folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “UGOM-ChOTQOL DAVLAT MILLIY TABIAT BOG‘I VA ChOTQOL DAVLAT BIOSFERA QO‘RIQXONASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI, OHANGARON VA BURChMULLA O‘RMON XO‘JALIGI KORXONALARI USTAVLARINI TASDIQLASh HAQIDA” 2001 YIL 22 IYuNDAGI 262-SON QARORIG
Tog‘da yashovchi aholi, chegara xizmatlari va Ugom-Chotqol davlat milliy bog‘i xodimlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi to‘g‘risidagi nizomlarni, Ohangaron va Burchmulla o‘rmon xo‘jaligi korxonalari ustavlarini tasdiqlash haqida” 2001-yil 22-iyundagi 262-son qaroriga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 3-ilovaning 12-bandiga “o‘rmon kordonlari” so‘zlaridan keyin “kichik ko‘priklar” so‘zlari qo‘shilsin; 4-ilovaning 12-bandiga “o‘rmon kordonlari” so‘zlaridan keyin “kichik ko‘priklar” so‘zlari qo‘shilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
250
802
Qonunchilik
Yuriskonsultlar stajirovkani qanday oʻtaydilar
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 iyundagi 149-son «Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik хizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq adliya vazirining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 6 avgustda 2708-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa davlat tashkilotlari yuridik хizmatlari хodimlarining adliya organlarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Hujjatda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa davlat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda – tashkilot) yuridik хizmati хodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaхslar tomonidan adliya organlarida stajirovka oʻtashni tashkil etish va stajirovka oʻtash muddatlari hamda batafsil shartlari belgilangan. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari markaziy apparatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik хizmati хodimlari stajirovkani Adliya vazirligida, davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, tumanlar va shaharlar hokimliklari hamda boshqa davlat tashkilotlarining yuridik хizmati хodimlari esa hududiy adliya organlarida oʻtaydi. Tashkilot rahbari yuridik хizmat хodimi lavozimiga tayinlangan kundan e’tiboran 10 kun ichida uning stajirovkasini tashkil etishni soʻrab tegishli adliya organiga murojaat etishi lozim. Adliya organi murojaat kelib tushgan kundan e’tiboran 2 oy ichida stajirovka oʻtashni tashkil qilishi va tashkilot rahbarini u boshlanishidan kamida bir hafta oldin yozma ravishda хabardor qilishi kerak. Adliya organlarining kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan tajribali mutaхassislari orasidan stajirovka rahbari tayinlanadi. Stajirovka rahbari etib stajyorga yaqin qarindosh hisoblangan shaхslar tayinlanishi mumkin emas. Stajirovka rahbari tomonidan har bir stajyor uchun stajirovka oʻtash rejasi ishlab chiqilib, u mas’ul boʻlinma rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Stajirovka oʻtash muddati 2 haftani tashkil etadi. Shaхslarni stajirovkani oʻtashdan ozod qilish mumkin emas. Hujjatda stajirovka rahbari va stajyorning majburiyatlari toʻliq bayon qilingan. Stajyor stajirovka oʻtash rejasida belgilangan tadbirlarni bajarib boʻlgach, hisobot tayyorlaydi. Stajyorning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarni qanchalik oʻzlashtirganligini baholash uchun u bilan mas’ul boʻlinma хodimlari ishtirokida suhbat oʻtkaziladi va uning hisoboti muhokama qilinadi. Muhokama natijasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Stajirovka muddati tugaganidan keyin stajirovka rahbari tomonidan stajyorga nisbatan tavsifnoma tuzilib, unda adliya organida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilganligi, stajirovka oʻtash rejasini bajarganligi va bajarmaganligi, stajirovkaga uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi ham koʻrsatiladi. Tavsifnoma mas’ul boʻlinma rahbari tomonidan imzolanadi va yoʻllanma хat orqali stajyorni yuborgan tashkilotga joʻnatiladi. Adliya organi mas’ul boʻlinmasi хodimlariga stajyorga stajirovka oʻtash rejasi bilan bogʻliq boʻlmagan topshiriqlarni berish taqiqlanadi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 10 avgustdagi 31-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. _________  Eslatib oʻtamiz, Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik хizmati toʻgʻrisidagi Nizom va Xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati toʻgʻrisidagi Nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son Qarori bilan tasdiqlangan) binoan yuridik хizmat хodimi lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan shaхs ishlashi mumkin. Yuridik хizmat boshligʻi lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va kamida 2 yillik yuridik mutaхassislik boʻyicha ish stajiga ega boʻlgan shaхs tayinlanadi. Shuningdek Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik хizmati хodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (roʻyхat raqami 2562, 2014 yil 28 fevral) muvofiq hokimliklarning yuridik хizmati хodimlari lavozimga tegishli adliya organlaribilan kelishilgan holda tayinlanadilar. Hokimliklar nomzodni kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: hokimning nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi; belgilangan shakllardagi nomzodning anketasi va yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar; oliy yuridik ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusхasi yoki oliy yuridik ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma (Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun). Agar nomzod хorijda ta’lim olgan boʻlsa - ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat va nostrifikatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusхalari; mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusхasi yoki undan koʻchirma (agar mavjud boʻlsa). Nomzodni kelishish u bilan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari boʻyicha suhbat oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
46
5,693
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
“Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2015-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin. 2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalari talablari idoraviy mansub tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Qoidalar “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil transportida tashish jarayoni qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga soladi, shuningdek yuklarni tashishga, ularning saqlanishiga qo‘yiladigan talablarni va O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashishning boshqa shart-sharoitlarini belgilaydi. Ushbu Qoidalarning amal qilishi fuqarolarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalarini qo‘llagan holda shaxsiy ehtiyojlar uchun ular tomonidan bajariladigan yuklarni tashishga tatbiq etilmaydi. Avtomobil transportida xavfli, yirik gabaritli va og‘ir yuklarni tashish xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. 2. Yuklarni temir yo‘l, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa turlari bilan o‘zaro hamkorlikda avtomobil transportida tashishda yuzaga keladigan munosabatlar va bunday tashishni tashkil etish tartibi tashuvchilar o‘rtasida tuziladigan bitimlar bilan tartibga solinadi. 3. Bojxona nazorati ostidagi yuklarni tashish O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Yuklarni avtomobilda xalqaro tashishlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi. 5. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi: tashish shartnomasi — u bo‘yicha tashuvchi unga yukni jo‘natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni borish punktiga yetkazib berish va uni yukni olishga vakil qilingan shaxsga (yukni oluvchiga) topshirish majburiyatini olgan, yukni jo‘natuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan to‘lovni to‘lash majburiyatini olgan bitim; haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; yukni jo‘natuvchi — yukning mulkdori nomidan ish ko‘ruvchi yoki tashish shartnomasi bo‘yicha yukning mulkdori hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs; yukni oluvchi — yukni olishga vakolat berilgan va yukka doir ilova hujjatlarida ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxs; yuk — yukni oluvchiga berish uchun yukni jo‘natuvchidan tashishga qabul qilib olingan moddiy boyliklar. Yuk tovardan va taradan iborat bo‘ladi. Yukning sof og‘irligi “netto”, taraning og‘irligi — tara, tara bilan birgalikda tovarning umumiy og‘irligi “brutto” deb ataladi; yuk o‘rni — avtomobil transportiga yuklashda yoki tushirishda uni tashish yoki yukni oluvchiga topshirish uchun qabul qilish uchun yukning shartli birligi; mijoz — yukni jo‘natuvchi, yukni oluvchi, ekspeditor; tirkama — avtotransport vositasi tomonidan shatakka olinadigan va o‘z energiya manbaiga ega bo‘lmagan yuklarni tashish uchun xizmat qiladigan avtotransport vositasi; tirkama aravalar — uzun o‘lchamli yuklarni tashish uchun qo‘llaniladigan tirkamaning bir turi; yarimtirkama — to‘liq massasining bir qismi o‘tirg‘ich qurilmasi orqali o‘tirgich shatakchiga beriladigan tirkamaning bir turi; paket — taglikda yoki uningsiz bitta yirik joyga shakllantirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan usulda yuklash, joyni o‘zgartirish va tushirish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan mayda tarali yoki tarasiz donali yuklar turkumi; tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda avtotransport vositasiga egalik qiluvchi, yuklarni tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi va bunga litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; tagliklar — ayri yuklagichlar va kranlar yordamida ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash uchun moslama, ko‘p martalik tara hisoblanadi; yo‘l varaqasi — avtotransport vositasining ishini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat; tez buziladigan yuklar — ularni saqlash uchun tashishda maxsus harorat va sanitariya-gigiyena rejimlariga rioya etish talab qilinadigan yuklar; tara — o‘rab-joylashtirishning asosiy elementi, u o‘zida tashishda, saqlashda va ortish-tushirish operatsiyalarida mahsulotlar va tovarlarni joylashtirish va ularning saqlanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan buyumni ifodalaydi; konteyner — kamida 1 m3 hajmli, tovarlarni tarasiz, birlamchi o‘ramda yoki yengillashtirgan tarada tashish uchun mo‘ljallangan ko‘p martalab foydalaniladigan tara; o‘rab-joylashtirish — unga solingan mahsulotlar va tovarlardan ajratilmaydigan, ularning zarur anjomi hisoblangan va unda mahsulotlar va tovarlarni saqlash hamda ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini ta’minlash uchun xizmat qiladigan buyum; tovar-transport yukxati — transport jarayonining qatnashchilari uchun yagona bo‘lgan, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, ularni yo‘lda hisobga olishga, kirim qilishga, ombor, tezkor va buxgalteriya hisobi uchun, shuningdek yuk tashilganligi uchun hisob-kitob qilish va bajarilgan ishning hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan hujjat. 6. Yo‘l varaqalari va yuklarni avtomobil transportida tashishga tegishli boshqa hujjatlarning (yuklarni tashish masofalarini o‘lchash dalolatnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha nizomlar, yo‘riqnomalar, metodik qo‘llanmalar) shakllari namunalari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 7. Avtomobil transportida yuklarni tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Tashuvchi yukni tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib berishi kerak. Yukni yetkazib berish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari amal qilishi davriga ko‘paytirilishi yoki tomonlarning ikki tomonlama bitimi bo‘yicha uzaytirilishi mumkin. Yukni yetkazib berish kechiktirilishi to‘g‘risida kechikishning sabablari va vaqti ko‘rsatilgan holda yo‘l varaqasiga belgi qo‘yiladi. 8. Yuklar tashilganligi uchun, agar qonunchilikda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashish shartnomasida belgilangan to‘lov undiriladi. 9. Tashuvchi, agar qonunchilikda, tashish shartnomasida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, yoki majburiyatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa unga tegishli bo‘lgan tashish to‘lovini va tashish bo‘yicha boshqa to‘lovlarni ta’minlash uchun tashish uchun unga berilgan yukni ushlab turish huquqiga ega. 10. Tashuvchi, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashish shartnomasini bajarish uchun zarur bo‘lgan avtotransport vositalarining tiplari va sonini mustaqil belgilaydi. Tashuvchi yukni tashish shartnomasida belgilangan muddatda tegishli yukni tashish uchun yaroqli holatdagi soz avtotransport vositasini yukni jo‘natuvchiga yukni ortish uchun beradi, yukni jo‘natuvchi esa yukni belgilangan muddatlarda tashuvchiga taqdim etadi. 11. Agar mijozni tashuvchi tomonidan berilgan avtotransport vositasi qoniqtirmasa, u holda u tegishli dalolatnomani tuzib va uni tashuvchiga berib avtotransport vositasini rad etishga haqlidir. 12. Yukni jo‘natuvchi tomonidan tashishga yaroqli bo‘lmagan holatda taqdim etilgan va uni o‘z vaqtida jo‘natishni ta’minlaydigan muddatda yukni jo‘natuvchi tomonidan zarur holatga keltirilmagan yuk taqdim etilmagan deb hisoblanadi. 13. Agar tashuvchi quyidagi holatlar bo‘yicha tashishda uning saqlanishini ta’minlay olmasa, tashuvchi yukni tashish uchun qabul qilishni rad etishi mumkin: yuk zarur tarzda bo‘lmagan tarada yoki o‘ramda taqdim etilgan; yuk bajarish uchun yuklarni tashishga qabul qilingan buyurtmanomaga muvofiq emas; yukning taqdim etilgan turkumi massasi avtotransport vositasining yuk ko‘tarishidan ortiq; yuk tashish yo‘nalishining avtomobil yo‘li bo‘ylab harakat vaqtincha to‘xtatilishi yoki cheklanishi tufayli yetkazib berilishi mumkin emas. 14. Agar: bunday tashish qonunchilikda taqiqlangan bo‘lsa; tovar xususiyatiga ega bo‘lgan yuklar tovar-transport yukxatlari bilan rasmiylashtirilmagan bo‘lsa; tashish uchun taqdim etilgan yuklarning har xil tiplari o‘z xossalariga ko‘ra bir avtotransport vositasida birgalikda tashishga qo‘yilmasa; yuk yo‘l harakati xavfsizligiga xavf solsa va Yo‘l harakati qoidalari talablariga javob bermasa yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) yukni taqdim etmasligi, tashuvchi esa yukni tashish uchun qabul qilmasligi kerak. 15. Yukni jo‘natuvchi yuklarni tashishga taqdim etishda narxni e’lon qilishga haqlidir. Yukning e’lon qilingan qiymati miqdori tashuvchida shubha uyg‘otgan taqdirda u o‘z hisobidan shartnoma asosida ekspertlarni jalb etishi va yukning real qiymati to‘g‘risida dalolatnoma tuzishi mumkin. 16. Qiymati e’lon qilingan yuk tashishga taqdim etilganda yukni jo‘natuvchi uch nusxada yuk o‘rinlari ro‘yxatini tuzishga majburdir. Ro‘yxatning bir nusxasi yukni jo‘natuvchida, ikkinchi nusxasi — tashuvchida qoladi, uchinchi nusxasi — yukni jo‘natuvchi tomonidan yuk o‘rnining ichkarisiga qo‘yiladi. 17. Yuklarni qabul qilish-topshirishda tovar-transport yukxatida ushbu yuklarning yuk o‘rinlari massasi va soni (imkoniyati bo‘lsa sanab) ko‘rsatiladi. U bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarning harakati hisobi yuritilmaydigan yukni tashish erkin shakldagi buyurtma-naryad asosida amalga oshirilishi mumkin. Har xil avtotransport vositalarida tashilishi kerak bo‘lgan yuk ortilgan taqdirda foydalaniladigan avtotransport vositalari soniga muvofiq bo‘lgan miqdorda buyurtmalar-naryadlar tuziladi. 18. Tarali va donali yuklar massasi yukni jo‘natuvchi tomonidan ular tashishga taqdim etilgunga qadar belgilanadi va yuk o‘rinlariga tamg‘a bosishda ko‘rsatiladi. Ushbu yuklarni tashishda bir avtotransport vositasida tashiladigan yukning butun turkumining umumiy massasi tarozida tortish orqali yoki yuk o‘rinlarining barcha massasini sanab chiqish yo‘li bilan belgilanadi. Yuklarning ayrim turlari uchun massa o‘lchash yoki hajmli massa bo‘yicha hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. 19. Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tovar-transport yukxatida yukning massasini va, agar massa to‘g‘ridan to‘g‘ri tortish orqali aniqlanmasa, uni aniqlash usullarini ko‘rsatishi kerak. 20. Yuklar yopiq avtotransport vositasida yoki yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan tamg‘alangan alohida seksiyalar, konteynerlar yoki tsisternalarda tashilganda, yukning massasi yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan aniqlanadi. 21. Notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuk massasini aniqlashda yukni jo‘natuvchi tortish yo‘li bilan bir rusumdagi bir necha avtotransport vositalarini nazorat tartibida tarozida tortishi mumkin, shundan keyin yukning umumiy massasini avtotransport vositalari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir avtotransport vositasidagi yukning o‘rtacha massasini aniqlash mumkin. 22. Agar tashish uchun taqdim etilgan yukning tarasi yoki o‘ramini tashqi tomondan ko‘zdan kechirishda tashuvchi tomonidan yukning yo‘qotilishiga, buzilishiga yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar aniqlansa, yukni jo‘natuvchi nuqsonlarni bartaraf etishi yoki tashishda yukning saqlanishini ta’minlaydigan boshqa ishlarni bajarishi kerak. 23. Yukni jo‘natuvchi tomonidan tashish uchun taqdim etilgan yukning massasi avtotransport vositasining nominal yuk ko‘tarishidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 24. Yukning massasi yoki sonini aniqlash yukni jo‘natuvchi va yukni oluvchi tomonidan bir xil usulda amalga oshiriladi. Tashish uchun yukni qabul qilishda massani aniqlash uchun butun yukni tarozida tortish zarur. Yukning alohida qismlarini tortish orqali yukning umumiy massasini aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 25. Sisterna kuzovli avtotransport vositalarida tashiladigan to‘kiladigan va uyuladigan yuklar, shuningdek quyib tashiladigan oziq-ovqat yuklari massasi avtotransport vositalarini tashish uchun mo‘ljallangan turg‘un tarozilarda aniqlanadi. 26. To‘kiladigan, uyuladigan va quyuladigan yuklarni tashish oldidan avtotransport vositasining massasi tekshiriladi. 27. Yuklarni avtomobillar tortiladigan tarozilarda tortish yukning massasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi, tortish mijoz bilan tashuvchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi. 28. Avtopoyezdlarni tortishda butun avtopoyezdni taroziga o‘rnatish zarur. Agar platformaning o‘lchami butun avtopoyezdni o‘rnatish imkonini bermasa, shatakchi va tirkama alohida tortiladi. 29. Katta o‘lchamli va uzun yuklarni tortishda yuklarning quyi uchlari tarozilarning harakatlanmaydigan qismlaridan (staninalar, ustunlar) yoki bog‘lovchi romdan tashqarida turmasligi kerak. 30. Yuklarni tarada, o‘ramda yoki mayda turkumlar bilan tashishga tayyorlashda yukni jo‘natuvchi har bir yuk o‘rnini markalashga haqlidir. Yukka tovar-transport yukxatlaridagi ma’lumotlar markalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Yukning xossalarini ko‘rsatish va yuklarni ortish (tushirish), tashish yoki saqlashning maxsus qoidalariga rioya qilish zarur bo‘lganda yukni jo‘natuvchi maxsus markalanishi kerak. 31. Markalaydigan yorliqlar qog‘oz, karton, mato, metall yoki plastmassadan tayyorlanishi mumkin hamda eng qulay, yaxshi ko‘riladigan joylarda taraga ishonchli mahkamlangan bo‘lishi kerak. 32. Bir necha yukni oluvchilar manziliga yetkazib beriladigan sim chiviqlar, quvurlar yoki boshqa katta o‘lchamli buyumlarni tashishda ushbu buyumlarning oxiri moyli bo‘yoqda markalanishiga yo‘l qo‘yiladi. 33. Uyulgan, to‘kilgan yoki quyilgan holda ortiladigan va tushiriladigan yuklarni tashishda markirovka qilinmaydi. 34. Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) furgon tipidagi kuzovli avtotransport vositasini, bir yuk oluvchiga yetkazib beriladigan konteynerlarni tamg‘alashga, yashchiklar, qutilar va boshqa taradagi mayda donali tovarlarni esa tamg‘alashga yoki banderol qilishga haqlidir. Yuklarni banderol qilish o‘ramning yaxlitligini buzmasdan yukka yaqinlashishni istisno etishi kerak. Yukni tamg‘alash yoki banderol qilish holati tovar-transport yukxatida qayd etiladi. 35. Bir necha manzillar bo‘yicha tashiladigan yukning saqlanishini ta’minlash uchun tashuvchi kuzovni alohida tamg‘alanadigan seksiyalarga bo‘lish imkonini beradigan to‘siqlar o‘rnatishi mumkin. 36. Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan tamg‘alangan yuk tashuvchi tomonidan yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk o‘rinlari soni tekshirilmasdan topshiriladi. 37. Kuzovni tamg‘alash tamg‘aning yaxlitligini buzmasdan yukka yaqinlashish va avtotransport vositasi kuzovi, konteyner, seksiya yoki alohida yuk o‘rnining tamg‘asini olib tashlash imkoni berilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 38. Yukni avtotransport vositasiga ortish, shuningdek uni mahkamlash, to‘sish, bog‘lash, tushirish, mahkamlagichlar, qoplamalarni olib tashlash, bortlarni (tsisternalarning qopqoqli tuynuklarini) yopish va ochish, shlanglarni tushirish va chiqarib olish, shlanglarning vintlarini burash yoki orqaga burash, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi. 39. Tashuvchi yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) bilan kelishuv bo‘yicha ortish-tushirish ishlarini bajarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. 40. Yuklar avtotransport vositasi kuzovida tashish vaqtida yukning o‘rami va avtotransport vositasi saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi va mahkamlanishi kerak. 41. Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor), yukni oluvchi, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ortish, tashish va tushirish uchun zarur bo‘lgan moslamalar va yordamchi materiallarni taqdim etishi, o‘rnatishi va olib tashlashi kerak. 42. Mijozga tegishli bo‘lgan barcha moslamalar tashuvchi tomonidan tushirish punktida yuk bilan birgalikda yukni oluvchiga beriladi yoki tashish shartnomasiga muvofiq ortish punktiga yoki boshqa joyga qaytariladi. 43. Tashuvchi tomonidan avtotransport vositasida yukni taxlash yoki mahkamlash yo‘l harakati xavfsizligi yoki yuk va/yoki avtotransport vositasi saqlanishini ta’minlash talablariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda tashuvchi mijozni bundan xabardor qilishi va, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, aniqlangan kamchiliklar mijoz tomonidan bartaraf etilguniga qadar tashishni bajarishni to‘xtatishi kerak. 44. Tashuvchining avtotransport vositasi yuklash uchun kelish vaqti ortish punktida tegishli belgi qo‘yilgan yo‘l varaqasi yukni jo‘natuvchiga (ekspeditorga) taqdim etilgan paytdan boshlab, tashuvchining avtotransport vositasi ortish uchun kelgan vaqt esa — tovar transport yukxati va tushirish punktlariga kelganlik to‘g‘risidagi tegishli belgi qo‘yilgan yo‘l varaqasi yukni oluvchiga taqdim etilgan paytdan boshlab hisoblanadi. 45. Agar haydovchi yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan rasmiylashtirilgan tovar-transport yukxatini olgan bo‘lsa va yuk avtotransport vositasining yuk bo‘linmasida turgan bo‘lsa, tashuvchining avtotransport vositasini yuklash tugallangan deb hisoblanadi. 46. Yuk yuk bo‘linmasidan to‘liq tushirilganda, yuk bo‘linmasini tozalash bo‘yicha barcha zarur ishlar bajarilganda va yuk olinganligi to‘g‘risida yukni oluvchining belgisi qo‘yilgan tovar-transport yukxatlari haydovchiga topshirilganda avtotransport vositasidan yukni tushirish tugallangan deb hisoblanadi. Yuklar tushirilgandan keyin avtotransport vositalari va konteynerlar ushbu yuklarning qoldiqlaridan tozalanadi, ushbu bandda sanab o‘tilgan ayrim yuklar tashilgandan keyin esa avtotransport vositalari va konteynerlar yuvilishi va zaruriyat bo‘lganda — bo‘lak-bo‘lak va maydalangan alebaster; asbest; barit (og‘ir shpat); mineral momiq paxta; sabzavot sharbati; gaja (gipsli ohakgil); gips; glina; alyuminiy oksidi; dolomit; grafit; vannalar uchun mineral loylar; ozuqa xamirturushlari (gidroliz sulfat); kartoshka va lavlagi qoldig‘i; kul; ohaktosh; kaolin; asbest karton; g‘isht; koagulyantlar; omixta yem; apatit konsentrati; nefelin konsentrati; bo‘yoqlar va quruq bo‘yoqlar; yormalar (iste’mol o‘rami shikastlanganda); bo‘r, merteli; un; rangli metallar qipiqlari; chiqindilar; pegmatit; asfalt, ohaktosh, metallurgiya magneziti, shamot (olovbardosh) kukunlari; chang; sigaretlar (papiroslar) (iste’mol o‘rami shikastlanganda); tuz; kukunsimon yuvuvchi vositalar; texnik va qurilish shishasi (singan taqdirda); rangli metallar va ularning qotishmalari qirindilari; sulfatlar, xavflilaridan tashqari, tamaki va moxorka xomashyosi; tamaki (barglardan va ildizlardan hidlanadigan ishlov berilgan); yanchilgan va ildizlardagi talk (talkli tosh); shisha tara (singgan taqdirda); torf va torf mahsulotlari; o‘g‘itlar; quritilgan go‘sht qiymasi (qoplarda); ferroqotishmalar; sement; bo‘lak-bo‘lak shamot; taxtakunjara; tez buziladigan yuklar; hayvonlar va parrandalar dezinfeksiya qilinishi kerak. Avtotransport vositalari va konteynerlarni tozalash, yuvish va dezinfeksiyalash majburiyati yukni oluvchilarga tegishlidir. Tashuvchi yukni oluvchi bilan kelishgan holda avtotransport vositalari va konteynerlarni yuvish va dezinfeksiyalash ishlarini bajarishni o‘z zimmasiga olishga haqlidir. 47. Tovar va notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuklarni tashish tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilishi kerak. 48. Yuk ortiladigan avtotransport vositasining tovar-transport yukxatlari va yo‘l varaqalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, matbaa usulida tayyorlanadi, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘ladi. 49. Tovar-transport yukxati belgilangan tartibda yukni jo‘natuvchi tomonidan har bir borishga har bir yukni oluvchining nomiga alohida to‘rt nusxada tuziladi, ulardan: birinchi nusxa yukni jo‘natuvchida qoladi va tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishni (zararni) hisobga olish uchun mo‘ljallanadi; ikkinchi nusxa yukni oluvchiga beriladi va u tomonidan moddiy boyliklar kirim qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi; uchinchi va to‘rtinchi nusxalar tashuvchiga beriladi hamda tashuvchining mijoz bilan hisob-kitob qilishi va avtotransport ishini hisobga olish uchun xizmat qiladi. 50. Ko‘p miqdordagi tovar-moddiy boyliklar tashish uchun bir vaqtning o‘zida taqdim etilganda qo‘shimcha varaqani — barcha qo‘shimcha varaqalarda tovar bo‘limida ko‘rsatilgan tovar-transport yukxatining bosh varaqasi seriyasi va tartib raqami takrorlangan holda to‘rt nusxada to‘ldiriladigan tovar-transport yukxatining davomini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. 51. Bir yukni jo‘natuvchidan bir yukni oluvchining manziliga aynan bir xil masofada bir necha marta borishni talab etadigan bir xildagi yuklarni tashish smena mobaynida avtotransport vositasi tomonidan bajarilgan barcha ishga jamlangan holda bitta tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda oraliq borishlarni rasmiylashtirish yukni jo‘natuvchi tomonidan haydovchiga har bir alohida borishga talon berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Talon faqat berilgan kun uchun haqiqiydir va uch nusxada to‘ldiriladi, ulardan bir nusxasi yukni jo‘natuvchida, ikkinchi nusxasi — haydovchida va uchinchi nusxasi yukni oluvchida qoladi. 52. Haydovchi (yoki yukka hamrohlik qiluvchi shaxs) yukni tovar-transport yukxatida ko‘rsatilgan yukni oluvchiga topshirishi kerak. 53. Yukni yukni oluvchiga massa va o‘rinlar soni bo‘yicha topshirish yuk yukni oluvchidan qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi (tarozida tortish, o‘lchash, yuk o‘rinlarini sanab chiqish va shu kabilar). 54. Shikastlanmagan konteynerlar, tsisternalarda kelgan va yukni jo‘natuvchining shikastlanmagan tamg‘alariga ega bo‘lgan yuklar yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk o‘rinlari soni tekshirilmasdan beriladi. Yuk yukni oluvchiga shikastlangan tarada, avtotransport vositasining shikastlangan kuzovida yoki yukni jo‘natuvchining shikastlangan tamg‘alari bilan kelgan taqdirda, tashuvchi tovar-transport yukxatiga muvofiq yuk o‘rinlarining massasini, sonini yoki yukning holatini tekshirishi kerak. 55. Standart og‘irlik va mijoz tomonidan har bir yuk o‘rnida ko‘rsatilgan og‘irlik bo‘yicha tashish uchun qabul qilingan taradagi va donali yuklar borish punktida yukni oluvchiga o‘rinlar hisobi bo‘yicha tortilmasdan, faqat shikastlangan o‘rinlardagi (agar shunday bo‘lsa) yukning og‘irligi va holatini tekshirgan holda topshiriladi. Uyulgan va to‘kilgan holda tashiladigan, kamomad belgilarisiz kelgan yuklar yukni oluvchiga og‘irlikni tekshirmasdan topshirilishi mumkin. 56. Tashuvchining qayta yo‘naltirish, yukni realizatsiya qilish yoki uni yukni jo‘natuvchiga qaytarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlari mijoz tomonidan tashish shartnomasi shartlariga muvofiq to‘lanadi. 57. Tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etgan taqdirda, yuk tashuvchi tomonidan yukni jo‘natuvchiga (agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa) qaytarilishi yoki uning yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha boshqa yukni oluvchiga berilishi mumkin. Yukni oluvchi, agar u yuridik shaxs hisoblansa, tovar-transport yukxatiga imzo bilan tasdiqlangan yuk qabul qilinishi rad etilganligi to‘g‘risidagi yozuvni qayd etishi kerak. 58. Yukni qayta yo‘naltirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) haydovchi aloqa vositalaridan foydalangan holda tashuvchini yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etgan sana, vaqt va sabablari to‘g‘risida xabardor qiladi; b) tashuvchi yozma shaklda yoxud aloqa vositalaridan foydalangan holda yukni jo‘natuvchini yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etganligi va sabablari to‘g‘risida xabardor qiladi va yukni qayta yo‘naltirish haqidagi ko‘rsatmani so‘raydi; v) yukni jo‘natuvchi yukni yetkazib berish mumkin emasligi to‘g‘risida xabardor qilingan paytdan boshlab 2 soat mobaynida undan qayta yo‘naltirish to‘g‘risida bildirishnoma olinmagan taqdirda tashuvchi yozma shaklda yukni jo‘natuvchini yuk qaytganligi to‘g‘risida xabardor qiladi va haydovchiga yukni jo‘natuvchiga qaytarish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi; g) yukni jo‘natuvchidan tovar-transport yukxatida ko‘rsatilgan yukni oluvchigacha yetkazib bergan holda yukni qayta yo‘naltirish to‘g‘risida ko‘rsatma olinganda tashuvchi aloqa vositalaridan foydalangan holda haydovchini qayta yo‘naltirish to‘g‘risida xabardor qiladi. 59. Yuklarning ayrim turlarini tashishda ularning xossalaridan, gabaritlari va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib: tashuvchi haydovchi texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi xavfsizlik, yo‘l harakati xavfsizligi, yuklarni qabul qilish va yetkazib berish qoidalari bo‘yicha o‘qitilishini va unga yo‘l-yo‘riq berilishini ta’minlaydi; tashuvchi yukni tashish shartnomasida belgilangan muddatda yukni jo‘natuvchiga tegishli yukni tashish uchun yaroqli holatdagi soz avtotransport vositasini yuklash uchun beradi. Yukni boriladigan joyga tashishga, tipi va yuk ko‘tarishiga ko‘ra tashish shartnomasida belgilanganga muvofiq bo‘lgan, shuningdek tegishli asbob bilan jihozlangan avtotransport vositalari va konteynerlar yukni tashish uchun yaroqli deb e’tirof etiladi; yukni jo‘natuvchi tovar-transport hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan fitosanitariya, sanitariya, karantin, bojxona talablarini va boshqa talablarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shuningdek tashishning cheklangan muddatlari va harorat rejimi to‘g‘risidagi tavsiyalarni va konteynerning qulflash, tamg‘alash qurilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. 60. Bitta avtotransport vositasida bir necha yukni oluvchilarga yuklarni tashishda yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) ularni avtotransport vositasi kuzovida har bir yukni oluvchiga mo‘ljallangan yukning butun assortimenti yuklanishini ta’minlaydigan etib joylashtirishi, shuningdek har bir yukni oluvchiga tovar-transport yukxatlarini yozishi shart. 61. Tez buziladigan yuklar asosan harorat rejimiga rioya qilgan holda izotermik kuzovli (furgonlarda, refrijiratorlarda va shu kabilarda) ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida tashiladi. Tez buziladigan yuklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: a) o‘simlik mahsulotlari: mevalar, reza mevalar, sabzavotlar, qo‘ziqorinlar va boshqalar; b) hayvonlarning mahsulotlari: har xil hayvonlar va parrandalarning go‘shti, baliq, ikra, sut, tuxum va boshqalar; v) qayta ishlash mahsulotlari: sut mahsulotlari, har xil yog‘lar, muzlatilgan mevalar, kolbasa mahsulotlari va boshqa go‘sht mahsulotlari, pishloqlar va shu kabilar; g) o‘simliklar: ko‘chatlar, gullar va boshqalar. Agar tashish hujjatlarida yukni jo‘natuvchi tomonidan tashishning cheklangan muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shuningdek agar tashishning cheklangan muddati yetkazib berish muddatidan kam bo‘lsa, tez buziladigan yuklar tashish uchun qabul qilinmaydi. Tez buziladigan yuklar, agar: yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etsa, yukni jo‘natuvchi esa yangi yukni qabul qiluvchi to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar bermagan bo‘lsa; yuklar ularni bundan keyin tashib bo‘lmaydigan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan darajada shikastlangan bo‘lsa sotilishi kerak. Tashuvchi tez buziladigan yukni sotish uchun berish zarurligi to‘g‘risida mijozni yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Agar bildirishnoma jo‘natilgandan keyin besh kalendar kundan so‘ng mijozdan javob olinmasa, tashuvchi tez buziladigan yukni uning ruxsatisiz sotishi mumkin. Agar o‘z xususiyatiga ko‘ra omborga joylashtirilishi mumkin bo‘lmasa, shuningdek agar yukni sotish kechiktirilishi uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, tashuvchi yukni sotish uchun qisqaroq muddatda ham berishi mumkin. Sotilgan yuk uchun tashuvchi olgan summa ular o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha mijozga o‘tkaziladi (beriladi). Tashuvchi tashish uchun berilayotgan tez buziladigan yuklarning sifatini tanlab tekshirishi mumkin, germetik o‘ramdagi yuklar bundan mustasno. Yukni ochish va keyinchalik uni o‘rab-joylashtirish tekshirishdan keyin yukni jo‘natuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Yukni jo‘natuvchi tashuvchiga tez buziladigan yukka tovar-transport yukxati bilan birgalikda, agar bunday yuk majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, sertifikat yoki sifat guvohnomasini taqdim etishi kerak. Yukni jo‘natuvchi tez buziladigan yukka tovar-transport yukxatida yuklashdan oldin yukning amaldagi haroratini va yukni tashishning cheklangan muddatini ko‘rsatishi kerak. Agar yukxatida ko‘rsatilgan tashishning cheklangan muddati yetkazib berish muddatidan ortiq bo‘lsa, tez buziladigan yuklar tashuvchi tomonidan tashish uchun qabul qilinmasligi kerak. Bir avtotransport vositasida tarkibi va xossalariga ko‘ra bir xil bo‘lgan tez buziladigan yuklarning har xil turlarini birgalikda tashishga yo‘l qo‘yiladi. 611. Avtomobil transportida tashish uchun taqdim etiladigan tez buziladigan yuklar ro‘yxati mazkur Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan. Tez buziladigan yuklarni saqlash va tashish harorat rejimi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 612. Bitta avtotransport vositasida birga tashishga ruxsat beriladigan tez buziladigan yuklar ro‘yxati mazkur Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan. 613. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish tartibi mazkur Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan. 62. Taraga joylashtirilgan sabzavotlar, mevalar, reza mevalar, uzumni tashishda yukni jo‘natuvchi ularni avtotransport vositasi kuzovining yuk o‘rinlariga zich qator qilib joylashtiradi. 63. Unli-kremli qandolatchilik mahsulotlari o‘ramlarda tashiladi. Ular avtotransport vositasi kuzovida bir nechta qator qilib ustma-ust joylashtirilishi mumkin. Unli-kremli qandolatchilik mahsulotlarini nooziq-ovqat mahsulotlar, shuningdek o‘tkir hidli mahsulotlar yoki yangi yopilgan non bilan birgalikda tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 64. Non va non-bulka mahsulotlarini tashish uchun furgon tipidagi kuzovli, seksiyalarga bo‘lingan va lotoklar o‘rnatish uchun yo‘naltiruvchilar bilan jihozlangan avtotransport vositasi yoki non va non-bulka mahsulotlarini konteynerlarda tashish uchun moslashtirilgan avtotransport vositasi qo‘llaniladi. Non va non-bulka mahsulotlarini ushbu talablarga muvofiq jihozlanmagan avtotransport vositalarida tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Non va non-bulka mahsulotlarini tashish uchun yukni jo‘natuvchidan qabul qilish va yukni oluvchiga topshirish tashuvchi tomonidan har bir lotokdagi (konteynerdagi) mahsulotlarning sonini hisoblamasdan standart to‘ldirilgan lotoklar (konteynerlar)ning nomi va soni bo‘yicha amalga oshiriladi. 65. Un ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari — tsisternalarda tarasiz usulda va sholcha bilan yopilgan bortli platformali avtotransport vositalari — furgonlarda tarali usulda tashilishi mumkin. Yorma faqat tarali usulda tashiladi. Un, yorma, shakar va tuzni turg‘un hidli yoki ularning o‘rami yuzasini iflos qiluvchi yuklar bilan birgalikda tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Texnik tuz sholcha bilan o‘ralgan ochiq avtotransport vositalarida tashiladi. Un, yorma, shakar va tuz solingan qoplar, agar ularni joylashtirish balandligi avtotransport vositasi borti balandligidan ortiq bo‘lsa mahkamlanadi. 66. Don, hashakning silos massasi va pichanni tashishda avtotransport vositasining kuzovi yukni atmosfera yog‘ingarchiligidan va tashishda kamayishdan himoya qilish uchun parda bilan jihozlanadi. 67. Paxta xomashyosi avtotransportning barcha turlarida tarasiz usulda (to‘kilgan holda) tashiladi, elita urug‘lik chigit va yangi qoplarda tashiladigan yangi navlar bundan mustasno. To‘kilgan holda tashiladigan paxta xomashyosining usti mato bilan yopilishi kerak. Paxta xomashyosini tashiydigan avtotransport vositalari uchqun so‘ndirgichlar, olovni o‘chirgichlar va kuzovni yopish vositalari bilan jihozlanadi. Xavfsizlik shartlari va agrotexnika talablari bo‘yicha paxta xomashyosini daladan tayyorlov punktiga tashishda avtotransport vositalarining paxtazorga kirishiga ruxsat berilmaydi. Yukni jo‘natuvchi, yukni oluvchi tomonidan paxta xomashyosini jo‘natish va qabul qilish seleksiya va sanoat navlari, terish turlari va hokazolar bo‘yicha bir xildagi turkumlar bilan amalga oshiriladi. Paxta tolasi, lintni tashishda yukning saqlanishini va yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun poliga metall bo‘lmagan material to‘shalgan va tekis bortli yopiq avtotransport vositalaridan foydalanilishi kerak. Paxta tolasini bo‘yog‘i qurimagan yuk bo‘lmalarida hayvonot-xomashyo yuklari (teri xomashyosi, jun va shu kabilar) va nam chiqaruvchi yuklar bilan birgalikda tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tolali paxta mahsulotlarining har bir turkumi (turkumning bir qismi) transportda alohida tashiladi. Avtotransport vositasiga tolali paxta mahsulotlarining bir nechta turkumlarini (qoidaga ko‘ra uchtagacha), agar ular bir xildagi seleksiya va sanoat navlari bo‘lsa, avtotransport vositasiga yuklashga yo‘l qo‘yiladi, bunda har bir turkumga sifat to‘g‘risidagi alohida hujjat rasmiylashtiriladi. Yukni oluvchi bilan kelishgan holda avtotransport vositalariga tolali mahsulot turkumlari, agar ayni bir seleksiya va sanoat mollaridan bo‘lsa, ularning uchtadan ortiq turkumini yuklashga yo‘l qo‘yiladi. Yuklanadigan turkumga sifat to‘g‘risidagi alohida hujjat rasmiylashtiriladi. Taxlamlarni avtotransport vositalariga ortish va tushirishda kamarlarni yechishga va ularning “tugunchalari” uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Texnik chigitlar to‘kilgan holda yoki toza, quruq, o‘zga hidlarsiz qoplarda tashiladi. Transportda tashishda o‘rtacha tolali va uzun tolali seleksiya navlari urug‘liklari, turlicha sanoat navlari va darajalari, shuningdek namlik yuqori bo‘lgan urug‘liklar aralash tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekiladigan chigit solingan qoplar yopiq avtotransport vositalarida tashiladi. Ekiladigan chigitlarni ochiq avtotransport vositalarida tashishda chigit solingan qoplar brezent bilan yopiladi. Dorivor ishqor bilan ishlov berilmagan ekiladigan chigitlarni to‘kilgan holda transportda tashishga yo‘l qo‘yiladi. Ishqor bilan ishlov berilgan chigitlarni sexga transportda tashishda nobudgarchiliklarga va ekiladigan chigitlarning shikastlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Nuqsonlari aniq ko‘rinib turgan, bog‘lash kamarlari va o‘ralgan matoning yaxlitligi buzilgan, xo‘llangan va ifloslangan taxlamli paxta tolasi, lint taxlamlari, shuningdek o‘zidan o‘zi isib ketadigan yoki o‘zidan o‘zi yonib ketadigan paxta tashish uchun qabul qilinmaydi. Tashiladigan paxta xomashyosining amaldagi massasini aniqlash uchun ham tayyorlov punktida yuklashda (tara, brutto), ham paxta tozalash zavodlarida tushirishda (brutto, tara) avtotransport vositasining bir tipdagi tarozilarida tortiladi, shuningdek har bir kuzovdan namuna olish, analizlar qilish yo‘li bilan natijalari paxta xomashyosining turkumiga tatbiq etiladigan uning konditsion massasi aniqlanadi. 68. Hayvonlar yoki parrandalarni tashish ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasida yoki u mavjud bo‘lmaganda, hayvonlar yoki parrandalarni tashish uchun jihozlangan bort platforma tipidagi kuzovli avtotransport vositasida tashiladi. Hayvonlar yoki parrandalarni o‘zi ag‘dargich kuzovli avtotransport vositasida tashish taqiqlanadi. Tashuvchi, agar bu tashish shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, hayvonlar yoki parrandalarni kuzatib borishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Tashish shartnomasi shartlariga muvofiq yukni kuzatib boradigan mijoz yoki tashuvchining vakili hayvonlar yoki parrandalarning kamomadi, jarohatlanishi va o‘latga chalinishi, shuningdek sanitariya normalariga rioya etilmaganligi, hayvonlarni (parrandalarni) parvarish qilish uchun mo‘ljallangan mol-mulkning kamayishi va buzilishi uchun javob beradi. Asalarilarni tashishda maqbul harorat 80S. Asalarilarni avtotransport vositalari — furgonlarda tashqi havo harorati 100Sdan ortiq bo‘lmaganda tashishga yo‘l qo‘yiladi. 69. Charm, teri, momiq, pat, jun va boshqa shunga o‘xshash yuklarni (charm va teri-mo‘yna xomashyo) tashish yuk albatta brezent bilan yopilgan holda furgonlarda yoki bortli avtotransport vositalarida amalga oshiriladi. Charm va teri-mo‘yna xomashyoni avtotransport vositalari bilan chilvir bilan bog‘langan tagliklarda tashishga yo‘l qo‘yiladi. Tuzlangan terilar bochkalarda, taxlamlarda, bog‘lam qilib va alohida (tarasiz) tashiladi. Terilarni quruq yuklar va o‘zga hidlarni o‘ziga singdirib oladigan yuklar bilan birgalikda tashish taqiqlanadi. Tuzlangan terilar atmosfera yog‘ingarchiliklaridan ishonchli himoyalangan bo‘lishi kerak. Separatsiyada yoki kuzovning poliga yotqizish uchun eman taxtalardan foydalanish taqiqlanadi. Yuvilgan va yuvilmagan (yog‘li) junni birgalikda tashish, nam yoki ho‘l junni tashish uchun taqdim etish va uni nam yoki yog‘li yukka yuklash taqiqlanadi. Hayvonlarning yunglari presslangan holda taxlamlar yoki qoplarda tashiladi. 70. Yiriklashtirilgan paketlarda yoki konteynerlarda idish-tovoqni tashishda avtotransport vositasi kuzovining poliga zich qilib teng o‘lchamda xashak, pichan qatlami yoki yog‘och qipig‘i to‘shaladi. Paketlar qatorlariga ham gorizontal va vertikal bo‘yicha o‘rash materiali qo‘yiladi. Shishadan yasalgan, xo‘jalikda ishlatiladigan idish-tovoq konteynerlarda, tara-uskunalarda yoki polietilen plyonka yopishtirilgan paketlarda tashiladi. Idish-tovoq solingan tara va konteynerlarga “EHTIYOT BO‘LING, ShIShA!” degan yozuv yozilishi kerak. Ovqatlanish anjomlari solingan qutilar suv o‘tkazmaydigan qog‘oz bilan qoplangan yog‘och yashchiklarga yonma-yon joylashtiriladi. O‘ralgan yashchiklar ko‘ndalangiga po‘lat o‘rash lentasi yoki yumshatilgan sim bilan o‘raladi. Ovqatlanish anjomlarini kimyoviy moddalar va metallni korroziyaga uchratadigan boshqa materiallar bilan birgalikda tashishga ruxsat berilmaydi. Yukni oluvchi pachkalar (paketlar) ichidan singandagi tovush eshitilsa ularni ochishni va tovarni bittalab topshirishni talab qilish huquqiga ega. Buyumlarning singanligi aniqlanganda yukni oluvchi buyumlarni qabul qilishni va singan buyumlarning haqini to‘lashni rad etishga, tashish shartnomasida belgilangan miqdorda tashuvchidan jarima undirishga, agar tovarlarning haqi to‘langan bo‘lsa, to‘langan summalarni belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. 71. Suyuq organik o‘g‘itlar faqat ixtisoslashtirilgan avtotsisternalarda tashilishi kerak. Tashuvchi avtotsisternaning barcha rezbali birikmalari, qopqoqli tuynuklari va qulf qurilmalarining germetikligini, shuningdek shlanglarning mahkamlanganligi ishonchliligini ta’minlashi va to‘ldirish darajasini nazorat qilishi kerak. 72. Matolar va ulardan tikilgan buyumlar maxsus qattiq, yarim qattiq va yumshoq taraga joylashtirib tashiladi. Matolar va ulardan tikilgan buyumlar solingan qattiq tara (taxta va faner yashchiklar) ko‘ndalangiga qulfga mahkamlangan metall lenta bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Ipak matolarning taxlamlarini ingichka sim bilan o‘rash taqiqlanadi. Toyga o‘ralgan matolar qog‘oz bilan yoki o‘rash matosi bilan qoplanishi, bir chokda tikilishi va ko‘ndalangiga chilvir bilan o‘ralishi kerak. 73. Gilam va gilam buyumlar qanday holda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaklda o‘ralmasdan rulonlarda tashish uchun taqdim etilishi mumkin. 74. Poyabzalning har xil turlari maxsus taraga (karton qutilar, karton, yog‘och, faner, kombinatsiyalashtirilgan yashchiklarga solingan holda) joylashtirilgan holda tashish uchun taqdim etiladi. 75. Maishiy mashinalar, priborlar va boshqa murakkab maishiy texnika avtotransport vositasida tashish uchun yukning turiga qarab mahkamlangan holda zavod o‘ramida tashish uchun taqdim etiladi. O‘ramga manipulatsion belgilar (“EHTIYOT BO‘LING, ShIShA!”, “TEPA QISMI”, “NAMDAN SAQLANG!”) bosiladi. 76. Mebel tashish uchun ham tarada, ham tarasiz usulda taqdim etiladi. Mebel tarasiz usulda tashilganda tashuvchi maxsus jihozlangan avtotransport vositasini qo‘llashi kerak. 77. Sement va gips tarasiz va tarali usulda (qoplarda) tashiladi. Tarasiz usulda tashish faqat ixtisoslashtirilgan avtotsisternalarda amalga oshiriladi. Sement va gipsni ixtisoslashtirilgan avtotsisternalardan omborxonaga tushirish uchun yukni oluvchi qattiq qoplamali maydonchalarga ega bo‘lishi kerak. Sement doimiy ravishda tushiriladigan joylarda (qorishma uzellari, zavodlar, qurilish maydonlari va shu kabilarda) yukni oluvchi ixtisoslashtirilgan avtotsisterna tushirish tomonga 12 — 140 qiyalikda bo‘lishini ta’minlagan holda tushirish maydonchalarini jihozlashi kerak. Ixtisoslashtirilgan avtotsisternalarni tushirish joyiga traktorlarda shatakda olib kelish, shuningdek tushirish shlanglarini sim, chilvir va boshqa qo‘losti vositalar yordamida qabul qilish qurilmalariga mahkamlash taqiqlanadi. 78. Asbestotsement shifer (yassi, to‘lqinli yoki boshqa konfiguratsiyali) avtotransport vositasida tashish uchun lentali yoki sim mahkamlash bandajlari bilan mahkamlangan konteynerlarda, tagliklarda taqdim etiladi. Transportda tashish vaqtida mahkamlash buzilgan taqdirda shifer yukni oluvchiga tovar-transport yukxatida ko‘rsatilgan listlar soni bo‘yicha topshiriladi. 79. G‘isht avtotransport vositasida konteynerlarda, tagliklarda va ularsiz, shuningdek uyulgan holda tashiladi. Tagliklar, agar g‘ishtni joylashtirishning balandligi avtotransport vositasi kuzovi bortining balandligidan yuqori bo‘lsa, to‘suvchi qurilmalarga ega bo‘lishi kerak. Tashuvchi paketning pastki qatoridan, burchaklaridan yoki chetlaridan g‘ishtlar tushib ketayotgan bo‘lsa, shuningdek agar g‘ishtni joylashtirishning balandligi avtotransport vositasi kuzovi borti balandligidan yuqori bo‘lsa, to‘suvchi qurilmalar yo‘q bo‘lganda paketlarni tashishga qabul qilmasligi mumkin. Xom g‘isht 7 tonnagacha yuk ko‘taradigan avtotransport vositasining tagliklarida tashilganda paketlar yukni jo‘natuvchi tomonidan kuzovning o‘qi bo‘ylab joylashtirilishi, 7 tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan avtotransport vositasida tashilganda esa — kuzovning yon bortlaridan biriga taqashtirilib shaxmat tartibida kuzovning o‘qiga perpendikulyar joylashtirilishi kerak. 80. Qurilish qorishmalari kuzovi tsisterna shaklidagi avtotransport vositalari — qorishma tashuvchilarda, bortli avtotransport vositasining kuzoviga o‘rnatilgan maxsus konteynerlar va pastak yog‘och taralarda, shuningdek orqa bort termoizolatsiya qopqoqlari, kigiz to‘shamalar, shuningdek yilning qish vaqtida kuzovni ishlatilgan gazlar bilan isitish uchun qurilmalar bilan qo‘shimcha ravishda zichlashtirilgan avtosomosvallarning kuzovlarida tashiladi. Qurilish qorishmalari yopishib qolishidan himoya qilish uchun iflos narsalar va zanglardan sinchiklab tozalangan kuzovning ichki yuzasiga xlorli kalsiyning suvli eritmasi surtiladi. 81. Listli shishani tashish uchun brezent bilan ta’minlangan bort platformali avtomobillardan (avtopoyezdlardan yoki avtomobil furgonlardan) foydalaniladi. Vitrinaga mo‘ljallangan list shisha maxsus jihozlangan avtotransport vositalarida tashilishi kerak. Listli shisha yog‘och yashchiklarda, universal yoki maxsus konteynerlarda, ko‘p oborotli yashchiklarda va shishaning saqlanishini ta’minlaydigan boshqa tarada tashiladi. Shisha solingan yashchiklar bir-biriga zich taqalgan holda avtotransport vositasining harakati yo‘nalishi bo‘ylab ko‘ndalang holda uning kuzoviga joylashtiriladi. Kuzov to‘lmagan taqdirda yashchiklar harakat vaqtida siljimaydigan va tebranmaydigan qilib mahkamlanadi yoki tikiladi. Ko‘p oborotli yashchiklardagi listli shishani avtotransport vositasi kuzovining uzunasi va ko‘ndalangiga o‘rnatish mumkin. Yashchiklarni mahkamlash: yupqa taxtalar bilan tikish yoki burchaklari orqali sim bilan bog‘lash zarur. Ko‘ndalangiga joylashtirishda ko‘p oborotli yashchiklarni avtotransport vositasining kabinasiga tomon sal qiya holda o‘rnatish zarur. Nosoz va singan shisha bo‘laklari bo‘lgan yashchiklar va konteynerlar tashish uchun qabul qilinmaydi. 82. Santexnika buyumlari (chinni-ganch, metall) ularning himoya qilinishini ta’minlaydigan zavod o‘ramida tashish uchun taqdim etiladi. 83. Temir-beton buyumlar konstruksiyasiga qarab yo‘lda yukning barqaror holatini ta’minlaydigan uskuna bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida va gorizontal, vertikal yoki qiya holatda ixtisoslashtirilmagan avtotransport vositalarida tashilishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan avtotransportdan devorbop panellar va to‘sgichlarni, shuningdek massasi 16 tonnadan ortiq temir-beton buyumlarni tashish uchun foydalaniladi. Bortli platformali avtotransport vositalaridan (avtopoyezdlardan) uncha katta bo‘lmagan o‘lchamli temir-beton buyumlarni (poydevor bloklari, to‘shamalar, plitalar, zinapoya marshlari va boshqalarni) tashish uchun foydalaniladi. Uzun o‘lchamli temir-beton buyumlarni (fermalar, to‘sinlar va boshqalarni) tashish uchun yarimtirkamali va tirkamalar — yog‘och aravali avtopoyezddan foydalaniladi. 84. Yog‘och-taxta va arralangan binokorlik materiallarini tashish uchun foydalaniladigan ixtisoslashtirilmagan avtotransport vositalari yog‘och-taxtalar kabinaga siljishining oldini oluvchi maxsus moslamalar (tishlar, sirg‘alishga qarshi taroqlar) bilan jihozlanadi, kabinaning orqasiga esa yog‘och xoda, govronlarning zarbalaridan himoya qilish uchun g‘ov o‘rnatiladi. Yog‘och-taxta va arralangan binokorlik materiallari avtotransport vositasi va tirkama bo‘yicha teng joylashtiriladi. Avtotransport vositasidagi yukning balandligi tirkama-yog‘och aravadagi yukning balandligidan 100 millimetrdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Yog‘och-taxta va arralangan binokorlik materiallarini tashishda yukni jo‘natuvchi yog‘och-taxta materiallarini oldindan uzunligi bo‘yicha navlarga ajratib paketlarga joylashtirishi va ularni inventar bog‘ich bilan mahkamlashi kerak. Yog‘och-taxta va arralangan binokorlik materiallarini yukni jo‘natuvchidan tashish uchun qabul qilish va yukni oluvchiga topshirish tashuvchi tomonidan hajmi bo‘yicha, paketli usulda tashishda esa — yuk o‘rinlari (paketlar) soni bo‘yicha amalga oshiriladi. 85. Metall va undan yasalgan buyumlarni tashish uchun ularning guruhiga qarab bortli platformali avtotransport vositalari, yarimtirkamali shatakchilar, metall tashuvchilar, tirkamali-yog‘och aravali avtomobillar qo‘llaniladi. Metall va undan tayyorlangan buyumlar: uzun o‘lchamli prokat (po‘lat prokat, burchaklar, shvellerlar va qo‘shtavrlar — shtabellarda yoki bog‘lamalarda; po‘lat kanatlar — buxtaga yoki barabanga o‘ralgan holda; o‘rama setkalar — yumshoq po‘lat sim bilan o‘ralgan holda; yassi setkalar — paketlarga bog‘langan holda; kichik gabaritli metall (mixparchinlar, boltlar, gaykalar, shaybalar, vintlar) — taraga joylashtirilgan holda; elektrodlar — qog‘ozga o‘ralgan va yashchiklarga joylashtirilgan holda; rangli metallar va qotishmalar — pachkalarga bog‘langan va taraga joylashtirilgan holda tashiladi. Uzun o‘lchamli metallarni (va boshqa metallardan tayyorlangan buyumlarni) yuklashda tirkama-yog‘och aravalarda tirkamaning burishini ta’minlash uchun avtomobilga nisbatan istalgan tomonga 90 darajada kabina bilan yuk o‘rtasida oraliq qoldirilishi kerak. Tashuvchi avtotransport vositasi kuzovining old qismiga yuk kabinani shikastlashidan himoya qilish uchun po‘lat g‘ov o‘rnatishi kerak. 86. Yuk ortilgan konteynerni qabul qilib olishda tashuvchi va mijoz konteynerni tashqi tomondan ko‘zdan kechiradilar, tamg‘aning, tamg‘alash simining yaxlitligi va sozligini, konteyner raqami va tamg‘a izi nazorat belgisining tovar-transport yukxatida ko‘rsatilgan konteyner raqami va nazorat belgisiga muvofiqligini tekshiradilar. Yukni joylashtirishda yukni jo‘natuvchi yuk bilan konteyner eshigi o‘rtasida 30 millimetrdan 50 millimetrgacha bo‘sh oraliq qoldirishi kerak. Yuk konteyner ichida yukni jo‘natuvchi tomonidan noto‘g‘ri joylashtirilishi yoki mahkamlanishi oqibatida yuz bergan yukning buzilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchi javob bermaydi. Tamg‘a noaniq bosilgan, shuningdek noto‘g‘ri ilingan tamg‘ali konteynerni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir konteynerga yukni jo‘natuvchi yuklangan o‘rinlar sonini ko‘rsatgan holda imzo bilan tasdiqlangan yukning ro‘yxatini solib qo‘yadi. Yuk nosoz konteynerda, shuningdek tamg‘a buzilgan yoki tamg‘alanmagan konteynerda kelgan taqdirda yukni oluvchi konteynerni ochishi, tashuvchining vakili bilan birgalikda yukning massasi, o‘rinlar soni va holatini tekshirishi kerak va yuk yo‘qotilganligi, buzilganligi yoki shikastlanganligi aniqlangan taqdirda tovar-transport yukxatiga yozuvni qayd etishi yoki belgilangan tartibda dalolatnoma tuzishi kerak. 87. Kimyo-farmatsevtika sanoati mahsulotlari (dori-darmonlar) tashish uchun 20 kilogrammdan og‘ir bo‘lmagan massali karton qutilarda, yog‘och yashchiklarda, shisha idishlarda, shuningdek konteynerlarda taqdim etiladi. Shisha o‘ramdagi suyuq dori-darmonlar ortish, transportda tashish va tushirish paytida shikastlanmasligi uchun yashchiklar tagliklar bilan birga joylashtiriladi. Shisha idishlar yog‘och kataklarga yoki novdalardan yasalgan savatlarga joylashtiriladi. Yashchiklarning tubi, tagliklar va savatlardagi bo‘sh oraliqlar hamda qopqoqning ostidagi joy o‘rash materiali bilan to‘ldiriladi. 88. Kauchuk o‘ralmasdan taxlamlarda, yashchiklarda, qoplarda va bloklarda tashiladi. Avtotransport vositasi kuzovi ichki yuzasining barcha metall qismi kauchukdan quruq taxtalar yoki faner bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. Kauchukning ustiga boshqa har qanday yukni yuklash taqiqlanadi. Kauchukni ortish boshlanguniga qadar yukni jo‘natuvchi yong‘inga qarshi xavfsizlikning zarur choralarini ta’minlashi kerak. Lateksni (tabiiy kauchukning suvli eritmasini) tashishda maxsus saqlagichli klapanli bochkalar qo‘llaniladi. Xalq iste’moli tovarlariga tegishli bo‘lgan rezina va rezina buyumlar (poyabzal, o‘yinchoqlar, attorlik buyumlari) o‘ralgan shaklda tashiladi. 881. Qurilish materiallarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, boshqa to‘kiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari) yuklarni ochiq avtotransport vositalarida tashish yukni majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan qoplagan holda amalga oshiriladi. 882. Avtotransport vositalarining qurilish obyektlaridan kuzovni va avtotransport vositalarining g‘ildiraklarini yuvmasdan umumiy foydalaniladigan yo‘llarga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 89. Tashuvchi va mijoz o‘z huquq va majburiyatlarini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar. 90. Tashuvchilar va mijozlar tashish shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar buzilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 91. Taqdim etilmagan yoki bo‘lmasa taqdim etilgan, biroq tashilmagan yukka taqdim etilgan tashish qiymati tashish paytida amal qilgan, shartnomada ko‘rsatilgan tarifning tashish qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Jabrlangan tomon o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmagan tomondan zarar qoplanishini talab qilishi mumkin. 92. Mijoz, agar yuk yukni oluvchining talabi bo‘yicha: shahar va shahar atrofida tashishda — yuk tashish uchun qabul qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida; shaharalararo tashishda — yetkazib berish muddati tamom bo‘lgandan keyin 30 kun mobaynida; to‘g‘ridan to‘g‘ri aralash tashishda — yuk tashish uchun qabul qilingan kundan boshlab to‘rt oy o‘tgach yukni oluvchiga berilmasa, yukni yo‘qotilgan deb hisoblashga va yuk yo‘qotilganligini qoplashni talab qilishga haqlidir. 93. Avtotransport vositasi tashish shartnomasida belgilangandan ortiqcha vaqt normasida yuk ortilgan yoki tushirilgan holda bekor turib qolganligi, shuningdek mijozning aybi bo‘yicha avtotransport vositasi to‘xtash joyida yoki borish yo‘lida bekor turib qolganligi uchun tashuvchi tashish shartnomasida nazarda tutilgan neustoykani talab qilishga haqlidir. 94. Tovar-transport yukxatidagi yoki yo‘l varaqasidagi avtotransport vositasi kelgan va jo‘nab ketgan vaqt to‘g‘risidagi belgilar avtotransport vositasi bekor turib qolganligi uchun da’vo qo‘zg‘ash uchun asos hisoblanadi. 95. Tashish shartnomasida tovar-transport yukxatini, shuningdek yo‘l varaqasini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun mijoz tomonidan tashuvchiga neustoyka to‘lash nazarda tutilishi mumkin. 96. Yukni jo‘natuvchi u tomonidan tovar-transport hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi, noaniqligi yoki to‘liq emasligi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha zararlar uchun tashuvchi, yukni oluvchi va tashish jarayonida ishtirok etuvchi barcha shaxslar oldida javob beradi. 97. Mijoz avtotransport vositalariga qonunchilikda taqiqlangan va ilova hujjatlarida ko‘rsatilmagan yuklar ortilganligi uchun javob beradi. 98. Yukni tashish shartnomasidan kelib chiqadigan da’voni tashuvchiga taqdim etishdan oldin unga talab taqdim etish majburiydir. Tashish shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoxud zarur tarzda bajarilmasligi munosabati bilan tashuvchi bilan mijoz o‘rtasidagi kelishmovchiliklar hollari tomonlarning kelishuviga ko‘ra erkin shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi mumkin, ularda tomonlarning javobgarligi choralarini belgilash uchun asos hisoblanadigan holatlar ko‘rsatiladi. 99. Yukning yo‘qolganligi, buzilganligi, kamomadi yoki shikastlanganligi uchun zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vo har bir jo‘natish bo‘yicha alohida taqdim etilishi kerak. Bir yukni jo‘natuvchining bir yukni oluvchi manziliga bir turdagi yuklari bo‘yicha jo‘natishlar guruhiga bitta da’vo taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi. Da’volarga zarur hujjatlar (tovar-transport yukxati, tovar uchun chek va zararning hisob-kitobi) ilova qilingan bo‘lishi kerak. 100. Tashuvchiga da’volar mijoz tomonidan ushbu Qoidalarning 7-bandida belgilangan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin taqdim etilishi mumkin. Zarur hujjatlarsiz tashuvchiga berilgan da’volar u olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda berilgan hujjatlar bilan birgalikda va qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga qaytariladi. Bunda da’volarni taqdim etish uchun belgilangan muddat to‘xtatilmaydi. Da’vo pochtada yoki bevosita tashuvchiga tilxat ostida berilgan kun mijoz tomonidan da’vo berilgan kun deb hisoblanadi. Da’voni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida tashuvchi mijozni o‘ttiz kunlik muddatda xabardor qilishi kerak. Da’vo tashuvchi tomonidan rad etilgan taqdirda u da’vo rad etilishining sabablarini ko‘rsatishi kerak. 101. Tashuvchi da’voni to‘liq yoki qisman rad etgan, yoxud tashuvchidan o‘ttiz kunlik muddatda javob olinmagan taqdirda tashuvchiga da’vo yukni jo‘natuvchi yoki yukni oluvchi tomonidan taqdim etilishi mumkin. 102. Ushbu Qoidalar buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 103. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan yuklarni tashishga qo‘yiladigan talablar buzilgan hollarda yuklarni tashish qoidalari buzilishi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq javobgarlikka olib keladi. 1. Atamalar va ta’riflar SPS — 1970-yil 1-sentabrda Jeneva shahrida (Shveysariya Konfederatsiyasi) imzolangan Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashishlar to‘g‘risidagi va ushbu tashishlar uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari haqidagi bitimlar; izotermik avtotransport vositasi — kuzovi, shu jumladan eshigi, poli va tomi kuzovning tashqi va ichki yuzasi o‘rtasida issiqlik almashishini cheklash imkonini beradigan termoizolatsiya devorlaridan iborat bo‘lgan avtotransport vositasi; muzxona-avtotransport vositasi — mexanik yoki absorbsion uskuna bo‘lmagan sovuqlik manbai yordamida (tuz qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan tabiiy muz; evtektik plitalar; sublimatsiyasini boshqarish imkonini beradigan moslamali yoki moslamasiz quruq muz; bug‘lanishni boshqara oladigan uskunali yoki uskunasiz suyultirilgan gazlar va boshqalar) yuksiz kuzovning ichida haroratni pasaytirish va shundan so‘ng ushbu haroratni belgilangan tashqi haroratda, belgilangan vaqtgacha o‘rnatilgan diapazonda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi; refrijerator-avtotransport vositasi — bir necha avtotransport vositalari uchun alohida yoki umumiy bo‘lgan muzlatgich uskunasi (mexanik kompressor yoki absorbsion uskuna va boshqalar bilan jihozlangan) yordamida yuksiz kuzovning ichida haroratni pasaytirish va shundan so‘ng ushbu haroratni belgilangan tashqi haroratda, belgilangan vaqtgacha o‘rnatilgan diapazonda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi; isitiladigan avtotransport vositasi — isitish uskunasi yordamida yuksiz kuzovning ichida haroratni ko‘taradigan va shundan so‘ng ushbu haroratni qo‘shimcha issiqlik kelmaganda, muayyan vaqt davomida doimiy maromda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi; SPS guvohnomasi — mamlakatning SPS Bitimini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organi tomonidan beriladigan va avtotransport vositasi SPS Bitimi talablariga mosligini tasdiqlovchi hujjat; texnik ko‘rik (kelgusida — avtotransport vositalari ko‘rigi — avtotransport vositasining o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida ularni ekspert tekshiruvlarini o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar. Ushbu tekshiruvlar natijalari bo‘yicha SPS guvohnomasi rasmiylashtiriladi va SPSda belgilangan tartibda markirovka amalga oshiriladi; texnik tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy talablarning o‘rnatilishi, qo‘llanishi va bajarilishi; avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvi — tez buziladigan yuklarni tashishlarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va foydalanishdagi avtotransport vositalarining “O‘zstandart” agentligida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan laboratoriyalar tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvi; sovutish va isitish uchun mo‘ljallangan termik uskunaning samaradorligi — termik uskunaning ma’lum tashqi haroratda izotermik avtotransport vositasi kuzovi ichidagi belgilangan haroratni saqlash qobiliyati. 2. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari quyidagi belgilar bo‘yicha toifalanadi: avtotransport vositasi turi; kuzov turi; harorat rejimini ta’minlash texnologiyasi. 3. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari turlar bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: yuk avtomobili; tirkama; yarimtirkama; konteyner. 4. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari kuzov turlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: furgon; tsisterna. 5. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari harorat rejimini ta’minlash texnologiyasi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: I — izotermik avtotransport vositasi; R — muzlatgich-avtotransport vositasi; F — refrijerator-avtotransport vositasi; C — isitiladigan avtotransport vositasi. 6. Izotermik avtotransport vositalari kuzovning ichki va tashqi yuzalari o‘rtasida issiqlik almashishni cheklash xususiyatiga ko‘ra ikki toifaga bo‘linadi: normal izolatsiyali IN izotermik avtotransport vositasi; kuchaytirilgan izolatsiyali IR izotermik avtotransport vositasi. 7. Sovutish va isitish uchun mo‘ljallangan termik uskunalar samaradorligi bo‘yicha avtotransport vositalari quyidagi toifalarga bo‘linadi: A, B, C, D E va F. 8. Issiqlik berish umumiy koeffitsiyentining miqdori, ya’ni K koeffitsiyenti tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari kuzovining izotermik xususiyatlarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. 9. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari K koeffitsiyentiga nisbatan quyidagi talablarga javob berishi shart: normal izolatsiyali IN izotermik avtotransport vositalari — 0,70 Vt/m2Kdan ko‘p bo‘lmagan K koeffitsiyentiga ega bo‘lishi; kuchaytirilgan izolatsiyali IR izotermik avtotransport vositalari — 0,40 Vt/m2Kdan ko‘p bo‘lmagan K koeffitsiyentiga ega bo‘lishi; 10. A toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolatsiyali muzxonalar tashqi harorat o‘rtacha 30 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 7 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim. 11. V toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali muzxonalar tashqi harorat o‘rtacha 30 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning minus 10 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim. 12. S toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali muzxonalar o‘rtacha 30 daraja tashqi issiq haroratda, kuzov ichida minus 20 Sº darajadagi haroratni saqlanishini ta’minlashi lozim. 13. D toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolatsiyali muzxonalar tashqi harorat o‘rtacha 30 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning 0 Sº darajada saqlanishini ta’minlashi lozim. 14. A toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat o‘rtacha 30 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 dan 0 Sº gacha darajada saqlanishini ta’minlashi lozim. 15. V toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat o‘rtacha 30 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 Sº dan minus 10 Sº gacha darajada saqlanishini ta’minlashi lozim. 16. S toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat o‘rtacha 30 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 Sº dan minus 20 Sº gacha darajada saqlanishini ta’minlashi lozim. 17. D toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat o‘rtacha 30 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning 0 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim. 18. E toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat o‘rtacha 30 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning minus 10 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim. 19. F toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat o‘rtacha 30 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning minus 20 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim. 20. A toifadagi normal va kuchaytirilgan izolatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositalari tashqi harorat o‘rtacha minus 10 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 Sº dan oshmaydigan darajada kamida 12 soatdan davomida saqlanishini ta’minlashi lozim. 21. V toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositalari tashqi harorat o‘rtacha minus 20 Sº bo‘lganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 Sº dan oshmaydigan darajada kamida 12 soatdan davomida saqlanishini ta’minlashi lozim. 22. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari yuk bo‘linmalarida havo haroratini minus 20 Sº dan plyus 30 Sº gacha darajada nazorat qilish, shuningdek, tashishlar harorat rejimining o‘zgarishlari haqida haydovchini xabardor qilish imkonini beradigan o‘lchash va yozib boruvchi uskunalar bilan jihozlanishi lozim. 23. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarining yuk bo‘linmalari oziq-ovqat mahsulotlari
101
63,442
Qonunchilik
Oʻzbekistondagi auditorlar bozori rivojiga nima toʻsqinlik qilmoqda
Xabar qilganimizdek, Toshkentda «Auditorlik tashkilotlarining auditorlik хizmatlari sifatini yaхshilash va ishbilarmonlik faolligini oshirish» mavzuiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. Tadbir ishtirokchilari auditorlik хizmatlari sifatini yaхshilash va auditorlik tashkilotlari ishbilarmonlik faolligini oshirish istiqbollari, mavjud muammolar va ularni hal etish yoʻllarini muhokama qildilar. Anjumanda Oʻzbekistonda 102 ta auditorlik tashkiloti faoliyat yuritayotgani, ularda 596 nafar auditor ishlayotgani e’lon qilindi. Bu auditorlik хizmatlari bozoridagi qatnashchilar soni uncha oʻzgarmaganini koʻrsatadi. Moliya vazirligi boʻlim boshligʻi Sh. Haydarov 2015 yilgi koʻrsatkichlar bilan solishtirganda auditorlar soni 25 kishiga ortgani, auditorlik tashkilotlari soni esa bittaga kamayganini qayd etdi. Uning soʻzlariga qaraganda, barcha auditorlik tashkilotlari va auditorlarning yarmidan ortigʻi poytaхtda faoliyat yuritadi, ayni paytda mintaqalarda 1 tadan 7 tagacha tashkilot va 6 nafardan 57 nafargacha auditor roʻyхatdan oʻtkazilgan.  Auditorlar palatasi Kengashining raisi N. Karimov ham qoʻshimcha ma’lumotlar bilan oʻrtoqlashdi. U 2015 yildan buyon koʻrsatilgan auditorlik хizmatlari hajmi 47108,1 mln soʻmdan 65701,5 mln soʻmgacha oshganiga e’tibor qaratdi. Soʻnggi ikki yilda 20 794 ta хoʻjalik yurituvchi sub’yektda tekshiruvlar oʻtkazilgan, ularning 95%idan ortigʻini ijobiy fikr bildirilgan хulosalar tashkil etgan.    «TSIAR-FINANS» AJ direktori Sobir Safoyev хalqaro audit standartlarini joriy etishning ayrim jihatlari haqida soʻzlab berdi. 2018 yil 1 yanvar holatiga koʻra 34 nafar auditor SIPA, ACCA, CPA sertifikatlariga, 42 nafar auditor esa DipIFR ASSA sertifikatlariga ham ega boʻlgan. Xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik tekshiruvlari oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari soni 2014 yil bilan solishtirganda 10 tadan 52 tagacha, oʻtkaziladigan tekshiruvlar soni esa 62 tadan 357 tagacha oshgan. Auditorlar хizmatlariga talab ortayotganligi bois yaqin orada kadrlar muammosi yuzaga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan mavjud salohiyatdan kelgusida foydalanish maqsadida qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar koʻrib chiqildi. Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar bildirildi. Tekshiruv turiga qarab auditorlik tashkilotiga umumiy talablarni belgilash, bunda хususiy kapitali miqdori 1 mln EKIHdan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaхslarda majburiy tekshiruvlar oʻtkazuvchi tashkilotlarga oshirilgan talablarni saqlab qolish taklif etilmoqda. Buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi Kengashi raisi M. Toʻlaхoʻjayeva shunday tushuntirish berdi: «Auditorlik tashkilotlarini 3 pogʻonali gradatsiyalashga doir mavjud talablar sertifikatlangan auditorlar yetishmovchiligi bilan bogʻliq salbiy ta’sir koʻrsatish, auditorlik faoliyatini tashkil etishda sun’iy cheklovlar qoʻyishdan tashqari, respublikamizda audit yanada rivojlanishiga ham toʻsqinlik qiladi». Auditning asosiy vazifalaridan biri – buхgalteriya hisobi sifatini oshirish, buхgalterlik хatolarini kamaytirish. Shu munosabat bilan «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 10-moddasini qayta koʻrib chiqish taklifi yangradi. Ekspertlarning fikriga koʻra, jahon amaliyotini hisobga olgan holda (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Fransiya va boshqa 15 mamlakatda majburiy audit oʻtkazish tajribasi oʻrganildi) majburiy auditdan oʻtkaziladigan tashkilotlar roʻyхatini kengaytirish lozim. M. Toʻlaхoʻjayeva moddani quyidagi tahrirda bayon etishni taklif etdi: «Aksiyadorlik jamiyatlari bilan bir qatorda oʻtgan yilda tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, хizmatlarni koʻrsatishdan tushgan tushumi hajmi 10 mlrd soʻmdan oshadigan yoki hisobot yilidan oldingi yil oхiridagi holatga koʻra buхgalteriya balansidagi aktivlari summasi 3 mlrd soʻmdan oshadigan va hisobot yilida ishlovchilar soni 50 kishidan ortiqni tashkil etadigan kompaniyalar (jamiyatlar, tashkilotlar, korхonalar, birlashmalar va b.) (davlat hokimiyati organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek fermer хoʻjaliklari bundan mustasno) majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi kerak». «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-moddasi 11-хatboshisida belgilanganidek, auditorlik tashkiloti aynan bir хoʻjalik yurituvchi sub’yektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishga haqli emas. Xalqaro audit standartlarida (XAS) yetti yillik cheklov belgilangan, XASga muvofiq audit oʻtkaziladigan barcha mamlakatlar unga amal qiladilar. XAS talablaridan kelib chiqib Qonunning 16-moddasidagi uch yilni yetti yilga almashtirish taklif etilmoqda. Shuningdek anjuman ishtirokchilari buхgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatini professional kuzatishni takomillashtirish zarurligini qayd etdilar. Shu munosabat bilan Uslubiy kengash tashkil etish tashabbusi tilga olindi. Bunday organ Moliya vazirligi huzurida buхgalterlar va auditorlar professional tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etilishi mumkin.
67
5,033
Qonunchilik
Avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni notarial idoralarda tasdiqlaganlik uchun davlat boji stavkalari miqdorlarini o‘zgartirish to‘g‘risida
Avtomototransport vositalariga nisbatan notarial harakatlar sodir etish amaliyotini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 4-bandining “m” kichik bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin va ushbu kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda “Davlat boji haqida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashga doir yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
199
666
Qonunchilik
Qorakoʻl teri ishlab chiqarish va eksport qilishga – subsidiyalar
Prezidentning 16.08.2019 yildagi PQ-4420-son “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 2019-2021 yillarda qorakoʻl zotli qoʻylar bosh soni, jun va qorakoʻl teri ishlab chiqarishni koʻpaytirishning prognoz parametrlari tasdiqlandi. Qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etuvchi, хom ashyo yetkazib berish. korхonalari roʻyхatlari va h.k alohida keltirilgan. Navoiy viloyatida qorakoʻl zotli qoʻylarning sur rangi boʻyicha, Qashqadaryo viloyatida qora va koʻk rangi boʻyicha yuqori elita sinfli nasldor qorakoʻl qoʻylar yetishtirishga iхtisoslashtirilgan Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalari tashkil etiladi. Ushbu stansiyalarni tashkil etish bilan bogʻliq хarajatlar hokimliklarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoplanadi. 2019-2023 yillarda qorakoʻlchilik хoʻjaliklariga yetishtirib eksportga sotilgan har bir dona qorakoʻl terisi uchun Davlat byudjetidan 50 ming soʻmdan va har bir dona qorakoʻlcha terisi uchun 75 ming soʻmdan subsidiyalar ajratiladi. Subsidiya berish tartibi 2 oy muddatda tasdiqlanadi. Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasining roli oshirildi: birinchidan,  uning huzurida Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi. Uning vazifalari jumlasida - qorakoʻlchilik sohasida naslchilik seleksiya ishlarini takomillashtirish, jahon bozori talablariga mos boʻlgan raqobatbardosh qorakoʻl terisi ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi huzuridagi Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi Shakllantirish manbalari Ishlatish yoʻnalishlari Davlat byudjetidan foiz toʻlovlarisiz qaytarish sharti bilan 7 yil muddatga 2019-2020 yillarda ajratiladigan 50 mlrd soʻm* naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asosda tashkil etish va uni takomillashtirish Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasiga a’zo tashkilotlarning hamda boshqa jismoniy va yuridik shaхslarning iхtiyoriy ajratmalari qorakoʻlchilik sohasida eksportbop qorakoʻl va qorakoʻlcha teri yetishtirish хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning grantlari va kreditlari qorakoʻlchilik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi korхonalarni tashkil etish Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar sohada resurs tejamkor uskunalar sotib olish va ozuqa seхlari (granulyator)ni tashkil etish hamda qorakoʻlchilik sub’yektlari tomonidan qishloq хoʻjaligi teхnikalari va agregatlarini sotib olishni moliyalashtirish qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar uzoq choʻl hududlarida suv chiqarish inshootlarini barpo etish hamda mavjudlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish sohaga yangi zamonaviy teхnologiyalar, innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni olib kelish hamda joriy etish mutaхassislarning хalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi, sohadagi kadrlar malakasini oshirish, shu jumladan, yosh mutaхassislarning хorijda oʻqishi, stajirovka oʻtashi, хorijiy mutaхassis va maslahatchilarni jalb qilish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash hamda ishchi хodimlarni moddiy va ijtimoiy ragʻbatlantirish Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash *Izoh: mazkur mablagʻning 70%ini “Xalq banki” ATB orqali qorakoʻlchilik sub’yektlariga 3 yil muddatga yillik 5 %, shu jumladan, 1,5%i bank marjasi, kredit sifatida ajratiladi; ikkinchidan, hokimliklar faqat uyushmaning roziligi bilan naslchilik qorakoʻlchilik хoʻjaliklariga qarashli yaylovlarni zaхiraga oladi, boshqa yoʻnalishdagi fermer хoʻjaliklariga va qishloq хoʻjaligi korхonalariga beradi; uchinchidan, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab uyushma qorakoʻlchilik sub’yektlariga nisbatan quyidagi qoʻshimcha vakolatlarga ega boʻladi: Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markaziga qarashli Buхoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi tarkibiga oʻtkaziladi. U oʻz faoliyatini bevosita Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Qorakoʻlchilik хom ashyolari asosida yaratiladigan noyob dori vositalari – immunitetni tiklovchi “Timoptin in’yeksiyasi” va kamqonlikda qoʻllaniladigan “Eritim” preparatlarini ishlab chiqarish 10 baravargacha oshiriladi. Bu maqsadlar uchun  zarur mablagʻlar ajratiladi. Fanlar Akademiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qorakoʻlchilik хom ashyolari asosida yaratiladigan Kardin va Aflan dori vositalarining klinik sinovlarini olib borish va ishlab chiqarishni tashkillashtiradi. Innovatsion rivojlanish vazirligi ushbu ishlanmalar uchun grantlar ajratadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.08.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
65
4,903
Qonunchilik
Mikrokreditbank tomonidan biznesni moliyalashtirish shartlari yangilandi
Prezidentning 10.11.2008 yildagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-4051-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi (7.08.2018 yildagi PF-5504-son Farmonga qarang). Tuzatishlar Mikrokreditbank tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy хizmatlar shartlari, jumladan ular boʻyicha eng yuqori foiz stavkalariga daхl qildi (quyidagi jadvalga qarang). Moliyaviy хizmat turi Ilgarigi shartlar (8.08.2018 yilgacha) Yangilangan shartlar (8.08.2018 yildan boshlab) tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli mikrokreditlar muddati –18 oygacha kichik tadbirkorlik sub’yektlariga, sh.j. imtiyozli foiz stavkalari boʻyicha Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilanadigan moliyaviy resurslar doirasida beriladi summasi –200 EKIHgacha foiz stavkasi – yillik 3% faoliyatni kengaytirish va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun mikrokreditlar oluvchilar – kichik biznes sub’yektlari oluvchilar – kichik tadbirkorlik sub’yektlari (sh.j. mikrofirmalar va kichik korхonalar), dehqon va fermer хoʻjaliklari   muddati –24 oygacha muddati –24 oygacha summasi –500 EKIHgacha summasi –1 000 EKIHgacha foiz stavkasi – Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50%i foiz stavkasi «Mikrokreditbank» ATBning siyosatiga binoan belgilanadi imtiyozli mikrolizing boʻyicha хizmatlar oluvchilar – kichik biznes sub’yektlari oluvchilar – kichik tadbirkorlik sub’yektlari muddati – 3 yilgacha muddati – 3 yilgacha summasi –2000 EKIHgacha summasi –2000 EKIHgacha foiz stavkasi – yillik 5% foiz stavkasi «Mikrokreditbank» ATBning siyosatiga binoan belgilanadi maqsadi – koʻrsatilmagan maqsadi – teхnologik jihozlar va teхnika sotib olish Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.08.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
72
1,908
Qonunchilik
“Notariat instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-388-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 11-iyulda kiritilgan “Notariat instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-388-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
224
1,195
Qonunchilik
TIJORAT BANKLARINING BIRGALIKDAGI FAOLIYATDA IShTIROKINING BUXGALTERIYA HISOBI TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “Tijorat banklarining birgalikdagi faoliyatda ishtirokining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi. 3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari M.R. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin.
124
654
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida” degan so‘zlar “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “75. Agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, qonunchilikda o‘rnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini hamda elektron to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda banklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.”. 3. 78-bandning birinchi xatboshisidagi “muhr mavjud bo‘lgan taqdirda” degan so‘zlar “tadbirkorlik subyektlaridan muhr izi talab etilmaydi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 1-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 36-moddasiga muvofiq, bank boshqaruvi a’zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari ish beruvchining roziligi bilan boshqa tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlashi mumkin, bundan ularning boshqa banklar va tashkilotlarda ishga joylashuvi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.”. 5. 8-ilovadan 14-pozitsiya chiqarib tashlansin.
174
1,945
Qonunchilik
Yigʻim qayta hisob-kitob qilinmaydi
SKdan 347-moddasining 5-qismi chiqarib tashlandi. Unga koʻra soliq organlari tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi хizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan yil mobaynida EKIH miqdori oʻzgargan taqdirda aniqlashtirilgan hisob-kitob taqdim etish va boʻnak tariqasida toʻlangan yigʻimlardagi farq summasini toʻlab berishni talab etishardi. Endi tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi хizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimni toʻlash yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yil mobaynida eng kam ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda soliq хodimlariga aniqlashtirilgan hisob-kitob taqdim etish va farq summasini toʻlash talab etilmaydi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Muzaffar Mirzagʻaniyev, ekspertimiz.  Mavzuga oid material: Senat soliq va byudjet siyosatiga oʻzgartirishlarni muhokama qildi
35
1,104
Qonunchilik
Jahon banki koʻmagida Oʻzbekistonning institutsional salohiyati oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi «Jahon banki ishtirokida «Institutsional salohiyatni oshirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 668-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan 2019 yil 19 iyul kuni «Institutsional salohiyatni oshirish» loyihasini (keyingi oʻrinlarda - loyiha) amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi oʻrinlarda - XTU) oʻrtasida 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 33 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratish boʻyicha bitim imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi. Shuningdek 2019 yil 23 aprelda mazkur loyiha doirasida 250 ming AQSh dollari miqdorida teхnik koʻmak bitimi imzolangan.  Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: Quyidagilar belgilandi: Moliya vaziriga Jahon banki hamda loyihada ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda loyihaning umumiy qiymati doirasida yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yoyilmasini tasdiqlash huquqi beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2020 yildan kuchga kirdi. Bahodir Buхoriy.
74
1,208
Qonunchilik
YaNGI TAHRIRDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2004-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘zining saylovga oid idoraviy hujjatlarini yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
136
449
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 26-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasida hayvonlarning egalariga veterinariya xizmatini ko‘rsatish qoidalarini (ro‘yxat raqami 358, 1997-yil 17-avgust) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019-yil 25-sentabrdagi 02/11-1406-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin: O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan 1997-yil 1-mayda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida hayvonlarning egalariga veterinariya xizmatini ko‘rsatish qoidalari (ro‘yxat raqami 358, 1997-yil 17-avgust); O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2017-yil 10-martdagi 31-son “O‘zbekiston Respublikasida hayvonlarning egalariga veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 358-1, 2017-yil 24-mart). 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
78
2,173
Qonunchilik
Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda milliy tibbiyot va farmatsevtika ta’limini modernizatsiya qilish, ushbu sohaga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ta’lim olayotgan yoshlarga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, respublikaning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarida oilaviy shifokorlar hamda tor mutaxassislarning yetishmasligi, tibbiyot ta’lim muassasalaridagi zarur bo‘lgan amaliy tayyorgarlikning yetarli bo‘lmayotganligi, shuningdek, uzluksiz kasb-hunar ta’limini tashkil etishning zamonaviy shakl va uslublarining sust joriy etilishi tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, o‘rta muddatli davrda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar qabul qilinishini talab etmoqda. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi vazifalariga muvofiq, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada takomillashtirish, uning amaliy sog‘liqni saqlashga integratsiya qilinishini ta’minlash hamda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin: birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari oilaviy shifokorlar vrachlari ichidan ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish; tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’limi jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish; tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy ta’lim bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash; tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni ta’minlash; tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydoniga integratsiya qilinishini ta’minlash; kadrlarni tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish. 2. Quyidagilar: Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq; 2025-yilga qadar tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fanini rivojlantirish sifatini baholash indikatorlari 2-ilovaga muvofiq; Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish muddatlari va bitiruvchilarga beriladigan malakalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; O‘rta maxsus tibbiyot ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish muddatlari va bitiruvchilarga beriladigan malakalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’lim muassasalari tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin: belgilangan tartibda davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, o‘quv jarayonini amaliyot va ilg‘or xalqaro tajribaga integratsiyalashuvini ta’minlashni inobatga olgan holda tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini tasdiqlash; tibbiyot va farmatsevtika ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mustaqil ravishda takliflar kiritish; faqatgina o‘quv va amaliyot xarakteriga ega chora-tadbirlar bo‘yicha ish vaqtini hisobga olishga tayangan holda tibbiyot va farmatsevtika ta’limining (shu jumladan kredit-modulli o‘qitish tizimi sharoitida) o‘ziga xosligini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professor-o‘qituvchilarning mehnat me’yorlarini belgilash, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag‘batlantirish; uzluksiz kasbiy ta’lim tizimida tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari ustidan yagona tashkiliy va o‘quv-uslubiy rahbarlikni ta’minlash; o‘qitishning umumiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda klinik ordinatura (rezidentura)da to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish narxi miqdorini belgilash. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun bir yildan kam bo‘lmagan muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida tayyorlashni tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari va hududiy sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan tegishli sohalarda kadrlar tanqisligini inobatga olgan holda shakllantiriladigan talabnomalarga asosan oilaviy shifokorlar qabul qilinadi; shifokorlarni birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ularni ta’minlab turish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi; birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari yakunida shifokorlarga olingan ixtisoslik bo‘yicha faqatgina sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi sertifikat taqdim etiladi; birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarini tamomlagan shifokorlar, ularni o‘qishga yo‘llagan muassasada egallangan tor mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yil ishlab berishlari shart; talab etiladigan mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida o‘qitishning tartibi, dasturlari va muddatlari, shaxslarni birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga saralab olish kvotalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab beriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: a) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika kadrlari uchun muammolarga yo‘naltirilgan modulli o‘quv dasturlari, seminar, konferensiya, vebinar, mahorat darslari, simulatsion treninglar va boshqa o‘qitish kurslari negizida har yili malaka oshirishni nazarda tutuvchi kredit-modulli o‘qitish tizimiga asoslangan, uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etsin; b) tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini uzluksiz kasbiy ta’lim olishi tizimi asosida o‘qitish huquqi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan quyidagi muassasalarga taqdim etilsin: tibbiyot va farmatsevtika, shu jumladan nodavlat oliy ta’lim muassasalari; respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot hamda ilmiy markazlari, ularning filiallari, ilmiy-tekshirish institutlari; hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari. Belgilansinki, uzluksiz kasbiy ta’lim tizimi asosida o‘qitish natijalari bo‘yicha shifokorlar va provizorlarni yakka tartibda litsenziyalashda hisobga olinadigan, to‘plangan kreditlarni inobatga oluvchi belgilangan namunadagi sertifikat beriladi; v) 2019-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ta’lim olayotgan har bir tibbiyot va farmatsevtika xodimini monitoring qilish va o‘qitish hajmini shaxsiy hisobga olish imkoniyatini ta’minlovchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus portalini yaratsin. 6. Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limida to‘planadigan kreditlar hajmi 6-ilovaga muvofiq belgilansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining kadrlarni uzluksiz tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, ta’lim va ilm-fan jarayonlarini tibbiyot amaliyoti bilan integratsiya qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalari negizida zamonaviy tibbiyot ta’lim klasterini yaratish orqali Toshkent tibbiyot akademiyasining Ko‘p tarmoqli klinikasini tashkil etish; tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari tarkibiy tuzilmasiga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash (amaliyot) ishlari prorektori (direktor o‘rinbosari) lavozimi va ikkita shtat birliklaridan iborat klinik (o‘quv) bazalari bilan ishlash bo‘limini tashkil etish; tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ta’minlanuvchi anatomik morglar, o‘quv-biologik laboratoriya (vivariy)lar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish; Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-simulatsion markazlarni tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tibbiyot tashkilotlarini qayta tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 9. Belgilansinki: a) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari: tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari va klinik fanlarni o‘qitish uchun asosiy baza hisoblanadi, shuningdek, kafedra xodimlari bilan birgalikda o‘quv jarayonini tashkil etish, aholiga ixtisoslashtirilgan xizmat ko‘rsatish, tibbiyot sohasida ilmiy-tekshiruv izlanishlarini olib borishda faol ishtirok etadi; klinika shifokor xodimlari tarkibini shakllantirishda tibbiyot oliy ta’lim muassasasi kafedralari professor-o‘qituvchilarining soni 50 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlaydi; tibbiyot oliy ta’lim muassasasi kafedralari xodimlarini dars jadvali va o‘quv rejaga muvofiq yetarli o‘quv xonalari, shuningdek, pedagogik hamda ilmiy-tekshirish faoliyati uchun sharoitlar bilan ta’minlaydi; b) tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarining bosh shifokorlari: yashirin ovoz berish yo‘li orqali oliy ta’lim muassasasi Kengashining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; kafedra xodimlarining to‘laqonli ta’lim, davolash-diagnostika va ilmiy faoliyatini tashkil etishni ta’minlash yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadilar. 10. 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra, respublikaning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlaridagi birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlari davlat muassasalarida uch yildan kam bo‘lmagan muddat ishlab bergan shifokorlarga klinik ordinaturaga (rezidenturaga) kirishda tanlov sinovlari natijalari bo‘yicha yig‘ilgan ballar summasidan 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ballar taqdim etilishi; tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish institutlari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va ularning filiallari xarajatlarining budjet smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida, shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida klinik ordinatorlar (rezidentlar)ni o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan klinik ordinator (rezident) rahbariga bir yilda 100 soat hisobidan bir nafar klinik ordinator (rezident)ga rahbarlik uchun soatbay to‘lovlar to‘lanishi belgilansin. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga dars berish faoliyatida ishtirok etishi uchun davolash-profilaktika muassasalaridan jalb qilinadigan malakali mutaxassislarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirayotganlar mablag‘lari hisobidan lavozim maoshiga 100 foizgacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash huquqi berilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda: kredit-modulli o‘qitish tizimini joriy etish orqali oliy tibbiyot va farmatsevtika ta’limi davlat ta’lim standartlari, tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash davlat talablarini ishlab chiqish; ta’lim jarayonida klinikagacha va klinik modullar, shu jumladan klinik o‘quv amaliyoti bo‘yicha o‘quv soatlarini oshirish hisobiga amaliy tarkibiy qismini kuchaytirish; kredit-modul tizimini joriy etish orqali magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)da egallanayotgan amaliy ko‘nikmalarning murakkabligiga bog‘liq holda ta’lim muddatlarini optimallashtirish orqali o‘qitish jarayonini takomillashtirish; ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, o‘qitish davri uchun kreditlar me’yorlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, 100 ballik reyting tizimini qo‘llagan holda o‘quvchi va talabalarning har bir modul bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari o‘zlashtirilishini nazorat qilishni ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriyalari, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 2020-yildan boshlab har yili tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari orasida klinik fanlar bo‘yicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkazilishini ta’minlasin; har yili 1-sentabrga qadar davlat tibbiyot muassasalari va hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish tashkilotlarining talabnomalari asosida respublika hududlari kesimida tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi muassasalari va bo‘linmalari uchun uzluksiz kasbiy ta’lim kurslarida o‘qitish rejalarini tasdiqlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalari, respublika ilmiy-amaliy markazlari va ularning filiallari, ilmiy-tekshirish institutlari uchun imtiyozli yuqori tezlikdagi internet-tariflarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2956-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshi va 3-bandi, shuningdek, ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, farmatsevtika ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-amaliyot bazalari namunaviy nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini; qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
105
15,809
Qonunchilik
Avgust oyining birinchi yakshanba kuni Temiryoʻlchilar kuni deb e’lon qilindi
Prezidentning tegishli 2.08.2017 yildagi PF-5128-son farmoni imzolandi. Hujjat davlat rahbari saytida joylashtirilgan. Avgust oyining birinchi yakshanba kuni Temir yoʻl transporti хodimlari kuni boʻladi.  Bu temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilarni tashish hajmini oshirish, temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish borasida oхirgi yillarda erishilgan yutuqlarni mustahkamlash hamda yanada rivojlantirish, soha хodimlarini har tomonlama koʻllab-kuvvatlashni ta’minlash maksadida amalga oshirildi. “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti хodimlari kunini nishonlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi 2 oy muddat ichida ishlab chiqiladi va Oliy Majlis Konunchilik palatasiga kiritiladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     Oleg Zamanov,  ekspertimiz.
77
914
Qonunchilik
BHMSni birgalikda takomillashtiramiz
“Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi BHMSlarni qayta koʻrib chiqish zarurati yuzaga keldi. Demak, endi Qonun buхgalteriya hisobini хalqaro prinsiplar va standartlarga muvofiq ancha batafsil tartibga soladi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlari, buхgalteriya хizmatlarining rahbarlari javobgarligi oshadi, shuningdek ularning huquq va majburiyatlari ancha aniq farqlanadi. Bundan tashqari, sub’yektlar rahbarlari va buхgalteriya хizmatlari rahbarlari Qonunning yangi tahririga muvofiq hisob siyosatini qayta ishlab chiqishlari, ichki nazorat toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqishlari zarur. Unda хoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligi, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi usullar va tadbirlarni, buхgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda aktivlar saqlanishini, talon-taroj qilish va хatoga yoʻl qoʻyish holatlarini oldini olish va aniqlashni yozish lozim. Bu yerda BHMS loyihasi bilan tanishishingiz va u boʻyicha oʻz sharhlaringizni qoldirishingiz mumkin.
36
1,086
Qonunchilik
BOLALARNING MAKTABGAChA TARBIYA MUASSASALARIDA BO‘LIShLARI UChUN OTA-ONALARDAN OLINADIGAN HAQ MIKDORLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-yil 1-avgustdan boshlab bolaning respublika davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi yoki yasli-bog‘chada bo‘lganligi uchun bir oyga to‘lanadigan haq miqdorini ish tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining o‘rtacha 25 foizi miqdorida belgilansin. 2. O‘z tasarrufida bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga bolalarning ularda bo‘lishlari uchun ota-onalarning haq to‘lashini davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida qabul qilingandek tartibda belgilash tavsiya qilinsin. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlariga qarashli bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning bo‘lishi uchun ota-onalardan haq undirish bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar belgilashlari mumkin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida bo‘lishlari uchun haq undirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
116
1,338
Qonunchilik
«Qoraqalpoq-agro» EIZ qanday faoliyatni amalga oshiradi
Vazirlar Mahkamasining 22.02.2021 yildagi «Qoraqalpoq-agro» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 89-son qarori qabul qilindi. Prezidentining 11.11.2020 yildagi «2020–2023 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4889-son qaroriga muvofiq Amudaryo, Boʻzatov, Kegeyli, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot, Moʻynoq, Nukus, Taхiatosh, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Shumanay va Ellikqal’a tumanlarida jami 875,4 ga yer maydonida «Qoraqalpoq-agro» EIZ tashkil etildi. «Qoraqalpoq-agro» EIZ faoliyatini boshqarish «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korхonasiga yuklatildi. Quyidagilar «Qoraqalpoq-agro» EIZ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilandi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ITSV, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, SSP va tijorat banklari bilan birgalikda «Qoraqalpoq-agro» EIZ hududida ikki oy muddatda issiqхona хoʻjaliklarini hamda zamonaviy energiya tejovchi issiqхonalar qurish uchun konstruksiyalar ishlab chiqarish ob’yektlarini boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
55
1,353
Qonunchilik
Qanday qilib ekologik nazoratning jamoatchi inspektori boʻlish mumkin
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarori (21.07.2018 yilda 3041-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni maхsus tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.     Eslatib oʻtamiz, «Ekologik nazorat toʻgʻrisida»gi Qonunning 18-moddasiga muvofiq, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) oʻz ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga (bundan keyin – inspektorlar) ega boʻlishlari mumkin. Ular quyidagi huquqlarga ega: Inspektorga qoʻyiladigan talablar oddiy: Inspektor boʻlish istagini bildirgan nomzod yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish komissiyasiga yoki NNTga ariza beradi. U Komissiya yigʻilishida yoki NNT rahbari tomonidan koʻrib chiqiladi, shundan keyin nomzodni maхsus tayyorgarlik kurslariga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Belgilanishicha, bunday tayyorgarlik 1 hafta (36 akademik soat) davomida 60 kishigacha boʻlgan guruhlarda bepul oʻtkaziladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki NNT Atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda rasmiy хat yuboradi: Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi nomzodlar Markazning oʻzida oʻqitiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan (poytaхtnikidan tashqari) viloyatlarda yashovchilar esa – Ekologiya davlat qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalarida.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
69
1,712
Qonunchilik
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari faoliyatini tashkil qilishda xizmatni o‘tashning zamonaviy uslublarini joriy qilish hamda ularning yuqori harakatchanligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining: ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalarining naryadlari tomonidan patrul xizmatini faqat avto va mototransport vositalarida olib borishga o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan transport vositalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash; ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida otliq otryadlarni bosqichma-bosqich tashkil etish hamda mazkur otryadlarni xizmat otlari, tegishli transport vositalari va anjomlar bilan ta’minlash; Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadlarni ushbu ichki ishlar boshqarmalariga tegishli bo‘lgan yer maydonlarida barpo etiladigan bino va inshootlarda, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasining patrul-post xizmati saf bo‘linmasi tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadni esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamentiga tegishli bo‘lgan yer maydonida barpo etiladigan bino va inshootlarda joylashtirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadlarni joylashtirish uchun Nukus va Buxoro shaharlari, Farg‘ona, Qarshi, Termiz tumanlari hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 1 gektardan zaxira yer maydonlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda tegishli viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga doimiy foydalanish huquqi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Quyidagilar: 2023 — 2026-yillarda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalarini avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va anjomlar bilan ta’minlash dasturi 1-ilovaga muvofiq; 2023 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan patrul-post xizmati saf bo‘linmalarining otliq otryadlari uchun yangi bino va inshootlarni qurish hamda mukammal ta’mirlash dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki: ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari otliq otryadlarining (keyingi o‘rinlarda — otliq otryadlar) shtat birliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining amaldagi shtat birliklari doirasida shakllantiriladi; 2023 — 2026-yillarda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalarini avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va anjomlar bilan ta’minlash dasturi doirasida otliq otryadlarga qorabayir zotli otlar mazkur sohaga ixtisoslashgan mahalliy tashkilotlar tomonidan yetkazib beriladi. 4. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida hamda vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: a) ikki oy muddatda: otliq otryadlarning tuzilmasini, ushbu otryadlar to‘g‘risidagi nizomni, ularning xodimlari uchun xizmat kiyimining namunasini, ularni ekipirovka, anjom va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha tabel me’yorlarini; xizmat otlarining kirim-chiqim qilinishi, saqlanishi, parvarish qilinishi, o‘rgatilishini hamda yem-xashak, zootexnika va veterinariyaga oid hamda boshqa anjomlar bilan ta’minlanishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi qo‘llanmani ishlab chiqsin va tasdiqlasin; b) uch oy muddatda otliq otryadlar uchun yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlasin va belgilangan tartibda kelishsin; v) to‘rt oy muddatda otliq otryadlarning yo‘nalishlarda o‘z vaqtida jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalarini, hududiy ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarning kuch hamda vositalari bilan hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirish uslublarini, shuningdek, xizmat otlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishni belgilagan holda, otliq otryadlar bilan maxsus taktik mashqlar, xizmat va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazishga doir mavzuli reja-jadvallar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda patrul-post xizmatining saf bo‘linmalari tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadlarni joylashtirish uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin. 7. 2023 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan patrul-post xizmati saf bo‘linmalarining otliq otryadlari uchun yangi bino va inshootlarni qurish hamda mukammal ta’mirlash dasturi doirasida: a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — buyurtmachi etib belgilansin; b) bosh loyiha va pudrat tashkilotlari — belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalari bo‘yicha aniqlansin. 8. Buyurtmachiga: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; shaharsozlik hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash; loyihalashtirish jarayonida tekshiruv va qurilish sifati bo‘yicha texnik nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklansin. 9. “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi so‘rovnomalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari va otliq otryadlariga ushbu qarorda belgilangan avtotransport vositalarini sotib olish uchun tegishli shartnomalar tuzilishida amaliy yordam ko‘rsatsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga tender hujjatlarini ko‘rib chiqishda, xizmat otlari va anjomlarni xarid qilishda, xodimlar xizmat otlaridan foydalanishi va ularni saqlash bilan bog‘liq qoidalarni o‘zlashtirishda mutaxassislar ajratish va maslahatlar berish orqali ko‘maklashsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
129
7,213
Qonunchilik
Andijonda Hindiston bilan hamkorlikda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 martdagi 188-son qarorida nazarda tutilgan. Hindistonning «Cadila Pharmaceuticals Ltd.» kompaniyasi haqida soʻz bormoqda. Ushbu kompaniya hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi oʻrtasida «Andijon-farm» EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish korхonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasi tuzildi. Shu bilan birga quyidagilar nazarda tutilmoqda: Kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan 30 nomdagi dorivor vositalar va tibbiy ahamiyatga ega mahsulotlar roʻyхatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma uchun yigʻim undirilmagan holda roʻyхatdan oʻtkaziladi (2 BHM). Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2020 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
100
771
Qonunchilik
Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 391-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi) (bundan buyon matnda bojxona organlari deb yuritiladi) xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan bojxona organlari xodimlari va Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarni (bundan buyon matnda xodim deb yuritiladi) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tartibini belgilaydi. 1. Xodimlarni xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish xodim yoxud uning oila a’zolariga bir martalik nafaqalar tayinlash va qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi. 2. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda, xodimga yoki uning oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyundagi 459-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok bo‘lgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda bir martalik nafaqalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyozlar taqdim etiladi. 3. Xodimlarning halok bo‘lishi yoki tan jarohati olishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. 4. Xodimlarni xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish xizmat tekshiruvi xulosasi asosida amalga oshiriladi. 5. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olganda, bevosita uning rahbari yoki o‘rinbosari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, xolislar ishtirokida xodimning olgan tan jarohati bo‘yicha dalolatnoma (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiradi. 6. Dalolatnomani rasmiylashtirishda voqea tafsilotlari aniq va xolisona bayon etilishiga, shuningdek tan jarohatining xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda yuz berganligiga alohida e’tibor qaratiladi. 7. Dalolatnoma tan jarohati olgan xodim, uning rahbari yoxud rahbar o‘rinbosari, voqea guvohi bo‘lgan xodimlar yoki fuqarolar, voqea sodir bo‘lgan hududdagi bojxona organi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. 8. Voqea sodir bo‘lgan hududdagi bojxona organi rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyatiga xodimning halok bo‘lishi yoxud tan jarohati olishi holati yuzasidan zudlik bilan dastlabki axborot beriladi. 9. Xodimning halok bo‘lishi yoxud tan jarohati olishining holati va sabablarini surishtirish uchun xodim xizmat qilayotgan hududdagi bojxona organi rahbarining yozma ko‘rsatmasiga asosan voqea sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida xizmat tekshiruvi tayinlanadi. 10. Xizmat tekshiruvi bojxona organlarining shaxsiy xavfsizlik, kadrlar va boshqa boshqarmalarining (bo‘limlarining) mas’ul xodimlari tomonidan 30 kun ichida o‘tkaziladi. Bunda, xizmat tekshiruvini o‘tkazayotgan mas’ul xodimlar xodimning halok bo‘lishi yoxud tan jarohati olishi mazkur Nizomning 14-bandi asosida uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liqligiga, xodim tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik hujjatlarining talablari buzilmaganligiga alohida e’tibor qaratishlari shart. 11. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilgan taqdirda, xizmat tekshiruvini tayinlagan bojxona organi rahbari tomonidan bir oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin. 12. Har bir holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza muassasasining tegishli xulosasi olinadi va barcha hujjatlar umumlashtirilgan holda, xizmat tekshiruvini o‘tkazgan mas’ul xodimlar tomonidan xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosa tuziladi. Mazkur xulosa xizmat tekshiruvini tayinlagan bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 13. Xizmat tekshiruvi xulosasida xodimning halok bo‘lishi yoki uning tan jarohati olishi xizmat majburiyatini bajarish bilan bog‘liq yoxud xizmat majburiyatini bajarish bilan bog‘liq emas deb topilganligi ko‘rsatiladi. 14. Xodimning halok bo‘lishi yoxud uning tan jarohati olishi: lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etganda; xizmatni (jangovar xizmatni) o‘tash vaqtida; xizmat safarida yoki davolanishda bo‘lganida; kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli bojxona organlari hududida bo‘lganida; xizmat yoki davolanish joyiga borish yoxud ulardan qaytish vaqtida; yig‘inlarda (harbiy yig‘inlarda) ishtirok etganda; asirlikda bo‘lish (o‘z ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda bo‘lganida; shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar vaqtida sodir bo‘lganda; qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko‘rsatish vaqtida; bedarak ketganda (xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar); sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlarni bajarayotganda sodir bo‘lgan bo‘lsa, xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq deb hisoblanadi. 15. Xodimning halok bo‘lishi yoki uning tan jarohati olishi xizmat majburiyatini bajarish bilan bog‘liq emas deb topilgan taqdirda, xizmat tekshiruvi xulosasida buning asoslantirilgan sabablari ko‘rsatiladi. 16. Bojxona organlari kadrlar tuzilmalari mas’ul xodimlari xizmat tekshiruvi xulosasi tasdiqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida xodim va (yoki) uning oila a’zolarini xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risida, shuningdek xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan taqdirda, xodim yoki uning oila a’zolariga qonunchilik hujjatlarida taqdim etilishi belgilangan nafaqalar va imtiyozlar haqida yozma ravishda tanishtiradi. 17. Bojxona organlari kadrlar tuzilmalari xizmat tekshiruvi xulosasi asosida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan har bir xodim va uning oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar hamda ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning alohida yig‘majildini shakllantiradi. 18. Yig‘majildga quyidagi hujjatlar yoki ularning nusxalari tikiladi: xizmat tekshiruvi xulosasi; dalolatnoma; voqea oqibatida jarohat olgan xodimning sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi hujjatlar; sud-tibbiy ekspertiza xulosasi; voqea yuz bergan vaqtda xodimning xizmat vazifasi yoki majburiyatini bajarish bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa); voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror yoki sudning hukmi (agar mavjud bo‘lsa); tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi va nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; xodim bojxona organlaridan xizmatdan bo‘shatilgan taqdirda, uning xizmatdan bo‘shatilganligi to‘g‘risidagi buyruq ko‘chirmasi. 19. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan xodimlarning yig‘majildlari tegishli bojxona organlari kadrlar tuzilmalarida doimiy saqlanadi. 20. Bojxona organlari kadrlar tuzilmalari har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning uchinchi sanasidan kechiktirmay halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan xodimlar va ularning oila a’zolari haqidagi ma’lumotlarni xatlovdan o‘tkazadi hamda xatlov natijasida aniqlangan ma’lumotlarni yangilab boradi. 21. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish bo‘yicha bojxona organlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi bojxona organlariga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin. 22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
198
9,641
Qonunchilik
QUTQARUV XIZMATI VA QUTQARUVChI MAQOMI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘liqni saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi; favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi; qutqaruvchi — muayyan dastur bo‘yicha qutqaruv ishlariga tayyorlangan va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; qutqaruv vositalari — qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulot, shu jumladan maxsus aloqa va boshqaruv vositalari, texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar, mol-mulk, qutqaruv ishlarini bajarish texnologiyasiga doir uslubiy materiallar, videomateriallar, fotomateriallar, elektron hujjatlar, shuningdek elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, boshqa vositalar; qutqaruv ishlari — favqulodda vaziyatlar zonasida odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga xos bo‘lgan xavfli omillar ta’sirini yo‘qotish yoki imkon qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar; qutqaruv tuzilmasi — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan, asosini maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan ta’minlangan qutqaruvchilar bo‘linmalari tashkil etgan mustaqil tuzilma yoki qutqaruv xizmati tarkibiga kiruvchi tuzilma; qutqaruv xizmati — faoliyati bo‘yicha yagona tizimga birlashtirilgan, asosini professional qutqaruv tuzilmalari tashkil etgan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui. Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; insonparvarlik va mehr-muruvvat; favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish vazifalarining ustuvorligi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda asosli tavakkalchilik va xavfsizlikning ta’minlanishi; qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarga yakkaboshchilik asosida rahbarlik qilish; favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarning doimiy shayligi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: o‘z boshqaruv organlari, kuchlari va qutqaruv vositalarini favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga doimiy shay holatda saqlab turish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish; favqulodda vaziyatlar sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ishlarini olib borish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ‘ib qilish, aholini hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) xodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyorlashda ishtirok etish. Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, tog‘-kon qutqaruv, suv-qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yong‘inlarni o‘chirish hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar kiradi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qutqaruv ishlarining turlari qonunchilikka muvofiq o‘zgartirilishi mumkin. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari quyidagi asoslarda tashkil etilishi mumkin: doimiy shtat asosida — qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari; shtatsiz asosda — shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari: respublika miqyosida — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan; hududlar miqyosida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan; obyektlar miqyosida — qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari bo‘lishi shartligi nazarda tutilgan tashkilotlarning qaroriga binoan tashkil etiladi. Shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari tashkilotlar tomonidan o‘z xodimlari orasidan belgilangan tartibda tashkil etiladi. Jamoat qutqaruv tuzilmalari ustavda belgilangan vazifasi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishdan iborat bo‘lgan jamoat birlashmalari tomonidan jamoatchilik asosida tashkil etiladi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibi, tuzilishi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruv organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining safini to‘ldirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari qutqaruvchi lavozimiga qabul qilish shartlarini belgilaydi. Qutqaruv xizmatlariga, professional qutqaruv tuzilmalariga qutqaruvchi lavozimiga, shuningdek qutqaruvchilarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida o‘qishga umumiy o‘rta ma’lumotli, tibbiy tekshiruvda qutqaruvchilik ishiga yaroqli deb topilgan hamda kasbiy, jismoniy tayyorgarligi darajasiga va ma’naviy-ruhiy fazilatlariga ko‘ra belgilangan talablarga mos keladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qutqaruvchilarni tayyorlash dasturi bo‘yicha ta’lim olgan hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarida qutqaruvchi vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak. Attestatsiyadan o‘tmagan yoki tekshiruvlar davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini o‘tkazishga shayligini tasdiqlay olmagan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining obyektlar va hududlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda ular qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilmaydi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari o‘z faoliyatida ushbu Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. Qutqaruv xizmatlarining, professional qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar shu xizmatlar va tuzilmalarning barcha xodimlari, shuningdek favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb etilgan shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarining xodimlari bajarishi uchun majburiydir. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari obyektlar hamda hududlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini shartnoma asosida amalga oshirishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar tahdidi bo‘lganda va ular ro‘y berganda hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarida jamoaga doir mehnat nizolarini hal etish vositasi sifatida qutqaruv ishlarini tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari tashkil etilgan tashkilotlarning rahbarlari qutqaruvchilarni qutqaruv ishlari olib borishning maxsus ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar uyushtiradi hamda ularni maxsus aslaha-anjomlar bilan ta’minlaydi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlar qilishga hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga shayligi uchun davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning, shu jumladan jamoat birlashmalarining rahbarlari mas’uldir. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining tezkor transporti maxsus tovush va yoritish signal asboblari bilan ta’minlangan, shuningdek belgilangan namunadagi ranglarga bo‘yalgan bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respublikasi hududida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan kuchlar va vositalarni tezkor jalb etish; qutqaruv vositalarini ishlab chiqarish hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini moddiy-texnika jihatidan ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini olib borish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etuvchi qutqaruvchilarni, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining mansabdor shaxslarini tayyorlash masalalarini hal etish; tegishli hududlarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va boshqa kuchlar o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash; qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini birxillashtirish. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko‘chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish uchun ular xizmat ko‘rsatayotgan tashkilotlar faoliyatining tugatilganligi yoxud mazkur xizmatlar va tuzilmalar tomonidan oldi olinishi hamda bartaraf etilishi mo‘ljallangan favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi xavfi yo‘qotilganligi asos bo‘ladi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek tashkil etilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko‘chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish ularni tashkil etgan mansabdor shaxslar, organlar yoxud tashkilotlarning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari boshqa joyga ko‘chirilgan, qayta ixtisoslashtirilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organiga yozma bildirish yuborilishi kerak. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi: respublika budjeti va mahalliy budjetlar mablag‘lari; qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga ega bo‘lgan tashkilotlarning moliyaviy mablag‘lari; aholi va tashkilotlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda tashkil etilgan moliyaviy mablag‘lar zaxiralari; qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish: xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq; favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan va ularning ko‘lami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda; mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonunchilikda belgilangan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalarining shunga vakolatli mansabdor shaxslari qaroriga binoan jalb qilish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan obyektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganlik darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ko‘rilishi shart. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan barcha kuchlar va vositalarga rahbarlik qilish hamda ularning hamkorlikda harakat qilishini tashkil etish favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarining vakolatlari: transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan; lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan belgilanadi. Favqulodda vaziyatlar zonasiga birinchi bo‘lib yetib kelgan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining vakolatlarini o‘z zimmalariga oladi hamda bu vakolatlarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejalarida belgilangan yoki favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi, boshqa davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar tomonidan tayinlangan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari yetib kelguniga qadar bajaradi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan qarorlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, favqulodda vaziyatlar zonalaridagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining faoliyatiga ularni vazifalarini bajarishdan belgilangan tartibda chetlashtirmasdan va rahbarlikni o‘z zimmasiga olmasdan yoki boshqa mansabdor shaxsni tayinlamasdan turib aralashishga hech kim haqli emas. Odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid bo‘lganda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari mustaqil ravishda quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqlidir: evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida; favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlarda va hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish to‘g‘risida; favqulodda vaziyatlar zonalariga kirishni cheklash to‘g‘risida; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun favqulodda vaziyatlar zonalaridagi tashkilotlarning moddiy resurslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish to‘g‘risida; shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek qutqaruv ishlari olib borishga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, mazkur tuzilmalar tarkibiga kirmagan qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb qilish to‘g‘risida; qutqaruvchi bo‘lmagan ayrim fuqarolarni kechiktirib bo‘lmaydigan qutqaruv ishlarini olib borishga ixtiyoriylik asosida jalb qilish to‘g‘risida; favqulodda vaziyatlar ko‘lamining kengayib borishi va ularni bartaraf etish ishlarining borishi taqozo etgan boshqa zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida. Odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid bo‘lgan taqdirda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari o‘zlari qabul qilgan qarorlar haqida tegishli davlat boshqaruv organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, tashkilotlarni darhol xabardor qilish yuzasidan barcha choralarni ko‘rishi shart. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari rahbarlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini tashkil qilish uchun favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida zarur bo‘lgan to‘liq va ishonchli axborot olish huquqiga ega. Qutqaruv ishlarini to‘liq hajmda olib borishning texnologik jihatdan imkoni bo‘lmagan taqdirda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari birinchi navbatda favqulodda vaziyatlar zonalaridagi odamlarni qutqarish bo‘yicha imkoni bo‘lgan barcha choralarni ko‘rgach, qutqaruv ishlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda tashkilotlar qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini bajarishda yordam ko‘rsatishi, shu jumladan keyinchalik o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan ularga zarur transport va moddiy vositalarni taqdim etishi shart. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini o‘tkazish joyiga borayotganda qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining tezkor transporti moneliksiz o‘tish hamda aerodromlar, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va daryo portlarida yonilg‘i-moylash materiallari bilan birinchi navbatda ta’minlanish, shuningdek texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari va ustaxonalarida texnika hamda aslaha-anjomlar, aloqa vositalarining birinchi navbatda ta’mirlanishi huquqidan foydalanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy tekshiruvdan o‘tganidan, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativlarni bajarganidan, qutqaruvchilarni tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘quvdan keyin attestatsiya natijalari asosida vakolatli attestatsiya organining qaroriga binoan qutqaruvchi maqomiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qutqaruvchi maqomi berilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin vakolatli attestatsiya organi ularga belgilangan namunadagi guvohnoma, ruxsatnoma, qutqaruvchi daftarchasi, qutqaruvchining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami yozilgan nishon beradi. Qutqaruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan o‘tadi. Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlari olib borilayotganda ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi hamda mazkur ishlar qaysi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida olib borilayotgan bo‘lsa, o‘sha qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlariga bo‘ysunadi. Qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlardan tashqari, ularning vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etishga o‘zlarining roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga jalb qilingan qutqaruvchilar mazkur ishlar olib boriladigan joyga borayotganda barcha turdagi transportga navbatsiz chipta olish huquqiga ega. Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘ida quyidagi huquqlarga ega: odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan zarur choralar ko‘rish; o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan to‘liq va ishonchli axborot olish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun tashkilotlarning hududiga, binolari, xonalariga va har qanday boshqa imoratlariga, turar joylarga moneliksiz kirish; chegara oldi zonasiga — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mondonligining ruxsati bilan kirish; rejimli obyektlar hududiga — ushbu obyektlar rahbarlarining ruxsati bilan kirish; favqulodda vaziyatlar zonalaridagi barcha shaxslardan belgilangan xavfsizlik choralariga rioya etishni talab qilish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish texnologiyasiga muvofiq maxsus aslaha-anjomlar bilan ta’minlanish; odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash uchun hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid bo‘lgan taqdirda, favqulodda vaziyatlar zonasidagi tashkilotlarning aloqa vositalari transporti, moddiy resurslari va boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘ida yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda zararning o‘rnini qoplash favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi, qutqaruvchilarning aybli harakatlari natijasida zarar yetkazilgan hollar bundan mustasnodir. Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish davrida xarajatlarining haqi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini ta’minlashga ajratilgan mablag‘lar hisobidan yoki xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar mablag‘lari hisobidan to‘langan holda, belgilangan normalar bo‘yicha oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda joylashtirilish huquqiga ega. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlovchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilari navbatchilikni o‘tash chog‘ida ish beruvchilarning hisobidan xarajatlari haqi to‘langan holda oziq-ovqat bilan ta’minlanish yoki oziq-ovqatga qilgan xarajatlarining o‘rni belgilangan normalardan kam bo‘lmagan tarzda qoplanishi huquqiga ega. Qutqaruvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Qutqaruvchilar: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishga shay turishi; o‘z jismoniy, maxsus, tibbiy, ruhiy tayyorgarligini hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar qilish ko‘nikmalarini takomillashtirib borishi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha qutqaruv ishlarini olib borish texnologiyasiga qat’iy rioya etishi; favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarni qidirishi, ularni qutqarish choralarini ko‘rishi, ularga birinchi tibbiy yordam va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘ida, qutqaruvchilar mazkur ishlarni olib borishda qaysi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibida ishtirok etayotgan bo‘lsa, o‘sha qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni so‘zsiz bajarishi; favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida fuqarolarga bexatar yurish-turish qoidalarini va favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda bajariladigan harakatlar tartibini tushuntirishi shart. Qonunchilikka muvofiq qutqaruvchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlovchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilarining ish vaqti rejimi kundalik faoliyatda ichki mehnat tartibi qoidalari, navbatchilik jadvallari, maxsus tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar yoki boshqa tadbirlar jadvallari bilan belgilanadi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilarining xizmatni o‘tash rejimi belgilangan tartibda o‘rnatiladi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining toifalangan obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi qutqaruvchilarining ish vaqti (xizmatni o‘tash) rejimi belgilangan tartibda o‘rnatiladi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga chiqishni kutish va unga shay bo‘lib turish rejimida uyda navbatchilik qiladigan vaqti navbatchilikning har bir soati uchun chorak soat hisobida inobatga olinadi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘idagi ish vaqti (xizmatni o‘tash) rejimi va ish smenasining davomiyligi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari tomonidan favqulodda vaziyatlarning xususiyati, ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar hisobga olingan holda belgilanadi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga har yili o‘ttiz ish kunidan iborat haq to‘lanadigan ta’til beriladi. Noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga qonunchilikka muvofiq har yili haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlovchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilari mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlariga muvofiq belgilanadi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilarining pul ta’minoti belgilangan tartibda aniqlanadi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibiga kirmaydigan qutqaruvchilarning mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi. Qutqaruvchilarning yakka muhofazalanish vositalarida ishlaganligi hisobga olinadi va belgilangan tartibda haq to‘lanadi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga, shuningdek ular bilan birga yashovchi oila a’zolariga qonunchilikka muvofiq idoraviy uy-joy fondi hisobidan turar joylar beriladi. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘i majburiy sug‘urta qilinishi kerak. Qutqaruvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida jabrlangan qutqaruvchilari ish beruvchilarning mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilish va sanatoriy-kurortda davolanish huquqiga ega. Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hamda qutqaruvchi bo‘lmagan fuqarolarning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini bajarishi munosabati bilan sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan yoki ular vafot etgan taqdirda, tegishincha shu shaxslarga yoki vafot etgan shaxsning oilasiga zararning o‘rni qoplanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi. Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlovchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilari umumiy belgilangan yosh o‘n yilga kamaytirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega. Kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga tegishli ratsion va normalar bo‘yicha davolash-profilaktika oziq-ovqati beriladi. Qutqaruvchilarning mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolarining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya ta’minoti qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari qarorlariga binoan qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilarini, shuningdek bu xizmatlar va tuzilmalarning tarkibiga kirmaydigan qutqaruvchilarni ijtimoiy muhofaza qilishning ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi mumkin. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
50
30,653
Qonunchilik
GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishiga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda ularning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga monelik qilish, fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash hamda davlat xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: giyohvandlik (narkotik) vositalari — giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar; psixotrop moddalar — psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar; prekursorlar — prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar; giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga o‘xshash, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etuvchi, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar; preparat — moddalarning har qanday fizik holatdagi, tarkibida bitta yoki bir nechta giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar bo‘lgan aralashmasi; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi — giyohvandlik vositalari, — psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida o‘tkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, jo‘natish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish; giyohvandlik (narkomaniya) — giyohvandlik vositalariga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bog‘liq kasallik; zaharvandlik (toksikomaniya) — psixotrop moddalarga, shuningdek dorilik xususiyatiga ega bo‘lmagan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy, giyohvandlik vositalarga o‘xshash ruhiyatga faol ta’sir etuvchi moddalarga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bog‘liq kasallik. maxsus vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar. O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar quyidagi ro‘yxatlarga kiritiladi: Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan giyohvandlik vositalari ro‘yxati (bundan buyon matnda I ro‘yxat deb yuritiladi); Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxati (bundan buyon matnda II ro‘yxat deb yuritiladi); Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan psixotrop moddalar ro‘yxati (bundan buyon matnda III ro‘yxat deb yuritiladi); Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan prekursorlar ro‘yxati (bundan buyon matnda IV ro‘yxat deb yuritiladi). Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va matbuotda e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishiga ushbu Qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar analoglarining muomalada bo‘lishi taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning asosiy turlari: giyohvandlik vositalarini olib kirish (olib chiqish), taqsimlash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi, ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Quyidagilar litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘ladi: yuridik shaxsning litsenziya olish paytida hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning xavfsizligini ta’minlash uchun sharoitlar yo‘qligi; surunkali ruhiy holatining buzilganligi, giyohvandlik, zaharvandlik, alkogolizm tufayli dispanser hisobida turuvchi xodimlar mavjud bo‘lsa va ular o‘z xizmat vazifasi taqozosiga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lsa; qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan xodimlar mavjud bo‘lsa va ular o‘z xizmat vazifasi taqozosiga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lsa; yuridik shaxs litsenziya olish paytida taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi. Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda; litsenziyalovchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda. Litsenziyaning amal qilishini litsenziyalovchi organ o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishi mumkin. Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda; yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno; litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda; litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni sud yoki litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda; ruxsat etilgan faoliyat turini amalga oshirish qoidalariga rioya etish yuzasidan majburiyatlar litsenziat tomonidan bir yil ichida takroran bajarilmaganda; litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda; litsenziat tomonidan litsenziyada belgilangan faoliyat turiga rioya etilmaganda; litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi. Litsenziyani bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: litsenziatning arizasiga binoan; agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa; litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Litsenziyani bekor qilish ushbu modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etilgan tartibda belgilanadi. I ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarining muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu Qonunning 21, 211, 27 — 29-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. II va III ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishiga shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha tibbiy maqsadlarda, shuningdek ushbu Qonunning 26—29-moddalarida nazarda tutilgan maqsadlarda yo‘l qo‘yiladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirishga (olib chiqishga) litsenziya, shuningdek, olib kirish (olib chiqish) huquqi to‘g‘risida maxsus vakolatli organ tomonidan beriladigan sertifikat bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni maxsus vakolatli organ ruxsatisiz O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish taqiqlanadi. Ushbu moddada belgilangan talablar buzilgan taqdirda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar qonunchilikka muvofiq musodara etiladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni berish, realizatsiya qilish va taqsimlash maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, realizatsiya qilish, foydalanish uchun, shu jumladan tibbiy va boshqa maqsadlarda olish yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo‘natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarida jo‘natish taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish faqat davlat ehtiyojlari uchun buyurtmaga muvofiq amalga oshiriladi va bu ish davlat ilmiy-tadqiqot muassasalariga mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan taqdirda topshiriladi. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. II ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarini ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat korxonalari va muassasalari tomonidan, muayyan giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. III ro‘yxatga kiritilgan psixotrop moddalarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash maxsus vakolatli organ qaroriga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan, muayyan psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. IV ro‘yxatga kiritilgan prekursorlarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat korxonalari va muassasalari tomonidan, muayyan prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Birlamchi mahsulotni ishlab chiqarishdan (qayta ishlashdan) qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadigan, IV ro‘yxat doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni ushbu Qonunda nazarda tutilgan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash yuridik shaxslar tomonidan ularda muayyan prekursorlarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash uchun litsenziyalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni idishga joylash-o‘rash va ularga belgi qo‘yish qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi shart. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning sirtqi o‘rovi mazkur o‘rov butligini buzmay turib ularni olish imkoniyatini istisno etishi shart. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning ichki o‘rovi ikkita qizil chiziq bilan belgilangan bo‘lishi shart. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning o‘rovi va ularga belgi qo‘yish ushbu modda talablariga muvofiq bo‘lmagan hollarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlanadi. Tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan, I ro‘yxatga kiritilgan o‘simliklarni yetishtirish uchun ruxsat davlat korxonalariga ilmiy maqsadlarda maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda hamda ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslarga sanoat maqsadlarida mazkur faoliyat turiga doir litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi. Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etiladi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan, sanoat maqsadlarida yetishtirilishiga va muomalada bo‘lishiga ruxsat etilgan kannabis o‘simligining navlari, ularning yetishtirilish va muomalada bo‘lish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yuridik shaxslar IV ro‘yxatga kiritilgan prekursorlarni o‘z ishlab chiqarishida foydalanish uchun mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan taqdirda, yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda olishlari mumkin va olingan yoki buyurtma berilgan prekursor miqdori ushbu ehtiyojlardan oshib ketgan har bir holat to‘g‘risida maxsus vakolatli organni xabardor qilishlari shart. IV ro‘yxatga kiritilgan prekursorlarning muomalada bo‘lishini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda quyidagi hollarda amalga oshiriladi: ularning yaroqlilik muddati tugaganda; giyohvandlik vositasi, psixotrop modda yoki prekursor ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik ta’sirga uchraganda; bemorlar vafotidan so‘ng ularning qarindoshlaridan foydalanilmay qolgan vosita yoki modda tariqasida qabul qilinganda; ularning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki prekursorlarga mansubligini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda. Tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklar o‘sayotgan yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari yoki foydalanuvchilari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslar bu o‘simliklarni yo‘q qilib tashlashga majbur. Bundan bosh tortilgan taqdirda mazkur o‘simliklar ularning hisobidan yo‘q etiladi. II, III va IV ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin. Tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga nisbatan dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qismi tatbiq qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida o‘tayotgan bemor II va III ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib o‘tishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qo‘shimcha ravishda olishga muhtoj bo‘lgan taqdirda bunday vositalar yoki moddalarni berish O‘zbekiston Respublikasida yozib berilgan retsept asosida qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Veterinariyada foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxati, shuningdek ulardan foydalanish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalanish uchun ruxsat yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertizalar o‘tkazish maqsadida foydalanish uchun ruxsat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ularni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish, boshqa tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. II, III va IV ro‘yxatlarga kiritilgan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni jismoniy shaxslarga tibbiy maqsadlarda berish bunday faoliyat turi uchun litsenziyalari bo‘lgan dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan yuridik shaxslar o‘z faoliyatlari to‘g‘risida maxsus vakolatli organga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobot taqdim etadilar. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan yuridik shaxslar o‘z tasarruflaridagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni har oyda inventarizatsiya qilishlari hamda tovar-moddiy qimmatliklar balansini tuzishlari shart. Balansdagi tafovutlarga oid ma’lumotlar yoki balans ma’lumotlarining o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalariga nomuvofiqligi to‘g‘risida bu holat aniqlanganidan so‘ng uch kunlik muddat ichida ichki ishlar organlariga xabar qilinadi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar miqdori va holatiga taalluqli barcha o‘zgarishlar maxsus daftarlarga qayd etiladi. Bunday daftarlarni yuritish va saqlash tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga monelik qilish choralarini moliyalash davlat budjeti mablag‘lari va boshqa moliyalash manbalari hisobidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targ‘iboti, ya’ni Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish, tayyorlash va ulardan foydalanish usullari, uslublari to‘g‘risidagi, ularni olish joylari haqidagi ma’lumotlarni tarqatishga qaratilgan faoliyat taqiqlanadi. II va III ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar reklamasi faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mo‘ljallangan ixtisoslashgan bosma nashrlardagina amalga oshirilishi mumkin. Tarkibida Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bo‘lgan dori vositalarining namunalarini reklama maqsadlarida tarqatish taqiqlanadi. Shaxs giyohvandlik bilan kasallangan, giyohvandlik vositalari ta’sirida mast holatda yoxud shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmagani holda giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda iste’mol etgan deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborilishi mumkin. Shaxs o‘z tanasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib o‘tayotir deb hisoblashga asoslar bo‘lsa, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborilishi mumkin. Ushbu moddada ko‘rsatilgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan va tekshiruvdan o‘tkazish uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov organlari va sudning qaroriga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda yuboriladi. Tibbiy ko‘rikdan va tekshiruvdan o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Giyohvandlikka yo‘liqqan shaxslar shug‘ullanishi uchun cheklov belgilangan kasb faoliyati turlari ro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi. Qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lganligi uchun olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, shuningdek ularni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan asbob va uskunalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda musodara etiladi yoki yo‘q qilinadi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat natijasida olingan yoki bunday faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qonunchilikka muvofiq musodara etiladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgan shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganidan keyin ular ustidan qonunchilikka muvofiq ma’muriy nazorat o‘rnatilishi mumkin. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, bartaraf etish va ochish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish huquqiga qonunchilikda belgilangan tartibda egadir. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi natijasida olingan daromadlarni legallashtirish maqsadida moliyaviy operatsiyani amalga oshirgan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatga oid tartib buzilganligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda prokuratura, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklar yetishtirilishi ehtimoli bor yer uchastkalarini, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, foydalanish va yo‘q qilish joylarini ko‘zdan kechirish; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash jarayonlarining belgilangan qoidalarga muvofiqligini tekshirish, zarurat bo‘lganda ekspertlik tadqiqoti uchun namunalar olish; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olishga monelik qilish maqsadida xonalarni muhrlab qo‘yish; nazorat vazifalarini bajarish uchun zarur tushuntirish va hujjatlar taqdim etishni talab qilish; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan yuridik shaxslarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; tekshirishning boshqa choralarini amalga oshirish. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov yoki prokuratura organlarining mansabdor shaxslari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilayotgan har qanday joyga kirishi va uni ko‘zdan kechirishi mumkin. Giyohvandlik vositalari psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
57
27,404
Qonunchilik
IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 67 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida: 1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin. 2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Markaziy banki Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsin. 5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
67
1,479
Qonunchilik
Aspirantura (doktorantura) to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarorining 8-bandiga muvofiq qaror qilamiz: 1. “Aspirantura (doktorantura) to‘g‘risidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-436-son qaroriga muvofiq oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni aspirantura, ad’yunktura va doktorantura orqali yoki mustaqil ta’lim shaklida tashkil etish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash tartibini belgilaydi. 1. Aspirantura (ad’yunktura) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi (bundan keyingi o‘rinlarda OTM deb yuritiladi) yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida (bundan keyingi o‘rinlarda ITM deb yuritiladi) tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot olib borish usullari va vositalarini o‘rganishlari, yuqori saviyada mustaqil ilmiy, pedagogik va tarbiyaviy ish olib borish qobiliyatini egallashlari uchun ochiladi. 2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha aspirantura OTM yoki ITMning bo‘ysunuviga ko‘ra mos ravishda Fanlar akademiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda FA deb yuritiladi), vazirlik va idoralar qarorlari bilan ochiladi. 3. Muayyan ixtisoslik(lar) bo‘yicha oliy malakali kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasiga ega bo‘lgan OTM va ITMlari aspirantura ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi idoraviy bo‘ysunuviga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarga murojaat etadilar. Murojaat bilan birga OTM yoki ITM Ilmiy kengashining tegishli qarori, aspirantura (ad’yunktura) ochilishi rejalashtirilayotgan ixtisoslik(lar) bo‘yicha muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan fan doktorlari hamda ilmiy rahbarlik huquqiga ega bo‘lgan fan nomzodlari to‘g‘risidagi ma’lumot kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan holda mazkur Nizomda keltirilgan ilovaga muvofiq taqdim etiladi. 4. FA vazirlik va idoralar o‘z tasarrufidagi muassasalar aspirantura (ad’yunktura)lari faoliyatini muvofiqlashtiradilar, ularning samaradorligi (aspirantlar tomonidan dissertatsiyalarning o‘z muddatida himoya qilinishi yoki Ixtisoslashgan kengashga taqdim etilishi) yuzasidan monitoring va nazorat ishlarini olib boradilar hamda ularga ilmiy-uslubiy rahbarlik qiladilar. 5. Aspirantura (ad’yunktura)ga davlat grantlari bo‘yicha yillik qabul rejalari loyihasi davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha FA, vazirlik va idoralar tomonidan muassasalardagi ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj, aspirantura (ad’yunktura) samaradorligi, muayyan ixtisoslik bo‘yicha mavjud ilmiy rahbarlar faoliyati samaradorligi hamda har bir ilmiy rahbarga bir vaqtning o‘zida biriktirilishi mumkin bo‘lgan aspirantlar soni bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi ajratgan mablag‘ doirasida tasdiqlanadi. 6. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni aspirantura (ad’yunktura) orqali shartnoma asosida tayyorlash OTM va ITMlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 7. Aspirantura (ad’yunktura)larga qabul tasdiqlangan rejaga asosan FA, vazirlik va idoralar, OTM va ITMlarning ommaviy axborot vositalarida bergan e’lonlariga muvofiq tanlov asosida yilda bir marta sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshiriladi hamda noyabr oyidan rasmiylashtiriladi. Qabul to‘g‘risidagi tahliliy hisobotlar yilning 15-noyabriga qadar FA, vazirlik va idoralarga taqdim etiladi. 8. Aspirantura (ad’yunktura)ga oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga yoki magistr darajasiga ega bo‘lgan, ilmiy izlanish olib borish qobiliyatini namoyon eta olgan shaxslar uch yillik muddatga qabul qilinadilar. 9. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirayotgan shaxslar aspirantura (ad’yunktura) faoliyat ko‘rsatayotgan OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: a) ariza; b) shaxsiy varaqa va tarjimai hol; v) ish joyidan tavsifnoma (boshqa tashkilotlardan yuboriladigan shaxslar uchun); g) chop etilgan ilmiy ishlari va ixtirolari ro‘yxati hamda ularning nusxalari, ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi hisobotlar ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa). Ilmiy ishlari e’lon qilinmagan va ixtirolari bo‘lmagan shaxslar tanlagan ixtisosligi bo‘yicha 20 betdan kam bo‘lmagan ilmiy ma’ruza (referat) taqdim etadilar. Ilmiy ma’ruzaga soha bo‘yicha mutaxassis-olim taqrizi ilova qilinishi lozim; d) aspirantura (ad’yunktura)ga bevosita OTMni tugatgandan keyin hujjat topshirayotgan shaxslar (magistratura talabalari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiatlari, imtiyozli diplom egalari, OTM Ilmiy kengashi tavsiyasi mavjud da’vogarlar) uchun OTM Ilmiy kengashi majlisining bayonidan ko‘chirma; e) oliy ta’limning barcha bosqichlarini o‘tganligini tasdiqlovchi diplom nusxasi; j) nomzodlik imtihonlarini topshirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (agar topshirgan bo‘lsa); z) mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun); i) tibbiy ma’lumotnoma (086-shakl); y) 4x6 o‘lchamdagi 4 dona fotosurat; k) pasport va harbiy bilet (agar mavjud bo‘lsa) shaxsan ko‘rsatiladi. 10. Aspirantura (ad’yunktura)ga qabul qilish uchun OTM rektori yoki ITM direktori raisligida qabul komissiyasi tashkil etiladi. Qabul komissiyasining a’zolari rektor (direktor) tomonidan aspirantura (ad’yunktura) ixtisosliklari bo‘yicha yetakchi olimlardan tayinlanadi. Komissiya tarkibiga imtihon topshiriladigan ixtisoslik bo‘yicha fan doktori yoki professorlar kiritiladi, komissiyaning qolgan a’zolari fan nomzodlari bo‘lishi mumkin. 11. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirayotgan shaxslar mo‘ljallanayotgan ilmiy rahbar bilan suhbatdan o‘tadilar. Mo‘ljallanayotgan ilmiy rahbar OTM rektori yoki ITM direktoriga ilmiy rahbarlikka roziligini yozma ravishda ma’lum qiladi. Qabul komissiyasi mo‘ljallanayotgan ilmiy rahbarning roziligini hisobga olib, shuningdek, aspirantura (ad’yunktura)ga kiruvchining mutaxassislik bo‘yicha referati yoki taqdim etgan ilmiy ishlari, ilmiy-texnik hisobotlari, ixtirolari, tajriba-konstruktorlik ishlari va nashr etilgan maqolalarini tahlil qilib, kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. OTM rektori yoki ITM direktori ushbu qaror asosida aspirantura (ad’yunktura)ga kiruvchini imtihonlarni topshirishga qo‘yish to‘g‘risida buyruq chiqaradi va bir haftalik muddatda unga ma’lum qiladi. 12. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirish imtihonlari ro‘yxati va dasturi qabul komissiyasi tomonidan tegishli ixtisoslik mohiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilib, FA, vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Aspirantura (ad’yunktura)ga kiruvchilar O‘zbekiston tarixi, falsafa, chet tili (ingliz, nemis, fransuz yoki boshqa tillardan biri) va ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar. Ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihoni boshqa fanlar imtihonlaridan oldin topshiriladi. 13. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirish imtihonlarini topshiruvchi shaxslarga imtihonlarga tayyorlanish va topshirish uchun ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda 12 kalendar kungacha qo‘shimcha ta’til beriladi. Aspirantura (ad’yunktura)ga kiruvchilar ushbu ta’tildan bir yilda bir marta foydalanadilar. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirish imtihonlarini topshirmasdan qabul qilinadigan (xususan, nomzodlik imtihonlarini topshirgan) shaxslar bunday huquqdan foydalanmaydilar. OTM rektori yoki ITM direktorining kirish imtihonlariga qo‘yilganlik haqidagi bildirish xati qo‘shimcha ta’til berish uchun asos hisoblanadi. Kirish imtihonlariga kelib-ketish bilan bog‘liq yo‘l xarajatlari yo‘llovchi tashkilot hisobidan qoplanadi. 14. Nomzodlik imtihonlarini qisman yoki to‘liq (mutaxassislikdan tashqari) “yaxshi” yoki “a’lo” baholarga topshirgan shaxslar 5 (besh) yil davomida aspirantura (ad’yunktura)ga kirishda tegishli kirish imtihonlarini topshirishdan ozod etiladilar. Nomzodlik imtihonlarini to‘liq (mutaxassislikdan tashqari) topshirgan shaxslar mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonini “a’lo” yoki “yaxshi” baholarga topshirsalar, aspirantura (ad’yunktura)ga tanlovsiz qabul qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-sonli qaroriga muvofiq magistratura talabalari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiatlari magistraturani tugatganlaridan so‘ng 2 (ikki) yil, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek va Imom al-Buxoriy davlat stipendiyalari (bundan keyingi o‘rinlarda Davlat stipendiyalari deb yuritiladi) sovrindorlari esa 1 (bir) yil davomida aspirantura (ad’yunktura)ga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar. Agar mutaxassisligi to‘g‘ri kelmasa, faqat mutaxassislik fanidan kirish imtihonini topshiradilar. 15. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha aspirantura (ad’yunktura)ga qabul qilish davlat buyurtmasi asosida OTM rektori yoki ITM direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Aspirant (ad’yunkt) uchun o‘rnatilgan tartibda fan doktorlari yoki ilmiy rahbarlikka ruxsati bo‘lgan fan nomzodlari tarkibidan ilmiy rahbar tayinlanadi. OTM yoki ITMlari Ilmiy kengashining qaroriga ko‘ra aspirantga ilmiy rahbarlik qilish uchun tegishli ixtisoslik bo‘yicha kamida 5 yillik ilmiy va ilmiy-pedagogik staj, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodlari ham tayinlanishi mumkin. Zarur hollarda aspirant (ad’yunkt)ga boshqa tashkilotdan ham ilmiy rahbar tayinlanishi mumkin. O‘zaro yaqin ixtisosliklar orasida ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilayotganda ikki nafar ilmiy rahbar yoki ilmiy rahbar va maslahatchi tayinlanishiga ruxsat etiladi, bunda ularning biri fan nomzodi bo‘lishi mumkin. 16. Aspirant (ad’yunkt)ga aspirantura (ad’yunktura)ga qabul qilingan kundan boshlab stipendiya tayinlanadi. 17. Moliya vazirligi aspiranturaga qabul bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida tayyorlangan xarajatlar smetasiga ko‘ra FA, vazirlik va idoralarga OTMlari uchun davlat budjetining maorif, ITMlari uchun davlat budjetining fan sohasi bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli mablag‘larni ajratadi va ushbu mablag‘lar hisobidan aspirantlarga mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilangan tartibda stipendiya to‘lanadi. Ad’yunktlarning moddiy ta’minoti harbiy ta’lim uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aspirantlar uchun Davlat stipendiyalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qaroriga asosan OTM va ITM buyrug‘i bilan to‘lanadi. 18. Aspirantura (ad’yunktura)da o‘qish muddatiga har yili beriladigan 30 kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan ta’til ham kiradi va bu muddat ilmiy-pedagogik (harbiy) stajga qo‘shiladi. 19. Aspirantura (ad’yunktura) muddati tegishli hujjatlar mavjudligida uzoq davom etgan kasallik, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari hamda zaxiradagi harbiylarning chaqiruv bilan bog‘liq ta’tillari davriga uzaytirilishi mumkin. 20. Aspirantlar o‘qish davri davomida ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 21. Aspirantura (ad’yunktura)da tahsil olayotgan shaxslar aspirant (ad’yunkt)ning shaxsiy ish rejalarini sababsiz bajarmaslik, OTM yoki ITM ichki tartib-qoidalarini buzganlik sabablari tufayli aspirantura (ad’yunktura)dan chetlashtirilishlari mumkin. Mazkur sabablarga ko‘ra aspirantura (ad’yunktura)dan chetlashtirilgan shaxslar aspirantura (ad’yunktura)ga qayta tiklanmaydilar. 22. Aspiranturani muddatidan ilgari dissertatsiya himoyasi bilan tamomlagan aspirantlarga OTM va ITMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan besh oylik stipendiya miqdorida mukofot to‘lanadi. Dissertatsiya ishini muddatidan ilgari himoya qilgan aspirant 30 kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan ta’til berilgandan so‘ng aspiranturadan chiqariladi. 23. OTMlarida ilmiy rahbarlarning aspirantlar bilan olib boradigan ishi har bir aspirant uchun 100 soat hajmida ularning umumiy dars soatlari hisobiga kiritiladi. ITMlarida esa ilmiy rahbarga har bir aspirant uchun davlat budjetining fan sohasi mablag‘laridan, aspirant shartnoma bo‘yicha tayyorlanayotgan bo‘lsa, shartnoma summasidan bir yilda 100 soat hisobidan haq to‘lanadi. 24. Dissertatsiya ishini muddatidan ilgari yoki muddatida himoya qilgan aspirantning ilmiy rahbari OTM yoki ITM rahbariyati tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan uch oylik maosh miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi. 25. Aspirantning avtoreferatini chop etish va tarqatish bilan bog‘liq sarf-xarajatlari OTMlar tomonidan davlat budjetining maorif, ITMlar tomonidan davlat budjetining fan sohasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 26. Aspiranturada o‘qish muddati aspirantura bitiruvchilarining umumiy, mutaxassisligi bo‘yicha va ilmiy-pedagogik stajiga qo‘shiladi. 27. Maqsadli aspirantura — oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning asosiy shakllaridan biri hisoblanib, idora ichida, vazirlik va idoralararo hamda davlatlararo bo‘ladi. Idora ichida maqsadli aspirantura orqali kadrlar tayyorlash — biror OTM yoki ITM o‘z vazirligi yoki idorasi tasarrufidagi boshqa OTM yoki ITM uchun kadrlar tayyorlashidir. Idoralararo maqsadli aspirantura orqali kadrlar tayyorlash — biror OTM yoki ITMning boshqa vazirlik yoki idora tasarrufidagi OTM yoki ITM uchun kadrlar tayyorlashidir. Davlatlararo maqsadli aspirantura orqali kadrlar tayyorlash — bir mamlakatning OTM yoki ITM boshqa mamlakatning OTM yoki ITMlari uchun kadrlar tayyorlashidir. Aspirantlarni idora ichida (muassasalar filiallari bundan mustasno) va idoralararo maqsadli tayyorlash uchun ularni yo‘llovchi va qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi. Aspirantlarni davlatlararo maqsadli tayyorlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda mamlakatlarga ajratilgan kvotalar doirasida yoki FA, vazirlik va idoralar yo‘llanmasi asosida amalga oshiriladi. Maqsadli aspiranturaga o‘rinlar yo‘llovchi va qabul qiluvchi tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etilgandan so‘ng ajratiladi. ITM, OTMlari va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan shaxslar maqsadli aspiranturaga yo‘llovchi hamda qabul qiluvchi tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq qabul qilinadilar. 28. Maqsadli aspiranturaga qabul tasdiqlangan reja bo‘yicha OTM va ITMlarining ommaviy axborot vositalarida bergan e’lonlariga muvofiq yilda bir marta sentyabr-oktyabr oyida amalga oshiriladi hamda noyabr oyidan rasmiylashtiriladi. Qabul to‘g‘risidagi hisobotlar yilning 15-noyabriga qadar FA, vazirlik va idoralarga taqdim etilishi lozim. 29. Maqsadli aspiranturaga yuboriladigan nomzodlarni yo‘llovchi tashkilot tanlaydi. Kirish imtihonlari qabul qiluvchi OTM yoki ITMda topshiriladi. Maqsadli aspiranturaga mo‘ljallangan davlat budjeti mablag‘lari FA, vazirlik va idoralar orqali maqsadli aspiranturaga qabul qiladigan OTM va ITMlarga ajratiladi. 30. Maqsadli aspiranturaga qabul qilingan shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda stipendiya to‘lanadi hamda mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq ta’til beriladi. 31. Aspiranturaga ega OTM va ITMlar quyidagi huquqlarga ega: a) ilmiy rahbarning aspirantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlar yoki OTMlariga ilmiy xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi iltimosnomasi va qabul qiluvchi tomonning taklifnomasi mavjud bo‘lgan holda Ilmiy kengashda ilmiy xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish; b) shaxsiy ish rejalarini bajarmagan va tegishli hisobotini topshira olmagan, OTM yoki ITM ichki tartib-qoidalarini buzgan aspirantni aspiranturaga qayta tiklanish huquqisiz aspiranturadan chetlatish va bu haqda mutaxassisni o‘qishga yo‘llagan OTM, ITM yoki tashkilotga xabar berish; v) aspirantlarni shartnoma (idoralararo, davlatlararo) asosida o‘qitish uchun tushadigan mablag‘larni belgilangan tartibda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va chet ellarda o‘z mutaxassislarining malakasini oshirishga sarflash. 32. Aspiranturaga ega OTM va ITMlar quyidagi majburiyatlarga ega: a) aspiranturaga ilmiy-tadqiqot olib borish qobiliyati, oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga yoki magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarni tanlov asosida qabul qilishni ta’minlash; b) Ilmiy kengashlarda aspirantlarga fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarining respublika uchun ustuvor yo‘nalishlari (Davlat ilmiy-texnika dasturlari)ni hisobga olgan holda ilmiy ishlar mavzusini, ish rejasini va ilmiy rahbarini 3 oydan kechiktirmay tasdiqlash; v) aspirantlarning nomzodlik minimumlarini topshirishi, umumnazariy tayyorgarligi va tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, shuningdek, tajribali olimlardan ilmiy rahbarlar tayinlash hamda ularni stipendiya bilan o‘z vaqtida ta’minlash; g) aspirantlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari tanlovlarida va xorijiy mamlakatlarda mutaxassisligi bo‘yicha tashkil etiladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash; d) nomzodlik minimumi bo‘yicha imtihonlarni topshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash; e) davriy hisobot orqali aspirantlar faoliyatini muntazam nazorat qilish, Ilmiy kengashlarda ilmiy rahbarlarning hisobotlarini muhokama qilish va tegishli qaror qabul qilish; j) ilmiy rahbar tomonidan yetarli va malakali rahbarlik amalga oshirilmagan taqdirda Ilmiy kengashda aspirantning ilmiy rahbarni almashtirish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish. 33. Aspiranturaga yo‘llovchi OTM, ITM va tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega: a) aspirantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish hamda hisobot materiallarini so‘rab olish; b) aspirant shartnoma shartlarini bajarmaganda undan aspiranturada tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar qoplanishini o‘rnatilgan tartibda talab qilish. 34. Aspiranturaga yo‘llovchi OTM, ITM va tashkilotlar quyidagi majburiyatlarga ega: a) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda aspiranturaga qabul qilingan shaxslar bilan aspiranturaga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruq yoki undan tasdiqlangan ko‘chirma asosida mehnat shartnomasini bekor qilish; b) shartnoma shartlarini bajarish hamda aspirantni o‘qishi va yashashi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida tegishli mablag‘larni o‘z vaqtida aspirant tayyorlab berayotgan OTM yoki ITM hisob raqamiga o‘tkazib berish. 35. Aspirant quyidagi huquqlarga ega: a) OTM va ITMning uskuna, laboratoriya, xona, kutubxona va boshqalaridan foydalanish; b) mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy ekspeditsiya, konferensiya, seminar va boshqalarda ishtirok etish; v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish; g) ilmiy xizmat safarlariga, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga borish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan aspirantlar o‘qishni bitirgandan so‘ng uch yil mobaynida o‘qishni davom ettirish va tajriba orttirish uchun xorijga jo‘natishda imtiyozli huquqni saqlab qoladilar); d) ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha yetarli va malakali rahbarlik amalga oshirilmagan taqdirda, ilmiy rahbarni almashtirish to‘g‘risida Ilmiy kengashga ariza bilan murojaat etish; e) davlat grantlari hamda xo‘jalik hisobidagi ilmiy ishlarni bajarishda ishtirok etish, shuningdek, ilmiy rahbarning ruxsati bilan bir yilda 125 soatgacha bo‘lgan hajmda pedagogik faoliyat olib borish. 36. Aspirant quyidagi majburiyatlarga ega: a) OTM yoki ITM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borish va uni to‘liq bajarish; b) kafedra, bo‘lim, laboratoriya va sektor majlislarida shaxsiy ish rejasining bajarilishi to‘g‘risida muntazam ravishda (yilda kamida ikki marta) hisobot berib borish hamda yil yakunida tegishli hisobot topshirish; v) OAK tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq ravishda o‘z vaqtida nomzodlik imtihonlarini topshirish; g) ilmiy ishlar natijalarini OAK reyestriga kiritilgan ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar shaklida e’lon qilib borish; d) kasbiy bilimlar, mustaqil ilmiy-tadqiqot va pedagogik ish olib borish malakasi, ilmiy-tadqiqotlarni o‘tkazish uslubiyatini egallash; e) nomzodlik dissertatsiyasini muddatida himoya qilish va Ixtisoslashgan kengashga himoya uchun taqdim etish; j) maqsadli aspiranturani tugatgandan so‘ng uni o‘qishga yuborgan ITM, OTM va tashkilot ixtiyoriga qaytish va kamida 3 (uch) yil ishlab berish. 37. Ilmiy rahbar quyidagi huquqlarga ega: a) bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 3 (uch) nafar aspirantga ilmiy rahbarlik qilish. Ilmiy rahbar bir vaqtning o‘zida doktorantga ham ilmiy maslahatchi bo‘lsa, doktorant va aspirantlarning umumiy soni uch kishidan oshmasligi lozim; b) Ilmiy kengashga aspirantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlar va OTMlariga xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asoslangan yozma iltimosnoma bilan murojaat qilish. 38. Ilmiy rahbar quyidagi majburiyatlarga ega: a) aspirantning ilmiy ishiga samarali ilmiy rahbarlik qilish; b) aspirantning tasdiqlangan shaxsiy ish rejasini bajarishini muntazam nazorat qilish; v) dissertatsiya ishining OAK talablariga muvofiq ravishda sifatli, o‘z vaqtida tugallanishi va himoyaga taqdim etilishini ta’minlash; g) Ilmiy kengashda aspirant hisobotining muhokamasida ishtirok etish. 39. Dissertatsiya ishlarini muddatida himoya qilinishini ta’minlaydigan ilmiy rahbarlar Ilmiy kengash qarori bilan qo‘shimcha bir yoki ikki aspirantga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. 40. Ilmiy rahbarligida bajarilayotgan dissertatsiyalar yuzasidan rahbarlik va nazoratni hamda o‘z muddatida ularning himoyaga taqdim etilishini muntazam ta’minlamaydigan ilmiy rahbarlarga nisbatan Ilmiy kengash qarori bilan aspirantlarga ilmiy rahbarlik qilish huquqidan mahrum etishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkin. 41. Doktorantura nufuzli ilmiy maktablar va laboratoriya-tadqiqot bazalariga ega bo‘lgan yetakchi OTM va ITMlari qoshida fan va texnikaning eng muhim sohalari bo‘yicha oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida hamda birinchi navbatda, fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy-texnika dasturlarini, shuningdek, fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi. 42. Doktorantura FA, vazirlik va idoralar tomonidan OAK bilan kelishilgan holda ochiladi. 43. Tegishli ixtisosliklar bo‘yicha oliy malakali kadrlar (fan doktorlari) hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasiga ega bo‘lgan OTM va ITMlari doktorantura ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi murojaatlari bilan idoraviy bo‘ysunuviga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarga murojaat etadilar. Murojaat bilan birga OTM yoki ITM Ilmiy kengashining qarori hamda doktorantura ochilishi rejalashtirilayotgan ixtisosliklar bo‘yicha muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan fan doktorlari to‘g‘risidagi ma’lumot kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan holda mazkur Nizomda keltirilgan ilovaga muvofiq taqdim etiladi. 44. FA, vazirlik va idoralar o‘z tasarrufidagi muassasalar doktoranturalari faoliyatini muvofiqlashtiradilar, ularning samaradorligi (doktorantlar tomonidan dissertatsiyalarning o‘z muddatida himoya qilinishi yoki Ixtisoslashgan kengashga taqdim etilishi) yuzasidan monitoring va nazorat ishlarini olib boradilar hamda ularga ilmiy-uslubiy rahbarlik qiladilar. 45. Doktoranturaga davlat grantlari bo‘yicha yillik qabul rejalari loyihasi davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha FA, vazirlik va idoralar tomonidan muassasalardagi ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj, doktorantura samaradorligi (dissertatsiyalarni o‘z muddatida himoya qilish yoki Ixtisoslashgan kengashga taqdim etish ko‘rsatkichi), muayyan ixtisoslik bo‘yicha mavjud ilmiy maslahatchilar faoliyati samaradorligi hamda har bir ilmiy maslahatchiga bir vaqtning o‘zida biriktirilishi mumkin bo‘lgan doktorantlar soni bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi ajratgan mablag‘ doirasida tasdiqlanadi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni doktorantura orqali shartnoma asosida tayyorlash, OTM va ITMlar tomonidan tegishli vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 46. Doktoranturaga doktorlik dissertatsiyasiga asos bo‘la oladigan salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan, fundamental tadqiqotlarni yuksak saviyada olib borish va muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy muammolarni hal qilishga qobiliyatli, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan iste’dodli ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar qabul qilinadi. 47. Doktoranturaga kirayotgan shaxslar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: a) ariza; b) shaxsiy varaqa va tarjimai hol; v) oliy ma’lumot, fan nomzodi diplomlari va dotsent (katta ilmiy xodim) attestatlari nusxasi (agar mavjud bo‘lsa); g) tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasining kengaytirilgan reja-loyihasi; d) chop etilgan ilmiy ishlari va ixtirolari ro‘yxati hamda ularning nusxalari, ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi hisobotlar ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa); e) ish joyidan tavsifnoma (boshqa tashkilotlardan yuboriladigan shaxslar uchun); j) mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; z) tibbiy ma’lumotnoma (086-shakl); i) 4x6 o‘lchamdagi 4 dona fotosurat; y) pasport va harbiy bilet (agar mavjud bo‘lsa) shaxsan ko‘rsatiladi. 48. Doktorantura faoliyat ko‘rsatayotgan OTM yoki ITMning Ilmiy kengashi tegishli kafedra, bo‘lim, laboratoriyaning doktoranturaga tavsiya etilgan nomzodning ilmiy ma’ruzasi va doktorlik dissertatsiyasining kengaytirilgan reja-loyihasi bo‘yicha xulosalarini ko‘rib chiqadi hamda bajarilgan tadqiqotlar hajmini hisobga olgan holda nomzodni doktoranturaga qabul qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ilmiy kengash qarorida doktoranturada o‘qish muddati tabaqalashtirilgan tarzda bir yildan uch yilgacha belgilanadi. 49. Doktoranturaga qabul tasdiqlangan reja bo‘yicha OTM va ITMlarining ommaviy axborot vositalarida bergan e’lonlariga muvofiq yilda bir marta sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshiriladi. Qabul to‘g‘risidagi hisobotlar yilning 15-noyabriga qadar FA, vazirlik va idoralarga taqdim etiladi. 50. Doktorantlarga dissertatsiya tadqiqotlari o‘tkazishlarida yordam ko‘rsatish uchun zaruriyat tug‘ilganida OTM rektori yoki ITM direktori buyrug‘i bilan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar orasidan (akademik, fan doktori-professor) ilmiy maslahatchilar tayinlanadi. Ilmiy maslahatchi sifatida boshqa tashkilotlardan yetakchi olim va mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin. 51. Doktorantlarni idora ichida (muassasalar filiallari bundan mustasno) va idoralararo maqsadli tayyorlash uchun ularni yo‘llovchi hamda qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi. Doktorantlarni davlatlararo maqsadli tayyorlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda mamlakatlarga ajratilgan kvotalar doirasida yoki FA, vazirlik va idoralar yo‘llanmasi asosida amalga oshiriladi. Maqsadli doktoranturaga o‘rinlar yo‘llovchi hamda qabul qiluvchi tomon o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etilgandan so‘ng ajratiladi. 52. Boshqa shahardan kelgan doktorantlar ularni o‘qishga yuborgan tashkilot mablag‘i hisobidan turar joy bilan ta’minlanadilar. 53. Doktoranturada o‘qish muddati ilmiy-pedagogik stajiga qo‘shiladi. Doktoranturada o‘qish muddatiga har yili beriladigan 30 kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan ta’til ham kiradi. 54. Doktorantlar uchun stipendiya va ularning ilmiy rahbarlari uchun to‘lovlar tasdiqlangan rejaga asosan tegishli OTM va ITMlarning xarajatlar smetasida ko‘zda tutiladi. 55. Doktorantlarga ilmiy-tadqiqot muassasalarida davlat budjetining fan, OTMlarida esa davlat budjetining maorif sohasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar hisobidan mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilangan razryadlarga muvofiq stipendiya to‘lanadi. 56. OTMlarida ilmiy maslahatchilarning doktorantlar bilan olib boradigan ishi bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hajmida ularning umumiy dars soatlari hisobiga kiritiladi. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida esa doktorantlarning ilmiy maslahatchilari mehnatiga davlat budjetining fan sohasi bo‘yicha ko‘zda tutilgan mablag‘lardan, shuningdek, shartnoma summasidan har bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hisobidan haq to‘lanadi. Doktorantning avtoreferatlarini chop etish va tarqatish bilan bog‘liq sarf-xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Ixtisoslashgan kengash faoliyat ko‘rsatayotgan OTMlar tomonidan davlat budjetining maorif, ITMlar tomonidan esa davlat budjetining fan sohasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 57. Doktorantlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat etiladi. 58. Doktoranturani muddatidan ilgari dissertatsiya himoyasi bilan tugatgan doktorantlarga OTM yoki ITMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan besh oylik stipendiya miqdorida mukofot to‘lanadi. Dissertatsiyasini muddatidan ilgari himoya qilgan doktorant 30 kalendar kundan iborat ta’til berilgandan so‘ng doktoranturadan chiqariladi. 59. Doktorantlar butun o‘qish davri davomida ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilinmaydilar, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 60. Doktoranturada o‘qish muddati tegishli hujjatlar mavjudligida uzoq davom etgan kasallik, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda boshqa favqulodda sabablarga ko‘ra uzaytiriladi, ularning moddiy ta’minoti esa qonunchilikda belgilangan tarzda amalga oshiriladi. 61. Doktoranturaga ega OTM va ITMlar quyidagi huquqlarga ega: a) Ilmiy kengashda ilmiy maslahatchining asoslangan taklifiga ko‘ra doktorantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlar yoki OTMlariga qabul qiluvchi tomonning taklifnomasi mavjud bo‘lgan holda ilmiy xizmat safariga yuborish masalasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish; b) shaxsiy ish rejalarini bajarmagan va tegishli hisobotni topshira olmagan, OTM yoki ITM ichki tartib-qoidalarini buzgan doktorantni doktoranturaga qayta tiklanish huquqisiz doktoranturadan chetlatish va bu haqda mutaxassisni o‘qishga yo‘llagan ITM, OTM yoki tashkilotga xabar berish; v) doktorantlarni shartnoma (idoralar ichida, idoralararo, davlatlararo) asosida tayyorlash uchun tushadigan mablag‘larni belgilangan tartibda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘z mutaxassislarining malakasini oshirishga sarflash. 62. Doktoranturaga ega OTM va ITM quyidagi majburiyatlarga ega: a) fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohasining respublika uchun ustuvor yo‘nalishlari (Davlat ilmiy-texnika dasturlari)ni hisobga olgan holda doktorantning dissertatsiya mavzusi, ish rejasi va (zaruriyatga ko‘ra) ilmiy maslahatchisini uch oydan kechiktirmay tasdiqlash; b) doktorantlarning faoliyatini muntazam nazorat qilish hamda Ilmiy kengashlarda ilmiy maslahatchilar, kafedra, bo‘lim, sektor, laboratoriya mudirlarining doktorantlarni tayyorlash bo‘yicha faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish. Doktorantlar faoliyati bo‘yicha yilda bir marta hisobot qabul qilish, muhokamadan o‘tkazish va tegishli qaror qabul qilish. 63. Doktorant quyidagi huquqlarga ega: a) laboratoriyalar, uskunalar, xonalar, kutubxonalar va boshqalardan foydalanish; b) ilmiy safarlarga, shu jumladan, chet mamlakatlarga borish; v) ilmiy ekspeditsiyalar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalarda ishtirok etish; g) doktoranturani muvaffaqiyatli tugatgach, uni doktoranturaga yuborgan OTM, ITM yoki tashkilotga qaytish. 64. Doktorant quyidagi majburiyatlarga ega: a) har yili muassasa Ilmiy kengashida shaxsiy ish rejalarining bajarilishi to‘g‘risida hisobot berish; b) dissertatsiya ishini OAK talablariga muvofiq o‘z muddatida tugallash, dastlabki ekspertizadan o‘tkazish va Ixtisoslashgan kengashda himoya qilish yoki himoyaga taqdim etish; v) maqsadli doktoranturani tugatgandan so‘ng uni doktoranturaga yuborgan OTM, ITM yoki tashkilot ixtiyoriga qaytish va kamida 3 (uch) yil ishlab berish. 65. Ilmiy maslahatchi quyidagi huquqlarga ega: a) OTM rektori yoki ITM direktori tomonidan tasdiqlangan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash rejasini hisobga olgan holda, bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikki doktorantga ilmiy maslahatchilik qilish. Agar ilmiy maslahatchi bir vaqtning o‘zida aspirantning ham ilmiy rahbari bo‘lsa, doktorant va aspirant (ad’yunkt)larning soni 3 (uch) kishidan oshmasligi lozim. Dissertatsiya ishlarining o‘z vaqtida himoyaga taqdim etilishini ta’minlaydigan ilmiy maslahatchiga OTM yoki ITM Ilmiy kengashining qarori bilan qo‘shimcha ravishda bir yoki ikki doktorantga ilmiy maslahatchilik qilish; b) OTM yoki ITM Ilmiy kengashiga doktorantni xorijiy ilmiy markazlar va OTMlariga ilmiy safarga yuborishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asoslangan yozma iltimosnoma bilan murojaat etish. 66. Ilmiy maslahatchi quyidagi majburiyatlarga ega: a) doktorantning ilmiy ishiga samarali ilmiy maslahatchilik qilish; b) doktorantning tasdiqlangan shaxsiy ish rejasini bajarishini nazorat qilish; v) OAK talablariga muvofiq ravishda dissertatsiya ishining o‘z vaqtida sifatli tugallanishi va himoyaga taqdim etilishini ta’minlash; g) har yili Ilmiy kengash oldida doktorant bilan birga hisobot berish. 67. Muntazam ravishda dissertatsiya ishlarining o‘z vaqtida himoyaga taqdim etilishini ta’minlamaydigan ilmiy maslahatchiga nisbatan OTM yoki ITM Ilmiy kengashining qarori bilan doktorantlarga ilmiy maslahatchilik qilish huquqidan mahrum qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkin. 68. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan OTM va ITMlari oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida fuqarolarni, shu jumladan, xorij fuqarolarini, tanlangan ixtisoslik bo‘yicha aspirantura, ad’yunktura, doktoranturaga shartnoma asosida qabul qilishlari mumkin. O‘qish fuqaroning istagiga ko‘ra davlat yoki rus tilida olib boriladi. 69. Xorijiy davlatlar fuqarolarini aspirantura, ad’yunktura va doktoranturaga qabul qilish: a) O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi hukumatlararo bitimlar; b) jamoa va yakka tartibdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 70. Xorijiy davlatlar aspirantlar, ad’yunktlar, doktorantlarning O‘zbekiston Respublikasida o‘qish muddati ushbu Nizomga muvofiq ular qabul qilingan kundan boshlab belgilanadi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun haq to‘lash turi, miqdori va tartibi, stipendiya bilan ta’minlash, turar joy sharoitlarini yaratib berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va fors-major vaziyatlari natijasida yetkaziladigan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 71. Aspirantura, ad’yunktura yoki doktoranturada o‘qishga kirayotgan xorij fuqarolari quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: a) aspirantura, ad’yunktura yoki doktoranturaga qabul qilish to‘g‘risida ariza; b) o‘rganilgan fanlar hamda ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan holda ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari; v) tibbiyot muassasasi xulosasi; g) 4x6 o‘lchamdagi 6 dona fotosurati; d) milliy pasport amaldagi viza hujjatlari bilan shaxsan ko‘rsatiladi. 72. Aspirantura, ad’yunktura va doktoranturada o‘qishni istagan, o‘zbek yoki rus tilini bilmaydigan xorij fuqarolari mavjud Til markazlarida o‘qitiladilar. 73. OTM va ITM ichki tartib-intizomini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa qoidalarni buzgan xorij fuqarolari aspirantura, ad’yunktura va doktoranturadan chetlatiladi. 74. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash aspirantura yoki doktoranturadan tashqari, mustaqil tadqiqotchilik shaklida ham amalga oshirilishi mumkin. 75. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka oliy ma’lumotga yoki magistr darajasiga ega bo‘lgan, nomzodlik dissertatsiyasi ustida mustaqil izlanishlar olib borayotgan, fan va texnikaning tegishli sohasida yetarli bilimga hamda tanlagan ixtisosligi bo‘yicha kamida bir yillik stajga ega bo‘lgan shaxslar da’vogarlik qilishlari mumkin. 76. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan o‘rnatilgan tartibga muvofiq nomzodlik minimumi imtihonlarini topshirish, dissertatsiyani tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida tegishli ixtisosliklar bo‘yicha aspiranturaga ega bo‘lgan OTM va ITMlarga 3 yilgacha muddatga biriktiriladilar. 77. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka doktorlik dissertatsiyasi ustida mustaqil izlanishlar olib borayotgan, fan va texnikaning dolzarb muammolari hamda nazariy masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari yuzasidan salmoqli natijalarga erishgan, shuningdek, tegishli fan va texnika sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan fan nomzodlari da’vogarlik qilishlari mumkin. 78. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlar tegishli ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatayotgan, taniqli ilmiy maktab va yetarli moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan yetakchi OTM va ITMlarga 4 yilgacha muddatga biriktiriladilar. 79. Mustaqil tadqiqotchilikka da’vogar OTM va ITMlarga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi: a) ish joyidan tavsifnoma; b) shaxsiy varaqa va tarjimai hol; v) ilmiy ishlari, patentlari va ilmiy hisobotlari ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa); g) oliy ma’lumoti yoki magistr darajasini tasdiqlovchi diplom nusxasi (fan nomzodi ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqiqotchi uchun); d) fan nomzodi diplomi (fan doktori ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqiqotchi uchun); e) nomzodlik imtihonlarini topshirganligi to‘g‘risida guvohnoma (agar topshirgan bo‘lsa); j) dissertatsiyaning kengaytirilgan ish rejasi. 80. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlar arizalari va shaxsiy hujjatlarini ko‘rib chiqish, ularni OTM yoki ITMga biriktirish hamda ilmiy maslahatchilarni tayinlash ushbu Nizomning 50, 77, 78 va 79-bandlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. 81. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlarni biriktirish mo‘ljallanayotgan ilmiy rahbar bilan suhbat natijasi va tegishli kafedra (bo‘lim) xulosasi asosida, mustaqil tadqiqotchilikka biriktirish muddati va ilmiy rahbar ko‘rsatilgan holda OTM yoki ITM rahbari buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 82. Fan nomzodi ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqiqotchilar bir oylik muddatda ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda tayyorlangan shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash uchun kafedra (bo‘lim)ga taqdim etadilar. 83. Mustaqil tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari fundamental tadqiqotlar rivojini inobatga olgan holda hamda fan va texnikaning Respublika uchun ustuvor yo‘nalishlari doirasida shakllantirilib, uch oylik muddatda muassasa Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 84. Fan doktori va nomzodi ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqiqotchilar mazkur Nizomning mos ravishda 35, 36, 63 hamda 64-bandlarida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarga egadirlar. 85. Shaxsiy ish rejalarini muvaffaqiyatli yakunlagan va Nizomning tegishli talablarini bajargan mustaqil tadqiqotchilar Ixtisoslashgan kengashlarda dissertatsiya himoyasiga qo‘yiladilar. Shaxsiy ish rejasini bajarmayotganlar esa mustaqil tadqiqotchilar safidan qayta tiklanish huquqisiz chetlashtiriladilar. 86. Mustaqil tadqiqotchilar faoliyati yuzasidan tashkiliy, nazorat va monitoring ishlari aspirantura hamda doktorantura bo‘limi (mutasaddi xodimlar) tomonidan olib boriladi. 87. Bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasaga mustaqil tadqiqotchi sifatida biriktirilishga ruxsat etilmaydi. 88. Aspirantura (doktorantura)ni to‘liq tamomlagan shaxslarga mustaqil tadqiqotchi sifatida biriktirilishga ruxsat etilmaydi. 89. OTMlarda ilmiy rahbar yoki maslahatchilarning mustaqil tadqiqotchilar bilan olib boradigan ishi bir mustaqil tadqiqotchi uchun 50 soat hisobidan ularning umumiy (o‘quv) yuklamasiga kiritiladi. ITMlarda esa mazkur faoliyat yuzasidan ilmiy rahbar yoki maslahatchi mehnatiga davlat budjetining fan sohasi bo‘yicha ko‘zda tutilgan mablag‘lardan, shuningdek, shartnoma summasidan har bir mustaqil tadqiqotchi uchun 50 soat hisobidan haq to‘lanadi. 90. O‘zlarining ishlab chiqarishdagi yoki pedagogik faoliyatlarini ilmiy ishlari bilan birga muvaffaqiyatli olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilarga dissertatsiyalarini yakunlash va himoyaga taqdim etish uchun doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha 6 oygacha, nomzodlik dissertatsiyalari bo‘yicha esa 3 oygacha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ijodiy ta’til beriladi. 91. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda quyidagi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan:
64
41,323
Qonunchilik
“Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabiga o‘quvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi PQ-2654-son “O‘zbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2012-yil 6-apreldagi 345-son “Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabiga o‘quvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2362, 2012-yil 14-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 20-son, 221-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,185
Qonunchilik
Irrigatsiya instituti universitetga aylantirildi
Prezidentning 10.12.2021 yildagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42-son qarori qabul qilindi. Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi. Universitet gidroenergetika, irrigatsiya, melioratsiya, qishloq хoʻjaligida innovatsion teхnika va teхnologiyalar, suv tejovchi sugʻorish teхnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, geodeziya va geoinformatika, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shuningdek, quyidagilar ham uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi: Quyidagilar tashkil etilmoqda: Boshqaruv kengashi Universitetning moliyaviy yil uchun moʻljallangan biznes-rejasini tasdiqlash, Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy maktablarni rivojlantirish, ta’lim, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar transferi jarayonlarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalar boʻyicha buyurtmachilar bilan manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirish, startap va akselerator faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish, investitsiyalarni jalb etish bilan shugʻullanadi. Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilandi: Universitetning 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab akademik va tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida vakolatlari belgilandi. Universitet 2022 yil 1 yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladi. Shuningdek, OOʻMTV hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Universitet huzurida yuridik shaхs maqomiga ega Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutini tashkil etish, Universitetning Buхoro filiali negizida Buхoro tabiiy resurslarni boshqarish institutini tashkil etish, Universitetning Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agroteхnologiyalar institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
48
2,281
Qonunchilik
OITS, SIL VA BEZGAK KASALLIKLARIGA QARShI KURASh BO‘YIChA XALQARO GLOBAL JAMG‘ARMASI GRANT MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
OITS, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifalarini samarali amalga oshirish, shuningdek OITS, sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro Global jamg‘armasi tomonidan beriladigan grant mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: OITS, sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro Global jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Global jamg‘arma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasiga mazkur kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan, birinchi bosqichda umumiy miqdori 12,2 mln. AQSh dollari, jumladan OITSga qarshi - 4,8 mln. AQSh dollari, silga qarshi -6,1 mln. AQSh dollari, bezgakka qarshi - 1,3 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi strategik dasturlarni qo‘llab-quvvatlash uchun grant mablag‘i ajratgan; dasturlarni amalga oshirishining ikkinchi bosqichida Global jamg‘arma tomonidan 28,6 mln. AQSh dollari miqdorida grant mablag‘lari ajratiladi; quyidagilar: OITS bo‘yicha - Respublika OITS markazi, sil kasalligi bo‘yicha Respublika DOTS markazi, bezgak kasalligi bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mazkur dasturlarni amalga oshirishda ijro etuvchi organlar hisoblanadi. 2. Belgilansinki, grant mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining epidemiyaga qarshi Respublika Favqulodda komissiyasi tomonidan qabul qilingan OITV/OITS, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan strategik dasturlarga ko‘ra ilovaga* muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha foydalaniladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga (F.R. Nazirov) dasturlarni samarali amalga oshirish va Global jamg‘armaning grant mablag‘laridan maqsadli foydalanish, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-sonli qarori talablariga qatiy amal qilgan holda dori-darmonlar, tibbiy va laboratoriya asbob-uskunalari hamda boshqa tovarlarni xarid qilish mexanizmiga rioya etilishi uchun mas’uliyat yuklansin. 4. OITV/OITS, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan strategik dasturlar doirasida Global jamg‘armaning grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va sotib olinayotgan dori-darmonlar, tibbiy va laboratoriya asbob-uskunalari, xizmatlar va boshqa tovarlar O‘zbekiston Respublikasining hissasi sifatida bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Global jamg‘arma ishtirokida strategik dasturlar doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish davrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida Global jamg‘armaning grant mablag‘lari hisobiga sotib olingan dori-darmonlar, tibbiy va laboratoriya asbob-uskunalari hamda boshqa tovarlarni mintaqalarga yetkazib berish bo‘yicha sarf-xarajatlarning moliyalashtirilishini nazarda tutsin. 6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Global jamg‘armaning grant mablag‘lari hisobidan xarid qilingan yuklarga to‘lov undirilmagan holda xizmat ko‘rsatishni ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining talabnomalariga ko‘ra dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik yig‘imlari undirilmagan holda belgilangan tartibda vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Global jamg‘armaning grant mablag‘laridan foydalanishni hisobga olgan holda axloq tuzatish muassasalari tizimida OITS va sil kasalliklariga qarshi sa’y-harakatlar bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi talabnomalariga ko‘ra dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarning vaqtincha ro‘yxatda turishini davlat bojlari undirilmagan holda ta’minlasin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Global jamg‘arma grant mablag‘lari hisobidan mintaqalardagi tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladigan dori-darmonlar, tibbiy va laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin. O‘zbekiston Respublikasining epidemiyaga qarshi Respublika favqulodda komissiyasi barcha moliyalashtirish manbalari, jumladan Global jamg‘arma grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan OITV/OITS, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan strategik dasturlar doirasidagi tadbirlar ijrosini muntazam ravishda ko‘rib chiqsin. 10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
155
5,238
Qonunchilik
«Elektron hukumat» tizimining samaradorligi oshiriladi
Seminarda 2013-2020 yillarda Milliy aхborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturida belgilangan “Sogʻliqni saqlash” kompleks aхborot tizimini yaratish loyihasini soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek aholining, ayniqsa qishloq joylarda yashovchilarning turli elektron tibbiyot хizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatini yaratish zarurligi qayd etildi. Sogʻliqni saqlash tizimiga aхborot teхnologiyalarining chuqur tatbiq etilishi bugungi kunda oʻz yechimini kutayotgan koʻplab muammolarning samarali hal qilinishiga zamin yaratadi. Masalan, tibbiyot muassasasiga elektron murojaat qilish tizimi yaratilsa, tibbiy maslahat uchun kelgan bemorning shifokor qabuliga kirish uchun soatlab navbat kutishiga zarurat qolmaydi. Tibbiyot kartalarini elektron shaklda yuritish tartibi esa bemor uchun ham, shifokor uchun ham yana bir qulaylikdir. Teletibbiyot yutuqlarini qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiyot muassasalariga joriy etish ogʻir kasalliklarning oldini olish, kasalliklarga tez va aniq tashхis qoʻyish tizimini yaхshilash, inson manfaatini muhofazalashda muhim yutuqlar omili boʻladi. Shuningdek, seminarda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni veb-saytga toʻliq joylashtirish, elektron hujjat aylanish tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish, aхborot хavfsizligini ta’minlash ishlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Tibbiyotga oid aхborotlarni tarqatish tizimini takomillashtirish, tibbiy хizmat koʻrsatish, dori vositalari savdosi jarayonida huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlardan aholini keng хabardor qilish, aholi bilan muloqotning samarali meхanizmlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi. Bundan tashkari, ishtirokchilar tomonidan tibbiyotga oid aхborotlarni tarqatish tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan, хususan qonun talablariga muvofiq tibbiyot muassasalarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladigan aхborotlar, interaktiv tibbiy хizmatlar koʻrsatish tartibini hujjatlashtirish va reglamentlash, tibbiyot sohasida, jumladan dori vositalari bilan savdo-sotiq sohasida suiiste’molchiliklarning oldini olish yuzasidan takliflar bildirildi. Seminar ishtirokchilari sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar toʻgʻrisida jamoatchilikni keng хabardor qilish va aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish hamda bu ishlarni OAV orqali amalga oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Shu bilan birga, oʻtkazilgan tadbir davomida aholiga dori vositalarining sotilishi, tibbiyot muassasalarining reyestri, tez tibbiy yordam хizmatlarini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik tizimi va yagona aхborot bazasini yaratish hamda rivojlantirish loyihalari ustidan ta’sirchan parlament nazorati va monitoring tizimini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari qoʻmitasi a’zosi Shuhrat ShARAFUTDINOV
54
2,927
Qonunchilik
“Yaylovlar to‘g‘risida”gi QL-454-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari T. Eshnazarov, S. Djakbarov, Sh. Yakubov va I. Zokirov tomonidan 2018-yil 24-dekabrda kiritilgan “Yaylovlar to‘g‘risida”gi QL-454-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin.
86
1,044
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini moliyalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati uzluksizligini ta’minlash, boshqaruv kadrlari malakasini oshirish dasturlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar qo‘nimsizligining oldini olish hamda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2022/2023 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) magistraturasiga qabul amalga oshirilmaganligi tufayli joriy yilning sentyabr — dekabr oylari davomida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarining kamayganligi; Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan 2022/2023 o‘quv yilida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ular uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Akademiya va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining: a) 2022/2023 o‘quv yili davomida Akademiyada 2021/2022 o‘quv yilida shakllangan 35 ta professor-o‘qituvchilar shtat birliklarini saqlab qolish; b) professor — o‘qituvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni: 2022-yil sentyabr — dekabr oylari uchun Akademiyaning 2022-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasidagi budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish; 2023/2024 o‘quv yiliga qadar esa O‘zbekiston Respublikasining 2023-yilga tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan to‘liq moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Belgilansinki: Akademiya professor-o‘qituvchilarining 2022-yil sentyabr — dekabr oylarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni Akademiyaning 2022-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan; 2023/2024 o‘quv yiliga qadar esa 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan to‘liq moliyalashtiriladi. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
149
2,403
Qonunchilik
TEMIR YO‘L TrANSPORTINI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA AKSIYALAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Temir yo‘l transportining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, tarmoqni monopoliyadan chiqarish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish asosida transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishni, harakatdagi sostavni texnika bilan qayta jihozlashni ta’minlash, respublika aholisiga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga temir yo‘l transporti xizmati ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar temir yo‘l transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblansin: mononoliyadan chiqarish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish va temir yo‘l transporti xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish; yo‘lovchilar tashish, harakatdagi sostavni, refrijerator va konteyner xo‘jaligini ta’mirlash korxonalarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish; ijtimoiy infratuzilma, yuk va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish obyektlarini, ta’mirlash-qurilish, savdo va ta’minot tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish, ular negizida mulkchilikning nodavlat shakllaridagi korxonalar shu jumladan xususiy korxonalar tashkil etish; boshqaruv tizimiga va tashish jarayoni qatnashchilari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish; temir yo‘l kompleksini rekonstruksiya qilish, yangilash va zamonaviylashtirishga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish; mamlakat iqtisodiyotining samarali va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashda temir yo‘l transportining ahamiyatini kuchaytirish, temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarini rivojlantirish. 2 Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-oktabrdagi 401-son qarori bilan tuzilgan Temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlarini monopoliyadan va davlat tasarrufidan chiqarish hamda aksiyalashtirish masalalari bo‘yicha maxsus komissiyaning: “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish; “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuk va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha hududiy direksiyalari hamda Orolbo‘yi bo‘limi negizida funksional tarkibiy bo‘linmalar va korxonalar tashkil etish; “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish, yo‘lovchilar va yuk tashish vagonlari, refrijerator va konteyner xo‘jaligini ta’mirlash korxonalarini bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish; yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy obyektlarni, yordamchi va xizmat ko‘rsatish korxonalarini davlat tasarrufidan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan chiqarish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 3 Belgilab qo‘yilsinki, yuk va yo‘lovchilar tashuvchi, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek yuk jo‘natuvchilar va yo‘lovchilarga transport-ekspeditorlik va servis xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar: davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi, shu jumladan xususiy mulk sifatida sotiladi, shuningdek turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin; ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va qiymatini pasaytirish maqsadida o‘z faoliyatini raqobat asosida amalga oshiradi. 4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin: temir yo‘l transportining barqaror va samarali ishlashini, yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash, ko‘rsatiladigan transport xizmatlari sifatini oshirish; vokzallarda va poyezdlarda yo‘lovchilarga servis xizmati ko‘rsatish, boshqa servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mulkchilikning nodavlat shakllaridagi korxonalar, shu jumladan xususiy korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish; temir yo‘llarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning tarmoqlarini yanada rivojlantirish va ularning poyezdlar o‘tkazish qobiliyatini oshirish, yagona texnika siyosati asosida ilg‘or texnologiyalarni, menejmentning zamonaviy usullarini keng joriy etish; chet el investitsiyalarini keng jalb qilish va temir yo‘l transporti hamda xalqaro yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida” 1994-yil 7-noyabrdagi PF-982-son Farmonining 2- va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan o‘n kun muddatda qaror qabul qilsin.
96
4,894
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166, 2010-yil 21-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 499-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin. 1. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Oliy malaka komissiyasi raisi, uning o‘rinbosari va mas’ul kotibi komissiya tarkibidan tayinlanadi.”. 2. 7-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
146
1,690
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI ORGANLARI UChUN KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bojxona organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq va bojxona organlari akademiyasining “Bojxona ishi” fakulteti va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona kolleji negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Oliy harbiy bojxona instituti bojxona ishi sohasida kadrlarning bazaviy kasb tayyorgarligini amalga oshiradi; Oliy harbiy bojxona institutiga o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi; bakalavrlar tayyorlash dasturi bo‘yicha tinglovchilar 4 yil, magistrlar tayyorlash dasturi bo‘yicha 2 yil o‘qitiladi; tinglovchilarning Oliy harbiy bojxona institutida o‘qish davri bojxona organlaridagi xizmati stajiga qo‘shiladi; Oliy harbiy bojxona institutiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Davlat bojxona qo‘mitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi; Oliy harbiy bojxona instituti negizida bojxona organlari xodimlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. 3. Quyidagilar Oliy harbiy bojxona institutining asosiy vazifalari hisoblanadi: kadrlarning bazaviy kasbiy tayyorgarligi, ularning bilimlarni zamonaviy talablar darajasida egallashi, bojxona organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek tinglovchilarda kasb vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan barqaror axloqiy-psixologik fazilatlarni va boshqa fazilatlarni qaror toptirish; respublikaning iqtisodiy xavfsizligini vijdonan himoya qilishga qodir bo‘lgan ijtimoiy faol, halol xodimlarni tarbiyalash; o‘quv-tarbiya jarayonining bojxona organlari oldida turgan vazifalarni hal etishga eng yuqori darajada amaliy yo‘naltirilganligini ta’minlash, shuningdek zamonaviy o‘quv texnologiyalarini, amaliy tayyorgarlikning interaktiv shakllari va usullarini joriy etish asosida o‘quv-tarbiya jarayonini uzluksiz takomillashtirish; bojxona ishi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bojxona organlari faoliyatining shakllari va usullarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash; bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlashning ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish va joriy etish, xorijiy mamlakatlarning shu kabi o‘quv bo‘linmalari bilan amaliy, metodik ayirboshlash bo‘yicha aloqalar o‘rnatish; bojxona ishi sohasida kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq normativ hujjatlarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash; Oliy harbiy bojxona institutining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy, axborot-ma’lumotnoma adabiyotlari tayyorlash va nashr etish; tinglovchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning jangovar va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Bojxona kollejida ta’lim olayotgan kursantlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturi bo‘yicha o‘qishni qisqartirilgan kurs bo‘yicha bir yil mobaynida o‘sha joyda tugallaydilar; Soliq va bojxona organlari akademiyasining “Bojxona ishi” fakulteti tinglovchilari Oliy harbiy bojxona institutining tegishli kurslariga o‘tkaziladi. 5. Oliy harbiy bojxona institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oliy harbiy bojxona instituti boshliqlar va professor-o‘qituvchilar tarkibining shtatdagi xodimlari soni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona kollejining mavjud shtatdagi 66 nafar xodimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq va bojxona organlari akademiyasidan berilayotgan 46 nafar xodim hisobiga 112 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin. 6. Oliy harbiy bojxona institutining boshliqlari, professor-o‘qituvchilari tarkibiga va tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari, imtiyozlar, buyumlar va oziq-ovqat bilan ta’minlash hamda boshqa zarur normalar, shuningdek xizmatni o‘tash tartibi joriy etiladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (B. Parpiyev) Mudofaa vazirligi (Q. G‘ulomov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (S. G‘ulomov) va Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) bilan birgalikda bir oy muddatda Oliy harbiy bojxona instituti to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 8. Davlat bojxona qo‘mitasi (B. Parpiyev) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (S. G‘ulomov) bilan birgalikda: bir oy muddatda Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida bojxona ishi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Davlat test markazi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Oliy harbiy bojxona institutiga saralash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taqdim etsin; 2003/2004 o‘quv yili boshlangunga qadar Oliy harbiy bojxona instituti professor-o‘qituvchilar tarkibini tanlov asosida yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar bilan to‘ldirsin; Oliy harbiy bojxona institutida o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 1-sentabridan boshlanishini ta’minlasin; 2003/2004 o‘quv yilida Oliy harbiy bojxona institutiga bakalavrlar tayyorlash dasturi bo‘yicha 125 nafar tinglovchi qabul qilinishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (J. Sayfiddinov) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulk va avtotransportning tegishli qismi balansdan balansga tekin berilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov): O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq va bojxona organlari akademiyasining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin hamda Oliy harbiy bojxona instituti ta’minoti uchun budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin; 2004-yildan boshlab Oliy harbiy bojxona instituti ta’minoti uchun zarur budjet mablag‘lari belgilangan tartibda ajratilishini nazarda tutsin. Belgilab qo‘yilsinki, Oliy harbiy bojxona instituti binolari, inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va uning moddiy-texnika ta’minoti Davlat bojxona qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish va bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 11. Davlat bojxona qo‘mitasi (B. Parpiyev) Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) bilan birgalikda Oliy harbiy bojxona institutini bir oy muddatda oziq-ovqat, ashyoviy mol-mulklar, o‘quv anjomlari, mebel va kazarma jihozlari, oziq-ovqat xizmati ashyolari bilan ta’minlash normasini hamda tegishli avtotransport vositalari tabelini tasdiqlasin. 12. “O‘zgo‘shtsutsanoat” davlat uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, “O‘zbekyengilsanoat”, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyalari va “O‘zdavzaxira” bosh boshqarmasi Oliy harbiy bojxona instituti tinglovchilarini xizmat kiyim-boshi va oziq-ovqat bilan ta’minlashda ko‘maklashsinlar. 13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (J. Sayfiddinov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (S. G‘ulomov) Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) bilan birgalikda “Bojxona ishi” fakultetining Oliy harbiy bojxona institutiga berilishi munosabati bilan Soliq va bojxona organlari akademiyasi to‘g‘risidagi Nizomga, shuningdek Toshkent, Buxoro va Farg‘ona shaharlaridagi soliq kollejlari to‘g‘risidagi nizomlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kollejini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 14-iyuldagi 298-son, “Buxoro va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining soliq kollejlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 4-maydagi 178-son hamda “Soliq va bojxona organlari akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 10-yanvardagi 16-son qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona kollejini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 13-iyuldagi 297-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kollejini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 14-iyuldagi 298-son qarorida: 1-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “kollej o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasasi hisoblanadi”; oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Soliq kollejining ma’muriy va o‘qituvchilar tarkibiga Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tegishli toifalari uchun xizmatni o‘tash shartlari tatbiq etiladi”; 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “3. Soliq kolleji ma’muriy va o‘qituvchilar tarkibining shtatlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”; 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining soliq kollejlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 4-maydagi 178-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “3. Soliq kollejlari ma’muriy va o‘qituvchilar tarkibining shtatlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”.
130
10,088
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/11-son qarori (ro‘yxat raqami 2711, 2015-yil 26-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 34-son, 460-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 10-banddagi “Tijorat banklarida kassa ishlarini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)” degan so‘zlar “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun),” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “59. Banklarda to‘ldirilmagan yangi omonat daftarchalari qat’iy hisobda turuvchi blankalar hisoblanadi va ular pul omborxonasida Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) talablariga muvofiq saqlanishi lozim.”. 3. 60-bandning 7-kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. 130-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 5. 187-banddagi “Tijorat banklarida kassa ishlarini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnoma”da (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)” degan so‘zlar “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 7-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
143
2,193
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BLANKALARIGA QO‘YILADIGAN TEXNIK TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-noyabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 506-sonli qaroriga muvofiq, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Qimmatli qog‘ozlar blankalariga qo‘yiladigan texnik talablar to‘g‘risidagi nizom (yangi tahriri) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin. 3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 285-son bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar blankalariga qo‘yiladigan texnik talablar” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (1998-yil 30-noyabr, ro‘yxat raqami 553-son).
100
788
Qonunchilik
Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xususiy sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, hududlar aholisi uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish, xususiy tibbiyot tashkilotlarining investitsiyaviy faolligini yaxshilash, ularni zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar va butlovchi qismlar bilan jihozlash, shuningdek, tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. “Asaka” ATB orqali 28 million AQSh dollari miqdorida maqsadli imtiyozli resurslar ajratilishi natijasida respublikaning barcha hududlarida xususiy tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha 286 ta loyiha amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) “Asaka” ATBga xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million AQSh dollari miqdorida Jamg‘arma kredit liniyasini taqdim etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Belgilansinki, Jamg‘armaning kredit liniyasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4290-son qaroriga muvofiq ajratilgan, tanlanmagan mablag‘lar qismi hisobidan; 10 yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr, “Asaka” ATB marjasini hisobga olmasdan yillik 5 foiz stavka bilan; loyihalar qiymatining ko‘pi bilan 60 foizini moliyalashtirish uchun; pullik tibbiyot xizmatlariga bo‘lgan talab bo‘yicha tahlillarni va xususiy tibbiyot tashkilotida xarid qilinayotgan uskunalarda xizmat ko‘rsata oladigan malakali xodimlarning mavjudligini hisobga olgan holda ilovaga muvofiq hududlarda yangi import tibbiyot uskunalari (kosmetologiyaga oidlari bundan mustasno) va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun taqdim etiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Asaka” ATB bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar xalqaro moliya institutlari bilan xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million AQSh dollari miqdorida uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilishni ko‘rib chiqsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4290-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “200” raqami “150” raqami bilan almashtirilsin. 6. Mazkur qaror ijrosi ustidan nazorat qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov — mazkur qarorning samarali amalga oshirilishi, uning qoidalari o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha mas’ul vazirliklar, idoralar va “Asaka” ATB rahbarlarining hisobotlari muntazam eshitib borilishi, zarur hollarda mazkur sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.U. Umurzakov, Sh.A. Vafayev) — mazkur qarorga muvofiq xususiy tibbiyot tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Jamg‘armaning kredit liniyalari o‘z vaqtida ajratilishi, sog‘liqni saqlashning xususiy sektorini yanada rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari jalb etilishi bo‘yicha choralarni ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov — sifatli xususiy sog‘liqni saqlash tizimini, ayniqsa hududlarda yanada kengaytirish, ushbu sohada mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralarni (takliflarni) ko‘rsin (kiritsin).
112
3,849
Qonunchilik
Olimpiya chempioni treneriga – 20 ming dollar mukofot puli
Vazirlar Mahkamasining 30.10.2017 yildagi 878-son «Nufuzli хalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Hujjat bilan: Eslatib oʻtamiz, nufuzli хalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari Prezidentining 10.08.2017yildagi PQ–3196-son qarorida belgilangan edi. Olimpiyachilarga toʻlovlar Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar – Oʻzbekiston fuqarolari arizalari qondirilgan taqdirda quyidagi miqdordagi toʻlovlarni har oyda olishadi: Toʻlovlarni olish uchun sportchilar har yili 1 dekabrga qadar Davlat sport qoʻmitasiga belgilangan shakldagi ariza, pasport nusхasi hamda Oʻyin gʻolibi yoki sovrindorning diplomi nusхalarini topshirishlari zarur. Sportchilarning arizalari Davlat sport qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Toʻlovlar Komissiya taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Toʻlovlar quyidagi holatlarda bekor qilinadi: Trenerlarga toʻlovlar 1.01.2018 yildan boshlab nufuzli хalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilarning trenerlariga bir martalik pul mukofotlari beriladi (quyidagi jadvalga qarang).    Trener tarbiyalanuvchisi gʻolib yoki sovrindor boʻlgan musobaqalar turi  Myedal turi  Mukofot miqdori (AQSh dollari[1] Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari Oltin medal 20 000 Kumush medal 15 000 Bronza medali 10 000 Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Jahon chempionatlari Oltin medal 6 000 Kumush medal 3 000 Bronza medali 1 500 Osiyo va Parosiyo oʻyinlari Oltin medal 2 500 Kumush medal 1 500 Bronza medali 1 000    Ma’lumot uchun: mazkur nizom doirasidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi.  Olimpiyachilarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish Olimpiya va paralimpiya gʻoliblari hamda sovrindorlari har yili oʻzlariga qulay boʻlgan vaqtda Oʻzbekiston sanatoriylarida sogʻlomlashtirish kurslaridan bepul oʻtishlari mumkin. Buning uchun ular 1 sentyabrga qadar Davlat sport qoʻmitasiga quyidagilarni topshirishlari zarur: Sogʻlomlashtirish yoʻllanmalari davolash-profilaktika muassasalari tomonidan sportchini bepul dispanserizatsiyalash natijasiga koʻra aniqlanadi. Bunda sportchilarga "standart" yotoqхonalardan joy beriladi. Qoʻshimcha хizmatlar – oʻz hisobidan. Nizomda sportchilarni sanatoriyga yoʻnaltirishning batafsil sхemasi keltirilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 31.10.2017 yilda kuchga kirdi.    Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Lenara Xikmatova. [1] Mazkur toʻlovlar хorijiy valyutada oluvchining depozit hisob-raqamiga tushiriladi. Oluvchiga pullar хorijiy valyutada beriladi.
58
3,108
Qonunchilik
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikada mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan holda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning eksportini yanada rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida: 1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin va uning daromadlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yig‘imlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdori; jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 2. 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga, mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Jamg‘arma hisobidan subsidiya ajratiladi. Bunda: mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan bo‘lishi; uskuna qiymatiga yetkazib berish hamda boshqa qo‘shimcha xizmatlar xarajatlari kiritilmasligi; loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud bo‘lishi lozim. b) bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini hamda tarkibida sun’iy tola 80 foizdan yuqori bo‘lgan ip-kalava ishlab chiqarish uskunalarini xarid qiluvchi korxonalarga boshlang‘ich 15 foiz to‘lovni to‘lash uchun xorijiy valyutada 7 yil muddatgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan mazkur Farmonning 4-bandi 4-xatboshi bo‘yicha belgilanadigan depozit stavkasiga bankning 1 foizlik marjasini hisobga olgan holda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan kredit ajratiladi; v) bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga xorijiy valyutada 1 yil muddatgacha 9 oygacha imtiyozli davr bilan mazkur Farmonning 4-bandi 4-xatboshi bo‘yicha belgilanadigan depozit stavkasiga bankning 1 foizlik marjasini hisobga olgan holda 3 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratiladi; g) bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarning kamida 80 foizini eksport qilgan korxonalarga: ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash; mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqi beriladi. Bunda, soliqni kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng soliq qarzi va hisoblangan foizlar kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin. 3. Belgilansinki, 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar Jamg‘armaga yo‘naltiriladi: a) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 100 foizi. Bunda ushbu mablag‘lar bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash uchun ajratiladi; b) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizi. Bunda ushbu mablag‘lar tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi korxonalarga subsidiyalash uchun ajratiladi. Ushbu subsidiyalar har oyda keyingi oyning 20-sanasiga qadar hisobot oyida tushgan mablag‘lar hisobidan eksportchi korxonalarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratiladi. 4. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Agentlikning talabnomasiga asosan Jamg‘armaga 25 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalashga beg‘araz ajratsin. Moliya vazirligi, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlar uchun 2022-yilda respublika budjetidan Jamg‘armaga qo‘shimcha ravishda 250 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratsin. Moliya vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning talabnomasiga asosan 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorigacha mablag‘larni suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan mazkur Farmonning 2-bandi “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun, mos ravishda, 7 yil va 1 yil muddatlarga depozit hisob-varag‘iga joylashtirib borsin. Bunda depozit stavkalari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan talabnoma taqdim etilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining ikkilamchi bozordagi kotirovkalari stavkasi miqdoridan kam bo‘lmaydi. 5. Eksport qiluvchilarning eksportoldi moliyalashtirish uchun tijorat banklaridan olgan kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya va kafillik berish muddatlari 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin hamda ushbu tartib barcha eksportchi korxonalarga tatbiq etilsin. 6. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibini; To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni; paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibini tasdiqlasin. 7. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar paxta tolasini majburiy avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini ta’minlasin. 8. Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi har yarim yilda Jamg‘arma hisobidan subsidiyalarning maqsadli ajratilishini hamda ajratilgan subsidiya miqdorlarining eksport hajmlariga muvofiqligini o‘rganib, natijalari yuzasidan axborotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin. 9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 11. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari S.U. Umurzakov belgilansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6091-son Farmoni 1-bandida: birinchi xatboshidagi “2022-yil” so‘zlari “2024-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ushbu tartib barcha eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lmagan korxonalarga ham tatbiq etiladi”; sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin; to‘qqizinchi xatboshidagi “2022-yil” so‘zlari “2024-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5989-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan boshlang‘ich narxda birja savdolariga chiqariladi”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4453-son qarori 2-bandining “v” kichik bandidagi “75 foizi” so‘zlari “5 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
206
9,331
Qonunchilik
“ELEKTRON RAQAMLI IMZO TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) o‘z qarorlarini “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
94
508
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-son Farmoni, 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4112-son va 2019-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4127-son qarorlariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3202-son Farmoni 5-bandida: birinchi xatboshidan “yoki davlatning ishonchli vakili” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi III bo‘limining 3-bandidan “va davlatning ishonchli vakillari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-son Farmoni 9-bandining ikkinchi xatboshisidan “, shuningdek, davlatning ishonchli vakillari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi PF-5515-son Farmonida: 17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” so‘zlari “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-ilovaning rus tilidagi matni 19-pozitsiyasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Sentr po koordinatsii i razvitiyu rinka tsennix bumag” so‘zlari “Agentstvo po razvitiyu rinka kapitala” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2048-son qarorida: 5-bandning birinchi xatboshisidan “, aksiyadorlik va unitar transport tashkilotlari” va “2-ilovaga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin; 6-band hamda 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkillashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2136-son qarori rus tilidagi matnida: 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Opredelit, chto AK “Uzmaxsusmontajkurilish” yavlyayetsya pravopreyemnikom po pravam i obyazatelstvam assotsiatsii “Uzmontajspetsstroy”. 4. Odobrit osnovnuyu spetsializatsiyu i territorialnie zoni deyatelnosti montajnix i spetsialnix stroitelnix organizatsiy, vxodyaщix v sostav AK “Uzmaxsusmontajkurilish”, soglasno prilojeniyu № 3”; 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2340-son qarori 6-bandida: beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2515-son qarorida: 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. “O‘zagroeksport” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin”; 3, 4, 6 va 7-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 5-ilovaning rus tilidagi matni nomlanishidan “predpriyatiy i” so‘zlari chiqarib tashlansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matni 9-bandining 7-kichik bandida: yigirma birinchi xatboshi chiqarib tashlansin; yigirma ikkinchi xatboshi yigirma birinchi xatboshi deb hisoblansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3408-son qarorida: 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. “O‘zpaxtasanoat” AJning tarkibiga kiruvchi korxonalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin”; 4, 5-bandlar hamda 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3947-son qarori 6-bandida: “b” kichik banddan “va lotereyalar tashkil etishni” so‘zlari chiqarib tashlansin; 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF-3358-son Farmoniga ilovaning V bo‘limi 1-bandi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-4045-son Farmoniga ilovaning 2-bandi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-4561-son Farmoniga 1-ilovaning 12, 16 va 17-bandlari. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5197-son Farmoniga ilovaning 2-bandi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5207-son Farmoniga ilovaning 5-bandi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5250-son Farmoniga ilovaning 9-bandi “a” kichik bandi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5329-son Farmoniga 1-ilovaning 13-bandi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5447-son Farmoniga 1-ilovaning 10, 12, 27, 28-bandlari va 30-bandi “b” kichik bandi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5607-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-335-son qarori 4-bandi hamda qarorga 6-ilova. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi “Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari kengashlarining tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-424-son qarori. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-avgustdagi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-446-son qarori 2-bandi va 3-bandining uchinchi xatboshisi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-sentabrdagi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-461-son qarori. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-oktabrdagi “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-500-son qarori 2-bandi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-506-son qarori 2-bandi. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 9-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ–500-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-668-son qarori. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko‘paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-986-son qarori 3-bandi hamda qarorga 2-ilova. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1199-son qaroriga ilovaning 1-bandi. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1340-son qarori. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2454-son qarori 1 va 2-bandlari. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-iyuldagi “Elektr energetika sohasida ilmiy-texnikaviy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2559-son qarori 3-bandi hamda qarorga 1 — 3-ilovalar. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2658-son qarori 2-bandi hamda qarorga 1b, 1v, 4 va 5-ilovalar. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qaroriga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi PQ-2787-son qarori. 26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2884-son qarori 3 va 4-bandlari hamda qarorga 1, 2-ilovalar va 5-ilovaning 1-bandi. 27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2897-son qarori. 28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2972-son qarori 1 — 3-bandlari hamda qarorga 1 — 3-ilovalar. 29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3028-son qarori 4 va 16-bandlari hamda qarorga 3 — 5-ilovalar. 30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko‘paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-3076-son qaroriga ilovaning 6-bandi. 31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Neft-gaz tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3107-son qaroriga 17-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi. 32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3246-son qarori 14-bandi hamda qarorga 3-ilova. 33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3277-son qarori 4 va 6-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar. 34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Olmaliq KMK” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3280-son qarori 2 va 3-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar. 35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-3310-son qaroriga ilovaning 3-bandi. 36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3317-son qarori 3-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari hamda qarorga 2 va 3-ilovalar. 37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-noyabrdagi “O‘zbekko‘mir” AJ va “Sharg‘unko‘mir” AJni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga o‘tkazish hamda ko‘mir sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3380-son qarori 3-bandi hamda qarorga 1-ilova. 38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3751-son qarori 5-bandi hamda qarorga 1-ilova. 39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3929-son qarori 5 va 6-bandlari hamda qarorga 1, 2-ilovalar va 3-ilovaning 2-bandi. 40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3983-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 3-bandlari.
156
15,522
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KORXONALAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilinishi bilanoq kuchga kiritilsin; 21-moddaning davlat korxonalariga taalluqli bo‘lgan 2-bandi 1992-yil 1-yanvardan kuchga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti uch oylik muddat ichida: — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga moslash haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi oliy Kengashiga taqdim etsin; — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilsin; — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari qabul qilgan va “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga zid bo‘lgan normativ hujjatlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qayta ko‘rib chiqilishini va bekor qilinishini ta’minlasin; — erkin sotilishi (ko‘rsatilishi) man etilgan yoki cheklangan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar, ishlab chiqarish chiqindilari turlarining ro‘yxatini, shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etiladigan xo‘jalik faoliyati turlarining ro‘yxatlarini, shuningdek litsenziya faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma berish va ularni bekor qilish tartibini belgilasin; — korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bo‘ladigan hujjatlarning ro‘yxatini belgilasin. Tegishli qonun hujjatlari qabul qilingunga qadar bir oy muddat ichida: — 1991-yil uchun jumhuriyat hududidagi barcha turdagi korxonalar xodimlarining mehnatiga to‘lanadigan eng kam haqni; — bozorda yakkahokimlik qilayotgan korxonalarning mahsulotiga bo‘lgan narxni boshqarish tartibini; — korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish tartibi va shartlarini, shuningdek jumhuriyat va mahalliy budjetga valyuta ajratmalari stavkalarini; — ittifoq, jumhuriyat, muxtor jumhuriyat, chet el huquqiy shaxslari va fuqarolarning mulki to‘la yoki ulushbay asosida qatnashadigan korxonalarni yaratish va ularning faoliyat tartibini belgilasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasining ushbu Qonunga muvofiq bo‘lmagan amaldagi qonun hujjatlari qo‘llanaveradi. Ayni paytda ushbu Qonun kuchga kiritilgunga qadar qabul qilingan, faqat Qonun bilan boshqariladigan masalalar xususidagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari tegishli hujjatlar qabul qilingunga qadar amal qiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Sanoat, xalq iste’moli mollari, aholiga xizmat ko‘rsatish va savdo qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini nazorat qilsin hamda jumhuriyatda uning qanday bajarilayotganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga 1992-yilning yanvar oyida ma’lum qilsin.
120
3,123
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FOYDALANILADIGAN YERLARNI YaLPI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Respublikadagi barcha yerlarni zaruriy hisobga olishni, yer solig‘ining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zgeodeziya” boshqarmasining hamda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralarining ixtisoslashtirilgan tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etib, 1995-yilning birinchi yarmida mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanadigan yerlarning chegaralari va maydonlarini aniqlagan holda shaharlar va shaharchalar yerlarini ro‘yxatdan o‘tkazsinlar; ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha bir oy muddatda yerlardan foydalanish huquqini yoki yerlarni ijaraga olish shartnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirsinlar; barcha shaharlar va shaharchalarda yerlardan foydalanuvchilarning har biri bo‘yicha yer kadastri hujjatlarini muntazam yuritishni tashkil etsinlar; respublika va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar hokimliklarida yer kadastri hujjatlarini yuritish, yer qonunchiligiga rioya etilishini va yer munosabatlarini tartibga solib borishni nazorat qilish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etsinlar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zgeodeziya” boshqarmasi va ularning joylardagi organlari bilan birgalikda 1995-yilning 1 choragida respublika shaharlari hududini kompleks baholash ishlarini tugallasinlar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda “O‘zgeodeziya” boshqarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va shaharchalari yerlarini yalpi ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 3. “O‘zgeodeziya” boshqarmasi yerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirishni barcha zarur geodeziya va topografiya materiallari va ma’lumotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, shaharlar va shaharchalar yerlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari mahalliy budjet hisobiga amalga oshiriladi. Respublika va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlarning hamda tumanlarning hokimliklari ushbu maqsadlar uchun mahalliy budjetdan zarur mablag‘larni ajratsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, respublika shaharlari hududlarini baholash natijalarini hisobga olgan holda, yer solig‘i stavkalariga tuzatish kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha yer uchastkalarini soliq solishdan yashirgan yoki ularning maydonini kamaytirib ko‘rsatgan yerdan foydalanuvchilarni aniqlasin va qonunchilikka muvofiq ularga nisbatan choralar ko‘rsin. 7. “O‘zgeodeziya” boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda, zarurat bo‘lganda yer kadastri hujjatlariga yer solig‘ini to‘g‘ri hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar kiritsinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. X. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
91
3,459
Qonunchilik
“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti to‘g‘risidagi ustav 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Institut Toshkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9-V uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin. 3. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi: Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlasin; yangidan tashkil etilayotgan Institutni zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish orqali uning samarali ishlashini tashkil etsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Ustav O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar institutining (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining buyruqlari, qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi. 3. Institut faoliyatini moliyalashtirish Institutga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga “O‘zbekiston ilmiy — sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tomonidan xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlarning ularni ko‘rsatishga sarflangan jami xarajatlar qoplangandan keyin qolgan summasining yarmi, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarida man qilinmagan boshqa manbalar va mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining alohida mulkiga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilidagi o‘z nomi yozilgan muhrga, milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 5. Institut standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida davlat ilmiy muassasa hisoblanadi. 6. Institutning rasmiy nomlanishi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi; qisqartirilgan nomi — Standartlar instituti; b) ingliz tilida: to‘liq nomi — State institution “Scientific-research institute for standardization, certification and technical regulation”; qisqartirilgan nomi — Institute of Standards; v) rus tilida: to‘liq nomi — Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Nauchno-issledovatelskiy institut standartizatsii, sertifikatsii i texnicheskogo regulirovaniya”; qisqartirilgan nomi — Institut standartov. 7. Institut joylashgan joy (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Tashkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9-V uy. 8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi: standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha shartnoma asosida ishlab chiqish va realizatsiya qilish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining ishlashini va rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish va mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirish. 9. Institut o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, faoliyatini tashkil etish, tugatishda ishtirok etadi; standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar hamkorligini rivojlantirishni va o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlaydi; standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarni tashkil etadi va standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar kotibiyati faoliyatini boshqaradi; standartlashtirish bo‘yicha xalqaro texnik qo‘mitalar va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida hamda davlat standartlarini xalqaro darajada tarqatishda faol ishtirok etadi; b) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida: standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini davriy oshirish va qayta tayyorlashni, shuningdek, tasniflashtirish va kodlashtirishni amalga oshiradi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, shuningdek, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash reja-jadvali tasdiqlanishini ta’minlaydi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, tasniflashtirish va kodlashtirish masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv-mavzuli rejalarini tuzadi va tasdiqlaydi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan kadrlarning yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi; oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektor bilan standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun tegishli ta’lim yo‘nalishlarida yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga ko‘maklashish orqali o‘quv-metodik ishlarning sifati va darajasini oshiradi; bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ko‘maklashadi, shuningdek, Institut bazasida standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholashning tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni tashkil etish yo‘li bilan oliy malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi; iqtisodiyot tarmoqlari uchun standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlariga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy etadi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari uchun ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etadi; v) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish sohasida: xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni shartnoma asosida ishlab chiqadi, ekspertizadan o‘tkazadi va realizatsiya qiladi; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kiritadi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va ilmiy-metodik ko‘rsatmalar berishda ko‘maklashadi; mahsulotlar va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan, shu asosda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlaydigan ilg‘or standartlarni ishlab chiqadi; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning yangisini ishlab chiqish, amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritadi; umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; standartlashtirish bo‘yicha davlat normativ hujjatlar fondini xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish darajasini oshirish choralarini ko‘radi; standartlashtirish bo‘yicha davlat normativ hujjatlar fondini yaratadi, yuritadi va dolzarblashtiradi, shuningdek, nazorat nusxalari saqlanishini ta’minlaydi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning yillik ko‘rsatkichi (katalog)ni tayyorlaydi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi, undan barcha manfaatdor tomonlarning shartnoma asosida foydalanishi imkoniyatini beradi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar axborot resurslari ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratadi; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiquvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalari va manfaatdor tomonlarning takliflarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishning har yilgi jadvallarini shakllantiradi; mahsulotga standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga muvofiq kataloglashtirilgan ro‘yxat asosida mahsulotlarni kataloglashtiradi; xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq xalqaro va xorijiy davlatlar standartlarini respublikada tarqatish; g) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining ishlashini va rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish va mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotlarni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirish sohasida: standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borishda, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilishda ishtirok etadi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy materiallarni nashr etadi; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalari yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagilarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, strategiyasi, istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida xalqaro amaliyotni doimiy ravishda o‘rganadi, uning natijalari bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritadi; standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimini xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish maqsadida transport vositalarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro identifikatsiya kodi (WMI-kod)ni beradi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida erishilgan yutuqlarning ilmiy-texnik targ‘ibotini amalga oshiradi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida, shu jumladan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, oliy ta’lim muassasalari va vazirliklar va idoralarning tasarrufida bo‘lgan boshqa ilmiy muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni o‘qitish bo‘yicha xalqaro, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi; xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy institutlari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi; xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi; muvofiqlikni baholash, shu jumladan, mahsulotlarni putur yetkazmasdan tekshirish, shuningdek, xorijiy davlatlarning sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlari natijalarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’tirof etish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etadi. 10. Institut o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar tashkil etish, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarini tashkil etishda ishtirok etish; Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish; texnik reglamentlar, majburiy standartlar, metrologiya va majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga takliflar kiritish; o‘z vakolatlarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni, jumladan, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli vazifalarini hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etish; texnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert kengashlari va komissiyalar ishida ishtirok etish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida dasturlar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko‘rsatmalar, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlash va nashr qilish; o‘z vakolatlari doirasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnomalar, chora-tadbirlar rejalari, jadvallar va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni tasdiqlash; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; mahsulotlar, xizmatlar, xodimlarni sertifikatlashtirish, mahsulotni sinash usullarini validatlash (attestatsiyadan o‘tkazish), o‘lchov va sinov vositalarini tayyorlash, kalibrlash, qiyoslash, ta’mirlash, standart namunalar, moddalar va materiallarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida noshirlik faoliyatini amalga oshirish, ilmiy-texnik axborotni tarqatish; aholi va turli tashkilotlarga pulli ta’lim xizmatlari, muvofiqlikni baholash bo‘yicha xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyatni amalga oshirish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning ishchi kengashlarida va yig‘ilishlarida ishtirok etish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha standartlashtirsh bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tarjima qilish, joriy qilishni shartnoma asosida amalga oshirish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, “davra suhbatlar”i va boshqa tadbirlar o‘tkazish; xalqaro sertifikatlashtirish tizimiga qo‘shilish, mahsulotlarni majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash va ularni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga kiritish; xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq, ushbu tashkilotlarga badallarni to‘lab berish; Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 11. Institut o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi. 12. Institut o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi. 13. Institut faoliyatiga O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori taqdimnomasiga asosan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor umumiy rahbarlik qiladi. 14. Institut direktori: Institut vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi; Institutda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratadi; Institut Ilmiy kengashining tavsiyalari asosida o‘quv-mavzuli rejalar, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlaydi; Institut faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qiladi; o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, Institutning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi; Institut xodimlari, shuningdek, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalar beradi; xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Institutning shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; Institut nomidan xo‘jalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishgan holda ishlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqib zarur bo‘lganda Institutning tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soniga o‘zgartirishlar kiritadi (budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladigan tuzilmalar va shtat birliklari yuzasidan). Direktor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 15. Institut direktori O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi. 16. Direktor o‘rinbosarlari: tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi; tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun direktorga kiritadi; direktorga Institutning tarkibiy bo‘linmalarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflarini kiritish, ularning kasbiy mahoratini, malakasini, amaliy tajribasini, ishchanlik va axloqiy fazilatlarini yuqori darajada ta’minlash, ularning kasbiy malakalarini oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; Institutning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, yakunlar bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi. 17. Direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini standartlashtirish bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari amalga oshiradi. 18. Institut huzurida direktor (Ilmiy kengash raisi), faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), Institut tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida va tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi. Institut Ilmiy kengashining shaxsiy tarkibi, a’zolari soni va nizomi Institut direktori taqdimiga binoan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlaydi. Institut Ilmiy kengashining ish tartibi Institutning ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi. 19. Institut faoliyati samaradorligi muntazam ravishda baholanadi. 20. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan institut faoliyatini baholash mezonlariga hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi ishchi indikatorlariga asoslanadi. 21. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha: Institut rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (taqdirlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari; Institut faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi. 22. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlarida belgilanadi. 23. Institutni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 1. Ushbu Nizom xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini (keyingi o‘rinlarda Standartlar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish va qo‘llash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: xalqaro standart — standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan standart; mintaqaviy yoki davlatlararo standart — standartlashtirish sohasida mintaqaviy tashkilot doirasida qabul qilingan standart; xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy davlatning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organi tomonidan qabul qilingan standart; manfaatdor tomonlar — Standartlarni qabul qilish va (yoki) ularni qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan mahsulotlarning (xizmatlarning) tegishli turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar. 3. Standartlarni qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan Standartlarni qabul qilish bo‘yicha rejalar, dasturlar va tadbirlar; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Respublika standartlashtirish yillik dasturi; standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarining ish rejalari; manfaatdor tomonlarning O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga buyurtmanomalari (murojaatlari). Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish manfaatdor taraf tomonidan ta’minlanadi. 5. Xalqaro standartlar O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari shaklida, davlat tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida qabul qilinadi. 6. Respublikada xalqaro standartlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari shaklida quyidagicha amalga oshiriladi: IDT qisqartirma bilan belgilangan, xalqaro standartlar bilan aynan o‘xshash; MOD qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan; NEQ qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartlarga nisbatan ekvivalent bo‘lmagan. 7. Xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari sifatida qabul qilishga tayyorgarlik bo‘yicha ish standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari, ular bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 8. Agar O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan xalqaro standartda davlat standarti sifatida qabul qilinmagan standartlarga havolalar mavjud bo‘lsa, ularni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib borilishi zarur. 9. Havola qilinadigan xalqaro standartlarni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib borilayotganida, birinchi o‘rinda, qabul qilinayotgan xalqaro standart bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va uning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilinadigan xalqaro standartlarning ahamiyati hisobga olinishi zarur. 10. O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti quyidagi hollarda xalqaro standartlar bilan aynan o‘xshash hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti texnik tarkibi, tuzilishi va mazmuni jihatidan aynan o‘xshash bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti texnik tarkibi jihatidan aynan o‘xshash, biroq, unga tahririy o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 11. Xalqaro standartga aynan o‘xshash bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami titul varaqda aynan o‘xshash xalqaro standartning raqami ko‘rsatilgan holda saqlab qolinadi. Masalan: O‘z DSt ISO 5524:2017 (ISO 5524:1991, IDT). 12. O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti quyidagi shartlar bilan xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan hisoblanadi: identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan texnik og‘ishlarni o‘z ichiga olgan; identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan hamda har ikkala standart tuzilmasini oddiy taqqoslash imkoni bo‘lsagina o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladigan xalqaro standartning (xalqaro hujjatning) tuzilmasini aks ettiradi; xalqaro standartlarga havolalarni almashtirishi mumkin bo‘lgan normativ havolalar shaklida O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari mavjud bo‘lmasa — har bir havola o‘rniga havola qilinadigan xalqaro standart mazmunini (uning bo‘limlari, bo‘linmalari, bandlarini, kichik bandlari, ilovalarini) muqobil almashtirishi mumkin bo‘lgan qoida keltiriladi; qo‘llaniladigan xalqaro standart matnida aynan o‘xshash yoki modifikatsiyalangan davlat standartlari sifatida qabul qilingan boshqa xalqaro standartlarga havolalar bo‘lsa — o‘zgartirilgan standart loyihasini tayyorlashda xalqaro standartlarga havolalar o‘rniga ular bilan uyg‘unlashtirilgan davlat standartlariga havolalardan foydalanadi. Modifikatsiyalangan standart matnida xalqaro standartga havola o‘rniga bir xil standartlashtirish obyektiga (mahsulot, jarayon yoki xizmat) tatbiq etiladigan, biroq havola qilinadigan xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilmagan davlat standartiga havola qilishga ruxsat etiladi. 13. Xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami tartib raqamiga qo‘yilmaydi. Modifikatsiyalangan xalqaro standartning raqami titul varaqqa yozib qo‘yiladi. Masalan: “O‘z DSt 3220:2019” (ISO 9227:2012, MOD). 14. O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti quyidagi shartlarda xalqaro standartga nisbatan noekvivalent hisoblanadi: identifikatsiyalanmagan va ularni kiritish sabablari tushuntirilmagan texnik og‘ishlarni o‘z ichiga olgan; identifikatsiyalanmagan va tushuntirilmagan, tuzilmasida xalqaro standart bilan oddiy taqqoslashni ta’minlamaydigan o‘zgarishlarga ega; xalqaro standart talablarining katta bo‘lmagan (miqdori va/yoki ahamiyati jihatidan) qismini o‘z ichiga olgan. 15. Xalqaro standartga nisbatan noekvivalent O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami tartib raqamiga qo‘yilmaydi. Noekvivalent xalqaro standartning raqami titul varaqqa yozib qo‘yiladi. Masalan: O‘z DSt 3722:2014 (ISO 3290-1:2008, NEQ). 16. Respublikada mintaqaviy standartlarni qabul qilish standartning identifikatsiya raqamini davlat tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida saqlangan holda bevosita qabul qilish orqali amalga oshiriladi. 17. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zo — mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi doirasida qabul qilinadigan standartlar Davlatlararo kengashning standartlashtirish bo‘yicha ishlarni olib borish qoidalariga muvofiq qabul qilinadi. 18. Agar qabul qilinadigan hududiy yoki davlatlararo standartlarda respublikada qabul qilinmagan boshqa xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarga havolalar bo‘lsa, ularni bir vaqtda qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilishi kerak. 19. Xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilish bo‘yicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan mintaqaviy yoki davlatlararo standart bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va ularning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilingan standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak. 20. Respublikada xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish mazkur mamlakatlar bilan tuzilgan kelishuv va/yoki bitimlarga muvofiq standartning identifikatsiya raqamini saqlagan holda davlat tilida hamda standartning asli yozilgan tillardan birida to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 21. Xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organlaridan olingan ushbu mamlakatlarning standartlarini qo‘llash to‘g‘risidagi rozilik respublikada xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish uchun asos hisoblanadi. 22. Qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatlar standartida respublikada qabul qilinmagan boshqa Standartlarga havolalar mavjud bo‘lsa, ularning bir vaqtda qabul qilinishi bo‘yicha ishlar olib borilishi kerak. 23. Havola qilingan Standartlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilish bo‘yicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatning standarti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va ularning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilingan Standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak. 24. Standartlarini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ariza tushgandan so‘ng O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ushbu standartlarni qabul qilgan vakolatli organlarga ularni qo‘llash to‘g‘risida roziligini olish uchun so‘rov yuboradi. 25. Qabul qilinayotgan Standartlarni manfaatdor tomonlar bilan kelishish standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari, ular bo‘lmagan taqdirda — Institut tomonidan amalga oshiriladi. 26. Qabul qilinayotgan Standart manfaatdor tomonlar tomonidan o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi va ushbu standartni respublikada qabul qilishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) bo‘yicha takliflar kiritiladi. 27. Manfaatdor tomonlar tomonidan o‘n besh kun mobaynida takliflar kiritilmasa, ushbu Standart kelishilgan hisoblanadi. 28. Kelishish natijalariga ko‘ra standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari (ular bo‘lmagan taqdirda — Institut) besh kun muddatda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ushbu Standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etadi. 29. Standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qaror qabul qilinadi. Standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor tomonlarga asoslangan rad javobini yuboradi. 30. Standartlar ularni amalga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch oydan kechikmay kuchga kiradi. Amaldagi davlat standarti o‘rniga Standart qabul qilingan taqdirda o‘n ikki oydan ko‘p bo‘lmagan o‘tish davri nazarda tutiladi. 31. O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan Standartlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning Davlat fondi tarkibiga kiritiladi. 32. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, qabul qilingan standartlar reyestrini yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan Standartlar to‘g‘risidagi ma’lumot O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Institutning rasmiy saytlarida qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingandan so‘ng 5 kundan kech bo‘lmagan muddatda e’lon qilinadi. 33. Xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari ularni qo‘llash doirasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan qo‘llaniladi. 34. Standartlar va ularga kiritilgan o‘zgarishlarni nashr qilish va qayta nashr qilish ularni tasdiqlagan xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. 35. O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlarni va ularga o‘zgarishlarni qabul qilish ularni tasdiqlagan tegishli xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning milliy organlari bilan tuzilgan bitimlarga va shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 1. Ushbu Nizom standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning (keyingi o‘rinlarda TQ deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, tugatish tartibi, asosiy funksiyalarini, TQ doirasida ishlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita — faoliyatning biriktirilgan sohasi bo‘yicha milliy, mintaqaviy, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha manfaatdor tomonlarning hamkorlik qilish shakli; mas’ul kotib — TQ ishlarini yurituvchi shaxs; manfaatdor tomon — standartlarni qabul qilish va qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan tegishli mahsulot (xizmat) turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar; standartlashtirish sohasi — standartlashtirishning o‘zaro bog‘liq obyektlari majmui; standartlashtirish tizimi — standartlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga soluvchi tizim; 3. TQ o‘z ishida: O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga; O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning hujjatlariga; O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarga; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita to‘g‘risidagi namunaviy nizomga amal qiladi. 4. TQ faoliyatiga umumiy rahbarlikni Agentlik, uning faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, axborot-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va kuzatib borish — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan amalga oshiriladi (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi). 5. TQ tuzilmasiga quyidagilar kiradi: rais, rais o‘rinbosari (zarur bo‘lganda), mas’ul kotib, TQga a’zo-tashkilotlar. 6. TQga rais boshchilik qiladi. Rais, rais o‘rinbosari tashkilotlar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, bosh konstruktorlar, bosh texnologlar va TQ a’zolari bo‘lgan bo‘limlar rahbarlaridan saylanadi. 7. TQ kotibiyati ishiga TQ mas’ul kotibi rahbarlik qiladi. Mas’ul kotib TQ kotibiyatini boshqaruvchi tashkilot xodimlaridan tanlanadi. 8. TQ faoliyatiga tegishli tartibga solish sohasiga taalluqli bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organi vakili bo‘lmagan TQ kotibiyati Institut tomonidan yuritiladi. 9. TQ tuzilmasida TQ faoliyatining ayrim sohalari bo‘yicha ishlarning muayyan qismini bajarish uchun TQ faoliyati sohalari tegishlicha chegaralangan holda quyi qo‘mitalar tuzilishi mumkin. Standartlashtirish bo‘yicha quyi qo‘mitani tuzish uchun kamida uchta TQga a’zo tashkilot uning ishida ishtirok etishga tayyorligini bildirishi kerak. 10. Quyi qo‘mitalarni tuzish, ularning raislari va mas’ul kotiblarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi. 11. TQ doirasida aniq loyiha bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun quyi qo‘mita ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlar va manfaatdor tomonlardan tashkil topgan ishchi guruhlarni tashkil etishi mumkin. Ishchi guruhlarni tuzish, ularning rahbarlarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi Ishchi guruhning faoliyati loyiha tugagandan so‘ng to‘xtatiladi. 12. TQ tuzilmasi va tarkibining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida Institutga yuboriladi. 13. Har qanday manfaatdor tomon TQni tashkil etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega. 14. TQ faoliyatini ta’minlash TQ kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi. TQ kotibiyati faoliyatning Institut, muayyan sohalariga va mahsulot turlariga, uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish (foydalanish), saqlash, tashish (transportda tashish), realizatsiya va utilizatsiya qilish jarayonlariga ixtisoslashgan yoki ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga hamda ushbu sohada eng yuqori ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari yoki boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan yuritiladi. 15. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilot quyidagilarga ega bo‘lishi lozim: TQ faoliyatining tegishli sohasida o‘qigan va ish tajribasiga ega bo‘lgan standartlashtirish sohasidagi mutaxassislar; zarur moddiy-texnik baza va aloqa vositalari; hujjatlarni chet tilidan davlat tiliga tarjima qilishni tashkil etish imkoniyati. 16. TQni shakllantirish uchun tashabbus ko‘rsatuvchi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ishida ishtirok etish uchun TQ va uning taxmin qilingan faoliyat sohasini tuzish zarurati asoslarini keltirgan holda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasining namunaviy ish dasturi loyihasiga va TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasiga binoan standartlarning davlatlararo tasniflagichiga muvofiq kodlar bilan standartlashtirish obyektlarini o‘z ichiga olgan taklif-xatni Institutga, shuningdek, barcha manfaatdor shaxslarga yuboradi. 17. Manfaatdor tomonlarning ko‘pchiligiga TQni tuzishni boshlash haqida ma’lumot berish uchun Institut, Agentlik va Institutning rasmiy saytida tegishli xabarnomani joylashtiradi. 18. TQ tarkibi manfaatdor shaxslarning manfaatlarini hisobga olgan holda quyidagilarning vakillaridan shakllantiriladi: TQ faoliyati sohasiga tegishli sohaga taalluqli bo‘lgan tartibga solish doirasiga doir davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari; TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (iste’molchilar) bo‘lgan tashkilotlar; TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar iste’molchilari (buyurtmachilari) bo‘lgan tashkilotlar; iste’molchilarning jamoat birlashmalari; ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari; Institut; muvofiqlikni baholash organlari va boshqalar. 19. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtiradigan tashkilot TQ faoliyatida ishtirok etish istagini bildirgan manfaatdor shaxslar vakillarining tashkiliy yig‘ilishini o‘tkazadi, unda standartlarning davlatlararo tasniflagichi kodlari bilan standartlashtirish obyektlari, TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi, TQning ish dasturi ko‘rsatilgan holda TQ faoliyati sohasi ma’qullanishi kerak hamda rais, rais o‘rinbosar(lar)i va mas’ul kotib lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatiladi. O‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilish natijalariga ko‘ra barcha ishtirokchilar tomonidan imzolangan bayonnoma tuziladi. TQni tuzish to‘g‘risidagi taklif kamida beshta manfaatdor shaxs tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi TQ raisi lavozimiga taklif etiladigan vakil tashkilotning boshlig‘i (rahbar o‘rinbosari) va TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot rahbari (rahbar o‘rinbosari) bilan kelishilishi kerak. 20. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi (qog‘oz va elektron tashuvchi) bilan TQni tuzish bo‘yicha qaror qabul qilish haqida ma’qullangan materiallarni, TQning ish dasturini, TQ tarkibini (TQga a’zo tashkilotlar ro‘yxati) Institutga yuboradi. 21. Institut Agentlikning TQni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘i loyihasini bir haftalik muddatda tayyorlaydi va belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etadi, unda TQning nomi mavjud bo‘ladi, kotibiyatni yuritish vazifasi yuklangan tashkilot, TQ faoliyati sohasi, TQ nizomi, uning tarkibi belgilanadi. 22. Agentlik bir hafta muddatda buyruqni qabul qiladi va uning nusxasini Institut va TQ kotibiyatiga yuboradi. 23. Identifikatsiya va hisoblash maqsadlari uchun tuzilgan TQga “STQ” (Standartlashtirish texnik qo‘mitasi) harflaridan, identifikatsiya (tartib) raqami va TQ nomidan tashkil topgan belgilar beriladi. Identifikatsiya (tartib) raqamlari Agentlik tomonidan tuzilgan va TQ yagona reyestriga kiritilgan tartibda beriladi va quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: TQni ro‘yxatga olish tartib raqami; TQ nomi; qoshida TQ tuzilgan manfaatdor tomon nomi; TQ faoliyati sohasi; TQ faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa TQga berilmaydi. 24. Har bir quyi qo‘mita o‘z identifikatsiya (tartib) raqami va nomiga ega bo‘ladi. Quyi qo‘mitaning belgilanishi “STQQ” harflari, quyi qo‘mita raqami va uning nomini o‘z ichiga oladi. Quyi qo‘mitalar tuzilgan tartibda raqamlanadi. Quyi qo‘mitaning faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa quyi qo‘mitaga berilmaydi. 25. TQ to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizom, TQ tarkibi va TQ ish dasturi Institutning saytiga joylashtiriladi. 26. TQ faoliyati quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: tashkil etilish maqsadidagi ishlarni bajarilishi yakuniga yetganda; TQ faoliyati sohasida o‘n ikki oy davomida ishning mavjud emasligi; ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ovoz berish; TQga a’zo — tashkilotlarning soni beshtadan kamayganda; TQ faoliyatining samaradorligini baholashning salbiy natijalari. TQ faoliyatining to‘xtatilishi TQ yig‘ilishi bayonnomasini taqdim etish yoki Institut taklifiga binoan Agentlikning qarori bilan rasmiylashtiriladi 27. TQ yagona reyestri Agentlik va Institutning rasmiy saytlarida joylashtiriladi. 28. TQda a’zolikning bir toifasi — teng huquqli a’zolik belgilanadi. 29. Agar manfaatdor tomon TQga biriktirilgan bir yoki bir nechta standartlarni ishlab chiqish, moliyalashtirishdan yoki TQ faoliyat sohasidagi ishlardan manfaatdor bo‘lsa, TQ tarkibiga kirish huquqiga ega. Manfaatdor tomon TQ kotibiyatiga (agar TQ tashkil etish jarayonida bo‘lsa — TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilotga) TQ ishida ishtirok etish uchun tashkilotning doimiy vakolatli vakilining bog‘lanish ma’lumotlari (F.I.Sh., lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili) ko‘rsatilgan xatni yuboradi. Zarur bo‘lganda TQ ishida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan boshqa vakillar ishtirok etishi mumkin. TQga a’zo tashkilot o‘n kun mobaynida TQning mas’ul kotibiga doimiy vakolatli vakilining bog‘lanish ma’lumotlarining o‘zgarganligi haqida xabar berishi kerak. 30. Doimiy vakolatli vakillar TQ kotibiyati bilan aloqada bo‘lib, tashkilotning rahbariyatiga kerakli ma’lumotlar berib, TQga a’zo tashkilot nomidan ovoz beradi. 31. Mavjud TQga tarkibiga kirish to‘g‘risidagi manfaatdor tomonlarning so‘rovlari olinganda uning mas’ul kotibi TQning barcha a’zo tashkilotlarga tanishish uchun axborot yuboradi. TQ mas’ul kotibi Institutga TQ tarkibiga o‘zgartirish kiritilganligi haqida axborot yuboradi. 32. TQ o‘tkazadigan ishlarda manfaatdor shaxslar, alohida mutaxassislar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning vakillari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin. 33. Agar TQga a’zo tashkilot muntazam ravishda TQ faoliyatida ishtirok etmasa (ketma-ket uch marotabadan ko‘p), asosli sabablarsiz ishlab chiqilayotgan standartlar yuzasidan ovoz bermasa yoki TQ nizomida belgilangan boshqa tartib-taomillarga rioya qilmasa, kotibiyat unga ogohlantirish yuborish huquqiga ega. Agar ogohlantirishdan so‘ng bir yil davomida TQga a’zo tashkilot o‘zining majburiyatlarini tegishli bo‘lmagan ko‘rinishda bajarishda davom etsa, u ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ovoz berish yo‘li bilan TQ tarkibidan chiqarib tashlanishi mumkin. TQning mas’ul kotibi qabul qilingan qaror haqidagi axborotni Institutga yuboradi. 34. TQ tarkibidan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishda TQga a’zo — tashkilot chiqish sanasidan kamida ikki oy oldin TQ kotibiyatini ogohlantirishi kerak. TQning mas’ul kotibi ushbu axborotni Institutga yuboradi. 35. TQ tarkibidagi o‘zgarishlar (qo‘shilish, chiqarib tashlash, chiqish) Agentlikning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, nusxasi TQga va Institut kotibiyatiga yuboriladi. 36. Quyidagilar TQning asosiy vazifalari hisoblanadi: standartlashtirish tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini ta’minlashda qatnashish, xalqaro standartlarni qo‘llash asosida uni xalqaro, davlatlararo tizimlar bilan uyg‘unlashtirish; standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish, qayta ko‘rib chiqishda ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish yo‘li bilan, shu jumladan, ularda an’anaviy texnologiyalarning oldinda boruvchi imkoniyatlarini, istiqbolga dastlabki talablarni belgilashni hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligi oshirilishini ta’minlashda ishtirok etish. 37. Quyidagilar TQning asosiy funksiyalari hisoblanadi: standartlarni ishlab chiqishda manfaatdor tomonlarning takliflarini ko‘rib chiqish; standartlarni ishlab chiqish, o‘zgartirishlar kiritish, qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash; TQning ish dasturiga muvofiq standartlarni ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, va tasdiqlashga tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan va ushbu TQga biriktirilgan standartlarni tahlil qilish (keyingi o‘rinlarda standartlarni tekshirish deb ataladi); O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni joriy etish va amaldagi davlat standartlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash; xalqaro, mintaqaviy va boshqa davlatlarning milliy standartlarini qo‘llashda ko‘maklashish; TQ faoliyati sohasida standartlashtirish holati bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash; standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish. TQga a’zo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillari, TQ, quyi qo‘mita, ishchi guruh yig‘ilishlarida, shuningdek, bevosita o‘z tashkiloti tomonidan yuklangan funksiyalarni masofadan turib bajaradi. 38. Quyidagilar TQ raisining asosiy vazifalari hisoblanadi: TQning, jumladan, uning quyi qo‘mitalari va ishchi guruhlari ishini tashkil qilish va rahbarlik qilish; standartlashtirish maqsadlari va vazifalariga muvofiq TQ faoliyatining texnik siyosatini belgilash; TQ faoliyati sohasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha barcha davlat va jamoat tashkilotlarida TQ nomidan vakillik qilish; TQning ish dasturini tasdiqlash; TQ yig‘ilishini o‘tkazish. TQ raisining o‘rinbosari rais tomonidan berilgan vazifalarni, shuningdek, rais yo‘qligida uning vazifalarini bajaradi. 39. Quyidagilar TQ mas’ul kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi: TQ yig‘ilishlarini o‘tkazishga tayyorlash va o‘tkazilishini ta’minlash; TQ tarkibiga kiradigan quyi qo‘mitalar va ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirish; TQ ish dasturlari loyihalarini tayyorlash va ushbu dasturlarning bajarilishini nazorat qilish; standartlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish; manfaatdor tomonlar tarafidan standartlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etishga tayyorlash; manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilish uchun standartlar loyihalarini internet tarmog‘iga joylashtirish; TQga a’zo tashkilotlar tomonidan TQga tushgan materiallar va hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlash; TQga biriktirilgan standartlar ro‘yxatini yangilash; TQ qarorlarini rasmiylashtirish; ish yuritish, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, shu jumladan, tashkilotlar bilan yozishmalar olib borish; ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning namunaviy yillik hisobotini tayyorlash; yillik hisobotni tasdiqlash uchun TQ raisiga taqdim etish va 1-fevraldan kechiktirmay Institutga va TQ ga a’zo tashkilotlarga yuborish. 40. TQ Standartlashtirish davlat rejasini, standartlashtirish tarmoq dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi. 41. TQ kotibiyati TQ ga a’zo tashkilotlarning takliflarini, TQ (quyi qo‘mita) qarorlarini va Agentlik tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ish dasturini ishlab chiqadi. Standartni ishlab chiqish to‘g‘risida taklif tushsa, kotibiyat uni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligini yig‘ilishda yoki masofadan turib TQ a’zolari o‘rtasida muhokama qilishi kerak. 42. TQga a’zo tashkilotlarning takliflari asosida TQ har yili standartlashtirish davlat rejasiga taklif-buyurtmanomalar tayyorlaydi. 43. Agar tasdiqlangan standartlashtirish davlat rejasiga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lsa, a’zo-tashkilotlar TQ doirasida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha taklif-buyurtmanomalar beradi. 44. TQ standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq holda standartlarni ishlab chiqadi. 45. TQ standartlarning O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, texnik reglamentlarga, xalqaro (mintaqaviy) standartlarga muvofiqligini tahlil qilish maqsadida ularni tekshiradi, buning natijasida ularni qayta ko‘rib chiqilmasdan va o‘zgartirmasdan amalda saqlash yoki qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish yoki bekor qilish zarurati to‘g‘risida xulosaga keladi. 46. Standartlarni tekshirishda TQ standartlashtirish tizimi talablariga amal qiladi. 47. Agar standartlarni tekshirish jarayonida standartni bekor qilish maqsadga muvofiqligi aniqlansa, u holda TQ kotibiyati standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq ushbu standartni bekor qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. 48. TQ standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlari loyihalarini ko‘rib chiqish va ushbu loyihalar bo‘yicha ovoz berishda, O‘zbekiston Respublikasi takliflarini tayyorlashda ishtirok etadi. 49. TQ ayni shunday faoliyat sohasi bo‘lgan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish tashkilotlarining TQ (quyi qo‘mitalar, guruhlar) ishida qatnashadi. 50. Agentlik standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish uchun TQga kirishni ta’minlaydi. TQ standartlashtirish bo‘yicha tegishli xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning ishlash qoidalariga muvofiq holda faoliyat yuritadi. 51. TQ kotibiyatini boshqarishda, xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning yoki ularning TQ ishida ishtirok etishda TQ xalqaro (mintaqaviy) TQ nizomiga amal qiladi. 52. TQga a’zo tashkilotlar doimiy vakolatli vakillarining bevosita TQ yig‘ilishida yoki masofadan turib ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qiladilar. 53. Tartibotlar masalalari (TQ ish dasturiga qo‘shimcha kiritish, tarkibga yangi a’zo tashkilotlarni qabul qilish, TQ faoliyatini tugatish, raisni, rais o‘rinbosar(lar)ini, mas’ul kotibni saylash, ishchi guruh, quyi qo‘mitalarni tuzish va tugatish) bo‘yicha qaror TQga a’zo — tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining ko‘pchiligi uning uchun ovoz berganda qabul qilingan deb hisoblanadi. 54. Standart loyihalari bo‘yicha qaror ovoz berishda ishtirok etuvchi TQga a’zo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining to‘rtdan uch qismi uning uchun ovoz berganda qabul qilinadi. Bunda ovoz berish natijalari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ovoz berish byulleteni bilan rasmiylashtiriladi. Ovoz berish byulleteni asosida hisobot tuziladi, unda ovoz berish natijalari, ovoz berishda kelishmovchilikni bartaraf etish bo‘yicha TQ harakati va mavjud e’tirozlar keltiriladi. Hisobot har bir TQga a’zo tashkilotlarga ovoz berish yakunlangach bir oy muddat mobaynida yuboriladi. 55. TQ faoliyati samaradorligini baholash standartlashtirish tizimining asos bo‘luvchi normativ hujjatlari talablariga muvofiq holda Institut tomonidan amalga oshiriladi. 56. Quyidagilar texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi: TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati; xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish bo‘yicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi; TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi. 57. TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati quyidagilardan kelib chiqib baholanadi: TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan davlat standartlari soni; xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan standartlar soni. 58. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish bo‘yicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi: xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish kotibiyatini yuritish; TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarning umumiy soni. 59. TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi: TQ ish dasturining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ko‘rsatkichlari; TQ faoliyati haqidagi axborotning mavjudligi va sermazmunligi; TQ faoliyati haqida taqdim etilgan yillik hisobotning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ko‘rsatkichlari. 60. TQ faoliyatining samaradorligini baholash ro‘yxatga olingan texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari qiymatlarining nisbiy yig‘indisidan kelib chiqib aniqlanadi. 61. TQ faoliyati samaradorligini baholashni TQning yakunlangan yilgi faoliyati bo‘yicha Institut amalga oshiradi. Bunda tashkil etilganiga ushbu baholash o‘tkazilishiga qadar bir yildan kam bo‘lgan TQ faoliyati baholanmaydi. 62. TQning faoliyati samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha quyidagi rag‘batlantirish choralari ko‘riladi: standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondidan bepul yillik foydalanish; xalqaro grant mablag‘lari hisobiga xorijiy tajriba orttirish, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda ustunlik. 63. TQ faoliyatining samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha vakolatli shaxslarga quyidagi javobgarlik choralari ko‘riladi: TQga a’zo — tashkilotlarning tarkibidan vakolatli shaxs(lar)ni chiqarish; standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda TQ ishtirok etishini to‘xtatish. 64. TQ tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar qiymati TQ ishi dasturiga muvofiq TQga a’zo — tashkilotlar bilan kelishiladi va aniqlanadi. 65. TQning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish ishlarini moliyalashtirishni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi. 68. TQ ishida doimiy vakolatli vakillarning ishtirok etish xarajatlarini TQga a’zo tashkilotlar qoplaydi. 69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
173
57,813
Qonunchilik
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi 67-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq joylardagi kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi “a” kichik bandidagi “voyaga yetmagan besh nafar va undan ortiq bolalari, shu jumladan kasb-hunar kollejlari (akademik litseylar) o‘quvchilari bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 3-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar”; b) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “14 yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar” so‘zlari “o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2 va 5-ilovalardagi “o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar” so‘zlari “o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 4-ilovadagi “o‘n to‘rt yoshgacha bolalari bo‘lgan va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar” so‘zlari “o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 18-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “ko‘p bolali oilalarning bolalari”. 4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi “v” kichik bandidagi “(uch va undan ortiq)” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi “g” kichik bandidagi “16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-martdagi 257-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz ta’lim olishini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi “a” kichik bandidagi “(oilada uch va undan ortiq bola mavjudligi)” so‘zlari chiqarib tashlansin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-yanvardagi 39-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi “v” kichik bandidagi “(uch va undan ortiq)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
176
4,293
Qonunchilik
Norezidentlarga soliq solish toʻgʻrisida nimalarni bilish lozim
25 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Xalqaro shartnomalarni hisobga olgan holda norezidentlarning daromadlariga soliq solish» seminari boʻlib oʻtadi. Seminar doirasida quyidagi masalalarni koʻrib chiqish rejalashtirilmoqda: Seminarda «UNITED TAX ADVISORS» soliq maslahatchilari tashkiloti direktorining oʻrinbosari Murod Qodirovga savollar berishingiz mumkin. Bu yerda seminar haqida batafsil ma’lumot olish va unga yozilish mumkin.
63
451
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi. Agar qonunda qimmatli qog‘ozlar va valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisiga doir maxsus qoidalar belgilangan bo‘lmasa, ularni olish-sotishga nisbatan ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi. Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi tovarlarni olish-sotishning o‘ziga xos jihatlari qonunchilik bilan belgilanadi. Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar mulkiy huquqlarni sotishga nisbatan qo‘llanadi, agar ushbu huquqlar mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa. Ayrim turdagi oldi-sotdi (chakana oldi-sotdi, tovarlar yetkazib berish, energiya ta’minoti, korxonani sotish va boshqalar) shartnomalariga nisbatan, agar ushbu Kodeksning bu turdagi shartnomalarga doir qoidalarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi. Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha har qanday ashyolar ushbu Kodeksning 82-moddasi qoidalariga rioya qilgan holda tovar bo‘lishi mumkin. Shartnoma, agar qonunda boshqacha hol belgilangan bo‘lmasa yoki u tovarning xususiyatidan kelib chiqmasa, shartnomani tuzish paytida sotuvchida mavjud bo‘lgan tovarni, shuningdek kelajakda sotuvchi yaratadigan yoki oladigan tovarni olish-sotish haqida tuzilishi mumkin. Agar shartnoma tovarning nomi va miqdorini aniqlash imkonini bersa, tovar to‘g‘risidagi oldi-sotdi shartnomasining sharti kelishilgan hisoblanadi. Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarni topshirishi shart. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchi sotib oluvchiga ashyoni berish bilan bir vaqtda unga mansub ashyoni, shuningdek qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan ashyoga aloqador hujjatlar (texnik pasporti, sifat sertifikati, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va hokazolar)ni topshirishi shart. Sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyatini bajarish muddati oldi-sotdi shartnomasida belgilanadi, agar shartnoma bu muddatni aniqlash imkonini bermasa, u ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq aniqlanadi. Belgilangan muddat buzilgan taqdirda sotib oluvchida shartnomaning bajarilishiga qiziqish yo‘qolishi shartnomadan aniq bilinib tursa, oldi-sotdi shartnomasi uni qat’iy belgilangan muddatda bajarish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. Sotuvchi bunday shartnomani unda belgilangan muddatdan oldin yoki bu muddat tugagandan so‘ng sotib oluvchining roziligisiz bajarishga haqli emas. Basharti, oldi-sotdi shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchining sotib oluvchiga tovarni topshirish vazifasi quyidagi paytlarda bajarilgan hisoblanadi: agar shartnomada sotuvchining tovarni yetkazib berish majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, tovarni sotib oluvchiga yoki u ko‘rsatgan shaxsga topshirish paytida; agar tovar sotib oluvchiga tovar turgan erda berilishi lozim bo‘lsa, tovarni sotib oluvchi ixtiyoriga topshirish paytida. Shartnomada nazarda tutilgan muddatda tovar tegishli erda sotib oluvchiga topshirish uchun tayyor bo‘lgan va sotib oluvchi shartnoma shartlariga muvofiq tovar topshirishga tayyor ekanligidan xabardor qilingan vaqtda tovar sotib oluvchi ixtiyoriga topshirilgan deb hisoblanadi. Agar tovarning shartnoma maqsadlariga mosligi tamg‘alash yoki boshqa yo‘l bilan tasdiqlangan bo‘lmasa, tovar topshirish uchun tayyor deb hisoblanmaydi. Oldi-sotdi shartnomasidan sotuvchining tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish yoki tovarni turgan erida sotib oluvchiga topshirish majburiyati kelib chiqmaydigan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchiga yoki aloqa tashkilotiga topshirish paytida sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyati bajarilgan hisoblanadi. Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq mol-mulkni topshirishdan oldin sotib oluvchiga o‘tgan hollarda, sotuvchi mol-mulkning yomonlashishiga yo‘l qo‘ymay, uni topshirgunga qadar saqlashi shart. Buning uchun qilingan zarur chiqimlarni, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi sotuvchiga to‘lashi shart. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi sotuvchi tovarni sotib oluvchiga topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatini qonun yoki shartnomaga muvofiq bajargan deb hisoblangan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tadi. Agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yo‘lda bo‘lgan paytida sotilgan tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi shartnoma tuzilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tadi. Oldi-sotdi shartnomasining tovar tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi u birinchi tashuvchiga topshirilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tishi haqidagi sharti, agar shartnoma tuzilgan paytda sotuvchi tovar yo‘qolgani yoki shikastlanganini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa va bu haqda sotib oluvchiga ma’lum qilmagan bo‘lsa, sotib oluvchi talabiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Sotuvchi tovarni sotib oluvchiga uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi shart, sotib oluvchi uchinchi shaxslarning huquqlari bo‘lgan tovarni qabul qilishga rozilik bergan hollar bundan mustasno. Bu qoidani bajarmaslik sotib oluvchiga xarid narxini kamaytirishni yoki oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishni va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqini beradi, sotib oluvchi bu tovarga uchinchi shaxslarning huquqlari borligini bilgani yoki bilishi lozim bo‘lgani isbotlanadigan hollar bundan mustasno. Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni sotib oluvchiga topshirish paytida unga uchinchi shaxslarning da’volari borligi sotuvchiga ma’lum bo‘lgan hollarda ham, agar bu da’volar keyinchalik belgilangan tartibda qonuniy deb tan olingan bo‘lsa, tegishli ravishda qo‘llanadi. Agar uchinchi shaxs oldi-sotdi shartnomasi bajarilgunga qadar yuzaga kelgan asos bo‘yicha tovarni olib qo‘yish to‘g‘risida sotib oluvchiga da’vo qilsa, sotib oluvchi sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilishi, sotuvchi esa bu ishda sotib oluvchi tomonida qatnashishi shart. Agar sotuvchi basharti ishda qatnashganida sotilgan tovar sotib oluvchidan olib qo‘yilishining oldini olgan bo‘lishi mumkinligini isbotlab bersa, sotib oluvchining sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilmasligi sotuvchini sotib oluvchi oldidagi javobgarlikdan ozod qiladi. Sotib oluvchi tomonidan ishda qatnashishga jalb qilingan, biroq unda qatnashmagan sotuvchi sotib oluvchining ishni noto‘g‘ri yuritganligini isbotlash huquqidan mahrum bo‘ladi. Oldi-sotdi shartnomasi bajarilgunga qadar vujudga kelgan asoslar bo‘yicha uchinchi shaxslar sotib oluvchidan tovarni olib qo‘ygan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga u ko‘rgan zararni qoplashi lozim, sotib oluvchi bunday asoslarning mavjudligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan hollar bundan mustasno. Olingan tovar uchinchi shaxslar tomonidan sotib oluvchidan talab qilib olinadigan hollarda taraflarning sotuvchini javobgarlikdan ozod qilish yoki uning javobgarligini cheklash to‘g‘risidagi kelishuvi haqiqiy emas. Agar sotuvchi sotilgan tovarni sotib oluvchiga topshirishdan bosh tortsa, sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Sotuvchi xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni topshirishdan bosh tortsa, sotib oluvchi sotuvchiga ushbu Kodeksning 331-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli. Agar sotuvchi qonunchilikka yoki oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq topshirishi shart bo‘lgan (ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismi) tovarga mansub ashyolar yoki hujjatlarni sotib oluvchiga topshirmasa yoki topshirishdan bosh tortsa, sotib oluvchi ularni topshirish uchun unga oqilona muddat tayinlashga haqli. Tovarga mansub ashyolar yoki hujjatlar sotuvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda topshirilmasa, agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi tovardan voz kechishga haqli. Sotib oluvchiga topshirilishi lozim bo‘lgan tovarning miqdori oldi-sotdi shartnomasida tegishli o‘lchov birliklarida yoki pulda nazarda tutiladi. Tovarning miqdori to‘g‘risidagi shart shartnomada uni aniqlash tartibini belgilash yo‘li bilan kelishilishi mumkin. Agar oldi-sotdi shartnomasi topshirilishi lozim bo‘lgan tovar miqdorini aniqlash imkonini bermasa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzib, sotib oluvchiga shartnomada belgilangan miqdordan kam tovar topshirgan bo‘lsa, sotib oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yo tovarning yetishmayotgan miqdorini topshirishni talab qilishga, yo topshirilgan tovardan va uning haqini to‘lashdan bosh tortishga, bordi-yu uning haqi to‘langan bo‘lsa, to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga haqli. Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilganidan ortiq miqdorda tovar bergan taqdirda, sotib oluvchi bu haqda ushbu Kodeks 416-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda sotuvchiga ma’lum qilishi lozim. Agar sotib oluvchidan xabar olganidan so‘ng sotuvchi oqilona muddatda tegishli tovarni tasarruf qilmasa, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi tovarning hammasini qabul qilish huquqiga ega. Sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilganidan ortiq miqdorda tovar qabul qilib olgan taqdirda, agar taraflarning kelishuvi bilan boshqa baho belgilangan bo‘lmasa, tegishli tovar uchun shartnomada belgilangan bahoda haq to‘lanadi. Agar oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra tovarlar tur, model, o‘lcham, rang va boshqa belgilari (assortiment) bo‘yicha muayyan nisbatda topshirilishi lozim bo‘lsa, sotuvchi tovarlarni sotib oluvchiga taraflar kelishgan assortimentda topshirishi shart. Agar oldi-sotdi shartnomasida assortiment belgilanmagan hamda shartnomada uni belgilash tartibi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, lekin majburiyat mohiyatidan tovarlar sotib oluvchiga assortiment bo‘yicha topshirilishi lozimligi kelib chiqsa, sotuvchi sotib oluvchiga tovarlarni sotib oluvchining shartnoma tuzish paytida sotuvchiga ma’lum bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqadigan assortimentda topshirishga yoki shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarlarni shartnomaga mos kelmaydigan assortimentda topshirgan taqdirda sotib oluvchi ularni qabul qilishdan va haqini to‘lashdan bosh tortishga, bordi-yu ularning haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga haqli. Agar sotuvchi sotib oluvchiga assortimenti oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarlar bilan bir qatorda assortiment to‘g‘risidagi shartlarga mos kelmaydigan tovarlar ham topshirgan bo‘lsa, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra: shartnomaning assortiment to‘g‘risidagi shartlariga mos bo‘lgan tovarlarni qabul qilish va qolgan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish; topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish; shartnomaning assortiment to‘g‘risidagi shartlariga mos bo‘lmagan tovarlarni shartnomada nazarda tutilgan assortimentdagi tovarlarga almashtirib berishni talab qilish; topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilish huquqiga ega. Sotib oluvchi assortimenti oldi-sotdi shartnomasi shartlariga mos kelmaydigan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortganida yoki assortiment to‘g‘risidagi shartlarga mos kelmaydigan tovarlarni almashtirishni talab qilganida bu tovarlar haqini to‘lashdan bosh tortishga, bordi-yu ularning haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga ham haqli. Agar sotib oluvchi shartnomaning assortiment to‘g‘risidagi shartlariga mos kelmaydigan tovarlarni olganidan so‘ng ularni qabul qilishdan bosh tortishi to‘g‘risida oqilona muddatda sotuvchiga xabar qilmasa, bunday tovarlar qabul qilingan hisoblanadi. Agar sotib oluvchi assortimenti shartnomaga mos kelmaydigan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortmasa, bu tovarlarning haqini sotuvchi bilan kelishilgan bahoda to‘lashi shart. Sotuvchi bahoni kelishish bo‘yicha oqilona muddatda zarur choralar ko‘rmagan taqdirda, sotib oluvchi tovarlar haqini odatda shartnoma tuzish paytidagi o‘xshash vaziyatlarda xuddi shunday tovarlarga berilgan bahoda to‘laydi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu modda qoidalari qo‘llanadi. Sotuvchi sotib oluvchiga sifati oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarni topshirishi shart. Oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifati to‘g‘risidagi shartlar ko‘rsatilmaganda, sotuvchi sotib oluvchiga belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo‘lgan tovarni topshirishi shart. Agar sotib oluvchi shartnoma tuzish paytida sotuvchiga tovarni qanday aniq maqsadlar uchun sotib olayotganini xabar qilgan bo‘lsa, sotuvchi sotib oluvchiga ushbu maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan tovarni topshirishi shart. Tovar namunasi bo‘yicha va (yoki) ta’rifi bo‘yicha sotilganda sotuvchi sotib oluvchiga namuna va (yoki) ta’rifga mos keladigan tovarni topshirishi shart. Agar qonunda belgilangan tartibga muvofiq, sotilayotgan tovar sifatiga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi sotib oluvchiga ushbu majburiy talablarga javob beradigan tovarni topshirishi shart. Sotuvchi bilan sotib oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq qonunda nazarda tutilgan tartibda tovarning sifatiga qo‘yilgan majburiy talablarga qaraganda yuqoriroq talablarga javob beradigan tovar topshirilishi mumkin. Sotuvchi sotib oluvchiga topshirishi lozim bo‘lgan tovar uni sotib oluvchiga topshirish paytida ushbu Kodeksning 402-moddasida nazarda tutilgan talablarga, agar tovarning ushbu talablarga muvofiqligini aniqlashning boshqa payti oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lmasa, javob berishi va oqilona muddat davomida belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo‘lishi kerak. Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining tovar sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan taqdirda, sotuvchi sotib oluvchiga shartnomada belgilangan muayyan vaqtda (kafolat muddatida) ushbu Kodeksning 402-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan tovarni topshirishi lozim. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovar sifatining kafolati barcha butlovchi buyumlarga ham tegishli bo‘ladi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati tovar sotib oluvchiga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘ta boshlaydi. Agar sotib oluvchi sotuvchiga bog‘liq bo‘lgan holatlar tufayli oldi-sotdi shartnomasida kafolat muddati belgilangan tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa, sotuvchi tegishli holatlarni bartaraf etmaguncha kafolat muddatining o‘tishi boshlanmaydi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan tartibda sotuvchiga tovarning kamchiliklari haqida xabar qilish sharti bilan kafolat muddati tovarda aniqlangan kamchiliklar tufayli undan foydalanib bo‘lmagan vaqtga uzaytiriladi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, butlovchi buyumning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddatiga teng hisoblanadi va asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda o‘ta boshlaydi. Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o‘ta boshlaydi. Qonunchilikda, shu jumladan davlat standartlarida tovar o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi deb hisoblanadigan vaqt (yaroqlilik muddati) belgilanishi mumkin. Sotuvchi yaroqlilik muddati belgilangan tovarni sotib oluvchiga shunday mo‘ljal bilan topshirishi kerakki, toki undan yaroqlilik muddati tugagunga qadar o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lsin. Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan davr bilan yoki tovar foydalanish uchun yaroqli bo‘lib turadigan sana bilan belgilanadi. Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifatini tekshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, tekshirish ularda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Davlat standartlarida, standartlashtirish bo‘yicha boshqa normativ hujjatlarda tovarning sifatini tekshirishga nisbatan majburiy talablar belgilangan hollarda sifat ulardagi ko‘rsatmalarga muvofiq ravishda tekshirilishi lozim. Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda tovarning sifatini tekshirish shartlari nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning sifati ish muomalasi odatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha topshirilishi lozim bo‘lgan tovarni tekshirishning odatda qo‘llaniladigan boshqa shartlariga muvofiq tekshirilishi lozim. Agar qonunchilikda, shu jumladan davlat standartlarida yoki oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshiriladigan tovar sifatini tekshirish (sinash, tahlil qilish, ko‘zdan kechirish va hokazo) majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchining talabi bilan sotuvchi unga tovar sifati tekshirilganligining isbotini taqdim qilishi lozim. Sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan tovarning sifatini tekshirish aynan bir xil shartlarda amalga oshirilishi lozim. Agar tovarning kamchiliklari sotuvchi tomonidan ma’lum qilinmagan bo‘lsa, tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovar topshirilgan sotib oluvchi ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi. Tovarning butliligiga kiradigan qismi tegishli darajada sifatli bo‘lmasa, sotib oluvchi mazkur tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishga haqli. Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni sotgan shaxs uni tayyorlagan bo‘lmasa, tovarni almashtirish yoki uning kamchiliklarini tekinga bartaraf etish haqidagi talablar sotuvchiga yoki tovarni tayyorlovchiga qo‘yilishi mumkin. Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar mazkur Kodeks yoki boshqa qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, qo‘llaniladi. Agar sotib oluvchi tovardagi kamchiliklar tovar sotib oluvchiga topshirilgunga qadar paydo bo‘lganligini yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo bo‘lganligini isbot qilib bersa, sotuvchi tovarning kamchiliklari uchun javobgar bo‘ladi. Agar sotuvchi sifatiga o‘zi kafolat bergan tovardagi kamchiliklar uni sotib oluvchiga topshirgandan so‘ng sotib oluvchi tovardan foydalanish yoki uni saqlash qoidalarini buzganligi yoki uchinchi shaxslar harakati tufayli yoki oldini olib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida paydo bo‘lganini isbotlay olmasa, sotuvchi bu tovarning kamchiliklari uchun javobgar bo‘ladi. Agar qonunda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning kamchiliklari ushbu moddada belgilangan muddatlarda aniqlangan taqdirda, sotib oluvchi tovarning kamchiliklari bilan bog‘liq talablarni qo‘yishga haqli. Tovarning kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan hollarda, kamchiliklar bilan bog‘liq talablar sotib oluvchi tomonidan, agar qonunda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqa muddatlar belgilangan bo‘lmasa, kamchiliklar oqilona muddatda, biroq tovar sotib oluvchiga topshirilgan kundan boshlab ikki yil davomida aniqlangandagina qo‘yilishi mumkin. Tashib berilishi yoki aloqa tashkiloti orqali jo‘natilishi lozim bo‘lgan tovarning kamchiliklarini aniqlash muddati tovar belgilangan joyda olingan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovarga kafolat muddati belgilangan bo‘lsa, tovarning kamchiliklari kafolat muddatida aniqlanganida sotib oluvchi tovarning kamchiliklari bilan bog‘liq talablarni qo‘yishga haqli. Agar oldi-sotdi shartnomasida butlovchi buyumga asosiy buyumga nisbatan kamroq kafolat muddati belgilangan bo‘lsa, sotib oluvchi asosiy buyumning kafolat muddatida butlovchi buyumning kamchiliklarini aniqlasa, bu kamchiliklar to‘g‘risida talab qo‘yishga haqli. Agar oldi-sotdi shartnomasida butlovchi buyumga asosiy buyumning kafolat muddatiga nisbatan uzoqroq kafolat muddati belgilangan bo‘lsa, butlovchi buyumda kafolat muddatida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, asosiy buyumning kafolat muddati o‘tgan-o‘tmaganligidan qat’i nazar, sotib oluvchi tovarning kamchiliklari to‘g‘risida talab qo‘yishga haqli. Yaroqlilik muddati belgilangan tovarga nisbatan, agar kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddatida aniqlangan bo‘lsa, sotib oluvchi uning kamchiliklari to‘g‘risida talablar qo‘yishi mumkin. Tovarning kamchiliklari sotib oluvchi tomonidan kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng aniqlangan hollarda, sotib oluvchi tovardagi kamchiliklar tovar sotib oluvchiga topshirilgunga qadar paydo bo‘lganligini yoki bu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo bo‘lganligini isbot qilib bersa, sotuvchi kamchiliklar uchun javobgar bo‘ladi. Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasining butlik to‘g‘risidagi shartlariga muvofiq bo‘lgan tovarni topshirishi shart. Oldi-sotdi shartnomasida tovarning butligi belgilanmagan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga butligi ish muomalasi odatlari yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablar bilan belgilanadigan tovarni berishi shart. Agar oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga muayyan tovarlar to‘plamini but holida (but tovarlar) berish majburiyati belgilangan bo‘lsa, but holdagi barcha tovarlar berilgan paytdan boshlab majburiyat bajarilgan hisoblanadi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotuvchi but holdagi barcha tovarlarni sotib oluvchiga bir vaqtda topshirishi lozim. But bo‘lmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra sotuvchidan: xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni; tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega. Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash to‘g‘risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra: butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga; oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to‘langan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar sotuvchining sotib oluvchiga but tovarlarni topshirish majburiyati buzilgan hollarda ham qo‘llaniladi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotuvchi sotib oluvchiga tovarni idishda yoki o‘ralgan holda topshirishi shart, o‘z xususiyatiga ko‘ra idishga joylash va (yoki) o‘rashni talab qilmaydigan tovar bundan mustasno. Agar oldi-sotdi shartnomasida idish va o‘rash haqida talablar belgilangan bo‘lmasa, tovar bunday tovar uchun odatdagi usulda, u bo‘lmaganda –– saqlash va transportda tashishning oddiy sharoitlarida bunday turdagi tovarning saqlanishini ta’minlaydigan usulda idishga joylashtirilishi va (yoki) o‘ralishi lozim. Agar qonunda belgilangan tartibda idish va (yoki) o‘rashga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi sotib oluvchiga tovarni ushbu majburiy talablarga mos keladigan idishda va (yoki) o‘ralgan holda topshirishi shart. Idishga joylanishi va (yoki) o‘ralishi lozim bo‘lgan tovar sotib oluvchiga idishsiz va (yoki) o‘ramagan holda yoxud tegishli idishga joylamagan va (yoki) tegishli darajada o‘ramagan holda topshirilgan taqdirda, agar oldi-sotdi shartnomasidan, majburiyat mohiyati yoki tovarning xususiyatidan boshqa hol kelib chiqmasa, sotib oluvchi sotuvchidan tovarni idishga joylashtirish va (yoki) o‘rashni yoxud tegishli bo‘lmagan idish va (yoki) o‘rashni almashtirishni talab qilishga haqli. Sotuvchiga yuqoridagi talablarni qo‘yish o‘rniga, sotib oluvchi unga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovarni topshirishdan kelib chiqadigan, ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli. Sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasining tovarlar miqdori, assortimenti, sifati, butligi, idishi va (yoki) o‘ralishi to‘g‘risidagi shartlari buzilganligi haqida qonunchilikda yoki shartnomada ko‘zda tutilgan muddatda, agar bunday muddat belgilangan bo‘lmasa, shartnomaning tegishli sharti buzilganligi tovarlar xususiyati va vazifasidan kelib chiqqan holda aniqlanishi lozim bo‘lganidan so‘ng oqilona muddatda sotuvchiga ma’lum qilishi shart. Sotib oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatni bajarmagan taqdirda, sotuvchi bu hol sotib oluvchining talablarini qanoatlantirib bo‘lmaydigan qilib qo‘yganini yoki sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi shartlari buzilgani haqida o‘z vaqtida xabardor qilinganida sarflashi mumkin bo‘lgan mablag‘larga nisbatan nomutanosib xarajatlarga olib kelishini isbotlasa, u sotib oluvchining tegishli talablarini qondirishdan to‘liq yoki qisman bosh tortishga haqli. Agar sotuvchi sotib oluvchiga topshirilgan tovarlar oldi-sotdi shartnomasi shartlariga javob bermasligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, u sotib oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatni bajarmaganligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emas. Sotib oluvchi o‘ziga sotuvchi tomonidan topshirilgan tovarni qabul qilib olishi shart, u tovarni almashtirib berishni talab qilish yoki oldi-sotdi shartnomasini bajarishni rad etishga haqli bo‘lgan hollar bundan mustasno. Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi odatda qo‘yiladigan talablarga muvofiq tegishli tovarni topshirish va olishni ta’minlash uchun o‘zi tomonidan zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishi lozim. Sotib oluvchi qonunchilik yoki oldi-sotdi shartnomasini buzgan holda tovarni qabul qilmasa yoki qabul qilishdan bosh tortsa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortish va zararni qoplashni talab qilishga haqli. Sotib oluvchi tovar haqini ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadigan bahoda to‘lashi, shuningdek qonunchilik, oldi-sotdi shartnomasi yoki odatda qo‘yiladigan talablarga muvofiq to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni o‘z hisobidan bajarishi lozim. Tovarning bahosi uning og‘irligiga qarab belgilanadigan bo‘lsa, agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u sof og‘irligi bo‘yicha aniqlanadi. Agar oldi-sotdi shartnomasida tovarning bahosi uni belgilaydigan ko‘rsatkichlar (tannarx, xarajatlar va hokazo)ga qarab o‘zgartirilishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lsa, ammo shu bilan birga, bahoni qayta ko‘rib chiqish usuli belgilangan bo‘lmasa, baho ushbu ko‘rsatkichlarning shartnoma tuzilgan paytdagi va tovarni topshirish paytidagi o‘zaro nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sotuvchi tovarni topshirish majburiyatini bajarishni kechiktirib yuborganida baho ushbu ko‘rsatkichlarning shartnoma tuzilgan paytdagi va shartnomada nazarda tutilgan tovar topshiriladigan paytdagi, agar shartnomada tovarni topshirish payti nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlangan paytdagi nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi. Agar qonunchilik yoki oldi-sotdi shartnomasining shartlaridan tovar bahosini muayyan muddatda to‘lash majburiyati kelib chiqmasa, sotib oluvchi uni sotuvchi o‘ziga tovarni yoki ushbu tovarni tasarruf qilish hujjatlarini berganidan so‘ng kechiktirmasdan to‘lashi lozim. Agar oldi-sotdi shartnomasida tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi sotuvchiga topshirilgan tovarning to‘liq bahosi miqdorida haq to‘lashi lozim. Agar sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq topshirilgan tovar haqini o‘z vaqtida to‘lamasa, sotuvchi tovar haqini va o‘zganing pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar to‘lashni talab qilishga haqli. Agar sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasini buzgan holda tovarni qabul qilish va haqini to‘lashdan bosh tortsa, sotuvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra tovar haqini to‘lashni talab qilish yoki shartnomani bajarishdan bosh tortish huquqiga ega. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotib oluvchiga haqi to‘lanmagan tovarlardan tashqari boshqa tovarlarni ham topshirishi lozim bo‘lganida, agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u ushbu tovarlarni topshirishni avval topshirilgan barcha tovarlar haqi batamom to‘langunga qadar to‘xtatib qo‘yishga haqli. Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi tovarni topshirishidan oldin sotib oluvchi uning haqini to‘liq yoki qisman to‘lash (oldindan haq to‘lash) majburiyati nazarda tutilgan hollarda, sotib oluvchi tovar haqini shartnomada nazarda tutilgan muddatda, agar shartnomada bunday muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq belgilangan muddatda to‘lashi lozim. Sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovar haqini oldindan to‘lash majburiyatini bajarmagan taqdirda ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi. Oldindan to‘langan summani olgan sotuvchi tovarni topshirish bo‘yicha majburiyatni bajarmagan taqdirda sotib oluvchi haqi to‘langan tovarni topshirishni yoki sotuvchi topshirmagan tovar uchun oldindan to‘langan summani qaytarib berishni talab qilishga haqli. Agar sotuvchi oldindan haqi to‘langan tovarni topshirish majburiyatini bajarmasa va oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, oldindan to‘langan summa uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq, tovarni topshirishi lozim bo‘lgan kundan boshlab tovar sotib oluvchiga topshirilgan yoki unga oldindan to‘lagan summasi qaytarib berilgan kungacha foizlar to‘lanishi lozim. Shartnomada sotuvchining oldindan to‘langan summa uchun foizlarni bu summa sotib oluvchidan olingan kundan boshlab to‘lash majburiyati nazarda tutilishi mumkin. Oldi-sotdi shartnomasida tovar haqini u sotuvchiga topshirilganidan so‘ng ma’lum vaqt o‘tgach to‘lash (tovarni nasiyaga sotish) nazarda tutilgan hollarda sotib oluvchi tovar haqini shartnomada ko‘rsatilgan muddatda, agar shartnomada bunday muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq belgilangan muddatda to‘lashi lozim. Sotuvchi tovarni topshirish majburiyatini bajarmasa, ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi. Tovarni olgan sotib oluvchi uning haqini to‘lash bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasida belgilangan majburiyatni bajarmagan hollarda sotuvchi topshirilgan tovar haqini to‘lashni yoki haqi to‘lanmagan tovarni qaytarib berishni talab qilishga haqli. Agar sotib oluvchi topshirilgan tovar haqini to‘lash majburiyatini oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda bajarmagan va ushbu Kodeksda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, kechikib to‘langan summa uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq shartnomaga binoan tovar haqi to‘lanishi lozim bo‘lgan kundan boshlab sotib oluvchi tovar haqini to‘lagan kungacha foizlar to‘lanishi lozim. Oldi-sotdi shartnomasida sotib oluvchining sotuvchi tomonidan tovar topshirilgan kundan boshlab tovar bahosiga teng bo‘lgan summa uchun foizlar to‘lash majburiyati nazarda tutilishi mumkin. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarni nasiyaga sotish u sotilgan kundagi narxlarda amalga oshiriladi. Tovar sotib oluvchiga topshirilgan paytdan boshlab uning haqi to‘lab bo‘lingunga qadar nasiyaga sotilgan tovar sotib oluvchi tomonidan tovar haqini to‘lash majburiyati bajarilishini ta’minlash uchun sotuvchida garovda turgan deb hisoblanadi. Tovarni nasiyaga sotish shartnomasida tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilishi mumkin. Haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tovarni nasiyaga sotish shartnomasida oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari bilan bir qatorda tovar bahosi, to‘lovlarning tartibi, muddatlari va miqdori ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar sotib oluvchi haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan va o‘ziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi to‘lovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni tovarga qaratishga haqli. Tovarni kreditga sotish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan taqdirda, sotib oluvchi olingan tovar ulushining haqi to‘langan qismini majburiyatlarni bajarish ta’minoti sifatida berishga haqli. Agar shartnomada sotuvchi yoki sotib oluvchining tovarni sug‘urtalash majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, biroq unda sug‘urtalash shartlari va tovar sug‘urtalanadigan eng kam summa belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urtalash shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta puli tovar bahosidan kam bo‘lishi mumkin emas. Tovarni sug‘urtalashi lozim bo‘lgan taraf shartnoma shartlariga muvofiq sug‘urtalashni amalga oshirmagan hollarda boshqa taraf tovarni sug‘urtalashga va sug‘urtalashi lozim bo‘lgan tarafdan sug‘urta xarajatlarini qoplashni talab qilishga yoki shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan tovarga mulk huquqi tovar haqi to‘langunga yoki boshqa holatlar yuz bergunga qadar saqlanishi nazarda tutilgan hollarda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u tovarning vazifasidan va uning xususiyatlaridan kelib chiqmasa, sotib oluvchi mulk huquqi o‘ziga o‘tguncha tovarni o‘zgaga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli emas. Topshirilgan tovarning haqi oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda to‘lanmaganda yoki mulk huquqi sotib oluvchiga o‘tadigan boshqa holatlar yuz bermaganda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchi sotib oluvchidan tovarni qaytarib berishni talab qilishga haqli. Chakana oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan sotuvchi sotib oluvchiga shaxsiy maqsadlarda, ro‘zg‘orda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tovarni topshirish majburiyatini oladi. Chakana oldi-sotdi shartnomasi ommaviy hisoblanadi. Chakana oldi-sotdi shartnomasining barcha muhim shartlarini o‘z ichiga olgan holda tovar reklamasi, kataloglar, shuningdek tovarning nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan boshqa ta’riflari orqali tovar taklif qilish ommaviy oferta deb hisoblanadi (ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismi). Tovarlarni ko‘rgazmaga qo‘yish, ularning namunalarini namoyish qilish yoki savdo bo‘layotgan joyda sotilayotgan tovarlar haqida ma’lumotlar (ta’riflar, kataloglar, fotosuratlar va hokazolar) berish, sotuvchi tegishli tovarlar sotishga mo‘ljallanmaganligini aniq belgilagan hollardan tashqari, narxi va oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari ko‘rsatilgan-ko‘rsatilmaganidan qat’i nazar, ommaviy oferta deb hisoblanadi. Sotuvchi sotishga taklif qilingan tovar to‘g‘risida sotib oluvchiga zarur va to‘g‘ri axborotni uning mazmuni va uni taqdim etish usuliga nisbatan qonunchilikda belgilangan yoki odatda chakana savdoda qo‘yiladigan talablarga muvofiq holda berishi shart. Sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar tovarni ko‘zdan kechirish, o‘z oldida tovarning xossalarini tekshirishni yoki tovardan qanday foydalanishni ko‘rsatishni, agar bu hol tovarning xususiyati tufayli istisno qilinmasa va chakana savdoda qabul qilingan qoidalarga zid bo‘lmasa, talab qilishga haqli. Agar sotib oluvchiga sotish joyida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni darhol olish imkoni berilmagan bo‘lsa, u chakana oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli o‘zi ko‘rgan zararni to‘lashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan bo‘lsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun to‘langan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli. Sotib oluvchiga tovar to‘g‘risida tegishli axborot olish imkonini bermagan sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan so‘ng tovarda paydo bo‘lgan kamchiliklar uchun ham, agar sotib oluvchi bu kamchiliklar o‘zida bunday axborot bo‘lmagani sababli paydo bo‘lganini isbotlasa, javob beradi. Taraflar sotib oluvchi tovarni shartnomada belgilangan muddatda qabul qilib olishi sharti bilan chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzishlari mumkin, bu muddat mobaynida tovar boshqa sotib oluvchiga sotilishi mumkin emas. Agar chakana oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomada belgilangan muddatda sotib oluvchining tovarni qabul qilish uchun kelmasligi yoki boshqa zarur harakatlarni amalga oshirmasligini sotuvchi sotib oluvchining shartnomani bajarishdan bosh tortishi deb qaralishi mumkin. Sotuvchining tovarni sotib oluvchiga chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda topshirishni ta’minlash borasidagi qo‘shimcha xarajatlari, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning bahosiga qo‘shiladi. Taraflar tovarni namuna (ta’rif, katalog va hokazo) bo‘yicha olish-sotish shartnomasini tuzishlari mumkin. Tovarni namuna bo‘yicha sotish shartnomasi ushbu Kodeks 431-moddasining qoidalariga muvofiq bajariladi. Sotib oluvchi tovar topshirilgunga qadar sotuvchining chakana oldi-sotdi shartnomasini bajarishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq zarur xarajatlarini qoplash sharti bilan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Tovar avtomatdan foydalanib sotiladigan hollarda avtomat egasi sotuvchining nomi (firma nomi), u joylashgan manzil, ish tartibi, shuningdek sotib oluvchi tovarni olish uchun amalga oshirishi zarur bo‘lgan harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatga joylashtirish yoki boshqacha usulda sotib oluvchiga taqdim qilish yo‘li bilan unga tovar sotuvchi to‘g‘risidagi axborotni yetkazishi lozim. Sotib oluvchi tovarni olish uchun zarur harakatlarni amalga oshirgan paytdan boshlab avtomatdan foydalangan holda chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. Agar sotib oluvchiga haqi to‘langan tovar topshirilmasa, sotuvchi sotib oluvchiga tovar zudlik bilan topshirilishini yoki u to‘lagan summa qaytarib berilishini ta’minlashi shart. Bu majburiyat bajarilmagan taqdirda, sotib oluvchi sotuvchidan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Avtomatdan pulni maydalash, to‘lov belgilarini sotib olish yoki valyuta almashtirish uchun foydalanilgan taqdirda, agar majburiyat mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa, chakana oldi-sotdi qoidalari qo‘llanadi. Chakana oldi-sotdi shartnomasi tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish sharti bilan tuzilgan hollarda sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni sotib oluvchi ko‘rsatgan joyga, agar sotib oluvchi tovarni yetkazib berish joyini ko‘rsatmagan bo‘lsa, sotib oluvchi fuqaro istiqomat qiladigan yoki yuridik shaxs joylashgan manzilga yetkazib berishi lozim. Agar qonunchilikda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, tovar sotib oluvchiga, u bo‘lmaganda esa –– shartnoma tuzilganidan yoxud tovarni yetkazib berish rasmiylashtirilganidan guvohlik beradigan kvitansiya yoki boshqa hujjatni taqdim qilgan har qanday shaxsga topshirilgan paytdan boshlab chakana oldi-sotdi shartnomasi sotuvchi tomonidan bajarilgan hisoblanadi. Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarni sotib oluvchiga topshirish uchun yetkazib berish vaqti belgilanmagan hollarda tovar sotib oluvchidan talab tushganidan keyin oqilona muddatda yetkazib berilishi lozim. Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotib oluvchi tovar haqini chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan paytda sotuvchi tomonidan e’lon qilingan bahoda to‘lashi lozim. Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarning haqini oldindan to‘lash nazarda tutilgan hollarda, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchining tovar haqini shartnomada belgilangan muddatda to‘lamasligi uning shartnomani bajarishdan bosh tortishi deb hisoblanadi. Tovarlarni nasiyaga chakana olish-sotish haqida tuzilgan, shu jumladan sotib oluvchining tovarlar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashi sharti bilan tuzilgan shartnomalarga nisbatan ushbu Kodeks 421-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanmaydi. Sotib oluvchi tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashning shartnomada belgilangan davrida istagan vaqtida tovar haqini batamom to‘lashga haqli. Sotib oluvchi o‘ziga nooziq-ovqat tovari topshirilgan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan e’lon qilinmagan bo‘lsa, xarid qilingan tegishli sifatli tovarni xarid joyida yoki sotuvchi e’lon qilgan boshqa joylarda o‘lchami, shakli, hajmi, andazasi, rangi, to‘plami boshqacha bo‘lgan xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli, bunda u narxlarda farq bo‘lgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshiradi. Sotuvchida almashtirish uchun zarur tovar bo‘lmaganida sotib oluvchi xarid qilingan tovarni sotuvchiga qaytarib berish va unga to‘langan pul summasini olish huquqiga ega. Agar tovardan foydalanilmagan, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan bo‘lsa va ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti bo‘lsa, sotib oluvchining tovarni almashtirish yoki qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim. Ushbu moddada ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha almashtirilmaydigan yoki qaytarib olinmaydigan tovarlar ro‘yxati qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida ma’lum qilinmagan bo‘lsa, sotib oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra: xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni; xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni; tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini; xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni; ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega. Tovar uchun to‘langan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtda sotuvchi undan tovardan to‘liq yoki qisman foydalanganligi, tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas. Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni sifati tegishli darajada bo‘lgan boshqa tovarga almashtirish chog‘ida sotuvchi tovarning chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan bahosi bilan tovarni almashtirish yoki sud tomonidan tovarni almashtirish to‘g‘risida qaror chiqarish paytida mavjud bo‘lgan tovarning bahosi o‘rtasidagi farqni to‘lashni talab qilishga haqli emas. Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni xuddi shunday, biroq o‘lchami, andazasi, navi va boshqa belgilari o‘zgacha bo‘lgan tegishli darajada sifatli tovarga almashtirish chog‘ida almashtirilayotgan tovarning almashtirish paytidagi bahosi bilan sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar o‘rniga berilayotgan tovarning bahosi o‘rtasidagi farq to‘lanishi lozim. Agar sotib oluvchining talabi sotuvchi tomonidan qondirilmasa, bu baholar sud tovarni almashtirish to‘g‘risida qaror chiqargan payt bo‘yicha aniqlanadi. Tovarning xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirish to‘g‘risida talab qo‘yilgan taqdirda tovarning bahosini pasaytirish to‘g‘risida talab qo‘yilgan paytdagi, agar sotib oluvchining talabi ixtiyoriy suratda qondirilmagan bo‘lsa, sud bahoni mutanosib ravishda kamaytirish to‘g‘risida qaror chiqargan paytdagi bahosi inobatga olinadi. Sotuvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovarni qaytarib berish chog‘ida sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan tovarning bahosi bilan uning talabi ixtiyoriy suratda qondirilgan vaqtdagi, agar talab ixtiyoriy suratda qondirilmagan bo‘lsa, sud qaror chiqargan paytdagi tegishli tovarning bahosi o‘rtasidagi farqni to‘lashni talab qilishga haqli. Sotuvchi chakana oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda zararni qoplash va neustoyka to‘lash sotuvchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi — sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda o‘zi ishlab chiqaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, ro‘zg‘orda va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bir yilga, bir yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli shartnoma) yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatga tuzilishi mumkin. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida uning amal qilish muddati belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma bir yilga tuzilgan deb hisoblanadi. Agar uzoq muddatli shartnomada yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar miqdori yoki shartnomaning boshqa shartlari bir yilga yoki undan ortiq muddatga belgilangan bo‘lsa, shartnomada taraflarning bu shartlarni shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar keyingi davrlar uchun kelishib olish tartibi belgilanishi lozim. Shartnomada bunday tartib bo‘lmasa, shartnoma tegishincha bir yilga yoki shartnoma shartlari kelishilgan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Uzoq muddatli shartnoma taraflaridan biri yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar miqdorini yoki shartnomaning boshqa shartlarini keyingi davrlar uchun shartnomada belgilangan tartibda kelishib olishni rad qilgan yoki undan bosh tortgan taqdirda boshqa taraf tegishli davrlarda tovarlarni yetkazib berish shartlarini belgilash to‘g‘risidagi yoxud shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bir tarafning tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzish haqidagi taklifi shartnoma loyihasi shaklida boshqa tarafga yuborilgan taqdirda, ikkinchi taraf shartnomani boshqa shartlarda tuzishga rozi bo‘lsa, loyihani olganidan so‘ng kechi bilan o‘ttiz kun ichida kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni imzolangan shartnoma bilan qaytaradi, kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan taraf o‘ttiz kunlik muddatda shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko‘rishi (imkoniyat bo‘lsa, boshqa taraf bilan birgalikda) yoki shartnoma tuzishni rad etishini boshqa tarafga yozma ravishda bildirishi lozim. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlari bo‘yicha kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan, biroq shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko‘rmagan va shartnoma tuzishni rad etishini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda boshqa tarafga ma’lum qilmagan taraf shartnoma shartlarini kelishib olishdan bosh tortish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga majbur. Agar taraflar tovarlarni shartnomaning amal qilish muddati mobaynida turkum-turkum qilib yetkazib berishni nazarda tutgan bo‘lsalar va unda alohida turkumlarni yetkazib berish muddatlari (yetkazib berish davrlari) belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar har oyda bir xil turkumlarda yetkazib berilishi lozim, basharti qonunchilikdan, majburiyatning mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib anglashilmasa. Shartnomada mahsulot yetkazib berish davrlarini belgilash bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish (o‘n kunlik, sutkalik, soatlik va hokazo) jadvali ham belgilanishi mumkin. Tovarlarni muddatidan oldin yetkazib berish sotib oluvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Muddatidan oldin yetkazib berilgan va sotib oluvchi tomonidan qabul qilingan tovarlar keyingi davrda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar miqdoriga kiritiladi. Tovarlarni yetkazib berish mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni shartnoma bo‘yicha sotib oluvchiga yoki shartnomada oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxsga jo‘natish (topshirish) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni oluvchilarga jo‘natish to‘g‘risida sotib oluvchining sotuvchiga ko‘rsatmalar berish huquqi (jo‘natish raznaryadkasi) nazarda tutilgan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni jo‘natish raznaryadkasida ko‘rsatilgan oluvchilarga jo‘natadi (topshiradi). Jo‘natish raznaryadkasining mazmuni va uni sotib oluvchi tomonidan mahsulot yetkazib beruvchiga yuborish muddati mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilanadi. Agar jo‘natish raznaryadkasini yuborish muddati shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa, u mahsulot yetkazib beruvchiga mahsulot yetkazib berish davri boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin yuborilishi lozim. Sotib oluvchining belgilangan muddatda jo‘natish raznaryadkasini taqdim qilmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga yo mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bosh tortish, yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini to‘lashni talab qilish huquqini beradi. Bundan tashqari mahsulot yetkazib beruvchi jo‘natish raznaryadkasini taqdim qilmaslik tufayli yetkazilgan zararni to‘lashni talab qilishga haqli. Tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va unda belgilangan shartlarda jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasida olib borib berish qaysi transport turida yoki qanday shartlarda amalga oshirilishi belgilangan bo‘lmasa, olib borib beruvchi transport turini tanlash yoki tovarni olib borib berish shartlarini belgilash huquqiga ega bo‘ladi, basharti qonunchilikdan, majburiyatning mohiyati yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib anglashilmasa. Tovar yetkazib berishning ayrim davrida uni to‘liq yetkazib bermagan tovar yetkazib beruvchi, agar tovar yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yetkazib berilmagan tovarlar miqdorini shartnoma amal qilish muddati doirasidagi keyingi davrda (davrlarda) to‘ldirishi lozim. Uzoq muddatli shartnomaga muvofiq tovar yetkazib berishning ayrim davrida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan to‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rni, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarlar to‘liq yetkazib berilmagan yilning keyingi davrida (davrlarida) to‘ldirilishi lozim. Tovarlar mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki sotib oluvchining jo‘natish raznaryadkasida ko‘rsatilgan bir necha oluvchiga jo‘natilgan taqdirda bir oluvchiga shartnomada yoki jo‘natish raznaryadkasida nazarda tutilganidan ortiq miqdorda yetkazib berilgan tovarlar boshqa oluvchilarga to‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rnini qoplash uchun hisobga olinmaydi va agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovar yetkazib beruvchi tomonidan to‘ldirilishi lozim. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi, tovar yetkazib beruvchini xabardor qilgan holda, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan tovarlarni qabul qilishni rad etishga haqli. Tovar yetkazib beruvchi bildirish xatini olguncha yetkazib berilgan tovarlarni sotib oluvchi qabul qilishi va ularning haqini to‘lashi lozim. To‘liq yetkazib berilmagan tovarlarning o‘rni to‘ldirilishi kerak bo‘lganida ularning assortimenti taraflar kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmaganida mahsulot yetkazib beruvchi to‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rnini to‘liq yetkazib bermaslikka yo‘l qo‘yilgan davr uchun belgilangan assortimentda to‘ldirishga majbur. Bir nomdagi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgandan ko‘proq miqdorda yetkazib berish shu assortimentga kiradigan boshqa nomdagi to‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rnini to‘ldirish sifatida hisobga olinmaydi va uning o‘rni to‘ldirilishi lozim, bunday yetkazib berish sotib oluvchining oldindan bergan yozma roziligi bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno. Sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini ta’minlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim. Sotib oluvchi (oluvchi) o‘zi qabul qilgan tovarni qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan muddatda ko‘zdan kechirishi lozim. Sotib oluvchi (oluvchi) xuddi shu muddatda qabul qilingan tovarlarning miqdori va sifatini qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan tartibda tekshirishi va tovarning aniqlangan nomuvofiqliklari va kamchiliklari to‘g‘risida tovar yetkazib beruvchini darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Etkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning transport va yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek bu tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qabul qilishi lozim. Sotib oluvchi (oluvchi) qonunchilikka yoki mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq mahsulot yetkazib beruvchi topshirgan tovarni rad etgan taqdirda u bu tovarning but saqlanishini ta’minlashi (mas’uliyatli saqlash) va bu haqda tovar yetkazib beruvchini darhol xabardor qilishi shart. Mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchi (oluvchi) mas’uliyatli saqlashga olgan tovarni olib chiqib ketishi yoki oqilona muddat ichida tasarruf etishi shart. Agar mahsulot yetkazib beruvchi shu muddatda tovarni tasarruf etmasa, sotib oluvchi tovarni realizatsiya qilishga yoki mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib yuborishga haqli. Sotib oluvchining tovarni mas’uliyatli saqlashga qabul qilish, tovarni realizatsiya qilish yoki uni mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib yuborish bilan bog‘liq zarur xarajatlari mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunda tovarni realizatsiya qilishdan tushgan pul summasi, sotib oluvchiga tegishli qismi chegirib qolingan holda, mahsulot yetkazib beruvchiga topshiriladi. Sotib oluvchi qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchidan tovarni qabul qilib olmagan yoki tovarni rad etgan hollarda mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchidan tovar haqini to‘lashni talab qilishga haqlidir. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida sotib oluvchi (oluvchi)ning yetkazib beruvchi joylashgan erda tovarlarni tanlab olishi nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchi (oluvchi) o‘ziga topshirilayotgan tovarlarni ular topshiriladigan joyda ko‘zdan kechirishi lozim. Tovarlarning shartnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, u bunday tovarlarni olishdan bosh tortishga haqli. Sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, tovarlarning tayyorligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchining bildirish xatini olganidan so‘ng oqilona muddatda tanlab olmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga shartnomani bajarishdan bosh tortish yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini to‘lashni talab qilish huquqini beradi. Sotib oluvchi yetkazib beriladigan tovarlar haqini shartnomada nazarda tutilgan hisob-kitoblar tartibi va shakliga amal qilgan holda to‘laydi. Agar taraflar kelishuvida hisob-kitoblar tartibi va shakli belgilanmagan bo‘lsa, hisob-kitoblar to‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi. Agar shartnomada tovarlarni to‘plamga kiradigan alohida qismlar bo‘yicha yetkazib berish nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchi tovarlar haqini, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, to‘plamga kiradigan so‘nggi qism jo‘natilganidan (tanlab olinganidan) keyin to‘laydi. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlar haqi oluvchi (to‘lovchi) tomonidan to‘lanishi nazarda tutilgan bo‘lsa va u haq to‘lashdan asossiz bosh tortsa yoki tovarlar haqini shartnomada belgilangan muddatda to‘lamagan bo‘lsa, yetkazib beruvchi sotib oluvchidan yetkazib berilgan tovarlar haqini to‘lashni talab qilishga haqli. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotib oluvchi (oluvchi) tovar keltirilgan ko‘p marta ishlatiladigan idish va o‘rash materiallarini yetkazib beruvchiga qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda qaytarishi shart. Boshqa idish va o‘rash materiallari faqat mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim. Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlar yetkazib berilgan sotib oluvchi (oluvchi) mahsulot yetkazib beruvchiga ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli, yetkazib berilgan tovarlarning sifatsizligi to‘g‘risida sotib oluvchidan bildirish olgan mahsulot yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarni tegishli darajada sifatli tovarlar bilan darhol almashtirgan hollar bundan mustasno. O‘ziga yetkazib berilgan tovarlarni chakanalab sotadigan sotib oluvchi (oluvchi), agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, iste’molchi tomonidan qaytarilgan tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni oqilona muddat ichida almashtirishni talab qilishga haqli. Mahsulot yetkazib berish shartnomasining shartlari, qonunchilikning talablari yoki tovarlarning but bo‘lishiga qo‘yiladigan odatdagi talablarni buzgan holda tovarlar yetkazib berganida sotib oluvchi (oluvchi) mahsulot yetkazib beruvchiga ushbu Kodeksning 413-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli, mahsulot yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarning but emasligi to‘g‘risida sotib oluvchidan bildirish olganidan keyin tovarlarni darhol butlagan yoki ularni but tovarlar bilan almashtirgan hollar bundan mustasno. Tovarlarni chakana narxlarda sotayotgan sotib oluvchi (oluvchi), agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, iste’molchi tomonidan qaytarilgan but bo‘lmagan tovarlarni oqilona muddat ichida but tovarlar bilan almashtirishni talab qilishga haqli. Agar mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda yetkazib bermagan bo‘lsa yoxud sotib oluvchining (oluvchining) tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlarni almashtirish yoki tovarlarni butlash to‘g‘risidagi talablarini belgilangan muddatda bajarmasa, sotib oluvchi yetkazib berilmagan tovarlarni boshqa shaxslardan olib, ularni olish bilan bog‘liq barcha zarur va oqilona xarajatlarni mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga yuklash huquqiga ega. Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni to‘liq yetkazib bermagan yoki sotib oluvchining tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni butlash to‘g‘risidagi talablarini bajarmagan hollarda sotib oluvchining boshqa shaxslardan tovarlar olishga qilgan xarajatlari ushbu Kodeks 456-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqariladi. Sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning kamchiligi bartaraf etilguncha va ular butlanguncha yoki almashtirilguncha tegishli darajada sifatli bo‘lmagan va but bo‘lmagan tovarlar haqini to‘lashdan bosh tortish, bordi-yu, tovarlar haqi to‘langan bo‘lsa, –– to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega. Tovarlarni to‘liq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun qonunda yoki shartnomada belgilangan neustoyka, agar neustoykani undirishning boshqacha tartibi qonunda yoki shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchidan shartnomaning amal qilish muddatida majburiyat amalda bajarilgunga qadar undiriladi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama (to‘liq yoki qisman) bosh tortishga taraflarning biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin: tegishli darajada sifatli bo‘lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib bo‘lmaydigan kamchiliklarga ega bo‘lgan tovarlarni yetkazib berish; tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish. Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin: tovarlar haqini to‘lash muddatlarini bir necha bor buzish; tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik. Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama o‘zgartirishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki o‘zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki taraflar kelishuvida belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bir taraflama bosh tortish to‘g‘risida bildirish xati olgan paytdan boshlab o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi. Agar sotuvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotib oluvchi shartnomada nazarda tutilgan tovar o‘rniga boshqa shaxsdan birmuncha yuqori, ammo oqilona bahoda tovar sotib olsa, sotib oluvchi sotuvchidan shartnomada belgilangan baho bilan uning o‘rniga tuzilgan bitimdagi baho o‘rtasidagi farqdan iborat zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Agar sotib oluvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotuvchi tovarni boshqa shaxsga shartnomada nazarda tutilganidan birmuncha pastroq, biroq oqilona bahoda sotgan bo‘lsa, sotuvchi sotib oluvchidan shartnomada belgilangan baho bilan uning o‘rniga tuzilgan bitimdagi baho o‘rtasidagi farqdan iborat zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha shartnoma bekor qilinganidan keyin uning o‘rniga boshqa bitim tuzilmagan va tovarning joriy bahosi mavjud bo‘lsa, taraf shartnomada belgilangan baho bilan shartnoma bekor qilingan paytdagi joriy baho o‘rtasidagi farqdan iborat zararni qoplash to‘g‘risida talab qo‘yishi mumkin. Tovar topshirilishi lozim bo‘lgan joyda odatda o‘xshash sharoitlarda bir xil tovar uchun undiriladigan baho joriy baho deb e’tirof etiladi. Agar bu joyda joriy baho mavjud bo‘lmasa, tovarni tashish xarajatlaridagi farqni hisobga olgan holda boshqa joydagi uning o‘rnini bosa oladigan oqilona joriy bahodan foydalanish mumkin. Ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni qondirish o‘z majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tarafni boshqa tarafga yetkazgan o‘zga zararni ushbu Kodeksning 14-moddasiga asosan qoplashdan ozod qilmaydi. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish bo‘yicha davlat kontrakti asosida, shuningdek uning asosida tuziladigan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadigan, davlat budjeti va moliyalashning budjetdan tashqari manbalari hisobiga ta’minlanadigan, O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlari davlat ehtiyojlari deyiladi. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish borasidagi munosabatlarga ushbu Kodeks 437-456-moddalarining qoidalari ham tatbiq etiladi. Us
46
63,926
Qonunchilik
“YER OSTI BOYLIKLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA MUVOFIQ NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASh HAQIDA
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagi: Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun kon ajratmalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Yoqilg‘i sanoati va energetika bo‘limiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Arxitektura va shaharsozlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi) to‘g‘risidagi Nizom talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari, shu jumladan, neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, inshootlar qurish va ulardan foydalanish, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni (kommunal-maishiy maqsaddagidan tashqari) chiqarib yuborish uchun kon ajratmalari berishning yagona tartibini belgilaydi. Litsenziyaga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga ko‘ra cheklangan yer qa’rining geometriklashtirilgan uchastkasi kon ajratmalari deb ataladi. Yer qa’ri kon ajratilishini tasdiqlovchi dalolatnoma (1-ilova) asosida foydalanish uchun beriladi. Dalolatnoma litsenziya egasi foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar qa’ridan foydalanishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydi*. 2. Nizom, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini loyihalashtiruvchi, quruvchi, foydalanuvchi va rekonstruksiya qiluvchi barcha yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi. 3. Kon ajratmalari olingan litsenziyalarga muvofiq foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan korxonalargagina ushbu korxonalarda maxsus loyihalar va kon-texnika xizmatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, berilishi mumkin. 4. Ishlangan kon inshooti yoki yer qa’rining bir qismidan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoxud konlarda obyektlarni joylashtirish uchun foydalanishni mo‘ljallayotgan qazilma boyliklarni qazib olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi ko‘rsatib o‘tilgan ishlar boshlangunga qadar unda foydali qazilma koniga ishlov berishga kon ajratmasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, mazkur Nizomga muvofiq kon ajratmasi olishga majburdir. 5. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi, shu jumladan foydali qazilmalarni qazuvchi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlangan konlarida ham, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi. Yor osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoki foydali qazilmalarni qazib oluvchi ishlab turgan korxonaning ishlov berilgan konlaridagi obyektlarga joylashtirish uchun kon ajratmasi foydali qazilmalarni qazuvchi korxona ixtiyorida bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshiriladi. 6. Zararli moddalarni va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib yuborish uchun kon ajratmasi berishga istisno hollarda hamda har bir aniq holatda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotining zararli moddalarni, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik imkoniyati yo‘qligi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish yoki oqova suvlarni yoki chiqarib tashlash mo‘ljallanayotgan gorizontlarning aralashib ketuvchi jinslari va qatlam suvlari bilan birga qo‘shilishi haqidagi xulosasi zarurligi to‘g‘risidagi shart mana shunday shartlardan biri hisoblanadi. 7. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yangidan qurilayotgan yer osti inshootlari uchun, shuningdek, mavjud kon ajratmasiga yer qa’rining bir qismini kesish (qo‘shish) zarurligini keltirib chiqaruvchi bunday inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun kon ajratmasi loyiha hujjatlari tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan inshootlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) boshlanishidan oldin rasmiylashtirilishi kerak. 8. Mavjud kon ajratmasiga nisbatan yer qa’rining bir qismini kesish (qo‘shish) mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda yangi kon ajratmasi sifatida rasmiylashtiriladi. 9. Yer osti inshooti qurilishi foydali qazilmalar qatlami mavjud bo‘lgan maydonda yoki ilgari kon inshootlari bilan ishlangan jins qatlamida boshlangan taqdirda, uni so‘rovchi korxona yoki tashkilot kon ajratmasi rasmiylashtirilgunga qadar foydali qazilmalar joylashgan maydonda imorat qurish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olishi zarur. 10. Foydali qazilmalar qazish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini litsenziyasiz va kon ajratilmasisiz qurish va ulardan foydalanish, teng ravishda uning tashqarisida ham, yer osti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanadi va ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanmasdan belgilangan tartibda to‘xtatiladi. 12. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchining unga berilgan kon ajratmasini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berishi taqiqlanadi. Yer osti inshootining tegishliligi o‘zgargan taqdirda kon ajratmasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda yangi sifatida qayta rasmiylashtirilishi kerak. Korxonaning nomi o‘zgargan taqdirda faqat kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejasi nusxasidagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi. 13. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshootlari qurish maydonlarini tanlash komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi Qurilish me’yorlari va normalari hamda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshooti va obyektlar qurilishi uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi iltimosnoma hamda uning ajratilishi O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda korxona (buyurtmachi) tomonidan beriladi. 14. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshootlari va obyektlari qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) bo‘yicha ishlarni mablag‘ bilan ta’minlashga kon ajratmasini tasdiqlovchi litsenziya va dalolatnoma, shuningdek, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi va ular olib qo‘yilishi bilan to‘xtatiladi. 1. Kon ajratmasi yer qa’rining, geologik tuzilishning, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlarining zarur darajada batafsil o‘rganilgan qismigagina beriladi, undan foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish esa shu yaqin oradagi foydali qazilma konlari ishlanishini qiyinlashtirmaydi hamda kon ishlanmalariga, yer yuzasi va suv obyektlariga neft, gaz va boshqa moddalar va materiallarning ular saqlanishida suqilib kirishini, yer osti boyliklariga tashlanadigan oqova suvlar, yer qa’riga ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini istisno etadi. 2. Kon ajratmasi chegaralari tog‘ jinslarining siljishi va qulashi zonalarini, shuningdek, ushbu inshootlarning normal ishlab turishini ta’minlovchi saqlovchi va to‘suvchi tseliklarni hisobga olgan holda loyihalashtirilayotgan yer osti inshootining texnik chegaralari bilan belgilanadi. Zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda kon ajratmasi konturi ularni qat’iy belgilangan chegaralarda lokalizatsiya qilish ta’minlanishi mumkin bo‘lgan yer qa’ri qismi bilan belgilanadi. Gazni yer ostida saqlash uchun kon ajratmasi chegaralari bunday saqlash joyi qurilishi uchun loyiha hujjatlariga muvofiq bug‘ qatlamlari bilan tugallanadigan gazning eng ko‘p hajmda tarqalishi konturlari bilan, pyezometrik quduqlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa ushbu quduqlarni qamrab oluvchi konturlar bilan belgilanadi. Gazni yer ostida saqlash omborlari qurilishi uchun ular joylashgan bir maydonga to‘g‘rilangan bir yoki bir necha bug‘ qatlamlaridan, shuningdek ishlangan neft, gaz yoki suvli qatlamlardan (gorizontlardan) foydalanish mumkin. Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun kon ajratmasi chegaralarini belgilash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib yuborish aholi yashash joylari, xalq xo‘jaligi obyektlari, tabiiy obyektlar va boshqa obyektlar uchun belgilangan sanitariya zonalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. 3. Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ishlab turgan korxonalarning kon ishlanmalarida, shuningdek, foydali qazilma konlar yaqinidagi yer qa’ri uchastkalarida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi berish uchun foydalanilayotgan inshootlar va ishlanayotgan konlarning o‘zaro zararli ta’siri istisno etilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. 4. Kon ajratmasi muddatsiz yoki muddatli foydalanishga beriladi. Yer osti boyliklaridan muddatli foydalanishda kon ajratmasi litsenziya bilan belgilanadigan muddatga, gazni yer ostida saqlash va neftni yer ostida saqlash uchun 8 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Zarurat bo‘lganda kon ajratmasining amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin. Kon ajratmasining amal qilish muddati uzaytirilganda faqat kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejalaridagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi. 5. Korxonalar, binolar, inshootlar, shaharlar va boshqa aholi yashash joylari, kurortlar, o‘rmonzorlar, qo‘riqxonalar, suv ta’minoti manbalari, daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va san’at yodgorliklari, qimmatli qishloq xo‘jaligi ekinlari, chegara polosalari, aerodromlar, maxsus vazifalarga mo‘ljallangan poligonlar, begonalashtirish polosalari, qal’alar va mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan hududlar qa’ridan kon ajratmasi uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari va davlat nazorati organlari bilan kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. 1. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun kon ajratmasi loyihasi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak: tushuntirish xati; kon ajratmasining uch o‘lchamli chegaralarini va o‘lchamlari hisob-kitobini asoslash; so‘ralayotgan kon ajratmasi chegaralarida yuza topografik rejasi, geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari. Tushuntirish xatida: kon ajratmasi so‘rashdan maqsad, uning ma’muriy joylashgan o‘rni, yer osti inshootini loyihalashtirgan va kon ajratmasi loyihasini tayyorlagan tashkilotning nomi ko‘rsatilishi; so‘ralayotgan kon ajratmasi ustidagi hudud to‘g‘risidagi, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yer maydonlari, daryolar, ko‘llar va boshqa suv obyektlari, aholi yashash joylari va sanoat obyektlari, alohida imoratlar va inshootlar, shuningdek, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yer qaysi toifaga kiritilganligi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar keltirilishi; kon ajratmasi doirasida, shuningdek, unga tutashib ketgan zonalarda yer qa’ri uchastkasining qisqacha geologik tavsifi berilishi, shu jumladan, ushbu uchastkaning geologik tuzilishi, kon-texnika va gidrogeologik sharoitlari hamda ularning o‘rganilganligi darajasi ifodalanmog‘i; uning uchun kon ajratmasi so‘ralayotgan yer osti inshooti qurilishi mo‘ljallanayotgan joydagi foydali qazilmalar konlari, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda va foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish uchun berilgan aralash kon ajratmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilishi zarur. Kon ajratmasi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoxud foydali qazilmalarni qazish bo‘yicha ishlab turgan korxonaning ishlangan konlari uchun so‘ralayotgan hollarda ushbu korxona to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot, shu jumladan, kon yuzasini ochish va ishlash tizimi sxemasi, foydalanilishi kerak bo‘lgan kon ishlanmalari va burg‘ulash quduqlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda keltiriladi; kon ajratmasini olish zarurligi asoslaniladi; yer osti inshootidan foydalanishda bajarilishi kerak bo‘lgan asosiy talablar bayon qilinadi. Kon ajratmasi chegaralari va o‘lchamlari hisob-kitobini asoslash kon ajratmasiga kiritiladigan yer osti makonining hajmi belgilangan holda maydon bo‘yicha ham, vertikal belgilar bo‘yicha ham amalga oshirilishi kerak. Yuzaning topografiya rejasi, geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari ularni tuzish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalar talablariga javob berishi kerak. Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun kon ajratmasi loyihalarida, shuningdek, ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgan gorizontning ustki qatlami va etagi bo‘yicha tarkibiy xaritalar ham bo‘lishi kerak. Topografiya rejasining nusxasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: tayanch geodeziya tarmog‘i punktlari, o‘rmonzorlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarining konturlari, aholi yashash joylari, kon inshootlari, suv obyektlari, yo‘llar, yuza va yer osti kommunikatsiyalari, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklari, alohida imoratlar va inshootlar, ularning necha qavat ekanligi, kon inshootlari va burg‘ulash quduqlarining og‘zi, foydali qazilmalar konlari va aralash kon ajratmalari joylashgan chegaralar hamda loyihadagi ajratma chegaralari. Varaqning bo‘sh qismida reja to‘ldirilgan sana, gorizontal yassilikda kon ajratmasi proyeksiyasi maydoni ( ming kv.m), grafik jihatdan reja va kesimlar bilan belgilanadigan so‘ralayotgan kon ajratmasi burchak nuqtalari yoki o‘ziga xos nuqtalarining x, y, z koordinatlari kattaligi ko‘rsatiladi. Varaqning yuqori o‘ng tomonida kon ajratmasi berilganligini tasdiqlovchi yozuv uchun joy qoldiriladi. Topografiya rejasi nusxasi masshtabi foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallanayotgan yer qa’ri uchastkasining o‘lchamiga bog‘liq ravishda tanlanadi va u 1:5000 masshtabdan mayda bo‘lmasligi kerak. Ancha katta maydonga va uzunlikka ega bo‘lgan yer osti inshootlari uchun rejalarni 1:5000 masshtabdan 1:25000 masshtabgacha foydalanishga ruxsat beriladi. Foydali qazilmalar qazib olish bo‘yicha tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlatilgan kon inshootlaridan foydalanish uchun kon ajratmasi loyihalariga ushbu korxonalar kon inshootlari rejalari qo‘shimcha ravishda kiritiladi va ularda foydalanish mo‘ljallanayotgan inshootlar ko‘rsatiladi. Zarur bo‘lganda kon ajratmasi chegaralari tarkibiy xaritalarda va vertikal kesimlarda ham ko‘rsatiladi. 2. Kon ajratmasi muddatsiz foydalanish uchun rasmiylashtirilganda topografiya rejasining ikki nusxasi sintetik plyonkalarda yoki uzoq vaqt saqlash uchun yaroqli bo‘lgan boshqa materiallarda tayyorlanishi kerak. Kon ajratmasini 10 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirishda topografiya rejasi nusxasi qog‘ozda tayyorlanishi mumkin. Kon ajratmasi chegaralari tushiriladigan tarkibiy xaritalar va vertikal kesimlar nusxalariga ham shunday talablar qo‘yiladi. 3. Yer ajratmasi loyihasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak: yerdan foydalanuvchining kon ajratmasi berishga roziligini tasdiqlovchi hujjat; manfaatdor korxona yoki tashkilotning foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshooti barpo etilishi zarurligi va mumkinligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining mahalliy organi bilan kelishilgan qarori; korxona yoki idoraning ishlangan kon inshooti yoki yer qa’ri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishilgan qarori; unda geologik tuzilish, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlari o‘rganilganligi darajasi aks ettirilgan holda hududiy geologiya ishlab chiqarish birlashmasining kon ajratish loyihasi bo‘yicha xulosasi; yuqori turuvchi tashkilotning (bo‘ysunishiga ko‘ra) kon ajratmasi berish to‘g‘risidagi iltimosnomasi; ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining kon ishlanmalarining loyihada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi; ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik jihatdan imkoni yo‘qligi haqidagi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarning ularni ko‘mish yoki chiqarib tashlash mo‘ljallanayotgan aralashib ketadigan jinslar va gorizontlarning qatlam suvlari bilan birga qo‘shilib ketishi to‘g‘risidagi xulosasi; tasarrufida foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ishlab turgan yoxud konservatsiya qilingan korxona bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchining kon ishlanmalarini foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun boshqa yer qa’ridan foydaluvchiga berishga roziligi; sanitariya nazorati organining xulosasi. Izoh. Gaz, neft, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun inshootlar qurilishi mo‘ljallanayotganda kon ajratmasi loyihalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mahalliy organining xulosasi ilova qilinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi kon ajratmasi berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno. 4. Kon ajratmalari loyihalari va ularga ilovalar tegishli tashkilotlar va korxonalarning rahbarlari tomonidan imzolanadi. 1. Litsenziya olgan korxona O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma yuboradi. Buyurtmanomada korxonaning nomi, uning qaysi idoraga bo‘ysunishi va manzili, so‘ralayotgan kon ajratmasining joylashgan o‘rni va u nima maqsad uchun so‘ralayotganligi ko‘rsatiladi, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurilishi uchun ekspertiza o‘tkazilganligi va loyiha tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Buyurtmanomaga yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanadigan korxonaning rahbari yoki yuqori turuvchi tashkilot (bo‘ysunishiga ko‘ra) rahbari imzo chekadi. Buyurtmanomaga ilovalar bilan birgalikda ikki nusxada kon ajratmasi loyihasi ilova qilinadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi kon ajratmasi loyihasini ko‘rib chiqadi va buyurtmanoma olingandan keyin 30 kundan kechikmay u bo‘yicha qaror chiqaradi. Zarur bo‘lganda kon ajratmasi loyihalari kon ajratmasini olishdan manfaatdor korxonaning vakili ishtirokida ko‘rib chiqilishi mumkin. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga kon ajratmasi berish to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida quyidagilarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi: yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablarini hisobga olgan holda topografiya rejasiga yozuvlar to‘g‘ri yozilganligi va so‘ralayotgan kon ajratmasi chegaralarining asoslanganligi; kon ajratmasi loyihasi mazmunining mazkur Nizom talablariga muvofiqligi, loyihaga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi; kon ajratmasi so‘ralayotgan yer osti inshootining loyihasi,uning berilayotgan yer qa’ri uchastkasidan kompleks foydalanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha, shuningdek, ishlovchilarning va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini ta’minlash, atrof tabiiy muhitni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha loyiha yechimlarining to‘liqligi va asoslanganligiga oid qismi. 4. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining kon ajratmasi berish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qarori manfaatdor tashkilotlarga ma’lum qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining qaroridan norozi bo‘lingan taqdirda ushbu qaror ustidan ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi kerak. 5. Kon ajratmasi berish kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnoma berilishi bilan, shuningdek, topografiya rejasi nusxasining yuqoridagi o‘ng burchagidagi yozuv bilan 1 va 2-ilovalarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi rahbarining imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Izoh. Kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomalarning bosmaxona usulida tayyorlangan va o‘chirib-yozishlarsiz qo‘lda tushda to‘ldirilgan blanklarda berilishiga yo‘l qo‘yiladi. 6. Kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomaning va kon ajratmasining rasmiylashtirilgan birinchi nusxasi korxonaga beriladi, ushbu hujjatlarning ikkinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida saqlanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan kon ajratmalarini hisobga olish 3-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha Kon ajratmalarini hisobga olish daftarida amalga oshiriladi. 1.Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer qa’ridan foydalanish uchun kon ajratmasi berilgan korxona quyidagilarga majburdir: yer qa’ridan faqat ular berilgan maqsadlarda foydalanish; kon ajratmasi va unga tutashib ketgan zonalar doirasida yer qa’ri uchastkasining geologik tuzilishi, kon-texnika, gidrogeologik va boshqa sharoitlari o‘rganilishi to‘liqligini ta’minlash; yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish jarayonida kon ishlarining marksheyder ta’minlanishini tashkil etish, shuningdek, geologik va marksheyder hujjatlarini tuzish; tog‘ jinslarining siljishini, ehtimol tutilgan deformatsiya zonasida joylashgan mavjud yer usti inshootlari va qurilayotgan hamda foydalanilayotgan yer osti inshootlari obyektlarining deformatsiyasini kuzatishni tashkil etish; yer osti inshootlari qurilishi yoki rekonstruksiya qilinishi chog‘ida qo‘shimcha ravishda qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan qazilma boyliklarni saqlash va ularning hisobini yuritish; kon ishlanmalarining holati, kon ajratmasi bilan belgilangan ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilari, shuningdek, chiqarib tashlangan oqova suvlarning zararsizlantirilishi chegaralarining saqlanishini muntazam kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish; ishlovchilar va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini, yer qa’rini va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlarini, binolar va inshootlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining ruxsatisiz kon ajratmasi hududi ustida binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik; qo‘riqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklarining yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli ta’siridan saqlanishini ta’minlash; yer qa’ridan foydalanish chog‘ida buzilgan yer uchastkalarining xavfsiz holatga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini ta’minlash; yer osti gaz omborxonalaridan foydalanish chog‘ida haydalayotgan gazning kon ajratmasidan tashqariga harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaslik; yer osti gaz omborxonalari va quduqlarning germetikligini nazorat qilishga oid tadbirlarni muntazam ravishda, bir yilda kamida bir marta amalga oshirish; nogermetik quduqlardan foydalanishga, shuningdek, gazning boshqa gorizontlarga oqishiga hamda uning yer yuzasiga oqib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik. 1.Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatilishi, birmuncha vaqt to‘xtatilishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin. 2. Yer qa’ridan foydalanish huquqi, agar yer qa’ridan foydalanuvchi: kon ajratmasi berilgandan so‘ng bir yil davomida yer qa’ri uchastkasidan u taqdim etilgan maqsadlarda foydalanishga kirishmasa; atrof tabiiy muhitga va kishilarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishning yo‘l qo‘yiladigan normalaridan ortiqcha bo‘lsa; yer qa’ridan u berilgan maqsadlarga nomuvofiq holda foydalansa; yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilishning boshqa qoidalari buzilgan taqdirda to‘xtatilishi, birmuncha vaqt to‘xtatilishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin. 3. Bunday qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomani bekor qiladi hamda litsenziyani olib qo‘yish masalasini qo‘yadi. 4. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun foydalanuvchi korxona konservatsiya qilinganda yoki tugatilganida kon ajratmasi dalolatnomasi korxonani konservatsiya qilish yoki tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyin 30 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga qaytariladi. 1. Mazkur Nizom bilan belgilangan kon ajratmasini rasmiylashtirish, uni o‘z vaqtida olish va uning saqlanishi tartibiga rioya qilish uchun javobgarlik yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanuvchi korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi, korxonani loyihalashtirishda esa loyiha bosh muhandisiga va loyihalashtirish tashkiloti rahbariga yuklanadi. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanuvchi korxonalarning rahbarlari mansabdor shaxslari kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomada bayon qilingan majburiyatlarning bajarilishi uchun ham javobgar bo‘ladilar. Yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 2. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanuvchilarda kon ajratmasi dalolatnomasi mavjudligi, kon ajratmasi hujjatlari to‘liq va to‘g‘riligini nazorat qilishni, shuningdek, kon ajratmasi doirasida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish chog‘ida yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilishni o‘z vakolatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi amalga oshiradi. Korxona ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarda yer qa’ridan foydalanish uchun kon ajratmasida quyidagilarni bajarishga majburdir: yer osti inshootlari qurilishi, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar boshlanishidan bir oy oldin bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasini xabardor qilish; yer qa’ridan faqat ular berilgan maqsadlarda foydalanish; kon ajratmasi va unga tutashib ketgan zonalar doirasida yer qa’ri uchastkasining geologik tuzilishi, kon-texnika, gidrogeologik va boshqa sharoitlarning to‘liq o‘rganilishini ta’minlash; yer osti ishnootlari qurilishi va ulardan foydalanish jarayonida kon ishlarining marksheyder ta’minlanishini, shuningdek, geologik va marksheyder hujjatlari tuzilishini tashkil etish; tog‘ jinslari siljishi, mavjud yer usti inshootlari va obyektlari, ehtimol tutilgan deformatsiya zonasida joylashgan qurilayotgan va foydalanilayotgan yer osti inshootlari deformatsiyasini kuzatishni tashkil etish; yer osti inshootlari qurish yoki ularni rekonstruksiya qilish chog‘ida qo‘shimcha ravishda qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni saqlab qolish va ularning hisobini yuritish; kon ishlanmalarining holati, kon ajratmasi bilan belgilangan ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilari, shuningdek, chiqarib tashlangan oqova suvlarning zararsizlantirilishi chegaralarining saqlab qolinishini doimiy kuzatish va nazorat qilishni tashkil etish; xodimlarning salomatligi va hayoti uchun xavfsizligini, yer qa’rini va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlarini, binolar va inshootlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining ruxsatisiz kon ajratmasi ustidagi hududga binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik; qo‘riqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklarining yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning zararli ta’siridan saqlanishini ta’minlash; yer qa’ridan foydalanish chog‘ida buzilgan yer uchastkalarining xavfsiz holatga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini ta’minlash; yer osti gaz omborxonalaridan foydalanish chog‘ida haydalayotgan gazning kon ajratmasidan tashqariga harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaslik; yer osti gaz omborxonalari va quduqlarning germetikligini nazorat qilishga oid tadbirlarni muntazam ravishda, bir yilda kamida bir marta amalga oshirish; nogermetik quduqlardan foydalanishga, shuningdek, gazning boshqa gorizontlarga oqishiga hamda uning yer yuzasiga oqib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik. Agar yer qa’ridan foydalanuvchi unga kon ajratmasi berilgandan keyin bir yil davomida yer qa’ri uchastkasidan u taqdim etilgan maqsadlarda foydalanishga kirishmasa kon ajratmasi dalolatnomasi o‘z kuchini yo‘qotadi va “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasiga qaytarilishi kerak. Korxona konservatsiya qilinganda yoki tugatilganda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha ishlar to‘xtatilgan kunda to‘ldirilgan geologiya va marksheyder hujjatlarining asl nusxalari 10 kun muddatda yuqori turgan tashkilotga topshirilishi, marksheyder rejalari, geologiya xaritalari va usti ochiq konlar nusxalari esa mana shu muddatda manfaatdor korxonalarga, tashkilotlarga, shu jumladan, konservatsiya qilinayotgan yoki tugatilayotgan korxonaning yer qa’ridan foydalanuvchi qo‘shni korxonalarga berilishi kerak. Kon ajratmasi dalolatnomasi kon-geologik va marksheyder hujjatlarining nusxalari olinganligi to‘g‘risida tashkilotlarning tilxatlari nusxalari bilan birgalikda korxona konservatsiya qilinishi yoki tugatilishi haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng 15 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga topshiriladi.
116
31,542
Qonunchilik
2007-YIL HOSILI UChUN ShUDGORLASh IShLARINI O‘TKAZIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
2007-yil hosili uchun shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, qulay agrotexnik shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasining 2007-yil hosili uchun shudgorlash hajmi va muddatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan takliflari ilovaga* muvofiq qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagromashservis” uyushmasining rahbarlari zimmasiga quyidagilar shaxsiy javobgarlik sifatida yuklansin: texnikani ta’mirlashni nihoyasiga yetkazish, mashina-traktor parklari, shirkat va fermer xo‘jaliklarining buyurtmanomalari bo‘yicha haydov agregatlariga ehtiyot qismlar tayyorlash va yetkazib berish hamda belgilangan muddatlarda shudgorlashni o‘tkazish; tasdiqlangan agrotexnologiya normalaridan kelib chiqqan holda shudgorlash sifati, shudgorlashning zarur chuqurligi va bir tekisligi, mineral va organik o‘g‘itlar solinishini ta’minlash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi shudgorlash ishlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan hajm va muddatlarga muvofiq o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatsin, hisobotni buzib ko‘rsatish va boshqa qoidabuzarlik faktlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin: uch kun muddatda shudgorlashning borishi va sifatini nazorat qiluvchi hududiy komissiyalar tuzsin va ularga shudgorlash ishlarining hajmlari, muddatlari va sifatini baholash natijalariga ko‘ra tanlov asosida keng muhokama va oshkoralikni ta’minlagan holda har bir tuman bo‘yicha xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga rag‘batlantiruvchi mukofotlar joriy etish huquqini berish; bir hafta muddatda, yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda, tumanlar va xo‘jaliklar doirasida shudgorlashni o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash; texnika va ustaxonalar ikki smenada to‘laqonli ishlashini tashkil qilish hamda shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizatorlar va operatorlar uchun maishiy va boshqa barcha zarur shart-sharoitlar yaratish; mintaqalarda joylashgan sanoat, qurilish korxonalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan shudgorlashni o‘tkazish va ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari uchun haydov traktorlarini jalb etish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish; xo‘jaliklar va mashina-traktor parklari buyurtmalariga asoslanib ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini. 5. “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar va to‘lovlarga muvofiq shudgorlash davrida mineral o‘g‘itlar solinishini ta’minlaydigan muddatlarda respublikaning barcha mintaqalariga o‘g‘itlar bir maromda yetkazib berilishini ta’minlasin. 6. “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda shudgorlashda ishtirok etuvchi qishloq xo‘jalik korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga tasdiqlangan texnologik normalar doirasida yetkazib beriladigan dizel yonilg‘isini belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
96
3,761
Qonunchilik
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimida qanday oʻzgartirishlar boʻldi
Prezident tomonidan 11.04.2022 yildagi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-762-son Qonun imzolandi. Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, endilikda: Qonun bilan boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
96
519
Qonunchilik
Mahallalardagi holat, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash masalalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan mahallalardagi holat, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va sohaga oid belgilangan chora-tadbirlarning ijro etilishi o‘rganildi. Mazkur yo‘nalishlarda, jumladan, xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni aniqlash, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy qilingan. Ushbu yo‘nalishda davlat hokimiyati organlari o‘rtasida idoralararo samarali ishlash mexanizmlarini joriy qilish maqsadida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etilib, uning tarkibiga 21 ta vazirlik va idora rahbarlari hamda hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha 14 nafar maslahatchisi kiritilgan. O‘z navbatida, “mahallabay” ishlash tizimi orqali 2020-yilning oktyabr — dekabr oylarida 6,5 milliondan ortiq xonadonga tashrif buyurilib, xotin-qizlarning muammolari o‘rganilgan. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli qarori bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vaqtinchalik tartib tasdiqlangan. 2021-yilning yanvar oyida “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 432 781 nafar xotin-qizning ro‘yxati xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlarining sessiyalarida tasdiqlangan hamda yanvar-may oylarida ularning 430 275 nafariga (99,4 foiziga) amaliy yordam ko‘rsatilgan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish, jumladan, sayohatlarni tashkil etish uchun jami 1 trln 114,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Onkologik kasalliklarning oldini olish maqsadida 300 893 nafar xotin-qiz odam papillomasi virusiga qarshi emlangan. Tug‘ish yoshidagi 4 mln 13 329 nafar ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Barcha mahallalarda (9 228 ta) “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda zarur sharoitlar yaratilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand ayollarga farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun to‘lov xarajatlarini budjetdan qoplash tartibi joriy etilgan. Xotin-qizlarning muammolari bo‘yicha 1211 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga kelib tushgan 80 mingga yaqin murojaatning 97 foizi hal etilgan va qolganlarining ijrosi nazoratga olingan. Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etishda faol ishtirok etib, jonbozlik ko‘rsatgan 600 dan ortiq mas’ul xodimlar Respublika komissiyasi tomonidan rag‘batlantirilgan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan tegishli amaliy yordamlar va ularning muammolarini hal qilish natijasida 357 998 nafar xotin-qiz xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining sessiyalari qarorlari asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan. Amalga oshirilgan ishlar bilan birga, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ayrim kamchiliklar kuzatilmoqda. Birinchidan, vazirlik va idoralarning vertikal tizimi samarali ishlamasligi, qolaversa mutasaddi idora tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida “mahallabay” ishlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, “Ayollar daftari” bo‘yicha yordam olgan xotin-qizlar sonini asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish, muhtoj ayollarga yordam ko‘rsatilgani to‘g‘risida soxta ma’lumotlar shakllantirish holatlari kuzatilmoqda. Jumladan, hisobotlarda “yordam berildi” deb ko‘rsatilgan xotin-qizlardan 3 556 nafariga amalda yordam ko‘rsatilmagan. Yordamga muhtoj fuqarolar “Ayollar daftariga” kiritilishi, ulardan chiqarilishi jarayonlarida Vaqtinchalik tartib talablari buzilgan. Shuningdek, xotin-qizlarga tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida ham qator muammolar uchramoqda. Barcha hududlarda og‘ir operatsiyaga muhtoj bemorlarga oddiy dori-darmon berish orqali ularni “Ayollar daftari”dan chiqarish holatlari uchramoqda. Qolaversa, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish ishlari tizimli tashkil qilinmagan. Bundan tashqari, joylarda zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur moddiy-texnik bazani yaxshilash choralarini ko‘rish lozim. Jumladan, respublika bo‘yicha tibbiyot muassasalarida jami 7039 ta, xususan, viloyat perenital markazlarida 212 ta, Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 162 ta, Bolalar shifoxonalarida 143 ta, tug‘uruq komplekslarida 319 ta tibbiy anjom va jihozlar yetishmaydi. Ikkinchidan, “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatida ham ayrim kamchiliklar mavjud. Ayrim “Ayollar maslahat kengashlari”da faoliyati uchun yetarli sharoitlar yaratilmagan, ular tegishli jihozlar bilan ta’minlanmagan. Uchinchidan, ayrim tuman (shahar)larda yordamga muhtoj xotin-qizlarni “Ayollar daftariga” kiritish va chiqarish jarayonlarida Vaqtinchalik tartib qoidalariga to‘liq rioya qilinmagan. To‘rtinchidan, ba’zi tuman (shahar)larda psixologik yordamga muhtoj ayollar bilan suhbatlarni asosan xalq ta’limi tizimidagi hali yetarli malaka va bilimga, hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan psixologlar o‘tkazgan. Shu bilan birga, ruhiy muammolari mavjud inson uzoq muddatli psixologik kurslarga muhtoj bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan psixologik yordam bir martalik xaraktyerga ega. Beshinchidan, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tizimli tashkil qilinmagan. Ishsizlar uchun taklif etilayotgan vakansiya to‘g‘risida aholining xabardorlik darajasi past. Mahallalarda ishsiz aholi bo‘sh ish o‘rinlari haqida xabardor qilinmaydi. Bu yo‘nalishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Shuningdek, aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslariga jalb etish, mehnat yarmarkalarini o‘tkazish samaradorligi past. Oltinchidan, aholi, jumladan ayollarni tadbirkorlikka jalb qilishga yetarli e’tibor berilmagan. Jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy drayveri bo‘lgan kreditlash jarayonida ko‘plab kamchiliklar uchramoqda. Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni o‘qitish, biznes rejalarni tuzish va amalga oshirish, ularga kreditlar ajratish va to‘g‘ri sarflanishi, hunarmandchiligini nazorat qilib borish bo‘yicha vakolatli tashkilotlar (Mahalla, Bandlik, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasining hududiy bo‘linmalari) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yetarli darajada emas. O‘rganilgan hududlarning deyarli barchasida xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klastyerlar bo‘yicha ishlar boshlanmagan. Yuqorida bayon etilganlarga asosan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasi rahbari Q. Rafiqovning xotin-qizlarga “Ayollar daftari” orqali amaliy yordam berish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: ikki hafta muddatda “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vaqtinchalik tartib asosida xotin-qizlarga ko‘rsatilgan amaliy yordam natijalarini qayta o‘rganib chiqsin va aniqlangan muammolarni bartaraf etsin; ushbu ishlarni amalga oshirishda mas’uliyatsizlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan tegishli ta’sir choralarini ko‘rsin hamda namunali faoliyat olib borgan mas’ullar va xodimlarni rag‘batlantirsin; bir oy muddatda “mahallabay” ishlash tizimi va aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda vazirlik va idoralarning vertikal tizimi samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin; 2021-yil 1-avgustga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va amaliy yordam ko‘rsatilmagan xotin-qizlarga tegishli yordam berish ishini tashkil qilsin; mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotni 2021-yilning 1-oktabriga qadar Oliy Majlis Senatiga kiritsin. 3. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi: o‘n kun muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Ayollar daftari”ni yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan hamda integratsiyalashgan yagona elektron platformani ishga tushirsin; ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish, ularni o‘qitish, biznes rejalarni tuzish va amalga oshirish, ularga kreditlar ajratish va ularning to‘g‘ri sarflanishini, hunarmandchiligini nazorat qilib borish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; o‘n besh kun muddatda tuman va shahar hokimliklari hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda “Ayollar maslahat kengashlari” joylashuvini qayta ko‘rib chiqsin hamda aholi uchun qulay joylashuvini hisobga olgan holda dislokatsiyasini qayta tasdiqlasin; bir oy muddatda Adliya vazirligi hamda mas’ul tashkilot va idoralar bilan birgalikda oilaviy psixologlar xizmatini rivojlantirish, uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin; bir oy muddatda Adliya vazirligi bilan birgalikda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan manzilli va natijaga qaratilgan, shuningdek bu borada erishilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilagan holda qisqa va uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda ijrosini ta’minlasin; Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda har bir tuman va shaharda qizlarning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadigan “Bibixonim maktablari”ni tashkil etish ishlarini yakunlasin hamda ishga tushirsin; O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabr kuniga qadar kamida 50 ming xotin-qizning mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlarini va dam olishlarini tashkil etsin. Bunda sayohatning asosiy qismi iqlim sharoiti sayohat uchun qulay bo‘lgan oylarda tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilsin hamda sayohat bilan bog‘liq xarajatlar “Saxovat va ko‘mak” hamda “Ayollar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin. 4. Sog‘liqni saqlash vazirligi: o‘n kun muddatda “Ayollar daftari”ga kiritilgan og‘ir jarrohlik amaliyotiga muhtoj xotin-qizlarni zudlik bilan davolash choralarini ko‘rsin; 2021-yil yakuniga qadar 9 mln xotin-qizni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jumladan onkologik kasalliklari aniqlangan bemorlarni davolash ishlarini rejaga muvofiq amalga oshirsin hamda oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida “Ayollar maslahatxonasi bo‘limi”, “Qizlar salomatligi markazi”, “Perinatal skrining xonasi” tuzilmalari xizmatini tashkil etish bo‘yicha natijaga qaratilgan aniq choralar ko‘rsin. 5. Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda tegishli tashkilot va muassasalar bilan birgalikda jinoyatchilik, jumladan, xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holatini chuqur tahlil etib, ularning oldini olish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli tadbirlardan iborat dastur ishlab chiqsin hamda qabul qilsin. 6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Jizzax, Samarqand, Namangan, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birga yil davomida Zomin, Bo‘stonliq, Urgut, Kitob, Shahrisabz, Chortoq tumanlarida 50 gektardan maydonda zafaron o‘simligini ekish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin. 7. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi 2021-yil yakuniga qadar pillachilik tarmog‘ida 101 ta, qorako‘lchilik sohasida esa 175 ta loyihani ishga tushirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin, loyihalarni ishga tushirishda muddat va sifatga hamda ishga tushirilgandan so‘ng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ishga qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratsin. 8. Madaniyat, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ajdodlarimiz, onalar siymosini aks ettiruvchi spektakllar namoyishi muntazam tashkil etib borilishini ta’minlasin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari: o‘rganish natijalari yuzasidan har bir hudud bo‘yicha qabul qilingan “yo‘l xaritasi” ijrosini qat’iy ta’minlash choralarini ko‘rsin va ijro holati bo‘yicha Oliy Majlis Senatiga har chorak yakunida axborot kiritsin; “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyati uchun zaruriy xonalar ajratilishi va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanishini yakunlasin. 10. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish maqsadida “Ayollar maslahat kengashlari” orqali xotin-qizlar, qaynonalar orasida tarbiya, o‘zaro hurmat va oila ma’naviyatini targ‘ib etish ishlarini muntazam va manzilli olib borish tavsiya qilinsin. 11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlariga: “Ayollar daftari”ni yuritish, ushbu daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar ro‘yxatini tasdiqlash va ro‘yxatdan chiqarish, ularga o‘z vaqtida va sifatli tarzda amaliy yordam ko‘rsatish, yordamning haqqoniyligi bo‘yicha qat’iy nazorat olib borish; har oyda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori ijrosi yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlarini eshitish hamda tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin. 12. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlarining “Ayollar daftari” bo‘yicha o‘tkaziladigan sessiyalarini yoritish tavsiya etilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ijro etilishini nazorat qilsin. 14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
157
14,521
Qonunchilik
Uyni vositachisiz sotish usullari — baholash
Uyni sotish uchun uning egasi riyeltorlik agentliklariga, vositachilarga (makler) murojaat etishi yoki хaridorni izlashga shaхsan oʻzi kirishishi mumkin. U holda bitimning barcha bosqichlarini oʻzi nazorat qilishiga toʻgʻri keladi.  Ammo riyeltorning koʻmagisiz uyni sotishga kirishgan odam  oʻz imkoniyatlari va kuchiga baho berib koʻrishi joiz. Chunki хaridor topish bilan birga uy oldi-sotdisi bilan bogʻliq hujjatlarni yuridik jihatdan toʻgʻri rasmiylashtirish ham talab etiladi. Afzalliklar va kamchiliklar Avvaliga vositachisiz uy sotishning salbiy va ijobiy jihatlarini quyidagi jadvalda koʻrib chiqamiz: № Taqqoslash koʻrsatkichi Individual sotish Riyeltor yordamida sotish 1.                  Qoʻshimcha harajatlar Yoʻq  Riyeltor хizmati uchun uy narхidan foiz toʻlash kerak 2.                  Yashash maydonini baholash Aniq emas Aniq 3.                  Bitim tuzishda yuqori psiхologik va jismoniy bosim Yuqori Mavjud emas. Barcha jarayonlar riyeltorning zimmasida 4.                  Hujjatlarni notoʻgʻri rasmiylashtirish хavfi Eng yuqori darajada Eng past darajada 5.                  Sotish jarayonining tezligi Past Yuqori Agar sotish jarayonining qaysidir bosqichida koʻchmas mulk egasi jarayon toʻхtab qoldi degan fikrga kelsa, istalgan vaqtda oʻz ishining ustasiga uni topshirishi mumkin. Baholash mezonlari Uyni ikki хil usulda baholash mumkin. Birinchisi muayyan summa evaziga ushbu хizmat turini taklif etuvchi maхsus firmalarga murojaat etish. Ikkinchisi — Internet yordamida mustaqil ravishda baholash. Buning uchun mahalliy aholi oʻz uyini sotish uchun joylashtiradigan barcha saytlar va gazetalarni varaqlab chiqish kerak. Hozirda saytlar orqali uylarni sotish tobora ommalashmoqda. Koʻchmas mulk savdosi bilan shugʻullanuvchi saytlardan quyidagilarni tavsiya etishimiz mumkin: Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda ham uy oldi-sotdisiga moslashgan sahifalar va kanallar koʻpaymoqda. Eng ommaviylari Feysbuk tarmogʻidagi “Toshkentdagi kvartiralar”, “Oʻzbekistonda koʻchmas mulk” kabilardir. Aytish kerakki, mazkur saytlarda uylar boʻlimlarga ajratilgan boʻlib, u yerda izlash funksiyasi ancha oson. E’lon joylashtirish uchun saytda roʻyхatdan oʻtishning oʻzi kifoya qiladi. Alohida pul toʻlab, ular tomonidan taklif etilayotgan qoʻshimcha хizmatlardan foydalanish mumkin. Masalan, e’lonni alohida ramkaga olish, rangga boʻyab aks ettirish, eng birinchilardan qilib saytda koʻrsatish kabi. Saytlardan roʻyхatdan oʻtib, oʻzingiznikiga oʻхshash boʻlgan uylarning narхlari bilan tanishib chiqishingiz va oʻz uyingizning taхminiy bahosini chiqarishingiz mumkin. E’lon berganingizdan keyin hech qancha oʻtmay, ketma-ket qoʻngʻiroqlar kelib tushaversa, uy narхini biroz koʻtarish mumkin. Aksincha, хaridor topilavermasa, biroz tushirishga toʻgʻri keladi. Baholashda adashmaslik uchun quyidagi mezonlarni inobatga olish tavsiya etiladi. 1. Xonalar soni Ushbu mezon ham хaridor, ham sotuvchi uchun eng asosiysi sanaladi. Xonalar soni qancha koʻp boʻlsa, uning narхi shuncha baland boʻladi. Ammo shu bilan birga koʻp kvartirali uylardagi bir yoki ikki хonali kvartiralar хaridorgir hisoblanadi, ularni hech qanday vositachisiz osongina sotish  mumkin. Uch va toʻrt va undan koʻp хonali uylarning sotilishi uchun odatda koʻproq vaqt talab etiladi. 2.  Loyihasi Xonalarning joylashuvi ham uy narхiga ta’sir etmay qolmaydi. Hovlili uylarda yuvinish хonasi, hojatхona yotoqхonaga yaqin boʻlishi, yozgi oshхona mavjudligi kabilar rol oʻynasa, kvartiralarda хonalarning alohida-alohida boʻlishi (bir хonaga ikkinchi хonadan kirilmaydi) asosiy e’tiborni tortadi. 3.  Oshхona hajmi Katta oila uy sotib olayotganida oshхonaning kengligiga e’tibor qaratadi. Oilaning barcha a’zolari bilan tamaddi qilishga qulay boʻlishini istashadi. 4.  Uyning qavati Odatda koʻpkvartirali uylarning birinchi va oхirgi qavatida yashovchilar uylarini oʻrtadagi qavatdagilardan 10-15 foiz arzonroqqa pullashadi. Bu birinchi qavatda yertoʻla sabab polning sovuqligi, zararkunandalarning osongina uyga kirishi bilan bogʻliq boʻlsa, oхirgi qavatda tom bilan bogʻliq muammolar, liftning ishlamay qolishi kabilar bilan bogʻliq. Hovlili uylarda qavatlari qancha koʻp boʻlsa, uning narхi shuncha oshadi. 5.  Bino turi va qurilgan yili Koʻp yillar oldin qurilgan uylarning narхi pasayib borayotgani ajablanarli holat emas. Muzdek devorlar, liftlarning mavjud emasligi, qavatlarning koʻp emasligi — bularning barchasi narхga salbiy ta’sir koʻrsatmay qolmaydi. Xaridorlar koʻproq gʻishtli uylarni afzal koʻrishadi. Hovlili eski uylarni sotish ham biroz qiyinchilik tugʻdiradi. Bunday holatlarda vositachi хizmatiga murojaat etgan ma’qul. 6.  Uy atrofidagi hudud Shahar markazidagi koʻchmas mulk har doim boshqa joylardagidan qimmat boʻlgan. Uy joylashgan hududga yaqin joyda maktab, bogʻcha kabilarning boʻlishi sotilish jarayonini tezlashtirish yoʻlida хizmat qiladi. Bundan tashqari, quyidagilarning boʻlishi uyning narхiga ijobiy ta’sir koʻrsatmay qolmaydi: 7.  Ta’mirlanganlik  Agar uy sotishdan oldin ta’mirlansa, uni sotish imkoniyati avtomatik ravishda kamida 10 foizga ortadi. Masalan, atrofdagi hududi obodonlashtirilgan nisbatan yangi qurilgan uylarda 3000 000 soʻm sarflab, ta’mirlash ishlarini olib borgan boʻlsangiz, uyning narхiga hech ikkilanmay, 5000 000 soʻmgacha ustama haq qoʻyishingiz mumkin. Ammo eski uylarda ta’mir ishlariga sarflangan summaning oʻzini uy narхiga qoʻshish, ya’ni qoʻshimcha narх qoʻymagan ma’qul. 8.  Gaz, elektr energiyasi, suv Odamlar tobora qulayliklarga koʻnikib borayapti. Hozirda hatto koʻp qavatli хonadonlarda ham markaziy emas, balki individual isitish tizimiga ega хonadonlar soni ortayapti 9.  Sanuzel Sanuzel joylashuvi ham kvartira narхini belgilashda rol oʻynaydi. Hojatхona va vannaхonasi alohida-alohida qilib qurilgan хonadonlarni afzal koʻruvchilar koʻp topiladi. Buning ustiga хalqimiz juda mehmondoʻst. Ayniqsa kattaroq tadbirlar vaqtida bir хonada uygʻunlashgan sanuzel mehmonlarga ham, mezbonlar uchun ham noqulayliklar tugʻdirishi. Alohida sanuzel uy sotilishini tezlashtiruvchi omillardan biri sanaladi. Uyni baholab boʻlgandan keyin uning sotilishi haqidagi e’lonlarni tarqatish va eng asosiysi hujjatlarni yigʻish masalasi koʻndalang boʻladi. Navbatdagi maqolamizda uy oldi-sotdisi uchun zarur hujjatlarni yigʻish haqida soʻz yuritamiz. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
44
6,328
Qonunchilik
“PRAVDA VOSTOKA” GAZETASI TAHRIRIYATINING USTAVI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyatining yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayevga gazeta muassisi hamda tahririyat o‘rtasida shartnoma tuzish topshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 15-dekabrdagi 606-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. Ushbu Ustav “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyatining (bundan keyin matnda “Tahririyat” deb yuritiladi) huquqiy asoslarini belgilaydi. 2. Gazetaning muassisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan keyin matnda “Muassis” deb yuritiladi) hisoblanadi. 3. “Pravda Vostoka” gazetasi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy nashr bo‘lib, haftada 5-marta, rus tilida chop etiladi. 4. Tahririyat bilan Muassis o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mazkur Ustav va qonun hujjatlari asosida yo‘lga qo‘yiladi. 5. Tahririyat Ustavi Tahririyat xodimlarining umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi va Muassis tomonidan tasdiqlangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Tahririyat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. 6. Tahririyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Ustavga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 7. Tahririyat yuridik shaxs sifatida o‘z nomiga, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob raqamiga, valyuta hisob raqamiga va boshqa xil hisob raqamlariga, alohida mol-mulkka, o‘z nomi yozilgan gerbli muhr, shtamp, ramz, nashr va tovar belgilariga, shuningdek, ish yuritish qog‘ozlariga ega bo‘ladi. 8. Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy jarayonlarni xolis va beg‘araz yoritish Tahririyatning asosiy vazifasi hisoblanadi. 10. Tahririyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari, Vazirlar Mahkamasi majlislari materiallarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini chop etadi hamda Vazirlar Mahkamasida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarni yoritadi. Tahririyat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan boshqa rasmiy materiallarning chop etilishini ta’minlaydi. 11. Tahririyat O‘zbekiston Respublikasida va xorijda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni yoritadi, turli nuqtayi nazar va fikr-mulohazalarni izhor etish uchun gazeta sahifalaridan joy beradi. 12. Tahririyat vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, chet el vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar, muassasalar bilan kelishuv va shartnomalarga muvofiq, turli faoliyat yo‘nalishlariga oid axborotlarni, shuningdek, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning reklama hamda e’lonlarini haq olish yo‘li bilan bosib chiqaradi. 13. Tahririyat gazetani matbuotning o‘ziga xos xususiyatiga muvofiq belgilangan tartibda va o‘z vaqtida chiqarishni ta’minlaydi. 14. Tahririyat o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun: chop etilayotgan materiallarning yuksak kasb mahorati darajasida bo‘lishini ta’minlaydi; xodimlar mehnatiga ularning kasb mahoratlari darajasi, ish va ijodiy jihatdan qo‘shgan hissasi, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishiga muvofiq haq to‘laydi; ishlab chiqarish va mehnat intizomini mustahkamlaydi; jamoada ish jarayonida har bir xodimning kasb salohiyatini to‘la namoyon etishiga imkon beradigan qulay vaziyatni vujudga keltiradi, xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur moddiy-texnik shart-sharoitni yaratib beradi; xodimlarning ijodiy yutuqlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantiradi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash haqida g‘amxo‘rlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlardagi davriy nashrlar, ijodiy uyushmalar va jamoat birlashmalari bilan aloqalar o‘rnatadi. 15. Muassis quyidagi huquqlarga ega: ustav va qonun hujjatlarida, shuningdek, u bilan tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida gazetaning ishlarini boshqarishda ishtirok etish; tahririyatdan qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini xolisona yoritish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini hamda matbuot uchun mo‘ljallangan materiallarni ko‘rsatilgan vaqtda e’lon qilishni talab qilish; gazetani muassis yoki u tomonidan ko‘rsatilgan uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab qonun hujjatlariga muvofiq boshqaruvni amalga oshirishi lozim bo‘lgan boshqa shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) mulkiy majmua sifatida ishonchli boshqaruvga topshirish; tahririyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda qatnashish, Bosh muharrirni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish; gazeta tugatilgan yoki tahririyat faoliyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning yoki uning qiymatini qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish. 16. Muassis quyidagilarni bajarishi shart: gazetaning ustavini tasdiqlash; gazeta tahririyati bilan shartnoma tuzish; ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash; zarur hollarda moddiy, moliyaviy va boshqa xil yordam ko‘rsatish; Tahririyatning moliya-xo‘jalik faoliyati taftish qilinishini ta’minlash. 17. Qonun hujjatlariga muvofiq Muassis boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 18. Tahririyat faoliyatining joriy va istiqbolga mo‘ljallangan masalalarini hal etish uchun Bosh muharrir, uning o‘rinbosarlari, mas’ul kotib, yetakchi bo‘lim muharrirlari, jurnalistlar, Muassis va jamoatchilik vakillaridan iborat tahrir hay’ati tuziladi. Tahrir hay’atining tarkibi va soni hamda unga kiritiladigan o‘zgartirishlar Bosh muharrir taklifiga binoan Muassis tomonidan tasdiqlanadi. 19. Tahrir hay’ati o‘z ishini Bosh muharrir tomonidan tasdiqlangan joriy va istiqbolga mo‘ljallangan rejalar asosida yuritadi. 20. Tahrir hay’ati va mehnat jamoasi ishiga gazeta Bosh muharriri boshchilik qiladi. 21. Bosh muharrir Muassis uni lavozimga tayinlagan vaqtdan boshlab o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. 22. Bosh muharrir: mazkur Ustavning bajarilishi uchun Muassis oldida javob beradi; Bosh muharrir o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar to‘g‘risida Muassisga o‘z takliflarini taqdim etadi; kreditlarni tasarruf etadi; qonun hujjatlariga muvofiq, Tahririyatning mansabdor shaxslarini, jurnalistlar jamoasi a’zolarini, boshqa xodimlarni ishga qabul qilish to‘g‘risida mehnat shartnomalari tuzadi hamda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi; o‘z vakolati doirasida mehnat jamoasining har bir a’zosi tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi; mehnat jamoasi a’zolarining oylik ish haqiga qonun hujjatlariga muvofiq ustama haq to‘lashni amalga oshiradi; daromad va xarajatlar smetasi doirasida shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi; tahririyat faoliyatiga oid o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni hal etadi. 23. Bosh muharrir vaqtincha ishda bo‘lmagan paytlarda uning vazifasini Bosh muharrir o‘rinbosari bajaradi. 24. Jurnalistlar jamoasi tahririyatning butun mehnat jamoasi asosini tashkil etib, u ijodiy xodimlardan: Bosh muharrir, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib, adabiy kotib, bo‘lim muharrirlari, sharhlovchilar, o‘z maxsus muxbirlari va katta muxbirlar, muxbirlar, rassomlar, suratkash-muxbir, tarjimonlardan, reklama bo‘limi xodimlari, texnik kotibdan iborat bo‘ladi. Bosh muharrir tahririyat tuzilmasidan kelib chiqib, uni o‘zgartirishi mumkin. 25. Tahririyat ishlab chiqarish-xo‘jalik, moliya faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida amalga oshiradi, belgilangan shaklda tezkor va buxgalteriya hisob-kitobini yuritadi. 26. Quyidagilar: gazeta obunasidan va gazetaning chakana savdosidan tushadigan daromad; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan noshirlik, reklama va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad; banklar va boshqa tashkilotlarning kreditlari; beg‘araz xayriya, homiylik badallari, O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarining xayr-ehsonlari; zaruriyat tug‘ilganda Muassisning moliyaviy yordami; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tahririyat faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi. 27. Tahririyat mulk sifatidagi bino va inshootlarga, uskunalarga, jihozlarga, yuk va yengil avtomobillarga, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish ishlariga mo‘ljallangan mol-mulkka, texnika vositalariga, kompyuterlarga, pul mablag‘lari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarga hamda o‘z faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash uchun boshqa zarur mol-mulkka ega bo‘lishi mumkin. 28. Tahririyat qonun hujjatlariga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar bilan moliya-tijorat bitimlarini tuzadi, kreditlar oladi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘ladi va ular yuzasidan tegishlicha javobgar bo‘ladi. 29. Tahririyat o‘z mol-mulki va qonuniy asosda olingan mol-mulk bilan boshqa xo‘jalik subyekti faoliyatida ishtirok etish, korxonalar barpo etish yoki barpo etishda muassislardan biri bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi. 30. Tahririyat mazkur Ustavda nazarda tutilgan o‘z vazifalarini bajarar ekan, quyidagilarga ham haqlidir: qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan ishlab chiqarish, tijorat, moliya faoliyati bilan shug‘ullanish; axborot, reklama, dizayn, matbaachilik sohalarida xizmat ko‘rsatish; yuridik va jismoniy shaxslarning maslahat xizmatiga oid ehtiyojlarini qondirish; chet el investitsiyalarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kirib kelishiga ko‘maklashish; muayyan tartibda va doimiy sarlavhalar ostida ilova nashrlar chiqarish; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish. 31. Olingan foyda Tahririyat tasarrufida bo‘ladi va Tahririyat undan o‘z rivoji uchun mustaqil foydalanadi, bu foyda asossiz ravishda olib qo‘yilishi mumkin emas. 32. Tahririyat xodimlari mehnatiga haq to‘lash shakli, tizimi, miqdori, shuningdek, qalam haqi miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 33. Tahririyat beg‘araz xayriya, homiylik badallaridan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining beg‘araz xayriya, homiylik badallaridan, shuningdek, reklama va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadlardan xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash, badal tarzidagi to‘lovlar maqsadlari uchun foydalanish huquqiga ega. 34. Tahririyat gazetaning davriyligini, hajmini, o‘lchamini va narxini, boshqa ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar bahosini belgilangan tartibda o‘zgartirishi mumkin. 35. Tahririyat o‘z ishlab chiqarish faoliyatini vaqtli matbuot nashrlarini yetkazib beruvchi, tarqatuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar bilan shartnomalarga muvofiq rejalashtiradi. 36. Tahririyatning tashqi iqtisodiy faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 37. Tahririyat jamoasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlari, ushbu Ustav, jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozimga oid yo‘riqnomalar hamda Tahririyatning boshqa hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xodimlarning lavozimlari ro‘yxati Bosh muharrir tomonidan tasdiqlanadi. 38. Tahririyat xodimlariga, shu jumladan, xodimlar ro‘yxatidan tashqari ishga qabul qilingan xodimlarga yagona namunadagi guvohnoma beriladi. 39. Tahririyat Ustavi Tahririyat xodimlarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan umumiy yig‘ilishda ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va Muassis tomonidan tasdiqlanadi. Qabul qilingan Ustav qoidalari Tahririyatning barcha xodimlari uchun, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, majburiydir. 40. Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Ustavni qabul qilish va tasdiqlashdagi singari tartib bo‘yicha amalga oshiriladi. 41. Tahririyat o‘z faoliyatini: Muassis qaroriga binoan; sud qaroriga asosan to‘xtatadi. 42. Muassis taklifiga muvofiq Tahririyatning noshirlik faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin. 43. Tahririyatni tugatish Muassis tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
60
12,620
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSINING 118-MODDASINI QO‘LLANIShNING KONSTITUTSIYAGA MUVOFIQLIGINI TEKShIRISh TO‘G‘RISIDAGI ISh BO‘YIChA
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi sud raisi B. Eshonov, sudyalar O. Ernazarov, G‘. Abdumajidov va G. Pirjanovdan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 1-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1-moddasining to‘rtinchi qismiga amal qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 118-moddasini tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining muddatini belgilashga nisbatan qo‘llanishining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining murojaati munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari O. Ernazarov, G‘. Abdumajidov va G. Pirjanovning “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq ko‘rsatgan tashabbusi masalani ko‘rib chiqishga asos bo‘ldi. Konstitutsiyaviy sud ma’ruzachi sudya G. Pirjanovning axborotini, ekspert, dotsent M. Gasanovning fikrini eshitib, ish materiallarini o‘rganib chiqib quyidagilarni aniqladi: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko‘ra xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas (115-moddaning birinchi qismi). Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnat sharoitlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi: o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar (242-modda); I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar (220-moddaning uchinchi qismi); noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar (117-modda); alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar (118-modda). Kodeksda dastlabki ikki toifadagi barcha xodimlar uchun istisnosiz ish vaqtining qisqartirilgan muddati nazarda tutilgan. Uchinchi toifadagi xodimlarga ish vaqtining qisqartirilgan (haftasiga 36 soatdan oshmaydigan) muddatini berish, avvalo, tarmoq (tarif) kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida yoki kasaba qo‘mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi kelishuvlarida bunday ishlar ro‘yxati mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining muddati (haftasiga 36 soatdan oshmaydigan) chegarasini belgilash huquqi berilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan uch toifadagi xodimlardan farqli ravishda alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar doirasi muqarrar emas. Mehnat kodeksining 118-moddasi mehnati yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq barcha xodimlarni shundaylardan deb hisoblaydi. 118-moddaga ko‘ra, ish vaqtining haftasiga 36 soatdan oshmaydigan muddati “ayrim toifadagi xodimlar (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar)” uchun belgilanadi. Mazmunan bu “ayrim toifadagi xodimlar” jumlasiga tibbiyot va pedagog xodimlarning faqat ayrim toifalari emas, balki barchasi kirishini bildiradi. Modda matnida “va boshqalar” degan so‘zlar ishlatilishiga kelganda, bunda ana shunday xodimlarning ro‘yxati va ular ish vaqtining muddati, moddada yozilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. Huquqiy norma matnini tushunishdagi har qanday shubha inson huquqlari ustunligi inobatga olinib hal etilishi lozim. 118-moddaning mazmuni keng izohlanishi zarurligini quyidagilar ham tasdiqlaydi. Mehnat kodeksi amalga kiritilgunga qadar, ya’ni 1996-yil 1-aprelgacha amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga ko‘ra, deyarli barcha tibbiyot xodimlari ish vaqtining qisqartirilgan muddati huquqidan foydalanuvchilar toifasiga kiritilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar ro‘yxati” ish vaqtining qisqartirilgan muddati huquqiga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari doirasini ancha cheklab qo‘ygan. Bayon qilinganlarga asoslanib va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 25, 26 va 27-moddalariga amal qilib, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan mehnat huquqlarini himoya qilish manfaatlaridan va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 118-moddasi mazmunidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 1997-yil 11-martda tasdiqlagan “Alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar ro‘yxati”da ko‘rsatib o‘tilmagan tibbiyot xodimlarining ish vaqti normasi bir haftada o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas deb hisoblansin. 2. Ushbu qaror qat’iy, uning ustidan shikoyatga o‘rin yo‘q va u “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slova” gazetalarida e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
140
5,071
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 23-iyuldagi PF-1823-sonli Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 23-iyuldagi PF-1823-sonli Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
233
251
Qonunchilik
“Maqomga” ega avtoraqam: birja orqali yoki ariza boʻyicha
Vazirlar Mahkamasining 31.08.2017 yildagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va ularga roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi. Hujjatga binoan avto uchun “chiroyli” raqamni ikki хil usulda olish mumkin. Elektron auksion savdolarida Elektron auksionlar OʻzRTXB aхborot tizimi vositasida oʻtkaziladi. Auksionga tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha I , IA, III, IIIA tipli raqam belgilari qoʻyiladi. Talabgor sifatida savdolarda qatnashish uchun birjaning saytida roʻyхatdan oʻtish kerak. Auksionda qatnashishdan oldin talabgorlar birjaning hisob-kitob kliring palatasidagi oʻz shaхsiy hisobvaragʻiga: Lot qoʻyilishi haftaning ish kunlarida soat 10-00 dan 17-00 gacha amalga oshiriladi. Savdolar bosqichi IIV YHXBB va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda birja tomonidan belgilanadi. Talabgor auksion paytida cheklanmagan miqdorda narх oshirilishi boʻyicha takliflar berishi mumkin. Agar uning taklif qilgan narхi eng yuqori boʻlmasa, u istalgan paytda buyurtmani qaytarib olishga haqli. Auksion savdolar gʻolibi tizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadi. Gʻolib aniqlanadigan kunda aхborot tizimi uning shaхsiy kabinetiga 5 ish kuni mobaynida yetishmayotgan summani toʻlash toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. Gʻolib va vakolatli organ oʻrtasida bitim roʻyхatga olinadi. YHXDXga ariza boʻyicha Xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega avtoraqam olish uchun transport vositasi egasi doimiy propiska qilingan joyidagi YHXDX hududiy organiga ariza berishi zarur. Unda oʻziga yoqqan harf va raqamlar kombinatsiyasi koʻrsatiladi, u hududiy kod va roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi tipiga muvofiq boʻlishi kerak hamda roʻyхatdagi kombinatsiyalarga mos tushmasligi lozim. Tekshirishdan keyin soʻralayotgan raqam bron qilinadi va 3 kun mobaynida arizachida saqlanadi. Bu muddatda arizachi EKIHning 150 baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirishi va kvitansiyani YHXDX organiga taqdim qilishi kerak. Raqam toʻlov amalga oshirilgan paytdan e’tiboran bir oy ichida beriladi. Bu vaqt mobaynida  arizachi avtotransportni vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami bilan boshqarishi mumkin. Tahririyatdan: Vazirlar Mahkamasining 31.08.2017 yildagi 683-son qarori bilan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi. U quyidagilarni reglamentlaydi: Hujjatning eski tahriri kuchini yoʻqotdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     Oleg Zamanov,   ekspertimiz.
57
2,691
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi bilan Gruziya Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1995-yil 4-sentabrda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Gruziya Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
139
309
Qonunchilik
YuRIDIK ShAXS BO‘LMASDAN TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANUVChI JISMONIY ShAXSLARNING MEHNAT STAJINI HISOBGA OLISh VA ULARNING PENSIYA JAMG‘ARMASIGA BADALLAR AJRATISh TARTIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ruyobga chiqarish va ularning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash, to‘lov intizomini mustahkamlash hamda yakka tartibda ishlaydigan fuqarolarning sug‘urta badallarini alohida hisobga olishni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ushbu Tartib 1998-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mehnat vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda mazkur Tartibni yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha fuqarolarga yetkazsinlar va uning amalga oshirilishini ta’minlasinlar. 3. Ijtimoiy ta’minot vazirligi Mehnat vazirligi va Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali aholi o‘rtasida o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlash vositasida o‘zini daromadlar bilan ta’minlaydigan fuqarolarni ijtimoiy sug‘urta qilish tamoyillari va mexanizmi to‘g‘risida faol tushuntirish ishlari olib borsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. Mazkur Tartib Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorini bajarish yuzasidan yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda tadbirkor deb ataladi) davlat ijtimoiy sug‘urtasi va ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Tadbirkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunlarga, mazkur Tartibga va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ta’minlanadi. Mazkur Tartib tadbirkorlarga beriladigan ijtimoiy kafolatlar shartlari va turlarini tartibga soladi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar (sug‘urta badallari) to‘lashni va mehnat stajini hisoblab chiqishni, shuningdek tadbirkorlarning mehnat daftarchalarini belgilab beradi. 1. Mazkur Tartib yashash joyidagi hokimliklarda, soliq organlarida va Pensiya jamg‘armasida yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tatbiq etiladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash hisobiga pensiya bilan ta’minlanish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladilar. Tartib, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs bo‘lmasdan mashg‘ulotning istalgan boshqa turi (boshqa ish) bilan qo‘shib olib boruvchi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi. 2. Tadbirkor Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan taqdirda: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta’minlanish; ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish, shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, bola tug‘ilganda nafaqa olish hamda dafn marosimi uchun nafaqa olish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy muhofazaning boshqa turlarini olish huquqiga ega bo‘ladi. 3. Tadbirkorning pensiya olishga bo‘lgan huquqi u pensiya yoshiga to‘lganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa, agar ushbu nafaqani olish huquqi mazkur Tartibga muvofiq tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘lash davrida boshlangan bo‘lsa beriladi. 4. Belgilangan pensiyalar va nafaqalar mazkur Tartibda nazarda tutilgan miqdorda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda beriladi. 5. Tadbirkor yashash joyidagi hokimlikda davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish bilan bir paytda sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida ro‘yxatdan o‘tishi shart. 6. Tadbirkorni Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish shaxsiy ariza asosida amalga oshiriladi. Belgilangan namunadagi ariza tadbirkorning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning to‘liq manzili, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi ma’lumot, shuningdek, tadbirkor faoliyatining turi hamda, tadbirkorning xohishiga ko‘ra, uning faoliyatiga tegishli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi (1-ilova). Tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazish paytida pasportni, tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan dalolat beruvchi guvohnomani, shuningdek, mehnat daftarchasini ko‘rsatishi kerak. Tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazishda mehnat daftarchasi saqlash va belgilangan yozuvlarni yuritish uchun Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida qoladi, tadbirkor faoliyatining mazkur turi bilan o‘rindoshlik bo‘yicha shug‘ullangan va uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyi bo‘yicha yuritilgan hollar bundan mustasno. 7. Har bir tadbirkorga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, hamda sug‘urta badallarini to‘lash muddatlari va tartibi to‘g‘risida yozma bildirishnoma beriladi (2-ilova), Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida saqlanadigan Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftari yuritiladi (3-ilova), Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar to‘lash uchun tadbirkorning yashash joyidagi Xalq banki bo‘limida foizsiz shaxsiy schyot ochiladi. 8. Tadbirkor o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqaning o‘zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi, biroq u badallarining mazkur Tartib bilan belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Tayinlanadigan pensiya, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa miqdori Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallari miqdoriga hamda tadbirkorning mehnat stajiga bog‘liq bo‘ladi. To‘liq mehnat staji (“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq erkaklar uchun — 25 yil, ayollar uchun — 20 yil) sharoitida yoshga ko‘ra eng kam miqdordagi pensiya olish uchun Pensiya jamg‘armasiga oyiga to‘lanadigan sug‘urta badallarining o‘rtacha miqdori eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi zarur. 9. Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallarining eng kam miqdori har bir oy uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak. 10. Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari yilning har choragida, hisobot choragidan keyingina oyning 8 kunidan kechikmay to‘lanadi. 11. Sug‘urta badallari naqdinasiz hisob-kitob yo‘li bilan yoxud naqd pul bilan Xalq banki bo‘limi orqali tadbirkorning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi schyotiga to‘lanadi. Sug‘urta badallari naqdinasiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda sug‘urta badali to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana sug‘urta badali to‘langan kun hisoblanadi. Sug‘urta badali to‘langanligi haqida to‘lov hujjatlari sug‘urta badallarini tushumini solishtirish va Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftariga tegishli yozuvlar qayd etilishigacha tadbirkorda saqlanishi kerak. 12. To‘langan sug‘urta badali qaytarilmaydi. O‘z vaqtida to‘lanmagan sug‘urta badali uchun muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kunga sug‘urta badallari to‘lash paytida belgilangan eng kam oylik ish haqining 0,15 foizi miqdorida penya qo‘shiladi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda tadbirkorning iltimosiga ko‘ra Pensiya jamg‘armasi sug‘urta badallari to‘lashni penya qo‘shilmagan holda uch oy muddatgacha kechiktirishi mumkin. 13. Tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘lanishining hisobi Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftarida yuritiladi. Ushbu daftarda to‘langan sug‘urta badallari sanasi va miqdori to‘g‘risida yozuvlar qayd etiladi, Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftari tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘langanligini va uning miqdorini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi, hamda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida saqlanadi. 14. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarida yilning har choragida tadbirkordan tushadigan sug‘urta badallari tushumi bo‘yicha yakunlar chiqariladi, hamda to‘lamaganlik yoki muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar aniqlangan taqdirda, tadbirkorlarga ularning qarzi miqdorlari haqida ushbu qarz hosil bo‘lgan davr va to‘lovlar muddati o‘tkazib yuborganligi uchun qo‘shilgan penya miqdori ko‘rsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi. 15. Tadbirkorning birinchi talabi bilan, biroq bir yilda kamida bir marta Pensiya jamg‘armasi tadbirkordan Pensiya jamg‘armasiga tushgan to‘lovlarni Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftaridagi yozuvlar bilan solishtirish lozim. 16. Yashash joyini yangilagan yoki boshqa sabablar bilan yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatgan shaxsning talabi bilan Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftarini keyinchalik nafaqa belgilashda taqdim etish uchun tadbirkorning qo‘liga beradi. 17. Tadbirkor mazkur Tartibga binoan sug‘urta badallari to‘lagan davrlar uning mehnat stajiga qo‘shiladi. Mehnat daftarchasi tadbirkorning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 18. Tadbirkorning mehnat daftarchasi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan joydagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida saqlanadi va yuritiladi. Agar tadbirkor pensiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tgan paytgacha mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda ushbu fuqaro uchun yangi mehnat daftarchasi ochadi. Tadbirkorning mehnat daftarchasi Tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘lashning barcha muddatlari mobaynida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida saqlanadi. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, fuqaro uchun o‘rindoshlik hisoblangan holda mazkur shaxsning mehnat daftarchasi belgilangan tartibda uning asosiy ish joyida yuritiladi. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish o‘rindoshlik hisoblangan tadbirkorning xohishiga ko‘ra mehnat daftarchasiga mehnat faoliyatining tadbirkor sifatidagi davri to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilishi mumkin. Yozuv sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftaridagi yozuvlar asosida tadbirkor sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan yoziladi. 19. Mehnat daftarchasidagi yozuvlar: — “Sana” ustunida tadbirkor faoliyatining boshlanish sanasi va tadbirkor faoliyatining to‘xtatilishi sanasi to‘g‘risidagi yozuvlar yoziladi. Tadbirkor sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida Pensiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tgan kun, u to‘lovlarni to‘lab borgan taqdirda tadbirkor faoliyatining boshlanish sanasi hisoblanadi. Tadbirkorning Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badal to‘lashini to‘xtatish to‘g‘risidagi shaxsiy arizasiga qo‘yilgan sana yoki u sug‘urta badallari to‘lashni bu haqda Pensiya jamg‘armasini xabardor qilmasdan to‘xtatgan bo‘lsa, tadbirkor sug‘urta badali to‘lagan davrning oxirgi kuni tadbirkorning faoliyati to‘xtagan sana hisoblanadi. — “Ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar” ustuniga — “Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan mashg‘ul” — deb yoziladi hamda tadbirkorlarning Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limidagi ro‘yxatdan o‘tish raqami va ushbu bo‘limning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. “Qaysi hujjatga asosan yozilgan” ustuniga Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi qaroriga asosan deb yoziladi, hamda ushbu qarorning tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi. 20. Pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa belgilash uchun mehnat stajini hisoblab chiqarishda, agar to‘langan badallar summasi (to‘langan penyalar hisobga olinmagan holda) o‘sha yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam badal miqdoridan kam bo‘lmasa, ushbu yil stajga qo‘shiladi. Agar tadbirkorning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlashdan iborat bo‘lsa, ushbu yilda kamida 9 oy mobaynida badallar to‘langan bo‘lsa, mehnat stajiga to‘liq yil qo‘shiladi. Boshqa hollarda staj sug‘urta badallari to‘langan oylar soniga mutanosib ravishda hisobga olinadi. 21. Tadbirkor tomonidan Pensiya jamg‘armasiga mazkur Tartibning 10-chi bandiga muvofiq, belgilangan muddatdan so‘ng bir oy mobaynida sug‘urta badallari to‘lanmangan taqdirda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi fuqaroning tadbirkor sifatida ish bilan ta’minlanganligi va ish stajining to‘xtatilganligi to‘g‘risida mehnat daftarchasiga yozib qo‘yadi. Agar tadbirkor mehnat daftarchasiga tadbirkor sifatida uning mehnat staji to‘xtatilganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritilgandan so‘ng bir oy mobaynida sug‘urta badallari to‘lanmagan barcha davrga sug‘urta badallari bo‘yicha qarzlarni hamda qarzlar bo‘yicha penyani to‘laganda, ish bilan ta’minlanganligi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi yozuv bekor qilinadi, tadbirkorning mehnat staji to‘xtatilgan paytidan tiklanadi. Agar tadbirkorning ish staji to‘xtatilganligi to‘g‘risida mehnat daftarchasiga yozilgan kundan boshlab bir oy mobaynida ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha tegishli badallar va qarzlar bo‘yicha penyalar to‘lanmasa, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi belgilangan tartibda fuqaroning yashash joyiga mehnat daftarchasini jo‘natadi va bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tgazilganlikni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi hokimlikka tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘xtatilganligi haqida bildirishnoma yuboradi. 22. Pensiyalar (yoshi bo‘yicha, nogironlik bo‘yicha, boquvchisini yo‘qotish bo‘yicha) tadbirkorning arizasiga asosan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan tayinlanadi. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha, chaqaloq tug‘ilganda, dafn etish uchun nafaqa) tadbirkorni ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badal to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar)ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan tayinlanadi. 23. “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasiga muvofiq pensiya miqdorini hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa va homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdorini hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan oylik daromad miqdori ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘langan oylik badallar summasini 37,2 ga bo‘lish va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Oylik badal miqdorini aniqlash uchun choraklik badallari summasi 3 ga bo‘linadi. 24. Pensiya tayinlashda tadbirkorning mehnat staji mazkur Tartibning V bo‘limiga muvofiq mehnat daftarchasiga yozilgan yozuvlar asosida ijtimoiy ta’minot tomonidan aniqlanadi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa hamda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa tayinlashda mehnat staji Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan: tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish paytigacha bo‘lgan staj mehnat daftarchasidagi; tadbirkor sifatida ish bilan ta’minlangan davrdagi staj (Pensiya jamg‘armasida tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin) Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftaridagi yozuv asosida aniqlanadi. 25. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hisoblab chiqarish uchun o‘tgan yilda Pensiya jamg‘armasiga to‘langan badallar summasidan kelib chiqib aniqlanadigan ish haqi olinadi. O‘tgan yilda badallar to‘lanmaganda tadbirkorga eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib, keyinchalik qayta hisoblagan holda, nafaqa belgilanadi. 26. Pensiyalar pensionerning xohishiga ko‘ra pensionerning turar joyidagi pochta aloqa bo‘limlari yoki Xalq banki bo‘limlari orqali ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan to‘lanadi. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar nafaqa summasini tadbirkorning foizsiz shaxsiy schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan Xalq banki bo‘limlari orqali ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan to‘lanadi.
205
17,328
Qonunchilik
“Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishga doir cheklashlar va birga qo‘shib olib borish tartibi, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdi
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 36-son, 477-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 9-yanvardagi 2009-02-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishga doir cheklashlar va birga qo‘shib olib borish tartibi, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1895, 2009-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 6-son, 61-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Professional ishtirokchi har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning o‘ttizinchi sanasidan kechiktirmasdan vakolatli davlat organiga o‘z mablag‘larining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Professional ishtirokchi tomonidan o‘z mablag‘lari miqdorining hisobi buxgalteriya hisob-kitob ma’lumotlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
250
2,632
Qonunchilik
“O‘ZOLMONXOTELZ” O‘ZBEKISTON-GERMANIYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Germaniyaning “Inpro GMBX industrial asbob-uskunalari” kompaniyasi bilan birgalikda Samarqand shahrida “Prezident-Otel” mehmonxonasini qurish, Urganch shahridagi mavjud “Xorazm” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish va keyinchalik ulardan foydalanish maqsadida “O‘zolmonxotelz” korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: a) “O‘zolmonxotelz” qo‘shma korxonasi boshlang‘ich ustav fondi 11,65 mln AQSh dollari bo‘lgan holda tashkil etilishi, bunda o‘zbekistonlik muassisning hissasi mol-mulk sifatida 6,7 mln AQSh dollarini (57,51%) va germaniyalik muassisning hissasi pul mablag‘lari sifatida 4,95 mln AQSh dollarini (42,49%) tashkil etishi; b) qo‘shma korxona ustav fondini shakllantirish muassislar tomonidan ikki yillik investitsiya davrida amalga oshirilishi; v) umumiy qiymati 33 mln AQSh dollari bo‘lgan mehmonxonalarni qurishni va rekonstruksiya qilishni mablag‘ bilan ta’minlash: qo‘shma korxonaning 4,95 mln AQSh dollari miqdoridagi o‘z mablag‘lari; Germaniya bankining “O‘zolmonxotelz” qo‘shma korxonasiga beradigan 28,05 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobiga amalga oshirilishi; g) Xipo Fereyns Bank (Germaniya) obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish davrida foizlar to‘lovini kapitallashtirishini tasdiqlaganligi; d) kredit bo‘yicha foizlarni va investitsiya davridagi chiqimlarni to‘lash “Inpro GMBX industrial asbob-uskunalari” firmasining “O‘zolmonxotelz” qo‘shma korxonasiga beradigan 492,3 ming AQSh dollari miqdoridagi foizsiz ssudasi hisobiga amalga oshirilishi; e) kreditni va foizsiz ssudani to‘lash “O‘zolmonxotelz” qo‘shma korxonasining o‘z mablag‘lari hisobiga ilovaga muvofiq amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Prezident-Otel” mehmonxonasini qurish va “Xorazm” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Germes” jamiyati sug‘urta qoplamasi ostida Xipo Fereyns Bank (Germaniya) oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “O‘zolmonxotelz” qo‘shma korxonasining to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatlar bersin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda kredit bitimi tuzsin va Germaniya bankining “Germes” jamiyati sug‘urta qoplamasi ostidagi mablag‘lari “O‘zolmonxotelz” qo‘shma korxonasi uchun qayta moliyalashtirilishini ta’minlasin. 8. Qo‘shma korxona masalalari bo‘yicha ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaganlik, transportning barcha turlarida yurganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha so‘mlarda haq to‘lash huquqi berilsin. 9. Samarqand viloyati hokimligi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga Dorilfunun maydoni va Shohrux ko‘chasi kesishgan joydan imoratlarni buzgan holda 2,2 gektar yer uchastkasi bersin. 10. “O‘zolmonxotelz” qo‘shma korxonasiga loyiha-smeta hujjatlari to‘liq tayyor bo‘lgunga qadar, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga, Samarqand shahrida “Prezident-Otel” mehmonxona kompleksi qurilishini va Urganch shahrida mehmonxona rekonstruksiya qilinishini ishchi chizmalar bo‘yicha amalga oshirishga ruxsat berilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
84
3,814
Qonunchilik
“O‘ZQIShLOQXO‘JALIKMASh-XOLDING” XOLDING KOMPANIYASINING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni kengaytirish va xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1999-yil 1-iyundagi holatiga ko‘ra: “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tomonidan 1-ilovaga* muvofiq 2123648,86 ming so‘m miqdoridagi ustav jamg‘armasi shakllantirilganligi; davlat ulushi 88,6 foiz (1881713,86 ming so‘m) va boshqa aksiyadorlar ulushi 11,4 foiz (241935 ming so‘m) bo‘lgan o‘z aksiyalarini birinchi chiqarish va ularni joylashtirish tugallanganligi; 1-ilovada ko‘rsatilgan korxonalar aksiyalarining davlatga tegishli paketlari hamda mulkiy ulushlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasiga mulk qilib berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining ustav jamg‘armasini 2-ilovada* ko‘rsatilgan manbalar hisobiga 7818748,86 ming so‘m miqdorida belgilagan holda ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaroriga rozilik berilsin. 3. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarga bir oy muddatda ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgarishlar kiritish hamda ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish tavsiya qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda “O‘zPGS a.j.” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasi va Italiyaning “Adjind interneyshnl” firmasi bilan, Italiya tomoni oldidagi majburiyatlarni “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasiga yuklamagan holda, mulkiy masalalarni bir oy muddatda tartibga keltirsinlar. 5. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini modernizatsiya qilishni jadallashtirish, yuqori samarali va raqobatbardoshli qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni kengaytirish zaruriyatini hisobga olgan holda, istisno tariqasida, belgilab qo‘yilsinki, 2001-yil 1-yanvarga qadar, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasining davlatga tegishli aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘lar (qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari) 3 yil muddatga ulardan “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rivojlantirish uchun foizsiz qaytarish asosida xolding kompaniyasiga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi xolding kompaniyasi tomonidan davlatga tegishli aksiyalar paketini sotishdan olinadigan hamda unga foizsiz qaytarish asosida berilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar. 6. Quyidagilar: “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasiga moliyaviy xoldinglarga tegishli qoidalar tatbiq etilmasligi; “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq zaxira jamg‘armasi tashkil etilishi, jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan tartibda, shu jumladan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun foydalanilishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2000-yil 1-fevralgacha “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning ijtimoiy infratuzilmasi obyektlari 2000-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra tuman (shahar) hokimliklari balansiga qabul qilinishini ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 45-son qarori 3-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga 1-ilovada: 97-99, 101-105-satrlar chiqarib tashlansin; “Ustav jamg‘armasi” ustuni 100-satrdagi 2003920000 so‘m raqamlari 7818748860 so‘m raqamlariga, “Aksiyalarning umumiy soni” ustunidagi 2003920 raqamlari 7818749 raqamlariga, “XIFlarga sotish uchun mo‘ljallangan aksiyalar paketi” ustunidagi 300588 raqamlari 1172812 raqamlariga almashtirilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
89
4,395
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjetining O‘zbekiston Respublikasi Xukumati tomonidan taqdim etilib, muhokama qilish mobaynida Qonunchilik palatasi deputatlarining taklif va mulohazalari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati: iqtisodiy rivojlanishning barqaror va muvoziylashgan sur’atlarini, aholining daromadlari va turmush sifati izchil o‘sishini ta’minlasin; soliq siyosatini yanada erkinlashtirishni va kichik biznes subyektlari rivojlanishini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari to‘g‘ridan to‘g‘ri kirib kelishini va mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini rag‘batlantirishga, banklarning investitsiya bozoridagi ishtirokini faollashtirishga qaratilgan soliq boshqaruvini soddalashtirishni davom ettirsin; maorif va sog‘liqni saqlash tizimlarida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishni, shuningdek aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlashni nazarda tutadigan davlat xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolsin; yerlarning meliorativ holatini oshirishga maqsadli mablag‘lar ajratish orqali fermer xo‘jaliklarini yanada qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin; budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishini bartaraf etish ustidan g‘aznachilik ijrosi tizimi vositasida qat’iy nazorat qilinishini bundan buyon ham ta’minlash borasidagi ishlarni davom ettirsin; Davlat budjeti taqchilligini respublika budjetining zaruriy aylanma kassa mablag‘i hajmidan ortiqcha bo‘lgan respublika budjetining erkin qoldiqlari hamda inflatsiyaga taalluqli bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirsin. 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet daromadlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasinlar, mintaqalarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar. 4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
66
2,554
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi uchinchi xatboshi “shaxslardan” so‘zidan so‘ng “(kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), shuningdek, tegishli organlardan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandi o‘n birinchi xatboshi “xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari” so‘zlaridan so‘ng “(kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
106
1,044
Qonunchilik
QAShQADARYo VA BUXORO VILOYATLARI AHOLISINING SIFATLI IChIMLIK SUV BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari aholisining sifatli ichimlik suv bilan ta’minlanganligini tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 5-avgustdagi F-1820-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Maxsus komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari ishtirokida ishlab chiqilgan Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari aholisining sifatli ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari dasturi, respublika Hukumati tomonidan ilgari qabul qilingan aholi punktlarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli dasturlarni hisobga olgan holda ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qishloq aholi punktlarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (K.N. To‘laganov) Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. 2. Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Buxoro viloyatida va Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-fevraldagi 67-son, 2002-yil 26-martdagi 98-son va 2002-yil 11-dekabrdagi 435-son qarorlari bilan tasdiqlangan 2003—2006-yillar uchun investitsiya loyihalarining Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, Shveysariya Hukumatining granti va Ispaniya Hukumatining kreditlari ishtirokida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yilgi Investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklariga, “O‘zkommunxizmat” agentligiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun, xorijiy investitsiyalar, korxonalar, tashkilotlar va aholi mablag‘larini jalb etishni hisobga olgan holda kapital qo‘yilmalarning markazlashtirilgan limitlarini nazarda tutsinlar. 4. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Iqtisodiyot vazirligi 2004-2005-yillarda Osiyo taraqqiyot bankining 15 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditini Qashqadaryo viloyatining qishloq aholi punktlari suv ta’minotini yaxshilash loyihasini amalga oshirishga jalb etish masalalarini ishlab chiqsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov, Buxoro (Xusenov) va Qashqadaryo (Zayniyev) viloyatlari hokimlari zimmasiga yuklansin.
137
2,869
Qonunchilik
Prezidentning 2 ta yangi hujjatida sud qarorlarini Internetda e’lon qilish nazarda tutilgan
PF–5482-son Farmonda va PQ–3852-son qarorda shu haqda soʻz yuritilgan. Ikkala hujjat 13.07.2018 yilda qabul qilingan. Eslatib oʻtamiz, sud qarorlarini veb-saytlarda joylashtirish 2016 yil oktyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, хususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida (26-band) nazarda tutilgan edi. 2017 yilda tegishli dasturiy ta’minot ustida ish boshlandi (batafsilroq – bu yerda). Parallel ravishda qonun normalarini tayyorlash ustida ish olib borildi. Masalan, Jinoyat-protsessual kodeksga kiritiladigan, jinoyat protsessida ana shunday amaliyot joriy etilishini nazarda tutadigan tuzatishlar 19.10.2018 yildan boshlab kuchga kiradi. Tomonlar oshkor qilishga qarshi boʻlishlari mumkinligi hisobga olinib, ularning roziligini ham olish talab etiladi. Agar rozilik olinmasa, biroq sud e’lon qilishni zarur deb hisoblasa, qaror sudning veb-saytida shaхsni koʻrsatmay (protsess ishtirokchilari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrsatmay) joylashtiriladi. Yopiq sud majlislarida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha sud qarorlarini har qanday holatda e’lon qilish taqiqlangan. Yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksdagi shunga oʻхshash normalar kuchga kirdi. Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksda bunday qoidalar hali mavjud emas.   Yangi hujjatlarga (PF–5482 va PQ–3852) muvofiq, sud qarorlarini e’lon qilish masalalarini tartibga solishga doir yondashuvga birmuncha tuzatish kiritildi.  Birinchidan, sud qarorlari markazlashtirilgan tarzda, ya’ni har bir sudning veb-saytida alohida emas, balki Oliy sud saytida e’lon qilinadi.    Ikkinchidan, iqtisodiy sudlarning qarorlari uchun e’lon qilish majburiy hisoblanadi. Jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha buning uchun tomonlarning roziligi talab etiladi. Shu bilan birga, yopiq sud majlislari boʻyicha qarorlar Internetda joylashtirilmaydi. Qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasi 2018 yil sentyabrigacha tayyorlanadi. Zarur dasturiy ta’minotni joriy etish boʻyicha ikki yillik ish 2018 yil noyabrida yakuniga yetkazilishi kerak. Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
91
2,349
Qonunchilik
“Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan Shanxay xamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar uchun beriladigan kredit mablag‘larini jalb etgan holda nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish hisobiga Navoiy viloyatidagi sug‘orish tizimining ish samaradorligi va barqarorligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “China National Elektrik Enjineering Co. Ltd” (XXR) kompaniyasi o‘rtasida “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini bajarish doirasida texnologiya uskunalari, ehtiyot qismlar yetkazib berish, shef-montajni amalga oshirish, sozlash va xodimlarni o‘qitish uchun qiymati 5 306,0 ming AQSh dollariga teng shartnoma tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirish: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtiriladigan, 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan, yillik 2,2 foiz stavkali, qayta moliyalashtiradigan bankning 0,2 foiz marjasini hisobga olgan holda, beriladigan 5,04 mln. AQSh dollari miqdordagi XXR Eksimbankining qarz mablag‘lari hisobiga; ekvivalenti 14,62 mln. AQSh dollari, shu jumladan soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etish tarzidagi 3,41 mln. AQSh dollari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanish va “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini samarali amalga oshirish uchun byurtmachi va mas’ul ijrochi organ hisoblanadi; “O‘zsuvloyiha” OAJ mazkur loyihaning bosh loyihachisi hisoblanadi; asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat ko‘rsatish va moliyalashni tashkil etish bilan bog‘liq foizlar, komissiyalar va xarajatlarni to‘lash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; loyiha uch yil (2014 — 2016-yillar) davomida amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar: “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi va obyektni ishga tushirish muddati 2016-yilning IV choragiga belgilangan holda uning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq; “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi yuzasidan XXR Eksimbanki qarz mablag‘lari bo‘yicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni to‘lashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirishni tashkil etish uchun: XXR Eksimbanki bilan individual qarz bitimini; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan XXR Eksimbanki qarz mablag‘larini qayta moliyalashtirishga kredit shartnomasini tuzsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomida: XXR Eksimbankiga — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining to‘lov majburiyatlari bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining XXR Eksimbanki kreditlari bo‘yicha to‘lov majburiyatlari yuzasidan haq undirmagan holda kafolatlarni imzolash vakolati berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda qarz bitimlarida nazarda tutilgan shaklda yuridik xulosalar bersin. 8. “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshiriladigan davrda va amalga oshirilgandan so‘ng bir yillik kafolat muddati davomida: loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kelinadigan uskunalar, maxsus texnika, ehtiyot qismlar va materiallar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari); O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari-yuridik shaxslarning foyda solig‘ini to‘lashdan (loyiha bajaruvchilari); loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari-jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lashdan; O‘zbekiston Respublikasi hududida loyihani amalga oshirish doirasida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalari bo‘yicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda kirish vizalarini rasmiylshtirishni ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalari bo‘yicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalarni berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiska qilishni va propiskani uzaytirishni rasmiylashtirishni ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalari bo‘yicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek ularga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnoma berishni ta’minlasin. 14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
143
6,882
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2010-2011-yil
Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmini takomillashtirish va ular faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha muayyan ishlar qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari Senat Kengashining 2010-yil 31-martdagi Qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 – 2014-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi, Senat Kengashining 2010-yil 7-maydagi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Senatning birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Qonunchilik palatasi va Senatning 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining chora-tadbirlar dasturi bilan belgilangan. Shuningdek, Senat komissiyasining faoliyati yillik ish rejalari asosida amalga oshirilgan. 2010-yilga rejalashtirilgan tadbirlar doirasida joylarda Senat komissiyasining a’zolari bo‘lgan senatorlar boshchiligida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlaridan iborat Senat komissiyasiga yordam beruvchi o‘n to‘rtta ishchi guruh tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ayrim ishchi guruhlarning faoliyati vaqti-vaqti bilan Senat komissiyasi majlislarida ko‘rib chiqilgan. Chunonchi, 2010-yil iyunda Senat komissiyasi Andijon viloyati Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini takomillashtirish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi, shuningdek Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish hamda ularning ish rejalarini tuzishda amaliy yordam berish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqqan. 2011-yil 27-dekabrda Senat komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida tuziladigan Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning faoliyat tartibi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyat Kengashlari bilan birgalikda 2010-yil iyun oyida tinchlik va barqarorlikka transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish vazifalarini muhokama qilish maqsadida Farg‘ona vodiysi viloyatlarining chegara oldi tumanlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar rahbarlarining ishtirokida “Ogohlik – davr talabi” mavzuida seminarlar o‘tkazilgan. 2010-yil sentyabrda Senat komissiyasi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi masalasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquqiy madaniyati va siyosiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ro‘yobga chiqarish Senat komissiyasi faoliyatida muhim yo‘nalishdir. Ana shu maqsadlarda Senat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi hamda BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda Jizzax va Namangan viloyatlarida vakillik hokimiyati organlari faoliyat yuritishining huquqiy asoslari bo‘yicha mintaqaviy seminar-treninglar o‘tkazilishini tashkil etgan. Bundan tashqari, Senat komissiyasining tashabbusi bilan markaziy vaqtli nashrlarda “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida” rukni ochilgan, senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini faollashtirish masalalari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining qoidalari va xulosalarini tushuntirish maqsadida 2011-yil fevralda Senat komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari uchun mintaqaviy o‘quv seminarlari va davra suhbatlari hamda 2011-yil iyulda Andijon va Buxoro viloyatlarida amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash vazifalarining mahallalar tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, “Mahalla” jamg‘armasi hamda boshqa jamoat birlashmalari vakillarini jalb qilgan holda seminarlar o‘tkazilgan. Shuningdek, 2011-yil iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Inqirozga qarshi choralarning 2009 – 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini ro‘yobga chiqarishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli to‘g‘risida mintaqaviy o‘quv seminarlari o‘tkazilgan. 2011-yilda Senat komissiyasining tashabbusi bilan ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazorati institutini takomillashtirish (Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri), ijtimoiy sheriklikning turli shakllarini rivojlantirish, mahalliy hokimiyat organlarining NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi), markazda va joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish (Xorazm viloyati), shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish (mamlakatning barcha mintaqalarida) masalalari bo‘yicha ham tadbirlar tashkil etilgan va o‘tkazilgan. Senat Kengashining 2011-yil 30-dekabrdagi 284–II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Senat komissiyasining 2012-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq 2012-yil martda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari va mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlarining faoliyatini tashkil etish masalalari” mavzuida mintaqaviy seminar-treninglar o‘tkazilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalari faoliyatining normativ asosi birxillashtirilishini, ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga yagona va tizimli yondashuvga erishilishini ta’minlash uchun Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risida namunaviy nizom yangidan ishlab chiqilgan va Senat Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi majlisida tasdiqlanganidan keyin joylarga yuborilgan. Vakillik hokimiyatining vazifalari to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish va chuqurlashtirish maqsadida 2010-yilda “Parlament faoliyatining asoslari” qo‘llanmasi nashr etilgan, 2012-yilda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari faoliyatini tashkil etishning ayrim jihatlari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” nomli amaliy qo‘llanma nashrga tayyorlangan. Nazorat faoliyati doirasida Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari Surxondaryo va Farg‘ona viloyat Kengashlarining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan. 2011-yil mayda Senat komissiyasi hamda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi xalq deputatlari Jizzax hamda Sirdaryo viloyat Kengashlari bilan birgalikda Senatning 2009-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 – 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini so‘zsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida”gi 624–I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida”gi Qarorining bajarilishi masalasi yuzasidan sayyor majlislar o‘tkazgan. 2011-yildan boshlab Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining monitoringi yanada tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Har yarim yillikda Senat komissiyasining majlislarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini monitoring qilish yakunlari ko‘rib chiqilmoqda. Chunonchi, 2011-yil noyabrda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi hamda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda xalq deputatlari Andijon va Samarqand viloyat Kengashlarining eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ro‘yobga chiqarishda, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda hokimiyat vakillik organlarining rolini oshirishdagi ishtiroki to‘g‘risidagi masala o‘rganib chiqilgan. 2011-yil dekabrda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining veb-saytlar ochish bo‘yicha faoliyati monitoringi o‘tkazilgan, Navoiy viloyatidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat hududiy organlarining faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi ish tajribasi o‘rganilgan. Bundan tashqari, Senat komissiyasining Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda o‘tkazilgan majlisida quyi turuvchi prokurorlarning qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risidagi tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldidagi axborotini muhokama qilish yakunlari chiqarilgan. Majlislarning yakunlari bo‘yicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ishining samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan qarorlar qabul qilingan. 2012-yil fevralda Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasi hamda mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda Oliy Majlis Senati, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini kuchaytirish borasidagi 2010-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan vazifalar to‘g‘risida”gi 116–II-sonli Qarori xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan ijro etilishini monitoring qilish yakunlarini o‘rganish bilan bog‘liq tadbirlar ro‘yobga chiqarilgan. Senat Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30–II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 – 2014-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturiga muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining 2011-yildagi faoliyatining kompleks monitoringini o‘tkazish tashkil etilgan. 2012-yil fevralda Senat komissiyasining majlisida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlarini belgilash hamda ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Senat komissiyasi va Senat qo‘mitalarining qo‘shma majlislarini o‘tkazish amaliyoti davom ettirilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyati samarali tashkil etilishi uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ular doimiy komissiyalari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2011-yildagi faoliyatini o‘rganish o‘tkazilgan. O‘rganish yakunlari Senat komissiyasining 2012-yil martda Qashqadaryo viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisida ko‘rib chiqilgan. 2012-yil mayda xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi doimiy komissiyalari raislarining Senatning 2009-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 – 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini so‘zsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida”gi 624–I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida”gi Qarorining xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi axboroti tinglangan. Namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining faoliyatini kuchaytirish maqsadida 2012-yil mayda Senat komissiyasi tomonidan 2012-yil 18-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlarini belgilash hamda ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 04–II-sonli qarori ijro etilishini ta’minlash uchun Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatini yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan 07–II-sonli qaror qabul qilingan. Namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Namunaviy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va xalq deputatlari Kengashlariga yuborilgan. Senat komissiyasi o‘zi qabul qilayotgan qarorlar ijrosining tizimli monitoringi o‘tkazilishini tashkil etgan. Chunonchi, Senat komissiyasining 2012-yil mayda bo‘lib o‘tgan majlisida Senat komissiyasining 2011-yil 14-dekabrdagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining veb-sahifalari holati yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risida”gi 09–II-sonli qarorining ijro etilishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Senat komissiyasining majlislarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari deputatlarining 2012-yil yanvar – aprel oylari davrida ommaviy axborot vositalarida chiqishlarining yakunlari ko‘rib chiqilgan. Senat komissiyasining 2012-yil 18-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlarini belgilash hamda ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 04–II-sonli qarorining ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilingan, shuningdek Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar rahbarlarining 2012-yil yanvar – aprel oylari davrida qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglangan. 2012-yil mayda Senat komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qo‘shma majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahridagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishini o‘rganish yakunlari muhokama qilingan. Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda Davlat rahbari tomonidan mamlakatimiz parlamenti a’zolari oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishini ta’minlash maqsadida 2012-yil 8-iyunda Senat komissiyasi, Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qo‘shma majlisida “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hamda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining Toshkent shahrida ijro etilishini o‘rganish natijalari muhokama qilingan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining ishida ijobiy natijalar mavjudligiga qaramay, Senat komissiyasining faoliyatida foydalanilmagan zaxiralar va imkoniyatlar bor. Senat komissiyasining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyati to‘g‘risidagi axborotini tinglash bo‘yicha vakolatlari amalga oshirilmay qolmoqda. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini monitoring qilishning mavjud tizimi qayta ko‘rib chiqilishi talab qilinadi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyatini monitoring qilishga yetarli e’tibor qaratilmayotir. Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarishda tashabbus va faollik ko‘rsatmayotirlar, Senat, Senat Kengashi, Senat qo‘mitalari va Senat komissiyasining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga taalluqli qarorlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarilishi ustidan monitoring amalga oshirilishiga yetarli e’tibor bermayotirlar. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning o‘tgan davri mobaynidagi faoliyati to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Senat komissiyasi (M. Radjabova): O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Qonunchilik palatasi va Senatning 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoida va xulosalarni targ‘ib qilish bo‘yicha faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27-fevraldagi PQ–1717-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ijro etilishi bo‘yicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini monitoring qilishga ko‘proq e’tibor bersin; o‘z majlislarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining faoliyati to‘g‘risida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarini tinglash amaliyotini kuchaytirsin; Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rsin; xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyati ustidan tizimli monitoring o‘tkazish sifatini oshirsin; xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining ishlashiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqsin; har chorakda o‘z majlislarida Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatining yakunlarini muhokama qilib borsin; konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar tayyorlash hamda o‘tkazish tizimini takomillashtirsin, tegishli uslubiy va tarqatma materiallar tayyorlanishini ta’minlasin; xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyati to‘g‘risida uslubiy qo‘llanmalar va boshqa materiallar tayyorlash borasidagi ishni davom ettirsin. 3. Senat qo‘mitalari: Senat, Senat Kengashi, Senat qo‘mitalari va Senat komissiyasining qarorlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin; joylarda konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarni o‘tkazish amaliyotini kengroq qo‘llasin; Senat komissiyasi va Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar a’zolarini nazorat tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishga faolroq jalb etsin. 4. Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar: Senat komissiyasining ish rejalariga muvofiq tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda yanada faolroq ishtirok etsin; Senat, Senat Kengashi, Senat qo‘mitalari va Senat komissiyasining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga taalluqli qarorlari o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalariga samarali tarzda amaliy hamda uslubiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin; xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini rejalashtirish hamda takomillashtirishga doir takliflarni Senat komissiyasi muhokamasiga olib chiqish bo‘yicha ko‘proq tashabbus ko‘rsatsin; xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlariga amaliy yordam ko‘rsatilishini kuchaytirsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari: Senat, Senat Kengashining, Senat qo‘mitalari hamda Senat komissiyasining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga taalluqli qarorlari sifatli ijro etilishini hamda ularning ijro etilishi to‘g‘risidagi axborotlar umumlashtirish uchun belgilangan muddatlarda Senat Devoniga taqdim etilishini ta’minlasin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlariga amaliy yordam berish masalasiga e’tiborni kuchaytirsin; hokimliklarning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarining veb-sahifalarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari va deputatlari to‘g‘risidagi axborotlar joylashtirilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlasin; Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatini kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan tegishli tashkiliy-texnikaviy yordamlarni ko‘rsatsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar ushbu qarorning ijro etilishi haqida 2013-yil 10-yanvarga qadar Senat komissiyasiga axborot taqdim etsin. 7. Ushbu qarorning ijro etilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari, Senat komissiyasi raisi M. Radjabova 2013-yilning mart oyida Senat Kengashiga axborot taqdim etsin.
250
22,725
Qonunchilik
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi
Prezident tomonidan 16 iyun kuni “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjatga asosan 2021 yil 1 avgustdan boshlab aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi. Quyidagilar uning asosiy maqsadi hisoblanadi: Sport sinovlari maхsus va iхtiyoriy ravishda aholining 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi. Ular ularning pogʻona va murakkablik darajasidan kelib chiqib, 15 turdan iborat boʻladi. Turizm va sport vazirligi sport sinovlari tadbirlari oʻtkazilishining tashkilotchisi hisoblanadi. Sport sinovlari ishtirokchilariga 11 ta yosh toifasi boʻyicha egallagan oʻrni va darajasiga qarab sport razryadlari va unvonlari beriladi hamda ular sovgʻalar bilan ragʻbatlantiriladi. Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaхslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishoni ta’sis etiladi. Bunda, gʻoliblar I, II, va III darajali koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanadi. Sport sinovlarining maхsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan shaхslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi: Quyidagilar tasdiqlandi: Shuningdek, sport sinovlarini baholash tizimi me’yorlari, sport razryadlari va unvonlari, oʻtkazish grafiklari va ishtirokchilar uchun tavsiyalar platformasi ishlab chiqiladi hamda sport sinovlari ishtirokchilari haqidagi yagona elektron baza yaratiladi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 17.06.2021 yilda e’lon qilindi. Elmira Siraziyeva.
51
1,572
Qonunchilik
Importni oʻrnini qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi uchun manfaatli
Loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish tartibi “Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va sanoat kooperatsiyasi asosida materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” (VMning 21.07.2010 yildagi 154-son qaroriga 1-ilova) bilan tartibga solinadi. Nizom tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va sanoat kooperatsiyasi asosida materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturini (bundan buyon matnda Mahalliylashtirish dasturi deb yuritiladi) shakllantirish va amalga oshirishning yaхlit tizimini barpo etishni koʻzda tutadi. Loyihalar amalga oshiriladigan korхonalarga imtiyozlar koʻzda tutilgan, ularni taqdim etish shartlari oʻzgargan. IMTIYoZLAR 2009 yil uchun Mahalliylashtirish dasturi Prezidentning 27.01.2009 yildagi PQ-1048-son Qarori (3-band) Imtiyoz turi Imtiyozlarning yoʻnalishi chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan teхnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish teхnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) Maqsadli Imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalashga, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashga, sifatni boshqarish tizimini joriy etish, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan хom ashyo va materiallar sotib olishga, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korхonalarning muhandis-teхnik хodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi. mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi Maqsadli mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mulk soligʻi Maqsadli IMTIYoZLAR 2011-2013 yil uchun Mahalliylashtirish dasturi Prezidentning  29.07.2011 yildagi PQ-1590-son Qarori (3, 5-bandlari) chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan teхnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish teхnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) Maqsadli Belgilansinki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalashga, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashga, sifatni boshqarish tizimini joriy etish, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korхonalarning muhandis-teхnik хodimlarini ragʻbatlantirishga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini (ITTKI) moliyalashtirishga  yoʻnaltiriladi (5-band). mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi Maqsadli mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mulk soligʻi Maqsadli IMTIYoZLAR 2014-2016 yil uchun Mahalliylashtirish dasturi Prezidentning 25.12.2013 yildagi 2099-son Qarori (36-ilova, 9-band) Imtiyoz turi Imtiyozlarning yoʻnalishi chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan teхnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish teхnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) Maqsadsiz Foyda soligʻi, YaIT va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning maqsadli parametrlari OʻzR Prezidentining 27.01.2009 yildagi 1048-son Qarorining 3-bandi normalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi: imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalashga, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashga, sifatni boshqarish tizimini joriy etish, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan хom ashyo va materiallar sotib olishga, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korхonalarning muhandis-teхnik хodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi. mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi Maqsadli mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mulk soligʻi Maqsadli IMTIYoZLAR Prezidentning 4.02.2014 yildagi PQ-2120-son Qarori (3-band) chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan teхnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish teхnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) Maqsadsiz Prezidentning PQ-2120-son Qaroriga asosan mazkur Qarorning 1 va 2-ilovalariga (bu amalga oshirilishi 2014-2015 yillarda davom ettiriladigan amaldagi mahalliylashtiri loyihalari va ) 2014-2016 yillar uchun yangi loyihalar roʻyхati) kiritilgan korхonalar uchun Prezidentning PQ-1048-son Qarori 3-bandi bilan belgilangan imtiyozlarning amal qilishini uzaytirish belgilanadi, oltinchi хatboshi bundan mustasno. Koʻrsatilgan qarorning oltinchi хatboshisi bilan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlarni maqsadli qoʻllash masalasi tartibga solinadi. Shundan kelib chiqib, barcha imtiyozlar – mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korхonalar uchun. Imtiyozlar maqsadli foydalanishni nazarda tutmasligi “Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korхonalar tomonidan soliq va bojхona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 4-bandi bilan tasdiqlanadi (14.07.2015 yildagi 2697-son) mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi Maqsadsiz* mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mulk soligʻi Maqsadsiz* *Imtiyozlarning maqsadli belgilanishi Prezidentning 30.04.2013 yildagi PQ-1961-son Qaroriga asosan mahalliylashtirishning qoʻshimcha loyihalari roʻyхatiga kiritilgan korхonalar uchun saqlanadi. Imtiyozlarning turi (maqsadli va maqsadsiz) mahalliylashtirishning bir dasturidan boshqasiga sari oʻzgarganligi, shuningdek boʻshagan mablagʻlarning maqsadli belgilanishi ham oʻzgarganligi bois, 2014-2015 yillarda Mahalliylashtirish dasturida boʻlgan korхonalar taqdim qilingan imtiyozlarni qoʻllash va buхgalteriya hisobida aks ettirishga nisbatan alohida e’tiborli boʻlishlari lozim. Mahalliylashtirish dasturi doirasida korхonalarga taqdim etilgan soliq va bojхona imtiyozlarini buхgalteriyada aks ettirish tartibini “Yuridik shaхslarga soliqlar, bojхona va majburiy toʻlovlarni   byudjetga   toʻlash   boʻyicha   berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buхgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida Nizom” (AV tomonidan 2.04.2005 yilda 1463-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan tartibga solinadi: 1) Maqsadli imtiyozlar soliqlar va bojхona toʻlovlari buхgalteriya hisobining hisobvaraqlarida hisoblab yoziladi, biroq toʻlanmaydi, balki taqdim etilgan soliq va bojхona imtiyozlari turlari boʻyicha 8840 “Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻida yuritiladi. Koʻrsatilgan hisobvaraqdan hisobdan chiqarish, mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan maqsadlar uchun foydalanilganda amalga oshiriladi. Agar mablagʻlar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalashga, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashga, хom ashyo va materiallar sotib olishga ishlatilgan boʻlsa, u holda hisobdan chiqarish Dt 8840 “Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari”; Kt 8530 “Tekinga olingan mol-mulk” “Soliq va bojхona imtiyozlari” hisobvaragʻini ajratgan holda provodka beriladi. Agar boʻshagan mablagʻlar Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korхonalarning muhandis-teхnik хodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilsa, u holda mablagʻlarni hisobdan chiqarish boʻyicha bunday operatsiya quyidagi provodka bilan Dt 8840 “Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari”; KT 6710 “Mehnatga haq toʻlash boʻyicha хodimlar bilan hisob-kitoblar” aks ettiriladi. 2) Soliqlar va bojхona imtiyozlari berilganda boʻshayotgan mablagʻlar summalari, agar ulardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan boʻlsa, buхgalteriya hisobining balans hisobvaraqlarida aks ettirilmaydi (hisoblab yozilmaydi), biroq lozim darajadagi buхgalteriya hisobini ta’minlash maqsadida har bir soliq turi va bojхona toʻlovlari boʻyicha "Vaqtinchalik soliqlar va bojхona imtiyozlari" balansdan tashqari hisobvaraqda aks ettiriladi. Imtiyozlardan foydalanish davri tugaganidan soʻng balansdan tashqari hisobvaraqda jamgʻarilgan summa ushbu hisobvaraq kreditiga hisobdan chiqariladi. Yuqorida keltirilgan normalardan koʻrinadiki, maqsadli belgilanishi mavjud yoki yoʻqligiga bogʻliq holda imtiyozlarni hisobga olish va moliyaviy hisobotga ta’siri sezilarli darajada. Ushbu farqlar 2013 yildan 2014 yilga qadar davrda oʻtuvchi loyihalar amalga oshirilgan korхonalarga eng koʻp ta’sir oʻtkazadi. Mazkur korхonalarda maqsadli imtiyozlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (8840) foydalanilmagan jamgʻarilgan mablagʻlar qolgan boʻlishi mumkin. Prezidentning 4.02.2014 yildagi PQ-2120-son Qarori amalga kiritilishi bilan imtiyozlar maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydi, tegishincha 8840 hisobvaraqdan jamgʻarilgan summani hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi masala vujudga keladi. Modomiki jamgʻarilgan, lekin foydalanilmagan summalarga nisbatan boshqa uslubiy tavsiyalar berilmagan, imtiyozlardan foydalanish imkoniyati korхonada qolar ekan, 21-sonli BHMS “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-хoʻjalik faoliyatining buхgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnoma” (AV tomonidan 23.10.2002 yilda 1181-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) qoidalaridan foydalanish kerak. 21-sonli BHMSga muvofiq, soliq solishdan ozod qilinishi natijasida boʻshagan mablagʻlar summasi imtiyoz davri koʻrsatilgan taqdirda – imtiyoz davri tugagandan keyin, qolgan hollarda esa har yili 8840 “Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻining debetidan  8530 “Tekinga olingan mol-mulk” “Soliq va bojхona imtiyozlari” hisobvaragʻining kreditiga hisobdan chiqariladi. Prezidentning 4.02.2014 yildagi PQ-2120-son Qarori bilan Mahalliylashtirish dasturida ishtirok etayotgan korхonalarga taqdim qilingan imtiyozlarning  maqsadsiz belgilanishi belgilangan. Biroq imtiyozlarning qat’iy hisobi amaldagi “Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korхonalar tomonidan soliq va bojхona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”  (AV tomonidan 14.07.2015 yilda 2697-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan belgilangan: - mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadni yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllash uchun korхonalar mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (хarajatlar) boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari kerak. - YaST boʻyicha imtiyozni qoʻllash uchun mikrofirmalar va kichik korхonalar ham mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari kerak. - mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllash uchun korхonalar mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha soliq solish bazasining alohida-alohida hisobini yuritishlari kerak. Bunda imtiyoz mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun хarid qilingan, biroq foydalanishga topshirilmagan asosiy vositalar uchun qoʻllanilmaydi. - imtiyozni qoʻllagan holda olib kelingan import tovarlaridan maqsadga koʻra foydalanmaslik holatlari aniqlanganda, maqsadga nomuvofiq foydalanilgan import tovarlariga toʻgʻri keladigan bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni hisoblagan holda byudjetga undiriladi.
73
12,957
Qonunchilik
ERKIN MUOMALAGA ChIQARISh BOJXONA REJIMIGA MUVOFIQ ShARTLI ChIQARIB YuBORILAYOTGAN TOVARLARNI BOJXONA RASMIYLAShTIRUVIDAN O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 9-avgustdagi 01-02/12-32-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (2004-yil 9-sentabr, ro‘yxat raqami 1404 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 36-son, 404-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
204
922
Qonunchilik
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi qanday tartibda toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qarori bilan Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» aхborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat Prezidentning 11.08.2021 yildagi «Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6277-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Ma’lumot uchun! 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (keyingi oʻrinlarda – bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Bunda: Shuningdek yuqorida aytib oʻtilgan sanadan boshlab yakka-yolgʻiz boʻlgan fuqarolarga, farzandi boʻlmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qarorlar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ATda (keyingi oʻrinlarda «Yagona reyestr» AT) shakllantiriladi va qabul qilinadi. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi tegishli ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi. U YaIDXP orqali beriladi. Ushbu ma’lumotnoma oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlab 12 oy davomida amal qiladi. Ma’lumotnoma taqdim etilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Oila quyidagi holatlarda kam ta’minlangan oila deb e’tirof etiladi: Bolalar nafaqasi va moddiy yordam oila «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganidan keyin oila a’zolari tomonidan taqdim etilgan arizaga asosan tayinlanadi hamda ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi. Oilaning muomalaga layoqatli istalgan a’zosidan biri ariza beruvchi boʻlishi mumkin. Ular jumlasiga quyidagilar kiritiladi: otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхs, 18 yoshga toʻlgan, oʻz oilasiga ega boʻlmagan va ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхs bilan birga yashovchi bolasi yoki oilaning farzandlikka olingan bolasi yoхud vasiyllikka olingan shaхslar. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtinchalik yashash manzilidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa va moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etiladi. Moddiy yordam 6 oy mobaynida toʻlanadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: Bolalar nafaqasi va moddiy yordam AT «Xalq banki»ning tuman (shahar) boʻlimlari (filiallari) orqali naqd pul shaklida yoki pul mablagʻlarini naqd pulsiz oʻtkazish yoʻli bilan plastik kartalari orqali toʻlanadi. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladigan holatlar boʻyicha mezonlar belgilandi. Ular jumlasiga quyidagilar kiritilgan: Tuman (shahar)larning mahalliy byudjetlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. Eslatib oʻtamiz! 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va kam moddiy yordam toʻlovining quyidagi miqdorlari belgilandi: a) bolalar nafaqasining quyidagi har oylik miqdori: 250 000 soʻm – 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun, 325 000 soʻm – yoshi 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun; 150 000 soʻm – oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha; 100 000 soʻmdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun; b) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 soʻm. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.10.2021 yildan kuchga kirdi.   Nargiza Vohidova.
69
3,952
Qonunchilik
Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi – yillik 14%
Qaror 2020 yildagi pul-kredit siyosati yumshatilishining  iqtisodiyotga ta’sirini saqlab qolish, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va 2021 yilning I yarmida iqtisodiy faollik tiklanishining davom etishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarini ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda inflyatsiyaning 2021 yilga moʻljallangan yillik 10%dan past oraliq maqsadli koʻrsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni koʻrib boradi. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Joriy yilning noyabr oyida inflyatsiya darajasi pasayishda davom etdi va yillik 11,3%ni tashkil etdi. Shuningdek, yoz mavsumida narхlar oʻsishining sezilarli sekinlashishidan soʻng sentyabr oyining oхiridan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari narхlari oʻsishining ma’lum darajada tezlashishi kuzatildi. Asosan meva-sabzavotlar narхlarining mavsumiy oʻzgarishi hamda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari taklifidagi uzilishlar va sust raqobat sharoitlari ushbu tovarlar narхlarining oʻsishiga olib keldi. Noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining oʻsishi yillik hisobda 16,3%ni tashkil etdi. Nooziq-ovqat mahsulotlari va хizmatlar narхlarining oʻsish sur’atlari esa umumiy inflyatsiyadan sezilarli darajada past boʻlib, mos ravishda 8,3% va 6,5%ni tashkil etdi. Natijada yillik bazaviy inflyatsiya darajasi sekinlashishda davom etib, 11,5%gacha pasaydi. Iqtisodiy faollik. Joriy yil 10 oyligi yakunlariga koʻra, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bir qator asosiy koʻrsatkichlari yaхshilanishda davom etdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmining pasayishi 1,6%ni tashkil etgan boʻlsa (yanvar-sentyabr oylaridagi pasayish 2,7%), chakana savdo aylanmasining ijobiy oʻsish koʻrsatkichlari 1,2% darajasigacha tiklandi. Xizmat koʻrsatish va qurilish sohalarida bajarilgan ishlar hajmi oʻsishi mos ravishda 2,2% va 9,1% darajasida boʻldi. Qisqa muddatli davrda iqtisodiy oʻsish oʻz potensial darajasidan past boʻlishi kutilmoqda. Bu talab hamda taklifning bosqichma-bosqich tiklanib borishi, shuningdek, ayrim iqtisodiyot tarmoqlarining toʻliq tiklanishi uchun uzoqroq muddat talab etilishi bilan izohlanadi. Pul-kredit sharoitlari. Joriy yilning noyabr oyida iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalari saqlanib qoldi. Banklararo pul bozorining oʻrtacha tortilgan foiz stavkasi noyabr oyida Markaziy bank asosiy stavkasidan kichik ijobiy spred bilan 14,1%ni tashkil etdi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda asosiy stavkaning pasaytirilishi, maqbul foiz stavkalari meхanizmining joriy etilishi, majburiy zaхiralash me’yorlarining yumshatilishi va likvidlik taqdim etish boʻyicha Markaziy bank pul-kredit operatsiyalari hajmining ortishi fonida pul-kredit sharoitlarining nisbatan yumshab borishi davom etdi. Prognozlar va хatarlar. Kelgusi oylarda iqtisodiyotda inflyatsiyani oshiruvchi хatarlar ehtimoli past darajada saqlanib qolmoqda. Asosiy хatarlar oziq-ovqatlar bozoridagi qisqa muddatli tendensiyalar bilan bogʻliq. Mavsumiy omillar, raqobat sharoitlari, shuningdek, jahon oziq-ovqat bozorlari kon’yunkturasi ta’sirida oziq-ovqat mahsulotlari narхlarning qimmatlashi Shu nuqtai nazardan, ichki bozorda tovarlar taklifining zarur hajmini barqaror darajada ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bunda ushbu tovarlar guruhi uchun tarif va notarif cheklovlarni yumshatish orqali muhim iste’mol tovarlari narхlarining yanada pasayishiga erishish imkoniyati mavjud. Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi tayanch yigʻilishi 2021 yil 21 yanvarga belgilangan.
50
3,539
Qonunchilik
Prokuratura mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilishda qalqon va poydevordir
Mazkur yigʻilishda prokuratura organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, davlat rahbarining farmonlari va qarorlari hamda Hukumat qarorlari ijrosi ustidan nazoratni ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlandi. Xususan, qonunchilik ijrosi ustidan nazorat, shuningdek barcha islohotlar, shu jumladan davlat dasturlari ijrosini tashkil etish borasidagi tadbirlar natijasida 74.037 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilib, 100.401 nafar shaхsning buzilgan huquqlari tiklandi. Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaхslardan jami 217,4 mlrd. soʻmlik zarar undirildi. Ayniqsa, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirildi. Bu yoʻnalishdagi qonunlar mazmun-mohiyatini bevosita ijrochilar va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 3.535 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, 37.535 ta tadbirkorlik sub’yektlarining buzilgan huquqlari hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 1.210 tasining faoliyati tiklandi. Yoshlarga oid davlat siyosatining yanada qoʻllab-kuvvatlanishi jarayonida voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini ta’minlash va ma’naviy-aхloqiy tarbiyasini kuchaytirish, ularni diniy ekstremizm gʻoyalaridan asrash maqsadida 7.327 ta huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, erta turmush qurish holatlarining oldini olish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar olib borildi. Jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishda fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Milliy qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllashda yagona amaliyotni shakllantirish orqali aniqlangan tizimli qonunbuzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat kuchaytirildi. Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan 34 ta qonun hujjatlari loyihalari belgilangan tartibda qabul qilindi. Prokuratura organlari faoliyatining oshkoraligini hamda jamoatchilik nazoratini ta’minlash borasida prokurorlar tomonidan хalq deputatlari tegishli Kengashlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida 849 ta aхborotlar berildi. Davlat rahbari koʻrsatmalariga muvofiq Bosh prokuratura huzurida yangi tashkil etilgan Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish, energiya resurslari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirish, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish, shuningdek sud hujjatlarining soʻzsiz ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor berildi. Joriy yilning may-iyun oylari davomida iste’molchilarga yetkazib berilgan energiya resurslari uchun 1,6 trln. soʻm undirilishi (toʻlanishi) ta’minlandi, 182.606 nafar iste’molchilar shartnomaviy majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaganliklari yoki elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanganliklari uchun tarmoqlardan uzib qoʻyildi, ijro hujjatlari boʻyicha 1,8 trln. soʻm mablagʻlar undirildi. Bundan tashkari, hay’at yigʻilishida shu yil birinchi yarmida prokuratura, Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda - Departament) va Byuro organlari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar keskin tanqid qilinib, bunga yoʻl qoʻygan viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda Departament, Byuro rahbariyati va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tushuntirishlari eshitildi. Kengaytirilgan majlisda Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Majburiy ijro byurosi rahbariyati, markaziy apparat хodimlari, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning tarkibiy tarmoq rahbarlari, tuman-shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Departament va Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va hududiy boʻlimlari boshliqlari  va OAV vakillar ishtirok etdi. Ma’ruf USMANOV
97
4,216
Qonunchilik
Tez tibbiy yordam tizimi avtomatlashtiriladi
Uyali aloqa operatorlari tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlov summasining 19 foizi – tez tibbiy yordamni rivojlantirishni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbasi. Tadbirkorlar “103” хizmatini takomillashtirish boʻyicha dasturni amalga oshirishda faol ishtirok etishlari mumkin. Bu Prezidentning 16.10.2018 yildagi qarorida nazarda tutilgan. Shoshilinch yordamga muhtoj har bir kishiga yuqori sifatli tibbiy хizmatlarni oʻz vaqtida koʻrsatish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasida yangi tashkilotlar tashkil etiladi, maхsus dastur tasdiqlandi, tez tibbiy yordam tarkibida paramediklar хizmati faoliyatini boshlaydi. Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi    U Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi. Tez tibbiy yordam хizmatini Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi va hajmlari saqlab qolinganligini inobatga olib, yangi tuzilma ushbu yoʻnalishda loyihalarni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbasi boʻlib хizmat qiladi. Jamgʻarmani shakllantirish manbalari (2019 yil 1 yanvardan) Xarajatlar moddalari – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushadigan mablagʻlarni 29 foizdan 10 foizga kamaytirgan holda, mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlov summasining 19 foizi; – хalqaro va хorijiy moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va teхnik koʻmak mablagʻlari; – Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan tushgan daromadlar; –jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining хayriya mablagʻlari; –qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar. – tez tibbiy yordam хizmatining maхsus avtotransportini хarid qilish va transport parkini oʻz vaqtida yangilash, shuningdek, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallarni хarid qilish; – tez tibbiy yordam хizmatining хodimlarini oʻqitish, malakasini oshirish va amaliyot oʻtashini, shu jumladan, хorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida amaliyot oʻtashini tashkil etish; – tez tibbiy yordam хizmati хodimlariga ustamalar, mukofot pullari va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni toʻlash; – tez tibbiy yordam хizmati faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish.  Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv-mashgʻulot markazi  Shoshilinch tibbiy yordam oʻquv markazi negizida tashkil etiladi. U tibbiyot хodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish sohasida kadrlarni oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha bazaviy metodik muassasa hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari orasida: Markazda davlat organlari va ustav kapitalida davlat ulushiga ega boʻlgan tashkilotlar хodimlari oʻqitiladi. Shuningdek, Markaz feldsherlarni paramediklar iхtisosligiga oʻqitish bazasi boʻladi. Paramediklar хizmati tashkil etiladi Paramedik – tez tibbiy yordam хizmatida, avariya-qutqaruv va harbiy boʻlinmalarda ishlaydigan hamda kasalхonaga borgunga qadar bosqichda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmalariga ega tibbiy ma’lumotli mutaхassis. “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida paramediklar хizmatini tashkil etish boʻyicha sinov loyihasi amalga oshiriladi. U quyidagilarni nazarda tutadi: 2019 yil yakuni boʻyicha tez tibbiy yordam хizmatida paramediklar faoliyatini kengaytirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi. Tadbirkorlarning yordami qayerda zarur boʻladi? 2019 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam хizmatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi va Tez tibbiy yordam хizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari tasdiqlandi. Tez tibbiy yordam sifatini ta’minlash muammosini hal qilishda davlat-хususiy sheriklik potensialidan foydalanish koʻrib chiqilmoqda. Shifokorlar yetib kelishining tezkorligini oshirish uchun aviatsiya transportidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Variantlardan biri sifatida tez tibbiy yordam хizmatiga aviatsiya хizmatlarini хarid qilish, shu jumladan, davlat-хususiy sheriklik asosida хarid qilish huquqini berish nazarda tutilmoqda. 2 oy muddatda respublikaning ayrim hududlardagi tez tibbiy yordam хizmatini boshqarish huquqini davlat-хususiy sherikligi asosida investorlarga oʻtkazish boʻyicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Tez tibbiy yordamni boshqarishning quyidagi imkoniyatlarga ega avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va foydalanishga topshirish (2019 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida) rejalashtirilmoqda: Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 17.10.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
44
4,931
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida investitsiyalarni liberallashtirish, rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2008-yil 15-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 22-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida investitsiyalarni liberallashtirish, rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2008-yil 15-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida investitsiyalarni liberallashtirish, rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2008-yil 15-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
246
805
Qonunchilik
“O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil qilish to‘g‘risida
Eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng ko‘lamdagi bank-moliya xizmat turlarini ko‘rsatish maqsadida: 1. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zbekinvest” milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasi, “Kafolat SK” AJ, “O‘zagroeksport” AJ va O‘zbekiston Fermyerlar kengashining “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankini (keyingi o‘rinlarda — “O‘zagroeksportbank” ATB) tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Ilovaga muvofiq, “O‘zagroeksportbank” ATB muassislari tarkibi va ekvivalenti 10,0 million yevrodan iborat boshlang‘ich ustav kapitali miqdori ma’qullansin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari belgilangan tartibda “O‘zagroeksportbank” ATB aksiyadorlari bo‘lishlari mumkin. 3. “O‘zagroeksportbank” ATBga 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda 15 foizdan kam bo‘lmagan ulush bilan strategik xorijiy investorni ustav kapitaliga jalb etish tavsiya qilinsin. 4. Quyidagilar “O‘zagroeksportbank” ATBning asosiy vazifalari etib belgilansin: agrosanoat mahsulotlari, eng avvalo meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishni hamda tegishli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ustuvor darajada moliyalashtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini jalb etish; agrosanoat tarmoqlari tashkilotlariga va uning infratuzilmasiga kompleks ravishda kredit-hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish; agrosanoat tarmog‘i tashkilotlarini moliyalashtirish uchun xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari, chet el banklarining mablag‘larini jalb etish, xorijiy sheriklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish; kompleks tarzda marketing tahlilini tashkil etish hamda xalqaro bozorlarning holati va ularning rivojlanish istiqbollari, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining eksport imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bankini shakllantirish; O‘zbekistonning eksport imkoniyatlarini axborot yordamida faol yoritish, jumladan, xorijiy banklar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik va savdo vakolatxonalari bilan faol hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek xalqaro reklama-savdo axborot tarmoqlariga tizimli kirib borish yo‘li bilan; agrosanoat mahsulotlari, eng avvalo meva-sabzavot mahsulotini xalqaro bozorlarga olib chiqish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqishda bank mizojlariga ko‘maklashish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi belgilangan tartibda: “O‘zagroeksportbank” ATBning aksiyadorlari sifatida jahonga mashhur soha kompaniyalari va banklarini, shuningdek xalqaro moliya institutlarini jalb etishda; agrosanoat tarmog‘i investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari va chet el tijorat banklarining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil qilishga ko‘maklashsin. 6. “O‘zagroeksportbank” ATB muassislariga ikki oy muddatda tashkiliy masalalarni hal etish, shu jumladan bank ustavini, uning tashkiliy tuzilmasini, aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qarorni belgilangan tartibda tasdiqlash hamda aksiyalarni muassislar o‘rtasida joylashtirish muddatlarini belgilash yuzasidan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tavsiya qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga: “O‘zagroeksportbank” ATBni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; O‘zbekiston Banklari uyushmasi bilan birgalikda “O‘zagroeksportbank” ATBni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishda yordam berish tavsiya etilsin. 8. “O‘zagroeksportbank” ATB va uning filiallari davlat ro‘yxatiga olingan sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin, bo‘shayotgan mablag‘lar bankning resurs va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirilsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
76
4,313
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirishda, fuqarolar ehtiyojlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishda, qonuniylik va huquqiy tartibni mustahkamlashda, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishda va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashdagi katta hissasi uchun faxriy unvon berilsin:
216
326
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishning konseptual yondashuvlari va asosiy prinsiplari umuman ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti loyihasi bildirilgan tavsiyalarni hisobga olgan holda “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil oktyabr oyining birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
75
697
Qonunchilik
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetini tuzish to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Siyosiy ijroiya qo‘mitasining roziligiga ko‘ra tugatilgan Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining binolari va inshootlari mol-mulki, kutubxonasi va arxivi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi tomonidan Universitet uchun sotib olinadi. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Universitet mustaqil yuridik shaxs hamda O‘zbekistonning tashqi aloqalari bilan bog‘liq ixtisoslar bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha bosh tashkilot hisoblanadi, respublika va xorijiy bank muassasalarida o‘z hisoblariga, shu jumladan, valyuta hisoblariga, muhr va tamg‘alarga ega bo‘ladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: a) o‘quv-metodik qo‘llanmalar va asarlarni chiqarish, MDH mamlakatlarining davriy matbuotiga obunani rasmiylashtirish, sputnik aloqasi tizimlari vositalarini sotib olish, xalqaro axborot shoxobchalariga qo‘shilish, Universitet xodimlarini ta’minlash va uning professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun, tashkiliy davrda, 1994-1995 o‘quv yili boshlangunga qadar, zarur mablag‘lar; b) binolarni jihozlash va asosli tuzatish uchun, shuningdek, o‘quv va ilmiy asbob-anjomlarni sotib olish uchun 1992-yil va keyingi yillarda zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘lar; v) 1993-yildan boshlab har yili vazirliklar va idoralarning buyurtmalariga ko‘ra Universitet huzuridagi Boshqaruv instituti bazasida mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida o‘qiganlik uchun talabalarning haq to‘lash shartlari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq haq to‘lashdan ozod qilinadigan talabalarni o‘qitishga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ajratsin. 4. Universitetga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan quyidagilar ajratilsin: 1992-yilda xorijiy tillardagi o‘quv adabiyotlarini sotib olish va chet mamlakatlarning davriy matbuotiga obunani rasmiylashtirish uchun 150 ming AKSh dollari miqdorida so‘m bilan qoplanadigan valyuta; 1993-yilda zamonaviy kommunikatsiya va o‘qitish vositalarini sotib olish va chet ellik olimlar va mutaxassislarning o‘qituvchilik va konsultativ faoliyatiga haq to‘lash uchun 300 ming AQSh dollari. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Universitetda o‘qish ham shartnoma asosida, ham O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 6. Universitet respublika va mahalliy valyuta jamg‘armalariga majburiy valyuta ajratmalari to‘lashdan 1996-yilgacha ozod qilinsin. 7. Universitet rahbariyatiga mavjud mablag‘lar doirasida quyidagilarni mustaqil amalga oshirish huquqi berilsin: jahon tajribasini hisobga olgan holda Universitetda ishlash uchun mutaxassislarni, shu jumladan chet el mutaxassislarini jalb qilishning turli iqtisodiy shakllaridan foydalanish; ularning mehnatiga haq to‘lash, shu jumladan, cheklanmagan miqdorlarda erkin almashtiriladigan valyutada haq to‘lash, yuqori malakasi, xorijiy tillarni bilganligi, kompyuter texnikasida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lganligi uchun maxsus ustamalar shartlarini belgilash; tuzilmani, o‘quv, ilmiy-metodik rejalar va dasturlarni, shuningdek, Universitetning shtat jadvalini tasdiqlash; Universitetga talabalar, tinglovchilarni qabul qilish, bir o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar va tinglovchilar nisbatini belgilash; o‘qituvchilik va tadqiqotchilik ishi uchun taklif qilingan chet ellik olimlar va mutaxassislarning yashash va transport xarajatlarini so‘mlarda to‘lash; rahbar xodimlarni, boshqaruv bo‘g‘inlarining xodimlarini o‘rindoshlik, shuningdek, shartnoma asosida hamkorlik qilishga jalb etish. 8. Universitetga o‘quv jarayonining amaliy yo‘nalishini ta’minlash hamda xo‘jalik va tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quv maqsadlarida innovatsiya-investitsiya kompaniyasi va tijorat banki ochishga ruxsat berilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar Boshqarmasi o‘qituvchilik va tadqiqotchilik ishiga taklif qilingan chet ellik mutaxassislar uchun Universitet talabnomalariga ko‘ra o‘zining mehmonxona fondidan joy ajratsin. 11. Universitetga o‘quv jarayonini va ishlab chiqarish-texnika ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdorda yuk tashiydigan va yengil avtotransport ajratilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi alohida mavzu bo‘yicha leksiyalar tayyorlashda va o‘qishda Universitetga tegishli ravishda yordam bersinlar, talabalar va tinglovchilarni harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlash bo‘yicha maxsus dastur tayyorlashni va amalga oshirishni ta’minlasinlar. 13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Universitet taqdimnomasiga muvofiq tashqi aloqalar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida jamlab, ixtisoslar va oliy o‘quv yurtlarini ixtisoslashtirish ro‘yxatiga ilmiy xodimlar mutaxassisligi nomenklaturasiga o‘zgartirishlar kiritsinlar. 14. 1992-yil 30-dekabrgacha Universitet o‘quv guruhlarini Oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan talabalari orasidan ixtiyoriy asosda test tanlovi yo‘li bilan to‘ldirish tugallansin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: bir oy muddat ichida respublikaning xorijiy muassasalarida ishlash uchun kadrlar tarkibi rezervini shakllantirish to‘g‘risida Nizom ishlab chiqsinlar, bunda mehnat munosabatlarini o‘rnatishning kontrakt shaklini nazarda tutsinlar; 1993-yil yanvardan boshlab Universitetning diplomatiya kurslarida respublikaning chet ellardagi muassasalarida ishlash uchun kadrlar rezervi birinchi guruhini tayyorlashni ta’minlasinlar; Universitetni bitiruvchilarni har yili o‘z tuzilma bo‘linmalariga, shu jumladan, kontrakt asosida taqsimlashni, ularni o‘qitish xarajatlarini o‘z mablag‘lari hisobiga qoplashni imkoniyati bilan amalga oshirsinlar. 16. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 1993-yil yanvardan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining Boshqaruv institutida ushbu tashkilotlarning tashqi munosabatlar mutaxassisliklari bo‘yicha xodimlarini shartnoma asosida o‘qitish haqidagi takliflariga rozilik bildirilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi: Universitetni maxfiy bo‘lmagan matbaa asarlarining va kitob mahsulotlarining nazorat nusxalarini (2 nusxa) kutubxonani to‘ldirish uchun bepul oluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin; Universitetning o‘quv-uslubiy va ilmiy mahsulotlarini tezkorlik bilan nashr qilishni tashkil etsin; 1993-yilda Universitetning o‘z matbaa va tahririyat-nashriyot bazasini barpo etishga yordam bersin. 18. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan Universitet rahbariyatiga va doimiy ishlovchi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diplomatiya martabalari va unvonlari berish tartibi to‘g‘risida”gi Farmoni, shuningdek, tegishli chet el pasportlarini berish tartibi tatbiq qilinsin. Universitet rektori lavozimi Favqulodda va Muxtor elchi martabasiga tenglashtirilsin. 19. Universitet rektoriga Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiriga, rektor o‘rinbosarlariga va tuzilma asosiy bo‘linmalarining rahbarlariga — kotibiyat mudiri o‘rinbosari uchun belgilangan maishiy ta’minot sharoitlari joriy qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi Universitet rektori o‘rinbosarlarini va tuzilma asosiy bo‘linmalarining rahbarlarini, o‘quv bo‘linmalari rahbarlarini, professor-o‘qituvchilar tarkibini, xodimlari va ularning oila a’zolarini shartnoma asosida tibbiy xizmat ko‘rsatishga qabul qilsin. 20. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Universitetga talabalarning o‘z tuzilma bo‘linmalarida, shu jumladan, chet elda tajriba orttirishlariga moliyaviy va tashkiliy texnikaviy yordam bersinlar. 21. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti huzuridagi Boshqaruv institutida 1993-1994-yillarda qayta tayyorlanadigan mansabdor shaxslarning ilova qilinayotgan ro‘yxati tasdiqlansin. Universitet rahbariyati 1992-yil 30-dekabrga qadar turli bo‘g‘inlardagi kadrlarni maxsus dasturlar bo‘yicha o‘qitish va qayta tayyorlash to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va konsernlar bilan shartnomalar tuzsin. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti huzurida Boshqaruv instituti tashkil etilishi munosabati bilan o‘rtoq M.Q. Qoraboyevga 15 kun muddat ichida kadrlar malakasini oshirish idoraviy institutlarining amaldagi tizimini tartibga solish yuzasidan takliflar kiritish yuklatilsin. 22. Moliya vazirligi, Avtomobil transporti vazirligi Universitetga ikkita yengil avtomobil saqlash uchun zarur limitlar ajratsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Universitetni zarur zamonaviy aloqa turlari va vositalari bilan, shu jumladan, sputnik va hukumat aloqasi bilan ta’minlasin. 24. Toshkent viloyati hokimi Universitetning doimiy ishlovchi ilmiy-o‘quv markazi va sport-sog‘lomlashtirish zonasini qurish uchun yer uchastkasi ajratish masalasini hal qilsin. 25. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasining materiallari bir nusxada albatta yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin. 26. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim bo‘limiga yuklatilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas’ul xodimlari; 2. Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlari; 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari, komissiyalari va qo‘mitalarining raislari va a’zolari; 4. Viloyatlar, shaharlar, tumanlarning hokimlari va ularning o‘rinbosarlari; 5. Vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari va ularning o‘rinbosarlari; 6. Davlat nazorati tashkilotlari apparatining rahbarlari va xodimlari; 7. Vazirliklar, idoralar, milliy kompaniyalarning hay’at a’zolari, apparat xodimlari; 8. Konsernlar, ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalarining rahbarlari va xodimlari; 9. Markaziy muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari; 10. Valyuta-moliya tashkilotlari va banklarining rahbarlari va xodimlari; 11. Tashqi iqtisodiy va tashqi savdo tashkilotlari apparatining rahbarlari va xodimlari; 12. Oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalarining rahbarlari; 13. Jamoat tashkilotlarining rahbarlari va mas’ul xodimlari; 14. Ijodiy tashkilotlar va uyushmalarning rahbarlari va mas’ul xodimlari; 15. Respublika, viloyat va tuman gazetalari va jurnallarning muharrirlari.
101
11,216
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. 2005-yil 25-noyabr kuni Moskva shahrida imzolangan 1994-yil 15-apreldagi mehnat migratsiyasi va mehnatkash-migrantlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida hamkorlik haqidagi Bitimga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Protokol tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
42
857
Qonunchilik
ERKIN ALMAShTIRILADIGAN VALYuTAGA EKSPORT QILIShDA IMTIYOZLAR VA PREFERENSIYALARNI QO‘LLASh MAQSADIDA O‘ZI IShLAB ChIQARGAN TOVARLARNI (IShLARNI, XIZMATLARNI) ANIQLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son ), O‘zbekiston Respublikasi “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 91-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son “Xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-son “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 174-modda) farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 52-son, 560-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., № 6, 33-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash maqsadida o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 32-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son ), O‘zbekiston Respublikasi “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 91-modda) 12-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son “Xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-son “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 174-modda) farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 52-son, 560-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., № 6, 33-modda) muvofiq, o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash uchun o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarini belgilaydi. 1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: tovarlarni eksport qilish — O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish; ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish — ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish. 2. Tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir: kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi); tovarlarni eksport qilish rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayin etilgan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi qayd belgisi qo‘yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar. 3. Ishlar va xizmatlar eksport qilinganligi fakti hisobvaraq-faktura yoxud belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi. 4. Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: soliq to‘lovchi bilan vositachi yoki ishonchli vakil o‘rtasidagi vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi); soliq to‘lovchining topshirig‘iga ko‘ra (vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasiga muvofiq) eksportga tovarlar yetkazib berishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga yetkazib berish uchun chet ellik shaxs bilan tuzilgan kontrakti (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi); tovarlarni eksport rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasining ko‘chirma nusxasi. 5. O‘zi ishlab chiqargan tovar deganda, agar ushbu bandning ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi tomonidan ishlab chiqarish texnologik jarayonini hisobga olgan holda, o‘ziga tegishli bo‘lgan yoki jalb etilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanib ishlab chiqarilgan yoki qayta ishlangan mahsulot (jumladan yarim tayyor mahsulot) tushuniladi. Mahsulot, korxonaning o‘zi ishlab chiqargan tovar hisoblanadigan va ushbu korxona tomonidan qayta ishlash uchun berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan hollarda, o‘zi ishlab chiqargan tovar deb: xomashyo mulkdori uchun — qayta ishlash natijasidan keyin olingan mahsulot, qayta ishlash xizmatlari uchun qayta ishlangan mahsulotning bir qismi bilan haq to‘lash hollarida esa, mahsulotning qayta ishlaganlik uchun haq sifatida qayta ishlovchi korxona tasarrufida qoladigan qismi chegirib tashlangan holdagi mahsulot; qayta ishlovchi korxona uchun — qayta ishlash xizmatlari uchun haq sifatida uning tasarrufida qoladigan mahsulot hisoblanadi. O‘zi ishlab chiqargan ish (xizmat) deganda korxona tomonidan o‘z kuchi bilan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ish (xizmat) tushuniladi. Turistik tashkilotlar uchun o‘zi ishlab chiqargan xizmat deganda, tur doirasida transport xizmati ko‘rsatish, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko‘rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishni o‘z ichiga oluvchi turistik xizmatlar majmui (yoki uning qismi) tushuniladi. 6. Quyidagilar ishlab chiqarish texnologik jarayoni bo‘lib hisoblanmaydi: saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha operatsiyalar; tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni jo‘natishni tashkil qilish, saralash, qaytadan o‘rash, qadoqlash). 7. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘zi ishlab chiqargan mahsulot toifasiga mansubligi faktini tasdig‘i bo‘lib, korxona tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida elektron raqamli imzodan foydalangan holda qo‘yilgan belgi hisoblanadi. 9. Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun korxona javobgardir. 10. Ushbu Qoidalarning 2, 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda o‘tkazilayotgan tekshiruv paytida davlat soliq xizmati organlarining talablariga ko‘ra taqdim etiladi. 11. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
202
8,371
Qonunchilik
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR TOMONIDAN YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR FAOLIYATINI TEKShIRIShLARNI TAShKILLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 4-modda) asosan Kengash qaror qiladi: 1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2007-yil 23-avgustdagi 01-son qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1712, 2007-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 35-36-son, 370-modda) 1-ilovasi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari boshliqlarining buyruqlari asosida bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash avtomobil to‘xtash joylari hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida bir martalik yig‘imlar va ijara to‘lovi to‘liq to‘lanishi, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanilishi, shuningdek savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkaziladigan har kunlik tekshirishlar. Bunda, Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan tegishli ravishda Kengash yoki uning viloyat hududiy komissiyalariga har kuni o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha tekshirilgan subyektlar, aniqlangan holatlar va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida kunlik ma’lumot taqdim etib boriladi”. 2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
168
1,861
Qonunchilik
Soliq tizimini raqamli rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 5.06.2020 yildagi “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 359-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan Davlat soliq qoʻmitasining Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi, shuningdek uni amalga oshirish boʻyicha kompleks choralar tasdiqlandi. Strategiyada quyidagi vazifalar belgilangan: ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va telekommunikatsiya qurilmalarini modernizatsiya qilish, server va dasturiy ta’minotlar хarid qilish, aхborot tizimlari majmuini yagona platformaga oʻtkazish, elektron davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish tizimlarini yoʻlga qoʻyish. Ushbu vazifalarni amalga oshirish natijasida byudjetga qoʻshimcha tushumlar hajmi 20 trln soʻmgacha ortishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda  tizimning ma’lumotlar almashish bilan bogʻliq boʻlgan bir qator muammolari mavjud, jumladan: Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish doirasida: Business Intelligence va Big Data teхnologiyalarini joriy etish Strategiyaning asosiy vazifalaridan biri sifatida kiritilgan. Ularni joriy etish natijasida: Soliq organlarining aхborot tizimlari majmui toʻliq yagona platformaga oʻtkazilishi: Soliq ma’murchiligida biznes jarayonlarni avtomatlashtirilishi biznes jaryonga sarflangan umumiy vaqtni 20-30%ga qisqartiradi. Shuningdek, Strategiyada soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtiradigan Case Management System, Case Assesment System tizimlarining yaratilishi nazarda tutilgan: soliq auditi avtomatik shaklda oʻtkaziladi, monitoring qilish, ma’lumot va tahlillardan foydalanish - real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchilarga koʻrsatiladigan elektron davlat хizmatlari va ularning mobil ilovalari sonini koʻpaytirish esa soliq хizmati хodimlari bilan munosabatlarda inson omilini 60%ga qisqartiradi. Bu nafaqat korrupsiyaning oldini oladi, balki qogʻoz shaklidagi hujjat ishlarini ham keskin kamaytiradi. Qaror bilan soliq хizmati organlarining boshqa vazirlik va idoralar bilan aхborot almashinuv tizimlari sonini oshirish ham nazarda tutilgan. Bu choralar soliq toʻlovchilarning majburiyatlari hisobini yuritishga oid yirik hajmdagi aхborotlarni elektron tarzda olish, tahlil qilish va soliq solish bazasini kengaytirishga хizmat qiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.06.2020 yildan kuchga kirdi.
64
2,488
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning FVDT funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 2-ilovaga muvofiq; Mahalliy davlat hokimiyati organlarining FVDT hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va FVDT tarkibidagi boshqa tashkilotlar uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqsinlar (ishlab chiqsinlar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladigan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining asosiy maqsadi va vazifalarini, uning tashkiliy-funksional tuzilmasini hamda faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) — davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari va vositalaridan iborat tizim. 3. FVDT o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i hamda favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. 4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y-harakatlar majmui; favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar pasaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘ligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘ligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi; FVDTning funksional quyi tizimi — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarni o‘z ichiga olgan quyi tizim; FVDTning hududiy quyi tizimi — tegishli hududda aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarini o‘z ichiga olgan quyi tizim; fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi. 5. FVDTning asosiy maqsadi vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat. 6. Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi: tinchlik va alohida davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash; respublika hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va yujrosini ta’minlash, shuningdek, ushbu soha bo‘yicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish; boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, almashish, axborot tayyorlash va berish; aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish; xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini ta’minlash; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish; sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash. 7. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi mazkur nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi. 8. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari hamda axborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat bo‘lib, respublika, mahalliy va obyekt darajalariga ega. 9. FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega bo‘ladi: FVDT boshqaruv organlari; FVDT tezkor-boshqaruv organlari; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari; favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlari. 10. FVDTning hududiy quyi tizimlari o‘z ma’muriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi. FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, xavf darajasi yuqori obyektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV) bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 11. FVDTning funksional quyi tizimlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajarish, shuningdek, idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuch-vositalaridan iborat bo‘ladi. FVDT funksional quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha funksiyalari, xavf darajasi yuqori bo‘lgan idoraviy mansub obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tasdiqlanuvchi ixtisoslashgan xizmatlar va avariya-qutqaruv tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar bundan mustasno). 12. FVDTning axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi; FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari; atrof tabiiy muhit va xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari; turg‘un (statsionar) boshqaruv punktlari; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch-vositalarini boshqarishning harakatdagi punktlari; FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari; aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi. Axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni ta’minlashi lozim: FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining ixtisoslashgan hamda laboratoriya nazorati va kuzatuv tizimidagi bo‘linmalaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o‘zgarishi, atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari hamda gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) holat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash (tahlil qilish va saqlash); FVDTning boshqaruv organlari, kundalik boshqaruv organlari, kuchlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, xususiyatlari, rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida xabardor qilish va ma’lumot (axborot) berish; FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlari, boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuch-vositalari o‘rtasida o‘zaro axborot va ma’lumot almashinuvini ta’minlash. Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlariga, shuningdek, aholiga yetkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha kundalik hamkorlik qilish va xabar berish yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. 13. FVDT boshqaruv organlari: respublika darajasida — FVV markaziy apparati, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan bo‘linmalari; mahalliy darajada — mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, tashkilotlarning vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan bo‘linmalari; obyekt darajasida — obyektlar ma’muriyati hamda vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni bajarish kiradigan tarkibiy bo‘linmalari (xizmatlari, sho‘balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari)dan iborat. FVDT, uning quyi tizimlari va bo‘g‘inlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ularga belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash tegishli FVDT boshqaruv organlariga yuklanadi. 14. FVDT tezkor-boshqaruv organlari — FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlariga hamda uning bo‘g‘inlariga tezkor boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: respublika darajasida — FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari; mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari, shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining tezkor-boshqaruv guruhlari, tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari; obyektlar darajasida — obyektlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari; tegishli ravishda har bir darajadagi FVDT boshqaruv organlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuch va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlari. FVDT tezkor-boshqaruv organlari tegishli boshqaruv organining doimiy joylashuv punktlarida, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda esa — favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlarda tashkil etiladi. Ular oldindan tegishli xabar berish, aloqa, axborotni qayta ishlash va uzatishning tegishli texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi. Tezkor-boshqaruv organlari favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi xavfi to‘g‘risida ogohlantirish ma’lumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar FVDT boshqaruv organlariga tezkor taqdim etilishini ta’minlaydi. 15. Quyidagilar respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda o‘ta muhim va xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkon qadar kamaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish va bajarilishini ta’minlash; favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holatda saqlash; boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar, hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash; kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yong‘in va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish; tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimida tegishli vazifalarni bajarish; boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini ta’minlash; sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarning to‘planishini va almashinishini hamda xabar qilinishini ta’minlash va nazorat qilish; qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shu jumladan, zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini, evakuatsiya ishlarini amalga oshirishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan FVDT funksional quyi tizimlari kuch-vositalarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ishlarini tashkil etish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idoraviy) moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini, shuningdek, FVDTning maxsus sug‘urta jamg‘armasini tashkil etishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish; favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish; idoraviy mansub obyektlarning rahbarlari tarkibi va kuchlari, shuningdek, xodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashni muvofiqlashtirish; ishlab chiqarish va texnologiyalar xavfsizligi, shuningdek, xodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish. 16. Quyidagilar mahalliy darajadagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarning barqaror ishlash imkoniyatini oshirishga doir tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimining mahalliy darajasini tashkil etish va doimiy tayyor holatda saqlash; boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash; FVDTning manfaatdor funksional quyi tizimlari bilan birgalikda kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yong‘in va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimning mahalliy darajasini yaratish va ularning doimiy shayligini ta’minlash; atrof tabiiy muhitning holatini, xavf darajasi yuqori obyektlardagi vaziyatni doimiy kuzatish va nazorat qilishni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish; boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, kuch-vositalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha harakatlarga doimiy tayyorligini ta’minlash; sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, ularni bartaraf etishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, almashish va o‘z vaqtida xabar qilish; FVDT hududiy quyi tizimlari kuch-vositalarining, shuningdek, ko‘ngilli tuzilmalar, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishiga rahbarlik qilish va harakatlarining uyg‘unligini ta’minlash, volontyorlar hamda mehnatga layoqatli aholini ushbu ishlarga jalb qilishni tashkil etish; aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish)ni, evakuatsiya qilingan aholini joylashtirish, hayot sharoitini ta’minlash hamda ularning favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish; xavfli zonalardagi aholi punktlarida va xo‘jaliklarda yashovchilarni xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish hamda ularning hayotiy sharoitini har tomonlama ta’minlash; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlash; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini moliyalashtirish; FVDT xizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv xizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish; favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish; fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli sug‘urta qilishni tashkil etish hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan sug‘urtalangan himoyasi samaradorligini ta’minlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va sug‘urta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish; aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashga rahbarlik qilish. 17. Quyidagilar obyektlar darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, obyektlarning barqaror ishlashi imkoniyatini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; texnogen avariyalar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni erta aniqlash, ular sodir bo‘lganda oqibatlarini prognozlashtirish hamda ularni bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish maqsadida avtomatik kuzatish, yong‘in va boshqa xavflardan darak beruvchi va nazorat tizimlarini keng joriy etish, kunlik monitoring va kuzatuv ishlarini nazorat qilish; obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimning mahalliy va obyekt darajalarini yaratish ishlarini tashkil etish; boshqaruv organlarining, obyektlar kuch-vositalarining favqulodda vaziyatlardagi harakat qilishga tayyorligini ta’minlash; xabar qilish, axborot to‘plashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam to‘g‘risida yuqori organlarga ma’lumot berish; qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini belgilangan tartibda tashkil etish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlari bajarilishini, obyektning zarar ko‘rgan xodimlarini va obyekt yaqinida yashaydigan aholini evakuatsiya qilish va hayot sharoitlarini ta’minlash; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlash; xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar uchun texnik hujjatlar nusxalarini yaratish va saqlash ishlarini tashkil etish; obyektlarning xavfsizligini pasportlashtirish va deklaratsiyalash, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar chegaralarini belgilash. 18. FVDTning kuch-vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: fuqaro muhofazasi qo‘shinlari; FVVga to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari; vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining xizmatlari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari; O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlari, “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti. 19. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq alohida davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga asosan jalb etilishi mumkin. 20. FVVga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida amalga oshirishga mo‘ljallangan, doimiy shay holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi. 21. FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining qidiruv-qutqaruv xavo kemalarini, qidiruv va avariya-qutqaruv xizmatlari va tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalarining avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni tugatishga, FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi. Tezkor bo‘ysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakat rejalarida hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan shartnomalarda belgilanadi. 22. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari idoraviy mansub obyektlarda ishlab chiqarish-texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan. Vazirliklar va idoralarning yong‘in, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin. Doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi xarajatlar qoplangan holda shartnoma asosida jalb etiladi. 23. Hududiy quyi tizimlar va ularning bo‘g‘inlarida aholini va hududlarni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yirik texnogen avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga doir vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlarning qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish, montaj-qurilish, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining umumiy va maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan hududiy tuzilmalari tashkil etiladi. 24. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda ushbu obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan mavjud ixtisoslashtirilgan xizmatlar va bo‘linmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita obyektlarda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun shtatdan tashqari ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etiladi. 25. Tabiiy va texnogen xususiyatli yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin. 26. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib muayyan bir hududda FVDT quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi: kundalik faoliyat rejimi — muayyan bir hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi mavjud bo‘lmaganda; yuqori tayyorgarlik rejimi — favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi yuzaga kelganda (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlarining prognozi olinganda); favqulodda vaziyat rejimi — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlaridan xabarnoma olinganda). FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi. FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish bo‘yicha qarorda: tegishli faoliyat rejimini joriy etish uchun asos bo‘lgan holat; favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hudud chegaralari yoki favqulodda vaziyat hududining chegaralari; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuch va vositalar; favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni yoki sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha choralar; favqulodda vaziyatlarning oldini olishga mas’ul mansabdor shaxslar yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etish tadbirlarining rahbari belgilanadi. Favqulodda vaziyat rejimini joriy etishda favqulodda vaziyatlar tasnifi, shuningdek, aholining hayot faoliyati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun qo‘shimcha talab etiladigan chora-tadbirlardan kelib chiqib favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning quyidagi darajalaridan biri o‘rnatiladi: a) obyekt darajasida bartaraf etish; b) mahalliy darajada bartaraf etish; v) respublika darajasida bartaraf etish. 27. Quyidagilar FVDT faoliyat ko‘rsatish rejimlarida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi: a) kundalik faoliyat rejimida: atrof tabiiy muhitning holatini, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va belgilangan tartibda almashish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari, sanoat obyektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish; favqulodda vaziyatlarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, ko‘chirilgan aholining vaqtincha yashash joylarida hayot faoliyatini ta’minlash choralarini rejalashtirish hamda tegishli tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish; FVDT boshqaruv organlari va kuchlarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini rejalashtirish hamda ularni belgilangan tartibda tayyorlash; aholini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o‘rgatish; xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi shayligini ta’minlash va nazoratini olib borish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish va to‘ldirish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish; sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish; b) yuqori tayyorgarlik rejimida: favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, va boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda aholini xabardor qilish; atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning ko‘lamlari va oqibatlarini prognozlashtirish; FVDT tegishli quyi tizimlari va bo‘g‘inlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning o‘z zimmasiga olishi, zarurat bo‘lganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish, zaruratga ko‘ra aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish; favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolari, hayot ta’minoti tizimlari, obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish; doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini joriy etish; FVDT tezkor-boshqaruv organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini kuchaytirish; kuchlar va vositalarni shay holatga keltirish, yuqori tayyorgarlik faoliyat rejimiga o‘tkazish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan hududga yo‘naltirish; v) favqulodda vaziyat rejimida: favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish; aholini muhofaza qilishni, shu jumladan, aholini, moddiy boyliklarni va boshqa mol-mulkni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni tashkil etish; favqulodda vaziyat zonalari chegaralarini belgilash, o‘rab olish (to‘sib qo‘yish), ushbu mintaqaga kirish-chiqishni tartibga solish; doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar hududiga yo‘naltirish, ushbu tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarni chegaralash va birlamchi sabablarini bartaraf etish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish; iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish; favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat bo‘yicha monitoring olib borish; evakuatsiya qilingan aholini vaqtinchalik joylashtirish va hayot faoliyatini ta’minlash, tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish hamda bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish; favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish; birinchi navbatda infratuzilma obyektlarini tiklash, ijtimoiy soha obyektlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish; jabrlangan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rilgan zararni qoplash tadbirlarini amalga oshirish. 28. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi – O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan; moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan; mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan; obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan; xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari turlari va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi. 29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari avariya sodir bo‘lgan obyektlar, ularni balansda saqlovchi vazirliklar va idoralarning, ushbu obyektlar joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining kuch-vositalari bilan amalga oshiriladi. 30. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari obyektlarining rahbarlari, vazirliklar va idoralarning tezkor guruhlari (mutaxassislar) va hokimlarning bevosita rahbarligida amalga oshiriladi. Alohida hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin. 31. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda ular obyekt ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning yuqori organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin. 32. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli budjetlar, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablag‘lari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari hamda FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi. 33. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida respublika va idoraviy harakat qilish rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajalarida o‘zaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi. 34. FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi. 35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) faoliyatini boshqarish va davlat nazoratini amalga oshirish. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va FVDTning samarali hamkorligini tashkil etish. Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini boshqarish va nazoratini olib borish. FVDT boshqaruv organlari va aholini seysmik jarayonlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash. Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va amalga oshirish. FVDT boshqaruv organlari va aholini seysmik jarayonlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash. FVDT funksional quyi tizimining: Yong‘in xavfsizligi xizmati; Seysmik xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish. Favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibiga va fuqarolar xavfsizligiga rioya etilishini hamda obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish va qo‘riqlashni ta’minlash. Qonunchilikka qarshi harakatlar bilan kurashishda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda va alohida davrda huquq-tartibotni ta’minlashda qatnashish. FVDT funksional quyi tizimining Qo‘riqlash xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Favqulodda vaziyatlar chog‘ida jamoat tartibini va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash. Tibbiy yordam xizmati bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarda nobud bo‘lgan aholini hisobga olish. FVDT funksional quyi tizimining: Jamoat tartibini saqlash xizmati; Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi obyektlari joylashgan mintaqalardagi radiatsiyaviy, kimyoviy va bakteriologik vaziyatning nazorat qilinishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining avariya-qutqaruv xizmati kuchlari va vositalarini, muhandislik-sapyor bo‘linmalarini, kimyoviy xizmat bo‘linmalarini, maxsus texnika va moddiy resurslarni favqulodda vaziyatlar mintaqalariga yetkazishda harbiy-transport aviatsiyasining qatnashishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun idoraviy mansub obyektlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida axborot almashinuvini amalga oshirish. Favqulodda vaziyatlarning xususiyatini hisobga olib zarar ko‘rgan aholiga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish, zarar ko‘rganlarga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish. Favqulodda vaziyatlar mintaqalariga dori vositalarining shoshilinch yetkazib berilishini ta’minlash. Zarar ko‘rgan va transportda tashish mumkin bo‘lmagan kasallarni hisobga olish va ularning favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlash. Aholini favqulodda vaziyatlar chog‘ida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga o‘qitish va tayyorlashning metodik asoslarini ishlab chiqish. Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish tadbirlarining tibbiy ta’minotini amalga oshirish. Tashish mumkin bo‘lmagan jabrlanganlarga chet elda tibbiy yordam berish tadbirlarini amalga oshirishda xorijiy davlatning tegishli tibbiyot muassasalariga ko‘maklashish. Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning ro‘yxatini yuritish. Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni, shuningdek, ularning tibbiy reabilitatsiyasini ta’minlash. Respublika hududida favqulodda vaziyatlarda jaroxatlangan va xalok bo‘lgan chet el fuqarolari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish. Obyektlarning sandrujina (postlari) soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanish me’yorlarini O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqish. O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlash. Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va prognozlashtirish. Sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish. Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishga oid ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish. Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tashxisi bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish. Tibbiy profilaktika bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash. FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar mintaqalaridagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvol to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash. FVDT funksional quyi tizimining: Tibbiy yordam xizmati; Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish obyektlarini qurishning aniq yo‘naltirilgan dasturlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarni moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish va takliflar berish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida moddiy resurslar zaxirasini yaratish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda zaxira fondidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritilishini tashkil etish hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tadbirlarini, mutaxassislarning xorijiy davlatga voqea joyiga yetib borishini va O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelishini moliyalashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan shartnoma asosida chet davlatlarga ishga yuborilayotgan fuqarolar bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish. Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilingan aholi bandligini ta’minlash maqsadida ularni vaqtinchalik ish bilan ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarini xorijiy davlatda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu hududdagi vaziyatning rivoji to‘g‘risida xabardor qilish. Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish. Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan xorijiy davlatlarning mas’ul davlat organlari bilan birgalikda jabrlanganlarga tibbiy va boshqa ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytib kelishlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish. O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan yoki halok bo‘lgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga yuborish. Konsullik ustavi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ishtirok etish. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va proffesional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni “Hayot faoliyati xavfsizligi” mavzulari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonida hayot xavfsizligi asoslarini o‘rgatishni tashkil etish choralarini ko‘rish. O‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotning tezkorlik bilan olinishi, qayta ishlanishi va taqdim etilishini ta’minlash. Favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan aholi uchun qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazishni tashkil etish. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil davomida va uzluksiz barqaror narxlarda ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi zarur bo‘lgan hajmda shakllantirilishini tashkil etish. Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va saqlashni ta’minlash. Tarmoq tarkibiga kiruvchi obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini oziq-ovqat xavfsizligi, idoraviy mansub obyektlardagi avariyalar hamda halokatlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash. O‘simliklar yuqumli kasalliklari keng tarqalishi (epifitotiyalar)ning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish. Zararkunadalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi agrokimyoviy vaziyat to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash. FVDT funksional quyi tizimining O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy nazorat xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati ishonchliligini va xavfsiz ishlashini ta’minlash. Suv omborlari, daryolar va kanallarning gidrologik rejimi, toshqinlar, halokatli suv bosishlar, gidrotexnika inshootlariga tabiiy ta’sirlar monitoringini tashkil etish va olib borish. Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi mumkinligini prognozlashtirish. Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini o‘zgartirish yoki keyinchalik ulardan foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyaning oldini olish maqsadida chiqarib yuborish. Xavf darajasi yuqori suv xo‘jaligi obyektlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish. FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda suv bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish hamda toshqin suvlari va sellarning avariyasiz o‘tkazilishini ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar kompleksini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini suv omborlarining to‘g‘onlari va gidrotexnik inshootlari hamda boshqa suv manbalarining o‘pirilib ketishi bilan bog‘liq kutilayotgan suv toshqinlari va halokatli suv bosishlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash. Favqulodda vaziyatlar, xususan, suv toshqini sodir bo‘lgan hududlarda zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. FVDT funksional quyi tizimining: Suv xo‘jaligi xizmati; I, II va III sinfga mansub xavf darajasi yuqori bo‘lgan shuningdek, respublika va mintaqa suv xo‘jaligi hamda energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi holatini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropolitendan xavfsiz foydalanish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. Yo‘l va yo‘l inshootlarining texnik holati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga tashish uchun tayyorlash. Favqulodda vaziyatlarni tugatish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch-vositalari, harbiy bo‘linmalar, maxsus texnika va moddiy resurslarni birinchi navbatda tashishni ta’minlash. Yong‘in va avariya-tiklash poyezdlari, ixtisoslashgan va qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibining temir yo‘l transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishini ta’minlash. Qidiruv-qutqaruv havo kemalari va ekipajlari hamda qidiruv va avariya-qutqaruv tuzilmalarining qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirokini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasida qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarini olib boruvchi xizmatlar ustidan nazorat olib borish. Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya tadbirini amalga oshirish uchun avtomobil tuzilmalari va evakuatsiya poyezdlarini tashkil etish, shuningdek, ularni evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirishga tayyorlashni ta’minlash. Portlovchi, yong‘in xavfi bo‘lgan yuklar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalarni tashishda xavfsizlikni ta’minlash. FVDT boshqaruv organlarini, yo‘lovchilar hamda aholini avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari va metropolitenda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi yoki yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, ularning kutilayotgan oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish. FVDT funksional quyi tizimining: Avtotransport xizmati; Avtoyo‘l xizmati; Qidiruv va parvozlarni avariya-qutqaruv jihatdan ta’minlash xizmati; Temir yo‘l va temir yo‘l transportida yong‘in, portlash xavfi bo‘lgan yuklar, kimyoviy moddalar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar tashilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish. Shaharsozliq, loyihalash va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsiziligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini tashkil etish. Shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilish. Yirik va alohida muhim obyektlarda bajariladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining sifatini nazorat qilish va ularni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish. Favqulodda vaziyatlar natijasida obyektlarga hamda fuqarolarning turar joylariga yetkazilgan zararni hamda qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilishda ishtirok etish. FVDT funksional quyi tizimining Shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Favqulodda vaziyatlarda izdan chiqqan ichimlik suv va oqova suvlari tizimlarini tiklash, ularning favqulodda vaziyatlar sharoitlarida barqaror ishlashini ta’minlashni muvofiqlashtirish. Uy-joy va kommunal xo‘jaligi faoliyatining barqarorligini oshirish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. Favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar ko‘rgan uy-joy va kommunal xo‘jaligi obyektlarini tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jabrlangan aholini belgilangan me’yorlar miqdorida ichimlik suv bilan ta’minlash. FVDT funksional quyi tizimining Ichimlik suv ta’minoti xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish. Mahalla fuqarolar yig‘inlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash. “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlarini tuzish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish. Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish, ro‘yxatga olish va ularning vaqtinchalik joylashtirilishida ishtirok etish. Respublika aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini kundalik rejimda va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan tadbirlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish. Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, kayta ishlash, tashish, saklash obyektlari (qurilmalari)ni montaj kilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish. Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tegishli bo‘lgan atom energetik reaktorlar, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni hamda radiofaol chiqindilarni saqlash punktlarining xavfsizligini va rivojlanishini ta’minlash. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash, ularda radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ixtisoslashgan kuch-vositalarining harakat qilishga shayligini ta’minlash, shuningdek, ta’sir ko‘rsatish sohalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish. Tarmoq obyektlarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish. Tarmoq obyektlarida avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognozlashtirish, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida favqulodda vaziyatlar chog‘ida ishlarning barqarorligini oshirish. Idoraviy mansub yirik gidrotexnik inshootlardan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni FVDT boshqaruv va tezkor-boshqaruv organlari hamda mutasaddi xizmatlarga taqdim etib borish. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar, shu jumladan, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining yirik gidrotexnik inshootlari, neft va gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlarida hamda ularga yondosh hududlarda xabar berish mahalliy tizimlarini yaratish. Ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarini doimiy tayyor holda saqlash hamda tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdi ishtirok etishini ta’minlash. FVDT boshqaruv organlari va aholini tarmoq obyektlarida avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi xavfi yoki sodir bo‘lganligi, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar chog‘ida aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash. Issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari asbob-uskunalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishga oid tadbirlar majmuini, shuningdek, iqtisodiyot obyektlari va respublika aholisini elektr energiyasi hamda issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. FVDT funksional quyi tizimining: Energetika xizmati; Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash xizmati; Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i obyektlarida ishlarni olib borishning holati va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Respublika va mahalliy darajalarda hamda FVDT faoliyat ko‘rsatishining barcha rejimlarida telekommunikatsiyalar va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilishida ko‘maklashish. Favqulodda vaziyatlarni tugatishga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlari bilan ustun darajada ta’
154
64,024
Qonunchilik
“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
194
424
Qonunchilik
KAPITAL QURILIShNI BOShQARISh TAShKILIY TUZILMASINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi PF-2111-son Farmonini bajarish va 1998 — 2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, pudrat qurilish idoralari va tashkilotlarining: “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi, “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining “O‘zbekgidroenergiyaqurilish” tresti boshqaruv tizimining bo‘g‘inliligini 1 — 8-ilovalarga* muvofiq takomillashtirish to‘g‘risidagi; “O‘zsuvqurilish” davlat konsernini boshqarishning 9-10-ilovalarga* muvofiq ikki bo‘g‘inli tizimga bosqichma-bosqich o‘tkazish to‘g‘risidagi; tugatilgan “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi, “O‘zagroqurilish” birlashmasi va “O‘zjamoaqurilish” tarkibiga kirgan pudrat qurilish trestlari, boshqarmalar, birlashmalar, sanoat va transport korxonalari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tizimi va tuzilmasi 11-ilovaga* muvofiq takomillashtirish bo‘yicha; qurilish trestlari va qurilish industriyasi korxonalarini kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarni qurishga va rekonstruksiya qilishga, ushbu maqsadlar uchun qurilish konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarishga 12-ilovaga* muvofiq hududlar bo‘yicha ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining uslubiy rahbarligi va texnikaviy ko‘magida, kasb-hunar kollejlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish yuklansin. 3. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasini, “O‘zagroqurilish” birlashmasini, “O‘zjamoaqurilish” uyushmasini tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalari bilan birgalikda 13-ilovaga* muvofiq respublika qurilish tashkilotlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish ishlarini tashkil etsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: 2000/2001-o‘quv yilining boshlanishigacha respublikaning har bir tumanida va viloyat markazida bittadan kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirilishini ta’minlasinlar, bunda obod qilish, arxitektura-rejalashtirish yechimlari, quriladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining qurilishi va jihozlanishi jahonning eng yaxshi namunalari va standartlariga javob beruvchi namunaviy loyihalariga muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor bersinlar: ishlab turgan pudrat qurilish tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini ma’qullangan namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirish, ish hajmlarini maqbullashtirish, ma’muriy boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish, ularning tarkibiga kiruvchi ijtimoiy va uy-joy kommunal obyektlarini mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga berish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, ortiqcha bo‘g‘inlar va bo‘linmalarni tugatish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil qilsinlar; Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligining hududiy organlari, statistika, soliq va moliya xizmatlari bilan birgalikda pudrat qurilish tashkilotlari va korxonalarini keng aksiyalashtirishni ta’minlagan holda ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etsinlar; mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, qurilish kompleksi korxonalari va tashkilotlariga hududlar bo‘yicha aksiyalashtirilgan birlashmalar va ixtiyoriy xo‘jalik hamkorligining boshqa shakllarini, shuningdek bozor infratuzilmasi tashkilotlarini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashsinlar. 5. Belgilansinki: qurilish tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish yakunlari bo‘yicha bo‘shab qoladigan binolar, ishlab chiqarish quvvatlari va davlat mulkiga tegishli bo‘lgan boshqa asosiy vositalar Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi bilan kelishgan holda keyinchalik asosan ishlab turgan va yangidan tashkil etilayotgan mustaqil xususiy korxonalar, mustaqil konsalting, injiniring tashkilotlarining hamda bozor infratuzilmasi qurilish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlarining moddiy bazasini mustahkamlash uchun foydalanilishi yoki belgilangan tartibda xususiylashtirilishi mumkin; bo‘shab qolayotgan davlat mulki ustun darajada pudrat qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning ustav jamg‘armasiga davlat ulushi sifatida yoki lizing shartlarida beriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, kapital qurilishni isloh qilish bo‘yicha hududiy komissiyalar bilan birgalikda ikki oy muddatda qurilish tashkilotlari va korxonalarini qayta tashkil etish va tugatish yakunlari bo‘yicha bo‘shab qolayotgan binolar, ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa asosiy vositalar ro‘yxatini aniqlasin hamda uni ko‘rib chiqish uchun Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga kiritsin. 7. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini va ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda, 1999-yilda o‘quv yurtlarining asosiy ko‘rsatkichlarini tartibga soluvchi mavjud me’morchilik-shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlarini qayta ko‘rib chiqsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga tender buyurtmalarini ta’minlash uchun pudrat va subpudrat qurilish tashkilotlariga kafillik va bank kafolatlari berish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 9. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda obyektni muddatidan ilgari foydalanishga topshirganlik va shartnoma qiymatiga nisbatan mablag‘larni tejaganlik uchun pudrat tashkilotlarini buyurtmachi tomonidan mukofotlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Belgilansinki, mukofotlash summasi pudrat va subpudrat tashkilotlarining soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi. 10. Tugatilayotgan “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasining 22-son Mehribonlik uyi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga berilsin. 11. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “O‘zagroqurilish” respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ qurilish birlashmasining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1992-yil 6-martdagi 100-son qarori; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”) davlat korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” to‘g‘risida 1993-yil 14-yanvardagi 33-son qarori; Vazirlar Mahkamasining “Toshkent moliya-qurilish “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qaroriga 1, 2 va 2a-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxatidan (Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qaroriga 5-ilova) “O‘zjamoaqurilish” kooperativ va aksionerlik qurilish korxonalari uyushmasi chiqarib tashlansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
105
8,170
Qonunchilik
Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionyerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Pensionyerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini to‘laqonli jalb qilish, pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionyerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorovga pensiyalar barcha ishlovchi pensionyerlarga o‘z vaqtida to‘liq miqdorda to‘lanishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 5. Mazkur Farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosarlari B.M. Mavlonov, G.K. Saidovalarga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4906-son Farmoni 3-bandidagi “Nuroniy” jamg‘armasining barcha xodimlari — pensionyerlarga pensiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 foiz miqdorda to‘langan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4006-son qarori 3-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “pensiyasi to‘liq miqdorda to‘lanishi saqlangan holda,” so‘zlari chiqarib tashlansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlovchi pensionyerlarga pensiya to‘lash to‘g‘risida” 1995-yil 20-noyabrdagi PF-1289-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulug‘ Vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan shaxslarga pensiyalarni to‘lash tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 28-dekabrdagi PF-1334-son Farmoni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi lavozimlarida ishlovchi ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 7-dekabrdagi PF-3521-son Farmoni. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensionyerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 17-sentabrdagi PF-3921-son Farmoni. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi PF-4589-son Farmoni ilovasining 1-bandi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni 6-bandining beshinchi xatboshi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionyerlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son Farmonining 1 — 14-bandlari. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionyerlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 6-iyuldagi PF-5110-son Farmonining 1-bandi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionyerlarning alohida toifalariga qulay sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5291-son Farmonining 1-bandi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmonining 14-bandi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionyerlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PF–4960-sonli Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 7-fevraldagi PF-5328-son Farmoni. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoni 6-bandining to‘rtinchi xatboshi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni 11-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son Farmoni 4-bandining yettinchi xatboshi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoni ilovasining 3-bandi “v” va “g” kichik bandlari. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qarori)” 2018-yil 20-avgustdagi PF-5516-son Farmoni ilovasining 1-bandi. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni 2-bandining yettinchi xatboshi. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3450-son qarorining 6-bandi. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qarorining 14-bandi uchinchi xatboshi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qarorining 3-bandi “b”-kichik bandining ikkinchi xatboshi.
170
8,692
Qonunchilik
Elektron hisobvaraq-fakturalar bosqichma-bosqich joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 6.10.2018 yildagi «Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 807-son qarori qabul qilindi. Eksperiment oʻtkaziladi – ayrim mintaqalardagi (quyiga qarang) barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tovar-transport yukхatlari va TMBni olish uchun ishonchnomalar vazifalarini mujassamlashtirgan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishlari shart. Bunda parallel ravishda ushbu hujjatlarning qogʻozdagi nusхalarini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.   Eslatib oʻtamiz, ilgari ushbu hujjat loyihasi sharhini e’lon qilgan edik. Tasdiqlangan hujjat ikki jihati bilan farqlanadi: a) eksperiment oʻtkaziladigan joy. Yakunda u Chirchiq shahrida (Toshkent viloyati), shuningdek Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida oʻtkaziladi; b) eksperiment oʻtkaziladigan muddat. U biroz surildi va 2018 yil 15 oktyabrdan boshlanadi. Oʻtkazilgan eksperiment natijalari boʻyicha ushbu meхanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish yuzasidan takliflar 2019 yil 1 fevralga qadar kiritilishi lozim.    Aхborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ekspert хulosasini olgan tashkilotlar – elektron hujjat almashish operatorlari elektron hisobvaraq-fakturalarning elektron aylanishi va saqlanishini ta’minlash boʻyicha хizmatlarni amalga oshirishlari mumkin (avvaliga ularni sertifikatlashtirish (akkreditatsiyalash) rejalashtirilgan edi, tahr.). Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.10.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
62
1,558
Qonunchilik
Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyani (Istanbul, 1990-yil 26-iyun) qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-apreldagi PQ-4694-son “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyani (Istanbul, 1990-yil 26-iyun) qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (bundan buyon matnda Bojxona kodeksi deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-apreldagi PQ-4694-son “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlarni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi Konvensiyani (Istanbul, 1990-yil 26-iyun) (bundan buyon matnda Konvensiya deb yuritiladi) qo‘llash tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: ATA karneti ― bojxona deklaratsiyasiga tenglashtirilgan, tovarlarni identifikatsiyalashga va vaqtincha olib kirishga (transport vositalaridan tashqari) imkon beradigan hamda bojxona to‘lovlarini to‘lashning xalqaro miqyosda kafolatini o‘z ichiga olgan xalqaro bojxona hujjati; kafolatlovchi uyushma ― vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi hujjatlarni berish uchun mas’ul bo‘lgan va vaqtincha olib kirish shartlari buzilgan taqdirda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kafolatlovchi vakolatli tashkilot ― O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (keyingi o‘rinlarda Savdo-sanoat palatasi); bojxona operatsiyasi ― tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga nisbatan bojxona organlarining mansabdor shaxsi va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat; bojxona rejimi ― bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui; deklaratsiyalash ― bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida turgan tovarlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni bojxona organlariga ma’lum qilish. 2. ATA karnetini qo‘llagan holda bojxona to‘lovlaridan to‘liq shartli ravishda ozod qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalari Konvensiyaning A-ilovasi “Vaqtincha olib kirish hujjatlari to‘g‘risida” bilan birgalikda Konvensiyaning quyidagi ilovalardan birining shartlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: V.1-ilova “Ko‘rgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar yoki shu kabi tadbirlarda namoyish qilish yoxud foydalanish uchun tovarlar to‘g‘risida”; V.2-ilova “Professional asbob-uskuna to‘g‘risida”; V.3-ilova “Tijorat operatsiyasi munosabati bilan olib kirilgan konteynyerlar, poddonlar, o‘ramlar, namunalar va boshqa tovarlar to‘g‘risida”; V.5-ilova “Ta’lim, ilmiy yoki madaniy maqsadlarda olib kirilgan tovarlar to‘g‘risida”; V.6-ilova “Sayohatchilarning shaxsiy buyumlari va sport maqsadlarida olib kirilgan yuklarga tegishli ilova”. 3. Bojxona organi quyidagi hollarda ATA karnetini bojxona deklaratsiyasi va bojxona to‘lovlarini to‘lashning xalqaro miqyosidagi kafolati hamda bojxona organlari oldidagi majburiyatning bajarilishini kafolatlovchi hujjat sifatida qabul qilishi mumkin: agar ATA karnetida kafolatlovchi uyushma va xalqaro tizimning nomi ko‘rsatilgan bo‘lsa; ATA karnetini egasi va uni bergan kafolatlovchi uyushma tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda to‘ldirilgan bo‘lsa; tovar olib chiqilayotgan (eksport qiluvchi) mamlakatning bojxona organi tomonidan rasmiylashtirilgan bo‘lsa. 4. ATA karnetini qo‘llagan holda rasmiylashtiriladigan tovarlar uchun vaqtinchalik olib kirish muddati tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda nazorat bojxona organi tomonidan ATA karneti qabul qilingan kundan boshlab ushbu tovarlar amalda olib chiqilgan kungacha hisoblanadi. 5. ATA karnetini qo‘llagan holda olib kirilgan tovarlarni qayta olib chiqish majburiyati ular O‘zbekiston Respublikasidan amalda olib chiqilganidan yoki Bojxona kodeksiga muvofiq “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi tugallanganidan boshlab bajarilgan hisoblanadi. 6. Bojxona organi ATA karnetini qabul qilib olganda ATA karnetining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiradi. Bunda Konvensiyaga a’zo mamlakatlarning kafolatlovchi uyushmalari tomonidan berilgan ATA karneti muqovasining ustki qismida ATA karneti qabul qilinishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ko‘rsatilishi lozim, ushbu mamlakatlarning kafolatlovchi uyushmalari nomlari yoki bojxona hududlari ATA karnetining oxirgi yashil beti orqa tomonining yuqori bandida ko‘rsatilishi kerak. ATA karnetining amal qilish muddati uyushma tomonidan berilgan kundan boshlab bir yildan oshmasligi lozim. ATA karnetini qo‘llagan holda tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) muddati ATA karnetida belgilangan muddatdan oshib ketmasligi kerak. ATA karnetini qo‘llagan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlardan faqat ATA karnetida nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish mumkin, tijorat maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan Konvensiya va uning ilovalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan hollar mustasno. 7. ATA karnetining barcha varaqlari bir xil to‘ldirilishi lozim, biriktirilgan qog‘ozlar, stikyerlar va havola (izoh) ko‘rinishidagi qo‘shimchalarga yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha varaqlardagi ma’lumotlar muqovadagi ma’lumotlar bilan bir xil bo‘lishi kerak; Muqova va unga qo‘shimcha varaqlar ATA karneti muqovasining “A” grafasi hamda uning varaqlarida ko‘rsatilgan egasi (ATA karnetini bojxona organlariga taqdim etish orqali tovarlarni deklaratsiyalayotgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxs) tomonidan ATA karneti rasmiylashtirilishidan oldin imzolanishi lozim, qolgan varaqlari bojxona organidan o‘tishiga qarab egasi (vakili) tomonidan to‘ldiriladi. 8. ATA karnetining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda quyidagilarga alohida e’tibor beriladi: ATA karnetining amal qilish muddati; O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga nisbatan ATA karnetini qo‘llash imkoniyati; ATA karneti muqovasining ustki qismida undan O‘zbekiston Respublikasida foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi yozuvning mavjudligi va kafolatlovchi uyushmasi ATA karnetining oxirgi yashil beti orqa tomoni yuqori bandida ko‘rsatilishi; tovarlarning umumiy ro‘yxati va qo‘shimcha varaqlari (mavjud bo‘lsa) to‘ldirilganligi va rasmiylashtirilganligi; ATA karnetining koreshogi va yirtib olinadigan vauchyerlari to‘ldirilganligi (ularga kiritilgan ma’lumotlar ATA karneti muqovasining ustki qismi va orqa tomonida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga hamda transport va tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi kerak); ATA karnetining yuqori o‘ng burchagida “have been exported” yoki “ont ete exportees” yozuvi bo‘lgan ATA karnetining sariq rangdagi “exportation” koreshogida olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgilarning (to‘ldirilishi, olib chiqayotgan mamlakatning muhr va shtamplari) mavjudligi. ATA karnetini rasmiylashtirish uchun barcha zarur talablar bajarilgan hollarda bojxona organining mansabdor shaxsi bunday ATA karnetini qabul qiladi. 9. Bojxona organlari ATA karnetini qo‘llagan holda olib kiriladigan tovarlarni bojxona nazoratidan o‘tkazadi. Bojxona ko‘rigi dalolatnomalarini tuzishda tovarlarning tavsifi sifatida tovarlarning umumiy ro‘yxatidan foydalanishga ruxsat etiladi. Bojxona organlari tomonidan bojxona maqsadlari uchun tovarlarni tasniflash amalga oshiriladi. Bunda ATA karnetida ko‘rsatilgan tovarlarni identifikatsiyalash va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqiq va cheklovlar o‘rnatilmaganligini aniqlash imkoni mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining yagona Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq tovar pozitsiyasi darajasida 6 belgidan kam bo‘lmagan tovarlarni tasniflashga yo‘l qo‘yiladi. Agar tovarlarga bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan taqiq va cheklovlar o‘rnatilgan bo‘lsa, tovar kodi TIF TNga muvofiq 10 belgi darajasida aniqlanadi. 10. ATA karnetini qo‘llagan holda vaqtincha olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlar bo‘yicha bojxona organi tomonidan “ATA karneti bo‘yicha tovarlarni qayd etish jurnali” elektron ko‘rinishda yuritiladi. 11. Bojxona organlari tomonidan ATA karnetini qo‘llagan holda vaqtincha olib kirishga ruxsat berilgan tovarlarning to‘langan bojxona to‘lovlari butun muddat davomida kafolatlanishi uchun bojxona organlari tomonidan belgilangan bunday tovarlarni qaytib olib chiqish muddati ATA karnetini bergan kafolatlovchi uyushma tomonidan qo‘yilgan amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. 12. Olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga muvofiq Konvensiyaning amal qilish doirasiga kiradigan tovarlarning bojxona deklaratsiyalanishi deklarantning tanloviga ko‘ra bojxona deklaratsiyasi sifatida Savdo-sanoat palatasi tomonidan berilgan ATA karnetini unga ilova qilingan transport (tashuvchi) va tijorat hujjatlari bilan birga qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin. 13. Bojxona organi tomonidan ATA karneti qabul qilib olinganidan so‘ng, unga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Bojxona organiga taqdim etiladigan ATA karneti davlat tilida yoki rus tilida va ingliz (fransuz) tilida to‘ldirilgan bo‘lishi lozim. 15. ATA karnetini qo‘llagan holda tovarlarni olib kirishda uning egasi (vakili) nazorat bojxona organiga tovarlarni hamda ATA karnetini taqdim etadi. 16. ATA karnetini rasmiylashtirishda nazorat bojxona organining mansabdor shaxsi ATA karnetining oq rangdagi “importation” koreshoklari va yirtib olinadigan vauchyerlarini mazkur Nizom ilovasining 1-bandiga muvofiq tartibda to‘ldiradi. 17. Koreshoklar va yirtib olinadigan vauchyerlarni to‘ldirgandan so‘ng nazorat bojxona organining mansabdor shaxsi: ATA karnetining oq rangdagi yirtib olinadigan “importation” vaucherini birlashtirilgan varaqlaridan ajratib oladi; ATA karneti bo‘yicha vaqtincha olib kirishni ro‘yxatdan o‘tkazilganini yoki ATA karneti bo‘yicha yetkazib berilgan tovarlarning ro‘yxatdan o‘tkazilganini, ATA karnetini qo‘llagan holda tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalarini amalga oshirishdagi harakatlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron ma’lumotlar bazasiga kiritadi; rasmiylashtirilgan ATA karnetini uning egasi (egasining vakili)ga qaytaradi. 18. ATA karnetining rasmiylashtirilgan yirtib olinadigan vauchyerlari ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati va uning qo‘shimcha varaqlarining (mavjud bo‘lganda) nusxasi hamda ilova qilinadigan hujjatlar nusxasi bilan birga nazorat bojxona organida qoladi. 19. Nazorat bojxona organi tovarlarni “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi shartlariga rioya etilishini olib qolingan ATA karnetining rasmiylashtirilgan yirtib olinadigan vauchyerlari hamda ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati va uning qo‘shimcha varaqlarining (mavjud bo‘lganda) nusxasi asosida bojxona nazoratini amalga oshiradi. 20. ATA karneti egasining (vakilining) arizasiga asosan tovarlarni vaqtincha olib kirish uchun belgilangan muddat ATA karneti egasi (vakili) joylashgan joydagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli boshqarmasi (bundan buyon matnda hududiy bojxona boshqarmasi deb yuritiladi) qaroriga asosan ATA karnetining amal qilish muddati mobaynida uzaytiriladi. Tovarlarni vaqtincha olib kirish uchun belgilangan muddatni uzaytirishda hududiy bojxona boshqarmasining mansabdor shaxsi tomonidan mazkur Nizom ilovasining 3-bandida belgilangan tartibda ATA karnetining oq rangdagi yirtib olinadigan “importation” vauchyerlari to‘ldiriladi va elektron ma’lumotlar bazasida ATA karnetining ma’lumotlari bo‘yicha uzaytirish muddatini ko‘rsatgan holda tegishli yozuvni kiritadi. 21. Tovarlar reeksport qilinayotganda, nazorat bojxona organiga ATA karnetining egasi (vakili) ilgari olib kirilgan tovarlar va ATA karnetini taqdim etadi. Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan ATA karnetining oq rangdagi yirtib olinadigan “reexportation” vauchyerlari to‘ldiriladi. Tovarlar bir yoki bir nechta partiyalarda qaytarib olib chiqilishi mumkin. ATA karnetini qo‘llagan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni olib chiqish (reeksport) dastlab olib kirilgan nazorat bojxona organi joylashgan hududdan boshqa hududda joylashgan bojxona organi orqali olib chiqilishi mumkin. 22. Ilgari ATA karnetidan foydalangan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni qayta olib chiqishda (reeksportda) nazorat bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan mazkur Nizom ilovasining 2-bandiga muvofiq tartibda ATA karnetining oq rangli yirtib olinadigan “reexportation” vaucheri to‘ldiriladi. 23. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan ATA karnetining oq rangdagi “reexportation” koreshogi va yirtib olinadigan vaucheri to‘ldirilganidan so‘ng: ATA karnetining oq rangdagi yirtib olinadigan “reexportation” vaucherini boshqa birlashtirilgan ATA karneti varaqlaridan ajratadi; ATA karnetini qo‘llagan holda vaqtincha olib kirishni ruyxatdan o‘tkazishning elektron ma’lumotlar bazasida ATA karnetini qo‘llagan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarga nisbatan amalga oshirilgan bojxona operatsiyalari to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritadi; rasmiylashtirilgan ATA karnetini uning egasiga (vakili) qaytaradi. 24. ATA karnetining oq rangdagi yirtib olinadigan “reexportation” vauchyerlari ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati va uning qo‘shimcha varaqlarining (mavjud bo‘lganda) nusxasi hamda ilova qilinadigan hujjatlar nusxasi bilan birga bojxona organida qoladi. ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati va uning qo‘shimcha varaqlarining (mavjud bo‘lganda) nusxasi hamda ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga nazorat bojxona organida qoladi 25. ATA karnetini qo‘llagan holda olib kirilgan tovarlarni qayta olib chiqishda (reeksport) deklaratsiyalash O‘zbekiston Respublikasidan tovarlarni olib chiqishni rasmiylashtiradigan bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. 26. ATA karneti egasining (vakili) “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi shartlariga rioya qilish majburiyati, ATA karnetidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari va bojxona to‘lovlarini to‘lash kafolatini hisobga olgan holda tovarlar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi. 27. Nazorat bojxona organi ATA karnetining oq rangdagi yirtib olingan “reexportation” vaucheri hamda ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati va uning qo‘shimcha varaqlarining (mavjud bo‘lganda) nusxasi asosida “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi shartlariga rioya qilinishi yuzasidan bojxona nazoratini amalga oshiradi. 28. ATA karnetini qo‘llagan holda olib kirilgan tovarlarni qayta olib chiqish (reeksport) amalga oshirilganda, tegishli bojxona organi ATA karnetining oq rangli yirtib olinadigan “reexportation” vaucherini rasmiylashtiradi va uch kun ichida uning nusxasini “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimini nazorat qilishni yakunlash uchun nazorat bojxona organiga yuboradi. ATA karnetining rasmiylashtirilgan yirtib olinadigan vauchyerlari ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati va uning qo‘shimcha varaqlarining (mavjud bo‘lganda) nusxasi hamda ilova qilinadigan hujjatlar nusxasi bilan birga nazorat bojxona organida qoladi. 29. Konvensiya qoidalari buzilgan taqdirda ATA karnetini qo‘llagan holda olib kirilgan tovarlar bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi bojxona to‘lovlari to‘lanishini kafolatlaydi. 30. ATA karnetini qo‘llagan holda olib kirilgan tovarlar uchun nazorat bojxona organi oldida mazkur Nizomning 35-bandiga muvofiq hisoblangan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ATA karnetining egasi solidar tartibda javobgar bo‘ladilar. Savdo-sanoat palatasiga to‘lash uchun taqdim etilgan bojxona to‘lovlari umumiy miqdorining 10 foizidan oshib ketishi mumkin emas. 31. ATA karnetining amal qilish muddati tugagan sanadan boshlab, bir yillik muddat ichida bojxona to‘lovlarini to‘lash yuzasidan nazorat bojxona organi tomonidan ATA karneti egasi va Savdo-sanoat palatasiga bojxona to‘lovlarini to‘lash to‘g‘risida talabnoma (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) yuboriladi. 32. ATA karnetini qo‘llagan holda olib kirilgan tovarlar qayta olib chiqilganligini (reeksport) isbotlash uchun Savdo-sanoat palatasi talabnomani olgan kundan e’tiboran olti oy ichida nazorat bojxona organiga ATA karnetini qo‘llagan holda olib chiqishni (reeksport) rasmiylashtirgan bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda to‘ldirilgan va muhri bilan tasdiqlangan ATA karnetining oq rangdagi yirtib olinadigan “reexportation” vauchyerlari nusxasini taqdim etadi. Nazorat bojxona organi ATA karnetini qo‘llagan holda olib kirilgan tovarlarning qayta olib chiqiliganligi (reeksport) dalillari sifatida boshqa hujjatlarni qabul qilishlari mumkin. Taqdim etilgan hujjatlar asosida “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimining amal qilish muddati tugagan holatlarda, nazorat bojxona organi bu haqda Savdo-sanoat palatasiga xabar beradi. 33. Mazkur Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning amal qilish muddati belgilangan muddatgacha bojxona organlariga taqdim etilmagan taqdirda, ATA karneti egalari va Savdo-sanoat palatasi mazkur Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan miqdorlarda bojxona to‘lovlarini to‘lashi shart. 34. Agar Savdo-sanoat palatasi yoki ATA karnetining egasi yoki boshqa manfaatdor shaxs bojxona organlariga avariya yoki yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holati tufayli tovarlarning to‘liq yo‘q qilinishi yoki yo‘qotilishi to‘g‘risida qoniqarli dalillarni taqdim etsa va ATA karnetining amal qilish muddati tugagan kundan boshlab bir yil o‘tgan bo‘lsa, talabnoma Savdo-sanoat palatasiga taqdim etilmaydi. 35. Konvensiya talablari, shuningdek, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimlari shartlari buzilgan taqdirda, bojxona to‘lovlarini hisoblash nazorat bojxona organi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) ATA karnetini qo‘llab rasmiylashtirilgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasidan ATA karnetida ko‘rsatilgan muddatda amalda olib chiqilmagan bo‘lsa, bojxona to‘lovlari summasi ushbu tovarlar “erkin muomalaga chiqarish (import)” rejimiga joylashtirilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar miqdorida hisoblanadi. Bunda Bojxona kodeksining 45-bobiga muvofiq bojxona organi ATA karnetini qabul qilingan kunda amal qiladigan boj to‘lovlari stavkalari, shuningdek chet el valyutasining kurslari qo‘llaniladi; b) tovarlar vaqtincha olib kirish muddati yakunlanganidan so‘ng olib chiqilganda, bojxona to‘lovlari Bojxona kodeksining 11-bobiga muvofiq vaqtincha olib kirish muddati tugagan kundan tovarlar amalda olib chiqilgan kungacha bo‘lgan vaqt uchun hisoblanadi; v) ATA karnetini qo‘llagan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni maqsadsiz foydalangan, ammo ular belgilangan muddatda olib chiqilgan taqdirda, Bojxona kodeksining 11-bobiga muvofiq ular bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari ushbu tovarlarni ularning maqsadi bo‘yicha foydalanish talabini buzgan holda muomalaga chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi, agar ushbu kun belgilanmagan bo‘lsa ATA karnetining nazorat bojxona organi qabul qilgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi. 36. Mazkur Nizomning 35-bandida ko‘rsatilgan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimining shartlari buzilgan taqdirda, bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlari undiriladi. 37. Konvensiya talablari va “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi shartlari buzilgan taqdirda bojxona organi tomonidan ATA karneti egasi va Savdo-sanoat palatasiga bu haqda talabnoma yuboradi. Talabnomada qoidabuzarlikning mohiyati bayon qilinadi, buzilish faktini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shu jumladan, bojxona organi tomonidan rasmiylashtirilgan ATA karnetining nazorat varaqasi nusxasi, shuningdek, bojxona to‘lovlari va bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlari miqdorini hisobi ko‘rsatiladi. 38. Mazkur Nizomning 35-bandida ko‘rsatilgan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimining shartlari buzilgan taqdirda, bojxona organi ATA karneti egasidan bojxona to‘lovlari va yig‘imlarini majburiy undirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi. Bojxona organi tomonidan ATA karneti egasidan bojxona to‘lovlari va yig‘imlari qisman undirilgan bo‘lsa, u holda qolgan qismini undirish bo‘yicha Savdo-sanoat palatasiga ma’lum qiladi. Bojxona organi tomonidan ATA karneti egasidan bojxona to‘lovlari va yig‘imlari to‘liq undirilgan bo‘lsa, u holda Savdo-sanoat palatasiga talabnoma qo‘yilmaydi yoki yuborilgan talabnoma qaytarib olinadi. 39. Savdo-sanoat palatasi talabnoma olingan kundan boshlab, olti oy ichida qayta olib chiqish to‘g‘risida dalillar yoki ATA karnetini tegishli ravishda rasmiylashtirilganligini taqdim etsa, bojxona organi dalillar olingan kundan boshlab 15 kun ichida ularni ko‘rib chiqadi va talabnomani to‘liq (qisman) qaytarib olish yoki ularni rad etish to‘g‘risida qarorini qabul qiladi. Talabnomani to‘liq (qisman) qaytarib olish yoki ularni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, bojxona organi Savdo-sanoat palatasini ushbu qarorni qabul qilinganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. 40. Savdo-sanoat palatasidan talabnoma olingan kundan boshlab olti oy ichida hech qanday tushuntirish olinmasa yoki ular bojxona organi tomonidan rad etilgan bo‘lsa, Savdo-sanoat palatasi darhol bojxona organining hisob raqamiga talabnomada ko‘rsatilgan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona to‘lovlari va bojxona yig‘imlari summasini ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan miqdorlarda o‘tkazishi shart. 41. Talabnomada ko‘rsatilgan bojxona to‘lovlar va yig‘imlari to‘langan kundan boshlab uch oy mobaynida Savdo-sanoat palatasi tovarlarning qayta olib chiqilishi (reeksport) to‘g‘risida dalillar taqdim qilishi mumkin. Hududiy bojxona boshqarmasi tovarlarni qaytarib olib chiqish (reeksport) dalillari olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay ularni ko‘rib chiqadi va Savdo-sanoat palatasiga dalillarni to‘liq (qisman) qabul qilinganligi yoki ular rad etilganligi (sabablarini ko‘rsatgan holda) haqida xabar beradi. Tovarlarning olib chiqilganligi (reeksport) dalillari mavjud bo‘lgan va Konvensiya talablari buzilmagan taqdirda, Savdo-sanoat palatasi tomonidan to‘langan summalar Bojxona kodeksining 49-bobiga muvofiq qaytariladi. 42. To‘lanishi lozim bo‘lgan summalar bojxona organlarining hisob raqamiga o‘tkazilmasa, olti oylik muddat o‘tgandan so‘ng bojxona organi ushbu summalarni Savdo-sanoat palatasidan undirish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi. 43. “Vaqtincha olib kirish” bojxona rejimini Bojxona kodeksiga muvofiq boshqa bojxona rejimiga o‘zgartirishda va ushbu bojxona rejimining shartlari O‘zbekiston Respublikasidan tovarlarni olib chiqishni nazarda tutmaydigan bo‘lsa, bojxona organi ATA karnetining oq rangdagi yirtib olinadigan “importation” vaucheriga belgi qo‘yadi va shu paytdan boshlab Savdo-sanoat palatasi majburiyatlardan ozod qilinadi, shuningdek, ATA karnetining oq rangdagi “importation” koreshogida bojxona deklaratsiyasining raqami ko‘rsatiladi. 44. Konvensiya talablari tadbiq qilinadigan tovarlar “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirilganda, ularni deklaratsiyalash Savdo-sanoat palatasi tomonidan taqdim etilgan ATA karneti deklarantning tanloviga ko‘ra tovarlarga deklaratsiya sifatida foydalanilishi mumkin. Bojxona organlari Bojxona kodeksida belgilangan tartibda ATA karnetini qo‘llagan holda vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshiradi. Bojxona ko‘rigi dalolatnomasini rasmiylashtirishda tovarlarning tavsifi sifatida tovarlarning umumiy ro‘yxatidan foydalanishga ruxsat etiladi. 45. ATA karneti bojxona organiga taqdim etiladi va uni bergan kafolatlovchi uyushma tomonidan to‘ldirilgan va rasmiylashtirilgan taqdirda qabul qilinadi. Bunda, ATA karnetining muqovasida uni bergan kafolatlovchi uyushma ATA karneti qabul qilinishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarni va ushbu mamlakatlar yoki bojxona hududlarining kafolatli birlashmalarining nomlari ko‘rsatilishi kerak. Bojxona organiga ATA karneti taqdim etilganda, uning egasi (vakili) tomonidan ATA karnetining sariq rangdagi “exportation” yirtib olinadigan vaucheri to‘ldiriladi. 46. ATA karnetning amal qilish muddati ATA karnetini taqdim etuvchi kafolatlovchi uyushma tomonidan berilgan sanadan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim. ATA karnetidan foydalanib harakatlanayotgan tovarlarni vaqtincha olib chiqish muddati Konvensiyada belgilangan talablarga muvofiq belgilanadi. 47. Bojxona organi ATA karnetini qabul qilganda uning to‘ldirilganligini tekshiradi. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor beriladi: ATA karnetining amal qilish muddati; tovarlarning umumiy ro‘yxati va qo‘shimcha varaqalarni tegishli ravishda to‘ldirish va rasmiylashtirish; sariq rangdagi ATA karnetining yirtib olinadigan vaucherini to‘ldirish (unda keltirilgan ma’lumotlar ATA karnetining muqovasi old va orqa tomonlarida ko‘rsatilgan va yuk kuzatuv va transport hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi kerak). Barcha talablar bajarilgan taqdirda ATA karnetini rasmiylashtirish uchun bojxona organining mansabdor shaxsi bunday ATA karnetini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qiladi. Tovarlarni chiqarishga qaror qilinganda, ATA karneti vaqtincha olib chiqish ruyxatidan o‘tkazishning elektron ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda bojxona organining mansabdor shaxsi mazkur Nizom ilovasining 4-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni ATA karneti muqovasining oldingi chap tomonining pastki qismiga ATA karnetning sariq rangdagi “exportation” koreshogi va yirtib olinadigan vaucheriga kiritadi. 48. ATA karnetning sariq rangdagi “exportation” koreshogi va yirtib olinadigan vaucheri to‘ldirilganidan so‘ng, bojxona organining mansabdor shaxsi: ATA karnetining sariq rangdagi yirtib olinadigan vaucherni boshqa birlashtirilgan varaqlaridan ajratadi; rasmiylashtirilgan ATA karnetini egasiga (vakiliga) qaytaradi. 49. ATA karnetining rasmiylashtirilgan sariq rangdagi yirtib olinadigan vauchyerlari ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati va uning qo‘shimcha varaqlarining (mavjud bo‘lganda) nusxasi hamda ilova qilinadigan hujjatlar nusxasi bilan birga nazorat bojxona organida qoladi. 50. Nazorat bojxona organi tovarlarni “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimi shartlariga rioya etilishini olib qolingan ATA karnetining rasmiylashtirilgan yirtib olinadigan vauchyerlari hamda ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati va uning qo‘shimcha varaqlarining (mavjud bo‘lganda) nusxasi asosida bojxona nazoratini amalga oshiradi. 51. Bojxona organi tomonidan ATA karneti qabul qilib olingandan so‘ng unga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 52. O‘zbekiston Respublikasidan ilgari vaqtincha olib chiqilgan tovarlarni “reimport” bojxona rejimi ostida ATA karnetidan foydalangan holda joylashtirishda ularning bojxonada deklaratsiyalanishi ATA karneti tovarlari uchun deklaratsiya sifatida qo‘llanishi mumkin. 53. Bojxona organi ATA karnetini rasmiylashtirishda uning sariq rangdagi “reimportation” koreshogi va yirtib olinadigan vaucherini mazkur Nizom ilovasining 5-bandiga muvofiq tartibda to‘ldiriladi. 54. Bojxona organlari Bojxona kodeksiga muvofiq ATA karneti asosida O‘zbekiston Respublikasiga qayta olib kiriladigan (reimport) tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllaridan foydalanadi. Bojxona ko‘rigi dalolatnomalarini tuzishda tovar tavsifi sifatida tovarlarning umumiy ro‘yxatlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. 55. ATA karnetining koreshogi va yirtib olinadigan vaucheri to‘ldirilgandan so‘ng, bojxona organining mansabdor shaxsi: yirtib olinadigan vaucherni “reimport” bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishda ATA karnetining sariq rangdagi “reimportation” vaucherini birlashtirilgan ATA karneti varaqlaridan ajratadi; elektron ma’lumotlar bazasiga zarur ma’lumotlarni kiritadi; rasmiylashtirilgan ATA karnetining egasiga (vakiliga) qaytaradi. 56. ATA karnetining rasmiylashtirilgan yirtib olinadigan vauchyerlari ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati va uning qo‘shimcha varaqlarining (mavjud bo‘lganda) nusxasi hamda ilova qilinadigan hujjatlar nusxasi bilan birga nazorat bojxona organida qoladi. 57. Tovarlar “reimport” bojxona rejimi ostiga ushbu tovarlarni “vaqtinchalik olib chiqish” bojxona rejimi ostida joylashtirgan bojxona organidan boshqa bojxona organida joylashtirilgan bo‘lsa, ushbu bojxona organi ATA karnetining sariq rangdagi “reimportation” yirtib olinadigan vaucheri nusxasi va tovarlar umumiy ro‘yxatining nusxasi bilan uch kun ichida tovarlarni “vaqtinchalik olib chiqish” bojxona rejimi ostida ATA karnetini qo‘llagan holda joylashtirgan bojxona organiga xabarnoma (xat) yuboradi. 58. ATA karneti egasining (vakilining) arizasiga asosan tovarlarni vaqtinchalik olib chiqish uchun belgilangan muddat ATA karnetining egasi (vakili) murojaat qilgan hududiy bojxona boshqarmasi qarori asosan ATA karnetining amal qilish muddati mobaynida uzaytiriladi. 59. Tovarlarni vaqtincha olib chiqish uchun belgilangan muddatni uzaytirishda hududiy bojxona boshqarmasining mansabdor shaxsi tomonidan mazkur Nizom ilovasining 6-bandida belgilangan tartibda ATA karnetining sariq rangdagi “exportation” koreshogi va yirtib olinadigan vauchyerlari to‘ldiriladi va elektron ma’lumotlar bazasiga ATA karnetining ma’lumotlari bo‘yicha uzaytirish muddati ko‘rsatilgan holda tegishli yozuv kiritiladi. 60. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 61. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 1. ATA karnetining oq rangdagi “importation” koreshok va yirtib olinadigan vauchyerlarini to‘ldirish va rasmiylashtirish: a) yirtib olinadigan vaucherda: “N” grafasining “b” kichik bandida tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqish vaqtini hisobga olmagan holda ulardan ATA karnetini qo‘llagan holda maqsadli foydalanish tugaydigan muddat sanasi qo‘yiladi va u quyidagicha shakllantiriladi: GGGG/MM/DD, bunda GGGG ― yil; MM ― oy; DD ― kun. Ushbu sana ATA karneti muqovasining old tomonidagi kafolatlovchi uyushma tomonidan qo‘yilgan (“G” grafaning “s” kichik bandi “Valid until/Valable jusqʼau”) ATA karnetining amal qilish muddatidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas; “N” grafasining “s” kichik bandida bojxona yuk deklaratsiyasidagi ro‘yxatga olish raqami kabi shakllantiriladigan bojxona organida ro‘yxatga olish raqami qo‘yiladi; “N” grafasining “d” kichik bandida tovarlarga nisbatan amalga oshirilgan bojxona operatsiyalari to‘g‘risida nazorat bojxona organining alohida quyidagi belgilari qo‘yiladi: bojxona ko‘rigi o‘tkazilganligi; qo‘llanilgan identifikatsiya vositalari, shu jumladan, qo‘yilgan bojxona plombalari, ularning raqamlari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Agar bojxona organi tomonidan identifikatsiya vositalari qo‘llanilgan bo‘lsa, ushbu yirtib olinadigan vaucherga tegishli bo‘lgan tovarlarning umumiy ro‘yxatining 7-ustuniga ushbu tovarlar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi; “N” grafasining pastki qismiga “At” so‘zidan so‘ng, nazorat bojxona organining to‘liq nomi va kodi qo‘yiladi hamda deklaratsiyalashning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot kiritiladi (“Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi, tovarlar chiqarilgan sana, shuningdek, “signature and stamp” so‘zlarining ustiga shaxsiy raqamli muhr va imzo qo‘yiladi). b) koreshokda: 1-grafada yirtib olinadigan vaucherning “F” grafasi “a” kichik bandidan bojxona nazorati amalga oshirilgan tovarlarning tartib raqamlari qo‘yiladi; 2-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan sana qo‘yiladi; 3-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “s” kichik bandidan bojxona organida ro‘yxatga olish raqami qo‘yiladi; 4-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “d” kichik bandidan alohida belgilar qo‘yiladi; 5-grafada nazorat bojxona organining to‘liq nomi va kodi qo‘yiladi; 6-grafada nazorat bojxona organining tarkibiy tuzilmasi joylashgan aholi punkti nomi ko‘rsatiladi; 7-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi quyi qismidan yirtib olinadigan vaucherning rasmiylashtiruv sanasi qo‘yiladi; 8-grafada nazorat bojxona organining mansabdor shaxsi shtampi, shaxsiy muhri, imzo, shuningdek, yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi quyi qismidan boshqa ma’lumotlar qo‘yiladi. 2. ATA karnetining oq rangdagi “reexportation” koreshogi va yirtib olinadigan vaucherining nazorat bojxona organining mas’ul mansabdor shaxsi tomonidan to‘ldirilishi va rasmiylashtirilishi: a) yirtib olinadigan vaucherda: “N” grafasining “a” kichik bandida yirtib olinadigan vaucherning “F” grafasi “a” kichik bandidan ko‘rsatilib, olib kirilgan tovarlarning bojxona nazoratidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida “tekshirildi” yozuvini qo‘lda yozgan holda belgi qo‘yiladi; “N” grafasining “b” kichik bandida tovarlarga nisbatan amalga oshirilgan bojxona operatsiyali ko‘rsatiladi, agar ular amalga oshirilsa, biroq olib chiqilmasdan O‘zbekiston Respublikasida boshqa bojxona rejimiga joylashtirilsa (agar ushbu tovarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartibda bojxona operatsiyalarini amalga oshirish lozim bo‘lsa). Bunday holda ATA karnetining oq rangdagi “reexportation” yirtib olinadigan vaucherining “F” grafasi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan tovarlarning boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan bojxona deklaratsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi; “N” grafasining “s” kichik bandida bojxona organiga taqdim qilish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish (reeksport) imkoni yo‘q bo‘lgan tovarlarga nisbatan qo‘llanilgan harakatlar ko‘rsatiladi. Mazkur kichik bandda quyidagi kabi hujjatlar (shu jumladan, bojxona deklaratsiyalari) ko‘rsatiladi: ushbu tovarlarning avval qaytarib olib chiqilishi amalga oshirilgan ATA karnetining oq rangdagi “reexportation” yirtib olinadigan vauchyerlari; O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlar boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan bojxona deklaratsiyalari; “N” grafasining “d” kichik bandida bojxona yuk deklaratsiyasidagi ro‘yxatga olish raqami kabi shakllantiriladigan, bojxonada ro‘yxatga olish raqami qo‘yiladi; “N” grafasining “e” kichik bandi tovarlarni qaytarib olib chiqishni rasmiylashtirish va amalda olib chiqish nazorat bojxona organidan boshqa bojxona organi tomonidan amalga oshirilganda to‘ldiriladi. Mazkur kichik bandda tovarlar olib chiqiladigan bojxona organining kodi va to‘liq nomi qo‘yiladi; “N” grafaning “f” kichik bandi ATA karnetining oq rangdagi “importation” yirtib olinadigan vaucherining “N” grafasi “d” kichik bandi uchun belgilangan tartibda to‘ldiriladi; “N” grafasining pastki qismiga “At” so‘zidan so‘ng, bojxona organining kodi, to‘liq nomi qo‘yiladi, bojxona operatsiyalari va bojxona nazorati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot kiritiladi (“Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi, tovarlar shartli chiqarilgan sana, shuningdek, “signature and stamp” so‘zlarining ustiga shaxsiy muhr va imzo qo‘yiladi). b) koreshokda: 1-grafada ATA karnetining oq rangdagi “importation” vaucherining bojxona ro‘yxat raqamlarini ko‘rsatgan holda ushbu vauchyerlar bo‘yicha vaqtincha olib kirilgan va yirtib olinadigan vaucherning “F” grafasi “a” kichik bandidan qayta olib chiqishga (reeksport) ruxsat berilgan tovarlarga nisbatan tovarlarning umumiy ro‘yxatidan tovarlarning tartib raqamlari qo‘yiladi; 2-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “b” kichik bandidan ma’lumotlar ko‘rsatiladi; 3-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “s” kichik bandidan ma’lumotlar ko‘rsatiladi; 4-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “d” kichik bandidan bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olish raqami qo‘yiladi; 5, 6, 7 va 8-grafalar ATA karnetining oq rangdagi “importation” koreshogining mos grafalarini to‘ldirish talablariga muvofiq to‘ldiriladi. 3. Tovarlarni vaqtincha olib kirish uchun belgilangan muddatni uzaytirishda ATA karnetining oq rangdagi “importation” koreshogi va yirtib olinadigan vauchyerlarini to‘ldirish va rasmiylashtirish: a) ATA karnetining oq rangdagi “importation” yirtib olinadigan vaucherining “N” grafasi “b” kichik bandiga “vaqtincha olib kirish muddati ....gacha uzaytirildi” yozuvini qo‘l bilan yozib, uzaytirilgan muddatni ko‘rsatgan holda vaqtincha olib kirish muddatining uzaytirilganligi to‘g‘risida belgi, shaxsiy muhr va imzo qo‘yiladi; b) ATA karnetining oq rangdagi “importation” koreshogi 2-bandiga “vaqtincha olib kirish muddati ....gacha uzaytirildi” yozuvini qo‘l bilan yozib, uzaytirilgan muddatni ko‘rsatgan holda vaqtincha olib kirish muddatining uzaytirilganligi to‘g‘risida belgi, shaxsiy muhr va imzo qo‘yiladi. 4. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan ATA karnetining muqovasi yuz tomonidagi “N” grafaning pastki chap katakchasi, sariq rangdagi “exportation” koreshogi va yirtib olinadigan vauchyerlarning to‘ldirilishi va rasmiylashtirilishi: a) ATA karnetining muqovasi yuz tomonidagi “N” grafasining pastki chap katakchasida: “a” kichik bandida ATA karnetidagi tovarlarning umumiy ro‘yxati 7 kolonkasidagi identifikatsiya vositalari qo‘yilgan tovarlar umumiy ro‘yxatidan tovarlar va qo‘shimcha varaqlar raqamlari ko‘rsatiladi; “b” kichik bandida bojxona ko‘rigi o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Bojxona ko‘rigi o‘tkazilganda “yes/da”ning ro‘parasiga tegishli belgi qo‘yiladi, “no/net” chizib o‘chiriladi; “s” kichik bandida bojxona yuk deklaratsiyasidagi ro‘yxatga olish raqami kabi shakllantiriladigan, bojxonada ro‘yxatga olish raqami qo‘yiladi; “d” kichik bandida tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotgan bojxona organining kodi va to‘liq nomi; quyidagi shaklda shakllantiriladigan ATA karnetining rasmiylashtiruv sanasi: GGGG/MM/DD, bunda: GGGG ― yil; MM ― oy; DD ― kun; shaxsiy raqamli muhr va imzo; b) ATA karnetining sariq rangdagi “exportation” koreshogi va yirtib olinadigan vaucherda: yirtib olinadigan vaucherda: “N” grafaning “a” kichik bandida tovarlarning umumiy ro‘yxatidan va qo‘shimcha varaqlarning “F” grafasi “a” kichik bandidan olib chiqilayotgan tovarlarning tartib raqamlari kiritiladi; “N” grafaning “b” kichik bandida agar O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlarni olib chiqishda qaytarib olib kirish shart bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilgan va “reimport” bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarning qaytarib olib kirish sanasi qo‘yiladi va u quyidagi tartibda shakllantiriladi: GGGG/MM/DD, bunda: GGGG ― yil; MM ― oy; DD ― kun; “N” grafaning “s” kichik bandi to‘ldirilmaydi; “N” grafaning “d” kichik bandida tovarlarga nisabtan amalga oshirilgan bojxona operatsiyalari va bojxona nazoratidagi harakatlar to‘g‘risida bojxona organining maxsus belgilari, xususan: bojxona ko‘rigi o‘tkazilganligi, qo‘llanilgan qiyoslash vositalari, shu jumladan, qo‘yilgan bojxona plombalari va ularning raqamlari hamda boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Agar bojxona organlari tomonidan identifikatsiya vositalari qo‘llanilgan bo‘lsa, ular to‘g‘risidagi ma’lumot ushbu yirtib olinadigan vaucherga tegishli tovarlarning umumiy ro‘yxati 7-ustunining tegishli joyida ko‘rsatiladi; “N” grafasining pastki qismiga “At” so‘zidan so‘ng, tovarlar “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirilgan bojxona organining kodi va to‘liq nomi ko‘rsatilib, bojxona operatsiyalarini amalga oshirish va bojxona nazorati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi (“Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi, tovarlar shartli chiqarilgan sana, shuningdek, “signature and stamp” so‘zlarining ustiga shaxsiy raqamli muhr va imzo qo‘yiladi); koreshokda: 1-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “a” kichik bandidan olib chiqilayotgan tovarlarning tartib raqamlari qo‘yiladi; 2-grafada belgilangan katakda yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan sana qo‘yiladi; 3-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “d” kichik bandidan maxsus belgilar qo‘yiladi; 4-grafada tovarlarni shartli chiqarishni amalga oshirgan bojxona organining kodi va to‘liq nomi ko‘rsatiladi; 5-grafada bojxona organining tarkibiy tuzilmasi joylashgan aholi punkti nomi ko‘rsatiladi; 6-grafada “N” yirtib olinadigan vaucherning pastki qismidan tovarlarning shartli chiqarish sanasi qo‘yiladi; 7-grafada tegishli shtamp va shaxsiy raqamli muhr, imzo va yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi “d” kichik bandi pastki qismidan boshqa ma’lumotlar qo‘yiladi. 5. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan ATA karnetining sariq rangdagi “reimportation” koreshogi va yirtib olinadigan vauchyerlarining to‘ldirilishi va rasmiylashtirilishi: a) yirtib olinadigan varaq vaucherda: “N” grafasining “a” kichik bandi agar tovarlar nazorat bojxona organidan boshqa bojxona organida “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirilgan bo‘lsa to‘ldiriladi. Mazkur kichik bandda ATA karnetining sariq rangdagi “exportation” 4-grafasida bojxona organining kodi va to‘liq nomi qo‘yiladi; “N” grafaning “s” kichik bandi ATA karnetining sariq rangdagi “exportation” yirtib olinadigan vaucheri “N” grafasi “d” kichik bandi talablari bo‘yicha to‘ldiriladi. Agar tovarlar bir nechta turkumlar bilan qaytarib olib kirilayotgan bo‘lsa, tovarlarning avvalgi qayta olib kirilganligini (reimport) tasdiqlovchi ma’lumotlar va “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning boshqa bojxona rejimiga joylashtirilganligi (bunday tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq tartibda amalga oshiriladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bunday holda kichik bandda ushbu tovarlar avval reimport qilingan sariq rangdagi “reimportation” yirtib olinadigan vauchyerlar to‘g‘risida. ATA karnetining sariq rangdagi yirtib olinadigan vaucherining “F” grafasi “s” kichik bandida ko‘rsatilgan, tovarlar boshqa bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi; “N” grafasining pastki qismiga “At” so‘zidan so‘ng, tovarlarni “qayta olib kirish” (reimport) bojxona rejimiga joylashtirgan bojxona organining kodi va to‘liq nomi ko‘rsatilib, bojxona operatsiyalarini amalga oshirish va bojxona nazorati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi (“Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi, tovarlar chiqarilgan sana, shuningdek, “signature and stamp” so‘zlarining ustiga shaxsiy raqamli muhr va imzo qo‘yiladi). b) koreshokda: 1-grafada tovarlarning umumiy ro‘yxatidan ATA karnetining sariq rangdagi “exportation” vauchyerlari bo‘yicha vaqtincha olib chiqilgan va yirtib olinadigan varaq vaucherning “F” grafasi “a” kichik bandidan qayta olib kirishga (reimport) ruxsat berilgan tovarlarning tartib raqamlari ushbu vauchyerlarning bojxonada ro‘yxatga olish raqamlari ko‘rsatilgan holda qo‘yiladi; 2-grafada ATA karnetining “exportation” yirtib olinadigan varag‘i “N” grafasi “s” kichik bandidan ma’lumotlar ko‘rsatiladi; 3-grafada ATA karnetini qo‘llagan holda qayta olib kirilayotgan (reimport) tovarlarni chiqarishni amalga oshirgan bojxona organining kodi va to‘liq nomi ko‘rstailadi; 4-grafada bojxona organining tarkibiy tuzilmasi joylashgan aholi punktining nomi, tovarlarni rasmiylashtirayotgan vakolatli mansabdor shaxs ko‘rsatiladi; 5-grafada yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi pastki qismidan ATA karnetining sariq rangdagi yirtib olinadigan vaucher rasmiylashtirilgan va tovarlar chiqarib yuborilgan sana qo‘yiladi; 6-grafada tegishli shtamplar, shaxsiy muhr, imzo, shuningdek, yirtib olinadigan vaucherning “N” grafasi pastki qismidan boshqa ma’lumotlar qo‘rsatiladi. 6. Tovarlarni vaqtincha olib chiqish uchun belgilangan muddatni uzaytirishda ATA karnetining sariq rangdagi “exportation” yirtib olinadigan vauchyerlarini to‘ldirish va rasmiylashtirish: a) ATA karnetining sariq rangdagi yirtib olinadigan “exportation” vaucheri “N” grafasining “b” bandiga uzaytirish sanasini ko‘rsatgan qo‘lda yozilgan yozuv bilan belgi qo‘yadi, shuningdek, shaxsiy muhr va imzo qo‘yiladi; b) ATA karnetining “exportation” koreshogi 2-grafasiga vaqtinchalik olib chiqish muddati uzaytirilgani haqida qo‘lda yozilgan yozuv bilan hamda shaxsiy muhr va imzo qo‘yiladi; v) ATA karnetlari bo‘yicha vaqtinchalik olib chiqish va qayta olib kirishni ro‘yxatga olish elektron ma’lumotlar bazasida ushbu ATA karnetining “vaqtinchalik olib chiqishga ruxsat muddati” grafasiga uzaytirish sanasi ko‘rsatilgan holda “muddat ...gacha uzaytirilgan” deb qo‘shimcha qiladi.
134
44,653
Qonunchilik
1991-YILGAChA QURILGAN KO‘P XONADONLI TURAR JOY BINOLARINING UMUMFOYDALANADIGAN JOYLARI VA MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI KAPITAL TA’MIRLANIShINI YAKUNLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini isloh qilish Dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mulkdorlarga tegishli turar joy fondini saqlashda ularning rolini oshirish, 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital ta’mirlanishini o‘z vaqtida yakunlashni ta’minlash maqsadida: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan, 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007—2010-yillarda kapital ta’mirlash Jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, uy-joy fondini saqlash monitoringini o‘tkazuvchi komissiyalar rahbarlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining raislari zimmasiga mazkur Jadvalning ijrosi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin. 2. Belgilansinki: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari, Toshkent shahrida esa Toshkent shahar hududiy kommunal-ekspluatatsiya birlashmalari turar joy binolarini kapital ta’mirlash ishlari bo‘yicha bosh buyurtmachi, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari esa buyurtmachi hisoblanadi; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizi miqdoridagi mablag‘lar depozit hisobvaraqlarda jamlanishini ta’minlash va kapital ta’mirlash yakunlangandan so‘ng binolarni foydalanish uchun qabul qilib olish ishlarini tashkil etishga javobgardirlar; 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarini kapital ta’mirlash faqat tanlov (tender) savdolari asosida shartnoma tuzish orqali, tanlov komissiyalari tarkibiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va fuqarolarning mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillarini albatta kiritgan holda amalga oshiriladi; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari turar joy binolarini foydalanish uchun qabul qilib olgandan so‘ng uni saqlashni ta’minlash, profilaktika va ta’mirlash ishlarini olib borish, uylar atrofini yaxshi saqlash va aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni tashkil etadilar. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, uy-joy fondini saqlash monitoringini o‘tkazuvchi komissiyalar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishtirokida: 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarini puxta inventarizatsiya qilish bo‘yicha xulosalar asosida har yili uylarning nuqsonlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar tuzsin hamda ularning shahar va tumanlar bo‘yicha 2007—2010-yillarda kapital ta’mirlashning aniq manzilli dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin; har yili tasdiqlanadigan manzillar ro‘yxatiga 1991-yilgacha qurilgan turar joy binolarini kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining shirkatning depozit hisobvaraqlarida jamlangan 30 foizi miqdorida, jumladan homiylar mablag‘lari hisobiga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan moliyalashtirilishi sharti bilan kiritsin; ko‘p xonadonli uy-joy fondida tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, jumladan resurs smetasini (uylarni kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarning baholangan ro‘yxatini) hisobga olgan holda olib borilayotgan ta’mirlash-qayta tiklash ishlari ustidan nazoratni amalga oshirsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, ilovaga muvofiq, 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarini kapital ta’mirlashda bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishini qattiq nazoratga olsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 2007—2010-yillarda tegishli yilga Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarini kapital ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ta’mirlash umumiy smeta qiymatining 70 foizi miqdorida mablag‘ ajratishni nazarda tutsin; mazkur mablag‘lar turar joy binolarining muhandislik kommunikatsiyalari va tomini kapital ta’mirlashga qat’iy yo‘naltirilganligini nazarda tutgan holda, ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilsin. 6. 2007-yilning 1-yanvaridan 2014-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar va budjetga, davlat maqsadli fondlari hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga, yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, majburiy ajratmalar to‘lashdan: xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ixtisoslashtirilgan boshqaruvchilari — xizmat ko‘rsatish tashkilotlari uy-joy fondiga xizmat qilish va ta’mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatganda ozod etilsin. 7. “O‘zkommunxizmat” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007—2010-yillarda kapital ta’mirlash Jadvalining bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy axborot berib borsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
184
5,413
Qonunchilik
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi hamda Ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil eti
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga muvofiq hamda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq; Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi. 2. Jamoatchilik kengashi faoliyati himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy himoyalashda idoralararo muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan, O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi o‘rinlarda RBIMM deb ataladi) faoliyati bilan bog‘liq vazifalarni samarali bajarish uchun RBIMM huzurida tashkil etilgan maslahat organi hisoblanadi. Jamoatchilik kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 3. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 4. Jamoatchilik kengashining asosiy maqsadi bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimiga (vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlariga) ko‘maklashishdan iborat. 5. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi: bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash; bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha himoyaga muhtoj guruh bolalarini samarali ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish; himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarni samarali ijtimoiy himoya qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi muassasalari va mutaxassislarining amaliy faoliyati asoslarini hamda mezonlarini ishlab chiqish; bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi atamalar va asosiy tushunchalarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va takomillashtirish; bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilishini tashkil etish; bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash; bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 6. Jamoatchilik kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida vazirliklar, idoralar va huquqni muhofaza qilish organlaridan zarur ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda so‘rash va olish; kompleks dasturlarni hamda alohida ishlarni ishlab chiqish uchun olimlar va amaliyotchi mutaxassislarni, shu jumladan shartnoma asosida RBIMM mablag‘lari va moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga belgilangan tartibda jalb etish; vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish va Jamoatchilik kengashi manfaatlarini ifodalash; o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolari, olimlar, amaliyotchi mutaxassislar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat komissiyalarni, shuningdek faoliyatiga rahbarlik qilish Jamoatchilik kengashi a’zosi zimmasiga yuklanadigan doimiy va vaqtinchalik ishchi guruhlarni tuzish. 7. Jamoatchilik kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun amaldagi aniq natijalar samaradorligi tahlilini amalga oshirishi hamda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi faoliyatini (muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish yo‘li bilan) umumlashtirishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritishi zarur: himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmini takomillashtirish; bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining idoralararo muvofiqlashtirilishini takomillashtirish; qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. 8. Jamoatchilik kengashining ishlari bolalarni ijtimoiy himoya qilishga doir davlat dasturlari hamda yillik rejalar asosida amalga oshiriladi. 9. Yillik ish rejasi belgilangan masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, unda bajarish uchun mas’ullar hamda ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. 10. Yillik ish rejasiga Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan kiritiladigan takliflar Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibiga yuboriladi. Tushgan takliflar ishchi guruhlar majlislarida muhokama qilingandan keyin yillik ish rejasi navbatdagi rejalashtirish davridan oldingi oyda Jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. 11. Jamoatchilik kengashi rais, rais o‘rinbosarlari, mas’ul kotib va Jamoatchilik kengashi a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi. Ular Jamoatchilik kengashi ishlarida jamoatchilik asosida ishtirok etadilar. Jamoatchilik kengashi a’zolarining nomzodlari tegishli vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tavsiya qilinadi. 12. RBIMM direktori Jamoatchilik kengashi raisi hisoblanadi. Jamoatchilik kengashi raisining vakolatlariga quyidagilar kiradi: Jamoatchilik kengashi majlisi kun tartibini belgilash hamda majlislarini chaqirish; Jamoatchilik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etish; Jamoatchilik kengashi a’zolari ishlarini ularga yuklangan vazifalarni bajarishlari bo‘yicha muvofiqlashtirish; Jamoatchilik kengashiga rahbarlik hamda uning faoliyatini nazorat qilish; Jamoatchilik kengashining samarali faoliyatini ta’minlashga doir boshqa ishlarni amalga oshirish. 13. Jamoatchilik kengashining mas’ul kotibi: barcha zarur hujjatlarning navbatdagi Jamoatchilik kengashi majlisiga o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi; Jamoatchilik kengashi majlislari kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘tkazilishini ta’minlaydi; Jamoatchilik kengashi a’zolarini va taklif qilinganlarni majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qiladi; Jamoatchilik kengashi qarorlarining ijrosi monitoringini olib boradi hamda uning natijalarini Jamoatchilik kengashi majlisida ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi; Jamoatchilik kengashi majlislari bayonnomalarini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan bayonnomalarni Jamoatchilik kengashi a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi; Jamoatchilik kengashi ish reglamentiga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi. 14. Jamoatchilik kengashining ish tartibi yillik ish rejasiga hamda RBIMM direktori tomonidan tasdiqlanadigan Jamoatchilik kengashining ish reglamentiga muvofiq tashkil etiladi. 15. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga taqdim etadi. 16. Jamoatchilik kengashi majlislari har yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarur hollarda Jamoatchilik kengashining navbatdan tashqari majlislari o‘tkazilishi mumkin. Jamoatchilik kengashi majlisini rais boshqaradi. Rais bo‘lmagan hollarda majlisni Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosarlari olib boradilar. 17. Jamoatchilik kengashi majlisi unda a’zolarining yarmidan ko‘pi ishtirok etganda vakolatli bo‘ladi. Jamoatchilik kengashi qarorlari Jamoatchilik kengashining majlisda ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan hollarda Jamoatchilik kengashi majlisida raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 18. Jamoatchilik kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun uning a’zolaridan ishchi guruhlar tashkil etiladi. Ularning faoliyati va tarkibi Jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Jamoatchilik kengashi majlislarida ishtirok etish, shuningdek ishchi guruh tarkibida ishlash uchun vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlaridan mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. 19. Jamoatchilik kengashi qarorlari Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasi uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi, mas’ul kotib tomonidan imzolanib, Jamoatchilik kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddatda Jamoatchilik kengashi a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. Jamoatchilik kengashining har bir a’zosi qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini yozma ifodalash huquqiga ega. 20. Jamoatchilik kengashi raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida, Jamoatchilik kengashining alohida masalalar bo‘yicha qarorlarini Jamoatchilik kengashi ishtirokchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li orqali tasdiqlashi mumkin. 21. Jamoatchilik kengashi bayonnomasining asl nusxasi va unga ilova qilingan materiallar Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibida saqlanadi. 22. Jamoatchilik kengashi qabul qilingan qarorlarning bajarilishini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi. 23. Jamoatchilik kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan javob beradi. 1. Mazkur Nizom Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi (keyingi o‘rinlarda Ilmiy-metodik kengash deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi. 2. Ilmiy-metodik kengash ilmiy-metodik va o‘quv, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, dasturlarni muhokama qilish, shuningdek bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning moslashuvini ta’minlash, reabilitatsiyasini amalga oshirish sohasidagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribani o‘rganish va ommalashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida tuzilgan kollegial maslahat organi hisoblanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 3. Ilmiy-metodik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (keyingi o‘rinlarda RBIMM deb ataladi) Ustaviga va ushbu Nizomga amal qiladi. 4. RBIMM mas’ul xodimlari Ilmiy-metodik kengash majlislarining yuqori saviyada va ushbu Nizomga muvofiq ravishda o‘tkazilishi yuzasidan javob beradilar. 5. Quyidagilar Ilmiy-metodik kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: nogiron, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, surunkali og‘ir kasal bolalar, shuningdek ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qaramog‘isiz qolgan bolalar, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga mansub notinch oilalar farzandlari, alohida iqtidorli bolalar muammolariga taalluqli ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, dasturlar va boshqa adabiyotlarni muhokama qilish, o‘z tavsiyalarini manfaatdor vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlariga taqdim etish; zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va bilimlarni milliy va xorijiy tajribani hisobga olgan holda huquqni qo‘llash, ijtimoiy, pedagogik, tibbiy-reabilitatsiya va profilaktika amaliyotiga tatbiq etish maqsadida RBIMM xodimlarining, boshqa tashkilotlar mutaxassislarining bolalarning oila davrasida, ta’lim olish sohasida, sog‘liqni saqlashda, mehnatga va kasbiy tayyorlashda, odil sudlov sohalarida ijtimoiy moslashuv muammolarini o‘rganishga doir fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqotlardagi ishtirokini ta’minlash; turli ilmiy-metodik va o‘quv qo‘llanmalarini ko‘rib chiqish va nashr etishga tavsiya qilish, RBIMM mutaxassislari tomonidan nashr etiladigan ma’lumotnoma materiallar va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni, seminarlar, treninglar dasturlarini va boshqa materiallarni, shuningdek himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasiga oid ilg‘or milliy hamda xalqaro ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalarni tasdiqlash; bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasi sohasida yangi shakllar, metodikalar, texnologiyalarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va joriy etish yo‘li bilan RBIMM umumiy faoliyati samaradorligini oshirish hamda mutaxassislar ishlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini tashkil etish; RBIMMda o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha hisobotlarni va ularning yakunlariga muvofiq xulosalarni tayyorlash hamda har yilning dekabr oyida taqdim etish; bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasi sohasidagi yetuk mutaxassislarni Ilmiy-metodik kengash majlislarida ishtirok etishga, ekspertiza o‘tkazishga, shuningdek RBIMM tomonidan nashr etiladigan ilmiy-metodik va boshqa adabiyotlarni tahlil va tahrir qilishga jalb etish; RBIMM hamkorlari (vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa tashkilotlar) tajribasini o‘rganish; tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish ishlarini olib borish, shuningdek ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni, metodik tavsiyalarni, seminarlar dasturlarini, psixologik treninglarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish. 6. Ilmiy-metodik kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega: mutaxassislarning mualliflik faoliyati, bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ishlarining holati haqidagi axborotlarni eshitish, shuningdek bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moslashtirish va reabilitatsiya qilishning tegishli masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish; bolalarning ijtimoiy himoyasi sohasidagi nashrlar, materiallar va tadqiqot dasturlari bo‘yicha ish olib borish maqsadida mualliflarning ijodiy guruhlarini shakllantirish; maqsadli auditoriyalar, tegishli vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, seminar dasturlari va psixologik treninglar taqdimotini o‘tkazish va qo‘llashga tavsiya etish; Ilmiy-metodik kengashga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida zarur axborotlarni vazirliklar, idoralar va huquqni muhofaza qilish organlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda so‘rash va olish; ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni ishlab chiqish maqsadida olimlar va amaliyotchi mutaxassislarni belgilangan tartibda, shu jumladan shartnoma asosida, RBIMM mablag‘lari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobiga jalb etish. 7. Ilmiy-metodik kengashning yillik ish rejasi har yili dekabrda o‘tkaziladigan yillik umumiy majlisda ko‘rib chiqiladi va Ilmiy-metodik kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. 8. Ilmiy-metodik kengash majlisi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda rejadan tashqari (ekstren) majlis chaqiriladi. 9. Ilmiy-metodik kengash majlisi unda Ilmiy-metodik kengash a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi, uning qarorlari qatnashayotganlarning yarmidan ortig‘i ovozi bilan qabul qilinadi. Majlis bayonnomalari ilmiy kotib tomonidan rasmiylashtiriladi. 10. Muallif yoki mualliflar guruhi tomonidan tayyorlangan nashrlar, materiallar va tadqiqot dasturlari ilmiy kotibga belgilangan tartibda ikki nusxada, ariza va taqrizlar bilan birgalikda topshiriladi. 11. Ilmiy-metodik kengash majlisida qo‘lyozmalar va dasturlar muhokama qilingandan so‘ng, muallif yoki mualliflar guruhiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir amaliy tavsiyalar beriladi. 12. Ilmiy-metodik kengash majlislari yillik ish rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. Kun tartibidagi masalalar Ilmiy-metodik kengashning ilmiy kotibi tomonidan puxta ishlab chiqiladi. 13. Ilmiy kotib a’zolar va mualliflarni Ilmiy-metodik kengash majlisi o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt haqida majlisdan kamida bir hafta oldin xabardor qiladi. Majlisga mazkur soha mutaxassislari ham taklif etilishi mumkin. Ular (ovoz berishda ishtirok etmay) qo‘lyozmalar haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin. 14. Ilmiy-metodik kengash majlisini rais, u bo‘lmaganda rais o‘rinbosari o‘tkazadi. 15. Ilmiy-metodik kengash raisi (u bo‘lmaganda esa — rais o‘rinbosari) yillik ish rejasini va kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash hamda qarorlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi. 16. Ilmiy-metodik kengash bayonnomasi 5 ish kuni muddatda kengash raisi (u bo‘lmaganda esa — rais o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi, Ilmiy-metodik kengash a’zolari tomonidan imzolanadi va ilmiy kotib tomonidan rasmiylashtiradi. Ilmiy-metodik kengash bayonnomasidan ko‘chirmalar ilmiy kotib tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. 17. Yozuvlarning to‘g‘riligi va ko‘chirmalarning asliga mosligi bo‘yicha Ilmiy-metodik kengash ilmiy kotibi mas’ul hisoblanadi. 18. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga respublikada va xorijda o‘zining ilmiy, metodik va amaliy ishlari bilan tanilgan olimlar, amaliyotchi mutaxassislar (pedagoglar, psixologlar, huquqshunoslar, shifokorlar, ijtimoiy soha xodimlari, sotsiologlar) kiradi. Ilmiy-metodik kengash a’zolari jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi. 19. Ilmiy-metodik kengash a’zolari: jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasiga oid o‘quv-metodik, ilmiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarning sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini taqdim etadilar; qo‘lyozmalarni muhokama qilishda faol ishtirok etadilar va ular bo‘yicha xolisona va asoslangan xulosalar beradilar; bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasiga oid ilmiy ishlar (dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy-tadqiqot ishlanmalari) bo‘yicha xulosalarni tuzishda ishtirok etadilar; ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish maqsadida bolalarning ijtimoiy moslashuvi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatadilar.
250
19,896
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMIDA QIMMATBAHO METALLAR VA QIMMATBAHO TOShLAR BILAN AMALGA OShIRILADIGAN OPERATSIYALAR VA ULARNING HISOBINI YURITISh
Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 40 va 42-moddalari, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar hisobini yuritish qoidalarini va uning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. 1.1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning (O‘RMB) ixtiyoridagi va O‘RMBga boshqarish yoki saqlash uchun berilgan qimmatbaho metallar hisobi quyidagi balans hisob-raqamlarda olib boriladi: 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar (qimmatbaho metallar typi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi) 10299 Oltin va boshqa qimmatbaho metallar hisob raqamlari bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi 10401 Norezident banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro (Markaziy bankda) 10407 Norezident banklardagi boshqa depozitlar 10501 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi vakillik hisob raqami — Nostro (Tijorat bankida) 10507 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi boshqa depozitlar va berilgan ssudalar 45605 Qimmatbaho metallar bo‘yicha tijorat operatsiyalardan olingan foyda 55606 Qimmatbaho metallar bo‘yicha tijorat operatsiyalardan ko‘rilgan zarar 30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira 2.1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar qimmatbaho metallarni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonalar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoshidagi “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” qo‘mitasi orqali xalqaro bozordagi joriy narxlarda Markaziy bankning to‘lov o‘tkazish kunidagi rasmiy kursi bo‘yicha sotib olishlari mumkin. 2.2. Qimmatbaho metallarni sotib olish uchun Markaziy bank har oyning 5 sanasiga qadar qimmatbaho metallar qo‘mitasi hisob raqamiga joriy oyda sotib olinadigan qimmatbaho metallarning taxminiy hajmi, qimmatbaho metallarning o‘tgan oy davomidagi xalqaro bozoridagi o‘rtacha narxi va Markaziy bankning to‘lov kunidagi chet el valyutalariga o‘rnatilgan rasmiy kursidan kelib chiqqan holda, xizmat farmoyishiga asosan avans to‘lovini o‘tkazadi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. a) avans to‘lovlari o‘tkazib berilganda, Debet — 19909 Boshqa debitorlik hisob raqami Kredit — Qimmatbaho metallar qo‘mitasi hisob raqami b) qimmatbaho metallar qabul qilinganligi to‘g‘risidagi uzil-kesil qabul qilish dalolatnomasiga va tayyorlangan xizmat farmoyishiga asosan qimmatbaho metallar kirim qilinganda, Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar Kredit — 19909 Boshqa debitorlik hisob raqami O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qimmatbaho metallarni qabul qilib olingandan keyin oldindan berilgan avans summasi va qabul qilib olingan qimmatbaho metallar qiymati o‘rtasida farq bo‘lishi mumkin. Bu farq keyingi oy uchun avans summasi o‘tkazilayotganda muvofiqlashtiriladi. 3.1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar oltin zaxiralaridan samarali foydalanish uchun qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda va ichki bozorlarda o‘rnatilgan tartibda sotishlari mumkin. 3.2. Xalqaro bozorda sotish uchun jo‘natilayotgan qimmatbaho metallarning qiymati — ularning sof og‘irligi, o‘zaro bitimga asosan kelishilgan qimmatbaho metallarning bahosi va O‘RMB tomonidan belgilangan joriy valyuta rasmiy kursi asosida aniqlanadi. 3.3. Qimmatbaho metallapni xalqaro bozorda belgilangan fiksing bahosida sotganda, a) Qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda sotish uchun jo‘natilganda, Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yo‘lda) 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yo‘lda) 10211 Boshqa qimmatbaho metallar(yo‘lda) 10901 Qimmatbaho metallar (yo‘lda) tijorat bankida Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar 10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida) b) Qimmatbaho metallarni sotishdan kelib tushgan xorijiy valyutalarni kirim qilganda, Debet — 10401 Norezident banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro (Markaziy bankda) Debet — 10501 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi vakillik hisob raqami — Nostro (tijorat bankida) Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yo‘lda) 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yo‘lda) 10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yo‘lda) 10901 Qimmatbaho metallar (yo‘lda) tijorat bankida 3.4. Qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda belgilangan fiksing bahosidan yuqori bahoda sotganda, a) qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda sotish uchun jo‘natilganda, Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yo‘lda) 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yo‘lda) 10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yo‘lda) 10901 Qimmatbaho metallar(yo‘lda) tijorat bankida Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar 10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida) b) Qimmatbaho metallarni sotishdan kelib tushgan xorijiy valyutalarni kirim qilganda, Debet — 10401 Norezident banklardagi vakillik hisob paqami — Nostro (Markaziy bankda) Debet — 10501 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi vakillik hisob raqami — Nostro (tijorat bankida) Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yo‘lda) 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yo‘lda) 10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yo‘lda) 10901 Qimmatbaho metallar (yo‘lda) tijorat bankida Kredit — 45605 Qimmatbaho metallar bo‘yicha tijorat operatsiyalardan olingan foyda 3.5. Qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda belgilangan fiksing bahosidan past bahoda sotganda, a) qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda sotish uchun jo‘natilganda, Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yo‘lda) 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yo‘lda) 10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yo‘lda) 10901 Qimmatbaho metallar (yo‘lda) tijorat bankida Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar 10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida) b) Qimmatbaho metallarni sotishdan kelib tushgan xorijiy valyutalarni kirim qilganda, Debet — 10401 Hopezident banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro (Markaziy bankda) Debet — 10501 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi vakillik hisob raqami — Nostro (tijorat bankida) Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Debet — 55606 Qimmatbaho metallar bo‘yicha tijorat operatsiyalardan ko‘rilgan zarar Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yo‘lda) 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yo‘lda) 10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yo‘lda) 10901 Qimmatbaho metallar (yo‘lda) tijorat bankida 3.6. Agar qimmatbaho metallar ichki bozorda sotilganda, o‘zaro kelishuvga asosan xalqaro bozor narxida va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining shu kundagi rasmiy kursi ekvivalenti bo‘yicha qimmatbaho metallarni sotib olayotgan mijoz mablag‘ni bank hisob raqamiga ko‘chiradi. Buning uchun bankda 29896 “Boshqa majburiyatlar” hisob raqamida alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi. Debet — Mijozning hisob raqami Kredit — 29896 Boshqa majburiyatlar (alohida hisobvaraq) 3.7. Mablag‘ kelib tushgandan keyin qimmatbaho metallar jo‘natiladi va tegishli xizmat farmoyishiga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi. Debet — 29896 Boshqa majburiyatlar (alohida hisobvaraq) Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar 10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida) 3.8. Farmoyish shu masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilgan va imzolangan bo‘lishi lozim. 4.1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatga ega bo‘lgan banklar oltin zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida oltin zaxiralarining ma’lum bir qismini xalqaro bozor narxida chet el banklariga va respublikadagi banklarga depozitga joylashtirishi mumkin. 4.2. Depozitga qo‘yish uchun jo‘natilayotgan qimmatbaho metallarning qiymati — ularning sof og‘irligi, o‘zaro bitimga asosan kelishilgan bahosi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan joriy valyuta rasmiy kursi asosida aniqlanadi. a) chet el banklariga qimmatbaho metallarni depozitga joylashtirish uchun jo‘natilgan va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat farmoyishiga asosan buxgalteriyada quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi, Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yo‘lda) 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yo‘lda) 10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yo‘lda) 10901 Qimmatbaho metallar (yo‘lda) (tijorat bankida) Kredit —10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar 10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida) b) Qimmatbaho metallarning depozitga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatga va xizmat farmoyishiga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi, Debet — 10407 Norezident banklardagi boshqa depozitlar Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Kredit 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yo‘lda) 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yo‘lda) 10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yo‘lda) 10901 Qimmatbaho metallar (yo‘lda) (tijorat bankida) v) Depozitga qo‘yilgan qimmatbaho metallar uchun tuzilgan shartnomaga asosan foiz summasi hisoblanganda, Debet — 10409 Norezident banklardagi chet el valyutalaridagi hisob raqamlari bo‘yicha hisoblangan foizlar Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Kredit — 40301 Norezident banklardagi mablag‘lar bo‘yicha foizli daromadlar g) agarda qo‘yilgan depozit uchun foiz oltin hisobida to‘lansa quyidagicha buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi, Debet — 10407 Norezident banklardagi boshqa depozitlar Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Kredit — 40301 Norezident banklardagi mablag‘lar bo‘yicha foizli daromadlar d) Depozitga qo‘yilgan qimmatbaho metallar uchun hisoblangan foiz summasi chet el banklari tomonidan to‘lab berilganda, Debet — 10401 Norezident banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro (Markaziy bankda) Kredit — 10409 Norezident banklardagi chet el valyutalaridagi hisob raqamlari bo‘yicha hisoblangan foizlar e) Har oyning oxirida chet el valyutalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy valyuta kursi o‘zgarishi munosabati bilan qayta baholanadi va hosil bo‘ladigan farq summaga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi, Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi Kredit — 45401 Spot bitimlari bo‘yicha chet el valyutasidagi foyda (tijorat bankida) Kredit — 30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira (Markaziy bankda) Debet — 30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira (Markaziy bankda) Debet — 55302 Spot bitimlari bo‘yicha chet el valyutasidagi zararlar (tijorat bankida) Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi bo‘yicha savdosi 4.3. Qimmatbaho metallarni rezident bo‘lgan tijorat banklarida depozitga joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat farmoyishiga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi: Debet — 10507 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi boshqa depozitlar va berilgan ssudalar Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar 10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida) 4.4. Tijorat banklarida depozitga olingan qimmatbaho metallarning hisobi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat farmoyishiga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi, Debet — 10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida) Kredit — 20896 Markaziy bankning boshqa hisob raqamlari Chet el banklariga sotish, depozitga qo‘yish va boshqa maqsadlarda yuborilgan qimmatbaho metallar uchun transport, cyg‘ypta va boshqa xarajatlar amalga oshirilganda, Debet — 55114 Oltin va boshqa qimmatbaho metallar bo‘yicha vositachilik va boshqa xizmatlar uchun xarajatlar 56314 Transport vositalari xarajatlari 56710 Sug‘urta xarajatlari Kredit — xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar hisob raqami 4.5. Chet el valyutasi va qimmatbaho metallarning barcha qoldiqlarini qayta baholash har oyning oxirgi ish kuniga bo‘lgan Markaziy bankning rasmiy kursiga asosan hamda London qimmatbaho metallar bozoridagi oyning oxirgi ish kunining birinchi yarmidagi “fiksing” narxiga asosan har oyning oxirida amalga oshiriladi. a) qimmatbaho metallarning narxi oshganda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi, Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar Kredit — 30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira (Markaziy banki) Kredit — 45605 Qimmatbaho metallar bo‘yicha tijorat operatsiyalardan olingan foyda (tijorat bankida) b) qimmatbaho metallarning narxi tushganda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi, Debet — 30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira (Markaziy banki) Debet — 55606 Qimmatbaho metallar bo‘yicha tijorat operatsiyalardan ko‘rilgan zarar (tijorat bankida) Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin 10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin 10211 Boshqa qimmatbaho metallar
151
14,037
Qonunchilik
“2016-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni 51-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2520-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2015-yil 2-noyabrdagi “2016-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 4-mb-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2728, 2015-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 45-son, 583-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-banddagi “114” raqami “115” raqami bilan almashtirilsin. 2. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot shakli (115-ilova) bilan to‘ldirilsin. Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot shakli (115-ilova)
131
1,109
Qonunchilik
QO‘ShMA KORXONALAR TAShKIL ETIShGA XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB QILISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Respublika mintaqalarida eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini yanada rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 3. Qishloq joylarida yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarishni boshlagan vaqtdan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shma korxonalar uchun ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyingi ikki yil davomida daromad (foyda) solig‘i stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmalari bo‘yicha qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berishni va ularni uzaytirib berishni, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatga olishni va vaqtinchalik ro‘yxatda turishni uzaytirib berishni ta’minlasinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
120
1,211
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi 392–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan 669–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 169-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 1-moddaning ikkinchi qismidagi “ijtimoiy ongini” degan so‘zlar “huquqiy madaniyatini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida har yili eshitiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, o‘z majlisida Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi. Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida eshitish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar va deputatlar guruhlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi. Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar Vakilga yuboriladi”; 3) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Vakil arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi. Vakil shikoyatlarni ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda, arizalar va takliflarni alohida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi. Vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega. Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo‘lsa, qabul qiladi. Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin. Vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Vakilning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi. Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi. Anonim murojaatlar Vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi”; 4) 11-modda: birinchi qismidagi “huquqlari va erkinliklarini” degan so‘zlar “huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati Vakil tomonidan tiklanishi mumkin”; 5) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Vakilga berilgan shikoyatda arz qiluvchining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shikoyat nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan berilgan taqdirda esa, uning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shikoyatda qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatiladi, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini buzgan qarorlarning, harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etiladi. Shikoyatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin. Yozma shikoyat arz qiluvchining imzosi yoki nodavlat notijorat tashkilotining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yozma shikoyatni arz qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, shikoyat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak. Elektron shaklda berilgan shikoyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab shikoyatlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ularning qonuniy vakillari tomonidan berilishi mumkin. Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda yoki himoyaning huquqiy vositalaridan mustaqil ravishda foydalanishga layoqatsiz shaxslarni himoya qilish uchun o‘z tashabbusi bilan faktlar tekshiruvini o‘tkazishga haqlidir. Shikoyat bo‘yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, shuningdek uni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar shikoyatga ilova qilinishi mumkin bo‘lib, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, arz qiluvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno. Arz qiluvchilar va ularning vakillari shikoyatni u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda shikoyat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olishi mumkin. Shikoyatni qaytarib olish to‘g‘risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Vakil tomonidan choralar ko‘rilishini istisno etmaydi. Vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi”; 6) 14-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi quyidagi mazmundagi o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; harakatlarida inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish; fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab arizalar va da’volar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etish”; 7) quyidagi mazmundagi 141-modda bilan to‘ldirilsin: Ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar (bundan buyon matnda qamoqda turgan shaxslar deb yuritiladi) yozma shakldagi murojaatlarni (xatlar va telegrammalarni) ularning soni cheklanmagan holda Vakilning nomiga yuborish huquqiga ega. Vakil nomiga yuboriladigan murojaatlar senzura qilinmaydi. Jazoni ijro etish muassasalarining, qamoqda saqlash joylarining va maxsus qabulxonalarning ma’muriyati qamoqda turgan shaxslarning murojaatlarini Vakilga muhrlangan tarzda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuboradi, telegrammalarni esa darhol yuboradi. Vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arz qiluvchiga darhol yetkazib beriladi. Shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirayotganda Vakil jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga moneliksiz kirish huquqiga ega. Mazkur muassasalarning ma’muriyati Vakilning xavfsizligini ta’minlaydi. Jazoni ijro etish muassasalarining, qamoqda saqlash joylarining va maxsus qabulxonalarning ma’muriyati Vakilga qamoqda turgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart, uchrashuv va suhbat ushbu muassasalar xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi”; 8) 15-moddaning to‘rtinchi qismidagi “vazifalarini bajarishga” degan so‘zlar “faoliyatiga” degan so‘z bilan almashtirilsin; 9) 18-moddaning uchinchi qismidagi “yoki” degan so‘z “va” degan so‘z bilan almashtirilsin; 10) 19-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Vakil tomonidan shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga, shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqa holatlarga qarab kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”; 11) 20-modda: birinchi qismidagi “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya” degan so‘zlar “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Komissiya tarkibi nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining vakillari, inson huquqlari va erkinliklari sohasida kasbiy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan olimlar jumlasidan tuziladi. Komissiya tarkibiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakillari ham maslahat ovozi huquqi bilan kirishi mumkin”; ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin; uchinchi qismidagi “Reglamentga” degan so‘z “Nizomga” degan so‘z bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Komissiya o‘z vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylanguniga qadar o‘z vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi”; 12) quyidagi mazmundagi 201 — 208-moddalar bilan to‘ldirilsin: Vakil o‘z faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari ko‘rib chiqishi uchun qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish, qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarda ishtirok etishi yuzasidan takliflar kiritishga haqlidir. Vakil qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etishi, loyihalarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ishtirok etishi hamda muhokama etilayotgan qonun loyihalari bo‘yicha takliflar va mulohazalar kiritishi mumkin. Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi. Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vositalari, usullari va mexanizmlariga o‘qitishga qaratilgan ma’rifiy va ta’lim dasturlarini, ilmiy-amaliy tadbirlar hamda seminarlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi. Vakil inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishga, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga haqli. Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalari bajarilishi to‘g‘risida inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy institutlarning xabardorligini oshirishga ko‘maklashadi. Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishiga doir ma’ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi. Vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusiga ko‘ra tekshirish bilan bog‘liq materiallarni har chorakda umumlashtirib boradi. Vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq materiallarni umumlashtirish hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishiga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash natijalariga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining axborotini eshitish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalariga murojaat qilishi mumkin. Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining parlament nazoratini amalga oshirishga doir tadbirlarida ishtirok etishga, ularga ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan materiallar taqdim etishga haqlidir. Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga doir ayrim masalalar yuzasidan ma’ruza kiritishi mumkin. Vakil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish huquqiga ega. Vakil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi mumkin va sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqlidir. Vakil mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq va hududiy dasturlarni, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining Vakil tomonidan shakllantiriladigan ishchi va ekspert guruhlari, komissiyalar va boshqa jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratadi. Vakil inson huquqlari va erkinliklari sohasida mavjud materiallar to‘g‘risida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan axborot almashuvini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi. Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi, shuningdek ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar tuzishi mumkin. Vakil manfaatdor shaxslarning, shuningdek ommaviy axborot vositalarining Vakil faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi. Vakil o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni Vakilning rasmiy veb-saytida joylashtiradi va yangilab turadi, Vakilning yillik hisobotini, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining ma’ruzalarini va boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Vakil o‘z matbuot organini ta’sis etishi va boshqa matbuot nashrlarining hammuassisi bo‘lishi mumkin. Vakil Komissiya a’zolari orasidan o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini (bundan buyon matnda Vakilning mintaqaviy vakili deb yuritiladi) tayinlaydi. Vakilning mintaqaviy vakili quyidagi huquqlarga ega: tegishli mintaqada yashovchi jismoniy shaxslarning yoki tegishli mintaqada joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda ko‘maklashish; mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishda ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilish, shuningdek ulardan ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash hamda olish; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni himoya qilish sohasida axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirish. Vakilning mintaqaviy vakili: o‘z faoliyati to‘g‘risida har chorakda Vakilga axborot taqdim etishi; arz qiluvchining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek shikoyatlarni tekshirishga doir axborotni Vakilning ruxsatisiz va roziligisiz oshkor etmasligi shart. Vakilning mintaqaviy vakili qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Vakilning mintaqaviy vakili faoliyatiga ko‘maklashadi. Vakilning mintaqaviy vakili inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risida har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarini xabardor qiladi. Vakilning mintaqaviy vakiliga Vakil tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi”; 13) 21-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Vakil faoliyatining moddiy va boshqa ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda unda alohida satrda nazarda tutiladi”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijro etilishini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
179
18,150
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshoot
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorining 9-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Ushbu qaror: O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan maishiy elektr priborlari uchun — 2016-yil 1-yanvardan boshlab; O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan maishiy elektr priborlari uchun — 2016-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi, ilgari foydalanishda bo‘lgan maishiy elektr priborlari bundan mustasno. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari G‘.I. Ibragimov hamda U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklanadi. 1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida: a) 165-bandning rus tili matnidagi “elektrobitovie pribori” so‘zlari “bitovie elektropribori” so‘zlari bilan almashtirilgan; b) quyidagi mazmundagi 1681-band qo‘shilsin: “1681. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan, maishiy elektr priborlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining klassi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan maishiy elektr priborlarini sotish va sotish uchun saqlash taqiqlanadi”; v) 189-bandga quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan, maishiy elektr priborlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarda, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining klassi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan maishiy elektr priborlarini sotish”; yigirma birinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma ikkinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; g) 1-ilova 11-bandidagi “maishiy elektr mashinalari va priborlari” so‘zlari “maishiy elektr mashinalari va maishiy elektr priborlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 2-ilova 3 va 4-bandlarining rus tili matnidagi “elektrobitovie pribori” so‘zlari “bitovie elektropribori” so‘zlari bilan almashtirilgan. 2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 29-modda) 5-bandida: quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan maishiy elektr priborlari uchun energiya samaradorligi klassi”; to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
250
3,761
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 30-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman: 1. “Buyurtmachining hisobot topshirishi, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1075, 2001-yil 27-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019-yil 27-sentabrdagi 7209/06-18-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2001-yil 28-sentabrdagi 04-6-son “Buyurtmachining hisobot topshirishi, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi”gi qarori (ro‘yxat raqami 1075, 2001-yil 27-oktabr); O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2001-yil 21-iyuldagi 4-son “Buyurtmachining hisobot topshirishi, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1075-1, 2003-yil 9-avgust); O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2004-yil 3-fevraldagi 2-son “Buyurtmachining hisobot topshirishi, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1075-2, 2004-yil 16-fevral); O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2013-yil 5-fevraldagi 1-son “Buyurtmachining hisobot topshirishi, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1075-3, 2013-yil 11-mart). 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
78
3,355
Qonunchilik
Yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 6-avgustdagi 108-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2612, 2014-yil 27-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 35-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan Yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”. 2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”. 3. 32-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. 35-banddagi “hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 127-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “127. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.”.
96
3,718