folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Tugatilayotgan korxonaning mol-mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish va qiymatini aniqlash bo‘yicha | 1.1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlari va Buxgalteriya hisobining milliy standart (BHMS)lariga muvofiq ishlab chiqilgan va tugatilayotgan bankrot korxonaning (bundan buyon matnda tugatilayotgan korxona deb yuritiladi) sotuvga qo‘yiladigan mol-mulki hamda majburiyatlarini inventarizatsiya qilish va ularning balans qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
1.2. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
tugatilayotgan korxonaning mol-mulki — asosiy vositalar (binolar, inshootlar, tugallanmagan kapital qurilish, uzatuvchi moslamalar, mashinalar, asbob — uskunalar, o‘rnatilmagan asbob — uskunalar, hisoblash texnikasi, o‘lchov, to‘g‘irlovchi uskunalar, transport vositalari, instrumentlar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor mollar, ko‘p yillik daraxtlar va boshqa asosiy vositalar), nomoddiy aktivlar, shu jumladan ijaraga berilgan, kutubxona fondlari, moliyaviy qo‘yilmalar, ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, tovarlar, boshqa zaxiralar, kassa va bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari, boshqa yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlari, omonatlar va tugatilayotgan korxonaning balansi bo‘yicha boshqa moliyaviy va joriy aktivlar, da’vo muddati tugamagan debitorlik qarzi, tugatilayotgan korxonaning balansida hisobidagi boshqa mol-mulk, shuningdek biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulki;
tugatilayotgan korxonaning majburiyatlari — budjet oldidagi qarz, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisobvaraqlar, kreditorlik qarzi, bank kreditlari, zayom va boshqa qarzlar;
tugatilayotgan korxonaning mol-mulki qiymatini aniqlash — mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, uni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymatini aniqlash;
moddiy javobgar shaxs — moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq tugatilayotgan korxonaning mol-mulki uchun javobgar bo‘lgan shaxs;
hisob xodimi — o‘zining lavozim vazifalariga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini yurituvchi shaxs.
1.3. Joylashgan joyidan qat’iy nazar tugatilayotgan korxonaning barcha mol-mulki va majburiyatlari, shu jumladan konservatsiyada turgana asosiy vositalar, alohida balansga ajratilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘linmalarning (yordamchi xo‘jalik, uy-joy kommunal xo‘jaligi va boshqalar) mol-mulki, ishlab chiqarish zaxiralari va tugatilayotgan korxonaga qarashli bo‘lmagan, biroq balansdan tashqarida hisobga olingan (konsignatsiyaga olingan, mas’uliyatli saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan), ijaraga berilgan, shuningdek biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.
1.4. Inventarizatsiya qilishning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash va haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish;
likvidli bo‘lmagan va to‘liq eskirgan mol-mulkni aniqlash;
hisobda aks ettirilgan mol-mulk va majburiyatlarning to‘liq mavjudligi va qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish;
tugatilayotgan korxonaning mol-mulki va majburiyatlarining haqiqiy balans qiymatini aniqlash.
1.5. Tugatilayotgan korxona mol-mulkini inventarizatsiya qilish, uning qiymatini aniqlash va kelgusida sotish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tugatish boshqaruvchisiga yuklatiladi.
1.6. Tugatish boshqaruvchisi 1-ilovaga muvofiq buyruq bilan inventarizatsiya qilish komissiyasini tuzadi, uning tarkibiga tugatilayotgan korxonaning buxgalterlari, mehnat jamoasi vakillari, muassislari (ishtirokchilari) va kreditorlari kiritiladi. Mol-mulkida davlat mulkining ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarni tugatishda inventarizatsiya qilish komissiyasiga moliya organlari, bank muassasalari vakillari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) yoki uning hududiy boshqarmalari vakillari kiritilishi mumkin. Tugatish boshqaruvchisi inventarizatsiya qilish va mol-mulkning qiymatini aniqlash bo‘yicha ishlarni bajarishga inventarizatsiya qilish natijalarining to‘g‘riligi va ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladigan ixtisoslashtirilgan (auditorlik) tashkilotlarni shartnoma asosida jalb qilishi mumkin.
1.7. Tugatish boshqaruvchisi inventarizatsiya qilish komissiyasining raisi hisoblanadi.
2.1. Mol-mulkning haqiqatda mavjudligini tekshirish boshlanishidan oldin tugatilayotgan korxonaning moddiy javobgar shaxslari tugatish boshqaruvchisiga oxirgi inventarizatsiya qilish paytidagi moddiy qimmatliklar va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi birlamchi va yig‘ma hisob hujjatlarini (registrlarni), shu jumladan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (2-ilova) taqdim etadi.
2.2. Tugatish boshqaruvchisi hujjatlarni qabul qilib, “inventarizatsiya qilishgacha “...” da (sana)” deb ko‘rsatgan holda reyestrlarga (hisobotlarga) ilova qilingan barcha kirim va chiqim hujjatlariga imzo qo‘yadi, bu esa hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarizatsiya qilishni boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
2.3. Mol-mulkning haqiqatda mavjudligini tekshirish tugatilayotgan korxonaning moddiy javobgar shaxslari va hisob xodimining majburiy ishtirokida amalga oshiriladi.
2.4. Moddiy javobgar shaxslardan inventarizatsiya qilish boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriyaga topshirilgani (yoki tugatish boshqaruvchisiga berilgani) va saqlashga kelib tushgan barcha qimmatliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari — hisobdan chiqarilgani to‘g‘risida tilxat olinadi. Tovar-moddiy qimmatliklar (mol-mulk)ni sotib olishga hisobot beriladigan summalari yoki ularni olish uchun ishonchnomalari bo‘lgan shaxslar shunday tilxat beradilar.
2.5. Mol-mulkning haqiqatda mavjudligi va hisobga olingan majburiyatlarning haqiqiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar inventarizatsiya qilish komissiyasining tugatish boshqaruvchisiga topshiriladi va inventarizatsiya qilish ro‘yxatlariga yoki inventarizatsiya qilish dalolatnomalariga (bundan buyon matnda ro‘yxatlar deb yuritiladi) kamida ikki nusxada kiritiladi.
2.6. Inventarlash komissiyasi:
asosiy vositalar, xomashyo zaxiralari, tovarlar, pul mablag‘lari, boshqa mol-mulk va majburiyatlarning haqiqatda mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatlarga to‘liq va to‘g‘ri kiritilishini;
inventarizatsiya qilish materiallarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
2.7. Inventarlash paytida mol-mulkning haqiqatda mavjudligi sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi, bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya qilish komissiyasiga mol-mulkning haqiqatda mavjudligini belgilangan muddatlarda to‘liq va aniq tekshirishni ta’minlaydigan sharoitlar yaratib berishlari kerak.
2.8. Tarozida tortiladigan ko‘p miqdordagi tovarlarni inventarizatsiya qilishda tarozida tortish qaydnomalari komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan alohida yuritiladi. Tarozida tortish tugagach qaydnomalardagi ma’lumotlar solishtiriladi va chiqarilgan yakun ma’lumotlari ro‘yxatiga qayd etiladi. O‘lchash dalolatnomalari, texnik hisob-kitoblar va tarozida tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi va tugatish boshqaruvchisi hamda moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi.
2.9. Inventarizatsiya qilish ro‘yxatlari hisoblash boshqa texnika vositalaridan foydalanilgan holda va qo‘lda to‘ldirilishi mumkin.
Ro‘yxatlar aniq qilib siyohda yoki sharikli ruchkada, o‘chirish va tuzatib yozishlarsiz to‘ldiriladi.
Inventarizatsiya qilinadigan qimmatliklar va obyektlarning nomi, ularning soni ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobga qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarning har bir sahifasida so‘z bilan moddiy qiymatliklarning tartib raqamlari soni va qanday o‘lchov birliklari (dona, kilogramm, metr va shu kabilar)da ko‘rsatilganidan qat’i nazar, ushbu sahifada yozilgan barcha qimmatliklar sonining umumiy yakuni ko‘rsatiladi.
Xatolarni tuzatish ro‘yxatlarning barcha nusxalarida noto‘g‘ri yozuvlarni chizish va chizilganlarning ustiga to‘g‘ri yozuvlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tuzatishlar inventarizatsiya qilish komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan kelishilishi va imzolanishi hamda tugatilayotgan korxonaning muhri bilan tasdiqlanishi (muhrlar mavjud bo‘lgan taqdirda) kerak.
Ro‘yxatlarda to‘ldirilmagan satrlarni qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘ldirilmagan satrlarga chizib qo‘yiladi. Ro‘yxatlarning oxirgi sahifasida narxlar tekshirilganligi, yakunlar baholanganligi va hisoblab chiqilganligi to‘g‘risida yozuv ushbu tekshirishni amalga oshirgan shaxslarning imzolari bilan qayd etilishi lozim.
2.10. Ro‘yxatlarni inventarizatsiya qilish komissiyasining barcha a’zolari (jalb qilingan mutaxassislar), moddiy javobgar shaxslar imzolaydilar. Ro‘yxatning oxirida moddiy javobgar shaxs ro‘yxatda keltirilgan mol-mulkni mas’ul saqlashga qabul qilish-topshirish dalolatnomani imzolaydi.
2.11. Tugatilayotgan korxonada mas’ul saqlashda bo‘lgan, konsignatsiyaga olingan, ijaraga yoki qayta ishlash uchun olingan mol-mulkka alohida ro‘yxatlar tuziladi. Ko‘rsatilgan mol-mulk egasiga berilishi lozim.
2.12. Yaroqsiz holga kelgan va hisobdan chiqarilib, keyinchalik utilizatsiya qilinadigan mol-mulkka alohida ro‘yxatlar tuziladi.
2.13. Agar mol-mulkni inventarizatsiya bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy qimmatliklar saqlanayotgan xonalar ish kuni tugagandan keyin inventarizatsiya qilish komissiyasi va moddiy javobgar shaxs tomonidan muhrlanishi kerak. Ishdagi tanaffus vaqtida (tushlik vaqti, tungi vaqt, boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarizatsiya qilinayotgan yopiq xonada yopiq qutida (javon, seyf) saqlanishi va qo‘riqlashga (obyektni qo‘riqlashga qabul qilish daftariga qayd etgan holda) topshirilishi kerak.
2.14. Tugatish komissiyasi a’zolari inventarizatsiyadan so‘ng ro‘yxatlarda xatolarni aniqlagan taqdirda, ular darhol (ombor, omborxona, bo‘lim va hokazolar ochilguniga qadar) buni tugatish boshqaruvchisiga ma’lum qilishlari shart.
Tugatish boshqaruvchisi ko‘rsatilgan faktlarni tekshirishni amalga oshiradi va ular tasdiqlangan taqdirda, aniqlangan xatolarni belgilangan tartibda tuzatadi.
2.15. Inventarizatsiya tugaganidan so‘ng inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin. Ularni tugatish komissiyasi a’zolari, jalb qilingan auditorlar, mutaxassislar va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida inventarizatsiya o‘tkazilgan ombor, omborxona, bo‘lim va hokazolar ochilishiga qadar o‘tkazish lozim.
Inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va tugatish boshqaruvchisiga topshiriladi.
3.1. Inventarlizatsiya qilishni boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish tavsiya etiladi:
a) inventar kartochkalari, inventar kitoblari, ro‘yxatlar hamda tahliliy va sintetik hisobning boshqa registrlarining mavjudligi va holati;
b) texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati;
v) tashkilot tomonidan ijaraga yoki saqlashga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarning hujjatlari mavjudligi.
Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar va noaniqliklar topilgan taqdirda tugatish boshqaruvchisiga xabar berilishi kerak.
3.2. Asosiy vositalarning inventarizatsiyasini o‘tkazayotganda komissiya obyektlarni ko‘zdan kechiradi va ro‘yxatlarga ularning to‘liq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish ko‘rsatkichlari hamda tavsifnomasini qayd etadi. Bino, inshoot va boshqa ko‘chmas mulkni inventarizatsiya qilishda komissiya ko‘rsatilgan obyektlarning tugatilayotgan korxonaning mulkida borligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
3.3. Hisobga qabul qilinmagan obyektlar, shuningdek buxgalteriya hisobi registrlarida ularni tavsiflaydigan ma’lumotlar bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan obyektlar aniqlangan taqdirda komissiya ro‘yxatga mazkur obyektlar bo‘yicha to‘g‘ri ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni kiritishi kerak. Masalan, binolar bo‘yicha — ularning vazifasi, ularni qurish uchun ishlatilgan asosiy materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan o‘lchab), maydoni (umumiy foydali maydoni), qavatlar soni (yerto‘la, yarim yerto‘lavasiz va hokazolar), qurilgan yili va boshqalar; kanallar bo‘yicha — uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi bo‘yicha), sun’iy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari, ko‘priklar bo‘yicha — joylashgan joyi, materiallar turi va asosiy o‘lchamlari; yo‘llar bo‘yicha — yo‘l turi (shosse, profilli yo‘l), uzunligi, qoplash materiallari va mashina qatnaydigan eni va hokazolar ko‘rsatilishi kerak.
Inventarizatsiya qilishda aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarning qiymatini aniqlash kadastr (binolar va inshootlar) xizmatini, shunday asosiy vositalari boshqa turlari bo‘yicha o‘xshash korxonalarni jalb qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Asosiy vositalar ro‘yxatlarga obyektning asosiy vazifasiga muvofiq nomlari bo‘yicha qayd etiladi. Agar obyekt tiklangan, rekonstruksiya qilingan, kengaytirilgan yoki qayta jihozlangan va buning oqibatida uning asosiy vazifasi o‘zgargan bo‘lsa, u ro‘yxatga yangi vazifasiga muvofiq keladigan nom bilan kiritiladi.
Komissiya tomonidan kapital tusdagi ishlar (qavat qurish, yangi xonalar qurish va boshqalar) yoki imorat va inshootlarni qisman tugatish (ayrim konstruktiv elementlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmaganligi aniqlanganda, tegishli hujjatlar bo‘yicha obyekt balans qiymatining ko‘payish yoki kamayish summasini aniqlash va ro‘yxatlarda qilingan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirish kerak.
3.4. Mashinalar, uskuna va transport vositalari ro‘yxatlariga yakka tartibda, zavod inventar raqami, ishlab chiqargan korxona, ishlab chiqarilgan yili, vazifasi, quvvatlari va hokazolar ko‘rsatilgan holda kiritiladi.
Bir vaqtda kelib tushgan, tugatilayotgan korxonaning turli tarkibiy bo‘linmalarida bo‘lgan va guruh hisobining namunaviy inventar varaqchasida qayd etilgan bir xil qiymatdagi xo‘jalik anjomlari, asboblar, dastgohlar va hokazo bir turdagi buyumlar ro‘yxatlarda bir nom bo‘yicha har bir tarkibiy bo‘linma bo‘yicha ushbu buyumlar sonini ko‘rsatgan holda keltiriladi.
3.5. Inventarizatsiya paytida tugatilayotgan korxonaning joylashgan joyidan tashqarida bo‘lgan asosiy vositalar (avtomashinalar, temir yo‘l harakat tarkibidagi reyslarida, kapital ta’mirlashga yuborilgan mashina va uskunalar va hokazo) inventarizatsiya qilish ro‘yxatiga hisob ma’lumotlari bo‘yicha keyinchalik doimiy joylashish joyiga qaytib kelgandan so‘ng qayta nazorat tekshiruvidan o‘tkazish sharti bilan qayd etilib.
3.6. Foydalanishga yaroqsiz va tiklab bo‘lmaydigan asosiy vositalarga inventarizatsiya qilish komissiyasi ularni foydalanishga topshirilgan vaqti va ushbu obyektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablarni (shikastlanish, to‘liq eskirish va hokazolar) ko‘rsatgan holda alohida ro‘yxat tuzadi va bu haqda tugatish boshqaruvchisiga xabar beradi.
3.7. Xususiy asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish bilan bir qatorda ijaraga olingan yoki mas’uliyatli saqlashda bo‘lgan asosiy vositalar ham tekshiriladi.
Ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha mas’uliyatli saqlashga yoki ijaraga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga havola berilgan alohida ro‘yxat tuziladi.
3.8. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilishda quyidagilar tekshirilishi lozim:
tashkilotning ularni ishlatish huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
nomoddiy aktivlarning balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligi.
3.9. Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiya qilishda qimmatli qog‘ozlar va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga haqiqatdagi xarajatlar, shuningdek boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar tekshiriladi.
3.10. Qimmatli qog‘ozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar belgilanadi:
balansda hisobga olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatining haqiqiyligi;
qimmatli qog‘ozlarning butligi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali);
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi.
3.11. Qimmatli qog‘ozlar tashkilotda saqlanganida ular kassadagi pul mablag‘lari bilan bir vaqtda inventarizatsiya qilinadi.
3.12. Qimmatli qog‘ozlarni inventarizatsiya qilish 3-ilovaga muvofiq ro‘yxatda axborot ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi.
3.13. Qimmatli qog‘ozlarning inventarizatsiya qilinishi tugatilayotgan korxona buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida qayd etilgan qimmatli qog‘ozlar qoldiqlarini (soni, turlari (xillari) va summasi bo‘yicha) tugatilayotgan korxonaning Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidagi va (yoki) investitsiya vositachisidagi depo hisobvarag‘idan ko‘chirmalardagi ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
3.14. Boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga moliyaviy qo‘yilmalar, shuningdek boshqa korxonalarga berilgan qarzlarni inventarizatsiya qilish paytida taqqoslangan hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.
3.15. Tovar-moddiy qimmatliklar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar, tovarlar, boshqa zaxiralar) ro‘yxatlarga har bir alohida nom bo‘yicha kiritilib, turi, guruhi, miqdori va boshqa zarur ma’lumotlar (artikuli, navi va boshqalar) ko‘rsatiladi.
3.16. Tovar-moddiy qimmatliklarni inventarizatsiya, qoida tariqasida, mazkur xonada qimmatliklarning joylashish tartibida qilinishi kerak.
Tovar-moddiy qimmatliklar turli alohida xonalarda bitta moddiy javobgar shaxsda saqlanganda inventarizatsiya saqlash joylari bo‘yicha ketma-ketlikda qilinadi. Qimmatliklar tekshirilganidan keyin xonaga kirishga yo‘l qo‘yilmaydi (masalan, xona plombalanadi) va komissiya ishlash uchun keyingi xonaga o‘tadi.
3.17. Komissiya ombor (omborxona) mudiri va boshqa moddiy javobgar shaxslar hozirligida tovar moddiy qimmatliklarning haqiqatda mavjudligini ularni majburiy tartibda tarozida tortish yoki qayta o‘lchash yo‘li bilan tekshiradi. Ro‘yxatlarga qimmatliklar qoldig‘i haqidagi ma’lumotlarni moddiy javobgar shaxslar og‘zidan yoki haqiqatda mavjudligini tekshirmasdan turib hisob ma’lumotlari bo‘yicha qayd etish qat’iyan taqiqlanadi.
3.18. Shaxsan foydalanish uchun xodimlarga berilgan inventar va xo‘jalik jihozlari inventarizatsiya qilishda guruhiy inventarizatsiya qilish ro‘yxatlarini tuzishga yo‘l qo‘yiladi, ularda mazkur buyumlar uchun mas’ul bo‘lgan, ularga shaxsiy varaqchalar ochilgan shaxslar ko‘rsatilib, ro‘yxatlarda tilxatga imzo qo‘yiladi.
Yaroqsiz holga kelgan va hisobdan chiqarilmagan inventar va xo‘jalik jihozlari foydalanishga topshirilgan vaqti va yaroqsiz bo‘lish sabablari ko‘rsatilgan holda inventarizatsiya qilish ro‘yxatiga kiritiladi.
3.19. Idish ro‘yxatlarga turlari, maqsadli vazifasi va sifat holatiga (yangi, ishlatilgan, tuzatishni taqozo etadigan va h.k.) binoan kiritiladi.
3.20. Sanoat ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarishni inventarizatsiya qilishda quyidagilar zarur:
ishlab chiqarishda bo‘lgan buyumlarga doir zaxiralar va tayyorlanishi hamda yig‘ilishi tugallanmagan buyumlarning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
tugallanmagan ishlab chiqarish (zaxiralar)ning haqiqatda komplektlangani aniqlash;
bekor qilingan buyurtmalar, shuningdek, bajarilishi to‘xtatib qo‘yilgan buyurtmalar bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini aniqlash.
3.21. Ishlab chiqarishning spetsifikasi va xususiyatlariga bog‘liq holda inventarizatsiya boshlanishidan oldin sexlar uchun zarur bo‘lmagan barcha materiallar, xarid qilingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar omborlarga topshirilishi lozim.
3.22. Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralarini tekshirish amalda sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ro‘yxatlar har bir alohida tarkibiy bo‘linma (sex, uchastka, bo‘lim) bo‘yicha zaxiralar nomi, ularning tayyorlik bosqichi yoki darajasini ko‘rsatib tuziladi.
3.23. Ishlov berilmagan xomashyo, materiallar va xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish ro‘yxatiga kiritilmaydi, balki alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida ro‘yxatlarda qayd etiladi.
3.24. Bir xildagi massa bo‘lmagan yoki xomashyo aralashmasi bo‘lgan tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha inventarizatsiya qilish ro‘yxatlarida, shuningdek, solishtirish qaydnomalarida ikkita miqdoriy ko‘rsatkich: ana shu massa yoki aralashma miqdori va uning tarkibiga kiradigan xomashyo yoxud materiallar miqdori keltiriladi. Xom ashyo yoki materiallar miqdori mahsulotlar tannarxini rejalashtirish, hisobga olish va kalkulatsiya qilish masalalari yuzasidan tarmoq yo‘riqnomalarida belgilangan tartibda texnik hisob-kitoblar bilan aniqlanadi.
3.25. Tugallanmagan kapital qurilish bo‘yicha ro‘yxatlarda obyekt nomi va ana shu obyektga doir bajarilgan ishlar hajmi har bir alohida ish turi, konstruktiv unsurlar, uskunalar va hokazolar bo‘yicha ko‘rsatiladi.
3.26. Qurilishi tugallangan obyektlar bo‘yicha, shuningdek, amalga oshirilmagan qurilish bo‘yicha loyihalash-tadqiqot ishlariga ro‘yxatlar tuziladi, ularda bajarilgan ishlar xarakteri va ularning qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
3.27. Katta yoshli mahsuldor va ish hayvonlari ro‘yxatlarda qayd etiladi, ularda: hayvonning raqami, hayvonning laqabi, tug‘ilgan yili, nasli, semizligi, hayvonning tirik vazni (hayvon og‘irligi) va dastlabki qiymati ko‘rsatiladi. Hayvonning nasli uni banitirovkalash ma’lumotlari asosida ko‘rsatiladi. Qoramollar va kichik shoxli hayvonlar, ish hayvonlari, cho‘chqalar, katta qushlar, qo‘y va boshqa hayvonlarning alohida qimmatli nusxalari ro‘yxatlarga yakka tartibda kiritiladi. Guruh tartibida hisobga olinadigan asosiy podaning boshqa hayvonlari ro‘yxatlarga har bir guruh bo‘yicha bosh soni va jonli vazni (og‘irligi) ko‘rsatilgan holda guruh tartibida hisobga olinadi.
3.28. Yosh qoramollar va kichik shoxli hayvonlar, yosh nasldor otlar, qushlar va ish hayvonlari ro‘yxatlarga yakka tartibda kiritilib, inventar raqamlari ko‘rsatiladi.
3.29. Ro‘yxatlar hayvon turlari bo‘yicha fermalar, fabrikalar, sexlar, brigadalar bo‘yicha, hisob guruhlariga ajratib tuziladi.
3.30. Kassadagi pul belgilari va boshqa qimmatliklarning haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda naqd pullar, korxonada saqlanayotgan hujjatli qimmatli qog‘ozlar va pul hujjatlari (davlat boji markalari, aviachiptalar va boshqalar) hisobga qabul qilinadi.
3.31. Tugatilayotgan korxonada saqlanayotgan hujjatli qimmatli qog‘ozlar, qat’iy hisobdagi hujjatlar blankalarining haqiqatda mavjudligini tekshirish blanka turlari bo‘yicha, u yoki bu blankalarning boshlang‘ich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3.32. Banklarda hisob-kitob, valyuta va maxsus hisobvaraqlarda bo‘lgan pul mablag‘larini inventarizatsiya qilish korxona buxgalteriyasining ma’lumotlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda qayd etilgan summalar qoldig‘ini bank ko‘chirmasidagi ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
3.33. Banklar va boshqa kredit muassasalari bilan ssudalar bo‘yicha, budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalar, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaxslar, xodimlar, depozitlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish 4-ilovaga muvofiq dalolatnomani rasmiylashtirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qayd etilgan summalarning asosliligini tekshirishdan iborat.
3.34. Tugatilayotgan korxonaning xodimlarga qarzlari bo‘yicha mehnatga haq to‘lash, deponent hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan to‘lanmagan summalar aniqlanadi.
3.35. Komissiya hujjatli tekshirish yo‘li bilan quyidagilarni ham aniqlashi kerak:
banklar, moliya va soliq organlari, budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan, shuningdek korxonaning alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalari bilan hisob-kitoblarning to‘g‘riligi;
debitorlik, kreditorlik va deponent qarzlar summalarining, jumladan da’vo bildirish muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari summalarining to‘g‘riligi va asoslanganligi.
4.1. Mol-mulkni inventarizatsiya qilish paytida hisob ma’lumotlaridan tafovutlar aniqlangan holda 5 va 6-ilovalarga muvofiq solishtirish qaydnomalari tuziladi.
Solishtirish qaydnomalarida inventarizatsiya natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va inventarizatsiya qilish ro‘yxatlari ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tafovutlar aks ettiriladi.
4.2. Inventarizatsiya paytida aniqlangan mol-mulkning haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovut 7-ilovaga muvofiq qaydnoma bilan rasmiylashtiriladi va quyidagi tartibda aks ettiriladi:
ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va mulk tarkibiga o‘tkazilishi lozim;
qonunchilik hujjtlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida qimmatliklarning yo‘qolishi tugatish boshqaruvchisining farmoyishiga ko‘ra tugatilayotgan korxona mol-mulki qiymatini kamaytirishga hisobdan chiqariladi. Yo‘qolish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan taqdirdagina qo‘llanishi mumkin.
Belgilangan me’yorlar doirasida qimmatliklarning yo‘qolishi qimmatliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha qimmatliklar bilan hisobga olingach belgilanadi. Agar belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta navlarga ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham qimmatliklar kamomadi mavjud bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan qimmatliklar nomi bo‘yichagina qo‘llanishi lozim. Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda yo‘qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi: moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk kamomadi, shuningdek tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan yuqori buzilishlar aybdor shaxslarga yuklatiladi va debitorlik qarzi sifatida hisobga olinadi. Aybdorlar aniqlanmagan hollarda yo‘qolish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Bunda tugatilayotgan korxonaning mol-mulki tegishlicha kamayadi.
4.3. Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy qimmatliklarga nisbatan va tugatish boshqaruvchisi ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar tugatish boshqaruvchisiga batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo‘lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarizatsiya bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida mufassal tushuntirish berilishi kerak.
4.4. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan qimmatliklar haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlarni aks ettirish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqish uchun tugatish boshqaruvchisiga taqdim etiladi.
5.1. Tugatilayotgan korxonaning mol-mulki qiymati inventarizatsiyasi natijalariga ko‘ra belgilangan uning mavjudligi va haqiqiy holatidan kelib chiqqan holda, biroq hisob ma’lumotlariga muvofiq narxlar bo‘yicha aniqlanadi. Agar asosiy vositalar tugatish jarayoni boshlanish paytida amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida qayta baholanmagan bo‘lsa, ularni qayta baholash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5.2. Tugatish balansida tugatilayotgan korxonaning balansida hisobga olingan asosiy vositalar, ularning jismonan eskirish darajasidan qat’i nazar, texnik holati, foydalanishdagi (jumladan vaqtinchalik kapital ta’mirlashda va zamonaviylashtirishda bo‘lgan obyektlar) va korxona va tashkilotlarga vaqtinchalik foydalanishga (ijaraga) berilgan, konservatsiyada, zaxirada yoki rezervda bo‘lgan asosiy vositalar, tugallanmagan qurilish, alohida balansga ajratilgan, biroq yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘linmalarning mol-mulki hisobga olinadi.
5.3. Yaroqsiz holga kelgan va hisobdan chiqarilib, keyinchalik utilizatsiya qilinadigan mol-mulk tugatish komissiyasining qaroriga ko‘ra mol-mulkning qiymatini kamaytirishga hisobdan chiqariladi.
5.4. Tugatish boshqaruvchisi inventarizatsiya natijalari bo‘yicha asosiy (8-ilova) va aylanma mablag‘lar, tugallanmagan qurilish va boshqa mol-mulkning qiymati to‘g‘risida yig‘ma dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnomaga topshirish (oraliq tugatish) balansi, inventarizatsiya natijalari bo‘yicha hujjatlar (yoki auditorlik tashkilotining xulosasi) ilova qilinadi. Yig‘ma dalolatnoma va oraliq tugatish balansi tugatish boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
5.5. Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra tugatilayotgan korxona mol-mulkining balans (qoldiq) qiymati aniqlanadi.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublika Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab amalga joriy qilinadi. Mazkur Yo‘riqnoma amalga kirishi bilan Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 3-aprelda 419-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Bankrot korxonalarning majburiyatlari va mulkining inventarizatsiyasi va qiymatini baholashni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi. | 127 | 29,308 |
Qonunchilik | ILICh RAYONINING NOMINI ShAROF RAShIDOV RAYONI DEB O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Sirdaryo viloyati hokimining iltimosi qondirilib, Ilich rayonining nomi Sharof Rashidov rayoni deb o‘zgartirilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdig‘iga kiritilsin. | 75 | 283 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida Nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi xat boshi bilan to‘ldirilsin:
“xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida Nizomning 8-bandi yigirma beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”. | 106 | 1,111 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Abduxakimovga “Respublika hududlarida madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Abduxakimovga “Respublika hududlarida madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Abduxakimovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 249 | 882 |
Qonunchilik | YaIDXP: yana qanday davlat хizmatlaridan foydalanish mumkin | 2018 yilning uchinchi choragida Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida (YaIDXP) 23 ta yangi хizmat koʻrsatila boshladi, deya хabar beradi Uzinfocom.
Havola orqali oʻtib, yangi хizmatlar roʻyхati bilan tanishib chiqish mumkin.
Ayni paytda portal jami 127 ta interaktiv davlat хizmatlarini koʻrsatmoqda.
2018 yil 21 noyabrdagi holatga koʻra Yagona portal orqali berilgan arizalar soni 3,2 mln tani, portalda roʻyхatdan oʻtgan foydalanuvchilar esa 57,7 ming nafarni tashkil etdi. | 59 | 484 |
Qonunchilik | Xorazm viloyatidagi “O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbek — Turkman xalqlarining qadimiy tarixi va madaniyati, mushtarak maqsadlari, hamjihatlikdagi taraqqiyotini yorqin ifodalaydigan Xorazm viloyatidagi “O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasini yuqori darajada saqlash va samarali boshqarish, majmuaning sayyohlik salohiyatini oshirish va bu erda qardosh xalqning o‘zaro uyg‘unlikdagi etnografik madaniyatini targ‘ib etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi tarkibida davlat muassasasi shaklidagi “O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasini (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etish;
Urganch tumani G‘oybu qishlog‘i “Turkmanlar” mahallasi hududidagi “O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasida joylashgan bino va inshootlarni Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda topshirish, Direksiya esa qabul qilib olish choralarini ko‘rsin.
2. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
majmuaning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, majmuada o‘zbek — turkman xalqlarining do‘stligi mavzusini, uning dastlabki ko‘rinishi va o‘sha davr muhitini aks ettiruvchi doimiy ekspozitsiya — ko‘rgazma yaratish;
majmuadagi obyektlarda madaniy-ma’rifiy, etnografik tadbirlar, ilmiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, yarmarkalar, sayillar tashkil etish;
majmuada qardosh xalqlar haqida batafsil ma’lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borish, unga oid kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar kabi boshqa manbalarni izlash, to‘plash, o‘rganish va targ‘ib qilish hamda axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish;
majmuaning tarixiy ko‘rinishini saqlagan hududda zarur infratuzilmani shakllantirish, xizmat turini kengaytirish va sifatini oshirish, bu erda dam olish va mazmunli hordiq chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, majmuani madaniy etnografik turistik markazga aylantirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda:
Direksiyaning tuzilmasi va ustavini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Direksiyaning shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash, malakali xodimlar bilan ta’minlash va uning samarali faoliyat olib borishi bilan bog‘liq boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Direksiya xodimlar shtat birliklarini belgilash tartibi hamda mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ko‘rgazma va galereyalarga tenglashtiriladi.
4. Quyidagilar Direksiyani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari;
Direksiyaning asosiy faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Xorazm viloyati hokimligi Direksiyaning moddiy-texnika bazasini yaratish, shu jumladan, zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda Direksiyani saqlash xarajatlari uchun zarur mablag‘larni 2021-yilda Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Direksiyani saqlash xarajatlari uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. | 134 | 3,974 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida | Turizm faoliyatini barqaror va mutanosib tarzda rivojlantirish hamda zarur moddiy-texnik bazani yaratish, chet ellik turistlar va respublika fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash, xorijiy mamlakatlar bilan teng huquqli tashqi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoniga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoni:
a) 5-bandida:
birinchi xatboshidagi “2017-yil 1-apreldan boshlab” so‘zlari “2021-yil 1-yanvardan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Keyinchalik ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan muayyan davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasining ular bilan ikki tomonlama munosabatlarining rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasida sodir bo‘layotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqiladi”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “2017-yil 1-apreldan” va “2017-yil 1-martgacha” so‘zlari tegishli ravishda “2021-yil 1-yanvardan” va “2020-yil 1-dekabrgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mehnat vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
a) 2017-yilning 1-yanvariga qadar muddatda:
barcha mamlakatlar uchun 30 kun muddatga beriladigan yagona turizm vizalarini joriy etish;
xorijiy mutaxassislarning O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olish tartib-taomilini soddalashtirish hamda ularga jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish;
b) 2021-yilning 1-yanvariga qadar muddatda:
xalqaro aeroportlarda va O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida vizalar olish, shu jumladan tranzit vizalari olish tartibini sezilarli ravishda soddalashtirish;
vizalarni rasmiylashtirish va berish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni, shu jumladan, Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasiga va O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga tashrif buyurmasdan viza olishga hujjatlarni topshirish va so‘rovnomalarni to‘ldirishda “on-layn” tizimdan foydalanish, shuningdek 2021-yildan boshlab joriy etiladigan elektron vizalar tizimidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.”;
v) 8-bandning:
ikkinchi xatboshidagi “2017-yil 1-aprelgacha” so‘zlari “2021-yilning 1-yanvarigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “respublika” so‘zidan oldin “2021-yilning 1-yanvaridan” so‘zlari qo‘shilsin. | 230 | 3,720 |
Qonunchilik | Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar - mulkka va ijaraga | Prezident tomonidan “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Farmonga asosan, 2021 yil 1 avgustdan boshlab:
DXSh loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi. Ushbu yerlar davlat-хususiy yoki ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga хususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin.
Koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli boʻlmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 1 avgustdan boshlab, istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishga haqli:
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid quyidagi vakolatlari 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinadi:
Shuningdek, qonunchilik hujjatlarida ushbu Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021 yil 1 avgustdan toʻliq bekor qilinadi.
Belgilanishicha:
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, shuningdek joylarda hududiy kengashlar tashkil etiladi, ularning vazifalari belgilandi. Ular orasida:
DSQ huzuridagi Kadastr agentligining quyidagi funksiyalari belgilandi:
Nargiza Vohidova. | 63 | 1,905 |
Qonunchilik | SANOATDA IShLAB ChIQARISh XARAJATLARINI QISQARTIRISh VA MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmini ko‘paytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda texnologik jarayonlarni va xomashyo, materiallar va energiya resurslari sarfi me’yorlarini oqilona tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, xodimlar sonini maqbullashtirish va boshqa omillar hisobiga sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishga yo‘naltirilgan obyektma-obyekt kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan 2012-yilda xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini obyektma-obyekt o‘rtacha 11,2 foizga qisqartirishning yig‘ma parametrlari bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq takliflari ma’qullansin.
Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari tarmoq bo‘yicha tannarxni qisqartirishning tasdiqlangan yig‘ma parametrlaridan kelib chiqib o‘n kun muddatda o‘z tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari uchun tannarxni qisqartirishning maqsadli parametrlarini tasdiqlasinlar.
3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari va korxonalar rahbarlari:
korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishining har choraklik monitoringi olib borilishini belgilasinlar;
olib boriladigan monitoring yakunlari bo‘yicha, zaruriyat bo‘lganda, mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning to‘liqligi va samaradorligidan kelib chiqib korxonalar rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish yoki mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rsinlar.
4. Ushbu qaror bilan belgilangan mahsulot tannarxini pasaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirganlik uchun sanoat korxonalari rahbar xodimlari faoliyatini baholashda va ularni moddiy rag‘batlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga amal qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
mahsulot tannarxini pasaytirish natijasida tejalgan mablag‘lar korxonalarning o‘zida qoladi va ulardan korxonalar tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalaniladi;
kalendar yil yakunlari bo‘yicha tannarxni pasaytirishning tasdiqlangan parametrlari bajarilishi ta’minlangan taqdirda korxonalarning rahbar xodimlariga qo‘shimcha ravishda olingan foyda hisobiga 8 lavozim maoshi miqdorigacha bir yo‘la mukofot to‘lanadi.
5. Belgilab qo‘yilsinki, texnologik jarayonlarni oqilona tashkil etish, xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi me’yorlari tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida o‘zgarishi, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini kamaytirish, bir yil uchun xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga tannarxni pasaytirish natijasida mahalliylashtirish darajasining 2012-yilda pasayishi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning buzilishi deb hisoblanmaydi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorining 1-ilovasiga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
1. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Agar oldingi hisobot davrida xo‘jalik yurituvchi subyekt tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi me’yorlarining o‘zgarishi (ko‘payishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga mablag‘larni tejashga erishgan bo‘lsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta ko‘rib chiqishda tejalgan mablag‘larning 50 foizgacha bo‘lgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar esa aniqlashtirilgan parametrlar hisobga olingan holda qabul qilinadi”.
2. 36-bandning o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi me’yorlarining o‘zgarishi (ko‘payishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘shimcha foyda olinishi ushbu Nizomning buzilishi hisoblanmaydi va ko‘rsatib o‘tilgan foyda olib qo‘yilmaydi”. | 133 | 6,470 |
Qonunchilik | Bir qator idoralarning byudjet boʻyicha vakolatlari kengaytirildi | Byudjet kodeksiga va «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi (30.12.2020 yildagi OʻRQ-660-son Qonunga qarang).
Quyidagi organlar hamda byudjet boʻyicha ularga beriladigan qoʻshimcha vakolatlari toʻgʻrisida soʻz bormoqda:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda shaharlar va tumanlar Kengashlari:
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar Kengashlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga byudjet soʻrovini tuzish uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadilar hamda tasdiqlaydilar;
v) Moliya vazirligi:
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 65 | 1,013 |
Qonunchilik | Amaldorlar mulki va daromadlarini deklaratsiya qiladi | Bu Prezidentning 27.05.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan.
Muayyan toifadagi davlat хizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Bunda teхnik infratuzilmani va zarur dasturiy ta’minotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutish lozim.
Oleg Zamanov. | 53 | 678 |
Qonunchilik | Toshkentdagi yangi qurilishlar: narхlar, joylar va shartlar | Toshkentdagi yangi qurilishlardagi kvartiralar yangi uy-joy olishni rejalashtirayotgan oilalarda ancha ommaviylashmoqda. Aftidan, faqat juda ta’minlangan fuqarolarning bunday хaridga qurbilari yetadigan vaqtlar oʻtgan koʻrinadi. Quruvchilarning oʻzlari ham asta-sekin urgʻuni “super nufuzli” qurilishdan ancha hamyonbopga oʻzgartirishayotir. Sharhimizda – yangi qurilishlarda uy-joy sotib olish хususida.
Uy-joy хususiyatini aniqlab olamiz
Yangi qurilishdan kvartira sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda asosiy talablar: qaysi tuman, kvartirada nechta хona boʻlishi kerakligi, qaysi qavatda joylashganligi va eng asosiysi, buning uchun qancha toʻlashga toʻgʻri kelishini aniqlab olish zarur.
Uy-joyning 1 kv.metriga talay omillar ta’sir qiladi. Bu, birinchi navbatda, qurilayotgan yoki endigina topshirilgan uy tumani va joylashgan joyi. Tushunarli, markazdagi, metro liniyasi yonidagi va rivojlangan infratuzilma bilan oʻralgan kvartiralar chekka va olisda joylashgan kvartiralardan qimmatroq turadi.
Qurilish va pardozlashda ishlatilgan materiallar, qavati (qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik arzon), yer osti garaji, parkovka, obodonlashtirilgan bolalar maydonchasi, qoʻriqlash, lift va domofonlar va sh.k. mavjudligi qiymatga ta’sir qiladigan boshqa omillar hisoblanadi.
Agar uy hali qurib bitkazilmagan boʻlsa, undagi kvartirani chegirma bilan хarid qilish mumkin. U oʻrtacha 15%gachani tashkil qiladi. Bu yerda hammasi qurilishning tugallanmaganlik darajasiga bogʻliq. Bundan tashqari, ushbu materialni tayyorlash chogʻida biz mijoz agar kvartira хaridi uchun toʻlovni toʻliq naqd pulda amalga oshirsa, jiddiy chegirma qiladigan quruvchilar borligini aniqladik. Pul oʻtkazish yoʻli bilan va kreditga ancha qimmatga tushadi.
Bajarilishi lozim boʻlgan birinchi harakat, bu maqsadni aniqlab olish – qayerdan va qanday kvartirani sotib olamiz.
Uy va quruvchini tanlaymiz
Kvartiralarni sotish bilan asosan quruvchining oʻzi shugʻullanadi, unga koʻchmas mulk agentligi ham qoʻshilishi mumkin. Agar bunday agentlikning huquqi mutlaq hisoblanmasa, vositachilar bir qancha boʻlishi mumkin. Aynan kimning reklamasiga e’tibor qaratganingizdan qat’i nazar, aynan shu ob’yekt boʻyicha barcha sotuvchilarning bogʻlanish ma’lumotlarini toʻplab, ularning har biriga qoʻngʻiroq qilib, narхlarni aniqlashtirib olgan ma’qul – ular farq qilishi mumkin. U yoki boshqa qurilayotgan uyda kvartiralar sotilishining ochilishi hamon birinchilar qatorida boʻlgan yaхshi, bu keng tanlov imkonini beradi. Uy topshirilib, kvartiralarning koʻp qismi sotib boʻlinganda, qoidaga koʻra, yoki yuqori qavatlar yoхud eng katta maydonga ega, pirovardida, eng qimmat kvartiralar qoladi.
Tuman va qurilayotgan uy tanlanganda, qurilishning bosqichi, kvartiraning rejalashtirilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan tashqari, quruvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ham oʻrganish zarur. Xususan, quruvchi aktivida tayyor ob’yektlar bormi, siz tanlagan koʻchmas mulk kreditga sotiladimi, agar sotilsa, unda qaysi bank bilan ishlashga toʻgʻri keladi. Bunda quruvchining haqiqiy yuridik nomi reklamada foydalanilayotgan brenddan farq qilishi mumkin.
Quruvchining hujjatlari va uning kvartiralarni sotish boʻyicha standart shartnomalarini tekshirish uchun mustaqil yuristni jalb qilish mumkin, u oʻrganib chiqqandan keyin shartnomaning har bir bandi boʻyicha tushunarli tushuntirishlar berishi mumkin. Keyin mazkur ob’yekt qachon topshirilishi rejalashtirilayotganligini aniqlash kerak.
Hujjatlarni rasmiylashtiramiz va toʻlovni amalga oshiramiz
Agar uy va tanlangan kvartira sizni toʻliq qanoatlantirsa, quruvchining obroʻsi shubha uygʻotmasa, sotish esa qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan boʻlsa, unda bitimni rasmiylashtirish bosqichi keladi.
Quruvchidan yoki investor-firmadan kvartira sotib olish farqi shartnoma shaklida tuziladi. Bitimda vositachi (riyeltorning firmalari) ishtirok etgan taqdirda, uning komissiya haqini ham inobatga olish zarur, uni хaridor yoki mijozdan “ushbu bosh ogʻrigʻini” olib, quruvchining oʻzi toʻlaydi.
Shartnoma imzolanib, roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin qisman yoki toʻliq toʻlov amalga oshiriladi.
Kreditni rasmiylashtiramiz
Xaridorlarda kredit rasmiylashtirishning ikki varianti bor:
- oʻzi uchun mos keladigan uy-joyni tanlash, keyin esa turli banklarning ipoteka takliflarini oʻrgangan holda eng manfaatli bank qarzi variantini tanlash;
- qulay ipoteka dasturiga ega bankni topish, keyin esa shu bank bilan ishlaydigan quruvchilarni tanlash bilan shugʻullanish.
Qoidaga koʻra, mamlakatimiz quruvchilaridan kvartirani kreditga хarid qilishda хaridor kam hollarda bankni tanlash imkoniga ega boʻladi, qaysi bank bilan ishlashga toʻgʻri kelishini quruvchining oʻzi koʻrsatadi.
Bank faoliyatini tartibga soladigan, shu jumladan ipoteka krediti masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTda tanishish mumkin.
Poytaхt quruvchilarining biridan uy-joy sotib olganda kreditlash shartlari namunasini taqdim qilamiz:
Ipoteka kreditini soʻndirish muddati – 12 dan 120 oygacha (1 yildan 10 yilgacha). Boshlangʻich badalda ipoteka krediti boʻyicha yillik foiz:
kvartira qiymatidan 25% - yillik 15%;
35% – yillik 14%;
50% – yillik 13%.
Demak, хaridor bankka boradi, u yerda unga quruvchi tomonidan berilgan hujjatlar asosida kredit shartnomasi tuzadi. Bu shartnoma bilan u yana quruvchiga boradi. Bank kreditini rasmiylashtirish va quruvchi bilan shartnoma meхanizmi quruvchi yoki uni taqdim qiluvchi kompaniyalarning qoʻshimcha (va ehtimol) bepul хizmatlari hisobiga soddalashtirilishi mumkin. Ya’ni hujjatlarni tayyorlash boʻyicha barcha dastlabki ishlar kompaniya yuristlari tomonidan bajariladi, mijoz faqat koʻrsatilgan joylarga oʻz imzosini qoʻyish uchun keladi.
Bunda hujjatlarni imzolashda quyidagi bandlarga e’tibor qaratish kerak:
- ob’yekt qurilishining tugash muddatlari;
- shartnomani buzganlik uchun jarima sanksiyalari;
- kvartirani topshirish muddatlari;
- kontraktni bekor qilish shartlari;
- kvadrat metrning qiymati qat’iy belgilanishi va oʻzgarmasligi toʻgʻrisida kelishuv;
- mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni topshirish muddatlari.
Kredit shartnomasi imzolangandan keyin boshlangʻich badal muvaqqat hisobvaraqqa joylashtiriladi va tegishli shartnoma roʻyхatdan oʻtkazilmaguncha (oʻrtacha 1-2 haftada roʻyхatdan oʻtkaziladi) pullar quruvchiga oʻtkazilmaydi. Shartnomaning bir nusхasini bank oladi, shundan soʻng berilgan kredit summasi хaridor hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, хaridor esa quruvchining rekvizitlari boʻyicha pulni quruvchiga oʻtkazadi.
Ipoteka beradigan bank butun qoʻshimcha hujjatlar paketini, jumladan daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma, kafillik, qarz oluvchi hayotining sugʻurta polisi va boshqalarni soʻrab olishi mumkin.
Yangi kvartiraga koʻchib kiramiz
Agar siz qurilayotgan uydan kvartira sotib olayotgan boʻlsangiz, хarid qilishdan koʻchib oʻtguncha boʻlgan yoʻl yaqin emasligini tushunishingiz kerak. Poydevor qurish bosqichidan ob’yektni foydalanishga topshirishgacha, qoidaga koʻra, kamida bir yarim yil oʻtadi. Esdan chiqarmang, uyni foydalanishga topshirish muddati shartnomada qayd qilinishi kerak va uni buzganlik uchun quruvchi pullar bilan javob beradi. Ob’yekt topshirilgandan keyin yana kamida bir yarim oy BTI mutaхassislari tomonidan kvartiralarni oʻlchash va binoning teхnik pasportini tayyorlash kabi tartibotlarga sarflanadi.
E’tibor qaratish lozim boʻlgan yana bitta muhim jihat – qabul qilish-topshirish dalolatnomasida barcha muhandislik kommunikatsiyalari koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Ular ishlamagan taqdirda hujjatni imzolamagan ma’qul. Yaхshisi barcha nosozliklar bartaraf etilishini kutgan ma’qul. Agar sotib olingan kvartira tayyor ichki pardozga egaligi bayon qilingan boʻlsa, uning sifati va santeхnika jihozlarining ishlashini tekshirib koʻrish zarur.
Yangi uy foydalanishga topshirilib, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan va kvartira kalitlari хaridorga topshirilgandan keyin yana bir muhim, amalda oхirgi bosqich bor – bu kvartirani mulkka rasmiylashtirish. Buni mustaqil ravishda yoki professional riyeltor bilan kelishib olib bajarish mumkin.
Amaldagi qonunchilikka koʻra yangi uy sohiblari kvartiraga faqat mulk toʻgʻrisidagi guvohnoma olingandan keyin kirishlari mumkin. Biroq hatto yangi uy egasi kalitlarni olgandan keyin darhol koʻchib oʻtishga qaror qilgan taqdirda ham, yodda tutish lozimki, uy-joyga mulk toʻgʻrisidagi guvohnoma qoʻlingizga tegmaguncha ta’mirlashga kirishmagan ma’qul. Agar kvartira “qora pardoz” bilan хarid qilingan boʻlsa, ya’ni umuman ta’mirlashsiz va hatto хonalararo toʻsiqlarsiz katta bir studiya kabi sotib olingan boʻlsa, shuni yodda tutingki, oʻylangan rejalashtirishni BTIda tasdiqlatish zarur boʻladi, buni mulkdor boʻlmasdan amalga oshirish mumkin emas.
Amaliy masalalardan faqat yangi yashash joyi boʻyicha propiska qilish qoladi. Buni mulk toʻgʻrisidagi guvohnomani olgandan keyin darhol bajarish mumkin. Bu tartibotning tartibi standart tarzda. Yangi qurilishda yoki “ikkilamchida” propiska qilishning farqi yoʻq. Ikkala holatda ham uy-joyga mulk huquqi va ilgarigi yashash joyidan chiqarilganligi propiska uchun asos hisoblanadi.
Eski-eski yangi fond
Bu savolni ham chetlab oʻtish kerak emas. Bunday uy-joy fondiga, qoidaga koʻra, oʻtgan asrda qurilgan, biroq qurilish firmalari tomonidan sotib olinib, ularda rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini olib borib, hozirda esa yangi uy-joy kabi sotishayotgan sobiq yotoqхonalar, koʻp oilalar uchun va galereykalar kiradi. Rekonstruksiya qilingandan keyin bunday uylardagi kvartiralar nihoyatda qulay boʻlishi mumkin. Biroq bu eski fondning aksariyat qismi markaziy tumanlarda joylashmaganligini inobatga olish kerak.
Bunday uy-joylarning qiymati yangi loyihalar boʻyicha, qoidaga koʻra, gʻishtdan qurilayotgan yangi qurilishlarning qiymatiga nisbatan bir necha barobar arzon boʻlsa mantiqli boʻlardi. Bizning tahlilimizdan aniqlanishicha, ular haqiqatan arzonroq, biroq farq jiddiy emas. Agar olis tumandagi nisbatan oʻrtamiyona yangi qurilishdagi (aхir hamma yangi qurilishlar ham super-nufuzli uy-joyga talabgor emasda) va mana shunday eski-eski yangi uydagi kvartirani tanlash kerak boʻlsa, ehtimol, yangi qurilishni tanlagan maqsadga muvofiqdir.
Rekonstruksiya qilingan yotoqхonalardagi kvartiralarning narхlari ikkilamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarning narхlaridan jiddiy ravishda ortiq. Bu butun omillar qatori bilan asoslanadi:
- Toshkentdagi yangi qurilishlarning aksariyat qismi “nufuzlilikka” da’vo qiladi va uncha koʻp boʻlmagan qismi oʻrta sinfga da’vorgarlik qiladi;
- ipoteka krediti amaliyoti hali keng tarqalmagan, uni rasmiylashtirishning mavjud tartibotlari uncha qulay emas;
- eski fonddagi kvartiralarni rejalashtirish yangisiga ancha boy beradi;
- mamlakatimizning uy-joy bozori quruvchilar va ularning ish natijalari bilan hali yetarlicha toʻyinmagan.
Bizning bu sharhimizdagi fikrimizga qoʻshilmasligingiz hamda poytaхtdagi yangi qurilishlar bozoridagi narхlar vaziyati yuzasidan oʻz tushunishlaringizni ushbu maqolaga sharhlaringizda taklif qilishingiz mumkin. Hozir esa poytaхtimizning turli tumanlaridagi turli uy-joy komplekslarida yangi uy-joyning 1 kv.metri uchun joriy narхlar tahlili bilan tanishishni taklif qilamiz.
Toshkent shahrida yangi qurilishlardagi narхlar (soʻmda)
manzil
qavat
kvartiralar maydoni (kv.m)
1 kv. m narхi
Mirobod tumani, Kichik Beshogʻoch koʻchasi (Beshogʻoch m.)
9
78 dan 135 gacha
3,5 mln dan
Olmazor tuman, Qoraqamish 2/4
7
54.10 dan 117.30 gacha
3 mln dan
Sirgʻali tumani
8
49.50 dan 101.31 gacha
2,5 mln dan
Uchtepa tumani, Uygʻur koʻchasi (Koʻkcha)
5
73 dan 172 gacha
3,9 mln dan
Chilonzor tumani, 5-daha
5
100 dan 116 gacha
4,3 mln dan
Chilonzor tumani, Choʻponota k.
5
76.96 dan 152.64 gacha
3,5 mln dan
Shayхontohur tumani, Bunyodkor shohkoʻchasi
7
110 dan 150 gacha
6,5 mln dan
Shayхontohur tumani, Qoratosh mavzesi
6
89 dan 136 gacha
4,6 mln dan
Shayхontohur tumani, Chuqur koʻprik k.
5
84 dan 130 gacha
4,5 mln dan
Yunusobod tumani, 5-daha
7
55 dan 129 gacha
3 mln dan
Yunusobod tumani, 4-daha
9
76 dan 113 gacha
3,6 mln dan
Yakkasaroy tumani, A.Qahhor k.
6
60 dan 200 gacha
5 mln dan
Yakkasaroy tumani, Nukus k.
5
106 dan 200 gacha
6 mln dan
Yakkasaroy tumani, A. Qahhor k.
16
85.92 dan 151.59 gacha
3,2 mln dan
Yashnobod tumani, Kadishev bozori hududida
9
57 dan 127.94 gacha
4,2 mln dan
*Taхminiy narхlar berilgan, ular oʻzgarishi mumkin yoki bu uylardagi kvartiralar sotib boʻlingan boʻlishi mumkin. Barcha aniqliklar yuzasidan quruvchilarga yoki investorlarga murojaat qilish zarur.
Saida JONIZOQOVA, muхbirimiz. | 59 | 12,557 |
Qonunchilik | Samarqand shahridagi ayrim moddiy madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Samarqand shahridagi davlat mulki hisoblangan bo‘sh turgan moddiy madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning uy-muzeyini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining:
Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasiga tegishli bo‘lgan Samarqand shahar, Registon ko‘chasi, 3a-uy manzilida joylashgan “Usmatboy madrasasi” binosini Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limiga tekin foydalanish huquqi asosida biriktirib berish;
Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasiga tegishli bo‘lgan Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 35-uy manzilida joylashgan moddiy madaniy meros obyektini Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish;
madaniy meros obyekti sifatida davlat ro‘yxatiga olingan Samarqand shahar, Hoji Abdulaziz Abdurasulov ko‘chasi, 49-uy manzilida joylashgan tarixiy hovlini Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi takliflari maqullansin.
2. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Madaniyat vazirligi bir hafta muddatda ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan moddiy madaniy meros obyektlarini belgilangan tartibda qabul qilish va topshirish ishlarini amalga oshirsin.
3. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan moddiy madaniy meros obyektlarida rejalashtiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qarori talablari asosida Madaniyat vazirligining Madaniy meros departamenti hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin. | 111 | 2,413 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYISHI | 2020-yil 20-oktabrdan 2021-yil 10-aprelgacha Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tadigan Butunjahon “Ekspo — 2020” ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni tezkor hal etish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-oktabrdagi 836-F-son farmoyishining rus tilidagi matniga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1. 4-banddagi “predsedatelya pravleniya AO “NVK “Uzekspotsentr”” Yuldasheva A.B.” so‘zlari “direktora GUP “InterForum” Malikova S.Y.” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 7-banddagi “s posleduyuщim opredeleniyem generalnogo zastroyщika v ustanovlennom poryadke” so‘zlari “a kompaniyu “ORZ Design LLC” (OAE) — generalnim podryadchikom po osuщestvleniyu kompleksa rabot “pod klyuch”, svyazannix so stroitelstvom natsionalnogo pavilona Respubliki Uzbekistan, putem zaklyucheniya pryamix kontraktov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovaning o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Malikov S.Y. — direktor GUP “InterForum”, generalniy komissar ot Respubliki Uzbekistan na vistavke “EKSPO-2020”. | 58 | 1,350 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaning Aviatsiya uskunalar | Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaning Aviatsiya uskunalari bo‘yicha protokoliga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) quyidagi bayonotlar bilan qo‘shilinsin:
1) Konvensiyaning 53-moddasi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi bayon qiladiki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari Konvensiyaning 1-moddasi va XII bobi maqsadlari uchun tegishli sudlar hisoblanadi;
2) Konvensiyaning 54-moddasi 2-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi bayon qiladiki, Konvensiyaga muvofiq kreditorda mavjud bo‘lgan, uning qoidalaridan birida sudga murojaat qilishni talab qiluvchi sifatida aniq belgilanmagan huquqlarni himoya qilishning barcha usullari sud harakatlarisiz va sudning ruxsatisiz qo‘llanilishi mumkin”;
3) Protokolning XXX moddasi 1-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi bayon qiladiki, u Protokolning VIII, XII va XIII moddalari qoidalarini qo‘llaydi”;
4) Protokolning XXX moddasi 2-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi bayon qiladiki, u X moddani to‘liq hajmda qo‘llaydi va X moddaning 2-bandida qayd etilgan vaqt davrining davomiyligi Konvensiyaning 13-moddasi 1-bandi a), b), c) kichik bandlarida ko‘rsatilgan himoya vositalari uchun ko‘pi bilan o‘n kalendar kunni hamda Konvensiyaning 13-moddasi 1-bandi d), e) kichik bandlarida ko‘rsatilganlari uchun ko‘pi bilan o‘ttiz kalendar kunni tashkil etadi”;
5) Protokolning XXX moddasi 3-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi bayon qiladiki, u XI moddaning A variantini nochorlik bo‘yicha tartib-taomillarning barcha turlariga nisbatan to‘liq hajmda qo‘llaydi va XI moddaning 3-bandi maqsadlari uchun muddatni kechiktirish davrining davomiyligi oltmish kalendar kunni tashkil etadi”. | 250 | 1,845 |
Qonunchilik | RAMAZON HAYITINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayiti” munosabati bilan 1991-yil 11-apreldagi 193-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6-dekabrga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi murojaatini e’tiborga olib, 2002-yil 6-dekabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Ramazon hayiti bayramini joylarda munosib tarzda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar. | 39 | 552 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY TARAQQIYOTIDA TELEVIDENIYE VA RADIONING ROLINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Demokratiyaning, konstitutsiyaviy taraqqiyotni ta’minlashning, qonunchilikka rioya etishning, inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilishning g‘oyat muhim muassasasi sifatida teleradioeshittirishni yanada rivojlantirish, shuningdek uning respublikadagi tub iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga ta’sirini kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi joylarda hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi (O‘zteleradio)ga o‘zgartirilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi:
Davlat teleradioeshittirish kompaniyasining huquqiy vorisi, O‘zbekistonda teleradioeshittirish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot berib boradi;
jamoatchilikning ommaviy axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun tashkil etilgan yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi mustaqil subyekt hisoblanadi;
ommaviy axborot vositalarining muassisi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquqlariga ega;
respublika budjetidan, shuningdek tijorat va xo‘jalik faoliyatidan olinadigan mablag‘lar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining hududiy (mintaqaviy) bo‘linmalari:
O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ta’sis etiladilar;
yuridik shaxs huquqlari bilan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi tarkibiga kiradilar va o‘z faoliyatini hududiy teleradiokompaniya to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradilar;
mahalliy va respublika budjetlaridan, shuningdek tijorat faoliyatidan tushadigan mablag‘lar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadilar.
4. Quyidagilar Teleradiokompaniyaning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilansin:
axborotlarning mafkuradan mutlaqo holi bo‘lishini nazarda tutgan holda, aholi hamda jamiyatning xolisona, haqqoniy va xilma-xil axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish va qoniqtirish;
mamlakat aholisini, shuningdek chet el jamoatchiligini O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida keng xabardor qilish;
mustaqil davlatni rivojlantirish va mustahkamlashga jamoatchilik ta’sirining ortib borishini ta’minlash, turli ijtimoiy tabaqalar, siyosiy partiyalar va harakatlarni zamonaviy madaniyatli jamiyat barpo etishning dolzarb muammolarini oshkora va amaliy muhokama qilishga faol jalb etish;
mamlakatda konstitutsiyaviy normalar va qonunchilikni chuqur tushuntirish, ularni ro‘yobga chiqarishga va huquqiy jamiyatni barpo etishga har tomonlama ko‘maklashish;
jamoatchilik fikrining xilma-xilligini aks ettirish, insonning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan e’tiqodlar va inson qadr-qimmati, uning huquq va erkinliklari hurmat qilinishini ta’minlash;
respublika ichkarisida va uning tashqarisida teleradioeshittirishlarni yuksak darajadagi odob, aniqlik va haqqoniyat mezonlari asosida tashkil qilish hamda axborotlarni tarqatish. Shafqatsizlikni targ‘ib qiladigan, inson qadr-qimmatini tahqirlaydigan yoki odamlarni ularning dini, milliy va madaniy belgilariga qarab haqoratlash sifatida talqin etilishi mumkin bo‘lgan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
aholini fuqarolik jamiyati qurilishiga faol jalb etish, odamlarni umuminsoniy demokratik qadriyatlar va milliy merosni hurmat qilish, millatlararo totuvlik va do‘stlik ruhida tarbiyalash, yosh avlodda yuksak ma’naviy fazilatlarni, Vatanga mehr-muhabbat va sadoqatni shakllantirish;
erkin bunyodkorlik mehnati va tadbirkorlik tajribasini faol targ‘ib etish, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti vazifalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi eng maqbul va muqobil yo‘llarni izlab topishni rag‘batlantirish;
teleradioeshittirish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy texnika bilan jihozlash hamda ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilg‘or texnologiyalariga o‘tish yo‘li bilan dasturlarning kasb mahorati darajasi va sifatini oshirish, ularning janr jihatdan xilma-xilligini ta’minlash;
hududiy teleradioeshittirish bo‘linmalariga amaliy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
yetakchi xorijiy teleradiokompaniyalar bilan ijodiy hamkorlik qilish, O‘zbekistonda ularning filiallari hamda vakolatxonalari ochilishiga faol ko‘maklashish.
5. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlari asta-sekin kamaytirib borilishini hisobga olgan holda, kompaniyaning 2000-yildan boshlab o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashga bosqichma-bosqich o‘tishiga oid takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va taqdim etsin;
Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda teleradiokompaniya xodimlari mehnatini me’yorlash va unga haq to‘lashning ilg‘or shakllariga, ya’ni xodimlar mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori teleko‘rsatuv hamda radioeshittirishlarning amaldagi hajmiga, sifatiga, janrlariga va reytingiga bog‘liq qilib qo‘yilishini ko‘zda tutuvchi shakllariga o‘tish to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, uning korxonalari va tashkilotlari xo‘jalik, reklama hamda boshqa faoliyatdan tushgan foydadan olinadigan soliqdan 2000-yilgacha ozod qilinsin va bo‘shaydigan mablag‘lar kompaniyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda, yetakchi xorijiy tele-, radio hamda boshqa kompaniyalar orqali jalb etiladigan zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda, televizion ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni mamlakatning barcha mintaqalariga tarqatish bo‘yicha umumdavlat dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi televideniye va radioeshittirish Davlat qo‘mitasini O‘zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida” 1992-yil 7-yanvardagi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin. | 109 | 6,505 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA PAXTA ZAVODLARIDA IShLAB ChIQARILGAN PAXTA TOLASINI SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | Paxta xomashyosini tayyorlaydigan, qayta ishlaydigan, paxta tolasini va paxta mahsulotini saqlaydigan hamda sotadigan barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlarining puxta o‘zaro harakatini ta’minlash, suiiste’mollar va respublikadan tashqariga g‘ayriqonuniy ravishda olib chiqib ketish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
kolxozlar va sovxozlar yetishtirgan paxta xomashyosining hammasi majburiy tartibda tayyorlov punktlariga yoki paxta zavodlariga topshiriladi;
o‘zining tayyorlov punktlariga va paxta zavodlariga ega bo‘lgan xo‘jaliklar tayyorlangan va qayta ishlangan paxta xomashyosining miqdori haqida bosh paxta zavodi va tegishli statistika organlari oldida hisobot beradi;
olingan paxta tolasining hammasi, kolxozlar va sovxozlar ixtiyorida qoldiriladigan bajarilgan topshiriq hajmining 15 foizini va topshiriqdan ortiq bo‘lgan miqdorni ham qo‘shganda, paxta zavodlarida xo‘jaliklar bo‘yicha alohida-alohida saqlanishi lozim.
2. Paxta tolasini sotish va yetkazib berishning quyidagi tartibi belgilansin:
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining, respublika dehqonchilik sanoati majmuining barcha tizimlari sovxozlardagi paxta zavodlaridagini ham qo‘shganda, kutilayotgan paxta tolasini ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlari asosida paxta tolasi davlat resurslarining umumiy balansini, O‘zbekistondagi, MDH mamlakatlaridagi iste’molchilarga va eksportga taqsimlanishini ishlab chiqadi hamda ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Vazirlar Mahkamasi paxta tolasini respublika iste’molchilariga, MDH mamlakatlariga yetkazib berish va eksport qilishning belgilangan miqdor (kvota)larini tasdiqlaydi. Kvotalar Vazirlar Mahkamasining qarorlari sifatida bajarish uchun “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuboriladi;
olingan kvotalar asosida “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi ularni “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining hududiy davlat aksionerlik birlashmalari bo‘yicha taqsimlaydi va zavodlardan paxta tolasini jo‘natishga naryadlar beradi. Eksportga jo‘natish uchun naryadlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining litsenziyasi bo‘lgan taqdirda beriladi.
Vazirlar Mahkamasining paxta tolasiga tasdiqlangan kvotalari, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining naryadlari va eksportga jo‘natilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining litsenziyalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘rta Osiyo temir yo‘l boshqarmasi xizmatlarining bajarishlari uchun asos hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining kvotalaridan foydalanganlik, paxta tolasini respublika iste’molchilariga va MDH mamlakatlariga jo‘natish va eksport qilish qanday borayotganligi haqidagi, shuningdek, tolaning qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda umumlashtiriladi va har oyning 5-kunida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
paxta tolasining yuqorida qayd qilingan hajmini erkin shartnoma narxlari bo‘yicha sotish huquqi faqat davlatga paxta xomashyosini topshirish yuzasidan belgilangan yillik topshiriqlarning bajarilishini ta’minlagan xo‘jaliklarga beriladi. Bunda xo‘jalik bilan paxta zavodi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi respublika Hukumatining 1992-yil 13-maydagi 11-23-63-son qarori bilan tasdiqlangan talablarga qat’iy muvofiq bo‘lishi kerak;
respublika ichida, MDH mamlakatlariga va eksportga paxta tolasini sotish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-oktabrdagi 477-son Farmoniga va respublika Hukumatining 1992-yil 17-oktabrdagi 479-son qaroriga muvofiq shu maqsadlar uchun tashkil etilgan hududiy uyushmalar orqali amalga oshiriladi;
“O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar uyushmalari bilan birgalikda xo‘jaliklar tomonidan erkin sotilishi kerak bo‘lgan paxta tolasining miqdori haqidagi paxta zavodlarining ma’lumotlarini umumlashtiradi.
Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar uyushmalari xo‘jaliklarning takliflari bo‘yicha va ular tolani iste’molchilarga erkin shartnoma narxlarida yetkazib berish yuzasidan tuzgan shartnomalar (bitimlar) asosida ruxsat olish uchun Vazirlar Mahkamasiga talabnomalar kiritadilar;
Vazirlar Mahkamasi hududiy uyushmalar talabnomalarini ko‘rib chiqib, ularga ruxsatnoma beradi va qarorning nusxalarini “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuboradi. Aniq paxta zavodlaridan paxta tolasini jo‘natish uchun “O‘zdavpaxtasanoatsotish”ning tegishli buyrug‘i asos hisoblanadi;
tola eksportga yetkazib berilayotgan hollarda uyushmalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo firmalari orqali bitimlarni rasmiylashtiradilar va respublika xo‘jaliklarini shu vazirlikning tegishli litsenziyasi bilan ta’minlaydilar;
yuqorida sanab o‘tilgan tartib o‘z paxta zavodlariga ega bo‘lgan xo‘jaliklar uchun ham majburiydir;
Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish”ning buyrug‘i va eksportga yetkazib berilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining litsenziyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘rta Osiyo temir yo‘l boshqarmasi xizmatlari bajarishlari uchun asos hisoblanadi;
“O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi hududiy uyushmalar va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda paxta tolasini sotish qanday borayotganligini umumlashtiradi va har oyning 5-kuni Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar taqdim etadi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi respublikaning barcha paxta zavodlarida ishlab chiqarilgan lint, o‘lik tola va momiqni davlat resurslariga yetkazib berishni va “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi orqali sotishni ta’minlasinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, texnik chigit paxta zavodlari tomonidan yog‘-ekstraksiya zavodlariga jo‘natiladi, ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘i, taxtakunjara va shulxa esa davlat resurslariga topshiriladi. Xo‘jaliklarga qaytarilishi lozim bo‘lgan bajarilgan topshiriq hajmining 15 foizi va topshiriqdan ortiqcha paxta xomashyosi hisobiga olingan hajmlar bunga kirmaydilar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi mazkur qarorni barcha kolxozlar, sovxozlar va paxta zavodlariga yetkazsinlar, paxta xomashyosini qayta ishlash, paxta tolasini va boshqa paxta mahsulotlarini sotish tartibiga qattiq rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida, keyinchalik — yilning har choragida ko‘rib chiqilsin. | 89 | 6,967 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida | Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadlariga erishish davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda ijro etuvchi hokimiyat organlari deb yuritiladi) uyg‘un faoliyatini tashkil etishni talab qiladi.
Shu bilan birga, ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining zamonaviy talablarga javob bermaydigan institutsional asoslari va ular faoliyatining prinsiplari o‘tkazilayotgan islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga hamda qo‘yilgan maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi qator tizimli muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan:
birinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish asoslari hududlarni rivojlantirish sur’atlarini pasaytiruvchi, joylarda to‘planib qolgan muammolarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlamayapti;
ikkinchidan, ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ xususiyatga egaligi, ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yetarli emasligi, vazifalarning takrorlanishi va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlarining mavjudligi amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
uchinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning amaldagi tizimi qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini baholash mexanizmlari faqat holatlarni qayd etish va statistik ma’lumotlarni joriy to‘plashdan iborat bo‘lib, bu ko‘pchilik hollarda joylardagi ishlarning haqqoniy holatini aks ettirmaydi;
beshinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari javobgarlik sohasining aniq chegarasi, ayniqsa, joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki idoraviy va idoralararo o‘zaro hamkorligining ta’sirchan mexanizmlari mavjud emas;
oltinchidan, davlat funksiyalari va vakolatlarining haddan tashqari markazlashganligi hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim muammolarini hal qilishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib kelmoqda;
yettinchidan, boshqaruv jarayoniga ishlarni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion uslublarini, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash va uning jarayonini tezkor kuzatib borish imkonini bermaydi, shuningdek, davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratlashtirish va yuqori sarf-xarajatlarga sabab bo‘lmoqda;
sakkizinchidan, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlatning tartibga solish va xo‘jalik funksiyalari qo‘shib olib borilishi, yetarli darajada moslashuvchanlikka va bozorga yo‘naltirilganlikka ega bo‘lmagan eskirgan tarmoq boshqaruv tizimi, individual imtiyoz, preferensiya va afzalliklarning asossiz taqdim etilishi sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda;
to‘qqizinchidan, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi ishtirokini cheklamoqda va oqibatda budjet xarajatlarining kamayishini ta’minlamayapti;
o‘ninchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining yetarli darajada ochiq va shaffof emasligi, jamoatchilik nazoratining kuchsiz mexanizmlari haddan tashqari byurokratiya va korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga olib kelmoqda;
o‘n birinchidan, ayrim rahbarlarda lozim darajada mas’uliyat va tashabbuskorlikning mavjud emasligi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni va maqsadli ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida hamda sifatli hal etishga salbiy ta’sir qilmoqda.
Ko‘rsatib o‘tilgan tizimli muammolarni bartaraf etish, innovatsion rivojlanishning zamonaviy umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha ma’muriy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilansin:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish:
ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari, ularning tuzilmalari va bo‘linmalarini optimallashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlarining biriktirilgan sohada davlat siyosati amalga oshirilishida mustaqilligini oshirish;
“Elektron hukumat” tizimini yanada keng joriy etish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish;
ma’muriy adliya tizimini rivojlantirish;
b) quyidagilarni nazarda tutgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari (funksiyalari, vakolatlari)ni, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirish, muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish:
ijro etuvchi hokimiyat organlarining aniq vazifalari (funksiyalari, vakolatlari)ni va javobgarlik sohalarini belgilash, ishonib topshirilgan tuzilma faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish;
davlat va hududiy rivojlanish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbuskorligini oshirish hamda rolini kuchaytirish;
maqsadli indikatorlarga erishishga va strategik rivojlanish dasturlarini amalga oshirish samaradorligiga asoslangan barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini, shu jumladan, vakillik hokimiyati organlari tomonidan ular hisobotlarini eshitish yo‘li bilan baholashning prinsipial yangi tizimini joriy etish;
“aqlli tartibga solish” modellarini va qabul qilinayotgan qarorlarning tartibga solish ta’sirini tahlil qilishning standartlashtirilgan uslubiyotini joriy etish;
ayrim davlat funksiyalarini jamoatchilik nazorati subyektlariga o‘tkazish yo‘li bilan tartibga solish vositalarini takomillashtirish;
ishni tashkil etishning aniq natijalarga erishishga qaratilgan zamonaviy uslublarini (sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing) joriy etish;
rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish jarayonida jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakl va mexanizmlaridan keng foydalanish;
v) quyidagilarni nazarda tutgan holda, iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish:
eng zarur iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda (sanoat, transport, energetika va boshqalar) sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, davlat va tijorat manfaatlari to‘qnashuvini bartaraf etishga qaratgan holda boshqaruv tizimini takomillashtirish;
iqtisodiy faoliyatda davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;
ayrim davlat funksiyalarining lozim darajada bajarilishi ustidan davlat nazorati mexanizmlarini joriy etgan holda ularni xususiy sektorga o‘tkazish;
g) quyidagilarni nazarda tutgan holda, vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish:
davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish;
mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining amaliy ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini va faoliyat samaradorligini oshirish;
d) quyidagilarni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish:
strategik rejalashtirish tizimini tashkil etish hamda davlat boshqaruvining innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan keng foydalanishga asoslangan zamonaviy shakllarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish sohasini, shu jumladan, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda unga investitsiyalarni keng jalb etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish;
e) quyidagilarni nazarda tutgan holda, professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish:
davlat xizmati, davlat boshqaruvi sohasida mutaxassislar tayyorlashning maxsus ta’lim yo‘nalishlarini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minotining munosib sharoitlarini yaratish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish.
3. O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda;
Davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan tanqidiy o‘rganish o‘tkazish va takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda ishchi guruhlar deb yuritiladi) 4-ilovaga muvofiq tarkiblarda tashkil etilsin.
4. Komissiya (A.N. Aripov):
bir hafta muddatda Davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan tanqidiy o‘rganish o‘tkazish va takliflar tayyorlash jadvalini tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli ishlab chiqilishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar vakillari va xorijiy ekspertlarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, “davra suhbatlari” va press-konferensiyalar tashkil qilsin;
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi va “Yo‘l xaritasi”ning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi va “Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining o‘z vaqtida hamda sifatli tayyorlanishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlasin;
har oyda Komissiyaga monitoring natijalari to‘g‘risida axborot kiritsin.
6. O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni tashkil etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi zarurat bo‘lganda, xorijiy (xalqaro) tashkilotlar vakillarini jalb qilgan holda davlat boshqaruvi sohasida ilg‘or xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganishni tashkil etishda Komissiyaga, ishchi guruhlarga ko‘maklashsin.
8. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy bo‘linmalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, shuningdek, ishchi guruhlar rahbarlari mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismoilov, O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) muvofiq, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish va liberallashtirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish davlat va jamiyatni modernizatsiya qilishning muhim maqsadlari etib belgilandi.
Ushbu maqsadlarga erishishning muhim sharti amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarining to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlay oladigan, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini o‘z vaqtida aniqlaydigan va samarali hal qiladigan davlat boshqaruvi tizimining aniq faoliyat ko‘rsatishi hisoblanadi.
Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonining tizimli tahlili va aholi bilan muloqot natijalari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda ijro etuvchi hokimiyat organlari deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishda islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi jiddiy kamchiliklarning saqlanib qolayotganligidan dalolat bermoqda. Xususan:
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish asoslari hududlarni rivojlantirish sur’atlarini pasaytiruvchi, joylarda to‘planib qolgan muammolarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlamayapti. Ijro etuvchi hokimiyat organlari (vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, qo‘mitalar, markazlar, inspeksiyalar) huquqiy maqomining ayrim holatlarda aniq chegaralab qo‘yilmaganligi ularning davlat apparatidagi aniq o‘rni va rolini aniqlash imkonini bermayapti;
ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ xaraktyerga egaligi, ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yetarli emasligi, vazifalarning takrorlanishi va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlarining mavjudligi amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ularga xos bo‘lmagan funksiyalarning bajarilishi, shuningdek, sezilarli darajada kvazidavlat sektorning (xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari) mavjudligi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning davlat tomonidan haddan tashqari tartibga solinishiga olib kelmoqda;
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning amaldagi tizimi qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni ta’minlamayapti. Davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan ko‘plab idoralararo kollegial organlarning (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar) mavjudligi ijro etuvchi hokimiyat organlari vazifa va funksiyalarining o‘rnini egallashga, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib kelmoqda;
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini baholash mexanizmlari faqat holatlarni qayd etish va statistik ma’lumotlarni joriy to‘plashdan iborat bo‘lib, bu aksariyat hollarda joylardagi ishlarning haqqoniy holatini aks ettirmaydi;
ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari javobgarlik sohalarining aniq chegarasi, ayniqsa, joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki idoraviy va idoralararo o‘zaro hamkorligining ta’sirchan mexanizmlari mavjud emas;
davlat funksiyalari va vakolatlarining haddan tashqari markazlashtirilganligi hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim muammolarini hal qilishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib kelmoqda;
boshqaruv jarayoniga ishlarni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion uslublarini, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash va uning jarayonini tezkor kuzatib borish imkonini bermaydi, shuningdek, davlat boshqaruvini ortiqcha byurokratlashtirish va uning yuqori sarf-xarajatlarining sababi hisoblanadi;
xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlatning tartibga solish va xo‘jalik funksiyalari qo‘shib olib borilishi, yetarli darajada moslashuvchanlikka va bozorga yo‘naltirilganlikka ega bo‘lmagan, eskirgan tarmoq boshqaruv tizimi, individual imtiyoz, preferensiya va afzalliklarning asossiz taqdim etilishi sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda;
ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi ishtirokini cheklaydi hamda oqibatda budjet xarajatlarining kamayishini ta’minlamaydi;
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining yetarli darajada ochiq va shaffof emasligi, jamoatchilik nazoratining kuchsiz mexanizmlari haddan tashqari byurokratiyaga va korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga olib kelmoqda. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish darajasi aholi va biznesning istak va talablariga javob bermayapti, davlat boshqaruvi tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish imkonini bermayapti;
ayrim rahbarlarda lozim darajada mas’uliyat va tashabbuskorlikning mavjud emasligi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni va maqsadli ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida hamda sifatli hal etishga salbiy ta’sir qilmoqda. Davlat xizmatining unifikatsiyalangan huquqiy asoslari, davlat xizmatchilarining maqomini belgilovchi yagona normalar, ularning faoliyatini baholash mezonlari shakllantirilmaganligi davlat xizmatchilarining professional korpusini yaratish imkonini bermayapti;
ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini ijtimoiy-moddiy himoya qilishning past darajada ekanligi, yuklatilgan javobgarlik darajasining ular ijtimoiy-huquqiy holatiga muvofiq kelmasligi, mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minot jamg‘armasini shakllantirishning yagona prinsiplari mavjud emasligi malakali kadrlarning davlat xizmatidan chiqib ketishi hamda korrupsiyaviy holatlar, davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy resurslarning adolatsiz va nomutanosib taqsimlanishi uchun sharoit yaratmoqda.
Davlat boshqaruvi tizimidagi mavjud kamchiliklar jamiyatning o‘sib borayotgan talablariga lozim darajada munosabat bildirish, joylarda to‘planib qolgan muammolarni hal qilish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, oqibatda esa odamlarning hayotida kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga erishishni ta’minlash imkonini bermaydi.
Shu munosabat bilan, quyidagi asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali davlat boshqaruvining konseptual yangi modelini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi:
1. Ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarini tashkil etish va tugatishning ma’muriy apparat, budjet yuklamasi asossiz oshishi va davlat boshqaruvini byurokratlashtirishning oldini olishga qaratilgan aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy etish.
2. Real ehtiyoj, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik, respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, shuningdek, kadrlar va moddiy resurslarning to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlashni hisobga olgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlari, ularning tuzilmalari va bo‘linmalarini optimallashtirish.
3. Ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli departamentlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish hisobiga biriktirilgan sohada davlat siyosati amalga oshirilishi uchun ularning mustaqilligi hamda javobgarligini oshirish.
4. Ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish, boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, hududlar va butun mamlakatda yuzaga kelayotgan tahdid va muammolarga o‘z vaqtida hamda munosib ta’sir ko‘rsatish uchun axborot almashishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida “Elektron hukumat” tizimi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish.
5. Quyidagilar orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish:
“yagona darcha”, shu jumladan, idoraviy markazlar negizida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini tashkil etish;
barcha davlat xizmatlarini tartibga solish, ularni yagona reyestrga kiritish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan idoralararo hamkorlik orqali olish lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarning ro‘yxatini belgilash va bosqichma-bosqich kengaytirish.
6. Ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organlarga shikoyat qilish tartibini takomillashtirish, nizolarni sudgacha hal qilish usuli sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kollegial eshitish mexanizmlarini joriy etish orqali ma’muriy adliya tizimini rivojlantirish.
1. Ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlarining aniq vazifalari (funksiyalari, vakolatlari) va javobgarlik sohasini belgilash, har bir vazifa va funksiyani amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydigan, shu jumladan, axborot-tahliliy qo‘llab-quvvatlash, strategik rejalashtirish, loyiha boshqaruvi, tartibga solish funksiyalarini amalga oshirish, davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha ma’muriy tartib-taomillar hamda reglamentlarni joriy etish.
2. Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining samarali ishini tashkil etish va kuchlarini safarbar etish, shuningdek, tor idoraviy yondashuv holatlarining oldini olish imkonini beruvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni — Vazirlar Mahkamasi — respublika davlat boshqaruvi organlari — tarkibiy va hududiy bo‘linmalar — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” ta’sirchan tizimini joriy etish.
3. Tegishli vakolatlarni aniq davlat organlariga o‘tkazish va ularga qabul qilinayotgan qarorlarning natijasi uchun javobgarlikni yuklash orqali davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlarni (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar) tubdan qisqartirish.
4. Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va joylardagi dolzarb muammolarni kompleks hal etish zaruratini hisobga olgan holda, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbuskorligini oshirish hamda rolini kuchaytirish.
5. Maqsadli indikatorlarga erishishga va strategik rivojlanish dasturlarini amalga oshirish samaradorligiga asoslangan barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini, shu jumladan, dasturiy budjetlashtirish va vakillik hokimiyati organlari tomonidan ular hisobotlarini eshitish yo‘li bilan baholashning prinsipial yangi tizimini joriy etish.
6. Normativ-huquqiy hujjatlarni ularning ta’sirini lozim darajada baholamasdan qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, kollizion normalar, ikki xil sharhlash, korrupsiya ko‘rinishlari va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlariga olib keluvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish amaliyotini bosqichma-bosqich bartaraf etishni nazarda tutuvchi “aqlli tartibga solish” modellarini va qabul qilinayotgan qarorlarning tartibga solish ta’sirini tahlil qilishning standartlashtirilgan uslubiyotini joriy etish.
7. Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini mavjud muammolarning oqibatlariga qarshi kurashishga emas, uning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini jamoatchilik nazorati subyektlariga o‘tkazish va ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish orqali tartibga solish vositalarini takomillashtirish.
8. Ishni tashkil etishning aniq natijalarga erishishga qaratilgan zamonaviy uslublarini (sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing) joriy etish.
9. Rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish jarayoniga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni ta’minlaydigan jamoatchilik bilan hamkorlikning zamonaviy shakllarini (virtual qabulxonalar, “ishonch telefonlari”) keng joriy etish.
1. Eng zarur iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda (sanoat, transport, energetika va boshqalar) sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, davlat va tijorat manfaatlari to‘qnashuvini bartaraf etishga qaratgan holda, boshqaruv tizimini takomillashtirish.
2. Xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korxonalarni qayta tashkil etish, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferensiyalar berish amaliyotidan voz kechish.
3. Iqtisodiy faoliyatda, eng avvalo, davlat unitar korxonalarini tashkil etish va faoliyatini boshqarish, ishonchli boshqaruvchilar vakolatlarini, ularning iqtisodiy va boshqaruv samaradorligini oshirish, birinchi navbatda, davlat aktivlarini boshqarish tizimining moliyaviy shaffofligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni boshqarishning korporativ mexanizmlarini rivojlantirish sohalarida davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish.
4. Nazorat vakolatiga ega ijro etuvchi hokimiyat organlarini (“O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zdavenergonazorat” va boshqalar) ularning nazorati ostidagi xo‘jalik boshqaruvi organlari (“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ va boshqalar) hisobidan moliyalashtirish amaliyotidan voz kechish.
5. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini (ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, kommunal xo‘jaligi, yo‘l-transport infratuzilmasi) hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlashga hamda budjet xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish.
6. Litsenziyalash, sertifikatlashtirish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va ruxsat berish tartib-taomillari orqali davlat funksiyalarining lozim darajada bajarilishi ustidan davlat nazorati mexanizmlarini joriy etgan holda ularning ayrimlarini xususiy sektorga o‘tkazish. Ayni vaqtda davlat nazoratining ortiqcha ma’muriy choralarini (litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari), shu jumladan, ularni muqobil tartibga solish turlariga (javobgarlikni majburiy sug‘urtalash, muvofiqlikni deklaratsiyalash va boshqalar) almashtirish orqali qisqartirish.
1. Respublika davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish. Davlat boshqaruvining turli darajadagi o‘zaro funksiya va vakolatlarini, xususan, umumdavlat miqyosidagi strategik masalalarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida qoldirish, shuningdek, ular tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan vakolatlardan lozim darajada foydalanayotganligi ustidan nazorat qilishni aniq chegaralash.
2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini, shu jumladan, mahalliy budjetga soliq ajratmalarini ko‘paytirish hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlarining soliq solish bazasini kengaytirishdan manfaatdorligini kuchaytirish orqali kengaytirish.
3. Hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organining rahbari sifatidagi maqomini unda ijro etuvchi hokimiyat rahbari maqomini saqlagan va xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyatini tuzgan holda qayta ko‘rib chiqish orqali mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilining amaliy ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash.
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ayniqsa, xalq deputatlari Kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha roli va mas’uliyatini oshirish.
5. Tegishli vakolatlarni hokimga bosqichma-bosqich o‘tkazish orqali hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish.
6. Kelgusida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va hokimlar faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga qaratilgan hokimlarni saylash tartibini joriy etish.
7. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini va faoliyat samaradorligini oshirish.
1. Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish.
2. Davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish.
3. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish sohasini, shu jumladan, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda unga investitsiyalarni keng jalb qilish, ularni yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish.
4. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali mexanizmlarini, shu jumladan, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari va texnoparklarni tashkil etish orqali yaratish.
5. Tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llashni rivojlantirish, suvni tozalash hamda chuchuklashtirishning zamonaviy shakllarini kengaytirish, undan oqilona foydalanish orqali keng joriy etish.
1. Davlat xizmatchilarining professional korpusini yaratish maqsadida davlat xizmatini tashkil etish, shu jumladan, huquqiy maqomi, davlat xizmatchilarining klassifikatsiyasi, xizmatga qabul qilishning shaffof mexanizmlari (tanlov asosida), kadrlar zaxirasini shakllantirish, xizmatni o‘tash, axloq normalariga rioya etilishini ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida yagona davlat kadrlar siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan organni tashkil etish.
3. Davlat boshqaruvi sohasida mutaxassislar tayyorlashning va davlat xizmatchilari malakasini oshirishning maxsus ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish, shaxsiy yutuq, bilim va kasb mahorati asosida ularning faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy uslublarini joriy etish.
4. Davlat xizmatining jozibadorligini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelish xavfi va mansab suiiste’molchiligini kamaytirish imkonini beradigan davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minotining zamonaviy tizimini yaratish.
5. Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, jamiyat va biznes bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ortiqcha ma’muriy sarf-xarajatlarga barham berish.
6. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va uslublarini joriy etish.
7. Ish vaqti va moddiy-ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish.
1. Kutilayotgan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga qodir bo‘lgan, innovatsion rivojlanishning umumjahon tendensiyalariga javob beradigan davlat boshqaruvi tizimini yaratish, shu jumladan, quyidagilar orqali:
ortiqcha va o‘ziga xos bo‘lmagan vazifa, funksiya va vakolatlarni bartaraf etish, takrorlash va parallelizmni tugatish hisobiga davlat boshqaruvi tizimini optimallashtirish hamda nomarkazlashtirish;
davlat boshqaruvini byurokratiyadan xoli qilish va uning sarf-xarajatlarini pasaytirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish tizimining faoliyat samaradorligini va shaffofligini oshirish;
strategik rejalashtirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar tizimini joriy etish;
iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish hamda boshqaruvning sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va aholining ishchanlik faolligini oshirishga qaratilgan bozor mexanizmlarini kengaytirish;
jamoatchilik va parlament nazoratining, eng avvalo, korrupsiya ko‘rinishlarining oldini olishga qaratilgan samarali shakllarini joriy etish.
2. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning farovonligini va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidan qanoatlanish darajasini yanada oshirish, shu jumladan, quyidagilar orqali:
davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarini aniq tartibga solishga qaratilgan ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibini takomillashtirishni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kollegial eshitish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi ma’muriy adliya tizimini rivojlantirish;
“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini oshirish;
jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash.
Ma’muriy islohotlarni samarali amalga oshirishning pirovard natijasida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya hayotga to‘liq tatbiq etilishi lozim. | 84 | 36,225 |
Qonunchilik | Maхsus rejim: sun’iy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirish qanday qoʻllab-quvvatlanadi | Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Sun’iy intellekt teхnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun maхsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (29.11.2021 yildagi 717-son VMQ).
Hujjat Prezidentning "Sun’iy intellekt teхnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maхsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 26 avgustdagi PQ-5234-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Ma’lumot uchun! Tajriba-innovatsion tadqiqotlar doirasida Sun’iy intellekt teхnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maхsus rejim joriy qilingan. Maхsus rejim deganda sun’iy intellekt teхnologiyalariga asoslangan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va хizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat yurituvchi yuridik shaхslar hamda ilmiy tashkilotlar uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoit yaratish, dasturiy mahsulotlarni tajribadan oʻtkazish va amaliyotga joriy qilish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratishga qaratilgan maхsus huquqiy rejim tushuniladi.
Maхsus rejim Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parkining (keyingi oʻrinlarda - IT-park) alohida boʻgʻini boʻlib, uning ishtirokchilari IT-park rezidentlari hisoblanadi va ular oʻz faoliyatini eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiradi.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maхsus rejimning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda - ishchi organ) hisoblanadi.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari ishchi organ rahbari, IT-park direksiyasi direktori esa ishchi organ rahbarining oʻrinbosari hisoblanadi.
Ishchi organ:
Talabgorlar maхsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyхatdan oʻtish uchun ishchi organ tomonidan tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha barcha zarur ma’lumotlarni ilova qilgan holda, IT-parkning maхsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.
Talabgorning arizasini qabul qilish va ishtirokchilarni roʻyхatga olish mazkur tasdiqlangan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Quyidagilar boshqalar qatorida, talabgorlarni maхsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyхatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Maхsus rejim ishtirokchilariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 91 | 2,449 |
Qonunchilik | Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadb | O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar. viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ommaviy sport tadbirlari — 100 va undan ko‘p kishilarning ishtirokida sport musobaqalarini, o‘quv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha boshqa tadbirlar (xalq sayillari, festivallar, milliy namoyishlar va o‘yinlar, ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazmali chiqishlar)ni o‘tkazish maqsadida sport inshootlarida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari;
sport jamoalari — ommaviy sport tadbirlarida qatnashayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, tibbiyot mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan iborat ommaviy sport tadbirlariga tayyorlanish va ularda O‘zbekiston Respublikasining hududida qatnashish maqsadida tashkil etiladigan jamoalar;
ommaviy sport tadbiri tashkilotchilari — o‘z tashabbusi bilan sport tadbiri o‘tkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda o‘tkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlashni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs(lar);
ommaviy sport tadbiri ishtirokchilari — ommaviy sport tadbirlari tashkilotchilari, sport jamoalari, sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek tomoshabinlar;
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga qo‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega bo‘lgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot.
2. Ommaviy sport tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (bundan buyon matnda tegishli vazirliklar deb yuritiladi) va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish talablariga muvofiq tegishli ruxsatnoma olinganidan so‘ng boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
3. Ommaviy sport tadbirlari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
4. Ommaviy sport tadbirlari jarayonlari videotasvirga tushirilishi lozim.
5. Ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translatsiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Ommaviy sport tadbirida ishtirok etuvchi sport jamoalari hakamlar hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda sport jamoasi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan talabnoma;
o‘quvchining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
sug‘urta polisi (ishtirokchining xohishiga ko‘ra).
7. Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichlarida avvalgi bosqichlarda ishtirok etgan sport jamoalarining tarkibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichiga yo‘llanma olgan sport jamoasidagi o‘quvchi sog‘lig‘i sababli keyingi bosqichlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega emasligi to‘g‘risidagi tibbiyot muassasasining xulosasi hakamlar hay’atiga taqdim etilgan hollar bundan mustasno.
8. Ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etuvchi sport jamoalari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga, musobaqa o‘tkazilayotgan vaqtda jamoat tartibi va intizomiga amal qilishlari lozim.
9. Ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun tegishli vazirliklar hamda ularning hududiy bo‘linmalari o‘z buyruqlari bilan tashkiliy qo‘mitalar, hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalarini tashkil etadi.
10. Tashkiliy qo‘mitalar:
ommaviy sport tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda yagona uslubiy yondashuvni ta’minlaydi;
hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalari tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
sport jamoalarining ommaviy sport tadbirlariga kelishi bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translatsiya qilinishi yuzasidan ishlarni tashkillashtiradi.
11. Ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish uchun tegishli vazirliklar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan sport federatsiyalari bilan kelishilgan holda hakamlar hay’atlari tarkibi tasdiqlanadi.
12. Hakamlar hay’atlari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan g‘oliblarni aniqlaydi va ommaviy sport tadbirlari yakunlarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
13. Musobaqa natijalaridan norozi bo‘lgan sport jamoalari musobaqa natijalari e’lon qilingandan keyin 2 kun davomida tegishli vazirliklar hamda ularning hududiy bo‘linmalari buyruqlari bilan tashkil etiladigan apellatsiya komissiyasiga yozma murojaat etish huquqiga ega.
14. Apellatsiya komissiyasi hakamlar hay’atlari tarkibida bo‘lmagan kamida uchta mutaxassisdan iborat tarkibda tuziladi.
Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda sport jamoalari ishtirok etish huquqiga ega.
Apellatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. Bunda apellatsiya komissiyasi tomonidan sportchining musobaqadagi natijalari hakamlar hay’ati tomonidan to‘g‘ri qo‘yilganligiga baho beriladi va uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Qaror 24 soat ichida sport jamoasiga yetkazilishi lozim.
15. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqich (ta’lim muassasasi bosqichi) — umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi;
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda (shahar) joylashgan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
uchinchi bosqich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
to‘rtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
16. Akademik litsey, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqich (akademik litsey va professional ta’lim muassasasi bosqichi) — akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi;
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda joylashgan barcha akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
uchinchi bosqich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
to‘rtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi.
17. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey yoki professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan barcha o‘quvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
18. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey yoki professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘zi tahsil olayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey yoki professional ta’lim muassasasining jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga murojaat qiladi.
19. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey yoki professional ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ommaviy sport tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan o‘quvchilardan sport jamoalarini shakllantiradi.
20. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey yoki professional ta’lim muassasalarida birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sport jamoalari keyingi bosqichga yo‘llanma olishadi.
21. Ommaviy sport tadbirlarining g‘oliblarini aniqlash va musobaqalarini yakunlash shartlari har bir ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazirliklar tomonidan tasdiqlangan musobaqa nizomida belgilanadi.
Musobaqa nizomi sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
22. Ommaviy sport tadbirlarining g‘oliblari tadbir tashkilotchilari tomonidan birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplom, medal va kuboklar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishlari mumkin.
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
24. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan. | 250 | 10,148 |
Qonunchilik | Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida | Yer uchastkalari va mol-mulkni soliqqa tortishni yanada takomillashtirish, ularni baholash va hisobini yuritishda zamonaviy usullarni joriy qilish, yer va suv resurslari, yer qa’ridan qazib olinadigan foydali qazilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligini yanada oshirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda yer solig‘i stavkalarini belgilaydi;
tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan, Toshkent shahri bo‘yicha esa Soliq kodeksida belgilangan yer solig‘i stavkalariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi beriladi.
2. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlashda yer solig‘i stavkalarini respublikaning hududlari kesimida nazarda tutsin. Bunda, 2021-yilda soliq yukining keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar belgilansin:
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2020-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim;
2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i summasi 2020-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.
3. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2021-yilda resurs soliqlari va mol-mulk soliqlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari ma’qullansin:
dehqon xo‘jaliklari va meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalariga yer solig‘ini hisoblashda yer solig‘i stavkasini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun o‘rnatilganidek belgilagan holda, joylashgan joy va yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekin turlari koeffitsiyentlari hamda qishloq xo‘jaligi ekinzorlari normativ qiymatidan kelib chiqib hisoblash tartibini joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarga soliq solish tartibini birxillashtirish;
barcha turdagi chiqindilarni saqlash va ularni utilizatsiya qilish uchun ajratilgan yer uchastkalarini yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i uchun soliq solish obyektidan chiqarish;
tegishli suvni hisoblash hisoblagichlari mavjud bo‘lganda, ishlab chiqarish jarayonida agregatlarni (turbinalarni) sovutish uchun suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliqqa tortish bazasini tabiiy suv obyektlaridan olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib tashlangan suv hajmi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib hisoblash;
kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 2020-yil darajasida saqlab qolish, qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish va baliqlarni ko‘paytirish (yetishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi qismida esa, shu jumladan dehqon xo‘jaliklariga 1 kub metr uchun 40 so‘m miqdorida yagona soliq stavkasini belgilash;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda turli maqsadlarda foydalaniladigan suv resurslari hajmining hisobini alohida-alohida yuritish tartibini kiritish;
yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan soliq organlariga foydali qazilmalar zaxirasi harakati to‘g‘risidagi hisobotni yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha yillik soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron ko‘rinishda taqdim etish tartibini belgilash.
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (B.F. Islamov) Moliya vazirligiga respublika hududida foydali qazilmalarni qazib olish uchun beriladigan litsenziyalar monitoringi asosida ular bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini belgilashga doir takliflarni kiritib borsin.
4. Davlat soliq qo‘mitasiga foydali qazilmalarni haqiqiy qazib olishga nisbatan qo‘llaniladigan va foydali qazilmalarni me’yordan ortiq yo‘qotish to‘g‘risidagi geologik-marksheyderlik ma’lumotlarining haqqoniyligini nazorat qilish uchun zarur uskunalarni xarid qilgan holda viloyatlar soliq boshqarmalarining shtat birliklari doirasida 3 shtat birligigacha marksheydyerlarni jalb qilish huquqi berilsin.
Davlat soliq organlariga vakolatli organ va sudlarga yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan soliq qonunchiligi muntazam ravishda buzilgan va (yoki) foydali qazilmalar zaxirasi harakati to‘g‘risidagi hisobot taqdim etilmagan taqdirda litsenziyani chaqirib olish yoki to‘xtatib turish masalasi bo‘yicha tashabbus bilan chiqish vakolati berilsin.
5. 2021-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridan tashqari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Xavfsiz daryo” DUKga daryo o‘zanlarini tozalash natijasida olingan qum-shag‘al materiallarining har bir kub metri uchun to‘lov miqdori shartnoma tuzilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizidan 0,1 foiziga tushirilsin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor idoralar bilan birgalikda noruda foydali qazilmalari konlarini o‘zlashtirish va ularning samarali qazib olinishini ta’minlash maqsadida noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini qayta ko‘rib chiqsin.
6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-iyuliga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda o‘rmon xo‘jaliklari, baliq ovlash xo‘jaliklari, ovchilik xo‘jaliklari, shuningdek, istirohat bog‘larini soliqqa tortish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining mol-mulk va yer soliqlarini ko‘chmas mulk (bino, inshoot va yer uchastkalari) obyektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida hisoblash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, ko‘chmas mulk obyektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tizimi ikki bosqichda joriy etiladi:
birinchi bosqichda (2021 — 2023-yillar) — ko‘chmas mulk bo‘lgan turar-joy fondi obyektlari (kvartira, yakka tartibdagi uy-joylar, dala-hovli), shuningdek, ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan;
ikkinchi bosqichda (2022 — 2024-yillar) — yashash uchun mo‘ljallanmagan alohida ko‘chmas mulk obyektlari, shuningdek, ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan.
8. Vazirlar Mahkamasi (J.A. Qo‘chqorov), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev), zarurat tug‘ilganda xorijiy ekspertlarning xizmatiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan haq to‘lagan holda ularni jalb qilish orqali quyidagilarni ta’minlasin:
a) ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan imtiyozli kreditlar jalb qilinishini;
b) 2021-yil 1-aprelga qadar xalqaro moliya institutlari ekspertlari bilan birgalikda ko‘chmas mulk obyektlariga soliq solishni yanada takomillashtirish bo‘yicha yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini o‘rniga ko‘chmas mulk solig‘ini kiritishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
v) ko‘chmas mulk obyektining (bino, inshoot va yer uchastkalari) yuridik yoki jismoniy shaxs egaligida bo‘lishi emas, balki ularning kadastr qiymatidan va obyektning foydalanish maqsadidan kelib chiqqan holda soliq solish tartibi birxillashtirilishi va yer solig‘i bo‘yicha advalor stavka kiritilishini;
g) belgilangan tartibda quyidagi loyihalar kiritilishini:
2021-yil 1-avgustga qadar — kadastr qiymatini maksimal darajada bozor bahosiga yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratgan holda, turar joy fondi ko‘chmas mulki obyektlaring kadastr qiymatini aniqlash tartibini takomillashtirish hamda yakka tartibdagi uy-joy qurish va uy-joyga xizmat ko‘rsatish obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalarining kadastr (bozor) qiymatini aniqlash tartibini kiritish bo‘yicha hukumat qarori;
2021-yil 1-noyabrga qadar — yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari va ushbu obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalarining bozor bahosiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan kadastr qiymatini aniqlash mexanizmini kiritish to‘g‘risida hukumat qarori;
2021-yil 1-dekabrga qadar — foydalanishga ruxsat etilgan yer uchastkalari turlari klassifikatorlari va ularga bo‘lgan huquqlarni tugatish uchun asoslarni nazarda tutuvchi Yer kodeksining yangi tahriri;
d) 2021-2022-yillarda respublikaning quyidagi “tajriba-sinov” hududlarida yer uchastkalaridan foydalanilishiga va kapital qurilish obyektlarining belgilangan maqsadiga qarab ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymatiga asoslangan kadastr qiymatini aniqlash bo‘yicha eksperiment o‘tkazilishini:
turar va noturar (tijoriy) joylarga mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari — Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani;
sanoat obyektlari — Navoiy viloyati Navoiy shahri;
rekreatsion zonalar va alohida qo‘riqlanadigan hududlar obyektlari — Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan obyektlar — Buxoro viloyati Romitan tumani.
Moliya vazirligi 2021 — 2024-yillar davomida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklarni baholashni o‘tkazish uchun Davlat soliq qo‘mitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra Davlat budjetidan mablag‘ ajratib borsin.
9. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (X.S. To‘raxo‘jayev) 2022-yil 1-yanvarga qadar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini ularning bozor bahosiga asoslangan holda aniqlash, har bir egalik qiluvchiga (foydalanuvchiga) tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratish uchun axborot tizimini takomillashtirish, ko‘chmas mulk obyektlarini ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda sifatli baholashdan o‘tkazish metodikasini ishlab chiqsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-avgustdagi “Baliqchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4816-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshidagi “suv resurslaridan” so‘zlaridan oldin “2020-yilda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
11. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 75 | 11,253 |
Qonunchilik | Avtomobilda хalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibi | Ular Transport vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasining qarorida keltirilgan (roʻyхat raqami 3194, 8.11.2019 yil).
Hujjat Prezidentning 6.03.2019 yildagi «Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4230-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 15.03.2018 yildagi «Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni хalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 202-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilindi.
Hujjatda avtomobilda хalqaro yuk tashishni belgilash mezonlari sifatida ikki tomonlama (1-jadvalga qarang), tranzit (2-jadvalga qarang) yoki uchinchi davlat hududidan (yoхud hududiga) tashishlar (3-jadvalga qarang) qayd etilgan.
1-jadval.
1
Oʻzbekiston hududiga хorijiy davlat hududidan хorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish
Yukni joʻnatuvchi davlat (yukхat boʻyicha)
Aynan bir davlat
Yukхat rasmiylashtirilgan davlat
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat
Xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyхatdan oʻtgan davlat
Avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat
Oʻzbekiston
2
Oʻzbekiston hududidan хorijiy davlat hududiga хorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish
Yukni joʻnatuvchi davlat (yukхat boʻyicha)
Oʻzbekiston
Yukхat rasmiylashtirilgan davlat
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat
Avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat
Aynan bir davlat
Xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyхatdan oʻtgan davlat
3
Oʻzbekiston hududiga хorijiy davlat hududidan milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish
Yukni joʻnatuvchi davlat (yukхat boʻyicha)
Xorijiy davlat
Yukхat rasmiylashtirilgan davlat
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat
Avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat
Oʻzbekiston
4
Oʻzbekiston hududidan хorijiy davlat hududiga milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish
Yukni joʻnatuvchi davlat (yukхat boʻyicha)
Oʻzbekiston
Yukхat rasmiylashtirilgan davlat
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat
Avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat
Xorijiy davlat
2-jadval.
1
Bir хorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston hududi orqali boshqa хorijiy davlat hududiga хorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida tranzit tarzda yuk tashish
Yukni joʻnatuvchi davlat (yukхat boʻyicha)
Xorijiy davlat
Yukхat rasmiylashtirilgan davlat
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat
Yukni qabul qilib oluvchi davlat
Avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat
2
Bir хorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston hududi orqali boshqa хorijiy davlat hududiga milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida tranzit tarzda yuk tashish
Yukni joʻnatuvchi davlat (yukхat boʻyicha)
Xorijiy davlat
Yukхat rasmiylashtirilgan davlat
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat
Yukni qabul qilib oluvchi davlat
Avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat
3-jadval.
1
Bir хorijiy davlatning yuk tashuvchisi tomonidan Oʻzbekiston hududiga boshqa хorijiy davlat hududidan yuk tashish
Yukni joʻnatuvchi davlat (yukхat boʻyicha)
Xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyхatdan oʻtgan davlat hisoblanmaydi
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat
Avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat
Oʻzbekiston
2
Bir хorijiy davlatning yuk tashuvchisi tomonidan Oʻzbekiston hududidan boshqa хorijiy davlat hududiga yuk tashish
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat (yukхat boʻyicha)
Oʻzbekiston
Xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyхatdan oʻtgan davlat
Avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat hisoblanmaydi
Ma’lumot uchun:
Avtomobilda хalqaro yuk tashish turini belgilash DBQ va Transport vazirligining mas’ul хodimlari tomonidan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni хalqaro tashishga ruхsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi. Yuk tashish turi Oʻzbekiston ruхsatnomasida koʻrsatiladi va undan foydalanish shartlariga ta’siri boʻladi.
Avtomobil haydovchisi tomonidan Oʻzbekiston ruхsatnomasi, yukхati va boshqa hujjatlar yuqorida aytib oʻtilgan idoralarning mas’ul хodimlariga amalga oshirilayotgan хalqaro yuk tashishning turini belgilash uchun taqdim etiladi.
Ularda qayd etilgan ma’lumotlar mas’ul хodimlar tomonidan (zarurat boʻlganda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanilgan holda) oʻrganilib, mazkur mezonlarga asosan avtomobilda хalqaro yuk tashishning turi belgilanadi. Shu vaqtning oʻzida hujjatlarga bu haqda belgi qoʻyiladi. Soʻngra haydovchiga hujjatlar qaytarib beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev. | 69 | 4,729 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-831-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari Sh. Polvanov, D. Ismailov va M. Valiyev tomonidan 2021-yil 5-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-831-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 160 | 482 |
Qonunchilik | KORXONALAR BANKROTLIGI VA SANATSIYASI MASALALARI BO‘YIChA HUKUMAT KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDA | Iqtisodiy nochor korxonalar bankrotligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi bilan qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiyalash masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi birlashtirilib, korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha yagona Hukumat komissiyasi tuzilsin.
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Hukumat komissiyasining raisi (R. S. Azimov) bir hafta muddatda korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 29-sentabrdagi PF-2720-son Farmoniga 3 va 4-ilovalar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-oktabrdagi F-776-son Farmoyishi. | 89 | 1,375 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovga “Tibbiyot sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish, uning rivojlanishiga ko‘maklashish hamda sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovga “Tibbiyot sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish, uning rivojlanishiga ko‘maklashish hamda sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 249 | 1,007 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-661-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-661-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 173 | 643 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Rashid Joldasbayevich Matkurbanov (6-Chimboy saylov okrugi) deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining a’zosi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 149 | 415 |
Qonunchilik | Ipak va jun ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar ajratiladi | Prezident tomonidan 8 iyul kuni «Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Hujjatga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar:
Prezidentning 9.02.2021 yildagi PQ-4984-son qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan qorakoʻlchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 200 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Mazkur mablagʻlarning 50 mlrd soʻm qismi I bosqich sifatida jun yoʻnalishidagi mayda shoхli mollarni yetishtirishga iхtisoslashtirilgan tumanlardagi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan loyihalarni amalga oshirish uchun kredit ajratishga yoʻnaltiriladi. II bosqichda – 2022 yil 1 aprelga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 50 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlar I bosqich mablagʻlarining ishlatilishi natijalariga koʻra tijorat banklari orqali kredit ajratishga yoʻnaltiriladi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Shuningdek 2021-2025 yillarda:
Quyidagilar qoʻshimcha vazifalar yuklangan holda qayta nomlandi:
Qoʻmitaning doimiy egaligidagi yaylovlar hududida jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan dorivor oʻsimliklarni, shu jumladan, kavrak oʻsimligini yigʻish, ekish va yetishtirish Qoʻmita bilan tuzilgan ijara shartnomalari asosida va unda belgilangan hududlarda amalga oshiriladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar uchun Davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya Qoʻmita tomonidan beriladi:
2022 yilda yetishtiriladigan pilla (tirik pilla) хarid narхi 10%ga oshiriladi.
Hujjat 9.07.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.
Elmira Siraziyeva. | 59 | 1,653 |
Qonunchilik | Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi | 25.08.2021 yildagi OʻRQ-711-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Birinchidan, JKga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish toʻgʻrisidagi modda (2021) kiritildi. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, ya’ni ularni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish ularning oʻlimiga yoхud mayib boʻlishiga olib kelsa, хuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa:
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish toʻgʻrisidagi modda Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ikkinchidan, 2511-modda (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga хilof ravishda muomalaga kiritish) dispozitsiyasi va sanksiyalari qayta koʻrib chiqildi. Xususan:
Boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritilgan.
Hujjat 26.08.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.
Nargiza Vohidova. | 93 | 967 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QURILADIGAN YoDGORLIKLARVA HAYKALLARNING LOYIHALARINI TUZISh VA ULARNI QURISh TARTIBINI BELGILASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi hududida quriladigan yodgorliklar va haykallarning badiiy-estetik jihatdan mukammal bo‘lishini ta’minlash, ijodiy kuchlar imkoniyatidan to‘la foydalanish va yodgorliklar o‘rnatish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida yodgorliklar va haykallar o‘rnatish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida quriladigan yodgorliklar va haykallarning loyihalarini oldindan ko‘rib chiqish, ularni o‘tkazilgan tanlovlar asosida saralab olish vakolatlari berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasida quriladigan yodgorliklar va haykallarning loyihalarini tuzish va ularni qurish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 30-avgustdagi 415-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSRda quriladigan yodgorliklar va monumentlar loyihalarini tuzish va ularni qurish tartibi to‘g‘risidagi Nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat hamda kapital qurilish, transport va aloqa bo‘limlariga yuklatilsin.
1. Barcha xildagi aholi punktlari qurilishida mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan, muhim tarixiy va ijtimoiy voqealarga bag‘ishlangan, atoqli davlat, siyosiy va jamoat arboblari, milliy qahramonlar, mashhur fan, madaniyat va san’at arboblari xotiralarini abadiylashtirishga, adabiy-folklor asarlari qahramonlariga bag‘ishlangan monumental san’at asarlari (haykallar, zafar toqlari, memorial va ziyorat inshootlari, obelisklar, byustlar va shu kabilar) yodgorliklar hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida alohida muhim mavzuga bag‘ishlangan va ko‘p mablag‘ sarflashni talab qiladigan yodgorliklar va haykallar, mashhur kishilar va voqealarga bag‘ishlangan boshqa yodgorliklar (haykal, byust, obelisk, qabr toshlari va hokazolar), O‘zbekiston Respublikasida davlat ahamiyatiga molik yodgorliklar va haykallar o‘rnatish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) oldindan ko‘rib chiqqandan keyin va uning xulosalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan quriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxslarning hayot chog‘ida xotirasini abadiylashtirishga va ular sharafiga yodgorliklar va haykallar o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlarining davlat ahamiyatiga molik yodgorliklar qurish to‘g‘risidagi iltimoslarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar ko‘rib chiqadilar hamda yodgorlik yoki haykal qurish zarurligi to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etadilar.
5. Hukumat komissiyasining topshirig‘iga ko‘ra yodgorliklarning loyihalarini tuzish ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi mazkur yodgorliklarni loyihalashning (ochiq tanlovlar, yopiq tanlovlar e’lon qilish, yakka buyurtma tartibida bajarish va hokazo) shakllarini belgilaydi, yodgorlik yechimining asosiy prinsiplarini ifodalab beruvchi g‘oyaviy-badiiy vazifalarni o‘z ichiga olgan loyihalash dasturini tuzadi va uni ko‘rib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga topshiradi.
6. Yodgorliklar va byustlarning loyihalarini tuzish va ularni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Rassomlar uyushmasining ixtisoslashtirilgan korxonalari tomonidan bajariladi.
7. Respublika hududida quriladigan yodgorliklar va haykallarning loyihalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzurida Monumental san’at bo‘yicha badiiy kengash tuziladi. Badiiy kengash haqidagi Nizom Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
8. Qurilgan yodgorliklar va haykallar Hukumat komissiyasi ularni qabul qilgandan keyin ochiladi.
9. Bog‘ ansambllari, ko‘chalar, maydonlar, melioratsiya tarmoqlari va tosh yo‘llarni, shuningdek, ayrim binolarni, inshootlarni bezatish maqsadida bajarilgan haykaltaroshlik asarlari yodgorliklar qatoriga kirmaydi. Mazkur ishlar, bezatish uchun ishlangan manzarali haykaltaroshlik asarlari hisoblanadi.
10. Bezatish uchun ishlangan manzarali haykaltaroshlik asarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasdiqlagan loyihalar bo‘yicha quriladi.
Bunda bezatish uchun ishlangan manzarali haykaltaroshlik asarlarini o‘rnatish va ularni moliyaviy ta’minlash ishlari va boshqa ishlar shunday qaror qabul qilgan hokimiyat organlari tomonidan tashkil etiladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Rassomlar uyushmasining ixtisoslashtirilgan badiiy-ishlab chiqarish korxonalari davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlaridan, korxona va muassasalardan quyidagilarning loyihalarini tuzish, ularni bajarish va o‘rnatish uchun buyurtmalar qabul qilishlari mumkin:
a) yodgorliklarga taalluqli bo‘lmagan manzarali haykaltaroshlik asarlari;
b) jamoat binolarining interyerlari (ichi) uchun haykaltaroshlik asarlari (shu jumladan, portret va kompozitsion haykallar);
v) urush harakatlariga oid dafn joylari va mozorlarni obodonlashtirish uchun haykaltaroshlik asarlari;
g) xotira taxtalari, qabrtoshlari.
12. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Monumental san’at bo‘yicha badiiy kengash tomonidan ma’qullangan yodgorliklarning loyihalari buyurtmachi tashkilotlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) bilan kelishib olinadi va ular tomonidan tasdiqlanadi.
13. Tegishli mahalliy hokimiyat organlari qaroriga binoan qurilgan bezatish uchun ishlangan manzarali haykaltaroshlik asarlari, ularni Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi va Me’morlar uyushmasi, shuningdek, buyurtmachilarning, jamoat tashkilotlarining vakillaridan va loyiha mualliflaridan iborat tarkibdagi komissiya qabul qilib olgandan keyin ochiladi. | 136 | 6,224 |
Qonunchilik | “Respublikada karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013-yil 18-dekabrdagi 9/7, 29-son “Respublikada karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2544, 2013-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 707-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Qarorda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”;
b) muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 188-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 373-modda)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuniga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 168 | 1,765 |
Qonunchilik | “TURON-TEKSTIL” O‘ZBEKISTON-TURKIYA QO‘ShMA KORXONASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | To‘qimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirish, mahalliy xomashyo bazasini chuqur qayta ishlash asosida yangi ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishlarni barpo etish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Urganchpaxtatozalash” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan Turkiyaning “MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” va “MEM TEXTILE San. VE DIS TICARET A.S.” kompaniyalari tomonidan kard va taroqlangan paxta kalavasi ishlab chiqarish bo‘yicha “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasi tashkil etilganligi;
“Turon-tekstil” qo‘shma korxonasining ustav fondi 5794,1 ming AQSh dollarini, shu jumladan O‘zbekiston tomonining ulushi keyinchalik ustav fondiga qo‘shimcha ulush qo‘shish hisobiga 40 foizgacha ko‘paytirilgan holda 613,3 ming AQSh dollarini (10,6%), xorijiy investorlarning ulushi esa: “MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasining ulushi 3743,1 ming AQSh dollarini (64,6%) va “MEM TEXTILE San. VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasining ulushi 1437,7 ming AQSh dollarini (24,8%) tashkil etishi;
umumiy qiymati 17151,7 ming AQSh dollarini tashkil etgan “Turan-tekstil” qo‘shma korxonasi loyihasini mablag‘ bilan ta’minlash qo‘shma korxonaning o‘z mablag‘lari, Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki (JBIC) krediti va “MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasining krediti hisobiga 1-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshirilishi;
“Marubeni Tekmateks” korporatsiyasi (Yaponiya)ning texnologiya asbob-uskunalarini yetkazib berishga 1437,7 ming AQSh dollari miqdoridagi kontrakt qiymatining 15 foizi xorijiy muassislarning qo‘shma korxona ustav fondiga qo‘yilgan valyuta mablag‘lari hisobiga “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga to‘lanishi;
texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berishga 8146,7 ming AQSh dollari miqdoridagi kontrakt qiymatining 85 foizi Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki (JBIC) krediti hisobiga to‘lanishi,
“MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasi yigiruv fabrikasi qurilishini tugallash bo‘yicha xarajatlarni qoplashi, shuningdek “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasi bilan shartnoma tuzish shartlarida ishlab chiqariladigan mahsulotni kreditga xizmat ko‘rsatishning butun muddati mobaynida tegishli davrda shakllangan jahon narxlari bo‘yicha 100 foiz eksportga sotishni ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga olishi;
“Turon-tekstil” qo‘shma korxonasi "O‘zbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga uyushgan a’zo huquqi bilan kirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasida 2-ilovaga* muvofiq asosiy parametrlarga ega bo‘lgan paxta kalavasi ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaning aniqlashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
loyihani amalga oshirish uchun beriladigan asosiy qarzni qaytarish, JBIC krediti bo‘yicha foizlar va vositachilik haqini to‘lash tuzilgan kredit bitimi shartlarida 3-ilovaga* muvofiq “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
JBIC kreditini qaytarish Turon-tekstil” qo‘shma korxonasi va “Xorazmpaxtasanoat” davlat-aksiyadorlik birlashmasining butun mol-mulki, shuningdek ikki yillik davr mobaynida ishlab chiqariladigan mahsulotning butun hajmi eksport qilinishini tasdiqlaydigan birinchi darajali xorijiy bankning bank kafolatlari bilan ta’minlanadi;
xorijiy sherik — “MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasi kreditini qaytarish JBIC krediti bo‘yicha asosiy qarz qaytarilgandan keyin “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda JBIC bilan kredit bitimi tuzsin va kredit mablag‘larini “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasiga qayta moliyalashtirsin.
5. Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining JBIC oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining JBICga kafolati yuzasidan, tuzilgan kredit bitimiga muvofiq shakl bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
har yili paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqishda, obyekt Davlat qabul komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilib olingandan keyin, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi erkin almashtiriladigan valyutaga sotib olinadigan paxta tolasi uchun tasdiqlagan narxlar preyskurantiga muvofiq “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasiga 3411 tonna paxta kalavasi ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan miqdordagi paxta tolasi ajratishni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
3411 tonna paxta kalavasi ishlab chiqarish uchun “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasi quvvatlarini barpo etish loyihasini O‘zbekiston Respublikasining 2003-yilgi Investitsiya dasturining aniq qismiga kiritsin.
8. JBIC to‘lov manbaida daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalariga binoan, “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasida loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kelish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalariga binoan, “Turon-tekstil” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelishadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kelish vizalari berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 1-noyabrdagi 512-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov va N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin. | 91 | 6,041 |
Qonunchilik | DSQ raisiga savol bering | «Xalq soʻzi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev bilan intervyu tayyorlamoqda. Bu jarayonda oʻz savollarini tahririyat manziliga yuborgan holda barcha istak bildirganlar ishtirok etishlari mumkin.
2019 yil 1 yanvardan boshlab yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtkazildi. Yillik aylanmasi 3 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar QQSni soddalashtirilgan sхema boʻyicha toʻlash imkoniyatiga ega boʻldilar (batafsil qarang). Soliqlar va majburiy toʻlovlarning yangi stavkalari amal qilishni boshladi. Shu munosabat bilan soliq toʻlovchilarda talay savollar yuzaga kelmoqda.
Soliq solishga oid ushbu va boshqa savollarga DSQ raisi Behzod Musayevdan javob olish mumkin. Buning uchun savolingizni «Xalq soʻzi» gazetasi tahririyatiga havola boʻyicha sharh koʻrinishida yoki telegram-bot orqali yuborishingiz mumkin. Javoblarni 8 yanvar kuni «Xalq soʻzi» va «Narodnoye slovo» gazetalari sahifalarida hamda http://xs.uz/ saytida e’lon qilish rejalashtirilayotir. | 24 | 1,086 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QO‘MITASINI MAQROIQTISODIYOT VA STATISTIKA VAZIRLIGIGA O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA | Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarishning bozor uslublarini joriy etish, respublikani rivojlantirishning maqbul makroiqtisodiy proporsiyalarini va barqaror sur’atlarini ta’minlash, statistikaning xalqaro normalar va andozalarga muvofiq samarali ishlashini tashkil qilish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga o‘zgartirilsin.
2. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning aniq yo‘nalishlarini, yo‘llari va uslublarini belgilash, respublika iqtisodiyotini boshqarishning bozor mexanizmlarini ta’minlash;
makroiqtisodiy va moddiy balanslarni, milliy hisoblar tizimidan foydalangan holda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish taxminlarini va taxminiy variant hisob-kitoblarini ishlab chiqish;
Moliya vazirligi bilan birga to‘lov, moliya va tashqi savdo balanslarini shakllantirish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
iqtisodiyotning real sohasida eng maqbul sur’atlar va proporsiyalarni ta’minlovchi investitsiya dasturlarini tayyorlash hamda ularni amalga oshirishni muvofiqlashtirish, mineral va xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyalash;
hisobga olishning zamonaviy indikativ, tahliliy va statistika usullari hamda vositalarini rivojlantirish va chuqurlashtirish hamda iqtisodiyot, madaniyatning rivojlanishini, xalq turmush darajasi va farovonligi yuksalishini nazorat qilish.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari istiqbolni belgilash va statistika bo‘yicha ishlab turgan bo‘linmalar negizida:
Mazkur organlar tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga qarashlidir.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalarining rahbarlari, shuningdek ularning tarkibiga kiruvchi statistika boshqarmalarining rahbarlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tayinlanadilar;
Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga ko‘ra, viloyatlar, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari hisoblanadi.
5. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki, tuman va shahar iqtisodiyot va statistika bo‘limlarining rahbarlari tegishli ravishda tuman va shahar hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari tomonidan tayinlanadilar.
6. Iqtisodiyot va statistika hududiy organlari zimmasiga:
mintaqalarda bozor islohotlarini chuqurlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
hududiy balanslarni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflarni tayyorlash;
aholining ish bilan bandligini ta’minlash, iste’mol bozorini tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirishning yo‘nalishlari va aniq yo‘llarini belgilash;
xalqaro normalar va andozalarga mos keladigan statistika axborotini yig‘ish va ishlov berish usullarini joriy etish, mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil etish to‘liq hamda tezkor bo‘lishini ta’minlash vazifasi yuklansin.
7. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 5-avgustdagi 449-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin. | 146 | 4,055 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining yangi to‘plamini nashrga tayyorlashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 15-martdagi 9-sonli qarori:
1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “bozor ma’muriyatining mansabdor shaxslariga” so‘zlari “bozorlar, savdo komplekslari ma’muriyatining xodimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirib, ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi ikkinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni qo‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi uchinchi qismi bilan ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. O‘sha harakatlar, juda ko‘p miqdorda sodir etilsa, Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi”;
4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati (mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish) natijasida olingan nazorat qilinmaydigan daromad aniqlashda, mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq chiqimlar chegirib tashlangan holda hisobga olingan tushum summasidan kelib chiqish lozim”;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tushuntirilsinki, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yo‘qligi, basharti aybdor muqaddam shunday harakatlar uchun bir yil mobaynida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165, 1763-moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 190-moddasi bo‘yicha javobgarlikni yuzaga keltiradi. Agar bunda aybdor tadbirkorlik faoliyatini faqat ruxsatnomasiz (litsenziya) amalga oshiribgina qolmay, balki davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda qo‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganligi aniqlansa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining 188 va 190-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”.
8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haq olish evaziga tovarlarni yoki mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorga erkin kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi, o‘ta yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turuvchi bozorlar, savdo komplekslari ma’muriyatining mansabdor shaxslari hamda o‘z faoliyatini savdo sohasida amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar tashkilotning ustav fondida davlat ulushi bor-yo‘qligidan kelib chiqqan holda Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha poraxo‘rlik yoki 1929-moddasi bo‘yicha tijoratda pora evaziga og‘dirib olish uchun javobgarlikka tortiladilar”;
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish tariqasida yoki Jinoyat kodeksining 206-moddasi bilan hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish” so‘zlari “Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoxud Jinoyat kodeksining 206-moddasi bilan hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish yoinki, tashkilotning ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan taqdirda, Jinoyat kodeksining 19211-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xo‘jalik yurituvchi subyektdan bir martalik yoki boshqa yig‘imlar uchun belgilangan miqdordan ortiq pul mablag‘lari olgan bozor, savdo komplekslari ma’muriyatining xizmatchilari qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy manfaatdor bo‘lganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 611-moddasi ikkinchi qismi yoki 1932-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi kerak. O‘sha harakatlar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, shaxs Jinoyat kodeksi 19210-moddasining ikkinchi qismi yoki 214-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim”;
13-bandning ikkinchi jumlasidagi “ularga tegishli mulkni qonunga xilof tarzda olib qo‘yilishi” so‘zlari “ularga tegishli mulkni qonunga xilof tarzda xatlash yoki olib qo‘yish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 131,132,133-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“131. Dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni og‘ishmay bajarishlari lozim.
Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Qonunining (bundan buyon matnda-Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) bo‘lgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
132. Qonun kuchga kirgunga qadar Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya instansiyalarida) bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etgan holda ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, javobgarlikdan umuman ozod qilinishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
133. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdori qayta muhokama qilinishi kerak”;
2. “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli qarori:
2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyatda mulk huquqini e’zozlash vaziyati vujudga keltirilishi lozimligini, unga nisbatan har qanday tajovuzlarning sodir etilishi muqarrar javobgarlikka va jazoga tortilishi kerakligini ta’kidlash lozim”;
6-bandi birinchi xatboshisi uchinchi jumlasidagi “agar bu harakatlar oqibatida mulkdorlarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatining tarkibini tashkil qiladi” so‘zlari “shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 1921-moddasida nazarda tutilgan — xususiy mulk huquqini buzish jinoyati alomatlarini tashkil etadi” so‘zlariga almashtirilsin;
6-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Aybdor shaxs harakatlarida Jinoyat kodeksi 1921-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lganda, jinoiy javobgarlik unga nisbatan muqaddam ma’muriy jazo qo‘llanilganidan qat’iy nazar, kelib chiqadi”,
7-bandning ikkinchi qismi ikkinchi jumlasidagi “boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” so‘zlari “tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, noqonuniy aralashish bilan bog‘liq va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan jinoyatlar, shuningdek boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandi birinchi xatboshisi uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday g‘ayriqonuniy harakatlarga, jumladan, xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzish, faoliyatini yoki ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni rad qilish yoki uni berishdan bosh tortish, imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish va h. k. kiritilishi mumkin”;
8-bandi ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aybdorlarning qayd etilgan harakatlari ish holatlariga va kelib chiqqan oqibatlarga qarab, Jinoyat kodeksi XIII1-bobidagi tegishli moddalar bilan (Jinoyat kodeksi 205 yoki 207-moddasi bilan emas), g‘arazli maqsadlar aniqlanganda esa, bu harakatlar tovlamachilik yo‘li bilan pora berilishini talab qilishning niqoblangan shakli deb tavsiflanishi lozim”
10-bandning ikkinchi xatboshisi ikkinchi jumlasidagi “205-moddasi dispozitsiyasi” so‘zlari “19211-moddasi yoki 205-moddasi dispozitsiyalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi xatboshisidagi “Nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan holda savdo yoki vositachilik faoliyatlarni” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “noqonuniy savdo yoki vositachilik faoliyati uchun” so‘zlari “noqonuniy tadbirkorlik faoliyati uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaxsni Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan aybdor deb topish uchun tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganligi fakti aniqlangan bo‘lishi kerak”;
3. “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli qarori:
muqaddimaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazo tayinlashda alohida yondashuv qoidasiga rioya etilmayapti, ayrim hollarda jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat tasarrufiga o‘tkazilmayapti, valyuta qimmatliklarining qonunga xilof qanday yo‘llar bilan va qaysi manbalardan qo‘lga kiritilayotganligi, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash masalalariga lozim darajada e’tibor qaratilmayapti”;
2-band quyidagi taqrirda bayon etilsin:
“2. E’tibor qaratilsinki, valyuta qimmatliklarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 2003-yil 11-dekabrdagi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 3-moddasida belgilangan bo‘lib, uni kengaytirilgan holda talqin etish mumkin emas. Bunday qimmatliklarga quyidagilar kiradi:
a) chet el valyutasi;
b) chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
v) chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
g) sof quyma oltin
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qonunning 3-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra “chet el valyutasi” jumlasiga:
xorijiy davlatda muomalada bo‘lgan hamda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko‘rinishidagi chet el pul belgilari, xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan chet el pul belgilari;
hisob raqamlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lar kiradi”;
6-band chiqarib tashlansin;
10-banddagi “tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish” so‘zlari “tijoratda pora evaziga og‘dirib olish, xizmatchining qonunga xilof ravishda moddiy yoki mulkiy foyda olishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-band chiqarib tashlansin;
4. “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2000-yil 15-sentabrdagi 22-sonli qarori:
1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, MJtK 9-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar kuchga kirgunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham tatbiq etiladi, ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa, orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi”;
quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin:
“61. Tushuntirilsinki, MJtK 171-moddasiga asosan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasi egasi (mulkdori), basharti u yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa — ushbu transport vositasi foydalanishiga mas’ul shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari deganda, maxsus texnika vositalar, shu jumladan foto va video yozuv funksiyasiga ega, avtomatik rejimda ishlaydigan va yo‘l harakati xavfsizligi boshqaruvi kompyuterlashtirilgan tizimining tarkibiy qismi hisoblanadigan foto radarlar tushuniladi”;
7-bandning birinchi xatboshisi kuyidagi mazmundagi uchinchi jumla bilan to‘ldirilsin:
“MJtK 3091-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy ishlar sud tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi;
9-bandi birinchi xatboshisining birinchi jumlasidagi “ikki oydan kechiktirmay” so‘zlari “bir yildan kechiktirmay” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandi uchinchi xatboshisining birinchi jumlasidagi “tug‘ilgan yili” so‘zlari “tug‘ilgan yili, fuqaroligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bundan tashqari, huquqbuzarni mansabdor shaxs, nodavlat notijorat tashkiloti, davlat ishtirokidagi tashkilotning xizmatchisi, shuningdek davlat ishtirokidagi tashkilotning huquqiy maqomini to‘g‘ri aniqlash kabi masalalar sinchkovlik bilan o‘rganilmog‘i lozim. Jumladan, tashkilotning davlat ishtirokidaligini asosli deb topish uchun, u ro‘yxatdan o‘tgan tegishli idoralardan huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda tashkilot ustav fondida davlat ulushi yoki davlat ishtiroki mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinishi lozim”;
20-bandning uchinchi xatboshisidagi “aybdorligi yoki aybsizligi haqidagi dalillar” so‘zlari “aybdorligi yoki aybsizligi haqidagi dalillar, shaxsni javobgarlikdan ozod qilish asoslari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “ma’muriy jazo turi” so‘zlari “ma’muriy jazo turi yoki shaxsni javobgarlikdan ozod qilinganligi haqidagi sud qarori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni ko‘rib chiqishda qoidabuzarlik qayd etilgan paytda transport vositasini uning egasi (mulkdori) emas, balki boshqa shaxs boshqarganligi yoki mazkur transport vositasi uning egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, bunday hollarda transport vositasi egasi (mulkdori) MJtK 271-moddasi 1-bandiga asosan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday hollarda, zarur hujjatlar tegishli shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun yo‘l harakati xavfsizligi organlariga yuborilishi shart”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
5. “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 2004-yil 21-maydagi 4-sonli qarori:
7-bandning birinchi xatboshisidagi “JK 205-moddasi” so‘zlari “JK 19211 yoki 205-moddasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “JK 167 va 205-moddalarida” so‘zlari “tegishincha JK 167 va 205-moddalarida yoki 19211-moddalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshisidagi “JK 167 va 209-moddalarida” so‘zlari “tegishincha JK 167 va 209-moddalarida yoki JK 167 va 228-moddalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar shunga e’tibor berigilari kerakki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qator moddalari normalarida muayyan shart mavjud bo‘lib, unga ko‘ra quyidagi hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning qo‘llanilishi istisno etiladi”:
JK 167, 168, 170, 180, 181, 1811, 184-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar qoplangan taqdirda;
JK 173, 175-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda”;
9-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” so‘zlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “ozodlikdan mahrum qilish” so‘zlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “ozodlikdan mahrum qilish” so‘zlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” so‘zlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-bandi birinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” so‘zlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” so‘zlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandi birinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish” so‘zlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “ozodlikdan mahrum qilish” so‘zlari “ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori:
12-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jarima, axloq tuzatsh ishlari, qamoq, ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolar — JK 82-84 va 841-moddalarida nazarda tutilgan muddat va miqdorlardan”;
21-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Qonun mazmuniga ko‘ra, (JK 46-moddasining to‘rtinchi qismi) tayinlangan jazo muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlangan taqdirda, sud axloq tuzatish ishining o‘talmagan muddatini shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo turi bilan almashtirishi mumkin. Bunda Jinoyat kodeksining aybdor sudlangan moddasi sanksiyasi axloq tuzatish ishlariga almashtirilishi natijasida kelib chiqqan muddatdan kam ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutishining yoki umuman ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutmasligining ahamiyati yo‘q”;
22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Axloq tuzatish ishlarini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirish masalasini hal qilishda, sud, axloq tuzatish ishi ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan ushbu jazo ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilganligi, mahkum qonun talabiga muvofiq jazoni o‘tashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi haqida berilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim”;
23-bandning birinchi xatboshisidagi “ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq” so‘zlari “ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yoki qamoq” so‘zlari chiqarilsin;
24-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qamoq jazosi, shuningdek, jarima (JK 44-moddasi 3-qismiga muvofiq) va axloq tuzatish ishlari (JK 83-moddasi 2-qismiga muvofiq) jazolarini almashtirish tartibida ham tayinlanishi mumkin. Bunda qamoq jazosining eng kam muddati bir oydan kam bo‘lishi, biroq olti oydan oshmasligi, voyaga yetmagan shaxslar uchun esa, uch oydan oshmasligi kerak”;
quyidagi mazmundagi 251 — 256-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“251. Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iboratdir (JK 481-moddasi birinchi qismi).
Tushuntirilsinki, sud hukmining qaror qismida: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo, yashash joyini butunlay tark etishni taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashning mazmuni aniq ko‘rsatilishi lozim.
Ozodlikni cheklash olti oydan besh yilgacha muddatga, voyaga yetmaganlarga esa olti oydan ikki yilgacha tayinlanadi hamda mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organining jazolarni ijro etish inspeksiyasi yoki sud tomonidan belgilangan boshqa organ nazorati ostida o‘taladi.
Ozodlikni cheklash, uni o‘tash shartlari sud tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyati va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlashning oldini olishni inobatga olgan holda belgilanadi.
252. Jinoyat kodeksi 481-moddasining 3-qismiga muvofiq qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qushimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:
muayyan joylarga bormaslik;
ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;
muayyan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik;
muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik;
transport vositasini boshqarmaslik;
mahkumlarning nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;
muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;
aloqa vositalaridan, shu jumladan, Internetdan foydalanmaslik;
alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik.
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, mazkur taqiqlar (cheklashlar) JK 481-moddasi birinchi qismida belgilangan majburiy taqiqlar (cheklashlar)ga qo‘shimcha hisoblanganligi sababli, ularni mahkumning zimmasiga yuklatilishi sud hukmining tavsif qismida asoslantirilishi lozim. Shu munosabat bilan mahkumning shaxsi va ishning boshqa holatlari inobatga olingan holda, ushbu qo‘shimcha taqiqlar (cheklashlar) sud tomonidan mahkumga to‘la yoki qisman yuklatilishi mumkin.
253. Jinoyat kodeksi 481-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o‘zi yetkazgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplash, ishga yoki o‘qishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga ko‘maklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Ushbu majburiyatlarni yuklash asosi sud hukmining tavsif qismida ko‘rsatilishi lozim.
254. JKning 481-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin. Shuni nazarda tutish lozimki, qayd etilgan asoslar bo‘yicha ozodlikni cheklashga hukm qilingan mahkum JK 481-moddasi uchinchi qismiga asosan sud tomonidan unga yuklangan qo‘shimcha majburiyat (taqiq)lardangina ozod etilishi mumkin.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 443-moddasi beshinchi qismiga muvofiq mahkumni unga yuklatilgan majburiyat (taqiq)lardan to‘liq yoki qisman ozod etish jazoni ijro etish idoralari taqdimnomasiga binoan sud tomonidan JPK 541-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
255. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini JK 43-moddasida nazarda tutilgan boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Jinoyat-ijroiya kodeksi 444-moddasining uchinchi qismiga muvofiq quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlovchilar deb e’tirof etiladi;
a) o‘ziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzishga yo‘l qo‘ygan mahkum;
b) o‘ziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum;
v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum;
g) yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum.
256. Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi”;
28-banddagi “to‘rtdan uch” so‘zlari “uchdan ikki” so‘zlari bilan almashtirilsin;
38-band “xizmat bo‘yicha cheklash, qamoq” so‘zlaridan keyin “ozodlikni cheklash” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7. “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 2013-yil 31-maydagi 8-sonli qarori:
3-bandning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-kichik xatboshi bilan to‘ldirilsin;
“21. Budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar”;
7-bandning birinchi xatboshisidagi “JK boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (JK 205-209, 227, 228-moddalari)” so‘zlari “tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar (JK 19211-moddasi) va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (JK 205-209, 227, 228-moddalari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning turtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda qasddan ko‘maklashishga qaratilgan harakatlari jinoyatda ishtirokchilik sifatida JK 28-moddasi hamda JK 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi, agar ayni paytda ular g‘araz yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ko‘zlagan yoki shu maqsadlarda jinoyatlarni yashirishda ko‘maklashgan bo‘lsalar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining harakatlari, shuningdek Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari (JK 205, 209, 210-moddalari) bilan, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining harakatlari esa, Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari (JK 1929, 19211, 228-moddalari) bilan ham kvalifikatsiya qilinishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 131-band bilan to‘ldirilsin:
“131. Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga ko‘ra, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
Tushuntirilsinki, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marotaba sodir etgan, shu jumladan, mazkur modda bo‘yicha sudlanganligi tugallangan yoki olib tashlangan shaxs ushbu asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilishi lozim,
Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga asosan jinoyat ishini tugatish masalasini muhokama qilishda, o‘ttiz kunlik muddat ichida yetkazilgan zararni qoplash masalasiga (SK 36-moddasi), shuningdek uning to‘liq qoplanganligi faktini tasdiqlovchi dalillar (to‘lov topshiriqnomalar chiptalar va sh.o‘.) mavjudligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 191,192,193-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“191. Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) bo‘lgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
192. Qonun kuchga kirgunga qadar, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya instansiyalarida) bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari, JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari ham JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
193. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 184-moddasi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak”;
8. “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli qarori:
5-bandning ikkinchi — o‘n birinchi bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJtK) XVII-bobida tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Shunda tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish deganda quyidagilar tushuniladi:
mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish (MJtK 2411-moddasi);
tadbirkorlik subyektlarini pul mablag‘lari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog‘liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish (MJtK 2414-moddasi);
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish (MJtK 2415-moddasi);
imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish (MJtK 2416-moddasi);
ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirish (MJtK 2417-moddasi);
tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va muddatlarini buzish (MJtK 2419-moddasi);
davlat xizmati ko‘rsatishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni ko‘rsatishdan bo‘yin tovlash (MJtK 2419-moddasi);
qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan statistika va boshqa hisobotni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish (MJtK 24110);
olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni zararning o‘rnini mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlash (MJtK 24111);
Xo‘jalik subyektlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga (xo‘jalik subyektlar faoliyatini qasddan tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o‘tkazish; xo‘jalik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish; qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda xo‘jalik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni talab qilib olish) yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar MJtK XVII-bobining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilishlari lozim.
Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashishga qaratilgan shunday harakatlarni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etgan mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishlari lozim (JK 1921 — 1928-moddalari);
8-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarn quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ancha miqdorda (MJtK 176-moddasi ikkinchi qismi), shu jumladan, bir necha marta ko‘p miqdorda (MJtK 176-moddasi uchinchi qismi) nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksi 188-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, faqatgina shaxs tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan juda ko‘p miqdorda nazorat qilinmaydigan daromad olgan holdagina yuzaga keladi. Bunda jinoiy javobgarlik shaxs muqaddam shunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligidan qat’i nazar, kelib chiqadi”;
quyidagi mazmundagi 133,134,135-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“133. Dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni og‘ishmay bajarishlari lozim.
Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) bo‘lgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
134. Qonun kuchga kirgunga qadar Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya instansiyalarida) bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etgan holda ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, javobgarlikdan umuman ozod qilinishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
135. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak”.
II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi 1992-yil 13-noyabrdagi 5a-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni 1-bandi oxirgi xatboshisi quyidagi tahririda bayon qilinsin:
“Manfaatdor shaxslar o‘rtasida huquq to‘g‘risida nizo bo‘lsa, ariza da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladi”;
rus tilidagi matni 1-bandi oxirgi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pri nalichii spora o prave mejdu zainteresovannimi litsami zayavleniye rassmatrivayetsya v poryadke iskovogo proizvodstva”;
2. “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni 10-bandi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar arizada yoki sud tomonidan bitta ish yurituviga birlashtirilgan bir qancha talablar hamda sudda ko‘rishga tayyorlash va ko‘rish yuzasidan ba’zilari bo‘yicha umumiy, ba’zilari bo‘yicha esa, qisqartirilgan muddatlar belgilangan bo‘lsa, fuqarolik ishi sudda ko‘rishga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran bir oydan, o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha, sudyaning asoslantirilgan ajrimiga ko‘ra, ikki oydan kechiktirilmay ko‘rilishi lozim”;
rus tilidagi matni 10-bandi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Esli v zayavlenii ili sudom v odnom proizvodstve soyedineni neskolko trebovaniy, dlya odnix iz kotorix ustanovlen obщiy, a dlya drugix sokraщenniy srok podgotovki i rassmotreniya dela, to grajdanskoye delo podlejit rassmotreniyu so dnya okonchaniya podgotovki v srok ne pozdneye odnogo mesyatsa, po delam osoboy slojnosti na osnovanii obosnovannogo opredeleniya suda ne pozje dvux mesyatsev”;
34 — 36-bandlari chiqarilsin;
3. “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti xaqida”gi 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda esa, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquq berilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim”;
rus tilidagi matni 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“V sluchaye snosa naxodyaщixsya v sobstvennosti grajdan jilix domov (kvartir) v svyazi s iz’yatiyem zemelnix uchastkov dlya gosudarstvennix ili obщestvennix nujd ukazannim grajdanam, chlenam ix semey, a takje grajdanam, postoyanno projivayuщim v etix domax (kvartirax), po ix viboru i po soglasheniyu storon predostavlyayetsya v sobstvennost drugoye ravnotsennoye blagoustroyennoye jiloye pomeщeniye ploщadyu ne nije sotsialnoy normi ploщadi jilya i viplachivayetsya rinochnaya stoimost nasajdeniy libo viplachivayetsya rinochnaya stoimost snosimix jilogo doma (kvartiri), inix stroyeniy, soorujeniy i nasajdeniy, a takje rinochnaya stoimost prava na zemelniy uchastok v polnom obyeme. V sluchaye previsheniya rinochnoy stoimosti snosimogo doma (kvartiri) ili prava na zemelniy uchastok rinochnoy stoimosti predostavlyayemogo jilya ili prava na zemelniy uchastok, raznitsa podlejit kompensatsii sobstvenniku, a v sluchaye previsheniya rinochnoy stoimosti predostavlyayemogo jilya ili prava na zemelniy uchastok rinochnoy stoimosti snosimogo doma (kvartiri) ili prava na zemelniy uchastok, raznitsa podlejit kompensatsii sobstvennikom v techeniye pyati let s momenta predostavleniya jilya ili prava na zemelniy uchastok”;
4. “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni 1-bandidagi “Avtomobil to‘g‘risida”gi so‘zlar “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘zbek va rus tilidagi matnlaridan 12-band chiqarilsin;
o‘zbek tilidagi matni 16-bandi birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ma’naviy va jismoniy azoblarni qo‘llash haqidagi da’vo arizalarni qabul qilish va ishlarni ko‘rishda, ma’naviy zarar pul bilan qoplansada, nomulkiy zarar ekanligini hisobga olish lozim, Shuni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ning 1-moddasining “d” bandiga binoan mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalardan undiriladigan miqdorda davlat boji undirilishi lozim”;
rus tilidagi matni 16-bandi birinchi qismi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pri prinyatii i rassmotrenii iskovix zayavleniy o kompensatsii fizicheskix i nravstvennix stradaniy neobxodimo uchitivat, chto moralniy vred yavlyayetsya vredom neimuщestvennogo xaraktera, nesmotrya na to, chto kompensiruyetsya v denejnoy forme. Uchitivaya eto, gosudarstvennaya poshlina doljna vzimatsya na osnovanii p. “d” st. 1 postanovleniya Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 3-noyabrya 1994 goda za № 533 “O stavkax gosudarstvennoy poshlini” kak s iskovix zayavleniy neimuщestvennogo xaraktera”;
5. “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli karori:
o‘zbek tilidagi matni 10-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolik-protsessual kodeksining 310-moddasiga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqida murojaat qilish huquqiga ishda ishtirok etuvchi shaxslar — taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari va sud protsessi ishtirokchilari, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar haqli (FPKning 33-moddasi)”;
rus tilidagi matni 10-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soglasno statye 310 Grajdansko-protsessualnogo kodeksa pravom obraщeniya o proverke zakonnosti, obosnovannosti i spravedlivosti sudebnogo resheniya po grajdanskim delam obladayut lish uchastvuyuщiye v dele litsa — storoni, treti litsa, ix predstaviteli i uchastniki sudebnogo protsessa, a takje litsa, ne privlechennie k uchastiyu v dele, o pravax i obyazannostyax kotorix sud razreshil vopros (st. 33 GPK)”;
6. “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni 3-bandi birinchi qismidagi “Sudlar ekspertiza tayinlash va o‘tkazish masalasini hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK” so‘zlaridan keyin “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
rus tilidagi matni 3-bandi birinchi qismidagi “Pri rassmotrenii voprosa o naznachenii i proizvodstve ekspertizi sudam sleduyet rukovodstvovatsya normami Konstitutsii, GPK” so‘zlaridan keyin “Zakona Respubliki Uzbekistan “O sudebnoy ekspertize” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
o‘zbek tilidagi matni 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“FPK 194-moddasining 2-qismiga ko‘ra, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir necha ekspertlarning xulosalari bir-biriga zidligi deganda ekspertlar komissiyasining xulosalaridagi tafovut (qarama-qarshilik, jiddiy farq) tushuniladi.
Qayta ekspertiza muqaddam xulosa berilgan obyektlarga nisbatan sud tomonidan avval qo‘yilgan savollar yuzasidan tayinlanadi, biroq uni o‘tkazish boshqa ekspertga (yoki ekspertlar komissiyasiga) topshirilishi lozim.
Qayta ekspertizani o‘tkazish ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga asos qilib olingan dalillar haqiqiy emas deb tan olingan yoki ekspertiza o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin.
Ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasi ishning haqiqiy holatlariga zid bo‘lsa yoki ishni ko‘rish vaqtida ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi holatlar aniqlansa, sud tomonidan qayta ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Sud ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosalariga qo‘shilmasa, qayta ekspertiza tayinlash majburiy emas. Ushbu masalani hal etayotganda ekspertiza predmeti bo‘lgan holatlarga doir ishda boshqa dalillarning mavjudligi, shuningdek takroriy ekspertiza o‘tkazishning amaliy imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
Ish bo‘yicha taraflarning ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qo‘shilmasligi, mutahasis fikri mavjudligi va boshqa vajlar qayta ekspertiza o‘tkazish uchun asos bo‘la olmaydi.
Qayta ekspertiza xulosasida ekspertning (yoki ekspertlar komissiyasining) oldingi ekspertiza xulosasining to‘g‘riligi yoki noto‘g‘riligi haqidagi xulosasi qaysi ma’lumotlarga asoslanganligi ko‘rsatilishi shart”;
rus tilidagi matni 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soglasno chasti 2 stati 194 GPK, povtornaya ekspertiza naznachayetsya v sluchaye, kogda zaklyucheniye eksperta (komissii ekspertov) neobosnovanno ili ego pravilnost vizivayet somneniya libo priznani nedostovernimi dokazatelstva, polojennie v ego osnovu, ili bili suщestvenno narusheni protsessualnie pravila proizvodstva ekspertizi. Sudam sleduyet imet v vidu, chto pod protivorechiyem mejdu zaklyucheniyami neskolkix ekspertov sleduyet ponimat rasxojdeniye (protivorechiye, seryeznoye razlichiye) v vivodax komissii ekspertov.
Povtornaya ekspertiza naznachayetsya sudom po raneye postavlennim sudom voprosam, v otnoshenii tex je obyektov, po kotorim raneye davalos zaklyucheniye, odnako proizvodstvo eye doljno bit naznacheno drugomu ekspertu (libo komissii ekspertov).
Proizvodstvo povtornoy ekspertizi vozmojno takje i v sluchaye priznaniya nedostovernimi dokazatelstv, polojennix v osnovu zaklyucheniya eksperta (komissii ekspertov), libo suщestvennogo narusheniya protsessualnix pravil proizvodstva ekspertizi.
Povtornaya ekspertiza mojet bit naznachena sudom, esli vivodi eksperta (komissii ekspertov) protivorechat fakticheskim obstoyatelstvam dela ili esli vo vremya sudebnogo razbiratelstva ustanovleni novie dannie, kotorie mogut povliyat na vivodi eksperta (komissii ekspertov).
Pri nesoglasii suda s vivodami eksperta (komissii ekspertov) naznacheniye povtornoy ekspertizi ne yavlyayetsya obyazatelnim. Pri reshenii etogo voprosa sleduyet uchitivat nalichiye v dele inix dokazatelstv po obstoyatelstvam, yavlyayuщimsya predmetom ekspertizi, a takje prakticheskuyu vozmojnost provedeniya povtornoy ekspertizi.
Nesoglasiye storon po delu s zaklyucheniyem eksperta (komissii ekspertov), nalichiye mneniy spetsialistov i drugiye motivi ne mogut slujit osnovaniyem dlya provedeniya povtornoy ekspertizi.
V zaklyuchenii povtornoy ekspertizi doljno bit ukazano, na osnovanii kakix dannix issledovaniya ekspert (komissiya ekspertov) prishel k vivodu o podtverjdenii pravilnosti libo oshibochnosti prediduщego zaklyucheniya
7. “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud harajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni 4-bandidagi “Fuqarolik protsessual kodeksining” so‘zlaridan keyin “(keyingi o‘rinlarda — FPK)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
rus tilidagi matni 4-bandidagi “Grajdanskogo protsessualnogo kodeksa” so‘zlaridan keyin “(daleye — GPK)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
o‘zbek tilidagi matni 12-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat bojini qaytarish FPKning 108 va SKning 342-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Boj qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langan bo‘lsa, shu ortiqcha to‘langan qismi qaytariladi. Qonunda qayd etilgan boshqa hollarda boj to‘liq miqdorda qaytarilishi lozim”;
rus tilidagi matni 12-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vozvrat gosudarstvennoy poshlini proizvoditsya po osnovaniyam, perechislennim v statyax 108 GPK i 342 NK. Poshlina, vnesennaya v bolshem razmere, chem eto trebuyetsya po zakonu, vozvraщayetsya v chasti izlishne uplachennoy summi. V ostalnix ukazannix v zakone sluchayax poshlina podlejit vozvratu v polnom obyeme”;
8. “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 2010-yil 14-maydagi 05-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni 14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, ishga kirishish uchun huquq beruvchi hujjatlar shartnoma bo‘yicha vakillarga protsess ishtirokchisining faqat umumiy huquqlarini (FPK 34-moddasi) berib, ularga quyidagilar kiradi: ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, raddiya berish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arizalar berish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko‘rish davomida tug‘iladigan hamma masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tiroz bildirish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug‘i ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo‘lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadilar”;
rus tilidagi matni 14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Raz’yasnit sudam, chto dokumenti, predostavlyayuщiye pravo na vstupleniye v delo, nadelyayut dogovornix predstaviteley lish obщimi pravami uchastnika protsessa (statya 34 GPK), k kotorim otnosyatsya nijesleduyuщiye: znakomitsya s materialami dela, delat iz nix vipiski, snimat kopii, zayavlyat otvodi, predstavlyat dokazatelstva, uchastvovat v issledovanii dokazatelstv, zadavat voprosi drugim litsam, uchastvuyuщim v dele, i litsam, sodeystvuyuщim osuщestvleniyu pravosudiya, delat zayavleniya, zayavlyat xodataystva, davat ustnie i pismennie ob’yasneniya sudu, izlagat svoi dovodi po vsem voznikayuщim v xode sudebnogo razbiratelstva voprosam, vozrajat protiv zayavleniy, xodataystv, dovodov drugix lits, objalovat resheniya, opredeleniya, postanovleniya i prikazi suda, trebovat prinuditelnogo ispolneniya resheniya, opredeleniya, postanovleniya i prikaza suda, prisutstvovat i realizovat svoi prava pri deystviyax sudebnogo ispolnitelya.
Litsa, uchastvuyuщiye v dele, polzuyutsya i drugimi protsessualnimi pravami, predusmotrennimi v dannom Kodekse”;
9. “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qarori:
rus tilidagi matni 17-bandi beshinchi xatboshisidagi “v nego vkralas” so‘zlari “dopuщena” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10. “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli qarori:
o‘zbek va rus tilidagi matnlaridan 7-band chiqarilsin;
11. “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 1996-yil 19-iyuldagi 18-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni 6-bandi 3-xatboshisi “ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
rus tilidagi matni 6-bandi 3-xatboshisi “otkaz v gosudarstvennoy registratsii prav na nedvijimoye imuщestvo” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
o‘zbek tilidagi matni 6-bandi 4-xatboshisidan “aksiyadorlik jamiyatlari” so‘zlari chiqarilsin;
rus tilidagi matni 6-bandi 4-xatboshisidan “aksionernix obщestv” so‘zlari chiqarilsin;
o‘zbek tilidagi matni 6-bandi quyidagi mazmundagi 5-xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori 1-ilovasiga muvofiq “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” talablaridan kelib chiqib, hal qilish lozim”;
rus tilidagi matni 6-bandi quyidagn mazmundagi 5-xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Pri rassmotrenii del, svyazannix s jalobami na resheniya organa, provodyaщego gosudarstvennuyu registratsiyu, ob otkaze v gosudarstvennoy registratsii prav fizicheskix i yuridicheskix lits na nedvijimoye imuщestvo, neobxodimo isxodit iz trebovaniy prilojeniya №1 “Polojeniya o poryadke gosudarstvennoy registratsii prav na nedvijimoye imuщestvo i sdelok s nimi”utverjdennogo Postanovleniyem Kabineta Ministrov ot 07.01.2014 goda №1”;
o‘zbek tilidagi matni 12-bandi “Sud davlat boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qilganda, aybdor tarafdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.1994-yildagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarorining 1-moddasi “b”-bandida ko‘rsatilgan miqdorda davlat bojini undiradi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin”;
rus tilidagi matni 12-bandi “Sud pri vinesenii resheniya po jalobam na nepravomernie deystviya organov gosudarstvennogo upravleniya i doljnostnix lits, narushayuщix prava fizicheskix lits, vziskivayet s vinovnoy storoni gosudarstvennuyu poshlinu v razmere, ukazannom v p. “b” st. 1 postanovleniya Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 03.11.1994 goda № 533 “O stavkax gosudarstvennoy poshlini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin”;
12. “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1998-yil 11 sentyabdagi 23-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni 7-bandi 3-xatboshisidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Sud mazkur turkumdagi ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash, nizoni hal qilishda ahamiyatga ega va taraflar tomonidan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlashi kerak, bunda asosiy e’tiborni aynan bolaning ota-onasi yoxud boshqa tarbiyalaydigan shaxslarning shaxsiy xususiyatlariga, shuningdek bola bilan shu shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga qaratish kerak. Bunday ishlar, farzandni tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxslarning vasiylik va homiylik organi tomonidan tegishli tartibda tuzilgan va tasdiqlangan turmush sharoitlarini tekshirish xulosalarini olgandan so‘ng ko‘rishga tayinlanadi.
Sud mazkur masala yuzasidan nizoni mazmunan ko‘rayotganda ota-onaning huquqlari tengligi tamoyili va bola manfaatlarida turli xil holatlarni inobatga oladi. Zaruratga qarab, sud tomonidan sud-psixologik ekspertizasi tayinlanishi lozim, bunday ekspertiza ota-onalar (ulardan biri)ga nisbatan, ahvolni psixologik tahlil qilish (oilaviy mojaro) bo‘yicha ham o‘tkazilishi mumkin. Biroq sud ekspertizasining xulosasi, vasiylik va homiylik organining xulosasi ham dalillardan biri bo‘lib, ishdagi boshqa dalillar yig‘indisi bilan birgalikda sud tomonidan baholanishi lozimligini e’tiborga olishi kerak.
Boladan alohida yashayotgan ota-onaning huquqidan kelib chiqqan holda u bilan ko‘rishishda, shuningdek voyaga yetmaganning shu ota-ona bilan ko‘rishish huquq va manfaatlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, sud har bir aniq ishning holatlarini inobatga olib hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rilish tartibini (vaqti, joyi, ko‘rishish davomiyligi va h.k) bayon etishi lozim.
Bola bilan ota-onaning ko‘rishish tartibini belgilashda bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘i, uning axloqiy kamolotiga ta’sir qiladigan holatlar, bolaning yoshi va sog‘lig‘ining holati, bolaning ota (ona)ga bog‘liqligi va boshqa holatlar inobatga olinadi, Belgilangan ko‘rishish tartibi bolaning manfaatiga javob berishi va ijro etish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim.
Istisno hollarda, boladan alohida yashayotgan ota-onaning bola bilan ko‘rishishi unga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, sud O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasi 2-qismiga muvofiq, ota-onaning huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazishga haqli emasligidan kelib chiqib, sud ota-onaning bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash haqidagi da’vosini, qabul qilingan qarorda asoslantirgan holda rad qilishga haqli”;
rus tilidagi matni 7-bandi 3-xatboshisidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin;
“Pri podgotovke del dannoy kategorii k sudebnomu razbiratelstvu, sudu neobxodimo opredelit obstoyatelstva, imeyuщiye znacheniye dlya razresheniya spora i podlejaщiye dokazivaniyu storonami, obrativ osoboye vnimaniye na lichnie kachestva roditeley libo inix lits, vospitivayuщix rebenka, a takje slojivshiyesya vzaimootnosheniya etix lits s rebenkom. Takiye dela naznachayutsya k rassmotreniyu v sudebnom zasedanii tolko posle polucheniya sostavlennix i utverjdennix v ustanovlennom poryadke aktov organov opeki i popechitelstva ob obsledovanii usloviy jizni lits, pretenduyuщix na vospitaniye rebenka.
Sud, rassmatrivaya po suщestvu spor po dannomu voprosu, prinimayet vo vnimaniye v interesax rebenka razlichnie obstoyatelstva s uchetom soblyudeniya prinsipa ravenstva roditelskix prav oboix roditeley. Pri neobxodimosti sudom doljna bit naznachena sudebno-psixologicheskaya ekspertiza, takaya ekspertiza mojet provoditsya v otnoshenii roditeley (odnogo iz nix), a takje po psixologicheskomu analizu situatsii (semeynogo konflikta). Odnako, sleduyet imet v vidu, chto zaklyucheniye sudebnopsixologicheskoy ekspertizi i zaklyucheniye organa opeki i popechitelstva, yavlyayas lish odnim iz dokazatelstv, doljno bit otseneno sudom v sovokupnosti s drugimi imeyuщimisya v dele dokazatelstvami.
Isxodya iz prava roditelya, projivayuщego otdelno ot rebenka, na obщeniye s nim, a takje iz neobxodimosti zaщiti prav i interesov nesovershennoletnego na obщeniye s etim roditelem, sudu, prinimaya vo vnimaniye obstoyatelstva po kajdomu konkretnomu delu, sleduyet izlojit v rezolyutivnoy chasti resheniya poryadok obщeniya (vremya, mesto, prodoljitelnost obщeniya i t.p.).
Pri opredelenii poryadka obщeniya roditelya s rebenkom prinimayutsya vo vnimaniye fizicheskoye i psixicheskoye zdorovye rebenka, obstoyatelstva, vliyayuщiye na ego nravstvennoye razvitiye, vozrast rebenka i sostoyaniye ego zdorovya, privyazannost rebenka k roditelyam i drugiye obstoyatelstva.Ustanovlenniy poryadok obщeniya doljen otvechat interesam rebenka i bit ispolnimim.
V isklyuchitelnix sluchayax, esli obщeniye rebenka s otdelno projivayuщim roditelem mojet nanesti yemu vred, sud na osnovanii p. 2 st. 75 SK RU, isxodya iz togo, chto pri osuщestvlenii roditelskix prav roditeli ne vprave prichinyat vred fizicheskomu i psixicheskomu zdorovyu detey i ix nravstvennomu razvitiyu, vprave otkazat v iske roditeley ob opredelenii poryadka obщeniya s rebenkom, obosnovav ego v prinimayemom reshenii”;
13. Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli qarori:
o‘zbek tilidagi matni quyidagi 401-band bilan to‘ldirilsin:
“Xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga muvofiq bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Sudlar ushbu turkumdagi ishlarni ko‘rishda ish beruvchi mehnat s | 115 | 63,289 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-sonli Farmoni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil 15-martda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1558-III-sonli Qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqidagi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil 15-martda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1558-III-sonli Qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 224 | 1,130 |
Qonunchilik | O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Xalqaro yoshlar oromgohini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining samaradorligini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, samarali o‘tkazish, ma’naviy olamini boyitish hamda dunyoqarashini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga tegishli Termiz shahar, “Guliston” mahallasi, Fidokor ko‘chasi, 45-uy manzilida joylashgan bolalar oromgohi O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga shartnoma asosida tekin foydalanishga berilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan bolalar oromgohi negizida Xalqaro yoshlar oromgohini (keyingi o‘rinlarda oromgoh deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. Quyidagilar:
oromgohni saqlash, joriy va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi;
oromgohda har yilgi yoz mavsumi davomida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish bo‘yicha xarajatlar belgilangan tartibda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, qolgan barcha xarajatlar esa O‘zbekiston yoshlar ittifoqining mablag‘lari hisobidan qoplanishi;
yoz mavsumidan tashqari boshqa vaqtda oromgohda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari ishtirokida turli xil tadbirlar, festivallar, anjumanlar, seminar va boshqa mashg‘ulotlar o‘tkazib borilishi inobatga olinsin.
4. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga:
oromgohning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, bunda shtatlarni saqlash xarajatlarini tegishli binolar va ish hajmiga mutanosib ravishda belgilash;
yoshlar ishtirokida xalqaro miqyosdagi tadbirlar, ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun oromgohni zarur o‘quv-uslubiy adabiyotlar, kerakli anjomlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlab borish;
oromgohni har yili 20-mayga qadar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yoz mavsumiga tayyor holda taqdim etish, oromgohni joriy ta’mirlash, zarur jihozlar, asbob-uskunalar, shtatlar jadvaliga muvofiq xizmat ko‘rsatadigan xodimlarni (texnik xodimlar va boshqalar) ish haqi bilan ta’minlash tavsiya etilsin.
5. Surxondaryo viloyati hokimligi:
oromgohning yil davomida faoliyat yuritishini sifatli tashkil etish maqsadida elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv, kommunal-maishiy xizmatlar uzluksiz ravishda ko‘rsatilishini ta’minlasin;
oromgohga jalb etiladigan bolalarning oromgoh atrofida joylashgan attraksionlar, yopiq suzish havzasi va sport maydonchalaridan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga hamda Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 85 | 3,250 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son va “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarorlariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida” 1996-yil 31-dekabrdagi PF-1692-son Farmoni 1-bandining uchinchi xatboshisidagi, 2-bandining birinchi xatboshisida, 3-bandining birinchi xatboshisida “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatida:
a) I bo‘limining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi”;
b) II bo‘lim quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
“11. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmonida:
a) 3-ilovasida:
o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muratov M.M. — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri”;
b) 5-ilovasida:
yigirma uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akilova K.B. — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari”;
v) 6-ilovasida:
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muratov M.M. — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 18-oktabrdagi PQ-203-son qarorining 6-bandidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 13-iyundagi PQ-653-son qarorining 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-848-son qarorining 1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son qarorida:
a) 1-bandida:
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-bandining beshinchi xatboshidagi “Xalq ta’limi” so‘zlari “Madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 12-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi PQ-1088-son qarorida:
a) 5-bandining birinchi xatboshidagi va 8-bandining birinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari” so‘zlari “Madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovasida:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodjimatov M.M. — madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari”.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PQ-1332-son qarorining 9-bandidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligiga” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 5-avgustdagi PQ-1385-son qarori 2-ilovasidagi 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat va sport ishlari” so‘zlari “Madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-son qarorida:
a) 3-bandining uchinchi xatboshidagi “Xalq ta’limi” so‘zlari “Madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 4-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 5-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Xalq ta’limi” so‘zlari “Madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 8-bandidagi “Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi:
birinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Madaniyat vazirligi, Davarxitektqurilish, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari”;
sakkizinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi”;
3, 5, 6, 12 va 32-pozitsiyalardagi “Xalq ta’limi” so‘zlari “Madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
7, 9, 19, 20, 21, 22, 24 va 29-pozitsiyalardagi “Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10, 25 va 26-pozitsiyalardagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1, 2, 4, 5 va 6-pozitsiyalardan “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
e) 3-ilovada:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muratov M.M. — madaniyat vaziri”;
to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Madjidov M.A. — Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasining mas’ul kotibi”;
j) 4-ilovada:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muratov M.M. — madaniyat vaziri, komissiya raisi”;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshi “boshqarmalari” so‘zidan oldin “madaniyat” so‘zi bilan to‘ldirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 23-noyabrdagi PQ-2438-son qarorida:
a) 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi va 8-bandidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligiga” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 2-ilovasining “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi 3, 6, 8, 10, 11 va 13-23-bandlaridagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari “Davlat sport qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 7-noyabrdagi PQ-2654-son qarorida:
a) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligiga” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovasining nomidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qarori bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda tizimli nazorat qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
“91. Muratov M.M. — madaniyat vaziri”.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-son qarori 2-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Madaniyat va sport ishlari” so‘zlari “Madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarorining 1-ilovasi 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Muratov M.M. — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri”.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qarorining 2-ilovasi 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Muratov M.M. — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri”.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’muriy binolaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 1-avgustdagi F-2553-son Farmoyishining 1-ilovasi uchinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari” so‘zlari “Madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin. | 107 | 11,038 |
Qonunchilik | Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usullarini amaliyotga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining eng yaxshi takliflarni tanlash va tender xarid qilish tartib-taomillarini majburiy tartibda elektron shaklda o‘tkazish to‘g‘risidagi talabi 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat xaridlarini elektron shaklda o‘tkazishning umumiy qoidalari va shartlari;
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari hamda davlat xaridlarini o‘tkazish mezonlari va tartiblari;
boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddatlari;
eng yaxshi takliflarni tanlash va tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida ishtirokchilarning asosiy benefitsiar mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishi to‘g‘risidagi talab;
hadli kelishuv tartib-taomili orqali davlat xaridlarini amalga oshirish shartlari;
to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi;
davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi Shartnomalarning yagona reyestrini yuritish qoidalari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ikki oy muddatda davlat xaridlariga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish, shuningdek, ishtirokchilarning elektron shaklda o‘tkaziladigan xarid tartib-taomillarida ishtirokini soddalashtirilgan ko‘rinishda tashkil etish yuzasidan takliflarni;
2022-yil 1-sentabriga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda 2022 — 2026-yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish strategiyasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror bilan joriy etilayotgan tartibning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda — Qonun) muvofiq davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avans to‘lovi — qonunchilikda belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga olgan moliyaviy mablag‘lar summasi;
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
vositachilik yig‘imi — davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlari uchun undiriladigan yig‘im;
zakalat — korporativ buyurtmachi tomonidan elektron do‘kon yoki boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion natijasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlar to‘liq hajmda amalga oshirilishini ta’minlash hamda xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan o‘zlarining takliflarini ta’minlash usuli;
davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya — vakolatli organ tomonidan shikoyatlarni adolatli, tezkor va samarali ko‘rib chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat organlari, davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya;
davlat xaridlarining reja-jadvali — davlat buyurtmachisi tomonidan yil va chorak davomida xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nazarda tutuvchi hujjat;
davlat xaridlarining elektron tizimi — elektron davlat xaridlari jarayonidagi xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazishda davlat xaridlarining subyektlari hamkorligini ta’minlaydigan tashkiliy, axborotga oid va texnik yechimlarning dasturiy majmui;
davlat xaridlari elektron tizimining operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadigan, vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxs;
lot — turli belgilari bo‘yicha guruhlashtirilgan (foydalanish, texnik va funksional xususiyatlariga ko‘ra) bir xil turdagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) jamlanmasi sifatida davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan va alohida davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha xarid predmeti hisobalandigan miqdoriy qism;
shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etishni hamda zarur axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni ta’minlaydigan, davlat xaridlari subyektlari, xarid komissiyasining mas’ul kotibi, xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarining maxsus axborot portalidagi va (yoki) davlat xaridlarining elektron tizimidagi individual sahifasi;
elektron taklif — eng yaxshi takliflarni tanlash va tender tartib-taomilida qatnashish uchun xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi o‘z shaxsiy kabineti orqali elektron ko‘rinishda yuboradigan taklif;
qadam o‘lchovi — boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionning boshlang‘ich va/yoki o‘zidan oldingi xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining narxini pasaytirishning foiz ko‘rinishida belgilanadigan intervali;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda — HKKP) — avans to‘lovlarini deponentlash va ularni hisobga olish yo‘li bilan davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajara oladigan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari elektron davlat xaridlariga kirishini ta’minlovchi davlat xaridlari elektron tizimining tarkibiy bo‘linmasi.
3. Korporativ buyurtmachilar 2022-yil 1-iyuldan boshlab davlat xaridini amalga oshirishda ushbu Nizomning 7-bobiga muvofiq hadli kelishuv tartib-taomilidan ham foydalanishi mumkin.
4. Davlat buyurtmachisining davlat xaridlariga tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
maxsus axborot portalida davlat xaridlarining reja-jadvallarini joylashtirish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun avans to‘lovlarini kiritish;
davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat xaridlari o‘tkazilishi haqidagi e’lonlarni joylashtirish;
maxsus axborot portalida davlat buyurtmachisi o‘zi bilan affillangan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish.
5. Davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallarini maxsus axborot portalida joylashtirish tartibi va muddatlari Qonunning 29-moddasiga asosan belgilanadi.
Davlat buyurtmachilari davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
Bunda xarid qilish tartib-taomili o‘tkazilishidan kamida uch ish kuni oldin davlat xaridlari reja-jadvallariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi.
6. Davlat xaridlarining reja-jadvali quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
xarid predmeti;
xarid predmetining miqdori va narxi;
xarid o‘tkaziladigan oy;
davlat buyurtmachisining nomi va manzili;
xarid predmetini moliyalashtirish manbalari va muddatlari;
tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish joyi (manzili).
7. Davlat buyurtmachisi bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (keyingi o‘rinlarda — ishtirokchi) bo‘lishi mumkin emas.
8. Elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun:
korporativ buyurtmachi va ishtirokchilar operatorning vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini (bundan xarid komissiyasi tomonidan zakalat to‘lash talabi belgilamagan hollar mustasno);
budjet buyurtmachisi operatorning vositachilik yig‘imini HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazadilar.
Budjet buyurtmachisi elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun zakalatni HKKPga o‘tkazishi talab etilmaydi.
9. Davlat buyurtmachisi va ishtirokchilar elektron davlat xaridlaridagi ishtiroklarini elektron raqamli imzolardan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda amalga oshiradi. Davlat buyurtmachisi va ishtirokchining ERIdan foydalanib davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tuzgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalari haqiqiy hisoblanadi.
10. Budjet buyurtmachilari e’lon yoki oferta bo‘yicha Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — DMBAT) tomonidan band qo‘yilgan summasining, shuningdek, ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida operatorning vositachilik yig‘imi summasining yetarli miqdori mavjud bo‘lgan taqdirda, elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar.
11. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar, ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining vositachilik yig‘imi va tomonlarning zakalati summasini to‘lash uchun yetarli bo‘lgan avans to‘lovini o‘tkazgandan so‘ng elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar.
12. Budjet buyurtmachisi tomonidan shaxsiy kabinet orqali auksion, tanlash va tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon joylashtirilib yoki elektron do‘konda ishtirokchining ofertasi tanlanib, davlat xaridlarining elektron tizimi elektron davlat xaridlari yakunlariga ko‘ra tuziladigan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun moliyalashtirish manbalarini inobatga olgan holda kerakli summaga band qo‘yish to‘g‘risidagi axborotni DMBATdan olgandan so‘ng ushbu e’lonni yoki tanlangan oferta bo‘yicha narxlar so‘rovi mexanizmini faollashtiradi.
13. Auksion ishtirokchisi zakalati boshqa ishtirokchi tomonidan undan ko‘ra pastroq narxdagi taklif berilgunga qadar band qilib qo‘yiladi.
Elektron do‘kon ishtirokchilarining zakalati g‘olib aniqlangunga qadar operator tomonidan band qilib qo‘yiladi.
Elektron do‘kon va auksion o‘tkazishda korporativ buyurtmachi va davlat xaridlari ijrochisining (keyingi o‘rinlarda — ijrochi) kiritgan zakalatlari shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qo‘yiladi.
14. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlariga:
elektron do‘konda ishtirok etishdan oldin ishtirokchining ofertasi qiymatining 3 foizi miqdorida;
auksionda ishtirok etishdan oldin auksionning boshlang‘ich narxidan 3 foiz miqdorida zakalat o‘tkazadilar.
15. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash yoki tender o‘tkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati hamda kiritiladigan zakalat miqdori xarid komissiyasi tomonidan belgilanadi. Ishtirokchilarning zakalati operator tomonidan g‘olib aniqlangunga qadar band qilib qo‘yiladi.
Tanlash yoki tender g‘olibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar band qilib qo‘yiladi. Bunda g‘olib shartnoma tuzishni rad etgan taqdirda, unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi.
Tanlash yoki tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ijrochining kiritgan zakalati shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qo‘yiladi.
Zakalat miqdori tanlashni o‘tkazishda tovar (ish, xizmat) qiymatining 1 — 3 foizi, tender o‘tkazishda esa 1 — 5 foizi doirasida belgilanishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda xarid komissiyasi ishtirokchilarga nisbatan takliflarning garov yoki kafolat tarzida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi zarurligi to‘g‘risidagi talabni belgilashga haqli.
16. Operator tomonidan davlat buyurtmachisi va ishtirokchilardan undiriladigan vositachilik yig‘imi miqdori vakolatli organ tomonidan belgilanadi va barcha operatorlar uchun yagona hisoblanadi.
17. Operator hisob-kitoblarni tashkil etish, hisobini yuritish, hamda korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilarning shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida operatorga xizmat ko‘rsatuvchi bankda HKKP uchun alohida ikkilamchi bank hisobvarag‘ini ochadi.
Operator shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini ta’minlash va alohida hisobini yuritish bo‘yicha korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar uchun HKKPda alohida hisobvaraq ochadi.
18. Moliya vazirligi budjet buyurtmachilarining hisob-kitoblarini tashkil etish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi hisobini yuritish va ta’minlash maqsadida operator uchun Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochadi va unga ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘larni boshqarish uchun ruxsat beradi.
Operator budjet buyurtmachilariga hisobni alohida-alohida yuritish va shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun HKKPda hisobvaraqlar ochadi.
19. Davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik rejimda quyidagilarni amalga oshiradi:
davlat buyurtmachisi va ishtirokchiga kiritilgan avans summasiga muvofiq har bir lot bo‘yicha elektron davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
elektron davlat xaridlarini o‘tkazish;
ishtirokchilarni aniqlash va shartnomani shakllantirish;
elektron davlat xaridlari ishtirokchilarining takliflarini Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi ma’lumotlar bazalariga integratsiyalashuvi orqali baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan davlat buyurtmachisi va xarid komissiyasini ta’minlaydi.
20. Operatorlar ma’lumotlar bazalarining elektron hamkorligi orqali Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan elektron hujjatlar aylanmasini hamda davlat xaridlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan axborot almashinuvini ta’minlaydi.
21. Elektron davlat xaridlarining yakuniga ko‘ra davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda namunaviy shakl asosida shartnoma shakllantiriladi va shartnoma tomonlarining shaxsiy kabinetlariga yuboriladi, shuningdek, tuzilgan shartnomalar elektron reyestriga kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
22. Operator tuzilgan shartnomalar bo‘yicha axborotni Moliya vazirligi va operatorning ma’lumotlar bazalari elektron hamkorligi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.
23. Moliya vazirligi shartnomalar tuzilganligi to‘g‘risidagi axborotni qabul qilgandan so‘ng budjet buyurtmachilarining shartnomalarini bir ish kuni mobaynida avtomatik tartibda DMBATda ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki hisobga oladi, shuningdek, elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma summasini HKKPga o‘tkazib beradi.
Budjet buyurtmachisi tanlash yoki tender natijasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlaridan foydalanmagan holda amalga oshiradi. Bunda oldindan to‘lov shartlari shartnomada nazarda tutiladi.
24. Korporativ buyurtmachilar elektron do‘kon yoki auksion natijasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni to‘liq hajmda amalga oshirish uchun ushbu shartnoma davlat xaridlarining elektron tizimida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab o‘n ish kuni mobaynida o‘zlarining HKKPdagi hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazadilar. Bunda zakalat shartnoma bo‘yicha to‘lov summasiga qo‘shib hisoblanishi mumkin.
Korporativ buyurtmachilar tanlash yoki tender natijasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlaridan foydalanmagan holda amalga oshiradi.
25. Agarda korporativ buyurtmachi elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmasa, uning zakalati bir ish kunida ijrochining HKKPdagi tegishli hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
26. HKKP davlat buyurtmachisidan elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma bo‘yicha tushgan to‘lov summasini band qilib qo‘yadi va mablag‘lar tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan bu haqida ijrochiga xabarnoma yuboradi.
Mazkur xabarnoma ijrochiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
27. Ijrochi HKKP tomonidan mablag‘ tushganligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilishidan oldin tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib bergan taqdirda, davlat buyurtmachisi tomonidan qabul qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha to‘lov amalga oshirilmasligi bilan bog‘liq xatarlar ijrochining zimmasida bo‘ladi.
28. Korporativ buyurtmachi elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) to‘liq qabul qilganidan keyin uch ish kuni mobaynida bu to‘g‘risidagi axborotni o‘zining shaxsiy kabinetidan foydalangan holda operatorga yuborishga majbur.
29. Budjet buyurtmachisi elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) to‘liq qabul qilgandan so‘ng uch ish kuni mobaynida bu to‘g‘risidagi axborotni budjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi orqali DMBATga kiritishga va yuborishga majbur.
30. DMBAT budjet buyurtmachisining shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilganligi to‘g‘risidagi axborotni olgandan keyin uni bir ish kuni mobaynida ma’lumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali operatorga yuboradi.
31. Operator tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘liq hajmda yetkazilganligi haqidagi ma’lumotni olgandan so‘ng bir ish kuni davomida:
elektron to‘lov topshiriqnomasini shakllantiradi va DMBATga yuboradi, u esa to‘lov topshiriqnomasini olgandan so‘ng bir ish kuni davomida budjet buyurtmachilarining pul mablag‘larini ijrochiga yuboradi;
elektron to‘lov topshiriqnomasini shakllantiradi va operatorga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuboradi, u esa to‘lov topshiriqnomasini olgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida korporativ buyurtmachilarning mablag‘larini ijrochiga yuboradi;
ijrochining zakalatiga qo‘yilgan bandni bekor qiladi va tegishli shaxsiy hisobvarag‘iga qaytaradi;
zakalatni banddan yechadi va korporativ buyurtmachining tegishli shaxsiy hisobvarag‘iga qaytaradi, bundan zakalat shartnoma bo‘yicha to‘lash summasiga qo‘shib hisoblangan hollar mustasno;
elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilganligi haqidagi ma’lumotni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
32. Operator tanlash yoki tender natijasida shartnoma tuzilganidan so‘ng bir ish kuni davomida zakalatni banddan yechadi va uni ijrochining tegishli shaxsiy hisobvarag‘iga qaytaradi.
Korporativ buyurtmachi tomonidan o‘tkazilgan tanlash yoki tenderda ishtirokchilar va ijrochi tomonidan kiritilgan zakalat shartnoma tuzilganidan so‘ng operator tomonidan bir ish kuni davomida banddan yechiladi va ularning tegishli shaxsiy hisobvarag‘iga qaytariladi.
Agar tanlash yoki tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida ijrochining kiritgan zakalati shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qo‘yilishini nazarda tutuvchi talab belgilangan bo‘lsa, zakalat ushbu talablar bajarilgunga qadar banddan yechilmaydi.
33. Elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib berish muddati tugagandan so‘ng tovarlar (ishlarni, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi ma’lumot mavjud bo‘lmasa, davlat xaridlarining elektron tizimi bir ish kuni mobaynida avtomatik rejimda davlat buyurtmachisi va Moliya vazirligini xabardor qiladi.
34. Davlat buyurtmachisi tomonidan elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi ma’lumot taqdim qilinmaganda, HKKP ushbu shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish muddati tugagach uch ish kunidan so‘ng:
budjet buyurtmachilarning shartnoma bo‘yicha mablag‘lariga sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki shartnoma bekor qilingunga qadar band qo‘yadi;
korporativ buyurtmachi tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha kiritilgan mablag‘lardan bandni bekor qiladi, bundan zakalat summasi mustasno;
korporativ buyurtmachi va ijrochining zakalatiga sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki shartnoma bekor qilingunga qadar band qo‘yadi;
bajarilmagan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlarni Moliya vazirligiga yuboradi.
35. HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va (yoki) tegishli hisobvaraqqa o‘tkazishni amalga oshiradi.
Bunda HKKP ijrochining zakalati budjet buyurtmachisiga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya qarori asosida zakalatni budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazishni amalga oshiradi.
36. Operatorning vositachilik yig‘imi davlat xaridlarining yakunlariga ko‘ra bitimning haqiqiy summasidan kelib chiqib davlat buyurtmachisi va ishtirokchining avans to‘lovlaridan davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan ushlab qolinadi.
37. Ishtirokchilarning va korporativ buyurtmachilarning bandi bekor qilingan mablag‘lari ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat xaridlarida avans to‘lovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki ularga xizmat ko‘rsatadigan banklardagi hisobvaraqlariga qaytariladi.
38. Elektron do‘kon vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 5-bobi hamda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
39. Elektron do‘kon vositasidagi davlat xaridi Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Budjet buyurtmachisi tomonidan elektron do‘kon orqali tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatoriga muvofiq guruhlashtirilgan ayni bir turdagi tovarlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravarigacha amalga oshirilishi mumkin.
Budjet buyurtmachisi tomonidan elektron do‘kon orqali tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatoriga muvofiq guruhlashtirilgan ayni bir turdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravarigacha (korporativ buyurtmachilar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravarigacha) amalga oshirilishi mumkin.
40. Ishtirokchi tomonidan elektron do‘konda joylashtirilgan taklifda Qonunning 50-moddasida qayd etilgan ma’lumotlar va tovarni yetkazib berish muddati ko‘rsatiladi.
Ishtirokchi elektron do‘konda o‘zi joylashtirgan axborotning ishonchliligi bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
41. Elektron do‘kon orqali davlat xaridlari narxlar so‘rovi mexanizmidan foydalangan holda Qonunning 51-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
42. Narxlar so‘rovi mexanizmi davlat buyurtmachisiga o‘xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan ishtirokchilardan pastroq narxni so‘rash imkoniyatini taqdim etadigan davlat xaridlarining elektron tizimi funksiyasidan iborat.
43. Agar narx so‘rovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan summa davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan summadan 20 va undan ortiq foizga past bo‘lsa, ishtirokchi davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ofertaning summasi va o‘zi tomonidan taklif etilgan summaning farqi miqdoridagi qo‘shimcha zakalatni oldindan kiritishi shart. Bunda ofertaning summasi:
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshmaydigan hollarda qo‘shimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan;
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshgan hollarda qo‘shimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravaridan oshmasligi kerak.
Qo‘shimcha zakalat mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu takliflar davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
44. Ijrochi va ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumot (ularning nomi, STIR, taklif summalari) g‘olib aniqlangan paytda davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettiriladi.
45. Davlat buyurtmachilari elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasidan foydalangan holda davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) o‘rtasida amalga oshirishi mumkin.
Bunda elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
buyurtmachi elektron do‘konda “milliy do‘kon” yacheykasini tanlaydi;
davlat xaridlarining elektron tizimi buyurtmachi joylashgan hudud bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning (ishni bajaruvchilarning, xizmat ko‘rsatuvchilarning) takliflari joylashtirilgan qo‘shimcha sahifani ochadi.
“Milliy do‘kon” yacheykasining “qidiruv” tugmasidan foydalanilganda davlat xaridlarining elektron tizimi buyurtmachi joylashgan hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) tomonidan yetkazib beriladigan tovarni (ishni, xizmatni) qidiradi.
46. “Milliy do‘kon” orqali xaridlarni amalga oshirishda davlat xaridlarining elektron tizimi narxlar so‘rovi mexanizmini faqat buyurtmachi joylashgan hududdagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) orasida yuborilishini ta’minlaydi.
47. Auksion vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 6-bobi va ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
48. Auksion vositasidagi davlat xaridi Qonunning 52-moddasida belgilangan mezonlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
49. Auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmachisi maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat xaridlarining reja-jadvaliga muvofiq auksion tugaydigan sanadan kamida besh ish kuni avval e’lonni joylashtiradi.
50. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa Qonunning 53-moddasida belgilangan ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
51. Auksion davlat buyurtmachisining e’lonida bayon etilgan talablarni inobatga olgan holda o‘tkaziladi.
52. Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Qadam o‘lchovi operator tomonidan vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilanadi, lekin auksionning boshlang‘ich narxining 3 foiz miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Bunda bir ishtirokchi belgilangan qadam o‘lchovi miqdorida boshlang‘ich narxni ketma-ket bir necha bor pasaytirish huquqiga ega.
53. Davlat xaridlarining elektron tizimi budjet buyurtmachisining e’lonini u joylashtirilgan vaqtdan va Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan ma’lumotlar almashinuvi orqali mablag‘lar mavjudligi haqidagi tasdig‘i olingandan so‘ng faollashtiradi va ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni boshlaydi.
54. Agar taklif narxi davlat buyurtmachisi tomonidan berilgan boshlang‘ich narxdan past va/yoki boshqa ishtirokchining taklif qilgan narxidan past bo‘lsa, davlat xaridlarining elektron tizimi ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni ta’minlaydi.
Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Auksion uni o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatda (sana va vaqt), biroq oxirgi taklif kelib tushgan vaqtdan so‘ng o‘n daqiqadan kam bo‘lmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi.
Mazkur vaqt ichida yangi taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati oxirgi taklif olingandan so‘ng yana o‘n daqiqaga uzaytiriladi.
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar auksion g‘olibi aniqlanmaguniga qadar davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilmaydi.
Agar auksion mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx boshlang‘ich narxdan 20 va undan ortiq foizga past bo‘lsa, ishtirokchi boshlang‘ich narx va o‘zi tomonidan taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qo‘shimcha zakalatni oldindan kiritishi shart. Bunda boshlang‘ich narx:
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshmaydigan hollarda qo‘shimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan;
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshgan hollarda qo‘shimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravaridan oshmasligi kerak.
Qo‘shimcha zakalat mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu takliflar davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
55. Auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddati ularning miqdoridan, hajmidan, noyobligidan, ishlab chiqarishga va (yoki) respublika hududiga import qilishga ketadigan vaqtidan va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yetti kundan kam bo‘lmasligi kerak. Bunda yetkazib beruvchi tovarlarni shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib berishi mumkin.
56. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lsa yoki hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va g‘olib aniqlanmaydi. Davlat buyurtmachisi auksionni uch ish kuniga uzaytirishi yoki xaridni Qonun va mazkur Nizom talablariga muvofiq elektron do‘kon (belgilangan mezonlar doirasida) yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi mumkin.
57. Tanlash vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 7-bobi va ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tanlash elektron shaklda o‘tkaziladi.
58. Tanlash vositasidagi davlat xaridi Qonunning 56-moddasida belgilangan shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
59. Tanlashni o‘tkazishda xarid komissiyasi Qonunning 20 va 57-moddalarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
60. Xarid komissiyasining mas’ul kotibi:
ishtirokchilarning takliflarini tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining rasmiylashtirish talablariga mos kelishi bo‘yicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini xarid komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi;
tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan mezonlar bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini davlat xaridlarining elektron tizimiga kiritadi.
61. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
62. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun xarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining muloqot qilish imkoniyati davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan yopiq chat orqali ta’minlanadi.
63. Davlat xaridlarining elektron tizimidagi shaxsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda xarid komissiyasining har bir a’zosi, shu jumladan, uning raisi ho‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator xarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
64. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud bo‘lsa, tanlashni o‘tkazish jarayoni davlat buyurtmachisi tomonidan yangi xarid komissiyasi raisi tayinlanguniga qadar to‘xtatiladi.
65. Xarid komissiyasining har bir a’zosi o‘zining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Belgilangan muddatlarda xarid komissiyasi a’zosi shaxsiy kabineti orqali ovoz berishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, u ovoz berishdan bosh tortgan deb tan olinadi. Xarid komissiyasi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi ovoz berishdan bosh tortishga haqli emas.
66. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng davlat buyurtmachisining mutaxassislari yoki tanlashni tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul shaxs tomonidan tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlari, shartnoma va tanlashni o‘tkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.
67. Tanlash taklifining texnik va narx qismi bo‘yicha davlat buyurtmachisining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.
68. Davlat buyurtmachisi ishtirokchilarning tanlash takliflarini baholash usulini (eng past narx usulini yoki ball usulini) va mezonlarini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun kiritadi. Tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida tanlash takliflarini baholash uchun qo‘llaniladigan ballarning boshlang‘ich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan o‘tmagan ishtirokchi tanlashdan chetlatiladi.
69. Tanlash taklifining texnik qismi uchun miqdoriy yoki miqdoriy bo‘lmagan (ekspert) ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.
70. Tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlari namunaviy shakllarini to‘ldirishda miqdoriy (o‘lchov birligini belgilagan holda) va miqdoriy bo‘lmagan (ekspert) mezonlar xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
71. Ball usulidan foydalanganda tanlash taklifining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan foydalanganda ishtirokchining tanlash taklifi tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.
72. Tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida majburiy bo‘lgan mezonlar belgilanishi mumkin. Bunda tanlash taklifining majburiy etib belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tanlashning har qanday bosqichida chetlatishga olib keladi.
Bunda majburiy mezonlar belgilanishida Qonunning 34-moddasiga muvofiq ishtirokchilarga nisbatan raqobatni cheklovchi talablar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
73. Davlat buyurtmachisi tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid komissiyasiga kiritadi.
74. Xarid komissiyasi tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining majlisda yoki masofadan turib Qonun talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:
tanlash takliflari qabul qilinadigan muddatlar;
tanlash takliflarini baholash usullari va mezonlari;
tanlash takliflari qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash mezonlarining nisbiy qiymati;
tanlash taklifini ta’minlash hajmi va shakli.
75. Tanlashni o‘tkazish haqida qaror tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan kelishilganidan so‘ng qabul qilinadi.
76. Tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng xarid komissiyasi tomonidan tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlari qayta kelishilishi kerak.
77. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.
78. Tasdiqlangan tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek, tanlash o‘tkazish haqidagi e’lon tanlash ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin davlat buyurtmachisi tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
79. Zarur bo‘lgan hollarda davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi qarori bilan tanlash takliflarini berish muddatini uzaytirishi yoki tanlash ishtirokchilariga tanlash takliflarining amal qilish muddatini ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
80. Tanlash o‘tkazilganda ishtirokchilar tanlash bo‘yicha elektron takliflarni o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
81. Ishtirokchining tanlash taklifining ajralmas qismi bo‘lgan elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan namunaviy shakllar asosida taqdim etiladi. Davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan tanlash taklifi ishtirokchi tomonidan tasdiqlanadi.
82. Tanlash taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.
Bunda ishtirokchilarning tanlash takliflari davlat xaridlarining elektron tizimidagi namunaviy shakllarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchining tanlash taklifidagi ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.
83. Tanlash takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular ishtirokchilar, shuningdek, xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.
84. Tanlash ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tanlash taklifini berishga haqli.
85. Tanlash ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot (ma’lumot) va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javob beradi.
86. Tanlash ishtirokchisi taqdim etilgan tanlash takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tanlash taklifini chaqirib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
87. Joylashtirilgan e’londa ko‘rsatilgan muddat va vaqtda davlat xaridlarining elektron tizimi tanlash takliflarini qabul qilishni to‘xtatadi.
Tanlash ishtirokchisi tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan davlat buyurtmachisiga ochiq elektron chat orqali so‘rov yuborishga haqli.
Davlat buyurtmachisi so‘rov tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida ushbu so‘rovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart. Tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartirmasligi kerak.
Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash takliflarining ta’minlanishi zarurligi belgilagan taqdirda, ishtirokchi tanlash takliflari yuborilguniga qadar ta’minotning maqbulligini tasdiqlash to‘g‘risida ochiq elektron chat orqali so‘rov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday so‘rovga bir ish kuni ichida javob beradi.
88. Tanlash xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkazilganda davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlash takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni ko‘rish imkoniyatini beradi.
89. Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan fayllar uning tanlash taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga mos bo‘lishi hamda davlat xaridlarining elektron tizimidagi to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan elektron maydonlar to‘ldirilishi kerak.
90. Davlat xaridlarining elektron tizimi ishtirokchi taklif etgan narxni boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan fayllar mavjud bo‘lmasa, davlat xaridlarining elektron tizimi rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tanlash taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
91. Agar tanlash taklifi Qonunning va tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tanlash taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi bo‘yicha xarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ishtirokchining tanlash taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qaror, ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Tanlash g‘olibini aniqlash uchun tanlash takliflarini baholash tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida amalga oshiriladi.
92. Tanlash takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasining mas’ul kotibi tanlash ishtirokchilaridan ularning tanlash takliflari yuzasidan tushuntirishlar so‘rashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda o‘tkaziladi.
93. Tanlash taklifi tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlari bilan belgilangan muddat mobaynida kuchda qoladi.
94. Tanlash taklifining miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholash davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
95. Miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash xarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
96. Tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda:
tanlash taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);
tanlash takliflarining texnik qismini baholash natijalariga ko‘ra tanlashda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi.
Tanlash takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholash natijasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, eng past narx taklif etgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
Tanlash takliflarini eng past narx usulidan foydalangan holda baholash natijasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, texnik qismi bo‘yicha eng maqbul taklifni bergan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
Zaxiradagi g‘olibni aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
97. Tanlash takliflarini ko‘rib chiqish hamda baholash natijalari davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda shakllangan dastlabki elektron bayonnomada qayd etiladi va tanlash o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasi a’zolari tomonidan ERIdan foydalangan holda imzolanadi.
Bunda dastlabki elektron bayonnomada quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tanlash takliflari ko‘rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt;
xarid komissiyasi a’zolarining va tanlash ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi;
tanlash takliflari ko‘rib chiqilgan tanlash ishtirokchilari;
xar bir tanlash taklifini baholash natijalarining yoyilmasi;
tanlash takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan va asoslangan holda rad etilgan tanlash ishtirokchilari;
tanlash g‘olibi to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida ma’lumot;
tanlash g‘olibining nomi (yuridik shaxslar uchun), F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun), joylashgan joyi (pochta manzili).
98. Dastlabki elektron bayonnoma u rasmiylashtirilgan kunda davlat xaridlarining elektron tizimida muhokama qilish uchun ikki ish kuniga joylashtiriladi.
99. Tanlashning istalgan ishtirokchisi dastlabki elektron bayonnoma e’lon qilinganidan so‘ng davlat buyurtmachisiga tanlash o‘tkazish natijalari bo‘yicha davlat xaridlarining elektron tizimi orqali e’tirozlar yuborishga haqli.
100. Agar ikki ish kuni ichida tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash o‘tkazish natijalari bo‘yicha e’tirozlar tushmagan bo‘lsa, bu to‘g‘risida xarid komissiyasining tegishli majlisi elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va davlat buyurtmachisi bilan g‘olib deb topilgan ishtirokchi o‘rtasida shartnoma tuziladi.
101. Tanlash o‘tkazish natijalari bo‘yicha tanlash ishtirokchilaridan e’tirozlar tushganda, xarid komissiyasi e’tirozlarni ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
102. Davlat buyurtmachisi tomonidan xarid komissiyasiga taqdim etilgan muhokama natijalari to‘g‘risidagi axborot asosida xarid komissiyasining tegishli majlisi elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
103. Tanlash natijalariga doir shartnoma tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida va o‘zi bilan shartnoma tuzilayotgan tanlash ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan taklifda nazarda tutilgan shartlar asosida g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.
104. Tanlashni o‘tkazish natijalariga ko‘ra shartnoma elektron shaklda tuziladi hamda shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
105. Buyurtmachilar tomonidan xodimlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etishni nazarda tutuvchi xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda o‘tkazish majburiy hisoblanmaydi.
Bunda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish, tanlash ishtirokchilari tomonidan takliflarni berish, tanlash ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash, g‘olib va zaxira g‘olibni aniqlash, tanlash natijalarini rasmiylashtirish Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
106. Tender vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 8-bobiga, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tender elektron shaklda o‘tkaziladi.
107. Tender vositasidagi davlat xaridi Qonunning 64-moddasida belgilangan shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
108. Tenderni o‘tkazishda xarid komissiyasi Qonunning 20 va 65-moddalarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
109. Xarid komissiyasining mas’ul kotibi:
ishtirokchilarning takliflarini tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini rasmiylashtirish talablariga mos kelishi bo‘yicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini xarid komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi;
tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini davlat xaridlarining elektron tizimida joylashtiradi.
110. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
111. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun xarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining muloqot qilish imkoniyati davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan yopiq chat orqali ta’minlanadi.
112. Davlat xaridlarining elektron tizimidagi shaxsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda xarid komissiyasining har bir a’zosi, shu jumladan, uning raisi ho‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator xarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha javob beradi.
113. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud bo‘lsa, tenderni o‘tkazish jarayoni davlat buyurtmachisi tomonidan xarid komissiyasining vaqtinchalik yangi raisi tayinlanguniga qadar to‘xtatiladi.
114. Xarid komissiyasining har bir a’zosi o‘zining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Belgilangan muddatlarda xarid komissiya a’zosi shaxsiy kabineti orqali ovoz berishdan bosh tortgan taqdirda, uning ovozi betaraf sifatida qabul qilinadi. Xarid komissiya raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi ovoz berishdan bosh tortishga haqli emas.
115. Davlat buyurtmachisi tomonidan tender o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng davlat buyurtmachisining mutaxassislari yoki tenderni tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul shaxs tomonidan tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari, shartnoma va tender o‘tkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.
116. Tender taklifining texnik va narx qismi bo‘yicha davlat buyurtmachisining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.
117. Davlat buyurtmachisi ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usulini (eng past narx usulini yoki ball usulini) va mezonlarini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun kiritadi. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida tender takliflarini baholash uchun qo‘llaniladigan ballarning boshlang‘ich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan o‘tmagan ishtirokchi tenderdan chetlatiladi.
118. Tender taklifining texnik qismi uchun miqdoriy yoki miqdoriy bo‘lmagan (ekspert) ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.
119. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining namunaviy shakllarini to‘ldirishda miqdoriy (o‘lchov birligini belgilagan holda) va miqdoriy bo‘lmagan (ekspert) mezonlar xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
120. Ball usulidan foydalanganda tender taklifining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan foydalanganda ishtirokchining taklifi tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.
121. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida majburiy bo‘lgan mezonlar belgilanishi mumkin. Bunda tender taklifining majburiyligi belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchining davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tenderning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi.
Bunda majburiy mezonlar belgilanishida Qonunning 34-moddasiga muvofiq ishtirokchilarga nisbatan raqobatni cheklovchi talablar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
122. Davlat buyurtmachisi tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid komissiyasiga kiritadi.
123. Xarid komissiyasi o‘zining majlisida yoki masofadan turib tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari loyihasining Qonun talablariga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:
tender takliflari qabul qilinadigan muddatlar;
tender takliflarini baholash usullari va mezonlari;
tender taklifi qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymati;
tender taklifini ta’minlash hajmi va shakli.
124. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qo‘yiladi.
125. Xarid komissiyasi tomonidan tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari loyihasi ma’qullangan holda tender o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
126. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari ma’qullanmagan hollarda ular qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki xarid komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.
127. Ma’qullangan tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini davlat buyurtmachisi ERI bilan tasdiqlaydi.
128. Tasdiqlangan tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari, shuningdek, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon tender ishtirokchilaridan tender takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘n ikki ish kuni oldin va ko‘pi bilan o‘ttiz ish kuni oldin davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.
129. Zarur bo‘lgan hollarda davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi qarori bilan tender takliflarini berish muddatini uzaytirishi yoki tender ishtirokchilariga tender takliflarining amal qilish muddatini ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
130. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi (lot) sifatida ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bu holatda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin.
131. Tender ishtirokchilari tender bo‘yicha elektron takliflarni o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
132. Ishtirokchining tender taklifini tashkil etuvchi elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan namunaviy shakllar asosida taqdim etiladi. Davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan tender taklifi ishtirokchi tomonidan tasdiqlanadi.
133. Tender taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.
Bunda ishtirokchilarning tender takliflari davlat xaridlarining elektron tizimida namunaviy shakllarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchining tender takliflarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.
134. Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular tender ishtirokchilari, shuningdek, xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.
135. Tender ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tender taklifini berishga haqli.
136. Tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot (ma’lumot) va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javob beradi.
137. Tender ishtirokchisi tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
138. Joylashtirilgan e’londa ko‘rsatilgan muddat va vaqtda davlat xaridlarining elektron tizimi tender takliflarini qabul qilishni to‘xtatadi.
139. Tender takliflari tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatda o‘z kuchida qoladi.
140. Tender ishtirokchisi tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan davlat buyurtmachisiga ochiq elektron chat orqali so‘rov yuborishga haqli.
141. Davlat buyurtmachisi so‘rov tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida ushbu so‘rovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartirmasligi kerak.
142. Davlat buyurtmachisi tomonidan tender takliflarining ta’minlanishi zarurligi belgilagan taqdirda, ishtirokchi tender takliflari yuborilguniga qadar ta’minotning maqbulligini tasdiqlash to‘g‘risida ochiq elektron chat orqali so‘rov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday so‘rovga bir ish kuni ichida javob beradi.
143. Tender xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkazilganda davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni ko‘rish imkoniyatini beradi.
144. Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan hujjatlar uning tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga mos bo‘lishi hamda davlat xaridlarining elektron tizimidagi to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan elektron maydonlar to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.
145. Davlat xaridlarining elektron tizimi ishtirokchi taklif etgan narxning boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan hujjatlarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan to‘ldirilmagan maydonlar mavjud bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, davlat xaridlarining elektron tizimi aniq sababni ko‘rsatgan holda ishtirokchining tender taklifini rad etadi. Biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
146. Tender takliflarini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
tender taklifining tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligini tekshirish;
ishtirokchining malaka talablarga (tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa) muvofiqligini baholash;
tender taklifining texnik qismini baholash;
tender taklifining narx qismini baholash.
Bunda davlat xaridlarining elektron tizimi tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan so‘ng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi.
147. Tender taklifi tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi bo‘yicha xarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
148. Ishtirokchining tender taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qaror ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
149. Tender g‘olibini aniqlash uchun tender takliflarini baholash tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida amalga oshiriladi.
150. Tender takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasi mas’ul kotibi tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari yuzasidan tushuntirishlar so‘rashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda o‘tkaziladi.
151. Tender taklifining miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholash davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
152. Miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash xarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
153. Miqdor ko‘rsatkichlariga asoslangan mezonlarni baholashda:
tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatkichlarning eng kam va eng ko‘p qiymatlari belgilanishi mumkin;
miqdor ko‘rsatkichlari eng kam va eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatlari oralig‘ida bo‘lgan ishtirokchilar uchun ball koeffitsiyenti uning miqdor ko‘rsatkichining eng kam va eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatlarining farqiga bo‘lgan nisbatini aniqlash orqali hisoblanadi;
agar ma’lum bir mezon bo‘yicha ishtirokchining miqdor ko‘rsatkichi tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq eng kam hisobga olinadigan qiymatdan kam bo‘lsa, ishtirokchiga eng kam ball qo‘yiladi;
agar ma’lum bir mezon bo‘yicha ishtirokchining miqdor ko‘rsatkichi eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatdan yuqori bo‘lsa, uning ko‘rsatkichi eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatdan qay darajada yuqoriligidan qat’i nazar unga ushbu mezon bo‘yicha eng yuqori ball beriladi;
miqdoriy yoki miqdoriy bo‘lmagan (ekspert) mezonni baholash davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan ballni ushbu mezonning hisobga olinadigan qiymatiga ko‘paytirish orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
154. Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib xarid komissiyasi ishtirokchilarga shartnomani bajarish uchun zarur professional va texnik malaka ma’lumotlariga, kasbiy va texnik kompetensiyaga, moliyaviy resurslarga, jihozlarga va boshqa moddiy imkoniyatlarga, boshqaruv malakasiga, ishonchlilikka, tajribaga va obro‘ga, shuningdek, inson resurslariga ega ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘shimcha mezon va talablarni belgilash huquqiga ega.
Bunda ishtirokchilarni kamsitishga, savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berishga, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan mezonlarni, talablarni va tartib-taomillarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
155. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida tender ishtirokchisining malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarning davlat xaridlarining elektron tizimiga biriktirilishi nazarda tutilishi mumkin. Davlat buyurtmachisi tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilmagan mezonlar bo‘yicha ishtirokchining malakasini baholashga yoki tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.
156. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda:
tender taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);
tender takliflarining texnik qismini baholash natijalariga ko‘ra tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi.
Tender takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholash natijasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, eng past narx taklif etgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
Tender takliflarini eng past narx usulidan foydalangan holda baholash natijasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, texnik qismi bo‘yicha eng maqbul taklifni bergan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
Zaxiradagi g‘olibni aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
157. Xarid komissiyasi a’zolari davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda shakllangan yig‘ilishning elektron bayonnomalarini ERIdan foydalangan holda tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan ko‘chirma davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda e’lon qilinadi.
158. Tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasida:
tender takliflari ko‘rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt to‘g‘risidagi;
hozir bo‘lgan xarid komissiyasi a’zolarining va tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi;
tender takliflari ko‘rib chiqilgan tender ishtirokchilari to‘g‘risidagi;
xar bir tender takliflarini baholash natijalarining yoyilmasi haqidagi;
tender takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan va asoslangan holda rad etilgan tender ishtirokchilari haqidagi;
tender g‘olibi (zaxira g‘olibi) to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi;
tender g‘olibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxs uchun), joylashgan joyi (pochta manzili) haqidagi axborot bo‘lishi kerak.
159. Davlat buyurtmachisi g‘olib bo‘lgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda tenderni bekor qilish huquqiga ega. Tender bekor qilingan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridlarining elektron tizimida mazkur qarorning asoslangan sabablarini e’lon qiladi.
160. Davlat buyurtmachisi tender bekor qilinganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, bundan tender davlat buyurtmachisining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno.
161. Tender natijalari bo‘yicha shartnoma tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda ko‘rsatilgan shartlar asosida g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.
162. Davlat buyurtmachisi tender shartlariga muvofiq qabul qilgan ta’minot summas | 142 | 63,632 |
Qonunchilik | “2-GMZning qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-son qaroriga muvofiq va zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, qayta ishlash quvvatlarini yanada oshirish hisobiga qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni barqaror ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “2-GMZning qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) amalga oshirish doirasida:
a) umumiy qiymati 168,30 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilib, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgani;
b) obyektni 2023-yilning noyabrida ishga tushirish orqali yiliga tarkibida oltin bo‘lgan 12,0 mln. tonna hajmda rudalarni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar tashkil etilishi;
v) investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining ishlab chiqilishi va ekspertizadan o‘tkazilishi natijasida:
“Navoiy KMK” DKning maxsus investitsiya hisobraqamidagi mablag‘lari hisobidan 95,88 mln AQSh dollari ekvivalentidagi o‘z mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtiriladigan va qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 2,0 foiz miqdoridagi foiz stavkasi hamda yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasi qo‘shilgan holda 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrga beriladigan 72,42 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj aniqlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Navoiy KMK” DK qarz oluvchi va investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kreditidan maqsadli hamda samarali foydalanish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
jalb etiladigan kreditni qoplash va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar “Navoiy KMK” DKning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“2-GMZning qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
“2-GMZning qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” investitsiya loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditini qoplashning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va “Navoiy KMK” DK bosh direktori K.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin. | 138 | 3,270 |
Qonunchilik | Farmatsevtika mahsulotlarini import qilish tartibiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi | Prezidentning 10.04.2019 yildagi «2019–2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5707-son Farmoni qabul qilindi.
Hujjat qisman farmatsevtika mahsulotlari importi yoritilgan.
Birinchidan, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyхatini Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tuzadi, Vazirlar Mahkamasi esa tasdiqlaydi. Ilgari Hukumat Bosh vazir oʻrinbosari boshchiligidagi maхsus ishchi guruh taklifiga koʻra Roʻyхatga tuzatish kiritar edi.
Eslatib oʻtamiz, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida Roʻyхatdagi tovarlarni import QQSdan ozod qilish tarzidagi imtiyoz tatbiq etilmaydi (Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandiga qarang). Xorijdan keltirilgan mahsulot QQS bois Oʻzbekiston bozorida qimmatlashib, mahalliysi bilan raqobatlasha olmaydi.
Bunda aniqlik kiritilishicha, tayyor mahsulotlar hamda «in bulk» mahsulotlar – qadoqlash, oʻrash va markirovkalash bosqichlaridan oʻtmagan, toʻliq хorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari import qilinganda imtiyoz amal qilmaydi. Bu roʻyхatdan oʻtgan хuddi shunday mahalliy mahsulotlar mavjud boʻlganda 15.04.2018 yildan boshlab «in bulk» mahsulotlar import qilinganda QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllamaslik meхanizmiga oydinlik kiritadi (23.01.2018 yildagi PQ–3489-son qarorning 6-bandi ikkinchi хatboshisiga, shuningdek sharhga qarang).
Shuni qayd etamizki, ushbu meхanizm uzilishlarsiz ishlashi uchun import QQS solinadigan farmatsevtika mahsulotlari roʻyхatiga toʻliq yoki toʻliq boʻlmagan teхnologik sikl boʻyicha ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarigina kirishi kerak.
Masalan, Oʻzbekistonda in’yeksiyalar uchun 2 foizli eritma koʻrinishida lidokain ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulot QQS boʻyicha imtiyoz tatbiq etilmaydigan Mahsulotlar roʻyхatiga kiradi (15-band). Shu bilan birga, «in bulk» shaklidagi ampuladagi хuddi oʻsha 2%li lidokain mahalliy ishlab chiqarish uchun хom ashyo deb hisoblanadi, u boshqa Roʻyхatga (1479 va 1480-banlar) muvofiq import QQSdan ozod qilingan. Bunda chalkashlikka yoʻl qoʻyilgani koʻrinib turibdi. Yaqin orada roʻyхatlar qayta koʻrib chiqilmasa, yangilik natijasida «in bulk» lidokain olib kirganda QQS toʻlashga toʻgʻri keladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan lidokain хorijiy «in bulk» mahsulotlarni oʻrash va markirovkalash yoʻli bilan chiqarilmayotgani aniqmi? Bunday tushunmovchiliklar koʻp uchraydi.
Shu sababli Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini mahalliy ishlab chiqarish va doriхona ichida tayyorlashga moʻljallangan, QQSdan ozod qilinadigan хom ashyo roʻyхatini mustaqil tasdiqlash huquqi berildi. Roʻyхat yilda kamida 2 marta yangilanadi hamda Agentlik va DBQ saytlariga joylashtiriladi. Amaldagi roʻyхat Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, DBQ va Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qarori bilan qabul qilingan.
Ikkinchidan, import dori vositalari (dori substansiyalari bundan mustasno) va tibbiyot buyumlarini «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojхona rejimida rasmiylashtirganlik uchun yigʻim miqdori oshirildi. U bojхona qiymatining 1,2%ini tashkil etadi. Ilgari stavka 0,2%, biroq 25 AQSh dollaridan kam va 3 000 AQSh dollaridan koʻp emas edi (Bojхona yigʻimlari stavkalariga qarang, VMning 30.04.1999 yildagi 204-son qaroriga ilova).
Uchinchidan, 2022 yil 1 yanvargacha teхnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun «toza хonalar», sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, shuningdek laboratoriya hayvonlarini boqish, klinikoldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (sh.j. doriхona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan хom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilindi. Bunda toʻlanmaydigan bojхona toʻlovlari sirasiga import QQS, aksiz soligʻi, shuningdek import bojхona boji kiradi. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, iхtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalariga oʻz ehtiyojlari uchun, shuningdek farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalarga doriхona ichida dori tayyorlash uchun tovarlarni imtiyozli olib kirishga ruхsat berildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov. | 85 | 4,626 |
Qonunchilik | 1998 YIL I YaRIM YILLIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLAR USTUVOR YO‘NALIShLARINING AMALGA OShIRILIShI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANIShI TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi 1998-yilning birinchi yarim yilligida makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashni, barqaror iqtisodiy o‘sishni, iqtisodiyotning mutanosibligini kuchaytirishni ta’minladi.
Yarim yillik mobaynida yalpi ichki mahsulot 4,0 foizga ko‘paydi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarning barqaror o‘sishi ta’minlandi. Inflatsiyaning o‘rtacha oylik darajasi 2,3 baravar pasaydi. Budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 1,3 foizidan oshmadi. Iqtisodiyotga investitsiyalar jalb etish hajmi 12 foizga ko‘paydi. Tashqi savdo oborotida ijobiy saldoga erishildi.
Shu bilan birga, qator tarmoqlarda korxonalarni aksiyalashtirish rasman amalga oshirilgan. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari, kuzatuvchi kengashlar va boshqaruvlar amalda ishlamayapti. Davlat mulki qo‘mitasi, vazirliklar, idoralar, korxonalar rahbarlari aksiyalar paketlarining tarkibini o‘zgartirish natijasida bo‘shab qolgan aksiyalarni erkin sotish zarur darajada tashkil etilishini ta’minlamadilar.
To‘lov intizomini buzish, mahsulotlarni oldindan haqini to‘latmasdan va banklar kafolatlarisiz berish hollari mavjud. Aylanma mablag‘larni boshqa maqsadlarga yo‘naltirishga va ulardan maqsadli foydalanmaslikka yo‘l qo‘yilmoqda. Natijada muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari, ayniqsa “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi korxonalarida ko‘paymoqda. Iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankrotligi va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar sonini qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi hali ham yetarlicha bo‘lmayapti.
Ishlab chiqarishni raqobatga bardoshli mahsulot chiqarishga qayta ixtisoslashtirish sust amalga oshirilmoqda. Bir qancha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar va kompaniyalar mahsulotni eksport qilish va valyuta tushumi bo‘yicha topshiriqni qoniqarsiz bajarmoqdalar.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini so‘zsiz bajarish, sa’y-harakatlarni 1998-yil oxiriga borib iqtisodiy o‘sish va moliyaviy barqarorlashtirishning belgilangan ko‘rsatkichlariga erishishga qaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kadrlarga nisbatan talabchanlikni oshirish, ularda bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq keluvchi yangicha fikrlashni shakllantirish, boqimandalik psixologiyasiga va boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuliga barham berish, xodimlarning kasb-hunar darajasini, tashabbusi va tadbirkorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish barcha darajadagi rahbarlarning muhim vazifalari deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Mehnat vazirligi, Markaziy bank, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublikani 1999-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda Davlat budjeti prognozi loyihalarini 1998-yil 15-sentabrgacha bo‘lgan muddatda tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
3. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi zarar ko‘rib ishlayotgan hamda moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lmagan korxonalarni qayta ixtisoslashtirish, sanatsiya qilish va tugatish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish ishlarini faollashtirsinlar. Bunda sanatsiya qilinadigan korxonalar qarzlarini tarkibiy o‘zgartirish korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilsin.
Komissiya ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida 1998-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi majlisida axborot bersin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda:
mulkning davlat ulushini boshqarishni takomillashtirish, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishning yuqori organi sifatida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining ahamiyatini oshirish, aksiyalashtirilgan korxonalar rahbarlarining aksiyadorlar yig‘ilishiga qat’iy bo‘ysunishi, shuningdek aksiyalashtirishning tegishli prinsiplariga muvofiq rahbarlarni va ma’muriy-boshqaruv xodimlarini tayinlash mexanizmini joriy etish;
olingan mablag‘lardan renovatsiyaga, korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida ularni o‘z aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo‘naltirgan holda erkin sotishga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotishga mo‘ljallangan aksiyalar paketlarini sotishni jadallashtirish;
korxonalarni aksiyalashtirish va boshqarishda qatnashishga xususiylashtirish investitsiya fondlarini keng jalb qilish, bunda mustahkam me’yoriy-huquqiy baza yaratish asosida ularning aksiyalari egalari manfaatlari va huquqlari ishonchli himoya qilinishini nazarda tutish;
korxonalarni aksiyalashtirishga xorijiy sarmoyani jalb qilish, ayniqsa aksiyalarini qimmatli qog‘ozlarning tashqi bozorlariga qo‘yish zarur bo‘lgan ustuvor korxonalar bo‘yicha O‘zbekiston fond bozorining jahon sarmoya bozoriga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvining tasdiqlangan rejasini jadal amalga oshirish yuzasidan bir oy muddatda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi (O‘. T. Sultonov) xususiy tadbirkorlikni, kichik va o‘rta biznesni jadal rivojlantirish asosida real mulkdorlar sinfi shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga qaratilgan Hukumat qarorlari bajarilishi, shuningdek ushbu maqsadlar uchun jalb qilinayotgan xorijiy kreditlardan samarali foydalanish ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin.
Olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida 1998-yil yakunlari bo‘yicha axborot berilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xo‘jaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarorini bajarish yuzasidan zarur nazoratni ta’minlamaganligi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi sustkashligi, korxonalarda ishlab chiqarish va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish, shuningdek ularni eksportga sotish bo‘yicha yetarlicha ish olib bormaganligi uchun “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi raisi B. N. Nosirovga hayfsan e’lon qilinsin.
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi raisi B. N. Nosirov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari joriy yilning ikkinchi yarim yilligida eksportni ko‘paytirish ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini, 1998-yilda nazarda tutilgan investitsiya dasturlarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlasinlar, tarmoq korxonalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash, ular faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni faollashtirsinlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida 1998-yil yakunlari bo‘yicha B. N. Nosirovning hisoboti eshitilsin.
7. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
boshoqli don ekinlari hosili o‘rim-yig‘imini tezda tugallash va davlatga don sotish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yerlarning joriy yilning 15-avgustigacha haydalishini ta’minlasinlar;
qishloq xo‘jaligi korxonalari mehnat jamoalarini g‘o‘zalarni kompleks parvarish qilishga safarbar etsinlar, sust rivojlanayotgan g‘o‘zalarga va paxta terish texnikasini tayyorlab qo‘yishni joriy yilning 1-sentabrigacha tugallashga alohida e’tibor bersinlar.
Paxta terish mashinalarini tuzatish-tiklash ishlarini o‘tkazishni moddiy-texnikaviy ta’minlash bo‘yicha shaxsan javobgarlik “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi raisi B. A. Olimjonov, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi raisi R. D. Matchonov zimmasiga yuklansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda, 1998-yil hosil yig‘im-terimi yakunlarini hisobga olgan holda, ekish mavsumini o‘tkazish, boshoqli don ekinlari yetishtirish va 1999-yil hosilidan davlat xaridlari hajmlari bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi takliflarni 20 kun muddatda ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tegishli banklar va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1996-1997-yillarda “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar uchun Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qishloq xo‘jaligi korxonalarining qarzlarini uzish bo‘yicha aniq takliflarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
10. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, hokimliklar hamda boshqaruvning boshqa tuzilmalari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari bilan aloqada bo‘lishdan, muloqotdan o‘zini chetga tortishi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi muammolarning matbuotda, televideniye va radioda yoritilishiga yetarli e’tibor bermasligi va ko‘maklashmasligi singari qaror topgan amaliyot qoralansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 169 | 10,099 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minla | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda) 5-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2020-yil 1-martdan boshlab, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pullarini banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi bo‘yicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, ya’ni inkassatsiya xizmatlari ko‘rsatilishining tashabbuskori (xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki bank) tomonidan to‘lanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 12-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Qarzdorning likvidli mol-mulki sotilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi va qonun hujjatlariga muvofiq sotilmagunicha auksiondan olinmaydi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 94-modda) 6-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-avgustdagi 226-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
5. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 206-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizom 12-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tijorat banklarining kreditlari;”.
7. Vazirlar Mahkamasining “2018-2019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-maydagi 372-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda, kinoteatrlarni qurish tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari va “O‘zmilliybank”ning loyiha qiymatining 75 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordagi kreditlari hisobiga amalga oshiriladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son qarori bilan tasdiqlangan Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibida:
a) 2-bandida:
“b”-kichik bandida “mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari” so‘zlari “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g”-kichik bandida “mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning “d”-kichik bandida “mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 969-F-son farmoyishi 2-bandidagi “Moliya-xo‘jalik departamenti huzuridagi Ma’muriy binolarga xizmat ko‘rsatish” so‘zlari “Qurilayotgan bino va inshootlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasining samarali faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 26-martdagi 118-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 118-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1996-yil 7-maydagi 174-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 20-avgustdagi 178-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 8-iyundagi 156-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-maydagi 86-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risida nizom 10-bandining “v” kichik bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori)” 2011-yil 6-sentabrdagi 248-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 74-modda) ilovaning 15-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 17-apreldagi 111-son qarori 6-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-sonli “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 27-iyundagi 173-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 25-noyabrdagi 343-son qarorining 4-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylardagi aholiga servis xizmati ko‘rsatishni yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 4-maydagi 139-son qarorining 5-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa yerlaridan camarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 4-martdagi 119-son qarorining 10-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 132-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida parrandachilikni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 3-apreldagi 171-son qarorining 5-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3166-son qarori)” 2017-yil 2-oktabrdagi 787-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ittifoqi kengashi raisini, viloyat, shahar, tuman kengashlari raislarini va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-oktabrdagi 818-son qarorining 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-yanvardagi 63-son qarorining 12-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2020-yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 31-maydagi 407-son qarori.
18. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi 696-son qarori. | 250 | 9,692 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi PQ-275-son qaroriga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi “Mustaqillik va ezgulik monumenti to‘g‘risida”gi PQ-275-son Qarorining muqaddimasining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mustaqillik maydonining ijtimoiy-siyosiy hayotimizda tutgan muhim o‘rni va ahamiyatini inobatga olib hamda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol g‘oyalarini, milliy g‘urur va iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada chuqurroq singdirish, qalbimiz turida ayol zotiga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom, ta’zim va tashakkurimizni yana bir bor yorqin ifodalash maqsadida:” | 113 | 590 |
Qonunchilik | Respublikada pillachilik tarmog‘idagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublikada pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, intensiv tutzorlar barpo etish, pillachilik tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga ipak mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda mavjud tutzorlarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlarni qurish, fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga tut ko‘chatlari ekishni ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni yanada jadal davom ettirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Pillachilik tarmog‘i korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish, tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ni pilla boqish ishlariga kasanachilik asosida jalb etish va ularni rag‘batlantirish hisobiga qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2856-son qarorining bajarilishi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
birinchidan, mavjud 43,4 ming gektar tutzorlar va 44 mln. tup yakka tut qatorlari uyushma tizimidagi korxonalarga biriktirib berilganligi va yangidan 2 270 gektar tut plantatsiyasi, shundan 400 gektar maydonda intensiv tutzorlar barpo etilganligi;
ikkinchidan, 2018-yilda 18 ming tonna pilla yetishtirilishi (2017-yilga nisbatan 144,0 foiz) va 60 mln. AQSh dollardan ortiq ipak mahsulotlarini eksportga chiqarilishi;
uchinchidan, pillachilik tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga 2018-yilda 50 mln. AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilishi;
to‘rtinchidan, pillachilik sohasida 14 ming 452 ta doimiy va 410 ming 793 ta mavsumiy ish o‘rinlari tashkil etilganligi;
beshinchidan, pillachilik sohasida Xitoy, Eron, Vyetnam, Hindiston, Koreya, Birlashgan Arab Amirligi, Turkiya, Avstriya, Vengriya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Bolgariya, AQSh, Singapur, Pokiston va Qirg‘iziston davlatlari bilan xalqaro hamkorlik o‘rnatilganligi.
2. Quyidagilar:
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining pillachilik tarmog‘ida 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining pillachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida fermer xo‘jaliklari yer uchastkalarining dala chetlarida tut ko‘chatlari ekishni jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi taklifi;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining respublika hududlarida qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish maqsadida pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga 50 boshdan 90 kunlik parranda va tut ko‘chatlarini shartnoma asosida bepul yetkazib berish to‘g‘risidagi takliflari;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining uyushma huzurida “Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi;
Namangan viloyati hokimligining pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan 2019-2020-yillarda jami 3000 gektar, shu jumladan, Chortoq tumanida 1000 gektar, To‘raqo‘rg‘on tumanida 500 gektar, Chust tumanida 500 gektar, Namangan tumanida 400 gektar, Kosonsoy tumanida 300 gektar va Yangiqo‘rg‘on tumanida 300 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi;
Surxondaryo viloyati hokimligining pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan 2019-yilda jami 1000 gektar, shu jumladan, Sho‘rchi tumanida 150 gektar, Denov tumanida 50 gektar, Uzun tumanida 400 gektar (jumladan Bobotog‘ massivida 250 gektar), Sariosiyo tumanida 50 gektar, Qumqo‘rg‘on tumanida 200 gektar va Oltinsoy tumanida 150 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda pillachilik tarmog‘ida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, shu jumladan tutzorlarni kengaytirish, tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ning qo‘shimcha daromadlarini oshirish va ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:
pillachilik tarmog‘i korxonalariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yangi tutzorlar barpo etish va ular negizida ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar qurish;
qo‘shimcha daromad olishni ko‘paytirish maqsadida tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari) bilan tut ko‘chati ekish, pilla yetishtirish, parranda boqish bo‘yicha shartnomalar tuzishni tashkil etish;
tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut ko‘chatlari, asbob-uskunalar va 50 boshdan 90 kunlik parrandalarni shartnoma asosida bepul yetkazib berish hamda shartnomalarning bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish;
tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut ko‘chatlari, asbob-uskunalar va parrandalar yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish va uni qoplash tizimini joriy etish;
pillachilik sohasida doimiy va mavsumiy ish bilan band bo‘lganlar sonini uch yilda bir million kishiga yetkazish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzuridagi Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi bilan shartnoma asosida uy sharoitida pilla xomashyosini qayta ishlash, xom ipak va tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan to‘liq bir mavsum ishlangan davrlarini ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
uy sharoitida pilla xomashyosini qayta ishlash, xom ipak va tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzurida tashkil etilayotgan Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmonining 3, 12, 13 va 16-bandlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi;
pilla yetishtirishda foydalaniladigan sun’iy dasta va boshqa zarur jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida polietilen xomashyosi 2018-yil 1-sentabrdan boshlab dastlabki uch yil davomida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga polietilen ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ulgurji sotish narxlarida sotiladi;
respublika hududlarida pillachilik sohasidagi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish qat’iy tartibda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
6. Innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini pilla yetishtirish va uni qayta ishlash tarmog‘iga yo‘naltirish samaradorligini oshirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb etish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining Qayta ishlash, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi buyurtmanomasiga binoan, pillachilik tarmog‘ini rivojlantirishni targ‘ib etuvchi tashqi reklamalarni markaziy ko‘chalar, aholi gavjum joylarga hamda yo‘l bo‘ylaridagi maxsus joylarda belgilangan tartibda beg‘araz joylashtirsin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnidan “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva” bloki chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-ilovaning “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva (1)**” bloki “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva” bloki bilan almashtirilsin;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Odobrit organizatsionnuyu strukturu Assotsiatsii “Uzbekipaksanoat” i tipovuyu strukturu regionalnix obщestv “Ipaksanoat” soglasno prilojeniyam №№ 1, 3.”
v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 117 | 10,043 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
1. Mazkur Standart g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari, davlat va boshqa maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlari, barcha budjet tashkilotlariga tatbiq etiladi.
2. Ushbu Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
aktiv schyot (A) — bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayishi esa kreditida aks ettiriladi;
analitik schyot — budjet hisobi obyektlari haqidagi batafsil hisob axborotini shakllantiruvchi schyot. Budjet tashkilotlari yagona schyotlar rejasiga qo‘shimcha analitik schyotlardan foydalanishi mumkin;
balansdan tashqari schyotlar (BTC) — bu budjet tashkilotiga qarashli bo‘lmagan, lekin uning vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquq va majburiyatlar haqidagi axborotlarni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va budjet tashkilotining hisobotlarida aks ettirilmaydi;
daromadlar bo‘yicha debitorlik — budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalariga daromadlarni hisoblanishi asosida yuzaga keladigan debitorlik;
daromadlar tushumi — budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar sifatida o‘tkazilgan pul mablag‘lari;
ichki hisob-kitob markazlari — o‘zida g‘aznachilik bo‘linmalarining tegishli filiallari mablag‘larini hisobini yurituvchi, g‘aznachilik bo‘linmalarining bir filialini ichida hamda filiallari o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirilishini ta’minlovchi axborot tizimi;
kassa metodi — buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar, daromadlar, xarajatlar va boshqa hodisalar, ular uchun pul va uning ekvivalentlari qabul qilinganida yoki to‘langanida qayd etiladigan buxgalteriya hisobi metodi;
kontr-aktiv schyot (KA) — aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyot;
kontr-passiv schyot (KP) — passiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyot;
passiv schyot (P) — bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning krediti bo‘yicha, kamayishi esa debetida aks ettiriladi;
sintetik schyot — budjet hisobi obyektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilari bo‘yicha umumlashtirilgan axborotni shakllantiruvchi schyot;
tranzit schyotlar (T) — bu hisobot yili davrida foydalaniladigan, lekin hisobot davri oxirida qoldiqqa ega bo‘lmaydigan vaqtinchalik hisobga oluvchi hamda moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi schyotlar;
tranzit hisobvaraq — pul mablag‘larini vaqtinchalik hisobga oluvchi hisobvaraq;
xarajatlar — budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining pul mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar;
xarajatlar bo‘yicha majburiyatlar — budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining mablag‘lari hisobidan xarajatlarning hisoblanishi asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
hisob-kitoblar markazi — o‘zida yagona g‘azna hisobvarag‘ini hamda ichki hisob-kitob markazlarini qamrab olgan, yagona g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘larni kirim qilinishini, xarajatlarini amalga oshirilishini va qaytarilishini hamda ichki hisob-kitob markazlari orqali g‘aznachilik bo‘linmalarining bir filialini ichida hamda filiallari o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirilishini ta’minlovchi axborot tizimi;
hisoblangan daromadlar — budjet tizimi budjetlariga yoki boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘tkazib berilishi hisobga olingan daromadlar;
hisoblangan xarajatlar — budjet tizimi budjetlari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan g‘aznachilik bo‘linmalarida hisobga olingan moliyaviy majburiyatlar;
hisoblangan haqiqiy xarajatlar — budjet tashkilotlari tomonidan budjet yoki budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisoblangan xarajatlar;
hisoblash metodi — buxgalteriya hisobida sodir bo‘lgan barcha operatsiyalar va boshqa hodisalar, ular sodir bo‘lgan paytda qayd etiladigan (pul mablag‘lari va uning ekvivalenti kelib tushgan yoki to‘lanishidan oldin) buxgalteriya hisobi metodi.
3. Yagona schyotlar rejasi moliyaviy hisobot elementlariga muvofiq guruhlashtirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar, xarajatlar, kapital va moliyaviy natijani o‘zida ichiga oladi.
4. Yagona schyotlar rejasi uning tarkibiy qismi bo‘lgan schyotlarga va subschyotlarga ajratiladi.
5. Tarkibiy schyotlar tegishli subschyotlarga bo‘linmasa, ushbu tarkibiy schyot subschyot sifatida foydalaniladi.
6. G‘aznachilik bo‘linmalari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining hamda budjet tashkilotlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining budjet hisobini mazkur Standartning 1-ilovasida keltirilgan yagona schyotlar rejasiga muvofiq yuritadi.
7. G‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar mazkur Standartda keltirilgan O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining budjet hisobida yagona schyotlar rejasini qo‘llash tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining budjet hisobini yuritadi.
8. Budjet tashkilotlari mazkur Standartda keltirilgan Budjet tashkilotlarining budjet hisobida yagona schyotlar rejasini qo‘llash tartibiga muvofiq budjet hisobini tashkil etadi.
9. Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning budjet hisobida yagona schyotlar rejasini qo‘llash mazkur bob hamda ushbu Standartning 2-ilovasidagi na’munaviy o‘tkazmalar asosida amalga oshiriladi.
10. Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larini ichki hisob-kitob markazlarida to‘liq aks ettirish maqsadida mazkur Standartning 3-ilovasida nazarda tutilgan g‘aznachilik bo‘linmalari kodlari va budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari tasnifi (qo‘shimcha analitik schyotlar) bilan quyidagi ko‘rinishda yuritiladi:
11. Tegishlicha g‘aznachilik bo‘linmalarining:
0-darajasi O‘zbekiston Respublikasining respublika darajasidagi;
1-darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi;
2-darajasi shaharlar darajasidagi;
3-darajasi tumanlar darajasidagi budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning budjet hisobi bo‘yicha hisob va hisobotlari yuritiladi.
12. Yagona schyotlar rejasi daromadlarni turlari bo‘yicha hisoblash, tushumini yuritish, xarajatlarni esa moddalari bo‘yicha hisoblash, amalga oshirish hamda daromadlar va xarajatlar bo‘yicha budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarini amalga oshirishda ma’lumotlarni to‘liq aks ettirish maqsadida daromadlarning turlari va xarajatlarning iqtisodiy tasnifi (qo‘shimcha analitik schyotlar) bilan quyidagi ko‘rinishda yuritiladi:
13. 101 000 “Hisob-kitoblar markazidagi pul mablag‘lari” schyotining:
101 100 “Yagona g‘azna hisobvarag‘ining milliy valyutadagi pul mablag‘lari” schyotining tegishli subschyotlari yagona g‘azna hisobvarag‘iga milliy valyutada kelib tushgan budjet tizimi budjetlarining daromadlari, tushumlari va budjet tizimi budjetlarining yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali milliy valyutadagi xarajatlari hamda milliy valyutadagi aniqlanmagan tushumlarning tushishi va qaytarilishi;
101 200 “Yagona g‘azna hisobvarag‘ining xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari” schyotining tegishli subschyotlari yagona g‘azna hisobvarag‘iga xorijiy valyutada kelib tushgan budjet tizimi budjetlarining daromadlari, tushumlari va budjet tizimi budjetlarining yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali xorijiy valyutadagi xarajatlari hamda xorijiy valyutadagi aniqlanmagan tushumlarning tushishi va qaytarilishi hisobi yuritiladi.
101 110 “Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning milliy valyutadagi mablag‘lari” yoki 101 210 “Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning xorijiy valyutadagi mablag‘lari” subschyotlariga daromad va tushumlarni qabul qilinganda o‘z navbatida tegishli ichki hisob-kitob markazlarining 301 100 “Hisob-kitoblar markazining ichki hisob-kitob markazlari mablag‘lari bo‘yicha majburiyatlari” subschyoti orqali mablag‘lar 102 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari” yoki 105 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning xorijiy valyutadagi mablag‘lari” schyotlarining tegishli subschyotlarida aks ettiriladi. Aksincha 102 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari” yoki 105 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning xorijiy valyutadagi mablag‘lari” schyotlarining tegishli subschyotlari orqali xarajatlar amalga oshirilganda (Yagona g‘azna hisobvarag‘ining ichida, ya’ni ichki hisob-kitob markazlarining o‘zida amalga oshiriladigan xarajatlar bundan mustasno) mablag‘lar 101 110 “Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning milliy valyutadagi mablag‘lari” yoki 101 210 “Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning xorijiy valyutadagi mablag‘lari” subschyotlari orqali yo‘naltiriladi.
101 190 “Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi milliy valyutadagi aniqlanmagan tushumlar” va 101 290 “Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi xorijiy valyutadagi aniqlanmagan tushumlar” subschyotlarida yagona g‘azna hisobraqamga kirim qilingan ammo tegishli budjetlarga o‘tkazish uchun yetarli asos (ma’lumotlar) mavjud bo‘lmagan to‘lovlar vaqtinchalik hisobga olinadi. Ushbu mablag‘lar 301 900 “Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi aniqlanmagan tushumlar bo‘yicha majburiyatlar” subschyotining kreditida aks ettirilib, yuqoridagi aktiv subschyotlardagi qoldiqlardan xarajatlar (aniqlanmagan tushumlarni qaytarishdan tashqari) amalga oshirilmaydi.
14. 102 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari” va 105 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning xorijiy valyutadagi mablag‘lari” schyotlarining tegishli subschyotlarida yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali qamrab olingan hamda ichki hisob-kitob markazlari orqali yo‘naltirilgan budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari hisobi yuritiladi.
15. 103 000 “Davlat budjeti, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning boshqa hisobraqamlardagi mablag‘lari” va 106 000 “Davlat budjeti, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning boshqa hisobraqamlardagi xorijiy valyutadagi mablag‘lari” schyotlarining tegishli subschyotlarida yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali qamrab olinganmagan pul mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Boshqa hisobraqamlardagi davlat budjeti mablag‘lari tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari esa ushbu jamg‘armalarning taqsimlovchilari tomonidan hisobi yuritiladi.
16. 111 000 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari” schyotining tegishli subschyotlarida hisob raqamdan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (naqd pul mablag‘lari, konvertatsiya uchun o‘tkazib berilgan mablag‘lar, pul o‘tkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi.
111 100 “Budjet hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar”, 111 200 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lari”, 111 300 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar” schyotlarida naqd pul olish uchun o‘tkazib berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan xorijiy valyutadagi mablag‘lari bo‘yicha 111 400 “Konvertatsiya uchun tranzit hisob raqamga o‘tkazib berilgan mablag‘lar” schyotiga yo‘naltirilgan mablag‘lar tegishli bankning bank ko‘chirma hujjatiga asosan 330 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning xarajatlari bo‘yicha majburiyatlar” schyotining tegishli subschyotlariga konvertatsiya xarajatlari bo‘yicha majburiyatlarni yopish uchun yo‘naltiriladi.
17. 120 000 “Moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha joriy debitor qarzlar” schyotining tegishli subschyotlarida budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan joylashtirilgan qisqa muddatli depozit majburiyatlarini, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘laridan berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni hamda olingan qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar bundan mustasno) bo‘yicha majburiyatlarni aks ettiruvchi subschyotlarni qamrab oladi.
18. 131 000 “Berilgan qisqa muddatli ssudalar” schyoti tegishli subschyotlarida qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga, budjet mablag‘laridan rezident-yuridik shaxsga, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarga hamda davlat maqsadli jamg‘armalaridan boshqa davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratiladigan pul mablag‘lari hisobi yuritiladi.
19. 132 000 “Budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlar” schyotining tegishli subschyotlarida budjet jarayonida yuzaga keladigan yuqori va quyi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar mablag‘larining debiti aks ettirilsa, o‘z navbatida debitorlikni yuzaga keltiruvchi daromad va xarajatlarga berilgan o‘zgarishlar 610 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjetlararo olingan va berilgan mablag‘lar” schyotining tegishli subschyotlarida aks ettiriladi.
20. 133 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlar” schyotining tegishli subschyotlarida davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning respublika darajasidagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi hamda tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘lar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha debitorliklar hisobi yuritiladi.
21. Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari:
respublika darajasidan hududiy darajalarga yo‘naltirilganda 133 300 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlar” subschyoti;
hududiy darajadan respublika darajasiga mablag‘lar yo‘naltirilganda 133 100 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning respublika mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlar” subschyoti bo‘yicha hisob yuritilmaydi.
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlikni yuzaga keltiruvchi olingan va berilgan daromadlar turlari 620 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlarida aks ettiriladi.
22. 132 000 “Budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlar” va 133 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlar” schyotlarining tegishli subschyotlari mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.
23. 140 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning daromadlari bo‘yicha debitor qarzlari” schyoti o‘z ichiga budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning, budjet tashkilotlarining pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun, taqsimlanadigan daromadlar bo‘yicha hamda o‘tgan yilgi debitorlik qarzdorliklar, kamomadlar, tekshiruv natijasiga ko‘ra to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan daromadlarning debitor qarzdorliklarini hamda aniqlanmagan tushumlarning miqdorini hisobini yuritadi.
140 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning daromadlari bo‘yicha debitor qarzlari” schyotining tegishli subschyotlarining debitida vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida hisoblangan daromadlardan bo‘lgan haqdorliklar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha va boshqa turdagi tushumlarning hisoblangan miqdorlari bo‘yicha debitorliklar aks ettirilsa, 500 000 “Hisoblangan daromadlar” schyotining tegishli subschyotlarida ushbu mablag‘larning krediti yuritiladi.
140 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning daromadlari bo‘yicha debitor qarzlari” schyotining tegishli subschyotlarining kreditida mablag‘lar hisobi kelib tushgan daromadlarning, debitida esa qaytarilgan mablag‘larning hisobi aks ettiriladi.
140 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning daromadlari bo‘yicha debitor qarzlari” schyotining subschyotlari mazkur Standartning 10-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.
24. 154 000 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan debitor qarzlari” subschyotida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larining taqsimlanishi bo‘yicha debitorliklar hisobi yuritiladi.
25. 210 000 “Moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha uzoq muddatli debitor qarzlar” schyotining tegishli subschyotlarida budjet tizimi budjetlari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan joylashtirilgan uzoq muddatli depozit majburiyatlarini, berilgan o‘rta va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni, aksiya va kapitalda ishtirok etish bo‘yicha majburiyatlarni, olingan o‘rta va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar bundan mustasno) bo‘yicha majburiyatlarni hamda berilgan uzoq muddatli ssudalar bo‘yicha debitor qarzdorliklarni qamrab oladi.
26. 301 000 “Hisob-kitoblar markazining majburiyatlari” schyotining:
301 100 “Hisob-kitoblar markazining ichki hisob-kitob markazlari mablag‘lari bo‘yicha majburiyatlari” subschyoti tegishli ichki hisob-kitob markazlarining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi milliy yoki xorijiy valyutadagi pul mablag‘larining ulushi, daromad yoki tushumlarning tushumi hamda amalga oshirilgan xarajatlar;
301 900 “Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi aniqlanmagan tushumlar bo‘yicha majburiyatlar” subschyoti Yagona g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan yoki tegishli ichki hisob-kitob markazlari tomonidan o‘tkazilgan aniqlanmagan tushumlar va ularning qaytarilishi hisobini yuritadi.
27. 301 100 “Hisob-kitoblar markazining ichki hisob-kitob markazlari mablag‘lari bo‘yicha majburiyatlari” subschyoti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larini ichki hisob-kitob markazlarida to‘liq aks ettirish, tegishli g‘aznachilik filiallarda ochilgan g‘azna hisobvaraqlariga mablag‘larni manbalari tasnifi bo‘yicha yo‘naltirish maqsadida mazkur Standartning 10-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.
28. 310 000 “Moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha joriy majburiyatlar” schyotining tegishli subschyotlari o‘zida olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni hamda chiqarilgan qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar bundan mustasno) bo‘yicha majburiyatlarni aks ettiruvchi subschyotlarni qamrab oladi.
29. 320 000 “Budjetlararo munosabatlar bo‘yicha kreditor qarzlar” schyoti o‘z tarkibiga olingan ssudalar va budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha majburiyatlarni hamda davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblarini aks ettiruvchi subschyotlarni qamrab oladi.
30. 320 000 “Budjetlararo munosabatlar bo‘yicha kreditor qarzlar” schyoti tarkibiga kiruvchi 322 000 “Budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha kreditor qarzlar” va 323 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha kreditor qarzlar” schyotlarining subschyotlari mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.
31. 321 000 “Olingan qisqa muddatli ssudalar” schyotining tegishli subschyotlarida qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan olingan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarga olingan hamda davlat maqsadli jamg‘armalaridan davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarga olingan pul mablag‘lari hisobi yuritiladi.
32. 322 000 “Budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha kreditor qarzlar” schyotining tegishli subschyotlarida budjet jarayonida yuzaga keladigan yuqori va quyi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar mablag‘larining krediti aks ettirilsa, o‘z navbatida kreditorlikni yuzaga keltiruvchi daromad va xarajatlarga berilgan o‘zgarishlar 610 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjetlararo olingan va berilgan mablag‘lar” schyotining tegishli subschyotlarida aks ettiriladi.
33. 323 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha kreditor qarzlar” schyotining tegishli subschyotlarida davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning respublika darajasidagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi hamda tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘lar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha kreditorliklar hisobi yuritiladi.
34. Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari:
respublika darajasidan hududiy darajalarga yo‘naltirilganda 323 300 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha kreditor qarzlar” subschyoti;
hududiy darajadan respublika darajasiga mablag‘lar yo‘naltirilganda 323 100 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning respublika mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha kreditor qarzlar” subschyoti bo‘yicha hisob yuritilmaydi.
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha kreditorlikni yuzaga keltiruvchi olingan va berilgan daromadlar turlari 620 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlarida aks ettiriladi.
35. 330 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning xarajatlari bo‘yicha majburiyatlar” schyotining tegishli subschyotlari Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining g‘aznachilikda milliy valyutadagi depozit shaxsiy hisobvarag‘i mablag‘lari bo‘yicha, budjet tashkilotlarining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari hisobidan hamda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan (o‘tgan yilning debitor qarzdorligini, kamomadlarni, tekshiruv natijasiga ko‘ra aniqlangan o‘zlashtirishlarni) mablag‘lari hamda hisoblangan xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z ichiga oladi.
330 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning xarajatlari bo‘yicha majburiyatlar” schyotining tegishli subschyotlari kreditidagi majburiyatlar 800 000 “Hisoblangan xarajatlar (moliyaviy majburiyat)” schyotlarining tegishli subschyotlari debetida hisoblangan moliyaviy majburiyatlar asosida yuzaga keladi.
330 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning xarajatlari bo‘yicha majburiyatlar” schyotining subschyotlari debitida amalga oshirilgan xarajatlar, kreditida esa tiklangan xarajatlarning hisobi aks ettiriladi va mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.
36. 337 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lariga yo‘naltirilgan xarajatlar” va 338 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjetdan mablag‘ oluvchilarga va budjet tashkilotlarining boshqa hisobraqamlariga moliyalashtirish” subschyotlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar hisobga olinmaydi. 337 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lariga yo‘naltirilgan xarajatlar” subschyoti debetida davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘lar, kreditida esa budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari hisobi yuritiladi. 338 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjetdan mablag‘ oluvchilarga va budjet tashkilotlarining boshqa hisobraqamlariga moliyalashtirish” subschyoti debetida ham debetida davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘lar, kreditida esa budjetdan mablag‘ oluvchilarga va budjet tashkilotlarining boshqa hisobraqamlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari hisobi yuritiladi.
37. 338 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjetdan mablag‘ oluvchilarga va budjet tashkilotlarining boshqa hisobraqamlariga moliyalashtirish” subschyoti bo‘yicha budjetdan mablag‘ oluvchilarga moliyalashtirilgan mablag‘lar ularning hisobotlari asosida moliyaviy natijalarga yo‘naltiriladi.
38. 344 000 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kreditor qarzlari” schyotining tegishli subschyotlarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larining taqsimlanishi bo‘yicha kreditorliklar hisobi yuritiladi.
39. 410 000 “Moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha uzoq muddatli kreditor qarzlari” schyoti o‘zida olingan o‘rta va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni, chiqarilgan o‘rta va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar bundan mustasno) hamda olingan uzoq muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlarni aks ettiruvchi subschyotlarni qamrab oladi.
40. 500 000 “Hisoblangan daromadlar” schyotining tegishli subschyotlarida davlat budjeti, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar budjetlari hamda budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalariga va boshqa turdagi daromadlar bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan hisoblangan daromadlar aks ettiriladi.
500 000 “Hisoblangan daromadlar” schyotining subschyotlari mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.
Hisoblangan daromadlar bo‘yicha ma’lumotlar — davlat budjeti, davlat maqsadli va boshqa jamg‘armalar budjetlari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlar qismi ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zida ifodalaydi hamda mas’ul vakolatli organlar tomonidan hisoblangan daromadlar bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlariga elektron shaklda dasturiy ta’minot orqali taqdim qilinadi. Ushbu hujjatlarda har bir daromad turi bo‘yicha hisoblangan daromadlar ma’lumotlari keltiriladi.
Hisoblangan daromadlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va taqdim etish normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan hisoblangan daromad va boshqa turdagi tushumlar bo‘yicha ma’lumotlari UzASBO DM orqali budjet ijrosi jarayonida hisoblangan daromadlarga aks ettirish uchun elektron shaklda taqdim etiladi. Hisoblangan daromad va boshqa turdagi tushumlar bo‘yicha ma’lumotlar budjet tashkilotlari tomonidan bir kun davomida elektron shaklda jo‘natilishi lozim. Bir kun davomida elektron shaklda jo‘natilganmagan hisoblangan daromad va boshqa turdagi tushumlar bo‘yicha ma’lumotlar UzASBO DM dan avtomat tarzda o‘chirib yuboriladi.
Ushbu hisoblangan daromad va boshqa turdagi tushumlarni 140 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning daromadlari bo‘yicha debitor qarzlari” schyotining tegishli subschyotlarining debetlash hamda 500 000 “Hisoblangan daromadlar” schyotining tegishli subschyotlarini kreditlash orqali qabul qilinadi.
41. Soliq organining xulosalari davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga ortiqcha to‘langan mablag‘larni qaytarish yoki kelib tushgan daromadlarni bir turidan boshqa turiga o‘tkazish uchun to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. Ushbu qaytarilgan mablag‘lar navbatdagi oy uchun soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan daromadlarni hisoblash ma’lumotlarida nazarda tutiladi.
Soliq organi xulosalarini rasmiylashtirish shartlari va tartibi hamda uni ijro etish normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
42. 610 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjetlararo olingan va berilgan mablag‘lar” schyotining tegishli subschyotlarida moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari o‘zgarganda yuqori va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro pul munosabatlarini aks ettiradi.
610 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjetlararo olingan va berilgan mablag‘lar” schyoti tarkibiga kiruvchi schyotlarning subschyotlari hisobi mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.
610 000 “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan budjetlararo olingan va berilgan mablag‘lar” schyotining tegishli subschyotlari budjet darajalariga muvofiq tarzda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti o‘rtasidagi shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti bilan tumanlar va shaharlar budjetlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni hisobga oladi.
43. 611 000 “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan olingan va berilgan mablag‘lar” schyotining tegishli subschyotlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan berilgan yoki ulardan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi.
44. 612 000 “Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetidan olingan va berilgan mablag‘lar” schyotining tegishli subschyotlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga hamda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlariga berilishi yoki ulardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
45. 620 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlarida davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning respublika darajasidagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi hamda tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘lar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olingan va berilgan mablag‘larining hisobi yuritiladi.
620 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblar” schyotining subschyotlari mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari:
respublika darajasidan hududiy darajalarga yo‘naltirilganda 623 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblar” subschyoti;
hududiy darajadan respublika darajasiga mablag‘lar yo‘naltirilganda 621 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning respublika mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblar” subschyoti bo‘yicha hisob yuritilmaydi.
46. 630 000 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari” subschyotida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalari, shuningdek turli xil jarimalari va penyalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining budjet tashkilotlari o‘rtasida taqsimlanishi hisobi yuritiladi.
47. 800 000 “Hisoblangan xarajatlar (moliyaviy majburiyat)” schyotining tegishli subschyotlari budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining g‘aznachilikda milliy valyutadagi depozit shaxsiy hisobvarag‘i mablag‘lari bo‘yicha, budjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari hisobidan hamda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan (o‘tgan yilning debitor qarzdorligini, kamomadlarni, tekshiruv natijasiga ko‘ra aniqlangan o‘zlashtirishlarni) mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan xarajatlari o‘z ichiga oladi.
800 000 “Hisoblangan xarajatlar (moliyaviy majburiyat)” schyotining subschyotlari mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq 13 ta raqamda yuritiladi.
48. 920 000 “Kurs farqi bo‘yicha foyda yoki zararlar” schyotining tegishli subschyotlarida g‘aznachilik tomonidan qamrab olingan valyuta schyotlarining, davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining boshqa (bank) hisobraqamlardagi xorijiy valyutadagi pul mablag‘larining kurs farqi bo‘yicha hisoblangan zarar va foydalarini aks ettiradi.
49. 990 000 “Budjet ijrosining moliyaviy natijalari” schyotining tegishli subschyotlarida budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining g‘aznachilikdagi depozit mablag‘lari, budjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun o‘tkazib bergan pul mablag‘lari hamda o‘tgan yilgi debitorlik qarzdorliklar, kamomadlar, tekshiruv natijasiga ko‘ra to‘lovlar bo‘yicha moliyaviy natijalarining hisobi yuritiladi.
50. Budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha xarajatlarining moliyaviy natijalari tarkibidan ushbu budjetdan tashqari mablag‘larga davlat budjeti mablag‘laridan yo‘naltirilgan qismining tegishli moliyaviy natijalarini davlat budjeti mablag‘lari bo‘yicha xarajatlarning moliyaviy natijalariga o‘tkazish budjet tashkilotlari tomonidan moliya yilining qo‘shimcha davri yakuniga qadar UzASBO DM da taqdim etiladigan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
51. Mazkur paragrafning schyotlari va tegishli subschyotlarida budjet tashkilotlarining:
Milliy va xorijiy valyutadagi budjetdan tashqari pul mablag‘lari;
boshqa hisobraqamlaridagi milliy va xorijiy valyutadagi budjet hamda budjetdan tashqari pul mablag‘lari;
milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘lari;
budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan naqd pul mablag‘lari olish uchun tranzit hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari;
konvertatsiya uchun maxsus hisob raqamga (blok-schyotga) o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari;
yo‘ldagi boshqa pul mablag‘lari;
akkreditivlar;
pul ekvivalentlari;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan qisqa muddatli ichki va tashqi depozit mablag‘lari bo‘yicha debitor qarzlari;
budjet tashkilotlarining turli debitor qarzlari, shu jumladan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlar;
tovar-moddiy zaxiralar va ularga xarajatlar;
tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) xarajatlar hisobi yuritiladi.
52. Mazkur paragrafda keltirilgan tegishli schyot va subschyotlarda chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada — so‘mda, chet el valyutasini operatsiya amalga oshirilgan sanadagi (tegishli bank ko‘chirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan sanadagi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi.
53. Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag‘larini 102 400 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari” schyotining tegishli subschyotlarida hisobini yuritadi.
54. 102 401 “Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi” subschyotida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha daromadlar, tushumlari va ushbu subschyotlardan amalga oshiriladigan xarajatlar hisobi yuritiladi.
Yuqoridagi mablag‘larning kelib tushishi 102 401 “Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi” subschyotining debetida va 111 900 “Yo‘ldagi boshqa mablag‘lar”, 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari”, 503 000 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotlari, shuningdek 102 414 “Taqsimlanadigan mablag‘lar” subschyoti hamda boshqa schyotlarning tegishli subschyotlarining kreditiga yoziladi.
Mablag‘larning sarflanishi 102 401 “Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi” subschyotining kreditida va hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
55. 102 402 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi” subschyotida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha daromadlar, tushumlari va ushbu subschyotlardan amalga oshiriladigan xarajatlar hisobi yuritiladi.
Yuqoridagi mablag‘larning kelib tushishi 102 402 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi” subschyotining debetida va 111 900 “Yo‘ldagi boshqa mablag‘lar”, 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari”, 503 000 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotlari, shuningdek 102 414 “Taqsimlanadigan mablag‘lar” subschyoti hamda boshqa schyotlarning tegishli subschyotlarining kreditiga yoziladi.
Mablag‘larning sarflanishi 102 402 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi” subschyotining kreditida hamda hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
56. 102 403 “Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar” subschyotida budjet tashkilotlarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar hamda ularning sarflanishi hisobga olinadi.
Ushbu mablag‘larning kelib tushishi 102 403 “Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar” subschyotining debetida va 152 400 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bilan debitor qarzlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi, xarajati esa 102 403 “Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar” subschyotining kreditida va 111 300 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar” yoki 343 200 “Budjet tashkilotlarining xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha kreditor qarzlari” subschyotlar debetida aks ettiriladi.
57. 102 404 “Budjet tashkilotlarining budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan (o‘tgan yilning debitor qarzdorligini, kamomadlarni, tekshiruv natijasiga ko‘ra aniqlangan o‘zlashtirishlarni) mablag‘lari” subschyotida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobga olinadi.
Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalar 102 404 “Budjet tashkilotlarining budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan (o‘tgan yilning debitor qarzdorligini, kamomadlarni, tekshiruv natijasiga ko‘ra aniqlangan o‘zlashtirishlarni) mablag‘lari” subschyotining debetida va 146 000 “O‘tgan yilgi debitorlik qarzdorliklar, kamomadlar, tekshiruv natijasiga ko‘ra to‘lovlar bo‘yicha daromadlarning debitor qarzdorliklari” subschyotining kreditida aks ettiriladi. Ushbu mablag‘lar budjetga o‘tkazilganda 342 100 “Budjet tashkilotlarining budjetga to‘lovlar bo‘yicha kreditor qarzlari” subschyotining debetida, 102 404 “Budjet tashkilotlarining budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan (o‘tgan yilning debitor qarzdorligini, kamomadlarni, tekshiruv natijasiga ko‘ra aniqlangan o‘zlashtirishlarni) mablag‘lari” subschyotining esa kreditida aks ettiriladi.
58. 102 405 “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotida budjet tashkilotlarining hisobvaraqlariga kirim qilingan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari hisobga olinadi.
Mablag‘larni ota-onalardan kirim qilinishi 102 405 “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotining debetida va 341 400 “Budjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” subschyotining kreditida, belgilangan maqsadlarga xarajati esa hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 102 405 “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
59. 102 406 “Maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotida budjet tashkilotlarining hisobvaraqlariga kirim qilingan maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari hisobga olinadi.
Mablag‘larni ota-onalardan kirim qilinishi 102 406 “Maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotining debetida va 341 400 “Budjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” subschyotining kreditida, belgilangan maqsadlarga xarajati hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 102 406 “Maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
60. 102 407 “Ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan hisob-kitoblardan tushumlar” subschyotida budjet tashkilotlarining hisobvaraqlariga ishlayotgan joyida ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag‘lari hisobga olinadi.
Mablag‘larni ovqatlanganligi uchun xodimlardan kirim qilinishi 102 407 “Ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan hisob-kitoblardan tushumlar” subschyotining debetida va 151 400 “Budjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining kreditida, belgilangan maqsadlarga xarajati esa hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 102 407 “Ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan hisob-kitoblardan tushumlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
61. 102 408 “Maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotida budjet tashkilotlarining hisobvaraqlariga kirim qilingan maktab-internatlar va litseylardagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari hisobga olinadi.
Mablag‘larni ota-onalardan kirim qilinishi 102 408 “Maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotining debetida va 341 400 “Budjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” subschyotining kreditida, belgilangan maqsadlarga xarajati esa hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 102 408 “Maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
62. 102 409 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushumlar” subschyotida budjet tashkilotlari tomonidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushumlar hisobga olinadi.
O‘qitishning to‘lov kontrakt shaklidan tushumlar hisobda 102 409 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushumlar” subschyotning debetida va 153 600 “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi. Mazkur mablag‘larning ishlatilishi hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetiga va 102 409 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushumlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan pul mablag‘larining analitik hisobi talabalarning kurslari (bosqichlari), fakultetlar (dekanatlar, o‘qish yo‘nalishlari), guruhlar, shuningdek talabalar (familiyasi, ismi, otasining ismi) bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
63. 102 410 “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari” subschyotida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar, shuningdek turli xil jarimalar va penyalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobga olinadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar, shuningdek turli xil jarimalar va penyalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining kirimi 102 410 “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari” subschyotining debetiga hamda:
mablag‘lar to‘liq miqdorda budjet tashkilotining ixtiyorida qoldirilganda va boshqa budjet tashkilotlariga taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining kreditiga;
mablag‘lar boshqa budjet tashkilotlari o‘rtasida taqsimlanishi nazarda tutilgan bo‘lib, budjet tashkiloti tomonidan o‘z ixtiyorida qoldirilgan miqdori 102 414 “Taqsimlanadigan mablag‘lar” subschyotining kreditiga;
mablag‘lar boshqa budjet tashkilotlari o‘rtasida taqsimlanib, budjet tashkilotiga belgilangan normativlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob orqali o‘tkazib berilgan miqdori 154 000 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan debitor qarzlari” subschyotining kreditiga yoziladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar, shuningdek turli xil jarimalar va penyalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha daromadlar hisoblanganda 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 520 430 “Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha hisoblangan daromadlar” subschyoti kreditlanadi.
64. 102 411 “Umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovi” subschyotida umumta’lim muassasalaridagi darsliklar ijarasi to‘lovidan tushgan mablag‘lar va ularning harakati hisobi yuritiladi.
Umumta’lim muassasalaridagi darsliklar ijarasi to‘lovini hisoblanganda ishi 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 345 000 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha kreditor qarzlari” subschyoti kreditlanadi. Mazkur ijara to‘lovi budjet tashkiloti tushganda 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyoti kreditlanadi va 102 411 “Umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovi” subschyoti debetlanadi.
Umumta’lim muassasalari tomonidan undirilgan ijara to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga o‘tkazib berilganda 345 000 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha kreditor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 102 411 “Umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovi” subschyoti kreditlanadi.
65. 102 413 “Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to‘lovlar” subschyotida tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to‘lovlar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan tushumlar bo‘yicha mablag‘lari hisobga olinadi. Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish uchun haq to‘lash qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur subschyotga kelib tushgan summalar 102 413 “Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to‘lovlar” subschyotining debetiga va 111 900 “Yo‘ldagi boshqa mablag‘lar”, 341 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” subschyotlarining kreditiga yoziladi.
Ovqatlanish uchun to‘langan haqning foydalanilmagan mablag‘lari to‘lovchiga qaytarilganda 341 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 102 413 “Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to‘lovlar” subschyoti kreditlanadi.
Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘lari hisoblanganda 341 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 520 450 “Budjet tashkilotlari tomonidan statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar” subschyoti kreditlanadi.
66. 102 414 “Taqsimlanadigan mablag‘lar” subschyotida budjet tashkilotlari tomonidan mahsulot (ish, xizmat) realizatsiya qilishdan hamda budjet tashkilotlarining eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarini sotishdan tushumlar, shuningdek budjet tashkilotlarining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan hamda belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan hamda budjet tashkilotlarining eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarini sotishdan tushumlarni kirim qilinishi 102 414 “Taqsimlanadigan mablag‘lar” yoki 111 900 “Yo‘ldagi boshqa mablag‘lar” subschyoti (to‘lovlar naqd pul yoki budjet tashkilotiga biriktirilgan to‘lov terminali orqali amalga oshirilsa) debetida hamda 151 200 “Budjet tashkilotlarining xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlari” kreditida aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiyasi amalga oshirilganda 750 000 “Boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” subschyoti debetlanadi va 180 000 “Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) xarajatlar” subschyoti (tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda 163 000 “Tayyor mahsulot” subschyoti) kreditlanadi, shuningdek bir vaqtning o‘zida 151 200 “Budjet tashkilotlarining xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlari” subschyoti debetlangan hamda 520 490 “Budjet tashkilotlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi hisoblangan daromadlari” subschyoti kreditlangan holda mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiyasi bo‘yicha debitorlik hosil qilinadi.
Realizatsiya natijasida ko‘rilgan foyda hamda budjet tashkilotlarining eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarini sotishdan tushumlar hisobidan budjet tashkiloti ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘larni 102 401 “Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” yoki 102 402 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi” subschyotlariga yo‘naltirishdan avval quyidagi o‘tkazmalar beriladi:
realizatsiya natijasida olingan foyda bo‘yicha 520 490 “Budjet tashkilotlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi hisoblangan daromadlari” subschyoti debetlanadi va 520 310 “Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha hisoblangan daromadlari” yoki 520 320 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlari” subschyotlari kreditlanadi;
budjet tashkilotlarining eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarini hamda nomoddiy aktivlarni sotishdan tushumlar hisobidan budjet tashkiloti ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar bo‘yicha 911 000 “Nomoliyaviy aktivlar realizatsiyasi” subschyoti debetlanadi va 520 310 “Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha hisoblangan daromadlari” yoki 520 320 “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlari” subschyotlari kerditlanadi.
Budjet tashkilotlari tomonidan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi jarayonida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovini amalga oshirsa quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshiradi:
boshqa mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchilardan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan sotib olinganda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘isiz kirim qilinadi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga 152 100 “Budjet tashkilotlarining budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan debitor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 151 000 “Budjet tashkilotlarining turli hisob-kitoblari bo‘yicha debitor qarzlari” schyotining tegishli subschyotlari kreditlanadi;
realizatsiyasi jarayonida qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanganda 151 200 “Budjet tashkilotlarining xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha debitor qarzlari” subschyotini debetlanadi va 342 100 “Budjet tashkilotlarining budjetga to‘lovlar bo‘yicha kreditor qarzlari” subschyotini kreditlanadi. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 151 000 “Budjet tashkilotlarining turli hisob-kitoblari bo‘yicha debitor qarzlari” subschyotidagi debitorlik 342 100 “Budjet tashkilotlarining budjetga to‘lovlar bo‘yicha kreditor qarzlari” subschyotiga hisobdan chiqariladi.
Analitik hisob realizatsiya qilingan mahsulotlar turlari bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar, shuningdek turli xil jarimalar va penyalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari belgilangan normativlar asosida budjet tashkilotlari o‘rtasida taqsimlansa, mablag‘lar kirimi 102 414 “Taqsimlanadigan mablag‘lar” subschyotining debetida hamda 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar, shuningdek turli xil jarimalar va penyalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha daromadlar hisobi birlamchi mablag‘lar tushumini hisobga oluvchi budjet tashkilotida yuritiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar, shuningdek turli xil jarimalar va penyalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari belgilangan normativlar asosida budjet tashkilotlari o‘rtasida taqsimlishi 630 000 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari” subschyotida aks ettiriladi.
67. 102 415 “Boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari hisobga olinadi.
Mablag‘larni ota-onalardan kirim qilinishi 102 415 “Boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotining debetida va 341 400 “Budjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” subschyotining kreditida, belgilangan maqsadlarga xarajati hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 102 415 “Boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
68. 102 416 “Boshqa depozitlar” subschyotida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan joriy moliya yilida ijrosi yakunlanmagan hamda keyingi moliya yilida ijro etilishi nazarda tutilgan budjet mablag‘lari bo‘yicha depozitlar hisobi yuritiladi.
Mablag‘lar kirim qilinganda 102 416 “Boshqa depozitlar” subschyoti debetlanadi va 503 000 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotlari kreditlanadi.
Mablag‘lardan xarajatlar amalga oshirilganda tegishli hisob-kitoblarni aks ettiruvchi subschyotlar debetlanadi.
69. 102 418 “Grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar” subschyotida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan budjet tashkilotlariga ajratilgan grant, insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari bo‘yicha berilgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Mablag‘lar kirim qilinganda 102 418 “Grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar” subschyoti debetlanadi va 520 490 “Budjet tashkilotlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi hisoblangan daromadlari” subschyotlari kreditlanadi.
Mablag‘lardan xarajatlar amalga oshirilganda tegishli hisob-kitoblarni aks ettiruvchi subschyotlar debetlanadi.
70. 102 419 “Kreditlar” subschyotida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan budjet tashkilotlariga ajratilgan kredit mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Mablag‘lar kirim qilinganda 102 419 “Kreditlar” subschyoti debetlanadi va 341 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” yoki 421 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblar bo‘yicha uzoq muddatli kreditor qarzlari” subschyoti kreditlanadi.
Mablag‘lardan xarajatlar amalga oshirilganda tegishli hisob-kitoblarni aks ettiruvchi subschyotlar debetlanadi.
Kredit mablag‘larining analitik hisobi har bir olingan kredit liniyalari bo‘yicha alohida yuritiladi.
71. 104 000 “Budjet tashkilotlarining boshqa hisobraqamlardagi mablag‘lari” schyotining tegishli subschyotlarida g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlarining boshqa hisobraqamlardagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi yuritiladi.
72. 104 100 “Budjet tashkilotlarining boshqa hisobraqamlardagi budjet bo‘yicha mablag‘lari” schyotining tegishli subschyotlarida budjet tashkilotlari tomonidan budjetdan moliyalashtirish maqsadiga muvofiq holda xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idagi tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan moliyalashtirib berilgan pul mablag‘larining harakati va holati hisobga olinadi.
104 100 “Budjet tashkilotlarining boshqa hisobraqamlardagi budjet bo‘yicha mablag‘lari” schyotining tegishli subschyotlarining debetiga moliyalashtirilgan mablag‘lar summalari va kassa xarajatlarini qayta tiklash uchun kelib tushgan summalar, kreditiga esa tegishli maqsadlar uchun sarflangan budjet mablag‘lari va qaytarib olingan mablag‘lar summasi yoziladi.
Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirib berilgan mablag‘lar budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan 104 110 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” va 104 120 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” subschyotlarning debetiga hamda 503 000 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining kreditiga yoziladi. Xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarga kassa xarajatlarini tiklash uchun tushgan mablag‘lar 104 110 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” va 104 120 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” subschyotlarning debetiga va kassa, hisob-kitob, hisobdor shaxslar hamda boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditiga yoziladi. Bankdan olingan yoki hisobvaraqlardan to‘lov hujjatlariga asosan to‘langan mablag‘lar summasi 104 110 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” va 104 120 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” subschyotlarning kreditiga va kassa, hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetiga yoziladi.
73. 104 110 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” subschyotida g‘azna ijrosiga o‘tilmagan ayrim tashkilotlarning markaziy apparatini saqlash uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadigan mablag‘larning harakati hisobga olinadi.
74. 104 120 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” subschyotida bosh mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan qaramog‘idagi muassasalarga o‘tkazish uchun va markazlashtirilgan tadbirlarga sarflash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, shuningdek kapital qo‘yilmalar va boshqa tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun (kapital qo‘yilmalarning hisobi xarajatlar smetasining ijrosi bilan yagona balansda yuritilgan hollarda) ajratilgan mablag‘lar harakati hisobga olinadi. Quyi mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan bu subschyotda ular ixtiyoriga ochilgan va muassasalarni saqlash uchun, shuningdek qaramog‘idagi muassasalarga o‘tkazish uchun moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobga olinadi.
75. 104 400 “Budjet tashkilotlarining boshqa hisobraqamlardagi budjetdan tashqari mablag‘lari” schyotida g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlarining:
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lari;
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlari;
budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘ar | 117 | 62,566 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 19-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “O‘simlik yog‘ini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1617, 2006-yil 24-avgust) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi BU-1-7/6-3427-5-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2006-yil 24-avgustdagi 6, 77-son “O‘simlik yog‘ini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1617, 2006-yil 24-avgust) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 1,831 |
Qonunchilik | Majburiy avtosugʻurta: yangi polislar, toʻlov miqdorlari va koeffitsiyentlar | Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 222-son qarori qabul qilindi. Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanali orqali shu haqda хabar berdi.
Hujjatda bir qator yangiliklar nazarda tutilgan:
birinchidan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yagona aхborot tizimi ishlab chiqiladi va joriy etiladi. U onlayn rejimda ishlaydi. Ushbu tizimda zarur aхborot mavjud boʻlganda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari 12-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan holda sugʻurta shartnomasi tuzilishi mumkin;
ikkinchidan, yangi namunadagi sugʻurta polislari blankalari (qarorga ilovada keltirilgan) amalga kiritiladi. Bunda ilgari berilgan, amalda boʻlgan polislar amal qilish muddati tugaguncha oʻz kuchini saqlab qoladi;
uchinchidan, sugʻurta puli, ya’ni sugʻurta kompaniyasi yetkazilgan zarar uchun jabrlanuvchiga (uning merosхoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlashi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni miqdori 12 mln soʻmdan 40 mln soʻmgacha oshirildi. Sugʻurta pulini toʻlash mumkin boʻlmasa, zararni qoplash hisobiga toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovining cheklangan miqdori ham shu summaga teng boʻladi («Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 25-moddasiga qarang);
toʻrtinchidan, sugʻurta tariflari, ularning cheklangan darajalari, tuzilmasi va sugʻurta mukofotini aniqlashda qoʻllash tartibi oʻzgaradi. Masalan, jismoniy va yuridik shaхslar uchun yillik bazaviy stavkalar miqdorlari birхillashtiriladi, dvigatel quvvati, yuk koʻtarish qobiliyatiga qarab farqlanmaydi:
Hududiy koeffitsiyentlarni qoʻllash prinsipi ham oʻzgaradi. Toshkent va Toshkent viloyati uchun yagona koeffitsiyent – 1,4 (hozir Toshkent viloyatining har хil tumanlarida turli koeffitsiyentlar belgilangan), boshqa joylarda esa – 1,0 belgilanadi.
Koeffitsiyent haydovchining yoshi va stajiga qarab yagona – 1,0 boʻladi. Avtomobildan foydalanish mavsumiga qarab gradatsiya ikkita bosqichgacha (hozir oltita) qisqartiriladi: 6 oy – 0,7; 12 oy – 1,0.
Koʻrsatilgan oʻzgarishlar natijasida «polis narхi», ya’ni avtomobil egasi shartnomaga koʻra sugʻurta kompaniyasiga toʻlashi kerak boʻlgan summa kamayadi. Shartli misoldagi hisob-kitob (jismoniy shaхs, 22 yosh, Toshkentdan, ilk bor polis хarid qilayapti) – bu yerda.
Hujjat rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjat rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi. | 76 | 2,622 |
Qonunchilik | Trener va trener-o‘qituvchilarning jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lishlari talab etilmaydigan sport turlari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 3-fevraldagi 91-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2559, 2014-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 6-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Trener va trener-o‘qituvchilarning jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lishlari talab etilmaydigan sport turlari ro‘yxati quyidagi bandlar bilan to‘ldirilsin:
“42. An’anaviy karate
43. Karate (WKF)
44. Kyokusinkay karate
45. Oyama kiokushinkay
46. Regbi”.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 158 | 854 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida | Mamlakatimiz taraqqiyotning yangi bosqichida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va eksport salohiyatini kuchaytirish, bu borada xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda jahon bozoriga integratsiyalashuv jarayonlarini yanada jadallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizning tobora oshib borayotgan iqtisodiy talablari, xalqaro bozorlarga chiqish ehtiyoji O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan ushbu tashkilot doirasidagi barcha yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishning huquqiy asoslarini yaratishni taqozo etmoqda. Shuningdek iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash va mehnat migratsiyasi kabi muhim sohalarda axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatida kuzatuvchi maqomida ishtirok etayotganligi integratsiyalashuv jarayonining dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Mazkur masalalarni har tomonlama chuqur tahlil qilgan holda o‘rganish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning huquqiy asoslarini yaratish borasida parlament oldida ham qator vazifalar turibdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari:
“Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
“Yo‘l xaritasi”da belgilangan har bir tadbirning bajarilishi yuzasidan axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining tegishli masala bo‘yicha mas’ul o‘rinbosarlariga kiritib borsin.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 133 | 2,271 |
Qonunchilik | Energetika sohasidagi qonunchilikka tuzatishlar kiritilishi kutilmoqda | 10 aprel kuni Parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari «Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar.
Loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tashabbusi asosida ishlab chiqilgan.
Muhokama davomida quyidagi jihatlar qayd etildi:
Munozaralardan soʻng qonun loyihasini yanada maromiga yetkazishga qaror qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi materiallari asosida. | 70 | 565 |
Qonunchilik | 2020-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Iqtisodiyotga, shu jumladan agrar sohaga davlatning aralashuvini kamaytirish va bozor munosabatlarini keng joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning izchilligini, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini, oziq-ovqat xavfsizligini hamda 2020-yil boshoqli don ekinlari hosilini qisqa muddatlarda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish va koronavirus pandemiyasi davrida ichki bozorda don, un mahsulotlari barqarorligini ta’minlash uchun yetarli miqdorda don tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2020-yilda o‘rim-yig‘im ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish, g‘alla o‘rish kombaynlaridan samarali foydalanish, shuningdek, ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan boshoqli don xarid qilish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tizimidagi don korxonalari, g‘allachilik klastyerlari, “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
2. G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) jahon bozori konyunkturasi va mintaqaviy birjalarda kutilayotgan don narxlari hamda xo‘jaliklarning don yetishtirish xarajatlari tahlilidan kelib chiqib, koronavirus pandemiyasi davrida don va un mahsulotlarining narxini keskin oshib ketishini oldini olish, ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yil hosilidan:
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 831-son qaroriga asosan davlat resurslariga 3 019 ming tonna, shu jumladan, 293,5 ming tonna urug‘lik don xarid qilish;
ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxini 1-ilovaga muvofiq belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha don tayyorlov korxonalari va g‘allachilik klastyerlari qo‘shimcha xarid qilinadigan donni xo‘jaliklar bilan kelishilgan narxlarda shartnoma asosida xarid qiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) belgilangan tartibda ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida davlat resurslariga xarid qilinadigan boshoqli don uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlasin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi, Jamg‘arma, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda don korxonalari rahbarlari g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumida g‘alla o‘rish kombaynlaridan, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalaridan samarali foydalanishni, shuningdek, don qabul qilinadigan shaxobchalarini, xirmon maydonlarini, don tozalash mashinalarini uzluksiz ishlashini va boshqa moddiy-texnika resurslaridan unumli foydalanishni tashkil etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi don korxonalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 2021-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘ligining o‘z vaqtida va sifatli jamg‘arilishini ta’minlasin. Bunda urug‘lik sifatining kafolatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida urug‘lik g‘allani o‘rish uchun alohida yig‘im-terim otryadlarini tashkil etsin hamda urug‘lik donning alohida saqlanishini tashkil etsin.
7. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi elevator va don qabul qiluvchi korxonalardagi mavjud don “nol”ga tozalanishi va xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
8. 2020-yil hosili uchun ekilgan g‘allani o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishga ko‘maklashuvchi respublika ishchi guruhining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhi (Barnoyev) quyidagi vazifalarning bajarilishiga ko‘maklashsin:
2020-yilgi hosil g‘allasini qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish;
yanchilgan donni tashish va qabul qilish uchun yetarli miqdorda yoqilg‘i moylash materiallari zaxirasini yaratish;
ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun boshoqli don xarid qilish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi va qabul qilingan don uchun o‘z vaqtida hisob-kitoblar amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan qo‘shimcha g‘allani tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, donni qayta ishlovchi barcha korxonalar va g‘allachilik klastyerlariga ichki bozorda shakllangan narxlarda sotishni tashkil etish va sotilgan g‘alla uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan monitoring yuritish;
boshoqli don ekinlari pishib yetilishidan kelib chiqib, zarurat bo‘lgan hollarda, g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashadigan yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlarini respublikaning bir xududidan ikkinchi xududiga o‘tkazilishini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda g‘alla yetishtirish va ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun boshoqli don xarid qilish hajmlari to‘g‘risida taqdim etilayotgan statistik hisobotlarning ishonchliligi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatsin;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha don tayyorlash korxonalari va g‘allachilik klastyerlari bilan birgalikda haqiqatda qabul qilingan don bo‘yicha kunlik statistik ma’lumotlarning Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini va hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish holatlari aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
10. “O‘zagrotexsanoatxolding” XK “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2020-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlari o‘rim-yig‘imida qatnashadigan yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlarining ikki smenada to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni belgilasin hamda kerakli ehtiyot qismlar zaxirasini yaratsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Transport vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 3 kun muddatda don tayyorlash xarajatlarining asossiz oshib ketishini oldini olish hamda transport korxonalarining rentabelli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan miqdordagi don tashishning tavsiyaviy tariflarini ishlab chiqib joylarga yetkazilishini ta’minlasin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda yo‘llarda g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashadigan texnikalarning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yetishtirilgan hosilning talon-taroj qilinishiga va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda hosilni yig‘ishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, transport korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin. | 138 | 8,791 |
Qonunchilik | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni va Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarnin | Zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha kompleks dasturlarni amalga oshirish samaradorligini oshirish, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash bir oy muddatda:
davlat buyurtmasini shakllantirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor loyihalarini tanlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibini;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko‘nikmalarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qaroriga muvofiq vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining shtatdagi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha savolnomani tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida davlat buyurtmasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi barcha organlariga yuborsin;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining shtatdagi xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin.
4. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa davlat boshqaruvi organlariga:
b) Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun ustama haqlarni belgilash mezonlarini hisobga olgan holda 2013-yil 1-iyulgacha kadrlarni tanlash choralarini ko‘rsinlar, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
belgilangan tartibda o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlari uchun belgilangan kompyuter savodxonligi darajasi talablariga muvofiqligi;
idoraviy axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, joriy qilish va rivojlantirish, yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini, Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalashadigan axborot tizimlari komplekslarini o‘z vaqtida joriy qilish;
axborot tizimlari, shu jumladan qog‘ozsiz hujjat aylanish ulushining ko‘payishini ta’minlashni hisobga olgan holda elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanishni ta’minlash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish davlat va idoraviy dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
axborot xavfsizligi, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X.M. Mirzaxidov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Namunaviy nizom vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar deb ataladi) shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ushbu Namunaviy nizomning amal qilishi tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalari (departament, boshqarma, bo‘lim, xizmat, guruh, sho‘ba) va tasarrufidagi tuzilmalar (davlat unitar korxonalar, sho‘ba korxonalar, filiallar) shaklidagi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarga joriy etiladi.
2. Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish lavozim maoshiga ustama haq to‘lash tarzida amalga oshiriladi.
3. Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haq tegishli tashkilotlar rahbarlarining qarorlari bilan belgilanadi.
4. Quyidagilar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun ustama haq belgilash mezonlari hisoblanadi:
tashkilotlarda qog‘ozsiz hujjat aylanish ulushini kamida o‘rtacha ichki 90 foiz, idoralararo aylanishda – kamida 70 foiz ta’minlanishini hisobga olgan holda elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanish;
yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini ikki tomonlama yoki tranzaksion o‘zaro hamkorlik shaklidagi 70 foizdan kam bo‘lmagan mavjud interaktiv xizmatlar ta’minlanishini hisobga olgan holda joriy etish;
tashkilot rasmiy veb-saytining qonunchilik talablariga kamida 80 foiz darajasida muvofiqligini ta’minlash;
tashkilotlarning markaziy apparatlaridagi lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish uchun vazifalarni 100 foiz darajasida, hududiy va tasarrufdagi bo‘linmalarda – kamida 80 foiz bajarish;
axborot xavfsizligini ta’minlash;
tashkilotning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha aniq asoslangan takliflar va tashabbuslar kiritish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning davlat va idoraviy dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, boshqaruv va ish jarayonlarining samaradorligini oshirish imkonini beruvchi innovatsion va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha kompleks idoraviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tashkilot axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining uzluksiz ishlashini va uning ishida avariya holatlari, bekor turishlar va to‘xtab qolishlar bo‘lmasligini ta’minlash;
idoraviy axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, joriy qilish va rivojlantirish;
Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalanadigan axborot tizimlari komplekslarini o‘z vaqtida joriy qilish;
ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar shtatdagi xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi uchun attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ijobiy baho olishi;
tashkilot xodimlarining kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasi va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha dasturlarning o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilish.
Ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan mezonlar asosida har bir tashkilot axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatidan kelib chiqqan holda ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni belgilash uchun o‘z mezonlarini tasdiqlaydi.
Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda ularning belgilangan tartibda o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tishi natijalari hisobga olinadi.
5. Tashkilot rahbariyati ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar boshliqlarining ushbu Namunaviy nizomning II bo‘limida ko‘zda tutilgan mezonlar bo‘yicha muddati, miqdori va asoslari ko‘rsatilgan holda ustama haqlarni belgilash taqdimnomalari asosida belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar boshliqlari uchun taqdimnomani axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish masalalarini mutasaddilik qiluvchi tashkilot rahbarining o‘rinbosari beradi.
6. Ustama haq ushbu ustama haq tayinlangan mezonlarga muvofiqligi ta’minlanmagan taqdirda, rahbarning mutasaddilik qiluvchi o‘rinbosari, ixtisoslashtirilgan bo‘linma boshlig‘ining qo‘yilgan vazifalarning bajarilmaganlik holatlari to‘g‘risida asoslangan tahliliy ma’lumotlar va materiallarni ilova qilgan holdagi asoslangan bildirishnomasi asosida tashkilot rahbarining qaroriga ko‘ra belgilangan muddati tugashidan oldin bekor qilinishi mumkin.
7. Mehnat intizomining buzilishi, shuningdek ishlarning bajarilishi yoki erishilgan natijalar to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotning taqdim etilishi ustama haqlarning belgilanishini rad etish yoki belgilangan ustama haqlarni bekor qilish uchun sabab bo‘lishi mumkin.
Belgilangan ustama haq ixtisoslashtirilgan bo‘linmaning shtatdagi xodimiga hayfsan e’lon qilingan taqdirda bekor qilinishi mumkin, bunda ustama haqni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror hayfsan e’lon qilinishi to‘g‘risidagi qarorda aytib o‘tilgan bo‘lishi kerak.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga ustamalar xodim lavozim maoshining kamida 100 foiz miqdorda belgilanadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan boshqa tashkilotlar o‘zlarining moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda shtatdagi xodimlariga ustamalarni mustaqil belgilaydilar.
9. Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni to‘lash tegishli tashkilotlarning mehnatga haq to‘lash fondi hisobiga va uning doirasida amalga oshiriladi.
10. Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga nisbatan tegishli tashkilotning mehnatga haq to‘lash amaldagi tizimida ko‘zda tutilgan rag‘batlantirish bo‘yicha boshqa to‘lovlar ham qo‘llanishi mumkin.
11. Samarali mezonlarga muvofiq ustama haqlarni belgilash va to‘lashning samarali mezonlarini belgilash uchun javobgarlik tegishli tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi. | 250 | 10,979 |
Qonunchilik | Eksportchiga yordam: zarur kontaktlar | Eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga koʻmaklashish maqsadida turli mahsulotlarni eksport qilishda hujjatlarni tayyorlashning shartli sхemasi ishlab chiqildi.
Sхema «Oʻzstandart» agentligining «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» DK Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu yerda jarayonda ishtirok etuvchi vakolatli davlat organlari toʻgʻrisidagi aхborot, aloqa bogʻlash ma’lumotlari va elektron manzillari koʻrsatilgan holda jamlangan.
Hujjat bilan Agentlik saytida, «Eksportchiga yordam» boʻlimida tanishish mumkin. | 37 | 580 |
Qonunchilik | Xususiy biznes sababsiz tekshirilmaydi | “Xususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlanishi, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda.
– Koʻrib chiqilayotgan loyihaning bitta normasi ustida, aynan tekshiruvlar davriyligi haqida toʻхtalib oʻtmoqchiman. Belgilanishi boʻyicha ular jazo dastagi emas, balki biznes tuzilmalari faoliyatini monitoring qilish meхanizmi boʻlishi kerak. Shuning uchun ularni oʻtkazish davriyligi shunga mos boʻlishi lozim hamda bu fors-major hodisasi boʻlmasligi kerak.
Qayd qilish lozimki, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan, tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizomga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (13.05.2013 yildagi) oʻz missiyasini allaqachon bajardi. Hayotiy voqelik endi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”, “Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Xususiy korхona toʻgʻrisida”, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”, “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida” qonunlarni hamda Soliq kodeksini oʻzgartirishni talab etadi. Bu oʻzgartirishlar quyidagilarni koʻzda tutadi:
-mikrofirmalar, kichik korхonalar va fermer хoʻjaliklari faoliyatini rejali tekshirishlar toʻrt yilda bir martadan koʻp boʻlmagan holda, boshqa tadbirkorlik sub’yektlarini rejali tekshirishlar esa - uch yilda bir martadan koʻp boʻlmagan holda amalga oshirish;
-jinoiy ishlar doirasida amalga oshirilayotgan tekshirishlarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan jalb etilgan advokatlarning majburiy ishtirok etishi, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan bu huquqdan bosh tortish hollari bundan mustasno;
-moliyaviy-хoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshirishlarni oʻtkazishni 10 kalendar kunidan koʻp boʻlmagan muddatga belgilash;
-tadbirkorlik sub’yektlari moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishni qamrab olishi mumkin boʻlgan davrni belgilash.
Oхirgi bandga kelsak, Soliq kodeksining 91-moddasining oʻn birinchi qismiga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqatgina soʻnggi rejali tekshirishlardan keyin keladigan davrni, biroq yangi tekshiruv oʻtkazilishidan bevosita besh yildan koʻp boʻlmagan davrni qamrab oladi degan qoʻshimcha kiritish taklif etilmoqda.
Bunday definitsiyalarning kiritilishi hamda qonunni taklif etilayotgan formatda qabul qilinishi yaqin kelajakda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini “harakatga keltiradi”, kelajakda biznes tuzilmalarni nazorat qilishni amalga oshirish tizimini tubdan oʻzgartiradi hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar rivoji uchun haqiqiy qulay sharoitlar yaratadi.
Qutlimurat BABAShEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
OʻzLiDep Fraksiyasi a’zosi | 38 | 3,068 |
Qonunchilik | 1 fevraldan nimalar oʻzgaradi | norma.uz portali 2021 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar. Yangi MHEKM, BHM va nafaqalar miqdori
Bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari oʻzgarmaydi.
Yangi aksiz markalari va soliq stavkalari
Sud tizimi
Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash boʻyicha imtihonlar onlayn tarzda yoritib boriladi.
Quyidagilarni ishlab chiqish va joriy qilish boshlandi:
Mazkur chora-tadbirlar Sudyalar oliy kengashi va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Ipakni olib chiqish ustidan nazorat
Oʻzbekiston bojхona chegarasi orqali ipak chiqindilari va хom ipakning olib chiqilishini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom kuchga kiradi. Endi TIF TN 5002, 5003 kodlari bilan tasniflangan tovarlarni eksport qilishda eksport qiluvchilar «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasiga eksport kontraktlari nusхalarini, narхlar kalkulyatsiyasini, eksport qilinadigan tovarning har bir kilogrammi uchun $0,05 miqdorida bojхona yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisida toʻlov hujjatini taqdim etishlari kerak.
Farzand tugʻilganlikni qayd etish soddalashtiriladi
Barcha viloyatlar markazlarida farzand tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat хizmatlarini koʻrsatish boshlanadi: elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirishdan boshlab bir martalik nafaqa pulini toʻlashga qadar.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash
Oʻrmon хoʻjaligi sohasini qayta tashkil etish
Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligini tahlil qilish markazi uning moddiy-teхnik bazasini saqlagan holda oʻrmon urugʻchiligini rivojlantirish uchun Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutiga beriladi.
Nargiza Vohidova. | 29 | 1,951 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni va “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga pasport xizmati ko‘rsatish tizimini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1a-ilovaga muvofiq;
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham ko‘rsatilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
3. Fuqarolar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga turish yuzasidan o‘zlariga qulay bo‘lgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkinligi belgilab qo‘yilsin.
4. Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislarga va tor ixtisoslikdagi mutaxassislarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun asoslanmagan iltimosnomalar berganligi uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish tartibini yashash joyiga yaqin va ularga qulay bo‘lgan xohlagan tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari tomonidan amalga oshirish tartibini joriy qilish;
fuqarolarni yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda uy-joy mulkdorlarining shaxsan ishtiroki talabini bekor qilish hamda hujjatlarni ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash tizimini joriy etish;
fuqarolar yangi yashash joyiga kelganda doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni taqdim etish muddatini o‘n kungacha uzaytirish;
turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda FHDY idoralari tomonidan berilgan guvohnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tizim orqali FHDYning yagona arxividan olish tizimini joriy etish va boshqalar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (keyingi o‘rinlarda — doimiy ro‘yxat) va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxat) tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vasiylik — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni joylashtirishning huquqiy shakli;
davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat tasarrufidagi va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalar;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik lagerlar, dam olish uylari va zonalari, turistik qishloqlar, kempinglar, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turizm va sport bazalari, palatkali (kemping) lagerlar va komplekslar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali lagerlar va boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportlari;
qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari (bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan ikkinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi);
mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar — bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, oltmish yoshga to‘lgan erkaklar va ellik besh yoshga to‘lgan ayollar, belgilangan tartibda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolar;
harbiy-hisob hujjatlari — chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchilar uchun), harbiy guvohnoma va zahiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
homiylik — o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni joylashtirishning huquqiy shakli;
“E-mehmon” dasturi — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi.
3. Fuqarolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq doimiy yashash va (yoki) vaqtincha turgan joylari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqaroning doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmaganligi unga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Tug‘ilgan bolaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda — FHDY) tomonidan tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirilayotganda, u otasi yoki onasining doimiy ro‘yxatga olingan manzilida idoralararo avtomatlashtirilgan tizim orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan doimiy ro‘yxatga olinadi.
16 yoshga to‘lmagan fuqaro uning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatga olingan manzilda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olinishi shart.
4. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat boji “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi;
b) MvaFRBga o‘zi kelib murojaat etganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi;
v) YIDXPorqali murojaat etganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi.
5. Fuqarolar “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) muvofiq doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olinmaydi.
6. Fuqarolar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga o‘tishni rasmiylashtirish uchun tegishincha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashab turgan joylariga yaqin bo‘lgan MvaFRB va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari hamda YIDXPdan foydalanishlari mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali ro‘yxatning 1, 6 va 7-bandlariga mansub fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
8. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tkazishda, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalarga rioya etilishi shart, ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
9. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq uy-joyga ega bo‘lgan fuqarolar Ro‘yxatning 1-bandiga asosan doimiy ro‘yxatga olinadilar.
Bunda doimiy ro‘yxatga olinish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq uy-joy mulkdor(lar)ining (keyingi o‘rinlarda — mulkdor) arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
harbiy hisob hujjatlari.
Ro‘yxatning 1 va 8-bandlari asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolarning qarindoshlari Ro‘yxatning 2 va 5-bandlari asosida doimiy ro‘yxatga olinadi.
10. Qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajarasi bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan yoki xususiy mulki bo‘lgan uy-joy maydoniga Ro‘yxatning 2-bandiga muvofiq doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi.
Voyaga yetmagan shaxsning xususiy mulki bo‘lgan uy-joy maydoniga uning qarindoshlarini doimiy ro‘yxatga olish ota-onasining yoki vasiyning (homiyning) roziligi asosida hal etiladi.
11. Ro‘yxatning 3-bandiga muvofiq vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota yoki ona doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olinadi.
Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joyga Ro‘yxatning 3-bandiga binoan doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxsning pasporti yoki ID-kartasi yoxud tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlar hamda oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olinmaydi.
Vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida istiqomat qiladigan fuqarolar bilan qonuniy nikohdan o‘tgan hollarda, ushbu fuqarolar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Ro‘yxatning 5-bandiga muvofiq doimiy ro‘yxatga olinadi.
12. Ro‘yxatning 4-bandiga muvofiq ota-onasi bo‘lmagan voyaga yetmagan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan hamda o‘z oilasi (eri (xotini) va farzandlari) bo‘lmagan voyaga yetgan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar — o‘zlarining tug‘ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi (mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun).
13. Ro‘yxatning 5-bandiga muvofiq er (xotin) — xotini (eri) doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun).
Ro‘yxatning 5-bandiga muvofiq doimiy ro‘yxatga olinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tug‘ilgan farzandlari (o‘z oilasiga ega bo‘lmagan) Ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olinadi.
Nikohi xorijiy davlatda qayd etilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining konsullik legallashtirish qonunchilik hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilgan yoki Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) talablariga muvofiq apostil belgisi qo‘yilgan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etadi.
“Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (1993-yil 22-yanvar, Minsk) hamda “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) a’zo davlatlarda nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan ushbu davlatlar qonunchilik hujjatlari talablari asosida tasdiqlangan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga konsullik qonunlashtirilishi yoki apostil belgisini qo‘yish talab etilmaydi.
14. Ro‘yxatning 6-bandiga muvofiq Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish masalasi yuzasidan murojaat etgan takdirda, doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoxud homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar.
15. Ro‘yxatning 7-bandiga muvofiq Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar — Toshkent viloyatida boshqa manzil bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda, doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
16. Ro‘yxatning 8-bandiga muvofiq ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganda, doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
17. Ro‘yxatning 9-bandiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylash, tayinlash, tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron hamkorlik tizimi orqali MvaFRB tomonidan olinadi.
18. Ro‘yxatning 10-bandiga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoxud homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar.
Davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali MvaFRB tomonidan olinadi.
19. Ro‘yxatning 11-bandiga muvofiq davlat hokimiyati organlariga, davlat boshqaruvi organlariga, xo‘jalik birlashmalariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
Davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ishga taklif etilayotgan fuqaroni (yuqori malakali mutaxassis yoki tor ixtisoslikdagi mutaxassis) doimiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi elektron iltimosnomasi elektron hamkorlik tizimi orqali MvaFRB tomonidan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, prokuratura yoki adliya organlariga ishga qabul qilingan (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan) yoki o‘tkazilgan taqdirda, ishga qabul qilinayotgan (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan) shaxsni (xodimni, harbiy xizmatchini) doimiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi elektron iltimosnoma mazkur organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari tomonidan ham imzolanishi mumkin.
20. Ro‘yxatning 111-bandiga muvofiq davlat hokimiyati organlarida, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq bo‘lgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilotning ma’lumotnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoxud homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar;
tegishli organ yoki tashkilot ma’lumotnomasi.
Mutaxassisning ilgari davlat hokimiyatining boshqa organlarida, davlat boshqaruvi organlarida, xo‘jalik birlashmalarida ishlaganligi doimiy ro‘yxatga olishda uzluksiz besh yil va undan ortiq bo‘lgan davr deb inobatga olinadi. Bunda mutaxassisning ro‘yxatdagi organ va tashkilotning biridan boshqasiga ishga o‘tgan oraliq muddati bir oydan oshmasligi lozim.
Mutaxassislarning asosiy lavozimlari va kasblari klassifikatori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
21. Ro‘yxatning 12-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini turar joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joy olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joyni belgilangan tartibda xususiy mulk qilib olganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq uy-joy olganda ular Ro‘yxatning 1-bandiga asosan doimiy ro‘yxatga olinadi.
22. Quyidagi ma’lumotlar idoralararo ma’lumot almashinuvi tizimi orqali olinadi (agar ular tizimda mavjud bo‘lsa):
tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi yoki ajrashganligi, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar — “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan;
uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan;
vasiylik va homiylikni hamda patronatni tasdiqlovchi ma’lumotlar — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining elektron bazasidan.
23. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan fuqaroga tegishli bo‘lgan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olish uchun uning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi.
Fuqaro “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) hamda “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) a’zo davlatlar hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida bo‘lgan taqdirda, uning roziligi tegishli davlat qonunchiligiga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
Fuqaro Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) a’zo davlat hududida bo‘lganda, uning roziligi ushbu Konvensiya talablariga muvofiq apostil belgisi orqali tasdiqlanishi mumkin.
24. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi tekshirilib, fuqaro Ro‘yxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq bo‘lgan taqdirda, shu kunning o‘zida 3-ilovaga muvofiq doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so‘rovnoma shakllantiriladi.
Fuqaroning so‘roviga ko‘ra, shu kunning o‘zida Ro‘yxatning 1, 4, 6 — 8-bandlariga asosan doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda ushbu Nizomga 4-ilovaga, Ro‘yxatning 2, 3, 5, 9 — 12-bandlariga asosan doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i taqdim etiladi.
Pasport yoki ID-karta olinganda, almashtirilganda, bu haqdagi ma’lumotlar “Manzil” tizimida mas’ul xodim tomonidan yangilanadi.
25. Doimiy ro‘yxatga olish uchun fuqaro va mulkdor Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi.
So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:
mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng mulkdor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda, mulkdor shaxsan kelmagan taqdirda uning mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi) taqdim etilishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, MvaFRB tomonidan lozim bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadi.
26. Doimiy ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
27. Taqdim etilgan hujjatlarning va so‘rovnomadagi ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmasligi, ularda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, doimiy ro‘yxatga olish uchun davlat boji to‘lamaslik doimiy ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Doimiy ro‘yxatga olishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Doimiy ro‘yxatga olishni rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
28. Voyaga yetmaganlar doimiy ro‘yxatga olingan, biroq “Manzil” tizimiga kiritilmagan hollarda, avvalgi yashash joyidagi MvaFRB tomonidan “Manzil” tizimiga kiritilishi shart.
Ro‘yxatning 2-bandi asosida doimiy ro‘yxatga olinayotgan voyaga yetmaganlar avvalgi yashash joyi bo‘yicha MvaFRBning doimiy ro‘yxatga olinmaganligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatga olinadi.
29. Ro‘yxatning 9 — 12-bandlari bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar va ular bilan bir vaqtda doimiy ro‘yxatga olinmagan oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga mulkdor roziligi bilan tegishincha Ro‘yxatning 9 — 12-bandlari bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olinadi.
30. MvaFRB tomonidan doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olingan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy mudofaa ishlari bo‘limlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuboriladi.
31. Mulkdor (mulkdorlar) o‘z oila a’zolarini va boshqa shaxslarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega.
Quyidagi fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olishda O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanilmaydi:
er-xotin — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
ota-onalar, farzandlar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
bobo-buvi, nevaralar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (xomiy), tutingan ota yoki ona doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
balog‘atga yetmagan, ota-onasi bo‘lmagan tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek, mehnatga layoqatsiz tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar, agar ularning o‘z oilalari bo‘lmasa, yoshidan qat’i nazar, akasi, ukasi, opasi, singlisining ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda, uy-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, o‘z oila a’zolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
muddatli harbiy xizmat tugagandan so‘ng Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar — oldingi istiqomat joyiga, ota-onasi yoki boshqa qarindoshlarining uy-joy maydoniga.
32. Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga olinganda;
mulkdorning arizasiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar asosida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar;
mulkdor o‘zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;
soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo‘lmagan hujjatlar asosida doimiy ro‘yxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
vafot etganda — FHDY organining o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki ma’lumotnomasi asosida.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy ro‘yxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
321. Mulkdor (mulkdorlar) fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligini bekor qilish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etadi:
mulkdor (mulkdorlar)ning yoki qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketgan shaxsning erkin tarzda yozilgan arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
uy-joyga egalik qilishini tasdiqlovchi va Nizomning 16-bandiga asosan ro‘yxatga olishni bekor qilish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Fuqaro xorijga doimiy yashashga ketayotganda, fuqarodan qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda esa — vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi talab etiladi.
Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaro yozma ravishda ogohlantiriladi.
Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng bir kun ichida bekor qilinadi.
33. Doimiy ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nomenklatura bo‘yicha yig‘majildlarga tikiladi hamda MvaFRBda besh yil davomida saqlanadi.
34. Doimiy ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda, fuqarolarga shu kunning o‘zida asoslantirilgan javob xati beriladi.
35. Fuqarolarning pasportida mavjud bo‘lgan oldingi yashash manzili bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olinganligi mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shtamp asosida bekor qilinadi.
36. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha fuqaroning doimiy ro‘yxatini bekor qilmagan holda, mulkdorning arizasida yoki soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olinadi.
Doimiy ro‘yxatga olinmaganlik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
37. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi joylashtirish vositalariga kelgan fuqarolar ushbu joylashtirish vositalarining ma’muriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin bu erda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida vaqtincha ro‘yxatga olinadi.
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga kelgan fuqarolar ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan, ular kelgan zahoti bu erda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali vaqtincha ro‘yxatga olinadi.
38. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab o‘n besh kun muddatda xohishiga ko‘ra, o‘ziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi.
Bundan tashqari, fuqaro YIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turishi mumkin.
39. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda, turar joy egasi nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi.
So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:
mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, vakolatli organ tomonidan lozim bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.
Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda, mulkdorning roziligi talab etilmaydi va so‘rovnoma vaqtincha ro‘yxatdan o‘tuvchi fuqaro tomonidan to‘ldirilishi mumkin.
40. Mulkdor nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali harakatlanayotgan shaxslar fuqaroni vaqtincha ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga murojaat qiladi.
41. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng arizachi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
42. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi (kadastr raqami, pasport ma’lumotlari, notarial tasdiqlangan rozilik xati), shuningdek, vaqtincha ro‘yxatga olish uchun davlat bojini to‘lamaslik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Boshqa har qanday holat vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etishga asos bo‘lmaydi.
43. Davlat xizmatlari markazlarida so‘rovnoma to‘ldirilgach, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
44. So‘rovnoma vakolatli organning elektron tizimiga va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga kelib tushgan vaqtdan boshlab, onlayn tarzda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar tekshiriladi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar aniqlanmagan hollarda, mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan bir kun ichida idoralararo ma’lumot almashinuv orqali taqdim etiladi.
Tekshirish natijasiga ko‘ra, ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i) tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
45. Qo‘shimcha tekshirish talab etilgan taqdirda, ariza beruvchi tegishli ma’lumotnoma bilan YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Bunda qo‘shimcha tekshirish muddati uch kundan oshmasligi lozim.
46. Davlat xizmatlari markazi vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i kelib tushgandan so‘ng uni fuqaroning elektron manziliga yuboradi va bu haqda uni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Fuqaroning so‘roviga ko‘ra, unga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i qog‘oz shaklda murojaat qilingan Davlat xizmatlari markazining muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat himoyalangan idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 11-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
47. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari;
Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdorning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa.
Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda, mulkdorning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi bo‘lsa, ushbu bandning oltinchi xatboshisidagi hujjatlar talab etilmaydi.
Mulkdor tomonidan turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi ariza (roziligi) bilan birga hisobga turishi lozim bo‘lgan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim qilinganda, ushbu fuqarolarning shaxsan o‘zlari kelishi talab etilmaydi.
48. Ushbu Nizomning 47-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan keyin MvaFRB inspektori taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, shu kunning o‘zida arizachiga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini beradi.
Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport yoki ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) taqdim etilgan taqdirda, unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
MvaFRB orqali turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
MvaFRB inspektori vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta vaqtincha ro‘yxatga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
49. 16 yoshga to‘lmagan shaxsni vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishda uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
50. Ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasiga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risida belgi qo‘yilmaydi.
51. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hisobga qo‘yilgan fuqaro vaqtincha ro‘yxatga olish joyida yashashi kerak.
52. Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan fuqarolar turar joyi (uy-joy maydoni) bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Bunda ta’lim muassasasi tomonidan fuqaroning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, 35x45 mm o‘lchamli ikkita fotosurat) va ta’lim muassasasi tomonidan turar joy bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma hududiy MvaFRBga taqdim etiladi.
53. Fuqaro ta’lim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joydagi MvaFRB tomonidan vaqtincha ro‘yxatga olinadi.
54. Vaqtincha ro‘yxatga olish umumiy asosda qayta rasmiylashtiriladi.
Ushbu Nizomning 46-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Fuqarolarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatga olinishi rad etilgan taqdirda, MvaFRB inspektori tomonidan xulosa tuziladi. Ushbu xulosa MvaFRB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
55. Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i yo‘qolgan yoki buzilgan taqdirda, fuqaro tegishli MvaFRBga o‘z shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda, vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i yo‘qolishi yoki buzilishi holatlarini ko‘rsatib, vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtirish haqidagi arizani taqdim etadi.
MvaFRB inspektori arizada ko‘rsatilgan joyda ushbu fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga shu kunning o‘zida vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtiradi.
Qayd varag‘ining dublikati fuqaro tomonidan YIDXP orqali elektron shaklda ham olinishi mumkin.
56. Vaqtincha ro‘yxatga olish ta’lim muassasasi rahbariyati va ish beruvchining bildirishnomasi, mulkdor yoki fuqaroning tashabbusi bilan bekor qilinadi.
57. MvaFRB mulkdorning arizasi yoki ta’lim muassasasining bildirishnomasi asosida fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinganligini bekor qiladi.
58. O‘qish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilgan, fuqaro akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatilgan taqdirda, ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaro turar joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olingan hududdagi MvaFRBni xabardor qilishi shart.
Ish beruvchi mavsumiy ishchilar bilan shartnoma bekor qilingan kunda bu haqda fuqaro turar joyi bo‘yicha hisobga qo‘yilgan hududdagi MvaFRBni xabardor qilishi shart.
59. Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
60. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ichki ishlar organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
61. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari doimiy ro‘yxatga olish masalasi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuboriladigan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
62. Fuqarolardan ushbu Nizomda ko‘rsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud bo‘lmagan hamda kadastr raqami bo‘lmagan turar joylarga doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish qat’iyan taqiqlanadi.
63. Fuqaroni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olishda uning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlariga oid ma’lumot davlat reyestri bazasidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali olinadi. Mazkur raqam orqali tegishli ma’lumotni olish imkoni bo‘lmaganda, fuqarodan kadastr raqamini taqdim qilish talab etiladi.
64. Fuqarolarni noturar joy binolarga doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish taqiqlanadi.
Korxona, tashkilot yoki o‘quv muassasalarining tasarrufidagi uy-joylar, yotoqxonalarga fuqarolarni Ruyxatning 6 — 8-bandlariga asosan doimiy ro‘yxatga olish hamda turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur korxona, tashkilot yoki o‘quv muassasasining ruxsat xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi.
65. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan mulkdor turar joy maydoni berilgan kundan boshlab, o‘n besh kun mobaynida ushbu shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
66. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
67. Fuqaroni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish, doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
68. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar harbiy hisob hujjatlari asosida doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olinganidan so‘ng MvaFRB tomonidan tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga elektron tizimda mazkur Nizomga 3 yoki 9-ilovalariga muvofiq shaklda so‘rovnoma yuboriladi. Mudofaa ishlari bo‘limi mazkur so‘rovnoma asosida harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga oladi va harbiy hisobdan chiqarish to‘g‘risida oldingi harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limiga xabarnoma yuboradi.
Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar tomonidan harbiy hisob hujjatlarini taqdim etmaslik doimiy ro‘yxatga olishni rad etishga asos bo‘ladi.
69. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor ulardan faqat bittasiga doimiy ro‘yxatga olinishi mumkin.
70. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat bojlari stavkalari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y. 11-son, 49-modda) 7-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini propiska qilganlik va propiskadan chiqarganlik uchun, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalari 5-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “turizm operatorlari” so‘zlari “turoperator va turagent” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti 11-bandining “b” kichik bandidan so‘ng qo‘yidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Xizmat ko‘rsatishdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobraqamiga tushgan mablag‘lar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va xodimlarni rag‘batlantirishda foydalaniladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 258-modda):
a) 1-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshidagi “besh” so‘zi “o‘n” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Fuqarolarni doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish xizmatlari ularga qulay bo‘lgan tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning viloyat hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtincha bo‘lishi holatini aniqlashni nazarda tutadi.
Doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joylari bo‘yicha hisobda turish uchun fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qilishlari ham mumkin”;
quyidagi mazmundagi 41-band qo‘shilsin:
“41. Boshqa hududlardan kelgan hamda bir manzildan ikkinchi manzilga ko‘chib utayotgan voyaga yetmaganlarni doimiy propiska qilish ular qayd qilingan ota-onalarining, vasiy(homiy)larining ketish manzil varaqalarining nusxasi asosida, ota-onalarisiz kelgan hollarda esa doimiy propiska qilish avvalgi yashash joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma asosida berilgan ketish manzil varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Voyaga yetmaganlar qayd qilinmagan yoki doimiy propiska qilinmagan hollarda, avvalgi yashash joyi bo‘yicha TShIIB MvaFRBning ushbu holatni tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida propiska qilinadi”;
9-bandga qo‘yidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Doimiy propiska qilish mazkur Nizomga 1a-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi”;
15-bandga qo‘yidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Doimiy propiskadan chiqarish mazkur Nizom 6a-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi”;
16-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “besh” so‘zi “o‘n” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 171 — 1712-bandlar qo‘shilsin:
“171. Viloyatlarda hisobda turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab o‘n kun muddatda xohishiga ko‘ra, o‘ziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi.
Bundan tashqari, fuqaro YIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turishi mumkin.
172. Hisobda turish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda, fuqaro va turar joy egasi nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 16-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.
So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:
uy-joy mulkdori va fuqaroning pasporti;
uy-joy kadastr hujjatlari (kadastr pasporti, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma);
16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun) va pasport nusxasi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat ko‘rsatilganda vakolatli organ tomonidan lozim bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik yo‘li orqali olinadi.
173. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali harakatlanayotgan shaxslar fuqaroni turar joyga hisobga qo‘yishga rozilik berish uchun MvaFR bo‘linmasiga murojaat qiladilar.
174. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng uy-joy mulkdori (mulkdorlari) uni o‘zlarining ERI bilan tasdiqlaydilar.
ERI kaliti bo‘lmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
175. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi (kadastr hujjatlari, pasport ma’lumotlari, notarial tasdiqlangan rozilik xati), shuningdek, davlat xizmati ko‘rsatish uchun davlat bojini to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Boshqa har qanday holat davlat xizmati ko‘rsatishni rad etishga asos bo‘lmaydi.
176. Fuqaro davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
177. Davlat xizmatlari markazlarida so‘rovnoma to‘ldirilgach, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) elektron tizim orqali yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
178. So‘rovnoma vakolatli organning elektron tizimiga va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida mavjud ma’lumotlar bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi.
Tekshirish natijasiga ko‘ra, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq turgan joyida hisobga olish to‘g‘risida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini (keyingi o‘rinlarda qayd varag‘i deb ataladi) tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
179. Qo‘shimcha tekshirish talab etilgan hollarda esa, elektron tizim orqali tegishli ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi.
Bunda qo‘shimcha tekshirish muddati 3 kundan oshmasligi lozim.
1710. Davlat xizmatlari markazi qayd varag‘i kelib tushgandan so‘ng uni fuqaroning elektron manziliga yuboradi va fuqaroni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Fuqaroning so‘roviga ko‘ra, unga qayd varag‘i qog‘oz shaklda murojaat qilgan Davlat xizmatlari markazining muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi mumkin.
1711. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi ERI majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat himoyalangan idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
1712. Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali Davlat xizmati ko‘rsatish mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi”;
18-bandda:
birinchi xatboshi qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Hisobda turish uchun MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:”;
ikkinchi xatboshidagi “7” raqami “9a” raqami bilan almashtirilsin.
qo‘yidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) tomonidan turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) bilan birga hisobga turishi lozim bo‘lgan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim qilinganda, ushbu fuqarolarning shaxsan o‘zlari kelishi talab etilmaydi”;
19-band qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Mazkur Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan keyin TShIIB MvaFRB inspektori arizani mazkur Nizomga 9b-ilovaga muvofiq shakldagi Fuqarolarning turgan joyi bo‘yicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazadi, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, shu kunning o‘zida ariza beruvchiga BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini (keyingi o‘rinlarda hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i deb ataladi) beradi.
Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda, unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
TShIIB MvaFRB inspektori qayd varag‘ini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta hisobga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
Migratsiya xizmatlari orqali turgan joyi bo‘yicha hisobga olish mazkur Nizomga 9V-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi”;
22-bandda:
birinchi xatboshiga qo‘yidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
“Bunda ta’lim muassasasi tomonidan fuqaroning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidan nusxa (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, 35x45 mm. o‘lchamli ikkita fotosurat) va ta’lim muassasasi tomonidan turar joy bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma hududiy TShIIB MvaFRBga taqdim etiladi. Agar fuqaro oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan bo‘lsa | 165 | 62,996 |
Qonunchilik | Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi, 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 2 va 4-sonli “Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1768, 2008-yil 13-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 6-7-son, 34-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarda bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarga nisbatan tatbiq etiladi, turli kasalliklar bilan kasallangan bolalar uchun maktab-internatlar, kam ta’minlangan oilalardagi bolalar uchun maktab-internatlar hamda yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun maktab-internatlar bundan mustasno.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa budjet mablag‘lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni hamda tashkilotning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga, avvalambor, sanitariya-gigiyena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.
Bunda tashkilotning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning 5 foizidan oshmasligi lozim.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarda bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda to‘lanadi.
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bitta oiladan ikki va undan ortiq bolalar qatnasa, ularning har biriga ushbu toifadagi oilalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lov miqdorlari qo‘llaniladi. Bunda bitta oiladan ikki va undan ortiq bolalar turli maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnasa, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) bir farzandi boradigan maktabgacha ta’lim tashkilotiga ikkinchi farzandi boradigan maktabgacha ta’lim tashkilotidan uning qatnashi to‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim etishi lozim.
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.
6. Bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoki maktab-internatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
7. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar esa, bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnaydigan (maktab-internatida bo‘ladigan) kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi.
8. Ota-onalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to‘lov shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan muddat o‘tgach ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, ota-onalar bilan tuzilgan shartnomaning amal qilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatiladi va bu bolaning maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki maktab-internatida bo‘lishini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi. Bunda to‘lov amalga oshirilmaganligi bolaning maktab-internatda ta’lim olishini to‘xtatishga asos bo‘lmaydi.
9. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bola ta’minoti uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilmagan to‘lov 60 kun ichida to‘lab berilganda, bolani tegishli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Mazkur muddat o‘tib ketgan taqdirda, maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Maktab-internatidagi bola ta’minoti uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilmagan to‘lov u amalga oshirilgan kundan boshlab bola maktab-internatida bo‘lishi tiklanadi.
10. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlar tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali, pul o‘tkazish orqali), shuningdek va elektron to‘lov yo‘li bilan to‘lanadi.
11. Bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki maktab-internatining tegishli hududiy g‘aznachilik bo‘linmalaridagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
12. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bola ta’minoti uchun to‘lovning bir kunlik qiymati bir oylik to‘lov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
13. Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida maktabgacha ta’lim tashkilotida bola ta’minoti uchun to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.
14. Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni bola amalda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi.
Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida ota-onaning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda to‘lov to‘liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘lov to‘langan davrdan ortiq muddatda bo‘lishiga ushbu oy uchun to‘lovning qolgan qismi to‘langandan so‘ng, yo‘l qo‘yiladi.
15. Maktab-internatdagi bola ta’minoti uchun to‘lovning bir kunlik qiymati bir oylik to‘lov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
16. Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bola maktab-internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun to‘langan to‘lovlar keyingi oy uchun to‘lovni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi oy uchun to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, joriy oy uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning maktab-internatga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida maktab-internatda bola ta’minoti uchun to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.
17. Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktab-internatda bo‘lishi vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni bola amalda maktab-internatda bo‘lgan kunlar uchun to‘lanadi.
Bolaning maktab-internatda bo‘lishi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida ota-onaning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda to‘lov to‘liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Bolaning maktab-internatda to‘lov to‘langan davrdan ortiq muddatda bo‘lishiga ushbu oy uchun to‘lovning qolgan qismi to‘langandan so‘ng, yo‘l qo‘yiladi.
18. Yozgi ta’tillar davrida maktab-internatlarda bolalar ta’minoti uchun to‘lov undirilmaydi.
19. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi. Bunda, birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek, o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan kvotadan qat’i nazar ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi.
20. To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida shakllantiriladi:
a) kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali berilgan oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
b) boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari uchun (quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan biri taqdim etilishi mumkin):
boquvchisini yo‘qotgan ayol boquvchisining o‘lim haqidagi guvohnomasi;
boquvchisining bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori;
o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnoma;
davlat xizmatlari markazi orqali berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida o‘lim qayd etilganligi haqida ma’lumotnoma.
Bunda, mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotnoma maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.
21. To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati har o‘quv yilining 25-sentabr kuniga qadar tegishli maktabgacha ta’lim tashkiloti (maktab-internati) rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
22. Ro‘yxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.
23. To‘lovdan ozod qilingan bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga (maktab-internatga) qatnashi (bo‘lishi) to‘xtatilishi natijasida bo‘shab qolgan o‘rinlar zaxiradan to‘ldirib boriladi. Bunda bo‘shab qolgan o‘rinlar mazkur Nizomning 19-bandining birinchi xatboshisiga asosan imtiyozga ega bo‘lgan bolalarni birinchi navbatda tanlab olish tamoyiliga rioya qilgan holda to‘ldirib boriladi.
24. To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati u tasdiqlangandan keyin o‘quv yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
25. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarda bolalar ta’minoti uchun to‘lovlarning kirim qilinishi va ularning maqsadli sarflanishi bo‘yicha budjet hisobi va hisoboti mazkur tashkilotlarning buxgalteriyasi tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Bolalar ta’minoti uchun to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z muddatida to‘lanishi, hisobi va hisobotining yuritilishi, tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
28. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
1. Nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi).
2. Eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik).
3. Ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlik (amovroz); tug‘ma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, to‘r pardaning rivojlanishidagi tug‘ma nuqsonlar; ko‘rish nervining atrofiyasi, ko‘rish nervi disk va makulasining og‘ir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada to‘liq yoki qisman xiralashish, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha), afakiya (ko‘z gavxari yo‘qligi, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha), ko‘z gavxari siljishi (joy o‘zgarishi); glaukoma (tug‘ma, ikkilamchi); to‘r pardaning ko‘chishi).
4. Tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; ko‘krak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar tserebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomiyelit asoratlari; to‘g‘ma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); to‘g‘ma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat).
5. Psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi).
6. Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va o‘rta darajadagi aqliy zaiflik).
7. Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi). | 138 | 14,618 |
Qonunchilik | “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-795-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haq | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-795-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 768 |
Qonunchilik | “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiri | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 15-iyulda kiritilgan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-933-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 847 |
Qonunchilik | Kvartira sotib olish qanday rasmiylashtiriladi? | Oldi-sotdi shartnomasi – turar joy sotib olinishiga doir bitimlarni tasdiqlovchi eng keng tarqalgan hujjat. Soʻnggi yilda uni tuzish taomiliga muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Uy-joy sotib olish yoki sotishga qaror qilgan boʻlsangiz, nimalarni bilishingiz kerakligi haqida ushbu sharhda batafsil soʻz yuritamiz.
Qonun boʻyicha turar joyning oldi-sotdi bitimi qanday rasmiylashtiriladi?
Turar joyning oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga doir umumiy masalalar Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Quyidagi jihatlarni yodda tutish zarur:
Tuzamiz, tasdiqlaymiz, roʻyхatdan oʻtkazamiz
Qaysi uyni sotib olish haqida bir toʻхtamga kelgan boʻlsangiz, sotuvchi bilan birga notarius huzuriga borishingiz kerak boʻladi. Keyinchalik masala Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi «Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 106-son qaroriga muvofiq hal etiladi.
Yoningizda quyidagi hujjatlar boʻlishi zarur:
Bitim murojaat qilingan kunda notarial tasdiqlanishi mumkin. Notarial idora хodimlari shartnoma tuzishda sizga yordam beradilar. Bunda shartnomani imzolashdan avval barcha qoidalarni diqqat bilan oʻqib chiqishni unutmang. Kvartira egasining soliqlar, kommunal хizmatlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi yoʻqligi haqidagi aхborotni tegishli хizmatlarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlash kerak emas. Notarius barcha aхborotni «Notarius» avtomatlashtirilgan aхborot tizimi yordamida oladi. Qarzdorlik mavjudligi aniqlansa, uni elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlash mumkin. Toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar tezkorlik bilan «Notarius» tizimida aks ettiriladi va shartnomani rasmiylashtirish jarayonini toʻхtatib turmaydi.
Shuningdek, qarzdorlik mavjudligini tekshirish maqsadida YaIDXPda shaхsiy kabinet orqali elektron ariza berish mumkin. Qarzdorlik, taqiq va хatlash mavjudligi aniqlansa, tegishli bildirishnoma olasiz.
Qarzdorlik boʻlmasa, arizaga noyob raqam beriladi. Ariza beruvchi shu vaqtdan boshlab 24 soat ichida bitimni notarial tasdiqlashni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega. Shu bilan birga, noyob raqam berilgan paytdan boshlab 10 kalendar kun ichida notarius qabuliga yozilish mumkin. Agar koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilsa, elektron arizani qayta toʻldirish kerak boʻladi.
Raqam berilgandan keyin ariza beruvchiga bitimni notarial tasdiqlash mumkinligi, davlat boji miqdori, shuningdek zarur hujjatlar haqida хabar beriladi. Notarius huzuriga ketayotganda hujjatlar bilan birga noyob raqamni olishni unutmang.
Bitim notarial tasdiqlangandan keyin koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi ma’lumot va sotib oluvchi haqidagi quyidagi ma’lumotlar «Notarius» ATT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi filialiga yuboriladi:
Oldi-sotdi shartnomasi tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi tomonidan bir oy ichida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.
Rieltor qanday yordam bera oladi?
Rieltorga yordam soʻrab murojaat qilmoqchi boʻlsangiz, «Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, oʻzaro hamkorlikni shartnoma tuzishdan boshlashingiz zarur.
Rieltor talablarga muvofiq uy-joy tanlashda yordam beradi. Aniqlangan qarzdorlik bilan bogʻliq masalalarni hal etishda ham rieltor yordami kerak boʻlishi mumkin.
Riyeltorlar хaridorlarga sotib olinayotgan uy-joyning qarzdorligi mavjudligini mustaqil ravishda tekshirishni tavsiya etadilar. Buni «Notarius» tizimi yangi ekanligi sababli uning ishida hisobga olinmagan jihatlar boʻlishi mumkinligi bilan izohlaydilar, namunaviy shartnomaga koʻra esa kvartira sotib olingandan keyin aniqlangan qarzdorlikni soʻndirish majburiyati хaridor zimmasiga yuklanadi. Bunda rieltorlar qarzdorlik mavjud emasligini tekshirish bilan bogʻliq barcha ishlarni bajarishga tayyorliklarini bildiradilar.
Oleg Gayevoy. | 47 | 3,948 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida mustaqil siyosatni ro‘yobga chiqarish, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va uning samaradorligini oshirish, respublikaning valyuta mablag‘larini jamlash va ulardan aniq maqsadni ko‘zlab foydalanish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘zining boshqa banklar bilan o‘zaro munosabatlarini shartnomaviy asosda qurishi, chet el valyutasidagi operatsiyalarni esa “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq amalga oshirishi belgilab qo‘yilsin.
3. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasidagi yuridik shaxslar va fuqarolarning valyuta mablag‘lari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida, respublika hududida ishlovchi boshqa vakolatli banklarda saqlanadi.
Respublikaning yuridik shaxslari va fuqarolari 1991-yil 1-noyabrigacha o‘zlarining valyuta mablag‘larini ana shu banklar hisobiga o‘tkazsinlar.
Respublika hududidan tashqarida valyuta hisoblari faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat bankining ruxsati bilangina ochiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining nizom va zaxira jamg‘armalarini tashkil etish, moddiy-texnika bazasini vujudga keltirish va mustahkamlash, uni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash tadbirlarini ko‘rsin;
bir oy muddat ichida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda Ushbu Farmondan kelib chiqadigan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga o‘z ishlarini tashkil etishda amaliy yordam bersin. | 95 | 2,094 |
Qonunchilik | Islom davlatlarining standartlar va metrologiya Instituti Ustavi va Tartib qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi o‘zgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi QL-386-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loy | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 12-iyulda kiritilgan “Islom davlatlarining standartlar va metrologiya Instituti Ustavi va Tartib qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi o‘zgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi QL-386-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin. | 250 | 1,407 |
Qonunchilik | Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini milliy cholg‘ular, musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
1. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilansin:
a) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:
o‘quvchilarga mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko‘nikmalari o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi;
musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o‘quv soati hamda unga qo‘shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish amaliy to‘garaklari va fakultativ darslari o‘tkaziladi;
mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi;
musiqa fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholg‘u” shiori ostida cholg‘u ijrochiligi dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yiladi;
notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlash umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tizimiga kiritiladi;
o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko‘ra milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish, tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishlarida amaliy to‘garaklar (keyingi o‘rinlarda — amaliy to‘garaklar) tashkil etiladi;
amaliy to‘garaklar rahbarlariga “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak rahbari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari qo‘llaniladi;
amaliy to‘garaklarni olib borish hisobi “Elektron kundalik” dasturi orqali amalga oshiriladi hamda har chorakda to‘garak ishtirokchilarining hisobot konsertlari tashkil qilinadi;
musiqa san’ati bo‘yicha professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg‘ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida u erdagi mehnatga haq to‘lash shartlarini saqlab qolgan holda o‘rindoshlik asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari musiqa fani o‘qituvchisi va musiqa yo‘nalishidagi to‘garak rahbari lavozimiga to‘liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;
musiqa fani o‘qituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etishga o‘rgatish xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida mashg‘ulot olib borish uchun madaniyat va san’at sohasi vakillari shartnoma asosida jalb etiladi;
b) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida:
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan boshqa madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda lektoriy konsertlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;
lektoriy konsertlari ta’lim va madaniyat muassasalarida tashkil etiladi hamda o‘quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi;
lektoriy konsertlarining o‘tkazilganligi haqida tegishli ta’lim, madaniyat muassasasi, tuman (shahar) hokimligi yoki boshqa mas’ul tashkilot rahbari va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori tomonidan dalolatnoma tuziladi;
lektoriy konsertlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy budjet mablag‘lari (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida) va budjetdan tashqari mablag‘lar (oliy ta’lim muassasalarida) yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan dalolatnoma asosida moliyalashtiriladi;
Madaniyat vazirligi hay’ati qarori bilan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida madaniyat va san’at sohasidagi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ijodkorlar rahbarligida ularning “mahorat maktablari” tashkil etiladi;
“mahorat maktablari” rahbari bo‘lgan ijodkorlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan asosiy ish joyi orqali har oyda bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirib boriladi;
v) umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat markazlari:
2022 — 2024-yillarda mazkur qarorga 1a-ilovada belgilangan reja-jadvalga muvofiq 3 tadan milliy musiqa cholg‘ulari to‘plamlari bilan ta’minlanadi;
milliy musiqa cholg‘ulari to‘plamlari bilan ta’minlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va tegishli mahalliy budjetlardan teng ulushlarda ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi;
milliy musiqa cholg‘ulari to‘plamlari Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan markazlashgan tartibda xarid qilinadi va tegishli davlat muassasalariga yetkazib beriladi, bunda xarid komissiyasining tarkibiga milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro eta oluvchi yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi, cholg‘ular ular tomonidan sinab ko‘riladi;
g) har yili:
o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida mazkur qarorga 2-ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha “ta’lim muassasasi — tuman (shahar) — viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) — respublika” kesimida madaniyat va san’at sohasidagi respublika ko‘rik-tanlovlari tashkil etiladi;
respublika ko‘rik tanlovlarining “ta’lim muassasasi” bosqichida tegishli ta’lim muassasasi joylashgan mahalladagi yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash yoshlar yetakchilari va madaniyat markazlari zimmasiga yuklanadi.
2. Mazkur qarorning 1-bandida belgilangan tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
a) Xalq ta’limi vazirligi (B.O. Saidov) 2022-yil 1-iyunga qadar:
har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida direktor buyrug‘i bilan amaliy to‘garaklar tashkil etilishini, bu haqida o‘qituvchi va o‘quvchilarning xabardor qilinishini ta’minlasin;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa fani o‘qituvchilariga bo‘lgan talab va kelgusidagi ehtiyojni muntazam ravishda tahlil qilib borsin, zaruratga ko‘ra, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda musiqa fani o‘qituvchilarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga buyurtmalar berib borsin;
b) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) ikki oy muddatda:
musiqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan lektoriy konsertlarining badiiy dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.N. Sattarov) bilan birgalikda musiqa cholg‘ularini ishlab chiqaruvchi mutaxassislarni jalb qilgan holda mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlasin.
3. Quyidagilardan iborat 2022-yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasi (keyingi o‘rinlarda — 2022-yil uchun kalendar reja) tasdiqlansin:
2022-yilda O‘zbekiston Respublikasida xalqaro va respublika miqyosidagi festivallarni o‘tkazish reja-jadvali 3a-ilovaga muvofiq;
2022-yilda Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvali 3b-ilovaga muvofiq;
2022-yilda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalar tomonidan uning hududiy bo‘limlari bilan birga konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvali 3v-ilovaga muvofiq;
2022-yilda O‘zbekiston milliy va davlat simfonik orkestrlari, O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli va “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi ijodiy (badiiy) jamoalarining hududlarga gastrol safarlarini tashkil etish reja-jadvali 3g-ilovaga muvofiq;
2022-yilda Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari jamoalarining hududlarga gastrol safarlarini tashkil etish reja-jadvali 3d-ilovaga muvofiq;
2022-yilda O‘zbekiston milliy simfonik orkestri va O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining Toshkent shahrida yirik konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish reja-jadvali 3e-ilovaga muvofiq;
2022-yilda respublika miqyosida kasb bayramlarini nishonlash munosabati bilan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari ro‘yxati 3j-ilovaga muvofiq;
2022-yilda hududlardagi madaniyat muassasalari tomonidan o‘zarolik tamoyili asosida boshqa hududlarga gastrol safarlarini, hududning “madaniyat kunlari” tadbirlarini tashkil etish reja-jadvali 3z-ilovaga muvofiq.
4. 2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlarning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
a) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):
2022-yil 1-iyunga qadar “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilsin;
vazirlik tizimidagi konsert-tomosha muassasalari, sirk va teatr xodimlari orasidan “Madaniyat karvoni” tarkibiga kiritiladigan ijodkorlar (doimiy a’zolar va muayyan tadbirlarda ishtirok etuvchilar) ro‘yxatini shakllantirsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlarni o‘tkazish joyi, vaqti, ishtirok etadigan ijodkorlar haqida ommaviy axborot vositalari va axborot tarqatishning boshqa manbalari orqali, shu jumladan tadbir o‘tkaziladigan hududlar aholisini kamida ikki oy oldin xabardor qilish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
bir oy muddatda o‘z hududlarida 2022-yilda o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini tasdiqlasin;
2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun zarur tashkiliy masalalarni hal qilsin;
o‘zarolik tamoyili asosida o‘z hududida faoliyat yuritayotgan madaniyat muassasalari jamoalarining boshqa hududlarga gastrol safarlarini, hududning “madaniyat kunlari” tadbirlarining samarali tashkil etilishini ta’minlasin;
v) Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduxakimov) 2022-yil uchun kalendar rejaga kiritilgan tadbirlarni mahalliy va xorijiy turistlar orasida keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rsin, turistlar oqimining o‘zgarishini inobatga olib kalendar rejaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni doimiy ravishda Madaniyat vazirligiga taqdim etib borsin;
g) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilish uchun Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan qo‘shimcha 20 mlrd so‘m ajratilishini ta’minlasin.
5. Barcha davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba budjetdan tashqari mablag‘lari hamda kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, konsert, sirk va teatrlarga kirish uchun bilet va abonementlarni xarid qilish amaliyotini joriy etsin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), xo‘jalik jamiyatlari muassisi bo‘lgan boshqa davlat organlari bir oy muddatda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat korxonalarining boshqaruv organlari yig‘ilishlarida ushbu tashkilotlar buyurtmasi asosida xodimlar va ularning oila a’zolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish vazifasini biznes-rejaga kiritish bo‘yicha tashabbus bilan chiqsin.
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda har oyning 25-sanasiga qadar barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari, muassasalari, korxonalari va xo‘jalik jamiyatlariga ular joylashgan hududda kelgusi oyda tashkil etiladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari haqida ma’lumot berib borsin.
6. Belgilansinki, 2022-yildan boshlab madaniyat va san’at sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi qo‘shimcha choralari joriy etiladi:
a) Madaniyat vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida har yili quyidagilar uchun davlat buyurtmalari beriladi:
teatrlarda sahnalashtiriladigan kamida 40 ta yangi spektaklga;
kompozitorlar va bastakorlarga 40 ta yangi musiqa asarlari, shu jumladan, opera, simfoniya, oratoriya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar, xususan, estrada bo‘yicha asarlar yaratishga;
kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratishga (keng ommalashgan 20 ta audiovizual asar ijodkorlari Madaniyat vazirligi hay’atining qarori bilan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi);
kamida 150 ta eng yaxshi milliy qo‘shiqlarni karaoke yordamida ijro qilish uchun qayta ishlashga;
atoqli ijodkor-ziyolilar, aholi orasida yuksak hurmatga ega san’at va ijod vakillari tomonidan olis va chekka hududlar aholisi, ushbu hududlardagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishga (bir yillik reja-jadval hamda Madaniyat vazirligi bilan tuziladigan fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida);
ta’lim muassasalari (tanaffus paytida), aeroport, temir yo‘l va avtovokzallar, savdo-ko‘ngilochar majmualar, madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar, mehmonxonalar va boshqa tashkilotlarning lokal tarmoqlari orqali eshittiriladigan va tashrif buyuruvchilarning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladigan milliy kuylardan iborat musiqiy albomlarni tayyorlash va ommalashtirish ishlariga (mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda);
b) aholi orasida keng ommalashgan Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” nomli sahifalar tashkil etilib, ular orqali Jamg‘arma mablag‘lari hamda sahifalarni yuritishdan kelib tushgan mablag‘lar hisobidan o‘zbek xalqi milliy madaniyatini targ‘ib etuvchi quyidagi tanlovlar joriy etiladi:
musiqa cholg‘ularida (milliy, opera, simfoniya, oratoriya, estrada, boshqa mumtoz va zamonaviy janrlarda) bajarilgan eng yaxshi 100 ta ijro;
eng yaxshi 100 ta milliy qo‘shiq;
eng yaxshi 100 ta milliy musiqiy klip;
karaoke yordamida qo‘shiq ijro qilishga mo‘ljallangan, eng yaxshi 100 ta musiqiy kompozitsiya (qo‘shiq matni bilan);
davlat va xususiy teatrlarda sahnalashtirilgan eng yaxshi 50 ta spektakl.
Bunda, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar yil davomida joylashtirilgan va har yili 15-dekabr holatiga foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p ko‘rilgan ijrolar orasidan aniqlanadi hamda Madaniyat vazirligi hay’atining qarori bilan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
v) yuridik shaxslarning foyda solig‘i hamda aylanmadan soliqni hisoblashda soliq solinadigan baza ushbu tashkilot xodimlari va ularning oila a’zolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish, shu jumladan ushbu tadbirlarga kirish uchun biletlar xarid qilishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi, bunda mazkur chegiriladigan mablag‘lar soliq solinadigan bazaning 2 foizidan oshmasligi lozim;
g) milliy musiqa cholg‘u asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etadigan tashkilotlar uchun aylanmadan soliq va ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi;
d) Madaniyat vazirligiga o‘z tizimidagi barcha tashkilotlar uchun budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini sarflash nisbatini (moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga) mustaqil belgilash huquqi beriladi.
7. Mazkur qarorning 6-bandida belgilangan madaniyat va san’at sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralarini o‘z vaqtida va to‘liq joriy etish maqsadida:
a) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):
yuksak badiiy saviyadagi audiovizual asarlarga davlat buyurtmalarini joylashtirishda ularning milliy adabiyot va she’riyatimizning nodir durdonalari asosida yaratilishi, iste’dodli ijodkorlar tomonidan mahorat bilan badiiy o‘qish, monolog va boshqa shakllarda, shuningdek xorijiy tillarda ijro qilinishiga, alohida e’tibor qaratsin;
bir oy muddatda Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” nomli sahifalarni tashkil etsin, ularni doimiy ravishda keng jamoatchilik orasida ommalashtirish choralarini ko‘rsin, sahifalarni tashkil etishda mualliflik huquqlariga rioya qilinishini qat’iy nazorat qilsin;
b) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda tegishli soliq imtiyozlarini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoniga asosan Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki:
a) Jamg‘arma mablag‘lari respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalar foydasining muassisga yo‘naltiriladigan qismi hamda qonunchilikda belgilangan yoki taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;
b) quyidagi tadbirlar Jamg‘armaga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi:
“mahorat maktablari” rahbari bo‘lgan ijodkorlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish;
ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasi asosida “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli, “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi, davlat teatrlari, O‘zbekiston milliy simfonik orkestri va O‘zbekiston davlat simfonik orkestri tomonidan konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish;
“Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida Madaniyat vazirligi tomonidan beriladigan davlat buyurtmalarini moliyalashtirish;
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” nomli sahifalar orqali tashkil etiladigan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash;
Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalar tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining reklamasini tashkil qilish, telekanallardan efir vaqtini sotib olish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
9. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
ushbu qarorda amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga 2022-yilda jami 50 mlrd so‘m, shundan, 25 mlrd so‘mni 2022-yil 1-martga qadar, qolgan 25 mlrd so‘mni ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishiga qarab, Madaniyat vazirligining so‘roviga asosan ajratsin;
ushbu qaror bilan Madaniyat vazirligiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 2023-yil Davlat budjeti parametrlarida Jamg‘armaga 50 mlrd so‘m ajratilishini nazarda tutsin.
10. Madaniyat va san’at sohasidagi ijodkorlarni har yili bir marotaba taqdirlash maqsadida Madaniyat va san’at milliy mukofoti ta’sis etilsin.
Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Madaniyat va san’at milliy mukofoti bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san’at sohasi vakillariga hamda iste’dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.
12. Hududiy madaniyat organlari tuzilmasidagi namunaviy maqom ansambllari negizida amaldagi moliyalashtirish tartibi va shtat birliklari doirasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbek milliy maqom san’ati markazining hududiy bo‘limlari tashkil etilsin.
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanali Madaniyat vazirligining Bosh axborot hamkori etib belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
Madaniyat vazirligi tomonidan namoyish etishga tayyor holda taqdim etiladigan materiallar “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida tomoshabinlar uchun qulay bo‘lgan vaqtlarda bepul efirga uzatiladi;
respublika telekanallaridan tomoshabinlar uchun qulay bo‘lgan efir vaqtlari Madaniyat vazirligi tomonidan sotib olinadi va ushbu vaqtda vazirlik taqdim etgan materiallar efirga uzatiladi;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarda har haftada aniq bir vaqtda Madaniyat vazirligi uchun efir vaqti ajratiladi;
telekanallar faoliyatiga taalluqli tegishli litsenziya talablari va shartlariga milliy madaniyatimiz durdonalarini, shu jumladan milliy cholg‘ularda asarlar ijro etilishini efirga berish talablari kiritiladi.
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) bir oy muddatda telekanallar faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Quyidagilar:
2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat teatrlari va “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasini avtobus va yuk transport vositalari bilan ta’minlash rejasi 5-ilovaga muvofiq;
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarini maxsus avtotransport vositasi bilan ta’minlash rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu bandda tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” va rejalarda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilansin.
15. Moliya vazirligi 2022-yil olti oylik yakuni bo‘yicha Davlat budjeti xarajatlarini maqbullashtirish hisobiga ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin, 2023-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda zarur mablag‘lar nazarda tutilishini ta’minlasin.
16. Muassasa va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘zlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yoki ta’minlash maqsadida xorijdan import qilib olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan musiqa cholg‘ulari, ovoz kuchaytirgich moslamalar, texnik jihozlar, chiroqlar, maxsus libos va oyoq kiyimlar, “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport vositalari, ularga o‘rnatiladigan musiqa texnikasi va sahnalar 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 8-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
19. Madaniyat vazirligi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
20. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari A.A. Jo‘raboyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berilsin.
1. Dutor
2. Do‘mbira
3. Doyra
4. Tanbur
5. Rubob
6. G‘ijjak
7. Nay
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3391-son qarorida:
a) 8-bandning beshinchi xatboshisidagi “namunali ansambllarini” so‘zlari “hududiy bo‘limlarini” so‘zlariga almashtirilsin;
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda viloyatlarda O‘zbek milliy maqom san’ati markazining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan hududiy bo‘limlarini tashkil etsin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3892-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tuziladi. Bunda ushbu qarorning 1-bandi sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda tanlov o‘tkazilmaydi”;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasida” so‘zlari “Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-son qarorida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va axborot-multimedia” so‘zlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Guliston” va “Teatr” jurnallari tahririyatlari yagona tahririyatga birlashtirilsin”;
b) 91-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Quyidagilar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi bo‘yicha belgilangan miqdorda dividentlar to‘langandan so‘ng qolgan mablag‘ning 15 foizi;
teatrlar, sirk va konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlarni o‘tkazishdan olinadigan foydaning 10 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablag‘lar;
vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablag‘lar;
vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisob raqamidan ajratiladigan mablag‘lar;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari, grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”;
ikkinchi-uchinchi xatboshilar tegishincha o‘n ikkinchi-o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Samarkand Nalf Marathon” so‘zlari “Samarkand Marathon” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 25-pozitsiyasida:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Samarkand Nalf Marathon” so‘zlari “Samarkand Marathon” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Turizm va sport vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-64-son qarorida:
a) 11-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-iyuldan boshlab Teatr xodimlari lavozim maoshlarini mehnatga haq to‘lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga hamda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyentlari miqdori Davlat budjeti hisobidan 1,5 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi”;
b) 7-ilovada:
3-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbalari va summasi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablag‘lari, homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi”;
4-pozitsiyaning rus tilidagi matnida “Istochniki i summa finansirovaniya” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sredstva respublikanskogo budjeta, blagotvoritelnie pojertvovaniya, metsenatskaya podderjka”.
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibi 29-bandining yettinchi xatboshisi “xalq ta’limi” so‘zlaridan keyin “hamda madaniyat” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-sentabrdagi “Opera san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to‘g‘risida”gi 595-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022/2023 o‘quv yilidan boshlab maktab-internatning 8-sinfiga 25 nafar o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi”.
1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3178-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi va qarorga 2-ilova;
b) 3-band.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 700-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 109-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 400-son qaroriga ilovaning 35-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi 161-son qaroriga 1-ilovaning 34-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)”gi 397-son qaroriga ilovaning 63-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari)”gi 411-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori)”gi 7-son qaroriga ilovaning 6-bandi. | 96 | 35,485 |
Qonunchilik | Kechiktirilgan debitorlik qarzlari uchun jarimalar хatlovdan oʻtkaziladi va qaytariladi | Hukumat tomonidan Moliya vazirligi va DSQga kechiktirilgan debitorlik qarzlari uchun jarima sanksiyalari bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganib chiqish topshirildi (16.05.2020 yildagi 288-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, tovarlar amalda joʻnatilgan, ishlar bajarilgan, хizmatlar koʻrsatilgan kundan boshlab 90 kun oʻtgandan keyin yetkazib berilgan tovarlar, koʻrsatilgan хizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablagʻlar kelib tushmaganligi muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblanadi (12.05.1995 yildagi PF-1154-son Farmonning 2-bandi). Buning uchun 10 BHMdan 15 BHMgacha jarima solinishi nazarda tutilgan (MJTKning 175-m. 3-q.).
2019 yil 1 yanvardan boshlab davlat ulushi 50%dan kam boʻlgan tashkilotlarda debitorlik qarzlari yuzaga kelganda, sanksiyalar qoʻllanilmaydi (30.10.2018 yildagi PF-5564-son Farmonning 1-bandi «a» kichik bandi 5-хatboshisiga qarang). Shu boisdan Moliya vazirligi va DSQ tomonidan bir oy muddatda 2018 yil 31 dekabrdan keyin qoʻllanilgan jarimalar хatlovdan oʻtkaziladi.
Xatlov natijalariga koʻra:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 87 | 1,149 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Davlat qo‘riqxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. 1-ilovada:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar), O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi, “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi, “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi, O‘rmon xo‘jaligi texnikumi, shuningdek, qo‘mita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlar) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining yagona tizimini tashkil etadi”;
11-bandning “g” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“respublikada cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;
cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada cho‘lga aylanib borishga qarshi kurash bo‘yicha BMT Konvensiyasi talablarini bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifasini amalga oshirish.”;
12-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“o‘rmon fondi hududlarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma yoki dalolatnomalar tuzish, huquqbuzarlarga nisbatan jarimalar qo‘llash;”;
24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. Qo‘mita tizimi quyidagi manbalar hisobidan:
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Jamg‘arma mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari — Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘rmon xo‘jaligi texnikumi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
Milliy tabiat bog‘lari, davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonalari, dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari, Jamg‘arma mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali, Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi, O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish innovatsiya markazi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
“O‘rmonloyiha” loyihalash instituti, “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi, “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi — xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi”;
26-banddagi “davlat qo‘riqxonalari, davlat biosfera qo‘riqxonasi, biosfera rezervatlari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. 2-ilovada:
10-bandning “d” kichik bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“o‘rmon fondi hududlarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma yoki dalolatnomalar tuzish, huquqbuzarlarga nisbatan jarimalar qo‘llash;”;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. O‘rmon inspeksiyasi xodimlari, xo‘jalik egyerlari, milliy tabiat bogi inspektorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmatni o‘tash davrida xizmat quroli, uning o‘q-dorilari va maxsus vositalar bilan ta’minlanadilar.”.
4. 3-ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi to‘g‘risida nizom”;
1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Boshqarma Qo‘mita milliy tabiat bog‘lari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda ovchilik xo‘jaliklarini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida boshqaruvni amalga oshiradi”;
8-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“milliy tabiat bog‘lari hamda ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;”;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda faol ishtirok etish:”;
9-bandda:
“a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) milliy tabiat bog‘lari hamda ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:”
“j” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“j) milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda faol ishtirok etish sohasida:
milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartibi ishlab chiqilishida ishtirok etish;
tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning xorijiy davlatlarda malakasini oshirish bo‘yicha Qo‘mitaga taklif kiritish;”;
10-bandning o‘n uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“milliy tabiat bog‘lari hududlariga kirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;”;
13-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“milliy tabiat bog‘lari, ovchilik xo‘jaligi direktorlarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlar — bosh nozirlar, bosh o‘rmonbegilar, bosh buxgaltyerlarni xo‘jalik rahbarlarining tavsiyasiga binoan Qo‘mita bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi”.
5. 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
6. 5-ilovada:
7-banddagi “Zangiota” so‘zi “Toshkent” so‘zi bilan almashtirilsin;
21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Institutning xo‘jalik hisobidan olgan daromadlari, shuningdek, O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasidan ajratmalar hisobiga tushadigan mablag‘lar institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, ilmiy xodimlarni tayyorlash, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadi”.
7. 6-ilovaning 5-bandida:
“e” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“n” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“o‘rmon fondi yerlarida (milliy tabiat bog‘lari, ovchilik, o‘rmon va ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar inspektorlari va egyerlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklardan tashqari) hayvonot va o‘simlik dunyosi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan shaxslarga ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash joyi, telefon raqami ko‘rsatilgan, pasportining nusxasi, bank hisobvarag‘i ilova qilingan murojaati asosida quyidagi miqdorlarda mukofotlar to‘lash:”;
“t” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin.
“t) milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklarini, shuningdek, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazini boshqarishning budjetdan tashqari qismini moliyalashtirish va saqlab turish”;
“u” kichik band “mukofotlar” so‘zidan keyin “berish, shuningdek, bayram tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi “ch” kichik band qo‘shilsin:
“ch) Jamg‘arma umumiy tushumlarining 5 foizi miqdorida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning tizimidagi ilmiy tashkilotlarga yo‘naltirish”.
8. 7-ilovada:
a) 2-bandda:
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi respublika tashkilotlari (Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti, “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi, “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti), Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash 3-ilovaga;
Davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat ovchilik xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘lari xodimlari mehnatiga haq to‘lash 4-ilovaga”;
b) 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining umumiy ish staji uchun oylik ish haqiga (beriladigan ustama mablag‘larini hisobga olgan holda) oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda to‘lanadi”;
v) quyidagi mazmundagi 81-band qushilsin:
“81. Xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan tashabbuskor Qo‘mita markaziy apparati xodimlariga lavozim maoshining (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 200 foizigacha hamda hududiy bo‘linmalar xodimlariga, jumladan, noqulay ob-havo va tabiiy sharoitda ishlayotgan o‘rmonchilarning ish haqlariga qo‘shimcha 100 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanishi mumkin.
Ustamaning aniq miqdori va uni berish tartibi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi tomonidan belgilanadi”;
g) Nizomga 3-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi respublika tashkilotlari (Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti, “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi, “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti), Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash”;
d) Nizomga 4-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat ovchilik xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘lari xodimlari mehnatiga haq to‘lash”. | 201 | 12,474 |
Qonunchilik | Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlari to‘g‘risida | 2022-yilning may oyida o‘tkazilgan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi (bundan buyon matnda saylov deb yuritiladi) yakunlari to‘g‘risidagi Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari T. Madumarovning axborotini eshitib va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi mazkur saylovning yuqori saviyada o‘tganligini qayd etadi.
Jumladan, saylov jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylovga oid qonun hujjatlari talablariga to‘liq rioya qilgan holda tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi KQ-320-IV-sonli Qaroriga asosan Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) va hududiy komissiyalar tashkil etildi.
Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar tomonidan saylov jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar samarali tarzda muvofiqlashtirib borilgan.
Saylov jarayonlarini samarali tashkil va fuqarolarning saylash huquqini ta’minlash maqsadida 9 349 ta ishchi guruh tuzilib, har bir fuqarolar yig‘inida saylovni namunali tashkil etish va o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilgan.
Saylov jarayonlari haqida aholini o‘z vaqtida xabardor qilish va amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish maqsadida Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar huzuridagi axborot xizmatlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 10 mingdan ortiq material, shu jumladan teleradiokanallarda 1,8 mingga yaqin, bosma nashrlarda 400 dan ziyod, internet tarmog‘ida esa 8,6 mingta material joylashtirilgan.
Bundan tashqari, saylov jarayonida qonuniylikni to‘liq ta’minlash maqsadida saylovni tashkil etish va o‘tkazishga oid 11 mingtadan ziyod materiallar joylarga o‘z vaqtida yetkazib berilgan.
Fuqarolar yig‘inlari raisligiga faol, tashabbuskor, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, davlat organlarida, nodavlat notijorat tashkilotlarida, tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida malakasi yetarli, shuningdek, hayotiy tajribaga hamda aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan 26 910 nafar nomzod ko‘rsatilgan.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 21 mln 204 ming nafardan ziyod fuqaroning 2 mln 10 ming nafari saylovda bevosita qatnashib, ovoz bergan.
O‘tkazilgan saylovda saylangan 9 349 nafar fuqarolar yigini raisidan 6 272 nafari yoki 67,1 foizi ushbu lavozimlarga birinchi marta saylangan. Shuningdek, saylanganlarning 94,5 foizi oliy, 5,4 foizi o‘rta maxsus, 0,8 foizi o‘rta ma’lumotga ega. Ularning 11,8 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Mahalla institutining faoliyatini yanada rivojlantirish, uning jamiyatdagi nufuzini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni kuchaytirish maqsadida “Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari T. Madumarovning 2022-yil may oyida o‘tkazilgan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi (T. Madumarov, A. Tursunov):
bir oy muddatda saylov yakunlarini tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, shu jumladan mahallalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga takliflar kiritsin;
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda, o‘zlariga biriktirilgan hududlarga chiqib bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazilishini tashkil etsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Respublika komissiyasiga axborot kiritib borsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi:
bir hafta muddatda saylov yakunlari ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazilishini ta’minlasin;
ikki hafta muddatda 9 349 ta mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahallalar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ish rejalari ishlab chiqilishiga ko‘maklashsin;
bir oy muddatda Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda fuqarolar yig‘inlari raislari uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini jalb etgan holda tegishli dasturlar asosida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga:
mahalla raislari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etgan ko‘maklashuvchi komissiyalar va ishchi guruh a’zolarini rag‘batlantirish;
ikki hafta muddatda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda saylov yakunlarini tanqidiy tahlil qilib, fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga hamda ularning nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va o‘z sessiyalarida tasdiqlash hamda uning ijrosini nazorat qilish tavsiya etilsin.
5. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari:
bir hafta muddatda fuqarolar yig‘ini kengashlarini shakllantirish, fuqarolar yig‘inlari raislarining maslahatchilarini, fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarni va taftish komissiyalar saylanishini ta’minlasin;
fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli fuqarolar yig‘inlarida saylov o‘tkazilishini ta’minlasin va har chorakda Respublika komissiyasiga ma’lumot taqdim etib borsin.
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
7. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi (T. Madumarov, A. Tursunov) ushbu Qaror ijrosi yuzasidan umumlashtirilgan axborotni 2022-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga taqdim etsin.
8. Mazkur Qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N. Umarov zimmasiga yuklansin.
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 73 | 7,221 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT QIMMATBAHO METALLAR QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qo‘mitasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qo‘mitasi oltin qazish va qayta ishlash korxonalari, zargarlik ishlab chiqarish korxonalari va o‘z tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaziy boshqaruv organi hisoblanadi.
2. Davlat qimmatbaho metallar qo‘mitasi (bundan keyin matnda qo‘mita deb ataladi) yuridik shaxs bo‘lib, bank muassasalarida schyotlarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, respublika Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Qo‘mita tarkibiga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar mustaqillikni va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar va o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari asosida olib boradilar.
4. Davlat qimmatbaho metallar qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
korxonalar va tashkilotlarga rangli va qimmatbaho metallarni, yuksak iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan va narxi arzon xalq iste’moli mollarini yetkazib berish, shuningdek, ishlar va xizmatlarni bajarish yuzasidan davlat buyurtmalarini va shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishga ko‘maklashish;
quyidagi masalalar bo‘yicha yagona siyosat o‘tkazishda o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirish:
fan-texnika taraqqiyoti, xomashyo negizini kengaytirish va mineral resurslardan oqilona foydalanish;
bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida korxonalar va tashkilotlarni istiqbolli rivojlantirish;
ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash, yangi texnika bilan jihozlash, yangi korxonalar qurish va shu asosda qimmatbaho va rangli metallarni qazishni, qayta ishlashni, ishlab chiqarishni, xalq iste’moli mollarini tayyorlashni ko‘paytirish, zargarlik korxonalarini qurish va kengaytirish, yordamchi qishloq xo‘jalik va ijtimoiy obyektlarni rivojlantirish, tabiatni muhofaza qilish muammolarini va boshqa masalalarni hal qilish uchun bank mablag‘larini ishlatish, qo‘mitaga kiruvchi korxonalarning moliyaviy mablag‘larini va moddiy-texnika resurslarini to‘plash;
o‘zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, kengaytirish va qo‘shma korxonalar barpo etish;
tabiatni muhofaza qilishning zamonaviy usullarini joriy etish, foydalanish, foydalanilmaydigan kon xomashyosini va ishlab chiqarish chiqindilarini ishlab chiqarishga qayta jalb qilish.
5. Qo‘mita o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq:
respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, qimmatbaho va rangli metallar hamda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish haqida takliflar kiritadi;
bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatga haq to‘lashning shakl va usullarini takomillashtirish, korxonalar, tashkilotlar xodimlarini va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, tabiatni muhofaza etish, savdo xizmati ko‘rsatishni, umumiy ovqatlanishni takomillashtirish va mehnatkashlarga pulli xizmatlar ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshirishda yordam beradi;
rahbar xodimlarni tanlaydi, joy-joyiga qo‘yadi va tayinlaydi;
ta’minotchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘rialoqa bog‘lashga, moddiy boyliklarni realizatsiya qilishga, o‘z vaqtida shartnomalar tuzishga va ikkilamchi resurslardan oqilona foydalanishga yordam beradi.
6. Qo‘mita o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida amalga oshiradi va unga quyidagi huquqlar beriladi:
respublikaning o‘z tarkibiga kiruvchi oltin qazib olish va qayta ishlash korxonalari tomonidan mineral resurslardan kompleks foydalanish sohasida yagona texnika siyosatini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni mustaqil ravishda boshqarib borish va hal qilish, shuningdek, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash;
amaldagi qonunlar asosida xorijiy sheriklar bilan qo‘shma korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik hisobidagi firmalar, markazlar va boshqa korxonalar, shuningdek, respublikada ham, chet ellarda ham joriy hisob-kitob schyotlari ochish huquqiga ega bo‘lgan filiallar, vakilliklar va boshqa alohida bo‘linmalarni tashkil etadi. Bu korxonalar va bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlarni qo‘mita tasdiqlaydi.
anjomlar, ehtiyot qismlar va madaniy-maishiy mollarni eksport va import qilish;
o‘ziga yuklatilgan barcha masalalar bo‘yicha respublikaning hamma davlat organlarida, shuningdek, uning tashqarisida respublikaning manfaatlarini ifodalash;
qo‘mita tarkibiga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar faoliyatining barcha turlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlar va axborotlar olish.
7. Qo‘mitani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlaydigan rais boshqaradi. Qo‘mita raisining o‘rinbosarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydi. O‘rinbosarlar o‘rtasidagi vazifalarni qo‘mita raisi taqsimlaydi.
8. Qo‘mitada rais (rais), raisning o‘rinbosarlari, qo‘mitaning boshqa rahbar xodimlari, shuningdek, o‘ziga qarashli ishlab chiqarish korxonalari rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi. Qo‘mita raisining taqdimiga ko‘ra hay’at a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Qo‘mita hay’ati o‘z majlislarida korxona va tashkilotlarni istiqbolli rivojlantirish, davlat buyurtmalari va boshqa topshiriqlarning bajarilishi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va ulardan foydalanish, yuqori turuvchi organlarning va o‘zlarining qarorlarining ijrosini nazorat qilish masalalarini ko‘rib chiqadi, o‘ziga qarashli korxonalar rahbarlarining hisobotlarini, shuningdek, qo‘mitaning huquq doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni eshitadi.
Hay’at qarorlari, odatda, raisning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida ixtilof tug‘ilganda, rais o‘z qarorini amalga oshiraveradi, ixtilof haqida Vazirlar Mahkamasiga xabar beradi, hay’at a’zolari ham o‘z navbatida o‘z fikrlarini shu joyga yetkazishlari mumkin.
9. Rais qo‘mita oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir. Rais o‘rinbosarlarining, bo‘limlar va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining javobgarlik darajalarini aniqlaydi.
Rais qo‘mitaning huquqi doirasida yo‘riqnoma va buyruqlar chiqaradi, o‘ziga qarashli korxonalarning bajarishi uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi, qo‘mita apparati tuzilishini, shtat jadvalini, xodimlar mehnatiga haq to‘lash haqidagi nizomni, shuningdek, belgilangan tartibda o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi tashkilotlarning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlaydi, bitim asosida qo‘mitaga tegishli korxonalar va tashkilotlarning (pudratda ishlayotgan korxonalardan tashqari) rahbarlarini, shuningdek, qo‘mita apparati xodimlarini ishga yollaydi (tayinlaydi).
10. Qo‘mitaning xarajatlari tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning tuzilgan shartnomalar asosida ajratadigan mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
Zarur bo‘lgan hollarda qo‘mita raisi O‘zbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari rahbarlari bilan birgalikda qonunlarga zid bo‘lmagan buyruq va yo‘riqnomalar chiqaradi.
11. Rangli va qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash, O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxiralarini ko‘paytirish, fan va texnikaning yangi yutuqlarini qo‘llash va joriy qilish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish bilan bog‘liq muhim istiqbolli yo‘nalishlarni va ish natijalarini ko‘rib chiqish uchun qo‘mitada o‘ziga qarashli korxona va muassasalarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat fan-texnika kengashi tashkil etiladi.
Fan-texnika kengashi tarkibini va uning haqidagi nizomni qo‘mita raisi tasdiqlaydi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar, qo‘mita bilan kelishgan holda, shartnoma va o‘zaro manfaatdorlik asosida, respublikadagi hamda uning tashqarisidagi konsernlarga, konsorsiumlarga, aksionerlik jamiyatlariga va boshqa tashkilotlarga a’zo bo‘lishlari, ular bilan shartnoma munosabatlariga kirishishlari mumkin, ammo ular O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga ziyon yetkazmasligi kerak. | 101 | 8,439 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasini tuzish haqida.
2. “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi QL-615-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (uchinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-637-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida.
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-598-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-613-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-624-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
7. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-626-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
8. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-634-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
9. “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi QL-627-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). | 94 | 1,770 |
Qonunchilik | OʻBF 2016 yilgi ishlar natijasini sarhisob qildi | Umumiy yigʻilishning kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
- Hisobotlarni tasdiqlash: OʻBFning moliya-хoʻjalik faoliyati, Taftish komissiyasi haqida, 2016 yilgi faoliyat toʻgʻrisida;
-2017 yil uchun Ish rejasi va byudjetni tasdiqlash;
- OʻBF rahbar organini keyingi davr uchun saylash;
- Oʻzbekiston buхgalterlarini milliy sertifikatlash dasturi boʻyicha sertifikatlarni topshirish.
Boshqaruv raisligiga Nozir Ibragimov qayta saylandi, Oksana Ognevchuk va Dilnoza Sultonova rais oʻrinbosarlari boʻlishdi. Boshqaruv a’zolari orasidan sertifikatlangan buхgalterlar - Marina Vanina, Gulnora Zuhritdinova, Oksana Popova va Yuliya Berberovalar joy olishdi.
- Bugungi kunda Federatsiyada Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi a’zoligiga qoʻyiladigan asosiy talablarni bajargan 69 nafar haqiqiy a’zo bor. Bu – Kasbga oid odob-aхloq kodeksiga amal qilish, a’zolik badallarini toʻlash, har yili malaka oshirish, - deyiladi Federatsiyaning matbuot relizida.
Shuningdek, Federatsiyaning 46 nafar a’zosiga Oʻzbekiston buхgalterlarini milliy sertifikatlash dasturi boʻyicha sertifikatlar topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, faqat sertifikatlangan mutaхassislar OʻBF a’zosi boʻlishi mumkin. OʻBF ham Oʻzbekiston buхgalterlarini milliy sertifikatlashni, ham CIPA dasturi boʻyicha хalqaro sertifikatlashni ilgari suradi.
Mavzuga oid materiallar:
Auditorlarni sertifikatlash tartibini oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
Buхgalterlarni milliy sertifikatlash amalda | 48 | 1,446 |
Qonunchilik | Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish hisobidan respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish va shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnologik yangilashni ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda korxonalarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlari va aktivlarining mavjudligi, davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha tanqidiy tahlil o‘tkazilganligi va shuning negizida real iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida davlat ishtirokini tubdan qisqartirish takliflari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan “nol” qiymatida tanlov asosida sotilishi lozim bo‘lgan davlat mulki obyektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
oshkora savdolarda to‘liq xususiy mulk qilib sotiladigan davlat mulkining foydalanilmayotgan obyektlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
tugatish yoki bankrot qilish tartibini qo‘llash tashabbusi bilan chiqilgan past rentabelli va faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlar ro‘yxati 5- ilovaga muvofiq;
vakil qilingan organlar xulosasi hamda tuman (shahar) hokimliklari qarori bilan buzib tashlanishi lozim bo‘lgan foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan davlat mulki obyektlari ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-sonli qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi (R. S. Azimov):
bir oy muddat ichida, 1-ilovaga muvofiq strategik xorijiy investorlarga sotilishi lozim bo‘lgan aktivlarni baholash va savdolarga qo‘yish jadvallarini tasdiqlasin;
xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushining bir qismini qo‘shimcha ravishda sotish bo‘yicha muntazam asosda takliflar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tegishli vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda, 2- va 4-ilovalarga kiritilgan davlat aktivlarini baholash va savdoga qo‘yish jadvallarini hamda 3-ilovaga kiritilgan obyektlarni “nol” qiymatda sotish bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish jadvallarini tasdiqlasin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 6-ilovaga muvofiq davlat mulki obyektlarini buzish jadvalini hamda bo‘shayotgan yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga taqdim etish bo‘yicha belgilangan tartibda tanlovlar o‘tkazish jadvalini tasdiqlasinlar.
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
davlat mulki obyektlarini yangi mulkdorga topshirish vaqtigacha ularning saqlanishi uchun mazkur obyektlar balansida bo‘lgan korxonalar mas’ul hisoblanadi;
3 va 4-ilovalarda ko‘rsatilgan, ijara shartnomasi bo‘yicha o‘zlarining majburiyatlarini tegishli ravishda bajarib kelayotgan davlat mulki obyektlarining ijarachilari ijaraga olingan ishlab chiqarish maydonlarini xarid qilishda, shu jumladan tasdiqlangan shartlarda “nol” qiymatida sotib olishda ustun huquqqa egadirlar;
davlat unitar korxonalari ayrim hollarda faqat O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tashkil etilishi mumkin.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushi bo‘lgan tijorat tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2005-yil 14-martdagi PQ-29-sonli qarori 5-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘zlarining ustav kapitaliga topshirilgan aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini ajratishni faqat Kuzatuv kengashi yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiradilar, olingan pul mablag‘larini esa yangi korxonalar barpo etish, ishlab turgan korxonalarni modernizatsiyalash va texnikaviy qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni investitsiya bilan ta’minlashga yo‘naltiradilar.”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ba’zi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli qarori 4-ilovasining 4-bandi quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“obyektlarni bir ro‘yxatdan boshqa ro‘yxatga o‘tkazish, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar shartlarini, sotish usullarini, jumladan “nulinchi” xarid qiymati bo‘yicha va to‘g‘ridan to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha sotish usullarini o‘zgartirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari (aksiyalari, ulushlari) ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish”.
O‘n beshinchi — yigirmanchi xatboshilar o‘n oltinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727- sonli qarorida:
1-bandining uchinchi xatboshidagi “2013” raqami “2016” raqami bilan almashtirilsin;
6-bandida:
birinchi xatboshidagi “2015” raqami “2018” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “to‘lovlari (boj yig‘imlaridan tashqari)” so‘zlari “to‘lovlaridan (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-sonli qarorida:
a) quyidagi mazmundagi 61-bandi bilan to‘ldirilsin:
“61. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
xususiylashtirilgan korxonalarda xususiylashtirish vaqtida aniqlanmagan davlat aktivlari, jumladan ko‘chirib bo‘ladigan va ko‘chmas mulk, mazkur korxonaning (ularning huquqiy vorislarining) mulki hisoblanadi, Qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkin bo‘lmagan obyektlar bundan mustasno;
xususiylashtirish vaqtida tasarruf etmasdan foydalanishga berilgan korxona hududida joylashgan ko‘chirib bo‘ladigan va ko‘chmas mulk mazkur korxonaning (ularning huquqiy vorislarining) mulki hisoblanadi, Qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkin bo‘lmagan obyektlar bundan mustasno;
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar yagona ta’sischi sifatida bitta aksiyadordan iborat aksiyadorlik jamiyatlariga ega bo‘lishlari mumkin;
b) 6-ilovaning 3 va 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oshkora savdolarda davlat aktivlarini sotib olishga ikki oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, ularni dastlab qo‘yilgan narxni qadam-baqadam pasaytirib borish mexanizmini qo‘llagan holda sotish amalga oshiriladi va bu qadam quyidagilar bo‘yicha har 15 kunda dastlab qo‘yilgan narxning 10 foizini tashkil qiladi:
ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha — dastlab qo‘yilgan narxdan 50 foizgacha, ammo ularning narxlash kunigacha qoldiq qiymatidan kam bo‘lmasligi lozim;
aksiyalar va ulushlar bo‘yicha — dastlab qo‘yilgan narxdan 50 foizgacha, davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq qo‘yilgan narxni keyinchalik foydalanish imkoniyati bilan qadam-baqadam pasaytirib borish mexanizmini qo‘llash mumkin. Bunda aksiyalar va ulushlarning boshlang‘ich narxini umumiy pasaytirish ularning nominal qiymatidan past bo‘lmagan miqdorgacha amalga oshirilishi mumkin.
4. Davlat ko‘chmas mulk obyektlari dastlab qo‘yilgan narxning 50 foizigacha pasaytirilgandan so‘ng bir oy mobaynida oshkora savdolarda sotilmay qolgan hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari takliflari asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nulinchi” xarid qiymati bo‘yicha sotilishi mumkin yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalab qo‘yiladi yoxud buzib tashlanib, bo‘shagan yer uchastkalari zaxira yerlar toifasiga o‘tkaziladi.”. | 90 | 9,734 |
Qonunchilik | Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq oʻrniga aksiz soligʻi | 2019 yil 1 yanvardan benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq oʻrniga oхirgi iste’molchiga benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilayotganda undiriladigan aksiz soligʻi joriy etiladi. Bu 24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonunda nazarda tutilgan.
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlovchilar ularni oхirgi iste’molchilarga, sh.j. avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoхobchalari orqali realizatsiya qiluvchi yuridik shaхslar hisoblanar edi. Ushbu soliq va aksizga oid qoidalar koʻp jihatdan oʻхshash. Shu sababli soliq tizimini soddalashtirish va soliqlar sonini qisqartirish maqsadida benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq aksiz soligʻi bilan almashtirildi.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.
Batafsil – buxgalter.uz saytida. | 89 | 868 |
Qonunchilik | “SINO” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRIShNI QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | “Sino” ochiq aksiyadorlik jamiyatida sovutish va muzlatish uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, butlovchi buyumlar va uzellarni mahalliylashtirish negizida ularning yangi turlari va modellarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
korxonalar bankrotligi sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tarkibiy o‘zgartirish dasturiga muvofiq “Sino” ochiq aksiyadorlik jamiyatida (Samarqand shahri) sovutish va muzlatish texnikasi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar va detallarni mahalliylashtirish darajasini 80 foizgacha yetkazishni ta’minlagan holda 2009-yilga borib 250,0 mingtagacha sovutish va muzlatish uskunasi ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kuchaytirish nazarda tutilganligi;
“Sino” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan “TS—Texnolodji” (AQSh), “Xenan Xenfey Elektrik Ko” (XXR) va “Xayr grupp Ko Ltd” (XXR) xorijiy kompaniyalari bilan kontraktlar tuzilganligi, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sovutish va muzlatish texnikasi ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari va butlovchi buyumlar yetkazib berish boshlanganligi;
“Sino” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2004-yilda 2400 ta sovutish va muzlatish texnikasini eksportga sotish va uni eksport qilish hajmini 2009-yilda 25 mingtaga yetkazish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Sino” ochiq aksiyadorlik jamiyati, istisno tariqasida, besh yil muddatga:
olib kelinayotgan texnologiya asbob-uskunalari va ularga ehtiyot qismlar, shuningdek sovutish va muzlatish uskunasi ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalaniladigan materiallar, qismlar va butlovchi materiallar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
sovutish va muzlatish uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish doirasida ishlab chiqarilgan uskunalar va mahsulotlar yuzasidan foyda (daromad) solig‘idan, shuningdek mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i va mahalliy soliqlar to‘lashdan ozod etilsin.
3. Belgilansinki, mazkur qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar berilishi hisobiga bo‘shab qoladigan mablag‘lardan faqat sovutish va muzlatish uskunalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha quvvatlarni barpo etish va rivojlantirish, ularga butlovchi detallar va uzellar ishlab chiqarish, assortimentni kengaytirish, ishlab chiqariladigan sovutish va muzlatish uskunasining dizayni va sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘shab qolgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Berilgan imtiyozlar hisobiga bo‘shab qolgan mablag‘lardan “Sino” ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zga maqsadlarda foydalangan taqdirda, mazkur qarorda nazarda tutilmagan ehtiyojlar uchun foydalanilgan mablag‘lar hajmi belgilangan tartibga budjetga olib qo‘yiladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 101 | 3,142 |
Qonunchilik | AQSh qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bog‘liq masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Bayonoti to‘g‘risida | AQSh qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bog‘liq masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir guruh senatorlarining murojaatnomasini muhokama etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. AQSh qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bog‘liq masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Bayonoti qabul qilinsin.
2. Mazkur Bayonot “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilinsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 187 | 617 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi teatr-tomosha tashkilotlari nomlarini zamon talablariga muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘ | Madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning nomlarini zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, ushbu soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida:
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri
“Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli
“Amu to‘lqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli
“Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali
Toshkent shahri
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri
O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
O‘zbek Milliy akademik drama teatri
O‘zbekiston davlat drama teatri
O‘zbekiston davlat satira teatri
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
O‘zbekiston davlat yoshlar teatri
O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri
O‘zbekiston davlat qo‘g‘irchoq teatri
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
“Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya
O‘zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
O‘zbekiston Milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘u orkestrlari jamoalari birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
“O‘zbekiston yosh iste’dodlari” kamer orkestri
“So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri
Andijon viloyati
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Namangan viloyati
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri
Farg‘ona viloyati rus drama teatri
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Farg‘ona viloyat Teatr-konsert saroyi
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri”;
b) 2-ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmoni joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi o‘quv yurtlarining rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va konsertmeystyerlarining lavozimlari ro‘yxati”;
“I. Artistlar” bo‘limining 5-bandidan “simfonik” so‘zi chiqarib tashlansin”;
“III. O‘quv yurtlari” bo‘limi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va uning Nukus filiali, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, konsertmeystyerlari;
2. Madaniyat va san’at yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari, konsertmeystrlari hamda San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 21-fevraldagi 101-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Ayqulash” milliy raqs ansambli (Qoraqalpog‘iston)” so‘zlari “Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli (Qoraqalpog‘iston)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 22-maydagi 223-son qarorida:
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “hamda uning tasarrufiga kiruvchi muassasalarga” so‘zlari “birlashmasiga” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri
O‘zbek Milliy akademik drama teatri
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri
O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri
O‘zbekiston davlat drama teatri
O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
O‘zbekiston davlat satira teatri
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
O‘zbekiston davlat qo‘g‘irchoq teatri
O‘zbekiston davlat yoshlar teatri
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri
Farg‘ona viloyati rus drama teatri
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri
“Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi
“Artmadad” maxsus jamg‘armasi
“Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali tahririyati
Teatr ijodkorlari uyushmasi
Aktyorlar uyi”. | 250 | 6,914 |
Qonunchilik | TAYYOR TO‘QIMAChILIK MAHSULOTINI EKSPORT QILUVChI KORXONALARGA MULK SOLIG‘I BO‘YIChA IMTIYOZLARNI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “To‘qimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Tayyor to‘qimachilik mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 154 | 776 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya normalarining bajarilishi ustidan davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida maqbul fitosanitariya sharoitlarini ta’minlash maqsadida:
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
urug‘liklar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlarini import qilish uchun karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirish uchun olinadigan to‘lovlar;
tarkibida urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha olib o‘tilayotgan yuklarga karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirishdan olingan to‘lovlar;
urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlarini eksport qilishda fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun olinadigan to‘lovlar;
eksport va import qilinayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning namunalarini laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazilishi uchun olinadigan to‘lovlar;
eksport va import qilinayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni zararsizlantirish bo‘yicha fumigatsiya ishlari o‘tkazilganligi uchun olinadigan to‘lovlar;
karantindagi yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududi ichida karantin fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirganlik va taqdim etganlik uchun olinadigan to‘lovlar;
o‘simliklar karantini sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik uchun qonunchilikka muvofiq undiriladigan jarimalar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni hal etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, o‘simliklar karantini davlat xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun foydalaniladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin. | 134 | 3,846 |
Qonunchilik | “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi QL-769-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 23-aprelda kiritilgan “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi QL-769-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi haqidagi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 155 | 588 |
Qonunchilik | 2015-2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to‘g‘risi | Yer osti suv sathini kamaytirishga qaratilgan drenaj tizimini yanada takomillashtirish, Guliston shahrining arxitektura-rejalashtirish qiyofasi va infratuzilmasini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlar yaratish hamda shu asosda aholining hayot darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
1. 2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar hamda xo‘jalik birlashmalari bilan hamkorlikda uch oy muddatda 2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturining quyidagi chora-tadbirlarni ko‘zda tutadigan loyihasini ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin:
ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish va ular asosida meliorativ-irrigatsiya tarmoqlari hamda suv sathini tushirishning boshqa infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Do‘stlik” kanali va unga yondosh kollektorlarda betonlash va filtrlanishga qarshi ishlarni bajarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda butun tizimdan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xizmatni mustahkamlash;
Guliston shahrining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yangilash va shahar qiyofasiga mos yangi maydon va xiyobonlar barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish orqali arxitektura ansambllari tashkil etish;
yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini tubdan takomillashtirish, bunda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari va magistral ko‘chalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni ko‘zda tutish;
suv ta’minoti, kanalizatsiya, irrigatsiya, elektr, gaz va issiqlik ta’minoti hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
mavjud uy-joylarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobidan uy-joy fondini qayta tashkil etish;
aholi, ayniqsa, yoshlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va ularning dam olishiga oid masalalarni kompleks ravishda hal etishni ta’minlaydigan obyektlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobidan ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasini rivojlantirish.
3. Sirdaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar hamda boshqa xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda bir oy muddatda Guliston shahrining 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun Bosh rejasini ishlab chiqishni yakunlasin va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etsin, bunda shahar drenaj tizimini takomillashtirish bo‘limini sifatli ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratsin.
4. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 250 | 3,427 |
Qonunchilik | Toshkent shahrida eri (хotini)ni propiska qilish – mahalla va profilaktika inspektorining ma’lumotnomasisiz | Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1001-son qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtinchalik propiska qilish tartibi soddalashtirildi.
Oʻzini oʻzi boshqarish organi (mahalla) va profilaktika inspektorining (uchastka inspektori) birgalikdagi bolalari boʻlmagan er-хotinning kamida 1 yil birgalikda yashaganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi bekor qilindi. Ilgari mazkur ma’lumotnoma boshqa shaharlik er (хotin) tomonidan poytaхt va poytaхt viloyatida doimiy propiska olish uchun хorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga topshiriladigan hujjatlar paketiga kirgan (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizomga qarang, 16.12.2012 yildagi 41-son VMQ bilan tasdiqlangan).
Bu – muhim! Nikohda kamida 1 yil birgalikda yashash toʻgʻrisidagi talabning oʻzi kuchda qoldi. Bu avvalgidek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхatining 5-bandida (14.09.2011 yildagi OʻRQ-296-son Qonunga ilova) koʻzda tutilgan.
Endilikda kamida 1 yil birgalikda yashaganlik fakti faqat nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va pasport ma’lumotlari asosida belgilanadi.
Eslatib oʻtamiz, taqdim etiladigan hujjatlardan endi notarial tasdiqlangan nusхalar qilish zarur emas. Propiska olgandan keyin 1 yil mobaynida nikoh bekor qilingan taqdirda u bekor qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.12.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 107 | 1,841 |
Qonunchilik | Butun mamlakat boʻylab oilaviy biznes kengaytiriladi | Prezidentning 7.06.2018 yildagi qarori bilan «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish nazarda tutilgan. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.
Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).
Namunaviy tarzda – Andijon viloyatida
Dastur mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti ogʻir hududlarda amalga oshiriladi. Hududiy darajada 10 iyundan boshlab namunaviy tarzda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida amalga oshirila boshlaydi. Hududiy dasturni moliyaviy ta’minlashga хorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 mln AQSh dollari ajratiladi.
Mablagʻlar ularning salohiyati, murojaatlarning asoslanganligi, loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Andijon viloyati tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlanadi. Ular, oʻz navbatida, boʻlajak tadbirkorlarga mablagʻ ajratib beradilar.
Mamlakatimizning boshqa hududlarida dastur uni amalga oshirishning aniq moliyaviy manbalari va hisob-kitoblarini nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Dasturning asosiy yoʻnalishlari
Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan:
Barcha darajada muvofiqlashtiriladi
Respublika darajasida muvofiqlashtirish va tizimli monitoring qilishni moliya vazirining oʻrinbosari, iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari va Markaziy bank raisining oʻrinbosari amalga oshiradi.
Hududiy darajada quyidagilar tashkil etiladi:
Mahalliy darajada tadbirkorlik faoliyati tashkil etishga amaliy yordam berish hamda monitoring qilish boʻyicha hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladi. Ularga tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarlik qiladilar.
Imtiyozli kreditlar va boshqa preferensiyalar
Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar:
Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Jamoat ishlari jamgʻarmasiga zarur boʻlgan holatlarda dasturda belgilangan vazifalarni qoʻshimcha moliyalashtirish tavsiya etildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi dastur doirasida tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladigan kreditlarga ustuvor ravishda kafilliklar va foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar ajratadi.
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik хatari sugʻurtalanganda sugʻurta toʻlovi 1,5%dan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi hamda sugʻurtalash shartlari yengillashtiriladi.
2 oy muddatda foydalanilmayotgan yer maydonlari inventarizatsiyadan oʻtkazilib, ularga boʻlgan huquqlar bekor qilinadi hamda dastur doirasida faoliyatini boshlayotgan va kengaytirayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladi.
Oleg Zamanov. | 52 | 2,950 |
Qonunchilik | DYHXX хodimlari yangi jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantiriladi | Vazirlar Mahkamasining 6.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 514-son qarorida shunday maqsad koʻzlangan.
Jamgʻarma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida yuridik shaхsni tashkil etmasdan faoliyat yuritadi. Mablagʻlarning shakllantirilishi va sarflanishi haqidagi aхborot jadvalda keltirilgan:
Jamgʻarma mablagʻlari
Shakllantirish manbalari
Xarajatlar moddalari
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun DYHXX хodimlari tomonidan solinadigan va Oʻzbekiston IIVning Moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish, хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa хarajatlar maхsus jamgʻarmasiga tushadigan jarimalar summasining 10%i, maхsus avtomatlashtirilgan foto- va videofiksatsiya teхnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari
Faqat DYHXX хodimlarini har oy pul bilan mukofotlash uchun foydalaniladi
(DYHXX хodimlarining lavozimlari roʻyхati, ularni ragʻbatlantirishning aniq shartlari va mezonlari IIV va MV tomonidan ishlab chiqilayotgan Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda qayd etiladi)
Bundan tashqari, DYHXX хizmatiga olinadigan nomzodlarning shaхsiy odob-aхloq fazilatlariga nisbatan qat’iy talablar tasdiqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy. | 72 | 1,630 |
Qonunchilik | Yangi teхnopark tashkil etiladi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 19.05.2021 yildagi “Qashqadaryo viloyatida dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oliy ta’lim muassasalarida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 309-son qaror qabul qilindi.
Hujjatga asosan, "Qarshi Technopark" dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki (keyingi oʻrinlarda - Teхnopark) tashkil etilgan.
Teхnopark "Navo-House" MChJning Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi 50-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilgan. Teхnopark faoliyati direksiya tomonidan boshqariladi. Direksiya MChJ shaklida tashkil etiladi.
Quyidagilar Teхnoparkning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Teхnopark faoliyati Teхnopark tomonidan shartnomalar asosida amalga oshirilgan хizmatlardan tushgan mablagʻlar, Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining 2021-2022 yillardagi zaхira jamgʻarmasi mablagʻlari (Teхnopark faoliyatidan tushgan mablagʻlardan yetishmagan qismi), shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 31 | 1,510 |
Qonunchilik | Sement importi tartibini soddalashtirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Sementni import asosida respublikaga olib kirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Sement mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Sement importini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish hamda ichki bozorda uning sifatini nazorat qilish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligining respublikaga olib kiriladigan sementni erkin muomalaga chiqarishni soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshirish amaliyotini qo‘llash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda:
sement respublika hududiga olib kirilgunga qadar import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt va jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — import qiluvchi) tomonidan ixtiyoriylik asosida uning namunalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organiga taqdim etiladi, bunda mahsulotni erkin muomalaga chiqarish (“IM 40” rejimiga o‘tkazish) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tegishli muvofiqlik sertifikati asosida amalga oshiriladi, bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno;
sement avval olib kirilgan va oxirgi o‘n ikki oy davomida bir ishlab chiqaruvchining sement mahsulotiga nisbatan berilgan muvofiqlik sertifikati asosida (amal qilish muddatidan qat’i nazar) ushbu ishlab chiqaruvchining keyingi mahsuloti import qiluvchi tomonidan respublika hududiga olib kirilgan hollarda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida mahsulotni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organining ariza bo‘yicha qabul qilgan qarori davlat bojxona xizmati organlari tomonidan mahsulotni erkin muomalaga chiqarishga asos bo‘ladi, bojxona qonunchilik hujjatlarining buzilishi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda arizada ko‘rsatilgan miqdordagi sement sifati bo‘yicha davriy ravishda laboratoriya sinovlari amalga oshiriladi va natijalari bo‘yicha import qiluvchiga sinov bayonnomasi taqdim etiladi.
Har bir bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha ma’lumot sertifikatlashtirish organiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali yuboriladi va sement erkin muomalaga chiqarilganda sertifikatlashtirish organi bilan import qiluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida sementni xavf-xatarlarni tahlil qilish asosida davriy ravishda laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
laboratoriya sinovi natijalariga ko‘ra sement belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, bu haqda bir kun muddatda sertifikatlashtirish organi tomonidan import qiluvchi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabardor qilinadi;
belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan sementni olib kirgan import qiluvchi olti oy muddat davomida ushbu mahsulotni erkin muomalaga chiqarishda soddalashtirilgan tizimdan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti (keyingi o‘rinlarda ― Departament) sertifikatlashtirish organlarining xabarnomasiga ko‘ra belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lgan mahsulotni sotishni va undan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida import qiluvchiga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma beradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Departament bilan birgalikda ichki bozordagi sement mahsulotlari sifatini o‘rganish maqsadida chakana savdo shoxobchalarida nazorat xaridlarini amalga oshirsin va mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini o‘rganib borsin.
5. “O‘zstandart” agentligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini kiritsin:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan sementni olib kirganligi;
ichki bozorda sement mahsulotlarini chakana sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarimalar qo‘llash.
6. Departament va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiq bo‘lgan sement mahsuloti hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishiga olib kelgan holatlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 24-apreldagi 348-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ― O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. 3-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari (keyingi o‘rinlarda — “O‘zMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalari) xizmat ko‘rsatish sohalari kesimida tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari davlat korxonalarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha xuquqiy vorisi hisoblanadi;”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “bo‘lgan va “O‘zstandart” agentligi tomonidan aniqlanadigan xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlarining” so‘zlari “xarajatlar “O‘zstandart” agentligi bilan kelishilgan holda “O‘zMMI” davlat korxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 4-bandda:
ikkinchi xatboshiga “hamda boshqa mol-mulki va aktivlari Departamentga beg‘araz berilsin” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tugatilayotgan hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarining bino va inshootlari operativ boshqaruv huquqi bilan “O‘zMMI” davlat korxonasiga hamda boshqa mol-mulklari va aktivlari sohalari bo‘yicha “O‘zMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalariga beg‘araz berilsin”.
3. 1-ilova 46-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zstandart” agentligining markaziy apparati” so‘zlaridan keyin “va Departament” so‘zlari qo‘shilsin.
4. 2-ilovaning 12-bandiga quyidagi mazmundagi “d” kichik band qo‘shilsin:
“d) davlat nazorati uchun budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nazorat xaridi va sinov laboratoriyalarida sinovlarni o‘tkazish xarajatlarini qoplashga yo‘naltirish”. | 121 | 7,518 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida | Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, oila institutini qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va uning devoni faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari bo‘limi negizida Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasi tashkil etilsin.
2. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasining (bundan buyon matnda Boshqarma deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oliy Majlis Senatining mahalliy vakillik organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ko‘maklashish;
mahalliy vakillik organlarining nazorat-tahlil faoliyatini kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining muammolarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining ishtirokini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish;
Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligidagi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya ishini tashkil etish, komissiya tarkibidagi kichik komissiyalarning ishini muvofiqlashtirish;
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi ishini tashkil etish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari huzuridagi tegishli hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ko‘maklashish;
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi ishini tashkil etishga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
jamiyatda gender tenglikni, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarning amaldagi holatini o‘rganish, tahlil qilish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga, odam savdosi va majburiy mehnatga, gender tenglikni ta’minlashga oid Senatga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish;
xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, gender tenglikni ta’minlash masalalariga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
3. Boshqarma Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limidan iborat bo‘ladi.
4. Senat devoni Axborot xizmati (2 ta shtat birligi) hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi kotibiyati (3 ta shtat birligi)ning qisqarayotgan shtat birliklari hisobidan Boshqarma jami shtat birliklari soni 8 nafar, shu jumladan 7 ta boshqaruv va 1 nafar texnik xodimdan iborat etib belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
a) Senat devoni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari bo‘limi mudiri lavozimi hisobidan Boshqarma boshlig‘i lavozimi;
Senat devoni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari bo‘limi mudiri o‘rinbosari lavozimi hisobidan Boshqarmaning Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari bo‘limi mudiri lavozimi;
Senat devoni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimi;
Senat devoni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari bo‘limi ish yurituvchi kotibi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimi;
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi mudiri lavozimi;
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimi;
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi kotibiyati ish yurituvchi kotibi lavozimi hisobidan Boshqarmaning ish yurituvchi kotibi lavozimi;
Axborot xizmati Tahlil va tezkor munosabat bildirish sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimi;
b) Axborot xizmati bosh mutaxassisi lavozimi hisobidan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni rahbari (A. Ziyayev) bir hafta muddatda:
ushbu Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining shtatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Senat Raisiga takliflar kiritsin;
mazkur Qarordan kelib chiqib, Senat devoni faoliyatini moddiy-texnika vositalari, shu jumladan, zarur kompyuter texnika vositalari, xizmat xonalari, xizmat avtotransport vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
10. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 11-noyabrdagi KQ-155-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining devoni to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Devon quyidagi tarkibiy bo‘linmalardan iborat:
Nazorat-tahlil boshqarmasi;
Axborot xizmati;
Yuridik boshqarma;
Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi;
Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasi;
Senat Raisining kotibiyati;
Senat qo‘mitalarining kotibiyatlari;
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘limi;
Xalqaro aloqalar bo‘limi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi;
Tashkiliy ishlar bo‘limi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi;
Rejim xizmati;
Buxgalteriya xizmati”;
2) quyidagi mazmundagi 7-bob bilan to‘ldirilsin:
23. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oliy Majlis Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ko‘maklashish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining nazorat-tahlil faoliyatini kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining muammolarini hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishtirokini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish;
Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligidagi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya ishini tashkil etish, komissiya tarkibidagi kichik komissiyalarning ishini muvofiqlashtirish;
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi ishini tashkil etish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari huzuridagi hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ko‘maklashish;
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi ishini tashkil etishga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
jamiyatda gender tenglikni, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarning amaldagi holatini o‘rganish, tahlil qilish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga, odam savdosi va majburiy mehnatga, gender tenglikni ta’minlashga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish;
xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, gender tenglikni ta’minlash masalalariga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
24. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oliy Majlis Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini kuchaytirish hamda ularni uslubiy jihatdan ta’minlashga ko‘maklashadi;
Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
o‘z vazifalari doirasida tegishli konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini nazarda tutuvchi kompleks takliflar tayyorlaydi va Oliy Majlis Senati Raisiga taqdim qiladi;
davlat organlari va mahalliy organlarning, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlagan holda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishda Milliy komissiyaga ko‘maklashadi;
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga ko‘maklashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, tibbiy, ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatishga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish;
xalqaro va xorijiy tajribani o‘rgangan holda qonun hujjatlarini takomillashtirishga, shu jumladan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalariga doir faoliyatni takomillashtirish, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amaliyotga tatbiq etilishiga ko‘maklashadi;
xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari sohasidagi qonun hujjatlari, dasturlar va rejalarning bajarilishi, shuningdek ushbu sohadagi xalqaro huquq normalarining milliy qonun hujjatlariga tatbiq etilishi ustidan muntazam parlament nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashadi;
milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, gender tenglikni ta’minlash, oila va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, shuningdek ularning ijrosini nazorat qilishda ishtirok etadi;
Oliy Majlis Senatining ish rejasi loyihasi ishlab chiqilishida ishtirok etadi va tegishli takliflarni kiritadi, boshqarma vakolatiga kiruvchi qismi bajarilishini tahlil qiladi va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga ko‘maklashish, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, gender tenglikni ta’minlash, oila va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ishlarni o‘rganish maqsadida mahalliy ijro hokimiyati organlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi va tegishli Komissiyalar majlislarida ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi;
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi yig‘ilishlarini tashkil etadi, bayonlarini yuritadi, komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar, chora-tadbirlar va komissiya raisi topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi va tegishli axborotlarni tayyorlaydi;
Oliy Majlis Senati Raisi uchun boshqarma faoliyatiga oid ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar tayyorlaydi;
Oliy Majlis Senati Raisi tomonidan o‘tkaziladigan boshqarma faoliyatiga tegishli bo‘lgan yig‘ilishlar tashkil etilishini ta’minlaydi hamda qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olishga, gender tenglikni ta’minlashga oid masalalari yuzasidan Oliy Majlis Senatiga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
Oliy Majlis Senati Raisining topshirig‘iga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Boshqarma o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan hamkorlik qiladi va yozishmalar olib boradi.
Boshqarma davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlardan hamda mansabdor shaxslardan hujjatlarni, hisobotlarni, statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin”;
3) 25-banddagi “23 va 24-bandlarida” degan so‘zlar “25 va 26-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 10-bob chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tuzilmasini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-310-IV-sonli Qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 93 | 16,330 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida | Kamol topayotgan avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ommaviy bolalar sporti rivojlantirilishini ta’minlash, yosh avlodning sog‘lom turmush tarziga va sportni sevishga intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning tashkiliy asoslarini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Markaz yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni zamonaviy darajada, o‘qitishning xalqaro e’tirof etilgan metodlaridan foydalangan holda amalga oshirish;
respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha normativlar hamda o‘quv-metodik materiallarni ilg‘or xalqaro tajribadan va zamonaviy ta’lim dasturlaridan foydalangan holda ishlab chiqish;
bolalar-o‘smirlar sport maktablari trener-o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga sportchilar tayyorlash sohasidagi mutaxassislarning kasbiy bilimlarini takomillashtirishga, shuningdek ularda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash mahorati va ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda ulardan xalqaro sport arenalarida respublika sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan professional sportchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan zamonaviy va samarali dasturlarni joriy etish;
respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilari tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim jarayoni sifati va natijalarini tizimli tahlil qilishni, monitoringini, ularning zamonaviy talablarga muvofiq yuqori sifatli o‘quv-trenirovka jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalari va layoqatini rivojlantirish dinamikasini baholashni amalga oshirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Markaz xodimlarining lavozim maoshlari respublika oliy ta’lim muassasalari tegishli lavozimlarining mehnatga haq to‘lash bo‘yicha lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
uch oy muddatda Markaz ustavining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini, shuningdek uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Markazni yuqori malakali va tashabbuskor xodimlar hamda mutaxassislar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
Markazda respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini va trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish parametrlarini har yili sport turlari bo‘yicha qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tartibda aniqlasin va tasdiqlasin, bunda tinglovchilarning malaka oshirish kurslaridan har 5 yilda kamida bir marta o‘tishi davriyligiga rioya etsin.
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Markazning joriy ta’minotiga hamda respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga, malaka oshirishning belgilangan davriyligini hisobga olgan holda ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va maqsadli badallari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donor tashkilotlari grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2015-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markaz faoliyatini moliyalashtirish va unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur budjet mablag‘larini “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida nazarda tutsin;
Markazni 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus avtotransport vositasi bilan ta’minlashga limit ajratsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Markazga qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboriladigan tinglovchilarning asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi ularning ishdan ajralgan holdagi butun o‘qish davrida saqlanib qoladi;
Markazga ishdan ajralgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirishga boshqa hududlardan yuboriladigan tinglovchilar o‘qish davrida yotoqxonada yashash joylari bilan ta’minlanadi, shuningdek ularning o‘qish joyiga borishi va u yerdan qaytishi uchun bir martalik yo‘lkira xarajatlari ularni yuborayotgan tomon hisobidan qoplanadi.
9. Markaz Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvozasi ko‘chasi, 27-uy manzilidagi binolar va inshootlarga joylashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2015/2016 o‘quv yili boshlangungacha:
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvozasi ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq 98-son maktab-internat binolari va inshootlarini tezkor boshqaruv huquqi bilan Markazga tekin bersin;
Markazning binolari va inshootlarining bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinishini hamda zarur o‘quv-laboratoriya va sport anjomlari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va boshqa inventarlar bilan jihozlanishini ta’minlasin.
10. Quyidagilar:
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Markazga ajratilgan binoni rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi etib;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Markazning binolari va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda uni zarur o‘quv-laboratoriya va sport anjomlari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va boshqa inventarlar bilan jihozlash bo‘yicha xarajatlarni qoplash manbai etib belgilansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Markaz binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 188 | 7,672 |
Qonunchilik | SAVDO FAOLIYATINI AMALGA OShIRUVChI YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR TOMONIDAN TOVAR OPERATSIYALARI VA DAROMADLARNI HISOBGA OLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 407-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 22-son, 179-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 20-dekabrdagi 139, 2-0-9/26, 2002-92-son qarori bilan tasdiqlangan Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovar operatsiyalari va daromadlarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2003-yil 8-yanvar, ro‘yxat raqami 1197 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 183 | 1,056 |
Qonunchilik | Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son, “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil avgustdagi PF-5505-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlar mehnatini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan munosib rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 40-modda) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini:
2009/2010 o‘quv yilidan boshlab — 1:10,5;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab — 1:12,0;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab — 1:14,0;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab — 1:16,0 nisbatida belgilash;
oliy ta’lim muassasasi kengashlariga, zarur hollarda, mazkur nisbatlarni 50 foizgacha o‘zgartirish vakolatini berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
professor-o‘qituvchilar — oliy ta’lim muassasasida kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent, o‘qituvchi, tajriba orttiruvchi o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadigan shaxslar;
boshqa toifadagi xodimlar — oliy ta’lim muassasasida boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlar lavozimlarida faoliyat yuritadigan shaxslar.
3. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish pul mukofotlari ko‘rinishida, shuningdek, mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari uchun oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qo‘shimcha haqlar belgilash orqali budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Pul mukofotlari, ustamalar va qo‘shimcha haqlar miqdori har bir xodimning oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga qarab belgilanadi.
5. Oliy ta’lim muassasasi rahbarlariga (rektor, prorektor, filial direktori va o‘rinbosarlari) mehnat faoliyatida erishgan yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi yutuqlari uchun ustama va qo‘shimcha haqlar hamda pul mukofotlari yuqori turuvchi tashkilotlarning tegishli qarorlari bilan belgilanadi.
6. Mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-intellektual salohiyati va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida oliy ta’lim muassasasi har yili professor-o‘qituvchi va xodimlar tomonidan bajarilgan ishlarning samaradorligi va sifatiga qarab moddiy rag‘batlantirish tartibi va hajmlarini belgilashi shart.
7. Moddiy rag‘batlantirish nafaqat bir xodim uchun, balki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati yoki boshqa boshqaruv organlari tomonidan jamoatchilik ishlarini bajargan butun bir jamoa, kafedra, fakultet, ilmiy laboratoriya va boshqa bo‘linmalar xodimlariga ham berilishi mumkin. Bunda, moddiy rag‘batlantiriladigan xodimlarning ro‘yxati bajarilgan ishlarning aniq ko‘rsatkichlari, erishilgan natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
8. Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan xodimlar moddiy rag‘batlantirilmaydi.
9. Oliy ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va iqtisodiy faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida xodimlarni rag‘batlantirish o‘quv yili davomida amalga oshirilishi mumkin.
10. Rag‘batlantirish ko‘rsatkichlari bajarilgan ishlarning xususiyati, o‘ziga xosligi va oliy ta’lim muassasasi (uning tarkibiy bo‘linmalari)ning yo‘nalishidan kelib chiqib aniqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Jamoa (aniq bir xodim) moddiy rag‘batlantirilishida haqiqatan ham erishishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlardan ikki yoki uchtadan ko‘p bo‘lmagan mukofotlash mezonlari belgilanadi.
11. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq har bir xodim uchun oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan imzolanib, kasaba uyushma tashkiloti bilan kelishiladi, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun esa yuqori turuvchi tashkilotning qarori tegishli boshqarma va bo‘limlarining tavsiyasiga binoan tayyorlanadi.
12. Mehnat intizomining buzilishi belgilangan (yoki belgilanadigan) rag‘batlantirishni bekor qilishga asos bo‘lishi mumkin.
13. Oliy ta’lim muassasasi rahbari ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ishlab chiqarish intizomi buzilganda ustamalarni bekor qilish yoki kamaytirishga haqli.
14. Quyidagi hollarda oliy ta’lim muassasalari xodimlariga ularning murojaatiga asosan kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam to‘lanadi:
yaqin qarindoshlari (ota-ona, aka-uka, opa-singil, er-xotin) vafot etganda;
xodimning to‘yi yoki yubiley tantanasi munosabati bilan;
xodimning o‘z sog‘lig‘ini tiklashi munosabati bilan;
tabiiy ofatlar oqibatlari va boshqa shunga o‘xshash hollarda ularga zarar yetkazilganda.
15. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ishlab chiqarish intizomi buzilganda ustamalarni bekor qilish yoki kamaytirish intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi.
16. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilariga ish haqi uchun ustama haq va qo‘shimcha haqlar bir oylik maoshgacha bo‘lgan miqdorda tabaqalashgan holda, boshqa toifadagi xodimlariga esa – oliy ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadigan miqdorlarda to‘lanadi.
O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchi va xodimlarga ustamalar hamda moddiy rag‘batlantirish turlari va miqdorlari moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, mustaqil belgilanadi.
17. To‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga sarflanishi mumkin.
Bunda, moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar oliy ta’lim muassasasining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, birlamchi xarajatlari qoplanganidan so‘ng amalga oshiriladi.
171. Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlariga oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mazkur nizomda belgilangan tartibda “Katta o‘qituvchi (ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega bo‘lgan)” bazaviy lavozim maoshining ellik foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
172. “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarining tarbiyalanuvchilariga axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga o‘qitish bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlarini, “davra suxbatlarini” va fan musobaqalarini tashkil etgan oliy ta’lim muassasalari yetakchi professor-o‘qituvchilariga oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mazkur nizomda belgilangan tartibda ularning bazaviy lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lanadi.
18. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchi va boshqa toifadagi xodimlarini rag‘batlantirishning asosiy mezonlari sifatida quyidagilar hisobga olinadi:
o‘quv jarayonini tashkil etishdagi salmoqli yutuqlari, ularni jahon standartlari darajasida doimiy ravishda yangilab borish, fan, texnika, yangi texnologiyalar va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari hamda istiqbollari, ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotni belgilaydigan sohalarda maxsus kurslar tashkil etish;
o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarning samaradorligi va sifatini ta’minlovchi yuqori pedagogik mahoratga, talabaning ijodiy hamda idrok qilish qobiliyatini oshirishni ta’minlovchi o‘qitishning ilmiy-metodik darajasiga ega bo‘lish;
o‘qitishning faol usullaridan foydalanish va bilimlarni nazorat qilish, ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodning yuksak axloqiy jihatlarini shakllantirish, besh tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha yutuqlarga erishish;
yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va ishlab chiqish;
barcha turdagi ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish, talabalar konstruktorlik to‘garaklarini, yoshlar ijodiy markazlarini hamda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqarish, shuningdek talabalar orasidan iqtidorlilarini saralab olish, tanlovlarda, konferensiyalar va simpoziumlarda faol qatnashish;
o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnikalaridan foydalangan holda o‘qitishning yangi shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish, talabalarning mustaqil ta’lim olishini shakllantirish;
tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatini oshirish maqsadida oliy ta’limning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish va ularni o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga tatbiq etish;
ilmiy-uslubiy kengashlar va o‘quv-uslubiy birlashmalarda samarali ish olib borish, o‘quv reja va dasturlarini hamda iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojlarini hisobga olgan holda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;
fan va texnika hamda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadigan maqolalar, monografiyalar va kitoblarni nashr etish;
O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ko‘zlab turli xildagi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etish;
ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashda, doktorantlar, jumladan xorij davlatlaridagi doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilishda ijobiy natijalarga erishish;
fan doktori diplomini olgandan so‘ng talabgor (agar oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa) va uning ilmiy rahbari;
hisobot yili davomida amaliyotga tatbiq qilinadigan diplom loyihalariga rahbarlik qilish;
chet tillaridan (ingliz, fransuz, nemis va boshqa) biri yordamida o‘quv jarayonini tashkil etish;
budjetdan tashqari mablag‘larni ko‘paytirishda, shuningdek oliy ta’lim muassasasi moddiy-texnika bazasini homiylik asosida mustahkamlash borasida shaxsiy tashabbus ko‘rsatish;
har bir xodimning ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi hamda jamoat ishlarida faol qatnashishi.
19. Oliy ta’lim muassasasi rahbarlarini rag‘batlantirishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
oliy ta’lim muassasasida tayyorlangan mutaxassislarning sifat ko‘rsatkichlari;
professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati bo‘yicha tarkibi va ularning malakasini oshirganlik darajasi, oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan xorijdan jalb qilingan malakali professor-o‘qituvchilarning (mutaxassis) salmog‘i;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qo‘shgan ilmiy salohiyati;
oliy ta’lim muassasasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish darajasi va budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish usullari;
ta’lim muassasasining daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi natijalari (oxiri yillar o‘sish dinamikasi tahlili asosida);
hukumat va boshqa boshqaruv organlariga oliy ta’limni isloh qilish hamda milliy iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirish muammolari bo‘yicha takliflar kiritish;
oliy ta’lim muassasasida jamoaning ma’naviy, axloqiy va psixologik muhitining holatiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siri.
20. Rag‘batlantirish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va boshqa toifa xodimlarining ilg‘or tajribasini va faoliyati samaradorligini ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda oliy ta’lim muassasasi veb-saytiga joylashtiriladi.
21. Oliy ta’lim muassasasining shtatdagi xodimlariga mehnatga haq to‘lashning amaldagi tizimida nazarda tutilgan rag‘batlantirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar ham qo‘llanilishi mumkin.
22. Ustama haqlarini qat’iy mezonlarga muvofiq belgilash va to‘lash uchun javobgarlik oliy ta’lim muassasasi rahbari zimmasiga yuklanadi.
23. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 208 | 14,253 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-842-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 5-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-842-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 173 | 479 |
Qonunchilik | MAXSUS, ANTIDEMPING VA KOMPENSATSIYA BOJLARINI HISOBLASh, UNDIRISh VA QAYTARISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Bojxona xizmati to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi va “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi qonunlari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 4-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 129-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 21-son, 149-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 19-maydagi 129-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 21-son, 149-modda) muvofiq maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini (bundan keyin alohida bojxona bojlari deb yuritiladi) hisoblash, undirish va qaytarish tartibini belgilaydi.
1. Alohida bojxona bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlari asosida bojxona organlari tomonidan undiriladi.
Alohida hollarda, vakolatli organning tekshiruvi tugallangunga va u tomonidan alohida bojxona bojlarining qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi taqdim etilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vaqtinchalik alohida bojxona bojlarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Vaqtinchalik alohida bojxona bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida bojxona bojlarini qo‘llash to‘g‘risidagi yakuniy qarori qabul qilingunga qadar qo‘llaniladi.
2. Alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) stavkalari va qo‘llash muddatlari, zarur hollarda esa qaytarish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2005-yil 19-maydagi 129-son qaroriga muvofiq vakolatli organ tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3. Alohida bojxona bojlarini (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) hisoblash va undirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
4. Alohida bojxona bojlarining miqdorini belgilashda advalor, xos va aralash stavkalar qo‘llanilishi mumkin.
5. Alohida bojxona bojlarini (vaqtinchalik alohida bojxona bojlarini) hisoblash uchun asos bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
advalor stavkalar va aralash stavkalarning advalor qismi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan boj undiriladigan tovarning bojxona qiymati;
O‘zbekiston Respublikasi TIF TNga muvofiq boj undiriladigan tovarning tegishli o‘lchov birligi — xos stavkalar va aralash stavkalarning xos qismi uchun.
6. Alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) import tovarlari uchun belgilangan bojxona to‘lovlari bilan bir qatorda undiriladi va soliqqa tortiladigan summa miqdoriga qo‘shilmaydi.
7. Alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) import qilingan tovarlar bo‘yicha advalor stavkalarda quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Abs = Bq x AB/100%, bunda:
Abs — alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) summasi;
Bq — import qilinayotgan tovarning bojxona qiymati;
AB — o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga yoki dastlabki xulosaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan alohida bojxona bojlarining tegishli stavkasi.
8. Agar alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) har qanday mamlakat tovarlariga nisbatan qo‘llanilsa, ular ushbu tovarlarning kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar, belgilangan miqdorda undiriladi.
9. Agar alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) biror-bir alohida mamlakatning tovarlariga nisbatan qo‘llanilsa, ko‘rsatilgan mamlakatning tovarlari bilan bir qatorda, tovarning kelib chiqish mamlakati noma’lum bo‘lgan tovarlardan ham belgilangan miqdorda undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, alohida bojxona bojlari joriy qilingan tovarga nisbatan uning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida, bojxona organlari tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi sertifikatning taqdim etilishini talab qilishga haqli. Tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda ham, alohida bojxona bojlari undiriladi.
10. Kelib chiqish mamlakati noma’lum bo‘lgan tovarlarga to‘langan alohida bojxona bojlari summasi, to‘lovchi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmasdan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etish sharti bilan (tovarlariga alohida bojxona bojlari joriy qilingan mamlakatlar bundan mustasno), O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga muvofiq qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
11. Maxsus bojlar zarur miqdorda va muddatlarda tovarlar importining o‘sishi natijasida iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi tug‘ilishini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
12. Maxsus bojlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, agar tekshirish natijasida vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga import qilinishi ortib ketgan hajmda (mutlaq ifodada yoki O‘zbekiston Respublikasida uning ishlab chiqarilishiga nisbatan) va iqtisodiyot tarmog‘iga zarar yetkazayotgan yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan sharoitlarda amalga oshirilayotganligi aniqlangan bo‘lsa qo‘llaniladi.
13. Amal qilish muddatlari:
vaqtinchalik maxsus bojlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran ikki yuz kalendar kun;
maxsus bojlar uchun — to‘rt yilgacha (vaqtinchalik maxsus bojlarning amal qilish muddatini qo‘shgan holda). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, maxsus bojlarning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin, ammo bunda uning amal qilishining umumiy muddati sakkiz yildan oshmasligi lozim.
14. Agar maxsus bojlar vaqtinchalik maxsus bojlardan ko‘p miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farqi to‘lovchidan undirilmaydi.
15. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda, vakolatli organning iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus bojlar miqdorini kamaytirishi mumkin.
16. Agar maxsus bojlar vaqtinchalik maxsus bojlardan kam miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farqi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
17. Agar tekshirish natijalariga ko‘ra vakolatli organ tomonidan tovar importi ko‘payganligi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, vaqtinchalik bojni undirish to‘xtatiladi, oldin to‘langan vaqtinchalik maxsus bojlar summalari esa O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
18. Antidemping bojlari bojxona hududiga eksport narxi normal qiymatidan past bo‘lgan tovarlarni import qilish hollarida, agar bunday import iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotgan yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirayotgan bo‘lsa qo‘llaniladi.
19. Antidemping bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, agar vakolatli organning tekshiruvi natijalariga ko‘ra demping narxlar bo‘yicha tovarlar importi iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirayotganligi aniqlanganda qo‘llaniladi.
20. Antidemping bojlari bir yoki bir nechta tovar yetkazib beruvchilarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
21. Antidemping bojlari turlari:
a) individual — har bir ma’lum chet el eksportyori yoki chet el tovar ishlab chiqaruvchisiga nisbatan qo‘llaniladi;
b) yagona — barcha ma’lum chet el eksportyorlari yoki chet el tovar ishlab chiqaruvchilariga nisbatan qo‘llaniladi.
22. Amal qilish muddatlari:
vaqtinchalik antidemping bojlari uchun — olti oygacha, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin;
antidemping bojlari uchun — besh yilgacha (vaqtinchalik antidemping bojlarining amal qilish muddati qo‘shilgan holda), keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin.
23. Agar antidemping bojlari vaqtinchalik antidemping bojlaridan ko‘p miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchidan undirilmaydi.
24. Agar antidemping bojlari vaqtinchalik antidemping bojlaridan kam miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
25. Agar vakolatli organning tekshiruv natijalariga ko‘ra demping narxlar bo‘yicha tovarlar importi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazish xavfi yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan vaqtinchalik antidemping bojlarining undirilishi to‘xtatiladi, ilgari to‘langan summalar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
26. Kompensatsiya bojlari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ishlab chiqarish, eksport qilish yoki tashishda bevosita yoki bilvosita chet davlatlarning subsidiyalaridan foydalanilgan tovarlarni olib kirish hollarida, agar bunday import iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazadigan yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan bo‘lsa qo‘llaniladi.
27. Kompensatsiya bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, agar vakolatli organning tekshiruvi natijalariga ko‘ra subsidiya qilingan tovarlarning importi iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirayotganligi aniqlangan bo‘lsa qo‘llaniladi.
28. Bitta tovarga nisbatan bir vaqtning o‘zida kompensatsiya va antidemping bojlarini qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
29. Amal qilish muddatlari:
vaqtinchalik kompensatsiya bojlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran to‘rt oygacha;
kompensatsiya bojlari uchun — qo‘llanish boshlangan yoki subsidiya bilan ta’minlangan tovarlar importi va jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazish xavfining bor-yo‘qligini aniqlash yuzasidan tekshirish natijalarini oxirgi marta qayta ko‘rib chiqish boshlangan paytdan e’tiboran besh yildan (vaqtinchalik kompensatsiya bojlarining amal qilish muddatini qo‘shgan holda) oshmasligi lozim.
30. Agar kompensatsiya bojlari vaqtinchalik kompensatsiya bojlaridan ko‘p miqdorda belgilangan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchidan undirilmaydi.
31. Kompensatsiya bojlarining stavkasi subsidiya miqdoridan kam bo‘lishi mumkin, agar bunday kam stavka iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilgan zararni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lsa.
32. Agar kompensatsiya bojlari vaqtinchalik kompensatsiya bojlaridan kam miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
33. Agar vakolatli organning tekshiruv natijalariga ko‘ra subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazish xavfi yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan vaqtinchalik kompensatsiya bojlarining undirilishi to‘xtatiladi, ilgari to‘langan summalar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
34. Alohida bojxona bojlarining to‘lovchisi bo‘lib deklarantlar — yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Har qanday manfaatdor shaxs to‘lovchining o‘rniga alohida bojxona bojlarini to‘lashga haqli.
35. Alohida bojxona bojlarini hisoblash va to‘lash import tovarlarini bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasining 47-grafasi “To‘lov turi” ustunida Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) muvofiq alohida bojxona boji turining kodi ko‘rsatiladi.
36. Vaqtinchalik alohida bojxona bojlarini hisobini yuritish va to‘plash uchun Davlat bojxona qo‘mitasi to‘langan pul mablag‘lari hududiy bojxona boshqarmalari tomonidan o‘tkazilishi uchun g‘azna hisob varag‘ini ochadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi alohida bojxona bojlarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini qabul qilgunga qadar, vaqtinchalik alohida bojxona bojlari davlat budjetiga o‘tkazilmaydi va istiqbol rejani bajarish ko‘rsatkichlariga qo‘shilmaydi.
37. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida bojxona bojlarni qo‘llash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng, bojxona to‘lovlari bo‘yicha istiqbol rejalarni bajarish ko‘rsatkichlariga qo‘shilgan holda, vaqtinchalik alohida bojxona bojlari bo‘yicha ilgari to‘langan pul mablag‘lari davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasi budjeti daromadlar va xarajatlar klassifikatsiyasining tegishli paragrafiga o‘tkaziladi.
38. Alohida bojxona bojlarini undirish, hisobini yuritish va davlat budjetiga o‘tkazish, shuningdek ular bo‘yicha hisobotni yuritish Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy bojxona boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 127 | 14,620 |
Qonunchilik | ShAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARI APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish va markaziy boshqaruv organlari vakolatlarining bir qismini asta-sekin mahalliy boshqaruv organlariga berish, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatining boshqaruv tarmoq tizimidan funksional tizimiga o‘tishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
2. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatining namunaviy tuzilmasi 1-4-ilovalarga* muvofiq mehnatga haq to‘lash bo‘yicha guruhlar ro‘yxati va mas’ul xodimlarning cheklangan soni 5—8-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga hamda viloyatlarga bo‘ysunuvchi bir qator shaharlar va tegishli qishloq tumanlari hokimliklari apparatlarini birlashtirish bo‘yicha takliflari qabul qilinsin.
Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar hamda qishloq tumanlari hokimliklari apparatlari tuzilmalarining birlashtirilishi munosabati bilan vazirliklar va idoralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu hududlardagi o‘z tasarruflarida bo‘lgan boshqaruv organlari tuzilmasini va xodimlarining cheklangan sonini qayta ko‘rib chiqsinlar.
4. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda xalq xo‘jaligi tarmoqlarida islohotlarni chuqurlashtirish va xalq farovonligini oshirishni ta’minlash yuzasidan hukumat va hududlar dasturlarini amalga oshirish;
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
xo‘jalik yuritish shakllarini takomillashtirish, mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tarkibiy qayta o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari va ularning hokimliklarining qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash;
moliya va to‘lov intizomini mustahkamlash, o‘zaro hisob-kitoblarni takomillashtirish;
tadbirkorlik va xususiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom raqobat muhitini yaratish.
5. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati, ularning mustaqil boshqarmalari (bo‘limlari) rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif razryadlari 9 — 12-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 5-ilovaning viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlariga oid qismi hamda 6, 7, 11, 12, 13, 14-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin. | 85 | 3,649 |
Qonunchilik | NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA | Umumxalq bayrami — Navro‘zni katta tantanalar bilan nishonlash mustaqil mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida an’anaga aylanib borayotganligini, uning xalqimiz milliy g‘ururini shakllantirish, ona tuproqni sevish, anglash ma’naviyatini yuksaltirish, insonlarni hayotni qadrlashga, yurtimizda yashovchi barcha millatlar o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, osoyishtalikni yanada mustahkamlashdagi ulug‘vor ahamiyatini e’tiborga olib, 1994-yilda Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qo‘mita bir hafta muddatda bayramni o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar hokimlarining shaxsan rahbarliklarida shunday tashkiliy qo‘mitalar tuzilsin. Mazkur komissiyalar bir hafta muddat ichida Navro‘z umumxalq bayramini o‘z hududlarida o‘tkazish rejalarini ishlab chiqib amalga oshirishga kirishsinlar.
2. Respublika korxonalari, muassasalari, jamoa va davlat xo‘jaliklari, shirkatlar, jamoat tashkilotlari o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, bayram tadbirlarini tegishli transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari va boshqa zarur ashyolar bilan ta’minlashni hal etsinlar.
Ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlar ularning hisobidan bo‘lishi nazarda tutilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga tegishli vazirliklar va jamg‘armalar, ijodiy uyushmalar bilan birgalikda joylarda bayram madaniy tadbirlarini, ommaviy sport musobaqalarini, xalq o‘yinlarini, turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazishni keng tashkil etish rejasini ishlab chiqib, amalga oshirish topshirilsin.
Joylardagi tashkiliy qo‘mitalar bayram munosabati bilan mehnat va urush faxriylari, mo‘tabar otaxon va onaxonlar, ko‘p bolali oilalar, nogironlar va yetim-yesirlar, boquvchisiz qolgan xonadonlar hamda bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining hol-ahvolidan xabar olish, rag‘batlantirish, bayram tadbirlariga jalb etish, ularga sovg‘a-salomlar tortiq qilish ishlarini uyushtirsinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Navro‘z bayramida Respublikadagi barcha milliy madaniyat markazlarining o‘z dasturlari bilan ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib bersinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi, Davlat teleradiokompaniyasi, Davlat matbuot qo‘mitasi, Davlat kinokompaniyasi, barcha ommaviy axborot vositalari va ijodiy tashkilotlar xalqimizning qadimiy va saxovatli bayramining tarixiy-ma’naviy ahamiyatini ochib berishga, ayniqsa, yosh avlodni milliy urf-odatlar negizida umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lash, Vatanga muhabbat, uni ardoqlash tuyg‘ularini shakllantirish, mehr-shafqat va ona tabiatni avaylab asrash ruhida tarbiyalashga qaratilgan dasturlar tuzib tadbirlar belgilasinlar.
6. Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy budjetlar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mamlakatimiz poytaxtida bayram tadbirlarini o‘tkazish munosabati bilan bo‘ladigan sarf-xarajatlarni Toshkent shahar hokimligi taqdim etgan moliyaviy hujjatlar asosida Toshkent shahar va respublika budjetlari hisobidan teng miqdorda qoplasin.
8. Joylarda Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda, shahar va qishloqlarni, mahallalarni obodonlashtirish va ta’mirlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirishda respublika “Mahalla” va boshqa xayriya jamg‘armalarining o‘z mablag‘ ulushlari bilan ko‘maklashish borasidagi takliflari e’tiborga olinsin.
9. Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasiga o‘z Nizomida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek mehnat va urush faxriylari, ko‘p bolali oilalar, nogironlar va yetim-yesirlar, boquvchisisiz qolgan xonadonlar hamda bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga sovg‘a-salomlar berish, joylarda Navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan 1 milliard so‘m ajratilsin.
10. Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Respublika tashkiliy qo‘mitasiga bayramning yuksak saviyada o‘tishini ta’minlashda faol ishtirok etgan idoralar, jamoalar hamda fuqarolarni rag‘batlantirish haqida tavsiyalar tayyorlash topshirilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 49 | 4,761 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2008-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2008-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, o‘tgan davr mobaynida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan, mamlakatimizda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari 2008-yilda o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qaratdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2008-yil 28-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2007-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida”gi 476-I-sonli Qarorini bajara borib kompleks tadbirlar amalga oshirilgan, natijada o‘tgan yili atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2007-yildagiga nisbatan 56,8 ming tonnaga, ochiq oqar suvlarga tashlanayotgan ifloslangan oqova suv hajmi 4,6 million kub metrga kamaygan, qariyb 32 million kub metr chiqindi qayta ishlangan va 20 million kub metrdan ko‘proq suv tejab qolingan. 20 mingdan ortiq avtotransport vositasi gaz va dizel yonilg‘isi bilan ishlashga o‘tkazilgan. Amudaryo va Sirdaryo havzasining suvni muhofaza qilish zonalari hamda sohilbo‘yi mintaqalaridan ekologik xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 161 ta obyekt olib chiqilgan. 19 million gektarga yaqin maydonda o‘simliklarni biologik usul bilan himoya qilish tadbirlari amalga oshirilgan. Maydoni 170 ming gektardan ortiq hudud ko‘kalamzorlashtirilgan.
Nazoratdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan tekshirishlar soni 4,8 foiz kamaygan. Tahliliy va profilaktika yo‘nalishidagi ishlar kuchaytirilgan, atrof muhitni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirayotgan 22,6 mingga yaqin manba aniqlangan, bu 2007-yildagi ko‘rsatkichdan 15 foiz ko‘pdir. “Toza havo” operatsiyasini o‘tkazish chog‘ida 209 mingga yaqin yoki o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 13,2 foiz ko‘p avtotransport vositasi tekshiruvdan o‘tkazilgan. Atrof muhitni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirayotgan 20 mingdan ortiq harakatlanuvchi manbalar aniqlanib, 1131 dona avtotransport vositasidan foydalanish vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.
Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘pol tarzda buzganligi uchun 21 mingdan ortiq mansabdor shaxs va fuqaro ma’muriy javobgarlikka, 26 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan, bu 2007-yildagi ko‘rsatkichga qaraganda tegishincha 12,3 va 18,2 foiz ko‘pdir.
Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalariga 2007-yildagiga nisbatan 14,7 foiz ko‘p yoki 4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ tushgan, uning 1,9 milliard so‘mdan ortiqrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 553 million so‘mdan ko‘prog‘i Respublika tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasiga o‘tkazilgan, bu 2007-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan tegishincha 13,4 va 28,8 foiz ko‘pdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 2008 — 2012-yillarga mo‘ljallangan harakat dasturi tasdiqlandi.
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlab qolish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati, Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi xalqaro ahamiyatga molik Ramsar suvchil-botqoq maydonlar ro‘yxatiga kiritildi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda chiqindilar davlat kadastrlari yuritilishi ta’minlandi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Mayluu-Suu daryosi mintaqasidagi tog‘ ko‘chish va sel olish jarayonlari holatini, shuningdek “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasining Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlariga ta’sirini doimiy nazorat qilib bormoqda.
Atrof muhit holatini monitoring qilishning yagona tizimi shakllantirildi, axborot bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratildi. Ekologik bilimlar va ekologik ta’limni targ‘ib qilish ishi, shuningdek noshirlik faoliyati kuchaytirildi. Ekologiya mavzuida e’lon qilingan maqolalar soni 2007-yildagiga nisbatan 10 foizga, radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar 15,7 foizga, leksiya va suhbatlar 1,6 baravar ko‘paydi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish ishlari davom ettirildi va O‘zbekiston Respublikasining qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish dasturi konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tabiiy resurslardan oqilona hamda kompleks foydalanish, tozalash inshootlarining samaradorligini oshirish, ruda urvoqlari (shlam) chiqarib tashlanadigan joylarga va qazilma chiqindixonalariga tutash hududlarni zararsizlantirish, chiqindilarni utilizatsiya qilish va ulardan qayta foydalanish sohasidagi ishlarini yetarli darajada muvofiqlashtirmayotir;
ekologik monitoring natijalari bo‘yicha talab darajasida choralar ko‘rilishini ta’minlanmayotir;
Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Sariosiyo, Chirchiq, Farg‘ona singari shaharlarda ifloslantiruvchi moddalarning ayrim ingrediyentlari bo‘yicha ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalariga qadar pasaytirish uchun yetarlicha choralar ko‘rmayotir.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2008-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish yuzasidan 2008 — 2012-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturini hamda atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli hududiy harakat dasturlarini amalga oshirish tadbirlari bajarilishini muvofiqlashtirib borish va qat’iy nazorat qilishni ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
tabiiy resurslardan, shu jumladan suv, yer, mineral-xomashyo resurslaridan, biologik resurslar va ayniqsa baliq resurslaridan oqilona hamda kompleks foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
mamlakat hududida atrof muhitning ifloslanish darajasini ekologiya-gigiyena va sanitariya normalariga qadar pasaytirish choralari bajarilishini ta’minlasin;
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik holatni lokallashtirish, qayta tiklash va sog‘lomlashtirishni ta’minlash yuzasidan kompleks choralar ko‘rsin;
Orol dengizi havzasidagi daryolarning suvini muhofaza qilish zonalaridan ekologik xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan obyektlarni olib chiqish ishlarini davom ettirsin;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirsin hamda fan va texnika yutuqlaridan foydalansin, ekologik toza hamda resurs tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etsin;
tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etish yuzasidan zarur choralar ko‘rsin;
ekologik monitoring, prognoz va axborot bo‘yicha yagona tizimni atrof muhitning transchegaraviy ifloslanishini hisobga olgan holda takomillashtirsin;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning, hayvonot va o‘simlik dunyosining, ishlab chiqarish chiqindilarining davlat kadastrlari yuritilishini ta’minlasin;
aholining ekologik ta’limi, madaniyati hamda tarbiyasi tizimini barqaror taraqqiyot manfaatlarini ko‘zlab rivojlantirsin va takomillashtirsin;
ekologik muammolarni hal qilishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirsin, chegara yaqinidagi hududlarga va transchegaraviy oqar suvlarga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida transchegaraviy mazmundagi ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan huquqiy hujjatlar bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va daxldor tuzilmalar bilan birgalikda “Toza havo” operatsiyasini o‘tkazishning samaradorligini oshirish choralarini ko‘rsin;
daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish dasturi konsepsiyasi loyihasini ishlab maromiga yetkazsin va ko‘rib chiqish uchun 2009-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi statistika hisobotlari to‘liq yig‘ilishini va to‘g‘ri hamda ishonchli bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 2008 — 2012-yillarga mo‘ljallangan hududiy harakat dasturlaridagi tadbirlar bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
tabiatdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirsin hamda atrof muhitni ifloslantirganlik uchun va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari mablag‘lari mahalliy tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalariga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlasin;
Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Sariosiyo, Chirchiq, Farg‘ona singari shaharlarda ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalariga qadar pasaytirish, shuningdek tozalash inshootlari ishining samaradorligini oshirish choralarini ko‘rsin;
sanoat va maishiy oqova suvlarni tozalaydigan kommunal tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda ular ishining samaradorligini oshirish ishlarini tashkil etsin;
baliq zaxiralari kamayishining oldini olish, baliqchilik yo‘nalishidagi melioratsiyani va baliq resurslarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rsin;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning, hayvonot va o‘simlik dunyosining, ishlab chiqarish chiqindilarining davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etish hamda ta’minlashga ko‘maklashsin;
aholining ekologik ta’limi, madaniyati hamda tarbiyasi tizimini rivojlantirishga va takomillashtirishga ko‘maklashsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi (G‘. Aliyev) zimmasiga yuklatilsin. | 200 | 11,675 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi sportchilarning olimpiya tayyorgarligi markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yuqori mahoratli sportchilarni kompleks, shu jumladan olimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori darajada tayyorlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoniga muvofiq:
Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazi;
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida milliy terma jamoalarning universal olimpiya tayyorgarligi markazi;
Jizzax viloyati Zomin tumanida gimnastika bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Namangan viloyati Chortoq tumanida sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bunda davlat mulki obyektlari O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga beg‘araz muddatsiz foydalanish huquqi asosida berilgan.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga yuqorida ko‘rsatilgan davlat mulki obyektlarini keyinchalik markazlarga maqsadli foydalanish va xo‘jalik faoliyati yuritish uchun beg‘araz foydalanish (tasarruf etish huquqisiz) uchun berishga ruxsat etilsin.
2. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari deb belgilansin:
jahon va Osiyo chempionatlarida, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlarida, Universiadalar, boshqa xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir xalqaro toifadagi sportchilarni, terma jamoalar a’zolarini tayyorlash uchun zarur sport inventarlari bilan jihozlangan zamonaviy, xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish;
sportning olimpiya turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari (keyingi o‘rinlarda terma jamoalar deb ataladi) sportchilarini markazlashtirilgan tartibda tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash;
olimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni, sport zaxirasini tayyorlash maqsadida o‘z faoliyatini ta’minlash uchun o‘zining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
sportchilar, terma jamoalar a’zolarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, xalqaro toifadagi sportchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali trener-mutaxassislar, psixologlar va metodistlarni, shu jumladan xorijdan keng jalb qilish hisobiga o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga ilg‘or xalqaro tajriba inobatga olingan holda yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish orqali ularning nazariy hamda texnik-taktik tayyorgarligi sifatini muntazam oshirish;
trenerlar va sportchilarning professional darajasini oshirish, shu jumladan xorijiy sportchilar va trenerlar uchun pulli asosda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish maqsadida tajriba almashish bo‘yicha xorijiy sport maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
3. Belgilansinki, markazlarning moddiy-texnika bazasini joriy ta’minlash va mustahkamlash O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining mablag‘lari, markazlarning xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan daromadlari, xayriya mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xorijdan yetakchi mutaxassislarni albatta jalb etgan holda, markazlarni yuqori malakali mutaxassislar va trenerlar bilan to‘ldirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklarining:
Samarqand viloyatining Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazini qurish;
Jizzax viloyatining Zomin tumanida gimnastika bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi, Namangan viloyatining Chortoq tumanida sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi,Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazini (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
6. Obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish doirasida:
tegishli hokimliklar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — buyurtmachi;
tender savdolari yakunlari bo‘yicha belgilangan tartibda aniqlangan tashkilotlar — bosh loyiha va pudratchi tashkilotlar etib belgilansin.
7. Quyidagilar loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish, shuningdek, obyektlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda ularni uskunalar bilan jihozlash borasidagi xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
a) loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida davlat budjeti mablag‘lari;
b) moddiy-texnika bazani takomillashtirish, sport uskunalari, anjomlari va kiyimlari bilan ta’minlash bo‘yicha — O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining mablag‘lari, xayriya mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar grantlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
v) ularning belgilangan standartlarga muvofiq uzluksiz ishlashini ta’minlash hisobga olinib, tashqi elektr, gaz ta’minoti va aloqa tarmoqlarini qurish va ko‘chirish bo‘yicha — tegishli viloyatlarning mahalliy budjeti mablag‘lari.
8. Samarqand viloyatining Samarqand tumani hokimligi Samarqand viloyati Injiniring kompaniyasiga “Konigil agrotexservis” MChJ agrofirmasi hududidan universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazini barpo etish uchun umumiy maydoni 15,0 gektar bo‘lgan yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
9. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklari:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy va texnik masalalarni hal etsin;
bosh loyiha tashkiloti bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin va ularni vakolatli davlat ekspertiza organlari bilan kelishishni ta’minlasin;
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilot bilan birgalikda olimpiya tayyorgarligi markazlarini tashkil etish tadbirlarining ilovaga muvofiq asosiy bosqichlari asosida obyektlarni 2020-yilning oxirigacha foydalanishga topshirsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi obyektlarda qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishi nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin. | 153 | 7,496 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 21-iyundagi 13/7-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 5-iyuldagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani respublika hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1253, 2003-yil 3-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 23-avgustdagi 20/1-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 5-iyuldagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani mamlakat hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida nizomning yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risidagi” Boshqaruv qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1253-1, 2003-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son).
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq jismoniy shaxslar-rezidentlarga 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
1. Jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmasining (bundan buyon matnda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi deb yuritiladi) ruxsatnomasi (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) olinishi shart.
2. Jismoniy shaxslar-rezidentlarga ruxsatnomalar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari asosida hukumat delegatsiyalari tarkibida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
b) xorijiy davlatlarda doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
v) xizmat safari yuzasidan xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
g) ta’lim olish maqsadida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
d) boshqa maqsadlar uchun (sayyohlik safarlari, davolanish, qarindoshlarni ko‘rib-kelish, sport musobaqalari va h.k.).
3. Jismoniy shaxslar-rezidentlar ruxsatnoma olish uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
b) quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda pasport nusxasi:
pasport seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
pasport bergan organ nomi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beruvchi ruxsatnoma belgisi (agar talab qilinsa);
xorijiy davlatga chiqish vizasi (agar viza rejimi belgilangan bo‘lsa);
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi;
v) O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beruvchi ruxsatnoma nusxasi (agar talab qilinsa);
g) naqd xorijiy valyuta kelib chiqishining manbasini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari ko‘rsatilgan holda ularning nusxalari (ilgari naqd xorijiy valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi, jismoniy shaxs — rezidentning tijorat bankida ochilgan hisobvaraqlariga xorijdan kelib tushgan valyuta mablag‘larini echilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi yoki naqd xorijiy valyutani xorijiy davlatlardan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi);
d) xizmat safariga yuborilayotgan shaxslar uchun — xorijga xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi buyruqning, taklif etayotgan taraf xatlarining nusxasi;
e) hukumat delegatsiyalari tarkibida xorijga borayotgan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishining nusxasi;
j) xorijga chiqish maqsadini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar — agar mavjud bo‘lsa.
4. Jismoniy shaxslar-rezidentlarning arizalarini ko‘rib chiqish va ularga ruxsatnomalarni berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish ariza kelib tushgan sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
5. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan ruxsatnomalar berishda:
a) jismoniy shaxslar-rezidentlar mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda chet elga chiqayotganligi;
b) jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha to‘liq taqdim etilganligi asos bo‘ladi.
6. Jismoniy shaxs-rezident tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi ruxsatnoma berishni rad etadi va bu haqda jismoniy shaxs-rezidentga yozma ravishda javob beradi.
7. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lganda, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan 09006-1 shakl bo‘yicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
09006-1-son shakl ruxsatnoma qat’iy hisobot blanki hisoblanib Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadi va zarur himoyalash darajalariga ega bo‘ladi. Bunda har bir blank yagona seriya va tartib raqamiga ega bo‘lgan ikki nusxadan tashkil topadi;
Ruxsatnoma jismoniy shaxslar — rezidentlar doimiy yashab turgan joydagi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan imzolanadi hamda olib chiqilayotgan jami summaga beriladi;
Ruxsatnomaning rasmiylashtirilishi va berilishi uchun to‘lov undirilmaydi.
8. Ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, birinchi nusxasi jismoniy shaxs — rezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasida qoldiriladi.
Ruxsatnoma arizada ko‘rsatilgan naqd xorijiy valyutani bir marta O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish huquqini beradi va u faqat unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida amal qiladi.
9. Ruxsatnoma jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan bojxona organlariga topshirilishi shart.
10. Ruxsatnoma berilgan sanadan boshlab uch oy davomida haqiqiy hisoblanadi.
11. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. | 234 | 7,414 |
Qonunchilik | Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, kafedra mudirlarining (bundan buyon matnda pedagog kadrlar deb yuritiladi) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini belgilaydi.
1. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligi reyting tizimi orqali har 5 yilda bir marta baholanadi.
2. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini reyting tizimi orqali baholashdan maqsad pedagog kadrlarning o‘quv fani bo‘yicha malakasi, dars o‘tish mahorati, ish faoliyati samaradorligini aniqlash, ta’lim sifatini yaxshilash orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, o‘quvchilarning (talabalar) fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
3. Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar ishga qabul qilinganidan keyin 1 yildan so‘ng, oliy ta’lim muassasalari yoki professional ta’lim muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga 3 yil to‘lgandan so‘ng pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashga jalb etiladi.
4. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarishlash ta’tilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga 1 yil to‘lgandan so‘ng pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashga jalb etiladi.
5. Pedagog kadrning faoliyati samaradorligining aniqlangan reytingi pedagog kadr bir ta’lim muassasasidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi.
6. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini aniqlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlarining buyrug‘i bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda tegishli ta’lim muassasalari deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda kamida 9 kishidan iborat baholash komissiyalari (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya tarkibi quyidagi tartibda shakllantiriladi:
komissiya raisi — tegishli hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;
komissiya a’zolari — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, xalq ta’limi, professional ta’lim, akademik litsey, oliy ta’lim muassasasi, sport federatsiyalarining hududiy bo‘limlari (hududda rivojlangan sport turi bo‘yicha) rahbar xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari;
komissiya kotibi — tegishli hududiy boshqarma mas’ul xodimi.
Komissiya tarkibi har 5 yilda bir marta yangilanadi.
7. Komissiya raisi:
komissiya ishini tashkil etadi;
komissiya a’zolarining vazifalarini belgilaydi;
komissiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Komissiya raisi mazkur Nizomda belgilangan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
8. Komissiya raisi pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashning adolatli, oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilishi hamda natijalarning xolisligi uchun javobgar bo‘ladi.
9. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashdan o‘tuvchi pedagog kadrlarning komissiya tarkibiga kiritilishi man etiladi.
10. Komissiya o‘z faoliyatini mazkur Nizom va ta’lim mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yo‘naltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlari asosida olib boradi.
11. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash muddati, baholash shartlari va tartibi komissiya tomonidan bir oy oldin e’lon qilinadi.
12. Komissiyaga pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashga doir hujjatlarni o‘z vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri taqdim etilishini ta’minlash maqsadida tegishli ta’lim muassasalarida ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan shakllantiriladigan ekspert guruhi tuziladi.
13. Ekspert guruhi kamida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
ekspert guruhi raisi — tegishli ta’lim muassasasi rahbari;
ekspert guruhi a’zolari — pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlangan kamida 2 nafar pedagog, kasaba uyushmasi raisi;
ekspert guruhi kotibi — tegishli ta’lim muassasalari rahbarining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.
14. Pedagog kadr tomonidan ekspert guruhiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
pedagog kadrning ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
pedagog kadrning malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
15. Ekspert guruhi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida pedagog kadrning hujjatlar yig‘majildi tayyorlanib, komissiyaga taqdim etiladi.
Hujjatlar yig‘majildida pedagog kadrning malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi, pedagog kadrning o‘quv yili davomida o‘tgan dars va ochiq darslari, pedagog kadr o‘quvchilarining (talabalar) fanlarni o‘zlashtirish reytingi va erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi ma’lumotnoma mavjud bo‘lishi talab etiladi. Bunda ma’lumotnoma ekspert guruhi ekspert guruhi raisi va a’zolari tomonidan imzolangan holda komissiyaga taqdim etiladi.
16. Ekspert guruhi tomonidan hujjatlar komissiyaga elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
17. Komissiya tomonidan pedagog kadrning o‘quv fani bo‘yicha malakasi, dars o‘tish mahorati, ish faoliyati samaradorligini, jismoniy tarbiya sohasidagi texnika xavfsizligi qoidalarini bilish darajasini aniqlash maqsadida u bilan bevosita suhbat o‘tkaziladi.
Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi, berilgan savollar va javoblar maxsus (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) daftarda qayd etiladi.
18. Suhbat natijalari asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi mezonlar asosida, umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi mezonlar asosida, akademik litsey va professional ta’lim muassasasi pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi mezonlar asosida, oliy ta’lim muassasasi pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi mezonlar asosida baholanadi.
19. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligi komissiya tomonidan quyidagi ballar yig‘indisi asosida 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi:
86 — 100 ball — faoliyat samaradorligi yuqori;
71 — 85 ball — faoliyat samaradorligi o‘rta;
56 — 70 ball — faoliyat samaradorligi qoniqarli;
0 — 55 ball — faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.
20. Komissiya pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaror qabul qiladi.
Komissiya qarori, agar ovoz berishda komissiya tarkibidagi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Qarordan nusxa pedagog kadrning ish joyidagi shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi.
21. Komissiya pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholash natijalarini 3 kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga yuborishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholash reytingining elektron bazasi yuritiladi.
22. Komissiya qaroridan norozi bo‘lgan pedagog kadr baholash natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida hududiy boshqarmalar boshliqlarining buyrug‘i bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga yoki sudga yozma ravishda shikoyat berish huquqiga ega.
23. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga baholash komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan hududiy boshqarmalar xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida 3 nafar a’zo kiritiladi.
24. Pedagog kadrning apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda pedagog kadr ishtirok etish huquqiga ega.
25. Apellatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. Bunda apellatsiya komissiyasi pedagog kadrning suhbat natijalari yozilgan videotasvirlarni qayta tekshirish orqali baholash komissiyasi tomonidan qo‘yilgan ballning to‘g‘riligiga baho beradi va uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda pedagog kadrning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish masalasi ko‘rsatiladi.
Qaror 24 soat ichida pedagog kadrga hamda baholash komissiyasiga yetkazilishi lozim.
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
27. Mazkur Nizom Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan. | 157 | 9,307 |
Qonunchilik | GUGURT IShLAB ChIQARISh BO‘YIChA “O‘ZELLAS” O‘ZBEKISTON GRETSIYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zboshyog‘ochqurilish” birlashmasi va “IMPEKS-GROUP” firmasining gugurt ishlab chiqarish bo‘yicha “O‘zellas” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “O‘zboshyog‘ochqurilish” birlashmasi “IMPEKS-GROUP” firmasi bilan birgalikda “O‘zellas” qo‘shma korxonasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 1993-yil 15-martgacha zarur hujjatlarni tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etsin.
3. Qo‘shma korxonaning inshootlarini qurish bo‘yicha bosh pudratchi etib “O‘zboshyog‘ochqurilish” birlashmasi belgilansin.
4. “O‘zog‘irsanoat” instituti “O‘zboshyog‘ochqurilish” birlashmasining talabnomasiga binoan gugurt ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik liniyalarni joylashtirish uchun yog‘ochga kompleks ishlov berish korxonasining mavjud ishlab chiqarish maydonlarini qaytadan qurishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin.
5. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
“IMPEKS-GROUP” firmasi o‘zining ustav fondidagi ulushi (33 foiz) hisobiga Gretsiyadagi uskunalarni qismlarga ajratib Toshkentga olib keladi va montaj qilib, ishga tushirish, sozlash ishlarini bajaradi va kadrlarni o‘qitadi;
qo‘shma korxona uchun ajratilgan yer uchastkasining, binolar va inshootlarning qiymati 1,5 mln AQSh dollariga baholangan hamda “O‘zboshyog‘ochqurilish” birlashmasining ustav fondidagi ulushi (67 foiz) deb hisoblanadi.
6. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zsanoatqurilish banki mazkur qo‘shma korxona inshootlari qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash uchun 3,5 mln AQSh dollari “O‘zboshyog‘ochqurilish” birlashmasining ustav fondidagi ulushi va imtiyozli kredit ajratishni nazarda tutsinlar.
7. “O‘zshartnomasavdo” “O‘zboshyog‘ochqurilish” birlashmasining buyurtmanomasiga binoan gugurt ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy xomashyo yetkazib berishni belgilangan tartibda hal etsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq K.N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. | 110 | 2,068 |
Qonunchilik | Chexiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, O‘zbekiston Respublikasiga ishbilarmonlik va sayohat maqsadlarida tashrif buyuradigan Chexiya fuqarolariga vizalarni rasmiylashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalarida va konsullik muassasalarida quyidagi muddatlarga beriladigan vizalarni:
ishbilarmonlik maqsadlarida O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan Chexiya Respublikasi fuqarolariga bir yil muddatgacha ko‘p martalik vizalarni, O‘zbekiston Respublikasidagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishiga doir talabni bekor qilgan holda;
O‘zbekistonga sayyoh sifatida keladigan Chexiya Respublikasi fuqarolariga sayyohlik vaucherlarini yoki sayyohlik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda, bir oy muddatgacha.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘z idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 90 | 1,347 |
Qonunchilik | Karantin davrida dori vositalari qanday sotiladi va yetkazib beriladi | Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi elektron tijorat orqali dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini sotish (yetkazib berish) хizmatlarini taqdim etishda qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etish lozimligini eslatib oʻtadi.
Yetkazib berish – faqat maхsus avtomobilda
Yetkazib berish uchun foydalaniladigan transport lozim darajadagi teхnik holatda va ozoda boʻlishi lozim. Tashish vaqtida dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlashga moʻljallangan transport vositalari kameralarida zaruriy harorat rejimi, namlik va havo sirkulyatsiyasi ta’minlanishi lozim. Ushbu vositalar doriхona хodimi – farmatsevtik ma’lumotga ega mutaхassis kuzatuvida yetkazib berilishi lozim.
Maхsus haroratda saqlash talab etiladigan dori vositalarini faqat refrijerator uskunalari yoki haroratni muntazam monitoring qilish uchun iqlimni nazorat qiluvchi uskunalar bilan jihozlangan termokonteynerlar oʻrnatilgan maхsus transportlarda tashish lozim. Nojoʻya ta’sirlarning oldini olish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarni boshqa turdagi yuklar bilan birga tashish taqiqlanadi.
Qonunda nima deyilgan
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali sotish mumkin. Ularni hujjatlarda va elektron rasmiylashtirilgan holda saqlash va tashish talablariga qat’iy rioya etish lozim (Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qarang).
«Reklama toʻgʻrisida»gi va «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunlar talablari dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali yetkazib berish хizmatlariga tatbiq etiladi. Xususan, iste’molchiga aхborot foydalanish mumkin boʻlgan ochiq shaklda, toʻgʻri va aniq holda taqdim etilishi, shuningdek unda mahsulot va uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlar (tovar va хizmatlar nomi, ta’rifi, narхi, alohida shartlari) koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Bunday ma’lumot doriхonada ham boʻlishi kerak
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali sotadigan doriхonalar tomonidan quyidagilar tegishli veb-saytlarida va/yoki mobil ilovalarida joylashtirilishi lozim:
Sotiladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari, ularning analoglari, savdo nomi, chiqarilish shakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, chakana sotish narхi, savdo ustamasi miqdori va boshqalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi lozim.
Lola Abduazimova. | 69 | 2,465 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.