folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Har bir mutaхassis oʻz malakasini tasdiqlay oladi
Prezidentning «Xodimlarni kasbga oʻqitish tizimini takomillashtirish va kasb malakasini baholash yagona tizimini yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. Loyihada malaka, kompetensiya va koʻnikmalarni baholash milliy tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Uning doirasida har kim iхtiyoriy ravishda kasb malakasiga ega boʻlish yoki uning darajasini tasdiqlash imkonini qoʻlga kiritadi. Buning uchun malakani baholash va berish bilan shugʻullanadigan kompetensiyalar markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlar ularning muassislari boʻlishi mumkin. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini (bundan keyin – Mehnat vazirligi) markazlarni akkreditatsiyalash uchun mas’ul organ etib belgilash taklif etilgan.   Mutaхassislarga malaka berilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar taqdim etmoqchilar. Malaka berilgan barcha shaхslarni Mehnat vazirligining Yagona milliy reyestriga kiritish taklif etilmoqda. Uni alohida internet-sayt koʻrinishida tashkil etish rejalashtirilmoqda.  Kasb standartlari va malaka ma’lumotnomalarini ishlab chiqish ishlarini uslubiy ta’minlash sohasidagi yetakchi tashkilot sifatida kompetensiyalarni baholash ilmiy-uslubiy markazi (davlat-хususiy sheriklik shartlarida MChJ shaklida) tashkil etilishi alohida rejalashtirilgan.    Bunda kasb standartlari va malaka talablarini sohaga oid davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organlari, kompetensiyani baholash markazlari yoki oʻz normativlarini belgilash istagini bildirgan tashkilotlar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishuvga koʻra belgilaydilar. Ularni Mehnat vazirligida roʻyхatdan oʻtkazish kerak boʻladi.  Yana Mehnat vazirligi huzurida quyidagi vazifalari belgilangan Kasb malakalari va kompetensiyalari boʻyicha kengashni tashkil etish moʻljallanmoqda:   Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.  Oʻzbekistonda kasb malakasini baholash tizimini tashkil etish boʻyicha ijobiy tajriba mavjud. Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va «Norma» professional rivojlanish markazi 2017 yilda Bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimini ishga tushirgan. U buхgalterlik kasbining 9 ta iхtisosligi boʻyicha malakani tasdiqlash imkonini beradi. Oleg Zamanov.
49
2,376
Qonunchilik
Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda) 25-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish”; o‘n uchinchi xatboshi o‘n to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 28-modda: birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi”; quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi”; ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin; 2) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat maqsadli jamg‘armalari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi; O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi”; 3) 38-moddadagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 39-moddadagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 41-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi ta’lim hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, jihozlashga (to‘liq jihozlashga) yo‘naltiriladigan, ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan majburiy to‘lovlar va boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining yuqori boshqaruv organi Jamg‘armani boshqarish kengashidir”; 6) 42-moddadagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7) 43-modda chiqarib tashlansin; 8) 51-moddaning 5-bandidagi “va jarima sanksiyalari” degan so‘zlar “jarima sanksiyalari va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 9) 52-modda: birinchi qismi 2-bandining: ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; ikkinchi xatboshisidagi “transport vositalariga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi qismidagi “va dotatsiyalar” degan so‘zlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahri shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin”; 10) 54-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 11) 55-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasining daromadlari: davlat mulki bo‘lgan korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav jamg‘armalaridagi aksiyalarni (ulushlarni), yer uchastkalari va boshqa mol-mulkni realizatsiya qilish; ustav jamg‘armalarida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini tugatishdan tushgan tushumlar; davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini kechiktirganlik uchun penya va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi”; 12) 57-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining daromadlari: Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar; Davlat budjeti mablag‘lari; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi”; 13) 58-moddadagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 14) 59-modda chiqarib tashlansin; 15) 69-modda: birinchi qismining: oltinchi xatboshisi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini” degan so‘zlardan keyin “adliya va prokuratura organlarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; yettinchi xatboshisidagi “adliya va prokuratura organlarini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi qismi “Toshkent shahri shahar budjetining” degan so‘zlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 16) 70-modda: birinchi qismi: 1-bandining: uchinchi xatboshisidagi “Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; o‘n ikkinchi xatboshisi “jamoat ishlarini moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 3-bandi: to‘rtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasi orqali ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar”; 5-bandi: birinchi xatboshisi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini” degan so‘zlardan keyin “adliya va prokuratura organlarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “adliya va prokuratura organlarini”; 6-bandidagi “adliya va prokuratura organlarini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalar” degan so‘zlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 17) 71-modda: birinchi qismi: 1-bandi: ikkinchi xatboshisidagi “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam”; 2-bandi: oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin: “61) harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari”; ikkinchi qismidagi “va o‘tkazib beriladigan daromadlar” degan so‘zlar “o‘tkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 18) 72 va 73-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan: tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlari va maktabgacha ta’lim bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari; tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispansyerlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish xarajatlari; qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: tumanlar va shaharlar davlat veterinariya bo‘limlari, laboratoriyalarni saqlab turish; shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko‘chalarni, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash; uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish; aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari; 3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari; 4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; 5) tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari; 6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo‘shimcha, ko‘zda tutilmagan xarajatlar o‘z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash uchun tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘lari tegishincha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlarning budjetlariga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalarining miqdori makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi hamda Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘larining taqsimlovchilari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar tashabbuskorlar tomonidan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘lari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari asosida, ushbu qarorlarda ko‘rsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalaridan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi taklif etilayotgan maqsadlar uchun Davlat budjetida ham mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda tegishli zaxira jamg‘armalarining mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi takliflar faqat ilgari tegishli budjetda nazarda tutilgan mablag‘lar sarflab bo‘linganidan keyingina kiritiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalaridan mablag‘lar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega bo‘lsa, u holda foydalanilmay qolgan mablag‘lar tadbirlarni o‘tkazish muddati tugaganidan keyin o‘n ish kuni ichida tegishli zaxira jamg‘armasiga tiklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armasidan ajratilib, moliya yili davomida foydalanilmay qolgan budjetdan ajratilgan mablag‘lar moliya yili tugagach tegishli budjetga tiklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlariga tegishli zaxira jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risida har chorakda hisobot taqdim etadi”; 19) 75-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 20) 76-moddadagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 21) 77-moddaning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “bandlikka ko‘maklashish markazlari bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish”; 22) 78-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘laridan: maktabgacha ta’lim muassasalarini, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarini, akademik litseylarni, bolalar musiqa va san’at maktablarini, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) ishlarini moliyalashtirish; sog‘liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashxis qo‘yish va davolash asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda tizimli ravishda qayta jihozlashni moliyalashtirish; belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi”; 23) 79-moddadagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 24) 80-modda chiqarib tashlansin; 25) 95-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga, agar taqchillik davlat maqsadli jamg‘armalarining yil boshidagi qoldiq mablag‘lari bilan qoplanmasa, yo‘l qo‘yilmaydi”; 26) 98-moddaning: yettinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalarning” degan so‘zlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o‘ninchi xatboshisidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 27) 99-modda ikkinchi qismining: ikkinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalarning” degan so‘zlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshisi “Toshkent shahri shahar budjetining” degan so‘zlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 28) 100-modda: birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalar” degan so‘zlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “hamda dotatsiyalar” degan so‘zlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 29) 107-moddaning uchinchi qismi “Toshkent shahri shahar budjetining” degan so‘zlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 30) 112-moddaning oltinchi qismi o‘n to‘qqizinchi xatboshisi “Toshkent shahri shahar budjetining” degan so‘zlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 31) 119-moddaning birinchi qismi: quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar”; beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin; 32) 134-moddaning birinchi qismidagi “va o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar” degan so‘zlar “o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 33) quyidagi mazmundagi 1381-modda bilan to‘ldirilsin: Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga ta’lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari: O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga – asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda; Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlanayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi. Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak”; 34) 140-moddaning uchinchi qismi “o‘tkazib beriladigan daromadlarning summasi” degan so‘zlardan keyin “maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 35) 156-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarishdan olingan tushumlar: Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi”; 36) 177-moddaning nomi va birinchi xatboshisi quyidagi tahririda bayon etilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari”. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 5-modda. Ushbu Qonun 2018-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
213
22,738
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq hamda mamlakat hududlari uchun malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlari bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga hududiy adliya organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha va o‘qishning tugashidan so‘ng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda kirishga haqli ekanligi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilariga hududiy adliya organlari tomonidan berilgan yo‘llanmalarning yagona reyestri” Axborot tizimini yaratish va joriy etishni 2019-yil 1-martigacha ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq: hududiy adliya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilariga yo‘llanmalar berish; abituriyentlarni Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU deb ataladi) bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish; o‘qish tugagandan so‘ng TDYU bakalavriati bitiruvchilarining taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berishini amalga oshirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: abituriyent — TDYU bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi asosida hududiy adliya organi yo‘llanmasi bo‘yicha kirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchisi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilariga hududiy adliya organlari tomonidan berilgan yo‘llanmalarning yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda Yo‘llanmalar yagona reyestri deb ataladi) — hududiy adliya organlari tomonidan berilgan yo‘llanmalar haqidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yig‘ish (kiritish), qayta ishlash, aktuallashtirish, yangilash, saqlash va tahlil qilishga mo‘ljallangan axborot tizimi; taqsimot komissiyasi — bitiruvchilarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek uzluksiz ishlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, hududiy adliya organlari va TDYU rahbar xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya; suhbat komissiyasi — TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazish maqsadida TDYU taqdimotiga asosan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan komissiya; TDYU qabul komissiyasi — har yili TDYU rektori buyrug‘i bilan tashkil etiladigan TDYU bakalavriatiga qabulni tashkil etishni, shu jumladan abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish va ularga maslahat xizmatlari ko‘rsatishni amalga oshiruvchi komissiya; maxsus komissiya — har yili hududiy adliya organi boshlig‘i buyrug‘i bilan tashkil etiladigan yuridik kollejlar bitiruvchilariga yo‘llanmalar berish masalasini ko‘rib chiquvchi komissiya; hududiy adliya organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari. 3. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish kvotalardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan mamlakat hududlari bo‘yicha belgilanadigan o‘rinlar soniga mos ravishda amalga oshiriladi. Talabalar o‘qishi qonunchilikka muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 4. TDYU bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan yakka tartibda suhbat natijalariga ko‘ra reyting tizimi bo‘yicha to‘plangan ballar asosida amalga oshiriladi. 5. Abituriyentlar uchun yakka tartibdagi suhbat: mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunishni (davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, shuningdek ijtimoiy soha va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi); ixtisoslikni tanlashda motivatsiya (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi); shaxsiy-kasbiy xususiyatlarni (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari); yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi (professional ta’limi darajasida yurisprudensiya sohasida o‘z fikrini bayon qilish va tahlil qilish ko‘nikmalarining mavjudligi). 6. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Maxsus komissiya har yili, qoida tariqasida, tegishli o‘quv yilining 10-mayidan kechikmay tuziladi. Maxsus komissiya tarkibiga adliya organlari va muassasalari xodimlari bilan bir qatorda, hududdagi boshqa tashkilotlar, shu jumladan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritiladi. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Maxsus komissiyaga komissiyaning boshqa a’zolari faoliyatini o‘zaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy ta’minlash uning kotibiga yuklanadi. 8. Yuridik texnikumlar bitiruvchilari har yili 25-maydan kechikmay maxsus komissiyaga yo‘llanma berishni so‘rab ariza bilan murojaat qiladi. Bunda maxsus komissiya faqatgina komissiya tashkil etilgan tegishli o‘quv yili bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi. 9. Arizaga mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan yo‘llanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlar, o‘qish joyidan tavsifnoma ilova qilinadi. 10. Maxsus komissiya har yili 1-iyundan 10-iyunga qadar yuridik texnikumlar bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi. Arizalar Maxsus komissiya majlislarida ko‘rib chiqiladi. 11. Maxsus komissiyaning majlislar o‘tkazish jadvali hududiy adliya organlari boshliqlari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Majlisga taklif etilgan yuridik texnikumlar bitiruvchilari ro‘yxati buyruqqa ilova qilinadi. 12. Majlislar o‘tkazish jadvali yuridik texnikum veb-saytida, qoida tariqasida, majlis boshlanishiga kamida bir hafta qolganda e’lon qilinadi. 13. Maxsus komissiya majlisi, qoida tariqasida, yuridik texnikum binolarida o‘tkaziladi. Maxsus komissiya majlisi komissiya a’zolari umumiy sonining kamida 2/3 qismi ishida ishtirok etgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. 14. Maxsus komissiya majlisida yuridik texnikum bitiruvchisi yuksak huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, shuningdek ma’naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash uchun suhbatdan o‘tadi. Shuningdek, komissiya taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha qo‘shimcha savollar berishi mumkin. 15. Yo‘llanma berish masalasi ko‘rib chiqilayotganda, maxsus komissiya quyidagi asosiy minimal talablarni hisobga oladi: a) yuridik texnikum bitiruvchisining umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak; b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi: ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; v) yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikum ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishi va boshqalar); g) yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda o‘rnatilgan ichki tartib qoidalar, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi. Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, bitiruvchining yuridik texnikumdagi butun o‘qish davri hisobga olinadi. 16. Yuridik texnikum bitiruvchisiga yo‘llanma berish yoki yo‘llanma berishni rad etish haqidagi maxsus komissiya qarori majlisda ishtirok etgan komissiya a’zolarining o‘z qarorini komissiya majlisi bayonnomasida asoslab, ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Maxsus komissiya majlisi bayonnomasi majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi. 17. Maxsus komissiyaning qarori asosida hududiy adliya organi boshlig‘i tomonidan yo‘llanma berish yoki yo‘llanma berishni rad etish haqidagi yakuniy qaror qabul qilinadi. Bunda yuridik texnikum bitiruvchisiga yo‘llanma berish haqida qabul qilingan qaror xolisligi uchun shaxsiy javobgarlik hududiy adliya organi boshlig‘i zimmasiga yuklanadi. Texnikum ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun intizomiy chora qo‘llanilgan yuridik texnikum bitiruvchisiga yo‘llanma berilmaydi. 18. Taqdim etiladigan yo‘llanmalarning umumiy soni yuridik texnikum jami bitiruvchilari sonining 30 foizidan oshmasligi kerak. 19. Yo‘llanma berish hududiy adliya organi boshlig‘i buyrug‘i bilan yo‘llanma olgan yuridik texnikum bitiruvchilari ro‘yxatini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi. Yo‘llanma olgan yuridik texnikum bitiruvchisiga buyruqdan ko‘chirma beriladi. 20. Yo‘llanma berish haqidagi buyruqlar bir kun ichida feldyegerlik xizmati orqali Yo‘llanmalar yagona reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi. 21. Abituriyentlarni qabul qilish o‘rinlari soni haqidagi ma’lumot, TDYU veb-saytiga, qoida tariqasida, hujjatlar qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi. 22. Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari TDYU qabul komissiyasi tomonidan 15-iyundan 30-iyungacha qabul qilinadi. 23. TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i orqali taqdim etiladi. Abituriyentlar real vaqt rejimida TDYU rektori nomiga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizani mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda to‘ldiradi. 24. Qabul qilish to‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi: abituriyent pasporti; diplom va ilovasi; 3,5 x 4,5 sm hajmidagi rangli fotosurat. Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim. Arizani hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari ko‘rinishida ilova qilingan holda jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi. 25. Agar barcha zarur hujjatlar mazkur Nizomning 22, 23 va 24-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq taqdim etilgan va Yo‘llanmalar yagona reyestrida yo‘llanma mavjud bo‘lgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza ro‘yxatga olinadi va abituriyentga belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida xabar beriladi. Hujjatlar komissiya tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi. 26. Agar taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 22, 23 va 24-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan va Yo‘llanmalar yagona reyestrida yo‘llanma mavjud bo‘lmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzil bo‘yicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda abituriyentga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi. Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so‘ng hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi. 27. Ro‘yxatga olingan qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar soni har kuni TDYU saytida joylashtiriladi. 28. Yakka tartibdagi suhbat 1-iyuldan 10-iyulgacha suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Obyektiv sabablarga ko‘ra ushbu muddatlarda suhbat o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, TDYU yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish muddatini o‘zgartirishi mumkin. Bunda abituriyentlar belgilangan muddatdan kamida bir hafta oldin xabardor qilinadi. Yakka tartibdagi suhbat komissiya qaroriga asosan onlayn tarzda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali o‘tkazilishi mumkin. 29. Suhbat komissiyasi tarkibiga Adliya vazirligi va TDYU xodimlari bilan bir qatorda, boshqa tashkilotlar vakillari tashkilot rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin. Suhbat komissiyasi o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Suhbat komissiyasiga komissiyaning boshqa a’zolari faoliyatini o‘zaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy ta’minlash uning kotibiga yuklanadi. 30. Yakka tartibdagi suhbat o‘tkazilishiga qadar maslahatlar tashkil etiladi, maslahatlar jadvali TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 31. Yakka tartibdagi suhbatni o‘tkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlashni tashkil etish uchun javobgarlik TDYU qabul komissiyasi mas’ul kotibining bakalavriatga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi. 32. Yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish jadvali TDYU veb-saytida, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan 10 kun oldin joylashtiriladi. 33. Yakka tartibdagi suhbat TDYUdagi ta’lim tillarida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat tili abituriyentning o‘zi tomonidan aniqlanib, uning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizasida ko‘rsatiladi. Uning TDYUdagi keyingi o‘quv faoliyati yakka tartibdagi suhbat o‘tkazilgan til bo‘yicha amalga oshiriladi. 34. Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan o‘tishlari uchun tegishli navbat bo‘yicha kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatdan avval abituriyent pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni taqdim etishi shart. 35. Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lug‘at, kitob va shpargalkalar olib kirishi va foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi. 36. Yakka tartibdagi suhbatni o‘tkazish davomida suhbat komissiyasi tomonidan abituriyentga mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beriladi. Yakka tartibdagi suhbatni o‘tkazish davomida abituriyentga qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 20 daqiqagacha davom etadi. Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi. Mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi. 38. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini aniqlash uchun suhbat komissiyasining har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash varaqasini to‘ldiradi va uni suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi. Suhbat komissiyasi kotibi abituriyentga suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan qo‘yilgan o‘rtacha ballni hisoblab chiqadi. Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi bo‘yicha, abituriyentga qo‘yilgan ballar (0 dan 100 gacha oraliqda) asosida aniqlanadi. Imtihon komissiyasi bayonnomasida abituriyentlar ro‘yxati hududlar bo‘yicha, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan o‘rinlar soniga mos ravishda kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab joylashtiriladi. Bunda bir hudud uchun ajratilgan o‘rinlarni boshqa hududlardagi abituriyentlar hisobidan to‘ldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 39. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalari suhbat komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan va rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan foydalaniladi. 40. Suhbat natijalari TDYU veb-saytida suhbat o‘tkazilgandan so‘ng ertangi ish kunida e’lon qilinadi. 41. Abituriyentlarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi: jadval bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi); yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘planganda. 42. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 43. Yakka tartibdagi suhbat natijalari ustidan shikoyat qilinmaydi va apellatsiya tartibida ko‘rib chiqilmaydi. 44. Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul komissiyasiga yakka tartibdagi suhbat o‘tkazilgan vaqtdan boshlab uch kun davomida hujjatlarning aslini taqdim etadi. Hujjatlarda, shu jumladan elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soxtalashtirish va qalbakilashtirish aniqlangan taqdirda abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi (TDYU talabalar safidan chetlashtiriladi), hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuboriladi. 45. Suhbat natijalari 25-iyulga qadar TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish haqida qaror qabul qilish uchun Davlat komissiyasiga yuboriladi. 46. TDYU bakalavriatiga qabul qilish to‘g‘risidagi Davlat komissiyasi qarori, qoida tariqasida, 25-avgustdan kechiktirmasdan qabul qilinadi. 47. To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi qaroriga asosan TDYU va yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida kontrakt (shartnoma) tuzish va kontrakt to‘lovi miqdori 15-sentabrdan kechiktirmay, o‘tkazilgandan so‘ng TDYU rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari Davlat komissiyasi qarori qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda TDYU rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun 3 nusxada va jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi. Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra TDYU bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya qilingan abituriyentlar uchun to‘lovlar har yili qonunchilik va shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi. 48. TDYU bakalavriatiga hududiy adliya organlarining yo‘llanmalariga ko‘ra o‘qishga qabul qilingan talabalar maxsus uch yillik dastur bo‘yicha ta’lim oladilar. 49. TDYU bakalavriati bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda bitiruvchi deb ataladi) uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash har yili taqsimot komissiyasi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan arizalarga asosan amalga oshiriladi. Taqsimlash jarayonida taqsimot komissiyasi bitiruvchining reyting natijalarini, oilaviy holatini va taklif etilgan ish o‘rnida ishlash xohishini hisobga oladi. Eng yuqori reyting natijasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar o‘z tanlovi bo‘yicha mavjud ish o‘rinlariga ishga joylashishda birinchi navbatda talabgor bo‘ladi. Taqsimot komissiyasi tomonidan bitiruvchilarni TDYUda o‘qish uchun yo‘llanma berilgan hududdagi tegishli tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash amalga oshiriladi. 50. Taqsimot komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 51. Bitiruvchi magistraturaga o‘qishga kirganda uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyati mazkur Nizomga muvofiq magistraturani tamomlagandan so‘ng boshlanadi. 52. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, qoida tariqasida, bitiruvchi o‘qishni tamomlagandan so‘ng, bir oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. 53. Taqsimot komissiyasi qarori asosida hududiy adliya organlari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda, tashkilotni aniq ko‘rsatgan holda, bitiruvchiga ishga yo‘llanma rasmiylashtiradi va taqdim etadi. Bir vaqtning o‘zida bitiruvchiga yo‘llanma bilan birga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjat ham beriladi. 54. Ishga yo‘llanma berilganidan keyin hududiy adliya organi, tegishli tashkilot — ish beruvchi, TDYU va bitiruvchi o‘rtasida uzluksiz ishlab berishning aniq shartlarini hamda bitiruvchining majburiyatlarini aniq belgilab beruvchi to‘rt tomonlama shartnoma 4 nusxada tuziladi. Shartnoma namunasi belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 55. TDYU taqsimot komissiyasining bitiruvchini ishga taqsimlash haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng uch kundan kechiktirmay ishga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma beradi. 56. Bitiruvchilar ishga taqsimlanganidan keyin bir oydan oshmagan muddatda to‘rt tomonlama shartnomada ko‘rsatilgan ish joyida hozir bo‘lishlari va mehnat faoliyatini boshlashlari shart. 57. Ish beruvchi to‘rt tomonlama shartnomaga va ishga yo‘llanmaga muvofiq bitiruvchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi. 58. Ish beruvchi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan bitiruvchining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni to‘ldiradi va keyinchalik uni TDYUga taqdim etish uchun o‘n kun muddat ichida hududiy adliya organiga yuboradi. TDYU bitiruvchining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjat asosida mazkur Nizomning 6-ilovasidagi jurnalga muvofiq har bir bitiruvchi hisobini yuritib borishi shart. 59. Bitiruvchining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘llanma berilgan hududdagi turli tashkilotlarda va lavozimlarda ishlash muddati; muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tash muddatlari. Ijtimoiy mehnat ta’tili muddati uch yillik uzluksiz ishlab berish muddatiga kiritilmaydi. 60. Taqsimot bo‘yicha uzluksiz ishlab berishga yuborilgan bitiruvchi ishga joylashgandan so‘ng, ish beruvchi unga tegishli mehnat sharoitlari yaratadi, zarur hollarda turar joy bilan ta’minlash choralarini ko‘radi. 61. Bitiruvchining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati tugagandan so‘ng ishni davom ettirish haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasida o‘zaro kelishuvga asosan hal etiladi. 62. Bitiruvchi uzluksiz ishlab berish muddati davomida u taqsimot bo‘yicha yuborilgan tashkilot tugatilsa, mehnat shartnomasi (kontrakt) ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa, bitiruvchi hududiy adliya organini 3 kun ichida xabardor qilishi shart. Hududiy adliya organining murojaati bo‘yicha taqsimot komissiyasi tegishli hududdagi boshqa tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ular taqdim etgan talabnomalar asosida bitiruvchini taqsimlashni amalga oshiradi. 63. Ushbu Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchida uzluksiz ishlab berish joyini o‘zgartirish uchun asosli sabablar vujudga kelgan taqdirda (nikoh tuzish, doimiy yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib ketish va boshqalar) bitiruvchi taqsimot komissiyasiga uzluksiz ishlab berish joyini o‘zgartirish uchun tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishga haqli. Komissiya o‘n besh kun ichida bitiruvchining murojaatini va taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha bitiruvchiga majburiy ishlab berish uchun boshqa joyni ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilab beradi. 64. Bitiruvchi uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan hollarda, TDYUda o‘qishni bitirgan vaqtda amalda bo‘lgan shartnoma summasining yigirma besh barobari miqdorida TDYUga kompensatsiya to‘laydi. 65. Uzluksiz ishlab berish muddati davomida mehnat shartnomasi (kontrakt) bitiruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa, hududiy adliya organi bu haqda ish beruvchidan bildirishnoma olgandan so‘ng 1 kun ichida taqsimot komissiyasiga xabar beradi. Komissiya 3 kun ichida bitiruvchi tomonidan kompensatsiya miqdorini to‘lashni ta’minlash, shuningdek sud tartibida undirish uchun TDYUga tegishli materiallarni taqdim etadi. Bunda kompensatsiya miqdori bitiruvchi tomonidan ishlab berilgan vaqtga proporsional hisoblab chiqiladi. 66. Bitiruvchi uzluksiz ishlab berishdan bosh tortishi bilan bog‘liq TDYUga to‘laydigan kompensatsiya miqdorini to‘liq hajmda universitet rivojlantirish Jamg‘armasi hisobiga to‘laydi. 67. Mazkur Nizomga muvofiq bitiruvchi mehnatga layoqatsizligi tufayli uzluksiz ishlab berolmagan holatlarda uning keyingi mehnat faoliyati to‘g‘risidagi qaror taqsimot komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi. Mehnat layoqatini yo‘qotgani sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) uzluksiz ishlab berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bitiruvchilar taqsimot komissiyasi qarori asosida kompensatsiya to‘lashdan ozod etiladi. 68. Hududiy adliya organi tomonidan berilgan yo‘llanma ikki yil davomida amal qiladi. 69. Yo‘llanma olmagan yuridik texnikum bitiruvchilarining hujjatlari maxsus komissiya qarori chiqqandan so‘ng bir yil davomida saqlanadi va undan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi yoki shu muddat davomida bitiruvchining yozma arizasiga ko‘ra unga qaytariladi. 70. TDYU bakalavriatiga qabul qilingan abituriyentlarning yakka tartibdagi suhbat natijalaridan tegishli ko‘chirmalar ularning shaxsiy yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. TDYU bakalavriatiga qabul qilinmagan abituriyentlarning yakka tartibdagi suhbat natijalari 6 oy davomida saqlanadi va undan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 71. TDYU bitiruvchiga diplomning asl nusxasini u uzluksiz ishlab berish muddatini tamomlaganidan so‘ng bir hafta muddatda mehnat daftarchasidagi yozuv va bitiruvchi uzluksiz ishlab bergan tashkilotning yozma tasdig‘i asosida beradi. 72. TDYU mazkur Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan bitiruvchilarga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasini ular kompensatsiyani to‘liq miqdorda to‘lagandan so‘ng beradi. 73. Uzluksiz ishlab berish muddati davomida bitiruvchi bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinsa, 1 kun ichida ish beruvchi hududiy adliya organiga buyruq nusxasini ilova qilgan holda xabar qiladi. 74. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob berishadi.
191
28,095
Qonunchilik
YO‘LOVChILAR TAShISh YO‘NALIShLARINI JOYLAShTIRISh UChUN TENDERLAR O‘TKAZISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida band bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarni tender bo‘yicha tanlash mexanizmini takomillashtirish, shuningdek avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o‘tkazishda qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tenderlar o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari 6-bandining sakkizinchi xatboshidagi “belgilangan shakldagi” so‘zlari “qat’iy hisobda turadigan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Tashuvchiga tender o‘tkazilmasdan yo‘nalishda ishlash huquqining birkitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno: yangi yo‘nalish ochilgandan keyin uch-to‘rt oy mobaynida yangi yo‘nalishda avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi; ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida oldindan kutilmagan vaziyatlarda, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yo‘nalishlar joriy etilishi; yo‘nalishlarning tashkilotlar buyurtmalari bo‘yicha soatbay haq to‘lash asosida bajarilishi; dam olish zonalari, sport-sog‘lomlashtirish komplekslari, yarmarkalarning faoliyat ko‘rsatish davrida mavsumiy yo‘nalishlar tashkil etilishi; maxsus yo‘nalishlar (tashkilotlar xodimlarini ishga olib borish va ishdan olib ketish kabilar uchun) tashkil etish”; b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. Tender kamida ikki qatnashchi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi. Tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalar mavjud bo‘lmaganda yoxud unda atigi bir nafar tashuvchi qatnashganda Departament ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroriy tender tashkil etishi kerak, bunda yo‘nalishlar paketiga yoki yo‘nalishga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar takroriy tenderni o‘tkazishda yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga) yana atigi bir nafar tashuvchi talabgor bo‘lsa, tender komissiyasi ushbu tashuvchiga yo‘nalishda (yo‘nalishlar paketida) ishlash huquqini mazkur tashuvchining tender takliflari qo‘yilayotgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda birkitib qo‘yish huquqiga egadir”.
115
3,205
Qonunchilik
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrildi
Prezident tomonidan 29.04.2022 yildagi «Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi. 2022 yil 1 iyuldan boshlab: Shuningdek quyidagilar belgilandi: 2022 yil 1 maydan boshlab “Saхovat” uylarida yashovchi zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga shaхsiy sarf-хarajatlari uchun har oyda tegishli nafaqa miqdorining 20 foizini toʻlash tartibi joriy qilindi. Hujjat bilan belgilanishicha, afgʻon urushida ishtirok etgan nogironligi boʻlgan jangchi-faхriylar individual oʻlchovlar asosida tayyorlanadigan tegishli zamonaviy protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlanadi.
111
740
Qonunchilik
“Qalbakilashtirilgan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilishini oldini olish to‘g‘risida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2000-yil 11-avgustda 310 va 436-son bilan tasdiqlangan “Qalbakilashtirilgan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilishini oldini olish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 962, 2000-yil 25-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 16-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
171
756
Qonunchilik
Alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ–505-son qaroriga muvofiq hamda alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2013-yil 1-apreldan boshlab alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga dizayni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, qo‘shimcha himoya darajalariga ega bo‘lgan yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmoqlarida bo‘lgan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab to‘qqiz oy o‘tgandan keyin markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi 2014-yil 1-yanvardan boshlab, belgilangan tartibda eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmoqlarida bo‘lgan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini aniqlash, chetdan keltirish, ularni ishlab chiqarish va sotishning oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotlarni olib qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining import qiluvchilarini yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilganligi to‘g‘risida xabardor qilsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ularni sotuvchi savdo korxonalarini yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilganligi to‘g‘risida xabardor qilsinlar; yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsinlar. 6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning o‘zida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 4-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “olti” so‘zi “to‘qqiz” so‘zi bilan almashtirilsin. 2. 8-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “to‘langanligi” so‘zi “to‘langanda” so‘zi bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “qiymatini va aksiz solig‘ining barcha summasini” so‘zlari “qiymati va aksiz solig‘ining barcha summasi to‘langanda” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshi quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “Aksiz markalari “Agrobank” OATB mintaqaviy bo‘limlari tomonidan quyidagilarga beriladi: alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilarga — buyurtmanomada Davlat bojxona qo‘mitasining butun aksiz solig‘i summasi, shuningdek buyurtma berilgan aksiz markalari sonining tegishli nominal qiymati to‘langanligi to‘g‘risidagi belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda; alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga — buyurtmanomada “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining buyurtma berilgan aksiz markalari sonining tegishli nominal qiymati to‘langanligi to‘g‘risidagi belgisi mavjud bo‘lgan taqdirda”.
103
4,131
Qonunchilik
Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF–4609-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandidagi “12” raqami “24” raqami bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
146
761
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 12-maydagi 250-son qarorining 2 va 3-bandlaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilova nomidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 12-son, 35-modda): a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Bolali oilalarga nafaqalar to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishni nazorat qilish shaxsan Moliya vaziri (B.A. Xo‘jayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin”; b) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Moliya” so‘zi bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatining “Tuman va shahar hokimliklarining boshqarmalari va mustaqil bo‘limlari” bo‘limidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda): a) 2-banddagi, 4-bandning ikkinchi xatboshidagi va 5-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 2-ilovaning 22-bandi to‘qqizinchi xatboshidagi va 23-bandidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish to‘g‘risida” 2002-yil 29-martdagi 106-son qarorining 1 va 2-bandlaridagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 18-modda) “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 13. Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 27-modda) “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari orqali” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining sanatoriysida tibbiyot birlashmalari orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni sog‘lomlashtirish va protezlash milliy markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 17-maydagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 178-modda) 3-bandining ikkinchi xatboshidagi va 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “3. Belgilansinki, Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarining xodimlariga hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining nogironlarga, keksalarga va aholining boshqa zaif qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qaroriga 9a, 10a, 11a va 12a-ilovalarda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi”. 18. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 15-maydagi 97-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 19-20-son, 197-modda) bilan tasdiqlangan Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish bo‘yicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasida: 1 va 5-qatorlarning “Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora” ustunidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 2-qatorning “Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora” va “Qayerga taqdim etiladi” ustunlaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3 va 4-qatorlarning “Qayerga taqdim etiladi” ustunidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 19. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari to‘g‘risida Nizomda: a) 6-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 10-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “nogiron bo‘lgan o‘quvchilar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va sog‘liqni saqlash hududiy boshqarmalarining yo‘llanmasi bo‘yicha; v) 15-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin. 21. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 13-avgustdagi 170-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 33-34-son, 341-modda): a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining” so‘zlari “Toshkent shahridagi Band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Toshkent shahridagi Band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi bevosita Toshkent shahar Mehnat bosh boshqarmasiga bo‘ysundirilsin, unga umumiy o‘quv-metodik rahbarlik qilish esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklansin.”; v) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “9. Belgilansinki, Toshkent shahridagi Band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi ta’minoti, ish bilan band bo‘lmagan aholini tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek import qilinadigan o‘quv-laboratoriya jihozlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlanishi, rasmiylashtirilishi va transportda tashilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi”. 22. Vazirlar Mahkamasining “Hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 18-martdagi 48-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 2-3-son, 11-modda): a) Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi to‘g‘risidagi Nizomda: 5-bandda: ikkinchi xatboshiga “tibbiy” so‘zidan keyin “va tibbiy-ijtimoiy” so‘zlari qo‘shilsin; uchinchi xatboshidagi “va tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini” so‘zlari “reabilitatsiya qiluvchi tibbiy va tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-bandda: uchinchi va oltinchi xatboshilarga “tibbiy” so‘zidan keyin “va tibbiy-ijtimoiy” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “yolg‘iz keksa fuqarolarga, nogironlarga va aholining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifalariga ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish” 8-bandning ikkinchi xatboshidagi “va davolash-profilaktik tibbiy yordam ko‘rsatishi” so‘zlari “hamda davolash-profilaktik tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bandga izoh quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Zaruriyat bo‘lganda Birlashma rahbari keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida tasdiqlash uchun Birlashmaning tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha tegishli hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.”; 10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “ko‘p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi”, “ko‘p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi” so‘zlari tegishli ravishda “nogironlarga, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi”, “nogironlarga, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-banddagi “- ko‘p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi mudiri” so‘zlari chiqarib tashlansin; 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “12. Tumanlar (shaharlar)dagi Birlashma boshlig‘i ko‘p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi mudiri — ambulatoriya-poliklinika yordami bo‘yicha o‘rinbosarga, nogironlarga, keksalarga va aholining boshqa nochor toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam berish bo‘limi boshlig‘i — o‘rinbosarga ega bo‘ladi. Birlashma boshlig‘ining o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari bilan kelishgan holda Birlashma boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.”; 14-banddagi “o‘rinbosari” so‘zi “o‘rinbosarlardan biri” so‘zlari bilan almashtirilsin; 18-bandga “yordam” so‘zidan keyin “va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar” so‘zlari qo‘shilsin; 4a-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 23. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimi bilan qamrab olinishini, shuningdek keyinchalik ularning ishga joylashishini hisobga olish va hisobotini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 30-iyundagi 145-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 253-modda): a) 1-ilovaning “Tasdiqlovchi organ” ustunining 3, 5 va 7-qatorlaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 2-ilovada: “Axborot berish tartibi” ustunining 2 — 4 va 7-qatorlaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; “Ishlarni tashkil etish uchun mas’ul vazirlik, idora” va “Axborot berish tartibi” ustunlarining 5-qatoridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 24. Vazirlar Mahkamasining “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 33-modda): a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 1-ilovada: 6-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 7-bandning uchinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 10-bandning ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 12-bandning uchinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 13-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 15-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilardagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; Nizomga 1-ilovadagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; Nizomga 2-ilovada: 2 — 4, 7 — 10-qatorlardagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 3-bandning ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilardagi hamda 8-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 27. Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 11-son, 60-modda): a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 4-banddagi, 5-bandning birinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 2-ilovaning 2, 15, 21-bandlaridagi, 22-bandning birinchi xatboshidagi, 24 va 26-bandlardagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 28. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda): a) 5-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) ilovada: 22-bandning beshinchi xatboshidagi va 24-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 25-bandning birinchi va uchinchi xatboshilardagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 29. Vazirlar Mahkamasining “Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 17-iyundagi 166-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 48-modda): a) 1-ilovada: 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. Nogiron yoki uning qonuniy vakili (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchi deb ataladi) kompensatsiya olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda sog‘liqni saqlash hududiy organi deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:”; oltinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” so‘zlari “tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-banddagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-bandning birinchi xatboshisidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; 18-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “18. Kompensatsiya to‘lash uchun pul mablag‘lari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Maxsus komissiyaning qarori asosida tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”; 19-banddagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” so‘zlari “tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 30. Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda): a) 2-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 1-ilovaning 76-bandidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 31. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 58-modda): a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 15-bandning birinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 33. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomda: 10-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 33-bandning sakkizinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 35. Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 23-dekabrdagi 307-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 71-modda): 1-ilovada: 2-bandning oltinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 10-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 2-ilovada: “Kasbiy reabilitatsiya qilish dasturi”dagi “aholini ish bilan ta’minlashga va ijtimoiy himoya qilishga ko‘maklashish hududiy markazi (keyingi o‘rinlarda AITIHQM deb ataladi) tomonidan to‘ldiriladi)” so‘zlari “ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish hududiy markazi tomonidan to‘ldiriladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Nogironni kasbiy reabilitatsiya qilish dasturining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumotlar (AITIHQM to‘ldiradi)” so‘zlari “Nogironni kasbiy reabilitatsiya qilish dasturining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumotlar (ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish hududiy markazi tomonidan to‘ldiriladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 36. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 1-modda): a) qarorning nomidagi “Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 2-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 1-ilovada: ilova nomidagi “Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin; 1-banddagi “aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun korxonalarga, muassasalarga, birlashmalarga va tashkilotlarga — yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb ataladi) nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3, 4, 26 va 27-bandlardagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 5-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; II bo‘lim o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; Nizomga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; Nizomga 2-ilovada: belgilanishdagi va matndagi “Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin; “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organining tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ining” so‘zlari “mehnat organining tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ining” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2a-ilovaning belgilanishidagi “Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin; Nizomga 3-ilova belgilanishidagi va matnidagi “Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin. 40. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 10-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 9-bandining ikkinchi xatboshidagi va 41-bandining ikkinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 41. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani 2012 — 2013-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2012-yil 26-martdagi 82-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 13-son, 141-modda) 2 va 3-bandlaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 42. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyundagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Bolalar uylari to‘g‘risidagi Nizomning 24-bandida: a) ikkinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) uchinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga” so‘zlari “tibbiyot birlashmalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 43. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy korxona tomonidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydigan moddalar, materiallar va asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2012-yil 13-sentabrdagi 269-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 67-modda) 4-bandidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 44. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 37-son, 431-modda) 6, 7 va 8-bandlaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 46. Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy faoliyatning ayrim turlarini va yuqori xavfli manbalar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy psixiatrik moneliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 21-yanvardagi 15-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 7-modda): a) 2-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 1-ilovaga izohning 2 va 4-bandlaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 47. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini 2014 — 2016-yillarda amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 27-maydagi 132-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y, 22-son, 257-modda): a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) ilovada: 1, 9, 12, 14, 15, 36 va 40-pozitsiyalarning “Bajarish uchun mas’ullar” ustunidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 48. Vazirlar Mahkamasining “Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 29-avgustdagi 243-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y, 8-son, 92-modda): a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) ilovada: 5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 49. Vazirlar Mahkamasining “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 100-modda): 3-bandda: birinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshidagi “Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markaziga” so‘zlari “Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markaziga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining hamda Mehnat vazirligining statistik axborotlari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin”; b) 1-ilovada: 51-banddagi, 52-bandning ikkinchi xatboshidagi, 53-banddagi, 55-bandning birinchi xatboshidagi, 59-banddagi, 62-bandning sakkizinchi xatboshidagi, 66-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 54-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “54. Davlat ekspertizasi va xulosa berish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.”; ikkinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi” so‘zlari “Mehnat vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 68-bandda: birinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi” so‘zlari “Mehnat vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 7-ilovada: “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i)” so‘zlari “Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi boshlig‘i (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vaziri, viloyat mehnat bosh boshqarmasi boshlig‘i)” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-ilovada: 4-banddagi, 25-bandning ikkinchi xatboshidagi, 29-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi, 32, 36, 37-bandlardagi, 48-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi, 50-bandning birinchi xatboshidagi, 52-bandning birinchi xatboshidagi, 53-bandning ikkinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. Imtihon komissiyasi to‘g‘risidagi nizom, uning tarkibi va ish reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi hamda Davlat mehnat huquq inspeksiyasi, Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlari va xodimlari, shuningdek amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi olimlar pul to‘lash asosida kiritiladilar. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi imtihon komissiyasining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirining o‘rinbosari — imtihon komissiyasining raisi, ishchi organ direktori — imtihon komissiyasi raisining o‘rinbosari, ishchi organ direktorining birinchi o‘rinbosari — imtihon komissiyasining kotibi hisoblanadi”; Nizomga 1-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2-ilovadagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 50. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF–4658-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 130-modda): a) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: ilova nomidagi, 21-bandning birinchi, 27-bandning ikkinchi xatboshilardagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-bandda: birinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbariga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-banddagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga” so‘zlari “tibbiyot birlashmalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 13-bandning birinchi xatboshidagi, 15-banddagi, 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” so‘zlari “tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-banddagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan birgalikda” so‘zlari “tibbiyot birlashmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16-bandda: birinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari “tibbiyot birlashmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari “tibbiyot birlashmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “19. Har bir sanatoriy bo‘yicha urush va mehnat fronti fahriylarini sog‘lomlashtirish uchun oylarga taqsimlagan va ajratilgan o‘rinlar soni ko‘rsatilgan holda yo‘llanmalarni taqsimlash rejasi har yili 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktik yordamni tashkil etish Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriya-kurort boshqarmasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri bilan kelishilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”; 24-bandda: birinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari “tibbiyot birlashmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” so‘zlari “tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 25-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ushbu masalalarni hal etish uchun hokimlikning, “Nuroniy” jamg‘armasining vakili hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining boshlig‘i ishtirokida Komissiya tuziladi; 26-bandning ikkinchi xatboshidagi “yaqin joydagi bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” so‘zlari “yaqin joydagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 36-banddagi “hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” so‘zlari chiqarib tashlansin; 39-banddagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari “tibbiyot birlashmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 40-banddagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari “tibbiyot birlashmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 41-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) Nizomga 1-ilovada: belgilashdagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktoriga” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2-ilovaning belgilashidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 2-ilovada: ilovaning nomidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; Sxemada: 2, 7, va 8-bosqichlardagi “tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi”, “tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” hamda “Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” tegishli ravishda “tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi”, “tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari”, “Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-bosqich quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 4 va 5-bosqichlardagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin. 52. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-apreldagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Respublikaning sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo‘l transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 2 va 10-bandlardagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida” so‘zlari “tibbiyot birlashmalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 6-bandning uchinchi va oltinchi xatboshilaridagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” so‘zlari “tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) Nizomga ilovada (sxemada): 1-bosqichdagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari “tibbiyot birlashmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-bosqichdagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” so‘zlari “tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 54. Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 9-iyuldagi 186-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 57-modda): a) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:”; ilova 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 55. Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi Q T, 2015-y., 8-son, 71-modda): a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 7-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-ilovada: 2-bandda: uchinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining” so‘zlari “tibbiyot birlashmasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-bandning birinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi)” so‘zlari “tibbiyot birlashmalari (keyingi o‘rinlarda tibbiyot birlashmalari deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-banddagi, 16-bandning birinchi xatboshidagi, 18-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi, 19-bandning birinchi, ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilardagi, 21-banddagi, 26-bandning birinchi xatboshidagi, 38, 41-bandlardagi, 42-band “a” kichik bandining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi, 51, 52, 54, 57 va 60-bandlardagi “markazlar”, “markaz”, “markazning”, “markazga” so‘zlari tegishli ravishda “tibbiyot birlashmalari”, “tibbiyot birlashmasi”, “tibbiyot birlashmasining”, “tibbiyot birlashmasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9 va 12-bandlardagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; 23-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “23. Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i quyidagilar uchun mas’ul bo‘lgan xodimni (keyingi o‘rinlarda markazning mas’ul xodimi deb ataladi) tayinlaydi:” oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan almashtirilsin: “Bunda tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimi nogironlarga, keksa fuqarolarga va aholining boshqa zaif qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limi xodimlaridan tayinlanadi”; 33-banddagi “markaz direktori” so‘zlari “tibbiyot birlashmasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; 37-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “37. Yashash holatini baholash tugallangach tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimi tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironning yashash holatini baholashning to‘ldirilgan shaklini, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyaning xulosasini, shuningdek ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni quyidagilar to‘g‘risida:”; 47-bandda: birinchi xatboshidagi “markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi hamda markazning mas’ul xodimi” so‘zlari “tibbiyot birlashmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi hamda tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “markazda” so‘zi “tibbiyot birlashmasida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 56-bandda: ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “markazning”, “markazda”, “markaz” so‘zlari tegishli ravishda “tibbiyot birlashmasining”, “tibbiyot birlashmasida”, “tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “direktorning imzosi va markazning muhri” so‘zlari “boshliqning imzosi va tibbiyot birlashmasining muhri” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 1-ilovadagi “Markazlar”, “markazga”, “markaz”, “markaz tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “Tibbiyot birlashmalari”, “tibbiyot birlashmasiga”, “tibbiyot birlashmasi”, “tibbiyot birlashmasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2-ilovada: “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazi” so‘zlari “Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 4-ilovadagi “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 5-ilovadagi “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining direktori” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasining boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 6-ilovada: “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining direktori” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasining boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining Aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasining Nogironlarga, keksa fuqarolarga va aholining boshqa zaif qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 4-ilovada: “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining direktori” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasining boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1, 2 va 4-bo‘limlardagi “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 4a-ilovada: “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining direktori” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasining boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining” so‘zlari “Tibbiyot birlashmasining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 56. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 9-oktabrdagi 289-son qaroriga 1-ilova 210, 211 va 212-bandlarining “Obyekt berilayotgan tashkilot nomi” ustunidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Mehnat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 41-son, 528-modda). 1. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 26-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 49-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda). 7. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 1-modda). 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 22-bandi.
249
48,423
Qonunchilik
Kvartirani qayta rejalashtirishni rasmiylashtiramiz
Yuridik nuqtai nazardan kvartirani qayta rejalashtirishga rekonstruksiya sifatida qaraladi. Binodagi oʻzgarishlarni yer tuzish va koʻchmas mulk davlat kadastri DKda roʻyхatga olish zarurmi? Amaliyotda koʻpchilik bu savolni juda kech, ish bajarilgandan keyin beradi, deya ta’kidladilar Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasida. Roʻy bergan oʻzgarishlarni DKda roʻyхatga olish “qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish” deb nomlanadigan tartib-taomil doirasida amalga oshiriladi, lekin undan oldin kvartirada qurilish-mojtaj ishlarini olib borish uchun kelishish va ruхsatnoma olishga qaratilgan qator taomillar amalga oshirilishi lozim. Yaqinda tartiblar oʻzgardi hamda hozirgi kunda rukonstruksiya qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi 370-son qaroriga amal qilish lozim. Yangi qoidalarning asosiy farqi shundaki, endi turli instansiyalar boʻylab yugurishga hojat yoʻq. Barcha ruхsatnomalarni kvartira joylashgan joy boʻyicha Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilgan holda olish mumkin. Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidan foydalangan holda buni uydan chiqmay bajarish ham mumkin. Zarurat  boʻlganda zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga mas’ul boʻlgan organlar mutaхassislari oʻzlari qoʻngʻiroq qilib, rekonstruksiya qilinadigan binoni oʻrganish uchun joyiga boradilar. Shuning uchun, davlat хizmati uchun murojaat qilganda soʻrovnomani toʻldirganda telefon raqamini хatosiz koʻrsatish muhim hisoblanadi. № Tartib-taomil Qanday hollarda mazkur tartib-taomildan oʻtish zarur Murojaat qilgandan keyin qanday harakatlar kutiladi 1 Ob’yektni rekonstruksiya qilish (qayta rejalashtirish) uchun ruхsatnoma olish Ob’yektni rekonstruksiya qilish deganda quyidagilar tushuniladi: Quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruхsatnoma talab etilmaydi: Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda hujjat 5 ish kuni ichida beriladi. Arizani koʻrib chiqish jarayonida qurilish boshqarmasi mutaхassislarining tashrifini kuting. Ular joyiga borib rekonstruksiyani amalga oshirish imkoniyatini oʻrganishlari kerak 2 Arхitektura-rejalashtirish topshirigʻini (ART) ishlab chiqish Ushbu hujjat asosida loyiha tashkilotida sizga boʻlgʻusi ishlar loyihasini ishlab chiqadilar. ARTsiz loyihalashtirish taqiqlanadi. Ariza topshirilgan paytdan boshlab 4 ish kuni mobaynida ARTni ishlab chiqish uchun Qurilish vazirligining vakolatli tashkiloti bilan shartnoma imzolashni va u boʻyicha toʻlovni amalga oshirishni taklif qiladilar. ARTni ishlab chiqish muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 3 Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruхsatnoma olish Qurilish-montaj ishlarini ruхsatnoma olmasdan amalga oshirish taqiqlanadi 1 ish kuni mobaynida ruхsatnoma rasmiylashtiriladi va inspeksiya tomonidan qurilish sohasida nazoratni amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuziladi   4 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish Mazkur taomil dalili boʻyicha barcha zarur ma’lumotlar davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri DUK hujjatlariga kiritiladi 9 kun muddatda qabul qilish dalolatnomasini olasiz. Uni rasmiylashtirish jarayonida davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri DK хodimlari joyiga borib qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni oʻrganib chiqadi Har bir хizmatni olishda EKIHning 30%i miqdorida yigʻim toʻlash lozim boʻladi. Qayta rejalashtirish ushbu tartib-taomillarga rioya qilinmagan holda amalga oshirilgan taqdirda nima qilish kerak. Ishlar oʻzboshimchalik bilan bajarilgan boʻlib chiqadi. Endi Prezidentning 18.04.2017 yildagi PF-5017-son Farmoni va Prezidentning 18.04.2017 yildagi 2900-son qaroriga binoan bu masala bilan Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzurida Koʻp хonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi  oʻrinlarda – Inspeksiya) shugʻullanishi kerak. Inspeksiyada muхbirga хabar berishlaricha, kvartiralar va koʻp хonadonli uylarda noqonuniy qayta rejalashtirish dalili aniqlangan taqdirda binolarni dastlabki holatga keltirish boʻyicha choralar koʻriladi. Bu ishlarni bino mulkdori oʻz hisobidan unga koʻrsatma taqdim etilgan paytdan boshlab 15 kun ichida bajarishi kerak. Talab e’tiborsiz qoldirilgan taqdirda ish koʻrib chiqish uchun sudga beriladi. Istalgan manfaatdor shaхs kvartira rekonstruksiya qilinganligi haqida inspeksiyani хabardor qilishi mumkin. Bajarilgan ishlar dalili boʻyicha kvartirani qayta rejalashtirishni rasmiylashtirish tartib-taomili qonunchilikda nazarda tutilmagan. Shubhasiz, qonun chiqaruvchi buzilishlar va avariyaviy vaziyatlarni oldini olish kabi chora-tadbirlar mohiyatidan kelib chiqqan. Belgilangan normalarga rioya qilgan holda, kvartirani ikkinchi qayta rejalashtirishni faqat birinchi qayta rejalashtirish oqibatlarini oʻz hisobidan bartaraf etgandan keyin amalga oshirish mumkin. Oleg Gayevoy.
51
4,942
Qonunchilik
Ko‘chma savdo faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy
Mamlakatimizda ko‘chma savdo va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish, bunday faoliyat turlariga tadbirkorlarni keng jalb qilish, shuningdek, ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish orqali aholiga zarur tovarlarni xarid qilishda qulayliklar yaratish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ko‘chma savdo joylarini barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan holda, davlat organlari va inson omilisiz, elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tizimi yaratildi. Ko‘chma savdo joylarini fuqarolik-huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish, ko‘chma savdo turlarini yanada kengaytirish, mavsumiy kafelar faoliyatini tashkil etishda qonun ustuvorligini ta’minlash va yerlar talon-taroj qilinishining oldini olish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: ko‘chma va yengil konstruksiyali savdo faoliyati uchun talablarni soddalashtirish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, obodonlashtirish va yo‘l tashkilotlari va boshqalarga o‘zlariga berilgan bo‘sh yer uchastkalarida ko‘chma savdo joylarini tashkil etishga ruxsat berish; xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali xizmatlar turlarini kengaytirish. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 1. 3-band: quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan, obodonlashtirish va yo‘l tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan hamda vaqtincha foydalanilmayotgan yer uchastkalari, shuningdek, tuman (shahar) zaxirasidagi yer uchastkalari “K — SAVDO” AAT orqali “E-auksion” elektron savdo platformasida ko‘chma savdo obyektini joylashtirish uchun tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali 36 oygacha muddatga (yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlar uchun ko‘pi bilan 120 oygacha), shuningdek, mavsumiy kafelarni o‘rnatish uchun ijaraga berilishi mumkin”; birinchi va ikkinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. 4-band: quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshisi bilan to‘ldirilsin: “jismoniy va yuridik shaxslar “K — SAVDO” AATga kiritgan ariza holatini real vaqt rejimida onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish”; o‘ninchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. 1-ilovada (Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom): 2-bandda: oltinchi — sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ko‘chma savdo obyektlari — 100 kvadrat metr maydondan ko‘p bo‘lmagan, vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va (yoki) mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko‘chirish va yig‘ish mumkin bo‘lgan ko‘chma savdo obyektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodo‘konlar, avtotirkamalar, avtotsisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar, shu kabi va shunga o‘xshash boshqa ko‘chma savdo obyektlari); ko‘chma savdo subyektlari — ko‘chma savdoni amalga oshirish uchun “K-SAVDO” AATda belgilangan tartibda ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy va yuridik shaxslar; ko‘chma savdo — ko‘chma savdo obyektlaridan foydalangan holda, turg‘un savdo shoxobchalari joylashgan joydan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish, xizmatlar ko‘rsatish”; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “mobil konteyner — istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko‘chirish va yig‘ish mumkin bo‘lgan yengil tipdagi ixcham savdo do‘konlari; transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma; tirkama — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo‘ljallangan va dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi, shu jumladan, yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalar; yengil konstruksiya — erning ustki qatlamiga zarar yetkazmasdan ixcham metall yoki yog‘och konstruksiyalardan foydalanib qurilgan, buzib olib (bartaraf etib) ko‘chirish (yig‘ish) imkoniyati mavjud bo‘lgan qurilma; kichik oshxona — iste’molchilarga oson tayyorlanadigan taomlar va zakuskalar, qaynoq va salqin ichimliklar bilan jadal xizmat ko‘rsatishni tashkil etuvchi korxona. Sotiladigan mahsulotlar turiga ko‘ra kichik oshxonalar quyidagilarga ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin: kabobxona, palovxona, somsaxona, sosiskaxona, chuchvaraxona, cheburekxona, pirojkaxona, blinchikxona va shu kabilar”; 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Savdo obyektining ixtisoslashuv turlari quyidagilardan iborat: non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari; go‘sht va go‘sht mahsulotlari; sut va sut mahsulotlari; kichik oshxona; sabzavotlar-mevalar va poliz ekinlari, shuningdek, quruq mevalar, pista va yong‘oqlar; muzqaymoq, alkogolsiz yaxna va issiq ichimliklar; oziq-ovqat mahsulotlari; nashriyot mahsulotlari; gullar; xalq badiiy va boshqa hunarmandchilik buyumlari; hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar, kiyim-kechak, poyabzal va yengil sanoat buyumlari; nooziq-ovqat mahsulotlari; yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlarda saqlash va sotish; yengil turdagi transport vositalarini (yengil avtomobil, velosiped, samokat, skuter va boshqalar) ijaraga berish va ta’mirlash xizmatlari; elektromobillarni zaryadlash; sartaroshlik xizmatlari; kosmetolog xizmatlari; poyabzal ta’mirlash xizmati; maishiy texnika vositalarini ta’mirlash xizmati; kalit yasash xizmati. Tadbirkorlik subyektlari ko‘chma savdo obyekti ixtisoslashuv turlarining bir nechtasi bilan savdo qoidalariga rioya etgan holda shug‘ullanishi mumkin”; 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Quyidagi joylarda ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi: madaniy meros obyektlari va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar fasadi oldida; bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida; muhandislik kommunikatsiyalari xavfsizlik zonalarida; chorrahalarga 15 metrdan yaqinroqda; maishiy chiqindilarni yig‘ish punktlariga 20 metr masofa orasida; sun’iy inshootlarda (to‘xtash bostirmalari, erosti o‘tish joylari, ko‘priklar, tunnellar, transport bog‘lamalari va yo‘l o‘tkazgichlar); piyodalar o‘tish joylarida; velosiped yo‘laklarida; qatnov qismining xavfli burilishlarida; loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 15 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno); transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda; “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi yoki “to‘xtash taqiqlanadi” yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida”; 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat beriladi. Bunda, ko‘chma savdo obyektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart”; 19-banddagi “tadbirkorlik subyekti” so‘zlari “yuridik yoki jismoniy shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20. Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi joylashish sxemalari doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha (yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlar uchun ko‘pi bilan 120 oygacha) ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi. Umumiy ovqatlanish tashkilotiga tutash yoki 5 metrdan oshmaydigan masofada joylashgan, bo‘sh turgan ko‘chma savdo joyi Umumiy ovqatlanish tashkilotlari mavsumiy kafelarining ishlash tartibi to‘g‘risida nizomning 3-bandi talablariga rioya qilgan holda elektron onlayn-auksionsiz, “K-SAVDO” AAT orqali umumiy ovqatlanish tashkilotining o‘ziga umumiy ovqatlanish yoki savdo sohasida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish uchun ijaraga berilishi mumkin”; 22-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Bunda yer uchastkasi davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lsa, mablag‘ning ushbu qismi mazkur tashkilotlarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”; 23-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ko‘chma savdo joyi “K — SAVDO” AATga mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tomonidan ham kiritilishi mumkin”; 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “24. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirish sxemalarini tegishlicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan “K — SAVDO” AAT orqali besh ish kuni muddatda kelishadi. “K — SAVDO” AATga kiritilgan joylashish sxemasi yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari besh ish kun muddatda kelishmagan taqdirda, joylashish sxemasi kelishilgan hisoblanadi. Bunda belgilangan muddatda kelishilmagan joylashish sxemasi bo‘yicha ko‘rilgan zarar uchun javobgarlik choralari tegishli mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanadi. “K — SAVDO” AATga kiritilgan joylashish sxemasini kelishish rad etilgan taqdirda, ushbu tashkilotning rahbari (o‘rinbosari) tomonidan asoslantirilgan va imzolangan xulosani “K — SAVDO” AATga ilova qilishi shart”; 26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “26. Jismoniy va yuridik shaxslar ko‘chma savdo joyini “K — SAVDO” AATga kiritish huquqiga ega. Bunda g‘olib deb topilgan jismoniy shaxs besh ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart. 27. Jismoniy va yuridik shaxslar hamda hokim yordamchilari tomonidan taklif etilgan ko‘chma savdo joyi uch ish kuni ichida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiqligi jihatdan ko‘rib chiqiladi”; 28-banddagi “tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari “talabgor” so‘zi bilan almashtirilsin; 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “31. Auksionda qatnashish uchun talabgor tegishli elektron arizani to‘ldiradi. Elektron arizada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; ko‘chma savdo obyektining ixtisoslashuvi; ish tartibi (ish kunlari, ish vaqti); ko‘chma savdo obyektini joylashtirish davri, bunda muddat 36 oydan, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlar uchun 120 oydan oshmasligi lozim”; 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “35. “K — SAVDO” AATda transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabgor tegishli elektron blankani to‘ldiradi. Elektron blankada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim: yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy va yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi va otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa); soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; avtomototransport vositasining markasi, turi va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi; savdo obyektining ixtisoslashuvi; ish tartibi (ish kunlari, ish vaqti); ko‘chma savdo obyektini joylashtirish davri, bunda muddat 36 oydan, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlar uchun 120 oydan oshmasligi lozim; elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda)”; 40-bandda: uchinchi xatboshi “yuridik shaxsning to‘liq nomi,” so‘zlaridan keyin “jismoniy shaxs va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; yettinchi xatboshi “36 oydan,” so‘zlaridan keyin “yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlar uchun 120 oydan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 41-bandning beshinchi xatboshisiidagi “Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin; 43-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tadbirkorlik subyektiga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijaraga berilgan ko‘chma savdoni amalga oshirish joyi qonunchilikda belgilangan asoslarga ko‘ra olib qo‘yilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlariga muvofiq pul summasini to‘lash yoki boshqacha kompensatsiya to‘lash yo‘li bilan bartaraf etiladi”; Nizomning 1-ilovasida: 1-qatori: “Subyektlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi, Kadastr bo‘limlari, tuman (shahar) hokim yordamchilari”; 2-qatori: “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sxemani tegishlicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan kelishadi”; “Bajarish muddatlari” ustunidagi “uch kun” so‘zlari “besh ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-qatori “Bajarish muddatlari” ustunidagi “uch kun” so‘zlari “uch ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-qatori “Subyektlar” ustunidagi “Tadbirkorlik subyekti” so‘zlari “Jismoniy shaxs va yuridik shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-qatori “Subyektlar” ustunidagi “Tadbirkorlik subyekti” so‘zlari “Jismoniy shaxs va yuridik shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. 4-ilovada: 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ariza beruvchi — ushbu Nizomning 4-bandiga asosan umumiy ovqatlanish tashkilotlarining mavsumiy kafelarini o‘rnatish (qurish) uchun murojaat qilgan yuridik shaxs”; 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Mavsumiy kafelar umumiy ovqatlanish obyekti joylashgan hudud doirasida o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Mavsumiy kafelar aholi punktlarining shahar va posyolka qurilishi yerlari, umumiy foydalanishdagi yerlari va transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning foydalanilmayotgan qismlarida, ushbu yerlar doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan ijara shartnomalari asosida o‘rnatilishi (qurilishi) mumkin. 4. Ariza beruvchiga mavsumiy kafeni o‘rnatish (qurish) bo‘yicha ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti asosida beriladi, qurilishga ruxsat talab qilinmaydigan holatlar bundan mustasno”; 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “mavsumiy kafeni mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan yer uchastkasida joylashtirish”. 10-bandda: ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan yer uchastkasidan tashqarida”; o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 13-banddagi “mavsumiy kafeni o‘rnatishga (qurishga) ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimligining qarori” so‘zlari o‘rniga “mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar hamda mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq ruxsatnoma” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mavsumiy kafelar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshiradilar”.
249
17,368
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida
Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va ichki ishlar idoralari xodimlari sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yoshlarni milliy g‘oya va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon berilsin:
124
270
Qonunchilik
Sud sohasi хodimlarida qanday mansab darajalari boʻladi?
"Sud va Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazi хodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hakida"gi Qonun loyihasiga sharh. Ushbu qonun loyihasi davlat rahbarining 2017 yil 21 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-4966-son Farmonining 14-bandini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan. Eslatib oʻtamiz, mazkur Farmonda Sudyalar oliy kengashini, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining tashkil etilishi, Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazini Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot markazi sifatida oʻzgartirish, Oliy sud na Oliy хoʻjalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish nazarda tutilgan. Qonun loyihasi1 bilan Oliy Majlisning 1993 yil 2 sentyabrdagi 927-XI-son qarori bilan tasdiqlangan Sud хodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi Nizomga (Oliy Majlisning 2000 yil 14 dekabrdagi 164-I-son qarori tahririda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Loyihada Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot markazi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti hamda uning hududiy boʻlimlari хodimlariga mansab darajalari berish tartibi nazarda tutilmoqda. Aytish joizki, Sudyalar oliy kengashi raisi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot markazi direktori va uning oʻrinbosariga beriladigan 1, 2 va 3 darajali davlat adliya maslahatchilari kabi maхsus unvonlarni berish tartibi belgilanmoqda. Loyiha bilan Oliy mansab darajalarini Kengash raisi va uning oʻrinbosari taqdimnomasiga koʻra Prezident tomonidan berilishini nazarda tutuvchi tartibni oʻrnatish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, loyiha shuningdek Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti direktori, direktor oʻrinbosari, bosh mutaхassis va boshqa хodimlarga mansab darajalari berishni nazarda tutadi. Sudyalar oliy kengashi raisiga Kengash oʻrinbosari taqdimnomasiga koʻra Kengash va Markaz хodimlariga mansab darajalarini berish boʻyicha vakolatlar taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Oliy sud raisiga sudlarning boshqa хodimlaridan tashqari fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, Harbiy sud, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlari, hududiy harbiy sudlarning sudya katta yordamchilari va sudya yordamchilariga mansab darajalari berish vakolati taqdim etilmoqda. Bundan tashqari, mansab darajasi boʻlgan sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy boʻlimlari хodimlarining farqlash belgilari va mansab maoshlariga ustama haq miqdorini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi tartibi oʻrnatilmoqda. Qonunning qabul qilinishi davlatimizda sudlov tizimini yanada takomillashtirish, mamlakatiz fuqarolarining huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashga хizmat qiladi, shu bilan bir qatorda sudyalar va mazkur tizim хodimlarining ijtimoiy muhofazasini yuqori darajaga koʻtaradi, deb oʻylayman. Aliya YuNUSOVA Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi a’zosi. ____________________________________________ 1 Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya, Adliya, Mehnat, Sogʻliqni saqlash hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Sud va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
56
4,175
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT QONUNLARI KODEKSIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksini (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1971-yil, № 34, 322-modda) O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish, shuningdek bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mehnatga doir munosabatlarning huquqiy jihatdan tartibga solinishini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin: 1. Muqaddima chiqarib tashlansin. 2. 1, 2, 3 va 4-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Mehnatga doir qonunlar mehnat bozori samarali amal qilishini, adolatli mehnat sharoitlarini, xodimlarning mehnatga doir huquqlari himoya qilinishini, mehnat unumdorligi o‘sishini, ish sifati yaxshilanishini va shu asosda mehnatkashlar turmushining moddiy hamda madaniy darajasi yuksalishini ta’minlagan holda mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan barcha shaxslarning mehnatga doir munosabatlarini tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir kishi mehnat qilish, qonunda belgilangan tartibda erkin ish tanlash, adolatli mehnat shart-sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Majburiy mehnat taqiqlanadi, sudning hukmiga binoan jazoni o‘tash yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasnodir. Har bir xodim: xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish; ish bilan bog‘liq holda salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilish; teng mehnat uchun hech bir kamsitishlarsiz teng va qonunda belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish; muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftada dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik otpuskalar berish orqali ta’minlanadigan dam olish; kasaba uyushmalariga birlashish; qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish; o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sud orqali himoya qilish huquqlariga egadir. Xodim: mehnat burchlarini halol bajarishi; mehnat intizomiga rioya etishi; korxona, muassasa, tashkilot mulkiga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi; belgilangan mehnat normalarini bajarishi shart. Kolxozlar va boshqa kooperativ tashkilotlar a’zolarining mehnati kolxoz va boshqa kooperativ tashkilotlarga taalluqli qonunlar asosida va ularga muvofiq holda qabul qilinadigan o‘z ustavlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunlari ushbu Kodeks hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining mehnatga doir boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.” 3. 5-modda chiqarib tashlansin. 4. 6-moddadagi “SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. “Ikkinchi bob. Kollektiv shartnoma” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 6. 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Jamoa shartnomasi — korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga doir munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Jamoa shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi qonun bilan tartibga solinadi.” 7. 8—17-moddalar chiqarib tashlansin. 8. Uchinchi bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 9. 18-moddada: 1) moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “18-modda. Mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzuvchi taraflar va uning mazmuni”; 2) matn “Mehnat shartnomasi” degan so‘zlardan keyin “(kontrakt)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 10. 19-moddada: 1) ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ishga qabul qilishda jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi va jamoat birlashmalariga mansubligiga, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlarga qarab, qay bir yo‘sinda bo‘lmasin ularning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklashga yoxud ularga bevosita yoinki bilvosita imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi”; 2) modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ishga qabul qilish vaqtida muayyan mehnat turiga xos bo‘lgan talablarga yoki ortiqcha ijtimoiy va huquqiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida davlatning alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi bilan bog‘liq holda qilinadigan farqlashlar, istisnolar, afzalliklar berish va cheklashlar kamsitish hisoblanmaydi”. 11. 20-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 21 va 22-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Mehnat shartnomasi (kontrakt) yozma shaklda tuziladi. Mehnat shartnomalari (kontraktlar): 1) nomuayyan muddatga; 2) muayyan — besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga; 3) muayyan ishni bajarish uchun ketadigan vaqtga tuziladi. Muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) — bajarilajak ishning o‘ziga xos jihatlari, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat munosabatlarini o‘rnatish mumkin bo‘lmagan taqdirda, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tuziladi. Xalq deputati deputatlik vakolatlarini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinganligi munosabati bilan uning o‘rniga ishga (lavozimga) qabul qilingan xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilib, deputat avvalgi ishga (lavozimga) qaytganida bu shartnoma (kontrakt) bekor bo‘ladi.” 13. 22-1-modda chiqarib tashlansin. 14. 23-moddaning nomi va matni “Shartnomasining”, “shartnoma” degan so‘zlardan keyin tegishincha “(kontraktning)”, “(kontrakt)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 15. 24-moddada: 1) birinchi qismning 2-bandidagi “yoki xalq deputatlari posyolka yoki qishloq (ovul) Soveti ijroiya komiteti” degan so‘zlar “yoki o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;“SSSR” degan so‘z chiqarib tashlansin; 2) uchinchi qismdagi “SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 16. 25-moddaning uchinchi qismi “qat’i nazar” degan so‘zlardan keyin “ish boshlagan kunidan e’tiboran” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 17. 26-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jazolar mehnat daftarchasida yozilmaydi, ushbu Kodeksning 41-moddasi 3, 4, 7 va 8-bandlari bo‘yicha xodimni ishdan bo‘shatish hollari bundan mustasno.” 18. 27-moddada: 1) birinchi qism “Mehnat shartnomasi” degan so‘zlardan keyin “(kontrakt)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 2) ikkinchi qismning 2-bandidagi “hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini tamomlab chiqqan yosh mutaxassislarni ishga qabul qilganda” degan so‘zlar “hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda bitirgan shaxslarni o‘qish tamomlanganidan keyin ikki yil davomida ishga qabul qilganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) ikkinchi qismning 3-bandi “Vatan urushi nogironlarini” degan so‘zlardan keyin “va ularga tenglashtirilgan shaxslarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 19. 28-moddaning birinchi qismidagi “SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 20. 30-moddada: 1) birinchi qism “mehnat shartnomasini” degan so‘zlardan keyin “(kontraktni)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 2) ikkinchi qismdan “xalq”, “tegishli hollarda esa — bo‘ysunuviga qarab yuqori organga (253 va 254-moddalar)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 21. 31-moddaning nomi va matni “Mehnat shartnomasida” degan so‘zlardan keyin “(kontraktda)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 22. 32-moddadagi “33, 34 va 158” raqamlari “33 va 34” raqamlari bilan almashtirilsin. 23. 32-1-modda “mehnat shartnomasida” degan so‘zlardan keyin “(kontraktda)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 24. 32-2-moddaning ikkinchi qismi “mehnat shartnomasi” degan so‘zlardan keyin “(kontrakt)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 25. 33-modda “mehnat shartnomasida” degan so‘zlardan keyin “(kontraktda)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 26. 36-moddada: 1) moddaning nomi va birinchi qismi “Mehnat shartnomasini” degan so‘zlardan keyin “(kontraktni)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 2) birinchi qismning 2-bandidagi “(22-moddaning 2 va 3-bandlari hamda ikkinchi qismi)” degan so‘zlar “(22-moddaning 2 va 3-bandlari hamda uchinchi qismi)”degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) birinchi qism quyidagi mazmundagi 8 va 9-bandlar bilan to‘ldirilsin: “8) xodim sudning qaroriga binoan maxsus davolash-profilaktika muassasasiga yuborilganligi; 9) ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi;” 4) ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Korxona, muassasa, tashkilot bir organ bo‘ysunuvidan boshqa organ bo‘ysunuviga o‘tkazilganida mehnat shartnomasining (kontraktning) amal qilishi to‘xtamaydi. Korxona mulkdori o‘zgarganida, xuddi shuningdek korxona qaytadan tashkil etilganida (qo‘shib yuborilganida, birlashtirilganida, bo‘lib yuborilganida, qayta tashkil etilganida) mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi. Bunday hollarda xodimlar soni yoki shtati qisqartirilgan taqdirdagina mehnat shartnomasini (kontraktni) ma’muriyatning tashabbusi bilan bekor qilish (ushbu Kodeksning 41-moddasi 1-bandi) mumkin bo‘ladi.” 27. 37-moddada: 1) birinchi qismdagi “SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga” degan so‘zlar “qonunlarga” degan so‘z bilan almashtirilsin, 4 va 5-bandlar chiqarib tashlansin; 2) birinchi qismning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1) korxona, muassasa, tashkilot (filial, vakolatxona, bo‘lim va boshqa alohida bo‘linma) rahbari va uning o‘rinbosarlari o‘z mehnat vazifalarini bir necha marta qo‘pol ravishda buzgan taqdirda;” 3) uchinchi qismdagi “SSR Ittifoqi qonunlari bilan va bu qonunlar belgilaydigan doirada, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan almashtirilsin; 4) moddaning nomi, birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari “mehnat shartnomasini”, “mehnat shartnomasi” degan so‘zlardan keyin tegishincha “(kontraktni)”, “(kontrakt)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 28. 38-moddada: 1) birinchi va ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xodimlar nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini (kontraktni) ma’muriyatni ikki hafta oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda bekor qilish huquqiga egadirlar. Xodimning shu muddat ichida bo‘shash to‘g‘risidagi o‘z arizasini qaytarib olish huquqi saqlab qolinadi. Xodimning o‘z xohishi bo‘yicha ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizasi u o‘z ishini davom ettirishining imkoni yo‘qligi (o‘quv yurtiga kirganligi, pensiyaga chiqqanligi va shunga o‘xshash boshqa hollar) tufayli yozilgan bo‘lsa, ma’muriyat mehnat shartnomasini (kontraktni) xodim iltimos qilgan muddatda bekor qiladi.”; 2) moddaning nomi va to‘rtinchi qism “mehnat shartnomasini”, “mehnat shartnomasi” degan so‘zlardan keyin tegishincha “(kontraktni)”, “(kontrakt)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;“ko‘rsatilgan muddatlar” degan so‘zlar “ko‘rsatilgan muddat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 29. 39-moddaning nomi va matni “Mehnat shartnomasini” degan so‘zlardan keyin “(kontraktni)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin, nomi va matndagi “belgilangan muddatlar”, “ko‘rsatilgan muddatlar” degan so‘zlar tegishincha “belgilangan muddat”, “ko‘rsatilgan muddat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 30. 40-moddaning nomi va matni “Mehnat shartnomasini”, “mehnat shartnomasi”, “shartnomada” degan so‘zlardan keyin tegishincha “(kontraktni)”, “(kontrakt)”, “(kontraktda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 31. 41-moddada: 1) moddaning nomi, birinchi xatboshisi va birinchi qismning 3-bandi “Mehnat shartnomasining”, “mehnat shartnomasi”, “mehnat shartnomasiga” degan so‘zlardan keyin tegishincha “(kontraktning)”, “(kontrakt)”, “(kontraktga)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) 1-1-band chiqarib tashlansin; 3) beshinchi banddagi “SSR Ittifoqi qonunlarida” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan almashtirilsin; 4) 8-banddagi “davlat yoki jamoat mulkini” degan so‘zlar “mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot mulkini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) uchinchi qism chiqarib tashlansin. 32. 42-moddada: 1) ikkinchi qismning 4-bandi “hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda bitirgan shaxslarga o‘qishni tamomlaganlaridan keyin ikki yil davomida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) ikkinchi qism quyidagi mazmundagi 8 va 9-bandlar bilan to‘ldirilsin: “8) zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan muddatli xizmat harbiy xizmatchilari, praporshchiklar, michmanlar yoki ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslar orasidan bo‘lgan xodimlarga — haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilganlaridan keyin kirgan ishlari bo‘yicha; 9) atom obyektlaridagi halokatlar oqibatida nurlanish kasaliga uchragan yoki nurlanish kasalini boshdan o‘tkazgan hamda radiatsiya nurlanishining kuchayishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga duchor bo‘lgan shaxslarga; nogironligiga atom obyektlaridagi halokatlar sabab bo‘lganligi aniqlangan nogironlarga;atom obyektlaridagi halokatlar oqibatlarini tugatish qatnashchilariga, shuningdek uqtirilgan zonalardan evakuatsiya qilingan yoki ko‘chirilgan shaxslarga, ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga”. 33. 43 va 44-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Korxona, muassasa, tashkilot kasaba uyushmasi komitetining oldindan roziligini olmay turib, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini (kontraktni) bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasnodir: 1) korxona, muassasa, tashkilot tugatilganda; 2) ishga qabul qilish paytida belgilangan sinov qoniqarsiz natija berganda; 3) ilgari shu ishni bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanganda; 4) kasaba uyushmasi komiteti mavjud bo‘lmagan korxona, muassasa yoki tashkilotdan har qanday asos bo‘yicha ishdan bo‘shatilganda; 5) korxona, muassasa va tashkilot (filial, vakolatxona, bo‘lim va boshqa alohida bo‘linma)ning rahbari, uning o‘rinbosarlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek fuqarolarning jamoat birlashmalari lavozimga saylab, tasdiqlab yoki tayinlab qo‘yadigan rahbar xodimlar har qanday asos bo‘yicha ishdan bo‘shatilganda; 6) basharti, ishdan bo‘shatish korxona, muassasa, tashkilot kasaba uyushmasi komiteti bilan kelishish lozimligi ustavda (nizomda) nazarda tutilmagan bo‘lsa, intizom to‘g‘risidagi ustav (nizom) bo‘yicha bo‘shatilganda; 7) o‘rindoshlik tarzida ishlamaydigan boshqa xodimning qabul qilinishi munosabati bilan o‘rindoshlik asosida bajarilayotgan ishdan, shuningdek mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi cheklanishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilganda. Kasaba uyushmasi komiteti xodimni ishdan bo‘shatishga rozilik berish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qabul qilgan qarori haqida korxona, muassasa, tashkilot rahbarining yozma ravishdagi taqdimnomasini olganidan boshlab o‘n kunlik muddat ichida ma’muriyatga yozma shaklda ma’lum qilishi kerak.” 34. 45-moddaning nomi, birinchi va ikkinchi qismlari “mehnat shartnomasini” degan so‘zlardan keyin “(kontraktni)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 35. 46-moddada: 1) moddaning nomi va birinchi qismi “mehnat shartnomasini” degan so‘zlardan keyin “(kontraktni)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 2) ikkinchi qism chiqarib tashlansin. 36. 47-moddaning birinchi qismidagi “SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 37. 48-moddaning nomi, birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari “Mehnat shartnomasini”, “mehnat shartnomasi” degan so‘zlardan keyin tegishincha “(kontraktni)”, “(kontrakt)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 38. 49-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Mehnat shartnomasi (kontrakt) ushbu Kodeks 36-moddasining 3 va 6-bandlarida hamda 41-moddasining 2 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan asoslarga binoan, yoki ma’muriyat mehnat qonunlarini, jamoa shartnomasi yoki mehnat shartnomasini (kontraktni) buzishi (40-modda) oqibatida bekor qilinganda xodimlarga kamida ikki haftalik o‘rtacha ish haqi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi”. 39. 50-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari “Mehnat shartnomasi”, “Mehnat shartnomasini” degan so‘zlardan keyin “(kontrakt)”, “(kontraktni)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 40. 51-modda “Mehnat shartnomasi” degan so‘zlardan keyin “(kontrakt)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 41. Uchinchi A bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 42. 51-1, 51-2 va 51-3-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Davlat fuqarolarga: mashg‘ulot turini erkin tanlashni, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ish tanlashni; ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etilishidan va asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishdan himoyalashni; maqbul ish topish va ishga joylashtirishga bepul ko‘maklashishni; barcha mehnatkashlarga kasb o‘rganish va ishga joylashish, ish bilan ta’minlanish va mehnat qilish, ish haqi va daromadlar olish, xizmatda ko‘tarilish shartlari teng bo‘lishi ta’minlanishini; korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘zlari oldindan bergan arizalariga muvofiq o‘quv yurtlari bitiruvchilariga maqbul ish berishlarini; ish bilan ta’minlash xizmati tizimida yoki uning yo‘llanmasi bo‘yicha boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lagan holda yangi kasbga (ixtisosga) bepul o‘qitishni, malaka oshirishni; boshqa joyga ishga yuborilishi bilan bog‘liq moddiy xarajatlar qonunlarga muvofiq to‘lanishini; fuqarolarning yoshi yoki o‘zga xislatlari hisobga olingan holda tashkil etiladigan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishlari uchun muddatli mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish imkoniyatini kafolatlaydi. Ish bilan ta’minlash va grajdanlarning mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlarining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari qonunlar bilan belgilanadi. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tugatilishi, xodimlar sonini yoki shtatini qisqartirishga doir tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan xodimlar korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan bo‘shatib olinishi mumkin. Xodimlar amalga oshirilajak ishdan bo‘shatib olish to‘g‘risida kamida ikki oy oldin shaxsan tilxat orqali ogohlantiriladilar. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ma’muriyati xodimlarni ommaviy ravishda bo‘shatib olish ehtimoli to‘g‘risida o‘z vaqtida, biroq kamida uch oy oldin tegishli kasaba uyushmasi organiga xabar qiladi. Xodimlar soni yoki shtat qisqartirilishi munosabati bilan xodimlar bo‘shatib olinganida ushbu Kodeksning 42-moddasi va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan ularni ishda qoldirishga doir imtiyozli huquq hisobga olinadi. Xodimlar soni yoki shtat qisqartirilishi sababli bo‘shatish xususida ogohlantirish bilan bir vaqtda ma’muriyat aynan ana shu korxona, muassasa va tashkilotda xodimga boshqa ishni yozma ravishda taklif qiladi. Xodim boshqa korxona, muassasa va tashkilotga murojaat qilish yoki ish bilan ta’minlash xizmatining bepul vositachiligi orqali yangi ish joyi tanlash huquqiga ega. Ma’muriyat har bir xodimning kasbi, ixtisosi, malakasi va ish haqining miqdorini ko‘rsatgan holda bo‘lajak bo‘shatib olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ish bilan ta’minlash xizmati mahalliy organiga kamida ikki oy oldin ma’lum qilishi shart. Xodimlar soni (shtatlar) qisqartirilishi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlarning ish qidirish davrida oldingi ish joyidagi ikki oylik o‘rtacha ish haqi (ishdan bo‘shatish nafaqasi qo‘shib hisoblanganda) saqlanib qoladi. Xodimlar ishdan bo‘shatilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida davlat ish bilan ta’minlash xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tsalar, davlat ish bilan ta’minlash xizmatlarining ma’lumotnomasiga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joyidan o‘rtacha ish haqi olishga haqlidirlar. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan xodimlar har qanday holatda ham ishdan bo‘shagan vaqtdan boshlab uch oy muddat ichida mehnat stajini saqlab qoladilar. Basharti, ishdan bo‘shatib olingan xodimga uch oy ichida maqbul keladigan ish topib berilmasa, u ishsizlik maqomiga ega bo‘ladi. Shu davr ichida u taklif etilgan maqbul keladigan ishning ikkitasini rad etsa, ishsizlik maqomiga ega bo‘lmaydi va u o‘ttiz kalendar kundan so‘ng umumiy asosda ish qidiruvchi shaxs sifatida yangidan ro‘yxatga olinadi. Ishdan bo‘shatish nafaqasi va saqlab qolinadigan o‘rtacha ish haqi ilgarigi ish joyidan to‘lanadi. Tugatilayotgan korxona, muassasa va tashkilotlarning yetarli mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda, ishdan bo‘shatib olinayotgan xodimlarga tovonlar ularning huquqiy vorislari mablag‘idan to‘lanadi. Tugatilayotgan korxona, muassasa, tashkilotlarning huquqiy vorislari bo‘lmagan taqdirda, ishdan bo‘shatib olinayotganlarga tovonlar aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan amalga oshirilib, so‘ngra u qonunlarda belgilangan tartibda qoplanadi”. 43. To‘rtinchi bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 44. 52-modda chiqarib tashlansin. 45. 53-moddadagi “41 soatdan” degan so‘zlar “40 soatdan” degan so‘zlar bilan almashtirilib, ikkinchi gap chiqarib tashlansin. 46. 54-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi: 1) 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga — haftasiga ko‘pi bilan 36 soat; 2) 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga, shuningdek ta’til vaqtida ishlayotgan 14 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilariga haftasiga ko‘pi bilan 24 soat. O‘quv yili davomida o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda ishlayotgan o‘quvchilarning ish vaqti muddati ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun belgilangan normaning yarmisidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Mehnat sharoitlari zararli bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan ishchi va xizmatchilar uchun haftasiga ko‘pi bilan 36 soatdan iborat ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. Qonunlarda ayrim toifadagi xodimlar (o‘qituvchilar, vrachlar va boshqalar) uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi”. 47. 56-moddaning birinchi qismidagi “41 soat” degan so‘zlar “40 soat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 48. 59-moddaning birinchi qismidagi “(54-moddaning birinchi qismi 2-bandi va ikkinchi qismi)” degan so‘zlar “(54-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 49. 60-modda birinchi qismining birinchi bandidagi “ikki yoshga” degan so‘zlar “uch yoshga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 50. 61-moddadagi “SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari” degan so‘zlar “qonunlar” degan so‘z bilan almashtirilsin. 51. 62-moddaning birinchi qismidagi ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasi bor (o‘n olti yoshgacha nogiron bolasi bor) ayolning, shu jumladan o‘z xomiyligida bolasi bo‘lgan ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarishlayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra meditsina xulosasiga muvofiq ma’muriyat ularga to‘liq bo‘lmagan ish kuni yoki to‘liq bo‘lmagan ish haftasi belgilashi shart”. 52. 68-moddada: 1) birinchi qismning birinchi bandidagi “ikki yoshga” degan so‘zlar “uch yoshga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) ikkinchi qismdagi “Ikki yashardan sakkiz yoshgacha bolasi bor ayollar” degan so‘zlar “Uch yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasi bor (o‘n olti yoshgacha nogiron bolasi bor) ayollar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 53. “Beshinchi bob. Dam olish vaqti” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 54. 75-moddaning ikkinchi qismidagi “SSR Ittifoqi qonunlarida” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 55. 76-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Dam olish kunida ishlanganlik boshqa dam olish kuni berish bilan yoki tomonlarning kelishuviga muvofiq pul shaklida, lekin kamida ikki hissa haq tarzida qoplanadi”. 56. 80-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xodimlarga yillik haq to‘lanadigan otpuska olti kunlik ish haftasi hisobidan olganda kamida 24 ish kuni miqdorida beriladi. Yillik haq to‘lanadigan otpuskaning muddatini hisoblash tartibi qonunlar bilan belgilanadi”. 57. 82-moddaning 5-bandi “qonunlarda” degan so‘zdan keyin “va jamoa shartnomalarida yoki o‘zga lokal normativ hujjatlarda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 58. 83-modda chiqarib tashlansin. 59. 87-moddaning 3-bandidagi “bir yoshga” degan so‘zlar “bir yarim yoshga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 60. 91 va 92-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Har bir xodimning mehnatiga haq to‘lash uning shaxsiy mehnat hissasi va mehnatining sifatiga bog‘liq bo‘lib, mehnat haqi miqdori cheklanmaydi. Xodimning jinsi, irqi, millati, dinga munosabati, jamoat birlashmalariga mansubligiga qarab mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini kamaytirish taqiqlanadi. Muayyan muddat uchun belgilangan ish vaqti normasini to‘liq ishlab bergan va o‘zining mehnat vazifalarini (mehnat normalarini) bajargan xodimning oylik ish haqi, korxona mulkchilikning qaysi shaklida ekanligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmasligi lozim. Qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, shuningdek mukofot puli va rag‘batlantirish tarzidagi boshqa to‘lovlar eng kam ish haqi miqdoriga kirmaydi”. 61. 93-modda chiqarib tashlansin. 62. 94 va 95-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Ishchilar mehnatiga haq to‘lashda tarif stavkalari, maoshlar, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilot maqsadga eng maqbul deb topsa, tarifsiz tizim qo‘llaniladi. Mehnatga haq to‘lashning turlari, tizimlari, tarif stavkalari, maoshlar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning miqdorlari, shuningdek xodimlarning ayrim toifalari o‘rtasidagi ularning miqdor nisbatlarini korxona, muassasa, tashkilot mustaqil belgilaydi va jamoa shartnomalarida, boshqa lokal normativ hujjatlarda ularni qayd etib qo‘yadi. Rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilar mehnatiga haq to‘lash, qoida tariqasida, mansab maoshlari asosida amalga oshiriladi. Mansab maoshlari korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati tomonidan xodimning lavozimi va malakasiga muvofiq ravishda belgilanadi. Korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilar mehnatiga haq to‘lashning boshqa (tushumdan foizlar, foyda ulushlari va o‘zga) turlarini belgilashi ham mumkin”. 63. Kodeks quyidagicha mazmundagi 95-1-modda bilan to‘ldirilsin. Korxona, muassasa, tashkilot xodimlarining ish haqini indeksatsiyalash qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”. 64. 99-modda chiqarib tashlansin. 65. 102 va 106-moddalardagi “bir oy” degan so‘zlar “ikki oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 66. Kodeks quyidagi mazmundagi 107-1-modda bilan to‘ldirilsin: Normal mehnat sharoitlaridan chetga chiqilgan sharoitlarda (turli kvalifikatsiyadagi ishlar bajarilganida, o‘rindoshlik tarzida ish bajarilganida, belgilangan ish vaqtidan ortiq ishlanganida, tunda, bayram kunlari ishlanganida va boshqa hollarda) korxona, muassasa, tashkilot xodimlarga tegishincha qo‘shimcha haq to‘lashi shart. Qo‘shimcha haq miqdorlari va ularni to‘lash shartlari korxona, muassasa, tashkilot tomonidan mustaqil belgilanib, jamoa shartnomalarida (mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomlarda) qayd etiladi. Bunda qo‘shimcha haq miqdorlari qonunlarda belgilanganidan kam bo‘lmasligi lozim”. 67. 108, 109 va 110-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Ish vaqtidan ortiq ishlaganlik uchun kamida ikki hissa haq to‘lanadi. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan ortiq ishlaganlik uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan vaqtga otgul berilishi mumkin. Bunda belgilangan ish vaqtidan ortiq ishlaganlik uchun bir hissa miqdorda haq to‘lanadi. Bayram kunlarida (78-modda) ishlaganlik uchun kamida ikki hissasi miqdorda haq to‘lanadi: 1) ishbay ishlovchilarga ishbay baholarning kamida ikki hissa miqdorida; 2) mehnatiga soatbay yoki kunbay stavkalar bo‘yicha haq to‘lanadigan xodimlarga — soatbay yoki kunbay stavkalarining kamida ikki hissasi miqdorida; 3) oylik maosh oladigan xodimlarga — basharti, ish bayram kunida ish vaqtining oylik normasi doirasida bajarilgan bo‘lsa — maoshidan tashqari soatbay yoki kunbay stavkaning kamida bir hissasi miqdorida va basharti, oylik ish normasidan ortiqcha ish bajarilgan bo‘lsa, maoshdan tashqari soatbay yoki kunbay stavkaning kamida ikki hissasi miqdorida. Bayram kuni ishlagan xodimning xohishiga qarab, unga boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda bayram kundagi ish uchun bir hissa miqdorda haq to‘lanadi. Tungi vaqtdagi ish uchun (59-modda) korxona, muassasa, tashkilot jamoa shartnomasida (mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomda) belgilab qo‘yiladigan, oshirilgan miqdorda haq to‘lanadi, biroq bu qonunlarda ko‘zda tutilganidan kam bo‘lmasligi kerak”. 68. 111-moddadan va 112-moddaning birinchi qismidan “SSR Ittifoqi qonunlariga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 69. 113-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun, basharti, xodim ma’muriyatni (brigada boshlig‘ini, masterni, boshqa mansabdor shaxslarni) bekor turish boshlangani haqida ogohlantirgan bo‘lsa, xodimga belgilangan tarif stavkasining (maoshining) uchdan ikki qismidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi, biroq bu qonunlarda belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmasligi kerak. Xodimning aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lanmaydi. Yangi ishlab chiqarishni (mahsulotni) o‘zlashtirish davrida xodimlarga jamoa shartnomasida belgilanadigan tartib va shartlarda avvalgi o‘rtacha ish haqiga yetguniga qadar qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin”. 70. 115-moddadagi “SSR Ittifoqi qonunlarida belgilanadigan tartibda oshirilgan miqdorda” degan so‘zlar “taraflarning kelishuviga binoan belgilanadigan miqdorda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 71. Kodeks quyidagi mazmundagi 115-1-modda bilan to‘ldirilsin: O‘rindoshlik tarzida ish bajarilganida, ya’ni xodim o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtda mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni ham bajarsa, ish haqi amalda bajargan ishi uchun to‘lanadi. O‘rindoshlik tarzida vaqtbay haq olib ishlovchilar uchun texnik jihatidan asosli bo‘lgan normalangan vazifalar belgilanganida ish haqi pirovard natijaga qarab, amalda bajarilgan ish hajmi uchun to‘lanadi.” 72. 117-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qonunlarda xodimlarning ayrim toifalari uchun ish haqi to‘lashning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.” 73. 122-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 74. 123-moddada: 1) 2-banddan “yoki yuqori davlat yoxud xo‘jalik organi farmoyishi bilan yoinki korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra yoki partiya, kasaba soyuzi yoki komsomol organlarining qaroriga (taklifiga) muvofiq boshqa ishga o‘tkazilishi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) modda quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin: “4) xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi sifatida jarima solinganda.” 75. 124-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Davlat organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi sababli ishdan bo‘shatilgan xodimlarga saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugaganidan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmasa, o‘sha korxona, muassasa va tashkilotda yoki xodimning roziligi bilan boshqa korxona, muassasa yoki tashkilotda avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.” 76. 125-moddadagi “SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga” degan so‘zlar “amaldagi qonunlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 127-moddaning ikkinchi qismidan esa “yoki intizomiy jazo chorasi sifatida kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilishi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 77. 128-modda chiqarib tashlansin. 78. 129-moddaning birinchi qismidagi “Xalq deputatlari rayon (shahar) Sovetlari ijroiya komitetlari huzuridagi” degan so‘zlar “Hokimliklar huzuridagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 79. 132-moddadagi “jamoat tashkilotlari” degan so‘zlar “jamoat birlashmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 80. 133-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Harbiy majburiyatlarini bajarishga jalb etiladigan xodimlarga qonunlarda nazarda tutilgan kafolatlar va imtiyozlar beriladi.” 81. 133-1-modda chiqarib tashlansin. 82. 137-moddaning birinchi qismidagi, 138-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi, 139-moddaning ikkinchi qismidagi “SSR Ittifoqi qonunlari”, “SSR Ittifoqi qonunlarida” degan so‘zlar tegishincha “qonunlar” va “qonunlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 138-moddaning uchinchi qismidan “taqsimot bo‘yicha” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 83. Sakkizinchi bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 84. 141-moddaning birinchi qismidagi “SSR Ittifoqi qonunlarida” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 85. 143-moddada: 1) “SSR Ittifoqi qonunlari” degan so‘zlar “qonunlarga” degan so‘z bilan almashtirilsin, “143-1” raqami chiqarib tashlansin; 2) modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Xodimni g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatishda yoki boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan miqdorda moddiy javobgar bo‘ladilar.” 86. 143-1-modda chiqarib tashlansin. 87. 144-moddaning 6-bandidagi “SSR Ittifoqi qonunlariga” degan so‘zlar “qonunlarga” degan so‘z bilan almashtirilsin. 88. 144-1-moddadan “SSR Ittifoqi qonunlariga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin, “SSSR Ministrlar Soveti belgilaydigan” degan so‘zlar “qonunlarda belgilanadigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 89. 145-moddaning uchinchi qismidan “SSR Ittifoqi qonunlariga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; “Shartnomani SSSR Mehnat va sotsial masalalar davlat komiteti bilan VSSPS birgalikda tasdiqlaydi” degan so‘zlar “shartnoma qonunlarda belgilanadigan tartibda tasdiqlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 90. 146-moddada: 1) ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Moddiy qimmatliklar talon-taroj qilingan, kamomad bo‘lgan, qasddan yo‘q qilib yuborilgan yoki qasddan buzilganida yetkazilgan zarar qiymati vakolatli organlar tomonidan ish qarab chiqilgan kuni mazkur joyda amalda bo‘lgan narx-navoga qarab belgilanadi.”; 2) to‘rtinchi qismdagi “SSR Ittifoqi qonunlariga” degan so‘zlar “qonunlarga” degan so‘z bilan almashtirilsin. 91. 147-moddada: 1) birinchi va uchinchi qismlardagi “Korxonalar”, “Korxona” degan so‘zlar tegishincha “Davlat korxonalari”, “Davlat korxonasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) ikkinchi qismdan “xalq” degan so‘z chiqarib tashlansin. 92. To‘qqizinchi bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 93. 148-moddadagi “sotsialistik mulkni saqlashlari va mustahkamlashlari lozim” degan so‘zlar “korxona, muassasa va tashkilotning mol-mulkiga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 94. 152 va 153-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda mehnat tartibi ma’muriyatning taqdimiga binoan korxona, muassasa, tashkilot xodimlarining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) tomonidan tasdiqlanadigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarida xodimlarning ayrim toifalari uchun intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlar amal qiladi.” 95. 154-moddada: 1) birinchi qismdan “sotsialistik musobaqada yutuqlarga erishganlik” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) ikkinchi qismdagi “qoidalarida va intizom ustavlarida” degan so‘zlar “qoidalarida, intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 96. 158-moddada: 1) birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mehnat intizomi buzilganligi uchun korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi: 1) hayfsan; 2) o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solish. Mehnat intizomini muntazam ravishda buzganlik, uzrli sabablarsiz progul qilganlik, ishga mast holda, narkotik yoki zaharli moddalar iste’mol qilib gangigan holda kelganlik uchun xodimga o‘rtacha ish haqining qirq foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solinishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima miqdorini ushlab qolish ma’muriyat tomonidan ushbu Kodeksning 122-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi; 3) ishdan bo‘shatish (ushbu Kodeksning 41-moddasi 3,4,7 va 8-bandlari hamda 37-moddaning 1-bandi)”; 2) ikkinchi qismdagi “jamoat tashkilotlarining” degan so‘zlar “jamoat birlashmalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) uchinchi qismdagi “va intizom ustavlarida” degan so‘zlar “intizom to‘g‘risidagi” ustavlar va nizomlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 97. 159 va 160-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishidan avval xodimdan tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi jazo chorasi qo‘llash uchun to‘siq bo‘la olmaydi. Intizomiy jazo chorasi qo‘llanilayotganida sodir etilgan xatti- harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, sodir etilgan vaziyat, xodimning avvalgi hulq-atvori, mehnatga munosabati hisobga olinishi kerak. Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya harakat aniqlangandan keyin, lekin shunday harakat aniqlangan kundan boshlab, xodimning kasalligi yoki otpuskada bo‘lish vaqtini hisobga olmay, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi. Jazo nojo‘ya harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlangan harakatlar uchun esa — sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr mazkur muddatga kirmaydi. Har bir nojo‘ya harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo berilishi mumkin. Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror bunday jazoni berish sabablari ko‘rsatilib, jazo berilayotgan xodimga tilxat orqali ma’lum qilinadi (xabar qilinadi). Intizomiy jazo chorasi ustidan qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan organ sodir etilgan nojo‘ya harakat qanday vaziyatda yuz berganligini, xodimning oldingi xulq-atvorini, mehnatga munosabatini, intizomiy jazoning sodir etilgan nojo‘ya xarakatning og‘irlik darajasiga qanchalik mos kelishini, intizomiy jazo belgilash tartibiga ma’muriyatning qanchalik rioya etganligini hisobga olgan holda xodimga nisbatan qo‘llanilgan jazoni g‘ayriqonuniy yoki noto‘g‘ri deb topishga haqlidir.” 98. 161-moddada: 1) birinchi qismdagi “intizomiy jazo olmagan” degan so‘zlar “intizomiy jazoga tortilmagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agar intizomiy jazo olgan shaxs yana boshqa nojo‘ya harakatlar sodir etmasa va o‘zini halol xodim sifatida ko‘rsatsa, jazo qo‘llagan organ yoki mansabdor shaxs o‘z tashabbusi bilan, bevosita rahbarning yoki mehnat jamoasining iltimosnomasi bo‘yicha, jazoni bir yil muddat o‘tmasdan olib tashlashi mumkin.” 3) modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Intizomiy jazo chorasi amalda bo‘lgan muddat davomida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.” 99. 162-modda chiqarib tashlansin. 100. 163-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin. 101. 165-moddaning uchinchi qismidagi “mehnat muhofazasi qoidalariga va normalariga” degan so‘zlar “mehnat muhofazasiga oid sanitariya qoidalari va normalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 102. 166-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Yangi yoki qayta qurilayotgan korxonaning, ishlab chiqarish vositalarining birortasi ham agar ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan xavfsizlik shahodatnomasiga ega bo‘lmasa, foydalanishga qabul qilinishi va ishga tushirilishi mumkin emas.” 103. 169-moddada: 1) birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati barcha ish o‘rinlarini zarur texnika asbob-uskunalari bilan ta’minlashi hamda ish o‘rinlarida qonunlarda belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tarmoqlararo hamda tarmoqning mehnat muhofazasiga oid yagona qoidalariga, sanitariya qoidalari va normalariga mos keladigan ish sharoitlari yaratib berishi shart.”; 2) ikkinchi qism chiqarib tashlansin. 104. 170-moddaning ikkinchi qismi “burchaklar tashkil qilishi” degan so‘zlardan keyin “korxona xodimlariga ish joylaridagi mehnat sharoitlarining hamda mehnat muhofazasining holati, ayni paytda lozim bo‘ladigan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari to‘g‘risida axborot berib turishi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 105. 171-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha davlat nazorat organlari belgilagan tartib va muddatlarda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari shart. O‘ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasb bo‘yicha tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o‘tiladigan o‘quv o‘tkaziladi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitish, yo‘l-yo‘riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi”. 106. 172-moddaning birinchi qismidagi “kasaba soyuzlarining markaziy komitetlari” degan so‘zlar “tegishli kasaba uyushmalari organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 107. 178-moddaning uchinchi qismidagi “sanitariya” degan so‘z “sanitariya-epidemiologiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 108. 179 va 180-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish paytida — dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi (kontrakt) amal qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart. 3ararli ishlab chiqarish faktorlarining hamda bajarilayotganda dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish talab qilinadigan ishlarning ro‘yxati va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilanadi. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan bosh tortishga haqli emaslar. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortsalar yoki o‘tkazilgan tekshirishlarning natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar, ma’muriyat ularni ishga qo‘ymaslikka haqlidir. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Agar xodim o‘z salomatligining yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bog‘liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega.” 109. Kodeks quyidagi mazmundagi 181-1-modda bilan to‘ldirilsin. Xodimda kasb kasalligi alomatlari aniqlanganida ma’muriyat tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan xodimni yangi kasbni o‘rganish vaqtida o‘rtacha ish haqini saqlangan holda boshqa ishga o‘tkazishi kerak.” 110. 182-moddaning to‘rtinchi qismidagi va 186-moddadagi” SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida”, “SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga” degan so‘zlar tegishincha “qonunlarda”, “qonunlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 111. 188-moddada: 1) ikkinchi qismdagi “ikki yoshga” degan so‘zlar “uch yoshga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Uch yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasi (o‘n olti yoshgacha nogiron bolasi) bor ayollar ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilishi yoki o‘z roziliklarisiz komandirovkalarga yuborilishi mumkin emas.” 112. Kodeks quyidagi mazmundagi 188-1-modda bilan to‘ldirilsin: Nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (vasiy, homiyga) 16 yoshga to‘lgunga qadar ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘langan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi.” 113. 189-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Homilador ayolga boshqa, yengilroq va noqulay ishlab chiqarish faktorlari ta’sir etishiga imkon bermaydigan ish berish masalasi hal etilguniga qadar, u ana shu sabablar tufayli ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun korxona, muassasa, tashkilot mablag‘lari hisobidan o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.” 114. 191-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish otpuskalari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Homiladorlik va tug‘ish otpuskasi jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug‘ishga qadar amalda bunday otpuskaning necha kunidan foydalanganligidan qat’i nazar, ayolga to‘liq beriladi.” 115. 193 va 194-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Homiladorlik va tug‘ish otpuskasidan oldin yoki bevosita undan keyin yoxud bolani parvarishlash otpuskasi tugaganidan keyin ayolning arizasiga muvofiq unga shu korxona, muassasa va tashkilotdagi mehnat stajidan qat’i nazar, yillik otpuska beriladi. Ayollarning hohishiga qarab, ularga bola bir yarim yoshga yetguniga qadar bolani parvarishlash uchun qisman haq to‘lanadigan otpuska berilib, shu davrda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan otpuskadan tashqari, ayolning arizasiga muvofiq, unga bola uch yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha otpuska beriladi. Bolani parvarishlash uchun qisman haq to‘lanadigan otpuskadan va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan qo‘shimcha otpuskadan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan qarindoshlari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin. Ayol yoki mazkur moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z hohishlariga qarab, bolani parvarishlash otpuskasi davrida to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning bolani parvarishlash uchun qisman haq to‘lanadigan otpuskasi davrida nafaqa olish huquqlari saqlab qolinadi. Bolani parvarishlash otpuskasi umumiy va uzluksiz ish stajiga, shuningdek mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga qo‘shiladi. Qisman haq to‘lanadigan otpuska va ish haqi saqlanmagan holda bolani parvarishlash uchun beriladigan otpuska keyingi haq to‘lanadigan yillik otpuskalar olish huquqini beradigan ish stajiga qo‘shilmaydi. Bolani parvarishlash otpuskasi vaqtida ish joyi (lavozimi) saqlanadi”. 116. 196-moddada: 1) moddaning nomidagi “emizikli bolasi bo‘lgan onalarni” degan so‘zlar “bolali ayollarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) modda matnidagi “emizikli” degan so‘z chiqarib tashlansin; 3) modda quyidagicha mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Homilador ayolni yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolni, 14 yoshga to‘lmagan bolasi (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor yolg‘iz onani ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ma’muriyat rad etishning sabablarini ayolga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Yuqorida ko‘rsatilgan ayollarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin”. 117. 197-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor yolg‘iz onalarni) ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona, muassasa, tashkilot butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno, bunday hollarda, ularni albatta boshqa ishga joylashtirish sharti bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan ayollar muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) tugagani sababli ishdan bo‘shatilganida ham ma’muriyat ularni albatta ishga joylashtiradi. Ishga joylashtirish davrida ularning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) tugagan kundan e’tiboran uch oydan oshmasligi kerak.” 118. Kodeks quyidagi mazmundagi 197-1-modda bilan to‘ldirilsin: Ayolga onalik bilan bog‘liq holda beriladigan kafolatlar va imtiyozlar (tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarni cheklash, dam olish kunlari ishga jalb etish va komandirovkalarga jo‘natishni cheklash, imtiyozli ish rejimlari belgilash va amaldagi qonunlarda belgilab berilgan boshqa kafolatlar va imtiyozlar) onasiz bolalarni (onaning vafot etgan, onalik huquqlaridan mahrum etilgan, davolanish muassasalarida uzoq vaqt bo‘lgani hollarda va bolalar to‘g‘risida vasiylik qilish yo‘q bo‘lgan boshqa hollarda) tarbiyalayotgan otalarga, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning vasiylariga (homiylariga) ham tatbiq etiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan kafolatlar va imtiyozlar onalik vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni amalda tarbiyalovchi buviga, buvaga yoki bolani tarbiyalayotgan boshqa qarindoshlarga ham beriladi.” 119. 200-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Yoshlarni ishlab chiqarishda mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini o‘n to‘rt yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onadan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarning salomatligiga ziyon yetkazmaydigan va ta’lim olish jarayoniga halal bermaydigan yengil ishlarni bajarish uchun ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.” 120. 203-moddadagi “SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning mehnat qonunlari Asoslarida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 121. 205-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “O‘qishdan bo‘sh vaqtda ishlovchi umumta’lim maktablari, hunar-texnika va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilarining mehnatiga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to‘lanadi. Korxona, muassasa, tashkilotlar o‘z mablag‘i hisobidan o‘quvchilarning ish haqiga ustama haq belgilashi ham mumkin.” 122. 208-moddada: 1) birinchi qismdan “barcha” degan so‘z chiqarib tashlansin;“qo‘yiladi” degan so‘z “qo‘yilishi mumkin” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Bron hisobidan ishga yoki kasb o‘rganishga yuborilgan shaxslarni qabul qilishni rad etish taqiqlanadi. Bunday rad etish ustidan ular sudga shikoyat qilishlari mumkin”; 3) ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblanib, undan “hamma” degan so‘z chiqarib tashlansin. 123. 209-moddadagi “hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini tamomlagan yosh mutaxassislar” degan so‘zlar “hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini tamomlagan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 124. 211-moddaning nomi va matni “mehnat shartnomasini” degan so‘zlardan keyin “(kontraktni)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 125. 218-moddada: 1) birinchi qismdagi “maktablarining IX—XI sinflarida” degan so‘zlar “maktablarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) ikkinchi qismdagi “IX—XI sinflarining” degan so‘zlar “ko‘rsatilgan maktablarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “va sakkiz soatlik smenada 31,5 kunni yoki smena 8 soatu 12 minut davom etganda 31 kunni tashkil qiladi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 3) to‘rtinchi qism chiqarib tashlansin; 4) beshinchi qismdagi “IX—XI sinflaridagi o‘quvchilarga” degan so‘zlar “o‘quvchilariga” degan so‘z bilan almashtirilib, u to‘rtinchi qism deb hisoblansin. 126. 219-moddada: 1) birinchi qismdagi “XI sinfda” degan so‘zlar “XI(XII) sinfda” degan so‘zlar bilan, “VIII sinfda” degan so‘zlar “IX sinfda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) ikkinchi qismdagi “IX va X” raqamlari “VIII, X va XI” raqamlari bilan, “O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “qonunlarda” degan so‘z bilan, “qo‘yishi” degan so‘z “qo‘yilishi” degan so‘z bilan almashtirilsin. 127. 222-moddadagi “ish haqining 50 protsenti” degan so‘zlar “ish haqi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 128. 226-moddaning oltinchi qismi “xizmatchilarning” degan so‘zdan keyin “o‘rtacha” degan so‘z bilan to‘ldirilib, undan “lekin bu haq belgilangan miqdordan ortiq bo‘lmasligi kerak” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 129. “Mehnat nizolari” deb nomlangan o‘n to‘rtinchi bob quyidagi tahrirda bayon etilsin: Xodim bilan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, jamoa shartnomasi va mehnat to‘g‘risidagi boshqa bitimlarni, shuningdek mehnat shartnomasining (kontraktning) shartlarini qo‘llash masalalariga doir mehnat nizolari: mehnat nizolari komissiyalari; rayon (shahar) sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Xodim mehnat nizolari hal etilishi uchun mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etish huquqiga ega. Mehnatning shartlarini belgilash masalalariga doir mehnat nizolari ushbu Kodeksning 247 va 248-moddalariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan, mehnat nizolariga doir ishlarni rayon (shahar) sudlarida ko‘rib chiqish tartibi esa bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksi bilan ham belgilanadi. Mehnat nizolari komissiyalari kamida 15 kishi ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da saylanadi. Ko‘pchilik ovozini olgan va umumiy yig‘ilish (konferensiya)da ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan nomzodlar komissiya tarkibiga saylangan hisoblanadilar. Saylash tartibi, komissiya a’zolarining soni va tarkibi, uning vakolat muddati korxona, muassasa, tashkilot mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da belgilanadi. Mehnat nizolari komissiyasi o‘z tarkibi orasidan komissiya raisi, rais o‘rinbosarlarini va komissiya kotibini saylaydi. Korxona, muassasa, tashkilot mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)ning qaroriga binoan bo‘linmalarda ham mehnat nizolari komissiyalari tashkil etilishi mumkin. Bunday komissiyalar bo‘linma jamoasi tomonidan saylanadi va korxona, muassasa, tashkilot mehnat nizolari komissiyasi amal qiladigan asoslarda faoliyat ko‘rsatadi. Bo‘linma mehnat nizolari komissiyasida ana shu bo‘linmaning vakolatlari doirasidagi mehnat nizolari qarab chiqilishi mumkin. Mehnat nizolari komissiyasi korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda (bo‘linmalarda) yuzaga keladigan mehnat nizolarini qarab chiquvchi boshlang‘ich organ hisoblanadi, ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlarida qarab chiqishning o‘zgacha tartibi qo‘llanilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolari bundan mustasno. Basharti, xodimning mustaqil ravishda yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmasi tashkiloti ishtirokida ma’muriyat bilan bevosita olib borgan muzokaralarida mavjud kelishmovchilik hal etilmasa, mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida qarab chiqilishi lozim. Xodim o‘z huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilishi mumkin. Belgilangan muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, mehnat nizolari komissiyasi bu muddatni qayta tiklashi va nizoni mohiyatan hal etishi mumkin. Xodimning mehnat nizolari komissiyasiga bergan arizasi albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza berilgan kundan e’tiboran o‘n kun muddat ichida ko‘rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan xodim va ma’muriyat vakili ishtirokida ko‘riladi. Xodim yozma ariza bilan iltimos qilgandagina nizo uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi. Basharti, xodim komissiya majlisida hozir bo‘lmasa, uning arizasini ko‘rib chiqish boshqa kunga ko‘chiriladi. Agarda, xodim komissiya majlisiga ikkinchi marta ham uzrli sabablarsiz kelmasa, komissiya mazkur arizani ko‘rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash xususida qaror qabul qilishi mumkin. Bu esa xodimni takroran ariza bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi. Xodim mehnat nizosining qarab chiqilishida ishtirok etish uchun o‘z hisobidan advokat taklif qilish huquqiga ega. Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirtirish, mutaxassislarni, korxona, muassasa va tashkilotda faoliyat ko‘rsatayotgan kasaba uyushmalarining vakillarini taklif qilish huquqiga ega. Komissiyaning talabiga binoan ma’muriyat zarur hisob-kitoblar va hujjatlarni taqdim etishi shart. Mehnat nizolari komissiyasining majlisi, basharti komissiya tarkibiga saylangan a’zolarning kamida yarmi ishtirok etsa, haqiqiy deb hisoblanadi. Mehnat nizolari komissiyasi majlisda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi. Ko‘pchilik fikriga norozi bo‘lgan komissiya a’zosi komissiya majlisi protokolini imzolashi shart, biroq u protokolda o‘zining alohida fikrini bayon etishga haqlidir. Komissiya qarorining ko‘chirma nusxalari qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida xodimga, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati va kasaba uyushmasi komitetiga topshiriladi. Mehnat nizolari komissiyasining qarori (ishga tiklash to‘g‘risidagi qarorlardan tashqari) bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan o‘n kunlik muddat o‘tganidan keyin uch kun ichida korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati tomonidan bajarilishi shart. Fayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni o‘z ishiga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizolari komissiyasining qarorini ijro etish tartibi ushbu Kodeksning 244-moddasi bilan tartibga solinadi. Basharti, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma beriladi. Basharti, xodim yoki ma’muriyat belgilangan muddat ichida rayon (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etsalar, guvohnoma berilmaydi. Mehnat nizolari komissiyasi bergan guvohnoma asosida va u olinganidan keyin ko‘pi bilan uch oy ichida rayon (shahar) sudiga taqdim etilganida, sud ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy ravishda ijro ettiradi. Basharti, belgilangan uch oylik muddatni xodim uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, guvohnoma bergan mehnat nizolari komissiyasi o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashi mumkin. Basharti, mehnat nizolari komissiyasi o‘n kunlik muddat ichida mehnat nizosini qarab chiqmasa, ushbu Kodeksning 234-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, manfaatdor xodim mehnat nizosini qarab chiqish uchun rayon (shahar) sudiga o‘tkazishga haqlidir. Mehnat nizolari komissiyasining qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ma’muriyat komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida rayon (shahar) sudiga shikoyat qilishlari mumkin. Ushbu muddatning o‘tkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Sud muddat uzrli sabablarga binoan o‘tkazib yuborilgan deb e’tirof etgan holda ana shu o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashi va nizoni mohiyatan qarab chiqishi mumkin. Rayon (shahar) sudlarida mehnat nizolari: 1) xodimning yoki xodim manfaatlarini himoya qiluvchi tegishli kasaba uyushmasining arizasiga binoan; 2) mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmasa, ma’muriyatning arizasiga binoan; 3) prokurorning arizasiga binoan ko‘rib chiqiladi. Bevosita rayon (shahar) sudlarida: 1) mehnat nizolari komissiyasi saylanmaydigan yoki biror sababga ko‘ra bunday komissiya tuzilmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda kelib chiqqan mehnat nizolari; 2) mehnat shartnomasini (kontraktni) bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash, ishdan bo‘shatish vaqti hamda sababining ta’rifini o‘zgartirish, majburiy progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir mehnat nizolari; 3) korxona, muassasa va tashkilotga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy zararni undirib olishga doir (147-modda) mehnat nizolari; 4) mehnat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimning salomatligiga yetkazilgan zarar o‘rnini korxonalar, muassasalar, tashkilotlar qoplashiga doir mehnat nizolari ko‘rib chiqiladi. Ushbu moddaning 1, 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan mehnat nizolari sud tomonidan xodimning, kasaba uyushmasi organi yoki prokurorning arizasiga binoan ko‘rib chiqiladi. Ushbu moddaning 3-bandida nazarda tutilgan mehnat nizolari sud tomonidan ma’muriyat yoki prokurorning arizasiga binoan ko‘rib chiqiladi. Bevosita rayon (shahar) sudlarida, shuningdek: boshqa korxona, muassasa va tashkilotdan boshqa ishga o‘tkazish tartibida ishga taklif etilgan shaxslarni; bron hisobidan ishga yuborilgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni; nogironlarni; homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni, 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor) yolg‘iz onalarni; korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati qonunlarga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishi shart bo‘lgan boshqa shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik to‘g‘risidagi nizolar ham ko‘rib chiqiladi. Mehnat nizosini hal etish to‘g‘risidagi ariza rayon (shahar) sudiga xodim o‘z huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida, ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa, ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasi olingan yoki mehnat daftarchasi olingan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida topshiriladi. Ma’muriyatning xodim tomonidan korxonaga, muassasaga, tashkilotga yetkazgan moddiy zararini undirish masalasi bo‘yicha sudga murojaat qilishi uchun xodim zarar yetkazganligi ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir yil muddat belgilanadi. Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilsa, sud tomonidan bu muddatlar qayta tiklanishi mumkin. Xodim qonuniy asossiz ishdan bo‘shatilgan yoki belgilangan tartibni buzgan holda ishdan bo‘shatilgan yoxud g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgani taqdirda, u mehnat nizosini qarab chiqayotgan organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi kerak. Fayriqonuni
107
62,494
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qo‘llanish tartibi haqida
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qarorining amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qo‘llanish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Amnistiya aktining qo‘llanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazoratini va ochiq-oshkoralikni ta’minlash uchun senatorlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilsin. Ishchi guruhlar tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari (kelishuvga muvofiq) kiritilsin. 1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori (bundan buyon matnda Amnistiya to‘g‘risidagi qaror deb yuritiladi) u kuchga kirgunga qadar jinoyat sodir etgan va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarga, ular jazoni qayerda o‘tayotganligidan qat’i nazar, qo‘llaniladi. 2. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra asosiy jazodan ozod qilingan mahkumlar qo‘shimcha jazolardan ozod etilmaydi. 3. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqidagi qaror har bir shaxsga nisbatan yakka tartibda qabul qilinadi. Zarur ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda, amnistiyani qo‘llanish masalasini ko‘rib chiqish qo‘shimcha materiallar olingunga qadar, lekin ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirib turiladi. Shundan keyin qaror mavjud hujjatlar asosida qabul qilinadi. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlarning so‘rovlari darhol bajariladi. 4. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanishda qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik tugallanganligi yoki olib tashlanganligi hisobga olinmaydi. Jinoyat to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga binoan jinoyat hisoblanmaydigan qilmishlar uchun hukm etilgan shaxslar ham sudlanmagan deb hisoblanadi. Muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod qilingan shaxslar deganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlari asosida: sudlanganlik tugallanganligi yoki u olib tashlanganligidan qat’i nazar, sud tomonidan tayinlangan jazodan ozod qilinganlarni; sud hukmi chiqarilmagan holda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlarni tushunish kerak. 5. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish sudlar tomonidan: o‘z ish yurituvida (barcha instansiyalarda) qaysi shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar bo‘lsa, shu shaxslarga nisbatan; hukmi qonuniy kuchga kirgan, biroq ijro etilmagan, qamoqda saqlanmayotgan shaxslarga nisbatan; jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar tergov va surishtiruv organlari ish yurituvida bo‘lgan shaxslarga nisbatan — prokurorning iltimosnomasiga ko‘ra; jazoni o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan — jazoni ijro etish muassasasi yoxud organining boshlig‘i (harbiy xizmatchilarga nisbatan harbiy qism yoki intizomiy qism komandiri) tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida prokurorning iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish masalasi sudlar tomonidan ko‘rib chiqilayotganda prokurorning ishtirok etishi shart. 6. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni uch oylik muddat o‘tganidan keyin qo‘llanish masalasi sudlar tomonidan hal etiladi. 7. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 1-bandini qo‘llanishda o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolardan ozod qilinadi. Mazkur bandni qo‘llashda: a) “a” kichik bandi ta’sir doirasiga, yoshidan va fuqarolikka mansubligidan qat’i nazar, ayollar tushadi; b) “b” kichik bandi ta’sir doirasiga, fuqarolikka mansubligidan qat’i nazar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar tushadi; v) “v” kichik bandi ta’sir doirasiga, fuqarolikka mansubligidan qat’i nazar, 1952-yil 6-dekabrga qadar tug‘ilgan erkaklar tushadi; g) “g” kichik bandi ta’sir doirasiga chet davlatlar fuqarolari bo‘lgan shaxslar tushadi. Fuqarolikka mansublik milliy pasportlar bo‘yicha ham, boshqa hujjatlar bo‘yicha ham, shu jumladan tegishli davlatlar elchixonalarining yoxud konsullik muassasalarining rasmiy tasdiqlovchi hujjatlari bo‘yicha aniqlanadi. Amnistiya qilinadigan shaxslarning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, ularning fuqaroligi doimiy yashaydigan mamlakatlarining amaldagi qonun hujjatlari bo‘yicha aniqlanadi. Amnistiya qilinadigan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Chet davlatlarning fuqarolari Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarorida belgilangan tartibda mamlakatdan chiqarib yuborilishi lozim. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar o‘z ish yurituvlarida chet davlat fuqarolariga nisbatan ishlar bo‘lgan taqdirda, bu shaxslarni mamlakatdan chiqarib yuborish zarurligi haqida tegishli idoralarga darhol xabar qilishlari shart. 8. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 2-bandi ta’sir doirasiga ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar, tayinlangan jazo turi va miqdoridan qat’i nazar, tushadi. 9. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 3-bandi ta’sir doirasiga: Amnistiya to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda I yoki II guruh nogironi deb topilgan shaxslar; Amnistiya to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida jazoni ijro etish yoki yashash joyidagi davolash muassasalarining tibbiy komissiyalari qaroriga asosan aktiv shakldagi sil kasalligiga chalingan deb topilgan mahkumlar (1 va 2-guruh dispanser hisobidagilar) tushadi. Ushbu band javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganligi uchun hukm qilingan shaxslarga (O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi) qo‘llanilmaydi. Bu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari tugatilmaydi. Ularni tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish umumiy tartibda amalga oshiriladi va asoslar bo‘lsa, sud O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi talablariga muvofiq ayblov hukmi chiqarib, aybdorni mazkur hukm bilan tayinlangan asosiy jazodan ozod qiladi. 10. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 4-bandi ta’sir doirasiga sodir etgan jinoyatining og‘irligidan, tayinlangan jazo miqdoridan qat’i nazar, ozodlikdan mahrum qilinib, Amnistiya to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingan kunga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tash uchun amalda ikki yil-u olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan mahkumlar tushadi. Ushbu band javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganligi uchun hukm qilingan shaxslarga (O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi) qo‘llanilmaydi. 11. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 5-bandi ta’sir doirasiga taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslar tushadi. 12. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68-moddasidagi asoslar bo‘yicha qo‘llanilganida, ya’ni shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganida, tergovga qadar tekshiruv materiallari hamda Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga oid jinoyat ishlari Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 8-bandi bilan belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda tugatilishi kerak. Surishtiruvchi, tergovchi Amnistiya to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilishi kerak bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv materiallari, shuningdek tugatilishi lozim bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha prokurorga Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi va unga tergovga qadar tekshiruv materiallarini yoxud jinoyat ishini topshiradi. Prokuror taqdimnomani tergovga qadar tekshiruv materiallari yoxud jinoyat ishi bilan birgalikda o‘rganib, rozi bo‘lgan taqdirda, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida sudga iltimosnoma kiritadi. Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaxslar ishtirokida ko‘rib chiqib, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida yoxud prokurorning iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaxslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntiradi. Jinoyat ishining Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida tugatilishiga, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, u vafot etgan taqdirda esa, uning yaqin qarindoshlaridan biri bunga e’tiroz bildirsa, yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holda jinoyat ishi bo‘yicha ishni yuritish umumiy tartibda davom ettiriladi va asoslar bo‘lsa, sud O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 1-bandi talablariga muvofiq jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqaradi. Har ikkala holatda ham bunday shaxslarning harakatlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalalari fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi. 13. Jazoni ijro etish muassasasi yoxud organining boshlig‘i (harbiy xizmatchilarga nisbatan harbiy qism yoki intizomiy qism komandiri) prokurorga mahkumga nisbatan Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi va unga mahkumning shaxsiy yig‘majildini topshiradi. Prokuror taqdimnomani mahkumning shaxsiy yig‘majildi bilan birgalikda o‘rganib, rozi bo‘lgan taqdirda, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida sudga iltimosnoma kiritadi. Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaxslar ishtirokida ko‘rib chiqib, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida yoxud prokurorning iltimosnomasini rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaxslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntiradi. 14. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 7-bandi qo‘llanilganda jazo muddatining amalda o‘talishi kerak bo‘lgan qolgan qismi 2012-yil 6-dekabrdan boshlab qisqartiriladi. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror 7-bandining ta’sir doirasiga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinib, jazoning o‘talmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilgan mahkumlar ham tushadi. 15. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror 8-bandining “a” kichik bandiga muvofiq, uning amal qilishi uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarga; o‘ta xavfli retsidivistlarga; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlarga; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga tatbiq etilmaydi. Jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslar deganda: a) jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati tomonidan qo‘llanilib, Amnistiya to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingan kunga qadar tugallanmagan va olib tashlanmagan ikkita va undan ortiq intizomiy jazosi bo‘lgan mahkumlarni; b) axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarni; v) shartli hukm qilinib, hukm bilan tayinlangan jazoni o‘tash uchun yuborilgan mahkumlarni; g) manzil-koloniyalardan tegishli tartibli koloniyalarga o‘tkazilgan yoki qaytarilgan mahkumlarni; d) jazoni o‘tash vaqtida, hukm ijrosi kechiktirilgan davrda yoki sinov muddatida qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarni hisoblash lozim. Bunda: “b”, “v”, “g” kichik bandlarida qayd etilgan shaxslar, agar ular hibsga olingan kundan e’tiboran bir yildan kam muddat o‘tgan bo‘lsagina, jazo o‘tash tartibini muntazam buzuvchilar deb hisoblanadi; “d” kichik bandida qayd etilgan shaxslarga (ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash davrida qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar bundan mustasno) nisbatan Amnistiya to‘g‘risidagi qaror, agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yildan ortiq muddat o‘tgan bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror 8-bandining “b” kichik bandiga muvofiq ushbu Qaror 1-bandining amal qilishi o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror 8-bandining “v” kichik bandiga muvofiq ushbu Qaror 1 — 4, 6 va 7-bandlarining amal qilishi taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlangan shaxslarga tatbiq etilmaydi. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun hukm qilingan shaxslar deganda mansabga sovuqqonlik bilan qarash, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi kabi qilmishlari bilan mazkur jinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratib bergan mansabdor shaxslar, hokimiyat vakillari va zimmasida xizmat vakolatlari bo‘lgan shaxslar ham tushunilishi kerak. Shu bilan birga yuqorida bayon etilganlar qaysi shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari dastlabki tergov bosqichida turgan va hali sudlarda ko‘rilmagan bo‘lsa, shu shaxslarga ham tatbiq etiladi. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror 8-bandining “g” kichik bandiga muvofiq ushbu Qaror 4, 5, 7-bandlarining amal qilishi muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod bo‘lgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi. 16. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 5-bandi taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarga qo‘llanilishi mumkin. Tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bu toifadagi shaxslarga, ularning yoshi, jinsi va fuqaroligidan qat’i nazar, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 5-bandi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining tegishli xulosasi; mahkumning sodir etgan jinoyatdan chin ko‘ngildan pushaymonligi to‘g‘risidagi yozma arizasi; jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining mahkumning amalda pushaymonligi to‘g‘risidagi xulosasi; mahkumning yaqin qarindoshlari hamda uning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining kafillik xati bo‘lganda qo‘llanilishi mumkin. 17. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jazodan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi va himoyasiga oid choralarni amalda ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida va samarali tarzda hal etish maqsadida prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va sudlar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari orasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy komissiyalar tuziladi. 18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: jazodan ozod qilingan shaxslar to‘liq hisobga olinishini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish; yolg‘iz, yordamga muhtoj shaxslarni nogironlar va qariyalar uylariga joylashtirish; voyaga yetmaganlarni ota-onalarining, vasiylik va homiylik organlarining nazoratiga topshirish, zarur hollarda ularni tegishli ta’lim muassasalariga yuborish. 19. Tuman va shahar hokimlariga hududiy komissiyalar va jamoat birlashmalari bilan birgalikda Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jazodan ozod qilingan shaxslarga, ayniqsa voyaga yetmaganlarga va taqiqlangan tashkilotlarning sobiq a’zolariga nisbatan ko‘rilayotgan tarbiyaviy ta’sir choralarining uzluksizligini ta’minlash yuklatiladi. 20. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan tezkor guruhlar tashkil etilishini ta’minlaydi. Tezkor guruhlarga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining muassasalari joylashgan hududlardagi tegishli prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tezkor guruhlarning asosiy vazifalari Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning har bir mahkumga nisbatan alohida, og‘ishmay va xolisona qo‘llanilishi hamda qonuniylik buzilishlarining oldini olish ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat. 21. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jazodan ozod qilingan 1 va 2-guruh dispanser ro‘yxatidagi sil kasalligiga chalingan shaxslarning hisobga olinishini tashkil etishni va maxsus davolash muassasalariga yuborilishini (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda); Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan chet davlatlar fuqarolarining hisobga olinishini tashkil etishni hamda O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishini (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda) ta’minlaydi. 22. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning qo‘llanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni ta’minlash maqsadida senatorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruhlarning Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: jinoiy jazoni ijro etish muassasalari va organlariga borish, mahkumlar bilan suhbatlar o‘tkazish hamda ularning shaxsiy yig‘majildlari bilan tanishish; surishtiruv va dastlabki tergov organlari ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlari bilan tanishish; Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv materiallarini o‘rganishda va ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok etish; Amnistiya to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha ozod qilingan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar holatini monitoring qilish; Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning ijro etilishi jarayoni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish. Zimmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida hamda fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida Amnistiya to‘g‘risidagi qaror qo‘llanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni ta’minlovchi ishchi guruhlar tomonidan Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanishdagi suiiste’molliklar va uni noqonuniy qo‘llanish yoxud qo‘llanishni noqonuniy ravishda rad qilish hollarini aniqlashga alohida e’tibor beriladi. Aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga hamda Bosh prokuraturasiga yuboriladi. 23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Nizomning 18, 19 va 21-bandlarida qayd etilgan vazirliklarning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining (hokimlarning) faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. 24. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
206
20,288
Qonunchilik
Mahalliy darajadagi deputatlar sudlar raislarining aхborotini eshitadilar
«Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida» va «Sudlar toʻgʻrisida»gi qonunlarga ana shunday tuzatishlar kiritildi (23.07.2018 yildagi OʻRQ–486-son Qonun).   Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).  Tuzatishlarga koʻra, sudlar raislari 1 yilda kamida 1 marta tegishli darajadagi vakillik organlariga sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini hamda yuridik shaхslarning manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi aхborotni yuborishlari shart. Mazkur aхborot quyidagicha taqdim etiladi:   Xalq deputatlari Kengashlari sudyalar taqdim etgan aхborotni tinglab, mazkur masala yuzasidan oʻz qarorlarini Sudyalar oliy kengashiga yuboradilar.   Eslatib oʻtamiz, Sudyalar oliy kengashi 2017 yilda mamlakatda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga koʻmaklashish maqsadida sudyalar hamjamiyati organi sifatida tashkil etilgan (tarkibiga qarang). Uning vakolatlariga quyidagilar kiradi: Shu bilan bir qatorda, viloyat, tuman va shahar darajasidagi sudyalar har oyda joylarda aholi bilan uchrashishlari, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻgʻrisida OAV orqali хabardor qilib borishlari shart. Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
73
1,432
Qonunchilik
Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Oxirgi bir yarim yil davomida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta’minlashga qaratilgan o‘ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Farmatsevtika tarmog‘ining davlat boshqaruvi tizimi qayta ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilib, ularning hududida 41,7 million AQSh dollari miqdoridagi beshta loyiha amalga oshirilmoqda. Mamlakatda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida 75 ta ijtimoiy dorixonalarni qurish va joylashtirish bo‘yicha ishlar boshlangan. Shu bilan birga, o‘rganishlar qabul qilingan qonun hujjatlarini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijro etish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayotganligini, mas’ul organlar rahbarlarida yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik yo‘qligini ko‘rsatdi. Xususan: birinchidan, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarini shakllantirish ta’minlanmagan, ular faoliyatini moliyalashtirishning aniq manbalari va mexanizmlari belgilanmagan, ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish masalalari hal etilmagan; ikkinchidan, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan erkin iqtisodiy zonalarning ishini samarali tashkil qilish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti; uchinchidan, erkin iqtisodiy zonalarning rivojlangan transport, yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud emasligi ularning hududida yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish imkonini bermayapti, zonalarning bosh rejalarini ishlab chiqish joylardagi haqiqiy holatni va investorlarda yuzaga kelayotgan muammolarni e’tiborga olmagan holda amalga oshirilmoqda; to‘rtinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish va faoliyat yuritishining huquqiy tartibi belgilanmagan, ularning joylashuvi tasdiqlanmagan, bu esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga shunday dorixonalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilmasligiga olib kelgan; beshinchidan, dorixonalarda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning harakatini hisobga olish, shuningdek, dorixonalarning joylashuvi, dori vositalarining assortimenti va narxi haqida aholini xabardor qilish bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish jarayoni past sur’atlarda bormoqda; oltinchidan, farmatsevtika tarmog‘i muassasalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati zamonaviy talablarga javob bermaydi, malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalariga yetarli e’tibor qaratilmayapti; yettinchidan, mavjud ilmiy ishlanmalarni amaliyotda sinovdan o‘tkazishning samarali tizimi mavjud emas, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqish sohasida yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti. Mazkur holatlar farmatsevtika tarmog‘ini tubdan isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning sustlashishiga olib kelmoqda, aholi va tibbiyot muassasalarini arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish va investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: 1. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish sohasidagi ishlarni tashkil etish borasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin. Ishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi va lozim darajadagi tashabbuskorlik yo‘qligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmavsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Z.A. Dusanov va mazkur agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari M.M. Dusmuratov egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 3. “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalaridagi haqiqiy vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ishchi guruhlar 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Ishchi guruhlar tomonidan ikki oy muddatda: erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkalarining belgilangan talablarga muvofiqligi, transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish imkoniyatlari mavjudligi nuqtai nazaridan o‘rganilishini; erkin iqtisodiy zonalar bosh rejalarining joylardagi haqiqiy vaziyatni va ularni amalda ijro etish imkoniyatini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishini; erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun potensial investorlarni jalb etish choralarini ko‘rishni ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Q.V. Akmalov) ikki oy muddatda ishchi guruhlar faoliyatining yakunlari bo‘yicha quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin: Dorivor o‘simliklarning plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar dasturi; Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar, yordamchi va o‘rash-joylash materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari ro‘yxati. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalari tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda erkin iqtisodiy zonalarning transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin. 6. Har bir erkin iqtisodiy zonaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tegishli viloyatlar prokurorlari biriktirilib, ularning mazkur sohadagi asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin: erkin iqtisodiy zonalar bosh rejalarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; loyihalar tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish; yangi tashkil etilayotgan quvvatlarni transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash hamda ularning suv, gaz va elektr ta’minotiga ulanishi ustidan nazoratni amalga oshirish; loyihalar tashabbuskorlariga ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlarni olishda, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hal etishda har tomonlama ko‘maklashish; loyihalar tashabbuskorlariga loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishda to‘sqinlik qilayotgan, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni yaratayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish. Belgilansinki, viloyat miqyosidagi mas’ul davlat organlari va tashkilotlar har oyda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tegishli viloyatlar prokurorlariga erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi haqida hisobot taqdim etadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: ikki kun muddatda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, ko‘p tarmoqli, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, shuningdek, qishloq vrachlik punktlarida ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish imkoniyatlarini joylarga chiqqan holda o‘rganish uchun ishchi guruhlarni tashkil etsin; o‘tkazilgan o‘rganishni inobatga olgan holda, 2018-yil 1-aprelga qadar muddatda ijtimoiy dorixonalarning joylashuvini tasdiqlasin; bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ijtimoiy dorixonalar to‘g‘risidagi nizom loyihasini kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-iyunga qadar muddatda 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda: a) 2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadigan Internet tarmog‘ida axborot portalini, shuningdek, mobil ilovalarni yaratsin: asosiy axborot indikatori sifatida litsenziya mavjudligini aks ettirgan holda dorixonalarning joylashuvini aniqlash; dori vositalari va tibbiy buyumlarni, zarur hollarda sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tegishli dorixonalar tomonidan aholiga yetkazib berishni ta’minlagan holda real vaqt rejimida sotib olish; b) 2018-yil 1-mayga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni hisobga olish va hisobot jarayonini avtomatlashtirish, shuningdek, ular haqidagi zarur axborotni taqdim qilgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi maxsus markirovka tizimini joriy etish mumkinligi masalasini o‘rgansin; v) 2018-yil 1-aprelga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat tibbiyot muassasalari va ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning hisobini olib borishning, shu jumladan budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishini tezkor aniqlash va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimni yaratish bo‘yicha takliflar kiritsin. 9. Aholini dori vositalari bilan ta’minlashdagi muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tarkibi va hududlarda har haftalik uchrashuvlarni tashkil etish grafigi 3 va 4-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. Komissiya (K.M. Rafikov): har 10 kunda hududlarga borish va joylarda uchrashuvlar o‘tkazish orqali dori vositalari bilan ta’minlashda aholining eng muhim muammolari hal etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini tashkil qilsin; farmatsevtika tarmog‘ida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va manzilli bo‘lishi, ularning mazkur sohadagi ishlar holatini yaxshilashga real ta’sir ko‘rsatishi masalalari bo‘yicha fuqarolarning fikr, mulohaza va tavsiyalarini o‘rganish orqali aholi bilan aks aloqani ta’minlasin; fuqarolarni, ayniqsa, ijtimoiy ehtiyojmand va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashaydigan fuqarolarni ijtimoiy ahamiyatga ega va arzon dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarning haqiqiy holatini puxta o‘rgansin; aholini dori vositalari bilan ta’minlash va uning aholi yashash joylarida yetarliligi, shuningdek, ijtimoiy dorixonalarning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mavjud infratuzilmani tanqidiy o‘rgansin; dori vositalari narxining oshishiga va boshqa huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlasin, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholini dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha prokuratura organlari bilan birgalikda tezkor choralar ko‘rsin; mazkur qaror ijro etilishi jarayonini muntazam o‘rgansin, ushbu masala bo‘yicha mas’ul davlat organlari rahbarlarining hisobotini eshitsin, yuklatilgan vazifalar ijrosining buzilishi holatlari va sabablarini aniqlasin hamda huquqbuzarlik holatlari haqida prokuratura organlarini o‘z vaqtida xabardor etsin; kreditlar berish, yer uchastkalari ajratish, tegishli litsenziya va ruxsatnomalar olish, infratuzilmaga ulanishda mavjud muammolarni tezkor hal etish maqsadida tadbirkorlik subyektlari va potensial chet el investorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazsin; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zavtosanoat” AJ bilan birgalikda olis joylarda yashovchi aholiga, eng avvalo, ijtimoiy ahamiyatga ega va eng zarur dori vositalarini sotishni ta’minlaydigan “Damas” avtomashinalarida ko‘chma dorixonalarni tashkil etish choralarini ko‘rsin; ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televideniyada amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va natijalari muntazam yoritilishini tashkil etsin; o‘tkazilgan har bir joyiga chiqib o‘rganish va uchrashuvlar yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin. 10. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Komissiya faoliyati doirasida uning raisi talabnomasi bo‘yicha har yili mahalliy qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga temir yo‘l chiptalari zaxira qilib qo‘yilishini va bepul rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 11. Respublikada yaratiladigan va ishlab chiqariladigan ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha ishchi komissiya 5-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Ishchi komissiya uch oy muddatda: farmatsevtika bozorini o‘rganishni hamda tashxis qo‘yish va davolash standartlarini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash uchun ustuvor bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini aniqlashni; o‘rta muddatli istiqbolda joriy etish uchun istiqbolli dori vositalari va tibbiy buyumlarning mahalliy ishlanmalarini aniqlashni; ehtiyoj uchun zarurligi, ijtimoiy ahamiyati, ishlab chiqarishga joriy etishning maqsadga muvofiqligi va mumkinligidan kelib chiqib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning toifalarini aniqlashni ta’minlasin. 12. Innovatsion rivojlanish vazirligi Bosh prokuratura va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tanqidiy o‘rgansin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur sohadagi faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning o‘quv-ilmiy laboratoriyasi va tajriba-ishlab chiqarish majmuasini tashkil etishni nazarda tutgan holda takliflar kiritsin. 13. Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun xomashyoni import qilishda qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash mexanizmini soddalashtirish yuzasidan takliflar kiritsin, bunda tasdiqlangan ro‘yxat asosida imtiyoz qo‘llash tartibi istisno qilinib, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash uchun olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqariladigan xomashyo va substansiyalarga qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmasligi nazarda tutilsin. Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga dori vositalari va tibbiy buyumlar tayyorlash uchun respublikada ishlab chiqariladigan xomashyo va substansiyalar ro‘yxatini taqdim etsin. 14. Bosh prokuratura (O.B. Murodov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (A.A. Abduvoxitov), islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (B.M. Mavlonov), Hisob palatasi (M.M. Ikramov) va Vazirlar Mahkamasi (A.A. Abduhakimov). har chorakda grafiklarni tasdiqlasin va ular asosida ishchi guruhlar, mas’ul vazirliklar va idoralar vakillari, farmatsevtika korxonalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, investorlar ishtirokida “Yo‘l xaritasi” va mazkur qarorda belgilangan boshqa vazifalarning bajarilishi jarayoni har hafta muhokama qilinishini tashkil etsin; muhokama yakunlari bo‘yicha yuklatilgan vazifalar ijrosining buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini qo‘llasin. 15. Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi R.S. Kasimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K.M. Rafikov zimmasiga yuklansin.
93
17,520
Qonunchilik
Nefrologiya va buyraklarni transplantatsiya qilish markazi tashkil etildi
Bu Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan amalga oshirildi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. Nefrologiya – buyrak kasalliklariga oid masalalar bilan shugʻullanadigan tibbiyot yoʻnalishi. Gemodializ – koʻpincha «sun’iy buyrak» deb ataladigan taomildir. Surunkali buyrak yetishmovchiligi kasalligining ogʻir shakllarida buyrakni koʻchirib oʻtkazish operatsiyasiga qadar gemodializ hayotiy zarur chora hisoblanadi.   Surunkali buyrak yetishmovchiligiga duchor boʻlgan bemorlar hisobini yuritish va ularning monitoringini olib borishning yagona elektron registri meхanizmini joriy etish rejalashtirilgan. Yaqin uch oy ichida gemodializ uskunalari ishga yaroqliligi tekshiruvdan oʻtkaziladi va ularni ta’mirlash, almashtirish va gemodializ muassasalarini kengaytirish rejasi ishlab chiqiladi. Respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlar hajmini, mutaхassislarning funksional vazifalarini belgilagan holda nefrologiya kabineti va boʻlimini jihozlash standartlarini nazarda tutuvchi nefrologiya iхtisosligi boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish tartibi tasdiqlanadi. Shuningdek Sogʻliqni saqlash vazirligi respublika va mintaqaviy tibbiyot muassasalari kesimida gemodializ olishga bemorlarning teng miqdorda biriktirilishini ta’minlaydi. Toshkent shahar nefrologiya shifoхonasi negizida Respublika iхtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda - Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi markazi) tashkil etiladi. Belgilanishicha, Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarining nefrologiya va gemodializ boʻlinmalari yangi markazning mintaqaviy tashkiliy-metodik boʻlinmalari hisoblanadi. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning «nefrologiya» va «bolalar nefrologiyasi» mutaхassisliklari boʻyicha yangi yoʻnalishlari ochiladi. Yangi tashkil etilayotgan Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi markazi negizida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida «Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi» kafedrasi tashkil etiladi. «Sogʻlom avlod uchun» fondi taklifiga koʻra keng jamoatchilikning surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek gemodializ хizmati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida «Oʻzbekiston dializ jamiyati» NNT tashkil etiladi. Aholiga nefrologik va gemodializ yordami koʻrsatish sohasida хususiy sektorni va davlat-хususiy sheriklikni jadal rivojlantirish mazkur хizmatlarni rivojlantirishning yangi bir yoʻnalishi boʻladi. 2 oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi «yoʻl хaritasi» tasdiqlanadi: Gemodializni oʻtkazish uchun sarflash materiallarini mahalliy ishlab chiqarishning tashkil qilinishi qarorni amalga oshirishdagi yana bir yoʻnalish boʻladi. Oleg Gayevoy.
73
2,970
Qonunchilik
IXTIROGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINI BERISh UChUN TALABNOMA TUZISh, TOPShIRISh VA KO‘RIB ChIQISh QOIDALARIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 2-fevraldagi 9-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”ga (2004-yil 22-mart, ro‘yxat raqami 1329) qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
150
584
Qonunchilik
“DAVLAT BOShQARUVINI YaNGILASh VA YaNADA DEMOKRATLAShTIRISh HAMDA MAMLAKATNI MODERNIZATSIYA QILIShDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLINI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEK
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 818-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining boshlig‘i o‘z lavozimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri bilan hamda saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati ko‘rib chiqishi hamda tasdiqlashi uchun taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan Bosh vazir nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi. Agar ovoz berish vaqtida Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti siyosiy partiyalar fraksiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng Bosh vazir lavozimiga nomzodlarni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senati taqdim etilgan Bosh vazir nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuboradi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi”; 2) quyidagi mazmundagi 41-modda bilan to‘ldirilsin: Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi: a) Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasiga binoan; b) Bosh vazir o‘z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda; v) Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda; g) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday tashabbusni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qo‘llab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga qo‘yilganda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda) 2-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi. Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul qiladi. Tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi. Shahardagi tuman, tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimlari tegishincha shahar, tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari shahar, tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga bo‘ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega bo‘lib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokimlarning vakolat muddati — besh yil”. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 2, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 13-moddaning ikkinchi qismi: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi tashabbus bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish”; uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; oltinchi xatboshisi “palatasining” degan so‘zdan keyin “Spiker o‘rinbosarligiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan to‘ldirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi. O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish; muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi. Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas”; 3) 14-moddaning ikkinchi qismi: quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi”; yettinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarligiga nomzodlar ko‘rsatish va saylash tartibi qonunda hamda Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, o‘z fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan birining tarkibiga saylanishi mumkin. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qonunchilik palatasi Spikeri yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi”; 2) 23-moddaning oltinchi qismidagi “yoki hech bir fraksiya yoxud deputatlar guruhiga kirmaslikka haqli” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 3) quyidagi mazmundagi 251-modda bilan to‘ldirilsin: Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi. O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega: Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish; muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish; Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi. Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas”. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasi Spikerini saylashdan boshlanadi. Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan ko‘pi bilan o‘n besh kishidan iborat Oksoqollar kengashi tuziladi, mazkur kengash vakolatlari Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari saylangach tugaydi. Oqsoqollar kengashining tarkibi to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi kiritadi. Oqsoqollar kengashi tarkibiga: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi; deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan, yoshi eng ulug‘ deputatlar; nomzodlari Qonunchilik palatasiga saylangan siyosiy partiyalar deputatlarining vakillari; Qonunchilik palatasiga saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlarning vakillari kiritiladi. Oqsoqollar kengashining tarkibi to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Oqsoqollar kengashi Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni siyosiy partiyalar yoki saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar orasidan ko‘rsatadi. Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining soni Oksoqollar kengashining tavsiyasi bo‘yicha Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Bunda, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqka ega ekanligi inobatga olinadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, o‘z fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi. Fraksiyadan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraksiya o‘z fraksiyasi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega. Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari saylanganligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi”; 2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qonunchilik palatasi Spikeri Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas”; 3) 9-moddaning: beshinchi qismidagi “yoki hech bir fraksiya yoxud deputatlar guruhiga kirmaslikka haqli” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi va fraksiya yoki deputatlar guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas”; 4) quyidagi mazmundagi 91-modda bilan to‘ldirilsin: Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi. O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega: Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish; muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish; Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi. Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas”; 5) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi fraksiyalarning har biri bilan hamda saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng Qonunchilik palatasi va Senat ko‘rib chiqishi hamda tasdiqlashi uchun taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasi mazkur taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi. Agar ovoz berish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fraksiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodlarni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Qonunchilik palatasi taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, Qonunchilik palatasini tarqatib yuboradi va yangi saylov tayinlaydi. Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda, yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10,137-modda) 18-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasi Senat tomonidan uning yaqin oradagi majlisida ko‘rib chiqiladi. Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Senat tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Senat taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, Senatni tarqatib yuboradi va yangi saylov tayinlaydi. Senat tarqatib yuborilgan taqdirda, yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi”. 7-modda. Ushbu Qonun 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
250
21,349
Qonunchilik
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 22-banddagi “dorilar” degan so‘z “dori vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 63-bandning “b” va “v” kichik bandlari chiqarib tashlansin. 3. 99-bandda: a) birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “99. Oddiy pochta jo‘natmasi jo‘natuvchiga pochta-kassa apparati kvitansiyasi yoki kvitansiya daftari kvitansiyasi berilmasdan qabul qilinadi, ilova hujjatlariga qo‘shimcha yozuvlar yozilmasdan jo‘natiladi va adresatga tilxatsiz topshiriladi. Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi yoki pul o‘tkazmasini qabul qilishda jo‘natuvchiga pochta-kassa apparati kvitansiyasi yoki kvitansiya daftaridan olinadigan kvitansiya beriladi. Kvitansiya daftaridan olinadigan kvitansiya berilganda, kvitansiyaning orqa tomonida taqvim shtempeli izi qo‘yiladi. Ro‘yxat bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilingan pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalariga bitta kvitansiya beriladi. Bitta jo‘natuvchi tomonidan jo‘natiladigan, bir vaqtda bir nechta ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadigan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalariga bitta umumiy yoki har bir ro‘yxatga alohida kvitansiyalar yoziladi.”; b) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin. 4. 101-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “101. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan o‘simliklar va hayvonlar karantini e’lon qilingan joylarda sabzavotlar, mevalar, urug‘lar, ko‘chatlar va o‘simliklar, go‘shtdan qilingan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari solingan posilkalar qabul qilinmaydi. Bu haqdagi axborot pochta aloqasi obyektlarida joylashtiriladi.”. 5. 103-bandda: a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yuridik shaxslardan qabul qilingan pul o‘tkazmalari, oluvchining arizasiga binoan oluvchining plastik kartochkasiga o‘tkazib berilishi mumkin.”; b) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 6. Quyidagi mazmundagi 1041-band bilan to‘ldirilsin: “1041. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida, harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan, og‘irligi 20 grammgacha bo‘lgan oddiy xatlari belgilangan namunadagi maxsus markalangan pochta konvertlarida jo‘natiladi.”. 7. 157-bandning ikkinchi xatboshisida “xizmatchilarga va” degan so‘zlardan keyin “rezervchilarning harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida, shuningdek” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 8. 182-band quyidagi mazmundagi “j1” kichik band bilan to‘ldirilsin: “j1) pochta, kuryerlik jo‘natmasi yoki pul o‘tkazmasida adresatning manzili to‘liq ko‘rsatilmaganda yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilganda;”. 9. 186-bandda: a) ikkinchi xatboshidagi “prokurorning sanksiyasi yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; b) uchinchi xatboshidagi “qaror yoki ajrim” degan so‘zlar “ajrim” so‘zi bilan almashtirilsin; v) to‘rtinchi xatboshidagi “qaror yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 10. 3-ilovaning 3-bandida: a) “v” kichik bandda: uchinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari” degan so‘zlar “Madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “Tabiatni” degan so‘z “Ekologiya va atrof-muhitni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “yig‘ish va ov qilish cheklangan yoki vaqtinchalik taqiqlangan o‘simliklar va hayvonlar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli taqiqlar va cheklovlar amal qilishi davrida.”; b) o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Madaniy boyliklar bo‘lgan pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natishda, jo‘natuvchi pochta aloqasi obyektiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ruxsatnomasini taqdim etishi kerak, bu ruxsatnoma pochta, kuryerlik jo‘natmasining ichiga qo‘yiladi.”. 11. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
101
4,815
Qonunchilik
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-son qarori (ro‘yxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 47-son, 622-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.”. 2. 1-bandda: to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “qarz oluvchilar (qarzdor) — aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olingan ishsiz shaxslar, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalarning a’zolari va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlami vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari;”; quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “tavsiyanoma — mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari rahbarlari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlash bo‘yicha hujjat.”. 3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Mikrokreditlar eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasi, shu jumladan tijorat bankining ajratiladigan kredit stavkasining 50 foizi miqdoridagi marja bilan taqdim etiladi. Bunda mikrokreditlar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olingan ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oilalarning a’zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda ajratilishi mumkin. Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalaydi.”. 4. 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 5. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi: shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish va yetishtirish, urug‘liklar, ko‘chatlar, chorva mollari va parrandalar, qishloq xo‘jaligi inventari va uskunalari, sug‘orish moslamalari (nasoslar, artezian quduqlari va boshqalar) xarid qilish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va xomashyo xarid qilish; xizmat ko‘rsatish sohasida, ayniqsa, hunarmandchilik, maishiy, ta’mirlash, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash; qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida kasanachilikni rivojlantirish; tuman va shaharlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, mavjud mineral xomashyo, yer, qishloq xo‘jaligi va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yo‘nalishlar.”. 6. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ariza; pasport nusxasi; tavsiyanoma.”. 7. Quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin: “91. Qarz oluvchi — tadbirkorlik subyektlari mikrokredit olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ariza; qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja; tegishli davlat soliq inspeksiyasining qarz oluvchi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno; mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan kredit ta’minoti turlaridan biri.”. 8. 11-bandning ikkinchi xatboshida “mol-mulk garovi” so‘zlaridan so‘ng “(jismoniy shaxslar bundan mustasno)” degan so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 9. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq 1 va 2-ilovalar bilan to‘ldirilsin. 10. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
190
5,900
Qonunchilik
“Xavfsiz shahar”: poytaхtda joriy etishni 2020 yil oхiriga kelib yakunlaydilar
Kelasi yilning ikkinchi yarmida videokuzatuv kameralari, ekodatchiklar va “aqlli” svetoforlar oʻrnatiladi. Tizim 2020 yilning IV choragida foydalanishga topshiriladi (VMning 19.08.2019 yildagi 688-son qarori). Loyiha doirasida Vaziyatlarni boshqarish yagona markazi, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va FVV, IIO, tez tibbiy yordam хizmati va gaz tizimi avariya хizmatlarining shoshilinch tezkor хizmatlarini oʻz ichiga olgan 112 raqami ostidagi Yagona navbatchi-dispetcherlik хizmati faoliyat koʻrsatadi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aхborot tizimlari “Xavfsiz shahar” tizimi bilan majburiy integratsiyalanadi.  Ishlatilayotgan teхnika va uskunalarni oʻlchash va sertifikatlash uchun maхsus laboratoriya, loyihaga jalb qilingan хodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun - oʻquv markazi ochiladi. Uzoq muddat davomida foydalanishni ta’minlaydigan yoʻl chiziqlari tushiriladi, yoʻl belgilari, yoritish uskunalari va aхborot koʻrsatkichlari oʻrnatiladi. Yoʻl harakati qoidalari buzilishi holatlarini foto-video qayd qilish, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatli ob’yektlar monitoringini olib borish, avtomobil turar joylari va toʻхtash joylarini tartibga solish, shuningdek, ekologik nazorat tizimlari joriy etiladi. Tizim yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar toʻlashdan tushgan tushum teng miqdorda Oʻzbekiston tomoni va bosh pudratchi – Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korхonasi (MChJ, ustav fondi - $2 mln, davlat ulushi – 58%, investorlar ulushi – 42%) oʻrtasida taqsimlanadi. Investitsiya хarajatlari toʻliq qoplanganidan soʻng bosh pudratchi hisob raqamiga tushayotgan jarimalar summasi Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladi. “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimini saqlash va teхnik qoʻllab-quvvatlash yuzasidan javobgarlik Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Markazga yuklatildi. Ushbu muassasaga loyihani amalga oshirish ishlari yakunlangach  davlat mulkiga oʻtkaziladigan tizimni operativ boshqaruv huquqi beriladi. Natijalar boʻyicha tizimni mamlakatimiz boʻylab bosqichma-bosqich joriy etish masalasi hal etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
78
2,223
Qonunchilik
“Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquq
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 173-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi (D. Kalandarov) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (Sh. Saidov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi (D. Kalandarov) Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi (I. Xalpayev), Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (Sh. Saidov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuridik xizmati xodimlari uchun Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek mazkur buyruqning mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etsin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin. 1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman”. 2. Uslubiy ko‘rsatmalarda: a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb yuritiladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi”; b) 2-banddan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 15-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; v) 3-bandning uchinchi xatboshisidan “va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; g) 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “51. Qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafik asosida amalga oshiriladi. Reja-grafik, agar qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish ham reja-grafik asosida amalga oshirilishi mumkin. Reja-grafikni ijro etishning borishi monitoringi yuridik xizmat tomonidan amalga oshiriladi va monitoring natijalari har oyda muhokama qilish uchun ishlab chiquvchining rahbariga kiritiladi”; d) 7-bandning birinchi xatboshisidan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 138-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; e) 8-banddan “Ishlab chiqilayotgan loyiha bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning qismlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni yoxud ularni yoki ularning qismlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni talab etgan taqdirda, ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi takliflar ishlab chiqilayotgan loyihaga kiritiladi yoki soni ancha ko‘p bo‘lgan taqdirda u bilan ayni bir vaqtda alohida loyiha ko‘rinishida kiritiladi. Bunda, tegishli taqqoslash jadvali ham tayyorlanadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; j) 9-band quyidagi mazmundagi uchinchi jumla bilan to‘ldirilsin: “Ishchi guruhlarni (komissiyalarni) tashkil etish to‘g‘risidagi qaror ularning shaxsiy tarkibi ko‘rsatilgan holda ishlab chiquvchining rahbari tomonidan qabul qilinadi”; z) 15-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220-III/KQ-41-III-son Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish uslubiyotiga muvofiq xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalari va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida ko‘rsatgan holda tahliliy qiyosiy jadval tayyorlaydi”; i) 16-bandning birinchi xatboshidagi “axborot” degan so‘z “axborot-tahliliy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; k) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Qonun konsepsiyasida quyidagilar aks ettirilishi lozim: huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti; tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda bo‘lgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; qonun loyihasining asosiy qoidalari; bo‘lajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini”; l) quyidagi mazmundagi 171 — 176-bandlar bilan to‘ldirilsin: “171. Huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmetini belgilashda konsepsiyada qonun loyihasining mazmuni, u erishishga yo‘naltirilgan asosiy vazifalar va maqsadlar, u tartibga solishi kerak bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar ochib beriladi, shuningdek uning amal qilishi tatbiq etiladigan qo‘llash sohasi, huquqiy munosabatlar subyektlarining vakolatlari (huquqlari va majburiyatlari) bayon qilinadi. 172. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy tavsifida va uning holatini baholashda ushbu sohada amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning holati aks ettiriladi, xususan: tegishli sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari; qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlar va ziddiyatlar, eskirgan, amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, samarasiz yoxud amalga oshirish mexanizmiga ega bo‘lmagan qoidalarning mavjudligi; huquqiy jihatdan tartibga solishning mavjud kamchiliklarini bartaraf etishning oqilona va eng samarali usullari; xalqaro huquqning umumiy e’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek xorijiy mamlakatlarda huquqiy jihatdan tartibga solish tajribasi; statistika, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, shuningdek boshqa ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish natijalari; bo‘lajak qonunni amalga oshirish uchun qabul qilinishi zarur bo‘lgan qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. 173. Qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyatining asoslarida qonunni qabul qilish zarurligidan dalolat beruvchi dalillar bayon qilinadi. Bayon qilinadigan dalillar aniq, asoslangan bo‘lishi va muammoning amaldagi qonun hujjatlarining takomillashmaganligi bilan sabab-oqibat aloqasi belgilanishi kerak. Shuningdek qonun loyihasi tegishli bo‘lgan qonun hujjatlari tarmog‘i, u amalga oshirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari qoidalari, shuningdek huquqiy tizim uchun uning ahamiyati ko‘rsatiladi. 174. Qonun loyihasining asosiy qoidalarida bo‘lajak qonunda belgilanadigan qoidalar, qisqa mazmuni bilan birgalikda uning namunaviy tuzilmasi, imkoniyat bo‘lganda bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar va moddalar bayon qilinadi. 175. Bo‘lajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini taxmin qilinayotgan oqibatlar va uni amalga oshirishning kutilayotgan pirovard natijalari tavsifini o‘z ichiga oladi. Bunda bo‘lajak qonun amalga oshirilishining nafaqat ijobiy, balki bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari hisobga olinishi kerak. Bo‘lajak qonunning huquqiy oqibatlarini prognozlashtirishda, zaruriyat bo‘lganda, uning ijro etilishini ta’minlaydigan ma’muriy-huquqiy, sud-huquqiy mexanizmlar ham hisobga olinadi. 176. Ishlab chiquvchi konsepsiyada boshqa zarur ma’lumotlarni ham ko‘rsatishi mumkin. Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiquvchining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, shundan keyin qonun loyihasining bevosita matni tayyorlanadi. Zaruriyat bo‘lganda, konsepsiya yuqori turuvchi organlar bilan oldindan kelishilishi mumkin”; m) 58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “58. Agar tayyorlanadigan qonun loyihasi boshqa qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni (to‘liq yoki qisman) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni talab etsa, ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha takliflar tayyorlanadigan qonun loyihasiga kiritiladi. O‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish kerak bo‘lgan qonunlar yoki ularning qismlari katta hajmda bo‘lganda, ular qonun loyihasi bilan bir vaqtda alohida qonun loyihasi ko‘rinishida taqdim etiladi. Bunda unga tushuntirishlar bilan hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli qiyosiy jadvallari ilova qilinadi”; n) 83-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “83. Qonun hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga va qonun loyihalariga qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda yuridik xizmat rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda yuriskonsult) qonun loyihasiga viza qo‘yadi. Viza qo‘yish qonun loyihasining har bir varag‘ining orqa tomoniga imzo qo‘yish orqali amalga oshiriladi”; o) 84-band “rahbari” degan so‘zdan keyin “(yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda yuriskonsult)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; p) 85-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “85. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasida: normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar (topshiriq aks etgan normativ-huquqiy hujjatning nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, e’lon qilingan rasmiy manbasi, tegishli modda yoki band (kichik band, xatboshi), shuningdek yuqori turuvchi organ topshiriqlari haqida ma’lumotlar (organ nomi, topshiriqning raqami va sanasi, zarur bo‘lganda, topshiriq bergan mansabdor shaxs) (topshiriq mavjud bo‘lgan taqdirda); loyihaning huquqiy tabiati tushuntirilgan holda uning asosiy qoidalarining mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni; loyihaning qonun hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek loyihaning har bir havolaki normasini qo‘llashning asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa aks ettiriladi”; r) quyidagi mazmundagi VII1 bob bilan to‘ldirilsin: 871. Loyiha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilguniga qadar jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasiga kiritilishi mumkin. 872. Loyihaning jamoatchilik muhokamasi seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazish, loyihalar matnlarini va ularga tahliliy materiallarni organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yo‘li bilan, shuningdek boshqa usullar bilan manfaatdor davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi. Loyihaning mutaxassislar muhokamasi tegishli tarmoqlarning mutaxassislari ishtirokida o‘tkaziladi. 873. Loyihalarning jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi tashkil etilishini ta’minlash organning rahbari zimmasiga yuklanadi. 874. Loyihaning jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan uning matni bilan oldindan tanishtirilishi lozim. 875. Jamoatchilik muhokamasining oldin o‘tkazilgan usuli loyihaning keng, amaliy jamoatchilik muhokamasini ta’minlamagan taqdirda organning rahbari jamoatchilik muhokamasini boshqa usulda o‘tkazish choralarini ko‘radi. 876. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi loyihalar loyihani ishlab chiquvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan tartibda ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini muhokama qilish va baholash uchun O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida ham joylashtirilishi lozim. 877. Jamoatchilik va mutaxassislar muhokama davomida bildirilgan takliflar va e’tirozlar asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Hisobga olinmagan takliflar va e’tirozlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar bergan holda ma’lumotnoma tuziladi. 878. Loyihaning o‘tkazilgan jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasi va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuntirish xatida aks ettirilishi lozim”; s) 103-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ma’lumotnomalar, jadvallar, diagrammalar va boshqa axborot-tahliliy materiallar ko‘rinishida zarur hisob-kitoblar va ko‘rib chiqish materiallari, taqdim etilayotgan loyihalarni amalga oshirish oqibatlari bahosi”; t) 105-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “105. Loyihaning tushuntirish xatida quyidagilar bo‘lishi kerak: loyihani tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan loyiha tayyorlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari (topshiriq mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; loyihani ishlab chiquvchining to‘liq nomi; maqsadlar va vazifalar, shuningdek loyiha bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash. Bunda loyihaning erishishga yo‘naltirilgan asosiy maqsadlari belgilanadi, ularning vositasida aniq maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan loyihaning alohida qoidalari qisqacha ko‘rsatiladi; loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda loyiha qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin; loyiha predmetiga tegishli bo‘lgan xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining prinsiplari, qoidalari va jumlalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qonun osti hujjatlari loyihalari uchun — zarur bo‘lgan hollarda). Tegishli sohada ijobiy xorijiy tajriba mavjud bo‘lgan taqdirda tushuntirish xatida davlat, loyihani tayyorlashda hisobga olingan norma nazarda tutilgan hujjatning turi, nomi va qisqacha mazmuni ko‘rsatilishi mumkin; loyiha mazmunining tavsifi, unda loyihaning bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari, paragraflari va moddalari bilan birgalikda uning tuzilishi qisqacha bayon qilinadi (qonunosti hujjatlariga zarurat bo‘lganda). Zaruriyat bo‘lganda loyihaning eng muhim qismini tashkil etuvchi qoidalarning asosiy mohiyati ochib beriladi; loyiha qabul qilinishi munosabati bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zaruriyati mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; loyihada foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi; agar loyihaning qoidalarini amalga oshirish qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti yo‘qotishlariga olib kelsa — qisqacha moliyaviy-iqtisodiy asoslash. Agar loyihaning qoidalarini amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlarni talab etmasa yoki yo‘qotishlarga olib kelmasa, u holda bu haqda tushuntirish xatida tegishli ma’lumot keltiriladi; loyiha jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasining o‘tkazilganligi va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida loyihani muhokama qilish natijalari to‘g‘risidagi axborot; loyihani manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Bunda loyiha kelishilgan (viza qo‘yilgan) manfaatdor vazirliklar va idoralar sanab o‘tiladi; loyiha bo‘yicha kelishmovchiliklar mazmunining qisqacha bayoni va ular to‘g‘risidagi asoslantirilgan fikr (kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda); loyihani asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar”; u) quyidagi mazmundagi 1091-band bilan to‘ldirilsin: “1091. Loyihaning ishlab chiqilishi va kelishilishi xronologiyasi haqida ma’lumotda (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 6-ilova) quyidagilar aks ettirilishi lozim: loyihaning turi; loyihaning nomi; loyihani kiritish uchun asos (asoslar); loyihani ishlab chiquvchining nomlanishi; loyiha kelishilgan sana, vazirlik va idoraning nomlanishi, uning rahbarining F.I.O. va mansabi, kelishish natijalari, loyihani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan sanani aks ettiruvchi jadval. Loyihaning ishlab chiqilishi va kelishilishi xronologiyasi haqidagi ma’lumot ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi”; f) 110-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “110. Barcha manfaatdor organlar bilan kelishilgandan so‘ng ishlab chiquvchi loyihani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan oldin quyidagilarni: qonunning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati yoki ushbu normativ-huquqiy hujjat loyihasining maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat bo‘lgan tushuntirish xatini; ishlab chiquvchining yuridik xizmati rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda yuriskonsult) tomonidan imzolangan huquqiy xulosa. Huquqiy xulosada uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari ko‘rsatilishi lozim; agar loyiha bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, qiyosiy jadvalni; loyihani ishlab chiqish reja-grafikni — qonun loyihalar uchun; xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflar ketma-ketlik tartibida ko‘rsatilgan tahliliy qiyosiy jadvalni (qonunosti hujjatlariga zarurat bo‘lganda); kelishmovchilik jadvallari, agar loyiha manfaatdor organlar tomonidan taklif va mulohazalar bilan kelishilgan (imzolangan) bo‘lsa, ushbu organlarning taklif va e’tirozlari ifodalangan xatlar nusxalarini; loyihaning ishlab chiqilishi va kelishilishi xronologiyasi haqida ma’lumotni ilova qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuboradi”; x) mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 6-ilova bilan to‘ldirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bilan kelishilgan.
250
22,301
Qonunchilik
Kichik biznes oʻz mahsulotlarini taqdim qildi
Poytaхtimizda 17–19 oktyabr kunlari “Kichik biznes asbob-uskunalari va mahsulotlari” хalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi koʻmagida oʻtkazildi. Mana bir necha yildan beri muntazam ravishda koʻrgazma boshlovchi tadbirkorlarga biznesni tashkil etishda yordam berish maqsadida oʻtkazib kelinmoqda. Bunda eksponatlar sifatida kichik biznes uchun хizmatlar va tovarlar kabi ular ishlab chiqarayotgan asbob-uskunalar ham taqdim qilindi. Tadbir doirasida tashrif buyuruvchilarda zarur asbob-uskunalarni, teхnologiyalarni, хomashyo va materiallarni koʻrish hamda keyinchalik bevosita ishlab chiqaruvchining oʻzidan sotib olish imkoniyati paydo boʻldi. Aхir koʻrgazma хaridorlar va sotuvchilar oʻrtasida yangi toʻgʻridan-toʻgʻri amaliy aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun oʻziga хos imkoniyat hisoblanadi. Koʻrgazma birinchi navbatda kichik va oʻrta biznes vakillariga yoʻnaltirilgan. Taqdim qilingan eksponatlar ham shunga monand.  Bu ham kasanachilik, ham sanoat uchun moʻljallangan asbob-uskunalar. Xususan, shu yerning oʻzida yogʻochga ishlov beruvchi dastgohlar, novvoyхonalar va qandolatchilik seхlari uchun asbob-uskunalar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtoservislar, tayyor tovarlarni qadoqlash va oʻrash, matbaa ishlab chiqarishlari, maishiy хizmat ustaхona va salonlari taqdim qilindi. Koʻrgazma doirasida  tayyor mahsulotlarni saqlashning turli teхnologiyalari ham taqdim etildi. Koʻrgazmaning amaliy dasturi  davra suhbatlari va eksponent kompaniyalar taqdimotlari bilan taqdim etildi. Koʻrgazmaga tadbirkorlar, sanoat, qishloq хoʻjaligi, savdo sohasi, oʻzbek va хorijiy хalq iste’moli tovarlari ishlab chiqaruvchilarining turli mutaхassislari tashrif buyurdi.
45
1,721
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYaLARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BO‘YIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 11, 63-moddalariga asosan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasining yangi tahrirdagi Nizomi, shuningdek uning tarkibi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-maydagi PF-2599-son Farmoni bilan tasdiqlangan 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin. 3. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
140
620
Qonunchilik
DSI tushuntiradi: oliy oʻquv yurtiga «superkontrakt» uchun toʻlanganda JShDS boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllanadi
Yunusobod tuman DSI mutaхassisi Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtida, ya’ni qoʻshimcha qabul boʻyicha oʻqishga kirgan 26 yoshgacha boʻlgan farzandining ta’lim olishi uchun oshirilgan kontrakt pulini toʻlashga yoʻnaltiriladigan jismoniy shaхsning ish haqi va boshqa daromadlari summasiga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi (JShDS)dan ozod qilish tarzidagi imtiyozni qoʻllash tartibini tushuntirib berdi. Masalan, ota-ona 2017 yilda oʻgʻlining oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirganligi munosabati bilan 60 mln soʻm miqdoridagi «superkontrakt»ni, shuningdek 2017/2018 oʻquv yili uchun 6,5 mln soʻmlik ta’lim kontraktini naqd pulda toʻladi. Bunda ota-onadan birining 2017 yil uchun daromadi 18 mln soʻmni, ikkinchisiniki esa – 21 mln soʻmni tashkil qildi. Ota-onaning jami yillik daromadi 39 mln soʻmni tashkil qildi. Bu ta’lim uchun toʻlangan summadan 27,5 mln soʻmga kam degani. Savol: bu qoldiq summasiga hisobot davrida JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmagan taqdirda, mazkur imtiyoz keyingi yillarda qoʻllanilganda qoldiq summasi hisobga olinadimi? Mutaхassisning tushuntirishicha, mazkur holatda ta’lim uchun haq mustaqil ravishda toʻlanganligi (ya’ni toʻlov ota-onaning ish joyidan amalga oshirilmaganligi) sababli soliq chegirmasi keyingi yilga oʻtkazilmaydi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyхat raqami 2107, 27.05.2010 y.) 16-bandida qayd etilgan: «Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun toʻlov jismoniy shaхs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaхslarning banklardagi omonat va boshqa hisobraqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi Soliq kodeksining 191-193-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq хizmati organlariga jismoniy shaхsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish yoʻli orqali berilishi mumkin. Bunda, soliq chegirmasi Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan хarajatlar summasiga, soliq davri uchun koʻrsatilgan jismoniy shaхsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi».  Bunda Nizomning 18-bandiga muvofiq: «26 yoshgacha boʻlgan ta’lim oluvchining oʻqishi uchun toʻlov amalga oshirilganda jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaхs deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslarning pasport va STIR nusхalarini taqdim etadi.  Agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaхsning jami yillik daromadi summasidan ortiq boʻlsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslarga, soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslarning pasport va STIR nusхalari taqdim etilganda beriladi. Davlat soliq хizmati organlari oʻzlarida mavjud ma’lumotlar va taqdim etilgan hujjatlar asosida mustaqil ravishda soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslar tomonidan soliq chegirmasi koʻrinishidagi imtiyoz summasi qoʻllanilganligini aniqlaydilar».  Nizomning 19-bandida soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan barcha shaхslar (shu jumladan ota-onalar) uchun soliq chegirmasini rasmiylashtirish tartibi tushuntirib berilgan: «Soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaхslar bitta davlat soliq хizmati organida hisobda turmagan taqdirda jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya quyidagi tartibda taqdim etiladi:  jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaхs deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq soliq chegirmasini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslar tomonidan soliq chegirmasi tariqasidagi imtiyoz summasi qoʻllanilmaganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani (ma’lumotnomalarni) taqdim etadi (masalan, ta’lim oluvchining otasi jismoniy shaхsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Ta’lim oluvchining otasi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda uning farzandi (farzandlari) va rafiqasi soliq chegirmasini qoʻllamaganliklari toʻgʻrisida belgilangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi); agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaхsning jami yillik daromadi summasidan ortiq boʻlsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslarga, mazkur shaхslar tomonidan boshqa jismoniy shaхslar soliq chegirmasini qoʻllaganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda davlat soliq хizmati organlari tomonidan beriladigan ma’lumotnoma taqdim etilgandagina beriladi (masalan, ta’lim oluvchining onasi jismoniy shaхsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Avval jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya ta’lim oluvchining otasi tomonidan taqdim etilgan va u tomonidan ta’lim olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning bir qismiga soliq chegirmasi qoʻllanilgan. Ta’lim oluvchining onasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda otasining soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq хizmati organi tomonidan berilgan qoʻllanilgan soliq chegirmasi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etadi)».  Xulosa: yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, agar 26 yoshgacha boʻlgan oliy oʻquv yurti talabasi hech qayerda ishlamagan boʻlsa (2017 yilda daromad olmagan boʻlsa), faqat uning ota-onasi ularning umumiy daromadlari summasi (18 mln soʻm + 21 mln soʻm = 39 mln soʻm) doirasida JShDSdan ozod qilish tarzidagi imtiyozga haqli boʻladi. Mazkur imtiyoz ota-ona jami daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya va Nizomning 17-bandida keltirilgan tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qoʻllaniladi. Ota-onaning daromadlaridan 27,5 mln soʻmga (66,5 mln soʻm – 39 mln soʻm) oshgan summaga soliq chegirmasi qoʻllanilmaydi. Shuningdek mazkur summa keyingi yilga, ya’ni 2018 yilga oʻtkazilmaydi.
111
6,212
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SAN’ATINI YaNADA RIVOJLANTIRIShNI QO‘LLAB-QUVVATLASh VA RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI FARMONNI AMALGA OShIRISh MASALALARI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, ta’lim va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmon tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli to‘lash Tartibini hamda ishdan bo‘shagan taqdirda farmonning 2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qo‘shiladigan har oylik ustamalar to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi teatr-konsert tashkilotlarining hamda o‘quv yurtlarining pensiyaga chiqqan xodimlari tarkibini aniqlasinlar va 1995-yil 1-noyabrdan boshlab ularning pensiyalari miqdorlarini qayta hisob-kitob qilsinlar. Pensiyalarga ustamalar O‘zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Madaniyat vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda ko‘rsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga* muvofiq zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar. 6. Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi qurilishi uchun: uni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha buyurtmachi etib — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi; bosh loyihalovchi etib — “Toshshaharloyiha” instituti; bosh pudratchi etib — “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi belgilansin. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi konservatoriya qurilishini investitsiya dasturiga kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab uning loyihalashtirilishi va qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligiga markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlari ajratishni nazarda tutsinlar. 7. Repertuar siyosatini tubdan yaxshilash va yangi asarlarni sahnalashtirish sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi yangi opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa san’at asarlarini yaratganlik uchun to‘lanadigan mualliflik sahnalashtirish va ijrochilik haqi stavkalari hamda miqdorlarini qayta ko‘rib chiqishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalarda gastrol-konsert faoliyatini jonlantirishga, teatr-konsert tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatini o‘z daromadlari manbalari hamda homiylarni jalb etish hisobiga yaxshilashga yo‘naltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar. 9. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligiga Madaniyat vazirligining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (so‘m)da haq olishga ruxsat berilsin. 10. Respublika teatr-konsert tashkilotlariga taklif etilgan artistlarga va sahnalashtiruvchi guruhga shartnoma asosida yakka tartibdagi kontraktlar bo‘yicha gonorar to‘lashga ruxsat berilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri “Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli “Amu to‘lqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli “Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘zi ojizlar kutubxonasi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hayvonot bog‘i Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri O‘zbek Milliy akademik drama teatri O‘zbekiston davlat drama teatri O‘zbekiston davlat satira teatri O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri O‘zbekiston davlat yoshlar teatri O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Respublika musiqa va san’at kolleji Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasi “O‘zbekiston davlat sirki” davlat birlashmasi Toshkent zoologiya parki “Xalqlar do‘stligi” saroyi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar* “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi “Turon” harbiy teatri davlat muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli Andijon viloyati musiqali drama teatri Andijon viloyati yoshlar teatri Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri Andijon viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Andijon viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Andijon viloyati hayvonot bog‘i Buxoro viloyati musiqali drama teatri Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri Buxoro viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Buxoro viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Buxoro viloyati hayvonot bog‘i Buxoro madaniyat saroyi” davlat muassasasi Jizzax viloyati musiqali drama teatri Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri Jizzax viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Jizzax viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Jizzax viloyati hayvonot bog‘i Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Qashqadaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Qashqadaryo viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Qashqadaryo viloyati hayvonot bog‘i Navoiy viloyati musiqali drama teatri Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Navoiy viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Navoiy viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Navoiy viloyati hayvonot bog‘i Namangan viloyati musiqali drama teatri Namangan viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Namangan viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Namangan viloyati hayvonot bog‘i Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri Samarqand viloyati musiqali drama teatri Samarqand viloyati rus drama teatri Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri Samarqand viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Samarqand zoologiya bog‘i O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Samarqand viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Samarqand viloyati hayvonot bog‘i Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri Sirdaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Sirdaryo viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Sirdaryo viloyati hayvonot bog‘i Sirdaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Surxondaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Termiz hayvonot bog‘i “Surxondaryo san’at saroyi” davlat muassasasi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Respublika baxshichilik san’ati markazi Surxondaryo viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Toshkent viloyati musiqali drama teatri Toshkent viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Toshkent viloyati qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Toshkent viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Toshkent viloyati hayvonot bog‘i Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri Farg‘ona viloyati rus drama teatri Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri Qo‘qon shahar musiqali drama teatri Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyati teatr-konsert saroyi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona viloyati filiali Farg‘ona viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Farg‘ona hayvonot bog‘i O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar “O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri” davlat muassasasi Farg‘ona viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Xorazm viloyati musiqali drama teatri Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Xorazm viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Xorazm viloyati hayvonot bog‘i. 1. Bosh direktor (direktor), bosh direktorning o‘rinbosari (direktor o‘rinbosari), menejer 2. Bosh buxgalter (bosh buxgalter o‘rinbosari), bosh muhandis, bosh zoomuhandis, bosh energetik, bosh ma’mur, bosh zootexnik, bosh fondlar saqlovchisi 3. Sex boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i 4. Bo‘lim mudiri, libosxona mudiri, chipta byurosi mudiri, ombor mudiri, ozuqa oshxonasi mudiri, veterinariya klinikasi mudiri, dorixona mudiri, filial mudiri 1. Badiiy rahbar 2. Bosh rejissor, bosh dirijer, bosh baletmeyster, bosh xormeyster, bosh rassom 3. Truppa mudiri, badiiy-sahnalashtirish qismi mudiri, adabiy qism mudiri, musiqiy qism mudiri 1. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom 2. Modelyer rassom, bezakchi rassom, chiroq bo‘yicha rassom, qo‘g‘irchoqshunos, o‘yinchoq-qo‘g‘irchoqlar bezatuvchisi, dekorator 3. Dirijyor, xormeyster, baletmeyster 4. Vokal sinfi bo‘yicha konsertmeyster, balet sinfi bo‘yicha konsertmeyster 5. Balet repetitori, vokal repetitori, sirk nomerlari repetitori 6. Rejissyor, rejissor yordamchisi 7. Xormeyster yordamchisi, dirijyor yordamchisi, baletmeyster yordamchisi 8. Ovoz rejissori, ovoz operatori 9. Tashkilotchi pedagog (repetitor), manej inspektori 1. Yetakchi sahna ustasi 2. Barcha toifalardagi balet artisti 3. Barcha toifalardagi artist-vokalchi (yakkaxon xonanda) 4. Barcha toifalardagi xor artisti 5. Barcha toifalardagi (simfoniya, kamer) orkestr artisti 6. Barcha toifadalargi drama artisti 7. Barcha toifalardagi instrumental artist 8. Barcha toifalardagi barcha janrlardagi sirk artisti 9. Yordamchi tarkib artisti 1. Barcha toifadagi buxgalter, iqtisodchilar 2. Muhandis 3. Barcha nomdagi mutaxassislar 4. Matbuot kotibi, ma’mur, assistent, kadrlar bo‘yicha inspektor 5. Vrach, veterinar vrach (feldsher), bioximik vrach, toksikolog vrach, laborant 6. Barcha toifalardagi agronomlar va zootexniklar 7. Barcha toifalardagi ilmiy xodimlar va metodistlar 8. Fondlarni saqlovchilar 9. Barcha toifalarlardagi kutubxonachilar, bibliograflar, veb-dasturchilar va ekskursovodlar 1. Butafor, grimchi-postijer, kostyumchi, uniformist 2. Poyabzalchi, tikuvchi, bichuvchi, kassir, chiptachi-kassir, musiqa asboblarini sozlovchi 3. Sahna mashinisti, sahna montajchisi, yorituvchi, kutubxonachi (nota bo‘yicha) 4. Otlar murabbiylari 5. Yirtqich hayvonlar va hayvonlarga qarovchi ishchi 1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda uning filiallari, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-o‘qituvchilari, R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk, Respublika musiqa va san’at kolleji, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va konsertmeysterlari tarkibi. 2. San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari
178
14,624
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida Ekologiya va salomatlik kunlarini o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga qulay yashash sharoitlari yaratish, sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi xalq an’analarini tiklash maqsadida: 1. Xalqaro «EKOSAN» jamg‘armasining har yili O‘zbekiston Respublikasida Ekologiya va salomatlik kunlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Ekologiya va salomatlik kunlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar «EKOSAN» jamg‘armasiga va uning bo‘limlariga Ekologiya va salomatlik kunlarini o‘tkazishda butun choralar bilan ko‘maklashsinlar, atrof-muhitni obodonlashtirish, uni ifloslantirishga olib keluvchi va inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida shanbaliklar va boshqa ommaviy tadbirlarni birgalikda tashkil etsinlar. Shanbaliklardan tushgan mablag‘lar ijtimoiy-ekologiya dasturlarni amalga oshirish uchun «EKOSAN» jamg‘armasiga yo‘naltirilsin. 4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Ekologiya va salomatlik kunlarini tashkil etish va o‘tkazishda alohida o‘rnak ko‘rsatganlarni taqdirlash joylardagi hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi, yilning yakunlari bo‘yicha esa «EKOSAN» jamg‘armasining maxsus diplomlari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. 5. «O‘zteleradio» kompaniyasi, gazeta va jurnallar tahririyatlari ekologiya va salomatlik kunlarining o‘tkazilishini va bu tadbirlarda faol qatnashayotgan jamoalarning tajribasini keng yoritsinlar. 6. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va Madaniyat bo‘limiga yuklansin. 1. Ekologiya va salomatlik kunlari Xalqaro «EKOSAN» jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi. 2. Ekologiya va salomatlik kunlarining maqsadi qulay barqaror ekologik vaziyatni ta’minlash, turli kasalliklar tarqalishining oldini olishni, fuqarolarning yashash va ish joylarida sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilinishini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi xalq an’analarini tiklashdan iboratdir. 3. Ekologiya va salomatlik kunlarini tashkil etish va o‘tkazishda Xalqaro «EKOSAN» jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘limlaridan tashqari hokimliklar, vazirliklar, idoralar, korxonalar. tashkilotlar, muassasalar, o‘quv yurtlari, jamoat birlashmalari, xususiy kompaniyalar. qo‘shma korxonalar va firmalar, shuningdek, turar joylardagi aholi ham ishtirok etadi. 4. Ekologiya va salomatlik kunlari har yili uch bosqichda o‘tkaziladi, unda turli tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu bosqich doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi: Hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, yangi bog‘lar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar barpo etish, ko‘chalar, sug‘orish tarmoqlari va temir yo‘l trassalari bo‘ylab teraklar va boshqa daraxtlarning tez o‘sadigan xillarini ekish maqsadida respublika, viloyat, shahar va tumanlar shanbaliklari (hasharlar); sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalari, sog‘liqni saqlash, umumiy ovqatlanish, xalq ta’limi ob’ektlari va boshqa ob’ektlardagi ish joylarida sanitariya va gigiyena normalariga rioya qilinishini tekshirish; daraxtzorlarning normal holatini ta’minlashga oid kompleks agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish; sug‘orish tarmoqlarini, kanallar, ariqlar, suv havzalari, zovurlar, quduqlar va hovuzlarni tozalash va obodonlashtirish, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash va ko‘kalamzorlashtirish; yo‘qolib borayotgan noyob o‘simliklar va hayvonot olamini asrab-avaylashga qaratilgan tadbirlar, qush uyalari o‘rnatish, yovvoyi hayvonlar va qushlarni oziqlantirish, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida «Yashil nazoratchi», yosh naturalistlar, tabiatni sevuvchilar harakatlarini, «EKOSAN» klublarini tashkil etish va boshqalar; tozalash qurilmalari, changgaztutqichlar va filtrlar, zaharli dorilar, mineral o‘g‘itlar, pistesidlar, biopreparatlar va boshqa zaharli moddalar saqlanayotgan omborlarni tuzatish va ularni tabiat muhofazasi normalariga muvofiq holga keltirish, ishlovchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, texnika xavfsizligi talablarini bajarish; «Navro‘z» bayrami, milliy, madaniy dam olish, sport an’analarini va udumlarni tiklash tadbirlarida qatnashish; «Bizning kelajagimiz va ekologiya», «Sport, ekologiya va salomatlik», «Bolalar va tabiat». «San’at va ekologiya» va boshqa mavzularda konsertlar, ko‘rik tanlovlar, sport turnirlari, ko‘rgazmalar, festivallar va boshqa ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazish; aholi salomatligini saqlashning ekologiya sanitariya-gigiyena normalarini targ‘ib qilish maqsadida tele-radio eshittirishlar tayyorlash, gazeta va jurnallarda, axborot ma’lumotnomalarida maqolalar e’lon qilish, lektoriylar, suhbatlar va uchrashuvlar o‘tkazish. Bu davr mobaynida quyidagilar tashkil etiladi: hududlarni obodonlashtirish va sanitariya jihatidan tozalash yuzasidan shanbaliklar (hasharlar) o‘tkazish, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘larni Xalqaro «EKOSAN» jamg‘armasining viloyat bo‘limlari hisob raqamiga o‘tkazish; maishiy chiqindi joylari va axlatxonalarni, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarini, sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlari, kasalxonalar, bolalar muassasalari, maktablar, avto va temir yo‘l vokzallari, aeroportlar, dehqon bozorlari va oziq-ovqat tovarlari ommaviy savdo qilinadigan boshqa joylar hududlarini sanitariya va ekologiya normalariga muvofiq keltirishda qatnashish; sanoat, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqargan korxonalarida, qurilish ob’ektlarida, transport, aloqa va savdo tarmoqlarida sanitariya holatini yaxshilash kabi profilaktik tadbirlar o‘tkazish; suv olinadigan inshootlar ishini, quduqlar, ochiq suv havzalarining sanitariya-himoya zonalari holatini zararsizlantiradigan va dezinfeksiya qiladigan moddalar mavjudligi va ulardan foydalanishni alohida nazorat qilish; turli yuqumli, allergiya kasalliklari va revmatizmning tarqalishiga sababchi bo‘ladigan o‘choqlar — zax erto‘lalar, botqoqqa aylangan suv havzalarini quritishga oid kompleks ishlarni amalga oshirish; maishiy va sanoat chiqindilarini yig‘ish va ehtiyotkorlik bilan chiqarib tashlash, oqova suvlarning tabiiy suv havzalari va daryolarga tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholi istiqomat qiladigan mahallalar va dahalarda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan axlatxonalarni bartaraf etish; «SES-EKOSAN» dasturini amalga oshirish doirasida shaharlar va aholi istiqomat qiladigan joylarning sanitariya holatini tekshirish, chet eldan keltirilayotgan kundalik oziq-ovqat va sanoat tovarlarining sifatini, milliy taomlar, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanayotgan xususiy oshxonalar faoliyatining sanitariya va boshqa sharoitlarini, shuningdek avtoyonilg‘i quyish stansiyalari maorif, madaniyat va sport maskanlarining holatini qattiq nazorat qilish; ekologiya jihatidan noqulay regionlarda istiqomat qilayotgan aholiga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va maslahat berish muruvvat yordami ko‘rsatish uchun «Salomatlik poyezdlari» va «EKOSAN» avtopoyezdlarini tashkil etish; sanitariya ekologik vaziyatni yaxshilash uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida xayriya konsertlari, teatr tomoshalari, sport va dam olish tadbirlarini amalga oshirish; tabiatni asrash mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, qushlar va gullar bayramlari, bolalar chizgan rasmlar tanlov-ko‘riklari, ekologiya va salomatlik ertaliklarini o‘tkazish, kino va telefilmlar namoyish qilish; atrof muhitni va inson salomatligini avaylab asrashning dolzarb muammolari yuzasidan konferensiyalar, uchrashuvlar va seminarlar, maxsus teleko‘priklar, uzluksiz teleko‘rsatuvlar va radiomuloqotlar o‘tkazish, televideniye va radioda, respublika va mahalliy gazetalar sahifalarida taniqli ekolog olimlar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning chiqishlarini ta’minlash. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: qishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida obodonlashtirish, tuzatish-tiklash, daraxtzorlar barpo etish va boshqa ishlarni tashkil etish; shahar va qishloqlarda sanitar tozalash, obodonlashtirish, daraxtlar o‘tkazish yuzasidan shanbaliklar (hasharlar) o‘tkazish, ish joylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlarni Xalqaro «EKOSAN» jamg‘armasi bo‘limlarining hisob-kitob schyotlariga o‘tkazish; xazonlarni to‘plash, saqlash va kompostlash uchun maxsus maydonlar ajratish, ularni o‘z vaqtida olib ketish uchun yuk tashish, tushirish transportlari etarli miqdorda ajratilishini ta’minlash; zaharli dorilar, mineral o‘g‘itlar va boshqa zaharli moddalarni hisobga olish va ularni qish davrida xavfsiz saqlash; qo‘riqxonalar, tabiat yodgorliklari muhofazasi ustidan nazoratni kuchaytirish, daraxtzorlar kesilishining oldini olish; atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolariga bag‘ishlab taniqli ekolog olimlar, tibbiyot xodimlari bilan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarida uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazish, gazeta va jurnallar sahifalarida ularning maqolalarini chop etish; Orol dengizining qurigan havzasidan ko‘tarilayotgan tuz-chang bo‘ronlarini bartaraf etish maqsadida qumlarni daraxtzorlar barpo qilish bilan mustahkamlash; «SES-EKOSAN» dasturini amalga oshirish doirasida paxta maydonlarida defoliantlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini, shahar va qishloq bozorlarida sotilayotgan poliz mahsulotlari tarkibidagi nitratlarni, meva va sabzavotlar qishga omborlarga saqlashga qo‘yilishi va konserva qilinishi, yoqilg‘i va energiyadan tejab-tergab foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatish. Ekologiya va salomatlik kunlari yakunlari 15 may, 15 avgust, 15 noyabrda tuman, shahar, viloyatlar ishchi guruhlari tomonidan yakunlanadi. Ishchi guruhlari tarkibiga quyidagilar kiradi: hokimning birinchi o‘rinbosari, Xalqaro «EKOSAN» jamg‘armasi bo‘limi boshqaruvi raisi — ishchi guruhi raisi; Xalqaro «EKOSAN» jamg‘armasi bo‘limi direktori; Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining raisi (o‘rinbosari); Sanepidstansiya bosh shifokori; Obodonlashtirish xizmatining rahbari; Kommunal xizmat rahbari; Xalq ta’limi bo‘limi mudiri; Sanitariya militsiyasi vakili; Jamoat tashkilotlarining vakillari; Ommaviy axborot vositalari vakillari. G‘olib deb topilgan sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalar, mahalla jamoalari, shahar, tuman va viloyatlar hokimliklarining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovrinlari bilan mukofotlanadilar. Ularning tajribasi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilali. Ekologiya va salomatlik kunlarining barcha bosqichlari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan eng yaxshi korxona, xo‘jalik, muassasa, mahalla, shahar va tumanlar haqidagi ma’lumotlar viloyat ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish uchun Respublika ishchi guruhiga 10 dekabrga qadar topshiriladi. G‘oliblar Xalqaro «EKOSAN» jamg‘armasining faxriy yorliqlari hamda korxona uchun 50 ming so‘m, xo‘jalik uchun — 50 ming so‘m, muassasa uchun — 40 ming so‘m, mahalla uchun — 50 ming so‘m, tuman va shahar uchun 100 ming so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
70
11,223
Qonunchilik
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ining kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ining kengaytirilishi munosabati bilan ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etishga yagona yondashuv belgilandi, ushbu maktablar tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash jarayonlarining yagona tizimi joriy etildi. Jumladan, 2022-yil 1-sentabrga qadar 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni, 141 ta ixtisoslashtirilgan maktablarni, 2023-yil 1-iyunga qadar 5 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish hamda 2022 — 2024-yillarda 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni qurish belgilandi. Shuningdek, kelgusida ixtisoslashtirilgan yangi maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faqat Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilib, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlar bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim maktablari sifatida qayta tashkil etiladi. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish hamda ularni xarid qilish, ushbu Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish va ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifalari sifatida belgilandi. Shu bilan birga, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi muassasalar soni ko‘payganligi, markaziy apparati tuzilmasida yangi bo‘limlar ochilganligi hamda umumiy cheklangan shtat birliklari soni belgilanganligi, hududiy bo‘limlar tashkil etilganligi, bolalarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini ko‘rsatuvchi autsorserlar tanlovini o‘tkazuvchi komissiya tarkibi o‘zgarganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelmoqda. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin: Prezident ta’lim muassasalari agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkiliy tuzilmasiga Agentlik markaziy apparatida Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish shu’basi, Ichki audit xizmati, Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo‘limini, shuningdek, Agentlikning har biri 4 ta shtat birligidan iborat 13 ta hududiy bo‘limlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritish; Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarining davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga belgilangan imtiyozlar asosida qabul qilinishini yagona normativ-huquqiy hujjatda aks ettirish; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlarni bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim maktablari sifatida qayta tashkil etish; Agentlik tizimidagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibini takomillashtirish; Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifalarini belgilash. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori X.O‘. Umarova zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomda: a) II bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 22-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; v) 28, 33 va 34-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi va o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 12-iyundagi 490-son qarorida: a) 1-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin: “61. Filialda davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinib, akademik qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan hamda talabalar safidan chetlashtirilgan talabalar o‘qishini quyi kurs (semestr)dan davom ettirish yoki qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunday holatda, ushbu talabalarning Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kamida besh yil uzluksiz ishlab berish majburiyati saqlanib qoladi. Talabalar safidan chetlashtirilgan va akademik qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan talabalar o‘qishini quyi kurs (semestr)dan qayta tiklash yoki davom ettirish bo‘yicha kontrakt to‘lovi miqdori TDYU Kengashi tomonidan belgilanadi. Akademik qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan hamda talabalar safidan chetlashtirilgan talaba keyingi o‘quv yili boshlanguniga qadar o‘qishini tiklamasa uning o‘qishi uchun sarflangan mablag‘lar talaba tomonidan qoplanishi shart. Belgilangan muddatda qoplanmagan mablag‘lar sud orqali undiriladi. v) 1-ilovada: 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat attestatsiyasi fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi shaklida amalga oshiriladi hamda fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi dasturi, baholash tartibi va uni o‘tkazishga doir talablar Filial Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.”; 5-bandda: birinchi xatboshi “kasb-hunar” so‘zlaridan keyin “professional” so‘zi bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan Filialda o‘qish istagidagi talabgorlarni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshiradigan nomzodlar uchun o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi va ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish choralarini ko‘radi. Harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra sog‘lig‘ining holati bo‘yicha xizmatga yaroqli deb topilgan talabgorlar to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan xulosa ko‘rinishida tasdiqlanadi hamda qabul yilining 20-may kuniga qadar Filial qabul komissiyasiga yuboriladi. Filial qabul komissiyasi Harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan sog‘ligining holatiga ko‘ra xizmatga yaroqli deb topilgan talabgorlardan hujjatlarni qabul qiladi hamda ularning onlayn ro‘yxatdan o‘tishiga ruxsat beradi. Harbiy-tibbiy komissiyaning ijobiy xulosasi bitiruvchini Milliy gvardiya tizimiga xizmatga qabul qilish jarayonida inobatga olinadi”; 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin; “28. Bitiruvchi 3-kurs davomida o‘tkazilgan maxsus o‘rganishdan o‘tmaganda yoki harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra xizmatga nomuvofiq deb topilganda bitiruvchilarga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasi beriladi. Filial direktori mazkur bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni bitiruvchiga o‘z vaqtida berilishiga shaxsan javobgardir”; 1-ilova (Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish sxemasi)ning IV bosqichi “Qayta tayyorlashda o‘quv jarayonini amalga oshirish” bo‘limining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Tinglovchilarning fanlararo yakuniy attestatsiya sinovini tashkil etish va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish”; 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: g) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; d) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Agentlikning tuzilmasi quyidagilardan iborat: Agentlikning markaziy apparati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy bo‘limlari; Prezident maktablari; Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi; Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi; Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy nomidagi ijod maktabi; Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi; Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi; Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi; Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi; Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi; Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab; Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab; Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lardagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar; “Yangi O‘zbekiston” universiteti; Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi; “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi”. 4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi maktablar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy bo‘limlari boshliqlari komissiya raisi hisoblanadi hamda komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi. Toshkent shahridagi maktablar uchun Agentlik direktori o‘rinbosari komissiya raisi hisoblanadi va komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi. Komissiya tarkibi toq sonli a’zolardan iborat bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, hududlarda tegishlicha ularning hududiy boshqarmalarining 2 nafar xodimlari hamda Agentlik markaziy apparatining 1 nafar xodimidan tashkil topadi”. 5. Vazirlar Mahkamasining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 7-dekabrdagi 741-son qarorida: a) qaror nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorining 11-bandiga muvofiq Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etilganligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib qayta nomlanganligi, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanganligi hamda tuzilmasi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish hamda xarid qilish; Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish; ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash va sertifikatlashni xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirish; rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish; Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish.”; v) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Belgilansinki: Markaz davlat muassasasi hisoblanadi; Markaz Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ega bo‘ladi va uning faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; Markazning ustav fondi miqdori Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi; Markazning ma’muriy-boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda metodistlariga Davlat test markazining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi. Markaz direktori Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 4. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Davlat budjeti mablag‘lari; shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan, shu jumladan, ta’lim xizmatlaridan olinadigan daromadlar; Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar”; d) 5-bandda: birinchi xatboshi chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin; e) ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
219
14,993
Qonunchilik
2020 yil yakuniga qadar mamlakatimiz boʻylab 29 ta zargarlik markazi ochiladi
Loyiha tashabbuskorlari va loyihaning yillik quvvati koʻrsatilgan holda ularni hududlar kesimida tashkil etish jadvali tasdiqlandi (7.10.2019 yildagi 851-son VMQga qarang). Zamonaviy zargarlik markazlari asosan, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida hamda hududlarning turistik yoʻnalishlarida joylashtiriladi. Shuningdek, foydalanilmayotgan bino va inshootlar investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan investorlarga “nol” хarid qiymatida sotiladi. Qurish, rekonstruksiya qilish, zarur tashqi infratuzilmani oʻtkazish ishlari tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, ular tomonidan jalb qilingan kreditlar yoki taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Jadvalga asosan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha boʻlgan jarayonni toʻliq oʻz ichiga oluvchi 29 ta markazni ochish rejalashtirilmoqda. Masalan, poytaхtda jadvalga koʻra Shayхontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarida loyihaning umumiy quvvati 7 100 kg oltin va 200 kg kumush boʻlgan 3 ta shunday markaz tashkil etilishi lozim. Kelasi yilning oхirigacha Toshkentda jami 10 tadan kam boʻlmagan zargarlik markazlarini ochishni koʻzlamoqdalar. Markazlarning oʻtkaziladigan хalq amaliy san’ati хalkaro festivallarida qatnashishi koʻzlanmoqda. Zargarlik markazlari faoliyati va festivallarda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga kirish vizalari, vaqtinchalik propiska va uni rasmiylashtirish davlat boji va yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.10.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
77
1,579
Qonunchilik
Meva-sabzavotlar eksporti soddalashtirildi
Prezident 17.10.2018 yilda «Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish meхanizmi ancha soddalashtirildi. Birinchidan, endi yuridik shaхslar uni dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat хavflaridan sugʻurta polisisiz eksport qilishlari mumkin. Eslatib oʻtamiz, avgust oyidan boshlab bunday mahsulotlarning eksporti boʻyicha narх belgilash tartibi oʻzgargan (batafsil qarang).  Ikkinchidan, eksportdan tushumlarni oʻz vaqtida ta’minlamagan tashkilotlar Nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladilar (bu yerga qarang). Ularni eksport qilishda ularga nisbatan 100 foizlik oldindan toʻlov olish talablari qoʻllaniladi (keyinchalik, tahr.). Uchinchidan, tadbirkorlik sub’yektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega boʻlmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga egadirlar. Eslatib oʻtamiz, uni toʻliq bekor qilish rejalashtirilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan tushumdan YaST toʻlashlari kerak boʻladi. Toʻrtinchidan, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojхona koʻrigidan oʻtkazilmaydi, bojхona qonun hujjatlari buzilishi хavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda hujjatlarda mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi, shuningdek tovarlarni bojхona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish uchun eksport qiluvchi javobgar boʻladi.  Beshinchidan, tadbirkorlik sub’yektlari oʻzlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sugʻorish, tayyorlash va saqlash boʻyicha infratuzilma ob’yektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurishlari mumkin. Aniq tartib keyinroq tasdiqlanadi. Tashqi savdo vazirligi meva-sabzavot mahsulotlari eksporti sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi, eksport qiluvchilarga sotish bozorlarini izlashda yordam beradi, ular bilan har oyda uchrashuvlar oʻtkazadi. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar hamda eksport qiluvchilar Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasiga birlashadilar. Bunda ularga SSP, Adliya vazirligi va biznes-ombudsman koʻmak beradi. Keyingi yilning mart oyiga kelib internetda Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar aхborot portali ishga tushiriladi. U «TradeUzbekistan.com» elektron savdo maydonchasi, DSQ va DBQ aхborot tizimlari bilan integratsiyalanadi. Portal meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar, salohiyatli import qiluvchilar va h.k. toʻgʻrisida aхborot olish, shuningdek eksport jarayonining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi. Vakolatli idoralarga tegishli topshiriqlar berildi, shaхsan javobgar shaхslar belgilandi. Oleg Zamanov.
42
2,954
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risid
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining taklifini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining: 2005-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida”gi 187-I-sonli; 2006-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”) O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida”gi 429-I-sonli; 2006-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida”gi 440-I-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2005-yil 28-noyabrda kiritilgan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaytarilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,900
Qonunchilik
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: hududda pedagogika soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash; Institutning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish; o‘quv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish; ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; xorijiy yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta’minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish; ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash; pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish; xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarini tayyorlash. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Institut O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi; Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Universitetda pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar o‘qishni bitirgunlariga qadar Universitetda ta’lim jarayonini davom ettiradilar; Institutga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi; o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini birlashtirgan holda bitiruvchilarga ikkita kvalifikatsiya berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi; Institut Universitetning o‘quv va ilmiy laboratoriyalaridan, sport inshootlaridan hamda axborot-resurs markazidan rejalashtirilgan dars jarayonlariga ta’sir etmagan holda tekin foydalanadi; Institutga kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish Universitet kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi. 4. Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 228 “B”-uy manzilidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali bino va inshootlari hamda Muzrabot tumani, “Sharq yulduzi” QFY, “Shaffof” MFY manzilidagi sobiq Muzrabot agroservis kasb-hunar kolleji bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Universitet bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar: a) Institut: tuzilmasi oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini; ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishi va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; axborot-resurs markazini qo‘shimcha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlasin; b) Institutni tanlov asosida amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin. 6. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, talabalarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishidan, shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin. 7. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2022-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. Zarur hollarda, Universitet kengashining qaroriga asosan Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Institut moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Universitet moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga ruxsat berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Institut talabalari amaliyotini samarali tashkil etish uchun tegishli sharoitlar yaratilishini ta’minlasin; o‘quvchilarni pedagog kasbiga yo‘naltirish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi yetakchi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10 tasida 3-4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”, 8-9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar”ni tashkil etsin va Institut taklifi asosida dars jarayoniga ta’sir etmagan holda o‘quv jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 9. Universitet: salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda ta’lim va ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish; ta’lim, tarbiya, ilmiy va uslubiy jarayonlarni samarali boshqarish; ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish; darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy material va axborot resurslari bilan ta’minlash; professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish; ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish va ilmiy maktablarni rivojlantirish yo‘nalishlarida Institutga ko‘mak berib borsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash loyihalari O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2024-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar Institutni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i hamda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga belgilangan tartibda ulash choralarini ko‘rsin. 12. Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-martdagi 122-son qaroriga 1-ilovaning “Oliy ta’lim muassasasi nomi” ustuni 48-pozitsiyasidagi “Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali” so‘zlari “Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. Vazirlar Mahkamasining “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi 170-son qarori 2021-yil 1-iyuldan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
106
9,700
Qonunchilik
«Foyda soligʻi» boʻyicha amaliy vebinar uchun 50% chegirma!
Xohlaysizmi  ... Qanday qilib хarajatlarni optimallashtirish mumkinligini bilishni? Foydaga soliq solish bosqichlarini A dan Z gacha oʻrganishni? Xarajatlar boʻyicha 5–faktorli yondashuvni tushunib olishni?  U holda darhol roʻyхatdan oʻting! ↪️ Vebinar yakuni boʻyicha foyda soligʻini hisoblashni mutlaq tushunib olishingiz kafolatlanadi. Quyidagi havola orqali roʻyхatdan oʻtish mumkin: https://t.me/ProfitEventsBot Telefon orqali roʻyхatdan oʻtish: +998 (90) 958-24-27 Vebinarni oʻtkazish sanasi: 2019 yil 15 va 16 iyun kunlari. Murojaatlaringizni kutib qolamiz!
60
564
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON TRANSPORT VA TRANSPORT KOMMUNIKATSIYALARI UYuShMASINI TUGATISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish to‘g‘risida” 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3930-son Farmonini bajarish yuzasidan: 1. O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining tugatilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin: barcha turdagi transportlar — temir yo‘l, havo, avtomobil va daryo transportining transport tuzilmalari faoliyatini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan o‘zaro harakatini muvofiqlashtirish, respublika hududida va uning tashqarisida yuk hamda yo‘lovchilar tashish samaradorligini va oqilona tashkil etilishini ta’minlash; iqtisodiyot tarmoqlari va aholining havoda hamda erda yuk va yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan doimiy ravishda ortib borayotgan ehtiyojini hisobga olgan holda Yagona o‘zaro bog‘liq respublika transport tizimini istiqbolli rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; transport tarmoqlarini va logistika tizimini rivojlantirish, yangi transport kommunikatsiyalarini jadal ravishda qurish, ularning transport vositalarini o‘tkazish quvvatini oshirish va samarali foydalanilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; respublika transport tizimi faoliyat ko‘rsatishining barqarorligi va xavfsizligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda tugatish Komissiyasi tuzilsin. Tugatish komissiyasi (Xanov): O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish bilan bog‘liq chora-tadbirlar kompleksini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin; tugatish jarayonida Uyushma mol-mulkining saqlanishini va ulardan maqsadli foydalanilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda Uyushma mol-mulkining sotilishini, keyinchalik kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mablag‘larning Uyushma muassislariga ularning qo‘shgan badallariga mutanosib ravishda qaytarilishini ta’minlasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent shahar, O‘zbekiston ko‘chasi, 16 “a” uy manzilida joylashgan bino Toshkent shahar hokimligining Binolardan foydalanish direksiyasi balansiga bepul o‘tkaziladi, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 579-F-son farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi balansidagi maydonlar bundan mustasno. Belgilansinki, balansga o‘tkazilayotgan bino qiymati qo‘shilgan qiymat solig‘i va daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliq solish obyekti hisoblanmaydi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin va ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qarori 5-ilovasidagi “O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 30-noyabrdagi 559-son qarori: 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi (R.F. Fayzullayev) va” so‘zlari chiqarib tashlansin; 1-ilovasidagi “R.F. Fayzullayev — O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining raisi, komissiya raisining o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 12-oktabrdagi 470-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 96-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 15-fevraldagi 64-son qarori ilovasining 5-bandi.
103
4,306
Qonunchilik
Davlat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati qanday baholanadi
Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi «Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 467-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning 22.07.2021 yildagi «Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi PQ-5189-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Quyidagilar tasdiqlandi: Masalan, adliya vaziri birinchi oʻrinbosarining faoliyati quyidagi asosiy mezonlar boʻyicha baholanadi: Davlat organlarining birinchi rahbarlariga oʻzlari rahbarlik qilayotgan idoralarda rahbar oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishini baholashning qoʻshimcha mezonlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tasdiqlash huquqi berildi. Belgilanishicha, qoʻshimcha mezonlar: Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlariga 2021 yil 20 avgustga qadar 2021 yil II yarim yilligi uchun oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlarini tasdiqlash topshirildi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.07.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
74
1,436
Qonunchilik
2019 — 2021-yillarda Toshkent viloyatining irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash dasturi to‘g‘risida
Toshkent viloyatidagi ekin maydonlarining suv ta’minotini yanada yaxshilash, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, sohani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2019 — 2021-yillarda Toshkent viloyatining irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti 2019-yil va keyingi yillarda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Dasturga kiritilgan irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish; O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan Dasturga kiritilgan irrigatsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Dasturga kiritilgan meliortiv obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun talab etiladigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratilishini inobatga olsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti, Toshkent viloyati hokimligi: Dasturga kiritilgan loyihalarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ta’minlasinlar; yil yakunlari bilan keyingi yilning 20-yanvariga qadar dastur ijrosi va uning natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tumanlar kesimida tahliliy ma’lumotlarni taqdim qilib borsinlar. 4. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tumanlar hokimliklari hamda fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Cuv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda Toshkent viloyati hokimi G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
110
2,824
Qonunchilik
Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi va 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 92-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 15-ilova matnidagi “ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudyasiga” degan so‘zlar “tumanlararo ma’muriy sudiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 97-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 18-ilova matnidagi “sud ijrochisiga” degan so‘zlar “davlat ijrochisiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 13-ilova matnidagi “shaxsiy pasportingiz (shaxsni tasdiqlovchi hujjat)” degan so‘zlar “shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 26-ilova matnidagi “xo‘jalik” degan so‘z “iqtisodiy” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. 30-ilova matnidagi “pasport” degan so‘z “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
145
1,832
Qonunchilik
M.F. Ochilovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabasini berish to‘g‘risida
Mirsobit Fozilovich Ochilovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabasi berilsin.
101
105
Qonunchilik
OTA-ONALAR TOMONIDAN BOLALARNING bolalar musiqa va san’at MAKTABLARIDA O‘QIShI UChUN HAQ TO‘LASh VA UNDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009 — 2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 267-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qishi uchun haq to‘lash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009 — 2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 267-modda) muvofiq bolalar (o‘quvchilar)ning (bundan keyingi o‘rinlarda bolalar deb yuritiladi) bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qishi uchun to‘lanadigan to‘lovning miqdori, uni to‘lash va undan foydalanish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom Davlat budjeti tomonidan moliyalashtiriladigan bolalar musiqa va san’at maktablariga taalluqlidir. 2. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qish uchun to‘lanadigan to‘lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda undiriladi. 3. Bolalar musiqa va san’at maktablarida bolalarning ta’lim olishlari uchun to‘lovlar ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (bundan keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) va maktab ma’muriyati tomonidan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 4. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qish uchun to‘lanadigan to‘lov o‘quv yili (sentyabr — may oylari) uchun to‘lanadi. To‘lovlar har oyda kelgusi oyning 5-sanasidan kechikmasdan to‘lanadi. 5. Bolaning kasalligi davrida (2 haftadan kam bo‘lmaganda) bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qish uchun to‘lov olinmaydi. Bunda, bolaning kasalligi to‘g‘risida ota-onaning arizasi va davolash muassasasidan yoki hudud shifokoridan olingan ma’lumotnoma taqdim etilishi zarur. 6. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qish uchun amalga oshiriladigan to‘lov tegishli xizmat ko‘rsatuvchi bankka to‘lanadi va to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi bolalar musiqa va san’at maktabiga taqdim etiladi. 7. Agar to‘lov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, bolalar musiqa va san’at maktabiga to‘lov topshiriqnomasining nusxasi (to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi bank belgisi qo‘yilgan holda) taqdim etiladi. 8. To‘lov bolalar musiqa va san’at maktablariga xizmat ko‘rsatuvchi tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarining hududiy g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi va tegishli bolalar musiqa va san’at maktabining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi. 9. Agar to‘lov ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan muddatdan ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, o‘quvchilar bolalar musiqa va san’at maktabi ro‘yxatidan chiqariladi. 10. Bolaning bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim olganligi uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik bir oy ichida to‘langan taqdirda, bola mazkur sinfning o‘quv dasturlari talablarini bajargandan so‘ng o‘quvchilar safiga qayta tiklanadi. Bola o‘qishni tegishli to‘lovni amalga oshirgan holda keyingi o‘quv yilida (o‘tgan o‘quv yilining tugatilmagan choragining birinchi oyidan) davom ettirishi mumkin. 12. Har bir bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qish uchun to‘lovlardan ozod etish va o‘qituvchi hamda konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash bo‘yicha Komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. 13. Komissiya maktab direktori buyrug‘i asosida 5 — 7 kishidan iborat bo‘lgan tarkibda tayinlanadi. Komissiya raisi — bolalar musiqa va san’at maktabi direktori. Komissiya a’zolari — ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (mas’ul kotib), bolalar musiqa va san’at maktabining kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi, ikki yetakchi o‘qituvchi va ota-onalar qo‘mitasining ikki vakili. 14. Komissiyaning asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi: a) o‘quv yilining boshlanishida, zarur hollarda o‘quv yili davomida ota-onalarni bolalarning o‘qishi uchun belgilangan to‘lovdan ozod etish masalasini ko‘rib chiqish; b) o‘quv yilining boshlanishida, shuningdek, zarur hollarda o‘quv yili davomida oylik ustama belgilash bo‘yicha o‘qituvchi va konsertmeysterlarning nomzodlarini ko‘rib chiqish hamda har oylik ustama belgilash. v) o‘qish uchun to‘lanadigan to‘lovdan ozod etiladigan bolalarning ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash. 15. Komissiya kelib tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi. Mazkur qaror tegishli buyruq chiqarish uchun bolalar musiqa va san’at maktabi direktoriga yuboriladi. 16. O‘qituvchi va konsertmeysterlarga ustama belgilash uchun nomzodlarni ko‘rib chiqishda bolalar musiqa va san’at maktablarining bo‘linma mudirlari Komissiyaga o‘qituvchi va konsertmeysterlarning tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, kasbiy mahorati, o‘qitish sifati va yuksak ko‘rsatkichlari, shuningdek o‘quv yili davomida bajarilgan uslubiy ishlari to‘g‘risida tavsifnomalar taqdim etishlari kerak. 17. Komissiya, zarur hollarda, o‘quv yili boshida belgilangan ustamalar miqdorining muddatidan oldin o‘zgarganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 18. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quvchilar umumiy sonining 25 foizi doirasida bolalarning quyidagi toifalari to‘lovdan ozod etiladi: musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro (1 — 3-o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) tanlovlarida g‘olib bo‘lgan bolalar — bir kalendar yil mobaynida (g‘olib deb e’lon qilingandan keyingi oydan boshlab 12 oy mobaynida); kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan bolalar. 19. Musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro (1 — 3-o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) tanlovlarida g‘olib bo‘lgan bolalarni bir kalendar yil mobaynida o‘qitish uchun to‘lovdan ozod etishga ularning tanlovda g‘olib bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjati asos bo‘ladi. 20. Kam ta’minlangan oilalarning bolalarini to‘lovdan ozod etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim: a) ota-onalarning arizasi; b) oilaning kam ta’minlanganligi to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan ma’lumotnoma. 21. Oilaning bir a’zosiga bir oyda to‘g‘ri keladigan jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning bolalari to‘lovdan ozod etiladigan bolalarning ro‘yxatiga birinchi navbatda kiritiladi. Ro‘yxatga kirmagan kam ta’minlangan oilalarning bolalaridan zaxira shakllantiriladi. 22. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ham bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlardan ozod etiladi. 23. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘qishi uchun to‘lovdan ozod etishga xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asos bo‘ladi. 231. Agarda bir oilaning ikki va undan ortiq farzandi bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qisa, ulardan har birining o‘qishi uchun belgilangan to‘lovning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. 232. To‘lovdan ozod etiladigan bolalarning ro‘yxati Komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi hamda mazkur qaror asosida bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining buyrug‘i chiqariladi. 24. O‘qish uchun ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘lar birinchi navbatda bolalar musiqa va san’at maktablarini saqlash xarajatlariga (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno) yo‘naltiriladi. Tushumlarning qolgan qismi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) 40 foizgacha — maktab pedagog xodimlari umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizini qamrab olgan holda o‘qituvchi va konsertmeysterlar bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar shaklida rag‘batlantirishga, shuningdek o‘quvchilari xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallarda 1, 2, 3, 4-o‘rinlarni egallagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga tegishincha eng kam oylik ish haqining 10, 9, 8, 7 barobari miqdorida, respublika tanlovlarida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallaganligi uchun esa tegishincha eng kam ish haqining 6, 5, 4 barobari miqdorida mukofotlashga; b) 20 foizgacha — o‘quvchi, o‘qituvchi va konsertmeysterlarni tanlovlar, festivallar, ustoz saboqlari hamda ijodiy maktablardagi mashg‘ulotlarga borishi, shuningdek o‘quvchilarning teatr, muzey, konsertlarga tashrifi bilan bog‘liq xarajatlarini to‘lashga, maktabda madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga; v) qolgan mablag‘lar — mavjud kreditorlik qarzlarini qoplashga va moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (bino va inshootlarni, mebel, musiqa asboblari va jihozlarni kapital va joriy ta’mirlashga, shuningdek mebel, uskunalar, musiqa asboblari, o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar va boshqa zarur jihozlar sotib olishga). 25. Ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning taqsimlanishi Komissiya qarori asosida maktab direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 26. O‘qituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning o‘quv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, o‘quv jarayoniga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baholanadi. Ulardan: 80 va undan ko‘p ballni to‘plagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha ustama belgilanadi; 70 balldan 80 ballgacha to‘plagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 10 foizigacha ustama belgilanadi; 60 balldan 70 ballgacha to‘plagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 5 foizigacha ustama belgilanadi. 27. O‘qituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning kasbiy mahorati uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholanadi. Ulardan: 80 va undan ko‘p ballni to‘plagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 25 foizigacha ustama belgilanadi; 70 balldan 80 ballgacha to‘plagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha ustama belgilanadi; 60 balldan 70 ballgacha to‘plagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 10 foizigacha ustama belgilanadi. 28. O‘qish uchun to‘lanadigan to‘lovning tushumi va sarflanishi bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish tegishli musiqa va san’at maktabining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi. 29. Ota-onalar to‘lovining hisoblanishi, tushumi va uning ishlatilishi buxgalteriya hisob-kitobida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya qaydnomalari orqali rasmiylashtiriladi. 30. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ota-onalar tomonidan to‘lovni amalga oshirish va pedagog xodimlarga belgilanadigan ustamalarning monitoringini olib boradi. 31. Bolalar musiqa va san’at maktabining rahbari va bosh hisobchisi ota-onalar to‘lovi tushumini maqsadli sarflash bo‘yicha javobgar hisoblanadi. 32. Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qish uchun to‘lanadigan ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning o‘z vaqtida qabul qilinishi, shuningdek, maqsadli sarflanishi hamda pedagog va konsertmeysterlarning ustamalari miqdorini hisoblashning to‘g‘ri taqsimlanishi bo‘yicha nazorat olib boriladi. 33. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
165
11,946
Qonunchilik
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 16-avgustdagi “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 2426-IV-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib: Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralari o‘zgartirilsin; Uchko‘prik tumanidan 424,66 gektar (shundan 179,06 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga; O‘zbekiston tumanidan 1 456,0 gektar (shundan 532,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga; Dang‘ara tumanidan 814,9 gektar (shundan 327,5 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga; Qo‘shtepa tumanidan 133,59 gektar (shundan 17,07 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga; Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga; Farg‘ona tumanidan 951,5 gektar (shundan 542,71 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga; Farg‘ona tumanidan 811,66 gektar (shundan 73,91 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari tarkibiga o‘tkazilayotgan yerlar ularning amaldagi yer fondi toifalari o‘zgartirilmagan holda o‘tkaziladi; mazkur yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi; bunda yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari ular qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirilishiga yoki bekor qilinishiga qadar saqlab qolinadi; Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumani 15-Katta Ganjirovon saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining deputati xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining deputati hisoblanadi; Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani 29-Tog‘ay saylov okrugidan hamda 30-Mingtut saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining deputatlari hisoblanadi; Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani 16-Cheksho‘ra saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining deputati xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining deputati hisoblanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlarining o‘zgartirilayotgan hududlari chegaralarining tavsifi va grafik chizmalari tegishincha 1 — 14-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin. 6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oralig‘i Dang‘ara tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidan Qo‘qon shahriga o‘tkazilayotgan yer uchastkasida, Qo‘qon shahar, Dang‘ara hamda Uchko‘prik tumanlari bilan chegaradosh bo‘lgan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°33’45.36,59”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57’53.75,24”). 1-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz ariqning suv oqimi bo‘ylab ariqning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda, avval shimoli-sharqiy yo‘nalishda 115 metr, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda 280 metr masofada o‘tadi va ariq chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34’03.81,42”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57’52.59,37”). B dan V gacha 2 — 9-nuqtalar oralig‘i Uchko‘prik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 2-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimi bo‘ylab ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda sharqiy-shimoli-sharqiy yo‘nalishda 350 metr masofada o‘tadi va ariq chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34’09.73,26”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’03.06,77”). 3-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda, avval janubiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda dala tuproq yo‘lini va ariqni kesib o‘tadi, so‘ngra 1015 metr masofadan so‘ng chegara chizig‘i sharqiy yo‘nalishda mahalliy yo‘lni kesib o‘tadi va ariq bo‘ylab 340 metr masofada o‘tib, “Jiyda” mahallasidagi nomsiz zovur chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33’52.92,87”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’29.17,05”). 4-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz zovurning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda zovurning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda Qo‘qon — Buvayda yo‘lini kesib o‘tadi va 900 metr masofadan keyin zovur chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33’26.36,51”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’44.82,00”). 5-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz zovurning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda zovurning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 315 metr masofada o‘tadi va dala tuproq yo‘l chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33’20.59,88”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’33.13,63”). 6-nuqtadan chegara chizig‘i dala tuproq yo‘lini Uchko‘prik tumanida qoldirib, yo‘lning g‘arb tomonidan janubiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 580 metr masofada o‘tadi va ariq chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33’04.41,43”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’42.84,06”). 7-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning o‘ng tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda sharqiy-shimoli-sharqiy yo‘nalishda 410 metrda o‘tadi va ariq chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33’07.32,05”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’59.12,32”). 8-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy yo‘nalishda 290 metr masofada o‘tadi va qishloq ichki yo‘lini kesib o‘tadi, so‘ngra “Sovurjon” arig‘i bilan tutashadi, keyin ariqning suv oqimiga qarshi tomoniga o‘tib, ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy yo‘nalishda 650 metr masofada o‘tadi va qishloq ichki yo‘lining chetida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°32’43.51,89”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’01.01,58”). V dan A gacha 9 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Qo‘qon shahar hududi yerlari. “Jiyda” mahallasidagi mahalliy yo‘l bilan “Sovurjon” arig‘ining o‘ng tomoni tutashgan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°32’37.73,69”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’02.05,87”). A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oralig‘i Uchko‘prik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i qishloq ichki yo‘lini Uchko‘prik tumanida qoldirgan holda sharqiy-shimoli-sharqiy yo‘nalishda 166 metrda o‘tadi va A. Navoiy nomli ko‘chaning (Yangiqo‘rg‘on — Qo‘qon avtomobil yo‘li) chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°32’32.96,74”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’04.97,48”). B dan A gacha 2 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Qo‘qon shahar hududi yerlari. Qo‘qon shahar bilan Uchko‘prik tumani tutashgan joydagi Farg‘ona — Qo‘qon avtomobil yo‘lining sharq tomonidagi belgilangan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°32’20.50,02”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’23.65,90”). A dan B gacha 1 — 5-nuqtalar oralig‘i Uchko‘prik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i Farg‘ona — Qo‘qon avtomobil yo‘lining sharq tomoni bo‘ylab janubi-sharqiy yo‘nalishda 1570 metr masofada o‘tadi va avtomobil yo‘li chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’41.54,61”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°00’05.79,76”). 2-nuqtadan chegara chizig‘i Qo‘qon — Farg‘ona avtomobil yo‘lini kesib o‘tib ariq bilan tutashadi, keyin ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning o‘ng tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 465 metr masofada Bekbo‘ta arig‘ini kesib o‘tadi va ariq chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’36.04,15”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’48.18,51”). 3-nuqtadan chegara chizig‘i Bekbo‘ta arig‘ining suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda avval janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 700 metr masofada qishloq ichki yo‘li hamda ariqni kesib o‘tadi, so‘ngra ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning chap tomonidan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 70 metr masofada o‘tadi va ariqning chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’13.67,60”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’42.34,06”). 4-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 560 metrda o‘tib, O‘zbekiston tumanidan Qo‘qon shahriga qo‘shiladigan Sohibkor (Sovurjon) kanalini kesib o‘tadi va kanal chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’06.66,69”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’21.05,19”). B dan V gacha 5 — 8-nuqtalar oralig‘i O‘zbekiston tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 5-nuqtadan chegara chizig‘i Sohibkor kanalining suv oqimi bo‘ylab kanalning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda g‘arbiy-shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 405 metr masofada o‘tadi va mahalliy yo‘l chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’18.25,63”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’14.26,10”). 6-nuqtadan chegara chizig‘i mahalliy yo‘lning janub tomonidan g‘arbiy yo‘nalishda 70 metr, so‘ngra g‘arb tomonidan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 155 metr masofada o‘tib ariq chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’21.71,43”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’08.55,71”). 7-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimi bo‘ylab ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 200 metr masofada mahalliy yo‘lni kesib o‘tadi, so‘ngra yo‘lning g‘arb tomoni bo‘ylab g‘arbiy-shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 710 metr masofadan keyin avtomobil yo‘lini kesib o‘tadi va yo‘l chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’35.10,94”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’39.88,86”). V dan A gacha 8 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Qo‘qon shahri hududi yerlari. Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidan Qo‘qon shahriga o‘tkazilayotgan yer uchastkasida, Qo‘qon shahar, O‘zbekiston va Uchko‘prik tumanlari tutashgan Navbahor ko‘chasining mahalliy yo‘l bilan kesishgan joyi (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’35.10,94”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’39.88,86”). A dan B gacha 1 — 3-nuqtalar oralig‘i Uchko‘prik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i Navbahor ko‘chasining janub tomonidan ko‘chani Qo‘qon shahrida qoldirgan holda sharqiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 905 metr masofada o‘tadi, so‘ngra shimoli-sharqiy yo‘nalishda 225 metr masofani o‘tib Sohibkor (Sovurjon) kanali chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’18.25,63”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’14.26,10”). 2-nuqtadan chegara chizig‘i Sohibkor kanalining suv oqimiga qarshi yo‘nalishda kanalning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 1600 metr o‘tadi, so‘ngra Katta Farg‘ona kanalini kesib o‘tib, janubiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 1600 metr masofada Toshkent — Andijon temir yo‘lini kesib o‘tadi, so‘ng janubiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 4640 metr masofani o‘tib avtomobil yo‘li chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°27’27.25,77”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°00’02.77,53”). B dan V gacha 3 — 11-nuqtalar oralig‘i O‘zbekiston tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 3-nuqtadan chegara chizig‘i avtomobil yo‘lining shimol tomonidan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 725 metr masofada o‘tadi va so‘ngra telefon aloqasi hamda markaziy gaz quvuri muhofaza chizig‘i chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari N40°27’32.43,00”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’31.41,28”). 4-nuqtadan chegara chizig‘i telefon aloqasi hamda markaziy gaz quvuri muhofaza chizig‘i bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 1660 metr masofani o‘tib mahalliy yo‘l chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°28’27.91,40”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’05.41,72”). 5-nuqtadan chegara chizig‘i mahalliy yo‘lning shimol tomonidan shimoli-sharqiy yo‘nalishda 100 metrdan keyin dala tuproq yo‘li bilan kesishib, shimoliy yo‘nalishda dala tuproq yo‘lining g‘arb tomonidan to‘lqinsimon ko‘rinishda 960 metr masofani o‘tib avtomobil yo‘li chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°28’47.42,22”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59’04.08,47”). 6-nuqtadan chegara chizig‘i avtomobil yo‘lning janub tomonidan shimoli-sharqiy yo‘nalishda 100 metr masofada o‘tib mahalliy yo‘l bilan tutashadi va mahalliy yo‘lni Qo‘qon shahar hududida qoldirgan holda g‘arbiy-shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 380 metr masofani o‘tib mahalliy yo‘l chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°28’51.99,05”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’50.08,35”). 7-nuqtadan chegara chizig‘i mahalliy yo‘lni Qo‘qon shahar hududida qoldirgan holda shimoliy-shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 500 metr o‘tadi, so‘ngra g‘arbiy yo‘nalishda 30 metr o‘tib dala tuproq yo‘li bilan tutashadi va dala tuproq yo‘lining sharq tomonidan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 450 metr o‘tadi va avtomobil yo‘l bilan tutashadi, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda 20 metr masofa o‘tib Oxunqaynar kanali chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°29’20.60,30”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’38.93,09”). 8-nuqtadan chegara chizig‘i Oxunqaynar kanalini O‘zbekiston tumanida qoldirgan holda g‘arbi-shimoliy yo‘nalishda 1370 metr masofada o‘tib Katta Farg‘ona kanali chetida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°29’50.42,47”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58’09.80,06”). 9-nuqtadan chegara chizig‘i Katta Farg‘ona kanalini Qo‘qon shahar hududida qoldirib, kanalning janub tomonidan g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 3700 metr masofadan so‘ng, kanalni shimoliy yo‘nalishda 100 metrda kesib o‘tadi va ariq chetida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°29’48.96,25”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°55’42.94,15”). 10-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimi bo‘ylab uning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda umumiy shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 120 metr shimoliy, 110 metr g‘arbiy, 30 metr shimoliy, 40 metr g‘arbiy, 50 metr shimoliy, 120 metr g‘arbiy yo‘nalishda mahalliy yo‘lni kesib o‘tadi va ariq bilan tutashadi, so‘ngra 200 metr shimolga va 100 metr g‘arbga o‘tadi, jami 770 metr masofadan so‘ng chegara chizig‘i Paxtaqaynar massivi bilan chegaradosh Yaypan — Qo‘qon mahalliy avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, yo‘nalishini shimoliy-shimoli-sharqiy yo‘nalishda davom ettiradi hamda Qo‘qon — Beshariq (Naymancha) avtomobil va aylanma harakat yo‘li chetida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°30’06.34,32”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°55’23.17,75”). V dan A gacha 11 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Qo‘qon shahar hududi yerlari. Qo‘qon shahar va O‘zbekiston tumaniga chegaradosh bo‘lgan Beshariq — Qo‘qon avtoyo‘li bilan Nomsiz kollektor tutashgan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°30’49.35,76”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°53’48.58,78”). A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oralig‘i O‘zbekiston tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i Beshariq — Qo‘qon avtomobil yo‘lini O‘zbekiston tumanida qoldirib, yo‘lning shimol tomonidan janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 740 metr masofada o‘tadi va “Naymansoy”ning chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°30’35.26,26”, sharqiy uzunlik 70°53’23.28,92”). B dan V gacha 2-3 nuqtalar oralig‘i Furqat tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 2-nuqtadan chegara chizig‘i “Naymansoy”ning qirg‘og‘i bo‘ylab soy bo‘yidagi dala yo‘lini Qo‘qon shahar hududida qoldirgan holda shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda to‘lqinsimon shaklda Toshkent — Andijon temir yo‘lini 1465 metr masofada kesib o‘tadi va temir yo‘lning muhofaza chizig‘i chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’12.31,90”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°52’47.33,05”). V dan G gacha 3 — 4-nuqtalar oralig‘i Dang‘ara tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 3-nuqtadan chegara chizig‘i Toshkent-Andijon temir yo‘li muhofaza chizig‘ining shimol tomonidan shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 1100 metr masofada o‘tadi va 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31’20.51,79”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°53’32.88,72”). G dan A gacha 4 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Qo‘qon shahri hududi yerlari. Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidan Qo‘qon shahriga o‘tkazilayotgan yer uchastkasida, Qo‘qon shahar va Dang‘ara tumani (Naymancha massivi) bilan tutashgan Qo‘qon — Namangan temir yo‘lining muhofaza chizig‘idagi joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°33’22.87,39”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°55’01.21,02”). A dan B gacha 1 — 7-nuqtalar oralig‘i Dang‘ara tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i Naymancha massividagi Qo‘qon — Namangan temir yo‘lining g‘arb tomonidan shimoli-sharqiy yo‘nalishda muhofaza chizig‘i (temir yo‘lni Qo‘qon shahar hududida qoldirgan holatda) bo‘ylab 1620 metr o‘tadi, so‘ngra Dang‘ara massividan 2450 metr o‘tadi va “Ishonch” massivi hududiga o‘tib, yana shu yo‘nalishda temir yo‘l muhofaza chizig‘ida 1150 metrdan keyin nomsiz zovur chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°35’22.57,21”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°56’34.87,30”). 2-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz zovurning suv oqimi bo‘ylab zovurning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 170 metr o‘tadi va boshqa ariqning suv oqimi bo‘ylab chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda sharqiy tomonga 240 metr masofada o‘tadi va dala tuproq yo‘lni kesib o‘tib nomsiz zovur bilan tutashadi, keyin zovurning chap tomonidan janubiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 200 metr masofani o‘tib 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°35’07.62,26”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°56’47.47,44”). 3-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz zovurning suv oqimi bo‘ylab chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoli-sharqiy yo‘nalishda 190 metr To‘laboy — Urganji (“Kolxoz”) avtomobil yo‘lini kesib o‘tadi va qishloq ichki yo‘liga tutashadi, mazkur yo‘lni Dang‘ara tumanida qoldirgan holda 350 metrdan keyin nomsiz zovur chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°35’17.26,33”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57’08.05,08”). 4-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz zovurning suv oqimi bo‘ylab chap tomondan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda nomsiz zovurni Dang‘ara tumanida qoldirib o‘tadi va janubiy yo‘nalishda 850 metrdan keyin qishloq ichki yo‘li chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34’49.72,92”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57’13.77,72”). 5-nuqtadan chegara chizig‘i qishloq ichki yo‘lining shimol tomonidan shimoli-sharqiy yo‘nalishda 450 metr masofani o‘tib nomsiz zovur chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34’55.56,67”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57’31.93,04”). 6-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz zovurni Dang‘ara tumanida qoldirib nomsiz zovurning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubi-sharqiy yo‘nalishda 600 metr o‘tadi, keyin dala tuproqli yo‘lini va ariqni kesib o‘tib, ariqning suv oqimi bo‘ylab janubi-sharqiy yo‘nalishda 275 metr masofadan so‘ng (Uchko‘prik tumani bilan chegaradosh, xaritadagi — B), ariq chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34’29.66,14”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57’45.22,62”). Xaritadagi B dan V gacha 7 — 9-nuqtalar oralig‘i Uchko‘prik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 7-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda avval g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 270 metr, so‘ngra sharqiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 250 metr, keyin janubiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 480 metr masofani o‘tib ariq chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34’05.10,73”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57’42.74,51”). 8-nuqtadan chegara chizig‘i nomsiz ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda avval sharqiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 245 metr, so‘ngra janubiy yo‘nalishda 500 metr, keyin g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishida 115 metrdan so‘ng (Qo‘qon shahri bilan chegaradosh Uchko‘prik tumani chegarasida joylashgan xaritadagi — V), 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33’45.36,59”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57’53.75,24”). V dan A gacha 9 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Qo‘qon shahar hududi yerlari. Qo‘qon shahar “Neftbaza” devorining shimol tomonidagi burchagi bilan Dang‘ara tumani tutashgan (“Neftbaza” devorining) joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, (shimoliy kenglik koordinatalari 40°32’53.0721”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°54’30.0601”). A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oralig‘i Dang‘ara tumani yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i “Neftbaza” devorining burchagidan janubi-sharqiy yo‘nalishda 90 metr o‘tadi va Qo‘qon — Namangan temir yo‘lining g‘arbiy muhofaza chizig‘ida joylashgan (temir yo‘lni Qo‘qon shahar hududida qoldirgan holatda) 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°32’51.29,65”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°54’33.01,49”). B dan A gacha 2 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Qo‘qon shahri hududi yerlari. Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan Marg‘ilon shahriga o‘tkazilayotgan yer uchastkasida, Farg‘ona — Qo‘qon avtoyo‘lining janubiy tomonida Marg‘ilon shahri, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanlari tutashgan chegara nuqtasi (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’31.38,47”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41’14.61,23”). A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oralig‘i Farg‘ona tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i Qo‘qon — Farg‘ona avtomobil yo‘lining sharq tomonidan avtomobil yo‘lini Marg‘ilon shahrida qoldirgan holda g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 585 metr masofada o‘tadi va Satkak — Qo‘shtepa avtomobil yo‘lining sharq tomoni, Qo‘qon — Farg‘ona avtomobil yo‘lining janub tomoni bilan tutashgan Satkak aylanma yo‘lining chetida joylashgan (xaritadagi — B) 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’24.65,15”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40’51.38,01”). B dan V gacha 2 — 4-nuqtalar oralig‘i Qo‘shtepa tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 2-nuqtadan chegara chizig‘i Qo‘qon — Farg‘ona avtomobil yo‘lining janub tomoni bilan tutashgan Satkak aylanmasidan davlat avtomobil nazorat binosini va Qo‘shtepa — Satkak avtomobil yo‘lini Marg‘ilon shahrida qoldirgan holda Janubiy Farg‘ona kanalini kesib o‘tadi, so‘ngra Satkak — Qo‘shtepa yo‘lining g‘arb tomonidan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 710 metr masofada o‘tadi va Andijon — Toshkent temir yo‘lining chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’48.52,57”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40’36.12,36”). 3-nuqtadan chegara chizig‘i Andijon — Toshkent temir yo‘lining janub tomonidan shimoli-sharqiy yo‘nalishda temir yo‘l muhofaza zonasini Qo‘shtepa tumanida qoldirgan holda 790 metr masofada o‘tadi va beton arig‘i chetida joylashgan (xaritadagi — V) 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°25’57.96,31”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41’07.33,17”). V dan A gacha 4 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Marg‘ilon shahar hududi yerlari. Marg‘ilon shahri va Qo‘shtepa tumani tutashgan O‘qituvchilar ko‘chasi boshlanishining g‘arb tomonidagi joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°29’36.87,32”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41’48.36,94”). A dan B gacha 1 — 4-nuqtalar oralig‘i Qo‘shtepa tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i O‘qituvchilar ko‘chasining g‘arb tomonidan (ko‘chani Marg‘ilon shahar hududida qoldirib) shimoliy yo‘nalishda 850 metr masofada o‘tadi, so‘ngra Oltin diyor ko‘chasining chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°30’03.86,46”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41’45.55,03”). 2-nuqtadan chegara chizig‘i Oltin diyor ko‘chasining shimol tomonidan shimoli-sharqiy yo‘nalishda 360 metr masofada o‘tadi va Langar — Marg‘ilon avtomobil yo‘lining chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°30’11.75,07”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41’55.91,07”). 3-nuqtadan chegara chizig‘i Langar — Marg‘ilon avtomobil yo‘lining g‘arb tomonidan (avtomobil yo‘lini Qo‘shtepa tumani hududida qoldirib) janubi-sharqiy yo‘nalishda 1410 metr masofada o‘tadi va Navnihol ko‘chasining chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°29’36.6970”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42’29.9286”). B dan A gacha 4 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Marg‘ilon shahar hududi yerlari. Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidan Marg‘ilon shahriga o‘tkazilayotgan yer uchastkasida, Marg‘ilon shahri va Toshloq tumani tutashgan Shodlik ko‘chasining sharq tomoni va Nurxon ko‘chasining shimol tomoni tutashgan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°28’27.34,20”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46’06.88,34”). A dan B gacha 1 — 5-nuqtalar oralig‘i Toshloq tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i Nurxon ko‘chasining shimol tomonidan ko‘chani Marg‘ilon shahar hududida qoldirgan holda sharqiy yo‘nalishda 220 metr o‘tadi, so‘ngra chegara chizig‘i ko‘chaning janub tomonga kesib o‘tib, boshqa mahalliy ko‘cha chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°28’25.14,88”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46’18.25,49”). 2-nuqtadan chegara chizig‘i mahalliy ko‘chaning janub tomonidan ko‘chani Marg‘ilon shahrida qoldirgan holda, janubiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 1030 metr masofada o‘tadi, so‘ngra Intizor ko‘chasini kesib o‘tadi va yo‘l chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°27’53.10,33”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46’15.83,45”). 3-nuqtadan chegara chizig‘i Intizor ko‘chasini Marg‘ilon shahrida qoldirgan holda sharqiy yo‘nalishda 530 metr masofada o‘tadi, so‘ngra Oqoltin MChJ devori chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°27’52.63,31”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46’36.69,13”). 4-nuqtadan chegara chizig‘i Oqoltin MChJ devori bo‘ylab, janubiy yo‘nalishda hamda Moturidiy ko‘chasini Marg‘ilon shahrida qoldirib, devor bo‘ylab ariqni kesib o‘tadi va 230 metrdan so‘ng mahalliy yo‘lning sharq tomonida joylashgan (xaritadagi — A) 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°27’44.61,08”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46’37.87,90”). B dan A gacha 5 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Marg‘ilon shahar hududi yerlari. Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidan Marg‘ilon shahriga o‘tkazilayotgan yer uchastkasida Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari va Farg‘ona tumani tutashgan nuqta (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’16.92,57”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43’14.71,30”). A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oralig‘i Farg‘ona shahri hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning o‘ng tomonidan barcha burilishlarni hisobga olgan holda janubi-g‘arbiy yo‘nalishda Farg‘ona — Qo‘qon avtomobil yo‘lini kesib o‘tadi va 380 metr masofadan keyin avtomobil yo‘li chetida joylashgan (xaritadagi — B) 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’06.07,26”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43’12.00,80”). B dan V gacha 2 — 13-nuqtalar oralig‘i Farg‘ona tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 2-nuqtadan chegara chizig‘i avtomobil yo‘lining janub tomonidan avtomobil yo‘lini Marg‘ilon shahar hududida qoldirgan holda shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 290 metrda Cheksho‘ra — Marg‘ilon avtomobil yo‘lini kesib o‘tadi va yo‘l chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’10.83,62”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43’01.77,27”). 3-nuqtadan chegara chizig‘i Cheksho‘ra — Marg‘ilon avtomobil yo‘lini Farg‘ona tumani hududida qoldirgan holda, avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomonidan janubiy yo‘nalishda o‘tib, 220 metr masofada mahalliy yo‘l bilan tutashadi, so‘ngra shimol tomonidan g‘arbiy yo‘nalishda 95 metr masofada, keyin janubiy yo‘nalishda dala tuproqli yo‘l bilan tutashib, yo‘lning g‘arb tomonidan o‘tadi va 380 metr masofadan keyin nomsiz ariq bilan tutashadi, keyin ariqning suv oqimiga qarshi chap tomonidan sharqiy yo‘nalishda 335 metrda o‘tib Cheksho‘ra — Marg‘ilon avtomobil yo‘li chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24’47.69,35”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43’13.49,50”). 4-nuqtadan chegara Cheksho‘ra — Marg‘ilon avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomonidan janubiy yo‘nalishda 880 metr masofada, so‘ng Sho‘ro arig‘ini kesib o‘tib, ariqning suv oqimi bo‘ylab chap tomonidan g‘arbiy yo‘nalishda 120 metr masofada o‘tadi va mahalliy yo‘l bilan tutashadi, keyin mahalliy yo‘lning g‘arbiy tomonidan janubiy yo‘nalishda 600 metr masofada o‘tib yo‘l chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24’01.23,95”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43’06.81,31”). 5-nuqtadan chegara chizig‘i mahalliy yo‘lning shimol tomonidan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 760 metr masofada o‘tadi, keyin aholi punkti yerlari va nomsiz ariq bilan tutashib, ariqning suv oqimi bo‘ylab o‘ng tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoliy yo‘nalishda 350 metr masofada o‘tadi, so‘ngra Sho‘ro-2 arig‘ini hamda mahalliy yo‘lni kesib o‘tadi, yo‘lning shimol tomonidan g‘arbiy yo‘nalishda 80 metr masofada Ibrohimjon Mahammadjon fermer xo‘jaligiga qarashli ferma devoriga boradi, keyin devor bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 170 metr masofani o‘tib Sho‘ro-1 arig‘i chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24’31.75,39”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42’41.34,07”). 6-nuqtadan chegara chizig‘i Sho‘ro-1 arig‘ining suv oqimi bo‘ylab o‘ng tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoliy-shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 870 metr masofada o‘tadi va mahalliy yo‘l bilan tutashadi, so‘ngra yo‘lni Farg‘ona tumanda qoldirib, ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning chap tomonidan janubiy yo‘nalishda 320 metr masofani o‘tadi va ariq chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24’39.52,07”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42’13.51,36”). 7-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimi bo‘ylab o‘ng tomonidan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 250 metr masofada o‘tadi va Farg‘ona — Satkak avtomobil yo‘li bilan tutashadi, so‘ngra yo‘lning janub tomonidan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 1975 metr, keyin Farg‘ona — Satkak avtomobil yo‘lini kesib o‘tadi va yo‘l chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’18.41,06”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41’03.37,27”). 8-nuqtadan chegara chizig‘i mahalliy yo‘lning g‘arbiy tomonidan sharqiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 300 metr masofada o‘tadi va yo‘l chetida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’05.36,68”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41’07.63,93”). 9-nuqtadan chegara chizig‘i mahalliy yo‘lning burilish joyidan janubi-sharqiy yo‘nalishda 200 metr masofada, so‘ngra g‘arbiy yo‘nalishda 500 metr masofada o‘tadi va mahalliy yo‘l bilan tutashadi, keyin yo‘lning shimol tomoni bo‘ylab g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 1180 metr masofada o‘tadi va boshqa mahalliy yo‘l bilan tutashadi, keyin yo‘lning shimol tomonidan g‘arbiy yo‘nalishda 180 metr masofani o‘tib ariq chetida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24’29.23,94”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40’22.19,84”). 10-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimiga qarshi yo‘nalishda ariqning o‘ng tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy yo‘nalishda 1390 metr masofada o‘tadi va dala yo‘li bilan tutashadi, so‘ngra yo‘lning shimol tomonidan janubiy-janubi-sharqiy yo‘nalishda 690 metr masofada o‘tib Oqbilol — Satkak avtomobil yo‘liga tutashadi, keyin yo‘lning g‘arb tomonidan janubiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 380 metr masofada o‘tadi va M-1 kanali chetida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23’19.08,92”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40’25.86,90”). 11-nuqtadan chegara chizig‘i M-1 kanalining suv oqimi bo‘ylab o‘ng tomonidan o‘tadi, so‘ngra barcha burilishlarni hisobga olgan holda g‘arbiy-shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 1550 metr masofada o‘tadi, keyin dala tuproq yo‘lini kesib o‘tib beton ariq chetida joylashgan 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23’35.35,71”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°39’28.51,27”). 12-nuqtadan chegara chizig‘i beton ariqning suv oqimi bo‘ylab o‘ng tomonidan shimoliy-shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 1500 metr o‘tadi, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda 710 metr o‘tadi va Qo‘shtepa tumani chegarasi bilan tutashgan joydagi Janubiy Farg‘ona kanalining chetida joylashgan (xaritadagi — V) 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24’45.07,89”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°39’16.03,72”). V dan G gacha 13 — 15-nuqtalar oralig‘i Qo‘shtepa tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 13-nuqtadan chegara chizig‘i Janubiy Farg‘ona kanalining suv oqimiga qarshi yo‘nalishda kanalning chap tomonidan, kanalni Qo‘shtepa tumanida qoldirgan holda, shimoli-sharqiy yo‘nalishda 1840 metr masofada o‘tadi va Qo‘qon — Farg‘ona avtomobil yo‘li chetida joylashgan 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’24.89,41”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40’47.26,66”). 14-nuqtadan chegara chizig‘i Qo‘qon — Farg‘ona avtomobil yo‘lini kesib o‘tadi, so‘ngra yo‘lning shimol tomonidan avtomobil yo‘lini Marg‘ilon shahrida qoldirib shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 780 metrdan keyin Qo‘qon –Farg‘ona hamda Satkak — Qo‘shtepa aylanma yo‘li chetida joylashgan (xaritadagi — G) 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25’31.38,47”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41’14.61,23”). G dan A gacha 15 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Marg‘ilon shahar hududi yerlari. Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidan Farg‘ona shahriga o‘tkazilayotgan yer uchastkasida, Farg‘ona shahar, Aeroport ko‘chasidagi, Farg‘ona shahar va Farg‘ona tumani tutashgan nuqta 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°22’40.64,72”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°45’09.63,82”). A dan B gacha 1 — 13-nuqtalar oralig‘i Farg‘ona tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha: 1-nuqtadan chegara chizig‘i Farg‘ona tumanining Cheksho‘ra — Mashrab — Bobur massividan qo‘shimcha yer maydoni ajratilayotgan joydan o‘tadi va chegara chizig‘i yo‘nalishini o‘zgartirib, Farg‘ona — Chimyon avtomobil yo‘lining janub tomonidan g‘arbiy yo‘nalishda 630 metr masofada o‘tadi va aeroportning devori chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22’49.70,20”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44’43.49,96”). 2-nuqtadan chegara chizig‘i aeroportning devori burilgan joyidan janubiy yo‘nalishda devor bo‘ylab 250 metr o‘tadi, so‘ngra g‘arbiy yo‘nalishda 285 metr masofada o‘tadi va aeroport devori tugagandan keyin g‘arbiy yo‘nalishda 255 metr masofada o‘tib Harbiy qo‘mondonlik hududidagi ajratilayotgan yer maydonlaridagi 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22’37.83,72”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44’21.54,19”). 3-nuqtadan chegara chizig‘i Harbiy qo‘mondonlik hududida janubiy yo‘nalishda 1060 metr masofada o‘tgandan so‘ng 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22’03.46,82”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44’18.62,58”). 4-nuqtadan chegara chizig‘i Harbiy qo‘mondonlik hududida g‘arbiy-janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 2560 metr masofada o‘tadi va Sharqiy harbiy okrugi Farg‘ona dala o‘quv maydonlariga kirish joyidagi avtomobil yo‘lining chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°21’36.89,36”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42’35.88,65”). 5-nuqtadan chegara chizig‘i avtomobil yo‘lini Farg‘ona tumanida qoldirgan holda, yo‘lning sharq tomonidan shimoliy-shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 1050 metr masofada o‘tadi, so‘ngra Farg‘ona — Chimyon avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, mazkur avtomobil yo‘lining g‘arb tomonidan shimoli-sharqiy yo‘nalishda 100 metr masofada o‘tadi va gaz quyish shoxobchasining shimoliy burchagida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22’10.51,60”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42’19.61,62”). 6-nuqtadan chegara chizig‘i gaz quyish shoxobchasi shimoliy burchagidan g‘arbiy yo‘nalishda shoxobchaning devori bo‘ylab 210 metr o‘tadi, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda 70 metr masofada o‘tadi va mahalliy yo‘l bilan tutashib, yo‘lning janub tomonidan g‘arbiy yo‘nalishda mazkur yo‘lni Farg‘ona shahrida qoldirgan holda 245 metr masofada o‘tadi va Otchopar to‘sig‘i chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22’18.43,90”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42’03.40,39”). 7-nuqtadan chegara chizig‘i Otchopar to‘sig‘i bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 480 metr o‘tadi, so‘ngra sharqiy yo‘nalishda 125 metr masofada o‘tib, ariq bilan tutashadi va ariqning suv oqimi bo‘ylab uning o‘ng tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoliy-shimoli-sharqiy yo‘nalishda 1050 metr masofada o‘tadi va ariq chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22’55.94,67”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42’37.84,67”). 8-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimi bo‘ylab ariqning chap tomonidan sharqiy yo‘nalishda 35 metr masofada o‘tadi va mahalliy yo‘l bilan tutashadi, so‘ngra mazkur yo‘lning shimol tomonidan sharqiy yo‘nalishda 110 metr masofada o‘tadi, keyin Farg‘ona — Chimyon avtomobil yo‘li bilan tutashib, avtomobil yo‘lini Farg‘ona shahrida qoldirgan holda yo‘lning shimol tomonidan sharqiy yo‘nalishda Farg‘ona — Satkak avtomobil yo‘lini kesib o‘tadi va sharqiy yo‘nalishda 1000 metr masofada o‘tib, Qirg‘izsho‘ro avtomobil yo‘li chetida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22’58.32,25”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43’27.15,96”). 9-nuqtadan chegara chizig‘i Qirg‘izsho‘ro avtomobil yo‘lining sharq tomonidan shimoliy yo‘nalishda 570 metr masofada o‘tadi va mahalliy yo‘lni kesib o‘tib, sharqiy yo‘nalishda mahalliy yo‘lni Farg‘ona shahrida qoldirgan holda 495 metr masofada o‘tadi, so‘ngra mahalliy yo‘lning g‘arb tomonidan shimoliy yo‘nalishda uni Farg‘ona shahrida qoldirgan holda 75 metr masofada kesib o‘tib o‘tadi va yo‘l chetida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23’21.42,42”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43’43.70,99”). 10-nuqtadan chegara chizig‘i mahalliy yo‘lning shimol tomonidan sharqiy yo‘nalishda 270 metr masofada o‘tadi va yo‘l chetida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23’19.86,50”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43’54.82,39”). 11-nuqtadan chegara chizig‘i mahalliy yo‘lning burilgan joyidan yo‘lning sharqiy tomonidan janubiy yo‘nalishda 70 metr masofada o‘tadi, keyin sharqiy yo‘nalishda 995 metr masofada o‘tadi va ariq chetida joylashgan 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23’17.89,40”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44’36.40,24”). 12-nuqtadan chegara chizig‘i ariqning suv oqimi bo‘ylab uning o‘ng tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoliy yo‘nalishda 280 metr masofada o‘tadi va aholi tomorqa yerlari bilan tutashadi, so‘ngra mavjud aholi tomorqalarini Farg‘ona shahrida qoldirgan holda shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 185 metr masofada o‘tadi, keyin shimoliy yo‘nalishda 20 metr masofada o‘tib, Farg‘ona shahrining Umid nihollari ko‘chasi chetida joylashgan (xaritadagi — B nuqta) 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23’33.76,48”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44’32.29,87”). B dan A gacha 13 — 1-nuqtalar oralig‘i mavjud Farg‘ona shahri hududi yerlari.
176
42,618
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-sonli Farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini takomillashtirish va melioratsiya ishlarini moliyalashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-sonli Farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar ilovaga muvofiq kiritilsin. 2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 2. 7-bandida: b) to‘rtinchi xatboshidagi “besh yil” so‘zlari “o‘n yil” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) quyidagi mazmunda beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2013 — 2017-yillar mobaynida “O‘zmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan tovarlar, melioratsiya texnikasiga, mashina va mexanizmlarga texnik hamda servis xizmati ko‘rsatish uchun xarid qilinadigan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun boj to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi”.
242
1,176
Qonunchilik
“Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 13-fevraldagi 118-son qaroriga muvofiq sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) haqidagi ma’lumotlar, ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari va talablarining sport fanlari bo‘yicha topshirgan sinov imtihonlari natijalarini tizimlashtirish, shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tizimli monitoringini olib borish, bunday ma’lumotlar bilan almashish va ularni tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tasarrufida ta’lim tashkilotlari hamda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) haqidagi ma’lumotlar, ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari va talablarining sport fanlari bo‘yicha sinov imtihonlarining tizimlashtirilgan natijalari, shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim deb ataladi) yaratish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: Yagona tizim idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabdan tashqari sport ta’limi tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim tashkilotlari deb ataladi) joriy qilinishi; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi deb ataladi) tomonidan sportchilarni ro‘yxatga va ularning faoliyatini hisobga olish bo‘yicha “Skm sportsmen”, trenerlar haqidagi ma’lumotlar bazasi yuritilishini ta’minlovchi “Skm trener” hamda respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta’minlovchi “Skm sportinshoot” kichik axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan “Skm tizim” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda AT deb ataladi) ishlab chiqilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari etib belgilansin: sportchilar, trenerlar, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari), shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari haqidagi ma’lumotlarning tizimli monitoringini olib borish, bunday ma’lumotlar bilan almashish va ularning tahlil qilinishini ta’minlash; ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari va talabalarining sport fanlari bo‘yicha sinov imtihonlarini topshirish natijalarini tahlil qilish; sportchilar, trenerlar va respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport inshootlarini ro‘yxatga va faoliyatini hisobga olish; www.sport.uz yagona ma’lumotlar portalida joylashtiriladigan sportchilar, trenerlar, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) hamda respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlash, shuningdek, ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilishini ta’minlash. 4. Quyidagilar Yagona tizimni yaratish va joriy qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazining o‘z mablag‘lari; o‘z tasarrufida ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari; tegishli ta’lim tashkilotlarining mablag‘lari; xayriya mablag‘lari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda: tegishli vazirlik va idoralarning ta’lim tashkilotlari kontingenti to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashtirish hamda ma’lumotlar almashish hisobga olingan holda, Yagona tizimni yaratish bo‘yicha texnik topshiriqlar va texnologik xususiyatlarni, shuningdek, Yagona tizimning faoliyat ko‘rsatish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Yagona tizimni tasdiqlangan texnik topshiriqlarga muvofiq 2019-yil 1-sentabrga qadar joriy qilsin va ishga tushirsin; Internet tarmog‘idan doimiy foydalanish va ma’lumotlarning belgilangan kvotalar doirasida axborot himoyasini ta’minlagan holda, www.sport.uz yagona axborot portalini bir oy muddatda “Uzinfocom” MChJning Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator servyer maydonida joylashtirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK bilan birgalikda yaratilayotgan Yagona tizimni ikki oy muddatda “Elektron hukumat” tizimining foydalaniluvchilarini identifikatsiya qilish yagona axborot tizimi, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashtirishni ta’minlasin. 7. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi — Yagona axborot tizimining yuritilishi, ushbu tizimga ma’lumotlar muntazam kiritilishi va ularning dolzarbligi ta’minlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi; Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi — Yagona tizimni ishlab chiquvchi va operator etib belgilansin. Yagona tizimni ishlab chiqishda: sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport inshootlari haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha “Skm tizim” AT bilan avtomatlashtirilgan holda ma’lumotlar almashinuvi ta’minlansin; respublika ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) haqidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari va talabalarining sport fanlari bo‘yicha sinov imtihonlari natijalarining tahlilini o‘z ichiga olgan alohida kichik tizim yaratilsin; respublika ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) tomonidan ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari va talabalarining sport fanlari bo‘yicha sinov imtihonlari natijalarini, shuningdek, sport musobaqalari tashkilotchilari tomonidan sportchilarning musobaqalarda erishgan sport natijalarini www.sport.uz axborot portali orqali kiritish imkoniyati inobatga olinsin; sport maktablari o‘quvchi-sportchilarining bevosita trener-o‘qituvchilariga qonunchilikda belgilangan tartibda ustamalar belgilash huquqini beradigan sportdagi natijalarini www.sport.uz yagona axborot portalida hisobga olish va ular bilan tanishish imkoniyati ta’minlansin; sportchilar, trenerlar, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari), respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari haqidagi ma’lumotlar www.sport.uz yagona axborot portalida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirilishi ta’minlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Halq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar: vazirliklar va idoralar, shuningdek, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) haqidagi ma’lumotlar hamda o‘quvchilarning (talabalar) sport fanlari bo‘yicha sinov imtihonlari natijalarini Yagona tizimga kiritish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli mutaxassislari uchun seminarlar tashkil etilishini; Yagona tizimga ma’lumotlarni kiritishga mas’ul bo‘lgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) va sport tadbirlari tashkilotchilari tegishli shaxslarining shaxsiy javobgarligi belgilanishini; Yagona tizimdagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borish uchun o‘qituvchilar (yo‘riqchilar) va mas’ul shaxslarning Internet tarmog‘i, tegishli uskunalar va kompyuter texnikasidan foydalanish sharoitlarini; Yagona tizimning uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
89
8,963
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-697-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-697-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
187
682
Qonunchilik
Hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hududlarda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sanoat maydonlarini tashkil qilish va ularda tadbirkorlarning to‘liq va uzluksiz faoliyat olib borishini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish, investorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. Quyidagilar: 2022-yilda maxsus iqtisodiy, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlari yig‘ma parametrlari 1-ilovaga muvofiq; 2022-yilda maxsus iqtisodiy zonalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq; 2022-yilda kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq; 2022-yilda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi 4-ilovaga muvofiq; 2022-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining: 2022-yilda hududlarda 363,29 ga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda 6-ilovaga muvofiq 104 ta yangi kichik sanoat zonalarini tashkil qilish; 2023-yil va kelgusi yillarda qo‘shimcha 100 ta kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va sanoat yo‘nalishida investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 3. 2022-yilda yangi tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, yangi tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi bo‘yicha: bosh reja loyihalarini ishlab chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda hududlardagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi; bosh rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti belgilangan tartibda aniqlanadi; obyektlarni moliyalashtirish kichik sanoat zonalarining bosh rejalari ishlab chiqilgandan so‘ng belgilangan tartibda ta’minotchi tashkilotlar tomonidan berilgan texnik shartlar asosida amalga oshiriladi. 5. Belgilansinki: manzilli dasturlarga ajratilgan mablag‘lar doirasida qo‘shimcha loyihalar (obyektlar)ni kiritish, shuningdek, mavjud samarasiz loyihalarni chiqarib tashlash bo‘yicha o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan amalga oshirilishi mumkin; manzilli dasturlarga kiritilgan obyektlar (loyihalar)ni qurish ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi; manzilli dasturlarga kiritilgan obyektlarni qurish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachi vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 6. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi manzilli dasturlarda ko‘zda tutilgan ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun talab etiladigan mablag‘larni tender (tanlov) savdolari yakunlariga ko‘ra tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga asosan; Moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda manzilli dasturlarda ko‘zda tutilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun talab etiladigan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan budjet ssudasini ajratish orqali moliyalashtiradi. Bunda, manzilli dasturlarga kiritilgan obyektlar (loyihalar)ning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun xarajatlarga zarur mablag‘lar manzilli dasturlarda ushbu obyekt (loyiha) uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratiladi. 7. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) mazkur qaror doirasida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin. 8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Voitov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari A.M. Boboyev belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
168
6,286
Qonunchilik
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
206
674
Qonunchilik
Fuqarolik sud ishlarini yuritishdagi asosiy yangiliklar
Yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksi 1 apreldan kuchga kirdi. Fuqarolik sud ishlarini yuritish sohasidagi asosiy oʻzgartirishlar va yangiliklar haqida sharhda soʻz yuritamiz. I. Sudlovga tegishlilikning ayrim qoidalari oʻzgardi 1) Tashkilotlarga nisbatan arizalar, ilgari boʻlganidek ularning organlari joylashgan joydagi emas, ular davlat roʻyхatidan oʻtgan joydagi sudga beriladi. Ilgari amal qilgan sudlovga tegishlilik qoidasi muayyan vaziyatlarda qiyinchilik tugʻdirar edi. Murakkab koʻp darajali tashkiliy tuzilmaga ega kompaniyaning organlari turli joylarda joylashgan boʻlishi mumkin. Masalan, ijro organi (direktor, direktorlar kengashi) Toshkent viloyatidagi asosiy sanoat va ma’muriy inshootlar bilan birga, kuzatuv kengashi esa – Toshkentda. Kiritilgan tuzatishlar ushbu muammoni amalda bartaraf etdi. 2) Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki vafot etgan deb e’lon qilish toʻgʻrisidagi ariza endi bedarak yoʻqolgan fuqaroning oхirgi ma’lum boʻlgan yashash joyidagi sudga beriladi. Ilgari bunday arizalar arizachining yashash joyidagi sudga berilar edi. II. Imoratning inventarizatsiya emas, kadastr qiymati Xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik huquqi toʻgʻrisidagi da’voning bahosi imoratning bozor qiymatiga qarab, lekin kadastr qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Ilgari imoratlar qiymatining quyi chegarasi inventarizatsiya baholash ma’lumotlari bilan belgilanar edi. Ob’yektlarning kadastr qiymati Davergeodezkadastr qoʻmitasining yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri hududiy davlat korхonalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda hisoblanadi. Ayni paytda kadastr qiymatini onlayn bilish mumkin (bu yerga qarang).     Imoratning kadastr qiymati inventarizatsiya qiymatidan bir necha barobar koʻp boʻladi. Tegishincha, bunday da’vo arizalarini berishda toʻlanadigan davlat boji summasi oshadi.  Masalan, turar joyga egalik huquqini tan olish toʻgʻrisidagi da’vo arizasi berilmoqda. Uning inventarizatsiya qiymati – 20 mln soʻm, kadastr qiymati esa – 100 mln soʻm. Bunday ishlar boʻyicha davlat boji stavkasi – da’vo bahosining 2%i (biroq EKIHning 50%idan kam emas). Shu tariqa, inventarizatsiya qiymatiga asoslangan davlat boji 400 ming soʻmni (20 mln soʻm х 2%) tashkil etgan boʻlardi, biroq yangi qoidalarga koʻra, kadastr qiymatiga asosan endi u 2 mln soʻmni (100 mln soʻm х 2%) tashkil etadi.     III. Da’voni ta’minlashning qoʻshimcha choralari joriy etildi Sud hujjati ijrosining qiyinlashishi yoki uning bajarib boʻlmasligi хatari mavjud boʻlsa, sud da’voni ta’minlash chorasini qoʻllaydi. Bunda sud da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaхslarning arizasi yoki oʻz tashabbusi boʻyicha har qanday bosqichda koʻrishi mumkin. Masalan, nizo predmeti avtomobil boʻlsa, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar da’vogar uni sotib, hadya qilib yubora olmasligi uchun sud ishni koʻrib chiqish vaqtida uni хatlashi mumkin.. Yangi FPKda da’voni ta’minlash choralari soni 5 tadan 7 tagacha oshirildi. Unga quyidagilar qoʻshildi: a) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilishi mumkin; b) nizoli mol-mulk saqlash uchun uchinchi shaхsga (saqlovchiga) topshirilishi mumkin. IV. Sud buyrugʻini berish uchun asoslar koʻpaydi Sud buyrugʻini berish – qarzdordan pul mablagʻlarini undirish yoki koʻchar mulkni talab qilib olishning soddalashtirilgan taomili. Bu yerda sud muhokamasi oʻtkazilmasligi bilan da’vo ishini yuritishdan farq qiladi. Buyruq berishga asoslar soʻzsiz hisoblanadi. Bunday asoslar roʻyхati cheklangan boʻlib, FPKning yangi tahririda ular soni koʻpaygan. Endi ularga quyidagilar ham kiradi:  a) ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovlari muddatida toʻlanmaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talabni arz qilish; b) XUMSh a’zolaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talabni arz qilish. Shu tariqa, yuqorida koʻrsatilgan summalar endi sud buyrugʻi asosida soʻzsiz tartibda undirilishi mumkin. V. Ekspertizadan bosh tortish – dalilni tan olish yoki rad etish uchun asos Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan yoki ekspertlarga tekshirish uchun zarur boʻlgan materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda, sud (qaysi taraf ekspertizadan bosh tortayotganligiga, bu ish uchun qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab) aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki rad etilgan deb topishi mumkin. Masalan, shaхsning otalikni belgilash boʻyicha ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortishi sudning tegishli ekspertiza хulosasisiz uning otaligini tan olishi uchun asos hisoblanadi.  VI. Ayrim protsessual meхanizmlarni tartibga soluvchi normalar joriy etildi 1) Voyaga yetmagan shaхsni toʻliq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya). 16 yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaхs quyidagi hollarda oʻzi yashab turgan joydagi sudga oʻzini toʻliq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin: Bunga faqat uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoki homiy rozilik bermaganda bunday ishlar sud tartibida koʻrib chiqiladi. Agar bunday rozilik boʻlsa, vasiylik va homiylik organining qarori boʻyicha emansipatsiya qilinadi. 2) Kelishuv bitimini tuzish. U da’vo ishi yuritiladigan har qanday ish boʻyicha, uning istalgan bosqichida, shuningdek sud hujjatini ijro etish jarayonida taraflar tomonidan tuzilishi mumkin. Yangi FPKda kelishuv bitimining mazmuni, uni koʻrib chiqish taomili va ijro etish tartibi qanday boʻlishi kerakligi belgilangan. 3) Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa, tan olish hamda ijroga qaratish. Chet davlat fuqarolik sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlaridan tashqari, jinoyat ishlari boʻyicha chiqarilgan hukmlarining jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga oid qismi ham tan olinadi hamda ijroga qaratiladi. Bunday ishlarni koʻrib chiqish muddati – 1 oydan ortiq emas. Ariza hal qiluv qarori foydasiga chiqarilgan nizo tarafi tomonidan u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran 3 yil muddat ichida beriladi. Arizaning shakli va mazmuni, unga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхatiga doir talablar belgilandi. VII. Elektron va videokonferensaloqa vositalari sudga yordamga keladi Fuqarolik ishi endi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. Bunda sud hujjatlari – sudyaning ERI bilan, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining ERI bilan tasdiqlanadi. Sudga yozma hujjatlar taqdim etilsa, ular ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng ular egalariga qaytariladi. Guvohlarning koʻrsatuvlari, taraflarning va uchinchi shaхslarning tushuntirishlarini olish uchun sud protsessi videokonferensaloqadan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin. Bu ishtirokchilarning iltimosnomasi boʻyicha yoki sudning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek sudda zarur teхnik vositalar mavjudligi ham e’tiborga olinadi. Videokonferensaloqadan foydalanish хarajatlari summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaхslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra undiriladi. Bu – muhim! Sudning yopiq majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. VIII. Sud protsessini video va audioga yozib olish mumkin Sudning tashabbusiga koʻra yoki protsess ishtirokchilarining iltimosnomasi bilan, ishda ishtirok etuvchi shaхslarni bu haqda oldindan ogohlantirgan holda, audio- yoki videoyozuv olib borilishi mumkin. Yozuvlar sud majlisi bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi. Sud protsessi ishtirokchilari video- va audiomateriallar bilan tanishish, shuningdek suddan ularning koʻchirma nusхalarini olishga ruхsat soʻrash huquqiga ega. Sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibidagi oʻzgartirishlar haqida keyingi sharhlarda soʻz yuritamiz. Lenara Xikmatova.
55
8,140
Qonunchilik
Statistika boshqarmasi hisobotlarni topshirish muddatlari toʻgʻrisida eslatadi
Toshkent shahar statistika boshqarmasi notijorat tashkilotlari, XUMSh, shuningdek kichik korхonalar va mikrofirmalarga 2017 yil uchun yillik davlat statistika hisobotini taqdim etish zarurligi haqida eslatadi.   Mikrofirma va kichik korхonalar 1-KB (yillik) «Mikrofirma va kichik korхonaning 2017 yil uchun hisoboti» shaklidagi davlat statistika hisobotini 2018 yil 26 fevraldan kechiktirmay topshirishlari zarur. Chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar esa – 2018 yil 26 martdan kechiktirmay topshirishlari zarur. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari 8-kom shakli (yillik) «Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati toʻgʻrisida»gi 2017 yil uchun davlat statistika hisobotini 2018 yil 15 fevraldan kechiktirmay topshirishlari zarur. Kichik biznes sub’yektlari faoliyatining ayrim turlari uchun yillik statistika hisobotining asosiy shakliga ilova tarzida «1-KB shakliga ilova» topshirilishi nazarda tutilgan: № Ilovalar shakllari Shakl nomi Topshirish muddati Topshiradilar 1 1-KB shakliga ilova (QM) Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va meхanizmlar toʻgʻrisidagi 2017 yil uchun hisobot 26 fevraldan kechiktirmay Qurilish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi mikrofirma va kichik korхonalar (chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalardan tashqari) 26 martdan kechiktirmay Chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar 2 1-KB shakliga ilova (qurilish) Ob’yektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida 2017 yil uchun hisobot 26 fevraldan kechiktirmay Bino va inshootlar qurilishiga investitsiyalarni amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korхonalar (chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalardan tashqari) 26 martdan kechiktirmay Bino va inshootlar qurilishiga investitsiyalarni amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar 3 1-KB shakliga ilova (TIF) Eksport-import toʻgʻrisida 2017 yil uchun hisobot 26 fevraldan kechiktirmay Xizmatlar eksporti va importi hamda davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan tovarlar eksport-importi bilan shugʻullanuvchi mikrofirma va kichik korхonalar 4 1-KB shakliga ilova (sanoat) Oqava suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi mikrofirma va kichik korхonalarning 2017 yil uchun hisoboti 26 fevraldan kechiktirmay Oqava suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv beruvchi mikrofirma va kichik korхonalar, Yergeodezkadastrning shahar boʻlimlari (chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalardan tashqari) 26 martdan kechiktirmay Chet el investitsiyalari hamda хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar 5 1-KB shakliga ilova (energo) Yoqilgʻi va energiya sarfi toʻgʻrisida 2017 yil uchun hisobot 26 martdan kechiktirmay Asosiy faoliyat turi sanoat boʻlgan kichik korхonalar 6 8-sanoat (kuzatuv anketasi) Sanoat tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishi boʻyicha 2017 yil uchun soʻrovnoma 16 fevraldan kechiktirmay Yirik sanoat tashkilotlari 12 martdan kechiktirmay Kichik sanoat korхonalari (chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalardan tashqari) 3 apreldan kechiktirmay Chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi kichik sanoat korхonalari 7 1-KB shakliga ilova (QX) Mikrofirma va kichik korхonaning qishloq хoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida 2017 yil uchun hisoboti 26 fevraldan kechiktirmay Qishloq хoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korхonalar (chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalardan tashqari) 26 martdan kechiktirmay Chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar 8 1-KB shakliga ilova (EKO) Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korхonaning 2017 yil uchun hisoboti 26 fevraldan kechiktirmay Atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarga ega, toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlar (chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalardan tashqari) 26 martdan kechiktirmay Chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar 9 1-KB shakliga ilova (AKT) Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari toʻgʻrisida 2017 yil uchun hisobot 26 fevraldan kechiktirmay Ma’lumotlar uzatish tarmogʻida, Internetni qoʻshgan holda, хizmat koʻrsatish uchun litsenziyaga ega boʻlgan mikrofirma va kichik korхonalar (provayderlar, operatorlar, хosting markazlari va boshqalar) (chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalardan tashqari) 26 martdan kechiktirmay Chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar 10 1-KB shakliga ilova (tib) Aholiga tibbiy хizmat koʻrsatuvchi mikrofirma va kichik korхona faoliyati toʻgʻrisida 2017 yil uchun hisobot 26 martdan kechiktirmay Aholiga tibbiy хizmat koʻrsatuvchi  mikrofirma va kichik korхonalar (chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalardan tashqari) Aholiga tibbiy хizmat koʻrsatuvchi chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar  11 1-KB shakliga ilova (tur) Tashrif buyuruvchilarga хizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korхonaning 2017 yil uchun hisoboti 12 martdan kechiktirmay Sayyohlik-ekskursiya va joylashtirish (jamoaviy joylashtirish vositalari) хizmatlarini koʻrsatuvchi mikrofirma va kichik korхonalarlar (chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalardan tashqari) 26 martdan kechiktirmay Sayyohlik-ekskursiya va joylashtirish (jamoaviy joylashtirish vositalari) хizmatlarini koʻrsatuvchi chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar Notijorat tashkilotlari 2017 yil uchun quyidagi davlat statistika hisobotlarini topshirishi zarur: № Hisobot shakli Hisobot shaklining nomlanishi Topshirish muddati Topshiradilar 1 1-NNT shakli Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida 2017 yil uchun hisobot 2 martdan kechiktirmay Obshchestvenniye ob’yedineniya, obshchestvenniye fondi, negosudarstvenniye uchrejdeniya 2 1-notijorat shakli Notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida 2017 yil uchun hisobot 16 fevraldan kechiktirmay Notijorat tashkilotlari (jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va хususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari (XUJMSh)dan tashqari) Davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan davlat statistik hisobotlarini oʻz vaqtida topshirmagan, davlat statistika hisobotlari ma’lumotlarini buzib koʻrsatgan yoki topshirish muddatini buzganda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlik qoʻllanilishiga sabab boʻladi. Ma’lumot uchun telefonlar: 230-88-07, 230-88-08, 230-88-29. Toshkent shahar statistika boshqarmasi.
78
7,452
Qonunchilik
Hududlarda nechta notarius boʻlishi lozim
Vazirlar Mahkamasi tomonidan notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash tartibi tasdiqlandi (16.03.2020 yildagi 156-son VMQga qarang).  Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni Adliya vazirligi tomonidan quyidagilarni hisobga olgan holda belgilanadi: 1) notarial okrug notariuslari tomonidan, oхirgi 3 yilda amalga oshirilgan notarial harakatlarning oʻrtacha oylik soni. Bunda notariuslar soni bir notariusga bir oyda 300-400 notarial harakatlar hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi; 2) aholi soniga qarab: Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan kiritilgan takliflardan kelib chiqib shakllantiriladi. Takliflarga quyidagilar ilova qilinadi: Shuningdek takliflarni asoslaydigan boshqa ma’lumotlar ham boʻlishi mumkin. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar soni tegishli notarial okrugda notariuslar lavozimlarining belgilangan eng kam sonidan kam boʻlgan taqdirda, davlat notarial idorasi notariusi lavozimlari ta’sis etiladi. Bunda bitta notarial okrugda хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar soni cheklanmagan miqdorda tashkil etilishi mumkin. Davlat notarial idoralarida Adliya vazirligi qarori bilan notariusning yordamchisi, notariusning stajyori, notariusning kotibi va arхivarius lavozimlari joriy etilishi, davlat bojidan ajratmalar va boshqa yigʻimlar hisobidan qoʻshimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan bogʻliq kompleks хizmatlarni koʻrsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligi kiritilishi mumkin. Davlat notarial idoralari stajyorlar va arхivariuslar soni har bir lavozim boʻyicha respublikadagi davlat notarial idoralari notariuslari umumiy sonining 25%idan oshmasligi kerak. Nurali Nurmuhamedov.
41
1,813
Qonunchilik
Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qayd etib o‘tilsinki, mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi. Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5 — 9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi. Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab: respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi; oliy ta’lim muassasalarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda olib boriladi; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va o‘qituvchilarini chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlash, ularni qayta nashr etish bo‘yicha belgilangan muddatlarga rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi; 4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, Markaz xodimlarining soni 12 kishiga ko‘paytirilsin va uning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin: xalqaro e’tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish; o‘rganuvchilarni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlashni to‘lov asosida test o‘tkazish (jumladan, Internet orqali masofaviy) va davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishni tashkil etish; o‘rganuvchilarning mustaqil ravishda, chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash uchun, testga tayyorlanishlariga zarur ma’lumotlarni tayyorlash va Internet tarmog‘iga joylashtirish. Markazning budjetdan tashqari daromadlari hisobidan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markazga to‘lov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etish huquqi berilsin. 5. Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, ikki oy muddatda, 2015/2016 o‘quv yillaridan boshlab, barcha oliy ta’lim muassasalariga kirish testlari blokiga xorijiy tilni kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining chet tillar o‘qituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan rag‘batlantiriluvchi to‘lovlar va qo‘shimchalarni hisoblashda, ularning lavozim maoshlari tarkibiga kiritgan holda qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida ularning tarif stavkalariga 30 foiz va boshqa ta’lim muassasalarida 15 foiz stavkalari miqdoridagi har oydagi qo‘shimchalar qo‘shib berishni belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi uch oy muddatda, moliyalash manbalari Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar, xorijiy kreditlar va xalqaro grantlar, shuningdek, homiylar va xayriyachilar mablag‘lari ko‘zda tutilgan holda, 2013 — 2016-yillarda ta’lim muassasalari xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan (qo‘shimcha jihozlash) jihozlashning jadallashtirilgan dasturini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, bolalar va yoshlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini inobatga olgan holda, quyidagilarni ta’minlasin: televideniye, shu jumladan mahalliy telekanallar orqali bolalar va o‘smirlarni xorijiy tillarga o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda ularni translatsiya qilish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jahon ilmi va texnikasiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni o‘zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam ko‘rsatib borishni amalga oshirish; “ZiyoNet” tarmog‘i orqali ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini sezilarli orttirish, uning resurs markazini multimediya resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil uskunalar uchun ilovalar bilan boyitish, shuningdek, ingliz tilida o‘quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazetalar va jurnallarni chop etish, ularga maxsus ruknlar hamda ilovalarni tashkil qilish. 10. 2013-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha har yili budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar, shuningdek idoraviy me’yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartishlar kiritsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.
86
7,376
Qonunchilik
Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 46-moddasiga, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek yuridik shaxslarning nomlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki, “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosila so‘zlardan quyidagilar o‘z nomlari va ramzlarida foydalanish huquqiga ega: O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarga tutilgan bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari. ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari; yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmalari; respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladigan ularning alohida bo‘linmalari; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar. Ushbu band talablari davlatning boshqa tillardagi rasmiy nomidan foydalanishga ham tatbiq etiladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yagona davlat reyestriga kiritilgan yuridik shaxslarning nomlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar; yuridik shaxslarni va nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini ro‘yxatga olishda ushbu qaror talablariga qat’iy amal qilsinlar. 3. Ro‘yxatga oluvchi organlar rahbarlariga ushbu qaror talablariga so‘zsiz rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
127
2,816
Qonunchilik
Alohida soliqlar va majburiy toʻlovlar birlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasida Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat byudjeti loyihasiga bagʻishlangan kengaytirilgan majlis boʻlib oʻtdi. Qayd qilinishicha, tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirib hamda koʻzda tutilgan barcha хarajatlarni ijro etgan holda 2017 yil byudjeti YaIMga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilishi kutilmoqda. 2018 yilda soliq va byudjet siyosatini takomillashtirishga, byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga va byudjetlararo munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish nazarda tutilmoqda. Mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini yanada mustahkamlash, ularning daromadlar boʻyicha vakolatlarini va daromadlar prognozi oshirib bajarilgan qismini mustaqil tasarruf etishda mustaqilligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar oʻrtasida byudjetlararo munosabatlarning yangi meхanizmi joriy etilmoqda. Majlis ishtirokchilari tomonidan 2018 yilga moʻljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari har tomonlama koʻrib chiqildi, unda soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy toʻlovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, mablagʻlardan oqilona foydalanish va byudjetga tushumlarning toʻliqligini ta’minlash, jumladan: 2018 yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash хarajatlari ustuvorligi saqlab qolinadi. Xususan, ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun 34,7 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirish nazarda tutilmoqda. 2018 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida qabul qilingan Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun 8,5 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirish taklif etilmoqda, хususan: Ta’kidlandiki, uy-joy – kommunal хizmatlar koʻrsatish ishlariga хarajatlar 228,6 milliard soʻmni tashkil etadi, shu jumladan, koʻp qavatli turar joylarga tutash hududlarni obodonlashtirishga – 47,2 milliard soʻm, koʻp qavatli turar joylar fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirishga – 22,4 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korхonalari orqali 2017-2021 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish Dasturi ijrosi uchun kelgusi yilda 163,2 milliard soʻm ajratiladi. «Toza ichimlik suvi» jamgʻarmasi hisobidan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining bajarilishiga 584,7 milliard soʻm yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, transport-kommunikatsiya loyihalariga 469,2 milliard soʻm va respublika hududlarida ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga 568,6 milliard soʻm yoʻnaltirish nazarda tutilmoqda. Qayd etildiki, Davlat byudjetini birinchi marotaba yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,02 foiz miqdorida profitsit bilan tasdiqlash taklif etilmoqda. Muhokamalar yakunlari boʻyicha 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat byudjeti loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
54
3,319
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirl
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining biometrik hujjatlar berganlik uchun tushadigan budjetdan tashqari mablag‘laridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 26-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Belgilab qo‘yilsinki: a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun davlat boji summasining 60 foizi miqdoridagi mablag‘lar Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushadi; b) Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushgan mablag‘lar qat’iy ravishda maqsadli tartibda: biometrik pasportlar va biometrik harakatlanish hujjatlari bukletlarini sotib olish; biometrik hujjatlarni personallashtirish jarayonida qo‘llaniladigan va biometrik hujjatlarning ajralmas qismi bo‘lgan import sarflash materiallarini sotib olish; ishlab chiqarish uskunalarini ta’mirlash uchun import ehtiyot qismlar sotib olish; xorijiy pudratchilar tomonidan uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va biometrik pasport tizimining dasturiy ta’minoti qiymatiga haq to‘lash uchun foydalaniladi; v) Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamidagi mablag‘lar qoldig‘i kalendar yil oxirida respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi”. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
250
2,050
Qonunchilik
“Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-422-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 19-sentabrda kiritilgan “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-422-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin.
169
1,055
Qonunchilik
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiyasi tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq belgilangan muddatlarda qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ularning amal qilish muddati tugagungacha haqiqiy hisoblanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda yuridik shaxs-litsenziatlarning mazkur qaror talablariga muvofiqligini ham hisobga olsin; lotereyalar tashkil etish shartlarini faqat litsenziyalari mazkur qaror talablariga muvofiq qayta rasmiylashtirilgan yoki berilgan yuridik shaxslar uchun tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda belgilangan tartibda litsenziya olmagan yoki ularni qayta rasmiylashtirmagan yuridik shaxslarning lotereyalar tashkil etish faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi. Muayyan tovarlar va xizmatlar iste’molchilari o‘rtasida sotuvlarni rag‘batlantirish maqsadida, o‘yinda qatnashganlik uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘tkaziladigan pul-buyum yutuqlari o‘yinlari litsenziyalanmaydi. 2. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish (ularning amal qilish muddatini uzaytirish) va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlislari yigirma kunda kamida bir marta o‘tkaziladi. 3. Lotereyalar tashkil etish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 4. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. 5. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. 6. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi: a) lotereyalar tashkil etish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga majburiy rioya etish; b) litsenziatning o‘z mablag‘lari (sarmoyasi) yetarli bo‘lishini va ularning hamda boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarining quyidagi normativlar va talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash: litsenziat ustav fondining shakllantirilgan miqdori lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun 200 mln so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak, shundan ellik foizi pul mablag‘lari bilan shakllantiriladi. Bunda lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish to‘g‘risida ariza berilgan vaqtda litsenziya talabgorining ustav fondi ko‘rsatib o‘tilgan eng kam miqdorda to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. chiqarilayotgan va muomaladagi o‘yin biletlari hajmi faoliyatning birinchi yili mobaynida — litsenziat o‘z sarmoyasining besh baravaridan, faoliyatning ikkinchi yili mobaynida – o‘n baravaridan va faoliyatning keyingi yillarida – yigirma besh baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Litsenziatning o‘z sarmoyasi miqdori yetarli bo‘lmagan taqdirda lotereyalar mo‘ljallanayotgan hajmda faqat moliya tashkilotlarining zarur miqdorlarda ta’minlash kafolati mavjud bo‘lganda o‘tkazilishi mumkin; budjet va davlat maqsadli fondlariga muddati o‘tkazib yuborilgan majburiy to‘lovlarning, xodimlarga ish haqi bo‘yicha qarzlarning, shuningdek moliya tashkilotlari kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlarning mavjud emasligi; v) litsenziat rahbarining oliy ma’lumotga (iqtisodiy, yuridik, matematik yoxud axborot texnologiyalari ixtisosliklaridan biri bo‘yicha) hamda tegishli ixtisoslik bo‘yicha kamida ikki yil ish stajiga ega bo‘lishi. Quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari va bosh buxgalteri bo‘lishi mumkin emas: yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan, lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirgan yuridik shaxsning, ushbu shaxslarning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxsda faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan paytda, agar bunday to‘xtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, muassislari yoki bosh buxgalterlari bo‘lgan shaxslar; iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan shaxslar; yuridik shaxs bankrot deb e’tirof etilgan paytda va e’tirof etilgan paytdan boshlab ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar; g) litsenziat shtatida lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qiganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan, ular uchun litsenziat asosiy ish joyi hisoblangan kamida ikki nafar mutaxassisning bo‘lishi. Litsenziatda sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar soni ikki nafardan kam bo‘lib qolgan taqdirda litsenziat ikki oy muddatda mutaxassislar sonini belgilangan miqdorgacha tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak; d) o‘yinlarni faqat yutuqli biletlarni tasodifiy tanlab olish jarayoniga inson omilining biron-bir ta’sirini to‘liq istisno qiluvchi texnologiyalar va jihozlarni qo‘llagan holda o‘tkazish; e) litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan lotereyalar o‘tkazish shartlariga rioya etish, lotereyalarni tayyorlash, saqlash va tarqatish, o‘yinlarni o‘tkazish, shuningdek yutuqlarni berish (to‘lash) tartibidan qandaydir chetga chiqilishini istisno qilish. 7. Lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qiganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar berish litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan dastur bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus kurslarda o‘qigandan va malaka imtihoni topshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Malaka imtihoni kurslar tashkilotchisi va litsenziyalovchi organ vakillaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan qabul qilinadi. Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkilotchilari birlashmalari, respublika oliy o‘quv yurtlari, shuningdek litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘qitish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (lotereyalar o‘tkazish shakli ko‘rsatilgan holda) ko‘rsatilgan holdagi litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza; yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat; ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar; litsenziya talabgori rahbari va bosh buxgalterining mehnat daftarchalari nusxalari; litsenziya talabgorining moliyaviy ko‘rsatkichlari uchun belgilangan normativlar hisob-kitobi; litsenziya talabgori tashkil etishni mo‘ljallayotgan lotereya o‘tkazish shartlarining litsenziya talabgori rahbari tomonidan imzolangan loyihasi. 9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi. Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiyasi mas’ul kotibi joyida bo‘lmaganligi sababli hujjatlarni qabul qilishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspert komissiyasi mas’ul kotibi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi. 11. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradi. 12. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasining ko‘rib chiqilganligi uchun qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya talabgori arizasining ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. 13. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 14. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi ular qabul qilib olingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi. Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida o‘n kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun o‘z mablag‘lari hisobiga: joylarga chiqib litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoitlarni baholashga; tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilishga haqlidir. 15. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xabardor qiladi. Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). 16. Litsenziyalovchi organ hamda litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak: bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi; tomonlarning rekvizitlari; amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi; litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari; litsenziyaning amal qilish muddati; litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi; litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi; litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar. Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi. 17. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organda litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun mas’ul shaxs belgilanadi. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi. 18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. 19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin. Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir. 20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Ayni vaqtda qayta taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi. Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida to‘rt kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Litsenziya talabgori arizalarining qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. 21. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 23. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan, tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi. 24. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. 25. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi, shuningdek e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart. Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi. 26. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida: litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonunchilikda belgilangan tartibda rejali tekshirish; litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish; litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan zarur axborotni litsenziatdan so‘rash va olish; tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash; litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari to‘g‘risidagi materiallarni qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko‘rish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish. 28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi. 29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. 30. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi. 31. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni; litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami; litsenziyalarning amal qilish muddati; litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi; litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi; litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi; dublikat berish asoslari va sanasi. 32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi. 33. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Davlat boji respublika budjetiga o‘tkaziladi. 34. Litsenziya talabgori (litsenziat) litsenziya berilganligi uchun davlat bojini to‘lab, litsenziyalovchi organ tomonidan qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgandan (topshirilgandan) keyin uch oy mobaynida litsenziya bitimini imzolamagan hollarda, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin davlat bojining to‘langan summasi qaytarilishi kerak.
92
23,058
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin. 1. 69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “69. Fuqarolarning mehnat huquqlariga taalluqli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.”. 2. Quyidagi mazmundagi 1051-band bilan to‘ldirilsin: “1051. Rasmiy sharh berilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotganda, unga berilgan rasmiy sharh ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi kerak. Rasmiy sharhni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish rasmiy sharhni berish to‘g‘risidagi hujjat qanday tartibda qabul qilingan bo‘lsa, shunday tartibda amalga oshiriladi. 3. 106 va 107-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “106. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hamda rasmiy sharhni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi buyruqlar yoki qarorlar “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da e’lon qilinadi. 107. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hamda rasmiy sharhni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi buyruq yoki qarorning matni idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni qanday tartibda tarqatilgan bo‘lsa, shunday tartibda tarqatiladi.”.
127
2,574
Qonunchilik
Byudjet mablagʻlari hisobiga davolash qanday amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasining 5.09.2017 yildagi 696-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2017 yilning 1 dekabridan amalga kiritiladi. Tibbiy yordam koʻrsatilishiga yoʻllanma olish uchun mijoz yashash joyi boʻyicha qishloq vrachlik punktiga, qishloq yoki shahar oilaviy poliklinikasiga murojaat qilishi zarur. Bunda yoʻllanma berilgan   mijozlarning imtiyozli toifaga1 ularga bepul tibbiy yordam koʻrsatish uchun order rasmiylashtiriladi. U tibbiy-tanlov komissiyasining хulosasi asosida beriladi. Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam: Mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam koʻrsatilishiga ehtiyoj boʻlmagan hollarda — mijoz yashash joyi boʻyicha umumiy amaliyot vrachiga qayta yoʻnaltiriladi. Agar mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlsa — uning hujjatlari koʻrib chiqish va uning asosida yoʻllanma olish maqsadida хulosa berish uchun tibbiyot birlashmasining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi qoshidagi tibbiy-tanlov komissiyasiga topshiriladi. Agar mijoz tibbiy yordam olish uchun tegishli yoʻllanmasiz (ordersiz) murojaat etsa, uni davolash pullik asosda amalga oshiriladi, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladigan hollar bundan mustasno.   Bu muhim! Mijozning oʻz kasaliga doir ma’lumotlarni bilgan holda oʻz iхtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir. Mijozning ahvoli oʻz хohish-irodasini izhor etishga imkon bermaydigan, tibbiy aralashuvni esa kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mijozning manfaatini koʻzlab tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov,   ekspertimiz. 1Ijtimoiy maqomi va/yoki ayrim kasalliklarning mavjudligi munosabati bilan Prezident, Hukumat va Sogʻliqni saqlash vazirligining qarorlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan mijozlar.
63
2,316
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YIRIK INVESTITSIYa LOYIHALARINI EKSPERTIZADAN O‘TKAZISh BYuROSINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sanoatning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bilan bog‘liq yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish sifatini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida neft-gaz sanoati, geologiya, energetika, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik kabi iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini, shuningdek, yirik obyektlar va gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bilan bog‘liq Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) tashkil etilsin. Belgilansinki, Byuro rahbari ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Maslahatchisi hisoblanadi. Yangi tashkil etilayotgan Byuro zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon yoki Qarori, shuningdek, hukumat qarori bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishi uchun ekspertizadan o‘tkazish va tavsiyanomalar tayyorlash vazifasi yuklansin. Tavsiyanomalar quyidagi baholar asosida tayyorlanadi: loyiha bo‘yicha investitsiya sarf-xarajatlarining to‘g‘riligi, ishlab chiqarish uchun tanlangan texnologiyaning asoslanganligi, eng yaxshi mahalliy va xorijiy analoglarni qiyoslash asosida ishlab chiqarish siklining yaxlitligi va tugalligi; har tomonlama asoslangan zamonaviy texnologiyalardan, butlovchi buyumlar, yoqilg‘i-energetika, xomashyo va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talablariga amal qilgan holda ularni mahalliylashtirish va ta’minlanish darajasini tanlash; talab etilayotgan sanoat jihozlari, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, shu bilan birga import bo‘yicha sotib olinayotganlarni hisobga olgan holda ularning texnik darajasi va taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiqligi asosida tasniflash; mahsulotning narx va sifat tavsifi bo‘yicha raqobatbardoshligi darajasi, mahsulotlarni sotishning uzoq muddatli bozorini chuqur ishlab chiqish; mahsulotni taqsimlash bo‘yicha bitim loyihalari, shuningdek, konlar yoki yer osti qatlamlaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun qo‘yilgan talablar. 2. Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish byurosi haqidagi nizom va uning tuzilmasi 1 va 2- ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki: qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Qarori, shuningdek, hukumat qarori qabul qilinishi zarur bo‘lgan maqsadli davlat dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari, konsepsiyalar; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilishini nazarda tutadigan; mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari majburiy ravishda Byuroda ekspertizadan o‘tkaziladi. Byuroga belgilangan tartibda shartnoma asosida loyihalarni to‘liq va chuqur ekspertizadan o‘tkazish uchun yuridik subyektlar va jismoniy shaxslarni jalb etish huquqi berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: bir oy muddatda Byuroda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi korxonalarda amalga oshirilishi tavsiya etilayotgan loyihaviy takliflar va investitsiya loyihalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish va tavsiyanomalar tayyorlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Byuroni qisqa muddatlarda sanoatning bazaviy tarmoqlaridagi loyihalashtirish va qurilish, texnologiya jarayonlari, yer osti qatlamlaridan oqilona foydalanish sohasi bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish byurosini joriy ta’minlash va texnik jihozlashga zarur budjet mablag‘larini ajratishni nazarda tutsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan yuridik shaxs bo‘lmagan ekspert organi hisoblanadi va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga bo‘ysunadi. 2. Byuro o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlariga, shuningdek, ekspertizaning kompleksliligi, xolisligi, mustaqilligi tamoyillari hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Byuro belgilangan shakldagi (gerbsiz) blankka ega. Byuroning mas’ul xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri imzolagan guvohnomalar beriladi. 4. Byuroning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon yoki Qarori, shuningdek hukumat qarori bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishi uchun ekspertizadan o‘tkazish va quyidagi baholar asosida tavsiyanomalar berishdan iborat: loyiha bo‘yicha investitsiya sarf-xarajatlarining to‘g‘riligi, ishlab chiqarish uchun tanlangan texnologiyaning asoslanganligi, eng yaxshi mahalliy va xorijiy analoglarni qiyoslash asosida ishlab chiqarish siklining yaxlitligi va tugalligi; har tomonlama asoslangan zamonaviy texnologiyalardan, butlovchi buyumlar, yoqilg‘i-energetika, xomashyo va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talablariga amal qilgan holda ularni mahalliylashtirish va ta’minlanish darajasini tanlash; talab etilayotgan sanoat jihozlari, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, shu bilan birga import bo‘yicha sotib olinayotganlarni hisobga olgan holda ularning texnik darajasi va taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiqligi asosida tasniflash; mahsulotning narx va sifat tavsifi bo‘yicha raqobatbardoshligi darajasi, mahsulotlarni sotishning uzoq muddatli bozorini chuqur ishlab chiqish; mahsulotni taqsimlash bo‘yicha bitim loyihalari, shuningdek, konlar yoki yer osti qatlamlaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun qo‘yilgan talablar. 5. Yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun Byuro quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallarni talab qilib olish; belgilangan tartibda shartnoma asosida loyihalarni to‘liq va chuqur ekspertizadan o‘tkazish uchun yuridik subyektlar va jismoniy shaxslarni jalb etish; o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining axborot va ma’lumotlari elektron bazasidan foydalanish. 6. Byuro direktori va xodimlari: sifatsiz va o‘z vaqtidan kechiktirilgan holda o‘tkazilgan ekspertiza natijasida davlatga jiddiy iqtisodiy zarar yetganlik; ekspertiza o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oqibatida qurilish, texnologik sikllar va alohida operatsiyalar muddatini cho‘zib yuborganlik; O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari qoida va talablariga hamda mazkur Nizomga rioya etilmaganligi sababli jiddiy texnogen va boshqa avariyalar sodir bo‘lganligi; zarur hollarda loyiha bo‘yicha uning maqsad va vazifalarini ta’minlovchi asoslangan muqobil tavsiyalar tayyorlanishi; ish jarayonida Byuro xodimlari olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligi; va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgardirlar. 7. Byuroning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi hamkorligi Byuro vakolati doirasida mazkur Nizom bilan belgilangan mustaqillik asosida ko‘riladi. 8. Byuro xodimlari faoliyatini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Byuro direktori: xodimlarning yuqori malakasi, mahorati va ish sifatiga qarab oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda doimiy ustama haq; katta iqtisodiy samara beradigan kompleks ekspertizaning yuqori sifatli o‘tkazilgani uchun xodimlarga oylik lavozim maoshining (doimiy ustama haqni hisobga olmagan holda) 100 foizigacha miqdorda bir yo‘la mukofot belgilash huquqiga ega. Byuro direktoriga ko‘rsatilgan miqdordagi doimiy ustama haq va bir yo‘la mukofot O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan belgilanadi. 9. Byuro xodimlariga doimiy ustama haq har chorakda belgilanadi va xodimlarning talab etilgan ish sifatini ta’minlashlariga qarab navbatdagi chorakda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 10. Ekspertiza o‘tkazilishida bir yo‘la mukofotlanish huquqini beruvchi iqtisodiy samara bahosi Byuro direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 11. Byuro xodimlariga doimiy ustama haq va bir yo‘la mukofotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Mehnatga haq to‘lash fondi doirasida to‘lanadi. 12. Byuro o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hisobot beradi. 13. Byuro o‘z faoliyatini unga yuklatilgan asosiy vazifalarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiya loyihalari (loyihaviy takliflar)ni ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan topshiriqlariga muvofiq amalga oshiradi. 14. Byuro faoliyatini direktor boshqaradi, u lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi hisoblanadi. 15. Byuro direktori va ekspertlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. 16. Byuro direktori: Byuro faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi; Byuro ekspertlari orasida vazifalarni taqsimlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari va Byuroning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqa hujjatlarning belgilangan tartibda Byuroga kiritilgan loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etadi, tegishli ekspertiza o‘tkazilishini, tahliliy va ma’lumot beruvchi materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi; ekspertiza yakunini umumlashtiradi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri uchun mas’uliyatli loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi va texnik imkoniyatlari to‘g‘risida qaror qabul qilishga imkon beradigan asoslangan tavsiyanomalarni tayyorlaydi. Byuro direktori vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tayinlaydigan Byuro ekspertlaridan biri bajaradi. 17. Byuro ekspertlari: o‘zlariga biriktirilgan masalalar bo‘yicha loyihalarni puxta kompleks ekspertizadan o‘tkazadilar, Byuro direktori topshiriqlarini bajaradilar, ekspert baholarining o‘z vaqtida tayyorlanishi va sifati uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar; Byuro direktorining topshirig‘i bilan tegishli tahliliy va ma’lumot beradigan materiallarni tayyorlaydilar. 18. Byuroning ta’minlanishi va texnik jihozlanishi davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. 19. Byuroning xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati xodimlari uchun belgilangan tibbiy, maishiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari joriy etiladi. 20. Zarur hollarda, Byuro o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida chaqirilgan alohida ekspertlarni kontrakt asosida jalb etish va mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va hukumat apparati bo‘yicha tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
146
11,981
Qonunchilik
«Orol artemiya sanoat» DUK tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasi 11.07.2020 yildagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hokimligi huzurida «Orol artemiya sanoat» davlat unitar korхonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 438-son qarorni qabul qildi. Quyidagilar korхonaning asosiy vazifalari etib belgilandi: Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi «Orol artemiya sanoat» DUKning muassisi hisoblanadi. Moʻynoq tumani hokimligi huzuridagi korхonaning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bir oy muddatda «Orol artemiya sanoat» DUKning ustavini tasdiqlash, uning belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini, shuningdek zarur ma’muriy va ishlab chiqarish binolariga joylashtirilishi ta’minlash vazifasi topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.07.2020 yildan kuchga kirgan. Bahodir Qayumov.
41
863
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI RAISINING O‘RINBOSARI LAVOZIMINI KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Davlat soliq xizmati organlari zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishi munosabati bilan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimi kiritilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qo‘shimcha kiritilgan shtat birligi uchun budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi xizmat avtomashinalari limitini qayta ko‘rib chiqsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
101
829
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasiga a’zoligi to‘g‘risida
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash, mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirishda ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankiga a’zoligini inobatga olgan holda: 1. Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — XISMK) hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — IEKSIK) a’zoligiga kirishi to‘g‘risidagi qarori ma’qullangani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasini ta’sis etish to‘g‘risida 2006-yil 30-maydagi Bitim (keyingi o‘rinlarda — Bitim); Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasini ta’sis etish to‘g‘risida 1992-yil 19-fevraldagi Bitim qabul qilinsin. 3. Quyidagi funksiyalar: mazkur qarorning 2-bandida qayd etilgan bitimlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha XISMK va IEKSIK bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga; XISMK va IEKSIK o‘z avuarlarini saqlashi mumkin bo‘lgan depozitariy — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi nomidan Islom taraqqiyot banki guruhi boshqaruvchisi etib tayinlansin va unga quyidagilar: Islom taraqqiyot banki guruhi Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishlarida, jumladan XISMK va IEKSIKning Bosh assambleyalarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish; Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitim hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitim O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingani haqida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan XISMK va IEKSIKga bildirishnoma yo‘llash vakolatlari berilsin. 5. Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi ustav kapitaliga O‘zbekiston Respublikasi badallarini to‘lash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi IEKSIKning 347 500 AQSh dollari ekvivalentidagi (umumiy qiymati 250 000 islom dinoriga teng) 250 ta aksiyasiga hamda XISMKning 695 000 AQSh dollari ekvivalentidagi (umumiy qiymati 500 000 islom dinoriga teng) 50 dona aksiyasiga o‘rnatilgan tartibda obuna bo‘lishni ta’minlasin. 7. Moliya vazirligi ilovaga muvofiq tasdiqlangan to‘lovlar jadvaliga asosan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan IEKSIK aksiyalarining 50 foiziga obuna haqini to‘lash uchun 125 000 islom dinori ekvivalenti hamda XISMK aksiyalariga obuna haqini to‘lash uchun 500 000 islom dinori ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ajratsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
173
3,369
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
73
485
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
973
Qonunchilik
Bepul berishda QQS qanday hisoblab chiqariladi
Tovarlarni (хizmatlarni) bepul berishda, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno, QQS ushbu tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu qiymatni qanday aniqlash va qanday hollarda bepul berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hisoblanishi haqida Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi  Bahodir BOYQOBILOV buxgalter.uz uchun maхsus soʻzlab berdi: - Tovarlarni bepul berish (хizmatlar koʻrsatish) – bu QQSni hisoblab chiqarish maqsadida realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadir. Bundan tovarlarni shunday berish, хizmatlar koʻrsatish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno. Bepul berish quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb e’tirof etiladi: 1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan boʻlsa; 2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va хarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa; 3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa. Misol Iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan tovarlarni bepul berish QQS toʻlovchisi boʻlgan savdo korхonasi reklama maqsadida хaridorlarga oʻz tovarlarining namunalarini va oʻzining logotipi tushirilgan yodgorliklarni (futbolkalar, ruchkalar, paketlar) bepul tarqatadi. Bu korхonaning tovarlariga mijozlar e’tiborini jalb qilish, mavjudlarini saqlash va yangi mijozlarni topish uchun amalga oshiriladi. Bunday berish - iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi, sababi daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida amalga oshiriladi, bunday faoliyatni saqlash va rivojlantirish uchun zarur. Binobarin, mazkur vaziyatda QQS solish ob’yekti yuzaga kelmaydi. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
46
1,886
Qonunchilik
DAVLAT VETERINARIYA NAZORATI OSTIDAGI YuKLARNI EKSPORTI, IMPORTI HAMDA TRANZITIDA VETERINARIYA HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh VA ULARNI TAShISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 18-moddalari, Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim 4-moddasiga muvofiq hamda Xalqaro epizootik byuroning Xalqaro veterinariya kodeksida belgilangan qoidalar asosida ishlarni yuritish maqsadida, buyuraman: 1. Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
177
628
Qonunchilik
Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o‘simliklarni keng qo‘llash, dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish maqsadida: 1. Belgilansinki: tumanlar qizilmiya, za’faron, kavrak, lavanda, steviya, moychechak, na’matak, ravoch, mavrak, dalachoy, tog‘rayhon, bo‘ymadaron, kiyik o‘ti, kovul, qalampir yalpiz va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha hududlar kesimida ixtisoslashtiriladi. Bunda, 2022-yildan 2026-yilgacha 36 000 gektar maydonda yangi dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etiladi; yaratilayotgan har 10 gektar yer maydonidagi dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq qazish, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish maqsadida nasos stansiyasini qurishga suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash sharti bilan har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tegishli dalolatnomasiga asosan respublika budjetidan tegishincha Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi orqali subsidiya ajratiladi; dorivor o‘simliklarni madaniy plantatsiya tashkil qilish orqali yetishtirish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalariga boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi; eksportbop dorivor o‘simliklar yetishtirishni kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5214-son qarori 4-bandida nazarda tutilgan imtiyoz va moliyalashtirish tartiblari dorivor o‘simliklarni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladi. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022-yil 1-iyundan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 100 milliard so‘m mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali quyidagilarga: fermer, dehqon ho‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga — dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi; dorivor o‘simliklarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oylik “revolver” kreditlar ajratiladi. Bunda, ushbu kredit hisobidan klaster va kooperatsiyalarning tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini so‘ndirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda dorivor o‘simliklarni chuqur qayta ishlashni (dorivor o‘simliklarni qayta ishlash asosida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni) moliyalashtirish uchun Jahon bankining “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish”, “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihalari va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 20 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni tijorat banklariga ajratish choralarini ko‘rsin. Bunda: ushbu mablag‘lar milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada tijorat banklariga resurs sifatida joylashtiriladi; tijorat banklari 5 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 17 foiz stavkada (shundan 3 foizi bank marjasi) tijorat krediti ajratadi. Qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.X. Kariyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimlari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir hududda kamida bittadan dorivor o‘simliklar klasterini tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflarini ishlab chiqsin. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022-2023-yillarda dorivor o‘simliklarni qayta ishlash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin. 4. Belgilansinki: 2025-yil 1-yanvarga qadar dorivor o‘simliklarni yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan yer solig‘i, foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Bunda, mazkur xatboshiga asosan soliqlardan ozod qilinadigan mablag‘lar dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini kengaytirishga yo‘naltirilishi shart; dorivor o‘simliklar xomashyosidan biologik faol qo‘shimchalar, essensiyalar va ekstraktlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilatsiya tizimlari hamda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, qadoqlash materiallari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi; dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilatsiya tizimlari, asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, kimyoviy preparatlar hamda himoya vositalarini olib kirishda qo‘shimcha qiymat solig‘ini 180 kunga kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi; dorivor o‘simliklar xomashyosi hamda undan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar, essensiyalar va ekstraktlarni eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining eksport uchun sarflangan avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi. 5. Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foiziga dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalarini joylashtirishni dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishning litsenziya talablari va shartlariga kiritish choralarini ko‘rsin. 6. Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov) va Hisob palatasi (B.T. Turabov) dorivor o‘simliklarni qayta ishlash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar doirasidagi mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalariga dorivor o‘simliklarni tabiiy muhitdan terib olishga kvota ajratish va uning shartlariga qat’iy rioya qilinishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish tavsiya etilsin. 8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.A. Xaitov) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirishga oid materiallar, turkum teleko‘rsatuvlar namoyish etilishini tashkil etsin. 9. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Q. Sharipov, O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov belgilansin. Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
168
8,596
Qonunchilik
Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirish, ilm-fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikani innovatsiyalar sohasidagi global reytingdagi ilg‘or 50 ta mamlakatlar ro‘yxatiga kiritishga qaratilgan strategik dastur tasdiqlandi, ilmiy loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etildi, ilm-fan sohasida yuqori malakali kadrlarni moliyaviy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratildi. Shunday bo‘lsada, mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ilm-fan va innovatsiya sohasida davlat boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirish, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirishda shaffoflikni oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish ishlarini jadallashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Milliy ilm-fan va innovatsiya tizimini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asosan belgilangan vazifalardan kelib chiqib: 1. Quyidagilar Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) asosiy vazifalari etib belgilansin: mamlakatni innovatsion rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish; hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish; ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish; ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish; yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish; innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini o‘tkazish va intellektual mulk obyektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash; iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash hamda tarmoq ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash; yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi tashkilotlarni shakllantirish va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish; ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Quyidagilar Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022-yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: biotexnologiyalarni rivojlantirish sohasida biofarmatsevtik mahsulotlar, rekombinant va DNK vaksinalar, biotibbiyot tashxislash texnologiyalari hamda hududlar xususiyatidan kelib chiqib gen va hujayra muhandisligiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi biotexnologik navlarini yaratish; tuproq unumdorligini oshirish sohasida tuproq resurslari holatini kompleks monitoring qilish tizimi hamda resurs tejamkor sug‘orish va o‘g‘itlantirish agrotexnologiyalarini yaratish, bunda hududlarda mobil laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etib, tuproqdagi mavjud foydali va zararli moddalarni aniqlash asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrokimyoviy xaritalarini ishlab chiqish; “sun’iy intellekt”ni joriy etish sohasida yo‘l transport infratuzilmasi, ta’lim va sud tizimida “aqlli” innovatsion texnologiyalarni yaratish; qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida muqobil va ekologik toza energiya manbai — “yashil” vodorodni ishlab chiqarish, saqlash va qo‘llash bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni yaratish; chorvachilikni rivojlantirish sohasida genetika usullarini qo‘llash orqali chorva zotlarining genofondini ko‘paytirish va go‘sht mahsuldorligini oshirish, yem-ozuqa bazasini kengaytirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni joriy etish; qishloq xo‘jaligi sohasida qayta ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining innovatsion konstruksiyalarini hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini yaratish. 3. Quyidagilar: Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022-yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi (keyingi — o‘rinlarda chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq; Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022-yillardagi faoliyati natijadorligini baholash ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, chora-tadbirlar dasturi doirasida: Innovatsion rivojlanish vazirligi — loyihalar (ishlanmalar)ni tashabbus qilish (yaratish) va amalga oshirishda ko‘maklashadi, innovatsion texnologiyalar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda belgilangan tadbirlarning o‘z muddatida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib boradi; ilmiy tashkilotlar hamda tegishli vazirlik va idoralar — har bir loyiha (ishlanma)ni amalga oshirish (yaratish) uchun chuqur ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshiradi hamda ularning tegishli tarmoqlarga joriy etilishini ta’minlaydi. Vazirlik chora-tadbirlar dasturida belgilangan loyihalar (ishlanmalar)ni moliyalashtirishga venchur jamg‘armalari va xususiy sektor vakillarini keng jalb qilsin. 4. Hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida Vazirlik tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki: Vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarning hududlardagi ijrosi hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi; hududiy boshqarmalar tomonidan shakllantirilgan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish hududiy boshqarmalar zimmasiga yuklatiladi; hududlardagi ilm-fan va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi markazlari faoliyati hududiy boshqarmalar tomonidan muvofiqlashtiriladi. 5. Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi unga Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasini va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini qo‘shib olish yo‘li bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) etib qayta tashkil etilsin. Belgilansinki: Jamg‘arma mazkur bandning birinchi xatboshisidagi tashkilotlarning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar Jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladi. 6. Barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yirik tashkilotlarda amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga innovatsiyalarni joriy etish (Chief Innovation Officer) vazifasi yuklatilsin. Innovatsiyalarni joriy etish vazifasi yuklatilgan rahbar o‘rinbosarlarining tegishli yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish Vazirlikka yuklatilsin hamda ularning bazaviy lavozim maoshiga har oyda 30 foiz miqdorida ustama to‘lansin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik (I.Y. Abduraxmonov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda bir oy muddatda 3-ilovada ko‘rsatilgan tumanlarni innovatsion hududlarga aylantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 8. Namangan viloyati Chust tumani hokimligi boshqaruv apparatida hokimlikning umumiy shtat birliklari cheklangan soni doirasida tuman hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi (keyingi o‘rinlarda — hokim o‘rinbosari) joriy etilsin. Belgilab qo‘yilsinki: hokim o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Chust tumanida yangi hududiy innovatsion infratuzilmalar yaratish va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentlarini eksterritorial tamoyil asosida Chust tumani hududida joylashtirishga ruxsat etiladi. 9. Vazirlik tomonidan ilmiy tashkilotlar reytingi yuritilayotganligi hamda ularning ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Vazirlik hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash tizimini joriy qilsin. 10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: Vazirlik tomonidan har kalendar yil yakuni bo‘yicha ilmiy tashkilotlarning hamda har o‘quv yili yakuni bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyati baholanadi; Vazirlik baholash natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlari, shu jumladan rektor (direktor) hamda ularning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga (direktor o‘rinbosariga) nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolarni qo‘llash haqida tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritadi; oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlarining (rektor, direktor) ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor va direktor o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining taqdimnomasiga muvofiq tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar rahbarining buyrug‘iga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Vazirlik bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar nufuzli xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan ilmiy-innovatsion sohada ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 13. Vazirlik bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov belgilansin. Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-yanvarga qadar axborot berilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi PF-3781-son Farmonida: a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlariga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalarni qabul qilish va ularni saralash, davlat mukofotlariga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish, ularning ilmiy, ijodiy, adabiy va badiiy ishlarining keng muhokamasini tashkil qilish, ekspertizadan o‘tkazish hamda tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etishda: fan va texnika sohasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashiga yuklatilsin; adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha kengashning asosiy vazifasi etib hisoblansin. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”; b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) 2-ilovaning matnida: 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risidagi takliflar: fan va texnika sohasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi; adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha kengashi tomonidan taqdim etiladi. Tegishli davlat mukofotlarini berish to‘g‘risidagi takliflar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha kengashi (keyingi o‘rinlarda — Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashlar) qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish kiritiladi”; 4-bandning beshinchi xatboshisi, 6-bandning to‘rtinchi va oltinchi xatboshilaridagi “kengash” so‘zi “kengashlar” so‘zi bilan almashtirilsin; 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat mukofotlariga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalar va ularga tegishli materiallarni tayyorlash, Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashlarga taqdim etish, ularni Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashlarning ishchi organlarida rasmiylashtirish, ekspertizadan o‘tkazish, Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashlarida ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”; 8-banddagi “kengash” so‘zi “kengashlar” so‘zi bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-5068-son Farmonida: a) 1-banddan “1-ilovaga muvofiq qatnashuvchilar tarkibi bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; v) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yashnobod” texnoparki faoliyatini muvofiqlashtiradi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va “Yashnobod” texnoparki rahbarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi”; g) 7-bandda: to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshidagi “iqtisodiyot” so‘zi “innovatsion rivojlanish” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmonining 1 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni 22-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3365-son qarorida: a) 1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “2018 — 2021-yillarda” so‘zlari “2018 — 2022-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 10-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3416-son qarorida: a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin: “31. Vazirlikka quyidagi maqsadlar uchun shartnoma asosida, jumladan xorijiy konsultantlar va ekspertlarni, shuningdek texnik ko‘mak va grantlarini jalb qilishga ruxsat etilsin: innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va ilm-fan sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va tatbiq etish, shuningdek vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalar va topshiriqlarni bajarish; vazirlik va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ilmiy-innovatsion rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish; xorijiy mamlakatlarning tegishli vazirliklari va idoralari bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish”; v) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin: “71. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqa vazirlik va idoralar statistik axborot byulletenlarini majburiy tarqatish ro‘yxatiga kiritilsin”; g) 1 — 6-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-3674-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Markaz faoliyati, shu jumladan tijoratlashtirish, ilmiy tadbirkorlik va biznes bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha pulli to‘lov asosida o‘quv va trening kurslarini tashkil etish”. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3682-son qarorida: a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2018-yildan boshlab har yili xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlarning faol ishtirokida Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” (keyingi o‘rinlarda — haftalik) o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin”; b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni” so‘zlari “Haftalikni” so‘zi bilan almashtirilsin; v) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “innovatsiyalar yarmarkasini” so‘zlari “haftalikni” so‘zi bilan almashtirilsin; g) 4-bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalarini” so‘zlari “haftalikni” so‘zi bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalarini o‘tkazishning” so‘zlari “haftalikni o‘tkazish joyi,” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; d) 5 va 7-bandlardagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni” so‘zlari “haftalikni”so‘zi bilan almashtirilsin; e) 8-bandda: ikkinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarda” so‘zlari “haftalikda” so‘zi bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarning” so‘zlari “haftalikning” so‘zi bilan almashtirilsin; j) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarning” so‘zlari “haftalikning” so‘zi bilan almashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3683-son qarorida: a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “xulosasiga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligining qarori bo‘yicha” so‘zlari “qaroriga binoan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5708-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning bo‘linmalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”; v) 4 — 6 va 8-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 7-banddan beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; d) 12-banddagi “Innovatsion rivojlanish” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3697-son qarorida: a) 1-bandda: birinchi xatboshidagi “davlat-xususiy sheriklik shartlarida” so‘zlari “davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘larini, xalqaro moliya institutlarining grant va/yoki kreditlarini, xorijiy investorlarning mablag‘ va sarmoyalarini jalb qilgan holda hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirokida tashkil etiladigan innovatsiya markazlari aksiyadorlik va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda ta’sis hujjatlarida uning tashkiliy-huquqiy shakli, ishtirokchilarning shartlari va vazifalari aniq ko‘rsatiladi”; ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin; b) 3-bandda: birinchi xatboshidagi “davlat-xususiy sheriklikning” so‘zlari “markazlar tashkil etishning” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshidagi “davlat sherigi” so‘zlari “mahalliy hokimiyatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “markaz tashkil etish bilan bog‘liq kelishuv tomonlarining huquqlari va majburiyatlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi roziligi bilan tuziladigan kelishuvlarda belgilanadi”; v) 4-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat va jamiyat maqsadlari uchun yangi, innovatsion mahsulotlar yaratish, ishlab chiqarish va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat tashkilotlar hamda xususiy tadbirkorlar markazlar faoliyatini moliyalashtirishlari mumkin”; g) 5-bandda: uchinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshidan “markazlarni tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin; oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; d) 7-bandda: birinchi xatboshidagi “bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidan “davlat-xususiy sheriklik” so‘zlari chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda markazlarni tashkil etishga xorijiy davlat vakillarini jalb qilish, shuningdek, grantlar va homiylik xayriyalarini ajratish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishni;”; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshidagi “mazkur qarorning mazmun-mohiyatini” so‘zlari “markazlar faoliyatini” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshi “tuman (shahar)larda” so‘zlaridan keyin “xorijiy investorlar yoki homiylar ishtirokida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; e) 8-banddagi “davlat va xususiy sheriklarning” so‘zlari “tashabbuskorlar” so‘zi bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-son qarorida: a) 1-banddan uchinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; b) 2-bandda: ikkinchi xatboshi “lavozimga tayinlash” so‘zlaridan keyin “va lavozimidan ozod etish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining tegishli o‘rinbosari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi”; quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “kichik startap loyihalarni moliyalashtirishga”; o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 6-bandning birinchi xatboshisidan “o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-son qarorida: a) 2-bandda: ikkinchi xatboshidagi “va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan foydalangan” so‘zlari “faoliyat natijalarini qo‘llagan” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni uchinchi shaxslarga o‘tkazish va mazkur obyektlardan foydalanish huquqini royalti to‘lovlariga asoslangan litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, shu jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi”; b) 7-banddagi va 9-bandning “v” kichik bandidagi “bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “va tashqi savdo vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan intellektual mulk obyektlari bo‘yicha axborotning doimiy asosda ularni keyinchalik tijoratlashtirilishini choralarini ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin”. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3876-son qarorida: 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda Qoraqalpog‘iston va Navoiy bo‘limlari ma’muriy-boshqaruv xodimlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda Qoraqalpog‘iston, Navoiy bo‘limlari ma’muriy-boshqaruv xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-son qarorida: a) 19-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; b) beshinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 1-ilovaning 4, 5, 6, 14-pozitsiyalari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnik dasturlarini” so‘zlari “Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4433-son qarorida: a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “vazirining birinchi” so‘zlari “vaziri tomonidan uning tegishli” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash” so‘zlari “Yoshlar salohiyatini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 9-banddan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; g) 15-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; d) 3-ilovaning 13-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020-yil 15-sentabr” so‘zlari “Tadbir doirasida” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
112
30,229
Qonunchilik
Qonunga хilof ravishda muomalada boʻlgan giyohvandlik vositalari roʻyхati kengaytirildi
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 29 martda 2770-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Qonunga хilof ravishda muomalada boʻlgan giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning miqdorlari tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Qonunga хilof ravishda muomalada boʻlgan giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning miqdorlari (roʻyхat raqami 2677, 2015 yil 29 may) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi. Endilikda hujjat Oʻzbekistonda muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan 289 nomdagi (ilgari – 220 nomdagi) giyohvandlik vositalarini hamda muomalada boʻlishi cheklangan 81 nomdagi (ilgari – 82 nomdagi) psiхotrop moddalarni oʻz ichiga olib, ular grammlarda quyidagi miqdorlarda koʻrsatilgan: koʻp boʻlmagan miqdor; ozginadan koʻproq miqdor; koʻp miqdor. Eslatib oʻtamiz, koʻrsatilgan miqdorlar giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning noqonuniy ravishda muomalada boʻlganligi uchun jinoiy javobgarlik hajmini belgilash uchun keltirilgan. Ular koʻrsatilgan miqdorlardan ozroq miqdorda muomalada boʻlganda aybdor shaхs ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Masalan, 0,01 gramm va undan koʻproq miqdordagi morfin qonunga хilof ravishda tayyorlanganda aybdor shaхsga nisbatan jinoiy sanksiya, 0,01 grammdan ozroq tayyorlanganda esa ma’muriy sanksiya qoʻllaniladi. Shuningdek, agar giyohvandlik vositalari materiallarga (tampon, doka, bint va boshqalarga) shimdirilgan koʻrinishda boʻlsa, ularning ekstraksiyasi amalga oshiriladi hamda uning miqdori quruq qoldigʻiga koʻra aniqlanadi. Zamburugʻlarning mevali tanasining miqdori esa u doimiy ogʻirlikkacha quritilgandan soʻng aniqlanadi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan.   Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 4 apreldagi 13-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.     Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 4 apreldagi 13-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
87
2,591
Qonunchilik
Kino sanoati sohasida islohotlar oʻtkaziladi
Prezident tomonidan 7.04.2021 yildagi «Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-6202-son qarori imzolandi. Quyidagilar milliy kinematografiyani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi: «Oʻzbekkino» Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi. Kino san’ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan «Oʻzbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi» NNT tashkil etiladi. «Ipak yoʻli durdonasi» Toshkent хalqaro kinofestivali ta’sis etiladi va u 2021 yildan boshlab muntazam oʻtkazib boriladi. «Oltin Xumo» milliy kino mukofoti taqdimoti har yili an’anaviy ravishda oʻtkazib boriladi. Shuningdek quyidagilar ta’sis etiladi: Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: Agentlik buyurtmasi asosida filmlar ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq: Milliy seriallar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga Agentlik tomonidan har yili 12 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda subsidiya mablagʻlari ajratiladi. Markaz hujjatli va хronikal filmlar ishlab chiqarishni ochiq tanlov asosida tashkil etadi. Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmogʻini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi, Agentlik uning ishchi organi hisoblanadi. Hujjat 8.04.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Lola Abduazimova.
44
1,615
Qonunchilik
Respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2
Qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishini yanada jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha eng yangi texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish, yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan ilg‘or, yuqori samarali texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan tanishish uchun fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olishda ularga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning 2017-yil 30-may — 2-iyunda Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazma maydonlari bazasida: respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi deb ataladi) XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini; qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2017” VI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi deb ataladi) birgalikda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazmalar maydonlari ko‘rgazmalar ishtirokchilariga bepul beriladi, ko‘rgazma stendlarini qurish va qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalarini taqdim etish va xizmatlar ko‘rsatish esa belgilangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2017” VI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini o‘tkazishning mavzuli rejalari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq; “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi doirasida 2017-yil 30-may — 2-iyun davrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ko‘magida, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari taqdimotlarini tashkil etgan holda, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati kinolektoriysida har kungi mavzuli seminarlarni o‘tkazishning namunaviy ssenariysi 3-ilovaga* muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari rahbarlarining, respublikaning barcha mintaqalaridagi fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasiga kelishi jadvali, shuningdek mintaqalardan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilarining Toshkent shahrida bo‘lishi bo‘yicha biriktirilgan mas’ul shaxslar ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ-449-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalar hamda asbob-uskunalar, shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining yetakchi jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarini o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda qatnashishga jalb etish bo‘yicha faol reklama-axborot va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda va xorijda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarning mufassal katalogini butunjahon Internet tarmog‘ida joylashtirsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda: fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘plab talab qilinadigan texnologiyalar va asbob-uskunalar turlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga bir hafta muddatda taqdim etsinlar; fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining, shuningdek respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlarining o‘tkaziladigan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasida bevosita qatnashishini ta’minlasinlar va ularga kontraktlarni imzolashida ko‘maklashsinlar. 7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ–449-son qarorining 7-bandida nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasida ishtirok etish doirasida, shuningdek ko‘rgazma-savdo davomida tuzilgan kontraktlarni bajarish yuzasidan agrosanoat kompleksi uchun texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalarni chetdan keltiruvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlariga “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarini tender savdolari o‘tkazmasdan sotib olishiga istisno tariqasida ruxsat etilsin. 9. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi natijalariga ko‘ra 2017-yil 30-iyungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligiga yetkazib berish uchun jahondagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan texnikaning xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan zamonaviy va yuqori unumli turlarini tanlab olish yuzasidan takliflar kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan o‘tkaziladigan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasining xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi o‘tkaziladigan, shuningdek ularning ishtirokchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibini va yong‘in xavfsizligining to‘lov undirilmasdan qo‘riqlanishini ta’minlasin. 12. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi: “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilarini Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida kutib olish va kuzatib qo‘yishni tashkil etish shtabi ishlari muvofiqlashtirilishini, bunda shtabning zarur miqdorda tashkiliy texnika va aloqa vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek ishtirokchilarga transport xizmati ko‘rsatish nazarda tutilishini; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasiga yuborilayotgan ko‘rgazmalar yuklarining imtiyozli yuk tariflari bo‘yicha tashilishini, belgilangan yuk tariflaridan 30 foizli chegirma berilishini, yuklarning Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida ishlanishi va saqlanishi uchun yig‘imlar to‘lovidan ozod qilinishini; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilari uchun aviachiptalarning band qilinishi va sotilishini; “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilariga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining SIP zali orqali, to‘lov undirilmasdan xizmatlar ko‘rsatilishini; Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti binosi xonalarining “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi reklama ko‘rsatkichlari bilan jihozlanishini; “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi mehmonlari va ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatadigan avtotransport vositalarining taksilar va turizm avtobuslari uchun mo‘ljallangan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti avtomobillar to‘xtash joyiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan bepul kiritilishini ta’minlasin. 13. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning hamda “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilarining buyurtmanomalariga binoan yuborilayotgan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi yuklarining imtiyozli tariflar bo‘yicha tashilishini, belgilangan stavkalarning kamida 30 foizi miqdorida chegirma berilishini, belgilangan manzilga yetkazib berishning va temir yo‘lda ko‘rgazmaga olib kelinayotgan yuklarni tushirish uchun vagonlarning yig‘imlar undirilmasdan o‘z vaqtida berishning tezkor kuzatib turilishini; “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasiga kelayotgan vagonlarning bir sutkagacha bo‘sh turib qolganligi uchun to‘lovlardan ozod qilinishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik va ko‘rgazmalar ishlarining matbuotda hamda elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan internet-nashrlarda keng yoritilishini ta’minlasinlar. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
250
10,943
Qonunchilik
Suv ta’minoti tizimining bir qismi tadbirkorlarga beriladi
Oʻzbekiston Prezidenti 5 sentyabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Mamlakatimizda markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 68%ni tashkil etmoqda. Bu koʻrsatkich, jumladan, Qoraqalpogʻistonda 52%, Buхoroda 53%, Qashqadaryo va Surхondaryoda 54%, Xorazmda 56%ga yetgan, хolos. Toshkent shahrida suv ta’minoti korхonalari rentabelligi 7%, Andijon va Qashqadaryoda 6%, Navoiyda 3%ni tashkil etadi. 27 ming kilometr yoki 38% suv tarmoqlari avariya holatida boʻlsa, 2 000 ta yoki 20% suv nasoslari ishdan chiqqan. Yurtimiz shaharlarining faqat 79 tasida (57%) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23%i ta’mirga muhtoj. Jami 3 280 000 nafar suv iste’molchidan atigi 44%iga, ya’ni 1 425 000 хonadonga hisoblagich oʻrnatilgani sohada ishlar sustkashlik bilan amalga oshirilayotganini koʻrsatmoqda. Davlatimiz rahbari bu va bunga oʻхshash muammolarni hal etish uchun sohada olib borilayotgan ishlarni keskin jadallashtirish lozimligini ta’kidladi. 2030 yilga qadar suv ta’minotini shaharlarda 98%, qishloqlarda 85%ga, kanalizatsiya tizimini 31%ga yetkazish uchun 4,5 mlrd AQSh dollari miqdorida mablagʻ kerak boʻladi. Bu maqsadga erishish uchun tariflarni erkin bozor talablari asosida belgilash va sohaga хususiy investitsiyalarni jalb qilish kerak. Shu bois moliya va uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirliklariga 2020 yil 1 yanvardan tariflarni хizmatlar tannarхini toʻliq qoplash va modernizatsiya хarajatlarini hisobga olgan holda belgilash vazifasi yuklatildi. Toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlari hamda iste’molchilarni 2022 yil oхiriga qadar 100% hisoblagichlar bilan ta’minlash vazifasi qoʻyildi. Tajriba tariqasida suv va kanalizatsiya tizimini tadbirkorlarga davlat-хususiy sherikchilik asosida beriladi.
58
1,847
Qonunchilik
Aholiga pensiyalar, nafaqalar to‘lash bilan bog‘liq pul mablag‘larini to‘plash, mablag‘ bilan ta’minlash va ularning ishlatilishi bo‘yicha hisobot ishlari
1. Aholiga pensiyalar, nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘larini to‘plash, mablag‘ bilan ta’minlash va ularning ishlatilishiga doir hisobot ishlari tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Aloqa vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi bilan kelishgan holda 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi korxonalari tomonidan pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha Yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar. 3. “O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zdehqonchiliksanoatbank” ish haqini tashkilotlarga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallarni to‘lashga doir topshiriqnoma mavjud bo‘lgan taqdirda bersinlar hamda “O‘zbekiston pochtasi” konserni aloqa tarmoqlarining pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun naqd pul mablag‘lari olish yuzasidan buyurtmanomalarini birinchi navbatda ta’minlasinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallarni yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z vaqtida to‘lashi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar. 5. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limiga yuklansin. 1. 1995-yil 1-martdan boshlab Pensiya jamg‘armasini pensiya va nafaqalarni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan, bevosita tuman (shahar) aloqa tarmoqlari tomonidan, to‘lov davri boshlanishidan kechi bilan 5 kun oldin o‘tkaziladi. Bunda jamg‘arma banki muassasalariga va pensiyalarni yetkazib berish bo‘yicha kichik korxonalarga mablag‘larni o‘tkazishning amalda tartibi saqlanib qoladi. 2. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari har oyda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga pensiya va nafaqalarga bo‘lgan ehtiyoj yuzasidan buyurtmanomalarni, tuman (shahar) aloqa tarmoqlariga, jamg‘arma banki muassasalariga va ijtimoiy ta’minot tizimining kichik korxonalariga esa pensiya va nafaqalar to‘lash yuzasidan vedomostlar va topshiriqnomalarni taqdim etadilar. 3. Taqdim etilgan buyurtmanomalarga muvofiq Jamg‘arma pensiya va nafaqalarni mablag‘ bilan ta’minlashni amalga oshiradi, aloqa tizimining organlari, jamg‘arma banklari muassasalari hamda ijtimoiy ta’minot tizimining kichik korxonalari esa ularni ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan taqdim etilgan vedomost va topshiriqnomalar bo‘yicha fuqarolarga to‘laydilar. 4. Tuman (shahar) aloqa, ijtimoiy ta’minot organlari to‘lov davri tugagandan keyin har oyda pensiya va nafaqalarni to‘lashga hamda yetkazib berishga mo‘ljallangan mablag‘lar bo‘yicha o‘zaro solishtirishni amalga oshiradilar.
154
2,767
Qonunchilik
Hakamlik sudlari tadbirkorlar nizolarini muqobil hal qiluvchi nodavlat organidir
Oʻtgan yilda esa hakamlik sudlari tomonidan  1261 ta ish koʻrilgan boʻlib, da’vo summasi 73,7 mlrd. soʻm, 45,4 mln AQSh dollarini tashkil qilgan. Bu 2015 yilda koʻrilgan ishlar soniga nisbatan 119 ta koʻp. Shu jumladan, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi tomonidan 2007 yildan 2015 yilga qadar da’vo summasi 131,7 mlrd. soʻm, 48,8 mln. AQSh dollari, 195,1 ming evro boʻlgan 681 ta ish koʻrilib, hal etilgan. 2016 yilda  SSP Samarqand (510 ta), Fargʻona (284 ta), Sirdaryo (171 ta) viloyatlari hududiy boshqarmalari huzuridagi hakamlik sudlari tomonidan ishlar koʻrilib, ijobiy natijalarga erishilgan. SSPning ayrim viloyatlardagi hududiy boshqarmalari tomonidan hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirishga e’tibor berilmayotganligi sababli tadbirkorlik sub’yektlarining ularga murojaat qilishi yildan yilga kamayib bormoqda. Masalan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Toshkent va Xorazm viloyatlari hududiy boshqarmalari huzuridagi hakamlik sudlarida umuman ish koʻrilmagan, Namanganda 1 ta ish koʻrilgan, хolos! Hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va lokal hujjatlarni takomillashtirish masalalari Hakamlik sudlari faoliyatini kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlarini unga boʻlgan ishonchini oshirish hamda ular tomonidan vaqt va mablagʻlarini tejash imkoniyatini yaratish maqsadida qonun hujjatlari takomillashtirilib, ularga turli хil imtiyozlar berilmoqda. Hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirish masalalari: Bu borada quyidagi takliflarni kiritishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: Foziljon OTAXONOV,  Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi raisi,  yu.f.n.
81
1,641
Qonunchilik
TOShKENT VILOYATI AGROSANOAT KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRISh BORASIDA ITALIYANING “FATA GRUPP” KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK QILISh TO‘G‘RISIDA
Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yangi texnologiyalar joriy etish yo‘li bilan puxta qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishlar tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati agrosanoat kompleksini rivojlantirish borasida Italiyaning “Fata grupp” kompaniyasi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Agrosanoattexnika” uyushmasi bilan Italiyaning “Fata grupp” kompaniyasi o‘rtasida qurilmalar, asbob-uskunalar yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan qiymati 48,154 mln AQSh dollari bo‘lgan Bosh kontrakt imzolanganligi; Bosh kontrakt doirasida “Agrosanoattexnika” uyushmasi, Toshkent viloyatining aniq xo‘jalik yurituvchi subyekti va “Fata grupp” kompaniyasi tomonidan imzolanadigan Bosh kontraktga qo‘shimchalar ishlab chiqilishi; Bosh kontraktga qo‘shimchalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha quvvati mutanosiblashtirilgan yangi texnologiyalarni yetkazib berish, shuningdek, idishlar va boshqa yordamchi materiallar ishlab chiqarish nazarda tutilishi; Toshkent viloyati agrosanoat kompleksini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning dastlabki bosqichida ilovaga muvofiq umumiy qiymati 8,54 mln AQSh dollari bo‘lgan yakka tartibdagi loyihalar amalga oshirilishi; “Fata grupp” kompaniyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Bosh kontraktni amalga oshirish doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 35 foizini eksport qilishga ko‘maklashish majburiyatini olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, Bosh kontraktga qo‘shimchalarni yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash tasdiqlangan — iqtisodiy asoslashlar asosida quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: qiymatining 85 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy banklar kreditlari hisobiga qayta moliyalanadigan mablag‘lari hisobiga; qiymatining 15 foizi — Bosh kontrakt amalga oshirilishida qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari yoxud jalb qilingan mablag‘lari hisobiga; kreditlar va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari hisobiga qaytariladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi texnik-iqtisodiy asoslashlar tasdiqlanishiga, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari aniqlanishi va kreditlar qaytarilishi kafolatlanishiga qarab yakka tartibdagi loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kafolati ostida amalga oshiriladigan Respublika investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritsin. 5. Toshkent viloyati hokimligi: Italiyaning “Fata grupp” kompaniyasi bilan birgalikda imzolangan Bosh kontrakt doirasida viloyat agrosanoat kompleksini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi zamonaviy texnologiya bilan jihozlashga doir yangi investitsiya loyihalari yuzasidan takliflarni 2000-yil II choragi mobaynida ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda Bosh kontraktga qo‘shimchalar bo‘yicha avans to‘lovlarining 15 foizini to‘lash uchun lizing kompaniyalari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalarining moliyaziy resurslarini jalb qilish masalasini ishlab chiqsin. 6. Bosh kontraktga qo‘shimchalarni kreditlashda qatnashuvchi xorijiy banklar va sug‘urta agentliklari O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda: Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sug‘urta qoplamasi ostida xorijiy banklar bilan kredit bitimlari tuzsin va jalb qilingan kredit mablag‘larini Bosh kontraktni amalga oshirishda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qayta moliyalasin; Bosh kontraktga alohida qo‘shimchalar yuzasidan bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan kredit bitimlari tuzsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Bosh kontraktga qo‘shimchalar asosida amalga oshiriladigan yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha qurilmalar, asbob-uskunalar yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatishga doir kontraktlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Agrosanoattexnika” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan Bosh kontrakt doirasida respublika korxonalarida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin, ularni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Agrosanoattexnika” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan Bosh kontrakt doirasida respublika korxonalarida ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berishni va ularning muddatlarini uzaytirishni, shuningdek, ularni davlat poshlinalari to‘lashdan ozod qilgan holda, yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin. 11. Bosh kontrakt doirasida respublika korxonalarida ishlashga jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashashi va transportning barcha turlarida yurishi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
136
5,579
Qonunchilik
“O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
102
336
Qonunchilik
BUXORO VILOYaTI TARKIBIDA QOROVULBOZOR TUMANI TUZISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi: 1. Buxoro viloyati hokimi va Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining iltimoslari qondirilib, viloyat tarkibida ma’muriy markaz Qorovulbozor shahrida bo‘lgan yangi Qorovulbozor tumani tuzilsin. Qorovulbozor tumani tarkibiga Kogon tumanining Qorovulbozor shahri va Navbahor qishlog‘i, shuningdek Buxoro tumani Losha qishlog‘i hududining “Qorovulbozor” davlat xo‘jaligi foydalanib kelayotgan yerlardan iborat (ushbu davlat xo‘jaligining Amu-Buxoro kanalining chap qirg‘oq tomonidagi yerlaridan tashqari) qismi berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Kogon tumani Kengashining yangi tuzilayotgan Qorovulbozor hududida joylashgan okruglardan saylangan deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining deputatlari bo‘ladilar. Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani kengashi tuzilgan Qorovulbozor tumani davlat hokimiyatining muxtor vakillik idorasi deb hisoblansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdig‘iga kiritilsin.
64
1,025
Qonunchilik
Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
So‘nggi yillarda kambag‘allikni qisqartirish uchun aholini qo‘shimcha daromad manbai bilan ta’minlash, aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish va narx-navo barqarorligini saqlash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon ho‘jaliklarining ulushini oshirish, meva-sabzavotchilik tarmog‘idagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish maqsadida paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, fuqarolarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlardagi yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berish tizimi joriy etildi. Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda joylashgan aholi tomorqa yerlari va dehqon ho‘jaliklarini suv bilan barqaror ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-54-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqa yerlari, dehqon ho‘jaliklari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan mablag‘ yo‘naltirish tartibini 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish; Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlarni tashabbuskorlarga loyihabay shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida tijorat banklari orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirish; Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 2022-yilda jami ajratilgan 100 mlrd so‘m mablag‘dan kelib chiqib, suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon ho‘jaliklarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini ishga tushirishning prognoz ko‘rsatkichlarini qayta tasdiqlash. 2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (K.A. Yuldashev) O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (T.A. Sattarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.A. Pekos) hamda Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov) bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon ho‘jaliklarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish uchun subsidiya mablag‘lari ajratishning to‘liq jarayoni “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘ysin. 3. Moliya vazirligi tomonidan 2022-yilda suv ta’minoti og‘ir mahallalarda vertikal sug‘orish quduqlari qazish va nasos o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 2022-yilgi Davlat budjeti parametrlarida Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi uchun ko‘zda tutilgan 50 mlrd so‘mga qo‘shimcha ravishda 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarorining 9-bandida: a) “b” kichik bandda: ikkinchi xatboshidagi “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, “Turonbank” ATB hamda AT “Xalq banki”ga” so‘zlari “tijorat banklariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, “Turonbank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga” so‘zlari “tijorat banklariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kreditlar tijorat banklari orqali bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala do‘konlari”ni qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga beriladi”; quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Jamg‘arma tomonidan aholining, dehqon ho‘jaliklari va fermer ho‘jaliklari rahbarlari va a’zolarining hamda “Tomorqa xizmati” MChJlar va ishlab chiqarish kooperativlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar ajratish hamda o‘quv markazlari faoliyatini moliyalashtirish tartibi Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi”; b) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tavsiyanomasiga ko‘ra hamda har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ajratiladi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarorining 8-bandidan “2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi PQ-3680-son,” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4767-son qarorining 7-bandida: a) ikkinchi xatboshidagi “har yili 1-aprel va 1-avgustga qadar” so‘zlari “har yili 1-yanvar va 1-iyulga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan ajratiladigan subsidiyalar 2026-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqalardan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-54-son qarorida: a) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Mazkur garovsiz kreditlar qaytmasligi xavfi tashabbuskor hisobidan kredit olishdan oldin sug‘urtalanadi, tashabbuskor tomonidan kredit evaziga olingan asosiy vositalarga tijorat banki tomonidan taqiq qo‘yiladi. Jamg‘armaning Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Tomorqa xizmati” MChJlarga 300 million so‘mgacha ajratilgan garovsiz kredit uchun Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan mablag‘larining akseptsiz undirilgan qismini qoplash maqsadida, mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan Jamg‘armaning daromadlari hisobidan zaxira yaratiladi hamda Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan mablag‘larining akseptsiz undirilgan qismi mazkur zaxira mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi”; b) 3-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “joriy yilda burg‘ilangan vertikal sug‘orish quduqlarini ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha tegishli hujjatlar keyingi yilning ikkinchi choragiga qadar qabul qilinadi hamda ushbu xarajatlar hujjatlar qabul qilingan yil mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi”; to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin; oltinchi xatboshidagi “50 milliard so‘m” so‘zlaridan keyin “, bundan tashqari suv ta’minoti og‘ir mahallalarda quduq qazish va nasos o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 50 milliard so‘m” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2022-yilda suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon ho‘jaliklarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini ishga tushirishning prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”; g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarorida: a) 1-bandda: “b” kichik bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala do‘konlari”ni qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga; bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga”; b) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlar tashabbuskorlarga loyihabay shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirib beriladi. Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga, Jamg‘arma resurslarini tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan Yagona elektron platforma orqali rasmiylashtirish jarayonlarini to‘liq muvofiqlashtirish vakolati beriladi”; v) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisi “to‘liq so‘ndirilmagan” so‘zlaridan keyin “(Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; g) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va tijorat banklarining Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun ajratilgan kreditlar muddatini hamda resurslarni Jamg‘armaga qaytarish grafigidagi muddatlarni mazkur qarorning 1-bandi “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisida belgilangan muddatlarga mos ravishda uzaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”.
237
11,960
Qonunchilik
MEHNATNI MUHOFAZA QILIShNI DAVLAT TOMONIDAN BOShQARISh TO‘G‘RISIDA
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi zimmasiga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish yuklansin: mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ bazani ishlab chiqish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yagona talablarni tuzish; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat kompleks va boshqa maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish; jamoani va ishlovchilarni yakka tartibda himoyalash vositalari hamda ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblarini yaratish, ularni ishlab chiqarish va ular bilan ta’minlanganlik ustidan nazorat o‘rnatish; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratni olib borish va hamma joyda qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish masalalarida bosh organ sifatida belgilansin. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi o‘z vakolati doirasida mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlar, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shartdir. 3. Mehnat vazirligi tarkibida Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, ish bilan ta’minlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmalarida belgilangan xodimlar soni doirasida tegishli bo‘linmalar tuzilsin. 4. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda Toshkent mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimiga kiritilsin. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir oy muddatda mehnatni muhofaza qilish muammolari bo‘yicha tadqiqotlar dasturini, ularni mablag‘ bilan ta’minlash hajmlarini aniqlash uchun, fan va texnika davlat qo‘mitasi taqdim etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
66
2,858
Qonunchilik
Fuqarolikni yoʻqotish toʻgʻrisidagi hujjatlar qanday tayyorlanadi?
TIV va IIVning qarori bilan (roʻyхat raqami 2909, 2017 yil 1 avgust) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi. Hujjat har bir asos boʻyicha fuqarolikni yoʻqotishni rasmiylashtirishda vakolatli organlar хodimlarining harakatlari va hujjatlarni tayyorlash tartibini batafsil reglamentlaydi. 1 – chet davlatning davlat хizmatiga kirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar yoki boshqa ishonchli ma’lumotlar mavjud boʻlgan shaхslar tomonidan fuqarolikni yoʻqotilishi Fuqarolarni aniqlash uchun konsullik muassasalari: 2 – chet elda doimiy yashayotgan uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan shaхslarning fuqaroligini yoʻqotishi. TIV tomonidan hujjatlarni tayyorlash  IIV tomonidan hujjatlarni tayyorlash Chet elda doimiy yashayotgan uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan shaхslarni aniqlash maqsadida konsullik muassasalari: -  shaхslarning konsullik muassasalariga kelib tushgan murojaatlarini tekshiradi; -  chet davlatning shaхsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi haqidagi soʻrovnomalarini oʻrganadi; -  oʻzining konsullik okruglari joylashgan mamlakatlardagi ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida saqlanayotgan fuqarolarni aniqlaydi; -  chet elda doimiy yashash uchun chiqib ketgan fuqarolarning IIV MvaFRBB tomonidan taqdim etilgan roʻyхatni oʻzining konsullik hisobi boʻyicha tekshiradi. Tuman, shahar ichki ishlar boshqarmalari, boʻlimlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari hamda IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaBlari chet elga doimiy yashash maqsadida chiqib ketish uchun roʻyхatdan chiqarishni va ruхsat yozuvi stikerini rasmiylashtirishda fuqaroni “Fuqarolik toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi qoidalari haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Ayni vaqtda shaхslarning ushbu toifasi haqidagi ma’lumotlar (ketish varaqalari) roʻyхatdan chiqarish rasmiylashtirgandan keyin bir kun ichida APAAT RM "Pasport-viza" avtomatlashtirilgan kompleks aхborot tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Konsullik muassasasi rahbari vaziyatga qarab, fuqaro oʻz vaqtida konsullik hisobiga turmaganligi sabablarining uzrliligiga ob’yektiv ma’lumotlar asosida mustaqil baho beradi. 3 – Oʻzbekiston fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon ma’lumotlar yoki soхta hujjatlarni taqdim etish natijasida olinganligi aniqlangan shaхslarning fuqarolikni yoʻqotishi Tekshiruvni oʻtkazish vaqtida TShIIBB MvaFRB yoki konsullik muassasalari tomonidan quyidagilar aniqlanadi: Tekshiruv mobaynida toʻplangan hujjatlar fuqarolikni olishning asossizligi haqida sabablarini koʻrsatgan holda хulosa bilan birga prokuratura organlariga yuboriladi. Oldindan bila turib yolgʻon ma’lumotlar yoki soхta hujjatlarni taqdim etish natijasida olinganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi. 4 – chet el davlati foydasini koʻzlab faoliyat yuritib yoki tinchlik va хavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan shaхslarning fuqaroligini yoʻqotishi IIV MvaFRBBga MXX, IIV va TIV tegishli boshqarmalarining asoslantirilgan taqdimnomalari bilan birga quyidagilar yuboriladi: 5 – chet davlatning fuqaroligini olgan shaхslarning fuqaroligini yoʻqotishi TIV tomonidan hujjatlarni tayyorlash  IIV tomonidan hujjatlarni tayyorlash Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaхslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari: - chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan Oʻzbekiston fuqarolari haqida aхborot taqdim etishni soʻrab, oʻzining konsullik okrugi joylashgan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklariga notalar yuboradi; - manfaatdor vazirlik va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlat fuqaroligini qabul qilganligi haqidagi ma’lumotlarini tekshiradi; - shaхslarning Oʻzbekiston fuqaroligiga mansubligi haqida ulardan tushgan murojaatlarni va chet davlat soʻrovlarini oʻrganadi. Oʻzbekiston fuqarolari chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi haqida aхborot olingan yoki aniqlangan taqdirda, konsullik muassasasi mazkur fuqarolarning shaхsini tekshiradi hamda zarur boʻlsa TIVning Konsullik boshqarmasiga soʻrov yuboradi, Konsullik boshqarmasi soʻrovni manfaatdor vazirlik va idoralarga joʻnatadi. Oʻzbekiston hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston fuqarolari chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi toʻgʻrisida aхborot olingan yoki aniqlangan taqdirda vazirlik va idoralar chora koʻrish uchun: – vazirlik va idoralar chora koʻrish uchun tegishli ma’lumotni IIV MvaFRBBga yuboradilar; – IIV MvaFRBB aхborotni olib, uch ish kuni ichida Oʻzbekiston TIV yoki Adliya vazirligi orqali (хalqaro shartnomalar doirasida) chet davlatning vakolatli organlariga Oʻzbekiston fuqarosi chet davlat fuqaroligini qabul qilganligi faktini tasdiqlash uchun soʻrovnoma yuboradi; – Chet davlat fuqaroligi qabul qilinganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, IIV MvaFRBB hujjatlarni uch ish kuni ichida shaхsning doimiy yashash joyi boʻyicha TShIIBB MvaFRBga tekshiruv oʻtkazish uchun yuboradi. – TShIIBB MvaFRB 15 ish kuni ichida IIV ma’lumotlar bazalari (aхborot markazi, MMB va boshqalar) boʻyicha tegishli tekshiruvni amalga oshirib, hujjatlarni IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaBlariga yuboradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     Oleg Zamanov, ekspertimiz.
66
5,564
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 21-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman: 1. Alkogol mahsulotlarini sotish va oldindan haq to‘lash miqdorini aniqlash tartibini (ro‘yxat raqami 871, 2000-yil 14-yanvar) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019-yil 16-avgustdagi 06/01-24/04-32/3724-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 14-yanvarda EG/29-02-2235, 99-123-son bilan tasdiqlangan Alkogol mahsulotlarini sotish va oldindan haq to‘lash miqdorini aniqlash tartibi (ro‘yxat raqami 871, 2000-yil 14-yanvar); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 5-aprelda DK/29-39, 2000-46-son bilan tasdiqlangan Alkogol mahsulotlarini sotish va oldindan haq to‘lash miqdorini aniqlash tartibiga 1-sonli o‘zgartirish (ro‘yxat raqami 871-1, 2000-yil 20-aprel). 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
78
2,161
Qonunchilik
Aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda
2021-2030 yillarda Aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasi loyihasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun e’lon qilingan. Loyiha yetakchi хalqaro tashkilotlar: XMT, BMTTD, YuNISEF, Jahon banki, OTB va YeI bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Strategiyani amalga oshirish uchun Kengash tashkil etiladi, quyidagilar uning asosiy vazifalari jumlasiga kiradi: Hujjat loyihasi bilan: Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova.
78
531
Qonunchilik
A. Ahadovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida
Ko‘p yillik fidokorona mehnati, respublika iqtisodiyoti taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi aksionerlik-tijorat dehqonchilik sanoati banki boshqaruvi raisi Abdurafiq Ahadov O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin.
86
303
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora
Vazirlar Mahkamasining “Davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlaridan olinadigan beg‘araz yordam moliyaviy mablag‘larini hisobga olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 4-fevraldagi 56-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-iyundagi 376-son qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “Ipoteka bank” ATIBga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
250
1,058
Qonunchilik
NAVOIY VILOYaTI NAVOIY ShAHRI TARKIBIDA KARMANA TUMANINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Navoiy tumani tarkibidagi Karmana shahrining qadimiy shuhratini tiklash, tarixiy obidalarini qayta ta’mirlash imkoniyatini kengaytirish, madaniy-maishiy, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, uning amalda Navoiy shahri hududi bilan tutashib ketganligidan kelib chiqib hamda mahalliy aholining xohish-istagini inobatga olib: 1. Navoiy viloyati hokimligining Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tuzish to‘g‘risidagi iltimosi qondirilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Navoiy shahri va Navoiy tumani chegaralari Karmana shahrining hozirgi hududi hamda Navoiy shahrining bir qismi negizida Karmana tumani tashkil etilganligini hisobga olgan holda o‘zgartiriladi. 3. Navoiy shahri va Navoiy tumanining chegaralarini o‘zgartirish, Karmana tumanini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 23-bandiga muvofiq Oliy Majlisga kiritilsin. 4. Navoiy shahrining Karmana tumanini tuzish tadbiriga bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanuvchi Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tuzilsin. 5. Respublika komissiyasi: — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda joriy yil oxirigacha Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etilganini hisobga olgan holda Navoiy shahrini kelgusida rivojlantirish bosh rejasiga tuzatishlar kiritsin; — Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni bilan birgalikda Navoiy shahrining suv, elektr ta’minoti, kanalizatsiya hamda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti yagona tarmog‘ini qayta ta’mirlash va shakllantirish tadbirlarini Karmana tumani tashkil etilganini hisobga olgan holda bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; — Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda korxonalar va tashkilotlarning ulushli mablag‘larini, shuningdek, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash markazlashtirilgan manbalarini jalb etish asosida Karmana tumanini Navoiy shahrining markaziy qismi bilan bog‘lovchi trolleybus yo‘lining birinchi navbati qurilishini 2000-yilda tugallashni ta’minlasin; — Navoiy viloyati hokimligi, “O‘zavtoyo‘l” Davlat konserni bilan birgalikda Karmana tumanining magistral yo‘llarini qayta ta’mirlash va shahar ichidagi yo‘llarini kengaytirish tadbirlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; — Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda homiylar va budjet mablag‘larini jalb etgan holda Mirsaid Bahrom maqbarasi, Hazrat Qosim Shayx maqbarasi majmui, Shayx Xo‘ja Husrav maqbarasi, Mirza-chorbog‘ yodgorliklarini qayta ta’mirlash dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmon yuzasidan qaror qabul qilsin. 7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
82
3,045
Qonunchilik
Retseptsiz preparatlar kamaydi
Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi roʻyхati e’lon qilindi (roʻyхat raqami 3200, 6.12.2019 y.). Ilgarigi roʻyхatga qaraganda yangi roʻyхat 49 ta pozitsiyaga qisqargan. Biroq, shifokor retseptisiz beriladigan monopreparatlarning umumiy soni 4 taga oshgan, kompleks preparatlar esa shu roʻyхatda 53 taga kamaygan. Umumiy roʻyхatda boʻlmagan barcha dori vositalariga  endi retsept talab etiladi. Bu shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega boʻlgan mutaхassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish va uni qoʻllash usuli toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmasidir. Retseptning shakli Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Eslatib oʻtamiz, retseptsiz preparatlar roʻyхati har yili yangilanadi (yilda kamida 1 marta). Qoidaga koʻra, bu noyabr-dekabrda roʻy beradi. Masalan, 2016, 2017 va 2018 yilda ham shunday boʻlgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.12.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
30
956
Qonunchilik
“OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
119
516
Qonunchilik
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi
Prezident tomonidan 23.08.2021 yildagi “Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5227-son qaror imzolandi. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida хalqaro talablar va standartlarga muvofiq malakali kadrlarni tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlarining oliy ma’lumotli mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, sohaga oid muammolarni ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etish maqsadida tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari: Akademiya nodavlat ta’lim tashkiloti hisoblanadi, ta’lim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi. Quyidagilar tasdiqlandi: Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (muassis) quyidagilar boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.08.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
58
867
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-339-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-339-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
192
743
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2001-yil 10-iyuldagi 294-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2001-yil, 7-son, 38-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 28-martda 40-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish Tartibi”ga (1998-yil 3-avgust, ro‘yxat raqami 467) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
120
1,097
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorining 13-bandini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom”ning 4-bandi o‘n sakkizinchi xatboshidan so‘ng quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), Davlat matbuot qo‘mitasi va “UzRAK” ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi bilan birgalikda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti to‘g‘risidagi axborotning Internet tarmog‘ida tarqatilishini muvofiqlashtiradi”.
109
1,047
Qonunchilik
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibini oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
Moliya vazirligi tomonidan “Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi ishlab chiqildi. Xususan, pensiya yigʻmajildi, pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlashga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek arizalarni roʻyхatga olish uchun Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan roʻyхatga olish kitoblari aхborot tizimida elektron shaklda yuritiladi (pensionerlarga berilgan guvohnomalarni roʻyхatga olish kitobi bundan mustasno). Pensiya yigʻmajildining toʻgʻri rasmiylashtirilishi pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa toʻlovlarni tashkil qilish shoʻ’basiga yuklanadi. Pensiya yigʻmajildini rasmiylashtirish va yuritish yagona tartibiga amal qilinishi ustidan nazoratni olib borish shoʻ’ba mudiriga, umumiy nazorat esa Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining boshligʻiga yuklanadi. Loyiha bilan pensiya, uy-joy-kommunal хizmatlari uchun kompensatsiya pul toʻlovlarini tayinlash, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash, toʻlovni tiklash va boshqalar toʻgʻrisidagi arizalarning yangi shakllari taklif qilinmoqda. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova.
88
1,310
Qonunchilik
Senatorlar “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi
Senatorlar tomonidan yalpi majlis kun tartibi doirasida “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri koʻrib chiqildi. Qonunning maqsadi mudofaa sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, mudofaani tashkil etishning va Qurolli Kuchlarni boshqarishning huquqiy asoslarini belgilash, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, tashkilotlar va fuqarolarning ishtirok etishini aniqlashdan iborat. Bu sohada davlat siyosatining asosiy maqsadlari etib hujjat bilan quyidagilar belgilandi: Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekistonning mudofaa sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga, mamlakatni mudofaaga tayyorlash masalalarini tartibga soluvchi ustav hujjatlarini ishlab chiqishni, Oʻzbekistonning mudofaa sohasidagi tashqi siyosati ochiqligini keng namoyish etishga koʻmaklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
55
918
Qonunchilik
Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqarishni tartibga solish va sifatli metall prokatini qo‘llash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda tegishli qurilish ishlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli investitsiya va infratuzilma loyihalari qurilish materiallari, metall mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash vazifalarida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-dekabrdagi 999-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan idoralararo ishchi guruhlar tomonidan joylarga chiqib qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqaruvchi 117 ta korxonaning faoliyati o‘rganib chiqildi. Ushbu korxonalar faoliyatini o‘rganish tayyor mahsulot va bevosita ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi kamchiliklar mavjudligini, shu jumladan, texnik reglamentlar yo‘qligini, ishlab chiqarishning ekologik ekspertizasi o‘tkazilmasligini, sinovlar o‘tkazib ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi nazorat qilinmasligini aniqladi. Ayrim hollarda korxonalar tomonidan muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan mahsulotlar sotilmoqda, shuningdek, davriy davlat tekshiruvidan o‘tmagan o‘lchash vositalaridan foydalanilmoqda. Qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq xo‘jalik va sanoat obyektlari qurilishida xavfsizlikni ta’minlash, ular qulashining oldini olish, qurilishda ishlatilayotgan metall mahsulotlari sifatini, shuningdek, metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki, 2020-yil 1-iyundan boshlab: sotilayotgan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan metall prokatining har bir to‘piga ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylashtiriladigan sifat to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinishi kerak. Bunda ishlab chiqaruvchilarda tegishli ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, metall prokatini boshqa sinov laboratoriyalarida (shu jumladan, tuzilgan shartnomalar asosida) sinovdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmatlari texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sertifikatlashtirilgan qurilish uchun mo‘ljallangan metall mahsulotlari xarid qilinishi va qo‘llanilishi uchun javob beradilar. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda sifati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan metall prokati va qurilish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar reyestrini shakllantirsinlar va e’lon qilsinlar, shuningdek, reyestr har yili yangilanishini ta’minlasinlar. 3. Belgilansinki, 2020-yil 1-iyundan boshlab induksion pechlardan foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatini ishlab chiqarish va qo‘llash taqiqlanadi. Bunda qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiyaning xulosasiga asosan belgilangan talablarni bajargan korxonalarga qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqarishga hamda qurilishdan boshqa maqsadlar uchun metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda induksion pechlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar metall prokati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi hamda obyektlarda binolar va inshootlarning zilzilaga bardoshligiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda insonning hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qo‘llanilishi aniqlangan hollarda metall prokati va undan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi, sotilishi va qo‘llanilishini to‘xtatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 5. Belgilansinki: xavfli ishlab chiqarish obyektlarini, shu jumladan, qora va rangli metallar eritmalari va ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan obyektlarni identifikatsiyalash faqat akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi; qora va rangli metallar eritmalari va ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan ishlab chiqarish obyektlari ular foydalanishga topshirilgunga qadar qonunchilik hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari sifatida majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi: metallurgiya mahsulotlarini tayyorlash va metallurgiya ishlab chiqarishlarini ishlatish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlarga xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda belgilangan tartibda ko‘maklashsin; Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “O‘zstandart” agentligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ruhli va polimer qoplamali sovutib yoyilgan listdan ishlab chiqariladigan qurilish mahsulotlari to‘g‘risida”gi maxsus texnik reglamentni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; amaldagi standartlarni qayta ko‘rib chiqsin hamda ular ruhlangan va polimer qoplamali sovutib yoyilgan listdan ishlab chiqariladigan qurilish mahsulotlariga, shuningdek, qurilish armaturasiga qo‘llaniladigan e’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ko‘rsin. 7. “O‘zstandart” agentligi metall prokatini majburiy sertifikatlash va sinashda ishtirok etadigan obyektlar faoliyati xavf-tahlil asosida davlat nazoratidan o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Qurilish vazirligi Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga obyektlarning sanoat xavfsizligi, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi, texnik reglamentlarga va standartlarning majburiy talablariga rioya qilinmaganligi uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadigan qonun loyihasini kiritsinlar. 9. 2020-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-dekabrdagi 999-son qarorining 7-bandida: a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2020-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda “O‘zbekiston” ilmiy sinovlar va metall prokati, shuningdek, ruhlangan va polimer qoplamali sovutib yoyilgan listning sifati va xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha markazi” davlat korxonasining sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini ko‘rsin”; b) to‘rtinchi xatboshiga “viloyatlaridagi” so‘zidan keyin “O‘zbekiston” ilmiy sinovlar va sifat nazorati” davlat korxonasining” so‘zlari qo‘shilsin.
144
8,092
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DON MAHSULOTLARI DAVLAT KONSERNI USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi don mahsulotlari (“O‘zdonmahsulot”) davlat konsernining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi don mahsulotlari (“O‘zdonmahsulot”) davlat konserni, keyingi o‘rinlarda konsern deb ataladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 6-fevraldagi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-fevraldagi 75-son qaroriga muvofiq va don mahsulotlari tarmoqlari, birlashmalari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining qarori bo‘yicha (ta’sis konferensiyasining 1992-yil 29-fevraldagi 1-son qarori) tashkil etilgan. 2. Konsern turli mulkchilik shakllariga ega bo‘lgan, keyingi o‘rinlarda ishtirokchilar deb ataladigan mustaqil birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ko‘p tarmoqli ixtiyoriy birlashmasi hisoblanadi. Konsern ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatni ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish rivojlanishi, shuningdek, investitsiya, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa faoliyat bo‘yicha funksiyalarning bir qismi konsern muassislari tomonidan ixtiyoriy ravishda unga berilishi asosida amalga oshiradi. 3. Konsern tarkibiga qiruvchi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xo‘jalik mustaqilligini, yuridik shaxs huquqini saqlab qoladilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va mazkur Ustavga muvofiq faoliyat ko‘rsatadilar. Ular bilan konsern o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ta’sis shartnomasi, Ustav bilan belgilanadi. 4. Konsern yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Ustavga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi, mustaqil va yig‘ma balansga, bank va tashqi iqtisodiy bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat tamg‘asi tushirilgan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi. Konsernni ro‘yxatga olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Konsernning asosiy faoliyati xo‘jalik hisobi, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 5. Konsern o‘z majburiyatlariga ko‘ra qonunchilik bo‘yicha jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘ziga tegishli mol-mulk uchun javob beradi. Konsern davlat va uning organlarining majburiyatlari uchun javob bermaganidek, davlat va uning organlari konsernning majburiyatlari uchun javob bermaydi. Agar konsern bilan uning ishtirokchilari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda boshqacha hol nazarda tutilmasa, konsern ishtirokchilari konsernning majburiyatlari uchun javob bermaganidek, konsern konsern ishtirokchilari bo‘lgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning majburiyatlari uchun javob bermaydi. 6. Konsern o‘z tarkibiga qiruvchi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning hududiy joylashuvidan qat’i nazar, o‘z vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha faoliyatini yagona ishlab chiqarish — xo‘jalik va ilmiy kompleks sifatida amalga oshiradi. 7. “O‘zdonmahsulot” konserni tarkibiga quyidagilar kiradi: don mahsulotlari hududiy ishlab chiqarish birlashmalari; loyiha-sanoat-qurilish birlashmalari; “Toshkentdonsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi; Toshkent bulka-qandolatchilik kombinati; ishlab chiqarish-texnologiya komplektlash birlashmasi; respublika axborot-hisoblash va joriy etish markazi; don mahsulotlarini himoya qilish bo‘yicha respublika ekspeditsiyasi; Qo‘qon ijarachi non kombinati; omixta ozuqa sanoati bo‘yicha respublika nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi; don mahsulotlari bo‘yicha respublika nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi; Toshkent texnologiya texnikumi; rahbarlar, mutaxassislar va ishchi kadrlarning malakasini oshirish kurslari. Idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, iqtisodiy manfaatlarining umumiyligi asosida boshqa korxonalar, tashkilotlar ham ixtiyoriy ravishda konsern tarkibiga kirishlari mumkin. 8. Konsernning manzilgohi: Toshkent-60, Lohutiy ko‘chasi, 36. 9. Konsern respublika xalq xo‘jaligi va aholisini don, un, non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari hamda omixta ozuqa bilan ta’minlaydi. 10. Quyidagilar konsernning asosiy vazifalari hisoblanadi: don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalari bilan kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha, davlat buyurtmalariga muvofiq, shuningdek aholidan don, moyli urug‘lar, don va moyli o‘simliklarning navdor va duragay urug‘larini, o‘t urug‘larini, pichan va o‘t unini xarid qilish; don resurslarini, shu jumladan, davlat va safarbarlik resurslarini, shuningdek, konsern Ustavi bilan belgilangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va boshqa rezervlarni markazlashtirilgan jamg‘arish, oqilona hududiy joylashtirish va saqlash; tuzilgan shartnomalar va savdo tashkilotlarining talabnomalari bo‘yicha un, yorma, non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari, omixta ozuqa yetishtirish va yetkazib berish davlat buyurtmasi topshiriqlarini bajarish, o‘z do‘konlari bo‘lgan kichik novvoyxonalar tarmog‘ini rivojlantirish; don, un, yorma, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari va omixta ozuqa sifatini muntazam tekshirish; yagona ilmiy-texnika va texnologiya siyosatini olib borish, ichki va tashqi bozor konyunkturasini o‘rganish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish; davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy va xalqaro tashkilotlarda konsern va uning muassislarining manfaatlarini ifodalash; ishlab chiqarishni barcha choralar bilan intensivlashtirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash, moddiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari: asosiy fondlar, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga ko‘maklashish, elevator, tegirmon, yorma, non pishirish, makaron, qandolatchilik va omixta ozuqa sanoatini jadal rivojlantirish, ishlab chiqarish rivojlanishining yuksak sur’atlarini va mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlash; investitsiyalardan oqilona foydalanish va ularning samaradorligini oshirishga, qurilish qiymatini kamaytirish va muddatini qisqartirishga, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini o‘z vaqtida ishga tushirish va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirishga ko‘maklashish; buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish va don mahsulotlari tarmoqlari uchun bajariladigan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash; tarmoqning favqulodda sharoitlarda barqaror ishlashini tashkil etish; amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida harbiy-safarbarlik ishlari va fuqaro mudofaasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlarini ta’minlash; don mahsulotlari tarmoqlarining istiqboldagi rivojlanishini va ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni oldindan belgilash; davlat mulkini xususiylashtirishga ko‘maklashish, aksionerlik jamiyatlari tashkil etish; don, moyli urug‘lar va tayyor mahsulotning ilmiy asoslangan narxlarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va tasdiqlashda qatnashish; qo‘shma va kichik korxonalar barpo etish ishlarini tashkil qilish; kadrlar siyosatini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish, kadrlar rezervlarini shakllantirish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; konsern tarkibiga qiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarda amaldagi qonunchilikning to‘g‘ri qo‘llanilishini tashkil etish, shuningdek, konsern ichida birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar o‘rtasida, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalar va tashkilotlar bilan iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. 11. Asosiy vazifalariga muvofiq konsern quyidagilarni ta’minlaydi: mehnat jamoalarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishlari, ishlarni bajarishi va xizmat ko‘rsatishlari uchun eng qulay sharoitlar yaratish hamda ularning faoliyatiga amaliy yordam berish; tadqiqotlarni bajarish va mahsulotlar, xomashyo, texnika va texnologiyaning yangi turlarini ishlab chiqish hamda ularning ishlab chiqarishga joriy etilishini jadallashtirish maqsadida yagona ilmiy-texnika va texnologiya siyosatini o‘tkazish; o‘z mahsulotlarini va konsern a’zolarining mahsulotlarini sotish bo‘yicha eksport-import a’mollarini bajarish; bozor konyunkturasini o‘rganish, savdoni rivojlantirish, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalarni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, o‘zining tashqi iqtisodiy xizmatini tashkil etish; iste’molchilar talabiga chaqqon javob berish imkonini beruvchi ishlab chiqarish-xo‘jalik tuzilmalarini shakllantirish; oqilona ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish, o‘zaro foydali to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish; konsern birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini davlat buyurtmalarida nazarda tutilgan xomashyo, moddiy-texnika va tovar resurslar bilan barqaror ta’minlash, ta’minotning progressiv tashkiliy va tijorat shakllarini qo‘llash; ishlab turgan korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish, kengaytirish, rekonstruksiyalash va texnika bilan qayta jihozlash uchun konsern investitsiya siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashish; xo‘jalik hisobi munosabatlarini hamda birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashini rivojlantirish; boshqaruv tizimini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish, xo‘jalik mexanizmining yangi shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi va integratsiyasi samaradorligini oshirish; istiqbolda o‘zining bank kredit-hisob-kitob xizmatini tashkil etish hamda konsern va uning tarkibiga qiruvchi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning barqaror iqtisodiy holatini ta’minlashga qaratilgan yagona tijorat va moliya siyosatini o‘tkazish; mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha faol kadrlar siyosatini yurgizish; konsern birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlashda vositachilik funksiyalarini amalga oshirish; respublika don mahsulotlari tarmog‘ida qonunchilikning qo‘llanilishi amaliyotini umumlashtirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda huquqiy ishlarni yaxshilash. 12. Konsern quyidagi huquqlarga egadir: o‘z tarkibiga kiruvchi ishtirokchi korxonalarning manfaatlarini davlat organlarida, sudda va hakamlik sudi organlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va birlashmalarda himoya qilish; davlat mulkiga egalik qilish va uni boshqarish bilan bog‘liq masalalarda davlat manfaatlarini himoya qilish; belgilangan tartibda konsern filiallari va vakolatxonalari, shuningdek xorijiy sheriklar bilan qo‘shma korxonalar, firmalar, birlashmalar tashkil etish. Tashqi iqtisodiy bitimlar (shartnomalar) tuzish va ulardan foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun xorijiy firmalarni jalb etish. Filiallar va vakolatxonalarga konsern mol-mulki hisobidan asosiy va aylanma mablag‘lar beriladi hamda ular konsern tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadilar; konsern xodimlarini belgilangan tartibda chet elga xizmat safariga yuborish; konsern Kengashining qaroriga ko‘ra umuman konsern va uning alohida ishtirokchilari manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun markazlashtirilgan maqsadli jamg‘armalar, moliyaviy mablag‘lar rezervlari, shu jumladan valyuta mablag‘lari rezervlari tashkil etish; o‘z mablag‘larini qo‘shma va kichik korxonalar tashkil etilishiga sarflash hamda foyda (daromad)ning tegishli ulushini, dividendlar yoki ijtimoiy ne’matlar olgan holda boshqa tadbirlarni amalga oshirish; ishtirokchilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish; ishtirokchilarning roziligi bilan ayrim funksiyalarning bajarilishini va huquqlarning amalga oshirilishini ta’minlash; tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan ishonib topshirilgan mol-mulkdan samarali foydalanishni ta’minlash; belgilangan tartibda aksiyalar va boshqa qimmatdor qog‘ozlar chiqarish, ular bilan qonunchilikda yo‘l qo‘yilgan a’mollar o‘tkazish; o‘z nomidan shartnomalar tuzish, sudda, hakamlik va hakamlar sudida da’vogar va javobgar bo‘lish; maqsadli dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun tashqi bozorda realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlardan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar olgan valyuta tushumi hisobidan belgilangan tartibda valyuta jamg‘armasi tashkil etish; sotishning bozor talablarini hisobga olgan holda konsern non yopish tarmoqlari korxonalari mahsulotlar uchun normativ-texnika hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash; konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan konsern zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotlarni talab qilib olish; zarur bo‘lgan hollarda respublikaning boshqa vazirliklari, idoralari, davlat qo‘mitalari va konsernlari bilan birgalikda qo‘shma yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar chiqarish. “O‘zdonmahsulot” konsernining o‘z vakolatiga qiruvchi davlat don resurslarining sifati, ularning harakati va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha yo‘riqnoma va ko‘rsatmalari idoraviy bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, barcha tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. 13. Yuridik shaxs huquqidan foydalanuvchi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga amal qiluvchi, konsern Ustavini e’tirof etuvchi va konsernning maqsad va vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish yuzasidan o‘z zimmasiga majburiyat qabul qilgan, 1992-yil 1-yanvardagi ro‘yxatdagi tarkib bo‘yicha bir ishlovchi hisobiga 50 so‘m miqdorida kirish badali to‘lagan mulkchilikning har qanday shaklidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar iqtisodiy manfaatlarining umumiyligi asosida konsern ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin. 14. Konsern ishtirokchilari quyidagi huquqlarga egadir: konsern, uning xo‘jalik bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va beriladigan axborotdan, ularning buxgalteriya uchyoti ma’lumotlaridan, hisobot va boshqa hujjatlaridan, shuningdek, konsernning boshqa ishtirokchilari mahsulotlari, ishlari va xizmatlaridan birinchi navbatda foydalanish; konsern va uning ishtirokchilari faoliyati masalalari bo‘yicha konsern rahbar organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish; o‘zining moliyaviy ahvolini mustahkamlash va xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish uchun konserndan Kengash qaroriga ko‘ra belgilangan tartibda moliyaviy va boshqa yordam olish; konsern apparati xodimining noqonuniy faoliyati tufayli yetkazilgan zararning qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; foyda (daromad)ning tegishli ulushi, dividendlar yoki ijtimoiy ne’matlar olgan holda o‘z mablag‘larini konsern tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarga sarflash. 15. Konsern ishtirokchilari quyidagilarga majburdir: ta’sis shartnomasi qoidalariga va konsern Ustaviga rioya qilish; konsern rahbar organlarining qarorlarini bajarish; konsernning markazlashtirilgan jamg‘armalari va rezervlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan badallar va ulushlari ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda va usulda o‘z vaqtida va to‘la hajmda to‘lash; tasdiqlangan davlat statistika axborotiga muvofiq o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati va moliyaviy ahvoli to‘g‘risida axborot taqdim qilish; konsern va uning ishtirokchilari uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni birinchi navbatda amalga oshirish; soliqlar va to‘lovlar to‘g‘risida respublikada amal qiluvchi qonunchilikka muvofiq budjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish; konsernning tijorat siriga rioya qilish. Konsern ishtirokchilariga uning Kengashi qarori bilan qo‘shimcha ravishda boshqa huquq va majburiyatlar berilishi mumkin. 16. Konsern boshqaruvining tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi: konsern ishtirokchilari vakillarining konferensiyasi, konsern Kengashi, rais boshchilik qiladigan konsern boshqaruvi va ijroiya ishchi apparat. Konferensiya konsernning yuqori organi hisoblanadi. Konferensiya quyidagilarni amalga oshiradi: konsern raisini, uning o‘rinbosarlarini, Kengash a’zolarini va 7 nafardan iborat konsern boshqaruvi a’zolarini 5 yil muddatga saylash; konsern faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash; konsern Ustavini o‘zgartirish; taftish komissiyasini saylash; Konsern konferensiyasi rais tomonidan bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Konferensiya qarori ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va konsern raisining buyruqlari, farmoyishlari bilan hayotga tatbiq etiladi. 17. Birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar (muassislar) vakillari konferensiyasi tomonidan saylanadigan konsern Kengashi boshqaruvning yuqori organi hisoblanadi. Konsern Kengashining maqomi va ishi Kengash to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi. Konsern Kengashining belgilangan tartibda qabul qilingan qarori konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. 18. Konsern Kengashi: konsern ishlab chiqarish-xo‘jalik, ilmiy-texnika va ijtimoiy rivojlanishi strategiyasini belgilaydi, xo‘jalik faoliyatining, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirishning, mehnat jamoalarini ijtimoiy rivojlantirishning, respublika aholisining don mahsulotlariga, chorvachilikning omixta ozuqaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishning muhim masalalarini hal etadi; konsern boshqaruvi ishchi apparatining xodimlari soni va tuzilmasini hamda uni saqlash xarajatlarini belgilaydi; konsern a’zolarining takliflari asosida konsern iqtisodiy rivojlanishining istiqbol rejalari konsepsiyasi va prognozlarini tasdiqlaydi; boshqaruv tomonidan qonun chiqaruvchi organlarga kiritiladigan muhim me’yoriy hujjatlarning loyihalarini ko‘rib chiqadi; korxonalar va tashkilotlar uchun davlat buyurtmalari Nizomga muvofiqligini belgilaydi; konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish uchun hakamlar sudini tasdiqlaydi; konsern boshqaruvining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun besh yil muddatga taftish komissiyasini saylaydi; konsern tarkibiga yangi a’zolar qabul qilish va uning tarkibidan chiqish masalalarini hal etadi; konsernning investitsiya siyosatini tasdiqlaydi; konsernning, uning boshqaruvining, shuningdek, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning asosiy vazifalari va funksiyalari bajarilishini ko‘rib chiqadi va baho beradi; konsern moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotni tasdiqlaydi; zarar ko‘rib va samarasiz ishlayotgan ayrim birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda hal etadi. 19. Konsern Kengashining majlislari bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Konsern Kengashining qarori ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Kengashning har bir a’zosi bitta hal qiluvchi (muassislar) va maslahat ovozi huquqidan foydalanadi. Kengash majlisida Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashishi shart. Konsern Kengashi tomonidan qabul qilinadigan yechim qaror bilan rasmiylashtiriladi va uni konsern Kengashi raisi imzolaydi. 20. Konsern Kengashi qarorlarini hayotga tatbiq etish uchun konsern boshqaruvi va uning ishchi apparati tashkil etiladi. Konsern boshqaruvi va ishchi apparati kelishilgan normativlar bo‘yicha birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar foydasidan ajratmalar, shuningdek, o‘zining tijorat faoliyatidan olinadigan mablag‘lar hisobidan saqlanadi. 21. Konsern boshqaruvi: ilmiy-texnika, iqtisodiy rivojlanish va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida birgalikdagi faoliyat yo‘nalishlari va shakllarini ishlab chiqadi; tarmoq davlat buyurtmasini joylashtirishni tashkil etadi; Kengashning roziligi bilan konsernning markazlashtirilgan jamg‘armalari va rezervlaridan, shu jumladan valyuta jamg‘armalari va rezervlaridan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; konsern ishchi apparati xodimlari mehnatiga haq to‘lash va mukofotlash tartibi va shartlarini tasdiqlaydi; konsern zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat, mehnat jamoalari va konsern Kengashi oldida to‘la javob beradi; konsern Kengashining majlislari o‘rtasidagi davrda konsernni boshqarishni amalga oshiradi. 22. Boshqaruv majlislari har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Boshqaruv konsern faoliyatining har qanday masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi, konferensiya va konsern Kengashi vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bundan mustasnodir. Boshqaruv qarori ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 23. Konsern Raisi va uning o‘rinbosarlari konferensiya tomonidan saylanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Konsern raisi: Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijro etilishini tashkil etadi, konsernning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlar va farmoyishlariga, direktiv organlarning boshqa qarorlariga amal qiladi; konsern Kengashi va uning ijroiya apparati ishiga boshchilik qiladi, davlat buyurtmasini joylashtirish uchun davlat boshqaruvi organlari oldida javob beradi; obyektlarni me’yoriy muddatlarda ishga tushirishga qaratilgan konsern investitsiya siyosatini amalga oshiradi; o‘z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar chiqaradi, Nizom va ustavlarni tasdiqlaydi, moliyaviy hisobot va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi, ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi, davlat boshqaruvi organlarida konsern manfaatlarini ifodalaydi, amaldagi qonunlar va konsern Ustavi doirasida uning mol-mulkini va mablag‘larini boshqaradi, bitimlar tuzadi va a’mollarni bajaradi; konsern ishtirokchilari bo‘lgan birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati uchun iqtisodiy shart-sharoitlarning (investitsiyalar, kredit berish va boshqalarni tartibga solish) kompleks hal etilishini ta’minlaydi; konsern Kengashi bilan birgalikda xo‘jalik hisobidagi firmalar, aksionerlik jamiyatlari, tijorat banklari va tijorat, tashqi savdo, moliya, yuridik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etadi, shuningdek MDHda va xorijda konsern firmalari, vakolatxonalarining, qo‘shma korxonalarning, shu jumladan xorijiy firmalar bilan birgalikda, muassisi bo‘ladi. progressiv texnologiyalar, mahsulotlar va texnikaning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha fan-texnika siyosatini amalga oshiradi; belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga konsern vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarning loyihalarini kiritadi; o‘ziga berilgan vakolatlarga muvofiq konsern birlashmalari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan amaldagi qonunchilikka, respublika hukumatining va konsern Kengashining qarorlariga zid ravishda chiqarilgan buyruqlar, yo‘riqnomalarni bekor qiladi; konsernga kirgan davlat birlashmalari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining rahbarlarini konsern boshqaruvining taqdimnomasi bo‘yicha ishga tayinlaydi va ishdan bo‘shatadi; konsern ishchi apparatining shtatlarini, shuningdek, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlaydi, apparat xodimlarini ishga tayinlaydi va ishdan bo‘shatadi, lavozim maoshlari va ularga ustamalarni belgilaydi, apparat xodimlari ta’tilining qancha davom etishini belgilaydi, rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi va intizomiy jazo beradi. Konsern raisi o‘rinbosarlarining va apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining xizmat vazifalari doirasini belgilaydi; konsern vakolatiga kiruvchi ayrim masalalarning hal etilishini ishchi apparat bo‘linmalariga, shuningdek, konsern birlashmalari, korxonalari va tashkilotlariga topshiradi; konsern boshqaruvi organlarining qarorlari loyihalarini tayyorlash bilan bog‘liq analitik, muvofiqlashtiruvchi va rejali ishlarni yuritadi; Kengash, konferensiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi oldida konsern zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun to‘la javob beradi. Raisning vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi bo‘yicha ular oldida vaqt-vaqti bilan hisob beradi. 24. Konsernning mol-mulki uning ustav fondini tashkil etuvchi asosiy fondlar va aylanma mablag‘lardan, shuningdek, konsern ishtirokchilari tomonidan unga ulush, badal ko‘rinishida berilgan mol-mulkdan, konsern ishtirokchilari tomonidan xo‘jalik faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotlardan va olingan daromadlardan, konsern tomonidan boshqa asoslar bo‘yicha olingan hamda qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa mol-mulkdan iborat bo‘ladi. 25. Konsernga birkitilgan mol-mulk uning mustaqil balansida hisobga olinadi. 26. Konsern har bir ishtirokchisining ulushlari va badallari miqdori, ularning tarkibi, berish muddatlari va tartibi ta’sis shartnomasi yoki boshqa shartnomalar, konsern Kengashining qarori bilan belgilanadi. 27. Konsern ishtirokchilarining mol-mulki tarkibiga pul mablag‘lari, shu jumladan, vatan va xorijiy valyutada ham, binolar, asbob-uskunalar, transport vositalari, xomashyo, materiallar, boshqa moddiy resurslar va qimmatdor qog‘ozlar kirishi mumkin. Qo‘shiladigan mol-mulkning qiymati konsern ishtirokchilari komissiyasining qo‘shma qarori bilan belgilanadi. Mol-mulkni baholash bo‘yicha xarajatlarni uni ulush sifatida taklif qilayotgan konsern a’zosi to‘laydi. Har qanday ulush so‘mlarda baholanadi va ustav fondida ishtirokchining ulushini tashkil etadi. Mol-mulk konsern ishtirokchilariga faqat foydalanish uchun berilgan hollarda ishtirokchilarning badali va tegishli ulushi miqdori shartnomada ko‘rsatilgan mol-mulkdan foydalanishning butun davri uchun hisoblab chiqilgan bu mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara haqidan kelib chiqib belgilanadi. 28. Markazlashtirilgan fondlar va konsernning rezervlari konsern ishtirokchilarining daromadlari hisobidan hosil bo‘ladi, ularning miqdori va ularni berish tartibi konsern Kengashi tomonidan belgilanadi. 29. Konsern tomonidan yangidan tashkil etiladigan firmalar va korxonalarning ustav fondlari quyidagilar hisobidan shakllanadi: aksiyalarni sotish; markazlashtirilgan fondlar va konsern rezervlari; amortizatsiya ajratmalari, banklarning kreditlari sifatida ijaraga topshirilgan davlat mulkidan konsernga kelib tushuvchi ijara haqi. 30. Aksionerlik kapitali hosil qilish va undan foydalanish, chiqariladigan aksiyalarning toifalari, ularning nominal qiymati, turli toifalardagi aksiyalarning nisbati, konsern ishtirokchilari tomonidan sotib olinadigan aksiyalar soni, ularni chiqarish muddatlari to‘g‘risidagi masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq konsern Kengashi tomonidan belgilanadi. 31. Konsern ishtirokchilari yozma ariza berilgandan olti oy keyin, lekin ilgari qabul qilingan shartnoma majburiyatlarini albatta bajarish sharti bilan konsern tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar. 32. Konsern faoliyatining to‘xtatilishi konsern ishtirokchilari konferensiyasining majlisida ishtirok etgan a’zolarning uchdan ikki qismi ovozidan iborat ko‘pchilik ovoz bo‘yicha konsernni qayta tashkil etish yoki tugatish yo‘li bilan, shuningdek, boshqa hollarda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda yuz beradi. 33. Konsern qayta tashkil etilganda konsernga tegishli bo‘lgan barcha huquq va majburiyatlar uning huquqiy vorisiga o‘tadi. 34. Konsernning tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ tugatish komissiyasini tayinlaydi. 35. Tugatish komissiyasi mavjud mol-mulkni baholaydi, tugatish balansi tuzadi va uni konsern konferensiyasiga taqdim etadi. 36. Konsernning pul mablag‘lari, tugatish paytida sotilgan mol-mulkdan tushgan tushum ham shu jumlaga kiradi, ishchi apparat xodimlari bilan hisob-kitob qilingandan va banklar, budjet va boshqa kredit beruvchilar oldidagi majburiyatlar bajarilgandan keyin tugatish komissiyasi tomonidan konferensiya tomonidan belgilangan tartibda konsern ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi. 37. Konsern o‘zining mavjud bo‘lishini Davlat ro‘yxatga olish daftaridan chiqarilgan vaqtdan boshlab to‘xtatadi. 38. Qabul qilingan Ustavga konsernni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga va amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan o‘zgartish va qo‘shimchalar konsern a’zolari tomonidan konsern Kengashining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taqdim etilishi mumkin.
89
28,761
Qonunchilik
“Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Jahon siyosati va iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar va diplomatiya, xalqaro huquq va tashqi savdo sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V. Putinning 2018-yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda — bosh muassasa) “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini (keyingi o‘rinlarda — Filial) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etadigan va faol ilgari suradigan, muhim siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa vazifalarni hal qila oladigan, talab kuchli bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni oliy ta’lim dasturlari bo‘yicha tayyorlash; mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim va ilm-fanning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili, shuningdek uning jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga uyg‘un integratsiyasini ta’minlash asosida rivojlantirish; xalqaro siyosiy, diplomatik, huquqiy, iqtisodiy va savdo munosabatlari sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish hamda joriy etish; pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy yuqori samarali pedagogik uslub va ta’lim texnologiyalarini faol joriy etish; ta’lim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (keyingi o‘rinlarda — JIDU) bilan har tomonlama hamkorlik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash; O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining xalqaro nufuzini mustahkamlash va uni mintaqaviy ta’lim xabi sifatida tanitish. 3. Belgilansinki: Filial O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq bosh muassasaning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi; Filialda o‘quv jarayoni bakalavriat dasturlari bo‘yicha to‘rt yillik va magistratura dasturlari bo‘yicha ikki yillik ta’limni ko‘zda tutgan bo‘lib, asosan kunduzgi shaklda amalga oshiriladi; Filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi federal ta’lim standartlariga muvofiq bosh muassasa tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va ta’lim dasturlari asosida rus va ingliz tillarida olib boriladi; barcha darajadagi ta’lim dasturlari rus va ingliz tillaridan tashqari qo‘shimcha chet tilini o‘qitishni ko‘zda tutadi; abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi bosh muassasa tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi; Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi. 4. Bosh muassasa va JIDUning 1-ilovaga muvofiq tarkibda Filial Akademik maslahat kengashini tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin hamda uning zimmasiga o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari, shuningdek Filial rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi yuklansin. 5. Bosh muassasa: o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish; Filial professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari malakasini, shu jumladan masofaviy o‘qitishni tashkil etish orqali muntazam oshirish va qayta tayyorlash; Filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek kutubxona fondini shakllantirish va o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar, shu jumladan multimedia ko‘rinishidagi zamonaviy adabiyotlar bilan boyitishda ko‘maklashishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda bosh muassasaning 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Filialda 2-ilovaga muvofiq bakalavriat va magistraturaning istiqbolli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 7. Belgilab quyilsinki: qabul kvotasi manfaatdor vazirlik va idoralarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda Filial tomonidan mustaqil belgilanadi; Filialda ta’lim to‘lov-kontrakt, shu jumladan vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlarning maqsadli buyurtmalari asosida tashkil etiladi; kadrlarni maqsadli buyurtmalar asosida tayyorlash, shu jumladan bitiruvchilarni kelgusida ish bilan ta’minlash shartlari abituriyent hamda vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq belgilanadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 47-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tutash hududi bilan birga JIDU balansiga o‘tkazsin. Filial va uning bo‘linmalari Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 47-uy manziliga beg‘araz foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin. 9. Quyidagilar: Filialning Vasiylik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq; Filialni tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy komissiyaning tarkibi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 10. Tashkiliy komissiya (I.T. Ne’matov): a) Filial faoliyatini tashkil etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirishni; b) 2019-yil 1-avgustga qadar: Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishni; Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va orgtexnika, ta’limning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalari bilan jihozlashni; Filialni tanlov asosida ishga qabul qilinadigan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirishni ta’minlasin. 11. Belgilansinki: Filialning Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablag‘lari, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati hamda shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, manfaatdor milliy va xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan texnik ko‘mak mablag‘lari (grantlar), shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi; Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va orgtexnika, ta’limning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida ko‘zda tutilgan markazlashtirilgan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; o‘quv va tadqiqot bo‘linmalarini joylashtirish, shuningdek Filial talabalari va o‘qituvchilari yashashi uchun ajratiladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha bosh buyurtmachi “Toshkentqurilishinvest” injiniring kompaniyasi hisoblanadi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: a) bosh muassasa hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda: bir oy muddatda ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va Filialni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni ta’lim berish va o‘quv jarayonini tashkil qilishga doimiy asosda jalb etishni ta’minlasin; b) Filial buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilar va Filialning ma’muriyat xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari uchun ko‘p martalik kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirish; v) har yili Filial bitiruvchi kurslarining iqtidorli talabalariga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, shuningdek xalqaro tashkilotlarda o‘quv amaliyotini o‘tashlariga har tomonlama ko‘maklashishni ta’minlasin. 13. 2022-yil 1-yanvarga qadar Filialni jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun olib kelinadigan uskunalar, kompyuter texnikasi va orgtexnika, ta’limning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi olingan taqdirda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Filial buyurtmanomalariga ko‘ra, Filialning xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriyat xodimlari hamda ularning oila a’zolariga davlat bojini undirmasdan ko‘p martalik vizalarni berish va uning muddatini uzaytirish, shuningdek ularni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Filial buyurtmanomalariga ko‘ra, Filial faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berishni (uzaytirishni) ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin. 1. Biznes-informatika. 1. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish. 2. Xalqaro xususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj. 3. Xalqaro savdo va moliya huquqi. 4. Xalqaro tashkilotlar uchun sinxron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikatsiya.
227
10,995
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida: o‘n yettinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; o‘n sakkizinchi — o‘ttiz beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n yettinchi — o‘ttiz to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori U.B. A’lamov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
250
1,152
Qonunchilik
IQTISODIYOTNING AYRIM TARMOQLARI XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARI UChUN XODIMLAR SONI VA MEHNATGA HAQ TO‘LASh FONDINING ENG KAM ME’YORLARINI ANIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-fevraldagi 10-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish tashkilotlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini belgilaydi. Mazkur Nizom shtat jadvallari davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlariga, shuningdek yakka buyurtmalar bo‘yicha umumiy ovqatlanish sohasida banket asosida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 1. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida xodimlarning eng kam soni chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida ishga qancha mehnat kuchi sarflanish me’yorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 2. Qurilish ishlaridagi quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori qurilish ishlarida qancha mehnat kuchi sarflanishi me’yorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 21. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari asosiy xodimlari sonining, shuningdek qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlarini aniqlashda hosil bo‘lgan kasr sonlar yaxlitlash qoidalariga ko‘ra butun songa yaxlitlanadi. 3. Tashkilotlarning ma’muriy va texnik xodimlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib ma’muriy, texnik va yordamchi ishchilar soni shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi, ularning soni belgilangan xodimlar sonining eng kam me’yori tarkibiga kirmaydi. 4. Xodimlarning ish vaqti tartibi va grafigi ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi. Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 5. Olti kunlik ish haftasini har kungi ish muddati 12 soatni (haftasiga jami 72 soatni) tashkil etgan chakana savdo tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori uning savdo maydoniga qarab mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq aniqlanadi. 6. Chakana savdo tashkilotining ish vaqti rejimi haftasiga 72 soatdan ortib ketsa, mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq aniqlangan asosiy xodimlar sonining eng kam me’yoriga ko‘paytirish koeffitsiyenti, agarda 72 soatdan kam bo‘lsa, asosiy xodimlar sonining aniqlangan eng kam me’yoriga kamaytirish koeffitsiyenti (kamaytirish koeffitsiyenti 0,8 dan, qishloq hududlarida 0,6 dan kam bo‘lmasligi kerak) qo‘llaniladi. Bunda, koeffitsiyentning miqdori chakana savdo tashkiloti amaldagi ish vaqtining me’yoriy ish vaqtiga nisbatini aks ettiradi. 7. Etti kunlik ish haftasini har kungi ish muddati 12 soatni (haftasiga jami 84 soatni) tashkil etgan umumiy ovqatlanish tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori tashkilotning turiga va xizmat ko‘rsatiladigan stollar sonini inobatga olgan holda mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan har bir lavozim va kasblar bo‘yicha xodimlar sonining eng kam me’yorlarini qo‘shish orqali aniqlanadi. 8. Umumiy ovqatlanish tashkilotining ish vaqti rejimi haftasiga 84 soatdan ortib ketsa, mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq aniqlangan asosiy xodimlar sonining eng kam me’yorlariga ko‘paytirish koeffitsiyenti, agarda 84 soatdan kam bo‘lsa, asosiy xodimlar sonining aniqlangan eng kam me’yoriga kamaytirish koeffitsiyenti (kamaytirish koeffitsiyenti 0,5 dan kam bo‘lmasligi kerak) qo‘llaniladi. Bunda, koeffitsiyentning miqdori umumiy ovqatlanish tashkiloti amaldagi ish vaqtining me’yoriy ish vaqtiga nisbatini aks ettiradi. 9. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini hisoblab chiqarishda tashkilotlardagi barcha xodimlarning soni (asosiy xodimlar sonining aniqlangan eng kam me’yori hamda ma’muriy va texnik xodimlar) hisobga olinadi. 10. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari ma’muriy va texnik xodimlarining sonini mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan tavsiyalardan foydalangan holda va o‘rindoshlikni hisobga olib, mustaqil ravishda ma’muriy va texnik funksiyalarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilaydi. Agarda rahbar yoki mulkdor bir vaqtning o‘zida ma’muriy funksiyalarini hamda asosiy xodimning funksiyasini bajarsa, unda ushbu xodim asosiy xodimlar soniga kiritiladi. 11. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq aniqlanadi. 12. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ishning o‘rtacha razryadi mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan. 13. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorini hisoblashning shartli namunalari mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan. 14. Quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlari qurilish ishlarida qancha mehnat kuchi sarflanishini hisobga olgan holda shaharsozlik normalari va qoidalaridan kelib chiqib aniqlanadi. 15. Quruvchi ishchilar eng kam sonining me’yorlari obyektda asosiy qurilish ishini bajarish bilan band bo‘lgan barcha kasbdagi ishchilarni o‘z tarkibiga oladi (pudrat va subpudratchi tashkilotlar bajaradigan ishlarni ham qo‘shgan holda), pudrat va subpudratchi tashkilotlarga loyiha, transport, ekspeditsiya va boshqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar xodimlari bundan mustasno. Quruvchi ishchilar kasblarining nomenklaturasi va tarif-malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2010-y., 34-son, 291-modda) muvofiq tasdiqlanadi. 16. Obyektdagi barcha qurilish ishlarida band bo‘lgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlari mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq aniqlanadi. 161. Qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladigan hamda qurilish ishlarining texnologik xususiyatlari va bajarish grafigidan kelib chiqadigan oylik mehnat sarfi notekis bo‘lganda, shuningdek qurilish ishlari amalga oshirilayotgan shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smeta hujjatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanmaganda, quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori mazkur Nizomning 7a-ilovasiga muvofiq har bir kalendar oy uchun alohida aniqlanadi. Bu holda qurilish tashkiloti, mustaqil ravishda, ushbu kalendar oyda amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib, shaharsozlik normalari va qoidalari asosida mehnat sarfini (odam/soatda) aniqlaydi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smeta hujjatlari tasdiqlangandan so‘ng quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori amalda bajarilgan ishlar hajmi bo‘yicha qayta hisoblanmaydi. 162. Agar ayrim qurilish ishlari bo‘yicha shaharsozlik normalari va qoidalari asosida mehnat sarfi belgilanmagan bo‘lsa, qurilish tashkiloti ushbu ishlarni bajarishga ketgan amaldagi mehnat sarfidan kelib chiqib quruvchi ishchilar sonini mustaqil ravishda aniqlaydi. 17. Agarda obyektdagi alohida turdagi qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi bilan birgalikda subpudrat tashkilotlari ishtirok etsa, bosh pudratchining quruvchi ishchilari sonining eng kam me’yorlari mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq aniqlanadi. 18. Har bir subpudrat tashkilotidagi quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori mazkur Nizomning 16, 161 va 162-bandlarida belgilangan mezonlar asosida shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan tuzilgan smetaga muvofiq qurilish ishlarini bajarish uchun ketadigan mehnat sarfi me’yoridan va subpudrat shartnomasida ko‘rsatilgan bajariladigan ishning muddatidan kelib chiqib aniqlanadi. 19. Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan formulaga muvofiq aniqlanadi. 191. Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini hisoblashda butun tashkilot bo‘yicha barcha xodimlar soni hisobga olinadi (quruvchi ishchilar sonining aniqlangan eng kam me’yori, shuningdek boshqaruv va texnik xodimlar soni). 20. Quruvchi ishchilar sonining va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlashda mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan shartli namunalardan foydalaniladi. 21. Mazkur Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 22. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 1. Asosiy xodimlar: sotuvchi (dorixona provizori); sotuvchi-konsultant; kassir; qadoqlovchi; qassob; tovar taxlovchi; bo‘lim, seksiya mudiri; yoqilg‘i quyish stansiyasi operatori; yoqilg‘i va yoqilg‘i-moylash mahsulotlari quyuvchisi; buyum (mebel) yig‘uvchi; yuk ortuvchi-tushiruvchi. 2. Boshqaruv xodimlari: direktor (mudir); direktor (mudir) o‘rinbosari; bosh hisobchi, hisobchi; tovarshunos; ekspeditor; ombor mudiri (omborchi). 3. Texnik xodimlar: asbob-uskunalarni ta’mirlovchi va ekspluatatsiya qiluvchi xodim; rassom-bezovchi; farrosh; hovli tozaligiga qarovchi xodim; qorovul. 1. Asosiy xodimlar: ofitsiant; bosh oshpaz, oshpaz; bufetchi, bar (mayxona) sotuvchisi; tayyor mahsulotni tarqatishda xizmat qiladigan xodim; oshxona ishchisi. 2. Boshqaruv xodimlari: direktor (mudir); direktor (mudirning) o‘rinbosari; zal mudiri; bosh hisobchi, hisobchi; kassir; ekspeditor; ombor mudiri (omborchi). 3. Texnik xodimlar: asbob-uskunalarni ta’mirlovchi va ekspluatatsiya qiluvchi xodim; shveysar (darbon), garderobchi; qorovul, qo‘riqchi; farrosh; hovli tozaligiga qarovchi xodim; bog‘bon. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida oylik mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari quyidagi formula yordamida aniqlanadi: MHTF min — mehnatga haq to‘lash fondining oylik eng kam me’yori; KXS — Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9 va 10-bandlariga ko‘ra aniqlangan tashkilotdagi xodimlar soni; Tk — hisoblangan tarif koeffitsiyenti. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-ilovasiga muvofiq tarif koeffitsiyentini hisoblash uchun ish haqining yagona tarif setkasidan kelib chiqqan holda ishning o‘rtacha razryadi, tashkilotning turi va shakliga qarab tabaqalashtiriladi (differensiatsiya qilinadi). Masalan: yagona tarif setkasi bo‘yicha ishning o‘rtacha razryadi supermarketda — 3, yagona tarif setkasi bo‘yicha hisoblangan tarif koeffitsiyenti ishning o‘rtacha razryadiga mos ravishda 3,297 ni tashkil etadi; IHEKM — belgilangan ish haqining eng kam miqdori. 1-misol. Minimarket bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud: savdo zalining maydoni — 126 kv. m; ish vaqtining rejimi — haftasiga 84 soat; Savdo zali maydoni 126 kv.m bo‘lgan minimarketda asosiy xodimlarning eng kam soni me’yori 7 ta xodimdan iborat (Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga muvofiq). Minimarketda ish vaqti rejimi haftasiga 72 soatdan (haftasiga 84 soat) ortib ketganini hisobga olib, belgilangan eng kam me’yorlardagi asosiy xodimlar sonidan kelib chiqib asosiy xodimlarga ko‘paytirish (oshirish) koeffitsiyenti qo‘llaniladi = 84/72 = 1,17. Shunday qilib, minimarketda asosiy xodimlarning eng kam soni me’yori = 7 × 1,17 = 8 ta xodimni tashkil qiladi. Minimarketda ishlarning o‘rtacha razryadi yagona tarif setkasi bo‘yicha 2-razryadni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi bo‘yicha hisob uchun olinadigan 2-razryadli ishning tarif koeffitsiyenti 2,725 ni tashkil qiladi. Belgilangan ish haqining eng kam miqdori (IHEKM) = 79 590 so‘m. Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS × Tk × IHEKM) minimarketda mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 8 × 2,725 × 79590 = 1 735 062 so‘mni tashkil qiladi. 2-misol. Kafeda quyidagi ma’lumotlar mavjud: xizmat ko‘rsatadigan stolning soni — 15 ta; ish vaqtining rejimi — haftasiga 84 soat; Xizmat ko‘rsatadigan 15 ta stoli bor kafeda asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori quyidagilardan iborat (Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2- ilovasiga muvofiq). Kafeda ish vaqti rejimi haftasiga 84 soatdan ortib ketmaganligini hisobga olib, belgilangan eng kam miqdordagi asosiy xodimlar soni me’yoriga ko‘paytirish (oshirish) koeffitsiyenti qo‘llanilmaydi. Shunday qilib, kafeda asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori = 0,25 × 15 + 2 + 1 = 7 ta xodimni tashkil qiladi. Belgilangan ish haqining eng kam miqdori (IHEKM) = 79 590 so‘m. Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS × Tk × IHEKM) kafeda mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 7 × 2,998 × 79 590 = 1 670 276 so‘mni tashkil qiladi. Obyektdagi barcha qurilish ishlarida band bo‘lgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlari quyidagi formula asosida aniqlanadi: XSnorm — tashkilotdagi quruvchi ishchilarning o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori; SIK — shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq obyektda qurilish ishlarini bajarishda sarflanadigan ish kuchi (har bir odamga/soatbay); BM — pudrat qurilish shartnomasi asosiga muvofiq qurilish ishlarining bajarish muddati; IVF — har bir quruvchi ishchiga olti kunlik ish haftasiga o‘rtacha oylik ish vaqtining fondi. Obyektdagi qurilish ishlarining texnologik xususiyatlari va bajarish grafigidan kelib chiqadigan oylik mehnat sarfi notekis bo‘lganda, shuningdek qurilish ishlari amalga oshirilayotgan shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smeta hujjatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanmaganda kalendar oy uchun quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: XSnorm/oy — amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib aniqlangan kalendar oy uchun quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori; MSoy — amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib shaharsozlik normalari va qoidalari asosida aniqlangan ushbu kalendar oyi uchun mehnat sarfi (odam/soatda); IVF — ushbu kalendar oyida olti kunlik ish haftasida har bir quruvchi ishchiga to‘g‘ri keluvchi ish vaqti fondi. Obyektdagi alohida turdagi qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi bilan birgalikda subpudrat tashkilotlari ishtirok etganda, bosh pudratchining quruvchi ishchilari sonining eng kam me’yorlari quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: BPXSnorm — bosh pudratchi quruvchi ishchilarning o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori; SIK — shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq obyektda qurilish ishlarini bajarishda sarflanadigan ish kuchi (har bir odamga/soatbay); QIBSIK — shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq pudrat shartnomasi asosida subpudrat tashkilotiga topshirilgan obyektda qurilish ishlarini bajarishda sarflanadigan ish kuchi (har bir odamga/soatbay); BM — pudrat qurilish shartnomasi asosiga muvofiq qurilish ishlarining bajarish muddati; IVF — har bir quruvchi ishchiga olti kunlik ish haftasiga o‘rtacha oylik ish vaqtining fondi. Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori quyidagi formula asosida aniqlanadi: MHTFmin — mehnatga haq to‘lash fondining oylik eng kam me’yori; XS (BPXS) — mazkur Nizomning 191-bandiga muvofiq aniqlangan tashkilot xodimlari soni. Tk — qurilish ishlarida o‘rtacha razryadning tarif koeffitsiyenti. Qurilish ishlarida o‘rtacha razryadning tarif koeffitsiyenti mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasidagi 4 razryadning tarif koeffitsiyentiga mos keladi; Kt — qurilish ishlarini bajarishda jamoa kelishuviga asosan ish beruvchi tomonidan qo‘llaniladigan mehnat haqini oshiruvchi tarmoq koeffitsiyenti; IHEKM — belgilangan ish haqining eng kam miqdori. 1-misol. Bir qavatli uch xonadan iborat tomorqali uyning namunali qurilishi: shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq ushbu uyning qurilish ishlarida sarflanadigan ish kuchi 4 799,6 odamga/soat teng; qurilish ishini bajarish muddatining me’yori — 3 oy; haftasiga olti kunlik ishda bir oylik o‘rtacha vaqt bir xodimga — 163,1 soatni tashkil qiladi. Belgilangan formulaga muvofiq (XSnorm = SIK / BM / IVF) quruvchi ishchilarning (XSnorm) ning o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori = 4 799,6 / 3 / 163,1 = 9,8 ta xodimni tashkil qiladi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-ilovasiga muvofiq qurilish ishlarida o‘rtacha razryad yagona tarif setkasi bo‘yicha 4 ni tashkil etadi. Yagona tarif setkasi bo‘yicha hisoblash uchun olinadigan 4 razryadli ishning tarif koeffitsiyenti 3,297 ni tashkil qiladi. Belgilangan ish haqining eng kam miqdori (IHEKM) = 49 735 so‘m. Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XSnorm (BPXSnorm)× Tk × Kt) quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori (MHTFmin) = 9,8 × 3 ,297 × 1,15 × 49735 = 1 848 013 so‘mni tashkil qiladi. Shunday qilib, qurilish ishini bajarish muddatining me’yorini (3 oy) hisobga olib, ushbu uyni qurilishidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 1 848 013× 3 = 5 544 039 so‘mni tashkil qiladi, agarda ushbu davr mobaynida belgilangan ish haqining eng kam miqdori o‘zgarmasa. 2-misol. 270 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktabni qurilishi bosh pudratchi tomonidan qurilishning bir qismini subpudrat tashkilotiga topshirganda: shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq ushbu obyektni qurilish ishlarida sarflanadigan ish kuchi 35 882 odamga/soat teng undan 12 500 odamga/soati subpudratchi ishiga to‘g‘ri keladi; qurilish ishini bajarish muddatining me’yori — 9 oy; subpudrat shartnomasiga ko‘ra subpudratchi tomonidan qurilish ishlarini bajarish muddati — 2 oy; haftasiga olti kunlik ishda bir oylik o‘rtacha vaqt bir xodimga — 163,1 soatni tashkil qiladi. Belgilangan formulaga muvofiq (BPXSmin = (SIK — QIBSIK) / BM / IVF) quruvchi ishchilarning (BPXSmin) o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori = (35 882 — 12 500) / 9 / 163,1 = 15,9 ta xodimni tashkil qiladi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-ilovasiga muvofiq qurilish ishlarida o‘rtacha razryadi yagona tarif setkasi bo‘yicha 4 razryadni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi bo‘yicha hisobga olinadigan 4 razryadli ishning tarif koeffitsiyenti 3,297 ni tashkil qiladi. Belgilangan ish haqining eng kam miqdori (IHEKM) = 49 735 so‘m. Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XSnorm (BPXSnorm)× Tk × Kt) quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori (MHTFmin) = 15,9 × 3 ,297 × 1,15 × 49 735 = 2 998 307 so‘mni tashkil qiladi. Shunday qilib, qurilish ishini bajarish muddatining me’yorini (3 oy) hisobga olib, ushbu obyekt qurilishidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori 2 998 307 × 9 = 26 984 763 so‘mni tashkil qiladi, agarda ushbu davr mobaynida belgilangan ish haqining eng kam miqdori o‘zgarmasa. Yuqorida keltirilgan shartlar bilan: subpudrat tashkiloti quruvchi ishchilarining (XSnorm) o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori = 12 500 / 2 / 163,1 = 38,3 ta xodimni tashkil qiladi; subpudrat tashkiloti quruvchi ishchilarining mehnatiga haq to‘lash fondining (MHTFmin) eng kam me’yori = 38,3 × 3 ,297 × 1,15 × 49735 = 7 222 336 so‘mni tashkil qiladi. Shunday qilib, qurilish ishini bajarish muddatining me’yorini (2 oy) hisobga olib, ushbu obyektni qurilishidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 7 222 336 × 2 = 14 444 672 so‘mni tashkil qiladi, agarda ushbu davr mobaynida belgilangan ish haqining eng kam miqdori o‘zgarmasa.
196
21,412
Qonunchilik
Kichik hajmli kemalar: roʻyхatdan oʻtkazish, teхnik koʻrikdan oʻtkazish va foydalanish
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari (roʻyхat raqami 2967, 2968, 2969, 6.02.2018 yil) bilan kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish, teхnik koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari tasdiqlandi. Tasdiqlangan hujjatlar talablari quyidagi kichik hajmli kemalarga tatbiq etiladi: Kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish Kichik hajmli kemalarning barcha turlari roʻyхatdan oʻtkazish kitobiga (keyingi oʻrinlarda – kema kitobi) tegishli qaydlarni kiritish yoʻli bilan roʻyхatdan oʻtkaziladi. Motorli va eshkakli kemalar alohida kitoblarda roʻyхatdan oʻtkaziladi, ularga kichik hajmli kema bileti beriladi. Kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlgan shaхslarga bunday kemalarni boshqarishga ruхsat etiladi. Roʻyхatdan oʻtmagan kichik hajmli kemalardan foydalanish taqiqlanadi. Kichik hajmli kemalar teхnik holatidan qat’i nazar, хarid qilingan kundan boshlab 1 oy ichida roʻyхatdan oʻtkazilishi shart. Roʻyхatdan oʻtkazish FVVning tegishli hududiy boshqarmalarida manfaatdor shaхslarning arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Roʻyхatdan oʻtkazishda kichik hajmli kemalarga bort raqami beriladi, bu raqamlar kema bortining har ikki tomoniga oʻchmaydigan kontrast boʻyoqda koʻrsatiladi. Kema mulkdori almashganda, uning manzili oʻzgarganda yoki qayta jihozlanganda yangi bort raqami beriladi va yangi bilet topshirilib, shuningdek kema kitobiga tegishli yozuvlar kiritilgan holda qayta roʻyхatdan oʻtkaziladi.   Kichik hajmli kema tiklashga va foydalanishga yaroqsiz holga kelganda roʻyхatdan chiqariladi. Kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) uchun quyidagi miqdorlardagi toʻlovlar amalga oshiriladi: Osma va statsionar dvigatelli kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) hamda kichik hajmli kema bileti uchun EKIHning 20%i Eshkakli va yelkanli kemalarning barcha turlarini, shuningdek shishiriladigan turlarini roʻyхatdan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) uchun EKIHning 10%i Kichik hajmli kema biletining dublikatini berish uchun EKIHning 10%i Kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) uchun undiriladigan pul mablagʻlari FVVning byudjetdan tashqari fondiga kelib tushadi.    Kichik hajmli kemalarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish Roʻyхatdan oʻtkazilgan kichik hajmli kemalar foydalanishga yaroqliligi boʻyicha tegishli shtamp qoʻyilgan holda yillik teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Teхnik koʻrik FVVning Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining hududiy bosh inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. Xavfsizlik talablariga mos kelmaydigan kichik hajmli kemalardan foydalanish taqiqlanadi.     Kichik hajmli kemalar boʻyicha teхnik nazorat quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun quyidagi toʻlovlar undiriladi: Osma va statsionar dvigatelli kichik hajmli kemalarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish EKIHning 20%i Eshkakli va yelkanli kemalarning barcha turlarini, shu jumladan shishiriladigan turlarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish EKIHning 10%i Kichik hajmli kemalarni ta’mirdan chiqarilganda, qayta jihozlanganda, avariyadan keyin teхnik koʻrikdan oʻtkazish EKIHning 20%i Kichik hajmli kemalarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun undiriladigan pul mablagʻlari FVVning byudjetdan tashqari fondiga kelib tushadi. Kichik hajmli kemalardan foydalanish Kichik hajmli kemalar turadigan joy uchun suv havzalari va ular bilan birgalikdagi qirgʻoq hududida maхsus jihozlangan joy – baza (inshoot) barpo etiladi. Suv havzalarida kichik hajmli kemalardan foydalanishga navigatsiya ochilgandan yopilgunga qadar boʻlgan vaqt davomida, sel va suv toshqini mavsumi oʻtgandan soʻng ruхsat etiladi. Kichik hajmli kemalarga ularning toʻхtash joylari, portlar, aholi turar joylari chegaralarida 30 km/soatgacha tezlikda, plyajlar va aholining ommaviy dam olish joylarida 10 km/soatdan ortiq boʻlmagan tezlikda harakat qilishga ruхsat etiladi. Hujjat bilan kichik hajmli kemalar turadigan joylarni aholi yashash punktlari, gidroteхnika inshootlari, aholi ommaviy dam oladigan joylarga nisbatan joylashtirish talablari, shuningdek kichik hajmli kemalar ishtirokida ommaviy tadbirlar, musobaqalar oʻtkazish tartibi, shu jumladan kichik hajmli kemalardan foydalanish хavfsizligi qoidalari belgilandi. Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.03.2018 yildan kuchga kiradi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Anvar Irkaхodjayev.
86
4,650
Qonunchilik
“ERKIN OMBOR” BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-5-son qarori (ro‘yxat raqami 1309, 2004-yil 9-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 6-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan “Erkin ombor” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 5-banddagi “ilovaga” degan so‘z “mazkur Nizomning 1-ilovasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 11-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “to‘qqizinchi” degan so‘z “o‘ninchi” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Erkin ombor egasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Tovarlar hisobini olib borish jurnalini (shu jumladan avtomatlashtirilgan hisobini) yuritadi va har chorakda erkin omborga tushuvchi va erkin ombordan olib chiqiluvchi tovarlar bo‘yicha bojxona organiga hisobot taqdim etadi. Hisobotda Tovarlar hisobini olib borish jurnalida ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar bo‘lishi kerak.”. 4. 28-bandning beshinchi xatboshisidan “va muddatlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 5. Ilovada: ilova belgisidagi “ilova” degan so‘z “1-ilova” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; III bobning uchinchi xatboshisidagi “28” raqami chiqarib tashlansin. 6. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq shakldagi 2-ilova bilan to‘ldirilsin.
96
2,093