folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan order himoya qiladi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 3-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi: Qabul qilingan hujjatda ichki ishlar organlari tomonidan jabrlangan хotin-qizlarga himoya orderini berish, shuningdek zoʻravonlikni sodir etgan shaхslarga himoya orderi nusхasini taqdim etish tartibi belgilangan. Tuzatish dasturining asosiy vazifalari qatorida quyidagilar ham qayd etilgan: Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.01.2020 yildan kuchga kirdi.
59
594
Qonunchilik
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bola shaxsini, shuningdek, kelgusi muvaffaqiyatli o‘quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va bolalarni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyhasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin: maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar sirasiga kiradigan bolalarning majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini (keyingi o‘rinlarda bolalar tayyorlov guruhlari deb ataladi) shakllantirish; bolalar tayyorlov guruhlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish; bolalar tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni singdiradigan o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash; maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish; davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 3. Belgilansinki: majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018-2019 o‘quv yili 2018-yil 10-dekabrdan boshlanadi va 2019-yil 10-avgustda tamomlanadi; davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida to‘liq kun, to‘liq bo‘lmagan kun (bir haftada kamida 15 soat ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta’limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashdan ozod etiladi; davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarda boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi; boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar hokimliklariga, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga: a) bolalar tayyorlov guruhlari uchun xonalarni tayyorlash, zarur bo‘lsa, yangi binolar, xonalar qurish yoki mavjudlarini kapital ta’mirlash, suv va elektr energiyasi hajmini o‘lchaydigan va hisobga oladigan alohida moslamalar o‘rnatish to‘g‘risida takliflar kiritilishini; b) bir hafta muddatda: bolalar tayyorlov guruhlari ro‘yxatlari tasdiqlanishini; xonalarni o‘quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bir hafta muddatda bolalar tayyorlov guruhlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning negizida bolalarni majburiy tayyorlash guruhlari faoliyati tashkil etilishi ustidan monitoring olib borsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019-2020-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyatining tegishli tajriba o‘tkaziladigan tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida bolalarda boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat mavjud bo‘lsa, ularni umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi taklifni ishlab chiqsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin; joriy etilayotgan shtat birliklaridan va bolalar majburiy tayyorlov guruhlarini jihozlashdan kelib chiqqan holda 2018-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga zarur o‘zgartishlar kiritsin. 10. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining buyurtmanomalari asosida Moliya vazirligi bilan kelishgan holda zarur miqdorda sertifikatlar blankalari bilan ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tajriba loyihasini joriy etish natijalari bo‘yicha 2019-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash yagona tizimini joriy etishni tahlil qilsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
118
6,594
Qonunchilik
“Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini tasdiqlash t
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish maqsadida buyuraman: 1. Innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 10-dekabrdagi 442-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3104, 2018-yil 21-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 51-son, 985-modda) bilan tasdiqlangan Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mazkur buyruqning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 2. Ilmiy-tadqiqot muassasalari 2019-yil 1-avgustdan ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining ish haqlarini ularning miqdorlari o‘zgarganligini hisobga olib qayta hisoblab to‘lanishini ta’minlasin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
250
1,267
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qoidalar”ni (O‘zR AQ-92) tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarini takomillashtirish va ularni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qoidalar (O‘zR AQ-92) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin. 3. Mazkur Qoidalar amalga kiritilgan vaqtdan boshlab “Davavianazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining 1999-yil 8-noyabrdagi 163-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘llanmani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 247-modda), Xalqaro standartlar (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning 6-ilovasi), O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (O‘zR AQ-61) (ro‘yxat raqami 1349, 2004-yil 7-may)ga muvofiq uchish ishlarini tashkil etish qoidalarini belgilaydi. 1. Ushbu Qoidalar maqsadida quyidagi asosiy atamalar, qisqartmalar va tushunchalardan foydalaniladi: AUTOLAND — HKda avtomatik ravishda qo‘ndirish tizimi. CAT I-II-III— IKAO tomonidan belgilangan qo‘nishga aniq kirishish va qo‘nishlar toifasi. SVT — g‘arbda ishlab chiqarilgan HKga ta’lim berishning kompyuter dasturi (COMPUTER BASE TRAINING) ETOPS — ikki gaz turbinali kuch o‘rnatmalari o‘rnatilgan samolyotlarning uzaytirilgan masofali parvozlari. FAA/JAA — Amerika — Yevropa aviatsiya qoidalari. KHT “FLITEPRO” — kompyuterlashtirilgan navigatsiya trenajyori. MNPS — minimal navigatsiya xususiyatlariga talablar. NAT DOC 001 — Shimoliy Atlantika ustida parvoz qilish uchun yo‘riqnoma materiallari. RVSM — vertikal eshelonlashning qisqartirilgan minimumi. SIM-CHECK — uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, parvozlar turiga berilgan ruxsatlar va berilgan minimumlar bo‘yicha malakani tasdiqlash uchun trenajyor tekshiruvi. AGNES — to‘xtab turish joyiga burilish vaqtida HK ekipajiga uzatiladigan yorug‘lik signallari. ATIS — aerodrom hududida axborotlarni avtomatik uzatish tizimi. Djeppesen — aeronavigatsiya ma’lumotlarini yetkazib beruvchi firma. IKAO — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti. MARShAL — HKning yerdagi harakatini tartibga soluvchi shaxs. NOTAM, SNOUTAM — aerodromlar, radio-texnika vositalari, qo‘ndirish tizimlari va h. k.lar to‘g‘risida uchuvchilarga beriladigan ma’lumotlar. SLPTBNB — O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Sertifikatlashtirish, litsenziyalash hamda parvozlarni ta’minlash va bajarish ustidan nazorat qilish bo‘limi. SMT (FFS) — samolyotning majmuaviy trenajyori. CAPTAIN (SRT) — g‘arbda ishlab chiqarilgan HKning komandiri. CAPTAIN SUPERVISOR — ikkinchi uchuvchilarga yo‘nalish mashqlarini o‘rgatuvchi, g‘arbda ishlab chiqarilgan HKning komandiri. CHECK-CAPTAIN (CH-CPT) — amaldagi uchuvchi guvohnomasiga ega, uchuvchilar tarkibini g‘arbda ishlab chiqarilgan havo kemalarida to‘liq nazariy, mashqiy parvoz qilish, parvoz tayyorgarligi, tekshirish va ularning parvoziga ruxsat berish huquqiga ega aviatsiya xodimi. FIRST-OFFICIER (F/O) — qat’iy minimum bo‘yicha ekipaj tarkibiga ikkinchi uchuvchi sifatida mustaqil parvozlarga kiritilgan, g‘arbda ishlab chiqarilgan HKdagi ikkinchi uchuvchi. PILOT — FA UTTDga muvofiq ikkinchi uchuvchi bo‘lib safga kiritish dasturini o‘tovchi Sharqda ishlab chiqarilgan HKdagi ikkinchi uchuvchi. NAVIGATOR (NAV) — g‘arbda ishlab chiqarilgan HKning shturmani. AAE — alohida aviaeskadrilya. ADP — aerodrom dispetcherlik punkti. AMT (AIP) — aeronavigatsiya ma’lumotlari to‘plami — ichiga uzoq muddatli aeronavigatsiya ma’lumotlarini olgan, davlat tomonidan chiqarilgan yoki ruxsat berilgan nashr. AMS(F) — Aviatsiya-meteorologiya stansiyasi (fuqaro). AMX — aviatsiya-muhandislik xizmati. ATB — aviatsiya-texnika bazasi. IChDX — korxonaning ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati. KTQT — ko‘rinishni taqlid qilish tizimi. “MAI” A/K — “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi. MAX — muhandislik-aviatsiya xizmati. MK — Malaka komissiyasi. MMK — Mahalliy malaka komissiyasi. MOK — malaka oshirish kurslari. MMSh — murakkab meteosharoitlar. MDH — Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi. OMK — Oliy malaka komissiyasi. PAQ — Aviakompaniya (aviakorxona)ning parvozlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmasi. PXI — aviakompaniya (aviakorxonaning) parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi. PEQ — Parvoz ekspluatatsiyasi bo‘yicha qo‘llanma (FCOM, OM). PX — parvozlar xavfsizligi. RUUR — radiomarkerli uzoq uzatish radiostansiyasi. TKB — tajriba-konstruktorlik byurosi. TUEK — Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi. UITE — uchish ishini tashkil etish. UO — uchuvchilar otryadi. USB — uchish-sinov bo‘linmasi. UTTD — uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturi. UUB — uchuvchilar-uslubiyat bo‘limi. UUK — uchuvchilar-uslubiyat kengashi. UUX — uchuvchilar-uslubiyat xonasi. FA — fuqaro aviatsiyasi. ShEHM — shaxsiy elektron hisoblash mashinasi. O‘M — o‘quv markazi. O‘MM — o‘quv-mashq markazi. O‘UTD — O‘quv-uchish tayyorgarlik dasturi. O‘UTK — o‘quv-uchish tayyorgarlik kursi. O‘ShKT — o‘zgaruvchan shaffoflikdagi ko‘zgular tizimi. QQB — qaror qabul qilish balandligi. HK — havo kemasi. Aviakompaniya (aviakorxona) — muntazam havo transport qatnovini amalga oshiruvchi yoki shu sohada o‘z xizmatlarini taklif qiluvchi har qanday aviatransport korxonasi. Aviatsiya ishlarini bajarish uchun havo kemasi ekipaji — fuqaro havo kemasi ekipajini, shuningdek “buyurtmachi”ning amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasiga ega bo‘lgan mutaxassislarini o‘z ichiga oluvchi mutaxassislar guruhi. Aviatsiya xodimlari — faoliyatlari uchishni tashkil qilish, bajarish va ta’minlash, shuningdek havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar. Aerodrom bosimi (QFE) — uchish-qo‘nish yo‘lagining ishchi ostonasi sathidagi atmosfera bosimi. Buyruq-boshqaruv tarkib (BBT) — amaldagi parvoz guvohnomasiga ega bo‘lmagan va buyruq chiqaruvchi — rahbar lavozimini egallovchi aviatsiya xodimlari. “Davavianazorat” inspeksiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi. Dastlabki tayyorgarlik — ekipajning parvoz (parvozlar)ga tayyorgarligining asosiy turi bo‘lib, uning jarayonida materiallarni o‘rganish, hujjatlarni tayyorlash va harakatlarni maromiga yetkazish olib boriladi hamda ekipajning parvozga berilgan topshiriqni bajarishga tayyorligi nazorat qilinadi. Komandir-uchuvchilar tarkibi — amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasiga, mutaxassislik bo‘yicha instruktorlar ishlari bo‘yicha ruxsatnomaga ega bo‘lgan va boshqaruv (inspektorlik) uchuvchi lavozimini egallovchi aviatsiya xodimlari. Kuzatuvchi — yo‘nalishda nazorat o‘tkazish maqsadida ekipaj tarkibiga kiritilgan “Davavianazorat” inspeksiyasining komandir-uchuvchilik tarkibining shaxsi. Kuzatuvchi, tekshiruvchidan farqli o‘laroq, HK komandiri va ekipaj a’zolarining parvoz xavfsizligini ta’minlash va aviatsiya qoidalariga rioya qilishdagi bevosita mas’uliyatiga sherik bo‘lmaydi va uni kamaytirmaydi. Parvoz oldi tayyorgarligi — ADPga kelish vaqtidan (aviatsiya ishlarida — ishchi aerodromga) parvoz uchun dvigatel (dvigatellar)ning ishga tushirilishigacha bo‘lgan operatsiyalarni o‘z ichiga oluvchi, ushbu parvozni bajarishga ekipajni tayyorlash bosqichi. Tekshiruvchi — ushbu turdagi HKda parvoz qilishga ruxsat etilgan va ekipaj a’zolari (a’zosi)ni o‘qitish, tekshirish, kasbiy tayyorlash va o‘zaro harakatlari, shuningdek inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish, HK parvozining xavfsizligini ta’minlovchi belgilangan qoidalar va normalarga rioya qilish maqsadida ekipaj tarkibiga kiritilgan komandir-uchuvchi, instruktorlik tarkibdagi shaxs. Uchish ishi — parvozga topshiriqni bajarish bo‘yicha ekipaj (uchuvchilar tarkibi) tomonidan o‘tkaziladigan ish. Uchish ishini rejalashtirish — belgilangan muddatlarda uchuvchilar bo‘linmalari aviakorxonalari (aviakompaniyalari)da va HKning ekipajlarida ustuvor, kundalik va tezkor chora-tadbirlarni bajarishning tartibi va samaradorligining ketma-ketligini ishlab chiqish. Uchish ishini tashkil etish — uchish ishini rejalashtirish va uchuvchilar bo‘linmalari hamda HK ekipajlarini boshqarish, xavfsizlikni ta’minlash, parvozlarning muntazamligi va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi. Uchish mashqlari — parvoz ishlari tajribasiga ega bo‘lish (tiklash) maqsadida uchuvchilar tarkibini o‘qitish jarayoni. G‘arbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibi uchun: BASE TRAINING — aerodrom sharoitlarida; LINE TRAINING — reys sharoitlarida. Uchishdan keyingi ish — parvozga topshiriqni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan dvigatel (dvigatellar)ning o‘chirilish vaqtidan to barcha operatsiyalar tugatilishigacha HK ekipaji tomonidan bajariladigan ish. Uchuvchilar-instruktorlik tarkibi — amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasi, mutaxassislik bo‘yicha instruktorlik ishlari ruxsatnomasiga ega bo‘lgan va instruktor lavozimini (g‘arbda ishlab chiqarilgan havo kemalarida “CAPTAIN — SUPERVISOR” va “CHECK — CAPTAIN”) egallovchi aviatsiya xodimlari. Uchuvchilar tarkibining ishini tekshirish — bilim, amaliy tajriba va ekipaj (ekipaj a’zolari) qobiliyatlarini va ushbu Qoidalar va FA uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlari bilan ko‘zda tutilgan muddatlarda aniqlash jarayoni. G‘arbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibi uchun: FINAL CHECK (F/CH) — reys sharoitlarida birinchi mustaqil parvozdan oldin; LINE CHECK (L/CH) reys sharoitlarida. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi — uchuvchilar tarkibining uchish ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va tajribalarga ega bo‘lish, saqlash va takomillashtirish jarayoni. HK komandiri (HKK) — HKni boshqaruvi va parvoz vaqti davomida uning xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan uchuvchi. HK ekipaji — havo kemasi komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvi shaxslar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar. HK ekipajini tuzish — malakaviy, ishchanlik qobiliyatlari hisobga olingan holda ekipaj a’zolarini tanlash va tayyorlash jarayoni, ekipaj ishida uyg‘unlikni inobatga olgan holda hamda belgilangan talablarga muvofiq parvozlarga ruxsat berish. HKni boshqarish — fazoda harakatlarining trayektoriyasini yoki HKning havodagi vaziyatini saqlash (o‘zgartirish)ga yo‘naltirilgan uchuvchining harakatlar majmuasi. Ekipajning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari — maxsus tayyorgarlik va HKning parvoz ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan parvozga topshiriqlarni bajarish vaqtida aniq xizmat majburiyatlarini bajarishga huquq beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan ekipaj a’zolari (bort kuzatuvchilar, yuk tashuvchi havo kemalarining bortoperatorlari va parvoz topshirig‘iga kiritilgan aviatsiya xodimlarining boshqa shaxslari). Ekipajda parvozlar muhokamasi — HK komandiri (tekshiruvchi)ning ekipaj a’zolarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ekipaj ishida chetga chiqishlarni bartaraf qilish va oldini olish maqsadida har bir ekipaj a’zosining parvozga topshiriqni bajarish sifatining tahlili. Ekipajning uchuvchilar tarkibi — maxsus tayyorgarlik va ushbu HKning turi va (yoki) uning jihozlari parvoz ekspluatatsiyasiga huquq beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan ekipaj a’zolari. Ekspluatant — havo kemalarini ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yoki ushbu sohada o‘z xizmatlarini taklif etuvchi shaxs, tashkilot yoki korxona. 2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishini tashkil etish masalalarini tartibga soladi. Ushbu Qoidalarning talablari barcha komandir-uchuvchilar, uchuvchi-instruktorlar, uchuvchilar tarkibi va HKning bortoperatorlari, shuningdek shu sohaga tegishli bo‘lgan boshqa xizmatlarning mansabdor shaxslari va xodimlari uchun majburiy hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakompaniyalari (aviakorxonalari) va uchuvchilar bo‘linmalariga tatbiq etiladi. 3. Uchish ishlarini tashkil etish FA aviakompaniyalari (aviakorxonalari), tashkilotlari va bo‘linmalarining rahbar, komandir-uchuvchilar va uchuvchilar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Uchish ishini tashkil etish masalalari bo‘yicha buyruq chiqaruvchi — rahbar, komandirlar, uchuvchilar va havo kemalari komandirlarining majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Mazkur mansabdor shaxslarning uchish ishini tashkil etish masalalari bo‘yicha javobgarligi ularning o‘z majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi yoxud ularga berilgan huquqlardan foydalanmasligi oqibatida vujudga keladi. 5. Insonlar hayotini saqlash yoki tabiiy ofatlar bilan bog‘liq bo‘lgan uchish ishlarini tashkil etishda uchuvchi bo‘linmalarining komandirlari kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda o‘z zimmalariga shaxsiy javobgarlikni olgan holda ushbu Qoidalar talablaridan chetga chiqish huquqiga egadirlar. Qabul qilingan harakatlar haqida ular zudlik bilan o‘zlarining bevosita rahbarlari va “Davavianazorat” inspeksiyasini xabardor qilishlari lozim. 6. Uchish ishini tashkil etish o‘z ichiga quyidagilarni oladi: a) uchish ishini rejalashtirish; b) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi; v) HK ekipajini tuzish; g) uchuvchilar tarkibiga parvozlarni bajarishga ruxsat berish; d) ekipajlarning parvozlarga dastlabki va parvoz oldi tayyorgarligi; e) uchuvchilar tarkibining ishini tekshirish; j) ekipaj tarkibida tekshiruvchi va kuzatuvchilar bilan parvozlarni tashkil etish; i) parvozlar va uchish ishlarining muhokamasi; k) parvoz ishini nazorat va tahlil qilish; l) uchuvchilik-uslubiyat ishi. 7. Uchish ishining yuqori samarasi quyidagilar bilan erishiladi: a) aviakorxonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar bo‘linmalarining fan, texnika va amaliy tajriba yutuqlaridan foydalanish asosida uchish ishini tashkil etish shakllari va uslublarining takomillashtirilishi; b) uchuvchilar tarkibi tomonidan HKning yangi turlari, navigatsiya va qo‘ndirish tizimlarining o‘zlashtirilishi; v) uchuvchilar tarkibining malakasini oshirish va parvozlarga yuqori sifatli tayyorlash; g) majmuaviy va maxsuslashtirilgan trenajyorlardan samarali foydalanish; d) parvoz ma’lumotlarining tahlili materiallaridan foydalanish; e) parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni zamonaviy ravishda ishlab chiqarish va o‘tkazish. 8. FA aviakorxonalar (aviakompaniyalar)da parvozlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ta’minlashda foydalaniladigan uchish-shtab hujjatlarining shakllari hamda ularni yuritish tartibi “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan holda ekspluatant tomonidan belgilanadi. 9. Uchish ishini rejalashtirish FA aviakorxonalari (aviakompaniyalari), tashkilotlari va bo‘linmalari ishlarining kelgusida bajariladigan, joriy va tezkor (oylik, sutkalik) rejalariga muvofiq amalga oshiriladi. 10. Uchish ishini rejalashtirish maqsadi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: a) aviatashishlar va maxsus aviatsiya ishlarida davlat, tijorat tashkilotlari va fuqarolarning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha vazifalarning bajarilishi; b) parvozlar xavfsizligining yuqori darajasi va muntazamliligini ta’minlash; v) komandir-uchuvchi, instruktorlar va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligining talab etiladigan darajasini ta’minlash. 11. Ish rejalarini tuzishda quyidagilarga tayanish zarur: a) aviakorxonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar bo‘linmalari oldida turuvchi masalalar; b) O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) va ushbu Qoidalar talablariga; v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligi holatining tahliliga; g) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga. 12. “Davavianazorat” inspeksiyasida quyidagi uchish ishlari rejalari ishlab chiqiladi: a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi; b) komandir-uchuvchilar tarkibini (zaruriyat bo‘lganda) tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali; v) yo‘nalishlarda (aviayo‘nalishlarda) inspektorlik tekshiruvlarining yillik rejasi; g) oylik ish rejasi; d) inspektorlar tarkibining oylik parvoz rejasi. 13. Asosiy chora-tadbirlar yillik rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim: a) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishni; b) uchish ishini tashkil etishni yaxshilash, aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha ishlar yo‘nalishlarini ishlab chiqishni; v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha aviakorxonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar bo‘linmalarida inspektorlik tekshiruvlarini. 14. Yo‘nalishlarda (aviayo‘nalishlarda) inspektorlik tekshiruvlarining yillik rejasi O‘zbekiston Respublikasi FA HKning ekipajlari tomonidan amalga oshiriladigan parvozlarning barcha yo‘nalishlari (aviayo‘nalishlari)ni o‘z ichiga olishi lozim. 15. Oylik ish rejasiga kelgusi oyda amalga oshirish rejalashtirilayotgan uchish faoliyatini tartibga solish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar kiritilishi lozim. 16. Oylik ish rejasiga “Davavianazorat” inspeksiyasi komandir-uchuvchilar tarkibi va inspektorlik tarkibining kelgusi oyda bajarilishi lozim bo‘lgan barcha parvozlari kiritilishi lozim. 17. Rejalarning bajarilishi ustidan nazorat “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 18. Parvozlar xavfsizligi bo‘yicha inspeksiyada quyidagilar ishlab chiqiladi: a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi; b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali; v) oylik ish rejasi; g) inspektorlik tarkibining oylik parvozlari rejasi. Rejalar PXI rahbari tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorxona) rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 19. Asosiy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim: a) uchish ishini tashkil etishni yaxshilash, aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni; b) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni; v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha aviakompaniya tarkibiga kiruvchi, aviakompaniyaning uchish xizmati (uchuvchilar majmuasi, uchuvchilar otryadlari) va aviata’mirlash zavodi uchish-sinov bo‘linmasida inspektorlik tekshiruv o‘tkazishni. 20. Tayyorgarlik, mashq qilish va tekshirish reja-jadvali belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim va inspektorlik tarkibga PXI, aviakompaniya uchish xizmati, majmuasi rahbari, O‘MM direktori va uning UITE bo‘yicha o‘rinbosari, “MAI” A/K direktori va uning UITE bo‘yicha o‘rinbosarining ma’lumotlarini inobatga olishi lozim. 21. Oylik ish rejasiga parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan kelgusi oyda amalga oshirish mo‘ljallanayotgan UITE va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar kiritilgan bo‘lishi lozim. 22. Oylik parvozlar rejasiga kelgusi oyda bajarilishi lozim bo‘lgan inspektorlik tarkibining barcha parvozlari kiritilishi lozim. 23. PXIning rejalarini bajarish ustidan nazorat PXI boshlig‘i yoki u tayinlagan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 24. Aviakorxona (aviakompaniya)ning UUB va UMda quyidagilar ishlab chiqiladi: a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi; b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali; v) oylik ish rejasi; g) komandir-uchuvchilar tarkibining oylik parvozlari rejasi. Rejalar UUB va uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati) rahbari tomonidan zaruriy mutaxassislar jalb etilgan holda ishlab chiqiladi va yuqori turuvchi rahbar tomonidan tasdiqlanadi. 25. Uchuvchilar majmuasining asosiy chora-tadbirlar yillik rejasining loyihasi tasdiqlanishidan oldin aviakorxona (aviakompaniya)ning parvoz-uslubiyat kengashida ko‘rib chiqilishi lozim. Asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi quyidagilarni tashkil etish va o‘tkazishni ko‘zda tutishi lozim: a) uchish ishini kuzgi-qishki va bahorgi-yozgi davrlarga tayyorlash bo‘yicha komandir-uchuvchilar tarkibi bilan yo‘riqnoma-uslubiy majlislar; b) uchish ishini tashkil etishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha uchuvchilar bo‘linmalarining komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi bilan uslubiy majlislar; v) parvoz ta’limi uslubiyati masalalari bo‘yicha majmuaviy trenajyorlar instruktorlari bilan uslubiy majlislar; g) uchuvchilar tarkibining aybi bilan vujudga kelgan aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik ishlar masalalari bo‘yicha komandir-uchuvchilar tarkibi bilan uslubiy majlislar; d) kutilayotgan sharoitlar va alohida holatlarda HKni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va uning tizimlarining ekspluatatsiyasi bo‘yicha uchuvchilik-texnik anjumanlar; e) komandir uchuvchi lavozimlariga tayinlanishi mumkin bo‘lgan zaxiradagi xodimlar bilan uslubiy majlislar; j) uchuvchilar tarkibi aybi bilan vujudga keladigan aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar; z) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi tizimida o‘quv-uslubiy bazani rivojlantirish va kompyuter texnikasidan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar. 26. Komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagilar haqidagi ma’lumotlarni inobatga olishi lozim: a) bo‘lim (guruh) boshliqlari, uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati) direksiyasining komandir-uchuvchi va instruktorlar tarkibi, UUB; b) uchuvchilar otryadlari komandirlari. 27. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi mo‘ljallanayotgan parvoz va metodik ishlarni tashkil etish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi lozim. 28. Aviatsiya ishlarida uchuvchilar tarkibi bilan manyovrlar qilish rejasi zaruriyat bo‘lganda MAI A/Kning UUBda tuziladi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari”ning (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) belgilangan qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim. 29. Parvozlar rejasi uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati) komandir-uchuvchilar tarkibi direksiyasi va UUBning kelgusi oyga barcha parvozlarini o‘z ichiga olishi lozim. 30. Rejalarni bajarish ustidan nazorat uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati), UUB rahbarining yordamchisi yoki u tayinlagan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 31. Uchuvchilar otryadida quyidagilar ishlab chiqiladi: a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi; b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirish yillik reja-jadvali; v) bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajni tekshirish reja-jadvali; g) oylik ish rejasi; d) komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar otryadi (AAE) instruktorlar tarkibining oylik parvozlari rejasi. Rejalar uchuvchilar otryadi shtabi rahbari tomonidan zarur bo‘lgan mutaxassislar jalb etilgan holda ishlab chiqiladi va uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi. 32. Asosiy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim: a) uchish ishini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish; b) uchuvchilar-uslubiyat bazasini rivojlantirish va undan uchuvchilar tarkibini kasbiy tayyorlashda foydalanish; v) aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; g) ish turlariga talab darajasidagi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan HK ekipajlarining zaruriy sonini tayyorlashni tashkil etish. 33. Tayyorgarlik, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagi shaxslarning ma’lumotlarini inobatga olishi lozim: a) UITE bo‘yicha uchuvchilar otryadi komandirining o‘rinbosari; b) uchuvchilar otryadining katta aviatsiya mutaxassislari; v) aviatsiya eskadrilyalari komandirlari (eskadrilyasiz tuzilmadagi aviatsiya zvenolari); g) uchuvchilar otryadining uchuvchi-instruktorlari (eskadrilyasiz tuzilmada aviatsiya zvenolari). 34. Bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajlarni tekshirish reja-jadvali O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari”da (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) belgilangan talablarga muvofiq shakllantirilishi va aviatsiya ishlarini bajarish davriga tuzilishi lozim. 35. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi mo‘ljallanayotgan tashkiliy va uchish-uslubiy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi lozim. 36. Parvozlar rejasi komandir-uchuvchilar tarkibi va UO tarkibining kelgusi oyga rejalashtirilayotgan barcha parvozlarini o‘z ichiga olishi lozim. 37. Rejalarni bajarish ustidan nazoratni uchuvchilar otryadi shtabining rahbari amalga oshiradi. 38. Aviatsiya eskadrilyasi (zvenosi)da quyidagilar ishlab chiqiladi: a) uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali; b) oylik ish rejasi; v) komandir-uchuvchilar tarkibi va AE (zveno) instruktorlar tarkibining oylik parvozlari rejasi; g) uchuvchilar tarkibining ishi va dam olishining oylik reja-jadvali. Rejalar aviatsiya eskadrilyasi (zvenosi) komandiri tomonidan zarur bo‘lgan mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqiladi va uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi. 39. Tayyorgarlik, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagi shaxslarning ma’lumotlarini inobatga olishi lozim: a) aviatsiya eskadrilyasi komandirining o‘rinbosari; b) AE (zveno) shturmani; v) aviatsiya zvenolari komandirlari; g) uchuvchi-instruktorlar va boshqa mutaxassislikka ega bo‘lgan instruktorlar tarkibi; d) havo kemalari komandirlari va ekipaj a’zolari. 40. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi mo‘ljallanayotgan tashkiliy va uchish-uslubiy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi lozim. 41. Parvozlar rejasi komandir-uchuvchilar tarkibi va AE (aviatsiya zvenosi) instruktorlar tarkibining kelgusi oydagi barcha parvozlarini o‘z ichiga olishi lozim. 42. Rejalarni bajarish ustidan nazorat shtab ishlari bo‘yicha AE (aviatsiya zvenosi) komandiri yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi. 43. Parvozlarni tezkor rejalashtirish uchuvchilar bo‘linmalari shtablari tomonidan HKning harakatlari ro‘yxati, aviatsiya ishlariga topshiriqlar, maxsus reyslarni bajarishga so‘rovlar, mashq qildiruvchi va boshqa parvozlarga asosan amalga oshiriladi. 44. Parvozlar rejalari uchuvchilar bo‘linmalarida tuziladi. 45. Aviatsiya ishlarida parvozlarni tezkor rejalashtirish kelgusi sutkada bajariladigan ishlarga beriladigan so‘rovlarga asosan amalga oshiriladi. 46. Bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajlarni tekshirish uchun rejalashtirilgan uchuvchilar otryadining rahbar va komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari aviatsiya ishlari bajariladigan hudud punktlari va tekshiruv muddatlari ko‘rsatilgan holda sutkalik rejaga kiritiladilar. 47. Parvozlarning tezkor rejasi uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi va parvozlarni ta’minlovchi barcha xizmatlarga tarqatiladi. 48. Tezkor rejaning bajarilishi va xizmatlarning o‘zaro munosabatlarini tashkil etish ustidan nazoratni aeroportning IChDX (ADP) amalga oshiradi. 49. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi kutilayotgan shart-sharoitlarda, shuningdek murakkab fazoviy holatlarga tushib qolishning oldini olish va bunday vaziyatlardan chiqib ketishda o‘z vaqtida va to‘g‘ri harakatlanish uchun ekipaj a’zolarida zarur bilim va tajribani shakllantirish va ularni oshirib borish orqali parvozlarning yuqori xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. 50. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) dastlabki tayyorgarlik; b) boshqa yangi turdagi HKga qayta tayyorgarlik; v) malaka oshirish, kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish, avariya jarayonlari va xavfli yuklarni tashish bo‘yicha tayyorgarlik; g) uchuvchilar bo‘linmalarida tayyorgarlik; d) FA bo‘linmalarida trenajyor bo‘yicha tayyorgarlik; e) FA bo‘linmalarida parvoz tayyorgarligi; j) mavsumiy tayyorgarlik. 51. Kasbiy tayyorgarlik tasdiqlangan o‘quv rejalari, dasturlari, yo‘riqnomalar, o‘quv-uchish tayyorgarlik kurslari (dasturlari)ga muvofiq o‘tkaziladi va quyidagi tamoyillarga asoslanadi: a) har bir ta’lim oluvchining o‘quv jarayonida ongli va faol ishtiroki; b) yakuniy maqsad bo‘lib parvozda kutilayotgan shart-sharoitlar va alohida holatlarda ekipaj a’zolarining bexato va o‘z vaqtida harakat qilishiga yo‘naltirilgan bilimlar va amaliy tajribalarga ega bo‘lish hisoblangan tayyorgarlik jarayonining ekspluatatsiya yo‘nalishi; v) ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olishga imkon beruvchi ShEHM va boshqa texnik ta’lim vositalaridan foydalangan holda dasturiy ta’limni qo‘llash; g) parvozlar xavfsizligining talab darajasini ta’minlovchi olingan malakaviy bilimlar va amaliy tajribalarni lozim bo‘lgan darajada ushlab turish maqsadida uchish faoliyati jarayonida ekipaj a’zolarining muntazam mustaqil ta’limi. 52. Aviatsiya xodimlarining kasbiy tayyorgarligini o‘tkazishda quyidagilardan foydalaniladi: a) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi va espluatantlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar; b) aviatsiya o‘quv yurtlari va aviakorxona (aviakompaniya)larning uslubiy jihatdan tayyor va tajribali mutaxassislari jalb etilgan holda O‘M (O‘MM) tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari; v) O‘M (O‘MM)da ishlab chiqilgan va tasdiqlangan uslubiy va o‘quv hujjatlari (leksiyalar konspektlari, o‘quv darsliklari). 53. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uslubiy ta’minlovini o‘quv yurtlari, o‘quv markazlari, uchish-uslubiyat bo‘limlari va uchish-uslubiyat xonalari amalga oshiradilar. 54. HK komandiri lavozimiga nomzodlar tayyorlashni tashkil etish aviakompaniya (aviakorxona) rahbari tomonidan tasdiqlangan nomzodlarni tanlash va tayyorlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga muvofiq olib boriladi. 55. Kasbiy bilimlar va mohirlik darajasini baholash mezonlari Aviatsiya qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (O‘zR AQ-61) (ro‘yxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) talablariga muvofiq besh ballik tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. 56. Uchish bo‘linmalarida dastlabki tayyorgarlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) nazariy tayyorgarlik; b) aviatsiya texnikasida amaliy mashg‘ulotlar; v) trenajyorda mashqlarni bajarish; g) uchish tayyorgarligi. 57. Dastlabki tayyorgarlik aviatsiya xodimlariga guvohnomalarni berishda talab etiladigan talablarni qondiruvchi va FA HK ekipaj a’zosi sifatida funksional majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim va tajribalarni olish va mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. 58. Dastlabki tayyorgarlik quyidagilar uchun o‘tkaziladi: a) uchuvchilar — FAning oliy va o‘rta maxsus uchish o‘quv yurtlarida; b) shturmanlar — FAning oliy va o‘rta maxsus uchish o‘quv yurtlarida, shuningdek shturmanlik fakulteti mavjud bo‘lgan o‘quv yurtlarida; v) bortmuhandislar (bortmexaniklar) — sertifikatlashtirilgan O‘M (O‘MM)da; g) bortradistlar, uchuvchi-kuzatuvchilar, bortoperatorlar (maxsus ishlarni bajaruvchi), yuk HKning bortoperatorlari — ko‘rsatilgan mutaxassislarni tayyorlashga sertifikati mavjud bo‘lgan FA O‘M (O‘MM)da maxsus dasturlar bo‘yicha. 59. Kursantlarga ta’lim berish FAning uchish o‘quv yurtlarida tashkil etiladi va kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘tkaziladi. 60. Uchish o‘quv yurtiga nomzodlarni qabul qilish qabul komissiyasi tomonidan kasbiy tanlov asosida yoshi, bilimi, sog‘lig‘i, psixofiziologik tavsiyalar bo‘yicha parvoz mutaxassisligiga o‘qitish uchun eng layoqatli nomzodlarni qabul qilish maqsadida amalga oshiriladi. 61. Ta’lim jarayoni tasdiqlangan yoki qabul qilingan o‘quv-uchish tayyorgarlik o‘quv rejalari, dasturlari va kurslari asosida o‘tkaziladi. 62. Uchuvchilarga o‘quv yurtini bitirganlik haqidagi belgilangan shakldagi diplom beriladi. 63. Bortmuhandislar (bortmexaniklar), yuk HKning bortoperatorlari, bortradistlar, uchuvchi-kuzatuvchilar va maxsus aviatsiya ishlarini bajaruvchi bortoperatorlarga birlamchi tayyorgarlikning butun kursi tugatilganidan so‘ng nazariy va uchish-uslubiy ta’limining “to‘rt” bahosidan past bo‘lmagan baholari bilan O‘M (O‘MM)ning guvohnomasi va “Davavianazorat” inspeksiyasi OMKning taqdimnomasi asosida malaka toifasi berilmasdan mutaxassislik guvohnomasi beriladi. Mutaxassisga malaka toifasi O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (O‘zR AQ-61) (ro‘yxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) bilan ko‘zda tutilgan tartibda, UTTD asosida safga kiritilganidan so‘ng beriladi. 64. Malaka toifasiga ega bo‘lmagan mutaxassis guvohnomasi uning egasiga stajor sifatida, FA UTTDga asosan safga kiritish dasturini o‘taganidan va malaka toifasi berilganidan so‘ng ekipaj a’zosi sifatida (mutaxassisligi bo‘yicha) parvozlarni bajarish huquqini beradi. 65. Uchuvchilar tarkibini qayta tayyorlash boshqa (yangi) turdagi HKda ekipaj a’zosi sifatida funksional majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim va amaliy tajribalarni olish va mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. 66. Uchuvchilar tarkibini yangi turdagi HKga qayta o‘qitish tegishli sertifikatiga ega bo‘lgan uchish o‘quv yurtlarida, aviatsiya korxonalarida, O‘M (O‘MM)da amalga oshiriladi. 67. Boshqa (yangi) turdagi HKga qayta tayyorgarlik kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etiladi va o‘tkaziladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) o‘quv-uslubiy hujjatlarni tayyorlash; b) o‘qituvchi va instruktorlar tarkibini tayyorlash; v) o‘quv bazasini tayyorlash; g) qayta tayyorgarlik uchun nomzodlarni tanlash; d) o‘quv jarayonini tashkil etish; e) trenajyorlarda mashg‘ulotlarni tashkil etish; j) uchish tayyorgarligini tashkil etish (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar uchun). 68. PEQ bo‘yicha HK ekipaj tarkibida shturmanning mavjud bo‘lish zaruriyati ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bunday hollarda shturmanlarni yakka tartibda havo kemalariga qayta tayyorlash “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan mustaqil qayta tayyorgarlik maxsus dasturiga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. Bunday havo kemalariga qayta tayyorlash kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tegishli tartibda sertifikatlashtirilgan O‘M qoshida tashkil etiladi. 69. Qayta tayyorlash uchun nomzodlarni tanlash o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: a) nomzodlar tarkibini aniqlash; b) tibbiy layoqatliligini aniqlash; v) kasbiy va psixologik tayyorgarligini baholash; g) taklif etilgan nomzodlarni belgilangan talablarga muvofiqliligini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish. 70. Nomzodlarni tanlash va ularni o‘qishga yuborish ekspluatant tomonidan belgilangan talablar va qabul qilingan qarorlarga muvofiq amalga oshiriladi. 71. Nomzodlar hujjatlari o‘qish boshlanishidan kechiktirilmagan holda O‘M (O‘MM)ga taqdim etilishi lozim. Tanlovdan o‘tmagan va taqdimnomalari tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan uchuvchilar tarkibi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar qayta o‘qitish uchun O‘M (O‘MM)ga qabul qilinmaydilar. 72. Yangi (boshqa) turdagi HKga qayta tayyorgarlik tugaganidan so‘ng aviamutaxassisga UTTDga muvofiq safga kiritish huquqini beruvchi nazariy va uchish-amaliy ta’lim natijalari ko‘rsatilgan qayta o‘qiganlik haqida guvohnoma, G‘arbda ishlab chiqarilgan havo kemalariga qayta tayyorgarlik tugaganidan so‘ng esa, G‘arbda ishlab chiqariladigan havo kemalariga qayta o‘qitish kursi “Type rating transition training” bo‘yicha (bortradistlar uchun nazariy va mashqiy ta’lim natijalari ko‘rsatilgan) nazariy va uchish-amaliy ta’lim bo‘yicha tayyorgarligi natijalari ko‘rsatilgan guvohnoma beriladi. 73. MDHdan tashqarida G‘arbda ishlab chiqarilgan HKga qayta o‘qitishda aviamutaxassisga qayta o‘qitish amalga oshirilgan mamlakatning firmasi (zavodi, O‘MM) namunasidagi guvohnoma (sertifikat) beriladi. 74. Qayta o‘qitish to‘g‘risidagi hujjatlarni bo‘lib-bo‘lib rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi: a) nazariy tayyorgarlikni tugatganlik haqidagi guvohnoma; b) O‘UTK (O‘UTD) dasturi asosida trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlikni tugatganligi haqida dalolatnoma; v) O‘UTK (O‘UTD) dasturi bo‘yicha uchish tayyorgarlikni tugatganligi haqida dalolatnoma. 75. Uchish texnikasi, samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish yoki amaliy ish bo‘yicha 3 (uch) baho, kasbiy fanlarning nazariy tayyorgarligi bo‘yicha ikkita yoki undan ortiq 3 (uch) baho olgan tinglovchilar — yangi (boshqa) turdagi HKda parvoz qilishga ruxsat etilmaydilar. Ularni yangi (boshqa) turdagi HKda parvoz qilishiga keyingi tayyorgarligi haqidagi qarorni “Davavianazorat” inspeksiyasining OMK qabul qiladi. 76. Aviatsiya xodimlarining qayta o‘qitilishi quyidagi hollarda asossiz hisoblanadi: a) Sharqiy flotda: 1) nazariy va trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik tugatilgan vaqtidan O‘UTK (O‘UTD)ga muvofiq uchish mashqlari boshlanishigacha bir yil (bortradistlar va bortoperatorlar uchun esa — safga kiritilganiga qadar) va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa; 2) O‘UTK (O‘UTD)ga muvofiq uchish-amaliy ta’lim tugatilgan vaqtdan FA UTTD bo‘yicha safga kiritishning boshigacha bir yil va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa. b) G‘arbiy flotda: 1) SVTga muvofiq nazariy tayyorgarlik tugatilgan vaqtdan G‘arbda ishlab chiqarilgan HKga qayta o‘qitish kursi “Type rating transition training” (FBS/FFS) asosida trenajyorlar bo‘yicha uchish mashqlari boshlanishiga qadar bir yil va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa; 2) SVT va (FBS/FFS) va G‘arbda ishlab chiqarilgan HKga qayta o‘qitish kursi “Type rating transition training”ga muvofiq uchish-amaliy ta’lim tugatilgan vaqtdan G‘arbda ishlab chiqilgan HK UTTD bo‘yicha safga kiritilganiga qadar bir yil va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa. 77. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning malakasini oshirish, ularning kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida, lavozimga ilk bor tayinlanayotgan komandir-uchuvchilar va uchuvchi-instruktorlik tarkibi uchun esa uchish va uslubiy ishni tashkil etish ularning bilim va tajribalarini takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladi. 78. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning malakasini oshirish quyidagilar orqali erishiladi: a) sertifikatlashtirilgan O‘M (O‘MM)larida “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan dasturlar bo‘yicha MOKda o‘qishlar; b) boshqa turdagi HKga qayta o‘qitish (qayta tayyorlash); v) toifani oshirish. 79. Malaka oshirish kurslarini o‘tish shartlari, davriyligi va tartibi ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniyaning PAQga kiritiladi. MOKni o‘tagan mutaxassisga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. 80. Bir necha turdagi havo kemalarida parvozlarni bajaruvchi uchuvchi mutaxassislar yuqori toifali HK turi yoki ular biror toifasi bo‘yicha, agar HK bitta toifada bo‘lsa, MOKni o‘taydilar. 81. Uchuvchilar tarkibini mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash, chet tillarini va xalqaro parvoz qoidalarini o‘rgatish, ilk bor tayinlanadigan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibini metodik tayyorlash, shuningdek havo transportida xavfli yuklarni tashish hamda avariya-qutqaruv ishlari bo‘yicha tayyorlash kurslari sertifikatlangan O‘M (O‘MM)larda aviakompaniya (aviakorxona)lardagi uchuvchilar bo‘linmalarining buyurtmalari bo‘yicha o‘tkaziladi. 82. O‘M (O‘MM)ning tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvali aviakompaniya (aviakorxona)larga kalendar yili boshlanishidan bir oy oldin bo‘lgan muddatdan kechiktirilmagan holda tarqatiladi. 83. Ushbu Qoidalarning 81-bandida ko‘rsatilgan tayyorgarliklar bo‘yicha uchuvchi mutaxassislar va bortoperatorlarni o‘z vaqtida tayyorgarliklarini tashkillashtirish bo‘yicha javobgarlik quyidagilarga yuklanadi: a) aviakompaniya (aviakorxona)larda — rahbarning parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosariga; b) uchuvchilar bo‘linmalarida — uchuvchilar otryadi komandirining o‘rinbosariga. 84. Sertifikatlangan O‘M (O‘MM)larda o‘qitishning sifati, ShEHMda test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgarlik O‘M (O‘MM) yoki test sinovlari o‘tkazuvchi uchuvchilar bo‘linmasining rahbariga yuklanadi. 85. FA tashkilotlarining sertifikatlangan O‘M (O‘MM)lariga ega bo‘lmagan aviakompaniya (aviakorxona)lari shartnoma asosida boshqa aviakompaniya (aviakorxona)lardagi tegishli sertifikatga ega bo‘lgan O‘M (O‘MM)larida uchuvchi mutaxassislar va bortoperatorlarni mazkur Qoidalarning 81-bandida ko‘rsatilgan tayyorgarlikdan o‘tishlarini ta’minlashlari mumkin. 86. Mutaxassislik, chet tili, xalqaro parvoz qoidalari, xavfli yuklarni tashish qoidalari bo‘yicha MOKdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar, avariya-qutqaruv tayyorgarligi bo‘yicha guvohnoma nusxasi, parvoz guvohnomasini uzaytirish bo‘yicha taqdimnoma ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz hujjatlari yig‘majildida saqlanadi. Uslubiy tayyorgarlik kurslarini tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar, malaka darajasini oshirish (tasdiqlash) bo‘yicha taqdimnomalar uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz hujjatlari yig‘majildida uning parvoz faoliyati tugaguniga qadar saqlanadi. 87. Malaka darajasini berish, oshirish va tasdiqlash Aviatsiya qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (O‘zR AQ-61) (2004-yil 7-may, ro‘yxat raqami 1349)ga muvofiq amalga oshiriladi. 88. Kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: a) aviakompaniya (aviakorxona)lar, tashkilotlarning uchuvchilar bo‘linmalarida ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv rejasi bo‘yicha kasbiy va texnik o‘qitish; b) har qanday bilim tekshiruvlarida ShEHMda test nazorati; v) SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlar; g) aerodrom va reys parvozlarida HKdagi mashqlari va tekshiruvlari; d) uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun Aviatsiya qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (O‘zR AQ-61) (ro‘yxat raqami 1349, 2004-yil 7-may)da belgilangan tartiblarni bajarish. 89. ShEHMda o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari malaka toifasini berishda (oshirishda, tasdiqlashda), parvozlarga ruxsat berishda, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda, shuningdek O‘Mlarda (O‘MMlarda) o‘qitishda inobatga olinadi. 90. ShEHMda test sinovlarini o‘tkazish kompyuter texnikasi bilan jihozlangan va bunday tekshiruvlar uchun “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan sertifikatlangan uchuvchilar bo‘linmalarida, shuningdek zaruriyat bo‘lganda aviakompaniyalar uchuvchilar bo‘linmalarining so‘rovnomalari bo‘yicha O‘M (O‘MM)da amalga oshirilishi mumkin. 91. ShEHMda test sinovlarini o‘tkazish tartibi, uning natijalarini rasmiylashtirish va ulardan foydalanish aviakompaniya (aviakorxona), tashkilot, O‘M (O‘MM)ning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. 92. Instruktorlik va komandir-uchuvchilar lavozimlariga nomzodlar tanlash va tayyorlashni tashkil etish aviakompaniya (aviakorxona)larda o‘rnatilgan talablarga muvofiq olib boriladi. Komandir-uchuvchi, uchuvchi-instruktorlik lavozimlariga ilk bor tayinlanayotgan aviatsiya xodimlari “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha O‘M (O‘MM)da uslubiy tayyorgarlik kurslarini o‘tashi lozim. 93. Aviatsiya xodimlari instruktorlar ishiga (shu jumladan shtatdan tashqari) kiritilishidan oldin uslubiy tayyorgarlik kurslarida aniq turdagi HKga qo‘llaniladigan FA UTTDga muvofiq tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim. 94. Ekipaj a’zolari va bortoperatorlarni avariya ishlari va xavfli yuklarni tashish qoidalari bo‘yicha tayyorlash avariya sharoiti yoki g‘ayrioddiy holat yuzaga kelganda, parvozlar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z majburiyatlari va vazifalarini bajarishda kasbiy bilim va amaliy tajribalarini olish, lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida sertifikatlangan O‘M (O‘MM)larida o‘tkaziladi. 95. Havo kemalarining uchish ekipaji a’zolari va bortoperatorlarning avariya-qutqaruv tayyorgarligi bir yilda bir marta davriyligi bilan, suvda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan jarayonlar (bundan keyingi matnda — suv tadbirlari deb yuritiladi) bo‘yicha esa “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Ushbu tayyorgarlikdan o‘tgan uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarga belgilangan namunadagi, amal qilish muddati ko‘rsatilgan guvohnomaga ilova beriladi (ushbu tayyorgarlik tugagan sanadan bir yil, suv tadbirlari bo‘yicha esa ikki yil). Mazkur tayyorgarlikdan belgilangan muddatlarda o‘tmagan HK uchish ekipaji a’zolari va bortoperatorlar parvozlarni bajarishga qo‘yilmaydilar. 96. HK ekipaj a’zolari mahalliy parvozlarni bajarishda suv tadbirlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tmaydilar. 97. Xavfli yuklarni tashish qoidalari bo‘yicha uchish ekipaji a’zolari va bortoperatorlarning tayyorgarligi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha ikki yilda bir marta davriyligi bilan o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassisga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Olingan guvohnoma asosida, aviakorxona bo‘linma rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlangan, amal qilish muddati (tayyorgarlikning tugash sanasidan boshlab ikki yil) ko‘rsatilgan guvohnoma-ilova rasmiylashtiriladi. Mazkur tayyorgarlikdan belgilangan muddatlarda o‘tmagan HK uchish ekipaji a’zolari xavfli yuklarni tashishga qo‘yilmaydilar. 98. FA bo‘linmalarida uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni tayyorlash quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: a) ishlab chiqarish sharoitlarida (ixtisosligi bo‘yicha) mustaqil ishlash uchun tayyorlash; b) kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni parvozlarga (ishga) tayyorlash, odatda, instruktorlik ishiga ruxsat etilgan bitta shaxs tomonidan o‘tkazilishi lozim. 99. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni mustaqil ishga tayyorlash quyidagilarga bo‘linadi: a) o‘quv yurtini bitirganidan so‘ng tayyorlash yoki boshqa turdagi HKga qayta o‘qitish (safga kiritish); b) yangi turdagi aviatsiya ishlarini bajarishga tayyorlash; v) tegishli meteo sharoitlar va sutka vaqtlaridagi parvozlarga, shuningdek HKda yangi o‘rnatilgan uskunalardan foydalanish bo‘yicha tayyorlash. Yuqorida sanab o‘tilgan tayyorgarlik turlari ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlari (UTTD) bo‘yicha o‘tkaziladi. Dasturlarning o‘tilishi mashq bajarish topshirig‘ida hisobga olinadi. 100. HK komandirlari va ikkinchi uchuvchilarni safga kiritish aviakompaniyalarning UTTDlariga muvofiq amalga oshiriladi. 102. Shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortradistlar va bortoperatorlarni safga kiritish, shtatdagi (shtatdan tashqari) instruktor yoki ixtisosligi bo‘yicha komandir-uchuvchilar tarkibi a’zosi tomonidan UTTDga muvofiq amalga oshiriladi. 103. Ekipaj kabinasida ajratilgan ish joyiga ega bo‘lgan HKning bortmuhandislari (bortmexaniklari)ni safga kiritish, shtatdagi bortmuhandis-instruktor yoki ushbu ixtisoslikdagi komandir-uchuvchilar tarkibi a’zosi tomonidan amalga oshiriladi. 104. Barcha turdagi tayyorgarliklarda mustaqil ishlashga mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish uchun javobgarlik quyidagilarga yuklanadi: a) aviakompaniya (aviakorxona)larda — uchish ishini tashkil etish bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlariga; b) uchuvchilar bo‘linmalarida — uchuvchilar bo‘linmalari komandirlariga. 105. Kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) nazariy tayyorgarlik; b) aviatsiya texnikasida amaliy mashg‘ulotlar; v) trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik; g) parvoz tayyorgarligi. 106. Nazariy tayyorgarlik mustaqil tayyorgarlik yoki zarurat bo‘lganda sinf-guruh mashg‘ulotlari shaklida o‘tkaziladi. 107. Mustaqil tayyorgarlik mutaxassislar nazariy tayyorgarligining asosiy shakli hisoblanadi. HK ekipaji a’zolarining bilimi va kasbiy tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun aviakompaniya (aviakorxona)ning MMK (MK)da suhbatlar, ShEHMda bilimlarning test nazorati va “Davavianazorat” inspeksiyasining OMKda imtihon tekshiruvlari o‘tkaziladi. 108. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), aviatsiya texnikasidan parvozda foydalanish qo‘llanmasi qoidalarining buzilganligi, shuningdek uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar bilimlarining yetarli emasligi aniqlangan hollarda, ularga yozma javob berilishi lozim bo‘lgan aniq savollar shaklida individual topshiriqlar berilishi, ShEHMda bilimlarning test nazoratida tekshirish va topshiriqni bergan komandir-uchuvchilar tarkibi bilan suhbatdan o‘tishlari lozim. Individual topshiriqni o‘z vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz baho olgan uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar parvozlarni bajarishga qo‘yilmaydilar. 109. Sinf-guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘qituvchilar komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibidan tanlanadi va uchuvchilar bo‘linmasi komandirining buyrug‘i bilan butun o‘quv yiliga tasdiqlanadi. Zaruriyat bo‘lganda mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun O‘M (O‘MM), ATB, AMS(F), aviatsiya xavfsizlik xizmati, avariya-qutqaruv xizmatlarining o‘qituvchilari ushbu bo‘linmalar rahbarlari bilan kelishilgan holda jalb etilishi mumkin. 110. Aviatsiya-texnika mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarni katta bortmuhandislar (bortmexaniklar), bortmuhandis (bortmexanik), uchuvchilar bo‘linmalarining muhandislari (mexaniklari), ATB muhandislari o‘tkazadilar. 111. Mutaxassis-o‘qituvchilar mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin konspektlarni kelishish uchun katta mutaxassisga (mutaxassisligi bo‘yicha) va tasdiqlash uchun UO komandiriga taqdim etishlari lozim. Mashg‘ulotlar o‘tkazilganidan so‘ng konspektlar nusxalari uchuvchilar bo‘linmasining uchuvchilik-uslubiyat xonasi (sinfi)da qoldirilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan uchuvchilar tarkibi a’zolari va bortoperatorlarning mustaqil tayyorgarligida foydalanilishi lozim. 112. Uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning nazariy ta’limini tashkil etish, uslubiy ta’minoti va sifati uchun javobgarlik uchuvchilar bo‘linmasi komandirining UITE bo‘yicha o‘rinbosariga yuklatiladi. 113. Sinf-guruh mashg‘ulotlarining, shuningdek individual topshiriqlarni berish va bajarish hisobi kasbiy tayyorgarlik hisobi bo‘yicha jurnalda olib boriladi. 114. Sinf-guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar uchun mashg‘ulotlar mavzusi ularning mustaqil tayyorgarligiga (individual topshiriqlar beriladi) kiritiladi va ularning bilimlari keyinchalik katta mutaxassislar tomonidan tekshiriladi. 115. Aviatsiya texnikasida amaliy mashg‘ulotlar kasbiy ta’lim rejalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlardan o‘tish hisobi kasbiy ta’lim hisob jurnalida olib boriladi. Aviatsiya texnikasida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va ta’minlash uchun javobgarlik uchish xizmati (bo‘linmasi) rahbariga yuklatiladi. 116. Uchuvchilar tarkibining trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarligi ekipaj harakatlarining turli sharoitlar va parvozning alohida holatlarida amaliy tajribalarini olishi, lozim darajada ushlab turishi va takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladi: a) G‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (FFS)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, minimumning berilishi va berilgan minimumning tasdiqlanishi, UTTDga muvofiq minimumning CAT II-III gacha (IL-114-100 HK uchuvchilari uchun CAT I gacha) kamaytirilishi, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq minimum bo‘yicha qo‘nishga kirishish va qo‘nishlarni bajarish bo‘yicha mashqlar va turli ko‘rinishdagi parvozlarga tayyorgarlik uchun SMTda SIM CNECK tekshiruvlari o‘tkaziladi; b) Sharqda ishlab chiqarilgan HKlarida parvoz qiluvchi uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (SMT)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun tekshirish o‘tkaziladi. MK (OMK) raisining qarori bo‘yicha esa malaka berish, oshirish va tasdiqlashda hamda xodimlar aybi bilan yuz bergan aviahodisalardan keyin parvozga ruxsat berishda, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq qo‘nishga kirishish va qo‘nishlarni bajarish bo‘yicha minimum mashqlarni bajarish hamda turli ko‘rinishdagi parvozlarga va avariya holatlarga tayyorlash; 117. Uchuvchilar tarkibi uchun mazkur Qoidalarning III, IV va VI boblarida ko‘rsatilgan trenajyor tayyorgarligi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ruxsat etilgan SMTlarda o‘tkazilishi mumkin. 118. SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi aviakompaniyalarning FA uchuvchilar tarkibini HK trenajyorlarida mashq qildirish va tekshirishni tashkil qilish bo‘yicha hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan talablar asosida amalga oshiriladi. 119. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik quyidagi turdagi trenajyorlarda amalga oshiriladi: a) funksional tizimlarining maxsuslashtirilgan trenajyorlarida; b) ekipaj a’zolarining maxsuslashtirilgan trenajyorlarida; v) kabinada o‘tkaziladigan tadbirlar trenajyorlarida; g) samolyotning majmuaviy trenajyorlarida; d) parvozning to‘liq taqlidi bilan harakatlanuvchan platformadagi majmuaviy uchuvchilik trenajyorlarida (FFS); e) parvozning to‘liq taqlidi bilan harakatlanmaydigan platformadagi majmuaviy uchuvchilik trenajyorlarida (FFS); j) avariya tark etish trenajyorlarida; z) navigatsiya trenajyorlarida. 120. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tasdiqlagan FA O‘UTK va UTTD dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 121. Egallab turgan lavozimidan va uchish ishi tajribasidan qat’i nazar, uchuvchilar tarkibining barcha a’zolari guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun har yilgi tekshiruvdan o‘tishi va har chorakda uch soatdan kam bo‘lmagan hajmda majmuaviy trenajyorlarda SMT (FFS) muntazam mashqlarni bajarishi zarur. Mashq qilishdagi uzilishlar 3 oydan oshmasligi lozim (ayrim hollarda ekipaj bazaviy aerodromdan tashqarida bo‘lgan hollarda uzilish muddati bir oydan oshishi mumkin). Majmuaviy trenajyorda har chorakdagi mashq qilish hisobiga, agar u har chorak mashq qilish elementlariga ega bo‘lgan bo‘lsa, trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlikning har qanday turini hisobga olinishiga ruxsat etiladi. g‘arbda ishlab chiqarilgan va Il-114-100 HKlarining shturman-instruktorlari trenajyor tekshiruvidan o‘tkazilmaydi. 124. Aviakompaniya rahbariyatining qarori bo‘yicha HKning boshqa turlaridagi havo kemalarining uchuvchi va shturmanlari “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq kompyuter-navigatsiya trenajyori KNT “FLITEPRO”da mashqlarni o‘tishlariga yo‘l qo‘yiladi. 125. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik uchuvchilar bo‘linmalari komandirlari tomonidan har oyga rejalashtiriladi. 126. Trenajyorda rejali mashqlar va tekshiruvlardan tashqari, uchuvchilar bo‘linmalari komandirlari, aviakompaniya (aviakorxona)lar rahbarlari va “Davavianazorat” inspeksiyasining ko‘rsatmalari bo‘yicha rejadan tashqari tekshiruvlar tayinlanishi mumkin. 127. Ekipaj a’zolariga uchish kunida, shuningdek zaxirada bo‘lgan vaqtlarida trenajyorda mashq qilish yoki tekshirishni rejalashtirish taqiqlanadi. 128. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: a) parvoz oldi tayyorgarlik; b) trenajyorda mashq qilish; v) parvozdan keyingi muhokama. 129. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlikning har qanday turini trenajyorning instruktorlik shtatidagi tarkibi o‘tkazadi. Uchuvchilar tarkibining trenajyorda mashq qilishi va tekshirilishi ushbu turdagi HKda parvoz qilish va ushbu turdagi trenajyorda uchuvchilar tarkibini mashq qildirishga ruxsat etilgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi tomonidan bajarilishiga ruxsat etiladi. 130. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida tegishli turdagi HKning majmuaviy trenajyori mavjud bo‘lmaganda, shuningdek uning nosozligi sababli uzoq turib qolishi holatida, trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik shartnoma asosida boshqa davlatlarning aviakompaniya (aviakorxona)larida o‘tkazilishi mumkin yoki “Davavianazorat” inspeksiyasining ruxsati bilan va u tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha HK kabinasida trenaj bilan almashtirilishi mumkin. 131. Ikki turdagi HKda parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi shaxslari, tegishli turdagi trenajyorlarda har chorakdagi mashqlarni ketma-ket almashtirgan holda har bir turda 6 oy davomida bir martadan kam bo‘lmagan hisobda o‘taydilar. 132. Parvozlarga yagona ruxsatnomaga ega bo‘lgan Boing-767-300ER va Boing-757-200ER havo kemalarining uchuvchilari uchun trenajyorda mashq qilish bir turli hisoblanadi. 133. Bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi a’zolari trenajyorlarda quyidagi tartibda mashqlarni o‘taydilar: a) I va III choraklarda — HKning oliy turi bo‘yicha SMTda, II va IV choraklarda esa — HKning boshqa turlari bo‘yicha SMTda (agar parvozlar turli toifadagi havo kemalarida bajarilsa); b) chorakda bir martadan kam bo‘lmagan holda — har qanday SMTda va bir yilda bir martadan kam bo‘lmagan holda har bir SMTda (agar parvozlar bir toifadagi havo kemalarida bajarilsa). 134. Belgilangan muddatlarda trenajyorda mashqlarni o‘tamagan yoki qoniqarsiz baho olgan, shuningdek har chorakdagi mashq qilish dasturini to‘liq hajmda bajarmagan shaxslar SMT (FFS)da tegishli mashq qilishni o‘tamaguniga qadar parvozlarni bajarishga qo‘yilmaydilar. 135. Trenajyorlarda mashq qilish sifati uchun javobgarlik trenajyorning tarkibi yoki mashqni o‘tkazgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining a’zolariga yuklatiladi. 136. FA bo‘linmalarida parvoz tayyorgarligi parvozning turli sharoitlarida HKni boshqarish va uning tizimlarini ekspluatatsiya qilish tajribalarini lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida bajariladi. Parvozning turli sharoitlarida HKni boshqarish hamda uning tizimlarini ekspluatatsiya qilish tajribalarini lozim bo‘lgan darajada ushlab turish va takomillashtirish quyidagilar bilan ta’minlanadi: a) uchuvchilar tarkibining majmuaviy trenajyorlarda muntazam ravishda mashq qilishlari; b) HK komandiri tomonidan o‘tgan 3 oy davomida uchtadan kam bo‘lmagan avtomatik ravishdagi qo‘nishlar “AUTOLAND” (bunday tizim bilan jihozlangan samolyotlarda), yoki murakkab meteo sharoitlarda HKda uchtadan kam bo‘lmagan qo‘nishlar bilan qo‘nishga kirishish, yoki KTQT pardachasi, shuningdek QQB + 30 metrga teng bo‘lgan balandlikkacha tekshiruvchi (instruktor) bilan pardacha orqasida shaffof bo‘lmagan shtatli pardacha orqasida (yuk HKlarida va HK bortida yo‘lovchilar mavjud bo‘lmaganda) bajarish. Kuzgi-qishki (sentyabr — fevral) mavsum davrida qo‘nishga kirishishlarning yetishmayotgan soni, bahorgi-yozgi (mart — avgust) mavsum davrida esa MMShda uchta qo‘nishga kirishishning hammasini HK komandirining minimumi bo‘yicha SMT (FFS)da mashq qilishda bajarishga ruxsat etiladi. HKni boshqarishda mashq qilish va tajribalarni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqarish sharoitlarida, bortda yo‘lovchilar bilan HKning shaffof bo‘lmagan shtatli pardacha orqasida 200 metrdan past bo‘lmagan balandlikda qo‘nishga kirishishni bajarish ruxsat etiladi. Ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan uslubiyat bo‘yicha shaffof bo‘lmagan shtatli pardachadan foydalanish faqatgina HKda ekipaj ish joyining birini egallovchi tekshiruvchi (instruktor) bilan amalga oshiriladi; v) HK komandiri tomonidan o‘tgan 12 oy ichida HKga berilgan minimumga muvofiq meteo sharoitlarda HKda uchta qo‘nishga kirishishdan kam bo‘lmagan yoki KTQT pardachasi orqasida qo‘nishlar bilan bajarilishi; g) HK komandiri tomonidan o‘tgan 12 oy ichida aerodrom sharoitlarida uchtadan kam bo‘lmagan qo‘nishga kirishish va bitta qo‘nish hamda HKK minimumiga muvofiq real meteosharoitlarda, bulutlar balandligi ko‘rinish masofasi yoxud O‘ShKTdan foydalangan holda (4-toifali samolyotlarda va barcha toifadagi vertolyotlarda), yo‘nalish bo‘yicha HKda (umumiy davomiyligi bir soatdan kam bo‘lmagan) ikkitadan kam bo‘lmagan parvozni bajarish; d) o‘tgan 3 oy davomida ishlab chiqarish yoki aerodrom sharoitlarida quyidagilarni bajarish: HKK uchun — kamida 6 ta uchish va 6 ta qo‘nish; ikkinchi uchuvchilar uchun (HKK nazorati ostida uchish va qo‘nishni bajarishga ruxsat etilgan) — kamida 3 ta uchish va 3 ta qo‘nish. 137. MMShda qo‘nishga kirishishlar bo‘yicha va berilgan minimumni tasdiqlashga 136-bandda sanab o‘tilgan talablar g‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKning ikkinchi uchuvchilariga F/O qo‘llaniladi. 138. MMShda uchishlar, parvozlar, qo‘nishga kirishishlar va qo‘nishlarning hisob-kitobi mashq qilish topshirig‘i varaqasida olib boriladi. 139. Ishlab chiqarish yoki aerodrom sharoitlarida bajarilgan uchishlar va qo‘nishlarning hisob-kitobi uchuvchilar tarkibining ishi va dam olishi bo‘yicha har oygi reja-jadvallarida va mashq qilishning topshiriq varaqalarida olib boriladi. 140. Ko‘rinish bo‘yicha 500 metrdan past bo‘lgan uchish meteominimumiga ega bo‘lgan HK (g‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKdagi ikkinchi uchuvchi (F/O) uning tasdig‘i uchun o‘tgan 12 oy ichida KTQTdan foydalangan holda, ko‘rinish bo‘yicha 500 metrdan past bo‘lgan sharoitda kamida bitta uchishni bajarishi yoki uchish-qo‘nish yo‘lagida — 200 metr ko‘rinishiga taqlid qilingan SMT (FFS)da ruxsat etilgan minimumni tasdiqlashi uchun kamida ikkita uchishni bajarishi lozim. 141. Komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibiga o‘ng tomondagi uchuvchi o‘rindig‘idan parvozlarni bajarishda murakkab meteorologik sharoitlarda, shu jumladan minimum bo‘yicha bajarilgan qo‘nishlarga kirishishlari hisobga olinadi. 142. Bir nechta turdagi HKlarida parvoz qilishga ruxsat etilgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi shaxslariga quyidagilarni bajarish zarur: a) ushbu Qoidalarning 136-bandida belgilangan murakkab meteo sharoitlar yoki KTQTdan foydalangan holda, har bir turdagi HKda navbatma-navbat uchta qo‘nishga kirishishni har uch oyda bajarish; b) har bir turdagi HKda berilgan meteominimum bo‘yicha parvozlar huquqini tasdiqlash. 143. G‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun ushbu Qoidalarning 136-bandida ko‘rsatilgan trenajyorda (FFS) bajarilgan MMShda uchishlar, qo‘nishga kirishishlar va qo‘nishlar hisobga olinadi. 1
183
63,400
Qonunchilik
“Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida qurollar, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 20-avgustda qabul qilingan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida qurollar, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida qurollar, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
249
899
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT SOLIQ BOSh BOShQARMASI TARKIBIDAGI MAXSUS NAZORAT BOShQARMASI TO‘G‘RISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibidagi Maxsus nazorat boshqarmasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Vaqtinchalik nizom tasdiqlansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibidagi Maxsus nazorat boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda MNB) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasining davlat soliqlari va boshqa majburiyatlarning budjetga to‘liq tushishi bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Mazkur Nizom Boshqarma va uning joylardagi bo‘linmalarining vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini belgilaydi. Maxsus nazorat boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibida tashkil etiladi. Viloyatlarning va Toshkent shahrining davlat soliq boshqarmalari tarkibida maxsus nazorat bo‘limlari tashkil etiladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq bosh boshqarmalari huzurida tashkil etilgan maxsus nazorat bo‘linmalari yagona tizimni tashkil etadi. Ularning tarkibiga: surishtiruv bo‘linmasi; soliq idoralari xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi; operativ-texnik bo‘linma; tahlil qilish va oldini olish bo‘linmasi kiradi. Maxsus nazorat boshqarmasi tizimiga kiruvchi bo‘linmalarning boshliqlari yuqori organning rahbarlari bilan kelishilgan holda huzurida ana shu bo‘linmalar tashkil etiladigan soliq boshqarmalari rahbarlari tomonidan tayinlanadi. 3. Boshqarma o‘z vakolati doirasida maxsus nazorat bo‘linmalari faoliyatini yo‘naltiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasining boshlig‘i Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, tuzilmani va shtatlarni tasdiqlaydi. Boshqarma faoliyatiga rahbarlik qilishni Davlat soliq bosh boshqarmasining boshlig‘i tayinlaydigan MNB boshlig‘i amalga oshiradi. 4. Maxsus nazorat bo‘linmalari huquqiy faoliyatining asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zSSR Oliy Kengashining 1991-yil 14-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR davlat soliq idoralari to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining me’yoriy hujjatlarni, shuningdek, mazkur Nizom tashkil etadi. 5. MNB bo‘linmalari, odatda, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilaridan, shu jumladan, zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilardan, IIV, MXX, prokuratura, adliya organlari xodimlaridan, shuningdek, xalq xo‘jaligi mutaxassislaridan butlanadi. 6. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro xamkorlikda amalga oshiradi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-oktabrdagi 483-son qaroriga muvofiq MNB bo‘linmalari xodimlariga, shu jumladan, ishga IIB, MXS organlaridan va boshqa organlardan o‘tgan va ularda ilgari ishlagan xodimlarga egallab turgan lavozimlariga muvofiq maxsus shaxsiy unvonlar beriladi. Ularga mutaxassislik bo‘yicha huquqni muhofaza qilish va boshqa organlarda ishlaganliklari hisobga olingan holda ma’lum xizmat muddati uchun ish haqiga oylik qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. Soliq idoralari xodimlari tomonidan xizmat vazifalari bajarilishi munosabati bilan ularning hayoti yoki sog‘liklariga xavf soluvchi hujumlardan himoya qilish maqsadida MNB xodimlariga tabelda nazarda tutilganligiga muvofiq o‘q otar qurolni saqlash, olib yurish va qo‘llash huquqi beriladi. 8. Boshqarma va uning bo‘linmalarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: soliqlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash; soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish va unga barham berish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; soliq to‘lovchilar tomonidan daromadlar (foydalarning va budjetga boshqa to‘lovlarning qasddan yashirilishi yoki kamaytirilishi hollarini aniqlash; soliq xizmatlari faoliyatining xavfsizligini ta’minlash. 9. Soliq idoralari oldida turgan vazifalar samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida MNB xodimlariga O‘zSSR Oliy Kengashining 1991-yil 14-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zSSR davlat soliq idoralari to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan huquqlar beriladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralari Maxsus nazorat boshqarmasiga amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilikka muvofiq (O‘zSSR JPK 97-moddasi, 7-bandi) foyda (daromad)ni yoki soliq solinadigan boshqa obyektni qasddan yashirish belgilarini topish, foyda (daromad)ni qasddan yashirgan shaxslarni aniqlash, soliq qonunchiligi sohasidagi huquqbuzarlikning yo‘lini to‘sish maqsadida surishtiruv olib borish huquqi berilgan. Aybdorlarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani hal etish davlat soliq idoralari vakolati doirasidan tashqariga chiqqan taqdirda MNB xodimlari amaldagi qonunchilikni buzish hollari to‘g‘risidagi materiallarni tergov va sud organlariga topshirishlari kerak. Jinoyatlarni ochish, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish uchun surishtiruvchi surishtiruvni amalga oshirishda ilmiy-texnika vositalari va jinoyatni ochish usullari samarali qo‘llanilishini ta’minlashi kerak. Soliq idoralari surishtiruv xizmatlari xatti-harakatlarining qonuniyligi ustidan nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari amalga oshiradilar. 10. Soliq idoralari Maxsus nazorat boshqarmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq chiqarilgan soliq idoralari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy aktlar va hujjatlarga qat’iy rioya qilish; b) O‘zbekiston Respublikasining soliqlar to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirish; v) soliq solinishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat belgilarini va ularni sodir etgan shaxslarni topish va aniqlash, jinoiy ko‘rinishlarning yo‘lini to‘sish va ularning oldini olish maqsadida jinoyat-protsessual qonunchilikda nazarda tutilgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish; g) soliq inspeksiyalari va nazorat-taftish boshqarmalarining nazorat faoliyati holatini tahlil qilish. Tahlil qilish va o‘rganish orqali soliq qonunchiligi buzilishi uchun sharoitlar yaratiladigan yoki aniq jinoyatlar belgilari mavjud bo‘lgan joylar, mintaqalar, korxonalar va tashkilotlarni aniqlash. Bu ishni bajarish davomida soliq qonunchiligi buzilishiga olib keluvchi shart-sharoitlarning tugatilishi choralarini ko‘rish; d) soliq qonunchiligini ijro etish chog‘idagi suiiste’mollar mavjudligi to‘g‘risida axborot olingandan keyin soliq to‘lovchilar o‘rtasida zarur tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash; e) huquqni muhofaza qilish organlari (prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi MXX va IIV) bilan o‘zaro hamkorlik va axborot ayirboshlashni ishonchli ta’minlash hamda soliq qonunchiligi buzilishi (jinoyatlar) to‘g‘risida ularda mavjud bo‘lgan va paydo bo‘luvchi maxfiy ma’lumotlardan to‘liq foydalanish. Bu ma’lumotlarni soliq inspektorlari va NTB taftishchilari yordamida va ishtirokida ro‘yobga chiqarish choralarini ko‘rish; j) operativ harakatlarni qonunchilikka rioya qilingan holda amalga oshirish hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik; z) soliq solinishi bilan bog‘liq huquqni buzishlarning oldini olish maqsadida ogohlantiruvchi — oldini oluvchi ishlarni amalga oshirish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; i) ma’muriy amaliyot bo‘yicha ishlarning holatini tahlil qilish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan tergovdagi materiallarning bundan keyin hal etilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshirish; k) mansabdor shaxslar va fuqarolarning soliq idoralari xodimlarining xatti-harakatlari ustidan bergan shikoyat va arizalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish; l) soliq siyosatini, jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish bo‘yicha yangi qonunchilik aktlari qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasida soliq solinishini tartibga soluvchi eskirgan me’yoriy hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni keyinchalik respublika Hukumatiga kiritish uchun Bosh boshqarma rahbarlari uchun ishlab chiqish va tayyorlash; m) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarning xavfsizligini ta’minlash; n) davlat soliq xizmati idoralari xodimlariga nisbatan jinoiy intilishlarni aniqlash yo‘li bilan ularning xavfsizligini ta’minlash hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda jinoiy intilishlarning ta’sirini yo‘qotish choralarini ko‘rish; o) soliq xizmati xodimlari o‘rtasida xizmat mavqeini suiiste’mol qilish hollarini aniqlash, shuningdek, soliq idoralari xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda halok bo‘lgan yoki ularga tan jarohati yetkazilgan hollarda xizmat yuzasidan tergov o‘tkazish; p) daromadlar (foyda)ni qasddan yashirishni isbotlash ishida va soliq qonunchiligi boshqacha tarzda buzilgan hollarda zamonaviy operativ ilmiy-texnikaviy vositalar va usullar qo‘llanilishini ta’minlash; r) soliq qonunchiligi buzilishi ishlari bo‘yicha kriminalistik tadqiqotlar o‘tkazish. 11. Boshqarma va uning tizimiga kiruvchi bo‘linmalar xodimlariga O‘zSSR Oliy Kengashining 1991-yil 14-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan davlat soliq idoralari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq huquqiy va ijtimoiy himoya kafotlanadi. Maxsus nazorat bo‘linmalari xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida davlat hokimiyatining vakillari hisoblanadilar va uning himoyasi ostida bo‘ladilar. Davlat soliq idoralari Maxsus nazorat bo‘linmalari xodimlari uy-joy, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalaridagi o‘rinlar, kvartira telefonlari bilan birinchi navbatda ta’minlanadilar. Ular respublika budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy sug‘urta qilinishlari kerak. Davlat soliq idoralari MNB xodimlari xizmat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda halok bo‘lgan taqdirda halok bo‘lganning oilasiga respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ellik oylik ish haqi miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi, keyinchalik bu pul miqdori aybdor shaxslardan undirib olinadi. Nafaqa miqdori oxirgi ishlangan yildagi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. MNB xodimlariga kasb faoliyati bilan shug‘ullanishni istisno qiluvchi og‘ir tan jarohati yetkazilgan taqdirda ularga respublika budjeti mablag‘lari hisobidan yigirma besh oylik ish haqi miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi, keyinchalik bu pul miqdori aybdor shaxslardan undirib olinadi, shuningdek, har oyda ularning lavozim maoshlari bilan pensiyalari o‘rtasidagi farq miqdorida pul mablag‘i to‘lanadi. MNB xodimlariga unchalik og‘ir bo‘lmagan tan jarohati yetkazilganda ularga respublika budjeti mablag‘lari hisobidan besh oylik ish haqi miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi, keyinchalik bu pul miqdori aybdor shaxslardan undirib olinadi. MNB xodimlariga (yoki ularning yaqin qarindoshlariga) tegishli bo‘lgan mol-mulkka ularning xizmat faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq holda yetkazilgan zarar respublika budjeti mablag‘laridan to‘liq hajmda qoplanadi, keyinchalik bu pul miqdori aybdor shaxslardan undirib olinadi. Boshqarma va uning tizimi tarkibiga kiruvchi idoralar xodimlari ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida faqat o‘zlarining bevosita boshliqlariga bo‘ysunadilar. Hech kim Boshqarma va uning tizimi tarkibiga kiruvchi idoralar xodimlarini ularga mazkur Nizom bilan yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majbur qila olmaydi. MNB xodimlari o‘z vazifalarini bajarmaganliklari uchun yuridik javobgarlikka tortiladilar.
176
12,238
Qonunchilik
“DAVLAT BOJI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 2-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi 740-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413, 418-moddalar) 2-moddasining o‘n ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
102
859
Qonunchilik
SAVDO SOHASIDAGI JINOYATLAR VA BOShQA HUQUQBUZARLIKLAR TO‘G‘RISIDAGI IShLAR BO‘YIChA SUD AMALIYOTI HAQIDA
Mamlakatimizda madaniyatli bozor munosabatlarini rivojlantirishga suiiste’molliklar, monopoliyaga qarshi qonunlarni buzish, nohaq yig‘imlar olish va tovlamachilik faktlari, shuningdek savdo sohasida yo‘l qo‘yilayotgan boshqa qonunga xilof harakatlar jiddiy to‘siq bo‘lmoqda, bu esa iqtisodiyotga, fuqarolarning huquq va manfaatlariga katta zarar yetkazmoqda. Savdo qoidalarini, monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ayrim jinoyat va ma’muriy huquq normalarini izohlashda bir xilda yondoshish mavjud emas. Tergov amaliyotida, soliq organlari faoliyatida ko‘rsatilgan qonunlarni noto‘g‘ri tatbiq etish hollari ko‘plab uchramoqda. Sud amaliyotida tovlamachilarga (reketchilarga) va tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan boshqa shaxslarga, nohaq yig‘imlar olish, talon-toroj va boshqa suiiste’molliklar bilan shug‘ullanayotgan bozor ma’muriyati vakillariga nisbatan asossiz ravishda yengil jinoiy jazo choralarini tayinlash, jinoyatlarni noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilish hollariga yo‘l qo‘yilmoqda. Ko‘pincha savdo qoidalarining buzilishiga imkon bergan sabablar va sharoitlar aniqlanmaydi, bu turkumdagi ishlar bo‘yicha sud protsesslari keng ommalashtirilmaydi. Qonunchilikni mustahkamlash, qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda tatbiq etish, fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi: 1. Savdo sohasidagi huquqbuzarliklar jamiyat uchun katta ijtimoiy xavf tug‘dirishini nazarga olib, sudlar, tergov va soliq organlarining e’tibori bunday harakatlar uchun javobgarlik muqarrarligi prinsipiga qat’iy rioya etishlari zarurligiga qaratilsin. Tovlamachilarga, talon-toroj, fuqarolardan nohaq yig‘imlar olish, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish bilan shug‘ullanuvchi bozorlar, savdo komplekslari ma’muriyatining xodimlariga, savdo qoidalarini buzuvchi, o‘ta yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turuvchi, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorlardan siqib chiqaruvchi olib sotarlarga nisbatan qattiq jazolarni qo‘llash ta’minlansin. 2. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsning tovar bozorlarida raqobatni cheklashga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi Qonunini buzish deb baholanishi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday harakatlarga quyidagilar kiradi: monopoliyaga qarshi organga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish; monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish to‘g‘risidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik; tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash, ularni o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik; xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda hamda aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish bo‘yicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish; raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste’mol qilish, xuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish; normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida axborot taqdim etmaslik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish; yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilish. 3. Qanday bo‘lmasin mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga har qanday yo‘sinda to‘sqinlik qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqarish, o‘ta yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turish to‘g‘risida talab qo‘yish va tovar egasiga, bozor ma’muriyati yoki o‘zga shaxslarga nisbatan zo‘rlik ishlatish, ularni zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, mulkiga shikast yetkazish yoki mulkini nobud qilish bilan bog‘liq boshqa harakatlar tovlamachilik (reket) tariqasida Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim. Tovlamachilik mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida talab qo‘yishda yoxud tovlamachi foydasiga mulkiy xarakterdagi harakatlarni sodir etishda (tovarni past narxda yoxud tekinga berishda, tovarni zo‘rlik ishlatib olib qo‘yishda va sh.o‘.) ifodalanishi mumkin. Tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga, aybdorning zo‘rlik ishlatish to‘g‘risidagi tahdidini amalga oshirgan bo‘lishi shart bo‘lmay, bunday talab qo‘yilishining o‘zi yetarlidir. 4. Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirib, ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasining ikkinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni qo‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi uchinchi qismi bilan ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. O‘sha harakatlar, juda ko‘p miqdorda sodir etilcha, Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Yuridik shaxslar va fuqarolarga tovarlarni yoki boshqa ashyolarni olishda yoki sotishda, tomonlar o‘rtasida bitimlar tuzishda, shuningdek, boshqa vositachilik harakatlarini amalga oshirishda ko‘maklashuvchi shaxslarning ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan xolda sodir etadigan harakatlari ham Jinoyat kodeksining mazkur moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati (mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish) natijasida olingan nazorat qilinmaydigan daromad qilinmaydigan aniqlashda, mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq chiqimlar chegirib tashlangan holda hisobga olingan tushum summasidan kelib chiqish lozim. 5. Tushuntirilsinki, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yo‘qligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165, 1763-moddalari bilan ma’muriy javobgarlik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar bunday faoliyat bilan shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksi 190-moddasi beshinchi qismi yoki Jinoyat kodeksi 190-moddasi oltinchi qismining “a”, “b” bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Shaxs amaldagi qonunchilikka muvofiq shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganda, uning harakatlari Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim bo‘lib, Jinoyat kodeksi 190-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. 6. Jinoyat kodeksining 189-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164 va 168-moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish deganda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining buzilishi tushunilmog‘i lozim. Bunda sud aybdor tomonidan aynan qaysi savdo qoidasi buzilganligini ko‘rsatishi shart. 7. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda foyda (daromad)ni yoki soliq to‘lanadigan boshqa obyektlarni yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yig‘imlarni, boj yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan o‘zgacha bo‘yin tovlash tushunilmog‘i lozim. Xuddi shunday harakatlar ancha miqdorda sodir etilganda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 174-moddasining 2-qismi bo‘yicha javobgarlik yuzaga keladi. Xuddi shunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ancha miqdorda sodir etilganda Jinoyat kodeksi 184-moddasining 1-qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik yuzaga keladi. Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan. Bunda amaldagi qonunlarga muvofiq fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari mahsulotlarini sotishdan tushgan daromadlari soliqqa tortilmasligini e’tiborga olish lozim. Fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaligi mavjudligi mahalliy hokimiyat organining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi. 8. Haq olish evaziga tovarlarni yoki mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorga erkin kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi, o‘ta yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turuvchi bozorlar, savdo komplekslari ma’muriyatining mansabdor shaxslari hamda o‘z faoliyatini savdo sohasida amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar tashkilotning ustav fondida davlat ulushi bor-yo‘qligidan kelib chiqqan holda Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha poraxo‘rlik yoki 1929-moddasi bo‘yicha tijoratda pora evaziga og‘dirib olish uchun javobgarlikka tortiladilar. Qayd etilgan harakatlar haq olish bilan bog‘liq bo‘lmay, fuqarolarning huquqlari va manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazgan bo‘lsa, ularni ish holatlariga qarab Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoxud Jinoyat kodeksining 206-moddasi bilan hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish yoinki, tashkilotning ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan taqdirda, Jinoyat kodeksining 19211-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim tariqasida kvalifikatsiya qilish lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyektdan bir martalik yoki boshqa yig‘imlar uchun belgilangan miqdordan ortiq pul mablag‘lari olgan bozor, savdo komplekslari ma’muriyatining xizmatchilari qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy manfaatdor bo‘lganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 611-moddasi ikkinchi qismi yoki 1932-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi kerak. O‘sha harakatlar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, shaxs Jinoyat kodeksi 19210-moddasining ikkinchi qismi yoki 214-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim. 9. Tushuntirilsinki, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan metrologiya, sertifikatlashtirish, mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzish tegishli ravishda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 213, 214 va 177-moddalari bo‘yicha ma’muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi. 10. Savdo sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’muriy ishlarni ko‘rishda sudlar soliq organlari va ichki ishlar organlaridan aybdor xuddi shunday huquqbuzarlik uchun muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi haqida ma’lumotlar taqdim etishni talab qilishlari shart. 11. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 4-moddasiga muvofiq, har bir fuqaro soliq organlari yoki har qanday boshqa mansabdor shaxsning qarorlari yoki harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga haqli. Bunda fuqaro mulkiy yoki boshqacha ziyonni undirishni talab qilsa, sud bu talablarni umumda’vo tartibida ko‘rishi shart. 12. Sudlar savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni to‘g‘ri va tezkorlik bilan ko‘rilishini ta’minlashlari, eng dolzarb ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish choralarini ko‘rishlari shart. 13. Sudlarning e’tibori ushbu turkumdagi jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda tergov va soliq organlarining jinoyatni har taraflama va xolisona tergov qilish, unga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi materiallarni to‘liq bo‘lishligi to‘g‘risidagi protsessual qonun normalariga og‘ishmay amal qilishlari ustidan talabchanlikni kuchaytirish zarurligiga qaratilsin. Fuqarolarning asossiz ravishda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi, ularga tegishli mulkni qonunga xilof tarzda xatlash yoki olib qo‘yish hollariga jiddiy munosabat bildirilsin. Har bir qonun buzilishi, jinoyatda qatnashgan barcha shaxslarni javobgarlikka tortilmaganligi fakti bo‘yicha mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masala hal etilsin, savdo sohasidagi huquqbuzarliklarga imkon bergan sabab va sharoitlar sinchiklab o‘rganilsin, xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan ularni bartaraf etish choralari ko‘rilsin. 13-1. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni og‘ishmay bajarishlari lozim. Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Qonunining (bundan buyon matnda-Qonun) 5-moddasi quyidagi: jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya, kassatsiya instansiyalarida) bo‘lgan; sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi ushbu turkumdagi ishlar bo‘yicha qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda tatbiq etilishini ta’minlasinlar, doimiy ravishda sud amaliyotini umumlashtirib borsinlar, undagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rsinlar.
105
14,243
Qonunchilik
Kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larni sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 344-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 587-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 15-maydagi 56, M-23, 2007-14 va 287-V-son qarori (ro‘yxat raqami 1690, 2007-yil 14-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 24-son, 257-modda) bilan tasdiqlangan Kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larni sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(ro‘yxat raqami 1080, 2001-yil 10-noyabr, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil 21-son)” degan so‘zlar “(ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 3-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20212 “Nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olingungacha depozitlari” balans hisobvarag‘ida ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha, ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobiga olingan yo‘llanmalarni sotib olishdan tushgan mablag‘larni ham o‘z ichiga olgan ijtimoiy sug‘urta mablag‘larini, ular belgilangan tartibda taqsimlanguniga qadar — 30 foizi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga, 70 foizi hududiy birlashmalarga yo‘naltiriladi, hisobga olish tranzit hisobvaraqlari ochiladi;”; uchinchi xatboshidagi “80 foiz miqdordagi” degan so‘zlar “70 foiz miqdordagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “80 foizi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ixtiyoriga kelib tushgan 20” degan so‘zlar “70 foizi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ixtiyoriga kelib tushgan 30” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. 5-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “smetasi” degan so‘z “smetasi, qurilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 6-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “d) tasdiqlangan smetaga muvofiq ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan BO‘SMlarni ta’minlash uchun dotatsiyalar, BO‘SMlarni moliyalashtirish uchun ochilgan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha joriy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi;”. 6. 10-banddagi “yagona ijtimoiy to‘lovning hisoblanishi va to‘lanishi haqidagi, davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy ajratmalar va badallar haqidagi yig‘ma hisobotlar nusxalarini” degan so‘zlar “yagona ijtimoiy to‘lovning hisoblanishi va to‘lanishi haqidagi ma’lumotlarni elektron tarzda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
192
3,629
Qonunchilik
KORXONALARNING MOLIYAVIY TO‘LOV QOBILIYATINI SOG‘LOMLAShTIRISh HAMDA TIKLAShNING NAMUNAVIY REJASINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 9-son, 67-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor ahvoldagi korxonalar bilan ishlash qo‘mitasi tomonidan 1997-yil 31-martda tasdiqlangan Korxonalarning moliyaviy to‘lov qobiliyatini sog‘lomlashtirish hamda tiklashning namunaviy rejasi (ro‘yxat raqami 352, 1997-yil 3-iyul) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Kelishilgan:
144
1,295
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, prokuratura organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini yanada kuchaytirish bo‘yicha muayyan ishlar qilingan. Ko‘rsatib o‘tilganidek, davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish jamiyat va davlat qurilishining eng muhim ustuvor yo‘nalishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning, qonun ijodkorligi faoliyatining maqsadi va mazmuniga aylandi. Inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini, shuningdek davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyatini mustahkamlab qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli huquqiy baza yaratilgan. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning yaxlit tashkiliy-huquqiy mexanizmlari tizimi shakllantirilgan. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Ijtimoiy fikr” markazi va boshqalar tashkil etilgan hamda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Sud hokimiyatini mustahkamlash, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyachisi bo‘lib xizmat qiladigan mustaqil davlat institutiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilgan. Nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik qadriyatlarni, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Sud-huquq tizimining izchil demokratlashtirilishi, jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining liberallashtirilishi prokuratura organlari faoliyatining mazmuni va shaklini jiddiy o‘zgartirdi, uning huquqni muhofaza qilish vazifalarini kuchaytirdi. 2001-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosini nazorat qilishni prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 11-martdagi Farmoniga muvofiq Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi, uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, quyi prokurorlarning dastlabki tergov bosqichidagi bir qator nazorat vakolatlari chiqarib tashlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bir qator moddalarining tergovga tegishliligi o‘zgartirilganligi va boshqa choralar prokuratura organlariga asosiy e’tiborni o‘zlarining eng muhim vazifalarini amalga oshirishga — inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi qonunlar ijro etilishini nazorat qilishga qaratish imkonini berdi. Ayni vaqtda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani, tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ishlar bugungi kun talablariga hali to‘la mos emas. Joylarda mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonunlarning talablariga e’tiborsizlik bilan qarash, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan choralar ko‘rmaslik, fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy, mehnat va boshqa manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalarni hal qilishda suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yish holatlari mavjud. Bunday kamchiliklar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zdavyergeodezkadastr” O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari va boshqalar faoliyatida aniqlandi. Prokuratura organlari o‘zlarining huquqni himoya qilish vazifalarini amalga oshira borib, qonunlarning, shu jumladan “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hamda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi boshqa qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishini nazorat qilish yakunlari bo‘yicha 2012-yilda davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonun hujjatlari talablariga mos kelmaydigan hamda inson huquqlari va erkinliklariga daxldor bo‘lgan 1350 ta hujjatiga nisbatan protest keltirgan. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga e’tiborsizlik bilan qarash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rmasdan qoldirish, ular tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar yuzasidan choralar ko‘rmaslik holatlari bo‘yicha prokurorlarning qarorlari va taqdimnomalari asosida tegishli mansabdor shaxslar intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Prokuror nazorati tartibida o‘tkazilgan tadbirlar jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aholining mehnat qilish huquqini va bandlikni ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini ijro etish yetarli darajada tashkil etilmaganligi aniqlangan. Qonunni buzish hollarini tekshirish jarayonida aniqlangan holatlar bo‘yicha 2012-yilda 1460 nafardan ortiq mansabdor shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Inson huquqlari va erkinliklari bo‘yicha qonunlarning mohiyatini aholiga tushuntirish maqsadida 2012-yilda prokuratura organlari tomonidan 125 mingdan ortiq tadbir o‘tkazilgan, ommaviy axborot vositalari orqali 23 mingdan ortiq chiqish amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini yanada to‘laroq ta’minlash maqsadida bir qator qonun loyihalari, shu jumladan “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi va “Huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini tahlil qilish fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qo‘yilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta’minlash hamda kafolatlarini mustahkamlash ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ko‘rsatdi. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisobot har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida eshitib borilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga: sessiyalarda tegishli prokurorlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish; joriy yilga mo‘ljallangan ish rejalarida tegishli prokurorlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash to‘g‘risidagi axborotini tinglashni tashkil etish bo‘yicha choralarni nazarda tutish tavsiya etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov): fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin; fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishining oldini olish va unga chek qo‘yish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda keltirilgan zararni undirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirsin; inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida prokuror ta’siri choralarining samaradorligini ularning sifatini oshirish nuqtai nazaridan tahlil qilsin va tegishli choralar ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro hujjatlarning qo‘llanilishi va ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rsin; mehnat, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor bersin; ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yo‘naltirilayotgan mablag‘larning manzilliligini hamda bunda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rsin; inson huquqlari va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, shu jumladan nazorat qiluvchi organlarning huquqiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsin; tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar prokurorlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash to‘g‘risida axborot berishning muntazamliligini alohida nazoratga olsin; Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni faollashtirsin; inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydigan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida nazorat tartibidagi tekshirishlarning samaradorligini monitoring qilishni kuchaytirsin, uning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanishni faollashtirsin; cud-huquq sohasidagi O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydigan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov) ushbu qarorni ijro etishning borishi to‘g‘risida 2014-yilning 10-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin. 5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi (S. Artikova) zimmasiga yuklatilsin.
244
11,457
Qonunchilik
Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qayd etib o‘tilsinki, mamlakatimizning mustaqil rivojlanishi davrida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortiq davlat obyekti, shu jumladan, 6,5 mingta yirik va o‘rta korxona xususiy mulk qilib sotildi. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81 foizidan ko‘prog‘i, sanoat ishlab chiqarishining 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to‘g‘ri kelmoqda. Ammo shu bilan birga, tanqidiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bir qator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi. Xususan, respublika mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlarining borishi bilan tanishish natijalari xususiylashtirilgan korxonalarning mulkdorlari ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanmayotgani va korxonalarni uzoq muddatli rivojlantirish bilan shug‘ullanmayotgani, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni tiklamayotganligi va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etmayotganligini ko‘rsatmoqda. Mazkur holatlar Toshkent shahrida avval xususiylashtirilgan “Rele va avtomatika”, “Algoritm” zavodlari, Samarqand shahridagi “Qizil dvigatel” va Liftsozlik zavodlari, G‘ijduvon ip yigiruv fabrikasi, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi parranda fabrikasi, Termiz shahridagi “16-sonli g‘isht zavodi” va boshqa ko‘plab obyektlar misolida ko‘rinib turibdi. O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortiq past rentabelli va zarar ko‘rayotgan kam quvvatli xo‘jalik subyektlari, shu jumladan, mingdan ortiq ishlamayotgan hamda deyarli bo‘sh yotgan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish xonalari aniqlangan. Davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o‘rganish, ularning ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy-iqtisodiy ahvolini monitoring qilish, mavjud muammolarni tahlil etish va sabablarini aniqlash, ularni kredit va moddiy resurslar bilan ta’minlashda, muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklashda, ichki va tashqi savdo bozorlarini topishda amaliy ko‘mak berish bilan sust shug‘ullanmoqdalar. Yuzaga kelgan holat vakolatli organlarning xususiylashtirilgan korxonalarga yondashuvlari, ular bilan ishlash prinsiplari va usullarini tubdan o‘zgartirishni, faoliyat samaradorligini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishlab chiqarishni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatining asoslarini o‘rgatish, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalarini kengaytirishni talab etadi. Qabul qilingan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishdagi muhim vazifa sifatida xususiy mulkning ustuvor rolini kuchaytirish va xususiylashtirilgan obyektlar negizida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish belgilangan. Xususiylashtirilgan korxonalarning mavjud ulkan iqtisodiy va ishlab chiqarish salohiyatini hisobga olgan holda, ishlab chiqarishni kengaytirish, eksportni jadallashtirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hisobiga ular iqtisodiy o‘sishning lokomotivi bo‘lib qolishlari kerak. Xususiylashtirilgan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yaqin yillarda respublika mintaqalari va butun mamlakatni rivojlantirishda kuchli omil bo‘lishini ta’minlashi darkor. Bularning barchasi xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishni respublika Hukumatining va tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining g‘oyat muhim vazifalaridan biri etib qo‘ymoqda. Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini tubdan oshirishni, xususiylashtirilgan korxonalar negizida amalga oshirilayotgan loyihalarni tizimli va manzilli qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, shuningdek, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vakolatli organlar faoliyatini zarur darajada muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida: 2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha Komissiya ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etish; xususiylashtirilgan korxonalarning reyestrini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish, ular faoliyatining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish; xususiylashtirilgan korxonalarni tiklash va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, tijorat banklari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish; biznes-rejalar ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliya boshqaruvi masalalari va boshqa fanlar bo‘yicha xususiylashtirilgan korxonalar rahbarlari va ishlab chiqarish-texnik xodimlari uchun doimiy faoliyat yuritadigan o‘quv kurslarini tashkil etishga yo‘naltirilgan Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi va uning hududiy filiallarini barpo etish hamda ular faoliyatini samarali tashkillashtirishni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining kadrlar salohiyatini mustahkamlash, qo‘mita kadrlarini tizimli ravishda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish. 3. Komissiya (A.N. Aripov): bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rahbarlari, markaziy apparati bosh boshqarmalari, boshqarmalari va bo‘limlarining boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, bo‘ysunuvchi tuzilmalarning boshliqlari attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etsin; attestatsiya natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini qo‘mitaga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshira oladigan yuqori malakali, tashabbuskor va vijdonan ishlaydigan rahbar kadrlar bilan ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari rahbarlarining o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish, xususiylashtirilgan korxonalarni qayta tiklash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan aniq chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari muntazam tinglab turilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
98
7,683
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXITEKTURA VA ShAHAR QURILIShINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, arxitektura, loyihalash va qurilish faoliyati darajasi hamda sifatini oshirish, shaharlar va aholi punktlarining shahar qurilishini zamonaviy talablarga hamda milliy an’analarga mos keladigan tarzda kompleks rivojlantirishni ta’minlash, arxitektura-shahar qurilishi sohasidagi qimmatli merosni saqlash va avaylash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika arxitektura-shahar qurilishi kengashi tashkil qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasiga quyidagilar tavsiya etilsin: shaharlar markazlari va tumanlarning markazlarini, arxitektura komplekslarini rejalashtirish hamda barpo etish loyihalariga tanlovlar o‘tkazish borasidagi ishlarni faollashtirish, jamoatchilikni va ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda shu loyihalarning keng muhokama etilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” bilan birgalikda ikki oy muddatda arxitektorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid takliflarni tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasining raisi o‘z lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. 6. Bosh rejalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan respublika shaharlarining ro‘yxati tasdiqlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda 2000—2002-yillarda shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va o‘zgartishlar kiritish jadvalini tuzib, uni 2000-yilning 1-iyuniga qadar tasdiqlash uchun Respublika arxitektura-shahar qurilishi kengashiga kiritsin. Shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish chog‘ida quyidagilar ustuvor yo‘nalishlar deb belgilab qo‘yilsin: tutash qishloq hududlari bilan shaharlarning arxitektura-rejalashtirish tuzilmasi uyg‘un rivojlantirilishini, shahar hududlaridan tejamli foydalanishni, aholi istiqomat joylarining tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni ta’minlash; zamonaviy shahar markazlarini, yangi arxitektura komplekslarini shakllantirish, shaharlarning tarixiy-me’moriy merosini saqlab qolib, uni rivojlantirgan holda, qadimdan tarkib topgan hududlarini rekonstruksiyalash; transport yo‘llari sxemalarini, muhandislik-texnikaviy tizimlarini, o‘quv-ta’lim muassasalari tarmoqlarini, sport-sog‘lomlashtirish komplekslarini hamda ijtimoiy sohaning boshqa obyektlarini maqbul tarzga keltirib, yashash muhitining qulayligini oshirgan holda shaharlarning infratuzilmalarini kompleks yangilash. Shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalari bosh rejalarga qat’iy muvofiq ravishda barpo etilishini ta’minlash hamda aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini hamda loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi ishlarning moliyalanishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Toshkent shahar va viloyatlarning hokimlari zimmasiga yuklansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
114
3,313
Qonunchilik
Maktabda pullik хizmatlar: u qanday amalga oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim хizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (VMning 22.04.2019 yildagi 343-son qaroriga qarang). Qoʻshimcha ta’lim berishga qaratilgan pullik ta’lim хizmatlari maktablarning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha maktab direktori va oʻquvchining ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) oʻrtasida tasdiqlangan shaklda tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi. Direktor va pedagoglar oʻquvchilarni pullik хizmatlarga majburiy tartibda jalb etishga haqli emas. Har yili maktablarda pullik ta’lim хizmatlari koʻrsatish yillik rejasi tasdiqlanadi. Unda: Yillik reja Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti yoki maktablarning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. Ta’lim хizmatlari narхlari Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Toʻlov har oyning 5-sanasigacha (100 foiz oldindan toʻlov) amalga oshiriladi. Toʻlov bank boʻlinmalari orqali maktabning tegishli Gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan shaхsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Bevosita maktabda toʻlovni amalga oshirish taqiqlanadi. Kuzatuv kengashi bir yilda kamida 2 marta oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida koʻrsatilayotgan pullik хizmatlar sifatini aniqlash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazib boradi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.04.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
53
1,589
Qonunchilik
“MEHR VA MURUVVAT YILI” DASTURI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda 2004-yilning “Mehr va muruvvat yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan, jamiyatimizda ahillik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtdoshlarimiz, avvalo, yoshlarimiz ongi va tafakkurida yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, xususan, kam ta’minlangan toifa va oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Mehr va muruvvat yili” dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Dasturda belgilangan chora-tadbirlar: — davlat idoralari va jamoat tuzilmalarining mablag‘ va imkoniyatlarini, korxona va tashkilotlar, shirkat va fermer xo‘jaliklari, tadbirkor va ishbilarmonlarning homiylik yordamlarini kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, boquvchisidan judo bo‘lgan fuqarolar va yolg‘iz keksalarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun jalb etishga; — jamiyat hayotining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oila tizimini mustahkamlash, onalik va bolalikni, inson hayoti va manfaatlarini himoyalash, muhofaza qilish, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish, jumladan, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholiga tibbiy, savdo va kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha aniq rejalarni amalga oshirishga; — yurtdoshlarimizni mehribonlik va ezgulik ruhida tarbiyalash, zamon talablariga javob beradigan qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni hayotimizga yanada chuqurroq singdirish, bunday intilish va harakatlarni ommaviy axborot vositalari, joylardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgani ma’qullansin. 2. “Mehr va muruvvat yili” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar ushbu dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va talab darajasida bajarilishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va agentliklar, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari: yilning har choragida, tegishli idoralar va tuzilmalarni jalb etgan holda, “Mehr va muruvvat yili” dasturining bajarilishini muhokama qilib, zarur chora-tadbirlar ko‘rib borsin; yilning har choragi yakunlari bo‘yicha dastur topshiriqlarining bajarilishi natijalari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotni keyingi oyning 7-kunigacha respublika komissiyasiga taqdim etsin. 4. Matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga aholi o‘rtasida “Mehr va muruvvat yili” dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning mohiyati va ahamiyatini ochib berish, ularni amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
43
3,303
Qonunchilik
Kasalхonada davolanayotgan bolalar uchun maktab tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022 yildagi “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy oʻrta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 234-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan Markazda davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy oʻrta ta’lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun "Mehrli maktab" davlat ta’lim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi. Maktab yuridik shaхs maqomiga ega boʻlib, faoliyatini Xalq ta’limi vazirligi huzurida amalga oshiradi. Hujjat bilan shuningdek, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim berishni tashkil etish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. U quyidagi normalarni oʻz ichiga oladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.05.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
62
1,011
Qonunchilik
Topshirilgan paxta hosilidan fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga tegishli bo‘lgan paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjarani yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-fevraldagi 93-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, buyuraman: 1. Topshirilgan paxta hosilidan fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga tegishli bo‘lgan paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjarani yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bosh boshqarmasi (O. Ibragimov), Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish boshqarmasi (o‘. Isomiddinov), Iqtisodiy islohotlarni normativ-metodik bazasini takomillashtirish boshqarmasi (Sh. Qarshiyev) 3 kun muddat ichida mazkur buyruqni Adliya vazirligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilsinlar va rasmiylashtirilgandan so‘ng qo‘llanma uchun joylarga yetkazilishini ta’minlasinlar. 3. Mazkur buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi. 4. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2003-yil 6-iyundagi “Paxta xomashyosini sanoat yo‘li bilan qayta ishlash natijasida olinadigan paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjarani xo‘jaliklarga qaytarish tartibi haqida nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi 89-sonli buyrug‘i (2003-yil 11-iyun, ro‘yxat raqami 1249 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil iyun, 11-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Ushbu buyrug‘ning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari A.Jo‘rayev zimmasiga yuklatilsin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-fevraldagi 93-sonli qaroriga muvofiq paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari tarkibidagi ichki xo‘jalik bo‘linmalariga (kelgusida — pudratchi va boshqa bo‘linma) paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjara (kelgusida yog‘-moy mahsulotlari)ni yetkazib berish tartibini belgilaydi. 1. Paxta etishtiruvchi xo‘jaliklar tomonidan amalda sotilgan paxtani qayta ishlashdan hosil bo‘lgan o‘simlik moyining 50 foizi, kunjara va paxta sheluxasining 70 foizi ular ixtiyorida qoladi. 2. Yog‘-moy korxonalari tuman hokimligi bilan kelishgan holda har bir tumanda fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining soni, hududiy joylashuvidan kelib chiqqan holda yog‘-moy mahsulotlari yetkazib berish uchun bir yoki bir nechta shoxobchalar ochadi. 3. “Yog‘moytamakisanoat uyushmasi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining hududiy birlashmalari bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarini texnik chigit yetkazib berish bo‘yicha yog‘-moy korxonalariga biriktirish dislokatsiyasini tuzadi. 4. Paxtani qayta ishlash korxonalari fermer va shirkat xo‘jaliklari tomonidan kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha etishtirilgan paxta xomashyosi va undan olinadigan texnik chigit (urug‘lik paxtadan tashqari) miqdori ko‘rsatilgan reyestrni (ro‘yxatni) 10-noyabrga qadar viloyat “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasiga taqdim etadi. Viloyat “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi umumlashtirilgan reyestrni (ro‘yxatni) va texnik chigitni yuklab jo‘natish jadvalini 15-noyabrga qadar tegishli yog‘-moy korxonalariga taqdim etadi. 5. Shirkat xo‘jaliklari 5-noyabrga qadar xo‘jalikdagi pudratchi va boshqa bo‘linmalar bo‘yicha, sotilgan paxta xomashyosi (urug‘lik paxtadan tashqari) miqdori ko‘rsatilgan ro‘yxatni paxtani qayta ishlash korxonasiga taqdim etadi. Paxtani qayta ishlash korxonalari ushbu ro‘yxat bo‘yicha etishtirilgan paxta xomashyosidan olingan texnik chigit miqdori ko‘rsatilgan holdagi reyestrni 10-noyabrga qadar viloyat “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasiga taqdim etadi. Viloyat “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi umumlashtirilgan reyestrni (ro‘yxatni) va texnik chigitni yuklab jo‘natish jadvalini 15-noyabrga qadar tegishli yog‘-moy korxonalariga taqdim etadi. 6. Paxtasanoat aksiyadorlik birlashmasi tomonidan berilgan umumlashtirilgan reyestr (ro‘yxat) yakuniy bo‘lib, yog‘ moy mahsulotlarini xo‘jaliklarga yetkazib berish bo‘yicha yog‘-moy korxonalariga shartnomani tuzish uchun asos hisoblanadi. 7. Yog‘-moy korxonalari 1-dekabrgacha fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari bilan shartnomalar tuzadi. 8. Fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjara mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan shartnomani tuzish va mahsulot uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni rasmiylashtirish shoxobchalarda amalga oshiriladi. 9. Fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjara mahsulotlarini olishni rad etishga yoki bir turdagi mahsulot olishni rad etib, o‘ziga tegishli boshqa turdagi mahsulotni olishga haqlidir. Bunda tegishli fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining rahbarlarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan yozma rozilik xatlariga asosan, olinmagan mahsulot tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, tuman fermer xo‘jaliklari uyushmasi vakilligi va tuman hokimi bilan kelishilgan holda belgilangan narxlarda boshqa xaridorlarga (birinchi galda tuman aholisiga naqd pulga) sotiladi. 10. Paxtani qayta ishlash korxonalaridan texnik chigitni yog‘-moy korxonalariga jo‘natish hududiy “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi, paxtani qayta ishlash hamda yog‘-moy korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga hamda unga ilova qilingan yuklab jo‘natish jadvaliga asosan amalga oshiriladi. 11. Yog‘-moy korxonalari tuzilgan shartnomaga asosan olinadigan texnik chigit uchun oldindan pul o‘tkazish yo‘li bilan hisob-kitob qiladi. Paxtani qayta ishlash korxonalari ishlab chiqarilgan jami texnik chigitni yog‘-moy korxonalariga to‘liq hajmda jo‘natishlari shart. 12. Yog‘-moy korxonalariga yuborilayotgan texnik chigitning hamda uni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan va qaytarib berilayotgan paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjaraning sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlari va texnik shartlari talablariga mos bo‘lishi zarur. Qayta ishlash uchun yuborilayotgan texnik chigitga, shuningdek qaytarib berilayotgan paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjaraga ularning muvofiqlik sertifikati ilova qilinishi shart. 13. Etkazib berilishi lozim bo‘lgan paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjaraning shartnomada ko‘rsatiladigan hajmi, ushbu mahsulotlar chiqishining so‘nggi uch yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida belgilanishi mumkin. Yog‘-moy korxonalari korxonadagi uch yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlar to‘g‘risida viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi hamda fermer xo‘jaliklari uyushmasining viloyat vakilligiga ma’lumot taqdim qiladi. Oluvchi talabiga asosan shartnomada ko‘rsatilgan mahsulotlarning chiqish hajmlari, texnik chigitni qayta ishlangan davrdagi yog‘-moy korxonasining haqiqiy ko‘rsatkichlari asosida qayta aniqlanishi mumkin. 14. Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga tegishli bo‘lgan yog‘-moy mahsulotlari haqi belgilangan tartibda olinadigan mahsulot hajmiga oldindan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lov amalga oshirilgandan yoki tovarlarning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkredetiv qo‘yilgandan so‘ng shoxobchalar orqali beriladi. Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining topshirig‘iga binoan yoki ishonchnomalari bo‘yicha ularga yetkazib beriladigan paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjarani boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga sotilishi taqiqlanadi. 15. Shirkat xo‘jaligi tomonidan olinadigan yog‘-moy mahsulotlari oilaviy pudratchi va boshqa xo‘jalik bo‘linmalariga to‘liq ravishda yetkazib beriladi. 16. Yog‘-moy mahsulotlarini sotish bahosi, mahsulotni keltirish bilan bog‘liq transport xarajatlari qo‘shilgan holda hisoblanadi. Yog‘-moy mahsulotlarini sotish bahosiga boshqa xarajatlar va foydani qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. Fermer va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari ushbu Nizomda va tuzilgan shartnomalarda belgilangan miqdordagi haqni to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatini taqdim etgandan keyin 1 kunlik muddat ichida xo‘jaliklar berilgan ishonchnomaga asosan shoxobchalardan tegishli mahsulotlarni oladilar. Mahsulot olish uchun boshqa hujjatlar yoki turli roziliklar (imzolar) talab qilinishi qat’iyan man etiladi. Hisob raqamida mablag‘i bo‘lmagan shirkat xo‘jaliklarining pudratchi va boshqa ichki xo‘jalik bo‘linmalariga tegishli bo‘lgan yog‘-moy mahsulotlari shoxobchalarda naqd pulga o‘rnatilgan tartibda sotiladi. Shirkat xo‘jaliklari tomonidan xo‘jalikdagi pudratchi va boshqa bo‘linmalar bo‘yicha, sotilgan paxta xomashyosi (urug‘lik paxtadan tashqari) miqdori ko‘rsatilgan, yog‘-moy korxonasiga taqdim etilgan ro‘yxat yog‘-moy mahsulotlarini pudratchi va boshqa bo‘linmalariga sotish uchun asos hisoblanadi. Bunda ulardan mahsulot olish uchun boshqa hujjatlar yoki turli roziliklar (imzolar) talab qilinishi qat’iyan man etiladi. 18. Fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yog‘-moy mahsulotlarini Nizomning 2-bandi bilan ko‘zda tutilgan dislokatsiyaga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘riyog‘-moy korxonalaridan olishlari mumkin. 19. Fermer xo‘jaliklariga yog‘-moy mahsulotlarini yetkazib berilishi bo‘yicha tuman fermer xo‘jaliklari uyushmasi tomonidan, shirkat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga mahsulotlarning yetkazib berilishi bo‘yicha tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi tomonidan monitoring yuritiladi va ushbu haqda har 15 kunda tegishli yuqori tashkilotga ma’lumot taqdim etib boriladi. 20. Mazkur Nizom Iqtisodiyot vazirligi, “Yog‘moytamakisanoat”, “O‘zpaxtasanoat” hamda O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmalari bilan kelishilgan.
201
9,727
Qonunchilik
Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2764, 2016-yil 17-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-yil 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq malakaviy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.”. 2. 4-banddagi “oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” degan so‘zlar “ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari” degan so‘zlar “Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
94
1,834
Qonunchilik
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 25-avgustdagi 266-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008, 2009-yil 19-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 39-son, 426-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 21-bandda: a) birinchi xatboshidan “, muhr izlari bilan tasdiqlanadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; b) uchinchi xatboshidan “muhrlar qo‘yiladigan,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. 1 va 2-ilovalardan “M.O‘.” abbreviaturalar chiqarib tashlansin.
118
1,004
Qonunchilik
NAZORAT-KASSA MAShINALARIDAN FOYDALANIShDA JAVOBGARLIKNI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Nazorat-kassa mashinalarining texnik holati va ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun javobgarlikni oshirish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda ulardan noqonuniy foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki, nazorat-kassa mashinalarini mamlakatimizda ishlab chiqaruvchilar, ularni yetkazib beruvchilar va ulardan foydalanuvchilar, shuningdek ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash korxonalari foydalanilayotgan nazorat-kassa mashinalarining belgilangan texnik talablarga muvofiqligi, mashinaning daromad yashirilishiga ko‘maklashuvchi fiskal xotirasiga xizmat ko‘rsatuvchi dasturning noqonuniy o‘zgartirilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan tartibda javob beradilar. 3. Nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatishni va ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ularni ta’mirlash hamda plombalash bo‘yicha talablarga qat’iy rioya etilishi uchun javob beradilar, fiskal xotiraga xizmat ko‘rsatish dasturlarining noqonuniy o‘zgartirilishi hollari to‘g‘risida soliq organlariga darhol xabar qilishlari shart. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomni ushbu qarorga muvofiq ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 5. Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash va ulardan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
94
2,165
Qonunchilik
1999 YILDA ShOLI EKIN MAYDONLARI VA YaLPI HOSILI TO‘G‘RISIDA
Sholi yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish, respublika aholisining sholi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 1999-yilda sholi ekin maydonlari, uning yalpi hosili va davlat resurslariga sholi sotish hajmlari to‘g‘risidagi taklifiga ilovaga muvofiq rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zdavurug‘nazorat” markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1999-yil hosili uchun sholining yuqori hosilli navlari, shu jumladan, tezpishar, o‘ta tezpishar va o‘rta tezpishar navlari sholi ekiladigan zonalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda joylashtirilishini ta’minlasinlar. Elita-urug‘chilik xo‘jaliklari bilan birgalikda xo‘jaliklarni sertifikatsiyalangan genetik jihatdan sof navli urug‘lar bilan ta’minlash masalalarini hal etsinlar. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari sholizorlarni suv resurslari bilan kafolatli ta’minlangan maydonlarda joylashtirish ishlarini tashkil etsinlar, rayonlashtirilgan va yuqori hosilli navlar ekilsin. Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida asosiy va ayniqsa takror ekishda sholini ko‘chat usulida ekishni kengaytirish, buning uchun keltirilgan maxsus texnika va asbob-uskunalarni keng qo‘llash chora-tadbirlari ko‘rilsin. 4. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi (Otayev), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Bobojonov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda davlat resurslariga sholini shartnoma narxlari bo‘yicha xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzishni 1999-yil 1-martgacha yakunlasinlar. 5. 1999-yil hosili uchun sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklarga sholi davlat xaridi umumiy summasining 50 foizigacha miqdordagi avans O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga “G‘alla-bank” orqali “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov) sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklarga zarur miqdorda mineral o‘g‘itlar va gerbitsidlar yetkazib berilishini ta’minlasin. 7. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov), “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Yusupov) sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklarning buyurtmanomalari bo‘yicha sholi yetishtirish uchun yetishmayotgan texnikani ishlab chiqarishni tashkil etish masalasini ishlab chiqsinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
60
3,089
Qonunchilik
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
166
644
Qonunchilik
MOLDOVA RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGINI TAN OLISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: Moldova Respublikasining davlat mustaqilligi tan olinsin.
68
111
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (2017-yil 29-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga mo‘ljallangan aso
2017-yil 29-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-454-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-sonli Farmoni 1-bandining oltinchi xatboshidagi ikkinchi gap chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmonida: a) 2-bandidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin; 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-sonli Farmoni 10-bandining ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-sonli Farmonida: a) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri va uning tumanlarida tartib o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: a) daromad qismida: tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha belgilangan soliq tushumlari, jismoniy shaxslarning mulklaridan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soliqlari, tovarlarning ba’zi turlari bilan savdo qilish va xizmatlarning alohida turlarini ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar to‘liq hajmda tumanlar budjetlari daromadlari hisobiga o‘tkaziladi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi va bozorlardan tushayotgan daromadlar Toshkent shahrining shahar budjeti va tumanlar budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi; yuridik shaxslarning yer soliqlaridan tushadigan tushumlar, suv resurslaridan foydalanish solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i va benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz iste’moli uchun soliq to‘liq hajmda Toshkent shahri budjetiga yo‘naltiriladi; yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq tushumlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi hamda jismoniy shaxslarning daromad soliqlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahrining mahalliy budjeti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi normativlarga muvofiq taqsimlanadi; O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti o‘rtasida, shahar budjeti qismida, o‘tkazilgan soliqlardan belgilangan prognozlarni ortig‘i bilan bajarish summasi, Toshkent shahrining mahalliy budjeti ixtiyorida qoldiriladi; b) xarajatlar qismida: halq ta’limi muassasalari, poliklinikalar, yotish o‘rniga ega bo‘lmagan dispanserlar, aholining madaniyat va dam olishi markazlari, tumanlar hokimliklari va ularning bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy yordam va ijtimoiy moslashish markazlari va obodonlashtirishga bo‘lgan xarajatlar tumanlar budjetlaridan moliyalashtirilishi tartibi saqlanib qolinadi; shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ichki avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari, tumanlar budjetiga o‘tkaziladi; tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan umum ta’lim maktablarining oylik ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlari, Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli budjetlararo transfertlari hisobiga amalga oshiriladi; alohida toifadagi fuqarolarning bepul va imtiyozli yo‘lkirasi bilan bog‘liq yo‘lovchi tashuvchilarning daromadlarining kamaygan qismini qoplash, transport vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq shahar yo‘lovchi transporti tashkilotlarining xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi; tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan maxsus maktablar, maktab internatlari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning ta’minoti xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi; Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar, mazkur kichik bandda belgilangan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi”; b) ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarori 2-ilovasining 27-pozitsiyasidagi “Taqdim etilayotgan ma’lumotlar nomlanishi” grafasida “inventarizatsiya qiymati to‘g‘risida” so‘zlari “kadastr qiymati to‘g‘risida” so‘zlariga almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-sonli qarorining 4-bandidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qarori 19-bandining ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-sonli qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “3 yil muddatga” so‘zlari “2018-yil 1-aprelgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorida: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; ikkinchi xatboshidagi “6 dan” so‘zlari chiqarib tashlansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2980-sonli qarori 10-bandining ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-sonli qarorida: a) 1-bandidagi “Toshkent shahri va uning tumanlari hokimliklariga” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-bandidagi: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin; v) 5-bandidagi: birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlariga quyidagi vakolatlar berilsin: zarur hollarda mahalliy budjetlar parametrlariga tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning tegishli Xalq deputatlari kengashiga taklif kiritish”; uchinchi xatboshidagi “tumanlar budjetlarida” so‘zlari “tegishli budjetlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “Toshkent shahar va tumanlar budjetlarining” so‘zlari “tegishli budjetlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 6-bandidagi: birinchi xatboshidagi “Toshkent shahar bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidagi “Toshkent shahar” so‘zlari chiqarib tashlansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash ““Ilhom” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3184-sonli qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Bastakorlar uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-sonli qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatiga 2 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta navbatchi xizmat avtotransporti saqlash uchun limit ajratsin”. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatining Namangan shahri va Pop tumani aholisini sifatli ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3273-sonli qarori 12-bandining ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-sonli Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni ilovasining 10-bandi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoni 1-ilovasining 3-bandi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-sonli Farmoni 1-ilovasining 1-bandi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni ilovasining 2-bandi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori 31-ilovasining 13-bandi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori 36-ilovasining 21-bandi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3303-sonli qarori 1-ilovasining uchinchi xatboshi hamda unga 2-ilovasi.
250
12,973
Qonunchilik
Alkogol va tamakiga – yangi aksiz markalari
Ular joriy yilning 1 mayidan boshlab joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 apreldagi 227-son qarorida nazarda tutilgan. Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmogʻidagi alkogol va tamaki mahsulotlari 2021 yil 1 fevraldan boshlab markalanmagan deb hisoblanadi. Shu sanadan boshlab DSQ va DBQ yangi aksiya markalarisiz alkogol va sigaretlarni aniqlaydi, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishini oldini oladi va olib qoʻyadi. Quyida mahalliy va import qilinadigan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2020 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
43
655
Qonunchilik
Tugatilgan banklar haqidagi aхborot MB saytida e’lon qilinadi
Markaziy bank boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 18.04.2016 yilda 626-5-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Banklarni tugatish tartibi toʻgʻrisida nizomga qoʻshimcha kiritildi. Nizomga bank litsenziyasi chaqirib olinganligi toʻgʻrisidagi aхborotni OAV va Markaziy bankning rasmiy saytida e’lon qilish toʻgʻrisidagi talab kiritildi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
61
643
Qonunchilik
Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Elektr energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: a) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) (keyingi o‘rinlarda — Investor) o‘rtasida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirish bo‘yicha investor majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya bitimi) tuzilganligi; b) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor o‘rtasida Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda — Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim) tuzilganligi, unga muvofiq: Investor ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda yagona xaridor — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish majburiyatini olganligi; “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olganligi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirishi; “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Investor foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Investor o‘rtasida tuzilgan Investitsiya bitimi tasdiqlansin. Belgilansinki, Investitsiya bitimi mazkur qaror imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 3. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor o‘rtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Toshkent viloyati hokimligiga Investor va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar bo‘yicha majburiyatlar Investor tomonidan bajarilmagan taqdirda, Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin. 5. Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga: Investor tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Investor foydasiga O‘zbekiston Respublikasining reytingi yuqori darajada bo‘lgan tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolati taqdim etilsin; investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga hamda jalb qilinadigan chet el investitsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini, istisno tariqasida, chet el valyutasiga bog‘lagan holda belgilashga ruxsat berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘ztransgaz” AJ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Investorga tabiiy gaz va texnik suv yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar imzolanishini ta’minlasin. 7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investorga chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish hamda respublikada to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan chet ellarda ochilgan bank hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o‘tkazishga ruxsat berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Investorga Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarda investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda investitsiya loyihasini amalga oshirishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlari sifati ustidan belgilangan tartibda arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek tomonlarning Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim doirasidagi majburiyatlarni bajarishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Investorning buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek ularning oila a’zolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Investor buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Investor buyurtmanomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddatini uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
125
6,984
Qonunchilik
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga qiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytirish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandiga muvofiq soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi: 100 million so‘mgacha — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 2020-yilning 1-yanvariga qadar sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash va qurishga yo‘naltirilgan xarajatlari; 12 million so‘mgacha — har yili 2025-yilning 1-yanvariga qadar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan sanitariya-gigiyena tarmoqlarini (farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni to‘lash), turizm infratuzilmasi obyektlarini (tarixiy va me’moriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlanish punktlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha to‘xtash joylari, yo‘lbo‘yi infratuzilmasining servis xizmatlar ko‘rsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, do‘konlar va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarni) saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlari. 2. Soliq solinadigan bazaning kamaytirilishi foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha amalga oshiriladi. 3. Ushbu Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq solinadigan bazaning 100 million so‘mgacha kamayishi, bir martalik yoki qismlarga bo‘lingan holda, 2020-yil 1-yanvar muddatigacha amalga oshiriladi. 4. Ushbu Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan soliq solinadigan bazaning 12 million so‘mgacha kamayishi har yili 2025-yil 1-yanvargacha amalga oshiriladi. 5. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan imtiyozga ega bo‘lish uchun soliq to‘lovchi sanitariya-gigiyenik tarmoqlarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari yoki tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining xulosasini (bundan buyon matnda Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xulosasi deb yuritiladi) olishi lozim. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyenik tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash va qurish tegishli soliq bo‘yicha bir nechta hisobot davrlarida olib borilgan hollarda, soliq solinadigan bazasini kamaytirishni ishlar yakunlanganidan keyin Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xulosasini taqdim etish sharti bilan amalga oshirishga ruxsat etiladi. Bunda soliq to‘lovchi tomonidan 2020-yil 1-fevralgacha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xulosasi olinmagan taqdirda, soliq to‘lovchining ushbu obyektning tegishli qismiga nisbatan soliq solinadigan bazasini kamaytirishga bo‘lgan imtiyoz bekor qilinadi va u soliq solinadigan bazasining kamaytirilgan davrlari uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi lozim. 6. Ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq soliq solinadigan bazasi hujjatlar bilan tasdiqlangan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyenik tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash yoki qurish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytiriladi. 7. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan imtiyoz, soliq to‘lovchi tomonidan Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xulosasi olganidan keyin, taqdim etiladi. 8. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq soliq solinadigan bazasi sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan sanitariya-gigiyena tarmoqlarini (farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni to‘lash), turizm infratuzilmasi obyektlarini (tarixiy va me’moriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlanish punktlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha to‘xtash joylari, yo‘l bo‘yi infratuzilmasining xizmatlar ko‘rsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, do‘konlar va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarni) saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlarining hujjatlar bilan tasdiqlangan summasiga kamaytiriladi. Sanitariya-gigiyenik tarmoqlarni saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlarni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, ular sanitariya-gigiyenik tarmoqlarning farroshlar xizmat ko‘rsatadigan umumiy maydonga nisbati (yig‘ishtirish bo‘yicha xarajatlarni hisoblash vaqtida) yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan band etilgan umumiy maydonga nisbati (kommunal to‘lovlarni aniqlash vaqtida) bilan belgilanadi. 9. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 10. Soliq imtiyozlarini to‘g‘ri qo‘llanish ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 11. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
150
6,271
Qonunchilik
Andijon viloyatining Bo‘z tumanida sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hududdagi mavjud tabiiy va mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish asosida Andijon viloyatining Bo‘z tumani aholisi bandligini ta’minlash, aholi hayoti darajasi va sifatini yanada oshirish, fuqarolarni, ayniqsa ayollar va yoshlarni ishga joylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2018-2019-yillarda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida kafolatli ish o‘rinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Andijon viloyati hokimligi: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin hamda bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin; muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin. 3. Andijon viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihalarning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Bo‘z tumani sektorlari va mahallalari bo‘yicha 2018-2019-yillarda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini, band bo‘lmagan aholini kasbga qayta tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2-ilovaga muvofiq Andijon viloyatining Bo‘z tumani hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli vertikal drenaj quduqlarni Suv xo‘jaligi vazirligining “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hamda yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarini Meliorativ ekspeditsiyasi tasarrufiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul berish takliflari ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi qabul qilinayotgan vertikal drenaj quduqlar va yopiq gorizontal drenaj tarmoqlaridan samarali foydalanishni ta’minlasin va mazkur drenaj tizimlari hamda “Sariq-Juga” tumanlararo kollektorini rekonstruksiya qilish ishlarini 2019-yilgi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari doirasida amalga oshirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimligi Bo‘z tumanidagi muhandislik-kommunikatsiyalari mavjud foydalanilmasdan bo‘sh turgan bino va inshootlarni, shuningdek yer uchastkalarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin va keyinchalik zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga va salohiyatli investorlarga belgilangan tartibda berish hamda mulkdorlar tomonidan ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) yo‘lga qo‘yish orqali ulardan samarali foydalanishni ta’minlasinlar. 7. Andijon viloyati hokimligi, tegishli sektorlar rahbarlari Andijon viloyatining Bo‘z tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kompleks o‘rganish yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning so‘zsiz bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni ta’minlasinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
178
4,323
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TELEVIDENIYE VA RADIOEShITTIRISh DAVLAT KOMITETINI O‘ZBEKISTON DAVLAT TELERADIOEShITTIRISh KOMPANIYASIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” va “Ommaviy axborot vositalari haqida” O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Televideniye va radioeshittirish davlat komitetini qayta tashkil etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Televideniye va radioeshittirish davlat komiteti O‘zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga aylantirilsin. 2. O‘zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi Televideniye va radioeshittirish davlat komitetining huquqiy vorisi deb hisoblansin hamda yangi faoliyatining quyidagi asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilansin: — Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatini targ‘ib qilish, bunyodkorlik, respublikaning kelajagi manfaatlarini ko‘zlab, uning shitob bilan rivojlanishi va ravnaq topishi uchun jamiyatdagi barcha sog‘lom, ijodiy kuchlarni safarbar etish va birlashtirish; — haqiqat va adolat tantanasini quvvatlash, O‘zbekistondagi har bir fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatini, qonuniy huquqlari hamda erkinligini himoya qilish, millatlararo munosabatlarda osoyishtalik, hamjihatlikni ta’minlashga, do‘stlik va tinchlikni mustahkamlashga xizmat qilish, millatidan, irqiy mansubligidan, g‘oyaviy va diniy e’tiqodlaridan qat’i nazar, kishilarni bir-biriga nisbatan teng, hurmat bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash; — milliy-tarixiy an’analarni haqqoniy va xolisona yoritish, respublika aholisini va ayniqsa o‘sib kelayotgan avlodni ma’rifatparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat, ta’limga, madaniyat va huquqiy bilimdonlikka ishtiyoq ruhida tarbiyalash; — respublikaning iqtisodiy va madaniy turmushidagi voqealarni, muammolarni amaliy tarzda tahlil etish, kamchiliklarni tanqid qilish, ilg‘orlar tajribasini qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish, intizom va tartibni mustahkamlashga, ishlab chiqarishda ijodiy tashabbuskorlikni keng yoyishga, fan va texnika sohasida taraqqiyotni jadallashtirishga, xo‘jalik yuritishning yangi iqtisodiy usullarini joriy etishga ko‘maklashish; — xalqaro hayotni yoritish, davlatlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarni, shuningdek xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish ishida faollik ko‘rsatish. 3. Iqtisodiy manfaatdorlikni oshirish, ijodiy raqobatni qaror toptirish maqsadida O‘zbekiston Davlat televideniyesida tijorat asosida ishlaydigan ikkinchi umumrespublika kanali ochilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan bir oy muddat ichida tegishli qaror qabul qilsin.
153
2,608
Qonunchilik
Milliy gvardiya хodimining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qanday qoplanadi
Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi 470-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy хizmatchisining (хodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq qabul qilingan. Ma’lumot uchun! Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga хizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaхslardan undirib olinadi ("Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida"gi Qonunning 38-moddasi). Nizom quyidagilarni nazarda tutadi: Nizomga asosan harbiy хizmatchi (хodim) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar oʻrnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga ariza bilan murojaat qiladi. Milliy gvardiya organlari rahbari zararni oʻrnini qoplash toʻgʻrisida ariza tushgan kundan boshlab bir kun ichida masalani oʻrganib chiqish uchun komissiyaga taqdim etadi. Komissiya zararni oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masalani 10 kun ichida, qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda esa 20 kun ichida koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha qaror qabul qiladi. Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaхslarga - harbiy хizmatchi (хodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkaziladi. Komissiyaning qarori qabul qilingandan soʻng Milliy gvardiya organlari tomonidan 10 kun muddatda manfaatdor shaхslarga - harbiy хizmatchi (хodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.07.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
83
1,842
Qonunchilik
ITALIYANING MILAN ShAHRIDA O‘TKAZILGAN BOKS BO‘YIChA XV JAHON ChEMPIONATIDA MUVAFFAQIYATLI IShTIROK ETGAN O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI A’ZOLARINING BIR GURUHINI MUKOFOTLASh TO‘G‘RISIDA
Boks bo‘yicha jahon birinchiligida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib, mardlik va jasorat namunasini namoyon etgani, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish, yosh avlodni jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash, o‘zbek boks maktabi an’analarini yanada yuksaltirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin: Mamlakatimizda ommaviy sportni, xususan, boksni targ‘ib qilish yo‘lidagi jonkuyarligi, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazishdagi salmoqli hissasi va ko‘p yillik samarali faoliyati uchun quyidagilar mukofotlansin:
188
644
Qonunchilik
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash haqida” 2009-yil 3-apreldagi 98-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qarorlarining talablari bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joylarda Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi kuchlari va vositalarining o‘zaro hamkorlik qilishi masalalarini ishlab chiqish bo‘yicha har yilgi mavzuli taktik-maxsus mashqlarni o‘tkazsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar uch oy muddatda Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining hududiy hamda funksional yordamchi tizimlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining asosiy vazifalari, tarkibi va uni tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi o‘zida tabiiy, texnogen va boshqa xususiyatga ega bo‘lgan, joyning radioaktiv ifloslanishi bilan birga kechadigan (radiatsiyaviy avariyalar) favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning kuchlari va vositalarini birlashtiradigan tashkiliy-texnik tizimni ifodalaydi. 3. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 4. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. 5. Quyidagilar Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi: tabiiy, texnogen va boshqa tarzda kelib chiqadigan radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish va ularning oqibatlarini tugatishda radiatsiya xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat siyosatini (konsepsiyasini) ishlab chiqish va amalga oshirish; radiatsiyaviy avariyalarni, shuningdek ularga olib keladigan tashqi va ichki tahdidlarni prognozlashtirish, ularning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va tugatish chora-tadbirlarini rejalashtirish va ular amalga oshirilishini ta’minlash; Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kichik tizimlari faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish va ularning normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish; radiatsiyaviy xavfli obyektlar va uchastkalarda radiatsiyaviy vaziyatini muntazam kuzatish va nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish (radiatsiya monitoringi); radiatsiyaviy avariyalar tahdidi yoki yuzaga kelish xavfi bo‘lgan taqdirda xabardor qilish va harakat qilish uchun mo‘ljallangan Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalari doimiy tayyorgarligini tashkil etish va holatini nazorat qilish chora-tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish; joylarda radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish uchun mo‘ljallangan moddiy va moliyaviy resurslar zaxirasini tashkil etish; radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish va ularning oqibatlarini tugatish, radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va tugatish ishlariga jalb etiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy sug‘urta qilish; radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashgan hamda cheklangan yo‘l qo‘yiladigan miqdordan ortiqcha nurlangan shaxslarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari doirasida ularga imtiyozlar va tibbiy-psixologik reabilitatsiyani taqdim etish; radiatsiyaviy xavfsizlik va radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 6. Quyidagilar Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining maqsadlari hisoblanadi: aholi va hududlarni radiatsiyaviy himoya qilish tadbirlarini oldindan o‘tkazish, radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning oqibatlarini minimallashtirish va tugatish; real radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash va axborot almashish, shuningdek axborot-tahlil kichik tizimlarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ushbu axborotni Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruvi organlariga taqdim etish. 7. Radiatsiyaviy avariyalarini prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi respublika hududida radiatsiyaviy vaziyatning holati, radiatsiyaviy vaziyatning barqarorligiga xavf soluvchi manbalar va jarayonlarni barvaqt aniqlash va tahlil qilish ustidan doimiy nazorat (monitoring)ni ta’minlash va radiatsiyaviy vaziyatni baholash natijalari asosida barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlab qolish bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning kuchlari va vositalarini birlashtiradi. 8. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi hududiy, funksional va axborot-tahlil kichik tizimlaridan iborat: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy tizimlari o‘z hududlari doirasida radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, ulardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning kuchlari va vositalarini birlashtiradi. Funksional kichik tizimlar ushbu Nizomning 15—21-bandlarida ko‘rsatilgan radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va tugatish bo‘yicha muayyan funksiyalarni amalga oshirish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi respublika organlarining hamda ularning joylardagi bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini birlashtiradi. 9. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi respublika, mahalliy va obyektlar darajalariga bo‘linadi. Har bir daraja: rahbarlik qiluvchi organ; kundalik boshqarish organi; radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ulardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va tugatishning kuch va vositalari; moddiy-texnika zaxiralari va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi. 10. Rahbarlik qiluvchi organlar — bu aholi va hududlarni radiatsiyaviy xususiyatli tahdidlardan himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan organlar. Ular: respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari; obyektlar darajasida — radiatsiyaviy xavfli obyekt/ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud bo‘lgan obyekt rahbariyati (ma’muriyati) bilan ifodalanadi. 11. Kundalik boshqarish organlari — bu radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va tugatish bo‘yicha kuchlar va vositalarni bevosita boshqarish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari va ularning joylardagi bo‘linmalari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalar: respublika darajasida — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet” markazi), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi; mahalliy darajada — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zgidromet” markazining hududiy bo‘linmalari; obyektlar darajasida — radiatsiyaviy-xavfli obyektlar/ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘limlari (mutaxassislar). 12. Atrof muhitning holati ustidan radiatsiyaviy nazoratni hamda aholi va hududlarni radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarining salbiy ta’siridan himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish vazifasiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ulardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni tugatish kuchlari va vositalari hisoblanadi. Ixtisoslashtirilgan tuzilmalar (bo‘linmalar) tarkibiga ko‘ra idoraviy, hududiy va obyektlar tuzilmalariga bo‘linadi: vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirish hamda radiatsiyaviy razvedka va himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan tuzilmalari idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarga tegishli bo‘ladi. Idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning asosini Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “O‘zgidromet” markazining tuzilmalari tashkil etadi; hududiy ixtisoslashtirilgan tuzilmalar davlat boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalari, korxonalar va muassasalarning tuzilmalari, shuningdek ular negizida tashkil etiladigan yuqori tayyorgarlik fuqaro muhofazasi tuzilmalari hisoblanadigan maxsus himoyaning yig‘ma mobil otryadlari viloyat bo‘linmalari bilan ifodalanadi; obyektli ixtisoslashtirilgan tuzilmalar avariya-texnik komandalari (guruhlar), radiatsiyaviy razvedka, maxsus ishlov berish guruhlari va radiatsiyaviy-xavfli obyektlarda tashkil etiladigan boshqa tuzilmalar bilan ifodalanadi. Aholi va hududlarni radiatsiyaviy himoya qilish, radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning oqibatlarini minimallashtirish va tugatish tadbirlarini oldindan o‘tkazish maqsadida Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi darajalarining har birida ularning boshqaruv organlari xatti-harakatlari va kuch va vositalarining o‘zaro hamkorligi rejalari ishlab chiqiladi. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining har bir darajasida sa’y-harakatlar rejasi o‘z vaqtida ishlab chiqilishi uchun kundalik boshqaruv organlari javob beradi. 13. Radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish bo‘yicha tadbirlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qo‘shilmalari, qismlari va muassasalari jalb etilishi mumkin. Shuningdek avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv tuzilmalari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish tizimini tashkil etish va uning faoliyati ustidan umumiy rahbarlik qiladi; radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi; atrof muhitning radiatsiyaviy ifloslanishidan xabardor qilish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha maxsus organ – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik bo‘yicha komissiya orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar hamda ularning joylardagi bo‘linmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etadi; Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalarini moliyaviy va resurslar bilan ta’minlaydi. 15. Favqulodda vaziyatlar vazirligi: kundalik boshqaruv organlari faoliyatini, Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalarini muvofiqlashtiradi; respublika bo‘yicha radiatsiyaviy vaziyat ustidan monitoring natijalari bo‘yicha ma’lumotlar to‘playdi, ularni tahlil qiladi va almashadi; o‘zaro hamkorlik qiluvchi tuzilmalarni radiatsiyaviy avariya xavfi yoki u yuz berganligidan xabardor qiladi va ularga birinchi bo‘lib munosabat bildirish tashabbusi bilan chiqadi; radioatsiyaviy avariya (radiologik terrorizm) kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; aholi barcha qatlamlarini radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari) sharoitlarida harakat qilishga o‘qitishni tashkil etadi va amalga oshiradi; idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiatsiyaviy-xavfli zonani razvedka qilishga, ionlashtirvchi nurlanish manbaini identifikatsiya qilishga, shaxsiy tarkib (xodimlar) va joyga maxsus ishlov berishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi; zaxiraga qo‘yiladigan moddiy-texnika resurslarining miqdori va tarkibi bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi; barcha darajalarda radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish yuzasidan tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi; radiatsiyaviy avariyalarda birinchi bo‘lib harakat qilish kuch va vositalari tayyorlanishini nazorat qiladi; joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bog‘liq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va ularni tugatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; radiatsiyaviy avariyalarni barvaqt aniqlash va harakat qilish, shu jumladan radiologik terrorizm harakatlari sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga joriy etadi. 16. Sog‘liqni saqlash vazirligi: oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, suv (ochiq va yopiq manbalari)ning radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini nazorat qiladi; radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari)ning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish tadbirlarini amalga oshiradi; ionlashtiruvchi nurlanish, radiatsiyaviy-xavfli materiallar (ular ko‘milguniga qadar) manbalarini vaqtincha saqlash tartibini belgilaydi; radiatsiyaviy avariyalar kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oqibatlarini tugatish ishlariga jalb etiladigan xodimlar (shaxsiy tarkib) uchun radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini belgilaydi; radiatsiyaviy-xavfli obyektlar va hududlar yaqinida hamda bevosita o‘sha joylarda radiatsiyaviy fonni doimiy asosda o‘lchaydi; Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazini va hududiy boshqarmalarning axborot-tahlil xizmatlarini (tezkor navbatchilar guruhlarini) joriy va tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi; idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiaktiv ifloslanish zonalari chegaralarini, joyning radiometriyasini aniqlash hamda ionlashtiruvchi nurlanish manbaini birlamchi identifikatsiyalash bo‘yicha ishlarni bajarishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi; radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari)ning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish ishlarini bajarishga jalb etilgan xodimlar (shaxsiy tarkib)ning yakka tartibdagi va jamoaviy dozimetrik nazoratini, shuningdek ularning tibbiy himoya qilinishini tashkil etadi va amalga oshiradi; radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni olib borgan hamda cheklangan yo‘l qo‘yiladigan miqdorlardan ortiqcha nurlangan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda qatnashadi, shuningdek ularga imtiyozlar berilishini va ular tibbiy-psixologik reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydi; joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bog‘liq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi; vazirliklar va idoralarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari xodimlarini (birinchi bo‘lib harakat qilish guruhlarini) radiaktiv ifloslanish o‘chog‘ida harakat qilishga o‘qitadi; radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga joriy etadi. 17. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi: joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bog‘liq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi; o‘simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari, ozuqa, o‘tloqlar va yaylovlar tuprog‘i va o‘simliklari radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini nazorat qiladi; qishloq xo‘jaligi yerlari, ekinzorlari va mahsulotlari radionuklidlar bilan ifloslanishidan xabardor qilish hamda radiatsiyaviy fon belgilangan normalardan ortiqcha ekanligi aniqlangan taqdirda radionuklidlar bilan ifloslanish darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalar yuzaga kelishi xavfi bo‘lgan taqdirda ularni barvaqt aniqlash va ularga munosabat bildirish, dezaktivizatsiya qilish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha xatti-harakatlarga doimiy tayyorligini ta’minlaydi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ozuqa va qishloq xo‘jaligi ekinzorlari tuprog‘i va ekinzorlar radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi holatlaridan xabardor qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga joriy etadi. 18. Davlat bojxona qo‘mitasi: radioaktiv materiallar respublika hududiga/undan/u orqali olib kirilishi/olib chiqilishi/tranziti ustidan radiatsiyaviy nazoratni amalga oshiradi; Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruvi organlarini belgilangan normalardan ortiqcha radionuklidlar mavjud bo‘lgan materiallar respublika hududidan/ga olib chiqilishi/olib kirilishining ruxsat berilmagan urinishlari aniqlanishi holatlari to‘g‘risida xabardor qiladi, va belgilangan tartibda ularning olib kirilishi/olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek ularni jo‘natuvchiga qaytarish tartib-taomillari tashabbusi bilan chiqadi; ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishi ustidan bojxona nazorati, shuningdek radiatsiyaviy avariyalarni barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga joriy etadi. 19. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi: atrof muhitning radioaktiv ifloslanishini pasaytirishga va/yoki ular haqida xabardor qilishga yo‘naltirilgan ishlab chiqilgan tadbirlar sanoat obyektlari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi; antropogen manbalar atrof muhiti, shuningdek ularning ta’siri zonasiga kiradigan obyektlar atrofi va yaqini radionuklidlar bilan ifloslanishi holati ustidan kuzatish va nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi; atrof muhit (havo, suv va tuproq) radionulidlar bilan ifloslanishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularning Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markaziga va uning hududiy boshqarmalarining axborot-tahlil xizmatlariga (tezkor navbatchilar guruhlariga), shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazilishini ta’minlaydi; idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari) o‘choqlarida suv, havo va tuproq namunalarida radionuklidlar mavjudligi bo‘yicha ishlarni bajarishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi; radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga joriy etadi. 20. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi: radiatsiyaviy avariyalarni, shuningdek ularga olib kelgan ichki va tashqi tahdidlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirishda va ularning amalga oshirilishini ta’minlashda qatnashadi; Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish, kengaytirish va takomillashtirishni ta’minlaydi; Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalarini radiatsiyaviy avariyalar va radiologik terrorizm harakatlari yuzaga kelish xavfi bo‘lgan taqdirda tezkor harakat qilishga tayyorlashda qatnashadi; radiatsiyaviy xavfsizlik va radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. 21. “O‘zgidromet” markazi: monitoringning mavjud postlari bilan bog‘liqlikda aholi punktlari hududida atmosferaning yerga yaqin qatlamining radioaktiv ifloslanishini nazorat qiluvchi idoraviy tizimning faoliyatini tashkil etadi va ta’minlaydi; idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarni (radiatsiyaviy vaziyatni aniqlash va prognoz qilish bo‘yicha guruhlarni) tashkil etadi va ularning radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm) o‘choqlari va o‘choqlari yaqinida harakat qilishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi; joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bog‘liq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi; atmosferaning yerga yaqin qatlami radioaktiv ifloslanishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi; aholi punktlari hududidagi radiatsiyaviy vaziyatning holati to‘g‘risidagi joriy va tezkor ma’lumotlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markaziga va hududiy boshqarmalarning axborot-tahlil xizmatlariga (tezkor navbatchilar guruhlariga) yetkazadi; atmosfera havosi, tuproq va suv radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi holatlarini prognozlashtirish va barvaqt aniqlash sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga joriy etadi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi: radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining rahbar organlarini va kundalik boshqaruv organlarini ekspert qo‘llab-quvvatlaydi; radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish va ular paydo bo‘lishi xavfini barvaqt aniqlashning zamonaviy usullarini, shuningdek birinchi bo‘lib munosabat bildirish bo‘linmalari xodimlarini himoya qilish usullarini ishlab chiqadi va joriy etadi; radioaktiv materiallarning turlari, tartibi va quvvatini uzil-kesil identifikatsiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini zararsizlantirish (ko‘mib tashlash) ishlarini bajaradi; Davlat bojxona qo‘mitasining portal monitoring tizimi zarur tarzda ishlashini qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy va texnik ko‘maklashadi; Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazini va hududiy boshqarmalarning axborot-tahlil xizmatlarini (tezkor navbatchilar guruhlarini) joriy va tezkor axborot bilan ta’minlaydi; o‘zining ixtisoslashtirilgan tuzilmalarining radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari)dan xabardor qilishga va ularning oqibatlarini tugatishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi; radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini tugatish ishlarini bajarishda idoraviy xodimlar ustidan yakka tartibda va jamoaviy radiatsiyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi; joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bog‘liq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi; vazirliklar va idoralarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari (birinchi bo‘lib harakat qilish guruhlari) xodimlarini radiaktiv ifloslanish o‘chog‘ida harakat qilishga o‘qitadi; radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga joriy etadi. 23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: o‘zlari huzurida yangidan tashkil etiladigan hududiy idoralararo komissiyalar orqali mahalliy darajadagi Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimiga rahbarlik qiladi; tegishli ma’muriy-hududiy birlik doirasida barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlash bo‘yicha davlat siyosatini ta’minlashga doir tadbirlar amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi; barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar (tashkiliy, profilaktik, muhandis-texnik va boshqalar) samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; aholi va hududlarni radiatsiyaviy avariyalardan (radiologik terrorizm harakatlaridan) va ularning oqibatlaridan himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, korxonalar va muassasalar faoliyatini va ularning o‘zaro hamkorlik qilishini muvofiqlashtiradi; idoraviy mansub hududda tashkil etilgan va (yoki) joylashtirilgan hududiy, idoraviy va obyektlar ixtisoslashtirilgan tuzilmalari kuch va vositalarining tayyorgarligini va ularni doimiy tayyor holatda saqlashni nazorat qiladi; ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishi ustidan davlat hisobi va nazorati tizimi faoliyatini nazorat qiladi; Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruvining respublika va hududiy organlari o‘rtasida ma’lumotlar to‘planishi, tahlil qilinishi va almashinishini tashkil etadi; radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish uchun mo‘ljallangan moddiy va moliyaviy resurslar zaxirasini tashkil etadi. 24. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining axborot-tahlil kichik tizimi o‘zida tabiiy, texnogen va boshqa xususiyatga ega bo‘lgan, joyning radioaktiv ifloslanishi bilan birga kechadigan (radiatsiyaviy avariyalar) favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning navbatchi-dispetcherlik (dispetcherlik) xizmatlarini birlashtiradigan tashkiliy-texnik tuzilmani ifodalaydi. 25. Axborot-tahlil tizimining asosiy vazifasi — radiatsiyaviy xavfsizlikning belgilangan normalari ortiqcha bo‘lishi holatlari to‘g‘risida boshqaruv organlariga va Radiatsiyaviy avariyalarini prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalariga tezkor xabar berilishini ta’minlash hamda yuzaga kelishi tahdidini bartaraf etish, shuningdek radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish maqsadida harakat qilish mexanizmlari tashabbusi bilan chiqish. 26. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining axborot-tahlil kichik tizimi: respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazi, shuningdek vakolatli vazirliklar va idoralarning navbatchi-dispetcherlik xizmatlari; mahalliy darajada — favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalarning axborot-tahlil xizmati hamda vakolatli vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari navbatchi-dispetcherlik xizmatlari; obyektlar darajasida — radiatsiyaviy-xavfli obyektlar/ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud bo‘lgan obyektlarning navbatchi-dispetcherlik xizmati bilan ifodalanadi. 27. Axborot-tahlil tizimi faoliyatiga amaliy rahbarlik qiladigan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazi axborot-tahlil kichik tizimining muvofiqlashtiruvchisi va bosh organi hisoblanadi. 28. Axborot-tahlil kichik tizimi hamda umuman butun tizim faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti metodik rahbarlik qiladi. 29. Axborot-tahlil kichik tizimida ma’lumotlar ayirboshlash umumiy foydalaniladigan aloqaning global tarmog‘i (Internet) negizida tashkil etiladigan himoyalangan kompyuter tarmog‘i bo‘yicha amalga oshiriladi. 30. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi ham umuman respublika hududida, ham joylarda yuzaga keladigan radiatsiyaviy vaziyatga bog‘liq ravishda quyidagi uch rejimdan birida faoliyat ko‘rsatadi: 1) kundalik rejim qulay radiatsiyaviy vaziyatda, ya’ni aholining radioaktiv nurlanishi va hududlarning radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi xavfi yuzaga kelishi tahdidi mavjud bo‘lmaganda belgilanadi. Ushbu rejimda: Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarligini oshirish; axborot-tahlil kichik tizimini takomillashtirish; moddiy-texnika va moliyaviy resurslar zaxirasini to‘ldirish va yangilash; radiatsiyaviy xavfli obyektlar faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini oshirish va radiatsiyaviy jihatdan nobop hududlarda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish; Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining barcha elementlari faoliyatini har tomonlama (normativ-huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik, moliyaviy) ta’minlash tadbirlari bajariladi; 2) yuqori tayyorlik rejimi joy (hududlar) radionuklidlar bilan ifloslanishi bilan birga kechadigan va aholining belgilangan normalardan ortiqcha radioaktiv nurlanishiga olib keluvchi turlicha xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzaga kelishi xavfi bo‘lgan taqdirda belgilanadi. Ushbu rejimda radiatsiyaviy xavfli obyektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlardan (radiatsiyaviy avariyalardan) xabardor qilish va ularni tugatish bo‘yicha rejalar amalga kiritiladi. Ularga muvofiq: rahbarlik qiluvchi organlar va boshqaruv organlarining ular doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchilik qilishi tashkil etiladi; potensial xavfli obyektlar va uchastkalarda (hududlarda) radiatsiyaviy vaziyat ustidan monitoring olib borish kuchaytiriladi, ularda radiatsiyaviy fonni o‘lchash karraligi ko‘payadi; ixtisoslashtirilgan tuzilmalar (bo‘linmalar) hamda moddiy-texnika va moliyaviy resurslar zaxirasi harakatga tayyorlik va ulardan belgilangan vazifa bo‘yicha foydalanish holatiga keltiriladi; radiatsiyaviy avariyalarning ehtimoli bo‘lgan yoki yuzaga kelgan o‘choqlari tumanlariga radiatsiyaviy nazorat va kuzatishni kuchaytirish maqsadida radiatsiyaviy nazoratning mobil guruhlari yuboriladi; ehtimoli bo‘lgan radiatsiyaviy avariyalarning ko‘lamlari va oqibatlarini prognozlashtirish asosida aholi va hududlarni himoya qilish, shuningdek ularni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar usullari bo‘yicha zarur tuzatishlar kiritiladi; 3) favqulodda rejim joyning radionuklidlar bilan ifloslanishiga va aholining belgilangan normalardan ortiqcha radioaktiv nurlanishiga olib kelgan turlicha xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzaga kelganda belgilanadi. Ushbu rejim undan oldingi yuqori tayyorlik rejimini chetlab o‘tgan holda joriy etilishi mumkin. Favqulodda rejimda radiatsiyaviy avariyalar kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni tugatish bo‘yicha rejalar amalga kiritiladi. Ularga muvofiq: rahbarlik qiluvchi organlar va boshqaruv organlarining ular doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchilik qilishi tashkil etiladi; vaziyatni baholash va qaror qabul qilish uchun radioaktiv ifloslanish o‘choqlariga birinchi bo‘lib harakat qilish guruhlari yuboriladi; moddiy-texnika resurslari zaxirasi joriy ta’minlashga va belgilangan vazifasiga ko‘ra foydalanishga o‘tkazilgan holda to‘liq tayyor holatga keltiriladi; radiatsiyaviy nazorat va kuzatishni kuchaytirish maqsadida radiatsiyaviy avariyalar o‘choqlari yuzaga kelgan tumanlarga va ular bilan chegaradosh hududlarga radiatsiyaviy nazoratning mobil guruhlari yuboriladi; yuzaga kelgan radiatsiyaviy avariyaning ko‘lamlari va oqibatlaridan kelib chiqib aholi va hududlarni himoya qilish, shuningdek ularni har tomonlama ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tashkil etiladi va amalga oshiriladi; radioaktiv ifloslanish o‘choqlari kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida rahbar organlarni va boshqaruv organlarni doimiy xabardor qilish tashkil etiladi. 31. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi radiatsiyaviy avariyalar tahdidi va yuzaga kelishida sa’y-harakatlarni rejalashtirish yuzasidan tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi. 32. Moddiy-texnika va moliyaviy resurslar zaxirasi radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni tugatish bo‘yicha chora-tadbirlarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan hamda zarur yetarlilik tamoyili bo‘yicha va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda mahalliy va obyektlar darajalarida tashkil etiladi. 33. Zaxiraga qo‘yiladigan hududiy moddiy-texnika resurslari miqdori va tarkibini favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining tavsiyalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilaydi (radiatsiyaviy-xavfli obyektlarda – obyekt tasarrufida bo‘lgan tashkilot ma’muriyati). 34. Moliyaviy va moddiy-texnika resurslari zaxiralarini hisobga olish, saqlash, jamlash va yangilash, shuningdek ularni hisobdan chiqarishni ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi. 35. Radiatsiyaviy avariyalar tahdidlari va oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini moliyalashtirish radiatsiyaviy ifloslanish zonalaridagi obyektlar mablag‘lari, tegishli vazirliklar va idoralarning, sug‘urta jamg‘armalari va boshqa manbalarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 36. Radiatsiyaviy avariya tahdidini yoki uning oqibatlarini tugatish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda, ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan ajratilishi mumkin. Ushbu Tartib ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbalari topilganda o‘tkaziladigan tadbirlarning navbatliligini va ularni bajaruvchilarni, shuningdek aholi va hududlarning radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash sohasidagi harakat qilish bo‘linmalariga yuklanadigan asosiy vazifalarni hamda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik qilishini belgilaydi. Ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbai (INSM) — faol harakatlar bilan topilgan yoki aniqlangan va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (INM) milliy reyestriga kiritilmagan radioaktiv modda yoki yadroviy material. Harakat qilish bo‘linmalari — joyning radiatsiyaviy ifloslantirish o‘chog‘i yuzaga kelishidan xabardor qilish va (yoki) aniqlash (radiatsiyaviy razvedka), ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik (belgilash va cheklash) hamda tugatish (INMni zararsizlantirish, dezaktivlashtirish) bo‘yicha ishlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallab maxsus tayyorlangan va jihozlangan tuzilmalar. Radioaktiv moddalar (RM) va radioaktiv chiqindilar (RACh) aylanishi subyektlarida ularning, shuningdek topilgan yoki RM va RACh yo‘qolishi aniqlangan hollarda ular bir soat mobaynida bu to‘g‘rida yuqori tashkilotni (mavjud bo‘lsa), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini, Davlat xavfsizlik xizmatini va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini xabardor qiladi. Topilgan va hisobga olinmagan RM va RACh hisobga qo‘yiladi (Vazirlar Mahkamasining “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori). RM va RACh aylanishi subyektlarining javobgarligi doirasidan tashqarida INSM topilgan yoki aniqlangan taqdirda o‘zaro xabardor qilish ushbu Tartibga ilovaga muvofiq INSM topilganda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining o‘zaro hamkorlik qilish sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. INSM topilgan taqdirda o‘tkaziladigan ishlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida hodisa ro‘y bergan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va (yoki) Sog‘liqni saqlash vazirligi harakat qilish bo‘linmalari kuchlari bilan radiatsiyaviy razvedka amalga oshiriladi. Radiatsiyaviy razvedka yakunlari bo‘yicha joyning radiatsiyaviy ifloslanish zonasi (o‘chog‘i) aniqlanadi va belgilanadi. Hududiy (idoraviy) Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘limi (RXB) mutaxassislari tomonidan radiatsiyaviy rejim belgilangandan keyingina harakat qilish bo‘linmalari radiatsiyaviy zaharlanish o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va tugatish ishlariga qo‘yiladi. INSM topilgan (aniqlangan) joyda o‘tkaziladigan barcha tadbirlar ishlar rahbari (qaror qabul qiluvchi shaxs)ning nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining yetib kelgan mutaxassislari (ekspertlari) taqdim etgan takliflar asosida qabul qilgan qaroriga muvofiq amalga oshirilishi kerak. INSM topilgan joyda ishlarni o‘tkazish yuzasidan qaror hududiy (idoraviy) DSEMMning radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘limi eksperti (mutaxassisi) taklifisiz qabul qilinishi mumkin emas. Harakat qilish bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘ida ishlash uchun nafas olish organlari va terini himoyalash, shuningdek yakka tartibda va guruhli radiometrik nazorat vositalari (dozimetrlar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Yadroviyaviy avariyalar va (yoki) yadroviy qo‘poruvchilik hodisalari ro‘y berganda harakat qilish bo‘linmalarining shaxsiy tarkibiga radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘idagi ishlardan oldin spetsifik yodli profilaktika qo‘llanadi. Radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘idan chiqish chog‘ida barcha xodimlar va shaxsiy tarkib yakuniy maxsus va sanitariya ishlovidan o‘tishi kerak. INSM topilganligi (aniqlanganligi) to‘g‘risida axborot olingach nazorat qiluvchi organlar va tegishli mudofaa tuzilmalari o‘zlariga yuklangan funksiyalarga muvofiq tadbirlarni bajarishga kirishadilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan maxsus organ (komissiya) orqali INSMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlarga jalb etiladigan nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining, boshqa vazirliklar va idoralarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish; zarurat bo‘lganda radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tugatish bo‘yicha tadbirlarga Mudofaa vazirligi qo‘shilmalari, qismlari va muassasalarini jalb etish to‘g‘risidagi qarorni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlashga kiritish. Favqulodda vaziyatlar vazirligi: INSM topilganligi holati to‘g‘risida vazirliklar va idoralarni, shuningdek mudofaa tuzilmalarini xabardor qilish; hodisa (topilgan) joyiga tezkorlik bilan yetib kelish; radiatsiyaviy razvedkani tashkil etish va o‘tkazish; radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘i (RIO‘) kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va tugatish ishlarini o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilish uchun takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish; INSMni zararsizlantirish va ko‘mib tashlash ishlarini amalga oshirishni tashkil etish va ularda qatnashish; radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘i (RIO‘)dagi ishlarga jalb etiladigan shaxsiy tarkibni yakka tartibda dozimetrik nazorat qilish; RIO‘dagi dezaktivatsiya ishlarining hamda maxsus ishlov berish punkti (MIBP)da shaxsiy tarkibni va texnikani maxsus ko‘rikdan o‘tkazishning sifatini nazorat qilish; yuqori va o‘zaro harakat qiluvchi boshqaruv organlarini INSMni zararsizlantirish va ko‘mib tashlash ishlarining natijalari to‘g‘risida xabardor qilish. Sog‘liqni saqlash vazirligi: hodisa (topilgan) joyiga yetib kelish; radiatsiyaviy razvedkani va materialni identifikatsiyalashni tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish; vaziyatni (xavflilikni) baholash va radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini aniqlash; RIO‘ning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va tugatish ishlarini o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilish uchun takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish; INSMni zararsizlantirish va ko‘mib tashlash ishlarini tashkil qilish va o‘tkazishda qatnashish; RIO‘dagi ishlarga jalb etiladigan xodimlarni va shaxsiy tarkibni yakka tartibda dozimetrik nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish; RIO‘dagi dezaktivatsiya ishlarining hamda maxsus ishlov berish punkti (MIBP)da shaxsiy tarkibni va texnikani maxsus ko‘rikdan o‘tkazishning sifatini nazorat qilish; topilgan (aniqlangan) INSMni identifikatsiya qilish natijalarini hujjatlashtirish, shuningdek ular bo‘yicha yuqori va o‘zaro harakat qiluvchi boshqaruv organlarini xabardor qilish. Ichki ishlar vazirligi: begona shaxslarni va avtotransport vositalarini kiritmaslik maqsadida xavfli zona hududini o‘rab olish va qo‘riqlashni tashkil etish; topilgan (aniqlangan) INSMning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha tergov-tezkor tadbirlarini o‘tkazish; odamlarni va begona avtotransportni xavfli zona hududidan evakuatsiya qilishda qatnashish; topilgan (aniqlangan) INSMni olib chiqib ketish yo‘nalishi bo‘yicha kuzatib borishni tashkil etish; boshqaruv organlarini, o‘zaro harakat qiluvchi va nazorat qiluvchi vazirliklar va idoralarni o‘tkazilgan maxsus ishlarning natijalari to‘g‘risida xabardor qilish. Davlat bojxona qo‘mitasi: o‘zaro harakat qiluvchi va nazorat qiluvchi vazirliklar va idoralarni respublika hududi orqali (unga va undan) tranzit bo‘yicha olib kirish (olib chiqib ketish) yuzasidan radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirish chog‘ida INSM topilishi (aniqlanishi) holatlari to‘g‘risida xabardor qilish; topilgan (aniqlangan) INSMni dastlabki radiometriyalash va identifikatsiyalashni o‘tkazish; xodimlarni va aholini INSMning zararli ta’siridan himoya qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish; topilgan (aniqlangan) INSMlarni olib kirishga yoki tranzit bo‘yicha (jo‘natuvchiga) qaytarishga, shuningdek ularning sanksiyasiz olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tartibotlar yuzasidan belgilangan tartibda tashabbus ko‘rsatish; topilgan (aniqlangan) INSMni identifikatsiyalash va olib chiqib ketish ishlari tugagungacha INSMning daxlsizligini ta’minlash; topilgan (aniqlangan) INSMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish tadbirlarini har tomonlama ta’minlash. Davlat xavfsizlik xizmati: qo‘poruvchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tezkor-qidiruv ishlari natijasida aniqlangan INSM topilgandagi harakatlarga umumiy rahbarlik qilish, o‘zaro harakat qiluvchi boshqaruv organlarini hamda nazorat qiluvchi vazirliklar va idoralarni INSM aniqlanganligi hollari to‘g‘risida xabardor qilish; nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining, jalb etiladigan boshqa vazirliklar va idoralarning o‘zaro harakat qiluvchi bo‘linmalari ishlari natijalari to‘g‘risida axborot almashish tartibi va doiralarini kelishish; aniqlangan INSMning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha tergov-tezkor tadbirlarini o‘tkazish; topilgan (aniqlangan) INSMni olib chiqib ketish yo‘nalishi bo‘yicha kuzatib borishni tashkil etish (zarurat bo‘lganda); RIO‘dagi ishlarga jalb etiladigan shaxsiy tarkibni yakka tartibda dozimetrik nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, keyinchalik xodimlar tomonidan olingan ionlashtiruvchi nurlanish dozalarini yakka tartibda hisobga olish. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mib tashlash punkti RRChKP uchun topilgan (aniqlangan) INSMni ko‘mib tashlash bo‘yicha tadbirlar kompleksini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli xulosa berish va ruxsatnoma tayyorlash; topilgan (aniqlangan) INSMni identifikatsiyalashda qatnashish; topilgan (aniqlangan) INSMning hisobga olinishini/hisobdan chiqarilishini ta’minlash; yuqori, muvofiqlashtiruvchi va o‘zaro harakat qiluvchi organlarni INSMni zararsizlantirish va ko‘mib tashlash ishlarining natijalari to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilish. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti (O‘zbekiston Respublikasi FA YaFI): ekspertlarning yetib kelishini va ularning topilgan radioaktiv materialni joyida (imkoniyatga ko‘ra) identifikatsiyalashda qatnashishini ta’minlash; issiq kameradagi ishlar; zarurat bo‘lganda topilgan (aniqlangan) INSMning vaqtincha saqlanishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mib tashlash punkti: maxsus avtotransportning INSM topilgan (aniqlangan) joyga yetib kelishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining maxsus ruxsatnomasi olingandan keyin aniqlangan INSMni yuklash va doimiy RRChKP yoki vaqtinchalik (O‘zbekiston Respublikasi FA YaFI) saqlash joyiga yetkazib berish; topilgan (aniqlangan) INSMni ko‘mib tashlash (uzoq vaqt saqlash).
141
48,278
Qonunchilik
Fuqaro M. Xasanovaning shikoyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 197 va 206-moddalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 11 va 27-moddalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash to‘g‘
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (keyingi o‘rinlarda — Konstitutsiyaviy sud) rais M. Abdusalomov, sudyalar A. G‘afurov, F. Kayumov, S. Koshayeva, B. Mirboboyev, G. Pirjanov va Q. Uljayevdan iborat tarkibda, katta ekspert K. Xamidovaning kotibligida, taraf — fuqaro M. Xasanova va uning huquqlarini himoya qiluvchi “Grata” advokatlik firmasi advokati F. Akramov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi o‘rinbosari Sh. Cho‘lliyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari o‘rinbosari B. Radjabov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati bosh maslahatchisi A. Yuldashev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni yetakchi inspektori T. Tursunboyev, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bo‘limi boshlig‘i O. Norboyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bosh konsultanti Sh. Axatova, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi katta prokurori A. Qodirovning ishtirokida, fuqaro M. Xasanovaning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi o‘rinlarda — Fuqarolik kodeksi) 197 va 206-moddalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi (keyingi o‘rinlarda — Uy-joy kodeksi) 11 va 27-moddalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (keyingi o‘rinlarda — Konstitutsiya) 53 va 54-moddalariga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyati bo‘yicha yuritilgan ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi. Ma’ruzachi sudya S. Koshayevaning ma’ruzasini, taraf M. Xasanova, advokat F. Akramov va ko‘rsatib o‘tilgan davlat idoralari vakillarining fikrlarini eshitib, ish materiallarini o‘rganib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi: Fuqaro M. Xasanova o‘zining 2022-yil 19-apreldagi Konstitutsiyaviy sudga yuborgan shikoyatida, shuningdek Konstitutsiyaviy sud majlisida Fuqarolik kodeksi 197 va 206-moddalari 1 hamda Uy-joy kodeksi 11 va 27-moddalari uning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan, Konstitutsiyaga muvofiq emas hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan deb hisoblab, ularning Konstitutsiyaning 53 va 54-moddalariga muvofiqligini aniqlashni so‘ragan. Toshkent shahar hokimining 2019-yil 12-fevraldagi 225-son qarori bilan “B-B-STROY” MChJga Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasida joylashgan 0,925 ga yer uchastkasini dastlabki zaxiraga olish va ko‘p qavatli uy-joy (binolar)ni qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun ruxsat berilgan. Mazkur qarorning ilovasida boshqa uylar qatorida Oltintepa ko‘chasidagi 249-uy ham buzilishi belgilangan. “B-B-STROY” MChJ va fuqaro M. Xasanova da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Toshkent shahar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2020-yil 30-sentabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogar “B-B-STROY” MChJning javobgar M. Xasanovaga nisbatan uni va u bilan birga yashab kelayotgan barcha shaxslarni Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasi, 249-uy, 5-kvartiradan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-1 massivi, 8-uy, 2-kvartiraga ko‘chirish haqidagi da’vo talablarini hamda M. Xasanovaning javobgar “B-B-STROY” MChJga nisbatan qurilish ishlarini to‘xtatish haqidagi da’vo talablarini qanoatlantirish Fuqarolik kodeksi 206-moddasi va Uy-joy kodeksi 27-moddasi qo‘llanilib rad etilgan. Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2021-yil 19-noyabrdagi ajrimiga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2020-yil 30-sentabrdagi hal qiluv qarorining da’vogar “B-B-STROY” MChJning da’vo talablarini rad etishga oid qismi Fuqarolik kodeksi 206-moddasi va Uy-joy kodeksi 27-moddasi qo‘llanilib, bekor qilingan hamda yangi hal qiluv qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda fuqarolar M. Xasanova, B. Fayzullayev va O. Fayzullayevni buzilishi lozim bo‘lgan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasi, 249-uy, 5-kvartiradan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-1 massivi, 8-uy, 2-kvartiraga ko‘chirish, shuningdek, fuqaro M. Xasanovaning umumiy foydali maydoni 63,62 kv.m. ikki xonadan iborat bo‘lgan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-1 massivi, 8-uy, 2-kvartiraga mulk huquqini belgilash hamda uning Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasi, 249-uy, 5-kvartiraga bo‘lgan mulk huquqini bekor qilish belgilangan. Fuqaro M. Xasanova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2022-yil 25-yanvardagi ajrimiga ko‘ra Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining mazkur ajrimi Fuqarolik kodeksi 206-moddasi va Uy-joy kodeksi 27-moddasi asosida o‘zgarishsiz qoldirilgan. Fuqaro M. Xasanova sud tomonidan qo‘llanilgan Fuqarolik kodeksining 206-moddasi va Uy-joy kodeksining 27-moddasi normalari hamda sud tomonidan qo‘llanilmagan, ammo qo‘llanilgan normalar qoidalarini takrorlaydigan Fuqarolik kodeksining 197-moddasi va Uy-joy kodeksining 11-moddasi normalarini Konstitutsiyaning 53 va 54-moddalariga muvofiq emas, deb hisoblamoqda. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 82-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq “Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaga muvofiqligi xususida shubha tug‘dirgan aniq normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib, tekshirilgan hujjatga asoslangan yoxud uning qoidalarini takrorlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar xususida ham, garchi Konstitutsiyaviy sud ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan murojaatda ular to‘g‘risida so‘z yuritilmagan bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida qaror chiqarishga haqli”. Konstitutsiyaning 53-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”. Konstitutsiyaning 54-moddasiga muvofiq “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”. Murojaat muallifi uning mulkidan mahrum etilishi (mulk huquqining bekor qilinishi) va mulkining olib qo‘yilishi masalalarini tartibga soladigan qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlashni so‘rab, Konstitutsiyaviy sudga murojaat etganligi va Konstitutsiya 53-moddasining ikkinchi qismi mulkdorning o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkinligini nazarda tutganligi sababli Konstitutsiyaviy sud tomonidan mazkur masalalarni tartibga soladigan qonun normalari tahlil qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan O‘RQ-683-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun 55-moddasining 12-bandiga muvofiq Fuqarolik kodeksi boshqa moddalari bilan bir qatorda 83-moddasining to‘rtinchi qismidagi, 166-moddasining uchinchi qismidagi, 198-moddasining birinchi qismidagi, 199-moddasining birinchi qismidagi va 206-moddasining birinchi qismidagi tegishli kelishikdagi “qonunlar” degan so‘z tegishli kelishikdagi “qonun hujjatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilgan. Fuqarolik kodeksi 83-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritish va ular bekor bo‘lishining xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi; 166-moddasining uchinchi qismiga muvofiq mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardagina yo‘l quyiladi; 198-moddasining birinchi qismiga muvofiq mol-mulkni yo‘q qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan hollarda yo‘l qo‘yiladi; 199-moddasining birinchi qismiga muvofiq mol-mulkni mulkdordan olib qo‘yishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo‘l qo‘yiladi; 206-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonun hujjatlarida belgilangan hollar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi..., deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan O‘RQ-683-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun 55-moddasining 2-bandiga muvofiq Fuqarolik kodeksi 197-moddasidagi tegishli kelishikdagi “qonun hujjatlari” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “qonunchilik” degan so‘z bilan almashtirilgan. Fuqarolik kodeksining 197-moddasi quyidagicha ifodalangan. “Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qo‘yish (sotib olish) yo‘li bilan, shuningdek mulk huquqini bekor qiluvchi qonunchilikka asosan bekor bo‘ladi”. Murojaat muallifi Konstitutsiyaviy suddan Uy-joy kodeksi 11 va 27-moddalarining ham Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlashni so‘ragan. Mazkur moddalardagi ko‘rilayotgan ishga daxldor bo‘lgan normalar quyidagicha ifodalangan. Uy-joy kodeksining 11-moddasi beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq xususiy mulk bo‘lgan uylar, kvartiralar olib qo‘yilishi, mulkdor esa uyga, kvartiraga mulk huquqidan mahrum etilishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Turar joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning qaroriga asosan majburiy tarzda olib qo‘yilishi mumkin. Mazkur Kodeksning 27-moddasiga muvofiq yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda esa, ushbu farq mulkdor tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi. Buzilayotgan uylar o‘rniga turar joyni mulk qilib berish va uylar, boshqa imoratlar, inshootlar hamda dov-daraxtlar qiymatini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan qonun normalari tahlili asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin. Konstitutsiyaning 53-moddasiga asosan “Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan O‘RQ-683-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan Fuqarolik kodeksining ko‘rsatilgan moddalar tegishli qismlariga kiritilgan o‘zgartishlar natijasida ular Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi qismi qoidalariga muvofiq bo‘lmay qolgan. Mazkur Qonun kuchga kirgunga qadar Fuqarolik kodeksi ko‘rsatilgan moddalarining tegishli qismlari Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lgan. Chunki ularda mulk huquqining qonun asosida bekor qilinishi nazarda tutilgan edi. Mazkur Qonun kuchga kirgunga qadar ham Fuqarolik kodeksi 197-moddasidagi mulk huquqi “... mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor bo‘ladi” degan qismi Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan. Mulkdorning o‘z mulkidan mahrum etilishining huquqiy asosi turli qonunlarda turlicha belgilangan. Fuqarolik kodeksi ko‘rsatilgan moddalarining tegishli qismlarida bunday huquqiy asos sifatida “qonun hujjatlari”, mazkur Kodeks 197-moddasida “qonunchilik”, Uy-joy kodeksining 11-moddasining beshinchi va oltinchi qismlarida hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining birinchi qismida “qonun” deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan O‘RQ-682-son “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun 7-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qonun hujjatlarini Konstitutsiya, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari tashkil etadi. Mazkur Qonunning 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “qonunchiligi” deganda qonunosti hujjatlari ham tushuniladi. Mulkdorning o‘z mulkidan “qonun hujjatlari” yoki “qonunchilik” asosida mahrum qilinishi Konstitutsiyaning 53-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq emas. Murojaat muallifi Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlashni so‘ragan Uy-joy kodeksi 11-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari, 27-moddasi, shuningdek, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining birinchi qismi qoidalarining tahlili ularning Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Bayon qilinganlardan kelib chiqib, mulkdor mulk huquqining Oliy Majlis palatalari qarorlari yoki qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinishi mumkinligini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan O‘RQ-683-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun 55-moddasining 12-bandidagi Fuqarolik kodeksining 83, 166, 198, 199 va 206-moddalariga tegishli qismi hamda Fuqarolik kodeksi 197-moddasidagi mulk huquqi mulk huquqini bekor qiluvchi qonunchilikka asosan bekor bo‘ladi”, degan qismi Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi qismiga muvofiqlashtirilishi lozim. Fuqaro M. Xasanova Konstitutsiyaviy suddan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarorini sudlar tomonidan qo‘llanilishi yuzasidan ham ayrim savollarga javob berishni so‘ragan. Uning bunday savollariga javob berish Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq Konstitutsiyaviy sudning vakolatiga kirmaydi. Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, Konstitutsiya 109-moddasi birinchi qismining 1-bandiga, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 4-moddasi ikkinchi qismi, 69, 72, 82 va 86-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan O‘RQ-683-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun 55-moddasining 12-bandidagi Fuqarolik kodeksining 83, 166, 198, 199 va 206-moddalariga tegishli qismi hamda Fuqarolik kodeksi 197-moddasining mulk huquqi “... mulk huquqini bekor qiluvchi qonunchilikka asosan bekor bo‘ladi”, degan qismi Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilsin. 2. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 73-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq Konstitutsiyaviy sudning qaroriga ko‘ra Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi o‘zining amal qilishini tugatadi. Mazkur moddaning uchinchi qismiga muvofiq Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan hujjatni qabul qilgan davlat organi o‘z hujjatini Konstitutsiyaviy sudning qarori asosida bir oydan kechiktirmay Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishi kerak. 3. Uy-joy kodeksi 11-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari, 27-moddasi hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining birinchi qismi Konstitutsiyaga muvofiq deb topilsin. 4. Ushbu qaror “Xalq so‘zi” gazetasi, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin. 5. Mazkur qaror qat’iy, uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas va u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
17,144
Qonunchilik
1 avgust: biznes va ijtimoiy soha uchun muhim yangiliklar
2019 yil 1 avgustdan ish haqi va ijtimoiy toʻlovlarni indeksatsiyalash, soliq tizimidagi oʻzgarishlar, mikromoliyalashtirish limitlarining oshirilishi, markirovkalash joriy etilishi va boshqa yangiliklar – mazkur sharhda. Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshiriladi Indeksatsiya 10%ni tashkil qiladi. Natijada EKIH 223 ming soʻmgacha oshadi, MHTEKM – 634 881 soʻm, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan pensiya va nafaqa – 436 150 soʻm, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa esa oyiga – 267 650 soʻm boʻladi. II guruh nogironligi boʻlganlarning pensiyalari yoshga doir eng kam pensiyaning 50%idan 75%iga, II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaхslar - pensionerlarga ustama EKIHning 50%idan 75%iga oshiriladi. Endi boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. I guruh nogironlik nafaqasini oluvchilarga EKIHning 25%i miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi. Pulda ifodalangan raqamlar va ularning oʻzgarish dinamikasi – bu yerda. Parallel ravishda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi markaziy apparati boshqaruvchilari va хodimlarining ish haqi oshiriladi. Bu lavozim maoshlari oshirilishi, ilmiy darajalar uchun ustamalar joriy etilishi va koʻp yillar ishlaganligi uchun toʻlovlar hisobiga amalga oshiriladi. Batafsil – sharhda. Yana soliqlar haqida … Soliq solishning yangi qoidalari joriy etilmoqda: birinchidan, YaYeS toʻlaydigan qishloq хoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar iхtiyoriy ravishda QQS toʻlashga oʻtishlari mumkin; ikkinchidan, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga vositachilik хizmatlarini koʻrsatadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar kalendar yildagi tushumi 100 mln soʻmdan yuqori va 1 mlrd soʻmgacha boʻlganda, mukofot summasidan 25%lik stavka boʻyicha YaST toʻlaydilar; uchinchidan, sugʻurta qilingan shaхs uzoq umr koʻrgan taqdirda, toʻlov shartnoma boʻyicha sugʻurtalash davridan boshlab 12 oy oʻtkazib toʻlansa, Soliq kodeksining 171-moddasi ikkinchi qismining 13-bandida nazarda tutilgan imtiyoz sugʻurta shartnomasi amal qilgan har bir yil uchun qoʻllaniladi. Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda va sugʻurta puli (toʻliq yoki qisman) qaytarilganda, sugʻurtalovchi ushbu summaga toʻlov manbaida jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini solishi lozim; toʻrtinchidan, operatorlar va provayderlar foyda soligʻi va YaSTni hisoblab chiqarar ekan, endilikda soliq solinadigan bazani olis va qishloq aholi punktlarida byudjet tashkilotlari va davlat unitar korхonalari uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlarini barpo etishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytiradi. Ularga qator qoʻshimcha kafolatlar ham berildi, bu haqda batafsil – bu yerda. Markirovka yoʻqmi – sotish mumkin emas Import va mahalliy tovarlarni himoya belgisi va nano-molekulyar teхnologiyalar yordamida majburiy markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlandi. 1 avgustdan 39 ta tovar uchun markirovkalash majburiy boʻladi. Bular alkogol va tamaki mahsulotlari, benzin va yoqilgʻi  turlaridir. Ularni koʻrsatilgan sanadan boshlab markirovkasiz sotish taqiqlanadi. Biroq butun meхanizmning faoliyat koʻrsatishiga toʻgʻanoq boʻladigan muammolar ham mavjud. Xususan, hozirga qadar ushbu tartib-taomilning barcha bosqichlarini va uning ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi tovarlarni majburiy markirovkalash tartibi tasdiqlanmagan. U 2019 yil 1 yanvargacha ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishi lozim edi. Shuningdek, LBMAning apreldagi хabariga koʻra, markirovkalash хizmatlari yetkazib beruvchisi sifatida Shveysariyaning «SICPA» kompaniyasi tanlangan. Biroq хizmatlar qiymatini pasaytirish boʻyicha muzokaralar davom ettirilib, u bilan shartnoma tuzilmagan edi. Natija nima bilan tugagani ma’lum emas. Mikromoliyalashtirish – ulkan imkoniyatlar Endi mikroqarzlarning eng koʻp summasi 50 mln soʻmni tashkil qiladi, bu avvalgi miqdordan deyarli 2,5 baravar koʻpdir. Mikrokredit va mikrolizing miqdorlari deyarli 1,5 baravar – tegishincha, 300 mln soʻm va 600 mln soʻmga oshirildi. Endi mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza 15 ish kunida (ilgari – 30 kun) koʻrib chiqiladi. Mikrokredit tashkilotlari vakolatlari kengaytirildi. 1 avgustdan jismoniy shaхslar onlayn-kreditlar (mikroqarzlar)ni rasmiylashtirishi mumkin. Buning uchun kredit tashkilotida masofadan turib istiqbolli qarz oluvchini identifikatsiyalash, хavfsiz tarzda ma’lumot almashish va skoring modeli asosida kredit toʻlash qobiliyatini baholash imkoniyati boʻlishi lozim. Investitsiya loyihalari – nazorat ostida «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish» aхborot tizimi tajriba tariqasida yoʻlga qoʻyiladi. Uning barcha ishtirokchilari, ya’ni qator vazirliklar, idoralar, hokimiyatlar va loyihalarning tashabbuskor tashkilotlari bosqichma-bosqich unga ulanadilar. 1 oktyabrdan toʻliq foydalanish boshlanadi. Bu tizim nima uchun kerakligi va qanday ishlashi haqida batafsil – bu yerda. Ajratmalar kam boʻlsa – hisoblagichlar masalasi tezroq hal etiladi Majburiy ijro byurosining Rivojlantirish jamgʻarmasiga tabiiy gaz va elektr energiyasini realizatsiya qilishdan ajratmalar ikki baravar – 10%dan 5%gacha qisqartirildi. Bu esa kommunal хizmatlarning boʻshayotgan mablagʻlar hisobiga yangi hisoblagichlar oʻrnatishi hamda energiya resurslarini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga oʻtishini tezlashtiradi. Jarayon rejalashtirilganidan bir yil oldin tugallanishi lozim. Baholovchilarga – toifalar berildi Baholovchilar malaka darajasidan va professional jamoat tashkilotlariga a’zoligidan kelib chiqib toifalarga ajratiladi. Toifalar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi. Toifalash yakunlarini agentlik, Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston baholovchilar jamiyatining saytlaridan topish mumkin. Qurilish va oliy ta’lim – sohalarda korrupsiya boʻlmaydi «Korrupsiyasiz soha» loyihasi tajriba tariqasida ishga tushiriladi. Uning amalga oshirilishi kapital qurilish va oliy ta’lim sohasidan boshlanadi, keyingi yilning apreliga kelib esa boshqa sohalar ham bosqichma-bosqich qamrab olinadi. Loyihaga jamoatchilik va ushbu masala boʻyicha ekspertlar, shu jumladan хorijiy ekspertlar jalb etiladi. Bu tadbir may oyining oхirida tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari majmuaning bir bandi хolos. Davlat хizmatlari uchun ma’lumotnomalar soni kamaydi Quyidagilar talab qilinmagan holda jismoniy shaхslarga davlat хizmatlari koʻrsatiladi: Endi qayd etilgan ma’lumotlar soliq organlari, «Xalq banki» va Pensiya jamgʻarmasida idoralararo integratsiyalashgan platforma orqali elektron shaklda soʻrab olinadi. Oleg Zamanov.
57
6,790
Qonunchilik
BANKROT BO‘LGAN “O‘ZBEKQIShLOQMASh” OAJ KORXONASI NOMENKLATURASI QIShLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI IShLAB ChIQARIShINI SAQLAB QOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 4-apreldagi 830-son qarorini bajarish yuzasidan hamda qishloq xo‘jaligini ilgari “O‘zbekqishloqmash” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan texnika bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun tugatilayotgan “O‘zbekqishloqmash” OAJdan “Agregat zavodi” OAJga: tugatish qiymati bo‘yicha — ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha ishlab chiqarish asbob-uskunalarini “Agregat zavodi” OAJning ustav fondidagi davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga; tekin asosda — konstruktorlik va texnologik hujjatlarni, shuningdek texnologik jihozlarni berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan ishlab chiqarish asbob-uskunalari, konstruktorlik va texnologik hujjatlar, shuningdek texnologik jihozlar “Agregat zavodi” OAJga berilishini ta’minlasin. 3. Belgilansinki: ishlab chiqarish asbob-uskunalarini qayta joylashtirish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlari va ishlab chiqarish quvvatlarini qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishga tayyorlash “Agregat zavodi” OAJning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; “Agregat zavodi” OAJ 2009-yildan boshlab “O‘zbekqishloqmash” OAJning qishloq xo‘jaligi texnikasi nomenklaturasi ishlab chiqarilishini va bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda investorlarning investitsiya majburiyatlarini va ularni bajarish jadvallarini aniq aks ettirgan holda “O‘zbekqishloqmash” OAJning ko‘chmas mol-mulkini sotishga shartnomalar tuzishda “O‘zbekqishloqmash” OAJning tugatuvchi boshqaruvchisiga ko‘maklashsin; investorlar qabul qilgan investitsiya majburiyatlari ular tomonidan bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
155
2,467
Qonunchilik
Qanday banknotalarni ayirboshlash shoхobchasi qabul qilmaydi
Tijorat banklarida jismoniy shaхslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 3029-2, 6.08.2019 y.). Birinchidan, endi bank va bank хizmatlari ofisida joylashgan valyuta ayirboshlash shoхobchasida ish hajmidan kelib chiqib zaruriyat boʻlganda хodimlar soni bitta хodimgacha kamaytirilishi mumkin (standart – ikkita хodim, tahr.). U bir vaqtning oʻzida nazoratchi va kassir vazifasini bajaradi.  Bu bank rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Ilgari esa, aksincha, qoʻshimcha хodimlarni jalb qilish imkoniyati haqida soʻz yuritilardi. Ikkinchidan, faqat  taqdim etilgan chet el valyutasining haqiqiyligi va muomalaga yaroqliligi teхnik vositalar yordamida tekshirilgandan soʻng valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilishi qat’iy bayon etilgan. Uchinchidan, haqiqiyligiga shubha tugʻilgan naqd chet el valyutasini ekspertiza qilish uchun vositachilik haqi undirish toʻgʻrisidagi talab bekor qilindi. Toʻrtinchidan, shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadigan belgilar aniqlashtirildi: Shikastlanish belgilangan me’yorlardan oshgan taqdirda (56-band) ham banknota muomalaga yaroqsiz deb hisoblanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.08.2019 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
60
1,392
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tug‘ilmoqda. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini izchil ro‘yobga chiqarish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik: korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi; o‘z faoliyatini qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdordir; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Agentlik direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi. 2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash; korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish; fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotlarni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish; vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar bo‘yicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplaens-nazorat”) hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa xalqaro vositalarini joriy etish va samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish, shuningdek, ularning mazkur sohadagi faoliyati bo‘yicha reytingini tuzish; normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi samaradorligini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro standartlarni va ilg‘or xorijiy amaliyotni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda deklaratsiyalarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish, shuningdek, ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga o‘z vaqtida ta’sir choralari ko‘rilishini ta’minlash; davlat xizmatiga halollik standarti (“halollik vaksinasi”) va manfaatlar to‘qnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda ko‘maklashish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; budjet mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imidjini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, shu jumladan ularning normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan ma’lumotlarni Internet tarmog‘iga joylashtirish (e’lon qilish) bo‘yicha majburiyatlari hisobini yuritish; davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga ko‘maklashish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlaridan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni “Mening fikrim” veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqarish; Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini uzluksiz to‘ldirish, takomillashtirib borish va yangilab borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlari va tashkilotlari xizmatchilariga “davlat organlari faoliyati ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi” madaniyatini singdirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar xalq oldida hisobdorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Agentlik: har yili ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzani tayyorlaydi hamda uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tegishli qo‘mitasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi; korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi hamda natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi; korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida jamiyat va davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanilishiga erishish ustidan nazoratni amalga oshiradi; normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tizimi samaradorligini tahlil qiladi va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi Korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini tuzishni tashkillashtiradi; davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisi ISO 37001 korrupsiyaga qarshi standartini qo‘llashni ko‘zda tutuvchi talabni o‘rnatadi; joylarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi; korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi. 4. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin: budjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish; o‘z vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish; jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish; davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida korrupsiya holatini o‘rganish; korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tizimli korrupsiyaning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish maqsadida qonunchilik, shu jumladan jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishlari materiallarini o‘rganish; o‘rganish va boshqa tadbirlar natijalari bo‘yicha to‘plangan materiallarni faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq choralar ko‘rish, jumladan jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish uchun huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlariga taqdim etish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish; ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish; davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirishlar hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish. Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart. 5. Belgilansinki: Agentlik xodimlarining tarkibi yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar orasidan to‘ldiriladi; Agentlikning hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, taftish va tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassislar ajratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi talablarini bajarish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolar uchun majburiydir; Agentlik xodimlari o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaning sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda tahlil qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ushlab turilganlarni va qamoqqa olinganlarni saqlash joylari, jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga va hujjatlar bilan tanishishga haqli; korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda Agentlik bilan kelishilishi lozim. 6. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy idoralararo komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Milliy kengash) va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Agentlik Milliy kengashning ishchi organi etib belgilansin. Agentlik Milliy kengash faoliyatini samarali tashkiliy-uslubiy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ish rejalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda Milliy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkil etishni ta’minlasin. 7. Agentlik uch oy muddatda: Agentlikni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga ega va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir shaxslar orasidan to‘ldirilishini; Agentlik faoliyati tashkil etilishini tartibga soluvchi hujjatlar paketi, shu jumladan Agentlik tuzilmalari to‘g‘risida nizomlar va xodimlarining odob-axloq qoidalari ishlab chiqilishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki: Agentlikni xodimlar bilan to‘ldirish konkurs asosida xalqaro standartlarga muvofiq Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi; Agentlikka birinchi marta ishga qabul qilinadigan xodimlar ishdan ajratilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni o‘rganishni qamrab oluvchi maxsus o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim oladi. 8. Agentlik: a) Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilgan holda, 2020-2021-yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplaens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘rsin; b) davlat xaridlari sohasida mas’uliyatni oshirish va korrupsiyani bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi bilan birgalikda uch oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini, shu jumladan xarid qilish tartib-taomillari turlarini belgilash va ijrochini tanlash shartlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish; davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalarni majburiy ravishda e’lon qilish, shuningdek, davlat xaridlarini tanlov va tender savdolari orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirish tartibini joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritsin; v) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy banki va Hisob palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan uy-joy kommunal xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, qurilish va energetika sohalarida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazsin; g) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda doimiy asosda davlat xaridlarida affillanganlik, shu jumladan xaridlar ishtirokchilarining oxirgi benefitsiar egalariga taalluqli manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va oldini olish choralarini ko‘rish maqsadida masofaviy monitoring o‘tkazsin. 9. Agentlik zimmasiga: Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash; BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilsin. 10. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuraturasi bilan birgalikda uch oy muddatda: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi “E-Anticor.uz” elektron platformasi; korrupsiya holatlari haqida Agentlikni xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy ta’minot; Agentlikka davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin. 11. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda: ikki oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishini hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga kiritilishini; uch oy muddatda — “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida”gi, “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini; uch oy muddatda — Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilishni davom ettirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishini hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Milliy kengashga kiritilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Agentlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan binolarni ta’mirlash, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash uchun o‘rnatilgan tartibda mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin; 2021-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida alohida modda bilan Agentlik faoliyatini hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish choralarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 13. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Agentlikni joylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda unga har tomonlama ko‘maklashsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish bo‘yicha maqolalar chop etilishini va tematik teleko‘rsatuvlar berib borilishini tashkil etsin. 16. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflarni kiritsin. 17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
131
21,417
Qonunchilik
QIShLOQ JOYLARDAGI BOLALAR SPORTI OBYEKTLARIDA BAND BO‘LGAN AYoL SPORT USTOZLARI MEHNATINI RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2010-yil 11-martdagi qaroriga muvofiq hamda qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi qizlarni sport bilan shug‘ullanishga faol jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar sporti obyektlarida bolalar va o‘quvchi yoshlar bilan ishlash uchun ayollar orasidan yuqori malakali, professional tayyorlangan ustoz kadrlarni keng jalb etish, ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2010-yil 1-apreldan boshlab qishloq joylardagi umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida va bolalar — o‘smirlar sport maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda sport ustozi bo‘lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorda ustama haq belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilansinki, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda sport ustozlari bo‘lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda qo‘shib beriladigan ustama haq belgilanishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ta’lim” bo‘limi bo‘yicha tasdiqlangan xarajatlar doirasida budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va ularning hududiy organlari bir oy muddatda qishloq joylardagi umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va bolalar — o‘smirlar sport maktablarining shtat jadvallari hamda xarajatlar smetalarini mazkur qaror talablari bilan muvofiq holga keltirilishini ta’minlasinlar. 4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
136
2,013
Qonunchilik
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: huquqiy axborot — normativ-huquqiy hujjatlarning, ularga oid rasmiy sharhlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirishlarning, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilik qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha qarorlarining matnlari, shuningdek sud amaliyotini umumlashtirish materiallari; huquqiy axborotdan foydalanish — huquqiy axborotni erkin olish va undan foydalanish imkoniyati; huquqiy axborotni tarqatish — nomuayyan doiradagi shaxslarni huquqiy axborot bilan tanishtirishga qaratilgan harakatlar. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashning asosiy prinsiplari huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanishni ta’minlashning oshkoraligi, ochiqligi, o‘z vaqtidaligi, huquqiy axborotni izlash va olish erkinligidan iboratdir. Huquqiy axborotdan foydalanish davlat tomonidan kafolatlanadi. Fuqarolar huquqiy axborotni moneliksiz izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega. Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatini belgilangan tartibda ta’minlashi shart. Agar huquqiy axborot davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga belgilangan tartibda kiritilgan bo‘lsa, ushbu axborotdan foydalanish cheklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida: huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, e’lon qilish, o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali tarqatadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining matnlarini hamda zarur bo‘lgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni rasmiy e’lon qilish va ijrochilarga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yo‘llaydi; huquqiy axborotni o‘z vaqtida tarqatishga va undan foydalanishni ta’minlashga qaratilgan zarur tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi; huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; normativ-huquqiy hujjatlar majburiy tartibda yuboriladigan davlat organlari va tashkilotlarning ro‘yxatini tasdiqlaydi; huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida: huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, e’lon qilish, o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatadi; o‘zi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini hamda zarur bo‘lgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni yuborish va rasmiy e’lon qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yo‘llaydi; markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi; huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikning o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etadi; o‘z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi; normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi; jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlariga ko‘ra o‘z faoliyati sohasiga doir huquqiy axborotni taqdim etadi; normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish tartibi haqida belgilangan tartibda tushuntirishlar beradi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida: davlat organlaridan va tashkilotlardan ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini hamda zarur bo‘lgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) qog‘ozda va elektron shaklda oladi; normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining hamda zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli axborot-tahliliy materiallarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlariga va tashkilotlarga elektron shaklda yuborilishini ta’minlaydi; normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy e’lon qilinishini amalga oshiradi; normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish tartibini tasdiqlaydi; normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va qonunchilikni tizimlashtirish ishlarini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi; normativ-huquqiy hujjatlarning fondini shakllantiradi; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini shakllantiradi hamda yuritadi, undan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi; Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashning ishini tashkil etadi; davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni, bu faoliyatga uslubiy rahbarlik qilish hamda uni nazorat qilishni amalga oshiradi; huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etadi; huquqiy axborotning tarqatilishi holatini tizimli tarzda tahlildan o‘tkazadi hamda mazkur sohadagi qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; davlat organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda jamiyatda huquqiy targ‘ibotni tashkil etadi; normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy tadbirlar rejasini tasdiqlaydi; huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlariga huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqida har yili axborot taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida: huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, e’lon qilish, o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatadi; o‘zi qabul qilgan normativ-huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan qarorlarning matnlarini va zarur bo‘lgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni yuborish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uning hududiy organlari orqali yo‘llaydi; mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi; normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etadi; huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi; normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi; jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlariga ko‘ra ularga huquqiy axborotni taqdim etadi; normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish tartibi haqida belgilangan tartibda tushuntirishlar beradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Axborot-kutubxona muassasalari: o‘z faoliyatining yo‘nalishiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi; axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini ta’minlaydi; axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarning so‘rovlariga ko‘ra huquqiy axborotni taqdim etadi. Axborot-kutubxona muassasalari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin. Umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek tarkibida ta’lim muassasalari bo‘lgan boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan huquqiy axborot bilan ta’minlanadi. Ta’lim muassasalari: o‘z faoliyatining yo‘nalishiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi; ta’lim oluvchilarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini ta’minlaydi; ta’lim oluvchilarning so‘rovlariga ko‘ra huquqiy axborotni taqdim etadi. Ta’lim muassasalari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashda ishtirok etadi; aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etadi; o‘z faoliyatiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi; fuqarolarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini ta’minlaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqiy axborotni tarqatishni amalga oshiruvchi hamda undan foydalanishni ta’minlovchi organlar va tashkilotlarga ko‘maklashish hamda zarur yordam ko‘rsatish orqali huquqiy axborotni tarqatishda ishtirok etishi mumkin. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin. Huquqiy axborotni tarqatish usullari quyidagilardan iborat: normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini yuborish; normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish; normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy e’lon qilish; huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarga ularning so‘rovlariga ko‘ra huquqiy axborot taqdim etish. Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari imzolangan kundan e’tiboran bir kun ichida va zarur bo‘lgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qog‘ozda va elektron shaklda quyidagi tartibda yuboriladi: O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga; vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga. Normativ-huquqiy hujjatlarni va zarur bo‘lgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlarini ular O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan kuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha elektron shaklda yo‘llash orqali amalga oshiriladi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari ular O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir kun ichida boshqa davlat organlariga yuboriladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini yuborish ularning matnlarini va zarur bo‘lgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni bir kun ichida ushbu organlar tomonidan o‘z tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalariga, davlat organlari va tashkilotlarning hududiy bo‘linmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yo‘llash, shuningdek keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga berish uchun hududiy adliya organlariga yo‘llash orqali amalga oshiriladi. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilgan nashrlar normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir. Normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda nashr etiladi va ochiq obuna yo‘li bilan tarqatiladi. Rasmiy manbalarda e’lon qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar xronologik tartibda ketma-ket joylashtiriladi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”da ushbu hujjatlarning raqami va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasiga muvofiq xronologik tartibda ketma-ket joylashtiriladi. Normativ-huquqiy hujjatning bir qismi rasmiy manbalarda e’lon qilinganda normativ-huquqiy hujjatning nomidan keyin “Ko‘chirma” degan yozuv joylashtiriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjat matni mazkur hujjatni qabul qilgan organ tomonidan rasmiy ravishda yo‘llangan normativ-huquqiy hujjatning matniga muvofiq bo‘lishi kerak. Katta hajmli normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarga ilova tarzida e’lon qilinishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarni “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilmagan manbalarda e’lon qilish norasmiy e’lon qilishdir. Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy e’lon qilish jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini davriy nashrlarda, veb-saytlarda, qonunchilikning elektron ma’lumot tizimlarida e’lon qilish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarga doir risolalar, to‘plamlar va sharhlar e’lon qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Kodekslarni, qonunchilik hujjatlari to‘plamlarini nashr qilishda, shuningdek qonunchilikning elektron ma’lumot tizimlarini realizatsiya qilishda ular nashr qilinayotgan (realizatsiya qilinayotgan) sanadagi nazorat holatiga keltirilgan bo‘lishi lozim. Norasmiy nashrlarda, shu jumladan qonunchilikning elektron axborot tizimlarida normativ-huquqiy hujjatlarning boshqa tillardagi norasmiy tarjimalari e’lon qilinishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning norasmiy tarjimalari norasmiy tarjima ekanligi haqidagi belgiga ega bo‘lishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasmiy e’lon qilish ular O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan paytdan e’tiboran bir kun ichida “Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish” bo‘limida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumlarining qonunchilik qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ular imzolanganidan keyin bir kun ichida yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining matnlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning matnlari ma’lumot xususiyatiga ega bo‘lib, hujjatning kelib tushishi va unga ishlov berilishiga qarab, biroq ular rasmiy e’lon qilinganidan keyin uch kundan kechiktirmay yangilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidan foydalanish bepul amalga oshiriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlariga belgilangan tartibda majburiy tarzda joylashtirilishi shart. Davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga huquqiy axborot davlat tilida joylashtirilishi kerak. Rasmiy veb-saytning boshqa tillardagi shakllari ham bo‘lishi mumkin. Davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirilgan huquqiy axborot ishonchli bo‘lishi va u ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan axborot bilan bir xil kuchga ega bo‘lishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targ‘ibot yo‘li bilan tarqatish barcha davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari ham huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi va (yoki) ishlab chiquvchi organlar ushbu hujjatlar qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddatda huquqiy targ‘ibot bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy tadbirlar rejasi asosida ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak. Huquqiy targ‘ibot quyidagi usullarda amalga oshiriladi: konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va muloqotlar o‘tkazish; ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalariga maqolalar va huquqiy-axborot materiallarini joylashtirish orqali; sharhlar, risolalar, plakatlar, bukletlar va flayerlar tarqatish; ijtimoiy reklamalar (videolavhalar, infografikalar va boshqalar) hamda targ‘ibotning qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa turlari orqali. Davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash hamda uning hududiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z faoliyatiga taalluqli huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov bilan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega. Huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Rasmiy nashrlarda e’lon qilingan yoki rasmiy veb-saytlarga joylashtirilgan huquqiy axborot so‘ralganda davlat organlari va tashkilotlar so‘rovga javobda so‘ralayotgan axborot e’lon qilingan rasmiy nashrning nomiga, chiqarilish sanasiga va soniga yoki so‘ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manziliga havola berishi mumkin. Huquqiy axborotni elektron tarzda taqdim etish bepul amalga oshiriladi. Huquqiy axborotni qog‘ozda taqdim qilganlik uchun tomonlarning kelishuviga ko‘ra haq olinishi mumkin. Huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovni qanoatlantirishni rad etish asoslangan bo‘lishi lozim. Jismoniy va yuridik shaxslarning so‘roviga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlar o‘z faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish tartibini tushuntiradi. Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirishlar ushbu organlar va tashkilotlarning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari uchun majburiy kuchga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zarurat bo‘lganda qonunchilikning qo‘llanilish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi. Qonunchilikning qo‘llanilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarning tushuntirishlari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan tegishli organlar va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish tartibi bo‘yicha tavsiya xususiyatiga ega bo‘lgan tushuntirishlar tayyorlashi va tarqatishi mumkin. Davlat organlarida ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobi majburiy tartibda yuritiladi. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish yuridik xizmat xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik xizmat xodimi yo‘qligida ushbu vazifa davlat organi rahbari tomonidan boshqa shaxsning zimmasiga yuklatiladi. Agar normativ-huquqiy hujjat rasmiy nashrlarda e’lon qilinganda uning matnida imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, u holda nashrning eng yaqin sonida tegishli tuzatishlar e’lon qilinadi. Agar norasmiy nashrlarda normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilingan rasmiy manbadagiga qiyosan imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ular aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan oshmagan muddatda noshir tomonidan respublika davriy nashrlarida (gazetalar, jurnallar va hokazolarda) yoki norasmiy nashrning keyingi sonida (chiqarilishida) tegishli tuzatishlar e’lon qilinadi. Agar qonunchilikning elektron ma’lumotlar bazalarida imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ular darhol bartaraf etilishi kerak. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismi 2017-yil 25-sentabrdan e’tiboran amalga kiritiladi.
73
24,680
Qonunchilik
“AVTOMOBIL YO‘LLARINI REKONSTRUKSIYA QILISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilishning muhimligini e’tiborga olib, Yo‘l sektorida institutsional islohotlarni amalga oshirish va avtomobil yo‘llarining eng ustuvor uchastkalarini rekonstruksiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar Kengashining O‘zbekiston Respublikasiga: “Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun o‘zgaruvchan protsent stavkasi va to‘rt yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda uzish muddati 24 yil bo‘lgan 50 mln. AQSh dollari summasida qarz berilishi; institutsional tarkibiy o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlash va yo‘l sektorida islohotlarni amalga oshirish uchun 1 mln. AQSh dollari summasida grant asosida texnik yordam ko‘rsatilishini ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, qarz mablag‘larini, foizlar va ular bo‘yicha vositachilik haqlarini uzish Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Qarzni uzish jadvali 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. Moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi nomidan Qarz bitimini imzolashga vakil qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qarz bitimi imzolangandan so‘ng ikki hafta muddatda tegishli yuridik xulosani ishlab chiqsin va uni Osiyo taraqqiyot bankiga taqdim etsin. 6. “Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish” loyihasi uchun asbob-uskunalar, materiallar xarid qilish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan tanlov savdolarini o‘tkazish tender komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 7. Yo‘l xo‘jaligi kengashi (R.R. Yunusov) “Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari bilan birgalikda moliyalashtirish doirasida respublika iqtisodiyoti uchun eng muhim bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on—Navoiy—Buxoro—Olot bojxona posti avtoyo‘llari uchastkalarini rekonstruksiya qilishni nazarda tutsin. 8. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: Qarz bitimi va O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq loyiha mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan tovarlar, ishlar yoki xizmatlar boj to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadi (bojxonada rasmiylashtirilishi uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari bundan mustasno); Qarz bitimi va O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy xarajatlarni qoplash uchun ajratilgan qarz mablag‘lari sotib olinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar soliq to‘lovlaridan ozod qilinadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yo‘l xo‘jaligi kengashining buyurtmanomasiga ko‘ra loyihani tayyorlash va uni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirish masalalarini, konsullik yig‘imlari undirmasdan, belgilangan tartibda ko‘rib chiqsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l xo‘jaligi kengashining buyurtmanomasiga ko‘ra loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning vizalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, muddatini uzaytirish, ularni O‘zbekiston Respublikasida yashash joylarida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat poshlinalari undirmasdan amalga oshirilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
100
3,275
Qonunchilik
DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI BO‘YIChA NAFAQALAR TAYINLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Amalda bo‘lgan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish jarayonida yo‘l qo‘yilgan ayrim tahririy noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida buyuraman: 1. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan) Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kundan keyin amalga kiritilsin. 1. 115-bandidagi “qabul qilinadi” so‘zlari “qabul qilinmaydi” so‘zlariga almashtirilsin. 2. 118-bandidagi “Yo‘riqnoma” so‘zi “Nizom” so‘ziga almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Sog‘liqni saqlash vaziri, Markaziy Bank raisi, Davlat Soliq qo‘mitasi raisi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi bilan kelishilgan.
128
985
Qonunchilik
Chinni buyumlar ishlab chiqarish “O‘zbekchinni” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida
Engil sanoat birlashmalari va korxonalarini boshqarishni takomillashtirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida va O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Tarkibida Toshkent, Quvasoy va Samarqand chinni zavodlari bo‘lgan chinni buyumlar ishlab chiqarish “O‘zbekchinni” O‘zbekiston davlat konserni tashkil etilsin. “O‘zbekchinni” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyati O‘zbekiston SSJning amaldagi qonunlariga, korxonalarning o‘zining va jumhuriyatning manfaatlariga zid bo‘lmagan boshqa konsernlar va uyushmalarda qatnashish huquqiga egadirlar. 2. Belgilansinki, “O‘zbekchinni” konserni: mustaqil ishlab chiqarish-xo‘jalik kompleksi hisoblanadi, yengil sanoat mollari ishlab chiqarish “O‘zbekyengilsanoat” O‘zbekiston davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Konsern va uyushma a’zolari oldida o‘z majburiyatlari va funksiyalarini bajarish yuzasidan javob beradi; yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida yig‘ma balanslarga, hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, ularning huquqiy maqomini belgilovchi “O‘zbekiston SSJda korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston SSJ Qonuniga hamda boshqa qonunchilik va normativ aktlarga, shuningdek O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uyushma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Ustavga muvofiq to‘la xo‘jalik hisobi prinsiplari asosida faoliyat ko‘rsatadi; “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi tomonidan unga ajratiladigan xomashyo va moddiy resurslarning fond saqlovchisi hisoblanadi. 3. Konsernga ta’sischilari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq quyidagilar uning faoliyatining asosiy funksiyalari hisoblanadi: iste’mol bozorining talablarini hisobga olgan holda konsernning joriy dasturlarini hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish, maqsadli kompleks ilmiy-texnikaviy dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish; yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan foydalanish samaradorligini, ishlab chiqarish texnologiyasi darajasi, mahsulotning sifatini va texnik darajasini oshirish, korxonalarni xususiylashtirish, ijara va kichik korxonalar, firma savdosi tashkil etish asosida xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va ko‘paytirish hamda aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; korxonalar bilan birgalikda moliya mablag‘laridan, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bozor munosabatlari sharoitida barqaror zararsiz ishlashni ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam berish. Korxonalarning shartnoma va moliya intizomiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish; birlashmalar va korxonalar o‘rtasidagi tarmoq ichida kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishni rivojlantirish, tayyor mahsulotni sotishni muvofiqlashtirish va bunga ko‘maklashish; tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va belgilangan tartibda qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tarmoqda ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarning kompleks hal etilishini ta’minlash, kadrlar siyosatini olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish; tegishli davlat organlari va boshqa organlarda o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish. 4. Xo‘jalik hisobi daromadi (foyda) va nomenklaturadagi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi birlashmalar va korxonalar faoliyatini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari deb hisoblansin. “O‘zbekchinni” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar jumhuriyat, o‘z mehnat jamoalari manfaatlaridan va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda: tarmoq iste’molchilarining, savdo tashkilotlarining buyurtmalari bo‘yicha tegishli mahsulotlar va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydilar, firma magazinlarining tavsiyalaridan foydalangan holda ularni yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzadilar; mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini, olinadigan foyda miqdorini belgilaydilar, O‘zbekiston SSJ qonunlari bilan belgilangan normativlar, shuningdek, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar qilingandan keyin undan foydalanish masalasini mustaqil ravishda hal etadilar; konsern kengashi tomonidan belgilagan normativlarga muvofiq foydadan ular bajaradigan funksiyalar uchun, shuningdek markazlashgan rezerv (ehtiyot) jamg‘armasini tashkil etishga mablag‘lar ajratadilar. 5. Korxonalar va tashkilotlar vakillarining yig‘ilishi (konferensiyasi) “O‘zbekchinni” konsernini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, unda konsern Kengashi saylanadi. Konsern Kengashiga birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek boshqaruv a’zolari kiradilar. Kengash boshqaruvni, uning raisi va rais o‘rinbosarlarini saylaydi. Boshqaruv raisi “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek konsern taftish komissiyasining a’zolari va uning raisi konsern Kengashi taqdimnomasiga ko‘ra “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. “O‘zbekchinni” konserniga unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hisobga olgan holda, konsern Kengashi bilan kelishuv bo‘yicha o‘zining tuzilmasini, xodimlari soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini mustaqil belgilashga ruxsat berilsin. 6. O‘zSSJ Moliya vazirligi, O‘zbekiston sanoat-qurilish banki, O‘zSSJ Davlat narxlar qo‘mitasi va “O‘zbekchinni” konserni bir oy muddat ichida korxonalarning moliyaviy ahvolini tahlil qilsinlar va ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatsinlar. 7. O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zSSJ Moliya vazirligi, “O‘zglavlegsnabsbit” “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga “O‘zbekchinni” konserni uchun o‘zlari taqsimlaydigan nomenklatura bo‘yicha konsern korxonalarining rivojlanishi va ishlashi uchun moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslarni ajratsinlar. 8. Tashkil etilayotgan “O‘zbekchinni” konsernining apparati Paradlar xiyoboni ko‘chasi, 5-uydagi O‘zSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin. 9. Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “O‘zbekchinni” konserni birlashmalari va korxonalariga ko‘maklashsinlar hamda ularning rivojlanishi va faoliyatiga doir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlasinlar.
103
6,818
Qonunchilik
Tojikiston alyuminiy zavodi salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan mintaqadagi ekologik vaziyat haqidagi masalani o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining komissiyasi ishining borishi to‘g‘risida
Tojikiston alyuminiy zavodi salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan mintaqadagi ekologik vaziyat haqidagi masalani o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining komissiyasi ishining borishi to‘g‘risidagi axborotni eshitib va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Tojikiston alyuminiy zavodi salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan mintaqadagi ekologik vaziyat haqidagi masalani o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining komissiyasi ishining borishi to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
226
677
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA (“O‘ZISTIQBOLSTAT”) DAVLAT QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika (“O‘zistiqbolstat”) davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. 2. Viloyatlar hokimliklarining istiqbolni belgilash va statistika boshqarmasi to‘g‘risida ilova qilinayotgan Namunaviy Nizom va nohiya, shahar, shaharlardagi nohiya hokimliklarining iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish bo‘limi to‘g‘risidagi Namunaviy Nizom ma’qullansin. 3. Istiqbolni belgilash va statistika organlarining joylardagi maqomini oshirish maqsadida: Qoraqalpog‘iston Respublikasida Iqtisodiyot va statistika vazirligi Iqtisodiyot va statistika qo‘mitasiga, Toshkent viloyatida hamda Toshkent shahrida istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmalariga aylantirilsin; istiqbolni belgilash va statistika organlarining hududiy bo‘linmalariga rahbarlik qilish hokimlarning darajadagi o‘rinbosarlaridan biriga yuklatilsin; istiqbolni belgilash va statistika hududiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning tegishli darajadagi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari joriy qilinsin. 4. “O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Davlat plan komiteti (O‘zSSR Gosplani to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1982-yil noyabrdagi 722-son qarori (O‘zSSR QT 1982-yil, № 11, 38-modda) va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston Statistika davlat komiteti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1988-yil 7-maydagi 166-son qarori (O‘zSSR QT, 1988-yil, № 5, 18-modda); O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR xalq deputatlari oblast, rayon, shahar, shahardagi rayon Soveti ijroiya komitetining bo‘limlari to‘g‘risidagi ba’zi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1983-yil 10-fevraldagi 79-son qarorining 1-bandi, “a” kichik bandi (O‘zSSR QT, 1983-yil, № 2, 4-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari o‘rtoq B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika (“O‘zistiqbolstat”) davlat qo‘mitasi* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-avgustdagi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi negizida tashkil etilgan. 2. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini, uning ustuvor yo‘nalishlari va tashqi iqtisodiy aloqalarini, jahon hamjamiyatiga kirish, jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda respublika xalq xo‘jaligi majmuining samarali ixtisoslashuvini ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tamoyillarini, qisqa muddatli va istiqboldagi istiqbolni belgilashlarni, yirik iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, xalq xo‘jaligining moddiy-moliyaviy muvozanatliligi, tabiiy, mehnat resurslari, yaratilgan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishi bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish; respublika iqtisodiy organlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar va tashkilotlarning respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbolini belgilash va ko‘rsatkichlarini aniqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; respublika aholisining moddiy farovonligini mustahkamlash, uning kam ta’minlangan tabaqalarini himoya qilish, xalq turmushi darajasini oshirish, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari va yo‘llari istiqbolini belgilash bo‘yicha takliflarni asoslash; bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoniga tahliliy-istiqbolni belgilovchi baho berish, xo‘jalik mexanizmini, boshqaruvning shakl va usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; xalq xo‘jaligini tarkibiy qayta qurish va investitsiya siyosatini shakllantirish, raqobatga qobilga qobil tayyor mahsulotlar tayyorlovchi ishlab chiqarishlarni ustuvor rivojlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, nohiyalar va shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro foydali iqtisodiy savdo va ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash; yagona statistika siyosati kirgizish, xalq xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatishining shakllanayotgan shart-sharoitlarini, bozor munosabatlariga o‘tishni, narxlarning o‘zgarishini, mulkchilikning xilma-xil shakllari rivojlanishini yaks ettiruvchi ilmiy asoslangan hisobot ko‘rsatkichlari tizimini joriy etish; ma’lumotlarni to‘plash va ularni qayta ishlashning ilg‘or tizimlarini joriy etish, kompyuterlashtirishni keng joriy etish va respublika hisoblash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish; milliy schyotlar tizimi va xalq xo‘jaligi balansi metodologiyasini ishlab chiqish, butun statistikani bosqichma-bosqich zamonaviy meyeriy andozalarga muvofiqlashtirishni amalga oshirish. 4. Qo‘mita o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: respublika iqtisodiy organlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlarining istiqbolni belgilash va statistika, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqboldagi va qisqa muddatli ko‘rsatkichlarini aniqlash, respublikaning bozor munosabatlariga o‘tishi bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish, xalq xo‘jaligini tarkibiy qayta qurish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; respublika va mintaqaviy maqsadli dasturlar istiqbolni belgilashlarini tuzish uchun istiqbolni belgilash va statistikaning ilmiy negizini, uslubiy ko‘rsatmalarni, ko‘rsatkichlarni va shakllarni ishlab chiqadi; istiqbolni belgilash va statistika ko‘rsatkichlari tizimini takomillashtiradi, eng yangi fan-texnika yutuqlari, zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari negizida statistika axborotining sifati va tezkorligini oshirishga ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasi FTDQ, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, boshqa ilmiy muassasalar va loyiha tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, korxonalar, birlashmalar, konsernlar va uyushmalar, boshqaruvning hududiy organlari bilan birgalikda istiqbol belgilanayotgan davrga respublika iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining davlat dasturlari va tamoyillarini ishlab chiqadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, “O‘zshartnomasavdo”, respublika banklari, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, boshqa ilmiy muassasalar bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar, ittifoqlar va boshqa yirik xo‘jalik subyektlarining takliflarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatishining istiqboldagi va qisqa muddatli ijtimoiy-iqtisodiy istiqbolni belgilashlarini tayyorlaydi; yirik iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo‘yicha respublika va mintaqaviy maqsadli dasturlari ishlab chiqilishini va ro‘yobga chiqarilishini nazorat qilishni tashkil etadi; xalq xo‘jaligini tarkibiy qayta qurish va respublika hududida investitsiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflarni tayyorlaydi; Qo‘mita tomonidan respublika Hukumatiga taqdim etishning belgilangan muddatlaridan kelib chiqqan holda respublika iqtisodiy organlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar va yirik xo‘jalik subyektlari, mahalliy boshqaruv organlari tamoyillar, istiqbolni belgilashlar, maqsadli dasturlar loyihalari materiallarini tayyorlashlari va taqdim etishlari tartibi hamda muddatlarini belgilaydi; vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, moddiy-texnika ta’minoti organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda eng muhim ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qo‘shma korxonalar erkin iqtisodiy tegralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; “O‘zshartnomasavdo”, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda eng muhim xalq xo‘jaligi, tabiiy-moddiy, moddiy-moliyaviy, tashqi savdo va boshqa balanslarni ishlab chiqadi, ular asosida aniqlangan xalq xo‘jaligi rivojlanishidagi tarmoqlararo va mintaqaviy mutanosibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni, shuningdek, “O‘zshartnomasavdo” bilan birgalikda mahsulotlarning eng muhim turlarini ishlab chiqarish topshiriqlarini belgilash va ularni davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berishni ishlab chiqadi; respublika iste’molchilariga, Hamdo‘stlik mamlakatlariga va eksportga taqsimlagan holda paxta tolasi yetishtirish va iste’mol qilish balansini ishlab chiqadi, uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi; rangli, nodir va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish balansini ishlab chiqishda qatnashadi; FTDQ bilan birgalikda innovatsiya siyosatini shakllantiradi, respublika kompleks dasturlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi, respublikalararo va xalqaro ilmiy-texnologik ayirboshlashni rag‘batlantirish, xalq xo‘jaligining ilm-fanni ko‘p talab qiladigan tarmoqlarini, mahsulotlarning qobilligini ta’minlovchi sanoat va qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini, resurslarni tejashni, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishni ta’minlovchi sanoat va qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; ijtimoiy jarayonlarni, hayot darajasi, sifati va qiymatini o‘rganadi, aholi ro‘yxatini, ijtimoiy-demografik tekshirishlarni, so‘rovlarni o‘tkazadi, oilaviy budjetlar statistikasini tashkil etadi, ana shu maqsadlar uchun metodologiya ishlab chiqadi; aholini ijtimoiy himoya qilish va salomatlikni muhofaza qilish, mehnat resurslarining ish bilan bandligi, madaniyat, xalq ta’limi, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalarida davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini shakllantiradi; aholi soni, demografiya va mehnatning boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobot va istiqbolni belgilash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi; Mehnat vazirligi bilan birgalikda mehnat resurslari va ishchi o‘rinlar balanslarini, mehnat faolligini kuchaytirish, mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni amalga oshiradi; respublikaning resurs imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda respublikaning qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan eksport negizini rivojlantirish ko‘rsatkichlarini, uning hududiy va tarmoq tuzilmalarini takomillashtirish yo‘llarini belgilaydi; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, respublika banklari, boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, resurslarni tejash, importni almashtirish, xomashyo, oziq-ovqatlar, materiallar, asbob-uskunalar va texnologiyalarning asosiy turlarini tashqaridan keltirish va tashqariga chiqarishni optimallashtirishni ta’minlovchi respublikaga xorijiy sarmoyalarning kreditlarini jalb qilishning ustuvor yo‘nalishlari va birinchi navbatdagi tadbirlarini ishlab chiqadi; respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari statistikasini yuritadi, bojxona statistika ma’lumotlaridan, istiqbolda esa — tovarlarni ro‘yxat qilish va kodlashtirishning xalqaro uyg‘unlashtirilgan tizimidan keng foydalanadi. Eksport negizning ahvolini tahlil qiladi, hisobot ma’lumotlarini o‘rganish asosida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish shakllarini takomillashtirish, valyuta mablag‘i bilan o‘zini o‘zi ta’minlash va o‘zini o‘zi qoplash prinsiplarini rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatning respublikadagi va uning ayrim mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga ta’siri bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. Respublikani rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlarini xalqaro ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashni amalga oshiradi; vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, moddiy-texnika ta’minoti organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xalq xo‘jaligining safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha istiqboldagi va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarni ishlab chiqadi; xo‘jalik mexanizmini takomillashtirishning asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini shakllantiradi, xalq xo‘jaligi rivojlanishi jarayoniga iqtisodiy usullar va ta’sir ko‘rsatish vositalari rolini kuchaytirish bo‘yicha takliflarini tayyorlaydi; mulkchilik shakllarini chegaralash, ko‘p ukladli iqtisodiyotni, tadbirkorlik faoliyati turlarini, bozor munosabatlarini shakllantirish, xalq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, dehqon (fermer) xo‘jaliklari tashkil etish va ularning shakllanishi, aholini oziq-ovqat va boshqa xalq iste’mol mollari bilan ta’minlash jarayonlarini o‘rganadi; statistika axborotini to‘plash, qayta ishlash va berish texnologiyasida yagona siyosatni amalga oshiradi; statistika ishlarining yillik rejalarini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; davlat statistika hisobotini va bir marta hisobga olish, tekshirish va ro‘yxatga olishni tegishli yo‘riqnomalari, shakllari va dasturlarini tasdiqlaydi hamda amalga kiritadi; iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishi, uning tamoyillari va o‘zgarishi, aholi turmush darajasi va ish bilan bandligidagi o‘zgarishlarning yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa tahliliy materiallarni belgilangan muddatlarda tayyorlaydi; narxlar va tariflarni kuzatish va ro‘yxatga olish bo‘yicha statistika ishlarini olib boradi, chakana va ulgurji narxlar, xizmatlarga tariflar indekslarini ishlab chiqadi, narxlar o‘zgarishini, ularning turmush darajasi o‘zgarishiga ta’sirini tahlil qiladi, aholining katta yoshli tarkibini hisobga olgan holda oziq-ovqat va tovarlar iste’mol qilishning oqilona normalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; respublika va kommunal mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning, mahsulotlar yetkazib berish (keltirish-jo‘natish) to‘g‘risidagi davlatlararo bitimlar qanday bajarilayotganligini statistika hisobini amalga oshiradi; hisobot, aholi ro‘yxati, bir marta hisobga olishlar, respublika hududida tanlab monografik va boshqa tekshirishlar o‘tkazish asosida statistika negizi, ma’lumotlar banki, shuningdek, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha monitoring xizmati faoliyati uchun indikatorlar tizimini yaratadi, yagona axborot makoni tashkil etish ishlarini olib boradi; respublika hududida joylashgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerak bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni mulkchilik shaklidan qat’i nazar, avtomatlashtirilgan hisobga olish va kodlashtirishni yuritadi; vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda respublika hududidagi korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, muassasalarni davlat statistika organlarida markazlashgan davlat statistika blankalari bilan hamda ularni to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi; davlat boshqaruvining respublika organlarini ular faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha zarur statistika axboroti bilan ta’minlaydi. 5. Qo‘mitaga quyidagi huquqlar beriladi: respublika iqtisodiy organlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlarining istiqbolni belgilash, statistika va respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini belgilash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar bajarishi majbur bo‘lgan yagona statistika andozalari, klassifikatsiyalar, metodologiyalar asosida statistika masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish va yo‘riqnomalar hamda shakllarni tasdiqlash; respublikaning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich kirishining dasturlari loyihalarini, yirik iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, xalq xo‘jaligini tarkibiy qayta qurish bo‘yicha loyihalarni, investitsiya, turmush darajasini oshirish hamda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish; vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan respublika xalq xo‘jaligining safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sanoat, transport va moddiy ishlab chiqarish boshqa tarmoqlarining yirik obyektlarini alohida davrda iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishi barqarorligi talablariga javob berishiga ko‘ra joylashtirish loyihalarini ekspertiza qilish hamda bu masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; vazirliklar, idoralar, shu jumladan moliya, bank, bojxona va boshqa idoralar va xizmatlardan, mahalliy boshqaruv organlaridan idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, boshqa yuridik shaxslardan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolardan davlat statistika hisobotini barcha hisobga olish — statistika ishlari bo‘yicha zarur ma’lumotlar va materiallarni tegishli hajmlarda va nazarda tutilgan muddatlarda olish; eng muhim xalq xo‘jaligi muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish; istiqbolni belgilashlarni, respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbol ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga, istiqbolni belgilash va statistikani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek, alohida olimlar va yirik mutaxassislarni jalb qilish; berilgan vakolatlar doirasida idoraviy va uslubiy hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish; vazirliklar, idoralar, mahalliy boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar, bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa yuridik shaxslar tomonidan statistika va hisob masalalari bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy aktlar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarda hisobotning va dastlabki hisobga olishning holati va bu ishlarning idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi ishonchliligini tekshirish; buzilishlar aniqlangan hollarda tegishli yuridik va jismoniy shaxslarga bu tuzatishlarni dastlabki va buxgalteriya hisoblarida, boshqa o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlarda aks ettirish majburiyatini yuklash; davlat statistika hisoboti buzilganligi aniqlangan hollarda buzuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan intizomiy, moddiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikni qo‘llash to‘g‘risida iltimos qilish; qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, ekologik sohalarda statistika metodologiyasi va amaliyotini takomillashtirish, axborotni elektron yordamida qayta ishlashning yangi texnologiyalaridan foydalanish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar va xalqaro statistika organlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzish. 6. Qo‘mita respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqboldagi va qisqa muddatli statistikasi va istiqbolni belgilashlari ilmiy darajasini oshirish usullarini takomillashtirish va ularni tashkil etishni yaxshilash, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqish uchun javob beradi. Qo‘mita amaldagi qonunchilik doirasida respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning hisobot va istiqboldagi ko‘rsatkichlari, eng muhim maqsadli dasturlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlash, bozor munosabatlarini shakllantirish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish huquqiga egadir. 7. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 8. Qo‘mitaga Rais boshchilik qiladi. Raisni lavozimga tayinlash va ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi. Qo‘mita Raisi Qo‘mitaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va u o‘z funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi, Qo‘mita faoliyatining alohida yo‘nalishlariga rahbarlik qilish uchun Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining shaxsan javobgarligi darajasini belgilaydi. Qo‘mita Raisi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Raisning birinchi o‘rinbosarlari xizmat maqomi, moddiy-maishiy ta’minot, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirlarga, rais o‘rinbosarlari—vazirning birinchi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi. Qo‘mita Raisi Qo‘mitaning markaziy apparati bo‘linmalari va unga qarashli tashkilotlar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 9. Qo‘mitada hay’at tashkil etiladi, uning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at o‘zining muntazam o‘tkaziladigan majlislarida yirik xalq xo‘jaligi muammolarini ko‘rib chiqadi, respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, ijtimoiy ishlab chiqarishni intensivlash, iqtisodiyotning muvozanatliligini ta’minlash va uning ko‘p ukladliligini shakllantirish, bozor infrastrukturasini rivojlantirish, istiqbolni belgilash metodologiyasini va uni tashkil etishni yaxshilash hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash masalalarini, statistika hisobi va hisobotini takomillashtirish, milliy schyotlar tizimini joriy etish, Qo‘mita apparatining ishini tashkil etish darajasini oshirish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijro intizomini mustahkamlash yo‘llarini belgilaydi. Hay’atning qarorlari Qo‘mita Raisining buyrug‘i bilan hayotga joriy etiladi. Qo‘mita boshqa iqtisodiy organlar, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qarorlar va yo‘riqnoma materiallar qabul qiladi. 10. Boshqarmalar va bo‘limlar Qo‘mitaning asosiy tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi, ular o‘zaro bog‘liq tarmoqlar va faoliyat sohalari bo‘yicha Qo‘mita Raisi o‘rinbosari boshchilik qiladigan majmualarga birlashadi. Qo‘mita boshqarmalari va bo‘limlarining boshliqlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. 11. Qo‘mita o‘z huzuridagi Iqtisodiyot va statistika ilmiy tadqiqot-instituti, Bosh hisoblash markazi, Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatiga rahbarlik qiladi, “Iqtisod va hisobot” (“Ekonomika i statistika”) jurnalini nashr etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va statistika qo‘mitasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmalari, viloyatlardagi istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari, respublika shaharlari va nohiyalaridagi iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish bo‘limlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va nohiyalar hokimliklariga bo‘ysunadilar. Ularga uslubiy rahbarlikni va ular faoliyatini muvofiqlashtirishni Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi amalga oshiradi. 12. Qo‘mita markaziy apparati tuzilmasi va xodimlari soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Qo‘mita Raisi belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Qo‘mita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgarishlar kiritish huquqiga ega bo‘ladi. Qo‘mita markaziy apparatining shtat jadvali va uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomi Qo‘mita Raisi tomonidan tasdiqlanadi. 13. Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 1. Istiqbolni belgilash va statistika viloyat Boshqarmasi* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-avgustdagi Farmoniga muvofiq istiqbolni belgilash va statistika viloyat boshqarmasi negizida viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan hamda viloyat hokimliligiga bo‘ysunadi, unga uslubiy rahbarlik qilish va uning faoliyatini muvofiqlashtirishni “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi amalga oshiradi. 2. Viloyat Boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Kengashning boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat hokimligining qarorlari va farmoyishlariga, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasining qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalariga, mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Boshqarmaning bosh vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida viloyatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbolini aniqlash bo‘yicha istiqbolni belgilash-tahliliy ishlarni amalga oshirish, ishonchli va haqiqiy statistika axborotini shakllantirish; viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, tabiiy va mehnat resurslaridan, yaratilgan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishning qisqa muddatli va istiqboldagi istiqbolni belgilashlarini ishlab chiqish; hokimlik boshqarmalari va bo‘limlari, nohiya, shahar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash hamda statistika ishlarini amalga oshirishga oid faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, uslubiy rahbarlik qilish va ishda tajriba almashish; ishlab chiqarishni raqobatga qobil mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha ustuvor rivojlantirishni, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, viloyat, shaharlar va nohiyalarni kompleks rivojlantirish, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni tayyorlash; yagona statistika siyosati yurgizish, xalq xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatishining vujudga kelayotgan shart-sharoitlarini, bozor munosabatlariga o‘tishni, narxlar o‘zgarishini mulkchilikning xilma-xil shakllarini aks ettiruvchi hisobot ko‘rsatkichlarining ilmiy asoslangan tizimini joriy etish; ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashning ilg‘or tizimlarini joriy etish, keng kompyuterlashtirish, butun statistikani zamonaviy xalqaro normalarga va andozalarga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirishni amalga oshirish viloyat hisoblash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish. 4. Viloyat boshqarmasi unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbolini belgilashning ilmiy darajasini oshirish, uning usullarini takomillashtirish va tashkil etilishini yaxshilash, bozor munosabatlariga kirish sharoitlarida ularning har tomonlama asoslanganligi va muvozanatliligi, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishida mavjud zaxiralardan eng ko‘p darajada foydalanish uchun javob beradi; nohiyalar va shaharlar iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish bo‘limlarida amaldagi qonunchilikning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlaydi; viloyatning mineral-xomashyo va boshqa resurslarini hisobga olgan hamda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish talablariga rioya etgan holda ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni ta’minlaydi; bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoniga tahliliy-istiqbolni belgilash jihatidan baho beradi, yuqori organlarda ko‘rib chiqish uchun xo‘jalik mexanizmini, boshqaruv shakllarini va usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; tayyor va raqobatga qobil mahsulotlar, xalq iste’mol mollari, mahalliy binokorlik materiallari va yoqilg‘i ishlab chiqarishni ustuvor (rivojlantirish, xalq badiiy hunarmandchiligini rivojlantirish xalq xo‘jaligi majmui tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; vazirliklar, konsernlar, idoralar bilan birgalikda barcha investitsiyalardan, shu jumladan, xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishni amalga oshiradi; viloyat aholisi moddiy farovonligini mustahkamlash, uning kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish, aholi turmush darajasini oshirish yo‘nalishlari va yo‘llari istiqbolini belgilash, mehnat faolligi va tadbirkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni asoslaydi; aholining to‘lovga qobiliyatli talabini to‘laroq qondirish maqsadida viloyat hududida pul daromadlarini va aholi xarajatlarining muvozanatini ta’minlaydi; boshqa mintaqalar bilan, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan; iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro foydali mintaqalararo tashqi iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnika aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan tegishli maqsadli dasturlardan kelib chiquvchi vazifalarning hal etilishini ta’minlaydi; hisobot ko‘rsatkichlarining ilmiy asoslangan tizimini, ma’lumotlarni to‘plash va ularni qayta ishlashning ilg‘or shakllarini joriy etishning yagona statistika siyosatini yuritadi; statistika ishlarining tasdiqlangan rejalari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi; nohiyalar, shaharlar, shahardagi nohiyalar iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish bo‘limlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini kompleks ishlab chiqish, ularni zarur axborot, tahliliy va istiqbolni belgilash ma’lumotlari bilan ta’minlash masalalari sohasida boshqa iqtisodiy organlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiradi; iqtisodiy-statistika axboroti tizimining barqarorligi va ishonchliligini, narxlar va tariflarni kuzatish va ro‘yxatga olish bo‘yicha statistika ishlari o‘tkazilishini, xalq iste’mol mollariga, pulli xizmatlarga, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ulgurji va chakana narxlar, transportda tashish tariflari indekslarini ishlab chiqishni, narxlarning o‘zgarishi darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda ularning aholi turmush darajasi va kun kechirish darajasi o‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi; viloyat hududidagi xorijiy sheriklar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar faoliyatini hamda valyuta investitsiyalari samaradorligini tahlil qilishni amalga oshiradi; viloyat barcha statistikasini milliy schyotlar tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish mexanizmini joriy qilish tartibini belgilaydi; viloyat shaharlari va nohiyalari rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda statistika ko‘rsatkichlari tizimini takomillashtirish, eng yangi fan-texnika yutuqlari, zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari negizida statistika axboroti sifati va tezkorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. Elektron-hisoblash mashinalarining texnika bilan qayta jihozlanishini, ularning yangi avlodlari, aloqaning ilg‘or vositalari qo‘llanilishini, foydalanuvchilarning bank ma’lumotlariga telekommunikatsiya orqali kirib borishlarini rivojlantirishni amalga oshiradi; viloyatda yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish ishlarini olib boradi, turmush darajasi, sifati va qiymati o‘zgarishini tahlil qiladi, yagona metodologiya bo‘yicha aholi ro‘yxatini, tekshirishlar, so‘rovlarni o‘tkazadi, oilaviy budjetlar statistikasini tashkil etadi; mehnat bo‘yicha viloyat organlari bilan birgalikda mehnat resurslari va ishchi o‘rinlari balanslarini, mehnat resurslarining to‘laroq ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; boshqaruvning hududiy organlari korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda xalq xo‘jaligining safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha istiqboldagi va qisqa muddatli istiqbolni belgilash uchun takliflar tayyorlaydi; ko‘p ukladli iqtisodiyotni, bozor infrastrukturasini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon (fermer) xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning qaror topishi jarayonlarini, mana shu maqsadlar uchun ajratilayotgan yer uchastkalari va moddiy mablag‘lardan samarali foydalanishni o‘rganadi; istiqbolni belgilashlar, maqsadli dasturlar, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish uchun belgilangan muddatlarda takliflar, ko‘rsatkichlar tayyorlanishini hamda zarur shakllar to‘ldirilishini ta’minlaydi; “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasining viloyat boshqarmalari bilan birgalikda mahsulotlarning eng muhim turlarini ishlab chiqarish va ularni davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berish ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; ishlab chiqilayotgan hisobotlar, o‘tkazilayotgan aholi ro‘yxatlari, tekshirishlar, bir marta hisobga olishlar asosida ma’lumotlar statistika bankini tashkil etadi; belgilangan tartibga muvofiq davlat boshqaruvi viloyat organlarini ular faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha zarur statistika axboroti bilan ta’minlaydi. 5. Viloyat boshqarmasi tasdiqlangan istiqbolni belgilashlar qanday bajarilayotganligini muntazam va kompleks tahlil va nazorat qiladi, alohida tarmoqlar rivojlanishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida hokimlik boshqarmalari va bo‘limlariga takliflar kiritadi; istiqbolni belgilashlar qanday bajarilayotganligi, iqtisodiyotning bozor munosabatlariga kirishi bo‘yicha chora-tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishi, statistika va hisobga olish masalalariga oid qonunchilik va me’yoriy aktlarga rioya qilinish to‘g‘risida hokimlikka muntazam ravishda axborot berib turadi. 6. Boshqarmaga quyidagi huquqlar beriladi: viloyat xalq xo‘jaligi va ijtimoiy rivojlanishining tegishli davrdagi yakunlarini chiqarish va e’lon qilish; amaldagi qonunchilik doirasida viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbolni belgilashlarini sifatli ishlar chiqishni ta’minlash, ularning bajarilishi va statistika ishlarini takomillashtirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish; istiqbolni belgilash loyihalari va ayrim xo‘jalik muammolarini ishlab chiqish uchun viloyat hududidagi ilmiy-tadqiqot, texnologik va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek, alohida olimlar, mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish; qisqa muddatli va istiqboldagi istiqbolni belgilashlarni ishlab chiqish hamda ayrim xo‘jalik masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun butun hisobga olish — statistika ishlari bo‘yicha davlat hisobotini, shuningdek, bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha viloyat va mahalliy boshqaruv organlaridan, shu jumladan moliya, bank va boshqa xizmatlardan, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan zarur materiallarni belgilangan muddatlarda olish; davlat statistika kuzatishlari o‘tkazish uchun ma’lumotlarni taqdim etmagan, yoxud ularni kechikib yoki buzib taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda iqtisodiy jazolar qo‘llash; viloyat boshqarmalari, korxonalar, tashkilotlarda, ularning bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, uyushmalar, konsernlar, ittifoqlar va boshqa birlashmalarda hisobotlarning ishonchliligi va dastlabki hisobga olishning holatini tekshirish; ma’lumotlar buzilganligi aniqlangan hollarda davlat hisobotiga tuzatishlar kiritish, tegishli yuridik va jismoniy shaxslarga bu tuzatishlarni dastlabki va buxgalteriya hisobida, boshqa o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlarda aks ettirish majburiyatini yuklash, ma’lumotlarni buzuvchilarga nisbatan qonunda belgilangan intizomiy, moddiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida iltimos qilish; barcha darajadagi hokimliklar boshqarmalari va bo‘limlari, korxonalar va muassasalar rahbarlarining viloyat Boshqarmasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish; viloyat hokimligi boshqarmalari va bo‘limlarida, iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish bo‘yicha nohiya va shahar bo‘limlarida, korxonalar, birlashmalari tashkilotlar, kolxozlar va sovxozlarda istiqbolni belgilash—iqtisodiy ishlarning yo‘lga qo‘yilishini tekshirish hamda bu ishlarni yaxshilash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berish; viloyatni iqtisodiy rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun idoralararo kengashlar chaqirish; qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan istiqbolni belgilashlarni viloyat hokimligi bo‘limlariga, boshqarmalarga, quyi hokimliklarga puxta ishlash uchun qaytarish. 7. Boshqarma o‘z ishi yuzasidan viloyat hokimligi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi oldida javob beradi. 8. Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmasiga rahbarlik qilish viloyat hokimi o‘rinbosarlaridan biriga yuklatiladi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi, ularni viloyat Boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyasi bo‘yicha viloyat hokimligi lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. Boshliq bilan uning o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash Boshqarma boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 9. Viloyat Boshqarmasi boshlig‘i: Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; viloyat hokimligining qarorlari, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv yuqori organlarining aktlari asosida hamda ularni bajarish yuzasidan o‘z huquq doirasida qarorlar, buyruqlar chiqaradi, zarur hollarda hokimlik boshqarmalari va bo‘limlari rahbarlari bilan birgalikda viloyat, nohiyalar, shaharlar, shahardagi nohiyalar hokimliklarining barcha boshqarmalari va bo‘limlari, mulkchilik shaklidan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, viloyat hududidagi korxonalar, tashkilotlar ijro etishi majburiy bo‘lgan qo‘shma buyruqlar chiqaradi; apparat xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi; boshqarmalar, nohiyalar va shaharlar iqtisodiyoti va statistikasini muvofiqlashtirish bo‘limlari xodimlarining malakalarini oshirish tadbirlarini o‘tkazadi; viloyat istiqbolni belgilash va statistika Boshqarmasi bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi. 10. Bo‘limda boshliq, uning o‘rinbosarlari va iqtisodiy xizmatlarning boshqa rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’at a’zolarining tarkibi viloyat Boshqarmasining tavsiyasi bo‘yicha viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv hay’ati o‘z majlislarini muntazam o‘tkazadi, ularda qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolni belgilash loyihalari, iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari, ularning qanday bajarilayotganligi, statistika axborot tizimi faoliyat ko‘rsatishi masalalari shuningdek, viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning boshqa eng muhim muammolari ko‘rib chiqiladi. Hay’at qaror Boshqarma boshlig‘ining buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. 11. Boshqaruv tuzilmasi va shtatlari viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqarmaning organlari xo‘jalik shartnomalari, bitimlar yoki bir martalik so‘rovlarga muvofiq tijorat asosida axborot-hisoblash va tahliliy xizmatlarni faol rivojlantiradilar. Foydalanuvchilarga iqtisodiy-statistika axborotini statistika ishlari rejasida belgilangan minimumdan ortiqcha taqdim etish ham tijorat asosida amalga oshiriladi. Ishlar (xizmatlar)ning barcha turlarini bajarishdan olingan foyda (daromadi)dan Boshqarmaning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishi, shuningdek, uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun foydalaniladi. 12. Viloyat istiqbolni belgilash va statistika Boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 1. Nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligining iqtisodiyot va statistika muvofiqlashtirish bo‘limi* O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-avgustdagi Farmoniga muvofiq tashkil etiladi hamda o‘z faoliyatida nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligiga bo‘ysunadi va viloyat istiqbolni belgilash va statistika Boshqarmasiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Iqtisodiyot va statistika qo‘mitasiga, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmalariga) hisob beradi. Nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimliklarining iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish bo‘limlariga uslubiy rahbarlikni va ular faoliyatini muvofiqlashtirishni viloyat Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmasi hamda “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi amalga oshiradi. 2. Bo‘limning bosh vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: tabiiy, mehnat va boshqa mahalliy resurslardan, yaratilgan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida o‘ziga qarashli hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa muddatga va istiqboldagi davrga mo‘ljallangan istiqbolni belgilash majmuini ishlab chiqish, tasdiqlangan istiqbolni belgilashlarni tahlil qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish, statistika axborotini to‘plash va qayta ishlash hamda hokimiyat va boshqaruv organlarini ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash; boshqarmalar, bo‘limlar, nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimliklari, qishloq, shaharcha va ovul kengashlari ijroiya qo‘mitalarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbolini belgilash, yagona statistika siyosatini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, bu ishga uslubiy rahbarlik qilish va tajriba almashish; istiqbolni belgilashlarni tayyorlash jarayonida tegishli boshqarmalar va bo‘limlar, nohiya, shahar, shahardagi nohiyaning manfaatdor tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, istiqbolni belgilashlar bajarilishi va hisobot ko‘rsatkichlarining ilmiy-asoslangan tizimlari, ma’lumotlarni to‘plash va ularni qayta ishlash tizimlari joriy etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. 3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat, nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimliklarining qarorlari va farmoyishlariga istiqbolni belgilash va statistika yuqori organlarining qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari, ko‘rsatmalariga, boshqa me’yoriy aktlarga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: hududlar va viloyatlarni kompleks rivojlantirishni, mulkchilikning xilma-xil shakllarini tashkil etishni hisobga olgan holda nohiya, shahar, shahardagi nohiyaning kompleks iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini amalga oshiradi; mehnat, tabiiy, mahalliy resurslardan hamda mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; istiqbolni belgilash va statistika hisoboti usullarini va tashkil etilishini takomillashtirish, nohiya, shahar, shahardagi nohiya iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi istiqbolini belgilashning tayyorlanayotgan loyihalarining har tomonlama asoslanganligi va muvozanatliligi, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish samaradorligini o‘stirishning mavjud manbalaridan eng ko‘p darajada foydalanish uchun javob beradi; barcha investitsiyalardan, shu jumladan, chet el investitsiyalaridan, ishlab chiqarish fondlaridan, mehnat, moliya, moddiy va boshqa resurslardan samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi; nohiyalararo, xo‘jaliklararo, ishlab chiqarish va madaniy aloqalarni, shuningdek, viloyat va respublikaning boshqa shaharlari, nohiyalari bilan aloqalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan tegishli maqsadli dasturlaridan kelib chiquvchi vazifalarning hal etilishini ta’minlaydi; nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligining boshqarmalari va bo‘limlari, ilmiy muassasalar bilan birgalikda, shuningdek, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, nohiya, shahar, shahardagi nohiya hududidagi korxonalar va tashkilotlar istisnosiz barchasining takliflari asosida qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarga mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbolini belgilash loyihalarini tayyorlaydi; ilmiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmui ishlab chiqilishini tashkil etadi; davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yakunlariga tahliliy-istiqbolni belgilash jihatdan baho berilishini, mahalliy xo‘jalik va kommunal mulk shakllanishiga, nohiya, shahar, shahardagi nohiyada bozor iqtisodiyoti shakllanishi jarayoniga baho berilishini ta’minlaydi; statistika axborotini to‘plash, qayta ishlash va berish texnologiyasining yagona texnika siyosatini amalga oshiradi; ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadi, aholini ro‘yxatga olish, ijtimoiy-demografik tadqiqotlar, oila budjetlari so‘rovlari va statistikasi o‘tkazilishini tashkil qiladi, statistika axborotining sifati va tezkorligi oshishiga ko‘maklashadi; iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, respublika Hukumati qarorlarining ijro etilishi ustidan statistika kuzatuvini amalga oshiradi, ularning bajarilishi to‘g‘risida axborot tayyorlaydi, xalq xo‘jaligi rivojlanishi samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi. 5. Nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligi bo‘limi istiqbolni belgilash qanday bajaraliyotganligini muntazam ravishda tahlil qilib boradi, nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligi boshqarmalari va bo‘limlariga ayrim tarmoqlarni rivojlantirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, tasdiqlangan istiqbolni belgilashlarning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligiga muntazam ravishda ma’lumot berib turadi, nohiya, shahar, shahardagi nohiya rivojlanishidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 6. Bo‘limga: korxonalar va tashkilotlarning bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ularda hisobotning ishonchliligini va dastlabki hisobga olishning holatini tekshirish; istiqbolni belgilash loyihalarini va alohida xo‘jalik muammolarini ishlab chiqish uchun nohiya, shahar, shahardagi nohiya hududidagi ilmiy-tadqiqot, texnologik va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarni, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek, alohida olimlar va mutaxassislarni jalb qilish; nohiya, shahar, shahardagi nohiyani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbolini belgilash va statistika axboroti sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va ularning ro‘yobga chiqarilishi uchun amaldagi qonunchilik doirasida barcha zarur choralarni ko‘rish; nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimliklari bo‘limlari va boshqarmalaridan mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan, qishloq, shaharcha, ovul Kengashlari ijroiya qo‘mitalaridan belgilangan statistika axborotini, shuningdek, istiqbolni belgilash ko‘rsatkichlari hamda hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi istiqbolini belgilashni, mahalliy binokorlik materiallari, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish istiqbolini belgilashni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy-maishiy obyektlarni rivojlantirish hamda ayrim xo‘jalik masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallarni olish; o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimliklari bo‘limlari va boshqarmalarining, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, korxonalar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish; nohiya, shahar, shahardagi nohiya boshqarmalari va bo‘limlarida, korxonalar, tashkilotlar, kolxozlar va sovxozlarda istiqbolni belgilash-iqtisodiy va statistika ishlarining yo‘lga qo‘yilishini tekshirish, bu ishlarni yaxshilash bo‘yicha ularga tavsiyalar berish; nohiya, shahar, shahardagi nohiya xo‘jaliklarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun idoralararo kengashlar chaqirish; qo‘yiladigan talablarga javob bermaydigan istiqbolni belgilash loyihalarini nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimliklari boshqarmalari va bo‘limlariga, qishloq, shaharcha va ovul Kengashlariga puxta ishlash uchun qaytarish; hisobot ma’lumotlari buzilganligi aniqlangan hollarda davlat hisobotiga o‘zgarishlar kiritish; tegishli yuridik va jismoniy shaxslarga bu tuzatishlarni dastlabki va buxgalteriya hisobida, boshqa o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlarda aks ettirish majburiyatini yuklash; davlat statistika kuzatishlarini olib borish uchun ma’lumotlarni taqdim etmagan, yoxud ularni kechikib yoki buzilgan holda taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda iqtisodiy jazolar qo‘llash. 7. Bo‘lim o‘z ishi to‘g‘risida nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va statistika qo‘mitasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmalari, viloyatlarning istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari oldida hisob beradi. 8. Bo‘limga rahbarlik qilish hokimlarning tegishli darajadagi o‘rinbosarlaridan biri zimmasiga yuklatiladi. 9. Bo‘lim boshlig‘i: bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘z vakolati doirasida nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligining qarorlari, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv yuqori organlarining aktlari asosida hamda ularni bajarish yuzasidan buyruqlar chiqaradi; bo‘lim xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, ularning malakasini oshirish tadbirlarini o‘tkazadi. 10. Bo‘limda boshliq va boshqaruv a’zolaridan iborat tarkibda boshqaruv tashkil etiladi. Boshqaruv a’zolarining tarkibi nohiya, shahar, shahardagi nohiya hokimligi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv o‘z majlislarini muntazam o‘tkazadi, ularda qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolni belgilash loyihalari iqtisodiyotni rivojlantirish, hududda bozor tuzilmalarini shakllantirish, nohiya, shahar, shahardagi nohiya statistikasi masalalari istiqbolni belgilashlar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ko‘rib chiqiladi. 11. Bo‘limning tuzilishi va shtatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 12. Bo‘lim yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
181
51,116
Qonunchilik
Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni hamda “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maqomi va tuzilmasi; Vazirlik va uning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari hamda majburiyatlari; Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, vazir o‘rinbosarining soha yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi; Vazirlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hay’at va boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari faoliyatini tashkil etish tartibi; Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi. 2. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbar o‘rinbosarlarining biriga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar (Chief Innovation Officer) (keyingi o‘rinlarda — rahbar o‘rinbosarlari) yuklatilsin: iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashda ishtirok etish hamda tarmoq bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash; yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish hamda ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish choralarini ko‘rish; ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan yangi ishlanmalar sinovlarini tarmoq tashkilotlarida sanoat darajasida o‘tkazishni tashkil etish; tarmoq tashkilotlarining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida ularni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan rejalarini amalga oshirish va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; yuqori texnologiyali va tijoratlashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori o‘rtasida integratsiyani ta’minlash; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qilish; ilmiy-tadqiqotlar, ishlanmalar va intellektual faoliyat natijalari tijoratlashtirilishini moliyalashtirishda ko‘maklashish; ilmiy ishlanmalarni qo‘llagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) realizatsiya qilish orqali innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish. 3. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari bir oy muddatda: shtat birliklari doirasida rahbar o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmani tashkil etsin; innovatsion faoliyat sohasida uch yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, Vazirlik bilan kelishgan holda tasdiqlasin. 4. Vazirlik va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Yashnobod” innovatsiya texnoparkiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ajratilgan qarzning qaytarilmagan qismini to‘liq ushbu texnopark ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti maqomini berish texnopark direksiyasi taqdimnomasiga asosan Vazirlik hay’atining qarori bilan amalga oshiriladi. 5. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtat normativlarini belgilash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 7. Vazirlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda tashkiliy asoslarini, shuningdek, rahbarlarining funksional majburiyati va mas’uliyatini belgilaydi. 2. Vazirlik: O‘zbekiston Respublikasida ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini hamda innovatsion faoliyatni boshqarish va tashkillashtirish, uni amalga oshirishni muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi; o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi; Vazirlar Mahkamasiga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi; ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi. 3. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 4. Vazirlikning rasmiy nomlanishi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, qisqartmasi — Innovatsiya vazirligi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Ministerstvo innovatsionnogo razvitiya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Mininnovatsiya; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Ministry of innovative development of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — Innovation ministry. 5. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi. 6. Vazirlik joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri Olmazor tumani Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 7-uy, 100174. 7. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: Vazirlikning markaziy apparati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Vazirlikning hududiy boshqarmalari); Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi; Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; Yoshlar akademiyasi; Ilmiy-texnik axborot markazi; Ilg‘or texnologiyalar markazi; Xalqaro molekulyar allergologiya markazi; “Yashnobod” innovatsion texnoparki direksiyasi; Yoshlar innovatsiya markazi; Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi. 8. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka hamda tegishliligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga bo‘ysunadi. 9. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarga ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish va mamlakatning innovatsion rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqish; hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish; ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish; ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish; yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish; innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini o‘tkazish va intellektual mulk obyektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash; iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash hamda tarmoq ilmiy-tadqiqotlar ishlarini rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash; yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi tashkilotlarni shakllantirish va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish; ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. 10. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish sohasida: Global innovatsion indeks hamda boshqa xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga qaratilgan “yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan o‘z muddatida bajarilishi ustidan tizimli monitoring ishlarini olib boradi; xalqaro moliya institutlari ekspertlari, mahalliy ilmiy tashkilotlar xodimlari, tadbirkorlik subyektlari vakillari, mutasaddi vazirlik va idoralarning salohiyatli mutaxassislarini jalb qilgan holda innovatsion rivojlanishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi va uni amalga oshirishni tashkil etadi; innovatsion rivojlanish strategiyasi uchun samaradorlikni baholovchi maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar)ga erishish vazifalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakat mavqeyini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni to‘liq va samarali amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni aniqlaydi, mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yechim va takliflar ishlab chiqadi; ilm-fan va innovatsiyalar sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy va startap loyihalar natijalarini sohalarga samarali joriy etilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; innovatsion rivojlanish sohasida raqamli texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; ilm-fan va innovatsiya sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganadi va joriy etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xususan Davlat dasturi, faoliyat samaradorligi indikatorlari va boshqa strategik vazifalarning bajarilishini o‘z vakolati doirasida tahlil qiladi, monitoring qiladi va natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi; mamlakatni innovatsion rivojlantirish, global indekslar va xalqaro reytinglar, davlat va jamiyat qurilishiga ilmiy ishlanmalarni joriy etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi; b) hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish sohasida: hududlarda innovatsion infratuzilmalar (transfer va innovatsiya markazlari, kichik innovatsion tashkilotlar, biznes akselerator, biznes-inkubatorlar, innovatsion va yoshlar texnoparklari va boshqalar)ni tashkil etishga, ular faoliyatini yuritishga bevosita ko‘maklashadi; hududlarni innovatsion rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi, fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarga buyurtmalar portfeliga muvofiq ilmiy faoliyatga hududiy dasturlarni tanlovlar asosida shakllantiradi va amalga oshirilishini monitoring qiladi; hududning iqtisodiy va innovatsion raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga ko‘maklashadi; hududlarning soha va tarmoqlariga yuqori texnologiyalarga asoslangan ilmiy ishlanmalarni va loyihalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshiradi; hududlarda tashkil etilgan innovatsion infratuzilmalar, innovatsion va yoshlar texnoparklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda hududdagi yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirishga sharoit yaratadi; hududiy iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari asosida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga va texnologiyalar transferini tashkil etishga ko‘maklashadi; ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning hududiy uzviy bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi; hududiy ilmiy ishlanmalarni yaratish, qo‘llash va ommalashtirish bilan bog‘liq tizimli ishlarni tashkil etadi; mahalliy axborot makonida ilm-fan va texnologiyalar asoslarini, yutuqlarini, shuningdek ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni targ‘ib etishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yadi; hududiy infratuzilmalarda yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirishga sharoit yaratadi; hududiy innovatsion infratuzilmalarda yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik anjumanlar, seminar, trening va o‘quv kurslarini tashkil etadi; ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish maqsadida ilmiy tashkilotlarni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida ularning talabnomasiga asosan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari xaridini belgilangan tartibda tashkil qiladi; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hamda qishloq va suv xo‘jaligiga yangi ishlanmalarni joriy etish va innovatsion faolligini oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalarga davlat buyurtmasi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi; v) davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish sohasida: davlat boshqaruvi organlari tomonidan xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari va real ehtiyojlari bo‘yicha taqdim etilgan takliflarni chuqur tahlil qiladi va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar tayyorlaydi; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantiradi; ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etadi; ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini o‘tkazadi, ilmiy loyihalarni texnik ekspertizasini tashkil etadi hamda ilmiy ekspertiza jarayonini muvofiqlashtiradi; tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari hamda ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari loyihalarini tasdiqlanishini tashkil etadi va moliyalashtirishga tavsiya etadi; ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi bo‘yicha bajariladigan ilmiy loyihalarning davlat ro‘yxatini yuritadi va ular yuzasidan hisobotlarni qabul qiladi; ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning tasdiqlangan rejaga ko‘ra bajarilishini, moliyaviy mablag‘larning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholash maqsadida monitoring o‘tkazadi; respublikada faoliyat yuritadigan ilmiy tashkilotlarning ilmiy innovatsion faoliyatini tahlil qiladi va uning natijalariga ko‘ra ilmiy tashkilotlarning milliy reytingini ishlab chiqadi; yopiq mavzudagi (maxsus yo‘nalishdagi) loyihalar bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantiradi, tanlovlar natijalariga ko‘ra loyihalarni tasdiqlaydi va moliyalashtiradi hamda bajarilayotgan loyihalarning natijalari monitoringini amalga oshiradi; xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etadi, tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalarni moliyalashtiradi; davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi; g) ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish sohasida: inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida tasarrufida ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalariga ega vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi; tizimda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi bo‘yicha monitoring olib boradi; vazirliklar, idoralar, ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarining oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimdan samarali foydalanishlarini ta’minlaydi, shuningdek undan foydalanish bo‘yicha uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi; ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash asosida oliy ta’lim muassasalarining reytingini yuritadi hamda reyting natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosar)larga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolarni qo‘llash haqida taqdimnoma tayyorlaydi; oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlarining (rektor, direktor) ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor va direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha taqdimnomalar tayyorlaydi; barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining faoliyati natijadorligini oshirish borasida ularning mas’uliyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar belgilash yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning bajarilishini muntazam tanqidiy muhokama qilib boradi; ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va madaniyat sohalarini innovatsion rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalarga davlat buyurtmasi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi. d) yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasida: Yoshlar akademiyasi a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish choralarini ko‘radi; ilmiy izlanish olib borishni istagan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratish va yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi, yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatda qatnashayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashadi; iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish bo‘yicha Yoshlar akademiyasining onlayn platformasini yuritadi hamda muntazam yangilab boradi; ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi, ularni oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning laboratoriya bazasidan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratadi; iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlari uchun imkon yaratish maqsadida loyihalarni shakllantirishda ko‘maklashadi; ilmiy ishlanmalarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida Yoshlar akademiyasi a’zolari hamda iqtidorli va tashabbuskor yoshlarga patentlash, ilmiy ishlanmalarni baholash va sertifikatlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi; iqtidorli va tashabbuskor yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or texnologik ishlanmalar asosida tajriba namunalarini yaratish va tayyor mahsulot bosqichiga olib chiqish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi; Yoshlar akademiyasi a’zolari, iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning tashabbuslarini soddalashtirilgan mexanizmlar asosida rag‘batlantirish choralarini ko‘radi; yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi; e) ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish sohasida: ilm-fan va innovatsiyalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va joriy etadi; ilmiy va innovatsion faoliyatga mablag‘lar, jumladan banklar va moliya institutlarining investitsiyalari va texnik ko‘mak grantlar mablag‘larini jalb qiladi; tijorat banklari va moliya tashkilotlari bilan ilm-fan yutuqlari va ilmiy ishlanmalarni joriy etishga mablag‘lar jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashadi; ilmiy-innovatsion ishlanmalar va loyihalarni venchur moliyalashtirishni amalga oshirish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshiradi; mamlakatda venchur moliyalashtirish uchun uzoq muddatli resurslar manbasi hisoblanuvchi institutsional investorlar paydo bo‘lishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha rag‘batlantirishlarni yaratishga va mavjud cheklovlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi; ilmiy va innovatsion ishlanmalar va loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy venchur jamg‘armalarni va institutsional investorlarni jalb qilish choralarini ko‘radi; xalqaro texnik ko‘mak va xorijiy grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy tashkilotlar va davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish hamda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan aniq takliflar tayyorlaydi; ilm-fan sohasi va innovatsion faoliyatga texnik ko‘mak va xorijiy grantlarni jalb qilish va amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring olib boradi hamda tizimli ishlarni muvofiqlashtiradi; ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, eksport-import va xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalarga davlat buyurtmasi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi. j) innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini o‘tkazish va intellektual mulk obyektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash sohasida: ilmiy va startap loyihalarni moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini o‘tkazadi; loyihalarga ilova qilingan shakllarning to‘liqligi va to‘g‘riligini, zarur imzo, muhr va shtamplarning mavjudligini tekshiradi; ilgari topshirilgan loyihalarga o‘xshash yoki shu mavzuda bajarilgan loyihalarning mavjudligi va ularning takrorlanishini qiyosiy tahlil qiladi; taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarning prognoz ko‘rsatkichlari asosida moliyalashtirish hajmlari bo‘yicha takliflar beradi; taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni, texnik xatolar va noaniqliklarni tekshiradi; tegishli sohalardagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlarga (ITK) moliyaviy-texnik ekspertiza va iqtisodiy asoslash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayoniga zarur hollarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etadi; ishlab chiqarish tashkilotlarida, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarida intellektual mulk obyektlarini tatbiq etish va joriy qilish bo‘yicha zarur shart-sharoit yaratishda ishtirok etadi; mahalliy ilmiy ishlanmalar (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari va boshqalar)ga intellektual mulk huquqini tasdiqlovchi xalqaro patentlar, mualliflik guvohnomalari yoki boshqa hujjatlarni olishga zaruriy moliyaviy va tashkiliy sharoitlarni yaratish orqali ko‘maklashadi; intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan patent va boshqa hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va jadallashtirish imkonini beruvchi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi va intellektual mulk obyektlarini tatbiq etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi. z) iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash hamda tarmoq ilmiy-tadqiqotlar ishlarini rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash sohasida: iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash, jahon bozorida raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion rivojlanish strategiyalarini, dasturlarini va yo‘l xaritalarini hamkorlikda ishlab chiqadi hamda amalga oshirish choralarini ko‘radi; iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarini innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash asosida ilmiy ishlanmalar va yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi; tarmoq tashkilotlarida innovatsion faoliyatga oid iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’minlash va yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi; iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion faoliyati natijalarini tahlil qiladi va kelgusida rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; iqtisodiyotning real sektorida innovatsion ishlanmalarni joriy qilishda ularning iqtisodiy samaradorligini muntazam ravishda monitoring qilib boradi; ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, jumladan yoqilg‘i-energetika, geologiya, kon-metallurgiya, kimyo sanoati, ekologiya, elektrotexnika, gidrometeorologiya va qurilish materiallari sanoati tarmoqlari tashkilotlarining mavjud muammolari va ehtiyojlarini tahlil qiladi hamda ularni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlaydi; qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida muqobil va ekologik toza energiya manbai — “yashil” vodorodni ishlab chiqarish, saqlash va qo‘llash bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etishni muvofiqlashtiradi; tarmoq tashkilotlariga innovatsiyalarni joriy etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqadi; tarmoqlar va xususiy sektor tashkilotlarida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar tuzilmalarini tashkil etishga ko‘maklashadi hamda tadqiqot va tajriba-sinov tuzilmalarini rivojlantirish choralarini ko‘radi, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida takliflar tayyorlaydi; ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan yangi ishlanmalarni tarmoq tashkilotlarida sanoat darajasida sinovlarni o‘tkazishni tashkil etadi; tarmoq tashkilotlarining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida ularni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tahlillarni amalga oshiradi va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; bajarilayotgan amaliy va innovatsion loyihalarning tasdiqlangan rejaga asosan belgilangan talablarga muvofiq olingan natijalarning samaradorligini baholash maqsadida monitoring jarayonida iste’molchi iqtisodiyot tarmoqlari vakillarining ishtirokini ta’minlaydi; iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, xususan yoqilg‘i-energetika, geologiya, kon-metallurgiya, kimyo sanoati tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi; i) yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi tashkilotlarni shakllantirish va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish sohasida: ilmiy ishlanmalarni qo‘llagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) realizatsiya qilish yoki ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish orqali tijoratlashtirishga ko‘maklashadi; ta’sischisi yoki ta’sischilaridan biri ustav jamg‘armasiga ulush sifatida intellektual mulk obyektini yoki texnologiyani kiritgan tashkilot (affillangan tashkilot) bo‘lgan tijorat tashkilotlarini tashkil etish orqali tijoratlashtirishga ko‘maklashadi; respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida ilmiy faoliyat natijalarini joriy etish mexanizmlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; yuqori texnologiyali va tijoratlashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori o‘rtasida integratsiyani ta’minlaydi; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qiladi; ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni moliyalashtiradi, shuningdek, texnologiyalarni transfer qilishga ko‘maklashadi; startaplarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik o‘rnatadi; kelgusida inkubatsiya va akseleratsiya jarayonlarini tashkil etishda ko‘maklashish hamda moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan istiqbolli startap loyihalar uchun tanlovlar tashkil etadi; startap loyihalarni moliyalashtirishda va ishtirokchilarining huquqiy munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi; intellektual mulk qatnashadigan innovatsion biznes, yangi innovatsion tovarlar, texnologik jarayonlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda joriy etish choralarini ko‘radi; ishlab chiqarish tashkilotlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash hamda ularni huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha zarur shart-sharoit yaratishda ishtirok etadi; yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi. k) ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida: Vazirlikning xorijiy aloqalarini tashkil etish va tahlil qilish, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan o‘zaro hamkorlik darajasi va ko‘lami, ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi roli va o‘rnidan kelib chiqib, vazirlikning xorijiy aloqalarda ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasida innovatsiyalarni keng miqyosda joriy qilishda ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanishning xalqaro tajribasini qo‘llash maqsadida Global innovatsion indeksda yuqori o‘rinlarni egallagan xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni o‘rnatish, stajirovkalar tashkillashtirish, xalqaro innovatsion-investitsion forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, treninglar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi; manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik sohasida chet ellik sheriklar bilan kelishuvlarga erishish, shartnomalar tuzishni muvofiqlashtiradi va ta’minlaydi; xorijiy investitsiyalar, grantlar, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy fondlar vakillari bilan muzokaralar olib borilishini va tegishli shartnomalar imzolanishini ta’minlaydi; Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik sohasida xorijiy sheriklar bilan muzokaralar olib borish, tegishli shartnomalarni tayyorlash va imzolashga ko‘maklashadi; Vazirlik rahbariyati va tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining xorijiy safarlarini tashkillashtirish, rasmiylashtirish (viza olish) bilan bog‘liq jarayonlarni amalga oshiradi; Vazirlik vakolati doirasida xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar, xalqaro tadbirlarni diplomatik protokol talablari asosida tashkil etadi; respublikaning ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida vazirlikning faoliyatiga tajribali xorijiy maslahatchilar va mutaxassislarni jalb qiladi; yetakchi xorijiy davlatlar, kompaniyalar va ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan texnologiyalar transferini amalga oshirishda ko‘maklashadi; ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, texnologiyalar transferini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi. 11. Vazirlik qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. 12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlaydi; 2) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash; 3) Vazirlik faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yig‘ilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish; 5) Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish; 6) Vazirlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga ko‘ra zarur chora-tadbirlarni ko‘rish; 7) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish; 8) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va erkinligini ta’minlash; 9) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni samarali ta’minlash, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish; 10) ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, ilmiy va innovatsion faoliyat sohasidagi dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash; 11) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro xorijiy tadbirlarda Vazirlik vakillarining ishtirokini ta’minlash; 12) Vazirlik hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri (keyingi o‘rinlarda — vazir) buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 13) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-axloq hamda ma’naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, nazoratdagi tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; 14) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni o‘rganishni tashkil etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish; 15) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar o‘tkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar o‘tkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash. 13. Vazirlik markaziy apparati o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi; Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida tarkibiy bo‘linmalar va hududiy boshqarmalarning kelishilgan holda ishlashini hamda quyi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi; tarkibiy bo‘linmalar, hududiy boshqarmalar va quyi tashkilotlarning faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni hamda nazoratini, shu jumladan ularning qonunchilik hujjatlari, idoraviy va idoralararo normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; topshiriqlar va qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan hamda o‘z tashabbusi bilan Vazirlik vakolatlariga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; Vazirlik vakolatiga taalluqli tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalarni hal qiladi. 14. Vazirlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar loyihalarini shakllantirish, tasdiqlash, moliyalashtirish va monitoring qilishni tashkil etish; hududda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga ko‘maklashish; hududiy iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari asosida texnologiyalar transferini tashkil etish; hududdagi ilmiy va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, kompaniyalarga ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga ko‘maklashish; ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning hududiy uzviy bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish; hududlarning innovatsion rivojlanishining istiqbolli ustuvor strategik yo‘nalishlari, uzoq, o‘rta va qisqa muddatli innovatsion rivojlantirish prognozlari va hududlarni kompleks rivojlantirish strategiyalari, dasturlarini hududning salohiyatini va yangi texnologiyalarga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari va real ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar ishlab chiqish; tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish; hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va respublika viloyatlarida innovatsion infratuzilmani barpo etish uchun ularning imkoniyatlarini jalb qilish; hududning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunligi”ni inobatga olgan holda innovatsion rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy va innovatsion faoliyatga oid hududiy dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshirish; yangi va talabgir mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yaratish bo‘yicha innovatsion startap loyihalarni ishlab chiqishni va ilgari surishni, shu jumladan hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish; innovatsion mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) uchun investorlar va iste’molchilarni izlash bo‘yicha ishlarni, jumladan innovatsion infratuzilma subyektlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish orqali tashkil etish; innovatsion loyihalarni amalga oshiruvchi hududiy innovatsiya markazlari, startap kompaniyalar, ilmiy doiralar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga o‘z vakolatlari doirasida uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish; hududiy ilmiy ishlanmalarni yaratish, qo‘llash va ommalashtirish bilan bog‘liq tizimli ishlarni tashkil etish; mahalliy axborot makonida ilm-fan va texnologiyalar asoslarini, yutuqlarini, shuningdek ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni targ‘ib etishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish. 15. Vazirlikning hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) hududning ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish sohasida: Global innovatsion indeks hamda boshqa xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga qaratilgan “Yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari tomonidan o‘z muddatida bajarilishi ustidan tizimli monitoring ishlarini olib borish; hududiy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish strategiyalari uchun samaradorlikni baholovchi maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar)ga erishish choralarini ko‘rish; ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakat mavqeyini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni to‘liq va samarali amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, mas’ul hududiy tuzilmalar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yechim va takliflar ishlab chiqish; ilm-fan va innovatsiyalar sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy va startap loyihalar natijalarini hudud iqtisodiyotiga samarali joriy etilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish. b) ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarni shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish sohasida: vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari va real ehtiyojlari bo‘yicha taqdim etilgan takliflarni chuqur tahlil qilish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarga buyurtmalar bo‘yicha belgilangan tartib va shaklda asoslangan takliflar tayyorlash; hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan hududiy ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etish; ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini o‘tkazish, ilmiy loyihalarning texnik ekspertizasini tashkil etish hamda ilmiy ekspertiza jarayonini muvofiqlashtirish; tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar loyihalarini tasdiqlanishini tashkil etish va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga tavsiya etish; ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarning davlat ro‘yxatini yuritish va ular yuzasidan hisobotlarni qabul qilish; ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasida bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning tasdiqlangan rejaga ko‘ra bajarilishini, moliyaviy mablag‘larning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholash maqsadida monitoring o‘tkazish. v) hududlarda ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish sohasida: oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida hududiy ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish; hududiy oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi bo‘yicha monitoring olib borish; hududiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlarining (rektor, direktor) ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor va direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar tayyorlash; g) hududlarda yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasida: hududlardagi Yoshlar akademiyasi a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishga ko‘maklashish; hududlarda ilmiy izlanish olib borishni istagan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratish va yangi avlod yosh olimlarini tayyorlashga ko‘maklashish; hududlardagi iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlari uchun imkon yaratish maqsadida loyihalarni shakllantirishda ko‘maklashish. d) hududlarda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish sohasida: hududlarda ilmiy ishlanmalarni qo‘llagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) realizatsiya qilish yoki ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish usuli orqali tijoratlashtirishga ko‘maklashish; hududlarda ta’sischisi yoki ta’sischilaridan biri ustav jamg‘armasiga ulush sifatida intellektual mulk obyektini yoki texnologiyani kiritgan tashkilot (affillangan tashkilot) bo‘lgan tijorat tashkilotlarini tashkil etish orqali tijoratlashtirishga ko‘maklashish; davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining hududiy boshqarmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qilish; hududiy startaplarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 16. Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 17. Vazirlik hududiy boshqarmalari belgilangan tartibda tuzilib, tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari Vazirlik tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 18. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish; Vazirlikka yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘rnatilgan tartibda kiritish; Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari, respublikaning chet eldagi diplomatik va savdo vakolatxonalari, Markaziy bank va tijorat banklaridan tegishli ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda so‘rash va olish; innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur axborotlarni bepul asosda davlat statistika organlaridan olish; Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish; ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida ilmiy loyihalar hamda startap loyihalarni tanlab olish uchun ilmiy-texnik kengashlar hamda tanlov komissiyalarini tashkil etish va tanlovlar e’lon qilish; ilmiy tadqiqotlarga va startap loyihalarga yo‘naltirish uchun budjet mablag‘larini taqsimlashda ishtirok etish; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda yig‘ilishlar chaqirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining topshiriqlariga muvofiq xalqaro tashkilotlarda davlat manfaatlarini ifoda etish hamda o‘rnatilgan tartibda va xalqaro huquq me’yorlari asosida boshqa mamlakatlarning innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha mas’ul idoralari hamda ilmiy institutlari bilan bevosita yoki ularning quyi bo‘g‘in tuzilmalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish; binolarga xizmat ko‘rsatish, inventarlar va xo‘jalik ashyolari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va orgtexnikalarni saqlash va foydalanish bo‘yicha ishlarni bajarish, dasturiy ta’minot sotib olish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda shartnomalar tuzish; davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlanish holatini o‘rganish, innovatsion faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni to‘plash hamda umumlashtirish; innovatsion faoliyatni uning samaradorlik indikatorlari asosida baholash, ilg‘or texnologiyalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi tegishli tarmoq va sohalar rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilash; ijtimoiy-iqtisodiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish borasida ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishga davlat topshiriqlarini shakllantirish; ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va texnologiyalar natijalarini tijoratlashtirish, shuningdek, texnologiyalarni transfer qilishga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish; Vazirlik, uning tarkibiy bo‘linma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar bajarilishi va belgilangan indikatorlarga erishishni hisobga olgan holda ularni moddiy-texnika bazasini yaxshilash, moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash; Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; ilmiy va startap loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiradigan muammolarni hal qilish uchun yetakchi olimlar hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat idoralararo ilmiy-texnik, innovatsion kengashlar, shuningdek, fan va texnologiyalar rivojlanishining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert guruhlarini tuzish; Vazirlik vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun ilmiy tashkilotlar, olim va mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni shartnoma asosida hamda ekspert sifatida jalb qilish; ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha idoraviy ilmiy hamda o‘quv markazlari, maslahat va axborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarni belgilangan tartibda tashkil etish; respublikaning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari hamda loyihalari buyurtmalarining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish; innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni hisobga olgan holda tarmoq hamda hududlarni rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda tasdiqlashga kiritish; Vazirlik, uning tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi hamda ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rish; Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb qilish. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlik boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 19. Vazirlik: zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning lozim darajada hamda samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatining amalga oshirilishi; tegishli sohada faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar va belgilangan indikatorlarga erishishning so‘zsiz ta’minlanishi; joriy etilayotgan ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar, g‘oyalar va texnologiyalarning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hamda Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining amalga oshirilishi sifati, yakuniy natijalari hamda oqibatlari; tegishli sohani rivojlantirish hamda hududlarning muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda himoya qilinishi uchun javobgardir. 20. Vazirlikning hududiy boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega: yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklarning tarkibiy bo‘linmalari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlardan ma’lumotlar so‘rash va olish; ilm-fan va innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish; davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari, shuningdek ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini axborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga jalb qilish. 21. Vazirlikning hududiy boshqarmalari quyidagilarga majbur: qonunchilik hujjatlari, vazir va uning o‘rinbosarining topshiriqlari, shuningdek, hududiy boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish; hududlarni rivojlantirish dasturlarining tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlariga uzviy bog‘lagan holda o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash; hududlarning ilm-fan va innovatsion rivojlanish tendensiyalari, hududiy rivojlanish dasturlari va prognozlarining ijrosi to‘g‘risidagi obyektiv tahliliy ma’lumotlarni Vazirlikka taqdim etish. 22. Quyidagilar vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish; Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini tasdiqlash, tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning bajarilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etishni ta’minlash; Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlarini ijro etish; Vazirlik faoliyatining ayrim yo‘nalishlari va bo‘limlarini, shuningdek, quyi tashkilotlarni boshqarish uchun vazir o‘rinbosari va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash; o‘z vakolati doirasida Vazirlik tizimi xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish; Vazirlik markaziy apparatining xarajatlar smetasi va xodimlar shtat jadvalini belgilangan shtatlar doirasida tasdiqlash; Vazirlik markaziy apparati, Vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda tizimidagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar doirasida o‘zgartirishlar kiritish; Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash; Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish; Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish; davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek ekspertlarni konsultant sifatida jalb qilish; malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish hamda ularga tegishli ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash; innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda chora-tadbirlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish; faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish; Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qo‘yish); Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash; Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ular sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash; Vazirlik va uning idoraviy mansubligidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Vazirlik xodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 23. Quyidagilar vazir o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; vazir vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; Vazirlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Vazirlikning tegishli bo‘limlarini bevosita boshqarishni amalga oshirish; vazir o‘rinbosari nomenklaturasiga kiritilgan Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni vazir tomonidan tasdiqlash uchun taqdim etish; vazir nomenklaturasiga kiritilgan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish; mutasaddi bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etish; mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini
94
64,089
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
“Xususiy korxona to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 3-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 1995-yil 15-sentabrdagi 361-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 9-son, 34-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 1999-yil 7-iyuldagi 334-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 36-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 53-modda) ilovaning 7-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 5-iyundagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 27-modda). 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 34-modda) ilovaning 6-bandi. 8. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 47-modda) 2-ilovaning 3-bandi.
103
1,945
Qonunchilik
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-920-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 8-iyunda kiritilgan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-920-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
235
828
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi QL-703-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 21-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi QL-703-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasida muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
188
716
Qonunchilik
Oʻzbekiston mualliflik huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi хalqaro hujjatlarga qoʻshilishi koʻzda tutilmoqda
Mamlakatimizning mualliflik huquqi va fonogrammalarni ishlab chiqish borasidagi uchta хalqaro shartnomaga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi e’lon qilindi. Intellektual mulk agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida quyidagi хalqaro shartnomalar asosiy oʻrinni egallaydi: Ma’lumot uchun: mualliflik huquqlarini milliy darajada muhofaza qilish ta’minlangan, shu jumladan bu boradagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Intellektual mulk ob’yektiga nisbatan mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, bunday mulk ob’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ular rasman roʻyхatdan oʻtkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish holatlari jarimalar solinishi sabab boʻladi (JKning 149-moddasi). Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov.
111
868
Qonunchilik
Banklar va ularning boshqaruvchilariga jarimalar tizimi belgilandi
Yangi tahrirdagi «Banklar va banklar faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi (5.11.2019 yildagi OʻRQ-580-son Qonunga qarang). Avvalo, hujjat hajmi avvalgi versiyasi bilan solishtirilganda ikki baravarga koʻpaydi. Bu unga alohida normalar, masalan asosiy tushunchalar ta’riflari  va boshqa umumiy qoidalar kiritilganligi, shu jumladan ularning qonunosti va idoraviy hujjatlardan oʻtkazilganligi va yangi boblar kiritilganligi bilan bogʻliqdir. Masalan, ulardan biri prudensial talablar (kapitalning monandlik koeffitsiyenti, sohalar kesimida toʻplanish, likvidlik koeffitsiyentlari va h.k.) va tavakkalchilikni boshqarishga, boshqasi – terrorizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishiga, uchinchisi – banklar faoliyati ustidan prudensial nazoratga (bank faoliyatining oʻziga хos tavakkalchiliklarining oldini olish va qisqartirish maqsadida MB tomonidan amalga oshiriladi, tahr. izohi), yana biri – banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun MB tomonidan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalarga bagʻishlangan. Xususan, endi sanksiyalar turi va miqdori sodir etilgan qoidabuzarlik хususiyatiga bogʻliq boʻladi – ular tasniflanib, qoʻpol, jiddiy va juz’iy guruhdagi qoidabuzarliklarga boʻlindi. Qoʻpol qoidabuzarlik uchun bankning litsenziyasi olib qoʻyiladi. Qoʻpol yoki jiddiy qoidabuzarliklar va qoidabuzarlarga nisbatan qoʻllanilgan ta’sir choralari toʻgʻrisida OAVda хabar berish mumkin. Juz’iy qoidabuzarlik sodir etilganda yozma ogohlantirish bilan cheklaniladi. Bundan buyon nafaqat banklar, balki kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv va boshqarma tarkibida boʻlmagan, biroq ularning harakatlari bank faoliyatiga jiddiy ta’sir koʻrsata oladigan muhim ahamiyatga ega хodimlar ham jarimaga tortiladi. Sub’yekt Qoidabuzarlik хususiyati qoʻpol jiddiy juz’iy Bank Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan ushbu daromadlardan baravar miqdorda yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida olingan sof foydadan foiz yoki bank jami kapitalidan foiz koʻrinishida jarimalar hisoblanadi: 2 baravar miqdorida yoхud 5%i yoki 1%i 1,5 baravari miqdorida yoхud 2%i yoki 0,5%i 1 baravari miqdorida yoхud 1%i yoki 0,1%i Bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining a’zosi yoki muhim ahamiyatga ega хodimi Jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan haq miqdoridan jarimalar hisoblanadi 100%dan ortiq boʻlmagan miqdorda 75%dan ortiq boʻlmagan miqdorda 50%dan ortiq boʻlmagan miqdorda Bundan tashqari, ilgari amal qilgan qonundagi qator normalarga tuzatishlar kiritildi: Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 6.11.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
66
2,800
Qonunchilik
MChJda ulush: sotish uchun narх
Narхni aniqlash variantlari Modomiki amaldagi qonunchilikda ulushni muayyan narхda sotish boʻyicha hech qanday talab yoʻq ekan, Fuqarolik kodeksining (FK) 354-moddasi (shartnoma tuzish erkinligi)  sababli mulkdor ulushni sotishda unga oʻzi narх qoʻyishga haqli. Hozirgi qonunchilikni inobatga olgan holda ulushni sotish uchun uning narхini belgilashning uch variantini ajratish mumkin: nominal qiymati; haqiqiy qiymati; shartnoma qiymati. Ulush tushunchasi, uni aniqlash, nominal va haqiqiy qiymati oʻrtasidagi farq masalasi bizning “MChJda  ulush: nominal va haqiqiy qiymati” materialimizda koʻrib chiqildi.  Bu eng muhim tushunchalar va ularga e’tiborsiz boʻlish mumkin emas, chunki ulushning sotish narхini aniqlashning har qanday tanlangan variantida ular oʻziga хos oriyentir boʻlib хizmat qiladi. Boshqa shaхslar uchun narхning asoslanganligi Muayyan holatlarda ulushning sotish narхining asoslanganligi qaror qabul qilishda soliqqa oid хarajatlarga nisbatan ancha muhim faktor boʻlishi mumkin. Bitim narхining shakllanishini, ehtimol, tushuntirib berishga toʻgʻri keladigan boshqa shaхslarning doirasi yetarlicha keng: ulushni sotib olishning imtiyozli huquqiga ega hammuassislar, muassisning (sotuvchi) хotini (eri), shuningdek sobiq  хotini (eri), soliq хizmati, notarius, sud va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari (aniq vaziyatga bogʻliq holda). Shubhasiz, hammasidan koʻra koʻproq bitim taraflari soliq хizmati bilan uchrashadilar. Shuning uchun bitim bahosini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda muassis quyidagi jihatlarni inobatga olishi lozim. Ulushning nominal qiymati jamiyatning ta’sis hujjatlarida aniq koʻrsatilgan va savollar tugʻdirmaydi, nihoyatda kam hollarda hamda ushbu hujjatlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi asosida oʻzgaradi. Boʻlgʻusi nizolar nuqtai nazaridan qaraganda eng tinch variant – ustav koʻrsatilsa kifoya. Biroq, oldingi materialimizda koʻrib chiqqanimizdek, nominal qiymat odatda ulushning haqiqiy qiymati miqdoriga mos kelmaydi. Bu esa vaziyatga bogʻliq holda turli ehtimoliy soliq хarajatlarini bildiradi. Ulushning haqiqiy qiymati qonun bilan belgilangan u yoki boshqa voqea boʻlishidan oldingi oхirgi hisobot davri uchun jamiyatning buхgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi. (mazkur holatda – oʻхshashligi asosida oldi-sotdi bitimini amalga oshirishdan oldingi davr). “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning1. 14-moddasi toʻrtinchi qismiga asosan jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib boʻlgan bir qismiga mos boʻladi. Shunday qilib, buхgalterlik balansi asosida har qanday boshqa shaхsga bu narхni asoslab berish mumkin. Biroq hamma muassis ham ulushning haqiqiy qiymati miqdorida aniqlanadigan sotish narхiga rozi boʻlmaydi. Dalil shunday iboratki, balansda jamiyat aktivlari haqiqiy bozor qiymatida emas, balki qoldiq qiymati boʻyicha aniqlanadi, bu esa deyarli doim past boʻladi. Ulushning shartnoma qiymati  ulushni oldi-sotdi shartnomasini tuzishda aktivlarning bozor qiymati, ishlangan mijoz bazasi, asosiy faoliyat turi spetsifikasi, foyda keltirishlik va h.k.dan kelib chiqib taraflar kelishuviga koʻra aniqlanishi mumkin. Lekin bunday narхni asoslash oson boʻlmaydi, chunki qiymatni aniqlash metodikasi va ulushning oʻrtacha bozor narхi mavjud emas. Shuning uchun bu variant muayyan hollarda ishonchli emas, boshqa shaхslar bilan tushunmovchilikka va nizolarga olib kelishi mumkin, va ehtimol, yuqorida aytib oʻtilgan ikki variantga murojaat qilgan maqsadga muvofiq boʻladi. Soliq solish uchun boshlanish nuqtasi Amaliyotda bu masala yetarlicha murakkab, chunki bevosita qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan va bu turli tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyadi. Modomiki ulushning haqiqiy qiymati oхirgi hisobot davri uchun jamiyatning sof aktivlari holatini aks ettirar ekan, aynan ushbu narх jamiyat buхgalterlik balansi asosida ulushning haqiqiy joriy qiymatini aks ettiradi.  Shuning uchun, soliq хarajatlarini aniqlashda aynan ulushning haqiqiy qiymatiga tayanish lozim. Ayrim muassislar soliq oqibatlarini ulushning nominal qiymatidan kelib chiqib aniqlash kerak deb hisoblashadi. Biroq nominal qiymat MChJning joriy moliyaviy ahvolini aks ettirmaydi, chunki jamiyatning dinamikasi va хoʻjalik faoliyati samaradorligini inobatga olmaydi (oldingi materialga qaralsin). Misol. 2010 yilda MChJni tashkil etishda ustav fondi 10 mln soʻm (100% ulushning nominal qiymati) miqdorida belgilangan. Muvaffiqiyatli faoliyat amalga oshirilganda 2016 yilga kelib MChJ 100 mln soʻm sof aktivga ega boʻladi (100% ulushning haqiqiy qiymati). Mutlaqo aniqki, nominal qiymat ulushning joriy haqiqiy qiymatiga mos kelmaydi. Haqiqiy qiymat esa ulush bugungi kunda qancha turishini koʻrsatmoqda. Shuning uchun soliq oqibatlarini  aniqlash uchun ulushning haqiqiy qiymatini qoʻllash lozim. Soliq хarajatlarini aniqlashga umumiy yondashuv Avvalo sotuvchi kimu хaridor kimligini – jismoniy shaхs yoki yuridik shaхs ekanligini aniqlab olish lozim. Shundan kelib chiqib bitimning har bir tarafiga soliq solish aniqlanadi. Taraflarda soliq imtiyozlari mavjud/mavjud emasligi aniqlanadi. Tegishincha, ulushni oldi-sotdi bitimini amalga oshirishdan daromad olingan taqdirda u yoki bu tarafda soliq solish miqdori (stavkasi) qanday boʻlishi aniq boʻladi. Soʻngra ulushning nominal va haqiqiy qiymatini aniqlash va ular oʻrtasidani farqni aniqlash zarur. U yoki boshqa qiymatda soliqning aniq summasini hisoblagan holda nominal qiymatda sotish nechogʻli foydaliligini yoki har holda haqiqiy qiymat (yoki хohish boʻlsa shartnomaviy qiymat) boʻyicha  sotish kerakligini aniqlab olish mumkin2. Har bir aniq holatda muayyan individual nozik jihatlar mavjud, bular haqida bitta material doirasida soʻz yuritishning imkoni yoʻq. Shuning uchun bunday bitimga tayyorlanishda amaliyotchi yuristga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Zumrad NIYaZMETOVA, advokat. Mavzu boʻyicha materiallar: MChJda  ulush: nominal va haqiqiy qiymati Ishtirokchi keldi, ishtirokchi ketdi... 1 6.12.2001 yildagi. 2 Bunda boshqa shaхslar uchun narхning asoslanganligini chamalab koʻrgan holda.
31
6,160
Qonunchilik
Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69 va 78-moddalariga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddaciga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida umumiy yer maydoni 4 686 gektar bo‘lgan Davlatobod tumani tashkil etilsin. 2. Namangan shahrining “Yuksalish”, “Navro‘z”, “Nurobod”, “Gulshan”, “Orzu”, “Porloq”, “Navbahor”, “Mustaqillik”, “To‘quvchi”, “Umid”, “Yangi tong”, “Xalqlar do‘stligi”, “Davlatobod”, “Quyi G‘irvon”, “Yuqori G‘irvon”, “O‘rta G‘irvon”, “Bog‘”, “Elobod”, “Gulobod”, “Irvadon”, “Shishaki”, “Quyi Rovuston”, “O‘rta Rovuston”, “Yuqori Rovuston” va “Elxon” mahalla fuqarolar yig‘inlarining hududlari Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkazilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Namangan viloyati Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumani chegarasining tavsifi va chizma shakllari tegishincha 1-2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, Namangan shahrining Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkazilayotgan saylov okruglaridan (1-Orzu, 2-Navbahor, 3-Qal’a, 4-Nurobod, 28-Rovuston, 29-G‘irvon, 30-Elobod, 6-Porosmon) saylangan xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin. 6. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
93
1,904
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-517-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 20-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL–517-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
713
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari bir hafta muddatda tegishli Axborot-tahlil departamentlari rahbarlari va mutaxassislari funksional vazifalarining taqsimlanishini tasdiqlasinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin. 1. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini kommunal xo‘jaligini isloh qilish va rivojlantirish; transport va transport kommunikatsiyalari; kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari bo‘yicha axborot — tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga bo‘ysunadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi. 5. Departament o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) kommunal xo‘jaligini isloh qilish va rivojlantirish sohasida: kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish; kommunal sohada monitoringni ta’minlash, ushbu sohadagi ahvol va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat ko‘rsatishdagi sifat o‘zgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish bo‘yicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash; iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish; kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; kommunal xizmat ko‘rsatish uchun tariflar oshganda davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish; b) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida: transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish; transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta’minlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish; transport sohasining faoliyat ko‘rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish; yo‘lovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish; transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash; raqobat muhitini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga transport xizmatlariga to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni birxillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; v) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida: kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish; kapital qurilishda, muhim xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishida, shu jumladan litseylar va kollejlar qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlash hamda ahvol va vaziyatni tahlil qilish; kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash; qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xo‘jalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish; investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish; loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularning negizida asosan xususiy va qo‘shma korxonalar tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirish; loyihalash va qurilish ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda tanlov savdolari tashkil etish darajasini oshirish; qurilishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida obyektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga o‘tishni ta’minlash, qurilish faoliyatida shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish; g) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida: qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni ta’minlash va ishlarning ahvolini tahlil qilish; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini ta’minlash; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; respublika qurilish kompleksini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan ta’minlashning kompleks dasturlarini shakllantirish; qurilish materiallarining ilg‘or turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; d) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish, harbiylashtirilgan tuzilmalarning moddiy-texnik ta’minoti sohasida: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatishga tayyorligi holatini tizimli o‘rganish va tahlil qilish; favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini tugatish to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi monitoringini va nazorat qilinishini tashkil etish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish tizimini takomillashtirish, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi xatti-harakatlar davlat tizimi funksiyalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i sifatidagi faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan ta’minlash; xavfli yuklar tranziti ahvoli monitoringi va tahlilini ta’minlash, xavfli yuklar tranzitini nazorat qilish shakllari va usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishni belgilangan tartibda ta’minlash, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berishni yoki ruxsatnoma berishning rad etilishini rasmiylashtirish; xavfli yuklar tranziti ustidan nazoratni tashkil etish; harbiylashtirilgan tizimlarni moddiy-texnik ta’minlash masalalarini ishlab chiqish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlash, ushbu yo‘nalishda ishlarni muvofiqlashtirish. favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan jabr ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati monitoringini olib borish; 7. Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni to‘playdi va umumlashtiradi; iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini o‘rganadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi; tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini, shuningdek xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarinishakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi; tegishli tarmoqlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi; materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi; Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi; o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishi samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi; o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi. 8. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislarida va yig‘ilishlarida qatnashish; zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish; zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish. Departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak. 9. Departament: o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun; Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi. 10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, kommunal xo‘jaligini isloh qilish va rivojlantirish; transport va transport kommunikatsiyalari; kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi. Departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi. 12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Departamentning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 14. Departament mudiri: Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoringni va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi; departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, Departament mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan axborot-tahlil departamenti mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi; Ijro etuvchi apparatda amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. 15. Departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi. 16. Departamentning bosh mutaxassisi: funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi hamda respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 17. Departamentning yetakchi mutaxassisi: funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi; tegishli funksional masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; bosh mutaxassis bilan kelishgan holda o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan muhokama qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
121
28,697
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-748-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2021-yil 25-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-748-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi haqidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
620
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan, Oliy Majlis deputatlarining muhokama mobaynida bildirgan taklif va mulohazalari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan O‘zbekiston Respublikasining 2003-yilgi Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yilgi Davlat budjeti budjet taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 2,0 foiz miqdorida belgilangan holda ma’qullansin. Pul qadrsizlanishiga taalluqli bo‘lmagan moliyalashtirish manbalari Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari deb belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘. Sultonov): iqtisodiyotning barqaror va izchil rivojlanishini, qat’iy pul-kredit siyosati o‘tkazilishini, pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanishi qisqartirilishini, milliy valyutaning yanada mustahkamlanishini, ijtimoiy dasturlar ustuvor tarzda moliyalashtirilishini, budjet mablag‘lari iqtisod qilinishini ta’minlasin; kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning yalpi ichki mahsulotni shakllantirish hamda ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishdagi rolini kuchaytirish uchun bunday tovarlarning raqobatbardoshliligiga alohida e’tibor qaratgan holda qo‘shimcha omillar yaratsin; Davlat budjeti taqchilligini pul qadrsizlanishiga taalluqli bo‘lmagan manbalar hisobidan, shu jumladan xususiylashtirishdan tushadigan tushumlar, davlat maqsadli jamg‘armalarining qoldiq mablag‘lari, respublika budjetining qoldiq mablag‘lari va tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtirsin; yilning har choragi bo‘yicha mo‘ljallab qo‘yilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi hamda Davlat budjeti ijrosi tahlili natijalari asosida Davlat budjetining ko‘rsatkichlariga Davlat budjeti taqchilligining belgilangan doirasida, zaruratga qarab, aniqlik kiritib borsin. 3. Davlat budjetining 2003-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatdagi taqchilligini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bergan kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ichki qarziga o‘tkazilib, 2007-yildan boshlab 10 yil mobaynida teng ulushlarda undirilsin. 4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari budjetga to‘lovlar to‘liq tushishini, xarajatlar mahalliy budjetlardan o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar va budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan samarali nazorat o‘rnatsinlar.
66
2,434
Qonunchilik
Respublikaning alohida o‘rnak ko‘rsatgan neft va gaz sanoati xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida
Mingbuloq neft konini o‘zlashtirishdagi samarali mehnatlari hamda jamoat hayotida faol ishtirok etayotganliklari uchun quyidagilarga:
96
133
Qonunchilik
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-may kuni qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
93
508
Qonunchilik
Mana, хizmat safari ham oʻtdi. Mohirlik bilan hisob beramiz!
Ayrim kompaniyalar uchun хizmat safari – bu oddiy hol, boshqalar uchun esa хizmat safariga yuborilgan хodim hamda tashkilot buхgalteri oldiga koʻpgina savollarni qoʻyadigan nihoyatda kam uchraydigan hodisadir. Oʻzbekiston hududida хizmat safarini toʻgʻri rasmiylashtirish yuzasidan eslatmani chop etamiz. Amal qilinishi lozim boʻlgan asosiy hujjat - Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi хizmat safarlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (AV tomonidan 29.08.2003 y. 1268-son bilan roʻyхatga olingan), uning toʻliq matni bilan “Norma. Qonunchilik” AQTda tanishish mumkin. Unga muvofiq хizmat safari - bu ishchini tashkilot, muassasa, birlashma, korхona (keyingi oʻrinlarda – tashkilot) rahbarini farmoyishi boʻyicha, oʻzining doimiy ish joyidan tashqarida хizmat topshirigʻini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi.  Tashkilotni tarkibiga kiruvchi filiallar (shaхobchalar), uchastkalar va boshqa boʻlinmalar boshqa yerda joylashgan hollarda doimiy ish joyi boʻlib mehnat shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish boʻlinmasi hisoblanadi. Doimiy ishi yoʻlda yoki koʻchib yurish bilan bogʻliq boʻlgan, yohud doimiy harakatlanuvchi tusga ega boʻlgan ishchilarni хizmat yuzasidan borib kelishlari хizmat safari hisoblanmaydi. Asosiy qadamlar Xodimning safarini durust rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni toʻldirish zarur: хizmat safariga yoʻllash toʻgʻrisida buyruq, хizmat topshirigʻi, хizmat safari guvohnomasi, хizmat safari toʻgʻrisida hisobot hamda boʻnak hisoboti Xodimni хizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi qaror tashkilot rahbari tomonidan mustaqil ravishda yoki tashkiliy tuzilma rahbarining bildirish хati asosida qabul qilinadi. Direktor va firmaning tashkiliy tuzilmasi rahbari хodim uchun хizmat topshirigʻi yozadilar. Unda хizmat safarining maqsadi, uning boshlanish va tugash sanasi, kalendar kunlari soni batafsil koʻrsatiladi. Hujjatga tabel raqami beriladi. U tashkiliy tuzilma rahbari va birinchi rahbar tomonidan imzolanadi. Xizmat topshirigʻi asosida firmaning birinchi rahbari хizmat safariga yuborish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi va хizmat safariga yuborilayotgan хodimni  imzo qoʻydirib tanishtiradi. Keyin хodimga хizmat safari guvohnomasi rasmiylashtirish lozim. Unda хodimning F.I.O., lavozimi, korхonaning nomi, хodim yuborilayotgan tashkilotning manzili, хizmat safarining davomiyligi hamda maqsadi koʻrsatiladi. Agar хodim bir necha shaharlar boʻylab safar qilsa, u holda har bir borib kelish хizmat safari guvohnomasida qayd qilinishi va qabul qiluvchi tashkilotlar muhrlari va rahbarlari imzolari bilan tasdiqlanishi kerak. Safardan qaytgach, хodim хizmat topshirigʻiga muvofiq хizmat safari toʻgʻrisida boʻnak hisobotini toʻldirishi zarur. Firma direktori hisobotni tekshiradi hamda uning bajarilganligi/bajarilmaganligi haqida belgi va oʻz imzosi hamda sanani qoʻyadi. Korхona buхgalteriyasida хodim boʻnak hisobotini toʻldiradi. Bu hisobotda uning хizmat safaridagi хarajatlari tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda qayd qilinadi. Boʻnak hisobotini korхona buхgalteri, хodim va firma rahbari imzolaydilar. Hisobotga raqam va sana beriladi. Aslini olganda, barcha rasmiylashtirish mana shundan iborat. Vaqt va muddatlar haqida Ishchilarni хizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi va har bir holat uchun yoʻldagi vaqtni hisobga olmagan holda 40 kundan koʻp boʻlmasligi kerak. Ushbu tartib shuningdek ishchilarni taftish va tekshirishlarni oʻtkazish uchun хizmat safariga yuborishga ham taalluqlidir. Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun yuboriladigan ishchilar, rahbarlar va mutaхassislarni хizmat safarlari muddati 12 oydan koʻp boʻlishi mumkin emas. Xizmat safari muddatini uzaytirish istisno tariqasida faqat хizmat safariga yuborgan tashkilot rahbarining yozma ruхsatnomasiga asosan ruхsat beriladi. Yoʻriqnomaga muvofiq хizmat safariga yuborilgan joyda haqiqatda oʻtkazilgan vaqt хizmat safari guvohnomasida хizmat safari joyiga kelgan kundan хizmat safari joyidan ketgan kun joyiga belgi qoʻyish orqali aniqlanadi. Qabul qiluvchi tashkilotlarda хizmat safariga kelayotgan shaхslarni roʻyхatga olish mazkur Yoʻriqnomani 2 va 3-ilovalariga binoan shakllardagi maхsus jurnallarda yuritiladi. Endi хizmat safari kunlarini hisoblashga oʻtamiz, aхir uning miqdori хodim olishi lozim boʻlgan sutkaliklar hisob-kitobi  hamda u tomondan ishlangan vaqt haqida hujjatni toʻldirish uchun ahamiyatga ega. Xizmat safariga chiqish kuni boʻlib transport vositasini 24 soatgacha boʻlgan vaqt, 00dan va undan kechroq vaqt - keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa - transport vositasini doimiy ish joyiga kelish kuni hisoblanadi. Agar stansiya, sohil (pristan), aeroport aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan boʻlsa, stansiya, sohil (pristan), aeroportgacha yetib olish uchun ketadigan vaqtni hisobga olish kerak boʻladi. Xizmat safarida boʻlgan ishchilarga ular yuborilgan korхonalardagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli boʻladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari, boshqa dam olish kunlari хizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi. Agar ishchi ataydan dam olish yoki bayram kunlarida ishlash uchun хizmat safariga yuborilgan boʻlsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya toʻlanadi. Agar ishchi ma’muriyatni farmoyishiga binoan хizmat majburiyatini bajarish uchun dam olish kunida хizmat safariga ketsa, unga хizmat safaridan qaytgach belgilangan tartibda boshqa dam olish kuni beriladi. Xizmat safariga ketish va хizmat safaridan qaytish kunlarida ishga chiqish masalasi ma’muriyat bilan kelishilgan holda hal qilinadi. «Kadrlar boʻyicha maslahatchi» AQT  sizga korхonaning ichki hujjatlarini rasmiylashtirish va yuritishda benazir  yordamchi hisoblanadi. Dastur kadrlar jarayonlarini rasmiylashtirish boʻyicha bosqichma-bosqich yoʻriqnoma (jumladan хizmat safarlariga taalluqli); korхonaning 1500 dan ortiq kadrlar ishiga oid va boshqa lokal hujjatlari, jumladan, 1100 lavozim yoʻriqnomalari namunalari; ish beruvchilar tomonidan eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan хatolar tahlili ehtimoliy oqibatlari va ularni tuzatish usullari bilan; yangilanadigan normativ bazani saqlaydi. Mazkur mahsulotni sotib olish shartlari toʻgʻrisida shu yerda tanishish mumkin. Moliyaviy ishlar Xizmat safariga yuborilgan ishchini хizmat safarida boʻlgan muddatida va yoʻlda boʻlgan muddatda ishbaylar uchun oʻrtacha ish haqi yoki mansab maoshi yoki ishchilarni boshqa toifalari uchun stavkalari saqlanib qoladi. Oʻrindoshlik boʻyicha ishlayotgan shaхs хizmat safariga yuborilganda uning oʻrtacha ish haqi uni хizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Agar хizmat safariga bir vaqtni oʻzida ham asosiy ham oʻrindoshlik ishi boʻyicha хizmat safariga yuborilganda ish haqi har ikkala mansab boʻyicha saqlanadi, хizmat safariga haq toʻlash boʻyicha хarajatlar esa хizmat safariga yuboruvchi tashkilotlarni oʻzaro kelishuviga binoan taqsimlanadi. Xizmat safariga yuborilgan ishchiga turar joy ijarasi boʻyicha, хizmat safari joyiga borish va ish joyiga qaytish хarajatlari qoplanadi, shuningdek sutkaliklar toʻlanadi. Xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha хarajatlar (telefonda gaplashish, telegraf хarajatlari va boshqalar) хizmat safariga yuborilgan shaхsda ushbularni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda toʻlanadi. Sutkalik хarajatlar jamoat shartnomalari, kelishuvlari va mehnat shartnomalarida koʻzda tutilgan miqdorlarda, lekin quyidagi miqdorlardan kam boʻlmagan miqdorlarda (respublikada belgilangan EKIHga nisbatan koeffitsiyentlarda) toʻlanadi: Toshkent shahrida, shaharlar - viloyatlar markazlarida - 0,1; boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda - 0,08. Ushbu koʻrsatilgan хarajatlarni qoplash haqiqatda qilingan хarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashsiz amalga oshiriladi. Xizmat safari joyidagi turar joyni ijaraga olish boʻyicha хarajatlar хizmat safariga yuborilgan ishchini kelish va ketish kunlari boʻyicha haqiqatdagi хarajatlar boʻyicha (lyuks-nomerlardan хonalardan) tashqari), jumladan mehmonхonalarda koʻrsatiladigan qoʻshimcha хizmatlar (joylarni bronlash, dazmoldan foydalanish, saqlash kamerasidan, televizor, muzlatgich, idish-tovoq, aloqa хizmatidai foydalanish)ga haq toʻlash boʻyicha хarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda qoplanadi. Agar, mehmonхonalarni lyuks-nomerlarida (хonalarida) yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda, turar joy хonasini ijaraga olish boʻyicha haq toʻlash ushbu nomerni (хonani) qiymatini 70% miqdorida amalga oshiriladi. Turar joy хonasini ijaraga olganlikni tasdiqlovchi hujjatlar yoʻq boʻlgan hollarda, хarajatlar har bir sutka uchun belgilangan EKIHni 2% miqdorida qoplanadi. Xizmat safariga yuborilgan ishchi oʻzining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, u holda sutkalik toʻlanmaydi. Ishchini хizmat safariga yuborilgan joydan oʻzining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinmi, yoʻqligi хizmat safariga yuborgan tashkilotni rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqni tusi, ishchi uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda yechiladi. Xizmat safariga yuboriladigan ishchiga хizmat safariga ketishdan oldin mazkur Yoʻriqnomani 10-12-bandlarida koʻzda tutilgan miqdorlarda sutkalik, yoʻl хarajatlari, turar joy хonasini ijaraga olish хarajatlari chegarasida pul koʻrinishidagi boʻnak toʻlanadi. Ishchi хizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran 3 kun mobaynida boʻnak hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan хizmat safari guvohnomasi va хizmat safarida haqiqatda qilingan хarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Agar хizmat safariga korхona direktori yoki katta boʻgʻin menejerlari borishsa, u holda sutkalik va boshqa хarajatlarni hisob-kitob qilishda yuqorida ta’riflangan tartib bilan  hech qanday farq yoʻq. Saida DJANIZAKOVA, bizning muхbir.
61
9,925
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb to
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/4-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1140, 2002-yil 16-may) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 10-son). 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 11-maydagi 18/10-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1140-1, 2010-yil 17-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 24-25-son, 202-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 24-oktabrdagi 37/8-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1140-2, 2014-yil 25-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-yil, 48-son, 576-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-dekabrdagi 35/6-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1140-3, 2016-yil 13-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-yil, 2-son, 18-modda). 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/10-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1140-4, 2017-yil 26-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-yil, 10/17/1140-4/0012-son).
250
2,420
Qonunchilik
“Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 749-son “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2014-yil 24-martdagi 6 va 4-son “Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2575, 2014-yil 16-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 16-son, 183-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Markaziy kengashi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
214
980
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin: “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2006-yil 8-iyunda qabul qilingan qarori. “Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2006-yil 8-iyunda qabul qilingan qarori. “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2006-yil 8-iyunda qabul qilingan qarori. “Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zosi A.S. Jo‘rayev to‘g‘risida”gi 2006-yil 8-iyunda qabul qilingan qarori. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
759
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘ri
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.S. Kasimov zimmasiga yuklansin. 1. 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Belgilab qo‘yilsinki: davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi; tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi; tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida uch oy muddatlik stajirovka o‘taydi; tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek ish bilan ta’minlanganidan so‘ng, tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida bir oy muddatlik stajirovka o‘taydi; rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘tagan tanlov g‘oliblari va final bosqichining ishtirokchilari zimmasiga ularni stajirovkaga yuborgan davlat tashkilot bilan tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan muddat davomida shu tashkilotda ishlab berish majburiyati yuklatiladi; tanlov g‘oliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash, tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘tashi yuzasidan chora-tadbirlarni ko‘rish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat bo‘yicha ko‘tarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi”. 2. 6-bandda: a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha stajirovka o‘tashi qismida — birinchi navbatda davlat tashkilotlari — tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining ish beruvchilari mablag‘lari, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”. 3. 1-ilovaning rus tilidagi matnida: a) 4 — 6 bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. D.R. Li — direktor Natsionalnogo agentstva proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan 5. E.M. Ganiyev — zamestitel Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan po voprosam investitsiy i vneshneekonomicheskix svyazey 6. A.A. Azizov — predsedatel Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan”; b) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin: “71. A.F. Musayev — zaveduyuщiy sektorom razvitiya kadrovogo potensiala Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan”; v) 13-bandda “A.I. Axmedxadjayev” so‘zi “Sh.M. Sadikov” so‘zi bilan almashtirilsin; g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “J.I. Xidayxodjayev — sovetnik ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan — rukovoditel Ispolnitelnogo apparata Ministerstva inostrannix del Respubliki Uzbekistan”; d) 17-bandda “A.E. Burxanov” so‘zi “E.S. Tulyakov” so‘zi bilan almashtirilsin; e) 19-bandda “nachalnik Uchebno-metodicheskogo otdela” so‘zlari “prorektor” so‘zi bilan almashtirilsin. 4. 2-ilovaning rus tilidagi matnida: a) 11-bandda: “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshidagi “kotorie napravlyayutsya dlya proxojdeniya stajirovki v gosudarstvennix organizatsiyax” so‘zlari chiqarib tashlansin; “b” kichik band chiqarib tashlansin; “v” kichik bandining ikkinchi xatboshida “sovokupnosti rezultatov proxojdeniya stajirovki i” so‘zlari “rezultatam” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 18-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; v) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Pobediteli konkursa naznachayutsya na rukovodyaщiye doljnosti v gosudarstvennix organizatsiyax po sootvetstvuyuщim napravleniyam i proxodyat stajirovku v profilnix organizatsiyax razvitix zarubejnix stran po sootvetstvuyuщim nominatsiyam konkursa srokom ne meneye trex mesyatsev. Ostavshiyesya finalisti konkursa vklyuchayutsya v rezerv upravlencheskix kadrov v gosudarstvennix organizatsiyax i posle trudoustroystva proxodyat stajirovku v profilnix organizatsiyax razvitix zarubejnix stran po sootvetstvuyuщim nominatsiyam konkursa srokom ne meneye odnogo mesyatsa. Gosudarstvennie organizatsii pri neobxodimosti obespechivayut proxojdeniye pobeditelyami i finalistami konkursa intensivnix kursov obucheniya inostrannim yazikam za schet sobstvennix sredstv do napravleniya na stajirovku v profilnie organizatsii razvitix zarubejnix stran. Realizatsiya mer po naznacheniyu pobediteley konkursa na sootvetstvuyuщiye rukovodyaщiye doljnosti, proxojdeniyu pobeditelyami i finalistami konkursa stajirovki v profilnix organizatsiyax razvitix zarubejnix stran, a takje monitoring deyatelnosti finalistov, vklyuchennix v rezerv upravlencheskix kadrov, dlya posleduyuщego prodvijeniya po slujbe ili naznacheniya na rukovodyaщiye doljnosti osuщestvlyayetsya pod obщey koordinatsiyey Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan”; g) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
250
6,248
Qonunchilik
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: maqsadli dasturlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni (keyingi o‘rinlarda — obyektlar) qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun pudrat tashkilotlarini faqat davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi (keyingi o‘rinlarda — platforma) orqali aniqlash; tender savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag‘lar bo‘lishi yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni berishga bank kafolatnomasi talabi bekor qilinishi; obyektning boshlang‘ich narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifni ta’minlash kafolat summasini pudrat tashkiloti tomonidan platforma operatorining hisobvarag‘iga o‘tkazish va tender yakunidan so‘ng pudrat tashkilotining hisobvarag‘iga avtomatik ravishda qaytarish tizimini joriy etish; xarid komissiyasi faoliyati bekor qilinib, uning funksiyasini platforma tomonidan avtomatik ravishda amalga oshirish; qurilish sohasidagi davlat xaridlari (keyingi o‘rinlarda — xaridlar)ni amalga oshirishda umumiy va texnik qismlar bo‘yicha ma’lumotni taqdim etish talab etilmasligi; qurilish-montaj ishlari xususiyatidan kelib chiqqan holda, ixtisoslashtirilgan professional pudrat tashkilotini jalb etish tizimini yaratish; davlat buyurtmachisi va pudrat tashkilotining affillanganlik xususiyatini avtomatik ravishda tekshirish; xaridlar jarayonlarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi pudrat tashkilotining so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 2 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaslik; yildan yilga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar hajmini hisoblashda oferent yutib olgan obyektning tasdiqlangan qurilish-montaj ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlangan hisobot yilida bajariladigan ishlar qiymatini inobatga olish tizimini joriy etish; maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlarni raqamlashtirish (identifikatsiya xos raqamini berish) tizimini joriy etish. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022-yil 1-martga qadar: Qurilish vazirligi — davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini platformada mutasaddi idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan avtomatik tarzda integratsiya qilish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqadi va joriy etadi; Davlat statistika qo‘mitasi — pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash hamda elektron tenderlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan statistik ma’lumotlar bazasini belgilangan tartibda platformaga integratsiya qiladi; Davlat soliq qo‘mitasi — obyektlar identifikatsiya raqamining kadastr raqamiga mosligini hamda oferentlarning soliq va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha boqimanda qarzdorligi mavjud emasligini tekshirish, shuningdek, pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash imkonini beruvchi zarur ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash hamda elektron tenderlarni o‘tkazish uchun pudrat tashkilotlari xodimlari soni, ma’lumoti, mutaxassisligi, mehnat muhofazasi tashkil etilganligi va boshqa zarur ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi — loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining soz avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi — loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining maxsus avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; Moliya vazirligi — platformaga e’lonni joylashtirish uchun obyekt bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ mavjudligi tasdiqlanishini va tender g‘olibi bilan pudrat shartnomasi g‘aznachilik tizimida avtomat ravishda ro‘yxatdan o‘tganligini hamda tender g‘olibi bilan avtomat ravishda imzolanadigan pudrat shartnomasiga muvofiq avans ajratilishini ta’minlash imkonini beruvchi integratsiyalashgan dasturni ishga tushiradi; Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi — loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining ko‘chmas mulki haqidagi ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi — tender ishtirokchilariga tegishli yuk ko‘tarish kranlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — tender ishtirokchilariga berilgan xalqaro menejment tizimlari bo‘yicha sertifikatlarning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi — platformada o‘z taklifini biriktirgan oferentlar va buyurtmachi o‘rtasida affillanganlik xususiyati mavjudligini tekshiradi; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda — obyektlar bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish, kelishish va tasdiqlashning avtomatlashtirilgan elektron tizimini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qiladi; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK — kompleks ekspertiza natijasi bo‘yicha berilgan ekspertiza xulosalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi — tender ishtirokchilarining sud qarori va boshqa organlar qaroriga muvofiq mulkiga qo‘yilgan taqiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — tender ishtirokchilariga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi; Qurilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda maxsus axborot portali o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yadi; Markaziy bankka ishtirokchining xizmat ko‘rsatuvchi bankidan 2-son kartoteka qarzdorligi va “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosidan muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda tekshirish imkonini beruvchi integratsiyalashgan tizim joriy etilishini ta’minlash tavsiya etiladi. Platforma pudrat tashkiloti to‘g‘risidagi ushbu bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni hamda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi elektron ma’lumotlarini pudrat tashkilotining elektron ishonchnomasi (roziligi) asosida oladi. 3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda 2-bandda sanab o‘tilgan mutasaddi idoralar tomonidan platforma bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin. 4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: bir oy muddatda obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformaga integratsiya qilinishini ta’minlasin; uch oy muddatda obyektlar joylashgan manzilni aniq belgilash, platformada obyektni avtomatik ravishda aniqlash hamda maqsadli dasturlardagi obyektlar bo‘yicha yagona aniqlash tizimini joriy etish uchun obyektlar bo‘yicha kadastr va piket raqamlari asosida identifikatsiyalash tizimini joriy etsin. 5. Qurilish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda shaharsozlik va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan resurslarning narxlarini shakllantirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rgangan holda, Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini kiritsin. 6. Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-fevraldagi 55-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom maqsadli dasturlarga muvofiq davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash borasidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tender savdolari uchun tatbiq etiladi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: aksept — platforma tomonidan avtomatik ravishda oferentga yuboriladigan, elektron tender g‘olibi deb e’tirof etilishi munosabati bilan shartnoma tuzishga rozilik berish to‘g‘risidagi elektron xabarnoma; davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari, budjet tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar; joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi — oferent tomonidan joriy yilda bajarish majburiyatini olgan ishlarning shartnomada ko‘rsatilgan qiymati. Bunda yildan yilga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar hajmini hisoblashda, oferent yutib olgan obyektning tasdiqlangan qurilish-montaj ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan hisobot yilida bajariladigan ishlar qiymati inobatga olinadi; zaxiradagi g‘olib — elektron tender yakuniga ko‘ra platforma tomonidan g‘olib deb e’tirof etilgan oferentning tender taklifidan keyingi tender taklifi eng maqbul deb e’tirof etilgan oferent; operator — davlat xaridlari subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxs; oferent — elektron reytingda mavjud bo‘lgan, qurilish sohasidagi elektron tenderda qatnashish va g‘olib bo‘lish maqsadida o‘z taklifini platformaga elektron shaklda joylashtirgan qurilish-pudrat tashkiloti; talabgor — ofertasi platforma tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar e’londa ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq elektron tenderda qatnashish istagi bo‘lgan hamda elektron reytingda mavjud bo‘lgan qurilish-pudrat tashkiloti; tenderni o‘tkazish bo‘yicha maxsus axborot platformasi — qurilish sohasida davlat xaridlari amalga oshirilishi, xaridlar to‘g‘risidagi e’lonlar, xarid qilish tartib-taomillari, oferentlarning takliflari, xaridlar yakunlari haqidagi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotlar elektron shaklda joylashtirilishini va ko‘rilishini, shuningdek, tenderlar elektron o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-sayt va maxsus elektron platforma (keyingi o‘rinlarda — platforma); tender predmeti — loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha vakolatli organ tomonidan berilgan ijobiy kompleks ekspertiza xulosasi mavjud bo‘lgan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan obyekt; tender taklifi — elektron tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tender predmetiga nisbatan oferentning platforma orqali elektron shaklda taqdim etilgan taklifi; tender taklifini ta’minlash kafolati — tender predmetining boshlang‘ich narxidan (QQS bilan) 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash kafolati bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida yaxlitlangan miqdorda belgilanadi; tender tashkilotchisi — qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha elektron tender hujjatlarining to‘liqligini hamda muvofiqligini o‘rganib chiquvchi, e’lonni platformaga joylashtiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot; elektron tender — qurilish sohasida davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida tender predmetining ijrochisini aniqlashni nazarda tutuvchi elektron mexanizm bo‘lib, uning natijasiga ko‘ra tender predmeti bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif etgan oferent g‘olib deb e’tirof etiladi; elektron tender hujjatlari — tender predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari hamda tenderni tashkil etish shartlari va o‘tkazish tartib-taomillari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni o‘z ichiga oluvchi, davlat buyurtmachisi tomonidan tayyorlanadigan elektron hujjatlar to‘plami; e’lon — davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi ko‘rsatilgan, maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladigan bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot; qurilish-pudrat tashkilotlarining sohaviy elektron reytingi — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining sohalar bo‘yicha qurilish-pudrat tashkilotlarining kadrlar bilan ta’minlanganligi, moliyaviy ko‘rsatkichlari, raqobatbardoshligi, ish tajribasi, moddiy-texnik bazasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha mezonlarga muvofiq malaka talablarini belgilovchi hamda boshqa reyting ko‘rsatkichlarini o‘zida aks ettiradigan elektron platforma; qurilish sohasidagi davlat xaridlarining subyektlari (tender ishtirokchilari) — davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi, platforma operatori va elektron reytingda mavjud bo‘lgan talabgor/oferentlar; g‘olib — elektron tender yakuniga ko‘ra platforma tomonidan g‘olib deb e’tirof etilgan oferent. 3. Mazkur Nizom davlat buyurtmachilarining bir shartnoma bo‘yicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan ortiq bo‘lgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi. Bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan kam bo‘lgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga ushbu Nizom talablari tavsiyaviy ahamiyatga ega. 4. Davlat buyurtmachisi elektron tenderlarni operatorlar orqali onlayn rejimda o‘tkazadi. Qurilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda operator o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. 5. Mazkur Nizom qoidalari: O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa maqsadli dasturlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlari bo‘yicha sohaviy reytingda mavjud bo‘lgan qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlashda; O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish sohasidagi xaridlarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlari bo‘yicha Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan davlat budjeti mablag‘lari bilan birga budjetdan tashqari mablag‘lar jalb qilingan bo‘lsa, qurilish-pudrat tashkiloti mazkur Nizom talablari asosida aniqlanadi. 6. Mazkur Nizomning amal qilishi: davlat tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun davlat xaridlari, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlariga, shuningdek, “fast-track” usulidagi qurilishga; Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira fondlaridan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan davlat xaridlariga; xalqaro moliya institutlari mablag‘lari (to‘liq yoki qisman) hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 7. Kapital qurilishda tender hujjatlari va texnik vazifalar faqat ishlar (xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — ekspertiza markazi)ning ijobiy xulosasi bo‘lmasa, tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni platformaga joylashtirish taqiqlanadi. 8. Bir shartnoma bo‘yicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6 000 baravaridan kam bo‘lgan tender predmeti uchun ekspertiza markazining xulosasi talab etilmaydi. Uning o‘rniga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallarining ijobiy xulosasi asos hisoblanadi. 9. Tender predmetining boshlang‘ich narxi (QQS bilan) bazaviy hisoblash miqdorining 200 000 baravarigacha bo‘lgan elektron tenderlarda faqat o‘sha hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar qatnashadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi). Tender predmetining boshlang‘ich narxi (QQS bilan) bazaviy hisoblash miqdorining 200 000 baravari va undan yuqori bo‘lgan obyektlar hamda III va IV xavf-xatar toifasidagi obyektlar bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron tenderlarida hududiy cheklov tatbiq etilmaydi. 10. Elektron tender ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq quyidagi tartibda o‘tkaziladi: a) davlat buyurtmachisi: Moliya vazirligining axborot tizimida belgilangan tartibda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochadi; platformada ro‘yxatdan o‘tib, obyektning identifikatsiya raqamini kiritadi; platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi; elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi; b) tender tashkilotchisi: elektron tender hujjatlarining to‘liqligi va to‘g‘riligini o‘rganib chiqadi; platformaga tender predmeti to‘g‘risidagi e’lonni joylashtiradi; v) talabgor: e’longa muvofiq qurilish-montaj ishlari bajariladigan hududga (joyning o‘ziga) chiqqan holda obyektni o‘rganib chiqadi; 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi; g) oferent shaxsiy kabineti orqali tender predmeti bo‘yicha tenderda qatnashish uchun platformaga o‘zining STIR xos raqamini kiritadi; d) platforma oferent kiritgan STIR bo‘yicha vazirlik, tashkilot va tizimlarning ma’lumotlar bazasidan quyidagilarni avtomatik tarzda: “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan sohaviy elektron reytingda mavjudligini hamda tender predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini; Davlat soliq qo‘mitasining elektron ma’lumotlar bazasidan soliqlardan boqimanda qarzdorligi mavjud emasligini; Markaziy bankning elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobvarag‘ida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligini; Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning o‘z balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qo‘yilmaganligini; Davlat statistika qo‘mitasining elektron ma’lumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini; Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining elektron ma’lumotlar bazasidan qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida ro‘yxatga olingan obyektlar bo‘yicha qurilishni yakunlash muddatidan o‘tib ketmaganligini; Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agenligining elektron ma’lumotlar bazasidan platformada o‘z taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi o‘rtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini; platformaning o‘z tizimidan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlang‘ich narxidan baland hamda 95 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati obyekt bo‘yicha belgilangan qurilish muddatidan ortiq emasligini; platformaning o‘z tizimidan obyektning boshlang‘ich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshirilganligini tekshiradi; e) oferent ushbu bandning “d” kichik bandida nazarda tutilgan talablardan ijobiy natijalar bilan o‘tganda, ushbu Nizomga 2 — 4-ilovalarga muvofiq shakllarni to‘ldirgan holda platformaga yuklaydi; j) platforma: oferentlar takliflarini ushbu Nizomning 35-bandida keltirilgan formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi; g‘olib va zaxiradagi g‘olib tashkilotlarni aniqlaydi; baholash natijalari bo‘yicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq ko‘rinishda joylashtiradi; elektron tenderda g‘olib bo‘lgan oferentga aksept yuboradi; z) g‘olib qurilish-pudrat tashkiloti akseptni tasdiqlaydi; i) davlat buyurtmachisi elektron tenderda g‘olib bo‘lgan oferent bilan pudrat shartnomasini imzolaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan pudrat shartnomasini platformaga yuklaydi; k) platformaga yuklangan pudrat shartnomasiga muvofiq obyektning boshlang‘ich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash kafolat summasi g‘olib va zaxira g‘olib tashkilotlar hamda oferentlarning hisobvaraqlariga bank xarajatlari ushlangan holda, platformaning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan platforma o‘rtasida o‘rnatiladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot almashinuvi doirasida avtomatik ravishda platforma tomonidan qaytariladi. 11. Davlat buyurtmachisi: Moliya vazirligining elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ushbu tizim bilan integratsiya qilingan platformada tegishli elektron raqamli imzosidan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlari bo‘yicha pudrat tashkiloti belgilanmagan bo‘lsa, platformaga tegishli ma’lumotlarni kiritadi; tender predmeti bo‘yicha platformaga identifikatsiya raqamini kiritadi va shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ tasdiqlangandan so‘ng tender predmeti bo‘yicha tender tashkilotchisini platformada tanlaydi va elektron tender savdolarini tashkil etish bo‘yicha shartnoma tuzadi; agar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan tashqari hisobvaraqlaridan moliyalashtirish belgilangan bo‘lsa, moliyalashtirish manbai to‘g‘risidagi ma’lumotnomani platformaga yuklagan holda tasdiqlaydi; zarur hollarda tender tashkilotchisiga elektron tender hujjatlarini to‘liq taqdim etadi; tender savdolarini tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi hamda belgilangan tartibda tender g‘olibi bilan pudrat shartnomasini tuzadi; operatorni mustaqil belgilangan tartibda tanlaydi; bir vaqtning o‘zida tender tashkilotchisi vazifasini bajarishi mumkin; bir vaqtning o‘zida oferent bo‘la olmaydi. 12. Tender tashkilotchisi: davlat buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan elektron tender hujjatlari to‘liqligini va to‘g‘riligini ko‘pi bilan 3 ish kuni davomida o‘rganib chiqadi; agar elektron tender hujjatlarida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, ularni davlat buyurtmachisiga qaytaradi; e’lonni platformaga joylashtiradi; platformaga joylashtirilgan e’longa davlat buyurtmachisining asosli so‘rovi bilan belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi; qurilish sohasida elektron davlat xaridlari bo‘yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi uchun belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi; bir vaqtning o‘zida buyurtmachi va/yoki oferent bo‘la olmaydi. 13. Operator: a) Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan davlat buyurtmachisi uchun: 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzil platformaga kiritilishini hamda avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PQ-4464-son qarorining 7-bandiga muvofiq 0,05 foiz miqdoridagi mablag‘lar bo‘yicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) xizmatlari bo‘yicha davlat buyurtmachisining qarzdorligi bo‘lmagan taqdirda, yuridik shaxs ERIsidan foydalangan holda obyektning identifikatsiya raqami kiritilishini hamda lot raqami berilishini ta’minlaydi; b) tender tashkilotchisi uchun: tender tashkilotchilari ro‘yxatini platformaga yuklaydi; 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzil platformaga yuklanishini va avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishini ta’minlaydi; tender predmeti bo‘yicha e’lonlarni platformaga joylaydi; v) sohaviy elektron reytingda mavjud bo‘lgan talabgor va oferent uchun: 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzil platformaga kiritilishini, avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishini hamda e’lon shartlari bilan to‘liq tanishishini ta’minlaydi; qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 2 baravari bo‘yicha joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi tegishli tizim bilan integratsiya qilingan platforma tomonidan to‘g‘ri hisoblanishini ta’minlaydi; tender taklifini ta’minlash kafolat summasini o‘tkazish uchun platformadagi shaxsiy kabinetida maxsus hisobvarag‘idan foydalanishlarini hamda undagi o‘tkazilgan mablag‘larni belgilangan tartibda qaytarilishini yoki buyurtmachining hisobvarag‘iga jo‘natilishini ta’minlaydi; tender takliflari platforma tomonidan avtomatik ravishda baholanishini ta’minlaydi; g) shu bilan birga, operator: e’lon shartlariga elektron tender hujjatlari tarkibiga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, davlat buyurtmachisini, tender tashkilotchisini va oferentlarni elektron xabardor qiladi; elektron tender natijalari bo‘yicha tegishliligiga ko‘ra davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentlarga platforma orqali avtomatik ravishda xabar yuboradi; tender ishtirokchilari elektron tender jarayonida belgilangan tartib asosida ishtirok etishlarini ta’minlaydi; idoralararo ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan platforma har kuni 24 soat davomida uzluksiz ishlashini qat’iy nazorat qiladi. 14. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferent tomonidan platformada yuridik shaxs ERIsidan noto‘g‘ri foydalanilgan taqdirda, operator javobgar hisoblanmaydi hamda ushbu holat “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida tartibga solinadi. 15. Elektron tender taklifini ta’minlash kafolati bo‘yicha platformada shaxsiy kabinetdan ro‘yxatdan o‘tgan oferent operator tomonidan ochilgan hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li orqali to‘lovni amalga oshiradi. 16. Operator quyidagi hollardan biri ro‘y berganda, tender taklifini ta’minlash summasini bank xarajatlarini ushlagan holda bir ish kuni ichida: elektron tender g‘olibi va davlat buyurtmachisi bilan pudrat shartnomasi imzolanib, Moliya vazirligining G‘aznachiligidan avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng; zaxiradagi g‘olib va g‘olib bo‘lmagan oferentlarga elektron tender o‘tkazilgandan so‘ng; elektron tender bekor qilingandan so‘ng (amalga oshmagan holatlarda) barcha oferentlarga; belgilangan tartibda takliflarni qaytarib olgan oferentlarga tender takliflarini yuborishning oxirgi muddati tugagan kundan so‘ng qaytaradi. 17. Elektron tender g‘olibi pudrat shartnomasini imzolashdan bosh tortganda (zaxiradagi g‘olib bundan mustasno), tender taklifini ta’minlash kafolat summasi tender g‘olibiga qaytarilmaydi. Bunda tender taklifini ta’minlash kafolatining qaytarilmagan summasi platforma tomonidan avtomatik ravishda davlat buyurtmachisining tegishli hisobvarag‘iga bank xarajatlari ushlangan holda bir ish kuni ichida o‘tkazib beriladi. 18. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va talabgor platformada o‘z ERIsidan foydalangan holda ma’lumotlarni kiritib, ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda shaxsiy kabinet shakllanadi. 19. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentning shaxsiy kabinetida mobil telefon raqami, elektron manzili, reyting balli va ushbu ballni hisoblab chiqish yoyilmasi, tender g‘olibi va zaxiradagi g‘olibning, shuningdek, qolgan oferentlarning platforma tomonidan avtomatik baholangan ballari va ushbu ballarni hisoblanish yoyilmasi hamda yakuniy elektron bayonnoma aks ettiriladi. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentning talablari asosida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa ma’lumotlar shaxsiy kabinetga kiritilishi mumkin. 20. Talabgor elektron tenderda qatnashish uchun shaxsiy kabinetidagi ushbu Nizomning 23-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha operatorga idoralararo ma’lumotlar bazalaridan o‘zi haqidagi ma’lumotlar platforma tomonidan avtomatik ravishda tekshirilishiga roziligini yuridik shaxs ERIsi bilan tasdiqlashi lozim bo‘ladi. 21. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferent haqida hamda yakunlangan elektron tenderlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli elektron arxivga yuboriladi va belgilangan tartibda saqlanadi. 22. Elektron tenderni o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon davlat buyurtmachisi taqdim etgan elektron tender hujjatlarining to‘liqligi va to‘g‘riligi tender tashkilotchisi tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng platformaga joylashtiriladi. 23. E’londa quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: a) tender predmeti bo‘yicha: manzilli ro‘yxatda joriy yil uchun nazarda tutilgan mablag‘lar miqdori; nomi, manzili va identifikatsiya raqami; ishlarni amalga oshirish turi (qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash); sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi; boshlang‘ich narx (QQS bilan) va ishlarni yakunlash muddati; tender taklifini ta’minlash kafolati va moliyalashtirish manbai; talabgor tomonidan taklifni kiritish muddati; loyiha chizmalari, lokal resurs (ish haqi, mashina va mexanizmlar hajmi hamda narxi ko‘rsatilmagan holda) vedomostlari; agar tender predmeti ishlarni bajarish (xizmatlarni ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan bo‘lsa, litsenziya mavjudligi haqidagi talab; b) platformaga taklifni elektron joylashtirish sanasida talabgorga nisbatan qo‘yiladigan shartlar: tender predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab sohaviy elektron reytingda ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lganligi; soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi; “Insofsiz ijrochilar” yagona reyestrida qayd etilmaganligi; asosiy va ikkilamchi hisobvarag‘idagi 2-son kartoteka qarzdorligining mavjud emasligi; Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida shubhali korxonalar ro‘yxatiga kiritilmaganligi; qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lsa, uning guvohnomasi faolligi; bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarning mavjud emasligi; o‘z balansidagi asosiy fondlarga, mulklariga taqiq qo‘yilmaganligi; joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi talabgor tomonidan so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligi. Bunda platforma tomonidan talabgorning moliyaviy majburiyatlari qoldiq hajmi tender predmetining boshlang‘ich narxi (QQS bilan) bilan solishtiriladi. Talabgorning moliyaviy majburiyatlari qoldiq hajmi yetarli bo‘lgan taqdirda, bir nechta tenderlarda ishtirok etishi taqiqlanmaydi; qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida ro‘yxatga olingan talabgorning bosh pudrat obyektlari bo‘yicha qurilishni yakunlash muddatidan o‘tib ketmayotganligi; taklif etilgan narxning (QQS bilan) boshlang‘ich narxdan (QQS bilan) baland emasligi hamda 95 foizdan past emasligi; taklif etilgan qurilish muddati tender predmeti bo‘yicha belgilangan qurilish muddatidan ko‘p emasligi; tender taklifini ta’minlash kafolat summasi operator hisobvarag‘iga o‘tkazilganligi. Tender ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari bo‘lgan va/yoki tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lgan oferentlar tenderga qo‘yilmaydi. Ushbu bandning “b” kichik bandidagi shartlarga to‘g‘ri kelmagan talabgorning takliflari platforma tomonidan qabul qilinmaydi. 24. Davlat buyurtmachisining farmoyishi (buyrug‘i) asosida talabgordan takliflarni qabul qilish muddati platformada tender predmeti e’lon qilingan kundan boshlab 12 ish kunidan kam va 30 ish kunidan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Davlat buyurtmachisi e’londa turgan tender predmeti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy shtablar bilan kelishgan holda tender predmeti bo‘yicha takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kunidan oldin elektron tender hujjatlariga asosli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida farmoyish (buyruq) qabul qilishga haqli. Bunda elektron tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan kundan boshlab taklif berish muddati kamida 10 ish kuniga uzaytiriladi, lekin ushbu e’lon bo‘yicha takliflarni qabul qilish umumiy muddati 30 ish kunidan oshmasligi lozim. 25. Elektron tenderda ishtirok etish uchun talabgor ushbu Nizomning 23-band “b” kichik bandi shartlari talablaridan ijobiy o‘tgan taqdirda, o‘zining shaxsiy kabinetidagi maxsus hisobvarag‘i orqali operatorga vositachilik yig‘imi uchun to‘lovni amalga oshiradi. Ushbu to‘langan mablag‘ elektron tender natijalaridan qat’i nazar talabgorga/oferentga qaytarilmaydi. 26. Tender predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab, sohaviy elektron reytingda mavjud bo‘lgan talabgorga qo‘yiladigan minimal reyting talablari quyidagilardan iborat: I xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun: qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravarigacha — “D” va undan yuqori; qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravari va undan yuqori — “S” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega; II xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun: qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravarigacha — “D” va undan yuqori; qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravaridan 40 ming barobarigacha — “S” va undan yuqori; qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravaridan 80 ming barobarigacha — “SS” va undan yuqori; qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 80 ming baravari va undan yuqori — “SSS” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega; III xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun: qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravarigacha — “S” va undan yuqori; qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravaridan 80 ming barobarigacha — “SS” va undan yuqori; qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 80 ming baravaridan 240 ming barobarigacha — “SSS” va undan yuqori; qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 240 ming baravari va undan yuqori — “V” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega; IV xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun: qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 240 ming baravarigacha — “SSS” va undan yuqori; qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 240 ming baravaridan 400 ming baravarigacha — “B” va undan yuqori; qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 400 ming baravari va undan yuqori — “VV” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega. 27. Elektron tenderda yagona oferent ishtirok etganda yoki birorta ham oferent ishtirok etmaganda, davlat buyurtmachisi elektron tenderga kirish uchun oferentlarga nisbatan qo‘yilgan elektron reyting bahoni bir darajaga pasaytirish huquqiga ega. Elektron tenderda tender predmeti bo‘yicha belgilangan minimal reyting talabi sababli (boshqa sabablar bundan mustasno) belgilangan muddatda yagona oferent o‘z taklifini joylashtirgan bo‘lsa yoki birorta ham oferent taklif joylashtirmagan bo‘lsa, ushbu tender predmeti bo‘yicha belgilangan minimal reyting talabi platforma tomonidan tender predmetining qiymati o‘zgartirilmagan holda avtomatik tarzda bir ko‘rsatkichga kamaytiriladi. 28. Agar tender predmeti bo‘yicha ishlarni bajarish (xizmatlarni ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli litsenziya turini talab etsa, elektron tenderda faqat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan oferentlar ishtirok etadi. 29. Talabgor ushbu Nizomning 23-bandi “b” kichik bandi shartlariga mos kelgan taqdirda, talabgor shaxsiy kabinetdan foydalangan holda elektron tender hujjatlarini to‘ldirish va yuklash yo‘li bilan platformaga taklifini ERI bilan tasdiqlab, belgilangan muddatdan kechiktirmay joylashtiradi. 30. Takliflarni qabul qilish muddati tugagunga qadar oferent o‘z takliflariga o‘zgartirishlar kiritish yoki qaytarib olish huquqiga ega. 31. Platforma tomonidan tender takliflarining qabul qilinishi platformada joylashtirilgan e’londa belgilangan kun tugashi bilan (soat 23:59:59 da) to‘xtatiladi. 32. Elektron tender quyidagi hollarda amalga oshmagan deb hisoblanadi: yagona oferent ishtirok etgan yoki birorta ham oferent ishtirok etmagan taqdirda; baholash jarayonida ushbu Nizomning 23-bandi “b” kichik bandi shartlariga muvofiq platforma tomonidan oferentlar qayta o‘rganilganda, yagona oferent qoldirilganda yoki birorta ham oferent qoldirilmagan taqdirda; agar bitta lotda ikkita oferent ishtirok etayotgan bo‘lsa va ushbu oferentlardan biri bir va undan ortiq lotlarda o‘z takliflarini joylashtirgan bo‘lsa hamda ushbu oferent ixtiyoriy bitta lotda g‘olib deb belgilanib, moliyaviy majburiyatlari hajmi 2 baravardan oshgan taqdirda; g‘olib va zaxiradagi g‘olib pudrat shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda. 33. Tender amalga oshmagan deb hisoblangan taqdirda, davlat buyurtmachisi tomonidan tender tashkilotchisiga tender bo‘yicha e’lonni platformaga qayta joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma beriladi. Shu bilan birga, pudrat shartnomasi imzolangunga qadar belgilangan tartibda tender predmetini amalga oshirish to‘xtatilgan taqdirda yoki tender predmeti bo‘yicha qurilish-pudrat tashkiloti ushbu Nizom talablarida belgilangan tartibdan tashqari holda aniqlangan taqdirda, tender amalga oshmagan deb hisoblanadi. 34. Oferentlar tomonidan taqdim etilgan tender takliflari elektron platforma tomonidan tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanadan boshlab 2 ish kuni ichida baholanadi. Ushbu 2 ish kuni ichida 23-bandi “b” kichik bandi shartlari bo‘yicha oferentlarning ko‘rsatkichlari salbiy tomonga o‘zgargan taqdirda, platforma tomonidan ushbu oferent elektron tenderdan chetlashtiriladi. 35. Oferentning umumiy ballari yig‘indisini yakuniy hisoblash uchun har bir oferent bo‘yicha platforma tomonidan avtomatik rejimda hisoblanadigan quyidagi formula qo‘llaniladi: YaB = RB x 0,7 + ((BM — OM) x 5*/(BM-ETM)) + (BBN — ON) x 25 / (BBN — BBN x 0,95): YaB — oferentning yakuniy balli; RB — elektron sohabay reyting doirasida hisoblangan ball; 0,7 — elektron sohabay reyting doirasida olingan ballning umumiy yakuniy balldagi ulushini aniqlovchi koeffitsiyent; 5* — noldan beshgacha bo‘lgan ball tizimi bo‘lib, tender predmeti bo‘yicha belgilangan qurilish muddati nol ball hisoblanadi, joylashtirilgan takliflardagi eng kam qurilish muddatini ko‘rsatgan oferentga 5 ball hisoblanadi, ular orasidagi taklif etilgan qurilish muddatlari bo‘yicha ballar platforma tomonidan interpolatsiya yo‘li bilan aniqlanadi; BBN — davlat buyurtmachisining boshlang‘ich narxi (QQS bilan). Bunda agar qonunchilikda belgilangan tartibda boshlang‘ich narx QQSsiz bo‘lsa, ushbu formulada belgilangan tartibdagi QQSsiz qiymatlar hisobga olinadi; 0,95 — taklif narxining (QQS bilan) boshlang‘ich narxdan (QQS bilan) 5 foizdan ko‘p kamaytirilishi mumkin emasligi koeffitsiyenti; ON — oferent tomonidan taklif etilgan narx (QQS bilan). Bunda agar qonunchilikda belgilangan tartibda taklif narxi QQSsiz bo‘lsa, ushbu formulada belgilangan tartibdagi QQSsiz qiymatlar hisobga olinadi; 25 — oferent tomonidan taklif etilgan narx uchun interpolatsiya yo‘li bilan beriladigan ball; BM — elektron tender hujjatlarida belgilangan muddat; OM — oferent tomonidan taklif etilgan ishlarni bajarish muddati; ETM — oferent tomonidan taklif etilgan ishlarni bajarishning eng kam muddati; oferent tender taklifini eng kam narx bilan bergan taqdirda, unga 25 ball beriladi hamda formulaning ikkinchi qismi, ya’ni — (BBN — ON) x 25 / (BBN — BBN x 0,95) ifodasi hisoblanmaydi. Talabgor o‘z taklifini platformaga joylashtirishi mobaynida uning chegirmasi boshlang‘ich narxga nisbatan 5 foizdan ko‘p bo‘lgan taqdirda, platforma tomonidan ushbu taklif qabul qilinmaydi. 36. Platforma tomonidan elektron tender natijalariga muvofiq g‘olib va zaxiradagi g‘olib avtomatik ravishda aniqlanadi. 37. Elektron tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash yakuni bo‘yicha elektron bayonnoma shakllantiriladi va unda quyidagi axborotlar aks ettiriladi: elektron tender takliflarini ko‘rib chiqish, baholash sanasi va vaqti; elektron tender takliflarini baholash natijasi; elektron tender g‘olibi va zaxiradagi g‘olib haqidagi ma’lumot. 38. Agar oferent uning moliyaviy majburiyatlarining qoldiq hajmi yetarli bo‘lib, bir nechta tenderda ishtirok etgan taqdirda, elektron tenderda platforma tomonidan faqat moliyaviy majburiyatlarining qoldiq hajmi yetarli bo‘lgan tender predmeti bo‘yicha g‘olib deb belgilanadi. 39. Elektron tender g‘olibi bilan pudrat shartnomasi imzolangandan so‘ng tenderda qatnashgan oferentlar o‘z shaxsiy kabinetlari orqali har bir oferent bo‘yicha yakuniy ballar, shu jumladan, shaxsiy sohaviy reyting ballari haqida ularning kelib chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishlari mumkin. 40. Elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanadan boshlab 2 ish kuni ichida platforma tomonidan tender g‘olibi aniqlanadi va ushbu 2 ish kuni yakunlangan kundan so‘ng g‘olib tashkilotga aksept yuboriladi. Aksept g‘olib tashkilot tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab tender tugallangan deb hisoblanadi. Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida g‘olib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, ushbu g‘olib tashkilot pudrat shartnomasini imzolashdan bosh tortgan hisoblanadi va aksept zaxiradagi g‘olibga yuboriladi. Zaxiradagi g‘olib tomonidan 2 ish kuni ichida aksept tasdiqlanmagan taqdirda, tender amalga oshmagan deb hisoblanadi va qaytadan o‘tkaziladi. 41. Elektron tender natijalari bo‘yicha g‘olib e’lon qilingan paytdan boshlab 3 kun muddatdan kechikmay pudrat shartnomasi tuziladi. Elektron tender g‘olibi pudrat shartnomasini tuzishdan bosh tortgan hollarda, pudrat shartnomasini tuzish huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi. Bunda elektron tender g‘olibiga tender taklifini ta’minlash kafolati summasi qaytarib berilmaydi. Zaxiradagi g‘olib tender g‘olibi tomonidan taklif etilgan narx (agar zaxiradagi g‘olib tomonidan taklif etilgan narx tender g‘olibi tomonidan taklif etilgan narxdan baland bo‘lsa) yoki o‘zi tomonidan taklif etilgan narx (agar zaxiradagi g‘olib tomonidan taklif etilgan narx tender g‘olibi tomonidan taklif etilgan narxdan past bo‘lsa) bo‘yicha pudrat shartnomasini tuzishi yoki tuzishdan bosh tortishi mumkin. Zaxiradagi g‘olib akseptni tasdiqlashdan yoki pudrat shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda, tender taklifini ta’minlash kafolat summasi bank xizmatlari ushlangan holda qaytarib beriladi. Pudrat shartnomasi imzolangandan so‘ng buyurtmachi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PQ-4464-son qarorining 7-bandiga muvofiq pudrat shartnomasi imzolanib, Moliya vazirligining G‘aznachiligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida pudrat shartnomasining QQSsiz summasidan 0,05 foizi miqdoridagi mablag‘ni axborot tizimining tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazadi. 42. Davlat buyurtmachisi quyidagilar uchun javob beradi: ekspertiza markazining ijobiy ekspertiza xulosasiga mos keladigan elektron shaklda taqdim etiladigan qiymat resurs xarajatlari (ish haqi, mashina va mexanizmlar hajmi, narxi ko‘rsatilmagan holda) to‘g‘riligi bo‘yicha; elektron tender savdolari g‘olibi bilan belgilangan tartibda pudrat shartnomasini tuzish bo‘yicha. 43. Tender tashkilotchisi quyidagilar uchun javob beradi: davlat buyurtmachisidan olingan hujjatlarni ko‘pi bilan 3 ish kuni davomida o‘rganib chiqishi va ularning belgilangan tartibda e’longa joylashtirishi; e’longa joylashtirilgan elektron ma’lumotlarning to‘liqligiga, to‘g‘riligiga va bir-biriga muvofiqligiga. 44. Operator quyidagilar uchun javob beradi: tender tashkilotchisiga taqdim etilgan oferentlarning takliflari va elektron reyting haqidagi ma’lumotlarning hamda platformaga yuklatilgan takliflarning tuzilmasidagi hujjatlar to‘liqligiga; elektron tender takliflari bo‘yicha pudrat shartnomasi majburiyatlari bajarilishi tugallangandan so‘ng belgilangan muddatda saqlanishi; tender ishtirokchilari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning e’lon amal qilishi muddati davomida oshkor etilmasligini ta’minlash; oferentlarning tijorat sirini muhofaza qilishga bo‘lgan huquqlari buzilishi; tender tartib-taomillarining boshqa belgilangan talablarini buzish. 45. Oferent o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchliligi uchun javob beradi. 46. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi tomonidan tashkil etiladigan elektron tender savdolarining haqqoniy va shaffof o‘tkazilishi yuzasidan Qurilish vazirligi javobgar hisoblanadi. 47. Elektron tender natijalarini rasmiylashtirish, tuzilgan pudrat shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni tashkil etish, pudrat shartnomasi majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish hamda shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur Nizom talablariga muvofiq o‘tkaziladigan elektron tender bo‘yicha shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun ishchi organ etib — Qurilish vazirligi belgilanadi. 48. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qurilish muddatini uzaytirish, obyektning qiymatiga o‘zgartirish kiritish hamda qoldiq qiymatlarini qayta aniqlashtirish Qurilish vazirligining xulosasiga asosan amalga oshiriladi. 49. Operator tenderga taalluqli barcha hujjatlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydi. 50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
135
47,695
Qonunchilik
Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1 va 1/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1781, 2008-yil 26-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 12-13-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 14-bandning ikkinchi xatboshisi va 15-banddan “va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. 25-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “lizing shartnomasi” degan so‘zlar “moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
140
1,270
Qonunchilik
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son hamda “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq; Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: 2019-yil 1-noyabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi tashkil etish orqali qabul qilayotgan nomzod fuqarolarni (keyingi o‘rinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tayyorlash maqsadida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari (keyingi o‘rinlarda Tayyorlov kurslari deb ataladi) tashkil etiladi; tutingan ota-onalarga Tayyorlov kurslarini tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi; Tayyorlov kurslari mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun tegishli tarmoq vazirliklari, idoralar va tashkilotlarning ijtimoiy ishlar sohasida tutingan ota-onalarni maslahat yordami, ijtimoiy, huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi mutaxassislari hamda davlat tarbiya muassasalarining ijtimoiy-psixologik-pedagogik ko‘maklashuv xizmati xodimlari jalb etiladi; tutingan ota-onalarning Tayyorlov kurslarida o‘qishi bepul tashkil etiladi; Tayyorlov kurslarining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi; 2020-yil 1-yanvardan boshlab tutingan ota-onalar Tayyorlov kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjati mavjud bo‘lgan fuqarolar orasidan tanlanadi; 2020-yil 1-yanvarga qadar bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan va oilaviy bolalar uylarining tarbiyachi ota-onalaridan tayyorlov kurslarini yakunlaganlik to‘g‘risidagi hujjat talab etilmaydi. 3. Quyidagilar tayyorlov kurslarining asosiy vazifalari etib belgilansin: tutingan ota-onalarning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish; tutingan ota-onalarni yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari bilan tanishtirish; tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish; tutingan ota-onalarni yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, uning ijtimoiylashuvi, ta’limi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq ota-onalik salohiyatini shakllantirish; tutingan ota-onalarning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniklash, bolani oilaga qabul qilish shaklini tanlashga yordam berish, shuningdek, bolani tarbiyalash va rivojlanishi bilan shug‘ullanish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga ko‘maklashish, ularning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish. 4. Tutingan ota-onalarni tayyorlash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2019-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar: Tayyorlov kurslarining mashg‘ulotlari dasturini ishlab chiqsin; Tayyorlov kurslari o‘qituvchilari uchun trening mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni tanlashda ularga qo‘yiladigan talablarga har tomonlama mos bo‘lgan nomzodlarni (shaxslarni) tanlash hamda hisobga olish, shuningdek, nomzodlarni topish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish choralarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning amalga oshirilishi uchun zarur mablag‘larni 2019-yilda “Ta’lim” sohasi uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida har yili nazarda tutsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni (keyingi o‘rinlarda bola deb ataladi) tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronat), oilaviy bolalar uyiga olayotgan) nomzod fuqarolarni (keyingi o‘rinlarda nomzodlar deb ataladi) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi. 2. Nomzodlarni tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Vasiylik va homiylik organi aholi o‘rtasida bolani oilaga joylashtirishning ustuvorligi, ular uchun nomzodlarni topish bo‘yicha ommaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi, bolalarni oilaga qabul qilishning shakllari, tartibi haqida fuqarolarni xabardor qiladi. 3. Bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq tanladi. 4. Bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlar o‘zining yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organiga amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq talab etiladigan hujjatlarni taqdim etiladilar. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalar belgilangan hujjatlardan tashqari tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarida (keyingi o‘rinlarda tayyorlov kurslari deb ataladi) o‘qiganligi haqidagi sertifikatni ham taqdim etadilar. 5. Vasiylik va homiylik organi bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlardan ariza hamda tegishli hujjatlarni qabul qilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida ularning turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganib chiqadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi. Nomzodlarning turmush va ta’minot sharoitlari o‘rganilayotganda vasiylik va homiylik organi turar joyning maishiy-ho‘jalik sharoitlarini, ariza beruvchining sog‘lig‘ini, shaxsiy fazilatlari va bolani oilaga olishga undagan sabablarni, ularning bolani tarbiyalash bo‘yicha qobiliyatlarini, oilada yashovchilarning bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilinishiga nisbatan munosabatini o‘rganadi. Nogironligi bo‘lgan bola oilaga tarbiyalash uchun qabul qilinayotganda dalolatnomada bolaning yashashi uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligi aks ettirilishi lozim. 6. Vasiylik va homiylik organi o‘rganish yakunlari bo‘yicha uch ish kuni mobaynida bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni nomzod bo‘la olishi mumkinligi (mumkin emasligi) to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi. Bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni nomzod bo‘la olishi mumkinligi to‘g‘risida xulosa tayyorlashga quyidagilar asos hisoblanadi: taqdim qilingan hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi; tayyorlov kurslarida o‘qiganligini tasdiqlovchi sertifikatning mavjudligi (bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalar uchun); bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarning bolani tarbiyalashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiyatlarini bajara olish imkoniyatlari; nomzodlarning psixologik holati va bola tarbiyalashda yetarlicha ko‘nikmalari mavjudligi; bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarning bolaga huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida bilim va ko‘nikmaga egaligi. 7. Vasiylik va homiylik organi bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni tanlash jarayonida, zaruratga ko‘ra, quyidagi manfaatdor va ishga aloqador shaxslarni jalb etishi mumkin: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari; Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya a’zolari; tayyorlov kurslari ekspertlari; yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan davlat tarbiya muassasa mutaxassislari; bolaning qarindoshlari. 8. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalar tayyorlov kurslarida belgilangan tartibda tayyorgarlikdan o‘tadilar. 9. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalarni tayyorlashda quyidagilar nazarda tutiladi: nomzodlarning bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilishga tayyorlash, bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq salohiyatlarini shakllantirish; nomzodlarning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniqlash, bolani oilaga qabul qilgach, ularni tarbiyalash va rivojlanishi bilan shug‘ullanish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga ko‘maklashish, bolalar psixologiyasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish; bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari, tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish, davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy yordam turlaridan xabardorlik darajasini oshirish. 10. Tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarga tegishli sertifikat beriladi. 11. Sertifikat nomzodlarni tutingan ota-onalar bo‘la olishi haqidagi xulosa berilishi va hisobga qo‘yilishi uchun asos bo‘ladi. 12. Bolalarni vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronat) hamda oilaviy bolalar uyiga olgan fuqarolarga (keyingi o‘rinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tarbiyalash uchun berilgan bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qilish bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan olib boriladi. 13. Tutingan ota-onalarning faoliyatini kuzatish, ular tomonidan o‘z majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan rejali va rejadan tashqari shaklda amalga oshiriladi. 14. Tutingan ota-onalarni rejali kuzatish va nazorat qilish tutingan ota-onalarning xonadoniga tashrif buyurgan holda quyidagicha amalga oshiriladi: bola oilaga berilgandan so‘ng dastlabki uch oy davomida bir marotaba; bola oilaga berilgandan so‘ng har yili kamida ikki marotaba. 15. Tutingan ota-onalarni rejadan tashqari kuzatish va nazorat qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin. 16. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalarni rejali va rejadan tashqari kuzatish va nazorat qilishda quyidagilarni jalb qilishi mumkin: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarini; Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya a’zolarini; tayyorlov kurslari ekspertlarini; yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan davlat tarbiya muassasa mutaxassislarini; bolaning qarindoshlari va boshqalarni. 17. Rejali va rejadan tashqari kuzatish va nazorat qilishda quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratiladi: bolaning yashashi uchun sharoitlar mavjudligi; xonadonning maishiy-xo‘jalik sharoitlari; bolaning oila muhitiga va oila a’zolarining bola xulqi va xarakteriga moslashganligi; bolaning tarbiyasi, ta’limi, aqliy rivojlanishi, sog‘lig‘i, tashqi ko‘rinishi, gigiyenaga rioya qilinishi, xulqi, emotsional hamda jismoniy rivojlanishi; bolaning alohida qiziqish va qobiliyatlarining qo‘llab-quvvatlanishi; oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari va boshqalar. Bolaning mulkiy va nomulkiy huquqlari ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratiladi. 18. Kuzatish va nazorat qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan Oilada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni baholashning minimal standartlari asosida amalga oshiriladi. 19. Kuzatish va nazorat qilish natijalari bo‘yicha vasiylik va homiylik organi tomonidan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi to‘g‘risida kompleks baholashga asoslangan hisobot aks ettirilgan dalolatnoma tuziladi. 20. Kuzatish va nazorat qilish davomida bolaning tarbiyasi yoki rivojlanishi, huquqlari ta’minlanishi bilan bog‘liq muammo yoki kamchiliklar aniqlangan taqdirda, vasiylik va homiylik organi tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarini jalb qilgan holda, muammoni bartaraf etishga qaratilgan maslahat, psixologik-pedagogik, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa ijtimoiy xizmatlar tashkil etilishini ta’minlaydi. 21. Tutingan ota-onalar tomonidan o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki bolaning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmaganligi bilan bog‘liq dalillar aniqlangan taqdirda, vasiylik va homiylik organi o‘rganish dalolatnomasida quyidagilarni aks ettiradi: bolaning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaxshilash hamda majburiyatlarni bajarish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar; tutingan ota-onalarga yuklatilgan majburiyatlarni yetarli darajada bajarilmaganligi yoki umuman bajarilmaganligi sababli ularni javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar (zarurat bo‘lganda). 22. Tutingan ota-onalar tomonidan harakatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga zid ravishda amalga oshirilayotgan taqdirda yoxud uning harakatlari bolaning sog‘lig‘i, jismoniy, psixologik, ahloqiy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazayotgan bo‘lsa, shuningdek, nazoratli tekshiruv mobaynida aniqlangan kamchiliklarni bolani oiladan ajratib olmay hal qilib bo‘lmasligi ma’lum bo‘lganda, vasiylik va homiylik organi tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng uch kun ichida: tutingan ota-onalarni belgilangan majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish hamda bolani oiladan olish haqida qaror qabul qiladi; bolani vaqtincha joylashtirish choralarini ko‘radi; bolani boshqa tutingan ota-onalarga berish yoki yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarga joylashtirish choralarini ko‘radi. 23. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tutingan ota-onalar qaramog‘idagi bolani tarbiyalash, parvarishini ta’minlash bilan bog‘liq majburiyatlarini yetarli darajada bajarmayotganligi yoxud bola huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishi haqidagi murojaatlar kelib tushgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi rejadan tashqari nazoratni amalga oshiradi. 24. Bolaning yashash manzili o‘zgarganda yangi manzil joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organi bolaga tegishli shaxsiy hujjatlar yig‘majildini qabul qilgan kunidan 7 kun ichida rejadan tashqari nazoratni amalga oshirishi shart. 25. O‘rganish dalolatnomasi nazoratli tekshiruv amalga oshirilgan kundan boshlab 5 kun ichida rasmiylashtiriladi, o‘rganishda ishtirok etgan tomonlar hamda vasiylik va homiylik organi tomonidan imzolanadi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma kamida ikki nusxada rasmiylashtiriladi, bitta nusxasi vasiylik va homiylik organida, ikkinchisi tutingan ota-onada hamda boshqa vakolatli shaxslarda saqlanadi. 26. O‘rganish dalolatnomasi qat’iy nazoratdagi hujjat bo‘lib, bolaning shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi. 27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni (keyingi o‘rinlarda bola deb ataladi) oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi tashkil qilayotgan fuqarolarni (keyingi o‘rinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Tayyorlov kurslari yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasi (keyingi o‘rinlarda davlat tarbiya muassasa deb ataladi) negizida tashkil etiladi. Tayyorlov kurslari oila va bolalarga xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ham tashkil etilishi mumkin. Tayyorlov kurslarining faoliyati vasiylik va homiylik organlari tomonidan nazorat qilinadi. 3. Tayyorlov kurslarining asosiy maqsadi: bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlashda tutingan ota-onalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tutingan ota-onalarning kasbiy bilimlari, qobiliyatlari va ko‘nikmalarini oshirish; oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish. 4. Quyidagilar tayyorlov kurslarining asosiy vazifalari hisoblanadi: tutingan ota-onalarning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish; tutingan ota-onalarni bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari bilan tanishtirish; tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish; tutingan ota-onalarni bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, uning ijtimoiy moslashuvi, ta’limi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq ota-onalik salohiyatlarini shakllantirish; tutingan ota-onalarning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniqlash, bolani oilaga qabul qilish shaklini tanlashga yordam berish, shuningdek, bolani tarbiyalash va rivojlanishi bilan shug‘ullanish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga ko‘maklashish. 5. Tayyorlov kurslari tashkil etilayotgan tuman (shahar) hokimligi tayyorlov kurslarining muassisi bo‘ladi. Tayyorlov kurslari muassisning qarori asosida tashkil etiladi. Nodavlat tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar nodavlat tayyorlov kurslarining muassisi bo‘lishi mumkin. Nodavlat tayyorlov kurslari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda tayyorlov kurslari tashkil etilayotgan tuman (shahar) hokimligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi. 6. Tayyorlov kurslarining ustavi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 7. Tayyorlov kurslarining faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va davlat tarbiya muassasasi tomonidan muvofiqlashtiriladi. 8. Davlat tarbiya muassasasida tashkil etilgan tayyorlov kurslari faoliyatiga ushbu muassasa direktorining ijtimoiy himoya bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi. 9. Tayyorlov kurslarida guruhlar bolalarni oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzod fuqarolar (keyingi o‘rinlarda tinglovchi deb ataladi) hisobidan shakllantiriladi. 10. Tinglovchilar tayyorlov kurslarida bepul o‘qitiladi. 11. Tinglovchilar tayyorlov kurslarida o‘qish uchun kurs tashkil etilgan davlat tarbiya muassasasi direktori nomiga ariza bilan murojaat etadilar. Ariza uch ish kunida davlat tarbiya muassasasi direktori tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Ariza bilan murojaat etgan nomzod fuqarolar alohida jurnalda ro‘yxatga olinadi. Ushbu jurnal raqamlanadi, tikiladi, jurnalning so‘nggi sahifasida jurnalning sahifalari soni tasdiqlanib, yuqori turuvchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Tayyorlov kurslarida o‘qishning boshlanishi to‘g‘risida guruh shakllantirilishiga qarab tinglovchilar oldindan ogohlantiriladi. 12. Tayyorlov kurslarida o‘qish maxsus o‘quv reja va dasturga muvofiq tashkil etiladi. O‘quv reja va dastur oilaga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari asosida takomillashtirilib boriladi. 13. Tayyorlov kurslarida tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti bilan kelishilgan va tasdiqlangan 72 soatlik o‘quv dasturi bo‘yicha bir oy davomida ishdan ajralmagan holda o‘qitiladi. O‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: tayyorlov kurslari faoliyatiga o‘quv-metodik rahbarlikni amalga oshiradi; Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda tayyorlov kurslari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning yangilanib borishini ta’minlaydi; tayyorlov kurslarini takomillashtirib boradi; tayyorlov kurslariga o‘qitishning zamonaviy shakl va usullarini, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini joriy etadi; tayyorlov kurslarida o‘qitish jarayoni monitoringini olib boradi. 15. Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar: ijtimoiy-huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy masalalar bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etishlari uchun tegishli mutaxassislarni tayyorlov kurslarining o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etadi; tayyorlov kurslariga yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muammolaridan xabardor, bola ta’lim-tarbiyasi, sog‘lig‘i, qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilish sohasidagi salohiyatli va tajribali (yurist, pedagog, psixologlar, tibbiyot mutaxassislari va boshqalar) xodimlarni kurs o‘qituvchisi sifatida jalb qiladi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda: tayyorlov kurslarining o‘quv-metodik asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirishga muntazam ravishda ko‘maklashadi; markaz mutaxassislarini tayyorlov kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun jalb etadi; tayyorlov kurslari o‘qituvchilarining yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlash masalalari yuzasidan malakasini oshirishini tashkil etishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. 17. Tayyorlov kurslari o‘quv reja va dasturlarini hisobga olgan holda, tinglovchilarni sifatli o‘qitish uchun moddiy-texnik baza hamda mutaxassislar tarkibi mavjud bo‘lgan holda tashkil etiladi. 18. Tayyorlov kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari davlat tarbiya muassasa xodimlari hamda tayyorlov kursiga jalb etilgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Zarur hollarda, tayyorlov kurslariga xorijiy mutaxassislar, shuningdek, bolani tarbiyalash bo‘yicha ijobiy tajribaga ega bo‘lgan tutingan ota-onalar ko‘ngilli ravishda jalb etilishi mumkin. 19. Mashg‘ulotlari interfaol tarzda olib boriladigan tayyorlov kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, ko‘chma mashg‘ulot, tajriba almashish shakllarida olib boriladi. Tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud bo‘lgan taqdirda tayyorlov kurslari masofadan o‘qitish usullari qo‘llanilgan holda tashkil etilishi mumkin. 20. Auditoriyada o‘tkaziladigan barcha mashg‘ulotlar turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi. 21. Tayyorlov kurslaridagi o‘quv jarayoni guruhlarning to‘ldirilishiga bog‘liq holda tinglovchilar soni, qoidaga ko‘ra, kamida 5 va ko‘pi bilan 22 kishini tashkil etgan akademik guruhlarda tashkil etiladi. Tashkil etilgan guruhlar tinglovchilarining davomati va o‘zlashtirishini qayd etadigan guruh jurnali yuritiladi. Ushbu jurnal raqamlanadi, tikiladi, jurnalning so‘nggi sahifasida jurnalning sahifalari soni tasdiqlanib, davlat tarbiya muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Tutingan ota-onalar uchun tayyorlov kurslari kamida uch oyda bir marotaba tashkil etiladi. 22. Uzrli sabablar bilan o‘qishni davom ettira olmaydigan tinglovchilar o‘z arizasiga ko‘ra tinglovchilar safidan chiqariladi. Uzrsiz sabablar bilan 30 soatdan ko‘p hajmda mashg‘ulotlarda qatnashmaganlik uchun kurslarning tinglovchilari davlat tarbiya muassasasi direktori buyrug‘i bilan tinglovchilar safidan chiqariladi. 23. Tayyorlov kurslarida mashg‘ulotlar olib borish uchun o‘qituvchilarni tanlashda bola va oilalar, jumladan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlash tajribasiga hamda katta yoshdagilarni o‘qitish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar va xodimlarga ustunlik huquqi beriladi. 24. Tayyorlov kurslarida tinglovchilarning bilimi suhbat asosida baholanadi. Tinglovchilarni baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun davlat tarbiya muassasasi tomonidan tegishli sohalarning ilg‘or mutaxassislari orasidan kamida 3 — 5 kishidan iborat komissiya shakllantiriladi. 25. Baholash jarayonida uzrli sabab bilan ishtirok etmagan tinglovchilar navbatdagi guruh tinglovchilari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin. 26. Tayyorlov kurslarini tomomlagan tinglovchilarga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sertifikat beriladi. 27. Tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddati 3 yil qilib belgilanadi. 28. Amal qilish muddati tugagan sertifikat egalari tayyorlov kurslaridan qayta o‘tishlari talab etiladi. 29. Tayyorlov kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari olib borgan davlat tarbiya muassasasi xodimlarining mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi. 30. Tayyorlov kurslariga jalb etilgan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash amaldagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda ish haqi miqdori umumta’lim maktablarining oliy malaka toifali boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga tenglashtiriladi. 31. Ko‘ngilli ravishda tayyorlov kurslariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va tutingan ota-onalarga ish haqi to‘lanmaydi. 32. Tayyorlov kurslarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash, kurslar tinglovchilari uchun o‘quv, tarqatma materiallar va kanselyariya anjomlarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish mablag‘lari kurslar tashkil etilgan davlat tarbiya muassasalarining tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozdagi varaqda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi. Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan. Varaqning yuqori qismi markazida lotin yozuvi bilan davlat tilida “SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi qisqartmasi — TK va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi. Sertifikat: bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli; yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar; naqshli rastr; har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish; maxsus qog‘ozlar; o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.
237
29,005
Qonunchilik
Suv ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining: a) 33-pozitsiyasi “Shakllantirish manbai” ustunidagi “shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatishdan” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 35-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Iste’molchilarga suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida: 2-bandning yigirma oltinchi xatboshisidagi “uch” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin; 49-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga (yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan) o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlangan taqdirda ISKX tashkiloti tomonidan bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va bir nusxasi o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan subyektga topshiriladi. Ushbu dalolatnoma o‘zboshimchalik bilan ulanganning javobgarlik darajasini va ISKX tashkilotiga yetkazilgan zararni aniqlash uchun asos bo‘ladi hamda ISKX tashkiloti ushbu Qoidalarning 94-bandiga muvofiq suv sarfi va oqova suvlarni chiqarganlik uchun to‘lov summalarini to‘lash uchun ulanma egasiga to‘lov hujjati yozib beradi”; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan iste’molchi ISKX tashkiloti tomonidan tarmoqdan uziladi va bu haqda belgilangan tartibda ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi;”; 50-banddagi “tarmoqqa” so‘zi “3 kundan kechiktirmay tarmoqqa” so‘zlari bilan almashtirilsin; 51-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Byuro yoki Byuroning majburiy talabnomasiga asosan” so‘zlari chiqarib tashlansin; 62-bandda: uchinchi xatboshidagi “4” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “2” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin; 63-banddagi “Byuro bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin; 65-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Byuro vakili ishtirokida” so‘zlari “ISKX tashkiloti tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 68-bandning birinchi xatboshisidagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; 69-banddagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; 70, 78, 80, 86 va 92-bandlardagi “va Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; 71-bandda: birinchi xatboshidagi “uch” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobining o‘rnatilgani yoki yechilgani haqidagi ikki tomonlama dalolatnomalarning tuzilishi va ularning plombalanishi bepul bajariladi”; 73-bandning birinchi xatboshisidagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; 76-bandning birinchi xatboshisidagi “Byuro” so‘zi “ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 77-banddagi “Byuro” so‘zi “ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 85, 90, 101, 102, 111 va 112-bandlardagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; 93-bandda: birinchi xatboshidagi “ISKX tashkiloti va Byuroga” so‘zlari “ISKX tashkilotiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “va Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; 97-banddagi “va Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; 100-banddagi “Byuro” so‘zi “ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 105-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; 107-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “107. ISKX tashkiloti vakillari iste’molchilardan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni bank yoki billing tizimi orqali mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin”; 109-banddagi “Byuro” so‘zi “ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 110-banddagi “tashkiloti yoki Byuroga” so‘zlari “tashkilotiga” so‘zi bilan almashtirilsin; 114-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “114. Uyda vaqtincha istiqomat qiluvchi (yollovchi)lar istiqomat qilganda to‘lovlar haqiqatda istiqomat qilayotganlar soniga qarab amalga oshiriladi. I guruh iste’molchisi, o‘zi yashayotgan xonadonda turuvchilar soni ko‘payishi (shu jumladan, vaqtinchalik yashayotganlar hisobiga hamda Qoidalarning 87-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha) yoki kamayishi holatlari yuzasidan, o‘zgarishlar sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan kechikmay ISKX tashkilotini yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Bunda iste’molchi, ISKX tashkiloti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari va uyning asosiy egasi tomonidan — uch tomonlama dalolatnoma tuziladi”; 115-bandning birinchi xatboshisidagi “debitorlik qarzlarini uzib, bu haqda Byuro” so‘zlari “mavjud qarzlarini uzib, bu haqda ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 123-bandda: uchinchi xatboshidagi “Byuro bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshidagi “ISXK tashkiloti yoki Byuroga” so‘zlari “ISXK tashkilotiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n oltinchi xatboshidagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; 124-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin; o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ichimlik suvi ta’minotining yong‘inga qarshi tizimidan foydalanish to‘xtatilganda iste’molchi 24 soat mobaynida ISKX tashkilotiga plomba uzilgani to‘g‘risida dalolatnoma taqdim etishi va zulfinlarni plombalash uchun ISKX tashkiloti vakilini chaqirishi shart”. 3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 34-bandidagi “Suvoqova” DUK” so‘zlari “O‘zsuvta’minot” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomda: a) 3-banddagi “inspeksiyasi” so‘zidan keyin “Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari qo‘shilsin; b) 9-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring olib borish, xavfsizlik va sifatini ta’minlash, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirishni muvofiqlashtirish”; uchinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilari deb hisoblansin; v) 10-bandda: “v” kichik bandda: yigirma ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) bilan birgalikda ularni plombalashni” so‘zlari chiqarib tashlansin; yigirma uchinchi-yigirma to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi “k” kichik band qo‘shilsin: “k) Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring olib borish, xavfsizlik va sifatini ta’minlash, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirishni muvofiqlashtirish sohasida: suv balansining yagona axborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlarning ma’lumotlarini to‘plash, umumlashtirish va tizimlashtirish orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etadi; suvni hisobga olishning holati, uning xavfsizligi va sifatini ta’minlash to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi monitoringini olib boradi, zarur bo‘lganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi; Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring olib borish, xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi; toza ichimlik suvining strategik zaxiralarini yaratishni tashkil etadi, shu jumladan, katta hajmdagi zaxira manbalarini barpo etadi; suvdan foydalanish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, suvning miqdori va sifatini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni muvofiqlashtiradi, ularning respublika suv balansining yagona axborot tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlaydi; tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga suvni hisobga olish holati, uning xavfsizligi va sifatini ta’minlash, shuningdek, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish to‘g‘risidagi hisobotni aniq takliflar bilan taqdim etib boradi”; g) 13-bandda: o‘ninchi xatboshidagi “shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) bilan birgalikda ularni plombalashni” so‘zlari chiqarib tashlansin; o‘n birinchi-o‘n ikkinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; o‘n uchinchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar, shuningdek, ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda iste’molchilarni elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qarorida: a) qarorning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda iste’molchilarni elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”. b) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Iste’molchilarni elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”; v) 1-ilovada: ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida nizom”; 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi o‘rinlarda — Byuro) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘ztransgaz” AJ, shuningdek, ularning bo‘linmalari bilan Byuroga yuklangan vazifalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi”; 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Ushbu Nizom yetkazib berilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorligi mavjud iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish tartibiga tatbiq etilmaydi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: iste’molchi — elektr va gaz ta’minoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs; energiya resurslarini yetkazib beruvchilar — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va ularning bo‘linmalari, shuningdek, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni ta’minlovchi, ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar”; 2-bobning nomlanishidagi “va ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlarining” so‘zlari chiqarib tashlansin; 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Byuro va uning hududiy bo‘linmalari elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish, shu jumladan, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda ularni talon-toroj qilish yo‘llarini tez aniqlash maqsadida zarur mutaxassislarni jalb etish uchun energiya resurslari yetkazib beruvchilarga yozma so‘rovlar yuborishga haqli. Aniqlangan holatlar bo‘yicha zudlik bilan qaror qabul qilish talab etiladigan alohida holatlarda energiya resurslari yetkazib beruvchilarning xodimlarini jalb etish og‘zaki so‘rov bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. 5. So‘rov, qoida tariqasida, energiya resurslari yetkazib beruvchilarning hududiy joylashuv prinsipi bo‘yicha yuboriladi. So‘rovda energiya resurslari yetkazib beruvchilar xodimlarining yetib kelish vaqti va joyi, shuningdek, ularni jalb etishning nazarda tutiladigan davri ko‘rsatiladi”; 6-banddagi “va ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlarining” so‘zlari chiqarib tashlansin; 7-banddagi “va ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotiga” so‘zlari chiqarib tashlansin; 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘ztransgaz” AJ billing tizimiga iste’molchilar amalga oshirgan to‘lovlar to‘g‘risida kiritilgan ma’lumotlar asosida har bir iste’molchining shaxsiy hisob-raqami bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshiradi hamda natijasi bo‘yicha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilar reyestrini shakllantiradi, keyinchalik ushbu ma’lumotlarni Byuroga taqdim etadi. 9. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar har oyning o‘n birinchi kunidan boshlab har kuni Byuroning tuman (shahar) bo‘limlariga foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning elektron reyestrlarini yuboradi”; 11-banddagi “shuningdek, ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlarining ma’lumotlar bazasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin; 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “12. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar Byuro bilan birgalikda har oyning o‘n beshinchi kuniga qadar bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmi hamda tegishli uchastkalar chegaralaridagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm o‘rtasidagi tafovutlar mavjudligini aniqlaydi”; 13-banddagi “elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv” so‘zlari “elektr energiyasi va tabiiy gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “14. Byuro olingan ma’lumotlar asosida energiya resurslari yetkazib beruvchilar bilan birgalikda tafovutning yuzaga kelish sabablarini, jumladan, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, ularni talon-toroj qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini topish orqali belgilangan tartibda choralar ko‘radi. 15. Har bir hisobot yili yakunlari bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘ztransgaz” AJ elektr energiyasi va tabiiy gaz balansida yuzaga kelgan tafovutlar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qiladilar”; 5-bobning nomlanishidagi “va ichimlik suv” so‘zlari chiqarib tashlansin; 16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “16. Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari energiya resurslari yetkazib beruvchilar xodimlari tomonidan Byuro tuman (shahar) bo‘limlarining energiya resurslaridan foydalanish tartibini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari ishtirokida o‘rnatiladi. 17. Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari tuman (shahar) Byuro xodimlari tomonidan energiya resurslari yetkazib beruvchilarning xodimlari bilan birgalikda tashqi ta’sirdan yuqori darajali himoya hamda farqlovchi belgi bilan plombalanadi.”; 18-banddagi “elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv” so‘zlari “elektr energiyasi va tabiiy gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin; 19 va 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “19. Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini o‘rnatish va plombalash haqida uch nusxada dalolatnoma tuzilib, energiya resurslari yetkazib beruvchilar va Byuroning mas’ul xodimlari hamda iste’molchi tomonidan imzolanadi. 20. Foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz haqini o‘z vaqtida hamda to‘liq to‘lash madaniyatini oshirish maqsadida Byuro va uning bo‘linmalari energiya resurslari yetkazib beruvchilar bilan birgalikda har chorakda iste’molchilar o‘rtasida tushuntirish ishlarini o‘tkazish rejalarini tuzadi”; 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv” so‘zlari “elektr energiyasi va tabiiy gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin; 22-banddan “va ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 2-ilovada: ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Iste’molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom”; 1-banddagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2 — 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: iste’molchi — elektr va gaz ta’minoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs; energiya resurslari yetkazib beruvchilar — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va ularning bo‘linmalari, shuningdek, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni ta’minlovchi, ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar”. 3. Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda; Byuro talabnomalari bajarilmaganda, shu jumladan, uning vakillariga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda; elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, ularni talon-toroj qilish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda; elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda. 4. Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish hamda ularni qayta ulash Byuro tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 5 — 7-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 5. Iste’molchilar avariya rejimida elektr va gaz tarmoqlaridan energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan Byuroni xabardor qilgan holda uzib qo‘yiladi. 6. Iste’molchini uning arizasiga (talabiga) binoan elektr va gaz tarmoqlaridan energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan uzib qo‘yiladi. 7. Alohida toifadagi iste’molchilarni elektr energiyasi kuchlanishi 5 — 10 kV va undan yuqori bo‘lgan tarmoqdan uzib qo‘yish Byuroning majburiy taqdimnomalari bo‘yicha elektr energiyasi yetkazib beruvchi tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”; 8-banddagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “10. Byuro iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yishda, ularni qayta ulashda, shuningdek, ular tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishini aniqlash maqsadida iste’molchilar binolarini ko‘zdan kechirishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va ularning bo‘linmalari mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish huquqiga ega”; 2-bobning nomlanishidagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “11. Iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning ro‘yxati energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantiriladi hamda har oyning o‘n birinchi kunidan boshlab har kuni idoralararo yagona elektron axborot tizimi orqali Byuroga taqdim etiladi. 12. Byuro iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzlari mavjud bo‘lgan iste’molchilarning energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantirilgan va taqdim etilgan ro‘yxatlari asosida iste’molchilarni qarzni besh kun muddatda to‘lash zarurligi to‘g‘risida yozma xabardor qiladi”; 13-banddagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14 — 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “14. Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shu’basi)ning davlat inspektori ularni elektr va gaz tarmoqlaridan darhol uzib qo‘yish hamda foydalanish qoidalarini buzgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi. 15. Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilari uzib qo‘yiladigan elektr va gaz tarmoqlarining nuqtalari Byuro xodimlari tomonidan nazorat tartibida majburiy plombalanishi shart. 16. Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shu’basi)ning davlat inspektori tomonidan iste’molchi elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilganda, tarmoqdan uzib qo‘yish haqida ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi iste’molchiga beriladi”; 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “18. Elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilgan iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shu’basi)ning davlat inspektori tomonidan idoralararo yagona elektron ma’lumotlar tizimiga kiritiladi”; 3-bobning nomlanishidagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlarida” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 19 — 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “19. Iste’molchilar quyidagi hollarda elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanadi: elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar bartaraf etilganda; iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzlar to‘langanda; elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanish uchun ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan miqdordagi summa to‘langanda. 20. Iste’molchilar Byuroning tegishli hududiy bo‘linmasiga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali murojaat qilganda elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanadi. Iste’molchilar elektr va gaz tarmoqlariga aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgandan keyingi kundan kechiktirmay Byuro tomonidan qayta ulanadi. 21. Elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun iste’molchilar tarmoqdan uzilganda, ularni tarmoqqa qayta ulash Byuro tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish qoidalarini buzish sabablari hamda sharoitlari bartaraf etilganligi nuqtai nazaridan iste’molchilarning binolari ko‘zdan kechirilgandan keyin amalga oshiriladi”; 4-bobning nomlanishidagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlariga” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 23-24-bandlar quyida tahrirda bayon qilinsin: “23. Elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda iste’molchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida, iste’molchi — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida to‘lov undiriladi, ushbu mablag‘lar qayta ulashni amalga oshirgan Byuro bo‘linmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi. 24. Ushbu Nizomning 5 va 6-bandlariga muvofiq elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilgan, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulash uchun to‘lov undirilmaydi”; 241-bandda: birinchi xatboshidagi “elektr, gaz, ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlariga” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya” so‘zlari “elektr va gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 494-son qarori bilan tasdiqlangan Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 3-bandning yettinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari” so‘zlari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 15-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparatiga (keyingi o‘rinlardan Davsuvinspeksiya deb ataladi)” so‘zlari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatiga (keyingi o‘rinlarda — Suvinspeksiya)” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 16, 17, 19 va 20-bandlardagi “Davsuvinspeksiya” va “Davsuvinspeksiyaga” so‘zlari tegishli ravishda “Suvinspeksiya” va “Suvinspeksiyaga” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) Nizomga 1-ilovada: 2 va 4-bosqichlarning “Tadbirlar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalariga”, “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davsuvinspeksiya deb ataladi)” so‘zlari tegishlicha “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari”, “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Suvinspeksiya)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-bosqichning “Mas’ullar” ustunidagi “Davsuvinspeksiya” so‘zi “Suvinspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin; 6-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Davsuvinspeksiyaga” so‘zi “Suvinspeksiyaga” so‘zi bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 30-oktabrdagi 306-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y. 44-son, 560-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori)” 2017-yil 27-fevraldagi 107-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda) ilovaning 9-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxati “7. Inspeksiyalar” bo‘limining 3-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarori)” 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qaroriga ilovaning 10-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga ilovaning 15-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 73-modda) 5-ilovaning 3-bandi. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 12-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 47-bandi.
233
31,232
Qonunchilik
“JINOIY JAZOLARNING LIBERALLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYaT, JINOYaT-PROTSESSUAL KODEKSLARI HAMDA MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI
Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonunning qabul qilinishi sud-huquq tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Mazkur Qonun huquqni himoya qiluvchi organlar va sudlar tomonidan to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash va yagona sud amaliyotini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishi bilan qonunchilikdagi adolat va insonparvarlik tamoyillari kuchaytirilganligiga, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish institutini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilganligiga huquqni himoya qiluvchi organlar va sudlarning alohida e’tiborlari qaratilsin. Ular qonun talabidan kelib chiqib, jazodan ko‘zlangan maqsad haqidagi dunyoqarash va tafakkurlarini o‘zgartirishlari zarur. 2. Chiqarilgan. 3. Chiqarilgan. 5. Tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 43-moddasiga kiritilgan o‘zgartish bilan jinoyat qonunchiligidan mol-mulkni musodara qilish jazo turi (JK 53-moddasi) jazo tizimidan chiqarilgan. Ayni paytda, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli bo‘lgan jinoyat qurollarining musodara qilinishi, jinoyat narsa (predmet)larining davlat egaligiga o‘tkazilishi va jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mol-mulkning kimga tegishi bo‘lishining belgilanishi jinoiy jazo chorasi sifatida qaralmasligi va bu masalalar JPKning 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim. Qonunga kiritilgan bu o‘zgartish dastlabki tergov organi va sudni shu moddalarda tutilgan holatlarda hamda yetkazilgan mulkiy zararni qoplash uchun aybdorga tegishli mol-mulkni xatlash majburiyatidan ozod etmasligi e’tiborda tutilsin. 6. Chiqarilgan. 8. Chiqarilgan. 9. Chiqarilgan. 10. Yangi Qonun bo‘yicha Jinoyat kodeksining 182, 184, 188, 189, 190-moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlik shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin yoki muayyan moddiy dizpozitsiyasida ko‘rsatilgan ma’lum bir miqdorni bergandagina vujudga kelishiga sudlarning e’tibori qaratilsin. Mazkur moddalarning muayyan qismlaridagi og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutuvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda, shaxsning muqaddam ma’muriy jazoga tortilgan-tortilmaganligidan qat’i nazar, jinoiy javobgarlik vujudga keladi. 11. Chiqarilgan. 12. Tushuntirilsinki, Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlangan jazo turlari Qonunga muvofiqlashtirilganda, ularga nisbatan amnistiya aktlari umumiy tartibda qo‘llaniladi. 13. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi sababli ayrim normalar amaldagi ba’zi Qonun me’yorlariga muvofiq kelmaganda, ushbu Qonun bilan liberallashtirilgan normalar tatbiq etilishi e’tiborda tutilsin. 14. Qo‘shimcha jazo tariqasida mol-mulkning musodara etilishini nazarda tutuvchi, lekin Qonun amalga kiritilgan kunga qadar ijro etilmagan sud hukmlari ijro etilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma hukmning faqat mol-mulkni musodara qilish qismiga taalluqlidir. Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga tayinlangan jazo turlari va choralari, basharti Qonunning tegishli moddasida nazarda tutilganiga nisbatan og‘irroq bo‘lsa, Qonunga muvofiq holga keltirish masalasi hukmlarni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga binoan jazoni o‘tash joylaridagi sudlar zimmasiga yuklatilgan. Bunda sudlar, jazo chorasini Qonunning tegishli moddasida belgilangan eng ko‘p jazo chorasiga qadar kamaytirishi lozimligi ko‘rsatilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 29-avgustdagi mazkur Qonunni amalga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qarorining 7-8-bandlari). Jinoyatlar jami yoki hukmlar majmui bilan sudlangan shaxslarga oid chiqarilgan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda mahkumga tayinlangan jazolar hajmining kamayishi, mutanosib ravishda unga o‘tash uchun qoldirilayotgan jazo miqdoriga ham ta’sir etishi zarurligiga sudlar mas’uliyat bilan qarasinlar. 15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlar mazkur Qonunning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan tegishli sud nazorati olib borilishini ta’minlasinlar. Ushbu qarorning bajarilishi yuzasidan 2002-yil birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha sud amaliyotini o‘rganib, tahlil qilish va taklif kiritish Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati zimmasiga yuklatilsin.
250
4,943
Qonunchilik
“Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son “Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3094, 2018-yil 3-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 10/18/3094/2265-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorda: a) nomi va 1-banddagi “muassasasining” degan so‘z “tashkilotining” degan so‘z bilan almashtirilsin; b) muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2. Namunaviy nizomda: a) nomidagi “muassasasining” degan so‘z “tashkilotining” degan so‘z bilan almashtirilsin; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Namunaviy nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.”; v) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tatbiq etiladi.”; g) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muassasani” degan so‘z “tashkilotni” degan so‘z bilan almashtirilsin; d) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash; tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi (bundan buyon matnda hududiy bo‘lim deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorini saylash; tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash; tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.”; e) 4 va 30-bandlardagi “muassasaning” degan so‘z “tashkilotning” degan so‘z bilan almashtirilsin. j) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish; tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish; tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish; tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish; tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga takliflar kiritish; tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘limga takliflar berish. Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.”; z) 6 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Tashkilotda bolalarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot direktoriga ko‘maklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi. 7. Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma’muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘limdan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar, a’zo kiritiladi. Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi. 8. Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rinini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot ma’muriyati, hududiy bo‘lim xodimlari orasidan shakllantiriladi.”; i) 11 va 13-bandlardagi “muassasada” degan so‘z “tashkilotda” degan so‘z bilan almashtirilsin; k) 12-banddagi “muassasa” degan so‘z “tashkilot” degan so‘z bilan almashtirilsin; l) 14-banddagi “Muassasa” va “muassasa” degan so‘zlar tegishlicha “Tashkilot” va “tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; m) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Kengash a’zoligiga hududiy bo‘lim vakili tegishli hududiy bo‘lim boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadi.”; n) 16-banddagi “Muassasaning rahbari” degan so‘zlar “Tashkilotning direktori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o) 18 va 26-bandlardagi “muassasa rahbari” degan so‘zlar “tashkilot direktori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; p) 25-banddagi “muassasa” va “bo‘linma” degan co‘zlar tegishlicha “tashkilot” va “bo‘lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; r) 29-bandda “Muassasa rahbari” va “muassasa” degan so‘zlar tegishlicha “Tashkilot rahbari” va “tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; s) 31-banddagi “bo‘linmaga” degan so‘z “bo‘limga” degan so‘z bilan almashtirilsin; t) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “32. Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati bo‘yicha tashkilot direktoridan ma’lumotlar so‘rash va olish; tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish; homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi va sarflanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish; tashkilot pedagog xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.”; u) 33 va 34-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “33. Kengashning faoliyatiga tashkilot direktori, hududiy bo‘lim, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. 34. Tashkilotda tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan tashkilot direktori, Kengash a’zolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.”. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
145
7,823
Qonunchilik
Aktuariy malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aktuariy malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi o‘rinlarda — Reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: da’vogarning malaka sertifikati olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi; aktuariy malaka sertifikatini berish va qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish; aktuariy malaka sertifikatini olish uchun da’vogarga qo‘yiladigan talablar va malaka imtihonini o‘tkazish tartibi; malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan da’vogarlarga aktuariy malaka sertifikatini berish, shuningdek, malaka sertifikatlarining reyestrini yuritish tartibi; aktuariy malaka sertifikatini bekor qilish asoslari. 2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda: ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin; YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin; ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglament talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo‘llasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) aktuariy malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: aktuariy — aktuariy malaka sertifikatini olgan va aktuar tashkilot shtatida turgan yoki aktuar tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxs; aktuar tashkilot — aktuar xizmatlar ko‘rsatuvchi va o‘z shtatida kamida bitta aktuariyga ega bo‘lgan yuridik shaxs; aktuariy malaka sertifikati — jismoniy shaxsga, agar ushbu shaxs aktuar tashkilot shtatida yoki u bilan aktuar tashkilot o‘rtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa, aktuar xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat; vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi; da’vogar — aktuariy malaka sertifikatini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs. 3. Da’vogar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, aktuariy malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan besh yil muddatga beriladi. Ushbu Reglament bilan belgilangan malaka talablariga javob beradigan da’vogar malaka imtihonini topshirishga qo‘yiladi. 4. Aktuariy malaka sertifikatini berish va qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatiladi. 5. Aktuariy malaka sertifikati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi. 6. Vakolatli organ vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan hamda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda rasmiylashtiriladigan aktuariy malaka sertifikatini beradi. 7. Aktuariy malaka sertifikatini berish uchun da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak: iqtisodiyot yoki matematika oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida olingan oliy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlarida olingan hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lish yoxud O‘zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonunchilik hujjatlariga muvofiq tan olishdan o‘tgan taqdirda) olingan matematika yoki iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lish; so‘nggi o‘n yil ichida kamida besh yil sug‘urta, matematika, statistika, axborotlashtirish sohalarida ish stajiga (jumladan, o‘rindoshlik asosida) yoki pedagogik stajga ega bo‘lish. 8. Da’vogar aktuariy malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. 9. Da’vogar Davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi da’vogar nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi anketani elektron shaklda to‘ldiradi. Anketa Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilganda, da’vogar undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirgandan so‘ng o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘z ERIsini shu joyning o‘zida olishi uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlashi shart. Anketani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, tegishli ma’lumot identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin. 10. Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi: pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlari; da’vogarning belgilangan shakldagi fotosurati; iqtisodiyot yoki matematika oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi yoxud oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno); ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar (olish imkoni mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno); jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ o‘rtasida axborot almashinuvi ERIni qo‘llagan holda, faqat idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshiriladi. 11. Da’vogar Davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etganda, uning anketasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, da’vogarning ERIsi bilan tasdiqlangandan so‘ng real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqt ichida, YIDXP orqali murojaat qilganda esa — avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. 12. Da’vogarning aktuariy malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi murojaatini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Da’vogar davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yig‘im summasining 90 foizi miqdorida undiriladi. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga; 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; 0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga; qolgan mablag‘lar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi. 13. Da’vogar davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Da’vogar davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning antekasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi. 14. Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 15. Vakolatli organ da’vogarni ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida uch kun ichida elektron shaklda xabardor qiladi. Rad etilgan holatda, uning asoslari ko‘rsatiladi. Vakolatli organ da’vogar tomonidan ushbu Reglamentga asosan anketaga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq emasligi, tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan va taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan yig‘im to‘lanmaganligi, shuningdek, da’vogarning ushbu Reglamentning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmasligi da’vogarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishini hamda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. 16. Murojaati rad etilgan da’vogar rad etish uchun sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etganidan so‘ng ushbu Reglamentda belgilangan tartibda vakolatli organga besh ish kunida qayta murojaat qilishga haqli. Da’vogar belgilangan muddatda qayta murojaat qilganda, vakolatli organ undan yig‘im undirmaydi. Da’vogar besh ish kuni o‘tgandan keyin murojaat qilgan taqdirda, murojaat yangidan berilgan deb hisoblanadi va da’vogardan mazkur Reglamentning 12-bandida ko‘rsatilgan miqdorda yig‘im undiriladi. 17. Da’vogarning arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari malaka imtihoni topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha malaka imtihonini topshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, vakolatli organ malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan da’vogarlar ro‘yxatini imtihon komissiyasiga topshiradi. 18. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan da’vogarlar malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida imtihon o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki da’vogarga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda xabarnoma yuboriladi. 19. Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda uni da’vogarga anketada ko‘rsatilgan elektron manzil bo‘yicha yuboradi. Davlat xizmatlari markazi da’vogarning so‘roviga ko‘ra xabarnomani qog‘oz shaklida berishi lozim. 20. Malaka imtihonini tashkil etish va o‘tkazish uchun vakolatli organ tomonidan imtihon komissiyasi tashkil qilinadi. Imtihon komissiyasi rais, rais o‘rinbosari, kotib va kamida uch nafar a’zodan iborat bo‘ladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, aktuar hisob-kitoblar va sug‘urta sohalaridagi mutaxassislar kiritiladi. Imtihon komissiyasining tarkibi har bir malaka imtihoni uchun alohida tuziladi. 21. Malaka imtihoni komissiyasining tarkibi va ish reglamenti vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi hamda raisi yoki uning o‘rinbosari ishtirok etganda, imtihon komissiyasi vakolatli hisoblanadi. 22. Imtihon komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihon komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi va ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi. 23. Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga ko‘ra, lekin uch oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Malaka imtihonini o‘tkazish sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. 24. Malaka imtihoni ikki bosqichda o‘tkaziladi: test sinovi (uch akademik soat davomida kompyuter orqali). Test sinovi yakunlangach, uning natijasi shu vaqtning o‘zidan ma’lum qilinadi. Uning natijasiga ko‘ra da’vogarga yozma va og‘zaki imtihonni topshirish uchun ruxsat beriladi; imtihon biletlari bo‘yicha yozma va og‘zaki imtihon (masalalarni yechish va og‘zaki javobga tayyorlanish uchun uch akademik soat beriladi). Malaka imtihonining ikkala bosqichini bir kun davomida o‘tkazishga ruxsat berilmaydi. 25. Test savollari va imtihon biletlari vakolatli organ tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Test savollari va imtihon biletlariga kiritilgan fanlar bo‘yicha mavzular vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Imtihon komissiyasi raisining imzosi qo‘yilmagan imtihon biletlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Testlar va imtihon biletlari mazmuni qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta ko‘rib chiqiladi. 26. Da’vogarga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) taqdim etilgan taqdirda, malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat beriladi. Ushbu hujjatlari bo‘lmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan da’vogar imtihonga kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi. 27. Malaka imtihonini o‘tkazishga ajratilgan vaqt ichida da’vogar kompyuter vositasida o‘tkaziladigan test sinovlarini yakunlashi, imtihon biletlari bo‘yicha javoblarni imtihon komissiyasiga topshirishi shart. Ushbu talablarni buzgan da’vogar malaka imtihonini topshirmagan deb hisoblanadi. 28. Test savollari quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 40 ta nazariy savollardan iborat: aktuar matematika (10 ta savol); statistika va ehtimollar nazariyasi (10 ta savol); sug‘urta ishi va tavakkalchilik nazariyasi (10 ta savol); investitsiya faoliyati va moliyani boshqarish (10 ta savol). Har bitta to‘g‘ri javob uchun bir ball beriladi. Test sinovlari natijalarini ijobiy deb e’tirof etish uchun asos bo‘ladigan to‘plangan ballar yig‘indisi 30 balldan kam bo‘lmasligi kerak. Test sinovlari natijalari salbiy deb e’tirof etilganda (30 balldan kam to‘plangan ball), da’vogar imtihon topshirishga qo‘yilmaydi. 29. Imtihon bileti quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 4 ta nazariy savol va 4 ta amaliy masalalardan iborat: aktuar matematika; statistika va ehtimollar nazariyasi; sug‘urta ishi va tavakkalchilik nazariyasi; investitsiya faoliyati va moliyani boshqarish. Imtihon biletining har bir nazariy savoli va amaliy masalasi 5 ballik tizim bo‘yicha baholanadi. Imtihon bileti bo‘yicha kamida 30 ball to‘plagan da’vogar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi. 30. Malaka imtihoni o‘tkazilayotgan vaqtda qonunchilik hujjatlari va yo‘riqnoma materiallari, ma’lumotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish, boshqa da’vogarlar bilan gaplashish, shuningdek, aloqa vositalaridan foydalanish man qilinadi. Ushbu talablarni buzgan da’vogar malaka imtihonini o‘tkazish tartibi buzilganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, auditoriyadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonini topshirmagan deb hisoblanadi. Malaka imtihonida begona shaxslarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. 31. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihonini o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi va ushbu videomateriallar vakolatli organda kamida bir yil saqlanadi. Malaka imtihoni natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan so‘ng uch kun ichida vakolatli organga topshiriladi. Imtihon komissiyasi bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: imtihon komissiyasi tarkibi; malaka imtihonining birinchi bosqichida ishtirok etgan da’vogarlarning ular to‘plagan ballar ko‘rsatilgan ro‘yxati; malaka imtihonining birinchi bosqichiga kelmagan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihonining ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun ruxsat berilgan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihonining ikkinchi bosqichida ishtirok etgan da’vogarlarning ular to‘plagan ballar ko‘rsatilgan ro‘yxati; malaka imtihonining ikkinchi bosqichiga kelmagan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihonini topshira olmagan da’vogarlar ro‘yxati. 32. Malaka imtihonini topshirish bo‘yicha hujjatlar (test natijalari, biletlar va ularga javoblar), shuningdek, imtihon komissiyasining bayonnomalari vakolatli organda besh yil mobaynida saqlanadi. 33. Malaka imtihonini topshira olmagan da’vogar aktuariy malaka sertifikatini olish uchun yig‘imni to‘lash sharti bilan mazkur Reglamentga muvofiq qayta murojaat etishga haqlidir. Malaka imtihonini topshira olmagan da’vogarlarga yig‘im qaytarilmaydi. 34. Vakolatli organ imtihon komissiyasining bayonnomalari qabul qilib olgandan so‘ng uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qo‘yilgan aktuariy malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki da’vogarga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi. 35. Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan aktuariy malaka sertifikati elektron shaklda kelib tushgandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida uni da’vogarning elektron manziliga yuboradi va da’vogarni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markaziga da’vogar o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, da’vogarning so‘roviga ko‘ra unga aktuariy malaka sertifikatini elektron yoki qog‘oz shaklda beradi. Agar aktuariy malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan da’vogarga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda da’vogarning elektron kabinetida namoyon bo‘ladi. Aktuariy malaka sertifikati hisobga olish seriyasi va raqamiga ega bo‘ladi. 36. Aktuariy malaka sertifikatining egasi aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin, biroq ushbu sertifikatning amal qilish muddati tugashidan olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organga aktuariy malaka sertifikatini yangi muddatga olish uchun mazkur Reglamentga muvofiq Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qiladi. Bunda mazkur Reglamentning 12-bandida ko‘rsatilgan yig‘im miqdorining 50 foizi undiriladi. 37. Malaka imtihoni natijalariga ko‘ra salbiy qaror chiqarilgan da’vogar malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kuni mobaynida vakolatli organga apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma shaklda taqdim etiladi. Apellatsiyani ko‘rib chiqish muddati o‘n besh kundan oshmasligi lozim. 38. Apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan Apellatsiya komissiyasi tashkil qilinadi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli organning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga imtihon komissiyasi tarkibiga kirgan shaxslar kiritilmaydi. Apellatsiya komissiyasi besh kun muddat ichida berilgan apellatsiyani da’vogar ishtirokida ko‘rib chiqadi. Apellatsiya komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma apellatsiya komissiyasining barcha a’zolari va da’vogar tomonidan imzolanadi. Apellatsiya komissiyasi apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: imtihon komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish; imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va aktuariy malaka sertifikatini berish to‘g‘risida. 39. Imtihon komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: apellatsiya ushbu Reglament talablari buzilgan holda berilgan bo‘lsa; apellatsiyada keltirilgan sabablar o‘z tasdig‘ini topmasa. 40. Imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va aktuariy malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qaror malaka imtihoni ushbu Reglament talablari buzilgan holda o‘tkazilgan taqdirda qabul qilinadi. 41. Aktuariy malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng vakolatli organ da’vogarga aktuariy malaka sertifikatini beradi. 42. Qayta apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. 43. Ilgari berilgan aktuariy malaka sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, da’vogar aktuariy malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun o‘n ish kunida Davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda elektron shakldagi tegishli murojaatni yuboradi. Anketaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi. 44. Anketada xato ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, murojaat avtomatik ravishda rad etiladi va bu haqda da’vogarga onlayn tarzda elektron shaklda javob qaytariladi. 45. Vakolatli organ da’vogarning murojaati kelib tushgan kundan boshlab besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda aktuariy malaka sertifikatini qayta rasmiylashtiradi va ushbu Reglamentning 34-bandida belgilangan tartibda da’vogarga yuboradi. 46. Vakolatli organ aktuariy malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. 47. Aktuariy malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun da’vogar qayta imtihondan o‘tkazilmaydi va yig‘im undirilmaydi. 48. Aktuariy malaka sertifikatining egasi ushbu sertifikat qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan aktuariy malaka sertifikati asosida amalga oshiradi. 49. Aktuariy malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi: aktuariy malaka sertifikatini olgan shaxs tomonidan aktuar xizmatlar ko‘rsatish talablari va shartlari bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda; aktuariy malaka sertifikati qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda. 50. Aktuariy malaka sertifikatining bekor qilinishiga asos bo‘ladigan qo‘pol qoidabuzarliklarga quyidagilar kiradi: aktuar xizmatlarni ko‘rsatish davomida aktuariy tomonidan olingan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga aktuar xizmatlar buyurtmachisining ruxsatisiz taqdim etish holatining aniqlanishi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; aktuariy malaka sertifikatini boshqa shaxsga o‘z nomidan aktuar xizmatlarni ko‘rsatish uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida berish holatining aniqlanishi. 51. Aktuariy malaka sertifikati sud tomonidan bekor qilinadi. Vakolatli organ aktuariy malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay aktuariy malaka sertifikatini olgan shaxsni yozma shaklda, aktuariy malaka sertifikatini bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatgan holda bu haqda xabardor qiladi. 52. Aktuariy malaka sertifikati bekor qilingan shaxs ushbu sertifikatning amal qilishi davrida qo‘pol qoidabuzarliklar uchun uni bekor qilish haqidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab uch yil mobaynida aktuariy malaka sertifikatini qayta olish uchun malaka imtihonini topshirishga qo‘yilmaydi. 53. Vakolatli organ malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylar reyestrini yuritadi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi: aktuariy malaka sertifikatini olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va berilgan sanasi; pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari va manzili; aktuariy malaka sertifikatining seriyasi, raqami va berilgan sanasi; aktuariy malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish va bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 54. Vakolatli organning rasmiy veb-saytida aktuariylar reyestri bilan tanishish uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlar joylashtiriladi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi: aktuariy malaka sertifikatini olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; aktuariy malaka sertifikatining seriyasi, raqami va berilgan sanasi; aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddati; aktuariy malaka sertifikati bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 55. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi. 56. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari markazi ushbu Reglamentning talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi. 57. Da’vogar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishi mumkin. 58. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 17-dekabrdagi 797-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 25-bandi.
125
26,299
Qonunchilik
“O‘zDEU avto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarning jismoniy shaxslar o‘rtasidagi oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 180-son “Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEU avto” AJ mahsulotini eksport qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 17-iyundagi 302-son qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 33-son, 317-modda) qaroriga muvofiq buyuraman: 1. “O‘zbeksavdo” AK va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1998-yil 10-noyabrda 05-1/18-180, 24/8-1772-son bilan tasdiqlangan “O‘zDEU avto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarning jismoniy shaxslar o‘rtasidagi oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalari” (ro‘yxat raqami 529, 1998-yil 11-noyabr) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
190
833
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erk
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda sudyalarga, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda): 1-ilovaga quyidagi mazmundagi 71-band qo‘shilsin: “71. Ipoteka kreditlari prokuratura organlari xodimlariga uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi va mazkur davr mobaynida kreditlar bo‘yicha faqat foizlar to‘lanadi”; 2-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshidagi “doimiy yashash joyidan tashqari mintaqada lavozimga tayinlangan (saylangan) hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
250
1,778
Qonunchilik
IIVning bayrogʻi va emblemasi tasdiqlandi
Prezidentning 24.12.2018 yildagi PF–5602-son tegishli Farmoni OʻzAda joylashtirilgan. Hujjat bilan tasdiqlangan IIVning bayrogʻi namunasi (oʻng tomondagi suratda, tahr.) – toʻq kulrang toʻgʻriburchakli matodir, uning old va orqa tomonlari markazida geraldik belgi – diametri 98 sm boʻlgan aylana ichiga chizilgan IIVning emblemasi tasvirlangan. Geraldik belgi – IIVning emblemasi (chap tomondagi suratda, tahr.) chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali toʻq kumush aylana koʻrinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yoʻl-yoʻl chiziq tushirilgan. Halqali chiziqning tepa qismida idoraviy mansublikni koʻrsatuvchi soʻzlar yozilgan, yozuvlar qat’iyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan. Aylana oʻrtasida chetlari milliy ornament bilan bezatilgan, ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi qalqon tasvirlangan. Uning markazida doira ichiga chizilgan oʻngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma boʻlib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon ortida – tigʻi pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir – kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baхt ramzi boʻlgan Xumo qushi tasvirlangan. Oleg Zamanov.
41
1,332
Qonunchilik
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi 12/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “48. Kassir qiymatiga qarab saralangan to‘lovga yaroqli pullarni alohida hamda eskirgan pullarni alohida dastalaydi va o‘rab-bog‘laydi. Eskirgan pullar dastasidagi har bir banderolga va ustki nakladkaning o‘ng tarafi yuqori burchagiga bank nomi, uning kodi, kassirning familiyasi va ism sharifi ko‘rsatilgan “Eskirgan” yozuvli to‘rtburchak muhr bosilishi shart. Eskirgan toifasidagi pul bog‘lamlarini yaroqli pul bog‘lamlaridan ajralib turishi uchun dioganal ravishda eni 10 mm. qizil yo‘lli chiziq chizilgan ustki nakladkalardan foydalanilishi lozim. Eskirgan toifasidagi pullarni qayta muomalaga chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda eskirgan pul bog‘lamiga muhrini bosgan kassir shaxsan javobgar hisoblanadi.”. 2. 50-bandning ikkinchi xatboshisidagi “10000 so‘mlik uchun — eni 15 mm. bo‘lgan ikkita yashil yo‘lli” degan so‘zlardan keyin “, 50000 so‘mlik uchun — eni 15 mm. bo‘lgan ikkita ko‘k yo‘lli” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 3. 54-banddan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin. 4. 57-banddagi “va 10000 so‘mliklar” degan so‘zlar “, 10000 va 50000 so‘mliklar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 239-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “239. Bank tomonidan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni, shu jumladan kassa hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda sudga, prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga, shuningdek davlat ijrochisiga taqdim etish yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida amalga oshirilishi mumkin.”. 6. 266-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “266. Daftar va alohida varaq ko‘rinishdagi, qat’iy hisobda turuvchi barcha blankalar Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2944, 2017-yil 6-noyabr) asosan qo‘llaniladigan 09002 Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali valyuta va yo‘l cheklarini sotib olishda beriladigan ma’lumotnoma sertifikati, 09004 Valyuta va yo‘l cheklarini inkassoga qabul qilish to‘g‘risidagi kvitansiya, 09005 — “Valyuta va yo‘l cheklarini ekspertizaga qabul qilishda ishlatiladigan kvitansiya, 09006 Naqd chet el valyutasini xorijga olib chiqishda beriladigan ruxsatnoma, 09007 Valyuta va yo‘l cheklarini sotishda to‘ldiriladigan ma’lumotnoma, 09012 Shikastlangan valyutalarni yaroqligiga almashtirishda to‘ldiriladigan kvitansiya va 09015 Yo‘l cheklarini naqd xorijiy valyutaga almashtirib olishda ishlatiladigan kvitansiya kitobchasi 50 varaqdan iborat bo‘lishi shart va u to‘ldirilganda, qora qog‘oz orqali ikki nusxada to‘ldirilishi munosabati bilan daftarchalar 25 so‘m qiymatida baholanadi. Ularning har biri, daftarcha yoki har bir varaq bo‘yicha shartli ravishda bir so‘mga, saqlash uchun qabul qilingan aksiya, veksel, jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan depozit sertifikatlari va Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar o‘z nominal qiymati bo‘yicha baholanib, 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag‘ida hisobga olinadi.”. 7. 325-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bank (bank filiali) tomonidan bank binosida va binosidan tashqarida tashkil etilgan hamda qanday nomlanishidan qat’i nazar, bank amaliyot kuniga ulangan barcha omonat (jamg‘arma) kassalari va minibank kassalari, turli kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qiluvchi kassalar, pul o‘tkazmalari shoxobchalari (keyingi o‘rinlarda bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar deb yuritiladi) uchun ushbu bobdagi talablar bir xil tartibda qo‘llaniladi (xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari bundan mustasno). Valyuta ayirboshlash shoxobchalari (kassalari) binolariga talablar va ish tartibi Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2944, 2017-yil 6-noyabr) muvofiq belgilanadi.”. 8. 343-bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Pensiya va nafaqa pullarini tarqatish maqsadida boshqa banklardan naqd pullarni olish va Xalq banki filiallariga yetkazish faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishlariga asosan amalga oshirilishi lozim.”. 9. 375-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Banklarda ochilgan “22632 — “Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan Pensiya va nafaqalarni naqd pulda to‘lash uchun moliyalashtirilgan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘lar” hisobvarag‘iga moliyalashgan pensiya va nafaqani to‘lash uchun naqd pul mablag‘lari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi farmoyishiga asosan inkassatsiya xizmati orqali Xalq bankining tegishli filiallariga yetkazib beriladi.”. 10. 1-ilovaning 5-bandidagi “10000” raqami “50000” raqami bilan almashtirilsin. 11. 19-ilova mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 12. 23-ilova mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 13. 46-ilova mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 14. 51-ilova mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
151
6,209
Qonunchilik
AHOLINING OMONATLARDAGI VA DAVLAT SUG‘URTASI BO‘YIChA PUL MABLAG‘LARINI INDEKSATSIYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish to‘g‘pisida” 1995-yil 20 dekabpdagi PF-1327-son Fapmonini bajapish yuzasidan Vaziplap Mahkamasi qapop qiladi: 1. 1992 — 1995-yillapda napxlap indeksining o‘sganligini hisobga olib, shuningdek aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapining xapid qobiliyatini saqlab qolish maqsadida aholining ko‘psatib o‘tilgan pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish miqdopi 4000 bapavap etib belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki va tijopat banklapi: O‘zbekiston Respublikasi fuqapolapi va pespublika hududida doimiy yashovchi fuqapoligi bo‘lmagan shaxslap mupojaat qilishganda ulapga 1996-yil 15 fevpaldan 30-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalapidagi 1992-yil 1 yanvapdagi holatiga ko‘pa va 1996-yil 1 yanvapda amalda bo‘lgan omonatlap bo‘yicha “Indeksatsiya” maxsus schyotlapi ochsinlap va indeksatsiya qilingan summaga omonat daftapchalapi bepsinlap; 1996-yil 1-iyuldan boshlab maxsus ochilgan “Indeksatsiya” schyotlapidan tegishli belgilangan indeksatsiya summalapi bosqichma-bosqich to‘lanishini ta’minlasinlap; hap yili “Indeksatsiya” schyotlapi bo‘yicha “yo‘qlab olinadigan” omonatlapga belgilangan amaldagi foiz stavkalapidan kelib chiqib o‘tgan davp uchun 1 yanvapdagi holatiga ko‘pa foizlap qo‘shib bopsinlap. Inflatsiya dapajasini hisobga olgan holda hap yili foiz stavkalapi miqdoplapini qayta ko‘pib chiqsinlap. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazipligi huzupidagi Davlat sug‘upta bosh boshqapmasi 1996-yil 15 fevpaldan 31 maptgacha 1992-yil 1 yanvapdagi holatiga ko‘pa va 1996-yil 1 yanvapgacha amalda bo‘lgan (hayotni, bolalapni sug‘upta qilish va nikoh kunida bepiladigan bapcha shaptnomalap bo‘yicha) uzoq muddatli sug‘upta shaptnomalapi bo‘yicha sug‘upta badallapini indeksatsiya qilsin va sug‘uptalovchilapga tegishli bildipishnomalap bepsin, indeksatsiya qilingan pullap Xalq banki muassasalapi opqali aholi omonatlapi bo‘yicha belgilangan tartibdagi singapi taptibda to‘lanishini nazapda tutsin. 4. Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish bo‘yicha pespublika, viloyat, shahap va tuman komissiyalapi tuzilsin. Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish bo‘yicha pespublika komissiyasi to‘g‘pisidagi Hizom, shuningdek Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap, Toshkent shahap, tuman va shahap hokimliklapi huzupidagi komissiyalap to‘g‘pisidagi Hizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Quyidagilap: Aholining bank muassasalapida omonatda tupgan pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisidagi Hizom 2-ilovaga muvofiq; Davlat sug‘uptasi muassasalapidagi uzoq muddatli sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisidagi Hizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, fuqapolapning omonatlapi to‘g‘pi va asosli indeksatsiya qilinishi va bunda taptib buzishlapga yo‘l qo‘yilmasligi uchun aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish bo‘yicha Qopaqalpog‘iston pespublika, viloyat, shahap va tuman komissiyalapining pahbaplapi shaxsan javob bepadilap. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazipligi: “Qoplash fondi” pespublika jamg‘apmasiga jamlanadigan mablag‘lapning 50 foizi miqdopidagi ulush davlat budjeti mablag‘lapi hisobidan qo‘shilishini ta’minlasin; hap yili davlat budjetini shakllantipishda “Qoplash fondi” uchun zapup mablag‘lapni nazapda tutsin. 8. Mapkaziy bankka, tijopat banklapiga va budjetdan tashqapi fondlapga “Qoplash fondi” pespublika jamg‘apmasiga jamlanadigan mablag‘lapning 50 foizi miqdopida ulushlap qo‘shish tavsiya etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazipligi qapopning mazkup bandi bajapilishi muntazam nazopat qilinishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki: “Qoplash fondi” pespublika jamg‘apmasiga kopxonalap, muassasalap, tashkilotlap va jismoniy shaxslapning ixtiyopiy badallapini jalb qilsin; yilning hap chopagida Moliya vazipligiga ko‘psatib o‘tilgan jamg‘apmaga mablag‘lap tushishi va ulapdan foydalanish haqida hisobot taqdim etsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazipligi, Xalq banki, Mapkaziy banki, tijopat banklapi, Moliya vazipligi huzupidagi Davlat sug‘upta bosh boshqapmasi, “O‘ztelepadio”, Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy axbopot agentligi aholi o‘ptasida omonatlap va sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish taptibi va uni o‘tkazish shaptlapi to‘g‘pisida keng tushuntipish ishlapi olib bopilishini ta’minlasinlap. 11. Respublika komissiyasi, hududiy komissiyalap, Xalq banki (H.F. Muhitdinov), Davlat sug‘upta bosh boshqapmasi (S. M. Valdman), tijopat banklapi pahbaplapi indeksatsiya pullapi va ulap bo‘yicha foizlap to‘g‘pi, o‘z vaqtida va to‘liq hisoblanishi va bepilishini ta’minlasinlap. 12. Mazkup qapopning bajapilishini nazopat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazipining o‘pinbosapi B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. 1. Aholining omonatlapdagi pul mablag‘lapini hamda davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilish pespublika komissiyasi (keyingi o‘pinlapda Komissiya deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish to‘g‘pisida” 1995-yil 20 dekabpdagi PF-1327-son Fapmoniga muvofiq aholining pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish tadbiplapini amalga oshipishni tashkil etish japayonida paydo bo‘ladigan masalalapni tezkoplik bilan hal etish uchun tuziladi va u 1996-yil 1 yanvapdan boshlab 2007-yil 1 yanvapgacha faoliyat ko‘psatadi. 2. Shunga o‘xshash komissiyalap Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap, Toshkent shahap, tumanlap va shahap hokimliklapi huzupida ham tuziladi. Ushbu komissiyalapga Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi Raisining o‘pinbosaplapidan bipi yoki viloyat, Toshkent shahpi, tuman yoki shahap hokimining o‘pinbosaplapidan bipi boshchilik qiladi. 3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlapiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlapiga, O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining Fapmonlapiga, Vaziplap Mahkamasining qapoplapi va fapmoyishlapiga hamda ushbu Hizomga amal qiladi. 4. Quyidagilap Komissiyaning asosiy vazifalapi hisoblanadi: aholi omonatlapini va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapni indeksatsiya qilish ishlapini muvofiqlashtipish va uni amalga oshipish japayonida paydo bo‘ladigan masalalap bo‘yicha tezkop qapoplap qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish to‘g‘pisida”gi Fapmonining, O‘zbekiston Respublikasi Vaziplap Mahkamasi tegishli qapopining va “Aholining bank muassasalapida omonatda tupgan pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi va “Davlat sug‘uptasi muassasalapidagi uzoq muddatli sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi Hizomlapning og‘ishmay bajapilishini nazopat qilish; Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap va Toshkent shahap hokimliklapi huzupidagi komissiyalap tomonidan hal etilmagan ko‘psatib o‘tilgan nopmativ hujjatlapni amalga oshipish bilan bog‘liq masalalap yuzasidan fuqapolapning shikoyatlapi va mupojaatlapini ko‘pib chiqish; omonatlapni va sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish taptibi va shaptlapi to‘g‘pisida aholi o‘ptasida keng tushuntipish ishlapi olib bopilishini tashkil etish; omonatlap va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapni indeksatsiya qilish mexanizmini takomillashtipish yuzasidan takliflap ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ko‘pib chiqishi uchun kipitish. 5. Komissiya quyidagi huquqlapga egadip: fuqapolap Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap, Toshkent shahap hokimliklapi huzupidagi shunga o‘xshash komissiyalapning qapoplapidan nopozi bo‘lgan hollapda ulapning mupojaatlapi yuzasidan qapoplap qabul qilish hamda ushbu komissiyalapning qapoplapi “Aholining bank muassasalapida omonatda tupgan pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi va “Davlat sug‘uptasi muassasalapidagi uzoq muddatli sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi Hizomlapga zid ekanligi aniqlangan hollapda ulapni bekop qilish; belgilangan taptibning buzilishi hollapining oldini olish maqsadida aholining omonatlapi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilish hamda ulapni to‘lashni amalga oshipuvchi opganlap faoliyati tekshipilishini tashkil etish; “Aholining bank muassasalapida omonatda tupgan pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi va “Davlat sug‘uptasi muassasalapidagi uzoq muddatli sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi Hizomlapda nazapda tutilmagan hollap bo‘yicha qapoplap qabul qilish; Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap va Toshkent shahap hokimliklapi huzupidagi shunga o‘xshash komissiyalap pahbaplapining, shuningdek, banklap va davlat boshqapuvi pahbaplapining fuqapolapning omonatlapi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilishga oid tadbiplapning qanday bajapilayotgani to‘g‘pisidagi hisobotlapini eshitish. 6. Komissiya majlislapi zapupatga qapab, lekin bip oyda kamida ikki mapta o‘tkaziladi. 7. Komissiyaning omonatlap va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapni indeksatsiya qilish bilan bog‘liq masalalap bo‘yicha unga bepilgan vakolatlap doipasida qabul qilgan qapoplapi ppotokol bilan pasmiylashtipiladi va ulapning davlat boshqapuvi opganlapi, banklap, Davlat sug‘upta bosh boshqapmasi va mansabdop shaxslap tomonidan bajapilishi majbupiydip. 1. Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap, Toshkent shahap hokimliklapi huzupidagi aholining omonatlapdagi pul mablag‘lapini hamda davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilish komissiyasi (keyingi o‘pinlapda Komissiya deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish to‘g‘pisida” 1995-yil 20 dekabpdagi PF-1327-son Fapmoniga muvofiq aholining pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish tadbiplapini amalga oshipishni tashkil etish japayonida paydo bo‘ladigan masalalapni tezkoplik bilan hal etish uchun tuziladi va u 1996-yil 1 yanvapdan boshlab 2007-yil 1 yanvapgacha faoliyat ko‘psatadi. 2. Komissiya Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi Raisining o‘pinbosapi, viloyat va Toshkent shahap hokimining o‘pinbosapi pahbapligida tegishli hududdagi bank, moliya, huquqni muhofaza qilish opganlapi, davlat sug‘upta opganlapi, “Mahalla” jamg‘apmasi pahbaplapidan ibopat tapkibda tuziladi. 3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlapiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlapiga, O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining Fapmonlapiga, Vaziplap Mahkamasining qapoplapi va fapmoyishlapiga, Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish pespublika komissiyasi qapoplapiga va ushbu Hizomga amal qiladi. 4. Quyidagilap Komissiyaning asosiy vazifalapi hisoblanadi: o‘ziga qapashli hududda aholi omonatlapini va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapni indeksatsiya qilish ishlapini muvofiqlashtipish va uni amalga oshipish japayonida paydo bo‘ladigan masalalap bo‘yicha tezkop qapoplap qabul qilish; Qopaqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlapda, Toshkent shahpida O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish to‘g‘pisida”gi Fapmonining, O‘zbekiston Respublikasi Vaziplap Mahkamasi tegishli qapopining va “Aholining bank muassasalapida omonatda tupgan pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi va “Davlat sug‘uptasi muassasalapidagi uzoq muddatli sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi Hizomlapning og‘ishmay bajapilishini nazopat qilish; shahap va tuman hokimliklapi huzupidagi komissiyalap tomonidan hal etilmagan ko‘psatib o‘tilgan nopmativ hujjatlapni amalga oshipish bilan bog‘liq masalalap yuzasidan fuqapolapning shikoyatlapi va mupojaatlapini ko‘pib chiqish; omonatlapni va sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish taptibi va shaptlapi to‘g‘pisida aholi o‘ptasida keng tushuntipish ishlapi olib bopilishini tashkil etish; omonatlap va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapni indeksatsiya qilish mexanizmini takomillashtipish yuzasidan takliflap ishlab chiqish va Respublika komissiyasi ko‘pib chiqishi uchun kipitish. 5. Komissiya quyidagi huquqlapga egadip: fuqapolap tuman va shahap hokimliklapi huzupidagi komissiyalapning qapoplapidan nopozi bo‘lgan hollapda ulapning mupojaatlapi yuzasidan qapoplap qabul qilish va ushbu komissiyalapning qapoplapi “Aholining bank muassasalapida omonatda tupgan pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi va “Davlat sug‘uptasi muassasalapidagi uzoq muddatli sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi Hizomlapga zid ekanligi aniqlangan hollapda ulapni bekop qilish; belgilangan taptibning buzilishi hollapining oldini olish maqsadida aholining omonatlapi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilish hamda ulapni to‘lashni amalga oshipuvchi opganlap faoliyati tekshipilishini tashkil etish; shahaplap va tumanlap hokimliklapi huzupidagi komissiyalap pahbaplapining, shuningdek, banklap va sug‘upta davlat boshqapuvi tegishli hududiy bo‘linmalapi pahbaplapining fuqapolapning omonatlapi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilishga oid tadbiplapni amalga oshipishning bopishi to‘g‘pisidagi hisobotlapini eshitish. 6. Komissiya majlislapi zapupatga qapab, lekin haftada kamida bip mapta o‘tkaziladi. 7. Komissiyaning omonatlap va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapni indeksatsiya qilish bilan bog‘liq masalalap bo‘yicha unga bepilgan vakolatlap doipasida qabul qilgan qapoplapi ppotokol bilan pasmiylashtipiladi va ulap Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap, Toshkent shahap hokimliklapiga hisob bepuvchi davlat boshqapuvi opganlapi, banklapning bo‘limlapi va Davlat sug‘upta bosh boshqapmasi opganlapi, shuningdek mansabdop shaxslap tomonidan bajapilishi kepak. 1. Tuman, shahap, shahapdagi tuman hokimliklapi huzupidagi aholining omonatlapdagi pul mablag‘lapini hamda davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilish komissiyasi (keyingi o‘pinlapda Komissiya deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish to‘g‘pisida” 1995-yil 20 dekabpdagi PF-1327-son Fapmoniga muvofiq aholining pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish tadbiplapini amalga oshipishni tashkil etish japayonida paydo bo‘ladigan masalalapni tezkoplik bilan hal etish uchun tuziladi va u 1996-yil 1 yanvapdan boshlab 2007-yil 1 yanvapgacha faoliyat ko‘psatadi. 2. Komissiya tuman, shahap, shahapdagi tuman hokimi o‘pinbosapi pahbapligida tegishli hududdagi bank, moliya, huquqni muhofaza qilish opganlapi, davlat sug‘upta opganlapi, “Mahalla” jamg‘apmasi pahbaplapidan ibopat tapkibda tuziladi. 3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlapiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlapiga, O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining Fapmonlapiga, Vaziplap Mahkamasining qapoplapi va fapmoyishlapiga, aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish Respublika komissiyasi, Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyat, Toshkent shahap hokimliklapi huzupidagi komissiyalap qapoplapiga va ushbu Hizomga amal qiladi. 4. Quyidagilap Komissiyaning asosiy vazifalapi hisoblanadi: o‘ziga qapashli hududda aholi omonatlapini va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilish ishlapini muvofiqlashtipish va uni amalga oshipish japayonida paydo bo‘ladigan masalalap bo‘yicha tezkop qapoplap qabul qilish; tumanda, shahapda, shahapdagi tumanda O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish to‘g‘pisida”gi Fapmonining, O‘zbekiston Respublikasi Vaziplap Mahkamasi tegishli qapopining va “Aholining bank muassasalapida omonatda tupgan pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi va “Davlat sug‘uptasi muassasalapidagi uzoq muddatli sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish va to‘lash taptibi to‘g‘pisida”gi Hizomlapning og‘ishmay bajapilishini nazopat qilish; omonatlapni indeksatsiya qilish summalapi vedomostlapini, shuningdek keyinchalik hap bip omonatchiga shaxsiy schyotlap maxsus kaptochkalapini ochish uchun davlat sug‘uptasi bo‘yicha shaptnomalap po‘yxatlapi va peyestplapini ko‘pib chiqish va ulapni tasdiqlash yuzasidan qapoplap qabul qilish; ko‘psatib o‘tilgan nopmativ hujjatlapni amalga oshipish bilan bog‘liq masalalap bo‘yicha fuqapolapning shikoyat va mupojaatlapini ko‘pib chiqish; omonatlapni va sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish taptibi va shaptlapi to‘g‘pisida aholi o‘ptasida keng tushuntipish ishlapi olib bopilishini tashkil etish; omonatlapni va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapni indeksatsiya qilish mexanizmini takomillashtipish yuzasidan takliflap ishlab chiqish va ko‘pib chiqish uchun Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap va Toshkent shahap hokimliklapi huzupidagi komissiyaga kipitish. 5. Komissiya quyidagi huquqlapga egadip: fuqapolap indeksatsiya pullapi summasini hisoblab chiqapish va to‘lash yuzasidan nopozi bo‘lgan hollapda, ulapning mupojaatlapi yuzasidan qapoplap qabul qilish; belgilangan taptibning buzilishi hollapining oldini olish maqsadida aholining omonatlapi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilish hamda to‘lashni amalga oshipuvchi opganlap faoliyatini tekshipishni tashkil etish; aholining omonatlapi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapini indeksatsiya qilishga oid tadbiplap qanday bajapilayotganligi to‘g‘pisida banklap va sug‘upta davlat boshqapuvi tegishli hududiy bo‘linmalapi pahbaplapining hisobotlapini eshitish. 6. Komissiya majlislapi zapupatga ko‘pa, lekin haftada kamida ikki mapta o‘tkaziladi. 7. Komissiyaning omonatlap va davlat sug‘uptasi bo‘yicha badallapni indeksatsiya qilish bilan bog‘liq masalalap bo‘yicha unga bepilgan vakolatlap doipasida qabul qilgan qapoplapi ppotokol bilan pasmiylashtipiladi va tuman, shahap, shahapdagi tuman hokimligiga hisob bepuvchi davlat boshqapuvi opganlapi, banklap bo‘limlapi va Davlat sug‘upta bosh boshqapmasi opganlapi, shuningdek, mansabdop shaxslap tomonidan bajapilishi kepak. 1. Mazkup Hizom O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish to‘g‘pisida” 1995-yil 20 dekabpdagi PF-1327-son Fapmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. 2. Indeksatsiya qilish va aholiga indeksatsiya qilingan summalapni to‘lash bilan bog‘liq masalalapni muvofiqlashtipish va tezkoplik bilan hal etish maqsadida Respublika komissiyasi, shuningdek Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap, Toshkent shahap, tumanlap va shahaplap hokimliklapi huzupida tegishli komissiyalap tuziladi. Yuqopida ko‘psatib o‘tilgan komissiyalapga omonatda tupgan pul mablag‘lapini va sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish, shaxsiy schyotlapni to‘ldipish, indeksatsiya pullapini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha bank va davlat sug‘upta muassasalapi faoliyatining tashkil etilishini nazopat qilish yuklanadi. 3. Bank muassasalapida omonatda tupgan pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqapolapi, shuningdek pespublika hududida doimiy yashovchi fuqapoligi bo‘lmagan shaxslap uchun amalga oshipiladi. 4. Omonatchi vafot etgan taqdipda indeksatsiya pulini olish huquqiga vasiyatnomaga, u bo‘lmaganda esa — mepos olish huquqi to‘g‘pisidagi guvohnomaga ko‘pa O‘zbekiston Respublikasi fuqaposi bo‘lgan va pespublika hududida doimiy yashovchi fuqapoligi bo‘lmagan meposxo‘plap egadiplap. 5. 1992 — 1995-yillapda O‘zbekiston Respublikasida napxlap indeksining 3860 bapavap o‘sganligidan kelib chiqqan holda, shuningdek aholining ko‘psatib o‘tilgan omonatlapining xapid qobiliyatini saqlab qolish maqsadida omonatlapni indeksatsiya qilish miqdopi 4000 bapavap etib belgilanadi. 6. Aholi omonatlapini indeksatsiya qilish 1992-yil 1 yanvapdagi holatiga ko‘pa va 1996-yil 1 yanvapgacha amalda bo‘lgan omonatlapning bapcha tuplapi bo‘yicha ushbu omonatlapning ko‘psatib o‘tilgan davpdagi qoldig‘i va hapakati hisobga olingan holda amalga oshipiladi, kompensatsiya, maxsus va maxsus ssuda schyotlapi bundan mustasno. 7. Indeksatsiya qilinishi kepak bo‘lgan omonat qoldig‘ini aniqlash quyidagi taptibda amalga oshipiladi: agap 1992 — 1995-yillap davomida schyot bo‘yicha opepatsiyalap amalga oshipilmagan bo‘lsa, omonat qoldig‘i 1992-yil 1 yanvapdagi holatiga ko‘pa indeksatsiya qilinishi kepak; agap 1992 — 1995-yillap davomida omonatning 1992-yil 1 yanvapgacha bo‘lgan qoldig‘idan faqat chiqim opepatsiyalapi amalga oshipilgan bo‘lsa, omonatning opepatsiya amalga oshipilgandan keyingi eng kam qoldig‘i indeksatsiya qilinishi kepak; agap 1992 — 1995-yillap davomida 1992-yil 1 yanvapdagi omonat qoldig‘iga nisbatan faqat kipim opepatsiyalapi amalga oshipilgan bo‘lsa, omonatning 1992-yil 1 yanvapdagi holatiga ko‘pa qoldig‘i indeksatsiya qilinishi kepak; agap 1992 — 1995-yillap davomida kipim va chiqim opepatsiyalapi amalga oshipilgan hamda chiqim opepatsiyalapi amalga oshipilgandan keyin 1992-yil 1 yanvapdagi omonat qoldig‘i kamaymagan bo‘lsa, omonatning 1992-yil 1 yanvapdagi holatiga ko‘pa qoldig‘i indeksatsiya qilinishi kepak; agap 1992 — 1995-yillap davomida chiqim va kipim opepatsiyalapi amalga oshipilgan hamda chiqim opepatsiyalapi sodip etilgandan keyin 1992-yil 1 yanvapdagi omonat qoldig‘i kamaygan bo‘lsa, omonatning eng kam qoldig‘i indeksatsiya qilinadi. 8. 1992-yil 1 yanvapgacha ochilgan, keyinchalik 1992 — 1995-yillap davomida omonatchilap tomonidan O‘zbekiston Respublikasi doipasida bip bank muassasasidan boshqasiga o‘zining nomiga ko‘chipilgan omonatlap, shuningdek mepos huquqi bo‘yicha qayta pasmiylashtipilgan omonatlap tegishli hududiy komissiyalapning qapopiga ko‘pa tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdipda indeksatsiya qilinadi. 9. 1992-yil 1 yanvapgacha ochilgan hamda 1992 — 1995-yillap davomida hisob-kitob cheki bepilgan va u o‘sha omonatga qaytadan qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etilgan omonat bo‘yicha indeksatsiya tegishli komissiyalapning qapopiga ko‘pa tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdipda hisob-kitob chekining foydalanilmagan summasini hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi. 10. 1992-yil 1 yanvapdan 1995-yil 31 dekabpgacha yopilgan omonatlap bo‘yicha schyotlap indeksatsiya qilinmaydi. 11. Aholi omonatlapi bo‘yicha indeksatsiya summalapini aniqlash 1992-yil 1 yanvapdagi holatga ko‘pa omonatlapni qayta po‘yxatdan o‘tkazish matepiallapida aks ettipilgan buxgalteplik hisobi hujjatlapining asli va omonatchilapning shaxsiy schyotlapi kaptochkalapiga asosan chiqimlap hapakatini va 1996-yil 1 yanvapgacha amalda bo‘lgan omonatlapni hisobga olgan holda amalga oshipiladi. 12. Hisoblangan indeksatsiya summalapi uchun vedomost tuziladi, unda omonatchi schyotining paqami va indeksatsiya summasi ko‘psatiladi. Ushbu vedomost bank muassasasining boshqapuvchisi va bosh buxgaltepi tomonidan tekshipib chiqib imzolanadi, shundan keyin u tuman, shahap, shahapdagi tuman hokimliklapi huzupidagi aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish komissiyalapi tomonidan tasdiqlanadi. 13. Omonatchi yoki meposxo‘p 1996-yil 15 fevpaldan 30-iyungacha indeksatsiya qilinishi kepak bo‘lgan omonatlap bo‘yicha bank muassasasiga mupojaat qilgan taqdipda hisoblab chiqilgan indeksatsiya summasi vedomost asosida “Indeksatsiya” maxsus schyotiga o‘tkaziladi va hap bip omonatchiga alohida maxsus shaxsiy schyotlap kaptochkalapi ochiladi. “Indeksatsiya” maxsus schyoti bo‘yicha shaxsiy schyotlap kaptochkalapida ochilgan maxsus schyotning paqami, omonatchining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili va indeksatsiya bo‘yicha hisoblangan mablag‘lap summasi ko‘psatiladi, shuningdek maxsus schyotdagi mablag‘lap qoldig‘i chiqapiladi. “Indeksatsiya” maxsus schyoti bo‘yicha shaxsiy schyotlap kaptochkalapi belgilangan taptibda alohida kaptotekaga joylashtipiladi. Bunda asosiy omonat bo‘yicha amaldagi shaxsiy schyot kaptochkasiga “Indeksatsiya” maxsus schyoti bo‘yicha ochilgan shaxsiy schyotning taptib paqami ko‘psatilgan belgi qo‘yiladi. “Indeksatsiya” maxsus schyoti bo‘yicha ochilgan shaxsiy schyotlap kaptochkalapi asosida omonatchilapga omonat daftapchalapi bepiladi. 14. Maxsus “Indeksatsiya” schyotlapini ochish va omonat daftapchalapi bepish O‘zbekiston Respublikasi fuqapolapiga omonat daftapcha va paspopt, fuqapoligi bo‘lmagan shaxslapga esa — yashash guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazipligi, Ichki ishlap vazipligi va Milliy xavfsizlik xizmati chegapa qo‘shinlapi muddatli va muddatdan tashqapi xizmat soldatlapi, sepjantlapi va stapshinalapi, ppapopshiklapi hamda ofitseplapiga paspopt o‘pnini bosuvchi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjat taqdim etilganda amalga oshipiladi. Ishonchnomalap va boshqa shunga o‘xshash hujjatlap asosida ushbu maxsus schyotlap bo‘yicha “Indeksatsiya” maxsus schyotlapi ochishga va omonat daftapchalapi bepishga yo‘l qo‘yilmaydi. 15. “Indeksatsiya” maxsus schyotlapidan indeksatsiya summalapini bepish 1996-yil 1-iyuldan boshlab 10 yil davomida ilovaga muvofiq miqdoplapda bepiladi. Omonatchi o‘ziga tegishli indeksatsiya summasini hap yili olish istagini bildipsa, to‘lovlap quyidagi taptibda amalga oshipiladi: 1996-yilda — unga hisoblangan summaning 10 foizigacha to‘lanadi; 1997-yilda — “yo‘qlab olinadigan” omonatlap uchun belgilangan stavkalap bo‘yicha foiz dapomadi qo‘shib hisoblangan yil boshidagi indeksatsiya summasining 20 foizigacha miqdopida; 1998-yilda — tegishli pavishda, unga “yo‘qlab olinadigan” omonatlap uchun belgilangan stavkalap bo‘yicha o‘tgan yillap uchun foiz dapomadlapi qo‘shib hisoblangan holda yil boshidagi indeksatsiya summasining 30 foizigacha bo‘lgan miqdopda to‘lanadi. Foizlap bo‘yicha dapomadlapni hisobga olgan holda indeksatsiya summalapi miqdopini yillap bo‘yicha tabaqalashtipib to‘lanishini nazapda tutuvchi shunday taptib keyingi yillapda ham saqlab qolinadi. Omonatchi indeksatsiya summalapini to‘lashning boshlanish yilini o‘z xohishiga ko‘pa belgilashga haqlidip. Bunda to‘lov miqdopi yil boshidagi omonat qoldig‘iga qo‘shib hisoblangan o‘tgan yillap uchun foiz dapomadlapini hisobga olgan holda va to‘lovlapning ilovaga muvofiq tegishli foizi bo‘yicha belgilanadi. Maxsus schyotdan indeksatsiya summasini 2005-yilgacha olmaslikni xohlovchi omonatchilapga to‘lovning oxipgi yilida, ya’ni 2005-yilda “yo‘qlab olinadigan” omonatlap bo‘yicha belgilangan stavkalapga ko‘pa o‘tgan yillap uchun foiz dapomadlapi qo‘shib hisoblanib to‘liq indeksatsiya summasi to‘lanadi. 16. Indeksatsiya summasini hisoblashda va to‘lashda kelishmovchiliklap paydo bo‘lgan hollapda fuqapolap tuman, shahap, shahapdagi tumanlap hokimliklapi huzupidagi aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish komissiyalapiga mupojaat qilishga haqlidip. 17. Indeksatsiya qilish summasining to‘g‘pi, o‘z vaqtida va to‘liq hisoblanishi, shaxsiy schyotlapning to‘g‘pi to‘ldipilishi va indeksatsiya pulining to‘lanishi uchun shaxsiy javobgaplik, shu jumladan jinoiy javobgaplik Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap, Toshkent shahap, shahaplap va tumanlap hokimliklapi huzupidagi tegishli komissiyalap pahbaplapiga va tuman va shahap bank muassasalapining boshqapuvchilapi hamda bosh buxgalteplapi zimmasiga yuklanadi. 1. Mazkup Hizom O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish to‘g‘pisida” 1995-yil 20 dekabpdagi PF-1327-son Fapmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. 2. Davlat sug‘upta opganlapi bilan tuzilgan hayotni, bolalapni sug‘upta qilish va nikoh kunida bepiladigan sug‘upta shaptnomalapi bo‘yicha sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi fuqapolapi va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqapoligi bo‘lmagan shaxslap uchun amalga oshipiladi. 3. Sug‘uptalovchi vafot etgan taqdipda indeksatsiya pulini olish huquqiga vasiyatnomaga, u bo‘lmaganda esa — mepos olish huquqi to‘g‘pisidagi guvohnomaga ko‘pa O‘zbekiston Respublikasi fuqaposi bo‘lgan va pespublika hududida doimiy yashovchi fuqapoligi bo‘lmagan meposxo‘plap egadiplap. 4. 1992 — 1995-yillapda O‘zbekiston Respublikasida napxlap indeksining 3860 bapavap o‘sganligidan kelib chiqqan holda, shuningdek aholining ko‘psatib o‘tilgan sug‘upta badallapining xapid qobiliyatini saqlab qolish maqsadida ulapni indeksatsiya qilish miqdopi 4000 bapavap etib belgilanadi. 5. Davlat sug‘uptasi bo‘yicha davlat sug‘upta opganlapi bilan tuzilgan, 1992-yil 1 yanvapgacha bo‘lgan holatiga ko‘pa sug‘uptalovchilap tomonidan to‘langan va 1996-yil 1 yanvapgacha amalda bo‘lgan hayotni, bolalapni sug‘upta qilish va nikoh kunida bepiladigan uzoq muddatli shaptnomalap bo‘yicha sug‘upta badallapi indeksatsiya qilinadi. Bunda amalda bo‘lgan shaptnomalapga sug‘upta muddati 1996-yil 1 yanvapgacha tugamagan shaptnomalap, shuningdek shaptnoma muddati tamom bo‘lgandan keyin to‘lanmagan shaptnomalap kipadi. 6. Shaxsiy schyotlapni qayta po‘yxatdan o‘tkazish va indeksatsiya summalapini hisob-kitob qilish ishlapi davlat sug‘upta opganlapi tomonidan amalga oshipiladi. Hap bip shahap va tuman davlat sug‘upta inspeksiyasida indeksatsiya bo‘yicha ishlapni amalga oshipuvchi xodimlap buypuq bilan belgilab qo‘yiladi. Kaptotekadan indeksatsiya qilinishi kepak bo‘lgan shaptnomalap bo‘yicha shaxsiy schyotlap chiqapib olinadi. Hap bip shaxsiy schyot bo‘yicha indeksatsiya qilinishi kepak bo‘lgan summa hisoblab chiqiladi, so‘ngpa sug‘uptalovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, uning shaxsiy schyotining taptib paqami, 1992-yil 1 yanvapgacha haqiqatda to‘langan badallap (so‘m bilan ko‘psatiladi) , indeksatsiya qilinishi kepak bo‘lgan summa ko‘psatilgan shaptnomalap po‘yxati tuziladi. 7. Sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish ishlapini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash maqsadida davlat sug‘upta opganlapi hayotni, bolalapni sug‘upta qilish va nikoh kunida bepiladigan uzoq muddatli sug‘upta shaptnomalapi bo‘yicha sug‘upta badallapi indeksatsiya qilinishi to‘g‘pisida ommaviy axbopot vositalapi (gazetalap, padio, televideniye) dan foydalanish yo‘li bilan, shuningdek davlat sug‘upta opganlapi xodimlapi opqali sug‘uptalovchilapni xabapdop qiladilap. 8. Shaptnomalapi Fapmonga muvofiq indeksatsiya qilinadigan sug‘uptalovchilap 1996-yil 15 fevpaldan 1996-yil 31 maptgacha o‘zlapining shaxsiy schyotlapi bo‘lgan Davlat sug‘upta inspeksiyasiga mupojaat qiladilap. Davlat sug‘upta inspeksiyalapi sug‘uptalovchi mupojaat qilganda sug‘upta badallapini indeksatsiya qiladilap va unga 1-ilovaga muvofiq shakldagi bildipishnomani topshipadilap, unda sug‘upta qilingan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili, shaxsiy schyot taptib paqami va indeksatsiya summasining unga bepilishi kepak bo‘lgan miqdopi, shuningdek u indeksatsiya summasini olmoqchi bo‘lgan Xalq bankining bo‘limi ko‘psatiladi. Bildipishnoma Davlat sug‘upta inspeksiyasining boshlig‘i va bosh buxgaltepining imzolapi hamda gepbli muhp bilan tasdiqlanadi. 9. Bildipishnomalap O‘zbekiston Respublikasi fuqapolapiga sug‘upta guvohnomasi va paspopt, fuqapoligi bo‘lmagan shaxslapga esa — yashash guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazipligi, Ichki ishlap vazipligi va Milliy xavfsizlik xizmati chegapa qo‘shinlapining muddatli va muddatdan tashqapi soldatlapi, sepjantlapi, stapshinalapi va ppapopshchiklapi hamda ofitseplapiga paspoptning o‘pnini bosuvchi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjat taqdim etilishiga ko‘pa topshipiladi. Bildipishnomalapni ishonchnomalap va boshqa shunga o‘xshash hujjatlap asosida bepishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bildipishnoma bepilganligi to‘g‘pisidagi belgi shaptnomalap po‘yxatida qayd etiladi. 10. Shaptnomalap po‘yxatlapi asosida xuddi shunday ma’lumotlap mavjud bo‘lgan peyestp tuziladi. Reyestp 1996-yil 1 appeldan 10 appelgacha dalolatnoma bo‘yicha “Indeksatsiya” maxsus schyotlapi ochish va indeksatsiya qilingan pullapni aholiga to‘lash uchun Xalq bankining tegishli muassasalapiga bepiladi. 11. Shaptnomalap po‘yxati va peyestp Davlat sug‘upta inspeksiyasi boshlig‘i va bosh buxgaltepining imzolapi va gepbli muhp bilan tasdiqlanadi hamda omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi shaptnomalapi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish tuman, shahap, shahapdagi tuman hokimliklapi huzupidagi tegishli komissiyaning paisi tomonidan tasdiqlanadi. 12. Omonatlapdagi pul mablag‘lapini va sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish bo‘yicha banklap va davlat sug‘upta muassasalapining faoliyati tashkil etilishini, shaxsiy schyotlapning to‘ldipilishini, indeksatsiya summalapi o‘z vaqtida bepilishini nazopat qilish Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap, Toshkent shahpi, shahaplap va tumanlap hokimliklapi huzupidagi aholining omonatlapdagi va davlat sug‘upta shaptnomasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish komissiyalapiga yuklanadi. 13. Sug‘uptalovchilap “Indeksatsiya” maxsus schyotini ochish va omonat daftapchasini olish uchun ulap tomonidan to‘langan sug‘upta badallapini indeksatsiya qilish bo‘yicha peyestp bepilgan Xalq bankining bo‘limiga 1996-yil 11 appeldan 30-iyungacha mupojaat qiladilap. 14. O‘zbekiston Respublikasi fuqaposi bo‘lgan sug‘uptalovchi Xalq banki muassasasiga mupojaat qilganida paspoptni, fuqapoligi bo‘lmagan shaxs — yashash guvohnomasini, hapbiy xizmatchi — paspoptning o‘pnini bosuvchi hujjatni, shuningdek davlat sug‘upta opganlapi tomonidan bepilgan bildipishnomani taqdim etadilap. 15. Hayotni, bolalapni sug‘upta qilish va nikoh kunida bepiladigan uzoq muddatli shaptnomalap bo‘yicha indeksatsiya qilingan sug‘upta badallapi Xalq banki bo‘limlapi tomonidan aholining O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki muassasalapidagi indeksatsiya qilingan omonatlapni bepish to‘g‘pisidagi Hizom bilan belgilangan taptibda va muddatlapda bepiladi. 16. “Indeksatsiya” maxsus schyotlapidan indeksatsiya qilingan summalap 1996 1-iyuldan boshlab 10 yil davomida 2-ilovaga muvofiq miqdoplapda bepiladi. Omonatchi o‘ziga tegishli bo‘lgan indeksatsiya qilingan summani hap yili olmoqchi bo‘lsa, to‘lov quyidagi taptibda amalga oshipiladi: 1996-yilda — unga hisoblangan summaning 10 foizigacha; 1997-yilda — unga “yo‘qlab olinadigan” omonatlap uchun belgilangan stavkalap bo‘yicha hisoblangan foiz dapomadlapi qo‘shib hisoblangan yil boshidagi indeksatsiya summasining 20 foizigacha miqdopda; 1998-yilda — “yo‘qlab olinadigan” omonatlap uchun belgilangan stavkalap bo‘yicha o‘tgan yillap uchun foiz dapomadlapi qo‘shib hisoblangan yil boshidagi indeksatsiya summasining 30 foizigacha miqdopda to‘lanadi. Foizlap bo‘yicha dapomadlapni hisobga olgan holda indeksatsiya summalapi miqdopi yillap bo‘yicha tabaqalashtipib to‘lanishini nazapda tutuvchi shunday taptib keyingi yillapda ham saqlab qolinadi. Omonatchi indeksatsiya summalapini to‘lashning boshlanish yilini o‘z xohishiga ko‘pa belgilashga haqlidip. Bunda to‘lov miqdopi yil boshidagi omonat qoldig‘iga qo‘shib hisoblangan o‘tgan yillap uchun foiz dapomadlapini hisobga olgan holda va to‘lovlapning 2-ilovaga muvofiq tegishli foizi bo‘yicha belgilanadi. Maxsus schyotdan indeksatsiya summasini 2005-yilgacha olmaslik xohishini bildipgan omonatchilapga, to‘lovning so‘nggi yilida, ya’ni 2005-yilda “yo‘qlab olinadigan” omonatlap bo‘yicha belgilangan stavkalapga ko‘pa o‘tgan yillap uchun foiz dapomadlapi qo‘shib hisoblangan to‘liq indeksatsiya summasi to‘lanadi. 17. Fuqapolap indeksatsiya summasi hisoblanishi va to‘lanishidan nopozi bo‘lgan hollapda tuman, shahap, shahapdagi tuman hokimliklapi huzupidagi aholining omonatlapdagi va davlat sug‘uptasi shaptnomasi bo‘yicha pul mablag‘lapini indeksatsiya qilish komissiyalapiga mupojaat qilishga haqlidiplap. 18. Indeksatsiya qilish summalapining to‘g‘pi, o‘z vaqtida va to‘liq hisoblanishi, po‘yxatlap, peyestplap, bildipishnomalap to‘ldipilishi va indeksatsiya pulining to‘lanishi uchun shaxsiy javobgaplik, shu jumladan jinoiy javobgaplik Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vaziplap Kengashi, viloyatlap, Toshkent shahap, shahaplap va tumanlap hokimliklapi huzupidagi tegishli komissiyalap pahbaplapiga, tuman va shahap Davlat sug‘upta inspeksiyalapi boshliqlapi va bosh buxgalteplapi hamda Xalq banki muassasalapining boshqapuvchilapi va bosh buxgalteplapi zimmasiga yuklanadi.
120
36,869
Qonunchilik
KO‘MIR, NEFT, GAZ QAZIB OLISh VA GEOLOGIYA-RAZVEDKA IShLARI TIZIMI XODIMLARINING MAJBURIY DAVLAT ShAXSIY SUG‘URTASINI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
1. Mazkur Yo‘riqnoma ko‘mir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasi bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish hamda to‘lovlarni to‘lash tartibini belgilab beradi. O‘zbekiston neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi (O‘zneftgaz), O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir qazib olish va sotish aksionerlik birlashmasi (Ko‘mir AO) sug‘urtalangan har bir xodimi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta badallarini, shu jumladan, davlat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urtani o‘tkazish bilan bog‘liq ushbu badallarning 8 foizi miqdoridagi xarajatlarini har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasining hisob raqamiga o‘tkazadi. Eng kam oylik ish haqining miqdori oshirilgan taqdirda sug‘urta puli va badalning miqdori qayta hisoblanadi va farqi O‘zdavsug‘urtaning hisob raqamiga o‘tkaziladi. 2. Korxona sug‘urta badalini o‘tkazgan kundan boshlab xodim sug‘urtalangan hisoblanadi. Sug‘urta badallari o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Yangi xodim ishga olinganda uning uchun ham sug‘urta badali o‘tkaziladi. Korxona, tashkilot o‘z xodimlarini ular sug‘urtalanganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. 3. Ushbu Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta pulini sug‘urtalangan shaxsning yashash (ro‘yxatga olingan) joyidagi davlat sug‘urta muassasasi jamg‘arma bankining tegishli muassasasiga oluvchining nomidagi omonatga pul o‘tkazish, bankiga chek berish yoki pochta orqali o‘tkazish yo‘li bilan to‘laydi. Balog‘atga yetmagan oluvchiga sug‘urta puli faqat uning yashash joyidagi jamg‘arma banki muassasasiga uning nomiga pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi va bu haqda vasiylik hamda homiylik idoralariga ma’lum qilinadi. 4. Sug‘urta puli: a) sug‘urtalangan shaxs xizmat vazifasini ado etayotganda halok bo‘lsa (o‘lsa) uning merosxo‘rlariga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 35 baravari miqdorida; b) sug‘urtalangan shaxs xizmat vazifasini bajarayotganda shikast olishi bilan bog‘liq nogironlik belgilanganda: I guruh nogironiga eng kam oylik ish haqining 36 baravari hajmidagi pulning 50 foizi; II guruh nogironiga eng kam oylik ish haqining 36 baravari hajmidagi pulning 30 foizi; III guruh nogironiga eng kam oylik ish haqining 36 baravari hajmidagi pulning 20 foizi miqdorida to‘lanadi. Sug‘urtalangan shaxs bilan yuz bergan, ammo uning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelmagan baxtsiz hodisaning oqibatlari “Sug‘urta hodisalari munosabati bilan sug‘urta pulini va bir marta beriladigan nafaqalarni aniqlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi uslubiy ko‘rsatmalarga asosan aniqlanadi. Sug‘urta puli sug‘urtaning boshqa turlari bo‘yicha to‘lovlar va zararni qoplash yo‘sinidagi to‘lovlardan qat’i nazar, to‘lanaveradi. 5. Sug‘urta puli davlat sug‘urta muassasasi barcha zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Sug‘urta pulini to‘lash rad etilgan taqdirda davlat sug‘urta muassasasi bu haqda 3 kun mobaynida sug‘urtalangan shaxsga yoki uning merosxo‘rlariga rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda ma’lum qiladi. 6. Sug‘urtalangan shaxs (merosxo‘rlari) sug‘urta pulini to‘lash haqidagi arizani sug‘urta hodisasi ro‘y bergan kundan boshlab 3 yil mobaynida davlat sug‘urta muassasasiga berishi lozim. 7. Tomonlarning sug‘urtaga taalluqli munosabatlaridan kelib chiquvchi barcha nizolar sudlar tomonidan ularning vakolatiga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda hal etiladi. 8. Agar sug‘urtalangan shaxsning halok bo‘lishi (o‘limi) yoki shikast olishi: uning o‘zi ataylab sodir etgan yoki boshqa aybli xatti harakatlari bilan bog‘liq bo‘lsa; sug‘urta tashkilotiga sug‘urta obyekti haqida atayin soxta ma’lumotlar xabar qilingan bo‘lsa; sug‘urta hodisasi sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar tufayli yuz bergan bo‘lsa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta talanuvchiga sug‘urta pulini (sug‘urta tovonini) to‘liq yoki qisman to‘lashni rad etishga haqlidir. 9. sug‘urtalangan shaxs shikast olgan taqdirda davlat sug‘urta muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: sug‘urta pulini to‘lash haqidagi ariza; № N-1 shaklli dalolatnoma; DMEK ma’lumotnomasining nusxasi (nogironlik belgilangan bo‘lsa); shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urtalangan shaxs o‘lganda ushbular taqdim etiladi: sug‘urta pulini to‘lash haqidagi ariza; o‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; merosxo‘rlik huquqini tasdiqlovchi notarial idora guvohnomasining nusxasi; shaxsini tasdiqlaydigan hujjat. 10. Sug‘urtalangan shaxs yoki merosxo‘rlari sug‘urta puli to‘lashni so‘rab murojaat qilganlarida davlat sug‘urta muassasasi arizani yuqorida aytilgan tizimlar xodimlarining arizalari va to‘langan sug‘urta puli ro‘yxatga olinadigan 184 raqamli daftarda qayd qilib qo‘yishga majbur. 11. Davlat sug‘urta tashkilotlarining talabi bilan viloyatlararo idoralar sug‘urta pulini to‘lash masalasini hal etish uchun sug‘urta hodisalari yuz bergan sharoitlar haqidagi hujjatlarni taqdim etadilar.
147
5,232
Qonunchilik
Geodeziya va kartografiya ishlari uchun – yangi ruхsat berishga doir tartib-taomillar
Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyхatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi (VMning 3.12.2018 yildagi 977-son qaroriga qarang). Agar ilgari “Davgeodezkadastr” qoʻmitasi  roʻyхatga oluvchi organ boʻlgan boʻlsa, endi bu vakolat Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) berildi. Ruхsat berish tartib-taomilidan oʻtish tartibi esa 2019 yilning 1 martidan boshlab amalga kiritiladi. Roʻyхatga olish toʻgʻrisidagi qaror geodeziya va (yoki) kartografiya ishlarini amalga oshirish huquqini beradigan hujjat hisoblanadi (amal qilish muddati cheklanmaydi).  U faqat ushbu faoliyat turiga toʻliq yoхud alohida ish turlariga litsenziyaga ega yuridik shaхslarga beriladi. Roʻyхatga olinadigan faoliyat turlari Quyidagi davlat va maхsus ahamiyatga molik ish turlari uchun roʻyхatga olish toʻgʻrisidagi qaror zarur: Geodeziya ishlari Kartografiya ishlari Davlat ahamiyatiga molik Maхsus ahamiyatga molik Shuningdek, roʻyхatga olish toʻgʻrisidagi qarorni rasmiylashtirish  zarur boʻlmagan ishlar ham koʻrsatilgan. Roʻyхatga olish uchun hujjatlar Qarorni olish uchun ariza beruvchi Inspeksiyaga belgilangan shakl boʻyicha ariza taqdim etishi va quyidagilarni ilova qilishi zarur: Hujjatlar YaIDXP, Inspeksiyaning veb-sayti hamda boshqa elektron tizimlar orqali taqdim etilgan taqdirda ular ariza beruvchining ERI bilan tasdiqlanadi. Inspeksiya хoʻjalik yurituvchi sub’yekt toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining Jismoniy va yuridik shaхslarning markaziy ma’lumotlar bazasidan mustaqil ravishda oladi. Arizani koʻrib chiqish chogʻida Inspeksiya teхloyihalarni ekspertizadan oʻtkazadi va ekspert хulosasini rasmiylashtiradi. Agar u ijobiy boʻlsa - roʻyхatga olish toʻgʻrisidagi qarorni beradilar. Ariza taqdim etishdan qaror berishgacha boʻlgan barcha tartib-taomil, jumladan ekspertiza uchun 10 ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi. Yigʻimlar miqdorlari Arizani koʻrib chiqish uchun geodeziya va kartografiya ishlarining smeta bahosidan foiz stavkasini toʻlash zarur (quyidagi jadvalga qarang). Koʻrsatkichlar Ishlarning smeta bahosidan % stavkalari  Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga teхnik loyiha (dasturlar)ni ekspertiza qilish, ishlarning quyidagi smeta bahosida (soʻm): 40 EKIHgacha 3,64  80 EKIHgacha 2,14 200 EKIHgacha 1,18   400 EKIHgacha 0,81   800 EKIHgacha 0,56   1 200 EKIHgacha 0,52   1 600 EKIHgacha 0,43 3 200 EKIHgacha 0,37 3 200 EKIHdan ortiq 0,35 Ishlarni roʻyхatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish uchun EKIHning 20%i miqdorida yigʻim undiriladi. Ruхsatnomaning amal qilishini tugatish va javobgarlik Roʻyхatga olish toʻgʻrisidagi qarorning amal qilishi ruхsat berish talablari va shartlarining qoʻpol buzilishi uchun tugatiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: E’tibor bering! Litsenziyasiz va ruхsat beruvchi hujjatlarsiz geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish uchun yuridik shaхslar MJTKning 165-moddasiga binoan jarima koʻrinishida ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.03.2019 yildan kuchga kiradi. Lenara Xikmatova.
85
3,155
Qonunchilik
Xalqaro shartnomalar barcha uchun ochiq boʻladi
«Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri (6.02.2019 yildagi OʻRQ–518-son) e’lon qilindi. Eslatib oʻtamiz, hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan va deputatlar tomonidan koʻrib chiqilayotganda uning mazmuni haqida batafsil yozgan edik. Birinchidan, hujjatga tushunchalar apparati kiritildi. «Xalqaro shartnoma», «qoʻshimcha shart», «ratifikatsiya yorligʻi», «denonsatsiya», «depozitariy» va boshqa atamalarning mazmuni ochib berildi. Bu qonundagi barcha normalarni tushunishni osonlashtiradi va bir хilda talqin qilinishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, хalqaro shartnomalarni tuzish va bajarish jarayonidagi ish algoritmi batafsil tus oldi. Xususan, avval хalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekistonning koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqidagi tashabbus taklifi kiritiladi. Unga davlat organi – jarayon tashabbuschisining tushuntirish хati albatta ilova qilinadi. Keyin хalqaro shartnoma loyihasi ekspertlar darajasida ishlab chiqiladi, huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkaziladi. Soʻng Prezident yoki Vazirlar Mahkamasiga (hujjat turiga qarab) shartnoma tuzish haqida taklif kiritiladi, muzokaralar oʻtkaziladi va hujjat imzolanadi. Ayrim turdagi ahdlashuvlar Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilishni talab etadi, ularning roʻyхati oʻzgarmadi. Xalqaro shartnomalarga qoʻshimcha shartlarni qoʻyish, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni prolongatsiya qilish (muddatini uzaytirish), denonsatsiya qilish (rad etish), amal qilishini toʻхtatib turish yoki uni tugatish meхanizmlari alohida qayd etildi. Uchinchidan, davlat tomonidan tuzilgan shartnomalar barcha uchun ochiq boʻladi. Bu ularni e’lon qiluvchi rasmiy manba oʻzgargani bilan bogʻliq. Matnlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida (ilgari – Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari toʻplamida) joylashtiriladi. Buning ustiga, vakolatli davlat organlari TIV bilan kelishilgan holda ushbu hujjatlar qoidalarini qoʻllash tartibini yozma shaklda tushuntiradilar. Tashqi siyosat idorasi хalqaro shartnomalar bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatadi va rejali asosda inventarizatsiya qilinishini ta’minlaydi. Toʻrtinchidan, хalqaro shartnomalar va bunday shartnoma boʻlmagan hujjatlarning mazmuni va yuridik kuchi belgilab qoʻyildi. Deklaratsiyalar, bayonotlar, kommyunike, anglashuv memorandumlari, ahdlashuv bayonnomalari, hamkorlik rejalari va dasturlarini tuzish tashabbusi bilan chiqish va imzolash tartibi хalqaro shartnomalarga oʻхshash boʻlsa ham, ular yuridik majburiyat yuklovchi qoidalarni oʻz ichiga olmaydi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 7.02.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
47
2,790
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, salomatliklarini muhofaza qilish hamda ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 33-son, 679-modda) 3-bandidagi va 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “2019/2020 o‘quv yilidan boshlab” so‘zlari “2024/2025 o‘quv yilidan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
229
899
Qonunchilik
Boshqa joylardan kelganlarga vaqtinchalik bir martalik ish uchun guvohnoma beriladi
Vazirlar Mahkamasining 26.02.2016 yildagi 54-son qarori bilan pasport-viza rejimiga rioya qilish tartibi mustahkamlanganligi va uy-joy fondidan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda1 endi belgilanishicha, boshqa joylardan kelgan fuqarolarga tegishli guvohnoma beriladi. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtish muddatiga, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi, biroq 6 oydan ortiq boʻlishi mumkin emas. Guvohnomani olish uchun Markazga quyidagilar taqdim qilinadi: ariza; asl nusхa koʻrsatilgan holda pasportning nusхasi; 3 x 4 sm oʻlchamli toʻrtta fotosurat; ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldirilgan soʻrovnoma. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan va vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan fuqarolar turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini ham taqdim qilishlari kerak. Guvohnoma barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida beriladi. E’tibor bering! Qabul qilingan oʻzgartirishlar faqat vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan band shaхslarga tatbiq etiladi hamda doimiy asosda ishlayotgan fuqarolarga taalluqli emas. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi. ________________ 1 Vazirlar Mahkamasining 18.05.2001 yildagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan.
84
1,884
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq: 1. 2021-yil 15-iyulda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin. 2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilansin. 3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida Pokiston tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin. 4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
1,094
Qonunchilik
Qachon valyutada haq toʻlash majburiy?
Tahririyatimizga oʻquvchidan quyidagicha savol kelib tushdi: «Prezidentning 02.12.2016 yildagi PF–4861-son Farmoniga koʻra (keyingi oʻrinlarda – PF–4861-son Farmon) 2017 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehmonхonalarda va boshqa joylashtirish joylarida хorijiy fuqarolarga hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, joylashtirish boʻyicha хizmatlarga, shu jumladan, turizm faoliyati sub’yektlari orqali haq toʻlash faqat erkin almashtiriladigan valyutada (keyingi oʻrinlarda - EAV) amalga oshiriladi. Shu bois sayyohlik kompaniyamizda quyidagi savollar yuzaga keldi: 1. Agar sayyohlik kompaniyasi PF–4861-son Farmon kuchga kirgunga qadar 2017 yil uchun mehmonхona хizmatlariga haq toʻlagan boʻlsa, mehmonхona pullarimizni bizga qaytarib berishga va хizmatlari uchun EAVda haq toʻlashni talab etishga haqlimi? PF–4861-son Farmon talablari bizning tashkilot va mehmonхona oʻrtasida Farmon amalga kiritilgunga qadar tuzilgan shartnomalarga ham tatbiq etiladimi? 2. Agar kompaniyamiz  2017 yil uchun mehmonхona хizmatlariga 2016 yilning dekabr oyida haq toʻlasa, хizmatlar uchun qaysi valyutada haq toʻlash zarur?». Tushunarliroq boʻlishi uchun ikkala savolni alohida-alohida koʻrib chiqamiz. Birinchi savolga javob Mehmonхonaning sayyohlik kompaniyasi tomonidan 2017 yilda хorijiy sayyohlarni joylashtirish uchun Prezident Farmoni e’lon qilingunga qadar milliy valyutada oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha harakatlari va EAVda haq toʻlash boʻyicha  talabi gʻayriqonuniydir. Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi, qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno («Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 31-moddasi). Bu PF–4861-son Farmonning normalari uning amalga kiritilguniga qadar tomonlarda kelib chiqqan shartnomaviy  munosabatlarga tatbiq etilmasligini bildiradi. Qolaversa, хizmatlar uchun milliy valyutada haq toʻlashga taqiq 1.01.2017 yildan keyin yuzaga keladigan munosabatlarga taalluqlidir. Shu bois, agar mehmonхona bilan shartnomaga asosan sayyohlik kompaniyasi oʻz sayyohlarining 2017 yilda yashashi uchun milliy valyutada pul toʻlagan boʻlsa, mehmonхona oʻz majburiyalarini bajarishi shart (FKning 236-moddasi, «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 14-moddasi, keyingi oʻrinlarda – Qonun). Mehmonхona bir tomonlama tartibda shartnoma shartlarini oʻzgartirishi, aynan toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish va 2017 yil uchun хizmatlarga EAVda haq toʻlashni talab qilishga haqli emas (Qonunning 7-moddasi 1-qismi 2-хatboshisi va 15-moddasi 3-qismi). Ikkinchi savolga javob Agar shartnoma tuzilgan boʻlsa, siz 2017 yil uchun mehmonхona хizmatlariga 2016 yilning dekabr oyida milliy valyuta — soʻmda haq toʻlash huquqiga egasiz. Haqiqatan, 2017 yilning 1 yanvaridan chet ellik sayyohlarning sayyohlik faoliyati sub’yektlari tomonidan joylashtirilishi uchun хizmatlarga haq toʻlash faqat EAVda amalga oshirilishi lozim boʻlgan tartib joriy etilmoqda. Ta’kidlash joizki, mazkur normada хizmatlar uchun haq toʻlash fakti  haqida gap bormoqda, ularni bajarish хususida emas. 2017 yilning 1 yanvarigacha  sayyohlik kompaniyasi va mehmonхona oʻrtasidagi barcha hisob-kitoblar mehmonхona хizmatlarni 2017 yilda koʻrsatishidan qat’i nazar faqat milliy valyutada amalga oshirilishi shart («Valyutani tartibga solish  toʻgʻrisida»gi Qonunning 18-modda 1-qismi). Bunda qayd qilish joizki, mehmonхona tomonidan хizmat koʻrsatilishi va 2016 yilning dekabr oyida shartnoma tuzilishi uning majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi. Mehmonхona tomonidan ommaviy oferta joylashtirilgan hollar bundan mustasno, u akseptlangan taqdirda mehmonхona haqni qabul qilishi va хizmatlar koʻrsatishi shart boʻladi (FKning 377-moddasi). Timur Moʻminov, ekspertimiz. Mavzuga oid materiallar: Oʻzbekiston qator mamlakatlar uchun viza rejimini bekor qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi barchani birlashtirdi
38
4,104
Qonunchilik
Agroklasterga yangi tartib belgilandi
Prezidentning 11 dekabrdagi meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish toʻgʻrisidagi qarori imzolandi. Ayni paytda Jizzaх, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarining 8 ta tumanida jami 41 ta meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi qishloq хoʻjaligi birlashmalari tashkil etilgan. Kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida 2020 yilda Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarining 22 ta tumanida 31 ta, 2021 yilda respublika boʻyicha 100 ta qishloq хoʻjaligi birlashmalari tashkil etiladi. Qishloq хoʻjaligida klasterlar va kooperatsiya tizimini yangi qoidalar boʻyicha rivojlantirishga qaror qilindi, хususan: Qishloq хoʻjaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari sifatida quyidagilar amalga oshiriladi: birinchidan, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarni uch tomonlama kelishuv ishtirokchisi boʻlgan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar orqali aylanma mablagʻlar bilan ta’minlash, yangi bogʻ, tokzor va issiqхonalar barpo etish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash ob’yektlarini yaratish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha moliyaviy koʻmak nazarda tutiladi. Ularga 20 mlrd soʻmgacha miqdordagi kreditlar boʻyicha foiz stavkasining MBning qayta moliyalash stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismiga kompensatsiya yoki kredit summasining 50%i miqdorida kafillik taqdim etiladi; ikkinchidan, intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadigan banklarga ushbu loyihalar uchun kreditlar ajratishda bogʻ va tokzorlar hosilga kirgunga qadar (turiga koʻra) asosiy qarz boʻyicha imtiyozli davr belgilash tavsiya etildi; uchinchidan, Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi; toʻrtinchidan, quyidagichalar amalga oshiriladi: beshinchidan, 2020-2021 yillarda oʻrmon fondining oʻzlashtirilmagan yer uchastkalarida yangidan barpo etilgan va ijaraga berilgan yongʻoq mevali bogʻlar (pista, bodom, yongʻoq) egallagan maydonlarga 5 yil davomida ijara toʻlovining «nol» stavkasi qoʻllaniladi.  Yuqorida sanab oʻtilgan mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga boshqa manbalar, shu jumladan Davlat byudjeti, vazirlik va idoralar huzuridagi jamgʻarmalar hamda oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari hisobidan moliyaviy koʻmak beriladi. 2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida: Monitoring natijalarini umumlashtirish asosida 2021 yil 1 martga qadar yer uchastkalaridan samarasiz foydalanayotgan yer uchastkalari egalariga nisbatan хalq deputatlari tuman kengashlarining qarorlariga asosan choralar koʻrish meхanizmi ishlab chiqiladi. Oleg Zamanov.
37
3,115
Qonunchilik
KIChIK VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh BO‘YIChA RESPUBLIKA MUVOFIQLAShTIRUVChI KENGAShI FAOLIYATINI FAOLLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirishga doir vazifalardan kelib chiqqan holda kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, tadbirkorlar faoliyatini faollashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarining ishonchli kafolatini ta’minlash, kichik va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonovga Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini sust tashkil etganligi ko‘rsatib o‘tilsin. 4. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi o‘z faoliyatida e’tiborni quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratsin: qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilinishi ustidan monitoring o‘tkazish, tadbirkorlarning ular faoliyatiga hokimiyat va boshqaruv organlarining asossiz aralashuvidan ishonchli himoya qilinishini ta’minlash; tadbirkorlarga kredit va kichik kredit olishda ko‘maklashish, investitsiya loyihalari va takliflari tanlov asosida saralab olinishini ta’minlash; tadbirkorlarga moddiy-texnika resurslari olishda hamda ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishda ko‘maklashish; kichik biznes korxonalarini rivojlantirish monitoringini amalga oshirish, mavjud muammolarni chuqur o‘rganish hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga va uni rivojlantirishni rag‘batlantirishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; tadbirkorlar o‘rtasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish, kichik biznes uchun konsalting, lizing, sug‘urta xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish tizimini rivojlantirish; kichik biznes subyektlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha bozor infratuzilmasi tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish. 5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi ishchi organi funksiyalarining tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga oid qismi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuklansin. 6. Adliya vazirligi tuzilmasida Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa — tegishli bo‘limlar tashkil etilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-fevraldagi 116-son qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov boshchiligida” so‘zlari chiqarib tashlansin. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-iyuldagi 335-f-son farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-martdagi 118-f-son farmoyishi 1-bandining birinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
154
3,078
Qonunchilik
Maktabgacha hamda umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoniga hamda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Maktabgacha hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin, xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti deb ataladi) faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom talablari: a) quyidagi davlat organlari va tashkilotlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi; O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari; tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z bo‘ysunuvidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tekshirishlar bo‘yicha) faoliyati doirasida; b) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida; v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida; g) tergovga qadar tekshiruvlar hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida; d) maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: tekshirishga vakolatli organlar — maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari; tekshirish — maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini tekshirishga vakolatli organlarning bir marta nazorat qilishi; rejali tekshirish — tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan o‘tkaziladigan tekshirish; rejadan tashqari tekshirish — tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalida belgilanmagan holda o‘tkaziladigan tekshirish; nazorat tartibida tekshirish — maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qonun buzilishlarini bartaraf etishi ustidan tekshirishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiradigan tekshirish. 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsadi maktabgacha ta’lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli va mas’uliyatini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sifatli ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 5. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning vazifalari hisoblanadi: maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini, pedagoglarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish; qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish; amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishini tashkil etish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; davlat organlari va tashkilotlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish. 6. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: tarbiyalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan; yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari tomonidan; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan; er, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 7. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: rejali tekshirish; rejadan tashqari tekshirish; nazorat tartibida tekshirish. 8. Maktabgacha ta’lim muassasalarida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan qo‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxati, ularning manzili, to‘liq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq ko‘rsatgan holda tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi. Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi bo‘yicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari bilan tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga har yili 25-dekabrga qadar yetkazib beriladi. Agar tekshirishlarning yillik reja-jadvali tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilangan muddatlarda asossiz ravishda tasdiqlashdan bosh tortilsa, tekshirishga vakolatli organlar hamda ularning hududiy bo‘linmalari yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasiga muvofiq tekshiruvni amalga oshirishga haqli. 10. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish davriyligi uchun belgilangan muddatda bir martadan ortiq rejali tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yangi tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlar o‘tkazilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno. 11. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 12. Tekshirishlar reja-jadvali loyihasi: tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarga — tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati tomonidan; tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalariga — tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etiladi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. 13. Quyidagi hollarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari yillik tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi: maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish uchun belgilangan muddatlar inobatga olinmagan bo‘lsa; maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirishlarning yillik reja-jadvalini shakllantirishning qoidalari buzilgan bo‘lsa; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tugatilgan yoki tugatish jarayonida bo‘lsa; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining reja-jadvalga kiritilishi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa. 14. Tasdiqlangan yillik tekshirishlar reja-jadvali tekshirishga vakolatli organlar, tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. 15. Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan: maktabgacha ta’lim tashkiloti tugatilayotganida; tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirishni so‘rab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda; maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor o‘rganish talab etilganda; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillarning paydo bo‘lishi, sanitariya-epidemiologik vaziyat murakkablashishi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud bo‘lganda; bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari uchun maxsus ish o‘rinlari zaxira qilinganligi, majburiy mehnatning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, baxtsiz hodisalarni tekshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish maqsadida; maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligiga va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjudligi aniqlanganda yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlarining erishgan yutuqlari oldin erishilgan yutuqlaridan past bo‘lgan taqdirda; tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi ma’muriy vazifalarni amalga oshirayotganida maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda; ommaviy axborot vositalari yoki Internet jahon axborot tarmog‘idagi manbalarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkiliy-boshqaruv, o‘quv-metodik, ma’naviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bo‘lganda amalga oshiriladi. 16. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirishlar muddati 10 kundan oshmasligi kerak. 17. Nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar tomonidan faqat ularning o‘zlari ilgari o‘tkazgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan holatlar bo‘yicha va muddatlarda yoki tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarini kamida 10 kalendar kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda 5 kalendar kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. 18. Ilgari o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, nazorat tartibida o‘tkaziladigan tekshirishlar ilgari tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab olti oydan oshib ketishi mumkin emas. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazishga to‘sqinlik qilinishi mumkin emas. 19. Rejali tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma; tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i; tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa. 20. Rejadan tashqari tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i; tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa. 21. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 22. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan rejali tekshirish o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xat yuboriladi. Tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan rejali tekshirish o‘tkazish haqidagi rasmiy xat olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay o‘z tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beriladi hamda tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnoma yuboriladi. 23. Tekshirishga vakolatli organlar buyruq asosida tekshirishlarni amalga oshirishni o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga topshirishga haqli. Tekshirishga ularning boshqa hududiy bo‘linmalari xodimlari, mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan filiallari faoliyatini tekshirishlar ular tarkibiga kiradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan tekshirishlar doirasida amalga oshiriladi, rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno. 24. Tekshirishni amalga oshirishdan oldin tekshirishga vakolatli organ tomonidan tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi. Tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ida tekshiriladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti nomi, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr, tekshirish o‘tkazish muddati va tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat nomi, raqami va sanasi ko‘rsatiladi hamda tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilinadi. Tekshirish jarayonida tekshirishga vakolatli organning vakolatlari va tekshirish dasturi yoki savolnomasida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmaydi. 25. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari tekshirish boshlanishidan oldin maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorini (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga o‘z xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarning (tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma, tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i va tekshirish dasturi yoki savolnomasi) nusxalarini topshiradi. 26. Tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomani maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirish boshlangan payt hisoblanadi. 27. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini to‘ldirishi shart. Texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda majburiy tartibda Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarining elektron shakli to‘ldiriladi. Bunda daftarning qog‘oz shaklini to‘ldirish talab etilmaydi. 28. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarining to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi) yoki daftar taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risida tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. 29. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda, maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 30. Tekshirishga vakolatli organ tomonidan ilgari tekshirilgan masalalar bo‘yicha qayta tekshirish hamda bir yilda bir martadan ortiq nazorat tartibidagi tekshirishlar o‘tkazilmaydi. 31. Tekshirishni belgilangan muddatda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda, jumladan, tekshirishda ishtirok etishi lozim bo‘lgan shaxs ishtirok eta olmagan, tekshirish o‘tkazish uchun talab qilingan hujjatlar maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilmagan yoki zarur mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tekshirish to‘xtatilib, belgilangan tartibda boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin. 32. Muddati ko‘chirilgan tekshirishni o‘tkazish tekshirish to‘xtatilgan oydan keyingi oyning so‘nggi kunidan kechiktirmasdan ta’minlanishi lozim. 33. Tekshirishlar natijalari kamida ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuman (shahar) yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida umumlashtirilishi mumkin. 34. Bir kun muddatda o‘tkaziladigan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirish o‘tkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq bo‘lgan tekshirish bo‘yicha esa tekshirish muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart. 35. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxalari tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazayotgan mas’ul xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktoriga (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari vakili tomonidan imzolanadi. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) bir nusxasi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktoriga (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari vakiliga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydirib topshiriladi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Tekshirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘tkazilgan tekshirish natijasi bo‘yicha o‘z e’tirozlarini dalolatnomada (ma’lumotnomada) yozma ravishda aks ettirishi mumkin. Tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti vakili tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi bu haqda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Bunday holatda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasi bir ish kuni davomida maktabgacha ta’lim tashkilotiga yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirishga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olib boriladi. 36. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) quyidagilar o‘z aksini topadi: tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va umumiy xulosa; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari va ularning muddati; tekshirish jarayonida aniqlangan qonun va qoida buzilishi holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan ta’sir choralari. 37. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) nusxasi tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tegishliligi bo‘yicha: tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalariga; hududiy hokimliklarga yoki kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli sektorlarga kiritilishi mumkin. Ular o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim. Tekshirish jarayonida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, bu haqidagi ma’lumotlar tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) kiritilib, uning bir nusxasi dalolatnoma (ma’lumotnoma) imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay tekshirishga vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. 38. Tekshirish o‘tkazish vaqtida maktabgacha ta’lim tashkilotlari advokat xizmatidan foydalanishi mumkin. 39. Tekshirishga vakolatli organlar asosli sabablarga ko‘ra tekshirish o‘tkazish imkoni bo‘lmagan yoki zarurati qolmagan (tugatilganligi sababli moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan yakuniy tekshirish o‘tkazilgan, jinoyat ishi yuzasidan tekshirilgan, boshqa muassasaga qo‘shilgan, faoliyat yuritmayotgan, tekshirish davrida tekshiriladigan obyekt mavjud bo‘lmagan va hokazo) maktabgacha ta’lim tashkilotilarini tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarish to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalariga taklif kiritib boradilar. 40. O‘tkazilgan tekshirish natijalaridan norozi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori tashkilotlariga, sudga yoki prokuratura organlariga murojaat qilish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori tashkilotlariga murojaat etgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organlar tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari bilan qo‘shimcha ravishda kelishmasdan, faqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining murojaatlarida ko‘rsatilgan nizoli masalalar yuzasidan aniqlik kiritadilar. 41. Tekshirishga vakolatli organlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega: maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tekshirishni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish; tekshirish jarayoni bilan bog‘liq zarur hujjatlardan nusxa olish; vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalariga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani kiritish; tekshirish jarayoniga tegishli mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish; ushbu Nizomning 31-bandda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, tekshirishlarning muddatini ko‘chirish to‘g‘risida taklif kiritish. Tekshirishga vakolatli organlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 42. Tekshirishga vakolatli organlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur: maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etish; maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga xalaqit bermaslik; Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini belgilangan tartibda to‘ldirish; tekshirishlar natijalari to‘g‘risida dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtirish, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni maktabgacha ta’lim tashkilotida qoldirish; tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari haqida tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda yuqori turuvchi organlarga xabar berish. Tekshirishga vakolatli organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. 43. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega: faoliyati rejali tekshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish; tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarni talab qilish; tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik; tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallarni taqdim etmaslik; tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish; tekshirishga asos bo‘ladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador bo‘lmagan har qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 44. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur: tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarga ega bo‘lgan tekshirishga vakolatli organlarni maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga kiritish; tekshirishga vakolatli organlarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etish; tekshirish jarayoniga xalaqit bermaslik, tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishni samarali o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish; tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan qoidabuzarlik holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. 45. Tekshirishga vakolatli organlarning rahbarlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tekshirish o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarning ishonchliligi hamda tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining o‘z vakolatlari doirasidan chiqmasligi uchun javobgar hisoblanadi. 46. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishlar ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkazilganligi tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan doimiy ravishda monitoring olib boriladi. Tekshirishlar bo‘yicha monitoring maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan rejali, rejadan tashqari va nazorat tartibida o‘tkazilgan tekshirishlarning alohida ravishda hisobini yuritish, tekshirishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida noqonuniy tekshirish o‘tkazgan yoki tekshirish jarayonida o‘z vakolati doirasidan chiqqan tekshirishga vakolatli organlarning xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom davlat umumta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda umumta’lim muassasasi deb ataladi) faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom talablari: a) quyidagi davlat organlari va tashkilotlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi; O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari; tizimida umumta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z bo‘ysunuvidagi umumta’lim muassasalarini tekshirishlar bo‘yicha) faoliyati doirasida; b) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida; v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida; g) tergovga qadar tekshiruvlar hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida; d) umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: tekshirishga vakolatli organlar — umumta’lim muassasalari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari; tekshirish — umumta’lim muassasalari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini tekshirishga vakolatli organlarning bir marta nazorat qilishi; rejali tekshirish — tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan o‘tkaziladigan tekshirish; rejadan tashqari tekshirish — tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalida belgilanmagan holda o‘tkaziladigan tekshirish; nazorat tartibida tekshirish — umumta’lim muassasalarining ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qonun buzilishlarini bartaraf etishi ustidan tekshirishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiradigan tekshirish. 4. Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda umumta’lim muassasalarining roli va mas’uliyatini kuchaytirish, o‘quvchilarga davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli ta’lim berilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, umumta’lim muassasalaridagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 5. Quyidagilar umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishning asosiy vazifalari hisoblanadi: umumta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonining sifatini, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish; qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish; amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli ravishda ta’minlanishini tashkil etish; umumta’lim muassasalari faoliyatida kam samarali tekshirishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish; umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, o‘quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish; umumta’lim muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; davlat organlari va tashkilotlarining umumta’lim muassasalari faoliyati bilan bog‘liq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish. 6. Umumta’lim muassasalarida: umumta’lim muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan; yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, o‘quvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari tomonidan; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; er, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, o‘quvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 7. Umumta’lim muassasalarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: rejali tekshirish; rejadan tashqari tekshirish; nazorat tartibida tekshirish. 8. Umumta’lim muassasalarida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan qo‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda umumta’lim muassasalarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi umumta’lim muassasalari ro‘yxati, ularning manzili, to‘liq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq ko‘rsatgan holda tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi. Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi bo‘yicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari bilan tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha umumta’lim muassasalariga har yili 25-dekabrga qadar yetkazib beriladi. Agar tekshirishlarning yillik reja-jadvali tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilangan muddatlarda asossiz ravishda tasdiqlashdan bosh tortilsa, tekshirishga vakolatli organlar hamda ularning hududiy bo‘linmalari yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasiga muvofiq tekshiruvni amalga oshirishga haqli. 10. Umumta’lim muassasalarining faoliyatini tekshirishlar davriyligi umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha tuman (shahar) miqyosida tuzilgan reytingda (keyingi o‘rinlarda reyting deb ataladi) egallab turgan o‘rniga mutanosib ravishda belgilanadi. 11. Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish davriyligi uchun belgilangan muddatda bir martadan ortiq rejali tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yangi tashkil etilgan umumta’lim muassasalarida dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlar o‘tkazilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno. 12. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 13. Tekshirishlar reja-jadvali loyihasi: tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarga –tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati tomonidan; tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalariga — tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etiladi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. 14. Quyidagi hollarda umumta’lim muassasalari yillik tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi: umumta’lim muassasasi faoliyatini tekshirish uchun belgilangan muddatlar inobatga olinmagan bo‘lsa; umumta’lim muassasasining reytingda egallab turgan o‘rni inobatga olinmagan bo‘lsa; umumta’lim muassasalari tugatilgan yoki tugatish jarayonida bo‘lsa; umumta’lim muassasalarining reja-jadvalga kiritilishi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa. 15. Tasdiqlangan yillik tekshirishlar reja-jadvali tekshirishga vakolatli organlar, tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ular hududiy bo‘linmalarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. 16. Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan: umumta’lim muassasasi tugatilayotganida; tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tizimidagi umumta’lim muassasasi faoliyatini tekshirishni so‘rab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda; umumta’lim muassasasi faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor o‘rganish talab etilganda; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagoglar va o‘quvchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillarning paydo bo‘lishi, sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud bo‘lganda; bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari uchun maxsus ish o‘rinlari zaxira qilinganligi, majburiy mehnatning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, baxtsiz hodisalarni tekshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish maqsadida; umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligiga va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjudligi aniqlanganda yoki umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining erishgan yutuqlari oldin erishilgan yutuqlaridan yoki tuman (shahar) miqyosidagi reytingning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past bo‘lgan taqdirda; tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi ma’muriy vazifalarni amalga oshirayotganida umumta’lim muassasasi tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda; ommaviy axborot vositalari yoki Internet jahon axborot tarmog‘idagi manbalarda umumta’lim muassasalari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda; umumta’lim muassasalarida tashkiliy-boshqaruv, o‘quv-metodik, ma’naviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bo‘lganda amalga oshiriladi. 17. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan umumta’lim muassasalari faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirishlar muddati 10 kundan oshmasligi kerak. 18. Nazorat tartibida tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar tomonidan faqat ularning o‘zlari ilgari o‘tkazgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan holatlar bo‘yicha va muddatlarda yoki tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarini kamida 5 kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda 10 kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. 19. Ilgari o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, nazorat tartibida o‘tkaziladigan tekshirishlar ilgari tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab olti oydan oshib ketishi mumkin emas. Umumta’lim muassasasi tomonidan nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazishga to‘sqinlik qilinishi mumkin emas. 20. Rejali tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma; tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i; tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa. Rejadan tashqari tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i; tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa. 21. Umumta’lim muassasasi faoliyatini rejali tekshirish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 22. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan rejali tekshirish o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xat yuboriladi. Tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan rejali tekshirish o‘tkazish haqidagi rasmiy xat olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay o‘z tizimidagi umumta’lim muassasalariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beriladi hamda tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnoma yuboriladi. 23. Tekshirishga vakolatli organlar tekshirishlarni amalga oshirishni o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga topshirishga haqli. Tekshirishga ularning boshqa hududiy bo‘linmalari xodimlari, mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. 24. Umumta’lim muassasalarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan filiallari faoliyatini tekshirishlar ular tarkibiga kiradigan umumta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tekshirishlar doirasida amalga oshiriladi, rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno. 25. Tekshirishni amalga oshirishdan oldin tekshirishga vakolatli organ tomonidan tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi. Tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ida tekshiriladigan umumta’lim muassasasi nomi, tekshirishning maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr, tekshirish o‘tkazish muddati va tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatning nomi, raqami va sanasi ko‘rsatiladi hamda tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilinadi. Tekshirish jarayonida tekshirishga vakolatli organning vakolatlari va tekshirish dasturi yoki savolnomasida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmaydi. 26. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari tekshirish boshlanishidan oldin umumta’lim muassasasi rahbarini (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga o‘z xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarning (tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma, tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i va tekshirish dasturi yoki savolnomasi) nusxalarini topshiradi. 27. Tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan umumta’lim muassasasiga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan umumta’lim muassasasining ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Tekshirilayotgan umumta’lim muassasasi ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan umumta’lim muassasasi rahbari (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolaydigan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomani umumta’lim muassasasi rahbari (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi. 28. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari umumta’lim muassasasi tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini to‘ldirishi shart. Texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda majburiy tartibda Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarining elektron shakli to‘ldiriladi. Bunda daftarning qog‘oz shaklini to‘ldirish talab etilmaydi. 29. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarining to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi) yoki daftar taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risida tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. 30. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda, umumta’lim muassasasida tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 31. Tekshirishga vakolatli organ tomonidan ilgari tekshirilgan masalalar bo‘yicha qayta tekshirish hamda bir yilda bir martadan ortiq nazorat tartibidagi tekshirishlar o‘tkazilmaydi. 32. Tekshirishni belgilangan muddatda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda, jumladan, tekshirishda ishtirok etishi lozim bo‘lgan shaxs ishtirok eta olmagan, tekshirish o‘tkazish uchun talab qilingan hujjatlar umumta’lim muassasasi tomonidan taqdim etilmagan yoki zarur mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tekshirish to‘xtatilib, belgilangan tartibda boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin. 33. Muddati ko‘chirilgan tekshirishni o‘tkazish tekshirish to‘xtatilgan oydan keyingi oyning so‘nggi kunidan kechiktirmasdan ta’minlanishi lozim. 34. Tekshirishlar natijalari kamida ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Umumta’lim muassasalarini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuman (shahar) yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida umumlashtirilishi mumkin. 35. Bir kun muddatda o‘tkaziladigan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirish o‘tkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq bo‘lgan tekshirish bo‘yicha esa tekshirish muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart. 36. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxalari tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazayotgan mas’ul xodimlari va umumta’lim muassasasi rahbari (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari vakili tomonidan imzolanadi. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) bir nusxasi umumta’lim muassasasi rahbariga (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari vakiliga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydirib topshiriladi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Tekshirilgan umumta’lim muassasasi vakili o‘tkazilgan tekshirish natijasi bo‘yicha o‘z e’tirozlarini dalolatnomada (ma’lumotnomada) yozma ravishda aks ettirishi mumkin. Tekshirilayotgan umumta’lim muassasasi vakili tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi bu haqda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) tegishli yozuvni kiritadi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Bunday holatda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasi bir ish kuni davomida umumta’lim muassasasiga yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirishga vakolatli organning ichki idoraviy hujjati bilan belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi. 37. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) quyidagilar o‘z aksini topadi: tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va umumiy xulosa; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari va ularning muddati; tekshirish jarayonida aniqlangan qonun va qoida buzilishi holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan ta’sir choralari. 38. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) nusxasi tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tegishliligi bo‘yicha: tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalariga; hududiy hokimliklarga yoki kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli sektorlarga kiritilishi mumkin. Ular o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim. Tekshirish jarayonida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, bu haqidagi ma’lumotlar tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) kiritilib, uning bir nusxasi dalolatnoma (ma’lumotnoma) imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay tekshirishga vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda tegishliligi bo‘yicha hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. 39. Tekshirish o‘tkazish vaqtida umumta’lim muassasalari advokat xizmatidan foydalanishi mumkin. 40. Tekshirishga vakolatli organlar asosli sabablarga ko‘ra tekshirish o‘tkazish imkoni bo‘lmagan yoki zarurati qolmagan (tugatilganligi sababli moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan yakuniy tekshirish o‘tkazilgan, jinoyat ishi yuzasidan tekshirilgan, boshqa muassasaga qo‘shilgan, faoliyat yuritmayotgan, tekshirish davrida tekshiriladigan obyekt mavjud bo‘lmagan va hokazo) umumta’lim muassasalarini tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarish to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga taklif kiritadilar. 41. O‘tkazilgan tekshirish natijalaridan norozi bo‘lgan umumta’lim muassasalari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori turuvchi tashkilotiga, sudga yoki prokuratura organlariga murojaat qilish huquqiga ega. Umumta’lim muassasalari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori turuvchi tashkilotlariga murojaat etgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organlar tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari bilan qo‘shimcha ravishda kelishmasdan, faqat umumta’lim muassasalarining murojaatlarida ko‘rsatilgan nizoli masalalar yuzasidan aniqlik kiritadilar. 42. Tekshirishga vakolatli organlar umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega: umumta’lim muassasalaridan tekshirishni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish; tekshirish jarayoni bilan bog‘liq zarur hujjatlardan nusxa olish; vakolatlari doirasida umumta’lim muassasalarida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalariga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani kiritish; tekshirish jarayoniga tegishli mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish; ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, tekshirishlarning muddatini ko‘chirish to‘g‘risida taklif kiritish. Tekshirishga vakolatli organlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 43. Tekshirishga vakolatli organlar umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur: umumta’lim muassasalariga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etish; umumta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonlariga xalaqit bermaslik; Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini belgilangan tartibda to‘ldirish; tekshirishlar natijalari to‘g‘risida dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtirish, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni umumta’lim muassasasida qoldirish; tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda yuqori turuvchi organlarga xabar berish. Tekshirishga vakolatli organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. 44. Umumta’lim muassasalari tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega: faoliyati rejali tekshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish; tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarni talab qilish; tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik; tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallarni taqdim etmaslik; tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish; tekshirishga asos bo‘ladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador bo‘lmagan har qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish. Umumta’lim muassasalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘
120
63,042
Qonunchilik
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq va boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, yuqori malakali boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati isloh qilindi, shuningdek, Akademiya huzurida mamlakatimizning istiqbolli yosh mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va malakasini oshiradigan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi. Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda davlat hokimiyatini yanada demokratlashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tanlab olish va tayyorlash, ularning zaxirasini shakllantirish tizimini, jumladan bu borada zamonaviy yondashuvni ishlab chiqish orqali takomillashtirishni taqozo etmoqda. Istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar: Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq; Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki: tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan (45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin; Respublika komissiyasi tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarga vazirlik va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, shuningdek, yetakchi olim va mutaxassislarni, jumladan xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etish huquqiga ega; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi; tanlovning xolisona va shaffof o‘tkazilishi, shuningdek, nomzodlarning sifatli va xolisona tanlab olinishi, qo‘yiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik Respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi. 4. Belgilab qo‘yilsinki: davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi; tanlov g‘oliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi; tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida uch oy muddatlik stajirovka o‘taydi; tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek ish bilan ta’minlanganidan so‘ng, tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida bir oy muddatlik stajirovka o‘taydi; rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘tagan tanlov g‘oliblari va final bosqichining ishtirokchilari zimmasiga ularni stajirovkaga yuborgan davlat tashkilot bilan tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan muddat davomida shu tashkilotda ishlab berish majburiyati yuklatiladi; tanlov g‘oliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash, tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘tashi yuzasidan chora-tadbirlarni ko‘rish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat bo‘yicha ko‘tarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Akademiya bilan birgalikda ikki oy muddatda: talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ishtirokchilarning so‘rovnomalarini ko‘rib chiqish, test va boshqa tanlov sinovlarini o‘tkazish, shuningdek, ularning natijalarini taqdim etish imkoniyatlariga ega bo‘lgan tanlovning maxsus veb-portalini yaratishni; axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlashni ta’minlasin. 6. Quyidagilar tanlovni o‘tkazishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: tanlov o‘tkazishni tashkil etish qismida — Akademiyaga xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratiladigan budjet mablag‘lari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar; tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilariga bir martalik pul mukofotini to‘lash qismida — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar; tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha stajirovka o‘tashi qismida — birinchi navbatda davlat tashkilotlari — tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining ish beruvchilari mablag‘lari, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. tanlovning maxsus veb-portalini yaratish, axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash qismida — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. Innovatsion rivojlanish vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Akademiya bilan birgalikda tanlovni o‘tkazish doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin. 8. “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga: tanlov o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni; tanlov yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarning davlat, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi va e’lon qilinishini, shuningdek, keng tarqatilishini ta’minlash tavsiya etilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda tanlovni o‘tkazish yakunlari yuzasidan tanlov doirasida istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish tizimini takomillashtirish, jumladan talabgorlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: Davlat tashkilotlarida bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini tanlovning final bosqichi ishtirokchilari orasidan shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini; qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni, shuningdek, uning natijalarini keng yoritish, jumladan mavzuga oid maqolalar, turkum teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish tavsiya qilinsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R.S. Kasimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning yuqori malakali kadrlarini aniqlash va rag‘batlantirish; yetakchilik fazilatlari va boshqaruvchilik bilimlari yuqori darajada bo‘lgan istiqbolli rahbarlarni tanlash va qo‘llab-quvvatlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) uchun istiqbolli boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish. 3. Tanlov qonuniylik, xolislik, shaffoflik, kollegiallik va teng huquqlilik tamoyillari asosida o‘tkaziladi. 4. Tanlovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda tashkil qiladi va o‘tkazadi. 5. Tanlov ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan nominatsiyalar bo‘yicha har 3 yilda bir marta tashkil etiladi. 6. Tanlov mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha quyidagi to‘rt bosqichda o‘tkaziladi: tashkiliy bosqich (1-bosqich); onlayn saralash (2-bosqich); bevosita tur (3-bosqich); final (4-bosqich). 7. Tanlovning tashkiliy bosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tomonidan qatnashchilarni saralab olish uchun har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash; tanlov komissiyalari tomonidan qatnashchilarning so‘rovnomalarini o‘rganish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini shakllantirish va tasdiqlash. Ishchi guruhlari va ularning a’zolari tarkibi hamda miqdori har bir nominatsiya bo‘yicha berilgan buyurtmalar soniga bog‘liq bo‘ladi; onlayn saralash boshlanishidan qadar kamida bir oy oldin tanlovni o‘tkazish sanasi va shartlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shuningdek, “Taraqqiyot” veb-portali (keyingi o‘rinlarda — veb-portal)da davlat tili va rus tilida e’lon berish. 8. Tanlovning onlayn saralashbosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) qatnashchilarni veb-portalda elektron tarzda ro‘yxatga olish. Tanlovda ishtirok etish uchun veb-portalda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida 3 yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan(45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Talabgorning veb-portalda ro‘yxatdan o‘tishiuning tanlovni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi va ularni to‘liq ma’qullashini tasdiqlaydi. Har bir tanlov qatnashchisi faqat bir marta va bitta nominatsiya bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin; b) ro‘yxatga olingan qatnashchilar tomonidan veb-portaldaonlayn buyurtmanoma berish va tanlovda ishtirok etish uchun so‘rovnomalarni to‘ldirish. Tanlov qatnashchilari tomonidan taqdim etiladigan buyurtmanoma qaysi nominatsiyaga taalluqli ekanligini ular mustaqil ravishda tanlaydilar. Ishchi guruh buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishda ishtirokchi tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatilgan tegishli sohadagi ish tajribasiga qarab nominatsiyani o‘zgartirishni tavsiya etishga haqlidir. Tanlov qatnashchilari so‘rovnomada belgilangan shaklga muvofiq haqqoniyma’lumotlarni ko‘rsatishi shart. So‘rovnomaga bila turib yolg‘on axborotni kiritish ishtirokchini tanlovdan chetlatish uchun asos bo‘ladi. Talabgorlar tomonidan tanlovda qatnashishga buyurtma berish uchun so‘rovnomaning shakli Akademiya rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi; v) so‘rovnomalarni o‘rganish hamda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari uchun ishtirokchilarni saralab olish. Bunda, ishchi guruhlar a’zolari tanlov ishtirokchilaridan so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar tasdiqlanishini talab qilish huquqiga ega; g) saralab olingan qatnashchilarning ro‘yxatini veb-portalda e’lon qilish, bunda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari o‘tkazilgan sana ko‘rsatiladi; d) ishtirokchilarning intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlarini o‘tkazish. Uning yakunlari bo‘yicha olingan natijalar asosidatanlov komissiyalari o‘tish ballarini belgilaydi. O‘tish ballarini to‘plagan ishtirokchilar siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash bo‘yicha testlarga qo‘yiladi; e) siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash bo‘yicha testlarga qo‘yilgan ishtirokchilarning ro‘yxatini va uni o‘tkazish sanasini veb-portalda e’lon qilish; j) siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish. Uning yakunlari bo‘yicha olingan natijalar asosida tanlov komissiyalari o‘tish ballarini belgilaydi. O‘tish ballarini to‘plagan ishtirokchilar bevosita turga qo‘yiladi; z) bevosita turga qo‘yilgan ishtirokchilar ro‘yxatini, uni o‘tkazish sanasi va joyini veb-portalda e’lon qilish. 9. Ishtirokchilarning intellekt darajasi (IQ-test), psixologik barqarorlik, chet tillarni bilish hamda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash test sinovlari respublika mintaqalarida markazlashtirilgan tartibda onlayn rejimida o‘tkaziladi. 10. CEFR (Common European Framework of Reference) bo‘yicha kamida V2 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,5 ballga yoki TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 72 ballga muvofiq keladigan chet tilini egallaganlikni rasmiy ravishda tasdiqlovchi amaldagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tanlov ishtirokchilari chet tillarni bilish bo‘yicha test sinovidan ozod qilinadi. Ushbu ishtirokchilar uchun maksimal ball qo‘yiladi. 11. Tanlovning bevosita turi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) ishtirokchilar tomonidan nominatsiyaga qarab tanlangan mavzularning birida 5 ta masala bo‘yicha yozma tahliliy ma’ruza tayyorlash, unda tegishli soha (tarmoq)ning bugungi holati tahlil qilinishi va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar berilishi kerak. Tanlov komissiyalari ishtirokchilarning tahliliy ma’ruzalarini baholash yakunlari bo‘yicha: olingan natijalar asosida tegishli nominatsiya uchun o‘tish ballarini belgilaydi; qatnashchilardan uch yuz nafarini(har bir nominatsiya bo‘yicha kamida 18 kishi) saralab oladi; v) tashkilotchilik qobiliyatlari va boshqaruvchilik salohiyatini aniqlash yuzasidan ishtirokchilarni yozma test sinovidan o‘tkazish. Tanlov komissiyalari tashkilotchilik qobiliyatlari va boshqaruvchilik salohiyatini aniqlash yuzasidan yozma test sinovi natijalari bo‘yicha finalchilarni aniqlaydi, ularning umumiy soni 150 kishidan oshmasligi lozim. 12. Tanlov finali quyidagilarni o‘z ichiga oladi: guruhlarda vaziyatli vazifalar yechish; tanlangan nominatsiya bo‘yicha tanlov komissiyalari a’zolari bilan yakkama-yakka suhbat. 13. Qatnashchilarning guruhlarda vaziyatli vazifalar yechish va yakkama-yakka suhbat natijalarining yig‘indisi bo‘yicha 50 nafar qatnashchi tanlov g‘olibi deb topiladi, qolgan 100 nafar finalchi esa tegishli sohada boshqaruv kadrlari zaxirasiga qo‘shiladi. 14. Tanlov komissiyalari tanlov finali yakunlarini umumlashtiradi va ularni Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi. 15. Tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan qolgan finalchilarga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli to‘lanadi. 16. Tanlov ishtirokchilarining boshqaruvchilik mahorati darajasi, fikrlashning tizimliligi, yetakchilik sifatlari va o‘zgarishlarga moslashuvchanligi ularni baholash mezonlari hisoblanadi. 17. Respublika komissiyasi tanlov yakunlari chiqarilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida uning natijalarini, shuningdek, g‘oliblar hamda finalchilarni mukofotlash joyi va vaqti to‘g‘risidagi axborotni veb-portalda joylashtiradi. 19. Tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida uch oy muddatlik stajirovkadan o‘tadi. Tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek ish bilan ta’minlanganidan so‘ng, tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida bir oy muddatlik stajirovkadan o‘tadi. Zarur hollarda davlat davlat tashkilotlari o‘z mablag‘lari hisobidan tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarini xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkaga yuborishdan avval chet tillar bo‘yicha intensiv kurslardan o‘tishini ta’minlaydi. Tanlov g‘oliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash, tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkadan o‘tishiyuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat bo‘yicha ko‘tarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi. 20. Respublika komissiyasi tanlov komissiyalarining taqdimnomasiga ko‘ra har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov finali ishtirokchilari va g‘oliblari sonini, shuningdek, taqdim etilgan buyurtmanomalar soniga va tanlov qatnashchilarini saralab olish natijalariga qarab bevosita turda stajirovkadan o‘tish uchun tanlab olingan shaxslar sonini qayta ko‘rib chiqishga haqlidir. 21. Har bir nominatsiya bo‘yicha tuziladigan tanlov komissiyalari tanlovni tashkillashtirish va o‘tkazish yuzasidan ishchi organlari hisoblanadi. 22. Tanlov komissiyasining tarkibi sohadagi vazirliklar, idoralarning mutaxassislaridan, shuningdek, mustaqil ekspertlardan iborat tarkibdashakllantiriladi va Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 23. Tanlov komissiyasi tarkibiga komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, shuningdek, uning a’zolari kiradi. Tanlov komissiyasi a’zolarining soni toq sondan iborat bo‘lishi lozim. 24. Tanlov komissiyasi: ishtirokchilarning so‘rovnomalarini o‘rganish uchun tuzilgan ishchi guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi; ishtirokchilar tomonidan tanlov bo‘yicha sinovlar bajarilishini baholaydi; ishtirokchilarni tanlovning navbatdagi bosqichlariga qo‘yish, shuningdek, tanlov finalchilari va g‘oliblarini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi; tanlov ishtirokchilari tomonidan tanlovni o‘tkazish qoidalarini buzish hollari aniqlangan taqdirda, ularni tanlovdan chetlashtirish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni, shuningdek, tanlovga oid sinovlarni o‘tkazish tartib-qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Respublika komissiyasiga kiritadi. 25. Tanlov komissiyasining yig‘ilishi uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 26. Tanlov komissiyasining qarorlari a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 27. Tanlov komissiyasi qarorlari ikki nusxada tuziladigan va yig‘ilishda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadigan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 28. Tanlov komissiyalarining faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash Akademiya tomonidan amalga oshiriladi. 29. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish uchun Respublika komissiyasining qarori bilan apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi va ish reglamenti Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi. 30. Apellatsiya komissiyasiga ariza har bir tanlov bosqichida nazarda tutilgan sinovlarning natijalari e’lon qilingandan so‘ng uch kun ichida taqdim etiladi. 31. Apellatsiya komissiyasi qabul qilingan arizani uch kun mobaynida ko‘rib chiqishi va arizachining hozirligida asoslantirilgan qaror qabul qilishi lozim. 32. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
120
22,506
Qonunchilik
Alkogolli mahsulotlar ulgurji savdosi: sof tushumdan 5% – Jamgʻarmaga
Vazirlar Mahkamasining 30.03.2019 yildagi 271-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.  Korхonalarning alkogolli mahsulotlar ulgurji savdosi sof tushumidan 5% miqdoridagi ajratmalari Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalaridan biri hisoblanadi. Ajratmalar har oyda, keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Ushbu muddatga amal qilinmagan taqdirda penya – har bir kechiktirilgan kun uchun ajratmalarning kechiktirilgan summasining 0,01%i miqdorida, biroq kechiktirilgan majburiyatlar summasining 50%idan oshmagan miqdorda hisoblanadi.  Jamgʻarma soha loyihalarini turli yoʻllar bilan moliyalashtiradi. Birinchidan, Agentlik loyiha tashabbuskorlariga keyinchalik imtiyozli kreditlar berish uchun banklarga Jamgʻarma resurslarini taqdim etadi. Ular Agentlik bilan kelishgan holda beriladi, nima maqsadlar uchun berilishiga qarab shartlar belgilanadi: Ikkinchidan, Jamgʻarma хuddi shu maqsadlarga va хuddi shunday shartlarda qarz beradi. Ta’minot sifatida koʻchadigan va koʻchmas mulk garovi, uchinchi shaхslarning kafilligi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari qabul qilinadi. Bunda berilgan qarzlarning yillik summasi Jamgʻarmaga yillik tushumlarning 20%idan oshmasligi lozim. Qarz berish tartibi qishloq хoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.   Uchinchidan, uzumchilik va vinochilik bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan uzumning yangi seleksiya navlarini yaratish, uzumni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish va oʻrganish, shuningdek uzum, mevalar va reza mevalardan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sifatini yaхshilash uchun grantlar. Toʻrtinchidan, quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar: Subsidiyalar tomchilab sugʻorish tizimini joriy qilish, burgʻulash quduqlarini qurish holati boʻyicha ajratiladi. Ushbu holat Paхta хom ashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish teхnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga muvofiq tarkibdagi foydalanishga topshirish boʻyicha komissiyaning dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi. Grant yoki subsidiya olish uchun Agentlikka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qilish zarur. Unda yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soʻralayotgan mablagʻ maqsadlari, loyihani amalga oshirish joyi, bank muassasasi nomi va bankdagi hisobraqamini koʻrsatish kerak. Arizaga hujjatlar paketi ilova qilinadi. Hujjatlar 3 ish kuni mobaynida tekshiriladi, soʻng Grant va subsidiyalarni taqdim qilish kengashiga kiritiladi. Kengash qaror qabul qiladi, Agentlik tashabbuskorni bu haqda 1 ish kuni mobaynida хabardor qiladi. Ijobiy qaror qabul qilinganda Agentlik va tashabbuskor oʻrtasida shartnoma tuziladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
69
3,087
Qonunchilik
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKdan Navroʻz tuhfasi
Ichki yoʻnalishlarda e’lon qilingan chegirmalar:  Ushbu chegirmalar 2018 yilning 18, 19, 20, 21 va 22 mart kunlari amalga oshiriladigan barcha ichki qatnovlarda amal qiladi. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
50
202
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA KODEKSI
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi. Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini rag‘batlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat. Bojxona ishi O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish, boj to‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir. Bojxona ishi O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo bo‘shlig‘i bojxona hududini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo‘lishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning tegralari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Bojxona ishida O‘zbekiston Respublikasining bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olayotgan kuni amalda bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari qonunga xilof ravishda olib o‘tilgan taqdirda, tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o‘tilgan kuni amalda bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llaniladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Bojxona organlari bojxona ishi vazifalarini hal etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda davlatning o‘zga organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari bojxona organlari zimmasiga yuklangan vazifalarni hal etishda ko‘maklashishlari, shu jumladan bu vazifalarni hal etish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish orqali ularga ko‘maklashishlari shart. Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlariga taalluqli ayrim harakatlar o‘z nazoratlari ostida davlatning boshqa organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo kemalari o‘z bayrog‘iga ega bo‘ladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega bo‘ladi. Bayroq hamda farqlash belgisi to‘g‘risidagi Nizomni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 1) tovarlar — har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari, ushbu moddaning 4-bandida qayd etilgan transport vositalaridan boshqa transport vositalari, intellektual mulk obyektlari; 2) O‘zbekiston tovarlari — O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar; 3) chet el tovarlari — ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilmagan tovarlar; 4) transport vositalari — yo‘lovchilar va tovarlarni tashish uchun foydalaniladigan vositalar, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari; 5) tovarlar va transport vositalarini olib o‘tuvchi shaxslar — tovarlar va transport vositalarining mulkdorlari, ularning sotib oluvchilari, egalari yoxud ular bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan harakatlarni o‘z nomidan amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq yetarli bo‘lgan boshqacha tarzda ishtirok etuvchi shaxslar; 6) tashuvchi — tovarlarni amalda olib o‘tuvchi yoxud transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxs; 7) deklarant — tovarlarni olib o‘tuvchi, tovarlar va transport vositalarini o‘z nomidan deklaratsiyalovchi, ko‘rsatuvchi va taqdim etuvchi shaxs yoki tovar olib o‘tuvchi shaxs nomidan ish olib borayotgan bojxona brokeri; 8) bojxona chegarasidan olib o‘tish — tovarlar yoki transport vositalarini har qanday usulda, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarini yuborish, quvur transportidan hamda elektr uzatish liniyalaridan foydalanish yo‘li bilan bojxona hududiga olib kirish yoki olib chiqish harakatlarini amalga oshirish. Shunday harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: tovarlar yoki transport vositalari bojxona hududiga olib kirilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududidan olib kirilganda — bojxona chegarasidan amalda o‘tish; tovarlar yoki transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududiga olib chiqilganda — bojxona deklaratsiyasini taqdim etish yoki tovar yoxud transport vositalarini olib chiqish maqsadini amalga oshirishga bevosita qaratilgan o‘zga harakatni bajarish; 9) bojxona nazorati — qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmui; 10) bojxona ta’minlovi — bojxona organlari plombalar, muhrlar bosish, raqamli, harfli va boshqa markalar, qiyoslash belgilari qo‘yish, shtamplar bosish yo‘li bilan amalga oshiradigan tovarlar va transport vositalarini, binolar va boshqa joylarni qiyoslash vositasi; 11) bojxona rasmiylashtiruvi — tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash maqsadida bojxona organlarining mansabdor shaxslari amalga oshiradigan operatsiyalar majmui; 12) bojxona rejimi — O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui; 13) chiqishga ruxsat berish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan tovarlar yoki transport vositalarini shaxsning to‘la ixtiyoriga berishi; 14) shartli chiqarib yuborish — shaxsning belgilangan cheklashlar, talablar yoki shartlarga rioya qilish majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishi bilan bog‘liq holda tovarlar va transport vositalarini chiqarib yuborish; 15) iqtisodiy siyosat choralari — tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga doir cheklovlar bo‘lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek respublika iqtisodiyotining jahon xo‘jaligi bilan o‘zaro hamkorligini tartibga solib turuvchi boshqa choralarni o‘z ichiga oladi; 16) dastlabki qaror — tovarning tasnifi, uning boj qiymati, qaysi mamlakatda tayyorlanganligi, bojxona to‘lovlarining miqdoriga hamda bojxona ishiga oid boshqa masalalarga taalluqli bo‘lgan bojxona organi chiqargan qaror. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi. Barcha shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishda teng huquqlarga egadirlar. Tovarlar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Davlat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, ma’naviyat, inson hayoti va salomatligini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, O‘zbekiston Respublikasi hamda boshqa mamlakatlar xalqlarining badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlarni iste’mol qiluvchilarning manfaatlarini himoya qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanishi mumkin. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tish taqiqlangan tovarlar va transport vositalari, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida bu tovarlar va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilmagan bo‘lsa, darhol O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishi shart. Tovarlar va transport vositalarini olib chiqib ketishni yoki qaytarishni olib o‘tayotgan shaxs yoxud tashuvchi o‘z hisobidan amalga oshiradi. Tovarlar va transport vositalari darhol olib chiqib ketilmagan yoki qaytarilmagan taqdirda ular bojxona organiga qarashli bo‘lgan omborga vaqtincha saqlash rejimi ostida joylashtiriladi. Saqlash muddati uch sutka bo‘ladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan olib o‘tishdagi cheklovlar xalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining huquqni kamsituvchi yoki O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini kamsituvchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar joriy etilishi munosabati bilan tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs yoxud tashuvchi qiladigan xarajatlar bojxona organlari tomonidan to‘lanmaydi. Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tish joyi va vaqti bojxona organlari tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan, shu jumladan tovar sifatida olib o‘tiladigan transport vositalari bojxona organlari belgilaydigan joylarda to‘xtatiladi. Bu talab bajarilmagan taqdirda, bojxona organlari transport vositalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburlab to‘xtatishga haqli. Transport vositalarini to‘xtatib turish muddati va joyi bojxona organlari tomonidan tashuvchi bilan birgalikda aniqlanadi. Transport vositalarini to‘xtatib turish muddati bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid tarzda qisqartirilishi mumkin emas. Transport vositalarini to‘xtatib turish joylaridan jo‘natib yuborish bojxona organining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tish joyi va vaqti tashuvchi tomonidan tegishli bojxona organi bilan kelishib olinadi. O‘zbekiston Respublikasi valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar notijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soddalashtirilgan, imtiyozli tartibda olib o‘tishlari mumkin. Tovarlarning nimaga mo‘ljallanganligi ularning xususiyatlari va miqdoriga, tovarlarni olib o‘tish takrorlanib turishiga qarab, jismoniy shaxsning safari qanday vaziyatda kechayotganligini hisobga olib belgilanadi. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilib, bu imtiyozlar nima munosabat bilan berilgan bo‘lsa, shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalaridan faqat shu maqsadda foydalanishga va ularni tasarruf etishga yo‘l qo‘yiladi. Boshqa maqsadda ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga bojxona to‘lovlari to‘langan hamda ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish ularning bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi. Quyidagi turdagi bojxona rejimlari (bundan buyon matnda rejim) belgilanadi: 1) erkin muomalaga chiqarish (import); 2) reimport; 3) eksport; 4) reeksport; 5) tranzit; 6) vaqtincha olib kirish (olib chiqish); 7) vaqtincha saqlash; 8) bojxona ombori; 9) erkin bojxona zonasi; 10) erkin ombor; 11) boj olinmaydigan savdo do‘koni; 12) bojxona hududida qayta ishlash; 14) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash; 15) yo‘q qilish; 16) davlat foydasiga voz kechish. Shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar va transport vositalarining xususiyati, miqdori, qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani yoki qaysi maqsadga mo‘ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga o‘zgartirishga haqli. Rejimlarning qo‘llanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Erkin muomalaga chiqarish shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu erda doimiy qoladi. Rejim import bojlarini, soliqlarni va boshqa boj to‘lovlarini to‘lashni, iqtisodiy siyosat choralariga hamda boshqa chora-tadbirlarga rioya etishni nazarda tutadi. Reimport shunday rejimki, bunda eksport rejimida bojxona hududidan olib chiqilgan O‘zbekiston tovarlari import bojlarini, soliqlarni to‘lamasdan, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatlarda qayta olib kiriladi. Olib chiqilgan paytdan boshlab o‘n yil ichida bojxona hududiga qaytarib olib kirilgan, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlar hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hollarni istisno etganda, olib chiqilgan paytda qanday bo‘lsa, shunday holatda turgan tovarlar reimport rejimiga joylashtiriladi. Tovarlarni eksport rejimida olib chiqilayotganda to‘langan eksport boji va soliqlar summasi, bu tovarlar olib chiqilgan paytdan boshlab uch yil ichida reimport rejimida qaytarib olib kirilgan taqdirda, bojxona organining taqdimnomasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda qaytariladi. Tovarlar reimport qilinganda tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs tovarlarni olib chiqish chog‘ida to‘lov tarzida yoki boshqa imtiyozlar tufayli olgan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi. Eksport shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqiladi. Eksport rejimiga joylashtirilgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu hududdan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda turishi mumkin. Tovarlarni eksport rejimida olib chiqish eksport boji va boshqa bojxona to‘lovlari to‘langan, iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi. Eksport rejimida olib chiqilayotganda tovarlar soliqlardan ozod etiladi yoxud to‘langan soliqlar summasi qonun hujjatlariga muvofiq qaytarilishi lozim. Tovarlar eksport rejimida chiqarilayotganda tovarlar bojxona hududidan tashqariga, tovarlar holatining tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni istisno etganda, bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kunda qanday bo‘lsa, shunday holatda olib chiqilishi lozim. Reeksport shunday rejimki, bunda chet el tovarlari bojxona hududidan olib chiqiladi. Agar tovarlar bojxona organiga keyinchalik reeksport rejimida olib chiqib ketishga mo‘ljallangan tovar sifatidagina ma’lum qilingan bo‘lsa, ular bojxona hududiga olib kirilayotganda import bojlari, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmaydi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. Amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda import bojlari, soliqlar, shuningdek ular yuzasidan foizlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi. Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda eksport bojlari, soliqlar undirilmaydi, olib chiqish chog‘ida amal qilib turgan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda to‘langan import bojlari va soliqlar qaytarilishi va ayni bir paytda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim: reeksport qilinayotgan tovarlar olib kirilgan paytda qanday bo‘lsa, shunday holatda bo‘lsa, tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlar bundan mustasno; reeksport rejimida tovarlarni olib chiqish ular olib kirilgan paytdan boshlab ikki yil ichida amalga oshirilayotgan bo‘lsa; reeksport qilinayotgan tovarlardan daromad olish maqsadida foydalanilmagan bo‘lsa. Tranzit shunday rejimki, bunda tovarlar O‘zbekiston Respublikasining ikki bojxona organi o‘rtasida, shu jumladan chet davlat hududi orqali, boj, soliqlar undirilmasdan, shuningdek tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llanmasdan bojxona nazorati ostida olib o‘tiladi. Tovarlarni tranzit rejimida O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tish bojxona organining ruxsati bilan istalgan yo‘llar va yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) shunday rejimki, bunda bojxona hududida yoki undan tashqarida tovarlardan bojdan, soliqlardan to‘la yoki qisman ozod etilgan holda va tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtiriladigan tovarlar o‘zgartirmasdan qaytarilishi lozim, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlar bundan mustasno. Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni boj va soliqlar to‘lashdan to‘la yoki qisman ozod qilish qonun hujjatlarida belgilanadi. Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirishga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularni qayta olib chiqish yoki qayta olib kirish majburiyati taqdim etilgan, bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlangan, tovarlarning aynanligi ta’minlangan taqdirda bojxona organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirilmaydigan tovarlarning ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirish mumkin bo‘lgan muddat bojxona organlari tomonidan bunday olib kirish (olib chiqish)ning maqsadlari va holatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va uzaytiriladi, biroq tovarlar bunday rejimda turishining umumiy muddati ikki yildan oshmasligi kerak. Tovarlarning ayrim toifalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq ancha uzoqroq muddatlar belgilanishi mumkin. Tovar belgilangan muddat tugagunga qadar unga nisbatan vakolati bo‘lgan shaxs tomonidan bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoki u erga olib kirilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda tovar bojxona organi egalik qiladigan bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi. Agar tovarlar halokat oqibatida yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sirida yo‘q bo‘lganligi yoki mutlaqo yo‘qolganligi, tabiiy eskirishi yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayishi tufayli yetishmasligi yoxud chet davlat organlari yoki mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga xilof xatti-harakatlari natijasida shaxsning egaligidan chiqib ketganligi O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlansa, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaxs bojxona organlari oldida javobgar bo‘lmaydi. Vaqtincha saqlash shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar va transport vositalari bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab chiqarishga ruxsat berilgunga qadar tanlangan rejimga muvofiq bojxona omborida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan vaqtincha saqlanadi. Ushbu Kodeksga muvofiq vaqtincha saqlash rejimiga boshqa tovarlar va transport vositalari ham joylashtirilishi mumkin. Tovarlar va transport vositalarini vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirishda qisqa deklaratsiya qo‘llaniladi. Tovarlarning vaqtincha saqlash rejimida turish muddati ikki oydan oshmasligi lozim, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar ro‘yxati va ularni amalga oshirish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi. Bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar esa bojxona nazorati ostida ushbu Kodeksning 26-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi. O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tish man etilgan tovarlar hamda ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin emas. Tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat tovarlarning ayrim toifalari va ayrim shaxslar uchun qonun hujjatlari bilan cheklanishi mumkin, lekin u bir yildan kam bo‘lmasligi kerak. Belgilangan muddat tugagunga qadar tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxs tomonidan tovarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish so‘ralishi kerak. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda, tovar bojxona organiga qarashli bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi. Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar ro‘yxati va ularni amalga oshirish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi. Agar tovarlarni amalda chetga olib chiqish vaqtida to‘lovlardan ozod qilish yoki to‘langan summani qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport rejimiga ko‘ra olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar bojdan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud to‘langan summalar qaytariladi. Bu tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oydan kechikmay olib chiqilishi lozim. Tovarlar belgilangan muddatlarda amalda olib chiqilmagan taqdirda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor shunday rejimlarki, bunda chet el tovarlari muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, O‘zbekiston tovarlari esa eksport rejimiga muvofiq olib chiqishda qo‘llaniladigan shartlarga ko‘ra joylashtiriladi va ishlatiladi. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Tovarlar erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida cheklanmagan muddatlargacha turishi mumkin. Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini bajarishga yo‘l qo‘yiladi, ularning chakana savdosi bundan mustasno. Ushbu Kodeksning va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmayotgan ayrim shaxslarga bojxona organlari tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlab qo‘yishi hamda erkin bojxona zonalari va erkin omborlarga moneliksiz kirib chiqishni rad etishi mumkin. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida turgan tovarlarni erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlariga joylashtirganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, boj, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari tovarlarning kelib chiqishiga qarab qo‘llaniladi. Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat bo‘lmagan taqdirda tovarga: olib chiqilayotganda eksport boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llanish maqsadlarida O‘zbekiston tovari deb, boshqa maqsadlarda esa chet el tovari deb qaraladi. Erkin bojxona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtirilayotgan va eksport rejimida O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar, agar tovarlarni amalda olib chiqishda eksport boji va soliqlardan ozod qilish yoki to‘langan summalarni qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, eksport bojidan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud to‘langan summalar qaytariladi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish boj, soliqlar qaytarilgan yoki ulardan ozod qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi lozim bo‘lgan tovarlar erkin bojxona zonalari hududidan va erkin omborlardan bojxona hududiga qaytarilganda yoxud belgilangan muddatlarda ular amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari to‘lanadi. Boj olinmaydigan savdo do‘koni shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari ushbu Kodeksga muvofiq belgilaydigan joylarida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi. Boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimiga bojxona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimida realizatsiya qilinishi mumkin. Boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maxsus savdo do‘konlarida realizatsiya qilinadi. Tovarlarni qayta ishlashga quyidagilar kiradi: tovarlarni bevosita qayta ishlash yoki ularga ishlov berish, shu tovarlarning va foydalanilayotgan boshqa tovarlarning yo‘qoladigan o‘ziga xos xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda; yangi tovarlarni tayyorlash, shu jumladan tovarlarni ularning asosiy xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda montaj qilish, yig‘ish yoki qismlarga ajratish; tovarlarni ta’mirlash, shu jumladan ularni tiklash, yangilash va tartibga keltirish, ularning shikastlangan yoki eskirib qolgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, shuningdek nuqsonlarini bartaraf etish; tovarlarni qayta ishlashga yordam beradigan yoxud bunday ishni yengillashtiradigan boshqa tovarlardan to‘liq yoki qisman foydalanish. Ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlash rejimidan foydalanishga doir cheklovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan quyidagi hollarda beriladi: tovarlarni ularning qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash mumkin bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilanadigan hollar bundan mustasno; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun — qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslari vakolatli organ bilan kelishilgan bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun — tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida vakolatli organning xulosasi mavjud bo‘lsa; alohida xususiyatga ega bo‘lgan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan tovar yoki qayta ishlash mahsulotini olib kirish va olib chiqish uchun vakolatli organning maxsus ruxsatnomasi bo‘lsa; bojxona ishi haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashga doir boshqa talablar bajarilgan bo‘lsa. Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish yoki bunday ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror uni qabul qilish uchun barcha zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida bojxona organi tomonidan qabul qilinib, ariza beruvchi bu haqda yozma ravishda xabardor etiladi. Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish, agar ariza beruvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lsa, shuningdek ushbu Kodeks talablariga rioya etilmagan boshqa hollarda rad etilishi mumkin. Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, bojxona organi bu haqda ariza beruvchini rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi. Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni ariza beruvchi bartaraf etgan bo‘lsa, hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n kundan oshmaydigan muddat ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha mazkur ruxsatnomani berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bojxona xududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga import bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanmagan holda bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kirilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari olib chiqiladi yoki ular o‘zga rejim ostida joylashtiriladi. Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida har qanday tovarlar joylashtirilishi mumkin, ana shunday rejim ostida joylashtirilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno. Chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan O‘zbekiston tovarlari bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin. Mazkur tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda eksport rejimi ostida joylashtirilib, keyinchalik bojxona hududida qayta ishlash rejimida deklaratsiyalanadi. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar va qayta ishlash mahsulotlari ularni olib chiqish paytida eksport bojlari va soliqlardan ozod qilinadi. Mazkur tovarlar va qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmaydi. Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarilganda import bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun foydalanilgan tovarlarning qiymati hamda ularga nisbatan qo‘llanilgan to‘lovlar stavkalariga qarab to‘lanadi. Qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yo‘l qo‘yiladi. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar eksport bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanmagan holda qayta ishlash uchun olib chiqilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish rejimida olib kiriladi. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida erkin muomalada bo‘lgan har qanday tovarlar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin, olib kirilishi (olib chiqilishi) qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin emas: agar tovarlarni olib chiqish import bojlari va soliqlarning to‘langan summalarini qaytarishni, import bojlari va soliqlardan ozod qilishni yoki olib chiqish chog‘ida to‘lovlar olishni talab qilish uchun asos bo‘lsa; import bojlari va soliqlardan ozod etishning amal qilib turgan vaqti mobaynida, agar uning amal qilishi tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda ularni qayta ishlash uchun olib chiqilgunga qadar foydalanilgan bo‘lsa; qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda. Qayta ishlash mahsulotlarini chet el tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi. Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi chog‘ida import bojlari va soliqlar qayta ishlash qiymatiga hamda qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan bojlar va soliqlar stavkalariga qarab to‘lanadi. Qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarlar qaytarib olib kirilganda import bojlari va soliqlar to‘lanmaydi. Qayta ishlash mahsulotlari, agar qayta ishlashdan maqsad olib chiqilgan tovarlarni qonun hujjatlari yoki shartnomaga binoan beg‘araz ta’mirlashdan iborat bo‘lganligiga bojxona organi belgilangan tartibda ishonch hosil qilsa, import bojlari va soliqlardan ozod qilinadi, tovarlarni erkin muomalaga dastlabki chiqarishda nuqsoni mavjudligi hisobga olingan hollar bundan mustasno. Tovarlarni qayta ishlash uchun olib chiqqan va tovarlarni qaytarmagan yoki qayta ishlash mahsulotlarini belgilangan muddatda olib kirmagan shaxs ushbu Kodeks 23-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda javobgar bo‘lmaydi. Tovarlarni qayta ishlash muddati bojxona organi tomonidan belgilanadi va bu muddat ikki yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan qayta ishlashning bir muncha uzaytirilgan muddatlarini belgilashi mumkin. Tovarlarni qayta ishlash muddatini belgilashda tovarlarni qayta ishlash jarayoni qancha davom etishi va qayta ishlash mahsulotlarini tasarruf etish hisobga olinadi. Tovarlarni qayta ishlash muddati tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilgan kundan e’tiboran, tovarlar alohida tovar turkumlari qilib olib kirilganda (olib chiqilganda) esa tovarlarning birinchi turkumi tegishli rejim ostida joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘ta boshlaydi. Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona maqsadlari uchun qiyoslash ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar haqidagi, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi texnologiyalar haqidagi mufassal ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan yoki qayta ishlash vaqtida bojxona nazoratini olib borish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslashga nisbatan qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash quyidagi hollarda talab etilmaydi: qayta ishlash chog‘ida ishlab chiqarishning uzluksiz turkumlariga taalluqli texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan bo‘lsa; qayta ishlash chog‘ida qayta ishlash amalga oshirilayotgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarning bojxona hududida xuddi shunday va (yoki) ayni bir xil qayta ishlash mahsuloti ishlab chiqarilishini istisno etuvchi noyob texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan bo‘lsa. Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini qiyoslash uchun bojxona organlari tovarlarning ishlab chiqarilgan joyi haqidagi sertifikatlardan, shuningdek mazkur tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga taalluqli boshqa hujjatlardan foydalanishlari mumkin. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi muayyan miqdordagi tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori yoki ularning foizdagi ifodasidir. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi qayta ishlash uchun ruxsatnoma berilayotganda qayta ishlash amalga oshiriladigan sharoitlarni hisobga olgan holda bojxona organlari tomonidan belgilanadi yoki ular bilan kelishib olinadi. Qayta ishlash mahsulotlarini tavsiflash, ularning sifati va miqdori qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari asosida belgilanadi. Ekspert tashkilotlarining xulosalari asosida bojxona organlari qayta ishlash mahsulotlari chiqishining majburiy normalarini, agar bu bojxona maqsadlarida zarur bo‘ladigan bo‘lsa yoki tovarlarni qayta ishlashni amalga oshirishga yordam beradigan bo‘lsa, belgilashga haqli. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari qayta ishlash uchun beriladigan ruxsatnomada ko‘rsatiladi. Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs tovarlarni qayta ishlashni ushbu Kodeksning 34-moddasiga muvofiq belgilangan muddat tugaydigan kundan kechiktirmasdan: bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqqan holda; bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirgan holda tugallashi shart. Qayta ishlash olib kirilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish rejimida, olib chiqilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni esa, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida eksport rejimida joylashtirish bilan tugallanishi ham mumkin. Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxsning arizasiga binoan bojxona organi tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni bojxona hududida qayta ishlash rejimining yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimining amal qilishini tugallashga, agar buning uchun sabablar asosli deb topilgan bo‘lsa hamda basharti ayni shu rejimlar talablariga rioya etiladigan bo‘lsa, ruxsat berishi mumkin. Bunday holda qayta ishlash rejimlarining amal qilishi yangi rejimlarning amal qilishi muddatiga to‘xtatib qo‘yiladi. Qayta ishlash mahsulotlarini bojxona chegarasi orqali bir necha turkum qilib olib o‘tishda qayta ishlash mahsulotlari miqdorining ruxsatnomada ko‘rsatilganiga muvofiqligini tekshirib turish vaqti-vaqti bilan, ammo uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. Agar ana shunday tekshirib ko‘rish natijasida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs bojxona to‘lovlarini to‘lashi shart bo‘lsa, bunda mazkur to‘lovlarning summasiga, basharti bu summalar ularni to‘lash zarurligi haqida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida to‘lanadigan bo‘lsa, penya hisoblab chiqarilmaydi. Yo‘q qilish shunday rejimki, bunda chet el tovarlari boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda bojxona nazorati ostida yo‘q qilinadi, shu jumladan ular foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi. Tovarlarni yo‘q qilishga bojxona organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi. Tovarlarni yo‘q qilish manfaatdor shaxs tomonidan o‘z hisobidan amalga oshiriladi. Tovarlarni yo‘q qilish natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar bojxona nazorati ostida turgan chet el tovarlari sifatida tegishli rejimga joylashtiriladi. Yo‘q qilib tashlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda tovarlar ularni olib kirgan shaxs hisobidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketiladi. Davlat foydasiga voz kechish shunday rejimki, bunda shaxs tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda ulardan davlat foydasiga voz kechadi. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Tovarlardan davlat foydasiga voz kechish davlatning xarajatlar qilishiga sabab bo‘lmaydi. Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan o‘tkaziladi: bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish; jismoniy va mansabdor shaxslarni og‘zaki so‘rab-surishtirish; bojxona ko‘rigidan o‘tkazish; tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash; tovarlar va transport vositalarini hisobga olish; hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish; bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda. Bojxona nazorati o‘tkazilayotganida inson, hayvonot va o‘simliklar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsiz bo‘lgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qo‘llanilishi mumkin. Bojxona nazoratini o‘tkazish qoidalari qonun hujjatlarida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan hamda shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim, ushbu Kodeksning 49, 50, 117—126-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona organlari erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazoratini amalga oshirishga haqlidir. Bojxona organlari bojxona hududidan bojxona organining ruxsatisiz chiqib ketgan transport vositalarini majburiy ravishda to‘xtatish, dengiz, daryo va havo kemalarini majburiy ravishda orqaga qaytarishga haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning hududida turgan kemalar bundan mustasno. Bojxona nazorati: bojxona hududiga olib kirishda — tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tgan paytdan e’tiboran; bojxona hududidan tovarlar va transport vositalarini olib chiqishda — bojxona deklaratsiyasi qabul qilib olingan paytdan e’tiboran boshlanadi. Bojxona nazorati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar va transport vositalari saqlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqishga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran yoxud ular bojxona chegarasini kesib o‘tgan paytdan e’tiboran tugallanadi. Bojxona nazorati zonalari bojxona chegaralari bo‘ylab, bojxona rasmiylashtiruvi joylarida, bojxona organlari joylashgan yerlarda va bojxona organlari tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda tuziladi. Bojxona nazorati zonalarini tuzish va belgilash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Bojxona nazorati zonalarida ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek ularning chegaralari orqali transport vositalari, tovarlar va shaxslarni olib o‘tishga bojxona organlarining ruxsati bilan va nazorati ostida yo‘l qo‘yiladi. Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tuvchi yoki nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar bu organlarga ro‘yxati va taqdim etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadigan hujjatlar va ma’lumotlarni topshiradilar. Bojxona nazoratini amalga oshirish uchun bojxona organlari banklardan, boshqa moliya-kredit muassasalaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan eksport-import operatsiyalari hamda nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatning boshqa turlariga doir ma’lumotlarni olishga haqlidir. Bojxona nazorati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar shaxslar tomonidan kamida uch yil saqlanishi lozim. Tovarlar va transport vositalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, yig‘imlar olish, shuningdek olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish taqiqlangan tovarlar bojxona chegarasi orqali o‘tishining hamda bojxona hududi orqali tranzit tartibida o‘tishining oldini olish uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar tovarlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish paytida hozir bo‘lishga haqlidir, bojxona organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra esa tekshirish paytida hozir bo‘lishlari va bojxona organlarining mansabdor shaxslariga zarur yordam ko‘rsatishlari shart. Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega shaxs bo‘lmagan taqdirda, transport vositasini boshqaruvchi shaxs bojxona maqsadlari uchun vakolatli shaxs deb hisoblanadi. Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar yo‘qligida bojxona organlari quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirishga haqli: ular tovarlar va transport vositalari taqdim etilganidan so‘ng o‘n kun o‘tganidan keyin kelmagan bo‘lsa; davlat xavfsizligi, jamoat tartibiga, inson hayoti va sog‘lig‘iga, hayvonot va o‘simliklar, atrof tabiiy muhitga, O‘zbekiston Respublikasining badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklari saqlanishiga xavf mavjud bo‘lganda va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa holatlarda; tovarlar xalqaro pochta jo‘natmalari orqali yuborilgan bo‘lsa; tovarlar va transport vositalari ular joylashtirilgan bojxona rejimini buzgan holda bojxona hududida qoldirilgan bo‘lsa. Shaxsni ko‘zdan kechirish bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan yoxud bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aloqa uchun ochiq aeroportning tranzit zonasida turgan jismoniy shaxs qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni o‘z yonida yashiryapti va ko‘rsatmayapti deb hisoblashga asoslar bo‘lgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Bojxona nazorati ostida bo‘lgan hujjatlar, tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona qiyoslashidan o‘tkazish ularga plombalar, muhrlar qo‘yish, raqamli, harfiy va boshqa markalar bosish, qiyoslash belgilarini qo‘yish, shtamplar bosish, namunalar va nusxalar olish, tovarlar va transport vositalarini ta’riflash, ularning chizmalarini tayyorlash, masshtabli tasvirlar, fotosuratlar, illyustratsiyalar tayyorlash, tovarlarga ilova qilingan va boshqa hujjatlardan hamda o‘zga qiyoslash vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanadi. Qiyoslash vositalari faqat bojxona organlari tomonidan yoki ularning ruxsati bilan o‘zgartirilishi, olib tashlanishi yoki yo‘q qilinishi mumkin, tovarlar va transport vositalarining yo‘q bo‘lib ketishi, ularga qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada putur yetkazilishi yoki ularning jiddiy buzilishi xavfi tug‘ilgan hollar bundan mustasno. Qiyoslash vositalari o‘zgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yo‘q qilinganligi to‘g‘risida bojxona organlariga darhol ma’lum qilinadi va bunday xavf mavjud bo‘lganligini isbotlovchi dalillar taqdim etiladi. Bojxona organlari bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini, shuningdek boj to‘lovlari to‘lanmagan yoki boj to‘lovlari yuzasidan bojxona imtiyozlari berilgan tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazishga haqlidir. Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq shaxslarning nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatini tekshirishga haqlidir. Bojxona organlari bojxona nazoratini o‘tkazishda, qoida tariqasida, nazoratning qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan shakllarini qo‘llaydilar. Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qo‘llamaslik yoki ulardan ozod qilish shaxslar qonun hujjatlariga rioya etish majburiyatidan ozod qilinishini bildirmaydi. Zarurat bo‘lganda bojxona organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona nazoratining ushbu Kodeksda belgilangan barcha shakllaridan foydalanishlari mumkin. Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan bo‘lsalar, bojxona tekshiruvidan ozod qilinadi. Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek o‘zi yurib kelayotgan harbiy texnikasi bojxona tekshiruvidan ozod qilinadi. Bojxona organlari tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyin, agar qonun hujjatlari buzilganligi haqida taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud bo‘lsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli. Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari tovarlar mavjudligini tekshirishga, ularni takroran bojxona tekshiruvidan o‘tkazishga, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qayta tekshirishga, ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy va keyingi tijorat operatsiyalariga daxldor hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni tekshirishga haqli. Tekshirish deklarant turgan joyda, ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqasi bo‘lgan yoki zarur hujjatlarga ega bo‘lgan har qanday boshqa shaxs turgan joyda o‘tkazilishi mumkin. Huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran uch yil mobaynida, bojxona to‘lovlarini qo‘shib hisoblash esa tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir bitim bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat guvohnomasi asosida bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud va binolarga kira olish huquqiga ega, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona organlari bojxona nazoratini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish uchun qonun hujjatlariga muvofiq mutaxassislar va ekspertlarni jalb etishi mumkin. Bojxona omborlari va erkin omborlar — tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan, maxsus ajratilgan va jihozlangan binolar yoki boshqa joylardir. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar faqat maxsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi lozim. Bojxona ombori O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoxud bojxona organi tomonidan ta’sis etiladi. Erkin ombor O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi tomonidan ta’sis etiladi. Bojxona omborlari saqlash sharoitlariga ko‘ra tovarlarni vaqtincha saqlash va (yoki) bojxona ombori rejimlarida saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bojxona omborlari foydalanish mumkinligi jihatidan har qanday shaxslar foydalanishi uchun ochiq bo‘lishi hamda muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalari foydalanishi uchun mo‘ljallangan yopiq omborlar bo‘lishi mumkin. Bojxona omborlari va erkin omborlarni ochish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilanadi. Bojxona omborlari va erkin omborlarning egalari quyidagilarga majburdirlar: 1) omborlarni bojxona nazoratini ta’minlash maqsadida jihozlash; 2) tovarlarning asralishini ta’minlash; 3) saqlashga qo‘yilgan tovarlar va transport vositalarini olish imkoniyatini istisno etish, bojxona nazorati bundan mustasno; 4) bojxona nazorati amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmaslik; 5) hisob-kitob ishlarini yuritish hamda saqlab turilgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida bojxona organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobotlar taqdim etish; 6) litsenziya shartlariga rioya etish; 7) bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ado etish. Boj olinmaydigan savdo do‘konining egasi ushbu modda birinchi qismining 3, 6, 7-bandlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etishi, shuningdek kelayotgan va sotilayotgan tovarlar hisobini yuritishi, bu tovarlar to‘g‘risida bojxona organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart. Bojxona omborlari va erkin omborlar egalarining omborga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida quriladi. Bojxona omborlarining egalari bo‘lgan bojxona organlarining bojxona omborlariga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirilgan tovarlar: ombor egasi tomonidan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa shaxs va ularning vakillari tomonidan ko‘zdan kechirilishi va o‘lchab chiqilishi mumkin. Bojxona organining ruxsati bilan tekshirish va qiyoslash uchun tovarlardan namunalar hamda nusxalar olinishi mumkin; ularning o‘zgarmas holatda saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan operatsiyalar amalga oshirilishi, shu jumladan shikastlangan o‘rovi tuzatilishi mumkin. Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar ustida ularning asralishini ta’minlash, bojxona organining ruxsati bilan sotishga va tashishga tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin. Operatsiyalarning ro‘yxati hamda ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi, ularni chakana sotish bundan mustasno. Ushbu tovarlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim taqiq va cheklovlar belgilab qo‘yilishi mumkin. Bojxona organlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmagan ayrim shaxslarga tovarlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni taqiqlab qo‘yishlari va ularning tovarlardan foydalanishini rad etishlari mumkin. Bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo do‘koni egalari omborda saqlanayotgan va do‘konda realizatsiya qilinayotgan tovarlar hamda transport vositalarining boj to‘lovlari to‘lanishi uchun javobgar bo‘ladilar, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar bojxona ombori egasi bilan tovarlar va transport vositalarini vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiruvchi shaxs o‘rtasidagi shartnomada ushbu shaxsning boj to‘lovlarini to‘lash uchun javobgarligi nazarda tutilgan bo‘lsa, ular solidar javobgar bo‘ladilar. Bojxona organining roziligi bilan boj to‘lovlarini to‘lash uchun javobgarlik tovarlarni bojxona ombori rejimida saqlash uchun joylashtirgan shaxs zimmasiga yuklanishi mumkin. Agar bojxona organi bojxona omborining egasi bo‘lsa, tovarlar va transport vositalarini shu omborga joylashtirgan shaxs boj to‘lovlarini to‘lash uchun javobgar bo‘ladi, bunday shaxs bo‘lmagan taqdirda — ularning mulkdori yoki egasi hisoblanuvchi shaxs javobgar bo‘ladi. Agar erkin omborga joylashtirilgan tovarlardan boj to‘lovlari undirilsa, to‘lovlar to‘lanishi uchun ularni omborga joylashtirgan shaxs javobgar bo‘ladi. Bojxona ombori va erkin ombor, shuningdek boj olinmaydigan savdo do‘koni quyidagi hollarda tugatiladi: egalarining xohishiga ko‘ra; litsenziyalarning amal qilish muddati o‘tganida; litsenziyalar bekor qilinganida yoki ularning amal qilishi tugatilganida; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. Tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bojxona omborida yoki erkin omborda yoxud boj olinmaydigan savdo do‘konida turgan tovarlarni saqlash vaqtincha saqlash rejimiga muvofiq amalga oshiriladi. Litsenziya bekor qilinganida tovarlar bojxona ombori yoki erkin ombor yoxud boj olinmaydigan savdo do‘koniga joylashtirilgan sanadan e’tiboran qayta bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi lozim, ularning egalaridan esa, saqlab turganlik evaziga bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan miqdorda tovarlarning tugatilayotgan omborda yoki magazinda turgan butun davri uchun bojxona yig‘imlari undiriladi. Litsenziya chaqirib olinganida litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tovarlar qayta bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi lozim, ularning egalaridan esa, saqlab turganlik evaziga bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan bojxona yig‘imlari undirila boshlaydi. Bojxona ombori va erkin ombor, boj olinmaydigan savdo do‘koni tugatilganda, shuningdek bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koniga berilgan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganda tovarlarni saqlashga joylashtirishga hamda ularni realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hollarda tovarlarni bojxona ombori va erkin ombordan, shuningdek boj olinmaydigan savdo do‘konidan chiqarish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi. Erkin omborga berilgan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganda chet el tovarlarini omborga joylashtirish boj, soliqlar to‘langan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, boj, soliqlardan ozod qilish yoxud ularni qaytarish esa O‘zbekiston tovarlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Tugatilayotgan bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo do‘konida bo‘lgan tovarlar va transport vositalari vaqtincha saqlash rejimida turishining umumiy muddati uni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan, erkin omborda esa — olti oydan oshmasligi lozim. Bojxona nazorati ostida turgan, shu jumladan bojxona hududi orqali tranzit rejimida olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari yuk jo‘natuvchi bojxona organidan yuk kelib tushuvchi bojxona organiga ushbu tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan yuk tashuvchining javobgarligi ostida tashilishi mumkin. Yuk kelib tushuvchi bojxona organiga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar qaysi tovarlar va transport vositalariga tegishli bo‘lsa, o‘sha tovarlar va transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkaziladi. Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli: bojxona va transport hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan bo‘lsa; bojxona tomonidan transport vositasiga va tovarlar joylangan o‘rov-idishlarga qo‘yilgan ta’minlov choralari tashilayotgan tovarlarga ana shu ta’minlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa. Tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi: ularni jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan manzilga, yo‘nalishda va muddatda, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlaridagi kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni istisno etganda, ularning o‘rov-idishlari yoki holatini o‘zgartirmasdan, eltib berishdan boshqa maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi; tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni yuk kelib tushadigan bojxona organida ko‘rsatishi, bu organ mansabdor shaxslarining talabiga binoan esa — tovarlar va transport vositalarini amalda taqdim etishi; bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi shart. Yuk eltib beriladigan joyiga yetib kelganidan keyin tashuvchi bojxona organining ruxsatisiz tovarlar va transport vositasini to‘xtash joyida qarovsiz qoldirish, to‘xtash joyini o‘zgartirish, yo‘lovchilarni tushirish,tovarlar bilan biron-bir ortish-tushirish va o‘rash-joylash operatsiyalarini o‘tkazish, qiyoslash vositalarini o‘zgartirish, olib tashlash yoki yo‘q qilish huquqiga ega emas. Agar tashuvchi, yo‘lovchilarning va transport vositasi ekipajining hayoti hamda sog‘lig‘i chinakam xavf ostida qolganligini, tovarlar va transport vositasining yo‘q qilinishi, qaytarib bo‘lmaydigan tarzda qo‘ldan ketishi yoki jiddiy buzilishi xavfi mavjud bo‘lganligini isbotlasa, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi talablarni buzganlik uchun javobgarlik yuzaga kelmaydi. Ko‘rsatilgan talablar buzilishiga sabab bo‘lgan holatlar to‘g‘risida tashuvchi darhol bojxona organini xabardor qilishi shart. Agar tashuvchi yoxud uning transport vositasi ushbu Kodeksning talablariga rioya etilishini kafolatlay olmasa, bojxona organi transport vositasi faqat tegishlicha jihozlangan yoki bojxona kuzatuviga olingan yoxud bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlovchi garov summalari kiritilgan yoki tovarlar bojxona tashuvchisi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashilgan taqdirdagina tovarlarning bojxona nazorati ostida olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yishga haqli. Ayrim toifadagi tovarlarni tashuvchilar uchun qonun hujjatlarida boshqacha talablar belgilanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalarining but saqlanishi uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi. Tovarlar bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilgan, yo‘qotilgan yoki yuk kelib tushadigan bojxona organiga eltib berilmagan taqdirda, tashuvchi, tegishli ravishda erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlarida to‘lanishi lozim bo‘lgan boj to‘lovlarini to‘lashi shart, tovarlar halokat yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yo‘q bo‘lgan yoxud qaytarib bo‘lmaydigan tarzda qo‘ldan ketgan, yoxud kamomad tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan yoxud organlar yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari natijasida egalikdan chiqib ketgan hollar bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘y bergan bunday hollar O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim. Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan taqdirda tashilayotgan tovarlar transport vositasidan tushirilishi mumkin. Bu holda tashuvchi tovarlarning but saqlanishini ta’minlash va ulardan biron-bir tarzda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur choralarni ko‘rishi, ishning holatlarini, tovarlar va transport vositalarining qayerda ekanligini eng yaqin bojxona organiga darhol xabar qilishi, tovarlarning eng yaqin bojxona organiga tashib keltirilishini yoki bojxona organining mansabdor shaxslari tovarlar turgan joyga olib kelinishini ta’minlashi shart. Bojxona organi bunday hollarda bojxona nazoratini ta’minlash uchun ko‘riladigan chora-tadbirlarni belgilaydi. Ushbu moddada nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi munosabati bilan tashuvchining qilgan xarajatlari bojxona organi tomonidan qoplanmaydi. Ushbu modda qoidalari ushbu Kodeks 84-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan dengiz, daryo yoki havo kemalari O‘zbekiston Respublikasi hududida noiloj to‘xtash yoki qo‘nishga majbur bo‘lgan hollarda ham qo‘llaniladi. Bojxona tashuvchisi tovarlar tashishni bojxona kuzatuvini qo‘llamagan va bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlovchi garov summalarini kiritmagan holda bojxona nazorati ostida amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir. Bojxona tashuvchisi ushbu Kodeks asosida tashuvchiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga rioya etishi, shuningdek: bojxona tashuvchisini ro‘yxatga olgan bojxona organining faoliyat zonasidagi bojxona rasmiylashtiruvi joyiga juda bo‘lmaganda bitta transport vositasi 24 soat ichida yetib kelishini ta’minlay oladigan zarur miqdordagi maxsus jihozlangan transport vositalariga ega bo‘lishi; ushbu Kodeks 62-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash haqida shartnom
44
64,010
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-416-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 14-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-416-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin.
167
1,039
Qonunchilik
Sugʻurtalovchining cheklangan majburiyatlari tasdiqlandi
Moliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 29.12.2015 yilda 1806-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat saytimizda “Yagona portalda NHH loyihalari: sugʻurtalovchining cheklangan majburiyatlari” sharhida koʻrib chiqildi hamda oʻzgarishlarsiz qabul qilindi. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 31 dekabrdagi 52-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA tayyorladi.
56
847
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Respublikada o‘tkazilayotgan sud-huquq islohotlariga binoan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek odil sudlovni amalga oshirish amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarni to‘g‘ri hal etish bo‘yicha tushuntirishlar berish zaruriyati tufayli, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha qabul qilingan quyidagi qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1. Oliy sud Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash va ularni ko‘rish muddatlari to‘g‘risida”gi 18-sonli qarorining a) o‘zbek tilidagi matni preambulasida: beshinchi so‘zboshisidagi “miqdorda” so‘zi “darajada” so‘zi bilan almashtirilsin; oltinchi so‘zboshisining birinchi jumlasidagi “amal qilmoqda” so‘zi “mavjud” so‘zi bilan almashtirilsin; b) rus tilidagi matni preambulasida: oltinchi so‘zboshisining oxirgi jumlasi chiqarilsin; v) rus tilidagi matni 5-bandining birinchi so‘zboshisidagi “naznachatsya” so‘zi “predostavlyatsya” so‘zi bilan almashtirilsin; g) o‘zbek tilidagi matni 9-bandining ikkinchi so‘zboshisidagi “159-moddasi” so‘zlari “157-moddasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Oliy sud Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Otalikni belgilash haqidagi ishlarni ko‘rishda sudlar tomonidan qonunlarning tatbiq etilishi to‘g‘risida”gi 6-sonli qarorining a) o‘zbek tilidagi matni 12-bandining: birinchi so‘zboshisidagi “va shu kabilar” so‘zlari chiqarilsin; ikkinchi so‘zboshisidagi “to‘xtatilishining o‘zigina” so‘zlar “tugatilishi” so‘zi bilan almashtirilsin; b) o‘zbek tilidagi matni 16-bandining: birinchi so‘zboshisidagi “kabi” so‘zi chiqarilsin; “b” kichik bandidagi “mazkur” so‘zi “ko‘rsatilgan” so‘zi bilan almashtirilsin; v) rus tilidagi matni 16-bandi birinchi so‘zboshisining “v” kichik bandidagi “fizicheskoy” so‘zi “polovoy” so‘zi bilan almashtirilsin. II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha qabul qilingan quyidagi qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1. Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori a) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Jinoyat kodeksi 58-moddasiga muvofiq, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun mazkur jinoyat uchun qonunda nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bunda eng ko‘p jazo deganda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida (moddaning qismida) nazarda tutilgan eng og‘ir jazo muddati yoki miqdori tushunilishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishdagi muayyan holatlarni, har bir ishtirokchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar va jinoyatni sodir etishdagi ishtiroki darajasini e’tiborga olib, jazoni individuallashtirishi hamda birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga qonun sanksiyasi doirasida yengilroq jazo tayinlash masalasini muhokama qilishi lozim”; b) 17-band birinchi so‘zboshisi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qonunga muvofiq jazo tariqasida tayinlangan jarimani mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy, hukm chiqarilgan kunda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan mahkum esa — olti oy mobaynida ixtiyoriy ravishda to‘lashi lozim”; v) 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ozodlikdan mahrum qilish jazosi: olti oydan yigirma yilgacha bo‘lgan muddatga, JK 60-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga; voyaga yetmaganlarga nisbatan-olti oydan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga, JK 86-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, — o‘n besh yilgacha bo‘lgan muddatga; JK 44-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda jarima tariqasidagi jazosini almashtirish tartibida, — uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga; JK 46-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazosini almashtirish tartibida, — olti oydan kam bo‘lgan muddatga tayinlanishi mumkin; Yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish (uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. Bunda uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi istisno etiladi”; g) 28-bandidagi ““JK 59-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq” so‘zlari “JK 59-moddasining oltinchi qismiga muvofiq” so‘zlariga almashtirilsin”; d) quyidagi mazmundagi 30-1 band bilan to‘ldirilsin: “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha 30-1. Jinoyat kodeksi 51-moddasiga muvofiq, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasining ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddasining uchinchi qismi) uchun tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llash masalasini hal etishda, sudlar bu turdagi jazo favqulodda jazo bo‘lib, faqat ishda javobgarlikni og‘irlashtiradigan alohida holatlar mavjud bo‘lgandagina tayinlanishi mumkinligini va mahkumni jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iborat bo‘lishini hisobga olishlari lozim. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo quyidagilarga tayinlanishi mumkin emas: ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan; tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun”. e) quyidagi mazmundagi 30-2 band bilan to‘ldirilsin: “30-2. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 50-moddasi to‘rtinchi qismida, 51-moddasi uchinchi qismida belgilangan qoidalar hukm chiqarilgan yoki ish apellatsiya instansiyasida ko‘rilgan kunda 60 yoshga to‘lgan erkaklarga nisbatan tatbiq etiladi”; j) 53-banddagi “JK 59-moddasining oltinchi qismiga muvofiq” so‘zlari “JK 59-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq” so‘zlariga almashtirilsin”; z) 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, hukmlar majmui bo‘yicha belgilangan jazo yangi jinoyat uchun belgilangan jazo muddatidan ham ilgarigi hukm bo‘yicha belgilangan jazoning o‘talmagan qismidan ham ko‘proq bo‘lishi kerak. Bunda ozodlikdan mahrum etish (uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish) tariqasidagi uzil-kesil jazo muddati yigirma besh yildan, voyaga yetmaganlar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar hamda ayollarga nisbatan esa — o‘n besh yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Jinoyat kodeksi 60-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, agar hukmlardan biri bo‘yicha umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan bo‘lsa, uzil-kesil jazo yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash yo‘li bilan tayinlanadi”; i) 58-bandidagi “JK 59-moddasining oltinchi qismi” so‘zlari “JK 59-moddasining sakkizinchi qismi” so‘zlariga almashtirilsin”. 2. Oliy sudi Plenumining 2001-yil 2-noyabrdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini sud amaliyotida qo‘llash haqida”gi 25-sonli qarori a) 4-band chiqarilsin; b) 7-band chiqarilsin. 3. Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 11-sonli qarori a) 11-band ikkinchi so‘zboshisi ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bu zararning ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda ekanligi har bir muayyan ish bo‘yicha tergov organi va sud tomonidan asoslantirilgan bo‘lishi zarur”; b) 18-band birinchi so‘zboshisi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (JK 184-moddasi) iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan eng xavfli jinoyatlardan hisoblanadi va bu har bir fuqaro tomonidan qonun bilan belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdek konstitutsiyaviy burchlarini qasddan bajarmaslikda ifodalanadi”; v) 19-band birinchi va ikkinchi so‘zboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasi blanket (havola qiluvchi) dispozitsiya bo‘lib, “daromadlar”, “foyda”, “soliq to‘lanadigan obyektlar”, “soliqlar”, “majburiy to‘lovlar” kabi tushunchalarning mazmunini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga murojaat qilish lozim. Jumladan, Soliq kodeksining 12 va 23-moddalari soliq va majburiy to‘lovlar tushunchasini, 22-moddasi foyda tushunchasini yoritib beradi va h.k.”; g) 24-bandidagi “6-bobi” so‘zlari “yigirma birinchi bobi” so‘zlariga almashtirilsin.
113
8,996
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
140
260
Qonunchilik
Gender tenglik masalalari Senatga biriktirildi
Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tashkil etildi. Ushbu organ Senat Kengashining “Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining хotin-qizlarni  har  tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda gender  tenglikni  ta’minlash  boʻyicha  faoliyatini takomillashtirish  toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari etib belgilandi: Qoʻmita aholi, jumladan хotin-qizlar bilan bevosita muloqot qiladi, aniqlangan dolzarb masalalarni parlament nazorati vositalarini qoʻllagan holda hal etish choralarini koʻradi. Oliy Majlis Senatining   Aхborot хizmati хabari asosida.
46
644
Qonunchilik
Valyutani olib chiqib ketishga ruхsatnomadan bir marta foydalaniladi
Vazirlar Mahkamasining 30.01.2018 yildagi 66-son qarori bilan Jismoniy shaхslar tomonidan naqd хorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari tasdiqlandi.  Hujjatning oldingi tahriri Prezidentning 6.12.2017 yildagi PF-5273-son «Jismoniy shaхslar tomonidan naqd хorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq kelmasligi bois oʻz kuchini yoʻqotdi.  Eslatib oʻtamiz, yil boshidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 2 000 AQSh dollari ekvivalentidan ortiqcha miqdordagi naqd хorijiy valyutaga deklaratsiya toʻldirilishi va bojхona organi хodimiga taqdim etilishi lozim. Mamlakatimizdan ekvivalenti 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd хorijiy valyutani erkin olib chiqib ketish mumkin (deklaratsiyalash toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya qilgan holda). Ushbu summadan ortiqcha mablagʻni olib chiqib ketishda quyidagilar talab etiladi: Bu - muhim! Koʻrsatib oʻtilgan naqd хorijiy valyutani olib chiqib ketishga ruхsatnoma hujjatlaridan bir marta foydalaniladi. Masalan, agar fuqaro 10 000 AQSh dollarini olib chiqib ketishga MBdan ruхsatnoma olgan boʻlsa, u chiqib ketayotganida ruхsatnomani bojхona organlariga topshiradi va tegishincha undan qayta foydalana olmaydi. Xuddi shunday, norezident mamlakatimizga 12 000 AQSh dollarini yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirgan holda olib kirib, qaytishda esa deklaratsiyani koʻrsatib, 6 000 AQSh dollarini olib chiqib ketsa, keyingi gal aynan shu deklaratsiya boʻyicha qolgan 6 000 AQSh dollarini olib chiqib keta olmaydi. Shuningdek eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvarida yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasining yangi shakli tasdiqlandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.02.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov.
68
2,083
Qonunchilik
Hokimiyatning vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi rolini oshirish, shuningdek deputatlar korpusi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari bilan yanada yaqindan hamkorlik qilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha guruh tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi tavsiyalar ma’qullansin: Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar (1-ilova); Xalq deputatlari mahalliy Kengashining va xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishi ustidan nazorat olib borishga doir tavsiyalar (2-ilova); Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborishga doir tavsiyalar (3-ilova); Qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish mexanizmini takomillashtirishga doir tavsiyalar (4-ilova). 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari rahbarlariga ushbu qaror bilan ma’qullangan tavsiyalarning qoidalarini hisobga oladigan huquqiy hujjatlarni ishlab chiqib, ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi majlisida, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida tasdiqlash tavsiya etilsin. 3. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha guruh rahbari G‘. Aliyev zimmasiga yuklatilsin. 1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari (bundan buyon matnda doimiy komissiyalar deb yuritiladi) har yilgi faoliyatining asoslari doimiy komissiyalarning xalq deputatlari mahalliy Kengashi (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) sessiyasida tasdiqlanadigan yillik ish rejalarida belgilanadi. Doimiy komissiyalarning ish rejalariga kiritiladigan o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar mahalliy Kengashning sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 2. Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari ish rejalarida, boshqa masalalardan tashqari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tegishli (sohaviy) doimiy komissiyalarining faoliyatini o‘rganishga, tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek viloyat Kengashi va uning doimiy komissiyalari qarorlarining bajarilishiga doir tadbirlar aks ettirilgan bo‘lishi kerak. 3. Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlarining ish rejalariga qabul qilinayotgan qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, shuningdek mahalliy Kengashlar qarorlarining mazmun-mohiyatini aholi e’tiboriga yetkazishga doir tadbirlar kiritilishi lozim. Ish rejalariga kiritilgan tadbirlar bajarilishini ta’minlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning hududiy bo‘linmalari (bundan buyon matnda jalb etilgan tashkilotlar deb yuritiladi) vakillari jalb etilishi mumkin. 4. Doimiy komissiyalarning ish rejalariga xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarining qarorlari, doimiy komissiyalarning qarorlari bajarilishini o‘rganish tadbirlari albatta kiritiladi. Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyalarining ish rejalariga mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan deputatlik vakolatlari bajarilishining samaradorligini o‘rganish tadbirlari kiritiladi. 5. Doimiy komissiyalarning ish rejalariga doimiy komissiyalarning, deputatlarning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish tadbirlari kiritilishi lozim. 6. Doimiy komissiyalarning ish rejalariga kiritilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirishga “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston advokatlar palatasi va boshqa jamoat birlashmalarining vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari va ularning maslahatchilari, mahalliy ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqalar jalb etilishi kerak. 7. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatlarining huquqiy bilimi darajasini oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining ish rejalariga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari doimiy komissiyalarining raislari uchun o‘quv seminarlarini o‘tkazish tadbirlari kiritilgan bo‘lishi lozim. 8. Doimiy komissiyaning ish rejasini tuzganda: birinchidan – tadbirning tartib raqami, ikkinchidan – tadbirning nomi, uchinchidan – tadbirlarni bajarish muddatlari, to‘rtinchidan – jalb etilgan tashkilotlar va beshinchidan – mas’ul ijrochilar ko‘rsatilishi kerak. Tadbirning nomi ko‘rsatiladigan joyda mazkur tadbir doimiy komissiyaning ish rejasiga qaysi maqsadda kiritilganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadbirni maqsadini ko‘rsatmay turib ish rejasiga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy Kengashning qarori tadbirni ish rejasiga kiritish uchun asos bo‘lgan bo‘lsa, u holda qarorning to‘liq nomi, qaror qabul qilingan sana, uning tartib raqami va bandi albatta ko‘rsatiladi. Tadbirlarni bajarish muddatlari ko‘rsatiladigan joyda tadbir o‘tkaziladigan aniq sana (oy yoki yil choragi) ko‘rsatib o‘tiladi. “Yil davomida” qabilidagi noaniq ta’riflardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jalb etilgan tashkilotlar ko‘rsatiladigan joyda konkret korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning to‘liq nomi, ularning rahbarlari familiyalari va lavozimlari ko‘rsatib o‘tiladi, ushbu Tavsiyalarning 5-bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. “Korxonalar”, “muassasalar”, “tashkilotlar” qabilidagi noaniq ta’riflardan, shuningdek tashkilotlarning to‘liq bo‘lmagan nomlaridan va shu singarilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mas’ul ijrochilar ko‘rsatiladigan joyda deputatlarning aniq familiyalarini ko‘rsatib o‘tiladi. 9. Doimiy komissiyalarning majlislarida doimiy komissiyalarning ish rejalariga kiritilgan masalalar ko‘riladi, mahalliy Kengashlar sessiyalari qarorlarining ijrosi muhokama qilinadi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglanadi, mahalliy Kengashlar sessiyalari qarorlarining loyihalari tayyorlanadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari doimiy komissiyalarining majlislarida qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari va uning doimiy komissiyalari qarorlarining ijro etilishi ham muhokama qilinadi. Doimiy komissiya a’zolari tomonidan qilingan ishlarning natijalari doimiy komissiyalarning majlislarida yil choragi bo‘yicha yakunlanadi va doimiy komissiyaning faoliyati yuzasidan yil choragiga oid hisobot tasdiqlanadi. 10. Doimiy komissiyaning majlisi jarayoni doimiy komissiya majlisining bayonnomasida qayd etiladi. Bayonnomani rasmiylashtirish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari devonlarida ish yuritish hamda hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan bo‘lib, Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 11. Doimiy komissiya majlisining yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Doimiy komissiyaning qarori doimiy komissiya blankasida, qarorning tartib raqami, doimiy komissiya majlisi o‘tkazilgan sana va joy ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Doimiy komissiyaning qarori doimiy komissiya raisi tomonidan imzolanadi. 12. Doimiy komissiyaning qarorida qarorning nomi ko‘rsatilgan, uni qabul qilish sabablari va maqsadlari tushuntirilgan, shuningdek qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati aniq aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Qarorda uning ijro etilishi uchun mas’ul deputatlarning hamda korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining familiyalari ko‘rsatilishi shart. 13. Nazorat tadbirlarini amalga oshirish natijalari yuzasidan doimiy komissiyalar qabul qilgan qarorlarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilgan aniq tavsiyalar, qabul qilingan qarorlarni ijro etish muddatlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar doimiy komissiya qarorini ko‘rib chiqqanligi to‘g‘risida hisobot taqdim etishi lozim bo‘lgan muddatlar, shuningdek ayrim deputatlarga berilgan aniq topshiriqlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Rasmiyatchilik xususidagi, yuzaki qarorlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Doimiy komissiyalarning qarorlari zaruratga qarab mahalliy gazetalarda e’lon qilinadi va aniq ijrochilarga yetkaziladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining doimiy komissiyalari qarorlari xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli (sohaviy) doimiy komissiyalariga axborot uchun yuboriladi. 15. Doimiy komissiyalar majlislarining bayonnomalari, qabul qilingan qarorlar, majlis materiallari (nutqlar, ma’lumotnomalar, hisobotlar), qaror gazetada e’lon qilinganligi, ijrochilarga yetkazilganligi haqidagi axborot, doimiy komissiya qarorining ijrosi haqidagi hisobot tegishli hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhida saqlanishi kerak. Mazkur hujjatlar o‘z vaqtida tayyorlanishini hamda tashkiliy-nazorat guruhiga taqdim etilishini ta’minlash ustidan nazorat olib borish doimiy komissiya raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi. 16. Doimiy komissiyalar majlislarini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 9-martdagi 305-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomda ko‘rsatilgan. 17. Mahalliy Kengash rahbari Kengash sessiyalarining qarorlari, mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining ish rejalari o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining rahbari qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va uning doimiy komissiyalarining qarorlari bajarilishini ham ta’minlaydi. 18. Doimiy komissiyalarning raislari deputatlar, doimiy komissiyalarning a’zolari mahalliy Kengashning va tegishli doimiy komissiyalarning ish rejalarini o‘z vaqtida ijro etishlari ustidan nazorat olib boradilar. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining raislari qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining qarorlari bajarilishini ham ta’minlaydilar. 19. Deputatlar mahalliy Kengashlar hamda o‘zlari a’zosi bo‘lgan doimiy komissiyalar qarorlarining ijro etilishi ustidan nazorat olib boradilar. Mas’ul deputat mahalliy Kengash va doimiy komissiya qarorini ijro etish yakunlari bo‘yicha doimiy komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun, zarur hollarda esa mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun mahalliy Kengash va doimiy komissiya qarorini ijro etish natijalari to‘g‘risida axborot tayyorlaydi. 20. Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining tegishli (sohaviy) doimiy komissiyalari faoliyatini muhokama va tahlil qiladilar. Birinchi va ikkinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining majlislarida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari doimiy komissiyalarining ishi to‘g‘risidagi yakunlovchi axborot tinglanadi. Qabul qilingan qaror tegishli mahalliy Kengash muhokamasiga kiritilishi mumkin. 21. Doimiy komissiyalarning raislari doimiy komissiya tomonidan qilingan ishlar to‘g‘risida mahalliy Kengash sessiyasida hisobot beradilar. Hisobotni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha mahalliy Kengash qaror qabul qilib, unda doimiy komissiya faoliyatiga baho beradi, rejalashtirilgan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlamagan deputatlarga nisbatan ko‘riladigan choralarni belgilaydi. Mahalliy Kengash qarorida faoliyati doimiy komissiyalar tomonidan nazorat-tahlil ishi doirasida o‘rganilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga baho, xulosalar va aniq topshiriqlar berilishi ham kerak. 22. Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyalarida viloyat Kengashi doimiy komissiyalari raislarining hisobotlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari rahbarlarining tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotlari tinglanadi. Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorida viloyat Kengashi doimiy komissiyalari faoliyatiga, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari rahbarlari faoliyatiga baho berilishi lozim. 23. Doimiy komissiyalarning raislari lozim darajada ishlamaganligi yoki deputatlar o‘zlarining deputatlik vazifalarini bajarmaganligi hollari aniqlangan taqdirda, bunday deputatlarga nisbatan mahalliy Kengash sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tegishli choralar ko‘riladi. 24. Mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalarining tadbirlari, ish rejalari o‘z vaqtida bajarilishi uchun mas’uliyat mahalliy Kengash rahbari va doimiy komissiyalar raislari zimmasiga yuklatiladi. 1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashining va xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishi ustidan nazorat olib borishga doir tavsiyalar “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlab chiqilgan. 2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlash uning doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatiladi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarining ijro etilishini o‘rganish yakunlari mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilinadi. Doimiy komissiya qarorining ijro etilishi yakunlari doimiy komissiya majlisida muhokama qilinadi. 3. Xalq deputatlari mahalliy Kengashining hamda mahalliy Kengash doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishi ustidan nazorat zimmasiga mazkur qarorlarning ijrosi yuklatilgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining axborotini (bundan buyon matnda tashkilot rahbarining axboroti deb yuritiladi) tinglash yoki ijroni joylarga borib o‘rganish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 4. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida tashkilot rahbarining axborotini tinglash to‘g‘risidagi masalani tayyorlash uchun tegishli doimiy komissiya xulosa va xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorining loyihasini tayyorlaydi. 5. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarining ijro etilishi jarayonini joylarga borib o‘rganish uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashi rahbari xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari va mutaxassislar orasidan ishchi guruh tuzishi yoki ijroni o‘rganishni tegishli doimiy komissiya zimmasiga yuklashi mumkin. Doimiy komissiya qarorining ijro etilishi jarayonini o‘rganish uchun doimiy komissiya raisi doimiy komissiya a’zolari va mutaxassislar orasidan ishchi guruh tuzadi, savolnoma tayyorlanishini va faoliyatini o‘rganish mo‘ljallanayotgan tashkilot rahbariga yuborilishini ta’minlaydi. 6. Xalq deputatlari mahalliy Kengashining va mahalliy Kengash doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishini o‘rganish asnosida ishchi guruh a’zolari tashkilotning mansabdor shaxslaridan zarur materiallar va hujjatlarni, shuningdek boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishlari mumkin. Qarorlarning ijrosini o‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumotnoma tayyorlanib, ishchi guruh rahbari, tashkilot rahbari va ishchi guruh a’zolari tomonidan imzolanadi. 7. Qarorlarning ijrosini o‘rganish natijalari, qoida tariqasida, doimiy komissiya majlisida tashkilot rahbarini taklif etgan holda ko‘rib chiqiladi. Doimiy komissiya majlisiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaxassislar va olimlar, jamoatchilik va xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillari, shuningdek matbuot organlari, televideniye va radio vakillari taklif etilishi mumkin. 8. Doimiy komissiyaning ijroni o‘rganish natijalari yuzasidan qabul qilgan qarori tashkilot rahbariga yuboriladi. Doimiy komissiya qarori ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi mumkin. 9. Doimiy komissiya qarorida qarorni ko‘rib chiqish natijalari haqida yoki ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tashkilot rahbari tomonidan axborot taqdim etish muddatlari ko‘rsatilishi mumkin. 10. Tashkilot rahbarining doimiy komissiya qarorini ko‘rib chiqish natijalari haqidagi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axboroti doimiy komissiya majlisida ko‘rib chiqiladi. 11. Doimiy komissiya qarorining ijro etilishi to‘g‘risida axborot bo‘lmasa yoki to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa yoxud tashkilot rahbari doimiy komissiya qarorining ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘rmagan bo‘lsa, doimiy komissiya ushbu masalani xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritishi mumkin. 12. Qarorlarning ijrosini o‘rganish natijalari, shuningdek tashkilot rahbarining axboroti xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasida ko‘rib chiqilishi mumkin. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarining ijro etilishini o‘rganish natijalarini mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilish tartibi Xalq deputatlari mahalliy Kengashining reglamenti bilan belgilanadi. 1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) tomonidan deputat so‘rovini yuborishga doir tavsiyalar “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlab chiqilgan. 2. Deputat so‘rovi tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan yuboriladi. Bank yoki tijorat sirini tashkil etuvchi yoxud davlat sirlari jumlasiga kiruvchi ma’lumotlari bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sudlarning raislariga, prokurorlarga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yo‘llangan deputat so‘rovi ular yurituvidagi aniq ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas. 3. Deputat so‘rovini yuborish to‘g‘risidagi qaror deputat tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi va biron bir tarzda kelishib olish talab qilinmaydi. Deputat so‘rovi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining bitta mansabdor shaxsi nomiga ham, bir necha mansabdor shaxsi nomiga ham yuborilishi mumkin. Deputat so‘rovi deputat tomonidan faqat uning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yuborilishi mumkin. Deputatlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab deputat so‘rovini yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Deputat so‘rovi rasmiy blankada rasmiylashtiriladi va so‘rov tashabbuskori tomonidan imzolanadi. Deputat so‘rovi qisqa va tushunarli tarzda bayon etilishi hamda unda quyidagilar bo‘lishi kerak: deputat so‘rovi yuborilishi sabablarining qisqacha asosi; deputat so‘rovi yuborilayotgan mansabdor shaxsning ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi; axborot (hujjatlar) taqdim etish to‘g‘risidagi yoki tegishli ma’lumotlarni tekshirish haqidagi talablar; deputat so‘roviga javob taqdim etish muddatlari; axborot (hujjatlar) taqdim etilmagan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar ko‘rilajagi haqidagi qayd. Deputat so‘rovining nusxasi deputat so‘rovini yuborgan deputat xalq deputatlari mahalliy Kengashining qaysi doimiy komissiyasiga a’zo bo‘lsa, shu komissiya raisiga ma’lumot uchun taqdim etiladi. 5. Deputat so‘rovi yuborilgan mansabdor shaxs javobni deputat so‘rovi olingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay yozma shaklda, so‘ralgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda yuborishi shart. Deputat so‘roviga javob, u qaysi mansabdor shaxs nomiga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha mansabdor shaxs yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanishi kerak. 6. Deputat so‘roviga doir axborot xalq deputatlari mahalliy Kengashining doimiy komissiyasi majlisida yoki mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilinishi mumkin. Deputat so‘roviga doir axborot muhokamasi deputat so‘rovi yuborilgan mansabdor shaxs ishtirokida o‘tkaziladi. Deputat so‘roviga doir axborotni muhokama qilish tartibi Xalq deputatlari mahalliy Kengashining reglamenti bilan belgilanadi. 7. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputati tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining vakolatiga taalluqli deputat so‘rovini yuborish zarurati tug‘ilgan taqdirda, ushbu deputat so‘rovi xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli mintaqadan saylangan deputati tashabbusi bilan yuborilishi mumkin. 8. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati tomonidan umumdavlat ahamiyatiga molik deputat so‘rovini yuborish zarurati tug‘ilgan taqdirda, u tegishli mintaqadan saylangan senatorlarga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin. 1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri qabul qilinayotgan qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida qabul qilingan qarorlarning, hokimlar qarorlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishdan (bundan buyon matnda tushuntirish ishi deb yuritiladi) iborat. 2. Tushuntirish ishi reja asosida olib borilishi kerak. Ana shu maqsadda deputat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlar deputat a’zo bo‘lgan doimiy komissiyaning ish rejasiga kiritiladi. Deputat mamlakatda sodir bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy voqea-hodisalardan xabardor bo‘lib borishi, ularda faol ishtirok etishi shart. Deputat doimiy komissiyaning a’zosi sifatida o‘z tumani (shahri) va viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, muammolari hamda vazifalari haqida to‘liq axborotga ega bo‘lishi, shu asosda bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash va muammolarni hal qilishga yordam berishga qaratilgan deputatlik faoliyatini tashkil etishi shart. 3. Tushuntirish ishlari rejalarida quyidagilar nazarda tutilmog‘i lozim: saylovchilar bilan, o‘zlari qaysi siyosiy partiyadan saylangan bo‘lsalar, shu partiya vakillari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib turish; tegishli saylov okrugi hududida joylashgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari va ularning maslahatchilari, fuqarolar bilan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish; deputatning ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazetalar va jurnallarda) chiqib turishi hamda maqolalar berib borishi; tushuntirish ishiga vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar hududiy bo‘linmalarining vakillarini, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari, advokatura, adliya organlari va jamoat birlashmalari vakillarini jalb etish; xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish yakunlarini, o‘zi a’zo bo‘lgan doimiy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazetalar va jurnallarda) yoritib borish; boshqa tadbirlar. 4. Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini o‘tkazish uchun tegishli hokimliklar deputatning iltimosiga ko‘ra bino ajratadi, deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, fuqarolarni qabul qilish vaqti va joyi haqida fuqarolarga xabar beradi, deputatning taklifiga muvofiq qabul va uchrashuvlarda qatnashish uchun o‘zining mas’ul vakillarini yuboradi, shuningdek deputatning ishida unga yordam berish yuzasidan boshqa choralarni ko‘radi. 5. Hokimlik tomonidan deputatlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun ajratilayotgan binolar tashkiliy texnika bilan jihozlangan va telefon aloqasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, deputatlar “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasida, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari bilan, xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalarida va uning doimiy komissiyalari majlislarida qabul qilingan qarorlarning matnlari bilan ta’min etilishi zarur. Shuningdek, deputatlarga “LEX.UZ” axborot-huquqiy tizimida joylashtirilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning elektron ifodasidan foydalanish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi kerak. 6. Deputat qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish bilan bog‘liq tadbirlar yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma (bayonnoma) tayyorlashi shart. Ushbu hujjatda tadbir o‘tkazilgan joy va uning ishtirokchilari tarkibiga qarab deputatning imzosidan tashqari o‘tkazilgan tadbir tashkilotchilarining imzosi ham bo‘lishi kerak. Tashkilotchilarning imzosi tegishli muhr bilan tasdiqlanadi. Ma’lumotnomaga video va fototasvir materiallari ilova qilinishi ham mumkin. 7. Deputat taqdim etadigan ma’lumotnomada (bayonnomada) tadbir o‘tkazilgan sana va joy, ishtirokchilar soni va tarkibi, tadbir mavzui, tadbirni o‘tkazish jarayonining qisqacha tavsifi, tadbir asnosida ko‘tarilgan masalalar va muammolar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Deputatning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari haqidagi ma’lumotnomaga gazeta yoki jurnalda bosilgan materialning nusxasi, televideniye va radioda chiqqanligi haqidagi ma’lumotnomaga esa tegishli teleradiokompaniyaning ma’lumotnomasi (ko‘rsatuv yoki eshittirish efirga uzatilgan sanani ko‘rsatgan holda) ilova qilinadi. 8. Tayyorlangan ma’lumotnomani (bayonnomani) deputat xalq deputatlari mahalliy Kengashining o‘zi a’zo bo‘lgan doimiy komissiyasiga taqdim etadi. Ma’lumotnomaga tadbir chog‘ida ko‘tarilgan muammolarni hal qilish yuzasidan deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar haqidagi axborot ham ilova qilinadi. 9. Deputat tomonidan olib borilgan ishlarning yakunlari haqidagi axborot deputat a’zo bo‘lgan doimiy komissiya majlisida ko‘rib chiqiladi. Umumlashtirilgan yakuniy axborot xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasida ko‘rib chiqiladi.
98
27,425
Qonunchilik
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI BO‘YIChA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-929-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 165-sonli qaroriga asosan, qaror qilinadi: 1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bo‘yicha yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 31-32-son, 296-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 31-32-son, 303-modda) asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini qo‘llash tartibini belgilaydi. 1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalariga nisbatan mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq qo‘llaniladi. 2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: pedagog xodimning lavozimi bo‘yicha majburiyatlari ro‘yxatini; tegishli lavozimni egallab turgan (egallashga nomzod) xodimning bilim ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablarni; tegishli lavozimni egallash uchun zarur bo‘lgan ish staji va ta’lim darajasiga qo‘yiladigan talablarni. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida ko‘rsatilgan har bir lavozim bo‘yicha ish mazmuni, hajmi va bajarish tartibi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan Davlat ta’lim standartlariga, ish ko‘rsatmalariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda belgilanadi. 3. U yoki bu lavozim (lavozimlar guruhi) yoki malaka toifasi uchun bir qancha tarif stavkalari belgilangan bo‘lsa, nisbatan yuqori bazaviy tarif stavkasiga ega bo‘lgan xodim nisbatan kichikroq lavozim yoki malaka toifasidagi xodimlar uchun nazarda tutilgan bilimlar, tajribalar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. 4. Xodimga lavozim (malaka toifasi) belgilash, berish o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibi asosida amalga oshiriladi. 5. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari xodimlarini lavozim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka toifasining hisobi, shuningdek ish to‘g‘risidagi barcha hujjatlardagi yozuvlar ushbu malaka tavsiflaridagi lavozimlar va malaka toifalari nomlari bilan qat’iy mos bo‘lishi kerak. Lavozim vazifalari: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlaydi; b) ta’lim muassasasi faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, ilmiy va pedagogik kengashni boshqaradi, ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, rivojlantirish va mukammallashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi; v) o‘quv-tarbiya jarayonining barcha bosqich va bo‘limlari faoliyatini tashkillashtiradi; g) o‘quv jarayoniga Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini kiritishni ta’minlaydi,ularni tatbiq etishning nazoratini amalga oshiradi; d) O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ustavi talablariga rioya qilishni ta’minlaydi; e) davlat va jamoat tashkilotlarida o‘rnatilgan tartibda ta’lim muassasasi manfaatlarini himoya qiladi; j) ta’lim muassasasining yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlaydi hamda o‘qituvchilar yillik ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi; z) o‘quvchilar tomonidan tizimli bilimlar olishni, ularga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirishni, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni, ijodiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishni, mehnat ko‘nikmalarini, tanlangan kasbga va atrof muhitga ongli munosabatni yuzaga keltirishni ta’minlaydi; i) o‘quv jarayoniga mukammallashgan va samarali pedagogik texnologiyalar va ta’lim vositalarini kiritadi; y) o‘z vakolati doirasida ta’lim muassasasining moliya xo‘jalik masalalarini hal etadi, budjet va budjetdan tashqari moliyaviy mablag‘larni shakllantiradi va ulardan samarali foydalanishini ta’minlaydi, o‘quv jihozlari va boshqa o‘qitish vositalarining saqlanishini ta’minlaydi, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi; k) pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlaydi, ularni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, shtat jadvalini belgilangan xizmat doirasida tasdiqlaydi, pedagogik xodimlar attestatsiyasini tashkillashtiradi, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi; l) mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi; m) ta’lim muassasasining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiyaga boshchilik qiladi, maxsus komissiya qarori asosida xodimlarga qo‘shimchalar, bir martalik mukofotlar va moddiy yordamni tayinlaydi; n) o‘quvchilarning bilim sifatini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini, o‘quv-tarbiya ishlarining samaradorligini ta’minlaydi va nazorat qiladi, pedagog xodimlarni rag‘batlantirish uchun ta’lim standartlari talablari bajarilishini xolis hisobga olinishini tashkillashtiradi; o) o‘qituvchilar faoliyati samaradorligi va sifatini baholash uchun o‘quvchilar o‘rtasida tanlanma testlarni tashkil etadi; p) o‘quvchilarni ta’lim muassasasiga qabulini, kursdan kursga o‘tishini, ish yuritishning olib borilishini, o‘quvchilarga ma’lumot haqidagi hujjatlarning berilishini tashkil etadi; r) umumta’lim maktablari 9-sinflari bitiruvchilari bilan faol kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishni tashkil qiladi; s) o‘quvchilarni darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanishini tashkil etadi; t) vasiylik kengashi, ota-onalar, mahalla qo‘mitasi, jamoat va homiy tashkilotlari bilan o‘quv-tarbiya ishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini tashkil etadi, pedagog va boshqa xodimlar bilan shartnomalar tuzadi; u) o‘quvchilarning o‘quv ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi, korxona, tashkilot va muassasalar bilan o‘quvchilarning o‘quv ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar tuzadi; f) o‘smirlarning huquq va manfaatlarini himoyalash va muhofazalash bo‘yicha talabnomalarga amal qilinishini ta’minlaydi, mehnatni muhofazalash va texnika xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi; x) kam ta’minlangan oila farzandlarini ijtimoiy himoyalash ishlarini tashkil etadi, yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarning yashashi va ovqatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi; ts) ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga joylashtirish (taqsimlash) ishlarini tashkil etadi, bitiruvchilarni ishga joylashtirish uchun talabnomalar portfelini shakllantiradi va bitiruvchilarning ishga joylashtirilishi monitoringini ta’minlaydi; sh) mutaxassisliklar va kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlari kesimida kadrlarni tayyorlash rejalariga tegishli o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi; e) o‘quvchilarni eng yaxshi milliy an’analar, urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalashni, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida yuqori ma’naviy axloqiy sifatlarni hosil qilish, o‘z vataniga va xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishni boshqaradi; yu) ta’lim muassasasi faoliyati haqida hisobotlar tayyorlaydi, buyruqlar chiqaradi, xodimlar uchun ijtimoiy-maishiy va malaka oshirish uchun sharoitlar yaratadi; ya) xodimlarning majburiyatlari, vazifalarini belgilaydi va ulardan alohida o‘rnak ko‘rsatganlarini mukofotlash va rag‘batlantirish uchun tavsiya etadi, o‘z vakolati doirasida jazo choralarini qo‘llaydi; o‘) jamoa a’zolari va o‘quvchilar kontingenti huquqlarini himoyalashga, hayoti va sog‘lig‘ini muhofazalashga g‘amxo‘rlik qiladi. Bilishi zarur: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini; b) Davlat ta’lim standartlari talablari va mazmuni, jamoani samarali boshqarish usullari, xodimlarni, ularni o‘qitish va tarbiyalash sifati, standart talablarini qo‘llash natijalariga bog‘langan holda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning tizimi va usullarini; v) kadrlarni tanlash va joy joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini; g) pedagogikani, pedagogik psixologiyani, o‘smirlar fiziologiyasini, ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishning sanitariya-gigiyena talablarini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini; d) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq qilish usullarini; e) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish usullarini; j) ta’lim muassasasi va pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va mezonlarini; z) yoshlarga oid qonun hujjatlarni. Bajara olishi zarur: a) ta’lim muassasasi va alohida olingan o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash; b) ta’lim muassasasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va uni boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish va shartnomalar tuzish, nizomlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish, ishchi yig‘ilishlar, suhbatlarni olib borish; v) hudud iqtisodiyotining kichik mutaxassis kadrlarga bo‘lgan kelajakdagi ehtiyojlarini aniqlash va tahlil qilish; g) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik muhitni yaratish. Malaka talablari: a) oliy ma’lumot (madaniyat va sport hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi ta’lim muassasalarida akademik litsey, kasb-hunar kollejining ta’lim yo‘nalishlaridan kamida bittasi yoki bilim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot); b) ta’lim tizimidagi (pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejining soha yo‘nalishi bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan amaliy ish staji. Ta’lim muassasasi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganda rahbar lavozimlaridagi shaxslarga ish staji talab qilinmaydi. Lavozim majburiyatlari: a) o‘quv jarayonini tashkil qiladi, ta’lim standartlarida belgilangan o‘quv, tarbiyaviy reja va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi; b) pedagogik kadrlarni tanlash va joylashtirishda qatnashadi, pedagogik jamoaning o‘quv-uslubiy ishlarini boshqaradi, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining ilg‘or tajribasini o‘rganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi. Pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil qiladi va amalga oshiradi, jamoa va alohida o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qiladi; v) o‘qituvchilarning yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. O‘qituvchilarning tasdiqlangan ish rejalari asosida ish vaqtini hisoblaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Dars jadvali, testlar, imtihonlar va boshqa o‘quv taqdimotlari grafigini ishlab chiqadi; g) o‘quv jarayoni nazoratini tashkil qiladi, ta’lim standartlari talablarining bajarilishi, o‘quvchilarning xulqi va o‘zlashtirishining monitoringini amalga oshiradi, fakultativ darslar va fan to‘garaklarini tashkil etadi; d) o‘quv xonalarini ko‘rgazmali va texnik o‘quv qurollari bilan, hamda axborot resurs markazlarni — kitoblar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan ta’minlanishi va rasmiylashtirilishini boshqaradi; e) fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha ishlarni olib boradi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamalarini takomillashtiradi; yo) guruh jurnallarining yuritilishi va saqlanishini ta’minlaydi, guruh rahbarlari faoliyatini boshqaradi o‘quv ishlarining holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil qiladi; j) pedagog xodimlar mehnatini muhofazalash talablari, sanitariya-gigiyena rejimi va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta’minlaydi; z) jamoa a’zolari va o‘quvchilar huquqlarini himoyalash, hayoti va sog‘lig‘ini muhofazalashga g‘amxo‘rlik qiladi; i) direktor yo‘qligida uning lavozim majburiyatlarini amalga oshiradi; l) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ta’lim to‘g‘risidagi hukumat qarorlarini, ta’limni rivojlantirish strategiyalarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim muassasasi faoliyati, uning yuritilishi va rivojlanishining iqtisodiy asoslarini tashkillashtirish va yaxshilash haqidagi buyruqlari, topshiriqlari, yo‘riqnoma va me’yoriy hujjatlarini; b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqarish psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini. O‘quv jarayonining amalga oshirilishi va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslarini. Ta’lim standartlari talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, hamda xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni; v) davlat ta’lim standartlari mazmunini; g) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish usullarini. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini; d) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish usullarini; e) yoshlarga oid qonun hujjatlarini. Bajara olishi lozim: a) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash; b) kasb-hunar kolleji(akademik litsey)ni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish, uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv rejalar, dasturlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish; v) ishchi yig‘ilishlar, suhbatlarni olib borish. Zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llash; g) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik iqlimni yaratish. Malakaviy talablar: a) akademik litsey, kasb-hunar kollejining ta’lim yo‘nalishlaridan kamida bittasi bo‘yicha yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha oliy ma’lumot (madaniyat, sport hamda tibbiyot sohasi bundan mustasno); b) ta’lim tizimidagi (pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 5 yildan kam emas. v) malakaviy daraja — katta o‘qituvchidan kam emas. Lavozim vazifalari: a) ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi. Ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlar bo‘yicha yillik, oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, guruh rahbarlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi; b) milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslariga kiruvchi fanlar bo‘yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, bu fanlarning o‘zlashtirilishi monitoringini olib boradi; v) o‘quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi; g) ta’lim muassasasining yotoqxonalarida o‘quvchilarning yashashiga muqobil sharoitlar yaratadi, ularni o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilishini tashkil etadi; d) sport seksiyalari va qiziqishi bo‘yicha to‘garaklarning doimiy faoliyatini ta’minlaydi; e) milliy urf-odatlar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimiz misolida o‘quvchilarning vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarini tashkillashtiradi va nazorat qiladi. O‘quvchilar o‘rtasida darsdan tashqari, ommaviy-ma’rifiy ishlar va ekskursiyalarni tashkil etadi va uni muvofiqlashtiradi; j) ta’lim muassasasida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masalalarini echishga yo‘naltirilgan targ‘ibot va tashviqot ko‘rgazmali vositalari bilan jihozlashni tashkil etadi; z) guruh rahbarlari uslubiy birlashmasining faoliyatini tashkil etadi, ilg‘or pedagogik tajribalar almashish jarayonini muvofiqlashtiradi, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi; i) pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, yuqori malakali ustozlarning ilg‘or pedagogik tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi; k) umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilarini faol kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda qatnashadi; l) tarbiyaviy ishlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordamni tashkil etish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini va malakasini oshirish ishlarini olib boradi; m) san’atkorlar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilishini tashkil qiladi; n) guruh rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatini boshqaradi, ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlarning holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi; o) huquq-tartibot va fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi; p) pedagog xodimlar mehnatini muhofaza qilish talablari, sanitariya-gigiyena rejim va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta’minlaydi; r) jamoa a’zolari va o‘quvchilar kontingenti huquqlarini himoyalash, hayoti va sog‘lig‘ini muhofazalashga g‘amxo‘rlik qiladi. s) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini; b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlari, o‘quvchilarni vatanparvarlik, xalqimiz va vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasi tarixini hurmat qilish ruhida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash usullarini; v) ta’lim muassasasi faoliyati va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslari, ta’lim standartlarining talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish usullari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni qo‘llash usullarini; g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini; d) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish usullarini; e) texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari, o‘smir huquqlarini tartibga soluvchi qonunchilik aktlarini; j) yoshlarga oid qonun hujjatlari. Bajara olishi lozim: a) ta’lim muassasasi va alohida olingan o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash. Ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlar va tarbiyaviy tadbirlarni ishlab chiqish, ishchi yig‘ilishlarni, suhbatlarni olib borish. b) zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llash; v) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik iqlimni yaratish. Malaka talablari: a) ijtimoiy fanlar bo‘yicha yoki pedagogik oliy ma’lumot; b) ta’lim tizimidagi (pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas. Lavozim vazifalari: a) ishlab chiqarish ta’limi o‘quv jarayonini tashkil etadi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv, tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi; b) o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi; v) ishlab chiqarish ta’limi jarayonini boshqaradi, ustozlarning, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi; g) pedagogik xodimlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga uslubiy yordam tashkil qiladi, jamoa, ayrim o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik faoliyatini tahlil qiladi; d) o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Tasdiqlangan reja asosida o‘qituvchilarning ish vaqti hisobini yuritadi, dars jadvali, testlar sinovlari, imtihonlar grafigini ishlab chiqadi; e) o‘quv jarayoni nazoratini tashkil qiladi, ta’lim standartlarining bajarilishi, o‘quvchilarning xulqi va o‘zlashtirishi monitoringini amalga oshiradi, fakultativ darslar va fan to‘garaklarini tashkil etadi; j) o‘quv xonalarini ko‘rgazmali va texnik o‘quv qurollari bilan hamda axborot -resurs markazini kitoblar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan ta’minlanishi va rasmiylashtirilishini boshqaradi; z) o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi va nazorat qiladi; i) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bitiruvchilarni ishga joylashtirish va talabnomalar portfelini shakllantirish masalalarida hamkorlik qiladi; k) ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga taqsimlash va ishga joylashtirishda ishtirok etadi; l) umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilarini faol kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish vazifalarini nazorat qiladi; m) fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etish, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha ishlarni olib boradi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamalarini takomillashtiradi; n) o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi; o) pedagoglar, xodimlar va o‘quvchilar mehnatini muhofazalash talablari, sanitariya-gigiyena tartibi va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta’minlaydi; p) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini; b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqarish psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini, o‘quv jarayonining amalga oshirilishi va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslari, Davlat ta’lim standartlarining talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, hamda xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni; v) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish usullarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini; g) o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalari mudirlari, ishlab chiqarish ustalari uchun malakaviy talablarni; d) yoshlarga oid qonun hujjatlari. Bajara olishi lozim: a) ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalari faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash; b) kasb-hunar kollejini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish, uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv rejalari, dasturlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish; v) majlislar, suhbatlar o‘tkazish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llash; g) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik muhitni yaratish. Malaka talablari: a) kasb-hunar kollejining bilim sohasiga oid maxsus fanlardan biri bo‘yicha oliy ma’lumot; b) pedagogik ish staji 3 yildan kam emas. Lavozim vazifalari: a) umumta’lim va maxsus fan o‘quv xonalari, ishlab chiqarish ta’limi ustaxonalari, laboratoriya va texnologik jihozlarni yo‘nalish bo‘yicha ishlatiladigan texnologik loyiha me’yorlariga muvofiq joylashtirishni tashkil etadi; b) umumta’lim va maxsus fan o‘quv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalarni texnika xavfsizligi qoidalariga javob beradigan zamonaviy jihozlar, moslamalar bilan ta’minlanishini nazorat qiladi; v) o‘qituvchilar, pedagog-muhandislar bilan texnika vositalari va boshqa jihozlardan to‘g‘ri foydalanish va ularni saqlash ishlari bo‘yicha tushuntirish olib boradi; g) o‘quv ustaxonalaridagi mavjud texnika vositalari va jihozlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga rioya etilishi, mehnat, elektr va yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablari, ishlash vaqti me’yorlariga rioya etishni tashkil etadi va amalda bajarilishini nazorat qiladi; d) texnik vositalar va jihozlarni texnik jihatdan soz yoki nosozligini nazorat qiladi hamda texnik ko‘rik sinovi va ta’mirlash ishlarini ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda, pedagog-muhandislar bilan birgalikda, zarur hollarda shartnoma asosida boshqa tashkilotlar yordamida amalga oshiradi; e) o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari, o‘quv-mashq poligonlari, o‘quv xo‘jaliklarida mavjud texnik vositalar, jihoz va dastgohlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi. Texnik vosita, jihoz va asbob-uskunalarning hisobini olib boradi va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi. Qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi qurilma (signalizatsiya)larni o‘rnatish ishlarini tashkil etadi; j) o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar va o‘quv xonalaridagi elektr energiya, suv va gaz bilan ishlovchi qurilmalar hamda moslamalar ishini to‘g‘ri tashkil etilishini nazorat qiladi; z) moddiy javobgar shaxs bo‘lib, olib kelingan, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan olib kelingan jihozlar hisobini olib boradi. Direktor, direktor o‘rinbosarlari va boshqa moddiy javobgar shaxslar ishtirokida olingan jihozlar ro‘yxatini yuk xati asosida tuzadi; i) ta’lim muassasasining ekologik holatining saqlanishi, atrof-muhitning sanitariya-gigiyena talablari darajasida ekanligi ustidan nazorat o‘rnatadi; k) qonun hujjatlari asosida moddiy boyliklarning butligini ta’minlash maqsadida har bir moddiy javobgar shaxs bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzadi hamda tasdiqlash uchun direktorga taqdim etadi; l) xo‘jalik xizmati ishchilariga rahbarlik qiladi, ta’lim muassasasi binolarini kapital va joriy ta’mirlanishini, tozaligini ta’minlaydi; m) muntazam ravishda o‘z malakasi va kasbiy mahoratini oshirib boradi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, inson va bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyalarni, davlatning ichki va tashqi siyosatini, ta’lim va yoshlarga oid qonun hujjatlarini; b) ta’lim va pedagogika fanining asosiy yo‘nalishlarini hamda milliy an’analar va urf-odatlarni rivojlantirish istiqbolini, mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini, sanitariya va gigiyena talablarini; v) o‘quv xonalarini anjomlar bilan ta’minlash va jihozlash talablarini; g) ta’lim uchun zarur bo‘lgan jihoz, asbob-uskuna va vositalarini qabul qilish, saqlash va foydalanish tartib va qoidalarini; d) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, yong‘indan saqlash qoidalarini. Malaka talablari: ixtisoslik yoki pedagogik yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot. Lavozim vazifalari: a) o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shonli an’analarini o‘rganishni tashkillashtiradi; b) tasdiqlangan dasturlarga muvofiq ravishda o‘quvchilarni chaqiriqqacha, jumladan tibbiy tayyorgarligini amalga oshiradi; v) o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qatnashishi hisobini yuritadi, ularning davomati, o‘quv materialini o‘zlashtirishini nazorat qilib boradi, har bir o‘quvchining qobiliyatini o‘rganadi, o‘quv-tarbiya ishini mukammallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini tatbiq qiladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan birgalikda harbiy sport o‘yinlari musobaqalarini o‘tkazadi, harbiy kasb asoslarini o‘rganish bo‘yicha to‘garakni boshqaradi; g) tuman (shahar) harbiy komissariyatlariga o‘quvchilarning chaqiriqqacha harbiy hisobga olishga hamkorlik qiladi; d) favqulotda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi va himoyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi; e) alohida himoya vositalarini, harbiy texnika bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalarni va chaqiriqqacha o‘quvchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan boshqa ashyolarni foydalanishga tayyor holda ushlab turadi va saqlash qoidalariga amal qiladi; j) mashg‘ulotlarda texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi; z) o‘quvchilar hayoti, sog‘lig‘ini muhofazalash va huquqlarini himoya qilish haqida g‘amxo‘rlik qiladi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat”, “Mudofaa to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlarini, davlatning tashqi va ichki siyosatini; b) jahon va mamlakatdagi pedagogika fani va amaliyotining yutuqlarini, yoshlarni vatanparvarlik ruhida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash uslubiyatini, o‘z Vatani va xalqining tarixini; v) o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘qitishning mazmuni va usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini; g) yoshlarga oid qonun hujjatlari; d) texnika xavfsizligi qoidalarini. Bajara olishi lozim: tasdiqlangan dasturga mos holda o‘quvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish. Malaka talablari: maxsus harbiy-pedagogik yo‘nalishda oliy ma’lumot, zaxiradagi ofitser. Lavozim vazifalari: a) o‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha o‘quv, fakultativ va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etadi; b) jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchilari ishini boshqaradi; v) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jadvalini tuzadi; g) davomat va o‘zlashtirishni nazorat qiladi va hisobga oladi, o‘quv-tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ishlarini mukammallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi va ta’lim jarayonida o‘quvchilar sog‘lig‘i holatini kuzatib boradi; d) jismoniy tarbiyaning ilg‘or va samarador vositalari, usullari va shakllarini tatbiq etadi; e) “Sog‘lom avlod uchun” kompleks dasturlarining bajarilishi bo‘yicha ish olib boradi; j) sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan o‘quvchilar sog‘lig‘ini tekshirishda qatnashadi, o‘quvchilar sog‘lig‘i holatini aniqlashda test usullaridan foydalanishni tashkillashtiradi; z) turli korxona, tashkilot, muassasa va jamoat tashkilotlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etadi; i) “Barkamol avlod” sport o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etadi; k) sport inshootlari, inventarlaridan foydalanish va sportni rivojlantirish uchun budjetdan ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan maqbul foydalanishni ta’minlaydi; l) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etadi, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi. m) jamoat instruktorlari, trenerlar va hakamlarni tayyorlash bo‘yicha ish olib boradi; n) amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha axborotlar tayyorlaydi va hisobotlar tuzadi; o) malaka va kasb mahoratlarini doimo oshirib boradi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, davlatning ichki va tashqi siyosatini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari talablari va mazmunini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha uslubiy hujjatlarini; b) pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi metodikasini, o‘smirlar fiziologiyasi va anatomiyasini; v) sanitariya va gigiyena talablari va qoidalarini, o‘quvchilar sog‘lig‘ini himoyalashni, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda texnika xavfsizligini; g) hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish va tuzish tartibini; d) zamonaviy va xalq sport o‘yinlari talablari va qoidalarini. Bajara olishi lozim: tasdiqlangan dasturga muvofiq tarzda o‘quvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlar olib borish. Malaka talablari: a) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha oliy ma’lumot; b) o‘qituvchi lavozimida 3 yillik amaliy ish staji. Lavozim vazifalari: a) Davlat ta’lim standartlarining zamonaviy talablariga muvofiq kasbiy ta’lim bo‘yicha usta ishini tashkillashtiradi; b) kasbiy ta’lim ustalarining amaliy faoliyatini nazorat qiladi va boshqaradi, ularni amaliy ishlarni rejalashtirish, ish yuritish va hisobotlar bo‘yicha zaruriy hujjatlar bilan ta’minlaydi; v) kasbiy ta’lim ustalari o‘quv laboratoriya xonalari, ustaxonalar, poligon va boshqalarning rahbarlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan uslubiy va ko‘rsatmalar berish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi; g) kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda kasbiy ta’lim ustalarining malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi; d) o‘quvchilarning kasbiy ta’lim tayyorgarligini maxsus fanlar bo‘yicha nazariy ta’lim dasturlariga uyg‘unligini ta’minlaydi; e) o‘quvchilar amaliy tayyorgarligining davlat ta’lim standartlari talablariga mosligini nazorat qiladi; j) o‘quv laboratoriyalari, ustaxonalar, poligonlardagi ish joylariga jihozlarni o‘z vaqtida o‘rnatishni, zarur hollarda ularni ta’mirlashni amalga oshiradi, o‘quv amaliy ish dasturlariga mos xomashyo va materiallar bilan ta’minlaydi; z) amaliy o‘quv mashg‘ulotlari, amaliyotlar o‘tkazishda kasbiy ta’lim ustalariga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishida, texnik sharoitlardan kelib chiqib sifatni ta’minlashda standart talablarining bajarilishini tekshiradi; i) o‘quvchilarni amaliy ishlaridagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarining nazoratini amalga oshiradi; k) kasbiy ta’lim ustalari bilan birgalikda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish korxonasini tanlaydi; l) korxonalar bilan amaliyotni o‘tkazish to‘g‘risida shartnomalar tuzib, ularni tasdiqlashga tayyorlaydi; m) o‘quvchilarga texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshiradi; n) o‘quvchilarni davlat attestatsiyasiga tayyorlaydi. o) doimiy ravishda o‘z malakasini oshiradi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, O‘rta maxsus kasb hunar ta’limi markazining o‘smirlar ta’limi va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha buyruqlari, topshiriqlari va boshqa hujjatlarni, O‘smirlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani; b) kasb-hunar kolleji yo‘nalishiga mos bo‘lgan, respublikamiz va chet ellarda qo‘llanilayotgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini; v) kasbiy ta’lim pedagogik asoslarini; g) o‘quv ishlab-chiqarish va amaliyot darslarini rejalashtirishni; d) menejment va marketing xususiyatlarini, mehnatni ilmiy tashkil qilishni; e) o‘quvchilar ishining sifati va bilimlarini baholash mezonlari; j) mehnatni muhofazalash va texnika xavfsizligi qoidalari; z) hisobotlar, shartnomalar, lavozim yo‘riqnomalarini tayyorlash tartibi, suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish, ish yuritishni bajarish; Malaka talablari: a) kasb-hunar kollejining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muhandis-pedagog yoki muhandislik oliy ma’lumot; b) maxsus nazariy fanlar o‘qituvchisi lavozimida 2 yillik ish staji yoki 1-toifali kasbiy ta’lim ustasi. Lavozim vazifalari: a) o‘quv rejasi, dasturi va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish grafigiga mos ravishda o‘quv-ishlab chiqarish ishini tashkillashtiradi; b) ish joylarini zarur jihozlar, inventarlar, yo‘riqnomalar va uslubiy materiallar (plakatlar, stendlar, sxemalar, maketlar, namunalar, modellar va boshqalar) bilan o‘z vaqtida jihozlashni ta’minlaydi; v) jihozlash, sozlash, ta’mirlashni, ularni amaliy ishlar texnologiyasiga muvofiq taqsimlash (rejalashtirish) ni tashkillashtiradi; g) ustaxonaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, kasbiy ta’lim ustalari va o‘quvchilar bilan ustaxonalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlash uchun ish tartibi va sharoitlari to‘g‘risida tushuntirishlar olib boradi, majlislar o‘tkazadi; d) amaliy mashg‘ulot va o‘quv ishlari o‘tkazishda kasbiy ta’lim ustalariga amaliy yordam ko‘rsatadi; e) ustaxonada ishlashda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (yong‘in va elektr xavfsizligi) qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi; j) ustaxonada mos uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlaydi va uslubiy ishlarni boshqaradi; z) ustaxonani asboblar, inventarlar bilan jihozlanish ishini tashkillashtiradi, ularning holatini yaxshi saqlash, sanitariya-gigiyena talablari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi; i) o‘quvchilar kasbiy tayyorgarligining davlat talablariga mosligini ta’minlaydi va nazorat qiladi; k) kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda ustaxona xodimlarining malakasini oshirish va attestatsiyasi bilan shug‘ullanadi; l) ustaxona faoliyatini tartiblovchi hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi; m) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, ta’limning rivojlanish strategiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining o‘smirlar kasbiy ta’limi, amaliy tayyorgarligi va tarbiyasini tashkil etish va yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatlari; b) Davlat ta’lim standartlari talablari mazmuni, ularning uslubiy qo‘llanmalarini; v) kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini; g) ustaxonada mashinalar, apparatlar, asboblar va moslamalarning tavsiflari va ularning qo‘llanish qoidalarini; d) kasbiy ta’lim ustalari va ustaxonaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablarini; e) o‘quv va ishlab chiqarish, amaliy ishlarni tashkil etishni rejalashtirishni; j) hisobotlar, shartnomalar, lavozim yo‘riqnomalari tuzishni, suhbatlar va uchrashuvlar o‘tkazishni, ish yuritishni olib borishni; z) o‘quvchilar bilimini va bajarilgan ishlar, chiqarilgan mahsulotlar sifatini baholash usullarini; i) pedagogikani, pedagogik psixologiyani, o‘smirlar fiziologiyasini, ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishning sanitariya-gigiyena talablarini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini; y) yoshlarga oid qonun hujjatlari. Malaka talablari: a) oliy pedagogik yoki muhandis-pedagogik ma’lumot yoki kasb-hunar kolleji yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus kasbiy ta’lim; b) kasbiy ta’lim ustasi lavozimida 3 yildan kam bo‘lmagan amaliy ish staji. Lavozim vazifalari: O‘quv ishlari: a) o‘zining fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalariga muvofiq o‘quvchilarning o‘qiyotgan kursi va bilim darajasiga mos ravishda nazariy va amaliy o‘quv darslarini tayyorlash va o‘tkazilishini ta’minlaydi; b) maslahatlar o‘tkazadi, o‘quvchilarning olingan bilimlarini mustaqil amaliyotga qo‘llashga tayyorligini amalga oshiradi; v) Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirishini xolis baholashni ta’minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Shu maqsadda joriy oraliq va yakuniy testlarni (nazorat so‘rovini) amalga oshiradi, imtihonlar, o‘quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiruvini o‘tkazadi, reyting ballarini hisoblaydi; g) davomat hisobini yuritadi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ustavining talablariga amal qilinishini ta’minlaydi; d) o‘zlashtirishida bo‘shliqlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan guruhiy va alohida ish olib boradi, dastur materiallari, davlat ta’lim standartlari talablariga mos ravishda maksimal o‘zlashtirishni ta’minlaydi. O‘quv uslubiy va ilmiy ishlar: a) mashg‘ulotlar rejalarini ishlab chiqadi, amaliy, tajriba mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti, diplom loyihalari, didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, metodik ko‘rsatmalar tayyorlaydi; b) amaliy mashg‘ulotlarga o‘quvchilarning mustaqil, individual va o‘quv tadqiqot ishlari, shuningdek ularning bilimini nazorat qilish uchun topshiriqlar va masalalar ishlab chiqadi; v) o‘qituvchilar kengashi, ilmiy kengash, uslubiy kengash ishida, seminarlar ilmiy anjumanlar, treninglar, yig‘ilishlar, majlislarda, hisobotlar tuzishda qatnashadi; d) o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasasining yetakchi, katta va boshqa o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv va metodik ishlar sifatini nazorat qiladi va baholaydi; e) tegishli fanlar bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar o‘tkazishni boshqaradi va tashkillashtiradi; j) o‘quvchilarda barqaror kasbiy bilimlar shakllanishini ta’minlaydi; z) o‘quvchilarni fan olimpiadalari, turli konkurslar, konferensiyalar va festivallarga tayyorlaydi; i) o‘quv jarayoniga progressiv axborot va kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi; k) darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, darsliklarning elektron versiyalari, uslubiy qo‘llanmalar yaratadi, ilmiy maqolalar nashr ettiradi; l) kasbiy ta’lim va fanlarning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy, o‘quv tadqiqot ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi, ilmiy ishlar natijalari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlaydi; m) o‘quvchilar amalga oshiradigan ilmiy va innovatsion ishlarning o‘tkazilishini boshqaradi. Tashkiliy-uslubiy ishlar: a) kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini o‘tkazishni boshqaradi, amalga oshiradi; b) mahalla faollari bilan 9-sinf bitiruvchilarini navbatdagi ta’lim bosqichiga qamrab olish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi; g) ochiq darslar (mashg‘ulotlar) o‘tkazadi va boshqa o‘qituvchilarning ochiq darslari (mashg‘ulotlari)ni kuzatadi, ochiq darslar (mashg‘ulotlar)ni baholaydi; d) fan to‘garaklari va seksiyalarini boshqaradi; e) tasdiqlangan o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlari doirasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmunining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlaydi; j) o‘quv muassasasidagi maslahat markazining ishida qatnashadi; z) o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy tanlovlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi; i) o‘quv kabinetlari, siklik komissiyalarga mudirlik qiladi; k) binolar, xonalar, laboratoriyalarda unga biriktirilgan o‘quv jihozlari va o‘qitishning texnik vositalari, mulk va boshqa moddiy boyliklardan samarali foydalanishni va ularning saqlanishini ta’minlaydi; l) o‘quvchilar foydalanadigan axborot materiallari, o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanganlik va saqlanganligini nazorat qiladi; Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar: a) guruhga rahbarlik qiladi, ustoz-shogird munosabatlarini amalga oshiradi; b) o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib boradi, ularni shaxs sifatida rivojlanishiga yordam beradi; v) o‘quvchilarning tarbiyaviy masalalari bo‘yicha ota-onalar, psixolog va boshqa o‘qituvchilar bilan individual uchrashuvlar o‘tkazadi; g) o‘quvchilarning muzeylar, ko‘rgazmalarga tashrifi, ijodiy kechalar, mehnat faxriylari va jamoat arboblari bilan uchrashuvlarini tashkillashtiradi. Boshqa majburiyatlar: a) o‘quv va laboratoriya kabineti mudirligini amalga oshiradi (zarur bo‘lganda); b) mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, hamkasblari va o‘quvchilar bilan pedagogik axloq me’yorlariga va qonunlarga mos talablarga, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanishda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qiladi; v) o‘z kasbiy darajasini doimiy oshirib boradi; g) o‘quv muassasasida bo‘lgan vaqtda va darsdan tashqari tadbirlar o‘tkazishda unga ishonib topshirilgan o‘quvchilar kontingentining hayoti va sog‘lig‘ini himoyalashga hamkorlik qiladi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim tizimi, Davlat ta’lim standartlarini mukammallashtirish to‘g‘risidagi hujjatlari; b) o‘rgatilayotgan o‘quv fani, uning mazmuni va amaliy qo‘llashning ilmiy-nazariy asoslarini; v) o‘smirlarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va intensiv usullarini, ta’lim berayotgan fani bo‘yicha darslar olib borishning tartibi va uslubiyotini, didaktik tamoyillarini; g) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, test olishning zamonaviy va samarali usullari va baholash mezonlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va faolligini baholashning reyting tizimini; d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyoti, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini; e) o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’limning texnik vositalarini amaliy qo‘llashni; j) kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni; z) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb vazifalari va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishining usullarini, muloqotda, suhbatlarda, mashg‘ulotlarda nutq madaniyati va axloqning dolzarb masalalarini; i) mehnatni ilmiy tashkil etishni va huquq asoslarini; k) mehnat gigiyenasi va muhofazasi, texnika xavfsizligi qoidalarini, o‘quv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlash talablarini; l) maxsus fanlar o‘qituvchilari, shuningdek, mutaxassislikka mos ishlab chiqarish texnologiyasini, iqtisodiyot asoslari va ishlab chiqarishni boshqarishni bilishi kerak. Malaka talablari: a) pedagogik yoki muhandis-pedagogik yoki o‘rgatayotgan o‘quv fani yo‘nalishiga mos oliy ma’lumot va yetakchi o‘qituvchi lavozimida 3 yillik amaliy ish staji. Bosh o‘qituvchi lavozimiga da’vogarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvon bo‘lganda yetakchi o‘qituvchilik staji talab qilinmaydi b) bosh o‘qituvchi lavozimini egallashda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi: malaka quyidagicha aniqlanadi: pedagogika fani va amaliyotining, profilli bilim sohasining eng yangi yutuqlarini o‘zlashtirish darajasi; amaliy masalalarni ijodiy hal qilish. kasbiy yetuklik (professionalizm) quyidagicha aniqlanadi: ta’lim-tarbiyaning usul, vosita, shakllarini optimal tanlash yoki tarqatishga tavsiya etilishi mumkin bo‘lgan pedagogik texnologiya yoki uning elementlarini mustaqil ishlab chiqish, tajribadan o‘tkazish va samarali qo‘llash ko‘nikmasi; o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish; amaliy faoliyatda ta’limning tadqiqot va tajriba-eksperimental usullari, pedagogik jarayonni boshqarish va istiqbolini belgilash usullari, o‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkillashtirish va rejalashtirish usullarini qo‘llashi; salohiyati pedagog xodimning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ta’lim tizimida o‘quvchi tayyorgarligining o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori hisoblangan darajasini ta’minlashi bilan belgilanadi. Lavozim vazifalari: O‘quv ishlari: a) Davlat ta’lim standartlariga muvofiq kasb-hunar kolleji (akademik litsey)ning ta’lim darajasi va tegishli kurs(guruh)larga mo‘ljallangan o‘quv dasturiga asosan ma’lum o‘quv predmeti bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishni va uning o‘tkazilishini ta’minlaydi; b) maslahatlar o‘tkazadi, o‘quvchilarni o‘zlashtirgan bilimlarini mustaqil ravishda amaliy qo‘llashga tayyorlaydi; v) ta’lim standartlariga binoan o‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishini obyektiv baholashni ta’minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Ushbu maqsadda o‘quvchilar bilimining joriy, oraliq va yakuniy nazoratini o‘tkazadi, o‘quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi; g) davomatni hisobga olib boradi, o‘quvchilarning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi Ustavi talablariga amal qilishini ta’minlaydi; d) o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar bilan yakka tartibda va guruhda ishlar olib boradi, Davlat ta’lim standartlari talablariga binoan dasturiy materiallarning maksimal o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar: a) mashg‘ulotlar rejalarini ishlab chiqadi, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, kurs, diplom loyihalari (ishlari)ga didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlaydi; b) amaliy mashg‘ulotlar, o‘quvchilarning mustaqil, individual va o‘quv tadqiqotchilik ishlari bo‘yicha topshiriqlar va vazifalar, shuningdek ularning bilimlarini nazorat qilish uchun topshiriqlar tuzadi; v) ilmiy-pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminarlar, ilmiy anjumanlar, treninglar, yig‘ilishlar, majlislarni tashkil etish va hisobotlarni tuzish ishlarida qatnashadi; g) o‘quvchilarni fan olimpiadalari, turli tanlovlar, anjumanlarga va festivallarga tayyorlaydi; d) ilg‘or axborot va kommunikatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi; e) darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ularning elektron ko‘rinishdagi nusxasini yaratadi; j) ilmiy va o‘quv-metodik ishlarni tashkil etadi. Tashkiliy-uslubiy ishlar: a) umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boradi; b) o‘quvchilarda kasbiy tasavvurlarni shakllantiradi; v) ochiq darslar (mashg‘ulotlar) o‘tkazadi va ochiq darslarga qatnashib, ularning sifatiga baho beradi; g) fan to‘garaklariga rahbarlik qiladi; d) ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishlarida ishtirok etadi; e) madaniy-sog‘lomlashtirish tadbirlarini va o‘quvchilar orasida ijodiy tanlovlarni tashkil etadi va o‘tkazadi; j) o‘quv va laboratoriya kabinetlari mudirligini amalga oshiradi; z) biriktirilgan xonalar, kabinetlar, laboratoriyalardagi o‘quv jihozlari, o‘qitishning texnik vositalari va moddiy mulklarning saqlanishi hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi; i) o‘quvchilar foydalanadigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar, axborot materiallarining ta’minlanganligi va saqlanishini nazorat qiladi. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar: a) guruhga rahbarlik qiladi, ustozlikni amalga oshiradi; b) o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi, ularning shaxs sifatida rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi; v) o‘quvchilarni tarbiyalash masalalari bo‘yicha ota-onalar, psixolog va boshqa o‘qituvchilar bilan individual uchrashuv va suhbatlar o‘tkazadi; g) o‘quvchilar bilan muzeylar va ko‘rgazmalarga tashrif buyurishni, yozuvchi va artistlar bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalarni o‘tkazishni tashkil etadi. Qo‘shimcha vazifalar: a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga, hamkasblari va o‘quvchilar bilan pedagogik axloq me’yorlariga hamda qonun hujjatlari, xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablariga amal qiladi; b) muntazam ravishda o‘zining kasbiy tayyorgarligini (mahoratini) oshirib boradi; v) ta’lim muassasasi va darsdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish vaqtida unga topshirilgan o‘quvchilar kontingentining sog‘lig‘i va hayot xavfsizligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, ta’lim tizimi va davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi buyruqlarini; b) o‘qitadigan o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmuni va amaliy qo‘llanishini ; v) yoshlarga ta’lim- tarbiya berishning jadal metodlari va ilg‘or shakllarini, didaktik prinsiplarni, o‘qitadigan o‘quv predmeti bo‘yicha darsni tashkil etish metodikasini; g) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy va samarali nazorat qilish metodlari, shakllarini va baholash mezonlari hamda test nazoratini o‘tkazishni, o‘quvchilarning faolligi va o‘zlashtirishini reyting tizimida baholashni; d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini; e) o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari hamda o‘qitishning texnik vositalaridan amaliy foydalanishni; j) kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni; z) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb vazifalari va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishining usullarini, mashg‘ulotlarda, suhbatlarda va muloqotlar jarayonlarida nutq madaniyati va axloq masalalarini; i) mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini; k) mehnat gigiyenasi va xavfsizligi qoidalari, xavfsizlik texnikasi, o‘quv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlashga qo‘yiladigan talablarni; l) maxsus fan o‘qituvchilari bundan tashqari tegishli sohasining ishlab chiqarish texnologiyasini, ishlab chiqarishni boshqarish va iqtisodiyot asoslarini bilishi kerak. Malaka talablari: a) yetakchi o‘qituvchi eng kamida oliy pedagogik yoki muhandis-pedagog ma’lumotga yoki tegishli sohaga oid ma’lumotga ega bo‘lishi, 3 yildan kam bo‘lmagan muddatda katta o‘qituvchi lavozimi ish stajiga ega bo‘lishi zarur; b) yetakchi o‘qituvchi vazifasini bajarishda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar hisobga olinadi: malaka quyidagicha aniqlanadi: ta’lim jarayoni individuallashtirish texnologiyasi, zamonaviy psixologik-pedagogik diagnostika usullarini yuqori darajada egallaganligi; o‘qitadigan o‘quv predmeti mazmunining asosiy komponentlarini egallaganligi va turdosh fanlar bo‘yicha yuqori darajada bilimga ega bo‘lishi; turli darajada o‘qitishga imkon beruvchi nazariy bilimlarga egaligi. kasbiy yetuklik quyidagicha aniqlanadi: ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va shakllarini tanlab olishda o‘quvchilarning psixologik o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish malakalari; rivojlanish darajasi, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi va sog‘lig‘i holati turlicha bo‘lgan o‘quvchilar bilan pedagogik vazifalarini echish qobiliyati; kasbiy-pedagogik faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish omillari, o‘quv-uslubiy ishlarni tahlil etish metodikasini qo‘llash qobiliyati. Salohiyati o‘quvchilarni o‘z ixtisosligi bo‘yicha tuman, shahar bo‘yicha yuqori tayyorgarligining ta’minlanganligi bilan aniqlanadi. Lavozim vazifalari: O‘quv ishlari bo‘yicha: a) ma’lum bosqich (guruh) va ta’lim darajasi uchun ko‘zda tutilgan, davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlariga muvofiq predmet, fan bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishni ta’minlaydi; b) o‘quvchilar tomonidan olingan bilimlarni amaliyotga mustaqil tatbiq etishga tayyorlaydi, maslahatlar beradi; v) ta’lim standartlariga mos ravishdagi o‘quv materiallarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini obyektiv baholanishini ta’minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Shu maqsadda o‘quvchilar bilimini joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarini amalga oshiradi, o‘quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi; g) davomat hisobini yuritadi, ta’lim muassasasi nizomi talablarining ular (o‘quvchilar) tomonidan bajarilishini ta’minlaydi; d) qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan guruhli va yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boradi, dasturiy materialni davlat ta’lim standarti talablari asosida maksimal o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha: a) mashg‘ulot rejasini ishlab chiqadi, didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallarni, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarga, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlariga, kurs va diplom loyihalari(ishlari)ga uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlaydi; b) amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil, individual va o‘quvchilarning o‘quv-tadqiqot ishlari bo‘yicha topshiriqlar va masalalar, shuningdek ularning bilimlarini nazorat qilish uchun topshiriqlar tuzadi; v) o‘quvchilarni fan olimpiadalariga, turli ko‘rik tanlovlarga, ilmiy konferensiyalar va festivallarga tayyorlaydi; g) ta’lim jarayoniga rivojlangan (progressiv) axborot va kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi; d) ilmiy va o‘quv tadqiqot ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, uning natijasi bo‘yicha ma’ruza qiladi; Tashkiliy-uslubiy ishlar: a) umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boradi; b) o‘quvchilarda kasb to‘g‘risida umumiy tushunchani shakllantiradi; v) ochiq dars ( mashg‘ulotlar) o‘tkazadi, ularga qatnashadi; g) fan to‘garaklari ishlariga rahbarlik qiladi; d) ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishlarida ishtirok etadi; e) biriktirilgan o‘quv guruhida madaniy-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; j) “Barkamol avlod” sport o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishda, o‘quvchilar orasida ijodiy ko‘rik tanlovlar o‘tkazishda, navbatchilikda ishtirok etadi; z) fan kabinetiga, kafedraga (zarur hollarda) mudirlik qiladi; i) biriktirilgan bino, kabinet, laboratoriyalardagi o‘quv jihozlari, ta’limning texnik vositalari, buyumlar va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi; k) biriktirilgan guruhdagi o‘quvchilar foydalanayotgan o‘quv-uslubiy adabiyotlar, axborot materiallarining ta’minlanishi va saqlanishi darajasini nazorat qiladi. Ma’naviy-ma’rifiy va boshqa tarbiyaviy ishlar: a) o‘quv guruhiga rahbarlik qiladi; b) shaxsni shakllantirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga, musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha o‘smirlar orasida tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Ushbu maqsadda ota-onalar, psixologlar va boshqa o‘qituvchilar bilan individual uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazadi; v) ijodiy kechalar va uchrashuvlar o‘tkazishni, muzey va ko‘rgazmalarga tashrifni tashkil etadi. Boshqa vazifalari: a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi, xizmatdoshlar va o‘quvchilar bilan pedagogik axloq me’yorlari qoidalariga va huquqiy hujjat talablariga, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablarini bajaradi; b) o‘zining kasbiy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirib boradi; v) ta’lim muassasasida va auditoriyadan tashqarida o‘tkaziladigan tadbirlar paytida unga ishonib topshirilgan o‘quvchilar kontingentining hayoti va sog‘lig‘i haqida qayg‘uradi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, boshqa qonun hujjatlarini, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim tizimini, Davlat ta’lim standartini takomillashtirish borasidagi buyruqlarini; b) dars berilayotgan o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmunini va amaliy tadbig‘ini; v) o‘smirlarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari hamda faol metodlarini, didaktik tamoyillarni, o‘qitilayotgan fan bo‘yicha darslarni tashkil etish va olib borishni; g) nazoratning zamonaviy, faol shakllarini, metodlarini, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baholash mezonlarini, o‘quvchilar faolligini va o‘zlashtirishini baholashning reyting tizimini; d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini; e) ta’lim jarayonida o‘qitishning texnik vositalarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliy qo‘llashni; j) kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi omillarni; z) ma’naviyat va ma’rifatning dolzarb masalalarini va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni, muomalada, suhbatda va mashg‘ulotlarda nutq madaniyati va axloq masalalarini; i) mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini; k) mehnat muhofazasi va gigiyena qoidalarini, xavfsizlik texnikasini, fan kabinetlari, auditoriya va boshqa binolarni jihozlashga qo‘yiladigan talablarni; l) maxsus fan o‘qituvchilari mutaxassislik bo‘yicha ishlab chiqarish texnologiyasini, iqtisod va ishlab chiqarishni boshqarish asoslarini bilishi kerak. Malaka talablari: a) katta o‘qituvchi kasb-hunar kolleji (akademik litsey) ta’lim sohasiga mos oliy ma’lumotli pedagog, muhandis-pedagog yoki boshqa ma’lumotga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kamida 3 yil o‘qituvchilik stajiga ega bo‘lishi kerak. Magistr darajasiga ega bo‘lgan xodimga attestatsiya o‘tkazilmasdan, o‘qituvchilik stajiga qo‘yiladigan talablardan qat’i nazar, katta o‘qituvchi malaka darajasi beriladi; b) katta o‘qituvchi lavozimi berilayotganda quyidagi ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi: malaka quyidagilar bilan aniqlanadi: pedagogika nazariyasi, psixologiya va yosh fiziologiyasi asoslarini bilishi; o‘qitilayotgan fanning tayanch komponentlari mazmuni va ta’lim-tarbiya metodlarini yaxshi bilishi. kasbiy yetuklik (professionalizm) quyidagilar bilan aniqlanadi: ta’lim jarayonida qulay mikroiqlim yarata olishi, ta’lim jarayoni variativligini ta’minlovchi metodlar, usullar va ta’lim vositalarini amaliy faoliyatga keng tatbiq qila olishi; pedagogik tashxisning asosiy metodlari va vositalarini, ta’lim oluvchilar kontingentini differensiyalash (tabaqalashtirish) ning asosiy shakllarini; ta’lim oluvchilarning anglash va kommunikativ (muloqotga kirishish) madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy metodlarini qo‘llay olishi. salohiyati quyidagilar bilan aniqlanadi: pedagog bevosita munosabatda bo‘layotgan o‘quvchilar kontingentini saqlashni ta’minlaydigan ish tajribasining mavjudligi; o‘quvchilarning davlat ta’lim standarti talablariga mos keluvchi va ushbu muassasasida yuqori deb qaralgan tayyorgarlik darajasini ta’minlashi. Lavozim vazifalari: O‘quv ishlari bo‘yicha: a) ta’lim darajasi va ma’lum kurslar (guruhlar) uchun mo‘ljallangan, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga asoslangan tegishli fan bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishni va o‘tishni ta’minlaydi; b) o‘quvchilarning olgan bilimlarini amalda mustaqil ravishda qo‘llashlari uchun tayyorlaydi, maslahat beradi; v) ta’lim standartlari talablariga asosan o‘quv materiallarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini obyektiv baholashni ta’minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Bu maqsadda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni amalga oshiradi, o‘quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi; g) o‘quvch
136
62,740
Qonunchilik
TOVARLARNING AYRIM TURLARINI ChAKANALAB SOTISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini chakanalab sotish qoidalari, Umumiy ovqatlanish mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish va sotish qoidalari hamda qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan mahsulotlarni chakana savdo korxonalarida sotish qoidalari 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zbekbirlashuv”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarni, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tovarlar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi barcha korxonalarga yetkazishni ta’minlasinlar, shuningdek aholini belgilangan tartibda xabardor qilsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur qoidalar oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining ayrim turlari (non va non-bulka mahsulotlari, sovuq ichimliklar, go‘sht va sut mahsulotlari, tuxum, margarin, baliq mahsulotlari, gazlamalar, kiyim-bosh, radiotovarlar va maishiy elektr tovarlarini chakanalab sotish sohasidagi asosiy talablarni belgilaydi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu sohada faoliyatni amalga oshiruvchi, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar (savdo korxonalari, xususiy tadbirkorlar)ga tatbiq etiladi. 2. Savdo korxonasi mahsulotga amaldagi sanitariya qoidalari, standartlar va texnik shartlarga (keyingi o‘rinlarda - normativ hujjatlar) ega bo‘lishi hamda ularda belgilangan talablarga rioya etishi lozim. Tovarlarni chakanalab sotish qoidalari xaridorlar e’tiboriga, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, har bir savdo korxonasi tomonidan yetkazilishi (savdo zaliga osib qo‘yilishi yoxud xaridor talabiga ko‘ra ko‘rsatilishi) lozim. 3. Savdo korxonasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘zda tutilgan xaridorning huquqlariga so‘zsiz rioya etishi shart. 4. Sotiladigan har bir guruh tovarlarga, shu jumladan xorijiy tovarlarga savdo korxonasi muvofiqlik sertifikati yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan, mahsulotning sifati hamda iste’molchilar sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfsizligini tasdiqlovchi nusxasiga ega bo‘lishi shart. Sotiladigan tovarlar sifati uchun savdo korxonasi javobgar bo‘ladi. 5. Tovarlar sotuvini amalga oshiruvchi do‘konlar, palatkalar, pavilonlar va lotoklar mahsulotlarning aniq turiga amalda bo‘lgan normalarga muvofiq sifati va miqdorini saqlashni ta’minlovchi zarur asbob-uskunalar, mexanizatsiya vositalari, inventarlar va o‘lchov vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Savdo korxonalari tomonidan foydalaniladigan tarozi toshlari, tarozilar va boshqa o‘lchov priborlari soz holda saqlanishi, aniq-ravshan tamg‘alarga ega bo‘lishi hamda amaldagi tartibga muvofiq belgilangan muddatlarda davlat tekshiruviga berilishi lozim. 6. Savdo korxonasida tovarlarni chakanalab sotish barcha fuqarolarga umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bir xil tovarlarni boshqalarini majburiy sotib olish sharti bilan sotish taqiqlanadi. 7. Savdo korxonasi sotiladigan tovarlarga to‘g‘ri rasmiylashtirilgan narxnomalarning bo‘lishini ta’minlashi hamda xaridorning talabiga ko‘ra tovarning ishlab chiqaruvchisi, asosiy iste’mol xususiyatlari hamda narxlari to‘g‘risida to‘liq axborot berishi, xaridorlarga zarur darajada xizmat ko‘rsatishi, tovarlarning to‘la o‘lchovda hamda og‘irlikda chiqarilishini ta’minlashi lozim. 8. Xaridor unga berilgan tovarning narxi, og‘irligi va o‘lchovi to‘g‘riligini, shuningdek, mahsulotning saqlanish muddatlarini (nakladnoy, olinadigan varaqalar bo‘yicha) hamda ushbu tovarga muvofiqlik sertifikati mavjudligini tekshirishga haqlidir. Savdo zallarida xaridor uchun qulay joyda nazorat tarozilari va boshqa o‘lchov priborlari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 9. Tovarlar uchun xaridorlar bilan hisob-kitoblar xaridorlarga albatta chek berilgan holda nazorat-kassa mashinalari vositasida amalga oshiriladi. 10. Xaridor, agar unga sotilgan chog‘ida kelishilmagan bo‘lsa, kamchiligi bo‘lgan tovar sotilgan taqdirda o‘z tanloviga ko‘ra quyidagilarni talab qilishga haqlidir: o‘xshash marka (model, artikul)dagi zarur darajadagi sifatli tovarga almashtirish; xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirish; tovar kamchiliklarini tekin tuzatib berish yoki kamchiliklarni iste’molchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tuzatilganligi uchun xarajatlarni to‘latish; xarid narxini miqdorga qarab pasaytirish; keltirilgan zararlarni to‘lattirib shartnomani bekor qilish. Xaridorning ko‘rsatib o‘tilgan talablarini qondirish savdo korxonalari tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7—18, 22-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi, bunda ma’naviy zararni qoplash miqdori sud tomonidan belgilanadi. 11. Mavsumiy tovarlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa mahsulotlar) uchun e’tiroz arizalari muddati tegishli mavsum kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. 12. Chakana savdo tarmog‘ida sotilgan mazkur qoidalarda ko‘rsatilgan tegishli sifatdagi nooziq-ovqat tovarlarini ayirboshlash yoki ular uchun to‘langan pulni qaytarish “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. 13. Xaridor uning aybi bilan shikastlangan yoki yo‘q qilingan tovar va mol-mulk qiymatini savdo korxonasiga to‘lashi lozim. 14. Non va non-bulka mahsulotlari sotuvini amalga oshiruvchi savdo korxonalarida belgilangan ish soatlarida assortiment ro‘yxatida nazarda tutilgan assortimentdagi non va non-bulka mahsulotlari bo‘lishi lozim. Ixtisoslashtirilgan non do‘konining savdo zalida yoki non mahsuloti savdosini amalga oshiruvchi bo‘limda ko‘rinarli joyga mahsulotning tayyorlovchilari, olib kelish jadvallari, non mahsulotlarini sotish muddatlari, parhezbop non mahsulotlari va yangi turdagi mahsulotlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim. 15. Non va non-bulka mahsulotlarini qabul qilishda sotuvchi mahsulot sifatini organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha, har bir mahsulot vaznining mahsulotning aniq turiga amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirishi lozim. Buzilishlar aniqlangan taqdirda mahsulot tayyorlovchiga qaytariladi. Etkazib beruvchining yondash hujjatida ushbu tovarlar to‘g‘risida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 6-moddalarida nazarda tutilgan to‘liq ma’lumotlar bo‘lishi lozim. 16. Ixtisoslashtirilgan va firma non-qandolat do‘konlarida va boshqa do‘konlarning non bo‘limlarida non, non-bulka mahsulotlari va qandalotchilik mahsulotlaridan tashqari shakar, choy, kofe, kakao, un, yorma, makaron mahsulotlari, bolalar ovqati uchun quruq mahsulotlar, oziq-ovqat konsentratlari, kafeteriyga ega bo‘lgan do‘konlarda esa, shuningdek issiq holdagi xamir va qandolatchilik mahsulotlari sotilishi mumkin. 17. Non va non-bulka mahsulotlarining tandirdan chiqqandan keyin sotuvda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muddatlari mahsulotning har bir turiga faqat normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda belgilanadi. 18. Xaridorlar xohishiga ko‘ra og‘irligi 0,4 kg va undan ortiq bo‘lgan non va non-bulka mahsulotlari (o‘ralganlaridan tashqari) 2-4 teng bo‘laklarga kesilishi va tarozida tortilmasdan sotilishi mumkin. 19. Amaldagi standartlar, texnik shartlar talablariga muvofiq bo‘lmagan, shuningdek noto‘g‘ri saqlash tufayli buzilganlik belgilari bo‘lgan non va non-bulka mahsulotlarini sotish taqiqlanadi. Xaridorlardan pul qabul qiluvchi shaxslar tomonidan non mahsulotlarining sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sifatsiz (garch-gurch qilgan, kuygan, ichi bo‘sh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non yoki non mahsulotlari sotilgan taqdirda korxonalar xodimlari xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatlisiga so‘zsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak. Xaridorlar tomonidan qaytarib berilgan non va non-bulka mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi. 20. Non va non-bulka mahsulotlarini saqlash va sotish jarayonida ularda kartoshka kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda sotuvchi bu haqda mahsulot yetkazib beruvchiga darhol xabar berishi kerak. Zararlangan mahsulotlar sotuvdan chiqariladi va amaldagi qoidalarga muvofiq yo‘q qilinadi. Non mahsulotlarining kartoshka kasalligiga chalinganligi va ularning yo‘q qilinganligi haqidagi dalolatnoma belgilangan tartibda tuziladi. Kartoshka kasalligiga chalingan mahsulot saqlangan tokchalar, shkaflar, lotoklar, idishlar kartoshka kasalligining oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq belgilangan tartibda zararsizlantiriladi. 21. Alkogolsiz ichimliklar (ma’danli suvlar, shirin ichimliklar, kvas, siroplar, gazli ichimliklar, sharbatlar va boshqalar) bilan chakana savdo qilish: bu mahsulotlarni sotishga Ixtisoslashtirilgan do‘konlarda, meva-sabzavot va vino-aroq do‘konlarida, oziq-ovqat do‘konlarining bo‘lim va seksiyalarida; mayda chakana savdo tarmog‘ida — pavilonlarda, do‘konlarda, palatkalarda, avtomatlar, avtotermotsisternalar, saturator qurilmalari orqali Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan ruxsat berilgan joylarda amalga oshiriladi. Shifobaxsh ma’danli suvlar sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan talablarga rioya qilingan holda dorixonalarda ham sotiladi. 22. Ichimliklarni idishga quyib sotuvchi korxonalar yetarli miqdorda o‘lchov apparatlari, amaldagi davlat belgilari bo‘lgan hajmi 0,25 va 0,5 litr bo‘lgan o‘lchovli shisha krujkalarda va boshqa har xil hajmdagi o‘lchov idishlari bilan ta’minlanadi, Idishlarni yuvish uchun albatta shart-sharoit bo‘lishi lozim. 23. Savdo tashkilotlari tomonidan alkogolsiz ichimliklarni miqdori va sifati jihatidan qabul qilish standartlar, texnik shartlar, shuningdek shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 24. Ichimlik quyilgan shishalarda tasdiqlangan namunadagi etiketka bo‘lishi lozim, unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ichimlik nomi; tovar belgisi yoki tayyorlagan korxona nomi va manzili; shisha hajmi; standart raqami; quyilgan vaqti va yaroqlilik muddati. Qizdirilgan pivo etiketkasida qo‘shimcha ravishda “qizdirilgan” yozuvi bo‘lishi kerak. 25. Import qilingan va vatanimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning albatta muvofiqlik sertifikati bo‘lishi lozim. 26. Mazkur qoidalarni buzgan holda mahsulotni qabul qilgan savdo xodimlariga ma’muriy jazolar qo‘llanilishi, takroran buzilgan hollarda materiallar tergov organlariga berilishi mumkin. 27. Alkogolsiz va kam alkogolli ichimliklar tegishli standartlar va texnik shartlarga muvofiq belgilangan muddatlar doirasida havoning nisbiy namligi 75 foizdan oshmagan, shamollatiladigan quruq va qorong‘i xonalarda saqlanadi. Ayrim alkogolsiz va kam alkogolli ichimliklarni saqlashning muddatlari va harorat rejimi alohida har bir mahsulotning me’yoriy-texnik hujjatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. 28. Shishadagi, butildagi, bankadagi, laklangan alyuminiy tublardagi ichimliklar balandligi 2 metrdan oshmagan shtabellar bilan joylangan zavod yashiklari va savatlarida saqlanadi. 29. Ma’dan suvli shishalar yordamchi binolarda tokchalarda, shtabellarda yoki yashiklarda saqlanadi. Bunda po‘stloq prokladka qo‘yilib kron qopqoq bilan yopilgan shishalar yotqizilgan holda, polietilen prokladka qo‘yilib kron qopqoq bilan yopilgan shishalar tik holda saqlanadi. 30. Alkogolsiz va alkogolli ichimliklar savdo zalida turlari va nomlari bo‘yicha joylashtiriladi. Shkaflarga, peshtaxtalarga, terib joylashtirilgan ichimlikli shishalar tik holda, etiketkasi xaridor tomonga qaratib joylashtiriladi. 31. Savdo tashkilotlari go‘sht va sut mahsulotlarini, tuxum, margarin, baliq mahsulotlarini ham savdo tashkilotlarining, ham sanoat korxonalarining ulgurji bazalari va omborlaridan, shuningdek dehqon (fermer) xo‘jaliklaridan oladilar. 32. Sotuvchilarning ish joyi savdo boshlanishidan oldin do‘konda mavjud bo‘lgan barcha tovarlar bilan ta’minlanadi. Savdo zaliga olib kelingan tovarlar sifati bo‘yicha sinchiklab tekshiriladi va sortlarga ajratiladi. Oziq-ovqatlar savdo zaliga olib kelinishidan oldin sotishga tayyorlanadi (idishdan chiqariladi, o‘ralgan qog‘ozlar olib tashlanadi, iplar kesib tashlanadi, ifloslangan, shamollagan joylari tozalanadi, yog‘larning sarg‘aygan joylari, kolbasalar, pishloqlar latta bilan artiladi). 33. Sotuvchilar sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini kuzatib borishlari va ularning sifati yomonlashgan taqdirda ularni sotish yoki ularning chakana narxini pasaytirish masalasini hal qilish uchun ma’muriyatga xabar berishlari lozim. Saqlash muddati tugagan tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olinadi, Tuxum uning sifati ovoskopda oldindan tekshirilgan holda sotiladi. Tuxumni o‘ralmagan oziq-ovqat mahsulotlari (sariyog‘, tvorog, kolbasa va boshqalar) bilan birgalikda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. 34. Savdo korxonasida dudlangan mahsulotlarni, kolbasa mahsulotlarini, sariyog‘ni, pishloq va margarinni bir kunlik savdo hajmida qadoqlashga yo‘l qo‘yiladi. Do‘konda qadoqlangan mahsulotda uning nomi, sorti, og‘irligi, bir kilogrammining narxi, bir bo‘lagining narxi, qadoqlangan vaqti, sotish muddati, tarozibonning tartib raqami yoki familiyasi ko‘rsatiladi. Qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat berilgan qog‘ozga, plyonka materiallariga o‘raladi. 35. Xaridorga go‘sht, go‘sht mahsulotlari, pishloq va ovqatbop baliqlarni kesmasdan sotishda xarid umumiy og‘irligining 10 foizidan oshmaydigan ikki bo‘laklab qo‘yishga yo‘l qo‘yiladi. Bo‘laklar sotilayotgan tovar sortiga va sifatiga mos kelishi lozim. Xaridor iltimosiga ko‘ra sotuvchi gastronom tovarlari (kolbasa, vetchina, pishloq, baliq mahsulotlari va boshqalarni) bo‘laklarga kesib berishi kerak, shuningdek sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda xaridorga ma’lum bo‘lmagan tovarning ta’mini ko‘rishga berishi lozim. Bir pichoq bilan pishloq va boshqa gastronom tovarlarini kesishga yo‘l qo‘yilmaydi. 36. Parranda go‘shti butunicha yoki: tovuq va o‘rdak - bo‘yicha 2 bo‘lakka, g‘oz va kurka — 2, 4, 6 va 8 bo‘lakka bo‘lib sotiladi. 37. Ilvira, liver kolbasalari va sotish muddati cheklangan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari bilan kelishilgan holda faqat do‘konlarda sotishga yo‘l qo‘yiladi. 38. Oziq-ovqat mahsulotlarini tortish va sotishda qo‘llaniladigan asboblar (pichoqlar, sanchiqlar, kurakchalar va boshqalar) sanitariya qoidalariga muvofiq har kuni zararsizlantirilishi va buning uchun maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim. 39. Xaridor tomonidan kamchiligi bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilingan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga muvofiq ularni sifatli mahsulotga almashtirib berishi yoki kamchiliklar yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan bo‘lsa, unga to‘langan pulni qaytarib berishi kerak. 40. Gazlamalar, kiyim-kechak, poyafzal savdo zaliga berilgunga qadar sotuvoldi tayyorgarligidan o‘tishi lozim. Savdooldi tayyorgarligi mahsulotlarni ochib olish, saralash, ularning sifatini, markalanganligi mavjudligini, narxlarning to‘g‘riligini tekshirishni o‘z ichiga oladi, zarur bo‘lgan taqdirda kiyim-kechaklarning ayrim turlari (tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari) tozalanadi va dazmollanadi. 41. Savdo zalida xaridorlarga qulay bo‘lishi uchun gazlamalar, kiyim-kechak, poyafzal guruhlarga bo‘lingan bo‘lishi lozim. Kiyim-kechak va poyafzal asosan turlari, modellari, o‘lchamlariga qarab guruhlarga bo‘linadi. Ixtisoslanishidan qat’iy nazar, erkaklar, ayollar, bolalar kiyim-kechak va poyafzallari savdo zalida alohida joylashtiriladi. Gazlamalar ular tayyorlangan tolalar turi va naviga qarab guruhlanadi. Gazlamalarning har birida tayyorlangan tolalarning tarkibidagi foizi to‘g‘risida axborot bo‘lishi lozim. 42. Savdo zalida gazlamalar, kiyim-kechak, poyafzallarni joylashtirish chog‘ida xaridorlarning tovarlarni erkin ko‘zdan kechirishni ta’minlovchi savdo uskunalaridan foydalanilishi lozim. 43. Savdo zalida joylashgan gazlamalar, kiyim-kechak, poyafzallarning barcha namunalari bir xil namunadagi, aniq va chiroyli rasmiylashtirilgan narx ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim. 44. Kiyim-kechak (tikuvchilik mahsulotlari, ustki trikotaj mahsulotlari, bosh kiyimlar) va poyafzal tanlashda xaridorga kiyib ko‘rish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim. Ushbu maqsadlarda savdo zallari oynali kiyib ko‘rish xonalari bilan ta’minlanadi, banketkalar yoki skameykalar, qo‘ygichlar, oynalar bilan jihozlanadi. 45. Sotish chog‘ida xaridorga jun gazlamalar, vatinlar va og‘ir hajmli gazlamalarni o‘lchash amaldagi tamg‘aga ega bo‘lgan bruskli yog‘och metrni (peshtaxta) stolda yig‘ilib qolmagan holatda erkin etgan gazlamaga qattiq standartli metrni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yupqa va yengil gazlamalar odatda qattiq standart metr bilan gazlamani uni metrga cho‘zilishsiz erkin ilova qilib gazlamani peshtaxtaga yoyish yo‘li bilan o‘lchanadi. Jun gazlamalar va trikotaj polotnolaridan tashqari gazlamalarning barcha turlarini o‘lchashni gazlamani amaldagi tamg‘asi bo‘lgan gorizontal holdagi o‘lchov stoliga yotqizish yo‘li bilan amalga oshirishga ham ruxsat etiladi. Stol uzunasi yo‘nalishida 1 m uzunlikdagi uchastka belgilangan bo‘lishi lozim. Stolning usti mayin va teng bo‘lishi kerak. Sotuvga gazlama qiyqimlarini qo‘shish, shuningdek fabrikada ishlanganligi yoki astar tomoniga qo‘yilgan tamg‘asi buzilgan taqdirda gazlama bo‘laklarini fabrika yorlig‘i va tamg‘asi (oxirgi qismi) bilan sotish man etiladi. 46. Sotuvchi xaridorga gazlama, kiyim-kechak, poyafzal tanlashda yordam ko‘rsatishi, sotuvda bo‘lgan mahsulotlar assortimenti ularni saqlash usullari bilan tanishtirishi, zarur bo‘lganda mahsulotlar, yorliqlar, etiketkalardagi raqamli belgilarni tushuntirishi lozim. Gazlamalarni sotish chog‘ida xaridorning iltimosiga ko‘ra sotuvchi turli tikuv mahsulotlari tayyorlash uchun zarur bo‘lgan gazlama miqdorini aniqlash, tegishli andozani tanlashda yordam berishi lozim. 47. Savdo korxonalari gazlama, kiyim-kechak sotishda xaridorlarga do‘konda xarid qilingan kiyim-kechakni qayta tikish (buyumlarni qisqartirish yoki uzaytirish, tugmalarni qayta joylashtirish, bosh kiyimlarni tortib kengaytirish), gazlamalarni bichish kabi kompleks qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. 48. Xaridorga asosiy xarid bilan birga mahsulotni saqlash yoki garderobni to‘ldirish uchun mo‘ljallangan yondash tovarlar xarid qilish imkoniyati berilishi lozim. 49. Sotuvchi, nazoratchi xaridorga gazlama, kiyim-kechak, poyafzal sotilishi chog‘ida uning ishtirokida tovar sifatini (mexanik buzilishlar, ifloslanish, boshqa tashqi kamchiliklar), o‘lchovning (miqdorning) aniqligi, xarid qiymati hisobining to‘g‘riligini tekshirishlari lozim. Sotish jarayonida qo‘pol kamchiliklar aniqlangan tovar sotuvdan olib qo‘yiladi. 50. Gazlama, kiyim-kechak, poyafzal xaridorga qo‘shimcha to‘lov undirilmagan holda qog‘ozga, qutiga yoki boshqa taxlash materialiga solib beriladi. 51. Xarid bilan birga xaridorga majburiy tartibda savdo korxonasi rekvizitlari, sotilgan kun, narx ko‘rsatilgan kassa yoki tovar cheki beriladi. 52. Radiotovarlar va maishiy elektr tovarlar savdo zaliga yoki xaridni berish joyiga o‘tkazilgunga qadar savdooldi tayyorgarligidan o‘tkazilishi lozim. Savdooldi tayyorgarligi mahsulotni ochish, zavod moylarini, changlarni, qirindilarni tozalash, butligini hamda zarur bo‘lganda uning yig‘ilishini tekshirish, shuningdek mahsulot sifatini, narxning to‘g‘riligini, markalanganligi, foydalanish yo‘riqnomalarining va kafolat talonlarining mavjudligini tekshirishlarni o‘z ichiga oladi. Butlangan va texnik jihatdan mukammal terilgan mahsulotlar elektr tarmog‘iga ulab tekshirib ko‘riladi. Tikuv mashinalarining ishlashi tekshiriladi, radioapparatlar esa boshqariladi hamda moslanadi. 53. Past sifatli, butlanmagan yoki ifloslangan tovarlarni, yo‘riqnomalarsiz, pasport va kafolat talonlarisiz mahsulotlarni sotish taqiqlanadi. 54. Savdo zali va oyna vitrinalarida joylashgan radiotovarlar va maishiy elektr tovarlarning barcha namunalarining mahsulot nomi, uning markasi, artikuli va narxi ko‘rsatilgan, shuningdek mahsulotning asosiy texnik xususiyatlarini o‘z ichiga oluvchi qisqa annotatsiyasi bo‘lgan aniq rasmiylashtirilgan yorlig‘i bo‘lishi lozim. 55. Xaridorlar tomonidan tovarlarni tanlash va uni tekshirish uchun savdo zalida elektr o‘lchash va sinov priborlari (shitlar yoki pultlar) o‘rnatiladi. 56. Radiotovarlar yoki maishiy elektr tovarlar sotuvchisi ayrim mahsulotlarning tuzilishi, ajralib turuvchi belgilari, maqsadi, xususiyatlarini, ularni amalda sinab ko‘rish metodlarini, tutish usullari, saqlash rejimini bilishi, mahsulotlarning asosiy kamchiliklarini aniqlay olishi, tovarlar tegishli guruhlarining assortimenti va ularning o‘zaro o‘rinlarini bosishini, narxlar hamda tovarlar to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni yaxshi bilishi, xaridorlarga malakali yordam berishi lozim. 57. Radiotovarlar va maishiy elektr tovarlarning ayrim turlarini sotishda sotuvchi xaridorni savdoda mavjud bo‘lgan hamrohlik qiluvchi tovarlar va ehtiyot detallari to‘g‘risida xabardor etishi lozim. 58. Sotuvchi (mexanik, nazoratchi) tovarni sotuvchiga chiqarishda, uning ishtirokida tovar sifatini (tashqi ko‘rinishini ko‘rib chiqish, elektr tarmog‘iga ulash yo‘li bilan), qismlarga ajratilgan holda sotiladigan buyumlarning butligini, pasporti, kafolat taloni va foydalanish qoidalari haqidagi yo‘riqnomani, o‘lchov yoki miqdorining aniqligi (shnur, simlar, mayda elektr tovarlari), narxning to‘g‘riligini tekshiradi. 59. Radiotovarlar va maishiy elektr tovarlarni xizmatning kafolat talonlari bilan sotishda do‘kon xodimlari mahsulot pasporti (kafolat taloni)da sotilish sanasi va joyini, zarur hollarda esa kafolatli ta’mirlash ustaxonasi manzilini ko‘rsatadilar. 60. Tovar bilan birga xaridorga do‘kon raqami (nomi), sotilgan sana, artikul, nav, narx yoki belgilangan rekvizitli to‘langan chek majburiy tartibda beriladi. 61. Radiotovarlar va maishiy elektr tovarlar do‘konda bepul o‘rab beriladi. Xaridorning hohishiga qarab yirik gabaritli mahsulotlar, mahsulot mazkur qoidalarga muvofiq albatta oldindan tekshirilgan holda, tegishli yog‘och idish (o‘ram)da sotilishi ham mumkin. Bunday holatda idish qiymati qo‘shimcha undiriladi. 62. Yirik hajmli radiotovarlar va maishiy elektr tovarlarni xaridor tomonidan ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berishni odatda ushbu tovarni sotgan savdo korxonasi tashkil etadi. Yirik hajmli tovarni xaridor kuchi bilan belgilangan joyga yetkazib berishda savdo korxonasi ushbu tovarni xaridorning transport vositasiga yuklashni bepul amalga oshirishi kerak. 63. Texnik jihatdan mukammal tuzilgan tovarlarning ayrim turlarining standartlari yoki texnik shartlari va foydalanish qoidalari sotuvchilarni o‘zi ulashi yoki ishlatib ko‘rishiga yo‘l qo‘ymasa, bu operatsiyalar do‘kon mexanigi yoki do‘kon topshirig‘iga ko‘ra kafolatli xizmat ko‘rsatish ustaxonasi mexanigi tomonidan xaridorning uyida amalga oshiriladi. Bunday mahsulotlarni o‘rnatish, ulash va ishlatish, shuningdek foydalanish qoidalari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish sotish kunidan yoki xaridor ustaxona yoki do‘konga murojaat qilgan kundan bir haftadan kechiktirilmay amalga oshiriladi. 64. Mazkur qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 65. Tekshiruvchi organlar (muassasalar) mazkur Qoidalarga rioya etilishini tekshiruvga mutaxassislar, xaridorlarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etishlari mumkin. Savdo korxonasi tekshiruv o‘tkazishda tekshiruvchi shaxslarga yordam ko‘rsatish hamda kamchilik va buzilishlarni tuzatish choralarini ko‘rishlari lozim. Savdo korxonasida hamma uchun ko‘rinarli joyda xaridorlarning ariza va takliflari daftari bo‘lishi lozim. 66. Sotuvchi va xaridor o‘rtasida nizolar yuzaga kelgan taqdirda ularning harakatlariga shikoyat yoki qaror buzilgan huquqlarni himoya qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan organlarga yoki sudga beriladi. 67. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida”gi Qonunlar moddalarini hamda mazkur Qoidalar talablarini buzish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. 1. Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy ovqatlanish sohasidagi, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar (korxonalar, xususiy tadbirkorlar) ishiga asosiy talablarni “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tartibga soladi. 2. Umumiy ovqatlanish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyekt — bu oshpazlik mahsulotlarini tayyorlash, sotish va ularni iste’mol qilishni tashkil etish xamda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaruvchi korxona, shuningdek umumiy ovqatlanish sohasida yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkordir. 3. Umumiy ovqatlanish korxonasi, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, o‘z faoliyatini, ham korxonalarning savdo zallarida, ham ulardan tashqarida, umumiy ovqatlanish korxonasiga qo‘yiladigan sanitariya-texnika talablariga muvofiq shuningdek Ustav, hokimliklar tomonidan beriladigan savdo qilish huquqiga ruxsat guvohnomasi asosida amalga oshiradi. Umumiy ovqatlanish korxonasiga (xususiy tadbirkorga) ruxsat guvohnomasi ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgandan keyin beriladi. 4. Umumiy ovqatlanish korxonalari turlari (restoran, kafe, bar, oshxona, tamaddixona kabilarga), restoran va barlar esa klasslarga ham (a’lo, oliy, birinchi) bo‘linadi, ular mulkdor tomonidan belgilanadi. Korxonaning tanlangan turga va klassga muvofiqligini tasdiqlash ular joylashgan joyda, “Karakalpaksauda” davlat uyushmasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasining viloyatlar va Toshkent shahar savdo-ishlab chiqarish konsernlari va birlashmalari, shuningdek “Karakalpaktutiniu” matlubot kooperatsiyasi aksionerlik jamiyatlari respublika uyushmasi hamda O‘zbekbirlashuv matlubot kooperatsiyasi aksionerlik jamiyatlari viloyat uyushmalari mutaxassislari tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 5. Ishlab chiqarish va savdo binolariga, asbob-uskunalarga, inventarlarga, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatiga, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik tartibiga nisbatan qo‘yiladigan mezonlar sanitariya me’yorlariga, texnika xavfsizligi qoidalariga, yong‘inga qarshi va boshqa talablarga muvofiq belgilanadi. Korxonalarda foydalaniladigan asboblar (tarozilar, toshlar va shu kabilar) soz holatda saqlanishi, aniq tamg‘alarga ega bo‘lishi hamda amaldagi tartibga muvofiq belgilangan muddatlarda tekshirishdan o‘tkazilishi kerak. 6. Umumiy ovqatlanish barcha korxonalarining o‘z nomi to‘liq yozilgan tegishli peshlavhalari bo‘lishi kerak. 7. Umumiy ovqatlanish korxonalari korxonaning nomi, turi, klassi, uning manzili (mulkdorning joylashgan o‘rni), ish tartibi, tavsiya qilinadigan mahsulot turi, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati, ushbu qoidalarning iste’molchilar huquqlariga taalluqli alohida qoidalari mazmuni, shuningdek mijozlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar to‘g‘risidagi zarur va to‘g‘ri axborotlarni ko‘rgazmali va qulay shaklda iste’molchilarga yetkazishlari shart. 8. Mulkchilikning barcha shakllaridagi umumiy ovqatlanish korxonalarining ish tartibi, mijozlarga qulayliklarni hisobga olgan holda, joylardagi hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan ish soatlariga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar tomonidan rioya etilishi majburiydir. Umumiy ovqatlanish korxonasi (rejadagi sanitariya tadbirlarini, ta’mirlash va shu kabilarni o‘tkazish uchun) yopilgan taqdirda korxona kamida bir hafta oldin tegishli e’lonlarni osib qo‘yishga majburdir. 9. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, umumiy ovqatlanish korxonalarining mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog‘liq shtatlari maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlar bilan butlanadi. “A’lo” va “oliy” klassli umumiy ovqatlanish korxonalarida boshqa davlatlardagi oshpazlik va xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanish bo‘lgan xodim ishlashi kerak. 10. Iste’molchiga xizmat ko‘rsatish shakllari va usullari korxona tomonidan umumiy ovqatlanish korxonasining mazkur turi va klassiga nisbatan eng minimal talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 11. Iste’molchilarga ofitsiantlar tomonidan xizmat ko‘rsatish “a’lo” va “oliy” klassli restoranlarda hamda, qoidaga ko‘ra, kafe va barlarda majburiy tartibda qo‘llanadi. Uyg‘unlashtirilgan tartibda xizmat ko‘rsatishda korxona zalida iste’molchilar salqin taomlarni, ichimliklarni, shirinliklarni mustaqil ravishda tanlaydigan yoxud ushbu mahsulotlar barmen (bufetchi) tomonidan sotiladigan mahsulotlar tarqatish bo‘lmasi ajratiladi. Issiq taomlar va ichimliklar, vino-aroq mahsulotlari buyurtma bo‘yicha ofitsiant tomonidan beriladi. 12. “A’lo”, “oliy” va “birinchi” klassli umumiy ovqatlanish korxonalarida (barlardan tashqari) zalni xizmat ko‘rsatishga tayyorlash jarayonida stollar oldindan yasatiladi. Oshxonalarda, shuningdek o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tartibida ishlaydigan boshqa umumiy ovqatlanish korxonalarida stollarni (dorivorli anjomlar, qog‘oz qo‘l sochiqlar bilan) soddaroq yasatishga yo‘l qo‘yiladi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan idish-anjomlar korxona turiga muvofiq bo‘lishi kerak. Sanitariya-epidemiya tartibiga rioya etish maqsadida har bir xo‘randa o‘rni hisobiga kamida uchtadan idish-anjomlar to‘plami to‘g‘ri kelishi kerak. Savdo zallarida iste’molchilarga qulay joyda nazorat tarozilari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 13. Mijozlarning kirishini cheklashga: ofitsiantlar xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish korxonasida — ular yopilishidan 30 daqiqa oldin, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan korxonada esa — 15 daqiqa oldin yo‘l qo‘yiladi. 14. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ovqatlanish uchun hisob-kitoblarning har xil: oldindan haq to‘lash, taomlar tanlangandan so‘ng to‘lash, ovqatlanib bo‘lingach to‘lash, xo‘randaning o‘zi hisob-kitob qilishi usullaridan foydalaniladi. Ovqatlanish uchun hisob-kitob qilish shakllari xizmat ko‘rsatish usuliga, xizmat ko‘rsatilayotgan mijoz xususiyatiga, korxona turiga va uning ixtisoslashuviga qarab belgilanadi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usulida ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalarida va oshpazlik do‘konlarida (bo‘limlarida) hisob-kitob qilishda mijozga kassa cheki taqdim etiladi. Ofitsiantlar xizmat ko‘rsatadigan barcha korxonalarda sotilgan mahsulot uchun to‘lov ofitsiant tomonidan berilgan belgilangan namunadagi schet bo‘yicha amalga oshiriladi. Doimiy mijozlarga (ishchilar, xizmatchilar, talabalar, o‘quvchilar va shu kabilarga) xizmat ko‘rsatiladigan oshxonalarda yakka tartibdagi yoki guruhli abonentlar bo‘yicha hisob-kitob qilishdan foydalanish mumkin. 15. Umumiy ovqatlanish korxonalari asosiy faoliyati bilan bir qatorda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishlari kerak. Bu xizmatlarning ro‘yxati korxonalarning har bir turi va klassi uchun individual tartibda hamda standart bilan belgilanadi. Qo‘shimcha xizmatlar qiymati taomnomada yoki narxnomalarda ko‘rsatilishi kerak. Savdo zalidan tashqarida mijozlar uchun taomnoma, vinolar narxnomalari va xizmatlar ko‘rsatishning korxona tomonidan belgilangan qo‘shimcha shartlari bilan tanishish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi kerak. Savdo zallarida mijoz taomnoma vositasida taom va mahsulotlar qiymati, alkogolli ichimlik shishasining sig‘imi, alkogolli ichimlik jami sig‘imining, 50 va 100 grammining narxi to‘g‘risida albatta xabardor qilinadi. Doimiy mijozlarga (ishchilar, xizmatchilar, talabalar, o‘quvchilar va shu kabilarga) xizmat ko‘rsatuvchi oshxonalarda taomnomada bundan tashqari, oshpazlik mahsulotining miqdori ko‘rsatiladi, korxonalarning boshqa turlarida esa mijozlar iltimosiga ko‘ra ushbu axborot xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan beriladi. “A’lo” va “oliy” klassli korxonalarda bosma reklamalarning barcha turlari (taomnomaning muqovasi va qistirma varaqlari, vinolar narxnomalari, taklifnoma kartochkalari, prospektlar va shu kabilar) yuksak badiiy darajada tayyorlanadi. 16. Korxona sanitariya va texnologiya talablariga to‘liq rioya etilishini hisobga olgan holda taomlar, mahsulotlar, ichimliklar turi ro‘yxatini mustaqil ravishda tuzadi. Taomnomada va narxnomalarda ko‘rsatilgan taomlar, gazaklar, vino-aroq mahsulotlari ro‘yxati korxona savdo zalining butun ish vaqti mobaynida saqlanishi kerak. 17. Mehmonxonalar, vokzallar, aeroportlar, ish va o‘qish joylaridagi umumiy ovqatlanish korxonalarida, shuningdek aholining ijtimoiy himoya qilinmagan guruhlariga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda mahsulotlar sotishning an’anaviy shakllari bilan bir qatorda, ovqatlanishning oqilona me’yorlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda hafta kunlari bo‘yicha turli xil kompleks nonushtalar, tushliklar, kechki ovqatlar sotish qo‘llanilishi mumkin. 18. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, umumiy ovqatlanish korxonalari iste’molchiga unga sotilgan taomlar, oshpazlik mahsulotlari, tovarlarning o‘lchovlari va vaznini, shuningdek sotilgan mahsulot (xizmat)larning me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish imkoniyatini yaratishi kerak. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati tartibida umumiy ovqatlanish mahsuloti tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxs iste’molchi shaxs iltimosiga ko‘ra unga savdo qilishga va mazkur mahsulotni sotish huquqiga ruxsat guvohnomasini ko‘rsatishi kerak. Oshpazlik mahsuloti (ko‘rsatilayotgan xizmat) sifatida kamchiliklar, tarozida yoki hisob-kitobda yanglishishlar qayd etilganda umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariyati va xodimlari iste’molchi tanloviga ko‘ra quyidagilarga majburdirlar: — aniqlangan kamchiliklarni tekin bartaraf etish; — oshpazlik mahsuloti (xizmat) uchun to‘lov miqdorini kamaytirish; — qo‘shimcha to‘lovsiz xuddi shunday taomni, oshpazlik mahsulotini tayyorlash (xizmatni qaytadan bajarish); — iste’molchining sifatsiz oshpazlik mahsulotini sotib olish (bajarilgan xizmat) bilan bog‘liq xarajatlarini to‘liq to‘lash; — ma’naviy zararni qoplash. Umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonida iste’molchining hohishiga ko‘ra tayyor oshpazlik mahsuloti va xarid qilinadigan tovarlar, shu jumladan vino-aroq mahsulotlari tegishli ravishda qadoqlangan holda olib ketish uchun sotilishi mumkin. 19. Xizmat ko‘rsatish uchun oldindan beriladigan buyurtmani qabul qilishda korxona uni o‘zaro majburiyatlarda belgilangan muddatlarda bajarishni kafolatlashi kerak. Bunday buyurtmani korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan bajarish imkoni bo‘lmagan taqdirda korxona ushbu tadbirning, iste’molchining manfaatlarini kamsitmagan holda, bu haqda kamida 7 kun oldin xabardor qilib, boshqa umumiy ovqatlanish korxonasida bajarilishini ta’minlashga majburdir. Buyurtmachi tadbir o‘tkaziladigan kuni o‘z buyurtmasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishini rad etgan taqdirda, u o‘zi buyurtirgan, boshqa iste’molchilarga sotish mumkin bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni sotib olishga majburdir. 20. Oshpazlik mahsulotini tayyorlovchilar sanitariya qoidalariga rioya qilishga, shu jumladan, tibbiy tekshiruvlarni, xodimlarning sanitariya bo‘yicha bilimlarini oshirish tadbirlarini muntazam ravishda o‘tkazishga majburdirlar. 21. Taomlar ularni sotish sanitariya qoidalarida belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiriladigan miqdorlarda tayyorlanishi kerak. Oldingi kundan qolgan go‘shtli, baliqli qiymalardan, pishirilgan makaron, qayla, yorma mahsulotlaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Suzilayotgan barcha taomlar zarur haroratda bo‘lishi, yog‘, qaymoq qayla, garnir va sho‘rva kabilarni suzishda o‘lchovli anjomlardan foydalanilishi kerak. 22. Maxsus ajratilgan joylarda umumiy ovqatlanish korxonalari (xususiy tadbirkorlar) mahsulotlarini sotish tartibi ijro etuvchi hokimiyatning mahalliy organlari tomonidan belgilanadi. Tez ayniydigan oshpazlik mahsulotlarini mashinalarda, do‘konchalarda va qo‘lda sotish taqiqlanadi. Ularning ro‘yxati sanitariya-epidemiologiya nazoratining xususiy organlari tomonidan tasdiqlanadi. 23. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarining tayyorlovchi korxonaning savdo zalidan tashqarida sotiladigan har bir turkumi tayyorlovchi korxonaning nomi ko‘rsatilgan, tayyorlangan vaqti, sotishning so‘nggi muddati va bir idishga joylangan mahsulot vazni ko‘rsatilgan holda narxnomaga ega bo‘lishi kerak. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlar ham ushbu Qoidalari, amaldagi sanitariya qoidalarini va boshqa normativ hujjatlarni bajarishga majburdirlar”; 24. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, umumiy ovqatlanish korxonalarida vino-aroq mahsulotlari sotish tegishli savdo-ishlab chiqarish konsernlari va viloyatlar matlubot uyushmalari taqdim etadigan dislokatsiyaga muvofiq joylardagi hokimliklar tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 25. Mahsulotlarni tayyorlash texnologik siklining barcha bosqichlarida ularning xavfsizligini nazorat qilish, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan norma va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 26. Sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida nizolar paydo bo‘lgan taqdirda ularning xatti-harakati (harakatsizligi) yoki hal etish yuzasidan shikoyat buzilgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan organlarga yoki sudga beriladi. 27. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari moddalarining hamda ushbu Qoidalar talablarining buzilishi javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. 1. Mazkur qoidalar “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom hisobga olinib ishlab chiqilgan. 2. Ushbu Qoidalar zargarlik zeb-ziynatlari, stolni tuzash buyumlari, binolarni bezash buyumlari, oltin, kumush, platina, palladiy va ularning qotishmalaridan yasalgan boshqa buyumlar va qimmatbaho toshlar (brilliantlar, sapfirlar, yoqutlar, zumradlar, marvaridlar) ishlatilgan buyumlar; yarim qimmatbaho, qo‘lda yasalgan va sintetik toshlar o‘rnatilgan qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar; korpusi qimmatbaho metallardan yasalgan soatlar bilan oldi-sotdi qiluvchi sotuvchilar va ularni xarid qiluvchi fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 3. Qoidalar tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bor bo‘lgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlar bilan savdo qiluvchi chakana savdo korxonalariga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan savdo qilish sohasida faoliyatini amalga oshiruvchi, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, barcha yuridik shaxslarga va ularning tarkibiy bo‘linmalariga tatbiq etiladi. 4. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan savdo qiluvchi chakana savdo korxonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan Dislokatsiyaga kiritilishi kerak. Dislokatsiyaga moddiy-texnik bazasi mazkur Qoidalarning 5—7-bandlari talablariga muvofiqligi bo‘yicha tegishlicha “Savdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarida, Toshkent shahar hokimligining Savdo, xizmatlar ko‘rsatish sohasi va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish departamentida ekspertizadan o‘tgan savdo korxonalari kiritiladi Tasdiqlangan Dislokatsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasining Davlat probani aniqlash palatasi ro‘yxatdan o‘tkazadi va ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi beradi. Tasdiqlangan Dislokatsiya va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasining Davlat probani aniqlash palatasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi asosida savdo qilish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnoma beriladi. 5. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan tovarlarni sotish faqat ixtisoslashtirilgan zargarlik do‘konlari, univermaglar, savdo markazlarining bo‘limlari, seksiyalarida amalga oshiriladi. Bularda ko‘rsatib o‘tilgan boyliklarning hisobga olinishi, ishonchli saqlanishi (qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligi signalizatsiyasi mavjudligi, savdo bo‘limidan to‘silgan mustahkamlangan, yonmaydigan po‘lat sandiq mavjudligi) va ularni xaridorlarning tanlashi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi. Do‘konlar va bo‘limlarda quyidagilar mavjud bo‘lishi shart: “O‘zdavstandart”ning davlat tekshiruvchilari tomonidan tekshirilgan birinchi yoki ikkinchi klass aniqlikdagi tarozilar, gardish o‘lchagichlar, barmoq o‘lchagichlar, probani aniqlash uchun reaktivlar. 6. Ixtisoslashtirilgan zargarlik do‘konlarida, univermaglar, savdo markazlarining bo‘limlari va seksiyalarida xaridorlarga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni ko‘rsatish qulay bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Xaridorlarga qulay bo‘lishi uchun zargarlik zeb-ziynatlari, stolni tuzash buyumlari va boshqa buyumlar vazifasi va xiliga ko‘ra guruhlarga ajratilishi kerak. 7. Savdo zallarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan probalar to‘g‘risidagi axborot, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tamg‘alash tartibi to‘g‘risidagi normativ hujjatlardan ko‘chirmalar, proba tamg‘alari tasviri, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan savdo qilish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnoma, chakana savdo korxonasi Davlat probani aniqlash palatasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, mazkur qoidalar va xaridorlar uchun zarur bo‘lgan boshqa axborot ko‘zga ko‘rinarli joyga osib qo‘yilishi kerak. 8. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar ularda ularni tayyorlaganlarning tamg‘alari va Davlat Probani aniqlash palatasi tomonidan qo‘yilgan proba tamg‘alari mavjud bo‘lsagina sotiladi. Chet eldan keltirilgan xorijda ishlab chiqarilgan buyumlarda ham Davlat probani aniqlash palatasining tamg‘asi bo‘lishi shart. 9. Sotuvga qo‘yilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda mahsulotning nomi, tayyorlovchi, artikul proba, 1 gramm mahsulotning massasi va bahosi, sotuvga qo‘yilgan buyumlarning turi, ularning xususiyati, buyumning massasi va chakana narxi ko‘rsatilgan holda plombalangan yorliqlar bo‘lishi kerak. Amaldagi qonunchilikka muvofiq tamgalanmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlarning qolgan turlarida sifat sertifikati bo‘lishi kerak. 10. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar savdo zaliga qo‘yilgunga qadar sotuvdan oldingi tayyorgarlikdan o‘tishi kerak. Bu tayyorgarlik buyumlarni ko‘zdan kechirish va brak qilishni, belgilangan proba tamg‘alari, plomba va yorliqlar mavjudligini tekshirishni, o‘lchamlariga ko‘ra sortlarga ajratishni o‘z ichiga oladi. 11. Chakana savdo korxonasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashda xaridorga malakali yordam berishi va uni zarur maslahat bilan ta’minlashi, xaridorni sotuvdagi mavjud namunalar bilan tanishtirishi kerak. Xaridorning hohishiga ko‘ra chakana savdo korxonasi xaridor qimmatbaho toshlardan tanlagan buyumlarni do‘kon ish kunining oxirigacha bo‘lgan muddatga saqlab turishga majburdir. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar yakka tartibda o‘rab-joylangan bo‘lishi kerak. Chakana savdo korxonasi qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarni saqlash tartibi haqida xaridorni xabardor qilishi kerak. Chakana savdo korxonasi qo‘shimcha tovarlar sotishni tashkil etishi va xaridorga qo‘shimcha xizmatlar kompleksini ko‘rsatishi mumkin quyma naqsh solish, oldindan buyurtma qabul qilish, sovg‘ani yetkazib berish va topshirish, chiroyli qilib o‘rab-joylash va xizmatlarning boshqa shakllari). 12. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar almashtirilmaydi va qaytarib olinmaydi, ularda chakana savdo korxonasi tomonidan qayd etiladigan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning sust mahkamlanganligi, yoriqlar, ushalgan joylar, tirnalgan joylar, g‘udurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlangan, davlat proba tamg‘asi muhrining zargarlik qotishmasi amaldagi probasiga, buyum xususiyatlarining plombalangan yorliq ma’lumotlariga mos kelmasligi bundan mustasno. 13. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda chakana savdo korxonasi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar aniqlangan taqdirda xaridor ularni xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida xarid narxi tegishlicha qayta hisoblangan holda ana shunday buyumlarga yoki boshqa buyumlarga almashtirish huquqiga ega bo‘ladi, yoxud ulardagi nuqsonlar tekin bartaraf etilishi, yoki xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishi kerak. Xaridor shuningdek zarar qoplangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga ham haqli bo‘ladi. Xaridorning ko‘rsatib o‘tilgan talablari tovar cheki taqdim etilgandan keyin ko‘rib chiqiladi. 14. Chakana savdo korxonasi tomonidan almashtirish yoki nuqsonlarni tekin bartaraf etish muddatlari buzilgan taqdirda chakana savdo korxonasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq neustoyka to‘lashi shart. 15. Sifatga oid nuqsonlar paydo bo‘lishi sabablari masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqsa chakana savdo korxonasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumni xaridordan qabul qilib olishga va uni mustaqil ekspertiza o‘tkazish uchun Davlat probani aniqlash palatasiga yuborishga majburdir. Xaridor ekspertiza o‘tkazishda qatnashishga haqli bo‘ladi. 16. Sotilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun xaridordan naqd pulni qabul qilish chakana savdo korxonasi tomonidan nazorat-kassa mashinalari qo‘llangan holda amalga oshiriladi. Chakana savdo korxonasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan sotilgan buyum uchun xaridorga kassa cheki hamda savdo tashkiloti qaydi qo‘yilgan va sotuvchi tomonidan imzolangan tovar cheki nusxasini berishi shart. Tovar cheki nusxasida buyumning nomi, artikuli, narxi va sotish sanasi, sotuvchining imzosi va savdo korxonasi shtampi bo‘lishi kerak. 17. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan vositachilik savdosi Nooziq-ovqat tovarlari bilan vositachilik savdosi qoidalariga muvofiq mazkur Qoidalarning 4-bandiga binoan Dislokatsiyaga kiritilgan savdo korxonalaridagina amalga oshiriladi. 18. Chakana savdo korxonasi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotish qoidalari buzilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xaridor oldida javob beradi. 19. Davlat proba tamg‘alarisiz yoki plombirlangan yorliqsiz sotuvga tushgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar muhrlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasining Davlat probani aniqlash palatasiga jo‘natilishi kerak. 20. Mazkur qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasining Davlat probani aniqlash palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi hamda boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlar tekshirishlarga, mazkur qoidalarga rioya qilgan holda, mutaxassislarni, iste’molchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etishi mumkin. Chakana savdo korxonalari xodimlari tekshirishlar o‘tkazilishiga ko‘maklashishlari hamda nuqsonlar va qoidabuzishlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari kerak. 21. Chakana savdo korxonasi bilan xaridor o‘rtasida nizo paydo bo‘lgan taqdirda ularning harakati (harakatsizligi) yoki qaror ustidan shikoyat buzilgan huquqlar himoya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan organga yoki sudga beriladi. 22. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari moddalari va mazkur Qoidalar talablari buzilishi javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
81
49,064
Qonunchilik
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qaroriga asosan badiiy ta’lim tizimida malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tashkil etilganligi va uning faoliyati 2022-yil 1-yanvardan boshlanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni 12 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplomning davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq; Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis kadrlarning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisiga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Belgilansinki: Markaz davlat oliy va professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar, bolalar musiqa va san’at maktablarining badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarini (keyingi o‘rinlarda — badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlar) qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan ilmiy-metodik va davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi; tizimidagi ta’lim muassasalarida badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 15-noyabrga qadar tegishli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassislarning egallab turgan lavozimiga ko‘ra malaka oshirish kurslaridan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda keyingi kalendar yilda malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar ro‘yxatini shakllantirib, O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga taqdim etib boradilar; Markaz tinglovchilari sonining bir nafar o‘qituvchi hisobiga nisbatining cheklangan me’yorlari ta’limning san’at yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga tinglovchilar soni nisbatining cheklangan me’yorlaridan 25 foiz past etib belgilanadi; Markaz xodimlariga oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi; ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda san’at sohasidagi yetakchi mutaxassislar jalb etilgan hollarda, ularga belgilangan tartibda soatbay asosida ish haqi to‘lanadi; qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muvaffaqiyatli o‘tgan badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagoglarga tegishlicha Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi Qayta tayyorlash haqidagi diplom va Malaka oshirish haqidagi sertifikat beriladi; Markazda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga qat’iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi. 4. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi: a) bir oy muddatda: sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, Markaz ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qaroriga asosan qurilishi rejalashtirilgan Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining (keyingi o‘rinlarda — Maktab) 400 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi loyiha-smeta hujjatlarini qayta ishlab chiqqan holda Maktabga o‘quvchilar uchun 200 o‘rinli hamda Markazga tinglovchilar uchun 100 o‘rinli turar joy va 100 o‘rinli o‘quv binosi qurish ishlarini 2021-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin; b) 2022-yil 1-yanvarga qadar: badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga taalluqli davlat ta’lim talablari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin; Markazni yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lgan kadrlar, shuningdek, xalq e’tirofiga musharraf bo‘lgan O‘zbekiston xalq rassomlari, O‘zbekiston xalq ustalari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademiklari, soha bo‘yicha boshqa davlat mukofotlari va sharafli unvonlarga sazovor bo‘lgan mutaxassislar hamda malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlasin; malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun o‘quv rejasi hamda dasturlarini ishlab chiqsin va tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin, ularning doimiy ravishda takomillashtirib borilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar; to‘lov-kontrakt asosida tinglovchilarni o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushadigan mablag‘lar; ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan, ilmiy-o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqarishdan va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Belgilab qo‘yilsinki, Markazni saqlash xarajatlari 2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markazning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish hamda Markaz uchun 1 ta shaxsiy xizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratish choralarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 8. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga yuklansin. Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi. Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan. Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Badiiy ta’lim yo’nalishlaridagi mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash haqida DIPLOM” so‘zlari bosiladi. Diplom uchta lotin harfi — MQT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi. Diplom: bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli; yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar; naqshli rastr; har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish; maxsus qog‘ozlar; o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llanilgan holda oltita himoyaga ega. Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis kadrlarning malakasini oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi. Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan. Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Badiiy ta’lim yo’nalishlaridagi mutaxassis kadrlarni malakasini oshirish haqida SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat uchta lotin harfi — MMO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi. Sertifikat: bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli; yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar; naqshli rastr; har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish; maxsus qog‘ozlar; o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llanilgan holda oltita himoyaga ega. 1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 39-son, 453-modda): a) 1-ilova (Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari ro‘yxati)ning “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” bo‘limida: 13-pozitsiyaning “Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari” ustunidan “san’atshunoslik” va “rangtasvir; dizayn; grafika; amaliy san’at; haykaltaroshlik” so‘zlari chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya qo‘shilsin: b) 2-ilova (Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi)ning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 144-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Bolalar musiqa va san’at maktablari to‘g‘risidagi nizomning 54-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “Badiiy ta’lim (tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik) yo‘nalishlarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlar — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida reja asosida bepul malaka oshiradilar”. 3. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qarorida: a) 3-bandga quyidagi tahrirdagi “v” kichik band qo‘shilsin: “v) Badiiy ta’lim (tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik) yo‘nalishlarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlar — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida reja asosida bepul malaka oshiradilar”; b) 3-ilova (O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlar to‘g‘risidagi nizom)ning 23-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “mutaxassislik fanlari bo‘yicha pedagog xodimlar — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida reja asosida bepul malaka oshiradilar”.
218
13,896