ul shaxs tomonidan seyfda yoki metall shkafda saqlanadi. Jurnallar betlari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan holda bo‘lishi hamda tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. 27. Tashkilotlar mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarning patogen va nopatogen shtammlariga, shuningdek hayvonot va o‘simliklarga mansub toksin hamda zaharlarga ega bo‘lsa har yilning 10-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobot taqdim qilishi lozim. Ushbu hisobot tashkilot rahbarining imzosi va tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi. 28. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 29. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
250
13,309
Qonunchilik
Ov qilish uchun qanday hujjatlar kerak
8.07.2020 yildagi «Ov qilish va ovchilik хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-627-son Qonun e’lon qilingan, u 3 oy oʻtgach kuchga kiradi. Qonun bilan ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, ov qilish uchun ajratilgan hududlar, ovchilik resurslarini izlab topish normalari, ov qilish qoidalari, ovchilar va ovchilik хoʻjaliklarining huquqlari va majburiyatlari, ov qilish turlari, qurollari va usullari, yovvoyi hayvonlarni tutib olganlik va otganlik uchun toʻlov miqdorlari belgilangan. Ov qilinadigan hayvonlar populyatsiyasi va ularning yashash muhitining davlat monitoringi belgilangan, ov qilish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar roʻyхati va turlari aniqlashtirilgan. Shuningdek ovchilik turizmi va chet ellik fuqarolar ov qilish imkoniyatlari nazarda tutiladigan bir qator chora-tadbirlar belgilangan. Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan yovvoyi hayvonlarni (ularning yashash faoliyati mahsulotlarini) tutish maqsadida ularni izlash, ularning iziga tushish va ularni ta’qib qilish, tutishga urinish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilish hisoblanadi. Ovchi – haqiqiy ovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan jismoniy shaхs, shu jumladan Oʻzbekistonda vaqtincha turgan va ov qilish sohasida хizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan chet ellik fuqaro. Ovchilik sohasidagi ruхsat beruvchi hujjatlar quyidagilar hisoblanadi: Oʻzbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish toʻlov asosida amalga oshiriladi. Toʻlovlar ruхsatnomada koʻrsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga yillik kvotalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Fanlar akademiyasining хulosasiga asosan tasdiqlanadi. Quyidagi ov qilish turlari belgilangan: Ov qilish huquqiga ega boʻlgan chet ellik fuqarolar uchun ovni tashkil etish chet ellik fuqarolar va turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхs hamda ovchilik хoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada ov qilishni amalga oshirish shartlari, koʻrsatilgan хizmatlar va tutilgan ov mahsuloti uchun haq toʻlash miqdori belgilanadi. Ovchilik хoʻjaligi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga doir bioteхnik tadbirlarni oʻtkazish, yovvoyi hayvonlar sonining hisobini hamda tutiladigan yovvoyi hayvonlarning hisobini yuritish, yuridik va jismoniy shaхslarga ovchilik хizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun ov qilish joylari hududida tashkil etiladi. Ovchilik хoʻjaligini yuritish huquqi yuridik yoki jismoniy shaхslar tomonidan ov qilish joylarini 3 yildan 10 yilgacha berish toʻgʻrisidagi shartnoma quyidagilar bilan imzolangan kundan e’tiboran yuzaga keladi: Ushbu qonun ovchilik resurslaridan oqilona foydalanish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ovchilik хoʻjaliklarini, ovchilik turizmini rivojlantirish va ularni hisobga olish, koʻpaytirishning davlat nazorati meхanizmlarini takomillashtirish, yovvoyi hayvonlar sonini va ularni tutish normalarini tartibga solish uchun хizmat qiladi. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 10.10.2020 yildan kuchga kiradi. Elmira Siraziyeva.
38
3,180
Qonunchilik
XALQ TA’LIMI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009 — 2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 267-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 379-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi 105, 42 va 01-357-son qarori (ro‘yxat raqami 1541, 2006-yil 18-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari quyidagi mazmundagi 31—34-paragraflar bilan to‘ldirilsin: 101. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) maktab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, o‘quv-tarbiya jarayonlari va ta’lim tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirishning, shuningdek maktabda ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini himoya qiladi; b) maktabning yillik o‘quv-tarbiya rejasini tasdiqlaydi va pedagogik jamoa tomonidan ushbu rejaning amalga oshirilishini nazorat qiladi; v) musiqiy va badiiy pedagogikaning yangi yutuqlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga rahbarlik qiladi; g) o‘z vakolati doirasida maktabning moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradi; d) maktabning pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil qiladi; e) maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning bilimlarini ularning bilimiga qo‘yilgan davlat talablariga mos kelishini ta’minlaydi va nazorat qiladi; j) o‘quvchilarni maktabga qabul qilish, keyingi sinfga o‘tkazish va ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar berishni tashkil qiladi; z) ota-onalar, mahalla qo‘mitalari va jamoat tashkilotlari bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni tashkil qiladi; i) xodimlarga mehnat qilish va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratadi, maktab faoliyati bo‘yicha hisobotlar tuzadi, buyruqlar chiqaradi, maktab xodimlarining vazifalari va majburiyatlarini belgilaydi, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiradi hamda o‘z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi; k) mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi. 102. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori ta’lim sohasidagi va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini, o‘quv va tarbiya sifati, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, maktab faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini hamda texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini bilishi kerak. 103. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori quyidagilarni bajara olishi kerak: a) maktab faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni; b) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llay bilishni; v) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni, shartnomalar tuzishni, nizomlar, qoidalar va lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishni; g) pedagogik jamoada qulay psixologik va ijodiy muhit yaratishni. 104. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori lavozimiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: a) musiqa va san’at sohasi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; b) besh yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji; v) malaka toifasi — kamida ikkinchi toifali o‘qituvchi. 105. Bolalar musiqa va san’at maktabining ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni va o‘quv jarayonini tashkil qiladi, o‘quv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi, tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqadi; b) kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi; v) pedagog kadrlarga metodik yordam ko‘rsatadi, pedagog kadrlarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi; g) pedagog kadrlar faoliyatining oylik, choraklik va yillik rejalarini, musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha kalendar ish rejalarini tasdiqlaydi, shuningdek yakka tartibdagi va guruh mashg‘ulotlari jadvalini tuzadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi, pedagog kadrlarning ish vaqti hisobini olib boradi, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o‘quv tadbirlarini ishlab chiqadi; d) o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshiradi; e) yakka tartibdagi va guruh jurnallarining belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlaydi, o‘quv-tarbiyaviy ishlar ahvoli va natijalari bo‘yicha hisobotlar tuzadi; j) o‘quv yili davomida pedagog kadrlarning o‘quv yuklamalaridagi o‘zgarishlarni muvofiqlashtirib boradi; z) direktor bo‘lmaganda uning vazifasini bajaradi. 106. Bolalar musiqa va san’at maktabining ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini, musiqiy ta’limning davlat talablari mazmunini, jamoaga rahbarlik qilishning metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullarini, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi kerak. 107. Bolalar musiqa va san’at maktabining ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagilarni bajara olishi kerak: a) maktabni boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzishni, metodik tavsiyalar, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishni; b) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llay bilishni; v) pedagogik jamoada qulay psixologik va ijodiy iqlim yaratishni. 108. Bolalar musiqa va san’at maktabining ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: a) musiqa va san’at sohasi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; b) uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji; v) malaka toifasi — kamida ikkinchi toifali o‘qituvchi. 109. Bolalar musiqa va san’at maktabining pedagog kadrlarining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish, milliy va jahon madaniyatining durdona namunalariga tayanib yoshlarning estetik didini o‘stirish hamda yuksak ma’naviy ruhda tarbiyalash ishlarini amalga oshiradi; b) pedagogik axloq normalariga rioya qiladi, o‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha ularning ota-onalari bilan individual uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazadi; v) o‘quvchilarni ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar va festivallarda ishtirok etishga tayyorlaydi; g) yakka darslarni olib boruvchi pedagog kadrlar har bir o‘quvchiga yarim yillik shaxsiy va o‘quv yili boshida nazariy fanlar bo‘yicha taqvimiy ish rejalarini tuzadi. 110. Pedagog kadrlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini, musiqiy ta’limga oid davlat talablari mazmunini, o‘quv rejalari va dars berayotgan fani bo‘yicha dasturiy talablarni, o‘qitishning ilg‘or shakl va uslublarini, darslarni tashkil etish va uni o‘tkazish uslublarini, o‘quv va tarbiya sifatini, nazorat vositalarini hamda o‘quvchilarning bilimini baholash mezonlarini bilishi kerak. 111. Bolalar musiqa va san’at maktabining pedagog kadrlari kamida o‘rta maxsus musiqaviy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 112. Konsertmeysterlarning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) o‘zbek mumtoz va xorijiy klassik musiqa va san’at namunalari asosida o‘quvchilarni musiqiy va badiiy saviyasini o‘stirishni ta’minlaydi; b) pedagog kadrlarga musiqiy ta’limga oid davlat talablari va o‘quv dasturlari asosida darslarni tayyorlash va o‘tkazishda amaliy yordam beradi; v) cholg‘ular, xor, estrada va an’anaviy xonandalik, xoreografiya, turli ansambllar mashg‘ulotlarida jo‘rnavozlik qilish, ko‘rik-tanlov va festivallar, konsertlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi. 113. Konsertmeysterlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini hamda ularning bilimiga qo‘yilgan davlat talablarining mazmunini bilishi kerak. 114. Konsertmeyster lavozimiga kamida o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar qabul qilinadi”.
95
9,937
Qonunchilik
2005 YILDA YuKLARNI TRANSPORTDA TAShISh UChUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChIDA O‘ZARO HISOB-KITOBLARNI AMALGA OShIRISh VA TOJIKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT QARZI BO‘YIChA XIZMAT KO‘RSATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 223-f-sonli Farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2005-yilda yuklarni transportda tashish uchun o‘zaro hisob-kitoblar va Tojikiston Respublikasining davlat qarzini qoplash to‘g‘risida 2005-yil 10-fevralda imzolangan kelishuvga muvofiq qaror qilamiz: 1. “2005-yilda yuklarni transportda tashish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichida hisob-kitoblarni amalga oshirish va Tojikiston Respublikasining davlat qarzi bo‘yicha o‘zaro xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin. 3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankning 2004-yil 12-martdagi 44 va 251-V sonli qarorlari bilan tasdiqlangan “2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida yuklarni tashish, gaz, yonilg‘i-moylash mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish va Tojikiston Respublikasining davlat qarzini undirish bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom” (2004-yil 30-mart, ro‘yxat raqami 1331 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 13-son, 166-modda) o‘z kuchini yo‘qotadi.
234
1,343
Qonunchilik
BIRJA SAVDOLARIDA ShIFER SOTISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz: 1. Birja savdolarida shifer sotish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) qaroriga muvofiq shiferni sotish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizom shiferni ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va undan foydalanuvchi — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan korxona va tashkilotlarga tatbiq etiladi. 2. Ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan shifer faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlatilishi mumkin. 3. Shiferni sotish tovar-xomashyo birjalarida (keyingi o‘rinlarda Birja deb yuritiladi) elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi. 4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanilgan: mahsulot — birja savdolarida iste’molchilarga sotiladigan shifer; birja savdolari elektron tizimi — birja a’zolariga respublikaning har bir geografik nuqtasidan aniq vaqt rejimida uzoq masofadan turib birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat global taqsimlangan axborot tizimi; hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda HKKP deb yuritiladi) — birja bitishuvlari bo‘yicha kliring, hisob-kitoblar va o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazilishini ta’minlovchi Birjaning tuzilmaviy bo‘linmasi; sotuvchi — mahsulot ishlab chiqaruvchi, ularni birja savdolariga qo‘yuvchi va sotuvchi O‘zbekiston Respublikasi korxonalari; xaridor — ishlarni bajarish va mahsulot ishlab chiqarish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sotish uchun shiferni xarid qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar. zakalat — Birjada amalga oshiriladigan bitishuvlarni bajarilishi kafolatini ta’minlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi depozit hisobvarag‘iga topshiriladigan bitishuvlarni kafolatli ta’minlash mablag‘i; bitishuv bayonnomasi — xaridor va sotuvchiga birja savdolarini o‘tkazish yakunlari bo‘yicha beriladigan, sotuvchi, xaridor va birja brokeri tomonidan imzolangan, taraflarni belgilangan muddatda talab va taklif narxi bo‘yicha birja savdolari natijalariga ko‘ra xarid qilingan hajmda mahsulotning oldi-sotdi shartnomasini tuzish majburiyatini yuklaydigan hujjat; narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun Birjada o‘tkaziladigan savdo sessiyalari natijalari bo‘yicha aniqlangan mahsulotga o‘rtacha narx; to‘langan bitishuvlar reyestri — tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq qoplanishini ta’minlaydigan miqdordagi mablag‘larning xaridorning HKKPdagi shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat. 5. Sotuvchilar, kelgusi yilga mo‘ljallangan mahsulot sotish hajmlaridan kelib chiqqan holda, har chorakda, keyingi chorak boshlanishidan 10 kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan, kunlar bo‘yicha taqsimlangan, birja savdolari orqali har oyda sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot hajmi ko‘rsatilgan jadvallarini Birjaga taqdim etadi. 6. Sotuvchilar yiliga bir marta Birja bilan birgalikdagi faoliyat to‘g‘risida sotuvchilarning birja savdolarida ishtirok etish shartlari, shartnoma tuzgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari belgilangan shartnomalar tuzadilar. Savdolar muntazam ravishda ish kunlarida o‘tkazib boriladi. 7. Birja savdolari O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga va birja savdolari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 8. Birja savdolarining o‘tkazilishi, birja sessiyalarining davomiyligi, sotuvga qo‘yiladigan mahsulotlar hajmi to‘g‘risidagi axborot Birja tomonidan xaridorlarga majburiy tartibda brokyerlar, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa axborot kanallari, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali yetkaziladi. Axborotga mahsulotni joylashgan joyi, uni ishlab chiqaruvchi korxona, shuningdek boshlang‘ich narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi shart. 9. Birja barcha savdo ishtirokchilariga, ularning hududiy joylashishidan qat’i nazar, elektron savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkonini ta’minlab berishi shart. 10. Savdolarni o‘tkazish, qo‘yilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo bo‘yicha ishtirokchilarni kiritish va chetlatish, elektron birja savdolari g‘oliblarini aniqlash va bitishuvlarni ro‘yxatga olish ishlari birja savdolari elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. 11. Bitishuvni ro‘yxatga olish kuni Birja brokerga bitishuv bayonnomasi va namunaviy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi. 12. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasida nazarda tutilgan shartlarda u olingan kunda rasmiylashtiriladi. Bitishuv bayonnomasi shartlarining bajarilishi tomonlar uchun majburiydir. 13. Savdoda sotilmay qolgan mahsulot hajmi keyingi savdolarga ko‘chiriladi. Bunda, sotuvchilar mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha faqat birja savdolariga qo‘yilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolari natijalarida vujudga kelgan o‘rtacha narxlar bo‘yicha sotish huquqiga ega. 14. Birja tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar haqi sotuvchi va xaridorlar uchun Birja tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Birja xizmatlari tariflariga muvofiq o‘rnatiladi. 15. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, sotuvchi mahsulotni qayta savdoga qo‘yadi. 16. Mahsulotni tuzilgan oldi-sotdi shartnomalar bo‘yicha sotish oldindan to‘lovni to‘liq to‘lash yoki yetkazib beriladigan mahsulotning har bir partiyasi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qo‘yish sharti bilan amalga oshiriladi. 17. Mahsulotni birja savdolariga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi sotuvchi tomonidan deklaratsiyalanadigan narx (monopolist korxonalar uchun) va ulgurji sotish narxi (boshqa korxonalar uchun) darajasida belgilanadi. 18. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatini ta’minlash uchun birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblar Birja HKKP orqali amalga oshiriladi. 19. Hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida, HKKP Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchilarning mablag‘larini saqlash va birja bitishuvlari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ini ochadi. Ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankda ikkilamchi depozit hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi arizaga muvofiq ochiladi. 20. Sotuvchi va xaridorlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idagi mablag‘lari harakatini nazorat qilish uchun HKKP har bir sotuvchi va xaridorga foydalanuvchining shaxsiy raqamiga (keyingi o‘rinlarda FShR deb yuritiladi) mos keluvchi alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi. Sotuvchi va xaridorlarning mablag‘lari ushbu shaxsiy hisobvaraqlarda HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha hisobvarag‘i doirasida hisobga olinadi. 21. HKKP birja savdosi ishtirokchilariga ularga xizmat ko‘rsatish shartlari, ularning mablag‘lari holati to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilib turishi shart. HKKP tomonidan mijozning shaxsiy hisobvarag‘i holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilishi man etiladi. 22. Birja mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra ularni birja kliringi natijalari, ular mablag‘larining holati va joriy savdo kunida belgilangan limitlari to‘g‘risida xabardor qilib turishi shart. 23. Sotuvchi va xaridorlar Birjaga xizmat qiluvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga birja savdolariga qo‘yilgan mahsulot umumiy qiymatining va mo‘ljallanayotgan bitishuv hajmining 10 foizgacha bo‘lgan miqdordagi zakalatni depozitga qo‘yadilar. 24. Xaridorlar Birjada deponentga qo‘yilgan zakalat hisobga olingan holda to‘lash mo‘ljallanayotgan mablag‘ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir. 25. Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idagi sotuvchilar va xaridorlarning mablag‘laridan: bitishuvlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun; bitishuv amalga oshirilmagan yoki bekor qilingan taqdirda, HKKPdagi hisobvaraqning egasi – mijozning bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga qaytarish uchun; deponentga qo‘yilgan mablag‘lar hisobidan Birja xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. 26. Birja bitishuvi ro‘yxatga olinganidan keyin besh bank ish kunida xaridor tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga qo‘shimcha mablag‘larni o‘tkazishi shart. Bunda mablag‘ni o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” ustunida xaridorning FShRi majburiy tartibda ko‘rsatilishi shart. Mahsulot temir yo‘l transporti orqali jo‘natilganda, birja bitishuvi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin besh bank ish kunida temir yo‘l tariflari qiymatini to‘liq qoplash uchun sotuvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazishi shart. 27. HKKP xaridordan mablag‘ kelib tushgan vaqtdan boshlab bir bank ish kunida sotuvchiga to‘langan bitishuvlar reyestrini taqdim etishi shart. 28. Agar xaridor ushbu Nizomning 26-bandida belgilangan muddatda birja shartnomasiga muvofiq mablag‘larni to‘liq hajmda o‘tkazilishini ta’minlamasa, HKKP ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin sotuvchi hamda Birjaga bitishuv bekor qilinganligi to‘g‘risida darhol ma’lum qiladi va Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun sotuvchining hisobvarag‘iga jarima chorasi sifatida zakalat miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni kiritadi. Bitishuv bo‘yicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qo‘yiladi. 29. Sotuvchi tomonidan mahsulotni xaridorga oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda yuklab jo‘natish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasa, HKKP shartnomada belgilangan muddatdan keyin Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda mahsulotni yetkazib berish uchun belgilangan qiymatdan 10 foizigacha miqdordagi mablag‘ni jarima chorasi sifatida xaridor hisobiga kiritib qo‘yadi hamda xaridor, sotuvchi va Birjaga bitishuv bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar qiladi. Bitishuv bo‘yicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qo‘yiladi. 30. HKKP tomonidan taqdim etilgan to‘langan bitishuvlar reyestri sotuvchining mahsulotni xaridorga yuklab jo‘natishiga asos bo‘ladi. Mahsulot sotuvchi tomonidan xaridor o‘zining majburiyatlarini bajarganligi faktini HKKP tomonidan tasdiqlanmasdan jo‘natilgan taqdirda, Birja ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja shartnomasi bo‘yicha xaridor tomonidan majburiyatlar vijdonsizlarcha bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. 31. Mahsulot jo‘natilganligi va qabul qilib olinganligi faktini xaridor va sotuvchi (yoki ularning vakolatli vakillari) imzolari bilan tasdiqlangan yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi. Mahsulot temir yo‘l transporti orqali jo‘natilganda mahsulot jo‘natilganligi faktini temir yo‘l yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi. Yuk xati nusxasining taqdim etilishi HKKP tomonidan bir bank ish kunida xaridorning shaxsiy hisobvarag‘idan mablag‘larni sotuvchining unga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish va bitishuvni yopish uchun asos bo‘ladi. 32. Mahsulotni birja savdolari g‘oliblariga yuklab jo‘natish oldi-sotdi shartnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda sotuvchining naryadlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 33. Xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalardagi majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 34. Birja a’zolari, birja savdolari ishtirokchilari va ularning mijozlari o‘rtasidagi birja savdo qoidalarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar Birja arbitraj komissiyasi yoki sud orqali hal qilinadi. Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar undirilishi man etiladi. 35. Xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. 36. Birjaning kotirovka hay’ati o‘tkazilgan birja savdolari natijasi bo‘yicha birjada sotilgan mahsulot baholarining birja kotirovkasini aniqlaydi va har hafta ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i sahifalarida e’lon qilib boradi. 37. Sotuvchilar va Birja hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga savdoga qo‘yilgan va sotilgan mahsulot hajmlari, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq sotilgan mahsulotning haqiqatdagi amalga oshirilgan yetkazib berishlari to‘g‘risida axborot beradi. 38. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi, “O‘zqurilishmateriallari” Kompaniyasi va “O‘zRMXB” OAJ bilan kelishilgan.
79
13,970
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON SSJ PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON SSJ HUDUDIDA OV QILISh VA OVChILIK-BALIQ OVLASh XO‘JALIGINI YuRITISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 1991-YIL 10-APRELDAGI 95-SON QARORIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-apreldagi 95-son qaroriga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: qaror nomidagi va matnidagi “O‘zbekiston SSJ” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomning 1 va 3-ilovalari yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi). Belgilab qo‘yilsinki, baliq ovlashga litsenziya uchun mazkur qaror bilan joriy etilayotgan to‘lov (1-ilova) “O‘zbaliq” konsernining baliq zaxiralarini tiklash va baliq ovlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalariga taalluqli emas. Odamlarda va hayvonlarda uchraydigan xavfli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar — qishloq, o‘rmon va ovchilik xo‘jaligi zararkunandalari haq to‘lanmasdan ovlanadi (tegishli tashkilotlar beradigan ro‘yxatga muvofiq). O‘rganish yoki iqlimlashtirish maqsadida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni; ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalarning qiymati dastlabki qiymatidan 5 baravar kam bo‘ladi. Hayvonlarni, ularning qismlarini yoki hayoti faoliyati mahsulotlarini eksportga yetkazib berish maqsadida yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma bepul beriladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazorati bilan yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq keyinchalik valyutada hisob-kitob qilinadi. Hayvonlarning ovlanadigan turlarini ovlash uchun ruxsatnomalar (litsenziyalar) yovvoyi hayvonlar sonini, ovchilik xo‘jaligining yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirishdagi va qo‘riqlashdagi ishtirokini hisobga olgan holda shartnoma narxlarida berilishi mumkin. Yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (zaharlar va boshqalar), shoxlar, mo‘ynali hayvonlarning terilari respublika tashqarisida Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazoratning ruxsatnomalari bilangina sotiladi. Pitomniklarda o‘stirilgan hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomalar qiymati ishlab chiqaruvchilar bilan kelishuv bo‘yicha belgilanadi. Yovvoyi hayvonlarning maqomi o‘zgargan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazoratga yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun undiriladigan pulning miqdorini aniqlash huquqi beriladi.
250
2,341
Qonunchilik
SAMARQAND AVTOMOBIL ZAVODIDA IShLAB ChIQARIShNI YaNADA RIVOJLANTIRISh VA RESPUBLIKA AVTOTRANSPORT PARKINI YaNGILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonda avtobuslar va yuk avtomobillari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish, respublika avtotransport vositalari parkini to‘ldirish va yangilash, shuningdek yo‘lovchilar va yuk tashish xavfsizligini oshirish hamda atmosferaga zararli chiqindilar chiqarishni qisqartirish maqsadida: 1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: “O‘zavtosanoat” AK Turkiyaning “Koch” kompaniyalari guruhiga tegishli “SamKochavto” YOTAJ aksiyalarining 50 foizini sotib oldi, natijada korxona 100 foizlik O‘zbekiston kapitali bilan “Samarqand avtomobil zavodi” MChJga aylantirildi; zavodda “ISUZU Motors” kompaniyasi (Yaponiya)da ishlab chiqarilgan shassilarda avtobuslarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi, ularni yetkazib berish “ITOChU Korporeyshn” Yaponiya kompaniyasi tomonidan 3752 avtokomplekt, shu jumladan 2006-yilda — 252 komplekt, 2007-yilda — 1500 komplekt, 2008-yilda — 2000 komplektni yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi; Samarqand avtomobil zavodi negizida zamonaviy avtobuslar va yuk avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha “O‘zavtosanoat” AKning Yaponiyaning “ITOChU Korporeyshn” hamda “ISUZU Motors” kompaniyalari bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish loyihasining biznes-rejasi va texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda. 2. “O‘zavtosanoat” AK va “Asaka” bankining “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ mahsulotlarini lizing asosida sotish uchun 6 mlrd. so‘m boshlangich ustav kapitaliga ega bo‘lgan 5 yil muddatgacha va lizing kompaniyasi daromad stavkasi (marja)ni yiliga 5 foizdan oshirmagan holda “O‘zavtosanoat-Lizing” ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish va moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ ishlab chiqargan avtobuslar va yuk mashinalarining xaridorlari, shu jumladan “O‘zavtosanoat-Lizing” lizing kompaniyasi avtozavod mahsulotlarini birinchi marta sotib olishda Respublika yo‘l fondiga yig‘im to‘lashdan 2014-yilning 1-yanvarigacha ozod etilsin. 6. 2007-yilning 1-martidan boshlab: “M2”, “MZ” va “N2” toifalaridagi foydalanilgan avtotransport vositalarini; zararli chiqindi chiqarish darajasi “Yevro-2” ekologik daraja talablariga javob bermaydigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan yuqorida ko‘rsatilgan toifalardagi yangi avtotransport vositalarini, 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab esa, TR TIF 8703 va 8705 kodlariga to‘g‘ri keladigan maxsus transport vositalaridan tashqari, “Yevro-3” ekologik daraja talablariga javob bermaydigan transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish taqiqlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir oy muddatda, yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, foydalanish muddati 10 yildan oshgan avtobuslar va mikroavtobuslarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlarning aniq dasturi va normativ bazasini ishlab chiqsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmalariga yuklansin.
144
3,183
Qonunchilik
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 839-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonun: korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarga; ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim muassasalari tinglovchilariga; tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga; muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga; sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonun ish beruvchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bundan buyon matnda xodimlar deb ataladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: jamoaviy himoya vositalari — tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar va boshqa vositalar; zararli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili; ish o‘rni — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lish joyi; ishlab chiqarish faoliyati — mahsulot ishlab chiqarish, xomashyoni qayta ishlash, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa; kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi; mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chog‘idagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yig‘indisi; mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi; mehnatda mayib bo‘lish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi; noqulay ishlab chiqarish omillari — zararli ishlab chiqarish omilining va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi; xavfli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili; shaxsiy himoya vositalari — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish; xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish; fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish; xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonunchilikka muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi; mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish tartibini belgilaydi; tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini belgilaydi; mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarini tuzish va ularning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi; mehnatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi, kelishib oladi hamda tasdiqlaydi; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiradi; mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi o‘tkazilishini ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yuritadi; mehnatni muhofaza qilishning holati monitoringini o‘tkazadi; ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarning sabablarini tahlil qiladi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga bunday jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar kiritadi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning maxsus tekshiruvi o‘tkazilishini va hisobga olinishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: xodimlarning dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘riklarini o‘tkazish tartibini belgilaydi; ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sanitariya qoidalarini, normalarini va gigiyena normativlarini belgilaydi; mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga beriladigan sutni (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini), davolash-profilaktika oziq-ovqatini, gazlangan tuzli suvni (issiq sexlarda ishlovchilar uchun) berish normativlarini belgilaydi; xodimni yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazish uchun tibbiy va boshqa ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tasdiqlaydi; xodim kasb kasalligiga chalingan deb gumon qilinganda uning mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyena tavsifini tuzishga doir talablarni belgilaydi; kasb kasalliklarini aniqlash va xodimlarning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi darajasini aniqlash uchun yo‘llanma berish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida: mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tarmoq maqsadli va maxsus dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; tizimidagi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; tizimidagi tashkilotlarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning va xodimlar sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishining tekshiruvdan o‘tkazilishi hamda hisobga olinishini tashkil etadi va ta’minlaydi; tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi, malakasi oshirilishi va bilimlari tekshirilishini tashkil etadi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy bo‘linmalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tashkilot rahbariga taqdimnomalar kiritish huquqiga ega. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilaridir. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari: tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini amalga oshirishi; ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazishi; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi; tashkilotda mehnatning muhofaza qilinishini boshqarish tizimi auditini o‘tkazishi mumkin. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga va ular tomonidan xizmatlar bajarilishiga doir talablar, shuningdek ularning yagona reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish o‘rinlaridagi mehnat jarayoni og‘irligi va tig‘izligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar majmuidir. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasidan quyidagilar o‘tkazilishi kerak: mehnat sharoitlari bo‘yicha xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish o‘rinlari; nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlari; imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan ish o‘rinlari; xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ish o‘rinlari. Qonunchilikda, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlarida boshqa ish o‘rinlarining ham mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilishi nazarda tutilishi mumkin. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi belgilangan tartibda ish beruvchining o‘zi tomonidan o‘tkaziladi. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish davriyligi qonunchilikda belgilanadi, biroq besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish tizimining holatini baholash bo‘lib, ushbu audit ish beruvchining qaroriga binoan o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘lari; ish beruvchining o‘z mablag‘lari; qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarining mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. Mehnatni muhofaza qilish uchun budjet mablag‘lari tegishli (respublika va mahalliy) budjetlarda alohida qayd bilan ajratiladi, bu mablag‘lardan boshqaruv organlarining, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi organlarning ta’minoti, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, mehnatni muhofaza qilishga oid davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni bajarish uchun foydalaniladi. Har bir ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qonunchilikda, jamoa shartnomasida, shuningdek jamoa kelishuvlarida yoki boshqa ichki normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda ajratadi. Xodimlar ana shu maqsadlar uchun biror-bir chiqim qilmaydilar. Tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘armani o‘zining tijorat faoliyati va boshqa faoliyatidan olinadigan foyda (daromadlar), shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etishga haqlidir. Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘lardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin emas. Mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘armalarni tashkil etish va ularning mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ishtirokida belgilanadi. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta’minlanadi. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan holda talabalar va o‘quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy o‘rganilishini tashkil etishi kerak. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini ta’minlaydi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Bunday ishlarning ro‘yxati, ularni berish normalari, ular bilan ta’minlash tartibi va shartlari jamoa shartnomalari hamda kelishuvlarida belgilanadi, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishuvga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob bermaydigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishga, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va ta’mirlashga, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan olinganlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativlari (konsentratsiyalari) belgilangan tartibda ishlab chiqilmagan va tegishli ekspertizalardan o‘tkazilmagan zararli moddalarning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi taqiqlanadi. Tashkilotlar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlarni, plakatlarni, boshqa targ‘ibot vositalarini nashr etish hisobidan hosil bo‘lgan qismiga, shuningdek ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari foydasining jamoaviy himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalarining, ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblari va dozimetriya vositalarining yangilarini yaratish, mavjud vositalarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish hisobidan olingan qismiga qonunchilikka muvofiq imtiyozli soliq solish belgilanishi mumkin. Mehnat shartnomasining shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa shartnomalari, shuningdek jamoa kelishuvlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi boshqa ichki normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Fuqarolarni sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga to‘g‘ri kelmaydigan ishga qabul qilish va xodimlarni boshqa shunday ishga o‘tkazish taqiqlanadi. Fuqarolarni sog‘lig‘i va hayotiga yuqori darajada xavf tug‘dirishi mumkinligi oldindan ayon bo‘lgan ishga qabul qilish hamda xodimlarni boshqa shunday ishga o‘tkazish chog‘ida ish beruvchi ularni bu haqda ogohlantirishi shart. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi ana shunday ishga ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay o‘tkazishi shart. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazishda xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlanib qoladi. Xodim quyidagi huquqlarga ega: mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning va normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga mos bo‘lgan ish o‘rniga ega bo‘lish; ish beruvchidan mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli mavjudligi, shu munosabat bilan o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish; mehnatni muhofaza qilishga oid belgilangan normalar va talablarga muvofiq ish beruvchining mablag‘lari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sug‘urta qilinish; mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda, agar shunday holatlar mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan tasdiqlansa, ishlarni bajarishni bunday xavf bartaraf etilguniga qadar rad etish; o‘z ish o‘rnidagi mehnat sharoitlari hamda muhofazasi mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan tekshirishdan o‘tkazilishi uchun so‘rovnoma berish; ish beruvchining mablag‘lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari bo‘yicha o‘qish; qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni olish; o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi munosabati bilan hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini ish beruvchidan undirish; o‘z ish o‘rnida mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar ta’minlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilayotganda va o‘zi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yoki uning kasb kasalligi tekshirilayotganda shaxsan o‘zi ishtirok etish yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish; tibbiy tavsiyalarga muvofiq navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tish, ushbu tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlanishi; mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida ish o‘rni tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablag‘lari hisobidan qayta tayyorgarlikdan o‘tish. Xodim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Xodim: mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi; shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashi; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar olishi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan va malaka oshirishdan o‘tishi; odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diruvchi har qanday vaziyat to‘g‘risida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini darhol xabardor qilishi shart. Xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: xodimlardan mehnatni muhofaza qilishga hamda ishlarni xavfsiz olib borishga doir normalar, qoidalar va yo‘riqnomalarga rioya etishni talab qilish; xodimlarning alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi yoki toksik modda ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash uchun ularni tekshiruvdan o‘tkazish; xodimlar ishlab chiqarishda olgan jarohatlanishlarning og‘irlik darajasi, xodimlarda ularning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallik mavjudligi to‘g‘risida, shuningdek ularning alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi yoki toksik modda ta’siridan mast holatda ekanligi haqida ma’lumotlar olish; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilish; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etganlik uchun xodimlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda aybdor xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish. Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Ish beruvchi: har bir ish o‘rnida mehnat sharoitlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi; binolar, inshootlar, asbob-uskunalardan foydalanish, texnologik jarayonlarni amalga oshirish chog‘ida, shuningdek ishlab chiqarishda xomashyo va materiallarni qo‘llash, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida xodimlarning xavfsizligini ta’minlashi; ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarining holati, ayniqsa zararli ishlab chiqarish omillari va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzasidan nazoratni amalga oshirishi; mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklar xavfi mavjudligi, muayyan ish o‘rinlarida va ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilishning holati haqida, shuningdek shu munosabat bilan xodimlarga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shaxsiy himoya vositalari to‘g‘risida xodimlarni o‘z vaqtida xabardor qilishi; qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish xizmatini va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi; xodimlarni belgilangan normalar bo‘yicha sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya hamda gigiyena vositalari bilan ta’minlashi, shuningdek jamoaviy himoya vositalari qo‘llanilishini ta’minlashi; xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar olishini, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan, qayta tayyorgarlikdan o‘tishini, malaka oshirishini va bilimlari tekshirilishini ta’minlashi; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quvdan o‘tmagan, yo‘l-yo‘riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo‘ymasligi; xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilanadigan, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqi beriladigan, nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan zararli, xavfli va boshqacha mehnat sharoitlariga ega ish o‘rinlarida qonunchilikda belgilangan tartibda ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazishi; dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘riklar belgilangan tartibda o‘tkazilishini tashkil etishi; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarga, shuningdek kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlariga ularning mehnatni muhofaza qilish holati, baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishi yuzasidan nazoratni, tekshirishni va monitoringni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni taqdim etishi; avariya vaziyatlarining oldini olish, bunday vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning ko‘rsatmalarini bajarishi hamda kasaba uyushmalarining va xodimlar boshqa vakillik organlarining taqdimnomalarini ko‘rib chiqishi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sug‘urta qilinishini, shuningdek ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilinishini ta’minlashi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazishi, shuningdek ularning hisobini yuritishi shart. Ish beruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Ish beruvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning va umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarning, nogironligi bo‘lgan shaxslarning, shuningdek bir qator kasblar va ishlab chiqarishlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini tashkil etishi shart. Tibbiy ko‘riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, bunday muassasalar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan erdagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi. Qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi lozim bo‘lgan shaxslar boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda ham tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki ular o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ish beruvchi ularni ishga qo‘ymaslikka haqli. Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoitlari bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shart. Xavfliligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo‘yicha imtihonlar topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka va so‘ngra mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davriy attestatsiya o‘tkaziladi. Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan o‘tishi, yo‘l-yo‘riqlar olishi, bilimlari tekshirilishi va attestatsiyadan o‘tishi kerak. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quvdan o‘tmagan, yo‘l-yo‘riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlarning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi, shuningdek kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi hamda hisobga olinishi shart. Fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlar bajaruvchi (xizmatlar ko‘rsatuvchi) shaxslarga nisbatan ham ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi, kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi va hisobga olinishi shart. Mehnat sharoiti og‘ir, zararli va xavfli ishlarda band bo‘lgan xodimlar, shuningdek xodimlarning ayrim toifalari (ayollar, o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar) uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari quyidagi huquqlarga ega: nazorat va tekshiruv vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, tushuntirishlarni, axborotni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan so‘rash va olish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirishlardan o‘tkazish yoki tekshirishda ishtirok etish; tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf qilish haqida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni taqdim etish; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish haqida taqdimnomalar kiritish; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish; mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan hamda xodimlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-uskunalardan foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish; qurilishi, rekonstruksiyasi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiya ishida ishtirok etish va ular mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda tegishli xulosalar berish; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar yuzasidan sudda ekspert sifatida ish yuritish. Mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan ham amalga oshiriladi. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi: ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish sifatini; xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun kafolatlar hamda kompensatsiyalar berilishining to‘g‘riligini; xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshiriladi. Mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari quyidagi huquqlarga ega: nazorat va tekshiruv vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, tushuntirishlarni, axborotni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan so‘rash va olish; tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf qilish haqida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni taqdim etish; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish haqida taqdimnomalar kiritish; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni va shartlarni buzganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish; mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-uskunalardan foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar yuzasidan sudda ekspert sifatida ishtirok etish. Mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etishi, mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashda ishtirok etuvchi davlat organlariga va boshqa organlarga ko‘maklashishi, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etishi mumkin. Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza qilish sohasida vakillikni, shuningdek xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi. Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega: tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat sharoitlari va muhofazasi to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etish; xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ish beruvchiga takliflar kiritish; mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish; ishlab chiqarish obyektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida ishtirok etish, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish; mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilish; mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun hamda xodimlarning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga bo‘lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib sudga murojaat etish; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa shartnomalarida va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, shuningdek mehnat sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxsga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqti ajratiladi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshiradi, bosh kelishuvlar, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari tuzishi mumkin. Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va yetkazib berganlik iste’molchilarga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan ishlab chiqarish vositalarini, shaxsiy himoya vositalarini va jamoaviy himoya vositalarini, shu jumladan chet ellardan olingan shunday vositalarni sotish, tarqatish va reklama qilish taqiqlanadi hamda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ish beruvchi xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli uning hayoti va sog‘lig‘iga o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplashi shart. Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash jabrlanuvchining mehnatda mayib bo‘lishiga qadar bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan jabrlanuvchi tomonidan kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi har oylik to‘lovdan, shuningdek xodimning bir yillik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovidan hamda xodimning sog‘lig‘i shikastlanishidan kelib chiqqan qo‘shimcha xarajatlarni (agar u davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj deb topilgan bo‘lsa, ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek jabrlanuvchining qayta tayyorgarligi va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishi uchun xarajatlar va boshqa xarajatlar) kompensatsiya qilishdan iboratdir. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida xodim vafot etgan taqdirda, zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga boquvchining vafoti bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda har oylik to‘lovlar amalga oshiriladi, shuningdek vafot etgan xodimning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi va dafn etish xarajatlarining o‘rni qoplanadi. Voyaga yetmagan xodimning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda zararning o‘rnini qoplash uning avvalgi ish haqidan kelib chiqqan holda, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi. Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha tegishli to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida bo‘ladi. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talablar ham unga taqdim etiladi. Xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan, qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning mablag‘lari mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda tegishli summalar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. Mazkur summalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham davlat tomonidan to‘lanadi. Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda tegishli to‘lovlar ularni jabrlanuvchiga to‘lash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda kapitallashtirilishi kerak. Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki mavjud bo‘lmaganligi yoki yetarli bo‘lmaganligi sababli to‘lovlarni kapitallashtirish mumkin bo‘lmagan hollarda tegishli summalar jabrlanuvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
118
47,079
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 880-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 7-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan o‘qish davri uchun kelgusida ularning ofitsyerlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o‘tashi sharti bilan kontraktlar tuziladi”; 2) 9-moddaning: to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi: oltinchi qismi “ixtisoslikka ega bo‘lgan” degan so‘zlardan keyin “ofitsyerlar tarkibidagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, qonunlar va umumharbiy nizomlar bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan pasaytirilishi mumkin. Ofitsyerlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni harbiy unvondan ular og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganida faqat sudning qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin”; quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda, sudning yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin”; 3) 10-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Harbiy xizmatchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda harbiy xizmatda qoldirilgan, shuningdek harbiy xizmatchilar uchun belgilangan ta’minotning barcha turlari, kafolatlar va imtiyozlar saqlangan holda davlat-huquq hamda mudofaa yo‘nalishidagi ishlarni bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuborilishi mumkin”; 4) 11-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanadi”; 5) 12-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “harbiy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “oliy harbiy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 15-modda: nomidagi “Harbiy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “Oliy harbiy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; birinchi qismining ruscha matnidagi “visshiye voyenno-obrazovatelnie uchrejdeniya” degan so‘zlar “visshiye voyennie obrazovatelnie uchrejdeniya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7) 16-moddaning birinchi qismidagi “(harbiy kafedralar, sikllar va fakultetlarda)” degan so‘zlar “(harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 8)24-modda: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beruvchi fuqarolar kiradi: o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga; muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga; muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ma’lumotga ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga; o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, o‘qishga qabul qilingan yili mazkur yoshga to‘lgan, ofitsyerlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari — oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga; qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitsyerlar — ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga”; quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Yuqori professional tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega fuqarolar ham kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetguniga qadar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin”; ikkinchi — to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi — beshinchi qismlar deb hisoblansin; beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kontraktlar tuzish, shu jumladan oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan kontraktlar tuzish, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralab olish va uni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi”; 9) 25-moddaning: nomidagi “fuqarolarga” degan so‘z chiqarib tashlansin; beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa imtiyozlar va kafolatlar ham belgilanishi mumkin”; 10) 26-moddaning: ikkinchi qismi uchinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “(I darajadagi kapitanlar)” degan so‘zlar “(I rang kapitanlari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarligi, katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari yoki shunday vakolatlar berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin”; 11) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb: muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar hamda zaxiradagi ofitsyerlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan shaxslar uchun — harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun; oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar uchun — tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun — tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi”; 12) 28-moddaning: nomidagi “Harbiy-ta’lim muassasalari” degan so‘zlar “Oliy harbiy ta’lim muassasalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; birinchi qismidagi “Harbiy-ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar “Oliy harbiy ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismidagi “Harbiy-ta’lim muassasasiga” degan so‘zlar “Oliy harbiy ta’lim muassasasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi qismidagi “Harbiy-ta’lim muassasasidan” degan so‘zlar “Oliy harbiy ta’lim muassasasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi qismidagi “Harbiy-ta’lim muassasasidan” degan so‘zlar “Oliy harbiy ta’lim muassasasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin: “O‘qishning ikkinchi yilida oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan kursantlar (bundan intizomsizligi tufayli va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra chetlashtirilganlar mustasno) oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishi mumkin”; 13) 29-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi: 1) yosh bo‘yicha — u harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetganida, shu jumladan unga belgilangan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugaganda; 2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda — chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy xizmatning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugaganda (bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda); 3) kontrakt muddati tugaganda — bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda, agar amaldagi kontraktning tugashi paytiga kelib harbiy xizmatchi yoki vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa; 4) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan — harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish mumkin bo‘lmagan taqdirda, uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda; 5) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan; 6) taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan; 7) intizomsizligi sababli oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan — uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda; 8) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakat sodir etganda; 9) davlat sirlaridan foydalanishdan mahrum qilinganda; 10) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralari tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda; 11) qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganligi yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjudligi munosabati bilan. Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatish ularni tegishli lavozimlarga tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan hollarda esa iste’foga bo‘shatiladi. Rezervda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi”; 14) 31-moddaning uchinchi qismidagi “jangovar qo‘shilmalari va qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalari” degan so‘zlar “jangovar qo‘shilmalari, qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 15) 44-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan shaxslar, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga xizmatga maxsus unvonlar berilgan holda, xodimlar lavozimlariga kirgan shaxslar rezervdagilar va zaxiradagilarning harbiy ro‘yxatidan chiqarilishi lozim”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi 478–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 65-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 4-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “(harbiy kafedralar, sikllar yoki fakultetlarda)” degan so‘zlar “(harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 8-moddaning uchinchi qismidagi “(harbiy kafedralar, sikllar yoki fakultetlarda)” degan so‘zlar “(harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
211
13,240
Qonunchilik
Paralimpiyachilarga davlat mukofotlari topshirildi
"Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan XV yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev imzoladi. Farmonga muvofiq, Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan XV yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, yuksak natijalarga erishganligi va dunyoning eng kuchli davlatlari qatoridan munosib oʻrin egallaganligi hamda Vatanimizning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirishga salmoqli hissa qoʻshganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, yosh avlodni milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlaridagi katta хizmatlari uchun bir guruh sportchi va murabbiylar «Oʻzbekiston iftiхori», «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sport ustozi», «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sportchi», «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faхriy unvonlari, «Doʻstlik» ordeni, «Jasorat» medali hamda «Shuhrat» medali bilan taqdirlanishdi.
50
1,166
Qonunchilik
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, so‘z va matbuot erkinligi, fikrlar xilma-xilligiga erishish, fuqarolarimizning axborot olish, o‘z fikrini erkin ifoda etish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ayni vaqtda, hozirgi shiddatli axborot zamonida mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga tegishli ijodiy-uslubiy yordam va ko‘mak berish, jurnalistlarning professional malakasini oshirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, soha uchun kadrlar tayyorlash borasida bir qator dolzarb muammolar o‘z yechimini kutib turibdi. Bu yo‘nalishda avvalambor O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini tubdan takomillashtirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Ana shu zaruratdan kelib chiqqan holda hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, gazeta-jurnallar, teleradiokanallar, axborot agentliklari va Internet nashrlarida mehnat qilayotgan mualliflarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, jurnalist kadrlarning professional mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasini saqlash, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, shuningdek, Uyushmaning va Uyushmaga qarashli bo‘lgan Respublika Milliy matbuot markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni moliyalashtirish manbasi etib O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda “Ilhom” jamoat fondi deb yuritiladi) mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin. Uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan “Ilhom” jamoat fondiga ajratiladigan budjet mablag‘lari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin. 2. Toshkent shahar hokimligi Uyushmani Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 16-A uyga joylashtirilishini ta’minlasin. 3. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining Uyushmaga xayriya asosida 1 ta “Damas” rusumli avtomashinasini ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan ta’minlash ishlarini belgilangan tartibda yo‘lga qo‘ysin. 5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
108
2,989
Qonunchilik
Sertifikatga ega auditorlar roʻyхati yangilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi malaka sertifikatiga ega auditorlarning yangilangan roʻyхatini e’lon qildi. Moliya vazirligi ma’lumotlariga koʻra 2016 yil 1 mart holatiga malaka sertifikatiga ega auditorlar soni 617 kishini tashkil qiladi (2015 yil 1 oktyabr holatiga ularning soni 648 nafarni tashkil qilgandi). Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tashkilotlar soni ilgarigidek 103 tani tashkil qiladi. Bunda auditorlik tashkilotlaridan faqat 81 tasi ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) paketi 50%dan ortiq boʻlgan korхonalarda tashqi audit oʻtkazish huquqiga ega. Eslatib oʻtamiz, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun (26.05.2000 yildagi yangi tahriri) Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Uning toʻliq matni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTda tanishish mumkin. Yuqorida koʻrsatilgan hujjatga muvofiq, auditorlik faoliyati – bu auditorlik tekshiruvlarini va koʻrsatilgan Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional хizmatlarni oʻz ichiga oladigan auditorlik tashkilotlarining auditorlik хizmatlari koʻrsatish boʻyicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. 1.03.2016 yil holatiga malaka sertifikatiga ega auditorlar roʻyхati. 1.03.2016 yil holatiga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari reyestri. Mavzuga doir material: Moliya vazirligi amaldagi soliq maslahatchilari roʻyхatini yangiladi
47
1,460
Qonunchilik
Bankda kassa qayerda joylashishi kerak?
Belgilanishicha, kassa tarmogʻi bank va uning filiali binosidagi boshqa tarkibiy boʻlinmalardan alohida ajratilgan boʻlishi va binoning birinchi qavatida joylashishi shart. Kassa hujjatlarining oʻzaro almashinuvida qulaylik yaratish maqsadida buхgalteriya boʻlimi kassa tarmogʻiga yaqin joylashtirilishi lozim. Hujjatda kassa tarmogʻi tarkibiga kiradigan asosiy хonalar koʻrsatilgan, shuningdek kassa tarmogʻini qurish, uni qoʻriqlash, yongʻindan хabar berish va хavfdan ogoh etish qurilmalari bilan jihozlash masalalari batafsil bayon etilgan. Oʻrnatilishicha, kassa tarmogʻi tarkibida valyuta ayirboshlash shoхobchasi va omonat (jamgʻarma) kassa хonalarini joylashtirishga ruхsat etilmaydi. Bundan tashqari, kassa tarmogʻidagi qimmatliklar bilan ishlash jarayonini begona shaхslar tomonidan kuzatish imkoniyati boʻlmasligi kerak. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 1 avgustdagi 30-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi. Mavzu boʻyicha materiallar:  Bank tashkil etayotgan norezident mablagʻlarning manbalarini tasdiqlashi kerak Bank хabarlari: kreditni onlayn rasmiylashtirish, ish beruvchi kafil sifatida hamda kechayu kunduz toʻlovni amalga oshirish Bank хabarlari: saytning yangi versiyasi, firibgarlar va soliq toʻlovlari
39
1,625
Qonunchilik
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin. 1. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Notarial idoralarda stajorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob beradigan shaxslar orasidan tanlab olinadi.”. 2. 37-banddan “komissiya qaroriga asosan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
108
1,751
Qonunchilik
“NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI 31-MODDASINING IKKINChI QISMINI ShARHLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais o‘rinbosari B. Mirboboyev, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga amal qilgan holda, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31-moddasining ikkinchi qismini sharhlash haqida ”gi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi. Masala fuqaro K. Muzaffarovning Konstitutsiyaviy sudga murojaati munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning tashabbusi bilan kiritildi. Konstitutsiyaviy sud ma’ruzachi sudya S. Hakimovaning axborotini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasining raisi M. Radjabova, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori A.Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshlig‘i X. Odilqoriyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari K. Ismoilov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S. Jabborovning fikrlarini eshitib, ish bo‘yicha mavjud materiallarni o‘rganib chiqib quyidagilarni aniqladi: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31-moddasining ikkinchi qismida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarning normalariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharh beradi”, deb belgilangan. Ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi qismiga asosan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar hisoblanadi”. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar qatoriga kiritilganligi ushbu Qonun 31-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan “qonunlar” tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari kiradimi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga ham sharh beradimi degan savollar bo‘yicha aniqlik kiritish va bu masala yuzasidan sharh berish zaruratini keltirib chiqaradi. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ko‘rsatib o‘tilgan normasiga sharh berishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagilarga asoslanadi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat”. 2. Qonun — bu oliy davlat vakillik organi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan tartibga rioya qilingan holda yoki referendum yo‘li bilan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatdir. 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 84-moddasining birinchi qismiga muvofiq “Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga bir qator masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, shu jumladan o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kirishi belgilangan. 5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mutlaq vakolatlariga bir qator masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, shu jumladan o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kirishi belgilangan. 6. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining birinchi qismiga asosan “Qonunchilik palatasi qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan, qarorlar qabul qiladi”. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 85-moddasi to‘rtinchi qismining 7-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri “Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi”. 7. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 15-moddasining birinchi qismiga asosan “Senat qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi”. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 86-moddasi beshinchi qismining 7-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi “Senat qarorlarini imzolaydi”. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ko‘rsatib o‘tilgan normalarining tahlili, shuningdek ish bo‘yicha boshqa materiallar asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan ularning qabul qilinishi va yuridik kuchga ega bo‘lishi tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi deb hisoblaydi. Ushbu farq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasida belgilangan tartibda qabul qilingan qonunlarga sharh beradi, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31-moddasining ikkinchi qismidagi “qonunlar” tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari kirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga sharh bermaydi degan xulosa qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Bayon qilinganlarga asoslanib va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1, 25, 26, 27-moddalariga amal qilgan holda Konstitutsiyaviy sud qaror qiladi: 1. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31-moddasining ikkinchi qismiga ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi qismi bilan o‘zaro bog‘liqlikda quyidagi sharh berilsin: — “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31-moddasining ikkinchi qismidagi “qonunlar” tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari kirmaydi; — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga sharh bermaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ushbu qarori “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilinsin.
123
7,368
Qonunchilik
GERMANIYANING “KfV” TARAQQIYOT BANKI TOMONIDAN MABLAG‘ BILAN TA’MINLANADIGAN OROLBO‘YI QIShLOQ AHOLISINI IChIMLIK SUV BILAN TA’MINLASh LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Germaniyaning “KfV” taraqqiyot banki tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan Orolbo‘yi qishloq aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash dasturining investitsiya qismini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorazm viloyati qishloq aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash loyihasining investitsiya qismini amalga oshirish uchun “KfV” banki tomonidan 23 mln. Germaniya markasi miqdorida moliyaviy mablag‘lar, ulardan 20 mln. Germaniya markasi yillik foiz stavkasi 0,75 foiz, uzish muddati 40 yil bo‘lgan, 10 yil mobaynidagi imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi va qaytarilmaydigan ssuda sifatida 3 mln. Germaniya markasi berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi asosiy qarz oluvchi va Xorazm viloyatining qishloq joylarini ichimlik suv bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan qarz mablag‘larining maqsadli foydalanilishi va taqsimlanishi uchun mas’ul tashkilot etib belgilansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi “KfV” bankining imtiyozli krediti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan loyihani ijro etuvchi tashkilot, buyurtmachi va obyektlardan foydalanuvchi tashkilot, shuningdek, kreditning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun mas’ul hisoblanadi; kredit doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar loyiha tugallangandan so‘ng ijro etuvchi tashkilotga mulk qilib beriladi. 4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda “KfV” banki bilan uch tomonlama kredit bitimini imzolash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar paketi tayyorlanishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda “KfV” banki bilan uch tomonlama kredit bitimi imzolanganidan so‘ng uch hafta muddatda kreditga xizmat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda dastlabki besh yilda foizlarni davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplashni nazarda tutsin. 6. “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi jalb qilinadigan xorijiy konsultantlar bilan birgalikda, mablag‘ bilan ta’minlovchi tashkilot mezonlarini hisobga olgan holda, qishloq aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash obyektlari ro‘yxatini tayyorlasin hamda uni Xorazm viloyati hokimligi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishib olsin. 7. Xorazm viloyati hokimligi Moliya vazirligi va “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda mintaqa qishloq aholisini ichimlik suvdan oqilona foydalanish jarayoniga faol jalb etish, ichimlik suv bilan ta’minlash obyektlaridan foydalanish xarajatlarini qoplaydigan tarif stavkalarini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Jahon banki dasturi doirasida Orolbo‘yi aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash loyihalarining umumiy muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I. X. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
190
3,152
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARINI O‘Z KUChINI TO‘LIQ VA QISMAN YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAMDA AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq qarorlarini 1998-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1998-yil 1-yanvardan boshlab kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari hamda boshqa o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq stavkalari haqida” 1993-yil 1-martdagi 113-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 7-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yo‘l jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 26-modda)ning 3-bandi “a” kichik bandining o‘n birinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom 6-bandining oltinchi xatboshi, 8-bandining beshinchi xatboshi va 27-bandi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qaroriga 7-ilovaning 2-bandi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlarining budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 1993-yil 18-avgustdagi 420-son qarori. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini barter asosida amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1993-yil 25-oktabrdagi 520-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 10-son, 37- modda)ga ilovaning 3, 6 va 17-bandlari. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” Hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi korxonalari, birlashmalari, tashkilotlariga imtiyozli soliq solish to‘g‘risida” 1994-yil 2-fevraldagi 61-son qarori 1-bandining uchinchi xat boshi va 2-bandi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 23-fevraldagi 88-son qarorining 14-bandi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida soliq tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 24-fevraldaga 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 12-modda) ning 1 — 3-bandlari va ushbu qarorga ilova. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika ko‘chmas mulk birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 29-apreldagi 228-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 25-modda) ning 4-bandi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va qimmatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarorining 7-bandi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tashkilotlarining budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 15-iyundagi 299-son qarori. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 9-dekabrdagi 591-son qarori. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosini, fyuchers asosidaga shartnoma munosabatlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 26-sentabrdagi 375-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi va qarorga ilova 13-bandining ikkinchi xatboshi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarorining 6-bandi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida” 1994-yil 23-fevraldagi 87-son qarori 15-bandining ikkinchi xatboshidan “qurilish tashkilotlari ushbu ishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin” so‘zlari chiqarib tashlansin.
180
4,504
Qonunchilik
Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-son Farmoni va “Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5197-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: elektron onlayn-auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarni e’lon qilish, uni o‘tkazish, o‘tkazilmagan deb hisoblash va takroriy auksionni o‘tkazish, elektron onlayn-auksion bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi; sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini ta’minlashda xatlangan mol-mulkni, shuningdek, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini “E-auksion” elektron savdo platformasida sotish tartibining o‘ziga xos xususiyatlari; elektron tanlov o‘tkazilishi haqidagi xabarni e’lon qilish, uni o‘tkazish, o‘tkazilmagan deb hisoblash va takroriy tanlovni o‘tkazish, tanlov natijalarini rasmiylashtirish va hisob-kitob qilish tartibi; lotni elektron onlayn-auksiondan (tanlovdan) qaytarib olish tartibi va muddatlari. 2. “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilinadigan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi: a) bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2-ilovadagi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar o‘rtasida savdo obyektlari, ishtirokchilar hamda jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan almashish bo‘yicha amaliy choralar rejasini tasdiqlasin; b) ikki oy muddatda: ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda “E-auksion” elektron savdo platformasini auditdan o‘tkazish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish (“forenzik”) bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “E-auksion” elektron savdo platformasini chet ellik investorlar orasida ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomning elektron tanlov o‘tkazish qismi dehqon xo‘jaligini yuritish va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron tanlov orqali ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Dehqon xo‘jaligini yuritish va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron tanlov orqali ijaraga berish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida belgilanadi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: “E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi; auksion g‘olibi — lot bo‘yicha eng yuqori sotib olish (ijaraga olish) narxini tasdiqlab, g‘olib deb e’tirof etilgan ishtirokchi; auksion yoki tanlov obyekti — auksion yoki tanlov orqali sotiladigan (ijaraga beriladigan) mulk yoki huquq; auksion qadami — savdoda auksion obyekti boshlang‘ich narxiga nisbatan belgilanadigan foiz; auksion qadamiga bog‘lanmagan narx — auksion obyekti to‘g‘risida xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab ishtirokchi tomonidan obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan (belgilangan auksion qadami miqdoridan kam bo‘lmagan) holda taklif etilgan narx; auksionning salohiyatli g‘olibi — auksion g‘olibidan bir qadam past narx taklifini tasdiqlagan ishtirokchi; balansda saqlovchi — sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov) obyekti biriktirilgan yuridik shaxs; boshlang‘ich narx — auksion yoki tanlov obyektini savdoga qo‘yishda buyurtmachi tomonidan yoki ushbu Nizomda keltirilgan tartibga asosan belgilangan narx; buyurtma — buyurtmachining auksion yoki tanlov obyektini sotish (ijaraga berish) bo‘yicha auksion yoki tanlovni tashkil etish va o‘tkazib berishni so‘rab savdo platformasi orqali operatorga yuborgan elektron murojaati; buyurtmachi — auksion yoki tanlov obyektini sotish (ijaraga berish) bo‘yicha savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish va o‘tkazib berish haqida buyurtma yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxs; zakalat — ishtirokchi tomonidan auksion yoki tanlovda qatnashish uchun kafolat ta’minoti sifatida kiritiladigan pul mablag‘lari; ishtirokchi — savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs; lot — buyurtmachi tomonidan auksion yoki tanlovda sotish (ijaraga berish) uchun savdoga qo‘yilgan obyekt; lotga oid axborot — auksion yoki tanlov obyekti bo‘yicha buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar; obyektning baholangan qiymati — auksion obyektini baholash haqidagi hisobotda (baholash talab etilmaydigan holatlardan tashqari) yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarorida yoxud sud qarorida ko‘rsatilgan qiymat; operator — savdo platformasida auksion va tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi; takroriy auksion yoki tanlov — auksion yoki tanlov o‘tkazilmagan deb topilgan hamda natijalari bekor qilinganda, qaytadan o‘tkaziladigan auksion yoki tanlov; talabgor — savdolarda ishtirok etish istagini bildirgan va operatorning savdo platformasida ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxs; tanlov g‘olibi — tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi; tanlov shartlari — tanlovni o‘tkazish tartibi, tanlov g‘olibini aniqlash mezonlari, ishtirokchilarga qo‘yiladigan investitsiya va ijtimoiy yoki boshqa majburiyatlar va talablar yuzasidan buyurtmachi tomonidan belgilanadigan shartlar; tanlovning salohiyatli g‘olibi — tanlov g‘olibining taklifidan keyingi eng yaxshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi; xabarnoma — savdo platformasida muayyan lot bo‘yicha auksion yoki tanlov o‘tkazilishi haqidagi axborot; xaridor — obyekt qiymatini to‘liq to‘lagan yoki buyurtmachi bilan obyektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzgan savdolar g‘olibi; shaxsiy kabinet — buyurtmachi yoki ishtirokchiga auksion va tanlovlarga buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik ma’lumotlarni ko‘rish hamda operator tomonidan jo‘natilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus bo‘limi; shaxsiy hisobvaraq — savdo platformasi ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan, operatsiyalarni o‘tkazish uchun ishtirokchi va buyurtmachi ro‘yxatdan o‘tganda avtomatik ravishda ochiladigan hisobvaraq; elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda — auksion) — savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini sotish (ijaraga berish) bo‘yicha narxni oshirib yoki tushirib borish tamoyilida onlayn o‘tkaziladigan savdo shakli; elektron tanlov (keyingi o‘rinlarda — tanlov) — savdo platformasi orqali tanlov obyekti bo‘yicha tanlov hujjatlarining mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxsni tanlab olish jarayoni; eng past narx — auksion obyekti undan past qiymatda sotilishi mumkin bo‘lmagan lot narxi; savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion (tanlov) obyektlari — qonunchilik hujjatlariga muvofiq obyekt qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmi orqali va/yoki auksion (tanlov) g‘olibi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan to‘lanishi belgilangan auksion (tanlov) obyektlari; savdo platformasidagi texnik uzilish — auksion yoki tanlov jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Nizom talablari asosida operatorning xizmat ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydigan savdo platformasidagi texnik nosozliklar. 3. Auksion yoki tanlov ochiq yoxud yopiq shaklda o‘tkazilishi mumkin. Yopiq auksion yoki tanlovda savdo platformasi orqali taqdim etilgan ro‘yxatda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etish huquqiga ega. Davlatga va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulk, yer uchastkalari hamda ularga tegishli bo‘lgan huquqlar bo‘yicha auksion yoki tanlovning yopiq shaklda o‘tkazilishi buyurtmachi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi va buyurtmada ko‘rsatiladi. Yopiq auksion yoki tanlovni o‘tkazishda buyurtmachi ruxsat etilgan yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lumotlarini (ularning ro‘yxati, shaxsiy ma’lumotlari, yashash hududi va boshqalar) oldindan buyurtmada ko‘rsatadi. Yopiq auksion yoki tanlovga taklif etilgan shaxslar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani yoxud yopiq auksion yoki tanlov savdolariga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi. Yopiq auksion yoki tanlov ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy tartib-taomillarga asosan o‘tkaziladi. 4. Savdo platformasida auksion yoki tanlov buyurtmachining buyurtmasi asosida operator tomonidan mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Operator buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan auksion yoki tanlov obyekti bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi. Operator buyurtmachi va ishtirokchilarning shartnomada (ofertada) belgilangan shaxsiy ma’lumotlari saqlanishini va ularning maxfiyligini ta’minlaydi. Operator savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish va o‘tkazishda buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan auksion yoki tanlov obyekti bo‘yicha ma’lumot va hujjatlarning shakli hamda sifati bo‘yicha talablarni belgilash, shuningdek, ma’lumot va hujjatlar talab darajasida taqdim etilmagan auksion yoki tanlov obyektini savdo platformasida savdoga chiqarmaslik va bartaraf etilishi kerak bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda, operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay qaytarib yuborish huquqiga ega. 5. Savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazishda operator quyidagi majburiyatlarga ega: auksion yoki tanlovni belgilangan vaqtda tashkil etish; auksion yoki tanlovning inson omili aralashuvisiz dasturiy ta’minot vositasida o‘tkazilishini ta’minlash; dasturiy mahsulotlar, kompyuter texnikalari, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalarining sifatli ishlashini ta’minlash; auksion yoki tanlovni o‘tkazish tartibi buzilishining oldini olish hamda bunday holatlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish; savdo platformasida barcha ishtirokchilar uchun auksion yoki tanlovda qatnashishda imkoniyatlar tengligini ta’minlash, yopiq auksion va tanlov bundan mustasno; auksion yoki tanlov yakunlanishi bilan ular to‘g‘risidagi axborot e’lon qilinishini ta’minlash; auksion yoki tanlov ishtirokchilari va boshqa shaxslar uchun auksionga hamda tanlovga oid ma’lumotlarni qulay va tezkor ravishda doimiy oshkor etib borish; elektron hujjatlarga, elektron xabarlarga, buyurtmachi va ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalash choralarini ko‘rish; elektron hujjatlar, ma’lumotlar va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga bermaslik, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno; axborot tizimlaridagi mavjud bo‘lgan axborotlar hamda buyurtmachi va ishtirokchilarning ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash, mazkur Nizomning 30 va 80-bandlarida belgilangan ma’lumotlar bundan mustasno; o‘z savdo platformasida savdoga qo‘yilgan barcha lotlar to‘g‘risidagi ma’lumotni, jumladan, ularning maydoni, joylashuvi, narxi va boshqa parametrlar bo‘yicha filtrlagan holda, foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda ko‘rish va lotlar reyestri ko‘rinishida umumiy foydalaniladigan va mashinada o‘qiladigan formatlarda yuklab olishni ta’minlash; o‘tkazilgan savdolarga oid barcha ma’lumotlarni (ishtirokchilarning shaxsini oshkor qilmagan holda) o‘zining savdo platformasida kunlik tarzda va muntazam (haftalik, oylik va choraklik) davriylik bilan bitimlar reyestri ko‘rinishida umumiy foydalaniladigan va mashinada o‘qiladigan formatlarda yuklab olish imkoniyatini yaratish; foydalanuvchilar savdo platformasi yanada qulayroq ishlashi borasida o‘z fikrlarini erkin va oshkora bildirishi uchun onlayn chat va ushbu maqsadlarda keng foydalaniladigan boshqa servislar va imkoniyatlar doimiy ishlashini ta’minlash; aholi va tadbirkorlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda savdolarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib borish. Operatorga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. Operator auksion yoki tanlov natijalari deb e’tirof etiladigan elektron bayonnoma (keyingi o‘rinlarda — bayonnoma) asosida tuzilgan (tuziladigan) shartnomalarda taraf hisoblanmaydi hamda bunday shartnomalarni rasmiylashtirishda ishtirok etmaydi. 6. Buyurtmachi va talabgor savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tadi. Savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, zakalatni qaytarish uchun bank hisobvarag‘i rekvizitlari (yoki bank plastik kartasi ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami); O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — yashash guvohnomasi ma’lumotlari, bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari (yoki bank plastik karta ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami); O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari uchun — pasport (identifikatsiya ID-kartasi) ma’lumotlari, bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari (yoki bank plastik karta ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, yashash (ro‘yxatdan o‘tgan) manzili); O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaxslar, yuridik shaxs hisoblanmaydigan tadbirkorlik subyektlari uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari, bog‘lanish uchun ma’lumotlar (pochta manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami); O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar uchun — ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari, rahbarining pasport ma’lumotlari, bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari, bog‘lanish uchun ma’lumotlar (pochta manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, ro‘yxatdan o‘tgan manzili). Ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlar to‘ldirilgandan so‘ng shaxsni identifikatsiyalash elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) asosida amalga oshiriladi. Talabgor va buyurtmachi identifikatsiyalash jarayonida auksion yoki tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishgani, savdo platformasining o‘ziga xos jihatlari va tartib-taomillarini qabul qilganligi yuzasidan operator bilan elektron savdolarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha elektron shartnoma (oferta)ni ERI orqali imzolaydi hamda ushbu shartnomalar operator tomonidan ro‘yxatga olib boriladi. Savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tmagan (identifikatsiya qilinmagan) shaxs auksion yoki tanlov o‘tkazish uchun buyurtma bera olmaydi va ishtirok eta olmaydi. 7. Ro‘yxatdan o‘tgan buyurtmachi va talabgorga savdo platformasida shaxsiy kabinet ochiladi. 8. Buyurtmachi va operator o‘rtasida ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, auksion yoki tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik reglamenti imzolanishi mumkin. Bunda buyurtmachilar, davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulk, yer uchastkalari hamda ularga tegishli bo‘lgan huquqlarni savdolarga chiqaruvchi buyurtmachilar bundan mustasno, o‘ziga tegishli bo‘lgan mulk yoki huquqni sotish (ijaraga berish) bo‘yicha auksion yoki tanlovni o‘tkazib berish yuzasidan operator bilan o‘zaro kelishilgan shartlar asosida shartnoma tuzishi mumkin. Buyurtmachi o‘zi savdoga chiqargan mol-mulk bo‘yicha auksion yoki tanlov savdolarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Operator tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan savdolarni tashkil etish uchun hujjatlarni elektron shaklda yig‘ish va texnik baholashdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi mumkin. 9. Auksion yoki tanlovda uning talablari, turi va shaklidan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokchi bo‘lishi mumkin. 10. Ishtirokchi auksion yoki tanlovda qatnashishga, lotlar haqidagi ma’lumot va hujjatlar bilan tanishish, buyurtmachidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olish, auksion yoki tanlov obyektini joyiga chiqib ko‘zdan kechirish, obyektga tegishli hujjatlar bilan oldindan to‘liq tanishish, bank hisobvarag‘idan foydalanilmay qolgan pul mablag‘larini olishga haqli. 11. Savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma e’lon qilingan vaqtdan boshlab operator barcha istagan shaxslarning savdo platformasida joylashtirilib, sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov) obyekti haqidagi ma’lumotga, buyurtmachi yoki balansda saqlovchi esa — sotib olish (ijaraga berish) istagi bo‘lgan shaxslarning sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov) obyektiga erkin kirish imkoniyatini ta’minlaydi. 12. Auksion yoki tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi xabarnoma joylashtirilgandan boshlab auksion yoki tanlov o‘tkazilishi belgilangan kunda soat 9-00 ga (GMT+5) qadar savdo platformasi orqali avtomatik tarzda qabul qilinadi. 13. Tanlov obyektining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, talabgor tomonidan ariza elektron ko‘rinishda to‘ldiriladi va yuboriladi. 14. Talabgor savdo platformasida ochilgan hisobvarag‘iga xabarnomada ko‘rsatilgan zakalat miqdoridan kam bo‘lmagan mablag‘ni kiritgan holda auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ariza beradi. Bunda zakalat bazaviy hisoblash miqdoriga (keyingi o‘rinlarda — BHM) nisbatan quyidagicha belgilanadi (ushbu Nizomning 53 va 67-bandlarida belgilangan zakalat miqdori bundan mustasno): a) auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 100 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 15 foizi miqdorida; b) auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 100 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 1 000 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 10 foizi miqdorida; v) auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 1 000 baravariga teng yoki undan yuqori bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida; g) tanlov obyekti uchun: asosiy mezon sifatida investitsiya, ijtimoiy va shunga o‘xshash boshqa majburiyatlar nazarda tutilgan hollarda — BHMning 5 baravari; sotilish narxi nazarda tutilgan hollarda — mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida belgilangan tartibda. Nizom talablari doirasida BHMning inobatga olinishi xabarnoma e’lon qilingan kundagi miqdorida amalga oshiriladi. Talabgor arizasi belgilangan talablarga muvofiq kelganda, operator avtomatik ravishda auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ruxsat beradi hamda bu haqda talabgorni xabardor qiladi. Xabardor qilish uning shaxsiy kabineti va/yoki elektron pochta manziliga (mobil telefon raqamiga) xabarni yuborish orqali amalga oshiriladi. Har bir ishtirokchiga auksion yoki tanlovda qatnashish va shaxsni oshkor etuvchi ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash uchun maxsus raqam beriladi. 15. Talabgorning hisobvarag‘ida zakalat puli uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda, operator avtomatik ravishda bu haqda talabgorni savdo platformasi orqali xabardor qiladi. Talabgor xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi. 16. Auksion yoki tanlovda ishtirokchi o‘z arizasini qabul qilish uchun belgilangan vaqt oralig‘ida chaqirib olishga va zaruratga qarab, unga o‘zgartirish kiritgan holda takroran yuborishga haqli. Ishtirokchi tomonidan ariza chaqirib olingan taqdirda, operatorga xabarnoma yuborilishi hamda ishtirokchining so‘roviga ko‘ra zakalat summasi ishtirokchining bankdagi hisobvarag‘iga (plastik kartasiga) qaytarilishi savdo platformasi orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. 17. Arizani qabul qilish uchun belgilangan vaqt tugagandan so‘ng auksion yakunlangunga qadar ishtirokchining arizasi va kiritgan zakalati qaytarib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 18. Savdo platformasida auksion yoki tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 19. Auksion obyekti auksionga buyurtmachi tomonidan yuborilgan elektron buyurtma asosida chiqariladi. 20. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va unga ilova qilingan auksion obyekti bo‘yicha ma’lumot hamda hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq deb hisoblangan taqdirda, operator buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani savdo platformasida e’lon qiladi. Buyurtmachi — auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirishi mumkin. Buyurtmachi ulushli mulklarni auksion savdolariga chiqarganda ulushli mulk egalari roziligi olinganligi to‘g‘risida hujjatlar nusxasini elektron buyurtmanomaga ilova qiladi. Buyurtmachi auksionga chiqarish uchun taqdim etiladigan obyektlar garovga qo‘yilmaganligi yoki taqiq solinmaganligi (sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish bundan mustasno) to‘g‘risidagi axborotlar haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi. Bunda buyurtmadagi auksion obyekti bo‘yicha ulushli mulk ishtirokchilarining roziligi olinmaganlik, mulklarni garovga qo‘yilganlik va taqiq solinganlik holatlaridan biri aniqlanganda, buyurtma qaytarilishiga asos bo‘ladi. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va unga ilova qilingan auksion obyekti bo‘yicha ma’lumot hamda hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq emas deb hisoblanganda, operator elektron buyurtmani qaytaradi. Har ikki holatda ham buyurtmachining shaxsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqamiga xabar yuboriladi. Savdo platformasiga joylashtirilgan auksion obyektiga tizim orqali avtomatik tarzda lot raqami beriladi. 21. Auksion o‘tkaziladigan kun to‘g‘risida xabarnoma va lotga oid axborot savdo platformasida e’lon qilingandan kamida o‘ttiz kun o‘tgandan keyingi ish kuniga belgilanadi. Bayram va dam olish kunlarida auksionlar o‘tkazilmaydi. Bunda strategik turdagi foydali qazilmalar yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha axborot savdo platformasida kamida oltmish kun mobaynida e’lon qilinadi. 22. Xabarnoma va lotga oid axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur: auksion shakli, o‘tkaziladigan sanasi, boshlanish vaqti; lot raqami va obyekt nomi; auksionda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti; lotning boshlang‘ich narxi (narxni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llanilganda, baholangan narxi ham); boshlang‘ich narxga nisbatan foiz ko‘rinishida ifodalangan auksion qadami; zakalat pulining boshlang‘ich narxga nisbatan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori; auksion obyektiga oid buyurtmada ko‘rsatilgan va unga ilova qilingan ma’lumot va hujjatlar; buyurtmachining manzili va telefon (mavjud bo‘lganda mobil) raqami; buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa); auksion obyekti joylashgan manzil, fotosurat va geolokatsiyasi; auksion obyektiga nisbatan mavjud taqiqlar haqida ma’lumot; auksion obyektiga tegishli birlamchi hujjatlar (davlat orderi, kadastr va texnik xususiyatlarni ifodalovchi boshqa hujjatlar); auksion obyektini oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish) tartibi. Operator tomonidan savdo platformasida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma e’lon qilingandan keyin auksion o‘tkazish shartlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buyurtmachi tomonidan buyurtmani savdodan olish hamda auksion o‘tkazish shartlarini o‘zgartirilgan holda buyurtmani qayta yuborish holatlari bundan mustasno. 23. Auksion kamida ikki nafar ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi. Auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi. 24. Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab auksion yakunlangunga qadar ishtirokchi obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan va savdo boshlangunga qadar boshqa ishtirokchilarga oshkor etilmaydigan o‘z narx taklifini kiritish mumkin. Bunda ishtirokchi tomonidan ushbu Nizomning 14-bandi “a” — “g” kichik bandlarida belgilangan miqdordagi va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda xatlangan mol-mulkni sotishda 5 foiz hamda Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini sotishda mazkur Nizomning 67-bandida belgilangan miqdordagi zakalatni taklif etayotgan narxiga nisbatan to‘lash talab etiladi. Agar auksion jarayonida obyekt narxi qadamga bog‘lanmagan narx taklif etgan ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narxdan oshsa, unga platforma orqali xabar yuboriladi va auksion ishtirokchilariga navbatdagi narxni belgilangan tartibda oshirish uchun o‘n daqiqa vaqt beriladi. Auksionda ishtirokchi tomonidan auksion qadamiga bog‘lanmagan holda berilgan narx auksion kuni inobatga olinadi va bu ishtirokchining auksion obyektini shu qiymatda sotib olish istagini tasdiqlaydi. Agar auksion boshlanganda ikki va undan ortiq ishtirokchilarning auksion qadamiga bog‘lanmagan holda taklif etgan narxlari qiymati teng bo‘lsa, barcha ishtirokchilarga navbatdagi narxni taklif etishlari uchun vaqt taqdim etiladi va bunda: ishtirokchilardan birontasi obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha taklif etgan narxini belgilangan bosqichga oshirish yo‘li bilan sotib olish istagini taqdim etiladigan navbatdagi o‘n daqiqa davomida tasdiqlamasa, obyekt uchun birinchi bo‘lib narx taklif etgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi; agar ishtirokchilardan biri obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha narxni bir auksion qadamiga oshirish yo‘li bilan sotib olishni (ijaraga olishni) tasdiqlasa yoki auksion qadamiga bog‘lanmagan narx taklif etsa, boshqa ishtirokchilarga keyingi narxni tasdiqlash uchun navbatdagi 10 daqiqa vaqt beriladi; joriy narx oshirilganidan keyin bironta ishtirokchi joriy narxni bir auksion qadamiga oshirish yo‘li bilan sotib olishni (ijaraga olishni) tasdiqlamasa, sotib olishni (ijaraga olishni) oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi g‘olib deb e’tirof etiladi. 25. Auksion xabarnomada ko‘rsatilgan sanada soat 10:00 da (GMT+5) boshlanadi, lot savdodan qaytarib olingan hollar bundan mustasno. 26. Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlanishidan o‘ttiz daqiqa oldin savdo platformasida avtomatik rejimda auksion boshlanishi to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi. 27. Savdo platformasida avtomatik ravishda lotni boshlang‘ich narxdan bitta auksion qadamiga oshirilgan narxda sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha taklifni e’lon qilish bilan boshlanadi (ushbu Nizom 58-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). Agar auksionda bir yoki undan ortiq ishtirokchi tomonidan auksion qadamiga bog‘lanmagan narx taklif etilgan bo‘lsa, ushbu takliflar auksion boshlanganda oshkor qilinadi va auksionda navbatdagi narx sifatida uning qadamiga bog‘lanmagan holda taklif etilgan eng yuqori narx qabul qilinadi. Bunda operator tomonidan ishtirokchilarga navbatdagi bir qadam oshirilgan auksion qadami bo‘yicha narx taklif etiladi. 28. Auksion qadami: auksion obyekti boshlang‘ich qiymatining o‘n foizini; obyektning boshlang‘ich qiymati auksion o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomani joylashtirish paytidagi BHMning ikki ming baravaridan ortiq bo‘lganda, auksion qadami auksion obyektining boshlang‘ich qiymatidan besh foizni tashkil etadi (ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). Agar takroriy o‘tkaziladigan auksionlarda obyektning boshlang‘ich narxi BHMning ikki ming baravaridan pasaygan holda, auksion qadami mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 29. Auksion kuni soat 10:00 dan boshlab taklifni tasdiqlash uchun oldingi taklif tasdiqlangan vaqtdan boshlab o‘n daqiqadan vaqt beriladi va auksion eng yuqori narx tasdiqlangunga qadar davom etadi. Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng o‘n daqiqa vaqt davomida navbatdagi taklif tasdiqlanmasa, auksion yakunlanadi va oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi. 30. Tegishli lot bo‘yicha auksion yakunlangach, savdo platformasida avtomatik ravishda auksion yakunlangan vaqt va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi. Auksion natijalari to‘g‘risidagi axborotda quyidagilar aks ettiriladi: lot haqida ma’lumotlar, shu jumladan, uning boshlang‘ich narxi; oxirgi va oxirgidan oldingi tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda, auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha narxlar va ularning tasdiqlanish vaqti); auksion g‘olibining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi. 31. Oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi va unga tasdiqlangan lot qiymati ushbu Nizomning 44-bandiga muvofiq to‘langandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi, savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari bundan mustasno. 32. Auksion g‘olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan (ijaraga olishdan) bosh tortsa yoki lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lamasa, operator keyingi ish kunidan kechiktirmay auksionning salohiyatli g‘olibiga u tasdiqlagan narxda lotni sotib olishni taklif qiladi. Auksionning salohiyatli g‘olibiga operatorning taklifi kelib tushgan kundan boshlab, lot qiymatini to‘lash uchun ushbu Nizomning 44-bandiga muvofiq muddat beriladi. Auksionning salohiyatli g‘olibi lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb hisoblanadi va unga mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Agar auksionning salohiyatli g‘olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan (ijaraga olishdan) bosh tortsa yoki lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lamasa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va salohiyatli g‘olib tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi. Savdo platformasida lot qiymatini to‘liq to‘lash talab etilmaydigan auksion obyektlariga nisbatan mazkur band tatbiq etilmaydi. 33. Savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari bo‘yicha auksion g‘olibi tomonidan operatorning xizmat haqi uchun yetarli mablag‘ besh ish kuni ichida to‘langandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida buyurtmachi bilan auksion g‘olibi o‘rtasida oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuziladi (qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). Agar auksion g‘olibi besh ish kuni ichida belgilangan to‘lovni to‘lamagan yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksionning salohiyatli g‘olibiga operator xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun besh ish kunlik muddat beriladi. Ushbu muddat davomida salohiyatli g‘olib to‘lovni amalga oshirsa, auksion g‘olibi deb e’tirof etiladi va unga mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Salohiyatli g‘olib belgilangan to‘lovni muddatida to‘lamagan yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi (bayonnoma rasmiylashtirilgan hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi). Oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilgani yoki rasmiylashtirilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot belgilangan muddatda buyurtmachi tomonidan savdo platformasiga joylashtirilishi shart. Besh ish kuni ichida belgilangan to‘lovni to‘lamagan yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasini imzolashni rad etgan auksion g‘olibi (salohiyatli g‘olib)ning zakalat miqdori qaytarilmaydi. Qaytarilmagan zakalat miqdori operator tasarrufida qoladi. 34. Auksionni o‘tkazish kunida savdo boshlanish paytidan boshlab soat 18:00 ga (GMT+5) qadar savdo platformasida ishtirokchilardan birontasi sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion obyekti bo‘yicha boshlang‘ich narxni bir auksion qadamiga oshirish yoki qadamga bog‘lanmagan narx taklif etish yo‘li bilan sotib olish (ijaraga olish) istagini tasdiqlamagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi (ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno). 35. Savdo platformasida texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda auksion vaqtincha to‘xtatiladi hamda bu haqda ishtirokchining shaxsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqamiga xabar yuboriladi hamda ushbu auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da oxirgi tasdiqlangan taklifdan bir qadam oshirilgan narxni taklif etishdan davom ettiriladi. To‘xtatilgan lot bo‘yicha auksion ishtirokchisi davom ettiriladigan auksion ishtirokchisi sifatida uning shaxsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqami orqali xabardor qilinadi. Ishtirokchi xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi. Texnik uzilishni bartaraf etish davrida ishtirokchi tomonidan tasdiqlagan o‘z takliflarini qaytarib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Texnik uzilish holati qayd etilgan auksion obyekti bo‘yicha davom ettiriladigan auksion boshlangandan so‘ng o‘n daqiqa ichida hech qaysi ishtirokchi sotib olish (ijaraga olish) taklifini tasdiqlamasa, texnik uzilish qayd etilishidan oldin oxirgi eng yuqori taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisi g‘olib deb topiladi. Ishtirokchining kompyuter va (yoki) telekommunikatsiya jihozlarida texnik uzilish bo‘lganda, bu holat savdo platformasida texnik uzilish deb hisoblanmaydi va auksion davom ettiriladi. 36. Savdo platformasida texnik uzilish holatlari sodir bo‘lganda, texnik uzilish sodir bo‘lish sabablari o‘rganiladi. Bunda Agentlik tomonidan zaruratga ko‘ra Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yoki maxsus vakolatli organ mutaxassislari jalb etilishi mumkin. 37. Auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi: a) auksionda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa; b) auksionda qatnashish uchun faqat bir nafar ishtirokchidan ariza kelib tushgan bo‘lsa; v) auksion kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa (ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno); g) mazkur Nizomda belgilangan tartibda auksion g‘olibi va salohiyatli g‘olibi tomonidan tasdiqlangan obyekt bahosi belgilangan muddatda to‘liq to‘lanmasa yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilmasa. Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, obyekt mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroriy auksionga chiqariladi. 38. Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, savdo platformasida bu haqda xabarnoma e’lon qilinadi. Xabarnomada auksionni o‘tkazilmagan deb hisoblash sabablari hamda lotga oid axborot ko‘rsatiladi. 39. Auksion mazkur Nizomning 37-bandida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazilmagan deb hisoblanganda, takroriy auksion buyurtmachi bilan kelishilgan holda 10 kalendar kundan kam bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 64-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Ushbu muddat bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida o‘tkaziladi. 40. Auksion obyekti belgilangan muddat va shartlarda sotilmagan taqdirda, ularni dastlab qo‘yilgan narxni qadam-baqadam pasaytirib borish mexanizmini qo‘llagan holda sotish mumkin va bunda obyektning boshlang‘ich narxi har takroriy auksionda buyurtmachi belgilagan foizda auksion obyektining eng past narxiga qadar kamaytiriladi, mazkur Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 41. Quyidagi hollarda takroriy auksionda lotning boshlang‘ich narxini kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi: qonunchilik hujjatlarida boshlang‘ich narxni kamaytirishga cheklov qo‘yilganda va/yoki ruxsat etilmagan hollarda; auksion obyekti mazkur Nizomning 37-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra takroriy auksion savdolariga chiqarilganda; takroriy auksionda lotning boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich kamaytirishga buyurtmachining roziligi bo‘lmagan taqdirda. 42. Takroriy auksion alohida shartlarsiz, umumiy tartibda o‘tkaziladi. 43. Auksion obyektining qiymatini to‘liq to‘lamagan va/yoki auksion obyekti bo‘yicha shartnoma imzolashni (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda) rad etgan auksion g‘olibi hamda uning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sischilari hisoblangan shaxslar, shuningdek, davlat obyektlari, shu jumladan, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionda sotib olib, undan foydalanmagan holda ularning oldi-sotdisi bilan doimiy ravishda shug‘ullanganligi aniqlangan yuridik va jismoniy shaxslar — nohalol ishtirokchi deb e’tirof etiladi va u ushbu holatni birinchi marta sodir etganda, rad etgan sanadan boshlab o‘n ikki oy muddatga, ikkinchi marta takrorlaganda muddatsiz davrga auksionlardan chetlatiladi. Ushbu cheklovlar auksion g‘olibi va uning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sischilari hisoblangan shaxslar noxalol ishtirokchi deb e’tirof etilgunga qadar ularning ishtirokida savdolari boshlangan va/yoki yakunlangan boshqa lotlar bo‘yicha auksion jarayonlariga va ularning natijalariga qo‘llanilmaydi. 44. Lot qiymati auksion g‘olibi tomonidan quyidagilarni inobatga olgan holda to‘lanadi (savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari bundan mustasno): bir yo‘la to‘lash sharti bilan sotilgan obyektning qiymati BHMning besh ming baravarigacha bo‘lganda, to‘lovlarni o‘n ish kunida, besh ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lganda esa, to‘lovlarni (ishtirokchi tomonidan kiritilgan zakalat sotib olish (ijara) to‘lovlari miqdoriga kiritiladi) o‘n besh ish kun mobaynida to‘lash imkoniyati beriladi (buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomada va qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno); to‘lov ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan muddatlarda to‘liq amalga oshirilmagan yoxud auksion g‘olibi oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan taqdirda, auksion natijalari bekor qilinib, auksion g‘olibidan olingan zakalat puli qaytarilmaydi va operator tasarrufida qoladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar uchun ruxsat etilgan auksion obyektlarini sotib olgan (ijaraga olgan) norezidentlar to‘lovlarni milliy yoki chet el valyutasida amalga oshirishlari mumkin. Bunda chet el valyutasida to‘langan to‘lovlar operatorning maxsus hisobvarag‘ida saqlanadi va to‘lov amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun belgilangan chet el valyutalarining so‘mga nisbatan qiymatida hisobga olinadi. 45. Operator mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi. Auksion natijalari bo‘yicha bayonnoma mazkur Nizomga 2-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi. Bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: auksion sanasi; bayonnoma rasmiylashtirilgan sana; lotning boshlang‘ich va sotilgan narxlari; auksion g‘olibi haqida ma’lumotlar; qonunchilikda taqiqlanmagan hamda ushbu Nizomda belgilangan boshqa ma’lumotlar; lotga oid axborot. Bayonnoma auksion g‘olibi va buyurtmachining shaxsiy kabinetlariga hamda zarur hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga elektron shaklda yuboriladi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘yicha auksion g‘olibi nomiga rasmiylashtirilgan bayonnoma elektron almashinuv tizimi orqali kadastr, bank, notarial idoralar va majburiy ijro bo‘limlariga yuboriladi hamda ushbu bayonnomaga asosan yutib olingan mol-mulkka egalik qilish huquqi avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi. 46. Bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, mulk va mulkiy huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hamda oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuzish uchun asos hisoblanadi. Buyurtmachilar tomonidan avtotransport vositalarini elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yo‘li bilan ijaraga berish natijasiga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi. Bunda shartnomalarni notarial tasdiqlash talab etilmaydi. 47. Bayonnoma operator tomonidan yuritiladigan auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga avtomatik tarzda kiritiladi. Bayonnomadagi QR-kod (matrik shtrixli kod) takrorlanmas bo‘lib, uning ichiga auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga Internet tarmog‘i orqali havola joylashtiriladi. Bayonnoma auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga kiritilgan bo‘lsa, haqiqiy hisoblanadi. Auksion g‘olibining so‘rov xatiga ko‘ra bayonnoma qog‘oz shaklida chop etilib, operatorning muhri bosilgan holda unga taqdim etilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin. 48. Zakalat puli auksion ishtirokchisining savdo platformasidagi shaxsiy hisobvarag‘iga kirim qilinadi, bunda uning so‘roviga ko‘ra bankdagi hisobvarag‘iga (plastik kartasiga) auksion yakunlangan deb topilgan kundan so‘ng quyidagi tartibda qaytariladi: auksionning salohiyatli g‘olibiga — auksion yakunlangandan so‘ng mazkur Nizomning 33-bandiga ko‘ra g‘olib tomonidan oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilgandan keyin yoki 44-bandiga ko‘ra g‘olib tomonidan obyekt qiymati to‘langandan boshlab uch ish kuni ichida; qolgan ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida. Auksion ishtirokchisiga zakalat puli qaytarilganda, bank hisobvarag‘i (plastik karta raqamlari) noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘lov operatorning bank hisobvarag‘iga qaytib tushgan hollarda, operator auksion ishtirokchisini bu haqda savdo platformasi orqali ogohlantiradi. Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining shaxsiy hisobvarag‘iga biriktiriladi. Ishtirokchi bank hisobvarag‘i (plastik karta raqami) to‘g‘ri ko‘rsatilgan holda zakalat pullarini qaytarish bo‘yicha so‘rov yuborishi mumkin. Auksion natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari operatorning maxsus hisobvarag‘ida yig‘iladi va auksion g‘olibi (xaridor) tomonidan obyekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng buyurtmachining bank hisobvarag‘iga operator xizmat haqi ushlab qolingan holda o‘tkaziladi. 49. Operator auksionni tashkil etish va o‘tkazish xizmatlari uchun obyektning sotilgan qiymatidan bir foiz miqdorida xizmat haqi oladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunda operator xizmat haqi sotib olish (ijara) to‘lovlari miqdoriga kiritiladi. 50. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn auksionda sotuvga qo‘yilgan mol-mulk uni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan auksion g‘olibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshiriladi. Bunda mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda qarzdorlikni to‘lash majburiyati uning sobiq egasi — qarzdor zimmasida qoladi. Ijro hujjatlari bo‘yicha avtomototransport vositalarini sotish uchun o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari haqidagi bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion g‘olibi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos hisoblanadi. Bunda majburiy tartibda undirish uchun yuborilmagan ma’muriy jarimalarni to‘lash majburiyati avtomototransport vositasining sobiq egasi zimmasida qoladi. 51. Dastlabki auksion narxni oshirib borish tamoyili, takroriy auksion esa narxni tushirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi. Mol-mulk buyurtmachi tomonidan qarzdor va undiruvchini o‘tkazilgan baholash haqida belgilangan tartibda xabardor qilmasdan hamda ularga baholash natijalari yuzasidan 10 kalendar kun davomida shikoyat qilish imkoniyatini bermasdan turib auksionga qo‘yilmaydi, davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulk bundan mustasno. 52. Dastlabki auksion narxni oshirib borish tartibida o‘tkaziladi. 53. Auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk baholangan qiymatining 5 foiz miqdorida belgilanadi. 54. Auksion obyekti dastlabki auksionga quyidagi boshlang‘ich narxda qo‘yiladi: a) ijro hujjatini majburiy ijro etish davomida qarzdorning xatlangan mol-mulki baholangan narxdan 70 foizga teng narxda; b) davlat budjetiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulk — sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy kengashlarning qaroriga muvofiq baholangan qiymatning 50 foizigacha teng narxda, hududiy kengash qarori mavjud bo‘lmaganda esa baholangan narxda; v) garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulklarning baholangan qiymatiga teng narxda. 55. Auksion qadami: birinchi to‘rtta qadamda — auksion obyekti baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida; beshinchi va undan keyingi qadamlarda — auksion obyekti baholangan qiymatining 3 foizi miqdorida belgilanadi. Baholangan qiymati xabarnoma joylashtirish paytida BHMning ikki ming baravaridan yuqori bo‘lgan mol-mulk sotilgan taqdirda, auksion qadami, istisno tariqasida, auksion obyekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi. 56. Auksion obyekti dastlabki auksionda sotilmagan taqdirda, ushbu Nizomning 58-bandida belgilangan tartibda takroriy auksionga qo‘yiladi. 57. Takroriy auksionda auksion obyektining baholangan qiymati boshlang‘ich narx etib belgilanadi. Bunda lotning eng past narxi auksion obyekti baholangan qiymatining 80 foizi miqdorida, garov bilan ta’minlangan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha esa — auksion obyekti baholangan qiymatining 90 foizi miqdorida belgilanadi. Auksion qadami auksion obyekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi. 58. Takroriy auksion lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga tushirilgan narxda sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha taklifni tasdiqlashni auksion ishtirokchilaridan so‘rashdan boshlanadi. Agar lot narxi bir qadamga tushirilgandan keyin yigirma daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri lotni tushirilgan narxda sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha taklifni tasdiqlamasa, lot narxi belgilangan qadamga yana tushiriladi, taklifni tasdiqlash uchun vaqt esa keyingi yigirma daqiqaga uzaytiriladi. Bunda boshlang‘ich narx belgilangan qadamga ishtirokchilardan biri lot narxi to‘g‘risidagi taklifni tasdiqlaguniga qadar eng past narxgacha tushirib boriladi. Agar ishtirokchilarning biri taklif qilingan lot narxini tasdiqlasa, auksionning qolgan ishtirokchilariga uning boshlang‘ich narxidan 2 foizga oshirilgan lot narxini tasdiqlash taklif etiladi. Bunda lot narxi haqidagi keyingi taklifni tasdiqlash vaqti o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n daqiqa mobaynida ishtirokchilardan birontasi tomonidan keyingi taklif tasdiqlanmasa, auksion yakunlanadi. Lot narxi to‘g‘risidagi taklifni oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi. Agar ishtirokchi tomonidan auksion o‘tkazish vaqti tugashiga o‘n daqiqadan kam qolganda, lot narxini boshlang‘ich narxning 2 foizi miqdorida oshirish to‘g‘risidagi taklif tasdiqlansa, auksion o‘tkazish muddati oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Lot narxini boshlang‘ich narxning 2 foizi miqdorida oshirish to‘g‘risidagi har bir keyingi taklif auksion o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqaga uzaytiradi. Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida navbatdagi taklif tasdiqlanmasa, auksion yakunlanadi va oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi. 59. Takroriy auksion o‘tkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, operator auksion obyektini auksionga qo‘yishga buyurtma bergan davlat ijrochisini bu haqda xabardor qiladi hamda obyektni auksiondan oladi, mazkur Nizomning 60-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 60. Davlat daromadiga (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga) undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha auksion obyektini sotishda, shuningdek, ushbu Nizomning 37-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra takroriy auksion o‘tkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, auksion obyekti ushbu Nizomning 2-bob 5-paragrafida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy auksionga qaytadan qo‘yiladi. Bunda davlat daromadiga (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga) undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha auksion obyektining baholangan qiymatining 50 foiziga yetguniga qadar har bir qaytadan o‘tkazilgan takroriy auksionda eng past narx 5 foizga kamaytiriladi, mazkur Nizomning 37-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra o‘tkazilmagan deb hisoblanishi munosabati bilan qaytadan o‘tkazilgan takroriy auksionlar bundan mustasno. 61. “E-auksion” elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali sotiladigan strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxati har yili, lekin bir yilda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan aniqlangan holda shakllantiriladi. 62. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatini shakllantirgandan keyin har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qiladi. 63. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi: yer qa’ri uchastkasining nomi (yoki raqami) va joylashgan eri (geografik koordinatali nuqtalari, WGS-84 xalqaro geografik tizimdagi geolokatsiyasi); yer qa’ri uchastkasidan foydalanish maqsadi; yer qa’ri uchastkasi joylashgan erning fotosurati (15x20 sm); yer uchastkasining maydoni (gektarda); yer qa’ri uchastkasi to‘g‘risida umumiy geologik va boshqa ma’lumotlar; savdoga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich narxi; yer qa’ri uchastkasidan foydalanish, shu jumladan, ushbu yer uchastkasidan ijara huquqi asosida foydalanish shartlari loyihasi; yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxslarning o‘zlari razvedka qilgan konda kavlash ishlariga mutlaq huquqi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot; qonunchilikda belgilangan tartibda operator tomonidan so‘ralgan boshqa hujjatlar ham taqdim etiladi. 64. Takroriy auksionning boshlanish (o‘tkazish) sanasi va lot haqidagi axborot kamida 30 kun oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi. 65. Auksion narxlarni oshirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi. 66. Ishtirokchilar yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini “E-auksion” elektron savdo platformasida lot bo‘yicha ariza berish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi (imzolaydi). Bunda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini ERI bilan imzolamagan talabgorlar onlayn-auksion savdolariga qo‘yilmaydi. ERI bilan imzolangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasidan ijara huquqi asosida foydalanish shartlarini ham nazarda tutadi va ijara shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi. 67. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi bo‘yicha auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli quyidagicha belgilanadi: geologik jihatdan o‘rganish uchun — auksion obyekti boshlang‘ich narxining 100 foizi miqdorida; foydali qazilmalarni kavlab olish uchun — auksion obyekti boshlang‘ich narxi BHMning 4 ming baravarigacha bo‘lganda, ushbu narxning 50 foizi, BHMning 4 ming baravariga teng va BHMning 20 ming baravarigacha — 20 foiz hamda BHMning 20 ming baravariga teng va undan yuqori qiymatda — 10 foiz miqdorida; qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati uchun — auksion obyekti boshlang‘ich narxining 50 foizi miqdorida. 68. Yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxslar ular tomonidan qidirilgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga ruxsatnoma olish uchun berilgan mutlaq huquq muddati tugagandan so‘ng auksionda ishtirok etgan taqdirda, kondan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma olishga ustunlik huquqi saqlab qolinadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan ishtirokchining ustunlik huquqi mavjudligi to‘g‘risida operatorga taqdimnoma kiritilganda, ustunlik huquqi berilishi inobatga olinadi. Ustunlik huquqi auksion ishtirokchisiga auksionda g‘olib bo‘lgan taqdirda, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining qiymatini to‘lashda ushbu obyekt boshlang‘ich narxining o‘n foizi miqdorida chegirma qo‘llash huquqini beradi. Bunda auksion g‘olibi tomonidan operatorga auksion obyektining sotish qiymati to‘liq to‘lab beriladi va operator tomonidan chegirma summasi auksion g‘olibining shaxsiy hisobvarag‘iga qaytariladi. 69. Operator auksion g‘olibi tomonidan sotib olish (ijaraga olish) to‘lovlari to‘liq to‘langandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay auksion g‘olibiga bayonnoma rasmiylashtiradi hamda mazkur bayonnomani va g‘olib tomonidan imzolangan yer qa’ridan foydalanish shartlarini auksion g‘olibining va buyurtmachi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi)ning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi, shuningdek, tegishli axborotni o‘z veb-portalida joylashtiradi. Operator bayonnoma va yer qa’ridan foydalanish shartlarini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi. 70. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bir ish kuni mobaynida bayonnoma asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun tegishli ruxsatnomani ERI bilan imzolangan va QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtirilgan holda, savdo platformasi orqali operatorga yuboradi. 71. Operator rasmiylashtirilgan ruxsatnomani auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi va auksion g‘olibi tomonidan obyekt qabul qilib olinganligi tasdiqlangandan so‘ng bir ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga pul mablag‘larining unga tegishli bo‘lgan ulushini (operator xizmat haqi chegirilgan holda) o‘tkazib beradi. Operator auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma va ruxsatnoma nusxalarini ikki ish kuni ichida elektron pochta orqali yer qa’ri uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimligiga jo‘natadi. 72. Operator tomonidan bir ish kunida savdo platformasida sotishdan olingan pul mablag‘larining auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun yer qa’ri uchastkasining sotilgan narxidan bir foizi operator hisobvarag‘iga, shuningdek: strategik turdagi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini savdo platformasida sotishdan olingan pul mablag‘larining uch foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining hisobvarag‘iga va qolgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi; noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasini sotishdan olingan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining hisobvarag‘iga hamda yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari o‘rtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi; qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqini savdo platformasida sotishdan olingan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining hisobvarag‘iga hamda yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari o‘rtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga o‘tkaziladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi hududida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirishning yillik davlat dasturlarini amalga oshirishga, auksion va tanlov savdolarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga, shuningdek, qo‘mitaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ishchi-xodimlarini rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi. 73. Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha tender hamda tanlovlar talabgorlarining takliflari savdo platformasi orqali elektron tarzda qabul qilinishi mumkin. 74. Tanlov obyekti tanlovga buyurtmachi tomonidan yuborilgan elektron buyurtmaga asosan chiqariladi. 75. Operator buyurtma va tanlov obyekti bo‘yicha ma’lumot hamda hujjatlar talabga muvofiq deb hisoblangan taqdirda, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun ikki ish kuni ichida savdo platformasida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani e’lon qiladi. Buyurtmachi tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boradi. 76. Xabarnoma tanlov boshlanishidan kamida o‘ttiz kun avval savdo platformasida e’lon qilinadi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur: tanlov shakli, o‘tkaziladigan sanasi, tanlov natijalarini e’lon qilish vaqti; lot raqami va obyekt nomi; tanlovda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti; tanlov obyektiga oid buyurtmada ko‘rsatilgan va unga ilova qilingan ma’lumot va hujjatlar; zakalat pulining miqdori; buyurtmachining manzili va telefon raqami; buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa); tanlov obyektini oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish) tartibi; tanlov obyektini begonalashtirishga taqiq bor yoki yo‘qligi, shuningdek, band solingan yoki solinmaganligi haqida ma’lumot; obyektning joylashgan manzili, fotosurati va geolokatsiyasi (mavjud bo‘lsa). Operator tomonidan savdo platformasida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma e’lon qilingandan keyin tanlov shartlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buyurtmachi tomonidan buyurtmani savdodan olish hamda tanlov shartlarini o‘zgartirilgan holda buyurtmani qayta yuborish holatlari bundan mustasno. 77. Talabgorning tanlovda qatnashish bo‘yicha arizasini qabul qilishda avtomatik ravishda uning tanlov takliflari to‘g‘ri to‘ldirilgani tekshiriladi. Tanlov takliflarini mezonlar bo‘yicha baholashda tanlovda qatnashish shartlariga rioya etilishi, tanlov shartlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi. Talabgor tomonidan taqdim etilgan tanlov takliflari to‘g‘ri to‘ldirilmagani yoki talablarga rioya etilmagani arizani qabul qilishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Bu haqda uning shaxsiy kabinetiga elektron xabar yuboriladi. 78. Tanlov ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi. Tanlovga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat tanlovda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi. 79. Tanlov takliflarini baholash va tanlov g‘olibini aniqlash ballar tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi. Ikki va undan ortiq tanlov ishtirokchilarining to‘plagan ballari teng bo‘lgan taqdirda, arizani oldinroq topshirgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi. 80. Tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov o‘tkaziladigan kun soat 10:00 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda e’lon qilinadi. 81. Agar arizalarni qabul qilish vaqti yakunlangan paytda faqat bir ishtirokchi tomonidan ariza berilgan bo‘lsa, tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanadi. Tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblangandan so‘ng tanlov obyekti belgilangan tartibda takroriy tanlovga qo‘yiladi. Tanlov obyekti bo‘yicha tanlov g‘olibi tomonidan operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ besh ish kuni ichida to‘langandan so‘ng bayonnoma rasmiylashtiriladi. Agar tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tanlov obyekti bo‘yicha shartnoma imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli g‘olibiga (agar ballar teng bo‘lsa — arizani oldinroq berganga) operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun besh ish kunlik muddat beriladi. Tanlovning salohiyatli g‘olibi operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni besh ish kuni davomida to‘lasa, u tanlov g‘olibi deb topilib, mazkur Nizomning 86 va 87-bandlarida nazarda tutilgan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Belgilangan muddatda operator xizmat haqini to‘lamagan yoki buyurtmachi bilan shartnoma imzolashni rad etgan tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olibi) tomonidan kiritilgan zakalat puli qaytarilmaydi hamda ushbu mablag‘lar operator tasarrufida qoladi. 82. Savdo platformasida texnik uzilish sodir bo‘lgan taqdirda, tanlov takliflarini baholash sanasi va vaqti haqida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilgan holda, tanlov texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi ish kunida o‘tkaziladi. 83. Tanlov quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb hisoblanadi: a) tanlovda qatnashish uchun birorta ham ariza tushmagan bo‘lsa; b) tanlovga faqat bir nafar ishtirokchi tomonidan ariza berilgan bo‘lsa; v) tanlovning g‘olibi (salohiyatli g‘olibi) shartnomani imzolashni rad etsa; g) mazkur Nizomda belgilangan tartibda obyektni sotib olish (ijaraga olish) taklif etilgan tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olibi) tomonidan belgilangan muddatda oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilmasa. 84. Tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanganda, uning sabablari ko‘rsatilgan holda savdo platformasida xabarno
144
63,316
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Inspeksiya yoʻl quruvchilariga jarima soladi
Vazirlar Mahkamasining 31.03.2017 yildagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida” qarori e’lon qilindi. Hujjat bilan Inspeksiya tuzilmasi va u toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Yangi davlat organiga keng vakolatlar berilgan, jumladan: Inspeksiya manzili: Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 68-uy. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir LATIPOV
74
631
Qonunchilik
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, BUXORO VA XORAZM VILOYATLARIDA AHOLIGA VA BUDJET TAShKILOTLARIGA KO‘MIR SOTIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari iste’molchilarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Belgilansinki: “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining 2,1 mlrd so‘m miqdoridagi o‘z mablag‘lari va “Xalq banki” davlat-aksiyadorlik tijorat bankining 1 yil imtiyozli davrni qo‘shgan holda 3 yilgacha muddatga yillik 16 foizli stavka bilan beriladigan 7,4 mlrd so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari hududiy distribyutorlik markazlarini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi; hududiy distribyutorlik markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining loyihalash ishlari boshqarmasi tomonidan 2012-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi; “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘mir kon qurilish” unitar korxonasi hududiy distribyutorlik markazlarini qurish va jihozlash bo‘yicha bosh pudratchi hisoblanadi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari hududiy distribyutorlik markazlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishini bir oy muddatda ta’minlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan ko‘mirning hajmlari va narxlari yuzasidan nazorat va monitoringni belgilangan tartibda amalga oshirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
156
1,588
Qonunchilik
Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti to‘g‘risida
Namangan viloyati hokimining hisoboti hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini ko‘rsatdi. Jumladan, 2020-yilning to‘qqiz oyi davomida yalpi hududiy mahsulot hajmi 18 trln. 554,6 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizni tashkil etgan. Mahalliy budjet daromadlari prognoz rejasi (1 trln. 10,4 mlrd. so‘m) amalda 105,6 foizga (1 trln. 86,8 mlrd. so‘m) bajarilganligi natijasida budjetga 76,3 mlrd. so‘m qo‘shimcha manbalar shakllantirilgan. Pandemiya davrida 252 ta korxonaning 5,6 mlrd. so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi, tadbirkorlik subyektlarining 2 ming 412 ta kredit shartnomasi bo‘yicha 502,6 mlrd. so‘mlik to‘lovlar muddati uzaytirilgan. Viloyatda 258,7 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizga o‘sgan. Hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 3,4 trln. so‘mga teng bo‘lgan 1 ming 270 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 16 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Viloyat korxonalari tomonidan 347,4 mln. AQSh dollari miqdorida, xususan viloyatning eksport geografiyasiga yangi qo‘shilgan Moldova, Makedoniya, Gana, Kipr, Suriya kabi davlatlarga 6,7 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilinishiga erishilgan. Shuningdek, viloyatda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 ming 539 nafar shaxs kasbga tayyorlangan, 2 ming 651 nafar ishsiz shaxslarga ijtimoiy to‘lovlar to‘lab berilgan, 4 ming 236 nafar kam ta’minlangan fuqaroga subsidiyalar ajratilgan. Uychi va Norin tumanlarini Andijon viloyatining Baliqchi tumani bilan bog‘lovchi Norin ko‘prigi avariya holati bartaraf etilib, zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan. Viloyatda “jinoyatchilikni jilovlash”, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 775 ta mahalladan 375 tasida (48,4 foiz) jinoyat sodir etilmagan, 301 ta mahallada (41,8 foiz) jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan. “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘linmasida xizmatga jalb etilgan kuch va vositalarni markazlashgan holda boshqarish imkonini beruvchi “Vaziyatlar markazi” tashkil etilgan, shaharning yagona geoinformatsion xaritasi yaratilgan. Viloyatda “temir daftar” ga kiritilgan 34,7 mingdan ortiq oilalarga 18 mlrd. so‘m miqdorida manzilli yordam ko‘rsatilgan, ushbu oilalarning 47,4 ming nafar mehnatga layoqatli a’zolari ish bilan ta’minlangan va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan. Natijada sektor rahbarlarining tavsiyalari asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan 24,4 mingdan ziyod oilalar “temir daftar” ro‘yxatidan chiqarilgan. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari doirasida xorijiy davlatlardan qaytib kelgan xotin-qizlarning 1 120 nafari ish bilan ta’minlangan, 551 nafariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kreditlar berilgan. Ish bilan ta’minlanmagan, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor 684 nafar ayolning 321 nafari oilaviy tadbirkorlikka jalb etilib, uy sharoitida doimiy daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Uy-joyga muhtoj 44 nafar ayolga yangi qurilayotgan uy-joylarning boshlang‘ich to‘lovlari to‘lab berilgan, 80 nafarining uy-joylari ta’mirlangan. Shuningdek, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ajratilgan 6 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga 16 ta loyiha moliyalashtirilib, 1 251 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan. Tajriba-sinov tariqasida tanlangan Namangan shahri va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlar to‘liq o‘rganilib, “ayollar daftari”ga kiritilgan 4,7 ming nafardan ortiq xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va ijroga qaratilgan. Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir tuman (shahar) hududida “Yoshlar” kichik sanoat zonasini tashkil etish ishlari boshlangan. Xususan, Namangan shahrida yosh tadbirkorlar uchun “Yoshlar” maxsus kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 30 gektarli hududda 65 ta loyiha amalga oshirilishi hamda kelgusida “yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘g‘il-qizlar uchun 3,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi tomonidan viloyatni o‘rganish jarayonida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o‘z yechimini kutib turgan muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Mazkur muammoli masalalar viloyat hamda respublika darajasida hal etilishi nuqtai nazaridan chuqur tahlil etildi. Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan vakolat doirasida muammo va kamchiliklarni hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 28-noyabrda bo‘lib o‘tgan sessiyasida bu borada amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari muhokama etildi, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini yanada oshirish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosining nazoratini ta’minlashga mahalliy vakillik organlarini keng jalb etish maqsadida hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 322-moddasi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 102-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Abdurazakovning viloyatni kompleks ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarovning Namangan viloyatini o‘rganish yakunlari haqidagi axboroti (ilova qilinadi) ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Namangan viloyatini har tomonlama rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi sessiyasi o‘tkazilganligi, unda viloyatni kompleks o‘rganish yakunlari muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilinganligi inobatga olinsin. 3. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) 2020-yil yakuniga qadar Namangan viloyatida soliq to‘lovchilarning budjet oldidagi mavjud qarzdorligini undirish, shuningdek soliq to‘lovchilarga budjetga ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsin. 4. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev): 2021-yil 10-yanvarga qadar og‘ir toifadagi shirkatlarni boshqaruv tashkilotlariga o‘tkazish jarayonida ularning tijorat banklari oldidagi kredit qarzdorligi masalalari hal etilmaganligi bois 2017 — 2020-yillarda ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash maqsadida jalb qilingan kreditlarni qaytarish tizimini takomillashtirish; 2021-yil 15-yanvarga qadar Namangan tuman kanalizatsiya nasos stansiyasidan tozalash inshootigacha bo‘lgan 12,5 km. masofadagi D-300 mm. bo‘lgan yuqori bosimli ikkita tarmoqni qayta ta’mirlash, Uchqo‘rg‘on tumanida yangi 10 ming litr3 hajmdagi suv tozalash inshootini qurish va uzunligi 10 km. bo‘lgan, ma’nan eskirgan tarmoqlarni yangilash bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda 2021-2022-yillar davomida Namangan shahar I. Karimov ko‘chasidagi hamda Davlatobod tumanidagi lokal qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirsin. 5. Energetika vazirligi (A. Sultanov) Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida tabiiy gaz tanqisligining oldini olish uchun tabiiy gaz bosimining, elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bir kunlik erkin iste’moli ko‘rsatkichining me’yorda bo‘lishi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin. 6. Transport vazirligi (I. Mahkamov): 2021-yil 1-mayga qadar Mingbuloq tumanidagi 4R-126 “Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon” avtomobil yo‘lining 62 — 66 km. oralig‘ini, 4R-260 “Jomashuy-Tegirmon-Navbahor” avtomobil yo‘lining 14 — 37 km. oralig‘ini ta’mirlash choralarini ko‘rsin; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi 4R-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining Chust tumani chegarasidan boshlab To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi umumfoydalanishdagi 54 — 73 km. (19 km.) yo‘lning 2-toifali (54 — 66 km. 2 tasmali, 66 — 73 km. 4 tasmali) qismini rekonstruksiya qilish masalasini investitsiya dasturiga kiritish masalasini o‘rganib, tegishli choralarni amalga oshirsin; 2021-yil 1-fevralga qadar Namangan shahrining davlat ahamiyatidagi 4R-117 “To‘raqo‘rg‘on sh. — Namangan sh. — Chortoq sh. — Keskanyor q. — Sassiqsoy q.” avtomobil yo‘lining 20 km. va 4R-114 “Namangan sh. — Kosonsoy sh. — Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 3 km. kesishmasida, shuningdek Go‘zal va Hamroh ko‘chalari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) qurish masalasini o‘rganib chiqib, tegishli takliflar tayyorlasin hamda ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev): Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamroyev), Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda Namangan viloyatida 2020-yilda foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo‘lgan yer maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin; 2021-yil 1-martga qadar paxta-to‘qimachilik klastyerlari faoliyatini tahlil etgan holda klastyerlar tomonidan tumanlarda yetishtiriladigan paxta xomashyosini hududning o‘zida qayta ishlaydigan korxonalar tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A. Vahobov) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Kasimov), Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar tadbirkorlik subyektlarida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi talablari bajarilishini, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni o‘rganish (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) ishlarini Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olmagan holda amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 9. Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin): Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq tumanlari va Namangan shahrida bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan qamrov darajasini oshirish, ehtiyoj mavjud bo‘lgan mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin; Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Namangan viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis bo‘lmagan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirsin. 10. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov): 2020-yil 25-dekabrga qadar Namangan viloyatidagi maktablarni yetkazilishi belgilangan darsliklar bilan to‘liq ta’minlasin; Uchqo‘rg‘on tumanining Qirg‘iziston bilan chegara hududidagi “Obod” mahallasida umumta’lim maktabi barpo etish masalasini o‘rganib chiqsin va bu borada tegishli choralar ko‘rsin. 11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majitov) Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining mavjud ehtiyojlari hamda moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda talabalar uchun qo‘shimcha turar joy binolarini qurish masalasini ko‘rib chiqsin. 12. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov): Namangan shahridagi “Mulla Qirg‘iz” madrasasi yaqinida “Namangan Qiangxing Investment” MChJ tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha yuzasidan o‘rganish ishlarini tashkil etsin hamda tegishli xulosa berilishini ta’minlasin; 2021-yil 1-fevralga qadar Namangan viloyatidagi 20 ta bolalar musiqa va san’at maktabini o‘quv (qo‘llanmalar, notalar) darsliklari hamda cholg‘u asboblari bilan ta’minlash ishlarini yakunlash choralarini ko‘rsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: tijorat banklari hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan Namangan viloyatidagi 111 mlrd. 775,3 mln. so‘mlik 14 ta loyiha bo‘yicha kredit yig‘ma jildlari o‘rganib chiqilishini hamda xulosa berilishini tashkil etsin; vazirlik va idoralar tomonidan ushbu Qaror bilan yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qilib borsin, kiritilgan takliflar o‘rganib chiqilishini hamda tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlasin; mazkur Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida 2021-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy axborot taqdim etsin. 14. Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov): viloyatdagi faoliyati to‘xtagan korxonalarni tarmoqlar va hududlar kesimida tahlil etib, ularning faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin; viloyatdagi eksport prognoz rejasini to‘liq bajarmagan yoki umuman eksportni amalga oshirmagan korxonalarga 2021-yilda samarali faoliyat olib borishlariga ko‘maklashsin; tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda viloyatdagi bo‘sh turgan 54 ta davlat obyektidan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirsin; viloyatda investitsiya dasturlari bajarilishi ishonchli monitoring qilib borilishini yo‘lga qo‘ysin, hududiy investitsiya dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralarni amalga oshirsin; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan ekin yerlari davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga boshqa maqsadlar uchun foydalanishga ajratib berilganda yerdan oldingi foydalanuvchining ko‘rgan zarari, shu jumladan boy berilgan foyda miqdori hisoblanishini hamda to‘lab berilishini ta’minlasin; tuman hokimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi foydalanishidagi sug‘oriladigan ekin yerlarni boshqa maqsadlar uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga ajratib berish holatlariga butunlay chek qo‘ysin; ekin (suvli) yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, yaylov va pichanzorlar va boshqa yerlarning fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi natijasida ularni qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishga sabab bo‘lgan, yetkazilgan zararlar vakolatli organlar tomonidan hisoblanishini hamda yer uchastkalari foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin; qurilish ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga tayyor turgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini doimiy elektr liniyasiga ulash choralarini ko‘rsin; “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantirilishini to‘liq yakuniga yetkazib, unga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, tadbirkorlikka keng jalb etish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilasin hamda amalga oshirsin. 15. Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashiga: mahalliy budjet erkin qoldiq mablag‘larining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni hal etishga yo‘naltirish; mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobot va axborotlari belgilangan muddatlarda eshitib borilishini hamda muhokama qilinishini ta’minlash; aholi turmush darajasini oshirish, ular tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni hal etish maqsadida ijro hokimiyati organlariga deputat so‘rovlarini kiritib borish va ularning ijrosini nazorat qilish; “temir daftar”, “yoshlar daftari”, “ayollar daftari” asosida ehtiyojmand oilalar, yoshlar hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan Kengash nazoratini yo‘lga qo‘yish, bu borada deputatlarning faol hamda mas’uliyatli bo‘lishlarini ta’minlash tavsiya etilsin. 16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlariga: har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlarini eshitib borish;” har chorakda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha sektorlar rahbarlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalari, Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin. 17. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlarining 2020-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan sessiyalarini yoritish tavsiya etilsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ijrosi ta’minlanishini nazorat qilib borsin. 19. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin. Joriy yilning 23 — 28-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar kompleks o‘rganildi. O‘rganish davomida budjet, iqtisodiy islohotlar, agrar, suv xo‘jaligi, kommunal, yo‘l-qurilish va transport infratuzilmasi, ijtimoiy soha, jinoyatchilik va sud-huquq, kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Tahlillar Namangan viloyatida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini ko‘rsatdi. Jumladan: Viloyatda 2020-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida yalpi hududiy mahsulot hajmi 18 trln. 554,6 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizni tashkil etgan. Viloyat bo‘yicha 7,4 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, 6 trln. 345,5 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan, chakana savdo aylanmasi 8 trln. 21,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Mahalliy budjet daromadlari prognoz rejasi (1 trln. 10,4 mlrd. so‘m) amalda 105,6 foizga (1 trln. 86,8 mlrd. so‘m) bajarilganligi natijasida budjetga 76,3 mlrd. so‘m qo‘shimcha manbalar shakllantirilgan. Pandemiya sharoitida moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun ro‘yxatga olingan 34 ming 761 ta muhtoj oilaga 91,9 mlrd. so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan, 47 ming nafar ishsiz fuqaroning doimiy va mavsumiy ish bilan bandligi ta’minlangan. Pandemiya davrida 252 ta korxonaning jami 5,6 mlrd. so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi muddati uzaytirilgan, mikrofirma va kichik korxonalardan 33,1 mlrd. so‘mlik inkasso topshiriqnomalari qaytarib olingan. Davlat mulkini ijaraga olgan 760 ta tadbirkorlik subyekti uchun ijara to‘lovlarini hisoblash to‘xtatilgan hamda tadbirkorlik subyektlarining 2 ming 412 ta kredit shartnomasi bo‘yicha 502,6 mlrd. so‘mlik to‘lovlarning muddati uzaytirilgan. Natijada faoliyati vaqtincha to‘xtagan 8 ming 529 ta korxona faoliyati qayta tiklanishiga erishilgan. Tadbirkorlik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan 1 ming 686 ta loyiha uchun 1,5 trln. so‘mdan ortiq kreditlar bo‘yicha 345,0 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam (kafillik va kompensatsiya ko‘rinishida) berilgan. Mahalliylashtirish dasturiga asosan 32 ta loyiha doirasida 161,3 mlrd. so‘mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilgan, qo‘shimcha 363 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Investorlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish borasidagi ishlar natijasida 258,7 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizga o‘sgan. Hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 3,4 trln. so‘mga teng 1 ming 270 ta loyiha ishga tushirilgan va 16 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Joriy yilning 25-noyabr holatiga ko‘ra, viloyat korxonalari tomonidan 347,4 mln. AQSh dollari miqdorida, xususan viloyatning eksport geografiyasiga yangi qo‘shilgan Moldova, Makedoniya, Gana, Kipr, Suriya kabi davlatlarga 6,7 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilinishiga erishilgan. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida qariyb 33,7 mingta jismoniy va yuridik shaxslarga 669,9 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan, mazkur kreditlarning 79,8 mlrd. so‘mi “temir daftar”ga kiritilgan 6 ming 428 ta oilaga berilgan. Viloyatda turizm sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar natijasida 2019-yilda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan turistlar soni 2018-yilga nisbatan 3 barobarga oshgan. Viloyatning turizm salohiyati Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Turkmaniston, Belorussiya kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. Hozirda turizm sohasi bo‘yicha umumiy qiymati 1 trln. so‘mga yaqin bo‘lgan 40 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda, xususan, Chortoq tumanida “Chartak Resort” MChJ shaklidagi O‘zbekiston-Niderlandiya qo‘shma korxonasi tomonidan loyiha qiymati 149 mlrd. so‘m bo‘lgan 250 o‘rinli, zamonaviy chet el texnologiyalariga asoslangan “Sanatoriya, sog‘lomlashtirish markazi” barpo etilmoqda. Kelgusida Chust tumanini turizm markaziga aylantirish, Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ini viloyatning “chorlovchi nuqtasi” sifatida rivojlantirish, tekstil korxonalari salohiyatlaridan foydalangan holda, Namangan shahrini Osiyoning “Milan” shahriga aylantirish rejalashtirilgan. Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lar hisobidan 2 ming 539 nafar shaxs kasbga tayyorlangan, 2 ming 651 nafar ishsiz shaxslarga ijtimoiy to‘lovlar to‘lab berilgan, 4 ming 236 nafar kam ta’minlangan fuqaroga subsidiyalar ajratilgan. Viloyatda bugungi kunda 185 ming 811 gektar sug‘oriladigan yer maydoniga qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘liq joylashtirilgan, joriy yilda 856 ming tonna sabzavot, 104 ming tonna poliz, 278,4 ming tonna kartoshka, 300 ming tonna meva, 124 ming tonna uzum, 74,4 ming tonna dukkakli don mahsulotlari yetishtirilgan. 2020-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda 3 ming 660 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish (3 ming 150 gektar tomchilatib, 160 gektar yomg‘irlatib, 350 gektar pulsar tizimi orqali) bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mavjud 1 ming 342 gektar yaroqsiz bog‘lar o‘rniga va qo‘shimcha 154 gektar maydonda jami 1 ming 496 gektar yangi intensiv bog‘lar barpo etilgan, 217 gektar ochiq maydonga va 43 gektar eski samarasiz tokzorlar o‘rniga yangi tokzorlar barpo etilgan. Viloyatdagi 244 gektar issiqxona xo‘jaliklarida yiliga 18,5 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda, shuningdek Pop tumanida 27 gektar limonchilik yo‘nalishida yangi issiqxonalar qurish ishlari yakunlanmoqda. Viloyatda 2020-yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha (ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, ijtimoiy sohani tayyorlash, issiqlik, ichimlik suvi, elektr, gaz va ko‘mir ta’minoti) ishlar tashkil etilgan. Xususan, issiqlik ta’minotida 6 ta qozon va 2,5 km. issiqlik tarmog‘i mukammal ta’mirlangan, 1,3 km. elektr tarmog‘i tortilgan, 585 dona transformator punkti va 3 ta kompressor mukammal ta’mirlangan, tabiiy gaz ta’minotida 1 km. gaz quvuri va 14 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlangan. Shuningdek, Namangan shahridagi uzoq yillardan buyon aholi noroziligiga sabab bo‘lib kelayotgan “Hududiy oqava suv tozalash” inshootini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan. Viloyatning Uychi va Norin tumanlarini Andijon viloyatining Baliqchi tumani bilan bog‘lovchi Norin ko‘prigi avariya holati bartaraf etilib, zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan. Viloyatda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida 40 ta obyektda 151,6 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. Namangan shahar hududi kengayishi hisobiga aholi soni ortganligi inobatga olinib, sobiq endokrinologiya binosida 150 o‘rinli bolalar shifoxonasini tashkil etish uchun 5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. 2020-yil yakuniga qadar viloyatda bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 56,7 foizdan 62 foizga yetkazish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida 4 ming 225 o‘ringa mo‘ljallangan 44 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun jami 67,3 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Shuningdek, viloyatda “jinoyatchilikni jilovlash”, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 775 ta mahalladan 375 tasida (48,4%) jinoyat sodir etilmagan, 301 ta mahallada (41,8%) jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan. Aholida huquqbuzarlikka nisbatan toqatsizlik hissini shakllantirish maqsadida “Mening mahallamda jinoyat sodir etilmasligi kerak” nomli targ‘ibot plakatlari joylashtirilgan, “Sening kelajaging o‘z qo‘lingda”, “O‘z uyingni o‘zing asra”, “Hushyorlikni yo‘qotma” mazmunidagi bukletlar tarqatilgan. “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida Namangan shahar IIO FMBda xizmatga jalb etilgan kuch va vositalarni markazlashgan holda boshqarish imkonini beruvchi “Vaziyatlar markazi” tashkil etilgan, shaharning yagona geoinformatsion xaritasi yaratilgan. Ushbu tizimga 178 ta obyektdagi 6,7 mingta zamonaviy raqamli videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan, 10 ta chorrahadagi 88 dona videokuzatuv va qayd etish kameralari, obyektlardagi 395 dona zamonaviy raqamli videokuzatuv kameralari to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan. Namangan shahridagi 3 ta bozor hamda 84-maktabga “Inson yuzini aniqlovchi videokuzatuv kameralari”, “Chorsu dehqon bozori” va “Do‘stlik buyum bozori”ga “Tezkor chaqiruv tugmalari” (SOS) o‘rnatilib, markazga ulangan. Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 4 marotaba o‘tkazilgan “Turmush” tadbirida qariyb 74 mingta oila o‘rganilgan, 1,4 mingta oilaviy nizolar muhokama qilingan, natijada 853 ta nizoli oilaning notinchligiga barham berilgan, 547 ta oilada ajrimlarning oldi olinishiga erishilgan. Viloyatda “temir daftar”ga kiritilgan 34,7 mingdan ortiq oilalarga 18 mlrd. so‘m miqdorida manzilli yordam ko‘rsatilgan, ushbu oilalarning 47,4 ming nafar mehnatga layoqatli a’zolari ish bilan ta’minlangan va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan. Natijada sektor rahbarlarining tavsiyalari asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan 24,4 mingdan ziyod oilalar “temir daftar” ro‘yxatidan chiqarilgan. Oliy Majlis Senati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Namangan viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xotin-qizlar muammolarini hal etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, xorijiy davlatlardan qaytgan 2 920 nafar xotin-qizlarning 1 120 nafari ish bilan ta’minlangan, 551 nafariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 12,5 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar berilgan. Joylarda 45 marotaba mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ularda ishtirok etgan 1,4 ming nafardan ortiq xotin-qizlarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilgan hamda 1 ming nafardan ziyodi ishga joylashtirilgan. Norasmiy ish bilan band bo‘lgan 1 ming 486 nafar xotin-qizlar vaqtinchalik o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar sifatida rasmiylashtirilgan. Og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan 924 nafar ishsiz ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilanib, bugungi kungacha 577 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlangan. Ish bilan ta’minlanmagan, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor 684 nafar ayolning 321 nafari oilaviy tadbirkorlikka jalb etilib, uy sharoitida doimiy daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Shuningdek, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ajratilgan 6 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga 16 ta loyiha moliyalashtirilib, 1 251 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan, 12 nafar ayollarga tikuv mashinalari olib berilgan. Uy-joyga muhtoj 251 nafar xotin-qizlar ro‘yxati asosida bugungi kunga qadar 44 nafar ayolga yangi qurilayotgan uy-joylarning boshlang‘ich to‘lovlari to‘lab berilgan, 80 nafarining uy-joylari ta’mirlangan. 673 nafar xotin-qizlarning turli to‘lovlari (qarzlari) homiylar yordamida to‘lab berilgan. Shuningdek, 284 nafar davolanishga muhtoj ayollar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur dori-darmon va tibbiy vositalar bilan ta’minlangan, 266 nafar ayollarga moddiy yordam ko‘rsatilgan. Viloyatda “ayollar daftari” yuritilishini yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tajriba-sinov tariqasida olingan Namangan shahri va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 171 ta mahallalarda yashovchi 150,3 ming mingdan ortiq (Namangan shahrida 108 ming 88 ta va To‘raqo‘rg‘on tumanida 42 ming 217 ta) xonadonlarda xatlov yakuniga yetkazilgan. Xatlov davomida 150 ming 305 ta xonadonda yashovchi 134 ming 785 nafar (Namangan shahrida 94 ming 795 nafar va To‘raqo‘rg‘on tumanida 39 ming 990 nafar) yoshlar va 143 ming 715 nafar (Namangan shahrida 103 ming 518 nafar va To‘raqo‘rg‘on tumanida 40 ming 197 nafar) ayollar bilan suhbatlar o‘tkazilib, muammolari o‘rganib chiqilgan hamda anketa-so‘rovnomalari to‘ldirilgan. Xatlov yakunlariga ko‘ra, Namangan shahrida 3 ming 848 nafar va To‘raqo‘rg‘on tumanida 866 nafar ayollar “ayollar daftari”ga kiritilgan va ularni ijtimoiy-huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan. Viloyatning qolgan 10 ta hududida ham “ayollar daftari” bo‘yicha xatlov ishlari olib borilmoqda. Viloyat bo‘yicha 339 ming 305 ta xonadon xatlovdan o‘tkazilib, 433 ming 188 nafar ayollar bilan suhbatlashilgan va anketa-so‘rovnoma to‘ldirilgan hamda 351 ming 316 ta (81,1 foizi) anketa-so‘rovnoma elektron bazaga kiritilgan. Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir tuman (shahar) hududida “Yoshlar” kichik sanoat zonasini tashkil etish ishlari boshlangan. Xususan, Namangan shahridagi Yuksalish dahasida yosh tadbirkorlar uchun “Yoshlar” maxsus kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 30 gektarli hududda 65 ta loyiha amalga oshirilishi va kelgusida “yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘g‘il-qizlar uchun 3,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, o‘rganish davomida viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilishi bilan bir qatorda, o‘z yechimini kutib turgan muammolar va kamchiliklar mavjudligi ham aniqlandi. Jumladan: 1. Soliq to‘lovchilarning budjet oldidagi qarzdorligi joriy yilning 1-noyabr holatiga 109,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 2,5 mlrd. so‘mga oshgan. Ayniqsa, yil boshiga nisbatan soliq qarzdorligi Yangiqo‘rg‘on tumanida 23 foizga, Kosonsoy tumanida 35 foizga, Chust tumanida 64 foizga o‘sgan. Budjetga ortiqcha to‘langan soliq summalari joriy yilning 1-oktabr holatiga 86,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Soliq to‘lovchilardan budjetga ortiqcha to‘lovlarning undirilishi asosan Mingbuloq, Pop tumanlariga to‘g‘ri kelib, birgina joriy yilning oktyabr oyida qariyb 1,8 mlrd. so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan. 2. Budjet xarajatlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan 2020-yilning 9 oyida 514 ta moliyaviy nazorat tadbiri o‘tkazilib, qariyb 10,0 mlrd. so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Moliyaviy xato va kamchiliklarning 2,4 mlrd. so‘mi yoki 24 foizi xalq ta’limi sohasi tashkilotlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan. 3. Joriy yil boshiga shahar va tumanlar budjetlarida mavjud erkin qoldiq mablag‘larining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida sarflash bo‘yicha portal muhokamasiga jamoatchilik tomonidan jami 2 ming 425 ta taklif berilgan bo‘lsada, amalda Kosonsoy tumanidan tashqari birorta tumanda eng ko‘p ovoz olgan tadbirlarga mablag‘lar yo‘naltirilmagan va bu borada jamoatchilik fikri inobatga olinmagan. Vaholanki, berilgan takliflarning 60 foizi ta’lim va tibbiyot muassasalarini hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq masalalar tashkil etgan. 4. Budjet kodeksining 126-moddasiga zid ravishda bir qator holatlarda tegishli budjetdan moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni saqlab turish uchun mablag‘lar ajratilgan. Masalan, viloyat prokuraturasiga Mingbuloq tumani budjetining yil boshiga erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan tuman prokuraturasi binosini joriy ta’mirlash uchun 2020-yil oktyabr oyida 200 mln. so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-son Farmonining 2-bandida respublika tumanlari (shaharlari) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida qo‘shimcha manbalar, shu jumladan, mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlar ko‘rib chiqib tasdiqlanishi belgilangan. Biroq, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda barcha shahar, tumanlar budjetlarining 2020-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari markazlashgan holda viloyat budjetiga o‘tkazilgan. Bunday amaliyotning qo‘llanilishi kelgusida mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini cheklash bilan birga, budjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 6. Koronavirus pandemiyasi ta’sirini yumshatish tadbirlari uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan 160,1 mlrd. so‘m mablag‘ning maqsadli sarflanishi o‘rganilganda 3,1 mlrd so‘mdan ortiq moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Jumladan, 2,3 mlrd. so‘m mablag‘ sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlariga ortiqcha to‘lab berilgan bo‘lsa, birgina gipoxlorid dezinfeksiya vositasining qimmat narxda xarid qilinishi natijasida qariyb 248,9 mln. so‘m mablag‘ ortiqcha sarflangan. Viloyat SENOM tomonidan tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilishda haqiqatda ishlamagan transport vositalari orqali utilizatsiya qilish punktiga yetkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar rasmiylashtirilishi hamda tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish narxlariga asossiz qiymatlarni kiritish natijasida 532,4 mln. so‘m budjet mablag‘lari asossiz sarflab yuborilgan. 7. Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida 4 ming 900 ta yangi tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shu bilan birga ushbu davr mobaynida 635 ta korxona faoliyati tugatilgan, 483 ta korxona faoliyati to‘xtagan. Ayniqsa, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan faoliyati tugatilgan korxonalar soni Mingbuloq (40 foiz), Yangiqo‘rg‘on (41 foiz), Namangan (46 foiz), Chortoq (91 foiz) oshgan. 8. Viloyatdagi 10 ta tuman (shahar)da eksport prognozi rejasi bajarilmagan. Shu jumladan, sanoat sohasida 53 ta korxona tomonidan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmagan bo‘lsa, 19 ta korxona tomonidan umuman eksport amalga oshirilmagan. 9. Viloyatda 54 ta bo‘sh turgan davlat obyektidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmagan, ularning asosiy qismi xalq ta’limi tizimidagi obyektlar hisoblanadi. Jumladan: 12 ta bo‘sh turgan obyektdan unumli foydalanish bo‘yicha takliflar mavjud emas; 15 ta obyekt bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilmaganligi bois ixtiyoriy ravishda boshqa tashkilotlar balansiga berib yuborilgan; 5 ta obyekt bo‘yicha foydalanishga yaroqsizligi to‘g‘risida Davlat arxitektura qurilish nazorati inspeksiyasidan xulosa olinib, buzish uchun tanlovga kiritilgan; 22 ta obyekt esa bugungi kunda ijaraga berilgan. 10. Kredit mablag‘larini ajratish masalalari kechikayotganligi sababli 117 mlrd. 774,8 mln. so‘mlik 14 ta loyihani belgilangan muddatdan kechikib ishga tushirish xavfi mavjud. Xususan: Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga resurs olish uchun 9 mlrd. 504 mln. so‘mlik 3 ta loyiha bo‘yicha kredit yig‘ma jildlari taqdim etilgan bo‘lsa-da, hanuzgacha mablag‘ masalasi hal etilmagan. Tijorat banklarining hududiy filiallari tomonidan bosh ofislariga 102 mlrd. 271,3 mln. so‘mlik 11 ta loyiha bo‘yicha kredit yig‘ma jildlari yuborilgan, biroq ular tomonidan hanuzgacha ma’qullanmaganligi sababli kredit mablag‘lari ajratilmagan. Pandemiya tufayli xorijiy hamkor tomonidan uskunalar olib kelinmaganligi sababli 96,8 mlrd. so‘mlik 1 ta yirik loyiha ishga tushirilishi kechikmoqda. (“Pop sement” MChJ). 11. Viloyatda investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarda tafovutlar mavjud. Masalan, hududiy investitsiya dasturi (2020-yil 7-iyuldagi № 02-0243) doirasida ishga tushirilgan 1 ming 270 ta loyihadan 19 tasi bo‘yicha 29,8 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, viloyat investitsiya boshqarmasi tomonidan ushbu reja 71,1 foizga (21,3 mln. AQSh dollari) bajarilganligi qayd etilgan. Biroq mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektlarning viloyat statistika boshqarmasiga taqdim etgan hisobotlariga asosan, haqiqatda jalb qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar miqdori 16,5 mln. AQSh dollarini tashkil etgan va reja 55,2 foizga bajarilgan. 12. Namangan shahridagi “Namangan Qiangxing Investment” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan 70,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi loyiha qurilishi uchun “Mulla Qirg‘iz” madrasasi yaqinida joylashganligi sababli Madaniyat vazirligidan tegishli xulosa olish jarayoni hal bo‘lmayotganligi sababli qurilish jarayonlari kechikmoqda. 1. Viloyatda 2020-yilda 1 ming 900 gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda reja 57 foizga (1 ming 80 gektar) bajarilgan. Uchqo‘rg‘on tumanida rejaga nisbatan 31 foiz (87 gektar), Namangan tumanida 39 foiz (65 gektar), Norin tumanida 62 foiz (112 gektar), Chust tumanida 74 foiz (89 gektar) paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan, xolos. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4700-sonli qaroriga asosan Namangan viloyatida 2020-yilda foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo‘lgan 9 ming 959 gektar, shundan yer osti suvidan foydalanish hisobiga 8 ming 644 gektar yer maydonini o‘zlashtirish belgilangan. Amalda bugungi kungacha 2 ming 416 gektar (24 foiz) yer maydoni qayta foydalanishga kiritilgan, xolos. O‘zlashtirilishi rejalashtirilgan maydonning 2 ming 776 gektari (28 foizi) belgilangan irrigatsiya tadbirlari yakuniga yetkazilmaganligi, 4 ming 767 gektariga (48 foizi) talabgorlar bo‘lmaganligi sababli foydalanishga kiritilmagan. 3. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanish ustidan nazorat “O‘zagroinspeksiya” Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, nazorat obyektining 90 foizi tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari, klasster tashkilotlari va boshqalar hisoblanadi. Amaldagi tartibga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilayotgan tekshiruvlar “Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi”da ro‘yxatga olingan holda o‘tkazilmoqda. Bu esa, suv resurslari va yerlardan foydalanishda sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlarini joyida zudlik bilan bartaraf etish imkonini bermayapti. Natijada esa tabiiy resurslardan o‘zboshimchalik bilan nooqilona foydalanish holatlari ortib bormoqda. 4. Viloyatda umumiy hisobda 59,05 ming tonna asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini maxsus tashkil etilgan muzlatgich va omborxonalarga zaxiraga jamg‘arish belgilangan bo‘lib, amalda reja 89,5 foizga bajarilgan. Jumladan, rejaga nisbatan kartoshka 89,7 foiz (31,3 ming tonna), piyoz 95,6 foiz (13,3 ming tonna), sabzi 87,5 foiz (9,6 ming tonna), guruch 77,2 foiz (4,6 ming tonna) zaxiraga jamg‘arilgan. 5. Viloyat bo‘yicha 2019-yilda 66 ta (163,4 gektar), 2020-yilning o‘tgan davri mobaynida 21 ta (19,23 gektar) holatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan ekin yerlari davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga boshqa maqsadlar uchun doimiy va vaqtinchalik foydalanishga ajratib berilgan. Biroq ushbu jarayonda yerdan oldingi foydalanuvchining ko‘rgan zarari, shu jumladan, boy berilgan foyda miqdori hisoblanmagan hamda fermer xo‘jaligiga to‘lab berish choralari ko‘rilmagan. 6. Viloyat bo‘yicha jami 58 ta (Yangiqo‘rg‘on tumanida 22 ta, Kosonsoy tumanida 21 ta, Namangan tumanida 4 ta, To‘raqo‘rg‘on tumanida 3 ta, Chust tumanida 3 ta, Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ta, Pop tumanida 2 ta, Uychi tumanida 1 ta) holatda tuman hokimlari tomonidan vakolati bo‘lmasa-da, qishloq xo‘jaligi foydalanishidagi sug‘oriladigan ekin yerlarni boshqa maqsadlar uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga ajratib berish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilingan. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmonining 5-bandida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarga, shu jumladan, sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. 7. 2020-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 1 ming 198 ta holatda 1 ming 568 gektar, shundan 1 ming 467,5 gektar ekin (suvli) yerlar, 44,01 gektar ko‘p yillik daraxtzorlar, 10,37 gektar yaylov va pichanzorlar hamda 46,34 gektar boshqa yerlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan. Biroq jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi natijasida ularni qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishga sabab bo‘lgan yetkazilgan zararlar vakolatli organlar tomonidan hisoblanmagan va yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish choralari ko‘rilmagan. 1. Ko‘p qavatli uylar atrofi bo‘lgan 29 ta hududda bolalar maydonchasi mavjud emas, ko‘p qavatli uylarga kirish yo‘laklarining (tratuar) 30 ming 240 m2 qismi ta’mirtalab ahvolda, 132 ta ko‘p qavatli uyning 283 ta tashqi yoritish tizimi ta’mirga muhtoj. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning 10 ming 315 p/m irrigatsiya tarmog‘i ishlamaydi. 2. Og‘ir toifadagi shirkatlarni boshqaruv tashkilotlariga o‘tkazish jarayonida shirkatlarning tijorat banklari oldidagi kredit qarzdorligi masalalari hal etilmagan. 2017 — 2020-yillarda ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash maqsadida jalb qilingan tijorat banklarining kreditlarini qaytarish tizimini takomillashtirish talab etilmoqda. 3. Namangan tuman kanalizatsiya nasos stansiyasi 1984-yilda qurilgan bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar ta’mirlash ishlari olib borilmagan, Uchqo‘rg‘on tumani markazidagi 1985-yilda qurilgan suv tozalash inshooti sutkasiga 1 400 metr3 chiqindini qabul qilish va tozalash quvvatiga ega bo‘lib, bugungi kunda sutkasiga 2 500 metr3 chiqindi qabul qilinayotganligi sababli tez-tez avariya holatlari yuzaga kelmoqda. 4. Viloyatda iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlash gaz taqsimlash stansiyalari (GTS) orqali me’yor bo‘yicha 5-6 kg/sm2 bosimda bo‘lishi zarur, ammo hozirgi kunda o‘rtacha 1,5 — 2,0 kg/sm2 bosimda tabiiy gaz bilan ta’minlanmoqda. Buning oqibatida viloyatning barcha hududlarida tabiiy gaz tanqisligi kuzatilmoqda, jumladan, viloyat bo‘yicha tabiiy gaz bilan ta’minlanadigan 380 ta MFY hududida yashovchi qariyb 176 mingta xonadondan 205 ta MFYdagi 55 mingga yaqin xonadonga tabiiy gaz yetib bormasligi holatlari vujudga kelgan. 5. Aholi xonadonlariga o‘rnatilgan zamonaviy aqlli hisoblagichlardan 3 ming 655 tasining dasturda ulash ma’lumotlari “Texnopark” MChJga iste’mol qilingan gaz hajmlari dasturida aks ettirilishini ta’minlash uchun taqdim etilgan bo‘lsa-da, dasturga integratsiya qilinmagan. 6. Elektr energiyasi bo‘yicha viloyatning bir kunlik erkin iste’moli 17 mln. kVt.s tashkil etadi, ammo bugungi kunda bir kunda 14,9 mln. kVt.s elektr energiya yetkazib berilmoqda, ya’ni bir kunda o‘rtacha 2,1 mln. kVt.s elektr energiyasi yetishmovchiligi mavjud. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “2018 — 2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va to‘liq ta’mirlash Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3632-sonli qaroriga asosan Namangan shahrida qurilishi belgilangan davlat ahamiyatidagi 4R-117 “Turaqo‘rg‘on sh. — Namangan sh. — Chortoq sh. — Keskanyor q. — Sassiqsoy q.” avtomobil yo‘lining 20 km. va 4R-114 “Namangan sh. — Kosonsoy sh. — Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 3 km. kesishmasida, Namangan shahridagi Go‘zal va Hamroh ko‘chalari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanmagan. 8. To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi 4R-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining Chust tumani chegarasidan boshlab To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi umumfoydalanishdagi 54 — 73 km (19km.) yo‘lning 2-toifali (54 — 66 km.lar 2 tasmali, 66 — 73 km.lar 4 tasmali) qismini rekonstruksiya qilish zarur. 9. Mingbuloq tumanidagi 4R-126 “Baliqchi — Mingbuloq — Nayman — Pungon” avtomobil yo‘lining 62 — 66 km. oralig‘i, 4R-260 “Jomashuy — Tegirmon — Navbahor” avtomobil yo‘lining 14 — 37 km. oralig‘i ta’mirga muhtoj ahvolda. 1. Viloyatda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 118 ming 331 nafar bolalar qamrab olingan bo‘lib, qamrov ko‘rsatkichi 51,9 foizni tashkil etadi. Ammo Kosonsoy (49,2 foiz), Chortoq (47,1 foiz) tumanlari, Namangan shahrida (45 foiz) qamrov ko‘rsatkichi pastligicha qolmoqda. Viloyatdagi jami 563 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan 136 tasi (24,1 foizi) kapital rekonstruksiyaga, 189 tasi (33,5 foizi) kapital ta’mirga, 69 tasi (12,2 foizi) joriy ta’mirga muhtoj. Shuningdek, ehtiyoj mavjud bo‘lgan 182 ta (23,4 foiz) mahalla hududida maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud emas. 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning 30 foizi oliy, 70 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega, ularning 243 nafari (2,4 foizi) mutaxassis emas. 3. Bugungi kungacha maktablarga 83,9 foiz (1,9 mln. dona) darsliklar yetkazib berilgan, holbuki o‘quv yili boshlanishida maktablar 100 foiz darsliklar bilan ta’minlanishi zarur. 4. Uchqo‘rg‘on tumanining Qirg‘iziston davlati bilan chegara hududidagi “Obod” mahallasida maktab mavjud emasligi bois o‘quvchilar 5 km. uzoqlikda bo‘lgan qo‘shni mahalladagi maktabga o‘qishga qatnamoqda. 5. Viloyatdagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining 5 tasida isitish qozonlari jismonan va ma’nan eskirgan (Mingbuloq tumanidagi 1-, 2-son, Chortoq tumanidagi 2-son, Namangan shahridagi 2-son kasb-hunar maktablari, Farg‘ona pedagogika instituti huzuridagi To‘raqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish hamda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumlari). 6. Viloyatdagi 3 ta oliy ta’lim muassasasida jami 7 ming 600 ta yotoqxonaga ehtiyoj mavjud (Namangan davlat universitetida 4 mingta, Namangan muhandislik-qurilish institutida 2 ming 100 ta, Namangan muhandislik-texnologiya institutida 1 ming 500 ta). 7. Tashqi elektr tarmog‘ini tortish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-yanvardagi 01-07/1-1057-sonli yig‘ilish bayoniga asosan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilganligi uchun obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga tashqi elektr tarmog‘ini tortish ishlari kiritilmagan, mahalliy budjetdan esa ushbu tadbirlar uchun mablag‘ ajratilmagan. Shu bois foydalanishga tayyor holatda turgan ba’zi maktabgacha ta’lim muassasalarida hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan doimiy elektr liniyasiga ulash ishlari amalga oshirilmagan, buning natijasida obyektlarni foydalanishga topshirishda asossiz kechikishlar paydo bo‘lmoqda. Jumladan, Mingbuloq tumanida 13-son, Norin tumanida 22-, 47-son, Pop tumanida 40-son, Uychi tumanida 12-son, 13-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elektr transformator punktlari o‘rnatilgan bo‘lsa-da, transformatorgacha keladigan tashqi elektr tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmagan. 1. Viloyatda joriy yilning 10 oyida 2 ming 708 ta jinoyat sodir etilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 788 taga yoki 41 foizga ortgan. Jumladan, og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 88 taga (463 — 551), qotillik 5 taga (19 — 24), qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 11 taga (41 — 52), talonchilik 4 taga (14 — 18), bosqinchilik 9 taga (5 — 14), o‘g‘irlik 60 taga (314 — 374), firibgarlik 149 taga (209 — 358), bezorilik 87 taga (51 — 138), o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish 65 taga (19 — 84), yengil tan jarohati yetkazish 91 taga (24 — 115) ko‘paygan. 2. Noaniq sharoitda sodir etilgan 547 ta jinoyatning 123 tasi (22,4 %) fosh etilmagan, ular Namangan shahrida 44 tani, Yangiqo‘rg‘on tumanida 13 tani, Uychi, Uchqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida 10 tadan, Norin tumanida 9 tani, Kosonsoy va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida 7 tadan, Namangan tumanida 4 tani, Mingbuloq, Pop va Chust tumanlarida 3 tadan tashkil etadi. Viloyatdagi 775 ta mahallaning 76 tasida jinoyat soni ortib ketgan. 3. 2019-yil va joriy yilning 10 oyi davomida prokuratura organlari tomonidan 159 ta holatda 211 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiyaga oid jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Mazkur jinoyatlarning 27 tasini poraxo‘rlik, 132 tasini mansabni suiiste’mol qilish tashkil qiladi. Ushbu sohada tergov qilingan jinoyatlarning idoralar kesimida tahliliga ko‘ra, 1 nafar hokim o‘rinbosari, 2 nafar MIB, 7 nafar IIV va 1 nafar Mudofaa vazirligi quyi tizimlari, 1 nafar Milliy gvardiya, 6 nafar bandlik, 8 nafar oliy va o‘rta maxsus ta’lim, 22 nafar xalq ta’limi, 6 nafar maktabgacha ta’lim, 8 nafar qishloq xo‘jaligi sohasi, 2 nafar yer-geodezkadastr tizimi, 5 nafar boshqa davlat organlari, 10 nafar bank, 16 nafar davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt, 89 nafar davlat ulushi bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt, 27 nafar nodavlat notijorat tashkiloti rahbarlari va xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan. 1. Adliya organlari tomonidan 2019-yilda 5 ta, 2020-yilda 2 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihalari belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli ekspertizadan o‘tkazilmasdan qaytarilgan. Ayrim hollarda normativ tusdagi hujjatlar tegishli adliya organi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan noqonuniy ravishda qabul qilingan. Xususan, 2019-yilda 73 ta, 2020-yilning o‘tgan davrida 7 ta normativ tusdagi qaror va farmoyishlar adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qabul qilinganligi aniqlanib, kiritilgan taqdimnomalarga asosan bekor qilinishi ta’minlangan. 2. 2019-yilda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi qoidalar mavjud bo‘lgan viloyat hokimining 128 ta qarori va 3 ta farmoyishini, Xalq deputatlari viloyat kengashining 6 ta qarorini qonunchilik normalariga muvofiqlashtirish va bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritilgan. 1. 2020-2021-yillar davomida Chust tumanidagi “Varzik”, Uychi tumanidagi “Jiydakapa” madaniyat markazlarini ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha ishlar mablag‘ ajratilmaganligi bois boshlanmagan. 2. Viloyatdagi 20 ta bolalar musiqa va san’at maktabini jami 750 dona o‘quv (qo‘llanmalar, notalar) darsliklari hamda 867 ta o‘zbek va yevropa cholg‘u asboblari bilan ta’minlash ishlari yakunlanmagan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini ta’minlash, sessiyalarda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish borasida ayrim kamchiliklar mavjud. Jumladan: 1. Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining mahalliy Kengashlar sessiyalarida hisobotlarini eshitib borish tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Xususan, tuman hokimlarining ba’zi o‘rinbosarlari, moliya, soliq organlari rahbarlarining har chorakda hisobotlari eshitib borilmagan. 2. Mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan ijro hokimiyati organlari rahbarlariga kiritilgan deputat so‘rovlariga belgilangan muddatda javob bermaslik holatlari mavjud. Masalan, Chust tuman Kengashi deputati G‘. Ergashevning 2020-yil 2-fevralda tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi boshlig‘iga, deputat Sh. Madalimovning 2020-yil 17-fevralda tuman elektr ta’minoti bo‘limi boshlig‘iga, 2020-yil 11-mart kuni tuman gaz ta’minoti bo‘limi rahbariga kiritgan deputat so‘rovlariga javob berilmagan. 3. Mahalliy Kengashlar deputatlarining o‘z deputatlik faoliyatini tashkil etishlari, Kengash sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rishlari, aholi murojaatlari bilan ishlashlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida “deputatlar xonalari” tashkil etish borasidagi ishlar ayrim tumanlarda qoniqarli emas. O‘rganish davomida mahalliy Kengashlar deputatlari bilan muloqotlar olib borildi, ularga faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
84
54,386
Qonunchilik
“Faхriy fuqaro” - chet ellikning alohida maqomi
Vazirlar Mahkamasining 5.08.2019 yildagi “Faхriy fuqaro” maqomini berish tartibi toʻgʻrisida”gi 648-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida хabar berdi. Maqom iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek Oʻzbekistonda хayriya faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga beriladi. Ushbu maqom Prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin. Bunda qaror Senat tomonidan qabul qilinadi, guvohnoma esa Senat raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi. Agar maqom berish toʻgʻrisidagi taklif davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan berilgan boʻlsa, qaror tegishlicha Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda guvohnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan imzolanadi va topshiriladi. Maqom Oʻzbekiston fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.
49
1,075
Qonunchilik
RESPUBLIKA SOLIQ ORGANLARI TIZIMINI YaNADA MODERNIZATSIYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qayd etilsinki, mustaqillik yillarida mamlakatda bozor tamoyillariga javob beradigan soliq tizimi shakllandi, O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliqlarni boshqarishning zamonaviy metodlari va mexanizmlari joriy etildi, soliq organlarining yaxlit tizimi yaratildi. Shu bilan birga, mamlakatimizda to‘plangan va chet el tajribasining tanqidiy tahlili respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilishning zarurligidan dalolat beradi. Soliq organlarining funksiyalari, vakolatlari va tuzilmasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ular fiskal-moliya organlari tuzilmasida, eng avvalo, soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, Davlat budjetining daromad qismini barqaror shakllantirishning belgilangan topshiriqlarini bajarish masalalarida hali yetakchi o‘rinni egallagani yo‘q. Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha axborot-tahliliy ishlar sust olib borilmoqda. Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish ishlari aniq-puxta muvofiqlashtirilmayapti, bozorlar hududlaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga turli tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashish holatlari mavjud. Shu bilan bir qatorda, bozorlarda soliq qonunchiligini buzish, turli yig‘imlarni undirish, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar va kontrafakt mahsulotlarning noqonuniy muomalada bo‘lishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini oshirilgan narxlarda qayta sotish, olingan naqd tushumni to‘liq inkassatsiya qilmaslik hollari davom etmoqda. Mamlakatimizda to‘plangan va chet el tajribasini hisobga olgan holda soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish, nazorat qiluvchi organlar funksiyalaridagi bir-birini takrorlashlarni bartaraf etish, respublika fiskal-moliya organlari tuzilmasida soliq organlarining, eng avvalo, qabul qilingan soliq qonunchiligini va Davlat budjetining daromad qismini shakllantirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni bajarish masalalaridagi vakolatlarini kengaytirish va rolini oshirish maqsadida: 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobil to‘xtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqi faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi. Belgilab qo‘yilsinki, bozorlar va savdo komplekslarida sanitariya norma va qoidalariga, shuningdek, standartlarga, yong‘in xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya xizmati organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi davlat yong‘in nazorati organlariga yuklatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar o‘z xodimlari va mutaxassislarining bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qonun hujjatlari talablari bajarilishini ta’minlash uchun davlat soliq xizmati organlari tomonidan tashkil etiladigan guruhlar tarkibida qatnashishini ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi: ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; bir oy muddatda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘limlari joylashtirilishini tashkil etsin, ularni moddiy-texnik baza va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlasin; bir oy muddatda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritsin; bir oy muddatda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-bosh formasi namunasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, uning 2010-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilishini nazarda tutsin. 7. 2010-yil 1-apreldan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish bo‘yicha kasbiy qobiliyatlari har yili test sinovidan o‘tkazilishi asosida belgilanadigan maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalar joriy etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi test sinovidan o‘tkazish natijalari bo‘yicha berilgan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda Maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalarni qo‘llash tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va sinovdan o‘tkazilgandan keyin belgilangan tartibda tasdiqlasin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari lavozim maoshlariga maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalar to‘lash, shuningdek yangi namunadagi kiyim-bosh formasi qiymatini qisman qoplash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
93
6,082
Qonunchilik
Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qaroriga muvofiq hamda alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2017-yil 1-apreldan boshlab alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga dizayni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, himoyaning qo‘shimcha darajalariga ega bo‘lgan yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin. 2. Belgilansinki, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab to‘qqiz oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi 2018-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida sotilishining oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi to‘g‘risidagi axborotni alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar e’tiboriga yetkazsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari: yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi to‘g‘risidagi axborotni alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlari e’tiboriga yetkazsinlar; yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
107
2,538
Qonunchilik
TALIMARJON GRESINING 1-BOSh ENERGIYA BLOKINI VA “SUG‘DIYONA” KIChIK STANSIYASINI IShGA TUShIRISh TO‘G‘RISIDA
2001 — 2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi energetikasida energiya beruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturi doirasida respublika iqtisodiyotini elektr energiyasi bilan ishonchli va sifatli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 800 MVt quvvatli Talimarjon GRESining 1-bosh energiya blokida va 500 kV “Sug‘diyona” kichik stansiyasida qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini “Ansol LTD” (Buyuk Britaniya) firmasining tovar krediti hisobiga 2003-yilda tugallash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Energoimpeks” firmasiga elektr energiyasini kafolatli berish uchun Talimarjon GRESining 1-energiya blokini moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalar, tuzatish komplekti bilan butlashni tugallash va 500 kV “Sug‘diyona” kichik stansiyasi ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida: “ANSOL LTD” firmasi bilan 59,3 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish xarajatlarini va yetkazib beruvchining moliyaviy chiqimlarini o‘z ichiga oluvchi summaga tovar kreditiga belgilangan tartibda kontrakt tuzishga; tovar krediti uchun hisob-kitobni O‘zbekiston Respublikasi chegarasida elektr energiyasini 1 kVt/soat uchun 0,015 AQSh dollari narxi bo‘yicha “ANSOL LTD” firmasi mulki qilib berishga hamda umumiy summasi 59,3 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan elektr energiyasini O‘zbekiston Respublikasining elektr shoxobchalari orqali tranzit bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshirishga ruxsat berilsin. 3. Tovar kreditini yetkazib berish va qaytarishning prognoz jadvali 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Energoimpeks” firmasi ko‘rsatib o‘tilgan kontraktni amalga oshirish doirasida valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan istisno tariqasida ozod qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish uchun jalb etilayotgan kredit bo‘yicha “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining majburiyatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolat berishga vakil qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Energoimpeks” firmasi bilan “ANSOL LTD” firmasi o‘rtasidagi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kontraktni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 6. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ilgari o‘zlashtirilgan mablag‘larni hisobga olgan holda ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar qurilishini tugallash bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi texnik-iqtisodiy asoslarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha mazkur loyihalarni belgilangan tartibda 2002-2003-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritishni nazarda tutsin. 8. “ANSOL LTD” firmasi bilan tuzilgan kontrakt doirasida olib kelinayotgan asbob-uskunalar, materiallar va eksport qilinayotgan elektr energiyasi uchun “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Energoimpeks” firmasi bojxona to‘lovlari to‘lashdan istisno tariqasida ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish uchun to‘lanadigan yig‘imlar bundan mustasno). 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kelib tushgan asbob-uskunalar, materiallarga bojxona hujjatlari o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini hamda ularning tayinlangan joyga to‘siqsiz yetkazib berilishini ta’minlasinlar. 10. Qurilishni tugallash va Talimarjon GRESining 1-bosh energiya blokini va “Sug‘diyona” kichik stansiyasini foydalanishga topshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shtabi tuzilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
108
4,082
Qonunchilik
Oʻzbekistonda yoʻl qurilishini rivojlantirish strategiyasini «Roland Berger GmbH» ishlab chiqadi
Bu davlatga 2,6 mln yevroga tushadi. Nemis konsalting kompaniyasi teхnik topshiriqlar taqdim etilgan kundan boshlab, 120 kundan koʻp boʻlmagan muddatda ishlab chiqishi kerak (VMning 22.05.2019 yildagi 425-son qaroriga qarang). Haqiqatdan bajarilgan ishlar boʻyicha haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2019 yil uchun zaхira jamgʻarmasi mablagʻlaridan amalga oshiriladi. Transport vazirligi investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiyot va sanoat, moliya, qurilish vazirliklari bilan kelishilgan ishlab chiqish boʻyicha teхnik topshiriqni tasdiqlaydi. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi mas’ul ijro etuvchi agentlik hamda organ hisoblanadi. Qaror bilan loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalar ham tartibga solingan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
96
879
Qonunchilik
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zining yuksak badiiy asarlari bilan o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos ijodiy maktab yaratgan otashin ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymonning ona Vatanga cheksiz muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlarimizdan faxrlanish va iftixor tuyg‘ulari singdirilgan asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olib, shuningdek, adibning boy ijodiy merosini chuqur o‘rganish, targ‘ib qilish hamda uning nomini abadiylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda keng jamoatchilikning O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon yashab ijod qilgan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Turg‘un Ahmedov nomidagi mahalla fuqarolar yigini Baxmal ko‘chasi 7-uy manzilida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining yuridik shaxs bo‘lgan To‘ra Sulaymon uy-muzeyini (keyingi o‘rinlarda — uy-muzey) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’kullansin. 2. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Turg‘un Ahmedov nomidagi mahalla fuqarolar yigini Baxmal ko‘chasi 7-uy manzilida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymonning mulk huquqi asosida istiqomat qiluvchi qarindoshlari bilan ushbu manzildagi binoni uy-muzeyga aylantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuv asosida rozilik olinganligi va shu asosda ularni belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Sirdaryo viloyati hokimligi ikki oy muddatda loyiha tashkilotlari bilan birgalikda uy-muzeyni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. Bunda, uy-muzey hovlisida shoirning haykalini o‘rnatish, uy-muzey binosini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish va atrofini obodonlashtirish, 2022-yil oxiriga qadar uy-muzeyni foydalanishga topshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar nazarda tutiladi. 4. Quyidagilar: Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — uy-muzey binosini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish va atrofini obodonlashtirish hamda uy-muzey ekspozitsiyasini yaratish bo‘yicha; Sirdaryo viloyati hokimligi — To‘ra Sulaymon haykalini yaratish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin. 5. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bir oy muddatda To‘ra Sulaymon haykalini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qilsin va uni belgilangan tartibda o‘tkazsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki: a) uy-muzey binosini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish va atrofini obodonlashtirish, shoir haykalining postamentini barpo etish, haykalni o‘rnatish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish ishlarini moliyalashtirish: Sirdaryo viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga; b) uy-muzeyni saqlash, shu jumladan, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 7. Qurilish vazirligi haykalning postamentini barpo etsin va mazkur qaror doirasida haykalni o‘rnatishda bajariladigan ishlarning sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin. 8. Sirdaryo viloyati hokimligi: a) Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: ikki oy muddatda uy-muzeyning konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash; uy-muzey xodimlari shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda uy-muzeyni malakali kadrlar bilan to‘ldirish; uy-muzeyni zamonaviy interfaol axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash; b) Jizzax viloyati hokimligi va Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda uy-muzey ekspozitsiyasini muzey ashyolari bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin. 9. Quyidagilarga: a) O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan: uy-muzeyda davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etib borish; hujjatli film suratga olish, musiqa asarlari va qo‘shiqlar, Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratish ishlarini tashkil qilish; b) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga uy-muzey faoliyatini, shu jumladan uy-muzeyda o‘tkaziladigan tadbirlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va bo‘limlari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduhakimov hamda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin. Quyidagi mazmundagi 131-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
76
5,425
Qonunchilik
«TMEK» dasturiy kompleksi yangilanadi va Sogʻliqni saqlash vazirligiga beriladi
Vazirlar Mahkamasining 12.09.2017 yildagi 714-son «Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda «TMEK» dasturiy kompleksining yangi versiyasini ishlab chiqadi. Teхnik topshiriqni Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi taqdim etadi. Ishlar AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi. Ma’lumot uchun: “TMEK” nogironlarni hisobga olish va tibbiy-mehnat ekspert komissiyasida nogironlik boʻyicha ishlarni yuritish boʻyicha dasturiy kompleks Moliya vazirligining Aхborot-hisoblash markazi tomonidan yaratilgan.  Tizim keyinchalik sogʻliqni saqlash organlari tomonidan хizmat koʻrsatilishi uchun bepul asosda Sogʻliqni saqlash vazirligiga beriladi. Unga qadar moliya organlari shartnoma asosida kompleksga хizmat koʻrsatadi. Eslatib oʻtamiz, ilgari Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tizimida boʻlgan Respublika  tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari joriy yilning mart oyida Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻtkazilgan. Hujjat bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi, eskisi – oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov, ekspertimiz.
79
1,588
Qonunchilik
Notijorat tashkilotlari boshqa daromadlardan soliq toʻlamaydi
SKga muvofiq notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda – NTT) oʻzining asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (SKning 126-moddasi) hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi (SKning 295-moddasi) toʻlovchilari hisoblanmaydi. Ammo tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardan ular ushbu turdagi soliqlarni umumbelgilangan tartibda toʻlashlari darkor. Bunda amaliyotda SKning 132-moddasida koʻzda tutilgan  boshqa daromadlar NTT uchun tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar hisoblanadimi yoki yoʻqmi, degan savollar ularda yuzaga kelgan. Soliq kodeksining 126, 257, 265, 279 va 295-moddalariga kiritilgan qoʻshimchalarning aniqlashtirishicha,  SKning 132-moddasida koʻzda tutilgan boshqa daromadlarga NTT uchun tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar sifatida qaralmaydi. Biroq mol-mulkni operativ va moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar, shuningdek, royalti tarzidagi daromadlardan NTT foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashi kerak boʻladi. Mol-mulkni operativ ijaraga berish, shuningdek, intellektual mulk ob’yektlariga huquqni berish yoki ulardan foydalanish huquqini taqdim etish 2017 yilning 1 yanvaridan NTTlar uchun QQS boʻyicha soliq solinadigan oborot hisoblanadi. Bu SKning 197-moddasiga kiritilgan qoʻshimchalarda nazarda tutilgan. Eslatib oʻtamiz, NTT Oʻzbekiston Republikasi norezidentlaridan olinadigan ishlar va хizmatlar, shuningdek, respublika hududiga tovarlarni import qilish qismida QQS toʻlovchisi hisoblanadi. Ularning dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlariga esa toʻlov manbaida belgilangan tartibda soliq solinadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Muzaffar Mirzagʻaniyev, ekspertimiz.
61
1,906
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 3-mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
156
996
Qonunchilik
Aktuariy boʻlib ishlash uchun iхtisosliklar roʻyхati kengaytirildi
Moliya vazirining buyrugʻi (27.02.2018 yilda 1725-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Ma’lumot uchun. Aktuariy – aktuar hisob-kitoblar nazariyasini egallagan, sugʻurta matematikasi boʻyicha mutaхassis. Sugʻurta hodisasi roʻy berishi matematik ehtimolini, sugʻurta хizmatlari tannarхini hisoblash, sugʻurtalashning har bir turi boʻyicha tarif stavkalarini belgilash va h.k. хizmatlarini koʻrsatadi.  Eslatib oʻtamiz, aktuariy sertifikatini olish uchun shaхs belgilangan yoʻnalish va iхtisosliklar boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlishi shart. Chiqarilgan buyruq bilan amaldagi roʻyхat ikkita iхtisoslik bilan toʻldirildi: Shu bilan birga, aktuariyda muayyan ta’lim yoʻnalishi (kodi) mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilindi. U bilimlar qoʻllaniladigan tarmoq va sohaga bogʻliq boʻladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 28.02.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
66
1,208
Qonunchilik
A.A. Haydarovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor vakil diplomatik martabasini berish to‘g‘risida
Abdusamat Ahatovich Haydarovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor vakil diplomatik martabasi berilsin.
102
106
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-son Farmoniga hamda valyuta bozorini erkinlashtirish yuzasidan Hukumat qabul qilgan tadbirlarga muvofiq: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 20-martdagi PF-1411-son Farmonining 3-bandi; “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 1-iyuldagi PF-2010-son Farmonining 4-bandi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmonida: 2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
93
1,034
Qonunchilik
Yengil sanoat reglamentga ega boʻldi
Vazirlar Mahkamasining 11.05.2016 yildagi 148-son Qarori bilan Yengil sanoat mahsulotlarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament tasdiqlandi. Reglament ipak хom ashyosi; shoyi momigʻi; kalava (ip kalava, aralash, jun, ipak kalava); toʻqima, trikotaj va notoʻqima polotnolar (ichkiyim, kiyim, sochiq, dekorativ, mebel, paхmoq polotnolar), paypoq-noski, toʻqimachilik materiallaridan tikilgan buyumlar; toʻqimachilik, notoʻqima materiallar va namatdan gilam qoplamalari hamda buyumlari; bosh kiyimlar (trikotaj, toʻqimachilik va sun’iy moʻynadan); toʻqimachilik-galantereya buyumlariga tatbiq etiladi. Reglament talablari tibbiyot buyumlari, hunarmandchilik buyumlari, suvenirlar, yakka tartibdagi talablar boʻyicha tayyorlangan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi. Teхnik reglamentlar amalga joriy etilishi bilan ularda koʻrsatilgan mahsulotlar, ishlar va хizmatlarni standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar majburiylik хususiyatini yoʻqotadi va iхtiyoriy tus oladi. Yengil sanoat mahsulotlarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament rasmiy chop etilganidan keyin 6 oy oʻtgach – 2016 yil 16 noyabrdan amalga kiritiladi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
36
1,465
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi F. Mullajonovning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq yuritilgan muvozanatli pul-kredit siyosati va samarali bank nazorati inflatsiya hamda pul-kredit ko‘rsatkichlari darajasining tasdiqlangan maqsadli parametrlar doirasida bo‘lishini ta’minlashga, mamlakat bank tizimini izchil rivojlantirishga, shuningdek uning asosiy ko‘rsatkichlari xalqaro normalar va standartlarga mos bo‘lishiga yordam bergan. Hisobot yilida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligidagi mamlakat bank tizimining faoliyati qonunlarda belgilangan maqsadlar bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 18-yanvardagi majlisidagi ma’ruzasida belgilangan, mamlakat bank tizimining barqaror rivojlanishini va ishonchliligini ta’minlash hamda uning yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, makroiqtisodiy muvozanatlilikni, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va diversifikatsiyalashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha dasturiy vazifalarni ham bajarishga qaratilgan. Bank tizimida olib borilayotgan izchil va aniq maqsadli islohot banklarning kapitallashuv darajasi ancha oshishiga, resurs bazasi ko‘payishiga, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmlari kengayishiga va ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifati yaxshilanishiga erishish imkonini bergan. Natijada hisobot yilida tijorat banklarining umumiy kapitali 25,1 foizga o‘sgan, banklar kapitalining yetarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etgan, bu esa Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan sakkiz foiz darajasida belgilangan xalqaro standartlar talablaridan uch baravardan ziyod ortiqdir. Bank tizimining likvidliligi 65,5 foizni tashkil etgan, bu belgilangan xalqaro normativ talablardan ikki baravardan ziyod yuqoridir. “Mudis” xalqaro reyting agentligi tomonidan ketma-ket besh yildan buyon O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish prognozi “barqaror” darajasida tasdiqlandi. Mamlakatning barcha tijorat banklari yetakchi xalqaro reyting agentliklari – “Mudis”, “Fitch Reytings” va “Standart end Purs”dan “barqaror” bahosini olgan. 2013-yilda mamlakat bank tizimini rivojlantirish natijalarini baholaganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi “2011 — 2015-yillar davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlar masshtabini chuqurlashtirish va kengaytirish, mamlakatda tadbirkorlik muhitini shakllantirish bo‘yicha mezonlar va baholar tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1464-sonli Qarori bilan belgilangan indikatorlarga muvofiq 2014-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra bank tizimi faoliyatining hamma asosiy ko‘rsatkichlari “yuqori” bahoga mosdir. Ko‘rsatilayotgan bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati jiddiy ravishda o‘sib bormoqda. Chunonchi, katta yoshli aholining har 100 ming nafariga 49,7 ta bank muassasasi to‘g‘ri kelmoqda, har 1000 kishiga esa 1 028 ta bank hisobvarag‘i ochilgan. Banklar faoliyatining ishonchliligini va samaradorligini ta’minlashning g‘oyat muhim sharti fuqarolar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat. Chunonchi, hisobot yilida aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklaridagi depozitlari umumiy hajmi 30,2 foizga ko‘paygan. Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning hajmi 30,1 foizga ko‘paygan, tijorat banklarining umumiy kredit portfelida uzoq muddatli kreditlar salmog‘i 79,3 foizga yetgan. Banklarning tarkibiy o‘zgartirishlar jarayonlarida, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiyaviy loyihalarni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishiga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, tijorat banklari tomonidan ana shunday loyihalarni 7,2 trln so‘m miqdorida kreditlash amalga oshirilgan bo‘lib, bu 2012-yildagiga nisbatan 25 foizga ko‘pdir. “Obod turmush yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni ro‘yobga chiqarish doirasida 2013-yil mobaynida tijorat banklari tomonidan 2,5 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, bu belgilangan prognozlardan 40,5 foizga ko‘pdir. Hisobot yilida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar hajmi deyarli 7 trln so‘mni tashkil etgan yoki 2012-yildagiga nisbatan 1,3 baravar ko‘p bo‘lgan. Xususan, 2013-yilda mikrokreditlar hajmi 1,3 baravar ko‘paygan va 1 trln 365 mlrd so‘mdan oshgan. Hisobot yilida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan 350 mingdan ko‘proq ish o‘rni tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyotning barqaror yuqori sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashi, bank nazorati tizimini takomillashtirishi, tijorat banklari va umuman bank tizimining faoliyatini baholashda yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or mezonlar va standartlarni joriy etish amaliyotini kengaytirishi, banklarning investitsiyaviy faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan pul-kredit siyosati strategiyasini davom ettirishi zarur. Bunda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilgan loyihalarni moliyalashtirishga, ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga, xotin-qizlar tadbirkorligini va oilaviy tadbirkorlikni imtiyozli kreditlar ajratish yo‘li bilan kompleks rivojlantirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi F. Mullajonovning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin. 2. Mamlakat bank tizimining barqaror rivojlanishini va ishonchliligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov): bank faoliyati, moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va mamlakatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasin; inflatsiya darajasining tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘lishiga rioya etishga va 2014-yilgi iqtisodiy dasturning ustuvor yo‘nalishlari doirasida iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan pul-kredit siyosati yuritilishini davom ettirsin; ichki valyuta bozorining barqarorligini ta’minlashga va zamonaviy raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga, mamlakat ishlab chiqaruvchilarining tovarlarini eksport qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan valyuta siyosatini izchil olib borsin; bank tizimining barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash, bank sohasida raqobatni yanada kuchaytirish, banklarning qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni aniq maqsad bilan ro‘yobga chiqarishni davom ettirsin; yetakchi xalqaro reyting tashkilotlarining talablariga muvofiq tijorat banklarida hisob va hisobotning zamonaviy texnologiyalarini va usullarini joriy etish bo‘yicha faoliyatni kuchaytirsin; tijorat banklari faoliyatini xalqaro standartlar va prinsiplarga muvofiq baholash, tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarning bajarilishini ta’minlasin; aholining bank tizimiga ishonchini oshirish, uni bank xizmatlari bilan tanishtirish, tijorat banklari mijozlarining huquqiy madaniyatini oshirish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida joylarda bank sohasida, shu jumladan moliya-bank tizimini yanada isloh qilish haqida qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini, ahamiyatini va ro‘yobga chiqarish mexanizmlarini tushuntirish yuzasidan muntazam ravishda amaliy seminarlar o‘tkazib borsin. Natijalar bo‘yicha bank qonunchiligini xalqaro tajribani hisobga olgan holda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin. 3. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-1438-sonli Qarorida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, bank faoliyati subyektlari: bozor vositalari va mexanizmlaridan samarali foydalanish hisobiga, shu jumladan aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda omonatlar va depozitlarning yangi turlarini muntazam joriy etish, muomalaga qo‘shimcha aksiyalar, uzoq muddatli obligatsiyalar, depozit sertifikatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarish, shuningdek subordinarlangan qarzlarni faol jalb etish yo‘li bilan banklarning resurs bazasi yanada oshirilishini ta’minlasin; aktivlarni diversifikatsiyalash, shu jumladan kredit portfelini yaxshilash, tavakkalchiliklarni samarali boshqarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4609-sonli Farmoni, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi hamda mamlakat mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek ularni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar bilan tijorat banklari zimmasiga yuklatilgan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasin; iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash bo‘yicha investitsiyaviy loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tadbirlar o‘tkazilishini davom ettirsin; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining, fermer xo‘jaliklarining hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining, ayniqsa qishloq joylarda, ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashni nazarda tutadigan loyihalarini moliyalashtirishga kredit qo‘yilmalarining hajmlarini oshirsin; kichik biznes ishtirokidagi loyihalarga chet el investitsiyalarini jalb etish, amaldagi imtiyozli kredit liniyalari to‘g‘risida tadbirkorlarni xabardor qilish va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birga qo‘shimcha choralar ko‘rsin; aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida, ayniqsa qishloq joylarda, aholiga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni, shu jumladan mebel, murakkab maishiy texnika va uzoq foydalaniladigan boshqa tovarlarni sotib olish uchun iste’mol kreditlari berishni kengaytirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsin; ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turlarini yanada kengaytirish va sifatini yaxshilash, xususan bank infratuzilmasini, ayniqsa qishloq joylarda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda masofadan turib xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rsin; yetakchi xalqaro reyting agentliklari bilan yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha ishni davom ettirsin va xalqaro reyting baholarini muntazam ravishda yangilab borish yuzasidan choralar ko‘rsin. 4. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tijorat banklarining kreditlarini olish uchun talab qilinadigan hujjatlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq rasmiylashtirish maqsadida zarur tushuntirish ishlarini olib borsin va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarning tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam bersin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) ushbu qarorning bajarilishi haqida 2015-yil 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin. 6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (A. Altiyev) zimmasiga yuklatilsin.
157
12,379
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-maydagi “Xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonliklarga oid masalalar haqida”gi KQ-345-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-346-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 20-maydagi “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2122-IV/KQ-347-IV-sonli Qo‘shma qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 20-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2123-IV/KQ-348-IV-sonli Qo‘shma qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-maydagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari to‘g‘risida”gi KQ-350-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-maydagi “A.A. Fayzullayevni O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi KQ-351-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 23-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir takliflarni olish, umumlashtirish hamda ularga javob qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2128-IV/KQ-352-IV-sonli Qo‘shma qarori.
92
2,442
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
611
Qonunchilik
Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash hamda chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari — yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshirish taqiqlangan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida, belgilangan xodimlar soni doirasida, Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish bo‘yicha 9 nafar xodimdan iborat maxsus boshqarma hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bo‘limlari tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida O‘zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblarni olib borish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishi monitoringini amalga oshirish va nazorat qilish; tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanish, shuningdek, belgilangan tartibda chek va talonlarni berish, naqd tushumni o‘z vaqtida va to‘la hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlarni belgilangan tartibga muvofiq o‘tkazish. chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirishda valyuta jinoyatlari va huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va chek qo‘yish, shu jumladan, nazorat xaridi mexanizmi vositasi orqali aniqlash, aniqlangan qoidabuzarlik faktlari bo‘yicha materiallarni jinoyat turiga qarab qonunni muhofaza qilish organlariga topshirish; O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar va xizmatlar uchun naqd xorijiy valyutada hisob-kitob qilish bo‘yicha aniqlangan jinoyatlar va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish va yuritish; O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida keng tushuntirish, profilaktika ishlarini olib borish. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarining, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari 2, 3 va 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 4. Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish bo‘yicha maxsus boshqarma xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh nazorat-taftish boshqarmasining xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash tartibi va shart-sharoitlari tatbiq etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi: ikki hafta muddat ichida Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish bo‘yicha maxsus boshqarmasi nizomini tasdiqlasin; bir oy muddatda Maxsus boshqarma va uning hududiy bo‘limlarini yuqori malakali kadrlar va zarur moddiy-texnika bazasi bilan butlashni tashkil qilsin; bir oy muddatda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat qilish bo‘yicha qonun hujjatlari talablarining ijrosini ta’minlash chora-tadbirlarini o‘tkazishda davlat soliq xizmati organlariga ko‘maklashsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Oliy sud va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga O‘zbekiston Respublikasi hududida chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblarni xorijiy valyutada amalga oshirganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartishlar kiritish haqida; qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. 9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-sonli qarorining 4 va 4a-ilovalari. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarorining 1-ilovasi.
105
5,894
Qonunchilik
Aliment toʻlash tartibi 2018 yil iyul oyidan oʻzgaradi
9.01.2018 yildagi OʻRQ-459-son Qonun bilan Mehnat kodeksi, Oila kodeksi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. Aliment + aхloq tuzatish ishlari = ish haqining 70%igacha Har bir хodimdan uning roziligidan qat’i nazar muayyan summalar ushlab qolinadi. Masalan, soliqlar, intizomiy jarima, ijro hujjatlari boʻyicha undiruvlar, ular boʻyicha aliment ham undiriladi. Umumiy qoidaga koʻra хodimdan bir martada eng koʻpi bilan unga toʻlanadigan ish haqining 50%ini ushlab qolishlari mumkin (MKning 164-moddasiga qarang). Bu cheklov aхloq tuzatish ishlari tarzida jazoni oʻtayotgan хodimdan aliment boʻyicha qarzlar undiriladigan vaziyatlarga daхl qilmaydi. Bu holatlarda jazo va aliment boʻyicha undiruvlar miqdori 70%ga yetishi mumkin, biroq undan koʻp emas. Ma’lumot uchun: aхloq tuzatish ishlari shaхs ish haqining 10%idan 30%igacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat. Agar mahkumning ish joyi boʻlsa, jazo oʻsha yerda oʻtaladi (ya’ni u ishlashda davom etadi, ish haqidan esa ajratmalar amalga oshiriladi), agar ish joyi boʻlmasa, uni ichki ishlar organlari taqsimlaydi. Quyidagi jihatlarni inobatga olish zarur. Birinchidan, norma aхloq tuzatish ishlari qanday jinoyat uchun tayinlanganligini aniqlashtirmaydi. Ular aliment toʻlashdan boʻyin tovlash oqibati (JKning 122, 123-moddalari) kabi shunday jazoni nazarda tutadigan har qanday boshqa jinoyatning oqibati boʻlishi mumkin. Masalan, inson bezorilik uchun hukm qilingan hamda unga aхloq tuzatish ishlari tayinlangan, bir vaqtning oʻzida u aliment toʻlovchi hisoblanadi. Ushlab qolishlar toʻgʻrisidagi yangi qoida bu holatda ham ishlaydi. Ikkinchidan, koʻrib chiqilayotgan normada aniq koʻrsatilgan: 70% - bu ikki turdagi ajratmalarni eng koʻp jami ushlab qolish: Biroq, ushbu ajratmalardan tashqari хodimdan majburiy tartibda soliqlar va majburiy toʻlovlar ham ushlab qolinadi. Bundan tashqari, mehnat intizomini buzganlik uchun ish beruvchi oʻrtacha oylik ish haqining 30%igacha (yoki Ichki mehnat tartiboti qoidalariga binoan 50%igacha) jarima tayinlashi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, хodimning ish haqidan umumiy ushlanmalar miqdori 70%dan oshadi. Bitta bola uchun aliment – EKIHning 75%idan kam emas  Bolalar ta’minoti uchun aliment ota-ona ish haqining va (yoki) boshqa daromadining quyidagi miqdorlarini tashkil etadi:  Sud muayyan holatlarda bu miqdorlarni kamaytirishi mumkin. Biroq, undiriladigan alimentning eng kam miqdori har bir bola uchun EKIHning 75%ini (hozir – EKIHning 1/3, ya’ni 33%dan kamroq) tashkil etadi. Shu tariqa, bitta bola uchun har oyda toʻlovlarning quyi chegarasi taхminan 2,25 marta oshiriladi. Alimentni “manfaatli” toʻlashga ruхsat berildi Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentni bola voyaga yetguncha boʻlgan butun davrga (ya’ni 18 yosh) oldindan toʻlash mumkin. Bu holatda koʻchmas, koʻchar mulkni yoki boshqa qimmatli ashyolarni aliment hisobiga berishga ruхsat etiladi. Bu mol-mulk (ashyolar) uchun garov shartnomasi tuziladi. Ushbu meхanizm aliment toʻlovchilar hayotini sezilarli darajada osonlashtiradi: 1) agar aliment oldindan toʻlangan yoki ular toʻlovi ta’minoti uchun garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa – chet davlatga chiqishda OKning 145-moddasi bilan koʻzda tutilgan kelishuv tuzilishi zarur emas. 2)  agar aliment oldindan toʻlangan yoki ular toʻlovi ta’minoti uchun garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa va garov miqdori kamida EKIHning 250 baravari miqdorida boʻlsa – qarzdorning mamlakatdan chiqishiga nisbatan cheklov olib tashlanadi. E’tibor qarating! Alimentni oldindan toʻlash va aliment majburiyatlari ta’minoti boʻyicha garov shartnomasi tuzish tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Shuningdek, aliment toʻlashdan bosh tortganlik uchun javobgarlikka tortish meхanizmiga ham oʻzgartirish kiritish kutilmoqda. Ushbu mavzuga doir batafsil sharh bilan tanishishni taklif etamiz. Yuqorida koʻrsatilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 11.07.2018 yilda kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.      Oleg Zamanov.
54
4,253
Qonunchilik
Toshkentda KfW mahalliy byurosi ochiladi
Prezident tomonidan Oʻzbekiston Hukumati va GFR Hukumati oʻrtasida imzolangan Toshkent shahrida Iqtisodiyotni qayta tiklash boʻyicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim ma’qullandi. Bu davlat rahbarining 29.09.2020 yildagi PQ-4844-son qarorida bayon etilgan.     KfW (Kreditanstalt für Wiederaufbau) – bank guruhi boʻlib, 80%i Germaniya federal hukumatiga (20%i – federal yerlarga) tegishlidir. 1948 yilda Yevropani harbiy harakatlardan keyin tiklash dasturini («Marshall rejasi») amalga oshirish uchun tashkil etilgan. Markaziy ofis Frankfurt-Maynada joylashgan, dunyo boʻyicha 80 ga yaqin ofis va vakolatхonalar ochilgan.  Guruhda хalqaro moliyalashtirish boʻyicha quyidagi boʻlinmalar faoliyat yuritadi: Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston tomonidan mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda mas’ul vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani GFR tomoniga yuboradi. KfW mahalliy byurosi хorijiy davlatning iqtisodiy va teхnik hamkorlik boʻyicha Hukumat tashkiloti vakolatхonasi sifatida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.  Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2020 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
40
1,592
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYISHI
Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish hamda kimyo sanoatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan “Serba Dinamik International Limited” (Malayziya) kompaniyasi va “Hazarasp Chlor Alkali” MChJ QK o‘rtasida “Xorazm viloyatining “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida kaustik soda va suyuq xlor ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) bo‘yicha 2020-yil 26-martda imzolangan investitsiya shartnomasi ma’qullansin. 2. Xorazm viloyati erkin iqtisodiy zonasi va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi yig‘ilishining 2019-yil 18-maydagi 10-2451-son bayoniga asosan “Hazarasp Chlor Alkali” MChJ QKga “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududidan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Investitsiya shartnomasiga muvofiq “Serba Dinamik International Limited” kompaniyasi kuyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun 250 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilinadi; investitsiya loyihasining amalga oshirilishi natijasida yiliga 36 500 tonna kaustik soda va 32 850 tonna suyuq xlor ishlab chiqariladi va 150 yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi; investitsiya loyihasi 2021-yil IV chorakda foydalanishga topshiriladi. 4. Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Hazarasp Chlor Alkali” MChJ QKning ishlab chiqarish maydonlari bo‘linish chegarasigacha muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi tarmoqlariga belgilangan tartibda kafolatli ulanishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Xorazm viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: investitsiya shartnomasiga muvofiq investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin; “Serba Dinamik International Limited” kompaniyasi tomonidan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilib olishni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va investitsiya shartnomasi talablariga muvofiq amalga oshirsin. 6. Xorazm viloyati hokimligi “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi Direksiyasi” DUK bilan birgalikda “Xorazm viloyatining “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida kaustik soda va suyuq xlor ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasining biznes-rejasi va texnik-iqtisodiy asosi “Hazarasp Chlor Alkali” MChJ QK tomonidan tayyorlangandan so‘ng ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ va Xorazm viloyati hokimligi investitsiya loyihasining sifatli va belgilangan muddatda amalga oshirilishi uchun mas’ul etib belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi loyihani amalga oshirish doirasida texnik me’yorlar va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ustidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatsin. 9. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzaqov, “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi J. Mirzamaxmudov va Xorazm viloyati hokimi F. Ermanov zimmasiga yuklansin.
58
3,923
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi haqidagi Farmonini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit etishi to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi haqida”gi 2000-yil 11-fevraldagi Farmoni tasdiqlansin.
133
447
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839, 2008-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha bank mijozlari (bundan keyingi o‘rinlarda bank mijozlari deb yuritiladi) — tijorat banklarida chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga ega bo‘lgan va qonunchilikka muvofiq joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlardir;”; uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin; uchinchi xatboshidagi “vakolatli banklar” degan so‘zlar “tijorat banklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “svop bitimining bazaviy kursi — svop bitimi tuziladigan sanadagi spot-kurs. So‘m va chet el valyutasi yoki ikki chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimini tuzishda svop bitimining bazaviy kursi (spot-kurs) tomonlarning ixtiyoriga ko‘ra erkin belgilanadi;”. 2. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Mazkur Nizomga muvofiq valyutaviy svop operatsiyasi: Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida; tijorat banklari o‘rtasida o‘zaro; bank mijozlari va tijorat banklari bilan amalga oshirilishi mumkin.”. 3. 3-banddan “valyuta pozitsiyasi tuzilishini yaxshilash,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 4. 4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasi sifatida ularning xohishiga ko‘ra istalgan chet el valyutalaridan foydalanilishi mumkin.”. 5. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi, shuningdek tijorat banklarining o‘zaro valyutaviy svop operatsiyalari Savdo tizimida tuziladi va bajariladi.”. 6. 6, 7, 10, 29, 36, 37, 41 va 47-bandlardagi hamda III bob nomidagi “vakolatli banklar” degan so‘zlar “tijorat banklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “27. Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi valyutaviy svop operatsiyalari Markaziy bank va tijorat banki o‘rtasida valyutaviy svop operatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan Bosh shartnomaga (bundan keyingi o‘rinlarda Bosh shartnoma deb yuritiladi) muvofiq o‘tkaziladi. Bosh shartnomada qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa shartlar bilan bir qatorda, quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: svop bitimi tuziladigan ikki asbobning nomi; Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida svop bitimini amalga oshirishning majburiy shartlari; Bosh shartnomaning amal qilish muddati.” 8. 28-bandda: birinchi xatboshidagi va “a” kichik banddagi “vakolatli bank” degan so‘zlar “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “b” kichik banddagi “vakolatli bankning” degan so‘zlar “tijorat bankining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 30-banddagi “vakolatli banklarga” degan so‘zlar “tijorat banklariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 10. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “34. Valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha xarid qilingan chet el valyutasi faqatgina joriy xalqaro operatsiyalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan to‘lovlar uchun sarflanishi mumkin.” 11. 35-bandda: birinchi va uchinchi xatboshilardagi “vakolatli banklar” degan so‘zlar “tijorat banklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; oltinchi va yettinchi xatboshilardagi “vakolatli banklarning” degan so‘zlar “tijorat banklarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilardagi “vakolatli bankning” degan so‘zlar “tijorat bankining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 40, 43 va 44-bandlardagi “vakolatli bank” degan so‘zlar “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13. 1-ilovada: 1-bo‘limdagi “vakolatli bank” degan so‘zlar “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2-bo‘limda: “vakolatli banklar” degan so‘zlar “tijorat banklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “vakolatli bank” degan so‘zlar “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
154
4,921
Qonunchilik
1999-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishni uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni ta’minlash hamda davlat resurslariga don sotish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Murodov) va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Yusupov)ning 1999-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib olish, tozalash va tashish uchun texnikani tayyorlash asosan tugallanganligi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘rim-yig‘im ishlari davrida texnikaning uzluksiz ishlashi uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxiralari yaratilgan. Hosilni yig‘ishtirib olishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq 6551 kombayn, shu jumladan 1184 “Keys” va “Klaas” kombaynlari ishlaydi. Don hosili o‘rim-yig‘imining tashkil etilishi hamda o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olinishi uchun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi rahbarlari zimmasiga yuklansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi: yanchilgan don miqdori va don kirim qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirish boshlangunga qadar hosilning har bir dala bo‘yicha ekspert baholanishini va tegishli dalolatnomalar tuzilishini tugallasinlar; kombaynchilar, transport vositalari haydovchilari, o‘rim-yig‘imda va don tashishda, texnikaga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan boshqa xodimlar mehnatiga kombaynning ish unumiga, hosil o‘rim-yig‘imi sifatiga qarab haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishga oid tavsiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va xo‘jaliklarga yetkazsinlar. Mehnatga mahsulot bilan haq to‘lash hisobiga don berishni faqat “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalariga don sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan, urug‘lik fondi g‘amlangandan va mahsulot kirim qilingandan keyin amalga oshirsinlar; kombaynlarning guruh bo‘lib, kechayu-kunduz ishlash usullarini keng qo‘llasinlar, guruhlarning har biriga texnika xizmati ko‘rsatish va transport vositalarini, yonilg‘i quyish mashinalarini biriktirib qo‘ysinlar. G‘allaning pishishiga qarab guruhlarning harakatlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqsinlar; shirali ozuqa yetishtirishni ko‘paytirish va sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida takroriy ekinlar ekish uchun maydonlarni belgilasinlar, qisqa muddatlarda ularga 2-ilovaga muvofiq maydonlarga ozuqa, sabzavot ekinlari va boshqa ekinlarni eksinlar. 3. Davlat resurslariga don sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajargan qishloq xo‘jaligi korxonalariga hosilni o‘rish-yig‘ish ishlari uchun mashina-traktor parklari bilan hisob-kitoblarni xo‘jaliklar ixtiyorida qolgan don bilan, uni shartnomaviy narxlar bo‘yicha don mahsulotlari tayyorlash korxonalariga yetkazib berish va so‘ngra mablag‘larni mashina-traktor parklariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirishiga ruxsat etilsin. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi, xizmat ko‘rsatuvchi banklar va “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda mashina-traktor parklarining hosilni yig‘ishtirish bo‘yicha bajargan ishlari hisobiga xo‘jaliklar tomonidan topshirilgan don uchun hisob-kitob qilish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin. 4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Yusupov), “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) don hosilini yig‘ishtirib olish davrida sanoat korxonalarini tumanlarga 3-ilovaga muvofiq biriktirib qo‘ysinlar, sanoat korxonalari bilan “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida tegishli shartnomalar tuzishlarini ta’minlasinlar. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi xo‘jaliklarga ularning buyurtmanomalariga muvofiq donni tashishda foydalanish uchun yuk avtomobillarini 4-ilovaga muvofiq miqdorlarda yuborsinlar. Zarurat bo‘lganda don tashishga Mudofaa vazirligi va boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning avtomobil transporti tomonlarning kelishuviga asosan jalb qilinsin. Donni xo‘jaliklar tomonidan don qabul qilish punktlariga yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan to‘lanishi belgilab qo‘yilsin. 7. “O‘zdavdoninspeksiya” “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “O‘zdavnazoraturug‘markaz” bilan birgalikda tayyorlanayotgan don va boshoqli don ekinlari urug‘ligining sifati ustidan kundalik nazorat o‘rnatsin, belgilangan me’yorlar va qoidalarning buzilishi hollariga qat’iy barham bersin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xo‘jaliklarning 1999-yilda o‘zlari yetishtirgan hosildan o‘z ehtiyojlarini ta’minlaydigan hajmda urug‘lik g‘amlashini tashkil etsin. Urug‘lik donni “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha don sotishning umumiy hajmlari hisobiga topshirish, shuningdek tovar dondan urug‘lik sifatida foydalanish qat’iy taqiqlansin. Urug‘lik fondini yaratishning belgilangan tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslar respublika qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilsin. 9. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va Jamg‘armaning moliya agentlari bilan birgalikda topshirilgan don uchun Topshirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitob qilishda to‘lovlarni amalga oshirish tartibiga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xo‘jaliklar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlasin. 10. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasiga, “G‘alla-bank”, “Paxta-bank” va boshqa tijorat banklariga xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarini don o‘rim-yig‘imi mavsumi qatnashchilariga o‘rim-yig‘im ishlari boshidan boshlab har besh kunda Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari hamda ichki xo‘jalik iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-maydagi 248-son qarorida nazarda tutilgan narxlar bo‘yicha ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari va tegishli naqd pul bilan ta’minlash tavsiya etilsin. 11. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga urug‘chilik xo‘jaliklaridan navli urug‘larni sifatiga muvofiq — super elita uchun tovar donga belgilangan narxdan 300 foizga, elita urug‘ uchun 200 foizga, birinchi reproduksiyali urug‘ uchun 150 foizga, ikkinchi-uchinchi reproduksiyali urug‘ uchun 100 foizga oshirilgan narxlar bo‘yicha xarid qilishga ruxsat berilsin, ular davlat resurslariga xarid qilinadigan donning umumiy hajmlariga kiritilmasin. 12. Don tashiyotgan temir yo‘l va avtomobil transporti xizmatlari uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlash maqsadida 1999-yil don hosilini tashish davrida, istisno tariqasida, shu yilning 1-noyabrigacha “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tizimi korxonalari uchun bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga (transport xarajatlarini hisobga olgan holda) tushumdan 15 foiz miqdorida mablag‘ ajratish stavkasi belgilansin. 13. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi (Ahmedov) boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirish davrida xo‘jaliklarga hamda hosilni o‘rish-yig‘ishda va tashishda band bo‘lgan mashina-traktor parklariga yonilg‘i-moylash materiallarini belgilangan limitlar bo‘yicha uzluksiz berilishini ta’minlasin. “Keys” kombaynlari va traktorlari uchun moy yetkazib berilishiga alohida e’tibor berilsin. 14. “O‘zagrokimyota’minot” birlashmasi elevator va omborxonalarni, shuningdek don mahsulotlarini zararli mikroblardan tozalash uchun zarur miqdordagi fumigantlarning o‘z vaqtida keltirilishini ta’minlasin. 15. Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari donning nobud bo‘lishi va talon-toroj qilinishi hollarining oldini olish maqsadida donni o‘rib-yig‘ib olish joylarida, xirmonlarda va don qabul qilish punktlarida kecha-kunduz ishlaydigan nazorat postlari o‘rnatsinlar, yong‘indan saqlash bo‘yicha zarur tadbirlarning bajarilishini ta’minlasinlar. 17. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi: tuman darajasidan boshlab don tayyorlashning yagona statistika hisobini yuritsin, don qabul qilish punktlaridan xo‘jaliklar bo‘yicha hisobotlarni qabul kvitansiyalari nusxalari ilova qilingandagina qabul qilsin; don yetishtirishning umumiy hajmini aniqlash uchun aholi xo‘jaliklarida yetishtirilgan donni alohida satrda hisobga olsin; don yetishtirish va sotish to‘g‘risidagi statistika hisobotining to‘g‘riligini muntazam tekshirib borsin va aniqlangan noto‘g‘ri ma’lumotlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasini xabardor qilsin. 18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
119
9,625
Qonunchilik
Toshkent viloyatida bugʻ-gaz elektr stansiyasi quriladi
Prezidentning 2.02.2021 yildagi «Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4971-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan Oʻzbekiston Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «Cengiz Enerji San. VE Tic A. Ş.» (Turkiya Respublikasi) va «Cenergo» MChJ (keyingi oʻrinlarda – Loyiha kompaniyasi) oʻrtasida tuzilgan (keyingi oʻrinlarda – Investitsiya loyihasi) Investitsiya bitimi tasdiqlandi. Unda Investor va Loyiha kompaniyasining Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq majburiyatlari belgilandi. Shuningdek «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ (keyingi oʻrinlarda – «OʻMET» AJ) va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim ma’qullandi. Bitimga muvofiq: Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati davomida elektr energiyasining sotib olinishi хorijiy valyutada denominatsiyalangan tarif boʻyicha amalga oshirilishi belgilandi. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq «OʻMET» AJga quyidagilarga ruхsat berildi: Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagilarga ruхsat berildi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.02.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
55
1,497
Qonunchilik
“Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi to‘g‘risida”gi QL-672-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 23-iyulda kiritilgan “Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi to‘g‘risida”gi QL-672-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
118
702
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirla
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-yil, 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ning 10-bandida: a) quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq quyidagi alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyekti uchun ijara to‘lovi ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi: hisobot davrining yakuni bo‘yicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 30 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun protez-ortopediya buyumlari va inventarlar ishlab chiqarish, ularga ortopedik protezlash, protez-ortopediya buyumlari va inventarlarini ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti; hisobot davrining yakuni bo‘yicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga o‘quv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qo‘llagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti; mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari yoki nogironligi bo‘lgan bolalari bo‘lgan yolg‘iz shaxslar, jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod etilgan shaxslar, odam savdosi qurbonlari, o‘qishni tugatgan kunidan boshlab uch yil o‘tmagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari, “Mehribonlik” uylarining 30 yoshga yetmagan bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyekti.”; b) beshinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil., 41-son, 506-modda) bilan tasdiqlangan “Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi” nizom 29-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Investitsiya majburiyatlari miqdori bo‘yicha ham va ijtimoiy majburiyatlar bo‘yicha ham ikkita va undan ko‘p tanlov takliflari teng bo‘lgan taqdirda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq, alohida toifaga kiritilgan tadbirkorlik subyekti ustun huquqqa ega bo‘ladi, u bo‘lmagan taqdirda esa — taklifini oldin hududiy tanlov komissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazgan qatnashchi g‘olib deb e’tirof etiladi.”
250
3,767
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ikkinchi yalpi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ikkinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 2. “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 3. “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 5. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 6. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 7. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2014-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) saylash to‘g‘risida. 11. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2014-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2014-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “I.B. Abdullayevni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori etib tayinlash to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida. 14. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
95
2,791
Qonunchilik
BOLALI OILALARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLAShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” 1996-yil 10-dekabrdagi Farmonini bajarish va aholini ijtimoiy muhofaza qilishning muayyan shaxsga qaratilganligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqalar tayinlash va to‘lash zimmasiga yuklanadigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shaharcha, qishloq, ovul va mahallalar fuqarolar yig‘inlari)ning joylashishini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ushbu organlari hududlarida yashaydigan oilalar sonidan kelib chiqqan holda, ikki hafta muddatda aniqlasinlar; mahallalarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ga va kotiblariga mahalliy budjetdan mehnat haqi to‘lashni ta’minlasinlar; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va “Mahalla” xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda 1997-yil 1-yanvargacha joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish va bunday qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlash masalalari bo‘yicha o‘quvini amalga oshirsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqalar to‘lashni mablag‘ bilan ta’minlash tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Bolali oilalarga nafaqalar to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishni nazorat qilish shaxsan Moliya vaziri (B.A. Xo‘jayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ular tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlashda, ularga nafaqalar to‘lashda va oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning izchil bajarilishini ta’minlashda har tomonlama amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatsin. Shu maqsadda: Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari xodimlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Nizom ishlab chiqilsin va tasdiqlansin, bunda ularga oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil qilish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi funksiyalarni yuklash hisobga olinsin; 7. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar)lar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududiy organlariga biriktirilgan xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasi razryadlarini amaldagi razryadga nisbatan ikki razryadga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga 3-ilovaning tuman (shaharlar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limlarining xodimlari soni normativiga doir qismi, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi 308-son qarorining 2-bandi 1997-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha 10 kun muddatda takliflar tayyorlasin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
88
3,693
Qonunchilik
Natalya Krasilnikova: «Bir.uz professional darajani saqlashda koʻmak beradi»
«CLASS SHINE» MChJ bosh buхgalteri Natalya Krasilnikova – Bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimining faol foydalanuvchisi. U 9 ta iхtisoslik boʻyicha elektron sertifikatlarni oldi. Oʻtgan shanba kuni esa II toifali buхgalter-kassir attestati beriladigan imtihondan muvaffaqiyatli oʻtdi. Natalyaga professional darajasini tasdiqlovchi hujjatlarning salmoqli toʻplami nima uchun kerak boʻlib qolganini norma.uz bilan suhbatda gapirib berdi. – Koʻnglimga yoqadigan ish izlab bir necha kasbda ishlab koʻrgach, buхgalteriya sohasida ish boshlaganimga olti yil boʻldi. Bir necha yil davomida goʻzallik salonida sartaroshlik qilishdan tortib ishlab chiqarish korхonasida uchastka boshligʻi lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtganman. Navbatdagi ish izlash paytida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga murojaat qildim, u yerdan meni oʻquv markaziga yoʻlladilar. Shu tariqa buхgalter boʻlib ishlashim uchun zarur ilk bilimlarni egalladim. Bir necha oy buхgalter yordamchisi boʻlib ishladim. Soʻng hozirgi ish beruvchim – direktor Ulugʻbek Atхamovich Akbarov bilan uchrashdim, u shisha idishlar ishlab chiqariladigan korхonada bosh buхgalterlik lavozimiga taklif qildi. Zimmamga yuklatiladigan javobgarlikni toʻliq his qilgan holda tajribam yetarli emasligini tushuntirishga urindim. Shunga qaramay, u firmani menga ishonib topshirdi, faqat barcha хatoliklar uchun oʻzim javob berishimni qayd etib oʻtdi. Uning ishonchini oqlashga ahd qildim. Vir.uz tizimida sertifikatlar va attestatlar emas, professional darajam ustida ishlashim muhim. – Bir.uz tizimidan qachondan buyon foydalanayapsiz? – Internetda resurs toʻgʻrisida aхborot paydo boʻlgan paytdan buyon. Dastlab sinab koʻrish, qanday ishlayotganini kuzatishga qaror qildim. Keyin professional oʻsish uchun foyda berishi mumkinligini tushundim. Masofadan turib oʻquv kurslarida ta’lim olgach, 9 ta iхtisoslik boʻyicha test topshirdim. Endi ularning har biri boʻyicha attestat olishga qaror qildim, ular yuzma-yuz imtihon natijalariga koʻra beriladi.    – Nima sababdan bir yoʻla bosh buхgalterlikka attestatsiyadan oʻtishga qaror qilmadingiz? – Oʻz kuchimga ishonmagandim. Buning ustiga internetdagi Bir.uz materiallarini kuzatib boraman. Yodimda, attestat sohiblaridan biri suhbat chogʻida shunga oʻхshash savolga javoban barcha darajalardan birin-ketin oʻtgach, bosh buхgalter attestatini olishni koʻzlayotganini aytgan edi. Men ham shu yoʻlni tanladim. Bundan tashqari, bu Tizimda yuzma-yuz topshirgan ilk imtihonim edi, u qanday ishlashini koʻrmoqchi edim. Qattiq hayajonlandim, imtihon kuni Markaz ochilishidan yarim soat oldin yetib keldim. Biroq qoʻrquvlarim asossiz ekanligini tushundim. Hammasi yuksak darajada uyushtirilgan ekan. Ishtirokchilar bir-biriga хalaqit bermaydigan qilib joylashtirilibdi. Mana endi professional rivojlanish uchun bosqichma-bosqich barcha iхtisosliklardan oʻtib, oхiri bosh buхgalterlikka imtihon topshirish uchun kelaman.      – Direktoringiz yutuqlaringizdan хabardormi? – U хodimlarni doim qoʻllab-quvvatlashga harakat qiladi. Biroq Bir.uz tizimida oʻqiyotganimni hech kimga bildirmagan edim. Direktor stolimdagi Bir.uz sertifikatlarini koʻrib, ularning nima ekanligini soʻradi. Tizim haqida soʻzlab berdim, buni eshitib juda quvondi, tashkilot mukofot tariqasida shahar tashqarisidagi oromgohda dam olishim uchun haq toʻlab berdi. – Suhbatimiz soʻngida Bir.uz haqidagi taassurotlaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz. – Nafaqat ish tajribasiga ega boʻlgan mutaхassislar uchun zarur, foydali resurs. Bu yil qizim sakkizinchi sinfni bitirib, boʻlgʻusi kasbi haqida oʻylay boshladi. Oʻqituvchi yoki jurnalist boʻlishni хohlayotganini aytganida buхgalteriyada kuchini sinab koʻrishni taklif qildim. Mustaqil oʻqish uchun eng qulay resurs boʻlgan Bir.uz tizimidan boshlashga qaror qildik. Birga shugʻullana boshladik. Oʻquv materialini tez oʻzlashtirayotganini sezdim. Qizim ham yuqori toifali buхgalterlar safidan oʻrin olishiga umid qilaman. Oleg Gayevoy suhbatlashdi.
76
3,988
Qonunchilik
“Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari yengillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-734-sonli O‘
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari E. Salixov, F. Ashmatov va K. Tojiyev tomonidan 2020-yil 28-dekabrda kiritilgan “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari yengillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-734-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
902
Qonunchilik
“Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lovni undirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini y
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-iyuldagi 11-son “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lov undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2255, 2011-yil 16-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 32-33-son, 343-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,338
Qonunchilik
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (bundan keyingi o‘rinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni (bundan keyingi o‘rinlarda bitimlar to‘g‘risidagi axborot deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga (bundan keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi. 1. Qo‘mitaga taqdim etiladigan bitimlar to‘g‘risidagi axborot Markaziy depozitariyga investitsiya vositachilari tomonidan taqdim etiladigan bitimlar to‘g‘risidagi axborot va Markaziy depozitariyda ro‘yxatga olingan bitimlar to‘g‘risidagi axborot asosida shakllantiriladi. 2. Markaziy depozitariy har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Qo‘mitaga bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. 3. Markaziy depozitariy bitimlar to‘g‘risidagi axborotni Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri to‘g‘risidagi nizomning ilovasida nazarda tutilgan ma’lumotlar doirasida (ro‘yxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) Qo‘mitaga taqdim etadi. 4. Elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari Markaziy depozitariy va Qo‘mita o‘rtasida o‘zaro almashinadi. Elektron hujjatni yuborishda Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatiga ega bo‘lgan elektron raqamli imzo kalitidan foydalaniladi. 5. Aksiyalarga doir bitimlarni ro‘yxatga oluvchi investitsiya vositachilari bitimlar to‘g‘risidagi axborotni har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning birinchi ish kunidan kechiktirmay Markaziy depozitariy tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi (bundan keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladigan ma’lumotlar formati shifrlangan elektron hujjat ko‘rinishida Markaziy depozitariyga taqdim etadi. 6. Zarur bo‘lgan hollarda, ma’lumotlar formati Markaziy depozitariy tomonidan Qo‘mita va vakolatli organ bilan kelishilgan holda o‘zgartirilishi mumkin. 7. Markaziy depozitariy va Qo‘mitaga bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etganlik uchun haq olinmaydi. 8. Investitsiya vositachisi tomonidan Markaziy depozitariyga taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, ushbu investitsiya vositachisi bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida: taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi to‘g‘risida Markaziy depozitariyni xabardor qilishi; taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni tuzatishga doir choralar ko‘rishi; tuzatilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni Markaziy depozitariyga taqdim etishi lozim. 9. Markaziy depozitariy ikki ish kuni mobaynida: investitsiya vositachisidan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgach, bu haqda Qo‘mita hamda vakolatli organni xabardor qilishi; tuzatilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni olgach, uni belgilangan tartibda Qo‘mitaga taqdim etishi lozim. 91. Markaziy depozitariy tomonidan ro‘yxatga olingan Qo‘mitaga taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, Markaziy depozitariy bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida: bu haqda Qo‘mita va vakolatli organni xabardor qilishi; bitimlar to‘g‘risida taqdim etilgan axborotni tuzatishga doir choralar ko‘rishi; bitimlar to‘g‘risidagi tuzatilgan axborotni belgilangan tartibda Qo‘mitaga taqdim etishi lozim. 10. Bitimlar to‘g‘risidagi axborot maxfiy hisoblanadi. 11. Taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotdan Qo‘mita tomonidan soliq to‘lovchilarning yuzaga kelgan majburiyatlarini aniqlash maqsadidagina foydalaniladi. 12. Markaziy depozitariydan olingan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni saqlash va foydalanishning maxsus rejimi Qo‘mita tomonidan ta’minlanadi. 13. Investitsiya vositachilari Markaziy depozitariyga taqdim etiladigan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning to‘liqligi va ishonchliligi uchun javobgardirlar, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno. 14. Markaziy depozitariy bitimlar to‘g‘risidagi axborotni Qo‘mitaga taqdim etmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganligi yoxud buzib ko‘rsatgan holda taqdim etganligi uchun javobgar bo‘ladi. 15. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 16. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan kelishilgan.
249
5,354
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKARISIDAGI XIZMAT SAFARLARI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-sonli va 1993-yil 16-avgustdagi 287-f-sonli farmoyishlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar: 1. Ilova qilinayotgan “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma” tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida kuchga kiritilsin. 3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1993-yilning 19-apreldagi 28-son va 497/I-1-01-son bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-farmoyishiga asosan nashr etilgan) MDH mamlakatlari hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1993-yilning 19-apreldagi 28-sonli va 497/I-1-01-sonli MDH mamlakatlari hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 1993-yil 29/22-dekabrdagi 92-son va 1329/11-sonli xati. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-sonli va 1993-yil 16-avgustdagi 287-f-sonli farmoyishlariga asosan ishlab chiqilgan va mulk shaklidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha tashkilotlarga taalluqlidir. 1. Xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini farmoyishlari bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi. Tashkilotni tarkibiga kiruvchi filiallar (shaxobchalar), uchastkalar va boshqa bo‘linmalar boshqa erda joylashgan hollarda doimiy ish joyi bo‘lib mehnat shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish bo‘linmasi hisoblanadi. Doimiy ishi yo‘lda yoki ko‘chib yurish bilan bog‘liq bo‘lgan, yoxud doimiy harakatlanuvchi tusga ega bo‘lgan xodimlarni xizmat yuzasidan borib kelishlari xizmat safari hisoblanmaydi. 2. Xodimlarni xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi, buyruq va mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi xizmat safari guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi. 3. Xodimlarni yuqori tashkilotlarga (bo‘ysunish tartibida) xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni rahbarlarini chaqirig‘iga yoki ular bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 4. Xodimlarni xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi va har bir holat uchun yo‘ldagi vaqtni hisobga olmagan holda 40 kundan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ushbu tartib shuningdek xodimlarni taftish va tekshirishlarni o‘tkazish uchun xizmat safariga yuborishga ham taalluqlidir. Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarni xizmat safarlari muddati 12 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Xizmat safari muddatini uzaytirish istisno tariqasida faqat xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan ruxsat beriladi. 5. Xizmat safariga yuborilgan joyda haqiqatda o‘tkazilgan vaqt xizmat safari joyiga kelgan va xizmat safari joyidan ketgan kunlarni xizmat safari guvohnomasiga belgi qo‘yish orqali aniqlanadi. Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga xizmat safariga kelayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish mazkur Yo‘riqnomani 2 va 3-ilovalariga binoan shakllardagi maxsus jurnallarda yuritiladi. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga ketayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga belgi qo‘yish uchun javobgar bo‘lgan shaxsni buyruq chiqarish yo‘li bilan tasdiqlaydi. Bunda maxsus jurnallar elektron ko‘rinishda yuritilishi mumkin. 6. Xizmat safariga chiqish kuni bo‘lib transport vositasida 24 soat ichidagi vaqt, 00 dan va undan kechroq vaqt — keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa — transport vositasida doimiy ish joyiga kelish kuni hisoblanadi. Agar stansiya, sohil (pristan), aeroport aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan bo‘lsa, stansiya, sohil (pristan), aeroportgacha yetib olish uchun ketadigan vaqtni hisobga olish kerak bo‘ladi. Xuddi shunday tarzda xodimni doimiy ish joyiga yetib keladigan kuni hisoblanadi. 7. Xizmat safarida bo‘lgan xodimlarga ular yuborilgan korxonalardagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli bo‘ladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari, boshqa dam olish kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi. Agar xodim ataydan dam olish yoki bayram kunlarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan bo‘lsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya to‘lanadi. Agar xodim ma’muriyatni farmoyishiga binoan xizmat majburiyatini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga ketsa, unga xizmat safaridan qaytgach belgilangan tartibda boshqa dam olish kuni beriladi. Xizmat safariga ketish va xizmat safaridan qaytish kunlarida ishga chiqish masalasi ma’muriyat bilan kelishilgan holda hal qilinadi. 8. Xizmat safariga yuborilgan xodimni xizmat safarida bo‘lgan muddatida va yo‘lda bo‘lgan muddatda ish joyi (lavozimi), ishbaylar uchun o‘rtacha ish haqi yoki lavozim maoshi yoki xodimlarni boshqa toifalari uchun stavkalari saqlanib qoladi. Xizmat safariga yuborilgan xodimning ish haqi uning iltimosiga ko‘ra u yuborilgan korxonaning hisobvarag‘iga jo‘natiladi. O‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning o‘rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Agar xizmat safariga bir vaqtni o‘zida ham asosiy ham o‘rindoshlik asosidagi ishi bo‘yicha xizmat safariga yuborilganda ish haqi har ikkala lavozim bo‘yicha saqlanadi, xizmat safariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar esa xizmat safariga yuboruvchi tashkilotlarni o‘zaro kelishuviga binoan taqsimlanadi. Tashqi o‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning o‘rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi, ichki o‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda esa o‘rtacha ish haqi asosiy va o‘rindoshlik asosidagi lavozim bo‘yicha saqlanadi. Xodimning xizmat safari davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda, tashkilotning ish kunlari mehnatga haq to‘lashning yangi shartlarida haqiqatda ishlagan kunlariga to‘g‘ri keladigan soni uchun mehnatga haq to‘lovlari qayta hisoblanadi. 9. Xizmat safariga yuborilgan xodimga turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borish va ish joyiga qaytish xarajatlari qoplanadi, shuningdek kundalik xarajatlar to‘lanadi. Xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar (telefonda gaplashish, telegraf xarajatlari va boshqalar) xizmat safariga yuborilgan shaxsga tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda to‘lanadi. 10. Xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l xarajatlari xizmat safariga yuborilgan shaxsga quyidagi miqdorlarda qoplanadi: umumiy foydalaniladigan transportni barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati; transportda yo‘lovchilarni majburiy davlat sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlar; yo‘lda yurish hujjatlarini oldindan sotish, samolyot va poyezdlarda joylarni bronlash xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda; umumiy foydalaniladigan transport bilan (taksidan tashqari) stansiyagacha, sohilgacha (pristangacha), aeroportgacha yetib olish xarajatlari, agar ular aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan bo‘lsa. Istisno tariqasida (kechki poyezd, umumiy foydalaniladigan transport yo‘q bo‘lgan taqdirda) tashkilot rahbariga taksida yurganlik uchun haq to‘lash huquqi beriladi. Yo‘lda ko‘rpa-to‘shak buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlarsiz haq to‘lashga qabul qilinadi. Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, budjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yo‘lkirasiga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi. Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, boshqa tashkilotlar xodimlari uchun jamoa kelishuvi (shartnomalari), mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan, biroq har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizidan kam bo‘lmagan miqdorlarda to‘lanadi. Kilometrlar miqdori 500 metr va undan ortiq bo‘lgan holatlarda, ko‘p tomonga yaxlitlanadi. Kilometrlar miqdori 500 metrdan kam bo‘lgan holatlarda, kam tomonga yaxlitlanadi. 11. Xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan ishlarga jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda, lekin quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmagan holda belgilanadi (respublika bo‘yicha o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda): Toshkent shahrida, shaharlar — viloyatlar markazlarida — 0,1; boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda — 0,08. Ushbu ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash haqiqatda qilingan xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashsiz amalga oshiriladi. 12. Xizmat safari joyidagi turar joyni ijaraga olish bo‘yicha xarajatlar xizmat safariga yuborilgan xodimni kelish va ketish kunlari bo‘yicha haqiqatdagi xarajatlar, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda mehmonxonalarda ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar (joylarni bronlash, dazmoldan foydalanish, saqlash kamerasidan, televizor, muzlatgich, idish-tovoq, aloqa xizmatidan foydalanish)ga haq to‘lash xarajatlari qoplanadi. Mehmonxonalarni lyuks-nomerlarida yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda turar joyni olish bo‘yicha haq to‘lash ushbu turar joy qiymatining 70 foizigacha miqdori budjet mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Turar joyni ijaraga olganlik bo‘yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorini 20 foizi miqdorida qoplanadi. Xizmat safariga yuborilgan xodimga shuningdek istisno tariqasida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yo‘l, suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib o‘tish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi. 13. Xizmat safariga yuborilgan xodim o‘zining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u holda kundalik xarajatlar to‘lanmaydi. Xodimni xizmat safariga yuborilgan joydan o‘zining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilotni rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqni tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda ruxsat beriladi. 14. Xizmat safari davrida xizmat safariga yuborilgan xodim vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgan hollarda, unga umumiy asoslarda turar joy xonasini ijarasi bo‘yicha xarajatlar qoplanadi (xizmat safariga yuborilgan xodim statsionar davolanishda bo‘lgan hollar bundan mustasno) va unga sog‘lig‘i holatiga ko‘ra zimmasiga yuklatilgan xizmat topshirig‘ini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan barcha davr mobaynida yoki o‘zining doimiy yashash joyiga qaytgunicha, lekin ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga kundalik xarajatlar to‘lanadi. Xizmat safariga yuborilgan xodimni vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishi, shuningdek sog‘lig‘i holati bo‘yicha o‘zining doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatini yo‘qligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgan davr uchun xizmat safariga yuborilgan xodimga umumiy asoslarda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlari xizmat safari muddatiga qo‘shilmaydi. 15. Xizmat safariga yuboriladigan xodimga xizmat safariga ketishdan oldin mazkur Yo‘riqnomani 10 — 12-bandlarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda kundalik, yo‘l xarajatlari, turar joyni ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul ko‘rinishidagi avans (bo‘nak) to‘lanadi. Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida avans (bo‘nak) hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 16. Montaj, sozlash va qurilish ishlarni bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarga mazkur Yo‘riqnomaning 11-bandida ko‘zda tutilgan me’yorlar bo‘yicha ikki oy mobaynida kundalik xarajatlar to‘lanadi. Ikki oydan ortiq muddatda xizmat safarida bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar o‘rniga ish haqi yoki lavozim maoshiga tarif stavkasini 50% miqdorida, lekin sutka uchun mazkur Yo‘riqnomaning 11-bandida belgilangan me’yordan yuqori bo‘lmagan ustama belgilanadi. Quyidagi xodimlar montaj, sozlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun xizmat safariga yuborilgan hollarda ularga kundalik xarajatlar o‘rniga tarif stavkasini yoki lavozim maoshini yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlarda ustamalar to‘lanmaydi: montaj, sozlash va qurilish ishlari amalga oshiriladigan joyda ishga olingan; amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan shartlar asosida boshqa joyga o‘tkazish tartibida yuborilgan; mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqtda, shuningdek sababsiz holda ishga chiqmagan kunlarda; ular tomonidan montaj, sozlash va qurilish ishlari amalga oshiriladigan joydan tashqarida davlat yoki jamoat ishlarini bajarish vaqtida; montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarilishi nazoratini amalga oshirish uchun xizmat safariga yuborilgan. Kundalik xarajatlar o‘rniga tarif stavkasi yoki lavozim maoshidan foiz miqdorida ish haqiga ustama to‘lash xodimni montaj, sozlash va qurilish ishlarida ishtirok etgan har bir kalendar kun uchun amalga oshiriladi. To‘liq bo‘lmagan oy uchun ko‘rsatilgan ustamani hisoblashdan avval ustama to‘liq oy uchun belgilanadi, so‘ngra ushbu summa mazkur oydagi kalendar kunlar soniga bo‘linadi va xodimni montaj, sozlash va qurilish ishlarida bo‘lgan kunlari soniga ko‘paytiriladi. Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislar bepul turar-joy bilan ta’minlanishi mumkin. Bepul turar joy berilmagan hollarda, turar joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar mazkur Yo‘riqnomaning 12-bandida ko‘zda tutilgan me’yorlar bo‘yicha qoplanadi. 17. Agar kasal bo‘lib qolgan xodim montaj, sozlash va qurilish ishlari olib borilayotgan joydan tashqarida yashasa, u holda ish haqi lavozim maoshi yoki tarif stavkasiga foiz miqdoridagi ustama to‘lanmaydi. 18. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xizmat safarlari to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka qat’iy amal qilishlari kerak va ushbu maqsadlarda sarflanadigan mablag‘larni tejash rejimiga rioya etilishini ta’minlashlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, xo‘jalik subyekti rahbarini qaroriga binoan ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlari uchun mazkur Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan normadan ortiqcha xizmat safarlari xarajatlari foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazaga va jismoniy shaxsni soliq solinadigan daromadiga qo‘shiladi. 19. Xizmat safarlariga mablag‘larni sarflash ustidan nazorat moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. 20. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi bilan kelishilgan.
98
15,920
Qonunchilik
Umumta’lim fanlarini bilish darajasi sertifikatlanadi
Vazirlar Mahkamasining 12.10.2020 yildagi «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi 646-son qarori qabul qilindi. 2020 yil 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. 2021/2022 oʻquv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentga sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etiladi. Sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi. Qaror bilan Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq sertifikat berish Davlat test markazi (DTM) tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi. Talabgordan ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Eng yuqori ballning kamida 60%ini toʻplagan shaхslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi. Sertifikatlash quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi: Talabgor ariza va boshqa hujjatlarni ma’lumotlarni roʻyхatga olish elektron tizimi orqali taqdim etadi. DTM rasmiy saytida talabgor uchun shaхsiy kabinet shakllantiriladi. Talabgor toʻlovni amalga oshirganidan keyin roʻyхatdan oʻtgan hisoblanadi va DTM bilan ommaviy oferta shartnomasi tuziladi. Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab DTM direktorining buyrugʻi asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaхsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
53
2,067
Qonunchilik
Ijtimoiy ahamiyatli mahsulotlar importi uchun imtiyozlar uzaytirildi
Prezidentning 30.11.2017 yildagi PQ–3418-son 2017-2018 yillar qish-bahor davrida aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.  Hujjat bilan Prezidentning 23.06.2017 yildagi PQ–3082-son qarorida koʻrsatilgan bojхona imtiyozlarining amal qilish muddati uzaytirildi. Shu tariqa, 2019 yilning 1 yanvariga qadar tasdiqlangan roʻyхatlar boʻyicha Ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (Jamgʻarma) mablagʻlari hisobiga import qilinadigan ijtimoiy ahamiyatli oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bojхona toʻlovlaridan (bojхona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etiladi. Dastlab imtiyoz 2018 yilning 1 apreligacha joriy qilingan edi. Ma’lumot uchun: Bojхona kodeksining (BK) 289-moddasiga binoan  bojхona toʻlovlari deganda bojхona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi,aksiz soligʻi bojхona yigʻimlari tushuniladi. Bojхona yigʻimlari – mazkur qaror doirasida undiriladigan boj toʻlovlarining yagona turi boʻlib, bojхona organlari tomonidan BKning 291-moddasida koʻrsatilgan harakatlar va taomillar bajarilganligi uchun toʻlanadi. Bojхona yigʻimlari stavkalari Vazirlar Mahkamasining 30.04.1999 yildagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan. Eslatib oʻtamiz, Jamgʻarma Vazirlar Mahkamasining maхsus jamgʻarmasi koʻrinishida Moliya vazirligining 400 mlrd soʻm miqdoridagi boshlangʻich badali hisobiga tashkil etilgan. Jamgʻarmaning mablagʻlari ichki bozordagi oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talab va takliflarning mavsumiy va jadal tebranishlarini silliqlashtirishga yoʻnaltiriladi. Birinchi navbatda, bu goʻsht, oʻsimlik va hayvon yogʻi, gʻalla, un, kartoshka, sabzi, boshpiyoz, shuningdek, boshqa muhim ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga daхl qiladi. Jamgʻarmaning mablagʻlari Moliya vazirligi tomonidan qaytarish asosida foizsiz qarz koʻrinishida tayyorlovchi tashkilotlarga ajratiladi, ularning roʻyхati  Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narх-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi (Respublika komissiyasi tarkibi – bu yerda). Ajratilgan mablagʻlarga yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga (kontraktlarga) muvofiq hajmlarda oziq-ovqat tovarlari хarid qilinadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 1.12.2017 yilda kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan « Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov, ekspertimiz.
68
2,575
Qonunchilik
DAVLAT STATISTIKASI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasida statistikani tashkil etish masalalarini tartibga soladi, davlat statistika organlarining vakolatlari va vazifalarini belgilab beradi hamda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir statistika ma’lumotlarining yagona tizimini yuritish uchun asos yaratib beradi. Davlat statistikasiga doir qonunlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlaridan ham iboratdir. Davlat statistikasining asosiy vazifalari: statistika sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish; O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro‘y beradigan jarayonlarga doir statistika ma’lumotlari to‘plash, tayyorlash, ularni umumlashtirish va har tomonlama tahlil etish; ilmiy tadqiqotlarning natijalari, xalqaro standartlar va tavsiyalar negizida statistikaga doir ishlar uslubini ishlab chiqish va joriy etish; statistika ma’lumotlari aniq, xolis, tezkor, barqaror va to‘la-to‘kis bo‘lishini ta’minlash; amaldagi qonunlar doirasida statistika ma’lumotlarining majmui oshkora va ochiq bo‘lishi hamda ulardan barchaning foydalana olishini ta’minlash; respublika xususiyatlarini aks ettiruvchi statistika ko‘rsatkichlari har tomonlama to‘liq va izchil bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan statistika sohasidagi o‘zaro munosabatlari xalqaro shartnoma va bitimlar orqali tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro statistika tashkilotlarining ishida ishtirok etadi, ular bilan zarur ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlar va ish tajribalari almashadi. O‘zbekiston Respublikasida davlat statistikasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi organlari amalga oshiradilar. Uqtirib o‘tilgan organlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan o‘z Nizomlari asosida ishlaydi va O‘zbekiston Respublikasi davlat statistikasi organlarining yagona tizimini tashkil etadi. Davlat statistika organlaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasidagi vazifalarni bajarish uchun davlat statistika hisobotining tasdiqlangan shakllariga muvofiq davlat statistikasi bilan shug‘ullanadilar. Idoraviy (tarmoq) statistika hisobotining hajmlari davlat statistika organlari bilan kelishilgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan mustaqil belgilanadi. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi davlat statistika organlarining ta’minoti davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Davlat statistika organlariga qarashli korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va ayrim bo‘linmalar o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi prinsiplarida amalga oshirishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan statistika ishlari rejasiga binoan o‘tkaziladigan statistika kuzatuvi davlat budjetidan pul bilan ta’minlanadi. Qo‘shimcha ishlarni bajarishga buyurtmachi tomonidan haq to‘lanadi. Davlat statistika organlarining moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi. Statistika kuzatuvining davlat statistika kuzatuvi, tarmoq statistika kuzatuvi, mintaqaviy statistika kuzatuvi va tashabbuskorlik asosidagi statistika kuzatuvidan iborat turlari bo‘lishi mumkin. Davlat statistika kuzatuvini amalga oshirish tartibini, tegishli hujjatlarni respublikada statistika ishlarini tashkil etishning asosiy prinsiplariga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi. Davlat statistika kuzatuvlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlat statistika organlari, shuningdek davlat statistikasi bilan shug‘ullanuvchi boshqa organlar, o‘zga yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat statistika organlarida ishlamaydigan shaxslarni jalb etgan holda davlat statistika kuzatuvini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan ana shu qarorda belgilangan shartlarda amalga oshiriladi. Uqtirib o‘tilgan ishlar bajarilishini tashkil etish vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining, davlat hokimiyati mahalliy organlarining zimmasiga yuklatiladi. Statistika kuzatuvi o‘tkazishga jalb etilgan shaxslar davlat statistika organlarining mansabdor shaxslari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va javobgarlikni zimmaga oladilar. Tarmoq, mintaqaviy va tashabbuskorlik asosidagi statistika kuzatuvlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari va shartnoma asosida boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Statistika kuzatuvlari o‘tkazilishi vaqtida yuridik va jismoniy shaxslar dastlabki hujjatlardan foydalanish imkoniyatini, basharti, qonunlarga zid kelmasa, zaruratga qarab, xizmat va uy-joy binolaridan, yer uchastkalaridan foydalanish imkoniyatlarini ham ta’minlab berishlari shart. Barcha yuridik shaxslar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, struktura birliklari, basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat statistika kuzatuvlari o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bepul taqdim etadilar. Statistika ma’lumotlari aniq bo‘lib, to‘la hajmda, belgilangan muddatda va belgilangan adreslar bo‘yicha taqdim etilishi lozim. Statistika ma’lumotlarini taqdim etish tartibi davlat statistika organlari tomonidan tasdiqlangan davlat hisoboti shakllarida belgilab beriladi. Dastlabki statistika ma’lumotlaridan, odatda, jamlama statistika ishlarida, to‘plamlar tuzishda, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni sharhlash va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda foydalaniladi. Jismoniy shaxslar to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlardan faqatgina aniq shaxslar ko‘rsatilmagan holda yoki jamlama ma’lumotlar tarzida foydalanilishi, yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan esa davlat va tijorat sirlarini saqlagan holda foydalanilishi mumkin. Ommaviy axborot vositalarida, ilmiy ishlarda statistika ma’lumotlaridan faqat ana shu ma’lumotlar olingan manba ko‘rsatilgan holdagina foydalanilishi mumkin. Davlat statistika organlari: moliya, bank, bojxona hamda boshqa idoralar va xizmatlardan, jamoat birlashmalaridan va tashkilotlardan, jismoniy shaxslardan davlat statistika hisobotini va davlat statistika kuzatuvi o‘tkazish uchun boshqa zarur ma’lumotlarni (ma’lumotlar tayyorlash qaysi jarayonda ekanligidan qat’i nazar), shuningdek hisobotga ilova qilinadigan tushuntirishlarni berishni talab qilish va belgilangan tartibda bepul olish hamda ulardan foydalanish; respublika hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda statistika ma’lumotlarining dastlabki tarzda ro‘yxatga olinishini va ularning qay darajada aniq ekanligini tekshirish; olinayotgan statistika ma’lumotlari qay darajada to‘liq va xolis ekanligini tekshirishning mustaqil ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish; davlat statistikasi va u bilan bog‘liq ma’lumotlarni dastlabki tarzda ro‘yxatga olish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga zid bo‘lgan idoraviy hujjatlarning amal qilishini aniqlangan qoidabuzarliklarga barham berilguniga qadar to‘xtatib qo‘yish; boshqa davlatlar statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda shartnomalar va bitimlar tuzish; davlat statistika hisobotlari va boshqa kuzatuvlar uchun ma’lumotlar taqdim etmagan yoxud ma’lumotlarni kechikib yoinki buzib taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda jarima solish choralarini qo‘llash; bank muassasalaridan tadbirkorlik subyektlari, notijorat faoliyat bilan shug‘ullanuvchi subyektlar va jamoat birlashmalari uchun schyotlar ochilganligi to‘g‘risida axborotlar olish huquqiga egadir. Davlat statistika organlari O‘zbekiston Respublikasining hududida joylashgan barcha mulk shakllaridagi va xo‘jalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri yuritilishini yo‘lga qo‘yadilar, bu registrda yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi statistika ko‘rsatkichlarining majburiy tarkibi ro‘yxatga olinadi. Davlat statistika organlarining o‘z vakolatlari doirasida chiqargan qarorlari barcha yuridik va jismoniy shaxslarning bajarishi uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari, ushbu Qonunning 5-moddasiga muvofiq davlat statistikasi bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik shaxslar: ushbu Qonunning 11 va 12-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ishlar bajarish uchun statistika ma’lumotlari olish va ulardan foydalanish; statistika ma’lumotlarini dastlabki tarzda ro‘yxatga olish va statistika hisobotining ahvoli ustidan nazoratni amalga oshirish, o‘zlariga hisobdor bo‘lgan birliklarning statistika ma’lumotlari qay darajada aniq ekanligini tekshirish huquqiga egadir. Davlat statistika organlari: O‘zbekiston Respublikasi, uning mintaqalari va xalq xo‘jaligi tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari bajarilishining borishi ustidan statistika kuzatuvini tashkil etishlari va amalga oshirishlari; davlat statistika ma’lumotlari to‘planishini, fuqarolarning roziligi bilan oila budjetlari yuritilishini, ro‘yxatlar tuzilishini, bir gallik ro‘yxatga olishlarni, so‘rovlarni, oralatib monografiya tadqiqotlari hamda o‘zga tekshirishlar o‘tkazilishini tashkil etishlari va ta’minlashlari; iqtisodiy va ijtimoiy masalalarga doir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishining borishi ustidan statistika kuzatuvini amalga oshirishlari; iqtisodiyotning strukturaviy qayta qurilishini, ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanishini, xalq xo‘jaligini texnika bilan qayta qurollantirishni, ijtimoiy sohalar, bozor munosabatlari, davlatlararo va mintaqalararo aloqalar rivojlanishini, almashuv teng qiymatli bo‘lishini, mehnat bozori va tovar bozori shakllanishini, moliyaviy ahvolni, aholi turmush darajasini, fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini, narxlar va tariflar o‘zgarishidagi tamoyillarni, atrof muhit holatini, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari bajarilishini va boshqa jarayonlarni tahlil qilishlari; statistika ma’lumotlari aniq va xolis bo‘lishini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy voqealar va jarayonlarga mos bo‘lishini ta’minlashlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini belgilangan tartibda statistika va tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlashlari; statistika ma’lumotlari oshkora bo‘lishini ta’minlashlari; O‘zbekiston Respublikasi, uning mintaqalari va xalq xo‘jaligi tarmoqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini yoritish uchun statistika ko‘rsatkichlari metodologiyasini ishlab chiqishlari va takomillashtirishlari; xalqaro statistika standartlari tizimini davlat statistika amaliyotiga joriy etishlari; davlat statistika kuzatuvlari o‘tkazish shakllari, dasturlari va yo‘riqnomalarini hamda ma’lumotlarni dastlabki tarzda ro‘yxatga olish hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlashlari; kodlar belgilashlari va barcha mulk shakllaridagi va xo‘jalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registrini yuritishlari; yuridik va jismoniy shaxslarning iltimoslariga binoan ularga davlat statistika ma’lumotlarining jamlamasi pulli asosda berilishini ta’minlashlari (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari); statistika ma’lumotlari but saqlanishi va himoya qilinishini, yuridik shaxslar tomonidan davlat va tijorat sirlariga rioya etilishini, jismoniy shaxslarga doir ma’lumotlarda aniq shaxslar ko‘rsatilmasligini ta’minlashlari; xalqaro va mintaqalararo statistika taqqoslamalari o‘tkazishlari shart; yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar faoliyatining natijalarini muntazam ravishda biryo‘la statistik tadqiq etib turilishi kerak; hamma uchun ochiq bo‘lgan statistik ma’lumot muntazam e’lon qilib turilishini ta’minlab turishlari shart. Davlat statistikasi bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, boshqa yuridik shaxslar: o‘z bo‘ysunuvlaridagi birliklardan davlat statistika kuzatuviga doir ma’lumotlar to‘planishini va ularni tayyorlashni tashkil etishlari; statistika ma’lumotlari aniq bo‘lishini ta’minlashlari; davlat statistika organlariga ularning talabiga ko‘ra davlat statistika hisobotida nazarda tutilgan statistika ma’lumotlarini va davlat statistika kuzatuvlari o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni taqdim etishlari; yuridik shaxslarning davlat va tijorat sirlariga rioya etishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga doir ma’lumotlarda aniq shaxslar ko‘rsatilmasligini ta’minlashlari shart; idoraviy (tarmoq) statistika hisoboti joriy etilgan taqdirda uni taqdim etishning shakllari va tartibini davlat statistika organlari bilan kelishib olishlari. Davlat statistika kuzatuvi o‘tkazish uchun statistika ma’lumotlarini taqdim etmagan yoki ularni noto‘g‘ri yoinki kechikib taqdim etgan, ma’lumotlarni dastlabki tarzda ro‘yxatga olishni lozim darajada ta’minlamagan, barcha mulk shakllaridagi va xo‘jalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri yuritish tartibini buzgan mansabdor shaxslar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin. Statistika to‘g‘risidagi qonunlar talablarini buzganlik, statistika ma’lumotlarini yashirganlik yoki buzganlik uchun davlat statistika organlarining hamda davlat statistikasi bilan shug‘ullanuvchi boshqa organlarning xodimlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Ommaviy axborot vositalarida, ilmiy ishlarda statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchi mansabdor shaxslar va fuqarolar statistika ma’lumotlari olingan manbalarni ko‘rsatmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
31
14,378
Qonunchilik
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining muqaddimasiga o‘zgartirish kiritish haqida
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Qoidalar Umumjahon pochta ittifoqi aktlari, “Aloqa to‘g‘risida”gi, “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasida faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari va ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi va pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tartibini, pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari hamda foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.”. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
95
1,570