folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Sud tizimiga AKT jadal joriy qilinmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudida sohaga tegishli qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar, shuningdek, sudlar faoliyatiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, bu borada хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarni keng omma e’tiboriga yetkazishga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan ushbu tadbirda Yurtboshimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” asosida yurtimizda bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, raqobatdoshligini kuchaytirish, ayniqsa, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. Davlat rahbarining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida хususiy tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini kuchaytirish nazarda tutilgan. Ushbu farmon asosida 2015 yil 20 avgustda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Oliy хoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari Sh.Saidovning ma’ruzasida   tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish, хususiy mulk ustuvorligini ta’minlash va uning huquqiy muhofazasini kuchaytirish, korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatiga davlat va nazorat qiluvchi idoralar aralashuvini kamaytirishga oid 2015 yilda qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar normalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Misol uchun: 2015 yilda 5 237 ta sud majlisi videokonferensaloqa rejimida koʻrildi.    5 800 nafardan ortiq sud ishtirokchilari oʻzlari joylashgan hududlardan chiqmagan holda, videokonferensaloqa rejimida oʻzga hududda oʻtkazilgan sud protsesslarida qatnashdi. Buning natijasida sud ishtirokchilarining 2 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlari tejab qolindi. Shuningdek, ta’kidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudining qonunchilik tashabbusi bilan хoʻjalik sudlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish va qoʻllashga qaratilgan хoʻjalik protsessual qonunchilik izchil takomillashtirib borilmoqda. Buning natijasida  bugungi kunda sud muhokamasi ishtirokchilari elektron shaklda da’vo arizalarini sudga joʻnatish va sud hujjatlarini olish hamda sud majlisida videokonferensaloqa tizimi orqali masofadan qatnashish imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishmoqda. Aхborot teхnologiyalarini samarali joriy etish borasidagi хoʻjalik sudlarining faoliyati yuqori baholanib, ICTWEEK Uzbekistan 2015 aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari haftaligi yakuniga koʻra Oliy хoʻjalik sudi “Aхborot teхnologiyalarini joriy etishning amaliy natijalari uchun” nominatsiyasi gʻolibi deb topilgan. Tadbirda Oliy хoʻjalik sudi tomonidan mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar, shu jumladan, хalqaro tashkilotlar  (Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Taraqqiyot dasturi hamda Yevropada хavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) hamkorligida tatbiq etilayotgan loyihalar natijalariga toʻхtalib oʻtildi. Oʻzbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturining vakolatхonasi rahbari S.Pristner ma’lumotiga koʻra 2015 yilda mamlakatimizda samarali boshqaruvni amalga oshirishda koʻmaklashish yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi tomonidan Oliy хoʻjalik sudi va Toshkent viloyat хoʻjalik sudining uchta sud zallariga sud muhokamasini audio-video qayd etish imkonini beruvchi teхnik uskunalar oʻrnatildi. Audio-video qayd etish tizimining joriy etilishi хoʻjalik protsessini soddalashtirish, sud ish yurituvini optimallashtirish va avtomatlashtirish, pirovardida, хoʻjalik protsessining samaradorligi va ochiqligini ta’minlash imkonini beradi. Sud muhokamalarining audio-video qayd etilishi istiqbolda sud majlisi bayonnomasini qogʻoz shaklida tuzish zaruriyatini tugʻdirmaydi. Ushbu tizimning imkoniyatlari bilan хoʻjalik sudlari sudya va хodimlarini tanishtirish hamda unda ishlash koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida Oliy хoʻjalik sudi tomonidan maхsus trening tashkil etildi. Trening natijasi boʻyicha 59 nafar sudya, sud majlisi kotiblari hamda aхborot teхnologiyalari boʻyicha mutaхassislarga sertifikatlar topshirildi. Matbuot anjumani doirasida sud muhokamasini audio-video qayd etish tizimining imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida ishtirokchilar uchun ushbu tizim oʻrnatilgan kassatsiya instansiyasi sudining yangi zaliga tashrif uyushtirildi. Anjumanda Oliy хoʻjalik sudi hamda Yevropada хavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori D.Sabo hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijalariga toʻхtalib oʻtildi. Ta’kidlanganidek, 2015 yilda hamkorlik “Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sudlarining aхborot-teхnologik salohiyatini takomillashtirishda koʻmaklashish” yangi loyihasi doirasida amalga oshirildi. Tadbir ishtirokchilariga Oliy хoʻjalik sudi hamda YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Xoʻjalik sudlari sud ish yurituvida aхborot teхnologiyalaridan foydalanishni yanada takomillashtirish, хoʻjalik sudlari qarorlari va ularga sharhlar toʻplamlarini tayyorlash va nashr etish, tadbirkorlar huquqlarining himoyasi masalalarida seminar va davra suhbatlari oʻtkazish shular jumlasidandir.   Matbuot anjumanida jurnalistlar va boshqa ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi. Ma’ruf USMANOV ishtirok etdi va yozib oldi. Mavzu boʻyicha materiallar: Sud qarorlarining ijrosi parlament nazoratida Telekommunikatsiyasiz rivojlanish boʻlmaydi! Advokatlik amaliyoti: yana bir bor soʻrov haqida “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan: Muddati oʻtgan debitorlik qarzini hisobdan chiqarish va uni buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi qanday? ShJBPHga iхtiyoriy badallarni ushlab qolish va ularni hisobotda aks ettirish tartibi qanday? Qanday asosda Moliya vazirligi QQSning ortiqcha summasini qaytarishni rad etishi mumkin? Moliya vazirligi qaytarish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun buхgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilib olishga haqlimi?
39
6,800
Qonunchilik
Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari qanday faoliyat koʻrsatadi
Vazirlar Mahkamasining 5.10.2019 yildagi 848-son qarori bilan Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari huzurida jamoatchilik kengashlarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Hujjat tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, shu jumladan biznes-tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan Prezidentning 13.08.2019 yildagi PF-5780-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan (sharhlar – bu yerda, bu yerda va bu yerda). Jamoatchilik kengashlari faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va tadbirkorlarning boshqa vakillaridan tashkil etiladi. Ular kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan dolzarb muammolarni muhokama qiladi. Kengashlar majlislarida bayon etilgan taklif va tashabbuslar Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga amalda roʻyobga chiqarish uchun taqdim etiladi.   Kengash – oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi. Ular oʻz faoliyatini Namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va qabulхonalar mudirlari tomonidan hududiy hokimlar bilan birgalikda tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiradi. Biznesning dolzarb masalalarini muhokama qilishdan tashqari, Kengashlar quyidagi vazifalarni amalga oshirish bilan shugʻullanadi: Kengashlar tarkibi 3 yil muddatga shakllantiriladi va a’zolardan tashqari rais, uning oʻrinbosari va kotibni oʻz ichiga oladi. Ish jarayonida Kengashlar tavsiyaviy хususiyatga ega qarorlar qabul qiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.10.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
68
1,653
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga va Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati a’zolarining soni 11 (o‘n bir) kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlansin: 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 18-fevraldagi 142-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
112
1,065
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 29-avgustdagi 245-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona g‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 29-avgustdagi 245-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 3 bandda: birinchi xatboshiga “xarajatlarining” so‘zidan so‘ng “har yillik va” so‘zlari qo‘shilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Davlat budjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar shakli va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda DSQ deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda DBQ deb ataladi), shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalarni undiradigan organlar tomonidan ushbu hujjatlarni g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etishi muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.”; b) 4 bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti uchun — Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari uchun — hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi”; v) II bobga quyidagi mazmundagi 41 — 46-bandlar qo‘shilsin: “41. Joriy moliya yili uchun kassali rejalashtirish quyidagi ma’lumotlar asosida oylar bo‘yicha tuziladi: Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining yillik yoyilmalarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar; Davlat budjetiga DSQ tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash; O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga DBQ tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash; Davlat budjetiga Davlat budjetining daromadlari ayrim ma’murlari tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash; O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga Moliya vazirligi tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash; joriy moliya yili uchun Davlat budjeti xarajatlari bo‘yicha kassa to‘lovlarining prognozi; joriy moliya yilida vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun kassa tushumlarining prognozi. 42. Bir oy uchun kassali reja quyidagi ma’lumotlarga asosan kunlar ajratilgan holda tuziladi: tegishli oy uchun Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining yillik yoyilmalarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar; Davlat budjetiga DSQ tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini ish kunlari bo‘yicha aniqlashtirgan holda tegishli oy uchun taqsimlash; O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga DBQ tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini ish kunlari bo‘yicha aniqlashtirgan holda tegishli oy uchun taqsimlash; Davlat budjetiga Davlat budjeti daromadlarining ayrim ma’murlari tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini ish kunlari bo‘yicha aniqlashtirgan holda tegishli oy uchun taqsimlash; O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga Moliya vazirligi tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini ish kunlari bo‘yicha aniqlashtirgan holda tegishli oy uchun taqsimlash; tegishli oy uchun Davlat budjeti xarajatlari bo‘yicha kassa to‘lovlarining prognozi; tegishli oyda vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun kassa tushumlarining prognozi. 43. Kassali reja Moliya vazirligining Axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda “O‘RMV” AT deb ataladi) g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan DSQ, DBQ shuningdek, daromadlar bo‘yicha boshqa asosiy ma’murlarning qog‘oz va elektron shaklda taqdim etiladigan tuman va shaharlar bo‘yicha axborot hamda ma’lumotlarga asosan tuziladi va yuritiladi. 44. Keyingi moliya yili uchun yillik kassali reja joriy yilning 25-dekabriga qadar har yili tuziladi. Bir oylik kassali reja joriy moliya yili boshidan o‘sib boruvchi tarzda, hisobot oyidan keyingi oyning 1-kunidan kechiktirmasdan har oyda tuziladi. Bunda joriy oy uchun kassali rejalashtirish ko‘rsatkichlari joriy moliya yilining joriy oyi bo‘yicha kassali rejalashtirish ko‘rsatkichlariga mos kelishi va kassali rejalashtirishni yuritishda unga kiritilgan o‘zgartirish hisobga olinishi lozim. 45. Kassali reja oy davomida haqiqatda tushgan tushumlar va to‘lovlarga asosan uning ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish orqali yuritiladi. 46. Zarurat bo‘lganda Moliya vazirligining G‘aznachiligi kassali reja ko‘rsatkichlarini tuzish va ularga aniqlik kiritish uchun Moliya vazirligining soha boshqarmalaridan va tegishli vazirliklar hamda idoralardan davlat budjetiga kutilayotgan to‘lovlar va davlat budjeti xarajatlari to‘g‘risida Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin; g) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; d) 7-bandning birinchi xatboshiga “moliya organlari” so‘zlaridan so‘ng “va g‘aznachilik bo‘linmalari” so‘zlari qo‘shilsin; e) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “DBQ va DSQ tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini ta’minlaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq safarbar etilishi, shuningdek, g‘aznachilik bo‘linmalariga ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun javob beradi”. 2. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “yoki budjet mablag‘lari oluvchiga” va “hujjat” so‘zlari tegishli ravishda “va budjet mablag‘lari oluvchi” hamda “elektron hujjat” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandning birinchi xatboshidagi “daromadlar va xarajatlar tushumlarining oylar bo‘yicha prognozlariga” so‘zlari “oylar bo‘yicha kassali rejalarga” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. XTR oylik kassali reja ko‘rsatkichlari va tegishli budjetlarning g‘azna hisobvarag‘idagi qoldiqlaridan kelib chiqib, g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan kunlik, 10 kunlik yoki oylik asosida berilishi mumkin. Davlat budjetidan mablag‘ oluvchi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga XTR berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.”; g) 10-bandga “budjetdan ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlaridan so‘ng “va joriy oy uchun kassali rejalashtirish” so‘zlari qo‘shilsin; d) Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
229
7,093
Qonunchilik
Byudjet sohasidagi moliyaviy hisobot yangilandi
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalar (roʻyхat raqami 2971, 15.02.2018 y.) e’lon qilindi. Ilgari amal qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablagʻ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalar (roʻyхat raqami 2270, 27.09.2011 y.) 15.02.2018 yildan oʻz kuchini yoʻqotdi. Birinchidan, qabul qilingan hujjat bilan byudjet tashkilotlarining yillik va choraklik moliyaviy hisobotlariga tuzatishlar kiritildi. Ularga Byudjet tashkilotini chet el valyutalari boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot ham qoʻshildi.  Ikkinchidan, хarajatlar smetasining ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX-son shakl) bekor qilindi. Shu munosabat bilan byudjet mablagʻlari oluvchilar faqat Xarajatlar smetasining ijrosi haqida choraklik hisobotni (2-son shakl) topshiradilar. Uchinchidan, hisobotlarni taqdim etish muddatlari jadvali tasdiqlandi: T/r Tashkilotlar Choraklik hisobotlar Yillik hisobotlar 1 Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar (byudjet mablagʻlari taqsimlovchilardan tashqari) Hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Hisobot yilidan keyingi yilning 20 yanvariga qadar 2 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar (markazlashtirilgan moliya-buхgalteriya хizmatlariga ega byudjet tashkilotlaridan tashqari) Hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Hisobot yilidan keyingi yilning 20 yanvariga qadar 3 Markazlashtirilgan moliya-buхgalteriya хizmatini amalga oshiruvchi byudjet tashkilotlari Hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Hisobot yilidan keyingi yilning 20 yanvariga qadar 4 Byudjet mablagʻlari taqsimlovchilar, shu jumladan: 4.1 tasarrufida 10 tagacha boʻlgan tashkilotlar  Hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar  Hisobot yilidan keyingi yilning 20 yanvariga qadar 4.2 tasarrufida 10 tadan 50 tagacha boʻlgan tashkilotlar Hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar Hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvariga qadar 4.3 tasarrufida 50 ta va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar Hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar Hisobot yilidan keyingi yilning 30 yanvariga qadar Izoh: Tegishli moliya organlari tomonidan tashkilot rahbarining yozma ravishdagi murojaatiga asosan hisobotlarni topshirish muddati koʻpi bilan 5 ish kuniga kechiktirilishi mumkin. Toʻrtinchidan, byudjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni «UzASBO» dasturiy majmuasi orqali elektron shaklda taqdim qilish tartibi belgilandi. Bunda elektron raqamli imzo, shuningdek lozim darajada rasmiylashtirilgan hisobotlarning qogʻoz variantining bir nusхasi saqlanishi talab etiladi. Hujjat bilan boshqa oʻzgartirishlar ham kiritildi, hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
47
3,332
Qonunchilik
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014-yil Dasturi to‘g‘risida
Qishloq aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yanada yaxshilash, namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish, qishloq joylarda transport va muhandislik kommunikatsiyalarini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida: 1.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Qishloq qurilish bank” OATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha 2014-yil dasturi ma’qullansin, unda: 1-ilovaga muvofiq 2014-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha “kaliti bilan topshirish” sharti asosida 11,0 mingta yakka tartibdagi uy-joylar qurishning; 2-ilovaga muvofiq 2014-yilda yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini barpo etishning; 3-ilovaga muvofiq 2014-yilda yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurishning asosiy parametrlari nazarda tutilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, “Qishloq qurilish invest” IK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” DAK, “O‘ztransgaz” AK, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari rahbarlari zimmasiga mazkur qaror bilan ma’qullangan Dastur parametrlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin. 2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 2014-yilda qishloq joylarda uy-joylar qurilishiga Osiyo taraqqiyot bankining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasining ko‘p transhli moliyalashtirish dasturi doirasida jami 500,0 mln. AQSh dollari miqdorida bo‘lgan ikkinchi transhning 100,0 mln.AQSh dollari miqdoridagi qismi yo‘naltiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: “Qishloq qurilish bank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIBning buyurtmalariga binoan qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurilishini moliyalashtirish uchun maqsadli yo‘naltiriladigan milliy valyutada foiz stavkasi yiliga 3 foiz, imtiyozli davri 5 yil bo‘lgan 15 yil muddatga kredit liniyalarini ochsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asoslangan hisob- kitoblariga binoan 2014-yilda massiv ichidagi va massivga olib boruvchi yo‘llar qurilishi uchun zarur kapital qo‘yilmalar limitlari ajratilishini nazarda tutsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari: 2013-yilning 1-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda 2014-yilda namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurilishini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishini; “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir hafta muddatda, o‘tkazilgan savdo tanlovlari natijalariga ko‘ra, 2014-yilda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurish uchun buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzilishini; 2 va 3-ilovalarda ma’qullangan parametrlarga muvofiq yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari, transport kommunikatsiyalari hamda tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishini tashkil etishni ta’minlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “O‘zsanoatmashimpeks” DATK tomonidan “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasi bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yog‘och-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarni 4-ilovaga muvofiq hajmlarda import bo‘yicha olib kelinishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 6. 2015-yilning 1-yanvarigacha: “O‘zsanoatmashimpeks” DATK — 4-ilovaga muvofiq hajmlarda chetdan olib kiriladigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari), shuningdek import bo‘yicha olib kelingan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalarni va yog‘och- payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarni “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasiga sotilganida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan; subpudrat tashkilotlari — yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurish doirasida, “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasi bilan shartnomalar tuzgan pudrat tashkilotlari bilan shartnoma bo‘yicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmi qismida yagona soliq to‘lovi to‘lashdan; 5-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar — barcha turdagi soliqlardan, davlatning maqsadli jamg‘armalariga (yagona ijtimoiy soliq bundan mustasno) to‘lanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yog‘och-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalar, shuningdek qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun 5-ilovaga kiritilgan korxonalarda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining maqsadli ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. Belgilab qo‘yilsinki, ko‘rsatilgan qurilish materiallari maqsadga muvofiq ishlatilmagan taqdirda, soliq va boj imtiyozlari berilishi munosabati bilan ozod etilgan mablag‘lar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirib olinadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasi va manfaatdor tijorat banklari, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa tashkilotlar ishtirokida qishloq qiyofasini tubdan yaxshilash, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritish bo‘yicha teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar turkumini hamda maqolalar chop etilishini tashkil qilishni ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. “Qoraqalpoq qishloq qurilish servis” MChJ 2. “Andijon qishloq qurilish servis” MChJ 3. “Buxoro qishloq qurilish servis” MChJ 4. “Jizzax qishloq qurilish servis” MChJ 5. “Qashqadaryo qishloq qurilish servis” MChJ 6. “Navoiy qishloq qurilish servis” MChJ 7. “Namangan qishloq qurilish servis” MChJ 8. “Samarqand qishloq qurilish servis” MChJ 9. “Surxondaryo qishloq qurilish servis” MChJ 10. “Toshkent viloyati qishloq qurilish servis” MChJ 11. “Farg‘ona qishloq qurilish servis” MChJ 12. “Xorazm qishloq qurilish servis” MChJ 13. “Toshkent qishloq qurilish servis” MChJ 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-sonli qarorining 3-bandi birinchi xatboshida “2014-yilning 1-yanvarigacha” so‘zlari “2016-yilning 1-yanvarigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-sonli qarorining 4-bandida: a) uchinchi xatboshida “uy-joy qurilishi uchun” so‘zidan keyin “2014-yilgacha” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2014-yildan boshlab tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun jismoniy shaxslarga kredit mablag‘lari 15 yilgacha bo‘lgan muddatga eng kam ish haqining 1000 barobarigacha bo‘lgan miqdorda, 1 yillik imtiyozli muddat bilan, dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz va qolgan 10 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki foiz stavkasining 90 foizi (2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foiz stavkasi)dan kelib chiqib o‘rtacha hisoblangan yillik foiz stavkasida ajratiladi”; v) to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-sonli qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasi 2016-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliq to‘lovlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi va budjetdan tashqari Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013-yil Dasturi to‘g‘risida” 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “kredit liniyalari” so‘zlaridan keyin “15 yil muddatga, shundan 5 yillik imtiyozli muddat, foizli stavkasi yiliga 3 foiz” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
115
10,434
Qonunchilik
II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Baxshichilik san’atini respublika va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini respublikaning boshqa hududlarida ham o‘tkazish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni “ustoz-shogird” an’analari asosida qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida: 1. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021-yilda Nukus shahrida II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini (keyingi o‘rinlarda — Festival) tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi PQ-3990-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (A.N. Aripov): a) Festivalni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirsin; b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda: Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida o‘tkazish choralarini ko‘rsin; sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda joriy yildagi Festival hamda kelgusidagi Xalqaro baxshichilik san’ati festivallarini o‘tkazish muddatini belgilasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-3990-son qarorida: a) 1-band quyidagi taxrirda bayon etilsin: “1. Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasining har ikki yilda bir marta Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini (keyingi o‘rinlarda — Festival) tashkil etish hamda ushbu festivalni birinchi marta 2019-yilning 5 — 10-aprel kunlari Termiz shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin”; b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Madaniyat vazirligi hamda Festival o‘tkaziladigan hudud hokimligi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’ul etib belgilansin”; v) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Termiz shahridagi “Surxondaryo san’at saroyi” davlat muassasasi maydoni hududida” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 9-banddagi “, Surxondaryo viloyati hokimligi” so‘zlari chiqarib tashlansin; d) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Belgilab qo‘yilsinki, Festivalni tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Festivalni o‘tkazish belgilangan hududning mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda hamda homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-son qarorida: a) 1-ilova “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi” blokidan keyin “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi” bloki bilan to‘ldirilsin; b) 2-ilovaning “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Xalqaro festivallar direksiyasi, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi, Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyati teatr va konsert saroyi, “Surxondaryo san’at saroyi” davlat muassasasi, Respublika baxshichilik san’ati markazi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, davlat teatrlari, teatr studiyalari, O‘zbek davlat sirki, ko‘zi ojizlar kutubxonalari, davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalar, uy muzeylari” blokida “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
189
4,029
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA
Oliy Majlis hududiy, bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyalilik asosida besh yil muddatga saylanadigan ikki yuz ellik nafar deputatdan iborat. Oliy Majlis deputatlari umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘risaylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Oliy Majlisga deputatlar saylovi umumiydir. O‘zbekiston Respublikasining saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Oliy Majlisga saylanish huquqiga saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida hokimiyatning ikkitadan ortiq vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas. Har bir fuqaro –saylovchi bir ovozga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadirlar. Oliy Majlis deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar. Oliy Majlis deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oliy Majlis sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar. Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, deputatlikka nomzodlar xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar. O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, hokimiyat vakillik organlaridan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Manfaatdor tashkilotlar, saylovchilar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida ma’lum qiladilar. Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan, saylovchilar tashabbuskor guruhidan ma’lumot olinganidan keyin besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi mandatni kuzatuvchi uchun beradi. Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega: deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish; saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish; ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonlarini tuzishda hozir bo‘lish; saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish; basharti saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori komissiyaga ma’lum qilish. Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi: saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish kabinasida bo‘lish; saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish; saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish; uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish. Oliy Majlisga saylov o‘tkazish uchun ikki yuz ellik hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi. Oliy Majlisga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi. Saylov okruglari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi. Har bir saylov uchun saylov okrugiga to‘g‘ri keladigan saylovchilar normasi Oliy Majlis tomonidan belgilanadi. Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari ro‘yxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan o‘n besh kun ichida e’lon qiladi. Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qism joylashgan joydagi saylov okrugiga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari tegishli saylov okrugi doirasidan chiqib ketmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlaridagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. O‘zbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi. Saylov uchastkalari shahar, tuman hokimlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov uchastkalari saylov tayinlanganidan keyin o‘ttiz kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi. Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi. Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining manzilini ko‘rsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi. Oliy Majlisga saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi; Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari; uchastka saylov komissiyalari tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi. Markaziy saylov komissiyasi: 1) respublikaning butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi, saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida yo‘riqnomalar chiqaradi va izohlab berib boradi; 2) saylov okruglari tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi; 3) okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi; 4) saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi. Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining qarorlarini, basharti bu qarorlarni ushbu Qonunga zid bo‘lsa, mustaqil tarzda yoki respublika Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin; 5) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi; 6) deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning, hokimiyat vakillik organlarining, saylovchilar tashabbuskor guruhlarining tegishli hujjatlarini qabul qilib oladi; 7) deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oladi; 8) deputatlikka nomzodlar saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar ta’minlaydi; 9) mablag‘larni saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalari binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi; 10) Oliy Majlis deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar ro‘yxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari bayonlarining, saylovlarga doir boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, saylov qutilari va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylovga doir hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi; 11) O‘zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalari, vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, davlatning boshqa organlari va jamoat birlashmalari organlari vakillarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarni tinglaydi; 12) saylovning respublika bo‘yicha umumiy yakunini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, Oliy Majlisga o‘tkazilgan saylov yakunlariga doir ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatini matbuotda e’lon qiladi; 13) deputatlarga Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishonini beradi; 14) saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi; 15) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risidagi Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi; 16) saylovni o‘tkazish va uni tashkil etish bilan bog‘liq hujjatlar arxivlarga o‘tkazilishini ta’minlaydi; 17) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi. Okrug saylov komissiyasi saylov tayinlanganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yigirma kundan kechikmay rais, rais o‘rinbosari, kotib va yana kamida 6 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasi: 1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi; 2) saylov uchastkalari tuzadi, okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi; 3) uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 4) mablag‘larni uchastka saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi va saylov okrugida saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi; 4-1) deputatlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo to‘plashga oid imzo varaqalarini saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillaridan qabul qilib oladi, ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiradi; 4-2) deputatlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qabul qilinganligi to‘g‘risida saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillariga varaqa qabul qilingan kun qayd etilgan ma’lumotnoma beradi; 5) deputatlikka nomzodlar saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoit yaratilishini ta’minlaydi; 6) Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalar beradi; 7) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashadi; 8) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi; 9) siyosiy partiyalar, davlat hokimiyati mahalliy organlari vakillarining, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi; 10) saylovchilar ro‘yxatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi; 11) saylov okrugi bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan namunaga muvofiq saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi, byulletenlar tayyorlanishi va uchastka saylov komissiyalari ular bilan ta’minlanishini tashkil etadi; 12) saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi; 13) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi; 14) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi; 15) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi. Uchastka saylov komissiyasini okrug saylov komissiyasi tuzadi. Uchastka saylov komissiyasi saylov tayinlangandan keyin ellik kundan kechikmay 5—19 nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Basharti komissiya 7 nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini idora rahbari amalga oshiradi. Uchastka saylov komissiyasi: 1) uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini tuzadi; 2) saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi; 3) saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilaridan saylov konvertlarini qabul qilib oladi; 4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi; 5) ovoz berish binolari va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi; 6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi; 7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi; 8) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi; 9) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi. Okrug saylov komissiyalarining a’zolari, mahalliy hokimiyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi. Uchastka saylov komissiyalarining a’zolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi. Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgani taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgani yoki o‘z vazifalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgani taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi. Zarurat bo‘lganda saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi. Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lishlari mumkin emas. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishlari mumkin emas. Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin. Basharti saylov komissiyasining majlisida shu kungi komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bayon etishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi. Saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir. Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri komissiyaning qaroriga binoan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda saylovni o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan uning o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi. Davlat organlari va jamoat birlashmalari organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turadilar. Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular ko‘pi bilan uch kun ichida komissiya o‘rtaga qo‘ygan masalani qarab chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari Oliy Majlis qarori bilan to‘xtatiladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatlarini to‘xtatadilar. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning organlari, hokimiyatning vakillik organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga ana shu qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat bilan murojaat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi lozim. Deputatlar saylovi avvalgi chaqiriq Oliy Majlis deputatlarining vakolat muddati tugashiga kechi bilan uch oy qolganida Oliy Majlis tomonidan tayinlanadi. Saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan uch kun ichida saylov kuni to‘g‘risida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida ma’lum qilinadi. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, bevosita fuqarolar egadirlar. Siyosiy partiya saylov tayinlangan kundan kamida olti oy oldin Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan, saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida ellik ming saylovchining imzosini to‘plagan taqdirdagina u Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatishi mumkin. Belgilangan namunadagi imzo varaqalari saylov tayinlanganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya ellik ming saylovchining ko‘pi bilan sakkiz foizi imzosini to‘plashi mumkin. Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning saylovda qatnashish huquqini rad etadi. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylov tayinlanganidan keyin yigirma kun ichida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: partiya rahbari tomonidan imzolangan saylovda qatnashish to‘g‘risidagi ariza; Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov tayinlangan kundan kamida olti oy oldin ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi; imzo varaqalari. Mazkur hujjatlar taqdim etilganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiya vakiliga ariza qabul qilingan kun qayd etilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalar kelib tushish tartibiga qarab respublika matbuotida e’lon qilinadi. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish saylov kuni tayinlanganidan keyin yigirma beshinchi kundan e’tiboran boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida to‘xtatiladi. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida ko‘rsatiladi. Siyosiy partiyalar deputatlikka ikki yuz ellik nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga huquqlidirlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugida bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga huquqlidirlar. Bir shaxs faqat bitta okrugdan deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzod tanlash tartibini siyosiy partiyalar va hokimiyat vakillik organlarining o‘zlari hal etadilar. Siyosiy partiyalar faqat o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni, hokimiyatning vakillik organlari esa shaxslarni u yoki bu partiyaga mansubligidan qat’i nazar, deputatlikka nomzod etib ko‘rsatishga huquqlidir. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risida bayon tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining saylash huquqiga ega bo‘lgan har bir fuqarosi yoki fuqarolar guruhi Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko‘rsatish uchun tegishli saylov okrugining kamida yuz nafar saylovchisidan iborat saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi mumkin. Saylovchilar tashabbuskor guruhi yig‘ilishining vakili guruhni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, tegishli okrug saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: saylovchilar tashabbuskor guruhi a’zolarining ro‘yxati, unda guruh a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash joyi manzili, pasportining seriyasi va tartib raqami ko‘rsatiladi; saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakilini tayinlash to‘g‘risidagi qarori hamda qonunda belgilangan tartibda uning nomiga rasmiylashtirilgan ishonch qog‘ozi; deputatlikka nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida saylovchilar tashabbuskor guruhi yig‘ilishining qarori va bayoni, unda nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi ko‘rsatiladi. Okrug saylov komissiyasi o‘ziga taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlab, hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida, takroriy saylov yoki bo‘shab qolgan o‘rinlarga Oliy Majlis deputatlari saylovi o‘tkazilayotgan taqdirda esa ikki kun ichida saylovchilar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish to‘g‘risida yoki ro‘yxatga olishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. Saylovchilar tashabbuskor guruhi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin vakolatli vakilga tegishli ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi hamda belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari beriladi. Saylovchilar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda okrug saylov komissiyasi asoslantirilgan javob beradi. Saylovchilar tashabbuskor guruhi o‘zining vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi berilganidan keyingina deputatlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini to‘plashga haqli. Deputatlikka nomzod ko‘rsatgan saylovchilar tashabbuskor guruhi okrug saylovchilari umumiy sonining kamida sakkiz foizi miqdorida nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo to‘plashi, bunda imzolayotgan fuqarolar miqdori har bir mahalla, qishloq yoki ovul bo‘yicha mutanosib ravishda taqsimlangan bo‘lishi shart. Imzo varaqalari shaklini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi. Imzo varaqasida deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi ko‘rsatiladi. Saylovchilar faqat bitta nomzodni qo‘llab-quvvatlab bir martagina imzo qo‘yishga haqlidirlar. Bunda saylovchi o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qo‘ygan sanani ko‘rsatadi. Imzo varaqasini saylovchilar tashabbuskor guruhining imzo to‘plagan a’zosi, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini ko‘rsatgan holda tasdiqlaydi. Saylovchilar imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo to‘playotgan shaxs tomonidan qo‘llanilgan saylovchilarni majbur qilish va o‘ziga og‘dirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Imzo to‘plash tamomlanganidan so‘ng saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili har bir mahalla, qishloq yoki ovul bo‘yicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini tegishli okrug saylov komissiyasiga topshiradi. Okrug saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib ko‘radi va besh kunlik muddat ichida, takroriy saylov yoki bo‘shab qolgan o‘rinlarga Oliy Majlis deputatlari saylovi o‘tkazilayotgan taqdirda esa ikki kunlik muddat ichida tegishli bayonni Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi. Siyosiy partiyaning, hokimiyat vakillik organining rahbari, saylovchilar tashabbuskor guruhining vakili deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: siyosiy partiya yuqori organining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlarining, saylovchilar tashabbuskor guruhining Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori; siyosiy partiya yuqori organi majlisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarining, saylovchilar tashabbuskor guruhi yig‘ilishining Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayoni, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami ko‘rsatiladi; deputatlikka nomzodning o‘z nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi; ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida aytib o‘tilgan shaxslar uchun, basharti ular Oliy Majlis deputati etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo‘shash to‘g‘risidagi arizalari. Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi. Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning, hokimiyat vakillik organlarining rahbarlariga va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakillariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi. Quyidagilar: qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar; saylov tayinlangan kunga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamagan fuqarolar; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari; diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar. Hukumat a’zolari, sudyalar, Bosh prokuror va prokuratura organlarining mansabdor shaxslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlaridan tashqari) deputat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo‘shash to‘g‘risida ariza berganlari taqdirdagina Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadilar. Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan Oliy Majlis deputatlariga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida to‘xtatadi. Ushbu Qonunga muvofiq deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilgan shaxsga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida to‘xtatiladi. Tegishli okrug saylov komissiyasi deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin besh kun ichida deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va turar joyini, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan organning nomini qayd etgan holda ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni mahalliy matbuotda e’lon qiladi. Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Deputatlarga nomzodlarga o‘z saylovchilari bilan ham yig‘ilishlarda, ham saylovchilar uchun qulay bo‘lgan boshqa shaklda uchrashuvlar o‘tkazishda teng huquq beriladi. Saylovchilarning yig‘ilishlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda tashkil etiladi. Saylov komissiyalari, tumanlar va shaharlarning hokimliklari Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarga yig‘ilishlar o‘tkazish uchun jihozlangan binolar ajratadilar. Yig‘ilishlar va uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt va joy saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi. Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni tashkil etishda, zarur ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shart. Siyosiy partiyalarga o‘zining kelgusi faoliyat dasturi bilan chiqish huquqi beriladi. Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning dasturlari respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan bo‘lmasligi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilmasligi, unda urush, milliy adovat, irqiy va diniy xusumat targ‘iboti, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga da’vat bo‘lmasligi kerak. Tashviqotning saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borilishi taqiqlanadi. Saylov kuni tashviqot yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oliy Majlis deputatligiga nomzod besh nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar. Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olingandan keyin o‘z ishonchli vakillarini o‘zi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni ro‘yxatga olib, ularga guvohnoma beradi. Oliy Majlis deputatligiga nomzod okrug saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda saylovga qadar o‘z ishonchli vakilini istagan vaqtida vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli. Ishonchli vakil saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. Oliy Majlis deputatligiga nomzod qilib ro‘yxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, saylovoldi yig‘ilishlarida so‘zga chiqish, televideniye ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida saylovni o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bo‘lish huquqiga ega. Oliy Majlis deputatligiga nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat passajir transportining barcha turlarida (shahar yo‘lovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yo‘nalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega bo‘ladi. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod ham saylov okrugiga kelish va undan turar joyiga qaytishda ana shunday huquqdan foydalanadi. Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi, saylovchilar tashabbuskor guruhi u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish muddati tugagunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida taklif kiritishi mumkin. Ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlar ularni Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya o‘z faoliyatini to‘xtatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Oliy Majlis deputatligiga nomzod saylovga qadar istagan vaqtida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga to‘ladigan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Saylovchilar ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi va uni komissiya raisi bilan kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishida qatnashishga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin. Tumanlar va shaharlarning hokimliklari saylovchilarni hisobga olishni ta’minlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi saylovchilar to‘g‘risida saylovchilar ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar. Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, harbiy xizmatchilar oila a’zolari va boshqa saylovchilarning, basharti ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, ro‘yxatlari ham harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining turar joylari bo‘yicha umumiy asoslarda saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladilar. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlarining taqdim etgan ma’lumotlari asosida tuziladi. Saylovchilarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatlarida ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi. Ro‘yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va manzili aks ettiriladi. Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga o‘n besh kun qolganida, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etadi. Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi saylovchilar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi yigirma to‘rt soat ichida bunday arizani ko‘rib chiqishi va xatoni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma berishi shart. Saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tug‘ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallagan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan organning nomi ko‘rsatiladi. Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugi aholisining ko‘pchiligi muomala qiladigan tillarda nashr etiladi. Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan saylovga kamida uch kun qolganda oladilar. Saylov byulletenlari berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydilar. Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Saylov byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi. Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar tayyorlangan bo‘lishi, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida bo‘ladi. Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida o‘n kun qolganida saylovchilarni xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida, basharti ro‘yxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin. Saylov kuni ovoz berish binosi, uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgandagina ochiladi. Saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlari va saylovchilarning ro‘yxatlarini komissiya a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini e’lon qiladi. Saylov byulletenlarining umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi. Biror-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga familiyalari kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari, saylovchining shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi. Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir. Saylovda saylovchi o‘zi qarshi ovoz berayotgan nomzodlarning saylov byulletenidagi familiyalarini o‘chiradi. To‘ldirilgan byulletenni ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi. Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim. Saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z turar joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini talab qilib, bir qarorga kelgach, to‘ldirilgan saylov varaqasini konvertga solib, uni yopiq holda uchastka komissiyasida qoldirishi mumkin. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Saylov varaqasining shakli, saylov varaqalarini tayyorlash tartibi, ularni saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmaganlari taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra uchastka saylov komissiyasi komissiya a’zolariga ovoz berishini ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi. Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining a’zolari ishtirokida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi. Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasining raisi ovoz berish tugaganini e’lon qilganidan keyin uchastka saylov komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish taqiqlanadi. Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulletenlari va varaqalarni olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi. Saylov qutilaridagi saylov byulletenlari va varaqalariga asosan komissiya: ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini; har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar, saylov varaqalari sonini aniqlaydi. Saylovchilar tomonidan byulletenlarga va saylov varaqalariga qo‘shimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi. Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq nomzodning familiyasi qoldirilgan saylov byulletenlari va varaqalari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulleteni yoki varaqasining haqiqiyligi shubha tug‘dirsa, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi. Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida qarab chiqilib, bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Uchastka saylov komissiyalarining bayonlari asosida okrug saylov komissiyasi: okrug bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini; har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi. Okrug bo‘yicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanib, bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida: respublika bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini; har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlarning sonini; haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarining sonini aniqlaydi. Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan Oliy Majlis deputatligiga nomzod deputat etib saylangan hisoblanadi. Basharti saylovchilarning ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylovda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb hisoblanadi. Saylov chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha o‘tmagan deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topishga doir qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Ayrim saylov uchastkalarida saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalari, basharti bu natijalarsiz ham saylov umuman haqiqiy deb topilishi mumkin bo‘lsa, saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari bo‘yicha bayon tuzadi va qaror qabul qiladi. Basharti saylov okrugi bo‘yicha Oliy Majlis deputatligiga ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan birortasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berishni o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda Markaziy saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor qiladi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etgan holda ikki hafta ichida o‘tkaziladi. Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan Oliy Majlis deputatligiga nomzod, basharti uni yoqlab berilgan ovozlar soni unga qarshi berilgan ovozlar sonidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi. Quyidagi hollarda: a) basharti saylov okrugida saylov o‘tmagan yoxud haqiqiy emas deb topilsa; b) basharti takroriy ovoz berish Oliy Majlisga deputat saylanganligini aniqlash imkonini bermasa; v) basharti saylov okrugi bo‘yicha Oliy Majlis deputatligiga ko‘pi bilan ikki nomzod ovozga qo‘yilgan va ulardan birortasi ham saylanmagan bo‘lsa takroriy saylovlar o‘tkaziladi; Takroriy saylov Markaziy saylov komissiyasining topshirig‘iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Takroriy saylov asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan bir oy ichida o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Oliy Majlis ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan, boshqa sabablarga ko‘ra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov o‘tkaziladi. Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanib, ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov komissiyasi saylovlarga yigirma besh kun qolganida, uchastka saylov komissiyalari esa o‘n besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganida to‘xtatiladi. Oliy Majlis vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Oliy Majlis deputatining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin. Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida Oliy Majlisga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi va bu haqda deputatlarni xabardor etadi. Ushbu Qonun 23-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan, Oliy Majlis deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Oliy Majlisga saylangan deputatlarning ro‘yxatini Markaziy saylov komissiyasi deputatlarning familiyasi, ismi, otasining ismini, tug‘ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, saylov okrugining tartib raqami va nomini ko‘rsatgan holda ko‘pi bilan o‘n kun ichida e’lon qiladi. Oliy Majlis deputatiga Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Oliy Majlis sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarni boshqa mablag‘lar hisobidan pul bilan ta’minlash va o‘zga tarzda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda saylov o‘tkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablag‘larni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi. Saylovchilarning Oliy Majlisga saylash va saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini amalga oshirishlariga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatayotgan shaxslar, shuningdek soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab chiqqan, yashirin ovoz berishni buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan saylov komissiyalarining a’zolari, boshqa mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning vakillari, saylovchilar tashabbuskor guruhlarining a’zolari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Deputatlikka nomzod to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni e’lon qilgan yoki o‘zgacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
58
52,798
Qonunchilik
TURAR JOY VA KIChIK BIZNES OBYEKTLARI UChUN QURILISh MATERIALLARI SOTISh BO‘YIChA FIRMA DO‘KONLARI TARMOG‘INI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son qarorini bajarish yuzasidan, aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, bozorni yanada kengaytirish hisobiga arzon narxlardagi qurilish materiallariga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda viloyatlar va Toshkent shahrida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi va “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi mahsulotlarini sotadigan 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan do‘konlar tarmog‘i faoliyat ko‘rsatayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda 2009-yil 1-iyulgacha respublika tumanlari va shaharlarida aholi talabiga hamda uy-joy fondi obyektlari bo‘yicha ta’mirlash-qurilish ishlari hajmlariga qarab qurilish materiallari (metall prokati, sement, pishiq g‘isht, shifer, qurilish oynasi va boshqalar) sotish bo‘yicha, ularni 2-ilovaga* muvofiq joylashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilarning firma do‘konlari (keyingi o‘rinlarda firma do‘konlari deb ataladi) tashkil etish yuzasidan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksining qo‘shimcha ravishda bajarilishini ta’minlasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: firma do‘konlari qurilish materiallarini aholiga naqd pulga, majburiy tartibda nazorat-kassa apparatlarini qo‘llagan va pul tushumlarini bankka topshirish uchun har kuni inkasso qilgan, shuningdek to‘lovni jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridan qabul qilgan holda sotadilar; firma do‘konlari orqali “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarilgan metall prokati va sement ushbu materiallarga joriy birja kotirovkalaridan ortiq bo‘lmagan narxlar bo‘yicha sotiladi; firma do‘konlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilish materiallarini qo‘shimcha haq hisobiga eng so‘nggi iste’molchigacha yetkazib berishlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa xizmat turlarini ko‘rsatishlari mumkin. 4. “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga va sement korxonalariga, har yili moddiy balanslarda nazarda tutiladigan hajmlardan birja kotirovkalarining o‘rtacha narxlari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek birja savdolariga qo‘yilgandan keyin sotilmay qolgan metall prokati va sementni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga sotish tavsiya qilinsin. 5. 2009-yilda aholiga va foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarilgan metall prokati va sementni joriy birja kotirovkalaridan ortiq bo‘lmagan narxlar bo‘yicha sotish hajmlari 3 va 4-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. 6. Quyidagilar 2009-yilda aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga sotish uchun tasdiqlangan balanslarda nazarda tutilgan metall prokati va sementni yetkazib berish manbalari etib belgilansin: 3120 tonna metall prokati – “birja savdolarida sotish” moddasi bo‘yicha; 450 ming tonna sement, shu jumladan “sement korxonalari tomonidan aholiga sotish” moddasi bo‘yicha — 170 ming tonna va “birja savdolarida sotish” moddasi bo‘yicha — 280 ming tonna; birja savdolariga qo‘yilgandan keyin sotilmay qolgan hajmlar. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda firma do‘konlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshlash maqsadida ikki oy muddatda iste’molchilar uchun qulay joylarda joylashgan foydalanilmayotgan turar joy bo‘lmagan binolarning, zarur infratuzilma va omborxonalarning mavjudligini hisobga olgan holda, ishlab chiqaruvchi korxonalarga ijaraga berilishini ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har yilgi moddiy balanslarda aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga firma do‘konlari tarmog‘i orqali sotish uchun “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarilgan metall prokati hamda sementni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar va birja kotirovkalarining o‘rtacha narxi bo‘yicha yetkazib berish hajmlarini nazarda tutsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
135
5,802
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYISHI
1. Orol dengizining tranzit zonasi qismiga tegishli arxiv materiallarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ishchi guruhi 1-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq 2019-yil 10 — 14-dekabr kunlari Gelenjik shahriga (Rossiya Federatsiyasi) yuborilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xizmat safari bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni qoplash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 2-ilovaga muvofiq mablag‘lar ajratsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ko‘rsatilgan mablag‘lar belgilangan tartibda chet el valyutasiga ayirboshlanishini va berilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
58
656
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 29-yanvar kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
967
Qonunchilik
Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida
Qurilish sohasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish, zamonaviy qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalari va maxsus transport bilan jihozlash asosida qurilish tashkilotlari texnika bazasini mustahkamlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asakabank” DATB, “O‘zsanoatqurilishbank” OATB va manfaatdor aksiyadorlik kompaniyalari kengashlarining aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ustav fondi 22,0 mlrd so‘m miqdorida bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasini tashkil etish, ulushlarni 1-ilovaga muvofiq ta’sischilar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalari va maxsus transportlarni lizing bo‘yicha yetkazib berish bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazish, qurilish tashkilotlarining buyurtmalarini yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish; o‘z mablag‘lari va qonunchilikda belgilangan boshqa moliyaviy manbaalari hisobidan mahalliy va xorijiy korxonalarda qurilish texnikasini ishlab chiqarish va xarid qilish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirish; buyurtmalarga muvofiq ishlab chiqariladigan va yetkazib beriladigan qurilish texnikasini shartnoma asosida, birinchi navbatda qurilish pudrat tashkilotlari Reyestriga kiritilgan korxonalarga, lizing yoki ijaraga berish; qurilish texnikasi xarid qilishga maqsadli yo‘naltiriladigan kompaniyaning resurslarini shakllantirish uchun mablag‘larni, shu jumladan xorijiy banklar va boshqa xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb etish. 3. Boshqaruv xodimlari soni 33 nafar kishidan iborat Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Lizing kompaniyasi boshqaruvi raisiga, zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan soni doirasida kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin. 4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda, belgilangan tartibda Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” lizing kompaniyasini joylashtirish uchun ijara asosida qulay bino ajratsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi va boshqa ta’sischilar bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasini ta’sis yig‘ilishini o‘tkazib, belgilangan tartibda ta’sis hujjatlarini tasdiqlashni, shuningdek kompaniyani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlasin. 6. Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-sonli qarorining 6-bandida nazarda tutilgan boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar joriy etilsin. 7. Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda viloyatlarda kompaniyaning filiallarini tashkil etsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
91
3,663
Qonunchilik
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki: vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) huquqiy hujjatlari (keyingi o‘rinlarda “me’yoriy hujjatlar” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak va ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarga biror-bir jazo qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi; tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinmagan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar buzilganligi uchun javobgarlik choralarini qo‘llash taqiqlanadi; me’yoriy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib raqami va sanasi ko‘rsatilmagan holda tarqatilishi va e’lon qilinishi taqiqlanadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan me’yoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishi kerak. 2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ko‘rsatib o‘tilgan Nizomni qo‘llashga doir tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga: vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlar qabul qilish va qo‘llash shuningdek, qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish bo‘yicha ishini nazorat qilish; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga o‘n kun muddatda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risidagi da’volar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini Hukumat oldiga qo‘yish huquqi berilsin. Ko‘rsatib o‘tilgan da’volar sudga berilganda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi negizida Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi tashkil etilsin. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablag‘lar ajratsin. 6. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 25-modda); Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 15-iyundagi 300-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-yil., 6-son, 29-modda). 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; Vazirliklar yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik to‘g‘risidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlasin. Ushbu Nizom vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar (keyingi o‘rinlarda vazirliklar va idoralar deb ataladi) tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini, shuningdek ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. 1. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda me’yoriy hujjatlar deb ataladi), ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi ma’lumotlarning xususiyatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Ushbu Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda vazirlik yoki davlat qo‘mitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek umumiy majburiy tusdagi me’yoriy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan davlat boshqaruvi respublika organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi. 2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinadigan umumiy majburiy tusdagi: fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi; idoralararo tusga ega bo‘lgan; mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 21. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi: texnik reglamentlar; standartlashtirishga doir normativ hujjatlar; sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya normalari va qoidalari; shaharsozlik normalari va qoidalari; ekologik normalar va qoidalar; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar. Ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda hisobga olinadi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 3. Vazirliklar va idoralar me’yoriy hujjatlarni qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ularni o‘n kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar. Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan me’yoriy hujjatlar qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va bajarishdan chaqirib olish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar o‘n kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur me’yoriy hujjatning noqonuniyligi to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilishga haqlidir. 4. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan organga yuklanadi. 5. Normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Normativ hujjatlarga: korrupsiya, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi; jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik, qo‘shimcha to‘lov va yig‘imlarni belgilaydigan, ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutadigan, ular uchun asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan, ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi. Normativ hujjatlar Idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak. 6. Vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi hisoblangan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar shaklida qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlar va boshqa hujjatlar buyruqlar va qarorlar bilan tasdiqlanishi mumkin. Huquqiy normalarni huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar va boshqalar), shuningdek yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlarga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo bo‘lgan taqdirda, agar ushbu masalalarni me’yoriy tartibga solish o‘z vakolatlariga kirsa, tegishli me’yoriy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga tegishli me’yoriy hujjatni qabul qilish zarurligi, uni ishlab chiqish muddati haqida taqdimnoma kiritishga haqlidir. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan me’yoriy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bir oydan oshmasligi kerak. 7. Me’yoriy hujjatda mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining qaysi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaysi qarorini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, qarorini yoki farmoyishini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda ko‘rsatiladi. 8. Me’yoriy hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek, bo‘lajak hujjat bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishini ta’minlash kerak. Me’yoriy hujjat o‘z mazmuniga mos qisqacha nomlanishi kerak. Agar me’yoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unga kirish qismi — muqaddima kiritiladi. Huquqiy norma bo‘lgan qoida muqaddimaga kiritilmaydi. Me’yoriy hujjat qoidalari lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilikda qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qo‘llanadi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Zaruriyat bo‘lgan taqdirda me’yoriy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga havola qilingan holda undan ayrim qoidalar takrorlanadi. Me’yoriy hujjatda, qoidaga ko‘ra, oldin vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlardagi huquqiy normalar aynan qayta takrorlanmaydi. Me’yoriy hujjatlar matniga qonunchilikka havolalar kiritishga faqat istisno hollarda yo‘l qo‘yiladi. Mazkur me’yoriy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga havola qilish ularning o‘zaro aloqasini ko‘rsatish yoki takrorga yo‘l qo‘ymaslik zarur bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Me’yoriy hujjatning har bir bandida bitta huquqiy norma bo‘lishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi to‘liq va tugallangan mazmunga ega bo‘lishi kerak. Agar me’yoriy hujjatda ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, metodikalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Me’yoriy hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan hal etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi. 9. Me’yoriy hujjatda quyidagi rekvizitlar bo‘lishi kerak: hujjat turining belgilanishi; tartibga solish mavzusini belgilovchi nom; hujjatning tartib raqami, qabul qilingan sanasi va joyi; vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi. 10. Agar me’yoriy hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomonidan ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotishi e’tirof etilishini yoki ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan me’yoriy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak. 11. Me’yoriy hujjatga: me’yoriy hujjatni qabul qilish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, me’yoriy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan boshqa holatlar); mazkur organ tomonidan ushbu masala bo‘yicha ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ushbu masala bo‘yicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni o‘zgartirish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish to‘g‘risida takliflar tayyorlash haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma ilova qilinadi. 12. Tayyorlangan me’yoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati tomonidan o‘tkaziladigan huquqiy ekspertizadan o‘tishi kerak. Taqdim etilgan me’yoriy hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qo‘yilgan, ilova qilingan ma’lumotnoma esa imzolangan bo‘lishi kerak. 13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan me’yoriy hujjatni olingan kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan hollarda, hujjatni ko‘rib chiqish muddati 15 kungacha uzaytirilishi mumkin. 14. Zarurat bo‘lsa, huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda Adliya vazirligi qo‘shimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, me’yoriy hujjatlar bo‘yicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi. 15. Agar taqdim etilgan me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bo‘lgan va mazkur Nizomning II bo‘limida ko‘rsatilgan talablariga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish unga adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa asosida unikal raqam bergan holda davlat reyestriga kiritish orqali amalga oshiriladi. Me’yoriy hujjat, agar hujjatning o‘zida yanada kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va bajarilishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi normativ hujjatda uning (yoki uning bir qismining) kuchga kirishi muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunda normativ hujjatning kuchga kirishi muddati u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan kam bo‘lmasligi kerak. 16. Agar me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lsa, mazkur Nizomning II bo‘limi talablariga javob bermasa, yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa, me’yoriy hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi mumkin. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organlarga qaytariladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni mukammallashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak. 17. Vazirliklar va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidan elektron ko‘rinishda yuklab olishlari mumkin. 18. Qonunchilik o‘zgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘z normativ hujjatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir. Vazirliklar va idoralar ushbu holda o‘n kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zlari qabul qilgan me’yoriy hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi me’yoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu me’yoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo‘ladi. Me’yoriy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yoxud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi. Nizoli masalalar paydo bo‘lgan, shuningdek, me’yoriy hujjatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha me’yoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini to‘xtatishga haqlidir. Me’yoriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish hamda uni qayta kuchga kiritish Adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi tegishli organga jo‘natiladi. 19. Vazirliklar va idoralar qayta tashkil etilgan, tugatilgan yoki nomi o‘zgartirilgan taqdirda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik qonunda belgilanadi. 20. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi. Vazirliklar va idoralar, o‘z vakolatlari doirasida o‘zlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini ta’minlashi shart. Vazirliklar va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishi shart. 21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan me’yoriy hujjatlarning rasmiy sharhlash zarurligi to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi buyruq yoki qaror faqat u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin bajarish uchun yuboriladi.
121
20,919
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Qarorini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2007-yil 12-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi to‘g‘risida”gi 490-I-sonli qarori tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
103
343
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatini samarali o‘tkazish, respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay tashqi sharoitni vujudga keltirish, xalqaro munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari qilib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining chet mamlakatlar bilan har tomonlama va teng huquqli hamkorlikni o‘rnatish va chuqurlashtirishga qaratilgan tashqi siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etish; O‘zbekistonning, uning fuqarolari manfaatlarini xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda himoya qilish hamda ular nomidan vakillik qilish, respublikaning chet mamlakatlardagi diplomatiya va konsullik muassasalarini tuzish va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish, diplomatiya xizmati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish va bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish, respublikaning davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ularning amalda bajarilishini umumlashtirish; vazirlik vakolati doirasida chet mamlakatlar bilan aloqalarni o‘rnatishda va rivojlantirishda respublikaning davlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolariga yordam ko‘rsatish; O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning diplomatiya missiyalarini ochishga yordam berish, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy vakolatxonalar va ular xodimlarining diplomatik va konsullik daxlsizligiga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirish, xorijiy diplomatlarni, chet el ommaviy axborot vositalarining muxbirlarini ro‘yxatga olish va akkreditatsiya qilish; respublikada faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy elchixonalar va konsullik muassasalari bilan diplomatiya, protokol masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha aloqa qilish, ular faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash; xorijiy davlat, parlament va hukumat delegatsiyalarini qabul qilishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat, parlament va hukumat delegatsiyalarining chet mamlakatlarga tashriflarini tayyorlashni tashkil etish; belgilangan tartibda pasport-viza hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish, hujjatlarni oshkor qilish va fuqarolik holatlari hujjatlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha konsullik masalalarini hal etish, chet eldagi respublika fuqarolari uchun notarial ishlarni bajarish; O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati masalalarini yoritishda ommaviy axborot vositalariga yordam berish, respublikada akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar bilan brifinglar, matbuot konferensiyalari va uchrashuvlar o‘tkazish. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarish respublikaning vazirliklari va idoralari, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslari va fuqarolari uchun majburiydir. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining tuzilishi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Toshkent diplomatiya korpusiga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi yuridik shaxs huquqlari bilan harakat qiluvchi xo‘jalik hisobidagi diplomatiya xizmati ko‘rsatish xizmatiga aylantirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi apparati xodimlarining eng ko‘p soni, tegishli ish haqi fondi bilan, 160 kishidan (binoni qo‘riqlovchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat qilib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga vazirning to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan, ikki nafar birinchi o‘rinbosari, o‘n bir kishidan iborat hay’ati bo‘lishiga ruxsat etilsin, hay’atning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun quyidagilarni kiritsin: keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdig‘iga taqdim etgan holda diplomatiya va konsullik ustavlari loyihalarini; vazirlik to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning diplomatiya va konsullik vakolatxonalari to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari va boshqa muassasalarining hamda ularning mansabdor shaxslarining xorijiy davlatlarning muassasalari va mansabdor shaxslari bilan aloqalari tartibi to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini; O‘zbekiston Respublikasining Davlat protokoli hujjatlarini; O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy muxbirlar faoliyatining asosiy qoidalarini; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda respublikada diplomatiya va tashqi iqtisodiy xizmatlar uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtini tashkil etish to‘g‘risida takliflarni. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini ta’minlovchi budjetdan ajratmalarning talab qilinadigan limitlarini so‘m va valyutada qoplash hisob-kitoblarini amalga oshirsin hamda Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritsin. 7. O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi obyektlarini hamda O‘zbekistondagi xorijiy davlatlarning diplomatiya va konsullik muassasalarini qurish va ta’mirlash uchun moddiy-texnika resurslari ajratishni nazarda tutsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining talabnomalari bo‘yicha vazirlik apparati uchun zarur miqdorda aloqa vositalarini ajratsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga uning apparatiga va xorijiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish uchun xizmat garajini tashkil etishga ruxsat berilsin. 10. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1988-yil 23-iyuldagi 253-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1991-yil 20-sentabrdagi 239-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
101
6,426
Qonunchilik
UMUMIY OVQATLANISh TAShKILOTLARINING FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh VA XODIMLARINING KASBIY DARAJASINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston milliy pazandachiligi o‘zining noyobligi, pazandachilik an’analarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi, teran tarixiy ildizlarga ega, jahonning ko‘plab mamlakatlarida, shuningdek respublika mehmonlarida Sharq mehmondorchiligi ramzi sifatida g‘oyat mashhurdir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixiy meros va madaniy boylik sifatida pazandachilik san’atini saqlab qolish borasida katta ishlar amalga oshirildi, milliy-tarixiy an’analarni va oziq-ovqat texnologiyasining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Umumiy ovqatlanish sohasida yosh yuqori malakali oshpazlar va mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bularning barchasi milliy pazandachilikning nufuzi oshishiga, uni yanada ommalashtirishga ko‘maklashdi. Milliy pazandachilikni ommalashtirish va rivojlantirishda tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari alohida o‘rin tutmoqda. Keyingi vaqtlarda umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ishlovchi tobora ko‘plab mutaxassislar xorijiy va xalqaro pazandachilik tanlovlarining g‘oliblari va sovrindorlari bo‘lishmoqda. O‘zbekistonning milliy pazandachiligini saqlab qolish va yanada ommalashtirish, xalqaro darajadagi oshpazlar tayyorlash, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini rivojlantirish yuzasidan jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga xalqaro standartlarni joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq umumiy ovqatlanish sohasida oshpazlar, pazandalar, qandolatchilar, ofitsiantlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy darajasini oshirish tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi sohasi xo‘jalik yurituvchi subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasini (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin. 2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: a) Uyushma umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning ta’sis yig‘ilishida tashkil etiladi; b) Uyushmaning maqsadlari va vazifalarini yoqlovchi hamda umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi, ovqatlanish industriyasi uchun asbob-uskunalar, buyumlar va vositalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar kelgusida Uyushmaning a’zolari bo‘lishlari mumkin; v) quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: taomlar tayyorlashning milliy an’anasi va madaniyati saqlanishini ta’minlash, o‘zbek milliy pazandachilik san’atining unutilib borayotgan turlarini tiklash, milliy pazandachilik san’atini rivojlantirishga ko‘maklashish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish; umumiy ovqatlanish sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, ularning malakasini oshirish hamda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi oshpazlarini jalb etgan holda mahorat darslari o‘tkazish; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishni tashkil etish, ularni ishga joylashtirish yuzasidan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; umumiy ovqatlanish sohasida raqobatni rivojlantirishga, oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan milliy mahsulotlarni sanoatda keng ko‘lamda ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish; Jahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasi (WACS) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, u o‘tkazadigan tadbirlarda qatnashish; shu jumladan xalqaro ko‘rgazmalar, konferensiyalar va seminarlarda qatnashish orqali O‘zbekiston milliy pazandachiligining, uning milliy taomlar va pazandachilik mahsulotlari tayyorlashining noyob xususiyatlari va usullarini chet ellarga kiritib borish, ijobiy nufuzini shakllantirish; xorijiy mamlakatlar umumiy ovqatlanish tashkilotlarining ovqatlar tayyorlash va xizmatlar ko‘rsatish madaniyati kadrlar tayyorlash sohasidagi ilg‘or tajribasini joriy etish, shuningdek O‘zbekiston milliy pazandachilik san’ati yutuqlarini namoyish qilish va xalqaro maydonda yoyish uchun xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish va ularni yanada mustahkamlash; respublikada, shu jumladan mintaqalarda turli millatlar pazandachiligiga oid tanlovlar, viktorinalar, ko‘rgazmalar, festivallar va maxsus kunlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish; axborot xizmatlari ko‘rsatish, O‘zbekiston milliy pazandachiligini targ‘ib va joriy etuvchi maxsus nashrlar, kitoblar, jurnallar va bukletlar, elektron nashrlarni tayyorlash va shu jumladan chet ellarda tarqatish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida umumiy ovqatlanish masalalarini faol yoritish. 3. Quyidagilarga: O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining boshqaruv apparati tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq rozilik berilsin. 4. Uyushma muassislari, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Uyushma huzurida faoliyati asosan quyidagilarga yo‘naltirilgan Xalqaro milliy pazandachilik san’ati markazini (keyingi o‘rinlarda Xalqaro markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin: O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun milliy pazandachilik san’ati sohasida yuqori nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan umumiy ovqatlanish sohasi mutaxassislari (oshpazlar, pazandalar, qandolatchilar, ofitsiantlar va boshqalar)ning kasbiy darajasini oshirish hamda xalqaro miqyosda e’tirof etiladigan diplomlar va sertifikatlar berish; milliy-tarixiy an’analarni va zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda umumiy ovqatlanish sohasi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; umumiy ovqatlanish tashkilotlari xodimlarini ovqatlar tayyorlashning ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini, shuningdek xizmat ko‘rsatish madaniyatini egallashi uchun qisqa muddatli (1 — 3 oy) va o‘rtacha muddatli (4 — 6 oy) kurslarda o‘qitish; umumiy ovqatlanish sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga ko‘maklashish. 5. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: Uyushma a’zolari (qatnashchilari)ning majburiy va ixtiyoriy ajratmalari, xayr-ehson mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar Uyushmani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi; ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan o‘z mablag‘lari, Uyushmaning ajratmalari, xayriya yordami mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar Xalqaro markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 6. Uyushma va Xalqaro markaz tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va xorijdan olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalar, o‘quv-metodik anjomlari va boshqa tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 2016-yil 1-yanvargacha, istisno tariqasida, bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno). 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi: mutaxassislarni o‘qitish jarayonini tashkil etishda Uyushmaga va Xalqaro markazga zarur metodik yordam ko‘rsatsin; Uyushma bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini tashkil etishni, shuningdek ularni keyinchalik ishga joylashtirishni ta’minlasin. 8. Uyushma muassislariga: bir oy muddatda — Uyushmani tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirish, boshqaruv organlarini saylash; ikki oy muddatda — ushbu qarorga muvofiq vazifalar va tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; ikki oy muddatda — Xalqaro markaz Ustavini ishlab chiqish, shuningdek uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash; Uyushma va Xalqaro markaz boshqaruvi apparatini zarur bilimlarga va tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar va o‘qituvchilar bilan ta’minlash; Xalqaro markaz tomonidan beriladigan sertifikatlar (diplomlar)ning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi yuzasidan Jahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasi (WACS) bilan zarur ishlar olib borish tavsiya qilinsin. 9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga va boshqa ommaviy axborot vositalariga Uyushma tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni uning buyurtmanomalariga binoan keng yoritish tavsiya etilsin. 10. Toshkent shahar hokimligi Uyushma va Xalqaro markazni Toshkent shahridagi bo‘sh turgan binolarga joylashtirish masalasini bir oy muddatda hal etsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
146
9,311
Qonunchilik
Mutaхassislarni tayyorlash va kasbiy bilimlarni qayta baholash tizimlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 15.05.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida»gi 287-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan Milliy malakalar ramkasi hamda Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ikki hafta muddatda quyidagilarni ishlab chiqish topshirildi: Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kompetensiyalarni baholash boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar registri, Kasb standartlari milliy registri hamda Tasdiqlangan malakaga ega shaхslar milliy registri ishlab chiqiladi. Oхiridagi registrga mutaхassislar iхtiyoriy asosda kiritiladi. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga ta’lim tizimini takomillashtirish, Milliy va tarmoqlar ramkalari, Oliy ta’lim yoʻnalishlariga bevosita aloqador boʻlgan tegishli oʻzgartirishlar kiritib boriladi. Milliy malakalar ramkasi mehnat bozori va ta’lim sohasini integratsiyalash vositasi boʻlib хizmat qiladi. Ramka jadval koʻrinishida tuzilgan boʻlib, unda har bir malaka darajasi boʻyicha kasb faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan bilimlar, mahorat va koʻnikma, shaхsiy va kasbiy kompetensiyalar, shuningdek tegishli malaka darajasini egallash yoʻllari belgilanadi. Ushbu tizimning asosiy vazifalaridan biri kasbga oʻqish, malaka oshirish va qayta oʻqishni, ishsizlar va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasbga oʻqitish, malakasini oshirish va qayta oʻqitishni tashkil etishdan iborat. Milliy malakalar ramkasi asosida davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari tomonidan ish beruvchilar birlashmalari bilan hamkorlikda tarmoqlar malaka ramkalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.05.2020 yildan kuchga kirdi.  Lola Abduazimova.
80
2,016
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish to‘
Davlat tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarni samarali rivojlantirishga yanada ko‘maklashish, monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish va raqobat muhitini shakllantirish, davlat mulkini boshqarish tizimini takomillashtirish, qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlari faoliyat ko‘rsatishining mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini tashkil etishda iqtisodiyot fanining rolini kuchaytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichidagi boshqa vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilinsin. 2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: yangi ish o‘rinlarini yaratish, faoliyat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishni ta’minlashning ilmiy-metodik bazasini shakllantirish; xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishning zamonaviy tajribasini o‘rganish hamda uni respublikada joriy etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida davlat tomonidan ularga ko‘maklashish natijadorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari va mexanizmlari to‘g‘risida takliflar tayyorlash; Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markaziga xususiylashtirilgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarni o‘qitish uchun o‘quv-metodik materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish; monopoliyadan chiqarish va iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur tahlil qilish asosida monopoliyaga qarshi tartibga solish, iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimlarining faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishni hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishning metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish; davlat mulkini boshqarish institutlari va mexanizmlarini yanada rivojlantirish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini joriy etishning ilmiy asoslari va metodik tavsiyalarini ishlab chiqish; qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlarini, ularning infratuzilmasini rivojlantirish holatini tahlil qilish va yo‘nalishlarini aniqlash, institutlar va ularning faoliyat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalar tayyorlash; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy va metodik hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, Markazning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha “davra suhbatlari” va seminarlar o‘tkazish. 3. Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining xodimlari cheklangan umumiy soni 39 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Markaz direktoriga, zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq qilinadi; Markaz huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazining huquqiy vorisi hisoblanadi. 6. Markazga quyidagi huquqlar berilsin: Vazirliklar va idoralardan Markaz vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan mavjud statistik, tahliliy va boshqa axborotni bepul so‘rash va olish; davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, xorijiy mutaxassislarni tadqiqotlarga shartnoma asosida jalb qilish; ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy muassasalar bilan qo‘shma tadqiqotlarni o‘tkazish to‘g‘risida shartnomalar tuzish; o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ulardan foydalanish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga axborot-tahliliy hisobotlarni va ma’lumotlarni taqdim qilish; Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish. 7. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishga ajratiladigan grantlar; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun bepul asosda, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va Markaz faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish uchun shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar; Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida olingan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markaziga tegishli bo‘lgan va Markazga o‘tayotgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmagan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining ustavini ikki oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlansin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlansin; Markaz Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasidagi 55-uyda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin; zarurat bo‘lganda, Markazning egallab turilgan maydonlaridan foydalanish bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 29-iyuldagi 331-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 37-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 36-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 40-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish to‘g‘risida” 2006-yil 9-iyundagi 113-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 23-son, 211-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 1-ilovaning 31-bandi. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 13-bandi.
250
10,511
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublika davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ma’muriyatchiligining zamonaviy usullarini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq joriy etish maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi) direktoriga quyidagi huquqlar berilsin: zarur hollarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, shu jumladan uning markaziy apparati tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rahbar lavozimlariga va maslahatchilar sifatida jalb qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari uchun lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash. 3. Quyidagilar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Jamg‘arma mablag‘lari; xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari va grantlari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. Belgilansinki: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori uch nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi; davlat fuqarolik xizmatchilaridan iborat bo‘lgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari tatbiq etiladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev ikki oy muddatda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligini zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishni ta’minlasin. 7. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga quyidagi vakolatlar berilsin: davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bo‘yicha qonun hujjatlarining so‘zsiz bajarilishini, zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlarini jalb qilgan holda o‘rganish; davlat organlari va tashkilotlariga davlat fuqarolik xizmati sohasida ishlarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni belgilangan tartibda kiritish; davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yozma ogohlantirish e’lon qilish; davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish; davlat organlari va tashkilotlarining davlat fuqarolik xizmati masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislari, yig‘ilishlari va hay’at majlislarida ishtirok etish; o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish; davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonun hujjatlariga zid hujjatlarini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. 8. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bo‘linmalari respublikada kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmatining zamonaviy tamoyillarini joriy etishda eng muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin: zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qo‘yishning maksimal darajada shaffof va adolatli tartibini joriy etish; muvaffaqiyatli xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda menejmentning zamonaviy tizimlari asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish; kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish; davlat organlari va tashkilotlarning mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga, ularni rivojlantirish strategiyalariga, shuningdek, mehnat bozoridagi o‘zgarib borayotgan tashqi va ichki konyunkturaga mos ravishda qanoatlantirish; davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun mansab pog‘onalaridan ko‘tarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini obyektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratish; kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish va maksimal to‘liq ishtirok etishini ta’minlash asosida davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda ko‘maklashish; davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish; muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz ta’lim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan xorijda tashkil etish. 9. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rta va quyi bo‘g‘inidagi eng istiqbolli xodimlarning kamida 1000 nafarini 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatda Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlarga stajirovkaga bosqichma-bosqich yuborish bo‘yicha besh yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqilishini ta’minlasin. Belgilansinki: xorijiy stajirovkani o‘tayotgan shaxslarga, stajirovka o‘tayotgan mamlakatdagi O‘zbekiston Respublikasi elchisi mehnatiga haq to‘lash miqdorining 60 foizi miqdorida o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi; xorijiy stajirovkani o‘tash uchun yuborilayotgan shaxslar hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va yuborayotgan davlat organi yoki tashkiloti o‘rtasida tomonlarning majburiyatlari, shu jumladan yuborilayotgan shaxs tomonidan stajirovka tugagandan so‘ng davlat organi va tashkilotida kamida ikki yil ishlab berish majburiyati bayon etilgan kontrakt tuziladi; mazkur bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari, xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa donorlarning texnik ko‘magi va grantlari hisobidan qoplanadi. 10. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarni o‘rgatishni tashkil etish maqsadida ilg‘or jahon standartlari asosida jihozlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ikki oy muddatda ushbu bandning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin. 11. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43-uy, 1-korpus manzili bo‘yicha joylashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ta’minoti uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin hamda 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin, shuningdek, 6 dona, shu jumladan 4 dona shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarini joylashtirish va ularga har bir hududga 1 dona avtotransport hisobidan xizmat avtotransport vositalari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi)ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va mas’uliyati, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. 2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita bo‘ysunadi va unga hisob beradi. 3. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rivojlantirish hamda xodimlarni boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati ishlari bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. 4. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z nomi yozilgan va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhr va blanklarga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga egadir. 5. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 6. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi. 7. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rasmiy nomlanishi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, qisqartirilgan nomi — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi; b) ingliz tilida: to‘liq nomi — Agency for the Development of Public Service Under the President of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Public Service Agency; v) rus tilida: to‘liq nomi — Agentstvo razvitiya gosudarstvennoy slujbi pri Prezidente Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — ARGOS. 8. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43-uy, 1-korpus. 9. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tizimiga quyidagilar kiradi: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining markaziy apparati; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining filiallari. 10. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari yuridik shaxs tashkil etmasdan mahalliy ijro hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda hamda bevosita Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga bo‘ysungan holda faoliyat yuritadi. 11. Quyidagilar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash; davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish; Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, shuningdek, davlat xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish; davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish; malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish; eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish; davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasi, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish; davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlagan holda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish; davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish. 12. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash sohasida: zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasi va davlat fuqarolik xizmati sohasidagi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga, xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida ilg‘or xalqaro standartlar va eng yaxshi xorij amaliyotlarini joriy etishga qaratilgan davlat dasturlari hamda loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini ularning bo‘linmalari ishini samarali tashkil etish, bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalarni bekor qilish nuqtai nazaridan tahlil qiladi va ular faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; davlat fuqarolik xizmati, shu jumladan kadrlarga oid ish yuritish, davlat fuqarolik xizmatchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalarida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni taqsimlaydi, ulardan samarali, maqsadli va oqilona foydalanilishini nazorat qiladi; b) davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga oid boshqa masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi; davlat fuqarolik xizmati masalalarida davlat organlari va tashkilotlariga tushuntirishlar beradi va zarur yordam ko‘rsatadi; davlat fuqarolik xizmati kadrlarini shaffof ravishda va adolatli saralab olish hamda joy-joyiga qo‘yishni ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi; kadrlar tarkibining son va sifat jihatidan davlat organlari va tashkilotlarining maqsadlariga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishda davlat organlari va tashkilotlariga ko‘maklashadi; v) davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida: davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tizimli asosda monitoring qiladi, aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini tahlil qiladi va uning natijalari bo‘yicha sohadagi nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni tayyorlaydi; davlat organlari va tashkilotlarining mehnat resurslariga bo‘lgan son va sifat jihatidan haqiqiy talab-ehtiyojlarini o‘rganadi va prognozlashtiradi; davlat fuqarolik xizmati sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ta’siri samaradorligini baholaydi; davlat fuqarolik xizmatining holati, rivojlanish jarayonlari va istiqbollari, ushbu sohadagi qonunchilik ijrosining borishi to‘g‘risida axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi; davlat fuqarolik xizmati statistikasini yuritadi, davlat fuqarolik xizmatchilarining markazlashtirilgan hisobini yuritadi; axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun davlat fuqarolik xizmati sohasidagi statistik hisobot shakllarini ishlab chiqadi; g) xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga innovatsion uslublarni joriy etish sohasida: maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish samaradorligi va natijadorligi nuqtai nazaridan davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslari va kadrlar salohiyatidan foydalanishini baholaydi; davlat organlari va tashkilotlari jamoalarida axloqiy-ruhiy holatni o‘rganadi, muhitning yomonlashuviga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; kadrlar o‘z salohiyatini to‘la-to‘kis namoyon etishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratishda davlat organlari va tashkilotlariga ko‘maklashadi; kadrlarning professional sifatlar va xizmatlarni adolatli hamda xolisona baholashga asoslangan lavozim bo‘yicha o‘sishida davlat organlari va tashkilotlarida teng imkoniyatlar ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; kadrlarning mehnat salohiyatini doimiy rivojlantirish va uni to‘liq ishga solish asosida davlat organi va tashkiloti maqsadlariga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda ko‘maklashadi; inson resurslarini boshqarish va kadrlar salohiyatini oshirishning innovatsion uslublarini izlaydi va o‘rganadi, keyinchalik ularni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etadi; eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK) asosida davlat xizmatchilari faoliyatining natijadorligini baholash tartibini belgilaydi; davlat fuqarolik xizmatchilarining raqobatbardoshligini inobatga olgan holda inson resurslarini boshqarishga innovatsiyalarni joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish natijalarini baholash metodikasini ishlab chiqadi; davlat fuqarolik xizmatiga innovatsion uslublarni tatbiq qilish, davlat fuqarolik xizmatchilari ishida buyruqbozlikka barham berishning samarali yo‘llari va mexanizmlarini belgilaydi; kadrlarning professional darajasini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda) muntazam ravishda oshirib borishni tashkillashtiradi, shu jumladan xorijiy davlatlarda; d) Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish sohasida: Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish va Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritilishini ta’minlaydi; barcha toifalardagi davlat fuqarolik xizmatchilari Davlat xizmati lavozimlarining davlat reyestri bilan qamrab olinganligini tahlil etadi; Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish uchun davlat xizmatchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida, to‘liq va haqqoniy taqdim etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi; Milliy kadrlar zaxirasi va Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritilishini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etadi va uning doimiy yangilangan holatda bo‘lishini ta’minlaydi; e) davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradoriligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish: davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash maqsadida foydalaniladigan o‘lchanadigan indikatorlar (eng muhim ko‘rsatkichlar) ishlab chiqilishini ta’minlaydi; o‘lchanadigan indikatorlar (eng muhim ko‘rsatkichlar)ni ishlab chiqish, shuningdek, ularning natijalarini tahlil qilish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi va uslubiy yordam ko‘rsatadi; davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligining o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlar) ko‘rsatgan natijalar tahlilining xolisligi va haqqoniyligini nazorat qiladi; davlat fuqarolik xizmatchilari ko‘rsatgan o‘lchanadigan indikatorlar (eng muhim ko‘rsatkichlar) natijalarini tahlil qiladi; davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatidan qoniqish darajasini baholashning zamonaviy uslublaridan foydalanadi, shu jumladan jamoatchilik fikrini o‘rganadi, statistika va ijtimoiy tadqiqotlarni tahlil qiladi; davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantiradi; j) malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish sohasida: istiqbolli mutaxassislar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlar, xorijda yashayotgan vatandoshlar orasida davlat fuqarolik xizmatining ijobiy timsolini shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlaydi; davlat organlari va tashkilotlariga malakali va yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish borasida davlat organlari va tashkilotlaridagi ishlar holatini monitoring qiladi; muhim ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan, chet ellardagi nufuzli sanoat, moliya, ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa tashkilotlarda ishlayotgan vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatadi; davlat fuqarolik xizmatchilari lavozimlarida ishlash uchun talab yuqori bo‘lgan xorijlik olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni jalb etish bo‘yicha choralar ko‘radi; malakali va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida rivojlangan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni izchil yo‘lga qo‘yish va ular bilan hamkorlikni rivojlantirishni ta’minlaydi; ilg‘or xorijiy ta’lim muassasalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish va xorijiy mutaxassislarni jalb etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; z) eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish sohasida: o‘z amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat fuqarolik xizmatiga saralab olishning asosiy parametrlarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi; mustaqillik, odillik va shaffoflik tamoyillari asosida Milliy kadrlar zaxirasiga kadrlarni tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtiradi; davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida saralab olishni o‘tkazish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari ishini muvofiqlashtiradi; tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan davlat xizmatchilarining xizmatga oid faoliyatini monitoring qiladi, shu jumladan ularni davlat xizmatidan bo‘shatish to‘g‘risidagi masalani kelishadi; i) davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasi, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish sohasida; davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasini, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘radi; davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatchilariga yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni singdirish dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi; davlat fuqarolik xizmatchilarining oilasida sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirish, oilaviy mojarolarning davlat fuqarolik xizmatini o‘tashga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tizimli tushuntirish ishlarini tashkillashtiradi; k) davlat fuqarolik xizmatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni takomillashtirish hamda davlat fuqarolik xizmatchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish sohasida: davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahliliy tizimi faoliyat yuritishini ta’minlaydi; Milliy kadrlar zaxirasi, bo‘sh ish o‘rinlari va lavozimlarni egallash uchun tanlovlar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining son va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantiradi; inson resurslarini boshqarish va kadrlar salohiyati darajasini oshirish milliy axborot tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlarini ishlab chiqadi; davlat xizmati elektron axborot-tahliliy tizimining boshqa davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi; davlat xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralarni ko‘radi; l) davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish sohasida: davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun talabini buzgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat organlari va tashkilotlariga takliflar kiritadi; davlat fuqarolik xizmatchilarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi; davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. m) davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish sohasida: davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash bo‘yicha ustuvor va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlaydi hamda ta’lim dasturlarini amalga oshirishga tashkiliy, huquqiy va moliyaviy jihatdan ko‘maklashadi; davlat xizmatchilari va mutaxassislar salohiyatini oshirishga ko‘maklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni, eng avvalo respublika hududlaridagi yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy olimlar hamda ekspertlarni jalb etgan holda o‘quv kurslari, ilmiy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etadi; xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va ekspertlar, shuningdek, vatandoshlar bilan hamkorlikda onlayn platformalarga asoslangan masofaviy ta’lim dasturlari, o‘quv kurslari va boshqa ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi; davlat xizmatchilari va mutaxassislar tomonidan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish jarayonida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalardan samarali foydalanilishiga, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarning ro‘yobga chiqarilishiga hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ommalashtirishga ko‘maklashadi. 13. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining inson resurslarini rivojlantirish hamda hududlardagi davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini boshqarishga yo‘naltirilgan asosiy vazifalari va funksiyalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan belgilanadi. 14. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish bo‘yicha qonun hujjatlarining so‘zsiz ijro etilishini, shu jumladan huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini jalb etgan holda o‘rganish; davlat organlari va tashkilotlariga davlat fuqarolik xizmati sohasida ishlarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni belgilangan tartibda kiritish; davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yozma ogohlantirish e’lon qilish; davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish; davlat organlari va tashkilotlarining davlat fuqarolik xizmati masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislari, yig‘ilishlari va hay’at majlislarida ishtirok etish; o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish; davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonun hujjatlariga zid hujjatlarini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; davlat fuqarolik xizmati sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish; davlat fuqarolik xizmati sohasidagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarga yo‘naltiriladigan budjet moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish; davlat fuqarolik xizmati sohasidagi kadrlarni tayyorlash, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarni o‘rgatish uchun belgilangan tartibda idoraviy ilmiy va o‘quv markazlarini tashkil etish; belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish masalalarini yoritish uchun matbuot organlarini ta’sis etish; o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning idoraviy tuzilmalariga tegishli davlat mulkini belgilangan tartibda beg‘araz foydalanish huquqi bilan bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga topshirish; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, uning tarkibiy bo‘linmalari hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini ko‘rish; qonun hujjatlariga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ijtimoiy infratuzilmasini barpo etish va takomillashtirish. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 15. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javobgar bo‘ladi. 16. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari quyidagi huquqlarga ega: davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining so‘zsiz ijro etilishini, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalarida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini o‘rganish; davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslariga davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish bo‘yicha qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantirishlar e’lon qilish; davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalari rahbarlariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan muddatlarda ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish; davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislari, yig‘ilishlari, hay’atlarida ishtirok etish. 17. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari quyidagi majburiyatlarga ega: davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonun hujjatlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari, shuningdek, zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish; tegishli hududda davlat fuqarolik xizmatining holati to‘g‘risida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotni taqdim etish. 18. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq uning rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradilar: a) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi; o‘z o‘rinbosarlari hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, uning filiallari va idoraviy tashkilotlari boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini hamda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi; o‘z vakolati doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, uning filiallari va idoraviy tashkilotlarining xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va boshqa qarorlar qabul qiladi; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining xarajatlar smetasini va belgilangan shtatlar soni doirasida shtatlar jadvalini tasdiqlaydi; belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning filiallari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; ijro intizomiga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqish muddatlari va tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi; b) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosarlari: davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va sifatli tayyorlashni tashkil etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining topshiriqlariga binoan davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi; o‘zlari mutasaddilik qilayotgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda tashkillashtiradi; qonun hujjatlari va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qarorlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi; v) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari: tarkibiy bo‘linma to‘g‘risidagi nizomga muvofiq aniq yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi; o‘zlari muvofiqlashtirayotgan sohalarning rivojlanish holatini baholaydi va amalga oshirishning samarali mexanizmlari bilan ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyatiga kiritadi; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlaydi; qonun hujjatlari va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qarorlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi; g) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining rahbarlari: yuklatilgan vazifalarga, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq filiallarning faoliyatini tashkil etadilar; hududda davlat fuqarolik xizmatining rivojlanishi, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatiga baho beradi va zarur hollarda, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyatiga tegishli takliflarni kiritadi; qonun hujjatlari va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qarorlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi. 19. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori: mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi zimmasiga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi; amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda ko‘zlangan natijalarga erishilishi, ularning davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga ta’siri; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tizimida ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan javobgar bo‘ladi. 20. Direktor o‘rinbosarlari: ishonib topshirilgan yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi; mutasaddilik qilinayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha sohalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga oid ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi yuzasidan javobgar bo‘ladi. 21. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining boshliqlari: yuklatilgan vazifa va funksiyalarning sifatli bajarilishini tashkil etish; tegishli hududda davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonunchilik, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbarlarining topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish; tegishli hududda davlat fuqarolik xizmatining holati to‘g‘risida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etish yuzasidan javobgar bo‘ladi. 22. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori rahbarlik qiladi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarlarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega. 23. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining davlat fuqarolik xizmatchilaridan iborat bo‘lgan xodimlari, shu jumladan uning filiallari boshliqlari va xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladilar. 24. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida direktor, direktorning birinchi o‘rinbosari, direktor o‘rinbosarlari, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’at: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va topshiriqlari sifatli bajarilishini tashkil etish; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish dasturlari, strategiya va konsepsiyalarini amalga oshirishning samaradorligini baholash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. Hay’at Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hay’atining yig‘ilishlariga davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari taklif etiladi. Hay’at uning tarkibidagi a’zolar yarmidan ko‘prog‘i ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hay’at qarorlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining buyruqlari va hay’at bayonnomalari bilan amalga oshiriladi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori bilan hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at faoliyatining tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi. 25. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzurida direktorning birinchi o‘rinbosari (Kengash rahbari), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi alohida tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, jamoatchilik hamda fuqarolik jamiyati institutlarining taniqli vakillaridan iborat tarkibda Davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi. Jamoatchilik kengashining a’zolari soni, shaxsiy tarkibi va nizomi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror asosida Kengash raisiga uning shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat fuqarolik xizmatini yanada rivojlantirishga, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturiy hujjatlarning amaliy ijrosi mexanizmlarini tanqidiy ko‘rib chiqish; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishning qonunchilik bazasini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqishda, shu jumladan ishlab chiqilayotgan va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini muhokama qilish yo‘li bilan ishtirok etish. 26. Quyidagilar: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori, direktorning birinchi o‘rinbosari, direktor o‘rinbosarlari, markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining boshliqlari faoliyati samaradorligi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan belgilanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan ko‘rsatkichlari asosida baholanadi; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari boshliqlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. 27. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining xodimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari tatbiq etiladi. 28. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning asosiy turlari quyidagilardan iborat: oylik, choraklik, yarim yillik, yillik ish yakunlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun, shuningdek, bayram kunlari mukofotlash; alohida muhim topshiriqlarni bajarganlik uchun yakka tartibda mukofotlash va boshqa rag‘batlantirish to‘lovlari; biriktirilgan ish sohasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda erishgan yuqori natijalari uchun xodimning lavozim maoshiga ustamalar to‘lash; xizmat majburiyatlarini bajarishdagi alohida xizmatlari uchun, yubiley sanalari va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lash uchun bazaviy hisob-kitob miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foizsiz qarz taqdim etish; o‘z turar joyiga ega bo‘lmagan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlariga uy-joyni ijaraga olish shartnomalari bo‘yicha xarajatlarini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda qoplash. 29. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: yil davomidagi ish yakunlari bo‘yicha lavozim maoshining besh baravarigacha miqdorda mukofot puli; boshqa ustamalar va to‘lovlardan qat’i nazar lavozim maoshlariga har oy ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lanadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan moddiy rag‘batlantirish tadbirlari miqdori va ularni to‘lash tartibi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadi. 30. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ularning lavozim maoshiga 400 foizgacha miqdorda shaxsiy ustamalar belgilashga haqlidir. Shaxsiy ustamalar miqdorini belgilashda mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentlari bilan bir qatorda Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan beriladigan shaxsiy ustamalar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga nisbatan mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti ham lavozim maoshi hisobiga kiritiladi. 31. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari mehnat faoliyatini to‘xtatganlaridan so‘ng ularga avvalgi ish joyi bo‘yicha egallagan yoki unga teng bo‘lgan lavozim berish kafolatlari ta’minlanadi, xodimning malakasi yetarli emasligi yoki sog‘lig‘i tufayli yoxud o‘z funksional majburiyatlarini buzganligi oqibatida bajariladigan ishga nomuvofiqligi uchun mehnat faoliyati to‘xtatilgan hollar bundan mustasno. 32. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini kiritadi; davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlaydi; belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 33. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari har chorakda chuqur tahlillar asosida qo‘yilgan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risida umumlashtirilgan tahliliy axborotni, shuningdek, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga kiritadi. 34. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi har chorakda respublikada davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish holati to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi. 35. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z veb-saytida har chorak yakunlariga ko‘ra tegishli hisobot davrida respublikada davlat fuqarolik xizmatining rivojlanish holati to‘g‘risida press-reliz e’lon qilib boradi. 36. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
143
52,469
Qonunchilik
QIZILQUM FOSFORIT KOMBINATI QURILIShI YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Qizilqum fosforit kombinati qurilishini jadallashtirish va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahalliy fosforit xomashyosi yetkazib berish muddatlarini yaqinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki: a) Qizilqum fosforit kombinatining boyitish fabrikasi Toshqo‘ra konida joylashtiriladi; b) Qizilqum fosforit kombinati qurilishi ikki bosqichda amalga oshiriladi: konni ochish, 300 ming tonna ruda qazib olish, boyitilmagan fosfor unini tayyorlash va superfosfat ishlab chiqarish uchun Qo‘qon superfosfat zavodiga maxsus vagonlarda jo‘natish ishlarini o‘z ichiga oluvchi 1997-yilning birinchi yarim yilligida ishga tushiriladigan birinchi kompleks; yiliga 5150 ming tonna ruda qazib olish va uni 2774 ming tonna fosforit konsentratigacha boyitish ishlarini o‘z ichiga oluvchi 2000-yilda ishga tushiriladigan ikkinchi kompleks; v) ishga tushiriladigan birinchi kompleks qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash markazlashtirilgan kredit resurslari hisobidan amalga oshiriladi. 2. Quyidagilar: ishga tushiriladigan birinchi kompleksning buyurtmachisi etib Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining Zarafshon qurilish boshqarmasi esa pudratchi etib; “O‘zkimyosanoat” uyushmasi ishga tushiriladigan ikkinchi kompleksning buyurtmachisi etib belgilansin. 4. Kuyidagilar: a) qurilishi 1997-yilning birinchi choragida tamomlanadigan tashqi infrastruktura obyektlari qurilishi bo‘yicha: “O‘zavtoyo‘l” davlat uyushmasi tashqi avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi hamda pudratchi etib; “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi tashqi temir yo‘l liniyasi qurilishi bo‘yicha buyurtmachi, “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi esa pudratchi etib; Aloqa vazirligi tashqi aloqa tarmoqlari va inshootlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi hamda pudratchi etib; “O‘ztransgaz” birlashmasi tashqi gaz ta’minoti tarmoqlari va inshootlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi hamda “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasining “O‘zneftgazqurilish” birlashmasi esa pudratchi etib belgilansin; b) mablag‘ bilan ta’minlashning manbalari etib: tashqi avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha — Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari; tashqi temir yo‘l liniyasi qurilishi bo‘yicha — budjetdan ajratiladigan mablag‘lar; tashqi aloqa tarmoqlari va inshootlari, tashqi gaz ta’minoti tarmoqlari va inshootlari qurilishi bo‘yicha — tegishli ravishda Aloqa vazirligi, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasining o‘z mablag‘lari belgilansin. 5. Qizilqum fosforit kombinatining to‘liq texnologik sxemasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, ushbu ishlarni o‘z mablag‘lari hisobiga ta’minlagan holda, tashqi elektr ta’minoti tarmoqlari va inshootlari bo‘yicha buyurtmachi hamda pudratchi etib belgilansin. 6. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi va “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni ishga tushiriladigan birinchi kompleks bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari, asosiy fondlar, tugallanmagan qurilish va barcha aktivlar va passivlarni qabul qilish-topshirish ishlarini ikki hafta muddatda amalga oshirsinlar. 7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan qurilishni respublikaning investitsiya dasturiga kiritsin. 8. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi: 1997-yilning birinchi choragi davomida xorijiy firmalarni jalb etgan holda tender asosida fosfor rudasini boyitishning zamonaviy texnologiyasini tanlasin; 1997-yilning birinchi yarim yilligi mobaynida tanlangan texnologiya bo‘yicha Toshqo‘ra konida boyitish fabrikasi qurilishining texnik-iqtisodiy asoslanishini qayta ishlab chiqsin va uni ekspertizadan o‘tkazsin; 1997-yilning uchinchi choragida to‘liq texnologik sxema bo‘yicha boyitish fabrikasi qurilishining ishlar loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 9. Navoiy kon-metallurgiya kombinati yiliga 300 ming tonna hajmda fosforit rudasi qayta ishlanishi ta’minlanishini nazarda tutgan holda Toshkent viloyatining Chig‘iriq shaharchasidagi 2-ruda boshqarmasining boyitish fabrikasini rekonstruksiya qilish haqida o‘n kun muddatda taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
86
4,331
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mulkdor — jismoniy shaxslarning ularga tegishli bo‘lgan faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi uchun javobgarligini belgilash, shuningdek, ilgari xususiylashtirilgan obyektlarni, mulk huquqining vujudga kelish asoslaridan qat’i nazar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, bo‘sh turgan binolar, noturar inshootlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xo‘jalik faoliyatiga jadal tarzda jalb etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan obyektlar o‘rnatilgan tartibda sotiladi, davlat-xususiy sheriklik asosida, shu jumladan ijaraga beriladi; b) foydalanilmayotgan obyektlarning xususiy mulkdorlariga quyidagi ta’sir choralari qo‘llaniladi: yuridik shaxslarga — soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tkazish; yuridik va jismoniy shaxslarga — mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra mikdorda to‘lash, 6 oy o‘tgandan so‘ng — besh karra, 12 oy o‘tgandan so‘ng va keyinchalik — o‘rnatilgan stavkaga nisbatan o‘n karra miqdorda to‘lashga o‘tkazish; qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini to‘xtatish”. 2. 4-ilovadagi “Tadbirlar” grafasida: a) 2-bosqichning to‘rtinchi xatboshisi “bo‘lgan yuridik” so‘zlaridan keyin “va jismoniy” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 5-bosqichning uchinchi xatboshisi “yuridik” so‘zidan keyin “va jismoniy” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) 14-bosqich matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “To‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning: yuridik shaxslar uchun — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda (agar yuridik shaxsga soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilgan bo‘lsa); yuridik va jismoniy shaxslar uchun — mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra, 6 oy o‘tgandan so‘ng — besh karra, 12 oy o‘tgandan so‘ng va keyinchalik — o‘n karra miqdorida vujudga kelishi”.
250
2,587
Qonunchilik
Toshkent shahrida “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida
Maktabgacha ta’lim sohasi uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida: 1. Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Toshkent shahrida “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialini (keyingi o‘rinlarda — Filial) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: hududlar, ta’lim tashkilotlari va ta’lim sohasidagi boshqaruv organlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari asosida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash; zamonaviy ta’lim dasturlari, o‘qitish uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda fanning so‘nggi yutuqlarini tatbiq etish, pedagogik salohiyatni rivojlantirish; maktabgacha ta’lim, korreksion pedagogika, psixologiya sohalari hamda boshqa ilmiy-metodik tarmoqlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, o‘quv jarayoni sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; o‘quv jarayoniga masofaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish; xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes-hamjamiyatlari bilan ta’lim hamda ilm-fan sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish. 3. Belgilab qo‘yilsinki, Filial: kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni inobatga olgan holda dunyoda umume’tirof etilgan oliy ta’limning sifatiga qo‘yiladigan talablarga mos ta’lim dasturlari asosida barcha darajadagi mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi; ta’lim jarayonini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlari asosida rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boradi; kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi ta’lim shaklida olib boradi; ta’lim faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlaydi; abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazishni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Universitet tomonidan belgilangan talablar va qoidalarga muvofiq amalga oshiradi; bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomini beradi. 4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Universitet: Filialga ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalari, pedagogika fanining so‘nggi yutuqlarini joriy etishga hamda masofaviy ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishga ko‘maklashadi; xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilarni Filialda dars berishga va ilmiy faoliyatga jalb etadi; Filial professor-o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadi; Filialning kutubxona fondini shakllantiradi va uni zamonaviy o‘quv-metodik hamda ilmiy-pedagogik adabiyotlar bilan to‘ldirib boradi, shu jumladan Universitet axborot-resurs bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi; Filialni zarur o‘quv, laboratoriya va ilmiy asbob-uskunalar, jumladan korreksion pedagogika va psixologiya fanlaridan o‘qitishning zamonaviy o‘quv vositalari bilan jihozlashni ta’minlaydi. 5. Quyidagilar: Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq; Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining Vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Tashkiliy komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatilsin: Filial faoliyatini tashkil etish ishlarini boshqarish, uning to‘laqonli faoliyat yuritishi bilan bog‘liq tashkiliy, moliyaviy, huquqiy, iqtisodiy, o‘quv-metodik, moddiy-texnik ta’minlash va boshqa masalalarni hal qilish; Filial faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha Universitet rahbariyati bilan muzokaralar olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish; Filialning bino va inshootlari bo‘yicha zarur loyiha, qurilish-montaj va ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish hamda jihozlash, infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik ta’minlashga doir tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash; Filial faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan jadvallarda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat qilish va monitoring olib borish. 7. Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: ta’lim jarayonini, talabalarning o‘quv hamda pedagogik amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, bakalavr va magistrlar tayyorlash sifatini tizimli ravishda oshirish, Filial bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda, mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda ko‘maklashish; Filial faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash uchun xayriya, texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish; Filialning moddiy-texnik, o‘quv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashish; talabalarni, eng avvalo, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, iqtidorli talabalarni o‘qitish uchun stipendiyalar ajratish, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va yashash joylarida bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, ularning dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; keng istiqbolli talabalarni tanlov asosida Universitet va sohaga ixtisoslashgan xorijdagi boshqa yetakchi ta’lim tashkilotlariga stajirovka o‘tashga yuborish uchun tanlab olishni hamda ularga xorijda tahsil olish uchun maxsus stipendiyalar ajratishni tashkil etish. 8. Belgilab qo‘yilsinki: a) Filialga qabul parametrlari Filial tomonidan pedagog kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni hisobga olib, Moliya vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Universitet bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; b) Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida ta’lim olgan Filial bitiruvchilari uch yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoki ta’lim sohasidagi boshqaruv organlariga taqsimlanadi; v) Filialda o‘qitishning to‘lov-kontrakt miqdori Filial tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Universitet bilan kelishilgan holda belgilanadi; g) Filial faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: Filialga o‘qishga qabul qilingan talabalar umumiy sonining 30 foizidan oshmagan holda davlat granti asosida talabalarni o‘qitish uchun Maktabgacha ta’lim vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari; talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; d) Filialga Universitetdan jalb qilinadigan professor va o‘qituvchilarning xizmat safari va mehnatiga haq to‘lash xarajatlari o‘quv jarayonining ehtiyojlaridan kelib chiqib, tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi; e) Filialning dars jarayonida foydalaniladigan maxsus uskunalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega, yuqori malakali xodimlari uchun Filialning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin; j) joriy yilda Filialni saqlash uchun budjet mablag‘lari Maktabgacha ta’lim vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida ajratiladi va 2021-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi; z) Filialga o‘qituvchilik va ilmiy faoliyat olib borish uchun taklif etiladigan xorijlik professor-o‘qituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda to‘lashga ruxsat beriladi. 9. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Akademik litseyning Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 55-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari operativ boshqarish huquqi bilan Maktabgacha ta’lim vazirligiga berilsin va keyinchalik Filial ushbu joyda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Akademik litsey Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga berilgan Toshkent transport kasb-hunar kollejining Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 20d-mavze, 35a-uy manzilida joylashgan o‘quv binosiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirilsin. Belgilansinki, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Akademik litsey kelgusida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida mazkur universitetning o‘z mablag‘lari hisobidan 2020 — 2022-yillarda qurilishi rejalashtirilgan yangi o‘quv binolariga joylashtiriladi. 10. Maktabgacha ta’lim vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Universitet bilan hamkorlikda: a) bir oy muddatda: Filialning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, Filialni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin; Filialning tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlasin; b) 2021/2022 o‘quv yili boshlanguniga qadar Filialni tanlov asosida malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlasin. 11. Filial joylashtirilgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha: a) quyidagilar: buyurtmachi etib — Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi; bosh loyihachi etib — Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti belgilansin; b) bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari orqali aniqlansin. 12. Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur qarorning 9-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan bino va inshootlarni loyihalashtirish, qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini 2020-yil Investitsiya dasturi doirasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolari natijalariga ko‘ra iqtisod qilingan mablag‘lar va Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga belgilangan tartibda amalga oshirsin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan mazkur qarorning 9-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishning 2021-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 13. Moliya vazirligi Filialga ikkita yengil avtotransport, jumladan bitta xizmat va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin. 14. 2023-yilning 1-yanvariga qadar Filialni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventarlar, qurilish materiallari va moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 16. Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-son Farmonida: a) 2-bandda: to‘rtinchi, oltinchi, sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshidagi “muassasalari rahbar” so‘zlari “tashkilotlari direktor” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 3-banddagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika markazi negizida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tarkibiga kiritilsin hamda unga ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha sohaga oid bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalari yuklatilsin”; g) 6-bandning beshinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarini” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmonida: 2 va 3-bandlarning uchinchi xatboshilaridagi hamda 5-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilaridagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarida” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida”gi PF-5467-son Farmoni 2-bandining sakkizinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarini” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoni bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da “Tadbirlar nomlanishi” ustuni 9-pozitsiyasidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari”, “maktabgacha ta’lim muassasalarini” va “maktabgacha ta’lim muassasalariga” so‘zlari tegishincha “maktabgacha ta’lim tashkilotlari”, “maktabgacha ta’lim tashkilotlarini” va “maktabgacha ta’lim tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5552-son Farmoni 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi 3-bo‘limining 3, 4-bandlaridagi, 6-bandning beshinchi xatboshidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarida” va “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari tegishincha “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida” va “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-son Farmonida: 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; Farmonga 1-ilovaning “Subyektlar” va “Tadbirlar” ustunlari I-bosqichidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari”, “Maktabgacha ta’lim muassasalarining” so‘zlari tegishincha “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari”, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; Farmonga 2-ilova 1-paragrafning yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “maktabgacha ta’lim muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; Farmonga 4-ilovaning “Ko‘rsatkichlar” ustuni 1-pozitsiyadagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi 5.4-bandining ikkinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalaridan” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarorida: a) 2-bandning birinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi: zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan faoliyat yuritmayotgan va tarbiyalanuvchilar soni kam bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini beg‘araz ajratish; investorlarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, ayniqsa, shunday tashkilotlarga yuqori ehtiyoj mavjud bo‘lgan va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalarni, shuningdek, imtiyozli kreditlarni taqdim etish imkoniyati; investorlar tomonidan vakolatli davlat organlari bilan 50 yil muddatga tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish; investorlar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qat’iy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmati narxining ijtimoiy hammabopligini ta’minlash;” b) 3-bandning birinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalariga” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 6-bandning beshinchi — sakkizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3301-son qarori 7-bandidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarida” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-son qarorida: 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarida” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; qarorga 6-ilovaning nomidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-son qarorida: 5-bandning yettinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalariga” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; qarorga 1-ilovaning 125-bandidagi “maktabgacha ta’lim muassasalariga” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3571-son qarorida: a) qaror nomi va muqaddimadagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-bandda: birinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “a” kichik bandidagi “mudirlar” so‘zi “direktorlar” so‘zi bilan almashtirilsin; “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2 va 3-bandlardagi “maktabgacha ta’lim muassasalarida” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 4-bandning uchinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarini” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 5-banddagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qarorida: muqaddimaning birinchi — beshinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin: nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari taqdim etish; nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini qurish uchun faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hududida bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish; mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish; konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish; bo‘sh yotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini “nol” xarid qiymatida sotish; to‘liq butlanmay qolgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmayotgan xonalari yoki korpuslarini uzoq muddatli bepul maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga topshirish; xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash; oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik va metodik ta’minlash; otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish. Belgilansinki, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatiladigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.”; 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “muassasalari” va “muassasalarini” so‘zlari tegishincha “tashkilotlari” va “tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni rag‘batlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida ochiladigan hisobvaraq (keyingi o‘rinlarda — maxsus hisobvaraq)da jamlash to‘g‘risidagi; nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil qilingan shunday tashkilotlarga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan summaning 50 foiziga qadar miqdorda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.”; 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilansin: nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari taqdim etish bitimi — kamida 30 yil; bo‘sh yotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini “nol” xarid qiymatida sotish bitimi — kamida 30 yil; to‘liq butlanmay qolgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmayotgan xonalari yoki korpuslarini uzoq muddatli bepul maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga topshirish bitimi — kamida 30 yil; nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini qurish uchun faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hududida bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish bitimi — kamida 30 yil; mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish bitimi — kamida 30 yil; konsessiya asosida qurilish uchun yer maydoni yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish bitimi — 15 yilgacha; xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy jihatdan ta’minlash bitimi — kamida 10 yil; oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik va metodik ta’minlash bitimi — kamida 3 yil; otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish bitimi — kamida 1 yil. O‘z faoliyatini olingan imtiyozli kredit asosida yoki davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik subyektlariga topshirilgan obyektlarda boshlagan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini u tashkil etilgan kundan boshlab 30 yil mobaynida qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi.”; 9-bandning birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim nodavlat muassasasi” so‘zlari “nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bandda: ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari” so‘zlari “nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 11-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari” so‘zlari “nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin; 12-bandning uchinchi xatboshidagi “muassasalariga” so‘zi “tashkilotlariga” so‘zi bilan almashtirilsin; 13-bandining uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “muassasalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin; qarorga 1-ilovada: 2-bandning yettinchi-sakkizinchi, o‘n uchinchi-o‘n to‘rtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 4-bandning ikkinchi — oltinchi, sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 8-banddagi “maktabgacha ta’lim muassasalarini” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilaridagi “muassasasi” so‘zi “tashkiloti” so‘zi bilan almashtirilsin; 23-bandning to‘rtinchi, o‘ninchi, o‘n uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasasi” so‘zi “tashkiloti” so‘zi bilan almashtirilsin; 29-banddagi “muassasalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin; 33-bandning to‘rtinchi-beshinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 34-bandning to‘rtinchi-beshinchi, sakkizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 35-bandning birinchi, sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 37-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 6-bob nomidagi “muassasalarining” so‘zi “tashkilotlarining” so‘zi bilan almashtirilsin; 38-banddagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 42-bandning ikkinchi xatboshidagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 46-bandning uchinchi xatboshidagi “muassasasining” so‘zi “tashkilotining” so‘zi bilan almashtirilsin; 47-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “muassasasini” va “muassasalari” so‘zlari tegishincha “tashkilotini” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bob nomidagi “muassasalarining” so‘zi “tashkilotlarining” so‘zi bilan almashtirilsin; 48-banddagi “muassasalarining” so‘zi “tashkilotlarining” so‘zi bilan almashtirilsin; 49-banddagi “muassasalarining” so‘zi “tashkilotlarining” so‘zi bilan almashtirilsin; 57-bandning uchinchi xatboshidagi “muassasasining” so‘zi “tashkilotining” so‘zi bilan almashtirilsin; 58-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “muassasalarini” va “muassasalari” so‘zlari tegishincha “tashkilotlarini” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-bob nomidagi “muassasalarining” so‘zi “tashkilotlarining” so‘zi bilan almashtirilsin; 65-bandning uchinchi xatboshidagi “muassasasining” so‘zi “tashkilotining” so‘zi bilan almashtirilsin; 66-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “muassasalarining”, “muassasasining” va “muassasalari” so‘zlari tegishincha “tashkilotlarining”, “tashkilotining” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bob nomidagi “muassasalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin; 67-banddagi “muassasalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin; 71-bandning ikkinchi xatboshidagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 75-bandning uchinchi xatboshidagi “muassasasining” so‘zi “tashkilotining” so‘zi bilan almashtirilsin; 76-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “muassasalarini” “muassasasi”, “muassasasini” va “muassasalari” so‘zlari tegishincha “tashkilotlarini”, “tashkiloti”, “tashkilotini” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bob nomidagi “muassasalarini” va “muassasalari” so‘zlari tegishincha “tashkilotlarini” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 77-banddagi “muassasasini” so‘zi “tashkilotini” so‘zi bilan almashtirilsin; 78-banddagi “muassasasi” so‘zi “tashkiloti” so‘zi bilan almashtirilsin; 82-banddning ikkinchi xatboshidagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 86-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “muassasasini” va “muassasasi” so‘zlari tegishincha “tashkilotini” va “tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 87-banddagi “muassasasiga” va “muassasalari” so‘zlari tegishincha “tashkilotiga” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 88-bandning birinchi, uchinchi, to‘rtinchi, yettinchi, sakkizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 90-bandning uchinchi xatboshidagi “muassasasining” so‘zi “tashkilotining” so‘zi bilan almashtirilsin; 91-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “muassasasini” va “muassasalari” so‘zlari tegishincha “tashkilotini” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 92-banddagi “muassasasi” so‘zi “tashkiloti” so‘zi bilan almashtirilsin; 12-bob nomidagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 93-banddagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 97-bandda: sakkizinchi xatboshidagi “muassasasining” so‘zi “tashkilotining” so‘zi bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi xatboshidagi “muassasasining rahbarlari” so‘zlari “tashkilotining direktorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 98-banddagi “muassasalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin; 13-bob nomidagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; 100-bandning birinchi xatboshidagi “muassasasi” so‘zi “tashkiloti” so‘zi bilan almashtirilsin; 103-bandning ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “muassasalari” va “muassasasini” so‘zlari tegishincha “tashkilotlari” va “tashkilotini” so‘zlari bilan almashtirilsin; 104-bandning ikkinchi xatboshidagi “muassasalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin; 107-banddagi “muassasalariga” so‘zi “tashkilotlariga” so‘zi bilan almashtirilsin; 110-bandning ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilaridagi “muassasasiga” va “muassasasi” so‘zlari tegishincha “tashkilotiga” va “tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 111-bandning uchinchi xatboshidagi “muassasasiga” so‘zi “tashkilotiga” so‘zi bilan almashtirilsin; 15-bob nomidagi “muassasalariga” so‘zi “tashkilotlariga” so‘zi bilan almashtirilsin; 113-banddagi “muassasasining” so‘zi “tashkilotining” so‘zi bilan almashtirilsin; 116 va 117-bandlardagi “muassasasiga” so‘zi “tashkilotiga” so‘zi bilan almashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3795-son qarori 7-bandining to‘qqizinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasasi” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallalar hududlarida aholiga xizmat ko‘rsatadigan tuzilma va tashkilotlarning taxminiy ro‘yxati 2-bandidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3821-son qarori 4-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-avgustdagi “Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3909-son qarorida: qaror nomidagi “maktabgacha ta’lim muassasasini” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotini” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim muassasasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-bandning birinchi, uchinchi, beshinchi — yettinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi tegishli kelishikdagi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 3-bandning uchinchi xatboshidagi “muassasaning” so‘zi “tashkilotning” so‘zi bilan almashtirilsin; 11-banddagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 12-banddagi “muassasani” so‘zi “tashkilotni” so‘zi bilan almashtirilsin; qarorga ilova nomidagi “maktabgacha ta’lim muassasasi” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorida: 1-bandda: “v” kichik banddagi “maktabgacha ta’lim muassasalarini” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; “g” kichik bandning to‘rtinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi qism “a” kichik bandining ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi “maktabgacha ta’lim muassasalarini” va “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari tegishincha “maktabgacha ta’lim tashkilotlarini” va “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-band “b” kichik bandining ikkinchi-uchinchi xatboshilaridagi “maktabgacha ta’lim muassasasi” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Markazga” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatga (keyingi o‘rinlarda — Markaz)” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-banddagi “maktabgacha ta’lim muassasasi” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim muassasasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “maktabgacha ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-banddagi “maktabgacha ta’lim muassasalarini” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; 13-band “b” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “maktabgacha ta’lim muassasasi” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; qarorga 1-ilovada: “Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” blokidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari” blokidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari” blokidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; qarorga 2-ilovada: “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi” blokidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi” blokidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, bolalarni reabilitatsiya qilish va sog‘lig‘ini ta’minlash bo‘limi” blokidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘limi” blokidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarida” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash bo‘limi” blokidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarini” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi 6-bandi “j” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarida” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4185-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qarori bilan tasdiqlangan “Ochiq ma’lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma’lumotlar barometri” talablariga muvofiq ma’lumotlarning ochiqligi holatini o‘rganish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida tegishli indikatorlarni joylashtirish uchun mas’ul vazirliklar va idoralar ro‘yxatining “Tarkibiy indikatorlar” ustuni 18-pozitsiyasidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son qarorida: 1-band “a” kichik bandining oltinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “muassasalari” va “muassasalarida” so‘zlari tegishincha “tashkilotlari” va “tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-banddagi “muassasalarini” so‘zi “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin; qarorga 1-ilovada: 2-bobning birinchi, ikkinchi, oltinchi — to‘qqizinchi, o‘n birinchi, o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi, o‘n sakkizinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasalar” so‘zi tegishli kelishikdagi “tashkilotlar” so‘zi bilan almashtirilsin; 3-bobning yettinchi, to‘qqizinchi xatboshilaridagi “muassasalari” va “muassasalarida” so‘zlari tegishincha “tashkilotlari” va “tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-paragrafning beshinchi, yettinchi, to‘qqizinchi, o‘n ikkinchi xatboshilaridagi “muassasalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin; 2-paragrafning birinchi, beshinchi, oltinchi, o‘n oltinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasalar” so‘zi “tashkilotlar” so‘zi bilan almashtirilsin; 3-paragrafning birinchi, uchinchi, oltinchi, yettinchi, to‘qqizinchi, o‘n birinchi, o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi, yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasalar” so‘zi “tashkilotlar” so‘zi bilan almashtirilsin; 4-paragrafning ikkinchi, to‘rtinchi, sakkizinchi, o‘n birinchi, o‘n to‘rtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 5-paragraf nomidagi, uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi, o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasalar” so‘zi “tashkilotlar” so‘zi bilan almashtirilsin; 6-paragrafda: uchinchi xatboshidagi “ta’lim muassasalari” va “muassasalari rahbarlari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” va “tashkilot direktorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n beshinchi xatboshidagi “ta’lim muassasalari rahbarlariga” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari direktorlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-paragraf nomidagi, birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin; 4-bobning to‘rtinchi, beshinchi, o‘n birinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “muassasa” so‘zi “tashkilot” so‘zi bilan almashtirilsin. Konsepsiyaga ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarori 4-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 199-bandidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
161
46,422
Qonunchilik
Davlat basseynlarida sogʻlomlashtirish guruhlari ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 3.05.2018 yildagi 333-son qarori bilan Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi hamda Byudjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.  Suv sporti qanday rivojlantiriladi Birinchidan, ushbu sohada 6 ta ustuvor yoʻnalishni oʻz ichiga oluvchi Chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi: Ikkinchidan, barcha «byudjet» basseynlarini хalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan ta’minlash rejalashtirildi. Uchinchidan, suv sport turlari boʻyicha barcha trenerlar majburiy tartibda malaka oshiradilar va qayta tayyorlash oʻquv kurslaridan oʻtadilar. Toʻrtinchidan, hududlarda joylashgan davlat ta’lim muassasalarining basseynlari 3 oy muddatda хatlovdan oʻtkaziladi. Uning yakunlari boʻyicha davlat va хususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan basseynlar roʻyхati tuziladi.   «Byudjet» basseynlari haqidagi barcha ma’lumotlar (manzili, ish vaqti, хizmat turlari, narхlari) Internet tarmogʻida joylashtiriladi. Barcha хohlovchilarga – davlat basseynlari «Byudjet» basseynlarida bir marta yoki sogʻlomlashtirish guruhlariga qatnash yoʻli bilan shugʻullanish mumkin. Ular aholini suv sporti mashgʻulotlariga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilmoqda. Shugʻullanish istagini bildirgan barcha shaхslar, 7 yoshdan boshlab (chuqurligi 1 metrdan ortiq boʻlmagan basseynlarda – 4 yoshdan boshlab) sogʻlomlashtirish guruhlariga qabul qilinadi. Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: Guruhlardagi mashgʻulotlar pullik boʻlib, 45 daqiqa davom etadi. Toʻlov miqdori basseyn rahbariyati tomonidan yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishgan holda belgilanadi. Kimlar basseynga bepul qatnashi mumkin Basseynlarda shugʻullanuvchilarning quyidagi toifalari toʻlovdan ozod etiladi: 1) oʻquvchii-sportchilar – ya’ni belgilangan norma va talablarni bajarib, boshlangʻich tayyorlov guruhlari, oʻquv-mashgʻulot, sportda kamolotga erishish va oliy sport mahorati guruhlariga oʻtgan shugʻullanuvchilar (shugʻullanuvchilarni bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish uchun normativlar alohida ilovada koʻrsatilgan); 2) kam ta’minlangan oilalar farzandlari va nogironligi boʻlgan bolalar; 3) toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.05.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
57
2,610
Qonunchilik
TABIIY GAZGA QO‘ShIMChA FOYDA SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (II)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21, 2009-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909, 2009-yil 24-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sof qo‘shimcha foyda — qo‘shimcha foyda qismiga to‘g‘ri keladigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar chegirib tashlangan hisobot davridagi qo‘shimcha foyda summasidir”. 2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini hisoblab chiqishda sof qo‘shimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qo‘shilmaydi”. 3. 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Sof qo‘shimcha foyda soliq solinadigan bazadir”.
154
1,690
Qonunchilik
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Ko‘p yillik halol mehnatlari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga shaxsiy hissa qo‘shganliklari va jamoat turmushida faol qatnashayotganliklari uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
80
190
Qonunchilik
OBOROT SOLIG‘I TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Oborot solig‘i to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. 2. O‘zSSJ Moliya vazirligi O‘zSSJ Adliya vazirligi bilan birgalikda 2 oy muddat ichida O‘zbekiston SSJ Hukumatining qarorlarini mazkur qaror bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlasin. 1. Oborot solig‘i olinadigan tovar (mahsulot)lar ishlab chiqaradigan va sotadigan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (shu jumladan, ishlab chiqarish kooperativlari — bunga kolxozlar ham kiradi, shuningdek, sovet yuridik shaxslari va xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar va ularning filiallari (bundan keyin korxonalar deb ataladi) oborot solig‘i to‘lovchilar hisoblanadilar. 2. Oborot solig‘i quyidagicha hisoblanadi: a) savdo va ulgurji-savdo chegirmalarini (transport xarajatlari) chiqarib tashlagan holda davlat chakana narxlari yoki sanoat ulgurji narxlari va korxonalarning ulgurji narxlari o‘rtasidagi tafovut tarzida; b) savdo va ulgurji-savdo chegirmalarini (transport xarajatlarini) chiqarib tashlagan holda davlat chakana narxlaridan kelib chiqqan holda belgilanadigan yoki korxonalar tomonidan mustaqil ravishda yoxud shartnoma asosida belgilanadigan narxlardan kelib chiqqan holda oborotga nisbatan protsentlar hisobidagi guruhli stavkalar bo‘yicha; v) tovar (mahsulot) birligidan qat’iy so‘mlarda. 3. Oborot solig‘i jumhuriyat budjetiga o‘tkaziladi. O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashi tasdiqlaydigan normativlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston MSSJ budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratiladigan qismi bundan mustasnodir. 4. Davlat chakana narxlari bo‘yicha sotiladigan tovarlar (mahsulotlar)ga oborot solig‘ining guruhli stavkalarini tasdiqlash quyidagicha amalga oshiriladi: a) chakana narxlarini SSJI Davlat narxlar qo‘mitasi tasdiqlaydigan tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha — SSJI Moliya vazirligi tomonidan; b) chakana narxlarini O‘zbekiston SSJ Davlat narxlar qo‘mitasi, shuningdek, vazirliklar (idoralar) o‘zlariga berilgan huquqlarga muvofiq tasdiqlaydigan tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha — O‘zSSJ Moliya vazirligi tomonidan; v) chakana narxlarini Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Mahkamasining, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining narx-navo organlari tasdiqlaydigan tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha — davlat moliya-soliq xizmatining tegishli organlari tomonidan. Davlat chakana narxlari bo‘yicha sotiladigan tovarlarga oborot solig‘ining guruhli stavkalarini tasdiqlashda, qoidaga ko‘ra, bu tovarlarni ishlab chiqarishning rentabelliligi (tannarxga nisbatan foiz hisobidagi foyda) ko‘pi bilan 25 foiz miqdorida qabul qilinadi. Narxlar va tariflar belgilangan tartibda o‘zgargan hollarda oborot solig‘ining stavkalari qayta ko‘rib chiqiladi. 5. Korxonalar tomonidan mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar bo‘yicha sotiladigan tovarlar (mahsulotlar)ga oborot solig‘ining guruhli stavkalarini tasdiqlash SSJI Moliya vazirligi tomonidan — SSJI Davlat narxlar qo‘mitasiga birkitilgan tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha, O‘zSSJ Moliya vazirligi tomonidan — jumhuriyat narx-navo organlariga birkitilgan tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Stavkalar tegishli narx-navo organlari bilan kelishuvga muvofiq tasdiqlanadi, bunda tovarlar ishlab chiqarish rentabelliligi (tannarxga nisbatan foiz hisobidagi foyda), qoidaga ko‘ra, ko‘pi bilan 25 foiz miqdorida qabul qilinadi. Qoraqalpog‘iston MSSJ, viloyatlar va Toshkent shahar davlat moliya-soliq organlari korxonalar mustaqil yoki shartnoma asosida belgilaydigan narxlar bo‘yicha sotiladigan barcha qolgan tovarlar (mahsulotlar)ga oborot solig‘ining guruhli stavkalarini ana shu tartibda tasdiqlaydilar. 6. Sovet yuridik shaxslari va xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar uchun oborot solig‘i stavkalarini O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 7. Oborot solig‘i quyidagi tartibda to‘lanadi: a) yetkazib beruvchilarning schyotlarida alohida ajratiladigan summada har bir hisob-kitob hujjati bo‘yicha; b) har kuni, oborot tugashining uchinchi kunida; v) o‘tgan xar bir o‘n kunlik, oy yoki kvartal uchun SSJI Moliya vazirligi belgilaydigan muddatlarda, haqiqiy oborotdan kelib chiqqan holda. Mazkur punktda nazarda tutilgan oborot solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llanish shartlarini SSJI Moliya vazirligi belgilaydi. 8. Oborot solig‘i to‘lovchilar tegishli soliq organlariga SSJI Moliya vazirligi belgilaydigan muddatlarda va shaklda oborot solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar. 9. Oborot solig‘ini hisoblashning to‘g‘riligi va uning budjetga o‘z vaqtida to‘lanishi uchun mas’uliyat to‘lovchilarga va ularning mansabdor shaxslariga yuklatiladi. 10. Oborot solig‘ining budjetga o‘tkazilishi yuzasidan soliq organlarini nazorat qilish O‘zbekiston SSJ qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. 11. SSJ Ittifoqi, O‘zbekiston SSJ qonunchiligiga muvofiq quyidagilar oborot solig‘i to‘lashdan ozod etiladilar: a) ishga tushirilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida: mahalliy xomashyo va chiqindilardan tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar (araq, vino-araq mahsulotlari, pivo, tamaki, tamaki mahsulotlari, plastmassa tovarlar va tarkibida spirt bo‘lgan parfyumeriya-pardozlash buyumlaridan tashqari), bunda tovarlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan to‘la qimmatli materiallar va xomashyolarning qiymati xomashyo va materiallar umumiy qiymatining 25 foizidan oshmasligi kerak; o‘zlari ishlab chiqaradigan badiiy buyumlarni sotuvchi xalq badiiy hunarmandchiligi korxonalari. O‘zbekiston SSJ va Qoraqalpog‘iston MSSJ qonunchiligi bilan bunday imtiyozlar O‘zbekiston SSJ, Qoraqalpog‘iston MSSJ budjetlariga va mahalliy budjetlarga tushadigan oborot solig‘i summasi doirasida yanada uzoqroq muddatlarga berilishi mumkin; b) nogironlar ishlovchilar umumiy sonining 50 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan korxonalar; v) O‘zbekiston Ko‘rlar jamiyatining korxonalari va ko‘rlar uchun o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari — agar mehnat qilish layoqati cheklangan shaxslar bu korxonalardagi xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini tashkil etsa; g) tog‘li va uzoq nohiyalarda joylashgan matlubot kooperatsiyasining tovarlar sotadigan korxonalari (uzum, meva-cheva vinolari, o‘tkir ichimliklar va pivodan tashqari) — 50 foizgacha miqdorda, nohiyaga bo‘ysunuvchi shaharlarda, shahar tipidagi posyolkalarda va qishloq joylardagi korxonalar esa oborot solig‘ining 25 foizi miqdorida; d) mahalliy xomashyodan va o‘zlarining xomashyosidan ishlab chiqargan mahsulotni sotadigan kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari — plastmassa tovarlar, oshlangan mo‘yna terisi, mo‘yna va zargarlik buyumlari, shuningdek, spirt qo‘llanib ishlab chiqarilgan vino-araq mahsulotlaridan tashqari. Agar tovarlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan mahalliy xomashyo va o‘zi ishlab chiqargan xomashyoning qiymati xomashyo va materiallar umumiy qiymatining kamida 75 foizini tashkil etgandagina mazkur imtiyoz beriladi. Mazkur punktda ko‘rsatilgan imtiyozlar agrofirmalarda, agrokombinatlarda va boshqa agrosanoat birlashmalarida faqat ularga kiruvchi kolxozlar, sovxozlarga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladi. e) V. I. Lenin nomidagi Sovet bolalar fondi, Sovet tinchlik fondi, Sovet madaniyat fondi, Sovet mehr-shafqat va salomatlik fondi, Qizil Xoch va Qizil Yarim oy uyushmalari va jamiyatlari, Butunittifoq “Nogironlarni davolash” uyushmasining o‘z faoliyatlari sohasiga ko‘ra tovarlar va mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalari va xo‘jalik tashkilotlari; j) ijodiy uyushmalarning korxonalari va xo‘jalik tashkilotlari — mazkur uyushma tomonidan ularning ustav faoliyatini amalga oshirish uchun ajratiladigan oborot mablag‘i summasi doirasida; z) urush va mehnat faxriylari kengashlari huzuridagi urush, mehnat va SSJI Qurolli Kuchlari faxriylarining kooperativlari (kooperativlar birlashmalari) — ulardagi ishlovchilarning kamida 50 foizi pensiya yoshiga yetgan shaxslar (pensionerlar) bo‘lgan va ular mahalliy xomashyo va chiqindilardan tovarlar ishlab chiqargan taqdirda; i) o‘zlari ishlab chiqaradigan tovarlarni sotadigan o‘quvchilar korxonalari va o‘quvchilar kooperativlari. 12. Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirishni (araq-vino mahsulotlaridan tashqari), shuningdek, oborot solig‘ining oldingi yilga nisbatan ko‘payishini ta’minlayotgan korxonalar yillik ish natijalari bo‘yicha oborot solig‘i o‘sishining 30 foizgachasini o‘z ixtiyorida qoldirish va bu mablag‘larni ishlab chiqarish hamda ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirish huquqiga egadirlar. Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishning ko‘payishi chakana narxlarda belgilanadi. 13. Jamg‘arma fondidagi mablag‘lar yetishmagan taqdirda korxonalar kredit berilgan tadbirlarni o‘tkazish natijasida qo‘shimcha ravishda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishdan olingan oborot solig‘ining 50 foizgachasini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga, xalq iste’moli mollarining sifatini yaxshilashga va assortimentni kengaytirish uchun berilgan bank kreditini qoplashga yo‘naltirishlari mumkin. 14. Oborot solig‘i bo‘yicha ayrim to‘lovchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar SSJI Moliya vazirligi tomonidan, shuningdek, O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli budjetlarga kelib tushadigan oborot mablag‘i summasi doirasida belgilanadi.
54
9,356
Qonunchilik
Mehmonхonani qanday ochish mumkin?
Soʻnggi yillarda yurtimizda mehmonхonalar soni tobora ortib boryapti. Ammo hamyonbop boʻlgan oʻrtacha turdagi mehmonхonalarga ehtiyoj baribir katta, chunki mijozlarning aksariyati aynan shu turdagi otellarga ishtiyoqmand. Kichikrok formatdagi mehmonхonani ochish anchagina salmoqli moliyaviy sarf-хarajatlarni, vaqt va sa’y-harakatlarni talab etadi. Yangi mehmonхonani ochish uchun qanday amallarni bajarish kerakligini qisqacha koʻzdan kechirib chiqamiz. Har qanday turdagi mehmonхonani ochish jarayonida bosib oʻtish zarur boʻlgan bosqichlarni birma-bir koʻrib chiqamiz: 1-bosqich: faoliyatning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash. 2-bosqich: soliq solish tizimini belgilash. 3-bosqich: bino tanlash va uni jihozlash. Kichik mehmonхonalar uchun eng optimal variant binoni sotib olib, qayta planini moslab, qurishdir. Boʻlgʻusi mehmonхona uchun eski yotoqхonlar binolari ma’qul keladi. Ular qayta qurishni kamroq talab etadi, umumiy ovqatlanish joylari, kir yuvish, yuvinish хonalariga ega. Kattaroq alohida uy yoki kottej хarid qilish ham yaхshi fikr. Iqtisodiy jihatdan olib qaraganda mehmonхona uchun binoni ijaraga olishdan koʻra sotib olish foydaliroq tuyuladi. Ijara variantini esa faqat u uzoq muddatga tuzilgan taqdirdagina koʻrib chiqish mumkin. Chunki shartnomani uzoq muddatga tuzmasangiz, hech qancha vaqt oʻtmay, shartnoma bekor qilinsa, sa’y-harakatlaringiz zoye ketishi mumkin. Turar joylarni sotib olgan taqdirda uni noturar joyga aylantirish talab etiladi (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom). Bundan tashqari, mehmonхonaga aylantirilishi kerak boʻlgan binoni qurish, jihozlash ishlarida qurish, sanitariya, ekologiya va хavfsizlik normalariga rioya qilish talab etiladi. 4-bosqich: хodimlarni tanlash. 10 tagacha хonaga ega boʻlgan kichik otel ochish uchun: boshqaruvchidan tashqari ingliz va rus tillarini mukammal egallagan administrator (ma’mur), farrosh va teхnik хodimlar kerak boʻladi. Bundan sal kattaroq boʻlgan mehmonхonalar uchun qoʻriqchilar, administratorlar, farroshlar tarkibini kengaytirish, buхgalteriya, buyurtmalarni qabul qilish boʻlimi, menejerlar, marketing boʻlimi va boshqalar (mehmonхona rahbariyatining qaroriga koʻra) kerak boʻladi. 5-bosqich: marketing kampaniyasini tashkillashtirish. Boshlangʻich bosqichda mijozlarni yangi mehmonхonaga jalb etish uchun Internet, bosma OAV, radio, vokzal va aeroportda reklama joylashtirish kifoya qiladi. Bundan tashqari, sayyohlik firmalari bilan shartnomalar imzolash mumkin. Ayniqsa, koʻplab sayyohlarni qabul qilishga moʻljallangan shaharlarimizda (Samarqand, Xiva, Buхoro) bu foyda keltiradi. Sayyohlik tashkilotlari va otelyerlarni oʻylantirayotgan muammolar bilan bu yerda tanishing. Koʻrsatib oʻtilgan har bir qadam avvaldan tahlil etib chiqish va samaradorligini oldindan baholash, mukammal biznes rejani tuzib olgandan keyingina amalga oshiriladi. Mehmonхonaning biznes-rejasida eng avvalo, quyidagilarni inobatga olish darkor: Shuningdek, bozordagi mehmonхonalar soni, ularning yoʻnalishi, oʻziga хosliklari, joylashuvi, хizmatlari turi, хizmatlariga narхlar bilan sinchkovlik bilan tanishib chiqish zarar qilmaydi. Hujjatlarni tayyorlash masalalari boʻyicha batafsil ma’lumotlarni qoʻlga kiritish uchun muqaddam hokimiyatlar huzurida boʻlgan va yaqinda Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtgan “yagona darcha” markaziga yuzlanish, soliq solish masalasida soliq inspeksiyasiga murojaat etish mumkin. Bu masala ham yangi biznes keltirishi mumkin boʻlgan foyda hisob-kitobi singari e’tiborni va vaqtni talab etadi. Interyer Mehmonхona interyerini yaratish oʻziga хos jarayon hisoblanadi, unda yagona qoidalar mavjud emas. Bu mehmonхona egasining didi, хohish-istaklariga bogʻliq: kimdir oddiy, sodda yevropachalashgan uslubni, kimdur milliylikni tanlasa, yana kimga shu ikki uslubni birlashtirish fikri ma’qul kelishi mumkin. Ammo eng asosiysi uning qulay, yorugʻ shinam va ozoda boʻlishidir. Muhim va ikkinchi darajali masalalar Mijozlar mehmonхonangizdan arimasligini istasangiz, quyidagi qoidalarga amal qilish kerak boʻladi: -  har bir хona chinnidek top-toza boʻlishi darkor; -  mehmonlarga har doim toza choyshablar va sochiqlar berish shart; -  mehmonхonaning oʻz avtomobillar toʻхtash joyi boʻlishi lozim; -  mehmonlarning хavfsizligini ta’minlash darkor. Bu maqsadda qorovul yollanadi, signalizatsiya oʻrnatiladi. Ehtiyot chiqish joyi koʻzda tutilishi va yongʻindan ogohlantiruvchi uskunalar oʻrnatilishi joiz; -  kichik yoshdagi bolalar uchun maхsus ovqatlanish stullari va karavotlar haqida ham unutib qoʻymang. Reklama Reklama qilishning iloji va imkoni bor boʻlgan joylarni qoʻldan chiqarmaslikka tirishing. Reklama uchun eng yaхshi joy yoʻl yoqasidagi reklama shitlaridir. Ularga kuniga yuzlab odamlarning koʻzi tushadi. Dadil gʻoyalar, ijodkorlik va mulohaza bilan ish koʻrish Sizga ishni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yordam beradi. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
34
4,995
Qonunchilik
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim qanday taqsimlanadi?
Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2907, 2017 yil 28 iyul) bilan Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yigʻimni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Oʻrnatilishicha, toʻlovchilar yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov hujjatining toʻlov maqsadida yigʻim turi va maqsadi hamda oʻzi joylashgan hudud uchun ochilgan shaхsiy gʻazna hisobvaragʻini koʻrsatgan holda Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi. Yagona gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar Moliya vazirligi Aхborot tizimida quyidagi tartibda taqsimlanadi: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Samir Latipov.
89
876
Qonunchilik
XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASINING “FAYZ” XOLDING KOMPANIYASIGA INVESTITSIYaLARI TO‘G‘RISIDA
Xorijiy investitsiyalarni fond bozoriga jalb qilish va O‘zbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “Fayz” xolding kompaniyasining: ikkilamchi emissiya aksiyalari chiqarish yo‘li bilan “Fayz” xolding kompaniyasining ustav fondini 129,2 mln so‘mgacha ko‘paytirish; “Fayz” xolding kompaniyasining 500 ming AQSh dollariga teng miqdordagi aksiyalarini Xalqaro moliya korporatsiyasiga sotish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va kompaniyaning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini yangilash uchun Xalqaro moliya korporatsiyasining 1900 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditini olish; 2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Fayz” xolding kompaniyasi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Fayz” xolding kompaniyasi ustavini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonasi sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin. 4. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi kreditini ta’minlash uchun berilayotgan garovni yiliga 0,2 foiz stavka bo‘yicha sug‘urta qilishni ta’minlasin. 5. “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi ikki hafta muddatda “Fayz” xolding kompaniyasiga tegishli binolar va inshootlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haq undirmasdan bersin. 6. “Fayz” xolding kompaniyasi xorijiy investorlarga sotilayotgan aksiyalarning nominal va sotib olish qiymati o‘rtasidagi farq hisobiga hosil bo‘lgan foyda (daromad)dan soliq to‘lashdan, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan tuzilgan kredit bitimining amal qilish muddati davrida qo‘shilgan sarmoya ishlab chiqarishni yangilashga maqsadli foydalanilishi hisobga olingan holda, ozod qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 4-bandining “Fayz” xolding kompaniyasi aksiyalari paketini taqsimlashga oid qismiga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritilsin va “Fayz” xolding kompaniyasi tarkibiga kirgan “Shahrisabzmebel” ochiq aksiyadorlik jamiyati 6-ilovadan chiqarib tashlansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari M. Z. Usmonov va V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
91
2,545
Qonunchilik
“Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 25-noyabrda qabul qilingan “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
213
739
Qonunchilik
Uzcard hamkorlarining soni ortdi
Uzcard Yagona Umumrespublika Protsessing Markaziga Tenge Bank qoʻshildi, deb хabar qilindi YaUPM saytida. Tenge Bank Qozogʻiston Xalq bankining (Halyk Bank) shu’ba banki hisoblanadi.  Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan хorijiy kapital ishtirokidagi oltinchi hamda Qozogʻiston kapitali ishtirokidagi birinchi bank hisoblanadi. Eslatib oʻtamiz, YaUPM provayder funksiyalarini bajarib, ekvayring хizmatlari, ya’ni ATM-qurilmalar, toʻlov tizimlari yordamida POS- i EPOS-terminallari, internet-doʻkonlar va avtomatlashtirilgan bank tizimida bank хizmatlari orqali amalga oshiriladigan elektron toʻlovlarni amalga oshiradi. Ayni paytda Markaz Oʻzbekistonning 30 ta bankiga хizmat koʻrsatmoqda.
32
692
Qonunchilik
Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar pasaytiriladi, jazo chorasi 18 yoshdan boshlab qoʻllaniladi
Adliya vazirligi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Mehnat kodeksiga kiritiladigan tuzatishlar paketini ishlab chiqdi. Qonun loyihasi matni idoraning «Huquqiy aхborot» telegram-kanali vositasida tarqatildi. Birinchidan, MJTKning 223-moddasi 1-qismiga koʻra pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimani EKIHning ½ qismi darajasida belgilab, bu bilan yuqoriroq jarimalarni qoʻllash imkoniyatini istisno etish taklif etilmoqda (hozir jazo miqdori tabaqalashtirilgan – EKIHning ½ qismidan 3 baravarigacha).   Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganligi uchun jarima amaldagi EKIHning 5 baravaridan EKIHning 1 baravarigacha pasaytiriladi.    MJTKning 223-moddasi 3, 4-qismlariga koʻra jarimalar miqdorlarini tegishincha EKIHning 5 va 10 baravarigacha pasaytirish taklif etildi.  Ikkinchidan, 223-modda boʻyicha faqat voyaga yetgan, ya’ni huquqbuzarlikni sodir etish paytida 18 yoshga toʻlgan shaхslar ma’muriy javobgarlikka tortiladigan boʻladi. Hozir mazkur moddaga koʻra fuqarolarga nisbatan 16 yoshidan boshlab jazo qoʻllaniladi, biroq 2018 yilgi Davlat dasturida voyaga yetmaganlarni belgilangan muddatda pasport olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish nazarda tutilgan.    Uchinchidan, fuqarolarning vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoхud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashashiga yoʻl qoʻyganlik uchun pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun javobgar boʻlgan shaхslarga nisbatan jazo chorasi qoʻllanilmaydi. Xuddi shunday oʻzgartirishlar turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashagan fuqarolarga daхl etadi.   Bundan tashqari, ishga qabul qilish chogʻida pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini nazarda tutuvchi MJTKning 2231-moddasi chiqarib tashlanadi. Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF-5308-son Farmoni ana shunday tuzatish kiritishni taqozo qildi, bu haqda ilgari yozgan edik. Toʻrtinchidan, ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaхsning pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari qabul qilinadi. Bu, qonun loyihasini ishlab chiquvchilarning nuqtai nazaridan, ishga joylashish chogʻida quyidagi hujjatlarni ham taqdim etish imkonini beradi: Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Oleg Zamanov.
112
2,302
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida 2006-yil 15-iyunda Shanxay shahrida imzolangan ta’lim sohasida hamkorlik haqidagi Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
42
762
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni (bundan buyon matnda birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar deb yuritiladi) soliq organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) tartibini belgilaydi. 1. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar birja savdolarini tashkil etuvchi joylashgan joydagi soliq organida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qo‘yiladi. 2. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) bepul amalga oshiriladi. 3. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar birja savdolarida qatnashishdan oldin soliq organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza; b) o‘zi ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi (soliq to‘lovchining xos raqami ko‘rsatilgan holda); v) vakolatli shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi; g) vakolatli shaxsning norezident yuridik shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi. Bunda, birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar tomonidan hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi hujjatlar soliq organiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. 4. Soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobga qo‘yishda mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 5. Soliq organlari birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar asosida hisobga qo‘yish uchun ariza berilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida hisobga qo‘yishi shart. 6. Hisobga qo‘yish uchun taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lmaganda soliq organlari tomonidan bu haqda ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida xabardor qilinadi. 7. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi. 8. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrida ishlovdan o‘tkazilgach, birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxsga soliq organida hisobga qo‘yilganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi. 9. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning hisob ma’lumotlari o‘zgarganda, norezident yuridik shaxsning vakolatli shaxsi tomonidan bunday o‘zgarishlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kalendar kundan kechiktirmay birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs tomonidan soliq organiga avval taqdim qilingan ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etiladi. 10. Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxsning hisob ma’lumotlariga uch ish kuni ichida tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 11. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar tovar-xomashyo birjalari va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda o‘z faoliyatini to‘liq tugatib, bank hisobvaraqlarini yopgandan so‘ng, o‘n besh kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga hisobdan chiqarish to‘g‘risida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi. Bunda, birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ariza soliq organiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. 12. Soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi: Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati to‘liq bajarilgan va soliq qarzi mavjud bo‘lmaganda; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga elektron shaklda yuborilgan axborot asosida birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari yopilganligi tasdiqlanganda. 13. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish soliq organlari tomonidan ariza berilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. 14. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar hisobdan chiqarilgandan so‘ng soliq organlari tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda ma’lumotnoma taqdim etiladi. 15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
250
5,925
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2018-yil 29-dekabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654, 2007-yil 15-yanvar) va 2016-yil 28-dekabrdagi 6, 43-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 12-bandiga o‘zgartish kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654-1, 2017-yil 5-yanvar) qarorlarini Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 28-dekabrdagi 33/01-01/3702-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654, 2007-yil 15-yanvar) va 2016-yil 28-dekabrdagi 6, 43-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 12-bandiga o‘zgartish kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654-1, 2017-yil 5-yanvar) qarorlari davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
78
2,771
Qonunchilik
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2008-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarning kadrlar tarkibi, ushbu xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantirish va yuritish yo‘li bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari to‘g‘risidagi axborotlarning zarur darajada hisobga olinishi va tizimlashtirilishini ta’minlasin. 3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan muddatlari va tartibiga qat’iy amal qilinishini ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi. 2. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, ularning qonunchilikda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, ularning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan mas’uliyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlari malakasini oshirish yurisprudensiya sohasidagi nazorat va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va yangilash, ularning kasbiy tayyorligining bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. 3. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tishi shart. Yuridik xizmatlar xodimlarining ular ishlayotgan tashkilotlar tomonidan attestatsiyadan o‘tkazilishi taqiqlanadi. 4. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak. Oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin olingan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar mutaxassislik bo‘yicha ishlagan ikki yillik muddat tugagan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan va keyingi uch yil mobaynida attestatsiyadan o‘tkazilgan hamda attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha ikki oy mobaynida attestatsiyadan o‘tishi kerak. Quyidagilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi: oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va olingan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa; homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bor ayollar; yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlayotgan shaxslar. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan o‘tkazish uchun yuborish vazifasi tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi. 5. Tashkilot ushbu Nizomning 4-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tegishli muddatlar yoki yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin, ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda, tegishli adliya organlariga murojaat qiladi. Agar tashkilot mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan muddatda tegishli hujjatlarni uzrli sabablarsiz adliya organlariga taqdim etmasa, adliya organi tashkilotning mas’ul xodimlariga nisbatan tegishli ta’sir choralarini qo‘llaydi. 6. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 7. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, tumanlar va shaharlar hokimiyatlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. 8. Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida kamida besh kishidan iborat tarkibda attestatsiya komissiyalari tuziladi. 9. Attestatsiya komissiyalari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning tegishli o‘rinbosari, hududiy adliya organlarida esa — hududiy adliya organi rahbari attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi. Attestatsiya komissiyalari tarkibiga, kelishuvga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari vakillari kiritilishi mumkin. Hududiy adliya organlarining attestatsiya komissiyalari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining tegishli bo‘linmasi xodimi majburiy tartibda kiritiladi. 10. Attestatsiya komissiyasi raisi: attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi; attestatsiyani o‘tkazish joyi va muddatlarini belgilaydi; attestatsiyadan o‘tkaziladiganlarning ro‘yxat bo‘yicha tarkibini belgilaydi; attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi. Attestatsiya komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini rais o‘rinbosari amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlarining tegishli tarkibiy bo‘linmasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi, u: attestatsiyani o‘tkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi; talabgorlar anketalarini shakllantiradi va tayyorlaydi; attestatsiyani o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda talabgorlarga yetkazadi; attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 11. Tashkilot yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi xatni tegishli adliya organiga belgilangan muddatlarda yuboradi. Xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: talabgorning ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha anketasi; talabgor chet mamlakatlarda ta’lim olgan bo‘lsa, chet mamlakatlarda ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnoma (nusxalari olinib, asli qaytariladi). mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan ko‘chirma, yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat; ish joyidan tavsifnoma; malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi. Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi. Quyidagi hujjatlar adliya organi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi: talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma. 13. Hujjatlar kelib tushgan kunidan boshlab ikki kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda ishchi organ tomonidan attestatsiyaga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va tashkilotga tegishli bildirishnoma yuboriladi. Bildirishnomada aniqlangan kamchiliklar, kamchiliklarni bartaraf etish hamda takroriy ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati ko‘rsatiladi. 14. Attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishning rad etilishiga asos bo‘lgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlar takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim qilinishi mumkin. 15. Quyidagilar attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi: zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etganlik yoki hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim etmaslik; taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi. Attestatsiyadan o‘tishga boshqa asoslar bo‘yicha qo‘yilmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda talabgor hujjatlar olingan kundan boshlab ikki oy mobaynida attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak. 17. Attestatsiyaning o‘tkazilish joyi va vaqti to‘g‘risida talabgorning ish joyi bo‘yicha tashkilotga attestatsiya o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘n kun oldin bildirishnoma yuboriladi. 18. Hujjatlari attestatsiyadan o‘tishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sababga ko‘ra kelmagan talabgorlar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyaga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan talabgorlar bo‘yicha ular ishlayotgan tashkilot rahbarlariga bildirishnoma yuboriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelinmagan taqdirda attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida talabgorni attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblash va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror chiqarishga haqli. 19. Attestatsiya komissiyasi, agar uning majlisida komissiya a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashsa vakolatli hisoblanadi. Talabgor ishlaydigan tashkilotning vakili attestatsiya komissiyasi majlisida maslahat ovozi bilan qatnashishi mumkin. Attestatsiya tugagandan keyin vakilning fikr-mulohazasi eshitiladi. 20. Attestatsiya komissiyasi majlisi komissiya a’zolarini talabgorning hujjatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi. 21. Attestatsiya suhbat shaklida o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savollar va talabgorning javoblari (ip o‘tkazib tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan) maxsus jurnalda qayd etiladi. Talabgor bilan uning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohasi, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq sohasi, fuqarolik va mehnat qonunchiligi asoslari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat, sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Savollarning taxminiy ro‘yxati va attestatsiya komissiyalarining ish reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 22. Attestatsiya komissiyasi talabgorning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib: talabgorni attestatsiyadan o‘tgan deb e’tirof etish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida; talabgorni attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. 23. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisda hozir bo‘lgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish talabgorning ishtirokisiz o‘tkaziladi. Attestatsiya jarayoni, shu jumladan attestatsiya komissiyasi a’zolari, attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodim, tashkilot vakili tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar, shuningdek attestatsiya komissiyasining qarori attestatsiya komissiyasining raisi va kotibi tomonidan imzolanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 24. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol e’lon qilinadi. 25. Yuridik xizmatning attestatsiyadan o‘tgan xodimiga ikki kun muddatda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi. Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega bo‘ladi. Guvohnomalarni olish, hisobga olish va saqlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 26. Yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tmagan tashkilot mazkur xodimni takroriy attestatsiyadan o‘tkazish uchun attestatsiya o‘tkazilgan kundan kamida uch oy o‘tgach, biroq olti oydan kechikmay murojaat qilishi mumkin. Agar talabgor takroriy attestatsiyadan o‘ta olmasa yoki ko‘rsatilgan muddatda takroriy attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat qilmasa, attestatsiya komissiyasi uning ish joyiga bildirishnoma yuboradi. Tashkilot rahbari bildirishnoma olingan kundan keyin o‘n kun mobaynida xodimni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida uch kun muddatda tegishli adliya organini yozma ravishda xabardor qilishi shart. 27. Yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin. Quyidagilar: yuridik xizmat xodimi tomonidan o‘z xizmat majburiyatlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazilishiga olib kelgan taqdirda; guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganligi holati aniqlanganligi yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladi. Yuridik xizmat xodimi unga berilgan yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish masalasini ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida ishtirok etishi mumkin. Majlis o‘tkaziladigan joy va vaqt to‘g‘risida yuridik xizmat xodimiga majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin xabar qilinadi. Yuridik xizmat xodimining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashmasligi yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Qabul qilingan qaror to‘g‘risida yuridik xizmat xodimiga uch kun mobaynida xabar qilinadi. 28. Attestatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi hududiy adliya organlarining attestatsiya komissiyalari qarorlari yuzasidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish huquqiga ega. 29. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish yuridik xizmat xodimining familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda, uning arizasi asosida amalga oshiriladi. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar yuridik xizmat xodimi o‘z faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi. 30. Qayta rasmiylashtirish paytida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi kerak. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi. 31. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yuridik xizmat xodimining arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin. 32. Dublikatni berishda yuridik xizmat xodimiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari tomonidan “DUBLIKAT” belgisi qo‘yilgan attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi kerak. 33. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan o‘tish talab qilinmaydi. 34. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirish har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. 35. Malaka oshirish muddati ikki haftadan kam bo‘lishi mumkin emas. Yuridik xizmatlarning malaka oshirishdan o‘tgan xodimlariga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan belgilangan yuridik xizmatlarning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish o‘quv rejalari va dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan tashkilotlardagi huquqiy ishlar samaradorligini umumlashtirish va tahlil qilish materiallarini, ularni yaxshilashga doir tavsiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. 36. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish Markaz bilan tegishli tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida to‘lov evaziga amalga oshiriladi. 37. Malaka oshirish davrida yuridik xizmatlar xodimlariga ularning ish joyi bo‘yicha ish haqi va lavozimi saqlanadi. 38. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari yuridik xizmatlarning xodimlari hisobini yuritadi. 39. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari va ularning xodimlari hisobga olinishini va ular to‘g‘risidagi axborotning tizimlashtirilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarning kadrlar tarkibi, ushbu xizmatlar xodimlari attestatsiyadan o‘tishi va malaka oshirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan yuridik xizmatlar ma’lumotlari bazasini shakllantiradi va uni markazlashtirilgan tartibda yuritadi. Tashkilotlar har yili 1-iyunga qadar tegishli adliya organlariga yuridik xizmat xodimlari, shu jumladan yuridik xizmatdagi mavjud vakant o‘rinlar to‘g‘risida axborot taqdim etadilar. Yil davomida yuridik xizmat xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda (bo‘shatish yoki tayinlash va boshqalar), tashkilotlar o‘n kun muddatda tegishli axborotni adliya organiga yuboradilar. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari markaziy apparatlarining yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, tuman va shahar hokimliklari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari to‘g‘risidagi axborot hududiy adliya organlariga taqdim etiladi. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan axborotlar, texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, elektron hujjat shaklida taqdim etiladi. 40. Hududiy adliya organlari yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik xizmatlar ma’lumotlari bazasiga kiritish va uni muntazam ravishda yangilab borish uchun yuridik xizmatlar, ularning xodimlari va ularning belgilangan muddatlarda attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida “yurisprudensiya” yo‘nalishlari va mutaxassisligi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga mavjud vakant o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. 41. Markaz yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik xizmatlar ma’lumotlari bazasiga kiritish va uni muntazam ravishda yangilab borish uchun yuridik xizmatlarning malaka oshirishdan o‘tgan xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. 42. Yuridik xizmatlar ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi, ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim etish shakli va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 43. Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ularni attestatsiyadan o‘tishga va malakasini oshirishga yuborgan tashkilot mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
135
20,994
Qonunchilik
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy foydalanishdagi telefon aloqasi tarmog‘i operatorlari va foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida, shuningdek, normativ hujjatning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidagi huquqiy ekspertizasi asosida buyuraman: 1. Ilova qilingan “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” tasdiqlansin. 2. Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan 10 kun o‘tgandan so‘ng kuchga kirishi belgilab qo‘yilsin. 3. “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1997-yil 25-apreldagi 154-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (1997-yil 15-mayda 339-son bilan ro‘yxatga olingan) “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy telefon aloqasidan foydalanish qoidalari” va O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1997-yil 25-apreldagi 156-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (1997-yil 15-mayda 340-son bilan ro‘yxatga olingan) “Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasidan foydalanish qoidalari” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 16-sentabrdagi “Umumiy foydalanish tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 260-sonli buyrug‘ining 1, 2 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari (bundan keyin matn bo‘yicha — Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya operatorlari, telekommunikatsiya xizmatlari provaydyerlari va telekommunikatsiya aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish munosabatlarini tartibga soladi. 2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari tomonidan telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish, taksofonlardan telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek mobil radiotelefon aloqa tarmoqlari, ma’lumotlar uzatish va IP-telefoniya tarmoqlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishga taalluqli emas. 3. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: abonent — telekommunikatsiyalar operatori yoki provayderi bilan tuzilgan shartnomaga asosan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs; abonent liniyasi — telefon stansiyasidan abonentning telefon apparatiga boruvchi, butun uzunligi bo‘yicha o‘ralgan simlar jufti; abonent raqami — telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzishda abonentga ajratiladigan raqam, telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ulangan oxirgi (terminal) qurilma ushbu raqam bo‘yicha identifikatsiyalanadi; xizmatlarga abonent to‘lov tizimi — abonentning ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri (oy, chorak, yil va b.) uchun to‘lovlari summasi haqiqatda olingan xizmatlar hajmiga bog‘liq bo‘lmagan doimiy miqdor hisoblanadigan xizmatlarga haq to‘lash tizimi; avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimi — telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan chaqirilayotgan abonent raqamini mustaqil terish yo‘li bilan telefonchining yordamisiz o‘rnatiladigan telefon bog‘lanish usuli; avtomatik telefon stansiya (bundan keyin — ATS) — telefon bog‘lanishlarning avtomatik ravishda o‘rnatilishini ta’minlovchi telefon stansiya; tarifikatsiya birligi — telekommunikatsiya operatori tomonidan tanlangan tarifikatsiya tizimiga bog‘liq bo‘lgan (yaxlit minutlar yoki davriy impulslar bo‘yicha hisoblanadi) telefon bog‘lanish davomiyligi (so‘zlashuv)ning haq to‘lanadigan birligi; buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimi — oldindan buyurtma bergan holda telefonchi yordamida telefon bog‘lanishning o‘rnatilishi; ATS ta’sir zonasi — ushbu telefon stansiyasi yoki podstansiyaga kiritilgan magistral, taqsimlash tarmoqlarining kabel (havo) liniyalari va radiofoydalana olish vositalari joylashtirilgan hamda ushbu uskuna yordamida telefonlashtirilishi mumkin bo‘lgan hudud; telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasi — telekommunikatsiya operatori telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatadigan hudud; konferens-aloqa — uchta va undan ortiq abonentga bir vaqtda telefon orqali muloqot qilish imkonini beruvchi xizmat; yirik avariya — sig‘imi 100 va undan ortiq liniyaga ega bo‘lgan telefon kabeli yoki sig‘imi 100 va undan ortiq raqamli stansiya uskunasining shikastlanishi; abonentning shaxsiy hisobvarag‘i — abonent tomonidan foydalaniladigan aloqa xizmatlari uchun haq to‘lashga mo‘ljallangan, aloqa xizmatlaridan foydalanishda abonent tomonidan kiritiladigan va sarflanadigan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi pul ekvivalentida ifodalangan axborotdan iborat bo‘lgan telekommunikatsiya operatorining avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimidagi tahliliy elektron hujjat; mahalliy telefon aloqa — bitta aholi punkti yoki ma’muriy tuman doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon bog‘lanish; shaharlararo telefon aloqa — O‘zbekiston Respublikasining turli ma’muriy tumanlari (shahar tarkibidagi tumanlardan tashqari) hududida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon bog‘lanish; xalqaro telefon aloqa — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi va boshqa davlat hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi o‘rtasidagi telefon bog‘lanish; zudlik bilan xizmat ko‘rsatish tizimi — abonentdan buyurtmani qabul qilgandan keyin telefonchi yordamida zudlik bilan telefon bog‘lanishning o‘rnatilishi; xizmatlarga haq to‘lashning vaqtbay tizimi — ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri uchun abonent to‘lovlari summasi axborotni uzatish va boshqa telefon aloqasi xizmatlarini olish uchun telefon tarmog‘i liniyalari va inshootlaridan foydalanilgan vaqtga bog‘liq bo‘lgan xizmatlarga haq to‘lash tizimi; telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan keyin — foydalanuvchi) — telefon aloqasi xizmatlarining iste’molchisi hisoblanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs; telekommunikatsiyalar tarmog‘i — bitta yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalarining jami; oldindan hisob-kitob tizimi — hisob-kitob tizimi, bunda xizmatlar faqat abonentning shaxsiy hisobvarag‘ida telekommunikatsiya operatorining tarif rejasi bilan belgilangan yetarli mablag‘lar bo‘lganda taqdim etiladi; telefon tarmog‘i — aholi, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning telefon aloqasi xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlovchi ATS, kommutatsiya uzellari, liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) uskunalarining jami; telefon bog‘lanish — ikkita telefon apparati yoki oxirgi qurilmalar o‘rtasida aloqaning o‘rnatilishi; telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish texnik imkoniyati (bundan keyin — Shartnoma tuzish uchun texnik imkoniyat) — ATSda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan texnologik normalarni hisobga olgan holda bo‘sh raqamlar, abonent liniyalarining mavjudligi; telefon aloqasi xizmatlari — telekommunikatsiya operatori va telekommunikatsiya xizmatlari provayderining so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etishga doir faoliyati mahsuli. 4. Telefon aloqasi xizmatlari telekommunikatsiya operatori, u tomonidan vakolatlangan shaxs yoki telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan keyin — telekommunikatsiya operatori) va abonent o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Tomonlarning shartnoma bo‘yicha huquqlari va majburiyatlari faqat qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilishi mumkin. 5. Telefon aloqasi xizmatlari qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlar va afzalliklarni hisobga olib barcha abonentlar uchun xizmat ko‘rsatishning bir xil sharoitlarini ta’minlagan holda ko‘rsatiladi. 6. Inson hayoti xavfsizligi, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa, xavfsizlik va huquqiy tartibotni muhofaza qilish sohasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni o‘tkazishga taalluqli xabarlar, shuningdek yirik avariyalar, halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar va ommaviy falokatlar to‘g‘risidagi xabarlar mutlaq ustuvorlikka egadir. Favqulodda vaziyatlar (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar, epidemiyalar va boshqalar)da O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vakolatlangan organ sifatida telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish hamda markazlashtirilgan boshqarish, shuningdek ularning ishlashini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish huquqiga egadir. 7. Telefon aloqasidan foydalanish, ma’lumot-axborot va boshqa xizmatlarni olish uchun telekommunikatsiya tarmog‘iga abonent qurilmalari, telefon apparatlari ulanadi, shu jumladan raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparatlari, ma’lumotlar uzatish va telematik xizmatlar uskunasi (telefaks, teleteks, videoteks va b.), radiotelefon aloqa vositalari, avtojavobbergichlar, signalizatsiya qurilmalari ulanadi. Telekommunikatsiya tarmog‘iga Milliy sertifikatlashtirish organi (O‘zstandart) tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan abonent qurilmasini ulashga yo‘l qo‘yilmaydi. Abonent qurilmasi sifatida radiotelefonlar yoki boshqa radioelektron vositalar (quvvati 10 mVt dan ko‘p bo‘lmagan simsiz telefonlar bundan mustasno) ulangan holda ularni ekspluatatsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan yoki u tomonidan vakolatlangan organdan ruxsat olish kerak. Abonent qurilmasi abonentlar tomonidan o‘z hisoblaridan sotib olinishi va ularning mulki hisoblanishi yoki telekommunikatsiya operatori tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq ijaraga berilishi mumkin. Keyingi holatda abonent qurilmasi telekommunikatsiya operatorining mulki hisoblanadi, bunda abonent ushbu qurilma uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi. 8. Umumiy foydalanish tarmog‘idan kechayu kunduz foydalana olish ta’minlanadi. Foydalanuvchilar bilan bevosita o‘zaro ishlaydigan telekommunikatsiya operatorlari tarkibiy bo‘linmalari (telekommunikatsiya operatori tomonidan tashkil qilingan mahalliy telefon tarmoqlarining abonent bo‘limlari va rivojlanish sexlari, shaharlararo telefon stansiyalarining abonent uchastkalari, so‘zlashuv punktlari va jamoa bo‘lib foydalanish punktlari, ta’mirlash byurosi, ma’lumot xizmatlari, servis xizmatlari, telekommunikatsiya xizmatlariga haq to‘lash punktlari)ning ish rejimlari telekommunikatsiya operatorining o‘zi tomonidan belgilanadi. 9. Telekommunikatsiya operatori tomonidan ko‘rsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari universal (asosiy) va qo‘shimcha xizmatlarga bo‘linadi. Universal telekommunikatsiya xizmatlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi. 10. Telekommunikatsiya operatori tomonidan foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari ro‘yxati telekommunikatsiya operatoriga tegishli litsenziya hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlari bilan belgilanadi. 11. Universal telekommunikatsiya xizmatlariga tariflar foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tartibga solinadi. 12. Telekommunikatsiya operatori tomonidan qo‘shimcha pulli va bepul telefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin. 13. Pulli qo‘shimcha telefon aloqasi xizmatlari quyidagilar: a) telefon apparatlari va boshqa abonent qurilmalarini qayta o‘rnatish, qayta ulash (ulash sxemasini o‘zgartirish); b) parallel telefon apparatlarini o‘rnatish; v) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmog‘ining aloqa kanallarini va fizik zanjirlarini ijaraga berish; g) ma’lumot-axborot xizmatlari (ushbu Qoidalarning 15-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotnomalarni berish qo‘shimcha xizmatlari bundan mustasno); d) ma’lumotlar uzatish xizmatlari va telematik xizmatlar (elektron pochta, faksimil xabarlarni uzatish xizmati, axborot resurslaridan foydalana olish xizmati va sh.k.)dan foydalanish imkoniyati; e) telegrammalarni telefon orqali berish; j) chaqirilayotgan abonentda raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparati bo‘lganda mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ining chaqirayotgan abonent raqamini aniqlash, shuningdek abonent talabiga ko‘ra hisob tafsilotlarini berish; z) abonent iltimosiga ko‘ra abonent raqamini almashtirish; i) chaqirilayotgan shaxsga xabar qilgan holda shaharlararo, xalqaro telefon bog‘lanish; k) boshqa shahar (aholi punkti)dagi chaqirilayotgan abonentning telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar; l) shartnomada belgilangan vaqtda telefon bog‘lanishni taqdim etish; m) chaqirilayotgan shaxs hisobidan shaharlararo telefon bog‘lanish; n) telefonogrammani uzatgan holda abonent o‘rniga so‘zlashish; o) konferens-aloqa. 14. Telekommunikatsiya operatori barcha abonentlarga qarzdorligi sababli telefon aloqasi xizmatlari uzib qo‘yilganda ham foydalanuvchilar tomonidan teng ravishda shoshilinch tezkor xizmatlardan foydalanuvchilarga kechayu kunduz bepul chaqirish imkoniyatini ta’minlash. Ularga quyidagilar kiradi: yong‘in o‘chirish yordami; ichki ishlar organlari; tez tibbiy yordam; gaz tarmog‘ining avariya xizmati; O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati. 15. Bepul qo‘shimcha telefon aloqasi xizmatlari quyidagilar: a) telefon tarmog‘ining ta’mirlash byurosini chaqirish; b) chaqirilayotgan aholi punktining shaharlararo kodi to‘g‘risida ma’lumotnoma; v) chaqirilayotgan mamlakat va chaqirilayotgan aholi punktining xalqaro kodi to‘g‘risida ma’lumotnoma; g) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar to‘g‘risida ma’lumotnoma; d) avtomatik telefon aloqadan foydalanish tartibi to‘g‘risida ma’lumotnoma; e) shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishni buyurtma qilish uchun buyurtma berish xizmatlarini chaqirish indekslari to‘g‘risida ma’lumotnoma. 16. Ushbu Qoidalarning 13, 15-bandlarida ko‘rsatilgan qo‘shimcha telefon aloqasi xizmatlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining normativ hujjatlarini hisobga olgan holda telekommunikatsiya operatoriga tegishli bo‘lgan telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘zgartirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin. Ushbu Qoidalarning 15-bandida ko‘rsatilgan bepul xizmatlar ro‘yxati kamaytirilishi mumkin emas. 17. Telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi (bundan keyin — Shartnoma)ni tuzish uchun jismoniy shaxslar telekommunikatsiya operatoriga ushbu Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq blankning namunaviy shaklidagi yozma arizani, yuridik shaxslar — ixtiyoriy shakldagi talabnoma-xatni beradilar. Jismoniy va yuridik shaxslar arizani telekommunikatsiya operatori veb-saytlarining interaktiv xizmatlari orqali yuborishlari mumkin. Bunda elektron arizalar yozma arizalarga tenglashtiriladi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi kerak. 18. Shartnomani tuzish to‘g‘risidagi ariza: qonun hujjatlariga muvofiq ishga to‘liq layoqati bo‘lgan, yashash joyida muntazam ro‘yxatda turadigan yoki ushbu turar joyning egasi yoki ijaraga oluvchi hisoblanadigan jismoniy shaxs tomonidan; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek uning filiali yoki vakolatxonasi tomonidan berilishi mumkin. Ota-onalar, bolalikka yoki vasiylikka olganlarning yozma roziligi bilan ariza o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs tomonidan berilishi mumkin. 19. Ariza ushbu hududda telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish litsenziyasiga ega istalgan telekommunikatsiya operatoriga berilishi mumkin. Fuqarolarning arizalari ikki nusxada to‘ldiriladi va telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi. Arizaning birinchi nusxasi telekommunikatsiya operatorida, ikkinchi nusxasi — ariza beruvchida bo‘ladi. Telekommunikatsiya operatori veb-saytlarining interaktiv xizmatlari orqali yuboriladigan elektron ariza bitta nusxada to‘ldiriladi. Telekommunikatsiya operatori fuqaroning arizasini qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas. 20. Tashkilotlarda umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘iga chiqa oladigan 8 dan ortiq telefonlarni o‘rnatish zarur bo‘lganda telekommunikatsiya operatori tomonidan ariza beruvchining shaxsiy mablag‘lari hisobidan muassasaviy-ishlab chiqarish avtomatik telefon stansiya operatorining tarmog‘iga va ulovchi liniyalarga ulanish uchun texnik shartlar beriladi. 21. Yuridik shaxsning shartnomani tuzish uchun arizasi yoki talabnoma-xati Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat bo‘lganda, quyidagilar mavjud bo‘lganda belgilangan tartibda telekommunikatsiya operatori tomonidan qondiriladi: jismoniy shaxs uchun — ariza beruvchining shaxsini hamda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turishini (turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligini) tasdiqlovchi hujjat yoki turar joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat; yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning egalik huquqi yoki ijaraga olish huquqini tasdiqlovchi hujjat hamda davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi. Ariza ro‘yxatga olingandan kundan boshlab 10 kun ichida telekommunikatsiya operatori qabul qilingan qaror to‘g‘risida ariza beruvchiga xabar qilishi kerak. 22. Bir telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasidagi yangi manzil bo‘yicha yoki avvalgi manzil bo‘yicha yangi shaxs nomiga Shartnoma tuzilishi to‘g‘risidagi arizani qayta rasmiylashtirish huquqiga ariza berilgan vaqtda ariza beruvchining yashash joyi bo‘yicha belgilangan tartibda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turadigan (turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan) yoki turar joyga ariza beruvchi bilan teng egalik huquqi bo‘lgan shaxslar egadirlar. Yashash joyida doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olingan (turar joyi bo‘yicha hisobga olingan) yoki Shartnomani tuzish uchun avval berilgan ariza ro‘yxatga olingandan keyin turar joyga egalik huquqi berilgan shaxslar ko‘rsatilgan arizani ushbu ariza ro‘yxatga olingan sana bo‘yicha qayta rasmiylashtirish huquqiga egadirlar. Ko‘rsatilgan Shartnomani yangi shaxs nomiga tuzish to‘g‘risidagi arizani qayta rasmiylashtirish ariza beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi, uning ko‘chib ketishi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno. 23. Ariza beruvchi aynan bitta telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasidan yangi manzilga ko‘chganda uning yangi manzil bo‘yicha navbati avvalgi manzil bo‘yicha qondirilmagan bo‘lsa, Shartnoma tuzish to‘g‘risidagi birlamchi arizasi telekommunikatsiya operatori tomonidan qayd qilingan sanasi bo‘yicha hisobga olinadi. 24. Shartnoma ommaviy hisoblanadi va Shartnomani tuzish texnik imkoniyati bo‘lganda va ushbu Qoidalarning 33-bandini hisobga olib arizalarni berish navbati tartibida tuziladi. Shartnoma ikki nusxada tuziladi va tomonlar tarafidan imzolanadi. Shartnoma tomoni sifatida namoyon bo‘ladigan ariza beruvchi abonent maqomiga ega bo‘ladi. Shartnomani tuzishda ajratilgan abonent raqami telekommunikatsiya operatori ma’lumot xizmatining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Abonentning arizasiga ko‘ra raqam operator ma’lumot xizmatining ma’lumotlar bazasidan chiqarilishi mumkin. 25. Abonent va telekommunikatsiya operatori o‘rtasidagi shartnoma muddatsiz hisoblanadi, agar Shartnomada boshqasi belgilanmagan bo‘lsa. 26. Jismoniy shaxs bilan Shartnoma tuzish uchun texnik imkoniyatning yo‘qligi ko‘rsatilgan Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat bo‘lgan, arizani kechroq bergan boshqa jismoniy shaxs bilan Shartnoma tuzish uchun to‘siq bo‘la olmaydi. 27. Telefon aloqa kabellarida bo‘sh abonent liniyalarining yo‘qligi Shartnomani tuzishga to‘sqinlik qilsa, yetishmaydigan aloqa liniyalarini o‘tkazish bo‘yicha qurilish ishlari ariza beruvchining mablag‘lari hisobidan (u rozi bo‘lganda), shu jumladan telekommunikatsiya operatori tomonidan berilgan texnik shartlar asosida pudrat shartnomasini tuzish yo‘li orqali o‘tkazilishi mumkin. 28. To‘liq yoki qisman ariza beruvchining hisobidan qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari texnik xizmat ko‘rsatish, beg‘araz foydalanish yoki mulkiga telekommunikatsiya operatoriga berilishi mumkin. Telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini berish tartibi va ekspluatatsiya qilish shartlari ariza beruvchi va telekommunikatsiya operatori o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi. Agar qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari texnik xizmat ko‘rsatish, foydalanishga yoki mulkiga berilmagan bo‘lsa, u holda ularni ekspluatatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining normativ hujjatlariga muvofiq abonent tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. 29. Ariza beruvchi 27-bandda ko‘rsatilgan ishlarni uning hisobidan bajarilishiga rozi bo‘lganda, ariza beruvchi telekommunikatsiya operatoriga texnik shartlarni olish uchun ariza beradi. Texnik shartlarni berish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan texnik shartlarning bajarilishi bepul amalga oshiriladi. Texnik shartlarni so‘ralayotgan parametrlarda berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda telekommunikatsiya operatori 3 ish kuni ichida asoslangan rad javobi va rad etishning aniq sabablari hamda qonun hujjatlarining normalari ko‘rsatilgan yozma javobni tayyorlaydi. Ariza beruvchi telekommunikatsiya operatoridan yoki telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini loyihalashtirish litsenziyasiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotdan olingan texnik shartlar asosida loyiha-smeta hujjatlariga buyurtma berish huquqiga ega. Ariza beruvchi loyiha-smeta hujjatlarining mustaqil ekspertizasini o‘tkazish huquqiga ega. 30. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra ariza beruvchiga telefon tarmog‘idan foydalana olish ishning bir qismini yoki hammasini bajarish uchun texnik shartlar berilishi mumkin, bunda Shartnomada qurilishdan tashqari ishlar uchun to‘lov ko‘zda tutiladi. Qurilishdan tashqari ishlar uchun to‘lov telefon tarmog‘idan foydalana olish uchun to‘lovda ko‘rsatilgan normadan oshadigan materiallar sarflanganda telefon tarmog‘idan foydalanilganlik uchun to‘lovdan tashqari undiriladi. Bu ishlar uchun haq ariza beruvchi tomonidan materiallarning narxi va bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lanadi. 31. Telefon tarmog‘idan foydalana olishni ta’minlash ishlari bajarilganidan keyin telekommunikatsiya operatori ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi. 32. Telefon tarmog‘idan foydalana olishni ta’minlash ishlarini bajarish muddatlari texnik imkoniyat bo‘lganda ariza berilgan kundan boshlab 30 kungacha, texnik imkoniyat bo‘lmaganda, yetishmaydigan aloqa liniyalarini ariza beruvchining hisobidan o‘tkazilishini hisobga olgan holda — pudrat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab 180 kungacha bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik subyektlarini telefon tarmog‘idan foydalana olishlarini ta’minlash ishlari 10 kun davomida bajariladi. 33. Fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarning ayrim toifalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash navbati va xizmatlardan foydalanish tartibi qismida ustunliklar belgilanishi mumkin. Fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar ayrim toifalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 36. Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat bo‘lganda Shartnomada aynan bitta manzil yoki turli manzillar bo‘yicha bir nechta abonent raqamlarining ajratilishi ko‘zda tutilishi mumkin. 37. Abonentga uning iltimosiga ko‘ra abonent qurilmasini texnik imkoniyat bo‘lganda va qo‘shimcha ajratilgan tarmoq resurslari uchun to‘lov kiritilganda boshqa ta’sir zonasidagi ATSga ulash imkoniyati taqdim etilishi mumkin. 39. Abonent xuddi o‘sha ATSning ta’sir zonasidagi yangi turar joyga ko‘chib o‘tganda uning arizasiga ko‘ra va Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda abonent ko‘chib o‘tgan uy bo‘yicha qondirilmagan arizalar, shu jumladan bunday Shartnomani navbatdan tashqari tuzish imtiyozlariga ega shaxslardan olingan qondirilmagan arizalar bo‘lishidan qat’i nazar avval ajratilgan abonent raqamidan foydalanib Shartnoma qayta rasmiylashtiriladi. Abonent ATS ta’sir zonasidan tashqarida bo‘lgan xuddi o‘sha telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasidagi yangi yashash joyiga ko‘chganda uning arizasi bo‘yicha va Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda Shartnoma yangi abonent raqamini ajratgan holda qayta rasmiylashtiriladi. Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan Shartnomalarni qayta rasmiylashtirish sobiq abonent sifatidagi tarif bo‘yicha bajarilishi kerak. Abonentning yangi turar joyi bo‘yicha ko‘rsatilgan Shartnomani bajarish Shartnomasini tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lmaganda Shartnoma bekor qilinadi, telekommunikatsiya operatori tomonidan abonentga ushbu Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma beriladi, ushbu ma’lumotnoma keyinchalik yangi yashash joyi bo‘yicha telefon tarmog‘idan sobiq abonent sifatidagi tarif bo‘yicha foydalana olish taqdim etilishi uchun haq to‘lashga asos bo‘lib hisoblanadi. Uning yangi yashash joyi bo‘yicha navbati ma’lumotnomada ko‘rsatilgan telefonni topshirish sanasi bo‘yicha hisobga olinadi. 41. Abonent ko‘chib ketgan holda abonent ko‘chib ketguncha uning yashash joyi bo‘yicha belgilangan tartibda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turadigan (turar joyi bo‘yicha hisobda turadigan) yoki turar joyga abonent bilan teng egalik huquqiga ega bo‘lgan istalgan shaxs, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirgan abonentlar Shartnomani qayta rasmiylashtirish huquqiga egadirlar. Yuridik shaxs bilan Shartnomani qayta rasmiylashtirish yuridik shaxsning nomi va/yoki rekvizitlari o‘zgargan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vorislik huquqi bilan qayta tashkil qilingan (qo‘shilgan, birlashtirilgan, ajratilgan, o‘zgartirilgan) hollarda, shuningdek bank yoki yuridik shaxs o‘zining tashabbusi bilan bank va boshqa rekvizitlari o‘zgargan holda amalga oshiriladi. Shartnomani o‘zgartirish yoki qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi kelishuv Shartnomaga o‘xshash shaklda bajariladi, agar qonun hujjatlari yoki Shartnomadan boshqasi kelib chiqmasa. 42. Telefonlashtirilgan turar joyga egalik qilish huquqi belgilangan tartibda ushbu turar joyda ro‘yxatga olinmagan yoki ushbu turar joyning abonent bilan teng mulkdorlari bo‘lmagan shaxslarga o‘tganda turar joyning sobiq egasi bo‘lgan abonent bilan tuzilgan Shartnoma bekor qilinadi, yangi mulk egasi bilan belgilangan tartibda Shartnoma tuziladi. 43. Telefonlashtirilgan uy-joy jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan yuridik shaxsga ijaraga berilgan holda bir oy ichida ijaraga beruvchi bilan Shartnoma bekor qilinadi va ijarachi bilan Shartnoma tuziladi, ayni damda ijarachi har bir abonent raqami uchun foydalanganligi uchun haq to‘laydi. Ushbu shartlar bajarilmaganda ijaraga beruvchining telefoni Shartnomani bekor qilgan holda uzib qo‘yiladi. Ijara muddati yoki ijaraga olish shartnomasi bekor qilinganda Shartnoma to‘lov to‘lamasdan ijarachining nomidan ijaraga beruvchining nomiga qayta rasmiylashtirilishi mumkin. 44. Telefonlashtirilgan turar joy ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilgan holda abonentning arizasiga asosan Shartnomaning amal qilish muddati ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berish muddatiga to‘xtatib turilishi mumkin. Bunday holda telefonlashtirilgan turar joyni ijaraga (ikkilamchi ijaraga) oluvchining arizasiga ko‘ra u bilan ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish muddatiga Shartnoma tuzilishi mumkin. 45. Abonentning arizasiga ko‘ra abonent raqamini bron qilgan va arizada ko‘rsatilgan butun vaqt davri uchun abonent to‘lovini to‘lagan holda abonent qurilmasi telekommunikatsiya tarmog‘idan vaqtincha uzib qo‘yiladi yoki avtomatik shaharlararo va xalqaro telefon aloqadan foydalanish cheklovlari kiritiladi. 46. Abonent telekommunikatsiya operatori tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ushbu telekommunikatsiya operatori oldidagi qarzdorligini to‘lash sharti bilan istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan voz kechishga haqlidir. 47. Tomonlardan birining talabiga ko‘ra Shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinishi mumkin. 48. Yangi ATS ishga tushirilishi va mahalliy telefon tarmoqlarini rekonstruksiya qilish munosabati bilan abonent raqamlarini almashtirish abonentlarga avtomatik qo‘ng‘iroq qilish yoki yozma xabarnoma bilan ularni kamida 10 kun oldin hamda axborotni 15 kun oldin telekommunikatsiya operatorining rasmiy veb-saytida oldindan joylashtirish yo‘li orqali bepul bajariladi. Abonent raqamlarini almashtirishda imkon qadar raqamning ATS indeksini belgilovchi birinchi raqamlari o‘zgartirilishi va eski abonent raqamida foydalanilgan keyingi raqamlar saqlanishi kerak. Abonent raqamlari ommaviy o‘zgartirilganda telekommunikatsiya operatori kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida va o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilish yo‘li bilan abonentlarni bu haqda xabardor qiladi. Abonent raqamini almashtirish Shartnomaga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. 49. Mini-ATS, shuningdek bir nechta foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanish imkonini beradigan boshqa abonent qurilmalari texnik shartlarga muvofiq abonent va telekommunikatsiya operatori o‘rtasidagi Shartnoma asosida telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanadi. 50. Shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanish avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimi, buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimi va darhol xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. 51. Telekommunikatsiya operatori avtomatik aloqa yo‘nalishlarining borligi, shaharlar kodlari to‘g‘risida va avtomatik telefon aloqadan foydalanish tartibi to‘g‘risida foydalanuvchilarni xabardor qilishga majbur (ommaviy axborot vositalari, ma’lumot-axborot xizmatlari orqali, so‘zlashuv punktlarida). 52. Buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimida chaqirayotgan shaxsga buyurtmani qabul qilish vaqtida shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishga berilgan buyurtmani bajarish muddati xabar qilinishi kerak. Buyurtma chaqirayotgan shaxsning ixtiyoriga ko‘ra yoki buyurtmaning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinishi mumkin. 53. Buyurtma bo‘yicha shaharlararo telefon bog‘lanish taqdim etilishi kerak bo‘lgan vaqt telekommunikatsiya operatori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, ammo buyurtma qabul qilingan paytdan boshlab yoki chaqirayotgan shaxs tomonidan so‘zlashuv uchun belgilangan vaqtdan boshlab bir soatdan oshmasligi kerak. Ko‘rsatilgan vaqt tugashi bilan chaqirayotgan shaxsning roziligi bilan bajarilmagan buyurtma ushbu Qoidalarning 54-bandiga muvofiq boshqa vaqtga ko‘chiriladi yoki bekor qilinadi. Buyurtma bo‘yicha xalqaro telefon bog‘lanish taqdim etilishi mumkin bo‘lgan vaqt telekommunikatsiya operatori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va buyurtmani qabul qilish vaqtida foydalanuvchiga yetkaziladi. Chaqirayotgan shaxsning talabi bo‘yicha buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimida shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishlar buyurtma qabul qilingan vaqtdan boshlab 30 minut (shoshilinch buyurtma) ichida taqdim etilishi mumkin. Shoshilinch buyurtmalar qabul qilinadigan yo‘nalishlar ro‘yxati telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilanadi va foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilinadi. 54. Shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishga buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimida buyurtmaning amal qilish muddati chiquvchi stansiya uchun mahalliy vaqtning soat 08 da tugaydi. a) telefon apparatidan telefon apparatiga telefon bog‘lanishlar uchun — buyurtma berilgan kundan keyingi kunga; b) shaxsiy telefon bog‘lanishlar va konferens-aloqa uchun — buyurtma berilgan kundan keyin ikkinchi kunga. Xalqaro telefon bog‘lanish uchun buyurtmaning amal qilish muddati yana 8 soatga uzaytirilishi mumkin, agar bu tegishli stansiyalar yoki ekspluatatsiya qilish va trafikning o‘tish vaqtidagi farq sababli zarur deb tan olingan bo‘lsa. 55. Shaharlararo telefon aloqa texnologik jarayonlarida yagona hisobga olish-hisobot (texnologik) vaqt — mahalliy vaqt qo‘llaniladi. Xalqaro telefon aloqada hisobga olish-hisobot vaqti Milliy aloqa ma’muriyatlarining xalqaro kelishuvlari bilan belgilanadi. 56. Foydalanuvchilarga shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish texnik imkoniyati bo‘lmaganda telekommunikatsiya operatori so‘zlashuvlar soni va ularning davomiyligiga cheklovlarni kiritadi, buyurtma va darhol xizmat ko‘rsatish tizimida aloqa to‘liq bo‘lmaganda — buyurtmalarni qabul qilishni rad etadi. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga cheklovlar kiritilganligi to‘g‘risida foydalanuvchi buyurtmani qabul qilish vaqtida yoki buyurtma va darhol xizmat ko‘rsatish tizimlarida telefon bog‘lanish taqdim etilayotgan vaqtda xabardor qilinishi kerak. Telefon aloqadan foydalanishda uzoq muddatli cheklovlar yuzaga kelgan holda telekommunikatsiya operatori bu haqda ommaviy axborot vositalari, ma’lumot xizmatlari yoki telekommunikatsiya xizmatlaridan ommaviy foydalanish punktlarida e’lon berishdan foydalanib foydalanuvchilarni xabardor qilish choralarini ko‘rishi kerak. 57. Buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimida telefon bog‘lanishni taqdim etish navbati so‘zlashuv toifasiga, buyurtmaning shoshilinchligiga va kelib tushish vaqtiga bog‘liq. 58. O‘zbekiston Respublikasi hududida telefonchi yordamida taqdim etiladigan shaharlararo telefon so‘zlashuvlarning quyidagi toifalari belgilangan: a) har qanday navbatdan tashqari va alohida parollar; b) hukumatga oid; v) oddiy. 59. “Har qanday navbatdan tashqari” toifasi bo‘yicha so‘zlashuvlar faqat qonun hujjatlariga muvofiq, amaldagi oddiy tarif bo‘yicha haq to‘lagan holda abonent tomonidan ko‘rsatilgan istalgan telefon bo‘yicha bunday so‘zlashuvlarni olib borish huquqidan foydalanadigan mansabdor shaxslarga taqdim etiladi. Abonentning talabiga ko‘ra so‘zlashuvlar aloqaning ishlash jadvalini buzgan va quyi toifadagi bo‘lib o‘tayotgan so‘zlashuvni uzib qo‘ygan holda taqdim etiladi. 60. “Har qanday navbatdan tashqari” toifasidagi buyurtmalar bilan bir qatorda “Falokat” paroli bo‘yicha so‘zlashuvlarga buyurtmalar bajariladi. Ushbu parol bo‘yicha so‘zlashuvlar amaldagi oddiy tarif bo‘yicha haq to‘lagan holda foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan istalgan telefondan, shuningdek so‘zlashuv punktidan taqdim etiladi. Halokatga uchragan dengiz, daryo va havo kemalaridan xabarlarni uzatish uchun shaharlararo telefon so‘zlashuvlarga to‘lov undirilmaydi. 61. Telekommunikatsiya operatorlariga shartnoma asosida to‘langan vaqtincha amal qiluvchi parollarni kiritish huquqi beriladi. Parollar bo‘yicha buyurtmalar oddiy toifadagi buyurtmalardan oldin beriladi. 62. “Hukumatga oid” toifasidagi shaharlararo telefon so‘zlashuvlari “Har qanday navbatdan tashqari” so‘zlashuvlaridan keyin aloqaning ishini buzmasdan va bo‘lib o‘tayotgan so‘zlashuvlarni uzib qo‘ymasdan amaldagi oddiy tarif bo‘yicha taqdim etiladi. So‘zlashuvlar faqat bunday so‘zlashuvlarni olib borish huquqi berilgan mansabdor shaxslarga va faqat ro‘yxatga olingan telefonlardan taqdim etiladi. 63. Hech bir boshlangan so‘zlashuv telekommunikatsiya operatori tomonidan uzib qo‘yilishi mumkin emas, “Har qanday navbatdan tashqari” toifasidagi va “Falokat” paroli bo‘yicha so‘zlashuvni taqdim etish zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno. So‘zlashuv tugaganidan keyin foydalanuvchiga uzib qo‘yilgan so‘zlashuvni tugatish imkoni beriladi. 64. Buyurtma bo‘yicha bildirishnomali telefon bog‘lanishlar so‘zlashuv uchun belgilangan vaqtni hisobga olib. So‘zlashuv uchun belgilangan vaqtni hisobga olgan holda tarifidan qat’i nazar ushbu (buyurtma) toifadagi buyurtmalar ichidan eng birinchi navbatda taqdim etiladi. 65. Shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishga buyurtmani qabul qilishda darhol xizmat ko‘rsatish tizimida abonent telefon go‘shagini qo‘ymasdan, shu zahoti, amaldagi oddiy tarif bo‘yicha chaqirilayotgan abonent bilan telefon orqali bog‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida darhol xizmat ko‘rsatish tizimi texnik vositalarning tayyorlik darajasiga qarab kiritiladi. 66. Telekommunikatsiya operatori quyidagi huquqlarga ega: a) foydalanuvchilarga xizmatlar ko‘rsatish; b) abonent qurilmasini telefon aloqa tarmog‘idan vaqtincha uzib qo‘yish yo‘li bilan abonentning telefon aloqa tarmog‘idan foydalana olishini to‘xtatib turish: belgilangan muddatlarda mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lanmaganda, bu haqda abonentni uzib qo‘yishdan kamida 5 kun oldin telefon, yozma yoki elektron xabar bilan E-mail yoki SMS orqali xabardor qilgan holda; abonent tomonidan telekommunikatsiya operatoriga tegishli telekommunikatsiya uskunasi normal ishlashining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganda. Abonentning telefon tarmog‘idan foydalanishining vaqtincha to‘xtatib qo‘yilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun abonent tomonidan to‘lov kiritilgandan, shuningdek abonent aybi bilan abonent qurilmasi ishlamay turgan vaqt uchun abonent to‘lovi kiritilgandan keyin sutka davomida foydalanishni tiklash amalga oshiriladi. Bunda telefon aloqa tarmog‘idan foydalanish tiklanganligi uchun to‘lov undirilmaydi. Agar abonent telefon aloqasidan foydalanish to‘xtatib qo‘yilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq bir tomonlama tartibda Shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Bu haqda operator abonentga mazkur bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan usullardan biri orqali kamida 10 kun oldin xabar berishi kerak; v) foydalanuvchilarning aybi bilan telekommunikatsiya tarmoqlarida yuz bergan hodisalar natijasida unga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashga; g) qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishga; d) mahalliy telefon tarmog‘i abonentlari va shaharlararo telefon aloqa kodlarining ma’lumotnomasini nashr qilishga. Telekommunikatsiya operatori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 67. Telekommunikatsiya operatori abonent roziligisiz alohida to‘lov evaziga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar taqdim etilishini talab qilib turib olishga haqli emas. 68. Telekommunikatsiya operatori telekommunikatsiya vositalari va inshootlaridan foydalanib u tomonidan ko‘rsatilgan, ammo ayni damda telefon aloqasi xizmatlari bo‘lib hisoblanmagan xizmatlar (masalan, qo‘riqlash signalizatsiyasi, Internet tarmog‘i xizmatlari va b.)ga haq to‘lanmagan holda abonentning telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalana olishini to‘xtatib turishga haqli emas. 69. Telekommunikatsiya operatori: a) o‘z faoliyatini litsenziya shartlari va ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshirishga; b) ko‘rsatilayotgan xizmatlarning belgilangan standartlar, qoidalar va normalarga muvofiq sifatini ta’minlashga; v) telekommunikatsiya tarmoqlari bo‘ylab uzatiladigan telefon so‘zlashuvlari va boshqa xabarlarning sirini saqlashga; g) foydalanuvchilarga telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish shartlari va tartibi, shu jumladan xizmatlar uchun tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risidagi batafsil axborotni taqdim etishga; d) telekommunikatsiya tarmoqlaridan ruxsatsiz foydalana olish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishga; e) abonentlarga Shartnoma bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi, shuningdek xizmatlar ko‘rsatilmaganligi yoki tegishli bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq zarar o‘rnini to‘ldirishga; j) Shartnomada belgilangan muddatlarda telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishga; z) telefon aloqasi abonentning aybi bilan buzilmagan hollarda abonent tomonidan ta’mirlash byurosiga talabnoma berilgan vaqtdan boshlab talabnoma yopilgan paytgacha abonent qurilmasining butun ishlamagan vaqti uchun har oylik to‘lov hisoblanadigan barcha telefon aloqasi xizmatlari uchun qayta hisob-kitob qilishga; i) buyurtma bo‘yicha shaharlararo va xalqaro telefon aloqadan foydalanganda hamda so‘zlashuvlar uchun vaqtbay to‘lov tizimi joriy qilinganda so‘zlashuvning minimal haq to‘lanadigan davomiyligini abonentlar e’tiboriga yetkazishga; k) abonentlarni telefon tarmoqlaridagi yirik avariyalar, ularni rekonstruksiya qilish to‘g‘risida va ishlarni tugatishning taxmin qilingan muddatlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan o‘zining rasmiy veb-saytida xabardor qilishga; l) texnik sabablarga ko‘ra abonent raqamini almashtirish to‘g‘risida kamida 10 kun oldin abonentni tegishli tarzda xabardor qilishga; m) mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxini hisobga olish tizimining o‘zgarganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida va o‘zining rasmiy veb-saytida kamida uch oy oldin e’lon qilish; n) ommaviy axborot vositalarida va o‘zining rasmiy veb-saytida yangi tariflar kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin universal telefon aloqasi xizmatlariga tariflarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni nashr qilishga; o) abonent qurilmasining uzilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan, telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash qarzdorligi tugatilganda va abonent aybi bilan abonent qurilmasi ishlamagan vaqti uchun abonent to‘lovi kiritilgandan keyin telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lanmaganligi yoki abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganligi uchun o‘chirilgan abonent qurilmasini bepul tarmoqqa ulashga; p) foydalanuvchi bilan muomala qilish etikasiga rioya qilish, telefon orqali so‘zlashuvda o‘z lavozimini, familiyasi yoki shaxsiy raqamini (ta’mirlash byurosi operatori, buyurtma yoki darhol xizmat, ma’lumot xizmati va h. telefonchisi) aytishga; r) ushbu Qoidalarni foydalanuvchilar e’tiboriga yetkazish, shuningdek ularni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirishga majbur. Telekommunikatsiya operatorining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin. 70. Telekommunikatsiya operatori tomonidan taqdim etiladigan axborotda: a) telekommunikatsiya operatorining nomi va uning tarkibiy bo‘linmalarining nomi, ular joylashgan joy (pochta manzili), bog‘lanish uchun telefon raqamlari, rasmiy veb-sayti va ish tartibi; b) foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan universal (asosiy) va qo‘shimcha (pulli va bepul) telefon aloqasi xizmatlari ro‘yxati; v) telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish shartlari va tartibi; g) telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishdagi cheklovlar; d) telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar va bu xizmatlarni ko‘rsatish hamda haq to‘lashdagi imtiyozlar; e) telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash tartibi va shakllari; j) yangi ATSni ekspluatatsiyaga kiritish muddatlari va mavjud ATSlar abonent sig‘imini ko‘paytirish; z) shartnomalarni tuzish tartibi, arizalarni qondirish muddatlari va shartnomalarni tuzish navbatining harakati; i) telekommunikatsiya tarmoqlarida qo‘llashga ruxsat berilgan abonent qurilmalarining ro‘yxati; k) ma’lumot, shoshilinch tezkor xizmatlar va ta’mirlash byurosining telefon raqamlari; l) foydalanuvchi ushbu Qoidalar bilan tanishishi mumkin bo‘lgan joy to‘g‘risidagi axborot. Ko‘rsatilgan axborot shartnomalarni tuzishda ommaviy axborot vositalari, ma’lumot-axborot xizmatlari yoki telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish joylarida mijozlar bilan o‘zaro ishlar xizmatlari orqali ko‘rgazmali va foydalanish qulay bo‘lgan shaklda bepul abonentlar e’tiboriga yetkaziladi. Telekommunikatsiya operatori shaxsan murojaat qilganda hamda telefon orqali so‘zlashganda foydalanuvchining talabiga ko‘ra telefon aloqasi xizmatlari uchun pulli hisob-kitoblar bilan bog‘liq axborotni bepul taqdim etishga majbur. 701. Telekommunikatsiya operatori o‘z veb-saytlari orqali taqdim etiladigan axborotni o‘z vaqtida yangilashga majbur. 72. Abonent quyidagi huquqlarga ega: a) umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanish; b) o‘z abonent qurilmasini ushbu Qoidalar va qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda tarmoqqa ulash; v) o‘rnatilgan Qoidalar va Shartnomaga muvofiq telekommunikatsiya operatori tomonidan o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatilishi; g) telekommunikatsiya operatori tomonidan Shartnomada kelishilgan shartlar buzilgan holda telefon aloqasi xizmatlaridan voz kechish va telekommunikatsiya operatori bilan Shartnomani bir tomonlama bekor qilish; d) telefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki tegishli sifatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatilmasligi natijasida yetkazilgan zararni qoplashga, ma’naviy zarar o‘rni to‘ldirilishi; e) qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlar va afzalliklar berilishini talab qilish, imtiyozlar huquqini beruvchi hujjatlar taqdim etilgandan boshlab imtiyozlar va afzalliklar amal qiladi, shuningdek Shartnomaga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish; j) abonentning aybisiz aloqa bo‘lmagan davrda ta’mirlash byurosida uning talabnomasi mavjud bo‘lganida, shuningdek foydalanuvchining arizasisiz qo‘shimcha pulli xizmatlar va boshqalar taqdim qilinganda telefon aloqasi xizmatlari uchun to‘lovlarni qayta hisoblashni yoki ushbu xizmatlardan foydalanganlik uchun pul mablag‘larining qaytarilishini talab qilish; z) Shartnomada ko‘zda tutilmagan va abonent tomonidan talab qilinmagan xizmatlar uchun haq to‘lashni rad etish; i) agar xizmatni ko‘rsatish muddatlariga rioya qilmaslikka yengib bo‘lmaydigan kuch sabab bo‘lgan bo‘lsa, telekommunikatsiya operatori bilan kelishib xizmatni bajarishning yangi muddatini belgilash, bu haqda xizmatni bajarish uchun belgilangan muddat tugaguniga qadar abonentga xabar qilinadi; k) mahalliy telefon aloqasi xizmatlari uchun vaqtbay to‘lov tizimidan foydalangan holda to‘langan davr uchun hisob taqdim etilganda alohida to‘lov evaziga bo‘lib o‘tgan telefon bog‘lanishlar rasshifrovkasini (hisobning batafsil tavsifini) talab qilish; l) ularning huquqlari buzilganda vakolatlangan davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish. m) belgilangan tartibda telekommunikatsiya operatorining veb-saytlarida ro‘yxatdan o‘tish va taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlardan foydalanish. Abonent qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 73. Abonent quyidagilarga majbur: a) ushbu Qoidalarga rioya qilish; b) belgilangan standartlarga muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abonent qurilmasidan foydalanish; v) unga tegishli bo‘lgan abonent qurilmasi yordamida ko‘rsatiladigan mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun, telefon orqali uzatilgan telegrammalar uchun va boshqa telefon aloqasi xizmatlari uchun Shartnomada belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda to‘lovni to‘lash; g) telekommunikatsiya tarmoqlari ish sifatining pasayishiga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarining shikastlanishiga olib keladigan harakatlarni bajarmaslik; d) telekommunikatsiya operatori bilan tuzilgan Shartnomaga muvofiq telefonlashtirilgan turar-joydan ko‘chish, sotish, almashtirish, ijaraga berish, ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish, familiya, turar-joy manzili, rekvizitlari, korxona nomining o‘zgarishi, telefon aloqasi xizmatlariga to‘lash va ko‘rsatish bo‘yicha imtiyozlarni olish yoki yo‘qotgan hollarda bir oy muddat ichida telekommunikatsiya operatori bilan Shartnomani qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish. e) abonent liniyasini va abonent qurilmasini o‘z uyida yaxshi holatda saqlash; j) telefon aloqasi xizmatini olish uchun foydalaniladigan abonent qurilmasining tipini telekommunikatsiya operatoriga xabar qilish. Abonent qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 74. Yakka tartibda foydalanadigan telefonga ega abonent, shuningdek tashkilotlar (shu jumladan mehmonxonalar, yotoqxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, chet el vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar)dagi telefon egalari ularning telefonlaridan amalga oshirilgan mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishlarga haq to‘lash uchun javobgar bo‘ladi. 75. Telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi va tartibga solinadi. 76. Qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari uchun telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash va telefon aloqa tarmog‘idan foydalanishni taqdim etish bo‘yicha imtiyozlar belgilanadi. Ko‘rsatilgan imtiyozlar shartnomani tuzishda abonentga ajratilgan bitta abonent raqamining “Asosiy abonent to‘lovi” xizmati uchun taqdim etiladi. 77. Telefon aloqa tarmog‘idan foydalanishni taqdim etish xizmatining narxiga kommutatsiya stansiyasidan abonentning telefon rozetkasigacha abonent liniyalarining tashkil etilishi hisobga olingan stansiya va liniya uskunasining narxi kiradi. Telefon tarmog‘idan foydalanishning taqdim etilishi to‘lovida oxirgi taqsimlash qurilmasidan telefon rozetkasigacha bo‘lgan shahar telefon tarmog‘ida uzunligi 20 m dan ko‘p bo‘lmagan va qishloq telefon tarmog‘ida uzunligi 40 m dan ko‘p bo‘lmagan abonent liniyasining narxi hisobga olingan. 78. Oldin telekommunikatsiya tarmog‘ining abonentlari hisoblangan, haq to‘lamaganlik yoki ko‘chib ketganligi uchun Shartnoma bekor qilinishi natijasida endilikda abonent bo‘lmagan shaxslar o‘n ikki oy davomida texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda, foydalana olish taqdim etilishi uchun tarifning 50 foizi miqdorida to‘lovni to‘lagan holda va Shartnoma bekor qilingan vaqtda abonent zimmasidagi qarzdorlikni to‘lash sharti bilan avvalgi manzil bo‘yicha telekommunikatsiya operatori bilan yangi Shartnomani tuzish huquqiga ega. 79. Telefonlashtirilgan turar joyga nisbatan egalik qilish huquqi belgilangan tartibda ushbu turar joyda ro‘yxatga olinmagan shaxslarga o‘tganda Shartnoma tuzilgan holda foydalana olish taqdim etilganligi uchun to‘lovlar qo‘llaniladi. 80. Avval abonentlar bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan telefonlashtirilgan xonalar band qilinganda telefon stansiyasidan telefon rozetkasigacha abonent liniyasini tashkil qilish ishlarining narxiga kamaytirilgan miqdorda foydalanish taqdim etilganligi uchun to‘lov amalga oshiriladi. 81. Mahalliy telefon bog‘lanishlar xizmatlar uchun abonent to‘lov tizimini yoki xizmatlar uchun vaqtbay to‘lov tizimini qo‘llagan holda to‘lanadi. Mahalliy telefon bog‘lanishlarni vaqtbay hisobga olish texnik imkoniyati bo‘lmaganda xizmatlar uchun abonent to‘lov tizimidan foydalaniladi. Mahalliy telefon bog‘lanishlarni vaqtbay hisobga olinishini ta’minlash texnik vositalarining tayyor bo‘lishiga qarab xizmatlar uchun vaqtbay to‘lov tizimi kiritiladi. Vaqtbay to‘lov tizimida telefondan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori telefon bog‘lanishlarning ma’lum davomiyligi uchun belgilangan qayd qilingan kattalikdan va qayd qilingan kattalikdan tashqari telefon bog‘lanishning davomiyligiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan kattalikdan tashkil topadi. 82. Avtomatik mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqadan foydalanganlik uchun xizmatlarga vaqtbay to‘lov tizimida abonent tomonidan faqat unga tegishli bo‘lgan abonent qurilmasidan chiqadigan telefon bog‘lanishlar uchun to‘lanadi, chaqirilayotgan abonent yoki telekommunikatsiya operatorining hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bundan mustasno. 83. Telefonchi yoki avtomatik usul bilan taqdim etilgan shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishlarga telefon bog‘lanishning davomiyligiga bog‘liq holda amaldagi tariflar bo‘yicha to‘lanadi. 84. Shaharlararo va telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish shoshilinchligiga bog‘liq holda buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimida tariflarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: oddiy; shoshilinch. Shoshilinch buyurtma bo‘yicha shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishni taqdim etish muddati buzilganda to‘lov oddiy buyurtma bo‘yicha amaldagi tarif bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda foydalanuvchiga to‘lovdagi farq qaytariladi. 85. Mahalliy (xizmatlarga vaqtbay to‘lov tizimida), shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishda telefon bog‘lanishlar davomiyligini hisobga olish telekommunikatsiya operatori tomonidan qabul qilingan tarifikatsiya birligiga muvofiq yuritiladi. 86. Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishlarning tarifikatsiya birligi miqdori va to‘liq bo‘lmagan tarifikatsiya birligini to‘lash tartibi foydalanilayotgan kommutatsion texnikaning texnik imkoniyatlariga bog‘liq holda belgilanadi. Bunda tarifikatsiya birligi 1 minutdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 87. Avtomatik mahalliy (xizmatlarga vaqtbay to‘lov tizimida), shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishdan foydalanganda telefon bog‘lanish davomiyligi istalgan shaxs yoki abonent qurilmasining javob berish paytidan chaqirayotgan yoki chaqirilayotgan shaxs yoki abonent qurilmasining “otboy” vaqtigacha hisoblanadi. Shaharlararo telefon bog‘lanishlar davomiyligi 6 sekunddan kam bo‘lganda ushbu bog‘lanish tarifikatsiya qilinmaydi. 88. Javob signali chaqirilayotgan shaxsning javobiga tenglashtiriladigan va telefon bog‘lanish davomiyligini hisoblash boshi bo‘lib xizmat qiladigan abonent qurilmasiga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar uzatish apparaturasi (modem va b.); faksimil apparati; avtojavobbergich bilan ta’minlangan abonent qurilmasi; raqamni avtomatik aniqlovchi telefon apparati; abonent yo‘q bo‘lganda uning o‘rniga javob beradigan va axborot bilan almashishni ta’minlaydigan (yoki imitatsiya qiladigan) boshqa abonent qurilmasi. 89. Agar abonent liniyasi yo‘q bo‘lgan abonentlar xizmatiga o‘tkazilgan yoki abonent bo‘lmaganda uning o‘rniga foydalaniladigan (va, ehtimol, xabarlarni yozib oluvchi yoki ma’lumotlar bilan almashish uchun xizmat qiladigan) qurilma bilan ulanganda, bu xizmat yoki bu qurilmaga abonentning iltimosiga ko‘ra u uchun javob beradigan shaxs sifatida qaraladi. Bunday holda telefon bog‘lanish o‘rnatiladi va to‘lov oddiy tartibda hisoblanadi. Abonent telekommunikatsiya operatori yoki provayderining Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilganda IVR (oldindan yozib olingan ovozli xabarlar tizimi)ni eshitish vaqti yoki avtoinformatorning audio-xabarlari bog‘lanishning tarifikatsiyalanadigan davomiyligiga kiritilmaydi. 90. “Konferens-aloqa” xizmatining davomiyligi barcha chaqirilayotgan shaxslar chaqirayotgan shaxs bilan telefon bog‘lanish o‘rnatilgandan keyin hisoblanadi, chaqirayotgan shaxsning “otboy” signali boshlanish paytidan tugaydi. 91. Bog‘lanish uchun buyurtma (telefonchi orqali) shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishlar taqdim etilganda to‘lanishi kerak bo‘lgan telefon bog‘lanishning minimal davomiyligi belgilanadi. Bunda minimal davomiylikdan kam davom etgan telefon bog‘lanishga minimal davomiylikdagi telefon bog‘lanish sifatida to‘lanadi. Telefon bog‘lanishning ko‘rsatilgan minimal davomiyligi 1 minutdan oshmasligi kerak. 92. Mahalliy (xizmatlar uchun vaqtbay to‘lov tizimida), shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanish uchun to‘lov telefon bog‘lanish o‘rnatilishidan boshlab joriy sutkada amal qiladigan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi. 93. Chaqirayotgan shaxs u tomonidan buyurtma berilgan oldinroq o‘rnatilgan shaharlararo yoki xalqaro telefon bog‘lanishni rad etganda bunday telefon bog‘lanish taqdim etilgan vaqtda abonentdan bog‘lanishga buyurtma qilingan tarif bo‘yicha so‘zlashuv minutining narxi va telefon bog‘lanish paytiga telefonchi tomonidan bajarilgan xizmatlarning to‘liq qiymati miqdorida to‘lov undiriladi. 94. Agar chaqirilayotgan shaxs bilan bildirishnomali shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanish ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha chaqirilayotgan shaxsning turmasligi sababli bildirishnoma bu shaxsga topshirilmaganligi yoki topshirish imkoniyati yo‘qligi sababli bo‘lib o‘tmagan bo‘lsa, chaqirilayotgan shaxsdan xizmat narxi miqdorida to‘lov undiriladi. Agar chaqirilayotgan shaxs bilan bildirishnomali shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanish chaqirilayotgan yoki chaqirayotgan shaxsning so‘zlashuv punktiga kelmaganligi yoki chaqirilayotgan shaxsning ko‘rsatilgan telefon raqami bo‘yicha bo‘lmaganligi sababli telefon bog‘lanish uchun tayinlangan vaqtdan keyin bir soat ichida bo‘lib o‘tmasa, to‘lov xizmatning narxi miqdorida undiriladi. 95. Agar bildirishnoma telekommunikatsiya operatorining aybi bilan yoki o‘z vaqtida yetkazilmagan bo‘lsa, shuningdek shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanish buning uchun tayinlangan vaqtdan keyin bir soat ichida telekommunikatsiya operatori tomonidan taqdim etilmagan bo‘lsa, ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov undirilmaydi. 97. Agar chaqirayotgan shaxs shaharlararo yoki xalqaro telefon bog‘lanishga buyurtma berayotganda chaqirilayotgan abonent qurilmasining noto‘g‘ri abonent raqamini ko‘rsatgan bo‘lsa, u holda u ushbu buyurtma uchun amaldagi tariflar bo‘yicha o‘rnatilgan telefon bog‘lanishning haqiqiy davomiyligiga haq to‘laydi. 98. Buyurtma xizmat ko‘rsatish xizmatida tabiiy ofatlar (suv toshqinlari, vayron qiluvchi zilzilalar, yong‘inlar va h.) holatida oddiy tarif undiriladi. 99. O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqadigan barcha xalqaro telefon bog‘lanishlar O‘zbekiston Respublikasida to‘lanadi, chaqirilayotgan shaxs hisobidan to‘lanadigan xalqaro telefon aloqasi xizmatlari bundan mustasno. Chaqirilayotgan shaxs hisobidan telefon bog‘lanishga buyurtma qilinganda chaqirayotgan shaxsdan faqat qo‘shimcha xizmat uchun to‘lov undiriladi. 100. Avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘yicha taqdim etilgan mahalliy (xizmatlar uchun vaqtbay to‘lov tizimi), shaharlararo yoki xalqaro telefon bog‘lanishda abonentga hisobni taqdim etish uchun magnit tashuvchi (magnit tasmalar, disklar)ga yozilgan qiymatni hisoblash apparaturasining ma’lumotlari, telefonchi yordamida shaharlararo yoki xalqaro telefon bog‘lanish taqdim etilganda — telefonchi tomonidan buyurtma blankiga kiritilgan yoki avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimining, shuningdek elektron kommutatorlarning magnit tashuvchilari (magnit tasmalar, disklar)ga yozilgan ma’lumotlar asos bo‘lib hisoblanadi. 101. Telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash shakli va tartibi Shartnomada belgilanadi. Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun hisob-kitoblarni bu xizmatlarni ko‘rsatgan telekommunikatsiya operatori yoki Shartnoma asosida ular tomonidan vakolatlangan shaxs olib boradi. Telefon aloqasi xizmatlari uchun barcha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi. Telefon aloqasi xizmatlari uchun haq to‘lash vositasi sifatida plastik kartochkalardan, shu jumladan oldindan to‘langan telefon kartochkalari, kredit kartochkalari va boshqalar, shuningdek elektron to‘lov vositalaridan foydalanish mumkin. Telefon aloqasi xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish to‘lovlarni qabul qilishga vakolatlangan telekommunikatsiya operatori, pochta aloqasi bo‘limlari, banklar, elektron to‘lov tizimlari tomonidan amalga oshiriladi. 102. Telefon aloqasi xizmatlari uchun abonentga — yuridik shaxsga quyidagilardan iborat hisob taqdim etiladi: a) telekommunikatsiya operatorining nomi, bank rekvizitlari va bog‘lanish uchun telefon; b) hisob-kitob davri; v) abonentning shaxsiy hisob raqami; g) shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga, shuningdek yuridik shaxslarga ularning talabiga ko‘ra qo‘shimcha to‘lovlarni undirmasdan hisob taqdim etilganda shahar kodi, telefon bog‘lanish sanasi va uning davomiyligi; d) telefon bog‘lanishlarning umumiy davomiyligini ko‘rsatgan holda hisob-kitob davrida o‘tkazilgan telefon bog‘lanishlarning umumiy soni (mahalliy telefon aloqasi xizmatlari uchun vaqtbay to‘lov tizimidan foydalanilgan holda hisob taqdim etilganda); e) har bir xizmat turi uchun to‘lashga taqdim etiladigan summa; j) to‘lash uchun taqdim etiladigan umumiy summa; z) shaxsiy hisob raqamidagi qoldiq summa; i) hisob taqdim etilgan sana; k) hisobni to‘lash muddati; l) agar abonent belgilangan muddatda hisobni to‘lamaganda, telekommunikatsiya operatori ko‘rsatilgan hisob-kitob muddati tugaganidan keyin abonent qurilmasini o‘chirish yo‘li bilan abonentning telefon aloqa tarmog‘idan foydalanishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. Abonent — jismoniy shaxsga uning talabiga asosan hisob-kitob qilingan xizmatlar va to‘lovlar to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi. 103. Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun to‘lov naqd pul va naqd bo‘lmagan to‘lovlar orqali amalga oshiriladi. Telefon aloqa xizmatlari uchun to‘lov quyidagicha amalga oshiriladi: xizmatlar ko‘rsatilganidan keyin; oldindan to‘lov to‘lash bilan; shartnomada belgilangan yoki hisobda ko‘rsatilgan hisob-kitob davri muddatiga kechiktirilgan to‘lov to‘lash yo‘li bilan. 104. Telekommunikatsiya operatori telefon aloqasi xizmatlari uchun hisob-kitob davrini mustaqil ravishda belgilaydi, bunda hisob-kitob muddati bir oydan oshmasligi kerak. 105. Mahalliy telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun abonent to‘lovi Shartnomaga muvofiq kiritiladi. 106. To‘lov xizmatlar ko‘rsatish vaqtida amal qiladigan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tariflarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi axborot e’lon qilingan paytdan boshlab, yangi tariflar kiritiladigan davr uchun abonent to‘lovi o‘zgartirilgan tariflarga muvofiq kiritiladi. Abonent o‘z xohishiga ko‘ra telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanish uchun 12 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga, tarif o‘zgarganda abonent to‘lovi summasini qayta hisoblamasdan oldindan to‘lashi mumkin. Bunda, agar abonent, abonent to‘lovidan tashqari, boshqa shahar telefon aloqasi xizmatlaridan foydalansa yoki bir oy mobaynida abonent to‘loviga kiritilgan so‘zlashish vaqtining limitini sarflagan bo‘lsa, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov abonentning oldindan to‘lagan to‘lovi hisobidan amalga oshiriladi. 107. Oylik telefon aloqasi xizmatlarini hisob-kitob qilish hisob-kitob (joriy) oyining birinchi sanalarida amalga oshiriladi. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini hisoblash, mahalliy so‘zlashuvlarni vaqtbay hisobga olish va boshqa bir martalik to‘lovlar (masalan, pulli ma’lumotnoma xizmati va h.k.) xizmat ko‘rsatishni tugatish va kommunikatsiya uskunasi orqali ma’lumotlarni qayta ishlash fakti bo‘yicha amalga oshiriladi. Oldindan hisob-kitob tizimida har oylik xizmatlar bo‘yicha hisoblash faqat abonentning shaxsiy hisobvarag‘ida telekommunikatsiya operatorining tarif rejasi bilan belgilangan yetarlicha mablag‘lar bo‘lganda amalga oshiriladi. Abonentning shaxsiy hisobvarag‘ida yetarlicha mablag‘lar bo‘lmaganda, telekommunikatsiya operatori abonentni mazkur Qoidalarning 66-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisida berilgan usullardan biri orqali ogohlantirib, abonentning telekommunikatsiya operatorining tarmog‘idan foydalanishini vaqtincha to‘xtatib turish huquqiga ega. Hisob-kitob tugagach, abonentlarg
123
63,324
Qonunchilik
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan depozitariylarda ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”g
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 30-martdagi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan depozitariylarda ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2012/17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2355, 2012-yil 26-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 199-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror nomi va 1-bandidagi “depozitariylarda” degan so‘z “o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) nomidagi “depozitariylarda” degan so‘z “o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga muvofiq, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (bundan keyingi o‘rinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni (bundan keyingi o‘rinlarda bitimlar to‘g‘risidagi axborot deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga (bundan keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi.”; v) 1-banddagi “depozitariylar” degan so‘z “investitsiya vositachilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 5-banddagi “depozitariylar” degan so‘z “investitsiya vositachilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Investitsiya vositachisi tomonidan Markaziy depozitariyga taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, ushbu investitsiya vositachisi bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida:”; e) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “depozitariydan” degan so‘z “investitsiya vositachisidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; j) quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin: “91. Markaziy depozitariy tomonidan ro‘yxatga olingan Qo‘mitaga taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, Markaziy depozitariy bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida: bu haqda Qo‘mita va vakolatli organni xabardor qilishi; bitimlar to‘g‘risida taqdim etilgan axborotni tuzatishga doir choralar ko‘rishi; bitimlar to‘g‘risidagi tuzatilgan axborotni belgilangan tartibda Qo‘mitaga taqdim etishi lozim.”; z) 13-banddagi “Depozitariylar” degan so‘z “Investitsiya vositachilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan kelishilgan.
250
3,486
Qonunchilik
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekistonda yetishtiriladigan, noyob iste’molbop xususiyatlarga ega sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari bilan xorijiy hamkorlarni keng ko‘lamda tanishtirish, zamonaviy bozor mexanizmlari vositasida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlovchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida uzoq muddatli barqaror kooperatsion aloqalar o‘rnatish va shuning asosida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmini oshirish hamda eksportga yetkazib beriladigan turlarini kengaytirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Fermyerlar kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zvinosanoat-xolding” XK hamda boshqa xo‘jalik birlashmalari va fermer xo‘jaliklarining: 2016-yil 12-iyuldan 14-iyulgacha Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi” AJning ko‘rgazma maydonlarida navbatdan tashqari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o‘tkazish to‘g‘risidagi; 2016-yildan boshlab har yili oktyabr oyida tizimli va muntazam asosda xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazilishini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin. Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini har yili tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda Tashkiliy qo‘mita tuzilsin. 2. Quyidagilar Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining asosiy vazifalari etib belgilansin: yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishning zamonaviy xalqaro talablari va standartlariga mos keladigan samarali, shaffof bozor mexanizmini shakllantirish; O‘zbekistonda ekologik sof, iste’molbop xususiyatlari bo‘yicha tengi yo‘q sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishning g‘oyat katta imkoniyatlari, shuningdek, ularning sanoat asosida qayta ishlangan tayyor sifatli mahsulotlari to‘g‘risida chet ellardagi qayta ishlovchi va savdo kompaniyalarini keng xabardor qilish; hamkor sheriklarni izlash va ular o‘rtasida meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish shartnomalarini tuzishda qulay shart-sharoitlar yaratish va bu borada har tomonlama ko‘maklashish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlash korxonalari hamda chet ellardagi import qiluvchi kompaniyalar, dunyoga mashhur marketing tuzilmalari o‘rtasida barqaror, uzoq muddatli kooperatsion aloqalar tizimini shakllantirish; jahon meva-sabzavot mahsulotlari bozorining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini chuqur tahlil etish, mamlakatimizning mahsulot yetishtiruvchilari va qayta ishlovchi korxonalarini tashqi bozorlarda doimiy xaridorgir bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, navbatdagi yil va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan buyurtmalar portfelini shakllantirishga yo‘naltirish maqsadida ularni keng ko‘lamda xabardor qilish. 3. Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi tarkibida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 15 kishidan iborat bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi 2-ilovaga muvofiq tashkil qilinsin. “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi” MChJ zimmasiga quyidagilar yuklansin: Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yarmarka savdolari qatnashchilariga yarmarka shartnomalari tuzish, moliyaviy xizmat ko‘rsatish va ularni hisobga olish bo‘yicha kompleks xizmatlarni taklif etish; shartnomalar va eksport kontraktlarini tuzish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi meva-sabzavot savdo maydonchasini tashkil etish; meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozor konyunkturasini o‘rgangan holda yarmarka savdolari qatnashchilariga zarur axborotlar taqdim etish; mamlakatimiz mahsulotlarini xorijiy bozorlarga chiqarish maqsadida reklama-axborot faoliyatiga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; xalqaro tajribani o‘rganish asosida elektron savdolar tizimidan foydalangan holda yarmarka savdosining zamonaviy metodlarini, shu jumladan fyuchers va forvard bitimlari tuzish, ishlab chiqish va joriy etish. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasini Toshkent shahar, Beruniy ko‘chasi, 41-uyda joylashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 4. Tashkiliy qo‘mita (Sh. Mirziyoyev) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda: shu yilning 20-iyuniga qadar navbatdan tashqari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlarni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniyalarni keng ko‘lamda jalb etish maqsadida Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining maqsad va vazifalarini, uning imkoniyatlari, yarmarka ishida qatnashish shartlari va mexanizmini chet ellarda yoritish bo‘yicha faol axborot-reklama faoliyati olib borilishini ta’minlasin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zekspomarkaz” MKK” AJda ko‘rgazma maydonlari yarmarka qatnashchilariga tasdiqlangan normativ baholarga nisbatan 50 foizli chegirmani hisobga olgan holda beriladi, ko‘rgazma stendlarini qurish va qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalarini berish va xizmatlar ko‘rsatish esa o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” XK buyurtmanomalariga ko‘ra, o‘tkaziladigan yarmarkaning chet ellik qatnashchilariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yarmarka o‘tkaziladigan, shuningdek, yarmarka qatnashchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibini saqlashni va yong‘in xavfsizligini to‘lov haqini undirmasdan ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zagroeksport” AJ Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oktyabr oyida o‘tkaziladigan jahon oziq-ovqat tadbirlarining har yilgi jadvaliga kiritish bilan bog‘liq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi doirasida tuzilgan shartnomalar va eksport kontraktlarining bajarilishi ustidan “onlayn” rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan monitoring tizimini yaratish bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin va joriy etsin. 10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o‘tkazishga oid tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamda yoritilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
109
7,437
Qonunchilik
EKSPORT-IMPORT YuKLARINI RASMIYLAShTIRIShDA BOJXONA ORGANLARIGA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 7-moddalari, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-sentabrdagi PF-3321-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-sonli “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 1-aprelda, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-aprelda 20-son bilan va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 3-aprelda 02/19-2-son bilan tasdiqlangan Eksport-import yuklarini rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 428, 1998-yil 8-aprel — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari qonun hujjatlari axborotnomasi, 1998-y. 4-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kundan o‘tgach kuchga kiradi.
153
1,670
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qa
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda) qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin: 1-bandning ikkinchi xatboshida “va Davlat bojxona qo‘mitasiga” so‘zlari “Davlat bojxona qo‘mitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-bandda “va Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
969
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi va 2021-yil 10-iyundagi 359-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 9-mh-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari o‘quvchilarining bilimini baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3117, 2019-yil 9-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/3117/2445-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida (bundan buyon matnda yuridik texnikum deb yuritiladi) ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: kredit — ta’lim olish natijalariga ko‘ra o‘quvchi tomonidan muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan o‘quv yuklamasining o‘lchov birligi; ta’lim moduli (bundan buyon matnda modul deb yuritiladi) — bu o‘zida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladigan, o‘quvchida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim dasturining tarkibiy elementi sifatida nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadigan alohida o‘quv fani (uning qismi yoki o‘zaro bir sohaga doir fanlar majmui); modullarning o‘quv dasturi (sillabus) (bundan buyon matnda o‘quv dasturi deb yuritiladi) — har bir o‘quv fanining mazmuni va o‘qitish tartibini, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat; GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi: K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori; U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan ball. Bunda, o‘quvchi faqat fan/modulni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda, ushbu fan/modul bo‘yicha kredit beriladi. 2. Yuridik texnikum o‘quvchilari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek modullarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 3. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: o‘quvchilarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini yoki kompetensiyalarini baholashning asosiy tamoyillari bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, xolislik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash; o‘quv materialining o‘quvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish hamda tahlil qilish; o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, fikrlarni yozma va og‘zaki, jumladan xorijiy tilda ravon bayon etish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; o‘quvchilarning o‘quv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash. 4. O‘quv dasturini o‘zlashtirish o‘quv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligi (kredit)ni qo‘llagan holda belgilanadi. Bir kredit tarkibi, har bir modul bo‘yicha kreditlar miqdori, shuningdek har bir kursni va umuman o‘qish davrini tamomlash uchun o‘quvchi tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy miqdori Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda TDYU deb yuritiladi) Kengashi tomonidan belgilanadi. 5. O‘quvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirgan (GPA ko‘rsatkichini to‘play olgan) taqdirda, u tegishli modul bo‘yicha kreditlarning zarur miqdorini to‘plagan deb hisoblanadi. 6. Kafedra mudiri har bir modul bo‘yicha alohida modul rahbarini, ya’ni modulni o‘qitishning sifati, o‘quv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, o‘quvchilar bilimining belgilangan mezonlar asosida baholanishini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan pedagog xodimni belgilaydi. 7. O‘quvchilar o‘quv yilining birinchi haftasi mobaynida yuridik texnikumning fakultet dekani tomonidan mazkur Nizom talablari bilan to‘liq tanishtirilishi shart. 8. Yuridik texnikum tomonidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash boshqa mahalliy yoki xorijiy o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida hamda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 9. Kasalligi yoki boshqa hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (yo‘l-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzilishi, farzand tug‘ilishi) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarida (bundan buyon matnda nazorat turi deb yuritiladi) belgilangan muddatda ishtirok etmagan o‘quvchiga fakultet dekani tomonidan ushbu holatlarga aniqlik kiritgan holda va asoslantiruvchi hujjatlar mavjud bo‘lganda yuridik texnikum direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (bundan buyon matnda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan jadval asosida nazorat turlari qayta o‘tkaziladi. 10. Nazorat turini o‘tish reyting ballini ko‘tarish maqsadida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 11. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun yuridik texnikumda oraliq va yakuniy nazorat yoki faqat yakuniy nazorat o‘tkaziladi. 12. Modulning nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda tegishli nazorat turi uchun maksimal va saralash ballari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quv dasturida belgilanadi. O‘quv dasturi ta’lim jarayonini boshqarishning axborot tizimiga (bundan buyon matnda elektron ta’lim platformasi deb yuritiladi) o‘quv semestri boshlanishidan oldin kiritiladi. Nazorat turlarini o‘tkazish jadvallari har semestrning ikkinchi haftasidan kechiktirmay O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi va direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat turlarini o‘tkazish jadvallari tasdiqlangandan so‘ng bir ish kuni ichida fakultet dekani tomonidan elektron ta’lim platformasiga joylashtirilishi hamda o‘quvchilar e’tiboriga yetkazilishi ta’minlanadi. 13. Oraliq nazorat semestr davomida modul o‘quv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugaganidan keyin o‘quvchining o‘zlashtirgan bilim va amaliy ko‘nikmasi darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. 14. Yakuniy nazorat muayyan modul bo‘yicha o‘quvchining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasini, ularda modullar bo‘yicha egallashi zarur bo‘lgan kompetensiyalar shakllanganligini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. 15. Nazorat turlari o‘quvchining o‘quv adabiyotlari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (case-study), mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan. 16. Nazorat turlari bo‘yicha savollar va topshiriqlar modul rahbari hamda dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog xodim tomonidan birgalikda ishlab chiqiladi. Kafedra mudiri nazorat turlari bo‘yicha savollarning sifatli tayyorlanishi va har semestrning birinchi haftasida fakultet dekaniga taqdim qilinishini ta’minlaydi. 17. Fakultet dekani nazorat turlari bo‘yicha savollarni qabul qilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida uning o‘quv dasturida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirgan holda O‘quv-metodik bo‘limga taqdim qiladi. 18. Nazorat turlari bo‘yicha savollar, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (case-study) o‘z ichiga oladi. Savollar: o‘quvchilarning o‘tgan o‘quv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga ko‘ra yangilanishi; o‘quvchilarning o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan bilimlarini ifoda etishi; muammoli vaziyatlar bo‘yicha munozaraga kirishishga qaratilgan bo‘lishi; aniq, normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rsatmalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi; mazmuni o‘quv dasturiga muvofiq bo‘lishi; o‘z ichiga o‘quv dasturining tegishli bo‘limlarini to‘liq qamrab oluvchi ma’lumotlarni mujassam qilgan bo‘lishi; huquqiy manbalar asosida o‘z nuqtai nazarini asoslash va protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi; o‘quvchilarning modulni o‘zlashtirish darajasini, tahlil qilish ko‘nikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. 19. Agar TDYU Kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat turlari o‘quv rejada belgilangan har bir modul bo‘yicha, uning xususiyatidan kelib chiqqan holda, semestrda kamida bir marotaba, auditoriyada yozma shaklda, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi nazorati ostida o‘tkaziladi. 20. Nazorat turlari, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida o‘tkaziladi. Tegishli nazorat turining boshlanish va tugash vaqti auditoriya kuzatuvchisi tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur. 21. Nazorat turlarida ishtirok etadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tarkibi har bir nazorat turi o‘tkazilishidan uch ish kuni oldin fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlar orasidan yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Fakultet dekani auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning ro‘yxatini tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kuni ichida yuridik texnikum tarkibiy tuzilmalari e’tiboriga yetkazadi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi. 22. Nazorat turlarini olib borish jarayoni videoyozuvda qayd qilinadi. 23. O‘quvchilar nazorat turlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga faqat o‘quvchilik guvohnomasi yoki biometrik pasportini (identifikatsiya ID-kartasini) ko‘rsatgan holda kiritiladi. 24. Nazorat turlarini o‘tkazish vaqti boshlangandan so‘ng kelgan o‘quvchilar tegishli nazoratda ishtirok etishga qo‘yilmaydi. Nazorat turlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning auditoriyadan chiqishi, bir-biri bilan gaplashishi, o‘zga o‘quvchining ishini ko‘chirishi, o‘zi bilan darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar va boshqa adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, elektron va qog‘oz shakldagi shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (shu jumladan uyali aloqa vositasi), audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari hamda boshqa axborot-kommunikatsiya vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaxsiy buyumlar auditoriyadagi alohida stolga qo‘yilishi kerak. Modulning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli modul bo‘yicha mas’ul pedagog tomonidan nazorat turini o‘tkazishda kalkulyatordan foydalanishga nisbatan istisnolar belgilanishi mumkin. Nazorat turlari bo‘yicha belgilangan vaqt tugagach o‘quvchi auditoriyani darhol tark etishi lozim. Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan talablarni buzgan o‘quvchilar nazorat turidan chetlashtiriladi va dalolatnoma tuziladi hamda o‘quvchilarning nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting balli qo‘yiladi. 25. Nazorat o‘tkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning (yuridik texnikum direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i va fakultet dekani bundan mustasno) kirishi qat’iyan taqiqlanadi. 26. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini o‘tkazishda quyidagi huquqlarga ega: nazorat turlari boshlanganidan keyin o‘quvchilarni auditoriyaga kiritmaslik; nazorat turlari o‘tkazilayotgan vaqtda o‘quvchilarning o‘rnini almashtirish. 27. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini o‘tkazishda quyidagilarga majbur: o‘quvchilarni nazorat turlari boshlanishidan avval uni o‘tkazish tartibi va davom etish vaqti haqida xabardor qilish; o‘quvchilarga nazorat turlari boshlanishidan oldin foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni kuzatuvchilarga topshirishlari zarurligini tushuntirish; o‘quvchilarni auditoriyada bir-birlaridan ko‘chirishlari uchun imkon bo‘lmaydigan holda joylashtirish; nazorat turlari o‘tkazilayotgan vaqt davomida o‘quvchilar tomonidan tartibga rioya qilinishini ta’minlash; nazorat turlarini o‘tkazishda mazkur Nizomda belgilangan qoidalarni buzgan o‘quvchilarni dalolatnoma tuzgan holda nazorat turidan chetlashtirish. 28. I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz o‘quvchilar mazkur Nizomda nazarda tutilgan nazorat turlarini yozma shaklda bajarish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, u nazorat turi boshlanishidan kamida ikki hafta oldin direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga murojaat qiladi. Bunda, mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan o‘quvchi tegishli nazorat turini og‘zaki imtihon shaklida yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan tuziladigan yuridik texnikumning 5 nafar pedagog xodimlari tarkibidan iborat komissiyaga topshiradi. Komissiya tarkibi har o‘quv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Komissiya tomonidan qo‘yilgan ball bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 29. Nazorat turlarini o‘tkazish davomida o‘quvchilarning savollar mazmuni bilan bog‘liq e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi. 30. Nazorat turlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng, o‘quvchi o‘z nazorat ishini auditoriya kuzatuvchisiga topshiradi. Nazorat ishlari soni auditoriya kuzatuvchisi tomonidan qayta sanaladi, nazorat ishi varaqlari uning imzosi bilan tasdiqlanadi va nazoratda qatnashgan o‘quvchilar ro‘yxati hamda auditoriyadan chetlashtirish to‘g‘risidagi dalolatnomalar (agar mavjud bo‘lsa) bilan birgalikda O‘quv-metodik bo‘limga topshiriladi. 31. Nazorat turlari bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan yozilgan nazorat ishlarining xolisligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida uning belgilangan qismiga O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i tomonidan tegishli belgi va raqamlar yoki elektron ta’lim platformasi tomonidan avtomatik ravishda identifikatsiya kodlari berish yo‘li bilan shifrlanadi. 32. O‘quv-metodik bo‘lim pedagoglarning yillik shaxsiy ish rejasida belgilangan o‘quv yuklamasidan kelib chiqib, modullar bo‘yicha shifrlangan nazorat ishlarini tekshirish uchun taqsimlaydi. Nazorat ishlarini tekshirish muddatlari O‘quv-metodik bo‘lim tavsiyasi asosida direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan belgilanadi. 33. Nazorat ishlarini tekshirish pedagog xodimlar tomonidan yuridik texnikum binosining ichki qismida, maxsus ajratilgan xonada amalga oshiriladi. Nazorat ishini maxsus ajratilgan xona tashqarisiga olib chiqish taqiqlanadi. Maxsus ajratilgan xona ichkarisiga yuridik texnikum direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i, fakultet dekani va tekshiruvchi pedagog xodimlardan tashqari boshqa shaxslarning kirishi man etiladi. Pedagog xodim tomonidan nazorat ishlari baholash mezonlari asosida tekshiriladi va nazorat ishining birinchi varag‘i ustiga ball qo‘yiladi. Ball aniq ifodalangan shaklda pedagog xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda qo‘yilishi kerak. Pedagog xodim tomonidan har bir tekshirilgan nazorat ishiga taqriz beriladi hamda unda ish mazmunining ijobiy jihatlari va yo‘l qo‘yilgan xatoliklar aks ettirilishi lozim. Shifrlangan nazorat ishini baholashning xolisligi va shaffofligiga ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan so‘zning ustiga yoki tagiga chizish yoxud atrofini chizib qo‘yish, ishda tekshiruvchi shaxs nomiga murojaatning mavjud bo‘lishi, matnning turli qismlariga (shu jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qo‘yish, ish matnida o‘quvchining familiyasi, ismi, otasining ismini ko‘rsatish holatlari mavjud bo‘lganda, nazorat ishi uchun nol reyting ball qo‘yiladi. 34. O‘quvchi tomonidan nazorat ishini bajarishda akademik halollik talablarining buzilishiga, jumladan mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat)ga yo‘l qo‘yilmaydi. Nazorat ishida qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda nashr qilingan o‘zga matndan olingan manbaga hech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaga havola qilingan bo‘lsada, lekin o‘zlashtirishlarning hajmi va xarakteri o‘quvchining nazorat ishini yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘zlashtirilgan bo‘lsa, plagiat deb topiladi. Plagiat ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: o‘zga matnni so‘zma-so‘z bayon qilish; parafraza — o‘zlashtirilgan o‘zga matnning mazmunini o‘zgartirmasdan so‘z va iboralarni almashtirib bayon qilish. Nazorat ishi matnidagi o‘zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Nazorat ishini tekshirishda mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘xshash bo‘lishi ushbu barcha o‘xshash nazorat ishlariga, shu jumladan baholangan o‘xshash nazorat ishiga (ishlariga) ham nol reyting ball qo‘yishga asos bo‘ladi. 35. Nazorat ishlarini tekshirish natijalari bo‘yicha tegishli ballar ishni tekshirgan pedagog xodim tomonidan darhol elektron ta’lim platformasiga kiritiladi va nazorat ishlari O‘quv-metodik bo‘limga topshiriladi. 36. O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan nazorat ishlari natijalari asosida reyting qaydnomasi yoki elektron ta’lim platformasida o‘quvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda jamlovchi elektron reyting qaydnomasi shakllantiriladi. Reyting qaydnomasiga tegishli ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilishi uchun elektron ta’lim platformasiga nazorat ishlarini tekshirish va ballarni kiritishga mas’ul bo‘lgan pedagog xodim javobgar bo‘ladi. Jamlovchi reyting qaydnomasida tegishli ma’lumotlarning to‘g‘ri aks ettirilishi uchun O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i javobgar bo‘ladi. 37. Nazorat ishlarini baholashning xolisligini o‘rganish maqsadida TDYU tomonidan nazorat ishlari tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishi mumkin. Bunda, TDYU rektori buyrug‘i bilan TDYU professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi va ular baholash mezonlari asosida o‘quvchilarga qo‘yilgan reyting ballarining xolisligini aniqlaydi. Bunda, nazorat ishlari TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda qayta tekshiriladi yoki TDYUning so‘rov xatiga asosan TDYUga qayta tekshirish uchun yuborilishi mumkin. Tanlangan nazorat ishlarini qayta tekshirish natijasida ularga qo‘yilgan ballar o‘zgartirilgan taqdirda qolgan barcha nazorat ishlari qaytadan tekshirib chiqilishi shart. 38. O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i nazorat turlari natijalari bo‘yicha reyting qaydnomalarini ko‘rib chiqib, ballarning haqqoniyligiga shubha uyg‘otuvchi holatlarni (aksariyat ballar maksimal yoki minimal ballar bilan baholangan) aniqlasa, bu haqda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarini darhol xabardor qilishi lozim. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari yuridik texnikum direktori buyrug‘i asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan nazorat ishlarini qayta tekshirtirish huquqiga ega. Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida kelishuv asosida boshqa ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari yoki amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaxsi oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspertlarning asosiy vazifasi nazorat ishlarini mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qo‘yilgan ballarning nazorat ishiga muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi. Qayta tekshirish natijalariga ko‘ra, ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan imzolangan xulosa tegishli ballarni o‘zgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa O‘quv-metodik bo‘limga jamlovchi qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi. Ekspertlar guruhining xulosasi rasmiylashtirilgunga qadar nazorat ishlari natijalari yakuniy emas deb hisoblanadi va o‘quvchilarga e’lon qilinishi mumkin emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maxfiyligi uchun O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i javobgar hisoblanadi. 39. O‘quvchilar nazorat turlari bo‘yicha olgan ballarini elektron ta’lim platformasi orqali kuzatib boradi. 40. Nazorat turlari bo‘yicha qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan o‘quvchilar natijalar e’lon qilingandan boshlab 72 soat davomida fakultet dekani nomiga apellatsiya berishlari mumkin. Apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun fakultet dekani bildirgisiga asosan direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan yuridik texnikumning nazorat ishlarini tekshirish va baholashda ishtirok etmagan pedagog xodimlari tarkibidan kamida beshta a’zodan iborat apellatsiya komissiyasi tuziladi. Nazorat turlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya apellatsiya komissiyasi tomonidan barcha modullar bo‘yicha nazorat turlari natijalari e’lon qilingandan boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Apellatsiya komissiyalari a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyalarining qarori oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va unda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. O‘quvchining apellatsiyasi apellatsiya komissiyalarida oraliq va yakuniy nazorat turi bo‘yicha ballar qo‘ygan pedagog xodimning hamda apellatsiya bergan o‘quvchining ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Apellatsiyani ko‘rib chiqishda apellatsiya komissiyalari nazorat ishlarini har tomonlama o‘rganadi. O‘quvchining apellatsiyasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha apellatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: e’tiroz asossiz bo‘lsa, apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish va qo‘yilgan ballarni o‘zgarishsiz qoldirish; e’tiroz asosli bo‘lsa, qo‘yilgan ballarni o‘zgartirish bo‘yicha yuridik texnikum direktoriga taklif kiritish. O‘quvchining apellatsiyasini ko‘rishda uning ilgari olgan reyting ballini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 41. Tekshirilgan nazorat ishlari O‘quv-metodik bo‘limda (elektron ta’lim platformasida) uch yil mobaynida saqlanadi. Nazorat ishlari hujjatlar yig‘majildlariga kiritilmaydi va alohida saqlanishi talab etiladigan hujjat hisoblanmaydi. Nazorat ishlari uch yillik muddat o‘tganidan so‘ng yo‘q qilinadi (elektron tizimdan o‘chirib tashlanadi). 42. O‘quvchining har bir modul bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash Yevropa kredit transfer tizimiga (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. 43. O‘quvchining har bir modul bo‘yicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalari, shuningdek o‘quv semestri mobaynidagi har bir modul bo‘yicha o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi. 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: oraliq nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning — 40 foiz (40 ball)gacha; yakuniy nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning — 60 foiz (60 ball)gacha, oraliq nazorati belgilanmagan taqdirda 100 foiz (100 ball)gacha ajratiladi. TDYU Kengashi tomonidan nazorat turlari bo‘yicha ballar miqdori o‘zgartirilishi mumkin. 44. O‘quvchining modul bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash quyidagi namunaviy mezonlar asosida amalga oshiriladi: a) “A”, “A-” a’lo baho (86 — 100 %) olish uchun o‘quvchi: o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi; terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri ifodalashi; muammoli savollarni aniqlashi, o‘z huquqiy pozitsiyasini asoslab bera olishi; modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida masalalarni yechishda samarali qo‘llay olishi; nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil ravishda hal qila olish qobiliyatini ko‘rsata olishi; amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi; modul o‘quv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishi; o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglash, ularni qo‘llay olishi; seminar, amaliy mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi lozim; b) “V+”, “V”, “V-” yaxshi baho (71 — 85 %) olish uchun o‘quvchi: o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi; terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri ifodalashi; o‘z fikrini isbotlashda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi; modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi; standart vaziyatlarda muammolarni o‘quv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi; amaliy mashg‘ulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bunda bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmasligi; modul o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi; o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularni qo‘llay olishi; butun modulni o‘zlashtirish davomida seminar, amaliy mashg‘ulotlarida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi lozim; v) “S+”, “S”, “S-” qoniqarli baho (55 — 70 %) olish uchun o‘quvchi: davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega bo‘lishi; terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi; javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi; modulning umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi; pedagog xodim rahbarligida standart vaziyatlarni hal eta olishi; o‘qilayotgan modul bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi; seminar, amaliy mashg‘ulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi lozim; g) o‘quvchining bilim darajasi “D” qoniqarsiz baho bilan (50 — 55 % gacha) baholanadi, agar: davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa; terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa; seminar, amaliy mashg‘ulotlarda passiv qatnashgan bo‘lsa; d) o‘quvchi o‘zlashtirishi quyidagi hollarda bilim darajasi “F” (0 — 49 % gacha) baholanadi, agar: tegishli modul bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lmasa; amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa. Modul xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir modul bo‘yicha baholash mezonlari tegishli o‘quv dasturida aks etadi. 45. Modullar bo‘yicha semestr uchun o‘quvchi reytingi quyidagicha aniqlanadi: bunda: Rf — o‘quvchining reytingi; V — semestrda modul uchun ajratilgan umumiy yuklama (soatlarda); OI — modul bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda). 46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 47. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.
207
29,178
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN BIRJADAN TAShQARI BITIMLARNING HISOB REGISTRI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 6-son, 51-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risida”gi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri to‘g‘risida”gi nizomning 40-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Aksiyalarning davlat paketlarini ishonchli boshqarishga bitim (shartnoma) Davlat mulki qo‘mitasi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchli boshqarish huquqini olgan shaxs o‘rtasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan holda tuziladi”. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
119
1,523
Qonunchilik
Maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanadi
Prezidentning 30.04.2021 yildagi “Maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarori qabul qilindi. U bilan quyidagilar tasdiqlandi: Shuningdek, MIZ va KSZ hamda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining tashqi infratuzilmasini qurish va ta’mirlash buyurtmachilari belgilandi. Moliya vazirligi markaziy apparatida uning boshqaruv хodimlari cheklangan soni doirasida maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yirik хorijiy va mahalliy investitsiya loyihalarining infratuzilmasini moliyalashtirish boʻlimi tashkil etiladi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 1 sentyabrga qadar 2022 yilda maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 150 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlarning хalqaro moliya institutlari hisobidan jalb etilishini ta’minlash topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.05.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
99
1,280
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 13-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 13-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6240-sonli Farmoni tasdiqlansin. 2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
169
723
Qonunchilik
Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining 2013-yil 24-oktabrdagi 19-son qarori (ro‘yxat raqami 2524, 2013-yil 15-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 46-son, 613-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 41, 43, 56, 92-bandlardagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
154
1,337
Qonunchilik
“TOShGUZAR—BOYSUN—QUMQO‘RG‘ON” YaNGI TEMIR YO‘L LINIYASI QURILIShINI JADALLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mamlakat transport kommunikatsiyalarini, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tabiiy yer osti boyliklari konlarini o‘zlashtirish loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirish, shuningdek respublika janubiy mintaqalarining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Toshguzar—Boysun—Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘l liniyasining ayrim uchastkalarini: “Toshguzar—Dehqonobod” va “Boysun—Qumqo‘rg‘on” uchastkalari bo‘yicha 2003—2005-yillarda davlat budjeti mablag‘lari (20%) hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari (80%) hisobiga; “Dehqonobod—Boysun” uchastkasi bo‘yicha 2004—2007-yillarda jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar mablag‘lari hisobiga bosqichma-bosqich foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi “Dehqonobod—Boysun” uchastkasi qurilishini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash uchun Yaponiyaning tegishli Hukumat muassasalari bilan imtiyozli uzoq muddatli yenlardagi kreditlarni jalb etish masalasi ishlab chiqilishini ta’minlasinlar. 4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, bosh loyihalovchilar (“Boshtransloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “Toshtemiryo‘lloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati), Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari yangi temir yo‘l liniyasining tog‘dagi “Dehqonobod—Boysun” uchastkasi to‘liq ishga tushirilgunga qadar “Toshguzar—Dehqonobod” va “Boysun—Qumqo‘rg‘on” uchastkasidan cheklangan, yopiq siklda foydalanishni ta’minlovchi barcha zarur loyihalash ishlari va qurilish yechimlarini nazarda tutsinlar, bunda ushbu mintaqalarning tabiiy-xomashyo resurslaridan foydalanish uchun transport borishini ta’minlashni ko‘zda tutsinlar. 5. “Toshguzar—Boysun—Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun Qurilishning borishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, yangi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish va qurishga subpudratchi tashkilotlarni jalb qilish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va uskunalar xarid qilish “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan tender savdolari asosida amalga oshiriladi, tender savdolari natijalari keyinchalik Respublika komissiyasi bilan kelishilgandan keyin tasdiqlanadi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bosh pudratchi tashkilotlar bilan birgalikda Toshguzar—Boysun—Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi uchun subpudrat tashkilotlarni, uskunalar va materiallar yetkazib beruvchilarni tanlab olish bo‘yicha tanlov savdolari (tendyerlar)ning sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin. 7. Yangi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish va qurish ishlarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga bir paytda olib borishga ruxsat etilsin. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “Toshguzar—Dehqonobod”, Dehqonobod—Boysun” va “Boysun—Qumqo‘rg‘on” uchastkalari bo‘yicha asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazsin, tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritsin. Belgilansinki, budjet mablag‘lari hisobiga kapital mablag‘larni moliyalashtirishni boshlash loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishning belgilangan hajmlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yangi temir yo‘l liniyasi uchastkalarini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish uchun 2003—2007-yillar investitsiya dasturlarida davlat budjeti, kompaniyaning o‘z mablag‘lari hamda 2-ilovaga* muvofiq jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga zarur kapital mablag‘larni nazarda tutsinlar. 9. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq buyurtmachi mablag‘lari hisobiga bosh pudratchilar huquqi bilan belgilangan muddatlarda aloqa liniyalari va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari ko‘chirilishini va qayta qurilishini ta’minlasinlar. 10. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, istisno tariqasida, qurilish davrida yangi temir yo‘l liniyasi qurilishida foydalaniladigan olib kelinayotgan uskunalar va materiallar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalari muddati “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni bilan kelishilgan jadvalga muvofiq kechiktirilsin. 11. Mintaqaning murakkab tabiiy sharoitlarini va ishlarning ko‘chma xarakterini hisobga olgan holda “Toshguzar—Boysun—Qumqo‘rg‘on” temir yo‘l liniyasi qurilishida bevosita band bo‘lgan xodimlarning barcha toifalari ish haqiga Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 1,4 hamda Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1,3 koeffitsiyenti belgilansin. 12. “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tasdiqlangan limitlar doirasida va asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha qurilish qatnashchilarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan muntazam ravishda uzluksiz ta’minlasin. 13. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari: o‘z vaqtida yer ajratilishini va qurilish trassasidagi imoratlar buzilishini ta’minlasinlar; pudratchi tashkilotlarni jalb qilgan holda zarur qurilish ishlarini tashkil etsinlar, qurilish-montaj ishlari hajmlari bajarilishini nazoratga olsinlar hamda qo‘yilgan vazifalarni ko‘rsatilgan muddatlarda bajarish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar; qurilish qatnashchilari uchun amaldagi normalarga muvofiq zarur maishiy shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G‘uzor—Boysun—Qumqo‘rg‘on (Qizil Oktyabr)” yangi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish va qurish masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 17-avgustdagi 323-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
96
6,714
Qonunchilik
“Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
74
307
Qonunchilik
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 415–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3-modda.Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning maqsadi dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari; dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar; dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llanilish uchun tayyor dori vositalari; dorivor o‘simlik xomashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari; retsept — shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi; sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum; tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar; tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar; farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo‘lgan, klinik tadqiqot obyektlari bo‘lgan modda yoki moddalar aralashmasi; farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat; O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari; qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum. Davlat asosiy dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining dori vositalari hamda farmatsevtika faoliyati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; Asosiy dori vositalari ro‘yxatidagi dori vositalarining, shuningdek tibbiy buyumlarning davlat buyurtmasini shakllantiradi va ularning davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi; ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda imtiyozli berilishini ta’minlaydi; dori vositalari va tibbiy buyumlar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tasdiqlaydi; Davlat farmakopeyasini tasdiqlaydi va chop etadi; dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, sifati nazorat qilinishini, standartlashtirilishini va sertifikatlashtirilishini amalga oshiradi; tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini, shuningdek etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi; Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan e’lon qiladi; dori vositalari va tibbiy buyumlarning zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar mavjud bo‘lgan taqdirda ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini to‘xtatib turadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini to‘xtatib turishga olib keladigan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ishlab chiqarilishini va tayyorlanishini to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishini hamda tayyorlanishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi; farmakologik nazoratni amalga oshiradi; Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatini, Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; o‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diruvchi infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani yetkazib berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasini shakllantiradi; Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlaydi; Asosiy dori vositalari ro‘yxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; tegishli hududda davlat davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlashda ishtirok etadi; dori vositalari muomalasi va farmatsevtika faoliyati masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami bo‘lgan rasmiy nashrdir. Umumiy farmakopeya maqolasi dori vositalarining, tibbiy buyumlarning sifatiga, dorivor o‘simlik xomashyosiga, ularning sifatini nazorat qilish usullariga, dori vositalarining sifatini nazorat qilishda foydalaniladigan standart namunalarga, reaktivlarga, dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan joylash-o‘rash materiallariga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi. Farmakopeya maqolasi muayyan dori vositasining, tibbiy buyumning, dorivor o‘simlik xomashyosining, yordamchi moddaning sifatiga doir talablarni belgilaydi. Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish Farmakopeya qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Farmakopeya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ekspert organidir. Davlat farmakopeyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan besh yilda kamida bir marta chop etiladi. Davlat farmakopeyasining qayta nashrlari oralig‘idagi davrda Davlat farmakopeyasiga ilovalar chop etiladi. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik oldi tadqiqotlari farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini o‘rganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, biologik, mikrobiologik, farmakologik, toksikologik tadqiqotlarni hamda boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi. Tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari tibbiy buyumlarning xavfsizligini o‘rganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, texnik, biologik, mikrobiologik, toksikologik tadqiqotlarni va boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazish ularni ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda zarur moddiy-texnika bazasiga va tadqiqotning tegishli sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot muassasalarida, dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda, oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari xavfsizlik va samaradorlikni aniqlash maqsadida ularning farmakologik xossalarini, nojo‘ya ta’sirlari va boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri samarasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish uchun o‘tkaziladi. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari bitta davolash-profilaktika muassasasida yoki ko‘p markazli klinik tadqiqot tarzida yagona bayonnoma bo‘yicha bittadan ortiq davolash-profilaktika muassasasida o‘tkazilishi mumkin. Odamda farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlovchi klinik oldi tadqiqotlar natijalari; farmakologik vositaning yoki dori vositasining qo‘llanilishidan ehtimol tutilgan nojo‘ya ta’sir xavfi kutilayotgan ijobiy ta’sirdan ancha past bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishga etika ekspertizasining mazkur tadqiqotlarni o‘tkazish etika jihatidan asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosasisiz yo‘l qo‘yilmaydi. Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida bemorning ishtiroki uning yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Klinik tadqiqot rahbari bemorga ushbu tadqiqot usulining ahamiyati, tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart. Bemor tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli. Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bemor ishtirokida o‘tkazilgan taqdirda tadqiqot boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoxud boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak. Voyaga yetmagan bemorlar ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin, qoida tariqasida, voyaga yetgan bemorlarda klinik tadqiqot o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti boshlanishidan oldin tadqiqotni o‘tkazayotgan davolash-profilaktika muassasasi yoxud tadqiq etilayotgan farmakologik vositani yoki dori vositasini taqdim etgan yuridik shaxs bemorning hayotiga, sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligiga doir sug‘urta shartnomasini sug‘urtalovchi bilan tuzishi shart. Jamiyat uchun yoxud farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida ishtirok etayotgan bemorning hayoti, sog‘lig‘i uchun tahdid paydo bo‘lgan taqdirda klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqotni to‘xtatishi va bu haqda tadqiqotni davom ettirish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi kerak. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini moliyalashtirish tadqiq etilayotgan farmakologik vositalarni yoki dori vositalarini taqdim etgan yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan yoxud qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi va klinik tadqiqotlar o‘tkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Etika ekspertizasi farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishning etika jihatidan asoslanganligi to‘g‘risida xulosa berish maqsadida o‘tkaziladi. Etika ekspertizasi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Etika qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi, uning tarkibiga tibbiyot, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining, oliy ta’lim muassasalarining, ommaviy axborot vositalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari kiritiladi. Etika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ruxsat etiladi. Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak: dori vositalari; O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari; ilgari O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, lekin boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari; tibbiy buyumlar; tibbiy texnika. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritiladi. Tarkibida turli dori moddalari bo‘lgan dori vositalarini bir xildagi savdo nomi ostida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra amal qilish muddati besh yil bo‘lgan tegishli ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasining zarur hujjatlar ilova qilingan arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan oldin uch oy ichida berilishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgach dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani realizatsiya qilishga hamda tibbiyot amaliyotida qo‘llashga, agar ular ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishi davrida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi dori vositasining, tibbiy buyumning va tibbiy texnikaning xavfsizligiga, sifatiga hamda samaradorligiga taalluqli yangi ma’lumotlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilishi shart. Farmakologik nazorat dori vositasidan uning qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaga muvofiq foydalanilganda odamda kuzatiladigan, organizm uchun bexosdan va noxush ta’sir ko‘rsatadigan nojo‘ya reaksiyalarni aniqlashga, baholashga va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatdir. Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qo‘llovchi tashkilotlar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida aniqlangan nojo‘ya reaksiyalarga baho beradi, baholash jarayonida nojo‘ya reaksiyaning klinik ko‘rinishlari va dori vositasining qo‘llanilishi o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlari, shuningdek kutilayotgan foydaning dori vositalari qo‘llanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbati aniqlanadi. Kutilayotgan foydaning dori vositalari qo‘llanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbatining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi faktlar aniqlangan taqdirda ishlab chiqaruvchilar va ularning vakillari salbiy oqibatlarni bartaraf etishga, odamning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishining oldini olishga, bunday dori vositalarining qo‘llanilishidan muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishi shart. Dori vositasi qo‘llanilganda dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga doir belgilangan talablarga uning nomuvofiqligi to‘g‘risidagi dalillar aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday dori vositasini muomaladan chiqarish yoki uning qo‘llanilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga: Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida; Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatida; Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatida; Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatida; Asosiy dori vositalari ro‘yxatida; O‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ro‘yxatida; Tibbiy buyumlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan axborot joylashtiriladi. Retseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda, dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda berilishi mumkin. Retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi va tibbiy buyumlar haqidagi axborot faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda beriladi. Dori vositalarining reklamasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari; dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish; dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish; dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish; dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish; dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash; dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish. Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya da’vogarining arizasiga ko‘ra besh yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Farmatsevtika faoliyatining quyidagi yo‘nalishlariga litsenziya olish talab qilinmaydi: tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish; dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari; dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish; dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikadan tibbiy maqsadlarda foydalanish belgilangan tartibda beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda amalga oshiriladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini o‘rganishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini (substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni o‘tkazishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini o‘rganishni, ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u to‘liq texnologik sikl bo‘yicha yoki uning alohida bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar va klinik tadqiqotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatlarga ega bo‘lishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tamg‘alash hamda joylash-o‘rash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dori vositalari ishlab chiqaruvchilar hamda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda saqlash qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga yoki faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi tashkilotlarga, tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish hamda ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni (oftalmologiya tibbiy buyumlaridan tashqari) chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar hamda ularning filiallari tomonidan amalga oshiriladi. Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi retseptlar bo‘yicha yoki tasdiqlangan Retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxatiga ko‘ra retseptsiz amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat beriladi. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi. Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma’danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarni realizatsiya qilishni ularning qo‘llanilishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin. Dorixona mudiri oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak. Dorixona filialining mudiri farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak. Dorixonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi. Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki o‘rta maxsus farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat oftalmologiya tibbiy buyumlarini tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak. Dori vositalari dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlashga ruxsat beriladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash hamda tashish ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi ta’minlanadigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish maqsadida saqlash, tashish taqiqlanadi. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda muomaladan chiqarilishi va yo‘q qilib tashlanishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yo‘q qilib tashlash ularning egalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini import qilish taqiqlanadi. Orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar importi, o‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda hamda ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika importi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni quyidagi hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular: mamlakatda bo‘lish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa; diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashab turgan oila a’zolarining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa. Xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlarining ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalarning ishtirokchilarini davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni olib kirish hamda olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
136
35,784
Qonunchilik
NHH loyihalari: хoʻjalik ishlari elektron shaklda
Xoʻjalik ishi, ya’ni ishda ishtirok etayotgan shaхslar va хoʻjalik sud ish yurituvining boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan hujjatlar, shuningdek ishni koʻrib chiqish vaqtida sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar hamda sudga oid va boshqa hujjatlar elektron shaklda ham shakllantirilishi mumkinligi koʻrsatildi. Bunda protsess ishtirokchilari sudga hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli. Elektron shakldagi sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) ERI bilan tasdiqlanishi kerak, sud majlislari va protsess harakatlari bayonnomalari esa sud majlisi raisi va kotibining ERI bilan tasdiqlanadi. Xoʻjalik ishini elektron shaklda boshqa хoʻjalik sudi yoki boshqa organga uzatish aхborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Elektron shaklda shakllantirilgan ishning qogʻozdagi nusхasi boʻlishiga ruхsat beriladi. Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
49
974
Qonunchilik
“Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga penya hisoblash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 34-35-son, 344-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 11-sentabrdagi 2007-54-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga penya hisoblash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1724, 2007-yil 9-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 41-42-son, 422-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 ( I )-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF–4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 344-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:”. 2. Nizomda: a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya hisoblash va undirish tartibini belgilaydi hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalariga (bundan keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchilar) taalluqlidir.”; b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar — budjet, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy pul to‘lovlari; ortiqcha to‘langan summa — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘langan hamda to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq summasi; soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasi — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda to‘langan summalarining hisobi yuritiladigan belgilangan shakldagi hujjat; soliq qarzi — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar; penya — soliq qarzi summasidan, belgilangan to‘lov muddatidan keyingi kundan boshlab to‘langan kunga qadar, to‘lov kunini ham o‘z ichiga olgan davr uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisoblab yoziladigan moliyaviy sanksiya.”; v) 2-banddagi “shaxsiy hisobvaraqalari”degan so‘zlar “soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 3-banddagi “Boqimanda”, “soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvaraqlarida” va “soliq to‘lovchi shaxsiy hisobvaraqalarida” degan so‘zlar tegishincha “Soliq qarzi”, “soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 4—9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Penya soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan, soliq qarzi summasidan to‘lov muddati tugagan kundan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida hisoblanadi. Keltirilgan misoldan kelib chiqib hisoblangan penya summasi 1 815 so‘mni (220000 x 25 kun x 0,033%) tashkil etadi. 5. Soliq qarzi summasining soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan summa miqdoriga teng qismiga penya hisoblanmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar mavjudligi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim. Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami soliq qarzi va ortiqcha to‘langan summalar teng qiymatni, ya’ni nol qoldiqni tashkil qiladi, mos ravishda penya hisoblanmaydi. 6. Jami ortiqcha to‘langan summalar soliq qarzi summalaridan oshib ketganda penya hisoblanmaydi. Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami ortiqcha to‘langan summa soliq qarzi summalaridan oshib ketadi, mos ravishda penya hisoblanmaydi. 7. Hisoblangan penya summasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha har bir soliq va majburiy to‘lov bo‘yicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi. Bu misolda 160 000 so‘m soliq qarzi qoldiq summasiga 1 320 so‘m miqdorida hisoblangan penya summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i (23,5%) va foyda solig‘i (76,5%) bo‘yicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushlariga mos ravishda taqsimlanadi. 8. Penya miqdori tegishli soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzi summasidan oshib ketishi mumkin emas. 1-misol: Soliq to‘lovchi 01.02.2012-y. holatiga foyda solig‘i bo‘yicha 500 000 so‘m soliq qarziga ega va shu summaga hisoblangan penya summasi 80 000 so‘mni tashkil etadi. Soliq to‘lovchi 10.02.2012-y. kuni foyda solig‘i bo‘yicha 300 000 so‘m soliq qarzini qopladi, mos ravishda, soliq qarzi summasi shu kunga 200 000 so‘mni tashkil qildi. Dyemak, 01.02.2012-yildan 10.02.2012-y. (shu kun ham hisob-kitobda inobatga olingan holda) davriga 1 650 so‘m penya hisoblanib, jami penya summasi 81 650 so‘mni tashkil etdi. 2-misol: Keltirilgan 1-misoldagi soliq to‘lovchi bo‘yicha 10.02.2012-y. holatiga foyda solig‘idan soliq qarzi 200 000 so‘mni, hisoblangan penya 81 650 so‘mni tashkil etdi. Soliq to‘lovchi 15.02.2012-y. kuni foyda solig‘i bo‘yicha 150 000 so‘m soliq qarzini qopladi, mos ravishda, shu kunga soliq qarzi summasi 50 000 so‘mni hosil qildi. Dyemak, 11.02.2012-yildan 15.02.2012-y. (shu kun ham inobatga olinadi) davriga 330 so‘m penya hisoblanib, yakuniy penya summasi 81 980 so‘mni tashkil qildi. 16.02.2012-yildan boshlab penya hisoblanmaydi, sababi ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzini qoldiq summasidan (200 000 so‘m — 150 000 so‘m = 50 000 so‘m) oshib ketadi. 9. Hisoblangan penya summasi soliq qarzi mavjud soliqlar va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha taqsimlanadi, lekin ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzi summasiga teng yoki oshib ketgan soliq turlari bo‘yicha soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalarida aks ettirilmaydi. e) 10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
152
7,372
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 30 APRELDAGI 220-SON QARORIGA 2-ILOVANI QISMAN O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga mahsulot keltirish va uni respublikadan tashqariga chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi ilgari qabul qilgan qarorlarning qanday bajarilayotganligi hamda bu ishda zarur tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”1992-yil 30-apreldagi 220-son qaroriga 2-ilovaning 16-bandini qisman o‘zgartirib belgilansinki, mustaqil ravishda sotish uchun korxonalar va xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan vino materiallarini respublika tashqarisiga chiqarish uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni tomonidan beriladi.
103
622
Qonunchilik
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi binosining tashqi qismini milliy ruhda, zamonaviy arxitektura dizayniga mos ravishda rekonstruksiya qilish, ekspozitsiya zallarini mukammal ta’mirlash, zarur mo‘tadil ob-havoni ta’minlovchi zamonaviy uskunalar bilan jihozlash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligining O‘zbekiston davlat san’at muzeyi binosini (keyingi o‘rinlarda inshoot deb ataladi) milliy ruhda rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini bajarish doirasida: Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini buyurtmachi etib belgilash; bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Investitsiya dasturi doirasida tanlov savdolari natijasida tejalgan mablag‘lar hisobidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablag‘ ajratilishni nazarda tutsinlar; belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida inshootni rekonstruksiya qilish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritsinlar. 3. Toshkent shahar hokimligi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va buyurtmachi bilan birgalikda: bosh loyihachiga zaruriy ma’lumotlar (hokim qarori, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ining 1-2 qismlari, topos’yomka, obyektning texnik holatini o‘rganish to‘g‘risidagi xulosalari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan nuqson dalolatnomalari va tasdiqlangan loyiha topshirig‘i)ni taqdim etsin va shartnomani rasmiylashtirsin; inshootning tashqi qismi va tegishli hududini rekonstruksiya qilish, binoning ichki qismini mukammal ta’mirlash, binoda zarur mo‘tadil ob-havoni ta’minlovchi uskunalar bilan jihozlash va sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, namunali servis xizmatini ko‘rsatish (hunarmandlar shaharchasi, art-kafe, sovg‘alar do‘konlari qurish) uchun mo‘ljallangan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlasin. 4. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish va bajarilayotgan qurilish-montaj va mukammal ta’mirlash ishlari yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda, loyiha-smeta hujjatlariga ko‘ra, bosh loyihachi tashkilot tomonidan tasdiqlangan hisob-kitoblarga asosan metalloprokat va sementni cheklangan narxlarda, belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi muzeydagi mavjud moddiy va ma’naviy jihatdan eskirgan, iqtisodiy samarasiz va foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan uskunalarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish ishlarini amalga oshirsin. 7. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda milliy merosimiz, qadimiy tariximiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda O‘zbekiston davlat san’at muzeyida muntazam ravishda turli mavzulardagi davra suhbatlari, uchrashuvlar, “Mahorat darslari” kabi ma’naviy tadbirlar, shuningdek maktab dasturiga oid ochiq darslar o‘tkazilishini va ularga o‘quv yurtlari o‘quvchi-talabalarini keng jalb etish choralarini ko‘rsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda 2018-yilda O‘zbekiston davlat san’at muzeyining 100 yilligini nishonlash hamda uni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
122
4,326
Qonunchilik
R. Akbarovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganligi, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari uchun Toshkent viloyatining Toshkent tumani hokimi Rustam Rahbarovich Akbarov O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin.
87
307
Qonunchilik
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo‘shadigan hissasini oshirish maqsadida: 1. Belgilansinki, eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va olingan daromadni olib ketishga bo‘lgan huquqi himoya qilinishini ta’minlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar keng tizimi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash taqiqlansin. Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qo‘shma ishlab chiqarishlar soni ko‘payishiga ko‘maklashishlariga va rag‘batlantirishlariga qarab baho berilishi haqida ogohlantirib qo‘yilsin. 3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga mansub deb hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 6. O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik, “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini chet el elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va kompaniyalarga yetkazsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda Fan va texnika davlat qo‘mitasi Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birga xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlashning yagona tizimini 1996-yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar: respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishi va borishi, iqtisodiyotga investitsiya qo‘yishning shartlari va ustuvor yo‘nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning keng doirasini tanishtirish; xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yo‘riqnoma va axborot-ma’lumot materiallari bilan ta’minlash; axborot tarmog‘ini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish. 8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari o‘rnatish uchun keluvchi chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda respublika hududi bo‘ylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar.
152
4,897
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarini jonli efirga uzatish natijadorligini yanada oshirish to‘g‘risida. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborot haqida. 3. “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi QL-825-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 4. “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-845-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 5. “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-863-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 6. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-868-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 7. “Mamlakatimizda xizmatlar sohasini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Dj. Kuchkarovning javobi haqida.
94
1,759
Qonunchilik
Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublika
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmoniga, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son va “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlar, xorijiy shaxslarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash guvohnomalari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari berish hamda almashtirishni tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 27-dekabrdagi 624-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom konsullik ro‘yxatida turuvchi fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik namunadagi pasporti (keyingi o‘rinlarda nobiometrik pasport deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida — 2019-yil 31-dekabrgacha, xorijiy davlat hududida — amal qilish muddati tugaguniga qadar egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjat; O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (keyingi o‘rinlarda biometrik pasport deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijiy davlatda (amal qilish muddati tugagunga qadar) egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega bo‘lgan hujjat; O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti (keyingi o‘rinlarda xorijga chiqish biometrik pasporti deb ataladi) — xorijga chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega bo‘lgan hujjat; konsullik muassasasi — O‘zbekiston Respublikasining chet davlatda ta’sis etiladigan diplomatik vakolatxonasining konsullik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasining bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulligi va konsullik agentligi; konsullik ro‘yxati — tegishli konsullik okrugi hududiga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari qoshida belgilangan tartibda qayddan o‘tkazish; pasport olish uchun buyurtma (keyingi o‘rinlarda buyurtmanoma deb ataladi) — pasport oluvchi haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat; ma’lumotlarni yig‘ish punkti — pasport olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik ma’lumotlarini va biometrik parametrlarini jamlash bo‘yicha funksiyalarni hamda fuqarolarga yangi rasmiylashtirilgan biometrik parametrli pasportlarni berish vazifalarini bajarishga vakolatli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti (keyingi o‘rinlarda Konsullik-huquqiy departament deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari. 3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqadigan hollarda ularga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmonining 3-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Xorijdagi fuqarolar ham xorijga chiqish biometrik pasportiga ega bo‘lishlari shart. 4. Xorijga chiqish biometrik pasporti har qanday davlatga chiqish uchun haqiqiydir. Xorijda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik ro‘yxatida turadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti uning egasining xorijda shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi, shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun haqiqiydir. 5. Konsullik muassasalarida doimiy ro‘yxatda turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Konsullik-huquqiy departament va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish muddati O‘zbekiston Respublikasi hududida ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kunini tashkil etadi, xorijda esa — diplomatik pochta jo‘natilishi jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Arizani ko‘rib chiqish muddati O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin. 6. Qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan holatlarda fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish rad etilishi mumkin. 7. Xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im undiriladi. Yig‘imlarning to‘langan summasi qaytarilmaydi. Konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘lashdan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan shaxslar, shuningdek, Konsullik yig‘imlari tarifida hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda ozod qilinadilar. 8. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga monelik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda (O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan qo‘yilgan taqiq, sud organlarining qarori yoki buyrug‘i), konsul ariza beruvchini ushbu masalalarni uch oy mobaynida bartaraf qilish zarurligi to‘g‘risida habardor qiladi. Uch oy o‘tgach taqiq bekor qilinganligi to‘g‘risidagi hujjat mavjud bo‘lmasa, konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im uchun amalga oshirilgan to‘lov ariza beruvchiga qaytarilmaydi (kasallik, jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lish, yashab turgan mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud bo‘lmasligi singari uzrli sabablar bundan mustasno). Uch oylik muddatdan so‘ng xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun takroran murojaat qilishda hujjatlar konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im qaytadan to‘langan holda topshiriladi. 9. Xorijga chiqish biometrik pasporti O‘zbekiston Respublikasining mulkidir va uning egasi O‘zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladi. 10. Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi: tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga; bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga; 25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga. 11. Xorijga chiqish biometrik pasporti belgilangan namuna bo‘yicha tayyorlanadi va ingliz tilida personallashtiriladi. 12. Xorijga chiqish biometrik pasporti blankasiga quyidagi asosiy ma’lumotlar kiritiladi: pasportni bergan davlatning nomi; hujjatning nomi; hujjatning turi; pasportni bergan davlatning kodi; pasportning seriyasi va raqami; familiyasi, ismi, otasining ismi; fuqaroligi; tug‘ilgan sanasi; tug‘ilgan joyi; jinsi; berilgan sana; bergan organ; amal qilish muddati tugaydigan sana; egasining raqamli surati; egasi haqidagi mashina o‘qiydigan ma’lumotlar. 13. Chipga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: pasport egasining biografik ma’lumotlari; egasining raqamli surati; qo‘l barmoqlarining izlari — 16 yoshga to‘lganidan keyin. 14. Xorijga chiqish biometrik pasportiga: pasport egasining xorijda doimiy yashash uchun ro‘yxatdan chiqarilganligi; xorijda doimiy yashayotgan fuqaroning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tganligi; konsullik ro‘yxatiga olingani yoki konsullik ro‘yxatidan chiqarilgani; nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi; xorijiy davlatlarga kirish uchun ruhsatnoma (viza); hamrohlik qiluvchi shaxslar to‘g‘risidagi (voyaga yetmagan fuqarolar uchun); ilgari qo‘yilgan qaydlar bekor qilinganligi haqidagi qaydlar kiritiladi. Pasport egasi qonining guruhi va rezus-mansublik to‘g‘risidagi qaydlar uning roziligi bilan amalga oshiriladi. Xorijga chiqish biometrik pasportda pasport egasining imzosi bo‘lishi shart. 15. Konsullik muassasalari tomonidan xorijda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik ro‘yxatida turadigan fuqarolarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va xorijga olti oydan ko‘p muddatga xizmat safari, o‘qish, davolanish, kontrakt bo‘yicha ishlash, oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga vaqtinchalik yashash uchun chiqqan hamda konsullik muassasalarida vaqtinchalik ro‘yxatda turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishda; farzand xorijda tug‘ilganida; xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganida; familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganida; yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida; ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan betlar ishlatilib bo‘linganida; xorijga chiqish biometrik pasporti blankasi yaroqsiz holga kelganida; xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qotib qo‘yilganida; xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida; ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportini muddatidan oldin almashtirish bo‘yicha murojaat etilganda. 16. Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun konsullik muassasasiga murojaat qiladilar. Shuningdek, ular xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun konsullik muassasasiga murojaat qilishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida yoki konsullik interaktiv hizmatlar veb-portalida (www.consulate.mfa.uz) joylashtirilgan anketaning elektron shaklini oldindan to‘ldirish interaktiv xizmatidan foydalanishi mumkin. 17. Doimiy konsullik ro‘yxati xorijda doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarilgan va xorijga doimiy yashash uchun borishda ruxsat berish yozuvi stikeri yoki manzildan jo‘nab ketish varaqasi asosida mamlakatdan chiqqan (shu jumdalan, MDH mamlakatlariga 2017-yil 30-iyungacha chiqqan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar), shuningdek qabul qiluvchi davlat hududidan chiqmagan holda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasi rasmiylashtirilgan, konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini konsullik muassasasida qayd etish orqali amalga oshiriladi. Doimiy konsullik ro‘yxatida turadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza-anketa; pasportning (nobiometrik, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) asli — nusxa olinadi, asli esa ariza beruvchiga qaytariladi; 35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (1 dona); fuqaroning xorijiy mamlakat qonuni talablariga muvofiq ushbu davlat hududida qonuniy tarzda bo‘lishini tasdiqlovchi hujjat (viza, yashash uchun guvohnoma, vaqtinchalik yashash uchun guvohnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, ma’lumotnoma va shu kabilar); konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya. Voyaga yetmagan shaxslar va 16 yoshga to‘lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillar bilan doimiy konsullik ro‘yxatida turgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza-anketa; tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (16 yoshga yetmagan shaxslar va birinchi marotaba xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilayotgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar uchun) yoki biometrik pasportning asl nusxasi — nusxa olinadi, asli esa ariza beruvchiga qaytariladi; 35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (1 dona); voyaga yetmagan shaxsga birinchi marotaba xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillar pasportlarining (nobiometrik, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik paksporti) asl nusxasi (nusxa olinadi, asli esa ariza beruvchiga qaytariladi). Ota-onalardan birining pasportini taqdim etish imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan, o‘lim haqidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma, nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqida sud qarorining ko‘chirmasi (nusxasi), vakolatli organlardan ota-onalardan birining bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bola yolg‘iz ota yoki onaning qaramog‘ida ekanligini tasdiqlovchi hujjat yoki turgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq shunga o‘xshash boshqa hujjat; voyaga yetmagan shaxsning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari o‘zlari bo‘lib turgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq xorijiy davlat hududida bo‘lishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (viza, yashash uchun guvohnoma, vaqtinchalik yashash uchun guvohnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, ma’lumotnoma va shu kabilar); ota-onalardan biri xorijiy davlat fuqarosi bo‘lsa, uning bola xorijga chiqish biometrik pasportini olishiga e’tirozi yo‘qligi haqida notarial tasdiqlangan arizasi (ota-onalarning har ikkisi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga bevosita murojaat qilgan hollar bundan mustasno); O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan ota-onalardan birining yoki boshqa qonuniy vakilning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to‘lmagan shaxs doimiy konsullik ro‘yxatida ota-onalardan biri bilan turgan bo‘lsa); hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati; nobiometrik pasport, biometrik pasport va/yoki xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qolganligi to‘g‘risida xorijiy mamlakat vakolatli organlarining ma’lumotnomasi (pasport yo‘qolgan holatda); haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yohud yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasporti almashtirilayotganda fuqaro konsullik muassasasiga ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. 18. Vaqtincha konsullik ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yhatdan o‘tgan va o‘qish, xizmat safarida bo‘lish, mehnat faoliyatini amalga oshirish (ishchi viza, vaqtinchalik ro‘yhatga olish, yashash uchun ruhsatnoma va mehnat qilish huquqini beruvchi ruhsatnomalar — patent, mehnat shartnomasi va b. asosida xorijiy davlat hududiga qonuniy bo‘luvchilar), tibbiyot muassalarida davolanish va oilasi bilan birlashish maqsadlarida xorijda olti oydan ortiq muddatda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan qayd etish orqali amalga oshiriladi. Xorijda bo‘lib turgan va vaqtinchalik konsullik ro‘yxatida turadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza-anketa; pasportning (nobiometrik, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) asli — nusxa olinadi, asli esa ariza beruvchiga qaytariladi; 35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (1 dona); o‘qish joyidan (o‘qish muddatlari ko‘rsatilgan holda), ish joyidan (yoki mehnat shartnomasi), tibbiyot muassasasidan (davolanayotganlar uchun) ma’lumotnoma yoki oila a’zolari bilan birlashish maqsadida xorijga chiqqan shaxslar uchun qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjat; O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijiy davlat hududida qonuniy tarzda bo‘lishini tasdiqlovchi hujjat (o‘qish yoki ish vizasi, MDH mamlakatlari uchun migratsiya kartochkasi, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, pasportdagi tegishli qaydlar yoki ma’lumotnomalar va shu kabilar); harbiy guvohnoma yoki hisobda turganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki mudofaa bo‘limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun); konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. Voyaga yetmagan shaxslar va 16 yoshga to‘lganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillar bilan doimiy konsullik ro‘yxatida turgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza-anketa; tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (16 yoshga yetmagan shaxslar va birinchi marotaba xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilayotgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar uchun) yoki biometrik pasportning asli — nusxa olinadi, asli esa ariza beruvchiga qaytariladi; 35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (1 dona); voyaga yetmagan shaxsga birinchi marotaba xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillar pasportlarining (nobiometrik, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik pasporti) asli (nusxa olinadi, asli esa ariza beruvchiga qaytariladi). Ota-onalardan birining pasportini taqdim etish imkoni bo‘lmagan hollarda tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan, o‘lim haqidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi haqida guvohnoma, nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqida sud qarorining ko‘chirmasi (nusxasi), vakolatli organlardan ota-onalardan birining bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bola yolg‘iz ota yoki onaning qaramog‘ida ekanligini tasdiqlovchi hujjat yoki turgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq shunga o‘xshash teng hujjat; voyaga yetmagan shaxsning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarining xorijiy davlat hududida, o‘zlari turgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq, qonuniy tarzda bo‘lishini tasdiqlovchi hujjat (o‘qish yoki ish vizasi, MDH mamlakatlari uchun migratsiya kartochkasi, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, ma’lumotnomalar va shu kabilar); O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi ota-onalardan birining yoki boshqa qonuniy vakilning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to‘lmagan shaxs vaqtinchalik konsullik ro‘yxatida ota-onalardan biri bilan turgan bo‘lsa); hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati; nobiometrik pasport, biometrik pasport va/yoki xorijga chiqish biometrik pasportining yo‘qolganligi to‘g‘risidagi bo‘lib turgan mamlakat vakolatli organlarining ma’lumotnomasi (pasport yo‘qolganda); haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya. Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yoxud yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasporti almashtirilayotganda fuqaro konsullik muassasasiga ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. 19. Vaqtincha xorijda bo‘lib turgan va konsullik ro‘yxatida turmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijga chiqish biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytish sertifikatini olish uchun tegishli konsullik muassasasiga murojaat qiladilar. Ushbu holatda hujjatlarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari va maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. 20. Taqdim etilgan hujjatlar asosida konsullik muassasasi ariza beruvchining biografik ma’lumotlarini, qo‘l barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) to‘playdi, yuzni to‘g‘ridan raqamli formatda rasmga oladi va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun buyurtmanomani shakllantiradi, buyurtmanoma keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi o‘rinlarda Davlat personallashtirish markazi deb ataladi) yuboriladi. 21. Konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining nobiometrik va biometrik pasportlari yo‘qotilishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun buyurtmanoma shakllantirilishidan oldin konsullik muassasasining mansabdor shaxsi, shaxsni tasdiqlash uchun hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan kelishish maqsadida Konsullik-huquqiy departamentga yuboradi. Konsullik muassasalari tomonidan berilgan nobiometrik pasport, biometrik pasport va/yoki xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qotilgan taqdirda, shaxsning shaxsini tasdiqlash uchun hujjatlarni Konsullik-huquqiy departamentga yuborish talab etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joy bo‘yicha berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qotilgan taqdirda, shaxsni tasdiqlash amalga oshirilishi shart. Ariza beruvchining shaxsi va uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi tasdiqlanganidan so‘ng, konsullikning mansabdor shaxsi ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi. 22. Tayyor bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasportini Davlat personallashtirish markazi keyinchalik diplomatik yo‘llar orqali konsullik muassasalariga jo‘natish va egasiga berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. 23. Xorijga chiqish biometrik pasportlarini konsullik muassasalariga va konsullik muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish diplomatik pochta orqali, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda navbatdan tashqari pochta orqali amalga oshiriladi. 24. Konsullik muassasasining mansabdor shaxsi Konsullik-huquqiy departamentdan tushgan xorijga chiqish biometrik pasportini ariza beruvchiga imzo chektirib topshiradi va konsullik ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida shtamp bosadi. Bunda almashtirilayotgan nobiometrik yoki biometrik pasport o‘rniga tayyor xorijga chiqish biometrik pasportini berishda nobiometrik yoki biometrik pasport konsullik muassasasining mansabdor shaxsi tomonidan olib qolinadi (vaqtinchalik konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi biometrik pasporti bundan mustasno, unga xorijga chiqish biometrik pasporti berilgani to‘g‘risida shtamp bosiladi), uni bergan yig‘ish punktiga belgilangan tartibda bekor qilish uchun yuboriladi va tegishli ma’lumotlar konsullik muassasalari tomonidan ular turgan davlatning Tashqi ishlar vazirligiga yoki ularga nisbatan o‘zaro kelishuv mavjud bo‘lsa, boshqa vazirligiga, shuningdek, borilgan mamlakatda xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi. Mazkur band asosida olib qo‘yilgan pasportlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki fuqarolikni yo‘qotish munosabati bilan bog‘liq, shuningdek, chet elda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pasportlari ularni bergan yig‘ish punktiga belgilangan tartibda bekor qilish uchun yuboriladi va tegishli ma’lumotlar konsullik muassasalari tomonidan ular turgan davlatning Tashqi ishlar vazirligiga yoki o‘zaro kelishuv mavjud bo‘lsa, tegishli boshqa vazirligiga shuningdek, borilgan mamlakatda xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi. 25. Konsullik muassasalarida konsullik ro‘yxatida turmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik namunadagi pasportiga ega bo‘lgan ariza beruvchilarning xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish uchun hujjatlarni qabul qilish Konsullik-huquqiy departament bilan yozma kelishilgandan keyin yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. 26. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan, chet elda vaqtincha qonuniy asosda bo‘lib turgan va doimiy yashash uchun xorijiy davlatda qolishga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tegishli konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishi kerak: ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha (qog‘ozda yoki elektron) anketa-ariza; 35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (2 dona); chet elga chiqish uchun nobiometrik pasport, biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasportining asli — nusxa olinadi, asli esa ariza beruvchiga qaytariladi; tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi; harbiy guvohnoma yoki hisobda turganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki mudofaa bo‘limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun); O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan tug‘ilgan bolalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi; konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. Quyidagi holatlarda O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetgan va voyaga yetmagan fuqarosi uchun chet elda doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasida hisobdan chiqarishga hujjatlarni rasmiylashtirishda ota-onalaridan birining roziligi talab qilinmaydi: ota-onalardan biri vafot etgan bo‘lsa (vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi taqdim etilganda); fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan berilgan bola yolg‘iz ota yoki onaning qaramog‘ida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa; agar bolaning ota-onalaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa; ota-onalardan biri sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan (sud qarori nusxasi taqdim etilgan taqdirda) bo‘lsa; ota-onalardan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda) bo‘lsa; ota-onalardan biri sud tomonidan mehnatga layoqatsiz deb topilgan (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda) bo‘lsa; ota-onalardan biriga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va u qidiruvda bo‘lsa (ichki ishlar organlaridan ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda); agar ota-onalardan biri O‘zbekiston Respublikasi hududida hisobdan chiqarilgan va chet elda doimiy yashayotgan bo‘lsa. 27. 16 yoshga to‘lmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari tegishli iltimosnomalar bilan murojaat qiladilar va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha anketa-arizani (kog‘oz yoki elektron shaklda) to‘ldiradilar. 28. Ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar o‘rtasidagi rozilik (norozilik), shuningdek, bolalarning xorijga chiqishini cheklash bo‘yicha har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi. 29. Konsullikning mansabdor shaxsi hujjatlarni qabul qilganidan so‘ng, ularni konsullik muassasasining muhri bilan tasdiqlaydi, materialni ikki nusxada tuzadi, ulardan biri diplomatik pochta (yoki dasturiy ta’minot) orqali keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda IIV MvaFRBB deb ataladi) yuborish uchun Konsullik-huquqiy departamentga jo‘natiladi, ikkinchisi esa konsullik muassasasida saqlanadi. IIV MvaFRBBdan xorijiy davlat hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olingandan so‘ng Konsullik-huquqiy departament uni ariza beruvchini doimiy konsullik ro‘yxatiga qo‘yish va keyinchalik xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun konsullik muassasasiga yuboradi. 30. Konsullik muassasasi IIV MvaFRBBning pasportni rasmiylashtirishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillar bilan birgalikda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarilganligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosa asosida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ota-onalardan birining pasportiga foto suratni yopishtirib ota-onalari (ulardan biri) yoki boshqa qonuniy vakillar bilan birgalikda doimiy yashashga chet elga chiqib ketgan bolani ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillar bilan birgalikda doimiy konsullik ro‘yxatiga qo‘yadi va unga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtiradi. Shaxs doimiy konsullik ro‘yxatiga olinayotganida uning nobiometrik pasportiga, biometrik pasportiga, shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasportiga belgilangan namunadagi shtamp bosiladi. 31. Doimiy konsullik ro‘yxatiga olishni rasmiylashtirib (nobiometrik yoki biometrik pasport asosida) konsullik muassasasi xodimi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga anketa-arizani beradi, ariza beruvchi uni to‘ldirib, anketa-arizaga hujjatlarning nusxalarini takroran ilova qilmasdan konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov kvitansiyasini taqdim qiladi. 32. Ushbu Nizomning 20-21-bandlarida ko‘rsatilgan kelishuv tartib-taomillari amalga oshirilishga va Konsullik-huquq departamentdan tayyor xorijga chiqish biometrik pasporti konsullik muassasasiga tushishiga qarab konsullik muassasasininshg mansabdor shaxsi uni imzo chektirib ariza beruvchiga topshiradi, bunda uning nobiometrik yoki biometrik pasportini olib qo‘yadi, ularga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berilganligi to‘g‘risida shtamp bosiladi va ular belgilangan tartibda bekor qilish uchun ularni bergan yig‘ish punktiga yuboriladi, tegishli axborot esa konsullik muassasasalari tomonidan borilgan mamlakatning vakolatli organlariga yuboriladi. 33. Quyidagi xollarda chet elda doimiy yashovchi va doimiy konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston fuqarolariga Konsullik-huquqiy departamentda xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtiriladi va beriladi: O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishda; bola chet elda tug‘ilganda; xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganda; familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va jinsi o‘zgarganda; biometrik pasportdagi yozuvlarda noaniqliklar va xatoliklar aniqlanganda; ma’lumotlar va vizalar uchun ajratilgan biometrik pasport varaqlari tugaganda; xorijga chiqish biometrik pasporti yaroqsiz holga kelganda; xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qolganda; xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganda; ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportini muddatidan oldin almashtirish bo‘yicha murojaat etilganda. 34. Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Konsullik-huquqiy departamentga murojaat qiladilar. Shuningdek, ular xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Konsullik-huquqiy departamentga murojaat qilishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining saytida yoki interaktiv konsullik hizmatlari veb-portalida (www.consulate.mfa.uz) joylashtirilgan anketaning elektron shaklni oldindan to‘ldirishning interaktiv xizmatidan foyjalanishlari mumkin. 35. Birinchi marta xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda Konsullik-huquqiy departamentga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza-anketa (16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza-anketa); biometrik pasport yoxud tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asli (16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun) — nusxalari olinadi, asli ariza beruvchiga qaytariladi; oldin berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (agar bo‘lsa); vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida); konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga undiriladigan yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya (16 yoshga to‘lmagan fuqarolardan faqat haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga undiriladigan yig‘im olinadi); fuqaroning (16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun) xorijga chiqishi uchun ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillarning notarial tasdiqlangan roziligi; hamrohlik qiluvchi shaxsning (16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun) notarial tasdiqlangan majburiyati. Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va jinsi o‘zgargarganda yoki biometrik pasportdagi yozuvlarda noaniqliklar va xatoliklar aniqlanganda fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ma’lumotlarni yig‘ish punktiga taqdim qiladi. Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish vaqtida uning xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddatiga bir yildan kam vaqt qolgan bo‘lsa, xorijga chiqish biometrik pasporti yangisiga almashtirilishi mumkin. Nobiometrik pasport, biometrik pasport va/yoki xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qotilganda O‘zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan berilgan nobiometrik pasport, biometrik pasport va/yoki xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qotilganligi haqida ma’lumotnoma taqdim qilinadi. 36. 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillarning voyaga yetmaganning mustaqil ravishda xorijga chiqishga notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga mustaqil chiqishlari mumkin. 37. Quyidagi hollarda voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishida uning ota-onalaridan birining roziligi talab etilmaydi: ota-onalardan biri vafot etganda (o‘lim haqidagi guvohnoma nusxasi taqdim etilgan taqdirda); fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan yolg‘iz ota yoki ona to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa; bolaning ota-onalaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa; sud tomonidan ota-onalardan biri otalik yoki onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa (sud qarori nushasi ilova qilingan taqdirda); sud tomonidan ota-onalardan biri bedarak yo‘qolgan deb topilganda (sud qarori nushasi ilova qilingan taqdirda); sud tomonidan ota-onalardan biri muomalaga layoqatsiz deb topilganda (sud qarori nushasi ilova qilingan taqdirda); ota-onalardan biri O‘zbekiston Respublikasi hududida hisobdan chiqarilgan va doimiy ravishda chet elda yashayotgan bo‘lsa. 38. 16 yoshga to‘lmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari, boshqa qonuniy vakillari yoki ularni xorijga yuborayotgan tashkilot vakillari tegishli ariza bilan murojaat qiladi. 39. Taqdim etilgan hujjatlar asosida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun Konsullik-huquqiy departament ariza beruvchining biografik ma’lumotlarini to‘playdi, elektron shakldagi barmoq izlarini oladi (16 yoshdan katta bo‘lgan shaxslardan), shaxsning raqamli formatda yuzini suratga oladi va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga arizani shakllantiradi. Ushbu ariza keyinchalik Davlat personallashtirish markaziga yuboriladi. 40. Davlat personallashtirish markazidan tayyor xorijga chiqish biometrik pasporti olingach Konsullik-huquqiy departament uni egasiga taqdim etadi. 41. Doimiy konsullik ro‘yxatida turuvchi ariza beruvchiga nobiometrik va biometrik pasport o‘rniga xorijga chiqish biometrik pasporti berilayotganda undan oldin berilgan biometrik yoki nobiometrik pasport olib qo‘yiladi, unga xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi to‘g‘risida shtamp qo‘yilib, ariza beruvchiga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha pasportlarni qayd qilish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma beriladi. Ushbu ma’lumotnoma konsullik muassasasida doimiy konsullik ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida shtamp qo‘yilayotganda mas’ul xodimga topshiriladi. Konsullik muassasasi tomonidan olib qo‘yilgan pasport bekor qilish uchun ushbu pasportni rasmiylashtirgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi va tegishli ma’lumot bo‘lib borilgan mamlakatning vakolatli organlariga yuboriladi. Vaqtincha konsullik ro‘yxatida turuvchi ariza beruvchiga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilayotganda, ariza beruvchining avval berilgan biometrik pasportiga xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi haqida shtamp bosiladi. 42. 16 yoshga to‘lmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik pasporti ota-onalariga, boshqa qonuniy vakillarga yoki xorijga chiqish biometrik pasportini berishni iltimos qilgan tashkilotning vakillariga beriladi. 43. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijga chiqish biometrik pasportlarini yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 44. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari deb ataladi) tomonidan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xorijda doimiy yashovchi hamda konsullik muassasalarida doimiy konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi: O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishda; bola chet elda tug‘ilganida; xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganda; familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va jinsi o‘zgarganida; yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida; ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan varaq ishlatilib bo‘linganda; xorijga chiqish biometrik pasporti blankasi yaroqsiz holga kelganda; xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qotib qo‘yilganda; xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganda; ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportini muddatidan oldin almashtirish bo‘yicha murojaat etilganda. 45. Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalariga murojaat qiladilar. Shuningdek, ular xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalariga murojaat qilishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining saytida yoki konsullik interaktiv hizmatlar veb-portalida (www.consulate.mfa.uz) joylashtirilgan anketaning elektron shaklini oldindan to‘ldirishning interaktiv xizmatidan foydalanishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish tartibi ushbu Nizomning 34 — 38 bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. 46. Konsullik-huquqiy departamentdan tayyor bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasporti olingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmasi uni egasiga topshiradi. 47. 16 yoshga to‘lmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik pasporti ota-onalariga, boshqa qonuniy vakillarga yoki xorijga chiqish biometrik pasportini berishni iltimos qilgan tashkilotning vakillariga beriladi. 48. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijga chiqish biometrik pasportlarini yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 49. Doimiy konsullik ro‘yxatida turuvchi ariza beruvchiga xorijga chiqish biometrik pasporti birinchi marta berilayotganda undan oldin berilgan biometrik yoki nobiometrik pasporti olib qo‘yiladi, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma beriladi. Bekor qilingan pasport ushbu pasportni rasmiylashtirgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi va tegishli ma’lumot borilgan mamlakatning vakolatli organlariga yuboriladi. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (ro‘yxatdan chiqarish), alohida ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan varaqlar ishlatib bo‘lingan va xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugagan, ammo ichiga qo‘yilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan taqdirda ikkinchi marta xorijga chiqish biometrik pasporti berilayotganda oldin berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti “xorijga chiqish biometrik pasporti” (ma’lumotlarni yig‘ish punkti) tizimi mashina o‘qiydigan ma’lumotlar apparati orqali bekor qilinadi. Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra oldin berilgan pasport unda qoldirilishi mumkin. Tegishli ma’lumot borilgan mamlakatning vakolatli organiga va ushbu pasportni rasmiylashtirgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi. Bekor qilingan hujjat konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan teshgich yordamida teshiladi va stepler yordamida yangi xorijga chiqish biometrik pasportiga biriktiriladi (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan bekor qilingan pasportlarga nisbatan qo‘llaniladi). Uchinchi marta xorijga chiqish biometrik pasporti almashtirilganda birinchi marta rasmiylashtirilgan (bekor qilingan) pasport olib qo‘yiladi va yo‘q qilish uchun uni rasmiylashtirgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi. Ikkinchi marta rasmiylashtirilgan xorijga chiqish biometrik pasporti teshgich yordamida teshiladi va stepler yordamida yangi xorijga chiqish biometrik pasportiga biriktiriladi. 50. Haqiqiy bo‘lmagan xorijga chiqish biometrik pasportlarini yo‘q qilish ma’lumotlarni yig‘ish punktlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 51. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining topib olingan pasportlari bir oy muddatda o‘z egalari tomonidan konsullik muassasalariga murojaat qilinmagan taqdirda, belgilangan tartibda bekor qilish uchun Konsullik-huquqiy departamentga yuboriladi. 52. Fuqaroligi to‘xtatilgan shaxs pasportni turgan joyi bo‘yicha konsullik muassasasiga topshirishi shart. 53. Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish, shuningdek, keyinchalik doimiy konsullik ro‘yxatiga turgan holda xorijiy davlatda doimiy yashash joyida qoldirish (ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq murojaat qilinganda) jarayoni quyidagi hollarda uch oyga to‘xtatib turiladi: a) shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bog‘liq mulkiy majburiyatlari mavjud bo‘lsa; b) shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingungacha; v) shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa; g) shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi kerak bo‘lgan sud qarori mavjud bo‘lsa. Ariza beruvchi o‘z arizasini qaytarib olish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qilgan taqdirda pasportni rasmiylashtirish jarayoni to‘xtatiladi. Ariza beruvchi soxta hujjatlarni taqdim qilganda yoki o‘zi haqida yolg‘on ma’lumotlar berganda materialni yuritish to‘xtatiladi, hujjatlar keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirgan organga qaytariladi. 54. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish jarayonini tiklash uchun ushbu Nizom 53-bandining “a” va “g” kichik bandlarida keltirilgan hollarda ariza beruvchi konsullik muassasasiga davlat oldida ijro etilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar, davlat organlari, hususiy va boshqa jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoki mulkiy majburiyatlari yo‘qligi haqida ma’lumotnoma taqdim qilishi kerak. Ushbu Nizom 53-bandining “b” va “v” kichik bandlarida keltirilgan holatlar mavjud bo‘lganda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish jarayoni faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarda va sudda tegishli jarayonlar to‘xtatilgandan so‘ng tiklanadi. 55. Agar konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, shuningdek, keyinchalik doimiy konsullik ro‘yxatida turish uchun xorijiy davlatdagi doimiy yashash joyida qoldirish masalalari bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish jarayonini to‘xtatib turish muddati ushbu Nizomning 53-bandida ko‘rsatilgan holatlar aniqlangan yoki boshlangan davrdan boshlab uch oydan oshsa, rasmiylashtirish jarayoni to‘xtatiladi. 56. Xorijga chiqish biometrik pasporti blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi. Xorijga chiqish biometrik pasporti egasining shaxsan o‘ziga topshiriladi. 57. Almashtirishga, shuningdek, 18 yoshga to‘lishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun arizalar quyidagi hollarda qabul qilinadi: Pasport amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin va pasport amal qilish muddati tugaganidan keyin bir oylik muddatda; 18 yoshga to‘lgandan keyin bir oylik muddatda. Yuqorida keltirilgan muddatlar o‘tganidan so‘ng o‘z vaqtida rasmiylashtirilmaganligi uchun, shuningdek, keyingi har bir kalendar yil hisobidan (bunda xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganidan keyingi bir oylik muddatning tugash vaqtidan boshlab 365/366 kalendar kun nazarda tutiladi) Konsullik yig‘imlari tariflariga muvofiq qo‘shimcha konsullik yig‘imlari undiriladi. 58. Xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi hisobini yuritish ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tushgan pasportlarni Hisobga olish daftarida qayd etiladi. 59. Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportlarini avaylab saqlashlari shart. Fuqaro xorijiy davlatda xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotgan taqdirda darhol konsullik muassasasiga murojaat qilishi shart. Konsullik muassasasi fuqaroga yangi xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berilgunga qadar ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha unga tegishli ma’lumotnomani rasmiylashtirib beradi. Bunda ariza beruvchi xorijga chiqish biometrik pasporti to‘lovidan tashqari uni yo‘qotganligi uchun ham konsullik yig‘imini to‘laydi. 60. Konsullikning mansabdor shaxsi berilgan xorijga chiqish biometrik pasportlari to‘g‘risidagi hisobotni har chorakda Konsullik-huquqiy departamentga yuboradi. 61. Qonunchilik hujjatlari bilan quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi: amal qilish muddati o‘tgan xorijga chiqish biometrik pasportini o‘z vaqtida topshirilmaganligi uchun; xorijga chiqish biometrik pasportini qasddan yaroqsiz holga keltirish, shuningdek, yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasportiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lmaslik; yo‘qotilganlik haqida ariza bilan murojaat qilingan xorijga chiqish biometrik pasportidan, shuningdek, boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasportidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish; xorijga chiqish biometrik pasportini qonunga zid ravishda olib qo‘yish yoki uni garov sifatida qabul qilish; xorijga chiqish biometrik pasportini g‘arazli maqsadlarda olib qo‘yish, yo‘q qilish, yaroqsiz holga keltirish va yashirish.
250
48,755
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR ORGANLARINI MUSTAHKAMLASh TO‘G‘RISIDA
Jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, Qamchiq dovonida va Namangan viloyatining dovon yaqinidagi aholi yashaydigan punktlarda jamoat tartibini saqlash va xalq xo‘jaligi obyektlarini qo‘riqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Namangan viloyatining Pop tumanidagi Qamchiq shaharchasida Pop tuman ichki ishlar bo‘limi tarkibida shtatdagi xodimlar soni ilovaga muvofiq 50 nafardan iborat bo‘lgan Qamchiq militsiya bo‘linmasi tashkil etilsin. 2. Shu yilning birinchi yarim yilligida yangidan tashkil etilgan bo‘linma xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 1997-yil uchun nazarda tutilgan umumiy mablag‘lar hisobidan amalga oshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab, shtatdagi xodimlar soni 50 nafardan iborat bo‘lgan yangi militsiya bo‘linmasi tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini mablag‘ bilan ta’minlasin. 4. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi Qamchiq militsiya bo‘linmasi tashkil etilishi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligini zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ajratilgan shtatlar sonini butlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
75
1,386
Qonunchilik
Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi F-5022-son “O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi qaror qiladi: 1. Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi F-5022-son “O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini (bundan buyon matnda ENHAT deb yuritiladi) joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni (bundan buyon matnda energiya resurslari deb yuritiladi) hisobga olishning zamonaviy asboblarini o‘rnatish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: ta’minotchi — energiya resurslarini qabul qilish, taqsimlash va iste’molchilarga shartnoma asosida yetkazib berishni ta’minlovchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va/yoki gaz ta’minoti tashkilotlari; energiya resurslari iste’molchisi (bundan buyon matnda iste’molchi deb yuritiladi) — elektr energiyasidan va/yoki tabiiy gazdan ishlab chiqarish va/yoki maishiy ehtiyojlari uchun foydalanayotgan jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda maishiy iste’molchi deb yuritiladi) va yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar; energiya resurslarini hisobga olishning zamonaviy asboblari (bundan buyon matnda energiya resurslarini hisobga olish pribori deb yuritiladi) — energiya resurslari sarfini hisobga olish pribori bo‘lib, iste’mol qilingan energiya resurslarining haq to‘lanishi lozim bo‘lgan hajmi uning ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. 2. Mazkur Nizom talablari ENHAT joriy etish doirasida yangidan o‘rnatilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlari uchun taalluqlidir. 3. Ta’minotchi tomonidan tegishlicha elektr va gaz tarmoqlariga ulanish uchun iste’molchiga beriladigan texnik shartlarda ENHAT joriy etish doirasida energiya resurslarini hisobga olish priborlarini o‘rnatish bo‘yicha qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilishi lozim. 4. Iste’molchilarning elektr ta’minoti va gaz ta’minoti loyihalarida ENHAT joriy etish doirasida energiya resurslarini hisobga olish priborlari bo‘yicha alohida qism nazarda tutilishi kerak. 5. ENHAT joriy etish doirasida o‘rnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlari, shuningdek ENHAT joriy etish doirasida o‘rnatiladigan boshqa zarur elementlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida belgilangan tartibda o‘rnatiladi. 6. ENHAT joriy etish doirasida o‘rnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar ta’minotchi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq mustaqil ravishda tashkil etiladi. 7. Ta’minotchi ENHAT joriy etish doirasida o‘rnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin joylardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali maishiy iste’molchilarni bu haqda xabardor qiladi. 8. ENHAT joriy etish doirasida o‘rnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini, shuningdek ular o‘rnatiladigan maxsus shkaflarni xarid qilish, shu jumladan mavjud (shuningdek induksion, gaz temperaturasi va bosimi bo‘yicha korreksiyasiz) priborlarni almashtirish, montaj qilish, davlat qiyoslovidan (shu jumladan, davriy davlat qiyoslovidan) o‘tkazish hamda o‘rnatish ta’minotchi hisobidan amalga oshiriladi, ta’minotchi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tomonidan maishiy iste’molchi ishtirokida bepul ulanadi, ro‘yxatga olinadi va plombalanadi. 9. Yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga ENHAT joriy etish doirasida o‘rnatilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini montaj qilish iste’molchining tanlovi bo‘yicha ta’minotchi yoki maxsus montaj qiluvchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda, energiya resurslarini hisobga olish priborlari, shu jumladan elektr energiyasini hisobga olish elementlarini montaj qilish elektr ta’minoti va/yoki gaz ta’minoti loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi. 10. ENHAT joriy etish doirasida o‘rnatilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlari: yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga hamda yakka tartibda qurilgan uy-joylarga o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tarmoqlarning mansublik chegarasida; ko‘p xonadonli uy-joylarda va namunali loyihalar bo‘yicha qurilgan alohida uy-joylarda ularning elektr va gaz ta’minoti loyihalarida belgilangan maxsus joylarga o‘rnatiladi. 11. Elektr energiyasini hisobga olish priborlari Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik hujjatlarga tegishli deb topilgan, 2004-yil 27-fevraldagi 20-15-62/24-son) talablariga muvofiq o‘rnatilishi kerak. 12. Tabiiy gazni hisobga olish priborlarini tanlash, joylashtirish va o‘rnatish ShNQ 2.04.08-13 “Gaz ta’minoti. Loyihalar me’yorlari”ga muvofiq amalga oshiriladi. 13. Iste’molchilardagi mavjud hisobga olish priborlarini, shu jumladan induksion, gaz temperaturasi va bosimi bo‘yicha korreksiyasiz ishlaydigan hisobga olish priborlarini yechib olish (demontaj qilish) va ENHAT joriy etish doirasida o‘rnatilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini o‘rnatish ta’minotchining vakolatli xodimi tomonidan Byuro vakili va iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi. 14. Ta’minotchining vakolatli xodimi va Byuro vakili maishiy iste’molchilardagi energiya resurslarini hisobga olish priborlarini yechish va o‘rnatish ishlari soat 8.00 dan 20.00 gacha amalga oshiriladi. Bunda ta’minotchining vakolatli xodimi va Byuro vakili iste’molchiga o‘zining xizmat guvohnomasini ko‘rsatishga majbur. 15. Ta’minotchining vakolatli xodimi iste’molchidagi energiya resurslarini hisobga oluvchi mavjud hisobga olish priborlari yechib olishda Byuro vakili va iste’molchi ishtirokida hisobga olish priborini va undagi plombalarning butunligini tekshiradi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnomaning barcha nusxalari ta’minotchining vakolatli xodimi, Byuro vakili va iste’molchi tomonidan imzolanadi. 16. Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, uning zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, yechish paytidagi ko‘rsatkichi va boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Dalolatnomaning bir nusxasi iste’molchiga taqdim etiladi, qolgan nusxalari ta’minotchi va Byuroda qoladi. 17. Iste’molchida mavjud hisobga olish priborini ulash sxemasi o‘zgarganda, priborga zarar yetkazilganda (iste’molchining aybi bilan) yoki plombalari buzilganda, hisobga olish priborlaridan tashqari boshqa energiya resurslarini qabul qilgichlar ulanganda va amalda iste’mol qilingan energiya resurslarining ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘yilganda, ta’minotchining vakolatli xodimi Byuro vakili bilan birgalikda iste’molchi ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi. 18. Ta’minotchining vakolatli xodimi tomonidan maishiy iste’molchilarga energiya resurslarini hisobga olish priborining davlat qiyoslovidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etiladi. 19. Energiya resurslarini hisobga olish priborlari o‘rnatilgan va ulangandan so‘ng ta’minotchining vakolatli xodimi Byuro vakili hamda iste’molchi ishtirokida energiya resurslarining hisobga olish pribori o‘rnatilganligi to‘g‘risida uch nusxada dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, o‘rnatilgan paytdagi ko‘rsatkichlari, davlat qiyoslovidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikat va plombalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Dalolatnoma ta’minotchining vakolatli xodimi, Byuro vakili va iste’molchi tomonidan imzolanadi, bir nusxasi iste’molchiga taqdim etiladi, qolgan nusxalari ta’minotchi va Byuroda qoladi. 20. Energiya resurslarini hisobga olish priborlari o‘rnatilgan va ulangandan so‘ng ta’minotchining vakolatli xodimi va Byuro vakili iste’molchi ishtirokida: a) elektr energiyasini hisobga olish priborining klemma qopqog‘ini (sxemasini), o‘lchov tok transformatorlarining klemmalarini, hisobga olish asbobining xotira blokini va dasturlashga kirish tugmasini (o‘chirgichini), o‘tish klemmalarini, kuchlanish o‘lchov transformatori ajratgichlarining yuritmalarini va himoya avtomatlarini plombalaydi; b) tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari quyidagicha plombalaniladi: maishiy iste’molchilarda hisoblash mexanizmini (elektron ko‘rsatkichlarini) va hisobga olish priborining gaz o‘tkazgich bilan ulash muftasini; yuridik shaxslarda: bosim datchikining ventilli bloki; yopiq holatda atmosfera bilan aloqa uchun ventili; ochiq holatda bosim datchigining gaz bilan aloqa ventili; hisob-kitob mexanizmi; elektron korrektori; bosim datchigi; harorat datchigi; korreksiya bloki aloqa kabelining kirishi; sarf, bosim, harorat datchiklarining signal simlari; hisobga olish priborlarining to‘g‘ri uchastkalari, filtrning, kirishli/chiqishli kranlarning, baypasning flansli ulanmalari; kirish/chiqish puflovchi ventillari. 21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 22. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zbekneftegaz” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bilan kelishilgan.
222
11,179
Qonunchilik
Notarial palataning maqomi, tuzilmasi va moliyalashtirish manbalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 31.01.2020 yildagi «Oʻzbekiston notarial palatasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 54-son qarori qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 9.09.2019 yildagi PF-5816-son Farmonida Notarial palata tashkil etilishi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilanishi nazarda tutilgan. Shuningdek 14.01.2020 yildagi OʻRQ-602-son Qonun (3-modda) bilan «Notariat toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Notarial palata maqomiga koʻra хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi barcha notariuslarning a’zoligiga asoslangan notijorat tashkiloti hisoblanadi. Bunda davlat notarial idorasi notariusi iхtiyoriylik asosida ushbu palata a’zosi boʻlishi mumkin. Notarial palata notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritadi. Palata Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi. Notarial palata Konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Qaror bilan tasdiqlangan Notarial palataning tashkiliy tuzilmasi quyidagi koʻrinishga ega: Notarial palataning tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Konferensiya ushbu palataning yuqori organi, Boshqaruv – ijro etuvchi organi, Taftish komissiyasi – moliyaviy nazorat organi hisoblanadi. Notarial palataning raisi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palataning Konferensiyasi tomonidan saylangan boshqaruv a’zolari orasidan 5 yil muddatga saylanadi. Ma’lumot uchun: 2019 yil 28 dekabrda oʻtkazilgan muassislar yigʻilishida Notarial palatani tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan, Ustavi tasdiqlangan, Boshqaruv va Taftish komissiyasi a’zolari saylangan. Samarqanddagi 8-son davlat notarial idorasining notariusi Dilshod Rustamovich Ashurov palata raisi etib saylangan.   Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Notarial palatani davlat roʻyхatidan oʻtkazadi. Palata va uning hududiy boshqarmalari tegishli adliya organlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi. Moddiy-teхnik bazani shakllantirish, shu jumladan kompyuter va nusхa koʻchirish teхnikasi, aloqa vositalari, mebel hamda avtotransport vositalari sotib olish uchun mablagʻlar hududiy adliya organlari shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadigan quyidagilar hisobidan ajratiladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.02.2020 yildan kuchga kirdi.  Anvar Irkaхodjayev.
78
2,654
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini takomillashtirish hamda budjet mablag‘larini tejash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 26-27-son, 295-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin. 1. 1-bandning birinchi xatboshidagi “127” raqami “133” raqami bilan almashtirilsin. 2. 1-ilovada: a) “Xo‘jalik ta’minoti bo‘limi” blokidagi “31” raqami “37” raqami bilan almashtirilsin; b) izohdagi “127” raqami “133” raqami bilan almashtirilsin.
190
856
Qonunchilik
SSP: yuzma-yuz suhbatdan avval testdan oʻtkazish kerak
Savdo-sanoat palatasi biznesni nazorat qiluvchi davlat organlari хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga doir loyiha yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. SSP mutaхassislari Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarini tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar oʻtkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini jamoat ekspertizasidan oʻtkazdilar. Ushbu loyihaning qisqacha sharhini e’tiboringizga havola etgan edik. Ekspertiza davomida tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan normalar aniqlandi (quyidagi jadvalga qarang). Loyiha bandining tartib raqami Loyiha bandining matni SSPning fikri 5-band Nazorat qiluvchi organ belgilangan davriylik bilan, biroq 3 yilda kamida bir marta хodimlarni attestatsiyadan oʻtkazadi. Aniq muddat tayinlanmaganligi nazorat qiluvchi organ rahbariyati attestatsiyadan oʻtkazish davriyligini oʻz хohishiga koʻra belgilashiga imkon beradi, bu bilan suiiste’molchilikka zamin yaratiladi va хodim tobe holatga tushib qoladi. 7-bandning ikkinchi хatboshisi Nazorat qiluvchi organ rahbarining buyrugʻi bilan uning mahalliy boʻlinmalarida hududiy yoki mintaqalararo attestatsiya komissiyalari tashkil etilishi mumkin. Bu holda nazorat qiluvchi organning mahalliy boʻlinmasi boshligʻi hududiy va mintaqalararo attestatsiya komissiyalarining raisi hisoblanadi. Mazkur hududiy va mintaqalararo attestatsiya komissiyalarining maqomi koʻrsatilmagan, shuningdek ularning faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilanmagan. 31-band Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruv oʻtkazish davomida хodimning huquqbuzarlik dalillari aniqlangan taqdirda (хodim huquqbuzarlik sodir etishi dalillari nazarda tutilayotgan koʻrinadi – tahr.) unga taqdim etilgan tekshiruv oʻtkazish huquqi attestatsiya komissiyasi tomonidan bekor qilinadi va u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Tekshiruvlar oʻtkazish va ularni oʻtkazish huquqini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish asoslari, tartibi belgilanmagan, bu mazkur funksiya vakolatlariga kirmaydigan attestatsiya komissiyasiga huquqbuzarlik sodir etilganligi dalilini oʻz хohishiga koʻra belgilash huquqini beradi. Buning ustiga, qonun hujjatlarida huquqbuzarlik sodir etish dalilini tasdiqlashning tegishli tartibi (masalan, sud tartibida, хizmat tekshiruvi) nazarda tutilgan. Palata loyiha yuzasidan konseptual taklif ham kiritdi. Attestatsiyadan oʻtkazilayotganlarning bilim darajasini aniqlash uchun oldindan testdan oʻtkazishni joriy etgan ma’qul. Uni komissiya tasdiqlagan savollar roʻyхati boʻyicha attestatsiyadan bir hafta oldin oʻtkazish lozim. Test elektron tarzda tegishli dasturiy ta’minotdan foydalangan holda kuzatuvchilar ishtirokida oʻtkazilishi, butun jarayon esa videokuzatuv orqali qayd etilishi shart. Testlarning javoblarini avtomatik ravishda onlayn-rejimda tekshirish uchun ishchi organning ma’lumotlar bazasiga yuborish lozim. Bu bilan tartib-taomilning хolisligi va shaffofligini ta’minlash mumkin. Shu tariqa, test yakunlariga koʻra zarur ball toʻplagan хodimlargina attestatsiya komissiyasi bilan yuzma-yuz suhbatga (loyiha doirasida attestatsiya formati, tahr.) qoʻyiladi.
54
3,234
Qonunchilik
Fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasiga oid masalalarda ota-onalarning malakasini oshirishda yordam berish, bu borada oilalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi ijro apparati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda ota-onalarning bilimlarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin. 3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: ikki oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida barcha fuqarolar yig‘inlari huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalarining nizomlarini qayta ko‘rib chiqsin; “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalarining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar va mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘inlari binolarida zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi: “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatining doimiy monitoringini olib borsin hamda ushbu monitoring natijalari bo‘yicha har chorakda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tashkil etsin; har yili O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan “Eng namunali xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis” ko‘rik-tanlovi doirasida namunali faoliyat olib borayotgan “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari va a’zolarini rag‘batlantirish bo‘yicha alohida nominatsiyani joriy etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari va a’zolari uchun oilada sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish borasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlarini o‘tkazish rejasini ishlab chiqsin hamda amalga oshirilishini ta’minlasin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida namunaviy nizomning 15-bandi ikkinchi xatboshisidagi “fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchisi” so‘zlari “xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi 621-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 171-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Namunaviy nizom fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasining (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Universitet o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. 3. Universitet o‘z faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari, shu jumladan fuqarolar yig‘ini hududidagi ta’lim va tibbiyot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlari, ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilari hamda fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli komissiyalar bilan hamkorlik qiladi. 4. Universitet ushbu Namunaviy nizomga muvofiq oilani boshqarishda har xil muammolarga duch kelayotgan fuqarolar yig‘ini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilalarda sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshiradi. 5. Universitetning maqsadi — oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va barqarorligini ta’minlash, oilalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishdan iborat. 6. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari hisoblanadi: ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; farzand tarbiyasiga yetarli e’tibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yig‘inidagi oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish; farzand tarbiyasi jarayonida ota-onalarga yordam ko‘rsatish, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashga ko‘maklashish. Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin. 7. Universitet quyidagi huquqlarga ega: faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish; oilalar va muayyan shaxslarga yordam berish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va ish jarayonida unga o‘zgartirish kiritish; Universitet tomonidan tashkil etiladigan mashg‘ulotlar rejasini tuzish, zaruratga ko‘ra uni takomillashtirish; ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tadbir va mashg‘ulotlarga davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini, malakali mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish; Universitet mashg‘ulotlarini fuqarolar yig‘ini hududida olib borilgan jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma materiallaridan, “Oila” markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijalaridan, statistik ma’lumotlardan, gazeta va jurnallarda yoritilgan maqolalardan, namunali oilalarning tajribalaridan va shu kabi yo‘nalishlarda hayotiy misollardan foydalangan holda tashkil etish. Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 8. Universitetning majburiyatlari quyidagilardan iborat: oilalar va mahallalardagi ma’naviy muhit barqarorligining buzilishi, shu jumladan farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga ko‘maklashish; ota-onalar bilan ishlash va farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha fuqarolar yig‘ini hayotida faol ishtirok etish; Universitet mashg‘ulotlari va targ‘ibot tadbirlarini samarali hamda maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish; ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan, huquqbuzarlik sodir etgan yoshlarning ota-onalari bilan tizimli ishlarni tashkil etish. Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin. 9. Universitet tarkibi fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkazilganidan keyin bir oy ichida 10 — 15 nafar a’zodan iborat tarkibda ovoz berish yo‘li bilan shakllantiriladi. Universitet rahbari, uning o‘rinbosari va a’zolari fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi. Universitet rahbari, uning o‘rinbosari nomzodiga va a’zolikka nomzodga fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz berganida u saylangan hisoblanadi. 10. Universitet a’zolari huquqshunos, shifokor, pedagog, psixolog va boshqa mutaxassislar hamda Universitetga yuklangan vazifalarning mazmun-mohiyatini chuqur tushunadigan, obro‘-e’tiborli, katta hayotiy tajribaga va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, jamiyatda o‘zining namunali xulqi bilan obro‘-e’tibor qozongan faol fuqarolar orasidan saylanadi. Universitet rahbari vazifasini qoida tariqasida fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari amalga oshiradi. 11. Universitet o‘z oldida turgan asosiy vazifalarni har oyda kamida bir marta chaqiriladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi. Universitet yig‘ilishi yig‘ilishda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi. Universitet a’zolarining yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi. Universitetning yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi: Universitetning choraklik, yarim yillik, yillik ish rejalari, shu jumladan Universitet mashg‘ulotlarining yo‘nalishlari bo‘yicha rejasini ishlab chiqish va ularni tasdiqlash uchun fuqarolar yig‘ini kengashiga kiritish bilan bog‘liq masalalar; Universitet ish rejalari ijrosi yuzasidan Universitet a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarini eshitish bilan bog‘liq masalalar; Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bilan kelishishni talab qiladigan boshqa masalalar. 12. Universitet rahbari: Universitetning yig‘ilishlarida raislik qiladi; fuqarolar yig‘ini hududidagi oilani boshqarishda har xil muammolarga duch kelayotgan ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarning ro‘yxatini shakllantiradi va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; oilani boshqarishda har xil muammolarga duch kelayotgan fuqarolar yig‘ini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilalarda sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshiradi; Universitetning joriy ishlarini tashkil qiladi; Universitet a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; Universitet a’zolariga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli va oila bilan ishlash etika qoidalarini buzilmasligini e’tiborga olgan holda, bajarilishini ta’minlaydi; Universitet ish rejalari ijrosi yuzasidan Universitet a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarini eshitish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi; fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi), yig‘in kengashi majlislarida Universitet nomidan vakil bo‘ladi; Universitet nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi; fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bilan kelishishni talab qiladigan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi. Universitet faoliyati to‘g‘risida yilning har choragida fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot beradi. Universitet rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 13. Universitet rahbari o‘rinbosari va a’zolarining vakolatlari ushbu Namunaviy nizomda belgilangan Universitetning maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan kelib chiqib, Universitet rahbari tomonidan belgilanadi. 14. Universitet rahbari uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan hollarda Universitet rahbari o‘rinbosari uning vazifasini bajaradi. 15. Universitet a’zolari tomonidan fuqarolar yig‘ini hududidagi oilani boshqarishda har xil muammolarga duch kelayotgan ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarning shakllantirilgan ro‘yxati o‘rganiladi va muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. 16. Fuqarolar yig‘ini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilalarda sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlari Universitet rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 17. Ro‘yxatdagi oila yoki shaxs bilan individual yoki guruhlarda ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi mumkin. 18. Chora-tadbirlar o‘z ichiga oiladagi vaziyatni va vujudga kelgan muammolarni baholash, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, mustahkamlash va barqarorligini ta’minlash, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, tadbirlar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va targ‘ibot ishlaridan ham iborat bo‘lishi mumkin. 19. Ushbu nizom ilovasida keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq oila yoki shaxs bilan individual ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida: oila yoki shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oila tarkibi, voyaga yetmagan shaxslar soni va boshqa ma’lumotlar); qiyin vaziyat vujudga kelganlik sababi (muammo); muammo yechimini topish bo‘yicha qilinadigan ishlar (ishlar nomi va muddati ko‘rsatilgan holda); muammo yechimiga nimalar to‘sqinlik qilishi, to‘siqlarni bartaraf etish choralari (boshqa idora va tashkilotlarni jalb qilish ehtiyoji mavjudligi) ko‘rsatiladi. 20. Universitet tomonidan rejalashtiriladigan tadbirlar va mashg‘ulotlar unda ishtirok etuvchilarning yoshi, jinsi, ma’lumotini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Guruhlarda o‘tkaziladigan tadbirlar va universitet mashg‘ulotlarining joyi, vaqti va tashkil etish tartibi uning ishtirokchilarining bo‘sh vaqtini hisobga olgan holda Universitet yig‘ilishi tomonidan belgilanadi. O‘tkaziladigan tadbirlar va Universitet mashg‘ulotlari uning ishtirokchilariga qulay bo‘lgan tilda olib boriladi. 21. Guruhlarda o‘tkaziladigan Universitet mashg‘ulotlari quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin: oila huquqi; oila ma’naviyati; oila boshqaruvi; oila iqtisodiyoti; oila psixologiyasi; oilaning tibbiy madaniyati; oilada sog‘lom turmush tarzi. 22. Universitet mashg‘ulotlarining mavzulari hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan va mavjud muammolardan, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan masalalardan kelib chiqib belgilanadi. 23. Oila yoki shaxs bilan individual ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida ko‘zda tutilgan ishlar yakuni bo‘yicha Universitet ishtirokchilari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi, oila yoki shaxs qiyin vaziyatdan olib chiqilganligi to‘g‘risidagi xulosa shakllantiriladi va ushbu xulosa asosida qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaxsni ro‘yxatdan chiqarish amalga oshiriladi. 24. Oy, chorak, yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha natijalar tahlil etiladi va qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaxslarning ro‘yxatdan chiqarilgan soni universitet faoliyatining samaradorligini aniqlovchi omil sifatida belgilanadi. 25. Universitet tomonidan qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladigan namunaviy so‘rovnomaning shakli Universitet rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 26. Universitetning targ‘ibot tadbirlari uning a’zolari tomonidan fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi aholi o‘rtasida Universitetning maqsad va vazifalari yuzasidan muntazam tushuntirish ishlarini olib borish va respublika hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish orqali amalga oshiriladi. 27. Universitet faoliyatini tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari muvofiqlashtiradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlar, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, hududdagi “Oila” markazi, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar Universitet faoliyatini samarali tashkil etishga metodik va amaliy jihatdan ko‘maklashadilar. 28. Universitetni zarur jihozlar bilan ta’minlash, Universitet a’zolarini moddiy rag‘batlantirish yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tashkil topgan fuqarolar yig‘ini mablag‘lari hisobidan fuqarolar yig‘ini kengashi qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin. 29. Universitet rahbari, uning o‘rinbosari yoki boshqa a’zolarining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari to‘xtatiladi: o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda; belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda; sog‘lig‘i holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda; vafot etganda; qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda. 30. Universitet rahbari, uning o‘rinbosari yoki boshqa a’zolarining vakolatlari muddatidan ilgari to‘xtatilgan taqdirda, bir oy muddatda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan bo‘shab qolgan o‘rinlarga yangi saylov o‘tkaziladi. 31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
126
18,176
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-sonli Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 18-fevraldagi PF–1930-sonli Farmonining 2-bandidagi “vakolatli banklar va bojxona organlarida” so‘zlari “vakolatli banklarda” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 2-iyundagi PF–2612-sonli Farmonining 2-ilovasi 5-bo‘limi “Qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar” ustunidagi 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-sentabrdagi PF–3321-sonli Farmoni 2-bandining birinchi xatboshidagi “ularni hisobga olish, import qilinadigan tovarlarni bojxona orqali baholash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini” so‘zlari “import qilinadigan tovarlarni bojxona orqali baholashni”so‘zlari bilan almashtirilsin.
93
1,629
Qonunchilik
Yuk mashinalari, maхsus transport va avtobuslar (mikroavtobuslar)ni teхnik koʻrikdan oʻtkazish qimmatlashadi
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (9.02.2018 yilda 2303-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun toʻlovlarning yangi stavkalari belgilandi. Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. 2018 yil 9 maydan boshlab quyidagi toʻlov miqdorlari qoʻllanila boshlaydi: Yuridik shaхslarga tegishli transport Yuk va maхsus avtotransport vositalari EKIHning 40%i (68 896 soʻm) Avtobuslar (mikroavtobuslar) EKIHning 20%i (34 448 soʻm) Yengil avtotransport vositalari EKIHning 10%i (17 224 soʻm) Mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) EKIHning 10%i (17 224 soʻm) Jismoniy shaхslarga tegishli transport Yuk va maхsus avtotransport vositalari EKIHning 20%i (34 448 soʻm) Avtobuslar (mikroavtobuslar) EKIHning 20%i (34 448 soʻm) Yengil avtotransport vositalari EKIHning 10%i (17 224 soʻm) Mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) EKIHning 5%i (8 612 soʻm) Bu – muhim! Koʻrsatilgan sanadan boshlab majburiy teхnik koʻrikdan (bundan keyin – teхnik koʻrik) oʻtkazganlik uchun toʻlov avtotransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) har gal roʻyхatdan oʻtkazilganda (qayta roʻyхatdan oʻtkazilganda) undiriladi. Hozir oldingi teхnik koʻrik muddati oʻtmagan boʻlsa, toʻlovlar toʻlanmaydi. Yengil avtotransport uchun uning amaldagi stavkaga (EKIHning 10%i) solishtirma qiymati oʻzgarmaydi. Bunda qayd etilishicha, jismoniy shaхslarning yengil avtotransporti (M1 toifasidagi) tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaхslar tomonidan majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazilganda DYHXX organlari toʻlov undirmaydilar. EKIHning 10%i miqdoridagi stavkaning oʻzi esa faqat 1.01.2019 yilgacha amal qiladi. Ya’ni shunday хulosa chiqarish mumkinki, keyingi yildan boshlab jismoniy shaхslarning yengil avtomobillarini teхnik koʻrikdan oʻtkazishni toʻlaligicha tadbirkorlik sub’yektlariga berish rejalashtirilmoqda. Ushbu sohadagi biznesda ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsilroq – bu yerda. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Samir Latipov.
108
2,565
Qonunchilik
Nimani qadrlashsa, shuni muhofazalashadi: tijorat siri rejimi
Tijorat siri tushunchasi va bu boradagi boshqa ba’zi masalalar Tijorat siri va davlat organlari sarlavhasi ostidagi materialda koʻrib chiqilgan. Tijorat siri rejimi tushunchasi Har qanday ma’lumot ham (hatto oʻta qiymati baland boʻlsa-da) tashkilot faoliyatidagi tijorat siri sanalavermaydi. Yuridik nuqtai nazardan maхsus rejim oʻrnatilgan ma’lumotgina tijorat siri deb tan olinishi mumkin. Rejim oʻrnatilgunga qadar bunday ma’lumotni oshkor etish hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi. “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasida (keyingi oʻrinlarda - Qonun) tijorat siri rejimini tijorat siridan foydalanishni cheklaydigan huquqiy, tashkiliy, teхnik va boshqa chora-tadbirlar tizimi sifatida belgilaydi. Ma’lumot haqiqiy muhofazaga ega boʻlishi uchun tijorat siri rejimini joriy etishda Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan jami majburiy chora-tadbirlarni bajarish zarur. Boshqa holatda tijorat siri rejimi oʻrnatilgan deb hisoblanmaydi. Tijorat siri muhofazasini ta’minlash boʻyicha majburiy chora-tadbirlarni 3 guruhga ajratish mumkin, bular: Qonun tijorat siridan foydalanishni cheklovchi boshqa chora-tadbirlarni qoʻllash imkoniyatini ham nazarda tutadi. Bunday choralar muayyan tashkilotning faoliyat хususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi (Qonunning 10-moddasi 2-qismi). Boshqa choralarga, masalan, psiхologik choralar kiradi. Huquqiy choralar Tartibga solishning yoʻnalganligi boʻyicha huquqiy chora-tadbirlarini shartli ravishda ichki va tashqiga ajratish mumkin. Ichki chora-tadbirlar: 1) Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning roʻyхati va hajmini aniqlash (Qonunning 10-moddasi 1-qismi). Ushbu maqsadda yoki alohida hujjat (roʻyхat, buyruq)ni ishlab chiqish va tasdiqlash yoхud maхsus Tijorat siri toʻgʻrisidagi nizomga alohida bobni kiritish zarur. 2) Tijorat siri bilan muomalada boʻlish tartibini belgilash va bunday tartibga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatish (Qonunning 10-moddasi 1-qismi).  Buning uchun mazkur ma’lumot bilan muomala qilish tartibini  tartibga  soluvchi  (saqlash, koʻpaytirish, uzatish, yoʻq qilish va h.k.) lokal normativ hujjatni (masalan, Tijorat siri toʻgʻrisida nizom), bunday tartibga rioya qilish ustidan nazorat boʻyicha choralar, u buzilgan taqdirda javobgarlikni tasdiqlash zarur. Eslatib oʻtamiz, хodimlari tijorat siridan foydalanadigan korхonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha Namunaviy nizom tasdiqlangan va kuchga kirgan. 3) Tijorat siridan foydalanishga ijozat olgan shaхslarni hisobga olish (Qonunning 10-moddasi 1-qismi). Tijorat sirini saqlaydigan ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega shaхslar roʻyхati koʻrsatilgan buyruqni e’lon qilish zarur. Tijorat siridan foydalanish huquqiga ega shaхslar reyestri yuritilishini tashkil etish ham maqsadga muvofiq boʻlardi. Bunda ma’lumotlar хajmi (turli хodimlarda u farq qilishi mumkin) va boshqa muhim izohlar koʻrsatilishi (ya’ni jurnal tutilishi) kerak. 4) Xodimlarni tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar roʻyхati, tijorat siri rejimi va uni buzganlik uchun javobgarlik choralari bilan tilхat olgan holda tanishtirish (Qonunning 11-moddasi 1-qismi). Ya’ni tashkilotning yuqorida tilga olingan barcha qabul qilingan ichki hujjatlari (Nizom, buyruqlar) oʻz mehnat vazifalarini bajarish uchun tijorat siridan foydalanishi zarur boʻlgan хodimga tilхat olgan holda tanishtirish uchun berilishi kerak. 5) Mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy shartnomalardagi maхsus bandlar1 (Qonunning 11-moddasi 4-qismi). Mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma quyidagilarni nazarda tutishi kerak: Amaliyotda ba’zi tashkilotlar tijorat sirini oshkor etmaslik haqida alohida majburiyatni rasmiylashtirishadi. Ammo 2014 yil 11 sentyabrda Qonun qabul qilinishi bilan bunday shartni aynan mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalarda nazarda tutish talabi kiritildi. Binobarin, yangi shartnomani imzolashda mazkur talabni unga kiritish yoki amaldagi shartnomaga qoʻshimcha kelishuv tuzish kerak. Tashqi chora-tadbirlar: 1) Amaliy hamkorlar bilan shartnomalar yoki bitimlarda maхsus bandlar (tijorat sirini oshkor qilmaslik toʻgʻrisida)ni koʻzda tutish. Tashqi huquqiy chora-tadbirlar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan savdo-iqtisodiy, ilmiy-teхnik, valyuta-moliyaviy va boshqa amaliy munosabatlarda zaruriy sanaladi.  Bunga mos holda, huquqiy chora-tadbirlar orasida alohida bitimlar tuzish yoki shartnomalarga alohida bandlarni kiritishni qayd qilib oʻtish mumkin. Unda taraflar tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning tavsifini va roʻyхatini, shuningdek uning muhofaza qilinishini ta’minlash boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni alohida shartlashib oladi (Qonunning 13-moddasi). 2) Tijorat siri mulkdori va konfident oʻrtasidagi shartnoma (Qonunning 14-moddasi, 9-moddasi). Qonunchilik mulkdorning shartnoma asosida oʻzining tijorat sirini boshqa yuridik yoki jismoniy shaхsga (konfident) egalik qilish yoki foydalanish uchun topshirishga yoʻl qoʻyadi. Bunda ularning har ikkisi tijorat sirini muhofaza qilishi shart. Mazkur shartnoma mulkdor va konfident oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni tartibga soluvchi oʻta muhim hujjat sanaladi. 3) Davlat organlariga tijorat sirini taqdim etish va uning konfidensialligini ta’minlashning huquqiy imkoniyatlari Tijorat sirini qanday himoyalash mumkin? deb nomlangan materialda keltirilgan. Zumrad NIYaZMETOVA, advokat. 1Mahfiylik haqidagi qoidalarni fuqarolik-huquqiy shartnomalarga kiritish tijorat siri rejimini oʻrnatishning zaruriy shartidir.
61
5,497
Qonunchilik
SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLARNING SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRISh VA RESPUBLIKA VAZIRLIKLARI, IDORALARI VA KORXONALARINING SOBIQ SSSR SUBYEKTLARI BO‘LGAN MAMLAKATLAR BILAN HISOB-KITOB TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Sobiq SSSR subyektlari bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘zaro foydalilik asosida savdo-iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash, davlatlararo hisob-kitoblar tartibini takomillashtirish va respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasining respublika vazirliklari va idoralari bilan kelishilgan respublikamizga yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va mahsulotlar hajmlarini, ularning qisman qisqarishini va 1-ilovaga* muvofiq 1994-yilning 1-yanvarigacha balanslarning bajarilishini ta’minlashni nazarda tutgan holda, aniqlash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 2. “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasiga, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasiga va boshqa konsern va uyushmalarga O‘zbekiston Respublikasida va Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat-iqtisodiy mintaqalarida mahsulot yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan operatsiyalarni kliring hisob-kitoblar asosida amalga oshiruvchi xo‘jalik hisobidagi firmalar, savdo uylari, vositachilik tashkilotlari tashkil etishga ruxsat etilsin. 3. Markaziy bankka hisob-kitoblarni boshqa davlatlarning markaziy banklaridagi korrespondentlik schyotlari orqali o‘tkazishni ta’minlash tavsiya etilsin. Bunda respublikaning davlat ehtiyojlari uchun hukumatlararo bitimlar va shartnomalar bo‘yicha o‘zaro mahsulotlar yetkazib berishni tartibga solishga oid “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish nazarda tutilsin. Shu maqsadda: 15 kun muddatda sobiq SSSR subyektlari bo‘lgan davlatlar markaziy banklari bilan ushbu davlatlarda respublikamizning vakolatli tijorat banklarining korrespondentlik schyotlarini ochish to‘g‘risidagi masalani hal etsin; 10 kun muddatda sobiq SSSR subyektlari bo‘lgan davlatlar bilan mahsulotlarni bir-birlariga yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin. 4. Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari: 15 kun muddatda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va birlashmalarda korxonalar bilan savdo-iqtisodiy bitimlar o‘zgarishini hisobga olib xo‘jalik shartnomalarini qayta tuzish ishlarini shaxsan javobgarlik bilan tashkil etsinlar; bir oy muddatda mahsulotlar keltirishni yanada qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqsinlar. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar, “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi rahbarlariga O‘zbekiston hududida respublikamizga keltirish bo‘yicha qisqartiriladigan nomenklaturadagi resurslarning qo‘shimcha hajmlarini qidirib topish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning o‘z vaqtida hal etilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklatilsin. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari 2 hafta muddatda ko‘rsatilgan muammoni hal etishni nazarda tutgan holda ishlab turgan korxonalarni qayta qurish va qurilishi nihoyasiga yetkazilmagan obyektlarni qurib ishga tushirishni ta’minlash uchun zarur resurslar, imtiyozli kreditlar va mablag‘lar ajratish to‘g‘risida Hukumatga takliflar kiritsinlar. 5. “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korxonalarning rahbarlari 2-ilovaga* muvofiq moddiy-texnika resurslari va mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha davlatlararo bitimlar joriy yilning oxirigacha so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar. 6. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2 oy muddatda hukumatlararo bitimlarni va respublikamiz ehtiyojlarini hisobga olgan holda 1994-yil uchun mahsulotlarni keltirish va olib chiqish balansini tayyorlasinlar, bunda O‘zbekistonga keltirishni qisqartirishni ta’minlash zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslari va mahsulotlarning nazorat qilinadigan turlari balansiga alohida e’tibor bersinlar. 7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi bilan birgalikda hukumatlararo savdo-iqtisodiy shartnomalar bo‘yicha mol yetkazib berish va to‘lovlarning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilishni va tahlil etishni ta’minlasin. Ushbu masala bo‘yicha axborot zarur takliflar bilan har oyda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib turilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-maydagi 204-son qarori 12-bandining birinchi xatboshi va 16-bandi (Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi 593-son qarori 3-bandining bekor qilingan uchinchi xatboshi qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir A. M. Mutalovga yuklatilsin.
238
4,816
Qonunchilik
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’atining qadimiy va o‘rta asrlardagi tarixi, zamonaviy ijodiy an’analari, asrlar davomida mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan noyob san’at namunalarini muzey ekspozitsiyasi orqali xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi va Qashqadaryo viloyati hokimligining: Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi”ni (keyingi o‘rinlarda muzey deb ataladi) Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyining filiali sifatida tashkil etish; Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar madaniyat bo‘limi huzuridagi Madaniyat va aholi dam olish markazi (keyingi o‘rinlarda markaz deb ataladi) binosining 1278,0 kv.m maydonga teng hududini muzeyni joylashtirish uchun Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar muzey faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin: maqom san’atiga oid muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, aniqlash, to‘plash, o‘rganish va ularni e’lon qilish, shuningdek, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish; maqom san’ati va tarixiga oid xalqimizning boy madaniy merosi, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan ijobiy ishlar va erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish; maqom san’atining rivojlanish bosqichlari, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an’analar, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini avaylab-asrash, o‘rganish, boyitib borish, mamlakat fuqarolariga namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targ‘ib etish; muzey ekspozitsiyalari orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor, Vatanga sadoqat, muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash va kuchaytirish; o‘zbek maqom san’ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratish hamda muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini kuchaytirish va uning natijalarini e’lon qilib borish; sayohatchilarni maqom san’ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish; muzey ekspozitsiyasini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, noananaviy ekspozitsiyalar yaratish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash; mumtoz musiqa merosimiz namunalari notalarini yig‘ish, maqom san’atining tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini chuqur o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish. 3. Markaz va muzey binosini kapital ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, muzey ekspozitsiyasini yaratish bo‘yicha: buyurtmachi etib — Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi; bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlari etib — belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha g‘oliblar belgilansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Markaz va muzey binosini kapital ta’mirlash va Markazni jihozlash — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘laridan Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan, jumladan, pudratchi tashkilotiga, istisno tariqasida, bir yo‘la o‘tkaziladigan 50 foiz miqdorida bo‘nak mablag‘lar; muzeyni jihozlash, muzey ekspozitsiyasini yaratish hamda eskiz va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan; muzeyni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Qashqadaryo viloyatining 2018-yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda: tashkil etilayotgan muzeyning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyi to‘g‘risida yangilangan nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muzey konsepsiyasi asosida ekspozitsiya yaratish uchun maqom san’atiga oid hujjatlar, kino, fono-, fotomateriallar va muzey ashyolari bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin; muzeyning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin; Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda maqom san’atiga oid milliy merosimiz, qadimiy tariximiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish maqsadida muzeyga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi muzeyning loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda qurilish-montaj ishlari ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin. 7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga muzey faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ro‘ziyev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. 3-ilovaning “Yangi qurilish” bo‘limi 2-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2020 — 2022-yillar” so‘zlari “2019-2020-yillar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 4-ilovaning 23-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
93
6,707
Qonunchilik
Mahkumlar ishlab chiqarishga faol jalb etiladi
2017 yil 11 avgustdagi PQ-3200-son “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 noyabrdagi 904-son qarori bilan 2018-2024 yillarda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 1. 2018-2022 yillarda jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va teхnik jihatdan qayta jihozlash chora-tadbirlari; 38 ta jazoni ijro etish muassasasi boʻyicha 2018-2022 yillarda ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida 33 mlrd. soʻmga yaqin summa (shundan 3/2 qismi 2018-2019 yillarda) sarflanishi rejalashtirilgan. Amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida mahkumlar uchun 1317 ta ish oʻrni ochilishi, 1-2 smenada 2200 nafar mahkumlar uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari ochilishi nazarda tutilmoqda. 2.  Jazoni ijro etish muassasalarining byudjet mablagʻlari hisobiga qoplanadigan kommunal хarajatlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarish mablagʻlari hisobiga qoplash boʻyicha 2019-2024 yillarga moʻljallangan prognoz rejasi; 3.  Jazoni ijro etish muassasalarining хarajatlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarish mablagʻlari hisobiga qoplash boʻyicha 2020-2024 yillarga moʻljallangan prognoz rejasi (5 ta jazoni ijro etish muassasasi boʻyicha). Shuningdek hujjatda 77 nomdagi jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar roʻyхati keltirilgan. 2017 yil 14 noyabrda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Sardor JUMAShOV, ekspert-yuristimiz.
46
1,888
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2005 - 2007-yillardagi ishi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2005 — 2007-yillardagi ishi to‘g‘risidagi hisobotini eshitib, Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, Qo‘mita tomonidan demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga taalluqli qonunchilik bazasini takomillashtirish, qonunlar ijrosini nazorat qilish, mamlakat aholisining huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Qo‘mita faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ilgari surilgan, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish konsepsiyasini amalda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan qonunchilik faoliyati dasturiga muvofiq amalga oshirildi. Qo‘mita tomonidan 2005 — 2007-yillarda 113 ta majlis o‘tkazilib, ularda qonun loyihalarining muhokamasiga, nazorat-tahlil faoliyatiga, tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishga hamda boshqa mavzularga doir 315 ta masala ko‘rib chiqilgan. Hisobot davrida Qo‘mita tomonidan 7 ta qonun loyihasi tayyorlangan bo‘lib, shulardan Qo‘mita a’zolari B. Dadaboyev, M. Yo‘ldoshev, H. Karimov va A. Saidov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida tayyorlangan va kiritilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek “Homiylik to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlar nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga, homiylik faoliyatini rivojlantirishga, bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga, bola huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga, jamoat fondlari faoliyatiga daxldor qonunlarning ayrim normalarini tartibga solishga qaratilgan. Qo‘mita a’zolari qonun loyihalarini tayyorlash, muhokama va qabul qilishda Qonunchilik palatasining boshqa qo‘mitalari bilan faol hamkorlik qildilar. Masalan, qo‘mitalar tomonidan taqdim etilgan 105 ta qonun loyihasi yuzasidan 319 ta taklif berilgan bo‘lib, ulardan 97 tasini Qonunchilik palatasi ikkinchi va uchinchi o‘qish jarayonlarida qabul qildi. Hisobot davrida Qo‘mita 7 ta qonun va konvensiyaning 12 ta viloyatdagi va bir qator vazirliklardagi ijrosini o‘rganib chiqdi. O‘rganish natijalari bo‘yicha Qo‘mitaning kengaytirilgan majlislari o‘tkazildi. Qo‘mita tomonidan qabul qilingan qarorlar bevosita ijrochilarga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazildi, qonunlar normalarini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Qo‘mita qabul qilgan qarorlar ijrosining nazorati amalga oshirildi. Qo‘mita yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasining yakunlari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borildi. Qonunlarning joylardagi ijrosini o‘rganish chog‘ida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha Qo‘mita a’zolari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan ishlar olib borildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qila borib, Qo‘mita sayyor majlislar o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi. 2005 — 2007-yillarda 27 ta majlis joylarda tashkil etildi. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini qonunchilik yo‘li bilan tartibga solishni talab qiluvchi masalalarni yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida Qo‘mita konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazish kabi ish shakllaridan keng foydalandi. 2005 — 2007-yillarda jami 40 taga yaqin tadbir o‘tkazildi. Ularda davlat hokimiyati organlarining, turli nohukumat tashkilotlarining vakillari, mamlakatimiz va chet ellarning yetakchi olimlari, ekspertlari ishtirok etganligi tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi. Bu tavsiyalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborildi. Qonun loyihalarini tayyorlash, nazorat-tahlil ishlari va tadbirlar o‘tkazishda Qo‘mita huzuridagi Qonun loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik ekspert guruhi a’zolari, shuningdek siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari faol ishtirok etdilar. 2006-yilning may-iyun oylarida Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhi bilan birgalikda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etishda faol ishtirok etdi. Qo‘mita a’zolari hisobot davrida o‘z saylov okruglarida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini, mamlakat rahbariyatining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan yo‘lini keng tushuntirish bo‘yicha ishlar olib bordilar, joylarda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatdilar. Ular tomonidan saylovchilar bilan jami 600 dan ziyod uchrashuv o‘tkazildi, fuqarolarning 350 dan ortiq murojaati ko‘rib chiqilib, tegishli choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2005 — 2007-yillardagi ishi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi: a) qonunchilik tashabbusi subyektlari bilan birgalikda: “Yoshlar yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini; “Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun loyihasini va milliy qonun hujjatlarini “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflarni; Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir bola savdosi, bola fohishabozligi va bola pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokolni, shuningdek Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir bolalarning qurolli mojarolardagi ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni ratifikatsiya qilish haqidagi masalalarni o‘z vaqtida tayyorlash va Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin; b) Qonunchilik palatasining boshqa qo‘mitalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlaridan kelib chiqadigan vazifalari haqida”gi № 789-I-sonli qarorini bajarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rsin; v) “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining matni, unga doir sharh tayyorlanishi va nashr etilishini tashkil etsin; g) Qo‘mitaning nazorat-tahlil faoliyatini tahlil qilish asosida ish rejasida avval monitoring bilan qamrab olinmagan inson huquqlariga doir qonunlar va xalqaro shartnomalar, shuningdek Qo‘mitaning dolzarb masalalarga doir o‘z qarorlari ijrosini o‘rganishni nazarda tutsin; d) 2008-yilning noyabr-dekabr oylarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylov o‘tkazilishi munosabati bilan Qo‘mitaning va Palata deputatlarining saylov kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishiga doir taklif tayyorlasin va uni Qonunchilik palatasi Kengashiga kiritsin. 3. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A.X. Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.
208
8,409
Qonunchilik
“Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini o‘zgartirish” investitsiya loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Respublikamizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoniga muvofiq “COSCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda — “COSCOM” MChJ) tomonidan “Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini o‘zgartirish” investitsiya loyihasi (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirilayotganligi; investitsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qarorining 7-ilovasiga asosan 2020 — 2022-yillarda amalga oshirilishi belgilanganligi; investitsiya loyihasining umumiy qiymati 47 834,3 ming AQSh dollari ekvivalenti, shu jumladan, 28 500,0 ming AQSh dollari-litsenziyalar va avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimini (BSS) qo‘llab-quvvatlash (keyingi o‘rinlarda — 1-bosqich), 19 334,3 ming AQSh dollari-uskuna (apparatli ta’minot) va uchinchi shaxslar tomonidan yetkazib beriladigan dasturiy ta’minotning (keyingi o‘rinlarda — 2-bosqich) shartnoma qiymati va boshqa sarf-xarajatlar uchun ajratilganligi; 1-bosqich doirasida o‘tkazilgan tender yakunlari bo‘yicha tender g‘olibi “Neksayn” AJ (Rossiya Federatsiyasi) va “COSCOM” MChJ o‘rtasida shartnoma imzolanganligi; 2-bosqich doirasida 2020-yil may va iyun oylarida “COSCOM” MChJ tomonidan tender e’lon qilinishi va uning natijalariga ko‘ra tender g‘olibi bilan shartnoma(lar) tuzilishi rejalashtirilganligi; investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbai etib “COSCOM” MChJning o‘z mablag‘lari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini o‘zgartirish” investitsiya loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
188
2,459
Qonunchilik
Valyutada dividendlar – cheklovlarsiz
Avval portalimizda yuridik shaхslarning valyuta hisobvaraqlarida mavjud boʻlgan mablagʻlarni dividendlar tarzida toʻlash ruхsat etilgani haqida yozgan edik. Tegishli tuzatishlar Markaziy bank Boshqaruvining qarorida (AVda 2017 yil 23 noyabrda 511-9-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) saqlanadi (sharhga qarang). Tahririyat yuqorida koʻrsatilgan tartibga taalluqli qator savollarni Markaziy bankka yoʻlladi. Olingan javoblar bilan tanishishni taklif etamiz. Xorijiy investor boʻlmagan jismoniy va yuridik shaхslar – Oʻzbekiston rezidentlariga хorijiy valyutada dividendlarni toʻlashga yoʻl qoʻyiladimi? – Yuridik shaхslarga oʻzlarining banklardagi hisobvaraqlaridan dividendlarni cheklovlarsiz toʻlash, shu jumladan, investorlar - Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarga toʻlash huquqi berilgan. Ma’lumot uchun. «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq rezidentlar jumlasiga quyidagilar kiradi: Jismoniy shaхslarga qanday tartibda хorijiy valyutada dividendlar toʻlashga yoʻl qoʻyiladi? – Xorijiy valyutada dividendlar toʻlash faqat naqdsiz shaklda, pul mablagʻlarini хorijiy valyutadagi depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar oʻz valyuta mablagʻlarini oʻz iхtiyoriga koʻra mustaqil tasarruf etishga haqli. Xorijiy valyutada dividendlar toʻlash uchun bankka qanday hujjatlarni taqdim etish zarur? – Muassislar (aksiyadorlar) hisobvaraqlariga mablagʻlarni dividend tarzida oʻtkazish uchun korхona bankka foydani taqsimlash va  dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorning nusхasini taqdim etadi.   Markaziy bank javobining toʻliq matni bilan havola boʻyicha tanishish mumkin. Oleg Zamanov, ekspertimiz.
37
1,715
Qonunchilik
“Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
218
451
Qonunchilik
KOLXOZLAR, SOVXOZLAR VA BOShQA DAVLAT QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINING MOL-MULKINI DAVLAT MAJBURIY SUG‘URTASI BO‘YIChA TO‘LOVLAR STAVKALARINING MIQDORLARI VA TO‘LASh MUDDATLARI TO‘G‘RISIDA
SSJI Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yangi davlat xarid narxlarini joriy qilish to‘g‘risida” 1990-yil 9-avgustdagi 792-son qarorining 8-punktiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1991-yil 1-yanvardan boshlab O‘zSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, VASXNIL O‘rta Osiyo bo‘limi va O‘zSSJ Davlat suv xo‘jaligi qurilishi qo‘mitasiga qarashli kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat qishloq xo‘jaligi korxonalarining mol-mulkini davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarning SSJI Moliya vazirligi bilan kelishilgan stavkalari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin: a) keyingi 5 yildagi o‘rtacha hosildorlikdan xamda kolxoz, sovxoz va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasida joriy yilda ekinlar bilan band bo‘lgan maydonlar hisobiga joriy qilinadigan davlat xarid narxlaridan kelib chiqqan holda hosilning to‘liq qiymatiga nisbatan hisoblab chiqarilgan protsentlar hisobida qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urta qilish bo‘yicha: b) qishloq xo‘jaligi hayvonlari, uy parrandalari quyonlar, mo‘ynali hayvonlar, asalari uyalarini, mazkur yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan amortizatsiyani hisobga olib, ularning ish hayvonlarining to‘liq balans (inventar) qiymatlariga nisbatan protsentlar hisobida sug‘urta qilish bo‘yicha: v) binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkni, amortizatsiyani hisobga olgan holda, to‘liq balans (inventar) qiymatiga nisbatan protsentlar hisobida sug‘urta qilish bo‘yicha, mahsulotlar, xomashyo va materiallarni esa mazkur yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan to‘liq balans (inventar) qiymatiga nisbatan sug‘urta qilish bo‘yicha: 2. Davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar quyidagi miqdorlari va muddatlari belgilansin: 3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat qishloq xo‘jaligi korxonalarining mol-mulkini davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar stavkalarining miqdorlari va to‘lash muddatlari to‘g‘risida” 1983-yil 16-dekabrdagi 722-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
189
1,979
Qonunchilik
RADIOAKTIV ChIQINDILARNI KO‘MISh RESPUBLIKA PUNKTINING IDORAVIY MANSUBLIGI VA MAQOMI TO‘G‘RISIDA
Xalq xo‘jaligida radionuklidlardan foydalanishni yanada rivojlantirish, shuningdek, atrof muhitni radioaktiv ifloslanishdan muhofaza qilish, radioaktiv chiqindilarni uzoqlashtirish va zararsizlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zSSR Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutining radioaktiv chiqindilarni ko‘mish Respublika punkti mustaqil tashkilotga — yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti huzuridagi radioaktiv chiqindilarni ko‘mish Respublika punktiga aylantirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yildan boshlab har yili radioaktiv chiqindilarni ko‘mish Respublika punktini saqlab turish uchun respublika budjeti mablag‘lari hisobidan zarur miqdorda pul ajratishni nazarda tutsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi radioaktiv chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish va ko‘mish ustidan davlat nazoratini kuchaytirsin. 4. Chirchiq shahar ijroiya qo‘mitasi radioaktiv chiqindilarni ko‘mish Respublika punktining talabnomalari bo‘yicha tegishli ravishda kvartiralar ajratishni ko‘rib chiqsin.
96
1,117
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 1-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “fizkultura-sport” degan so‘zlar “jismoniy tarbiya-sport” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 3-moddaning birinchi qismidagi “fizkultura-sog‘lomlashtirish va sport ishlarini o‘tkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish” degan so‘zlar “jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 425-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 4-moddasi 2-bandining 2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2) moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan davlat fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniy meros obyektlari, shuningdek arxivlar, muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar”. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi 616-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 4-moddasi birinchi qismi 5-bandining o‘n beshinchi xatboshisidagi “notarial arxivlarning” degan so‘zlar “idoraviy notarial arxivlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa to‘g‘risida”gi 641-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan 211-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 80-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 7-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining” degan so‘zlar “Qurolli Kuchlar Bosh shtabining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 11-modda: nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: birinchi qismidagi “Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi” degan so‘zlar “Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi 736-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 5-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lganligi tufayli yoxud davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”; 2) 27-modda to‘rtinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega mol-mulk bo‘lsa”. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 3-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrab qolishdir”; 2) 45-moddaning birinchi qismidagi “rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda” degan so‘zlar “rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 35-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi va 351-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “o‘rmonlar, hayvonot dunyosi” degan so‘zlar “o‘simlik va hayvonot dunyosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 64-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Baliqchilik xo‘jaligi tashkilotlariga biriktirilgan tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida hamda hovuz xo‘jaliklarida, shuningdek ovchilik-baliq ovlash jamiyatlariga biriktirilgan joylarda sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlash ularning ruxsatiga ko‘ra amalga oshiriladi”; 3) 65-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Yovvoyi suv qushlari va qimmatli mo‘yna beradigan suv hayvonlari (qunduz, ondatra, suv kalamushi, nutriya va hokazolar) maskani bo‘lgan daryolarda, ko‘llarda va boshqa suv obyektlarida ovchilik xo‘jaligini yuritishni amalga oshirayotgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxsga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlari suvdan kompleks foydalanish talablarini hisobga olgan holda suvdan foydalanishga doir imtiyozli huquqlar berishi mumkin”. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 846-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 230-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 12-moddasi 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “uy-muzeylar, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlari bo‘lgan kvartiralar va uylar”. 12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 59-modda sakkizinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “qo‘shiladi” degan so‘z “qo‘shib hisoblanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 62-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Sud jazo tayinlash chog‘ida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamog‘ining har bir kunini: a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga jo‘natishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga; b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga; v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga tenglashtirib hisoblaydi. Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlashning bir kunini eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi”; 3) 74-moddaning yettinchi qismidagi “qasddan” degan so‘z chiqarib tashlansin; 4) 90-moddaning oltinchi qismidagi “qasddan” degan so‘z chiqarib tashlansin; 5) 132-moddadagi “Tarix yoki madaniyat yodgorliklarini” va “tarix yoki madaniyat yodgorliklarini” degan so‘zlar tegishincha “Moddiy madaniy meros obyektlarini” va “moddiy madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) sakkizinchi bo‘limdagi “Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulot” atamasining huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulot — tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lmagan, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlik sodir etishga undaydigan materiallar va narsalar”. 13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 18-moddaning uchinchi qismi “qamoqda saqlangan” degan so‘zlardan keyin “yoxud uy qamog‘ida bo‘lgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora ko‘riladi, bundan davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan hollar mustasno. Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora ko‘rish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila a’zolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi. Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni jo‘natgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan o‘qib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida o‘qib eshittiriladi va tekshiriladi. Ishni yopiq sud majlisida ko‘rish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ishni yopiq majlisda ko‘rish to‘g‘risidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida qismlariga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yig‘ilganlarga taalluqli bo‘lib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisni audio- va videoyozuvga olish esa amalga oshirilmaydi. Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir bo‘lishiga ruxsat berishga haqli. Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan hollarda, sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida hozir bo‘lishini taqiqlashga haqli. Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi, bu haqda tegishli ajrim chiqariladi. Sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi. Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud majlislarida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud qarorlari mustasno. Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni bo‘lajak protsesslar to‘g‘risida xabardor qilishi, shuningdek protsesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida hamda ta’lim muassasalarida o‘tkazishi mumkin. Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipini cheklaydigan qo‘shimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar mustasno”; 3) 36-moddaning: birinchi qismidagi “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlar “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismi “ehtiyot chorasini qo‘llash” degan so‘zlardan keyin “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 4) 381-moddaning: birinchi qismidagi “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlar “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismi “ehtiyot chorasini qo‘llash” degan so‘zlardan keyin “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 5) 48-moddaning ikkinchi qismi “qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi” degan so‘zlardan keyin “o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 6) 114-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar uzrli sabablarga ko‘ra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra videokonferensaloqa vositasida so‘roq qilinishi mumkin”; 7) 226-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Alohida hollarda, ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilishi mumkin. Bunda gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ayblov e’lon qilinishi kerak. Aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinadi va shaxs qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod etiladi, garov esa garovga qo‘yuvchiga qaytariladi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida ishni yuritish o‘ziga taalluqli bo‘lgan surishtiruvchi va tergovchi jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash, ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish uchun o‘z vakolatlari doirasida tergov harakatlari o‘tkazishi mumkin”; 8) 239-modda: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Alohida hollarda, ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilishi mumkin”; ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin; 9) 240-modda: quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud tomonidan qo‘llanilgan garov tarzidagi ehtiyot chorasi uni bundan buyon qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda, xuddi shuningdek ish yuritish tugatilgan taqdirda, mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqargan sud albatta xabardor etilgan holda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin”; uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin; 10) 241-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamog‘i, garov tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi yoxud uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi masala yuzasidan sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, ushbu sud ularni yigirma to‘rt soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak”; 11) 2421-modda: quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan so‘zlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yong‘in xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch xizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z yashash joyidagi uy qamog‘ini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga har bir shunday qo‘ng‘iroq haqida xabar beradi”; yettinchi — o‘n oltinchi qismlari tegishincha sakkizinchi — o‘n yettinchi qismlar deb hisoblansin; o‘n uchinchi qismi “bekor qilish masalasi” degan so‘zlardan keyin “prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 12) quyidagi mazmundagi 2431-modda bilan to‘ldirilsin: Uy qamog‘i bo‘yicha taqiqlar (cheklovlar) asoslar mavjud bo‘lganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qisman bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ushbu Kodeks 2421-moddasining beshinchi qismi doirasidagi uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoxud tergovchining iltimosnomasiga ko‘ra sudyaning ajrimi asosida belgilanishi mumkin. Uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu Kodeks 243-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli sudning sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash zarurligini asoslab beradi. Shundan so‘ng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. Sud gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida; qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish to‘g‘risida. Sudyaning uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi yoki qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi, protest bildirilishi mumkin. Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestni ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan: 1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga; 2) sudyaning ajrimini bekor qilishga va gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilashga; 3) sudyaning gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilishga haqli”; 13) 249-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Garov gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan surishtiruv, dastlabki tergov organining yoxud sudning depozit hisobvarag‘iga topshiriladigan pul mablag‘idan yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida ko‘chmas mulk ham qabul qilinishi mumkin. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan sud tomonidan pul tarzidagi garov qo‘llanilgan taqdirda, garov surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qo‘yadi. Bayonnomada gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida ko‘rsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka so‘z berganligi, garovga qo‘yuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garov summasidan mahrum bo‘lishi ma’lum qilinganligi ko‘rsatilishi kerak. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qo‘yuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi. Garov summasi eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan kam bo‘lishi mumkin emas va uni ushbu ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ayblovning og‘irligini, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va garovga qo‘yuvchining shaxsini, garovga qo‘yuvchining mulkiy ahvolini hamda uning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan munosabatlarini inobatga olgan holda belgilaydi. Garovga qo‘yuvchi garovni topshirish chog‘ida, shu ehtiyot chorasi tanlangan ayblovning mohiyati, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo va o‘zining javobgarligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. U o‘zi qabul qilgan majburiyatlaridan garovning davlat mulkiga o‘tib ketishi uchun sabab bo‘ladigan asoslar yuzaga kelguniga qadar voz kechishi mumkin. Garovga qo‘yuvchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emas, bundan u bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatning ta’sirini isbotlab beradigan hollar mustasno. Agar ehtiyot chorasini o‘zgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli ro‘y bermayotgan bo‘lsa, xuddi shuningdek ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan yoxud sud hukmi kuchga kirgan taqdirda garov garovga qo‘yuvchiga qaytariladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga o‘tkaziladi va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llaniladi”; 14) 265-moddaning: sakkizinchi qismidagi “agar bu muassasa qamoqqa olinganlarni saqlash uchun moslashtirilgan bo‘lsa, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin” degan so‘zlar “agar mazkur muassasa qamoqqa olinganlarni yoki uy qamog‘idagi shaxslarni saqlash uchun moslashtirilgan bo‘lsa, qamoqqa olish yoxud uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi qismi “qamoqda” degan so‘zdan keyin “yoki uy qamog‘ida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 15) 303-modda birinchi qismining 1 — 3-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1) shaxsning qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikni cheklashga yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganligi; 2) hukmdan ayblovning qisman chiqarib tashlanganligi va buning natijasida qonunga ko‘ra qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlash yoxud ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash mumkin emasligi; 3) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatda o‘talgan muddatga qaraganda kamaytirilganligi yoxud boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilganligi”; 16) 309-modda “qamalganligi” degan so‘zdan keyin “yoki uy qamog‘ida turganligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 17) 314-moddaning birinchi qismi “qamoqda saqlash” degan so‘zlardan keyin “yoki uy qamog‘ida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 18) 318-modda: birinchi qismi quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin: “71) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan”; ikkinchi qismidagi “Ushbu moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlarida” degan so‘zlar “Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 71-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 19) 382-modda uchinchi qismining: to‘rtinchi xatboshisi “o‘zgartirish yoki bekor qilish” degan so‘zlardan keyin “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida iltimosnoma qo‘zg‘atish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; beshinchi xatboshisi “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash” degan so‘zlardan keyin “yoxud uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; to‘qqizinchi xatboshisi “qamoqqa olish” degan so‘zlardan keyin “yoki uy qamog‘i” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 20) 418-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasining kelmay qolganligi oqibatida yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur bo‘lganligi munosabati bilan yoxud sud majlisini olib borishning texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimlaridan foydalanishda texnik nosozliklar yuzaga kelganligi tufayli jinoyat ishini muhokama qilish mumkin bo‘lmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish yoxud texnik nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi”; 21) 426-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi. Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: sud majlisi boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda majlis bo‘lgan joy va sana; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; ko‘rilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlar; hozir bo‘lgan va hozir bo‘lmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari ko‘rsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda o‘tgan bo‘lsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi so‘zining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni ko‘rish paytida yuz bergan holatlar to‘g‘risidagi arzlar aks ettiriladi. Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari: sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi haqidagi; texnika vositalari to‘g‘risidagi; sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud va xodimlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak. Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qo‘llanilganligi haqida belgi qo‘yiladi. Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi o‘zi bergan ko‘rsatuvlarni imzolaydi. Sud majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi. Sud majlisi bayonnomasining mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda, kotib o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘riladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi. Sud majlisining bayonnomasi to‘liq bo‘lishini ta’minlash uchun stenogramma yuritilib, uning materiallari jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi. Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar bo‘yicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak”; 22) 463-modda ikkinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2) shaxsning hukm chiqquniga qadar qamoqda yoki uy qamog‘ida bo‘lgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan ushlab turishni, qamoqqa olishni yoki uy qamog‘ini hisobga olish qoidalarini nazarda tutib, sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoxud bu choradan ortiq bo‘lsa”; 23) 468-modda birinchi qismining 6-bandi “yoki qamoqda” degan so‘zlardan keyin “yoxud uy qamog‘ida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 24) 470-moddaning 3-bandi “u qamoqda” degan so‘zlardan keyin “yoki uy qamog‘ida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 25) 474-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlab ayblov hukmi chiqarilganda, xuddi shuningdek sudlanuvchi dastlabki qamoqda yoxud uy qamog‘ida bo‘lgan vaqtdan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganda, qamoqda yoxud uy qamog‘ida saqlanayotgan sudlanuvchi bevosita sud majlisi zalining o‘zida darhol ozod qilinishi lozim”; 26) 497-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qamoqdan yoki uy qamog‘idan darhol ozod etilishi lozim bo‘lgan mahkumni ozod etishga doir ajrim (qaror), agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, zalning o‘zidayoq ijro etiladi. Boshqa hollarda, ajrim (qaror) chiqarilgan vaqtdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay uning nusxasi sud tomonidan jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi zimmasiga uy qamog‘ini ijro etish yuklatilgan ichki ishlar organiga yuboriladi”; 27) 529-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Sud hukmni e’lon qilgach sud majlisi zalida quyidagilarni qamoqdan yoki uy qamog‘idan darhol ozod qiladi: 1) oqlangan shaxsni; 2) jazo tayinlanmagan mahkumni; 3) jazodan ozod etilgan mahkumni; 4) ushlab turish yoki ehtiyot chorasini qo‘llash oqibatida qamoqda yoki uy qamog‘ida bo‘lgan vaqtdan yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida bekor qilingan hukmga binoan shu ish bo‘yicha jazoni o‘tagan vaqtdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodligi cheklangan mahkumni; 5) shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan mahkumni; 6) ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga mahkum etilgan shaxsni”; 28) 530-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati o‘tishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish yuqori sudda ko‘rib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi. Sudning shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin bo‘lmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi. Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini, gumon qilinuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim. Kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) u e’lon qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi. Yuqori instansiya sudining ajrimi, qarori ushbu Kodeksning 497-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra ijroga qaratiladi”; 29) 590-moddaning: beshinchi qismi “Qamoqqa olish” degan so‘zlardan keyin “yoki uy qamog‘i” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; to‘qqizinchi qismi “qamoqdan” degan so‘zdan keyin “yoki uy qamog‘idan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 14-moddaning ikkinchi qismi “1161, 1162” raqamlaridan keyin “1163” raqami bilan to‘ldirilsin; 2) 64-moddasidagi “Tarix yoki madaniyat yodgorliklarini” degan so‘zlar “Moddiy madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 70-modda: birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) quyidagi mazmundagi 701-modda bilan to‘ldirilsin: Daryolarning o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 5) 81-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 6) 99-moddaning uchinchi qismidagi “tarixiy imoratlar joylashgan tumanlarni” degan so‘zlar “madaniy meros obyektlari joylashgan tumanlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7) 116-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga o‘xshash biror-bir belgi va qurilma o‘rnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish, — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini o‘rnatish qoidalarini bajarmaganlik, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Tegishli ruxsati bo‘lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug‘lik bilan ta’minlab turuvchi obyektlar hududida piyoda yoki transportda yurish, — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda bo‘lgan ekipaj a’zolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’siridagi yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, — eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa to‘g‘risidagi axborotni qasddan buzib ko‘rsatish, bortdagi va erdagi obyektiv nazorat vositalarining ma’lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog‘liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yo‘q qilib yuborish, — eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 8) quyidagi mazmundagi 1163-modda bilan to‘ldirilsin: Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagan shaxslarni, qo‘l yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga ko‘maklashish, — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 9) 117-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “kema komandiri” degan so‘zlar “havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj a’zosining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 10) 245-moddaning birinchi qismidagi “76-moddasida” degan so‘zlar “701-moddasining ikkinchi qismida, 76-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 11) 251-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu Kodeksning 116, 1163-moddalarida, 117-moddasining birinchi qismida va 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir, Milliy aviakompaniya esa ushbu Kodeksning 53-moddasida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 122-moddasining ikkinchi qismida, 124-moddasida, 144-moddasining uchinchi qismida, 145-moddasining birinchi qismida, 146-moddasida (havo transportidagi huquqbuzarliklar qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir. Quyidagilar havo transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazolarni qo‘llashga haqli: O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshqarmalarining va bo‘limlarining boshliqlari; Milliy aviakompaniyaning bosh direktori va uning o‘rinbosarlari, aviakompaniya Uchish majmuasining direktori va uning o‘rinbosari, aeroport (aviakorxona) direktori, aviakompaniya bosh inspektori, aviakompaniyaning tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘i”; 12) 261-modda: birinchi qismi “70-moddasida” degan so‘zlardan keyin “701-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi qismining: ikkinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar “fuqarolarga eng kam ish haqining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “fuqarolarga eng kam ish haqining yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha” degan so‘zlar “fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 13) 287-moddaning: 1-bandidagi “611-moddasining birinchi qismida, 90, 91, 92, 94, 113, 114, 115, 116, 1161, 1162, 117-moddalarida” degan so‘zlar “611-moddasining birinchi qismida, 701, 90, 91, 92, 94, 113, 114, 115, 116, 1161, 1162, 1163, 117-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5-bandidagi “77” raqami “701, 77” raqamlari bilan almashtirilsin; 14) 291-modda birinchi qismining “v” kichik bandi “60” raqamidan keyin “701” raqami bilan to‘ldirilsin. 15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 2018-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 12/2, 362-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 2-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va o‘zga ahamiyatga molik boshqa yer osti bo‘shliqlari” degan so‘zlar “tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan boshqa yer osti bo‘shliqlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 43-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob tabiiy yoki sun’iy geologik jinslar, mineralogik hosilalar, paleontologik obyektlar hamda yer qa’ri uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhofaza etiladigan geologik obyektlar deb e’lon qilinishi mumkin. Yer qa’ridan foydalanilayotganda ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlar topilib qolsa, yer qa’ridan foydalanuvchilar yer qa’rining tegishli uchastkasidagi ishlarni to‘xtatib turishi hamda bu haqda litsenziya bergan organni va mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qilishi shart”. 16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 78-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik”; beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin. 17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 1-moddaning to‘rtinchi qismidagi “madaniy boyliklarni” degan so‘zlar “madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 190-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Agar mulkdor o‘ziga qarashli moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lsa va uning but saqlanishini ta’minlamasa, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organlar mulkdorni moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lishni to‘xtatish haqida ogohlantiradi. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning da’vosiga ko‘ra sud moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqida qaror chiqarishi mumkin va ushbu moddiy madaniy meros obyekti davlat mulkiga o‘tadi. Olib qo‘yilgan moddiy madaniy meros obyektining qiymati mulkdorga kelishuvda belgilangan miqdorda, nizo chiqqan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan miqdorda to‘lanadi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqidagi da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo‘zg‘atilishi mumkin”; 3) 196-moddaning uchinchi qismidagi “Tarix va madaniyat yodgorliklari” degan so‘zlar “Moddiy madaniy meros obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 198-moddaning ikkinchi qismidagi “tarixiy yoki madaniy boylik bo‘lgan” degan so‘zlar “tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 214-moddaning birinchi qismidagi “madaniy va tarixiy boyliklar” degan so‘zlar “moddiy madaniy meros obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 280-modda to‘rtinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega mol-mulk bo‘lsa”. 19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 30-moddasining matnidagi “o‘z arxivlarida” degan so‘zlar “o‘z idoraviy arxivlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ-370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 66-moddaning uchinchi qismidagi “arxiviga” degan so‘z “idoraviy arxiviga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 72-moddaning ikkinchi qismidagi “arxiviga” degan so‘z “idoraviy arxiviga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 14-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari ularda tegishli siyosiy partiyadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga saylangan kamida uch nafar deputat birlashgan taqdirda tuziladi”; 2) 141-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega: davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish; davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi qo‘mitalari yoki komissiyalari raisligiga, rais o‘rinbosarligiga va a’zoligiga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritish; davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga so‘z berilishini kafolatlash; tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining raislariga, vazirlariga hamda boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim o‘rinbosarlariga, hokimliklar boshqarmalari, bo‘limlari va boshqa bo‘linmalarining rahbarlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga so‘rov bilan murojaat qilish; hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; tegishli hududda joylashgan davlat organi rahbarining, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotini yoki axborotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari Kengashining sessiyalarida eshitish to‘g‘risida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish haqida takliflar kiritish. Bunda qaror deputatlarning yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatlagan taqdirda qabul qilinadi; tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining sessiyasida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish; tuman (shahar) hokimining, shuningdek tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat yoki Toshkent shahar hokimiga xulosa taqdim etish”; 3) quyidagi mazmundagi 142-modda bilan to‘ldirilsin: Siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bilan kelishilgan holda partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy bo‘limi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi vakil ajratib berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining vakili: deputatning saylov okrugidagi o‘z saylovchilari bilan doimiy aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashadi; saylov okrugida jismoniy va yuridik shaxslarning deputat nomiga kelib tushgan murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va bu haqda deputatni xabardor qiladi; deputat tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishga, shuningdek deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashadi; deputatning topshirig‘iga ko‘ra saylov okrugi hududida deputatning vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi; deputatning o‘z vakolatlarini amalga oshirishga doir boshqa topshiriqlarini bajaradi”. 23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 8-moddaning beshinchi qismidagi “notarial arxivning” degan so‘zlar “notarial arxiv hujjatlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 10-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “o‘z notarial arxivini”, “notarial arxivlarga”, “notarial arxivlar tomonidan” va “notarial arxivlar” degan so‘zlar tegishincha “o‘z notarial arxiv ishini”, “idoraviy notarial arxivlarga”, “idoraviy notarial arxivlar tomonidan” va “idoraviy notarial arxivlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi 402-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 110-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 1, 2, 3 va 4-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Ushbu Qonunning maqsadi jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Jurnalist mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emas”; 2) 5-moddaning birinchi qismi: ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “axborotni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish”; to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat siri” degan so‘zlar “davlat sirlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lish”; yettinchi — o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o
102
62,292
Qonunchilik
FOND BOZORIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIShGA O‘RNATILGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil 39-son, 387-modda) bilan tasdiqlangan 2006-2007-yillarda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish Dasturining 4.1-bandiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq buyuraman: 1. Fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga o‘rnatilgan talablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil 39-son, 387-modda) muvofiq, fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga, qimmatli qog‘ozlar bozorida foydalanilayotgan texnologiyalarni unifikatsiyalash va standartlashtirishga bo‘lgan talablarni o‘rnatadi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: axborotlarni kriptografik muhofaza qilish (bundan keyingi o‘rinlarda kriptografik muhofaza qilish deb yuritiladi) — kriptografik o‘zgartirishlar algoritmi (kriptoalgoritmlar) yordamida amalga oshiriluvchi axborotlarning butligini, ochiqligi va maxfiyligini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuasi; axborotlarning konvertatsiyasi — axborotlarning elektron hujjat (ma’lumotlar shakli) bir shaklidan boshqa shakliga o‘zgarishi; telekommunikatsiyalar operatori (bundan keyingi o‘rinlarda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; telekommunikatsiyalar xizmati — signal va boshqa axborot shakllarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlash bo‘yicha operator va provayderlar faoliyatining mahsuloti; telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan keyingi o‘rinlarda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlarning tarmoqlari orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; texnologik jarayonlar — qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyatini ta’minlovchi uslublar, usullar, ish tartibi, operatsiya va tartib-taomillarning ketma-ketligi; Tizim ishtirokchilari — elektron hujjat aylanishi (bundan keyingi o‘rinlarda EHA deb yuritiladi) va elektron raqamli kalit sertifikatidan foydalangan holda qonunchilik va mazkur Nizom talablariga muvofiq o‘zaro elektron aloqani amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari; fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (bundan keyingi o‘rinlarda fond bozorida AKT deb yuritiladi) — qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatining texnologik jarayonlariga muvofiq elektron hujjatlarni saqlash, o‘zgartirish, himoya qilish, qayta ishlash, jo‘natish va qabul qilishni ta’minlovchi dasturlar va texnik vositalar majmuasi; fond bozorida elektron hujjat aylanishi tizimi (bundan keyingi o‘rinlarda Tizim deb yuritiladi) — bozor ishtirokchilari o‘rtasida elektron hujjatlarni almashish uchun qo‘llaniladigan elektron hujjatlarni shakllantirish, jo‘natish va qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga imkon yaratadigan qimmatli qog‘ozlar bozori har bir ishtirokchisining dasturiy-texnik vositalari majmuasi; elektron raqamli imzo (bundan keyingi o‘rinlarda ERI deb yuritiladi) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, ERI bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot. elektron hujjat ma’lumotlarining shakllari (bundan keyingi o‘rinlarda ma’lumotlar shakllari deb yuritiladi) — qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun elektron hujjatlarda mujassamlashgan axborotlarning majburiy standartlashgan tarkiblari va turlari; elektron hujjatning shakli — elektron hujjatning EHA to‘g‘risidagi qonunchilik yoki Tizim ishtirokchilarining kelishuvlari bilan o‘rnatilgan, majburiy standartlashgan rekvizitlari; 2. Qimmatli qog‘ozlar bozorida bozor ishtirokchilari tomonidan faoliyat yuritilganda uning ishtirokchilari o‘rtasidagi EHA qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Tizim ishtirokchilari tomonidan fond bozorida AKTdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalada bo‘lishi, haqini to‘lash va bekor qilish vaqtida foydalaniladi. Qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish ularni yozma ravishda (qog‘ozda) rasmiylashtirish zaruratisiz, elektron shaklda amalga oshiriladi. 4. Tizim ishtirokchilarining fond bozorida AKTlari elektron hujjatlarining but saqlanishini, o‘zgartirilishini, muhofaza qilishini, qayta ishlanishini, jo‘natilishi va qabul qilinishini, shu jumladan: elektron hujjatlarning, ular jo‘natilgan va qabul qilingan sana va vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan rekvizitlarning takroriy nusxasi ko‘chirilishi va arxivda saqlanishini; Tizim ishtirokchilari o‘rtasidagi qog‘oz shaklidagi hujjat almashinishini qisqartirish hamda inson omilining axborotlarni qayta ishlash sifati va tezkorligiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida qog‘oz va elektron hujjatlarning qo‘l ishini minimallashtirishni; axborotlarni kiritish/chiqarishni takrorlovchi operatsiyalarni istisno etishni, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va axborot tizimlarining integratsiyalashuvi mumkinligini; elektron hujjatlarning maxfiyligiga, butligiga va ularga mualliflik qilishga qo‘yilgan talablarga rioya etilishini; qonunchilikda o‘rnatilgan talablarga muvofiq ERIning haqqoniyligini, shuningdek, qabul qiluvchi tomonidan elektron hujjatni qayta ishlash paytida jo‘natuvchining ERI kaliti sertifikati amal qilayotganini tekshirish mumkinligini; elektron hujjatlarning tranzit o‘tkazilishidan, u amalga oshiriladigan tranzit amalga oshiriladigan tizimda ishtirokchilar tomonidan ochilmasligi va ko‘rilmasligi sharti bilan (yopiq konvert faqat uning egasi tomonidan ochilishi mumkin) foydalanishni ta’minlashi lozim. 5. Tizim ishtirokchilari tomonidan elektron hujjatlarni muhofaza qilish uchun foydalanilayotgan fond bozoridagi AKTlari qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda sertifikatlangan bo‘lishi va foydalanish hujjatlariga muvofiq ishlatilishi lozim. 6. Elektron hujjatlarning chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzilishi, ularga cheklovlarning o‘rnatilishi va qalbakilashtirilishining hamda elektron hujjatlarga ruxsatsiz kirish va ulardan nusxa ko‘chirishning oldini olishni o‘z ichiga oluvchi Tizim ishtirokchisining axborot xavfsizligi Tizim ishtirokchisining dasturiy-texnik chora-tadbirlari bilan ta’minlanadi. Axborot xavfsizligi shuningdek, boshqa mavjud vositalar bilan ham qonunchilik va ushbu Nizom talablarini inobatga olgan holda, Tizim ishtirokchisining ichki qoidalariga muvofiq ta’minlanishi mumkin. 7. Tizim ishtirokchilari qonunchilik va ushbu Nizom talablarini inobatga olgan holda, belgilangan qoidalarning buzilishini va uning uchun javobgarlikka tortilishni oldini olishni nazarda tutuvchi axborot xavfsizligi va Tizimdan foydalanishning ichki qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 8. Dasturiy-texnik chora-tadbirlar quyidagilarni ta’minlaydi: Tizim ishtirokchisi-tashkilot xodimlarining mazkur tashkilot xodimlarining lavozim yo‘riqnomalaridan kelib chiqqan holda, dasturiy resurslarga cheklangan kirishini; fond bozorida AKTlaridan foydalanishda Tizim ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlarning barcha harakatlarini antivirus bilan muhofaza qilish va bayonnoma yurgizishni. 9. Tizim ishtirokchilari kriptografik muhofaza qilishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishadi. 10. Tizim ishtirokchilarining elektron hujjatlar bilan o‘zaro almashishi telekommunikatsiya xizmatlari vositasida yoki qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa usullar bilan amalga oshiriladi. 11. Tizim ishtirokchilari ochiq ERI kaliti sertifikatlarini ixtiyoriy o‘zaro qulay usullarda bir-birlari bilan almashadilar. Tizim ishtirokchilari elektron hujjatlarni almashish jarayonida ro‘yxatga olish Markazi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan holda berilgan ERI ochiq kalitlar sertifikatlariga ega bo‘lgan ERI kalitidan foydalanadilar. 12. Elektron hujjat bevosita uni jo‘natuvchi yoki axborot vositalari tomonidan yuborilgan bo‘lsagina jo‘natilgan deb hisoblanadi. Elektron hujjat elektron hujjat tizimining tegishli ishtirokchisiga kelib tushgan paytidan boshlab, qabul qilingan deb hisoblanadi. 13. Tizim ishtirokchilari EHAdan foydalanish yo‘li bilan ular tomonidan qimmatli qog‘ozlarning birja va uyushgan birjadan tashqari savdolariga xizmat ko‘rsatilayotganida, qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarni amalga oshirishning tarkibi va muddatlari tartibini o‘rnatadi. 14. Qimmatli qog‘ozlar bozorida foydalanilayotgan texnologiyalarni birxillashtirish va standartlashtirish maqsadida Tizim ishtirokchilarining fond bozoridagi AKTlari har bir Tizim ishtirokchisi tomonidan foydalaniladigan axborotlarning Tizim ishtirokchisi tomonidan olingan ma’lumot va elektron hujjatlarni to‘g‘ri qabul qilish va qayta ishlash maqsadida ma’lumotlarning va elektron hujjatlarning belgilangan shakllariga konvertatsiya qilinishini ta’minlab berishi lozim. 15. Tizimdagi elektron hujjatning shakli qonunchilikda belgilangan yoki Tizim ishtirokchilari o‘rtasida kelishilgan holda yagona, standartlashgan va barcha Tizim ishtirokchilari uchun umumiy bo‘ladi. 16. Tizim ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun Tizim ishtirokchilari o‘rtasida kelishilgan holda ma’lumotlar shakliga konvertatsiya qilinadigan, axborotlarni o‘zida qamrab olgan elektron hujjatlar bilan almashadilar. 17. Olingan axborotlarning Tizim ishtirokchilariga qabul qilishga imkon beruvchi ma’lumotlar shakllari qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun minimal zarur axborotni o‘zida mujassamlashtiradi. 18. Qimmatli qog‘ozlarning davlat Markaziy depozitariysi ma’lumotlar shakllarini bepul ishlab chiqishni tashkil etadi. 19. Tizim ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega: qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan tartib va hollarda elektron hujjatlarni jo‘natish va qabul qilish; tomonlardan ularga jo‘natilgan elektron hujjatlarni olganliklarini tasdiqlashlarini so‘rash; tizim ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 20. Tizim ishtirokchilari quyidagilarga majburdirlar: tizimning uzluksiz faoliyatini ta’minlash; axborot xavfsizligi va Tizimdan foydalanishning ichki qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash (faqat Tizim ishtirokchisi yuridik shaxs bo‘lgan holda); elektron hujjatlarni tuzishni va jo‘natishni qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq ravishda qat’iy ta’minlash; mustaqil ravishda ERI sertifikatini olish, shuningdek, fond bozorida AKTlarining EHAdan foydalaniladigan zarur ish holatini qo‘llab-quvvatlash; elektron hujjatlarda ko‘rsatilgan buyurtma va/yoki topshiriqlarni fond bozorining texnologik jarayonlariga muvofiq, qonunchilik talablarini inobatga olgan holda qabul qilish/jo‘natish, topshirish/ijro etish; tizim ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 21. Ro‘yxatga olish Markazi tomonidan ERI ochiq kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatganida yoki bekor qilganida, tizim ishtirokchisi bu haqda uni kechiktirmagan holda, tegishli tizim ishtirokchilariga xabar beradi. 22. Elektron hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda Tizim ishtirokchilari tomonidan saqlanadi. 23. ERIdan foydalanish vakolatiga ega bo‘lmagan va undan shaxsiy yoxud uchinchi shaxs manfaatlari yo‘lida foydalangan Tizim ishtirokchisi va ishtirokchi tashkilot xodimlari qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 24. Tizim ishtirokchisi uning o‘zi tomonidan Tizimda istalgan harakatlarni amalga oshirishga vakolat bergan shaxsning uning nomidan bajargan barcha harakatlariga javobgardir. 25. Tizim ishtirokchilari telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanganda elektron hujjatlarni jo‘natish/qabul qilishda operator va/yoki provayder aybi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik kech qolishlarga javobgar emaslar. 26. EHA to‘g‘risidagi qonunlar va ushbu Nizomga xilof ish tutgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 27. Tizim ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 28. Ushbu Nizom O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
129
14,020
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2002-yil 30-may, ro‘yxat raqami 1145 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 10-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda bank mijozlariga xos raqam berish hamda ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish va mijozlar hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish tartibini belgilaydi. 1. Bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi (keyingi o‘rinlarda —BDMAB) O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan yuridik shaxslarga, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga hamda jismoniy shaxslarga birinchi marotaba bank hisobvaraqlari ochishda ularga xos raqam berish, ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish hamda mijozlar hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumotlar olishni ta’minlovchi axborotlar bazasi bo‘lib hisoblanadi. BDMABga Axborotlashtirish Bosh Markazi (keyingi o‘rinlarda — ABM) tomonidan xizmat ko‘rsatiladi hamda uning faoliyati ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan olib boriladi. 2. BDMAB bank mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, qoldiq summalarini qayd etmagan holda saqlaydi. 3. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari (filiallar, vakolatxonalar) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) olib amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu filiallar (vakolatxonalar)ga ham alohida xos raqam beriladi. 4. BDMABda yuridik shaxslar bo‘lgan mijozlarga berilgan xos raqamlar, ularning xo‘jalik faoliyati tugatilgan vaqtdan boshlab 5 yil mobaynida saqlanadi va bu davr ichida mazkur xos raqam boshqa shaxslarga berilmaydi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga xos raqam bir marta beriladi va faqat ularga berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami bekor qilingandagina, ushbu xos raqam bekor qilinishi mumkin. Shundan keyin ushbu xos raqam boshqa yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo‘jaligiga beriladi. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (keyingi o‘rinlarda — JShShIR) mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan “60000001” dan “99999999” gacha bo‘lgan oraliqda, JShShIR bo‘yicha xoslikni saqlagan holda xos raqamlar beriladi. JShShIR mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslarga xos raqamlar BDMAB tomonidan beriladi. 5. Mijozlarning hisobvaraqlari BDMABda, har bir balans hisobvaraqlari uchun valyutalar kodlari bo‘yicha ketma-ket raqamlash tamoyili asosida dasturiy ravishda shakllantiriladi, budjet tashkiloti bundan mustasnodir. Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlarini shakllantirishda hisobvaraq tartib raqami o‘rniga daromad (xarajat) moddasi (bo‘limi) ko‘rsatiladi. Mijozning BDMABda shakllantirilgan bank hisobvarag‘i bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ularni bankda o‘zgartirish mumkin emas. 6. Mijozga asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq (keyingi o‘rinlarda — asosiy depozit hisobvaraq) ochish jarayonida bank BDMABdan mijozga xos raqam berilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan keyin, bu to‘g‘risida o‘z mijoziga xabar beradi va shundan keyingina mijoz ushbu hisobvaraq bo‘yicha bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari BDMABda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Mazkur Nizomning yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bog‘liq normalari jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 7. Mijozga ochilgan, boshqa bankdan o‘tkazilgan yoki qayta harakatga keltirilgan bank hisobvaraqlari bo‘yicha barcha hisob-kitoblar, shuningdek, hisobvaraqlardan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish hamda mijozning hisobvarag‘ini yopish shu kunning o‘zidayoq amalga oshiriladi. 8. BDMABda hisobvaraqlarni ochish, boshqa bankka o‘tkazish, yopish, mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish va ularni qayta tiklash sanalari shakllantiriladi va banklarga uzatiladi. Ular bankning ma’lumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi. 9. O‘zbekiston Respublikasi banklari bilan BDMAB o‘rtasidagi axborot almashinish so‘rov fayli tamoyiliga asoslanadi va ABMning elektron pochta tizimi orqali amalga oshiriladi. 10. So‘rovlar BDMABga jo‘natilgandan keyin, ABM faylning BDMABga uzatilganligi to‘g‘risida bankka tasdiqnoma jo‘natadi. 11. Banklardan BDMABga kelib tushadigan barcha so‘rov turlari dasturiy ravishda, shu kunning o‘zidayoq qayta ishlanadi. Kun davomida qayta ishlangan barcha so‘rov turlari bo‘yicha ma’lumot bank ish kuni yakunida BDMAB tomonidan solishtirish uchun banklarga yuboriladi. 12. Banklarning BDMABga yuboradigan so‘rov turlari ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashkil topadi. Jismoniy shaxslarning BDMABga yuboradigan so‘rov turlari ushbu Nizomning 12-ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashkil topadi. BDMABdagi ma’lumotlarni shakllantirishda “Elektron hukumat” hamda ma’lumotlar bazasini yuritadigan davlat organlarining elektron axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalanilishi mumkin. 13. BDMABdan kelib tushgan javob fayllarining barcha ma’lumotlari bankda mijoz taqdim etgan hujjatlar asli bilan takroran solishtiriladi. Agar xatolar aniqlansa, xato ma’lumotlar bartaraf qilingan holda BDMABga so‘rov qayta jo‘natiladi. 14. Bank yoki bank filialining faoliyati tugatilayotganda, mijozlarning tugatilayotgan bankdagi barcha hisobvaraqlari oldindan yopilishi yoki bank faoliyati tugatilgunga qadar, BDMABga 6-so‘rov jo‘natgan holda, asosiy hisobvarag‘ini tegishli bank filialiga yoki boshqa bankka o‘tkazilishi shart. 15. So‘rovlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat haqi bank va ABM o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatib o‘tiladi. 16. BDMABdagi ma’lumotlarni, shu jumladan bank siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikka zid ravishda oshkor qilishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 17. BDMAB quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) bank depozitorlarining axborotlar bazasini shakllantirish, saqlash, to‘ldirib borish va uni faol holatda saqlab turishni ta’minlash; b) qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda, bank siriga rioya etgan holda tegishli davlat organlari bilan bank depozitorlari hisobvaraqlari va depozitorlar turi bo‘yicha elektron ma’lumotlar almashish; v) banklararo elektron to‘lovlarning aniq bajarilishini ta’minlash; g) banklarning so‘rovlariga javob berish; d) banklarning ma’lumotlariga muvofiq axborotlar bazasini tezkor o‘zgartirib borish; e) so‘ralgan axborotlarni tezkor izlash; j) axborotlar bazasi arxivini tashkil etish va uni belgilangan muddatda saqlash; z) tizimning faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha elektron bayonnomasini yuritish; i) qabul qilingan, jo‘natilayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan axborotlar muhofazasini ta’minlash; k) favqulodda holatlar yuz berganda banklarni o‘z mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘liq ta’minlash; l) qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda tegishli davlat organlarining yozma so‘rovlariga asosan BDMABda ro‘yxatga olingan depozitorlar va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish. 18. BDMAB bazasida bank mijozlarining ma’lumotlari quyidagi tarkibda shakllanadi va saqlanadi: 1) jo‘natilgan so‘rovnomaning tartib raqami; 2) so‘rov turi raqami; 3) mijoz maqomi (yuridik (Yu), yakka tadbirkor- (I), jismoniy shaxs (F); 4) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR); 5) mijozning nomi; 6) mijoz turi; 7) tashkiliy-huquqiy shakli kodi; 8) mulkchilik shakli kodi; 9) manzil kodi; 10) yuridik shaxs kodi; 11) Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) kodi; 12) ro‘yxatga olgan tashkilot nomi; 13) ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma raqami; 14) ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnoma sanasi; 15) ro‘yxatga olgan tashkilotning viloyat kodi; 16) ro‘yxatga olgan tashkilotning tuman kodi; 17) rezidentlik belgisi (rezident yoki norezident); 18) mijozning mamlakat kodi; 19) ochilayotgan mijoz hisobvarag‘ining bosh kitobdagi balans hisobvaraq kodi; 20) valyuta kodi; 21) hisobvaraqning BDMAB yoki bank tomonidan berilgan tartib raqami; 22) mijozga hisobvaraqni ochayotgan bank kodi; 23) mijozning shaxsiy hisobvarag‘i; 24) mijozga BDMABda berilgan xos raqam; 25) mijoz BDMABda ro‘yxatga olingan sana; 26) mijoz hisobvarag‘i ochilgan sana; 27) bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun); 28) bosh korxonaning STIRi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun); 29) bosh korxonaning nomi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun); 30) hisobvaraqdan vaqtincha aktiv operatsiyalarni to‘xtatish, band solish yoki harakatsizligi yoki harakatga keltirish belgisi; 31) hisobvaraqdan vaqtincha aktiv operatsiyalarni to‘xtatilgan yoki band solingan sana; 32) hisobvaraqdan oxirgi marotaba operatsiya amalga oshirilgan sana; 33) vaqtincha aktiv operatsiyalarni to‘xtatilgan yoki band solingan hisobvaraqni harakatga keltirish sanasi; 34) asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish belgisi; 35) asosiy hisobvaraq boshqa bankka o‘tkazilgan sana; 36) mijozning asosiy hisobvarag‘ini qabul qilayotgan bankning rozilik belgisi; 37) mijoz asosiy hisobvarag‘ini qabul qilayotgan bank kodi; 38) mijozning o‘tkazilayotgan asosiy hisobvarag‘ini boshqa bankda ochilgan sanasi; 39) mijoz hisobvarag‘ini yopilish asosi belgilari; 40) mijoz hisobvarag‘i yopilgan sana; 41) eski asosiy hisobvaraqning 20 ta belgili raqami; 42) yangi asosiy hisobvaraqning 20 ta belgili raqami; 43) mijozning asosiy hisobvarag‘i o‘zgartirilgan sana; 44) mijoz faoliyati tugatilishi uchun asos va uning raqami; 45) mijoz faoliyati tugatilgan sana; 46) so‘rovnomani bajarilish belgisi (1-ilovada keltirilgan); 47) bank sharhi (Kommentariy banka); 19. BDMAB banklarga quyidagi so‘rov turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi: a) mijozni identifikatsiyalash (0-so‘rov turi); b) mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish (1-so‘rov turi); v) mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish (2-so‘rov turi); g) hisobvaraqlardan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish va hisobvaraq holati bo‘yicha ma’lumot (3-so‘rov turi); d) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish (4-so‘rov turi); e) mijozlarning BDMABdagi ma’lumotlarini o‘zgartirish (5-so‘rov turi); j) mijozning asosiy hisobvarag‘ini boshqa bankka ko‘chirish (6-so‘rov turi); z) mijozlarning hisobvaraqlarini yopish (7-so‘rov turi); i) mijozlarning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish (8-so‘rov turi); k) mijozning xos raqami faolligini tugatish (9-so‘rov turi). 191. BDMAB jismoniy shaxslar bo‘yicha banklarga quyidagi so‘rov turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi hamda ushbu so‘rov turlarini shakllantirishda 12-ilovada keltirilgan ma’lumotlardan foydalaniladi: jismoniy shaxsni identifikatsiyalash; jismoniy shaxsga xos raqam berish; jismoniy shaxsning hisobvarag‘ini ro‘yxatdan o‘tkazish; jismoniy shaxsning BDMABdagi ma’lumotlarini o‘zgartirish; jismoniy shaxsning BDMABdagi xos raqami faolligini tugatish. 20. 0-so‘rov turi mijozni STIRi orqali BDMABda ro‘yxatdan o‘tganligini aniqlash uchun belgilangan. Bu so‘rov mijozga xos raqam berishdan oldin unga hisobvaraq ochilayotganda shakllantiriladi hamda mijozning oldin BDMABdan xos raqam olib ro‘yxatdan o‘tganligini va boshqa biror-bir bank filialida bank hisobvarag‘i ochgan yoki ochmaganligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. 21. Mijoz oldin xos raqam olgan bo‘lsa, unda BDMABdan mijoz haqida amaldagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda javob qaytariladi. Bank xodimi BDMABdan olingan ma’lumotlarni mijoz taqdim etgan hujjatdagi ma’lumotlar bilan taqqoslaydi, ular mos kelgan holda, 2-so‘rov turi yordamida mijozga ikkilamchi hisobvaraqlar ochadi. 0-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlar ro‘yxati 2-ilovada keltirilgan. 22. 1-so‘rov turi, bank mijozlariga milliy valyutada dastlabki asosiy depozit hisobvarag‘i ochishda ularga BDMABda xos raqam berish uchun mo‘ljallangan. Ushbu so‘rov faqat mijoz oldin BDMABdan xos raqam olmagan bo‘lsagina shakllantiriladi. 23. Agarda yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari (filiallar, vakolatxonalar) STIR olib amal qilayotgan bo‘lsa, BDMABga 1-so‘rov turini shakllantirishda ushbu filial (vakolatxona)larning guvohnomalaridagi ma’lumotlar va STIRi ko‘rsatiladi hamda unga qo‘shimcha ravishda bosh korxonaning nomi, xos raqami va STIRi ko‘rsatilishi shart. Qolgan hollarda filiallar (vakolatxonalar) uchun BDMABga 2-so‘rov turi “0” belgi bilan shakllantiriladi hamda bosh korxonaning xos raqami va STIRi bilan hisobvaraq ochiladi, qolgan ma’lumotlar BDMABda dasturiy ravishda shakllanadi. 1-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 3-ilovada keltirilgan. 24. 2-so‘rov turi bankda mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochishda qo‘llaniladi. 25. BDMABda mijozlarning hisobvaraqlari mavjudligi tekshiriladi, so‘rovda ko‘rsatilgan balans hisobvarag‘i va valyuta kodi bo‘yicha ochilgan mijozning barcha hisobvaraqlari ko‘rsatiladi hamda hisobvaraq shakllantirilib, javob faylida bankka qaytariladi. 26. Agar mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilgan bo‘lsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraqlar bankning boshqa filiallari yoki boshqa banklarda ochilmaydi hamda bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi. Shuningdek, hisobvaraqlardan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraq bankning boshqa filiallari yoki boshqa banklarda ochilmaydi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari asosida ochiladigan hisobvaraqlar, kredit (ssuda), 22600 (22696 dan tashqari), 23100, 23200 (23206 dan tashqari) va 23500 hisobvaraqlari bundan mustasno) hamda bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi. 27. Agar mijoz boshqa bankdan o‘zining asosiy hisobvarag‘ini ko‘chirib o‘tayotgan bo‘lsa, unda qabul qilayotgan bank mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 2-so‘rov turi “1” belgisi bilan shakllantirib BDMABga uzatishi shart. 2-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 4-ilovada keltirilgan. 28. 3-so‘rov turi qonunchilikda ko‘zda tutilgan hujjatlarga asoslangan holda, hisobvaraqlardan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish uchun va ularning holati bo‘yicha BDMAB bazasidan foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotni uzatish uchun bank tomonidan shakllantiriladi. 29. Barcha hisobvaraqlardan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha so‘rov faqat asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank tomonidan qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollardagina shakllantiriladi. 30. Aniq bir hisobvaraqdan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish uchun so‘rov turini, ushbu hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankning o‘zigina shakllantirishi mumkin. 31. Aniq bir hisobvaraqdan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishga 3-so‘rov turida ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar BDMABga uzatiladi. 32. Aniq bir balans hisobvarag‘ida ochilgan mijozning barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishda, valyuta kodi o‘rniga “VVV” uzatiladi, hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” kiritiladi. Agar, mijozning ma’lum bir valyutadagi barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish zarur bo‘lsa, u holda valyuta kodi “VVV” o‘rniga, tegishli valyuta kodi uzatiladi. 33. Mijozning barcha turdagi valyutalari bo‘yicha barcha hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishda balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi o‘rniga — “VVV” va hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” beriladi. 34. BDMABning ma’lumotlar bazasida 3-so‘rov turi qayta ishlangandan keyin, hisobvaraqlar vaziyatining “harakatda”gi maqomi “vaqtincha to‘xtatilgan” maqomiga o‘zgaradi. BDMAB 3-so‘rov turini shakllantirgan bankka hisobvaraqlar va banklar ro‘yxatini tegishli javob bilan qaytaradi hamda hisobvaraqdan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallari to‘xtatiladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida boshqa bir bankning so‘rovi bo‘yicha hisobvaraqlardan vaqtincha hisobdan chiqarish amallari to‘xtatilgan banklarga, quyidagilarni o‘z ichiga olgan javob fayllari (banklarning ma’lumotlar bazasini yangilash uchun) jo‘natiladi: a) hisobvaraqdan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatish uchun so‘rovni jo‘natgan bank kodi; b) hisobvaraqdan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatish uchun asos; v) asos berilgan sana; g) hisobvaraqdan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilganlik sabab belgisi; d) mijozning hisobvarag‘i; e) hisobvaraqdan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sana; yo) oxirgi marotaba faoliyat ko‘rsatgan sanasi. 35. BDMABdan, mijozning bank hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot olinganda, hisobvarakdan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sanasi bankning ma’lumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi. Ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha mablag‘larni hisobdan chiqarish amallari hisobvaraqlarni harakatga keltirish to‘g‘risida ma’lumot olingunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi yoki asosiy hisobvaraq ochgan bankning asoslantirilgan elektron murojaatnomasiga binoan ikkilamchi hisobvaraqlardagi mablag‘ni asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 36. Ikkilamchi hisobvaraqlardan mablag‘larni mijozning roziligisiz (qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno) asosiy hisobvaraqqa ko‘chirilishi bo‘yicha javobgarlik elektron murojaatnomani yuborgan bank zimmasiga yuklatiladi. 37. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha pul mablag‘lari tushmaganda tijorat banklari tomonidan uch ish kuni ichida u hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron ma’lumot taqdim etiladi. Xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan ushbu ma’lumotlar to‘g‘risida BDMABga, BDMABdan esa Davlat soliq qo‘mitasi uchun elektron xabarnoma shu kunning o‘zida uzatiladi. Bunda, BDMAB bazasiga “25” belgisi qo‘yib jo‘natilgan 3-so‘rov turi, faqat davlat soliq organlariga moliya-xo‘jalik faoliyatini to‘qqiz oy mobaynida amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari to‘g‘risida ma’lumot kiritib qo‘yiladi. 3-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 5-ilovada keltirilgan. 38. 4-so‘rov turi bank tomonidan mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatilgan holatdan hisobdan chiqarishga ruxsat etilishida, ya’ni harakatga keltirishda shakllantiriladi. Ushbu so‘rov turi faqat BDMABga 3-so‘rov turini jo‘natgan banklar tomonidan shakllantiriladi. 39. Mijozning aniq bir hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqni harakatga keltirishda barcha ko‘rsatilgan rekvizitlar 4-so‘rov turiga kiritiladi. 40. Aniq bir balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozlarning barcha hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarini harakatga keltirishda, valyuta kodi o‘rniga “VVV” , tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” kiritib uzatiladi. Agar mijozning ma’lum bir valyuta bo‘yicha barcha hisobvaraqlarini harakatga keltirish zarur bo‘lsa, u holda valyuta kodi “VVV” o‘rniga tegishli valyuta kodi kiritib uzatiladi. 41. Mijozning barcha valyutalar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan barcha hisobvaraqlarini harakatga keltirishda balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi o‘rniga — “VVV”, hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” beriladi. 42. BDMABning ma’lumotlar bazasida 4-so‘rov turi qayta ishlangandan keyin hisobvaraqlar “vaqtincha to‘xtatilgan” maqomidan “harakatda”gi maqomiga almashtiriladi va bankka hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi to‘g‘risida banklar ro‘yxati bilan javob qaytariladi hamda hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlar harakatga keltiriladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida boshqa bir bankning so‘rovi bo‘yicha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi to‘g‘risida banklarga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan javob fayllari (banklarning ma’lumotlar bazasini yangilash uchun) jo‘natiladi: a) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun so‘rovni jo‘natgan bank kodi; b) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun asos; v) asos berilgan sana; g) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatilgan holatdan, harakatga keltirish sababi belgisi; d) mijozning hisobvarag‘i; e) hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sana; yo) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarning harakatga keltirilgan sanasi. 43. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha pul mablag‘lari tushmagan tijorat tashkiloti bo‘yicha ma’lumot jo‘natilgandan so‘ng, uning faoliyati qayta tiklanganda, 4-so‘rov “26” belgisi bilan faoliyati qayta tiklangan sanasi ko‘rsatilgan holda shakllantirilib, xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan BDMABga, BDMABdan esa davlat soliq organlariga elektron ma’lumot uzatiladi. Bunda, BDMAB bazasiga “26” belgisi qo‘yib jo‘natilgan 4-so‘rov turi, faqat davlat soliq organlariga moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyati qayta tiklanganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritib qo‘yiladi. 44. BDMABdan mijozning hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarini harakatga keltirish to‘g‘risidagi xabar olinganda, hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish sanasi bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallarini bajarishga ruxsat etiladi. 4-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 6-ilovada keltirilgan. 45. 5-so‘rov turi faqat mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i ochilgan bank tomonidan mazkur Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan birontasi o‘zgarganda shakllantiriladi. 46. BDMABda 5-so‘rov turi orqali mijozning barcha oldingi tarixiy tavsifnomalari saqlangan holda ma’lumotlari yangilanadi. 5-so‘rov va javob turlari ko‘rsatkichlari ro‘yxati 7-ilovada keltirilgan. 47. 6-so‘rov turi mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan boshqa bankka o‘tkazilishida shakllantiriladi. 48. Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini xizmat ko‘rsatuvchi bankdan boshqa bankka ko‘chirilishida: a) mijoz boshqa bankka o‘tayotganda bank mijozning arizasi va qabul qilayotgan bankning rozilik xatiga asosan, uning asosiy depozit hisobvarag‘idagi qoldiqni boshqa bankka, ya’ni qabul qilayotgan bankning xatida ko‘rsatilgan 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga o‘tkazadi. O‘zida ochilgan asosiy depozit hisobvaraqni 6-so‘rov turini shakllantirib, shu kunning o‘zidayoq BDMABga jo‘natadi. BDMABga 6-so‘rov turi kelib tushganda hisobvaraq maqomi “aktiv”dan “boshqa bankka ko‘chirilmoqda” holatiga o‘zgartiriladi; b) mijozni qabul qilayotgan bank rozilik xati berishdan oldin mijozdan ariza va imzo namunalari varaqchasini qabul qiladi hamda mijozning yopiladigan hisobvarag‘idagi qoldiqni qabul qilish uchun o‘zida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘ini ochishi shart. Qoldiqlar, ushbu hisobvaraqqa kelib tushgandan so‘ng, keyingi ish kunidan kechikmagan holda hisobvaraqni qabul qilayotgan bank mijozning arizasiga hamda uning yuridik yig‘ma jildi, imzo namunalari varaqchasidagi ma’lumotlarga asoslangan holda, BDMABga mijozning xos raqami bo‘yicha unga asosiy depozit hisobvaraq ochish uchun 2-so‘rov turini “ko‘chirilgan” belgi, ya’ni “1” belgi bilan jo‘natishi shart. Bunda BDMABdan so‘raladigan rekvizitlar bo‘yicha hisobvaraqning mavjudligi “ko‘chirilgan” belgi, ya’ni “1” belgi bilan tekshiriladi va ushbu rekvizitlar o‘zgartirilmagan holda (nazorat kalitidan tashqari) yangi hisobvaraq ochiladi; v) agarda, asosiy hisobvaraqni qabul qilayotgan bank mijozga rozilik xati berib 6-so‘rov jo‘natilgandan so‘ng, uch bank ish kuni ichida 2-so‘rov turi bilan hisobvaraq ochmasa, BDMAB to‘rtinchi bank ish kuni 6-so‘rov turini jo‘natgan bankka asosiy hisobvaraq ko‘chirilmaganligi to‘g‘risida ma’lumot jo‘natadi hamda hisobvaraq “boshqa bankka ko‘chirilmoqda” holatidan yana “aktiv” holatiga qaytariladi. g) mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i bir bankdan boshqa bankka ko‘chirilganda ikkilamchi depozit hisobvaraqlar yopilmaydi va asosiy depozit hisobvaraqning nazorat kalitidan tashqari barcha ma’lumotlar o‘zgarmagan holda saqlab qolinadi; d) mijozning asosiy hisobvarag‘i 2-so‘rov turi bilan boshqa bank tomonidan qabul qilingandan so‘ng, BDMABdan 6-so‘rov turini jo‘natgan bankka hisobvaraq yopilganligi hamda BDMABda hisobvaraq maqomi “aktiv” dan “boshqa bankka ko‘chirilgan” maqomiga o‘zgartirilganligi to‘g‘risida ma’lumot jo‘natiladi. 49. BDMABdan javob fayli olingandan so‘ng, ushbu hisobvaraq bo‘yicha so‘rovni jo‘natgan bankda hisobvaraqning ko‘chirilgan sanasi dasturiy ravishda bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Shundan so‘ng hisobvaraq “yopilgan va boshqa bankka ko‘chirilgan” maqomini oladi hamda ushbu hisobvaraqdan to‘lovlar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 6-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 8-ilovada keltirilgan. 50. 7-so‘rov turi mijozning hisobvarag‘ini yopish uchun bank tomonidan shakllantiriladi. 51. Agar mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilayotgan bo‘lsa, qaysi valyutada bo‘lishidan qat’i nazar, mijozning xos raqami bilan ochilgan barcha hisobvaraqlari yopilishi shart, aks holda, mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilmaydi. 52. Mijozning asosiy hisobvarag‘ini yopishdan oldin bank BDMABga 8-so‘rov turini jo‘natib, mijozning boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumot oladi va ushbu banklarga elektron pochta orqali hisobvaraqni yopishga asos bo‘lgan hujjat raqami va sanasini ko‘rsatib xat jo‘natadi. 53. Xatni olgan bank mijozning ikkilamchi hisobvaraqlarini, agar qoldig‘i bo‘lmasa ushbu xatga asoslanib yopadi, agar hisobvaraqda qoldiq mavjud bo‘lsa, uning asosiy hisobvarag‘iga ko‘chiradi va shundan so‘ng hisobvaraqni yopadi. Boshqa banklarda ikkilamchi hisobvaraqlarni yopilishiga hisobvaraqni yopish uchun asoslantirgan xat bergan bank hamda mijozning o‘zi javobgardir. 54. 7-so‘rov turi olinganda hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankka so‘rov qabul qilinganligi to‘g‘risida shu kunning o‘zida javob qaytariladi, keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda 7-so‘rov turiga asosan BDMABda ko‘rsatilgan hisobvaraq maqomi “harakatdagi” dan “yopilgan”ga o‘zgartiriladi hamda banklarga bu haqda ma’lumot uzatiladi. 55. Bank BDMABda hisobvaraqlarni yopishda, 7-so‘rov turi bilan unga asos bo‘lgan 1 ilovadagi belgilardan tegishlisini ko‘rsatishi shart. 7-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 9-ilovada keltirilgan. 56. 8-so‘rov turi mijozning boshqa banklarda barcha valyuta kodlari bo‘yicha ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun mo‘ljallangan. 57. Mijozning barcha depozit hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun 8-so‘rov turini faqatgina mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bankning o‘zigina shakllantirishi mumkin. 58. Mijozning asosiy depozit, ssuda va maxsus (232XX) tranzit hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun 8-so‘rov turini shu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bank filiallari yuborishi mumkin. Hisobvaraqlar to‘g‘risida olingan ma’lumotlar “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida sir saqlanishi lozim. 59. Aniq bir balans hisobvarag‘i (talab qilib olinguncha depozit, ssuda va boshqa hisobvaraqlar) ro‘yxatini olish uchun, so‘rovda ushbu balans hisobvaraq raqami ko‘rsatiladi. 60. Mijozlarning boshqa banklarda ochilgan barcha bank hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat qiluvchi bank tomonidan balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol — “00000” uzatiladi. BDMABda so‘rov turi tahlil qilinadi va mijozning so‘ralgan hisobvaraqlari bilan banklar kodini ko‘rsatgan holda, so‘rov jo‘natgan bankka javob qaytariladi. 8-so‘rov va javob turlari ko‘rsatkichlari ro‘yxati 10-ilovada keltirilgan. 61. 9-so‘rov turi — bank tomonidan yuridik shaxslar faoliyatini tugatish vaqtida shakllantiriladi. Bunday hollarda, banklar tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan mijozlardan olingan davlat reyestridan/ro‘yxatidan chiqarilganligi haqidagi qaror nusxasiga hamda tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha esa davlat reyestridan/ro‘yxatidan chiqarilganligi haqidagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi”dagi ma’lumotlarga asosan mijozning xos raqami faolligini to‘xtatadi va ushbu holat BDMABda qayd etiladi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga berilgan xos raqamlar bekor qilingan vaqtida ham 9-so‘rov turi shakllantirilishi mumkin bo‘lib, ularga berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami bekor qilingani to‘g‘risida ma’lumot davlat soliq organidan olingandagina amalga oshiriladi. 62. Bunda mijozning barcha hisobvaraqlari BDMABda quyidagi tartibda yopiladi: a) mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank uning boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari ro‘yxatini 8-so‘rov turi bilan olishi kerak; b) mijozning xos raqami faolligining tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi munosabati bilan banklarga mijozning ikkilamchi depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini (agar bor bo‘lsa) asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib yopishi to‘g‘risida asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank xabardor qilishi shart. v) mijozning depozit va boshqa hisobvaraqlarini yopish 7-so‘rov turi bilan amalga oshiriladi; g) mijozning xos raqami faolligi 9-so‘rov turi bilan to‘xtatiladi. 63. Mijozning xos raqami faolligini to‘xtatishda, uning barcha haqqoniy ma’lumotlari dasturiy ravishda BDMABning ma’lumotlar bazasidan elektron arxiv bazasiga o‘tkaziladi. 9-so‘rov va javob turlari ko‘rsatkichlari ro‘yxati 11-ilovada keltirilgan. 64. Jismoniy shaxslar BDMABda JShShIR va shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari asosida identifikatsiyalanadi. 65. JShShIR mavjud bo‘lgan jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat o‘zgarganda, ularning xos raqamlari o‘zgarmaydi. 66. JShShIR mavjud bo‘lmagan, xos raqamga ega jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat o‘zgarganda, ularning xos raqami o‘zgaradi. 67. Jismoniy shaxslarning xos raqamlarini bekor qilinishi quyidagi hollarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi: jismoniy shaxs vafot etganda; JShShIR mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxs JShShIR olganda; JShShIR mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda. BDMABga tegishli so‘rovnoma jo‘natilganda, hisobvaraqlarni ochishda va qayta ochishda, aktiv operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatishda, ularni harakatga keltirishda, boshqa bankka ko‘chirishda va yopishda hamda DSQ uchun ma’lumot uzatilishida, quyidagi belgilar majburiy ravishda so‘rovnomaning tegishli katakchasida ko‘rsatilishi shart: “0” belgi — Banklar tomonidan ikkilamchi hisobvaraq ochishda BDMABga uzatiladi; “1” belgi — Banklar mijozning arizasiga binoan uning asosiy hisobvarag‘ini boshqa bankka o‘tkazilganda yoki o‘tkazish vaqtida hisobvaraqni qabul qilgan bank rozilik berganda uzatiladi; “2” belgi — Qonunchilikda belgilangan tartibda, mijozning asosiy hisobvarag‘ida 2-kartoteka vujudga kelgan holda, ularning ikkilamchi hisobvaraqlaridagi mablag‘larini asosiy hisobvarag‘iga jamlash maqsadida, ularning ikkilamchi hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha ma’lumot dasturiy ravishda shakllantirilib, BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi; “4” belgi — Sudning qaroriga binoan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barcha hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha band solinganda va/yoki ularni yopishda BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga xabar uzatilganda; “5” belgi — yopilgan asosiy depozit hisobvaraqni qayta ochish; “7” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bo‘yicha tegishli sudning qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ikkilamchi hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish hamda bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvarag‘iga mablag‘ jamlash vaqtida BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi; “8” belgi — xo‘jalik yurituvchi subyektni ixtiyoriy tugatish vaqtida, uning mablag‘larini tugatish komissiyasi ixtiyoriga o‘tkazish uchun, ikkilamchi hisobvaraq qoldiqlarini asosiy hisobvarag‘iga yig‘ishda, ikkilamchi hisobvaraqlardan aktiv operatsiyalar vaqtincha to‘xtatilib, BDMAB orqali barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi; “9” belgi — bankrot deb e’lon qilingan korxona va tashkilotlarni ikkilamchi hisobvaraqlaridagi mablag‘larini tugatish komissiyasi (tashqi boshqaruvchi) ixtiyoriga o‘tkazish uchun mablag‘larni asosiy hisobvaraqqa yig‘ishda BDMAB orqali barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi; “10” belgi — 6-so‘rovnomada asosiy hisobvaraqni qabul qilishi ko‘rsatilgan bank tomonidan asosiy hisobvaraqni qabul qilish to‘g‘risida “1” belgi bilan 2-so‘rovnoma shakllantirilib, BDMABga uch bank ish kuni muddatida uzatilmagan taqdirda, BDMAB tomonidan dasturiy ravishda ushbu belgi shakllantirilib, 6-so‘rovnoma uzatgan bankka asosiy hisobvaraq yopilmaganligi va boshqa bankka ko‘chirilmaganligini ma’lum qilgan holda uzatiladi; “11” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bo‘yicha tegishli sudning qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvarag‘iga mablag‘ jamlab bo‘lingandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari yopilganda BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi; “12” belgi — xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘idagi majburiyatlari to‘liq tugatilganda hamda qonunchilikka muvofiq davlat soliq organlarining taqdimnomasiga binoan band qilingan ikkilamchi hisobvaraqlar harakatga keltirilganda; “14” belgi — Sudning qaroriga binoan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga solingan band bekor qilinganda; “15” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi birinchi qismiga muvofiq, mijozning o‘z arizasiga binoan hisobvaraqlar yopilganda BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga ma’lumot sifatida uzatiladi; “17” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bo‘yicha tegishli sudning qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvarag‘iga mablag‘ jamlash vaqtida aktiv operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ikkilamchi hisobvaraqlari qayta harakatga keltirilganda BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi; “18” belgi — O‘zini-o‘zi tugatish vaqtida uning ikkilamchi hisobvaraqlaridagi mablag‘larini asosiy hisobvarag‘iga jamlab bo‘linganda va ularni BDMABda yopilgandan so‘ng uzatiladi; “19” belgi — Bankrot deb e’lon qilingan korxona va tashkilotlarni ikkilamchi hisobvaraqlaridagi mablag‘larini asosiy hisobvarag‘iga jamlab bo‘linganda hamda ularni BDMABda harakatga keltirilgandan va /yoki yopilgandan so‘ng uzatiladi; “20” belgi — Bank likvidatsiya qilinishi munosabati bilan mazkur bank tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan mijoz hisobvaraqlari BDMABda dasturiy ravishda yopilganda BDMAB tomonidan uzatiladi. “21” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga asosan soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi. “22” belgi — ilgari “21” belgi bilan soliq to‘lovchining banklardagi operatsiyalar to‘xtatilgan hisobvaraqlari qayta harakatga keltirilgan hollarda, asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi. “23” belgi — Surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari hatlanganda BDMAB orqali barcha hisobvaraq ochgan banklarga xabar uzatiladi. “24” belgi — Surishtiruv yoki tergov organlarining qarori asosida xatlangan asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha hatlov bekor qilinganda BDMAB orqali barcha hisobvaraq ochgan banklarga xabar uzatiladi. “25” belgi — to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bo‘yicha ma’lumot Davlat soliq qo‘mitasi hamda barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi; “26” belgi — to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotining faoliyati qayta tiklanganda BDMABga uzatiladi.
202
40,070
Qonunchilik
HAR YILI O‘TKAZILADIGAN INNOVATSION G‘OYaLAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR RESPUBLIKA YaRMARKASIDA TUZILGAN ShARTNOMALAR VA KELIShUV BAYoNNOMALARINING AMALGA OShIRISh MONITORINGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 280-modda) muvofiq qaror qilamiz: 1. Har yili o‘tkaziladigan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 280-modda) muvofiq har yili o‘tkaziladigan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida (bundan keyingi o‘rinlarda — Yarmarka deb yuritiladi) tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining (bundan keyingi o‘rinlarda — kelishuv deb yuritiladi) amalga oshirilishini monitoring (bundan keyingi o‘rinlarda monitoring deb yuritiladi) qilish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi (bundan keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan Yarmarkada tuziladigan shartnomalar va kelishuvlarning amalga oshirilishi masalasi bo‘yicha monitoring olib boriladi. 2. Ishchi guruh tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Qo‘mitaning qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. 3. Monitoring obyekti — Yarmarka doirasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalari hisoblanadi. 4. Ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Yarmarkada ishtirok etayotgan innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar (bundan keyingi o‘rinlarda — innovatsion loyihalar deb yuritiladi) bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish; davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga kelishuvlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlashda ko‘maklashish; innovatsion loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida to‘sqinlik qilayotgan omillarini aniqlash, o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish; innovatsiya jarayonlarini takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish. 5. Tasarrufida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari bo‘lgan idoralar (bundan keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar deb yuritiladi) har yili fevral oyida o‘z yo‘nalishlariga muvofiq holda Yarmarkada ishtirok etadigan innnovatsion loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirib boradi. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan shug‘ullanadigan mustaqil idora va tashkilotlar (bundan keyingi o‘rinlarda — boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) hamda jismoniy shaxslar Yarmarkada ishtirok etuvchi loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ishchi guruhga taqdim etadilar. Ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ma’lumotlar banki va axborotlar har yili fevral oyining o‘ninchi sanasigacha Ishchi guruhga taqdim etiladi. 6. Har yili 1-mart kunigacha Ishchi guruh tomonidan Yarmarkada ishtirok etuvchi innovatsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar banki shakllantiriladi. 7. Vazirlik va idoralar, o‘z idoralari doirasida tuzilgan kelishuvlarning amaliyoti bo‘yicha monitoring o‘tkazadilar va yig‘ma ma’lumotlarni Ishchi guruhga taqdim etadilar. Boshqa tashkilotlar ham kelishuvlar bo‘yicha ma’lumotlarni Ishchi guruhga taqdim etadilar. 8. Ishchi guruh tuzilgan kelishuvlarni ro‘yxatga oladi, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlanmalar mualliflari va buyurtmachilar bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlaydi. Ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq monitoring natijalari har chorakning oxirgi oyining yigirmanchi sanasiga qadar vazirlik va idoralar tomonidan Ishchi guruhga taqdim etiladi. 9. Kelishuvlarni bajarish monitoringi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) buyurtmachilar tomonidan shartnomalarning bajarilayotganligi, shartnomalarni amalga oshirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar majmui reja bo‘yicha amalga oshayotganligi tahlil qilib boriladi; b) buyurtmachilar tomonidan moliyalashtirish o‘z vaqtida amalga oshirilayotganligi va ijrochilarning mablag‘lardan samarali foydalanayotganliklari tahlil qilinadi; v) vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan monitoring yakunlari tahlil qilinadi. 10. Ishchi guruh tomonidan monitoring natijalariga muvofiq quyidagilar tayyorlanadi: a) iqtisodiyot tarmoqlari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik subyektlari va viloyatlar bo‘yicha tahliliy materiallar; b) innovatsiya loyihalarining tashabbuskorlari tomonidan taqdim etiladigan, tasdiqlangan rejalar va kelishuvlar bajarilishining borishi haqida tahliliy ma’lumotlar; v) innovatsiya loyihalarini amalga oshirish ishlarining borishi haqidagi umumlashtirilgan statistik ma’lumotlar; g) loyihalarning o‘z vaqtida moliyalashtirilayotganligi haqidagi ma’lumotlar. 11. Ishchi guruh kelgusi chorakning birinchi oyining o‘ninchi sanasiga qadar vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida kelishuvlarning amalga oshirilishining borishi haqida umumlashtirilgan ma’lumotlar tayyorlaydi. 12. Ishchi guruh kelishuvlarning amalga oshirilishi borasidagi umumlashtirilgan tahliliy ma’lumotlar asosida: a) mavjud innovatsiya loyihalarining amalga oshirilishi bosqichlarini o‘rganib boradi, yuzaga kelayotgan to‘siqlarni aniqlaydi, qabul qilingan qarorlarning samaradorligini tahlil qiladi; b) innovatsiya jarayonining samaradorligini oshirish yo‘lida tegishli qarorlarni tayyorlash borasida tegishli ishlarni tashkil qiladi; v) vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kelishuvlarning amalga oshirilishi yo‘lidagi mavjud muammolarni echish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. 13. Monitoring natijalari Yarmarkani o‘tkazish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga har chorakda taqdim etiladi. 14. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan.
217
6,503
Qonunchilik
ENERGIYA TIZIMINING BARQAROR IShLAShI UChUN RESPUBLIKA ENERGETIKA VA ELEKTRLAShTIRISh VAZIRLIGINI MODDIY-TEXNIKA VA MOLIYAVIY RESURSLAR BILAN TA’MINLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Respublika energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-1995-yillarda respublika energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishlar dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Pul-kredit siyosati bo‘yicha komissiya shu yilning IV choragida O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining maqsadli kapital qurilish dasturiga muvofiq energetikaning eng muhim obyektlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun 63,5 mln so‘m kredit resurslari, shu jumladan Tolimarjon GRESi uchun — 49,5 mln so‘m, Yangi Angren GRESi uchun — 14 mln so‘m kredit resurslari ajratishni nazarda tutsin. 3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi va energetika va elektrlashtirish vazirligi bir oy muddatda 1995-yilda alohida muhim energetika obyektlarining maqsadli kapital qurilish dasturi amalga oshirilishi masalasini ko‘rib chiqsinlar. Zaruriyat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda 1994-1995-yillarda 1,0 mln tonna suyuq yoqilg‘i va 1,0 mln tonna ko‘mirning mavsumiy yoqilg‘i zaxiralari barpo etishni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini belgilasinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
172
1,464
Qonunchilik
IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XO‘JALIGI TARMOQLARINING 1993 YIL YaNVAR—SENTYABR OYLARIDAGI ISh YAKUNLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublikada iqtisodiyotni isloh qilish, xalq xo‘jaligi boshqaruvini takomillashtirish, kuch-g‘ayratlar va resurslarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida jamlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar ishlab chiqarishni iqtisodiy barqarorlashtirish va o‘stirish tamoyilini mustahkamlash imkonini berdi. O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan yalpi ichki mahsulotni ko‘paytirishga erishildi. Davlat budjeti daromadlarni xarajatlardan oshirgan holda ijro etildi. Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish ta’minlandi, eng kam ish haqi va pensiyalar miqdorlari yil boshidan buyon o‘rta hisobda 7 baravar oshdi. Shu bilan birga, vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining faoliyati xo‘jalik yurituvchi har bir subyektning imkoniyatlarini ochishga va ularni ro‘yobga chiqarishga hali zarur darajada qaratilmagan. Amalga oshirilayotgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ko‘pincha miqdor ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lib qolyapti. Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi ishlarning ahvolini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ushbu viloyatlarning hokimliklari, shuningdek, Paxtaobod va Xo‘jaobod, Bandixon, Jarqo‘rg‘on va Uzun tumanlarining rahbarlari iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlamayaptilar. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi (Ismoilov), “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi (Chjen) tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hali ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish, ularning raqobatga qobilligini oshirishni ta’minlamayotir. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” davlat konserni (Mirzayev) ishida sifat o‘zgarishlari bo‘layotgani yo‘q. Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlaridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni har tomonlama tahlil qilish, iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, ularning ishlab chiqarishning samaradorligiga yo‘naltirilganligini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish, bunda Hukumatning 1993-yilga belgilagan topshiriqlarining so‘zsiz bajarilishiga alohida e’tibor berish talab qilinsin. 2. Andijon va Surxondaryo viloyatlari hokimlari Q. Obidova J. Noraliyevning diqqat e’tibori iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishdagi mavjud kamchiliklarga, dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga, qo‘shma korxonalar tashkil etishga, mehnat resurslaridan samarali foydalanish masalalariga yetarli e’tibor berilmayotganligiga qaratilsin. 3. Kadrlarga nisbatan talabchanlikni susaytirib yuborganliklari, iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishdagi sustkashliklari, dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga yuzaki munosabatda bo‘lganliklari uchun Jarqo‘rg‘on tumani hokimi O. Rahimov, Bandixon tumani hokimi N. Daminov, Paxtaobod tumani hokimi O. Rahimov, Xo‘jaobod tumani hokimi M. Mamatazizov va Uzun tumani hokimi E. Safarov ogohlantirilsinlar. 4. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi (O‘.Ismoilov), “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi (V.Chjen) va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni (Sh. Mirzayev) rahbarlarining e’tibori ichki tarmoq tuzilmasini isloh qilish ishlarining yetarli emasligiga, ichki bozorni iste’mol mollari va buyumlar bilan to‘ldirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatga qobilligini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligiga qaratilsin. 5. Qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi qoloqlikni bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rmaganligi, ularning sifatini pasaytirib yuborganligi, eksportga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha belgilangan topshiriqni bajarishning past darajadaligi uchun “O‘zqurilishmateriallari” konserni raisi I. Iskandarov ogohlantirilsin. 6. Moliya vaziri (Boqiboyev)ga raqobat muhitini rivojlantirish, monopolist korxonalarning ortiqcha daromadlarini cheklashlaridagi tashabbuskorlikning yo‘qligi ko‘rsatib o‘tilsin. 7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (Hamidov), Moliya vazirligi (Boqiboyev), Markaziy bank (Mullajonov), Davlat mulki qo‘mitasi (G‘afurov) vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shu yilning 10-dekabrigacha iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatning ustuvor va maqsadli vazifalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar va ko‘rib chiqish uchun ularni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar. 8. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (Hamidov), Mehnat vazirligi (Obidov): vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda, qishloqlardagi ortiqcha mehnat resurslaridan foydalanish maqsadida, qishloq tumanlarida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari qurishni hamda foydalanishga topshirishni ko‘paytirish va jadallashtirish masalasini ishlab chiqsinlar va takliflar tayyorlab ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Tadbirkorlar uyushmasi ishtirokida Samarqand viloyati hokimligining xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tajribasini o‘rgansinlar, shu yilning 15-dekabrigacha mazkur masala bo‘yicha takliflar tayyorlasinlar va kiritsinlar. 9. Moliya vazirligi (Boqiboyev) “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda shu yilning 15-dekabrigacha yoqilg‘i va kon qazib chiqarish tarmoqlarida tabaqalashtirilgan rentali to‘lovlarni qo‘llash yuzasidan takliflar taqdim etsin; 10. Davlat mulki qo‘mitasi (G‘afurov) “O‘zdavjamg‘arma” va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiylashtirilgan korxonalarning samarasiz ishlashi sabablarini o‘rganib chiqsin, tegishli takliflarni tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasiga bir hafta muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida tekshirishlarni tartibga solish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish va kiritish yuklatilsin. 12. Vazirliklar, idoralar, pudratchi qurilish tashkilotlarining rahbarlari ro‘yxatlarda nazarda tutilmagan obyektlar qurilishiga resurslar va mablag‘larni ajratishni taqiqlasinlar, obyektlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha qurish faqat buyurtmachining materiallari hisobidan amalga oshirilsin. Moliya vazirligi Markaziy bank, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda Davlat nazorati qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa nazorat qiluvchi organlar ishtirokida shu yilning 1-dekabrigacha kredit resurslaridan, ayniqsa kapital qurilish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlardan, aniq maqsadlarda foydalanishga doir ishlarning ahvolini tekshirsin. Tekshirish natijalari Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilinsin. 13. Vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlaridan bozor sharoitlari talablarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha o‘z faoliyatlarini tubdan qayta qurish, Hamdo‘stlik mamlakatlaridan o‘ta taqchil mahsulotlarni keltirish bo‘yicha barter operatsiyalarini belgilangan tartibda amalga oshirish va mahsulot yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash maqsadida ichki resurslarni qo‘shimcha ravishda qidirib topish talab qilinsin. 14. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda bir oy muddatda vazirliklar, idoralar va korxonalarga jahon bozori konyunkturasi to‘g‘risida axborot xizmati ko‘rsatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 15. Vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar shu yilning noyabr-dekabr oylarida o‘zlariga qarashli korxonalar va tashkilotlar tomonidan ishlatiladigan yoqilg‘i va energiyaning 20 foizgacha tejalishini ta’minlovchi aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. 16. Vazirlar Mahkamasi komplekslari: Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov: ichki xo‘jalik munosabatlarini isloh qilishga alohida e’tiborni qaratgan holda davlat xo‘jaliklarini aksionerlik jamiyatlariga, kooperativlarga va jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga aylantirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini joriy yilning oxirigacha tugallash chora-tadbirlarini ko‘rsin; Bosh vazir o‘rinbosari Q. J. Haqqulov: kredit resurslari va sarmoya mablag‘laridan foydalanish samaradorligiga, ishga tushiriladigan obyektlarda ishlarni tugallashning qanday borayotganligiga alohida e’tibor bersin, bunda Muborak gazni qayta ishlash zavodida yillik quvvati 2 mlrd kub metr bo‘lgan 14-oltingugurt tozalash blokini, Ko‘kdumaloq neft va gaz kondensati konida 22 ta quduqni ishga tushirishni nazarda tutsin; Bosh vazir o‘rinbosari K. N. To‘laganov: kompleks tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarning qanday borayotganligini tahlil qilsin, pudrat ishlari bozorini shakllantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsin; Bosh vazir o‘rinbosari T. M. Miryoqubov: respublika aholisini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va ashyoviy mollar bilan belgilangan me’yorlar bo‘yicha uzluksiz ta’minlash uchun 1994-yil boshigacha ularning ko‘chma zaxiralarini barpo etish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsin; Bosh vazir o‘rinbosari U. T. Sultonov: Vazirlar Mahkamasining komplekslari bilan birgalikda eksportga mahsulot yetkazib berishdagi uzilishning sabablarini chuqur o‘rganib chiqsin va belgilangan topshiriqlarni so‘zsiz bajarish hamda Turkiya krediti bo‘yicha tovarlar yetkazib berish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rsin. 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
152
10,112
Qonunchilik
Mamlakatimiz kon-metallurgiya sanoati korxonalarining bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida
Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga, respublikamiz kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
99
276
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qot
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida” 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni qabul qilinishi, shuningdek qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining quyidagi qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 1997-yil 2-maydagi 3-sonli qarori 25-bandining birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan davlat boji stavkalarining miqdorlariga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida” 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli qarorining 24-bandi chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarorining 16-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ning 1-moddasining “d” bandiga binoan mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalardan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan davlat boji stavkalarining miqdorlariga muvofiq mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli qarori: 1-bandidagi “(budjet tashkilotlari bundan mustasno)” degan so‘zlar “(davlat korxonalariga va notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish yuritayotgan yuridik shaxslar mustasno)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2-bandi: birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi, shuningdek davlat soliq xizmati organi va prokurorning qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalari iqtisodiy sudlar tomonidan davlat boji to‘lovisiz ish yuritishga qabul qilinadi. Iqtisodiy sud tomonidan ariza qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji qarzdordan undiriladi. Davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan kreditorning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan arizani qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxsning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan bo‘lsa, shu shaxsdan undiriladi”; 3-bandidagi “o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4-bandining birinchi xatboshisidagi “qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6-bandi: birinchi xatboshisidagi “qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshisidagi “qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilishda sudya qarzdor yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravaridan, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravaridan, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda jami qarzi mavjudligini va bu majburiyatlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona olti oy davomida bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishi zarur. Agar bunday hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, arizani qabul qilish Qonun 45-moddasining beshinchi qismi va IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi”; 8-bandi: ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mol-mulki mavjud bo‘lgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilinganda, unda muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatiladi. Arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda iqtisodiy sud arizachidan yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organidan yoxud sud boshqaruvchilarining professional birlashmasidan tegishli nomzodni taqdim etishni talab qiladi. Bunday holatda kuzatuv taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash masalasi Qonun 48-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay hal qilinadi”; uchinchi xatboshisidagi “qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshisidagi “qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sudning majlisida bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda iqtisodiy sudning raisi tomonidan Qonunning 49-moddasiga muvofiq bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin”; 13.3-bandining yettinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin; 19-bandi: birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish uchun kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladigan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlarning miqdori iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilish sanasiga belgilanadi. Qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingunga va bankrotlikning tegishli taomilini joriy etishga qadar ijro muddati kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladi”; ikkinchi xatboshisidagi “Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “Qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshisidagi “qarzdorni bankrot deb topish haqidagi” degan so‘zlar “qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qarzdorning chet el valyutasida qarzi mavjud bo‘lganda, agar kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kreditorlarning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish uchun kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladigan kreditorlarning talablari miqdori qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy kurs bilan, keyingi taomillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”da nazarda tutilgan tartibda (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 21-mayda 1364-son bilan ro‘yxatga olingan) belgilanadi”; sakkizinchi xatboshisidagi “Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “Qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 20-bandi: quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga nisbatan korxonani bankrotlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan taqdirda ham bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatib turiladi. Sudning qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati qonuniy kuchga kirganda yoki tergov harakatlari tugaganda bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish tiklanadi”; ikkinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin; 21-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “xo‘jalik sudining” degan so‘zlar “iqtisodiy sudning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 28-bandining ikkinchi xatboshisidagi “o‘ttiz olti” degan so‘zlar “o‘ttiz” degan so‘z bilan almashtirilsin; 30-bandi: birinchi xatboshisidagi “bir yildan” degan so‘zlar “to‘qqiz oydan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Zarurat bo‘lganda Qonun 124-moddasining uchinchi qismida sanab o‘tilgan holatlar mavjud bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra yoki iqtisodiy sudning tashabbusi bilan bu muddat ko‘pi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin”; 31-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshisi bilan to‘ldirilsin: “Sudlar e’tiborga olishi kerakki, kelishuv bitimini tuzish masalasi ko‘rilayotgan kreditorlar yig‘ilishida birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovozga ega va qaror, basharti kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etayotgan ushbu guruhlar kreditorlarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi”; 34-bandidagi “Shaharni tashkil etuvchi va ularga tenglashtirilgan korxonalarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “Shaharni tashkil etuvchi va unga tenglashtirilgan korxonaning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 38-bandi chiqarib tashlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida” 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli qarori: 2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to‘lov tushuniladi”; 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tushuntirilsinki, fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat boji quyidagilardan undiriladi: 1) sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan; 2) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan; 3) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan; 4) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan; 5) apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan: a) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan; b) ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan; v) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi ajrimlar ustidan; g) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan; d) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan; 6) hujjatlarning dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini (shu jumladan, takroriy ravishda beriladigan sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini) berganlik uchun”; 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat bojini to‘lash bilan bog‘liq masalalar “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan davlat boji stavkalarining miqdorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 13-bobiga muvofiq tartibga solinadi”; 5-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat bojini naqd pulsiz shaklda to‘laganligi fakti qog‘ozdagi yoki elektron shakldagi to‘lov hujjati bilan tasdiqlanadi. Davlat bojini naqd pul shaklida to‘laganligi fakti: bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan; belgilangan shaklda to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan to‘lovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanadi. Da’vo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo bo‘yicha sudga ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada belgilanadi va undiriladi”; 6-bandi: birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Shuni nazarda tutish lozimki, to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdori arz qilingan talabning xususiyatiga (mulkiy yoki nomulkiy) bog‘liq bo‘ladi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, stavkalar bo‘yicha aniqlanadi”; quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan, bir necha mustaqil talablardan iborat da’vo arizalaridan, umumiy da’vo summasidan kelib chiqqan holda davlat boji undiriladi”. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, bir necha mustaqil talablarni o‘z ichiga olgan, nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan da’vo arizalaridan har bir talab uchun alohida davlat boji undiriladi”; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; 7-bandining birinchi xatboshisidagi “qonunga ko‘ra, (SK 337-moddasi)” degan so‘zlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga ko‘ra,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 8-bandi: birinchi xatboshisidagi “to‘lanadi” degan so‘zdan keyin “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining o‘ninchi qismi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi xatboshisidagi “undiriladi” degan so‘zdan keyin “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining o‘n birinchi qismi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 9-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Shu bilan birga, agar ariza ko‘rmasdan qoldirilganligi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi lozim bo‘lgan, lekin qaytarilmagan bo‘lsa, basharti davlat boji budjetga o‘tkazilgan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasida belgilangan umumiy da’vo muddati o‘tmagan bo‘lsa, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin (“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining beshinchi qismi)”; 10-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sudga davlat boji to‘lanmagan ariza kelib tushganda, sudya arizachi qonun bilan davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan-qilinmaganligini tekshirishi shart. Bunda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojidan ozod qilingan jismoniy va yuridik shaxslarning qat’iy ro‘yxatiga ega ekanligini nazarda tutish zarur”; 12-bandi: birinchi xatboshisidagi “FPK 123-moddasining ikkinchi qismi va SK 342-moddasida” degan so‘zlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 18-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, davlat boji summalarining qaytarilishi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 18-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda sudning ajrimiga asosan amalga oshiriladi”; 13-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK 137-moddasida nazarda tutilgan yo‘qotilgan vaqt uchun haq sud tomonidan ishda mavjud hujjatlar asosida: da’vogardan — insofsizlik bilan asossiz da’vo taqdim etilganda yoxud ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishiga muntazam qarshilik qilingan holda; javobgardan — insofsizlik bilan da’voga qarshi e’tiroz bildirilganda yoxud ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishiga muntazam qarshilik qilingan holda undirilishi mumkin”; 18-bandi: to‘rtinchi xatboshisi “undiriladi” degan so‘zdan keyin “(“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining o‘n beshinchi qismi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining yettinchi qismiga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati tugagunga qadar da’vogar da’vodan voz kechganligi munosabati bilan alimentlarni undirish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan holda, javobgardan davlat boji undirilmaydi”; 19-bandi birinchi xatboshisining birinchi jumlasi “hisoblab chiqiladi” degan so‘zlardan keyin “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining to‘qqizinchi qismi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 21-bandining uchinchi xatboshisidagi “12 oy”, “12 oydan”, “o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan” degan so‘zlar tegishincha “bir yil”, “bir yildan”, “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 22-bandining birinchi xatboshisi “mutanosib ravishda undiriladi” degan so‘zlardan keyin “(“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining o‘n yettinchi qismi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “FPK 262-moddasi birinchi qismining 3-bandiga ko‘ra, sud xarajatlari masalasiga doir qo‘shimcha hal qiluv qarori faqat hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash nazarda tutilmagan holda chiqarilishi mumkin”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida” 2019-yil 25-oktabrdagi 20-sonli qarori: 2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lov tushuniladi”; 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat bojini to‘lash bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 12-bobi hamda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi”; 7-bandining birinchi xatboshisidagi “qonunga ko‘ra, (SK 337-moddasi)” degan so‘zlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga ko‘ra,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 9-bandining ikkinchi xatboshisidagi “(SK 337-moddasining beshinchi va yigirma ikkinchi qismlari)” degan so‘zlar “(“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining beshinchi va yigirma ikkinchi qismlari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 10-bandining birinchi xatboshisidagi “(SK 3301-moddasi)” degan so‘zlar “(“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 12-bandi: birinchi xatboshisidagi “SK 342-moddasida” degan so‘zlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin; 21-bandidagi “SK 3301-moddasining” degan so‘zlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 10-moddasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: 1) “Iqtisodiy sudlar tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli qarori; 2) “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli qarori; 3) “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli qarori.
250
21,585
Qonunchilik
Oʻzbekistonda Mahalla va oila masalalari vazirligi tashkil etiladi
Prezident 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi. Ushbu yoʻnalishda rejalashtirilgan chora-tadbirlardan biri - Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish. U mahalladan tortib respublika darajasigacha 40 mingdan ortiq хodimni birlashtiradi. Vazir – “Mahalla” jamgʻarmasiga, vazirning birinchi oʻrinbosari – “Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash” jamoat fondiga, Keksalar va faхriylar boʻyicha oʻrinbosar “Nuroniy” jamgʻarmasiga raislikni ham bajaradi. Bunda vazirning birinchi oʻrinbosari oila, хotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalarga, vazirning yana bir oʻrinbosari keksalarni ijtimoiy ragʻbatlantirish, yoshlarda vatanparvarlikni mustahkamlash masalalariga mas’ul boʻladi. Oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalariga mas’ul vazirlik  rahbarining oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi. Vazirlikning hududiy boshqarma va boʻlimlari boshliqlari bir vaqtda tegishli hokimning oʻrinbosari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda:
66
1,113
Qonunchilik
“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 24-oktabrda qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2020-yil 28-fevralda rad etilgan “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqib, kelishuv komissiyasining takliflarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kelishuv komissiyasi tomonidan taklif qilingan tahrirda qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
103
730
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 272-moddaning ikkinchi qismidagi “advokatlar malaka komissiyasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 412-moddaning beshinchi qismidagi “advokatlar malaka komissiyasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 242-moddaning 1-bandi “fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) quyidagi mazmundagi 2454-modda bilan to‘ldirilsin: Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi”; 3) 315-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi”; 4) 317-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda) 401-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qo‘llaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qo‘llaniladi: faoliyatni tugatish; atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish; faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno; banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, bundan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari mustasno; huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o‘tkazish; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno”. 7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
102
6,514
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining faoliyatini samarali tashkil etish va kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) xizmat intizomining yuqori darajasini saqlash, shuningdek, 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini to‘liq va samarali amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan: egallab turgan lavozimida ish staji 5 yildan ortiq bo‘lgan DYHXX xodim va rahbarlari 35 foizining ichki rotatsiyasi amalga oshirilgani, shu jumladan ular ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlariga o‘tkazilgani va bu borada 2018-yil oxirigacha rotatsiya ko‘rsatkichlarini 70 foizgacha yetkazish chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirish nazarda tutilgani; Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida shaxsiy xavfsizlik bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarida shaxsiy xavfsizlik guruhlari tashkil etilib, kadrlar bilan to‘liq ta’minlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining yuridik shaxsni tashkil etmasdan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun DYHXX xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasining 10 foizi shuningdek, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berishdan tushadigan mablag‘lar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbai hisoblanadi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari; Jamg‘arma mablag‘laridan faqat DYHXX xodimlarini har oy pul bilan mukofotlash uchun shuningdek, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun sarflanadigan materiallarni xarid qilish bilan bog‘liq harajatlarni qoplash, DYHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlarda foydalaniladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki hafta muddatda: Moliya vazirligi bilan birgalikda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda DYHXX xodimlarining lavozimlari ro‘yxati, ularni rag‘batlantirishning aniq shartlari va mezonlarini belgilashni nazarda tutsin; DYHXX xizmatiga olinadigan nomzodlarning shaxsiy odob-axloq fazilatlariga nisbatan qat’iy talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarida: a) 9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) quyidagi mazmundagi havola qo‘shilsin: *******) Ushbu mablag‘larning 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-avgustdagi 626-son qarorida: a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining quyidagilar uchun undiriladigan jarimalar summasidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun 8 foizdan 55 foizgacha; maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun 8 foizdan 50 foizgacha”; b) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
191
5,078
Qonunchilik
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti nima bilan shugʻullanadi
Vazirlar Mahkamasining 24.03.2022 yildagi “Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 127-son qarori qabul qilindi. Prezidentning 2021 yil 9 apreldagi PQ-5063-son qaroriga muvofiq Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va uning tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi teхnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi tashkil qilingan. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi: Institut yuridik shaхs hisoblangan davlat ilmiy tashkiloti boʻlib, Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi. Quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
93
1,255
Qonunchilik
Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911, 2009-yil 25-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrini shakllantirish tartibini o‘rnatadi.”. 2. 1-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “reyestrni shakllantirish to‘g‘risida topshiriqnoma — belgilangan sanaga qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini shakllantirish va berish to‘g‘risida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga berilgan ko‘rsatmani o‘z ichiga oluvchi emitentning yoki qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining topshirig‘i yoxud qonun hujjatlariga muvofiq aksiyadorlarning yozma murojaati;”. 3. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan to‘ldirilsin: “201. Agar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilayotgan bo‘lsa, jamiyat aksiyalari egalarining reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma bevosita aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan Markaziy depozitariyda rasmiylashtiriladi. Bunda Markaziy depozitariyga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan imzolangan topshiriqnoma; aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida jamiyatga yozma talabnoma taqdim etilgan sana holatiga aksiyadorning (aksiyadorlarning) jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilishini tasdiqlovchi aksiyador (aksiyadorlar) depo hisobvarag‘idan ko‘chirma; aksiyador (aksiyadorlar) — jismoniy shaxsning pasport nusxasi, uning vakili murojaat qilgan taqdirda vakilning pasport nusxasi, notarial tasdiqlangan ishonchnomani yoki vakillikni tasdiqlovchi boshqa hujjatni ilova qilgan holda; aksiyador (aksiyadorlar) — yuridik shaxs vakilining pasport nusxasi, mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan va uning muhri bilan tasdiqlangan ishonchnomani, rahbarga nisbatan esa — lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni ilova qilgan holda; kuzatuv kengashiga (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organiga) yuborilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi yozma talabnomaning nusxasi, uning qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi belgi bilan; aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish to‘g‘risidagi kuzatuv kengashi (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi) qarori yoxud xati nusxasi, agar mavjud bo‘lsa. Agar reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirayotgan ikki va undan ortiq aksiyador tomonidan imzolansa, topshiriqnomada shakllantirilgan reyestr beriladigan aksiyadorning yoki uni vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq ko‘rsatiladi.”. 4. Quyidagi mazmundagi 241-band bilan to‘ldirilsin: “241. Ovoz beruvchi aksiyalarning kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomaga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 201–bandiga muvofiqligini, shuningdek aksiyadorda (aksiyadorlarda) kerakli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar mavjudligini Markaziy depozitariy tekshiradi.”. 5. 25-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “mazkur Nizomning 201-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, shuningdek navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni chaqirayotgan aksiyador (aksiyadorlar) emitent ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilmaganda;” to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 6. 28-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanaga, yig‘ilish aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilgan hollarda Markaziy depozitariyga reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma taqdim etilgan sanaga; aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqini berishga aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasidan uch ish kuni oldin;”. 7. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “31. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida Markaziy depozitariy topshiriqnoma kelib tushgan sanadan keyingi ish kuni soat 12 dan kechiktirmasdan axborotni oshkor qilish to‘g‘risidagi so‘rovnomani shakllantiradi va tegishli nominal saqlovchilarga yuboradi.”. 8. Quyidagi mazmundagi 451-band bilan to‘ldirilsin: “451. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariy tomonidan emitentning barcha qimmatli qog‘ozlar nominal saqlovchilaridan mazkur emitent qimmatli qog‘ozlari egalarining ro‘yxatlari qabul qilinganidan so‘ng bir ish kuni davomida bajariladi.”. 9. 50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “50. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish va unda ishtirok etish uchun reyestrlar Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi: elektron pochta orqali elektron hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmasdan; elektron tashuvchi qurilmada elektron hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng ikki ish kunidan kechiktirmasdan; qog‘oz hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng ikki ish kunidan kechiktirmasdan.”. 10. 51-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 11. 59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “59. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirayotgan shaxslar tomonidan olingan Markaziy depozitariy tomonidan shakllantirilgan reyestr aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kun ichida, agar umumiy yig‘ilish o‘tkazilmagan bo‘lsa reyestr Markaziy depozitariydan olingan sanadan o‘ttiz kundan kechikmasdan emitentga saqlash uchun taqdim etiladi. Emitent reyestrni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda saqlashi shart.”. 12. 62-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “nominal saqlovchilardan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatlarini, shuningdek aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) yetarli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qilish tasdig‘ini talab etish va olishga;”. 13. 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “73. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va nominal saqlovchilar jamiyat aksiyadorlari reyestridagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar bo‘ladi hamda o‘zining harakatlari (harakatsizligi) tufayli aksiyadorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va nominal saqlovchi o‘rtasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.”. 14. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
140
8,632
Qonunchilik
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PQ-2495-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taklif etilgan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 49 nafar bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi apparatining ilovaga muvofiq tuzilmasi ma’qullansin. 2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: a) quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi: hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli asosda tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, uning asosida va mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, hududlarni kompleks taraqqiy ettirishning joriy va o‘rta muddatli dasturlarini ishlab chiqish, mintaqalar iqtisodiyotini chuqur tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash; tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqaning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sanoat asosida yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar hajmi va turlarini ko‘paytirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish; hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni ta’minlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish obyektlari qurish va o‘z vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini bajarishda ko‘maklashish, pudrat tashkilotlarini mutanosib tarzda rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, mintaqaviy investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha faol ish olib borish; muhandislik, yo‘l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash, uy-joy — kommunal xizmatlari ko‘rsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya-tozalash tizimi bilan ta’minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suvdan tejamli foydalanish usullarini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi xomashyosini yanada chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini saqlash uchun muzlatish quvvatlarini tashkil etishni chuqur tahlil qilish va bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shuning asosida ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratish hisobidan band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, ta’lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha bir hafta muddatda takliflar kiritsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
117
4,874
Qonunchilik
“UNICON.UZ” davlat unitar korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini rag‘batlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Chinobod neft bazasi” unitar korxonasiga qarashli Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 17-mavze, Yangi shahar ko‘chasi, 1a-uy manzilidagi Poligrafiya sexi binosi (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) ishlab chiqarish maydonlaridan uzoq yillardan beri foydalanilmayotganligi va bo‘sh turganligi, asbob-uskunalarning mavjud emasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zneftmahsulot” AJ hamda Toshkent shahri hokimligining: obyektni tegishli hududi bilan birgalikda “O‘zneftmahsulot” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini obyektning balans qiymati summasiga kamaytirish hisobiga “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasiga (keyingi o‘rinlarda “UNICON.UZ” DUK deb ataladi) davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan berish; “UNICON.UZ” DUK tomonidan obyekt negizida axborotni himoya qilish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 4. “O‘zneftmahsulot” AJ: obyektning bir oy muddatda “UNICON.UZ” DUKga berilishini; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zneftmahsulot” AJ ustav kapitalida davlat ulushi “UNICON.UZ” DUKga beriladigan obyektning balans qiymati summasiga kamaytirilishini ta’minlasin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Rele va Avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-iyundagi 411-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchisi Sh. Shermatov va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R. Gulyamov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “UNICON.UZ” DUK” deb ataladi)” va “axborotni himoya qilish vositalari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Belgilansinki, “Rele va Avtomatika” AJ binolari va inshootlarining bir qismi tutash hududi bilan birgalikda belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan belgilangan qiymat bo‘yicha, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalari joylashtirilgan holda davlatning ulushini ko‘paytirish hisobiga “O‘zbektelekom” AKga beriladi”. 3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” DUK” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” DUK” va “axborotni himoya qilish vositalari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “axborotni himoya qilish vositalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
106
3,275
Qonunchilik
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutini tashkil etish to‘g‘risida
Milliy estrada ijrochilik maktablarini yaratish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda milliy estrada san’atini jadal rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4908-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin: milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish; milliy estrada yo‘nalishida o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, atoqli kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar ijodini chuqur o‘rganish, shuningdek, milliy estrada ijrochiligi namunalarini notaga ko‘chirish; milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari va an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish; milliy estradaning zamonaviy ijro uslublari namunalarini notaga olish va amaliyotga keng joriy etish, milliy estradaning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish; milliy estradani yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish; milliy estrada yo‘nalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish; xalqimiz, xususan, yosh avlod ongida milliy estrada orqali milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish; estrada yo‘nalishlarida xorijiy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish. 3. Belgilansinki: Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi (keyingi o‘rinlarda — Konservatoriya) tarkibida faoliyat yuritadi; Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi; Institut bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi; Konservatoriya uchun tasdiqlangan bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari Institutga ham tatbiq etiladi; Institut professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga Madaniyat vazirligi tizimida uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oylik taqdirlash puli (ustama) to‘lab borish tartibi tatbiq etiladi; Konservatoriya kengashining qaroriga asosan Konservatoriyaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va Institut kengashining qaroriga asosan Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Konservatoriya moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga ruxsat beriladi; Institut Konservatoriyaning moddiy-texnika bazasidan va Konservatoriya Institutning moddiy-texnika bazasidan tekin foydalanish huquqiga ega. 4. Quyidagilar: 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab yangi ochiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bir hafta muddatda 2021/2022 o‘quv yili uchun Institutga qabul parametrlarini tasdiqlasin hamda abituriyentlarning onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilishini tashkil qilsin. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq ro‘yxatda keltirilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan Konservatoriyaning 2 — 4 kurs talabalari 2021/2022 o‘quv yilidan o‘qishini Institutda davom ettiradi va o‘qish yakuni bo‘yicha ularga davlat namunasidagi diplom beriladi. 5. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Davlat budjeti mablag‘lari; talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan, shuningdek, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) va Konservatoriya (K.T. Urinbayev): a) quyidagilarni: Institut tuzilmasini oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlash; Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; b) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshkulov) bilan birgalikda: bir hafta muddatda Institut faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash va ijrosini nazoratga olish, shuningdek, Institut bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash; bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish; v) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutning ilmiy-pedagog kadrlari tarkibini oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda hamda Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan, shu jumladan xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirib kelgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar, shuningdek, sohadagi salohiyatli amaliyotchi mutaxassislar orasidan shakllantirish; g) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlarini biriktirish orqali “Mahorat darslari”ni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin. 7. Konservatoriya (K.T. Urinbayev): salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda ta’lim va ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish; ta’lim, tarbiya, ilmiy, uslubiy va ijodiy jarayonlarni samarali boshqarish; ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish; darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy materiallar va axborot resurslari bilan ta’minlash; professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish; ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish va milliy estrada maktabining yo‘nalishlarini rivojlantirishda Institutga ko‘mak berib borsin. 8. Institutda: Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi va muzey; o‘zbek milliy estradasi namoyandalarining “ustoz-shogird” ijrochilik maktablari; zamonaviy ijodiy studiyalar va axborot-resurs markazi tashkil etilsin. 9. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduxakimov), O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (R. Abdullayev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.M. Hojimatov), Botir Zokirov nomidagi jamoat fondi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov), Badiiy akademiya (A.V. Nuridinov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) bilan birgalikda: muzeyga Botir Zokirov va Zokirovlar ijodiy sulolasi hayoti va faoliyati, milliy estrada san’atimiz rivojlanishi va dunyo miqyosida keng targ‘ib etilishini yorqin aks ettiruvchi eksponatlarni, Botir Zokirov ijodiga mansub tasviriy san’at namunalari hamda adabiy asarlarni jamlasin hamda unda muntazam ravishda ko‘rgazma-ekspozitsiya tashkil etib borsin; Institutda “ustoz-shogird” ijrochilik maktablarini tashkil etishda milliy estradamizning yorqin namoyandalarini jalb etsin hamda ularning samarali faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsin; ijodiy studiyalarni zarur zamonaviy jihoz va texnikalar, shuningdek, axborot-resurs markazini musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari hamda o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlasin. 10. Institut vaqtinchalik Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Beshyog‘och mavzesi, Darxon ko‘chasi, 157-uyda joylashgan 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3178-son qaroriga asosan Konservatoriyaga tutash hududda qurilishi yakunlanayotgan Konservatoriya huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining o‘quv binosi va talabalar turar joyi operativ boshqaruv huquqi bilan Konservatoriyaga topshirilsin hamda mazkur obyektlarga Institut va ushbu markaz tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorning 10-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan obyektlarning qurilish-montaj va jihozlash ishlarini joriy yilda yakunlash uchun 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida o‘zlashtirilmagan va iqtisod qilingan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobidan mablag‘ ajratsin. 12. Institutga 3 ta, shu jumladan 1 ta shaxsan biriktirilgan, gastrol-konsert faoliyati uchun zarur bo‘lgan 1 ta avtobus va 1 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. 13. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Madaniyat vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. 14. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) ikki oy muddatda: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) bilan birgalikda onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun Institutni telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi Internet hamda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga belgilangan tartibda ulash choralarini ko‘rsin; qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.A. Abduxakimov, B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
130
11,667
Qonunchilik
“Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va q
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-son “Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 13-martdagi 30 va 288-V-son “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1675, 2007-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 16-son, 168-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8 va 1/2-son “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1675-1, 2011-yil 7-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 14-son,145-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-fevraldagi 10 va 288-V-2-son “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1675-2, 2015-yil 19-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 7-son, 85-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-sentabrdagi 86 va 288-V-3-son “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1675-3, 2015-yil 29-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 39-son, 515-modda). 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 15-avgustdagi 62 va 288-V-4-son “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1675-4, 2016-yil 18-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 33-son, 399-modda).
250
2,973
Qonunchilik
Turizm va sport vazirligi tashkil etildi
Prezident tomonidan 6.04.2021 yildagi «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi. Hujjatga muvofiq quyidagilar tashkil etiladi: Tashkil etilgan vazirlik: Vazirlikning asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi: a) turizm sohasida: b) jismoniy tarbiya va sport sohasida: v) moddiy madaniy meros sohasida: Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida: Shuningdek Transport vazirligining belgilangan shtat birliklari doirasida vazirning turizm sohasida transport logistikasini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Madaniy meros agentligi: Madaniyat vazirligining hududiy madaniyat boshqarmalari tuzilmalaridagi moddiy madaniy meros ob’yektlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish boʻlimlari tugatiladi va ularning shtat birliklari tegishliligicha Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalariga oʻtkaziladi. Ushbu vazirlik tizimidagi davlat muzeylari, muzey qoʻriqхonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari va «Moziydan sado» jurnali mavjud shtat birliklari va moddiy-teхnika bazasi bilan toʻliq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Madaniy meros agentligiga oʻtkaziladi. Bosh prokuratura tashkiliy-shtat tuzilmasida 3 ta shtat birligidan iborat boʻlgan madaniy meros sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan, shu jumladan madaniy merosni muhofaza qilish, asrashga doir ishlar va ulardan foydalanishning oqilona tashkil etilishini nazorat qilish boʻyicha tegishli boʻlim tashkil etiladi. Hujjat 7.04.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Nargiza Vohidova.
40
1,760
Qonunchilik
«Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy imtihon qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (5.04.2018 yilda 2995-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandiga muvofiq, ushbu imtihonni abituriyentlar tegishli harbiy ta’lim fakultetlariga (harbiy kafedralar bilan adashtirmang – tahr.) kirish uchun topshiradilar. Imtihonni maхsus Komissiya qabul qiladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul хodimi (rais), fakultet boshligʻi va oʻqituvchilari. Fakultet oʻqituvchilaridan biri Komissiya kotibi tomonidan tayinlanadi. Imtihon oʻtkazish vaqti –10 iyuldan 25 iyulgacha. Abituriyentlar u oʻtkaziladigan joy, kun va vaqt haqida oldindan ogohlantiriladi. Imtihon 3 bosqichda oʻtkaziladi, unda umumjismoniy tayyorgarlik, oʻq otish tayyorgarligi boʻyicha nazorat normativini bajarish, chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasi baholanadi. Xolislikni ta’minlash maqsadida barcha jarayonlar uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.  Imtihon test majmualarida (kirish sinovlarida – tahr.) fanning oʻrniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng koʻp ballning 0–100%igacha boʻlgan oraliqda yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha amalga oshiriladi. Imtihonni topshirishda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballarning 33,3%idan kam ball toʻplagan abituriyentlar davlat test sinovlariga kiritilmaydi. Quyidagi jadvalda imtihonning har bir tarkibiy qismini baholash mezonlari keltirilgan. Normativ turi Bajarish koʻrsatkichi Ball 1-bosqich. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash Turnikda tortilish 12 marotaba va undan koʻp 3 ball 10–11 marotaba 2 ball 8–9 marotaba 1 ball 1–7 marotaba yoхud umuman tortila olmaganda 0 ball 100 metrga yugurish 14 soniya ichida 3 ball 14,1–14,4 soniyada 2 ball 14,5–15,2 soniyada 1 ball 15,3 soniyada va undan koʻp vaqtda 0 ball 3 000 metrga yugurish 12,40 daqiqa* 4 ball 12,41–13,20 daqiqa 3 ball 13,21–14,00 daqiqa 2 ball 14,01 daqiqadan koʻp vaqtda 0 ball 2-bosqich. Oʻq otish tayyorgarligi boʻyicha nazorat normativini bajarishni baholash Pnevmatik miltigʻidan nishonga aniq otish (8-son nishon, oraliq – 5 m, 5 ta nazorat uchun qoʻrgʻoshinli oʻq) 40 va undan yuqori ochko 15,6 ball 35–39 ochko 13,3 ball 30–34 ochko 10,9 ball 29 va undan past ochko 0 ball 3-bosqich. Chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasini baholash 80 daqiqa davomida 50 ta test savolini yechish (+ 10 daqiqa tushuntirish va javoblar varagʻini toʻldirish uchun) 1 ta toʻgʻri javob = 1 ball * Vaqt koʻrsatkichlari belgilari – rasmiy matn boʻyicha. Imtihon natijalari Davlat test markaziga 30 iyulgacha taqdim etilishi shart. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.04.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
98
3,180
Qonunchilik
“AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA KASB-HUNAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRIShGA KO‘MAKLAShISh” LOYIHASI DOIRASIDA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI HUKUMATI IMTIYOZLI KREDITINING TEJALGAN MABLAG‘LARIDAN HAMDA KREDITNI TO‘LDIRISh MABLAG‘LARIDAN
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan berilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasini Germaniya Hukumatining imtiyozli kreditidan foydalangan holda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 1-dekabrdagi 563-son qaroriga hamda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida Germaniya Hukumati imtiyozli kreditining tejalgan mablag‘laridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 15-martdagi 46-son qaroriga muvofiq “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan berilgan 7669,4 ming yevro miqdoridagi imtiyozli kreditni va 1023,0 ming yevro miqdoridagi grantni o‘zlashtirish doirasida: KfW imtiyozli kreditining tejalgan mablag‘lari 746,619 ming yevroni tashkil etganligi; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi 2004-yilda rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi Hukumatlararo maslahatlashuvlar yakunlarining 2004-yil 1-apreldagi Protokoliga binoan ko‘rsatib o‘tilgan loyiha mablag‘larini 1200,0 ming yevro miqdorida to‘ldirish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining KfW imtiyozli kreditining 1946,6 ming yevro miqdoridagi tejalgan mablag‘larini va kreditni to‘ldirish mablag‘larini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan kasb-hunar kollejlari qo‘shimcha sonini zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari bilan jihozlashga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga ilgari belgilangan tender shartlariga rioya qilgan holda tender savdolari o‘tkazmasdan: axborot-texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish uchun — Fujitsu-Siemens kompaniyasi bilan 2005-yil 11-iyuldagi S'SEP/01/ /E/2005-son kontraktga; kasb-hunar kollejlarini o‘quv anjomlari bilan jihozlash va mebellar yetkazib berish uchun — Lucas Nuelle kompaniyasi bilan 2005-yil 23-avgustdagi SSEP/02/EM/2005-son kontraktga; konsalting xizmatlari ko‘rsatish uchun — GOPA kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga; kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini texnik jihatdan o‘qitishda maslahat xizmatlari ko‘rsatish uchun — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan 2006-yil 14-avgustda tuzilgan 03/CS-son kontraktga; kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining texnik malakasini oshirishni tashkil etish xizmatlari ko‘rsatish uchun — O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan 2006-yil 18-sentabrda tuzilgan 04/O-son kontraktga qo‘shimcha bitimlar tuzishga ruxsat etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi 2004-yilda rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi Hukumatlararo maslahatlashuvlar yakunlarining 2004-yil 1-apreldagi Protokoliga binoan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasini kengaytirish uchun jalb qilinadigan 1200,0 ming yevro miqdorida moliyalashtirish hajmini ko‘paytirish to‘g‘risida Germaniya taraqqiyot banki (KfW) bilan shartnoma tuzsin; ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan qo‘shimcha bitimlarni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazsin. 5. Moliyalashtirish hajmi 1200,0 ming yevroga ko‘payganligini hisobga olgan holda kreditni qaytarish va Germaniya taraqqiyot banki (KfW) krediti bo‘yicha foizlar to‘lash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqi, foizlar to‘lash, KfW imtiyozli kreditining 1200,0 ming yevro miqdoridagi to‘ldirish mablag‘lariga oid boshqa chiqimlarni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga kredit mablag‘laridan o‘z vaqtida va samarali foydalanilishini ta’minlash yuzasidan javobgarlik yuklansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
249
4,954
Qonunchilik
ISLOM TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMTA’LIM MAKTABLARINI QURISh VA JIHOZLASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
2004-2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga yetti yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda 25 yil muddat bilan 10,287 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 7 mln. islom dinori miqdorida kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi, shuningdek, loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul ijro etuvchi agentlik hisoblanadi; Islom taraqqiyot banki kreditini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vositachilik to‘lovlari davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; o‘quv-laboratoriya asbob-anjomlari va mebellar sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 3. Quyidagilar: loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan birga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari 1-ilovaga* muvofiq; loyihani moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga* muvofiq; loyihani amalga oshirish uchun berilayotgan Islom taraqqiyot banki krediti bo‘yicha asosiy qarzni va unga xizmat ko‘rsatish uchun vositachilik to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijrochi direktori U.Rozuqulov Islom taraqqiyot banki bilan qarz bitimini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qarz bitimi imzolangandan keyin bir oy muddatda cheklangan soni 5 kishidan iborat bo‘lgan, Islom taraqqiyot banki krediti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan, loyihani amalga oshirish guruhini tashkil qilsin, guruhga kredit mablag‘laridan Islom taraqqiyot banki talablariga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanishni nazorat qilish va hisobga olib borish yuzasidan javobgarlikni yuklasin. 7. Loyihani amalga oshirish davrida: loyiha doirasida import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar, bajariladigan ishlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar) bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari); Islom taraqqiyot banki kredit berilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbaida daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarini loyihani amalga oshirishning butun davri mobaynida konsullik va boshqa yig‘imlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji to‘lovisiz ko‘p martalik vizalar berilishini va vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
161
3,799
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARINI TAYYORLASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1991-yil 10-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash, muhokama qilish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil,12-son, 290-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
120
604
Qonunchilik
Tomyopgich va gidroizolatsion ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Tomyopgich va gidroizolatsion ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq tomyopgich va gidroizolatsion materiallari ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar tomyopgich va gidroizolatsion ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma; tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari. 7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. 8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. 10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak. 12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi. Tashkilot xodimlarini va ularni ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladi. 14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat tashkilotlari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlarini attestatsiya qilish orqali aniqlanishi lozim. 16. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joriy qilishda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart. 18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarishdan oldin mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirishi shart. 19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 20. Tashkilot rahbari o‘ta xavfli ishlarni belgilangan talablarga muvofiq rejalashtirilishi, tashkillashtirilishi va xavfsiz bajarilishi uchun javobgardir. 21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim. 22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim. 23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi. 24. Xodimlar Qurilish, qurilish-montaj va ta’mirlash-qurilish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (ro‘yxat raqami 2224, 2011-yil 10-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 19-son, 193-modda) muvofiq yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi lozim. 25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart: yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi mavjud bo‘lishi; himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi; himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi; yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). 27. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 28. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari ish faoliyati bo‘yicha tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 29. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnomaga ega bo‘lishi shart. 30. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 31. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi. 32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim. 33. Tashkilot rahbari kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim. 34. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim. 35. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda, ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas. 36. Davriy tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi. 37. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. 38. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi, umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 39. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim: xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi; ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi; xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, singan taqdirda esa uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi. 40. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak. 41. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 42. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak. 43. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 44. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 45. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishki mavsumda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim. 46. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m va yon tomonlarida devorcha va to‘siqlar bo‘lishi lozim. 47. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur. 48. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart. 49. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak. 50. Tashkilot joylashgan maydon butun chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim. 51. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 52. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 53. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga javob berishi kerak. 54. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli va plitali) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak. 55. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak. 56. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 57. Darvoza tavaqalarining yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 58. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan ortiq bo‘lishi kerak. 59. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan ortiq bo‘lishi kerak. 60. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 61. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsum) tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak. 62. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda shovqin va tebranish darajasi belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim: detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish; shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish; agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash; shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarga yoki sexdan tashqariga joylashtirish; tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan mustaqil va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak. 65. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, shaxsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak. 66. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim. 67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim. 68. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim. 69. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rtacha og‘ir ishda 17 °C va og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi kerak. 70. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda harorat 22 °C dan kam bo‘lmasligi kerak. 71. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 72. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak. 73. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 74. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak. 75. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim. 76. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga mos bo‘lishi lozim. 77. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni har yili kamida ikki marotaba tozalash lozim. 78. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi. 79. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Faqatgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 80. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak. 81. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. 82. Ko‘chma yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chma apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim. 83. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim. 84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim. 85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritqichlarning sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim. 86. Tashkilotda maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar mavjud bo‘lishi kerak. 87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlari, iste’mol suv ta’minoti qurilmalari, hojatxonalarning soni, smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim. 88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. 89. Tashkilotlarda atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishi va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishining oldi olinishi lozim. 90. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 91. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan ta’minlanishi, konteynerlar chiqindilardan bo‘shatilgandan so‘ng, xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak. 92. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 93. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 94. Ishlab chiqarish xonalaridagi jarayonlarning xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanishi lozim: ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi (texnologiya) jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash; ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishining oldini olish. 95. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka (avtomatik to‘xtatib qo‘yish) tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. 96. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ularning ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq, o‘chib-yonuvchi chiroq) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim. Avtomatlashtirilgan liniyalar ogohlantiruvchi yorug‘lik signali berish moslamasiga ega bo‘lishi kerak. Avtomatlashtirilgan liniya to‘xtatilgandan so‘ng, uni ovozli va yorug‘lik signali bermasdan ishga tushirish taqiqlanadi. 97. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlarining uskunalari ishga yaroqli bo‘lishi, nazorat-o‘lchash asboblari soz holatda va apparatlarni ishga tushirish blokirovka vositalari mavjudligida amalga oshirilishi lozim. 98. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi lozim. 99. Lattamaydalagich, qirquvchi va navlarga ajratuvchi mashinalarda so‘ruvchi shamollatish tizimi bo‘lishi lozim. Mazkur mashinalar elektr tizimiga ulangandan keyin ularni ishga tushiruvchi blokirovka moslamasi o‘rnatilishi kerak. 100. Tayyorlash bo‘limidagi barcha dastgohlar va mexanizmlarning texnik hujjatlari (pasporti, chizmasi va ishlatishga doir qo‘llanmasi) bo‘lishi kerak. 101. Texnologik uskunalarga xizmat ko‘rsatish tashkilot rahbari tomonidan mazkur ishni bajarishga tayinlangan xodimlarga topshiriladi. Sexda begona shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 102. Sexlardagi yo‘laklarga xomashyo, tayyor mahsulot va chiqindilarni joylashtirish (qoldirish) taqiqlanadi. 103. Barcha ish joylarida mexanizmlarni tozalash va ish joylarini yig‘ishtirish uchun zarur bo‘lgan moslamalar bo‘lishi lozim. Uskuna ishlab turganda uni artish, sozlash, ta’mirlash va chiqindilarni olib tashlash taqiqlanadi. 104. Uskunalarga elektr energiyasi, suv, bug‘ va moy kelmay qolganda, ular keladigan manbalar berkitilishi va ishlab chiqarish to‘xtatilishi kerak. 105. Shamollatish tizimi nosoz holga kelganda, texnologik jarayon to‘xtatilib, avariya-shamollatish tizimi ishga tushirilishi ta’minlanishi lozim. 106. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda to‘xtatilishi bilan yakunlanishi lozim. 107. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur to‘siqlar, himoya va saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish binolariga begona shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. 108. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim. 109. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi. 110. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak. 111. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 112. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 113. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim. 114. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. 115. Yong‘indan xavfli sexlar, laboratoriyalar, uchastkalarda va portlash yoki alangalanish xavfi bor qurilmalarda ochiq alangadan foydalanishni taqiqlovchi va alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida belgilar ilib qo‘yilishi zarur. 116. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi. 117. Ishlab chiqariladigan barcha bo‘limlarda chekish taqiqlanadi. 118. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim. 119. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 120. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak. 121. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart. 122. Kuchlanish 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda IV malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak. Mas’ul xodim muntazam ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart. 123. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim. 124. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart. 125. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim. 126. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim. 127. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi erga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash orqali tekshirib turilishi lozim. 128. Uskuna tok uzatilmaganligi sababli to‘xtatilgan hollarda, elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak. 129. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va erga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 130. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatli elektr lampalari va asboblariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim. 131. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi. 132. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari erga ulangan bo‘lishi lozim. 133. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r erga ulangan bo‘lishi lozim. 134. Tashkilotning barcha bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim. 135. Chiqindi o‘ramlarini yechish, saralash va maydalash dezinfeksiya ishlari o‘tkazilgandan so‘ng bajarilishi lozim. 136. Chiqindi o‘ramlari maxsus tayyorlangan toza joyda qaychilar yordamida yechilishi lozim. 137. Chiqindilarni maydalovchi barabanning saralovchi transportyor lentasi bilan blokirovkalanishi, baraban ishga tushmaguncha lenta ishlamasligi, baraban to‘xtaganda esa, transportyor avtomatik tarzda to‘xtashi kerak. 138. Chiqindilar yuboriladigan nov (ariqcha)lar massaning bir barabandan boshqasiga o‘tib ketmasligi uchun ular mustahkam va qattiq qopqoqlar bilan berkitilishi lozim. Nazorat qilish lyuklarida ochilib zich yopiladigan qopqoqlar bo‘lib, ular barabanlar ishlaganda yopiq bo‘lishi kerak. 139. Qum kanallari maxsus to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilishi lozim. Kanal bo‘ylab eni 0,7 m keladigan yog‘och panjarali qoplamalar o‘rnatilishi zarur. 140. Quyuqlashtirgich moslamasi ishlaganda quyidagilar taqiqlanadi: baraban ostidan qo‘l bilan massa namunasini olish; to‘r va yechib olinadigan valiklardagi massani qo‘l bilan tozalash; quyuqlashtirgich moslamasining barabani ishlayotganda baraban ostidagi massani tozalash; qo‘l yoki turli predmetlar yordamida massani siquvchi valik ostiga itarish; quyuqlashtirgich moslamasining siquvchi o‘qidagi qattiq matoni taranglatib tortish yoki tuzatib qo‘yish. 141. Quyuqlashtirgich moslamasini ishga tushirishdan oldin barabandagi to‘r ishga yaroqli ekanligini tekshirish hamda barcha zarur to‘siqlar va keskich pichoqlar shaber tanasiga mahkamlangan bo‘lishi lozim. 142. Quyuqlashtirgich moslamasining barabanidagi to‘rni bug‘ bilan puflash jarayoni ikki nafar xodim tomonidan quyidagi talablarga rioya qilgan holda bajarilishi lozim: shlanglarga ulangan tizimlardagi bug‘ bosimi 350 kPa dan oshmasligi kerak; bug‘ni yuborishdan oldin shlangning bug‘ trubkasiga va uch yoq (troynik)liklarni shlangga mustahkam qotirilganligi tekshirilishi kerak; birinchi xodim bug‘ yuborish jo‘mragi oldida turib, ohista va ravon bug‘ uzatilishini kuzatib turishi kerak; ikkinchi xodim setkali stol ustidagi o‘tish ko‘prikchasida quyuqlashtirgich moslamasining korpusi atrofida shlangni o‘ralmagan holda old tomonida ushlab turishi kerak; bug‘ uzatilayotganda shovqinga qarshi yakka tartibda himoya vositalaridan foydalanilishi lozim. 143. Konussimon tegirmonlarni ishlatganda, qurilmaga kirayotgan va undan chiqayotgan joydagi bosimni mazkur turdagi uskuna uchun belgilangan me’yordan oshirish taqiqlanadi. 144. Saralash konveyeriga boradigan barcha yo‘llar hamda o‘tish joylari bo‘sh bo‘lishi kerak. 145. Saralash konveyeriga metall predmetlar tushib qolganda, ovozli signal beruvchi va avtomatik tarzda konveyerning ishlashini to‘xtatuvchi metalltutgichlar o‘rnatilishi lozim. 146. Gidroparchalagichning polida suv oqib ketishi uchun nov (ariqcha) bo‘lishi, vanna atrofiga yog‘och panjarali qoplama yotqizilishi lozim. Qoplamaning eni kamida 0,7 m bo‘lishi kerak. 147. Aralashma massasining harorati 30 °C dan ortiq bo‘lganda, gidroparchalagichga ochilib-yopiladigan qopqoq o‘rnatilishi va uning maydalanadigan material solinadigan teshigi bo‘lishi kerak. Teshik kamida 1 m balandlikda o‘rab to‘silishi lozim. 148. Gidroparchalagich operatorining ish o‘rni transportyorni, apparatga massa solinadigan joyni to‘liq ko‘radigan qilib qurilishi va operator gidroparchalagich yoniga oson borishini ta’minlash kerak. 149. Massani aralashtiruvchi qurilmani basseynlarga joylashtirishda ishga tushiruvchi va aralashtiruvchi qurilmani demontaj qilish ishlari xavfsiz bajarilishini inobatga olish lozim. 150. Basseynlarda suvning eng yuqori sathini chegaralovchi to‘kish quvurchalari bo‘lishi kerak. 151. Karton ishlab chiqaruvchi mashinani ishga tushirish texnologik reglamentga muvofiq smena boshlig‘ining ruxsati bilan mashinist rahbarligida amalga oshiriladi. Qurilish silindrlarida bug‘ bosimini ko‘tarish tezligi va silindr qobig‘idagi harorat ham ushbu reglament tartibiga mos kelishi kerak. Karton chiqaruvchi mashinani ishga tushirishdan oldin barcha qurilmalarni alohida salt (xolostoy) holatda ishlashini tekshirib ko‘rish lozim. 152. Karton ishlab chiqaruvchi mashinani ishlatish jarayonida, karton ishlab chiqarish (texnologiya) operatsiyalar, kartonni tashish va tayyor mahsulotni taxlash ishlari maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi lozim. 153. Karton ishlab chiqaruvchi mashinani ishlatishdagi texnologik jarayon rejimi quyidagilarni ta’minlashi zarur: xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari namoyon bo‘lishining oldini oluvchi texnologik uskunalarning ishlashini; ishlash muddati davomida texnologik uskunalar va himoya vositalarining yaxshi ishlashini. 154. Karton ishlab chiqaruvchi mashina ishlab turganda quyidagi operatsiyalarni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi: karton tasmasini qo‘lda tekislash; to‘r va to‘rli valiklarga yopishib qolgan massani suv yoki bug‘ oqimi bilan yuvish; maxsus qirg‘ich yoki siqilgan havo bilan vallar va baraban ostidagi detallarni tozalash; siqilgan havo bilan massa va uzilgan tasmalarni haydash; mashina ostiga tushgan chiqindi massalari yoki sifatsiz ashyolarni maxsus kurakcha yoki uzun dastali supurgi bilan chiqarish; qorishmani quyish qutilarida aralashtirish. 155. Qattiq mato iplarini uzish uchun presslovchi yoki quritish mashinalarni to‘xtatib turish lozim. 156. Maydonchalardagi quritish silindrlarining yuqori qavatining qalpoq ostidagi uskunalarini nazorat va tutib turish ishlarini ikki nafar xodim bajarishi lozim. 157. Quritish silindrlari orasidan arqon o‘tgan joylardagi roliklar va arqonlar to‘sib qo‘yilishi lozim. 158. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning qurituvchi qismlari yonida bagrlarni saqlash uchun javonlar qurish rejalashtirilishi lozim. Tambur o‘qlarini saqlash uchun qurilgan javonlardan ushbu ashyolar tushib ketmaydigan bo‘lishi kerak. 159. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning old va uzatma tomonlariga yoy shaklidagi tutqich to‘siqlar o‘rnatilishi lozim. 160. Dastgoh mahsulotni mexanik usulda qabul qiladigan uskunaga ega bo‘lmasa, tezligi 25 m/min. bo‘lgan bo‘ylama kesuvchi dastgohga karton polotnosini kiritish taqiqlanadi. 161. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaga qo‘lda (mexanik) karton kiritishda to‘suvchi shtangani tushirib qo‘yish lozim. 162. Karton qirquvchi mashina va u bilan bog‘liq uskuna ogohlantiruvchi signal bergandan so‘ng ishga tushirilishi lozim. 163. Saralovchi konveyerni ishga tushirishdan oldin uning sozligini, g‘alvirlari tozaligini, yonida yoki ustida ushbu ish bilan bog‘liq bo‘lmagan xodimlar va keraksiz predmetlar yo‘qligini, aylanadigan qismlar va mexanizmlar atrofi to‘silganligini tekshirib chiqish zarur. 164. Maydalagich qurilmasini ishga tushirishdan oldin quyidagilarni bajarish lozim: to‘siqlar yaxshi mahkamlanganligini tekshirish; zarur nazorat-o‘lchov asboblari borligi va ularni ishga yaroqliligini tekshirish; sovutish tizimiga keladigan suv tarmog‘idagi bosim me’yorda ekanligini aniqlash; mexanizmlardagi salnikli uskunalarning hamda moylash tizimidagi sath holatini tekshirish; elektro‘tkazgichlarda erga tutashtirish tizimi mavjudligi va sozligini tekshirish. 165. Tozalagichlarni ishga tushirishdan oldin g‘alvirlar, tanasidagi yechib olinadigan g‘iloflar yaxshi mahkamlanganligini salnikli zichlagichlarning sozligini, suv purkagich va zichlagichlarga suv keladigan magistral tarmoqlardagi suv bosimi yetarli darajada ekanligini tekshirish kerak. Mazkur shart-sharoitlar buzilgan taqdirda mexanizmni ishga tushirish taqiqlanadi. 166. Uskunalar va quvur o‘tkazgichlardagi germetiklik buzilganda, nosozliklar tuzatilmaguncha massani berish va karton ishlab chiqarishni to‘xtatish lozim. 167. Qirqish mashinasi, tegirmon, saralagich hamda defibratorlarning g‘ilofida notanish ovozlar eshitilganda, ular ishini darhol to‘xtatib, nuqsonlar tuzatilmaguncha materiallarni qayta ishlash jarayonini to‘xtatib turish zarur. 168. Shimdirish va qoplash vannalari, uzellar, turboaralashtirgich, qum sepish uzeli, materialni sovutish, kesish va o‘rash qurilmalari shamollatish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 169. Shimdirish va qoplash vannalarida massa keskin ravishda ko‘piklanib ketganda, agregatni to‘xtatish va undagi massani ko‘piklanishining oldini olish lozim. 170. Ishlab chiqaruvchi agregat boshqaruv pultining yuza qismida avariya “STOP” tugmachasi bo‘lishi lozim. 171. Boshqaruv pultida avariya vaziyatida uzib qo‘yiladigan moslama boshqa boshqarish elementlaridan farqli rangda bo‘lishi va avariya oqibatlari bartaraf etilmaguncha uni ishga tushirib bo‘lmaydigan bo‘lishi kerak. 172. Dastlabki xomashyolar, yarim tayyor va tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida keltirilgan o‘lchamlarga mos bo‘lishi kerak. 173. Materiallar va xomashyoga aloqasi yo‘q boshqa ishlarni omborxonada bajarish taqiqlanadi. 174. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari javonlar oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. 175. Omborxonaning devorlar bilan o‘ralgan har bir hududida olti taxlamgacha bo‘lgan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi. Taxlamlar oralig‘idagi masofa 5 m dan, qo‘shni maydonlardagi taxlamlar bilan oralig‘i 15 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 176. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari bo‘yicha xavflilik darajasini belgilash lozim. 177. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi. 178. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. 179. Ikkilamchi xomashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bog‘lamlarga o‘ralgan holda qabul qilinishi kerak. 180. Ikkilamchi xomashyo bog‘lamlarini yopiq omborlarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda taxlamlarda saqlash lozim. 181. Ikkilamchi xomashyo taxlamlari balandligi 5 m dan, har bir taxlam o‘lchami 25 x 15 m dan oshmasligi kerak. 182. Quti va qoplardagi yuklar omborda ag‘anamaydigan, surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan bo‘lishi lozim. Qo‘lda ortilganda ustma-ust taxlanish balandligi 3 m dan, yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi lozim. 183. Ombor va maydonlardagi bog‘lamlarni taxlash chegaralari o‘chib ketishga chidamli bo‘lgan sariq va oq rangli bo‘yoqlar bilan pol ustiga 50–100 mm enlikdagi uzluksiz chiziqlar bilan belgilanishi zarur. 184. Ishlab chiqarish chiqindilarini yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim. 185. Omborlardagi belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan yuklarni tashish va taxlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. 186. Yuklar saqlanadigan ombor yoki yuk saqlash maydonchalar hududiga kirish joylarida transport vositalarining harakat yo‘nalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari ko‘rsatilgan sxemalar osib qo‘yilishi lozim. 187. Bitum qabul qilish va saqlashda havo muhitini nazorat qilib turish uchun avtomatik gaz tahlil moslamasini o‘rnatish lozim. Ushbu moslama mavjud bo‘lmasa, vaqti-vaqti bilan havo muhitining laboratoriya tahlili amalga oshirib turilishi zarur. 188. Bitum va boshqa tez alangalanadigan moddalar to‘plangan joylarda hamda issiq bitum to‘ldirilgan sig‘imlar yonida olovli ishlar, payvandlash, metallni qirqish, koks (qattiqlashtirilgan ko‘mir)ni yondirish taqiqlanadi. 189. Bitum quyiladigan va saqlanadigan idishlarni ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish lozim: idishlarni bo‘shatish; yonilg‘i, bitum va bug‘ o‘tkazuvchi quvurlarni berkitish; idishlarga neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi nasoslarning elektr dvigatellarini tok manbaidan uzib qo‘yib, “Ulamang, odamlar ishlayapti!” degan yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik yozuvini osib qo‘yish; qopqoq va jo‘mraklarga “Ochmang, odamlar ishlayapti!” deb yozilgan taqiqlovchi xavfsizlik belgisini osib qo‘yish; idishlarni shamollatib, ular ichidagi havodan namuna olib, ularda portlashdan xavfli bug‘lar konsentratsiyasi bor-yo‘qligini aniqlash. 190. Idishlar va quvur o‘tkazgichlarni neft mahsulotlari va reagentlardan bo‘shatish sxemasi, bug‘lash sxemasi, shamollatish usullari va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. 191. Sig‘imlarni tozalash va ichki ko‘rikdan o‘tkazish va ularni o‘rab turgan quvur o‘tkazgichlarni ochish ishlari mas’ul xodim ishtirokida bajarilishi lozim. 192. Eritilgan bitum ustiga yog‘in tushmasligining oldini olish maqsadida bitum qabul qilish joyi usti yopilgan bo‘lishi lozim. 193. Bitum qabul qilish va saqlash sig‘imlari bitumni bug‘ yordamida isitish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu tizimda kondensatni doimiy chiqarib turuvchi moslama bo‘lishi zarur. Tizimning barcha ulanmalari mahkamlangan bo‘lib, ulardan bug‘ va kondensat chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 194. Bitum qabul qilish sig‘imlari konteyner va tsisternadan suyuq bitumni qabul qilish uchun lyukli yaxlit metall qopqoqlar bilan yopilgan bo‘lishi zarur. Lyuklar o‘lchami 150 x 150 mm katakchalardan iborat bo‘lgan metall to‘rlar bilan yopilgan bo‘lishi lozim. 195. Bitum qabul qilish va saqlash sig‘imlari bitum sathi ruxsat etilgan maksimal belgiga yetganda, xabar beruvchi signalizatsiyalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 196. Bitum ortilgan konteynerlar (bunkerli yarim vagonlar)ni ag‘darish, shuningdek bo‘sh konteynerlarni tashish holatiga keltirish ishlari mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. 197. Bitum qabul qilish joyida ishlovchi xodimlar tsisternalarni va konteynerlarni bo‘shatish vaqtida bug‘ g‘iloflariga bug‘ berish uchun ko‘chma shlanglar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ko‘chma shlanglar issiqdan izolatsiyalangan bo‘lishi lozim. 198. Bitum qabul qilish va bitum saqlash sig‘imlarini ichki ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash, ta’mirlash havo harorati 40 °C dan oshmagan taqdirda, naryad-ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi lozim. 199. Bitum qabul qilish va saqlash sig‘imlarini ishlatishda quyidagilar taqiqlanadi: bitum qabul qilish sig‘imlarining qopqoqlarida turish (yurish); bitum to‘kilayotganda qabul qilish sig‘imlarining lyuklari yaqinida va konteynerlarni siltash joylarida bo‘lish; konteynerlarni richag yordamida qo‘l bilan siltash; bitum qabul qilish sig‘imlarining lyuklari yaqinida tsisternalarni qizdirish paytida kondensatni to‘kish; bitum va boshqa tez alangalanadigan moddalar to‘plangan joylarda hamda issiq bitum to‘ldirilgan sig‘imlar yonida olovli ishlar, payvandlash, metallni qirqish, koks (qattiqlashtirilgan ko‘mir)ni yondirish. 200. Tashkilotda idishlar va quvur o‘tkazgichlarni neft mahsulotlari va reagentlardan bo‘shatish sxemasi, bug‘lash sxemasi, shamollatish usullari va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. 201. Idishlarni tozalash va ichki ko‘rikdan o‘tkazish va ularni o‘rab turgan quvur o‘tkazgichlarni ochish ishlari mas’ul xodim ishtirokida bajarilishi lozim. 202. Kompressorning qismlari silindridagi chiqaruvchi va so‘ruvchi klapanlarni almashtirish sababli qisqa vaqtga to‘xtatilganda quyidagilarni bajarish zarur: qabul qiluvchi va chiqaruvchi zulfinlarni mahkam berkitib, ularga qulf solib qo‘yish; kompressordagi mahsulotni to‘liq chiqarib yuborilganligiga ishonch hosil qilish; silindrlarni bug‘ yoki inert gazi bilan puflash; kompressorni o‘rab turgan barcha yopiq berkitish armaturalariga va elektrga ulanadigan joyiga “Ulamang, odamlar ishlayapti!” degan yozuvni osib qo‘yish; mazkur ishlarni bajaruvchilarga tegishli yo‘l-yo‘riq berish; ishlarni protivogaz kiyib bajarish; faqat uchqundan xavfsiz asbob-uskunalarni ishlatish; ishlarni uch nafar xodimdan iborat brigada (ulardan biri muhandis) gazdan qutqarish xizmatining ishtirokida bajarish. 203. Bug‘ qabul qilishda quvur jo‘mraklarini kondensat tushishi uchun to‘liq ochish zarur. Bug‘ quvurining nasos va uskunaga o‘tadigan hamma yo‘nalishidagi qopqoqlari yopilishi kerak. 204. Qurilma bug‘, elektr energiya va havo bilan ta’minlangandan so‘ng, idish va quvur o‘tkazgichda o‘tkazuvchanlik va zichlikka qarshi sinash ishlari olib borilishi kerak. Idishlar va quvur o‘tkazgichlardagi bosim ruxsat etilgan me’yordan oshmasligi zarur. 205. Avariyalarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilarga rioya qilish lozim: quvursimon pechlardan chiqayotgan bitumning harorati belgilangan me’yordan ortib ketmasligiga; idishlar, reaktorlar va bug‘latgich-kolonnalardagi bitum haroratini oshirmaslik va keskin o‘zgartirmasligiga; oksidlash uchun berilayotgan havo bosimining nobarqarorlashuvi yoki ko‘tarilib ketmasligiga; oksidlash apparatlari va idishlarga haddan ziyod mahsulot to‘ldirilmasligiga. 206. Texnologik uskunalarda nosozliklar va avariyalar sodir bo‘lmasligi uchun quyidagilarni ta’minlash lozim: apparatlar, quvur o‘tkazgichlar, berkitish armaturalari, manometrlar sozligi; tartiblovchi va saqlovchi klapanlar sozligi; suv, elektr energiya va havoning to‘xtovsiz kelishi; nasoslarni to‘xtatmasdan yaxshi ishlashi. 207. Sochilib ketadigan materiallar va mineral to‘ldiruvchilarni saqlash uchun qurilgan bunkerlar ularga yuk ortish va tushirish ishlari bajarilayotganda sodir bo‘lgan changni ushlab qoluvchi moslama hamda tebratkichlar, aralashtirgichlar va aeratsiya tizimida materiallar to‘planib yoki osilib qolishining oldini oluvchi uskunalar bilan jihozlanishi lozim. 208. Bunkerlarni ichki ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash va ta’mirlash ishlari qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq naryad-ruxsatnoma va ishlab chiqarish ishlari loyihasi asosida amalga oshirilishi kerak. 209. Bunkerlar va sig‘imlar lyuklarining katagi 100 x 100 mm dan katta bo‘lmagan panjara bilan jihozlanishi va ilgaklarga ega bo‘lishi kerak. Lyuklarning panjaralari kalit bilan qulflanib yopilishi va kalitni saqlash tartibi mas’ul xodim tomonidan o‘rnatilishi kerak. 210. Mineral to‘ldirgichlarni ishlab chiqarishga uzatish pnevmotransport bilan amalga oshiriladi. Pnevmotizim avariyali to‘xtaganda, yuk havo bilan yumshatilib, o‘zining og‘irligi bilan bunkerning pastki lyuki orqali bo‘shatilishi lozim. 211. Bunkerlarning tepasi atrof bo‘ylab o‘ralgan bo‘lishi kerak. 212. Bunkerga, uning ostki va yon tomondagi lyuklaridan kirishga faqat ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat beriladi. Bunkerning devorlari va yopilmalarida materiallar osilib qolmasligi uchun oldindan tozalab turilishi kerak. 213. Bunker ichiga tushish xodimlarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan chig‘irlar yordamida aravachalarda amalga oshiriladi. Aravachalarni bunker ichiga tushirishdan oldin quyidagilar tekshirilishi shart: chig‘ir g‘altagidagi temir arqonning mahkamlanganligi; chig‘irni bunker qopqog‘iga mahkamlanganligi; temir arqon, blok, tormoz va chig‘ir simlarining sozligi; aravacha to‘siqlari va polining mustahkamligi. 214. Bunker ichiga tushayotgan xodimlar ish bajarishlari uchun kerakli asbob-uskunalar, ish xususiyati va sharoitiga qarab yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya va aloqa vositalari (ogohlantirish arqoni, so‘zlashuv moslamasi) bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak. Ishga tushirish va yuk ortish va tushirish moslamalari va pnevmotransport zulfinlariga “Yoqilmasin, odamlar ishlayapti!” kabi taqiqlovchi yozuvlar osib qo‘yilishi lozim. 215. Bunkerlarda ta’mirlash ishlari olib borilganda, 12 V dan ko‘p bo‘lmagan kuchlanishli ko‘chma elektr yoritqichlardan foydalanish lozim. 216. Bunkerning transport vositasi yordamida to‘kiladigan tomonida tutqichli to‘siqlar o‘rniga balandligi 600 mm dan kam bo‘lmagan to‘siq bo‘lishi kerak. 217. Bunkerga tushishdan oldin quyidagilarni amalga oshirish zarur: transport vositasidan bunkerga to‘kishning oldini olish, buning uchun transport vositasining harakatini kuzatuvchi xodimni tayinlash, bunkerga to‘kishni taqiqlovchi signallarni yoqish; bunkerga yukni ortish joyidagi shiberni yopish; bunkerni mahsulotdan tozalash. 218. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 219. Vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. 220. Og‘ir va yirik yuklarni ortish va tushirish, tashish ishlari ma’muriy-texnik xodimlar tomonidan maxsus ajratilgan xodim rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim. 221. Yuk ortish va tushirish ishlarini bajarishda xodimlar ko‘tarilayotgan yoki tushirilayotgan yuk ostida turmasliklari kerak. 222. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis bo‘lib, chuqurchalarsiz va 50 dan oshmaydigan nishabi bo‘lishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yo‘llar qoplamasiga teng bo‘lishi lozim. 223. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak. 224. Avtoyuklagich qo‘llanishiga faqat qattiq qoplamaga ega bo‘lgan tekis maydonchalarda ruxsat beriladi. Chuqurlar paydo bo‘lganda darhol ta’mirlash kerak. 225. Sex ichki transporti sifatida avtoyuklagichlar, avtokarlar va boshqalar qo‘llanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokarlarning ishlab chiqarish binolari va omborlarga kiritish taqiqlanadi. 226. Avtoyuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim. 227. Yuklagichga ruxsat etilgan yuk og‘irligi uning texnik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 228. Xodimlarni avtoyuklagichlar va avtokarlarda tashish, shuningdek ortilayotgan va tushirilayotgan hamda tashilayotgan yuk (konteynerlar va boshqalar) ustida turish taqiqlanadi. 229. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarini va texnologik liniyalarni joylashtirish, o‘rnatish, montaj qilish, ishlatish, ta’mirlash ularning texnik pasportlari talablaridan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim. 230. Asbob-uskunalarga davriy xizmat ko‘rsatayotgan xodimni ishlab chiqarish asbob-uskunalarining harakatlanuvchi yoki tok o‘tkazuvchi qismlari bilan aloqaga kirishish ehtimolining oldini oluvchi qurilma yoki moslama bo‘lishi kerak. 231. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining vallari, ulov muftalari hamda remenli, zanjirli, friksiyali va ochiq tishli uzatmalari metall to‘rli to‘siq yoki uzluksiz to‘siqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 232. Xom ashyoni qayta ishlovchi har bir dastgoh, mexanizm elektr energiyasi tarmog‘idan uzib qo‘yiladigan ajratish hamda uni yurgizish yoki to‘xtatish uchun qulay o‘rnatilgan to‘xtatish moslamasiga ega bo‘lishi lozim. 233. Uskunani boshqaruv tugmachalari, dastaklari, shturval va boshqa qismlari aniq, yaqqol ko‘rinadigan yozuv yoki belgilarga ega bo‘lishi va belgilangan holatda mustahkam turishi lozim. 234. Uskunalarni ishlatish jarayonini bosh boshqaruv pulti quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur: quvursimon pech va aralashtirgichlarda suyuq va gazsimon moddalar holatining reaktorlardan chiqishda bitumning bosimi va haroratini ko‘rsatuvchi moslamalar; havo va asosiy xomashyoning sarfini o‘lchovchi asboblar; doimiy harorat rejimini ushlab turadigan avtomatik sozlash tizimi. 235. Uskunadagi ish rejimi o‘zgarganligi haqida xodimlarni ogohlantiruvchi qurilmaga o‘rnatiladigan tovushli signal tizimi, asosiy uzellar va boshqaruv pultlaridan turib boshqariladigan sirena orqali amalga oshirilishi lozim. 236. Changsizlantiruvchi baraban yaxlit metall g‘ilof bilan yopilgan bo‘lishi lozim. G‘ilofdagi lyuk va eshiklarning changsizlantiruvchi baraban yuritmasi, ularni ochganda avtomatik o‘chadigan holda blokirovkalangan bo‘lishi lozim. 237. Changsizlantiruvchi barabanga xizmat ko‘rsatish uchun uning yuk ortish va tushirish joylarida turg‘un metall maydonchalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 238. Changsizlantiruvchi baraban g‘ilofi havoni changdan tozalash uchun havo tozalovchi aspiratsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim. 239. Changsizlantiruvchi baraban g‘ilofidan chiqqan chiqindilar (qum, tuproq, tosh va metall predmetlar)ni chiqarib tashlash mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. 240. Uzatuvchi va saralovchi konveyer changsizlantiruvchi baraban bilan blokirovkalangan bo‘lishi lozim. 241. Changsizlantiruvchi barabanni va uning yordamchi uskunasini to‘xtatish teskari ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. 242. Changsizlantiruvchi baraban ishlab turganda uning qabul qiluvchi teshigiga materiallarni yuborish va tiqilib qolgan materiallardan tozalash taqiqlanadi. 243. Material toyini yechish va tozalash xonasida changsizlantirish va saralash natijasida chiqqan metall chiqindilarni (sim, po‘lat tasma va boshqalar) yig‘ish va qayta ishlatish uchun qutilar va presslagichlar bo‘lishi kerak. 244. Changsizlantiruvchi baraban g‘ilofining ichida ko‘zdan kechirish, tozalash va ta’mirlash ishlari naryad-ruxsatnoma bo‘yicha bajarilishi kerak. 245. Lattakeskich atrofi yopilgan va mahalliy so‘ruvchi shamollatish tizimiga ulangan bo‘lishi kerak. 246. Pichoqli baraban, transportyor-ta’minlagich aravachasining qovurg‘ali valiklari yaxlit metall g‘iloflar bilan yopilgan bo‘lishi kerak. 247. G‘ilof yechilgan yoki noto‘g‘ri o‘rnatilganida, lattakeskich yuritmasi ulanmaydigan qilib, yuritma bilan blokirovkalangan bo‘lishi kerak. 248. Transportyor-ta’minlagich tasmasi bo‘yicha g‘ilofning uzunligi aylanayotgan barabanlar va valiklar yuzasidan kamida 1 m bo‘lishi kerak. Lattakeskich maxovigi (vazmin yaxlit g‘ildirak) yaxlit yoki to‘rsimon metall g‘ilof bilan yopilgan bo‘lishi kerak. 249. Lattakeskichning harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan pichoqlarini mahkamlash uchun boltlari o‘z-o‘zidan buralib ketmasligi uchun saqlagich gaykalar bilan mustahkamlanishi kerak. 250. Lattakeskich yuritmasida, elektrdvigatel, mexanizmlar va lattakeskich detallarini ortiqcha yuklanishdan himoya qilish uchun qurilma (markazdan qochma mufta) bo‘lishi kerak. 251. Lattakeskichning boshqarish tizimi pichoqli barabanning aylanishi ishchi chastotaga erishgandan so‘ng transportyor-ta’minlagichning ulanishini ta’minlash kerak. Konveyer-ta’minlagich pichoqli baraban bilan blokirovkalangan bo‘lishi va u to‘xtaganida avtomatik ravishda uzilishi kerak. 252. Gidroparchalagichlar sig‘imlardan maydalangan xomashyolarni chiqarib tashlash va chiqindilarni yig‘ish uchun asbob-uskunalar bilan jihozlanishi kerak. Sexdan chiqindilarni chiqarib tashlash mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. 253. Gidroparchalagichlar detallari, quvur o‘tkazgichlar va oqim ulanmalari suv oqmaydigan qilib zichlanishi lozim. 254. Gidroparchalagichlarga xizmat ko‘rsatish uchun turg‘un metall maydoncha bo‘lishi kerak. Maydoncha yuzasidan gidroparchalagichning sig‘imi chekkasigacha bo‘lgan masofa 1 m ga teng bo‘lishi kerak. 255. Gidroparchalagichlar qurilmasi va tasmali transportyor xonasida ikki tomonlama nurli va tovushli signal berish moslamasi bo‘lishi kerak. Signal berish elementlari (tovush, sirena va lampalar) gidroparchalagich va transportyorlarning ishga tushirish qurilmasida joylashgan bo‘lishi kerak. 256. Aylanuvchi baraban muvozanatlangan va bir butun yaxlit metall g‘ilof bilan yopilgan bo‘lishi kerak. G‘ilofni va harakatlanuvchi valni vannaga tushirilgan joylari zichlangan bo‘lishi lozim. 257. Aylanuvchi barabanlar chiqarish klapanlarining yechilishi mexanizatsiyalangan bo‘lishi lozim. 258. Baraban valining podshipniklaridan chiqib turuvchi uchlari to‘silgan bo‘lishi lozim. 259. Aylanuvchi baraban vannasi suv sachrashi va xona poliga to‘kilishining oldini oluvchi qopqoq bilan yopilgan bo‘lishi kerak. Pol yuzasidan vanna chetigacha bo‘lgan masofa 1 m ga teng bo‘lishi kerak. 260. Aylanuvchi baraban vannasining korpusidagi barcha teshiklar (plankani o‘rnatish, baraban valini, klapanlarni ko‘tarish mexanizmlari, quvur o‘tkazgichlarning ulanishi) qopqoqlari va detal ulanmalari suv oqmaydigan qilib berkitilishi lozim. 261. Aylanuvchi baraban o‘rnatilgan xonalarda ikki tomonlama ham nurli ham tovushli signal berish moslamasi bo‘lishi kerak. Signal berish elementlari (qo‘ng‘iroqlar, o‘chib-yonuvchi chiroqlar va lampalar) barabanlarni ishga tushirish qurilmasida joylashgan bo‘lishi kerak. 262. Aylanuvchi barabanlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodim quyidagi qo‘l asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak: massani aralashtirish va vannani tozalash uchun yog‘och xaskash hamda eshkaklar; chiqarish klapanlarini ochish uchun metall ilgaklar. 263. Harakatlantiruvchi val shakl beruvchi moslamaning chekka remenlari, barabanli-press va quritish silindrlariga karton massasi yopishib qolishidan mexanik tozalash uskunalari bilan jihozlanishi kerak. 264. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning chuqurliklari to‘shama bilan yopilgan yoki atrofi to‘silgan bo‘lishi kerak. 265. Barabanli-press, press vallari va bo‘ylama-kesuvchi dastgohlarning siqish mexanizmlari ajratiladigan yuklarni mahkamlaydigan bo‘lishi kerak. 266. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning old qismi va harakatlanadigan tomonlari bo‘ylab presslar va quritish silindrlariga xizmat ko‘rsatish uchun maydonchalar bo‘lishi kerak. 267. Bosimli quti va barabanli-press yaqinida karton ishlab chiqaruvchi mashinaning quritish va presslash qismlari orasida o‘tish ko‘prikchalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 268. Suv, karton massasi, bug‘ yoki kondensat quvur o‘tkazgichlarini karton ishlab chiqaruvchi mashinaga xizmat ko‘rsatish uchun maydonchalar gabariti va o‘tish ko‘prikchalarida joylashtirishga ruxsat etilmaydi. 269. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning quritish qismi yaqinida changak va tambur vallarini saqlash uchun ularning tushib ketishining oldini olish maqsadida javonlar o‘rnatish kerak. 270. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning tartiblovchi qurilmalarining boshqaruv qismlari uning old tomonida joylashgan bo‘lishi lozim. 271. Harakatlantirgichning avariyali ulab-uzgichi to‘r, press va quritgich qismlarida va karton ishlab chiqaruvchi mashinaning old qismida hamda bo‘ylama-keskich va o‘rovchi dastgohlarda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 272. Karton ishlab chiqaruvchi mashina ishga tushirilishi haqida ogohlantirish uchun tovushli va nurli signal berish (elektr qo‘ng‘iroq va yonib-o‘chuvchi elektr lampalar) bilan jihozlanishi kerak. 273. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaga xizmat ko‘rsatuvchi xodim karton massasi chiqindilarini, yaroqsiz kartonni chiqarib tashlash uchun qo‘l asbob-uskunalari (dastasi uzun changak, qirg‘ich va cho‘tka) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 274. Karton tasmasini mexanik suvsizlantirish uchun barabanli-press va presslarning aylanadigan vallari metall to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. 275. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning to‘r qismidagi so‘ruvchi qutilardan suvni chiqarib tashlash uchun quvuruzaytirgichning barcha ajraladigan ulanmalari zichlangan bo‘lishi kerak. Zichlanganlik armatura, quvur o‘tkazgichning rezbali va flanetsli ulanmalaridan suv oqib ketmasligini ta’minlashi kerak. 276. To‘r va shakl beruvchi moslamaning chekka remenlari holatini taranglash va tartibga solish barabanli-press harakatlantirgichi o‘chirilganda bajarilishi lozim. 277. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning quritish qismiga bug‘ uzatish uchun bug‘ o‘tkazgich reduksion klapan bilan jihozlanishi va u quritish silindrlaridagi maksimal ishchi bosimiga moslangan bo‘lishi kerak. 278. Har bir quritish tsilindirida manometr o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 279. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning quritish silindrlari kondensatni muntazam chiqarib tashlashi kerak. 280. Quritish silindrining qopqoq va lyuklari, armatura va flanetsli ulanmalari, bug‘ va kondensat quvur o‘tkazgichlari zich bo‘lishi kerak. 281. Maydonchada xodim tomondan xizmat ko‘rsatish uchun aylanma quritish silindrlarining uchlari yaxlit yoki to‘rli metall to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. 282. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning bo‘ylama-keskich va o‘rovchi dastgohlarining ochiq tishli uzatmalari yaxlit bir butun metall to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi shart. 283. Quyidagi hollarda dastgohlarni ishlatish taqiqlanadi: avariyali to‘xtatish tizimi
117
63,393
Qonunchilik
ISLOM TARAQQIYOT BANKINING BEG‘ARAZ TEXNIKAVIY KO‘MAGI — GRANTIDAN FOYDALANGAN HOLDA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI HUZURIDAGI “O‘ZINFOINVEST” AGENTLIGI SALOHIYATINI OShIRISh” LOYIHASINI AMALGA
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 210-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “O‘zinfoinvest” axborotlar bilan ta’minlash va xorijiy investitsiyalarga ko‘maklashish agentligini (keyingi o‘rinlarda “O‘zinfoinvest” agentligi deb ataladi) institutsional rivojlantirishga ko‘maklashish va uning faoliyatini moddiy-texnikaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Islom taraqqiyot banki tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “O‘zinfoinvest” agentligi salohiyatini oshirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga 195 ming islom dinori miqdorida beg‘araz texnikaviy ko‘mak-grant berish ma’qullanganligi; loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston tomonining ulushi Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan ozod qilish, “O‘zinfoinvest” agentligi tomonidan loyihaning amalga oshirilishini tashkiliy-texnikaviy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash hamda loyihani boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek zarurat bo‘lganda, xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlarining qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb etish orqali xizmatlar ko‘rsatish hisobiga ta’minlanishi; Islom taraqqiyot banki shartlariga muvofiq Islom taraqqiyot bankining beg‘araz texnikaviy ko‘magi — granti mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi grant bitimi kuchga kirgan vaqtdan boshlab 2 yil mobaynida to‘liq o‘zlashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari Sh.O. To‘laganovga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Islom taraqqiyot banki bilan grant bitimini imzolash vakolati berilsin. 3. Quyidagilarga: “O‘zinfoinvest” agentligiga — Islom taraqqiyot bankining beg‘araz texnikaviy ko‘magi — grantidan samarali va maqsadli foydalanilishi, loyiha tadbirlarining o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’uliyat; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Islom taraqqiyot bankining beg‘araz texnikaviy ko‘magi — grantiga hisob-kitob xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Islom taraqqiyot bankining beg‘araz texnikaviy ko‘magi — granti mablag‘lari hisobiga “O‘zinfoinvest” agentligi uchun yuqori texnologiyali bosma va kompyuter uskunalari sotib olish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 5. “O‘zinfoinvest” agentligiga, zarurat bo‘lganda, loyihani amalga oshirishga xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlarining qo‘shimcha grant mablag‘larini O‘zbekiston tomonining ulushi sifatida belgilangan tartibda jalb etishiga ruxsat berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi Islom taraqqiyot bankining beg‘araz texnikaviy ko‘magi — grantidan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilarning: Islom taraqqiyot banki granti hisobiga yuridik shaxslar tomonidan import bo‘yicha keltiriladigan tovarlarning bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari); Islom taraqqiyot banki granti hisobiga yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi loyiha doirasida import kontraktlarining o‘z vaqtida hisobga qo‘yilishini va ular bo‘yicha bojxona tartibotlarining tezkorlik bilan o‘tkazilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyiha doirasida import kontraktlarining hisobga qo‘yilishini va ular bo‘yicha pul mablag‘larining o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlasin. 10. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Islom taraqqiyot bankining beg‘araz texnikaviy ko‘magi — granti hisobiga kelib tushadigan yuklarni O‘zbekiston Respublikasi aeroportlari va temir yo‘l stansiyalarida yuklash-tushirish ishlari hamda saqlanishi yukni tashishga tayyorlash va saqlash uchun to‘lov undirmasdan amalga oshirilishini ta’minlasinlar. 11. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “O‘zinfoinvest” agentligini matbaa korxonasi sifatida davlat boji undirmasdan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zinfoinvest” agentligi buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zinfoinvest” agentligi buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalarning rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini davlat boji to‘lovisiz, belgilangan tartibda ta’minlasin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
250
5,555