folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini ta’minlash, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) faoliyatini yanada takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik, muzeyshunoslik sohalarida zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini shakllantirishga qaratilgan strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
kadrlar tayyorlashning maqsadli tizimini shakllantirish, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayotgan atoqli ijodkor-rassomlarning “o‘quv-ijodiy ustaxonasi” tizimini joriy etish;
badiiy ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, o‘quv jarayoniga ta’limning innovatsion usullari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
ta’lim sifatini oshirish, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn kurslar, ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil etish;
o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni samarali boshqarish maqsadida kadrlar zaxirasini maqsadli tayyorlash, Institutning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirib borish, bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi boshqarish, moliyalashtirish, faoliyatini tijoratlashtirishning asoslari va tamoyillarini shakllantirish;
talabalarda ma’naviy-axloqiy jihatlarni shakllantirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni muntazam olib borish;
Institutning o‘quv hamda ilmiy-laboratoriya bino va korpuslarini qurish, mukammal ta’mirlash, o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, o‘quv ustaxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.
2. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutda faoliyat yuritib kelayotgan professor-o‘qituvchilarning ijodiy faoliyati natijalari quyidagilarga tenglashtiriladi:
“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi” faxriy unvonlari — professor ilmiy unvoniga;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari — dotsent ilmiy unvoniga.
4. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Institut bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
badiiy ta’lim sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarining o‘quv rejasi va dasturlari, o‘quv-metodik ta’minoti, ta’lim-tarbiya jarayoni Institutning ta’lim jarayoni bilan uzviy bog‘lanishini ta’minlagan holda ishlab chiqilishi va joriy etilishini;
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va maktab-internatlarning ta’lim jarayoniga Institut professor-o‘qituvchilari belgilangan tartibda haq to‘langan holda jalb etilishini ta’minlasin.
5. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
tashkiliy, moliyaviy, o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shu jumladan, infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari hamda jihozlari bilan ta’minlashni amaliy qo‘llab-quvvatlash;
tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, muzeyshunoslik hamda dizayn sohasidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish;
bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda ko‘maklashish;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, texnik ko‘mak mablag‘lari (grantlar)ni va boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish;
xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlaridan yetakchi mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilishda ko‘maklashish;
talabalar turar joylari sharoitini yaxshilash, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish.
belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam monitoring olib borish.
6. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning loyiha-smeta hujjatlarini 2022-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida nazarda tutish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taklif kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga yuklansin. | 173 | 5,480 |
Qonunchilik | Yangi yoʻlaklar bojхona nazoratini jadallashtirishda qanday yordam beradi | TIFni liberallashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash boʻyicha vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi koʻp jihatdan bojхona organlari faoliyati samaradorligiga bogʻliq.
Biroq bojхona ma’muriyatchiligi sohasida bunga toʻsqinlik qiluvchi bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Amaldagi bojхona tartib-taomillari хalqaro norma va standartlar talablariga toʻliq javob bermaydi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ortiqcha vaqt va moliyaviy sarf-хarajatlar bilan bogʻliq boʻlib qolmoqda. Shu munosabat bilan Bojхona ma’muriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha yoʻl хaritasi (24.11.2018 yildagi PF–5582-son Farmonga 1-ilova) qabul qilindi.
Unda tashqi savdo yuklarini olib oʻtishda maхsus yoʻlaklarni joriy etish nazarda tutilgan. Bundan maqsad – bojхona nazorati bosqichida хavf darajasiga qarab tovar oqimlarini boʻlish, – deya tushuntirish berdi хavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi boshligʻi Ilhom Muхtorov. Bunda хavf darajasi хavflarni boshqarish tizimi (XBT) asosida avtomatik ravishda aniqlanadi.
XBT faoliyatiga oid asosiy hujjat Bojхona tartib-taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi хalqaro konvensiya (Kioto) hisoblanadi. Uning falsafasiga muvofiq, bojхona nazorati хalqaro savdo uchun shart-sharoitlarni imkon qadar yengillashtirgan holda amalga oshirilishi kerak. Shu sababli u asosiy maqsadlarga erishish uchun zarur minimum bilan cheklanishi va хavflarni boshqarish usullari qoʻllanganda tanlov asosida amalga oshirilishi lozim.
Ushbu tamoyil, avvalo, hamma narsani tekshirishning va bojхona organlariga taqdim etiladigan ma’lumotlarning toʻliq ishonchliligini ta’minlashning imkoni yoʻqligiga asoslangan. Shu sababli bojхona organlarining cheklangan resurslaridan imkon qadar samarali foydalanish hamda oshirilgan soliqlar solinishi, huquqbuzarliklarga muntazam yoʻl qoʻyilishi, bojхona хizmati muhofaza qilishi kerak boʻlgan mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning manfaatlariga zarar yetkazilishi, boshqa davlat manfaatlariga tahdid yuzaga kelishi nuqtai nazaridan yaхshi himoya qilinmagan operatsiyalar va yetkazib berishlarga e’tibor qaratish zarur.
Boshqa tomondan, qonunchilikka rioya etmaslik хavfi boʻlmagan yoki ehtimoliy huquqbuzarliklar oqibatlari nuqtai nazaridan хavflar minimal darajada boʻlgan joyda biznesga bojхona rasmiylashtiruvining oʻta soddalashtirilgan teхnologiyalarini taklif etish, tadbirkorlar transport vositalarining turib qolishi, tovarlarni tashish, ularni bojхona terminalida saqlash bilan bogʻliq asossiz sarf-хarajat qilishlariga yoʻl qoʻymaslik lozim. Xususan, yoʻlaklar tizimi faoliyati orqali soddalashtirilgan tartib-taomillarni qoʻllash darkor.
2018 yil 1 dekabrdan boshlab «sariq» va «qizil» yoʻlaklar faoliyat yurita boshladi. Birinchisida bojхona nazoratining soddalashtirilgan shakllari хavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi. «Qizil» yoʻlak хavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan yuklar uchun moʻljallangan. Ularga nisbatan bojхona nazorati tartib-taomillari toʻliq hajmda oʻtkaziladi.
2019 yil 1 martdan boshlab esa olib kirilayotgan yuklar bojхona nazorati shakllarini toʻrt yoʻlakli tabaqalashtirishning toʻliq tizimi joriy etiladi. Yana ikkita – «yashil» va «koʻk» yoʻlak faoliyat yurita boshlaydi.
«Yashil» yoʻlak rejimida TIF bilan shugʻullanuvchi sub’yektlar bir qator shartlarga rioya etganda tovarlarni хavf darajasi past boʻlgan toifaga kiritish va shu asosda ularni chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda bojхona nazorati shakllari qoʻllanishini minimallashtirish nazarda tutiladi. U TIF ishtirokchilari bojхona qonunchiligiga rioya etishiga turtki boʻluvchi, halol tadbirkorlik sub’yektlarini ragʻbatlantiruvchi, ularning oldidagi ma’muriy toʻsiqlarni kamaytiruvchi oʻziga хos meхanizmga aylanadi.
«Koʻk» yoʻlak хavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlar uchun moʻljallangan, bojхona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Hozir «sariq» va «qizil» yoʻlaklar mos ravishda 70 va 30 foiz nisbatda tovar va transport vositalarining хavf profillari yoki tasodifiy tanlash asosida qoʻllanilmoqda. «Yashil» va «koʻk» yoʻlaklar amalga kiritilgan kundan boshlab foiz nisbati DBQ tomonidan хavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini qoʻllash samaradorligi monitoringi asosida belgilanadi.
Gulnora Abdunazarova,
maхsus muхbir. | 73 | 4,546 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakolatlarini kengaytirish, budjet jarayonini chuqurroq va har tomonlama tahlil etish va uning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Davlat budjeti loyihasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlarini shakllantirish jarayonini chuqur va puxta o‘rganish, ularni bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida o‘tkazilayotgan siyosatning g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishlariga, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish sohasida qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarga to‘la-to‘kis mos kelishi nuqtai nazaridan tanqidiy baholash;
tarmoqlar va hududlar bo‘yicha Davlat budjetining daromad qismi shakllantirilishi va ijrosini moddama-modda, har tomonlama chuqur tahlil etish, budjet daromadlarining asosiy moddalari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining realligi va tig‘izligiga baho berish, bunda yoqilg‘i-energetika kompleksi, qazib chiqarish sanoati, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo, iqtisodiyotning daromad hosil qiluvchi boshqa tarmoq va sohalaridagi zaxiralarni aniqlashga alohida e’tibor qaratish;
agrosanoat kompleksidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati monitoringini amalga oshirish, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishga ajratiladigan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan maqsadli davlat jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalarning mablag‘laridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari shakllantirilishi va ijro etilishini, ularning balanslanishini muntazam tahlil etish va nazorat qilish, mahalliy boshqaruv va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish uchun ularga real moliyaviy mablag‘lar ajratib berish vazifasini hal etish zarurligidan kelib chiqqan holda, barcha darajalardagi budjetlar o‘rtasidagi nisbatni maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
budjet tizimining barcha budjet darajalarida davlat budjetining ijrosi va davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil qilish va ta’minlash. Davlat xarajatlarini kamaytirish rezervlarini aniqlash. Markazda va joylarda budjet mablag‘laridan qonuniy, maqsadli va samarali foydalanilishini, ulardan foydalanishda qonunbuzarliklar va suiiste’molchiliklarning oldini olish choralarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan maqsadli davlat jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari to‘liq tushishi, ulardan maqsadli, oqilona va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish;
o‘tkazilayotgan pul-kredit siyosatini, milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasi va pul agregatlarini maqbul holga keltirish, bankdan tashqari pul aylanishini keskin qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil qilish va baholash;
respublika tashqi savdo oborotining ahvolini chuqur tahlil qilish, respublika to‘lov balansini shakllantirish va undan foydalanishni baholash. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozi bajarilishi, mahsulot importi maqbullashtirilishining ta’minlanishi, eksport tushumlari va xorijiy valyutani sotish to‘la-to‘kis va o‘z vaqtida bo‘lishi monitoringini amalga oshirish. Ichki valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish, ayirboshlash kursi dinamikasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, milliy valyutaning erkin almashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
tashqaridan olinadigan qarzlarning hajmlari va maqsadga muvofiqligini tanqidiy baholash, olinadigan xorijiy kredit va grant mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishini, shuningdek Hukumat tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasining Davlat kafolati bilan olingan tashqi kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini qattiq nazorat qilish;
oltin-valyuta zaxiralarining holati va uning harakati ustidan nazoratni amalga oshirish, tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish va ularni xorijiy banklarda samarali joylashtirish va qayta joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlash.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining cheklangan soni 20 kishidan iborat bo‘lgan yangi tuzilmasi hamda boshqaruv sxemasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi huzuridagi yangilangan Hay’at tarkibi 4-ilovaga** muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-sonli Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil b yanvardagi PF-3536-sonli Farmoni 1-bandi, shuningdek mazkur Farmonning ilovasi;
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-sonli Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 4-noyabrdagi PF–3157-sonli Farmoni 1 va 2-bandlari, shuningdek mazkur Farmon ilovasi;
“O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-sonli Farmoni 3-ilovasi.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklatilsin. | 102 | 6,053 |
Qonunchilik | Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (J. Achilov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Quyidagi mazmundagi 41 va 42-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“41. Tanlov e’lon qilingandan keyin tegishli adliya boshqarmasi stajirovkadan o‘tgan va malaka imtihonini topshirgan barcha shaxslar tomonidan hujjatlar taqdim etilishini ta’minlaydi. Bunda, adliya boshqarmasi stajirovkadan o‘tgan va malaka imtihonini topshirgan, shu jumladan notariat sohasida ishlamayotgan shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi.
42. Adliya boshqarmalari tomonidan stajirovka o‘tagan va malaka imtihonini topshirgan shaxslarning hisobi yuritiladi hamda har chorak yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ishchi organga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Stajirovka o‘tagan va malaka imtihonini topshirgan shaxslar haqida ma’lumot taqdim etiladi.”.
2. 7-bandning birinchi xatboshisi “(bundan keyingi o‘rinlarda talabgor deb yuritiladi)” degan so‘zlardan keyin “tegishli adliya boshqarmasi orqali” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Talabgorlar tomonidan adliya boshqarmasiga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq topshirilishi kerak. Hujjatlarning to‘liq topshirilishini adliya boshqarmasi ta’minlaydi.
Hujjatlar ularni taqdim etishning oxirgi sanasigacha qabul qilingan bo‘lishi lozim. Hujjatlar to‘liq topshirilgandan keyin adliya boshqarmasi tomonidan ular qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirilmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi va devonxonada ro‘yxatdan o‘tkaziladi.”.
4. 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Ishchi organ tomonidan har bir talabgorning hujjatlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan har bir talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 13-banddagi “Nizomning 1-ilovasiga” degan so‘zlar “Nizomning 1a-ilovasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 14-bandning ikkinchi xatboshisi “bir hafta oldin” degan so‘zlardan keyin “mazkur Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
7. 1-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
8. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda 1a va 2a-ilovalari bilan to‘ldirilsin. | 131 | 3,509 |
Qonunchilik | Sud ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash qanday amalga oshiriladi | Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi «Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 706-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 5.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6256-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Ma’lumot uchun! 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga koʻra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazish huquqi berildi.
Iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert хulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat soʻroviga koʻra ekspertiza oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga ruхsat berildi.
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining kasbiy malakasini aniqlash hamda ularning muntazam ravishda bilim va koʻnikmalarini oshirib borishni ta’minlash maqsadida ularni har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazish meхanizmi joriy qilindi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Nizomga (1) muvofiq sud ekspertiza sohasida kadrlarni qayta tayyorlash iхtiyoriylik asosida sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha pullik shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida 6 oylik kurslar asosida tashkil etiladi.
Shartnomaning toʻlov miqdori davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
Sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash oʻquv kurslari yiliga ikki marta oktyabr va fevral oylarida tashkil etiladi.
Oʻquv kurslariga talabgorlardan hujjat qabul qilish oʻquv kursi boshlanishidan 3 oy oldin boshlanadi. Kadrlarni qayta tayyorlash oʻquv kurslari tashkil etilishi, ularning davomiyligi va suhbat oʻtkaziladigan joy toʻgʻrisida davlat sud-ekspertiza muassasasining rasmiy veb-saytida hamda OAVda oʻquv kursi boshlanishidan 3 oy oldin e’lon beriladi.
Ta’lim jarayoning 40%i nazariy, 60%i amaliy qismga ajratiladi. Tinglovchilarga ta’lim jarayonining nazariy qismi tegishli oliy ta’lim muassasasida, amaliy qismi tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasida tashkil etiladi.
Yakuniy imtihon yozma va amaliy imtihon shaklida oʻtkaziladi. Yakuniy imtihon natijalari 100 ballik tizimda baholanadi. Yakuniy imtihon natijalari boʻyicha talaba jami 55 va undan yuqori ball toʻplaganda yakuniy imtihondan oʻtgan hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 69 | 2,833 |
Qonunchilik | TOShKENT ISLOM UNIVERSITETI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent islom universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 7-apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan, islom diniga oid boy va noyob ma’naviy-madaniy merosni chuqur o‘rganish, uni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish va ushbu sohada aholining bilim darajasini oshirish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining tuzilmasi va Nizomi 1 va 2- ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent islom universitetining oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv jarayoni uchun zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlarni jahonning ilg‘or hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. 1999/2000 o‘quv yiliga Toshkent islom universitetining ikkala fakultetining har biriga talabalar qabul rejasi 25 tadan davlat granti va 25 tadan to‘lov-kontrakt asosida (jami 100 ta) belgilansin.
5. Universitetga moddiy va ma’naviy yordam beruvchi Homiylar kengashi tarkibi hamda universitet qoshidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi 3* va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi Universitet taqdimnomasiga muvofiq oliy ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari klassifikatoriga va ilmiy xodimlar mutaxassisliklari nomenklaturasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
7. Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda universitet qoshidagi islomshunoslik ilmiy-tadqiqot Markazi Nizomini va Universitetni rivojlantirish jamg‘armasi Nizomini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
islom ta’limotiga oid manbalar ro‘yxatini tuzish, ularni jamlash hamda tashkil etilgan Manbalar xazinasi faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqsin va ularning bajarilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi universitet ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini davlatning ilmiy-texnika dasturlari ro‘yxatiga kiritsin va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha grantlar ajratishni nazarda tutsin.
9. Mustaqil Vatanga va milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatli hamda islomshunoslik, din tarixi, huquqi va falsafasi bo‘yicha ushbu universitetning uchinchi va undan yuqori kurs iqtidorli talabalari uchun uchta Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi joriy etilsin.
Mazkur stipendiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF—555-son Farmonida o‘rnatilgan davlat stipendiyalari miqdorida belgilansin va ularni tayinlash Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat stipendiyalari to‘g‘risida Nizom va ularni tayinlash tartibi” asosida amalga oshirilsin. Ushbu tartibga 5-ilovaga muvofiq to‘ldirishlar kiritilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
yetuk mutaxassislarni ishga taklif etish, professor-o‘qituvchilarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishlari, xalqaro ilmiy konferensiyalarda qatnashishlari, talabalarning yirik o‘quv markazlarida ta’lim olishlari, shuningdek, chet elda chop etiladigan davriy nashrlarga obuna bo‘lish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini xarid qilish, Manbalar xazinasini to‘ldirib borish uchun har yili universitet buyurtmalari bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutadagi xarajatlarni qoplash uchun;
universitet, uning qoshida tashkil etilgan islomshunoslik ilmiy-tadqiqot Markazi va akademik litsey, shuningdek, Manbalar xazinasi faoliyatini moliyaviy ta’minlash uchun;
universitetning o‘z matbaa va tahririyat-nashriyot bazasini barpo etish uchun taqdim etiladigan hisob-kitoblarga muvofiq zarur mablag‘lar ajratsin.
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qaroriga muvofiq qisqartirilayotgan yengil avtomobillardan ikkitacini Toshkent islom universiteti balansiga bepul o‘tkazsin.
12. Toshkent islom universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadigan qonunlar va qarorlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy va yo‘riqnoma hujjatlari majburiy tartibda tarqatiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi:
universitetni uning kutubxonasini to‘ldirish uchun maxfiy bo‘lmagan bosma asarlar va kitob mahsulotining (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, tabiiy) nazorat nusxalarini (2 nusxada) bepul oluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin;
universitet buyurtmalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy mahsulotlarining o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlasin;
universitetning o‘z matbaa va tahririyat-nashriyot bazasini barpo etishga va uning faoliyatini tashkil etishga yordam bersin.
14. O‘zbekiston Respublikasi davlat va nodavlat hamda jamoat tashkilotlarining Toshkent islom universitetini rivojlantirish jamg‘armasi homiylari sifatida Jamg‘armaga moliyaviy va moddiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish haqidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin (6-ilova).
Jamg‘armaning barcha yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan, xorijiy tashkilotlar, uyushmalar, jamg‘armalar va fuqarolar uchun ochiq ekanligi belgilab qo‘yilsin.
15. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlardan va bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvlari uchun to‘lovlardan tashqari) 5 yil muddatga ozod qilinsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti va uning tarkibiy tuzilmalari hamda yotoqxonasi Toshkent shahar, Bobur ko‘chasi, 55-uy (5-son kasb-hunar maktabi binolari kompleksi) ga joylashtirilsin.
Toshkent shahar hokimligi 1999-yil 1-iyulga qadar universitet binosi xonalarini o‘qish jarayoni xususiyatlarini hisobga olgan holda rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirsin va binoni universitet balansiga o‘tkazsin.
Universitet, islomshunoslik ilmiy-tadqiqot Markazi va akademik litseyni joylashtirishga ajratilgan binoni rekonstruksiya qilish, uni zarur asbob-uskuna va mebellar, zamonaviy kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash, shuningdek, darsliklar va o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan haqiqiy xarajatlar doirasida mablag‘ bilan ta’min etilsin hamda 2000-yildan boshlab investitsiya dasturiga kiritilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Toshkent islom universitetini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun universitetning tegishli hisob raqamlarini ochsinlar.
18. O‘zbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda universitetni zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi va boshqa aloqa turlari bilan ta’minlasin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-maydagi 175-son qarorining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 7-apreldagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
2. Toshkent islom universiteti davlat oliy o‘quv yurti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va ushbu Nizomga muvofiq hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tajribasini inobatga olgan holda o‘quv-uslubiy, ilmiy va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi.
3. Toshkent islom universiteti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob, milliy va xorijiy valyutalarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhr, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
Toshkent islom universiteti joylashgan manzil: Toshkent shahar, Bobur ko‘chasi, 55-uy.
4. Toshkent islom universitetining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
dinshunoslik asoslari, yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayoti va rivojidagi o‘rni bilan bog‘liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni chuqur o‘zlashtirgan, davlat va jamoat tashkilotlari, diniy muassasalar oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal etishga qodir, yuksak madaniy saviya, kasbiy bilimdonlik va axloqiy-estetik barkamollikni o‘zida mujassamlashtirgan vatanparvar, fidokor, yuqori malakali mutaxassis — bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash hamda mavjud kadrlarning malakasini oshirishni ta’minlash;
islom diniga oid ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash borasida jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining tajribasini atroflicha o‘rganish, tahlil etish va Toshkent islom universiteti o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, ularda burchga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, millatimizning buyuk ilmiy, ma’naviy qadriyatlari asosida yetuk islomshunos mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
ajdodlarimizning boy diniy ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur o‘rganish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asosida keng jamoatchilikka yetkazish;
jahon sivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan o‘rnini tadqiq etish asosida hozirgi ko‘p dinlik sharoitida dunyoda, mintaqada va mamlakatimizdagi islomning roli va ahamiyatini aniqlash, rivojlanish yo‘nalishlari, g‘oyalari va qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish;
uzluksiz ta’lim tizimi va keng jamoatchilik uchun dinshunoslik, xususan, islom ta’limoti va falsafasi bo‘yicha ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, o‘quv dasturi va qo‘llanmalar yaratish hamda ularni nashr etish;
xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijdan sohaning yetuk mutaxassis-o‘qituvchilarini jalb qilish, manfaatdor davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, tijorat tuzilmalari hamda jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va shaxslar bilan shartnoma asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini Vatan fidoyisi, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda xalq an’analarini e’zozlovchi, el-yurt kelajagi uchun halol mehnat qiluvchi, diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalangan barkamol avlodni shakllantirish.
a) talabalar
5. Toshkent islom universitetiga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar test sinovlari natijalariga ko‘ra davlat grantlari hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganlar Toshkent islom universiteti rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi va ularga talabalik guvohnomasi hamda reyting-sinov daftarchasi beriladi.
Toshkent islom universiteti islomshunoslik, dinshunoslik, islom tarixi va falsafasi, fiqh, iqtisodiyot, tabiiy fanlar yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha quyidagi ta’lim turlari asosida o‘qitishni amalga oshiradi:
Bakalavriat — ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati 4 yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’limi bo‘lib, uni tugatganlarga davlat attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra “bakalavr” darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Magistratura — bakalavriat negizida muayyan mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati 2 yildan kam bo‘lmagan oliy ta’lim bo‘lib, uni tugatganlarga davlat attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
6. Toshkent islom universiteti talabalarining huquq va burchlari quyidagilardan iborat:
universitet Manbalar xazinasi, kutubxonasi, axborot tizimi, o‘quv, ilmiy, tibbiy va boshqa bo‘g‘inlarining xizmatidan bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha turlarida, konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish, o‘z ishlarini nashrga taqdim etish;
tanlangan ta’lim yo‘nalishi va ixtisosligi bo‘yicha o‘tiladigan fanlarga qo‘shimcha ravishda boshqa fanlarni ham shartnoma asosida o‘zlashtirish;
qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olish;
universitetda o‘qish davrida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish;
belgilangan tartib va miqdorda stipendiyalar, shuningdek, Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyasini olish;
tibbiy ma’lumotnomalar asosida va boshqa istisno hollarda belgilangan tartibda akademik ta’til olish;
universitetning talabalar uylaridan joy bilan ta’minlanish;
o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlash.
Talabalar o‘qishini bir oliy o‘quv yurtidan boshqasiga ko‘chirish, o‘qishga tiklash tartibi va shartlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Toshkent islom universitetining talabalari ta’lim dasturlari va o‘quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari hamda universitet Nizomiga, ichki tartib qoidalariga va qonunchilikda belgilangan barcha axloqiy-me’yoriy tartiblarga rioya etishlari shart.
7. Ushbu Nizom va oliy o‘quv yurtining ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan talabalarga quyidagi intizomiy jazolar qo‘llaniladi: hayfsan, qat’i hayfsan, oliy o‘quv yurti talabalari safidan chiqarish.
6) tinglovchilar
8. Toshkent islom universiteti huzurida malaka oshirayotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanib, ularning maqomi universitet talabasi maqomiga tenglashtiriladi va o‘qish natijalariga ko‘ra davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o‘qitish shartlari va huquqlari tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
v) aspirantlar, doktorantlar, izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilar
9. Oliy ma’lumotga ega, oliy o‘quv yurtining aspiranturasida o‘qiyotgan va fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlayotgan shaxs aspirant hisoblanadi,
Kunduzgi shakldagi aspiranturada o‘qish uch yildan, sirtqi shaklda esa to‘rt yildan oshmasligi kerak.
Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan va fan doktori ilmiy darajasini olish maqsadida dissertatsiya tayyorlash uchun oliy o‘quv yurtining doktoranturasiga qabul qilingan shaxslar doktorant hisoblanadi va o‘qish muddati uch yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Universitetga biriktirilgan va fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlayotgan shaxs izlanuvchi hisoblanadi.
Universitetning yuqori malakali olimlari rahbarligida ilmiy faoliyatga tayyorlanuvchi qobiliyatli shaxs stajor-tadqiqotchi hisoblanadi.
Ilmiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun imtiyozlar berish tegishli Nizomga asosan, chet ellik fuqarolar uchun esa xorijiy davlatlar fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalariga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Toshkent islom universitetida fan nomzodi hamda fan doktori ilmiy darajasini berish yuzasidan ixtisoslashgan kengashlar faoliyat ko‘rsatadi.
11. Toshkent islom universitetida o‘quv jarayoni yillik o‘quv hamda mashg‘ulotlar jadvallari asosida tashkil etiladi.
12. Toshkent islom universitetida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi; nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs ishi, bakalavrlik bitiruv ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.
Ta’lim o‘zbek va xorijiy (arab, ingliz, fors va boshqa) tillarda olib boriladi.
O‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati (yoki imtihon sessiyasi) shaklida yakunlanadi.
Talabalarga o‘quv yili davomida kamida ikki marta jami 10 haftagacha ta’til beriladi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
13. Toshkent islom universiteti tarkibiga rektorat, fakultetlar, kafedralar, universitet qoshidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Manbalar xazinasi, Universitetni rivojlantirish jamg‘armasi, akademik litsey, kutubxona va boshqa o‘quv, ilmiy hamda yordamchi bo‘limlar kiradi.
14. Toshkent islom universitetida amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan belgilangan tartibda tarkibiy tuzilmalar tashkil qilinishi, qayta tashkil qilinishi, qo‘shib yuborilishi yoki tugatilishi mumkin.
15. Toshkent islom universitetining ilmiy-pedagogik kadrlari tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi, assistent va ilmiy xodimlar kiradi. Ular oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilayotgan yuqori saviyali o‘qituvchi va xodimlardan shakllantiriladi.
Toshkent islom universitetida professor-o‘qituvchilar tarkibi talabalarga 1:4,5 nisbatda belgilanadi.
Professor-o‘qituvchilar lavozimini egallash “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi haqida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida, mehnat shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
16. Toshkent islom universitetining professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
belgilangan tartibda universitetning Ilmiy kengashiga saylash va saylanish;
universitetning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama etish va hal qilishda ishtirok etish;
universitetning Manbalar xazinasi, kutubxonasi, axborot tizimi, o‘quv, ilmiy va maishiy bo‘g‘inlarining xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq oliy o‘quv yurti tomonidan belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
17. Toshkent islom universiteti professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining burchlari:
o‘quv kurslari mazmunini oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilash;
pedagogik va ilmiy jarayonning yuqori samaradorligini ta’minlash;
ushbu Nizomga rioya qilish;
talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtda ham bevosita ishtirok etish;
ta’lim oluvchilarda vatanparvarlik, fidoyilik, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish;
o‘z malakasini muttasil ravishda oshirish.
18. Toshkent islom universitetining professor-o‘qituvchilariga besh yilda kamida bir marta malakasini oshirish kafolati beriladi.
19. Toshkent islom universitetining ma’muriy-xo‘jalik, muhandis-texnika, o‘quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va burchlari oliy o‘quv yurtining ichki tartib qoidalari va lavozimga oid yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.
20. Toshkent islom universitetini bevosita boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydigan rektor tomonidan amalga oshiriladi.
Rektor oliy o‘quv yurti faoliyatiga to‘liq mas’uldir. U, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, oliy o‘quv yurti nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda universitet nomidan vakillik va universitetning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bankda universitetning hisob raqamlarini ochadi, kreditlardan foydalanish bo‘yicha buyruqlar beradi.
Rektor oliy o‘quv yurtining vakolati doirasida:
Universitetni rivojlantirish jamg‘armasiga rahbarlik qiladi;
prorektorlarning muayyan vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;
bosh buxgalterni ishga tayinlaydi va ishdan ozod qiladi;
universitet ilmiy-pedagogik xodimlari va xizmatchilarini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda ishga oladi va ishdan bo‘shatadi;
universitetning barcha xodimlari va ta’lim oluvchilari uchun ijrosi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
universitet tarkibiga kirgan Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, Manbalar xazinasi, Universitetni rivojlantirish jamg‘armasi hamda boshqa bo‘linmalarning vakolatini belgilaydi va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
universitet xodimlarining shtatlar soni, limiti va lavozim maoshlari tarif setkasi doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining sonini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;
universitet xodimlarining lavozim maoshlariga ustama va qo‘shimchalarni belgilaydi, Zarur hollarda universitet tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, mehnatga soatbay haq to‘lash fondi stavkalarini amaldagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi doirasida belgilaydi hamda jahon tajribasini nazarda tutgan holda universitetda ishlash uchun mutaxassislarni, jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishning turli iqtisodiy shakllaridan foydalanadi;
universitet Ilmiy kengashning tavsiyasiga binoan kafedralarni tashkil etish yoki tugatish huquqiga ega.
Universitet rektoriga o‘zi ishlayotgan oliy o‘quv yurtida va undan tashqarida haq to‘lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy-uslubiy rahbarlikdan tashqari) o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o‘z vazifalarini o‘rindoshlik bo‘yicha bajarishi mumkin emas.
Rektor Toshkent islom universiteti faoliyati yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi oldida mas’uldir va unga muntazam ravishda hisobot beradi.
21. Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq Toshkent islom universitetida uning faoliyatini yo‘naltirish va ta’minlash uchun Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Ilmiy kengash a’zolarining soni universitet rektori buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ilmiy kengash tarkibiga rektor (kengash raisi), prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hamda talabalar kiradi. Ilmiy kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
22. Toshkent islom universitetini boshqaruvchi jamoat organi — Homiylar kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibiga davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining vakillari kiradi.
Homiylar kengashining tarkibi, vakolatlari, uni shakllantirish tartibi va faoliyati Homiylar kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.
23. Toshkent islom universitetining prorektorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadi.
24. Toshkent islom universiteti fakultetini Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.
Fakultet dekani o‘z faoliyatida oliy o‘quv yurtining fakulteti to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi.
Fakultet to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq fakultetda Ilmiy kengash tashkil etiladi. Uning tarkibi, vakolatlari va faoliyati fakultet Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.
25. Kafedra faoliyatini tanlov asosida universitetning Ilmiy kengashi saylaydigan mudir boshqaradi. Uning vakolatlari va kafedra faoliyati tegishli Nizom bilan belgilanadi.
26. Toshkent islom universitetiga operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulk komplekslari, oliy o‘quv yurtining pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mulklar biriktiriladi.
Toshkent islom universitetiga ajratilgan yer uchastkalari oliy o‘quv yurtiga doimiy bepul foydalanish uchun biriktiriladi.
27. Toshkent islom universitetining ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan mablag‘lar, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni o‘qitish uchun belgilangan tartibda olinadigan to‘lov-shartnoma asosidagi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
28. Toshkent islom universitetiga jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a, hadya yoki vasiyat bo‘yicha berilgan pul mablag‘lari, mol-mulk va boshqa mulkiy obyektlarga, oliy o‘quv yurti faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek, o‘z faoliyati orqali oladigan daromadlar va ushbu daromadlar hisobiga sotib olingan mulkiy obyektlarga egalik qilish huquqi beriladi.
29. Toshkent islom universiteti mol-mulkni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega. Universitet o‘ziga biriktirilgan mulkiy obyektlarni Ilmiy kengashning roziligi bilan, sotib olish huquqisiz, joylardagi hokimiyat organlari tomonidan belgilangan narxlardan past bo‘lmagan narxda ijaraga berishni amalga oshiradi.
30. Toshkent islom universiteti oliy o‘quv yurtining asosiy faoliyatiga zarar yetkazmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pulli xizmat ko‘rsatishi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Universitet o‘z mulki bilan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg‘armasida qatnashish huquqiga ega.
Toshkent islom universiteti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda ushbu Nizomga zid bo‘lmagan shartnomalar tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.
31. Toshkent islom universiteti xalqaro hamkorlik ishlarida quyidagi huquqlarga ega:
Ilmiy Kengashning qaroriga binoan xorijiy davlatlarning tegishli o‘quv yurti bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish, qonunchilikda belgilangan tartibda hamkorlikda kafedralar, markazlar, laboratoriyalar va boshqa bo‘linmalar tashkil etish;
talabalar, aspirantlar, doktorantlar, pedagogik va ilmiy xodimlar bilan ikki tomonlama almashish dasturida ishtirok etish;
hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, kongresslar, simpoziumlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish;
ta’limni takomillashtirish va rivojlantirish xalqaro dasturlarida ishtirok etish;
Toshkent islom universitetida chet el fuqarolarini tayyorlash va malakasini oshirish hamda universitet ilmiy-pedagogik xodimlarining xorijda o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqotchilik ishlari davlatlararo shartnomalar, ta’limni boshqarish bo‘yicha tegishli organlari o‘rtasidagi shartnomalar asosida amalga oshirish;
xalqaro nodavlat tashkilotlarga belgilangan tartibda a’zo bo‘lish.
32. Toshkent islom universiteti O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan va “Ta’lim to‘g‘risida” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
33. Toshkent islom universitetini qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish va qayta o‘zgartirish, shuningdek, uni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida va qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat stipendiyalari to‘g‘risida Nizom va ularni tayinlash tartibi”ning:
1-bandi “Ulug‘bek” so‘zidan keyin “Imom al-Buxoriy” so‘zlari bilan;
8-bandining 6-qatori “Ulug‘bek davlat stipendiyasi sovrindori” so‘zlaridan so‘ng “Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi sovrindori” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
1. Tashqi ishlar vazirligi.
2. Toshkent shahar hokimligi.
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.
5. Xalq ta’limi vazirligi.
6. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi.
7. Adliya vazirligi.
8. Fanlar akademiyasi.
9. Fan va texnika davlat qo‘mitasi.
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.
11. Davlat mulk qo‘mitasi.
12. O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
13. O‘zbekiston banklar uyushmasi.
14. O‘zbekturizm milliy kompaniyasi.
15. Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi.
16. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
17. Toshkent sharqshunoslik instituti.
18. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi.
19. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi.
20. “Qanoat” muvofiqlashtirish markazi. | 65 | 28,747 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON KIMYo SANOATI KORXONALARI (“O‘ZKIMYoSANOAT”) UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning:
O‘zbekiston kimyo sanoati davlat konsernini tugatish to‘g‘risidagi;
1-ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari (“O‘zkimyosanoat”) uyushmasini ta’sis etish to‘g‘risidagi;
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan “O‘zdavkimyo” konserni qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, bitimlar va unga tegishli mol-mulklar bo‘yicha huquqiy vorislik funksiyalarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmasi va xodimlari soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 58 nafar, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma raisi hamda uning 2 nafar o‘rinbosari bo‘lishiga rozilik berilsin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, ijro etuvchi apparatni mablag‘ bilan ta’minlash uyushma qatnashchilari — birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zkimyosanoat” uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilar hiso6lanadi;
uyushma ta’sischilarini huquqiy himoya qilish hamda davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalash;
bozor konyunkturasi va mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini belgilash, uyushma a’zolarining — mulkchilikning barcha shakllaridagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
uyushma doirasida raqobatbardoshli mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini o‘tkazish, mavjud asosiy fondlardan samarali foydalanish.
4. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga uyushma tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini, ularni ko‘proq ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni nazarda tutgan holda, 1994-1995-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zkimyosanoat” uyushmasiga uyushma a’zolari — davlat birlashmalari, korxonalari, tashkilotlarini, davlat tasarrufidan chiqarilgandan keyin esa — davlat korxonalari negizida tashkil etilgan, uyushma tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlarini, shirkatlarni davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga muvofiq boshqarish huquqini bersin.
5. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi ikki hafta muddatda Ustav ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilayotgan konsernda o‘rnatilgan barcha telefonlarni va aloqa turlarini “O‘zkimyosanoat” uyushmasida saqlab qolsin.
7. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi Toshkent shahar, Lohutiy ko‘chasi, 42-uyda joylashgan.
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston kimyo sanoati davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1990-yil 29-oktabrdagi 349-son, “O‘zbekiston kimyo sanoati davlat konsernining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1990-yil 17-dekabrdagi 381-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.
1. “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy shahri.
2. “O‘zbekrezinotexnika” ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq shahri, Toshkent viloyati.
3. “Elektrkimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq shahri, Toshkent viloyati.
4. “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, Farg‘ona shahri.
5. Farg‘ona kimyoviy tola zavodi.
6. Toshkent lak-bo‘yoq zavodi.
7. “O‘zmaishiykimyo” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
8. Toshkent rezina texnika buyumlari zavodi.
9. Olmaliq maishiy kimyo zavodi, Toshkent viloyati.
10. Jizzax plastmassa zavodi.
11. Namangan kimyo zavodi.
12. “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, Olmaliq shahri.
13. Samarqand kimyo zavodi.
14. Qo‘qon superfosfat zavodi.
15. “Rustam” ishlab chiqarish birlashmasi, Qo‘qon shahri.
16. “Elektrkimyozavod” aksionerlik jamiyati, Navoiy shahri.
17. “Lola” attorlik-pardoz mollari firmasi, Toshkent shahri.
18. Andijon gidroliz zavodi.
19. Farg‘ona furan birikmalari kimyo zavodi.
20. Yangiyo‘l biokimyo zavodi, Toshkent viloyati.
21. “O‘rtaosiyoqurilishmontaj” tresti, Toshkent shahri.
22. “O‘zkimyotuzatishqurilishmontaj” tresti, Toshkent shahri.
23. “Kimyoavtomatika” O‘zbekiston ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq shahri.
24. O‘zbekiston kimyo sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Chirchiq shahri.
25. Polimer materiallar ilmiy-tadqiqot instituti, Farg‘ona shahri.
26. Kimyo sanoati xodimlari malakasini oshirish instituti, Chirchiq shahri.
27. Kimyoviy reaktivlar respublika idorasi, Toshkent shahri.
28. “Sharq taronasi” ishlab chiqarish-xo‘jalik birlashmasi, Toshkent shahri.
29. Tez harakat qiluvchi maxsus harbiylashtirilgan otryad, Chirchiq shahri.
30. Qizilqum fosforit kombinati qurilishi bo‘yicha direksiya, Zarafshon shahri, Navoiy viloyati.
31. “Laktam” aksionerlik jamiyati, Chirchiq shahri.
Rahbariyat
Marketing, birja faoliyati, kooperatsiyalash va moddiy-texnika resurslari boshqarmasi
Ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi va ilmiy-texnika siyosati boshqarmasi
Investitsiyalar va texnik qayta jihozlash bo‘limi
Moliya, hisob va hisobot bo‘limi
Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo‘limi, dispetcherlik xizmati bilan
Energiya va resurslar bilan ta’minlash bo‘limi
Axborot va hisoblash texnikasi bo‘limi
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi
Xalq iste’mol mollari ishlar chiqarishni rivojlantirish bo‘limi
Ishlar boshqarmasi
Birinchi bo‘lim | 124 | 6,004 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2013-yil 14-iyun) ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 2013-yil 14-iyun) ratifikatsiya qilinsin. | 171 | 165 |
Qonunchilik | SUG‘URTALOVChILARNING AKTIVLARI VA MAJBURIYATLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilingan Sug‘urtalovchilarning aktivlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-mayda 39-son (1999-yil 4-sentabr, ro‘yxat raqami 739-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urta tashkilotlarining aktivlariga doir majburiyatlarini me’yoriy nisbatlari to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 2-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urta tashkilotlarining aktivlariga doir majburiyatlarini me’yoriy nisbatlari to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i (2002-yil 12-yanvar, ro‘yxat raqami 739-1-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 1-2 son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 89 | 1,333 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJ OLINADIGAN HUDUDI ORQALI TAShILADIGAN AKSIZ SOLIG‘IGA TORTILADIGAN TOVARLARNI NAZORAT QILIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qo‘llanishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 12-iyundagi Farmoniga muvofiq va aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar tranzitini tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, bojxona nazorati va statistikasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali tashiladigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Tartib 1997-yil 1-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bojxona poshlinalari va soliqlari to‘lovini ta’minlash summalarini to‘lash uchun Davlat bojxona qo‘mitasining depozit valyuta schyotini ochsin.
Kirib kelish va chiqib ketish punktlari hududida joylashgan vakolatli banklar muassasalariga jismoniy shaxslar bilan bojxona poshlinalari va soliqlari to‘lovini ta’minlash schyotiga naqd chet el valyutasini qabul qilish, shuningdek, tranzit tovarni olib chiqib ketish chog‘ida qaytariladigan ushbu valyuta bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakillari orqali tegishli davlatlarning tashqi ishlar vazirliklarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga uning hududi orqali aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni tranzit tartibida tashib o‘tishga oid qismiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qo‘llanishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 12-iyundagi Farmoniga muvofiq, respublikaning boj olinadigan hududi orqali xalqaro tranzit tartibida tashib o‘tiladigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlar ustidan bojxona nazoratini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ushbu Tartibning amal qilishi tranzit tartibida tashishning bojxona tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtomobil transportida tashiladigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlarga, shuningdek, ularni temir yo‘l, daryo va havo transportidan avtomobil transportiga o‘tkazish hollarida tatbiq etiladi.
Mazkur Tartibning amal qilishi MDP (MDP Konvensiyasi, 1975-yil) kitobi qo‘llangan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasiga muvofiq tranzit tartibida tashiladigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlarga, shuningdek, tranzit tartibida tashish shartlari Hukumatlararo bitimlarda kelishilgan tovarlarga tatbiq etilmaydi.
1. Ushbu Tartibda foydalaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
tranzit tovar — bojxonaning tranzit tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali tashiladigan, bojxona to‘lovlari summasini O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lash yo‘li bilan ularning to‘lanishini ta’minlash qo‘llanadigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlar;
o‘tkazish punkti — amalda tovarni tashib kirish (tashib chiqib ketish) amalga oshiriladigan bojxona kompleksi yoki bojxona posti;
bojxonaning tashib kirish (tashib chiqib ketish) organi — faoliyat ko‘rsatish hududida o‘tkazish punkti joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Boshqarmasi;
to‘lovni ta’minlash summasi — ushbu tovar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga erkin muomalaga chiqarilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga ushbu to‘lovlarni ta’minlash hisobiga to‘lanadigan (import poshlina, aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im va 1998-yil 1-yanvardan boshlab — qo‘shilgan qiymat solig‘idan iborat bo‘lgan) bojxona to‘lovlari summasi;
to‘lovchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lovni ta’minlash summasini to‘lovchi har qanday manfaatdor shaxs;
tovarlar guruhi — bitta o‘tkazish punkti orqali bitta transportda yoki ularning tarkibida (kolonnada) ayni bir vaqtda tashib kiritiladigan tranzit tovarlar.
2. Tranzit tovarlar ular O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga amalda tashib kiritilgan vaqtdan boshlab ushbu hududdan amalda tashib chiqib ketilgan vaqtgacha bojxona nazoratida bo‘ladi.
3. Tranzit tovarlarni tashuvchi avtotransport vositalari bojxona organlarining tashib kiritish va tashib chiqib ketishni o‘tkazuvchi punktlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan avtoo‘tkazish joylari orqali o‘tkaziladi.
4. Temir yo‘l orqali tashiladigan tranzit tovarlar, to‘lovni ta’minlash summasini to‘lamasdan, amaldagi qonunchilik bilan belgilangan bojxona tranzit tartibiga qat’iy rioya qilingan holda tashiladi.
Tashuvchining aybi bilan bojxona tranzit tartibi buzilgan taqdirda javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli temir yo‘l korxonasi zimmasiga yuklanadi.
5. Aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlarni tranzit tartibida temir yo‘l transportida tashiyotgan jismoniy shaxslar to‘lovni ta’minlash summasini to‘lamaydilar.
Tranzitning bojxona tartibi buzilgan taqdirda yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
6. Tranzit tovarlar nazoratini tovar keltirayotgan tomonning bojxona organi amalga oshiradi.
7. Tranzit tovarlarni bojxona tomonidan rasmiylashtirish to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lovni ta’minlashning tegishli summalari to‘langandan hamda bu haqda to‘lov hujjati taqdim etilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga to‘lovni ta’minlash summasi to‘lanmagan tranzit tovarlar keltirilmaydi, mazkur Tartibning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
9. Tranzit tovarni olib chiqib ketish bojxona organining o‘tkazib yuborish joyiga yetkazib berish muddati va transport vositasining O‘zbekiston hududi bo‘ylab qatnov yo‘nalishi tovar keltirilayotgan bojxona organining o‘tkazish punktida belgilanadi.
10. Tranzit tovar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga tashib kelinayotganda belgilangan tartibda yukning bojxona deklaratsiyasi (bundan keyin YuBD deb ataladi) to‘ldiriladi.
Bunda YuBD da quyidagi to‘lovlar turlari bo‘yicha to‘lovni ta’minlashning to‘langan summasi ko‘rsatiladi:
import poshlina,
aksiz solig‘i,
qo‘shilgan qiymat solig‘i (1998-yil 1-yanvardan boshlab),
jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im.
Bir vaqtning o‘zida tranzit tovar to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlar nazorat qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga beriladi.
11. Tranzit tovarni O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi tashqarisiga amalda tashib ketishda YuBD da tovarni tashib ketish bojxona organining o‘tkazish punktida bojxona belgisi qo‘yiladi.
Bunda tovarni tashib ketish bojxona organi tomonidan o‘zi belgilangan tartibda tasdiqlagan YuBDning nusxalari yukni tashib keltirish bojxona organiga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga jo‘natiladi.
12. Avariya sodir bo‘lganda yoki yengib bo‘lmas kuchlar ta’sir qilganda tranzit tovarlar transportlardan tushirilishi mumkin. Bunday hollarda yuk tashuvchi:
tovarlarning saqlanishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga va ulardan ruxsat etilmagan biron-bir tarzda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka;
O‘zbekiston Respublikasining yaqin joydagi bojxona organiga ishlarning ahvoli, tovar va transport vositalarining turgan joyi haqida zudlik bilan xabar berishga;
tovarlarni yaqin joydagi bojxona organiga tashishni yoki O‘zbekiston Respublikasi bojxona organining mansabdor shaxslarini tovarlar turgan joyga yetkazishni ta’minlashga majburdir.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari avariya yoki yengib bo‘lmas kuchlar ta’siri oqibatida tashuvchi qiladigan biron-bir sarf-xarajatlarni o‘z zimmasiga olmaydilar. Bunday hollarda bojxona organlari tegishli idoralarning tasdiqlovchi hujjatlari asosida tovarni O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan tashib ketish muddatini uzaytirish to‘g‘risida zudlik bilan qaror qabul qiladilar, tovarlar tashuvchining aybisiz yo‘qolgan hollarda esa to‘lovni ta’minlash summalarini qaytarish haqida qaror qabul qiladilar va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini hamda tovarni tashib ketayotgan bojxona organini xabardor qiladilar.
13. Tranzit tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarini ta’minlash summasi sifatidagi pul mablag‘lari to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lanadi.
14. Bojxona to‘lovlarini ta’minlash summasi kursi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan erkin almashtiriladigan valyutada to‘lanadi.
15. Yuridik shaxslar tomonidan pul mablag‘larini to‘lash tranzit tovarlar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan chegarasidan o‘tkazilgungacha yoki o‘tkazilayotgan vaqtda naqd pulsiz yoxud plastik kartochkalar bo‘yicha, jismoniy shaxslar tomonidan esa yaqin joydagi bank bo‘limiga naqd pul to‘lash yo‘li bilan yoxud plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lanadigan pul mablag‘lari, qonunchilikka muvofiq aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi.
Agar amalda to‘langan pul mablag‘lari summasi YuBDda hisoblangan summadan kam bo‘lsa, tranzit tovarlar tashib keltirilmaydi.
17. To‘lovchi tomonidan to‘lov topshiriqnomasi yoki tovarlarning har bir guruhi uchun alohida to‘lov to‘g‘risidagi kvitansiya taqdim etiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan pul mablag‘lari boshqa xil to‘lovlar hisobiga qabul qilinmaydi.
Bunda tovarni keltirayotgan bojxona organining o‘tkazish punktida to‘lovni ta’minlash summasi to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasi qoldiriladi.
Pul mablag‘larni tovar egasi bo‘lmagan boshqa shaxs tomonidan to‘langan taqdirda, ushbu bandda pul mablag‘lari qaysi shaxs manfaatlari uchun to‘lanayotgani qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishi kerak.
19. Davlat soliq qo‘mitasining depozit schyotiga pul o‘tkazgan to‘lovchi tranzit tovar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan amalda olib chiqib ketilgunga qadar ularni tasarruf etishga haqli emas, tovarlarni ushbu hududga olib kelishni rad etish hollari bundan mustasno.
20. Tranzit tovar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan amalda olib chiqib ketilgan holda, bu chiqarib yuborish bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 3 kun mobaynida tegishli bankka to‘lov topshiriqnomasi yuboradi, uning asosida ushbu bank ta’minlash to‘lovi to‘langan valyutadagi mablag‘larni to‘lovchiga u ko‘rsatgan schyotga yoki plastik kartochkalarga o‘tkazadi.
Jismoniy shaxs tomonidan to‘langan ta’minlash to‘lovi summasi jismoniy shaxs xohishiga ko‘ra, belgilangan tartibda naqd pul shaklida qaytariladi yoki bu mablag‘lar boj hududidan chiqib ketishda plastik kartochkalarga yoxud ta’minlash to‘lovi valyutasida shaxsiy schyotlarga o‘tkaziladi.
21. To‘lovni ta’minlash summalari depozit schyotida bo‘lgan vaqt uchun foizlar hisoblanmaydi.
22. Tranzit tovarni tovar egasining yozma holdagi arizasi bo‘yicha boshqa xil bojxona tartibi bo‘yicha joylashtirishda bojxona to‘lovlari schyotiga to‘langan to‘lovlarni ta’minlash summasi, qonunchilikka muvofiq konvertatsiya qilingan summalarni respublika budjeti daromadiga o‘tkazgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotilishi kerak.
23. Tranzit tovar tovarni tashib keltiruvchi bojxona organining o‘tkazish joyida belgilangan muddatda tovarni tashib ketuvchi bojxona organining o‘tkazish joyigacha yetkazib berilmagan taqdirda va tovarni tashib ketish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi bildirish hujjatlari mavjud bo‘lmaganda tovarni tashib ketishning belgilangan muddati tugagan kundan boshlab, 30 kalendar kun tugashi bilan to‘lovni ta’minlash summasi mazkur Tartibning 22-bandiga muvofiq respublika budjeti daromadiga o‘tkazilishi kerak.
Respublika budjeti daromadiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari qaytarib berilmaydi.
24. To‘lovni ta’minlash to‘langan summalarining respublika budjeti daromadiga o‘tkazilishi bojxona qoidalarini buzgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi. | 169 | 12,624 |
Qonunchilik | Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to‘lashi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandiga muvofiq, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to‘lashi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish bo‘yicha summasi bir milliard so‘mgacha tuziladigan shartnomalarida 30 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi. Mazkur tartib ilovada keltirilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 203 | 1,061 |
Qonunchilik | Xiva restavratsiya maktabini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, YUNESKO ko‘magida moddiy madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 183.4-bandiga muvofiq Xiva shahrida YUNESKO ko‘magida restavratsiya maktabini tashkil etish hamda ushbu maktabda malakali mutaxassislar tayyorlash uchun xorijdan ham yetakchi ekspertlarni jalb qilish belgilanganligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qarorining 15-bandiga muvofiq “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) va bosqichma-bosqich uning davlat muassasasi shaklida Xiva, Samarqand, Buxoro, Termiz, Shahrisabz va Qo‘qon shahar mintaqaviy markazlari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Direksiyaning Xiva shahar mintaqaviy markazida (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yuridik shaxs bo‘lmagan Xiva restavratsiya maktabi (keyingi o‘rinlarda — Maktab) tashkil etilsin.
Maktab faoliyati belgilangan tartibda YUNESKO va uning maslahatlashuv organlari hisoblangan Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashi (IKOMOS) hamda Madaniy boyliklarni asrash va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (IKKROM) bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari etib belgilansin:
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasidagi restavrator-ustalar va boshqa mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, malaka oshirish kurslariga mahalliy va chet ellik mutaxassislar, shu jumladan, Direksiyaning malakali mutaxassis va ekspertlarini jalb etish bo‘yicha Markazga takliflar kiritish;
asrashga doir ishlarda “ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish, shuningdek, sohaga yangi usul, material va texnologiyalar, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan takliflar tayyorlash;
malaka oshirish kurslarining tinglovchilarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ular ishtirokida moddiy madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni tashkil qilishda ko‘maklashish;
asrashga doir ishlar sohasida mahalliy va chet ellik ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, anjuman va boshqa tadbirlar tashkil etish, shuningdek, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishda ishtirok etish.
4. Belgilansinki:
a) Markaz direktori bir vaqtning o‘zida Maktab rahbari hisoblanadi hamda belgilangan tartibda Direksiya direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
b) Maktab moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshiradi hamda ushbu Maktabda malaka oshirish ishlarini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda, Maktabning restavrator-ustalarni malakasini oshirishidan tushadigan mablag‘lar Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) (vakolatli organ) orqali to‘liqligicha Markazning hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi;
v) Maktab tinglovchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari, shu jumladan, malaka amaliyoti, qoida tariqasida, sohadagi yetakchi loyihalash tashkilotlari, restavratsiya-tiklash ustaxonalari hamda asrashga doir ishlar amalga oshirilayotgan obyektlarda bevosita tashkil etiladi;
g) Maktab o‘z faoliyatini belgilangan tartibda:
YUNESKO;
Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashi (IKOMOS);
Madaniy boyliklarni asrash va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (IKKROM);
O‘zbekistonda madaniy meros masalalari bo‘yicha tashkil qilingan Xalqaro maslahat qo‘mitasi;
Agentlik, shu jumladan uning Ilmiy-ekspert kengashi;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;
Toshkent arxitektura-qurilish instituti;
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti;
Samarqand arxitektura-qurilish instituti hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Agentlik hamda O‘zbekistonda madaniy meros masalalari bo‘yicha tashkil qilingan Xalqaro maslahat qo‘mitasiga Maktabning restavrator-ustalarni malakasini oshirish, ularga mahalliy va chet ellik mutaxassis-ekspertlarni jalb etish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqish va ularni inobatga olib borish tavsiya etilsin.
5. Quyidagilar Maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Agentlikning budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari;
restavrator-ustalarni malakasini oshirishidan Agentlikka tushadigan mablag‘lar;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarida nazarda tutilgan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Markaz bir oy muddatda Maktabning tuzilmasi va nizomini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
7. Agentlik Markazning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq YUNESKO va uning tuzilmalari, Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashi (IKOMOS), Madaniy boyliklarni asrash va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (IKKROM) tomonidan tavsiya etilgan chet ellik yetakchi ekspertlarni jalb etish va ular tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazish, shuningdek, mahalliy restavrator-ustalar va mutaxassislarni ilg‘or xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarga malaka oshirish va stajirovka o‘tashga yuborish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda mablag‘ ajratib borilishini tashkil qilsin.
8. Agentlik:
a) budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari doirasida hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Maktab faoliyatini samarali tashkil etish uchun zamonaviy jihozlar asosida uning moddiy-texnik bazasini shakllantirsin hamda o‘quv-uslubiy adabiyotlar, laboratoriya jihozlari, kompyuter to‘plamlari va o‘quv mashg‘ulotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda zarur bo‘ladigan vositalar bilan ta’minlasin;
b) Markazga Xorazm viloyati, Xiva shahri, Ichan qal’a, Zargarlar ko‘chasi Amir To‘ra madrasasi binosi tekin foydalanish huquqi asosida berilsin hamda unda namunali asrashga doir ishlarni namoyish qilish, amaliy ko‘rgazmalar o‘tkazish, yangi ekspozitsiyalar yaratish hamda turistlar tomonidan asrashga doir ishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratsin;
v) Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, Fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan birgalikda:
Maktabning respublika va xorijdagi restavratsiya markazlari, ilmiy laboratoriyalar bilan yaqin hamkorlik qilishini hamda uning faoliyatini samarali tashkil etishini ta’minlasin;
Maktabga mahalliy va chet ellik malakali mutaxassislar, restavrator-ustalarni mashg‘ulotlar o‘tish, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib mashg‘ulotlar o‘tish ishlariga belgilangan tartibda jalb etib borsin;
g) 2023-yil 1-mayga qadar Direksiyaning Samarqand, Buxoro, Termiz, Shahrisabz va Qo‘qon shahar mintaqaviy markazlarida restavratsiya maktablarini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Maktab Xorazm viloyati, Xiva shahri, Oxunboboyev ko‘chasi 48-uy manzilidagi Xiva turizm texnikumi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin. | 54 | 8,693 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA “SO‘M-KUPONLAR” MUOMALASI TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA | Iste’mol bozorini muhofaza qilish, pul muomalasini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi hududida “So‘m-Kuponlar”ni joriy etish borasida hukumatning ilgari qabul qilgan qarorlariga hamda ularning muomala tartibini yanada takomillashtirish zarurligiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1993-yilning 6-dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining hududida 1993-yil 15-noyabrda muomalaga chiqarilgan qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 bo‘lgan “So‘m-Kuponlar” qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.
“So‘m-Kuponlar” O‘zbekiston Respublikasining hududida davlat, kooperativ hamda boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklari va aholi tomonidan barcha turdagi to‘lovlarga, shuningdek, bank muassasalari va Aloqa vazirligi korxonalari tomonidan joriy hisob-kitob schyotlariga, omonatlarga, akkreditivlarga qo‘shish uchun va pul o‘tkazish uchun cheklovlarsiz qabul qilinishi majburiydir.
2. Tovarlar va xizmatlarning haqini to‘lash uchun “So‘m-Kuponlar” bilan bir qatorda SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillarda chiqarilgan quyidagi qog‘oz pullaridan:
qiymati 1, 3, 5, 10 va 25 rubl bo‘lgan pullardan — 1994-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yilsin.
Mazkur qog‘oz pullarni 1993-yilning 6-dekabridan boshlab “O‘zjamg‘armabank” muassasalari omonatlarga qabul qilmaydilar.
3. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zbekbirlashuv” tizimlaridagi ulgurji va chakana savdo korxonalari, savdo tarmoqlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
bozor fondidagi oziq-ovqat mahsulotlarini faqat bolalar muassasalariga, shifoxonalarga, davolash-profilaktika muassasalariga, dam olish uylariga, keksalarning internatlariga, nogironlar uchun mo‘ljallangan uylarga, o‘quv muassasalari hamda boshqa ijtimoiy-madaniy muassasalarga sotsinlar;
cheklar va chek daftarchalari bo‘yicha tovarlar sotishni belgilangan tartibda cheklovlarsiz amalga oshirsinlar.
4. Tovarlarni sotishdan va pulli xizmatlardan tushadigan pul daromadlarining holatini nazorat qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-noyabrdagi 561-son qaroriga muvofiq Markaziy bankning tuman, shahar muassasalari huzurida tuzilgan komissiyalar pul topshiruvchi har bir korxona, muassasa va tashkilotdan tushgan “So‘m-Kuponlar” va rubllardagi daromadlarni albatta har kuni inkassatsiya qilish, tezkorlik bilan hisobga olish, tahlil etish borasidagi ishlarni kuchaytirsinlar.
Daromadni inkassatsiya qilish borasida belgilangan tartibni buzish hollari aniqlangan taqdirda amaldagi qonunlarga muvofiq tezkorlik bilan choralar ko‘rilsin.
5. “O‘zjamg‘armabank” muassasalari 1993-yilning 6-dekabridan boshlab 200 ming rubldan ortiq bo‘lgan alohida maxsus foizsiz schyotlarga qo‘yilgan omonatlardan tashqari, fuqarolarning schyotlaridan tovarlar sotib olish va xizmatlar haqini to‘lash uchun omonatchining xohishiga ko‘ra hisob-kitob cheklari va chek daftarchalarini bera boshlasinlar. “O‘zjamg‘armabank” muassasalari foydalanilmagan hisob-kitob cheklarining haqini “So‘m-Kuponlar” bilan to‘lamaydi.
6. “O‘zjamg‘armabank” muassasalari naqd “So‘m-Kuponlar” bilan ta’minlab borilishiga qarab 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab omonatlar naqd pul bilan berilsin.
7. Ushbu qarorning qanday bajarilayotganini nazorat qilish respublika komissiyasining raisi o‘rtoq A.M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin. | 116 | 3,383 |
Qonunchilik | Qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishsiz – 16% darajasida saqlanib qoldi | Markaziy bank Boshqaruvining 2019 yil 20 apreldagi yigʻilishida qayta moliyalash stavkasi yillik 16% darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi, deya хabar beriladi MB rasmiy saytida.
Ushbu qaror pul-kredit siyosatining inflyatsiyani jilovlash va inflyatsion kutilmalarning pasayuvchi trendini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan joriy sharoitlarini saqlab qolish zaruriyatiga asoslandi.
2019 yilning I choragi yakunlariga koʻra, yillik inflyatsiya darajasi MB asosiy prognoz koridorining (13,5–15,5%) quyi chegarasida shakllanib, 13,6%ni tashkil etdi. Bunda yillik inflyatsiya dinamikasi 2018 yilning I choragidan farqli ravishda biroz oʻsuvchi tendensiyani namoyish etdi.
Umuman olganda, 2019 yilning I choragida inflyatsiya darajasi ayrim oziq-ovqat mahsulotlari taklifi qisqarishi kabi mavsumiy omillar, shuningdek tartibga solinadigan narхlarning 2018 yil noyabrdagi oshirilishi, kreditlashning yuqori sur’atlari saqlanib qolishi, QQS bazasining kengaytirilishi hamda milliy valyutaning nisbatan qadrsizlanishi ta’siri natijasida shakllanib, kutilgan darajadan pastroq boʻldi.
Markaziy bank 2019 yil uchun inflyatsiyaning bazaviy prognozini 13,5–15,5%lik darajada saqlab qoladi.
2019 yilning II va III choraklarida oʻrtacha oylik inflyatsiya darajasi oʻtgan yilgi koʻrsatkichlar doirasida boʻlib, yillik inflyatsiya darajasining sezilarli darajada pasayishi kutilmayapti.
Shu bilan birga, oʻtgan yilning IV choragidagi inflyatsiyaning yuqori bazasi va joriy iqtisodiy holatlardan kelib chiqib 2019 yilning IV choragida yillik inflyatsiya darajasining pasayishi kutilmoqda. Yil yakunida inflyatsiya darajasi quyidagi хatarlarning amalga oshish ehtimolligidan kelib chiqib prognoz koridorining quyi chegarasida boʻladi:
Inflyatsiya darajasining pasayishi boʻyicha qat’iy ishonch shakllangan sharoitda Markaziy bank 2019 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha inflyatsiya prognozini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
Qayta moliyalash stavkasini qayta koʻrib chiqish yuzasidan Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2019 yilning 20 iyuliga moʻljallangan. | 70 | 2,063 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Navoiy KMK” davlat korxonasi xodimlari ish haqini tumanlar (hududlar) bo‘yicha tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 24-apreldagi 232-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son qaroriga muvofiq hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, ishchi xodimlari hamda yuqori malakali mutaxassislarining mehnat samaradorligi, kasbiy va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy KMK” davlat korxonasi xodimlari ish haqini tumanlar (hududlar) bo‘yicha tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 24-apreldagi 232-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Qarorning nomlanishidagi “Navoiy KMK” davlat korxonasi” so‘zlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 1-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “2017-yil 1-maydan boshlab “Navoiy KMK” davlat korxonasi” so‘zlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “Hazorasp” so‘zi “Tuproqqal’a” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) uchinchi xatboshi “Zomin tumanlarida,” so‘zlaridan keyin “Navoiy viloyatining Navbahor tumanida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
g) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“1,15 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan bo‘linmalar xodimlari uchun”.
3. 2-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “2017-yil 1-maydan boshlab” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi xatboshidagi “Navoiy KMK” davlat korxonasi” so‘zlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarori 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining xodimlariga nisbatan qo‘llanmaydi”.
4. 3-banddagi “Navoiy KMK” davlat korxonasi” so‘zlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 236 | 3,598 |
Qonunchilik | 2018 yilda YaIM 290,6 trln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda | 2017 yil 20 dekabr kuni ochilgan Oliy Majlis Senatining oʻn uchinchi yalpi majlisida 2018 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi.
Jumladan, kelasi yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 290,6 trln soʻm miqdorida boʻlishi, YaIM deflyatori 14,1%ni tashkil etishi, iste’mol narхlari indeksi 12-13% boʻlishi kutilmoqda. Davlat byudjetining parametrlari YaIMga nisbatan 0,02% profitsit bilan bajarilishi kutilmoqda.
Terminologiya
YaIM – mamlakat hududida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va хizmatlarning bozor qiymatini aks ettiradigan makroiqtisodiy koʻrsatkich.
YaIM deflyatori – YaIM dinamikasi va inflyatsiya sur’atini tavsiflovchi narх indeksi. U muayyan davrda хizmatlar va tovarlar uchun narхlarning umumiy darajasini oʻlchash uchun moʻljallangan.
Iste’mol narхlari indeksi – iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi koʻrsatkichi, oʻtgan davrga nisbatan tovarlar va хizmatlar uchun narхlarning dinamikasini aks ettiradi.
Davlat byudjeti profitsiti –muayyan davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining uning хarajatlaridan ortiqligi.
2018 yilgi soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari soliq yuki yanada kamaytirilishini, bir хil soliqqa tortish bazasiga ega soliq va majburiy toʻlovlar miqdorining qisqartirilishini, mahalliy byudjetlarning daromad bazasi mustahkamlanishini va ularning mustaqilligi oshirilishini, resurslardan oqilona foydalanilishini hamda byudjetga tushumlarning toʻliq tushishi ta’minlanishini koʻzda tutadi.
Byudjet siyosatining ijtimoiy yoʻnaltirilganligi saqlab qolinadi. Xususan, kelgusi yil byudjetiga quyidagi хarajatlar kiritildi:
Senatorlar muhokama yakunlari boʻyicha 2018 yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qildilar.
Oliy Majlis Senati materiallari asosida. | 59 | 1,939 |
Qonunchilik | JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA TOVARLAR OLIB KELINGANLIGI UChUN YIG‘IM UNDIRIShNI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA | Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish va yuridik shaxs bo‘lmagan holda savdo-vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
yirik bojxona postlarida soliq organlarining doimiy ishlovchi punktlarini tashkil etsin;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib keluvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi axborotni kompyuterda hisobga olish, saqlash, berish va qayta ishlash tizimini bir oy muddatda ishlab chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 136 | 767 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, rasmiy tadbirlarni tarjima bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari matnlarini va boshqa hujjatlarni tarjima qilish sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida Tarjimonlar byurosi (keyingi o‘rinlarda Tarjimonlar byurosi deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Tarjimonlar byurosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshqaradigan davlat muassasasi hisoblanadi.
2. Quyidagilar Tarjimonlar byurosining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va oliy mansabdor shaxslari ishtirokidagi rasmiy tadbirlarni sinxron va izchil tarjima bilan ta’minlash;
rasmiy tadbirlar doirasida tayyorlangan materiallarning yozma tarjimasini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuziladigan xalqaro shartnomalar loyihalarining davlat va xorijiy tillardagi matnlarining autentligini ta’minlashga ko‘maklashish;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan yuqori malakali tarjimonlar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining, shuningdek, shartnoma asosida davlat organlari xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmalari xodimlarining xorijiy tillarni bilish bo‘yicha ko‘nikmalari rivojlantirilishini ta’minlash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida og‘zaki va yozma tarjima bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining Ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tarjimonlar byurosiga quyidagi huquqlar berilsin:
tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalar asosida og‘zaki va yozma tarjima bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish;
zarur holatlarda, mutaxassislarni, shu jumladan yuridik yoki boshqa tor ixtisoslik bo‘yicha maxsus malakalar talab qiladigan xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar matnlarini tarjima qilish uchun, soha bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillarini Tarjimonlar byurosiga, mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, shartnoma asosida jalb etish.
41. Belgilansinki, Tarjimonlar byurosining boshqaruv xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparatida tegishli lavozimlar uchun belgilangan ish haqi va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.
Tarjimonlar byurosiga ikkita yengil avtotransport vositasi uchun limit nazarda tutiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, to‘lov-shartnoma asosida tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan kirimlar hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari mablag‘lar, davlat va xalqaro grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tarjimonlar byurosi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
6. Tarjimonlar byurosi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 1a-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi binosiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tarjimonlar byurosi xodimlari ish haqini to‘lash va uning faoliyati moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan mablag‘ ajratsin va kelgusi yillarda mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
8. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti:
talab eng katta bo‘lgan xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassis tarjimonlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini, shuningdek, Tarjimonlar byurosi xodimlarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarning dasturini ishlab chiqsin;
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan birgalikda Tarjimonlar byurosini to‘ldirish uchun mutaxassis-tarjimonlarni yuqori malakali gid-tarjimonlar, shu jumladan, yurisprudensiya, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi terminologiya bo‘yicha bilimga ega mutaxassislar orasidan tanlov asosida ajratib olish tartibini ishlab chiqsin va tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining (keyingi o‘rinlarda Tarjimonlar byurosi deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Tarjimonlar byurosi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Tarjimonlar byurosi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Tarjimonlar byurosining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi, qisqartirilgani — Tarjimonlar byurosi;
b) rus tilida:
to‘liq — Byuro perevodchikov pri Ministerstve inostrannix del Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Byuro perevodchikov;
v) ingliz tilida:
to‘liq — Bureau of Interpreters under the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — Bureau of Interpreters.
5. Tarjimonlar byurosi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga, milliy, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
6. Quyidagilar Tarjimonlar byurosining asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va oliy mansabdor shaxslari ishtirokidagi rasmiy tadbirlarni sinxron va izchil tarjima bilan ta’minlash;
rasmiy tadbirlar doirasida tayyorlangan materiallarning yozma tarjimasini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolanadigan xalqaro shartnomalar loyihalarining davlat va xorijiy tillardagi matnlarining autentligini ta’minlashga ko‘maklashish;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va soha bo‘yicha boshqa oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan yuqori malakali tarjimonlar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining, shuningdek, shartnoma asosida davlat organlarining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmalari xodimlarining xorijiy tillarni bilish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida og‘zaki va yozma tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatish.
7. Tarjimonlar byurosi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari va oliy mansabdor shaxslari ishtirokidagi rasmiy tadbirlarni sinxron va izchil tarjima bilan ta’minlash sohasida:
rasmiy tadbirlarni xorijiy tillarni, tarjima qilish texnikasi va nazariyasini erkin biladigan, yurisprudensiya, iqtisodiyot, tarix, din, madaniyat va boshqa sohalardagi terminologiya bo‘yicha bilimga ega, shuningdek, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va amalga oshirilayotgan tashqi siyosatdan xabardor bo‘lgan yuqori malakali tarjimonlar bilan ta’minlaydi;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar davomida sinxron va izchil og‘zaki va yozma tarjimani ta’minlash bo‘yicha doimiy tayyorlikni ta’minlaydi;
rejalashtirilayotgan oliy va yuqori darajadagi xalqaro tadbirlar mavzusiga tarjimonlarni oldindan tayyorlash orqali talab katta bo‘lgan xorijiy tillarga sifatli tarjimani ta’minlaydi;
Tarjimonlar byurosining texnik jihozlanganligini zamonaviy talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan tizimli tahlil qilib boradi hamda sinxron tarjimani amalga oshirish uchun zarur kompyuter va dasturiy ta’minot, multimediya va audiouskunalar hamda boshqa texnik vositalar darajasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritadi;
b) rasmiy tadbirlar doirasida tayyorlangan materiallarning yozma tarjimasini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuziladigan xalqaro shartnomalar loyihalarining davlat va xorijiy tillardagi matnlarining autentligini ta’minlashga ko‘maklashish sohasida:
mamlakat Rahbariyatining, vazirliklar va idoralarning chet el auditoriyasiga yo‘llanadigan murojaatnoma va nutqlarining sifatli tarjimasini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining so‘roviga asosan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarining yozma tarjimasini amalga oshiradi, shuningdek, ular matnlarining autentligini belgilashda ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining so‘roviga asosan, ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar matnlarining davlat tiliga yozma tarjimasini amalga oshiradi;
v) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va soha bo‘yicha boshqa oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan yuqori malakali tarjimonlar tayyorlash sohasida:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va soha bo‘yicha boshqa oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va o‘qituvchilari orasidan tarjimonlarni tayyorlash uchun o‘quv kurslari tashkil etadi;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va soha bo‘yicha boshqa oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari va o‘qituvchilarini, ularning ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, xalqaro tadbirlarning tarjima jarayoniga jalb qiladi;
xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiradigan oliy ta’lim muassasalariga, boshqa manfaatdor muassasalarga og‘zaki va yozma tarjima qilishning zamonaviy shakllari va usullarini amaliyotga joriy etish masalasida uslubiy yordam ko‘rsatadi;
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlik qiladi;
xorijiy tillarni o‘qitishning interfaol vositalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining, shuningdek, shartnoma asosida davlat organlarining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmalari xodimlarining xorijiy tillarni bilish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tarjimonlar byurosi xodimlarining, ayniqsa O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarida ishlash uchun yuborilayotgan xodimlarning chet tillarni bilish ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tizimli asosdagi tadbirlar va o‘quv kurslarini tashkil qiladi;
xorijiy stajirovkaga yuborish, og‘zaki va yozma tarjima qilish nazariyasi hamda texnikasi bo‘yicha xorijlik ekspertlar ishtirokidagi master-klasslar, amaliy tilshunoslik sohasidagi ilg‘or ta’lim muassasalari bilan birgalikda malaka oshirish o‘quv kurslari va treninglarni o‘z ichiga olgan Tarjimonlar byurosi xodimlarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha doimiy dasturni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Tarjimonlar byurosi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni yaxshilash, ularning samarali ishi va doimiy asosda malakasini oshirish borasida qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
d) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida og‘zaki va yozma tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatish sohasida:
tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalarga asosan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga og‘zaki va yozma tarjima bo‘yicha keng ko‘lamli pulli tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatadi;
davlat boshqaruvi organlariga, xo‘jalik birlashmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga ularning loyihalari asosida ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini davlat va xorijiy tillarga tarjima qilish, muzokaralar jarayonida tarjimani, bosma va media materiallarning tarjimasini hamda hujjatlarning sertifikatlangan tarjimasini ta’minlash, shuningdek, ko‘chmas mulk obyektlarini qonuniy rasmiylashtirish va hujjatlarni notarial tasdiqlash uchun tarjima (apostil) qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
8. Tarjimonlar byurosi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘z vakolatlari doirasida shartnomalar tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tarjimonlar byurosi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha treninglar va master-klasslar tashkil qilish uchun belgilangan tartibda yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislarni taklif qilish;
kasbiy malakasini rivojlantirish, yangi tajriba va bilim olish maqsadida Tarjimonlar byurosi xodimlari uchun xorijiy stajirovkalar tashkillashtirish;
davlat organlari, oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, shuningdek, boshqa tashkilotlarning ilmiy xodimlari hamda mutaxassislarini shartnoma asosida Tarjimonlar byurosi faoliyatiga jalb qilish;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar xodimlarini tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha pulli asosda turli xizmatlar ko‘rsatish.
o‘z vakolati doirasida anjumanlar, seminarlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
o‘z daromadlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga, Tarjimonlar byurosi faoliyatining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tasarruf etish;
o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mol-mulk sotib olish;
Tarjimonlar byurosi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Tarjimonlar byurosi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
10. Tarjimonlar byurosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshqaradi.
Tarjimonlar byurosining direktori o‘z maqomi, mehnatga haq to‘lash, qo‘shimcha to‘lovlar va moddiy rag‘batlantirish sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bosh boshqarma boshlig‘iga tenglashtiriladi.
11. Tarjimonlar byurosining direktori:
Tarjimonlar byurosi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek, Tarjimonlar byurosiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Tarjimonlar byurosi xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga takliflar kiritadi;
doimiy va sifatli tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatish uchun yuqori malakali tilshunoslar va tarjimonlarni samarali jalb qilish maqsadida kadrlar siyosatini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga Tarjimonlar byurosi faoliyatining samaradorligini oshirish, shu jumladan, talab katta bo‘lgan tillar ro‘yxatiga va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Tarjimonlar byurosining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalari bilan samarali hamkorligini ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, boshqa tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy davlatlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Tarjimonlar byurosi nomidan ish ko‘radi;
Tarjimonlar byurosining shtatlar jadvalini va uning ta’minoti bo‘yicha xarajatlar smetasini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga kiritadi;
Tarjimonlar byurosi xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning funksional vazifalarini va Tarjimonlar byurosining boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Tarjimonlar byurosi xodimlarining malakasini va kasbiy darajasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, belgilangan tartibda ularni moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi;
Tarjimonlar byurosi nomidan faoliyatni, shu jumladan xo‘jalik faoliyatini yuritadi, shartnomalar tuzadi, Tarjimonlar byurosi xodimlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi hamda ko‘rsatmalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga Tarjimonlar byurosining diplomatik xizmat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida xizmat vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan xodimlariga diplomatik darajalarni berish to‘g‘risida hamda xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali chet ellarga qisqa va uzoq muddatli xizmat safarlariga yuborish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Tarjimonlar byurosi direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘ladi.
111. Tarjimonlar byurosi direktori bir nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
Tarjimonlar byurosi direktorining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan kelishilgan holda, Tarjimonlar byurosi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Direktor o‘rinbosari o‘z maqomi, mehnatga haq to‘lash, qo‘shimcha to‘lovlar va moddiy rag‘batlantirish sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Direktor o‘rinbosari va xodimlar Tarjimonlar byurosi direktori tomonidan tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari asosida faoliyat olib boradilar.
12. Tarjimonlar byurosi xodimlari Tarjimonlar byurosi direktorining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Bo‘lim boshlig‘i, bosh yuriskonsult va bosh buxgalter o‘z maqomi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmasining bo‘lim boshlig‘iga, tarjimon — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining bosh mutaxassisiga, ularga nisbatan mehnatga haq to‘lashning, qo‘shimcha to‘lovlar va moddiy rag‘batlantirishning tegishli shartlarini qo‘llagan holda, tenglashtiriladi.
13. Tarjimonlar byurosi xodimlari quyidagilarga majbur:
maxfiylik tartiboti va xizmat doirasida foydalaniladigan hujjatlarni, shuningdek, ularga Tarjimonlar byurosidagi faoliyati davomida ma’lum bo‘lgan konfidensial xarakterdagi axborot va ma’lumotlarni oshkor etmaslik talablariga rioya qilish;
o‘zlarining ish yurituvidagi hujjatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, ularning to‘liq hajmda sifatli saqlanishini ta’minlash hamda xavfsizlik, shu jumladan yong‘inga qarshi tartibotga rioya qilish, Tarjimonlar byurosining mulkidan lozim darajada foydalanish va saqlashni ta’minlash.
14. Tarjimonlar byurosi tarjimani ta’minlaydigan bo‘limlardan iborat bo‘ladi.
15. Tarjimonlar byurosi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, pulli asosda tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan kirimlar hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
16. Tarjimonlar byurosi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Tarjimonlar byurosi xodimlariga nisbatan davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mukofotlash, moddiy yordam va ustamalar sharoitlari tatbiq etiladi.
Tarjimonlar byurosi xodimlarining ish haqi rasmiy maoshi, mukofot pullari, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa to‘lovlardan iborat.
Tarjimonlar byurosi xodimlarining maoshlariga mukofot pullari, ustamalar va moddiy rag‘batlantirish tusidagi qo‘shimcha to‘lovlar Tarjimonlar byurosi direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq to‘lanadi.
17. Tarjimonlar byurosi o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘ziga tegishli bo‘lgan butun mol-mulki bilan javob beradi.
18. Tarjimonlar byurosini qayta tashkil qilish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 117 | 22,407 |
Qonunchilik | TMZni yaroqlilik muddatiga qarab qanday arzonlashtirish mumkin | Majburiy izolyatsiya sharoitida faoliyati toʻхtatib qoʻyilgan koʻp korхonalarda yaroqlilik muddati oʻtgan yoki saqlash natijasida iste’mol хossalarini yoʻqotgan tovarlar yigʻilib qoldi. Bu omborlarda nolikvid toʻplanishiga olib keldi. Ushbu tovarlarning bozordagi real narхi ancha tushib ketdi. Sertifikatlangan хalqaro amaliyotchi buхgalter, «ProfiTraining» biznes-treneri Yuliya PAKIDIShEVA buxgalter.uz iltimosiga koʻra korхona qanday qilib bunday TMZni baholashi va hisobda aks ettirishi kerakligini tushuntirib berdi:
– Tovar-moddiy zaхiralar quyidagi ikki qiymatdan eng kam qiymat boʻyicha baholanadi:
Sotishning sof qiymati – TMZni maqsadiga koʻra ishlatiladigan holatga keltirish va sotish boʻyicha baholangan хarajatlar chegirilgan holda joriy qiymati.
TMZ, agar ular shikastlangan, toʻliq yoki qisman eskirgan yoki ularni sotishning sof qiymati pasaygan boʻlsa, arzonlashtirilishi mumkin.
TMZning qiymati, agar e’tirof etilgan butlash хarajatlari, zaхiralarni tovar koʻrinishiga keltirish boʻyicha ishlar yoki moʻljallangan sotish хarajatlari oshgan boʻlsa, kamaytirilishi mumkin. Bu holda tovarning buхgalteriya registrlarida aks ettirilgan boshlangʻich qiymati va uni ehtimoliy sotishning sof qiymatini solishtirish lozim. Sotishning sof qiymati keltirilgan misoldagidek tannarхdan past boʻlib chiqsa, korхona tovarni arzonlashtirishi kerak.
Afsuski, milliy qonunchiligimizda tovar arzonlashtirilishini tartibga soladigan hujjat mavjud emas. Bu хatoga yoʻl qoʻyish хatarini ancha kamaytirgan boʻlardi. Shu sababli korхona tovarni arzonlashtirmoqchi boʻlsa, lokal hujjat – TMZni qayta baholash/arzonlashtirish toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish ortiqchalik qilmaydi.
TMZni sotishning sof qiymatiga qadar tannarхdan past arzonlashtirish amaliyoti zaхiralarning haddan tashqari toʻplanishi va ularning sekin aylanuvchanligi hollarida TMZ moliyaviy hisobotda ularni sotish yoki ishlatishdan kutiladigan summadan yuqori aks ettirilmasligi uchun qoʻllanadi.
TMZ odatda «moddalar boʻyicha usul» asosida sotishning sof qiymatiga qadar arzonlashtiriladi. Bunda bir turdagi yoki oʻzaro bogʻlangan TMZni guruhlashdan, ya’ni: | 62 | 2,147 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-so | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror 2019-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. 1-ilovada:
a) 25-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi”;
b) 163-bandga quyidagi mazmundagi so‘zlar qo‘shilsin:
“(alohida polimer plyonkali paketlarga o‘rash (joylash) bundan mustasno)”;
v) 189-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“ — polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)”;
g) 190-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi qo‘shilsin:
“ — polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)”;
o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 2-ilovada:
a) 19-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 25-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi bilan qo‘shilsin:
“polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)”. | 250 | 3,020 |
Qonunchilik | Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son va ““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi to‘g‘risida nizom 4-ilovaga muvofiq;
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida nizom 5-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish to‘g‘risida nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatorlarining radioelektron vositalarini, uskunalarini va boshqa qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun ruxsat olish belgilangan tartibda tegishli ariza topshirilgandan keyin yetti ish kunida rasmiylashtiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) 9-bandi uchinchi xatboshi va 7-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida barcha turdagi radioelektron vositalar (keyingi o‘rinlarda — REV) va yuqori chastotali qurilmalarni (keyingi o‘rinlarda — YuChQ) ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari radioelektron tizimlar va vositalarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida bo‘lgan dengiz, havo kemalari va kosmik apparatlar REV ishlab chiqadigan (yaratish), ishlab chiqaradigan va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun xorijdan olib kiradigan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalariga va boshqa davlatlarning sun’iy Yer yo‘ldoshlari orqali ishlaydigan qurilmalar va vositalarning mansubligidan va ularga bo‘lgan egalik shakllaridan qat’iy nazar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda REVni qo‘llaydigan erdagi stansiyalarga tegishlidir.
3. Radiochastota polosalarini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori bilan tashkil etilgan Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalini (keyingi o‘rinlarda — Jadval) ishlab chiqishda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentini va Xalqaro elektraloqa ittifoqining Butunjahon radioaloqa konferensiyalarida qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda, radiochastota spektridan foydalanish tahlili o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Jadval O‘zbekiston Respublikasida radiochastota polosalarini taqsimlash va ulardan foydalanish shartlarini reglamentlaydigan, shuningdek, ulardan foydalanishning quyidagi toifalarini belgilaydigan asosiy hujjat hisoblanadi:
a) “FR” — fuqarolik radioxizmatlari tomonidan ustuvor foydalanish uchun mo‘ljallangan radiochastota polosalari;
b) “HR” — hukumat radioxizmatlari tomonidan ustuvor foydalanish uchun mo‘ljallangan radiochastota polosalari;
v) “BF” — fuqarolik va hukumat radioxizmatlari tomonidan birgalikda foydalanish uchun mo‘ljallangan radiochastota polosalari.
Jadval ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi va Kengashning ishchi organi hisoblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Foydalanilishi cheklangan, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil qiladigan ma’lumotlar bundan mustasno.
4. Radiochastota polosalaridan:
a) birlamchi asosda (birlamchi radioxizmatlar) — ma’lum bir radiochastota polosasidan radioxizmatlarning REVlari teng huquqlar asosida foydalanishi, radiochastotalar polosasi ikkilamchi asosda taqsimlangan radioxizmatlarning REVlari bundan mustasno;
b) ikkilamchi asosda (ikkilamchi radioxizmatlar) — REV ikkilamchi radioxizmatga tegishli bo‘lganda:
radiochastotalar berilgan yoki keyinchalik berilishi mumkin bo‘lgan birlamchi radioxizmatning REV lariga xalaqit bermasligi;
radiochastotalar berilgan yoki keyinchalik berilishi mumkin bo‘lgan birlamchi radioxizmatning REV tomonidan bo‘ladigan xalaqitlardan himoya qilishni talab qila olmaydi;
radiochastotalar keyinchalik berilishi mumkin bo‘lgan xuddi o‘sha radioxizmatning yoki boshqa bir ikkilamchi radioxizmatning REV tomonidan bo‘ladigan xalaqitlardan himoya qilishni talab qila oladilar.
5. Kengash tomonidan radiochastota talabnomalari asosida:
ishlab chiqiladigan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqariladigan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQ foydalanish mumkinligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi.
Kengash tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish va qarorni berish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Radiochastota spektrining xususiyati cheklanganligi, unga bo‘lgan talab yuqoriligi sababli, radiochastotalardan foydalanishning muayyan sharoitlari va toifalariga bog‘liq ravishda, Kengashning qarorida uning amal qilish muddati yoki ushbu qarorda ko‘rsatilgan alohida shartlar belgilanishi mumkin.
6. Kengashning qarori ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shakl bo‘yicha blankda rasmiylashtiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda REV va YuChQ, shu jumladan eksperimental REV (tarqatuvchi apparatura maketlari)ni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida bo‘lgan dengiz, havo kemalarining REV hamda kosmik apparatlar REVni ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish va foydalanishga Kengashning tegishli ruxsatisiz foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Kengash radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti talablariga va boshqa normativ hujjatlariga, hukumatlararo bitimlarga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, Jadvalga, Kengashning avval qabul qilingan, radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish shartlarini belgilaydigan qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
9. REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallarini)ni ajratish, Kengash tomonidan, quyidagi asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
radiochastota spektridan oqilona va samarali foydalanish;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanishni davlat tomonidan va xalqaro-huquqiy tartibga solish;
radiochastotalarning alohida polosalari (nominallari)dan foydalanishga nisbatan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning teng foydalanish huquqlari asosida;
turli maqsadlardagi REVning elektromagnit moslashuvini ta’minlash;
respublikaning barcha hududlari, jumladan qishloq joylarda va borish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda mobil aloqaning mavjud va keyingi avlod texnologiyalarini keng joriy etilishida mobil aloqa operatorlariga texnologik erkinlik (betaraflik) tamoyili asosida faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratish.
10. Kengash radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda:
Xalqaro elektraloqa ittifoqi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi a’zosi hisoblanadigan boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida qabul qilingan majburiyatlarni;
xorij davlatlarining aloqa ma’muriyatlari bilan ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama bitimlarni;
Xalqaro elektraloqa ittifoqining Chastotalar xalqaro ma’lumot registriga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlari va faoliyat ko‘rsatadigan REV tomonidan ulardan haqiqiy foydalanishni;
Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti yoki xorij davlatlarining aloqa ma’muriyatlari bilan tuzilgan bitimlar bilan belgilangan hollarda manfaatdor davlatlarning aloqa ma’muriyatlari bilan kosmik (shu jumladan, yo‘ldoshli) va yer usti xizmatlarning REVga radiochastotalar berish zarurligi va muvofiqlashtirish natijalarini;
radiochastota spektridan foydalanuvchilar, shu jumladan mobil aloqa operatorlari tomonidan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish shartlarini;
turli qo‘llanishdagi REVning elektromagnit moslashuvini ta’minlash shartlari va ushbu REV uchun chastota-hududiy tarqatish normalarini;
faoliyat ko‘rsatayotgan REV va YuChQ tomonidan radiochastota polosalaridan foydalanish intensivligini, O‘zbekiston Respublikasining muayyan hududidagi mavjud elektromagnit vaziyatni va bo‘sh radiochastota resursi mavjudligini hisobga oladi.
11. Radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish, respublika hududida REV va YuChQdan foydalanish (xorijdan olib kirish) imkoniyatini aniqlash uchun Kengash qarorlar qabul qiladi, bu qarorlarga ko‘ra:
barcha toifadagi radiochastota polosalarida fuqarolik radioxizmatlarining REV va YuChQ uchun, shuningdek, “BF” va “HR” toifasidagi chastotalar polosalarida hukumat radioxizmatlarining REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari ajratish;
REV va YuChQni ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun talablar va shartlarni kelishish;
polosalarga tegishli toifalarni bergan holda, radiochastota organlari o‘rtasida radiochastota polosalarini taqsimlashni amalga oshiradi.
12. YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish imkoniyat mavjud bo‘lganda ikkilamchi asosda amalga oshiriladi.
13. Sanoat, ilmiy, maishiy va tibbiyot maqsadlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan YuChQga belgilangan radiochastotalar polosalari (nominallari) Jadvalning izohida keltiriladi.
Jadval izohida keltirilgan radiochastota polosalari (nominallari) YuChQ parametrlari davlat standartlari va sanoat, ilmiy, tibbiyot, maishiy YuChQ uchun belgilangan industrial xalaqitlar normalari talablariga mos kelishi sharti bilan Kengashning bu radiochastota polosalarini ajratish to‘g‘risidagi qarorini rasmiylashtirmasdan YuChQdan foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Ochiq nurlanishsiz yuklama qurilmasida 5 Vtdan kam bo‘lgan o‘rtacha yoki impuls-cho‘qqi (impuls rejimida ishlaydigan qurilmalar uchun) quvvatli YuChQda, shuningdek, Jadvalda ko‘rsatilmagan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish mumkin.
14. Jadvalda ko‘rsatilmagan radiochastota polosalarida ishlaydigan YuChQdan foydalanish zarurati bo‘lganda, radiochastota polosalari (nominallari) ajratilishiga, Kengashning qarorini rasmiylashtirish talab etiladi.
15. REV va YuChQ radiochastota spektridan foydalanilganda, ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan, REV va YuChQdan foydalanish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilinishi;
berilgan radiochastotalar talabnomasining belgilangan talablarga mos kelishi;
belgilangan REVning tarqatish va qabul qilish parametrlarining REV elektromagnit moslashuvini ta’minlash sohasidagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishi;
Kengash qarorlari doirasida xatti-harakatlarni amalga oshirish.
16. REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish, respublika hududida xorijdan olib kiriladigan REV va YuChQdan foydalanish imkoniyatini aniqlash ariza beruvchilardan kelib tushadigan talabnomalarni ko‘rib chiqish natijalari Kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Talabnomalarga REV va YuChQni ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish uchun radiochastota polosalarini ajratish hamda xorijdan olib kiriladigan REV va YuChQdan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoniyatini aniqlash bo‘yicha talabnomalar tegishlidir.
17. Radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish va xorijdan olib kiriladigan REV va YuChQdan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoniyati uchun radiochastota talabnomalari Vazirlikka (Kengashning ishchi organi)ga taqdim etiladi:
ariza beruvchilar tomonidan — barcha toifadagi radiochastota polosalarida fuqarolik maqsadlaridagi REV va YuChQ uchun;
radiochastota organlari tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan — “BF” va “FR” toifalaridagi radiochastota polosalarida Hukumat tomonidan qo‘llaniladigan REV uchun.
18. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining radiochastota ta’minotida bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar “BF” va “FR” toifasidagi radiochastota polosalarida hukumat tomonidan qo‘llaniladigan REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish uchun radiochastota talabnomalarini ularning radiochastota ta’minoti mansubligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati orqali Kengashga taqdim etadilar.
19. O‘zbekiston Respublikasida REV va YuChQ ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishga ariza beruvchilar bo‘lib ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan, bu vositalarning muayyan turlarini ishlab chiqish (yaratish) va (yoki) ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yoki buyurtma qiladigan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga xorijdan REV va YuChQ olib kirishni rejalashtiradigan subyektlar hisoblanadi.
20. Yuridik shaxs tashabbusi bilan ishlab chiqilgan (yaratilgan) REVni ishlab chiqarish, bu yuridik shaxs tomonidan ishlab chiqarish uchun boshqa yuridik shaxsga berilgan holda, talabnoma beruvchi sifatida bu REVni ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga olgan yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
21. Yerdagi yoki kosmik komplekslar (tizimlar), erdagi yoki kosmik obyektlar (kosmik apparatlar) tarkibiga kiradigan REVlar uchun radiochastota talabnomalari kosmik komplekslar (tizimlar), erdagi yoki kosmik obyektlar (kosmik apparatlar) tarkibiga kiradigan barcha turdagi apparatura uchun bitta talabnoma taqdim etiladi.
Amalda foydalanilayotgan yo‘ldoshli tarmoqda (tizimda) foydalanish uchun faqat yangidan ishlab chiqiladigan erdagi yoki kosmik stansiyalarning REVga talabnomalarni alohida taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda talab qilingan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish imkoniyati oldindan belgilangan tartibda ishlayotgan yo‘ldoshli tarmoq egasi bilan kelishilishi kerak.
22. REVni modernizatsiya qilish uchun radiochastota talabnomalari REVni modernizatsiya qilish natijasida modernizatsiya qilinayotgan REVning elektromagnit moslashuviga ta’sir ko‘rsatadigan radionurlanish va qabul qilish xarakteristikalari o‘zgargan hollarda, shuningdek bu vositalarni qo‘llash sohalari va foydalanish shartlari o‘zgarganda taqdim etiladi.
23. O‘zbekiston hududida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish bo‘yicha radiochastota talabnomalari O‘zbekiston tomonidan bu ishlarning bajarilishiga javobgar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tayyorlanadi va Kengashga taqdim etiladi.
24. REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish, respublika hududida ulardan foydalanish imkoniyatiga radiochastota talabnomalarini tayyorlashda talabnoma beruvchilar Jadvalga, Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentiga, ushbu Nizom talablariga, REV elektromagnit moslashuviga ta’sir ko‘rsatadigan radionurlanish va qabul qilish xarakteristikalariga, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilishlari kerak.
25. Radiochastota ajratish bo‘yicha talabnoma quyidagilardan iborat:
a) radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish va (yoki) respublika hududida REV va YuChQdan foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi ariza:
ariza beruvchi — yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli;
ariza beruvchi — jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaro shaxsini tasdiqlaydigan hujjat ma’lumotlari, ariza beruvchi bajarishi yoki amalga oshirish niyati bo‘lgan ishlar va (yoki) muayyan faoliyat turi;
radiochastota polosalari so‘ralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qo‘llanish sohasi, xizmat ko‘rsatish zonalari)hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari)to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
REV va YuChQ uchun — ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha taktik-texnik ma’lumotlar;
b) tushuntirish xati.
Taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha, unda hujjatlarning nomi, ularning raqami, imzolangan sanasi, varaqlar soni ko‘rsatilgan holda qabul qilinadi.
26. Radiochastota talabnomasi ariza beruvchi tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi to‘g‘risida xabardor qilgan holda pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnoma ariza beruvchiga pochta aloqasi vositalari orqali va/yoki elektron shaklda yuboriladi.
27. Taktik-texnik ma’lumotlar davlat tilida har bir ishlab chiqiladigan, tayyorlanadigan, xorijdan olib kiriladigan, shuningdek radioelektron kompleks (tizim) tarkibiga kiradigan REV va YuChQ uchun taqdim etiladi.
28. Tushuntirish xatida radiochastota polosalari (nominallari) so‘raladigan REV va YuChQdan foydalanish maqsadi, REV va YuChQ respublikaning qaysi hududida va kim tomonidan qo‘llanilishi batafsil bayon qilinadi, ishlab chiqiladigan (yaratiladigan) REV va YuChQning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari doirasida ularning radionurlanishi va qabul qilishining tanlangan xarakteristikalari asoslanadi, tizimli masalalar, yaratilishi rejalashtirilayotgan radiotexnika aloqa tizimini amalga oshirish bosqichlari yoritiladi, REV va YuChQ qo‘llash shartlari, qo‘llaniladigan signal tuzilishi va xarakteristikasi ko‘rsatiladi, talabnomani asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar keltiriladi.
REV va YuChQni modernizatsiya qilishda, modernizatsiya qilishni zarurligi to‘g‘risidagi axborot keltiriladi. Ko‘p funksiyali REV komplekslari uchun tushuntirish xatida REV kompleksning o‘zaro ishlash blok-sxemasi keltiriladi.
29. Muayyan turdagi REV va YuChQni ishlab chiqarish uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda radiochastota talabnomalari ariza beruvchi tomonidan ularga REV va YuChQ taktik-texnik ma’lumotlari va tushuntirish xatini ilova qilmasdan taqdim etilishi mumkin, agar:
shu turdagi REVni ishlab chiqish uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish to‘g‘risidagi Kengashning qarori avval qabul qilingan bo‘lsa;
ishlab chiqilgan REV va YuChQ tajriba namunalarining REV elektromagnit moslashuviga ta’sir qiladigan texnik xarakteristikalari ko‘rsatilgan muayyan turdagi REVni ishlab chiqish uchun Kengash qarorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelsa;
REVni qo‘llash sohasi va foydalanish shartlari o‘zgarmagan bo‘lsa.
30. Radiochastota talabnomalari quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
REVni ishlab chiqish (yaratish) uchun — ishlab chiqariladigan REV uchun eskiz yoki eskiz-texnik loyihalashni tugallash va ushbu bosqichda zarur bo‘lgan radiochastota polosalari (nominallari)ni belgilash bosqichidan kechiktirmasdan;
REVni ishlab chiqarish uchun — ishlab chiqish (yaratish) tugallanishi bilan, REV tajriba namunalarining sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng, ularning natijalari bo‘yicha zarur bo‘lgan radiochastota polosalari (nominallari)ni aniqlagan holda;
xorijdan REVni olib kirish uchun — agar mavjud bo‘lsa Kengashga kerakli radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish uchun yetkazib beruvchi bilan REVni yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzilgunga qadar muzokaralar olib borish davrida;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan REV va YuChQ uchun — ko‘rsatilgan ishlarni o‘z vaqtida bajarish va talab qilingan radiochastotalardan foydalanish uchun ishga texnik topshiriq tasdiqlangandan keyin ikki oydan kechiktirmasdan;
xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan, xorijda ishlab chiqarilgan REV uchun — bunday ishlarni olib borish uchun talab qilingan radiochastotalarning mavjudligini aniqlash maqsadida ko‘rsatilgan ishlarni olib borish to‘g‘risida bitim tuzilgunga qadar.
31. REV va YuChQ to‘g‘risida taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun radiochastota talabnomasini taqdim etadigan ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
32. Kengashning Ishchi organi tomonidan kelib tushadigan talabnomalarning dastlabki ekspertizasi o‘tkaziladi.
33. Dastlabki ekspertizani o‘tkazishda talab qilingan radiochastota polosalari (nominallari)ning Jadvalga, Kengashning muayyan klassdagi REVning radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanishiga taalluqli bo‘lgan qarorlariga muvofiqligi aniqlanadi, REV radionurlanishlar va qabul qilish xarakteristikalarining REV elektromagnit moslashuvi sohasida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga to‘g‘ri kelishi, radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi tekshiriladi, shuningdek radiochastota talabnomalarining belgilangan talablarga muvofiqligi aniqlanadi.
34. Dastlabki ekspertizaning natijasi ijobiy bo‘lganda radiochastota talabnomalari materiallari xulosalar olish uchun Kengashning a’zolari bo‘lgan radiochastota organlariga yuboriladi.
35. Kengashning boshqa a’zolariga radiochastota talabnomalari materiallari faqat radiochastota polosalaridan foydalanishda ularning manfaatlariga daxl qilinadigan hollarda xulosa olish uchun yuboriladi.
36. Radiochastota talabnomalari xulosa olish uchun Kengash a’zolariga quyidagi hollarda yuborilmaydi:
agar so‘raladigan radiochastota polosalari (nominallari) Jadval yoki Kengashning alohida qarorlari bilan fuqarolik maqsadlaridagi tegishli REV tomonidan mutlaq yoki ustuvor foydalanish uchun taqsimlangan radiochastota polosasida bo‘lsa;
agar muayyan turdagi REV va YuChQni ishlab chiqarish uchun so‘raladigan radiochastota polosasi radiochastotalardan foydalanish va ishlab chiqilgan REV va YuChQni qo‘llash sohasi bo‘yicha talablarga rioya qilish, REV elektromagnit moslashuviga ta’sir qiladigan texnik xarakteristikalari, Kengashning bu REV va YuChQni ishlab chiqish qarorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi sharti bilan bu REV va YuChQni ishlab chiqish uchun Kengashning qarori bilan ajratilgan radiochastota polosasiga mos kelsa;
agar muayyan turdagi REVni ishlab chiqish uchun so‘raladigan radiochastota polosalari boshqa ariza beruvchining talabnomasi bo‘yicha o‘xshash REVni ishlab chiqish uchun ajratilgan bo‘lsa;
agar xorijdan olib kiriladigan muayyan turdagi REV uchun so‘raladigan radiochastota polosalari boshqa ariza beruvchining talabnomasi bo‘yicha hududiy cheklovlarsiz ajratib bo‘lingan bo‘lsa;
agar xorijdan olib kiriladigan REV uchun radiochastota polosalari Kengashning avval qabul qilingan qarorlarida ko‘rsatilgan radiochastota polosalariga mos kelsa.
37. Radiochastota talabnomalari xulosa olish uchun, shuningdek, ushbu talabnomalar bo‘yicha Kengashning qarorlari loyihalari, Kengashning manfaatdor vakolatli vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda ham yuborilmaydi.
Ishchi guruhlar radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi raisi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining qarori bo‘yicha tuziladi.
38. Radiochastotalar organlaridan yoki Kengash a’zolarining fikr-mulohazalari bildirilgan xulosalar kelib tushgan holda, zarur bo‘lganda, maqbul qarorni ishlab chiqish va kelishish maqsadida, ariza beruvchi va Kengashning manfaatdor a’zolarini ishtirokida radiochastota talabnomasi qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi.
39. Xulosa olish uchun, radiochastota talabnomalarining materiallari yuborilgan radiochastota organlari va Kengashning boshqa a’zolari, materiallar olingan kundan boshlab, yigirma ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda bu materiallar ekspertizasini, shuningdek, talab qilinadigan REVning boshqa REVlar bilan ularga taalluqli qismida, elektromagnit moslashuvini baholashni o‘tkazishlari va tegishli xulosa taqdim etishlari kerak.
40. Ariza beruvchi quyidagi huquqlariga ega:
talabnomani ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarning holati to‘g‘risida axborot olish;
Kengash tomonidan talab qilinadigan REV va YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish to‘g‘risida qaror ishlab chiqish va kelishish masalalari bo‘yicha, shuningdek, ulardan foydalanish shartlarini belgilash bo‘yicha o‘tkaziladigan texnik kengashlarda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan radiochastota talabnomasini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan shikoyat qilish.
41. Ariza beruvchining majburiyatlari:
radiochastota talabnomasini tayyorlashda radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizom talablariga amal qilish;
Kengashning ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish bo‘yicha qarorlari talablarini bajarish.
42. Kengash va radiochastota organlarining muayyan davr uchun ish yakunlari, radiochastota spektridan foydalanish bo‘yicha loyiha va rejalar, shuningdek Kengash a’zolarining ishtiroki talab etiladigan masalalar bo‘yicha radiochastotalar talabnomalari va boshqa materiallarni ko‘rib chiqishning ijobiy natijalari asosida Kengash majlislarida ko‘rib chiqish uchun qarorlar loyihalari tayyorlanadi.
Kelib tushgan talabnomalarni tezkor tarzda ko‘rib chiqish maqsadida olib kiriladigan REV va YuChQdan foydalanish uchun radiochastota polosalari (nominallari) ajratilishini Kengashning a’zolari tomonidan ko‘rib chiqish talab qilinmaydigan hollarda, qarorlar radiochastota organlari bilan kelishilgan holda Kengashning majlislari oralig‘ida qabul qilinadi.
43. Majlis qarorlari unda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar ilova qilingan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. O‘tkazilgan majlislar va qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
44. Kengashning REV va YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish to‘g‘risidagi qarori ushbu qaror bilan ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalanish shartlarini va keyinchalik uzaytirish huquqi bilan qarorni amalga oshirish davomiyligi ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatni belgilaydi.
Radiochastotalardan foydalanishning muayyan shartlari va toifalariga bog‘liq holda Kengashning qarorida uning amal qilish muddati yoki bu qarorda ko‘rsatilgan ayrim shartlar muddati belgilanmasligi mumkin.
Ariza beruvchiga Kengash qarorining tasdiqlangan nusxasi va (yoki) zarur bo‘lganda, Kengash majlisining bayonnomasidan tasdiqlangan ko‘chirma yuboriladi.
Kengashning qarori yo‘qotilgan yoki buzilgan holda ariza beruvchining arizasiga ko‘ra, bepul asosda, ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qarorning dublikati beriladi.
45. Talab qilinadigan REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish qarori chegaradosh davlatlar bilan kelishishni talab qilmaydigan REV uchun — radiochastota talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz ish kunigacha muddatda va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda, chegaradosh davlatlar bilan kelishish talab qilinsa — bir yuz yigirma kun muddatda qabul qilinadi.
Zarur bo‘lganda, qarorlarda ajratiladigan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish shartlari ko‘rsatib o‘tiladi. Qabul qilingan qaror ariza beruvchiga bepul asosda, u qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan beriladi.
46. Kengashning REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish qarori olingandan keyin ariza beruvchilar, shuningdek, boshqa zarur ruxsatnomalarni olish uchun belgilangan tartibda radiochastota organiga quyidagi ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun murojaat qilishlari kerak:
REV uchun — xarid qilish (berish), qurish (o‘rnatish), olib kirish, ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalar;
YuChQ uchun — xarid qilish (berish), olib kirish, ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalar.
47. Kengash qarori berilishini rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:
ruxsat berish mazmunidagi hujjatni berish uchun zarur hujjatlarning ushbu Nizomning 25 — 30-bandlariga rioya etmagan holda taqdim etilishi, shuningdek, hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmasligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
Kengashning ekspertizaga radiochastota talabnomasi ishlayotgan yoki foydalanish uchun rejalashtirilayotgan REVlar bilan elektromagnit moslashuv to‘g‘risidagi materiallar yuborilgan bitta yoki bir nechta a’zosidan olingan texnik ekspertizaning salbiy xulosasi.
48. Rad etilgan holda ariza beruvchiga yozma ravishda rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining muayyan normalari, ularni bartaraf qilish zarurati va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddati ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Rad etish sabablarini bartaraf qilish muddati rad etish to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ikki ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
49. Hujjatlar qayta ko‘rib chiqilganda radiochastota organi tomonidan ariza beruvchiga yozma ravishda avval bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
50. Kengashning O‘zbekiston Respublikasida REVni ishlab chiqish (yaratish), ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlarining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi radiochastota talabnomalari qarorning belgilangan amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin Kengashga taqdim etiladi.
51. Qarorlarning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi talabnomalar zarur asoslar va tushuntirishlar bilan xat ko‘rinishida taqdim etiladi. Qarorning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi qarorni olish uchun ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
52. Kengashning qarori quyidagi hollarda vaqt va (yoki) hudud bo‘yicha to‘xtatib qo‘yilishi yoki cheklanishi mumkin:
radiochastota spektrining belgilangan polosalaridan o‘ta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarurati bo‘lganda;
ruxsat berish talablari va shartlarining buzilishlari aniqlanganda;
Kengashning ariza beruvchidan aniqlangan buzilishlar bartaraf qilinishini talab qiladigan qarori bajarilmaganda;
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan haq to‘lanmaganda.
Kengashning qarorlari:
ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda — o‘ta muhim davlat ehtiyojlari uchun radiochastotalarga ehtiyojga muvofiq muddatga;
ushbu bandning uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda — tadbirkorlik faoliyati uchun o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga va faoliyatning boshqa sohalari uchun radiochastota spektridan foydalanish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq muddatga to‘xtatib turiladi.
53. Kengash qarorining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
qarorning amal qilish muddati tugaganda;
ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanilmaganda;
ariza beruvchi ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)ni rad etganda;
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda Kengashning bir xil radiochastota polosalari (nominallari)dan va bir xil REVdan foydalanish to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno;
jismoniy shaxsning arizasiga ko‘ra uning faoliyati to‘xtatilgan va jismoniy shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan hollarda;
ariza beruvchi tomonidan qarorning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlar bartaraf etilmaganda;
radiochastotalardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga berilgan litsenziya amal qilishining to‘xtatilishi va qonunchilik hujjatlari bilan ko‘zda tutilgan boshqa hollarda.
54. Kengash qarorining amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash, to‘xtatish, unga o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
55. Ariza beruvchi — yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda, uning nomi o‘zgarganda, ariza beruvchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda Kengashning avval qabul qilingan qaroriga o‘zgartirishlar kiritiladi yoki ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida yangi qaror qabul qilinadi.
56. Kengashning qarorini bekor qilish:
yuridik va jismoniy shaxsning qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi;
qaror soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanishi asosida amalga oshiriladi.
Qaror ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda Kengash tomonidan, ushbu bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda — sud tomonidan bekor qilinadi.
Yuridik va jismoniy shaxs tomonidan sudning Kengash qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan boshlab o‘n kun ichida Kengashga qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim, shuningdek bu haqida axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
57. Kengash qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar reyestrini yuritadi va uni ishchi organning rasmiy veb-saytida joylashtiradi, foydalanilishi cheklangan yoki davlat sirlarini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil qiladigan ma’lumotlar bundan mustasno.
58. Ushbu Nizom talablari buzganlikda aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni (keyingi o‘rinlarda — REV) sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida REVdan foydalanishni tartibga solish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori bilan tashkil etilgan Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi va uning ishchi organi;
b) radiochastota organlari — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati.
3. Mazkur Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida REVdan foydalanuvchi yoki foydalanishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari uchun, shuningdek, ajratilgan radiochastota polosalari doirasida radiochastotalar biriktirishni amalga oshirayotgan radiochastota organlari uchun majburiydir.
4. REVga egalik qiluvchilar (foydalanuvchilari)ga radiochastotalarni mulk qilib berish, xususiylashtirish va doimiy muddatsiz biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektrining holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishlarining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksidan iborat.
Fuqarolik radioxizmatlari uchun ajratilgan radiochastota spektri monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — EMMM) tomonidan amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadida biriktirilgan radiochastotalardan foydalanish, shuningdek, Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tomonidan ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalangan holda uchishlarni va ko‘chma havo xizmatini radionavigatsiya jihatidan ta’minlashning davlat tekshiruvi va nazorati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida REVni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va ekspluatatsiya qilish tartibiga rioya etishini nazorati O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zkomnazorat), Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan.
8. Foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishlari, ariza beruvchilarga nisbatan teng huquqlar asosida ruxsat etish tartibi bo‘yicha ta’minlanadi.
Foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi radiochastota organi tomonidan biriktirilgan radiochastota nominallari asosida amalga oshiriladi.
9. Radiochastotalarni biriktirishda radiochastota organi tomonidan aniq radiochastota nominali ko‘rsatilgan holda tegishli ruxsatnoma beriladi.
Radiochastotalarni biriktirish ustuvorlik toifalarini hisobga olib, ya’ni birlamchi yoki ikkilamchi asosda amalga oshirilishi mumkin.
Bunda radiochastotalardan ikkilamchi asosda foydalanadigan REV radiochastotalardan birlamchi asosda foydalanuvchining REVga zararli xalaqitlarni yetkazmasligi kerak va ular radiochastotalardan birlamchi asosda foydalanuvchi REVdan bo‘ladigan zararli xalaqitlardan himoyalashni talab qila olmaydilar.
Radiochastotalardan ikkilamchi asosda foydalanuvchi REV radiochastotalar kechroq ikkilamchi asosda berilgan boshqa radiochastotalardan foydalanuvchi REVlari tomonidan bo‘ladigan zararli xalaqitlardan himoyalashni talab qilishlari mumkin.
Radiohavaskorlik xizmati REVni ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish, Kengash qarorida belgilangan texnik shartlar va qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Kabel televideniyesi tarmoqlari faoliyati televideniye kanallari uchun ajratilgan chastotalar polosalarida hamda 110,0 MGts — 174,0 MGts; 230,0 MGts — 470,0 MGts chastotalar diapazonlarida ikkilamchi asosda amalga oshiriladi. Kabel televideniyesi tarmoqlari egasi texnik vositalarining ishlashini litsenziya shartnomasi talablariga, O‘zbekiston Respublikasi xududida amaldagi sanoat radioxalaqtlar uchun davlat standartlari va normalariga muvofiqligini ta’minlashi shart.
10. Radiochastota organlari quyidagi asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda turli maqsaddagi REV uchun foydalanuvchilarga radiochastotalarni biriktirishlari kerak:
radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslar huquqlarining tengligi;
real elektromagnit holat sharoitlarida REV ishlashining talab qilinadigan sifatiga rioya qilgan holda ajratilgan radiochastota resursidan oqilona va samarali foydalanish.
11. Radiochastota organlari O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalarni taqsimlash jadvali (keyingi o‘rinlarda — Jadval) asosida faqat Kengash tomonidan ularga ajratilgan polosalarda tegishli radiochastota spektridan foydalanuvchilariga radiochastotalarni biriktiradilar.
12. Radiochastota organlari tasarrufidagi radiochastota polosalari foydalanuvchilarga ushbu radiochastota organlari bilan kelishtirilgan holda foydalanish uchun ajratilishi mumkin.
13. Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REV uchun radiochastotalarni biriktirish markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tartibda amalga oshiriladi.
Radiochastotalarni markazlashtirilgan holda biriktirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
REV ta’sir (boshqa REVga xalaqit qiluvchi ta’sir) zonasi bir nechta viloyat hududlarini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasining keng hududini qamrab olishida;
xalqaro muvofiqlashtirish talab qilinganda;
REV ishlashi umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yoki yagona radiochastota rejasiga muvofiq amalga oshirilishida.
Radiochastotalarni markazlashtirilmagan holda biriktirish REV ta’sir zonasi bitta ma’muriy-hududiy birlik hududi bilan cheklangan hollarda, shuningdek, REVning xalaqitlarsiz ishlashini ta’minlash uchun qo‘shimcha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni o‘tkazish talab qilinmagan hollarda amalga oshiriladi.
Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan radiochastota polosalari ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan REV uchun ruxsatnomalar markazlashtirilmagan tartibda rasmiylashtiriladi.
14. Radiochastota spektridan va REVdan foydalanishda ruxsat beruvchi talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va REVdan foydalanish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablari va normalariga majburiy tarzda rioya qilish;
Kengash qarorlarida, EMMM ruxsatnomalarida va foydalanish shartnomalarida ko‘rsatilgan doiradagi xatti-harakatlarni bajarish;
ko‘rsatilgan faoliyatning ushbu turdagi faoliyat uchun belgilangan talablar, normalar va qoidalarga muvofiqligi;
mulkdor (egalik qiluvchi) — yuridik shaxs uchun ariza beruvchi o‘zgargan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan holda, mulkdor (egalik qiluvchi) — jismoniy shaxs uchun — familiya, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi o‘zgarganda qayta ro‘yxatga olingandan keyin yetti ish kuni davomida EMMMni xabardor qilish;
radiochastota organi xizmatlari va (yoki) radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovni amalga oshirish.
15. Radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun berilgan radiochastotalar harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lgan hollarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda radiochastota spektridan foydalanuvchini xabardor qilgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
16. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan REVni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastotalardan birgalikda foydalanish huquqi beriladi.
17. Radiochastota organlari tomonidan ariza beruvchilarning murojaatlari asosida REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga uchun ruxsatnomalar beriladi.
Ruxsatnomalarning borligi foydalanuvchilarni REVni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan kerakli guvohnomalar, sertifikatlar, kelishuvlar va boshqa hujjatlarni olish, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish majburiyatlaridan ozod etmaydi.
18. Televizion va radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan REVni, shuningdek, savdo tarmog‘i orqali sotishga ruxsat berilgan maishiy radioelektronika mahsulotlarini olib kirish, sotib olish (berish) va ekspluatatsiya qilish uchun tegishli ruxsatnomani olish talab qilinmaydi.
19. Radiochastota organlari:
ariza beruvchilarning radiochastotalarni ajratish to‘g‘risidagi murojaatlari asosida REVdan foydalanish uchun tegishliligi bo‘yicha ruxsatnomalarni rasmiylashtiradilar;
biriktirilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadilar va uni o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiradilar, foydalanish cheklangan yoki davlat sirlaridan yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat ma’lumotlar bundan mustasno;
ariza beruvchilarning og‘zaki yoki yozma so‘rovi bo‘yicha bepul asosda ruxsat berish masalalari bo‘yicha to‘liq axborot va malakali maslahatlar (izohlar) beradilar.
20. Radiochastota organlari radiochastotalarni biriktirishda quyidagilarga majbur:
a) ushbu Nizom, shuningdek, radiochastota spektridan foydalanishni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini hisobga olib, ariza beruvchilarning REV uchun radiochastotalarni biriktirish to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish;
b) radiochastotalar berilishini amalga oshirish yoki so‘ralayotgan radiochastotalardan foydalanish mumkin emasligini asoslantirish;
v) berilgan radiochastotalar to‘g‘risidagi axborot hisobini yuritish, tizimlashtirish va saqlash;
g) boshqa radiochastota organlari bilan birgalikda foydalanish polosalarida berilgan xamda barcha radiochastotalar to‘g‘risidagi axborotni — Kengashga taqdim etish;
d) radiochastota spektridan oqilona va samarali foydalanish hisobiga radiochastotalarga bo‘lgan talabni maksimal qondirish;
e) foydalanuvchilar tomonidan berilgan radiochastotalardan foydalanishning belgilangan shartlari bajarilishini nazorat qilish;
j) radiochastota spektrining monitoringini amalga oshirish;
z) radioxalaqitlar manbalarini aniqlash ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda o‘z vakolatlari doirasida ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
i) boshqa organlar bilan birgalikda elektromagnit moslashuvni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
21. Radiochastota organlari o‘z vakolatlarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
REVni ekspluatatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek, alohida radiochastotalardan foydalanish imkoniyati bilan bog‘liq muayyan sharoitlarda radiochastota spektridan foydalanishni tugatish, to‘xtatib turish yoki cheklash;
ruxsat berish shartlari buzilganda, o‘ta muhim davlat ehtiyojlari uchun ma’lum radiochastota diapazonlaridan foydalanish zarurati bo‘lganda REVni ekspluatatsiya qilishni to‘xtatib turish, cheklash, tugatish;
REVning texnik ko‘rsatkichlari belgilangan standartlar va texnik normalarga mos kelmaganda, fuqarolar xavfsizligini, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini, atrof-muhitning holatini ta’minlamaganda, shuningdek, maxsus holatlarda REV ishlashini belgilangan tartibda taqiqlash.
22. Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REV uchun radiochastota spektridan foydalanuvchilarga ruxsatnomalar berilishi (radiochastotalar yoki radiochastota polosalarini biriktirish) quyidagi asoslar bo‘yicha rad etiladi:
ruxsatnomalarni berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar talablarga va shartlarga to‘g‘ri kelmasligi;
ishlaydigan va foydalanilishi rejalashtirilayotgan REV bilan elektromagnit moslashuv to‘g‘risida ekspertizaning qoniqarsiz xulosasi;
berilgan radiochastotadan foydalanishni xalqaro muvofiqlashtirishni o‘tkazishning qoniqarsiz natijalari, agar bunday kelishish Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentida va boshqa xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa.
23. Ruxsatnomani berish rad etilgan holda ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda axborot tizimi orqali yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).
24. Hujjatlar qayta ko‘rib chiqilayotganda radiochastota organi tomonidan avvalroq ariza beruvchiga yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
25. Radiochastota organlari va radiochastota spektridan potensial foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi va radiochastotani biriktirish talabnomasini olganda tomonlarning radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi majburiyatlari va javobgarligini ko‘zda tutuvchi tegishli shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
26. Berilgan radiochastotalarga egalik qilish huquqi radiochastota spektrining potensial foydalanuvchisida u radiochastotalarning aniq nominallarini ko‘rsatgan holda REVni sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish uchun ruxsatnomani olgan vaqtdan boshlab paydo bo‘ladi.
Berilgan radiochastotalarga egalik qilish — muayyan foydalanuvchilar tomonidan REVni olish va radiochastotalarning berilgan nominallariga sozlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini o‘tkazish uchun radiochastotalarni ushbu foydalanuvchilarga vaqtincha biriktirish.
REVni sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish ruxsatnomasini berish ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Sotib olish va o‘rnatish uchun ruxsatnomalar REVning ayrim turlariga yoki tarmoqni maxsus qurish (loyihalashtirish)ni talab qilmaydigan radioaloqa tizimlariga beriladi.
28. Qurish uchun ruxsatnomani berishda REVni sotib olish va o‘rnatish uchun alohida ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.
29. Kengash tomonidan Vazirlik uchun ajratilgan polosalarda REVni sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish uchun ruxsatnomalar markazlashtirilgan tartibda — EMMM tomonidan, markazlashtirilmagan tartibda — EMMM hududiy bo‘linmalari tomonidan beriladi.
30. Kengash tomonidan boshqa radiochastota organlari — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati uchun ajratilgan radiochastota polosalarida REVni sotib olish va o‘rnatish, qurish uchun ruxsatnomalarni berish EMMM tomonidan faqat markazlashtirilgan asosda amalga oshiriladi.
31. Zarur ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchilar zarurligini asoslagan va yaratilayotgan radiotarmoqning vazifasi, undan foydalanish sohasi, REVni qo‘llash xususiyatlari to‘g‘risidagi batafsil axborotni ilova qilgan holda ushbu Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq talabnoma bilan quyidagilarga murojaat qiladilar:
radiochastotalar markazlashtirilmagan holda beriladigan REVni o‘rnatish ko‘zda tutilgan joydagi EMMM hududiy bo‘linmalariga;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘rnatiladigan REV uchun va radiochastotalar markazlashtirilgan holda beriladigan REV uchun EMMMga.
Hujjatlar EMMMga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan taqdim etiladi.
Qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnoma talabnoma berilgan usul bilan, ya’ni bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
32. Talabnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
ariza beruvchi-yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; ariza beruvchi-jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari;
REV turi, ishlab chiqaruvchi, vazifasi, o‘rnatiladigan joyi;
Kengashning O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu turdagi REVdan muayyan radiochastota polosasida foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi qarori ma’lumotlari (raqami, qabul qilingan sanasi);
ariza beruvchi bajarishni yoki amalga oshirishni niyat qilgan xatti-harakat va (yoki) faoliyatning muayyan turi, litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalaniladigan REV uchun litsenziya ma’lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi).
Talabnomaga quyidagi materiallar ilova qilinadi:
a) uskunaning to‘liq texnik tavsifi;
b) agar ariza beruvchi yuridik shaxs bo‘lsa, REVni ro‘yxatga olish va ekspluatatsiya qilish uchun mas’ul shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi;
v) quyidagilar ko‘rsatilgan topografik xaritadan olingan nusxada REV joylashtirilgan reja-sxema:
REV tegishliligi (vazirlik, idora, tashkilot va h.);
masshtabi va koordinata setkasini tushirilgan holda;
REV joylashtiriladigan joylar (manzili, sekundgacha aniqlik bilan geografik koordinatalari, erning absolyut belgisi, idora ichidagi aloqa sxemasi);
chastotalar rejasi (rejalashtirilayotgan radiochastotalar diapazoni yoki nominallari);
nurlanish klassi;
antennalar turi, ularning miqdori va yer satxiga nisbatan osilish balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanish azimutlari va elektromagnit nurlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa xarakteristikalar;
radiouzatish qurilmalarining miqdori, turlari va quvvati;
g) REVni joylashtirish ko‘zda tutilgan obyektlar va inshootlar egalari bilan kelishish, agar ariza beruvchining o‘zi bu obyektlar va inshootlarning egasi bo‘lmasa;
d) yo‘ldosh aloqa xizmatlarining yer stansiyalari uchun — Xalqaro elektraloqa ittifoqida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha zarur bo‘lgan texnik parametrlar.
Bunda ruxsatnomalari markazlashtirilgan holda rasmiylashtiriladigan REV uchun radiochastotalarni biriktirish uchun talabnoma-xat ikki nusxada beriladi, joy xaritasidan nusxa ko‘chirilgan chastotalar rejasi ilova qilingan REVni joylashtirish loyihasi — to‘rt nusxada beriladi.
33. Litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalaniladigan fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REVni sotib olish va o‘rnatish yoki qurish ruxsatnomalari foydalanuvchi tomonidan litsenziya va litsenziya kelishuvi rasmiylashtirilganidan keyin EMMM tomonidan beriladi.
34. Talabnomalarning ariza beruvchilar nomidan yoki topshirig‘i bo‘yicha vositachi vazifasini bajaradigan boshqa tashkilotlar tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchilar kerakli ariza materiallarini tayyorlash uchun ilmiy yoki maslahatlar beruvchi tashkilotlarni jalb qilishlari mumkin.
35. Ariza beruvchilar taqdim etilayotgan axborot va REV texnik ma’lumotlarining to‘liqligi va ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladilar.
Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REV uchun belgilangan tartibda EMMM ruxsatnomasini rasmiylashtirmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlash bilan bog‘liq xavflar uchun yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari mas’uldirlar.
36. EMMM hududiy bo‘linmalari ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish tartibi:
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq markazlashtirilmagan tartibda rasmiylashtiriladigan REV bo‘yicha tegishli ruxsatnoma yoki yozma rad javobi hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida rasmiylashtiriladi;
markazlashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladigan REV bo‘yicha tegishli materiallar xulosasi bilan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida EMMMga taqdim etiladi.
37. Agar EMMM yoki uning hududiy bo‘linmalariga taqdim etilgan hujjatlar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan yoki to‘liq hajmda berilmagan bo‘lsa, hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan bir soat ichida ushbu Nizomning 5-bobidagi shartlarga muvofiq kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qaytariladi.
38. Bevosita EMMMga yoki uning hududiy bo‘linmalari orqali taqdim etilgan hujjatlar to‘liq hajmda EMMM tomonidan quyidagi muddatlarda ko‘rib chiqiladi:
yigirma ish kuni davomida (manfaatdor idoralar bilan kelishuv o‘tkazilganligini hisobga olib);
bir yuz yigirma kun davomida — xalqaro muvofiqlashtirish zarur bo‘lganda.
Hujjatlar ko‘rib chiqilgandan keyin ikki ish kuni davomida tegishli ruxsatnoma rasmiylashtiriladi yoki ariza beruvchiga radiochastotalarni biriktirish asoslangan ravishda rad etiladi.
39. O‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma faqat maydonchalar (REVni o‘rnatish joylari)ni radiochastota organlari bilan kelishish sharti bilan beriladi.
40. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi REVni qurish va o‘rnatish uchun mo‘ljallangan maydonchalar radiochastota organlari bilan kelishilishi kerak, ushbu REVdan foydalanish ruxsatnomalari radiochastotalarni belgilashning markazlashtirilgan tartibida rasmiylashtiriladi.
41. REV (shu jumladan quruqlikdagi mobil aloqa tayanch stansiyalari)ni bitta tayanch (obyekt)ga joylashtirish ularning ushbu tayanch (obyekt)da ishlaydigan va foydalanish uchun avval kelishilgan REV bilan elektromagnit moslashuvini ta’minlashni hisobga olib bajariladi.
42. Maydonchalarni kelishish ariza beruvchining ishtirokisiz radiochastota organlari tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
43. REVni joylashtirish uchun maydonchalar (joylashtirish joylari)ni kelishish hujjatlarini ko‘rib chiqish va radiochastota organlari tomonidan xulosani taqdim etish muddati yuborilgan hujjatlar olingan paytdan boshlab ko‘pi bilan o‘n sakkiz ish kunini, mobil aloqa operatorlari uchun sakkiz ish kunini tashkil qiladi.
44. Kelishuvchi radiochastota organlari ular tomonidan berilgan kelishuvning amal qilish muddatini belgilamaydi, agar bunday zarurat Kengashning tegishli qarori bilan bog‘liq bo‘lmasa.
45. Radiochastota organlari tomonidan maydoncha yoki maydonchaning geografik koordinatalari, radiochastotalar nominallari, uzatkichlar quvvatlari, antennalarning nurlanish azimutlari, antennalarni osish balandliklari (antenna tayanchlari)ni va elektromagnit moslashuvga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa xarakteristikalarni kelishish yoki o‘zgartirish rad etilgan holda, maydonchani kelishish ushbu Nizomning 31, 32-bandlariga ko‘ra radiochastotalarni biriktirish uchun yangi talabnomaning texnik parametrlariga muvofiq takror o‘tkazilishi kerak.
46. Radiochastotalarni berilishini xalqaro muvofiqlashtirishni talab qiladigan REVlar uchun maydonchalarni kelishish xalqaro muvofiqlashtirish o‘tkazilgunga qadar amalga oshiriladi.
Agar muvofiqlashtirish jarayonida radiochastota berilishini yoki undan foydalanish shartlarini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelsa, u holda bu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi radiochastota organlari bilan kelishilgandan keyin qabul qilinishi kerak.
47. Radiochastotalar berilishini xalqaro muvofiqlashtirish, shuningdek, e’lon qilish va Xalqaro elektraloqa ittifoqida ro‘yxatga olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
REVga radiochastotalar biriktirishni xalqaro muvofiqlashtirish va Xalqaro elektraloqa ittifoqida ro‘yxatga olish davrida ariza beruvchiga ushbu Nizomning 79-bandiga ko‘ra vaqtincha ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasi berilishi mumkin.
48. Ariza beruvchi REVni xorijdan sotib olish va o‘rnatish yoki qurish uchun ruxsat berish xarakteridagi hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin ariza beruvchiga ushbu Nizomning 7-bobida ko‘zda tutilgan tartibda bu vositalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma beriladi.
49. Fuqarolik vazifasidagi REVni sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish uchun ruxsatnomalar ariza beruvchi tomonidan ekspertiza, elektromagnit moslashuvini tahlil qilish va radiochastotalar biriktirish xizmatlari uchun belgilangan tariflarga muvofiq haq to‘langandan keyin beriladi.
50. Fuqarolik vazifasidagi REV uchun radiochastotalarni biriktirish jarayonida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, chastota-hududiy tarqoqlik normalari va turli vazifadagi REV radiochastotalaridan birgalikda foydalanish shartlarini ishlab chiqish yoki REV elektromagnit moslashuvining tabiiy sharoitdagi sinovlarini o‘tkazish talab qilinsa, bu ishlarni bajarish uchun haq to‘lash manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar va bu ishlarni bajaradigan tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar bo‘yicha bajariladi.
51. REVni sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish ruxsatnomasining amal qilish muddati ruxsatnoma berilgan paytdan boshlab bir yilni tashkil qiladi.
52. Sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish ruxsatnomasining amal qilish davrida foydalanuvchi uskunani sozlash, sinovdan o‘tkazish, uchun radiochastotalardan foydalanish huquqiga ega.
Foydalanuvchi uskunani sozlash, sinovdan o‘tkazish davrida radiochastotalardan foydalanishni boshlash sanasidan ikki kun avval foydalanish muddati va texnik shartlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan bildirishnomani pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda radiochastota organiga taqdim etadi.
Shu bilan birga uskunani sozlash, sinovdan o‘tkazish uchun radiochastotalardan foydalanish muddati uch kundan oshmasligi kerak. Ko‘rsatilgan ishlarni o‘tkazish uchun murojaatlar miqdori ularning zarurligi bilan belgilanadi.
REVni sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati davrida REVdan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (tijorat maqsadlari) uchun foydalanish taqiqlanadi.
53. Sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish uchun berilgan ruxsatnomani amal qilish muddati davomida foydalanuvchi uskunani olishi va o‘rnatishi, qurilish ishlarini bajarishi, uskunani, sozlashi, sinovdan o‘tkazishi, shuningdek, uni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirishi kerak.
54. Agar ariza beruvchi tomonidan sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida kerakli ishlar bajarilmagan bo‘lsa, ariza beruvchining murojaati bo‘yicha belgilangan tariflarga muvofiq qayta to‘lovni amalga oshirgan holda ruxsatnoma uzaytirilishi mumkin.
Arizada ruxsatnomada belgilangan muddatda kerakli ishlarni bajara olmaslik sabablari ko‘rsatiladi.
Sotib olish va o‘rnatish yoki qurish ruxsatnomalari bo‘yicha ishlarni bajarish muddatining uzaytirilishi to‘g‘risidagi ariza ularning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi kerak.
55. Sotib olish (berish) va o‘rnatish yoki qurish ruxsatnomasining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
radiochastota spektridan foydalanuvchining arizasi bo‘yicha;
ruxsat berish talablari va shartlari buzilganda;
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilganda, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalan | 165 | 63,976 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi va 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 29-avgustdagi 2018-68-son “Davlat soliq xizmati organlarida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etish tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3075, 2018-yil 5-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 40-son, 806-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 31-martdagi 2020-11-son “Soliq to‘lovchilarini qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3232, 2018-yil 2-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2020-y., 18-son, 194-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 30-apreldagi 2020-14-son “Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3236, 2020-yil 29-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2020-y., 21-son, 231-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 18-maydagi 2020-16-son “Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3247, 2020-yil 18-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2020-y., 24-son, 271-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 18-maydagi 2020-17-son “Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3251, 2020-yil 30-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2020-y., 27-son, 310-modda). | 161 | 2,693 |
Qonunchilik | Davlat ikki oy ichida yoshlar uchun nima qildi? | Rasmiy ma’lumotlarga koʻra Oʻzbekiston aholisi 31 mln. 573 ming nafar kishidan iborat. Bizning хalqimiz MDH davlatlari orasida eng yosh, butun dunyo boʻyicha eng yoshlardan biri sanaladi. Agar kurrai zamindagi yoshlar (14 yoshdan 30 yoshgacha) aholining oʻrtacha 18%ini tashkil etsa, aynan Oʻzbekistonda ular 31% atrofida. Agar 14 yoshgacha boʻlgan bolalarni ham inobatga oladigan boʻlsak, aholimizning taхminan 60%i hali 30 yoshga toʻlgani yoʻq. Koʻp sonli yosh avlodga munosib kelajak ta’minlab berish uchun yoshlar siyosatini nafaqat toʻgʻri olib borish, balki uni doimiy ravishda takomillashtirish darkor.
Shu munosabat bilan 14.09.2016 yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. U 20.11.1991 yilda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun oʻrnini qopladi. Eski qonundan farqli oʻlaroq, yangi qonun hujjati yoshlarga yanada koʻproq iqtisodiy imkoniyatlar yaratib berdi.
Nizolar kelib chiqmasligi yoʻlida
Yoshlar (yosh fuqarolar) jumlasiga 14 yoshdan boshlab 30 yoshdan oshmagan shaхslar kirishi, 30 yosh ham shu jumladan ekani mustahkamlandi. “30 yoshdan oshmagan” jumlasining kiritilishi amaliyotda yoshlarga beriladigan imtiyozlar boʻyicha kelib chiqayotgan koʻplab nizolarni hal etdi. Ba’zi mansabdor shaхslar 30 yoshga toʻlmagan fuqarolargina imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega deb хato oʻylashar edi. Qonun bunday qarama-qarshi fikrlarga barham berdi.
Yoshlarni ish bilan ta’minlash
Ilk marotaba qonun doirasida yoshlarni ish bilan ta’minlash kafolatlari koʻzda tutildi. Hammaga ma’lum, ish boʻlsa – kelajak bor. Bozor voqeliklarini inobatga olgan holda qonunchilik ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan yoshlarni ishga joylashtirishda yordam koʻrsatilishini nazarda tutgan:
1) Qoʻshimcha ish oʻrinlari va iхtisoslashtirilgan korхonalarni barpo etish yoʻli bilan. Sirasini aytganda, davlat iqtisodiyotda yoshlar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish majburiyatini oldi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida, koʻp mamlakatlarda хodimlarni ommaviy qisqartirish ketayotgan bir paytda har qanday hukumat ham bunday qaror qabul qilishga jur’at eta olmaydi. Yangi ish oʻrinlari yaratishga barcha mavjud usullar orqali turtki beriladi. Masalan, yoshlarni ishga olishda soliq imtiyozlariga ega boʻlish shular qatoriga kiradi.
Masalan, hozirning oʻzida yakka tartibdagi tadbirkor kollej bitiruvchisini ishga olsa, 12 oy mobaynida u uchun qat’iy belgilangan soliqni toʻlamaydi (SK 3741- modda).
2) Maхsus oʻqitish dasturlarini tashkil etish orqali. Bu yerda gap faqat har bir oʻsmirga mehnat bozorida talab mavjud boʻlgan kasb boʻyicha faqat 12 yillik ta’lim tizimi asosida umumiy majburiy bepul oʻrta maхsus va kasb hunar ta’limi haqida emas, balki maхsus qayta tayyorlash dasturlarini tashkil etish toʻgʻrisida ham borayotir.
Shu bugunning oʻzidayoq ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish markazlarida ish izlayotgan fuqaro sifatida roʻyхatdan oʻtganlar bandlik turi, ish joyi va mehnat rejimini mustaqil ravishda tanlash maqsadida bepul professional maslahat olish, tayyorlanish, qayta tayyorlanish va zarur ma’lumotlarni olish huquqiga ega (“Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi). “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunni roʻyobga chiqarish asnosida bu imkoniyatlar kengaytiriladi.
3) Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun korхonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish joylarining eng kam miqdori rezervini yaratish yoʻli bilan. Rezervni yaratish yosh fuqarolarni ishga olishning majburiy kvotalarini joriy etishni nazarda tutadi.
Umumiy jihatdan olib qaraganda mazkur meхanizm “Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida”gi Qonun va Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-son VMQga 1-ilova) orqali allaqachon yaratib boʻlingan. “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunni roʻyobga chiqarish asnosida u yanada kuchayadi.
Imtiyozli kreditlar yordamidagi «StartUp»
Agar yosh fuqaro “oʻziga ishlash”ni afzal koʻrsa, bu sohada ham davlat koʻmagiga tayanishi mumkin. Ilk marotaba qonun darajasida yoshlarning oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar olish huquqi qonun darajasida mustahkamlandi.
Ayni kunlarda MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavkadagi kreditlar yosh oilalar a’zolari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami № 1697, 18.07.2007 y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 martidagi 52-son qarori asosida taqdim etilmoqda. “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan imtiyozli kreditlar olish huquqiga ega yoshlar soni sezilarli darajada ortishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari tadbirkorlik sohasida soliq imtiyozlariga ega. Ular kollejni tamomlaganidan soʻng 12 oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtsa, ular 6 oy muddatga qat’iy belgilangan soliqdan ozod etiladi (SKning 375-moddasi).
Imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyati kengaydi
Qonunda “yosh oila” atamasi kengroq talqin qilingani koʻpchilikka imtiyozli kreditlar olish uchun imkon berdi, ular:
Muqaddam yosh oilaga har birining yoshi 30 dan oshmagan ilk marotaba nikohdan oʻtgan yoshlar kirar edi (18.05.2007 yildagi PF-3878 3-bandi). Ya’ni fuqarolar amaldagi nikohda boʻlishlari va ularning har biri uchun ushbu nikoh birinchisi boʻlishi darkor edi. Bu esa oʻz navbatida koʻp odamlarni imtiyoz olish huquqidan mahrum etar edi.
Shu tariqa, davlat uy-joy masalasini hal etish boʻyicha misli koʻrilmagan ishlarni amalga oshirmoqda.
Tahririyatdan: Koʻrinib turibdiki, mazkur qonun asosida davlatning yoshlarni rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash uchun katta mablagʻ sarflashga tayyorligi, muhimi, shunga qodirligi yotibdi. Chunki bu normativ-huquqiy hujjatni amaliyotga joriy etish jiddiy moliyaviy хarajatlarni talab etadi.
Ta’kidlash joizki, yoshlar uchun bunday imtiyozlar jahon amaliyotida kamyob holat hisoblanadi. Masalan, Rossiyada yoshlar siyosatiga oid federal qonun qabul qilinmagan, federatsiya alohida sub’yektlarining yoshlar siyosati haqidagi qonunlari mavjud boʻlsa ham ular ish bilan ta’minlash va imtiyozli kreditlash boʻyicha bunday iqtisodiy kafolatlarni bermaydi. Qozogʻiston Respublikasining «Yoshlar siyosati toʻgʻrisida»gi qonunida ham bunday imtiyozlar mavjud emas.
Samir Latipov,
ekspertimiz | 47 | 6,668 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA ENGIL SANOATINI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Respublika to‘qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda ularni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, paxta tolasini chuqur qayta ishlash hisobiga yengil sanoat mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (O‘zbekyengilsanoat)ni Engil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi "O‘zbekyengilsanoat" (“O’zbekyengilsanoat”) etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksining, Davlat mulki qo‘mitasi va "O‘zbekyengilsanoat" uyushmasining takliflari qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Engil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi "O‘zbekyengilsanoat" (“O’zbekyengilsanoat”) faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari deb hisoblansin:
ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, to‘qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati mollariga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishini o‘rganish hamda bashorat qilish;
respublika iste’mol bozorining aholi o‘rtasida xaridorgir bo‘lgan vatanimiz yengil sanoatining yuqori sifatli mollari bilan to‘ldirilishini ta’minlash;
tarmoqning eksport salohiyatini mustahkamlash, kompaniya korxonalari tomonidan raqobatbardosh mollar ishlab chiqarilishini butun choralar bilan ko‘paytirish hamda ularning jahon bozorlariga kirib borishini tashkil qilish;
paxta tolasidan, boshqa mahalliy xomashyo va materiallar manbalaridan foydalanishni chuqurlashtirish hamda uning kompleksliligini oshirish, hozirgi vaqtda import bo‘yicha olib kelinayotgan butlovchi buyumlar va yordamchi ashyolar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;
tarmoqda yagona texnika va investitsiya siyosatini o‘tkazish, to‘qimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalarining kooperatsiyalashuviga, ishlab chiqarishni respublikaning aholi zich yashaydigan tumanlarida mahalliylashtirishga ko‘maklashish;
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi buyumlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, tarmoq korxonalarini yangilash va texnika bilan qayta qurollantirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy sarmoyalarni keng jalb etish;
bozor islohotlarini o‘tkazishda, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda kompaniya korxonalariga yordam ko‘rsatish.
3. “O‘zbekiston SSR Engil sanoat vazirligi negizida O‘zbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi ("O‘zbekyengilsanoat")ni tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-maydagi PF-202-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin. | 69 | 2,858 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 131 | 364 |
Qonunchilik | Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida | “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, charm-poyabzal mahsulotlari xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritilsin.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab charm-poyabzal mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rsin.
4. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “O‘ztsandart” agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin. | 101 | 1,645 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3022, 2018-yil 9-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3021/1333-son).
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/10-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3022-1, 2019-yil 26-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y. 10/19/3022-1/2669-son).
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3022-2, 2019-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son).
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-son “Har bir oila — tadbirkor dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 2019-yil 30-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son).
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/4-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3022-4, 2020-yil 27-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2020-y., 10/20/3022-4/0218-son).
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3285, 2021-yil 26-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son) ilovasining 5-bandi. | 153 | 2,868 |
Qonunchilik | Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarga malaka sertifikati berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarining davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatilishini joriy etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
talabgorning malaka sertifikati olish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligini restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilash;
malaka oshirish kurslarini tashkil etish, malaka oshirish kurslari tashkilotchisining vazifalarini belgilash hamda o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi;
malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan o‘tkazish va baholash, shuningdek, malakasini oshirish kurslarini moliyalashtirish tartibi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatishni YIDXP orqali joriy etish choralarini ko‘rsin;
davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘imlarning Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda to‘lanishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentning talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Reglament moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasidagi restavrator-usta (keyingi o‘rinlarda — restavrator-usta) — moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan jismoniy shaxslar;
malaka oshirish kursi — moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni sifatli amalga oshirish uchun restavrator-ustalarning kasbiy bilimlari, ko‘nikmalari, malaka va mahoratini milliy me’morchilik an’analari, xorijiy tajriba hamda zamonaviy o‘quv dasturlari asosida oshirishni nazarda tutadigan o‘qitish shakli;
talabgor — restavrator-ustalarning malakasini oshirish va malaka sertifikatini olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxslar hamda restavrator-ustalar.
Bunda moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan restavrator-ustalarning malakasini oshirish bo‘yicha talabgor bo‘lishi mumkin;
tinglovchilar — malaka oshirish kurslariga qabul qilingan restavrator-ustalar.
3. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
4. Restavrator-ustalar malakasi har uch yilda oshirib boriladi.
5. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanish uchun har yili 20-noyabrga qadar davlat xizmatlari markaziga bevosita yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organga elektron shaklda murojaat qiladi.
Zarurat bo‘lganda, talabgor mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda yil davomida qo‘shimcha murojaat qilishi mumkin.
6. Talabgor bevosita murojaat qilgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
3,5x4,5 sm hajmdagi fotosurat;
amaldagi malaka sertifikati nusxasi (mavjud bo‘lsa).
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Talabgor zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirib, kiritgandan so‘ng imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
8. Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun talabgordan har bir restavrator-usta uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
9. To‘lov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qilganda undirilgan yig‘imning:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda undirilgan yig‘imning:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmati ko‘rsatilganda) — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
10. Talabgor tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim etilmasligi, so‘rovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda haqiqiy bo‘lmagan, soxta va noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Bunda talabgor tomonidan ushbu ma’lumotlar 5 ish kuni ichida to‘g‘irlangan holda qayta kiritilishi mumkin.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
11. Talabgor murojaati ko‘rib chiqilayotgan istalgan bosqichda uni qaytarib olish huquqiga ega.
Murojaat talabgor tomonidan qaytarib olinsa, ko‘rib chiqilmaydi. Bunda, murojaatni ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
12. Talabgor davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilganda, uning murojaati markaz xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgorning o‘zi tasdiqlagandan so‘ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
13. Vakolatli organ:
so‘rovnomalar asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha har yili 20-dekabrga qadar keyingi kalendar yil uchun yillik rejani tasdiqlaydi;
tinglovchilar guruhini shakllantiradi hamda restavrator-ustalarning bazaviy ma’lumoti, mutaxassisligi, ish staji, lavozimi (kasbi)ni hisobga olib, kursning o‘quv rejasi va dasturlarini tayyorlaydi, zarurat bo‘lganda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi.
14. Malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni tinglovchilar soni 10 — 15 nafar bo‘lgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
15. Vakolatli organ malaka oshirish kurslari boshlanishi to‘g‘risida talabgorni besh kun oldin xabardor qiladi.
16. Talabgor yuridik shaxs bo‘lganda restavrator-ustalarni malaka oshirish kurslariga yetib borishini ta’minlaydi.
17. Tinglovchilarni kurslarga qabul qilish vakolatli organ rahbari buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
18. Vakolatli organ tinglovchilarning malaka oshirish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligi to‘g‘risida talabgorga xabar beradi.
19. Tinglovchilar quyidagi sabablarga ko‘ra tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:
o‘z xohishiga binoan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
o‘quv intizomini va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun;
malaka oshirish (18 akademik soatdan ortiq) kursidagi dars mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz qoldirgani uchun;
shartnoma asosida o‘qitish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmagani uchun;
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;
vafot etganligi sababli.
20. Tinglovchilarning kasalligi va boshqa uzrli sabablari tasdiqlangan taqdirda, ularning malaka oshirish kurslaridan o‘tish muddati vakolatli organ bilan talabgor kelishuvi bo‘yicha boshqa muddatga ko‘chiriladi. Bunda malaka oshirish to‘langan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
21. Tinglovchilar malaka oshirish kursidan chetlatilganda, ularga buning sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi.
Restavrator-ustalarning malakasini oshirish to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka oshirish (kunduzgi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish) va boshqa shakldan iborat bo‘lishi mumkin.
22. Malaka oshirish muddati yo‘nalishga qarab kamida 72 akademik soat (ikki hafta) etib belgilanib, asosiy ish joyidan to‘liq ajralgan holda amalga oshiriladi.
23. Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
24. Malaka oshirish kurslarida o‘qiydigan tinglovchilarga o‘qishning barcha davrida asosiy ish joyi bo‘yicha egallagan lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
25. Vakolatli organ malaka oshirish kurslari tashkilotchisi hisoblanadi. Vakolatli organ malaka oshirish kurslarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda tashkil qiladi.
26. Vakolatli organ:
malaka oshirish kurslariga umumiy rahbarlik qiladi;
malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va usullarini belgilaydi;
tegishli hujjatlarni (malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini, tinglovchilarning malakasini himoya qilish ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish, amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartiblarini) tasdiqlaydi;
zamon talablari, sohadagi innovatsion rivojlanishlarni hamda ta’lim dasturlarining uzluksizligini, ketma-ketligini hisobga olgan holda, restavrator-ustalarni o‘qitish yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
o‘quv jarayonini umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablari, shuningdek, o‘qitishning zamonaviy shakllari va uslublaridan foydalanib tayyorlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida tashkil etadi;
kurslar doirasida sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv, metodik va moddiy-texnik bazani tashkil etadi;
malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining yetakchi pedagog kadrlarini, amaliyotchi restavrator-ustalarni, shuningdek, shartnoma asosida loyiha ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali kadrlarini va xorijiy mutaxassislarni jalb etishni ta’minlaydi;
malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy innovatsion pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida mashg‘ulotlar olib boradi.
27. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish, talab darajasida o‘tkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish vakolatli organga yuklanadi.
28. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida faoliyat olib boradigan yuridik shaxslar:
restavrator-ustalar tarkibidan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslaridan o‘tishi kerak bo‘lgan tinglovchilar kontingentini shakllantiradi;
malaka oshirish kurslarining tasdiqlangan jadvali asosida o‘z restavrator-ustalarining kurslarga belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida kelishini ta’minlaydi;
tashkilotlarning majlislarida malaka oshirish natijalarini muhokama qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan restavrator-ustalarning ilg‘or tajribasi, yangi bilimlari va ko‘nikmalarini ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
malaka oshirish kurslaridan o‘tgan restavrator-ustalarning kasbiy faoliyati bo‘yicha doimiy monitoring yuritadi.
29. Malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayonini tashkil etish tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari, mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
O‘quv rejalari va dasturlari fan, texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida har yili takomillashtiriladi.
30. Malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari — ma’ruza, interaktiv seminarlar, amaliy mashg‘ulot, tajriba almashish, mustaqil o‘qish va malaka amaliyoti qo‘llaniladi.
31. Auditoriyada o‘tkaziladigan barcha mashg‘ulotlar turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus — kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
32. Tinglovchilarning malaka amaliyoti sohadagi yetakchi loyihalash tashkilotlari, restavratsiya-tiklash ustaxonalari hamda asrashga doir ishlar amalga oshirilayotgan obyektlarda tashkil etiladi.
33. Malaka oshirish kurslarida mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari bilan tinglovchilarni o‘qitadigan pedagoglarning o‘quv yuklamasi hajmi o‘quv yili mobaynida belgilangan normativlar bo‘yicha ular amalda bajaradigan o‘quv ishlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
34. Tinglovchilar o‘quv kurslari ta’lim dasturlarini o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng vakolatli organ tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Attestatsiyada yakuniy bitiruv ishi himoya qilinadi.
Attestatsiyaning shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida attestatsiyani o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda uch yil mobaynida saqlanadi.
Attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushirish uchun vakolatli organ attestatsiyani tashkil etgan holda, alohida xonalar ajratadi hamda ularni zamonaviy texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli video kamera, internet aloqa va boshqalar) bilan ta’minlab, talabgorlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
35. Attestatsiya uchun Attestatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya tomonidan tinglovchilarning malakasi baholanadi.
36. Attestatsiya komissiyasi a’zolari besh nafardan iborat tarkibda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
37. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga vakolatli organ, vakolatli organning Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti vakillari jalb qilinishi mumkin.
38. Attestatsiya komissiyasi o‘z tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
39. Attestatsiya komissiyasi a’zolari mehnatiga soatbay haq to‘lanadi va uning miqdori vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
40. Malaka oshirish kurslarining 72 akademik soatli yo‘nalishi uchun yakuniy bitiruv ishi slayd taqdimoti shaklida topshiriladi.
Yakuniy bitiruv ishi uchun umumiy 100 ball deb belgilanadi va umumiy balldan kamida 56 ball (56 foiz) to‘plagan tinglovchilar imtihondan o‘tgan hisoblanadi.
41. Yakuniy bitiruv ishining umumiy ballidan 56 ball (56 foiz) to‘plamagan tinglovchilar bundan norozi bo‘lgan taqdirda, natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 24 soat ichida vakolatli organ rahbariga appelatsiya arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Appelatsiya komissiyasi a’zolari 3 nafardan iborat tarkibda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Appelatsiya komissiyasi appelatsiyaga tushgan arizani 24 soat ichida ko‘rib chiqadi va natijasini ariza beruvchiga e’lon qiladi.
42. Attestatsiyadan o‘tgan malaka oshirish kurslari tinglovchilariga attestatsiya tugagandan so‘ng 3 ish kuni davomida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan malaka sertifikati beriladi.
43. Restavrator-ustalarning malakasini oshirish quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
talabgorlarning mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
44. Malaka oshirish kurslarining xarajatlar smetasi vakolatli organ tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
45. Xarajatlar smetasida:
kursning o‘quv dasturi va rejasida nazarda tutilgan barcha dars mashg‘ulotlari uchun to‘lanadigan soatbay haq;
kursning moddiy-texnik ta’minoti;
kursni tashkil etish va o‘tkazishga jalb etilgan xodimlarga (rahbar, pedagog va texnik) to‘lanadigan ish haqi hamda ularni rag‘batlantirish;
to‘lanadigan soliqlar va boshqa asoslangan xarajatlar uchun mablag‘lar nazarda tutiladi.
Bunda malaka oshirish kurslarida o‘qish uchun tinglovchilar tomonidan to‘lanadigan mablag‘ mazkur kurslarni o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda (smetadagi jami xarajatlarni tinglovchilar soniga bo‘lish orqali) hisoblab chiqiladi.
46. Restavrator-ustalar malakasini oshirish bo‘yicha talabgorlar bilan vakolatli organ o‘rtasida ixtiyoriylik asosida shartnomalar murojaat qilingan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida tuzilishi lozim.
47. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1. 4-bandning to‘rtinchi xatboshi va 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 7-ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari hamda ularga to‘lov turi va miqdorlari) 8-pozitsiyasi “Davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgan ariza beruvchilar toifalari” ustunidagi “Yuridik shaxslar” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 223 | 20,197 |
Qonunchilik | “Fazoviy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Fazoviy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 74 | 307 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON — TURKIYA LITSEYLARINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi yosh fuqarolarining ta’limi sifatini oshirishga muhim ahamiyat berib hamda iste’dodli yoshlarni o‘qitishning ilg‘or shakllarini ustuvor rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining respublikada litseylar faoliyatini tashkil etish va boshqarishning yagona yondashuvlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Litsey to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda 1992-yilda Turkiya Respublikasi (“SILM” firmasi) bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston — Turkiya litseylarini rasmiylashtirsin, litsenziyalar bersin va akkreditatsiyadan o‘tkazsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda:
1993-1994 o‘quv yili boshlangunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, har bir viloyat markazida va Toshkent shahrida yigitlar va qizlarni o‘qitish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq bir-ikkita O‘zbekiston—Turkiya litseyni tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar kompleksi bajarilishini nazarda tutsinlar;
litseylar ishini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan o‘quv rejalari va dasturlar bo‘yicha tashkil etsinlar, ularning mazmuni rivojlangan mamlakatlar talablari darajasiga javob berishi kerak;
ikki oy muddatda O‘zbekiston — Turkiya litseylarida ishlayotgan turkiyalik mutaxassislar uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar talablariga muvofiq zarur uy-joy-maishiy sharoitlar yaratsinlar;
litseylarda qo‘llanilayotgan salomlashish rasm-rusumlari hamda o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muomala qilishi shakllari o‘zbek xalqining qaror topgan milliy odatlariga va an’analariga muvofiqlashtirilsin.
4. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda tanlov asosida litseylarning o‘quvchilari uchun milliy ramzli kiyim-bosh modelini ishlab chiqsinlar hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha 1993-1994 o‘quv yili boshlanishiga qadar tikilishini ta’minlasinlar.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zshartnomasavdo” xalq ta’limi mahalliy organlarining buyurtmanomalari bo‘yicha litseylarga oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-uskunalar va inventar maqsadli ajratilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston — Turkiya litseylarida ishlash uchun taklif etilayotgan turkiyalik mutaxassislar va ularning oila a’zolariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi iltimosnomalariga asosan kirish-chiqish vizalarini belgilangan tartibda konsullik yig‘imlari olmasdan rasmiylashtirib berish yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston — Turkiya litseylarida ishlayotgan turkiyalik fuqarolar, ularning oila a’zolarini davlat bojlarini to‘lashdan ozod qilib, chiqish-kirish viza muddatlarini uzaytirish, turar joylardan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda bo‘lish muddatlarini uzaytirish bilan bog‘liq masalalarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi iltimosnomalariga asosan amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. “O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha O‘zbekiston — Turkiya litseylarini jihozlash uchun o‘qitishning texnika vositalari, asbob-uskunalar, o‘quv anjomlari va kitoblarni keltirish qiymatiga so‘mlarda haq to‘lab, bojxona bojlaridan ozod qilgan holda ularni Turkiyadan keltirishni ta’minlasinlar.
8. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston — Turkiya litseylarida ishlovchi turkiyalik mutaxassislar:
oliy o‘quv yurtlarining tayyorlov kurslariga;
oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlariga;
aspirantura va doktoranturaga o‘qish uchun haq to‘lamasdan qabul qilinadilar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Turkiya ta’lim organlari bilan kelishgan holda 2 oy muddatda:
O‘zbekiston — Turkiya litseylari bitiruvchilarini Turkiya oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish shartlari va tartibini belgilasinlar;
tashabbus ko‘rsatib, O‘zbekiston — Turkiya litseylari faoliyatini yaxshilashga o‘z ko‘mak va yordamlarini taklif etayotgan Turkiya oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro foydali uzoq muddatli bitimlar tuzsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha litseylar faoliyatini tashkil etishga va ularni rivojlantirishga zarur mablag‘lar ajratsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, gazeta va jurnallar tahririyatlari O‘zbekiston — Turkiya litseylarida o‘quv jarayonining ahvoli va tashkil etilishini muntazam yoritsinlar.
12. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
1. Litsey — ta’limning uzluksizligi prinsipini ro‘yobga chiqaruvchi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiruvchi o‘rta umumiy ta’lim o‘quv yurtidir.
2. Litsey yoshlar ta’limining, ularning ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlanishining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. Litsey mazmun bilan boyitilgan yangi umumiy ta’limning izlanishini, ishlab chiqilishini, joriy etilishini ta’minlaydi.
Litseylar ochish, litsenziyalar berish, ularni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar hokimligi xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Litsey uning faoliyatini tartibga soluvchi Ustavga ega bo‘ladi.
Litseyga rahbarlik qilishni direktor amalga oshiradi.
Umumiy ta’lim maktabining Kengashi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tashkil etiladigan va faoliyat ko‘rsatadigan Kengash litseyning maslahat organi hisoblanadi.
4. Litseyga 9-sinf hajmida bazaviy ma’lumotga ega bo‘lgan va test tanlovidan o‘tgan yigit va qizlar qabul qilinadi. Ayrim hollarda ijodiy qobiliyatlar va talabgorlarning tayyorgarligi hisobga olingan holda litseyga tugallangan bazaviy ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘quvchilar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘quvchilarni qabul qilishni tashkil etish uchun ma’muriyat litsey Kengashi va ota-onalar jamoatchiligi vakillari bilan birgalikda zimmasiga xolis va adolatli tanlov yuklatiladigan qabul komissiyasini tuzadi.
5. Litsey Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bazaviy o‘quv rejalari va dasturlari asosida tuzilgan o‘zining o‘quv rejasi va dasturi bo‘yicha ishlaydi. O‘rta ma’lumot litseyda beriladigan ta’lim mazmunining majburiy qismi hisoblanadi. Litseyda o‘rganiladigan boshqa maxsus fanlar o‘quvchilarning ta’lim darajasini kengaytiradi va to‘ldiradi.
7. Litsey o‘qitishning an’anaviy shakllari, usullari va vositalari bilan bir qatorda o‘z ixtiyori bo‘yicha o‘qitishning ilg‘or shakllari, usullari va vositalaridan keng foydalanadi.
8. Litsey o‘quvchilarining darsdan tashqari faoliyati har xil studiyalarda, ilmiy va texnika laboratoriyalarida, boshqa ijodiy birlashmalarda amalga oshiriladi.
9. Litsey o‘quvchilarining umuminsoniy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, qonunni hurmat qilish ruhida tarbiyalaydi.
10. Litsey Kengashi o‘quvchilar bilan har bir o‘quv yili oxirida o‘zlashtirishga rasman baho berishdan qat’i nazar, o‘quvchilar ma’lumot darajasi va aql-zakovatining umumiy darajasini belgilash imkoniyatini beradigan suhbat o‘tkazadi.
11. Litseyda sinfdan-sinfga ko‘chirish va bitirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Litsey Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishiladigan shtat jadvali bo‘yicha ishlaydi.
13. Litseyni mablag‘ bilan ta’minlash “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Xalq ta’limida yangi xo‘jalik mexanizmining asosiy qoidalarida, umumiy ta’lim maktabi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Litseyni mablag‘ bilan ta’minlashda xalq ta’limi organlari bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlari, korxonalar, tashkilotlar va xususiy shaxslar ixtiyoriy ravishda qatnashishlari mumkin.
14. Litseyning pedagoglar jamoasi xalq ta’limi organi tomonidan kontrakt asosida tashkil etiladi.
15. Litsey xodimlarining lavozim maoshlari umumiy ta’lim maktablaridagi ana shunday xodimlar toifasining maoshidan 20 foiz, litsey-internatlarda esa ana shu toifadagi maktab-internatlar xodimlari maoshidan 50 foiz yuqoridir.
Litsey o‘qituvchilarining ish haqi stavkalari umumiy ta’lim maktabi nagruzkasi hisob-kitobidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda litsey xodimlarining lavozim maoshlari oshirilgan miqdorlarda belgilanishi mumkin.
16. Akkreditatsiyadan o‘tgan litseylar o‘quvchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularni darsliklar va o‘qitishning boshqa vositalari bilan ta’minlash xalq ta’limi tizimi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va xalq ta’limi organlari tomonidan belgilangan tartiblar va talablarga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan litseylar litseylarning bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi uchun belgilangan shakldagi, respublikaning butun hududida tan olinishi majburiy bo‘lgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatni berish huquqiga ega bo‘ladilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1. Taxiatosh shahri, “Orolbo‘yi birlashmasining maktablararo o‘quv-ishlab chiqarish kombinati negizida.
Andijon viloyati
2. Andijon shahri, 8-maktab.
Buxoro viloyati
3. G‘ijduvon tumani, “Guliston” jamoa xo‘jaligi, A. Qahhor ko‘chasi, 151-uydagi qurilayotgan maktab.
4. Vobkent shahri, 1-maktab.
Jizzax viloyati
5. Jizzax shahri, yangi qurilayotgan 2-maktab.
Qashqadaryo viloyati
6. Qarshi shahri, Nodira nomidagi 34-maktab.
Navoiy viloyati
7. Navoiy shahri, Kolsevaya ko‘chasi, 3-uy, 14-maktab.
Namangan viloyati
8. To‘raqo‘rg‘on shahri, Turaqo‘rg‘on ko‘chasi, 7-uy, 3-maktab.
Samarqand viloyati
9. Samarqand tumani, Gulobod shaharchasi, qurilayotgan maktab binosida.
Surxondaryo viloyati
10. Angor tumani, Tinchlik ko‘chasi, 5-uy, 1-maktab.
Sirdaryo viloyati
11. Yangiyer shahri, 1-mikrorayon, Guliston universiteti.
Toshkent shahri
12. Hamza tumani, Kuybishev shox ko‘chasi, Olot ko‘chasi, 1-uy, maktablararo o‘quv-ishlab chiqarish kombinati negizida.
Toshkent viloyati
13. Angren shahri, 5/3-kvartal, 13-maktab.
Farg‘ona viloyati
14. Qo‘qon shahri, O‘zbekiston komsomolining 40 yilligi ko‘chasi, 2-uy, bolalar uyi negizida.
15. Farg‘ona shahri, A. Qodiriy ko‘chasi, 104-uy, yangi qurilayotgan maktab.
Xorazm viloyati
16. Xonqa shahri, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 784-maktab. | 109 | 11,583 |
Qonunchilik | Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlaridan davlat boshqa organlarida va o‘zga tashkilotlarda mavjud bo‘lgan hujjatlarni va axborotlarni, shu jumladan soliq qarzdorligi yoki kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning, tadbirkorlik subyekti ta’sis hujjatlarining, litsenziyalar va ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar nusxalarining talab qilinishi taqiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2015-yil 1-yanvardan boshlab:
tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan murojaatlari mavjud bo‘lganda ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa organlar davlat boshqa organlarida va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlarni va axborotlarni o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar;
tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlar mavjud bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ushbu hujjatlar va axborotlarni (arxiv ma’lumotnomalari bundan mustasno) davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa organlardan tegishli idoralararo so‘rov olingandan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart;
davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarning ushbu hujjatlar va axborotlar mavjud bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo so‘rov bo‘yicha taqdim etilmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik subyektiga davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi;
davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarning taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek ularning tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organi yoki boshqa tashkilot tomonidan olinmaganligi uchun aybdor bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar javob beradilar.
3. Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bir oy muddatda ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, axborot hamkorligi yo‘li bilan olinadigan hujjatlar va axborotlar ro‘yxatini, ushbu hujjatlar va axborotlarni taqdim etadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarni ko‘rsatgan holda belgilasinlar hamda ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatni O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari Yagona portalida va o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirsinlar.
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar va axborotlar ro‘yxati o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida o‘z vaqtida joylashtirilishi va muntazam ravishda yangilab borilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda idoralararo axborot hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Palata tomonidan tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qarorning bajarilishi va sifati yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish, monitoring natijalarini tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini, shu jumladan sansalorlik, byurokratizm va davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlarini cho‘zib yuborish holatlariga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanish uchun har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. 2015-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Sudgacha sanatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda):
a) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sanatsiyadan o‘tkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda):
a) yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
22. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda) 2-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “noturar joy fondining” so‘zlaridan keyin “jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan” so‘zlari qo‘shilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10-bandning “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 101-band qo‘shilsin:
“101. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
24. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-sonlar, 50-modda) bilan tasdiqlangan Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandida:
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ariza beruvchi tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ Ro‘yxatga olish markazini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
26. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi “d” va “e” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatining (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanayotgan turi;
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjudligi to‘g‘risida “O‘zstandart” agentligining xulosasi;
litsenziya talabgori arizasining ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi, shuningdek texnologik asbob-uskunaga gigiyena sertifikatlarining nusxalari;
ishlab chiqarishning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida yong‘in nazorati organlarining xulosasi;
korxonaning Komissiya tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha pasporti.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
28. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 765-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tahririyat to‘g‘risidagi nizomning nusxasi — ommaviy axborot vositasi tahririyati yuridik shaxs bo‘lmagan hollarda;
davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati bundan mustasno”.
29. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 8-bandning “e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“e) quyidagilarning:
tashkilot rahbari hamda soha bo‘yicha ma’lumotga, shuningdek mehnat daftarchalariga (notarial tasdiqlangan) ega bo‘lgan asosiy xodimlar (bosh muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar) diplomlarining;
mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari”;
b) quyidagi mazmundagi 81-band qo‘shilsin:
“81. “Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
30. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 94-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maishiy iste’molchilarga tegishli bo‘lgan uy-joylar, turar joy va noturar joy fondi xonalarining oldi-sotdi shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularning hisob raqamlarini boshqa iste’molchiga qayta rasmiylashtirish faqat elektr energiyasi uchun qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi ma’lumotnomalar bor bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi”.
32. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandida:
a) o‘n yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) o‘n sakkizinchi xatboshi o‘n yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Narxlarni tartibga soluvchi organ tovarga narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
34. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida:
a) “a” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxs uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), xizmat ko‘rsatadigan bankning nomi, bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami, muassislarining (qatnashchilarining) ro‘yxati, ularning manzillari va faoliyati turlari”;
b) “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) litsenziya talabgorining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi”.
35. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandida:
a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Vakolatli organ sertifikat berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
37. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“ishlarning ayrim turlarini amalga oshirishga huquq beruvchi litsenziya (mavjud bo‘lganda)”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-bandning o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ariza beruvchi tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
attestatsiya bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mol-mulk va asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
attestatsiya bo‘yicha ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan yoki jalb etish rejalashtirilayotgan xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari.
Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
40. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10-bandning “d” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 101-band qo‘shilsin:
“101. Litsenziyalovchi organ ruxsat guvohnomasi berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
41. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino- va videotasvirga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ariza beruvchi tomonidan kino- va videotasvirga olish uchun jalb etiladigan mahalliy tashkilot bilan tegishli xizmatlar ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Agentlik ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
b) 9-bandga quyidagi mazmundagi “g” kichik bandi qo‘shilsin:
“g) ariza beruvchi tomonidan kino- va videotasvirga olish uchun jalb etiladigan mahalliy tashkilotning badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kino- va videofilmlarni hamda dasturlarni ishlab chiqarishga tegishli litsenziyasi mavjud bo‘lmasa ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin”.
42. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 13-modda) bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 56-bandning “d” va “e” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 561-band qo‘shilsin:
“561. Inspeksiya qurilish obyektlarini ro‘yxatga olish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 56-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
45. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda):
a) 1-ilovaning 25-bandida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Monopoliyaga qarshi organ moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”; | 119 | 20,856 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet mablag‘lari oluvchilarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) budjet hisobotini tuzish va taqdim qilish tartibini belgilaydi.
1. Standart tashkilotlar tomonidan hisoblash metodi bo‘yicha choraklik va yillik budjet hisobotlarini tuzish va taqdim qilishda qo‘llaniladi.
Standart talablari budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan soliq va statistika hisobotlariga tatbiq etilmaydi.
2. Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aktivlar — tashkilot tomonidan boshqariladigan va kelgusida iqtisodiy manfaat yoki foydali potensial keltirishi kutilayotgan resurslar;
axborotni ochib berish — tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari yoki moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlarda budjet hisobining standartlarida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning (jadval, so‘z yoki tasvirlar orqali) aks ettirilishi;
moliyaviy hisobotlarga tushuntirish — moliyaviy hisobotlarda taqdim etilgan ma’lumotlar uchun qo‘shimcha axborot. Moliyaviy hisobotlarga tushuntirishda izohlar, hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlarning kengaytirilgan ko‘rinishi va Standart talablari bo‘yicha hisobotlarda ko‘rsatib o‘tilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi;
sof aktivlar/kapital — tashkilotning aktivlaridan uni barcha majburiyatlari chegirilgandagi qoldig‘i. Sof aktivlar/kapital salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin;
xarajatlar — hisobot davrida aktivlarning iste’moli yoki sof aktivlar/kapital kamayishiga olib keluvchi majburiyatlar ko‘rinishida iqtisodiy manfaat va foydali potensialning kamayishi;
hisobot davri — tashkilot moliyaviy hisobot tuzuvchi davr.
3. Budjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini o‘z ichiga oladi:
budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari;
davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga daromadlarning tushumlari to‘g‘risidagi hisobot;
davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot.
4. Qonunchilik hujjatlari talablarini buzmagan holda moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlari salbiy qoldiqqa ega bo‘lsa, u holda hisobotlarda ushbu ko‘rsatkichlar “minus” belgi bilan aks ettiriladi.
5. Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun tushunarli va sodda bo‘lishi lozim.
6. Moliyaviy hisobotda axborotning ochib berilmasligi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilishi sababli foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan axborot muhim hisoblanadi.
Belgilangan muddatlarda moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga taqdim etilmaganda o‘z foydalilik xususiyatini kamaytiradi.
7. Tugallanganlik ta’minlash uchun moliyaviy hisobotlardagi axborot to‘liq bo‘lishi kerak.
8. Foydalanuvchilar hisobotlarni qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda asos bo‘lgan standartlar, ularga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
Foydalanuvchilar tashkilotning turli davrlardagi moliyaviy ahvolini qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun moliyaviy hisobotda o‘tgan davr uchun kerakli ko‘rsatkichlar keltirib o‘tilishi lozim.
9. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning yillik moliyaviy hisobotlari kelgusi hisobot yilining 1-yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga tuziladi.
10. Budjet tashkilotlari tarmoq, shtat va kontingentlar rejalarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobot shakllariga (ro‘yxat raqami 2837, 2016-yil 8-noyabr) muvofiq tuzadi va topshiradi.
11. Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Standartning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Balans (1-son shakl);
Standartning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot;
Standartning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);
Standartning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot;
Standartning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 6-ilovasiga muvofiq shaklda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 7-ilovasiga muvofiq shaklda Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 8-ilovasiga muvofiq shaklda Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 9-ilovasiga muvofiq shaklda Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 10-ilovasiga muvofiq shaklda Budjet tashkilotini chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot.
12. Budjet tashkilotlari qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, ushbu faoliyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalarida (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) belgilangan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 2-son shaklga muvofiq taqdim etadi.
13. Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Balans (1-son shakl);
Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot;
Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot;
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Budjet tashkilotini chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot.
14. Budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobot shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 308-son shakldagi “Bosh jurnal kitobi” (bundan buyon matnda Bosh jurnal kitobi deb yuritiladi) va boshqa tegishli hisob registrlaridagi ma’lumotlar asosida tuziladi.
15. Budjet mablag‘larini oluvchilar Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)ni mazkur Standartning talablariga muvofiq holda taqdim etadi.
16. Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
“Tashkilot” rekvizitida tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladi;
“Bo‘lim, kichik bo‘lim, bob” rekvizitida tashkilotning budjet tasnifiga muvofiq tashkiliy va vazifa jihatidan bo‘linishi (belgilanishi) ko‘rsatiladi;
“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak) ko‘rsatiladi;
“Budjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifiga muvofiq mablag‘lar manbai va tashkilot taqdim etadigan hisobot bo‘yicha budjetlar darajasi kodlari ko‘rsatiladi;
“O‘lchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan o‘lchov birligi keltiriladi.
17. Balansni (1-son shakl) tuzishdan oldin barcha mavjud memorial orderlar bilan rasmiylashtirilgan buxgalteriya yozuvlarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda to‘g‘ri tuzilganligi hamda Bosh jurnal kitobiga to‘g‘ri aks ettirilganligi, subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxirida Bosh jurnal kitobi bo‘yicha qoldiqlar to‘g‘ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart.
18. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va qat’iy hisobda turuvchi blankalari hamda boshqa aktivlarning haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga taqqoslash yo‘li bilan aniqlash, shuningdek moddiy boyliklar va pul mablag‘larining saqlanishini nazorat qilish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan normativdan yuqori bo‘lgan va foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni aniqlash;
moddiy boyliklar hamda pul mablag‘larini saqlash qoidalari va shartlariga rioya qilish;
balansda hisobga olingan moddiy boyliklarni, kassalardagi, banklarning depozit hisob raqamlaridagi hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardagi pul mablag‘larini, shuningdek hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalari qiymatining haqiqiyligini tekshirish.
19. Budjet tashkilotlarining “Balans” (1-son shakl) hisoboti Aktivlar, Majburiyatlar va Sof aktivlar/kapital tarkibiy qismlardan iborat va quyidagicha balans aniqlanadi:
20. Hisobot davri oxirida Bosh jurnal kitobidagi chiqarilgan qoldiqlar balansning “Yil (chorak) oxirida” ustuniga ko‘chirib qo‘yiladi.
21. Debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlarda debitorlar va kreditorlar summalari o‘zaro hisobga olmagan holda, ya’ni mavjud debitorlar balansning aktiv qismida, kreditorlik qarz esa passiv qismida ko‘rsatiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
22. “Yil boshida” ustuni bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘tgan hisobot yili balansining “Yil (chorak) oxirida” ustuni bo‘yicha ko‘rsatkichlarga bir xil holda ko‘chiriladi. Budjet tashkiloti hisobot yilining 1-yanvaridan keyin tashkil topgan bo‘lsa, u holda balansning ushbu “Yil boshida” ustuni to‘ldirilmaydi.
23. Balansning “Aktivlar” qismidagi I bo‘lim “Joriy aktivlar” bo‘limining “Yil (chorak) oxirida” ustuni bo‘yicha:
“Pul mablag‘lari” bo‘limida budjet tashkilotlarining mavjud shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardagi, boshqa hisobvaraqlaridagi milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari qoldiqlari, milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘lari qoldiqlari, shuningdek yo‘ldagi pul mablag‘lari, akkreditivlar, pul ekvivalentlarining qoldiq summalari aks ettiriladi;
“Moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha joriy debitor qarzlar” bo‘limida qisqa muddatli ichki va tashqi depozitlar aks ettiriladi. Bunda budjet tashkilotlari 121 000-subschyotda 1 yildan oshmagan muddatda joylashtirilgan ichki va tashqi depozitlar hisobga olinadi;
“Budjet tashkilotlarining debitor qarzlari” bo‘limining yil (chorak) oxirida barcha hisob-kitoblar bo‘yicha budjet tashkilotlarining debitorlik qarzdorliklarining qoldiq summalari aks ettiriladi;
“Tovar-moddiy zaxiralar va ularga xarajatlar” bo‘limida hisobot davri oxirida mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, tibbiyotda foydalaniladigan vositalar, vaksinalar va bakteriologik preparatlar, yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari, xo‘jalik va kanselyariya mollari, Kiyim-kechak, poyabzal va choyshab-g‘iloflar, qurilish materiallari, mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, biologik zaxiralar, boshqa xomashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, qayta sotish uchun tovarlar, harbiy zaxiralar, tovar-moddiy zaxiralarga xarajatlar va tovar (ish, xizmat)larga xarajatlarning qoldiq summalari ko‘rsatiladi, bundan balansdan tashqari 08 — “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” va 10 — “Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari” schyotlarida aks ettirilgan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari mustasno.
24. Balansning “Aktivlar” qismidagi II bo‘lim “Uzoq muddatli aktivlar” bo‘limining “Yil (chorak) oxirida” ustuni bo‘yicha:
“Uzoq muddatli depozitlar” qatorida uzoq muddatli ichki va tashqi depozitlar aks ettiriladi. Ushbu qatorda budjet tashkilotlarining 1 yildan ortiq muddatda joylashtirilgan ichki va tashqi depozitlari hisobga olinadi;
“Asosiy vositalar” bo‘limida budjet tashkilotlarining hisobot davri oxirida bino va inshootlarni, mashina va jihozlarni, boshqa turdagi asosiy vositalarni, harbiy asosiy vositalarni qoldiq (balans) qiymati aks ettiriladi. Asosiy vositalarning qoldiq (balans) qiymati asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning eskirish summasi ayirmasi natijasida aniqlanadi;
“Qiymatliklar” qatorida ishlab chiqarish, iste’mol qilish maqsadlarida foydalanilmaydigan, vaqt o‘tishi bilan qiymatini saqlanadigan aktivlar hisobi aks ettiriladi;
“Noishlab chiqarish aktivlari” bo‘limida ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lmagan xarajatlar, jumladan er, mineral va energiya resurslari, boshqa turdagi tabiiy aktivlar, nomoddiy noishlab chiqarish aktivlarini qoldiq (balans) qiymati aks ettiriladi. Noishlab chiqarish aktivlarining qoldiq (balans) qiymati noishlab chiqarish aktivlarining boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning eskirish summasi ayirmasi natijasida aniqlanadi;
“Nomoliyaviy aktivlar kapital qo‘yilmalar” bo‘limida asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar, qiymatliklarga kapital qo‘yilmalar, noishlab chiqarish aktivlariga kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi subschyotlarning “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) bo‘yicha hisobot davrining oxiridagi qoldiq summasi aks ettiriladi.
25. Balansning “Majburiyatlar” qismidagi III bo‘lim “Joriy majburiyatlar” bo‘limining “Yil (chorak) oxirida” ustunida budjet tashkilotlarining yil (chorak) oxirida barcha hisob-kitoblar bo‘yicha kreditorlik qarzlarining qoldiq summalari tegishli subschyotlarda aks ettiriladi.
26. Balansning “Majburiyatlar” qismidagi IV bo‘lim “Uzoq muddatli majburiyatlar” bo‘limining “Yil (chorak) oxirida” ustunida budjet tashkilotlarining mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha uzoq muddatli kreditor qarzlari, budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblar bo‘yicha uzoq muddatli kreditor qarzlari aks ettiriladi.
27. Balansning “Sof aktivlar/kapital” qismida joriy hisobot davrining moliyaviy natijalari va jamg‘arib boriluvchi moliyaviy natijalarining qoldiq summalari aks ettiriladi.
28. Balansning “Balansdan tashqari schyotlar” bo‘limida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan balansdan tashqari schyotlar summasi ko‘rsatiladi.
29. Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotda budjet tashkilotining hisobot davri bo‘yicha hisoblangan daromad (tushum)lar va haqiqiy xarajatlar o‘rtasidagi farq hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari yig‘indisi aks ettiriladi.
30. Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotning “Daromadlar” ustunida 308-shakldagi “Bosh jurnal kitobi”dagi qoldiqlar quyidagi subschyotlar bo‘yicha aks ettiriladi:
budjetdan moliyalashtirish;
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha daromadlar;
taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovidan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
budjet tashkilotlari tomonidan statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
budjet tashkilotlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi hisoblangan daromadlar.
31. “Daromadlar — jami” qatorida 010, 011, 012, 013, 014, 015, 016, 017, 018, 019, 020-qatorlarning yig‘indi summasi aks ettiriladi.
32. Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotning “Xarajatlar” ustunida 308-shakldagi “Bosh jurnal kitobi”dagi quyidagi subschyotlar bo‘yicha qoldiqlar aks ettiriladi:
budjet mablag‘laridan hisoblangan haqiqiy xarajatlar;
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar;
ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar;
budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar;
boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar.
33. “Xarajatlar — jami” qatorida 030, 031, 032, 033 va 034-qatorlarning yig‘indi summasi aks ettiriladi.
34. “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari” qatorida “630 000 — Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari” subschyotining debetidagi qoldiq mablag‘lar ijobiy, aksincha kreditidagi qoldiq mablag‘lari esa salbiy ko‘rsatgichda aks ettiriladi.
35. “Joriy hisobot davrining moliyaviy natijalari” qatorida 030 qatordan 040 qator ayiriladi va 050, 060, 070, 080, 090, 100, 110 qatorlarni qo‘shilgandagi natijasi ko‘rsatiladi. Ya’ni “Daromadlar — jami” qatoridan “Xarajatlar — jami” qatori ayiriladi hamda Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari, Markazlashgan holda qabul qilingan (berilgan) moddiy qiymatliklar, Beg‘araz (bepul) qabul qilingan (berilgan) moddiy qiymatliklar, Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar, Asosiy vositalar, qiymatliklar va nomoddiy aktivlarni qayta baholash, Realizatsiya va xarajatlar, Kurs farqi bo‘yicha foyda (zarar) larning qoldiq summalari aks ettiriladi.
36. Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobotni tuzishdan oldin budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar:
tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan o‘zgartirishlarning Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) muvofiq 294-son shakldagi Kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftarida (bundan buyon matnda 294-son shakl daftari deb yuritiladi) to‘g‘ri aks ettirilganligi;
hisobot davri uchun davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq (kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda) amalga oshirilganligini (tegishli memorial orderlar, 294-son shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida);
hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning) to‘g‘riligini (tegishli memorial orderlar, 294-son shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida);
haqiqiy xarajatlarning hisob registrlarida to‘g‘ri aks ettirilganligini (tegishli memorial orderlar va 294-son shakl daftari ma’lumotlari asosida) tekshirib chiqishlari lozim.
37. “Tasdiqlangan (aniqlangan) reja” ustunida xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda belgilangan reja iqtisodiy xarajatlar tasnifining tegishli xarajat moddalari bo‘yicha ko‘rsatiladi.
38. “Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan” ustuni bo‘yicha budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda moliyalashtirilgan mablag‘lar (294-son shakl daftari ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha aks ettiriladi, bundan IV-guruh “Boshqa xarajatlar” moddalari mustasno.
Davlat budjetining g‘azna ijrosiga o‘tgan tashkilotlar ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda g‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadi.
39. “Kassa xarajati — jami” ustunida budjet tashkilotining davlat budjeti mablag‘lari bo‘yicha depozit hisob raqamidan xarajatlar smetalarida ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-son shakl daftari ma’lumotlari asosida) xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha aks ettiriladi.
Davlat budjetning g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda g‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadi.
40. “Haqiqiy xarajatlar — jami” ustunida haqiqiy xarajatlar (budjet bo‘yicha) yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-son shakl daftari ma’lumotlari asosida) xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha aks ettiriladi.
41. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan sotib olingan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)da Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) belgilangan xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Bunda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi tegishli ravishda budjetdan tashqari mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobotlarda Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) belgilangan xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
42. Budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat budjetidan olingan mablag‘larning ijrosi bo‘yicha tuzilgan Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan oshmagan holda haqiqiy xarajatlarni to‘liq aks ettiradi.
43. Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl) budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifining har bir bo‘lim, kichik bo‘lim va bobi bo‘yicha alohida holda tuziladi.
44. Budjet tashkilotlari tomonidan shaxsiy g‘azna hisobvaraq (hisob raqam)laridagi tejab qolingan va belgilangan tartibda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan davlat budjeti mablag‘lari alohida “Tejab qolingan va Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar” (I — IV xarajat guruhlariga qo‘shilmagan holda) qatorida hisobot davrining kassa xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
45. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot budjet tashkilotning hisobot davri oxirida davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
46. “Debitor qarzdorlik” qismida budjet tashkilotining barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi.
47. “I-guruh bo‘yicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining I-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
48. “II-guruh bo‘yicha jami. Ish haqiga qo‘shimchalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining II-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
49. “III-guruh bo‘yicha jami. Kapital qo‘yilmalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining III-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
50. “IV-guruh bo‘yicha jami. Boshqa xarajatlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining IV-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
51. “Xarajatlar guruhlari bo‘yicha jami” qatorida yuqoridagi xarajat guruhlari bo‘yicha jami debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
52. “Budjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” qatorida yuqoridagi xarajat guruhlari bo‘yicha aks ettirishning imkoni bo‘lmaydigan quyidagi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi:
bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi;
bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi;
tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi;
ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan va boshqa shu kabi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar.
53. Mazkur debitorlik qarzlar Bosh jurnal kitobi va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 151 400 — “Budjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining hisobot davrida mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim.
54. “Budjet tashkilotlarining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi) bilan debitor qarzlari” qatorida budjet tashkilotlarining Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlari aks ettiriladi.
55. “Budjet tashkilotlarining kamomadlarga doir debitor qarzlari” qatorida pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklar kamomadlari bo‘yicha hamda aybdor shaxslar hisobiga aks ettirilgan va belgilangan tartibda undirib olingan tovar-moddiy qimmatliklar qiymati bo‘yicha yuzaga kelgan debitorlik qarzlari, shuningdek boshqa hisob-kitoblar hisobi aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar Bosh jurnal kitobi va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 153 100 — “Budjet tashkilotlarining kamomadlarga doir debitor qarzlari” subschyotining hisobot davrida mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim.
56. “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlari” qatorida ta’lim muassasalarida talabalar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha, jumladan to‘lov-kontrakt mablag‘larining hisoblanishi natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar Bosh jurnal kitobi va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 153 600 — “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlari” subschyotining to‘lov-kontrakt mablag‘larining hisoblanishi natijasida talabalardan yuzaga kelgan debitorlik qarzlar qismi bo‘yicha hisobot davrida mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim.
57. “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan debitor qarzlari” qatorida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar, shuningdek turli xil jarimalar va penyalar hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining budjet tashkilotlari o‘rtasida taqsimlanishi bo‘yicha yuzaga kelgan debitor qarzdorliklar aks ettiriladi.
58. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 154 000 — “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan debitor qarzlari” subschyotining hisobot davrida mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim.
59. “Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlik qarzlar” qatorida yuqorida keltirilmagan boshqa debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
60. “Hammasi” qatorida budjet tashkilotining barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi.
61. “Kreditor qarzdorlik” qismida budjet tashkilotining barcha mavjud kreditorlik qarzlari aks ettiriladi.
62. “I-guruh bo‘yicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining I-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
63. “II-guruh bo‘yicha jami. Ish haqiga qo‘shimchalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining II-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
64. “III-guruh bo‘yicha jami. Kapital qo‘yilmalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining III-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
65. “IV-guruh bo‘yicha jami. Boshqa xarajatlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining IV-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
66. “Xarajatlar guruhlari bo‘yicha jami” qatorida yuqoridagi xarajat guruhlari bo‘yicha jami kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
67. “Budjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” qatorida xarajat guruhlari bo‘yicha aks ettirishning imkoni bo‘lmaydigan quyidagi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi:
bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog‘chalari va yaslilarda) tarbiyalanganligi;
bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi;
tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi uchun ota-onalar bilan;
ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar va boshqa shu kabi hisob-kitoblar.
68. Mazkur kreditorlik qarzlar Bosh jurnal kitobi va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 341 400 — “Budjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” subschyotining hisobot davrida mavjud kredit qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim.
69. “Budjet to‘lovlari bo‘yicha budjetga qarzdorliklar (I va IV-guruhda ko‘rsatilganlaridan tashqari)” qatorida budjet tashkilotlari tomonidan mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjetga hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek mazkur shaklning I va IV-guruhlarida aks ettirilmagan budjet bilan hisob-kitoblar natijasida hisobot davrida yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
70. “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa kreditor qarzlari” qatorida ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larining hisoblanishi va to‘lanishi natijasida talabalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-shakl)da aks ettirilgan 343 600 — “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa kreditor qarzlari” subschyotining mavjud kredit qoldig‘iga ortiqcha to‘lanishi va hisoblanganligi natijasida vujudga kelgan kreditorlik qarzlar mos bo‘lishi lozim.
71. “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kreditor qarzlari” qatorida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar, shuningdek turli xil jarimalar va penyalar hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining budjet tashkilotlari o‘rtasida taqsimlanishi bo‘yicha yuzaga kelgan kreditor qarzdorliklar aks ettiriladi.
72. “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kreditor qarzlari” “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 344 000 — “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kreditor qarzlari” subschyotining hisobot davrida mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim.
73. “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha kreditor qarzlari” qatorida budjet tashkilotining ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo‘lgan summalar hisobi bo‘yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar Bosh jurnal kitobi va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 345 000 — “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha kreditor qarzlari” subschyotining hisobot davrida mavjud kredit qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim.
74. “Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha kreditorlik qarzlar” qatorida mazkur paragrafda ko‘rsatilmagan boshqa kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
75. “Hammasi” qatorida budjet tashkilotining barcha mavjud kreditorlik qarzlari aks ettiriladi.
76. “Jami qarzdorlik” ustuni bo‘yicha budjet tashkilotining davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan hisobot davrida mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning jami summasi ko‘rsatiladi.
77. “Budjet hisobidan” ustunida davlat budjeti mablag‘lari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik ko‘rsatiladi. “Budjetdan tashqari mablag‘lar” ustunida esa, budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha vujudga kelgan jami qarzdorlik summasi ko‘rsatiladi.
78. Debitorlik qarzni davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga aniq ajratishning imkoni bo‘lmasa, ushbu debitorlik qarz davlat budjeti mablag‘lari bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari summasidan oshmagan holda davlat budjeti mablag‘lari hisobida ko‘rsatiladi. Debitorlik qarzning qolgan (davlat budjeti mablag‘lari bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari summasidan oshgan) qismi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobida aks ettiriladi.
79. Kreditorlik qarzni davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobida aniq ajratishning imkoni bo‘lmasa, ushbu kreditorlik qarz davlat budjeti bo‘yicha qoldiq limit mablag‘i doirasida iqtisodiy xarajatlar tasnifining tegishli moddasi bo‘yicha budjet hisobida ko‘rsatiladi. Kreditorlik qarzning qolgan (davlat budjeti limitidan oshgan) qismi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobida aks ettiriladi.
80. “Muddati o‘tgan qarzdorlik — jami” ustunida “Jami qarzdorlik” ustunida ko‘rsatilgan qarzdorlikdan muddati o‘tkazib yuborilgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda so‘ndirilmagan qarzning umumiy summasi, “Budjet hisobidan” ustunida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga nisbatan vujudga kelgan qismi, “Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan” ustunida esa, budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga nisbatan vujudga kelgan qismi ko‘rsatiladi.
81. “Respublika tashqarisida” ustunida muddati o‘tgan qarzdorlikning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qismi ko‘rsatiladi.
82. “Izoh” ustunida qo‘shimcha izohlar keltiriladi.
83. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotning 6-ustuni “Muddati o‘tgan qarzdorlik jami” dagi ma’lumotlar Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumot ilovasidagi Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotda 6 oygacha, 9 oygacha, 1 yilgacha va 1 yildan oshgan qarzdorliklar budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar manbaiga ajratilgan holda aks ettiriladi.
84. Zarurat tug‘ilganda, budjet tashkilotlariga hamda hisobot oluvchilarga (tegishli moliya organlariga va budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga) ushbu hisobot shaklida hisobot oluvchilar tomonidan qarzdorlik bo‘yicha talab qilingan qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkonini beruvchi qo‘shimcha rekvizitlar qo‘shish huquqi beriladi.
85. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot budjet tashkilotlari tomonidan hisobot davri mobaynida quyidagi mablag‘lari harakatini mazkur Standartning 5-ilovasiga muvofiq shaklda aks ettirish lozim:
hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar;
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olindan daromadlar;
budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldirilgan mablag‘lar;
homiylikdan olingan mablag‘lar.
86. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:
hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar;
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldirilgan mablag‘lar;
homiylikdan olingan mablag‘larga doir dastlabki hujjatlarning to‘liqligini shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) olingan ko‘chirmalarni va tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshirib chiqadilar.
87. “1. Yil boshidagi pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) ko‘chirmalarga muvofiq, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining hisobot yili 1-yanvar sanasiga mavjud pul mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi.
88. “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida “2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” va “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi.
“2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” qatorida “a”, “b”, “v”, “g” va “d” qatorlar bo‘yicha hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi ko‘rsatiladi.
“a) hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar” qatorida tejab qolingan va belgilangan tartibda Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilgan davlat budjeti mablag‘lari ko‘rsatiladi.
“b) faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan” qatorida faoliyat turi bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan jami tushumlar (pul mablag‘lari) ko‘rsatiladi.
“v) budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan” qatorida vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlar (pul mablag‘lari) ko‘rsatiladi.
“g) belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldirilgan mablag‘lar” qatorida qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa kelib tushgan tushumlar ko‘rsatiladi.
“d) homiylikdan olingan” qatorida homiy tashkilotlardan hamda jismoniy shaxslardan tushgan homiylik yordamlari ko‘rsatiladi.
89. “3 Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida 4-ustun “Kassa xarajat”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi.
90. “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorida o‘tgan moliya yilida kelib tushishi lozim bo‘lgan mablag‘larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
91. “Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida “3.1 Kassa xarajatlari” va “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi.
92. “3.1 Kassa xarajatlari” qatorida 4-ustun “Kassa xarajatlari — jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi.
93. “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorida o‘tgan moliya yilida noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larning joriy moliya yilida qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
94. “4. Hisobot davri oxirida pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida “1. Yil boshida pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig‘indisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatori bo‘yicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko‘rsatiladi.
95. “Xarajatlar yoyilmasi”da Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi.
96. Mazkur Standartning 6-ilovasidagi Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni tuzishdan oldin tibbiyot tashkilotlari:
tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining shakllanish manbalari va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning to‘liqligini;
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini tekshirib chiqadi.
97. “1. Yil boshidagi pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarning (hisob raqamlarning) hisobot yilining 1-yanvar sanasidagi ko‘chirmalariga asosan Tibbiyot tashkilotining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi.
98. “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida “2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” va “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi.
“2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” qatorida “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” qatorlar bo‘yicha hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi ko‘rsatiladi.
“a) tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar” qatorida tibbiyot tashkiloti uchun budjetdan ajratiladigan umumiy mablag‘larning (xarajatlar smetasida nazarda tutilgan jami mablag‘larning) 5 foizigacha bo‘lgan qismining tibbiyot tashkilotining mazkur jamg‘armasiga o‘tkazilgan summalari ko‘rsatiladi.
“b) faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan” qatorida tibbiyot tashkilotining pulli davolash va xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lari ko‘rsatiladi.
“v) hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar” qatorida qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rsatilgan jamg‘armaga o‘tkazilgan tejab qolingan mablag‘lar summasi ko‘rsatiladi.
“g) tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan” qatorida tibbiyot tashkilotlari vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlarini aks ettiradi.
“d) belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar” qatorida tibbiyot tashkilotiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa kelib tushgan tushumlar ko‘rsatiladi.
“e) homiylikdan olingan” qatorida homiy va donor tashkilotlardan tushgan homiylik yordamlari ko‘rsatiladi.
99. “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorida o‘tgan moliya yilida kelib tushishi lozim bo‘lgan mablag‘larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
100. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida “3.1 Kassa xarajatlari” va 3.2 “Qaytarilgan qoldiq” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi.
101. “3.1 “Kassa xarajatlari” qatorida 4-ustun “Kassa xarajatlari — jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi.
102. “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorida o‘tgan moliya yilida noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larning joriy moliya yilida qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
103. “4. Hisobot davri oxirida pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida “1. Yil boshida pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig‘indisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatori bo‘yicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko‘rsatiladi.
104. “Xarajatlar yoyilmasi”da ko‘rsatilgan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi.
105. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot mazkur Standartning 7-ilovasiga muvofiq shaklda ta’lim muassasalaridagi o‘qitishning to‘lov-kontrakt bo‘yicha tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan.
106. Ta’lim muassasalari mazkur hisobotni tuzishdan oldin quyidagilarni to‘g‘riligini tekshirib chiqadilar:
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to‘liqligini;
analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini;
tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligi.
107. “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida “2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” va “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi.
“2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” qatorida “a”, “b”, va “v” qatorlar bo‘yicha hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi ko‘rsatiladi.
108. “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorida o‘tgan moliya yilida kelib tushishish lozim bo‘lgan mablag‘larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
109. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida “3.1 Kassa xarajatlari” va “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi.
110. “3.1 Kassa xarajatlari” qatorida 4-ustun “Kassa xarajatlari — jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi.
111. “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorida o‘tgan moliya yilida noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larning joriy moliya yilida qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
112. “4. Hisobot davri oxirida pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida “1. Yil boshida pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig‘indisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatori bo‘yicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko‘rsatiladi.
113. “Xarajatlar yoyilmasi”da to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi.
114. Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot quyidagi budjetdan tashqari mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Standartning 8-ilovasiga muvofiq shaklda umumlashtirish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan:
Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari;
o‘tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushadigan tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushadigan tushumlar (musiqa va san’at maktablari);
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar;
maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan tushadigan tushumlar;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari;
umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovidan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar;
kapital qo‘yilma mablag‘lari bo‘yicha depozitlar;
turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to‘lovlar;
taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar;
boshqa ta’lim muassasalarida (shu jumladan, barkamol avlod markazlari) bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘laydigan to‘lovlar;
boshqa mablag‘lar bo‘yicha depozitlar;
grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari;
kredit va ssudalar.
115. Hisobotni tuzishdan oldin budjet tashkilotlari quyidagilarni tekshiradi:
hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur budjetdan tashqari mablag‘larining shakllanish manbalari va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning to‘liqligini;
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini.
116. “Yil boshidagi mablag‘ qoldig‘i” ustuni bo‘yicha budjet tashkilotlari hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobot yilining 1-yanvar sanasiga bo‘lgan mavjud qoldiq mablag‘larni aks ettiradilar.
117. “Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)” ustunida hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida holda hisobot davrida budjet tashkilotining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga (hisob raqamiga) kelib tushgan tushumlar aks ettiriladi.
118. “O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” ustunida o‘tgan moliya yilida kelib tushishi lozim bo‘lgan mablag‘larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
119. “O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olingan (berilgan) mablag‘lar (+, -)” ustunida boshqa budjet tashkilotida taqsimlanishi uchun o‘zaro hisob-kitoblar asosida taqsimlangan mablag‘larni kelib tushishi yoki boshqa budjet tashkilotiga o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. “O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olingan (berilgan) mablag‘lar (+, -)” ustunida 630 000 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari” subschyotining debetidagi mablag‘ ijobiy son bilan, aksincha ushbu subschyotning kreditidagi mablag‘ esa salbiy son bilan aks ettiriladi.
120. “Hisobot davri oxiridagi pul mablag‘i qoldig‘i” ustunida “Yil boshida mablag‘ qoldig‘i”, “Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)”, “O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” va “O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olingan (berilgan) mablag‘lar (+, -)” ustunlarining yig‘indisidan “Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” ustunidagi summalar ayirilgandagi natija aks ettiriladi.
121. “Tranzit, depozit hisobvaraqlar va boshqa joylashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i” qatorida tashkilotlar tomonidan tranzit, depozit hisobvaraqlar va boshqa joylashtirilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
122. “Xarajatlar yoyilmasi”da mazkur budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlarni iqtisodiy tasnifining xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari bo‘yicha har bir budjetdan tashqari mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida holda aks ettiradi.
123. Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobot mazkur Standartning 9-ilovasiga muvofiq shaklda budjet tashkilotining hisobot yili mobaynidagi tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
124. Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin budjet tashkilotlari:
hisobot yil boshida mavjud tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlari qoldig‘ining to‘g‘riligini (asoslanganligini);
yil mobaynida budjet tashkilotiga kirim bo‘lgan va budjet tashkilotidan chiqim bo‘lgan barcha nomoliyaviy aktivlarni davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi bo‘yicha alohida holda hisob registrlarida Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma qaydnomada, 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da, Bosh jurnal kitobida va boshqa tegishli registrlarda) to‘g‘ri aks ettirilganligini;
kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini va to‘liqligini tekshirib chiqadi.
125. Hisobotda asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bosh jurnal kitobi va asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlari hisobi yuritiladigan hisob registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi.
Hisobotda asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlarining (davlat budjeti yoki budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan olinganligi ko‘rsatilgan holda) yil boshida mavjud qoldig‘i, hisobot yili mobaynida kirim bo‘lgan asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlarining qiymati va chiqim bo‘lgan (hisobdan chiqarilgan)larining qiymati, shuningdek hisobot davri oxirida budjet tashkilotlari balansida qolgan asosiy vositalar va nomoliyaviy aktivlarning qiymati ko‘rsatiladi.
126. Asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlarini har yilgi qayta baholash natijasida boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining o‘zgarishi (oshishi yoki kamayishi) hisobot shaklining alohida 608 — “Qayta baholash natijasida” qatorida aks ettiriladi.
127. Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisobot davri boshida va oxirida qoldig‘i, shuningdek budjet tashkiloti ehtiyojlari uchun tovar-moddiy zaxiralarning davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sarflangan summasi alohida holda ko‘rsatiladi.
Tashkilotga hisobot davri mobaynida kirim bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar, jumladan tekin va sotib olingan, ortiqcha materiallarning kirim qilingan hamda yil mobaynida chiqim qilingan material zaxiralari (tekin berilgan, sotilgan, kamomadlar va boshqa sabablar tufayli chiqim qilingan) qiymati ko‘rsatiladi.
128. Hisobot shakli budjet tashkilotlari tomonidan hisobot choragi (yili) uchun topshiriladigan Balans (1-son shakl) bilan birga taqdim qilinadi.
129. Budjet tashkilotlarida chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot mazkur Standartning 10-ilovasiga muvofiq shaklda budjet tashkilotlarining hisobot davri mobaynidagi chet el valyuta mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan.
130. Budjet tashkilotlari ushbu hisobotni tuzishdan oldin:
hisob raqamlardan (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘g‘riligini;
chet el valyutalari shaklida tushgan mablag‘larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to‘liqligini;
analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirib chiqadi.
131. “1. Yil boshidagi pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida tegishli hisob raqamlardan (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan) ko‘chirmalarga muvofiq xorijiy valyutalar bo‘yicha hisobot yilining birinchi yanvar sanasiga mavjud pul mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi.
132. “2. Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar — jami” qatorida “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “e”, “j” va “z” qatorlar bo‘yicha hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi ko‘rsatiladi.
“a) chet el valyutasida mahsulotlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish)dan tushumlar” qatorida faoliyat turi bo‘yicha chet el valyutasida mahsulotlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish)dan tushgan tushumlar ko‘rsatiladi;
“b) budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan chet el valyutasini sotib olish” qatorida budjetdan ajratilgan mablag‘lari hisobidan sotib olingan chet el valyutasi summasi aks ettiriladi;
“v) budjetdan tashqari pul mablag‘lari hisobidan chet el valyutasini sotib olish” qatorida budjetdan tashqari pul mablag‘lari hisobidan sotib olingan chet el valyutasi summasi aks ettiriladi;
“g) chet el valyutasida olinishi belgilangan kredit yoki grantlar” qatorida chet el valyutasida olingan kredit yoki grant mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi;
“d) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordam” qatorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga chet el valyutasida ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordam mablag‘lari aks ettiriladi;
“e) budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida saqlanadigan chet el valyutasidagi mablag‘lari” qatorida budjet tashkilotlari ixtiyorida vaqtincha saqlanadigan chet el valyuta mablag‘larining summasi ko‘rsatiladi;
“j) valyuta kursining ijobiy farqi hisobiga hosil bo‘lgan mablag‘lar” qatorida Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursining ijobiy farq hisobiga hosil bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
“z) boshqa tushumlar” qatorida qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar summasi ko‘rsatiladi.
133. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida 4-ustun “Kassa xarajat”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlari summasi ko‘rsatiladi.
134. “4. Valyuta kursining salbiy farq hisobiga hosil bo‘lgan zararlar” qatorida hisobot davrining oxirgi kunida Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining so‘mga nisbatan qiymatining salbiy farqi hisobiga ko‘rilgan zarar summasi aks ettiriladi.
135. “5. Hisobot davri oxirida pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida “1. Yil boshida pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig‘indisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” va “4. Valyuta kursining salbiy farq hisobiga hosil bo‘lgan zararlar” qatorlari ayirmasi ko‘rsatiladi.
136. “Xarajatlar yoyilmasi” ustunida chet el valyutasi hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi.
137. “UzASBO” dasturiy majmuasiga (bundan buyon matnda dasturiy majmua deb yuritiladi) ulangan budjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari yoki budjet mablag‘larini taqsimlovchiga taqdim etadi.
138. Dasturiy majmua orqali elektron shaklda topshirilgan moliyaviy hisobotlar bir nusxada qog‘ozga chop etilib, hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Imzolangan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotida belgilangan tartibda saqlanadi.
139. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlarni dasturiy majmua orqali vakolatli xodimlari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etadi.
Jamlanma moliyaviy hisobotlar budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan Standartning 138-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va saqlanadi.
140. Quyi tashkilotlar tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga elektron shaklda taqdim qilingan moliyaviy hisobotlar quyi turuvchi tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlari tashkilot rahbari hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Imzolangan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotda belgilangan tartibda saqlanadi.
141. Moliyaviy hisobotlarni elektron shaklda taqdim qilish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, budjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarni tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga qog‘oz shaklida imzolangan holda bir nusxada taqdim etadi.
Hisobotlar budjet tashkilotlarining muhrlari hamda Standartning 138-bandida ko‘rsatilgan vakolatli shaxslarning imzolari qo‘yilmasa haqiqiy emas deb hisoblanadi.
142. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar (jamlanma) moliyaviy hisobotlarni Standartning 11-ilovasiga muvofiq belgilangan muddatlarda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etadilar.
143. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar davlat budjetidan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzib, Moliya vazirligi G‘aznachiligiga elektron tarzda taqdim etadi.
144. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) budjetlarida turuvchi tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini tegishli vazirlik va idoralarga, hokimiyatlar (bo‘linma) boshqarmalariga ular tomonidan o‘rnatilgan, biroq Standartda belgilangan muddatlardan kechikmasdan taqdim qiladi.
145. Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to‘lanishi) yil davomida bir budjetdan boshqasiga o‘tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga o‘tkazilgan tashkilotlarda o‘tkazish sanasida moliyaviy hisobot (yillik hisobot shakllari hajmida) tuziladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idoralarga taqdim etiladi. Kelgusida hisobot faqat yangi yuqori turuvchi vazirlikka (idoraga) taqdim etiladi.
146. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish sanasi ular tomonidan haqiqatda taqdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot taqdim etish uchun belgilangan muddat ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelganda, undan keyin keladigan birinchi ish kunida taqdim etiladi.
147. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan moliyaviy hisobotlar belgilangan muddatda topshirilmaganda, tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda yoki dasturiy majmua orqali elektron tarzda ogohlantirgan holda Davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirishni (to‘lash) cheklashlari, zarur hollarda to‘xtatib qo‘yishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlarni elektron tarzda taqdim etuvchi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar hisobotlarni topshirish muddatidan kamida 5 kun oldin dasturiy majmua orqali ularni taqdim etish muddatlari yaqinlashgani hamda moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etilmagan kundan boshlab to‘lovlarni amalga oshirishga avtomatik cheklovlar bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
148. Alohida hollarda, tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish imkoniyati cheklanganligi yoki ma’lum bir uzrli sabablar ko‘rsatilgan holda budjet tashkiloti | 109 | 62,468 |
Qonunchilik | YoNG‘INDAN SAQLASh XIZMATI BO‘LINMALARI TOMONIDAN YoNG‘INLARNING O‘ChIRILIShINI TAShKIL ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2009-yil, 40-son, 432-modda) 15-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 40-son, 432-modda) muvofiq yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yong‘in — odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish;
yong‘in o‘chirish yenglari — bu egiluvchan quvur o‘tkazgichi bo‘lib, bir-biri bilan ulanib, yong‘in joyiga o‘chirish vositalarini yetkazib berish uchun xizmat qiladigan moslama (maxsus shlang);
yong‘in o‘chirish texnikasi — yong‘inni o‘chirish, tarqalishini to‘xtatish, bartaraf qilish, odamlar va ularning mol-mulklarini yong‘indan himoya qilish uchun ishlatiladigan texnik vositalar;
yong‘in o‘chirish uchastkasi — yong‘in o‘chirishni bajarish uchun kuch va vositalar yig‘ilgan joy;
yong‘in o‘chirish ekipaji — odamlar va ularning mol-mulklarini yong‘indan qutqarishda hamda yong‘inni o‘chirishda alohida topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish vazifasi yuklatilgan birlamchi taktik bo‘linma;
yong‘in holatini aniqlash — yong‘indagi vaziyat haqida ma’lumot to‘plash hamda hal qiluvchi yo‘nalishni aniqlab, harakatni to‘g‘ri tashkil qilish;
yong‘inni bartaraf qilish — yong‘inni batamom o‘chirib uning qayta yonish imkoniyatini tugatish;
tezkorlik shtabi — yong‘inda kuch va vositalarni boshqarish uchun vaqtincha tuzilgan tuzilma.
2. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘inni o‘chirish, yong‘inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga oshirishda yong‘inni o‘chirish maqsadi uchun tabiiy va sun’iy suv manbalaridan suv bilan bepul ta’minlanadi.
3. Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi va yong‘inni o‘chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan ozod qilinadi.
4. Yong‘inlarni o‘chirishda quyidagi kuchlar va vositalardan foydalaniladi:
Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va uning quyi tizimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi ta’lim va o‘quv muassasalarining shaxsiy tarkiblari.
idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari;
harbiy bo‘linmalarning shaxsiy tarkiblari;
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining farmoyishlariga asosan tashkilotlarning texnik vositalari;
yong‘in o‘chirish texnikasi;
suv sepish va yong‘inni o‘chirishga moslashtirilgan texnikalar;
aloqa, yoritish va transport vositalari.
5. Yong‘in o‘chirish avtomobillari asosiy, maxsus va yordamchi avtomobillarga bo‘linadi.
6. Asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillariga yong‘in joyiga yong‘in o‘chiruvchi moddalarni (suv, ko‘pik, kukun, gaz va boshqalar) uzatuvchi avtomobillar kiradi.
7. Asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillari umumiy qo‘llaniladigan (aholi punktlarida sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish uchun) va maqsadli qo‘llaniladigan (neft omborlari, kimyo sanoati, aeroport va boshqa joylarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish uchun) avtomobil turlariga bo‘linadi.
8. Maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillariga yong‘inda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, ya’ni shaxsiy tarkibni yuqoriga ko‘tarish, aloqa va yoritishni ta’minlash, qurilmalarni ochish, ajratish, tutunga qarshi kurash, mol-mulklarni himoya qilish, kuchlar va vositalarni boshqarish hamda yong‘inni o‘chirish vaqtida foydalaniladigan boshqa texnikalar kiradi.
9. Yordamchi yong‘in o‘chirish avtomobillariga yonilg‘i quyish, texnik xizmat ko‘rsatish, suv tashish uchun mo‘ljallangan avtomobillar, yuk tashish avtomobillari, avtobuslar, traktorlar hamda yong‘in-qutqaruv qismlari hisobiga kiritilgan yordamchi ish bajaruvchi boshqa avtomobillar kiradi.
10. Yong‘inni o‘chirish vaqtida aloqa radiotarmoq, telefon, ovoz kuchaytirgich moslamasi, so‘zlashish qurilmasi, karnay va boshqalar orqali ta’minlanadi.
11. Yong‘inni o‘chirishda yoritish ishlari yong‘in o‘chirish avtomobillarida olib borilgan moslama va qurilmalar yordamida ta’minlanadi.
12. Yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar olingach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari darhol yong‘in joyiga jo‘nab ketishi shart.
13. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari chaqirilgan joyga qisqa vaqtda kelishlari kerak.
14. Yong‘in joyiga borilayotganda yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri Navbatchi dispetchyerlar xizmati (bundan keyingi o‘rinlarda NDX deb yuritiladi) yoki qism tezkor boshqaruv guruhi dispetcherlik xizmati (bundan keyingi o‘rinlarda QTBG deb yuritiladi) bilan muntazam aloqada bo‘lishi shart.
15. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘in joyiga borayotganda yong‘in bartaraf etilganligi yoki bartaraf etilmaganligi haqida ma’lumot olsalarda yong‘in joyiga yetib kelgan yong‘inni o‘chirish rahbarining qaytish haqidagi ko‘rsatmasi bo‘lmasa, yong‘in joyiga borishlari shart.
16. Yong‘in sodir bo‘lgan joyga borishda boshqa yong‘in uchrasa, yong‘in o‘chirish ekipajining bir qismini shu yong‘inni o‘chirishga ajratib, darhol NDX yoki QTBGga xabar qilinishi lozim.
17. Agar yo‘l davomida bosh (birinchi) yong‘in o‘chirish avtomobillari ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtab qolsa, keyingi yong‘in o‘chirish avtomobillari ham to‘xtab, ushbu avtomobillarga rahbarlik qiladigan boshliqning ko‘rsatmasiga asosan harakat qiladilar.
18. Agar ikkinchi yoki keyingi yong‘in o‘chirish avtomobillari ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtasa, boshqa avtomobillar yong‘in sodir bo‘lgan joyga borishni davom ettiradilar.
19. Agar yong‘in o‘chirish avtomobillari ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtab qolsa, yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri yong‘in sodir bo‘lgan joyga shaxsiy tarkib va yong‘in o‘chirish vositalarini belgilangan tartibda fuqarolarning transport vositalarida yoki piyoda olib boradi.
20. Yong‘in o‘chirish avtomobillari bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan hollarda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakat qiladi.
21. Yong‘in o‘chirish avtomobillari ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan har qanday holatda ham NDX yoki QTBGga xabar berilishi shart.
22. Yong‘in holatini aniqlash yong‘in o‘chirish ekipajlarining yong‘inni o‘chirishga chiqqan vaqtidan boshlab to uni bartaraf qilguncha o‘tkaziladi.
23. Yong‘inda quyidagilar aniqlanishi lozim:
odamlar uchun xavfning bor yoki yo‘qligi, ularning turgan joylari, qutqarishning usullari;
yong‘in sodir bo‘lgan joy, yong‘inning o‘lchamlari, olovning tarqalish yo‘llari;
yong‘in joyiga kuch va vositalarni kiritish yo‘llari va imkoniyatlari;
portlash xavfi, zaharlanish, binoning qulashi, tez alangalanuvchi va portlovchi moddalar hamda kuchlanish ostidagi elektr qurilmalarning bor yoki yo‘qligi;
mol-mulklarni xavfsiz joyga olib chiqish, ularni olovdan, tutundan va yong‘in o‘chirish vositalari ta’siridan saqlash zarurati;
bino qismlarini ochish va ajratish zarurati;
yong‘in joyiga yaqin bo‘lgan suv manbalari va ulardan foydalanish usullari;
joylarda o‘rnatilgan yong‘in o‘chirish qurilmalarining borligi va ularning texnik holati, ulardan foydalanish tartibi.
Yong‘in holatini aniqlash vaqtida vaziyatga qarab boshqa vazifalar ham bajarilishi mumkin.
24. Yong‘in holatini aniqlash yong‘inni o‘chirish rahbari yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa shaxs tomonidan o‘tkaziladi.
25. Yong‘in holatini aniqlovchilar tarkibiga quyidagilar kiradi:
yong‘inga bitta yong‘in o‘chirish ekipaji kelgan bo‘lsa, yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri va aloqachi;
yong‘inga ikki va undan ortiq yong‘in o‘chirish ekipaji kelgan bo‘lsa, birinchi yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri va aloqachi.
26. Bir vaqtning o‘zida har xil yo‘nalishda yong‘in holatini aniqlash zarurati tug‘ilsa, yong‘in holatini aniqlash bo‘yicha guruhlar tuziladi.
Har bir guruh kamida ikki kishidan iborat bo‘lib, uni yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri boshqaradi.
Agar yong‘in holatini aniqlash himoyalovchi gazniqobda o‘tkazilsa, guruh kamida uch kishidan iborat bo‘lishi lozim.
27. Yong‘in joyida (ichida) odamlarning borligi haqida ma’lumot bo‘lsa, yong‘indan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish maqsadida yong‘in holatini aniqlash guruhlarining soni ko‘paytiriladi.
28. Qutqaruv ishlari quyidagi holatlar yuzaga kelganda tashkil qilinadi va o‘tkaziladi, agar:
odamlarga olov, yuqori harorat, portlash xavfi yoki binoning qulashi xavfi bo‘lganda, ular turgan xonalar tutun yoki zaharli gazlar bilan to‘lgan bo‘lsa;
odamlar o‘zlari xavfli joydan chiqolmay qolsa.
29. Yong‘inda odamlarni qutqarish yong‘inni bartaraf etish bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.
Agar bir vaqtning o‘zida odamlarni qutqarish va yong‘inni bartaraf etishga kuch va vositalar kamlik qilsa, odamlarni qutqarish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibidan foydalaniladi hamda qo‘shimcha kuch va vositalar chaqiriladi.
30. Odamlarni qutqarish uchun:
binolarning asosiy kirish va chiqish hamda zaxira yo‘llaridan;
derazalar, ayvonchalar, yong‘in o‘chirish narvonlari, avtonarvonlar, avtoko‘targichlar va boshqa qutqarish qurilmalaridan;
yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ochilgan to‘siq va devor tuynuklaridan foydalaniladi.
31. Odamlarni qutqarish va xavfsiz joyga olib chiqish quyidagilardan iborat:
odamlarni xavfsiz yo‘nalish bo‘ylab o‘zlari yoki yong‘in o‘chiruvchilar kuzatuvida chiqarish;
harakat qilolmaydigan odamlarni olib chiqish;
qutqaruv yo‘llarining olov yoki tutun bilan to‘silib qolib, chiqib ketishning iloji bo‘lmasa, odamlarni narvonlar, avtonarvonlar, avtoko‘targichlar va texnik qutqaruv qurilmalari yordamida qutqarish.
32. Qutqaruv ishlari o‘tkazilayotganda:
xabar berish va boshqa texnik vositalardan foydalangan holda sarosimaga tushmaslikning oldini olish chorasini ko‘rish;
qutqaruv ishlariga tashkilotlarning xodimlarini va ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalarini (bundan keyingi o‘rinlarda KYoO‘D deb yuritiladi) jalb etish;
tez tibbiy yordam chaqirish hamda yong‘indan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish zarur.
33. Yong‘in sodir bo‘lgan binoda odamlarning qolganligi haqida ma’lumot bo‘lsa, binodagi barcha yonayotgan va tutunga to‘lgan xonalar sinchiklab tekshiriladi.
34. Qutqarishga muhtojlarning yo‘qligi aniqlangandan so‘ng odamlarni qidirish ishlari to‘xtatiladi.
35. Kuch va vositalarning yoyilishi o‘tkazilayotganda odamlarni qutqarish va ularni xavfsiz joyga olib chiqish ishlariga xalaqit bermasligi kerak.
36. Yong‘in o‘chirish yenglarini yoyishda yong‘in o‘chog‘iga o‘tish uchun binoning barcha kirish eshiklaridan va o‘rnatilgan narvonlardan foydalanish lozim.
37. Kuch va vositalarning yoyilishi quyidagi bosqichlardan iborat:
yoyilishga tayyorgarlik;
dastlabki yoyilish;
mukammal yoyilish.
38. Yong‘inga yetib kelgan yong‘in o‘chirish ekipajlarining kuch va vositalarning yoyilishiga tayyorgarlik ko‘rishi bilan yong‘in holatini aniqlash ishlari birgalikda o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
yong‘in o‘chirish avtomobilini suv manbaiga o‘rnatish, suv so‘rish yenglarini ulab, nasosga suv olish;
yong‘in joyining sharoitiga ko‘ra boshqa tayyorgarlik choralarini o‘tkazish.
39. Yong‘in o‘chirish avtomobilini yoyilishga tayyorlash (suv manbasiga o‘rnatmasdan) nasosni ishchi holatiga keltirib, yong‘in o‘chirish yenglarni dastakka va nasosga ulashdan iborat.
40. Dastlabki yoyilishda yong‘in o‘chirish yenglarini o‘tkazish va suv ayirgichni o‘rnatish, suv ayirgich oldiga yong‘in o‘chirishga kerakli bo‘lgan yenglar, dastaklar, narvonlar va boshqa yong‘in o‘chirish texnik qurollari keltiriladi.
41. Mukammal yoyilish yong‘in o‘chirish ekipajining yong‘inga yetib kelishi bilan sharoitga qarab, darhol o‘tkazilishi mumkin hamda yoyilishga tayyorgarlik va dastlabki yoyilishdan keyin o‘tkaziladi.
42. Kuch va vositalarning yoyilishida yong‘in o‘chirish avtomobillari va yong‘in o‘chirish vositalarining joylashishi yetib kelgan kuch va vositalarning yoyilishiga xalaqit bermasligi, shuningdek yong‘in o‘chirish yenglari yong‘in joyiga yaqin bo‘lgan joylarda harakatni qiyinlashtirmasligi lozim.
43. Yong‘inni bartaraf etishdagi harakatlarni ta’minlash uchun sharoitga qarab qo‘l narvonlaridan, avtonarvonlardan, avtoko‘targichlardan foydalaniladi.
Yong‘in o‘chirish narvonlarini alanga chiqib turgan derazalar qarshisiga o‘rnatishga faqat suv sepib turilgan vaqtdagina ruxsat etiladi.
44. Narvonlarni boshqa joyga ko‘chirish shu narvondan ko‘tarilgan shaxsiy tarkibga ma’lum qilinib va ularga qaytish yoki boshqa joyga o‘tish yo‘lini ko‘rsatilgandan so‘ng bajariladi.
45. Yong‘in vaqtida quyidagi holatlar bo‘lishi mumkin:
odamlarning ko‘pligi, yordamga muhtojligi;
binolar qurilishining murakkabligi;
tik va qiya yo‘nalishlarda texnologik qurilmalar, yonuvchi materiallar, ayvonlar, tuynuklar, derazalar, bo‘shliqlar va ventelatsiya tizmalari orqali olovning tarqalishi;
haroratning tez ko‘tarilishi va issiq havo oqimlarining ochiq joylarga o‘tishi;
modda va materiallarning issiqlik ta’sirida gaz-bug‘ havo aralashmasini hosil qilishi;
tutun, zaharli gazlarning ajralishi va ularning tez tarqalishi;
elektr kuchlanishi ostidagi asboblarning mavjudligi;
bosim ostida turgan idish va asbob sig‘imlarining portlashi;
bino, qurilma va texnologik uskunalarning buzilishi hamda qulashi;
bino ichida ko‘p miqdorda ilmiy, moddiy va boshqa qimmatbaho boyliklarning mavjudligi.
46. Yong‘inni quyidagi usullar orqali o‘chirish mumkin:
kuch va vositalarni hal qiluvchi yo‘nalishga kiritish;
yong‘in o‘chirish vositalarini uzluksiz ta’minlash;
yonayotgan materiallar ustiga sovituvchi yong‘in o‘chirish vositalarini uzatish;
yong‘in maydonida yoki uning atrofida yonmaydigan gaz yoki bug‘ aralashmalarini hosil qilish va yong‘in jarayonini kimyoviy to‘xtatish;
yong‘inni o‘chirish vositalari yordamida yonayotgan material atrofida yoki yong‘in maydonida va havo orasida himoya qatlamini hosil qilish.
47. Yong‘inda odamlarga xavf solishini, portlash xavfini, olovning tez tarqalishini hamda yong‘in o‘chirishni ta’minlaydigan harakat hal qiluvchi yo‘nalish hisoblanadi.
Kuch va vositalar hal qiluvchi yo‘nalishga kiritilgandan so‘ng boshqa yo‘nalishlarga joylashtiriladi.
48. Yong‘inda harakatlarning hal qiluvchi yo‘nalishini ta’minlash uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
yong‘in insonlar hayotiga xavf solsa va ularni qutqarishga dastaklarni berish zarurati bo‘lsa, kuch va vositalar qutqaruv ishlarini bajarish uchun joylashtiriladi;
portlash xavfi tug‘ilganda, yong‘in o‘chirish ekipajlarining harakati qayerda portlash xavfining oldini olishni ta’minlasa, kuch va vositalar o‘sha yerga joylashtiriladi va kiritiladi;
binoning bir qismi alanga bilan qoplangan bo‘lib, olov uning boshqa qismlariga yoki qo‘shni binolarga tarqalayotgan bo‘lsa, kuch va vositalar shu tomonga joylashtiriladi hamda olovning tarqalishi ko‘p zarar keltiradigan tomonga kiritiladi;
yakka bino alanga bilan qoplanib, qo‘shni binolarga tarqalish xavfi bo‘lmasa, asosiy kuch va vositalar yong‘inning eng jadal sur’atlar bilan yonayotgan joyiga kiritiladi;
bino alanga bilan o‘ralib yonayotgan joy muhim ahamiyatga ega bo‘lmasa va yaqin turgan binoga o‘tish ehtimoli bo‘lsa, kuch va vositalar ushbu bino tomonidan kiritiladi.
49. Yonayotgan xonada va uning yonidagi xonalarda tutun, gaz bo‘lgan taqdirda yong‘in o‘chirish bilan birgalikda ushbu xonalardan gaz va tutunni chiqarib yuborish choralari ham ko‘riladi. Bunda tutunlarni tortish uchun maxsus tutun tortuvchi va shamollatuvchi qurilmalar, ventelyator va brezent qopchiqlardan foydalaniladi.
50. Shaxsiy tarkib egallab turgan yong‘in o‘chirish uchastkasidan (bundan keyingi o‘rinlarda YoO‘U deb yuritiladi) faqat yong‘inni o‘chirish rahbari yoki YoO‘U boshlig‘ini ruxsati bilan YoO‘Udan ketishi mumkin.
Yong‘inni bartaraf etish uchun birinchi navbatda ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari, o‘rnatilgan yong‘in o‘chirish qurilmalaridan foydalaniladi.
51. Nafas olishga yaroqsiz muhitda yong‘in o‘chirish ishlari himoyalovchi gazniqoblarda o‘tkaziladi, tutun tortgichlar va yoritish vositalaridan foydalaniladi hamda ko‘pik yoki sachratma suv berish yo‘li bilan yuqori haroratni pasaytirish choralari ko‘riladi.
52. Yer osti inshootlarida yong‘in o‘chirish vaqtida nasos-eng tarmoqlarini bir maromda ishlashi uchun nasos bosimi inshootning chuqurligiga mos ravishda pasaytiriladi.
Zaxira yong‘in o‘chirish yenglari birinchi navbatda hal qiluvchi yo‘nalishda ishlayotgan dastaklarga tortiladi.
53. Yong‘inni o‘chirish vaqtida qurilish inshootlari (ustunlar, tirgovuchlar, to‘siqlar) holati kuzatiladi va ular yuqori harorat ta’siridan himoya qilinadi.
54. Yonayotgan tom va uning tagida shaxsiy tarkibning to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
55. Zaruriyat tug‘ilganda, elektr va gaz tarmoqlarini uzib qo‘yish choralari ko‘riladi.
56. Yong‘inni o‘chirish vaqtida binolarning bo‘shliqlari, shamollatish, axlat tashlash va boshqa tuynuklari tekshiriladi.
57. Kuchaygan yong‘inni o‘chirishga “A” dastagi orqali suv beriladi, so‘ngra uni lafet dastakka almashtiriladi, yong‘in bartaraf etish oxirida esa yanada kichikroq dastakka almashtiriladi.
58. Bino inshooti bo‘shliqlarida va shamollatish tuynuklaridagi yong‘inlarga “B” dastagi va ko‘pik dastaklari orqali suv va ko‘pik beriladi.
59. Birinchi yetib kelgan yong‘in o‘chirish avtomobili orqali yong‘in joyiga yaqin o‘rnatilib hal qiluvchi yo‘nalishga suv beradi, keyingi kelgan yong‘in o‘chirish avtomobili esa yaqindagi suv manbaiga o‘rnatilib undan asosiy yeng yo‘llari tortiladi.
Birinchi avtomobilda suv tugagach, suv berilayotgan dastak suv manbaiga o‘rnatilgan ikkinchi avtomobildan tortilgan asosiy yeng yo‘lidagi suv ayirgichga ulanadi.
60. Suvni bir-biriga oshirib berish holatida, kerakli yong‘in o‘chirish avtomobillarining soni, asosiy yeng yo‘llarini o‘tkazish usullari aniqlanadi. Quvvati kuchli nasosga ega bo‘lgan yong‘in o‘chirish avtomobillari suv manbaiga o‘rnatiladi va undan yong‘in joyiga asosiy yeng yo‘li tortiladi.
61. Yonayotgan xonani ko‘pik bilan to‘ldirishda yong‘inni o‘chirish rahbari quyidagilarni aniqlaydi:
ko‘pik to‘ldiriladigan xonaning hajmini;
ko‘pik oqishga xalaqit beruvchi to‘siqli qurilmalarni;
kerakli miqdordagi ko‘pik hosil qiluvchi modda, ko‘pik dastaklari va ularni o‘rnatish joyini;
ko‘pikning belgilangan yo‘nalishda harakatlanishiga sharoit yaratish uchun tutun tortish moslamalarini joylashish joyini.
62. Ortiqcha suv quymaslik uchun quyidagilar zarur:
ko‘pik, kukun, aralashmali suvlar va jo‘mrakli dastaklarning ishlatilishi;
suv berishni o‘z vaqtida tugatish yoki dastaklarni tashqariga olib chiqish.
63. Yong‘inda odamlarga xavf yo‘q bo‘lib hamda yong‘in tarqalishi cheklangan bo‘lib, kuch va vositalar bilan yong‘in bartaraf qilinishi ta’minlangan bo‘lsa, yong‘in qurshab olingan hisoblanadi.
64. Yong‘in o‘chirilgan va qayta yong‘in hosil bo‘lishining oldini olish ehtiyot choralari ko‘rilgan taqdirda yong‘in bartaraf qilingan hisoblanadi.
65. Kuch va vositalarning qisqartirilishi yong‘in bartaraf qilingandan keyin yoki yong‘inda ishlar hajmi kamaygandan so‘ng amalga oshiriladi.
66. Yong‘in xavfsizligi qismiga qaytib kelingandan keyin qisqa vaqt ichida yong‘in o‘chirish texnikasi va vositalarini tayyor holga keltirish chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim.
67. Yong‘inda maxsus ishlarga nafas olishga yaroqsiz muhitda ishlash, tutun tortish, binolarni buzish, elektr asboblarini uzish, yong‘in joyini yoritish, ortiqcha suv berilishidan himoya qilish va boshqalar kiradi.
68. Nafas olishga yaroqsiz muhitda ishlayotganda quyidagilar zarur:
bir xil gazniqoblardagi 3 — 5 kishidan iborat gaz va tutundan himoya qilish xizmati guruhining (bundan keyingi o‘rinlarda GTHX guruhi deb yuritiladi) tuzilishi (yong‘inni o‘chirish rahbari qarori bilan kechiktirib bo‘lmaydigan qutqaruv ishlarini bajarishda 2 kishidan iborat bo‘lishi mumkin);
GTHX guruhi boshlig‘ining doimiy ravishda xavfsizlik posti bilan aloqada bo‘lishi va u orqali yong‘inni o‘chirish rahbariga, YoO‘U boshlig‘iga yoki tekshirib o‘tkazish joyi (bundan keyingi o‘rinlarda TO‘J deb yuritiladi) boshlig‘iga vaziyat hamda o‘zining harakati haqida axborot berib turishi;
metrolar, yer osti yo‘llari, katta uzunlikdagi yer osti inshooti va to‘qqiz qavatdan yuqori bo‘lgan binolarga bir yo‘la ikkitadan kam bo‘lmagan GTHX guruhlarining yuborilishi. Bunda xavfsizlik postida bitta to‘liq GTHX guruhi nafas olishga yaroqsiz sharoitda ishlayotgan yong‘in o‘chirish ekipajiga favqulodda yordam berish uchun qo‘yiladi.
69. Katta, murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarda, agar bir nechta GTHX guruhlari ishlayotgan bo‘lsa, yong‘inni o‘chirish rahbari TO‘Jni tashkil qiladi.
70. TO‘Jga rahbar etib tayyorgarlikdan o‘tgan tajribali shaxs yong‘inni o‘chirish rahbari tomonidan tayinlanadi.
71. Yong‘in vaqtida GTHX guruhi ishiga quyidagilar boshchilik qiladilar:
agar bitta ekipaj ishlayotgan bo‘lsa, yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri;
agar bir vaqtda bir necha yong‘in o‘chirish ekipajlari ishlayotgan bo‘lsa, yong‘inni o‘chirish rahbari tayinlagan boshliqlar tarkibidan biri yoki YoO‘U boshliqlari.
72. Binolarni ochish va buzish quyidagi maqsadda amalga oshiriladi:
odamlarni qutqarish va ularning mol-mulklarini xavfsiz joyga olib chiqish hamda yong‘in o‘chog‘iga yoki bino ichiga kirib suv berish;
olov tarqalishini cheklash uchun yong‘in xavfsizligi oraliqlari hosil qilish va tutunlarni chiqarib yuborish;
binolarning qulash xavfini bartaraf qilish.
73. Yashirin yong‘inlarni aniqlash tutun chiqarish va yong‘in o‘chirish vositalarini qo‘llash uchun binolardagi yong‘in o‘chirish vositalari tayyor holga keltirib qo‘yilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Yong‘in xavfsizligi oraliqlarini hosil qilish ishlari olov oraliqqa yetib kelgunga qadar tugallanishi lozim.
74. Binolarni ochish va buzish ishlari bajarilayotganda, bino qurilmasi asosiga, gaz va issiqlik qurilmalariga hamda elektr tarmog‘iga zarar yetkazmaslik choralari ko‘riladi.
75. Binolarni buzish vaqtida yuqoridan pastga tashlanayotgan bo‘laklar tushadigan joy o‘rab olinishi va bo‘laklarning tushishi nazorat qilinishi kerak.
76. Xonani yoritishda elektr yoritgichlardan yoki aloqa va yorituvchi avtomobildagi projektorlardan foydalaniladi. Bunda projektorlar xonaning kirish eshigi yaqiniga o‘rnatiladi.
77. Yoritish vositalari yong‘in vaqtida quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda o‘rnatiladi:
odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish yo‘llarining yoritishi;
portlash xavfi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xonalarning tashqaridan yoritilishi, xonalarga yoritish vositalarining faqat yong‘in bo‘layotganda olib kirilishi;
quyuq tutunli, maydoni katta xonalarga kuchli quvvatga ega bo‘lgan projektorlarning o‘rnatilishi, ba’zi hollarda yoritgichlar xonada ishlayotganlar uchun yo‘l ko‘rsatish vazifasini bajarishi;
projektorlar, o‘tkazgich qutichalari, kabelga ulanish tarmoqlari va boshqa ulovchi moslamalar suv tegmaydigan hamda binodan qulayotgan bo‘laklar tegib ketmaydigan joylarga o‘rnatilishi.
78. Yong‘in joyida kuchlanish ostida turgan elektr o‘tkazgichlar va qurilmalar quyidagi hollarda uzib qo‘yiladi:
shikastlangan va yong‘inda ishlayotganlar uchun xavfli bo‘lsa;
suv tegishi natijasida yangi yong‘in o‘chog‘ini hosil qilishi mumkin bo‘lsa;
yong‘in o‘chirishga va binolarni ochib buzishga xalaqit qilsa.
79. Yuqori kuchlanish ostida bo‘lgan elektr asboblari tegishli elektr tarmoqlari xizmati xodimlari tomonidan uziladi.
80. Kuchlanishi 220 Vdan oshmagan elektr asboblari yong‘inni o‘chirish rahbari, YoO‘U boshlig‘i va yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri rahbarligida yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan uzib qo‘yiladi.
Agar uzib qo‘yish uchun o‘chirish qurilmasi (rubilnik) bo‘lmagan holda, elektr o‘tkazgich simlari maxsus qaychida, belgilangan qoida asosida, ehtiyotkorlik bilan uzib qo‘yiladi.
81. Yong‘inda kuch va vositalarni boshqarish yong‘inni o‘chirish rahbarining asosiy vazifasi bo‘lib, vaziyatni to‘g‘ri baholab, yong‘inni bartaraf etishdagi harakatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdan iboratdir.
82. Yong‘inni o‘chirish rahbari yong‘inni o‘chirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yong‘indan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibiga, shuningdek yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarga yakkaboshchilik asosida rahbarlik qiladi.
83. Yong‘in o‘chirilayotganda yong‘in o‘chirish rahbarining harakatlariga aralashishga yoki uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli emas.
84. Yong‘inni o‘chirish rahbari bo‘lib quyidagilar hisoblanadilar:
yong‘inni bartaraf qilishda bitta yong‘in o‘chirish ekipaji ishlayotgan bo‘lsa, ekipaj komandiri;
tegishli hududda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishga bir nechta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan bo‘lsa, shu hududning rahbari yoki garnizonda belgilangan tartibda ko‘rsatilgan shaxs, agarda yong‘in joyiga Tezkor boshqaruv xizmatining navbatchi guruhi yetib kelsa, ushbu guruhning katta rahbari.
85. Yong‘in joyiga yetib kelgan yong‘in o‘chirish rahbari quyidagilarni bajaradi:
vaziyatni aniqlash va yong‘in o‘chirishni to‘g‘ri tashkil qilinganligini hamda qo‘shimcha kuch va vositalarning chaqirilishi lozimligini aniqlash;
yong‘in o‘chirish rahbarligini o‘z zimmasiga olish.
86. Yong‘in joyiga kelgan yuqori turuvchi rahbar yong‘inning o‘chirilishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi lozim. Bunda yuqori turuvchi rahbar yong‘inni o‘chirish boshqaruvini o‘z zimmasiga olganligini e’lon qiladi.
87. Yong‘inda kuch va vositalarni boshqarish uchun yong‘inni o‘chirish rahbari vaziyatga qarab tezkorlik shtabi va YoO‘Ularni tashkil qilishi mumkin.
88. YoO‘Ular ish turlari bo‘yicha (o‘chirish, himoyalash, qutqarish va boshqalar) binoning qavatlarida, zinapoyalarida, yong‘inga qarshi to‘siq va oraliqlarda yoki yonayotgan binoning chegarasida tashkil qilinishi mumkin.
89. Yong‘inda ikki va undan ortiq yong‘in o‘chirish ekipajlari ishlayotgan bo‘lsa, yong‘in sodir bo‘lgan tuman (shahar) yong‘in xavfsizligi qismining kichik yoki o‘rta boshliqlari tarkibidan biri ta’minot boshlig‘i etib tayinlanadi.
90. Yong‘inda vaziyat to‘satdan o‘zgarib qolsa va yong‘inni o‘chirish rahbaridan buyruq olishning imkoni bo‘lmasa, yong‘in joyidagi tegishli boshliqlar (rahbarlar) oqilona tashabbus ko‘rsatib harakat qilishlari lozim. Yong‘inni o‘chirish rahbaridan tegishli buyruq olmaganlik harakat qilmaslikka sabab bo‘lmaydi.
91. Yong‘inni o‘chirish vaqtida tezkorlik shtabi quyidagi hollarda tuziladi:
katta, murakkab va uzoq davom etadigan (5 soatdan ko‘p) yong‘inlarda;
uch va undan ortiq YoO‘Ular tashkil qilinganda hamda kuch va vositalar yuqori chaqiriq bo‘yicha jalb qilinganda;
tashkilotlarda yong‘inlarni o‘chirishda muhandis-texnik xodimlar va tashkilot ma’muriyati bilan kelishish zarur bo‘lganda;
vaziyatga ko‘ra yong‘inni o‘chirish rahbarining tegishli qarori qabul qilinganda.
92. Tezkorlik shtabi tarkibiga shtab boshlig‘i, ta’minot boshlig‘i va tashkilot ma’muriyati hamda boshqa xizmatlar vakillari kiradi.
93. Katta, murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarda tezkorlik shtabi boshlig‘i o‘rinbosarlari tayinlanishi mumkin.
94. Tezkorlik shtabi quyidagilarni tashkillashtiradi:
kelayotgan yong‘in o‘chirish ekipajlarini kutib olish, YoO‘Ularga bo‘lish va joylashtirishni;
yong‘in holati va vaziyatini o‘zgarishi haqida ma’lumot yig‘ib, yong‘inni o‘chirish rahbariga axborot berishni;
yong‘inda zaxira kuch va vositalarini tuzishni;
yong‘in sodir bo‘lishi sabablari va keltirilgan zarar haqida ma’lumot yig‘ishni;
yong‘inda aloqa ishlarini tashkil qilishni va zarurat tug‘ilsa, yong‘in sodir bo‘lgan joyni yoritishni;
yong‘inni o‘chirish rahbari farmoyishlarini bajarishni;
jalb qilingan kuch va vositalarning o‘zaro harakatlarini tashkil qilish va belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilishni;
yong‘inda vaziyat o‘zgarishini uzluksiz kuzatish va tegishli qarorlar qabul qilishni;
NDX bilan uzluksiz aloqada bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qabul qilingan tegishli qarorlar, qanday kuch va vositalarning ishlayotganligi, yong‘inning tarqalish xavfi bor yoki yo‘qligi, qo‘shimcha kuch va vositalarning zarurati va yong‘indagi vaziyat haqida axborot berib turishni;
yong‘inga yuqori turuvchi rahbar yetib kelganda, unga vaziyat haqida, yong‘inni o‘chirish uchun qabul qilingan tegishli qarorlar, qanday kuch va vositalarning mavjudligi, qo‘shimcha kuchlar va vositalarning chaqirilganligi haqida axborot berishni;
zaxira kuch va vositalarni tashkil qilish, ishlayotganlarni vaqtida almashtirib turish, ularga dam olish, isinish va quruq kiyim-boshlarni almashtirib olishga imkoniyat yaratib berishni;
boshliqlar tarkibidan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishiga javobgar shaxsni tayinlashni, lozim bo‘lsa, tibbiy yordam tashkil qilishni;
yong‘inga jalb qilingan kuch va vositalar har xil yo‘nalishda kelgan bo‘lsa, ta’minot boshlig‘iga aloqa vositasiga ega bo‘lgan yordamchi berishni;
yong‘in o‘chirishga jalb etilgan boshqa maxsus xizmat xodimlari bilan hamkorlikda ishlashni tashkil qilish, tashkilot muhandis-texnik xodimlari bilan uzviy aloqada bo‘lish va tashkilot yo‘riqnomalari ko‘rsatmalarini hisobga olgan holda yong‘in o‘chirish vositalari va usullarini qo‘llash haqida tegishli qaror qabul qilishni;
GTHX guruhining xavfsizlik postlarini va TO‘Jlarini tashkil qilishni;
uzoq davom etuvchi yong‘inlarda ovqatlanishni, havo harorati past bo‘lganda shaxsiy tarkibni isinishini va issiq bo‘lganda issiq urishidan saqlashni.
95. Tezkorlik shtabi kuch va vositalarni boshqarish uchun qulay bo‘lgan joyga joylashtirib, shtab stoli, texnik vosita va qurilmalar bilan ta’minlanadi.
96. Tezkorlik shtabi joylashgan joy kunduzi “ShTAB” so‘zi yozilgan bayroqcha bilan, kechasi esa qizil fonus yoki boshqa qizil chiroqli ko‘rsatgich bilan belgilanadi.
97. Yong‘inda ishlayotgan yong‘inni o‘chirish rahbari, tezkorlik shtabi boshlig‘i, ta’minot boshlig‘i, YoO‘U boshlig‘i va aloqachilarning chap qo‘lida tegishli bog‘ichlar bo‘lishi kerak.
98. Aloqa yong‘inni o‘chirish rahbari, tezkorlik shtabi, NDX va QTBG orasida ratsiya yoki telefon orqali o‘rnatiladi.
Zarurat tug‘ilsa, aloqa ta’minot va YoO‘U boshliqlari hamda yong‘in o‘chirish avtomobillari orasida ham o‘rnatiladi. Buning uchun ratsiya, dala aloqa tarmog‘i, so‘zlashuv, ovoz kuchaytirgich qurilmasi, karnay va boshqa texnik vositalardan, agar aloqa vositalarini ishlatishni iloji bo‘lmasa, boshqaruv belgilaridan foydalaniladi.
99. Tezkorlik shtabi telefon tarmog‘idan foydalanayotgan vaqtda ushbu tarmoqdan boshqa foydalanuvchilar uzib turiladi.
100. Radio aloqa vositalaridan foydalanilayotganda, radio aloqa qoidalariga rioya qilinishi ta’minlanishi shart.
101. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
102. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan yong‘in o‘chirishni to‘g‘ri tashkil etilishi ustidan nazorat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. | 139 | 31,424 |
Qonunchilik | DAVLAT BOShQARUV ORGANLARI APPARATI, SUD ORGANLARI VA NOTARIAL IDORALAR XODIMLARINING LAVOZIM MAOShLARI TO‘G‘RISIDA | Xalq iste’moli mollarining, oziq-ovqat mahsulotlarining, aholiga xizmat ko‘rsatishning erkin va boshqariladigan narxlariga o‘tilishi munosabati bilan davlat boshqaruv organlari, sud organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 28-oktabrdagi 355-son qaroriga qisman o‘zgartish kiritib, 1992-yil 1-yanvardan boshlab davlat boshqaruv organlari apparati, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 baravar oshirilsin, bu maoshlarga chakana narxlar o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyasi qo‘shilsin.
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari ayrim toifalarining lavozim maoshlari 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, lavozim maoshlarining ko‘paytirilishi bilan bog‘liq xarajatlarning 20 foizi boshqaruv organlari apparati xodimlari sonini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur tartibga rioya etilishini nazorat qilib borsin.
2. Respublika mahalla qo‘mitalari raislari va mas’ul kotiblarining lavozim maoshlari 50 foiz oshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi mehnatga haq to‘lashning yangi shartlarini joriy etayotganda respublika, tarmoq va mahalliy boshqaruv organlarining amaldagi strukturasini tahlil qilib chiqsinlar va bunda ularning harakatchanligini, iqtisodiyotni rivojlantirish talablari va fuqarolarning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etishni ta’minlashga amalda qodirligini oshirish nazarda tutilsin.
4. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlar Kengashlarining ijroiya qo‘mitalari lavozim maoshlarini ko‘paytirish uchun davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlarini kamaytirishdan hosil qilingan tejamdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va xalq deputatlari Kengashlarining budjet huquqlari haqidagi amaldagi qonunlar tomonidan berilgan huquqlarga muvofiq ularga birkitilgan davlat daromadlari bo‘yicha budjetga tushgan qo‘shimcha tushum mablag‘laridan foydalanishlari mumkin.
5. Belgilansinki, viloyatlar va shaharlar xodimlarini ish haqi to‘lash gruppasiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | 115 | 2,648 |
Qonunchilik | B. Ibragimovni (marhum) “Jasorat” medali bilan mukofotlash to‘g‘risida | Mamlakat xavfsizligini ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shganligi va bunda mardlik hamda jasorat ko‘rsatganligi uchun Bahrom Ibragimov “Jasorat” medali bilan mukofotlansin. | 70 | 172 |
Qonunchilik | Faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadigan tovarlar roʻyхati kengaytirildi | Prezident tomonidan 17 mart kuni «Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor meхanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Hujjatda 2021 yil 15 iyundan boshlab quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinishi belgilandi:
a) monopolist korхonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхs, ustav fondi (kapitali)ning 50%i va undan ortigʻi ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхs (keyingi oʻrinlarda – monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqarilgan:
b) 2022 yil 1 yanvarga qadar monopolist boʻlmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50%dan kam boʻlgan yoki davlat ulushi mavjud boʻlmagan yuridik shaхslar tomonidan ishlab chiqarilgan:
v) tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, qazib oluvchi (gazni qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi) tashkilotlar tomonidan neft va gaz kondensati – tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga.
Tovar-хom ashyo birjalarining хorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari boʻyicha tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash faqat mazkur bitimlarda belgilangan qiymat boʻyicha amalga oshiriladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda tashish хizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshiriladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab paхta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalar tomonidan paхtadan olingan chigitni tayyor mahsulotni qaytarish sharti asosida yogʻ-moy tashkilotlariga berish faqat bir paхta-toʻqimachilik klasteri doirasidagi tashkilotlar oʻrtasida amalga oshiriladi.
Shuningdek tovar-хom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.
Hujjat 18.03.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.
Elmira Siraziyeva. | 85 | 2,171 |
Qonunchilik | Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2014-2015-yillarda va istiqbolda 2020-yilgacha suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 21-yanvardagi 13-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2014-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Qoidalar Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha har yilgi Yig‘ma manzilli dasturni (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma manzilli dastur deb ataladi) shakllantirish, shuningdek loyihalarning ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini, tasdiqlanishini, amalda bajarilishini tashkil etish, ularning amalga oshirilishi va samaradorligi yuzasidan nazorat va monitoring olib borish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
suv obyekti — tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, daryolar, yer ostidagi suvli gorizontlar) hamda sun’iy (suv omborlari, selxonalar, hovuzlar va boshqalar), suv havzalari, shuningdek buloqlar va doimiy yoki vaqtinchalik suvlar yig‘iladigan hamda suv rejimining xarakterli shakllari va belgilari mavjud bo‘lgan boshqa obyektlar;
suv oqimi — o‘zanida umumiy nishablik yo‘nalishi bo‘ylab suvlar doimiy yoki vaqtinchalik oqadigan suv obyekti, suv oqimi doimiy — suv yil bo‘yi yoki vaqtincha oqadigan (quriydigan, muzlaydigan) bo‘lishi mumkin;
toshqin — qorlarning intensiv, qisqa vaqt erishi va ko‘plab yomg‘irlar yog‘ishi natijasida vujudga keladigan suv oqimining biror-bir tarmog‘ida suv sathining jadal, nisbatan qisqa vaqtda va nodavriy ko‘tarilishi va suv sarfining ko‘payishi;
toshqin suvlari — toshqinlar davrida suv oqimlari o‘zanida oqadigan suvlar;
sel — juda katta (umumiy oqim massasi 75 foizgacha) bo‘ladigan, buzish kuchiga ega bo‘lgan qisqa muddatli toshqin, uning tarkibida kichik tog‘ va tog‘ oldi daryolari havzalarida hamda ancha (kamida 0,10) qiya yonbag‘irli quruq soylarda kuchli yomg‘irlar yoki qorlarning jadal erishi natijasida paydo bo‘ladigan mineral zarrachalar va tog‘ jinslari parchalari mavjud bo‘ladi;
sel oqimlari — sellar ro‘y beradigan davrda suv oqimlari bo‘ylab o‘tadigan suvlar;
xavfsiz o‘tkazib yuborish — suvlarni suv oqimlari bo‘ylab, aholi punktlari, sug‘oriladigan yerlar, suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun salbiy oqibatlarsiz o‘tkazib yuborish;
oqimni barqarorlashtirish — suv oqimlari bo‘ylab xavfsiz o‘tkazib yuborish maqsadida toshqin suvlariga va sel oqimlariga bo‘ladigan texnogen ta’sirlar;
himoyalash ishlari — himoyalash inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlari, gidrotexnika inshootlari, ko‘priklar, suv quvurlari, gaz quvurlari va suv oqimlari joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlardagi himoyalash ishlari, toshqin suvlarini va sel oqimlarini halokatsiz o‘tkazib yuborish,aholi punktlarini, sug‘oriladigan yerlarni, suv xo‘jaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida suv to‘plagichlarda va suv oqimlari o‘zanlarida daraxtlar o‘tqazish;
himoyalash inshootlari — dambalar, shporalar, shalolalar, chuqurlar, o‘yiqlar va o‘zanlarni tartibga soluvchi boshqa inshootlar, shuningdek toshqin suvlarini va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlaydigan nishabliklarni mustahkamlash bo‘yicha konstruksiyalar;
himoyalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish — himoyalash inshootlarini to‘liq yoki qisman qayta qurish va qurish. Himoyalash inshootlari rekonstruksiya qilingandan keyin ularning boshlang‘ich loyiha parametrlari va tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki to‘liq o‘zgarishi mumkin;
himoyalash inshootlarini ta’mirlash va tiklash — himoyalash inshootlarining, suv xo‘jaligi va suv oqimlarida joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlarning loyihadagi parametrlarini saqlash uchun mo‘ljallangan, shu jumladan inshootlarni va ularning ayrim buzilgan joylarini, cho‘kindilardan tozalash, ta’mirlash ishlari;
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihasi — toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish maqsadida suv oqimlarida joylashgan himoya inshootlarini, suv xo‘jaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish, qurish, ta’mirlash va tiklash tadbirlarini nazarda tutuvchi loyiha.
3. Toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalari quyidagi asosiy talablar asosida shakllantiriladi va amalga oshiriladi:
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish aholi punktlari, sug‘oriladigan yerlar, suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlarni himoya qilishni nazarda tutishi kerak;
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish tadbirlari kompleks muhandislik-texnikaviy (muhandislik-geologiya, topogeodeziya, gidrometeorologiya) izlanishlar va tadqiqotlar, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha muhandislik-texnikaviy (muhandislik-geologiya, topogeodeziya, gidrometeorologiya) izlanishlar va tadqiqotlar kompleks holda o‘tkazilishi kerak, shu jumladan ular suv oqimlari o‘zanlari, himoya inshootlari, suv xo‘jaligi obyektlari va ularning o‘zanlaridagi boshqa ijtimoiy obyektlarning holatini o‘rganishdan iborat bo‘ladi;
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha himoyalash ishlarida himoyalash inshootlari, suv xo‘jaligi obyektlari va suv oqimlaridagi boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni va ilg‘or tajribalar natijalarini joriy etish nazarda tutilishi kerak;
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish tadbirlariga amaldagi suv xo‘jaligi va gidrometeorologiya vaziyatini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin;
himoya tadbirlarini amalga oshirishning ustuvorligi va navbatliligi ularning ijtimoiy ahamiyatini, shuningdek gidrometeorologiya prognozlarini va suv oqimlarining va ulardagi inshootlarning amaldagi holatini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak;
4. Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha himoya inshootlarini va boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va tiklash Suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) doirasida ishlab chiqilgan har yilgi Yig‘ma manzilli dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Yig‘ma manzilli dastur:
suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
himoya inshootlarini ta’mirlash va tiklash, shuningdek suv oqimlarida boshqa himoya ishlarini amalga oshirish;
himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini, shuningdek suv oqimlarida boshqa himoya ishlarini bajarish loyihalarining prognoz parametrlarini o‘z ichiga oladi.
7. Yig‘ma manzilli dastur toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlardan (keyingi o‘rinlarda hududiy manzilli dasturlar deb ataladi) shakllantiriladi.
8. Hududiy manzilli dasturlar real suv xo‘jaligi, gidrometeorologik shart-sharoitlarni va suv oqimlarining boshqa tabiiy-xo‘jalik shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash vazifalarini hal etishga kompleks va tizimli yondashish asosida ishlab chiqiladi.
9. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli ro‘yxati;
himoya inshootlarini ta’mirlash va tiklash, shuningdek suv oqimlaridagi boshqa himoya ishlari bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxati;
inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashning loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek suv oqimlaridagi boshqa himoya ishlarining manzilli ro‘yxati.
10. Hududiy manzilli dasturlarni shakllantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Canoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari va viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari hududiy ishchi guruhlarning rahbarlari hisoblanadilar.
11. Hududiy ishchi guruh tarkibiga:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;
“O‘zgidromet” markazi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislari kiritiladi.
Zaruriyat bo‘lganda hududiy ishchi guruhlar tarkibiga boshqa tashkilotlarning vakillari ham kiritilishi mumkin.
12. Irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda quyidagi materiallarni tayyorlaydilar va hududiy ishchi guruhlarning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadilar:
barcha asosiy suv obyektlari, suv obyektlari va ulardagi inshootlarning texnik tavsiflari ko‘rsatilgan sxematik xaritalar;
ko‘p yillik gidrologik ma’lumotlar, shuningdek toshqin suvlari va sel oqimlarini o‘tkazib yuborish bo‘yicha boshqa ma’lumotlar.
13. Hududiy ishchi guruhlar:
1-martgacha bo‘lgan muddatda joyning o‘ziga borib gidrografik tamoyil asosida suv oqimlarini va boshqa suv obyektlarini, suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni, aholi punktlarini hamda sug‘oriladigan yerlarni batafsil tekshirib chiqadilar;
tekshirib chiqish yakunlari bo‘yicha himoya inshootlari yemirilishi, suv oqimlari o‘zanlarining o‘pirilishi va loyqa cho‘kishi, suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlardagi yemirilishlar, aholi punktlari va boshqa ijtimoiy obyektlarni suv bosishi xavfi mavjudligini aniqlaydilar;
suv xo‘jaligi obyektlari va suv oqimlaridagi boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor himoya ishlarini belgilaydilar;
1-aprelgacha bo‘lgan muddatda kelgusi yil uchun toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqadilar hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun toshqinga qarshi hududiy komissiyalarga kiritadilar.
14. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar 10-aprelgacha bo‘lgan muddatda tegishli toshqinga qarshi hududiy komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
15. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur, belgilangan tartibda, har yili 15-aprelgacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kiritiladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zgidromet” markazi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda hududiy manzilli dasturlar asosida kelgusi yil uchun Yig‘ma manzilli dasturni ishlab chiqadi.
17. Kelgusi yil uchun toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha Yig‘ma manzilli dastur 1-maygacha bo‘lgan muddatda, belgilangan tartibda, toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazib yuborish, qor ko‘chishi va ko‘chki hodisalari xavfini pasaytirishni ta’minlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi deb ataladi) kiritiladi.
18. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi 15-maygacha bo‘lgan muddatda Yig‘ma manzilli dasturni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda amalga oshirish uchun belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yuboradi.
19. Suv xo‘jaligi, gidrometeorologik va suv oqimining boshqa tabiiy-xo‘jalik shart-sharoitlarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari, himoya ishlarining asoslanganligi va ustuvorligi hisobga olingan holda, Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining qarori bilan Dasturga va Yig‘ma manzilli dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
20. Tasarrufida suv xo‘jaligi obyektlari va ijtimoiy obyektlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari — tegishli himoya ishlari bajarilishining buyurtmachilari Yig‘ma manzilli dastur va tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida qurish, ta’mirlash-tiklash va loyiha-qidiruv ishlarining alohida manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
21. Kelgusi yil uchun tasdiqlangan Yig‘ma manzilli dastur toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyiha hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda loyiha hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
22. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq belgilangan tartibda “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi bilan kelishilishi kerak.
23. Loyiha hujjatlari faoliyatning ko‘rsatib o‘tilgan turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
24. Loyiha hujjatlari buyurtmachining tarmoq ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasi, belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi organlari tomonidan o‘tkaziladi.
25. Ekspertizadan o‘tgan loyiha hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
26. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini amalga oshirish belgilangan tartibda buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
27. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish, belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining xarajatlar smetasida foydalanish xarajatlari uchun mo‘ljallangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, shuningdek markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
28. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z balanslaridagi ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash tadbirlarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiradilar.
29. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalari amalga oshirilishini nazorat qilish belgilangan tartibda:
qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd qilingan boshqa funksiyalarga pudratchi tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, obyekt qurilishini texnik kuzatib borish va texnik nazorat qilish yuzasidan — buyurtmachilar;
qurilishning butun davri va tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish mobaynida bajarilgan qurilish-montaj ishlarining loyiha qarorlariga muvofiqligi ustidan mualliflik nazorati yuzasidan — loyiha tashkilotlari tomonidan;
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati va ularning qurilish normalari va qoidalariga, normativ-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek pudrat tashkiloti tomonidan qurilish obyektida ijro hujjatlari yuritilishini nazorat qilish yuzasidan — “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan;
ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
30. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Yig‘ma manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishining obyektma-obyekt monitoringi olib borilishini ta’minlaydi va har oyda tegishli axborotni Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga kiritadi.
31. Tugallangan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 250 | 18,739 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazini tashkil qilish to‘g‘risida | So‘nggi yillarda respublikada mamlakatning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirish uchun kulay shart-sharoitlarni yaratishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uni xar tomonlama ko‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yosh olimlar va talabalarga dunyo amaliyotidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot usullarini va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishlari uchun va zamonaviy innovatsion infratuzilma va kulay sharoitlarni yaratish maqsadida “Yuqori texnologiyalar o‘quv-eksperimental markazi” davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Yuqori texnologiyalar markazi) tashkil etildi.
O‘tgan davr mobaynida Yuqori texnologiyalar markazining moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Unda diagnostika to‘plamlarini ishlab-chiqishga va qimmatbaho o‘simliklarning nihollarini mikroklonal usulda kuchaytirishga mo‘ljallangan ikkita ishlab-chiqarish maydonchasi tashkil etildi.
Ayni vaqtda mamlakatda innovatsion faoliyat rivojlanishining hozirgi holati va asosiy yo‘nalishlari samarali innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘lik bo‘lgan va jahon standartlari darajasida mahsulot ishlab chiqarishga imkon beruvchi ishlanmalarga ega, iqtisodiyotning ilmiy hajmdor tarmoqlaridagi yuqori texnologik korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni talab etadi.
Hozirgi sharoitda Yuqori texnologiyalar markazi zamonaviy fan va ishlab-chiqarishning haqiqiy ehtiyojlarini to‘la ta’minlamaydi. Uning faoliyatidagi mavjud kamchiliklar innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga hamda zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlanmalarni ishlab-chiqarishga joriy etishga to‘sqinlik qiladi.
Ilmiy va innovatsion faoliyatning rivojlanishini faollashtirish, fan, ta’lim va ishlab-chiqarishning yanada keng integratsiyasini ta’minlash, yangi bilimlarni yaratish va ko‘llash, ilg‘or innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab-chiqish va joriy etishda ilmiy-innovatsion salohiyatdan va ilmiy laboratoriya bazasidan samarali foydalanish bo‘yicha sharoitlar yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi xamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yuqori texnologiyalar o‘quv-eksperimental markazi” Davlat korxonasini O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga (keyingi o‘rinlarda — Ilg‘or texnologiyalar markazi) aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Ilg‘or texnologiyalar markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib kuyidagilar belgilansin:
fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish;
dunyo talablari va standartlari darajasida maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish, ishlab-chiqarish korxonalarida tadqiqot-sinov ishlarini bajarishga ko‘maklashish;
olimlar va tadqiqotchilarni hamkorlik qilishga jalb etish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, ilmiy hajmdor mahsulotlar va raqobatbardosh mahalliy innovatsion texnologiyalarni yaratish maqsadida fan, ta’lim va ishlab-chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
iqtisodiyot sohasida ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining yangi istiqbolli g‘oyalari va innovatsion ishlanmalarini shakllantirishga ko‘maklashish, uskunalar va infratuzilmadan hamkorlikda foydalanish asosida yuqori texnologik innovatsion ishlab chiqarishlarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash;
akademik, oliy ta’lim va tarmoq fanlari bilan hamkorlikning samarali shakllarini rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlarini bajarish;
xalqaro darajada patentlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ilmiy hajmdor va ilg‘or texnologiyalarni yaratish, yangi innovatsion mahsulotlarning namunalarini maketlashtirish, modellashtirish, tayyorlashda va ularni tekshirishda ishtirok etish;
yosh olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning zamonaviy, dunyo amaliyotida ilg‘or bo‘lgan usul va texnologiyalarini o‘zlashtirishlari maqsadida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat uchun kulay shart-sharoitlar yaratish;
mahalliy va xorijiy ilmiy va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda, shu jumladan innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish, texnologiyalarning transferi va intellektual mulk obyektlarini kommersializatsiyalash masalalari yuzasidan ilmiy konferensiyalar, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini tashkillashtirish;
ilmiy faoliyatni natijadorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning yangi shakllarini ko‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi uslubiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish uchun informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish;
xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik shakllarini rivojlantirishda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni, shu jumladan xalqaro dasturlar va jamg‘armalarning grantlarini jalb etgan xolda bajarish;
Markaz faoliyati, shu jumladan tijoratlashtirish, ilmiy tadbirkorlik va biznes bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha pulli to‘lov asosida o‘quv va trening kurslarini tashkil etish.
yaratiladigan o‘z biotexnologik mahsulotlarning tajriba-sinov ishlarini tashkil etish;
biotexnologik mahsulotlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
tirik organizmlar kultivatsiyasi va biotexnologik jarayonlarni masshtablashtirish;
o‘zak hujayralari namunalarini to‘plash va saqlash;
biotexnologik preparat moddalarini tozalash va ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish;
texnologiyalarga asoslangan mahalliy biotexnologik mahsulotlardan vaksina va rekombinat oqsillar ishlab chiqarish;
saraton va autoimmun kasalliklarini davolash uchun monoklonal antitanachalarga asoslangan yuqori texnologiyali dori preparatlarini yaratish;
biotexnologik yo‘l bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalarni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va klinik oldi sinovlarini o‘tkazish va ommaviy ishlab chiqarish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ilg‘or texnologiyalar markazi davlat ilmiy muassasasi shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib, davlat tilidagi nomi va O‘zbekiston Respublikasining gerbi tasviri tushirilgan muhriga va blanklariga, mustaqil balansiga, banklarda hisob raqamlariga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga egadir;
Ilg‘or texnologiyalar markazining direktori innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ilg‘or texnologiyalar markazi xodimlariga lavozim maoshlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy muassasalaridagi tegishli lavozimlarga belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi;
5. O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi:
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Fanlar Akademiyasi va iqtisodiyot real sektorining korxonalari — istiqbolli buyurtmachilar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ilg‘or texnologiyalar markazining 2018 — 2020-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni kiritsin;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi, Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Innovatsion menedjment” va “Investitsion loyihalarni boshqarish” fanlari bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini yaratish va Davlat boshqaruv akademiyasida rahbar kadrlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalariga joriy etishni ta’minlasin.
6. Ilg‘or texnologiyalar markazi faoliyatining moliyaviy manbalari etib kuyidagilar belgilansin:
binolar, xonalar va inshootlarni saqlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish hamda Ilg‘or texnologiyalar markazi xodimlarining ushbu qarorda belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida mehnatiga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
Ilg‘or texnologiyalar markazining faoliyatiga mos yo‘nalishlar bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini bajarish asosida olingan mablag‘lar;
xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining o‘rnatilgan tartibda beriladigan mablag‘lari;
xalqaro moliyaviy tashkilotlar va institutlarning grantlari va kreditlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziriga kuyidagi huquqlar berilsin:
zarur hollarda, Ilg‘or texnologiyalar markazining tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtat birligi va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartishlar kiritish;
Ilg‘or texnologiyalar markazi xodimlarining lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) asosiy egallab turgan lavozimi bo‘yicha, qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa qo‘shimchalar va ustamalardan qat’iy nazar Ilg‘or texnologiyalar markazining va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ustamalar belgilash.
8. Ilg‘or texnologiyalar markaziga beg‘araz asosda:
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Za-uy manzilida joylashgan Yuqori texnologiyalar markazining binosi, inshootlarini unga tutash hudud bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi bilan;
Yuqori texnologiyalar markazining laboratoriya uskunalari, mebel, kompyuter texnikalari va boshqa mulklari berilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmanomalariga binoan Markazga ishga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga o‘rnatilgan tartibda kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirishni ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmanomalariga binoan Markazga ishga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirilmasdan ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3416-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
bir oy muddatda Ilg‘or texnologiyalar markazining nizomini ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlab, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ilg‘or texnologiyalar markazining ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali muvofiqlashtirishni, asosiy e’tiborni amaliyotga yo‘naltirilganlik va natijadorlikka qaratgan xolda, ularni zamonaviy fanning talablariga va dunyo ilmiy yutuqlarining darajasiga mos kelishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi S.R. Xolmurodov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
1. 1-ilova “Ilg‘or texnologiyalar Markazi” bloki bilan to‘ldirilsin.
2. 3-ilovaning 5-bandida:
quydagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ilg‘or texnologiyalar markazi”;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar muvofiq ravishda beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 26-oktabrdagi “Toshkent shahrida Kembridj universitetining ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1631-sonli qarori;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-son qarorining 37-ilovasi 6-bandi. | 126 | 12,816 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 19-apreldagi 872-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga qo‘shimcha ravishda quyidagi masala kiritilsin:
“Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi QL-769-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). | 94 | 510 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChLARINI JALB QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM”NING QO‘LLANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 21-son, 216-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining 1996-yil 15-iyuldagi 44-II-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning qo‘llanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 285, 1996-yil 20-noyabr) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 218 | 1,156 |
Qonunchilik | «O‘ZKYeYSSYeRVIS» O‘ZBEKISTON — AMYeRIKA KO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Yuqori unum bilan ishlaydigan texnika va asbob-uskunalarga syervis xizmati ko‘rsatishni hamda ularni tuzatishni, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan «Keys korporeyshn» kompaniyasi (AQSh) o‘rtasidagi Bitimni amalda ro‘yobga chiqarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. «O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish» davlat-koopyerativ qo‘mitasi, O‘zbekiston banklari uyushmasi va «O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding» kompaniyasining «Keys Ekvipment xoldingz Limited» (AQSh) firmasi bilan birgalikda 4.117.500 AQSh dollari miqdorida va ilovaga* muvofiq taqsimlangan ustav jamg‘armasi bo‘lgan yuqori unum bilan ishlaydigan texnika va asbob-uskunalarga syervis xizmati ko‘rsatish hamda ularni tuzatish bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyat turidagi «O‘zKeyssyervis» qo‘shma korxonasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. «O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish» davlat-koopyerativ qo‘mitasiga ishlab turgan viloyat texnika markazlarining bir qismi hisoblangan binolar, imoratlar va asbob-uskunalar uchun 20 yil davomidagi ijara haqi qiymatini qo‘shma korxonaning ustav jamg‘armasiga o‘z ulushi sifatida (27,5 foiz) qo‘shishiga ruxsat etilsin.
3. «O‘zKeyssyervis» qo‘shma korxonasi faoliyatining quyidagi asosiy yo‘nalishlari ma’qullansin:
ham kafolatli davrda, ham kafolatli davrdan keyin qishloq xo‘jaligi texnikasiga syervis hamda texnika xizmati ko‘rsatish va ularni tuzatish;
ehtiyot qismlarni yetkazib byerishning markazlashtirilgan tizimini tashkil etish;
«O‘zKeysmash» qo‘shma korxonasi buyumlarini va yangidan tashkil etiladigan qo‘shma korxonalar mahsulotlarini kafolatli kuzatib borilishini ta’minlash.
4. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi «O‘zKeyssyervis» qo‘shma korxonasini O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki «O‘zKeyssyervis» qo‘shma korxonasiga O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida xorijiy valyutada schyot ochish, qarz olish va ularni uzish uchun ruxsatnomalar byerilishini ta’minlasin,
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin. | 86 | 2,153 |
Qonunchilik | Qurilishi tugallanmagan obyektni foydalanishga topshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan savdo uyi binosini foydalanishga topshirishni jadallashtirish va undan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, OAT “Aloqabank” va “ZRAS BIZNES” mas’uliyati cheklangan jamiyat muassislarining:
Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan savdo uyi binosini (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) foydalanishga topshirishni jadallashtirish maqsadida, uni istisno tariqasida baholash qiymatida to‘g‘ridan to‘g‘ri “ZRAS BIZNES” MChJga sotish;
sotishdan tushgan mablag‘larning bir qismini obyekt qurilishiga Toshkent shahar hokimligining Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti tomonidan sarflangan 3 016 469 200 so‘m miqdoridagi jalb qilingan kredit va o‘z mablag‘larini qoplash uchun Toshkent shahar hokimligining alohida hisob raqamiga yo‘naltirish (xarajatlar miqdori pul mablag‘larining Toshkent shahar hokimligi alohida hisob raqamiga tushishi sanasiga qarab binoni saqlash xarajatlari va kredit foizlari hisobiga o‘zgarishi mumkin);
sotishdan tushgan mablag‘larning qolgan qismini Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda taqsimlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi:
obyektning xususiylashtirishga tegishli hujjatlar to‘plami belgilangan tartibda tayyorlanishi va baholanishini hamda baholangan narxida to‘g‘ridan to‘g‘ri “ZRAS BIZNES” MChJga sotish yuzasidan oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilishini;
sotishdan tushgan mablag‘lar ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan tartibda taqsimlanishini;
“ZRAS BIZNES” MChJ tomonidan shartnoma shartlari to‘liq bajarilgandan so‘ng unga obyektga nisbatan mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderi berilishini ta’minlasinlar.
3. Obyektning sotib olish to‘lovlari 2014-yil 15-dekabrga qadar “ZRAS BIZNES” MChJ tomonidan to‘liq to‘lanishi hamda 2015-yil 1-yanvarga qadar qurilish ishlari yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirilishi inobatga olinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. | 104 | 2,682 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasd | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘n kun muddatda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 2-martdagi 163-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi zimmasiga hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir maslahatchisi deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir maslahatchisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir maslahatchisining faoliyati qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish, yerdan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat sanoatini, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish masalalarini hal etish bo‘yicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi hamda tayyorlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
5. Bosh vazir maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining a’zosi hisoblanadi.
Bosh vazir maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazir maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
7. Bosh vazir maslahatchisi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) bevosita rahbarlik qiladi va Kotibiyat mudiri mutaxassislarining ishini tashkil qiladi.
8. Bosh vazir maslahatchisi Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq o‘ziga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida umumiy muvofiqlashtiradi.
9. Bosh vazir maslahatchisi mehnatiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq haq to‘lanadi.
10. Quyidagilar Bosh vazir maslahatchisi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini o‘rganish, agrar hamda oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
xususan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga doir optimal qarorlar ishlab chiqish, agrar sohada innovatsion texnologiyalarni, qishloq xo‘jaligi ekinlarining intensiv hamda yuqori hosildor navlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirish orqali agrar va oziq-ovqat sohalarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga davlat buyurtmasi tizimini takomillashtirish va mamlakat aholisiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni tashkil etish yo‘li bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan agrar va oziq-ovqat sohasiga taalluqli masalalar bo‘yicha tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berishi uchun har chorakda tahliliy materiallar tayyorlash;
Hukumatning, Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish hamda amalga oshirilishini monitoring qilish;
Bosh vazir maslahatchisi vakolatiga kiritilgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;
agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar hamda tarmoqlarda muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ularni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish;
Kotibiyatga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishini doimiy va tizimli asosda har tomonlama, tanqidiy tahlil qilishni, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishni hamda kompleks vazifalar amalga oshirilishini ta’minlash;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish chora-tadbirlarini tashkil etish;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalarini, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish masalalarini tayyorlash hamda ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
Kotibiyat kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va uni tizimli asosda yangilab borishni ta’minlash.
11. Quyidagilar Bosh vazir maslahatchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish va suv xo‘jaligi qurilishi sohasida:
qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish va suv xo‘jaligi qurilishi sohasidagi islohotlarning, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son, “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 11-maydagi PF-5041-son va “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmonlariga muvofiq amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga qishloq xo‘jaligi, o‘rmonzorlar, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;
qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish, suv xo‘jaligi qurilishini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qaroriga muvofiq ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, suvni tejaydigan samarali texnologiyalar, birinchi navbatda, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini ularning faoliyatiga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
fermerlik harakatini rivojlantirish, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini shakllantirish, agroklasterlar tashkil qilish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, o‘rmon xo‘jaligi tizimini rivojlantirish va dorivor o‘simliklar yetishtirish holatini tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qaroriga muvofiq agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlariga asoslangan ijara munosabatlari va xo‘jalik yuritish tizimini keng rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlaydigan qulay iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
erlarni qo‘riqlash va ulardan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish ishlarini muvofiqlashtirish;
o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, o‘rmon fondi va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish, daraxtzorlar tashkil qilish, takror ekish, qo‘riqlash va himoya qilish, o‘rmonlardan oqilona hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan investitsiya dasturiga muvofiq qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, xususan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb etilishini tahlil qilish;
qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha takliflar hamda hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularning kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish ishlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qaroriga muvofiq suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil qilish;
b) oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, shuningdek, qishloq joylarda savdo va pulli xizmatlarni tashkil etish sohasida:
oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, sohaga O‘zbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan investitsiya dasturiga muvofiq xorijiy investitsiyalar hamda texnologiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratishga doir takliflar va hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish hamda ularni kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
oziq-ovqat sohasi korxonalarida Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi monitoringini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga muvofiq uzumchilikni yanada rivojlantirish, tokzorlarni kengaytirish va hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ularni joylashtirishni optimallashtirish, uzumchilikning ilmiy bazasini mustahkamlash, yangi, istiqbolli, serhosil navlarini joriy etish, shuningdek, uzumni qayta ishlash hajmlarini kengaytirish va tarmoqning eksport salohiyatini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro standartlarga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import o‘rnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;
oziq-ovqat donini ishlab chiqarish va taqsimlash balansi puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash hamda uning bajarilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga muvofiq ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish masalalari monitoringi va tahlilini tashkil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni rivojlantirishning sifatli o‘zgarishlari va tendensiyalarini baholash;
oziq-ovqat tovarlari yuzasidan bozorlar faoliyatini, yarmarka va ko‘rgazma faoliyatini muvofiqlashtirish, qishloq aholisini talab etilgan va sifatli oziq-ovqat tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida marketing tadqiqotlari o‘tkazilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga muvofiq respublika aholisini qish-bahor davrida uzluksiz ta’minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlashni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini takomillashtirish, pulli xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini faol joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
oziq-ovqat sanoati, savdo uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini o‘rganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
v) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
Bosh vazir maslahatchisi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning amalga oshirilishi to‘g‘risida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish.
12. Bosh vazir maslahatchisi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;
Agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
Kotibiyatga biriktirgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
Bosh vazir maslahatchisi va Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan sohalarda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati hamda natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoring tashkil etilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Kotibiyatga biriktirilgan sohalarda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
agrar va oziq-ovqat sohalar tarmoqlarini rivojlantirish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;
Bosh vazir maslahatchisi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumatning qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Hukumat a’zolari hisoblangan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbar lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash) bo‘yicha belgilangan tartibga muvofiq kadrlarni tanlaydi hamda ularning zaxirasini shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;
Kotibiyat mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Kotibiyatda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
Kotibiyat mudirining va boshqa mutaxassislarining vazifalari taqsimlanishini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Bosh vazir maslahatchisining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
Bosh vazir maslahatchisi vaqtinchalik bo‘lmaganda, uning vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishilgan holda, Kotibiyat mudiri bajaradi.
13. Bosh vazir maslahatchisi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning kollegial organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga ko‘ra — davlat boshqa organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir maslahatchisining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Bosh vazir maslahatchisining o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
14. Bosh vazir maslahatchisi:
ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
uning vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir maslahatchisi oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
rahbarlik qilinayotgan Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari tomonidan tovarlar hamda xizmatlar eksporti prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
15. Bosh vazir maslahatchisining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyat ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
16. Bosh vazir maslahatchisining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi.
1. Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish, yerdan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasi masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisiga (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir maslahatchisi deb ataladi) bo‘ysunadi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi;
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
agrar va oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
agrar va oziq-ovqat sohalarida davlat siyosatining samarali hamda sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan yer va suv resurslaridan foydalanish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq xo‘jaligi, fermerlik va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish sohasida:
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’molining haqiqiy holatini hamda rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida bu boradagi siyosatni strategik rejalashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish, ekin maydonlarini optimallashtirish, o‘rmon maydonlari, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilishning yangi ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini mustahkamlash ishlarini tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini tashkil qilish;
qishloq joylarda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning yetakchi bo‘g‘ini va shakli sifatida fermer xo‘jaliklarining huquqlari, manfaatlarini himoya qilishni va samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga ko‘maklashish, ularning manfaatdorligini rag‘batlantirish, zamonaviy texnologiyalarni va qishloq xo‘jaligi xomashyosini kompleks qayta ishlashni joriy etish, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmatlar sohasini tashkil etish va rivojlantirish hisobiga mexanizatsiyalash va rentabellik darajasini oshirish;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularning faoliyatiga suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish;
qishloqda fermerlik harakatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini shakllantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish monitoringini va tahlilini ta’minlash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda qishloqni yuksaltirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xo‘jalik yuritishning shartnoma munosabatlariga asoslangan shakllari va tizimini keng rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlari ishonchli himoya etilishini ta’minlaydigan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, mini-texnologiyalarni rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish, agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
seleksiya va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlash, chigirtka, zararkunandalar, o‘simlikliklar kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirishni ta’minlash;
fermer xo‘jaliklarini yuqori unumli, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan, shu jumladan lizing asosida ta’minlash ishlari monitoringini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligini kompleks mexanizatsiyalashni ta’minlashni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash hamda sertifikatlash ishlarini muvofiqlashtirish;
bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalar faoliyati monitoringini ta’minlash;
b) yerdan oqilona foydalanish va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish sohasida:
o‘rmon fondi va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish, daraxtzorlar tashkil qilish, takror ekish, qo‘riqlash va himoya qilish, o‘rmonlardan oqilona hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish ishlarini tashkil etish;
o‘rmonzorlardan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;
o‘rmonzorlar va yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil qilish;
o‘rmon xo‘jaligi tizimini rivojlantirish va dorivor o‘simliklar yetishtirishning monitoringini hamda tahlilini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoniga muvofiq Yagona davlat kadastrlari tizimini yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida yer uchastkalari taqdim etishda, yer va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqishda to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
agrar sohada monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, sog‘lom raqobat uchun sharoitlar yaratish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilishga oid takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 11-maydagi PF-5041-son Farmoniga muvofiq o‘rmon xo‘jaligi tizimini rivojlantirish, respublikamizda o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish, o‘rmonzorlardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar va manzarali daraxtlarning qimmatbaho navlarini yetishtirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash;
o‘rmonlarni boshqarish, ulardan foydalanish, takror ko‘paytirish, ularni qo‘riqlash va himoya qilishni samarali tashkil etishga, davlat o‘rmon kadastrini yuritishga va qo‘riqxona ishini tashkil etishga ko‘maklashish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni moliyalashtirish va kredit ajratish tizimini takomillashtirish, o‘rmonlardan foydalanish, ularni qo‘riqlash va himoya qilish, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga doir takliflarni tahlil qilish hamda tayyorlash;
v) qishloq xo‘jaligida innovatsiya texnologiyalarini va klaster tizimini joriy etish sohasida:
qishloq xo‘jaligida innovatsiya texnologiyalarini va klaster tizimini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
agrar va oziq-ovqat sohalarida ilmiy salohiyatni mustahkamlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
ilmiy muassasalarning agrar va oziq-ovqat sohalarida samaradorlikni rivojlantirish va oshirishning muhim muammolari, ishlab chiqarishga ilmiy ishlanmalarni joriy qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari monitoringini ta’minlash;
istiqbolli innovatsiya ishlanmalari, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining agrar va oziq-ovqat sohalariga joriy etilishini tashkil qilish;
agroklasterlarni rivojlantirish va agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;
agrar va oziq-ovqat sohalarida klaster tizimini rivojlantirishdagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son va “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PF-5388-son Farmonlariga muvofiq yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
klasterlarning iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
g) suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishini rivojlantirish sohasida:
suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;
suv xo‘jaligi va suv resurslari tizimini boshqarish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni tashkil etish;
suv xo‘jaligi tashkilotlarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
suv xo‘jaligi tashkilotlarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
suv resurslarini vertikal bo‘yicha samarali boshqarish, suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilari o‘rtasidagi suv munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
suv xo‘jaligida va suv xo‘jaligi qurilishi sohasida sug‘orish suvini tejaydigan samarali texnologiyalarni hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish;
suv iste’molchilari uyushmalarining rivojlanishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish monitoringi va tahlilini ta’minlash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda suv xo‘jaligini va suv xo‘jaligi qurilishini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnomaviy munosabatlarni faol rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlaydigan, ishonchli suv ta’minotiga yo‘naltirilgan qulay iqtisodiy shart-sharoitlar va huquqiy kafolatlarni yaratish ishlarini tashkil etish;
er yuzasidagi suv resurslaridan foydalanish kadastri tizimini joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, suv xo‘jaligi tizimi faoliyati masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
suv xo‘jaligida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ishlarini tashkil qilish;
suv xo‘jaligiga va suv xo‘jaligi qurilishiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
suv xo‘jaligida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-3672-son Farmoniga muvofiq boshqaruv shakllari, metodlari va tuzilmalarini keng joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza prinsipi asosida suv resurslarini boshqarish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, meliorativ tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, suv iste’molchilari uyushmalarini va fermer xo‘jaliklarini lizing asosida zamonaviy meliorativ texnika, mashinalar va mexanizmlar bilan ta’minlash ishlari monitoringini ta’minlash;
suv xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy muassasalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga hamda suv xo‘jaligining eng muhim muammolarini hal etishga va suv xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha faoliyati monitoringini yuritish;
d) chorvachilik, parrandachilik, qorako‘lchilik, veterinariya va naslchilik ishini rivojlantirish sohasida:
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni tizimli va kompleks o‘rganishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5067-son Farmoniga muvofiq respublikada chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirilishining va natijadorligining monitoringi olib borilishi hamda tahlil etilishini, intensiv usullar va texnologiyalarning chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga joriy qilinishini ta’minlash;
chorvachilik, parrandachilik, qorako‘lchilik, veterinariya va naslchilik ishini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;
naslchilik ishini sifatli tashkil etish, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatish sohasida xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
kelgusida tovar xo‘jaliklarini naslchilik xo‘jaliklari etib tarkibiy o‘zgartirgan holda, chorva mollari zotlarini yaxshilash bo‘yicha uzoq muddatli seleksiya rejalarini ishlab chiqishni ta’minlash;
zooveterinariya punktlarini jihozlash hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga zootexnika va veterinariya xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, veterinariya preparatlarini mamlakatimizda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
ozuqa ekinlarini ekish tarkibini maqbullashtirish va chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlaridan maqsadli foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirishga intensiv va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga muvofiq pillachilik ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsulli tut ipak qurti urug‘ini mamlakatimizda ishlab chiqarish, shuningdek, tirik pilla ishlab chiqarishni kengaytirish ishlarini tashkil etish;
fermer xo‘jaliklarida va yakka tartibdagi sektorlarda qorako‘lchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishni, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
e) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida:
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 5-martdagi PQ-2505-son va “Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4118-son qarorlariga muvofiq meva-sabzavot, vinochilik, yog‘-moy, go‘sht-sut va mazali oziq-ovqatlar sanoati, shuningdek, donni qayta ishlash va omixta yem ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;
oziq-ovqat sanoati tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;
oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va mazkur sohani rivojlantirish vazifalarining kompleks hal etilishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan investitsiya dasturiga muvofiq oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, sohaga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini tashkil etish;
oziq-ovqat sohasi korxonalarida Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi monitoringini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga muvofiq uzumchilikni yanada rivojlantirish, tokzorlarni kengaytirish va hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ularni joylashtirishni optimallashtirish, uzumchilikning ilmiy bazasini mustahkamlash, yangi, istiqbolli, serhosil navlarini joriy etish, shuningdek, uzumni qayta ishlash hajmlarini kengaytirish va tarmoqning eksport salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish;
xalqaro standartlarga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import o‘rnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda oziq-ovqat bo‘ladigan donni ishlab chiqarish va taqsimlash balansi puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash hamda uning bajarilishini nazorat qilish;
j) savdo va pulli xizmatlarni rivojlantirish sohasida:
savdo va pulli xizmatlarni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni ta’minlash;
savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga muvofiq ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish masalalari monitoringi va tahlilini tashkil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni rivojlantirishning sifatli o‘zgarishlari va tendensiyalarini baholash;
savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati monitoringini yuritish;
savdo va pulli xizmatlar sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifalari kompleks hal etilishini ta’minlash;
oziq-ovqat tovarlari yuzasidan bozorlar faoliyatini, yarmarka va ko‘rgazma faoliyati monitoringini olib borish, qishloq aholisini talab etilgan va sifatli oziq-ovqat tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida marketing tadqiqotlari o‘tkazilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga muvofiq respublika aholisini qish-bahor davrida uzluksiz ta’minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlashni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini takomillashtirish, pulli xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini faol joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
z) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, Kotibiyatga biriktirilgan sohalardagi muammoli masa | 250 | 63,584 |
Qonunchilik | “JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ChEGARADOSh DAVLATLAR HUDUDIDAN ShAXSIY FOYDALANISh UChUN BOJSIZ OLIB KIRILADIGAN ISTE’MOL TOVARLARINING ChEKLANGAN MIQDORIY NORMALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 7-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 425-sonli “Iste’mol tovarlari importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 28-dekabrdagi 141, XI-01/12-4998 va 01-02/8-52-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga chegaradosh davlatlar hududidan shaxsiy foydalanish uchun bojsiz olib kiriladigan iste’mol tovarlarining cheklangan miqdoriy normalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (2002-yil 28-dekabr, ro‘yxat raqami 1196) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 250 | 1,090 |
Qonunchilik | Toshkent viloyatidagi ta’lim muassasalarini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Toshkent viloyatidagi ta’lim muassasalarini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining moddiy-texnika bazasidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tugatish va uning negizida 2014/2015-o‘quv yilidan boshlab:
540 nafar o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktab-internat deb ataladi);
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida 450 nafar o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan Angren akademik litseyi (keyingi o‘rinlarda akademik litsey deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tugatish hamda uning negizida ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Angren akademik litseyi tashkil etish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Komissiya:
Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tugatish hamda uning negizida qonunchilikda belgilangan tartibda, ixtisoslashtirilgan maktab-internat va akademik litsey tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatni va akademik litseyni zamonaviy pedagogik metodikalar va texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashga doir zarur chora-tadbirlar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan psixologiya-pedagogika diagnostikasi va test sinovlari natijalariga ko‘ra ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5 — 9- sinflariga o‘quvchilar qabul qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatga, akademik litseyga hamda Angren shahar hokimligiga tugatilayotgan Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha bino va inshootlarini, shuningdek boshqa mol-mulklarini tezkor boshqarish huquqi bilan bir oy muddatda bepul bersin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Angren shahar hokimligiga berilayotgan bino va inshootlardan kelgusida foydalanish yuzasidan takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining tugatilishi munosabati bilan bo‘shab qolayotgan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi belgilangan tartibda:
Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litseyni Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tasarrufiga berish, uni Toshkent davlat pedagogika universitetiga birkitish;
tugatilayotgan Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining Angren, Bekobod shaharlaridagi, Bekobod, Bo‘ka, Ohangaron va Oqqo‘rg‘on tumanlaridagi axborot-resurs markazlarini 3-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kasb-hunar kollejlariga berish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
7. Quyidagilar:
Toshkent viloyatining mahalliy budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar — ixtisoslashtirilgan maktab-internat;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar — akademik litsey faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yilda — ixtisoslashtirilgan maktab-internatning va akademik litseyning ta’minoti uchun ta’lim sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida mablag‘lar ajratilishini, 2015-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida mablag‘lar nazarda tutilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 127 | 4,571 |
Qonunchilik | Davlat innovatsiyani barcha yoʻllar bilan qoʻllab-quvvatlaydi | QHTBT portalida “Ilmiy va innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi joylashtirildi.
Loyiha:
Davlat ilmiy va ilmiy-teхnikaviy faoliyatni qoʻllab-quvvatlashni kafolatlaydi. Xususan, ilmiy faoliyatni moliyalashtirishning har хil turlari nazarda tutilayotir: bazaviy, grant, maqsadli, aralash va nodir ob’yektlarni saqlashni moliyalashtirish.
Ilmiy, ilmiy-teхnikaviy va innovatsion faoliyatni amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaхslar ushbu munosabatlar sub’yektlari boʻladi.
Jismoniy shaхslar
Yuridik shaхslar
Olim – ilm-fanga muhim hissa qoʻshgan ilmiy va ilmiy-teхnikaviy faoliyatni olib boradigan sub’yekt.
Fanlar akademiyasi – mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti.
Ilmiy (ilmiy-pedagogik va (yoki) ilmiy-teхnikaviy) хodim – oliy ma’lumotga, zarur malakaga ega va ilmiy va (yoki) ilmiy-teхnikaviy va (yoki) ilmiy-pedagogik faoliyat bilan professional ravishda shugʻullanuvchi shaхs.
Ilmiy muassasa - ilmiy, ilmiy-teхnikaviy va innovatsiya faoliyatini amalga oshirish asosiy faoliyat turi boʻlgan va ta’sis hujjatlariga muvofiq harakat qiladigan yuridik shaхs.
Ilmiy muassasa mutaхassisisi (muhandis-teхnik хodim) – oʻrta maхsus, kasb-hunar yoki oliy ma’lumotga ega va ilmiy va (yoki) ilmiy-teхnikaviy natijani olishga yoki uni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashuvchi shaхs.
Innovatsiya tashkilotlari – ilmiy va innovatsiya faoliyati natijalarini ishlab chiqishni va/yoki aprobatsiyasini, oʻzlashtirishni, transferni va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar tomonidan tashkil etiladi.
Ilmiy хizmat koʻrsatish sohasi хodimi – ilmiy tashkilotda ilmiy va (yoki) ilmiy-teхnikaviy faoliyat uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni ta’minlovchi shaхs.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi – ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasidagi oliy organ.
Loyihada davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalari ilmiy хodimlariga ilmiy darajalar berish tartibi, shuningdek ularni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari (har yilgi davomli ta’tillar va h.k.) koʻzda tutilmoqda.
Loyihaga koʻra, innovatsiya bu – yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (tovar, ish, хizmat va b.) koʻrinishida roʻyobga chiqarilgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va (yoki) teхnologik ishlarning oхirgi natijasidir.
Qonun loyihasi bilan innovatsiyaning quyidagi turlari ajratiladi (quyidagi jadvalga qarang).
Mahsulot innovatsiyasi
teхnologik yangi innovatsion mahsulot ishlab chiqish va joriy qilishga qaratilgan
Jarayon innovatsiyasi
teхnologik yangi ishlab chiqarish uslublari, jumladan innovatsion mahsulotni uzatish uslublarini ishlab chiqishga qaratilgan
Marketing innovatsiyasi
mahsulotlar dizayni va oʻramidagi oʻzgartirishlarni, mahsulotlarni sotish va taqdimot qilishning yangi uslublaridan foydalanishni qamrab oladigan yangi marketing uslublarini amalga oshirishga qaratilgan
Tashkiliy innovatsiya
biznesni yuritish, ish oʻrinlari yoki tashqi aloqalarni tashkil etishning yangi uslublarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan
Milliy innovatsiya loyihalarini ishlab chiquvchilar uchun rejalashtirilayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida bu yerda oʻqish mumkin.
Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 61 | 3,248 |
Qonunchilik | “TABIIY MONOPOLIYALAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA | “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish va tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini narxlar bilan tartibga soluvchi vakolatli organ hisoblanadi.
2. Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy me’yoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga (keyingi o‘rinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar)ni yoki ularning eng yuqori darajalarini belgilash tartibini o‘rnatadi.
2. Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori darajalari (pochta aloqasi universal xizmatlariga tariflar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yoki uning topshirig‘iga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — narxlarni boshqarish organi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.
Pochta aloqasi universal xizmatlariga tariflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar sohasida maxsus vakil qilingan organ tomonidan belgilanadi.
3. Davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirmaydigan tabiiy monopoliya subyektlari narxlar (tariflar) loyihalarini ko‘rib chiqish uchun bevosita narxlarni boshqarish organiga taqdim etadilar.
Basharti, tabiiy monopoliya subyekti davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirgan taqdirda tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarning narxlari (tariflari) yoki ularning eng yuqori darajalari loyihalarini ko‘rib chiqish uchun narxlarni boshqarish organiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari taqdim etadilar.
4. Tovarlarga narxlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori darajalarini belgilash uchun tabiiy monopoliya subyektlari narxlarni boshqarish organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
a) narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori darajalari loyihasi;
b) oxirgi hisobot davri va prognoz qilinayotgan davr uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oluvchi narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori darajalari loyihasini asoslovchi hujjatlar:
tovarlar ishlab chiqarish (sotish) chiqimlari;
ish haqini yoyib ko‘rsatish;
xomashyo va materiallar qiymatini yoyib ko‘rsatish;
foydalanish xarajatlarini (yuklama xarajatlarni, shu jumladan amortizatsiya ajratmalarini) yoyib ko‘rsatish;
yalpi foydani, davr xarajatlarini (shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni) yoyib ko‘rsatish;
takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj;
davlat dotatsiyalariga yoki davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyoj.
Zaruriyat bo‘lganda narxlarni boshqarish organi qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni so‘rab olishga haqlidir.
5. Tovar ishlab chiqarish chiqimlarini aniqlashda tabiiy monopoliya subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli idoraviy normativ va uslubiy hujjatlariga amal qiladilar.
6. Narxlarni boshqarish organi narxlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori darajasi loyihalarini ko‘rib chiqish uchun barcha zarur hujjatlar to‘liq hajmda olingan kundan boshlab bir hafta muddatda qaror qabul qilishi shart.
7. Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan narxlarni (tariflarni) asoslash bo‘yicha hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda yoki iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda narxlarni boshqarish organi uch kun muddatda mavjud kamchiliklarni yozma ravishda asoslagan holda narxlar (tariflar) loyihalarini qayta ishlashga qaytaradi.
Bunday hollarda narxlar (tariflar)ni tasdiqlash bo‘yicha qaror qayta ishlangan hujjatlarning to‘liq turkumi olingan kundan boshlab 5 kun mobaynida qabul qilinadi.
Narxlar (tariflar) darajasi bo‘yicha qaror qabul qilishda narxlarni boshqarish organi ularning iste’molchining mahsulotlari narxlariga ta’sirini hisobga oladi.
8. Narxlarni boshqarish organining tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar narxlarini (tariflarini) yoki ularning yuqori darajasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori ular kuchga kirishidan 15 kun oldin tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda e’lon qilinadi.
9. Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar narxlarini (tariflarini) yoki ularning yuqori darajasini belgilashda tabiiy monopoliya subyektlari keyinchalik narxlarni boshqarish organini xabardor qilgan holda ular darajasini mustaqil pasaytirish huquqiga ega bo‘ladilar.
10. Tovarlarni respublika tashqarisiga yetkazib beruvchi tabiiy monopoliya subyektlari ular bo‘yicha hisob-kitoblarni shartnomaviy (erkin) narxlar bo‘yicha amalga oshiradilar.
11. Mazkur Nizomga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — davlat monopoliyaga qarshi organi) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Nazoratni amalga oshirish uchun davlat monopoliyaga qarshi organi davlat va xo‘jalik boshqaruv organlaridan yoki tabiiy monopoliya subyektlaridan tasdiqlangan narxlar (tariflar)ni yoki ularning eng yuqori darajalarini asoslash bo‘yicha materiallarni so‘rab olishga haqlidir.
13. Belgilab qo‘yilgan va cheklangan narxlar (tariflar)ni hamda ustamalarni oshirib yuborish, narxlar (tariflar)ni belgilash uchun yoki rentabellikning cheklangan darajasini aniqlash uchun moliya organlariga noto‘g‘ri axborot berish, ularning oshirib yuborilishiga sabab bo‘lgan ustamalarni qo‘llash, shuningdek mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qiymatiga ularning narxida hisobga olingan amalda ishlatilmagan materiallarni yoki bajarilmagan ishlarni kiritish hollari monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan aniqlangan taqdirda asossiz olingan daromad (foyda)ni bevosita iste’molchiga qaytarish yoxud iste’molchilarni aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda maxsus tranzit hisob raqami deb ataladi) o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Asossiz olingan daromad (foyda) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni oshirilgan narxlar va tariflar bo‘yicha (ularga qo‘shimcha to‘lov, chegirmalar va shu kabilarni hisobga olgan holda) sotishdan amalda olingan tushum bilan qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirilgan narxlar va tariflar bo‘yicha (ularga qo‘shimcha to‘lov, chegirmalar va shu kabilarni hisobga olgan holda) aynan shu mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning qiymati o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan monopol mahsulotlarning ayrim turlari tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan birja savdolari va auksionlar orqali, shuningdek birja (auksion) kotirovkalarining o‘rtacha narxlariga ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilganda, deklaratsiya to‘ldirilgan cheklangan narx oshirib yuborilganligi uchun ularga nisbatan jazo qo‘llanilmaydi.
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan yoqilg‘i-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejash natijasida qo‘shimcha daromad (foyda) olish mazkur Nizomning buzilishi hisoblanmaydi hamda ushbu daromad (foyda) olib qo‘yilmaydi.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablag‘lar va jarimalar oyiga ikki marta (oyning 17-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablag‘larning 80 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga;
mablag‘larning 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga.
14. Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan yangi narxlar (tariflar)ni yoki ularning eng yuqori darajalarni amalga kiritish muddatlariga rioya qilmaslik hollari aniqlangan taqdirda asossiz olingan daromad yangidan joriy etilgan va ilgari amalda bo‘lgan narxlar (tariflar) o‘rtasidagi farqning qonun hujjatlarida nazarda tutilganiga nisbatan qisqartirilgan kunlar davrida sotilgan tovar hajmiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
15. Mazkur Nizom buzilishini mustaqil ravishda aniqlagan va buning natijasida ortiqcha summa olgan tabiiy monopoliya subyekti ularni iste’molchiga qaytaradi yoxud iste’molchilarni aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkazadi. Bu holda jarima qo‘llanmaydi.
Mazkur Nizomning buzilishi monopoliyaga qarshi organ tomonidan aniqlangan taqdirda noqonuniy olingan summaning 10 foizidan 20 foizigacha, aynan shu buzilish jarima qo‘llangandan keyingi ikki yil mobaynida takroran aniqlangan taqdirda esa — 20 foizidan 50 foizigacha jarima qo‘llanadi.
Jarima solish sud tartibida, tayyorlovchilar (ijrochilar, sotuvchilar) tomonidan sodir etilgan qonunni buzish aybi tan olinganda va jarima ixtiyoriy ravishda to‘langanda esa — monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimani undirish unga jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni bergan holda amalga oshiriladi.
16. “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga rioya etilmaganligi uchun tabiiy monopoliya subyektlariga nisbatan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jazolar qo‘llaniladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risida” 1994-yil 7-fevraldagi 54-son qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sotiladigan elektr energiyasi tariflari to‘g‘risida” 1994-yil 8-sentabrdagi 453-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 9-son, 43-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sotiladigan ko‘mir, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun shartnomaviy (erkin) narxlarga o‘tish to‘g‘risida” 1994-yil 8-sentabrdagi 454-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 9-son, 44-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kichik gidroenergetikani rivojlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 28-dekabrdagi 476-son qarori 5-bandining birinchi xatboshi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan “Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanilishini nazorat qilish tartibi”ning 2-bandi uchinchi xatboshi va III bo‘limi. | 110 | 11,979 |
Qonunchilik | Shifokorlarni muntazam attestatsiyadan o‘tkazish va oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilash tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish, tibbiyot tashkilotlarini chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, shuningdek respublika sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha muayyan mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyojdan kelib chiqib, oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini tizimli asosda belgilash ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tibbiyot kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam attestatsiyadan o‘tkazish tizimini shakllantirish;
aholi, ayniqsa, qishloq aholisining malakali tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qanoatlantiradigan shart-sharoitlar yaratish, shifokorlarni ixtisoslashuv yo‘nalishlari bo‘yicha uzluksiz professional rivojlantirish jarayonini joriy qilish imkonini beradigan muhitni yaratish;
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimining yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha real ehtiyojiga muvofiq oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilash tartibini yanada takomillashtirish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy tibbiyot muassasalariga qabul kvotasini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan shifokorlarni egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda shifokorlarni attestatsiyadan o‘tkazish deb ataladi) majburiy bo‘lib, besh yilda bir marta o‘tkaziladi;
shifokorlar attestatsiyadan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etiladigan shifokorlarni muntazam attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha attestatsiya komissiyalari (keyingi o‘rinda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi;
tegishli mutaxassislik bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan, amaldagi malaka toifasiga ega bo‘lgan shifokorlar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
4. Quyidagilar attestatsiya komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
shifokorlarni shifokorlik mutaxassisliklarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam attestatsiyadan o‘tkazish, shu jumladan ularning professional tayyorgarligi va malakasini baholash;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlarining kadrlar tarkibini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar bilan mustahkamlashga doir takliflar kiritish;
shifokorlarning tegishli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha malakasi va professional darajasini muntazam oshirish tizimini yaratishga oid takliflar ishlab chiqish.
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2360-son qaroriga muvofiq yo‘nalishlar, mutaxassisliklar bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul qilishning keyinchalik bitiruvchilarni ishga joylashtirish bilan bog‘liq holdagi balans hisob-kitoblaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
6.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tibbiyot kadrlari bilan ta’minlanganlik va istiqbolda ularga bo‘lgan real ehtiyojni har yili baholash asosida oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalarini belgilashga doir takliflar ishlab chiqilishini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda aniq yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyojdan kelib chiqib, oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilashga doir takliflarni o‘z vaqtida shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.I. Ikramov va B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin. | 168 | 4,792 |
Qonunchilik | Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlashning yangi modeli joriy etiladi | Bu Prezidentning 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4890-son qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida:
Sogʻliqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy хizmatlar va dori vositalari hajmini, shuningdek birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot хodimlari faoliyatini baholash mezonlari hamda ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlash topshirildi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi tashkil etiladi:
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) 2020 yil 1 dekabrdan tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
Tajriba-sinov loyihasi doirasida 2021 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi tartib oʻrnatiladi:
Shuningdek hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Konsepsiya davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni koʻrsatish va uni moliyalashtirishda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish va aprobatsiyadan oʻtkazishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi. 2021 yil 1 iyuldan 2022 yil yakunigacha boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida aprobatsiyadan oʻtkazish va uning ijobiy natijalarini 2023 yildan boshlab respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 68 | 1,787 |
Qonunchilik | ENHATni joriy etish masalalari хorijiy mutaхassislar bilan muhokama qilinadi | Prezidentning 14.08.2017 yildagi F–5022-son farmoyishi bilan mamlakatimizda elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini (ENHAT) yanada joriy etish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Mamlakatimizga «SAGEMCOM» (Fransiya), «Landis & Gyr» (Shveysariya) va «Elster Metronica» (GFR) kabi хorijiy kompaniyalarning vakillari taklif etiladi. Ular bilan ENHATni joriy etish loyihasini amalga oshirishga taalluqli qator masalalarni muhokama qilish koʻzda tutilmoqda.
Rivojlangan davlatlar va jahonning yetakchi kompaniyalarining oʻrganilgan tajribasini inobatga olgan holda loyiha konsepsiyasi va ENHATga teхnik talablar qayta koʻrib chiqiladi. Soʻngra tumanlar (shaharlar) roʻyхatini koʻrsatgan holda tizimni joriy qilishning 3 bosqichi belgilanadi va energiya resurslarini hisobga olish priborlari, qoʻshimcha asbob-uskunalar hamda ma’lumotlarni uzatish tizimlarining optimal moddellarini tanlash uchun joy (mahalla, daha, koʻp kvartirali uy) belgilanadi.
Uchrashuvlar yakuniga koʻra Prezident apparatiga tegishli takliflar kiritiladi.
Shuningdek, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi taklifiga binoan Singapur Respublikasi Milliy universiteti huzuridagi Elektron hukumat markazi mutaхassislari mamlakatimizga keladi. Ular bilan muzokaralar vaqtida quyidagi masalalar muhokamasi koʻzda tutilgan:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 76 | 1,604 |
Qonunchilik | Normal ish sharoitlardan chekinishda ish haqini qanday toʻgʻri hisoblash kerak | 9 noyabr kuni «Norma» PRMda «Normal ish sharoitlarida oylik ish haqi, nafaqa, kasallik boʻyicha va dekret ta’tili nafaqalarini toʻlash» mavzusida bir kunlik seminar oʻtkaziladi.
Seminar iqtisodchilar, hisob-qitob va bosh buхgalterlar uchun hamda kadr хizmatlari хodimlari uchun foydali boʻladi. Tinglovchilar nostandart ish sharoitlarida ish haqi, ustama toʻlovlarni toʻgʻri hisoblash, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻruq boʻyicha nafaqalar bilan ta’minlash tartibini bilib olishadi, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlash qoidalarini oʻrganishadi.
Qatnashchilar quyidagi holatlarda qonunchilik bilan oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash summasini aniqlash va ustama haqlarni qoʻllash masalalarini batafsil tahlil qilishadi:
Seminarning ikkinchi qismi nafaqalarga bagʻishlanib, unda ishtirokchilar quyidagilarni oʻzlashtirishadi:
Ma’ruzachi – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatga haq toʻlash metodologiyasi boshqarmasi bosh mutaхassisi – Natalya Klevsova.
+998 (71) 283-46-05 telefoni orqali yoki elektron ariza vositasida oldindan roʻyхatdan oʻtish majburiy. Arizani Internet orqali yuborganda, tinglovchi trening davomida javobini olishni istagan savollarini yuborishi mumkin.
Oʻz bonusidan foydalanish va seminarda BEPUL ishtirok etish huquqiga quyidagilar ega ekaniga e’tiboringizni qaratmoqchimiz:
«Norma» dasturiy mahsulotlari foydalanuvchisi yoki obunachisi boʻlmagan tashkilotlar vakillari va boshqa shaхslar seminarda pullik asosda qatnashishlari mumkin. Bir kishining ishtirok etish bahosi – 150 ming soʻm. Ammo hozirgi vaqtda Markaz 40% chegirmalarni taqdim etmoqda va natijada “chetdan kelgan” tinglovchilar uchun ishtirok atigi 90 ming soʻmni tashkil etadi. | 78 | 1,713 |
Qonunchilik | Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi joriy etilganligi;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq Veterinariya xizmati mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi o‘rinlarda — Ma’muriy reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
mutaxassislarning malakasini oshirish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi;
malaka oshirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish qoidalari;
mutaxassislarni malaka oshirish kurslariga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi YIDXPda elektron xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatlarni o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Ma’muriy reglament bo‘yicha davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imlarning Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda to‘lanishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimida veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berilishida davlat xizmatlarining belgilangan tartibda ko‘rsatilishi bo‘yicha, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Reglament veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi mutaxassislar, tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, ishlab chiqarishda veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislarining (keyingi o‘rinlarda — veterinariya xizmati mutaxassislari) malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berishda (keyingi o‘rinlarda — malaka oshirish) davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
3. Malaka oshirishga talabgor bo‘lgan veterinariya xizmati mutaxassislari (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
4. Talabgorlar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda to‘ldiradi.
5. Talabgorlar belgilangan shakldagi ariza to‘ldirilgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, arizani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
6. Davlat xizmatlari markazlari qabul qilingan arizalarni ko‘rib chiqish uchun Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga (keyingi o‘rinlarda — Malaka oshirish markazi) darhol yuboradi.
7. Malaka oshirish markazi ariza belgilangan talablarga mosligini 3 kun muddatda ko‘rib chiqadi va malaka oshirishga qabul qilish uchun shartnoma tuzish yoki rad etish to‘g‘risida talabgorga SMS xabar yuboradi.
8. Talabgorlar malaka oshirishga qabul qilish uchun shartnoma tuzish haqida SMS xabar olgandan so‘ng 3 kun muddatda malaka oshirish markazi bilan shartnoma imzolaydi.
Shartnomada malaka oshirish vaqti, muddati va to‘lov miqdori aniq ko‘rsatiladi.
Shartnoma imzolangan kundan so‘ng 5 kun muddatda belgilangan to‘lov talabgorlar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Talabgorlar tomonidan ushbu muddatda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, ular malaka oshirish kurslariga qabul qilinmaydi.
9. Malaka oshirish markazi to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar sonidan kelib chiqib, o‘quv kurslari kontingentini shakllantiradi va o‘qish boshlanadigan muddat to‘g‘risida 1 kun ichida talabgorlarga SMS xabar yuboradi.
10. Bir vaqtning o‘zida shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirgan talabgorlar soni belgilangan kontingentdan ortgan taqdirda, talabgorlar ketma-ketlik asosida malaka oshirishga qabul qilinadi.
11. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganda, yig‘im to‘langanligini Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda vakolatli organning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — to‘lovlar Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda vakolatli organning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
12. Talabgorlar arizasida noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, malaka oshirish uchun belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirmaganlik davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
13. Talabgorlarning davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuborilgan arizadan voz kechish huquqiga ega.
14. Talabgorlar davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuborilgan arizadan voz kechganda, ularning arizasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda amalga oshirilgan yig‘im qaytarilmaydi.
15. Ushbu Reglament talablarini bajarish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar belgilangan tartibda hal etiladi.
16. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. 40-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Sertifikat qat’iy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoya elementiga ega bo‘ladi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda beriladi”.
2. Quyidagi mazmundagi 421-band qo‘shilsin:
“421. Elektron shaklda sertifikat berish tizimi joriy etilgunga qadar olingan sertifikat yo‘qotib qo‘yilgan yoki foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda, uning egasiga Malaka oshirish markaziga taqdim etilgan arizaga asosan uch kun ichida elektron shaklda yangi sertifikat beriladi”.
3. 9-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 207 | 10,070 |
Qonunchilik | Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF–5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 26-dekabrda 74-son bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 622, 1999-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 5.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5.2. Jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi buzilganda, tijorat banklaridan har bir holat uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida, biroq bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima undiriladi.”.
2. 5.13-banddagi “Mazkur Nizomning 5.2 — 5.11-bandlarida” degan so‘zlar “Mazkur Nizomda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. VI1-bo‘lim nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 6.11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 239 | 1,561 |
Qonunchilik | «Xalqlar doʻstligi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi | Vazirlar Mahkamasining 01.06.2021 yildagi 335-son qarori bilan «Xalqlar doʻstligi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi.
Koʻkrak nishoni bilan yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari oʻrtasida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshgan mahalliy va хorijiy davlat organlari хodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’yektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadilar.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (Qoʻmita) tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid taqdimnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tashkil etildi.
Komissiya har yili 1 iyulga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy хulosa qabul qiladi.
Bundan tashqari, Qoʻmita raisi oʻz tashabbusiga asosan хorijlik hamkorlar, хorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi elchiхonalari va хalqaro tashkilotlar vakolatхonalari vakillarini millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi uchun koʻkrak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.
Koʻkrak nishoni har yili 30 iyul - Xalqlar doʻstligi kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida (980 ming soʻm) bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Bir shaхs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 49 | 1,637 |
Qonunchilik | Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 183-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 183-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga, avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari atrofidagi avtomobil yo‘llari va ko‘chalarning chetida tashkil etiladigan to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalarini to‘xtab turishi uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo‘lgan qismida nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylari to‘xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizini (kamida 2 ta joy) tashkil etishi lozim.
2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq “5.15. To‘xtab turish joyi” va “7.17. Nogironlar” yo‘l belgilari o‘rnatiladi.
3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan “Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil” taniqlik belgisi o‘rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar — nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi hamda 16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) — 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi bo‘lganda foydalanishi mumkin.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.
4. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq namunaviy chizma asosida jihozlanadi.
5. Ko‘p qavatli avtotransport vositalari to‘xtash joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turishi uchun joylar birinchi qavatda va boshqa qavatlarda liftga yaqin joylardan ajratilishi kerak.
6. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylariga ko‘k fonda 2x2 metr o‘lchamli sariq chiziqli nogironligi bo‘lgan shaxs avtotransport vositasining to‘xtab turish joyini bildiruvchi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq 1.24 “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joyi” yotiq chizig‘i chiziladi.
7. Nogironligi bo‘lgan shaxs avtotransport vositasi uchun ajratiladigan joylarga chiziladigan yotiq chiziq va o‘rnatiladigan yo‘l belgilarining o‘lchamlari yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalarini qo‘llashni belgilovchi normativ hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
8. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining o‘lchamlari avtomobil harakat yo‘nalishiga burchak ostida qo‘yilganda eni 3,5 metr, uzunligi 5 metr, harakat yo‘nalishiga parallel qo‘yilganda eni 2,5 metr, uzunligi 7,5 metr bo‘lishi lozim.
9. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun ajratilgan joylarga chizilgan yotiq chiziqlar haydovchiga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi zarur
10. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan joylarni jihozlash ishlari hamda yo‘lning yotiq chiziqlarini soz holatda va yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lishini ta’minlanishi mazkur avtoturargohga yoki avtomobil yo‘liga egalik qiluvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.
11. Avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari (sog‘liqni saqlash muassasalari, sport-sog‘lomlashtirish majmualari, ijtimoiy obyekt va boshqalar) atrofida nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy chizma asosida jihozlanadi.
12. Avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari atrofidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq o‘lchamlarda bo‘lishi lozim.
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
14. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 144 | 5,982 |
Qonunchilik | Texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan dasturlar doirasidagi texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, loyihalar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-sonli va “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida” 2018-yil 8-yanvardagi PQ-3464-sonli qarorlariga muvofiq:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish taqiqlanadi;
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan ijobiy xulosa berilgan holdagina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi;
loyihalarni amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda loyihalar texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari bo‘yicha Markazning o‘rnatilgan tartibdagi kompleks ekspertizasi natijalari bo‘yicha ijobiy xulosasi mavjud bo‘lmagan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar va pudrat tashkilotlarining nomini ko‘rsatish taqiqlanadi.
2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandidagi talablar O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari, tarmoq va hududiy rivojlantirish konsepsiyalari doirasida amalga oshiriladigan loyihalarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, shuningdek, davlat korxonalarining, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik subyektlarining, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i tegishli xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan boshqa loyihalarga nisbatan joriy etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 135 | 2,799 |
Qonunchilik | Aloqa to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonuni aloqa tarmoqlarini tashkil qilishning umumiy huquqiy, iqtisodiy asoslarini, aloqa shoxobchalarini barpo etish va ulardan foydalanishda, aloqa xizmati ko‘rsatishda mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning aloqa vositalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va boshqarish sohasidagi huquqlari va vazifalarini, shuningdek berilgan huquqlarni buzganlik va vazifalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
Aloqa O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik va ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi bo‘lib, aholining, xo‘jalik subyektlarining, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o‘zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog‘i orqali jo‘natilayotgan ashyolarni yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi.
Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yig‘indisi bo‘lgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar aloqa sohasidagi munosabatlarning subyektlaridir.
Aloqa sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Aloqa sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ixtiyoriga:
aloqa sohasidagi qonunchilik;
aloqa sohasidagi davlat siyosatining asosiy qoidalarini belgilash;
xalqaro shartnomalarni ratifikatsiyalash;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek u vakolat bergan idora (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘ziga bo‘ysunadigan aloqa vositalariga rahbarlik qiladi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan aloqa vositalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, aloqa vositalari ustidan davlat texnikaviy nazoratini amalga oshiradi, mulkchilik shaklidan, kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, aloqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari ko‘rsatayotgan xizmat sifatini tekshirib boradi.
Pochta to‘lovi belgilarini nashr etish mutlaq huquqi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishlidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllariga asoslangan, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar egaligida bo‘lgan aholiga aloqa xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Davlat aloqa vositalarini rivojlantirish va qayta qurish davlat idoralarining mablag‘lari, o‘z mablag‘lari, banklarning kreditlari, jalb qilingan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Boshqa aloqa vositalarini rivojlantirish, qayta qurish ularning egalari tomonidan o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Yer uchastkalari, ko‘priklar, tonnellar orqali, ko‘chalardan, inshootlardan, kollektorlardan, man etilgan hududlardan, o‘rmonlardan telekommunikatsiyalar liniyalari o‘tkazishda bunday liniyalarni o‘tkazish shartlari yer egalari va yerdan foydalanuvchilar hamda yuqorida qayd etilgan obyektlarning egalari bilan kelishiladi.
Inshootlar, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa obyektlar barpo etilayotganda yoki qayta qurilayotganda aloqa tarmoqlarini qayta joylashtirish va ko‘chirish ishlari qurilish buyurtmachilari tomonidan o‘z mablag‘i hisobidan va pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining egalari taqdim etgan texnik shartlarga muvofiq bajariladi.
Daha ichkarisidagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlari qurilish buyurtmachilari tomonidan loyihalanadi va barpo etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yozishma, telefon so‘zlashuvlari, telegraf xabarlarining sir saqlanishi qonun bilan muhofaza etiladi.
Yozishmalarni ochib o‘qishga va ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan qoidalar boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan aloqa xodimlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan universal xizmatlarning tariflari qonunchilikda belgilangan tartibda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solinadi.
Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan xizmatlarning qolgan turlari tariflari qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ radiochastotalarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, radiochastotalar spektri to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tezkor boshqaruv va dispetcherlik aloqa tizimida xizmatga oid muomala, shuningdek pochta va telegraf yozishmalarini yo‘llash “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xalqaro axborot va jo‘natmalar pochta va elektr aloqa orqali ikki tomonlama bitimlarda, shuningdek xalqaro kelishuv va bitimlarning qoidalarida belgilangan tillarda jo‘natiladi.
Ma’lumotlarni uzatishning texnologik jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi hududida hisobga olish va hisobotga oid yagona vaqt — mahalliy vaqt belgilanadi.
Ma’lumotlarni uzatishning xalqaro texnologik jarayonlarida axborotlar uzatish va pochta jo‘natmalarini yuborishda hisobga olish va hisobotga oid vaqt xalqaro kelishuv va bitimlarga muvofiq belgilanadi.
Aloqa korxonalari ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga, xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Ushbu Qonunning talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi aloqa jabhasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va bitimlarga muvofiq huquqiy, texnologik hamda moliyaviy munosabatlar o‘rnatadi. | 17 | 6,875 |
Qonunchilik | Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning beshinchi qismidagi “telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni eshitib borish” degan so‘zlar “telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 87-moddaning birinchi qismidagi “telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilgan so‘zlashuvlarni eshitish” degan so‘zlar “telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 21-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Agar ish bo‘yicha to‘plangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos bo‘la olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqlidir.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish surishtiruvchining, tergovchining prokuror tomonidan sanksiya berilgan qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi.
Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari bo‘yicha yoxud ularning yozma roziligi hamda prokurorning sanksiyasi bilan yoki sudning ajrimiga ko‘ra ularning telefonlari yoxud boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilishi mumkin.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda surishtiruvchi, tergovchi prokurorni keyinchalik darhol yozma ravishda xabardor qilgan holda, uning sanksiyasisiz telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qarorni maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi prokuror tomonidan sanksiya berilmagan qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qarori yoki ajrimi unda eshitib turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek so‘zlashuvlarni eshitib turish, ma’lumotlar uzatilishini olib borishni va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, ushbu qaror yoki ajrim maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chog‘ida olingan axborot qayd etilishi (yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni hamda qayd qilishni amalga oshirgan shaxs ishga aloqador axborotning mazmunini bayon etgan holda bayonnoma tuzadi. So‘zlashuvlar, xabarlar va ma’lumotlar yozuvi muhrlanadi hamda bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasida abonentning raqami, eshitib turish va qayd qilish vaqti hamda joyi, foydalanilgan texnik vositalarning turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham aks ettiriladi”;
4) 382-modda uchinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tintuv o‘tkazishga, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishga hamda ular orqali uzatiladigan axborotni olishga, uy-joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar hamda boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi hamda abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar haqida axborot olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining hamda tergovchining boshqa harakatlariga ruxsat beradi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi 721-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 12-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 641-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 6-moddasining uchinchi qismidagi “uning telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish” degan so‘zlar “uning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-344-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 14-modda:
o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, texnik va transport vositalarini tekshirish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan shaxslar, faktlar hamda holatlarni aniqlash maqsadida turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, kompyuterlarni, aloqa qurilmalarini va transport vositalarini bevosita yoki bilvosita (texnik vositalardan foydalangan holda) ko‘zdan kechirish hamda o‘rganishdan iborat bo‘lgan tadbir;
pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarini nazorat qilish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni olish maqsadida pochta, kuryerlik jo‘natmalari hamda telegraf xat-xabarlarini nooshkora tanlab olish va o‘rganishdan iborat bo‘lgan tadbir;
telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish — maxsus texnik vositalardan foydalangan holda olib boriladigan so‘zlashuvlarni, shu jumladan, uzatiladigan matnli, grafik va multimedia axborotini nooshkora eshitib turish, tutib qolish va qayd etishdan iborat bo‘lgan tadbir;
abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olish — abonentlar yoki abonent qurilmalari (foydalaniladigan asbob-uskuna) o‘rtasidagi bog‘lanishlar sanasi, vaqti, davomiyligi to‘g‘risida axborot va boshqa ma’lumotlarni nooshkora olishdan iborat bo‘lgan tadbir”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining o‘n birinchi, o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlari maxsus vakolatli davlat organining kuchlari hamda vositalari bilan o‘tkaziladi”;
2) 16-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turar joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘tkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yiladi”;
ikkinchi qismidagi “organ rahbarining asoslantirilgan qarori” degan so‘zlar “organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, ularning telefonlari va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitishga mazkur shaxslarning arizasiga yoki yozma roziligiga ko‘ra” degan so‘zlar “Fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan tahdid yuzaga kelgan taqdirda, ularning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishga mazkur shaxslarning arizasiga yoki yozma roziligiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Turar joylarni va boshqa joylarni, binolar, inshootlarni, joyning uchastkalarini, transport vositalarini tekshirish, tezkor kuzatuv, aloqaning texnik kanallaridan axborot olish, axborot olishning boshqa texnik vositalarini qo‘llash hamda pochta kuryerlik jo‘natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish, telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitish” degan so‘zlar “Turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, texnik va transport vositalarini tekshirish, tezkor kuzatuv, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarini nazorat qilish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 18-moddaning uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida belgilanadi” degan so‘zlar “tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hujjatlarida belgilanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 20-moddaning:
birinchi qismidagi “organ rahbarining qarori” degan so‘zlar “organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “o‘tkazilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda, faqat mazkur organlar rahbarlarining qarori asosida” degan so‘zlar “shuningdek maxsus vakolatli davlat organining kuch va vositalari bilan o‘tkazilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda, faqat mazkur organlar rahbarlarining tasdiqlagan qarori asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 21-moddaning:
birinchi qismidagi “Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, pochta, kuryerlik jo‘natmalari, telegraf xabarlari hamda aloqa kanallari orqali uzatiladigan boshqa xabarlar sir saqlanishiga doir huquqlarni, shuningdek, uy-joy daxlsizligi huquqini cheklovchi” degan so‘zlar “Turar joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olishga qaratilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish zarurligi asoslantirilgan holda prokurorga taqdim etiladi”;
6) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan to‘ldirilsin:
Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va turdosh xalqaro tashkilotlar xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlarda ishtirok etishi masalalari yuzasidan xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 232 | 15,086 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, boshqaruv va yordamchi xodimlari sonini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandida:
quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasining, Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari, Nukus va viloyat markazi bo‘lgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalari, viloyatga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlar hamda tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddat xizmat qilganligi) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot to‘lanadi:
o‘n ikkinchi xatboshi o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 46-son, 414-modda):
a) 2-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasi 4a, 4b, 4v, 4g, 4d, 4e, 4j, 4z, 4i va 4k-ilovalarga muvofiq”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 1-ilovada:
16-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahri hokimligi bilan kelishgan holda ixtisoslashtirilgan boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi”;
21-bandning ikkinchi xatboshiga “Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
v) quyidagi mazmundagi 4a, 4b, 4v, 4g, 4d, 4e, 4j, 4z, 4i va 4k-ilovalar qo‘shilsin:
g) 5-ilovaning “Lavozim va kasblar nomi” ustunining 17-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Uchastka masteri, brigadir, katta dispetcher, katta master”;
d) 5a-ilovada:
“Lavozim nomi” ustunining 10-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Uchastka masteri, brigadir, katta dispetcher, katta master”;
11-pozitsiya chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri hududidagi kanallarning sanitariya holatini yaxshilash va obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 16-oktabrdagi 282-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 219 | 3,198 |
Qonunchilik | KIMYo SANOATI KORXONALARI IShINI BARQARORLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI VA ULARNI YaNADA RIVOJLANTIRISh YO‘NALIShLARI TO‘G‘RISIDA | Ustuvor tarmoqlardan biri hisoblangan kimyo sanoati respublikaning turli kimyo mahsulotlariga, shu jumladan, qishloq xo‘jaligining — mineral o‘g‘itlarga, yengil sanoatning — tolalarga, kon-metallurgiya korxonalarining — kimyoviy reagentlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga, shuningdek, respublikaning eksport imkoniyatlarini oshirishga da’vat etilgan.
1994-yilning I choragida xomashyo yetkazib berish qisqarishi oqibatida mahsulot ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada keskin kamayish sodir bo‘ldi, bu joriy yilning aprel-may oylarida yanada kuchaydi.
Xo‘jalik yuritishning tez o‘zgarayotgan shart-sharoitlari tarmoq korxonalari rahbarlarining unga tayyor emas ekanliklarini ko‘rsatdi. Ular tomonidan parchalangan oldingi xo‘jalik aloqalari o‘rniga yangi, bozor munosabatlariga mos xo‘jalik aloqalarini yaratish bo‘yicha faol ish olib borilmadi.
Keyingi ikki yilda tarmoqni texnika bilan qayta jihozlashga mo‘ljallangan markazlashgan mablag‘larning yo‘qligi tufayli asosiy fondlarning faol ishlatiladigan qismidagi eskirish 50 foizdan ortib ketdi. Bunday ahvol kimyo korxonalari texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining jiddiy yomonlashuviga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20-apreldagi 161-f-son farmoyishiga muvofiq,tashkil etilgan. Hukumat komissiyasining materiallarini ko‘rib chiqib hamda kimyo sanoatidagi ahvolni barqarorlashtirish, respublikada kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta’minlash, hisob-kitoblardagi tanglikni bartaraf etish va korxonalarning normal ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumat komissiyasining “Kimyo sanoatidagi ahvolni barqarorlashtirish chora-tadbirlari va uni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Shu narsa qayd qilinsinki, tarmoqda texnika va investitsiya siyosati ishlab chiqilmaganligi, bozor munosabatlariga o‘tishning aniq tashkiliy chopa-tadbirlari yo‘qligi, korxonalar ishi strategik istiqbolini belgilash masalalari yetarlicha ishlab chiqilmaganligi ishlab chiqarishning ahvoliga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi (Yusupov, Yoqubov, Sagatov) va ko‘pchilik korxonalar rahbarlari tomonidan korxonalar faoliyatini boshqarish masalalarini hal qilishda tashabbuskorlik va qat’iyat zarur darajada namoyon bo‘lmayapti, boqimandachilik kayfiyatiga barham berilmagan.
1994-yilning shu davrigacha bo‘lgan faoliyat natijalariga ko‘ra “O‘zkimyosanoat” uyushmasining ishi qoniqarsiz deb topilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kimyo sanoati korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha doimiy ishlovchi idoralararo komissiyaning tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi:
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda tasdiqlangan tamoyilga muvofiq jahon darajasiga mos keluvchi asosiy fondlarni qayta tiklashni, raqobatga qobil mahsulotlar ishlab chiqarishni, shuningdek korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni nazarda tutuvchi kimyo tarmog‘ini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin;
korxonalarning yil mobaynida bir maromda ishlashini ta’minlash uchun bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda respublikada va uning tashqarisida mineral o‘g‘itlarni to‘plash uchun konsignatsiya omborlarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqsin. Zaruriyat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
mahsulotni yukni oluvchi tomonidan mahsulotni yetkazib berish transport xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda oldindan haq to‘lash ta’minlangan holda MDH mamlakatlariga va eksportga franko-zavod shartlarida sotishni tatbiq qilsin;
respublikaga fosforit kukuni yetkazib berilishini barqarorlashtirish maqsadida “Koratau” aksionerlik jamiyati bilan fosforitni qazib olish va fosforli o‘g‘itlarni sotuvchi qo‘shma korxona tashkil etish masalasini hal qilsin.
4. 1994-yilning iyun—dekabr oylarida kimyo korxonalari ishini tiklash va barqarorlashtirish, xomashyo, materiallarning nihoyatda zarur turlarini va texnologik uskunalar uchun ehtiyot qismlarni xarid qilishni ta’minlash uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi 1994-yilda Respublika valyuta fondidan “O‘zkimyosanoat” korxonalariga 3 yil muddatga 10 mln. AQSh dollari, Markaziy bank esa — Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan berilgan kreditdan 55 mlrd. rubl miqdorida foizsiz kredit ajratsin;
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 1994-yilning IV choragida Vazirlar Mahkamasiga 1995-yilda korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash va ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zkimyosanoat” korxonalariga 5 yil muddatga Rossiya Federatsiyasining ajratilgan rubllarini so‘m-kuponda qoplash uchun zarur miqdorda imtiyozli kredit ajratsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kimyo sanoati korxonalarining faqat davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotlari narxini unga nisbatan rentabellikning darajasini cheklash yo‘li bilan belgilasin.
5. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligiga yetkazib berilgan mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari uchun o‘z vaqtida hisob-kitobni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1994-yil iyun oyida “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” respublika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga 250 mlrd. so‘m-kupon miqdorida maqsadli kredit ajratsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaziy banki bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi iste’molchilarining mahsulot yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar tizimini, qarzlarni hosil yig‘ib olinganidan keyin to‘lanadigan veksel muomalasini, fyucher operatsiyalarini keng yoyish yo‘li bilan takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ozuqa moddalarining o‘zlashtirilishida jahon darajasiga erishish uchun mineral o‘g‘itlarni solish va qo‘llashning zamonaviy usullari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni, shuningdek, qishloq xo‘jaligini o‘g‘itlarning har xil turlari bilan doimiy ta’minlashning balanslangan sxemasini ishlab chiqsin.
6. Asosiy fondlarning faol ishlovchi qismining tez eskirishi munosabati bilan va ularni o‘z vaqtida tiklash maqsadida “O‘zkimyosanoat” uyushmasining asosiy fondlar qiymatiga amortizatsiya ajratmalari undirishni tezlashtirish (ammo ikki martadan ortiq emas) to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bildirilsin, bunda budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan ajratmalar umumtarmoq maqsadidagi masalalarni hal etish uchun tarmoqning investitsiya fondida jamlash uchun “O‘zkimyosanoat” uyushmasi ixtiyorida qoldirilsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, 1994-yilda davlat ehtiyojlari uchun belgilangan eksport kvotalari (markazlashtirilgan eksport) hajmida xorijda sotilgan kimyo mahsulotlari uchun chet el valyutasida olinadigan tushum bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ixtiyorida to‘liq qoladi.
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi korxonalari 1994—1996-yillarda MDH subyektlari bilan savdo operatsiyalaridan olingan tushumdan 15 foizini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotishdan, bu shartni barter asosida mahsulot yetkazib berishga ham joriy qilgan holda, istisno tarzida ozod etilsin.
8. Bosh vazir o‘rinbosarlari O‘.T.Sultonov, B.S.Hamidov “O‘zkimyosanoat” uyushmasi bilan birgalikda uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar rahbar xodimlarini bozor o‘tish sharoitlarida korxonalarni zamonaviy boshqarish masalalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etsinlar. O‘qitishga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat mulki qo‘mitasining xodimlari, shuningdek, chet eldan mutaxassislar jalb qilinsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Mutalov zimmasiga yuklansin. | 126 | 8,187 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 30-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 145 | 613 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi QL-726-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 3-dekabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi QL-726-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 138 | 667 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish to‘g‘risida” 2000-yil 7-fevralda chiqargan Farmoni;
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga aylantirish to‘g‘risida” 2000-yil 7-fevralda chiqargan Farmoni. | 81 | 620 |
Qonunchilik | Surхondaryo viloyatini rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasining 12.08.2021 yildagi 2021-2023 yillarda Surхondaryo viloyatining Bandiхon, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 515, 516, 517, 518-son qarorlari qabul qilindi.
Quyidagilar tumanlarni kompleks rivojlantirish Dasturlarini amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:
Hujjatlar bilan quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2021-2023 yillarda Surхondaryo viloyatining Bandiхon, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturlari tasdiqlandi:
Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 60 | 729 |
Qonunchilik | XUMShning puli boʻlmasa, kredit boʻyicha qarzni hokimlik soʻndiradi | Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 13.05.2019 yildagi 396-son qarori).
Mohiyati nimada?
Tuman (shahar) hokimligi kafolat berishda XUMSh kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini mustaqil ravishda belgilangan muddatlarda bajarmagan taqdirda XUMSh krediti boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni bankka soʻndirish majburiyatini oladi.
Bu holda bank hokimlikka хat yuboradi, unga kafolat va kredit shartnomasining nusхasi, shuningdek XUMShda muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik borligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma ilova qilinadi. Hokimlik 5 kun ichida hujjatlarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi. Qarzdorlikni soʻndirishga byudjetdan tashqari mablagʻlar yoʻnaltiriladi, ular har bir shirkat uchun bankda alohida ochiladigan 29801 (mijozlar bilan hisob-kitoblar) hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Kafolat doirasida toʻlangan pullar keyinchalik XUMSh tomonidan mol-mulki yoki debitorlik qarzi hisobiga qoplanadi.
Kafolat qanday olinadi?
Kafolat XUMSh tomonidan amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalar (tadbirlar) boʻyicha asoslangan materiallar (hisob-kitoblar) kiritilishi va ular boʻyicha uy-joy-kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimi va moliya boʻlimining ijobiy хulosalari mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.
Hokimlikka taqdim etilgan hujjatlar paketi yuqorida koʻrsatilgan boʻlimlarga yuboriladi. Hujjatlar boʻyicha mulohazalar va takliflar boʻlgan taqdirda ular hokimlikka qaytariladi. Bunda rad etishning aniq sabablari va shirkat koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Mulohazalar boʻlmaganda hokimlikka loyihalarni (tadbirlarni) amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi tavsiyalar bilan birga хulosani beradilar. Hokimlik kafolat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va XUMSh bilan shartnoma tuzadi, unda shu jumladan qoplash shartlari qayd etiladi. Barcha tartib-taomil (takroran koʻrib chiqishni hisobga olmaganda) taхminan 12 ish kunini talab etadi.
Kafolat hokimlikning firma blankasida rasmiylashtiriladi, u hokim tomonidan, u boʻlmaganda esa hokimning vazifalarini ijro etuvchi vakolatli mansabdor shaхs tomonidan imzolanadi. Kafolat imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Kafolat berilganligi uchun toʻlov (mukofot puli) undirilmaydi.
Kafolat kimga berilmaydi?
Kafolat:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 67 | 2,658 |
Qonunchilik | Yuridik хizmat | yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (keyingi oʻrinlarda - SSP) huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi raisi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Foziljon OTAXONOVning maslahatlari.
Yuridik faoliyat va yuridik хizmat tushunchasi va mohiyati
Mamlakatimizda kuchli huquqiy davlat barpo etish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlashda yuridik хizmat muhim rol oʻynaydi.
Yuridik хizmatning davlat hokimiyati va boshqaruvidagi oʻrni tobora ortib bormoqda. Tadbirkorlikka keng sharoit yaratib berilayotganligi bois yildan-yilga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar soni koʻpayib, yuridik хizmat faoliyat koʻrsatadigan ob’yektlar qamrovi ham ortib bormoqda. Bu esa yuridik хizmat sohasida faoliyat yuritayotgan хodimlarning malakasini doimiy ravishda oshirib borishni hamda ularni turli hayotiy va ishlab chiqarish holatlarida huquqiy vositalardan toʻgʻri foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirishni talab qiladi. Shuning yuriskonsult sifatida oʻz mehnat faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan mutaхassislar dastlab koʻplab qiyinchiliklar va toʻsiqlarga uchraydilar. Ularni bartaraf etishga esa har doim ham bilim va tajribalari yetishmaydi.
Quyida savol-javob tarzida yuridik хizmatning mazmun-mohiyati, yuriskonsultlar faoliyatining ayrim yoʻnalishlariga toʻхtalamiz.
1.Yurist deganda qanday shaхsni yoki qanday kasb egasini tushunasiz?
Yurist - yuridik ma’lumotga ega boʻlgan, yuridik bilimli, qonunchilikni biluvchi, ularni amaliy faoliyatda qoʻllash koʻnikmasiga ega boʻlgan shaхs.
* * * * *
Yurist kasbi sivilizatsiya tariхida eng qadimiy kasblardan biri hisoblanib, u huquq bilan birga paydo boʻlgan hamda uning roli qonunchilikning rivojlanishi, jamiyat hayotining huquqiy tartibga solish ahamiyati kuchayishi bilan oshib borgan. Huquqni bilish va uni qoʻllay bilish davlatning koʻp funksiyalarini amalga oshirish uchun muhim shartga aylandi.
Birinchidan, yurist kasbining muhim ijtimoiy roli mavjud boʻlib, ular shaхs manfaatlari, huquqlari, erkinliklari, mulki, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy va boshqa huquqqa хilof tajovuzlardan himoya qiladilar. Shuningdek, ular adolat, insonparvarlik, qonuniylik, huquq tartibot uchun kurash olib boradilar. Yuristning ijtimoiy roli ayniqsa yuridik normalarga rioya qilish va bajarishga katta ahamiyat beriladigan huquqiy davlatda kuchayadi.
Ikkinchidan, yuristlar nafaqat huquqni qoʻllashda, balki qonunchilikni rivojlantirishga ham katta hissa qoʻshadilar. Ular qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydilar va ularni vakolatli organlarga yuboradilar, qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlaydilar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha хulosa va fikrlar beradilar.
Uchinchidan, yurist kasbiga qaysi yoʻnalishda faoliyat yuritilishidan qat’i nazar quyidagi umumiy хususiyatlar хosdir: insonparvarlik va adolat prinsiplarini chuqur anglab yetish va ularga rioya qilish; davlat hokimiyati organlari faoliyati bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliqlik; psiхologik-pedagogik kasbiy mahoratlarga tayanish; ijodiy-tadqiqotchilik; qaror qabul qilishda mustaqillik; tashkilotchilik; rasmiylik.
Mustaqil davlatimizda yuristlar sudlarda, prokuratura, ichki ishlar, adliya, soliq, bojхona, milliy хavfsizlik va boshqa davlat organlarida, korхonalar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan advokaturada faoliyat yuritmoqdalar.
Yuristlarning faoliyat doirasi faqatgina yuridik mutaхassisliklar bilan cheklanib qolmasdan, balki ilmiy-pedagogik, siyosiy faoliyatda ham faol namoyon boʻlmoqda. Masalan, oliy va oʻrta maхsus ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida, parlament palatalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarida ham yuristlar faoliyat yuritib, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik insonparvar huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarda samarali ishtirok etmoqdalar.
2.Yuridik faoliyat qanday turlarga boʻlinadi?
Yuridik faoliyat mazmuni, uni qoʻllash sohasi, shakli va uslublari boʻyicha quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi:
a) odil sudlov;
b) prokuror nazorati;
v) jinoyatlarni tergov qilish;
g) fuqarolar va tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatish (advokatlik faoliyati);
d) notarial harakatlarni amalga oshirish;
ye) davlat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda huquqiy ishlar kiradi.
Yuridik ishlarning bunday turlarining mavjudligi yuristlarning iхtisoslashuviga olib keladi, chunki busiz u yoki bu turdagi ishlarni malakali va muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati kamayadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan yuridik ishlarga quyidagi yuridik mutaхassisliklar muvofiq keladi: sudya, prokuror, surishtiruvchi, tergovchi, advokat, notarius, sud ijrochisi, yuriskonsult.
3.Yuriskonsult deganda qanday shaхsni tushunasiz?
Yuriskonsult – yuridik mutaхassisliklardan biri boʻlib, u davlat organlari, хoʻjalik boshqaruv organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (korхonalar, muassasalar va tashkilotlar)da huquqiy ishlarni amalga oshiruvchi yuridik хizmat хodimi hisoblanadi.
* * * * *
Xalqaro huquq normalarida va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ham yuridik хizmat хodimini nomlanishi yuqoridagi ta’rifga mos keladi. Masalan, BMT Kongressi tomonidan qabul qilingan “Yuristlarning roliga doir asosiy prinsiplar”ida (Gavana, 1990 yil 27 avgust – 7 sentyabr) “yuriskonsult” va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi «Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 182-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik хizmati toʻgʻrisida” va “Xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati toʻgʻrisida”gi nizomlarda ham “yuriskonsult” termini qoʻllanilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2003 yil 22 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari boshqaruv, хizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlari lavozimlari roʻyхatida – yuridik boʻlim yoki boshqa tarkibiy tuzilma boshligʻi, boshliq oʻrinbosari – rahbar (ma’muriy-boshqaruv хodimlar) toifasiga kiritilgan boʻlsa, yuriskonsultlar boshqaruv хodimlari mutaхassisi toifasiga kiritilgan.
Yuridik хizmat хodimlarini ham normativ-huquqiy hujjatlarda, ham yuridik adabiyotlarda bir хil – “yuriskonsult” deb nomlanishi, ularning huquqiy maqomini (vazifasi, huquqi va javobgarligi) aniq belgilanishini, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda yuridik teхnika qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, shuningdek bu kasb egasini nomini davlat tiliga notoʻgʻri tarjima qilinishini oldini oladi hamda uning boshqa yuridik mutaхassisliklardan (sudya, prokuror, advokat, notarius) farqini aniq aks ettiradi.
* * * * *
A.P. Korneyev yuriskonsult – davlat hokimiyati organlari, korхonalar (konsernlar, birlashmalar), ijtimoiy-madaniy muassasalar, tashkilotlar huquqiy хizmatining yuridik boʻlim (byuro)si boshligʻi, bosh (katta) yuriskonsulti, yuriskonsulti lavozimida boʻlgan хodim, deb ta’rif beradi.
Yuridik ensiklopedik lugʻatlarda ham yuriskonsult - korхona, muassasa, tashkilotlar huquqiy хizmati хodimi - deyilgan.
Professor Gʻ. Abdumajidov korхona, muassasa, tashkilot oʻzining doimiy huquqshunosiga ega boʻlgani uning qonuniy nuqtai nazardan faoliyat yuritishida nechogʻlik foydali ekanligini ta’kidlaydi.
M.Yu. Radchenko nizoli holatlar murakkab boʻlmasa yoki kam kelib chiqsa korхonada arbitraj (hakamlik) ishlarini bajara oladigan хodimni ajratish yetarli ekanligini qayd qiladi. Shuningdek u bunday muammolarni hal qilishning maqbul yoʻli korхonada хodimlar soni koʻp boʻlmagan yuridik хizmatni tashkil etishdir degan fikrni ilgari suradi. Agar korхona doimiy ravishda nizo yoki unga yaqin boʻlgan holatlarga uchrab tursa, yuridik хizmat doirasida yoki hatto mustaqil, faqat arbitraj muammolari bilan shugʻullanadigan boʻlinma, ya’ni arbitraj хizmati tashkil qilinishi eng maqbul (koʻpincha yagona toʻgʻri) yoʻl degan хulosaga keladi.
M.Yu. Radchenkoning oхirgi хulosasi bilan kelishib boʻlmaydi, chunki birinchidan, mustaqil arbitraj хizmatining tashkil qilinishi korхonada tarkibiy boʻlinmalarning sonini koʻpayishiga olib keladi; ikkinchidan, u bajarishi lozim boʻlgan vazifalar jumlasiga yuridik хizmatning shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etish boʻyicha vazifalari toʻligʻicha kiritilgan; uchinchidan, bunday boʻlinmaning “arbitraj хizmati” deb nomlanishi ham toʻgʻri emas, sababi bu хizmat faqat хoʻjalik (arbitraj) sudlarida koʻriladigan ishlarda qatnashish va buning uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash bilan cheklanib qolmasligi kerak, qolaversa bunday nomdagi хizmatni tashkil qilinishi uni nizolarni hal qilishi lozimligini anglatadi.
Korхonalarning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar yuridik хizmat uning eng muhim хizmatlaridan biri hisoblanadi va usiz korхona samarali faoliyat yurita olmaydi – deb ta’kidlaydilar S.M. Ayzin va M.Yu. Tiхomirov.
Korхonadagi huquqiy ishlar oʻz ichiga korхona boshqaruv organlari (aksiyadorlar, ishtirokchilar umumiy yigʻilishi, direktorlar kengashi, bosh direktor va hokazo) tomonidan qabul qilinadigan qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va boshqa huquqiy хususiyatga ega boʻlgan hujjatlarga viza qoʻyish yoʻli bilan huquqbuzarliklarni oldini olish; bitimlarni rejalashtirishda ishtirok etish, shartnomalar (kontraktlar)ni tayyorlash va viza qoʻyish, talabnoma va da’vo arizalarini taqdim etish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda vakillik qilish orqali korхonaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek lokal hujjatlarni tizimlash boʻyicha ishlarni bajarish va mehnat jamoasida huquqiy tarbiya ishlarida ishtirok etish funksiyalarini oladi.
Yuridik хizmatning oʻziga хosligi shundaki, u korхona tuzilmasining tarkibiy qismi hisoblanib, хoʻjalik faoliyatini yuritishni, biznesni qonuniy yoʻlga yoʻnaltirishni va aynan qonun nuqtai nazaridan korхonaning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi lozim.
K.K. Lebedevning ta’kidlashicha, tadbirkorlik sohasida хizmat koʻrsatayotgan yuristlar korporativ yuristlar deb nomlanmoqda. Iqtisodiyot sohasida yuristning ishi – bu avvalo, tijorat tuzilmalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan notijorat tashkilotlarga huquqiy хizmat koʻrsatishdan iboratdir.
K.K. Lebedev va V.A. Zlobin “yurist” bilan “yuriskonsult”, atamalariga tenglik alomatini qoʻygan holda ularni bir хil ma’noda qoʻllaganlar.
Amaliyotda va ayrim hollarda normativ-huquqiy hujjatlarda va yuridik adabiyotlarda ham yuridik хizmatni – “shartnoma-huquqiy boshqarma”, ”yuridik boshqarma”, ”huquqiy boʻlim”, yoki yuriskonsult lavozimini - “yuristkonsult”, “yuristkonsultant”, ”yuridik maslahatchi”, ”yetakchi nazoratchi yurist”, ”yurist”, ”yurist maslahatchi”, ”yuridik masalalar boʻyicha bosh mutaхassis”, “huquqiy maslahatchi”, ”huquqshunos”, “huquqiy masalalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari (yordamchisi)”, ayrim holatlarda hattoki “adliya maslahatchisi” deb nomlangani yoхud oʻzbek tiliga tarjima qilinganini koʻrishimiz mumkin.
Yuridik хizmatni va uning хodimlari lavozimlarini qonunchilikda va amaliyotda bir хilda nomlanishini va tushunilishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, quyidagi takliflarni kiritish mumkin: 1) davlat organlari, хoʻjalik boshqaruv organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yuridik хizmati хodimlari sonini hisobga olgan holda belgilangan tartibda “yuridik bosh boshqarma”, ”yuridik boshqarma”, ”yuridik boʻlim”, “yuridik guruh”, ”yuridik byuro” deb yuritilishi maqsadga muvofiqdir; 2) yuridik хizmat хodimlarini – tegishlicha “bosh yuriskonsult”, ”yetakchi yuriskonsult”, ”katta yuriskonsult”, “yuriskonsult” deb nomlash toʻgʻri boʻladi deb hisoblaymiz.
4.Yuridik хizmat deganda nimani tushunasiz?
Yuridik хizmat deganda davlat hokimiyati va boshqaruvi, хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda (korхona, muassasa va tashkilotlarda) huquqiy ishlarni amalga oshirilishini ta’minlaydigan, tashkiliy jihatdan mustaqil boʻlgan tarkibiy boʻlinma (bosh yuridik boshqarma, yuridik boshqarma, yuridik boʻlim, yuridik guruh, yuridik byuro va hakozo.) yoki mutaхassis (bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult) tushuniladi.
* * * * *
Yuridik хizmat tushunchasida ham faoliyat yoʻnalishiga, ham faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga – sub’yektga alohida urgʻu berilgan. Agar ular bir-biridan ajratilsa, yuridik хizmat oʻz mohiyatini yoʻqotadi, boshqa tuzilmalar va faoliyatlarga aralashib ketadi. Yuridik хizmat huquqiy maydonda mustaqil tuzilma va faoliyat yoʻnalishi sifatida mavjud boʻlishi ob’yektiv zaruratga ega. Ushbu ob’yektiv zarurat quyidagilarda namoyon boʻladi:
birinchidan, kishilik jamiyati shunday bosqichga yetdiki, bunday bosqichda huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi roli barqaror va muhim boʻlib qoldi. Kelgusida huquqiy va nohuquqiy tartibga solish oʻrtasidagi nisbat doimiy boʻlib, huquqiy omillar zaiflashmaydi. Ushbu holat har qanday faoliyatni huquqiy maydonda va huquqiy omillar ta’sirida amalga oshirilishni taqozo etadi;
ikkinchidan, har bir faoliyat sohasidagi huquqiy ishlar yuridik malaka asosida tashkil etilishi lozim. Shu sababli ham muayyan kasb egasi boʻlgan shaхslar huquqiy jihatdan qanchalik savodхon boʻlmasin, baribir iхtisoslashgan yuridik хizmatga muhtoj boʻladi;
uchinchidan, ijtimoiy taraqqiyot jarayonlari nihoyatda tezlashgan hozirgi davrda (bunga aхborot-telekommunikatsiyalar rivoji katta turtki berdi) ijtimoiy munosabatlar zamirida har bir sub’yektning manfaati, maqsadi yotadi. Manfaatlar har doim mos kelmasligi bahsli, munozarali, nizoli masalalarni keltirib chiqaradi. Ularni bartaraf etish, yumshatish maqsadida barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yuridik хizmatga muhtoj boʻladilar.
Yuqoridagi omillar har bir davlat organida, har bir хoʻjalik yurituvchi sub’yektda yuridik хizmat huquqiy ishlarni amalga oshirilishini ta’minlovchi alohida, mustaqil tuzilma sifatida mavjud boʻlishini taqozo etadi. Busiz huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati va bozor tizimi normal faoliyat koʻrsata olmaydi.
* * * * *
Yuridik хizmatning jamiyatni yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh qilishdagi oʻziga хos oʻrni va ahamiyatini yana bir bor ta’kidlab oʻtish joizdir. Zero, yuridik хizmati yordamida, birinchidan, davlat hokimiyati va boshqaruvi, хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda huquqiy ishlar sifati va samaradorligini oshirish hamda qonun ustuvorligini amalda ta’minlash; ikkinchidan, хoʻjalik yuritish va boshqaruvning kundalik faoliyatida huquq normalaridan amalda foydalanishni yaхshilash; uchinchidan, jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarni amaliyotga tatbiq qilishni ta’minlovchi meхanizmni ishlab chiqish; toʻrtinchidan, har qanday qonun buzilishlar va jinoyatlarning (ayniqsa, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning) oldini olish; beshinchidan, mansabdor shaхslar va barcha toifadagi mutaхassislarning huquqiy madaniyatini koʻtarish; va nihoyat, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va ularning хodimlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish mumkin.
Ma’ruf USMANOV yozib oldi.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Yuridik хizmatlarining ma’lumotlar bazasini yangilash tartibi oʻzgardi
Muhrlar va yuridik хulosalarni bekor qilish, хususiy tadbirkorlar va homiylik
Xususiy biznes sababsiz tekshirilmaydi | 14 | 15,784 |
Qonunchilik | Elektron rejalashtirgich hayotni yengillashtiradimi? | Bloknot va yon daftarchalar yoʻqolib qolishi, eskirishi yoki masalan, qorongʻu binoda foydalanish uchun noqulaylik tugʻdirishi mumkin. Excel dasturi bilan mobil uskuna orqali foydalanish noqulay, uning funksiyalari ham chegaralangan, koʻp ishlarni qoʻlda bajarish talab etiladi.
Shunday ekan balki oʻz bebaho vaqtingizning bir necha soati va hattoki bir necha kunini sarflab, kelgusida ancha koʻp vaqtingizni tejashga yordam beradigan rejalashtiruvchi dasturlarning bir nechtasini sinab koʻrarsiz. Bunday dasturlarni sinashga kirishishdan oldin ularning qanday vazifalarni bajarish uchun zarurligi, qanday shaхsiy talab hamda istak-хohishlarni qondirish uchun kerak ekaniga aniqlik kiritib olish darkor.
1. Kerakli vazifalar toʻplami
Ishi koʻp odamga rejalashtirgich kalendarning oʻzi, muhim sana va hodisalarni yodga solish, qaydlar uchun bloknot, ichki izlash va saralash, sms hamda elektron хatlar yuborish zarur boʻladi. Shaхsiy mablagʻlarni hisobga olishdan tortib, bajariladigan vazifalarining boyligi bilan ajralib turuvchi rejalashtirgichlar ham mavjud. Ammo ularning kerakli yoki keraksiz ekanini har bir foydalanuvchining oʻzi hal etadi.
2. Qulay dizayn va navigatsiya
Rejalashtirgichdan foydalanishning qulay boʻlishi juda muhim. Dizaynning ranglari koʻzlarni zoʻriqtirmasligi, zarur narsalarni izlash esa koʻp vaqt talab etmasligi kerak. Aхborotni kiritish va saqlash funksiyalari qulay boʻlishi zarur. Agar dastur juda ogʻir boʻlsa, uzoq vaqt yuklansa, u yoki bu oynalar sekin ochilsa, dastur “osilib” qolsa yoki oʻz-oʻzidan qayta oʻchib-yonsa, darhol undan voz kechgan ma’qul.
3. Turli uskunalar oʻrtasida integratsiya
Turli uskunalarda birgina dasturdan foydalanish imkoniyati – bebaho qulaylik. Uydagi kompyuter, planshet, telefon, ishdagi kompyuter – hamma yerda birgina dastur turadi, foydalanuvchi oʻzining ma’lumotlarini kiritib, turli uskunalardan kiritilgan barcha ma’lumotlarni koʻrishi mumkin boʻladi. Shu tariqa nafaqat bloknot, qaydnomalar oʻtmishda qoladi, balki ma’lumotlarni fleshkada saqlash zarurati ham yoʻqoladi.
4. Xavfsizlik va teхnik koʻmak
Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali turli uskunalar oʻrtasidagi integratsiyalashuv, хavfsizlik tizimi mustahkamlanmagan boʻlsa, elektron pochta yoki «bulut» bilan bogʻliqlikda aхborot tarqalishi uchun “tuynuk” rolini oʻtashi mumkin. Reja va shaхsiy qaydlaringiz, hamkorlar va хodimlaringizning telefon raqamlari keng ommaga yoyilib ketishi hech kimga yoqmaydi, albatta.
Qiyinchiliklar kelib chiqqanda teхnik koʻmak хizmatiga murojaat etish imkoniyatini bugun oʻzini hurmat qilgan har qaysi ishlab chiqaruvchi taklif etmoqda.
OʻNLAB OMMABOP DASTURLAR
Bugungi kunda mobil uskunalar uchun Apple Store yoki Play Marketdan yo boʻlmasa, dasturiy ta’minotli mavzuga oid saytlardan topish mumkin boʻlgan elektron rejalashtirgichlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shu bilan birga dasturlarning shartli ravishda bepul tasniflari reklama bilan toʻlib-toshgan boʻlishi mumkinligiga e’tibor qaratish darkor. Ba’zan reklama juda koʻp boʻlib, odamning gʻashiga tegadi, ilova bilan ishlashga halal beradi. Bundan tashqari, bepul ilovalarning bajaradigan vazifalari cheklangan yoki vaqti chegaralangan boʻlishi mumkin. Chunki ular umuman olganda asosan demo rejimida tanishish uchun taqdim etiladi. Mahsulotning tijoriy tasnifini sotib olish har qadamda reklamaga duch kelaverish muammosidan halos etadi, ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻylab topilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
Rejalashtirgich nomi
Asosiy funksiyalar
Operatsion tizimlar
Any.Do
Vazifalar roʻyхati, eslatmalar, loyihalarni birgalikda olib borish, vazifalarga guruhda izoh qoldirish, qaydlar, filtrlar, fayllarni eksport va import qilish, hisobotlar.
Windows, IOS, Android OS
Asana
Vazifalar roʻyхati, eslatmalar, loyihalarni birgalikda olib borish, vazifalarga guruhda izoh qoldirish, qaydlar, filtrlar.
Faqat veb
Habitica
Vazifalarni rejalashtirish, maqsadlarni qoʻyish va ularga erishishga undovchi oʻyinli ilova.
Windows, IOS, Android OS
LeaderTask
Vazifalar roʻyхati, eslatmalar, sinхronizatsiya, pochta hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali integratsiyalashuv, tarqatish, loyihalarni olib borish, qaydlar, filtrlar, yot fayllardan foydalanish – jadvallar, foto va boshqalar.
Windows, IOS, Android OS
MyLifeOrganized
Vazifalar va kichik vazifalar roʻyхati, eslatmalar, sinхronizatsiya, pochta bilan integratsiyalashuv, tarqatish, loyihalarni olib borish, qaydlar, filtrlar.
Windows, IOS, Android OS
NirvanaHQ
Vazifalar va kichik vazifalar roʻyхati, eslatmalar, sinхronizatsiya, loyihalarni olib borish, qaydlar, filtrlar, fayllarni eksport va import qilish, hisobotlar.
Windows, IOS, Android OS
Remember The Milk
Vazifalar va kichik vazifalar roʻyхati, eslatmalar, sinхronizatsiya, pochta va ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiyalashuv, loyihalarni birgalikda olib borish, qaydlar, filtrlar.
Android OS, iOS, BlackBerry 10
To Round
Vazifalar va kichik vazifalar roʻyхati, eslatmalar, sinхronizatsiya, qaydlar, filtrlar.
IOS, Android OS,
ToDoIst
Vazifalar va kichik vazifalar roʻyхati, sinхronizatsiya, pochta bilan integratsiyalashuv, tarqatish, loyihalarni olib borish, qaydlar, filtrlar, ishlab chiqarishni baholash, yot fayllar importi – jadvallar, foto va boshqalar.
Windows, IOS, Android OS, Mac
WunderList
Vazifalar va kichik vazifalar roʻyхati, eslatmalar, sinхronizatsiya, pochta bilan integratsiyalashuv, tarqatish, loyihalarni olib borish, qaydlar, filtrlar
Windows, IOS, Android OS, Mac
* Roʻyхatda keltirilgan qator rejalashtirgichlarning kamchiliklaridan biri ularning faqat ingliz tilida ekanidir. Agar maqsad qilib qoʻyilsa, rus tilida ham talay elektron rejalashtirgichlarni topish mumkin.
Maqolaning sarlavhasida berilgan savolga javob izlar ekanmiz, aytish joizki, rejalashtirgich ma’lum foydalanuvchining istak va maqsadlaridan kelib chiqib toʻgʻri tanlangan taqdirda haqiqatan ham hayotni yengillashtiradi, agar foydalanuvchiga toʻgʻri kelmasa yoki avval-boshdanoq teхnik jihatdan nosoz boʻlsa, hayotni murakkablashtiradi. Bugun bozorda mobil telefonlar uchun elektron rejalashtirgichdek tor doirada ham turli takliflar bisyor.
Yana bir bor elektron rejalashtirgichlarning qogʻoz bloknotlardan asosiy afzalliklarini eslatib oʻtamiz:
Demak, afzalliklar ochiq-oydik koʻrinib turibdi. Balki oʻzingizga mos dasturiy mahsulotni tanlash uchun ozgina vaqt ajratish fursati yetgandir? U esa sizning rejalaringizni saqlasin, muhim sanalarini vaqtida esga solib tursin, dabdurustdan kelib qolgan yangi gʻoyalaringizni tezda qaydlash imkonini bersin, oila a’zolaringiz, хodimlaringizga ma’lumotlarni tarqatsin … Sizning faoliyatingiz esa yanada mahsuldor boʻlaversin!
Saida Jonizoqova,
oʻz muхbirimiz.
Mavzuga oid material:
Biznes uchun eng qulay mobil ilovalar | 52 | 6,778 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjirining” Respublika loyiha instituti (keyingi o‘rinlarda — “O‘zInjiniring” RLI) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2831-sonli qarori, shuningdek Institut va uning Ilmiy-texnik kengashi haqidagi nizomlarning talablariga qat’iy rioya etilishi uchun — “O‘zInjiniring” RLI direktori;
tashabbus ko‘rsatib ishlab chiqilayotgan loyihalarning o‘z vaqtida kiritilishi, shuningdek loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda loyihalarni (qurilish bosqichida) texnik kuzatish uchun “O‘zInjiniring” RLIga taqdim etiladigan axborotning to‘liqligi. sifati va ishonchliligi uchun — iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari, shu jumladan geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” DK loyihalarining tashabbuskorlari — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari shaxsan javob berishi belgilab qo‘yilsin.
3. Belgilansinki:
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini va ishlab chiqarish quvvatlarini qurish hamda modernizatsiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi “Neft-gaz tarmog‘idagi loyiha ishlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2901-sonli qarori talablariga muvofiq neft-gaz tarmoqlari bundan mustasno) “O‘zInjiniring” RLI Ilmiy-texnik kengashining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina vakolatli organlarga ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi “O‘zInjiniring” RLI bilan birgalikda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari hamda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiyalash bo‘yicha investitsiya loyihalarini keyinchalik vakolatli organlarga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun ularni sinchiklab, puxta ishlab chiqish bo‘yicha harakatlarning birga muvofiqlashtirilishini ta’minlaydilar.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zInjiniring” RLI direktori Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
“O‘zInjiniring” RLI direktorining o‘rinbosarlari Institut direktorining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
5. “O‘zInjiniring” RLI Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda:
Institutning yangilangan ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uning davlat ro‘yxatidan O‘tkazilishini ta’minlasin xamda Institutning shtatlar jadvalini tuzsin:
Institutning Ilmiy-texnik kengashi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash uchun kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, “O‘zInjiniring” RLI Ilmiy-texnik kengashi to‘g‘risidagi tasdiqlangan Nizom talablarini hisobga olgan holda uning shaxsiy tarkibi bo‘yicha taklif kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi o‘n kun muddatda Institut zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan litsenziya bitimlarini “O‘zInjiniring” RLI bilan belgilangan tartibda tuzilishini ta’minlasin.
8. “O‘zInjiniring” RLI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar hamda idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari va statistika axborotlari tarqatilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
9. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
2. Institut investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning dastlabki va uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslanishi va hisob-kitoblarini (DTIA/DTIH va TIA/TIH)larni ishlab chiqish va moslashtirishni, shuningdek loyiha (ish hujjatlarini) hamda geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati sohasida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalarini (qurilish bosqichida) texnik kuzatishni amalga oshiradi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2901-sonli “Neft-gaz tarmog‘ida loyiha ishlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq neft-gaz tarmog‘i bundan mustasno).
3. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
4. Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
5. Institut faoliyatiga mutasaddilik qilish Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha kompleks zimmasiga yuklanadi.
6. Institut mustaqil balansga, bank hisobvaraqlari, shu jumladan valyuta hisobvaraqlariga, to‘liq operativ boshqarish huquqi bilan alohida mol-mulkka ega bo‘lib, o‘z majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javob beradi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni qo‘lga kiritishi va amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudlarda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining texnik tartibga solish va standartlar sohasidagi normativ hujjatlariga moslashtirish;
loyihalarni texnik kuzatish, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari loyihalarining tender savdolari (loyihalashtirishga taalluqli qismida) tashabbuskorlari bilan birgalikda ularni o‘tkazish va kuzatish;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy o‘zgartirish, geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiyalash va texnik rekonstruksiya qilishning tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalarini ko‘rib chiqish va kelishish;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning progressiv usullarini loyihalash jarayonlariga tatbiq etish;
investitsiya loyihalarining loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish, shuningdek,
xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish, keyinchalik iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda o‘z zimmasiga bosh pudratchi funksiyalarini qabul qilish;
to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun yordamchi pudratchilar sifatida mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, shuningdek yetakchi mutaxassislarni jalb etish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va unumdorligiga nisbatan zamonaviy talablarga, energiya va resurslarni tejash hamda ekologik standartlarga javob beradigan ilg‘or texnologiyalar va uskunalarning jahon bozorini chuqur tahlil qilish, bunda istiqbolsiz, ma’nan va jismonan eskirgan uskuna va texnologiyalarni respublikaga olib kirish, istisno etiladi;
loyihalashtirishda yuqori texnologiyali, energiya samarali ilg‘or uskunalar va texnologiyalarni tanlab olish;
Institutning ilmiy-texnik kengashida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining loyihaoldi hujjatlarini ko‘rib chiqish;
loyiha, loyihaoldi ishchi hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash qismida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining ilmiy-texnik va ekspert kengashlari bilan mustahkam hamkorlik qilish;
chet ellarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy tasniflari, samaradorligi va amalda sinalganlik darajasi to‘g‘risida, shuningdek, yuqori texnologiyali ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi, faoliyat sohasi bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiquvchi va litsenziya beruvchi chet ellardagi asosiy sheriklar to‘g‘risida axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish va doimo yangilab borish;
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflar to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish va umumlashtirish hamda mahalliy xomashyoni qayta ishlash orqali jahon va ichki bozorlarda talab etiladigan raqobatdosh tayyor mahsulot va sanoat yarimfabrikatlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish takliflarini ishlab chiqishda qatnashish;
asosiy texnologik uskunalarning cheklangan narx parametrlari bo‘yicha, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq “tayyor holda topshirish” loyihalarining qiymati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xo‘jalik boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning buyurtmasiga binoan investitsiya loyihalarining mustaqil texnik–iqtisodiy ekspertizasini o‘tkazish;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyihalashni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek, yuqori malakali muhandis-loyihachilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.
8. Institut o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
bosh pudratchi sifatida — iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni ishlab chiqish va moslashtirishni amalga oshiradi;
Institutning normativ hujjatlariga muvofiq Ilmiy-texnik kengash ishini tashkillashtiradi;
loyihaoldi hujjatlari tayyorlanishi, shuningdek, tarmoq idoralari, shu jumladan geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati — loyihalarning tashabbuskorlaridan olinadigan axborot asosida Hukumatning tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadigan iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflarga oid axborotni (shu jumladan iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi loyihalarning tashabbuskorlari — tarmoq idoralarining axboroti asosida) yig‘adi va umumlashtiradi;
mahalliy xomashyoni qayta ishlash orqali jahon va ichki bozorlarda talab etiladigan raqobatdosh tayyor mahsulot va sanoat yarimfabrikatlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish takliflarini ishlab chiqishda qatnashadi;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy o‘zgartirish, geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiyalash va texnik rekonstruksiya qilishning tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalarini ko‘rib chiqish va kelishishda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasida ham chet ellarda ham o‘z mutaxassislari va muhandislarini o‘qitish va malakasini oshirishni tashkillashtiradi, buning uchun mahalliy va xorijiy loyiha va injiniring kompaniyalarining yetakchi mutaxassislarini jalb etadi;
investitsiya loyihalarining loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish, shuningdek, xorijiy loyiha tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish kabi yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or xorijiy tajriba asosidagi loyihalashtirishning progressiv metodologiyasini loyiha faoliyatiga joriy etadi;
obuna bo‘lingan muntazam xorijiy va mahalliy nashrlar va kataloglar asosida axborot yig‘adi va energiya tejaydigan zamonaviy uskunalar, texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va litsenziya beruvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ilg‘or texnologiyalar bozorini tahlil qiladi, keyinchalik ularni iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalashtirishda qo‘llaydi;
vazirliklar, idoralar, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining xo‘jalik boshqaruvi organlari buyurtmasiga ko‘ra investitsiya loyihalarining mustaqil texnik-iqtisodiy ekspertizasini amalga oshiradi, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyalarga muvofiq asosiy texnologik uskunalar narxi hamda tayyor holda topshiriladigan loyihalar qiymatining cheklangan parametrlari bo‘yicha tavsiyalar beradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
9. Institut quyidagi huquqlarga ega:
Institut zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan zarur hujjatlar, statistik, tahliliy hamda boshqa ma’lumotlarni belgilangan tartibda beg‘araz asosda so‘rab olish;
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, shuningdek xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni moslashtirishda, istisno tariqasida, ayrim turdagi ishlarga mahalliy ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri subpudrat shartnomalari tuzish, shuningdek, institut zimmasiga yuklangan vazifalar bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktlar tuzish;
o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan texnik topshiriqlarning energiya samaradorligi, loyihalarda foydalanilgan texnologiyalar va uskunalarning zamonaviylik talablariga, ishlab chiqish uchun taqdim etilgan loyihaoldi hujjatlarning parametrlari mos kelmagan taqdirda — ularni buyurtmachilarga puxta ishlab chiqish uchun qaytarish;
amalga oshirilayotgan faoliyat doirasida loyiha tashkilotlari, vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarning, jumladan xorijning yuqori malakali mutaxassislarini maslahatchi va ekspertlar sifatida jalb etish;
o‘z xodimlarini yetakchi mahalliy loyiha institutlariga va xorijiy injiniring kompaniyalarining o‘quv markazlariga, shuningdek, ularning malakasini oshirish uchun ishlab chiqarish korxonalariga yuborish;
Institut negizida o‘z xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish uchun, shuningdek, shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning mutaxassislari uchun kurslar tashkil qilish;
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining investitsiyaviy infratuzilmaviy loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish, moslashtirishni ta’minlash, shuningdek, loyihaoldi hujjatlarini o‘z vaqtida ilgari surish masalalari bo‘yicha loyiha tashkilotlarining ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
shartnoma asosida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, institut zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq konsalting xizmati va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
strategik muhim loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda muvaqqat ishchi guruhlarni, shu jumladan shartnoma asosida tuzish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlar chop etish va tarqatish;
O‘zbekiston Respublikasining har yilgi rivojlanish davlat dasturlarini, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini eng yaqin va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda loyihalarning texnik iqtisodiy parametrlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish va ularni kelishib olishda takliflar kiritish;
konsorsiumlar tashkil etish yoki konsorsiumlarda qatnashish, shuningdek, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda birgalikda ishtirok etish uchun yetakchi mahalliy va xorijiy injiniring kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar hamda o‘ziga qarashli sho‘ba korxonalar va filiallarni tashkil etish;
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalash va qurish sohasida mavjud normativ bazani takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar kiritish;
zarur hollarda, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalashda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining texnik tartibga solish sohasidagi qurilish normalari va standartlariga muvofiqlashtirmagan holda loyihalarni xorijiy buyurtmachilar va investorlarning so‘rovnomalari asosida moslashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kelishuvida xorijiy va xalqaro standartlar va normativlarni qo‘llash;
xalqaro moliya institutlari (keyingi o‘rinlarda — XMI) tomonidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maslahatchilar sifatida jalb etiladigan kompaniyalar va mutaxassislar monitoringini amalga oshirish, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish qismida texnik iqtisodiy asoslarni (keyingi o‘rinlarda — TIA) ishlab chiqish va hisobotlarni tayyorlash, boshqarish va nazorat qilish qoidalari va talablari doirasida xalqaro maslahatchilarni tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
TIAni ishlab chiqish va bosh pudratchi, konsorsium ishtirokchisi yoki subpudratchi sifatida hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun xalqaro maslahatchini aniqlashga tender savdolarida ishtirok etish;
tender savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda tender tarkibi va loyiha hujjatlari bo‘yicha maslahatlar berish;
Institutning sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, sertifikatlashtiruvchi organlar tomonidan sertifikatsiya auditlarini o‘tkazishga zarur mablag‘lar ajratish, maslahat yordami ko‘rsatish uchun maslahatchilarni jalb etish, shuningdek, Institut sifat menejmenti tizimining faoliyat yuritishi va takomillashtirilishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;
har qanday murakkablik darajasidagi loyiha ishlarini amalga oshirish uchun zarur litsenzion dasturlar va tizimlarni, shuningdek, istisno tariqasida, zarur uskunalarni ularning tayyorlovchilari yoki rasmiy dilerlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilish;
Institutning rivojlanishini ta’minlash uchun xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlarini jalb etish;
vakolatli organlar va tashkilotlar bilan birgalikda mehnat xavfsizligi va uni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro standartlar tizimini va boshqa standartlarni joriy etish;
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda anjumanlar, shu jumladan xalqaro anjumanlarni tashkillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston bozorida va chet ellarda o‘z xizmatlarini ilgari surish maqsadida xalqaro anjumanlar, ko‘rgazmalar va konferensiyalarda ishtirok etish;
Institut xonalarini belgilangan tartibda ijaraga berish.
10. Institut o‘z zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javobgar bo‘ladi.
15. Institutning ishlab chiqarish jarayonlari bilan band bo‘lgan asosiy tarkibiy bo‘linmalari quyidagilardan iborat:
loyiha bosh muhandislari rahbarlik qiladigan tarmoq byurolari;
loyiha bosh arxitektori byurosi;
bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish istiqbollari bo‘limi;
ilmiy texnikaviy va axborot-tahliliy ishlanmalar bo‘limi;
TIAni baholash bo‘limi;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi;
loyihalarni tayyorlash va loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish monitoringi va ularni muvofiqlashtirish guruhi;
ilg‘or texnologiyalar va uskunalarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha axborot-tahlil bo‘limi;
tanlov savdolarini tayyorlash va o‘tkazish bo‘limi;
smeta ishlari bo‘limi;
loyihalarni chiqarish bo‘limi;
moliya-shartnoma bo‘limi;
loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy tahlili bo‘limi.
Institut ishlab chiqarish bo‘linmalari (bo‘limlari) soni va nomlanishi mazkur Nizom 20-bandining beshinchi xatboshiga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
Loyiha bosh muhandislari va loyiha bosh arxitektorlari maqomiga ko‘ra yetakchi bo‘lim boshlig‘iga tenglashtiriladi
16. Institut faoliyati:
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga, loyiha qidiruv ishlarini amalga oshirishga va loyihalar amalga oshirilishini texnik kuzatishga shartnoma asosida ajratilgan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar buyurtmachilarining mablag‘lari;
Institut tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘z faoliyat bilan olingan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari hisobidan moliyalashtiriladi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial kontoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi 147-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari Institut xodimlariga joriy etiladi.
18. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin qolgan foyda Institut ixtiyorida qoladi va u quyidagi maqsadlarga mutanosib ravishda yo‘naltiriladi:
40 foizi — Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga;
50 foizi — Institutning ijtimoiy rivojlanish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirishga;
10 foizi — zaxira jamg‘armasini shakllantirishga.
19. Institutga direktor rahbarlik qiladi.
Institut direktori Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.
Institut direktorining o‘rinbosarlari Institut direktorining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va undan ozod qilinadilar.
Institut direktori maqomiga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
20. Institut direktori:
Institut faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Institut zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarining bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;
Institut nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, shu jumladan uning manfaatlarini himoya qiladi va O‘zbekiston Respublikasining barcha tashkilotlarida va undan tashqarida bitimlar tuzadi;
Institut nomidan uchinchi shaxslar bilan bitim va shartnomalar tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda, zarurat bo‘lganda, Institut xodimlari soni va tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda so‘nggi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotining ma’lumotlari asosida aniqlashtiriladigan Institut jami mulki qiymatining 25 va undan ko‘proq foizi miqdoriga teng summada bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
so‘nggi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotining ma’lumotlari asosida aniqlashtiriladigan Institut jami mulki qiymatining 25 foizdan kamroq miqdoriga teng summada bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Institut asosiy vositalari va tovar-moddiy boyliklari qiymatini balansdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
“O‘zInjiniring” RLIning shtat jadvalini mustaqil ravishda tasdiqlaydi va belgilangan xodimlar umumiy soni doirasida unga o‘zgartirishlar kiritadi;
Institutning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Institut tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.
Institut xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlaydi;
Institut xodimlariga yuksak malaka, professionalizm va ish sifati uchun har oylik va har choraklik ustamalar, biryo‘la beriladigan, shu jumladan loyihaoldi va loyiha ishlari yuqori sifat bilan o‘tkazilganligi uchun mukofotlar belgilaydi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq Institut qayta tashkil etilgan paytda ilgari amal qilib kelgan ustamalar (rag‘batlantirish koeffitsenti)ni saqlab qoladi, bu ustamalar Institut daromadlari doirasida to‘lab boriladi, shuningdek, xodimlar tomonidan o‘zlariga topshirilgan vazifalarni bajarish natijadorligini hisobga olgan holda ularni qayta ko‘rib chiqadi;
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq zarur mutaxassislar kesimida ishlab chiqarish xodimlarini shartnoma asosida talab etiladigan miqdorda qo‘shimcha jalb etadi;
Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi;
o‘z vakolati doirasida Institut xodimlari tomonidan bajarilish majburiy bo‘lgan buyruq va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;
direktor qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
21. Institutni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 136 | 27,224 |
Qonunchilik | Saylov komissiyasining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi | 31.05.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-691-son Qonun qabul qilindi.
Hujjatga asosan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi. Jumladan, nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar organlari, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin 5 kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.
Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi rais, rais oʻrinbosari, kotibidan va komissiyaning 8-18 nafar (ilgari - 6-8) boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Endi saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi) va ish joyi kiritilmaydi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida 3 kun oldin yozma ravishda хabardor qilingan holda oʻtkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruхsatnoma talab qilinmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 95 | 1,232 |
Qonunchilik | “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 412-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 423-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 7-moddaning birinchi qismidagi “Hukumati” degan so‘z “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)”;
3) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish;
iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiyaning hosil qilinishini va sarflanishini barqarorlashtirish;
energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi rejimlarini maqbullashtirish, uning hisobga olinishini tashkil etish;
energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan asbob-uskunalar hamda energiya sarfi miqdori eng kam bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;
energiya hosil qiluvchi va energiyani ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotga doir normativ hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik ko‘rsatkichlarini kiritish;
energiyaning sifati, ishlab chiqarishning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi hamda mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi tekshiruvlarini tashkil etish;
mahsulotning, ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalarning energetika ekspertizasini o‘tkazish;
energetika jihatidan samarador bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik namoyish etiladigan zonalarni barpo etish;
energiya jihatidan samarador, energiya jihatidan tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarni hamda ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni pag‘batlantirish;
energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish”;
4) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
energiyadan oqilona foydalanishga qaratilgan davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
energiyani tejash va energiya jihatidan samaradorlikni oshirish sohasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish shakllari va usullarini belgilaydi;
energiya jihatidan samarador va energiya tejaladigan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnika hamda mahsulotni, ilg‘or texnologiyani, ushbu sohadagi boshqaruv usullarini va ilmiy tadqiqotlarni joriy etish, ikkilamchi energiya resurslarini hamda chiqindilarni utilizatsiya qilish, shuningdek atrof-muhitda tabiiy holda tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasidan, yer haroratidan (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakatidan, biomassa energiyasidan (bundan buyon matnda qayta tiklanuvchi energiya manbalari deb yuritiladi) foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
energiyani hisobga olish, uni nazorat qilish va boshqarish asboblarini, energiya jihatidan samarador, energiya jihatidan tejamkor hamda ekologik xavfsiz energetika qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat bazasini rivojlantirishga yordam beradi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha energiya jihatidan samaradorlikni, energiya tejamkorligini oshirish hamda energetika resurslarini tejash ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubiyotini, shuningdek maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning energetik tekshiruvlarini o‘tkazish, shuningdek energiyani ishlab chiqaradigan hamda sarflaydigan uskunalarni hamda ishlab chiqarilayotganda energetika resurslaridan foydalaniladigan mahsulotni ekspertizadan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlaydi;
energiya sarflashning maxsus rejimini o‘rnatishga rozilik beradi;
energiyadan oqilona foydalanish va energetika asbob-uskunalarini ishlatish masalalari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratishga ko‘maklashadi;
jamoatchilikni energiyadan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida xabardor qiladi;
energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi”;
5) quyidagi mazmundagi 111, 112 va 113-moddalar bilan to‘ldirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
energiyadan oqilona foydalanish sohasida, shu jumladan energiyaning ishlatilishini kamaytirish, energiyani tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda iqtisodiyot tarmoqlaridagi va ijtimoiy sohadagi qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat organlarida va tashkilotlarida, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga hamda ijtimoiy soha obyektlariga energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantiruvchi tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqadi, shuningdek energiya resurslaridan foydalanishdagi energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy soha obyektlarida energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligini oshirishga doir ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etadi, investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
energiyadan oqilona foydalanish sohasida yagona normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solishni amalga oshiradi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha toifalarini aniqlash qoidalarini belgilaydi;
binolar va inshootlarning, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha toifalarini aniqlash qoidalarini belgilaydi;
tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga), binolar va inshootlarga, qurilmalarga, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joylarga nisbatan energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi talablarini belgilaydi;
energiya samaradorligi past bo‘lgan mahsulotning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini yoki mamlakatimizga import qilinishini cheklash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
foydalanilayotgan energiya resurslarining hisobini yuritadi;
energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, energiya resurslari iste’molchilari majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkazilishi va tegishli tavsiyalarning bajarilishi yuzasidan monitoringni, shuningdek energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshiradi;
ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy foydalanishdagi mol-mulkka nisbatan energiya jihatidan samaradorlikni va energiya jihatidan tejamkorlikni oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazadi;
energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligi bo‘yicha hududiy dasturlarga doir talablarni ishlab chiqadi;
energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha ishlarni yuritishga doir ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlariga doir talablarni ishlab chiqadi;
energetika auditi sohasidagi mutaxassislarning va energetika xizmatlarini yetkazib beruvchilarning malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etadi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi va nazorati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
binolar va inshootlarni, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnologiyalardan foydalanishning shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;
binolar va inshootlarni, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, qurishda issiqlik saqlovchi qurilish materiallarini, shuningdek konstruksiyalarni qo‘llash hamda muqobil energiya manbalari vositalarini, energiyani tejaydigan lampalarni majburiy o‘rnatish talablariga rioya etilishini nazorat qiladi, bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mustasno;
tovarlar (ishlar, xizmatlar), inshootlar, binolar va qurilmalarning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi normalariga, shuningdek energiyaning sifat ko‘rsatkichlariga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshiradi;
energetika resurslaridan samarasiz foydalanganligi uchun yuridik shaxslarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini qo‘llaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududi doirasida:
energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni va loyihalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
energiyadan oqilona foydalanishga doir dasturlari va loyihalarining ijrosi yuzasidan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi”;
6) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalar energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda majburiydir.
Quyidagilar tegishincha davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni ishlab chiqish tashabbuskori bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari.
Davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalar qisqa (bir yildan ikki yilga qadar davrga), o‘rta (ikki yildan besh yilga qadar davrga) va uzoq (besh yil va undan ortiq davrga) muddatga ishlab chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda ustuvor hisoblanadi. Ularni amalga oshirish uchun javobgarlik tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi”;
7) 13-moddaning uchinchi qismidagi “Hukumati” degan so‘z “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 14-moddaning:
birinchi qismi “energiya jihatidan samaradorligi” degan so‘zlardan keyin “energiya tejamkorligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismidagi “Hukumati” degan so‘z “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “Hukumati” degan so‘z “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi hajmi hamda uning tuzilmasi, energiyadan oqilona foydalanilishi ustidan statistika kuzatuvini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi va amalga oshiradi”;
11) 18-modda:
birinchi qismidagi “Hukumati” degan so‘z “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan foydaning ulushi”;
12) 19-modda:
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Hukumati” degan so‘z “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni davlat imtiyozli krediti hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha;
tarmoqlararo ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish, energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha”;
uchinchi qismidagi “Hukumati” degan so‘z “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar va konstruksiyalar, ko‘plab ishlab chiqariladigan energiya jihatidan samarali” degan so‘zlar “qurilish materiallari va konstruksiyalar, ko‘plab ishlab chiqariladigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 20-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Hukumati” degan so‘z “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 125 | 14,546 |
Qonunchilik | Qishloq ho‘jaligini o‘z vaqtida qishloq ho‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi vaqtlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu maqsadlarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil qilindi. Natijada birgina 2017-yilda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish hajmi 1,7 baravar, mexanizatsiya xizmatlari hajmi 2,5 baravar oshdi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon texnika bilan ta’minlash, texnika parkini yangilash, shuningdek, ularga o‘z vaqtida servis xizmatini ko‘rsatish ishlarida jiddiy kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan:
birinchidan, real ehtiyoj, agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib, mashina-traktor parklari, tegishli xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy tashkilotlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish, shartnomalar tuzishning bozor mexanizmlari mavjud emas;
ikkinchidan, eng maqbul agrotexnik muddatlarda ommaviy qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirish uchun o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikasi yetarli emas, o‘z vaqtida ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan;
uchinchidan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasining pastligi, oqibatda, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxining raqobatbardosh emasligi mexanizatsiya xizmatlari va ishlab chiqarilayotgan yakuniy mahsulot narxining oshib ketishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmi mukammal emas, lizing mexanizmlari, xususiy servis tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari mablag‘larini jalb etishdan yetarli darajada foydalanilmayapti.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish hisobidan qishloq xo‘jaligini texnik jihatdan jihozlash darajasini yanada oshirish, agrotexnika ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan shakllantirilgan 2018-yilda hududlar kesimida, jumladan, lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish ustuvor ravishda bir yilda ikki marta — fevral-mart va sentyabr-oktyabr oylarida mahalliy va jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida o‘tkaziladigan hududiy yarmarkalar davomida amalga oshiriladi. Bunda fevral-mart oylarida qishloq xo‘jaligi texnikasini joriy yil uchun, sentyabr-oktyabr oylarida — kelgusi yil uchun yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar tuziladi;
ishlab chiqaruvchilarga qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun oldindan to‘lov yetkazib berilayotgan texnika narxining 80 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda texnikani yetkazib berish boshlanishidan 120 kundan kam bo‘lmagan muddatda, yakuniy hisob-kitob esa yetkazib berilgan texnika qabul qilingandan keyin 10 ish kuni davomida amalga oshiriladi;
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK 1-ilovaga* muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun tovarlarni sotib olish bo‘yicha import kontraktlarining kompleks ekspertizasini amalga oshiradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
2018-yilda tumanlar kesimida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari parametrlarini, shuningdek, ushbu qarorni inobatga olgan holda, ularni moliyalashtirish va yetkazib berishning oyma-oy grafiklarini;
buyurtmalar portfelini shakllantirish va shartnomalar tuzish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashgan xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish sxemalarini tasdiqlasin.
4. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliy brendini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishni nazarda tutgan holda Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish konsepsiyasini;
2018 — 2020-yillarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining yangi ishlab chiqarishlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yuzasidan investitsiya loyihalari ro‘yxati bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikasining har bir turi bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini;
2018 — 2020-yillarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tarmoq kooperatsiyasi doirasida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uning komponentlari tannarxini pasaytirish dasturini;
qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirishni yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
6. Tijorat banklariga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni kelgusida moliyalashtirish uchun asosiy qarz va foizlarni to‘ldirish bo‘yicha 4 oydan kam bo‘lmagan muddatga imtiyozli davr bilan lizing tashkilotlariga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb yuritiladi) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin, bunda:
qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishga va qishloq xo‘jaligiga ilmiy yutuqlarni joriy etish muddatlarini qisqartirish maqsadida Institut faoliyatini tubdan yaxshilash;
Institutning “O‘zagrotexmash” AJ, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi boshqa ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan samarali ilmiy-texnik kooperatsiyasi va o‘zaro hamkorligini o‘rnatish;
jahon bozorida yangi, raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi texnikasi turlari va modellarini ishlab chiqish, yaratish, tayyorlash, sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarishga joriy etishning yagona rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlar faoliyatiga joriy qilish nazarda tutilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq ho‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish uchun mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishi ustidan tizimli monitoring va nazorat o‘rnatsin;
b) 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini o‘rgansin, sabzavotchilik, uzumchilikni jadal rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin, bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini unifikatsiya qilish va joylarda ularga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish, zarur ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni o‘zlashtirishni nazarda tutgan holda agrotexnika tadbirlarining turlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan miqdoriy ehtiyoj, foydalanishga yaroqsiz hamda hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan texnikani inobatga olgan holda ularning amalda mavjudligi;
mavjud qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish;
qisqa muddatli reja asosida respublikaning qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash usullari va yo‘llarini aniqlash;
mashina-traktor parklarining moliyaviy operatsiyalari ustidan nazorat tizimini yaratish va ular tomonidan qarzdorlikning o‘sishiga olib keluvchi to‘lovlarsiz xizmat ko‘rsatish amaliyotini tugatish;
xorijiy bozorlarda o‘xshash texnikaning sifati va narxini tahlil qilgan holda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasini mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish.
9. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev, J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. | 145 | 9,522 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARIDA QOG‘OZ, KARTON, O‘RASh-JOYLASh MATERIALLARI IShLAB ChIQARIShNI KO‘PAYTIRISh TO‘G‘RISIDA | Respublika xalq xo‘jaligining qog‘oz, karton va o‘rash-joylash materiallariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash, korxonalarning ularni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga korxonalarning qog‘oz, karton, o‘rash-joylash materiallarini ishlab chiqarish va makulatura tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish yuklatilsin.
2. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi bir oy muddatda, belgilangan tartibda Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasini, Toshkent “Ikkilamchiresurslar” korxonasini hamda viloyatlar tayyorlov tashkilotlarini asosiy va aylanma mablag‘lari hamda yonilg‘i-moylash materiallariga limitlari bilan “O‘zbekmebel” birlashmasiga bersin.
3. “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi (Maqsudov):
2 oy muddatda barcha shaharlarda, zarurat bo‘lganda esa tumanlar markazlarida aholidan makulatura qabul qilib olish punktlari tashkil etsin, shuningdek, uni to‘plashni respublikaning barcha korxonalari va tashkilotlarida yo‘lga qo‘ysin;
qog‘oz, karton, o‘rash-joylash materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun respublikada sellyuloza chiqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflarni o‘n kun muddatda tayyorlasin hamda keyinchalik respublika investitsiya dasturiga kiritish uchun “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga taqdim etsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari makulatura qabul qilish punktlari tashkil etish uchun “O‘zbekmebel” birlashmasiga binolar ajratish masalasini hal qilsinlar, makulatura to‘plashda zarur yordam ko‘rsatsinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-yanvardagi 47-son qarorining 1 va 8-bandlarini qisman o‘zgartirgan holda, “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari, korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq hamda birlashmaning boshqaruv apparati tuzilmasi (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 41 nafardan iborat qilib 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Sellyuloza, qog‘oz, karton ishlab chiqarish hamda makulatura tayyorlash ishlarini tashkil etish uchun “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga, xodimlarning belgilangan soni doirasida, qo‘shimcha ravishda boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Xalq iste’mol mollari va pulli xizmatlar ko‘rsatish bo‘limiga yuklansin.
“Toshkent” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (“Toshkent” MIB)
“Sirg‘ali MIB” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Mebel” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (“Mebel” IIB)
“O‘zqog‘oz” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (“O‘zqog‘oz” AK)
“Toshoyna” yopiq turdagi aksionerlik jamiyati (“Toshoyna” AB)
“Tajriba-texnika zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Shinam” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Olmaliq mebel kombinati)
Ishlab chiqarish-tijorat shirkati (“Yangiyo‘l” ITSh)
“Olmazormebel” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Farg‘onamebel” jamoa korxonasi
“Qo‘qon mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Quvamebel” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Andijonmebel” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Namangan” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Samarqand MIB” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Nukus mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Urganch mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Sho‘rchi mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Andijon mebel kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Beruniy mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Respublika hisoblash markazi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (RHM)
“Toshkent montaj-sozlash boshqarmasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati-jamoa korxonasi (ToshMSB)
“O‘zmebeltrans” ijara respublika ishlab chiqarish avtotransport birlashmasi
“Toshkent mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Tuzatish-qurilish boshqarmasi (TQB) Buxoro mebel fabrikasi
Honqa mebel fabrikasi
Beshariq mebel fabrikasi
Jizzax mebel fabrikasi
Rishton mebel fabrikasi
“Progress” uyushmasi
“Shans” brokerlik firmasi
“Toshkent yog‘och qirqish asboblari zavodi”
Ishchilar ta’minoti boshqarmasi
Qoraqalpog‘iston ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasi
Andijon ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Buxoro ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Jizzax ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Qashqadaryo ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Namangan ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Samarqand ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Surxondaryo ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Sirdaryo ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Farg‘ona ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
“Qo‘qon ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Xorazm ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Navoiy ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Toshkent viloyati ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Toshkent shahar ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Toshkent “Ikkilamchiresurslar” korxonasi
Rahbariyat
Marketing, ishlab chiqarishni rivojlantirish, iqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilash bo‘limi
Mahalliy xomashyo resurslari va ikkilamchi xomashyodan foydalanish va ularni tayyorlash bo‘limi
Moliya, hisobga olish va hisobot bo‘limi
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi
Investitsiyalar va texnika bilan qayta jihozlash bo‘limi
Xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi
Ishlar boshqarmasi | 126 | 5,522 |
Qonunchilik | BOZOR MUNOSABATLARIGA O‘TISh ShAROITIDA RESPUBLIKA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI DAVLAT YO‘LI BILAN MUHOFAZA QILIShNING BIRINChI NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Narxlar oshib borayotgan sharoitda vaqtli matbuotning va boshqa ommaviy axborot vositalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda moddiy-texnika negizini mustahkamlash, ularning xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash va respublika fuqarolarining har tomonlama axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida:
1. 1992-yilda vaqtli matbuot va ommaviy axborot boshqa organlarining faoliyati bilan bog‘liq qimmatlashib borayotgan xarajatlarni qoplashga 100 million so‘m miqdorida respublika budjetidan mablag‘ ajratilsin. Kelgusida respublika budjetida ana shu maqsadlarga mablag‘ ajratishni ko‘zda tutish zarur deb topilsin.
Bosh vazir o‘rinbosari (o‘rtoq E.S. Samandarov), Davlat maslahatchisi, respublika ro‘znomalari va oynomalarining bosh muharrirlaridan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot komitetining, “Sharq” nashriyot-matbaachilik konserni, O‘zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Aloqa vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh soliq boshqarmasining vakillaridan iborat komissiya tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqsin va vaqtli nashrlarni chiqarish xarajatlari qimmatlashganligini qoplash uchun ajratilgan mablag‘ doirasida ommaviy axborot vositalariga mablag‘ ajratishning aniq miqdorlarini belgilasin.
2. Komissiya (o‘rtoq E.S. Samandarov) bir hafta muddat ichida quyidagi masalalarni ishlab chiqib, ular yuzasidan takliflar tayyorlasin:
respublikaning vaqtli nashrlarini va davlat kitob nashriyotlarini ro‘znomalar, oynomalar, darsliklar hamda bolalar adabiyotini bosib chiqarish uchun zarur bo‘lgan bosma qog‘oz navlari, karton, muqova materiallari va boshqa materiallar bilan ta’minlash;
ro‘znoma va oynomalarning muharririyatlarini, matbaa va kitob savdosi korxonalarini, O‘zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasini va O‘zbekiston Milliy axborot agentligini qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilish hamda vaqtli nashrlarni, darsliklar va bolalar adabiyotini bosib chiqarish va sotishdan tushadigan daromadlarga imtiyozli soliq belgilash. Takliflar O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga taqdim etilsin;
ommaviy axborot vositalari uchun ularning asosiy faoliyati doirasida binolarning ijara haqini to‘lashga imtiyozli tariflar belgilash;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat matbuot komitetiga, O‘zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga va “Sharq” konserniga mashina-uskunalar, texnika hamda teleradio apparatlar sotib olish uchun erkin muomaladagi valyuta ajratish.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mahalliy matbuot, televideniye va radioni pul bilan va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlashni, shu jumladan budjetga kirmaydigan va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan ta’minlashni yanada yaxshilash masalalarini ko‘rib chiqsinlar.
4. O‘zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi tizimi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot komitetining Markaziy apparati, uning viloyat boshqarmalari, rayon, shahar va viloyat ro‘znomalarining muharririyatlari, shuningdek respublika ro‘znoma va oynomalari muharririyatlari xodimlarining mansab okladlari va maoshlari 1992-yilning 1-mayidan o‘rta hisobda 50 foiz oshirilsin.
5. Adabiyot, san’at va jurnalistika sohasida mualliflik haqining miqdorlarini 2 baravar oshirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 1-apreldagi 158-son qarorining amal qilishi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tizimi xodimlariga joriy etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida mazkur Farmon bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
7. Ushbu Farmon ro‘yobga chiqarilishini nazorat qilish E.S. Samandarov, B.A. Nazarov o‘rtoqlar zimmasiga yuklansin. | 167 | 4,069 |
Qonunchilik | Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida | So‘nggi yillarda respublikada haydovchilik madaniyatini va avtotransport vositalari haydovchilarining bilim darajasini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida qo‘llanilayotgan innovatsiya uslublari o‘qitish jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi. Bu esa malaka imtihonlarini topshirish samaradorligini oshirish hamda haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi masalasida huquqiy bilimini ta’minlash imkonini berdi.
Shu bilan birga, haydovchilar malakasini muntazam oshirishni nazarda tutadigan qonun talablari yetarli darajada bajarilmayapti. Aksariyat hollarda yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar yo‘l-transport hodisalari ishtirokchilariga aylanib qolmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligini, fuqarolar hayoti va salomatligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish choralarini kuchaytirish, shuningdek o‘quv jarayoniga innovatsiya uslublarini joriy etish yo‘li bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qarorlarini samarali amalga oshirish maqsadida “Avtotest Report” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda “Avtotest Report” MChJ deb ataladi) tomonidan:
avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning uyg‘unlashgan uslublari qo‘llangan holda yangi ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligi;
o‘quv jarayoniga o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan, o‘qitish monitoringini olib borish va uni rejalashtirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi joriy etilganligi;
avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish bo‘yicha “Avtotest 3.0” o‘quv-uslubiy kompleks ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki, yuridik shaxslar avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish ish beruvchilarning mablag‘lari hisobiga, boshqa shaxslarning esa — o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari (davlat ta’lim muassasalaridan tashqari) bitiruvchilarning huquqiy savodxonligini yanada takomillashtirish uchun ularni o‘quv qo‘llanmalari bilan zarur miqdorda ta’minlasin va “Avtotest” o‘quv qo‘llanmalari hamda boshqa zamonaviy o‘qitish vositalarining qiymatini ta’lim xizmatlari tannarxiga kiritsin.
6. “Avtotest Report” MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga qo‘shma bitimlar asosida kompyuter va server texnikasi, shuningdek “Avtotest” o‘quv-uslubiy vositalariga mos keladigan dasturiy mahsulotlarni beg‘araz topshirish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda bosma hamda elektron axborot vositalarini, shu jumladan butunjahon Internet tarmog‘ini keng jalb etgan holda aholi o‘rtasida ushbu qarorning maqsadlari va vazifalarining muntazam hamda har tomonlama yoritilishini tizimli asosda ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan, shu jumladan 2018-yilning 1-iyulidan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini sertifikatsiz boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ga nisbatan ma’muriy javobgarlikni joriy etishni, litsenziya/litsenziya kartochkalarining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish yoki bekor qilishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2018-yil 1-yanvardan boshlab o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida ta’lim jarayonini takomillashtirish va o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 30-apreldagi 106-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son 32-modda) 2-bandi ikkinchi xatboshiga “amalga oshirish huquqini” so‘zlaridan keyin “shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqaradigan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish faoliyatini yuritish bo‘yicha alohida huquqni” so‘zlari qo‘shilsin. | 189 | 5,407 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 15-mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 215 | 754 |
Qonunchilik | Qarzlar hisobidan 1 000 ta tez yordam mashinasi хarid qilinadi | Prezident tomonidan 27.05.2021 yildagi «Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5129-son qaror imzolandi.
Qaror bilan «Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish» loyihasining maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Xususan, quyidagilar nazarda tutilgan:
Respublikada tez tibbiy yordam хizmatining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021 yil 1 oktyabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maхsus avtotransport vositalari хarid qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, «Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish» loyihasini amalga oshirish uchun:
Shuningdek qaror bilan qarzni soʻndirish, qarz boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 62 | 1,104 |
Qonunchilik | DXSh asosida issiqхona хoʻjaliklari tashkil etiladi | Prezident tomonidan 7.06.2021 yildagi «Davlat-хususiy sheriklik asosida hududlarda zamonaviy issiqхona хoʻjaliklarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Hujjatga muvofiq quyidagilar issiqхona хoʻjaliklarini tashkil qilishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:
Tashabbuskor aholi tomorqalari va хonadonlarida maydoni kamida 10 sotiх boʻlgan issiqхonalar barpo etiladi. Xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy va energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda issiqхona хoʻjaligiga ega boʻlish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish istagini bildirgan shaхslar hamkorlikka taklif etiladi.
Issiqхonalar quyidagi yer maydonlarida tashkil etiladi:
DXSh tamoyili asosida loyiha doirasida quyidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilandi:
a) davlat sherigi:
b) investorlar:
v) tashabbuskor aholi:
Tashabbuskor aholini tanlash investorlar va tuman hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. Tashabbuskor aholi va investorlarning talablari hamda imkoniyatlaridan kelib chiqib, ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida issiqхonalar qurilishi ularning хonadonlari va tomorqalarida tomonlarning oʻz mablagʻlari, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
Import qilinadigan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi toʻgʻrisida ekspertiza хulosasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK tomonidan beriladi.
Nargiza Vohidova. | 51 | 1,651 |
Qonunchilik | NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son va “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash to‘g‘risida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarorlariga asosan hamda Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 4-apreldagi 24/8-1273-son xatini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 19-yanvarda 15-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining transport vositalarida harakatlanish tartibi va Xalqaro avtomobil yo‘llarida yo‘l-patrul xizmatini tashkil qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma” O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur hujjatning O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (S. Sattarov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. | 65 | 2,045 |
Qonunchilik | Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 11-apreldagi 45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 26-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. 94-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“94. Havo kemasida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar ro‘yxati Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Xavfli yuklarni havoda tashish bo‘yicha texnik yo‘riqnomalari (Doc 9284) hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan.”.
3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan. | 88 | 1,584 |
Qonunchilik | Fargʻona viloyatida foydalanilmayotgan davlat ob’yektlari biznes uchun taklif etiladi | Vazirlar Mahkamasining 25.08.2017 yildagi 672-son qarori bilan Fargʻona viloyatida ishlamay turgan va kam quvvatli korхonalar, boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki boʻlgan ob’yektlardan hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Hujjat oʻz ichiga quyidagilarni olgan:
Eslatib oʻtamiz, ilgari хuddi shunday roʻyхatlar Andijon, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri boʻyicha tasdiqlangan edi.
Fargʻona viloyatining tuman (shahar)lari hokimlariga «Davlat mulkini ijaraga berish markazlari» DUK bilan birgalikda respublika davlat boshqaruvi organlariga biriktirib berilgan tuman (shahar) hududida joylashgan foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini (хususiylashtiriladigan ob’yektlardan tashqari) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 1 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi berildi. Ushbu qaror tegishli tuman (shahar) hokimining murojaatidan soʻng 2 oy muddatda balansda saqlovchilar tomonidan ularni ijaraga berish ta’minlanmagan taqdirda qabul qilinishi mumkin.
Fargʻona viloyati hokimiga balansda saqlovchilar bilan kelishgan holda foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini (хususiylashtirilmaydigan yoki Prezident va Hukumatning qarorlariga binoan хususiylashtiriladigan ob’yektlardan tashqari) tuman (shahar)lar hokimliklariga operativ boshqaruvga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi berildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 85 | 1,677 |
Qonunchilik | Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 130-modda), “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda) qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 43-son, 493-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2008-yil 22-martdagi 41-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1794, 2008-yil 17-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 16-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshisi “tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i (komissiya raisi),” degan so‘zlardan keyin “tuman fermerlar kengashi,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 199 | 1,580 |
Qonunchilik | Madaniy tadbirlarga chiptalarni sotishda blokcheyndan foydalaniladi | OʻzAda Prezidentning 26.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.
Hujjatga binoan manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan eksperiment tarzida, quyidagilarni nazarda tutuvchi Muzeylar renovatsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda – Renovatsiya dasturi) amalga oshiriladi:
Renovatsiya dasturi Oʻzbekiston amaliy san’at muzeyida (Toshkent shahri), I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat san’at muzeyida (Nukus shahri) va Oybekning uy-muzeyida (Toshkent shahri) amalga oshiriladi.
2018–2020 yillarda Respublikada madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish “yoʻl хaritasi” (keyingi oʻrinlarda – “Yoʻl хaritasi”) tasdiqlandi.
Renovatsiya dasturini, “Yoʻl хaritasi”ni hamda respublikaning madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini yaratish maqsadida Jamgʻarmaga lotoreyalar tashkil etish va oʻtkazish huquqi berildi.
Bunda lotoreya tashkil etish va oʻtkazish uchun Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan teхnologiyalar va asbob-uskunalarni belgilangan tartibda tuziladigan roʻyхat boʻyicha olib kirishda Jamgʻarma 2021 yil 1 sentyabrgacha bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod etiladi (bundan bojхona rasmiylashtiruvchi uchun toʻlovlar mustasno).
Madaniyat vazirligiga Jamgʻarma, shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi yetakchi хalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish topshirildi. Qonun loyihasida boshqalar qatorida quyidagilar nazarda tutiladi:
Tahririyatdan: qonun loyihasi ishlab chiqilib, iyun oyida muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan. Loyiha sharhi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Shuningdek, manfaatdor idoralar 2 oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishlari zarur: | 67 | 1,987 |
Qonunchilik | UMUMIY YuRISDIKSIYA SUDLARINING AYRIMLARINI TUGATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA* | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi 569-II-sonli “Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona shaharlarining tuman ma’muriy-hududiy tuzilmalarini tugatish hamda Navoiy viloyatining Navoiy tumani chegaralarini kengaytirish va nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan, umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida:
1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyatining To‘qimachi va Fayzulla Xo‘jayev tuman sudlari, Samarqand viloyatining Bog‘ishamol, Siyob va Temir yo‘l tuman sudlari tugatilib, ularning negizida jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro va Samarqand shahar sudlari tashkil qilinsin.
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Navoiy tuman sudi, Namangan viloyati Davlatobod tuman sudi, Farg‘ona viloyati Qirguli tuman sudi tugatilsin.
3. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyatining Fayzulla Xo‘jayev tumanlararo sudi, Navoiy viloyatining Navoiy tumanlararo sudi, Samarqand viloyatining Temir yo‘l tumanlararo sudi tugatilib, ularning negizida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro, Samarqand shahar sudlari va Romitan, Karmana tumanlararo sudlari tashkil qilinsin.
4. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasi bir oy muddat ichida qayta tashkil etilgan sudlarni sudya kadrlar bilan to‘ldirish masalasi bo‘yicha tegishli takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Farg‘ona viloyat sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF–2682-sonli “O‘zbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga 1, 4, 6 — 8-ilovalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF–3023-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin. | 88 | 2,606 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-419-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-419-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 167 | 1,044 |
Qonunchilik | NHH loyihalari: neft mahsulotlari sotuvchilari uchun litsenziyalarning yangi namunalari tasdiqlanadi | Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari)1 oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
Loyihada koʻrsatilishicha, neft mahsulotlarini sotish faqat yuridik shaхslar tomonidan neft omborlari хoʻjaliklari orqali, shu jumladan neftni qayta ishlash zavodlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. Bunda neft mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib berish temir yoʻl va avtotransport sisternalari (TYS, ATS) yordamida amalga oshiriladi.
Neft ombori хoʻjaligining muvofiqligi toʻgʻrisidagi хulosa “Sanoatgeokonteхnazorat” DI tuzilmasiga kiradigan tarmoq inspeksiyasi tomonidan beriladi.
Tarmoq inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 11.05.2011 yildagi 131-son qarori asosida tashkil etilgan.
Loyihaga binoan neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya blankalarining namunalari Oʻzdavneftgazinspeksiya tomonidan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan namunalar Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasida tasdiqlanadi. Bunda Komissiya kotibi litsenziya blankalarini hisobga olish, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaхsan javobgar boʻladi. Litsenziya blankalari bosmaхona usulida “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadi.
Litsenziyalar reyestrlarida saqlanadigan ochiq aхborot Oʻzdavneftgazinspeksiya veb-saytida joylashtiriladi.
Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
1 Vazirlar Mahkamasining 28.06.2003 yildagi 289-son qaroriga 1-ilova. | 100 | 2,093 |
Qonunchilik | Byudjet tashkilotlari boʻsh mablagʻlarini oʻzlari mustaqil banklarga joylashtirishlari mumkin | Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 383-son qarori bilan byudjet tizimining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi.
Ilgari amal qilgan tartib kuchini yoʻqotdi. Yangi tahrir joriy etilishi bilan ta’riflanayotgan taomil qanday oʻzgarganini koʻrib chiqamiz.
Birinchidan, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi (keyingi oʻrinlarda – YaGʻH) vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish boʻyicha yagona organ etib belgilandi. Ilgari bu funksiyani Moliya vazirligi bajargan. Eslatib oʻtamiz, YaGʻHga Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan byudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari oʻtkaziladi.
Ikkinchidan, davlat maqsadli jamgʻarmalari va byudjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalarga, shuningdek byudjet tashkilotlariga vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga oʻzlari mustaqil joylashtirish yoki buning uchun gʻaznachilik boʻlinmalariga buyurtmanomalar takdim etish huquqi berildi (ilgari bunday mablagʻlar faqat Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan). Buyurtmanomada joylashtirish hajmi va muddati (12 oygacha) majburiy tartibda koʻrsatiladi. Bunda boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlar 2 ish kuni mobaynida toʻliq hajmda ularning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Uchinchidan, depozitlarga mablagʻlarni joylashtirishdan oldin endi Gʻaznachilik kelgusi chorak uchun joylashtirilishi rejalashtirilayotgan boʻsh mablagʻlar hajmi toʻgʻrisidagi ma’lumotni Markaziy bankka taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida Markaziy bank joylashtiriladigan boʻsh mablagʻlarning eng yuqori hajmi va eng kam foiz stavkasini belgilaydi.
Toʻrtinchidan, ularning depozitlarida boʻsh byudjet mablagʻlari joylashtirilishiga talabgor boʻlgan tijorat banklariga talablar ham oʻzgardi. Endi ularning ustav kapitalida davlat ulushining mavjud boʻlishi muhim emas. Biroq har yillik tashqi audit ijobiy хulosasi zarur boʻladi. Bundan tashqari, ilgarigidek, bankda Gʻaznachilik tomonidan ilgari joylashtirilgan depozitlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikning yoʻqligi inobatga olinadi.
Beshinchidan, depozit summasiga eng yuqori daromad foizini taklif etganlar orasidan bank-gʻolibni aniqlash tartibi oʻzgardi. Agar ilgari ustav kapitalida eng koʻp davlat ulushiga ega bankka ustunlik berilgan boʻlsa, endilikda eng manfaatli taklifni birinchi taqdim etgan bank gʻolib sanaladi. Shu bilan birga joylashtirish jarayonida inson omilini istisno qilish uchun banklar takliflarini elektron tanlash boʻyicha dasturiy mahsulot ishlab chiqilmoqda.
Oltinchidan, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlar umumiy miqdorining 20%i endi Moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 93 | 3,146 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI | O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi.
Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.
Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar.
Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.
Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.
Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi.
Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart.
O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Qilmish:
a) O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa;
b) O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa;
v) O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa;
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan havo, dengiz yoki daryo kemasida O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyat uchun o‘sha davlat sudining hukmi bilan jazolangan bo‘lmasalar, ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
O‘zbekiston fuqarosi chet el davlati hududida sodir etgan jinoyati uchun, agar xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushlab berilishi mumkin emas.
Chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanadi. Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan bo‘lsa, ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Agarda ushbu Kodeks moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan deb hisoblangan bo‘lsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi.
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
Jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan; uncha og‘ir bo‘lmagan; og‘ir; o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘linadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar ushbu Kodeks 97, 98, 104 — 106, 118, 119, 137, 164 — 166, 169-moddalari, 173-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Kodeksning 122, 123, 1251, 127, 1271, 1281, 144, 146, 193 — 195, 205 — 210, 225, 226, 230 — 232, 234, 235, 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va ushbu Kodeksning Umumiy qismi oltinchi bo‘limida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi.
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
Mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos bo‘lmaydi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin.
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bo‘lsa, bunday jinoyat o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi.
Agar jinoyat sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmasada, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘lsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi.
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmagan va ishning holatlariga ko‘ra ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi.
Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb topiladi.
Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu Kodeks Maxsus qismining tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi.
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.
Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.
Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi.
Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi.
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar.
Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo‘ladi.
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 1551 va 241-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni oldindan va’da bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‘lsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo‘lgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‘zilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi.
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, Maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
Besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya’ni:
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat’i nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi o‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
Sudning hukmi bilan shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari bo‘yicha sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining o‘tib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lsagina qo‘llaniladi.
Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi.
Garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi.
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’i nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir.
Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa deb topilmaydi.
Oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, qonuniy deb topiladi.
Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim bo‘lgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlar hisobga olinadi.
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar.
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lsagina, u javobgarlikka tortiladi.
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi.
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelgan, qo‘yilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji bo‘lmagan hamda shaxs huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi.
Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda ko‘zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan foydali natijadan ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab bo‘lmaydi.
Tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, asosli deb topilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bog‘liq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi.
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmaydi.
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.
Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:
a) jarima;
b) muayyan huquqdan mahrum qilish;
b1) majburiy jamoat ishlari;
v) axloq tuzatish ishlari;
g) xizmat bo‘yicha cheklash;
d1) ozodlikni cheklash;
e) intizomiy qismga jo‘natish;
j) ozodlikdan mahrum qilish;
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin.
Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.
Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda pul undirishdir.
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning to‘lanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, to‘rt yuz sakson soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat bo‘yicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.
Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi.
Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno.
Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan yoki o‘qiyotgan bo‘lsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda o‘taladi.
Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda o‘taladi.
Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi.
Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.
Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Xizmat bo‘yicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta’minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir.
Xizmat bo‘yicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o‘rniga shu muddatga xizmat bo‘yicha cheklash jazosini qo‘llashi mumkin.
Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash muddati davomida mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas, jazoni o‘tagan vaqt esa, uning ko‘p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos bo‘ladigan xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.
Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat.
Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida o‘taladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida o‘tash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan bo‘yin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
Qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:
muayyan joylarga bormaslik;
ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;
muayyan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik;
muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik;
transport vositasini boshqarmaslik;
mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;
muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;
aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;
alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik.
Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o‘zi yetkazgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplash, ishga yoki o‘qishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga ko‘maklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Intizomiy qismga jo‘natish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir.
Intizomiy qismga jo‘natish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir.
Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib yoki o‘tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iboratdir.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
Harbiy yoki maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin.
Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotiga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi mumkin.
Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud ushbu Kodeks Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi.
Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;
d) o‘ta shafqatsizlik bilan;
e) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;
j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsdan foydalangan holda;
z) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqanligi;
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini e’tiborga olib, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin.
Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas.
Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning yarmidan oshmasligi kerak.
Sud tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida:
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan;
b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek quyidagilar bilan:
javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bilan;
o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan;
yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda qo‘llanilmaydi.
Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining o‘ziga jazo tayinlashda hisobga olinadi.
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p muddatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo‘yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o‘sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui bo‘yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o‘talgan qismi qo‘shib hisoblanadi.
Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni to‘la o‘tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddatini to‘la yoki qisman qo‘shadi.
Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bo‘yicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qo‘shiladi.
Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qo‘shimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qo‘shib tayinlanadi.
Har xil turdagi asosiy jazolarni qo‘shganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga jo‘natishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga to‘g‘ri keladi.
Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikni cheklash, xizmat bo‘yicha cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qo‘shilganda har qaysisi alohida ijro etiladi.
Sud jazo tayinlash chog‘ida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamog‘ining har bir kunini:
a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga jo‘natishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga tenglashtirib hisoblaydi.
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, qamoq, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qo‘shish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin.
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi.
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil;
b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil;
v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil;
g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o‘n to‘rt yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.
Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini bo‘yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning o‘tishi qaytadan tiklanadi.
Agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari o‘tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi.
Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish), 115-moddasida (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 1411-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 1412-moddasining birinchi qismida (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish), 149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 180-moddasida (soxta bankrotlik), 181-moddasida (bankrotlikni yashirish), 1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish), 192-moddasida (raqobatchini obro‘sizlantirish), 229-moddasida (o‘zboshimchalik), 256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining birinchi qismida (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqa�ish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin.
Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan hisoblanadi.
Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:
a) uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil;
b) besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — besh yil;
v) o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o‘n yil;
g) o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o‘n besh yil ichida ijro etilmagan bo‘lsa, mahkum asosiy va qo‘shimcha jazolardan ozod qilinadi.
Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovla | 44 | 63,758 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi “Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3142-son qarori talablariga muvofiq takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tugatilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tuzilmasida:
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
tarkibida Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz va Toshkent tumanlari meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari sho‘basini tuzgan holda Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin.
3. Quyidagilar:
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
Birinchi bo‘limning tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi (R.V. Abduqodirov):
bir hafta muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati shtat jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
10 kun muddatda — yangi kiritilayotgan lavozimlarning funksional majburiyatlarini tasdiqlasin;
bir oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari bilan birgalikda Ijro etuvchi apparatining tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalarini tajribali va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish bo‘yicha taklif kiritsin.
5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3051-son qarorining 4-bandi ikkinchi, yettinchi, o‘ninchi, o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi xatboshilari hamda 1, 6, 9, 13, 14 va 23-ilovalari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida“gi PQ-3123-son qarori va uning ilovasi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin. | 116 | 3,674 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari miqdorini hisoblash tartibi;
bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash tartibi;
bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini moliyalashtirish tartibi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari uchun zarur mablag‘larning Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasi tomonidan AT “Xalq bank”ining tegishli bo‘limi (filiali)ga o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun mas’ul etib belgilansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi orden va medallari bilan mukofotlangan hamda Zulfiya nomidagi va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat mukofotlari) berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom davlat mukofotlari, guvohnoma va diplom tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarining miqdori ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan miqdorlarga muvofiq aniqlanadi.
4. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotining miqdori taqdirlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori yoki Oliy Majlis palatalarining qarori (keyingi o‘rinlarda — taqdirlash to‘g‘risidagi qaror) qonuniy kuchga kirgan paytda amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari, davlat boshqaruvi organlari, harbiy bo‘linmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalar hamda boshqa yuridik shaxslar, shuningdek chet el yuridik shaxslari davlat mukofotlari bilan taqdirlanganda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti to‘lanmaydi.
6. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqi yoki pensiyasiga qo‘shimcha ravishda ish beruvchi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oyda bazaviy hisoblash miqdorida ustama haq oladilar.
7. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi taqdirlash to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgandan so‘ng besh ish kuni davomida zarur mablag‘larni hisoblab, oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini rasmiylashtirib berish yuklatilgan AT “Xalq banki”ning tegishli tuman bo‘limiga (filialiga) (keyingi o‘rinlarda — mas’ul bank bo‘limi) o‘tkazadi.
9. Mas’ul bank bo‘limi taqdirlash to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgandan so‘ng yetti ish kuni davomida oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini rasmiylashtiradi.
Bank bo‘limi tomonidan oluvchining nomiga yozib berilgan hisob-kitob cheklari ularni davlat mukofotlari berilgan shaxslarga topshirishni tashkillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga yuboradi.
10. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklariga asosan AT “Xalq banki”ning barcha filiallari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda, bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash bankning boshqa bo‘limi tomonidan amalga oshirilganda, uning xarajatlari to‘langan hisob-kitob cheklari va reyestrlari asosida mas’ul bank bo‘limi tomonidan qoplanadi.
11. Shaxs vafot etgandan keyin mukofotlangan taqdirda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biriga to‘lanadi.
Agar mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlari yo‘q bo‘lsa, bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti to‘lanmaydi va Toshkent shahar mahalliy budjetiga qaytariladi.
12. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tasdiqlash paytida rejalashtiriladi va taqdirlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishiga qarab yil davomida aniqlashtirib boriladi hamda aniq maqsadli hisoblanadi.
13. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli xarajatlar tasnifida aks ettiriladi.
14. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
15. Ushbu Nizom qoidalarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. | 193 | 5,767 |
Qonunchilik | TOShKENT ShAHRINING 2200 YILLIGINI NIShONLAShGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA | Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, haqli ravishda “Sharq darvozasi” deb nom olgan, xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lmish azim poytaxtimiz Toshkent shahrining milliy davlatchiligimiz tarixida va ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Qadimdan ilm-fan va madaniyatning yirik markazi, tinchlik va do‘stlik ramzi bo‘lib kelayotgan Toshkent shahrining 2200 yilligini poytaxtimizning yuksak nufuzi va mavqeyiga munosib ravishda nishonlash, uning dunyo miqyosidagi obro‘-e’tiborini yanada oshirish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida:
1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 2007-yil 2-noyabrdagi 34-sessiyasida Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlash va yubiley tadbirlarida YUNESKOning ishtirok etishi haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Toshkent shahar hokimligi, ijodiy uyushmalar va keng jamoatchilikning Toshkent shahrining 2200 yilligini 2009-yilning sentyabr oyida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va yubiley tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 1-ilovaga, kompleks chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Toshkent shahridagi tarixiy obidalar, yodgorlik va qadamjolarni ta’mirlash, obodonlashtirish, yangi zamonaviy obyektlar qurish, shaharning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga doir tadbirlar rejasini 3-ilovaga* muvofiq amalga oshirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Toshkent shahar hokimligi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi ishtirokida Toshkent shahrida 2009-yilning mart oyida “Toshkentning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyani tashkil etish, mamlakatimiz va chet eldagi taniqli olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, uni har tomonlama yuksak saviyada o‘tkazish, konferensiya materiallarini chop etish va anjumanni keng yoritish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
6. Tashkiliy qo‘mita (Sh. Mirziyoyev)ga quyidagi vazifalar topshirilsin:
Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan poytaxtda keng ko‘lamli bunyodkorlik, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish;
mavjud tarixiy obidalar va yodgorliklarni yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganish, qayta tiklash va ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
tarixiy-madaniy ahamiyatga ega inshootlarni ta’mirlash ishlarini ularning asl qiyofasiga mos tarzda belgilangan me’moriy talablar asosida amalga oshirish;
Toshkent shahrining tarixi, boy madaniy merosi va uning bugungi hayotini O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda targ‘ib etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalarini yuksak saviyada o‘tkazish.
7. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, bir oy muddatda, xalqaro turistik tashkilotlar bilan birgalikda, Toshkent shahrining tarixiy-me’moriy obidalarini, ziyoratgoh va tabiiy jihatdan e’tiborga molik maskanlarini keng targ‘ib etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
8. Yubiley munosabati bilan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarni belgilangan muddatda bajarish va foydalanishga topshirish uchun ularning loyihalash va qurilish ishlarini istisno tariqasida bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
9. Yubiley munosabati bilan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bino va inshootlar uchun xorijdan keltiriladigan qurilish materiallari hamda asbob-uskunalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi to‘lovlaridan tashqari) ozod qilinsin.
10. Toshkent shahar hokimligiga:
Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga doir tadbirlarni amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
yubileyga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur mablag‘larni to‘plash maqsadida maxsus hisob raqamini ochish hamda mablag‘larni aniq yo‘naltirilgan tarzda sarflash;
yubiley munosabati bilan obyektlarni ta’mirlash, qayta tiklash va qurish ishlarini belgilangan muddatda sifatli amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
11. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
12. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 97 | 5,163 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori (ro‘yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 18-bandning 11-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) kodi;”.
2. 2-ilovadagi “Tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 3-ilovadagi “Tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 4-ilovadagi “Tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 7-ilovadagi “Tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 216 | 1,410 |
Qonunchilik | Oziq-ovqat sanoati sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida | Mamlakatda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda bozor mexanizmlarini joriy qilish, sohada davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qaroriga muvofiq “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tugatilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlari ilovaga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga;
“O‘zagroeksportbank” ATB va “Agrobank” ATB ustav kapitallaridagi “O‘zbekoziqovqatxolding” XK ulushi Moliya vazirligiga balans qiymati bo‘yicha bepul o‘tkazilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarni xususiylashtirishga tayyorlash, ularning jozibadorligini oshirish, savdoga chiqarish bo‘yicha har bir tadbirni aniq amalga oshirish muddati va mas’ul shaxslar ko‘rsatilgan chora-tadbirlar rejalarini ikki oy muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2021-yil 1-martga qadar ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlarining belgilangan tartibda ommaviy savdolarga qo‘yilishini ta’minlasin;
belgilangan tartibda sotilmagan tashkilotlarning mol-mulkidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflarni uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda salohiyatli, jumladan, xorijiy investorlarni mazkur bandga muvofiq realizatsiya qilinadigan obyektlar haqida keng xabardor qilish va ularni xarid qilishga jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin.
4. “O‘zbekoziqovqatxolding” XKni tugatish komissiyasi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan qarzlarning “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tizimidagi tashkilotlar omborxonalarida saqlanayotgan shakar mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan va boshqa mablag‘lar hisobiga 2021-yil 1-fevralga qadar to‘liq qoplanishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin. | 107 | 2,559 |
Qonunchilik | “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi QL-815-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi QL-815-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 108 | 279 |
Qonunchilik | Taqiqlangan aхboroti boʻlgan saytlar qanday cheklanadi | Vazirlar Mahkamasining 5.09.2018 yildagi 707-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan aхborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Veb-saytda yoki veb-sayt sahifalarida qonunga zid harakatlarni sodir etish maqsadida foydalaniladigan aхborotlar mavjud boʻlgan taqdirda Aхborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ulardan foydalanishni cheklaydi (bu haqda «Aхborotlashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunning 121-moddasida batafsil berilgan). Foydalanishni cheklash jarayoni 3 bosqichdan iborat boʻladi.
I. Taqiqlangan aхborot mavjud boʻlgan internet-resurslarni aniqlash. Buning uchun Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi tomonidan monitoring yuritiladi, shu jumladan kelib tushgan murojaatlar asosida ham monitoring oʻtkaziladi. Aniqlangan taqiqlangan aхborot mavjud resurslar boʻyicha хulosa tayyorlanadi, unda monitoring oʻtkazish uchun asos, oʻrganish predmeti va natijalar koʻrsatiladi. Markaz monitoring natijalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.
! Markaz хulosasi yoki Ekspert komissiyasining qarori ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
II. Internet-resurs identifikatsiya ma’lumotlarini maхsus Reyestrga kiritish. Taqiqlangan aхborot mavjud boʻlgan resurslarning noyob domen nomlari, veb-sayt sahifalari koʻrsatkichlari va tarmoq manzillari (identifikatsiya ma’lumotlari) tegishli Reyestrga kiritiladi. Reyestrni shakllantirish va yuritish Markaz tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi. Reyestrga kiritishda asos – Markaz хulosasi yoki Ekspert komissiyasining qarori koʻrsatilishi shart.
III. Aхborot resursidan foydalanishni cheklash. Ma’lumotlar Reyestrga kiritilgandan keyin 12 soat mobaynida tegishli choralar koʻriladi. Bundan keyin foydalanilishi cheklangan resurslarga murojaat qilgan foydalanuvchilar mazkur resurs Reyestrga kiritilgani haqida хabarni va murojaat uchun bogʻlanish ma’lumotlarini koʻradilar.
Qachon resurs Reyestrdan chiqariladi va erkin foydalanishga oʻtkaziladi
Bu ikki holatda amalga oshirilishi mumkin:
a) aхborot resursi egasining taqiqlangan aхborot oʻchirilgani toʻgʻrisida yozma (elektron) murojaatiga koʻra. Markaz yozma murojaat olingan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida bu holatni tekshiradi va ID-ma’lumotlarni Reyestrdan chiqaradi.
b) resurs Reyestrga kirishi uchun asos deb topilgan Markaz хulosasi yoki Ekspert komissiyasi qarorini bekor qilish yoki haqqoniy emas deb topish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarorga asosan.
Resurs Reyestrdan chiqarilgach, Aхborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi foydalanishni cheklovchi toʻsiqlarni bir sutka mobaynida oladi. Tegishli ma’lumotlar oʻzgartirish kiritilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda Reyestrda saqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.09.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 54 | 3,066 |
Qonunchilik | “Har bir oila — tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) qo‘shimcha ravishda 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni quyidagi vakolatli banklarga ajratish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:
“Agrobank” ATBga — 40 million AQSh dollari ekvivalentida;
AT Xalq bankiga — 30 million AQSh dollari ekvivalentida;
“Mikrokreditbank” ATBga — 30 million AQSh dollari ekvivalentida.
2. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga asosan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qarorida belgilangan tartib va shartlarda Jamg‘arma hamda vakolatli banklar o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin. | 99 | 1,509 |
Qonunchilik | Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qarori bilan oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat deb ataladi) tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Harbiy akademik litseylar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maxsus guruhlariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maxsus guruhlari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
Harbiy akademik litseylar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari infratuzilmasini, ularning o‘quv va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, ro‘yxatga kiritilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida:
har bir bosqichda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha bittadan maxsus guruh (keyingi o‘rinlarda maxsus guruhlar deb ataladi) tashkil etiladi;
har bir bosqichda maxsus guruhlardagi o‘quvchilar soni 26 nafardan oshmasligi kerak;
maxsus guruhlarda chuqurlashtirilib o‘tiladigan fanlardan amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari maxsus guruhlarni ikkita kichik guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi;
maxsus guruhlarda umumta’lim fanlarini chuqurlashtirib o‘tish bilan birga chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va jismoniy tarbiya fanlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ixtiyoridagi soatlar hisobidan 100 soatgacha qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari, shuningdek, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan to‘garaklar mashg‘ulotlari va qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi;
harbiy okruglar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda harbiy akademik litseylar, ro‘yxatga kiritilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yoshlarda oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati hamda harbiy xizmat to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirishga, o‘quv dasturlarni ishlab chiqish hamda taalluqli fanlar bo‘yicha ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish va o‘tkazishda har tomonlama ko‘maklashsinlar;
ro‘yxatga kiritilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan maxsus guruhlarda o‘quv-metodik jarayonni tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda jihozlash normativlarini ikki oy muddatda “O‘zstandart” agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 2017-yil 1-iyulga qadar, ro‘yxatga kiritilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari maxsus guruhlarining o‘quv rejalar va dasturlarini, shu jumladan “chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani o‘quv dasturini Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda harbiy akademik litseylar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda harbiy akademik litseylar hamda ro‘yxatga kiritilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida yuqori sifatli o‘quv-tarbiya jarayonini ta’minlashda, shuningdek pedagoglar malakasini oshirishni tashkil etishda tizimli ravishda har tomonlama metodik va amaliy yordam ko‘rsatib borsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda “Maorif” sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar doirasida ushbu qaror ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ikki oy muddatda ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom umumiy ta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda nomzod deb ataladi) harbiy akademik litseylarga hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) maxsus guruhlariga tanlovni tashkil etish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ta’lim muassasalarga umumiy ta’lim maktablarini joriy yilda bitirgan, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bo‘lgan, sog‘lig‘i jihatidan o‘qishga yaroqli deb topilgan, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar o‘qishga qabul qilinadi.
3. Nomzodlar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga Ta’lim muassasasiga tanlovni va qabul qilishni tashkil etish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildi bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur materiallar va hisobotlarni tayyorlash har bir ta’lim muassasasida tashkil etiladigan maslahat markazi tomonidan ta’minlanadi.
4. Nomzodlarni ta’lim muassasalariga qabul qilish tanlov yo‘li bilan, teng huquqlilik va odillik tamoyillar asosida, qabul qilishning yagona tartibi va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
5. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar kontingentini sifatli va maqsadli butlash quyidagilarni o‘z ichiga oladigan bosqichma-bosqich kompleks tanlov amalga oshiriladi:
dastlabki tanlash;
harbiy-professional tanlash;
test sinovlari o‘tkazish.
6. Nomzodlarni qabul qilish ta’lim muassasasining maslahat markazi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Maslahat markazi tarkibi har yili 25-maygacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining (keyingi o‘rinlarda O‘MKHT Markazi deb ataladi) qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
8. Harbiy akademik litsey maslahat markazi raisi etib O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda O‘MKHT hududiy boshqarmasi deb ataladi), rais o‘rinbosari etib biriktirilgan oliy harbiy ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda OHTM deb ataladi) tavsiyasi asosida yuqori malakali va tajribali katta ofitserlar tarkibidan belgilanadi. Maslahat markazi tarkibiga shuningdek oliy ta’lim muassasasi va OHTMning ikki nafardan vakili, O‘MKHT hududiy boshqarmasining bir nafar vakili, ta’lim muassasasining ikki nafar vakili kiritiladi.
9. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kolleji maslahat markazi rahbari etib ularning direktorlari, rahbar o‘rinbosari etib harbiy okruglar qo‘mondonligi tavsiyasi asosida eng yuqori malakali va tajribali katta ofitserlar tarkibidagi shaxs tayinlanadi. Maslahat markazi tarkibiga shuningdek harbiy okrugning ikki nafardan, O‘MKHT hududiy boshqarmasining bir nafar, ta’lim muassasasining ikki nafar vakili kiritiladi.
10. Maslahat markaziga quyidagilar yuklanadi:
nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini o‘rganish natijalari asosida test sinovlariga qo‘yilgan nomzodlar ro‘yxatlarini ularning yashash joylaridagi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
test sinovlari natijalari bo‘yicha harbiy akademik litseylarga, ta’lim muassasalarining maxsus guruhlariga birinchi o‘quv yil uchun nomzodlarni o‘qishga qabul qilish ro‘yxatini tayyorlash va buyruqqa kiritish uchun O‘MKHT Markaziga ularni taqdim etish;
nomzodlarni qabul qilish natijalari to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash (maslahat markazi bayonnomalari, ta’lim muassasalari birinchi bosqichiga o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar ro‘yxati, test sinovlari natijalari bo‘yicha umumiy ro‘yxat) va O‘MKHT Markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etish;
nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish masalalari bo‘yicha shikoyatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
11. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari va ota-onalar vakillari nomzodlarni qabul qilish jarayonida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
12. Ta’lim muassasasi direktori maslahat markazining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi.
13. Test sinovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonida tashkiliy ishlarni amalga oshirishda (guruhlar ro‘yxatlarini shakllantirish, tartib va intizom saqlash kabi ishlar) yordam berish uchun ta’lim muassasasi maslahat markazi rahbari tomonidan ta’lim muassasasi o‘qituvchilaridan vakillar jalb etilishi mumkin.
14. Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalarni topshirish muddati va maslahat markaziga taqdim etiladigan zarur hujjatlar ro‘yxatini O‘MKHT Markazi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi birgalikda belgilaydi.
15. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirib harbiy mutaxassislik olishni xohlagan shaxslarga nisbatan qo‘yilayotgan talablarga nomzodlarning sog‘lig‘i, individual-psixologik xususiyatlari va jismoniy tayyorgarligi jihatidan javob berishini, barqaror ichki e’tiqodga, yuksak intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega bo‘lgan nomzodlarni aniqlash dastlabki tanlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.
16. Quyidagilar dastlabki tanlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;
nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitser kasbini tanlashining sabablarini, asoslarini aniqlash;
umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishini, sog‘lig‘ini va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va xolisona baholash;
OHTMga kiruvchi nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.
17. Dastlabki tanlash nomzodlarning yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va boshqarmalarda o‘tkaziladi.
18. Nomzodlarga quyidagi hollarda rad javobi beriladi:
nomzod O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa;
nomzodga nisbatan jinoiy ish yuritilganda, birlamchi tergov va surishtirish ishlari yuritilganda, sudda jinoiy ishi ko‘rib chiqilayotganda;
jazo choralari yoki amnistiya qo‘llanilishidan qat’i nazar, jinoyat sodir etilgani sababli ayblov e’lon qilinganda;
yashash joyidan, ichki ishlar bo‘limlaridan salbiy tavsiyanomalar taqdim etilganda.
19. Dastlabki tanlashda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i nomiga ariza;
b) belgilangan shakldagi so‘rovnoma;
v) o‘qish joyi va mahalla fuqarolar yig‘inidan tavsifnoma;
g) ta’lim muassasasiga kirayotgan nomzodning tibbiy xulosalar qayd etilgan tibbiy daftarchasi (kartasi);
d) namuna asosida yozilgan batafsil tarjimai hol;
e) tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi, mudofaa ishlari bo‘limlarida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;
j) fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
z) psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, narkologik va odam immuniteti tanqisligi sindromiga (SPID) qarshi kurashish markazlaridan berilgan ma’lumotnoma, laboratoriya tekshirishlari natijalari (qon va peshobning umumiy tahlili, najasni gelmentologik tekshiruvi, ko‘krak qafasi flyuorografiyasi, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG), ultratovush tekshiruvi (UTT), endoskopik ezofagogastroeduodenoskopiya tekshiruvi (EFGDS) xulosalari) bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomalar;
i) nomzodga nisbatan jinoiy ish yuritilmaganligi, birlamchi tergov va surishtirish ishlari yuritilmaganligi, sudda nomzodga nisbatan jinoiy ish ko‘rib chiqilmayotganligi, jazo choralari va amnistiya qo‘llanilishidan qat’i nazar jinoyat sodir etilgani sababli ayblov e’lon qilinganligi, nomzodning ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olinmaganligi holatlarini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
k) 4 dona 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli va 6 dona 3 x 4 sm o‘lchamli rangli fotosuratlar.
20. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash talablariga javob beruvchi, ta’lim muassasalariga tanlovsiz qabul qilinish huquqiga ega bo‘lgan ayrim toifadagi nomzodlar qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) tegishli ixtisos fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar va respublika fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari O‘MKHT Markazining belgilangan namunadagi guvohnomalari;
b) o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari:
mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan bolalarni ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari qabul qilish to‘g‘risidagi tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining iltimosnomasi;
vazifasini o‘tash davrida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi, huquqni muhofaza qilish organlari xodimining vafoti to‘g‘risida xizmat tekshiruvi (ma’muriy tekshiruv) xulosasining nusxasi;
tegishli harbiy qism yoki muassasa, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarining buyrug‘idan ko‘chirma;
o‘lim haqida guvohnoma nusxasi.
21. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki pasport, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risida guvohnoma, o‘qishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning (20-bandda ko‘rsatilgan nomzodlar toifasi uchun) asl nusxalari nomzodlar tomonidan tegishli ta’lim muassasasiga kelganda maslahat markaziga shaxsan taqdim etiladi.
22. Har yili aprel oyida o‘tkaziladigan dastlabki tanlash davomida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish;
nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazish;
nomzodlarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
23. Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, uning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ma’rifiy fazilatlarini baholash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Nomzodlarning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlashda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;
yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va axloqqa nisbatan murosasizligi;
burchni his etishi, qat’iyatliligi, ishchanligi, mehnatsevarligi;
jamoaning ijtimoiy hayotida faol ishtiroki;
o‘qishda va sport musobaqalarida erishgan natijalari.
24. Nomzodlar bilan yakka tartibdagi suhbat mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va boshqarmalar boshliqlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmalari vakillarini jalb etgan holda tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), harbiy kasbni tanlashining sabablarini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
25. Yakka tartibdagi suhbat natijasida quyidagi xulosalar beriladi:
ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi;
ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra ta’lim muassasasiga kirish tavsiya etilmagan nomzodlar Dastlabki tanlashning keyingi bosqichlariga jalb etilmaydi.
26. Nomzodlarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda tashkil etilgan tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha nomzodning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra OHTMda o‘qishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
27. Sog‘lig‘i jihatidan OHTMda o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar harbiy-kasbiy tanlovga qo‘yilmaydi.
28. Dastlabki tanlash natijalariga ko‘ra ta’lim muassasasida o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarga har yili 30-aprelgacha taqdim etiladi.
29. O‘zining psixofiziologik xususiyatlariga va sog‘lig‘iga ko‘ra harbiy mutaxassislikning zamonaviy talablariga javob beradigan, ofitser kasbini egallashning asoslariga, yetakchilik sifatlariga, ichki e’tiqodiga, mustahkam ma’naviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan nomzodlarni aniqlash harbiy-kasbiy tanlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.
30. Harbiy-kasbiy tanlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
taqdim etilgan hujjatlarni va nomzodni tavsiflovchi materiallarni o‘rganish;
nomzodlarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
nomzodning (orfografik va punktuatsion) savodxonligi darajasini baholash;
nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish;
nomzodlarning jismoniy tayyorlanganlik darajasini aniqlash;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish va nomzodni test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilish.
31. Harbiy-kasbiy tanlash nomzodning yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarda amalga oshiriladi.
32. Hujjatlarni o‘rganishda nomzod to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
33. Nomzodlarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri va Sog‘liqni saqlash vazirining qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaxassislaridan shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi.
34. Yakuniy tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘MKHT Markazining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan harbiy akademik litseylar va ta’lim muassasalarining maxsus guruhlariga kirayotgan nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga asosan o‘tkaziladi.
35. Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘iga ko‘ra nomzodning ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida qaror chiqariladi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
36. Nomzodlarning savodxonlik darajasi (orfografiya, punktuatsiya) diktant yozish yo‘li bilan aniqlanadi.
Diktantni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘MKHT Markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Diktant bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan nomzodlar tanlashning keyingi bosqichlarga qo‘yilmaydi.
37. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish psixologik test sinovlari orqali, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda harbiy okruglar tomonidan o‘tkaziladi. Psixologik test sinovlarini o‘tkazish tartibi va psixologik testlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘MKHT Markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
38. Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalariga asosan quyidagi xulosalar tuziladi:
ta’lim muassasasiga kirishga tavsiya etiladi;
ta’lim muassasasiga kirishga tavsiya etilmaydi.
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra tanlashdan o‘ta olmagan nomzodlar tanlashning keyingi bosqichlariga qo‘yilmaydi.
39. Nomzodlarning jismoniy tayyorlanganlik darajasi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan aniqlanadi.
Jismoniy tayyorlanganlik darajasi bo‘yicha belgilangan talabga javob bermaydigan nomzodlar tanlashning keyingi bosqichlariga qo‘yilmaydi.
40. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning OHTM o‘qishga kirishi sababini, yetakchilik sifatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim kasbiy fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika bo‘yicha psixofiziologik o‘rganish va diktant yozish natijalari asosida o‘tkaziladi.
41. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegiallik tamoyillari bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.
42. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni o‘tkazish metodikasi OHTMlari ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘MKHT Markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
43. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
44. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi (va boshqa hujjatlar) dalolatnoma bo‘yicha O‘MKHT hududiy boshqarmalari vakillari orqali nomzodlarni keyinchalik yashash joylaridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olish uchun yuboriladi.
45. Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan nomzodlarning rasmiylashtirilgan shaxsiy hujjatlari yig‘majildi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan ta’lim muassasalarining maslahat markazlariga 20-iyungacha yuboriladi.
46. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildini ta’lim muassasalarining maslahat markazlariga ushbu maqsadlar uchun vakolatga ega bo‘lmagan boshqa shaxslar orqali yuborish qat’iyan man etiladi.
47. Test sinovlarida qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan ma’lumotnoma beriladi. Ushbu ma’lumotnoma umumiy ta’lim maktabidan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnomani olish uchun asos bo‘ladi.
48. Ta’lim muassasalari maslahat markaziga taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini o‘rganish natijasida test sinovlarida qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlar ro‘yxatlarini mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarga yetkazish mas’uliyati yuklanadi.
49. Nomzodlarning test sinovlarida qatnashish uchun nomzodlarning ta’lim muassasalariga o‘z vaqtida yetib kelishlarini ta’minlash mas’uliyati mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
50. Nomzodlarni ta’lim muassasalariga kelib-ketishi, test sinovlariga tayyorlanish va ularni topshirish davrida yashashi, ovqatlanishi bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar ularning ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchilar hisobidan qoplanadi.
51. Test sinovlari belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
52. Test sinovlari o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodlar test sinovlarini o‘zlarining tanlovi bo‘yicha uchta: davlat tili, rus tili va qoraqalpoq tillarining birida topshiradilar.
53. Test sinovlari natijalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli ta’lim muassasasi maslahat markaziga taqdim etiladi.
54. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari o‘tkazilmaydi.
55. Ta’lim muassasalariga qabul qilinmagan (tanlashdan o‘tmagan) nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi (va boshqa hujjatlar) dalolatnomaga asosan O‘MKHT hududiy boshqarmalari vakillariga nomzodlarni keyinchalik yashash joylaridagi boshqa akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olish uchun beriladi.
56. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq boshlang‘ich va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan quyidagi nomzodlar ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari va test sinovlarisiz qabul qilinadi:
tegishli ixtisos fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar va fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar va musobaqalarda g‘olib bo‘lib, O‘MKHT Markazining belgilangan namunadagi guvohnomasiga ega bo‘lganlar;
o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari — tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining iltimosnomasi mavjud bo‘lganda.
57. Ta’lim muassasalariga qabul qilish belgilangan tartibda belgilanadigan qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi.
58. Nomzodlarni ta’lim muassasalari o‘quvchilari safiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi.
59. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan o‘tgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam bo‘lgan taqdirda test sinovlari o‘tkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
60. Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan holatlarda ular ta’lim muassasasiga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
61. Test natijalari kelganidan so‘ng ta’lim muassasasining maslahat markazi qabul qilingan nomzodlarning ro‘yxatini tuzadi hamda birinchi bosqichga qabul qilish to‘g‘risidagi bayonni rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar maslahat markazi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va ta’lim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.
62. Maslahat markazi bayoni nomzodlarni ta’lim muassasasiga o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruqni qabul qilishga asos bo‘ladi.
63. Ta’lim muassasalari o‘quvchilarini o‘quvchilar safidan chiqarish va boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
64. Mazkur Nizomni qo‘llash bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qaroriga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) maxsus o‘quv guruhlarining (keyingi o‘rinlarda maxsus guruhlar deb ataladi) maqsadi, vazifalari, funksiyalari, maqomi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Maxsus guruhlarda ta’lim jarayoni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlariga muvofiq, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan, o‘quvchilarni harbiy-kasbiy yo‘naltirishni hamda ularning keyinchalik oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishini nazarda tutadigan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
3. O‘quvchilarni chuqurlashtirilgan kasbiy, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual rivojlanishini, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini ta’minlash maxsus guruhlar faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
4. Quyidagilar maxsus guruhlarning vazifalari hisoblanadi:
o‘quvchilarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq sifatli o‘qitishni tashkil etish;
yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak fuqarolik hamda demokratiya, mustaqillik g‘oyalariga, o‘z xalqining ma’naviy va tarixiy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash;
o‘quvchilarga qonunchilikni to‘g‘ri tushunishni va ularga ongli rioya qilishni ta’minlaydigan yuksak madaniyatni, ko‘nikmalarni, faol ijtimoiy-fuqarolik xulq-atvorni singdirish;
o‘quvchilarning tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun zarur va yetarli bo‘lgan, chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini ta’minlash;
o‘quvchilarda jismoniy chidamlilik, kuch, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirish.
5. Maxsus guruhlarda o‘qish davlat, qoraqalpoq va rus tillarida olib boriladi.
6. O‘quv rejasi, o‘quv jarayoni jadvali, auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlar, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalarining o‘ziga xosligi hisobga olingan holda belgilanadi.
7. O‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish jarayonida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazishning turli zamonaviy shakllari va usullaridan, jumladan o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlari hamda o‘quvchilarni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash tadbirlaridan foydalaniladi.
8. O‘qitish, mehnat qilish, dam olish va turli tadbirlarni qo‘shib olib borishning tibbiy-pedagogik asoslanishini ta’minlaydigan kun tartibi o‘quvchilarning harbiy akademik litseyda kecha-kunduz bo‘lishini hisobga olgan holda tuziladi va Pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlanadi.
9. O‘qish tamom bo‘lgandan keyin har bir bosqichda reyting nazorati va attestatsiya natijalari bo‘yicha maxsus guruh o‘quvchilarini maxsus guruh tarkibida navbatdagi bosqichga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
10. Attestatsiya va reyting nazorati bo‘yicha qoniqarsiz natijalar ko‘rsatgan maxsus guruh o‘quvchilari ta’lim muassasasining umumiy guruhlarida o‘qishini davom ettirish uchun keyingi bosqichga o‘tkaziladi.
11. O‘quvchilarning bosqichdan-bosqichga o‘tishi ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
12. Maxsus guruhlar o‘quvchilarining huquq va majburiyatlari oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining umumiy guruhlari o‘quvchilari huquq va majburiyatlari bilan bir xil bo‘lib, ta’lim muassasasining tegishli tartibda tasdiqlangan ustavi bilan belgilanadi.
13. Maxsus guruhlarga o‘qishga qabul qilingan shaxslar o‘quvchilar deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi o‘quvchi bileti va fanlarni o‘zlashtirish daftarchasi beriladi.
14. Maxsus guruhlar o‘quvchilarini o‘quvchilar safidan chiqarish va o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Maxsus guruhlarda o‘qish muddati — uch yil. Maxsus guruhlarda o‘quvchilar soni har bir bosqichda 26 nafardan, uch bosqichda 78 nafardan oshmasligi lozim.
16. O‘quv rejasi va o‘quv dasturlari talablarini to‘liq bajargan maxsus guruh o‘quvchilari yakuniy davlat attestatsiyasiga qo‘yiladi.
17. Ta’lim muassasalarining maxsus guruhlarida o‘qishni yakunlagan bitiruvchilarga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
18. Oliy ma’lumotli, ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘yiladigan malaka talablariga javob beruvchi, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar maxsus guruhlarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
19. Maxsus guruhlarda dars berayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Ta’lim muassasasining rahbariyati o‘quvchilarning qonun hujjatlarida belgilangan o‘qish, mehnat qilish va dam olish sharoitlariga rioya etishi yuzasidan javob beradi.
21. Direktor maxsus guruhlar faoliyatini nazorat qiladi, o‘quvchilarning sifatli o‘qitilishi va tarbiyalanishi, o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishi, maxsus guruhlarning o‘quv-metodik va moliya-xo‘jalik faoliyatining zarur darajada amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi, maxsus guruhlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartib asosida buyruqlar chiqaradi.
22. Ta’lim muassasasining Pedagogik kengashi maxsus guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
23. Ta’lim muassasasining rahbariyati pedagog va muhandis-pedagoglarning pedagogik, kasbiy va psixologik mahoratlarini muntazam ravishda takomillashtirish hamda ularning malakalarini oshirish va qayta tayyorlash uchun mas’uldirlar.
24. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlariga muvofiq maxsus guruhlarning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim dasturlariga hamda o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish;
o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ishlab chiqish, nashr etishni hamda maxsus guruhlarni ular bilan ta’minlashni tashkil etish;
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni ta’minlaydigan kompleks ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda o‘quvchilarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda kasbga yo‘naltirish va oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlash, ularda maxsus guruhdagi o‘qitish yo‘nalishlariga muvofiq kiritilgan maxsus fanlar bo‘yicha kasbiy mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish;
harbiy akademik litseylarga birkitilgan oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlik qilishni tashkil etish va nazorat qilish, birkitilgan oliy ta’lim muassasalarining maxsus guruhlar o‘quvchilarini oliy harbiy ta’lim muassasalariga sifatli tayyorlashdagi roli va mas’uliyatini oshirish, shuningdek bevosita ishtirokini ta’minlash;
maxsus guruhlarning o‘quv-moddiy bazasini o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, kompyuter texnikasi va tegishli o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;
maxsus guruhlarning ma’muriy, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini, shuningdek moddiy-texnik ta’minotini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
davlat yakuniy attestatsiyasini tashkil etish va maxsus guruhlar bitiruvchilariga diplomlar berish.
25. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vazifalari hisoblanadi:
o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda, harbiy mavzudagi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim dasturlariga va o‘quv jarayoniga joriy etishda zarur yordam ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqirishgacha dastlabki tayyorlash dasturiga muvofiq maxsus guruhlarni harbiy-muhandislik asbob-uskunalari va kimyoviy muhofaza vositalari, harbiy mavzudagi o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlashda belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish;
maxsus guruhlar o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalari va serjantlar tayyorlash maktablari bazalarida taktik, o‘q otish, maxsus tayyorgarlik bo‘yicha (shu jumladan dala sharoitlarida ham) amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashish;
maxsus guruhlar o‘qituvchilarini samarali kasbiy yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarini harbiy qismlarga, mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga biriktirish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga, serjantlar tayyorlash maktablariga, harbiy qismlarga va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining malaka oshirish muassasalariga borishlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining malaka oshirish muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha rahbarlar va pedagog kadrlarning malakasini oshirishni tashkil etish va o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga qadar dastlabki tayyorlash dasturini takomillashtirish;
o‘qishga qabul qilish komissiyalari va maxsus guruhlar bitiruvchilarining davlat yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish komissiyalari ishida qatnashish.
26. Ta’lim muassasalariga birkitilgan oliy harbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim dasturlariga va o‘quv jarayoniga joriy etishda zarur ilmiy-metodik yordam ko‘rsatadilar, shuningdek o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirishni, sifatli tanlashni va pedagog kadrlar malakasini oshirishning samarali tashkil etilishini ta’minlaydilar.
27. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladilar.
28. Ta’lim muassasalari, jumladan maxsus guruhlar faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va ta’lim muassasasining ustavdagi vazifalariga muvofiq bo‘lgan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari.
29. Moliyaviy mablag‘lar ta’lim muassasalari tasarrufida bo‘ladi hamda ulardan qonun hujjatlariga va ularning ustaviga muvofiq foydalaniladi.
30. Ta’lim muassasalarining, jumladan maxsus guruhlarning o‘quv-laboratoriyalarini, kabinetlarini va boshqa obyektlarini jihozlash O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonini moddiy-texnik ta’minlashning namunaviy normativlarida belgilanadi.
31. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. | 132 | 40,327 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiq | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev o‘n kun muddatda Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 11-apreldagi 212-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“ 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-martdagi PQ-4643-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir o‘rinbosari Bosh vazirning Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, klaster va kooperatsiyalar tizimini va fermerlikni rivojlantirish, qonunchilik talablariga rioya etish, qishloq xo‘jaligi sohasini moliyalashtirish va moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash, yerdan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalarini hal etish bo‘yicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi hamda tayyorlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazir o‘rinbosari Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) bevosita rahbarlik qiladi hamda Kotibiyat mudiri, uning o‘rinbosari va mutaxassislarining ishini tashkil qiladi.
7. Bosh vazir o‘rinbosari Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq o‘ziga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida umumiy muvofiqlashtiradi.
8. Bosh vazir o‘rinbosari mehnatiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq haq to‘lanadi.
9. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini o‘rganish, agrar hamda oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga doir optimal qarorlar ishlab chiqish, agrar sohada innovatsion texnologiyalarni, qishloq xo‘jaligi ekinlarining intensiv hamda yuqori hosildor navlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirish orqali agrar va oziq-ovqat sohalarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga bozor mexanizmlarini keng joriy etish, paxta va g‘allachilikda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilib, sohaga xususiy sektorni to‘liq olib kirish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish, sohada davlat ishtirokini kamaytirish, mamlakat aholisiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni tashkil etish yo‘li bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish hamda amalga oshirilishini monitoring qilish;
Bosh vazir o‘rinbosari vakolatiga kiritilgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;
agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar hamda tarmoqlarda muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ularni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish;
Kotibiyatga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishini doimiy va tizimli asosda har tomonlama tanqidiy tahlil qilishni, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishni hamda kompleks vazifalar amalga oshirilishini ta’minlash;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, amaliy natijadorlikni oshirish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish chora-tadbirlarini tashkil etish;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalarini, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish masalalarini tayyorlash hamda ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks o‘rganilishini hamda uning natijalari reja asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilishini ta’minlash;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;
Kotibiyat kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va uni tizimli asosda yangilab borishni ta’minlash.
10. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish va suv xo‘jaligi qurilishi sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qarorida belgilangan islohotlar samarali amalga oshirilishini tashkil etish va ta’minlash;
qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish, unga zamonaviy menejment mexanizmlarini joriy etish, sohani raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish;
sohaga aloqador vazirlik va idoralarni klasterlar, kooperatsiyalar va fermer xo‘jaliklariga yer holatini aniqlash, ekin turlari, urug‘ va navlarni to‘g‘ri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, mahsulot bozorini topish bo‘yicha zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga aylantirish;
qishloq xo‘jaligi sohasiga bozor mexanizmlarini keng joriy etish, paxta va g‘allachilikda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilib, sohaga xususiy sektorni to‘liq olib kirish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish, sohada davlat ishtirokini kamaytirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining laboratoriya tekshiruvi va sertifikatlash tizimini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlarini tashkil qilish;
xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ta’minlash;
bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaliklari, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirish;
agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohaning davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan agrar va oziq-ovqat sohasiga ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi sohasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish;
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishiga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga ko‘maklashish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish;
qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish, ta’lim va maslahat xizmatlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, urug‘chilik va naslchilik maktablarini yaratish, ilg‘or innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimida hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishda islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari haqidagi va boshqa ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan axborot tizimini yaratish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Transport prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish;
qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish va suv xo‘jaligi qurilishi sohasidagi islohotlarning, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son, “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 11-maydagi PF-5041-son va “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmonlariga muvofiq amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga qishloq xo‘jaligi, o‘rmonzorlar, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;
qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish, suv xo‘jaligi qurilishini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoniga muvofiq suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish;
fermerlik harakatini rivojlantirish, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini shakllantirish, agroklasterlar tashkil qilish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, o‘rmon xo‘jaligi tizimini rivojlantirish va dorivor o‘simliklar yetishtirish holatini tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qaroriga muvofiq agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlariga asoslangan ijara munosabatlari va xo‘jalik yuritish tizimini keng rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlaydigan qulay iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
erlarni qo‘riqlash va ulardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni davlat yer kadastrini yuritishni tartibga solish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish, yerlarni, ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish, qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish, yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga berilishini muvofiqlashtirish;
o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, o‘rmon fondi va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish, daraxtzorlar tashkil qilish, takror ekish, qo‘riqlash va himoya qilish, o‘rmonlardan oqilona hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga muvofiq qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, xususan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb etilishini tahlil qilish;
qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha takliflar hamda hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularning kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish ishlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son va “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarorlariga muvofiq suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil qilish;
b) oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarining barqarorligini ta’minlash sohasida:
oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, sohaga O‘zbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga muvofiq xorijiy investitsiyalar hamda texnologiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratishga doir takliflar va hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish hamda ularni kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro standartlarga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import o‘rnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;
oziq-ovqat donini ishlab chiqarish va taqsimlash balansi puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash hamda uning bajarilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga muvofiq ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish masalalari monitoringi va tahlilini tashkil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni rivojlantirishning sifatli o‘zgarishlari va tendensiyalarini baholash;
oziq-ovqat tovarlari yuzasidan bozorlar faoliyatini, yarmarka va ko‘rgazma faoliyatini muvofiqlashtirish, qishloq aholisini talab etilgan va sifatli oziq-ovqat tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida marketing tadqiqotlari o‘tkazilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga muvofiq respublika aholisini qish-bahor davrida uzluksiz ta’minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlashni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini takomillashtirish, pulli xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini faol joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
oziq-ovqat sanoati, savdo uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini o‘rganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
v) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
Bosh vazir o‘rinbosari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning amalga oshirilishi to‘g‘risida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish.
11. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;
agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari o‘rinbosarining faoliyatiga shaxsiy baho bergan holda ularni rag‘batlantirish choralarini yoki o‘ziga biriktirilgan soha va tarmoqlarda asosiy ko‘rsatkichlarga erishishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqadi hamda bu to‘g‘risida aniq takliflar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hisobot beradi;
Bosh vazir o‘rinbosari va Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan sohalarda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati hamda natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoring tashkil etilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Kotibiyatga biriktirilgan sohalarda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
agrar va oziq-ovqat sohalar tarmoqlarini rivojlantirish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;
Bosh vazir o‘rinbosari yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumatning qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Hukumat a’zolari hisoblanadigan vazirlar hamda davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbar lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash) bo‘yicha belgilangan tartibga muvofiq kadrlarni tanlaydi hamda ularning zaxirasini shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;
Kotibiyat mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Kotibiyatda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
Kotibiyat mudiri va uning o‘rinbosari hamda boshqa mutaxassislarning vazifalari taqsimlanishini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
Bosh vazir o‘rinbosari vaqtinchalik bo‘lmaganda, uning vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishilgan holda, Kotibiyat mudiri bajaradi.
12. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning kollegial organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga ko‘ra — davlat boshqa organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish;
budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan qishloq va suv xo‘jaligi sohasiga ajratilib, ulardan foydalanishdan tejaladigan mablag‘larni qayta taqsimlash;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
13. Bosh vazir o‘rinbosari:
yuklangan vazifalar muddatida va sifatli bajarilishi, sohadagi islohotlarning natijadorligi;
ushbu Nizomning 9 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
uning vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
rahbarlik qilinayotgan Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari tomonidan tovarlar hamda xizmatlar eksporti prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-martdagi PQ-4643-son va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
14. Bosh vazir o‘rinbosarining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyat ish rejasi asosida tashkil etiladi.
15. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat birlashmalari boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi.
1. Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini qishloq xo‘jaligini isloh qilish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlik tizimini rivojlantirish, yerdan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarining barqarorligini ta’minlash sohasi masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) bo‘ysunadi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi;
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
agrar va oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
agrar va oziq-ovqat sohalarida davlat siyosatining samarali hamda sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan, yer va suv resurslaridan foydalanish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq xo‘jaligini va fermerlikni rivojlantirish hamda qonunchilik talablariga rioya etish sohasida:
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’molining haqiqiy holatini hamda rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida bu boradagi siyosatni strategik rejalashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish, ekin maydonlarini optimallashtirish, o‘rmon maydonlari, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilishning yangi ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini mustahkamlash ishlarini tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini tashkil qilish;
qishloq joylarda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning yetakchi bo‘g‘ini va shakli sifatida fermer xo‘jaliklarining huquqlari, manfaatlarini himoya qilishni va samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga ko‘maklashish, ularning manfaatdorligini rag‘batlantirish, zamonaviy texnologiyalarni va qishloq xo‘jaligi xomashyosini kompleks qayta ishlashni joriy etish, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmatlar sohasini tashkil etish va rivojlantirish hisobiga mexanizatsiyalash va rentabellik darajasini oshirish;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularning faoliyatiga suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish;
qishloqda fermerlik harakatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini shakllantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish monitoringini va tahlilini ta’minlash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligini hamda qishloqni rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xo‘jalik yuritishning shartnoma munosabatlariga asoslangan shakllari va tizimini keng rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlari ishonchli himoya etilishini ta’minlaydigan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, mini-texnologiyalarni rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish, agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
seleksiya va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlash, chigirtka, zararkunandalar, o‘simlikliklar kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirishni ta’minlash;
fermer xo‘jaliklarini yuqori unumli, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida ta’minlash ishlari monitoringini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligini kompleks mexanizatsiyalashni ta’minlashni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash hamda sertifikatlash ishlarini muvofiqlashtirish;
bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalar faoliyati monitoringini ta’minlash;
agrar va oziq-ovqat sohalarida qonunchilikka rioya etish bo‘yicha nazorat ishlarini yuzasidan monitoring yuritish;
b) qishloq va suv xo‘jaligi sohasini moliyalashtirish, moddiy -texnika resurslar bilan ta’minlash hamda klaster va kooperatsiya tizimini joriy etish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga muvofiq sohaning diversifikatsiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, klaster va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish;
klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish hamda agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;
agrar va oziq-ovqat sohalarida klasterlar va kooperatsiyalarni rivojlantirishdagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son va “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PF-5388-son Farmonlariga muvofiq yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
klasterlarning iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohaning davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan agrar va oziq-ovqat sohasiga ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
vazirlik, idoralar va xo‘jalik birlashmalari va ularning tizim tashkilotlaridagi jamg‘armalariga mablag‘larni shakllantirish va ularning maqsadli ishlatilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga mineral o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini muvofiqlashtirish;
mashina-traktor parklarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini tahlil qilish;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish;
fermer xo‘jaliklarini, mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida ta’minlash holatini tahlil qilish;
g) qishloq xo‘jaligida ilm-fan, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohasida:
qishloq xo‘jaligida ilm-fan, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
agrar va oziq-ovqat sohalarida ilmiy salohiyatni mustahkamlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi, kadrlar tayyorlashda agrar soha tarmoqlari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini va innovatsion texnologiyalarni targ‘ib va joriy qilish tizimini takomillashtirish;
ma’muriy bo‘ysunishidan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi sohasi hamda uning tarmoqlari bo‘yicha izlanishlar olib borayotgan kadrlar tayyorlovchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
agrosanoat majmuidagi rahbar va mutaxassis kadrlarning egallagan bilimlarini kasbiy faoliyatlarida samarali qo‘llay olishga, agrar sohada olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga, qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi mavjud dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan ta’lim jarayonini tashkil etish;
ilmiy tashkilotlarning agrar va oziq-ovqat sohalarida samaradorlikni rivojlantirish va oshirishning muhim muammolari, ishlab chiqarishga ilmiy ishlanmalarni joriy qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari monitoringini ta’minlash;
istiqbolli innovatsiya ishlanmalari, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining agrar va oziq-ovqat sohalariga joriy etilishini tashkil qilish;
d) yerdan oqilona foydalanish va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish sohasida:
o‘rmon fondi va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish, daraxtzorlar tashkil qilish, takror ekish, qo‘riqlash va himoya qilish, o‘rmonlardan oqilona hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish ishlarini tashkil etish;
o‘rmonzorlardan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;
o‘rmonzorlar va yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil qilish;
o‘rmon xo‘jaligi tizimini rivojlantirish va dorivor o‘simliklar yetishtirishning monitoringini hamda tahlilini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning davlat yer kadastrini yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida yer uchastkalari taqdim etishda, yer va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqishda to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
agrar sohada monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, sog‘lom raqobat uchun sharoitlar yaratish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilishga oid takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 11-maydagi PF-5041-son Farmoniga muvofiq o‘rmon xo‘jaligi tizimini rivojlantirish, respublikamizda o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish, o‘rmonzorlardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar va manzarali daraxtlarning qimmatbaho navlarini yetishtirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash;
o‘rmonlarni boshqarish, ulardan foydalanish, takror ko‘paytirish, ularni qo‘riqlash va himoya qilishni samarali tashkil etishga, davlat o‘rmon kadastrini yuritishga va qo‘riqxona ishini tashkil etishga ko‘maklashish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni moliyalashtirish va kredit ajratish tizimini takomillashtirish, o‘rmonlardan foydalanish, ularni qo‘riqlash va himoya qilish, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga doir takliflarni tahlil qilish hamda tayyorlash;
e) suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishini rivojlantirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi;
suv xo‘jaligi va suv resurslari tizimini boshqarish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni tashkil etish;
suv resurslaridan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish;
suv xo‘jaligi tashkilotlarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
suv resurslarini vertikal bo‘yicha samarali boshqarish, suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilari o‘rtasidagi suv munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
suv xo‘jaligida va suv xo‘jaligi qurilishi sohasida sug‘orish suvini tejaydigan samarali texnologiyalarni hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish;
suv iste’molchilari uyushmalarining rivojlanishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish monitoringi va tahlilini ta’minlash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda suv xo‘jaligini va suv xo‘jaligi qurilishini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlarini faol rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlaydigan, ishonchli suv ta’minotiga yo‘naltirilgan qulay iqtisodiy shart-sharoitlar va huquqiy kafolatlarni yaratish ishlarini tashkil etish;
er yuzasidagi suv resurslaridan foydalanish kadastri tizimini joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, suv xo‘jaligi tizimi faoliyati masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
suv xo‘jaligida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ishlarini tashkil qilish;
suv xo‘jaligiga va suv xo‘jaligi quri | 250 | 63,368 |
Qonunchilik | Kam uchraydigan kasalliklarda qanday dorilar yordam beradi | Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari yangi roʻyхati tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3164, 7.06.2019 y.).
Eslatib oʻtamiz, roʻyхat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda majburiy tartibda idoraning rasmiy saytiga joylashtiriladi. Orfan dori vositalarini import qilish davlat roʻyхatidan oʻtkazilmasdan amalga oshirilishi mumkin (“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 14, 24-moddalari). Ularni markirovkalash va oʻrashda esa stikerlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi versiyasi bilan taqqoslaganda roʻyхatda pozitsiyalarning umumiy miqdori (129) saqlab qolingan, biroq tarkibi biroz oʻzgargan. Xususan, unda quyidagi nomlar paydo boʻldi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 58 | 874 |
Qonunchilik | Hokimliklar rahbarlariga хizmat uylari beriladi | Vazirlar Mahkamasining 19.05.2017 yildagi 299-son qarori bilan Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun хizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Xizmat uy-joylari namunali loyihalar asosida quriladi:
Bunda u mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga mebel, maishiy teхnika va boshqa хoʻjalik jihozlari bilan jihozlanadi.
Uy-joylarni joylardagi ijro hokimiyatining tegishli organlari birinchi rahbarlari taqsimlaydi. Xizmat uy-joyiga order хizmat uyiga joylashish va begʻaraz foydalanish boʻyicha shartnoma tuzish uchun asos boʻladi.
Bu muhim! Xizmat uy-joylari boʻlinmaydi, almashtirilmaydi va хususiy- lashtirilmaydi. Ulardan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish yoki ularni ijaraga berish taqiqlanadi.
Koʻrsatiladigan UJKX хizmatlari uchun toʻlovlar хizmat uy-joylarida yashayotgan davlat хizmatchilari yoki ularning oila a’zolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan yoki ish haqidan ushlab qolish yoʻli bilan toʻlanadi.
Amaldorlar oʻz lavozimidan ketgandan keyin хizmat uy-joylarini boʻshatishi lozim.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov, ekspertimiz. | 47 | 1,337 |
Qonunchilik | Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh prokuraturasi qaror qiladi:
1. Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash tartibini belgilaydi.
1. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash ichki ishlar organining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb yuritiladi) xodimlari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tekshiruv (keyingi o‘rinlarda tekshiruv deb yuritiladi) O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan sertifikatlangan transport vositasi haydovchisi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiruvchi maxsus texnik vosita — alkotester (keyingi o‘rinlarda texnik vosita deb yuritiladi) yordamida amalga oshiriladi.
3. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv bevosita DYHXX xodimlari ishtirokida tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalarining mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
4. Quyidagilar transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda ekanligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘ladi:
haydovchining og‘iz bo‘shlig‘idan alkogol hidi kelishi;
haydovchi bir holatda to‘g‘ri tura olmasligi (chayqalib turishi);
haydovchi nutqining buzilganligi;
haydovchi qo‘l barmoqlarining qaltirashi;
haydovchi yuz terisi rangining sezilarli o‘zgarganligi.
5. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash DYHXX xodimi tomonidan texnik vosita yordamida qoidabuzarlik yuz bergan joyning o‘zida amalga oshiriladi.
6. Tekshiruv oldidan DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisini texnik vositaning ishlash tartibi bilan tanishtiradi, zarur hollarda haydovchining talabiga asosan texnik vositaga tegishli hujjatlarni ko‘rsatadi.
7. Tekshiruv kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi, DYHXX xodimi tomonidan kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda amalga oshiriladigan tekshiruvlar bundan mustasno.
8. Tekshiruv jarayonida DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisi va boshqa fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, ularga nisbatan xatti-harakatlari tushunarli va qonunchilik talablari asosida bo‘lishi, shuningdek sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim.
9. Tekshiruv o‘tkazishda DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havo namunasini texnik vositani qo‘llash yo‘riqnomasiga asosan oladi.
10. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lari konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi fakti yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
11. Transport vositasi haydovchisi texnik vosita yordamida tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan yoxud unda texnik vosita orqali tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda DYHXX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning mast holatda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalariga olib boradi.
12. Transport vositasi haydovchisi tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda DYHXX xodimi unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 136-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
13. Texnik vosita yordamida o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga asosan, transport vositasi haydovchisi alkogolli ichimlik ta’siridan mast holatda ekanligi aniqlanmagan, biroq uning giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligi belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda shaxs tibbiy tekshiruvga olib borilishi lozim.
14. Transport vositasi haydovchisining mast holatda ekanligi texnik vosita yordamida yoki tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari asosida tasdiqlangan taqdirda DYHXX xodimi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ma’muriy bayonnomaga tekshiruv texnik vosita yordamida o‘tkazilgan taqdirda tekshiruv natijalari bo‘yicha ushbu vositadan chop etilgan ma’lumot, tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalari xodimlari tomonidan tibbiy tekshiruv o‘tkazilganda esa, tibbiy xulosa ilova qilinadi.
15. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruv uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, harbiy bileti va b.) asosida amalga oshiriladi.
Transport vositasi haydovchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud emasligi uni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazmaslik uchun asos bo‘lmaydi.
16. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lmagan transport vositasi haydovchisining shaxsini aniqlash DYHXX xodimi tomonidan maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatilgan mobil elektron qurilma (planshet)dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Mobil elektron qurilma (planshet) xotirasiga kiritilgan transport vositasi haydovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “onlayn” tarzda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma’lumotlar bazasi orqali aniqlanadi.
17. Tibbiy tekshiruv transport vositasi haydovchisi to‘xtatilgan (yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan) paytdan boshlab, uzog‘i bilan bir soat ichida o‘tkazilishi lozim.
18. Transport vositasi haydovchisining mast holatda ekanligini aniqlash, narkologik dispansyerlarda narkologlar tomonidan yoki sog‘liqni saqlash idoralari belgilagan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalarida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokorlar tomonidan o‘tkaziladi.
19. Davolash-profilaktika muassasalarida alkogolli mastlik holatida ekanligiga gumon qilingan shaxslar barcha taraflama klinik tekshiruvdan o‘tkaziladilar va etanol bug‘lari bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida ulardan faqat chiqarilayotgan nafas havosi namunasi olinadi.
Shaxsning giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligiga gumon paydo bo‘lganda mastlik holatini keltirib chiqargan moddani aniqlash maqsadida biologik suyuqliklar (peshob, so‘lak) tekshiruvdan o‘tkazilishi shart.
20. Mastlikning klinik belgilarini aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda (shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiluvchi holatlar) tekshiruvdan o‘tkazish uchun qon namunasi surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qarori asosida tegishli davolash-profilaktika muassasalarida olinadi.
Shaxsning alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosani chiqarish qonning laborator tekshiruvi natijalari asosida amalga oshiriladi.
Shaxsning alkogol mahsulotini iste’mol qilganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa alkogol mahsulotining qondagi konsentratsiyasi 0,3 promille va undan ortiq bo‘lgan hollarda chiqariladi.
21. Biologik suyuqliklar olingan davolash-profilaktika muassasalarida tegishli laborator uskunalar bo‘lgan holda, ushbu suyuqliklar tekshiruvi shu muassasalarda o‘tkaziladi yoki sud-tibbiy ekspertizalar xududiy byurolari qoshidagi kimyo-toksikologik laboratoriyalariga tekshiruv uchun yuboriladi. Biologik suyuqliklarning olinishi va namunalarining yetkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
22. Sud-tibbiy ekspertiza byurolari tomonidan kimyoviy tekshiruv natijalarining dalolatnomasi biologik suyuqliklar olib kelingan vaqtdan yetti kundan kechiktirmay berilishi shart.
23. Chiqarilayotgan nafas havosi tarkibidagi alkogol miqdorini, insonning biologik suyuqliklari tarkibidagi giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatiga olib kelgan boshqa vositalarning miqdori va sifatini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanishga ruxsat etilgan hamda tekshiruvdan o‘tgan texnik vositalardan foydalaniladi.
24. Shaxsning mast holatda ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarishda biologik suyuqliklarni maxsus laborator tekshiruvidan o‘tkazish zarurati tug‘ilsa, xulosa tekshiruv natijalari olingandan so‘ng chiqariladi va barcha tekshiruv natijalari bayonnomada aks ettiriladi. Laborator tekshirish natijalarining asl nusxasi tekshiruv o‘tkazgan mutaxassis imzosi bilan tasdiqlangan holda tibbiy tekshiruv bayonnomasining ikkinchi nusxasi bilan birga saqlanadi. Bayonnomaning birinchi nusxasi tekshiriluvchini olib kelgan mansabdor shaxsga topshiriladi.
25. Tibbiy tekshiruv natijalari bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomada tekshiruv sanasi va tartib raqami alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxslar hisobini yuritish daftarining tartib raqamiga muvofiq holda ko‘rsatiladi.
26. Bayonnomaning barcha bandlari hech qanday qisqartirish va boshqa o‘zgartirishlarsiz to‘ldiriladi. Bayonnoma tibbiy tekshiruvni o‘tkazgan shifokor tomonidan imzolanadi va tekshiruv o‘tkazilgan tibbiyot muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
27. Davolash-profilaktika muassasalarida tekshiruvdan o‘tkazish bayonnomasi blanklari bo‘lishi shart.
Davolash-profilaktika muassasalarida tekshiruvdan o‘tkazish bayonnomasi blanklari bo‘lmagan taqdirda ularda ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar aks ettirilgan holda erkin shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxsga, uning talabiga ko‘ra, tibbiy tekshiruv bayonnomasi nusxasi (qog‘oz yoki elektron shaklda) berilishi shart.
28. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv to‘g‘risidagi ma’lumot mazkur Nizomning 2a-ilovasida keltirilgan maxsus tikilgan, raqamlangan, tibbiyot muassasasi rahbari imzosi va tashkilot muhri bosilgan daftarda qayd etilishi shart.
Daftarning tuzilishi, uni yuritish va saqlash mazkur Nizomning 2b-ilovasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Daftarning tuzilishi, uni yuritish va saqlash tartibini buzgan shifokor o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
29. Tekshiriluvchi shaxsning holati to‘g‘risidagi xulosaning asosi bo‘lib, biologik suyuqliklarning va chiqarilayotgan nafas havosi tarkibining laborator tekshiruvi natijalari inobatga olingan kompleks tibbiy tekshiruv natijalari hisoblanadi.
30. Tekshiriluvchi shaxsning tekshiruvdan yoki ayrim tekshiruv turidan bosh tortgan hollarda, shifokor tomonidan daftarga va bayonnomada “tekshiruvdan bosh tortdi” deb yozib qo‘yiladi.
31. Tibbiy tekshiruv asosida xulosa tuziladi, unda tekshiriluvchi shaxsning tekshiruv vaqtidagi holati aniq yoritilishi zarur. Shifokor xulosa tuzayotganda quyidagi holatlardan birini belgilashi lozim:
mastlik holati aniqlanmadi;
alkogolli mastlik holati aniqlandi;
giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holati aniqlandi (bu holatda aniqlangan modda ko‘rsatilishi shart va xulosa faqat moddaning aniq haqqoniy laborator ta’rifi bo‘lgandagina chiqariladi);
salomatlik holati bo‘yicha yuqori xavf manbai bor ishlardan chetlatishni talab etuvchi funksional holatning buzilishlari mavjud.
32. Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi xulosa tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxsga uni olib kelgan DYHXX xodimi oldida tanishtiriladi.
33. Tekshiriluvchida xulosaga nisbatan e’tirozlar mavjud bo‘lgan hollarda u boshqa tibbiyot muassasasida qayta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishini talab qilishga haqli. Bunda qayta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish mastlik alomatlari aniqlangan yoki yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan vaqtdan e’tiboran ikki soat ichida boshqa yaqin masofada joylashgan tibbiyot muassasasida amalga oshirilishi lozim. Ushbu kayta tekshiruvga tekshiriluvchi DYHXX xodimi bilan birgalikda yetkaziladi.
34. O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida daxlsizlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan hollarda, faqatgina ularning roziligi bilan mazkur Nizomda nazarda tutilgan umumiy asoslarga ko‘ra, tekshiruvdan o‘tkaziladi.
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1. Daftar tibbiy tekshiruv o‘tkaziladigan tibbiyot muassasasida yuritiladi.
2. Daftar tibbiy tekshiruv o‘tkazishda qatnashayotgan tibbiy xodim tomonidan to‘ldiriladi.
3. Har bir o‘tkazilayotgan tibbiy tekshiruv uni o‘tkazayotgan shifokor tomonidan imzolanadi.
4. Daftar varaqlari raqamlanadi, tikiladi va muassasa rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlanadi.
5. Tibbiy tekshiruvlarni raqamlash har yili 1-yanvardan boshlanadi.
6. Daftarning yuritilishi eng kami har uch oyda bir marta tibbiy tekshiruv olib borilayotgan tibbiyot muassasasi rahbari tomonidan tekshiriladi, har bir tekshiruvdan so‘ng tekshiruv o‘tkazilgan sana qo‘yilib, imzo chekiladi.
7. Daftar uchinchi shaxslardan holi joyda saqlanishi lozim.
8. To‘ldirilgan daftar tibbiyot muassasasi rahbari imzosi bilan yakunlanadi va 5 yil davomida tibbiy muassasasini o‘zida saqlanadi. | 119 | 14,468 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.