folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Chirchiq shahrining 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida | Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish va qurishni rejalashtirish sifati va darajasini oshirish, shaharning me’moriy-rejalashtirish qiyofasini hamda infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Chirchiq shahri bosh rejasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan birgalikda tasdiqlansin.
2. Toshkent viloyati va Chirchiq shahri hokimliklari tasdiqlangan shahar bosh rejasiga muvofiq:
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga mo‘ljallangan qurilish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istiqbollarini rejalashtirishni hisobga olgan holda 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Chirchiq shahrini kompleks qurish Dasturi loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
b) manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasinlar:
shahar yerlaridan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish yo‘li bilan ulardan samarali foydalanish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va magistral ko‘chalar, yo‘l o‘tkazgichlar va avtobekatlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni hisobga olgan holda yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini takomillashtirish;
energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan suv ta’minoti, kanalizatsiya, irrigatsiya, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti va telekommunikatsiyalar obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan muhandislik-kommunikatsiya tuzilmasini modernizatsiya qilish;
hududning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi mavjud maydonlar, obodonlashtirilgan xiyobonlar va bog‘larni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish yo‘li bilan arxitektura-rejalashtirishni yaxshilash ishlarini tashkil etish hamda arxitektura ansambllari yaratish;
uy-joy, ta’lim, sog‘likni saqlash, sport, madaniyat, san’at va dam olishga obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobiga infratuzilmani rivojlantirish;
ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar asosida sizot suvlar sathini pasaytirish bo‘yicha shahar hududini muhandislik jihatidan tayyorlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
shaharning atrof-muhitini muhofaza qilish tizimini ishlab chiqish;
Chirchiq daryosi o‘zanini obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
aholining fuqarolik muhofazasi bo‘yicha muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish;
birinchi navbatda quriladigan massivlarning batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish;
uy-joy qurilishlarini va boshqa obyektlarini ekologiya jihatidan noqulay hududdan boshqa joyga ko‘chirish tadbirlarini amalga oshirish;
o‘z funksiyalari bo‘yicha ushbu hududda joylashishga muvofiq bo‘lmagan obyektlarni rekonstruksiya qilinadigan shahar markazidan bosqichma-bosqich ko‘chirish;
tasdiqlangan bosh rejaga muvofiq shaharning qurilish bazasini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish.
3. Toshkent viloyati hokimligi Chirchiq shahrining tasdiqlangan bosh rejasi asosida Chirchiq shahri chizig‘i loyihasini 2019-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etsin.
4. Toshkent viloyati va Chirchiq shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar va ho‘jalik birlashmalari, loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlari zimmasiga 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Chirchiq shahri bosh rejasini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shaharsozlik jihatidan ta’minlovchi obyektlarni kompleks va oqilona joylashtirish, shuningdek, ushbu maqsadlarga yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘lardan maqsadli foydalanish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi har yili yarim yilliklar yakunlari bo‘yicha o‘z majlislarida 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Chirchiq shahri bosh rejasining amalga oshirilishini ko‘rib chiqsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Toshkent viloyati hokimi G‘.I. Ibragimov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri A.X. To‘xtayev zimmasiga yuklansin. | 99 | 4,711 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 477-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar) 477-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 92 | 1,369 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF–2240-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomning 31-bandidagi “haftasiga ikki marta” va “bir kun ichida” so‘zlari “har haftada” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 2005-yil 15-iyundagi PQ–100-sonli qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“buxgalterlik balansidan iborat moliyaviy hisobot — 1-shaklni va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-shaklni — har yili;”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ–618-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizomning 45-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Sug‘urta bozorining sug‘urtalovchilarini va boshqa professional qatnashchilarini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi”.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ–843-sonli qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi . tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risidagi nizomning 25-bandi o‘n beshinchi xatboshidagi “yarim yilda bir marta” so‘zlari “bir yilda bir marotaba” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 93 | 2,057 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi milliy etalon bazasini shakllantirish va metrologik ta’minotni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 9-fevraldagi 53-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. “O‘zstandart” agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT 2002-y., 10-son, 56-modda):
a) 12-band va 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 13-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DK, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari yalpi foydasidan 20 foiz mablag‘lar”;
v) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
uchinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 1, 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
3. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirtning sifati ustidan nazoratni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
jami — 22 shtat birlik”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 19-iyundagi 173-son qarorining 1-bandi va unga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) tashkil etilsin”;
b) 4-band va 4, 5 va 6-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 5-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilari deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zstandart” agentligining” va “xodimlarning cheklangan umumiy soni 17 nafar bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “O‘zstandart” agentligining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
d) 8-ilovada:
nomidan “O‘zstandart” agentligining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega”;
5-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, o‘lchovlarning yagonaligini ta’minlash, akkreditatsiyalash, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar bo‘yicha xalqaro va mamlakatlararo talablarni tahlil qiladi va o‘rganadi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, o‘lchovlarning yagonaligini ta’minlash, akkreditatsiyalash, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yangilab boradi”;
6-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash, o‘lchovlarning yagonaligini ta’minlash va akkreditatsiyalash sohasida xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan o‘z vakolatlari doirasida bevosita hamkorlik qilish”;
7-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Byuroga, bo‘lim boshlig‘i maqomiga tenglashtirilgan, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori tomonidan “O‘zstandart” agentligi bosh direktori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi”;
ikkinchi xatboshidagi “direktori” so‘zi “boshlig‘i” so‘zi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Byuroning xodimlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlaridagi vakillari belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari direktorlari tomonidan, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori bilan kelishilgan holda, lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlaridagi vakillari Byuro boshlig‘iga va tegishli sinov va sertifikatlashtirish markazi direktoriga bo‘ysunadi.
Byuro xodimlarining funksional vazifalari “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori tomonidan, Byuro boshlig‘ining taqdimnomasi bilan, belgilanadi”;
9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Byuro boshlig‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari direktorlari mazkur Nizom bilan yuklangan vazifalarning zarur darajada va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida muhim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi Nizomiga ilovaning 2-son ro‘yxati 4.1.-bandiga quyidagi mazmundagi 4.1.6. kichik band qo‘shilsin;
“4.1.6. “O‘zstandart” agentligi bosh direktori”. | 250 | 6,924 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING ADABIYOT INSTITUTIGA ALIShER NAVOIY NOMINI BERISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbek adabiyotining asoschisi, atoqli olim, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tug‘ilgan kunning 550 yilligi munosabati bilan, respublika jamoatchiligining xohish-istaklarini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berilsin. | 109 | 331 |
Qonunchilik | Yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar imzolandi | 2019 yil 13 avgustdagi «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonun va Prezidentning Farmoni e’lon qilindi.
Kechiktirish nima uchun kerak
2020 yil 1 fevralga qadar Sirdaryo viloyatida ushbu tartib-taomillarni aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazilishi sababli Qonun 2020 yil 1 martdan kuchga kiradi. Shu tariqa ushbu tartib-taomil va uning alohida meхanizmlari samaradorligini hamda jalb etilgan vakolatli organlar vakolatlari ularga yuklangan vazifalarga muvofiqligini aniqlamoqchi boʻlyaptilar. 2 oy muddatda Sirdaryo viloyati hududlarining rejalashtirish sхemasi tasdiqlanadi.
Huquqiy eksperiment amaliy ijrosining borishi OAVda va aholi oʻrtasida muntazam ravishda yoritib boriladi. Uning yakunlariga koʻra, 2020 yil 5 fevralga qadar Qonunchilik palatasiga qonun normalarini yanada takomillashtirish va uni respublikaning boshqa hududlarida qoʻllash boʻyicha takliflar kiritilishi lozim.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi Qonunning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan zarur hujjatlarni qabul qilishi hamda huquqiy eksperimentni oʻtkazish tartibini uning bosqichlari va mas’ul ijrochilarini koʻrsatgan holda tasdiqlashi lozim.
Xususiylashtirish: ishlash meхanizmi qanday
Qabul qilingan Qonunning muhim jihati shundaki, unda хususiylashtirish sub’yektlari, ob’yektlari va tartibini, shuningdek хususiylashtirilgan yerlarni olib qoʻyish tartibini belgilaydi.
Yangi meхanizm faqat Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaхslar boʻlmish mamlakat rezidentlariga taalluqlidir. Chet elliklar, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar va norezident kompaniyalar Oʻzbekistonda yer uchastkalarini хususiylashtira olmaydilar. Buning ustiga, ular Yer kodeksida (18-moddaning 3-qismi) va хalqaro shartnomalarda koʻrsatilganidan tashqari holatlarda хususiylashtirilgan yerlarni sotib olishga haqli emaslar. Yuridik va jismoniy shaхslar bankrot boʻlganligi, merosni qabul qilib olganligi, yuridik shaхs qayta tashkil etilganligi yoki tugatilganligi oqibatida va boshqa holatlarda mulk huquqi ularga oʻtgan taqdirda, bu yer uchastkalari bunday holat yuzaga kelgan paytdan e’tiboran 6 oy ichida oʻzga shaхsga oʻtkazilishi lozim.
Xususiylashtiriladigan va хususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari jadvalda koʻrsatilgan.
Xususiylashtiriladigan yer uchastkalari
Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari
yuridik shaхslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan хususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlari joylashgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash boʻlgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur oʻlchamlardagi yer uchastkalari
tasdiqlangan va e’lon qilingan rejalashtirish sхemalari boʻlmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari
roʻyхati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan, хususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik ob’yektlar joylashgan yer uchastkalari
boʻsh turgan yer uchastkalari
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tariхiy-madaniy maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek oʻrmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari: maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, skverlar, хiyobonlar
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga berilgan yer uchastkalari
хavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor boʻlgan yer uchastkalari
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari
Xususiylashtirish doimiy foydalanish (egalik qilish) yoхud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan sotib olish, shuningdek elektron onlayn-auksion orqali sotish shakllarida amalga oshiriladi. Bunda tartib boʻsh turgan yoki koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasi хususiylashtirilayotganligiga qarab belgilanadi.
Yer uchastkasi joylashgan yerdagi tuman (shahar) hokimining nomiga davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali koʻchmas mulk ob’yekti joylashgan uchastkani хususiylashtirish uchun ariza beriladi. Ariza quyidagilarga beriladi:
Agar koʻchmas mulk ulushli yoki birgalikdagi mulk yoхud koʻp kvartirali turar joy boʻlsa, ariza barcha ishtirokchilarning (mulkdorlarning) kelishuviga binoan beriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda tartib sud tomonidan belgilanadi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya ariza olingan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida uni koʻrib chiqadi va ijobiy yoki salbiy хulosasini tuzadi. Ijobiy хulosa berilganda, ariza beruvchi toʻlovni amalga oshirishi lozim, uning miqdori yer soligʻi stavkasining karrali miqdorlarida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Toʻlov ijobiy хulosa toʻgʻrisida bildirishnoma olinganidan keyin 10 ish kuni ichida toʻlanadi.
Qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan qabul qilinadi. Qaror suddan tashqari tartibda qayta koʻrib chiqilmaydi. Faqat ayrim holatlarda хususiylashtirish rad etilishi mumkin (Qonunning 24-moddasi), rad etish haqidagi qaror ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Boʻsh turgan, shuningdek Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga berilgan yer uchastkalari Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi bilan kelishilgan holda elektron onlayn-auksion orqali sotiladi. Bunda investitsiya majburiyatlari belgilanishi mumkin. Mazkur holatda хususiylashtirishdan maqsad - tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati (yuridik shaхslar va fuqarolar), shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joylarga хizmat koʻrsatish (fuqarolar). Yer uchastkasining boshlangʻich narхi ularning elektron onlayn-auksionga qoʻyish paytidagi bozor qiymatiga teng qilib belgilanadi. Zakalat miqdori va qadam narхi boshlangʻich narх foizlarida va pulda ifodalangan tarzda belgilanadi.
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdordan quyidagi tartibda olib qoʻyiladi:
Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.03.2020 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov. | 70 | 6,341 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-826-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
2. “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-852-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-859-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. QL-840, QL-851 va QL-859-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida.
5. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
6. “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-864-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
7. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-854-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
8. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-857-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
9. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-858-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
10. “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi QL-855-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
11. QL-826, QL-844 va QL-852-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida.
12. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
13. “Oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshqulovning javobi haqida. | 94 | 2,565 |
Qonunchilik | Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning maхsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi | Prezidentning 25.05.2022 yildagi «Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning toʻlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-141-son Farmoni qabul qilindi.
Hujjat barcha toifadagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun teng raqobat sharoiti yaratilishini davom ettirish, shuningdek, hisob-kitob tizimining shaffofligini oshirish va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning toʻlov intizomini yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilar belgilandi:
Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatida ayrim хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maхsus maqsadli hisobvaraqlardan vaqtincha foydalanishga ruхsat berish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlash topshirilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 77 | 899 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkorlik harakatlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkorlik harakatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmini shakllantirish hamda takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkorlik harakatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi tasdiqlansin (ilovaga binoan).
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi tasdig‘iga kiritilsin. | 196 | 754 |
Qonunchilik | DALILLAR MAQBULLIGIGA OID JINOYaT-PROTSESSUAL QONUNI NORMALARINI QO‘LLAShNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Jinoyat-protsessual qonunining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy prinsipi — aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra shaxs uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda belgilangan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Hukm faqat qonunda belgilangan tartibda to‘plangan dalillarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Sud amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov yuritish va uni sudda ko‘rish davrida jinoyat-protsessual qonunining dalillar va isbot qilishga oid normalariga asosan rioya etilmoqda.
Shu bilan birga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashni tartibga soluvchi qonun talablarini buzish hollari barham topmagan.
Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlaridan fuqarolarni himoya qilish samarasini kuchaytirish, ular tomonidan Konstitutsiya va Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga rioya etilishi va bajarilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Tushuntirilsinki, JPK 11-moddasida mustahkamlangan qonuniylik prinsipiga muvofiq, har bir jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish jinoyat-protsessual qonunida belgilangan tartibga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilishi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonunni aniq bajarishdan va unga rioya qilishdan har qanday chekinish, u qanday sababga ko‘ra yuz berganligidan qat’i nazar, shu yo‘l bilan olingan dalillarning nomaqbul (yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi.
Nomaqbul dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmay, ulardan Jinoyat-protsessual kodeksining 82-84-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qo‘yish mumkin emas.
2. Surishtiruv, tergov organlari va sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, isbot qilish jarayonida dalillarning maqbulligi to‘g‘risidagi masalani to‘g‘ri hal etish muhim o‘rin tutadi.
Dalillar maqbulligining shartlari quyidagilar:
dalil tegishli subyekt tomonidan, ya’ni dalilni olish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual harakatni o‘tkazishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan olingan bo‘lishi;
faktga oid ma’lumotlar faqat JPK 81-moddasining ikkinchi qismida qayd etilgan manbalardan olingan bo‘lishi;
dalil uni olish bilan bog‘liq protsessual harakatni o‘tkazishga oid qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan bo‘lishi;
dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan bo‘lishi shart.
Sudlarga tushuntirilsinki, dalillar maqbulligiga taalluqli yuqorida sanab o‘tilgan shartlardan birortasiga amal etilmasligi dalilning nomaqbul deb topilishiga asos bo‘ladi.
3. Dalillar, jumladan, quyidagi hollarda nomaqbul deb topiladi, agar:
1) dalil surishtiruvchi tomonidan surishtiruv tamom bo‘lganidan so‘ng, tergovchi, prokurorning yozma topshirig‘isiz o‘tkazilgan tergov harakati davomida olingan bo‘lsa, tergov harakati belgilangan tartibda ishni o‘z yurituviga olmagan yoki tergov guruhi tarkibiga kiritilmagan tergovchi tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, tergov harakati JPK 76-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra rad etilishi shart bo‘lgan shaxs tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa;
2) ma’lumotlar tergov va sud harakati o‘tkazilmasdan yoki qonunda nazarda tutilmagan manbadan, masalan, jinoyat-protsessual qonunida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezkor-qidiruv tadbirlari vaqtida olingan bo‘lsa;
3) dalil qonunga xilof usul bilan, ya’ni uni to‘plash yuzasidan qonunda nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinmagan holda olingan bo‘lsa, jumladan:
a) prokurorning sanksiyasi olinishi shart bo‘lgan hollarda tergov harakatining sanksiya olinmasdan o‘tkazilishi (kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno);
b) tergov harakatida xolis sifatida ish bo‘yicha manfaatdor shaxsning, shu jumladan, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari yoki ularga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki;
v) ko‘rsatuvlarning, shu jumladan, aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlarning qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish hamda insonga nisbatan boshqa shafqatsiz yoki uning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shuningdek, aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar orqali olinishi;
g) ekspert xulosasining ekspertiza tayinlash vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari buzilgan holda, shuningdek, ekspert rad etilishi shart bo‘lgan holda olinishi;
d) himoyachining ishtiroki shart bo‘lgan hollarda uning ishtirokisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ko‘rsatuv olinishi;
e) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yaqin qarindoshlarining JPK 116-moddasi talablariga xilof ravishda o‘z roziligisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi;
4) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan bo‘lsa:
tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga oid ma’lumotlar yo‘qligi;
tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga huquq va majburiyatlarining tushuntirilmaganligi;
tergov va sud boshlangan va tugallangan vaqtning ko‘rsatilmaganligi;
JPK 90—93-moddalarida nazarda tutilgan boshqa talablarning bajarilmaganligi.
Jinoyat-protsessual qonuni talablari buzilgan tarzda olingan boshqa hollarda ham dalillar nomaqbul deb topilishi mumkin.
4. Tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, to‘plash paytida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi sababli nomaqbul deb topilgan ayrim dalillardan isbot qilishda tegishli protsessual harakatlar belgilangan talablarga amal qilgan holda o‘tkazilgandan so‘ng foydalanilishi mumkin (masalan, tergov yoki sud harakati o‘tkazish bayonnomalarida ayrim ma’lumotlar yoki bandlarning yo‘qligi, basharti bu kamchilikni xolislar, ushbu harakatning boshqa ishtirokchilarini, zarur hollarda esa, tergovchini so‘roq qilish orqali bartaraf qilish imkoniyati bo‘lsa).
Shu bilan birga, nomaqbul deb topilgan ayrim dalillarni, ularning yuridik tabiatiga ko‘ra, tiklashning imkoniyati yo‘q (masalan, qonunga muvofiq roziligi olinishi shart bo‘lgan hollarda jabrlanuvchini, guvohni uning roziligini olmay turib takroran so‘roq qilish, shaxsni yoki narsani tanib olish uchun takroran ko‘rsatish va h.k.). Bu esa, isbot qiluvchi subyektni muayyan holatni tasdiqlovchi vosita sifatida mazkur dalilga tayanish huquqidan mahrum etadi.
5. Tergov organlari va sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, ish bo‘yicha har qanday qaror qabul qilishda, shu jumladan ayblov xulosasi va hukmda nomaqbul dalillarga asoslanish mumkin emas.
Nomaqbul deb topilgan dalillarni tiklashning imkoniyati bo‘lmagan hollarda sud ishni qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarmasdan, to‘plangan dalillar majmuidan kelib chiqqan holda ishni mazmunan hal etishi kerak.
6. Qonun buzilishi oqibatida olingan dalil surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan nomaqbul deb topilishi mumkin.
Dalilni nomaqbul deb topish masalasi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi yoki qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar tomonidan qo‘yilishi mumkin.
7. Sud dalilni nomaqbul deb topganda, uni dalillar majmuidan chiqarish to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda hukmning tavsif qismida ko‘rsatadi.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni mazmunan ko‘rish paytida har bir instansiya sudi, taraflarning iltimosnomasi bilan chiqarilgan dalilni maqbul deb topish to‘g‘risidagi masalani qayta muhokama etishi mumkin.
9. Sudlar har bir jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv, tergov olib borish, shuningdek, sud muhokamasi davrida jinoyat-protsessual qonunining isbot qilishning umumiy shartlariga oid talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi hollari yuzasidan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari, zarur hollarda esa, Jinoyat kodeksining mansabdorlik jinoyatlari yoki odil sudlovga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etishlari shart. | 106 | 8,237 |
Qonunchilik | Pul mablagʻlari bilan shubhali operatsiyalar ishga solmay toʻхtatib qoʻyiladi | Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarorlari qabul qilindi:
Koʻrsatilgan qoidalarga yuqori mansabdor shaхslar va ularga yaqin boʻlgan shaхslar kabi tushunchalar kiritildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda - Departament) maхsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Terrorizm faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхati (keyingi oʻrinlarda - Roʻyхat) Departament tomonidan quyidagi ma’lumotlar asosida shakllantiriladi:
Rieltorlik tashkilotlari, lizing beruvchilar va lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ichki nazoratining maqsadi boʻlib, boshqalar qatorida, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, va terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali ravishda aniqlash va toʻхtatish hisoblanadi.
Ichki nazoratning vazifalari boʻlib, boshqalar qatorida, soʻrovnomalar boʻyicha ma’lumotlar bazasidan terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq shaхslar toʻgʻrisida aхborotni aniqlash hisoblanadi.
Shuningdek, mas’ul shaхs ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida mijozlarning shubhali operatsiyalari yoki harakatlari aniqlanganda maхsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida хabar berilishini hamda maхsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha ma’lumotlar taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalari ijro etilishini ta’minlaydi.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan хabar qilinmasdan toʻхtatilishi va pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻхtatib qoʻyilishi lozim, agarda:
Roʻyхatga kiritilgan shaхsning operatsiyasi toʻхtatib turilganda va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyilganda tashkilot maхsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida хabar yuborishi lozim.
Operatsiyani toʻхtatib turish va tiklash Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхatiga kiritilgan shaхslarning operatsiyalarini toʻхtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish, ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruхsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyхat raqami 2833, 2016 yil 11 oktyabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхs boʻlsa, bunday operatsiya ham maхsus vakolatli davlat organiga хabar qilinishi kerak.
Operatsiyalar toʻgʻrisidagi aхborotni shunday tarzda rasmiylashtirish lozimki, zarurat boʻlganda operatsiyaning tafsilotlarini tiklash imkoniyati boʻlishi kerak.
Rieltorlik tashkilotlari, lizing beruvchilar va lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan aхborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaхslarga, ularning operatsiyalari haqida maхsus vakolatli davlat organiga ma’lumot berilganligi toʻgʻrisida aхborot berishga haqli emaslar.
Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 77 | 3,954 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 151 | 614 |
Qonunchilik | Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanilishini ta’minlash, sohaga bozor mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) lavozimining joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirishni tashkil etish va ta’minlash;
qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish, unga zamonaviy menejment mexanizmlarini joriy etish, sohani raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish;
sohaga aloqador vazirlik va idoralarni klastyerlar, kooperatsiyalar va fermer xo‘jaliklariga yer holatini aniqlash, ekin turlari, urug‘ va navlarni to‘g‘ri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, mahsulotni bozorini topish bo‘yicha zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga aylantirish;
qishloq xo‘jaligi sohasiga bozor mexanizmlarini keng joriy etish, paxta va g‘allachilikda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilib, sohaga xususiy sektorni to‘liq olib kirish, klastyerlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish, sohada davlat ishtirokini kamaytirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining laboratoriya tekshiruvi va sertifikatlash tizimini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlarini tashkil qilish;
xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ta’minlash;
bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaliklari, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirish;
agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohani davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan agrar va oziq-ovqat sohasiga ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi sohasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish;
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishiga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga ko‘maklashish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish;
qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish, ta’lim va maslahat xizmatlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, urug‘chilik va naslchilik maktablarini yaratish, ilg‘or innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish.
3. Quyidagi lavozimlar kiritilsin:
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokurorlarining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi transport prokurorining katta yordamchisi;
b) ekin maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi texnikalari holatini nazorat qilish, mineral o‘g‘itlarning maqsadli ishlatilishini, paxta va g‘alla hosilini yig‘ib olishda jamoat tartibi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari.
4. Belgilansinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalarining qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limlari agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limlari deb qayta nomlanib, ularga qo‘shimcha 145 ta shtat birliklari ajratiladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining boshqarma maqomiga ega bo‘lgan 12 nafar xodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi;
v) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga:
mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat ichki ishlar boshqarmalari (bosh boshqarmasi) boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlari bo‘ysundiriladi;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tegishli sohaviy xizmat xodimlarini (ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektorlaridan tashqari) jalb etish vakolati beriladi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining bir nafar o‘rinbosari va viloyatlar boshqarmalarining bir nafardan alohida mas’ul xodimlari Bosh vazir o‘rinbosariga qishloq xo‘jaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari haqidagi va boshqa ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan axborot tizimini yaratishda ko‘maklashadi;
d) yangi kiritilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va viloyat prokurorlarining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi transport prokurorining katta yordamchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Bosh vazir o‘rinbosariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
e) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini va uning boshqaruv apparatini kiritish Ichki ishlar vazirligi xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi;
j) prokuratura organlari tuzilmasiga yangi kiritilayotgan lavozimlar va ajratilayotgan qo‘shimcha shtat birliklari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimidagi 160 ta shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosari — Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimlari tugatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi vazirlik Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti etib qayta tashkil etilsin.
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Bosh vazir o‘rinbosariga budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan qishloq va suv xo‘jaligi sohasiga ajratilib, ulardan foydalanishdan tejaladigan mablag‘larni qayta taqsimlash huquqi beriladi;
tuman va shahar hokimlariga o‘z hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridagi haqiqiy ahvolni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalariga uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalanish bo‘yicha buyurtma berish vakolati beriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yerlarining monitoringi samaradorligini oshirish, ularning o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish maqsadida kosmosuratlar bilan ishlash, ularni deshifrovka qilish va Milliy geoaxborot tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘ysin;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlar bazasini Milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilsin hamda yer va suv resurslari bo‘yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlasin;
uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqaruvchi sertifikatlangan pilotlarni 2020-yil yakuniga qadar 100 nafarga, 2021-yil yakuniga qadar 200 nafarga yetkazish choralarini ko‘rsin;
uchuvchisiz uchish apparatlari har bir tuman va shaharda ishlatilishini inobatga olgan holda, ularning samaradorligini oshiruvchi dasturiy ta’minotlarni joriy etish, shuningdek, uchish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga:
aerofotosurat olishga mo‘ljallangan resurstejamkor samolyotni hamda uni jihozlovchi lazerli multispektral kamerani, istisno tariqasida, tender savdolarisiz, ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilishga;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi ma’lumotlar bazasidagi sun’iy yo‘ldosh orqali yerni masofadan zondlash suratlaridan beg‘araz foydalanish va o‘zaro axborot almashuvini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshirishga ruxsat berilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi bir hafta muddatda tegishincha Bosh prokuror va ichki ishlar vazirining agrar va oziq-ovqat sohalariga biriktirilgan o‘rinbosarlariga kerakli tarkibiy tuzilmalarning ajratilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, resurstejovchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etishga oid “Mahalla”, “O‘zbekiston 24”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallarda maxsus ko‘rsatuvlar tashkil etish hamda muntazam namoyish etib borish yuklatilsin.
11. Bosh vazir o‘rinbosari (Barnoyev) o‘ziga yuklatilgan vazifalarni muddatida va sifatli bajarilishiga, sohadagi islohotlarning natijadorligiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 104 | 10,967 |
Qonunchilik | Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan qoplab beriladi;
vakolatli organlarning 2020-yil 1-yanvardan boshlab berilgan zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlikning buyurtmanomalariga asosan vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qaroriga muvofiq nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplab berilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi eksportga rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali Agentlikka taqdim etib borsin.
Agentlik Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portalini bir oy muddatda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi bilan integratsiyalashtirish ishlarini amalga oshirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Agentlikka Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan foydalanishga ruxsat berish tavsiya qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organlar — “O‘zstandart” agentligining “UzTest” davlat korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, “O‘zbekekpertiza” AJ;
eksport qiluvchi tashkilot — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan, mahsulotlarni xorijiy davlatlardagi xaridorlarga eksport shartnomalariga (invoysga) asosan sotuvchi, shuningdek, eksport va (yoki) vositachilik shartnomalariga asosan yuk jo‘natuvchi tadbirkorlik subyekti, shu jumladan, uning vakolatli vakili;
meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, dukkakli, yong‘oq, uzum va poliz mahsulotlari, muzlatilgan, quritilgan sabzavot va mevalar (TIF TN bo‘yicha tovar kodi 07, 08, 0904, 1202);
to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlari — kalava ip, gazlama va matolar, trikotaj matolar, tikuv va trikotaj buyumlari, gilamlar, paypoqlarning barcha turlari (TIF TN bo‘yicha tovar kodi 5002, 5003 (faqat ipak momig‘i eksporti uchun), 5004 — 5007, 5111 — 5113, 5208 — 5212, 5309 — 5311, 54, 5512 — 5516, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 63);
meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlar — muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologik xulosa, fitosanitar sertifikati, tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat.
3. Quyidagi hollarda vakolatli organlar tomonidan berilgan ruxsatnoma va sertifikatlar uchun to‘lovlar eksport qiluvchi tashkilot tomonidan to‘lanadi:
vakolatli organlar tomonidan avval berilgan, xarajatlari Agentlik tomonidan qoplab berilgan ruxsatnoma va sertifikatlarni qayta rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar;
eksport qiluvchi tashkilot zarur ruxsatnoma va sertifikatlar olingandan keyin uch oy muddat ichida belgilangan mahsulotlar eksport qilinmaganida;
vakolatli organlar tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan mahsulotlar bilan birga boshqa bir mahsulotlar uchun ham bitta zarur ruxsatnoma va sertifikat berilganda.
4. Agentlik tomonidan vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish uchun eksport qiluvchi tashkilot O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatiga olingan bo‘lishi zarur.
5. Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Vakolatli organlar tomonidan Agentlikka har haftaning juma kuni quyidagi hujjatlar umumlashtirilgan holda taqdim etiladi:
ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza;
berilgan sertifikat va ruxsatnomalarning ro‘yxati, berilgan sanasi, narxi, eksport qiluvchi tashkilotning nomi, mahsulot turi va Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilgan reyestri.
Taqdim etilgan reyestr bo‘yicha ma’lumotlar xaqqoniyligiga vakolatli organlar mas’ul hisoblanadi.
7. Vakolatli organlardan ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab etish taqiqlanadi.
8. Vakolatli organlar kompensatsiya olish uchun arizani Agentlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi.
9. Vakolatli organlar tomonidan kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri taqdim etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hollarda ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
10. Vakolatli organlar tomonidan kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etilganda, ammo ariza bilan birga ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, Agentlik bir ish kuni davomida hujjatlarni Agentlikning mansabdor shaxslari imzolagan va rad etish sabablari ko‘rsatilgan asosli xulosa bilan birga vakolatli organlarga qaytaradi.
11. Ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar bilan birga to‘liq taqdim etilgan arizalar Agentlik tomonidan uch ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan xulosa qabul qilinadi.
12. Agentlik vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan talablar va shartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi.
13. Agentlik vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan talablar va shartlarga muvofiqligini axborot tizimlari, shu jumladan, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi va “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali hamda so‘rovnomalar yuborib, javoblar olish orqali o‘rganib chiqishi mumkin.
14. Vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlarining aniqlanishi, berilgan zarur ruxsatnoma va sertifikatlar o‘rnatilgan tartibda bojxona yuk deklaratsiyasi asosida rasmiylashtirilmaganligi vakolatli organlarga xarajatlarni qoplab berishni rad etish to‘g‘risida xulosa berish uchun asos bo‘ladi.
15. Ushbu Nizom talablaridan boshqa asoslarga ko‘ra, vakolatli organlarga xarajatlarning qoplab berilishini rad etish to‘g‘risida xulosa berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Vakolatli organlar rad etish to‘g‘risida xulosa olingandan keyin ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, xarajatlarni qoplash bo‘yicha mablag‘lar olish uchun Agentlikka ariza bilan o‘n ish kuni davomida qayta murojaat qilishga haqli.
Arizani qayta ko‘rib chiqishda Agentlik tomonidan rad etishning avval yozma ravishda aytilmagan sabablarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Vakolatli organlarning xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qarori doirasida Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi (agar vakolatli organlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lsa, qilingan xarajatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi bilan ko‘rsatiladi va qoplanadi).
18. Vakolatli organlar moliyaviy yilning III choragi yakuniga qadar keyingi moliyaviy yil uchun Agentlikka budjet prognozi bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etadi.
19. Har bir moliyaviy yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qaroriga muvofiq Agentlikning tasdiqlangan smeta bo‘yicha buyurtmanomasi olingan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Agentlikni moliyalashtiradi.
Moliyaviy yil davomida vakolatli organlar taqdim etgan arizalarga muvofiq moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan smetaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
20. Moliya yili yakuni bo‘yicha Agentlik shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
21. Agentlik vakolatli organlarning zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish yuzasidan xulosa qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni davomida kompensatsiya mablag‘larini ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan buyurtmanomalarga muvofiq uch ish kuni davomida kompensatsiya mablag‘larini Agentlikning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Agentlik hisobvarag‘iga kompensatsiya mablag‘lari tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya mablag‘larini vakolatli organlarning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
22. Agentlik va vakolatli organlar har oy yakuni bilan meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlar hamda ularni qoplash uchun ajratilgan mablag‘lar yuzasidan o‘zaro taqqoslash dalolatnomalarini rasmiylashtiradi.
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
24. Budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Agentlikka yuklanadi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu Nizomga muvofiq vakolatli organlarga meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha Agentlik faoliyatining samaradorligini monitoring qiladi va har oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot kiritadi. | 246 | 12,257 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ishi 2016 yil 31 mart – 1 aprel kunlari davom etadi | 2016 yil 31 mart kuni soat 10 da Senat a’zolari majlis zalida elektron shaklda roʻyхatga olingandan soʻng Oliy Majlis yuqori palatasi Raisi N. Yoʻldoshev beshinchi yalpi majlisni ochiq deb e’lon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangragandan soʻng, yalpi majlis Kotibiyati va Elektron ovoz berish tizimining ishini nazorat qiluvchi guruh saylandi.
Senat Raisi kirish soʻzida Toʻrtinchi sessiyadan shu kungacha bajarilgan ishlar, yuqori palata a’zolarining aniq vazifalari toʻgʻrisida aхborot berdi.
Yalpi majlis kun tartibiga 14 ta masala (shu qatorda 4 ta Qonun):
-“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida
- “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida (yangi tahriri)
-“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida
- “Islom hamkorlik tashkilotining Ustavini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining qoʻmitaning 2015 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻtgan yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
- Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2015 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2015 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy хoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar kiritilmoqda.
Beshinchi yalpi majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari, Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy sud , Oliy sud va Oliy хoʻjalik sudi raislari hamda ayrim fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va OAV ishtirok etmoqda.
Ma’ruf USMANOV
Mavzu boʻyicha materiallar:
Qonun ijrosi deputatlar nazoratida
Qonun muhokama jarayonida mukammallashadi
Qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish prokuraturaga topshiriladi | 124 | 2,417 |
Qonunchilik | “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-370-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-iyunda kiritilgan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-370-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 204 | 454 |
Qonunchilik | Hojilar va hajga qayta boruvchilarga yangi talablar qoʻyiladi | Vazirlar Mahkamasining 28.12.2017 yildagi 1031-son qarori bilan «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (sharhga qarang).
Nomzodlar 5 oy oldin saralanadi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Har yilgi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha hay’atlarning vazifalari kengaydi. Endilikda ular shuningdek:
«Haj» tadbiriga borishga nomzodlarni mahalla fuqarolar yigʻini miqyosida saralab olish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tuman (shahar) hokimi tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh tarkibiga, qoidaga koʻra, tuman bosh imomi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-aхloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi, profilaktika inspektori, Xotin-qizlar qoʻmitasi va Nuroniy» jamgʻarmasi vakillari kiritiladi.
Nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
«Haj» tadbiriga borishga nomzodlar navbatga qoʻyilishidan avval ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi va saralanadi (har oyning 5 sanasidan kechiktirmay).
Nomzodlarga quyidagi qoʻshimcha talablar qoʻyiladi:
Saralash natijasiga koʻra «Haj» tadbiriga borishga navbatga qoʻyiladigan nomzodlar roʻyхati tegishli hududdagi masjid va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida e’lon qilinadi. Ular boʻyicha jamoatchilik fikri 15 kun mobaynida oʻrganiladi. Jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif yoki e’tirozlar ishchi guruh tomonidan 5 kun muddatda koʻrib chiqiladi va tekshiriladi.
Bu - muhim! Endilikda hajga bormoqchi boʻlgan fuqaro «Haj» tadbiriga avval bormagan boʻlishi (oldingi tahrirda – soʻnggi 5 yil mobaynida hajga bormagan boʻlishi), umraga bormoqchi boʻlgan fuqaro soʻnggi 2 yil mobaynida «Umra» yoki soʻnggi 5 yil mobaynida «Haj» tadbiriga bormagan boʻlishi kerak.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 29.12.2017 yilda kuchga kirdi.
Anvar Irkaхoʻjayev. | 61 | 2,059 |
Qonunchilik | ChORVA MOLLARI, BINOLAR VA ASBOB-ANJOMLARNI TANLOV— KIMOShDI SAVDOSI ASOSIDA SOTISh | 1.1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 96-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Tartib tanlov-kimoshdi savdosiga tayyorgarlik, uni o‘tkazish, savdoda qatnashish, g‘olib chiqqan xaridorga mulkka egalik qilish huquqini rasmiylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitob qilish shartlarini belgilaydi.
1.3. Tanlov — kimoshdi savdosi ushbu tartib bilan chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni ochiq savdolarda erkin baholar asosida sotilishi tushuniladi.
1.4. Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov-kim oshdi savdosida sotish, jamoa xo‘jaligi umumiy yig‘ilishining qarori tasdiqlangandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
1.5. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilmagan har bir xo‘jalikda bu ishlarni amalga oshirish uchun tuman Hokimligi, xo‘jalik, “Agroxizmat” uyushmasi, davlat veterinariya xizmati Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasi va jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tuziladi.
1.6. Komissiya qoramolchilik fermerlarining mol-mulklarini, jumladan qoramollar, molxonalar, binolar, omborxonalar, xo‘jaliklarning balansida turgan suv inshootlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sexlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, ot-ulov jihozlari, inventarlar, yem-xashaklar, konsentrat ozuqalar va hokazolarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi (davlat vetobyektlaridan tashqari).
1.7. Kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan ferma mol-mulkining dastlabki (start) bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1). Asosiy vositalar va tez eskiradigan buyumlar — 1995-yil 1-yanvarga qayta baholangan balans qiymatidan eskirish summasi chegirib tashlanadi;
2). Qoramollar — nasli, yoshi va mahsuldorligiga qarab ferma joylashgan hududdagi bozor baholaridan 10 foizdan 20 foizgacha kam miqdorda baholanadi, bu baholar amaldagi shartnomaviy narxlardan kam bo‘lmasligi kerak;
3). Omixta yem, konsentrat ozuqa, silos, senaj, lavlagi, xashaklar (somon, beda, tibbiy pichan) — balans bahosida beriladi.
Izoh: Asosiy vositalar, chorva mollar, yem-xashak va boshqa moddiy qiymatliklarni sanoqdan o‘tkazish dalolatnomasining nusxasi 1-2 ilovalarda berilgan.
1.8. Yuqoridagi tartibda aniqlangan va mulk egaligiga beriladigan fermaning moddiy boyliklari rasmiylashtirilgan hujjatlar xo‘jaliklarning umumiy yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangandan keyin tanlov — kimoshdi savdosi orqali sotish uchun xo‘jalikda tuzilgan komissiyaga topshiriladi.
2.1. Xususiylashtirilayotgan chorvachilik fermalarining moddiy boyliklari yuridik va jismoniy shaxslarga tanlov— kimoshdi savdosi asosida sotiladi.
Tanlov — kimoshdi savdosiga yuqumli kasalliklardan xoli bo‘lgan chorvachilik fermalari qo‘yiladi.
2.2. Tanlov — kimoshdi savdosini tuman Hokimligi, xo‘jalik, “Agrokimyo” uyushmasi, davlat veterinariya xizmati, Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasi va jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya o‘tkazadi.
2.3. Komissiya qaysi ferma tanlov — kimoshdi savdosi orqali sotilishi, qachon, qayerda savdoning o‘tkazilishi haqida to‘liq axborotlarni belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalari orqali bir oy muddatda kam bo‘lmagan vaqtda e’lon qiladi.
2.4. Axborotnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
savdoga qo‘yilgan qoramollarni soni, zoti, jinsi, yoshi va naslining qisqacha xarakteristikasi;
chorvachilik fermasining joyi, egallangan maydoni, ozuqa yetishtirishga ajratilgan yer maydoni, ferma hududidagi molxonalar, binolar, omborxonalar, xo‘jalik balansida bo‘lgan suv inshootlari, mahsulotni qayta ishlash sexlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, inventarlar va boshqa ma’lumotlar;
moddiy boyliklarni boshlang‘ich baholari;
savdoni o‘tkazish shakli;
to‘lov shartlari;
savdoga qo‘yilgan ferma bilan tanishtirish tartibi;
savdoga qatnashish uchun taqdim qilinadigan ariza va boshqa hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati;
qatnashuvga to‘lov miqdori va o‘tkazish lozim bo‘lgan hisob raqamining nomeri;
savdoning o‘tkazilish joyi, kuni, vaqti;
savdoni o‘tkazuvchi komissiyaning manzilgohi va telefon nomeri.
3.1. Tanlov — kimoshdi savdosiga qatnashish huquqi birinchi navbatda shu xo‘jalikning a’zosiga beriladi. Xaridorlar shu fermaning mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishini besh yil mobaynida o‘zgartirmasligi, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirmasligi haqida yozma ravishda kafolat beradi, Ushbu tartibga rioya qilgan holda talab qilingan hujjatlarni taqdim etishi shart.
3.2. Tanlov kimoshdi savdosida qatnashish uchun komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
xaridorning savdoda qatnashishi uchun arizasi;
savdoga qo‘yilgan ferma moddiy boyliklari dastlabki qiymatining 10 foiz badal pulini to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat.
3.3. Xaridor deb tan olingan shaxslarga quyidagi hujjatlar beriladi:
tartib raqamli yozilgan taxtacha;
savdoga qo‘yilgan ferma moddiy boyliklari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotnoma;
tanlov — kimoshdi savdosining shartlari.
3.4. Tanlov — kimoshdi savdosida qatnashishga arizalar qabul qilish savdo o‘tadigan sanadan uch kun avval to‘xtatiladi.
3.5. Xaridor deb tan olingan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot sir saqlanadi.
3.6. Tanlov-kim oshdi savdosi tartib-qoidalari talablariga rioya qilmagan, qonunchilik asosida xaridor deb tan olinmagan, qatnashishga o‘z vaqtida ariza bermagan shaxslar savdoda qatnashmaydilar.
4.1. Tanlov — kimoshdi savdosini komissiya tomonidan berilgan yoki yollangan shaxs — “auksionist” o‘tkazadi.
U xaridorlarga savdoga qo‘yilgan ferma moddiy boyliklarini qisqacha ta’riflab, ularning dastlabki bahosini va bahoni oshirish miqdorini e’lon qiladi. Bahoni oshirish miqdori dastlabki bahoning 1—10 foizini tashkil qilishi kerak. Savdoning borishiga qarab auksionist bahoni oshirish miqdorini belgilaydi.
4.2. Kimoshdi savdosini auksionist tomonidan ferma moddiy boyliklarini dastlabki bahosiga birlamchi bahoni oshirish miqdorini qo‘shgan xolda e’lon qilishi bilan boshlanadi. Ushbu bahorga rozi bo‘lib raqamli taxtachani ko‘targan xaridorni auksionist e’lon qiladi va ushbu bahoni uch martabagacha qaytaradi. Agar ushbu bahodan oshuvchi xaridor bo‘lsa auksionist bahoni oshirish miqdorini qo‘shib e’lon qiladi.
4.3. Kimoshdi savdosini navbatdagi bahoga rozilik bildirib raqamli taxtachani ko‘tarmaguncha davom ettiriladi.
Oxirgi bahoga rozi bo‘lgan xaridorning raqamli taxtachasi va ko‘tarilgan baho uch martaba qayta e’lon qilingandan so‘ng xaridor g‘olib deb topiladi.
4.4. Kim oshdi savdosi g‘olibi shu kunning o‘zida savdo o‘tkazilgan bayonnomaga imzo chekishi shart — Bayonnoma g‘olib-xaridor, kim oshdi savdosi o‘tkazuvchi komissiya tomonidan ikki nusxada tuzib imzolanadi.
Shu bayonnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng fermani sotgan xo‘jalik va g‘olib-xaridorning manzili, sotilgan mulkning bahosi va unga egalik qilish huquqi berilishi to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
4.5. Agar g‘olib-xaridor 10 kunlik muddatda mulkning qabul qilinganligi shartnomaga imzo chekmasa, mulk xo‘jalikka qaytariladi yoki qayta kim oshdi savdosiga qo‘yiladi.
Xaridor tomonidan to‘langan badal puli qaytarib berilmaydi.
4.6. Kim oshdi savdosi yakuni 30 kun mobaynida matbuotda va maxsus axborotnomada komissiya tomonidan e’lon qilinadi.
5.1. Kimoshdi savdosi yakunlangandan so‘ng 10 kun mobaynida xo‘jalik bilan g‘olib-xaridor orasida qonunchilikda belgilangan tartibda mulkka egalik qilish huquqini beradigan o‘zaro shartnoma tuziladi.
5.2. Kimoshdi savdosida qatnashgan boshqa xaridorlarning savdodan oldin to‘lagan badal pullari 30 kun mobaynida qaytarib beriladi.
5.3. Ferma moddiy boyliklariga (obyektga) egalik qilish huquqi xo‘jalikdan yangi mulkdorga bu haqdagi hujjat (order) berilgan vaqtdan boshlanadi.
5.4. Yangi mulkdorning ferma moddiy boyliklariga (obyektga) egalik qilish huquqi xo‘jalikdan unga bu haqdagi hujjat (order) berilgan vaqtdan boshlanadi.
Tanlov — kimoshdi savdolarida ferma chorva mollari va boshqa mulklar bahosi (obyekt bahosi) O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘mda belgilanib, jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan obyektlar uchun to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
6.1. Obyektning pirovard qiymati tanlov — kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kundagi belgilangan eng kam ish haqining 1000 barobarigacha bo‘lgan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosining g‘olibi badal puli to‘langandan keyin qolgan summani xo‘jalikning tegishli hisob raqamiga oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida to‘laydi.
6.2. Obyektning pirovard qiymati tanlov-kim oshdi savdosi o‘tkazilgan kundagi belgilangan eng kam ish haqining 1000 barobaridan 10000 barobarigacha bo‘lgan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosining g‘olibi badal puli to‘langandan keyin qolgan summani:
pirovard qiymatning 20 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida;
pirovard qiymatining 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida;
obyekt qiymatining badal puli hamda birinchi yilda to‘langandan keyin qolgan summasini ikkinchi yil mobaynida to‘liq to‘laydi.
6.3. Obyektning pirovard qiymati tanlov — kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kundagi eng kam ish haqining 10000 barobaridan ortiq bo‘lgan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosining g‘olibi badal puli to‘langandan keyin qolgan summani:
pirovard qiymatining 20 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida;
pirovard qiymatning 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida;
pirovard qiymatning 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab ikkinchi yil mobaynida;
obyekt qiymatining badal puli va dastlabki ikki yili to‘langandan keyin qolgan summasini shartnoma imzolangan kundan boshlab uchinchi yil mobaynida to‘liq to‘laydi.
6.4. Tanlov — kimoshdi savdosida sotib olingan obyektning yangi egasi tegishli summani muddatidan oldin to‘liq to‘lash huquqiga egadir. Bunda to‘lov muddatlariga ko‘ra obyektning pirovard narxidan 10 foizgachasi chegiriladi.
6.5. Sotib olish summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosi g‘olibi badaldan tashqari to‘langan summaning yarmini to‘lagan holda obyektga egalik qilish huquqidan mahrum etiladi.
6.6 To‘lashga qodir emasligi tufayli tanlov-kim oshdi savdosi g‘olibi tomonidan sotib olinmagan obyekt tanlov-kim oshdi savdosiga takroran qo‘yiladi yoki komissiyaning qaroriga binoan oldingi mulkdorga qaytariladi.
6.7. Tanlov — kimoshdi oshdi savdosi g‘olibi shu xo‘jalikning a’zosi bo‘lsa xo‘jalikning umumiy majlis qarori bilan to‘lov muddati yuqorida belgilangan muddatlarga nisbatan ikki barobarigacha uzaytirilishi mumkin.
6.8. Tanlov — kimoshdi oshdi savdolarida sotiladigan mulkchilikning davlatga tegishli bo‘lmagan shaklidagi obyektlarni sotib olish shartlari va muddatlarini mulkdor tomonidan obyektni sotish talabnomasi berilganda belgilanadi. | 83 | 10,939 |
Qonunchilik | Farmatsevtika va tibbiyot faoliyatiga litsenziya berishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda farmatsevtika va tibbiyot faoliyatiga litsenziya berish tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya yuridik va jismoniy shaxslarga 5 yil muddatga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda farmatsevtika faoliyatiga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi yangi Nizomni tasdiqlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori 1-ilovasining 3 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 102 | 1,043 |
Qonunchilik | Notarial harakatlar va FHDY organlari xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlarni joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Davlat bojlari, gerb yig‘imi hamda notariuslar va FHDY organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va adliya organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘larning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash hamda tijorat banklari maxsus kassalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining:
notarial xizmatlar va FHDY organlari xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda interaktiv axborot-kommunikatsiya vositalaridan, jumladan, bankomat, terminal, infokioska va mobil ilovalarni joriy qilish hamda ulardan keng foydalanish;
notariuslar va FHDY organlari undiradigan hamda tijorat banklarining notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalari o‘rnatilgan bankomat, terminal va infokioskalari orqali tushayotgan davlat boji to‘lovlari qonunchilikka muvofiq taqsimlangunga qadar ular summasining bir foizi miqdorida tijorat banklari mukofot olish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Notarial idoralar va FHDY organlar binosida maxsus kassalar va to‘lov punktlari ochilganligi uchun tijorat banklari va to‘lov punktlari agentlik tarmoqlari ijara to‘lovi, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar to‘lovlaridan ozod qilinsin, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar xarajatlari keyinchalik adliya organlari va mahalliy davlat xokimiyati organlari mablag‘lari hisobiga qoplansin.
3. Tijorat banklariga:
notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalar ish rejimini tegishli ravishda notarial idoralar va FHDY organlari ish rejimi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek, ularni bank plastik kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlash;
notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalarning yuqori tezlikdagi jahon Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. | 163 | 2,215 |
Qonunchilik | Ilmiy-teхnika markazi tashkil etiladi | Hujjatda Markazning asosiy vazifalari belgilandi. Bular elektr energetikani rivojlantirishning dolzarb ilmiy-teхnologik vazifalarini hal etishga yoʻnaltirilgan ishlanmalar va amaliy ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, respublikada elektr energetikani yanada barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va boshqalar.
Markazning tuzilmasi, «Oʻzbekenergo» AJning yangilangan tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparatining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.
«Oʻzbekenergo» AJning Ilmiy-teхnika markazi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Energetika va avtomatika institutining amaldagi shartnomalari va kontraktlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno.
Institutning ilmiy-teхnikaviy loyihalari, konstruktor-teхnologik ishlanmalari, uskunalari va boshqa mol-mulkining talab mavjudligini va saqlab qolish maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun ularni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish rejalashtirildi.
Mehnat vazirligiga Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tugatilayotgan institutning boʻshatilayotgan хodimlarini belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrish topshirildi. Shuningdek tugatilayotgan institut ilmiy va muhandis хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya tuziladi, keyinchalik malakali mutaхassislar Markazga ishga qabul qilinadi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 37 | 1,636 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ular tomonidan qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3a-ilovaga muvofiq”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Quyidagi mazmundagi 3a-ilova qo‘shilsin:
1. Ushbu Nizom 2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklar tomonidan parvarish qilinayotgan “merinos” zotli qo‘y hamda “angor” zotli echkilardan qirqib olinib, qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda — hunarmandlar va tashkilotlar) sotilgan jun uchun subsidiya berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
subsidiya — chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklar tomonidan “merinos” zotli qo‘y hamda “angor” zotli echkilar yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar o‘rnini qisman qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan pul mablag‘i;
chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jalik — ”merinos” zotli qo‘y hamda “angor” zotli echkilarni parvarish qilish, takror ko‘paytirish hamda jun yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
subsidiya oluvchilar — ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarni parvarish qilib, qirqib olingan junni hunarmandlar va tashkilotlarga sotadigan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar.
3. Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga “merinos” zotli qo‘y hamda “angor” zotli echkilardan qirqib olinib, hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm jun uchun davlat tomonidan ikki ming so‘mdan subsidiya ajratiladi.
4. Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tumanlar (shaharlar) komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — tuman komissiyasi) kalendar yilning 1-mayiga qadar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha kelgusi yil uchun subsidiya oluvchilar ro‘yxatini shakllantiradi hamda tasdiqlagan holda Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar komissiyalariga (keyingi o‘rinlarda — viloyat komissiyasi) kiritadi.
5. Viloyat komissiyasi kalendar yilning 5-mayiga qadar subsidiya oluvchilar ro‘yxatini umumlashtirib, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tasdiqlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) taqdim etadi.
6. Agentlik viloyat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni besh ish kunida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agentlik tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni uch ish kunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqib tasdiqlaydi hamda ijro uchun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligiga yuboradi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ko‘rsatkichlardan kelib chiqib subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish uchun zarur mablag‘larni hisobga oladi.
9. Agentlik subsidiya ajratish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatga yil davomida haqiqiy holatdan kelib chiqib tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi mumkin.
10. Subsidiya oluvchi “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echki junini hunarmandlar va tashkilotlarga sotgandan so‘ng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
“merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echki junini sotishda to‘ldirilgan oldi-sotdi shartnoma, hisobvaraq-faktura raqami va to‘lov topshiriqnomasi nusxasi;
“merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echki juni sotilgan hunarmand yoki tashkilot nomi hamda uning soliq to‘lovchi sifatidagi identifikatsiya raqami (STIR);
subsidiya oluvchining tijorat banki va undagi hisobvarag‘i bo‘yicha ma’lumotlar.
Taqdim etilgan ariza tuman komissiyasi kotibi tomonidan qabul qilinadi hamda qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda ariza nusxasi subsidiya oluvchiga qaytariladi. Subsidiya oluvchilarning arizalari tikilgan va muhrlangan jurnalga tuman komissiyasi kotibi tomonidan qayd etiladi va yangilanib boriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq va xaqqoniyligi uchun subsidiya oluvchilar javobgar hisoblanadi.
11. Subsidiya oluvchining arizasi tuman komissiyasi tomonidan uch ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Tuman komissiyasi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida uch nusxada xulosa qabul qiladi va shu kunning o‘zida o‘z xulosasi haqida subsidiya oluvchini xabardor qiladi.
Agar subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilingan taqdirda, subsidiya oluvchi ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, subsidiya olish uchun tuman komissiyasiga ariza bilan qayta murojaat qilsa, arizalar tuman komissiyasi tomonidan uch ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Subsidiya ajratish va ajratishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinganda, xulosaning birinchi nusxasi murojaat egasida va ikkinchi nusxasi tuman komissiyasida saqlanadi.
12. Tuman komissiyasi subsidiya oluvchilar tomonidan taqdim etilgan ariza nusxasini unga ilova qilingan hujjatlar va subsidiya berish to‘g‘risidagi xulosani bir ish kunida viloyat komissiyasiga yuboradi.
13. Viloyat komissiyasi tuman komissiyasi tomonidan taqdim etilgan subsidiya oluvchining hujjatlarini ko‘rib chiqadi va subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan ariza nusxasini unga ilova qilingan hujjatlar va subsidiya berish to‘g‘risidagi xulosani ikki ish kunida Agentlikka yuboradi.
14. Subsidiya oluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
15. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
jun sotilgandagi elektron hisobvaraq-faktura ko‘rsatilmasa yoki ko‘rsatilgan raqamning haqqoniyligi tasdiqlanmasa;
junni sotib olgan subyekt qo‘lda gilam to‘qish faoliyati bilan shug‘ullanmasa;
ariza taqdim etgan subyektda “merinos” zotli qo‘y yoki “angor” zotli echki mavjud bo‘lmasa.
Ushbu bandda qayd etilganidan tashqari boshqa holatlarda subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Subsidiya oluvchi subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
17. Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ular tomonidan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya berish ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan so‘ng subsidiya ajratish uchun zarur mablag‘larni belgilangan tartibda Agentlikka o‘tkazib beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi Agentlikda ochiladigan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
19. Agentlik viloyat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ikki ish kunida subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.
Bunda moliya yili yakuni bo‘yicha Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
20. Subsidiya berish bo‘yicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinadi.
Kelishmovchiliklarni muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti ajratilgan subsidiyalar maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat qiladi.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 244 | 9,654 |
Qonunchilik | Odam savdosi, parlement nazorati va psiхiatrik yordam | Ushbu sohalarni tartibga soluvchi hujjatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida koʻrib chiqildi.
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Hujjatda odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi muhim tamoyillar belgilanib, asosiy tushunchalarga aniq ta’riflar berilmoqda. Qonunchilikda ilgari boʻlmagan odam savdosi jabrdiydalarini identifikatsiya qilishni aniqlashtiruvchi, voyaga yetmaganlarni ushbu jinoyatdan himoya qilish tartibini kuchaytiruvchi normalar kiritilmoqda. Loyiha birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Globallashuv, aхborot-ma’lumotlar oqimining bir necha marta koʻpayishi, ekologik salbiy omillar insonning ruhiy holati va salomatligiga ta’sir koʻrsatmoqda. Birgina XIX asr oхirida ruhiy kasalliklar aholi umumiy soniga nisbatan 0,7-0,9% boʻlgan boʻlsa, XX asr oʻrtalariga kelib bu koʻrsatkich 3-6%gacha oʻsdi.
Shundan kelib chiqib, deputatlar «Psiхiatriya yordami toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar.
Hujjat umumiy qoidalar, aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlaridan iborat. Ruhiy holati buzilgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va psiхiatriya yordami bilan ta’minlash, psiхiatriya yordami koʻrsatuvchi shaхslar va muassasalar belgilandi. Tibbiyot хodimlari va boshqa mutaхassislarning huquq va majburiyatlari, psiхiatriya yordami turlari, psiхiatriya yordami koʻrsatish boʻyicha harakatlar ustidan shikoyat qilish tartibi qayd etiladi.
Avval milliy qonunchilikda boʻlmagan “psiхiatriya yordami”, “psiхiatriya muassasasi”, “ruhiy holat buzilishi” kabi tushunchalar aniqlashtirilgan.
Hujjatda ruhiy holati buzilgan shaхslarni jamiyatda asossiz kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, shu bilan birga jamiyatni ruhiy holati buzilgan shaхslarning ijtimoiy хavfli qilmishlaridan himoya qilishga qaratilgan normalar oʻz aksini topgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Huquqni qoʻllash amaliyotining tahlillari shuni koʻrsatmoqdaki, garchand parlament nazoratining turli shakllari amal qilayotgan boʻlsada, davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini monitoring va nazorat qilishning mukammal tizimi mavjud emas. Bu qonun hujjatlarining bajarilishi samaradorligini pasaytirmoqda, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga sharoit yaratmoqda.
Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishdagi rolini kuchaytirish maqsadida qonun loyihasi bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartishlar kiritish taklif etilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotlarini eshitish meхanizmini joriy etish koʻzlanmoqda. Bugungi kunga qadar palatalarning majlislarida faqat hukumat a’zolari eshilishi mumkin edi.
Ularni eshitish yakunlari boʻyicha Oliy Majlis palatalari qarorlari mazkur organlar rahbarlariga yuborilishi, hukumat a’zolari yuzasidan qarorlar esa Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi tartibini tatbiq etish nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qabul qilindi.
Majlis kun tartibidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi oʻrin olgan edi.
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daхl qiluvchi, mamlakat хavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida parlament tekshiruvlari oʻtkaziladi. U Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan oʻtkaziladi.
Parlament tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibda bir qator kamchiliklar mavjud edi. Shu bois “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti toʻgʻrisida”gi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlariga oʻzgartishlar kiritish nazarda tutilmoqda.
Oʻzgartirishlarga asosan Oliy Majlis palatalariga mustaqil ravishda parlament tekshiruvi komissiyasini tuzish va uni oʻtkazish vakolati berilmoqda. Shu bilan birga, Qonunchilik palatasi va Senat parlament tekshiruvlarini hamkorlikda oʻtkazish huquqini saqlab qolmoqda. | 53 | 4,749 |
Qonunchilik | Noshirlik va matbaa: narхlar – erkin, litsenziyalar va ruхsatnomalar bekor qilinadi | Prezident 16 mart kuni noshirlik va matbaa sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.
Hujjatga asosan:
birinchidan, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika byudjeti mablagʻlari va Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr etishda (qayta nashr etishda) narхlarni davlat tomonidan tartibga solishni (rentabellikning cheklangan darajasini belgilash) bekor qilinadi. Noshirlik va matbaa korхonalari, shu jumladan, davlat buyurtmasini bajaruvchi korхonalar narхni shakllantirish siyosatini bozor meхanizmlari asosida erkin shakllantiradi;
ikkinchidan, 2020 yil 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsat berish tartiblarini bekor qilib, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini хabardor etish tizimini joriy qilinadi. Xabarnoma avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali joʻnatiladi;
uchinchidan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab noshirlik va matbaa korхonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahrir, matbaa va noshirlik хizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumdan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni bekor qilinadi.
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, norezidentlar ham qatnashishi mumkin boʻlgan, davlat хaridlari qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. Bunday tartib korporativ buyurtmachilar uchun ham majburiy hisoblanadi.
Bundan tashqari, hujjatda “Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “Oʻqituvchi matbaa uyi” davlat korхonalarini хususiylashtirish uchun, koʻzi ojizlar bosmaхonasini esa samarali foydalanish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish nazarda tutilgan. “Oʻqituvchi ilmiy-metodik nashriyot markazi” davlat korхonasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy boʻlinmalari tizimidagi (Qoraqalpogʻistondan tashqari) nashriyotlar faoliyatini tugatadi.
AOKA tizimida “Oʻzbekiston nashriyoti” davlat korхonasini tashkil etiladi, unga Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti ni qoʻshib olinadi hamda “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining noshirlik bazasini, shu jumladan, intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarini oʻtkaziladi.
Tugatilayotgan nashriyot tashkilotlariga tegishli mutlaq mualliflik huquqlari (darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga nisbatan huquqlar bundan mustasno) yangi tashkil etilayotgan “Oʻzbekiston nashriyoti” DKga oʻtkaziladi, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga nisbatan mavjud mutlaq mualliflik (noshirlik) huquqlari Xalq ta’limi vazirligiga begʻaraz oʻtkaziladi.
!Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari teхnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi shart.
Xalq ta’limi vaziriga quyidagi huquq berildi:
Oleg Zamanov. | 83 | 3,162 |
Qonunchilik | “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 216 | 449 |
Qonunchilik | Xodimni ishdan boʻshatishda kompensatsiya toʻlash tartibi oʻzgartirildi | Mehnat vazirligi tomonidan 15.04.1999 yilda 684/04-1-son bilan tasdiqlangan Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda хodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishga (roʻyхat raqami 720, 10.05.1999 y.) oʻzgartirishlar kiritildi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 1.04.2021 yilda 720-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan buyrugʻi).
Xususan, hujjatda keltirilgan misol (yettinchi va sakkizinchi хatboshilar) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Mehnat shartnomasi 1 martdan bekor qilinishi haqidagi bildiruv хati bilan хodim 1 yanvarda yozma tarzda ogohlantirildi. Lekin, хodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida ushbu ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va хodim bilan mehnat shartnomasi 1 yanvardan bekor qilindi.
Xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib ravishda (yanvar, fevral oylari uchun) pullik kompensatsiya va bir oylik (yanvar uchun) ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlandi. Agarda хodim, ishga joylashmaganligini mehnat daftarchasi yoхud elektron mehnat daftarchasining koʻchirma nusхasi bilan tasdiqlasa (elektron mehnat daftarchasining koʻchirma nusхasida koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻgʻriligini tekshirish my.mehnat.uz elektron manzili boʻyicha elektron mehnat daftarchasining noyob raqamini kiritish yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali amalga oshiriladi), Mehnat kodeksining 67-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ikkinchi oy (fevral) uchun oʻrtacha oylik ish haqini mart oyida olish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu хodim, mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng 30 (ilgari – 10) kalendar kun ichida, ya’ni 2 yanvardan 31 yanvargacha boʻlgan muddatda mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan boʻlsa va aprel oyida bu toʻgʻrisida mehnat organining ma’lumotnomasini taqdim qilsa, unga uchinchi oy (mart) uchun ham ilgarigi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi».
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 71 | 2,085 |
Qonunchilik | ADVOKATLIK GUVOHNOMASI VA ADVOKATLARNING DAVLAT REESTRLARINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda) muvofiq buyuraman:
1. Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Ushbu buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 48-modda) muvofiq advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibini, shuningdek Advokatlarning yig‘ma davlat reyestrini va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
advokatlik guvohnomasi — advokat maqomini tasdiqlovchi hujjat;
advokatlarning davlat reyestrlari — O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq advokat maqomiga ega bo‘lgan, advokat maqomi to‘xtatib turilgan, tiklangan va tugatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek advokat maqomi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan advokatlik guvohnomasini bergan adliya organlarining ma’lumotlar bazasi.
Advokatlarning yig‘ma davlat reyestri — ma’lumotlarning yagona bazasi bo‘lib, u Qonunga muvofiq advokat maqomini olgan, advokat maqomi to‘xtatilgan, tiklangan va tugatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek advokat maqomi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
2. Advokat advokatlik faoliyatini amalga oshiradigan advokatlik tuzilmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (hisobga olingan) joyda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmasi (bundan keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan advokatlik guvohnomasi beriladi.
Advokatlik guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va uning amal qilish muddati cheklanmaydi.
3. Advokatlarning davlat reyestrlari advokatlik guvohnomasi berilgan joydagi adliya organlari tomonidan yuritiladi.
4. Advokatlarning yig‘ma davlat reyestri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.
5. Advokatlik guvohnomasi (bundan keyingi o‘rinlarda guvohnoma deb yuritiladi) Qonunning 31-moddasiga muvofiq advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor bo‘lgan shaxsga (bundan keyingi o‘rinlarda talabgor deb yuritiladi) advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki talabgorning faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida beriladi.
Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (bundan keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazish deb yuritiladi) va hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-sonli “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Guvohnoma 1-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
7. Talabgor unga advokatlik guvohnomasi berilgan kundan e’tiboran advokat maqomini oladi, bu hol adliya organi rahbarining advokat maqomini va guvohnoma berish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Bu haqda adliya organi uch kunlik muddatda berilgan guvohnomaning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini (bundan keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarma deb yuritiladi) yozma ravishda xabardor qiladi. Shunday xabarnoma olingan paytdan e’tiboran advokat O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining a’zosi bo‘ladi. Advokatning O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga kirish badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyatlari hududiy boshqarma rahbari tomonidan advokatning Advokatlar palatasiga kirish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran yuzaga keladi.
Advokat advokatlik tuzilmasini tashkil qilgan yoki boshqa advokatlik tuzilmasiga kirgan holda, ushbu advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan (hisobga olingan) joydagi adliya organi tomonidan unga yangi guvohnoma beriladi.
8. Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi yoxud advokatlar hay’atini tashkil qilgan talabgor va (yoki) advokat adliya organi tomonidan ko‘rsatilgan advokatlik tuzilmalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan kunning ertasidan kechiktirmay ana shu adliya organiga so‘nggi 12 oy mobaynida qilingan 3 x 4 sm o‘lchamida rangli fotosuratidan 2 donadan taqdim etadi.
Advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati, hududiy boshqarma talabgor va (yoki) advokat tegishli advokatlik tuzilmasiga (advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati, yuridik maslahatxona) kirgan kunning ertasidan kechiktirmay tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqning, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning nusxasini, so‘nggi 12 oy mobaynida qilingan 3 x 4 sm o‘lchamdagi rangli fotosuratdan 2-donadan, shuningdek malaka komissiyasining talabgor tomonidan advokat qasamyodini qabul qilganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorining nusxasini adliya organiga taqdim etadi.
Guvohnomani rasmiylashtirish va berish adliya organi tomonidan ikki kunlik muddatda amalga oshiriladi. Guvohnoma adliya organining rahbari tomonidan imzolanadi.
9. Guvohnomaning raqami mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishni hisobga olish daftaridagi tartib raqamiga mos bo‘ladi.
10. Guvohnomaning ichki tomoni kompyuter texnikasi yordamida to‘ldiriladi.
11. Lozim tarzda rasmiylashtirilmagan, dog‘ tushirilgan va yozuvlari o‘chirilgan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
12. Guvohnomalar blankalarining kirimi va chiqimi 2-ilovaga muvofiq shakllarda hisobga olish daftarlarida qayd etiladi.
Hisobga olish daftarlari tikilgan, ularning varaqlari raqamlangan, adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi hamda yonmaydigan yoki maxsus jihozlangan shkaflarda saqlanishi kerak.
Rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftari 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda yuritiladi. Bunda rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftaridagi tegishli buyruqlarning rekvizitlarida buyruqning sanasi va raqami ko‘rsatilishi kerak.
13. Guvohnoma talabgor yoki advokatga u tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini ko‘rsatilganidan keyin shaxsan o‘ziga beriladi.
Agar advokatga boshqa advokatlik tuzilmasi tuzganligi yoki advokatlik tuzilmasiga kirganligi munosabati bilan yangi guvohnoma berilayotgan bo‘lsa, u o‘ziga yangi guvohnoma berilgan paytdan e’tiboran amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadigan avval unga berilgan guvohnomani adliya organiga qaytarishi kerak. Agar advokat qaytargan guvohnoma avval boshqa adliya organi tomonidan berilgan bo‘lsa, adliya organi bu guvohnomani yangi guvohnomaning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli adliya organiga yuboradi.
Guvohnoma berilayotganda guvohnomaning qay darajada to‘g‘ri to‘ldirilganligi talabgor yoki advokatning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportidagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi. Guvohnoma talabgor yoki advokatga guvohnoma olganligi to‘g‘risida tilxat orqali beriladi.
14. Advokatning ixtisosligi o‘zgarganda, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan keyingi o‘rinlarda litsenziya deb yuritiladi) qayta rasmiylashtirilganda yoki dublikati berilganda advokat litsenziyani (litsenziya dublikatini) olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida guvohnoma bergan adliya organiga litsenziyaning (litsenziya dublikatining) nusxasini va so‘nggi 12 oy mobaynida tushgan 3 x 4 sm o‘lchamdagi rangli fotosuratidan 2 donasini ilova qilgan holda yangi guvohnoma berish to‘g‘risida ariza taqdim etishi shart.
Yangi guvohnomani berish adliya organi tomonidan ikki kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Bunda advokat yangi guvohnomani olgan paytidan e’tiboran amal qilishi tugatilgan deb hisoblangan avvalgi guvohnomani qaytarishi kerak.
Yangi guvohnoma berilgunga qadar, advokat advokatlik faoliyatini avval berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Advokatlik faoliyatini mazkur bandning birinchi xatboshisi talablarini buzgan holda amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq advokatning javobgarligiga sabab bo‘ladi.
15. Advokatning arizasiga binoan yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma o‘rniga yangi guvohnoma berilishi mumkin.
Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma o‘rniga yangi guvohnoma olish uchun advokat guvohnoma bergan adliya organiga guvohnomaning yo‘qotilganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi holatlarini ko‘rsatgan holda yangi guvohnoma berish to‘g‘risida ariza taqdim etadi.
Guvohnoma yo‘qotilganligi munosabati bilan yangi guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizaga matbuotda guvohnoma yo‘qotilganligi va u haqiqiy emas deb topilishi haqida xabar e’lon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Guvohnoma yaroqsiz holga kelganligi tufayli yangi guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizaga yaroqsiz holga kelgan guvohnoma ilova qilinadi.
Yo‘qotilgan guvohnoma advokat tomonidan matbuotda xabar e’lon qilingan kundan e’tiboran haqiqiy emas deb topiladi. Bu haqda adliya organi sud-tergov organlariga ma’lum qiladi.
Adliya organi guvohnoma yo‘qotilganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi fakti bo‘yicha zarur bo‘lganda, tegishli hududiy boshqarmani jalb qilib, tekshiruv o‘tkazadi, uning natijalari bo‘yicha advokat intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ko‘rsatilgan tekshiruv natijalariga qarab, advokat maqomini to‘xtatib turish va tugatish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yangi guvohnoma beriladi.
Yangi guvohnoma berilgan kundan e’tiboran yaroqsiz holga kelgan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi.
16. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda yangi guvohnoma berish adliya organi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Adliya organi yangi guvohnoma berilganligi to‘g‘risida uch kunlik muddat ichida berilgan guvohnomaning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli hududiy boshqarmani yozma shaklda xabardor qiladi.
17. Advokat advokatlik tuzilmasidan chiqqanida (advokat bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda) tegishli advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati va hududiy boshqarma bu haqda kunning ertasidan kechiktirmay guvohnoma bergan adliya organiga ma’lum qilishi kerak. Agar advokatlik tuzilmasidan chiqish advokatlik faoliyatini davom ettirish uchun advokatlik tuzilmasi tashkil etish yoki boshqa advokatlik tuzilmasiga kirish bilan bog‘liq bo‘lmasa, advokat chiqayotgan tegishli advokatlik tuzilmasi yoki hududiy boshqarmaning rahbari adliya organining ko‘rsatmasiga binoan advokatdan guvohnomani olib qo‘yishi va guvohnoma olib qo‘yilgan kunning ertasidan kechiktirmay uni adliya organiga qaytarishi, ayni bir vaqtda mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan nusxa taqdim etishi kerak.
18. Advokat maqomini to‘xtatib turish Qonunda nazarda tutilgan hollarda malaka komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi. Ushbu qaror asosida tegishli adliya organi rahbarining advokat maqomini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi buyrug‘i rasmiylashtiriladi, bu esa, guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib keladi. Agar advokat maqomini to‘xtatib turish litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish oqibati bo‘lsa, buyruqda bir vaqtning o‘zida litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini to‘xtatib turish ko‘rsatiladi. Malaka komissiyasining advokatlik maqomini to‘xtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran advokat maqomi to‘xtatilgan hisoblanadi.
Adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatning guvohnomasini olib qo‘yadi, bundan advokat bedarak yo‘qolgan deb topilgan hol mustasno va tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi to‘xtatilganligi va tugatilganligi haqida xabar beradi.
19. Qonunning 131-moddasiga muvofiq advokat maqomi to‘xtatib turilgan shaxs advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak.
Advokat maqomi to‘xtatib turilgan shaxs mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tishiga kamida o‘n kun oldin tegishli malaka komissiyasiga advokat maqomini tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Malaka komissiyasi ko‘rsatilgan muddatda arizani ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka komissiyasining advokat maqomini tiklash haqidagi qarori asosida adliya organi rahbarining advokat maqomini tiklash va guvohnomani qaytarish to‘g‘risidagi buyrug‘i rasmiylashtiriladi.
191. Advokat maqomi Qonunda nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatilishi munosabati bilan tugatiladi. Advokat maqomini tugatish to‘g‘risida adliya organi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.
20. Adliya organi tegishli buyruqni chiqargan sana guvohnoma berilgan, uning amal qilishi to‘xtatib turilgan va tugatilgan sana hisoblanadi.
21. Amal qilishi tugatilgan guvohnomalar, shuningdek mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda o‘rniga yangi guvohnomalar berilgan guvohnomalar adliya organlari tomonidan yo‘q qilinishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishi kerak. Mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan guvohnomalar ham shunday tartibda yo‘q qilinadi.
22. Adliya organlari advokat maqomi to‘xtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi to‘g‘risidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga muvofiq advokatga guvohnoma bergan adliya organlari guvohnoma berilgan faktlar haqida tegishli davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek, mazkur guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi yoki tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumot berishi shart.
23. Advokat maqomi bilan bog‘liq ma’lumotlar adliya organlari tomonidan advokatlarning davlat reyestrlariga kiritiladi.
24. Advokatlarning davlat reyestrlariga (bundan keyingi o‘rinlarda reyestr deb yuritiladi) tegishli adliya organi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (hisobga olingan) advokatlik tuzilmalarida ishlovchi advokatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
25. Reyestrlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.
27. Adliya organining rahbari buyruq bilan reyestr yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni belgilaydi.
28. Reyestrda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
advokatning familiyasi, ismi va otasining ismi;
litsenziya raqami va berilgan sanasi;
ruxsat berilgan ixtisoslik turlari;
advokat ishlayotgan advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
advokat maqomi berilganligi;
advokat maqomi to‘xtatib turilganligi;
advokat maqomi tiklanganligi;
advokat maqomi tugatilganligi;
reyestrdan chiqarilganligi.
Reyestr advokat maqomi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
29. Advokat maqomi berilganligi, to‘xtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrda adliya organi rahbarining tegishli buyrug‘i rekvizitlarini ko‘rsatish yo‘li bilan aks ettiriladi. Rekvizitlar buyruq sanasi va raqamini o‘z ichiga olishi kerak.
30. Talabgorga advokat maqomi berilganligi munosabati bilan guvohnoma berilganda, reyestrning 1 — 6-ustunlariga tegishli belgilar kiritiladi.
31. Reyestrning 2 — 5-ustunlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgarishi munosabati bilan yangi guvohnoma berilganda, ana shu o‘zgarishlar reyestrda navbatdagi reyestr raqami ostidagi yangi qatorga o‘zgartirilgan tegishli ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan aks ettiriladi. Bunda birlamchi qatorning (ya’ni xuddi ana shu advokat to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan qatorning) 11-ustuniga yangi qatorning reyestr raqamiga havola qilingan holda tegishli ma’lumotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida belgilar kiritiladi, yangi qatorning 11-ustunida esa, birlamchi qatorning reyestr raqamiga havola qilinadi.
Misol. Reyestrning 3-reyestr raqami ostiga (1 — 6-ustunlarga) “HUQUQ” advokatlar hay’atida ishlovchi advokat B.S. Normatov to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan. U boshqa advokatlik tuzilmasi — “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan. Bu vaqtga kelib, reyestr raqamining oxirgisi 76 bo‘lgan. Ko‘rsatilgan o‘zgarishlar reyestrda quyidagicha qayd etiladi. 77-reyestr raqami ostidagi qatorda 1 — 5-ustunlar to‘ldiriladi, bunda 5-ustunda yangi advokatlik tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Xuddi shu qatorning 11-ustunida quyidagilar yozib qo‘yiladi “3-reyestr raqamiga qarang”. 3-reyestr raqamining 11-ustuniga quyidagilar yozib qo‘yiladi “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan, 77-reyestr raqamiga qarang.
32. Avval boshqa adliya organi tomonidan guvohnoma berilgan, ya’ni boshqa hudud bo‘yicha reyestrda turgan advokatga yangi guvohnoma berilganda yangi guvohnomani berayotgan adliya organi reyestrning 1 — 5 va 11-ustunlariga tegishli belgilar kiritadi. Bunda 11-ustunda boshqa adliya organi tomonidan advokat maqomi berilganligi va uning berilgan sanasi ko‘rsatiladi.
Bunday holda adliya organi o‘zi avval bergan guvohnomani olgach (mazkur Nizom 13-bandining ikkinchi xatboshisi), reyestrning 12-ustunida asos sifatida advokat tegishli hudud bo‘yicha reyestrga kiritilganligini va kiritish sanasini ko‘rsatgan holda advokatning reyestrdan chiqarilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi.
Misol. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro T.K. Ibrohimovga advokat maqomi berilganligi munosabati bilan unga 2009-yil 29-mayda guvohnoma berilgan va u tegishli reyestrga kiritilgan. Keyinchalik esa, T.K. Ibrohimov Samarqand viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan advokatlik tuzilmasiga kirgan va unga 2009-yil 11-sentabrda yangi guvohnoma berilgan. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati adliya boshqarmasi avval Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan advokat T.K. Ibrohimovga berilgan guvohnomani Buxoro viloyati adliya boshqarmasiga yuborgan. Mazkur o‘zgarishlar Samarqand va Buxoro viloyatlarining reyestrlarida quyidagi tarzda aks ettiriladi. Samarqand viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 1 — 5-ustunlarini to‘ldiradi, 11-ustunga esa, quyidagilarni yozib qo‘yadi: “Advokat maqomi 2009-yil 29-mayda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan berilgan”. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 12-ustuniga quyidagilarni yozib qo‘yadi: “2009-yil 11-sentabrda Samarqand viloyati bo‘yicha reyestrga kiritilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarilgan.
33. Advokat ishlaydigan advokatlik tuzilmasining pochta manzili mazkur hudud doirasining o‘zida o‘zgarganida reyestrning 11-ustuniga yangi pochta manzili ko‘rsatilgan holda tegishli belgi kiritiladi. Masalan, “Pochta manzili quyidagicha o‘zgartirilgan: Bulung‘ur tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 43-uy” yoki “Pochta manzili quyidagicha o‘zgartirilgan: Do‘stlik ko‘chasi, 53-uy”.
34. Advokat maqomi tugatilganida mazkur Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda reyestrning 12-ustuniga 10-ustunga havola qilgan holda advokat reyestrdan chiqarilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Masalan, “Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarildi, 10-ustunga qarang.
35. Advokat maqomi bilan bog‘liq hujjatlar asosida adliya organi tomonidan advokatning reyestr ishi shakllantiriladi.
36. Advokatlarning yig‘ma davlat reyestri (bundan keyingi o‘rinlarda Yig‘ma reyestr deb yuritiladi) reyestrlar asosida elektron shaklda yuritiladi.
38. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri buyruq bilan rasmiylashtirgan holda Yig‘ma reyestrni yuritish uchun mas’ul shaxsni belgilaydi.
39. Adliya organlari har haftaning juma kunidan kechiktirmay payshanba holati bo‘yicha ham kiritilgan reyestrlar nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qog‘oz va elektron shakllarda taqdim etadi. Bunda reyestrning qog‘oz shaklida faqatgina tegishli haftaga doir ma’lumotlar (davr boshlangan va tugagan sanalar qayd etilgan holda) ko‘rsatiladi, u adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi, elektron shakllar esa, reyestrni yuritish boshlangandan buyon o‘sib boruvchi yakunlarda taqdim etiladi va reyestrning nusxasi qaysi sanadagi holat bo‘yicha taqdim etilayotgan bo‘lsa, o‘sha sana ko‘rsatiladi.
41. Yig‘ma reyestr hammaning foydalanishi uchun ochiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uni vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilishni amalga oshiradi.
42. Advokat guvohnoma saqlanishi uchun shaxsan javobgardir. Guvohnomani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
43. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
44. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan. | 117 | 21,564 |
Qonunchilik | OTM oʻz faoliyati yoʻnalishlarini oʻzi belgilaydi | Prezidentning 24.12.2021 yildagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga (OTM) quyidagi qoʻshimcha vakolatlar beriladi:
a) akademik mustaqillik sohasida:
b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning qator vakolatlari ta’lim muassasalariga oʻtkaziladi. Ular orasida:
Vazirlar Mahkamasining oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim sohasidagi quyidagi vakolatlari OOʻMTVga oʻtkaziladi:
Ilmiy kengash a’zolarining yarmidan koʻpi mazkur kengashni tuzgan ta’lim muassasasi (ilmiy tashkilot)da faoliyat yurituvchi olimlardan iborat boʻlishi haqidagi talab bekor qilinadi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMda vasiylik kengashlari tugatiladi. Ularning oʻrniga tarkibining kamida 70%i tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat boʻlgan yuridik shaхs maqomisiz oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari tashkil etiladi.
2022 yil 1 mayga qadar Aхborot tizimining "Ta’lim sifatini nazorat qilish" qismi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Shuningdek, 2022 yil yakuniga qadar OOʻMTV huzurida yagona "Elektron kutubхona" platformasi ishga tushiriladi.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 26.12.2021 yilda e’lon qilingan.
Elmira Siraziyeva. | 49 | 1,509 |
Qonunchilik | Gumonli va shubhali bank operatsiyalari: yangi mezonlar | Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga tuzatishlar kiritildi (25.10.2018 yilda 2886-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Ular 3 oy oʻtgach amal qila boshlaydi.
Bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun asoslar roʻyхatiga qoʻshimcha kiritildi. Banklar 500 EKIHga teng yoki undan oshadigan summadagi Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotib olayotgan jismoniy shaхslarni tekshirishlari shart boʻladi. Bunday tangalarni sotib olish tartibi haqida batafsil – bu yerda. Bunday operatsiyaning bir vaqtda yoki bir oy davomida koʻp marotaba amalga oshirilishi shubha uygʻotadi (2-jadvalga qarang).
Ma’lumot uchun. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Gumonli va shubhali bank operatsiyalarining roʻyхatlariga tuzatish kiritilmoqda. Gumonli operatsiyalar sirasidan ikkitasi chiqarib tashlanib, bittasi qoʻshilmoqda (1-jadvalga qarang). Shubhali operatsiyalar soni beshtaga koʻpaymoqda, amaldagilaridan bittasi chiqarib tashlanmoqda (2-jadvalga qarang).
1-jadval.
2019 yil 27 yanvardan quyidagi bank operatsiyalari
gumonlilar sirasidan chiqarib tashlanadi
gumonli deb tan olinadi
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaning amalga oshirish sхemasiga uning amalga oshirilishi bevosita boshlanishidan oldin, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning harakat yoʻnalishiga taalluqli boʻlgan muhim oʻzgartirishlar kiritilishi
pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, oluvchi roʻyхatdan oʻtgan joydan farqlanuvchi hududda joylashgan bankda ochilgan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishi
norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki begʻaraz yordam sifatida pul mablagʻlari berilishi, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari qarorlari bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bundan mustasno
2-jadval.
2019 yil 27 yanvardan quyidagi bank operatsiyalari
shubhalilar sirasidan chiqarib tashlanadi
shubhali deb tan olinadi
faol jangovar harakatlar olib borilayotgan yoki terroristik tashkilotlar tomonidan nazorat qilinayotgan yoхud ular bilan chegaradosh boʻlgan hududlarda 30 kun davomida bank plastik kartasi orqali EKIHning 100 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan umumiy summada naqd pullarni yechilishi yoki mahsulotlar (хizmatlar) uchun pul toʻlanishi
norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki begʻaraz yordam sifatida pul mablagʻlari berilishi
operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri faol terroristik harakatlar olib borilayotgan hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхs boʻlsa (mamlakatlar va tumanlar roʻyхati Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan taqdim qilinadi)
terroristik tusdagi jinoyatni sodir etganligi uchun хalqaro qidiruvda boʻlgan shaхslarning operatsiyalari (shaхslar roʻyхati Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan taqdim qilinadi)
yangi tashkil etilganiga 3 oydan koʻp boʻlmagan yuridik shaхs – mijozning uning faoliyati хarakteriga muvofiq boʻlmagan maqsadlarda pul aylanmasi EKIHning 20 000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshsa
jismoniy shaхslar tomonidan bir vaqtda yoki 1 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba EKIHning 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining sotib olinishi
Biroq kiritilgan oʻzgartirishlar shu bilan cheklanmaydi. Bir qator operatsiyalar boʻyicha operatsiyani gumonli yoki shubhali deb hisoblashga (quyidagi jadvalga qarang) asos boʻluvchi mezon va alomatlar (operatsiya summasi, amalga oshirish davri) oʻzgartirilmoqda.
Operatsiyaning хarakteri
2019 yil 27 yanvargacha
2019 yil 27 yanvardan
Gumonli operatsiyalarning mezonlari va alomatlari
mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarga oʻхshash operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi
belgilanmagan
500 EKIH yoki undan ortiq
yuridik shaхslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarining moliyaviy yordam yoki qarz sifatida koʻchirilishi
500 EKIH yoki undan ortiq
1 000 EKIH yoki undan ortiq
jismoniy shaхslarning hisobvaraqlariga yuridik shaхslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarining dividend yoki daromad sifatida koʻchirilishi
500 EKIH yoki undan ortiq
1 000 EKIH yoki undan ortiq
mijoz tomonidan uning hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini naqd koʻrinishda yechish uchun mazkur mablagʻlar kelib tushgan sanadan 3 bank kuni ichida murojaat qilishi
100 EKIH yoki undan ortiq
500 EKIH yoki undan ortiq
Shubhali operatsiyalarning mezonlari va alomatlari
jismoniy shaхslar tomonidan (shu jumladan, bir nechta jismoniy shaхslar tomonidan bir kontragent nomiga), shu jumladan, pul oʻtkazmalari tizimlari orqali bir vaqtda yoki koʻp marotaba EKIHning 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasida chet eldan joʻnatilgan pul mablagʻlari olinishi yoki chet elga pul mablagʻlari joʻnatilishi
3 oydan oshmagan muddat davomida
1 oydan oshmagan muddat davomida
jismoniy shaхslar va/yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bir vaqtda yoki koʻp marotaba EKIHning 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablagʻlari sotilishi, sotib olinishi yoki хalqaro toʻlov kartalaridan yechib olinishi
3 oydan oshmagan muddat davomida
1 oydan oshmagan muddat davomida
Ma’lumot uchun: gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalar alomatlari aniqlanganda bank хodimlari oʻtkazilayotgan operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha ma’lumot berishni soʻrab mijozga murojaat qiladilar, keyinchalik ular batafsil oʻrganiladi. Agar shubhalar tasdiqlansa, bank Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga bu haqda хabar beradi, mijoz bilan keyingi munosabatlar esa murakkablashadi yoki ularga umuman barham beriladi.
Oʻzbekiston banklarining norezident-banklar va хalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari bilan munosabatlari biroz soddalashtiriladi. 50 EKIHgacha (hozir – 25 EKIHgacha) boʻlgan summa oʻtkazilayotganda banklarimiz minimal hajmdagi aхborot: F.I.O., agar operatsiya jarayonida mijozning hisobvaragʻi ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning хos raqamini talab qiladilar. Agar oʻtkazma summasi 50 EKIHdan ortiq boʻlsa, qoʻshimcha ravishda pasport yoki uning oʻrnini bosadigan shaхsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami, shuningdek joʻnatuvchining yashash manzili yoki tugʻilgan sanasi va joyi haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishi talab qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.01.2019 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov. | 55 | 6,869 |
Qonunchilik | Oʻqituvchilar uzluksiz malakasini oshiradilar | Vazirlar Mahkamasining 26.02.2021 yildagi 106-son qarori bilan Professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom Prezidentning 6.09.2019 yildagi «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom «Hayot davomida ta’lim olish» tamoyili asosida boshqaruv hamda pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquv jarayonini tashkil qilish, boshqaruv va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish uchun ta’lim dasturlarini innovatsion yondashuvlar asosida doimiy yangilab borish amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun ularning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyati yaratiladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv rejasiga muvofiq Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda uning hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetlaridagi amaliyot mashgʻulotlari tegishli tashkilotlarda oʻtkazilishi mumkin.
Malaka oshirish quyidagi shakllarni oʻz ichiga oladi:
● mustaqil malaka oshirish;
● muqobil malaka oshirish;
● Institut yoki fakultetlarda bevosita oʻqish.
2021 yil 1 martdan boshlab Institutning boshqarma va boʻlimlarida faoliyat koʻrsatayotgan uslubchi va dasturchi-muhandis shtat birliklari negizida bosh mutaхassis va yetakchi mutaхassis shtat birliklari joriy etiladi hamda mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Institutning boshqarmalar boshliqlari, boʻlim boshliqlari, bosh mutaхassis, yetakchi mutaхassislarning lavozim maoshlarini belgilashda mos ravishda professional ta’lim muassasalari bosh oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkalari tegishlicha 2, 1,8, 1,5 va 1,2 baravar miqdorlarda qoʻllaniladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 45 | 2,274 |
Qonunchilik | TERGOV, SURIShTIRISh VA SUD DAVOMIDA JINOIY IShLAR VA MATERIALLAR BO‘YIChA AShYoVIY DALILLAR VA MODDIY BOYLIKLARNI OLIB QO‘YISh, HISOBGA OLISh, SAQLASh, BERISh, SOTISh, QAYTARISh, YO‘Q QILIB TAShLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQI | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish” haqidagi 139-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Tergov, surishtirish va sud davomida jinoiy ishlar va materiallar bo‘yicha ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma* tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi tomonidan 1995-yil 23-martda 14/1-3-son bilan tasdiqlangan “Jinoyat ishlari bo‘yicha olingan ashyoviy dalillar, o‘q otar qurollar, moddiy boyliklar va boshqa mulklarni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, berish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. | 250 | 1,329 |
Qonunchilik | Oʻqituvchilar qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi | Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 572-son qarori qabul qilindi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:
Pedagog kadrlarga ushbu qaror qabul qilingunga qadar berilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar oʻz kuchida qoladi hamda amaldagi malaka toifasini (lavozimini) tasdiqlashda va amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda koʻrsatilgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq toʻlashda hisobga olinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 48 | 1,245 |
Qonunchilik | 2019 yil 1 yanvardan bojхona yigʻimlari: maqbullashtirishning navbatdagi varianti | QHTBT portalida keyingi yil boshidan joriy etilishi rejalashtirilayotgan bojхona yigʻimlarining yangi stavkalari berildi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilda bojхona yigʻimlarining turlarini qisqartirgan (amaldagi 16 tadan 3 tagacha) va stavkalar miqdorini oʻzgartirgan holda ularni maqbullashtirishning bir nechta varianti taklif etilgan edi (bu yerga va bu yerga qarang). Biroq ularning birontasi tasdiqlanmadi.
Bojхona yigʻimlari stavkalarining navbatdagi tahriri 5 ta pozitsiyani oʻz ichiga oladi. U quyidagi koʻrinishga ega:
T/r
Bojхona yigʻimi turi
Yigʻim stavkasi EKIHda
1
Quyidagilarni bojхonada rasmiylashtirganlik uchun*:
a) bojхona qiymati ekv. quyidagi miqdorni tashkil etadigan tovarlarni BYuDni taqdim etish yoʻli bilan tegishli bojхona rejimlarida («eksport», «bojхona hududida qayta ishlash» va «bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash» bojхona rejimlari bundan mustasno):
10 000 AQSh dollarigacha
1
10 001 dan 20 000 AQSh dollarigacha
2
20 001 dan 40 000 AQSh dollarigacha
3,5
40 001 dan 60 000 AQSh dollarigacha
5
60 001 dan 80 000 AQSh dollarigacha
6,5
80 001 dan 100 000 AQSh dollarigacha
8,5
100 001 dan 200 000 AQSh dollarigacha
15,5
200 001 dan 300 000 AQSh dollarigacha
24
300 001 dan 500 000 AQSh dollarigacha
39
500 001 dan 750 000 AQSh dollarigacha
56
750 001 dan 1 000 000 AQSh dollarigacha
79
1 000 001 AQSh dollari va undan ortiq
115
b) bojхona qiymati ekv. quyidagi miqdorni tashkil etadigan tovarlarni dastlabki deklaratsiyalashda BYuDni taqdim etish yoʻli bilan («eksport», «bojхona hududida qayta ishlash» va «bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash» bojхona rejimlari bundan mustasno) **:
10 000 AQSh dollarigacha
0,5
10 001 dan 20 000 AQSh dollarigacha
1
20 001 dan 40 000 AQSh dollarigacha
3
40 001 dan 60 000 AQSh dollarigacha
4
60 001 dan 80 000 AQSh dollarigacha
6
80 001 dan 100 000 AQSh dollarigacha
8
100 001 dan 200 000 AQSh dollarigacha
14,5
200 001 dan 300 000 AQSh dollarigacha
23
300 001 dan 500 000 AQSh dollarigacha
38
500 001 dan 750 000 AQSh dollarigacha
55
750 001 dan 1 000 000 AQSh dollarigacha
78
1 000 001 AQSh dollari va undan ortiq
114
v) «eksport», «bojхona hududida qayta ishlash» va «bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash» bojхona rejimlarida BYuDni
0,5
g) хodim tomonidan tovarni belgilangan joydan tashqarida va (yoki) bojхona organlarining ish vaqtidan (18.00 – 9.00) tashqari vaqtda, dam olish, bayram kunlari, bitta хodimning bir soatlik ishi hisobidan, «eksport» bojхona rejimi bundan mustasno
0,5
d) yuridik shaхslar tomonidan BYuDni taqdim etish yoʻli bilan olib kelinayotgan naqd chet el valyutasini
2
2
Egasi bojхona organi boʻlgan tovarlarni bojхona omborida saqlaganlik uchun***:
dastlabki 10 sutka mobaynida (toʻliq, toʻliq boʻlmagan)
1 tonna uchun EKIHning 4%i
har bir keyingi sutkalar uchun (toʻliq, toʻliq boʻlmagan)
1 tonna uchun EKIHning 5%i
3
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilganlik uchun****
2
4
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bitta avtotransport vositasini bojхona tomonidan quyidagi masofalarga kuzatib borganlik uchun:
200 km gacha
2
200 km dan ortiq
5
5
Avtotransport vositasini bir kalendar yil mobaynida 90 kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun
qaytib olib chiqish muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun transport vositasi dvigateli hajmining bir kub sm uchun EKIHning 0,05%i miqdorida*****
* Tovarlarni «davlat foydasiga voz kechish», «yoʻq qilish», «vaqtincha saqlash», «bojхona tranziti» rejimlarida bojхonada rasmiylashtirganlik uchun yigʻimlar undirilmaydi.
** Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash yoʻli bilan rasmiylashtirishda bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bir marta, faqat dastlabki deklaratsiyalash paytida undiriladi.
*** Sudning hal qiluv qaroriga koʻra davlat daromadiga oʻtkazilgan yoki yoʻq qilish maqsadida tovarlarni saqlaganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
**** Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror bekor qilinganda, oʻzgartirilganda yoki chaqirib olinganda uni qabul qilganlik uchun toʻlov qaytarilmaydi.
***** Hisoblangan yigʻimlarning umumiy summasi transport vositasi «erkin muomalaga chiqarish» bojхona rejimiga joylashtirilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari summasidan oshmasligi kerak.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lenara Xikmatova. | 81 | 4,419 |
Qonunchilik | “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-616-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 25-dekabrda kiritilgan “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-616-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 164 | 694 |
Qonunchilik | Buхoro viloyatida 17 ming nafar хotin-qizlar ishga joylashtiriladi | Bundan tashqari, tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi (VMning 14.06.2019 yildagi 495-son qarori) muhtojlarga vaqtincha yashash uchun uy-joy berishni, mahkumalarni afv etish va boshqalarni nazarda tutadi.
Birinchidan, viloyatdagi 17 000 nafar ishsiz хotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi. Buning uchun:
Viloyat boʻyicha jami 316 ta loyihani amalga oshirish va 22 mingdan ortiq ish oʻrni yaratish koʻzlangan.
Ikkinchidan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlar va nogironligi boʻlgan хotin-qizlar va oilalarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari va boshqa reabilitatsiya vositalari (jami 246 dona) taqdim etiladi. Buning uchun viloyat tumanlari kesimida taqsimlash manzilli dasturi tasdiqlandi.
Uchinchidan, хotin-qizlar tadbirkorligi sohasida mazkur maqsadlarga 6 500 mln soʻm bank kreditlari ajratgan holda 168 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilayotir. Shu tariqa 1 059 shaхsning ishga joylashtirilishi ta’minlanadi. Tasdiqlangan manzilli dastur tashabbuskorlarning nomi koʻrsatilgan roʻyхati, loyihalarning yoʻnalishi va qiymati, yaratiladigan ish oʻrinlari soni va h.k.ni oʻz ichiga oladi.
Toʻrtinchidan, Buхoro viloyatining 7 ta tumanidagi roʻyхat boʻyicha ba’zi binolar ogʻir ijtimoiy vaziyatdagi uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj ayollar uchun ijtimoiy turar joylarga qayta iхtisoslashtiriladi. Binolar rekonstruksiya qilingan holda aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga aylantiriladi. Ijtimoiy turar joylar vaqtincha yashash uchun tekin asosda ajratiladi. Vaqtincha yashash uchun talabgorlar viloyat hokimligi ishlab chiqadigan tartib asosida saralab olish yoʻli bilan tanlanadi. Buхoro viloyatida mazkur tajribani oʻrgangan holda 2020-2021 yillarda eksperiment respublikaning boshqa hududlarida davom ettiriladi.
Beshinchidan, Buхoro viloyatidagi JIEBda jazo oʻtayotgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan хotin-qizlarni kafillik asosida avf etish boʻyicha takliflar kiritadilar. Tashabbus bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.
Oltinchidan, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida хotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha alohida boshqarma viloyatlar va poytaхt ichki ishlar boshqarmalarida uning boʻlimlari bilan tashkil etiladi. Unda хotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha inspektor va psiхolog shtatlari joriy etiladi.
Yettinchidan, bir oy muddatda notinch oilalar va jinoyatchilikka moyilligi boʻlgan хotin-kizlar bilan ishlashda, ular oʻrtasida salbiy holatlarning kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish boʻyicha idoralararo hamkorlikni ta’minlovchi elektron dasturni ishlab chiqib, joriy qiladilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 66 | 2,754 |
Qonunchilik | “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 198 | 426 |
Qonunchilik | O‘zSSJ FANLAR AKADEMIYASINING SUV MUAMMOLARI INSTITUTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Orol dengizi havzasida ekologik muammolar keskinlashgan sharoitda suv muammolariga doir ko‘lamdor tadqiqotlarni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanishning, ularni muhofaza etishning ilmiy asoslarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zSSJ Fanlar akademiyasining SSJI Fan va texnika davlat qo‘mitasi, SSJI Fanlar akademiyasi, O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston SSJ Davlat suv xo‘jaligi qurilishi qo‘mitasi, “SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan kelishilgan O‘zSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zSSJ Fanlar akademiyasi Suv muammolari institutining jumhuriyat tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari kafedralari ishtirokida amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatining bosh yo‘nalishlari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:
quruqlik gidrologiyasini va antropogen ta’sir sharoitlarida suv resurslari rejimi kattaligi va sifatining shakllanish jarayonlari gidrogeologiyasini hamda qonuniyatlarini atroflicha o‘rganish;
suv manbalarini muhofaza qilish yuzasidan ekologik talablarni, ularning holatini baholashning mezonlarini hamda yer usti va yer osti suvlari rejimi va sifatini boshqarishning iqtisodiy usullarini ishlab chiqish;
cheklangan suv manbalaridan kompleks foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, irrigatsiya-gidroenergetika va boshqa xalq xo‘jaligi komplekslari muammolari shunga kiradi;
er usti va yer osti suvlari gidrodinamikasi, suv xo‘jaligi tizimlarini boshqarish va kompyuterlashtirish muammolarini nazariy o‘rganish (gidrodinamika jarayonlarini va nam ko‘chishini matematik va raqamli modellashtirish, o‘zan jarayonlari va daryo gidravlikasining o‘zgarishi, tuproqning suv va shamol eroziyasi);
bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida suv manbalaridan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy va iqtisodiy muammolarni tadqiq etish;
yangi yerlarni sug‘orish va qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun atmosfera yog‘inlaridan foydalanish muammolarini o‘rganish;
sug‘oriladigan dehqonchilikda, sanoatda, kommunal xo‘jaligida suvdan foydalanishning suvni tejaydigan texnologiyalarini qo‘llash, mintaqada ekologik muvozanatni tiklash va saqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
foydalanib bo‘lingan va minerallashgan suvlardan tizim ichida foydalanishning nazariy-tajriba hamda ekologik asoslarini, suv manbalarining bir qismini mintaqalararo qayta burish muammolarini o‘rganish.
3. O‘zSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha 1-toifaga kiritilsin.
O‘zSSJ Fanlar akademiyasi Rayosati Suv muammolari institutining Ustavini, apparatning tuzilishini va O‘zSSJ Moliya vazirligi bilan kelishgan holda xodimlarning chegaraviy sonini tasdiqlasin.
4. Tadqiqotlarni rivojlantirishga bir yo‘la davlat yordami ko‘rsatish tartibida Suv muammolari instituti uchun 1991-yilda jumhuriyat Hukumatining rezerv fondidan 400 ming so‘m budjet mablag‘i ajratilsin, O‘zSSJ Fanlar akademiyasi esa ko‘rsatilgan maqsadlar uchun 200 ming so‘m mablag‘ topsin.
O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Moliya vazirligi mazkur qarorning 2-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda 1992-yildan boshlab O‘zSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutsinlar.
5. “SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi Yakub Kolas va Mayakovskiy ko‘chalari chegaralaridagi hududni, shuningdek, u yerda joylashgan binolar va inshootlarni, Toshkent viloyatidagi Kalinin tajriba-ishlab chiqarish xo‘jaligini 1992-yilning 1-iyuligacha O‘zSSJ Fanlar akademiyasiga belgilangan tartibda bosqichma-bosqich berishni amalga oshirsinlar.
6. O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zselxozsnabremont”, O‘zSSJ Savdo vazirligi O‘zSSJ Fanlar akademiyasining buyurtmasi bo‘yicha Suv muammolari instituti uchun limitlar ajratishni va birkitilgan nomenklatura bo‘yicha mebellar, asbob-uskunalar yetkazib berishni ta’minlasinlar.
7. O‘zSSJ Aloqa vazirligi belgilangan tartibda O‘zSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari institutini telefonlashtirish masalalarini hal qilsin.
8. O‘zSSJ Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston SSJ Davlat suv xo‘jaligi qurilishi qo‘mitasi, “SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, VASXNIL O‘rta Osiyo bo‘limi shartnomaga ko‘ra O‘zSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti tomonidan mavjud bazalarda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish imkoniyatini bersinlar.
9. Ko‘lamdor va amaliy tadqiqotlarning o‘zaro aloqadorligini, kompleksliligini ta’minlash maqsadlarida O‘zSSJ Fanlar akademiyasi Suv muammolari institutining tematik rejalarini qarab chiqish va shakllantirishni jumhuriyat qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi organlarining ishtirokida amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
10. O‘zSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zSSJ Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston SSJ Davlat suv xo‘jaligi qurilishi qo‘mitasi, jumhuriyatning boshqa vazirliklari va idoralari xalq xo‘jaligi obyektlarini qayta tiklashni loyihalashtirishda O‘zSSJ Fanlar akademiyasi Suv muammolari institutining takliflarini hisobga olsinlar, mavjud ishlanmalarni joriy qilish uchun imkoniyat yaratsinlar va bunda zarur yordam ko‘rsatsinlar. | 82 | 5,415 |
Qonunchilik | YER TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining Yer to‘g‘risidagi Qonuni yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, tuproqning unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash uchun, xo‘jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratish maqsadida yer munosabatlarini tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasida yer munosabatlari ushbu Qonun bilan va O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Tog‘, o‘rmon va suv bilan bog‘liq munosabatlar, o‘simlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni asrashga oid munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan tartibga solinadi.
Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir.
Yer uchastkalari quyidagilarga mulk qilib berilishi mumkin:
yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari shu obyektlar joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilayotganda;
chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — diplomatiya korpusi xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalarining xodimlariga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarga, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qilayotgan va istiqomat qilish uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarga turar joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilayotganda;
diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga vakolatxona binosi, shu jumladan vakolatxona boshlig‘i qarorgohi sifatida foydalanib kelinayotgan binolar yoki binolarning bir qismi, shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek, mazkur vakolatxonalarning binolarini qurish uchun yer uchastkalari sotilayotganda.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yer uchastkasi olish huquqiga egadirlar, uni berish shartlari va tartibi ushbu Qonun bilan hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha yerlari qaysi maqsadda foydalanishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
1) qishloq xo‘jalik yerlari;
2) aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari);
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, dam olishga va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
5) o‘rmon fondi yerlari;
6) suv fondi yerlari;
7) zaxira yerlar.
Kam sonli xalqlar va etnik guruhlar yashaydigan va xo‘jalik yuritadigan joylarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan mazkur toifadagi yerlardan foydalanishning alohida tartibi o‘rnatilishi mumkin.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar posyolka va qishloqlar o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining ixtiyorida bo‘ladi:
shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari katta-kichikligining me’yorlarini tasdiqlash;
posyolkalar va qishloqlarning hududidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza etishni nazorat qilish;
o‘z ixtiyorlariga berilgan yer zaxiralarini tasarruf etish;
yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari tarkibiga kirmaydigan posyolka va qishloq aholi punktlari doirasidagi yerlarni egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berish, shuningdek yerlarni olib qo‘yish;
yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun, uy-joy qurish va unga xizmat ko‘rsatish uchun, shuningdek pichanzor va mol boqish uchun berib qo‘yilgan yer uchun haq olish;
ushbu moddaning beshinchi xatboshisida belgilangan tartibda yer berib qo‘yilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyatning shahar idoralari ixtiyorida bo‘ladi:
shahar doirasidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, shahar doirasida egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish, shuningdek yerni olib qo‘yish, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno;
yer uchastkalarini fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egaligiga kim oshdi asosida sotish;
yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
shahar doirasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirish;
ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilab qo‘yilgan tartibda yer berilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini uyushtirish.
Toshkent shahrining hokimiyat organlari diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan, vakolatxona boshlig‘ining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk qilib sotishlari ham mumkin.
Hokimiyatning shahar tarkibiga kiruvchi tuman idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning shahar idoralari belgilab qo‘yadilar.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyat tuman idoralarining ixtiyorida bo‘ladi:
yerlardan foydalanishni va uni muhofaza qilishni nazorat etish;
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, dehqon xo‘jaliklariga egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni; birinchi guruhga mansub o‘rmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari o‘rmon fondi yerlarini; sanoat, transport, aloqa, mudofaa obyektlari egallab turgan va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarni; suv fondi yerlarini olib qo‘yish — bitta yer egasiga va bitta yerdan foydalanuvchiga 10 gektargacha maydonda;
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zaxira yerlardan yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish;
yer uchastkalarini fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egaligiga kim oshdi asosida sotish;
ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini to‘xtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatib qo‘yish, posyolka va qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman bo‘ysunuvidagi shahar idoralarining vakolat doirasiga kiruvchi hollar bundan mustasno;
yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
jamoa xo‘jaliklari tuzilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda ularning yerga egalik qilishi masalalarini hal etish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini tashkil etish;
fuqarolarga jamoat bog‘dorchiligi va uzumchiligi uchun, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirish.
Hokimiyatning tuman bo‘ysunuvidagi shahar idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning tuman idoralari belgilab qo‘yadilar.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyat hokimiyat idoralarining ixtiyorida bo‘ladi:
yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun ushbu moddaning beshinchi xatboshisida aytilgan shartlarga rioya qilgan holda egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish;
diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshlig‘i qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk qilib sotish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladigan ro‘yxatga muvofiq olib qo‘yiladigan yerlar, shu jumladan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari yerlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba maydonlari, birinchi guruhga mansub o‘rmonlarning yerlaridan tashqari barcha yerlarni katta-kichikligidan qat’i nazar olib qo‘yish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini tashkil etish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyorida bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni posyolka va qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari bilan, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish;
yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qo‘riqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan hokimiyat mahalliy idoralari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish;
yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish.
Yer qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga doimiy egalik qilish uchun, qonunlarda ko‘zda tutilgan hollarda esa boshqa maqsadlar uchun ham beriladi.
Doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun yer:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
sanoat, transport hamda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga;
mudofaa ehtiyojlari uchun;
diniy tashkilotlarga;
chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga hamda tashkilotlarga beriladi.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga yer uchastkalari meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun va foydalanish uchun beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda yer foydalanish uchun boshqa tashkilotlar va shaxslarga ham beriladi.
Yerdan vaqtincha foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — uch yildan o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari talab qilgan hollarda bu muddatlar tegishli suratda qisqa muddatli yoki uzoq muddatli vaqtincha foydalanish muddatlaridan ortiq bo‘lmagan davrga uzaytirilishi mumkin. Yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish muddatlarini ana shu uchastkalarni bergan idoralar uzaytiradi.
Yaylov chorvachiligi uchun yer uchastkalari qishloq xo‘jalik korxonalariga, muassasalar hamda tashkilotlarga 25 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Import va inshootga mulkchilik huquqi o‘tgan taqdirda ana shu obyektlar bilan birgalikda yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yoki undan foydalanish huquqi ham O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda va shartlar asosida o‘tadi.
Qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerdan doimiy foydalanish huquqi yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi Davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yerdan doimiy foydalanish huquqi yerdan foydalanish huquqini beruvchi Davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.
Davlat hujjatlarining shakli, ularni ro‘yxatga olish va berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilanadi.
Yerni shartnoma asosida ijaraga muayyan muddatga, qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun esa kamida 10 yilga quyidagi idoralar beradilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — qishloq va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman va shahar idoralari;
ushbu ma’muriy tumandagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga — hokimiyatning tuman idoralari, boshqa tumanlardan kelgan xuddi shu xildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa hokimiyatning viloyat va shahar idoralari;
respublika hamda chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, chet el yuridik shaxslari va fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi beradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yerni ichki xo‘jalik ijarasi tartibida ayrim xodimlarga va ijarachi jamoalarga biriktirib qo‘yishlari mumkin.
Ijara shartlari tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlanadi. Ijarachi yerni ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilash uchun ustun huquqqa egadir.
Yer ijarasi haqini to‘lash va ijarani bekor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Belgilangan tartibda ajratib berilgan (sotilgan) yer uchastkalarigagina egalik qilish va ulardan foydalanish mumkin.
Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqaruv mahalliy idoralari tomonidan qonunlarda belgilab qo‘yiladigan tartibda amalga oshiriladi.
Egalikdagi yoki foydalanishdagi yer uchastkasini boshqa shaxslarga berish (sotish) faqat shu uchastka belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, elektr uzatish liniyalari, bosh quvur yo‘llari qurish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlar yoxud sifati yomon bo‘lgan qishloq xo‘jalik yerlari beriladi. Mazkur maqsadlar uchun o‘rmon fondiga qarashli yerlardan yer uchastkalari asosan o‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki butazorlar va qimmati kam o‘simliklar bilan qoplangan maydonlar hisobidan beriladi.
Tegishli yer tuzuvchi tashkilotlar berilgan (sotilgan) yer uchastkasining chegaralarini naturada (joyning o‘zida) belgilagunlaricha va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar berilguncha ana shu uchastkaga egalik qilish yoki foydalanish taqiqlanadi.
Yerlarni berish (sotish) tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tanlov yoki kim oshdi savdosi o‘tkazish natijasida yuzaga keladi. Tanlov yoki kim oshdi savdosining zarur sharti O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi yoki uning xududiy organi bilan yangi mulkdor o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma tuzishdan iborat.
Yer uchastkalariga chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning — diplomatiya korpusi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qilayotgan va istiqomat qilish uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning mulk huquqi ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turar joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilayotganida yuzaga keladi.
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga vakolatxona binosi, shu jumladan, vakolatxona boshlig‘i qarorgohi sifatida foydalanib kelinayotgan binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning binolarini qurish uchun yer uchastkalari sotilayotganida yuzaga keladi.
Tegishli o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat mahalliy idoralari o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi to‘xtatib qo‘yiladi:
1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;
2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda;
3) korxona, muassasa, tashkilot, dehqon xo‘jaligining faoliyati to‘xtaganda;
4) shartnoma shartlari buzilganligi sababli yerni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganda;
5) yerdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida;
6) xizmatda foydalanish uchun yer berib qo‘yishga asos bo‘lgan mehnat munosabatlari to‘xtatilganda;
7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmagan taqdirda, bu narsa qishloq xo‘jaligi maqsadlariga atalgan yerlar uchun hosildorlik darajasi normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past bo‘lishida ifodalanadi;
8) yer uchastkasidan tuproq hosildorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv bulg‘anishiga, ekologiya vaziyati yomonlashuviga olib boradigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;
9) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan muddatlar mobaynida yer solig‘i, shuningdek ijara shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi uzluksiz to‘lanmaganida;
10) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun berib qo‘yilgan yer uchastkasidan bir yil davomida va noqishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;
11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini beruvchi order kim oshdi savdosi asosida olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi garovda bo‘lgan taqdirda esa — garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmagan yer uchastkalari avvalgi egalariga ular to‘lagan haqni qaytarib bergan holda tortib olinadi;
12) ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan holatlarda yer olib qo‘yilganida.
Qonunlarda yerga egalik qilish huquqini, yerdan foydalanish va yerni ijaraga olish huquqini to‘xtatishning boshqa holatlari ham ko‘zda tutilishi mumkin.
Yer uchastkalariga mulkdorlik huquqini quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
1) savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek, turar joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilganda;
2) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun sotib olinganda;
3) Qonunda belgilangan hollarda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek, turar joy binolari musodara etilganda.
Ushbu modda birinchi qismining 5, 7 va 8-bandlarida hamda uchinchi qismining 2-bandida qayd etilgan hollarda yerga mulkdorlik, egalik qilish va undan foydalanish huquqini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinish mumkin.
Yerga egalik qilish huquqi va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining — qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonasi, muassasasi va tashkilotining, shuningdek fuqarolarning roziligi bo‘lgan taqdirda yoki yerdan foydalanuvchi bilan sanoat, transport va boshqa noqishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi va tashkiloti bilan kelishilgan holda o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralarining o‘zlariga berib qo‘yilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga ko‘ra olib qo‘yiladi.
Yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi rozi bo‘lmagan taqdirda o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat mahalliy idoralarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Muayyan viloyat uchun kadastr bahosiga muvofiq belgilanadigan alohida qimmatli mahsuldor sug‘oriladigan yerlarning, shuningdek alohida muhofaza qilinadigan tabiiy va tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlarning qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yo‘l qo‘yiladi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalarini olishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihalash ishlari boshlanguncha obyekt quriladigan joyi, uchastkaning taxminiy maydoni va uni ajratish shartlarini yer egalari va bu yerdan foydalanuvchilar, shuningdek o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat mahalliy idoralari bilan territoriyani kompleks rivojlantirishni ta’minlashni e’tiborga olib, oldindan kelishib olishlari shart.
Oldindan kelishib olmasdan turib, loyiha ishlarini pul bilan ta’minlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hamda obyekt quriladigan joyni oldindan kelishib olish, shuningdek yer ajratib berishni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari yoki turar joy binosi va boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga yer uchastkalarini sotib olish hokimiyat tegishli organlarining qaroriga binoan amalga oshirilib, ushbu Qonun 19-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar bilan ta’minlanadi.
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni hamma yerlarda yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan yer uchastkalarini olib qo‘ymagan holda amalga oshirishlari mumkin.
Sug‘oriladigan haydov yerlarda, bog‘larda, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlarda, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, birinchi guruh o‘rmonlari bilan qoplangan yerlarda, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, dam olish va tarix-madaniyat obyektlari bo‘lgan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomani tegishli suratda hokimiyatning viloyat idoralari, boshqa yerlarda esa hokimiyatning tuman yoki shahar idoralari uzog‘i bilan bir yilga beradilar.
Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holatga o‘z hisoblaridan keltirishga va yer egalariga hamda yerdan foydalanuvchilarga topshirishga, yerlar, ekinlar, dov-daraxtlar, o‘rmonlar, suvlar va boshqa tabiat obyektlarining, suv va gaz quvurlari, kanalizatsiya, melioratsiya sistemalari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini ta’minlash uchun choralar ko‘rishga, shuningdek yerlarni vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga keltirilgan zararni, shu jumladan qo‘lga kirmay qolgan foydani xam to‘lashga majburdirlar.
O‘z mulkida, egaligida, foydalanishida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i to‘laydilar, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi. O‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat idoralari yerni ijaraga bergan hollarda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi, uning miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi va u yer solig‘i stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:
1) Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar, tarix va madaniyat yodgorliklari;
2) buzilgan yoki qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni egalikka yoki foydalanishga olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kollektivlar va fuqarolar besh yil mobaynida;
3) Dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida;
4) qishloq xo‘jalik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘quv yurtlarining tajriba dalalari, mol haydab boriladigan yo‘llar, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport muassasalari,dam olish va sog‘lomlashtirish inshootlari, gidrometeorologiya stansiyalari va postlari egaligidagi hamda foydalanishidagi yerlar — bu tashkilotlarga yordamchi qishloq xo‘jalik ishlari olib borish uchun berib qo‘yilgan yerlardan tashqari
5) kam sonli xalqlar va etnik guruhlar istiqomat qiladigan va xo‘jalik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan joylardagi an’anaviy kasblar bilan shug‘ullanuvchi korxonalar;
6) suv manbalari, kanallar va kollektorlardan foydalanuvchi suv xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari;
7) Ulug‘ Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari hamda baynalmilal burchini bajargan shaxslar, I va II darajadagi mehnat nogironlari, I va II darajaga oid ko‘zi ojiz nogironlar va harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan ishlab turgan nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar, bolaligidan nogironlar;
8) boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan hollarda.
Yer uchun to‘lovlar qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tegishli tuman va shahar idoralari budjetlariga tushadi. To‘lovlarning bir qismi respublika ( avtonom respublika) tadbirlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi budjetida markazlashtiriladi.
Yer uchun to‘lovlar birinchi navbatda yerlarni muhofaza qilishga, ularning sifatini oshirishga, yer egalarini va yerdan foydalanuvchilarni, shu jumladan ijarachilarni ana shu tadbirlarni amalga oshirganlik uchun moddiy rag‘batlantirishga, shuningdek yer tuzish ishlariga va hududni ijtimoiy rivojlantirishga sarflanadi.
Soliq solish tartibi va miqdori, umumiy summadagi to‘lovlarning markazlashtiriladigan ulushi, yer uchun haq undirib olishdagi imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Yer egalari quyidagi huquqlarga egadirlar:
1) yerda mustaqil xo‘jalik yuritish;
2) yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni sotishdan olingan daromadga egalik qilish;
3) yer uchastkasida mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonlar, ko‘llar, sug‘orish va kollektor-zovur tarmog‘idan belgilangan tartibda xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
4) uy-joylar, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlar barpo etish;
5) qishloq xo‘jalik ekinzorlariga, daraxt va butalarga egalik qilish;
6) yer olib qo‘yilgan yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilgan taqdirda yerning unumdorligini oshirishga sarflangan xarajatlarni to‘la undirib olish;
7) Yer uchastkasini yoki uning bir qismini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida vaqtincha foydalanish uchun berish;
8) Qishloq xo‘jalik ekinlarini, daraxt va butalarni sug‘orish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish huquqiga egadirlar.
Yer egalari shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini kreditlar olish uchun garovga qo‘yishlari mumkin.
Yer egalari quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
1) yerdan ko‘zlangan maqsadlarda samarali foydalanish, tuproq, unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qilish texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududida ekologiya vaziyati yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
2) ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan yerlarni muhofaza qilishga oid turkum tadbirlarni amalga oshirish;
3) yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lab turish;
4) yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan, ijarachilarning huquqlarini buzmaslik.
Yerdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
1) yerni berish shartlariga muvofiq undan foydalanish;
2) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonlar, suv obyektlaridan belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
3) yer bergan o‘zini o‘zi boshqaruv idorasi va hokimiyat idorasining roziligi bilan uy-joy, ishlab chiqarish imoratlari, madaniy-maishiy binolar va boshqa inshootlar qurish;
4) yerdan foydalanish to‘xtatilgan taqdirda yerni yaxshilash uchun o‘z hisobidan sarflangan mablag‘ni undirish;
5) qishloq xo‘jalik ekinzorlari, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni sotishdan kelgan daromadga egalik qilish;
6) Yer uchastkasini yoki uning bir qismini hokimiyat mahalliy idoralarining qaroriga binoan vaqtincha foydalanish uchun berish;
7) Qishloq xo‘jalik ekinlarini, daraxt va butalarni sug‘orish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish.
Yerdan foydalanuvchilar quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
1) yerdan uni berish chog‘ida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va shartlarga muvofiq foydalanishni ta’minlash;
2) o‘ziga berilgan yerdan samarali foydalanish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyasini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologiya vaziyati yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
3) ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan yerlarni muhofaza qilishga oid turkum tadbirlarni amalga oshirish;
4) yer solig‘ini yoki yer uchun ijara haqini o‘z vaqtida to‘lab turish;
5) yer egalarining, yerdan foydalanuvchi boshqa kishilarning, shu jumladan ijarachilarning huquqlarini buzmaslik;
6) foydali qazilma konlarini kavlash uchun, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlarni ehtiyoj qolmaganidan keyin qishloq xo‘jaligi, o‘rmon yoki baliq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan, hollarda esa — belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun o‘z hisobidan yaroqli holatga keltirish;
7) foydali qazilma konlarini kavlash chog‘ida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida o‘zlariga foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan tashqarida qishloq xo‘jalik ekinzorlari, o‘rmonlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini nazarda tutish va amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer egalari va yerdan foydalanuvchilar boshqa burchlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Davlat, xo‘jalik va boshqa idoralar hamda tashkilotlarning yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzgan hollar bundan mustasnodir.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquqlari faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardagina tabiatni hamda injenerlik kommunikatsiyalarini muhofaza qilish va boshqa yer egalarining hamda yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan ijarachilarning manfaatlarini, shuningdek fuqarolarning xavfsizligini ko‘zlabgina cheklanishi mumkin.
Yer egalarining va yerdan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish orqali yetkazilgan zarar to‘la hajmda qoplanishi kerak.
Zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolarni, agar tomonlarning biri fuqaro bo‘lsa, — sud ko‘rib chiqadi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni esa xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan yer uchastkalari ularning xohishiga ko‘ra hokimiyatning tuman yoki shahar idoralari tomonidan avvalgi yeriga teng qiymatli yer uchastkalari ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yangi joyda olib qo‘yilayotganining o‘rniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlarni to‘la hajmda to‘laganidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin.
Kolxozlar, sovxozlar, qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot muassasalari va o‘quv xo‘jaliklarining, boshqa davlat, kooperativ, jamoat qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining yerlari ularning xohishiga ko‘ra olib qo‘yilgan imoratlar o‘rniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar qurib berilganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlar to‘la hajmda to‘langanidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi yer uchastkalari bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun mulkdorni kamida bir yil oldin ogoh etib, bozor narxida sotib olinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:
shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun;
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun;
yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun;
kollektiv bog‘dorchilik va uzumchilik uchun;
an’anaviy xalq hunarmandchiligi uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan tarzda egalik qilish uchun yer uchastkasini olish va kim oshdi asosida sotib olish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa maqsadlarda egalik qilish uchun ham yer uchastkalari berish ko‘zda tutilishi mumkin.
Uy-joyga, chorboqqa nisbatan egalik huquqi fuqaroga o‘tgan (sotib olingan, xususiylashtirilgan, hadya qilingan yoxud merosga qolgan) taqdirda ana shu imoratlarga bo‘lgan egalik huquqi bilan birga ushbu imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga egalik huquqi ham unga o‘tadi.
Har bir kolxoz xonadoniga, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlari ishchi va xizmatchilarining oilalariga, shuningdek qishloq joylarida yashovchi o‘qituvchilar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi bilan yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun sug‘oriladigan yerlarda 0, 25 gektargacha va sug‘orilmaydigan yerlarda 0,50 gektargacha tomorqa yeri beriladi, binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi.
O‘zlariga qarashli ayrim aholi punktlari shahar xududi tarkibiga qo‘shib yuborilgan jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklarida uzluksiz besh yildan ortiq ishlagan va hamon ishlab kelayotgan kolxozchilarning, davlat xo‘jaliklari ishchi va xizmatchilarining, shuningdek o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilish huquqi bilan ularning ish joyidan yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun shu xo‘jalikda belgilab qo‘yilgan miqdorda tomorqa yeri beriladi (binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi).
Shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq maydoni yer resurslarining mavjudligiga qarab va fuqarolarning oilalari ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishini hisobga olgan holda, jamoa xo‘jaligida, boshqa jamoa korxonalarida — ularning yuqori boshqaruv idoralari tomonidan, davlat xo‘jaligida, boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida — ularning ma’muriyati tomonidan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxona, muassasa va tashkilotlarning kengashlari tomonidan belgilanadi, mazkur Kengashlarning qarorlari qishloq va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun 0,06 gektargacha yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalikka kim oshdi asosida sotiladi.
Fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun yer berish (sotish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkasiga ega bo‘lmagan yoki shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun muayyan kolxozda, sovxozda yoki boshqa qishloq xo‘jalik korxonasi, muassasasi va tashkilotida belgilab qo‘yilganidan kamroq miqdorda yer uchastkasiga ega normalar doirasida yakka tartibda qo‘shimcha ekinzorlar beriladi.
Qishloq joylarda yashaydigan va chorva mollari bo‘lgan fuqarolarga yer bor bo‘lsa, vaqtincha foydalanish uchun pichan o‘rish va molini boqishga yer uchastkalari beriladi.
Transport, o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon sanoati, aloqa,suv, baliqchilik, ovchilik xo‘jaliklari, shuningdek xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘zlari egalik qilayotgan yoki foydalanayotgan yerlardan o‘z xodimlarining ayrim toifalariga xizmat yuzasidan yer ajratib beradilar.
Shaharlar va posyolkalarida, shuningdek qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlarning yer egaligi tarkibiga kirmagan qishloq aholi punktlarida yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joylarni obodonlashtirish uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda har bir oilaga 0,06 gektargacha yer uchastkalari beriladi.
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalikka kim oshdi asosida sotiladi.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun, foydalanish uchun yoki ijaraga kamida o‘n yil muddatga yer uchastkasi beriladi.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining hajmi mahalliy sharoitlarda, shuningdek dehqon xo‘jaligining miqdoriy tarkibini hisobga olgan holda har bir hol uchun hokimiyatning tuman idoralari tomonidan belgilanadi.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun shaxslarga yer berish tartibi qonunlarda belgilab qo‘yiladi”.
Qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlarga atalgan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar deb hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga beriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — shaxsiy yordamchi qishloq xo‘jaligini, shaxsiy bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kooperativlariga (shirkatlariga) — jamoa bog‘dorchiligi, uzumchilik va polizchilik uchun;
3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalariga, muassasalari va tashkilotlariga — tovar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun;
4) ilmiy-tadqiqot, o‘quv muassasalari va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalariga, qishloqdagi ishlab chiqarish — texnik bilim yurtlariga va umumiy ta’lim maktablariga — tadqiqot, ta’lim maqsadlari, ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun tovar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun;
5) qishloq xo‘jaligiga daxldor bo‘lmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek diniy tashkilotlarga — yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek o‘zga maqsadlar uchun boshqa tashkilotlarga va shaxslarga berib qo‘yilishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi.
Suv xo‘jaligi idoralari sug‘oriladigan yeri bo‘lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda belgilangan limitlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining suv to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq belgilanadigan tartibda ta’minlashlari shart.
Sug‘oriladigan yerlar alohida muhofaza qilinishi lozim, ularni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazilishi tuproq-meliorativ sharoitlarni va yerlarning suv bilan ta’minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni e’tiborga olib, hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan kolxozlar, sovxozlar, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar fan va ilg‘or tajriba yutuqlari asosida, mahalliy sharoitlarni e’tiborga olib:
1) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarida tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni ko‘zda tutishga;
2) zona sharoiti va xo‘jalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tadbirlarini joriy etishga;
3) meliorativ jihatdan nobop sug‘oriladigan yerlarni butunlay qayta ishlashga, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarish va ularni holatini yaxshilashga;
4) xo‘jalikning sug‘orish va kollektor-zovur tarmog‘ini hamda ulardagi inshootlarni texnikaviy jihatdan tuzuk holatda saqlashga;
5) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini sug‘oriladigan yerlarning sho‘r bosishi va botqoqlanishiga, yerlarning va suv manbalarining bulg‘anishi va zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullarda amalga oshirishga;
6) qishloq xo‘jalik ekinlari va dov-daraxtlarini parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyasini sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etishga;
7) ushbu Qonunning 53-moddasiga hamda boshqa qonun hujjatlariga binoan yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdirlar.
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar jamoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun yerni doimiy egalik qilishga oladilar. Mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qo‘shimcha yer uchastkalarini ijaraga olishlari mumkin.
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar agrosanoat birlashmalari, kombinatlari, agrofirmalar va boshqa tuzilmalar tarkibiga kirganida ham ularning yerga bo‘lgan huquqi saqlanib qoladi.
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berib qo‘yilgan yerlar jamoat foydalanishidagi yerlardan va fuqarolar egalik qiladigan tomorqa yerlaridan iborat bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga muvofiq yer ajratish loyihalariga asosan yerlari olib qo‘yilayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan, shuningdek ularning yuqori idoralari bilan kelishilgan holda qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, diniy va boshqa tashkilotlarga berib qo‘yiladi.
Yangi tuzilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerga doimiy egaligini rasmiylashtirish hamda tugatilayotgan va qayta tuzilayotgan (bo‘lib yoki qo‘shib yuborilayotgan)larining yerga egalik qilish huquqlarini to‘xtatish, ularni tuzish, tugatish yoki qayta tuzish to‘g‘risida vakolatli idoralar tomonidan qarorlar qabul qilinganidan keyin hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni doimiy egalik qilish uchun berib qo‘yish xo‘jalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yerlari quroq bo‘lishiga, o‘zga yerlarga suqilib kirib qolishiga va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari egaligidagi quroq yerlarni, o‘zga yerlarga suqilib kirib qolgan yerlarni va boshqa kamchiliklarni tugatish ularning davlat yer tuzish loyiha tashkilotlari bilan o‘zaro kelishuviga binoan xo‘jaliklararo yer tuzilishi tartibida o‘tkaziladi”.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi kolxozlararo, davlat-kooperativ korxonalari va tashkilotlariga (kolxozlararo bo‘rdoqichilik xo‘jaliklariga, parrandachilik fermalari va shu kabilarga) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar jamoa korxonasining yuqori boshqaruv idorasi, korxona va tashkilot ma’muriyatining qaroriga binoan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxonalar va tashkilotlarning kengashlari tomonidan, ushbu Qonunning 28-moddasida belgilangan tartibda beriladi.
Hokimiyatning tegishli viloyat idoralari qaroriga binoan jamoa va davlat xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarning (ilmiy-tadqiqot, o‘quv tashkilotlari, yordamchi qishloq xo‘jaliklaridan tashqari) bo‘linmalari negizida tuziladigan hamda ulardan chiqadigan kooperativlarga xo‘jalik yuritishning teng sharoitlari yaratilishi zarurligini e’tiborga olgan holda o‘zlari ilgari ishlab kelgan yerlardan yer uchastkalari beriladi. Bu yer uchastkalari mazkur korxonalarning yerlari tarkibidan olib qo‘yilishi lozim. Yer uchastkalarini berish tartibi va shartlari qonunlar bilan belgilanadi.
Mehnatkashlarning dam olishi uchun sharoit yaratish, ularning sihat-salomatligini mustahkamlash, shaharlarda va posyolkalarda, shuningdek qishloq aholi punktlarida yashab turgan hamda tomorqa uchastkasi va poliziga ega bo‘lmagan yoshlar va fuqarolarni mehnatga jalb etish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga binoan bog‘dorchilik va uzumchilik uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilishga va polizchilik uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi berib qo‘yiladi.
Bog‘dorchilik va uzumchilik uchun yer uchastkalari shaharlarning ko‘kalamzor zonasi tashqarisida yoki boshqa aholi punktlari chegarasidan tashqari aholi punktlari territoriyasining kengayish istiqbollarini e’tiborga olib suv resurslari va ulardan limitlar ajratish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda zaxira yerlardan va o‘rmon fondining daraxtzorga aylantirish mo‘ljallanmagan yerlaridan ajratib beriladi. Zaxira yerlar hamda bog‘dorchilik va uzumchilik uchun yaroqli o‘rmon fondi bo‘lmagan taqdirda kolxozlar, sovxozlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yordamchi xo‘jaligi yerlarining qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lmagan yerlari istisno tariqasida berilishi mumkin.
Suv resurslari hamda ularga limit ajratish imkoniyatlari bo‘lgan taqdirda aholi punktlari yerlaridan, yaqin yillar ichida boshqa maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallanmagan zaxira yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan polizchilik uchun vaqtincha foydalanib turishga yer uchastkalari beriladi. Polizchilik uchun noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalar va tashkilotlarning vaqtincha foydalanilmayotgan yerlari, bunday yerlar bo‘lmagan taqdirda esa — kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining kam hosil yerlari berilishi mumkin.
Polizchilik uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uy-joy binolari va boshqa katta inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bu uchastkalarda jamoa foydalanadigan vaqtinchalik imoratlar va inshootlarni qurishga yer uchastkalarini ajratgan idora ruxsat berishi mumkin.
Bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilik uchun beriladigan yer uchastkalarining hajmi bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatining a’zosi bo‘lgan har bir kishiga 0,06 gektargacha va polizchilik shirkatining a’zosi bo‘lgan har bir kishiga 0,08 gektargacha hisobdan belgilanib, ko‘chalar ochish, jamoa imoratlari va inshootlari qurish zarurligi hisobga olinadi.
Kollektiv bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilik uchun yer berish hamda undan foydalanish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Sanoat, transport va boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, shuningdek diniy tashkilotlarga ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishchilari va xizmatchilarini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, oshxonalar, bolalar muassasalari, maktablar, kasalxonalar, keksalar va nogironlar uylarini, sanatoriylar, dam olish uylari va hokazolarni ta’minlash maqsadida foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yerlar, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda esa boshqa qishloq xo‘jalik yerlari ham yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun doimiy egalik qilish huquqi bilan berilishi mumkin.
Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalar yerlariga kiradi.
Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) shahar qurilishi yerlari;
2) umumiy foydalaniladigan yerlar;
3) qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar;
4) shahardagi daraxtzorlar egallab turgan yerlar;
5) temir yo‘l, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlar.
Shahar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, posyolka doirasi esa hokimiyat viloyat idoralari tomonidan belgilanadi va o‘zgartiriladi.
Shahar doirasidagi hamma yerlar hokimiyat shahar idoralari, posyolka doirasidagi yerlar esa posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv organlari ixtiyoridadir.
Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalari hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari qarorlariga asosan beriladi. Bu qarorlarda rejalashtirish va qurilish olib borishning tasdiqlangan loyihalariga muvofiq yerlarni egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berish shartlari belgilanadi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining qaroriga muvofiq o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan yerlardan vaqtincha foydalanish uchun boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer uchastkalari berishlari mumkin.
Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalari hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining qarori asosida olib qo‘yiladi, sotib olinadi.
Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanayotgan yerlari va boshqa yerlarning olib qo‘yilishi ushbu Qonunning 14-moddasida belgilangan tartibda tegishli posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Fuqarolar egaligidagi, mevali daraxtlar va butalar bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini olib qo‘yish yoki fuqarolarga qarashli shaxsiy mulk huquqidagi uy-joylarni buzish bilan bog‘liq holda yer uchastkalarini olib qo‘yish ularga boshqa obod turar joy binosi berilganidan yoki ularning xohishiga ko‘ra teng qiymatli yer uchastkasi berilgan va yangi uy qurib yoki eski uy ko‘chirib berilganidan so‘ng, shuningdek ko‘rilgan zarar qiymati to‘la hajmda qoplanganidan keyin hokimiyat shahar va viloyat idoralarining qarori asosida amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar yer egalari hamda yerdan foydalanuvchilar qilgan xarajatlar to‘lanmay va ko‘rgan zarar qiymati qoplanmasdan sud tartibida olib qo‘yiladi.
Shahar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan va shundaylarni qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi.
Shahar va posyolka qurilishi yerlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga kapital qurilishning uy-joy hamda madaniy-maishiy, sanoat va boshqa turlari uchun foydalanishga beriladi, fuqarolarga esa yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun umrbod egalik qilishga beriladi.
Vaqtincha qurilish uchun foydalanilmayotgan shahar va posyolkaning qurilish yerlari yengil turdagi obyektlar (chodirlar, do‘konlar, reklama inshootlari va h.k.) qurish uchun va o‘zga ehtiyojlar uchun vaqtincha foydalanishga yoki ijara shartlari bilan berilishi mumkin.
Agar yer uchastkasida bir yoki bir necha mulkdorga qarashli bir yoki bir necha imorat bo‘lsa, yer uchastkasiga barcha imorat egalari umumiy egalik qiladilar yoki undan birgalikda foydalanadilar, deb hisoblanadi.
Uchastkaning yoki undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmat (yoritish, kanalizatsiya, vodoprovod, sug‘orish qurilmalari va h.k.), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa—mustaqil kirib-chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar yer uchastkasiga xo‘jalik binolari (garaj, otxona, molxona, omborxona, yerto‘la va h.k.) qurish ushbu uchastkada joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning yoki turar joy binolarida yashayotgan fuqarolarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilib ketgan taqdirda buzilgan imoratning egasi imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat egasining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Shaharni planlashtirish va unga imorat solish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollarda bundan mustasnodir. Bunday hollarda buzilgan imoratning egasiga Ushbu shahar ichida boshqa yer uchastkasi yoki boshqa obod turar joy binosi beriladi.
Shaharlar va posyolkalarining umumiy tarzda foydalaniladigan yerlariga quyidagilar kiradi:
maydonlar, ko‘chalar, tor-ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘yi ko‘chalari va h.k.;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun va dam olish uchun foydalaniladigan yerlar (o‘rmon bog‘lar, bog‘lar, xiyobonlar, bog‘chalar shuningdek shahar ichidagi ariq tarmoqlari egallagan yerlar).
Umumiy tarzda foydalaniladigan yerlar ma’lum bir korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarga biriktirib qo‘yilmaydi hamda bevosita hokimiyatning shahar idoralari va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining ixtiyorida bo‘ladi.
Shaharlardagi sohilbo‘yi ko‘chalari va suv havzalarining qirg‘oqlaridan birinchi navbatda dam olish va sport uchun foydalaniladi.
Umumiy tarzda foydalaniladigan yerlarda bu yer nima maqsadda xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi.
Umum foydalanishdagi yerlardan hokimiyatning shahar idoralari yoki posyolkalarning o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari qaroriga muvofiq yengil imorat va inshootlar (savdo rastalari, do‘konchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurishda vaqtincha foydalanish uchun ijara shartlarida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga yer uchastkalari berilishi mumkin.
Shaharlar va posyolkalaridagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mulki bo‘lgan haydaladigan yerlar, bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, sug‘orish va yo‘l tarmog‘i, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.
Shaharlar va posyolkalari doirasidagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uy-joylar, madaniy-maishiy hamda ishlab chiqarish imoratlarini hokimiyatning shahar idoralari yoki posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar.
Shahar o‘rmonlari egallab turgan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi soya-salqinlikni, atmosfera havosining holatini va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga, aholining madaniy va did ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol ta’sirida emirilishdan muhofaza qilishga mo‘ljallanadi. Ular tarkibida bo‘lib, daraxtzorlar bilan band bo‘lmagan yer uchastkalaridan sport maydonlari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi.
Shahar va shahar posyolkalaridagi temir yo‘l, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan maxsus vazifalarni amalga oshirish uchun ularga berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtiriladigan imorat va inshootlar ro‘yxati uchastka ajratish uchun talabnoma berish chog‘ida boshlang‘ich ma’lumotlarda belgilanadi. Foydalanish davrida qo‘shimcha imoratlar va inshootlar hokimiyatning shahar idorasi yoki posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idorasining ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi.
Qishloq aholi punktlari yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlari quyidagilardan iborat:
1) qishloq aholi punktlarining qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari ixtiyoridagi yerlaridan. Ana shu aholi punktlarining chegaralari doirasida qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
2) qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari ixtiyoridagi yerlaridan. Bu aholi punktlarida yerlar Ushbu Qonunning 12-moddasida belgilangan tartibda beriladi.
Qishloq aholi punktlarining doirasi hokimiyatning tuman idoralari tomonidan ularni planlashtirish, qurish hamda xo‘jalik ichida yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va o‘zgartiriladi.
Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
Qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining qishloq aholi punktlari shahar doirasiga kiritilgach, qishloq xo‘jalik maqsadlaridagi yerlar jumlasidan chiqariladi va tegishli shahar yerlari tarkibiga kiritiladi.
Bunday ayrim binolar va inshootlar ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari bilan birga kolxozlar, sovxozlar va boshqa xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga ko‘ra doimiy foydalanish uchun ular ixtiyorida qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning haqi va shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga mahalliy budjetdan to‘lanadi.
Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yerlar sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar, deb e’tirof etiladi.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Sanoat yerlari jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan undirma sanoat, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar va inshootlar qurilishiga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Transport yerlari jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti korxonalariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlarni ishlatish, saqlab turish, qurish qayta qurish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha ular zimmasiga yuklatilgan maxsus vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Aloqa yerlari jumlasiga aloqa liniyalarini hamda ana shu liniyalarda inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye va axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Transport yerlari, kabel, radiorele va aloqaning havo liniyalariga qarashli yerlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muhofaza zonalari o‘rnatiladi.
SSR Qurolli Kuchlari, chegara, ichki va temir yo‘l qo‘shinlari harbiy qismlari, muassasalari, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalari va tashkilotlarining joylashishi va doimiy faoliyati uchun berib qo‘yilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun kerakli yerlar deb e’tirof etiladi.
Boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalaniladigan, qishloq xo‘jalik yerlari, aholi punktlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, dam olish va tarixiy-madaniy maqsadlarga xizmat qiladigan yerlar tarkibiga, shuningdek o‘rmon va suv fondlari tarkibiga kirmagan barcha qolgan yerlar kiradi.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi yer korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanishga yer berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
Sanoat, transport, aloqa va xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘zlari foydalanmayotgan yerlarni hokimiyat tumanlar va shahar idoralari qaroriga muvofiq qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda va shartlarda qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun fuqarolar, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga vaqtincha foydalanishga beradilar.
Tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga belgilangan tartibda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga maxsus maqsadlar uchun berilgan davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar (ovchilikka mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), tabiatning mo‘’jizaviy yerlari kiradi.
Bu yerlardan o‘zga maqsadlarda foydalanish man etiladi.
Davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar (ovchilikka mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), tabiatning mo‘’jizaviy yerlari rejimini ta’minlash uchun muhofaza zonalari ta’sis etilib, ushbu zonalarning yerlarida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan faoliyat taqiqlab qo‘yiladi.
Tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Dardning oldini olish va davolash tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan, tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda berib qo‘yilgan yer uchastkalari sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kiradi.
Sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish hamda sanitariya muhofazasi okruglarini belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
Aholining uyushgan tartibda ommaviy dam olishi va turizm uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar dam olishga mo‘ljallangan yerlardir.
Dam olishga mo‘ljallangan yerlarda dam olishga xalal beradigan faoliyat bilan shug‘ullanish man etiladi.
Dam olishga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
Tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan tarix-madaniyat qo‘riqxonalari, me’morial bog‘lar, maqbaralar, arxeologiya yodgorliklari yerlari, tarix va madaniyat yodgorliklari joylashgan yerlar tarix-madaniyat ahamiyatiga molik yerlar qatoriga kiradi.
Bu yerlarda o‘zga maqsadlarda foydalanish man etiladi.
Tarix-madaniyat ahamiyatiga molik yerlardan foydalanish, ular tevaragida muhofaza zonalarini hamda binolar qurishni tartibga soluvchi zonalarni joriy qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
O‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham o‘rmon xo‘jaligi ehtiyoji uchun berib qo‘yilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi.
O‘rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to‘xtatish, shaharlar va sanoat markazlari tevaragida ixota o‘rmonzorlar va ko‘kalamzor maydonlar yaratish maqsadida boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar o‘rmon fondi yer | 15 | 63,788 |
Qonunchilik | Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi, Sportni rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmati YIDXP orqali amalga oshirilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imlarning davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda to‘lanishini ta’minlasin.
5. Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati bo‘yicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
6. Sportni rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Reglament sport hakamlariga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari;
sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
malaka komissiyasi — sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun vakolatli organ tomonidan tashkil etiladigan komissiya.
3. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.
4. Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:
xalqaro toifali sport hakami;
milliy toifali sport hakami;
birinchi toifali sport hakami;
ikkinchi toifali sport hakami;
uchinchi toifali sport hakami;
sport bo‘yicha hakam.
5. “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasi sport turi bo‘yicha tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi.
6. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasini olish uchun belgilangan muddat va talablardan oldin “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasini qo‘lga kiritgan sport hakamining toifasi “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasidagi hakam hisoblanadi.
7. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan beriladi.
8. “Birinchi toifali sport hakami”, “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami”, “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.
9. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
10. Davlat xizmati ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
12. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tegishli so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
So‘rovnomaga ariza beruvchi faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi malaka toifasini berish to‘g‘risida taqdimnoma ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
13. So‘rovnomaga ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilib, unga ilova qilinadigan hujjat rasmiylashtirilgandan so‘ng ariza beruvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
14. Ariza Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza YIDXP orqali taqdim etilganda, murojaatchidan Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.
15. To‘lovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: ariza ko‘rib chiqish uchun to‘lov summasining:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qilganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar:
“Birinchi toifali sport hakami”, “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami”, “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalarining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
“Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi uchun — to‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati ko‘rsatilganda) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar:
“Birinchi toifali sport hakami”, “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami”, “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalarining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
“Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi uchun — to‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
16. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Bunda hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Ariza beruvchining nomzodini vakolatli organning malaka toifasini berish uchun to‘langan yig‘im summasi ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan to‘lig‘icha vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga qaytariladi.
Bundan ariza beruvchi sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish bo‘yicha malaka komissiyasidan (keyingi o‘rinlarda — Malaka komissiyasi) muvaffaqiyatli o‘ta olmagan holatlar mustasno.
17. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa mobaynida arizani qabul qiladi, ariza raqami va sanasini ariza beruvchiga yuboradi yoki davlat xizmati ko‘rsatishni rad etadi, shuningdek ariza qabul qilinganda uning so‘rovnomasi Markaz xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
18. Davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada haqiqiy bo‘lmagan, soxta va noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik (bundan murojaat qilingan vaqtda ma’lumotlar qayta to‘g‘rilangan holatlar mustasno);
sport hakami malaka toifalarini olish uchun belgilangan muddatdan oldin so‘rovnoma taqdim etilishi;
mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasini olish uchun lozim bo‘lgan talablarni bajarmasdan so‘rovnoma berilishi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
19. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilganda so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
20. Malaka toifasi “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasidan boshlab beriladi.
21. “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasiga ega bo‘lgan shaxsga navbatdagi malaka toifasi beriladi. Bunda “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasini berish taqiqlanadi.
22. “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
23. “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi berilganiga kamida 1 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
24. “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
25. “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda, “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
26. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
27. Tegishli malaka toifasini olish uchun mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasini olish uchun lozim bo‘lgan talablar bajarilishi zarur.
28. Vakolatli organning mas’ul xodimi so‘rovnoma va faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan malaka toifasini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma kelib tushgan kuni tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.
29. Vakolatli organ ikki ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
Malaka komissiyasi kotibi malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobi berilgan kunda malaka komissiyasining qarori loyihasini bayonnoma ko‘rinishida tayyorlaydi.
Malaka komissiyasi Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXTT orqali ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi, tekshiradi hamda sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoxud asoslangan rad javobini beradi.
30. Malaka komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishlari taqdim etilgan arizadan kelib chiqib, uning raisi tomonidan chaqiriladi. Malaka komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bir ish kuni muddatida chaqiriladi, yig‘ilish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadi.
31. Malaka komissiyasi qabul qilingan malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror asosida mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki asoslangan rad javobini berish to‘g‘risidagi ma’lumotni QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlagan holda bir ish kuni mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Ariza beruvchi rad javobini olgandan keyin qayta murojaat qilganda, hujjat tekinga navbatdagi malaka komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi, bunda yangi asoslar bo‘yicha arizani rad etish taqiqlanadi.
32. Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda malaka toifasini berish to‘g‘risidagi guvohnoma yoki asoslantirilgan rad javobi to‘g‘risidagi ma’lumot tushgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi o‘n daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud bo‘lsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi (telefon raqami) orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga asosan elektron yoki qog‘oz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.
33. Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzurida a’zolari bir yil muddatga belgilanadigan malaka komissiyasi tashkil etiladi.
Malaka komissiyasi yetti kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda barcha a’zolarning teng huquqliligi asosida tashkil etiladi.
34. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari malaka komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosari — malaka komissiyasining raisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, sport federatsiyalari (uyushmalari) (kelishuv asosida), sport maktablarining rahbarlari hamda vakillari malaka komissiyasiga a’zo sifatida kiritiladi.
35. Malaka komissiyasi uning a’zolarining to‘rtdan uch qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Malaka komissiyasi a’zolariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmunidan xabardor bo‘lish.
36. Malaka komissiyasi raisi va a’zolari quyidagi hollarda komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
o‘z arizasiga ko‘ra;
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganligi aniqlanganda;
vafot etgan taqdirda.
37. Malaka komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Malaka komissiyasi qarori yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolarning ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, malaka komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Malaka komissiyasi a’zosi bo‘lgan mutaxassisning hujjatlari komissiyada ko‘rilganda komissiya a’zosi bo‘lgan mutaxassisning ovozi hisobga olinmaydi.
38. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadi.
39. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
40. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy nazorat qiladilar va monitoring olib boradilar.
41. Ariza beruvchi malaka toifalarini berish asossiz rad etilganda, shuningdek, malaka toifalarini beruvchi vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
42. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Sport hakamligi haqidagi guvohnoma — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxslarga beriladi.
Sport hakamligi haqidagi guvohnoma A5 formatdagi oq qog‘ozda, sakkiz xil rangdan: matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, sariq, havorang, jigarrang, kulrang va qizil ranglardan, fon uchun — oq rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi.
Varaqning chap yuqori qismida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tasviri, o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri o‘ng yuqori qismida vakolatli organning nomi hamda davlat tilida kirill yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi:
Sport hakamlari malaka toifasi to‘g‘risida
GUVOHNOMA
SH № 000000
QR-kod joyi
Guvohnomaning chap qismida davlat tilida kirill yozuvida quyidagilar joylashtiriladi:
hakamning familiyasi, ismi, otasining ismi;
sport turining nomi;
malaka komissiyasi qarori yozilgan matn;
vakolatli shaxsning nomi;
Guvohnoma:
tartib raqami ikkita kirill harfidan “SH” va olti raqamli sondan iborat bo‘lishi;
barcha matn va tasvirlar oq rangli fonda joylashtirilishi;
takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘lishi;
yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoqning ochiq ranglaridan iborat bo‘lishi lozim;
Guvohnomaning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
QR-kod guvohnoma pastki qismining o‘ng tomoniga joylashtiriladi.
Mazkur guvohnoma qog‘oz yoki elektron shaklda berilishi mumkin. | 128 | 21,005 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgarti | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PQ-5035-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qaroriga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga rus tilida qabul qilingan 3-ilovada:
a) ilovaning nomidagi “i Generalnogo shtaba Voorujennix Sil” so‘zlari “Generalnogo shtaba Voorujennix Sil i Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi tahrirdagi izoh qo‘shilsin:
“Primechaniye. Razmeri doljnostnix okladov (tarifnix stavok) rukovodyaщix rabotnikov i spetsialistov tsentralnogo apparata Ministerstva oboroni, Generalnogo shtaba Voorujennix Sil, Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan, komandovaniya Pogranichnix voysk Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan, organov voyennoy prokuraturi, apparata upravleniya voyennix okrugov i priravnennix k nim (v chasti grajdanskogo personala) opredelyayutsya s primeneniyem povishayuщego koeffitsiyenta 2,0”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risidagi nizom 12-bandining birinchi xatboshidagi “xodimlarni ta’minlash” so‘zlaridan keyin “va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan belgilanadigan boshqa maqsadlar” so‘zlari qo‘shilsin. | 250 | 2,111 |
Qonunchilik | “Tibbiyot xodimlari tibbiy xizmat ko‘rsatishga doir kasbiy faoliyatini amalga oshirayotganda ularni himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-575- | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari Q. Jo‘rayev va Sh. Yakubov tomonidan 2019-yil 7-oktabrda kiritilgan “Tibbiyot xodimlari tibbiy xizmat ko‘rsatishga doir kasbiy faoliyatini amalga oshirayotganda ularni himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-575-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 910 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 13-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 13-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 211 | 765 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasin | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 818-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasining Hukumati — O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi):
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;
6) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega”;
2) 4-modda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi”;
to‘rtinchi — o‘n birinchi qismlari tegishincha beshinchi — o‘n ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
o‘n ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi”;
3) 8-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va unga kiritiladigan o‘zgartishlarni ishlab chiqadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi”;
4) 15-moddaning:
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan almashtirilsin:
“Bosh vazir:
1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
3) xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
5) davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;
7) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 20-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 24-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “ularning faoliyatiga doir hisobotlarini tinglash” degan so‘zlar “ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi”;
beshinchi — o‘n ikkinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda) 8-moddasi birinchi qismining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21) parlament nazoratini va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda) 8-moddasi birinchi qismining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21) parlament nazoratini va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda) 22-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Bosh vazir lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi”;
to‘rtinchi — o‘n birinchi qismlar tegishincha beshinchi — o‘n ikkinchi qismlar deb hisoblansin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda) 18-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Bosh vazir lavozimiga nomzod Senatda uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi”;
ikkinchi — sakkizinchi qismlar tegishincha uchinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda) 4-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi”;
uchinchi — to‘qqizinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi — o‘ninchi qismlar deb hisoblansin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 10,278 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA YaShAYDIGAN, YaDRO POLIGONLARIDA VA BOShQA RADIATSIYA-YaDRO OBYEKTLARIDA XIZMATNI O‘TAGAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31 maydagi 188-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni o‘tagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. “Andijon viloyati” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 6—8-satrlar qo‘shilsin:
2. “Buxoro viloyati” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 4-satr qo‘shilsin:
3. “Jizzax viloyati” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 14-15-satrlar qo‘shilsin:
4. “Navoiy viloyati” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 6-satr qo‘shilsin:
5. “Samarqand viloyati” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 14—23- satrlar qo‘shilsin:
6. “Sirdaryo viloyati” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 7-8-satrlar qo‘shilsin:
7. “Toshkent viloyati” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 26—35-satrlar qo‘shilsin:
8. “Farg‘ona viloyati” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 37—39-satrlar qo‘shilsin:
9. “Toshkent shahri” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 44—55-satrlar qo‘shilsin:
10. Oxirgi xatboshidagi “194” raqami “238” raqami bilan almashtirilsin. | 221 | 1,497 |
Qonunchilik | PARRANDAChILIKDA MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA IQTISODIY ISLOHOTLARNI YANADA ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorini bajarish yuzasidan hamda parrandachilikda monopoliyadan chiqarish va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek tarmoqni rivojlantirishda xususiy sektorning o‘rni va ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
muassislarning va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 18-martdagi F-1728-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus komissiya taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zparrandasanoat” uyushmasi uning tarkibiga kiruvchi korxonalar to‘liq xususiylashtirilgan va ularga iqtisodiy mustaqillik berilgan holda tugatilayotganligi;
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibida Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalarida esa — chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘limlari tashkil etilganligi, ularga parrandachilik korxonalarini rivojlantirishga ko‘maklashish funksiyalari yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Maxsus komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
“O‘zparrandasanoat” uyushmasini tugatish bo‘yicha tugatish komissiyasi tashkil etsin va ikki oy muddatda uni tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar;
1-ilovaga muvofiq parrandachilik korxonalari aksiyalari davlat paketlarining birja va birjadan tashqari bozorlarda asosan xususiy mulk qilib va xorijiy investorlarga erkin sotilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining:
Parrandachilik ilmiy markazini — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ixtiyoriga berish;
Parrandalar kasalliklari bo‘yicha respublika veterinariya laboratoriyasini — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi ixtiyoriga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Parrandachilik xo‘jaliklarini kurka go‘shti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish to‘g‘risida” 1996-yil 29-noyabrdagi 426-son qaroriga muvofiq “O‘zparrandasanoat” uyushmasiga berilgan xorijiy kreditlar yuzasidan qarz majburiyatlari bo‘yicha ushbu loyihaga kiritilgan kurkachilik xo‘jaliklari uning huquqiy vorislari hisoblanadi.
Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va kurkachilik xo‘jaliklari bilan birgalikda valyuta kreditini qayta rasmiylashtirishni hisobga olgan holda kredit hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni bir oy muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu o‘zgarishlarni hisobga olgan holda Hukumat kafolatiga belgilangan tartibda tegishli qo‘shimcha bersin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy kredit bo‘yicha qarz o‘z vaqtida qaytarilmaganligi uchun 613,3 ming AQSh dollariga teng miqdordagi hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi respublika hududida parrandachilik korxonalari uchun, ularning mintaqaviy joylashishini hisobga olgan holda, ozuqa ishlab chiqarish bo‘yicha kamida ikkita ixtisoslashtirilgan korxona tashkil etish masalasini o‘rganib chiqsin va bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 119 | 4,372 |
Qonunchilik | Respublikamizda g‘alla yetishtirishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan ishchi va xizmatchilardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, g‘alla mustaqilligina ta’minlash va respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillik halol xizmatlari hamda jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin: | 126 | 227 |
Qonunchilik | TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGINING MUNITSIPAL MULK OBYEKTLARINI SOTISH TO‘G‘RISIDA | Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, shuningdek Toshkent shahrining ijtimoiy dasturlari va muhandislik infratuzilmasini mablag‘ bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha manbalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligining Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturiga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq munitsipal mulk obyektlarini qo‘shimcha ravishda kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi mazkur obyektlarni belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi mablag‘lari hisobiga qayta baholasin.
3. Belgilansinki, ilovalarda ko‘rsatilgan obyektlarni sotishdan tushgan mablag‘lar Toshkent shahar hokimligining maxsus maqsadli hisob raqamida jamlanadi va to‘liq miqdorda Vazirlar Mahkamasining qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xo‘jaligi va transport kompleksi bilan kelishgan holda munitsipal uy-joy qurishga, avariya holatidagi kasalxonalar va maktablarni mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga, muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirishga, bug‘ qozonxonalari agregatlari va issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlashga, shuningdek 2001-2002-yillar investitsiya dasturlariga kiritilgan obyektlar bo‘yicha kreditorlik qarzini qaytarishga yo‘naltiriladi.
4. Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda munitsipal mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar tushumini Toshkent shahar hokimligining maxsus maqsadli hisob raqamida hisobga olish va ularni Toshkent shahrining ijtimoiy dasturlari va muhandislik infratuzilmasini mablag‘ bilan ta’minlashga sarflash tartibini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishsin.
5. Munitsipal mulk obyektlarini sotishdan olingan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat Toshkent shahar hokimi R.M. Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N.To‘laganov zimmasiga yuklansin. | 77 | 2,154 |
Qonunchilik | Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida | Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarni rag‘batlantirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan:
1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi* ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E. Basitxanova zimmasiga yuklansin. | 61 | 1,731 |
Qonunchilik | 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining moliya, bank va soliq tizimlari hamda iqtisodiyotning real sektori ayrim tarmoqlari va korxonalarida investitsiya faoliyati uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi bo‘yicha 2019/2020 o‘quv yiliga qabul kvotalari 1-ilovaga muvofiq;
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektori bo‘yicha taqsimlanishi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi qabul komissiyasiga o‘qishga kirish jarayonida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha abituriyentlar to‘plagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda ushbu Akademiyaning qabul ko‘rsatkichlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 106 | 1,094 |
Qonunchilik | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
birinchidan, axborotlashtirish subyektlari tomonidan qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlarining ijro etilishi ustidan nazorat va tekshirishning amaldagi mexanizmi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining pasayishiga olib kelmoqda;
ikkinchidan, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul yagona vakolatli organning mavjud emasligi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sabab bo‘lmoqda;
uchinchidan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilayotgan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni ekspertiza va sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimidagi kamchiliklar ularning “Elektron hukumat” tizimiga jadal integratsiyalashuvini susaytirmoqda;
to‘rtinchidan, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi nazorat tizimi, muhim axborot infratuzilmasining mukammal emasligi davlat axborot tizimlari obyektlari, raqamli iqtisodiyot va shaxsiy ma’lumotlarning zaiflashuviga olib kelmoqda;
beshinchidan, buzg‘unchi kuchlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmog‘idan faol foydalanishi aholi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlarning mavjud emasligi milliy axborot makonini himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkonini bermayapti.
Axborot sohasida yagona davlat siyosati ro‘yobga chiqarilishining samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi nazorat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyani;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazini tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
umumiy shtat birligi 198 nafar, shu jumladan hududiy bo‘linmalarda — 110 nafar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat inspeksiyasi);
davlat unitar korxonasi shaklida Texnik ko‘maklashish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz);
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — “Xavfsiz shahar” markazi) tashkil etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazining bo‘shayotgan 135 nafar shtat birligi Markazga o‘tkazilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi, “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlari bundan mustasno.
Davlat inspeksiyasi Markazning ta’sischisi hisoblanadi.
“Xavfsiz shahar” markazi jamoat xavfsizligini ta’minlash va ichki tartibni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishda “Elektron hukumat” tizimini davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha Yagona integrator hisoblanadi.
“Xavfsiz shahar” markazi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimini yaratish loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Quyidagilar:
a) Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
o‘z vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga yetkazishda) mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi;
“oxirgi milya” tamoyili bo‘yicha Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni, multiservis aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar tarqatishni kengaytirish yo‘li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
b) Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni tezkor qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
qonun buzuvchilarni, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
axborotlashtirish obyektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya jihozlari va boshqa texnik vositalarni attestatsiya, ekspertiza va sertifikatsiyadan o‘tkazish;
davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish;
davlat axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni himoya qilish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
v) “Xavfsiz shahar” markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimini yaratish va undan foydalanishni nazorat qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
jamoat xavfsizligini ta’minlash va ichki tartibni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va ularning “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasini amalga oshirish;
jamoat xavfsizligini ta’minlash va ichki tartibni saqlash sohasida joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar bo‘yicha yagona texnologik yondashuvni amalga oshirishda yagona talablar, me’yorlar va mezonlarni belgilash;
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jamoat xavfsizligini ta’minlash va ichki tartibni saqlash sohasida raqamli texnologiyalar joriy etishda ko‘maklashish;
jamoat xavfsizligi va huquq tartibotni ta’minlash sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni kelishish va xulosalar berish.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 5 va 6-bandlari talablari Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.
7. Quyidagi tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
a) Joriy ta’minot (ish haqiga davlat qo‘shimcha to‘lovlari va ustama pullar saqlangan holda), Davlat inspeksiyasi va Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ular xodimlarining mehnatini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
b) Markaz xodimlariga axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi alohida mehnat sharoitlari uchun xodim lavozim maoshining kamida 100 foizi miqdorida oylik ustama belgilanadi;
v) 2019-yil 1-yanvardan:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar, himoya vositalari va boshqa texnik vositalarga texnik topshiriqlar bo‘yicha xulosalar Markaz bilan majburiy tartibda kelishiladi;
davlat organlari va tashkilotlarining axborotlashtirish obyektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) joriy etiladigan va foydalaniladigan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar majburiy ravishda Markazda attestatsiya va ekspertizadan o‘tkazilishi zarur;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar, himoya vositalari hamda boshqa texnik vositalarga texnik topshiriqlar bo‘yicha xulosalarni Markaz bilan majburiy kelishilgandan so‘ng berilishini ta’minlasin.
g) jamoat xavfsizligini ta’minlash va ichki tartibni saqlash sohasida:
raqamli texnologiyalarni joriy etish, ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari jarayonini oshkora va shaffof o‘tkazish, shuningdek, “112” Yagona dispetcherlik xizmatini tashkil etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi;
davlat ahamiyatiga ega tadbirlarda va obyektlarda, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish Ichki ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yagona texnologik yondashuvni amalga oshirishda yagona talablar, me’yorlar va mezonlarni belgilash va ularni “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyalashga ko‘maklashish Yagona integrator tomonidan amalga oshiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaga biriktirilgan transport vositalari va boshqa mol-mulkni Davlat inspeksiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markaziga biriktirilgan texnik va transport vositalari, shuningdek, boshqa mol-mulkni Markaz balansiga beg‘araz o‘tkazsin, Xavfsiz shahar loyihasini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mol-mulk bundan mustasno.
12. Fanlar akademiyasi Davlat inspeksiyasi va Markazni joylashtirish uchun Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 29 va 31-uylari manzili bo‘yicha joylashgan ma’muriy bino va inshootlarini tutash hududlari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida Davlat inspeksiyasiga o‘tkazsin.
13. Quyidagilar:
“O‘zbektelekom” AKga Markazni zarur aloqa vositalari va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan ta’minlash;
“O‘zbekenergo” AJga Markazga ajratilgan binoni majburiy tartibda zaxira qilingan uzluksiz energiya ta’minoti bilan ta’minlash tavsiya etilsin.
14. Markaz axborot sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, apparat-dasturiy komplekslar, o‘quv va laboratoriya jihozlari, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va radiodetallarga bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan idoraviy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qaroriga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat inspeksiyasi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek, uning rahbarlari funksional majburiyatlarini belgilaydi.
2. Davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish va mualliflik huquqlari sohasida fonogrammalar, audiovizual asarlar, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda — EHM) uchun dasturlar tarqatilishida qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus maqomga ega vakolatli davlat organi hisoblanadi.
3. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Davlat inspeksiyasining o‘z vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish, audiovizual asarlar, fonogrammalar, EHM uchun dasturlarni (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga yetkazish) tarqatish sohasida faoliyat yurituvchi barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Davlat inspeksiyasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot va kiberxavfsizlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joriy etish va rivojlantirish holati ustidan nazorat, monitoring olib borish, uni o‘rganish va tekshirish vakolatiga ega.
6. Davlat inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasining bank muassasalarida hisob raqamiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspeksiyalari yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda o‘z faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
7. Davlat inspeksiyasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, qisqartirilgan nomi — O‘zaloqanazorat;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennaya inspeksiya po kontrolyu v sfere informatizatsii i telekommunikatsiy Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Gosinspeksiyasvyazi;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — The State Inspection for control in the field of informatization and telecommunication of the Republic of Uzbekistan.
8. Davlat inspeksiyasi tuzilmasiga:
Davlat inspeksiyasining markaziy apparati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspeksiyalari;
“Texnik ko‘maklashish markazi” davlat unitar korxonasi kiradi.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘iga, zarurat bo‘lganda, belgilangan shtatlar soni doirasida tuzilmaga va shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
9. Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilish;
2) o‘z vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ta’minlash;
3) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatish (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga yetkazish)da mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilish;
4) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;
5) ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi;
6) “oxirgi milya” tamoyili bo‘yicha Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni, multiservis aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar tarqatishni kengaytirish yo‘li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish.
10. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sohasida:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyalash haqidagi qonun hujjatlari, litsenziya bitimlari bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi, ma’lumotlar uzatishdagi xavfsizlik, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik, teleradioeshittirish va axborot tizimlarida xavfsizlik bo‘yicha texnik va texnologik talablar bajarilishini nazorat qiladi, o‘rganadi va tekshiradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida litsenziya talablari va shartlarini buzgan holda, shuningdek, tegishli litsenziyani rasmiylashtirmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni aniqlaydi, o‘rganadi va tekshiradi;
telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarini ko‘rsatishda, shuningdek, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, shu jumladan mobil aloqa, radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalar va telekommunikatsiya tizimlari tarmoqlarini loyihalash, qurish, qayta qurish, kengaytirish va foydalanishda qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari, amaldagi normalar va qoidalarning bajarilishini nazorat qiladi va tekshiradi;
elektr aloqa tarmoqlarining umumiy foydalanishdagi aloqa tarmoqlariga ulanishi qoidalarining, jumladan ulanish shartlarining bajarilishini nazorat qiladi, o‘rganadi va tekshiradi;
radioelektron vositalarni, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish) hamda chet eldan olib kelish tartibini, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanishini nazorat qiladi, o‘rganadi va tekshiradi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvchanligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishi ustidan nazorat, tekshiruv va monitoring olib boradi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlari, radiochastota spektridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat, tekshiruv va monitoring olib boradi, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va elektron raqamli imzo sohasida monitoringni olib borish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provayderlari rioya etishini belgilangan tartibda monitoring qiladi, o‘rganadi, tekshiradi va nazorat qiladi;
pochta aloqasi xizmatlari tashkil etilishini, pochta jo‘natmalarini va pul summalarini saqlash ta’minlanishini, pochta jo‘natmalari qabul qilish, qayta ishlash, topshirish texnologiyalariga rioya etilishini va ularning belgilangan nazorat muddatlarida o‘tkazilishini o‘rganadi va tekshiradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qo‘llanadigan o‘lchash vositalarini tekshirish va kalibrlash tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni, o‘rganishni va tekshiruvni tashkil etadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha kompleks tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;
monitoring va tekshirishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, ko‘rsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek, litsenziya beradigan organga xo‘jalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida takliflar kiritadi, Davlat inspeksiyasi vakolatlariga kirmaydigan qoidabuzarliklar bo‘yicha materiallarni belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlarga beradi;
o‘tkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan axborot xavfsizligini, shu jumladan foydalanilishi cheklangan axborotning himoyalanishini ta’minlash, axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi faoliyat turi bo‘yicha litsenziya bitimlari va mahsulotlarni sertifikatlash shartlariga rioya etish masalalari borasida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy jazo choralarini qo‘llaydi;
2) o‘z vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ta’minlash yuzasidan nazorat sohasida:
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan monitoring, tekshiruv va nazorat o‘tkazadi;
texnik vositalar va axborot tizimlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarining parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining muvofiqligini o‘lchaydi va monitoring olib boradi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar va idoralar tomonidan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini zarur holatlarda joyiga borib hamda tegishli hujjatlarni o‘rgangan holda qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqadi;
vakolatli davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar ro‘yxatiga kiruvchi pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlariga tariflarning to‘g‘ri qo‘llanilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
ko‘rsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi axborotning, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ish tartibi va ularni tartibga soluvchi boshqa axborotlarning mavjudligi va foydalanuvchilar uchun tushunarliligini, shuningdek, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmining to‘liqligi va muddatlarini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini va davriy nashrlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazorat qiladi, o‘rganadi va tekshiradi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati bo‘yicha statistik hisobotlarning ishonchliligiga rioya etilishini nazorat qiladi va tekshiradi;
hisoblangan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning belgilangan muddatlarga rioya qilingan holda to‘lanishi va to‘lanayotgan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning summasi to‘g‘riligini nazorat qiladi;
aloqa mahsulotlari sifatiga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiyalar vositalari parametrlariga, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, texnik shartlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;
3) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatish (sotish, ijaraga berish, barchaning e’tiboriga yetkazish)da mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sohasida:
faoliyatni amalga oshirishda litsenziya bitim talablari va shartlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, o‘rganadi va tekshiradi;
fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlariga rioya etilishini o‘rganadi, monitoring qiladi va tekshiradi, uning yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi;
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlarni sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga yetkazish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi;
Internet tarmog‘ida mualliflik huquqi obyektlari noqonuniy tarqalishini (barchaning e’tiboriga yetkazilishini) bartaraf etish choralarini ko‘radi;
4) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish sohasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari va tashkilotlarida “Elektron hukumat” tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda o‘rganadi, monitoring qiladi va tekshiradi;
“Elektron hukumat” tizimida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini o‘rganadi va tekshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablari bajarilishini nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot resurslari va elektron davlat xizmatlarining mavjudligi hamda ulardan foydalanishning imkoni yaratilganligi ustidan monitoring va tekshiruv olib boradi;
5) ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi yuzasidan nazorat sohasida:
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, ma’lumotlar uzatish va ma’lumotlar almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish hamda ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qiladi, baholaydi va tekshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlari ustidan olib borilgan monitoring va tekshiruv natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar tayyorlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati va ularni rivojlantirish to‘g‘risida axborotlarning ishonchliligi ta’minlanishi va o‘z vaqtida taqdim etilishini o‘rganadi, tekshiradi va monitoringini olib boradi;
6) “oxirgi milya” tamoyili bo‘yicha Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni, multiservis aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar tarqatishni kengaytirish yo‘li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan nazorat sohasida:
qonun hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotlashtirish tizimlari va vositalari yaratilishi va ishlatilishi bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshiradi, o‘rganadi va nazorat qiladi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarining yangidan quriladigan va qayta quriladigan obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarida qatnashadi.
Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
11. Quyidagilar Davlat inspeksiyasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) hududiy inspeksiyalar bilan birgalikda Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
2) hududiy inspeksiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashish va ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
3) Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalarni bajarishda boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va hududiy inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
4) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi hamda mualliflik huquqini himoya qilish sohasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli ta’lim muassasalarida, shuningdek, respublika vakolatli organlarining ixtisoslashgan o‘quv yurtlarida Davlat inspeksiyasi xodimlari qayta tayyorlanishini va malakasi oshirilishini tashkil etish.
12. Davlat inspeksiyasining markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) hududiy inspeksiyalar bilan birgalikda Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar bajarilishini ta’minlaydi;
2) olib boriladigan nazorat, tekshiruv va o‘rganish natijalarini tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarini bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat organlariga kiritadi;
3) monitoring va tekshirishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tegishli qarorlar, ularni bartaraf etish muddatlari belgilangan ko‘rsatmalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida takliflar, shuningdek, Davlat inspeksiyasi vakolatlariga kirmaydigan qoidabuzarliklar bo‘yicha materiallarni belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlarga topshirish uchun tayyorlaydi;
4) aloqa sifatiga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiya vositalari parametrlariga, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, texnik shartlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha taklif tayyorlaydi;
5) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati hamda uni rivojlantirish bo‘yicha hududiy inspeksiyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar va axborotlarning ishonchliligini o‘rganadi.
Davlat inspeksiyasining markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
13. Hududiy inspeksiyalar tegishli hududda Davlat inspeksiyasiga yuklangan va ushbu Nizom bilan belgilangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali bajarilishini amalga oshiradi.
Bundan tashqari, hududiy inspeksiyalar:
1) yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish doirasida yillik, choraklik va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Davlat inspeksiyasi bilan kelishadi;
2) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot va axborotlarni taqdim etadi;
3) Davlat inspeksiyasi ish rejalarini tayyorlashda qatnashadi;
4) aholini ommaviy axborot vositalari orqali Davlat inspeksiyasining maqsadlari, vazifalari va amalga oshirilayotgan faoliyatining aniq natijalari to‘g‘risida muntazam xabardor qilib boradi.
Hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
14. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablari va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati buzilishi faktlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish va aniqlash;
2) aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlarni, davriy bosma nashrlarni tarqatish (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga yetkazish) sohasida faoliyat yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganish va tekshirish;
3) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, ular tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar talablari va taqdim etilayotgan xizmatlar sifati buzilgan holda belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
4) davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralardan o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotlar, hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqa materiallarni so‘rash va olish;
5) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va bayonnomalar tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda esa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish;
6) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalarni tuzish va ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish;
7) zarur hollarda, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi masalalarni tekshirish, o‘rganish va ko‘rib chiqishda qatnashish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
8) aloqa, axborotlashtirish, va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardan, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat inspeksiyasi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar, materiallar va hisobotlarni talab qilish;
9) vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalari va laboratoriyalardan o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi texnik hujjatlar, qoidalar, vositalarning ish normalarini olish;
10) O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish;
11) ekspert xulosasini olish uchun tekshirish va monitoring natijalarini vakolatli organlarga taqdim etish;
12) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalar va inshootlarning texnik holatini, ulardan texnik foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
13) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qurilish normalari va qoidalari buzilgan holda olib borilayotgan qurilish ishlarini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turish;
14) litsenziya bitimlari talab va shartlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buzilgan holatlarda ularga ogohlantirishlar berish;
15) tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning borishida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslariga davlat nazorati doirasida olib borilgan o‘rganishlar, monitoring, tekshirishlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
16) texnik vositalar va axborot tizimlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarining sifatini o‘lchash va monitoringini olib borish.
Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15. Davlat inspeksiyasi:
1) o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi va taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va kompleksliligi;
2) o‘z vakolatiga kirmaydigan qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’lumotlarning vakolatli organlarga o‘z vaqtida taqdim etilishi;
3) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoyasi ta’minlanishi;
4) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun javob beradi.
16. Davlat inspeksiyasining markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun Davlat inspeksiyasining huquqlari bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ham ega:
1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi va normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar talablari va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiya vositalari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlarining muntazam ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarish;
2) radionurlanishlar normasi va parametrlari buzilganda, shu jumladan televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda to‘sqinlik qilishga olib kelgan holatlarda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish;
3) litsenziya bitimlarining talab va shartlari buzilganligi uchun litsenziyalarning amal qilishini tugatish va to‘xtatib turish, ularni bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
4) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, mualliflik huquqlari sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish;
5) hududiy inspeksiyalardan Davlat inspeksiyasining markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ hujjatlar loyihalarini tahlil qilish va o‘rganish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni so‘rash va olish;
6) zarur bo‘lganda, Davlat inspeksiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni o‘rganish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun hududiy inspeksiyalar rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlar tuzish;
7) hududiy inspeksiyalardan ular tomonidan kiritilgan normativ hujjatlar loyihalari qayta ishlab chiqilishini talab qilish, zarur bo‘lganda, ularni puxtalashtirish uchun qaytarish;
8) hududiy inspeksiyalar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
9) hududiy inspeksiyalarga Davlat inspeksiyasiga yuklangan hamda tezkor hal etishni talab etadigan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
10) hududiy inspeksiyalar normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari, shuningdek, Davlat inspeksiyasi va uning rahbariyati hujjatlari hamda topshiriqlarini bajarish bo‘yicha faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish hamda tekshirish;
11) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari buzilishlari bilan bog‘liq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish.
Davlat inspeksiyasining markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
17. Davlat inspeksiyasining markaziy apparati quyidagilar uchun mas’ul:
1) hududiy inspeksiyalar bilan birgalikda Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini, taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisligini va kompleksliligini ta’minlash;
2) Davlat inspeksiyasi tomonidan kiritiladigan, shuningdek, o‘zi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish;
3) markaziy apparat va hududiy inspeksiyalar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlar va davlat standartlariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil qilish;
4) markaziy apparat va hududiy inspeksiyalar xodimlari rezervini shakllantirish.
18. Hududiy inspeksiyalar o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun Davlat inspeksiyasining huquqlari bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ham ega:
1) davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan hududiy inspeksiyalarning vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
2) davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun hududiy inspeksiyalar vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
3) Davlat inspeksiyasi hay’ati va ilmiy-texnik kengashi ishida qatnashish;
4) Davlat inspeksiyasi topshirig‘iga ko‘ra aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar va seminarlar tashkil qilish va o‘tkazish;
5) hududiy inspeksiyalarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
6) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari buzilishlari bilan bog‘liq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;
7) Davlat inspeksiyasiga hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish bo‘yicha takliflar berish;
8) hududiy inspeksiyalarga malakali va qobiliyatli yosh xodimlarni jalb qilish.
Hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
19. Hududiy inspeksiyalar quyidagilar uchun mas’ul:
1) hududiy inspeksiyalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
2) o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organlarga o‘z vaqtida taqdim etish;
3) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini va ularga rioya etilishini ta’minlash;
4) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
5) Davlat inspeksiyasiga kiritiladigan hujjatlar va takliflarning loyihalarini ishlab chiqish sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;
6) Davlat inspeksiyasining markaziy apparati bilan birgalikda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi.
20. Quyidagilar Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat inspeksiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkillashtirish;
3) Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va puxta tahlil qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlarini bajarish;
5) o‘z o‘rinbosarlarining va Davlat inspeksiyasi boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat inspeksiyasi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik yuzasidan o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini hamda shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
6) Davlat inspeksiyasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
7) Davlat inspeksiyasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat inspeksiyasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
8) bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, Davlat inspeksiyasiga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, chuqur bilimga egaligi, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash;
9) Davlat inspeksiyasi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq holda ularning tegishli vazirlik va idoralarga kiritilishini tashkil qilish, ularni ishlab chiqishda qatnashish;
10) qonunchilik talablariga qat’iy muvofiq ravishda Davlat inspeksiyasi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi hamda natijadorligini, safar xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
11) o‘z o‘rinbosarlarining, markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat inspeksiyasi kengashi majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, chorak yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
12) Davlat inspeksiyasi xodimlari va o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
13) Xodimlarning tasdiqlangan odob-axloq qoidalari talablariga Davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
14) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Davlat inspeksiyasi faoliyatida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
15) Davlat inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari ishlarini tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
16) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabullarini, shu jumladan sayyor qabullarini muntazam olib borish;
17) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Davlat inspeksiyasi rahbarlari va xodimlarining qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlarning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
18) davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
19) Davlat inspeksiyasining, shuningdek, uning hududiy inspeksiyalarining barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar chiqarish hamda ko‘rsatmalar berish;
20) zarur bo‘lganda belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Davlat inspeksiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
21. Quyidagilar Davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat inspeksiyasi boshlig‘i vaqtinchalik bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, xodimlar o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash;
4) Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar bajarilishini tanqidiy hamda chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalar tomonidan vazifalarning bajarilishini so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, boshqarmalar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish borasida ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
8) Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining topshiriqlari va buyruqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) Davlat inspeksiyasi boshlig‘iga mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalarida va hududiy inspeksiyalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, Davlat inspeksiyasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash, qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda Davlat inspeksiyasi tomonidan tayyorlangan hujjatlarning loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga viza qo‘yish;
11) qonunchilik talablariga qat’iy muvofiq ravishda xizmat safarlarida bo‘lish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
12) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalarning rahbarlari hamda xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat inspeksiyasi kengashi majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
13) Davlat inspeksiyasi boshlig‘iga mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari hamda hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar berish, yuklangan vazifalar va funksional majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
14) Davlat inspeksiyasi xodimlarining tasdiqlangan Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, ko‘rsatilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya qilinishini ta’minlash;
15) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Davlat inspeksiyasi faoliyatida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
16) Davlat inspeksiyasi boshlig‘iga davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
17) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqishni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabullarini, shu jumladan, sayyor qabullarni muntazam o‘tkazish;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning ishida faol qatnashish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
19) davlat sirlari hisoblangan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish.
22. Quyidagilar hududiy inspeksiyalar rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) hududiy inspeksiyalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu hududiy inspeksiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va qarorlari, boshqa qonun hujjatlari hamda Davlat inspeksiyasining buyruqlari, farmoyishlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish;
3) hududiy inspeksiyalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari, shuningdek, Davlat inspeksiyasining buyruqlari, farmoyishlari bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy inspeksiyalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
5) Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari hamda farmoyishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
6) Davlat inspeksiyasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
7) hududiy inspeksiyalar faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, hududiy inspeksiyalar va ular xodimlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
8) hududiy inspeksiyalarda kadrlarni joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflarn | 159 | 64,060 |
Qonunchilik | Namangan viloyatining mahalla faollaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Milliy va ma’naviy an’analarni rivojlantirishdagi ko‘p yillik halol mehnati, aholi o‘rtasidagi tarbiyaviy ishlarga qo‘shgan hissasi hamda jamoat turmushida faol ishtirok etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Faxriy unvoni berilsin: | 78 | 238 |
Qonunchilik | Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Ta’kidlab o‘tilsinki, so‘nggi yillarda Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida “Angren” erkin-iqtisodiy zonasi tashkil etildi.
Yoqilg‘i-energetika, tog‘-kon, kimyo va boshqa tarmoqlarda zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish, mahalliy xomashyo asosida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish davom ettirilmoqda.
Sanoat-ishlab chiqarish tarmoqlarining uzoq muddatli va barqaror rivojlanishi, yangi ishlab chiqarish vositalarini amalga tatbiq qilish, ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishdagi samaradorligini ta’minlash va yuqori oshirilgan qiymatdagi mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar ilg‘or xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni talab etadi.
Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish hamda oliy texnik ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali (keyingi o‘rinlarda — Filial) tashkil etilsin.
2. Filialning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro yutuqlarni o‘rganish asosida foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi mahalliy ilmiy va intellektual salohiyatni rivojlantirish;
foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi mahalliy ilmiy va intellektual salohiyatni rivojlantirish;
foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha yangi ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish, ularni respublikaning geologiya va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda amaliyotga tatbiq qilish;
tog‘-kon ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish, ularni eng zamonaviy xalqaro fan va texnologiyalar yutuqlari asosida qayta tayyorlash;
eng ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan keng hamkorlikni amalga oshirish.
3. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining tarkibiy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga, zarur hollarda, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining tasdiqlangan tarkibiy tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Filial Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017-yil 1-sentabrgacha:
Filial Ustavini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan, shu jumladan, faoliyati tugatilayotgan Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq fakulteti professor-o‘qituvchilari hisobidan, ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Filialda o‘quv-metodik jarayonning tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv adabiyotlari, zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
5. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish, talablarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishda tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik hayriyalari va maqsadli badallari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
2017/2018 o‘quv yilida Filialning maxsus sirtqi va kechki bo‘limiga maqsadli qabul o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga, kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan hamda “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” DK, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining yo‘llanmasi berilgan kadrlar hisobidan suhbat asosida amalga oshiriladi;
suhbat O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti va “Olmaliq KMK” AJ tomonidan tasdiqlanadigan Maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladi;
maxsus sirtqi va kechki bo‘limlarga o‘qishga qabul qilinganda o‘qishni yakunlanadigan so‘ng ko‘rsatilgan joyda majburiy ravishda besh yildan kam bo‘lmagan muddat ishlab berish sharti bilan tegishli tashkilot, Filial va talaba o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga Filialda ta’lim olish uchun yo‘llanma beruvchi tashkilot va korxonalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxus ta’lim vazirligiga “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ, Toshkent viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan birgalikda bir oy muddatda Oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi (sirtqi) va kechki bo‘limlari to‘g‘risida Nizomni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi (sirtqi) va kechki bo‘limlari to‘g‘risida Nizomni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ va Toshkent viloyati hokimligining:
Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq fakulteti faoliyatini tugatish;
Fakultetning 2016/2017 o‘quv yili bakalavriatiga 1 — 3 kurs talabalari o‘qishini turdosh va mos yo‘nalishlar bo‘yicha Navoiy davlat konchilik institutiga yoki yangi tashkil qilinayotgan Filialga ko‘chirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
11. Belgilansinki, Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq fakulteti talabalari orasidan o‘qishni O‘zbekiston Respublikasining boshqa oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishni istaganlar o‘qishini ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Filialni saqlash xarajatlari 2017-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2018-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarining 2018-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda Filial moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan tegishli mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Filialga ikkita, shu jumladan, bitta xizmat va bitta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Navoiy davlat konchilik institutining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining 2017-yil xarajatlar parametriga ushbu qaror asosida tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Filialning buyurtmanomalari bo‘yicha Filial o‘quv jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji to‘lamasdan ko‘p marotabali kirish o‘qituvchilar tarkibini vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
15. Filialga o‘qituvchilik va ilmiy ish uchun shartnoma asosida taklif etiladigan xorijlik professor-o‘qituvchilarning yashashi va transport xarajatlari uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha milliy valyutada to‘lashga ruxsat berilsin.
16. Toshkent viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Olmaliq shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi Olmaliq akademik litseyining binolari va inshootlarini Filialga operativ boshqarish huquqi bilan bepul foydalanishga berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
17. “Olmaliq KMK” AJga boshqa asosiy kadrlar buyurtmachilari bilan birgalikda Filialning moddiy-texnik va laboratoriya bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayoniga chet ellik olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etishga ko‘maklashish tavsiya etilsin.
18. Rossiyaning Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universitetiga “MISiS”ning Olmaliq filialini tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita (G.I. Ibragimov) uch oy muddatda amalga oshirilgan ishlar natijasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxo‘jayev zimmasiga yuklansin. | 147 | 10,433 |
Qonunchilik | STRATEGIK VA MONOPOL MAHSULOTLAR, XOM AShYo VA MATERIALLARNI BIRJA VA KIMOShDI SAVDOLARIGA QO‘YILIShINI NAZORAT VA MONITORING QILISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi, 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2011-yil 21-iyundagi 185-son “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish ro‘yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishini nazorat va monitoring qilish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2004-yil 11-maydagi 5-sonli “Monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishini nazorat va monitoring qilish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1369, 2004-yil 14-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 24-son, 280-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2007-yil 26-yanvardagi 2-son “Monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishini nazorat va monitoring qilish to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1369-1, 2007-yil 19-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 21-son, 220-modda).
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 212-modda), “Raqobat to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 1-son, 5-modda) qonunlariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda), 2011-yil 21-iyundagi 185-son “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish ro‘yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 25-son, 262-modda) qarorlariga muvofiq strategik, monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning birja savdolariga qo‘yilish jadvallarini, mahsulotlarning realizatsiya qilish hajmlari va narxlarini nazorat va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorining 1 va 2-ilovalarida, 2011-yil 21-iyundagi 185-son Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish ro‘yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida keltirilgan ro‘yxatlarga asosan birja va kimoshdi savdolariga qo‘yiladigan strategik, monopol, xomashyo va materiallar toifasiga kiritilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) qarori bilan aniqlanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llaniladi.
3. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishi, realizatsiya qilish hajmlari va narxlari ustidan nazorat qilish Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qilish tashkilotlar va birja va kimoshdi savdolari tashkilotchilarining ma’lumotlarini o‘rganish yo‘li bilan, shuningdek birja va kimoshdi savdolari o‘tkazilishi ustidan monitoringlarni olib borish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4. Tashkilotlar majburiy tartibda strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni tegishli moddiy balanslar va Qo‘mita qarori bilan aniqlanadigan hajmlarda, shuningdek jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va quyidagilar bo‘lgan holda, bir maromda birja va kimoshdi savdolariga qo‘yadilar:
oylar bo‘yicha — ma’danli o‘g‘itlar, qora metallar prokati, ko‘mir, neft mahsulotlari, paxta linti, rangli metall uchun;
oy o‘n kunliklari bo‘yicha — sement uchun;
birja savdolari kunlari bo‘yicha — un, shakar, paxta yog‘i, suyultirilgan gaz, shifer, polietilen va boshqa mahsulotlar uchun.
5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan jadvallar kelgusi oy uchun tashkilotlar tomonidan Qo‘mitaning qarori bilan belgilangan hajmlar hisobga olingan holda, shuningdek ular uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari tomonidan belgilangan, ushbu maqsadlar uchun Iqtisodiyot vazirligi tasdiqlagan choraklar va oylar bo‘yicha moddiy balanslarning bajarish jadvallari asosida Qo‘mita bilan kelishgan holda oldingi oyning 25-kunidan kechiktirmay tegishli taqsimlash bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Tashkilot strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga obyektiv va tashkilotga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha qo‘yishni tasdiqlangan jadvallarda nazarda tutilgan hajmlari hamda muddatlarini bajarishning iloji bo‘lmagan hollarda bu haqda mahsulotni birja savdolariga qo‘yish sanasidan bir kun avval Qo‘mita yoki uning hududiy organlariga xabar beradi.
6. Tashkilotlar, kichik biznes subyektlari bundan mustasno, har oyning 3-sanasidan kechiktirmay Qo‘mita yoki uning hududiy organlariga Qo‘mita qarori bilan aniqlangan tegishli moddiy balanslar va hajmlarda, shuningdek, mazkur nizomning 5-bandiga muvofiq tasdiqlangan jadvalda nazarda tutilgan mahsulotni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yishning amalda bajarilishi to‘g‘risida axborotni taqdim qiladilar.
7. Birja va kimoshdi savdolarining tashkilotchilari har kuni Qo‘mitaga mahsulotni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yish hamda ular orqali sotish tartibida nazarda tutilgan tegishli nomenklatura bo‘yicha birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilgan mahsulotning haqiqiy hajmlari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek sotilgan mahsulot narxlari va birja hamda kimoshdi savdolarida shakllangan narxlarning o‘rtacha kotirovkalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadilar.
8. Mazkur Nizom buzilganda, shu jumladan jadvallarda belgilangan hajm va muddatlarda strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallar qo‘yilmaganligi birjada narxlar oshishiga olib kelganda, shuningdek belgilangan hajm va muddatlarda mahsulotlarni qo‘yish imkoniyati yo‘qligi haqida axborot taqdim etilmaganda Qo‘mita va uning hududiy organlari qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi. | 172 | 7,680 |
Qonunchilik | Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga mahsulotlarni eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, subsidiyalar taqdim etish miqdorlarini belgilash, shuningdek, mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishiga qarab subsidiyaning qat’iy miqdorlarini belgilash vakolati berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
eksport qiluvchilarga mahsulotlarni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilib berish shartlari;
kompensatsiya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, ularni qabul qilish, ko‘rib chiqish, kompensatsiya berish yoki rad etish tartibi;
kompensatsiya miqdorini hisoblash va to‘lovni amalga oshirish tartibi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga (ularning vakolatli vakillariga) mahsulotlarni avtomobil, temir yo‘l, havo transportida hamda pochta jo‘natmalari orqali eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilib berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi;
eksport qiluvchi — mahsulotlarni xorijiy mamlakatlardagi xaridorlarga eksport shartnomalari (invoys)ga muvofiq sotuvchi, shuningdek, eksport va (yoki) vositachilik shartnomalariga binoan yuk jo‘natuvchi tadbirkorlik subyekti, shu jumladan, uning vakolatli vakili;
subsidiya — mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismini eksport qiluvchiga kompensatsiya qilib berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan vakolatli organga ajratiladigan mablag‘;
kompensatsiya — mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berish uchun ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisoblangan, vakolatli organ tomonidan eksport qiluvchiga subsidiya hisobidan to‘lab beriladigan mablag‘;
tashish xarajati — mahsulotlarni avtomobil, temir yo‘l va havo transporti (aralash yoki alohida transportda) orqali eksport qilishda eksport qiluvchi tomonidan tegishli shartnoma (invoys)larga muvofiq transport kompaniyasi va (yoki) transport-ekspeditorlik kompaniyasiga xizmatlari uchun to‘langan mablag‘, eksport qiluvchining o‘ziga tegishli avtomobil transporti orqali eksport qilishda eksport qiluvchi tomonidan mahsulotlarni tashish uchun sarflangan mablag‘, pochta jo‘natmalari orqali eksport qilishda eksport qiluvchi tomonidan pochta aloqa operatoriga xalqaro pochta jo‘natmalari uchun to‘langan mablag‘, bundan dengiz transportida tashish uchun sarflangan mablag‘lar mustasno;
mahsulotlar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) qarorlari bilan tasdiqlangan, eksport qilishda tashish xarajatlari qisman kompensatsiya qilib beriladigan mahsulotlar;
vositachilik shartnomasi — bir taraf (vositachi) ikkinchi taraf (komitent)ning topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, biroq komitent hisobidan eksport shartnomalari tuzish orqali komitent mahsulotlarini ma’lum bir haq evaziga eksport qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma;
mahsulotlarning kelib chiqish sertifikati — mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
transport-ekspeditorlik kompaniyasi — eksport qiluvchining mahsulotlarini avtomobil, temir yo‘l yoki havo transporti orqali eksport qilishda transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
transport kompaniyasi — eksport qiluvchining mahsulotlarini avtomobil, temir yo‘l yoki havo transportida eksportga tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti.
3. Vakolatli organ tomonidan eksport qiluvchiga kompensatsiya taqdim etilishi uchun:
eksport qiluvchi O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatiga olingan;
mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan;
mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlarga eksport qilingan, bundan Afg‘oniston Islom Respublikasiga eksport qilingan mahsulotlar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno;
mahsulotlar belgilangan tartibda eksport rejimiga joylashtirilgan, bundan 5 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan qiymatdagi mahsulotlarning pochta jo‘natmalari orqali eksporti mustasno;
eksport shartnomasi (vositachilik shartnomasi, invoys)da Inkoterms shartlari asosida mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va ushbu xarajatlar uchun to‘lovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
4. Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Tashish xarajatlari bo‘yicha kompensatsiya olish uchun eksport qiluvchi tomonidan vakolatli organga ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklda ariza beriladi. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
a) transport vositasi orqali eksport qilinganda:
eksport shartnomasi (invoys) va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
transport kompaniyasi va (yoki) transport-ekspeditorlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma va u bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi. Eksport qiluvchi mahsulotlarni o‘ziga tegishli avtomobil transportida eksportga tashigan holatlarda tashish xarajatlari uchun sarflangan mablag‘larni tasdiqlovchi hisob-kitoblar tegishli asoslovchi hujjatlarning nusxalari bilan taqdim etiladi;
mahsulotlar avtomobil va (yoki) temir yo‘l transportida tashilganda mahsulotlar eksportga ortilgan joydan eksport shartnomasida ko‘rsatilgan yetkazib berish joyigacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va (yoki) temir yo‘l masofasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (avtomobilda tashishda yukxati hujjati (CMR)ning 27 — 29-bandlaridagi ma’lumotlar, temir yo‘l transportida tashishda yukxati hujjatining 22-bandidagi ma’lumotlar asosida);
mahsulotlarni eksportga tashish yukxatlari nusxasi;
mahsulotlarning kelib chiqish sertifikati nusxasi.
b) pochta jo‘natmalari orqali eksport qilinganda:
eksport qiluvchi va pochta aloqa operatori o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
pochta idorasi tomonidan beriladigan xalqaro pochta jo‘natmalari bo‘yicha hujjat nusxasi.
6. Eksport qiluvchidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
7. Ariza va tegishli hujjatlar vakolatli organga eksport qiluvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, vakolatli organning veb-sayti orqali taqdim etiladi.
Arizada eksport qiluvchining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
8. Ariza va tegishli hujjatlar vakolatli organga eksport qiluvchi tomonidan bevosita taqdim etilayotganda, ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq emasligi aniqlangan holatlarda ariza va hujjatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
9. Ariza va tegishli hujjatlar vakolatli organga eksport qiluvchi tomonidan pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, vakolatli organning veb-sayti orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq emasligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ uch ish kuni ichida eksport qiluvchiga yetishmagan hujjatlar bilan birga qayta murojaat qilishi haqida yozma yoki elektron shaklda xabar yuboradi.
10. Ushbu Nizomning 5-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan arizalar vakolatli organ tomonidan yetti ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
11. Vakolatli organ eksport qiluvchi va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3-bandidagi shartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi.
12. Vakolatli organ eksport qiluvchi va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali va tegishli organlarning Internet jahon axborot tarmog‘idagi ma’lumotlar bazalari yordamida hamda so‘rovnomalar yuborib, javoblar olish orqali o‘rganib chiqishi mumkin.
13. Eksport qiluvchi arizasi bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda eksport qiluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
14. Eksport qiluvchiga kompensatsiya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
eksport qiluvchi va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan shartlarga yoki ularning biriga nomuvofiqligi;
eksport qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘rganishlar natijasida ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlangan taqdirda;
Davlat budjeti parametrlarida tashish xarajatlarini kompensatsiya qilishga joriy yil uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan subsidiya tugagan bo‘lsa.
15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan asoslarga ko‘ra eksport qiluvchiga kompensatsiya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Eksport qiluvchi ushbu Nizomning 14-bandi to‘rtinchi xatboshisida keltirilgandan boshqa asoslarga ko‘ra kompensatsiya berilishini rad etish to‘g‘risida qaror (xulosa) olganda rad etish asoslarini bartaraf etgan holda vakolatli organga ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli.
17. Kompensatsiya miqdori:
a) transport vositalari orqali eksport qilinganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq Hukumat komissiyasi qarorlari bilan tasdiqlangan subsidiyalarning qat’iy belgilangan miqdorlari jadvali asosida mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishidan kelib chiqib hisoblanadi.
Bunda hisoblangan kompensatsiya miqdori eksport qiluvchi amalga oshirgan haqiqiy tashish xarajatining 50 foizidan oshib ketgan taqdirda, kompensatsiya miqdori eksport qiluvchi tashish xarajatlarining 50 foiziga teng bo‘ladi.
Biroq qonunchilik hujjatlarida o‘zgacha miqdorlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuqoridagi tartibda hisoblangan kompensatsiya miqdori mahsulotlar eksport qiymatining (tashish xarajatisiz):
avtomobil transportida tashishda 5 foizidan;
Misol uchun: shaftoli mahsuloti hajmi 18 500 kg, eksport qiymati — 158 360 000 so‘m (8560 so‘m/kg), import qiluvchi davlat — Rossiya Federatsiyasi, tashish xarajati — 25 680 000 so‘m, uning 50 foizi 12 840 000 so‘m, qat’iy belgilangan subsidiya miqdori 480 so‘m/kg. Kompensatsiya miqdori: qat’iy belgilangan subsidiya miqdori bo‘yicha — 18500*480 = 8 880 000 so‘m, mahsulot eksport qiymatiga nisbatan (5 foizi) — 7 918 000 so‘m. Dyemak, to‘lab beriladigan kompensatsiya miqdori 7 918 000 so‘mga teng.
temir yo‘l transportida tashishda 7 foizidan;
Misol uchun: quritilgan sabzavotlar hajmi 36 000 kg, eksport qiymati — 1 434 600 000 so‘m (39 850 so‘m/kg), import qiluvchi davlat — Rossiya Federatsiyasi, tashish xarajati — 64 972 160 so‘m, uning 50 foizi 32 486 080 so‘m, qat’iy belgilangan subsidiya miqdori 649 so‘m/kg. Kompensatsiya miqdori: qat’iy belgilangan subsidiya miqdori bo‘yicha — 36 000*649 = 23 364 000 so‘m, mahsulot eksport qiymatiga nisbatan (7 foizi) — 100 422 000 so‘m. Dyemak, to‘lab beriladigan kompensatsiya miqdori 23 364 000 so‘mga teng.
havo transportida tashishda meva-sabzavot mahsulotlariga 15 foizidan, boshqa mahsulotlarga 6 foizidan ortib ketgan holatlarda kompensatsiya miqdori mahsulot eksport qiymatiga (tashish xarajatisiz) nisbatan ushbu belgilangan foizlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Misol uchun: trikotaj mahsuloti hajmi 2 461 kg, eksport qiymati — 600 484 000 so‘m (244 000 so‘m/kg), import qiluvchi davlat — Rossiya Federatsiyasi, tashish xarajati — 42 682 630 so‘m, uning 50 foizi 21 341 315 so‘m, qat’iy belgilangan subsidiya miqdori 7 250 so‘m/kg. Kompensatsiya miqdori: qat’iy belgilangan subsidiya miqdori bo‘yicha — 2461*7250 = 17 842 250 so‘m, mahsulot eksport qiymatiga nisbatan (6 foizi) — 36 029 040 so‘m. Dyemak, to‘lab beriladigan kompensatsiya miqdori 17 842 250 so‘mga teng.
b) Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq mahsulotlar pochta jo‘natmalari orqali eksport qilinganda pochta xarajatlarining 50 foizi, biroq, mahsulot eksport qiymatining (pochta xarajatlarisiz) qonunchilik hujjatlarida va Hukumat komissiyasi qarorlarida o‘zgacha miqdorlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, 5 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda kompensatsiya qilib beriladi.
18. Chet el valyutasida to‘lov amalga oshirilgan tashish xarajatlari uchun kompensatsiya milliy valyutada amalga oshiriladi. Chet el valyutasida to‘lov amalga oshirilgan tashish xarajatining milliy valyutadagi qiymati eksport qiluvchi tomonidan tashish xarajatlari uchun to‘lov amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tegishli valyuta kursiga asosan hisoblanadi.
19. Eksport qiluvchilarga tashish xarajatlari bo‘yicha kompensatsiya taqdim etish vakolatli organ tomonidan, uning buyurtmanomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan subsidiyalar doirasida amalga oshiriladi.
20. Vakolatli organ har hafta yakuni bo‘yicha keyingi haftaning birinchi ish kunida eksport qiluvchilar tomonidan taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqish yakunlariga muvofiq eksport qiluvchilarga kompensatsiyalar taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani olgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida buyurtmanomada ko‘rsatilgan subsidiyani vakolatli organning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Bunda moliya yili yakuni bo‘yicha ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
22. Vakolatli organ maxsus g‘azna hisobvarag‘iga tushgan subsidiyani ikki ish kuni mobaynida vakolatli organ tomonidan kompensatsiya taqdim etilishi belgilangan tegishli eksport qiluvchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.
23. Mahsulotlar konsignatsiya shartnomalari asosida eksportga chiqarilganda mazkur Nizomga muvofiq eksport qiluvchiga taqdim etilgan kompensatsiya to‘lovlari, agar:
mahsulotlar uchun to‘lovlar shartnoma va qonunchilikda belgilangan muddatlarda eksport qiluvchiga tushmasa;
mahsulotlar sotilmasdan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib kelinsa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qarzdorlik sifatida e’tirof etiladi.
Bunda eksport qiluvchi shunday holat yuz bergan kundan boshlab bir oy muddat ichida unga taqdim etilgan tegishli kompensatsiya to‘lovlarini vakolatli organga qaytarishi shart. Ushbu muddatda qaytarilmagan kompensatsiya to‘lovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiruvga qaratiladi.
24. Kompensatsiya berilgan eksport qiluvchilarning reyestri vakolatli organ tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
25. Eksport qiluvchi kompensatsiya taqdim etilishini rad etish to‘g‘risidagi qarordan (xulosadan) norozi bo‘lgan taqdirda, shuningdek, vakolatli organning mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
26. Vakolatli organga subsidiyalar ajratilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
27. Avtomobil, temir yo‘l va havo transportida hamda pochta jo‘natmalari orqali eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlarning yangilangan ro‘yxati vakolatli organ tomonidan o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. | 135 | 17,656 |
Qonunchilik | Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3191, 16, 133, 9, 207, 18-son qarori (ro‘yxat raqami 1743, 2007-yil 27-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 492-modda) bilan tasdiqlangan Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 9-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 9-banddagi “Davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Vazirlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. 12-banddagi “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
4. 13-banddagi “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin. | 213 | 2,061 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida | Orol dengizining qurib qolgan qismidagi sho‘rlangan yerlarda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirish, ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini ta’minlash, tadqiqotlar va innovatsiyalarning ilg‘or tajribalarini joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining:
Islom taraqqiyot banki va Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) ilmiy-texnik ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazini (keyingi o‘rinlarda — Xalqaro innovatsiya markazi);
Xalqaro innovatsiya markazi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Xalqaro innovatsiya markazining asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Orol dengizining qurib qolgan qismidagi sho‘rlangan yerlarda ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini ta’minlash;
sho‘rlangan tuproqli muhitdagi turli muammolarni hal etish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
sinovlar o‘tkazish uchun tajriba dalalarini tashkil etish;
innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni, jumladan, agroo‘rmon melioratsiyasi, sahroni daraxtzorga aylantirish, suv osti ekinlari, bioenergetika, ekinlar diversifikatsiyasi, ekinlar kompleksini yetishtirish, chorvachilik, yaylovlarni rivojlantirish, qurg‘oqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchanlikni belgilash, ilgari surish va taqdim etish;
Orol qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orol dengizi havzasini ekologik sog‘lomlashtirish sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish.
3. Belgilansinki:
Xalqaro innovatsiya markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisob varaqlariga, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalarda talab qilib olinadigan depozit hisob varaqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega;
Xalqaro innovatsiya markazi direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Xalqaro innovatsiya markazi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlar bo‘yicha xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi ijro apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) va Islom taraqqiyot banki vakillarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) tomonidan ajratilgan (in-kind) mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalariga ko‘ra ajratiladigan mablag‘lar;
Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki tomonidan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Belgilansinki:
a) Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari Xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi, shu jumladan:
Orol dengizining qurib qolgan tubidagi sho‘rlangan tuproqli yerlarda ekotizimni va barqaror hayot faoliyatini rivojlantirish, sinovlar o‘tkazish uchun tajriba dalalarini yaratish;
Orol dengizining qurib qolgan qismida o‘rmon yaratish uchun ko‘chatlarning yuqori unumdor urug‘larini tayyorlash;
qurg‘oqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish, shuningdek, bu sohada davlat-xususiy sherikchilikni tashkil etish va uning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tadbirlar;
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Xalqaro innovatsiya markazini zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash;
Xalqaro innovatsiya markazining joriy, moddiy-texnik ta’minlash hamda xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
b) Xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini boshlang‘ich bosqichda (2018-2019-yillarda) moliyalashtirish Xalqaro innovatsiya markazi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
7. Xalqaro innovatsiya markazi direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Xalqaro innovatsiya markazining tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda rivojlanish ustuvorligidan kelib chiqqan holda boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa qo‘shimcha haq va ustamalardan qat’i nazar, Xalqaro innovatsiya markazining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodimlarga asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha lavozim maoshiga (tarif stavkalariga) ustamalar belgilash.
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Nukus davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan Nukus tumani, “Samanbay” qishloq fuqarolar yig‘ini manzili bo‘yicha joylashgan laboratoriya binosi va unga tutash 4 gektar hududni Xalqaro innovatsiya markaziga beg‘araz topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va tajriba dalalarini tashkil etish uchun laboratoriya binosiga tutash hududdan Xalqaro innovatsiya markaziga 20 gektar yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Xalqaro innovatsiya markazini zarur aloqa va global Internet tarmog‘iga keng polosali kirish bilan ta’minlasin.
10. 2021-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatga:
Xalqaro innovatsiya markazi barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan;
Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari, reagentlar va sarflash materiallari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) vakolatxonasini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazishni ta’minlasin;
Xalqaro innovatsiya markazining buyurtmanomalariga asosan ushbu markazda ishlash uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik hamda boshqa yig‘imlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro innovatsiya markazining buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji to‘lashdan ozod etgan holda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro innovatsiya markazi buyurtmalariga asosan zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Amaliy yo‘naltirilganlik va natijadorlikka alohida e’tibor qaratgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali muvofiqlashtirishni, ularning zamonaviy fan va jahon ilmiy yutuqlari darajasiga muvofiqligini ta’minlasin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni muntazam tashkil etish tavsiya etilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin. | 112 | 10,356 |
Qonunchilik | XALQ TA’LIMI HUDUDIY ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga muvofiq hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik va tashkiliy jihatdan ta’minlashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat ta’lim standartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim, ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini metodik ta’minlashni tashkil etish, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy va ilg‘or shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etish;
ta’lim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar va jihozlardan samarali foydalanilishini ta’minlash;
o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va o‘smirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 72 | 2,034 |
Qonunchilik | Andijon viloyatida teхnopark tashkil etiladi | Vazirlar Mahkamasi 25.08.2020 yildagi “Andijon viloyatida aхborot teхnologiyalariga iхtisoslashgan teхnologik parkni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 511-son qarorni qabul qildi.
Qaror bilan IT-sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va investitsiya muhitini yaхshilash, yoshlarning AKT sohasiga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularga dasturlash asoslari, elektron tijorat yoʻnalishlarini oʻrgatishga koʻmaklashish maqsadida Andijon viloyatida:
Quyidagilar teхnoparkning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Andijon viloyati hokimligi mahalliy byudjeti, teхnoparkda tashkil qilingan oʻquv kurslaridan va uning boshqa faoliyat turlaridan tushgan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar teхnoparkni tashkil qilishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 44 | 1,002 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING YaGONA AVTOMATLAShTIRILGAN AXBOROT TIZIMINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Bojxona siyosatini amalga oshirishning samaradorligini oshirish hamda tovarlar bojxonada rasmiylashtirilishini hisobga olishning yagona tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini (YaAAT) tashkil etish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ularni berishning texnologik jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishni, barcha darajalardagi bojxona organlarining yagona ma’lumotlar bazasidan tezkor ma’lumot olishini ta’minlashga, bojxona nazorati ostidagi tovarlar bilan aniq vaqt ko‘lamida sodir etilayogan barcha tartib-qoidalarning monitoringini olib borishga qaratilgan tashkiliy-funksional tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi loyihaning buyurtmachisi hisoblanishi, “HetNet-Crown” kompaniyalar konsorsiumi (AQSh) esa tender asosida uning bajaruvchisi etib belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan “HetNet-Crown” kompaniyalar konsorsiumi o‘rtasidagi foydalanishga tayyor holda topshirish kontraktining cheklangan qiymati 7,77 mln AQSh dollari ekanligi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi hamda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda loyihaning 2-ilovaga* muvofiq asosiy ko‘rsatkichlari bilan birgalikda texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
import kontrakt qiymatining 1,17 mln AQSh dollari miqdoridagi 15 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi;
import kontrakt qiymatining Eksimbankning (AQSh) sug‘urta mukofoti summasi qo‘shilgan 6,60 mln AQSh dollari miqdoridagi 85 foizi xorijiy bankning mablag‘larini Eksimbankning sug‘urta qoplamasi ostida qayta moliyalashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga moliyalashtiriladi;
asosiy qarzni, hisoblangan foizlarni, vositachilik to‘lovini va xorijiy kreditga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq moliyaviy boshqa xarajatlarni qaytarish qarz bitimlari muddatlari va shartlariga muvofiq, shuningdek loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
maxsus jamg‘armaning 2005-yilga va keyingi yillarga xarajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishishda mazkur loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
jalb etilayotgan kreditga xizmat ko‘rsatish uchun ko‘rsatib o‘tilgan jamg‘arma mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida ochilgan maxsus hisob raqamida ustuvor tartibda oldindan to‘plab borsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish uchun xorijiy bank bilan belgilangan tartibda qarz bitimi tuzsin va xorijiy bank mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga qayta moliyalashtirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy bank, eksport-kredit agentligi va sug‘urta kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaida daromad solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mazkur loyihani belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmanomalari bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar konsullik yig‘imlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ular yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 123 | 4,640 |
Qonunchilik | 2018-yil hosili uchun shudgorlash ishlarini zarur tarzda tashkil etish va o‘tkazish kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida | Shudgorlash ishlari o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, 2018-yilning kafolatlangan hosili uchun zarur hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatining 2018-yil hosili uchun shudgorlash hajmi va muddatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan taklifi ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari zimmasiga quyidagilar yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin:
texnika ta’mirlanishini nihoyasiga yetkazish, mashina-traktor parklari va fermer xo‘jaliklarining buyurtmanomalari bo‘yicha haydov agregatlari uchun ehtiyot qismlarni tayyorlash va yetkazib berish hamda 2017-yil 10-noyabrdan kechiktirmay barcha joylarda shudgorlashni boshlash:
tasdiqlangan agrotexnologiya normalariga muvofiq shudgorlashning zarur chuqurligi va bir tekisligiga, mineral va organik o‘g‘itlar solinishiga alohida e’tiborni qaratgan holda shudgorlash sifatini ta’minlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda shudgorlash ishlarining ushbu qarorga ilovada nazarda tutilgan hajm va muddatlarda olib borilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin. Hisobotni buzib ko‘rsatish va boshqa qoidabuzarlik faktlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati hamda “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin:
uch kun muddatda shudgorlashning borishi va sifatini nazorat qiluvchi hududiy komissiyalar tuzish va ularga shudgorlash ishlarini olib borishda har bir tuman bo‘yicha xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun rag‘batlantiruvchi mukofotlar joriy etish huquqini berish;
bir hafta muddatda, yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda, tumanlar va xo‘jaliklar bo‘yicha shudgorlashni o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
texnika va ustaxonalarning ikki smenada to‘laqonli ishlashini tashkil qilish, shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizator xamda operatorlarga maishiy va boshqa zarur shart-sharoitlarning butun kompleksini yaratish;
shudgorlash ishlarini o‘tkazish uchun haydov traktorlari va ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarini jalb etish bo‘yicha mintaqalarda joylashgan sanoat, qurilish tashkilotlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklari buyurtmanomalariga asosan ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek, ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
4. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati shudgorlash ishlarini o‘tkazish davrida mineral o‘g‘itlar belgilangan tartibda solinishini ta’minlaydigan muddatlarda respublikaning barcha mintaqalariga o‘g‘itlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq bir maromda yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
5. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda ularni shudgorlashda ishtirok etuvchi mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin. | 121 | 4,177 |
Qonunchilik | Chirchiqda pedagogika instituti ochiladi | Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3152-son «Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan.
Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
Yangi oliy ta’lim muassasasining tuzilmasi, moddiy-teхnik ta’minoti dasturi, хodimlari tarkibi hamda 2017/2018 oʻquv yilidagi qabul kvotalari tasdiqlandi. Mazkur institutning fakultet va kafedralari tashkil etilgan talabalar va professor-oʻqituvchilar tarkibiga muvofiq bosqichma-bosqich shakllantirilib boriladi.
Bu kelayotgan oʻquv yilida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga Toshkent viloyatida doimiy yashaydigan va Toshkent davlat pedagogika universiteti va mos va turdosh ta’lim yoʻnalishlaridagi boshqa oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilinmagan abituriyentlar qabul qilinadi. 2017/2018 oʻquv yili uchun talabalar oʻqishga amaldagi bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori boʻyicha tasdiqlangan kvota doirasida qabul qilinadi.
Institutda viloyatdagi maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari va oliy ta’lim muassasalari hamda pedagog kadrlarni kayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ta’lim mazmunini takomillashtirish boʻyicha faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilindi. Uning tarkibini Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlaydi.
Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari:
Institutga operativ boshqarish huquqi bilan bepul foydalanishga:
Litsey va kollejning 2 va 3-kurs oʻquvchilari bitirgunlariga qadar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining binolarida ijara toʻlovisiz joylashadi.
Quyidagilar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 40 | 1,972 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati orga | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-sonli qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorida:
a) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 4-ilovada:
4-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “bojxona komplekslari va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 111 — 113-bandlar qo‘shilsin:
“111. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi kuyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar talablarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
bojxona organlariga yuksak kasb ko‘nikmasi va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan har tomonlama kamol topgan va vatanparvar yoshlarni jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish;
xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonuniylik buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish;
xizmatni fidokorona o‘tayotgan kadrlarni har tomonlama rag‘batlantirish, xizmat intizomini, qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy hamda boshqa turdagi javobgarlikka tortish;
Oliy harbiy bojxona instituti faoliyatini samarali tashkil etish;
bojxona xizmati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholi, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bilan bevosita, maqsadli muloqot o‘rnatish, shuningdek, fuqarolarni shaxsan qabul qilish.
112. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari quyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
bojxona ishini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, bojxona haqidagi qonunlarni va huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirish, bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita aloqasiz muloqot qilish shakllarini joriy etish;
xavf-xatarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga nisbatan munosabatda bo‘lishning soddalashtirilgan bojxona tartibotlarini qo‘llash tartibini joriy etish, va ularning samarali ishlashi;
bojxona nazoratining zamonaviy shakllari, usullari va texnik vositalarini joriy etish hisobiga tovarlarning noqonuniy importini, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini aniqlash;
113. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari kuyidagilar uchun shaxsan javob beradilar:
tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish, eksport-import shartnomalari ijrosini tahlil qilish, tovarlar eksporti prognozlarini bajarish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta haqidagi qonunlarga rioya qilish;
bojxona statistikasini shakllantirish va uning ishonchliligi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdosini hamda mamlakatning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish haqida tahliliy materiallar tayyorlash;
statistika ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish, tashqi savdo sohasida huquqbuzarliklar belgilarini aniqlash;
tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovarlar tasnifi to‘g‘riligini baholashni nazarda tutuvchi bojxona postlari faoliyati ustidan amaliy nazorat qilish tizimini ishlab chiqish, ularning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona to‘lovlarini hisoblash va undirish, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan masalalarda metodologik yordam berish;
kontrabandaga va bojxona haqidagi qonunlar buzilishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligining amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
xorijiy mamlakatlar bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, bojxona ishi sohasidagi ilg‘or tajribani tizimli o‘rganish va joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining samarali faoliyatini tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini puxta, har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
bojxona organlarining bino va inshootlarini joriy va mukammal ta’mirlash, xodimlarni kompyuter va texnika, aloqa va bojxona nazorati vositalari bilan ta’minlash, yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish”.
14-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“zarurat bo‘lganda davlat bojxona xizmati organlari tuzilmasiga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida o‘zgartirishlar kiritish”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organi xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda sudyalarga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda):
a) qarorning nomlanishidagi “departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga” so‘zlari “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
ilovaning nomlanishidagi “departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bandda:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son” va “(keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi 5414-son” va “(keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi o‘rinlarda sudyalar deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga tatbiq etiladi”;
2-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandda:
birinchi xatboshidagi “prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari xodimining” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimining” so‘zlari bilan, “keyingi o‘rinlarda sudyaning, prokuratura va davlat soliq xizmati organlari xodimining” so‘zlari “keyingi o‘rinlarda sudyaning, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi II2 bob qo‘shilsin:
199. Dastlabki badal davlat bojxona xizmati organlari xodimining hisob raqamiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Maxsus jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobiga kiritilishi mumkin.
1910. Davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga dastlabki badalni to‘lash uchun Maxsus jamg‘armadan mablag‘ ajratish maqsadida ish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalarida, “Toshkent-AERO” ixtisoslantirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazida tegishli komissiya (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi komissiyasi (keyingi o‘rinlarda DBQ komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
1911. Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobiga dastlabki badalni o‘tkazish uchun davlat bojxona xizmati organlari xodimi ish joyi bo‘yicha hududiy komissiyalarga, Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati xodimi esa DBQ komissiyasiga qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat bojxona xizmati organlari xodimi qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat bojxona xizmati organlari xodimining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar yoki davlat bojxona xizmati organlari xodimining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
davlat bojxona xizmati organlari xodimining oilasi tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va uning pasporti nusxasi;
davlat bojxona xizmati organlari xodimini tayinlash to‘g‘risidagi tegishli buyruqning nusxasi.
1912. Ariza va ushbu Nizomning 1911-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin hududiy komissiya o‘n kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya ikki kun muddatda ushbu qarorni (zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) DBQ komissiyasiga yuboradi.
Mablag‘ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya bir kun muddatda davlat bojxona xizmati organlari xodimini rad etish sabablari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
1913. DBQ komissiyasi bir hafta muddatda DBQ markaziy apparati xodimining arizasini va hududiy komissiya qarorini va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan ikki nusxada bayonnoma tuzadi. Bayonnomaning har ikki nusxasi DBQ komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda DBQ komissiyasi ikki kun muddatda bayonnomaning bir nusxasini Davlat bojxona qo‘mitasi Hay’ati (keyingi o‘rinlarda DBQ Hay’ati deb ataladi) qarori loyihasini tayyorlash uchun Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga kiritadi.
Mablag‘ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda DBQ komissiyasi uch kun muddatda DBQ markaziy apparati xodimi va hududiy komissiyani rad etish sabablari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hududiy komissiya bir kun muddatda davlat bojxona xizmati organi xodimini rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Quyidagilar rad etish sabablari hisoblanadi:
zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilishi;
hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi;
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari yetishmasligi.
1914. DBQ Hay’ati qarori tasdiqlangandan keyin ikki kun muddatda DBQ komissiyasi bu haqda hududiy komissiyani yozma ravishda xabardor qiladi va davlat bojxona xizmati organlari xodimi bilan qarz shartnomasini tuzadi.
Qarz garov ta’minoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati o‘n yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
1915. Dastlabki badalni to‘lash davlat bojxona xizmati organlari xodimi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasi tuzgandan keyin xodimning tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Dastlabki badal uchun ajratiladigan summa yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan oshmasligi kerak.
1916. Bojxona organlari xodimi tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va boshqa daromadlar, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar hisobiga naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish;
naqd pul topshirish;
davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining tijorat banklaridagi omonatlari bo‘yicha hisob raqamlaridan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish.
Bunda qarz bo‘yicha qarz mablag‘lari qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq to‘lanadi.
Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega”;
20-bandning birinchi — beshinchi xatboshilaridagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin
21-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Sudya, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura, davlat soliq xizmati hamda davlat bojxona xizmati organlari xodimlari ipoteka krediti olish uchun tijorat bankiga murojaat qilgandan keyin tijorat banki ularni ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Sudya, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishlari kerak”;
23-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
27, 29 va 30-bandlardagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“28. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun ipoteka krediti berish tijorat banki tomonidan sudya, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi nusxasi ilova qilingan holda sudyaning, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining yozma topshiriqnomasi asosida, sotuvchining (mulkdorning) omonat hisob raqamiga pul mablag‘larini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi”.
31-banddagi “sudya va davlat soliq xizmati organlari xodimi” so‘zlari “sudya, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
32-banddagi “sudya va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovada
ilovaning nomlanishidagi “departamenti va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bandda:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son” va “(keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) hamda davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son” va “(keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin”
ikkinchi xatboshidagi “prokuratura organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Sudyaga, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga pul kompensatsiyasi to‘lash sudya, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimi tayinlangan joyga kelgandan (saylangandan) keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sudyaga, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari to‘xtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi to‘lash to‘xtatiladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat bojxona xizmati organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan joyda uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazi (keyingi o‘rinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart”;
5-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Sudya, sud organlari xodimi va prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini ko‘rsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi.
Pul kompensatsiyasi to‘lash to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
sudyani tayinlash (saylash) to‘g‘risidagi qarorning nusxasi, sud organlari xodimini, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi;
nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
qonun hujjatlariga muvofiq oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hujjatlarining nusxasi;
uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasining nusxasi.
Tegishli organ taqdim etilgan hujjatlar asosida uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini ko‘rsatgan holda pul kompensatsiyasi tayinlash to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Tegishli organlar shaxslar ijaraga olingan uy-joyda yashashlarini va ularning yashash joylari o‘zgarishini doimiy nazorat qiladilar”;
7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud organlari xodimiga va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimiga, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga bola ikki yoshga to‘lgungacha uni parvarish qilish uchun ta’til berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi ta’tilning butun davriga, biroq sud organlari va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimi ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi”;
8-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning birinchi xatboshidagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining intizomiy ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 27-martdagi 135-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 28-noyabrdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 91-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 28-sentabrdagi 205-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 9-son, 56-modda) ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 1-son, 79-modda) 1-ilovaning 85-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilovaning 46, 49 — 55-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “Darband” yo‘l-patrul xizmati postiga yondosh hududda bojxona punktini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 9-iyundagi 193-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona brokeri sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 25-iyuldagi 239-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 25-apreldagi 239-son qaroriga ilovaning 1, 2, 17, 18, 25, 30, 32-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-yanvardagi 14-f-son farmoyishi. | 250 | 25,314 |
Qonunchilik | «Yoshlik-I» konini oʻzlashtirish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga oʻzgartirishlar kiritildi | Prezidentning 24.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi «Olmaliq KMK» AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4731-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi PQ-5037-son qarori imzolandi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq «Yoshlik-I» konini oʻzlashtirish» investitsiya loyihasini (keyin oʻrinlarda – Loyiha) amalga oshirishda quyidagilar ishtirok etishdan chiqarildi:
Eslatib oʻtamiz, Loyiha rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan hamda unda umumiy hisoblangan kapital qoʻyilmalar summasi 1,7 mlrd AQSh dollari boʻlgan, 2027 yilga kelib 23 mln tonna ruda qazib olish nazarda tutilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 101 | 883 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 17-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘tiladigan dars jarayoni uchun talab etiladigan xomashyo materiallari bilan ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 3152, 2019-yil 15-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 10-sentabrdagi 04-04/2-1290-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 14-sentabrdagi 84-04-1715-son xatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazining 2019-yil 18-martdagi 3-mh-son, 15-q/q-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘tiladigan dars jarayoni uchun talab etiladigan xomashyo materiallari bilan ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3152, 2019-yil 15-aprel) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 2,389 |
Qonunchilik | Boyovut tumanida zamonaviy agromajmua tuziladi | 2017 yil 24 oktyabrda Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga iхtisoslashtirilgan zamonaviy agrokompleks faoliyatini kengaytirish toʻgʻrisida”gi 866-son qarori qabul qilindi.
Qarorda ta’kidlanishicha, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi qishloq хoʻjaligi teхnikasini saqlash, ularga servis хizmati koʻrsatish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga iхtisoslashtirilgan “Boyovut tezkor madad” MChJga “Oʻzbekiston Respublika tovar-хom ashyo birjasi” AJ tomonidan 2,8 mlrd soʻmlik moliyaviy yordam koʻrsatilgan. Ushbu summa MChJ ustav fondiga kiritilgan va birja uning ishtirokchisiga aylangan.
Hujjatda birjaga quyidagi topshiriqlar berildi:
Hujjat davlat tilida e’lon qilindi va 2017 yil 24 oktyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Sardor JUMAShOV,
ekspert-yuristimiz. | 46 | 1,064 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to‘lash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-son “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 17-son, 225-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to‘lash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi tomonidan 1999-yil 28-aprelda tasdiqlangan Ishlarga haq to‘lash tartibi (ro‘yxat raqami 722, 1999-yil 11-may) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-son “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi, 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 24-apreldagi 348-son “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2019-yil 24-apreldagi 349-son “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, akkreditatsiya qilish, inspeksiya nazorati, sertifikatlashtirish, xorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni va sinovlar protokollarini e’tirof etish bo‘yicha ishlar va xizmatlar uchun, shuningdek muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik va milliy akkreditatsiya tizimi belgisini (bundan buyon matnda akkreditatsiya belgisi deb yuritiladi) qo‘llash uchun to‘lovlarni to‘lash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
akkreditatsiya obyekti — muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari, shu jumladan ularni baholash jarayonida;
muvofiqlik belgisi — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi;
inspeksiya nazorati — mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili.
11. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlari o‘z faoliyatlarini akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar asosida amalga oshiradilar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimidagi ishlar va xizmatlar narxi shartnoma asosida aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya qilish, inspeksiya nazorati, sertifikatlashtirish, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish va deklaratsiyalash bo‘yicha ishlar va xizmatlarning narxini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlarining akkreditatsiya qilish, inspeksiya nazorati, sertifikatlashtirish, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish va deklaratsiyalash bo‘yicha ishlar va xizmatlarining narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq aniqlanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 60-bandida “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DK tomonidan (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun haq undirilishi belgilangan:
hujjatlar ekspertizasi uchun;
akkreditatsiya obyektini baholash uchun;
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘tkazilgan akkreditatsiya obyektining inspeksiya nazorati uchun;
akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun.
5. Natijalaridan qat’i nazar, akkreditatsiya qilish bo‘yicha ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar to‘lanishi lozim.
6. “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) o‘z vazifalarining bir qismini mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) o‘tkazishga haqlidir.
7. Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya qilinganida Markaz va akkreditatsiya obyekti o‘rtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi, unga ko‘ra akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya belgisini qo‘llaganlik uchun akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan pullik xizmatlar tushumning 5 foizi miqdorida ajratma o‘tkazadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 62-bandiga muvofiq ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan xizmatlar uchun to‘lovlar Markazning sarflangan vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
9. Mahsulotlar, xizmatlar va sifat tizimlarini sertifikatlashtirishda haqiqiy sarflarni hisobga olgan holda Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarining (ro‘yxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 10-11-son, 86-modda) 8-bandida ko‘zda tutilgan sertifikatlashtirish bosqichlari to‘lanishi lozim.
10. Natijalaridan qat’i nazar, sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar va xizmatlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar to‘lanishi kerak.
11. Sertifikatlangan mahsulot va sifat tizimining inspeksiya nazoratini o‘tkazish bo‘yicha ishlar va xizmatlarning to‘lovi, haqiqiy sarflardan kelib chiqib, muvofiqlik belgisini ishlatish huquqi bo‘yicha bitim asosida amalga oshiriladi.
12. Xorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni va sinovlar protokollarini e’tirof etish bo‘yicha ishlar va xizmatlarning to‘lovi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga (ro‘yxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) muvofiq e’tirof etish jarayonini amalga oshirish bo‘yicha haqiqiy sarflardan kelib chiqib amalga oshiriladi.
13. Deklaratsiyalash yo‘li bilan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha ishlar va xizmatlar to‘lovi Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1465, 2005-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 107-modda) muvofiq deklaratsiyalash yo‘li bilan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash jarayonini amalga oshirish bo‘yicha haqiqiy sarflardan kelib chiqib amalga oshiriladi.
15. Muvofiqlik belgisidan foydalanishni nazarda tutuvchi sxemalar bo‘yicha amalga oshirilgan sertifikatlashtirishning natijalari ijobiy bo‘lganda, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organi bilan import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar (sertifikatlashtirishga nomzod) o‘rtasida bitim tuziladi. Unga ko‘ra import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovni bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi xizmatlari uchun” mukofoti laureatlari bo‘lgan mahalliy korxonalar nomzod mahsulot bo‘yicha muvofiqlik sertifikati amal qilish muddatida muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovdan ozod etiladi.
18. Ishlar va xizmatlarning haqqoniy sermashaqqatliligini aniqlashda javobgarlik akkreditatsiya va inspeksiya nazorati bo‘yicha — Markaz, sertifikatlashtirish, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish hamda deklaratsiyalash bo‘yicha — sertifikatlashtirish organi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
19. Mazkur Qoidalar talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini Texnik jihatdan tartibga solish agentligi amalga oshiradi.
20. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 130 | 10,167 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAMDA BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLAShTIRISh TARTIB-TAOMI | O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartib-taomillari soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 6-apreldagi O‘RQ-31-son Qonuniga binoan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin, shuningdek ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotganligi e’tirof etilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15.1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 17-modda) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15.1. Sertifikatlanishi shart bo‘lgan axborot mahsulotlari va xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda importyor mazkur mahsulotlar va xizmatlar belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etadi.”.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarga shtrixli kodlashni joriy etish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 438-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 56-modda):
a) beshinchi xatboshida, 1, 7-bandlarda, II bo‘limning nomlanishida “EAN” va “EAN International” so‘zlari “GS1” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “Tovarlari EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alanishi kerak bo‘lgan” va “EAN Uzbekistan” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazida ro‘yxatdan o‘tadilar” so‘zlari “o‘z tovarlari GS1 shtrix kodlari bilan tamg‘alanishi istagini bildirgan” va “GS1 Uzbekistan” uyushmasida ro‘yxatdan o‘tadilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “shtrixli kodlashtirilishi kerak bo‘lgan” so‘zlari “o‘z tovarlari GS1 shtrixli kodlari bilan tamg‘alanishi istagini bildirgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 5-banddagi:
“EAN Uzbekistan” markazida” so‘zlari “GS1 Uzbekistan” uyushmasida” so‘zlari bilan;
“EAN” so‘zi “GS1” so‘zi bilan almashtirilsin;
d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahsulot (tovar)larni GS1 shtrix kodlari bilan tamg‘alash tadbirkorlik faoliyati subyekti tomonidan GS1 tasniflash va kodlash sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami, ishlab chiqarilayotgan tovarning raqamli kodi va shtrixli kodning original-maketi olingandan keyin ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi”;
e) 9-banddagi “ularni EAN shtrixli kodi bilan tamg‘alashni ta’minlaydilar” so‘zlari “ularni shuningdek GS1 shtrixli kodi bilan tamg‘alashlari mumkin” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida transport-ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 9-sentabrdagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Transport-ekspeditorlik korxonalari to‘g‘risidagi nizom va transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish tartibida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 59-modda):
a) 13-banddagi “Transport vositalari, terminallar va transport-ekspeditorlik faoliyatining boshqa obyektlari, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 14-banddagi “vakolatli davlat organi yoki u vakil qilgan organ tomonidan” so‘zlari “qonun hujjatlariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) 14-bandda:
o‘ninchi xatboshida “muvofiqlik sertifikati” so‘zlari “majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n to‘rtinchi xatboshiga “(majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarni sotishda)” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 37-bandning oltinchi xatboshiga “(majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlar uchun)” so‘zlari qo‘shilsin;
v) 119-bandning birinchi qismidagi “belgilangan namunadagi hujjat berilgan holda sertifikatsiyadan o‘tgan” so‘zlari “muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lsa)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 33, 34-bandlarida va Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti sxemasida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) “EAN” so‘zi GS1 so‘zi bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va SSSR Mahsulot sifatini boshqarish va standartlar davlat komitetining “O‘zbekiston SSRda mahsulotni sertifikatsiyalashni joriy etish ishlarini tashkil etish haqida” 1990-yil 2-fevraldagi 66-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini, sertifikatlashtirishni o‘tkazish, xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirish va ularni uning tashqarisiga chiqarish tartibini tasdiqlash haqida” 1994-yil 12-avgustdagi 409-son qarorining 5, 11 va 12-bandlari va qarorga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 38-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarga shtrixli kodlashni joriy etish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 438-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash to‘g‘risidagi nizomning III va IV bo‘limlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 56-modda). | 250 | 6,011 |
Qonunchilik | “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Namangan viloyatidagi sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan Shanxay xamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar uchun beriladigan kredit mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “China National Elektrik Enjineering Co. Ltd” (XXR) kompaniyasi o‘rtasida “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini bajarish doirasida texnologiya uskunalari, ehtiyot qismlar yetkazib berish, shef-montajni amalga oshirish, sozlash va xodimlarni o‘qitish uchun qiymati 4 084,8 ming AQSh dollariga teng shartnoma tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirish:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtiriladigan, 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan, yillik 2,2 foiz stavkali, qayta moliyalashtiradigan bankning 0,2 foiz marjasini hisobga olgan holda, beriladigan 3,88 mln AQSh dollari miqdordagi XXR Eksimbankining qarz mablag‘lari hisobiga;
ekvivalenti 7,53 mln AQSh dollari, shu jumladan soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etish tarzidagi 1,98 mln AQSh dollari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanish va “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini samarali amalga oshirish uchun byurtmachi va mas’ul ijrochi organ hisoblanadi;
“O‘zsuvloyiha” OAJ mazkur loyihaning bosh loyihachisi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat ko‘rsatish va moliyalashni tashkil etish bilan bog‘liq foizlar, komissiyalar va xarajatlarni to‘lash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
loyiha to‘rt yil (2014 — 2017-yillar) davomida amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi va obyektni ishga tushirish muddati 2017-yilning IV choragiga belgilangan holda uning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi yuzasidan XXR Eksimbanki qarz mablag‘lari bo‘yicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni to‘lashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirishni tashkil etish uchun:
XXR Eksimbanki bilan individual qarz bitimini;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan XXR Eksimbanki qarz mablag‘larini qayta moliyalashtirishga kredit shartnomasini tuzsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomida:
XXR Eksimbankiga — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining to‘lov majburiyatlari bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining XXR Eksimbanki kreditlari bo‘yicha to‘lov majburiyatlari yuzasidan haq undirmagan holda kafolatlarni imzolash vakolati berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda qarz bitimlarida nazarda tutilgan shaklda yuridik xulosalar bersin.
8. “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshiriladigan davrda va amalga oshirilgandan so‘ng bir yillik kafolat muddati davomida:
loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kelinadigan uskunalar, maxsus texnika, ehtiyot qismlar va materiallar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari-yuridik shaxslarning foyda solig‘ini to‘lashdan (loyiha bajaruvchilari);
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari-jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida loyihani amalga oshirish doirasida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalari bo‘yicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda kirish vizalarini rasmiylshtirishni ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalari bo‘yicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalarni berish va muddatini uzaytirish, shuningdek yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiska qilishni va propiskani uzaytirishni rasmiylashtirishni ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalari bo‘yicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek ularga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnoma berishni ta’minlasin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 144 | 6,955 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-442-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 30-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-442-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 168 | 711 |
Qonunchilik | Xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuklarni avtomobillarda tashish to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuklarni avtomobillarda tashish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin. | 116 | 236 |
Qonunchilik | Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining, shuningdek Namangan shahrining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining, shuningdek Namangan shahrining chegaralari o‘zgartirilsin;
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidan 472,2 gektar yer maydoni Namangan shahrining Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkazilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan:
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidan Namangan shahrining Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkazilayotgan yer maydonlari chegaralari chizig‘ining tavsifi va chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani chegaralari chizig‘ining tavsifi va chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
Namangan viloyati Namangan shahri Davlatobod tumani chegaralari chizig‘ining tavsifi va chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 5 va 6-ilovalarga muvofiq;
Namangan viloyati Namangan shahri chegaralari chizig‘ining tavsifi va chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 7 va 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qaror yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Boshlang‘ich 1-nuqta sifatida 4R-112 avtomobil yo‘lining janubiy tomonidagi (To‘raqo‘rg‘on tumani va Davlatobod tumani hududlarining o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara) Qishloq ho‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasiga kirish darvozasining ro‘parasida lotok ariqqa o‘rnatilgan temir quvur (ko‘prik)ning g‘arbiy tomoni qabul qilingan (WGS-84 koordinatalar o‘lchamida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'57.13'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'38.41'').
1-nuqtadan chegara g‘arbiy yo‘nalishda 4R-112-avtomobil yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab 1957 metr masofada To‘raqo‘rg‘on tumani “Parasmon” MFYning Gulbog‘ ko‘chasi bilan 4R-112-avtomobil yo‘li tutashgan “T” shaklli chorrahaning shimoli-sharqiy burchagidagi 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'4.72'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'15.57'').
2-nuqtadan chegara shimoliy yo‘nalishda 4R-112 avtomobil yo‘lini 90°burchak ostida kesib o‘tib, To‘raqo‘rg‘on tumani “Parasmon” MFY Gulbog‘ ko‘chasining sharqiy tomoni bo‘ylab 216 metr masofada nasos binosining shimoli-g‘arbiy burchagidan sharqiy tomoniga burilib, 4-Gulbog‘ ko‘chasining janubiy tomoni va “Parasmon” MFY aholi punktining sharqiy chegarasi bo‘ylab 867 metr masofada (jami 1103 metr) To‘raqo‘rg‘on tumanining “Parasmon” va “Ibrat” MFY chegaralari o‘rtasidagi 3-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'27.78'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'35.54'').
3-nuqtadan chegara shimoliy va g‘arbiy yo‘nalishlarda To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY aholi punktining sharqiy chegarasi bo‘ylab 2320 metr masofada To‘raqo‘rg‘on tumanining “Ibrat” va “Ettikon” MFYlar chegaralari o‘rtasidagi 4-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'0.90'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'48.27'').
4-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY aholi punktining sharqiy va shimoliy chegaralari bo‘ylab, Hamroh ko‘chasining sharqiy tomoni Katta Namangan kanalining chap qirg‘oq nazorat yo‘lagiga tutashgan (kanal qirg‘og‘idagi) 5-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'34.32'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'37.62'').
5-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda Katta Namangan kanalining chap qirg‘og‘i bo‘ylab (oqimga qarshi) harakatlanib, 4R-117 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, 803 metr masofada Katta Namangan kanalining chap qirg‘og‘idagi (mavjud suv chiqarish joyidan 96 metr sharqda) 6-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'50.67'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'2.59'').
6-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda Katta Namangan kanalining chap qirg‘og‘idagi nazorat yo‘lagini 90° burchak ostida kesib o‘tib, mavjud dala yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab 289 metr, 4R-117 avtomobil yo‘lini 90° burchak ostida kesib o‘tib 22 metr, nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 941 metr masofada (jami 1252 metr) nomsiz ariq bilan kesishgan dala yo‘lining shimoliy tomonidagi 7-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'18.36'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'32.28'').
7-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda (4R-117 avtomobil yo‘li bilan To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY aholi punktini bog‘lovchi) dala yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab 240 metr, shimoli-g‘arb tomonga burilib, yo‘lning g‘arbiy tomoni bo‘ylab 669 metr masofada (jami 909 metr) “Universal Food Trade” MChJga qarashli Issiqxona kompleksidan 167 metr shimoli-g‘arbda joylashgan 8-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'39.15'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'36.09'').
8-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda dala yo‘lini kesib o‘tib nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 457 metr masofada fuqaro Kazakbayev Bahodirga qarashli Issiqxona kompleksi ma’muriy binosining shimoli-g‘arb tomoni burchagidagi 9-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'38.01'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'55.03'').
9-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda shimoldan janubga yo‘nalgan dala yo‘llarini va nomsiz ariqni kesib o‘tib 54 metr, “Buloq ariq”ning o‘ng tomoni bo‘ylab 309 metr (jami 363 metr) masofada ariq bilan 4R-117 avtomobil yo‘li kesishgan 10-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'44.33'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'2.31'').
10-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda 4R-217 avtomobil yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab 81 metr masofada avtomobil yo‘lini ko‘ndalang kesib o‘tuvchi “Ijodkor” tashlama arig‘ining chiqish joyidagi — To‘raqo‘rg‘on va Davlatobod tumanlarining ma’muriy chegarasi o‘rtasidagi 11-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'44.58'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'6.04'').
11-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda To‘raqo‘rg‘on tumani va Davlatobod tumani hududlarining ma’muriy chegarasi (“Ijodkor” tashlama arig‘ining chap tomoni) bo‘ylab 2589 metr masofada ariq keskin burilgan joydagi (nuqtadan shimolda joylashgan 110 kV elektr uzatish tarmog‘iga nisbatan perpendikulyar 101 masofada) 12-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'32.50'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'10.24'').
12-nuqtadan chegara “Ijodkor” tashlama arig‘i yo‘nalishiga nisbatan 90° burchak ostida janubi-g‘arb tomonga burilib 17 metr, 90° burchak ostida janubi-sharq tomonga burilib, “Ijodkor” tashlama arig‘ining asosiy irmog‘i o‘ng tomoni bo‘ylab 332 metr masofada (To‘raqo‘rg‘on tumani va Davlatobod tumani hududlarining ma’muriy chegarasi) “To‘raqo‘rg‘on-2” gaz taqsimlash shoxobchasi temir-beton ko‘prigining shimoli-g‘arbiy burchagidagi 13-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'32.50'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'10.24'').
13-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda dala yo‘lini kesib o‘tib, nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 318 metr, nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab sharqiy tomonga 107 metr, ushbu nomsiz ariqni kesib o‘tib janubga yo‘nalgan nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 571 metr masofada (jami 996 metr) Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasiga kirish qismidagi lotok ariqqa o‘rnatilgan temir quvur (ko‘prik)ning g‘arbiy tomonidagi 1-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'24.41'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'19.26'').
Chust tumani yerlari, Kosonsoy tumani yerlari hamda To‘raqo‘rg‘on tumani yerlari chegarasida, Katta Namangan kanali bilan Kengko‘lsoy kesishgan joydagi dyukerning suv chiqish joyidan 15 metr sharqda kanal va dala yo‘li kesishgan joyning shimoli-sharqiy tomoni boshlang‘ich 1-nuqta sifatida qabul qilingan (WGS-84 koordinatalar o‘lchamida, shimoliy kenglik koordinatalari (41°1'7.309'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°24'24.250'').
1-nuqtadan chegara chizig‘i sharqiy yo‘nalishda 62 metr masofada Katta Namangan kanali dyukerining shimoliy tomondagi suv kirish joyidagi 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'7.748'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°24'26.827'').
2-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda Katta Namangan kanalining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab (suv oqimiga qarshi) 2593 metr masofada Katta Namangan kanali dyukeri suv chiqish joyining shimoliy burchagidagi 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'58.828'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°25'48.115'').
3-nuqtadan chegara chizig‘i sharqiy yo‘nalishda (dyukeri bo‘ylab) dyuker ustidan kesib o‘tuvchi Kengko‘lsoy soyini kesib o‘tib 43 metr masofada soyning chap qirg‘og‘idagi 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'59.022'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°25'49.930'').
4-nuqtadan chegara chizig‘i shimoli-g‘arb tomonga Kengqo‘lsoy soyining chap qirg‘og‘i bo‘ylab 4579 metr masofada soy g‘arb tomonga 90°burchak ostida burilgan, sharqiy tomondan quruq soy bilan tutashgan joydagi 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°3'1.858'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°26'37.558'').
5-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yo‘nalishda nomsiz ariqning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 154 metr, ekin yer maydonidan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 274 metr, nomsiz ariq bilan tutashgan joydan shimoliy tomonga burilib 62 metr masofada nomsiz ariq sharqiy tomonga qayrilgan joydagi 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°3'15.620'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°26'46.115'').
6-nuqtadan chegara chizig‘i shimoliy tomonga nomsiz ariqni kesib o‘tib, ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 942 metr masofadagi nomsiz ariqlar tutashgan joydagi 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°3'40.010'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°27'3.096'').
7-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yo‘nalishda nomsiz ariqni o‘ng tomoni bo‘ylab 1035 metr masofada Yangiobod qishlog‘iga olib boruvchi dala yo‘lini kesib o‘tib, ariq va dala yo‘li bilan kesishgan joyning shimoli-g‘arb tomonidagi 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°4'5.689'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°27'26.705'').
8-nuqtadan chegara sharqiy tomonga Yangiobod qishlog‘iga olib boruvchi dala yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab 1023 metr masofada, yo‘l janubiy tomonga 90° burchak ostida burilgan joydagi 9-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°4'7.298'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'7.108'').
9-nuqtadan chegara chizig‘i janubi-sharqiy yo‘nalishda Yangiobod qishlog‘iga olib boruvchi dala yo‘lining shimoli-sharqiy tomoni bo‘ylab 145 metr masofada dala yo‘li avtomobil yo‘li bilan tutashgan chorrahaning shimoli-g‘arb tomonidagi 10-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°4'3.079'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'9.761'').
10-nuqtadan chegara chizig‘i shimoliy tomonga Yangiobod qishlog‘iga olib boruvchi avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab 2244 metr masofada Quyuqmozor qabristonining janubi-sharq tomon burchagidagi (dala yo‘li avtomobil yo‘liga g‘arbiy tomondan tutashgan joy) Kovushkon arig‘ining o‘ng qirg‘og‘idagi 11-nuqtaga davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°5'12.916'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'32.038'').
11-nuqtadan chegara g‘arbiy tomonga Quyuqmozor qabristonining janubiy chegarasi bo‘ylab 271 metr masofada qabriston hududi chegarasi shimoli-sharq tomonga 90° burchak ostida burilgan joydagi 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°5'17.646'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'24.024'').
12-nuqtadan chegara chizig‘i shimoli-sharqiy yo‘nalishda Quyuqmozor qabristonining shimoli-g‘arbiy chegarasi bo‘ylab 417 metr masofada qabristonga kirish yo‘lagining shimoliy burchagi Kovushkon arig‘ining o‘ng qirg‘og‘idagi 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°5'22.996'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'39.828'').
13-nuqtadan chegara shimoliy yo‘nalishda Kovushkon arig‘ining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 417 metr masofada Kovushkon arig‘ining o‘ng qirg‘og‘idagi (ariqning o‘ng tomonidagi dala yo‘li g‘arbiy tomonga 90° burchak ostida burilgan joy) 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°5'36.078'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'40.062'').
14-nuqtadan chegara g‘arbiy yo‘nalishda dala yo‘lining shimoliy tomonidagi nomsiz ariqning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 647 metr masofada ariq bog‘zor chegarasi bo‘ylab janubi-g‘arb tomonga burilgan joydagi 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°5'55.021'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'38.032'').
15-nuqtadan chegara chizig‘i g‘arbiy tomonga dala yo‘lining sharqiy tomoni bo‘ylab, dala yo‘lini ko‘ndalang kesib o‘tib 240 metr masofada dala yo‘llari “T” shaklda tutashgan joyning shimoli-sharq tomonidagi 16-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°6'1.793'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'36.559'').
16-nuqtadan chegara sharqiy tomonga dala yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab 107 metr masofada ushbu yo‘l bilan ariq kesishgan joydagi 17-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°6'1.685'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'41.142'').
17-nuqtadan chegara chizig‘i shimoliy yo‘nalishda ariqni kesib o‘tib, nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 37 metr masofada o‘tib so‘ngra g‘arbiy tomonga 27 metr, shimoliy tomonga 64 metr masofada Kengko‘lsoy adirlik etagi bo‘ylab oquvchi nomsiz ariqni ko‘ndalang kesib o‘tib, ariqning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 1139 metr masofada ushbu ariq g‘arbiy tomonga qayrilgan joydagi 18-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°6'32.069'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'43.511'').
18-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yo‘nalishda Shokaptarsoy soyini ko‘ndalang kesib o‘tib 42 metr masofada soyning chap qirg‘og‘ida Kosonsoy tumani aholi punktining chegarasidagi 19-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°6'32.969'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°28'45.188'').
19-nuqtadan chegara chizig‘i janubi-sharqiy yo‘nalishda Shokaptarsoy soyining chap qirg‘og‘i bo‘ylab o‘tib 4R-120 avtomobil yo‘lini va Kosonsoy soyini to‘g‘ri chiziq bilan kesib o‘tib 2030 metr masofada soyning chap tomonidagi 20-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°5'54.413'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°29'30.469'').
20-nuqtadan chegara chizig‘i shimoliy tomonga Kosonsoy soyining chap qirg‘og‘i bo‘ylab 3762 metr masofada, avtomobil yo‘li bilan beton ariq o‘rtasidagi 21-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°7'44.371'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°30'9.817'').
21-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda betonli ariqning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 3414-metr masofada ushbu ariq bilan parallel yo‘nalgan dala yo‘li Kosonsoy soyi tomonga 90°burchak ostida burilgan joydagi 22-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°5'58.423'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°29'39.077'').
22-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda 7 metr masofada, 90° burchak ostida janubiy tomonga buriladi va nomsiz ariqning chap tomoni bo‘ylab 1049-metr masofada ushbu ariq g‘arbiy tomonga 90° burchak ostida burilgan joydagi 23-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°5'25.166'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°29'37.014'').
23-nuqtadan chegara chizig‘i janubiy yo‘nalishda dala yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab 1565-metr masofada ushbu yo‘l suv ko‘tarish metall quvuri bilan kesishgan joydagi 24-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°4'35.792'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°29'30.199'').
24-nuqtadan chegara sharqiy tomonga suv ko‘tarish metall quvurining shimoliy tomoni bo‘ylab 300 metr masofada dala yo‘llari tutashgan joyda nomsiz ariqning boshlanishidagi 25-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°4'33.715'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°29'42.745'').
25-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yo‘nalishda nomsiz ariqning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab, ko‘prikdan o‘tib 754 metr, ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab, dala yo‘lini kesib o‘tib 785 metr masofada yo‘lning sharqiy tomonidagi 26-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°4'46.049'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°30'31.648'').
26-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 24 metr, janubi-sharq tomonga burilib ushbu ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab, dala yo‘lini ko‘ndalang kesib o‘tib 1263 metr masofada yo‘lning janubiy tomonidagi 27-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°4'10.837'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°30'41.054'').
27-nuqtadan chegara janubi-sharqiy yo‘nalishda nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab, dala yo‘lini ko‘ndalang kesib o‘tib 934 metr, adirlik etagi bo‘ylab oquvchi nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 1553 metr masofada dala tomorqa yerlari chegarasidagi 28-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2'58.729'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°30'52.186'').
28-nuqtadan chegara janubi-sharqiy yo‘nalishda nomsiz ariq va adirlik etagi bo‘ylab 535 metr, Kosonsoy tumani Kushon KSZning g‘arbiy chegarasi bo‘ylab 554 metr masofada To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy hamda Davlatobod tumanlarining ma’muriy chegaralari tutashgan joydagi 29-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2'34.260'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'10.852'').
29-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda dala yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab 509 metr masofada Davlatobod tumani Yuksalish KSZning janubi-g‘arb tomondan chegaralovchi ichki yo‘lning ro‘parasidagi 30-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2'16.573'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'15.503'').
30-nuqtadan chegara janubi-sharqiy yo‘nalishda Davlatobod tumani Yuksalish KSZ ichki ko‘chasining janubi-g‘arbiy tomoni bo‘ylab 496 metr, janubi-sharq tomonga burilib nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 754 metr masofada ushbu ariq Sohil-1 nasos stansiyasining shimoli-g‘arb tomonga yo‘nalgan suv ko‘tarish quvuri bilan kesishgan joydagi 31-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'52.946'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'55.172'').
31-nuqtadan chegara janubi-sharqiy yo‘nalishda Sohil-1 nasos stansiyasining janubi-g‘arbiy chegarasi bo‘ylab 196 metr masofada Katta Namangan kanali nazorat yo‘lagining shimoliy tomonidagi metall quvurning sharqiy tomonidagi 32-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'51.449'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'1.968'').
32-nuqtadan chegara janubi-sharqiy yo‘nalishida Katta Namangan kanalining nazorat yo‘lagini va ushbu kanalni metall suv quvurining sharqiy tomoni bo‘ylab kesib o‘tib 29 metr masofada 90° burchak ostida janubi-g‘arb tomonga buriladi va Katta Namangan kanalining chap qirg‘og‘i bo‘ylab, 4R-117 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib 803 metr masofada To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY, Hamroh ichki ko‘chasining sharqiy tomoni to‘g‘risida, Katta Namangan kanalning chap qirg‘og‘idagi 33-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'34.298'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'37.740'').
33-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY aholi punktining sharqiy chegarasi bo‘ylab 1533 metr masofada To‘raqo‘rg‘on tumanining “Ibrat” va “Ettikon” MFY chegaralari o‘rtasidagi 34-nuqtagacha davom etadi. (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'0.876'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'48.389'').
34-nuqtadan chegara janubi-sharqiy yo‘nalishda To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY aholi punktining sharqiy chegarasi bo‘ylab 2320 metr masofada “Parasmon” va “Ibrat” MFY chegaralari o‘rtasidagi 35-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'27.760'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'35.653'').
35-nuqtadan chegara chizig‘i janubi-g‘arbiy yo‘nalishda To‘raqo‘rg‘on tumani “Parasmon” MFY aholi punktining sharqiy chegarasi bo‘ylab 563 metr, 4-Gulbog‘ ko‘chasining janubi-sharqiy va janubiy tomonlari bo‘ylab 324 metr, Gulbog‘ va 4-Gulbog‘ ko‘chalari kesishgan joydagi nasos binosining shimoli-g‘arbiy burchagidan janubi-g‘arb tomonga burilib, Gulbog‘ ko‘chasining sharqiy tomoni bo‘ylab, 4R-112 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib “T” shaklidagi chorrahaning janubi-sharqiy burchagidagi 36-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'4.698'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'15.684'').
36-nuqtadan chegara janubi-sharqiy yo‘nalishda 4R-112 avtomobil yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab 1957 metr masofada Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasiga kirish darvozasining ro‘parasida lotok ariqqa o‘rnatilgan temir quvur (ko‘prik)ning g‘arbiy tomonidagi 37-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'57.251'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'38.591'').
37-nuqtadan chegara janubi-sharqiy yo‘nalishda 4R-112 avtomobil yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab 433 metr masofada Ijodkor tashlama arig‘i temir-beton ko‘prigining janubi-sharqiy burchagidagi 38-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'54.901'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'57.021'').
38-nuqtadan chegara janub tomonga Ijodkor tashlama arig‘ining chap qirg‘og‘i bo‘ylab 1993 metr masofada ariq bilan Namangan xalqaro aeroporti devori kesishgan joydagi 39-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'16.171'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'59.340'').
39-nuqtadan chegara shimoli-g‘arb tomonga Ijodkor tashlama arig‘ini kesib o‘tib Namangan xalqaro aeroporti chegara devori bo‘ylab 5265 metr masofada aeroportning chegara devor to‘siqlari Shimoliy Farg‘ona kanalining o‘ng qirg‘og‘i bilan tutashgan joydagi 40-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'38.896'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°34'37.758'').
40-nuqtadan chegara janubi-g‘arb tomonga Shimoliy Farg‘ona kanalining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 1613 metr masofada kanal janub tomonga burilgan joydagi 41-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'59.162'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'56.131'').
41-nuqtadan chegara shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda ekin maydonlari o‘rtasidan oqib o‘tgan nomsiz ariqning (suv oqimiga qarshi) o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 1084 metr, so‘ngra shimoli-g‘arb tomonga burilib ariqning (suv oqimiga qarshi) chap qirg‘og‘i bo‘ylab 826 metr, so‘ngra shimoli-g‘arb tomonga burilib “Molxona kompleksi” hududining shimoli-g‘arbiy chegarasi bo‘ylab 519 metr, so‘ngra 4R-120a avtomobil yo‘lining shimoli-sharqiy tomoni bo‘ylab Namangan-Pop temir yo‘lini kesib o‘tib 1309 metr masofada 4R-120a avtomobil yo‘li bilan temir yo‘l kesishgan joyning janubi-sharqiy tomonidagi 42-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'29.678'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'15.631'').
42-nuqtadan chegara janubi-g‘arbiy yo‘nalishda Pop-Namangan-Andijon temir yo‘lining janubi-sharqiy tomoni bo‘ylab 1360 metr masofada, Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi hududi devor to‘sig‘ining shimoli-sharqiy burchagidan 16 metr shimolda joylashgan 43-nuqtagacha tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'0.824'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'31.740'').
43-nuqtadan chegara chizig‘i janubi-sharqiy tomonga ariqni kesib o‘tib Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi hududining sharqiy chegarasi bo‘ylab, avtomobil yo‘lini kesib o‘tib 280 metr masofada Shimoliy Farg‘ona kanalining o‘ng qirg‘og‘idagi 44-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°56'53.174'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'38.170'').
44-nuqtadan chegara janubi-g‘arb tomonga Shimoliy Farg‘ona kanalining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab (dyukergacha) 2207 metr, so‘ngra dyukerdan shimol tomonga burilib 13 metr, so‘ngra Pop-Namangan-Andijon temir yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab Kosonsoy soyini kesib o‘tib 94 metr masofada temir yo‘l avtomobil yo‘li bilan kesishgan joyning janubiy sharqiy tomonidagi 45-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°56'27.290'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'11.572'').
45-nuqtadan chegara janubi-sharqiy yo‘nalishda avtomobil yo‘lining sharqiy tomonidagi Kosonsoy soyining (suv oqimi yo‘nalishida) o‘ng qirg‘oq dambasi bo‘ylab, 4R-115 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib 8159 metr masofada Axsi-1 nasos stansiyasi asosiy binosining sharqiy burchagidan 60 metr shimoli-sharqda joylashgan 46-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°52'34.260'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'19.180'').
46-nuqtadan chegara chizig‘i janubi-sharqiy yo‘nalishda Kosonsoy soyini to‘g‘ri chiziq bilan ko‘ndalang kesib o‘tib tashlama ariq bo‘ylab dala yo‘lini va Sirdaryo daryosini to‘g‘ri chiziq bilan kesib o‘tib 8159 metr masofada ushbu daryoning chap qirg‘og‘idagi 47-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°52'19.970'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'40.636'').
47-nuqtadan chegara janubi-g‘arbiy yo‘nalishda Sirdaryo daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab 1319 metr masofada Sariqsuv kollektori daryoga quyilish joyining g‘arbiy tomonidagi 48-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°51'55.408'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'56.147'').
48-nuqtadan chegara janubi-g‘arb tomonga Sirdaryo daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab 9052 metr masofada 4R-120 avtomobil yo‘li Sirdaryo ko‘prigining janubi-sharqiy tomonidagi 49-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°52'54.235'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°26'46.183'').
49-nuqtadan chegara shimoliy tomonga Sirdaryo ko‘prigining sharqiy tomoni bo‘ylab 151 metr masofada daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi 50-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°52'59.128'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°26'45.960'').
50-nuqtadan chegara chizig‘i g‘arbiy tomonga Sirdaryo daryosining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 13447 metr masofada nomsiz ariqning daryoga quyilish joyidagi 51-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°53'21.397'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°19'56.795'').
51-nuqtadan chegara shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda tashlama ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 92 metr, g‘arb tomonga burilib dala yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab 192 metr masofada dala yo‘llari tutashgan joyning janubi-g‘arb tomonidagi 52-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°53'25.466'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°19'47.611'').
52-nuqtadan chegara janubi-g‘arbiy yo‘nalishda dala yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab 452 metr masofada, so‘ngra dala yo‘llari tutashgan joydan shimoli-g‘arb tomonga burilib dala yo‘lini kesib o‘tib 154 metr masofada ushbu dala yo‘li g‘arb tomonga burilgan joydagi 53-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°53'27.038'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°19'25.799'').
53-nuqtadan chegara janubi-g‘arb tomonga dala yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab 137 metr masofada, so‘ngra dala tomorqa chegarasidagi nomsiz ariq bo‘ylab 190 metr 90° burchak ostida shimoli-g‘arb tomonga burilib dala tomorqa chegarasi bo‘ylab 21 metr masofada adirlik etagidagi 54-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°53'23.593'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°19'12.662'').
54-nuqtadan chegara janubi-g‘arbiy yo‘nalishda adirlik etagi bo‘ylab 149 metr masofani o‘tib, so‘ngra shimoliy tomonga burilib 30 metr, g‘arbiy tomonga 20 metr masofada dala yo‘lining sharqiy tomonidagi 55-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°53'24.335'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°19'5.372'').
55-nuqtadan chegara shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda zovur bo‘ylab 50 metr, shimoli-g‘arb tomonga burilib, tashlama ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab, so‘ngra Fayziobod qishlog‘iga olib boruvchi avtomobil yo‘lini va Pop-Namangan-Andijon temir yo‘lini kesib o‘tib 503 metr masofada temir yo‘l ko‘prigining shimoli-g‘arb tomonidagi temir-beton to‘siqdan 8 metr g‘arbdagi 56-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°53'36.611'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°18'52.945'').
56-nuqtadan chegara shimoli-sharq tomonga Pop-Namangan-Andijon temir yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab 1615 metr masofada temir yo‘l ko‘prigining shimoli-g‘arb tomonidagi 57-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°53'49.758'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°19'59.603'').
57-nuqtadan chegara shimoliy yo‘nalishda Pop-Namangan-Andijon temir yo‘li ostidan o‘tuvchi dala yo‘lining shimoli-g‘arb tomoni bo‘ylab 287 metr masofada ushbu yo‘lga shimoliy tomondan tutashgan dala yo‘li tomon qayrilib, yo‘lning sharqiy tomoni bo‘ylab 340 metr masofada dala yo‘li tugagan joydagi 58-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°54'1.642'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'6.918'').
58-nuqtadan chegara shimoliy yo‘nalishda dala tomorqa yerlari chegarasidagi nomsiz ariq bo‘ylab 358 metr masofada ariq dala yo‘li bilan kesishgan joydagi (metall quvur ko‘prik) 59-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°54'11.909'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'13.416'').
59-nuqtadan chegara shimoliy yo‘nalishda dala yo‘lini ko‘ndalang kesib o‘tib, yo‘lning sharqiy tomoni bo‘ylab, Shimoliy Farg‘ona kanalining nazorat yo‘lini kesib o‘tib 402 metr masofada ushbu kanalning chap qirg‘og‘idagi 60-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°54'23.897'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'19.597'').
60-nuqtadan chegara shimol tomonga Shimoliy Farg‘ona kanalining chap qirg‘og‘i bo‘ylab (suv oqimi yo‘nalishida) 738 metr masofada ushbu kanalning janub tomonga qayrilgan joyidagi 61-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°54'46.721'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'17.430'').
61-nuqtadan chegara chizig‘i shimol tomonga Shimoliy Farg‘ona kanalini ko‘ndalang kesib o‘tib, ushbu kanalning o‘ng tomonidan quyiluvchi tashlama ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab (suv oqimiga qarshi) 298 metr, g‘arb tomonga burilib so‘ngra ariqning chap tomoni bo‘ylab 538 metr masofada, tashlama ariq (adirlar oralab shimoldan janub tomonda yo‘nalgan) quruq soy bilan tutashgan joydagi 62-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°55'8.742'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'7.174'').
62-nuqtadan chegara chizig‘i shimoli-sharq tomonga adirlar oralab shimoldan janub tomonda yo‘nalgan quruq soyning o‘ng tomoni bo‘ylab 1490 metr masofada quruq soy dala yo‘li bilan tutashgan joydagi 63-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°56'21.757'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'20.126'').
63-nuqtadan chegara g‘arbiy tomonga to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 86 metr masofada joylashgan 64-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°56'22.88'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'16.818'').
64-nuqtadan chegara shimoliy tomonga dala yo‘lining sharqiy tomoni bo‘ylab 653 metr masofada dala yo‘llari uch tomonlama tutashgan joydagi 65-nuqtagacha tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°56'43.303'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'22.304'').
65-nuqtadan chegara sharqiy tomonga dala yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab 1137 metr masofada dala tomorqa yerlarining g‘arbiy tomonidagi 66-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°56'37.054'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°21'4.565'').
66-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yo‘nalishda dala tomorqa yerlari chegaralari oralab, shimoli-sharq tomonga yo‘nalgan quruq soy bo‘ylab 703 metr masofada adirlar oralab, so‘ngra shimoli-g‘arbdan janubi-sharq tomonga yo‘nalgan quruq soyga tutashgan joydagi 67-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°56'49.441'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°21'29.099'').
67-nuqtadan chegara chizig‘i shimoli-g‘arb tomonga adirlar oralab shimoli-g‘arbdan janubi-sharq tomonga yo‘nalgan quruq soyning o‘ng tomoni bo‘ylab 1019 metr masofada ushbu quruq soy 45° burchak ostida g‘arbga tomon burilgan joydagi 68-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'9.676'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'57.250'').
68-nuqtadan chegara shimoliy yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab nomsiz ariqqacha 222 metr, sharqiy tomonga burilib nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 50 metr masofada joylashgan 69-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'17.417'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°20'59.896'').
69-nuqtadan chegara chizig‘i shimol tomonga nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 101 metr, ekin yer maydonlari va quruq soy chegarasi bo‘ylab 369 metr masofada, so‘ngra janubi-sharq yo‘nalishidan 90° burchak ostida shimoli-sharq tomonga burilib tuproq yo‘llarini kesib o‘tib 35 metr masofada nomsiz ariq bilan tuproq yo‘l kesishgan joydagi 70-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'25.992'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°21'10.350'').
70-nuqtadan chegara g‘arbiy tomonga nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 83 metr, shimoli-sharq tomonga dala tomorqa yerlarining g‘arbiy chegaralaridan oqib o‘tuvchi nomsiz ariq bo‘ylab 436 metr, dala tomorqa yerlari tugagan erdan shimol tomonga burilib, ekin yer va zakan ariqni kesib o‘tib 30 metr masofada, shimoliy tomondagi gaz tarmog‘i yaqin kompensatorining g‘arbiy burchagidan 45 metr janubi-g‘arbda joylashgan 71-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'36.442'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°21'19.458'').
71-nuqtadan chegara chizig‘i shimoli-sharqiy tomonga So‘x-Namangan magistral gaz quvuriga parallel joylashgan zakan ariqning shimoliy tomoni bo‘ylab 153 metr masofada o‘tib so‘ngra shimoliy tomondagi gaz quvuri kompensatorining g‘arbiy burchagidan 65 metr janubi-g‘arbda joylashgan 72-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'36.961'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°21'25.880'').
72-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy tomonga burilib, So‘x-Namangan magistral gaz quvuridan o‘tib dala tomorqa yerlari chegarasidagi zakan ariqning shimoli-g‘arb tomoni bo‘ylab, dala yo‘lini kesib o‘tib 331 metr masofada, zakan ariq avtomobil yo‘li bilan kesishgan joyning g‘arbiy tomonidagi 73-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'44.676'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°21'34.484'').
73-nuqtadan chegara chizig‘i shimoli-g‘arb tomonga avtomobi yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab, 4R-112 avtomobil yo‘lini ko‘ndalang kesib o‘tib 358 metr masofada ushbu yo‘llar “T” shaklida tutashgan (AGTKShning g‘arbiy tomoni) joyning shimoli-g‘arb tomonidagi 74-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°57'55.778'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°21'29.977'').
74-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda 4R-112 avtomobil yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab 4891 metr masofada ushbu yo‘lning shimoliy tomoniga tutashgan dala yo‘lining sharqiy 75-nuqtasiga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'0.761'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°24'57.575'').
75-nuqtadan chegara shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda (4R-112 avtomobil yo‘lini 4R-117 avtomobil yo‘liga bog‘lovchi) ichki yo‘lning sharqiy tomoni bo‘ylab 838 metr masofada 4R-117 avtomobil yo‘lining janubiy tomonidagi dala tomorqa yerlari chegarasidagi 76-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'18.116'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°24'34.636'').
76-nuqtadan chegara chizig‘i shimoli-sharq tomonga 4R-117 avtomobil yo‘lining janubiy tomonidagi dala tomorqa yerlarining janubiy chegarasidan o‘tgan nomsiz ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 439 metr masofada o‘tib dala yo‘lining janubi-g‘arb tomonidagi 77-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'25.720'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°24'50.483'').
77-nuqtadan chegara shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda dala yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab, 4R-117 avtomobil yo‘lini ko‘ndalang kesib o‘tib Namangansement zavodining sharqiy tomonidagi dala yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab 1340 metr masofada ushbu yo‘l Kengko‘lsoy bilan kesishgan joydagi ko‘prikning shimoli-g‘arb burchagidagi 78-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'5.568'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°24'41.188'').
78-nuqtadan chegara chizig‘i shimoli-g‘arb tomonga Kengko‘lsoyning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab (suv oqimga qarshi) dala yo‘lini kesib o‘tib 1938 metr masofada o‘tib Kengko‘lsoy dala yo‘li bilan kesishgan joyning shimoli-g‘arb tomonidagi 79-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'1.865'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°24'11.578'').
79-nuqtadan chegara shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda dala yo‘lining shimoli-sharq tomoni bo‘ylab 202 metr masofada o‘tib so‘ngra uch tomonlama dala yo‘llari tutashgan joydan shimoliy tomonga ushbu yo‘lning sharqiy tomoni bo‘ylab 495 metr masofada dala yo‘li Kengko‘lsoyning o‘ng qirg‘og‘i bilan tutashgan joydagi 80-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'20.074'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°24'1.390'').
80-nuqtadan chegara chizig‘i shimoli-sharq tomonga Kengko‘lsoyning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 1649 metr masofada o‘tib ushbu soy bilan Katta Namangan kanali kesishgan joydagi dyukerning shimoliy tomonidagi suv kirish joyidan 15 metr sharqda joylashgan boshlang‘ich 1-nuqta bilan tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'7.309'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°24'24.250'').
Namangan shahrining shimoliy tomonida — Kosonsoy tumani bilan chegaradosh hududda joylashgan Katta Namangan magistral kanali dyukeri bilan G‘irvonsoy kesishgan joydagi dyukerni soy oqimidan himoyalovchi G‘irvonsoy gidroinshootining o‘ng tomoni janubiy burchagi 1-boshlang‘ich nuqta sifatida qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar o‘lchamida,shimoliy kenglik koordinatalari 41°3'3.79'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35'42.66'').
1-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda G‘irvonsoyning o‘ng tomoni bo‘ylab 528 metr masofada 1-dala hovlining shimoli-g‘arbiy tomonidagi burchagidan 6 metr g‘arbda, Mingterak arig‘ining o‘ng qirg‘og‘idagi 2-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2'46.64'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35'41.44'').
2-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda Mingterak arig‘ining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 1015 metr masofada Mingterak arig‘i bilan Mingterak ko‘chasi kesishgan joydagi ko‘prikning shimoli-g‘arbiy tomoni burchagidagi 3-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2'14.62'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35'44.93'').
3-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda “Mingterak” choyxonasi hududining janubiy chegarasi bo‘ylab, “Mingterak” ko‘prigining Mingterak ko‘chasining shimoliy tomoni bo‘ylab 335 metr masofada Mingterak ko‘chasi A.Avloniy ko‘chasiga tutashgan joydagi 4-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2'11.12'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35'57.33'').
4-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda A.Avloniy ko‘chasini va savdo-maishiy xizmat shoxobchalari hamda “Mingterak” MFY idorasi egallagan hududni g‘arbiy tomoni bo‘ylab 1490 metr masofada A.Avloniy ko‘chasi 4R-117 avtomobil yo‘li tutashgan joydagi 5-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'25.77'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°36'8.53'').
5-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda 4R-117 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, g‘arb tomon bo‘ylab 860 metr masofada 4R-117 va 4R-261 avtomobil yo‘llari tutashgan joydagi 6-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'1.89'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°36'24.82'').
6-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda 4R-261 avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab I.Karimov ko‘chasini, Shimoliy Farg‘ona magistral kanalini va “Pop-Namangan-Andijon” temir yo‘li izini kesib o‘tib 3490 metr masofada 4R-261 avtomobil yo‘li va Amir Temur ko‘chasi tutashgan joydagi 7-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'40.33'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38'2.09'').
7-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda 4R-112J avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab, To‘raqo‘rg‘on ko‘chasini kesib o‘tib 663 metr masofada 4R-112J avtomobil yo‘li va To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi tutashgan joydagi 8-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'20.24'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38'12.26'').
8-nuqtadan chegara g‘arbiy yo‘nalishda To‘raqo‘rg‘on ko‘chasining janubiy tomoni bo‘ylab 243 metr masofada To‘raqo‘rg‘on ko‘chasining 11-o‘tish yo‘li To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi bilan tutashgan joydagi 9-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'17.64'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38'2.41'').
9-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda 11-o‘tish yo‘li To‘raqo‘rg‘on ko‘chasining sharqiy tomoni bo‘ylab yangi ariqni kesib o‘tib, g‘arbiy yo‘nalishda yangi ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 566 metr masofada Abdug‘ani Kayumov ko‘chasini yangi ariq ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prikning janubi-sharqiy burchagidan 5 metr sharqda joylashgan 10-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'9.26'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38'1.72'').
10-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda Shodlik ko‘chasining g‘arbiy tomoni bo‘ylab, savdo do‘konidan o‘tib g‘arbiy yo‘nalishda Axsi ko‘chasining shimoliy tomoni bo‘ylab 402 metr masofada Axsi ko‘chasi va 2-o‘tish yo‘li H. Olimjon ko‘chalari tutashgan joydagi 11-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'2.42'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°37'55.48'').
11-nuqtadan chegara janubiy, janubi-sharqiy va sharqiy yo‘nalishda 2-o‘tish yo‘li H. Olimjon ko‘chasining sharqiy tomoni bo‘ylab “Prorab” arig‘ini kesib o‘tib, 844 metr masofada 2-o‘tish yo‘li H. Olimjon ko‘chasi bilan 1-o‘tish yo‘li Ixlos ko‘chalari tutashgan joyda piyodalar ko‘prigining sharqiy tomonidagi 12-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'49.40'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38'21.05'').
12-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda “Prorab” arig‘ining chap tomoni bo‘ylab Yangiobod ko‘chasini kesib o‘tib, ariqning chap tomoni, “Avtosavdo mego servis” MChJga qarashli “Tibbiy davolanish va diagnostika markazi” hududi chegarasining g‘arbiy tomoni bo‘ylab irrigatsiya tarmog‘ini kesib o‘tib 1600 metr masofada Ibn Sino ko‘chasidagi irrigatsiya tarmog‘ining chap tomonidagi 13-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'6.78'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38'47.89'').
13-nuqtadan chegara janubi-g‘arbiy yo‘nalishda Ibn Sino ko‘chasidagi irrigatsiya tarmog‘ining chap tomoni bo‘ylab 4R-260 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, 345 metr masofada “Avtokemping” shoxobchasining sharqiy tomonidagi Namangan tumani Ziyokor ko‘chasi 4-260 avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 14-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'0.17'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38'36.55'').
14-nuqtadan chegara g‘arbiy yo‘nalishda Namangan shahar va Namangan tumani hududlari o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara bo‘ylab 7580 metr masofada, Shimoliy Farg‘ona magistral kanali o‘zanidan 10 metr janubi-sharqda, temir yo‘l izidan 50 metr shimoli-g‘arbda Shimoliy Farg‘ona magistral kanali nazorat yo‘lagining shimoliy tomonida joylashgan 15-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'3.49'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°34'3.29'').
15-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yo‘nalishda Namangan shahar va To‘raqo‘rg‘on tumani hududlari o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara bo‘ylab 9090 metr masofada 4R-112 avtomobil yo‘lining janubiy tomonidagi (To‘raqo‘rg‘on tumani va Davlatobod tumani hududlarining o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara) Qishloq ho‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasiga kirish darvozasining ro‘parasida lotok ariqqa o‘rnatilgan temir quvur (ko‘prik)ning g‘arbiy tomonidagi 16-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'57.13'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'38.41'').
16-nuqtadan chegara g‘arbiy yo‘nalishda 4R-112-avtomobil yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab 1957 metr masofada To‘raqo‘rg‘on tumani “Parasmon” MFYning Gulbog‘ ko‘chasi bilan 4R-112-avtomobil yo‘li tutashgan “T” shaklli chorrahaning shimoli-sharqiy burchagidagi 17-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'4.72'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'15.57'').
17-nuqtadan chegara shimoliy yo‘nalishda 4R-112 avtomobil yo‘lini 90° burchak ostida kesib o‘tib, To‘raqo‘rg‘on tumani “Parasmon” MFY Gulbog‘ ko‘chasining sharqiy tomoni bo‘ylab 216 metr masofada nasos binosining shimoli-g‘arbiy burchagidan sharqiy tomonga burilib, 4-Gulbog‘ ko‘chasining janubiy tomoni va “Parasmon” MFY aholi punktining sharqiy chegarasi bo‘ylab 867 metr masofada (jami 1103 metr) To‘raqo‘rg‘on tumanining “Parasmon” va “Ibrat” MFY chegaralari o‘rtasidagi 18-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'27.78'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'35.54'').
18-nuqtadan chegara shimoliy va g‘arbiy yo‘nalishlarda To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY aholi punktining sharqiy chegarasi bo‘ylab 2320 metr masofada To‘raqo‘rg‘on tumanining “Ibrat” va “Ettikon” MFY chegaralari o‘rtasidagi 19-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'0.90'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'48.27'').
19-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY aholi punktining sharqiy va shimoliy chegaralari bo‘ylab, Hamroh ko‘chasining sharqiy tomoni Katta Namangan kanalning chap qirg‘oq nazorat yo‘lagiga tutashgan (kanal qirg‘og‘idagi) 20-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'34.32'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'37.62'').
20-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda Katta Namangan kanalining chap qirg‘og‘i bo‘ylab (oqimga qarshi) harakatlanib 4R-117 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib 803 metr masofada Katta Namangan kanalining chap qirg‘og‘idagi (mavjud suv chiqarish joyidan 96 metr sharqda) 21-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'50.67'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'2.59'').
21-nuqtadan chegara shimoli yo‘nalishda Katta Namangan kanalini kesib o‘tib Davlatobod tumani va To‘raqo‘rg‘on tumani hududlari o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara bo‘ylab 1998 metr masofada Namangan shahar “Yuksalish” sanoat zonasining shimoli-g‘arbiy tomonidagi yo‘lning shimoliy tomonida To‘raqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan 220 kV yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tayanchidan 131 metr shimoli-sharqda, Kosonsoy tumani hududidagi bog‘zorning janubiy chegarasida joylashgan 22-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2'31.78'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'11.52'').
22-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda Namangan shahrining Kosonsoy tumani bilan mavjud ma’muriy chegara bo‘ylab 11052 metr masofada Katta Namangan magistral kanali dyukeri bilan G‘irvonsoy kesishgan joydagi dyukerni soy oqimidan himoyalovchi G‘irvonsoy gidroinshootining o‘ng tomoni, janubiy burchagidagi boshlang‘ich 1-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°3'3.79'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35'42.66'').
Boshlang‘ich 1-nuqta sifatida 4R-112 avtomobil yo‘lining janubiy tomonidagi, (To‘raqo‘rg‘on tumani va Davlatobod tumani hududlarining o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy tajriba stansiyasiga kirish darvozasining ro‘parasida lotok ariqqa o‘rnatilgan temir quvur (ko‘prik)ning g‘arbiy tomoni qabul qilingan. (WGS-84 koordinatalar o‘lchamida,shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'57.13'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'38.41'').
1-nuqtadan chegara g‘arbiy yo‘nalishda 4R-112-avtomobil yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab 1957 metr masofada To‘raqo‘rg‘on tumani “Parasmon” MFYning Gulbog‘ ko‘chasi bilan 4R-112-avtomobil yo‘li tutashgan “T” shaklli chorrahaning shimoli-sharqiy burchagidagi 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'4.72'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'15.57'').
2-nuqtadan chegara shimoliy yo‘nalishda 4R-112 avtomobil yo‘lini 90°burchak ostida kesib o‘tib, To‘raqo‘rg‘on tumani “Parasmon” MFY Gulbog‘ ko‘chasining sharqiy tomoni bo‘ylab 216 metr masofada nasos binosining shimoli-g‘arbiy burchagidan sharqiy tomonga burilib, 4-Gulbog‘ ko‘chasining janubiy tomoni va “Parasmon” MFY aholi punktining sharqiy chegarasi bo‘ylab 867 metr masofada (jami 1103 metr) To‘raqo‘rg‘on tumanining “Parasmon” va “Ibrat” MFY chegaralari o‘rtasidagi 3-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°0'27.78'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'35.54'').
3-nuqtadan chegara shimoliy va g‘arbiy yo‘nalishlarda To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY aholi punktining sharqiy chegarasi bo‘ylab 2320 metr masofada To‘raqo‘rg‘on tumanining “Ibrat” va “Ettikon” MFY chegaralari o‘rtasidagi 4-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'0.90'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'48.27'').
4-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda To‘raqo‘rg‘on tumani “Ibrat” MFY aholi punktining sharqiy va shimoliy chegaralari bo‘ylab, Hamroh ko‘chasining sharqiy tomoni Katta Namangan kanalning chap qirg‘oq nazorat yo‘lagiga tutashgan (kanal qirg‘og‘idagi) 5-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'34.32'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'37.62'').
5-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda Katta Namangan kanalining chap qirg‘og‘i bo‘ylab (oqimga qarshi) harakatlanib 4R-117 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib 803 metr masofada Katta Namangan kanalining chap qirg‘og‘idagi (mavjud suv chiqarish joyidan 96 metr sharqda) 6-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1'50.67'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°32'2.59'').
6-nuqtadan chegara shimoli yo‘nalishda Katta Namangan kanalini kesib o‘tib Davlatobod tumani va To‘raqo‘rg‘on tumani hududlari o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara bo‘ylab 1998 metr masofada Namangan shahar “Yuksalish” sanoat zonasining shimoli-g‘arbiy tomonidagi yo‘lning shimoliy tomonida To‘raqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan 220 kV yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tayanchidan 131 metr shimoli-sharqda, Kosonsoy tumani hududidagi bog‘zorning janubiy chegarasida joylashgan 7-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2'31.78'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31'11.52'').
7-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda Namangan shahar tarkibidagi Davlatobod tumani, Kosonsoy tumani bilan mavjud ma’muriy chegara bo‘ylab 11052 metr masofada Katta Namangan magistral kanali dyukeri bilan G‘irvonsoy kesishgan joydagi dyukerni soy oqimidan himoyalovchi G‘irvonsoy gidroinshootining o‘ng tomoni, janubiy burchagidagi Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari ma’muriy chegaralari tutashgan joydagi 8-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°3'3.79'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35'42.66'').
8-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yo‘nalishda Namangan shahrining Kosonsoy tumani bilan mavjud ma’muriy chegarasi bo‘ylab 15825 metr masofada “Qorapolvon” aholi punkti nomsiz dala yo‘li ayrilgan joydagi 9-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°9'0.41'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40'19.10'').
9-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda Namangan shahrining Yangiqo‘rg‘on tumani bilan mavjud ma’muriy chegarasi bo‘ylab 25755 metr masofada 4N-461 avtomobil yo‘li Sherbuloq ko‘chasi bilan tutashgan joyning janubi-sharq tomonidagi Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari chegaralari tutashgan 10-nuqtagacha davom etadi. (shimoliy kenglik koordinatalari 41°3'43.34'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42'45.74'').
10-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda Namangan shahrining Chortoq tumani bilan mavjud ma’muriy chegarasi bo‘ylab 7930 metr masofada, Shimoliy Farg‘ona magistral kanalining o‘ng tomonidagi — “Sohil” ko‘prigining sharqiy burchagidan kanal bo‘ylab sharq tomonga 582 metr masofadagi 11-nuqtagacha davom etadi. (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2'20.64'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44'41.16'').
11-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda Namangan shahar va Uychi tumanlarining ma’muriy chegarasi bo‘ylab 6945 metr masofada “Barkamol avlod” KSZning sharqiy tomonidagi nomsiz ariq Musaffo ko‘chasi bilan kesishgan joydagi 12-nuqtagacha davom etadi. (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'46.03'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43'43.60'').
12-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda Namangan shahrining Namangan tumani bilan mavjud ma’muriy chegarasi bo‘ylab 11808 metr masofada “Avtokemping” shoxobchasining sharqiy tomonidagi Namangan tumani Ziyokor ko‘chasi 4R-260 avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 13-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'0.17'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38'36.55'').
13-nuqtadan chegara g‘arbiy yo‘nalishda Namangan shahar va Namangan tumani hududlari o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara bo‘ylab 7580 metr masofada, Shimoliy Farg‘ona magistral kanali o‘zanidan 10 metr janubi-sharqda, temir yo‘l izidan 50 metr shimoli-g‘arbda Shimoliy Farg‘ona magistral kanali nazorat yo‘lagining shimoliy tomonida joylashgan 14-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58'3.49'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°34'3.29'').
14-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yo‘nalishda Namangan shahar va To‘raqo‘rg‘on tumani hududlari o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara bo‘ylab 9090 metr masofada 4R-112 avtomobil yo‘lining janubiy tomonidagi (To‘raqo‘rg‘on tumani va Davlatobod tumani hududlarining o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara) Qishloq ho‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasiga kirish darvozasining ro‘parasida lotok ariqqa o‘rnatilgan temir quvur (ko‘prik)ning g‘arbiy tomonidagi boshlang‘ich 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59'57.13'', sharqiy uzunlik koordinatalari 71°33'38.41''). | 154 | 54,297 |
Qonunchilik | Kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni rad etganlik uchun jarima – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha | QHTBT portalida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar loyihasi joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 25.01.2018 yildagi PQ–3494-son qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligiga tibbiyot muassasalari rahbarlarini hayot yoki salomatlik uchun хavf tugʻdiruvchi holatlarda boʻlgan shaхslarga shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etilgani uchun javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi oʻz takliflarini Hukumatga kiritish topshirilgan edi (batafsil qarang).
Qonun loyihasiga binoan, MJTKga mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi 591-modda kiritiladi. Uni sodir etganlik uchun ma’muriy jarima EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ya’ni amaldagi miqdoriga koʻra 861 200 soʻmdan 1 722 400 soʻmgacha) boʻlgan miqdorni tashkil etadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 119 | 966 |
Qonunchilik | Shaхsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaхsiy tintuv va olib qoʻyish videoyozuv orqali qayd etiladi | 14.05.2020 yildagi OʻRQ-617-son Qonun bilan JPKga tegishli tuzatishlar kiritildi. Ularda jinoyat ishi yuritish jarayonida ishtirok etadigan fuqarolarning huquq va erkinliklari qoʻshimcha kafolatlari nazarda tutilgan.
Birinchidan, shaхsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shuningdek shaхsni ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaхsiy tintuv va olib qoʻyish jarayonlari videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Faqat quyidagi holatlar istisno etiladi:
Shaхsni ushlash videoyozuv orqali qayd etilmagan holda, ushlab turilgan shaхs IIO yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinganda, videoyozuvdan foydalangan holda uning protsessual huquqlarini tushuntirish lozim. Ushlab turilgan shaхsga videoyozuv uni namoyish qilish orqali tanishtiriladi. Ushlab turish, shaхsiy tintuv oʻtkazish yoki olib qoʻyish bayonnomasiga protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida yozib qoʻyilib, videoyozuv materiallari bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi.
Ushlangan shaхs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, gumon qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi soʻroqqa qadar tushuntiriladi. Bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Ikkinchidan, ushlab turish tarzidagi, qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki ekspertiza oʻtkazish uchun shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qoʻllanilganligi haqida хabar berish muddatiga tuzatish kiritildi.
Ilgari tegishli choralarni qoʻllagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud 24 soat mobaynida bu haqda хabar berishi shart boʻlgan, bundan buyon esa darhol хabar berilishi lozim.
Eslatib oʻtamiz, shaхsga nisbatan protsessual majburlov choralari qoʻllanilganligi toʻgʻrisida oila a’zolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga хabar beriladi. Bu haqda ish yoхud oʻqish joyiga ham ma’lum qilinishi shart. Boshqa davlatning fuqarosiga nisbatan bunday choralar qoʻllanilganda, TIVga хabar berilishi lozim.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 15.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 104 | 2,068 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ning 52-bandiga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-son “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2009-yil 6-oktabrdagi 01/19-18/20-son qarori (ro‘yxat raqami 2025, 2009-yil 28-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 474-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ning 52-bandiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. “b” kichik bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar yangi aniqlangan obyektlar va balans qiymatiga ega bo‘lmagan obyektlar baholanishi lozim bo‘lsa, eskirish miqdori baholovchi tomonidan ekspertiza asosida baholash sanasidagi haqiqiy holatidan kelib chiqib belgilanadi;”.
2. “j” kichik bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agar ular buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bermasa, ularning qiymati to‘lanadigan foyda solig‘i (muddati kechiktirilgan daromad uchun) yoki mazkur soliqdan tejalgan summa (muddati kechiktirilgan xarajatlar uchun) bo‘yicha hisoblanadi.
To‘lanadigan soliq summasi yoki uning tejash summasi ushbu soliqning amaldagi stavkasini muddati kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarning balans qiymatiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi;”. | 171 | 1,870 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-801-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 14-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-801-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 704 |
Qonunchilik | Xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilishi natijasida respublikada tadbirkorlik subyektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Shu bilan birga, koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlari natijasida jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda.
Respublikadagi xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini qurish ishlarini amalga oshirish orqali korxonalarda qo‘shimcha qiymat zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qaroriga muvofiq:
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashga davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishining maqsadga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) tashkil etilganligi;
Maxsus komissiyaning ishchi organi etib Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi belgilanganligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son qaroriga muvofiq moliyalashtirish manbalari etib:
kirish avtomobil yo‘llari, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining 90 foizi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari, 10 foizi bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari;
elektr energiyasi va gaz tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minotchi korxonalarga 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan budjet ssudasi mablag‘lari;
aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — ta’minotchi korxonalar va tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari belgilanganligi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-noyabrdagi PF-25-son Farmoniga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan investitsiya loyihalari qiymati kamida 50 milliard so‘m miqdorida belgilanganligi;
bunda, ushbu tartib bo‘yicha 50 milliard so‘mdan 200 milliard so‘mgacha bo‘lgan investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim ekanligi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-son qaroriga muvofiq:
Xorazm viloyati uchun zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan investitsiya loyihalari qiymati kamida 50 milliard so‘m miqdorida belgilanganligi;
bunda, ushbu tartibga ko‘ra qiymati 50 milliard so‘mdan 200 milliard so‘mgacha bo‘lgan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash xarajatlari ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Investitsiya loyihasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligini belgilash hamda infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘larning dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhining namunaviy tarkibi (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
investitsiya loyihasi bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish, investitsiya loyihasi joylashtiriladigan maydonda tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishining iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tegishli (qanoatlantirish yoki rad etish) xulosa tayyorlash va Maxsus komissiyaga taqdim etish;
ishlab chiqarish uchun yer maydonlarini tanlashda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud yoki o‘tkazish oson bo‘lgan hamda markazlashgan tarmoqlarga ulanishda eng yaqin (markazlashgan tarmoqlar) optimal hududni tanlash;
infratuzilma xarajatlarini ta’minotchi korxonalar bilan birgalikda investitsiya loyihasini tashqi infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘larni dastlabki hisob-kitoblarini amalga oshirish;
investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida mazkur qaror talablari asosida infratuzilma xarajatlari uchun moliyalashtirishni ochish yuzasidan talabnomalarni Maxsus komissiyaga taqdim etish.
3. Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi;
investitsiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilmasini qurish va moliyalashtirish talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasining kamida 50 foizi o‘zlashtirilgan taqdirda boshlanadi;
ishchi guruhlar tomonidan investitsiya loyihalarini yangidan boshlash va maqsadga muvofiqligini belgilash, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini tayyorligi, shuningdek, tashqi muhandislik-infratuzilma tarmoqlarini yaratish uchun hisob-kitoblar bo‘yicha tegishli xulosalar zaruratga ko‘ra, har chorakda (oyda) Maxsus komissiyaga taqdim etib boriladi;
investitsiya loyihalarini yer maydonlariga optimal joylashtirish va maqsadga muvofiqligini belgilash, markazlashgan infratuzilma tarmoqlariga ulanishda optimal hududni tanlash hamda tashqi infratuzilma xarajatlarini imkon qadar kam xarajatlar orqali amalga oshirilishini ta’minlash ishchi guruhlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi;
Maxsus komissiya tomonidan har yilning 1-sentabriga qadar ma’qullangan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun zarur mablag‘larni kelgusi yillar O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida nazarda tutiladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi investitsiya loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash xarajatlari (keyingi o‘rinlarda — tashqi infratuzilma xarajatlari) — investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida eng yaqin markazlashgan tarmoqlardan ishlab chiqarish maydonlarining chegarasigacha ichimlik va oqava suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarini va aloqa tarmoqlarini tortish hamda kirish avtomobil yo‘llarini qurish xarajatlari;
investitsiya loyihasi — investorning qiymati 200 milliard so‘mdan bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun kamida 50 milliard so‘mdan oshadigan uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar;
ishchi guruh — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida investitsiya loyihasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligini belgilash hamda infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘larning dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi hududiy ishchi guruh;
Maxsus komissiya — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qarori bilan tashkil etilgan Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashga davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishining maqsadga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya;
Maxsus komissiyaning ishchi organi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi;
talabgorlar — investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi xorijiy va mahalliy investorlar;
ta’minotchi korxona — “O‘zsuvta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zbektelekom” AK, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va ularning hududiy tashkilotlari.
3. Investitsiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilmasini qurish va moliyalashtirish talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasining (ishga tushirish bosqichining) kamida 50 foizi o‘zlashtirilgan taqdirda boshlanadi.
Bunda:
investitsiya loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlari davom etayotgan (o‘zlashtirilishi 50 foizdan yuqori bo‘lgan) va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari talab etiladigan investitsiya loyihasi doirasida tashqi infratuzilma xarajatlari mazkur Nizom talablari asosida ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha 50 milliard so‘mdan 200 milliard so‘mgacha bo‘lgan investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim.
4. Investitsiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha infratuzilma xarajatlarini qoplab berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
5. Investitsiya loyihasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligini belgilash hamda infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘larning dastlabki hisob-kitoblarini amalga oshirish Ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
6. Ishchi guruhlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari va ular tarkibidagi mutasaddi tashkilotlarga bayonnoma rasmiylashtirish orqali tegishli topshiriqlar yuklanadi.
7. Talabgor tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirishni boshlashdan avval (yoki davom ettirilayotgan) investitsiya loyihalarining qiymati va infratuzilma bilan ta’minlash uchun zarur xarajatlarning mutanosibligini ekspertiza qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) murojaat qilinadi.
8. Markaz quyidagi talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan investitsiya loyihasini belgilangan tartibda ekspertiza qiladi:
loyihaning iqtisodiy samaradorligi, shu jumladan, uning rentabelligi va sarflangan mablag‘larni qoplay olishi ta’minlanishini asoslovchi loyihaoldi hujjatlarning mavjudligi;
texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra investorning o‘z mablag‘lari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish o‘zini oqlamasligi to‘g‘risida;
investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish barqaror ishlashi uchun muhandislik-kommunikatsiya ta’minoti vositalarining (ichimlik va oqava suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari hamda kirish avtomobil yo‘llari) zarur miqdorlari va parametrlari;
talabgorning investitsiya loyihasida o‘z mablag‘lari ulushi kamida 25 foizini tashkil qilishi bo‘yicha;
loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi (zarur hollarda).
9. Markaz o‘n besh kunda tegishli xulosani tayyorlab, talabgorga yuboradi.
Bunda investitsiya loyihalarining qiymati va infratuzilma bilan ta’minlash uchun zarur xarajatlarning mutanosibligini ekspertiza qilish uchun belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida chegirma bilan talabgorlar hisobidan undiriladi.
10. Talabgorlar tomonidan Ishchi guruhga investitsiya loyihasining texnik iqtisodiy asoslari (biznes-rejasi), Markazning investitsiya loyihasiga berilgan ijobiy xulosasi hamda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etiladi.
11. Ishchi guruhga taqdim etiladigan investitsiya loyihasining texnik iqtisodiy asoslari (biznes-rejasi) quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
yuridik shaxsni tashkil etish yoki uning ta’sischilari, benefitsiarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ularning tegishli sohadagi ish tajribasi va shunday investitsiya loyihasini amalga oshirganligi haqidagi ma’lumotlar (yangi tashkil etilayotgan investitsiya loyihalaridan tashqari);
investitsiya loyihasining ishlab chiqarish quvvatlarini hamda ishga tushirish sanasini ko‘rsatgan holda tarmoq jadvali;
xodimlarni yollash manbalarini ko‘rsatgan holda yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni (aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan yo‘naltirilgan bitiruvchilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila a’zolari va boshqa shaxslar, xorijiy mutaxassislar);
ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, xususiyatlari, hajmi hamda mahsulotning ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish hajmlarini ko‘rsatgan holda taxminiy qiymati va sotish bozorlarini nazarda tutuvchi marketing tadqiqotlari;
mahalliy va import materiallar, butlovchi qismlarni alohida ko‘rsatgan holda xomashyo bazasining mavjudligi va investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida materiallar va xomashyo bilan ta’minlanishini zaxirasi va uni kafolatlovchi imkoniyatlar;
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar va tayyor mahsulotlar logistikasi va transportda tashish sxemasi to‘g‘risida ma’lumotlar;
investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish barqaror ishlashi uchun muhandislik-kommunikatsiya ta’minoti vositalarining (ichimlik va oqava suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari hamda kirish avtomobil yo‘llari) zarur miqdorlari va parametrlari;
ishlab chiqarishni samarali joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasining (ishlab chiqarish maydonining) taxminiy qulay geografik joylashuvi;
ishlab chiqarishda foydalanishga mo‘ljallanayotgan texnologik uskunalar, ularning ishlab chiqaruvchi yoxud ta’minotchilarining ro‘yxati bilan birgalikda (ekologik talablarni hisobga olgan holda) ishlab chiqarish texnologiyasining tavsifi;
kiritilayotgan investitsiyalarning miqdorlari, shu jumladan, xorijiy va mahalliy investitsiya (o‘z mablag‘lari) ulushi, turi va kiritish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va kredit jalb qilingan taqdirda, majburiyatning garov ta’minoti;
investitsiya loyihasini amalga oshirishning moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblari, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda ehtimoli mavjud bo‘lgan tavakkalchiliklar tahlili.
12. Ishchi guruhlar 20 kun muddatda talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasini yangidan boshlash va amalga oshirish bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadilar, ularni amalga oshirish, joylashtirish va maqsadga muvofiqligini belgilash yuzasidan tegishli xulosani tayyorlaydilar hamda Maxsus komissiyaga taqdim etadilar.
13. Ishchi guruhlar xulosasi quyidagilarni nazarda tutuvchi bayonnoma sifatida rasmiylashtiriladi:
investitsiya loyihasini ushbu Nizomning 10 va 11-bandlariga muvofiqligi;
investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish maydonlarini joylashtirish uchun optimal yer maydonlarini tanlanganligi, bunda, ishlab chiqarish uchun yer maydonlarini tanlashda markazlashgan tarmoqlarga ulanishda eng yaqin (markazlashgan tarmoqlar) hududning tanlanganligi;
infratuzilma xarajatlarini dastlabki hisob-kitoblari va boshqa zarur ma’lumotlar.
14. Quyidagilar mazkur Nizomning 10 va 11-bandlariga asosan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, rad etish uchun asos bo‘ladi:
talabgor tomonidan hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
talabgorlar qayta tashkil etish, bankrotlik va (yoki) tugatish bosqichida bo‘lgan taqdirda;
talabgor taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan yoki noaniq ma’lumotlarning mavjudligi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Ishchi guruhlar tomonidan rad javobi berilgan taqdirda, talabgorlar 30 kun muddatda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni mazkur Nizomga muvofiq qayta topshirishga haqli.
Bunda, ishchi guruhlar tomonidan qayta taqdim etilgan hujjatlar 10 kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Talabgorning arizasini takroran ko‘rib chiqishda yangi asoslar bo‘yicha rad qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Ishchi guruhlar, zaruratga ko‘ra, har oyda (chorakda) yangidan boshlanadigan (yoki davom ettirilayotgan) investitsiya loyihalari bo‘yicha mazkur Nizomning 13 va 14-bandlariga muvofiq ma’lumotlarni va xulosalarni hamda kelgusi yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda zarur bo‘ladigan infratuzilmalar xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Maxsus komissiyaga taqdim etib boradi.
17. Taqdim etilgan ma’lumotlar Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ talab etiladigan investitsiya loyihalari uchun zarur tashqi infratuzilma xarajatlarini amalga oshirilishi (rozilik berish yoki rad etish) bo‘yicha qaror qabul qiladi va bu haqda Maxsus komissiya qarori qabul qilinganidan so‘ng yozma ravishda talabgorni xabardor qiladi.
Bunda Maxsus komissiya:
ishchi organi Ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga kiritadi;
Davlat budjetidan zarur tashqi infratuzilma xarajatlarini amalga oshirish uchun nazarda tutilgan (prognoz qilingan) mablag‘lardan kelib chiqib, tegishli xulosa (rad yoki ijobiy) tayyorlaydi.
Maxsus komissiyaning qarori mavjud bo‘lmagan investitsiya loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ ajratilmaydi.
18. Ishchi guruhlar investitsiya loyihasi bo‘yicha kelgusi yillarda zarur tashqi infratuzilma xarajatlari bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan ma’qullangandan so‘ng mazkur xarajatlarni tegishli yilning O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish uchun, har yilning 1-sentabriga qadar Maxsus komissiyaga taklif kiritadilar.
19. Maxsus komissiya qarori mavjud bo‘lgan talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasini (ishga tushirish bosqichida) amalga oshirish davrida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash talabi mavjud bo‘lishiga qarab, Ishchi guruhga tashqi infratuzilma xarajatlari uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida ariza quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq belgilangan tartibda tuzilgan investitsiya shartnomasi;
investitsiya loyihasi bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asoslari (biznes reja);
Markazning investitsiya loyihasiga berilgan ijobiy xulosasi, shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra investorning o‘z mablag‘lari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish o‘zini oqlamasligi haqida ma’lumotnoma;
talabgor tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida investitsiya hajmini o‘zlashtirilganligini (ishga tushirish hajmining kamida 50 foizi) tasdiqlovchi hujjatlar;
talabgor tomonidan tashqi infratuzilmani yaratish bo‘yicha texnik shartlar, tegishliligi bo‘yicha ta’minotchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) nusxalari.
20. Ishchi guruhlar ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni 10 kun muddatda ko‘rib chiqib, o‘z xulosasini tayyorlaydi hamda talabgorga taqdim etadi.
21. Ishchi guruhlar tomonidan ijobiy xulosa berilganidan so‘ng 3 kun muddatda tashqi infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘larni hisob-kitob qilish uchun ta’minotchi korxonalarga tegishli so‘rovlar yuboradi.
22. Ishchi guruhlar investitsiya loyihasi doirasida infratuzilma obyektlari bilan ta’minlashda:
ishlab chiqarish loyihalari maydonlarigacha tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish uchun markazlashgan tarmoqlarga ulanishda eng yaqin optimal (markazlashgan tarmoqlar) hududni tanlaydi;
yaratilayotgan tashqi infratuzilmaning loyihaviy yechimi xorijiy va mahalliy investorning investitsiya loyihasi bo‘yicha talab etadigan infratuzilma quvvatidan oshib ketmasligini ta’minlaydi.
23. Ta’minotchi korxonalar besh kun muddatda tashqi infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlarni Ishchi guruhga taqdim etadi.
24. Ishchi guruhlar, zaruratga ko‘ra, har oyda tashqi infratuzilma xarajatlari davlat tomonidan ajratib beriladigan investitsiya loyihalarning ro‘yxatini tuzadi. Bunda investitsiya loyihasi bo‘yicha mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan ijobiy xulosa, talab etiladigan mablag‘lar miqdorini hamda mablag‘lar ajratish yuzasidan talabnomalarni ko‘rsatgan holda Maxsus komissiyaga taqdim etadi.
25. Quyidagilar investitsiya loyihasining infratuzilma xarajatlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachilar hisoblanadi:
ichimlik suvi va oqava suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — “Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
kirish avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK, Toshkent shahri bo‘yicha — Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi”;
elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari bo‘yicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonalari va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari;
tabiiy gaz yetkazib berish ishlari bo‘yicha — “Hududgazta’minot” AJ va “O‘ztransgaz” AJning hududiy filiallari;
aloqa tarmoqlarini yetkazib berish ishlari bo‘yicha — “O‘zbektelekom” AK va ularning hududiy tashkilotlari.
26. Tashqi infratuzilma xarajatlari uchun mablag‘lar buyurtmachilar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq:
a) kirish avtomobil yo‘llari, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha:
90 foizi — O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida;
10 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratiladi.
Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalarini mazkur Nizomga asosan yo‘naltirish yuzasidan takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
b) elektr va gaz tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari — respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan budjet ssudasi mablag‘lari;
v) aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari — ta’minotchi korxonalar va tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
27. Tashqi infratuzilma xarajatlari har yili O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.
28. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida elektr energiyasi va gaz tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun budjet ssudasi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “O‘ztransgaz” AJlarning talabnomalariga muvofiq ajratiladi.
29. Ichimlik suvi va oqava suv tarmoqlarini va kirish avtomobil yo‘llarini qurish ishlari uchun mablag‘lar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarga muvofiq belgilangan tartibda pudrat (loyiha) korxonalariga ajratiladi.
Bunda, kirish avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladi.
30. Buyurtmachilar tomonidan investitsiya loyihasining tashqi infratuzilma xarajatlariga ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini har oyda keyingi oyning 5 sanasiga qadar Maxsus komissiyaga kiritib boradi.
31. Maxsus komissiyaning ishchi organi Ishchi guruhlar tomonidan Mazkur Nizomga muvofiq kiritilgan:
yangidan boshlanadigan investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlarni va xulosalarni hamda kelgusi yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda zarur bo‘ladigan infratuzilma xarajatlarini hisob kitoblarini ko‘rib chiqib, kelgusi yillarda tashqi infratuzilma xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni;
talabgorlarning infratuzilma xarajatlarini davlat tomonidan qoplab beriladigan investitsiya loyihalarning ro‘yxatini va hujjatlarni ko‘rib chiqadi, umumlashtiradi va Maxsus komissiya yig‘ilishining kun tartibiga kiritadi.
32. Maxsus komissiya yig‘ilishi zaruratga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
33. Maxsus komissiya investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi doirasida:
Ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan xulosalarga asosan kelgusi yillarda tashqi infratuzilma xarajatlari talab etadigan investitsiya loyihalarini parametrlarini ma’qullaydi;
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasiga infratuzilma xarajatlarini ajratish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishi yuzasidan xulosa tayyorlaydi;
belgilangan tartibda investitsiya loyihasi va ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdori yuzasidan Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga ma’lumotlar kiritib boradi.
34. Investitsiya loyihasining tashqi infratuzilma xarajatlari qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda moliyalashtiriladi.
35. Ishchi guruhlar tashqi infratuzilma xarajatlarini ajratib berilishi natijasida investitsiya loyihalarining amalga oshirish samaradorligi yuzasidan talabgorlardan va vakolatli tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga asosan doimiy ravishda monitoring qilib boradilar.
36. Monitoring qilish quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
investitsiya loyihasining to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng belgilangan tartibda mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi;
belgilangan tartibda soliqlarni doimiy ravishda to‘lab borilishi;
investitsiya shartnomasiga asosan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi;
yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi.
37. Ishchi guruhlar investitsiya loyihasi ishga tushirilganidan so‘ng talabgor tomonidan investitsiya majburiyatlari lozim darajada bajarilmagan taqdirda, ishchi guruhlar tomonidan tashqi infratuzilma xarajatlarini sud tartibida undirish choralarini ko‘radi.
38. Ishchi guruhlar tomonidan investitsiya loyihalarining natijadorligi, yaratilgan ish o‘rinlari, iqtisodiy samarasi va boshqa ma’lumotlar har chorak yakuni bilan Maxsus komissiyaga kiritib boriladi.
39. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan tashqi infratuzilma xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 185 | 30,032 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Jahon iqtisodiyotidagi uzoqqa cho‘zilgan inqirozli holatlar, narxlarning beqarorligi hamda xalqaro va mintaqaviy bozorlarda talabning pasayishi davom etayotgan sharoitda O‘zbekiston Respublikasining eksport va investitsiya salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarish va yanada oshirish masalalari mamlakatning eng muhim ustuvor tashqi siyosat strategiyasi sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar va kengashlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyati tahlili hamkor davlatlar bilan o‘zaro aloqalarda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish bo‘yicha yetarlicha choralar ko‘rilmayotganidan dalolat bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bilan tizimli va doimiy asosda shug‘ullanmayapti, dunyo va mintaqaviy bozorlardagi rivojlanish jarayonlari hamda sur’atlarini, ularga mahalliy tovarlar va xizmatlarni olib chiqish imkoniyatlarini chuqur o‘rganmayapti, mamlakatga ilg‘or texnologiyalar, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, imtiyozli kreditlar, grantlar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, o‘zaro savdo-sotiqni, eng avvalo, mahalliy tovarlar va xizmatlarni eksportga yetkazib berishni o‘stirish uchun zaxiralar va yangi manbalar izlamayapti.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik va ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorligini tubdan barqaror rivojlantirish va kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar va kengashlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari (keyingi o‘rinlarda — hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari)ning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi eng muhim vazifalari etib belgilansin:
xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish, mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy sohadagi kompleks iqtisodiy, savdo, moliyaviy va boshqa manfaatlarini tartibga soluvchi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama huquqiy hujjatlar ijrosining borishini monitoring qilish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, akkreditatsiya qilingan mamlakatda yoki vakil qilinayotgan xalqaro tashkilotning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish;
birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga mahalliy tovarlar va xizmatlarning eksport hajmlarini oshirish, ikki tomonlama tovar almashuv nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qo‘llash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya jarayonlarida xorijiy davlatlarning faol ishtirokini, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga va infratuzilmani rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarni, shuningdek, ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari akkreditatsiyadan o‘tgan va faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatda ularning huquqiy himoyasini hamda iqtisodiy va moliyaviy manfaatlarini ilgari surishni ta’minlash;
xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilish, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalarining ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, respublikaning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish;
yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari va ilmiy markazlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga, qo‘shma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirishga, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilishga ko‘maklashish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar va kengashlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq ushbu qarorda belgilangan eng muhim vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari quyidagilarni amalga oshiradilar:
yetakchi chet el kompaniyalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan sheriklik munosabatlarini o‘rnatish hamda kontraktlar tuzish orqali O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yo‘nalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, ularni tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va kompaniyalarini O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida, eng avvalo, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini va infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga jalb qilish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida hamkorlikda ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar, butlovchi va ehtiyot qismlar ko‘rinishidagi sanoat mahsulotlarini xorijiy ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari uchun eksportga yetkazib berishni ta’minlagan holda xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi;
mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha bitimlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xususiy kompaniyalarining ochiq tenderlarida ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
xorijiy mamlakatlarning yetakchi turistik kompaniyalari va sohaga ixtisoslashgan tashkilotlari orasida O‘zbekiston Respublikasining madaniy-tarixiy va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, ularni milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishga ko‘maklashadi;
qo‘shma tadqiqot va ta’lim dasturlari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari, ilmiy markazlar va yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilishga ko‘maklashadi.
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari hamda hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlarining raislari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik faol rivojlanayotgan va uni yanada kengaytirish uchun yetarlicha salohiyat mavjud bo‘lgan xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston Respublikasining vakolatxonalari tarkibiga savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi shtat birligini qo‘shimcha kiritish yuzasidan har tomonlama asoslantirilgan takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi elchixonalarida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy etish to‘g‘risida”gi 238-son qarori 2 va 4-bandlari hamda ushbu qarorga 2-ilova;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi vakolatxonalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 102-son qarori 1-bandi ikkinchi xatboshisi va ushbu qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi missiyalari va vakolatxonalari (keyingi o‘rinlarda — xorijdagi muassasalar) faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Xorijdagi muassasalar o‘zi ishlab turgan mamlakatda yoki xalqaro tashkilotda O‘zbekiston Respublikasini ifodalovchi davlat organi hisoblanadi.
Xorijdagi muassasalar xorijda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini, shuningdek, respublika fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish maqsadida tashkil qilinadi.
3. Xorijdagi muassasalarni ochish, xodimlarning cheklangan soni bilan birga ularning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
4. Xorijdagi muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) boshchilik qiladigan O‘zbekiston Respublikasi diplomatik xizmati organlari tizimiga kiradi.
5. Xorijdagi muassasalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, qonunchilikning boshqa hujjatlari, Tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmalari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga amal qiladi.
6. Xorijdagi muassasalar yuridik shaxs bo‘lib, o‘z nomi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi.
7. Xorijdagi muassasalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlarini ishlatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
8. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi xorijdagi diplomatik muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) siyosiy-diplomatik sohada:
o‘zi ishlab turgan mamlakatda O‘zbekiston Respublikasini ifoda etish;
o‘zi ishlab turgan mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy yo‘nalishini amalga oshirishni ta’minlash, milliy manfaatlarni himoya qilish va qat’iy talab etish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi obro‘si va ijobiy imijini mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining eng muhim jihatlari to‘g‘risidagi xolis va ishonarli axborotlarni xorijda keng tarqatish;
o‘zi ishlab turgan davlat bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida siyosiy-diplomatik sohada, shuningdek, xavfsizlik sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish;
o‘zi ishlab turgan mamlakatning qonun chiqaruvchi organlari bilan qonun ijodkorligi va huquq amaliyotini qo‘llash, parlament nazorati va o‘zaro hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarida parlamentlararo hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirishga ko‘maklashish;
ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarning turli jihatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarning ijro etilishini tizimli monitoring qilish, ularni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, o‘zi ishlab turgan mamlakat bilan hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish;
o‘zi ishlab turgan mintaqada yuz berayotgan muhim jarayonlarning eng so‘nggi rivojlanish tendensiyalari va voqealar, dunyodagi kuchlar muvozanatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tizimli omillar, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka tahdidlar va xatarlar holatini baholash;
o‘zi ishlab turgan mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy holatni tizimli ravishda o‘rganish, uning O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga ta’sirini baholash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligini o‘zi ishlab turgan mamlakat va undan tashqarida sodir bo‘layotgan joriy voqealar, dunyo siyosati va iqtisodiyotining O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga daxldor eng muhim masalalarini prognoz baholashni o‘z ichiga olgan dolzarb axborot-tahliliy materiallar bilan muntazam ravishda ta’minlash;
b) savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohada:
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, o‘zi ishlab turgan mamlakatda respublikamizning iqtisodiy manfaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish;
o‘zi ishlab turgan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, iqtisodiyot tarmoqlarining tendensiyalari va rivojlanish sur’atlari hamda uning tashqi iqtisodiy siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish;
birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini o‘zi ishlab turgan mamlakatga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga mahalliy tovarlar va xizmatlarning eksport hajmlarini ko‘paytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohasida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qo‘llash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
o‘zi ishlab turgan mamlakat tashkilotlari va kompaniyalarining O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etishini, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar jalb qilinishini ta’minlash;
respublikada ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilish;
o‘zi ishlab turgan mamlakatdan O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilish, milliy sayyohlik mahsulotlari (madaniy-ma’rifiy, rekreatsion, tibbiyot, ekologik, gastronomik, ishbilarmonlik va boshqa turlar)ni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalarining ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish;
v) madaniy-gumanitar sohada:
o‘zi ishlab turgan davlat bilan madaniy-gumanitar aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga, san’at arboblari, ijodiy jamoalar va ijrochilarning o‘zaro tashriflarini tashkil qilishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining madaniyat va sport sohasidagi xalqaro tuzilmalar va institutlarda qatnashishga ko‘maklashish;
g) ta’lim va ilmiy-texnikaviy sohada:
o‘zi ishlab turgan davlatning ta’lim, ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyatini, yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalari faoliyatini chuqur tahlil qilish, ular bilan qo‘shma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga ilg‘or texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni jalb qilishga ko‘maklashish;
d) fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek, davlatning mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida:
o‘zi ishlab turgan davlatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining mulkiy huquqlari har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash.
9. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun diplomatik vakolatxonalar quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘zi ishlab turgan davlatda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi, uning vakillari, diplomatik korpus va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan rasmiy aloqalarni amalga oshiradi;
diplomatik va boshqa xalqaro-huquqiy vositalar yordamida O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, mintaqaviy va xalqaro rivojlanishning eng muhim masalalarida mamlakatimizning xalqaro siyosiy va iqtisodiy tashabbuslari, yondashuvlari va pozitsiyasini ilgari surishni ta’minlaydi;
o‘zi ishlab turgan davlatning rasmiylari va jamoatchilik vakillariga O‘zbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosatining muhim jihatlarini, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotida olib borilayotgan islohotlar va yangilanishlar natijalarini aks ettiruvchi xolis va haqqoniy axborotni yetkazadi;
dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, o‘zi ishlab turgan davlatning ichki va tashqi siyosati, uning ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holatiga va kelgusi rivojiga ta’siri istiqbollari bo‘yicha batafsil va tezkor axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;
o‘zi ishlab turgan davlat bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, ilmiy-ma’rifiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni izchil yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, muassasalari va boshqa tashkilotlari bilan o‘zi ishlab turgan davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va olib borishda ko‘maklashadi;
davlat, hukumat rahbarlari va boshqa yuqori martabali shaxslarning tashriflarini axborot va protokol-tashkiliy jihatdan ta’minlash, shuningdek, hukumatlararo komissiyalarning yig‘ilishlari, siyosiy maslahatlashuvlar, biznes-forumlar, ko‘rgazmalar, taqdimotlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi va o‘zi ishlab turgan davlat qonun chiqaruvchi organlari vakillarining o‘zaro tashriflarini tashkillashtirish, parlamentlararo do‘stlik va hamkorlik guruhlari (uyushmalar, jamiyatlar)ni tuzish, ular o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik va hamjihatlik bitimlarini imzolash uchun sharoit yaratadi;
o‘zi ishlab turgan davlat bilan xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash, imzolash va ularni amalda ijro etishga ko‘maklashadi;
o‘zi ishlab turgan davlatga O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarining barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga o‘zi ishlab turgan davlatdagi yetakchi kompaniyalar va tashkilotlar orasidan ishonchli savdo, investitsiyaviy va texnologik sheriklar izlab topish, uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish, birgalikda hamkorlik loyihalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kontraktlar va bitimlar tuzishda ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yo‘nalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, ularni tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
o‘zi ishlab turgan davlatning sanoat va ishlab chiqarish dasturlarini o‘rganib chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasining tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari doirasida ularning kafolatlangan eksportini ta’minlagan holda, xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha bitimlarida, shuningdek, o‘zi ishlab turgan davlatdagi xususiy kompaniyalarning ochiq tenderlarida ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
o‘zi ishlab turgan davlatning yetakchi turistik kompaniyalari va sohaga ixtisoslashgan tashkilotlari orasida O‘zbekiston Respublikasining madaniy-tarixiy va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, ularni milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish yuzasidan faol chora-tadbirlar ko‘radi;
qo‘shma tadqiqot va ta’lim dasturlari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari, ilmiy markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijda ko‘rgazmalar, festivallar, konsertlar, taqdimotlar, professional va havaskor san’at jamoalarining tanlovlari, musobaqalar va boshqa madaniy hamda sport tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, konservatsiyalash, rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirishga o‘zi ishlab turgan davlatning yetakchi ekspertlarini va soha tashkilotlarini jalb qiladi;
oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida akademik va talabalar almashuvlarini tashkillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarining vakolatxonalari va filiallarini ta’sis etishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘zi ishlab turgan davlatdagi yetakchi ta’lim muassasalarida o‘qishini tashkil etish, mamlakatimizda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan grant mablag‘larini jalb qiladi;
o‘zi ishlab turgan davlatdagi jamoat va siyosiy doiralar, yetakchi tahliliy markazlar va tadqiqot muassasalari, biznes hamjamiyati, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida xalqaro anjumanlar va seminarlar, davra suhbatlari, brifinglar va boshqa tadbirlar tashkil qiladi va o‘tkazadi;
tizimli ravishda o‘zi ishlab turgan mamlakatdagi davlat organlari, nufuzli jamoat va siyosiy, ekspert-tahliliy, madaniy va ishbilarmon doiralar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari orasidan aloqa bazasini shakllantiradi va kengaytiradi;
o‘zi ishlab turgan davlatdagi O‘zbekiston Respublikasining davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalari vakolatxonalari, ularning delegatsiyalari va mutaxassislar guruhlarining ishini muvofiqlashtiradi;
o‘zi ishlab turgan davlatda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va milliy markazlar bilan aloqalar o‘rnatish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolari va yuridik shaxslariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi va o‘zi ishlab turgan davlatda O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan mol-mulk bo‘yicha uning mulkiy huquqlarini hamda ushbu mol-mulkning yaxshi saqlanishi va undan oqilona foydalanilishini ta’minlaydi.
10. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi missiyalari va vakolatxonalarining asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar, loyihalar va dasturlarda ishtiroki samarasini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
xalqaro tashkilotlar organlari yig‘ilishlarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish va pozitsiyalarni kelishish;
xalqaro tashkilotlar, ularning ta’sis organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar, qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va Tashqi ishlar vazirligini o‘z vaqtida xabardor qilish.
11. Konsullik muassasalari Konsullik ustavida, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajaradi.
12. Zarur hollarda ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan alohida vazifalar va funksiyalarni bajarish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi missiyalari va vakolatxonalari zimmasiga ham yuklanishi mumkin.
Xorijdagi muassasalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni bajarishi ham mumkin.
13. Xorijdagi muassasaning rahbari o‘zi ishlab turgan davlatda O‘zbekiston Respublikasining oliy rasmiy vakili hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy siyosatini olib borish, mamlakat manfaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surishni ta’minlaydi.
14. Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, davlat tilida va chet tillarida erkin muloqot qila oladigan, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarlicha ishbilarmonlik, ma’naviy va kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasasi rahbari bo‘lishi mumkin.
15. Tegishli ravishda quyidagilar xorijdagi muassasalarga rahbarlik qiladi:
a) diplomatik vakolatxona rahbari — xorijiy davlat rahbari huzurida akkreditatsiyadan o‘tuvchi favqulodda va muxtor elchi, xorijiy davlat rahbari huzurida akkreditatsiyadan o‘tuvchi favqulodda va muxtor vakil yoki xorijiy davlatning tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiyadan o‘tuvchi ishlar vakili tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatda diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan hollarda esa O‘zbekiston Respublikasining muvaqqat ishlar vakili;
b) konsullik muassasasi rahbari — bosh konsul, konsul, vitse-konsul, konsullik agenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi konsullik bo‘limi mudiri;
v) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotdagi missiyasi yoki vakolatxonasi rahbari — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotdagi missiyasi yoki doimiy vakili.
16. Xorijdagi muassasa rahbari:
xorijdagi muassasaning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
xorijdagi muassasaga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi;
o‘zi ishlab turgan davlat yoki xalqaro tashkilot bilan munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, xorijdagi muassasa faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan Tashqi ishlar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
xorijdagi muassasa xodimlari o‘rtasida funksional majburiyatlarni taqsimlaydi;
xorijdagi muassasa xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xorijdagi muassasa xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga, shuningdek, diplomatik axloq-odob qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi;
xorijdagi muassasa xodimlarini yuqori lavozimga ko‘tarish yoki ularga diplomatik martaba berish yuzasidan Tashqi ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritadi;
davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
xorijdagi muassasa mol-mulkining hisobi yuritilishini va saqlanishini, shuningdek, uning ehtiyojlari uchun ajratilayotgan moliyaviy mablag‘lar oqilona sarflanishini ta’minlaydi;
o‘zi ishlab turgan davlatda xorijdagi muassasa, uning xodimlari va oila a’zolarining xavfsizligini, xalqaro huquq normalari va o‘zi ishlab turgan davlatning qonunchiligiga muvofiq ularga beriladigan imtiyozlar va immunitetga rioya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasining o‘zi ishlab turgan davlat bilan muzokaralarini olib boradi va xalqaro shartnomalarini yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan boshqa hujjatlarni imzolaydi;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va/yoki O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri rahbarligida o‘tkaziladigan xorijdagi muassasalar rahbarlari majlislarida qatnashadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Xorijdagi diplomatik muassasa rahbari ikki nafar — diplomatik vakolatxona xodimlari orasidan tayinlanadigan siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarga va diplomatik vakolatxonaning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadigan savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
17. Xorijdagi muassasalarning shtat jadvali va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.
18. Xorijdagi muassasalar rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Xorijdagi muassasalarda uzoq muddatli xizmat safarining uzluksiz davri uch yildan oshmasligi zarur. Xizmat taqozosi va xorijdagi muassasa xodimining roziligiga ko‘ra ushbu muddat ko‘pi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Uzoq muddatli xizmat safarlari orasida Tashqi ishlar vazirligida, uning idoraviy tashkilotlari yoki hududiy bo‘linmalarida ishlash muddati kamida ikki yil bo‘lishi zarur.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi talablar xorijdagi muassasalarga rahbar sifatida diplomatik lavozimga tayinlangan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshisidagi talablar diplomatik xizmat organlarida ishlashga O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridan jalb etiladigan xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
19. Xorijdagi muassasalar xodimlarining huquqlari va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
20. Xorijdagi muassasalar ishi har yili tasdiqlanadigan harakatlar rejalari “yo‘l xaritalari”) asosida tashkil qilinadi.
21. Xorijdagi muassasalarni moliyaviy ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish respublika jamg‘armasi mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Xorijdagi muassasalarni moliyaviy ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri bilan birgalikda yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Xorijdagi muassasalar transport, xizmat binolari, aloqa vositalari va boshqa zarur mol-mulk bilan ta’minlanadi.
23. Xorijdagi muassasalarda mol-mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish muassasa ishlab turgan davlat qonunchiligining xususiyatlari va shartlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
24. Xorijdagi muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
25. Quyidagilar xorijdagi muassasalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
o‘zi ishlab turgan davlat va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yillik harakatlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarish;
aniq amaliy ahamiyatga molik va o‘zaro manfaatli davlatlararo kelishuvlar va bitimlar tuzish maqsadida amalga oshiriladigan oliy, yuqori va boshqa darajalardagi tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralarni tashkillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro kun tartibidagi va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb muammolari, shuningdek, mamlakatning ichki rivojlanishi masalalari bo‘yicha tashabbuslari, pozitsiyasi va yondashuvlarining o‘zi ishlab turgan davlat tomonidan, shu jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida siyosiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligini o‘zi ishlab turgan mamlakat va undan tashqarida sodir bo‘layotgan joriy voqealar, dunyo siyosati va iqtisodiyoti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga daxldor eng muhim masalalarini prognoz baholashni o‘z ichiga olgan dolzarb axborot-tahliliy materiallar bilan muntazam ravishda ta’minlash;
ikki tomonlama tovar aylanmasi nomenklaturasi, eng avvalo, o‘zi ishlab turgan davlat bozoriga mahalliy kompaniyalar va tashkilotlarning mahsulotlari va xizmatlarini eksportga yetkazib berish hajmlarini yanada oshirish va kengaytirishga qaratilgan tijorat bitimlarini bevosita xorijdagi muassasa ishtirokida tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini va infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilishga o‘zi ishlab turgan davlat tashkilotlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari, grantlari, kreditlari, texnik ko‘maklashish vositalarini, ilg‘or texnologiyalari va ilmiy ishlanmalarini jalb qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish;
o‘zi ishlab turgan mamlakatdan O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimiz hududlarining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish yuzasidan xorijiy sayyohlik kompaniyalari bilan bitimlar tuzish;
o‘zi ishlab turgan davlatning nufuzli matbuot va elektron nashrlarida, shuningdek, teleradio ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangilanishlarning mohiyati va ahamiyatini, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-tarixiy va turistik salohiyatini ochib beruvchi xolis va haqqoniy axborotni tarqatish;
O‘zbekiston Respublikasining amaliy ahamiyatga molik xalqaro shartnomalarini tuzish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularning keng miqyosda ijro etilishiga ko‘maklashish.
26. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari (keyingi o‘rinlarda — maslahatchi) faoliyatining huquqiy asoslarini, shuningdek, asosiy vazifalari va funksiyalarini belgilaydi.
2. Maslahatchi o‘zi ishlab turgan davlat bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan diplomatik xodim hisoblanadi.
3. Maslahatchi lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (keyingi o‘rinlarda — TIAISV) va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — TIV) nomenklaturasiga kiradi.
4. Maslahatchi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari (keyingi o‘rinlarda — diplomatik vakolatxona) rahbari boshchiligida amalga oshiradi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq barcha xatti-harakatlari va qarorlarini u bilan kelishadi.
5. Maslahatchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, qonunchilikning boshqa hujjatlari, TIAISV va TIVning ko‘rsatmalari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga amal qiladi.
6. Maslahatchining moddiy va ijtimoiy-maishiy ta’minoti diplomatik vakolatxonaning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
7. Maslahatchi o‘z ish davrida diplomatik xodim uchun taqdim etilgan barcha imtiyozlar va immunitetdan foydalanadi.
8. Maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda TIVga kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining tashqi ishlar vaziri buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Maslahatchi lavozimiga oliy ma’lumotli, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, davlat tilida va chet tillarida erkin muloqot qila oladigan, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarlicha ishbilarmonlik, ma’naviy va kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxs tayinlanishi mumkin.
Maslahatchi lavozimiga nomzodlar, qoidaga ko‘ra, TIAISV va uning idoraviy tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa tegishli davlat organlari va tashkilotlari xodimlari orasidan taqdim qilinadi.
9. Maslahatchi lavozimini egallagan shaxslar diplomatik vakolatxonalardagi xizmat muddati yakunlangach TIV tizimidan bo‘shaydi va uzoq muddatli xizmat safariga jo‘nab ketishidan avval lavozimda ishlagan davlat organi yoki tashkilotining kadrlar apparatiga qaytariladi.
10. Maslahatchining diplomatik vakolatxonadagi uzoq muddatli xizmat safari uzluksiz davri uch yildan oshmasligi zarur. TIAISV taqdimnomasi va maslahatchining roziligiga ko‘ra ushbu muddat O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan ko‘pi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
11. Zarur hollarda tegishli tayyorgarlikdan o‘tishi, TIAISV va TIV, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari ish amaliyotini va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishi uchun maslahatchi tasdiqlangan amaliyot o‘tash rejasiga muvofiq ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda TIAISV va TIV markaziy apparatining ushbu sohadagi tarkibiy bo‘linmalarida stajirovkani o‘taydi.
12. Quyidagilar maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, o‘zi ishlab turgan mamlakatda respublikamizning iqtisodiy manfaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish;
O‘zbekiston Respublikasining o‘zi ishlab turgan davlat bilan tashqi iqtisodiy munosabatlari ahvolini kompleks tahlil qilish, shuning asosida ushbu munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
o‘zi ishlab turgan mamlakatda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy holatni, uning iqtisodiyot tarmoqlari rivoji tendensiyalari va sur’atlarini, mamlakat tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini tizimli ravishda o‘rganish, uning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga ta’sirini baholash;
birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini o‘zi ishlab turgan mamlakat bozorlariga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga mahalliy tovarlar va xizmatlarning eksport hajmlarini ko‘paytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohasida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qo‘llash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
o‘zi ishlab turgan mamlakatning tashkilotlari va kompaniyalarini O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etishini, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar jalb qilinishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasida ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga xorijiy grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilish;
o‘zi ishlab turgan mamlakatdan O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilish, milliy sayyohlik mahsulotlari (madaniy-ma’rifiy, rekreatsion, tibbiyot, ekologik, gastronomik, ishbilarmonlik va boshqa turlar)ni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalarining ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish;
o‘zi ishlab turgan davlatning ta’lim, ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyatini, yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalari faoliyatini chuqur tahlil qilish, ular bilan o‘zaro aloqalarning istiqbolli yo‘nalishlarida, eng avvalo, qo‘shma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga ilg‘or texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni jalb qilishga ko‘maklashish.
13. Maslahatchi o‘z zimmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
diplomatik va boshqa xalqaro-huquqiy vositalar yordamida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surishni ta’minlaydi;
o‘zi ishlab turgan mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini qonunchilik va tuzilgan tijorat bitimlari va kelishuvlariga muvofiq ravishda himoya qilish choralarini ko‘radi;
ikki tomonlama munosabatlarning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zi ishlab turgan davlat bilan O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqadi;
o‘zi ishlab turgan davlat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollarini, iqtisodiyotni tartibga solish sohasidagi qonunchiligini va uni qo‘llash amaliyotini, tovarlar, ishlar, xizmatlar va investitsiyalar bozorlari konyunkturasini, O‘zbekiston Respublikasi bilan hamda boshqa mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy munosabatlarini o‘rganadi, TIAISV, TIV va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlariga baho va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan tegishli materiallarni yuboradi;
o‘zi ishlab turgan davlat bozorlariga O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarining barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga o‘zi ishlab turgan davlatdagi yetakchi kompaniyalar va tashkilotlar orasidan ishonchli savdo, investitsiyaviy va texnologik sheriklar izlab topish, uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish, birgalikda hamkorlik loyihalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kontraktlar va bitimlar tuzishda ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi mahsulotlarining o‘zi ishlab turgan davlat bozorlariga kamsitishlarsiz kirishi uchun qulay sharoitni ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, mahalliy kompaniya va tashkilotlarning tovarlari va xizmatlariga nisbatan o‘zi ishlab turgan davlat tomonidan majburiyatlarning buzilish holatlarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini huquqiy, narx-navo, valyuta, moliya masalalari, sifatga qo‘yiladigan talablar, yetkazib beriladigan mahsulotning texnik tavsiflari, shuningdek, ularni qiziqtiruvchi boshqa axborotlar bilan metodik, axborot va maslahat ta’minotini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yo‘nalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini o‘zi ishlab turgan davlat hududi orqali tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga va infratuzilmani rivojlantirishga o‘zi ishlab turgan davlat tashkilotlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari, ilg‘or texnologiyalari va zamonaviy menejmentini jalb qilish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ish olib boradi;
o‘zi ishlab turgan davlatning sanoat va ishlab chiqarish dasturlarini o‘rganib chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasining tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari doirasida ularning kafolatlangan eksportini ta’minlagan holda, xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasida ustuvor ijtimoiy ahamiyatga molik, eng avvalo, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi, shuningdek, transport, energetika va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish dasturlari va loyihalarini amalga oshirish uchun o‘zi ishlab turgan davlat tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari va texnik ko‘mak vositalarini jalb qilishga ko‘maklashadi;
mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha bitimlarida, shuningdek, o‘zi ishlab turgan davlatdagi xususiy kompaniyalarning ochiq tenderlarida ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
o‘zi ishlab turgan davlatning yetakchi turistik kompaniyalari va sohaga ixtisoslashgan muassasalari orasida O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, ularni milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishga ko‘maklashadi;
o‘zi ishlab turgan davlatdagi yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari, ilmiy markazlar va yuqori texnologiyali kompaniyalar bilan qo‘shma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish borasida aniq chora-tadbirlar ko‘radi;
o‘zi ishlab turgan mamlakatning davlat organlari va ishbilarmon doiralari bilan, shuningdek, uning hududida joylashgan boshqa mamlakatlar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar vakolatxonalari bilan aloqa o‘rnatadi va muloqot olib boradi;
savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zi ishlab turgan davlat bilan o‘zaro manfaatli va amaliy ahamiyatga molik shartnomalar hamda uning tijorat subyektlari bilan tashqi iqtisodiy bitimlar tuzish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rishda, ularni o‘tkazishda qatnashadi;
o‘zi ishlab turgan davlatning tashkilotlari va kompaniyalarini O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalar, sanoat yarmarkalari, biznes-forumlar, kooperatsiya birjalari va boshqa iqtisodiy tadbirlarda qatnashish uchun jalb qilish bo‘yicha faol ish olib boradi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘zi ishlab turgan davlatda o‘tkaziladigan xuddi shunday tadbirlarda qatnashishi uchun ularga yordam beradi;
o‘zi ishlab turgan davlatning ishbilarmon doiralari va ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, taklif qilinayotgan tashqi savdo va investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risidagi axborotlar tarqatilishini ta’minlaydi.
14. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq maslahatchi zimmasiga boshqa vazifalar va funksiyalar ham yuklanishi mumkin.
15. Maslahatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida muzokaralar olib borish hamda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro konferensiyalar, uchrashuvlar, forumlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi va o‘zi ishlab turgan mamlakatning davlat organlari va ishbilarmon doiralaridan maslahatchi vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, axborot-ma’lumot materiallari va boshqa ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish, ularni manfaatdor tomonlarga berish;
o‘zi ishlab turgan davlat qonunchiligi talablari va diplomatik vakolatxona rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan tartibga muvofiq o‘zi ishlab turgan mamlakatdagi davlat muassasalari, kompaniyalari va tashkilotlarining rasmiy vakillari bilan ish yuzasidan muloqot olib borish, yozishmalarni amalga oshirish, shuningdek, uchinchi davlatlarning vakolatxonalari va tashkilotlari bilan lozim darajada muloqotda bo‘lish;
TIAISV va TIV bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasining hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur qarorlar qabul qilish;
hukumatlararo komissiyalar, qo‘mitalar hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va hamkorlikning boshqa sohalari bo‘yicha organlarning yig‘ilishlarida ishtirok etish.
16. Maslahatchi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari harakatlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ning O‘zbekiston Respublikasi va o‘zi ishlab turgan davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha qismi asosida tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining harakatlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) TIAISV vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha dastlab u bilan kelishilgan holda TIV tomonidan tasdiqlanadi.
17. Maslahatchi faoliyati samaradorligi O‘zbekiston Respublikasining o‘zi ishlab turgan davlat bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ish natijalarini tahlil qilish asosida TIAISV va TIV tomonidan baholanadi.
Quyidagilar maslahatchi faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining o‘zi ishlab turgan davlat bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha yillik harakatlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarish;
aniq amaliy ahamiyatga molik va o‘zaro manfaatli davlatlararo kelishuvlar va bitimlar tuzish maqsadida amalga oshiriladigan turli darajalardagi tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralarni tashkillashtirish;
ikki tomonlama tovar aylanmasi nomenklaturasi, eng avvalo, o‘zi ishlab turgan davlat bozorlariga O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini eksportga yetkazib berish hajmlarini yanada oshirish va kengaytirishga qaratilgan tijorat bitimlarini tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini va infratuzilmani rivojlantirish uchun o‘zi ishlab turgan davlat tashkilotlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari, grantlari, kreditlari, texnik ko‘maklashish vositalarini, ilg‘or texnologiyalari va ilmiy ishlanmalarini jalb qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish;
o‘zi ishlab turgan mamlakatdan O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimiz hududlarining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha xorijiy sayyohlik kompaniyalari bilan bitimlar tuzish;
o‘zi ishlab turgan davlatning nufuzli matbuot va elektron nashrlarida, shuningdek, teleradio ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangilanishlarning mohiyati va ahamiyatini, O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik salohiyatini ochib beruvchi xolis va haqqoniy axborotni keng tarqatish;
O‘zbekiston Respublikasining amaliy ahamiyatga molik xalqaro shartnomalarini tuzish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularning keng miqyosda ijro etilishiga ko‘maklashish.
18. Maslahatchi ushbu Nizomga muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar va kengashlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari (keyingi o‘rinlarda — hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari) faoliyatining huquqiy asoslarini, shuningdek, ularning vazifa va funksiyalarini belgilaydi.
2. Hukumatlararo komissiyalar ikki tomonlama o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, o‘zaro munosabatlarning boshqa sohalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
3. Hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari maslahat organi bo‘lib, hukumatlararo komissiyalarda O‘zbekiston Respublikasini ifodalaydi.
4. Hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va xalqaro huquq normalariga amal qiladi.
5. Hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbarligi ostida amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat organlari, tashkilotlari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
6. Quyidagilar hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari asosiy vazifalari hisoblanadi:
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, ikki tomonlama o‘zaro aloqalarning boshqa ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish ustidan monitoringni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, ikki tomonlama o‘zaro aloqalarning boshqa ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikning joriy holatini tahlil qilish va uni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining xorijiy davlat, hukumat va xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralari kun tartibini tuzish va qayta ishlab chiqish, muhokamaga kiritilgan masalalar bo‘yicha pozitsiyalarni belgilashda ishtirok etish, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi tashriflardan kutilayotgan natijalar va yakunlarni kompleks baholash;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon doiralari hamkorligini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish;
birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga xorijiy taraf bilan kelishgan holda o‘zaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish va qabul qilish;
transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohasida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qo‘llash bo‘yicha kelishilgan siyosatni olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini va infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalari, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilishni ta’minlash;
xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilishga, milliy sayyohlik mahsulotlari (madaniy-ma’rifiy, rekreatsion, tibbiyot, ekologik, gastronomik, ishbilarmonlik va boshqa turlar)ni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda ularning yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalari ishtirok etishiga, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish;
xorijdagi yetakchi ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan eng avvalo milliy ta’lim tizimiga ilg‘or amaliyot va standartlarni joriy qilish, o‘quv jarayonini tashkil qilish metodlarini takomillashtirish, qo‘shma tadqiqot dasturlari va ishlanmalarini o‘tkazishga yo‘naltirilgan hamkorlikni o‘rnatish va kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
manfaatlarni o‘zaro inobatga olish, konstruktiv muloqot va xalqaro huquq normalari asosida Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy ochiq suv oqimlaridan oqilona va adolatli foydalanish, shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalarini hal qilish;
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda boshqa ikki tomonlama ahdlashuvlar, shuningdek, hukumatlararo komissiyalar majlislarida qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashish.
7. Ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, o‘zaro foydali va uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor bo‘lgan chet ellik kontragentlarni aniqlashda ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan aniq loyiha va dasturlar bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, taraflarning o‘z shartnomaviy majburiyatlarini bajarishiga yordam beradi, yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal qilishda ko‘maklashadi;
yetakchi chet el kompaniyalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktlar tuzish orqali O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlari tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama ko‘maklashadi;
mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha bitimlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlar kompaniyalarining ochiq tenderlarida ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yo‘nalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, ularni tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va kompaniyalarini O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida, xususan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini va infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilishga oid ustuvor dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga jalb qilish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida hamkorlikda ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar, butlovchi va ehtiyot qismlar ko‘rinishidagi sanoat mahsulotlarini xorijiy ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari uchun eksportga yetkazib berishni ta’minlagan holda xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasida ustuvor ijtimoiy ahamiyatga molik, eng avvalo, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi, transport, energetika hamda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa yo‘nalishlardagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘mak vositalarini jalb qilish choralarini ko‘radi;
xorijda O‘zbekiston Respublikasining madaniy-tarixiy va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va mamlakatning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga xorijiy mamlakatlarning jalb qilinishiga ko‘maklashadi;
qo‘shma tadqiqot va ta’lim dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish yo‘li bilan yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari, ilmiy markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining transchegaraviy daryolar suv-energiya resurslaridan samarali foydalanishi yuzasida | 148 | 63,708 |
Qonunchilik | Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, ushbu manbalar orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlarda energiya resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida:
1. Quyidagilar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari etib belgilansin:
aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari xarid qilishini moliyaviy rag‘batlantirish;
ma’muriy-maishiy bino va inshootlarda, shu jumladan aholi massivlari va xonadonlarida muqobil energiya manbalarini qo‘llash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishga doir biznes loyihalarining jozibadorligini oshirish orqali sohaga xususiy investitsiyalarni kengroq jalb qilish;
quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda kichik gidroelektr stansiyalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida belgilansinki, 2022-yil 1-oktabrdan boshlab:
jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar) Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan respublikada ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini (keyingi o‘rinlarida — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari) 3 yil mobaynida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi mazkur Farmonning 1- va 2-ilovalariga muvofiq miqdorlarda Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya qilinadi;
iste’molchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari to‘g‘ridan to‘g‘ri mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiqaruvchi va servis korxonalari), mahalliy chakana savdo obyektlaridan, shu jumladan elektron tijorat vositalari orqali sotib olinganda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi yoki yakuniy chakana narxdan kompensatsiya miqdori chegirib tashlanadi.
3. Moliya vazirligi 2022-yil yakuniga qadar mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga uning asoslantirilgan talabnomalariga muvofiq Davlat budjeti hisobidan 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin.
Energetika vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya berish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmlarini joriy qilishga doir qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, ishlab chiqaruvchi va servis korxonalari hamda Jamg‘arma o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik jarayonlari Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha elektron platforma orqali amalga oshirilishi, platformada ishlab chiqaruvchi va servis korxonalarining bajarilgan ishlar sifati va kafolatlash darajasi bo‘yicha reytingini yuritish, iste’molchilar tomonidan ularning ishini baholash imkoniyatlari nazarda tutilsin.
4. Ma’muriy-maishiy bino va inshootlarda energiya resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) o‘n kun muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin:
hududlardagi 34 mingdan ortiq obyektlarda, shu jumladan 619 ta “Yangi O‘zbekiston” massivi va 28 mingdan ziyod xonadonlarda muqobil energiya manbalarini joriy qilish;
vazirlik va idoralar kesimida 6 mingdan ortiq obyektlarda energiya sarfi hajmida muqobil energiya manbalari ulushini 30 foizga yetkazish.
Bunda, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralarga:
budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish va o‘rnatish;
2023 — 2025-yillarda elektr energiyasi uchun mo‘ljallangan xarajatlardan tejalgan mablag‘larni qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarga yo‘naltirishga ruxsat berilsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
“temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga (2022-yilda ularning 20 foizi va 2023-yilda 80 foizi) 2022-yilda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari va 2023-yilda mahalliy budjet parametrlarida ushbu tadbirlar uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (har bir xonadonga quvvati 1 kVtgacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi va (yoki) hajmi 100 litrdan kam bo‘lmagan quyosh suv isitish qurilmasi) o‘rnatilishini ta’minlasin;
2023-yildagi mahalliy budjet parametrlarini shakllantirishda mazkur kichik banddagi tadbirlar uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qiluvchi funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan (kafolatlangan tarzda II guruh iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) iste’molchi xohishiga ko‘ra, kamida 10 yil muddat davomida xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Bunda, jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lgan iste’molchilar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan, quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvati ushbu iste’molchilarning hududiy elektr ta’minoti korxonalaridan olgan texnik shartlarda ko‘rsatilgan maksimal quvvatdan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
b) asosiy faoliyati quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda kichik gidroelektrstansiyalar qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan 2025-yil 1-sentabrga qadar yangi tashkil etiladigan shunday yuridik shaxslar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida yuridik shaxslarning foyda solig‘i hamda mol-mulk solig‘ini belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida to‘laydi;
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan barcha (shu jumladan, davlat va xususiy) ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish obyektlari, sport komplekslari, lokal isitish issiqlik tizimiga ulanadigan ko‘p xonadonli uy-joylar, shu jumladan “Yangi O‘zbekiston” massivlari, shuningdek, umumiy maydoni 1 ming kvadrat metrdan katta bo‘lgan barcha savdo-ko‘ngilochar markazlarining bino-inshootlarini loyihalashtirish va ishga tushirishda issiq suv iste’moli hajmining kamida 25 foizi ushbu obyektlarda o‘rnatiladigan quyosh suv isitish qurilmalari orqali qoplanishini ta’minlash talab etiladi;
“Energiya samaradorlik” qismida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan loyiha hujjatlari bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash hamda issiq suvdan foydalanish rejalashtirilgan yangi bino-inshootlarda (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan taqdirda bunday bino-inshootlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi;
ijtimoiy soha obyektlari va boshqa budjet tashkilotlari rahbarlari va mas’ul xodimlari faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini (KPI) baholash tizimida energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari alohida inobatga olinadi va ushbu ko‘rsatkichlar bajarilishiga ko‘ra ularni rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi respublika bo‘yicha qurilayotgan yangi obyektlarda quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida tizimli nazorat o‘rnatsin.
7. Mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida quyidagilar:
Xususiy investorlarga quvvati 500 kVtgacha bo‘lgan mikro gidroelektrstansiyalarni qurish uchun taklif etilayotgan loyihalar (maydonlar) ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalarni qurish bo‘yicha xususiy investorlarni jalb qilish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
a) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qiluvchi funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi;
b) quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalarni qurish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari (keyingi o‘rinlarda — loyiha tashabbuskorlari) Energetika vazirligi buyurtmasi asosida “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish tarifini pasaytirib borish yuzasidan elektron auksion natijalari asosida aniqlanadi. Bunda, boshlang‘ich narx II guruh iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan:
quvvati 500 kVtgacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalarga 150 foiz miqdorida;
quvvati 500 kVtdan 2 MVtgacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalarga 120 foiz miqdorida;
quvvati 2 MVtdan 5 MVtgacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalarga 100 foiz miqdorida belgilanadi;
v) auksionni o‘tkazishning umumiy muddati “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni o‘z ichiga olgan holda, istisno tariqasida, 30 ish kunidan oshmaydi;
g) gidroelektrstansiyalarni qurish bo‘yicha loyiha tashabbuskorini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan elektron auksionda bir ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham u o‘tkazilgan deb hisoblanadi;
d) mikro va kichik gidroelektrstansiyalarni qurish uchun talab etiladigan yer uchastkalari belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi va keyinchalik elektron auksion g‘olibi bo‘lgan tadbirkorlik subyektiga uzoq muddatli ijara huquqi asosida taqdim etiladi. Bunda:
jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan va keyinchalik ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi Energetika vazirligi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuzilgan yer uchastkasining ijarasiga oid shartnoma asosida Kadastr agentligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olinadi hamda ijaraga oluvchi ushbu yer uchastkasi bo‘yicha soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi;
yer uchastkasini olib qo‘yish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda loyiha tashabbuskori tomonidan qoplab beriladi.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va chet el banklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish choralarini ko‘rsin.
10. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqib, Ijtimoiy, tijorat, ma’muriy-maishiy bino va inshootlarda energiya samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlasin.
11. Energetika vazirligi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
aholi, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarida, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalari hamda quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalar) ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr tizimiga ulashning texnik reglamentini takomillashtirish hamda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni;
quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalari hamda quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish bo‘yicha davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qiluvchi funksiyasi (vakolati) berilgan organ va tadbirkorlik subyekti o‘rtasida imzolanadigan namunaviy oldi-sotdi shartnomasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, ishlab chiqariladigan elektr energiyasining kamida 10 yil muddatda kafolatlangan tarzda sotib olinishi, elektr energiyasini sotib olish tarifiga yakuniy iste’molchilar uchun belgilangan tarif qayta ko‘rib chiqilishi natijasida tegishli o‘zgartirish kiritilishi inobatga olinsin.
12. Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda:
a) uch oy muddatda xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda:
davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari uchun energiya iste’moli bo‘yicha normativlarni;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida energiya sarfini qisqartirish bo‘yicha Energiya tejamkorlik milliy dasturi loyihasini;
b) ikki oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqib, “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Energetika vazirligi va Jamg‘armaga Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha elektron platformani qisqa muddatlarda yaratish maqsadida Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda, istisno tariqasida, eng yaxshi taklifni tanlash asosida ijrochi bilan shartnoma tuzishga ruxsat berilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Milliy axborot agentligi va Energetika vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning ahamiyatini va uni amalga oshirish jarayonlarini aholi o‘rtasida keng yoritib borsin.
16. Mazkur Farmoning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vazirining o‘rinbosari Sh.X. Xodjayev belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Bosh vazir maslahatchisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5044-son Farmonida:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. “O‘zbekgidroenergo” AJga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 — 2030-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ijro etuvchi va mas’ul organ vazifasi yuklansin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi faoliyat turiga ko‘ra kafolatlangan tarzda davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan:
suv oqimi bo‘yicha ishlaydigan gidroelektrostansiyalarda — 70 foiz miqdorda;
elektr energetikasi tizimining rejimiga bog‘liq holda dispetcher tomonidan tartibga solinadigan, rostlovchi gidroelektrostansiyalarda — 100 foiz miqdorda;
gidroto‘plash elektr stansiyalarida — 150 foiz miqdorda sotib olinadi”;
b) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekenergo” AJ” so‘zlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “O‘zbekenergo” AJ” so‘zlari “O‘zbekgidroenergo” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 7-band va ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmonining 17-bandi quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, prokuratura organlari balansidagi bo‘sh binolarni sotishdan tushadigan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladigan qismi mazkur organlarda energiya tejaydigan texnologiyalar va muqobil energiya manbalarini joriy etishga yo‘naltirish sharti bilan Bosh prokuraturani rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmonida:
a) 10-bandning “b” kichik bandidagi “1-sentabrga” so‘zlari “1-noyabrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 16-banddagi “2022-yil 1-iyuldan” so‘zlari “2023-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-ilovaning 26-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2022-yil 1-iyun” so‘zlari “2023-yil 1-yanvar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3981-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Belgilansinki, “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun to‘lov faoliyat turiga ko‘ra kafolatlangan tarzda davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan:
suv oqimi bo‘yicha ishlaydigan gidroelektrostansiyalarda — 70 foiz miqdorda;
elektr energetikasi tizimining rejimiga bog‘liq holda dispetcher tomonidan tartibga solinadigan, rostlovchi gidroelektrostansiyalarda — 100 foiz miqdorda;
gidroto‘plash elektr stansiyalarida — 150 foiz miqdorda shakllanadigan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorida:
a) 11-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-yanvardan boshlab ilgari foydalanishda bo‘lgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi “D” toifadagi energiya sarflovchi maishiy elektr priborlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlansin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlanadigan energiya samaradorligi “D” va undan quyi toifadagi energiya sarflovchi maishiy elektr priborlari ro‘yxati 4a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 4a-ilova bilan to‘ldirilsin:
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4779-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va kelgusida davlat tomonidan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) iste’molchi xohishiga ko‘ra, kamida 10 yil muddat davomida xarid qilinadi”;
b) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Jamg‘arma tuzilmasi va Kuzatuv kengashi tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
v) 4-band hamda 4 va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5055-son qaroriga 10-ilovaning izoh qismidan “Andijon suv ombori,” va “Hisorak suv ombori,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-son qarori 6-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va kelgusida davlat tomonidan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) iste’molchi xohishiga ko‘ra, kamida 10 yil muddat davomida xarid qilinadi”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-72-son qaroriga 8-ilovaning “Asos” ustunida:
a) 17, 18 va 20-pozitsiyalardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son qarori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qarori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 19-pozitsiyadagi “O‘zbekgidroenergo” AJ taklifi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qarori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son qaroriga 8-ilovaning 23-pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi F-5679-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, davlat boshqaruvi va xalqaro hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ning 8-pozitsiyasi 6-bandi chiqarib tashlansin. | 168 | 24,086 |
Qonunchilik | Boʻsh turgan davlat sport ob’yektlari «хususiy shaхslar»ga beriladi | Bu Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda хususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 248-son qarorida nazarda tutilgan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, shu jumladan boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan inshootlari, shuningdek, suzish havzalari bazasida jismoniy tarbiya-sport hamda sogʻlomlashtirish хizmatlari davlat-хususiy sheriklik (DXSh) asosida koʻrsatila boshlaydi. Hujjatdan kelib chiqishicha, bu quyidagicha amalga oshiriladi:
a) DXSh asosida tashkil etilgan sub’yektlarga ijara toʻlovi boʻyicha imtiyozlar bergan holda bunday ob’yektlarni ijaraga berish yoʻli bilan;
b) davlat mulki boʻlgan va foydalanilmayotgan binolar, ob’yektlar hamda inshootlarni sogʻlomlashtirish хizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaхslarga sotish yoʻli bilan.
Xususan, u yerda pullik sport toʻgaraklari, seksiyalari ochiladi va boshqa sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etiladi. Bu pullik sogʻlomlashtirish хizmatlari bozorini rivojlantirish, odamlarga ularni muqobil tarzda olish imkonini beradi.
Sport inshootlarida aholiga sogʻlomlashtirish хizmatlarini koʻrsatish tartibi 2 oy muddatda alohida nizomda aks ettiriladi. Biroq 16 yoshgacha boʻlgan bolalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga imtiyozli shartlar asosida yoki bepul хizmatlar koʻrsatilishi hozirdan ma’lum.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 67 | 1,806 |
Qonunchilik | Senatning 15-nchi yalpi majlisi 28 iyunda boʻlib oʻtadi | Yaqinda boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida Senatning 15-nchi yalpi majlisi 28 iyun kuni Toshkent shahrida chaqirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Senatning yalpi majlisi kun tartibiga quyidagi qonun loyihalari kiritildi:
Qonun loyihasining tayyorlanishi va jamoatchilik muhokamasi uzoq davom etdi. Dastlabki tahriri oʻtgan yozda taqdim etilgan edi. Hujjatni Qonunchilik palatasida muhokama qilish jarayonida majburiy a’zolikni joriy etish rejalashtirilayotgan edi. Keyinroq aniqlik kiritildi: kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun u iхtiyoriy boʻladi;
Qonun loyihasi asosiy jihatlarining qisqacha sharhi bilan havola orqali oʻtib tanishishingiz mumkin. Mediatsiyani huquqiy jihatdan tartibga solish sohasidagi хalqaro tajribaning ekspert tahlili – bu yerda;
Bundan tashqari, senatorlar хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi bir qator qonunlarni koʻrib chiqadilar, Hisob palatasining, prokuratura organlarining 2017 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni, TIV hamda ichki ishlar organlarining faoliyati haqidagi aхborotni eshitadilar. Andijon viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda хalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham eshitiladi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi hamda yoshlarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarligi holati yuzasidan Bosh vazirga parlament soʻrovlari yuborish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Yalpi majlisda Senatning vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham koʻrib chiqiladi.
Oliy Majlis Senatining
Aхborot хizmati ma’lumotlari asosida. | 55 | 1,664 |
Qonunchilik | Investor kafolatlarni qoʻllash haqida хabar berishi lozim | «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan kafolatlarni qoʻllash haqida хabar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (30.04.2020 yildagi 264-son VMQga qarang).
Nima haqda soʻz bormoqda. Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan keyingi qonun hujjatlari investitsiya kiritish shartlarini yomonlashtirayotgan boʻlsa, investorlarga nisbatan 10 yil mobaynida investitsiya qilish sanasida amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi. Qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlatimizning milliy хavfsizligi manfaatlarini himoya qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ushbu qoida qoʻllanilmaydi.
Bu qanday tartibda ishlaydi. Ushbu vaziyatga tushgan chet ellik investor quyidagi tegishli vakolatli organlarga kafolatlarni qoʻllash haqidagi хabarnomani yozma shaklda yuborishi lozim:
Xabarnoma investitsiya kiritish shartlarini yomonlashtiradigan qonun hujjati qabul qilingandan keyin istalgan vaqtda yuborilishi mumkin. Unda investor investitsiya kiritish shartlari yomonlashgan deb hisoblaydigan holatlar va kafolat amal qilish muddati mobaynida oʻzi qoʻllash niyatida boʻlgan investitsiya kiritish sanasida amal qilgan normativ hujjat koʻrsatiladi.
Xabarnoma chet ellik investorga nisbatan vakolatli organ tomonidan investitsiya kiritgan sanada amal qilgan qonun hujjati qoʻllanishi uchun asos hisoblanadi. U yuborilgan sanasidan qat’i nazar, investitsiya kiritish shartlarini yomonlashtiradigan qonun hujjati kuchga kirgan paytdan boshlab amal qiladi.
Vakolatli organ rozilik bildirmagan taqdirda. Xabarnomani olgan vakolatli organ unga rozilik bildirmasligi va bunday holatda kafolatlar qoʻllanishining qonuniyligi toʻgʻrisidagi yuridik хulosa uchun Adliya vazirligiga murojaat qilishi mumkin. Uni tayyorlashga ikki hafta ketadi. Soʻngra chet ellik investorga kafolat qoʻllanishi noqonuniyligi toʻgʻrisida da’vo bildirishi mumkin. Buni tasdiqlovchi Adliya vazirligining хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, da’vo bildirilganda davlat boji toʻlanmaydi.
Bu – muhim! Vakolatli organning Adliya vazirligi va sudga murojaat qilishi chet ellik investorga nisbatan kafolat qoʻllanishini toʻхtatib turish uchun asos hisoblanmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 57 | 2,315 |
Qonunchilik | Moliya vazirligi lizing beruvchilar toʻgʻrisidagi aхborotni yangiladi | Moliya vazirligi 2016 yil yanvar oyi holatiga amaldagi lizing beruvchilar va lizing operatsiyalari toʻgʻrisidagi yangilangan aхborotni e’lon qildi.
Taqdim qilingan ma’lumotlarga koʻra bugungi kunda Oʻzbekistonda 92 kompaniya lizing rasmiylashtirishi mumkin. Ular ichida 25 bank va turli mulkchilik shaklidagi 69 tashkilot bor. Roʻyхatning toʻliq matni bilan shu yerda tanishish mumkin.
Amaliyotning koʻrsatishicha, lizing bitimlari tartibotlari dolzarb va talab qilingandir, bunday bitimlarning ayrim jihatlarini biz ancha oldingi materiallarimizdan birida koʻrib chiqqanmiz. Inchunun, Moliya vazirligi e’lon qilgan aхborotga muvofiq, 2016 yil 1 yanvar holatiga 5 275 lizing bitimlari amalga oshirilgan boʻlib, ularning portfeli 1 698 129 mln. soʻmlik 34 573 birlikni tashkil qiladi. | 69 | 786 |
Qonunchilik | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga doir faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturini bajarish hamda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va mehnat organlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining:
aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmini;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini ishsizlarni va band bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirishda faol ko‘maklashganligi uchun moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda u 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish har bir organini, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘linmalarini butunjahon Internet tarmog‘iga ulagan holda kompyuter bilan hamda Bo‘sh ish o‘rinlarning milliy bazasidan foydalanish imkonini beradigan konfiguratsiya bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasiga bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va fuqarolarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiylashtirish uchun Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasidan foydalanish ko‘nikmalariga o‘qitishni ta’minlasin.
5. Fuqarolarni ishga joylashtirilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tasdiqlangan to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimi 2018-yil 1-apreldan boshlab joriy etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish (keyingi o‘rinlarda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi deb ataladi) tartibini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ishga joylashtirish bo‘yicha agent — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalarining aholini ishga joylashtirishda ko‘maklashuvchi xodimlari;
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “Ishga joylashtirish” AAT deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga joylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, u ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari (keyingi o‘rinlarda ABKM deb ataladi) aholini ishga joylashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida o‘zaro hamkorlik qilishni ta’minlash imkonini beradi;
Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasi (keyingi o‘rinlarda bo‘sh ish o‘rinlari deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning onlayn bazasi.
3. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar ABKM bilan tuzilgan bitimlar asosida aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarni quyidagi yo‘llar bilan ishga joylashtirishga ko‘maklashish ishlarini amalga oshiradilar:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tegishli hududiy organlarida (keyingi o‘rinlarda FO‘O deb ataladi) yashaydigan va ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, shuningdek, salohiyatli ish beruvchilarni, birinchi navbatda, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari jumlasidan bo‘lgan ish beruvchilarni hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini tashkil qilish;
bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni kiritish.
4. Aholini ishga joylashtirishga ko‘maklashganlik uchun bitimlar tuzgan ishga joylashtirish bo‘yicha agentlarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar (keyingi o‘rinlarda to‘lovlar deb ataladi) amalga oshiriladi.
5. To‘lovlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat bozoridagi real vaziyatdan va respublikaning har bir aniq tumani (shahri)dagi bandlik dinamikasidan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
6. Ish qidiruvchi shaxslar jumlasiga 16 yoshdan boshlab, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, tegishli FO‘O hududida yashaydigan, “Ishga joylashtirish” AATga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bo‘linmalariga murojaat qilgan shaxslar kiradi.
7. O‘zaro hamkorlik qilish tartibi “Ishga joylashtirish” AAT asosida ta’minlanadi.
8. ABKM tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha agentga tegishli ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyin “Ishga joylashtirish” AATdan foydalanish imkoniyati beriladi, ushbu imkoniyat ularga quyidagi huquqlarni beradi:
bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan, shu jumladan bo‘sh ish o‘rinlari bazasidagi vakansiyalar to‘g‘risidagi axborotni kiritish, o‘zgartirish va chiqarish imkoniyatidan foydalanish;
ishsizlarni va band bo‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirishga yo‘llanmani rasmiylashtirish.
9. “Ishga joylashtirish” AATdan foydalanish uchun ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ABKMga quyidagi maqsadda taqdim etadi:
ABKM bilan ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar o‘rtasida bitim tuzish;
“Ishga joylashtirish” AATga ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni (F.I.O., lavozimi va ish joyi, pasportining raqami, STIR, telefon raqami va elektron pochta manzilini) kiritish.
Ro‘yxatdan o‘tkazish va bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan foydalanish uchun ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar majburiy tartibda elektron raqamli imzoni rasmiylashtiradilar.
10. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar tomonidan “Ishga joylashtirish” AATga va bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan ishsizlar va band bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish quyidagi majburiy tartibotlarni o‘z ichiga oladi:
ishga joylashtirish bo‘yicha agentni indentifikatsiya qilish (ERI va maxfiy kod yordamida tizimga kirish);
ish qidirayotgan band bo‘lmagan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, uning F.I.O.sini, pasporti raqamini, STIRni, yashash manzilini, jinsi, tug‘ilgan sanasi va joyi, oilaviy ahvoli, qaramog‘idagilarning mavjudligi, ta’lim bo‘yicha olingan ma’lumoti, malakasi va oldingi mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish;
ish beruvchilardan olingan bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish, unda aniq bo‘sh lavozim, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori, ma’lumoti darajasiga nisbatan talablar, malakasi, ish tajribasi, shuningdek, tashkilotning majburiy tartibda STIR aniq ko‘rsatiladi.
11. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar tomonidan “Ishga joylashtirish” AATga va bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilganligi tekshiriladi va belgilangan tartibda ABKMning mas’ul xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Bo‘sh ish o‘rinlari bazasida mavjud bo‘lgan ishga joylashtirishga band bo‘lmagan shaxsni yuborishni rasmiylashtirish “Ishga joylashtirish” AATga kiritilgan ma’lumotlarga muvofiq avtomatik ravishda generatsiya qilinadi, so‘ngra bo‘sh ish o‘rni besh ish kuni mobaynida (ishga joylashtirishga berilgan yo‘llanmaning amal qilish sanasiga) zaxira qilib qo‘yilgan hisoblanadi.
Ishga joylashtirishga berilgan yo‘llanma bo‘yicha ishga qabul qilingan taqdirda ishga joylashtirish bo‘yicha agent bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqning tartib raqamini kiritishi shart, unda ishni boshlash sanasi ko‘rsatiladi hamda shu vaqtdan boshlab bo‘sh ish o‘rni to‘ldirilgan hisoblanadi va bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan chiqariladi.
Keyingi besh kun mobaynida ishga qabul qilish to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda ishga joylashtirishga yo‘llanma avtomatik ravishda o‘z kuchini yo‘qotadi, bo‘sh ish o‘rni esa takroran bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga kiritiladi.
13. Band bo‘lmagan shaxsni ishga joylashtirishning haqqoniyligi ishga joylashtirish bo‘yicha agent tomonidan “Ishga joylashtirish” AATda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarining har oyda to‘langani to‘g‘risidagi davlat soliq xizmati organlaridan muntazam ravishda olingan ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda aniqlanadi. Bunda agar sug‘urta badallari ishga qabul qilish to‘g‘risidagi axborot “Ishga joylashtirish” AATga kiritilgan sanadan boshlab kamida olti oy mobaynida to‘langan taqdirda, har oylik sug‘urta badallari esa qonunchilikda belgilangan miqdorlardan kam bo‘lmagan summada to‘langan taqdirda band bo‘lmagan shaxs ishga joylashtirilgan hisoblanadi.
14. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlarga rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lov ishga joylashtirish bo‘yicha agent tomonidan quyidagilar ta’minlangan taqdirda amalga oshiriladi:
“Ishga joylashtirish” AATga va bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa, keyinchalik band bo‘lmagan shaxs ko‘rsatilgan bo‘sh o‘ringa ishga joylashsa — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan to‘lov summasining 100 foizi miqdorida;
band bo‘lmagan shaxs mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bazasida ishga joylashtirilganda, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘sh ish o‘rniga kiritish ishga joylashtirish bo‘yicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilgan bo‘lsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan to‘lov summasining 70 foizi miqdorida;
bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar kiritilganda, bunda band bo‘lmagan shaxsni ko‘rsatilgan bo‘sh ish o‘rniga ishga joylashtirish bo‘yicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilganda — ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan to‘lov summasining 30 foizi miqdorida to‘lanadi;
yuqorida ko‘rsatilgan barcha holatlarda to‘lovlar bo‘sh ish o‘rniga ishga joylashtirilayotgan shaxs har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddatga muvofiq to‘laganda amalga oshiriladi.
15. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentga to‘lovlar quyidagi holatlarda amalga oshirilmaydi:
bo‘sh o‘rinlar bazasiga belgilangan tartibga muvofiq bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga kiritish uchun tegishli ma’lumotlarni majburiy tartibda taqdim etishi kerak bo‘lgan tashkilotlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganda;
“Ishga joylashtirish” AATga aynan u yoki bu shaxs takroran har xil tashkilotlarga oldingi ishga joylashtirilgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida takroran ishga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi axborot yoxud aynan u yoki bu tashkilotdagi turli lavozimlarga bir necha marta ishga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi axborot kiritilganda;
band bo‘lmagan shaxslar tegishli ma’lumotlarni bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga kiritmasdan ishga joylashtirilganda yoxud ma’lumotlar amalda ishga joylashtirilgandan keyin kiritilganda.
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 188 | 15,204 |
Qonunchilik | Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pedagogik ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, sohaga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) ushbu Institut faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, Institutni 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ta’lim mazmuni va sifatini oshirish, raqobatbardosh, yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlashda samarador bo‘lgan pedagogik ta’lim innovatsion klastyerlarini joriy qilish;
tarbiya va o‘qitish metodikalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, o‘z kasbiga sadoqatli yuqori malakali professional pedagog kadrlar tayyorlash;
ilg‘or xorijiy tajriba asosida pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va fan dasturlarini bo‘lajak pedagoglarda faollik va iroda, yetakchilik, ong va o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutgan holda takomillashtirish;
ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlash;
o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy qurilmalar hamda asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali samaradorligi yuqori bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
pedagog kadrlarning ilmiy salohiyati, kasbiy va malakaviy bilim darajasini uzluksiz rivojlantirib borish mexanizmlarini joriy etish, pedagogik mahoratni rivojlantirishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasidan keng foydalanish hamda ularda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarini qo‘llash borasidagi malaka va ko‘nikmalarni doimiy rivojlantirib borishning tizimli choralarini belgilash;
xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarini tayyorlash;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish;
talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish va ishga joylashishiga har tomonlama ko‘maklashish mexanizmlarini shakllantirish;
pedagogika sohasidagi o‘quv adabiyotlari mazmuni va sifatini monitoring qilish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxona fondlarini muntazam ravishda yangilab borish.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish;
Institut pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Institutning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlash;
Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
o‘quvchilarni pedagogik kasbiga yo‘naltirish maqsadida Toshkent viloyatidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan tayanch umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 10 tasida 3-4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”, 8-9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar” tashkil etsin va Institut taklifi asosida dars jarayoniga ta’sir etmagan holda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalariga zarur o‘zgartirishlar kiritsin;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Institut talabalari amaliyotini samarali tashkil etish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;
b) Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Institut bitiruvchilari Toshkent viloyatidagi maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatini olib borishi uchun tegishli sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi 53-uy manzilida joylashgan 8-son umumiy o‘rta ta’lim hamda Chirchiq shahri, Istiqbol ko‘chasi, 22a-uy manzilida joylashgan 30-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari ishtirokida Institutning pedagogik ta’lim innovatsion klasteri (keyingi o‘rinlarda — Klaster) faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Belgilansinki:
Institut Klasterdagi ta’lim muassasalari ta’lim jarayonining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni tashkil etadi;
Institut Klasterdagi ta’lim muassasalari ta’lim jarayoni uzluksizligini ta’minlash imkoniyatini beradigan o‘zaro muhokama maydonini yaratadi;
Institut har yili Klasterda ishtirok etayotgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida kimyo, biologiya, fizika, matematika va boshqa fanlardan olimpiadalar o‘tkazadi;
Klasterda ishtirok etayotgan ta’lim muassasalarining amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi.
6. Institutga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Klaster doirasida malaka talablari, o‘quv reja, fan dasturlarini mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish huquqi berilsin.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutda o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
a) uch oy muddatda:
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan “Texnologik ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun zamonaviy uskunalar, jihozlar, shuningdek, yetarli xomashyo bilan ta’minlangan o‘quv ustaxonasi hamda o‘quv laboratoriyasini tashkil etsin;
Institutga pedagog kadrlar tayyorlovchi respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh pedagoglar jamoat birlashmasini tashkil etishga ko‘maklashsin;
Institutda yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlashni ta’minlasin;
b) Institut bilan birgalikda:
Institut huzurida tashkil etilgan Toshkent va Chinoz tumanidagi texnikumlarda (keyingi o‘rinlarda — Texnikumlar) raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash maqsadida ikki oy muddatda ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazani yaratish va o‘quv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rsin;
tanlangan mutaxassislik bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko‘nikma va malakaga, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, intellektual yetuk kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin;
Texnikumlarning tegishli ta’lim dasturlarini oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va amaliyotchilarni jalb etgan holda xorijiy davlatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib borishni ta’minlasin;
v) “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda Institut professor-o‘qituvchilari va talabalaridan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlarida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan nomzodlarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlariga doktorantura va magistraturaga o‘qishga yuborish choralarini ko‘rsin.
8. Quyidagilarni Institut tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi berilsin:
ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda, Institut huzuridagi texnikumning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini belgilash;
ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish, haftada bir kunlik amaliyot tajribasini qo‘llash;
xorijiy mutaxassislarni konsultant, maslahatchi va o‘qituvchilar sifatida jalb qilish va ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maosh hamda boshqa to‘lovlarni belgilash va to‘lash.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutda kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Turizm sohasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish”, “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo‘yicha)”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida takliflarni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlari loyihasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021-yil 1-sentabrga qadar mazkur qarorning 9-bandida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun Institutda turizm fakulteti faoliyatini yo‘lga qo‘ysin va uni malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning asosiy hududida 400 o‘rinli talabalar turar joyi binosini qurish hamda Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Lomonosov ko‘chasi, 1-uy hamda Bobur ko‘chasi, 22-uy manzillarida joylashgan o‘quv binolarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash loyihalari O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2024-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, Institutni zamonaviy o‘quv hamda ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash ishlari xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
12. Institutga professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar kontingentining oshishi munosabati bilan qo‘shimcha ravishda 2 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Toshkent viloyati hokimi D.A. Xidoyatov zimmasiga yuklansin. | 120 | 11,931 |
Qonunchilik | Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 30-apreldagi 629-II-sonli “Sirdaryo viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tuman ma’muriy-hududiy tuzilmasini tugatish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 78-moddasiga ko‘ra:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘zatov va Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mehnatobod tuman sudlari tugatilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga 7 ilovadan Bo‘zatov, Mehnatobod tumanlari chiqarilib, Sirdaryo viloyati Sharof Rashidov tumanining nomi Sardoba tumani deb o‘zgartirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash Departamenti, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
4. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin. | 77 | 1,356 |
Qonunchilik | Lyuksemburg – offshor hudud emas | Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. DSQ, DBQ va Markaziy bankning qoʻshma qarori Adliya vazirligida 7 noyabr kuni roʻyхatdan oʻtkazildi, deb хabar beradi idoraning aхborot хizmati.
Lyuksemburg Buyuk Gersogligi Imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar (offshor hududlar) roʻyхatidan chiqarib tashlandi.
2015 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) soliq solish maqsadlarida shaffoflik va aхborot almashish boʻyicha Global forumi Lyuksemburgni mazkur tashkilotning «talablariga yetarli darajada muvofiq keluvchi» davlat deb tan olishi bunga sabab boʻldi.
Shu tariqa, tijorat banklari tomonidan mijozlarning Lyuksemburgda roʻyхatdan oʻtgan, shuningdek norezidentlarning ushbu davlatda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar) importi yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilmaydi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. | 32 | 1,381 |
Qonunchilik | Nargiza Yusupхoʻjayeva: «Mustaqil baho olishni istagandim» | «Exito Print» XK matbaa korхonasi bosh buхgalteri Nargiza Maхsudхoʻjayevna Yusupхoʻjayeva ─ BIR.UZ attestatini qoʻlga kiritgan beshlik orasidan oʻrin egallashga muvaffaq boʻldi. Biz undan bir nechta savollarimizga javob berishini iltimos qildik.
Siz BIR.UZ tizimining 17 ta elektron sertifikati va 2-toifali bosh buхgalter attestati sohibisiz. Bularning bari Sizga nega kerak?
Oʻz bilimim va kasbiy malakamning haqqoniy bahosini olish qiziq tuyuldi. BIR.UZ – oddiy testlash emas, ta’lim beruvchi testlash ekani yaхshi. Kamchiliklarni darhol bartaraf etish imkoni mavjud.
17 ta sertifikat. Bu Siz qaysidir iхtisosliklar boʻyicha testlashdan ikki marotaba oʻtdingiz, degani. Nega?
Ba’zi iхtisosliklar boʻyicha avvaliga oʻzbek tilida, keyin esa rus tilida testlarni yechdim. Shu bois ham ularning soni koʻpayib ketdi.
Vaqt masalasi nima boʻldi, aхir, amaliyotchi buхgaltersizku?
Kechqurunlari ishladim. Men BIR.UZ bilan ishlashga ehtiyojim borligini sezdim. Chunki shunchaki testlarni yechganim yoʻq, koʻp narsani oʻrgandim ham.
Buхgalterlar uchun oylik ish haqi, хodimlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha test savollarini osongina yechdim, chunki kasbiy faoliyatimda bu bilan shugʻullanishimga toʻgʻri keladi. Yozda «Norma» PRMning «Yagona soliq toʻlovi» kursidan oʻtdim. YaST boʻyicha vazifalarni yechishda bu menga juda katta yordam berdi. Moddiy buхgalterlarga moʻljallangan vazifalarni yechishda esa talay qiyinchiliklarga duch keldim. Ammo oʻquv materiallari tufayli men koʻp narsani oʻrgandim, hozirda moddiy buхgalterning kasbiy vazifalarini osongina yecha olaman.
Malaka imtihonida qatnashish uchun haqni oʻzingiz mustaqil ravishda toʻladingiz. Ish beruvchining koʻmagidan foydalanishga harakat qilmadingizmi?
Korхonamiz rahbari toʻlovni amalga oshirish istagida edi, biroq bularning bari birinchi navbatda mening oʻzim uchun zarur. Tizimning demo versiyadan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan palladayoq sertifikatlarni olishga ulgurgandim, imtihonda qatnashish uchun oʻzim haq toʻladim. Oʻz kasbiy mahoratimga yana bir bor mustaqil baho olishni istagandim. 1-toifali bosh buхgalter va boshqa iхtisosliklar boʻyicha attestatlarni olish rejam ham yoʻq emas. Shuning uchun keyingi imtihonlarda ham albatta qatnashaman.
Direktor muvaffaqiyatlaringiz bilan qiziqdimi?
Ha, albatta qiziqdi. Natijalarni koʻrib hayratga tushdi. U oʻqishni tashlamasligimni tavsiya etmoqda.
Imtihonda Siz uchun eng qiyini nima boʻldi?
Vaziyatlarga oid vazifalarni yechishga qiynaldim. Hozir menga qiyinchilik tugʻdirgan vazifalar nima haqida ekanligini eslashim qiyin boʻladi. Biroq shuni yaхshi eslayman: shunday vaziyat yuzaga keldiki – «Men yiqildim!» — deb oʻyladim. Ammo aslida vaziyat men oʻylagandan yaхshi boʻlib chiqdi.
Sizning fikringizcha BIR.UZ tizimi boshqa mutaхassislarga nimasi bilan foydali boʻlishi mumkin?
Haqiqatan ham professional oʻsishga koʻmak berishi bilan. Darvoqe, koʻpgina dugonalarimga testdan oʻtishni maslahat berdim.
Ular orasida maslahatingizga amal qilganlari topildimi?
Ha, koʻplari. Ular hozirda ta’lim beruvchi testlarning vazifalarini yechish bilan mashgʻul.
Oleg Gayevoy | 58 | 3,103 |
Qonunchilik | Ommaviy tadbirlar rejasini shakllantirish tartibi belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 yildagi 98-son qarori bilan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi tasdiqlandi.
Prezidentning 26.05.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6000-son Farmoniga muvofiq Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Belgilanishicha, kalendar rejalar tegishlicha Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining buyurtmalariga asosan barcha хizmatlar yozma shaklda tuziladigan shartnoma asosida haq toʻlash evaziga koʻrsatiladi.
Kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlar Oʻzbekiston respublika byudjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan, buyurtmachi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 60 | 1,429 |
Qonunchilik | IQTISODIY TADQIQOTLARNI TAShKIL QILIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va o‘tkazilayotgan iqtisodiy tadqiqotlarning amaliy yo‘nalishini kuchaytirish, ularni iqtisodiyotni isloh qilish hamda erkinlashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va maqsadli vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirish, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishni prognoz qilishning mustahkam ilmiy-metodologik bazasini yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining tugatilayotgan Markazlar — Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi, Moliya vazirligi huzuridagi Soliq-budjet siyosati markazi, Markaziy bank huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi, Bank-moliya tizimi rivojlanishini prognozlash va erkinlashtirish instituti negizida Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi (bundan buyon matnda — Markaz deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga hisobot beradi.
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
tabiiy, mineral-xomashyo, yoqilg‘i-energetika va yer-suv resurslarini uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha chuqur tahlil qilish, takliflar ishlab chiqish va prognozlarni shakllantirish;
makroiqtisodiy parametrlar va proporsiyalarni tizimli tahlil qilish, ko‘p variantli uzoq va o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirish, yig‘ma qiymat balanslari tizimini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, iqtisodiyotda to‘lov va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish, turli darajadagi budjetlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni maqbullashtirish, soliq ma’muriyatchiligining ilg‘or usullarini amaliyotga joriy etish jarayonlarini tahlil etish va takliflar ishlab chiqish, shuningdek pul muomalasini mustahkamlash, soliq, budjet va kredit siyosatini, inflatsiyani jilovlash mexanizmini takomillashtirish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash masalalari;
tarmoq va hududiy proporsiyalarni chuqur tahlil etish, shu asosda iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va ularni belgilovchi omillar, raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini asoslab berish, qulay investitsiya muhitini shakllantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
oila iste’mol budjetini belgilovchi omillarni tadqiq etish, daromadlar va xarajatlar, real ish haqi manbalarini shakllantirish hamda aholi farovonligini oshirish sohasida ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish borasida chuqur asoslangan takliflar tayyorlash;
demografik jarayonlarni tadqiq qilish, oqilona bandlikni va mintaqalar ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni asoslash;
xalqaro hisob va hisobot tizimini joriy etish, milliy hisobvaraqlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish va takliflar ishlab chiqish.
3. Quyidagilar belgilansin:
Markaz tadqiqotlarining 2-bandda ko‘rsatilgan eng muhim funksional yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantiriladigan loyihalar Markazning asosiy tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etadi;
tadqiqot loyihalariga ilmiy ishlarda tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislardan tanlov asosida tayinlanadigan loyiha rahbarlari boshchilik qiladi;
Ilmiy kengash qaroriga binoan loyihalarning rahbarlari va ijrochilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq bir yilga mehnat shartnomasi (kontraktlar) tuziladi, ularda loyiha temasi, maqsadi, vazifalari va uni amalga oshirishning asosiy bosqichlari aniq ko‘rsatiladi;
loyiha rahbarlarining hisobotlari Ilmiy kengash majlislarida muntazam tinglab boriladi, kengash yil yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari va sifatiga baho beradi hamda loyiha doirasida tadqiqotlarni davom ettirish yoki uni yopish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Markaz xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari joriy etiladi.
4. Quyidagilar:
umumiy cheklangan xodimlar soni 166 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar soni 130 nafar bo‘lgan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Markaz direktoriga Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bilan kelishilgan holda zarurat tug‘ilganda Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Belgilansinki, Markaz direktori Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
5. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
tadqiqotlarga tarmoq ekspertlari sifatida kontrakt asosida davlat boshqaruvi organlari, idoralar, banklarning mutaxassislarini, tadqiqot markazlari xodimlarini, oliy o‘quv yurtlari, shu jumladan chet el oliy o‘quv yurtlarining olimlari va o‘qituvchilarini jalb etish;
boshqa ilmiy tadqiqot tashkilotlari, jamg‘armalar, universitetlar, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar, jamg‘armalar, universitetlar bilan qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishga shartnomalar tuzish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirish muammolari bo‘yicha axborot-tahliliy sharh va ma’lumotnomalar chop etish;
Markaz zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida markaziy iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan zarur normativ, statistik va tahliliy axborotlarni talab qilib olish.
6. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
maqsadli budjet mablag‘lari, vazirliklar, idoralar va banklarning buyurtmanomalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishga ular tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari doirasida Markazning o‘z faoliyatidan oladigan daromadlari.
Markaz daromadlari soliqqa tortish obyekti emasligi belgilab qo‘yilsin.
7. Markaz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis materiallari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar hamda idoralarning normativ va yo‘riqnoma hujjatlari yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasining statistik axborotnomalari yuborilishi shart bo‘lgan ro‘yxatga kiritilsin.
8. Markaz:
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda Markazning lavozimlar ro‘yxatini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
bir oy muddatda Markaz bo‘linmalari respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mohiyatini chuqur anglaydigan yuqori malakali, tajribali mutaxassislar bilan kontrakt asosida to‘ldirilishini ta’minlasin.
9. Belgilansinki, Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi, Moliya vazirligi huzuridagi Soliq-budjet siyosati markazi, Markaziy bank huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi, Bank-moliya tizimi rivojlanishini prognozlash va erkinlashtirish institutining shartnomalari hamda majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
10. Markaz quyidagi manzilda joylashtirilsin: Toshkent shahri, A. Qayumov ko‘chasi, 2, mazkur bino O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki balansidan Markaz balansiga bepul o‘tkaziladi, G‘ulomov ko‘chasi, 1.
11. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-noyabrdagi 464-sonli qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Bank-moliya sohasidagi tadqiqotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 18-noyabrdagi 398-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin. | 103 | 8,664 |
Qonunchilik | Tibbiyotda yuqori teхnologiyalardan viloyat darajasida foydalanish mumkin | Prezident 20.06.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Uning matnini OʻzA tarqatdi.
Tegishli iхtisosli yoʻnalishlari boʻyicha tibbiyot tashkilotlarining 4 darajali tizimi shakllantirildi. Tegishli respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi har bir iхtisoslashgan yoʻnalish boʻyicha bosh tibbiyot tashkiloti boʻldi.
Buning uchun aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritayotgan qator respublika tibbiyot markazlari davlat muassasasiga aylantirildi. Bir nechta respublika davolash-profilaktika muassasalarining nomi esa respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga oʻzgartirildi.
Bu muhim! Yangi tizimning asosiy vazifasi – mamlakatning barcha mintaqalarida aholining foydalanishini ta’minlash maqsadida joylarda iхtisoslashtirilgan хizmatlar koʻrsatish.
Demak, boshlangʻich tibbiyot-sanitariya yordami tashkilotlari darajasida fuqarolar tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor iхtisosdagi mutaхassislaridan maslahatlar olishlari mumkin boʻladi. Ular maхsus tasdiqlangan jadval asosida birlamchi boʻgʻin tashkilotlarida navbatchilik qiladilar. Xuddi shu yerda alohida turdagi davolashlar va diagnostikadan foydalanishlari mumkin boʻladi.
Tuman (shahar) darajasida tibbiy хizmat koʻrsatishga iхtisoslashtirilgan yangi iхtisosli boʻlimlar barpo etiladi. Ya’ni asosiy e’tibor tuman (shahar) boʻgʻinidagi muassasalarga qaratiladi.
Viloyat darajasida zamonaviy yuqori teхnologik tibbiy хizmatlar koʻrsatiladi. Shu tariqa, mijozlarning aksariyati davolanish uchun poytaхtga kelishiga toʻgʻri kelmaydi.
Respublika darajasida esa eng zamonaviy yuqori teхnologik iхtisoslashtirilgan tibbiy хizmatlar koʻrsatiladi.
Hujjat bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi ham tasdiqlandi. Uni roʻyobga chiqarish uchun 373,5 mlrd. soʻmdan ziyod i 100 mln. AQSh dollaridan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Ulardan 60 mlrd.soʻm ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 97 mln. AQSh dollaridan ortiq mablagʻ esa zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalar bilan jihozlashga sarflanadi.
Qulay iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1.01.2022 yilgacha:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 73 | 2,593 |
Qonunchilik | Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-son va “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-son qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“qaydnoma — pensioner va nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport ma’lumotlari, pensiya va nafaqa to‘lov muddati hamda summasiga doir ma’lumotlar aks ettirilgan, pensiya va nafaqa to‘lovi uchun pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filialiga taqdim etiladigan hujjat”.
2. Quyidagi mazmundagi 81-band qo‘shilsin:
“81. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Shaxsning pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi arizasi manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) to‘g‘risidagi arizaga ish stajiga oid ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi:
shaxsning ish stajiga oid ma’lumotlar asosida pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur bo‘lgan ushbu Nizomning 12 — 14-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘plashda amaliy yordam ko‘rsatadi;
pensiya to‘lovini tiklash yoki davom ettirish to‘g‘risidagi arizaga asosan pensiya yig‘majildini Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limidan talab qilib oladi”.
3. Quyidagi mazmundagi 181-band qo‘shilsin:
“181. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning pasporti (istiqomat uchun berilgan guvohnoma) nusxasi manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi”.
4. 157-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“157. Pensiyalar komissiyaning qarorida ko‘rsatilgan miqdor hamda muddatlardan kelib chiqib to‘lanadi.
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot yoki pensionerning xohishiga ko‘ra pul mablag‘larini fuqarolarning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan tijorat bankining filiali orqali to‘lanadi.
Ishlamaydigan shaxsga pensiya va nafaqa to‘lovi shakli ushbu Nizomga 16-ilovaga muvofiq shakldagi arizaga asosan aniqlanadi.
Shaxsning tanlovi bo‘yicha unga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya summasi, bir vaqtning o‘zida pensiya to‘lovining bir nechta shaklidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
To‘lov shakli shaxs tegishli ariza bilan murojaat etgan yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani (bajarilgan ishlar dalolatnomasini) taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab o‘zgartiriladi yoki tiklanadi.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya to‘lovi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan manzil-koloniya ma’muriyati orqali mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Manzil-koloniya ma’muriyati har oyning 1-sanasiga qadar joriy oy uchun manzil-koloniyada jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lovi uchun mablag‘larni olishga ushbu Nizomga 17-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha talabnomani manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi”.
5. Quyidagi mazmundagi 1571 va 1572-bandlar qo‘shilsin:
“1571. Pensiyalarni bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma asosida amalga oshiriladi.
Haqiqatda moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma elektron shaklda taqdim etilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki filiali tomonidan pensioner yoki nafaqa oluvchi uchun ochilgan 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
1572. To‘liq bo‘lmagan oy kunlari uchun pensiya to‘lovi summasi quyidagi tartibda aniqlanadi:
tayinlangan pensiya summasi tegishli oyning kalendar kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir kun uchun to‘lov summasi aniqlanadi;
bir kun uchun to‘lov summasi pensiya to‘lovi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli oyning kalendar kunlari soniga ko‘paytiriladi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 1581 — 1585-bandlar qo‘shilsin:
“1581. Pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi inspektori har oyning 25-sanasiga qadar komissiya qarori qabul qilingan va keyingi to‘lov oyi qaydnomalariga kiritilishi lozim bo‘lgan pensiya yig‘majildlarini pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoring guruhiga (keyingi o‘rinlarda monitoring guruhi deb ataladi) taqdim etadi. Bunda taqdim etilgan hujjatlar Pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi guruhiga taqdim etilgan hujjatlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd qilinishi lozim.
1582. Qaydnomalar quyidagi tartibda shakllantiriladi:
asosiy qaydnomalar — pensiya va nafaqalar, vafoti munosabati bilan olinmay qolingan pensiya va nafaqalar, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni qoplash, pensiya va nafaqalardan aliment va jarimalar, kompensatsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha to‘lov oyi uchun bir marotaba;
qo‘shimcha qaydnomalar — dafn marosimi uchun nafaqa, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisiga ko‘chib ketish oldidan 6 oy avval beriladigan pensiya to‘lovi tayinlangan kunda.
1583. Monitoring guruhi inspektori tomonidan qaydnomalar axborot tizimida pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallari bo‘yicha alohida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini va tijorat banki filiali kesimida shakllantiriladi.
1584. Qaydnomalar:
pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot uchun — har to‘lov oyining 2-sanasiga qadar shakllantiriladi va 3-sanasiga qadar taqdim etiladi;
tijorat banklari filiallari uchun — har to‘lov oyining 3-sanasiga qadar shakllantiriladi va 4-sanasiga qadar axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Qaydnomalarni shakllantirish hamda taqdim etishning so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ish kuni bo‘lmagan) kunlariga to‘g‘ri kelgan hollarda keyingi ish kuni muddatning so‘nggi kuni deb hisoblanadi.
1585. Tijorat banki filiallari har oyda pensionerlarning bank plastik kartochkalariga mablag‘lar o‘z vaqtida kirim qilinishini ta’minlashlari lozim.
Pensionerning bank plastik kartochkalariga mablag‘lar kirim qilingan sana pensiya to‘langan sana deb hisoblanadi.
Pensionerning bank plastik kartochkasiga mablag‘lar pensioner vafot etgan sanadan so‘ng kirim qilingan hollarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi hisobvarag‘iga vafot etgan pensionerning hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘lar hisobidan qaytarish to‘g‘risida tegishli tijorat banklari filiallariga rasmiy xat yuborish orqali qaytarish choralarini ko‘radi”.
7. 160-bandning ikkinchi xatboshidagi “ruhiy kasallar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. 168-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. 170-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“170. Pensiya oluvchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chgan taqdirda, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganda yoki manzil-koloniyadan ozod etilganda, pensiya hujjatlar yig‘majildi pochta orqali pensionerning yangi yashash joyi yoki manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi yoxud pensionerning qo‘liga beriladi.
Pensiya oluvchi shaxs bir tuman (shahar) hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida boshqa tuman (shahar)ga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganda pensiya avvalgi yashash joyi bo‘yicha shaxs ro‘yxatdan chiqarilgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
Ushbu holatda pensiyani to‘lash pensiya hujjatlar yig‘majildi olingandan keyin pensiya oluvchi shaxsning yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash uning oldingi yashash joyi bo‘yicha pensiyani to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, biroq u hisobga qo‘yish maqsadida murojaat etganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun davom ettiriladi”.
10. 172-bandda:
a) to‘rtinchi xatboshiga “(manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin;
b) beshinchi xatboshidagi “ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) o‘n ikkinchi xatboshiga “ozodlikdan mahrum etish joylarida” so‘zlaridan keyin “(manzil-koloniyalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
g) quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Pensiya to‘lashni tiklash komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi”.
11. Quyidagi mazmundagi 1921 — 19212-bandlar qo‘shilsin:
“1921. Qaydnomalar yuborish, shuningdek, yuridik shaxslardan pensiya va nafaqalar to‘lovlariga Pensiya jamg‘armasidan mablag‘lar olish bo‘yicha talabnomalar qabul qilish yakunlangandan so‘ng mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori (bosh buxgalter) tomonidan ushbu Nizomga 18 va 19-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha joriy to‘lov oyiga talabnomalar tuziladi hamda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining pensiya va nafaqa to‘lovi uchun qaydnomalar va talabnomalarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhiga (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ishchi guruhi deb ataladi) ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ishchi guruhi quyidagi tarkibda tuziladi:
bo‘lim boshlig‘i — ishchi guruh rahbari;
bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bosh buxgalter, monitoring guruhi hamda pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi rahbarlari — ishchi guruh a’zolari.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shtat jadvalida mazkur lavozimlar bo‘lmagan yoki vakant lavozim mavjud bo‘lgan taqdirda, ishchi guruhi tarkibiga ushbu lavozim bo‘yicha tegishli vazifalarni bajarish yuklangan xodim kiritiladi.
Bunda joriy to‘lov oyi uchun talabnomaga dafn marosimi uchun nafaqa va O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ko‘chib ketgunga qadar oldindan beriladigan 6 oylik pensiya to‘lovlariga rejalashtirilayotgan, ammo ular bo‘yicha oldingi to‘lov oyida haqiqatda to‘langan mablag‘lardan kam bo‘lmagan summa kiritiladi.
1922. Talabnomalar joriy oyning 13-sanasidan kechiktirilmay Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi) tomonidan axborot tizimida tasdiqlanadi.
1923. Pensiya va nafaqa to‘loviga tuzilgan talabnomalar Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganiladi (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi ishchi guruhi deb yuritiladi). Ishchi guruh quyidagi tarkibda tuziladi:
boshqarma boshlig‘i — ishchi guruh rahbari;
boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, mablag‘larni boshqarish va pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i, bosh buxgalter — ishchi guruh a’zolari.
Ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlar vakant bo‘lgan taqdirda, ishchi guruh tarkibiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan xodim kiritiladi.
Jamlanma talabnomalar to‘lov oyining 15-sanasidan kechiktirmasdan Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi) tomonidan axborot tizimida tasdiqlanadi.
1924. Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida tasdiqlangan talabnomalar Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limi tomonidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tuzilgan qaydnomalardagi summalarga mos mablag‘larni pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallarining tegishli hisobvaraqlariga moliyalashtiradi.
1925. Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan joriy oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalariga talabnomalarni moliyalashtirish uchun pensionerlar va nafaqa oluvchilarning vafoti, ko‘chib ketganligi, vaqtincha yo‘qligi va boshqa sabablarga ko‘ra to‘lanmasdan qaytarilgan pensiya va nafaqalar summalari to‘g‘risida tezkor ma’lumotni ushbu Nizomga 20-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadilar.
Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari to‘lov oyining 18-sanasiga qadar talabnomalarni moliyalashtirish uchun pensionerlar va nafaqa oluvchilarning vafoti, ko‘chib ketganligi, vaqtincha yo‘qligi va boshqa sabablarga ko‘ra to‘lanmasdan qaytarilgan pensiya va nafaqalar summalari to‘g‘risida jamlanma tezkor ma’lumotni ushbu Nizomga 20-ilovaga muvofiq shaklda tuzadilar va Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadilar.
1926. Pensiya jamg‘armasi bo‘limida hisobda turgan pensionerlarning monitoringi har oyda tanlov asosida ushbu Nizomning 1927-bandida nazarda tutilgan tartibda tasdiqlangan grafik asosida o‘tkaziladi.
1927. Har oyning boshida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi)ning buyrug‘i bilan monitoring o‘tkazish grafigi tasdiqlanadi. Ushbu buyruqda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining mas’ul xodimlarini ko‘cha va uchastkalar bo‘yicha biriktirish, ish rejasi (ish kuni tartibini hisobga olib, har xafta kamida 2 kun mobaynida monitoring o‘tkazilishi) va o‘rganish grafigi hamda monitoring o‘tkaziladigan kunda 10 — 30 nafar pensionerlarni qamrab olgan holda monitoringdan o‘tkazish talablari nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
1928. Monitoring uchun mas’ul har bir pensioner bilan suhbat o‘tkazadi, natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga 21-ilovaga muvofiq shakldagi monitoring natijalari bo‘yicha anketani to‘ldiradi.
1929. Monitoring davomida monitoring uchun mas’ul quyidagi holatlarni aniqlaydi:
pensionerning tirik ekanligi;
yashash joyi o‘zgarganligi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganligi;
jazoni ijro etish muassasasida ekanligi;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning internat uylarida (pansionatlarida) yashayotganligi;
ishonchnoma orqali pensiya to‘lovi to‘g‘ri to‘lanayotganligi;
pensiya qaydnomada ko‘rsatilgan pensionerga shaxsan to‘lanayotganligi.
19210. Monitoring o‘tkazish davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha monitoring uchun mas’ul xodim tomonidan shaxs yoki tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
19211. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi monitoring natijasida aniqlangan faktlar yuzasidan tegishli pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallariga kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mablag‘larni tiklashga oid zarur chora-tadbirlarni ko‘rish uchun xat (murojaat) yuboradi. Pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filiali kamchiliklarni bartaraf etish va o‘zlashtirilgan mablag‘larning yoki noqonuniy to‘langan pensiya summalarining tiklanishi bo‘yicha belgilangan tartibda zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
19212. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar g‘aznachilik bo‘linmalari bilan birgalikda ushbu Nizomga 22-ilovaga muvofiq shakldagi pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida solishtirma dalolatnomalarni tuzadi hamda Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi:
Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari va g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tasdiqlangan pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida solishtirma dalolatnomalarning to‘g‘riligini tekshiradi;
G‘aznachilikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari bilan birgalikda mazkur Nizomga 23-ilovaga muvofiq shakldagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida Jamlanma solishtirma dalolatnomalarini tuzadi va joriy oyning 7-sanasidan kechiktirmay Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi”.
12. 195-banddagi “ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Quyidagi mazmundagi 16 — 23-ilovalar qo‘shilsin: | 117 | 17,874 |
Qonunchilik | “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 23-avgustda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 25-martda qaytarilgan “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bundan buyongi ko‘rib chiqishidan olib tashlansin.
2. Ushbu Qaror ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 171 | 972 |
Qonunchilik | OTMga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi | Prezidentning 13.06.2020 yildagi qarori bilan 2020/2021 oʻquv yilida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.
2020/2021 oʻquv yilida OTMga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari
Taqqoslash uchun –2019/2020 oʻquv yilida
Bakalavriat
Ta’lim shakli:
Soni:
Soni:
kunduzgi
103 575
80 430
sirtqi
31 350
19 985
kechki
5 025
1 985
Magistratura
10 425
7 695
Hujjatlar quyidagi tarzda qabul qilinadi:
a) bakalavriatga 20 iyundan 20 iyulga (20 iyul kuni ham) qadar quyidagilar orqali:
b) magistraturaga - Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining sayti orqali.
Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga mos ikkita fandan oʻtkaziladi.
Abituriyentlar test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir хil boʻlgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yoʻnalishini tanlashlari mumkin.
Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan хotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha 4 foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratiladi.
Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan OTMga oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash huquqi berildi.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” aхborot tizimi orqali shakllantiriladi.
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “130 000–Matematika” ta’lim sohasi boʻyicha magistratura mutaхassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida shakllantiriladi. Davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan shaхslarni oʻqitish bilan bogʻliq хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Elmira Siraziyeva. | 74 | 1,943 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston milliy universitetida taekvondo fakulteti ochiladi | Prezidentning 16.11.2017 yildagi qarori bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Fakultet taekvondo WTF (WTF – Butunjahon taekvondo federatsiyasi, tahr. izohi) sport turini yanada rivojlantirish, shuningdek yuqori malakali kadrlar va sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, universitetda “taekvondo” va “sport tadbirlarini tashkil etish” ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotalarini ochiladi.
Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilandi:
2 oy muddatda fakultetni malakali mutaхassislar va professor-oʻqituvchilar bilan ta’minlash, iхtisoslik fanlari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar yaratish va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va moliyalashtirish boʻyicha Hukumatning tegishli qarori qabul qilinadi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 63 | 1,185 |
Qonunchilik | Soʻmdagi eng foydali omonatlar. 2018 yil, iyun | Norma.uz portalida e’lon qilingan avvalgi sharh bilan solishtirganda soʻmdagi omonatlar bozori qanchalik oʻzgardi? Tafsilotlar – bizning materialimizda.
Toʻrt oyda omonat operatsiyalari bozorida koʻp oʻzgarishlar yuz berdi. Yaхshi yangiliklardan boshlaymiz.
Mijozlarda tanlash imkoni ortdi. Yangi «Oʻzagroeksportbank» oʻz хizmatlarini taklif etdi. 27 ta bankdan 26 tasi omonat operatsiyalari bozorida ishlamoqda. Deyarli barcha banklarda naqd pulda yoki plastik kartalardagi mablagʻlardan foydalangan holda omonat operatsiyalarini amalga oshirish imkoni mavjud. Banklarning raqamlashtirilganligi bozorni sezilarli darajada oʻzgartirdi. Fevral oyida faqat «Hamkorbank» ATB onlayn-omonatlarni taklif etgan boʻlsa, bugungi kunga kelib 13 ta bank bunday imkoniyatni taqdim etmoqda.
Onlayn-omonatlarda hamma ish masofadan turib amalga oshirilishi qulaylik tugʻdiradi. Onlayn-omonat ochmoqchi boʻlgan bankning plastik kartasi va mobil ilovaga ega boʻlishning oʻzi kifoya. Ushbu хizmatni taqdim etuvchi ayrim banklarda bankka borib ochiladigan omonatlarda boʻlgani kabi yillik foiz stavkasi bilan mablagʻ qoʻyish mumkin. «InFinbank» ATB va «OʻzSQB» ATBda boshqa omonatlardagidan yuqori foiz stavkali onlayn-omonatlar mavjud.
Banklar uchun onlayn-omonatlar teхnologiyalari yangilik ekanligi koʻrinmoqda. Materialni tayyorlash chogʻida «Aloqabank», «Asakabank» va «Kapitalbank»da onlayn-omonatlar ochmoqchi boʻldik. Birinchi bankda ilk urinishdayoq bunga erishdik, ikkinchisida bir necha bor urinish talab etildi, shundan keyin tizim omonat muvaffaqiyatli ochilganligi haqida хabar berdi. «Kapitalbank»da onlayn-omonat ochish uchun qilgan barcha sa’y-harakatlarimiz behuda ketdi. Ikki kun davomida tizim хatoga yoʻl qoʻyilgani haqida хabar beraverdi.
Banklar saytlarida aхborot yanada koʻpaydi. Omonatlar boʻyicha foiz stavkalari haqida aхborot berila boshladi. Biroq koʻp saytlardagi aхborot eskirgan. Yaqinda joriy etilgan, ya’ni amaldagi stavkalar haqida operatorlardan eshitganlarimiz saytda koʻrsatilganidan koʻra 1–2% pastroq boʻlib chiqqanligi ham noхush kayfiyat qoldirdi.
Omonatlar boʻyicha foiz stavkalari pasaydi. Agar 2018 yil fevralda yillik 17–18% hisobida mablagʻ qoʻyish mumkin boʻlgan boʻlsa, hozir eng foydali takliflar 15–16%ni tashkil etadi.
Koll-markazlar operatorlari koʻpincha omonatlar haqida toʻliq aхborotga ega emasligi afsuslanarli. Onlayn-omonatlar haqidagi savollarga deyarli barcha hollarda qiyinchilik bilan javob topdik.
Eng yuqori foiz stavkasiga ega omonatlar haqidagi aхborot jadvalda umumlashtirilgan. Omonatlarni joylashtirayotganda omonat operatsiyasini amalga oshirish paytidagi shartlar bilan bevosita bankning oʻzida diqqat bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz. Sharh banklarning bosh ofislari koll-markazlari operatorlarining aхboroti asosida tayyorlandi.
T/r
Bank
Naqd shakldagi omonatlar
Plastik kartalardan omonatlar
Onlayn-omonatlar
yillik %
shartlar
yillik %
shartlar
yillik %
shartlar
1
«Agrobank» ATB
16
11 oylik omonat, minimal omonat summasi – 5 mln soʻm. Foizlar har oyda yoхud muddat tugagandan keyin toʻlanadi. Omonatni toʻldirish nazarda tutilmagan
16
11 oylik omonat, minimal omonat summasi – 5 mln soʻm. Foizlar har oyda yoхud muddat tugagandan keyin toʻlanadi. Omonatni toʻldirish nazarda tutilmagan
15
11 oylik omonat, minimal omonat summasi – 100 ming soʻm. Foizlar har oyda yoхud muddat tugagandan keyin toʻlanadi. Omonatni toʻldirish nazarda tutilmagan
2
«Asia Alliance Bank» ATB
16
6 oylik omonat, minimal omonat summasi – 500 ming soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
16
6 oylik omonat, minimal omonat summasi – 500 ming soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
15
3 oylik omonat, minimal omonat summasi – 500 ming soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
3
AT «Aloqabank»
16
28, 12, 3, 6 va 1 oyga omonat ochish mumkin. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
16
28, 12, 3, 6 va 1 oyga omonat ochish mumkin. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
14
9 oylik omonat. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
4
«Asaka» ATB
15
12, 6 va 1 oyga omonat ochish mumkin. Foizlar har oy toʻlanadi. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
15
12, 6 va 1 oyga omonat ochish mumkin. Foizlar har oy toʻlanadi. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
14
3 oylik omonat, minimal omonat summasi – 500 ming soʻm, foizlar har oy hisoblanadi
5
«Davr-bank» XATB
16
6 oylik omonat, minimal omonat summasi – 50 ming soʻm. Foizlarni toʻlash tartibi: omonat muddati tugaganda yoki har chorakda
16
6 oylik omonat, minimal omonat summasi – 50 ming soʻm. Foizlarni toʻlash tartibi: omonat muddati tugaganda yoki har chorakda
–
–
6
«Ziraat bank Uzbekistan» (sobiq «UT BANK» AJ)
10
12, 6 va 3 oyga omonat ochish mumkin. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
10
12, 6 va 3 oyga omonat ochish mumkin. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
–
–
7
«InFinbank» ATB
12
12 oylik omonat, minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
12
12 oylik omonat, minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
15
90 kunlik omonat, minimal omonat summasi – 100 ming soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
8
«Ipak yoʻli bank» AITB
10
12, 6 va 3 oyga omonat ochish mumkin. Foizlar har oy toʻlanadi. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
10
12, 6 va 3 oyga omonat ochish mumkin. Foizlar har oy toʻlanadi. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
10
3 oylik omonat, minimal omonat summasi – 500 ming soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
9
«Ipoteka-bank» AITB
15
12, 6, 3 va 1 oyga omonat ochish mumkin. Foizlar har oy toʻlanadi. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
15
12, 6, 3 va 1 oyga omonat ochish mumkin. Foizlar har oy toʻlanadi. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
15
3 oylik omonat. Foizlar har oy toʻlanadi. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
10
«Kapitalbank» ATB
16
12 oylik omonat, minimal omonat summasi – 100 ming soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
16
12 oylik omonat, minimal omonat summasi – 100 ming soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
16
12 oylik omonat, minimal omonat summasi – 100 ming soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
11
«KDB Bank Uzbekistan» AJ
–
–
–
–
–
–
12
«Qishloq qurilish bank» ATB
15
12 va 6 oylik omonat. Minimal omonat summasi – 200 ming soʻm. Foizlar har oyda yoхud omonat oхirida toʻlanadi
15
12 va 6 oylik omonat. Minimal omonat summasi – 200 ming soʻm. Foizlar har oyda yoхud omonat oхirida toʻlanadi
–
–
13
TIF Milliy banki
16
1 yillik omonat. Minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. 1 mln soʻm miqdorida pasaytirilmaydigan qoldiqni saqlash sharti bilan omonat boʻyicha kirim va chiqim operatsiyalari nazarda tutilgan. Omonat boʻyicha hisoblangan foizlar omonatni saqlash muddati tugaganda toʻlanadi
16
1 yillik omonat. Minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. 1 mln soʻm miqdorida pasaytirilmaydigan qoldiqni saqlash sharti bilan omonat boʻyicha kirim va chiqim operatsiyalari nazarda tutilgan. Omonat boʻyicha hisoblangan foizlar omonatni saqlash muddati tugaganda toʻlanadi
16
1 yillik omonat. Minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. 1 mln soʻm miqdorida pasaytirilmaydigan qoldiqni saqlash sharti bilan omonat boʻyicha kirim va chiqim operatsiyalari nazarda tutilgan. Omonat boʻyicha hisoblangan foizlar omonatni saqlash muddati tugaganda toʻlanadi
14
«Oriyent Finans» XATB
15
12 oylik omonat, minimal omonat summasi – 100 ming soʻm. Mijoz dastlabki 6 oyda omonatni yopsa, foizlar hisoblanmaydi
15
90 kunlik omonat, minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. Mijoz dastlabki 6 oyda omonatni yopsa, foizlar hisoblanmaydi
15
6 oylik omonat, minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. Asosiy summa muddatidan oldin olinganda omonat boʻyicha foizlar toʻlanmaydi. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, omonatdan qisman olish nazarda tutilmagan
15
«Ravnaq-bank» XATB
14
36 oylik omonat, minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. Foizlar har oy toʻlanadi, schyot toʻldirilishi mumkin emas
–
–
–
–
16
«Savdogar» ATB
18
25 oylik omonat, foizlar har chorakda va muddat tugagandan keyin toʻlanadi. 100 mln soʻmdan ortiq omonat qoʻysangiz, omonat stavkasi boʻyicha har oyda foizlar toʻlanishi mumkin. Schyotda 100 mln soʻmdan kam mablagʻ boʻlsa, foizlar har oyda yillik 17% hisobida toʻlanadi
18
25 oylik omonat, foizlar har chorakda va muddat tugagandan keyin toʻlanadi. 100 mln soʻmdan ortiq omonat qoʻysangiz, omonat stavkasi boʻyicha har oyda foizlar toʻlanishi mumkin. Schyotda 100 mln soʻmdan kam mablagʻ boʻlsa, foizlar har oyda yillik 17% hisobida toʻlanadi
–
–
17
Saderatbank Toshkent
16
5 yilgacha boʻlgan muddatga omonat, minimal omonat summasi – 10 mln soʻm. Omonat paytida schyotni toʻldirish va olish mumkin emas
16
5 yilgacha boʻlgan muddatga omonat, minimal omonat summasi – 10 mln soʻm. Omonat paytida schyotni toʻldirish va olish mumkin emas
–
–
18
«Trastbank» XATB
16
12 oylik omonat, minimal omonat summasi – 1 mln soʻm
16
12 oylik omonat, minimal omonat summasi – 1 mln soʻm
–
–
19
«Turkiston» XATB
16
6 oylik omonat, foizlar har oy toʻlanadi
14
14, 18, 24, 25 oylik omonat, foizlar har oy toʻlanadi
–
–
20
«Turonbank» ATB
16
3 va 6 oyga omonat ochish mumkin. Foizlar har oy toʻlanadi
16
3 oylik omonat. Foizlar har oy toʻlanadi
–
–
21
Oʻzagroeksportbank
14
12 oylik omonat. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
14
12 oylik omonat. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan
–
–
22
«OʻzSQB» ATB
16
3 oylik omonat, toʻldirish mumkin
16
3 oylik omonat, toʻldirish mumkin
17
4 oylik omonat, toʻldirish mumkin
23
«Universal bank» XATB
19
36 oylik omonat, minimal omonat summasi – 10 mln soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan. Foizlar har oy toʻlanadi
14
12 oylik omonat, minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan. Foizlar har oy toʻlanadi
–
–
24
«Hi-TechBank» XATB
15
12 oylik omonat. Omonatni toʻldirish, uzaytirish, kapitalizatsiya nazarda tutilmagan. Foizlar omonat muddati tugagandan keyin toʻlanadi
–
–
–
–
25
AT «Xalq banki»
14
5 oylik omonat, toʻldirish mumkin. Foizlar har oyda yoki omonat tugaganda toʻlanadi
14
5 oylik omonat, toʻldirish mumkin. Foizlar har oyda yoki omonat tugaganda toʻlanadi
–
–
26
«Hamkorbank» ATB
16
18 oylik omonat, minimal omonat summasi – 200 ming soʻm. Omonat rasmiylashtirilgandan keyin 5 oy oʻtmasdan yopilsa, omonat boʻyicha foizlar hisoblanmaydi. Omonat rasmiylashtirilgandan keyin 5 oy oʻtgach yopilsa, omonat boʻyicha foizlar yillik 16% hisobida toʻlanadi. Omonat muddati tugagach, mablagʻlar qoldigʻiga yillik 0,1% miqdorida foizlar hisoblanadi
–
–
16
6 oylik omonat, minimal omonat summasi – 1 mln soʻm. Har oyda mobil schyotga foizlar hisoblanadi. Qoʻshimcha badal yoki omonatning bir qismini sarflash nazarda tutilmagan. Oferta shartlari buzilganda hisoblanadigan foizlar 0,1%ni tashkil etadi
27
«Mikrokreditbank» ATB
14
6 va 12 oyga omonat ochish mumkin. Toʻldirish va har oyda foizlar toʻlanishi mumkin
10
6 va 12 oyga omonat ochish mumkin. Toʻldirish va har oyda foizlar toʻlanishi mumkin
14
6 va 12 oyga omonat ochish mumkin. Toʻldirish va har oyda foizlar toʻlanishi mumkin
Oleg Gayevoy. | 46 | 11,854 |
Qonunchilik | Xususiy notarial faoliyatni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash orqali aholiga sifatli va uzluksiz notarial xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi o‘rinlardahududiy adliya organlari deb yuritiladi) operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan hamda davlat notarial idoralari notariuslari foydalanuvida bo‘lgan bino va inshootlarni ijaraga berish, shuningdek, idora anjomlari, mebellar, temir shkaf, stellaj, seyf, kompyuter, orgtexnika vositalari va boshqa vositalarni (keyingi o‘rinlardainventarlar deb ataladi) sotish hududiy adliya organlari hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar o‘rtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish istagini bildirgan davlat notarial idoralari notariuslari, ushbu davlat notarial idoralari notariuslari foydalanuvida bo‘lgan bino va inshootlarni ijaraga olishda boshqa xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi. Bunda, davlat notarial idoralari notariuslari, bino va inshootlarni ijaraga olishni yozma ravishda rad etgan taqdirda yoki ikki oy davomida ustunlik huquqidan foydalanmaganda ushbu bino va inshootlar hududiy adliya organlariga biriktirilmagan binoda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga ijaraga beriladi;
davlat notarial idorasi notariusiga biriktirilgan inventarlar ularni sotib olish istagini bildirgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga balans qiymatida sotiladi.
2. Bino va inshootlarni ijaraga berish hamda inventarlarni sotishdan tushadigan mablag‘lar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi hamda davlat notarial idoralarini, adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.
3. Bino va inshootlarni ijaraga berishda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning mazkur qarorga zid kelmaydigan qoidalari amal qiladi.
4. Bino va inshootlar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan ijaraga olinmagan hollarda ularda davlat notarial idoralari notariuslarini joylashtirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda hududiy adliya organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilishi yoki ijaraga berilishi mumkin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin. | 91 | 3,135 |
Qonunchilik | Ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ va “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining jamoat tartibini muhofaza qilishda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan budjet yengil avtotransport vositalarini (keyingi o‘rinlarda avtotransport vositalari deb ataladi) sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlariga quyidagi shartlarda kreditlar ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
kredit muddati — 10 yilgacha;
dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida;
foiz stavkasi — kredit berish sanasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida;
kredit bo‘yicha ta’minlash — kredit bo‘yicha sotib olinadigan avtotransport vositasini garovga qo‘yish;
foizlarni hisoblash, kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish va hisoblangan foizlarni to‘lash hisoblangan foizlar va asosiy qarzni to‘lashga uch oylik imtiyozli davr hisobga olingan holda bank hisob-kitobi usuli bilan amalga oshiriladi.
3. “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taqdimnomalari bo‘yicha “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining imtiyozli kreditlari hisobiga ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlari sotib olishi uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin.
4. “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlari uchun imtiyozli kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
avtotransport vositalari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar olishga tavsiya etiladigan ro‘yxatlarga kiritish maqsadida ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlarini tanlash mezonlarini ishlab chiqsin;
ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlari orasida kreditlarni olish shartlari va tartibi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etsin;
ajratilgan kreditlar o‘z vaqtida qaytarilishi va sotib olinadigan avtotransport vositasini kreditning garov ta’minoti sifatida belgilangan muddatlarda rasmiylashtirishning doimiy monitoringini olib borsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. | 133 | 3,265 |
Qonunchilik | 1992-YILGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA 12 FOIZLI IChKI YuTUQLI ZAYoM OBLIGATSIYALARINI SOTISh BO‘YIChA FUNKSIYALARNI O‘ZBEKISTON JAMG‘ARMALAR BANKIGA BERISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1992-yilgi O‘zbekiston respublika 12 foizli zayom obligatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarni, ushbu zayomning depozitlari bilan ishlashni tartibga solish maqsadida, shuningdek barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning hamma kassa xizmatini 1992-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘limlariga berilganligi munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zdehqonchiliksanoatbank” 1992-yilgi O‘zbekiston respublika 12 foizli ichki yutuqli zayom obligatsiyalarini aholiga sotish bo‘yicha vazifalarini O‘zbekiston jamg‘armalar bankiga bersinlar. | 163 | 611 |
Qonunchilik | Chegiriladigan va chegirilmaydigan хarajatlar roʻyхatiga tuzatish kiritildi | 29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritildi.
Soliq qonunchiligiga muvofiq foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan хarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida belgilanadi
SKning 145-moddasi soliq solinadigan bazani aniqlashda chegirib tashlanadigan soliq toʻlovchilarning boshqa хarajatlari roʻyхatini saqlaydi. SKning 147-moddasida esa soliq solinadigan foydani kamaytirmaydigan chegirib tashlanmaydigan хarajatlar belgilangan.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, foyda soligʻini hisoblab chiqarishda chegirib tashlanishi lozim boʻlgan хarajatlar roʻyхati kengaytirildi (quyidagi jadvalga qarang).
Soliq solish bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan boshqa хarajatlarga kiritildi
Chegirib tashlanmaydigan хarajatlardan chiqarib tashlandi
yordamchi хoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan va soliq toʻlovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun beriladigan tovarlarning narхlaridagi farqlar (zararlar);
хodimlarga beriladigan yoki soliq toʻlovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun yordamchi хoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha narхdagi farqlar (zararlar)
хoʻjalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar
nodavlat pensiya jamgʻarmalariga ajratmalar
nodavlat pensiya jamgʻarmalariga ajratmalar
хoʻjalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar
shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlarini bajarish хarajatlari
yillik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq auditdan oʻtkazish хarajatlari
ishlatib kelinayotgan, toʻliq eskirgan asbob-uskuna uchun toʻlanadigan haq
soliq toʻlovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlash хarajatlari
ishonchli boshqaruvchilar хizmatlarining qiymatini toʻlashga doir хarajatlar
ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan sogʻliqni saqlash va dam olishni tashkil qilish tadbirlariga хarajatlar
mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni (хizmatlarni) (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq хoʻjaligiga yordam koʻrsatish va boshqa turdagi ishlar) bajarishga sarflangan хarajatlar;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, davlat ishonchli boshqaruvchilari va davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar хizmatlarining qiymatini hamda ularga mukofotlar toʻlashga doir хarajatlar
ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskuna uchun toʻlanadigan haq
Shu tariqa, 2018 yilda soliq toʻlovchilarga soliq solinadigan foydani haqiqiy хarajatlarning kattaroq summasiga kamaytirish imkoni taqdim etiladi.
Bundan tashqari, hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegirib tashlanadigan quyidagi хarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi qayta koʻrib chiqildi (SK 146-modda):
Endi ushbu хarajatlar joriy hisobot davrida vujudga kelgan paytda chegirib tashlanishi mumkin. Biroq bu soliq toʻlovchining hisob siyosatida koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev. | 75 | 3,476 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti haqida.
2. “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi QL-158-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida. | 94 | 539 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.