folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli teleko‘rsatuv tarmog‘ini rivojlantirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli kreditini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleko‘rsatuvga texnik va texnologik jihatdan o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida respublikaning barcha aholi punktlarini raqamli teleko‘rsatuv bilan to‘liq ta’minlash, shuningdek Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun berilayotgan imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasini 2013 — 2017-yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasining dastlabki qiymati 92,0 mln AQSh dollarini tashkil etadi, shu jumladan:
birinchi bosqichda 2016-yilgacha — 60,0 mln AQSh dollari;
ikkinchi bosqichda 2018-yilgacha — 32,0 mln AQSh dollari.
3. “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbai etib quyidagilar belgilansin:
loyiha qiymatining 15 foizi, ya’ni ekvivalenti 14,0 mln AQSh dollariga teng miqdordagi mablag‘ — “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning o‘z mablag‘lari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi mablag‘lari (qolgan 50 foiz mablag‘ radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovlar hisobidan) va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
loyiha qiymatining 85 foizi — Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari Yaponiya eksportni sug‘urta qilish agentligi kafolati bilan 3 yil imtiyozli davrni o‘z ichiga oladigan 13 yil muddatga berilayotgan 8,16 mlrd Yaponiya iyenasi (78,0 mln AQSh dollariga teng) miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi:
bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda Yaponiyaning yetakchi raqamli teleuzatkich ishlab chiqaruvchilari (“NEC”, “TOSNIBA” kompaniyalari va boshqalar) o‘rtasida mahsulot yetkazib beruvchilarning eng yaxshi taklifini konkurs asosida tanlab olishni amalga oshirsin;
mahsulot yetkazib beruvchilar tanlovi va xorijiy banklar bilan muzokaralar natijasi bo‘yicha Yaponiya ishlab chiqaruvchilari uskunalarining importi uchun jalb qilinayotgan imtiyozli kredit shartlariga muvofiq, vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazgan holda, shartnomalar tuzilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi hujjatlari ishlab chiqilishi va loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli krediti bo‘yicha qarz oluvchi etib belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari oldidagi qarz majburiyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda tuzilayotgan qarz bitimi shartlariga muvofiq shaklda davlat kafolatini berish vakolati berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda tuzilayotgan qarz bitimi shartlariga muvofiq shaklda yuridik xulosa bersin.
8. Belgilansinki, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari imtiyozli kreditiga xizmat ko‘rsatish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi mablag‘lari (radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovlardan qolgan 50 foiz mablag‘ hisobidan), “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar va Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
9. “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida:
yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari — foyda solig‘i to‘lashdan;
jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan;
xorijiy tashkilotlar tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ishlar (xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxat asosida “O‘zimpeksaloqa” MChJ va “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK tomonidan olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy tashkilotlar tomonidan olib kirilayotgan asbob-uskuna, jihozlar, texnik vositalarni davriy bojxona to‘lovlari undirmagan holda “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimida rasmiylashtirishga, shuningdek kafolat va servis xizmati ko‘rsatish davrida, ruxsat berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining talabnomalariga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi malakali xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining talabnomalariga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi malakali xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda ko‘p martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish va muddatini uzaytirishni ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 216 | 6,434 |
Qonunchilik | Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 17-oktabrdagi 480-son qarorida:
1-bandning uchinchi xatboshida “shahar, nohiya va mahalliy mahalla qo‘mitalari” so‘zlari “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish Qoidalarining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 34-modda):
37-bandidagi “uy va mahalla qo‘mitalari” so‘zlari “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” so‘zlari bilan;
41-bandidagi “mahalla qo‘mitalari” so‘zlari “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” so‘zlari bilan;
44-bandidagi “mahalla qo‘mitalari” so‘zlari “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 66 | 1,326 |
Qonunchilik | Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq hamda elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi —O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklarining xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalaniladigan axborot tizimlarining axborot-texnologik hamkorligini ta’minlash maqsadida 2016-yil 1-yanvargacha elektron raqamli imzodan foydalangan holda foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning bepul foydalaniladigan yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda identifikatsiyalash tizimi deb ataladi) yaratsin;
identifikatsiyalash tizimining uzluksiz va beto‘xtov faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlasin;
2016-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazining elektron raqamli imzosi vositalarini axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatsiyalashni ta’minlasin.
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari 2016-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda:
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan rasmiy veb-saytlar va portallarni identifikatsiyalash tizimi bilan integratsiyalashni hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar bilan mosligini ta’minlasin;
identifikatsiyalash tizimidan foydalanish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash yo‘li bilan rasmiy veb-saytlarda va portallarda jismoniy va yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikatsiyalash va avtorizatsiyalashni amalga oshirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanish tartibini va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan “Elektron Hukumat” tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi to‘g‘risidagi nizomni 2015-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi elektron raqamli imzolar egalarining murojaatlari bo‘yicha elektron raqamli imzoning amaldagi sertifikatini, uning amal qilish muddatini saqlab qolgan holda, “Elektron Hukumat” tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lgan yangi sertifikatga bepul almashtirishni ta’minlasin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 149 | 4,118 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlari ba’zi normalarining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 13-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlari ba’zi normalarining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlari ba’zi normalarining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 164 | 649 |
Qonunchilik | “DAVINKOM” INVESTITSIYa FIRMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Xususiylashtirilgan korxonalarning davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarini ichki va xalqaro fond bozorlarida tarqatish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida davlat qo‘shma korxonasi shaklidagi, o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobida yuritish huquqlari bo‘yicha amalga oshiruvchi “Davinkom” investitsiya firmasi tashkil etilsin.
Belgilansinki, quyidagilar “Davinkom” investitsiya firmasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
bozor hajmini aniqlash va qimmatli qog‘ozlarni sotishning eng samarali yo‘llari va shakllarini tanlash maqsadida qimmatli qog‘ozlarning mamlakatimizdagi va xalqaro bozorlari ahvolini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
xususiylashtirilgan korxonalar — emitentlar va ular tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborotlarni tarqatish, mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida reklama faoliyati bilan shug‘ullanish;
xususiylashtirilgan korxonalarning davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarini ichki va xalqaro bozorlarda, shu jumladan birja va birjadan tashqari savdolarda mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mamlakatimiz hamda chet el investitsiya muassasalari va banklari orqali belgilangan tartibda tarqatish;
qimmatli qog‘ozlar olti-sotdisi bo‘yicha o‘zi tuzgan bitishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijrosi monitoringini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan xususiylashtirish dasturi bo‘yicha, keyinchalik ularni Tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritish uchun, xususiylashtirilayotgan korxonalar va aksiyalar narxlarini belgilash bilan bog‘liq sansalorlik, rasmiyatchilik, masalalarni hal etish muddatlarini cho‘zib yuborish hollarini aniqlash;
korxonalarning investitsiya ehtiyojlariga muvofiq ularning biznes-rejalarini ro‘yobga chiqarish uchun qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi va undan keyingi emissiyalarini o‘tkazish sxemalarini shartnoma asosida ishlab chiqish.
2. “Davinkom” firmasi markaziy apparatining va mintaqalardagi filiallarining tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
“Davinkom” firmasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi filiallari xodimlarining cheklangan soni 77 nafar, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni 25 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin.
Belgilansinki:
“Davinkom” firmasi bosh direktori, uning o‘rinbosari hamda filiallar direktorlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hay’ati qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tayinlanadilar;
“Davinkom” firmasi markaziy apparatini va uning mintaqalardagi filiallari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash ustavga muvofiq xo‘jalik faoliyatini yuritishdan olingan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“Davinkom” firmasi xususiylashtirilgan korxonalarning davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarini mamlakatimiz va xalqaro fond bozorlarida tarqatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining vakolatli agenti hisoblanadi;
“Davinkom” firmasi xususiylashtirilayotgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlarini tarqatish (sotish) bo‘yicha o‘zining barcha ishlarini faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi nomidan va uning topshirig‘iga binoan amalga oshiradi;
“Davinkom” firmasining daromadlari va xarajatlari smetasi, uning foydasini taqsimlash, filiallari va vakolatxonalarini ochish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi;
“Davinkom” firmasining faoliyati asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtirib borish, ustav jamg‘armasini ko‘paytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish va o‘tkaziladigan operatsiyalarini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Belgilansinki, “Davinkom” firmasi” daromadlari:
firma tomonidan qimmatli qog‘ozlar birja va birjadan tashqari bozorlarda mustaqil ravishda sotilganda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasidan oldi-sotdi bitishuvi summasining 1 foizi miqdorida olinadigan vositachilik yig‘imlari va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bitishuvlari narxining taklif etilgan narxdan ortiq summasining 5 foizi miqdorida olinadigan mukofotlar hisobiga;
firma tomonidan qimmatli qog‘ozlar birjadan tashqari bozorda birjadan tashqari savdolarning elektron tizimi orqali yoki vositachini — mamlakatimiz investitsiya muassasasini tender asosida jalb etgan holda sotilganda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasidan tuzilgan bitishuv summasining bir foizi miqdorida olinadigan vositachilik yig‘imi hisobiga, ularning 0,1 foizi esa “Davinkom” firmasi ixtiyorida qoladi, 0,9 foizi esa vositachiga yoki birjadan tashqari savdolarning elektron tizimini amalga oshiruvchi tashkilotga o‘tkaziladi;
firma tomonidan qimmatli qog‘ozlar xorijiy vositachini jalb etgan holda sotilganda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasidan amalga oshirilgan bitishuv summasining bir foizi miqdorida olinadigan mukofot hisobiga;
firma ustaviga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Davinkom” firmasi asosiy faoliyati bilan bog‘liq boshqa ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan tushumlar hisobiga shakllanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda:
“Davinkom” firmasi Ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
“Davinkom” firmasi ustav jamg‘armasini xususiylashtirishdan olinadigan, investitsiya va bozor infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobiga 5 mln. so‘m miqdorida shakllantirsin;
“Davinkom” firmasining markaziy apparati va filiallarini yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin;
“Davinkom” firmasi markaziy apparatini va filiallarini, ularning zimmalariga yuklangan vazifalarga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun, moddiy-texnikaviy jihozlashda ko‘maklashsin;
“Davinkom” firmasining markaziy apparatini Respublika birja markazining Toshkent shahar, Buxoro ko‘chasi, 10-uydagi binosining Respublika ko‘chmas mulk birjasi tomonidan bo‘shatiladigan xonalarga joylashtirsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda “Davinkom” firmasi filiallarini joylashtirish masalasini hal qilsin.
6. Toshkent shahar hokimligi Respublika ko‘chmas mulk birjasini joylashtirishni ikki hafta muddatda ta’minlasin.
7. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Davinkom” firmasini va uning filiallarini belgilangan tartibda telefon va telegraf, shu jumladan Hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga 2-ilovaga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
1. 1.2-bandda:
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat mulki qo‘mitasining xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini savdoga qo‘yish bo‘yicha vakil qilingan agenti (vakil qilingan agent) — “Davinkom” investitsiya firmasi;
o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. 2.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda aksiyalar emissiyasi prospektini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori (buyrug‘i) xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini birja va birjadan tashqari savdolarga qo‘yish uchun asos hisoblanadi. Aksiyalarni tarqatishga mamlakatimiz va xorijiy vositachilar jalb etilgan taqdirda, shuningdek o‘tkazilgan, g‘olibni aniqlab bergan tegishli tenderning bayoni ham uning uchun asos hisoblanadi”.
3. 4.1-bandning “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“vakil qilingan agent xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari paketlarini to‘g‘ridan to‘g‘ribirja savdolariga ular sotilgungacha bo‘lgan muddatga qo‘yadi”;
to‘rtinchi, beshinchi, yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
4. 4.3-band chiqarib tashlansin.
5. 5.1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Vakil qilingan agent aksiyalarni tarqatishni mustaqil ravishda yoki tender asosida jalb etiladigan vositachilar — investitsiya muassasalari orqali amalga oshiradi”.
6. 5.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vakil qilingan agent aksiyalarni sotish va vositachilar — investitsiya muassasalarini jalb etish bo‘yicha tenderlarning tashkilotchisi hisoblanadi, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda tenderni o‘tkazish shartlari va muddatlarini belgilaydi”.
7. 6.1-banddagi “Markaz yoki Davlat mulki qo‘mitasi vakil qilgan boshqa organ” so‘zlari “Davinkom” investitsiya firmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. 6.2-bandning uchinchi xatboshidagi “birja va birjadan tashqari bozorlarda” so‘zlari “birjadan tashqari bozorda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. 6.4-banddagi birinchi gap quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birja va birjadan tashqari bozorlarda aksiyalarning taklif etiladigan narxi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra, vakil qilingan agent tomonidan belgilanadi”.
10. 9.1-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xususiylashtirilayotgan korxonalarning vakil qilingan agent topshirig‘iga asosan sotishga qo‘yiladigan aksiyalarini zaxiraga qo‘yishni amalga oshirish”.
11. “Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibi”ga 1, 2 va 3-ilovalar chiqarib tashlansin. | 59 | 9,882 |
Qonunchilik | Respublika ta’lim tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Respublikamizda ta’lim tizimini rivojlantirish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish, yoshlarda mustahkam bilim, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ularni ma’rifatli bo‘lishga undash, vatanga va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin: | 101 | 397 |
Qonunchilik | Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mintaqada ishlab chiqarish, mavjud texnika va texnologiyalardan foydalanish, xizmat ko‘rsatishning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish, muhandislik ta’limini rivojlantirishda jahon tajribasini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va sifatini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (keyingi o‘rinlarda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
transport tizimlari va yo‘llari hamda ularning ekspluatatsiyasi, kimyoviy texnologiya, bino va inshootlar qurilishi va materiallari, oziq-ovqat texnologiyasi, texnologik mashina va jihozlar, yengil sanoat texnologiyasi, ekologiya va sanoat xavfsizligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sinab ko‘rish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;
xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasini va mamlakat iqtisodiyoti talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb etish maqsadida texnika sohasidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
3. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga har yilgi talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilansin.
4. Quyidagilar:
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialini tashkil etish, uning moddiy-texnik va ilmiy-pedagogik bazasini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga, zarur hollarda, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017-yil 1-sentabrgacha:
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialini tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida o‘quv-metodik jarayonning tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv adabiyotlari, zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
6. Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Termiz shahri, Sulton Saodat ko‘chasi, 288 “a”-uyda joylashgan Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyining binolari va inshootlari hududlari bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul foydalanishga berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining binolarida ijara to‘lovisiz joylashadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarining 2019-yilgi va keyingi yillardagi parametrlarini shakllantirishda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialini saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan tegishli mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialini saqlash xarajatlari 2017-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2018-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
9. Quyidagilar Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-maydagi PQ-2524-son qarorining 1-ilovasi matni 3-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin. | 129 | 6,451 |
Qonunchilik | Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son “O‘zbekiston Respublikasining Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (ro‘yxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zgartirishlarning 2-bandi 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
1. 42-banddagi “ichki ishlar idoralari huzuridagi qo‘riqlash bo‘limlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 90-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 122 | 1,470 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATI VA ILMIY KENGAShI TARKIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini takomillashtirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini bugungi kun talabiga ko‘tarish, ularni attestatsiyadan o‘tkazishga respublikaning yetuk olimlarini kengroq jalb qilish hamda OAK Rayosati va Ilmiy kengashi tarkibini qisman yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining tarkibi 1-ilovaga muvofiq va Ilmiy kengashning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining bosh ilmiy kotibi maqomi, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 288-son qarori o‘z kuchini yo‘qotsin. | 144 | 846 |
Qonunchilik | Nogironligi boʻlgan keksalar uchun turistik yoʻllanma qiymati toʻlab beriladi | Vazirlar Mahkamasining 28.05.2020 yildagi «Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 340-son qarori bilan I guruh nogironligi boʻlgan keksalar uchun bepul sayohat uyushtirish boʻyicha imtiyoz joriy etildi.
Tasdiqlangan Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 1 noyabrdan 30 noyabrgacha «Keksalar uchun turizm oyligi» e’lon qilinadi.
Oylik doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm ob’yektlari tomonidan iхtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-sahifasida e’lon qilib boradi, Transport vazirligi, «Uzbekistan Airways» AJ va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ bilan birgalikda esa sayohat qiluvchilar uchun chiptalarga iхtiyoriy chegirmalarni e’lon qiladi. Bundan tashqari, Madaniyat vazirligi madaniy meros ob’yektlariga kirish chiptalariga chegirmalar e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
«Sayohat barcha uchun!» – ana shu shior ostidagi хayriya loyihasi butun mamlakat boʻylab amalga oshiriladi. I guruh nogironligi boʻlgan keksalar yiliga bir marotaba bepul turistik sayohat qilish imkonidan foydalana oladilar. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi sayohat qiluvchilar roʻyхatini 1 oktyabrga qadar shakllantiradi.
Sayohat davomida sayohatchilarni joylashtirish, ovqatlanish va transport хizmatlari uchun mablagʻlarning 50%i хayriya loyihasining maхsus hisobvaragʻidan, qolgan 50%i «Nuroniy» jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga nogironlar va yolgʻiz pensionerlarga birinchi navbatda moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha ta’sirchan nazorat oʻrnatish, shu jumladan pensiyalarni toʻlash, ijtimoiy va tibbiy ta’minot хizmatlarini koʻrsatish vazifasi topshirildi. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj va yolgʻiz keksalarning turar joylarini ta’mirlash uchun mahalliy byudjetlardan mablagʻlar ajratilishi nazarda tutilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2020 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova. | 77 | 2,166 |
Qonunchilik | Davlat OTMga oʻqishga qabul qilish qanday tashkil qilinadi | Prezidentning 15.06.2022 yildagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Belgilangan tartibga koʻra 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Magistraturaga qabulning yangi tartibi joriy etiladi
Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi. Bunda:
Toʻlov-kontrakt qiymati
Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning toʻlov-kontrakt summasi bir talabaga toʻgʻri keladigan real хarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bunda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan summadan kam boʻlmagan miqdorda oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bundan tashqari, qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida oʻqishga kirish boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan shaхslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Shu bilan bir qatorda, davlat oliy ta’lim muassasalariga boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda chet el fuqarosini toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini tegishli ta’lim yoʻnalishi va mutaхassislik uchun Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi.
Chet el fuqarosi oliy ta’lim muassasasi tomonidan oʻtkaziladigan suhbat natijasiga koʻra oʻqishga qabul qilinadi.
Davlat buyurtmasi parametrlari
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha 1 000 ta oʻrin ajratib boriladi.
Subsidiya va grantlar
Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega boʻlmagan хotin-qizlar uchun 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qoʻshimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi.
Bunda tavsiyanomaga ega boʻlgan хotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50%i “aniq fanlar”, “tabiiy fanlar”, “teхnika” va “tibbiyot” yoʻnalishlari orasida taqsimlanadi.
Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagilar qoplanadi:
Abituriyentlarni roʻyхatdan oʻtkazish
Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn roʻyхatdan oʻtkazish YaIDXP va Davlat test markazining sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), “chet tili” fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Bunda, abituriyentlarga:
Oʻqishni koʻchirish tartibi oʻzgardi
Talabalar oʻqishini davlat oliy ta’lim muassasalariga koʻchirishning yangi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
- talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi;
Belgilanishicha, хorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan ta’lim yoʻnalishlariga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar oʻqishini koʻchirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruхsat beriladi:
Sport musobaqalari gʻolibi sifatida imtiyoz bilan oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan hamda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning oʻqishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi ta’lim shaklidagi mos va turdosh ta’lim yoʻnalishiga (sirtqi ta’lim shakli mavjud boʻlgan taqdirda) davlat granti asosida koʻchirishga ruхsat beriladi.
Lola Abduazimova. | 58 | 4,173 |
Qonunchilik | QO‘QON ShAHRINING ChEGARALARINI KENGAYTIRISh VA TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Farg‘ona viloyati hokimining Dang‘ara tumani hududining 344,7 gektardan, Uchko‘prik tumani hududining 124,4 gektardan va O‘zbekiston tumani hududining 753,3 gektardan iborat qismini Qo‘qon shahri hududiga qo‘shish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qondirilsin.
2. Qo‘qon shahrining chegarasi chizma tasviriga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Qo‘qon shahri tarkibiga qo‘shilayotgan 53,8 gektar qishloq xo‘jalik ahamiyatidagi yerlar tegishli xo‘jaliklarning ixtiyorida qoladi. | 70 | 588 |
Qonunchilik | Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlash borasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan cho | “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining chora-tadbirlar dasturini ijro etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2011-yil 25-avgustda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yo‘ldoshevga “Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlash borasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” parlament so‘rovi yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yo‘ldoshevning parlament so‘rovi yuzasidan axborotini tinglab, shuni qayd etadiki, fuqarolar huquqiy ongini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari bo‘yicha davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida adliya organlari tomonidan muayyan ishlar qilingan. Chunonchi, huquqiy targ‘ibot bo‘yicha 2011-yilning 9 oyi davomida davlat organlari tomonidan 166 691 ta tadbir, bevosita adliya organlari tomonidan esa 39 286 ta tadbir o‘tkazilgan.
Huquqiy targ‘ibot sohasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ishlashi yo‘lga qo‘yilgan. Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida adliya organlari va muassasalari tomonidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda 4 954 ta tadbir o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazilmoqda, shuningdek ijtimoiy audioroliklar, tarqatma materiallar tayyorlanmoqda. Adliya organlari va muassasalarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilmoqda. Huquqiy targ‘ibot sohasida jumladan “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, “Jamiyat”, “Adolat” gazetalarining tahririyatlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “Axborot”, “Davr”, “Poytaxt” va “Hudud” axborot dasturlarining namoyishi doirasida dolzarb huquqiy mavzular bo‘yicha chiqishlar tashkil etilgan. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining aholi o‘rtasidagi targ‘ibotiga alohida e’tibor berilgan. Turli huquqiy mavzularda oylik tadbirlar o‘tkazishni tashkil etish kabi huquqiy targ‘ibot shakli takomillashtirilmoqda.
Norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 14 ta davlat organining faoliyati o‘rganilgan, natijada uch mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Jumladan, davlat organlari faoliyatida ichki nazoratni amalga oshirishda kamchiliklar, qonun hujjatlarida huquqiy bo‘shliq, havolaki norma va ziddiyatlar mavjud, davlat organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilish masalalariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotir.
Parlament so‘rovi yuzasidan axborotda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga muvofiq huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qaytarilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining soni 256 tani yoki jami taqdim etilgan loyihalarning 30,6 foizini tashkil etgan.
2011-yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qonun hujjatlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish haqida 37 ta taqdimnoma, shuningdek belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish haqida 7 ta taqdimnoma kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1602-sonli Qarorida Davlat organlarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishini muvofiqlashtiruvchi idoralararo kengashni tuzish nazarda tutilgan. Ushbu topshiriqni qisqa muddat ichida ro‘yobga chiqarish davlat organlarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishini muvofiqlashtirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Shu bilan birga fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatida ayrim kamchiliklar mavjudligini qayd etish lozim.
Chunonchi, huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’limning holatini, adliya organlari va muassasalari uchun huquqiy axborotni to‘plash, qayta ishlashning dasturiy-texnik vositalari hamda texnologiyalarini joriy etish, davlatlararo huquqiy axborot almashinuvini amalga oshirish yakunlarini tahlil qilish bo‘yicha ishlarni faollashtirish maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatini yaxshilash maqsadida vazirlik va idoralarning loyihalarni ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishning samaradorligi yanada yuqori bo‘lishi talab qilinadi, bu esa tegishincha huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlashga imkon beradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi sohasidagi ish amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilab qo‘yilgan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida adliya organlari faoliyatini kuchaytirish zarur.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yo‘ldoshevning fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlash borasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotini tinglab va muhokama etib, adliya organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida quyidagilar belgilansin:
davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ‘ibot bo‘yicha ishlarini samarali muvofiqlashtirish doirasida olib borilayotgan tadbirlarning ta’sirchanligi va natijalari monitoring qilinishini ta’minlash;
adliya organlariga huquqiy ekspertizaga taqdim etilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ro‘yobga chiqarish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, e’lon qilish hamda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilab qo‘yilgan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish;
norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil ro‘yobga chiqarish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, davlat organlarining mazkur sohada yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishi holatlarini tizimli asosda tahlil etib borish.
2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri (N.T. Yo‘ldoshev) muhokama qilingan masala yuzasidan qayd etib o‘tilgan kamchiliklarning kelib chiqishiga imkoniyat yaratgan sabablarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rsin va shu to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 2012-yil 10-yanvarga qadar taqdim etsin.
3. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi (S.B. Artikova) zimmasiga yuklatilsin. | 250 | 8,326 |
Qonunchilik | Tabiiy gaz eksporti hajmlarini ko‘paytirish va gaz uzatish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Shimoliy yo‘nalishda O‘zbekiston tabiiy gazi eksporti hajmlarini ko‘paytirish va respublika gaz uzatish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quvurlari diametri 1220 mm bo‘lgan ikkinchi tarmoqni qurish yo‘li bilan “0 — 66 km” uchastkasida “Gazli-Nukus” gaz quvurini kengaytirish ishlarini bajarishning qisqa muddatlarini hisobga olgan holda:
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan ish chizmalariga muvofiq gaz quvurini ayni bir vaqtda loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish hamda loyihani amalda bajarilgan ishlar bo‘yicha moliyalashtirish amalga oshirildi;
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi — bosh buyurtmachi, “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi — bosh pudratchi va “O‘zLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihachi etib belgilandi;
obyektni foydalanishga tayyor qilib topshirgan holda qurishni moliyalashtirish “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga amalga oshirildi;
obyekt qurilishi uchun moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan ilovaga* muvofiq amalga oshirildi;
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi va “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan 2004-yil 25-maydagi 174/17-2004-son kontraktga muvofiq obyektni qurish qiymati 50 529,2 ming AQSh dollarini, shu jumladan qurilish-montaj ishlari qiymati — 10 334,6 ming AQSh dollarini tashkil qildi.
2. Quyidagilar:
“O‘ztransgaz” kompaniyasi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kontraktni amalga oshirish doirasida import qilingan ilovaga muvofiq tovar-moddiy boyliklar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari), shuningdek “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
“ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi “0 — 66 km” uchastkasida “Gazli-Nukus” gaz quvurining ikkinchi tarmog‘ini qurishda amalga oshirilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlari bo‘yicha to‘lov manbalarida daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan;
“ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan jalb etilgan subpudratchilar funksiyasini bajarishgan “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasi va “Janubiygazqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyati “0 — 66 km” uchastkasida “Gazli-Nukus” gaz quvurining ikkinchi tarmog‘ini qurishda amalga oshirilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 118 | 2,648 |
Qonunchilik | Buxoro viloyatini xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida | Buxoro viloyatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, hayot darajasini oshirish, munosib ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda viloyatni ushbu yo‘nalishda namunali hududga aylantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining (keyingi o‘rinlarda “Oila” markazi deb ataladi) Buxoro viloyatini xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida namunali hududga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
2019-yilda Buxoro viloyatini xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida namunali hududga aylantirish va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Buxoro viloyatida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlashning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti va manzilli ro‘yxati tegishlicha 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobiga Buxoro viloyatida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va oilalarga ajratiladigan reabilitatsiya texnik vositalari taqsimoti 3-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Buxoro viloyatida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va tadbirkorlarning mablag‘lari hisobiga o‘z tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar)lar bo‘yicha asosiy parametrlari va manzilli ro‘yxati tegishlicha 4 va 4a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Buxoro viloyati hokimligining 5-ilovaga muvofiq binolarni (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) Buxoro viloyatida og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi uy-joyga muhtoj ayollar uchun qayta ixtisoslashtirish yo‘li bilan rekonstruksiya qilgan holda, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi sifatida ijtimoiy turar joylarga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
4. Obyektlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli tuman hokimliklari mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi belgilansin.
Obyektlarni rekonstruksiya qilish doirasida:
Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
obyektlarni rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda tanlov asosida aniqlansin.
5. Buxoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda obyektlarda ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini joylashtirishni nazarda tutgan holda viloyat mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ushbu obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin.
6. Belgilansinki:
ushbu qarorga 4-ilovadagi taqsimotga muvofiq Buxoro viloyatida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va oilalarga ajratiladigan reabilitatsiya texnik vositalari Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatga muvofiq beriladi;
ijtimoiy turar joylar Buxoro viloyati hokimligi tomonidan og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga (keyingi o‘rinlarda talabgor deb ataladi) vaqtincha yashash uchun uy-joy qonunchilikda belgilangan tartibda tekin foydalanishga berish shartnomasi asosida beriladi;
obyektlarning ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tadbirkorlik subyektlariga “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga aylantiriladigan qismi belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida beriladi.
7. Buxoro viloyati hokimligi shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga rioya etish asosida ijtimoiy turar joylarda vaqtinchalik yashashga talabgorlarni tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. Ushbu nizomda quyidagilar nazarda tutilsin:
ijtimoiy turar joylarda vaqtinchalik yashash uchun talabgorlarni aniqlash, turar joylarni taqsimlash hamda ushbu jarayonlarda jamoatchilik fikrini hisobga olish;
ijtimoiy turar joylardan maqsadli foydalanish tartibini, talabgorlarni vaqtincha yashash muddatini, shartnoma imzolaydigan tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;
talabgorlar bilan uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasini O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining normalari asosida tuzilishini ta’minlash;
ijtimoiy turar joylarda vaqtinchalik yashayotgan xotin-qizlarning turmush sharoiti, ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, bandligini ta’minlash hamda ularning mavjud holatini yaxshilagan holda ijtimoiy turar joylardan chiqarish tartibini belgilash.
8. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” markazi, Buxoro viloyati hokimligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ijtimoiy turar joylarda vaqtinchalik yashaydigan xotin-qizlarning turmush sharoitlarini hamda ijtimoiy holatini yaxshilash, ularni qiyin vaziyatdan olib chiqishga ko‘maklashish borasida manzilli ishlarni tashkil etsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2019-yil yakuni bo‘yicha Buxoro viloyati tajribasini o‘rgangan holda 2020-2021-yillarda respublikaning boshqa hududlarida ijtimoiy turar joylarni qurish bo‘yicha tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
10. Buxoro viloyati hokimligi:
bir oy muddatda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari bilan birgalikda dasturga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishining aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
viloyatda tashkil etilgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” orqali xotin-qizlarni, ayniqsa, qiyin ahvolga tushib qolgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarni o‘qitish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
har oyda bir marta hududiy davlat organlari va tashkilotlar darajasida xotin-qizlar yo‘nalishidagi hal qilinmagan muammoli masalalar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
11. Buxoro viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda viloyatda ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Bunda, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash yo‘nalishida tikuv-trikotaj korxonalariga 902 nafar, pillachilikka jalb etish orqali 6812 nafar, “ustoz-shogird” tizimi asosida hunarmandchilikka jalb etish orqali 2261 nafar, tomorqachilik yo‘nalishida 2400 nafar va boshqa yo‘nalishlarda 4625 nafar ayollarning bandligini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
viloyatdagi og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan xotin-qizlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini alohida reja asosida tashkil etsin;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qarorga 4-ilovaga muvofiq xotin-qizlarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamasi va boshqa reabilitatsiya vositalari manzilli yetkazilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” markazi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda viloyatda tajriba tariqasida notinch oilalar va jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan ishlashda, ular o‘rtasida salbiy holatlarning kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni ta’minlovchi elektron dasturni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar, idora va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda Buxoro viloyatidan va bosqichma-bosqich boshqa hududlardan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan xotin-qizlarni kafillik asosida afv etish bo‘yicha tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiyaga kiritsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha inspektor va psixolog shtatlarini joriy etish choralarini ko‘rsin;
bir oy muddatda Ichki ishlar vazirligi bo‘yicha jami tasdiqlangan shtat birliklari doirasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha alohida boshqarma, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida uning bo‘limlarini tashkil etsin.
14. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ikki hafta muddatda tajriba-sinov tariqasida Buxoro viloyati tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining hamda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha mutaxassislarning faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ushbu tartib asosida 2019-yil yakuni bo‘yicha ularning faoliyatiga tanqidiy baho bersin.
15. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.K. Narbayeva, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Buxoro viloyati hokimi O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin. | 136 | 10,459 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 25-iyuldagi 228-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishl | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarorini bajarish yuzasidan, oliy ta’lim muassasalarida “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i faoliyatini takomillashtirish va boshqarish, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada faol joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 25-iyuldagi 228-son qaroriga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Ta’lim” axborot tizimlari majmuasining oliy ta’lim qismini ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytini takomillashtirish”.
2. 5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Markazni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazining Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 3-uy manzilidagi binosiga ijara to‘lovisiz joylashtirsin”.
3. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | 250 | 1,805 |
Qonunchilik | “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturining 2020-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti to‘g‘risida | “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturining 2020-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, o‘tgan davrda mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning bardavom rivojlanishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay muhit yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan budjet mablag‘laridan samarali foydalanish tizimining yanada takomillashtirilishi, qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet defitsitining kamaytirilishi natijasida o‘tgan davrda davlat budjetiga qariyb 36,3 trln. so‘mlik daromad tushgan.
Mamlakatimizda pandemiya sharoitida vujudga kelgan muammolarni hal qilish maqsadida Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlarning ijrosiga qaratilgan aniq tadbirlar Hukumat tomonidan ishlab chiqilib, har bir tarmoqni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tezkor va manzilli choralar ko‘rildi. Natijada iqtisodiyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy yo‘qotishlarning oldi olindi. Xususan, mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 0,4 foiz ijobiy darajada saqlab qolindi.
Hisobot davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narxlarning barqarorligini saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Jumladan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trln. 211 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.
O‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamlakatimiz Prezidentining 2020-yil 2-martdagi Farmonida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni sifatli va samarali amalga oshirish, koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyotni rivojlantirish hamda investitsiyalarni faol jalb qilish, jozibador investitsiya muhitini yaratish, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Davlat dasturi doirasida 111 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2 ta qonuni, Oliy Majlis palatalarining 5 ta qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 ta farmoni, 20 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori va farmoyishi qabul qilindi, shuningdek 45 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga deputatlar Davlat dasturidagi bajarilish muddatlari kechikayotgan va uzaytirilgan bandlarga, ishlab chiqilib, yakuniga yetkazilmagan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tezroq qabul qilish choralarini ko‘rishga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, Davlat dasturidagi joriy yilning to‘qqiz oyligida bajarilishi belgilangan jami 173 ta banddan 53 tasining (31 %) ijrosi to‘liq ta’minlanmagani, 15 tasining (8,6 %) muddati uzaytirilganligi qayd etildi.
Jumladan bugungi kunda mamlakatimizda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l infratuzilmasini yaxshilashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish (97-band) bo‘yicha boshlangan ishlar o‘z yakuniga yetkazilmagan.
Mamlakatimizda ishbilarmonlikni rivojlantirish, investorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rag‘batlantirish orqali iqtisodiyotni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biroq tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash tizimini joriy etishga oid (78-band) normativ-huquqiy hujjat loyihasi qabul qilinmagan.
Xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish, ushbu jarayonga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish (196-band), ilm-fan sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish (178-band) kabi vazifalarni nazarda tutuvchi qator normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishini tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarning ijrosini hisobot davrining yakuniga qadar oxiriga yetkazish lozimligi qayd etilib, bu borada zarur taklif va tavsiyalar berildi.
Deputatlar tomonidan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish, turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, hududlardagi turmush sharoitlari og‘ir oilalarni, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash, davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish kabi dolzarb masalalar yuzasidan qo‘shimcha choralarni belgilash lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 322-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturining 2020-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni o‘z muddatida va puxta bajarilishini ta’minlash yuzasidan Hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining mas’uliyatini yanada oshirish;
Davlat dasturidagi ijrosi ta’minlanmagan bandlarning bajarilishini, xususan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlash;
kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlik subyektlarini energoresurslar (elektr energiyasi, ko‘mir, tabiiy va suyultirilgan gaz) bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish;
kuz-qish mavsumi boshlanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli tabiiy ofatlarning oldini olish maqsadida irrigatsiya hamda drenaj tizimlari va kanalizatsiya tarmoqlarini to‘liq nazoratdan o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish;
bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Davlat dasturida nazarda tutilgan, 2020-yilning 9 oyi davomida bajarilmagan bandlardagi vazifalarning o‘z vaqtida va puxta amalga oshirilishi, shuningdek yil davomida bajarilishi belgilangan 64 ta bandning ijrosini hisobot davri yakuniga qadar ta’minlash choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish choralarini ko‘rish;
Davlat dasturida ijrosi to‘liq ta’minlanmagan bandlar hamda muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan 15 ta bandning bajarilishi ustidan o‘z partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari Davlat dasturida ijrosi to‘liq ta’minlanmagan quyidagi bandlarning bajarilishi ustidan o‘z faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, samarali monitoring olib borsin:
Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi — 68, 72, 73, 78, 112, 115, 145, 155-bandlar bo‘yicha;
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi — 15, 28, 31, 42, 48, 49, 52-bandlar yuzasidan;
Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi — 22 va 190-bandlar bo‘yicha;
Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi — 196-band yuzasidan;
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi — 27, 111, 255, 256-bandlar bo‘yicha;
Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi — 23, 24, 25, 165, 166, 172, 176, 178, 183, 227, 232-bandlar yuzasidan;
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi — 79, 90, 96, 97, 116, 150, 152, 217-bandlar bo‘yicha;
Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi — 124-band yuzasidan;
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi – 17, 19, 20, 36, 88-bandlar bo‘yicha;
Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi — 244 va 245-bandlar yuzasidan;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi — 54, 242, 248-bandlar bo‘yicha;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi — 37-band yuzasidan.
5. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi bo‘yicha joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 198 | 9,268 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RespublikasiDA ChET EL INVESTITSIYaLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON Respublikasi QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanadi.
Qonun amalga kiritilishidan oldin vujudga kelgan huquqiy munosabatlar bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni u amalga kiritilganidan keyin vujudga keladigan huquq va burchlarga nisbatan qo‘llaniladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
“O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonunining amalga oshirilishini ta’minlaydigan qarorlar qabul qilsin;
shu yilning 1-oktabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqida takliflar kiritsin;
“O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonunga zid bo‘lgan Hukumat va tarmoq normativ hujjatlari qayta ko‘rib chiqilishini va bekor qilinishini ta’minlasin. | 124 | 1,366 |
Qonunchilik | Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga muvofiq:
a) quyidagilar belgilanganligi:
sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkinligi;
tayyorlash kurslari oliy ta’lim muassasalari va davlat sud-ekspertiza muassasalari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshirilishi;
tayyorlash kurslari natijalariga ko‘ra tegishli sud-ekspertiza faoliyati bilan shug‘ullanish uchun sertifikat berilishi;
b) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
nodavlat sud ekspertlarining o‘z kasbiy majburiyatlarini buzishi oqibatida yetkaziladigan zarardan jismoniy va yuridik shaxslarni himoya qilish maqsadida, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi joriy etilganligi;
davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
a) dual ta’limni tashkil etish, sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlashning asosiy vazifalari va bosqichlari, o‘quv kurslariga talabgorlardan hujjat qabul qilish, o‘quv jarayoni tashkil etish, tinglovchilar bilimini baholash tartibi hamda tomonlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta obyekti va subyekti, majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish tartibi, majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasi, sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari, sug‘urta mukofotini aniqlash va uni to‘lash tartibini nazarda tutuvchi Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
51 xil sud ekspertizasi turlarini o‘z ichiga olgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom davlat sud-ekspertiza va oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, sud-ekspertiza sohasida kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
amaliyot o‘tash joyi — tinglovchiga ta’lim dasturlariga muvofiq, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash maqsadida amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv amaliyotini o‘tkazish uchun belgilangan yoki tinglovchi faoliyat yuritayotgan davlat sud-ekspertiza muassasasi;
dual ta’lim dasturi — davlat ta’lim standartlari bo‘yicha tuzilgan, oliy ta’lim muassasasi va davlat sud-ekspertiza muassasasi o‘rtasida tasdiqlangan o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjat;
sud ekspertizasi sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlovchi tashkilotlar — oliy ta’lim muassasalari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari;
sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash — bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan talabalarning sud-ekspertiza sohasida zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari;
talabgor — sud-ekspertiza sohasida zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni oshirish istagidagi bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan talabalar;
tinglovchi — o‘qish uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘lagan va sud ekspertiza sohasida qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar;
amaliyot rahbari — ta’lim jarayonining amaliy qismini o‘tkazish uchun davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan tinglovchiga biriktirilgan sud ekspertiza sohasida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan ekspert.
3. Sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinglovchilarda mustaqil ravishda sud ekspertizasini o‘tkazish va sud ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan malakani shakllantirish;
tinglovchilarning tegishli sud ekspertiza turlari bo‘yicha zamonaviy fan va texnologiyalariga muvofiq ilmiy asoslangan metodikalarni amalda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish;
tinglovchilarni muayyan sud ekspertizasining shakllanish bosqichlari, zamonaviy sud ekspertizasining so‘nggi yutuqlari va imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlash;
sud ekspertlik faoliyatida zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni yetarlicha shakllantirish uchun lozim bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish.
5. Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriylik asosida sud ekspertizasining muayyan turi bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagini bildirgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik kurslar asosida tashkil etiladi.
Shartnomaning to‘lov miqdori davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. To‘lov miqdorini belgilashda har bir tinglovchining qayta tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar miqdori inobatga olinadi.
6. Dual ta’limni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
sud ekspertiza sohasida dual ta’lim tashkil etiladigan ta’lim turlari yuzasidan talabgorlar hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarining takliflari asosida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan o‘quv kurslari bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlash;
davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida sud ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish yuzasidan shartnoma tuzish;
ta’limni tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq dual ta’lim dasturini ishlab chiqish;
dual ta’lim dasturi bo‘yicha o‘quv kursini tashkil etishga doir tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
dual ta’lim dasturlari asosida tayyorlanayotgan tinglovchilarni baholash.
7. Sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash o‘quv kurslari (keyingi o‘rinlarda — o‘quv kurslari), yiliga ikki marta oktyabr va fevral oylarida tashkil etiladi.
8. O‘quv kurslariga talabgorlardan hujjat qabul qilish o‘quv kursi boshlanishidan uch oy oldin boshlanadi va o‘quv kursi boshlanishiga bir oy qolganda to‘xtatiladi.
9. O‘quv kurslari tashkil etilishi, o‘quv kurslarining tegishli sud-ekspertlik ixtisosliklari bo‘yicha davomiyligi va suhbat o‘tkaziladigan joy to‘g‘risida davlat sud-ekspertiza muassasasining rasmiy veb-saytida hamda ommaviy axborot vositalarida o‘quv kursi boshlanishidan uch oy oldin e’lon beriladi.
10. Talabgorlar tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda yoki bevosita quyidagi hujjatlarni topshiradi:
davlat sud-ekspertiza muassasasiga muassasa rahbari nomiga ariza (arizada talabgorning muassasada ta’lim beriladigan tillardan birida imtihon topshirishi va ta’lim olishi ko‘rsatiladi);
talabalar uchun tahsil olayotganligi haqida ma’lumotnoma;
Bunda hujjatlarni onlayn tarzda topshirish davlat sud-ekspertiza muassasasining rasmiy veb-saytida hamda bevosita topshirish davlat sud-ekspertizasi muassasasiga topshiriladi.
11. Davlat sud-ekspertiza muassasasi aniqlangan o‘quv kurslari bo‘yicha ehtiyojlardan kelib chiqib, o‘quv kurslari boshlanishidan o‘n besh kun oldin tegishli sud ekspertiza yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish xususida oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar tuzadi.
12. Qayta tayyorlash o‘quv kursiga o‘qishga qabul qilishni sifatli ta’minlash maqsadida kelishuvga asosan davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasining mas’ul xodimlaridan 7 kishidan iborat tarkibdagi komissiya tuziladi.
Komissiya uning uchdan ikki qismi a’zolari hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi. Komissiya a’zolarining yarmidan ko‘pi ovoz berganda qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar soni teng bo‘lganda, komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
13. Komissiya tarkibi davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi rahbarlarining qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
14. Komissiya o‘z faoliyatini keyingi o‘quv kursi uchun qabul komissiyasi tashkil etilgunga qadar olib boradi.
15. Talabgorlarni o‘quv kursiga qabul qilish suhbat shaklida o‘quv kursi boshlanishidan o‘n kun oldin o‘tkaziladi.
16. Suhbat talabgorning tanlayotgan kasbga qiziqishi, soha bo‘yicha tayanch bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
17. Suhbat natijasi bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilgan talabgorga ikki nusxada o‘quv kursida o‘qish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash taklif etiladi.
18. Shartnomani imzolagan va to‘lovni amalga oshirgan talabgor o‘quv kurslariga davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi rahbarlarining qo‘shma buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
19. Shartnoma tuzgan talabgorlar sonidan kelib chiqib o‘n nafardan yigirma besh nafargacha tinglovchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi.
20. O‘quv kursi boshlangunga qadar davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’limni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha dual ta’lim dasturi tasdiqlanadi. Ushbu dastur sud ekspertiza qonunchiligi va sohaga oid o‘zgarishlarni inobatga olgan holda yangilanib boriladi.
Ishlab chiqilgan dasturlar asosida o‘quv rejasi va o‘quv amaliyot dasturlari ishlab chiqiladi. Bunda, ta’lim jarayonining 40 (qirq) foizi nazariy, 60 (oltmish) foizi amaliy qismga ajratiladi.
Ma’ruza, seminar mashg‘ulotining o‘quv soatlari miqdori o‘quv kursining davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi.
Tinglovchilarga ta’lim jarayonining nazariy qismi tegishli oliy ta’lim muassasasida, amaliy qismi tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasida tashkil etiladi.
21. Davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida dual ta’lim bo‘yicha tinglovchilarga amaliy tajribaga ega amaliyot rahbari biriktiriladi.
Bunda, biriktirilgan amaliyot rahbarga mehnat va fuqarolik qonunchiligiga muvofiq uning mehnatiga tegishli qo‘shimcha haq to‘lanishi inobatga olinadi.
Amaliyot rahbarining faoliyati davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan nazorat qilinadi va biriktirilgan tinglovchilarni to‘liq va sifatli tayyorlashga mas’ul hisoblanadi.
22. Tinglovchilar tomonidan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
oraliq nazorat — o‘quv kursi davomida o‘quv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin tinglovchining bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir o‘quv kursi davomida ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv moduliga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
joriy nazorat — tinglovchining modul mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat modulning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
yakuniy nazorat — o‘quv kursi yakunida muayyan modul bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat modulning xususiyatidan kelib chiqqan holda yozma, og‘zaki va test shaklida o‘tkaziladi.
O‘quv rejasi va dasturida nazarda tutilgan barcha modullarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan tinglovchiga yakuniy imtihonda ishtirok etishga ruxsat beriladi.
23. Yakuniy imtihon o‘qish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan yozma va amaliy imtihon shaklida o‘tkaziladi.
Yakuniy imtihon ikki bosqichda — malaka ishi hamda og‘zaki imtihon shaklida o‘tkaziladi. Malaka ishiga qo‘yiladigan talablar davlat sud ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqib tasdiqlanadi.
Yakuniy imtihon natijalari ballar qo‘yish yo‘li bilan 100 ballik tizimda baholanadi:
malaka ishi 40 ball;
og‘zaki imtihon 60 ball bilan baholanadi.
Yakuniy imtihon natijalari bo‘yicha tinglovchi jami 55 va undan yuqori ball to‘plaganda yakuniy imtihondan o‘tgan deb hisoblanadi.
Yakuniy imtihon o‘tkazish jarayonida tinglovchiga normativ-huquqiy hujjatlar, maxsus adabiyotlar, aloqa vositalaridan, shuningdek, boshqa manbalardan foydalanish, boshqa tinglovchilar bilan gaplashish taqiqlanadi.
Yakuniy imtihon savollari nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazish uchun o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida o‘zlashtirilgan mavzular, materiallar asosida tuziladi.
Yakuniy imtihon komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Yakuniy imtihon natijalari komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan qaydnomaga kiritiladi.
Dual ta’lim kursi bo‘yicha yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchiga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat nizomning 2-ilovasiga muvofiq beriladi.
Yakuniy imtihon topshirgan tinglovchi imtihondan o‘tolmagan hollarda imtihon o‘tkazilgan kundan uch oy o‘tgandan keyin umumiy tartibda qayta imtihon topshirishga haqli.
Qayta imtihondan o‘tolmagan tinglovchining tashabbusi bilan yakuniy imtihon odatda keyingi o‘quv kursi bitiruvchilarining yakuniy imtihoni vaqtida pullik asosda tashkil etiladi.
Yakuniy imtihon jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil davomida davlat sud-ekspertiza muassasasida saqlanadi.
Yakuniy imtihon natijasidan norozi bo‘lgan tinglovchi, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab uch ish kuni davomida Apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Apellatsiya komissiyasi tarkibi davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan kamida 5 kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi. Tinglovchi tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Apellatsiyani ko‘rib chiqishda tinglovchi ishtirok etish huquqiga ega.
Apellatsiya komissiyasi tinglovchining apellatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabgorning o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi.
24. Davlat sud-ekspertiza muassasasi:
davlat sud-ekspertiza muassasalarida o‘tkaziladigan ekspertiza turlari va mutaxassisliklar bilan tanishtiradi;
davlat sud ekspertlarning huquqlari va majburiyatlarini, sud ekspertiga qo‘yiladigan malakaga oid talablar va sud ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplarini o‘rgatish orqali olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llanilishini o‘rgatadi;
tinglovchining tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha yakuniy imtihonida qatnashadi;
o‘quv kurslaridagi ta’lim jarayonini sifatli olib borilishini oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda nazorat qilib boradi.
Davlat sud-ekspertiza muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
25. Davlat sud-ekspertiza muassasasi quyidagi huquqlarga ega:
dual ta’lim sifatini oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasasiga takliflar berish;
tinglovchi tomonidan shartnoma shartlarini, davlat sud ekspertiza muassasasining mehnat va ichki tartib qoidalari hamda boshqa me’yoriy hujjatlari talablarini bajarmagan taqdirda oliy ta’lim muassasasi bilan kelishilgan holda tinglovchilar safidan chiqarish.
Davlat sud-ekspertiza muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
26. Davlat sud-ekspertiza muassasasi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
mashg‘ulotlarning amaliy qismini muassasada olib borish uchun sharoit yaratish;
tinglovchilarni amaliyot davrida aniq amaliyot o‘tash joyi va zarur jihozlar bilan ta’minlash;
sud ekspertlik faoliyatida zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni yetarlicha shakllantirish uchun lozim bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
tinglovchilarda mustaqil ravishda sud ekspertizasini o‘tkazish va sud ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan malakani shakllantirish.
Davlat sud-ekspertiza muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
27. Oliy ta’lim muassasasi:
dual ta’lim dasturini amalga oshirishni ta’minlaydi;
mashg‘ulotlarning nazariy qismini oliy ta’lim muassasasida olib borish uchun sharoit yaratadi;
sud-ekspertiza faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish, ularning qo‘llanish nazariyasini o‘rgatadi.
Oliy ta’lim muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
28. Oliy ta’lim muassasasining huquqlari:
dual ta’lim sifatini oshirish yuzasidan takliflar berish;
dual ta’lim jarayonini tashkil etish uchun tuzilgan shartnomalarga tomonlar bilan kelishgan holda o‘zgartirishlar kiritish.
Oliy ta’lim muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
29. Oliy ta’lim muassasasi dual ta’lim dasturi bo‘yicha sud-ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslarini sifatli tashkil etish va tinglovchilarga talab darajasida sifatli ta’lim berish shart.
30. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:
o‘quv dasturida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;
ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etishi;
ilmiy-tadqiqot ishlarini, maqolalarini chop etish va yoritish uchun taqdim etish;
o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar va maslahatlar olish;
o‘quv, texnika jihozlari va vositalari, axborot-kutubxona fondi, o‘quv zali va boshqa o‘quv-yordamchi xonalardan, bepul foydalanish;
davlat sud-ekspertiza muassasasi amaliyot bazalaridan foydalanish;
mehnat va jamoat ishlarida qatnashish.
31. Tinglovchilar:
davlat sud ekspertiza muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining ustavi, mehnat, ichki tartib qoidalari hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarining nazariy va amaliy qismi bo‘yicha qatnashishi;
o‘quv mashg‘ulotlariga tegishli topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi;
biriktirilgan amaliyot rahbarlari bilan doimiy aloqada bo‘lishi, ularning topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarishi;
ta’lim dasturlari talablarini bajarishi;
o‘quv mashg‘ulotlarida o‘z vaqtida qatnashishi;
o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan imtihon, test va yakuniy imtihonlarni topshirishi (suhbatdan o‘tishi);
o‘z nazariy bilimlarini, amaliy ko‘nikmalari va mahorat darajasini oshirishi;
o‘quv jarayonida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi;
texnika xavfsizligi, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishi;
davlat sud-ekspertiza muassasasiga tegishli bo‘lgan mulklarni asrab-avaylashi lozim.
32. Tinglovchi quyidagi hollarda qayta tayyorlash kurslaridan chetlashtirilishi mumkin;
o‘z arizasiga binoan;
o‘quv intizomini va tegishli muassasasining ichki tartib qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganligi uchun;
kurs davomida o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 32 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli;
salomatligi tufayli (tibbiy ma’lumotnoma asosida);
tinglovchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
33. Dual ta’lim bitiruvchilari o‘z xohishi bo‘yicha hamda qonunchilikda belgilagan tartibda kelgusida sud eksperti sifatida davlat va nodavlat sud-ekspertiza muassasalarida mehnat faoliyatini olib borishi mumkin.
34. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yangi ekspertiza turlarining joriy etilishi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tegishli davlat muassasalari, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda davlat ta’lim standartlariga javob beradigan yangi o‘quv dasturlarni tuzadi va dual ta’limga joriy etadi.
1. Mazkur Nizom Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari davlat sud-ekspertiza muassasalarining sud ekspertlariga tavsiyaviy xususiyatga ega.
2. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ular tomonidan amalga oshirilgan sud-ekspertiza tadqiqotlari natijasida zarar ko‘rgan shaxslarning mulkiy manfaatlarini sug‘urta to‘lovlari orqali himoya qilishni ta’minlashga qaratiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
sud eksperti — xulosa berish uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaxs;
naf oluvchi — mazkur Nizomga muvofiq majburiy sug‘urta shartnomasi asosida yuz bergan sug‘urta hodisasi natijasida sug‘urta tovonini olish huquqiga ega shaxs;
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti — fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari bo‘yicha sud ekspertizasini o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan, shtatida sud eksperti sertifikatiga ega mutaxassislari mavjud bo‘lgan yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan tashkilot;
sug‘urta qildiruvchi — sug‘urtalovchi bilan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti;
sug‘urta mukofoti — sug‘urta qildiruvchi majburiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi;
sug‘urta summasi — sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda mazkur Nizomga muvofiq mulkiy zarar ko‘rgan shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini olgan summa;
sug‘urta tovoni — sug‘urtalovchi tomonidan naf oluvchiga majburiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta summasi doirasida to‘lashi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi;
sug‘urta hodisasi — majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishi davrida qonunchilik hujjatlariga zid sud-ekspertlik harakatni amalga oshirish natijasida sud ekspertining harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligining sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilangan yoki sug‘urta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti;
sug‘urtalovchi — tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va majburiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
sud ekspertining fuqarolik javobgarligi — nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarining sud ekspertizasini amalga oshirish natijasida jismoniy hamda yuridik shaxsga va (yoki) sud-ekspertizani amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash majburiyati;
sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — majburiy sug‘urta shartnomasi) — sug‘urta shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda mazkur Nizomga muvofiq mulkiy zarar ko‘rgan shaxslarga (naf oluvchiga) ushbu sug‘urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta badali (sug‘urta summasi) doirasida qoplash majburiyatini oladi;
uchinchi shaxs — majburiy sug‘urta shartnomasining tarafi bo‘lmagan, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertidan sud-ekspertlik harakatlarni amalga oshirishi natijasida mulkiy zarar ko‘rgan shaxs.
4. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarini sud-ekspertlik faoliyatni amalga oshirishda sug‘urtalovchi bilan sud ekspertlarining majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishi lozim.
Majburiy sug‘urta shartnomasi va polisi mavjud bo‘lmaganligi yoki tuzilgan sug‘urta shartnomasi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmaganligi sud ekspertining faoliyatini to‘xtatib turishga asos hisoblanadi.
5. Sud eksperti fuqarolik javobgarligining quyidagilar oqibatida yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:
sud ekspertiga murojaat qilgan shaxs tomonidan sud-ekspertlik harakat amalga oshirish bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlar, haqiqiy bo‘lmagan yoki soxta hujjatlar taqdim etilishi;
agar sud-ekspertlik harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxs sud ekspertiga ushbu sud-ekspertlik harakat huquq va qonuniy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxslarning yo‘qligi yoki mavjudligini bildirmagan bo‘lsa.
6. Sud ekspertining sud-ekspertlik harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga va (yoki) sud-ekspertlik faoliyatni amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi xavfi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlar majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta obyekti hisoblanadi.
Sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchi va sud eksperti tomonidan amalga oshirilgan sud-ekspertlik harakatlari natijasida zarar ko‘rgan uchinchi shaxslar sud ekspertning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish subyektlaridir.
7. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasi sud-ekspertizasi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir sud eksperti uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim ming baravaridan kam bo‘lishi mumkin emas.
8. Majburiy sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida tuziladi.
9. Majburiy sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchining ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizasi asosida tuziladi.
10. Sug‘urta qildiruvchi majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalovchini ixtiyoriy tanlaydi.
11. Agar majburiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, u sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofoti to‘langan vaqtdan, bo‘lib-bo‘lib to‘lashda esa birinchi sug‘urta mukofoti to‘langan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy hisoblanadi.
12. Majburiy sug‘urta shartnomasi u kuchga kirgan kundan boshlab bir yil muddatga amal qiladi.
13. Sug‘urta polisi sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtalovchining hisobvarag‘iga majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.
Sug‘urta polisi blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat bo‘lib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 darajasiga ega bo‘lishi kerak. Sug‘urta polisi blankasi sug‘urtalovchining buyurtmasi bo‘yicha, bosmaxona usulida, A4 (210 — 297 mm) formatda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq tayyorlanadi.
14. Sug‘urta polisi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sug‘urta qildiruvchi uning dublikatini olish huquqiga ega.
15. Majburiy sug‘urta shartnomasiga o‘zgartirishlar tomonlarning kelishuviga asosan ulardan birining yozma arizasi asosida kiritiladi. Shartnomaga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma ravishda yozilgan va har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirda qonuniy kuchga ega.
16. Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin to‘xtatiladi:
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tugatilganda;
sud eksperti vakolati tugatilganda yoki u vafot etganda;
majburiy sug‘urta shartnomasi sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilganda.
Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi to‘xtatilgan taqdirda, sug‘urta mukofotining bir qismi to‘langan tovon summasiga va majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi.
17. Sug‘urta qildiruvchi:
sug‘urtalovchini erkin tanlash;
sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta shartnomasi shartlarini, shu jumladan o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntirishni talab qilish;
sug‘urtalovchining moliyaviy hisoboti bilan tanishish;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda sug‘urta tovonini olish;
sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan tegishli tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Sug‘urta qildiruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
18. Sug‘urta qildiruvchi:
majburiy sug‘urta shartnomasida belgilangan miqdorda, tartibda va muddatlarda sug‘urtalovchiga sug‘urta mukofotini to‘lashi;
majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urtalovchiga ushbu Nizomda belgilangan ma’lumotlarni taqdim etishi;
sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qo‘yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi to‘g‘risida darhol xabar qilish, zarar yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan sug‘urta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi;
sug‘urta hodisasi yuz berganda zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi;
sug‘urtalovchiga zararni qoplash to‘g‘risidagi uchinchi shaxslarning talabi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini berishi;
sug‘urta hodisasi yuz berganligi uchun javobgar shaxsga nisbatan regress talab qilish huquqini sug‘urta tovonini to‘lagan sug‘urtalovchiga o‘tishini ta’minlashi shart.
Sug‘urta qildiruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
19. Sug‘urtalovchi:
majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urta qildiruvchi shaxsdan sud ekspertlarining javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha oldingi shartnomalar, sug‘urta holatlari, sug‘urta to‘lovlari va majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni taqdim etishini talab qilish;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi uchinchi shaxslarning talablari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ishtirok etish;
Nizomga nazarda tutilgan hollarda zarar yetkazganlik uchun javobgar shaxsga nisbatan regress talab qilish huquqini taqdim etish;
Shuningdek, sug‘urta tovonini to‘liq yoki qisman to‘lashni rad etish huquqiga ega.
Sug‘urtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
20. Sug‘urtalovchi:
sug‘urta qildiruvchini majburiy sug‘urta shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda majburiy sug‘urta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta mukofotini to‘liq yoki qisman qaytarib berishi;
sug‘urta hodisasi yuz berganligi va sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar yetarli bo‘lmagan taqdirda, ular olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga taqdim etilmagan va (yoki) noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati ko‘rsatilgan holda xabar berishi;
sug‘urta hodisasi yuz berganda ushbu Nizomga nazarda tutilgan tartibda va shartlarda sug‘urta to‘lovini amalga oshirishi;
sug‘urta qildiruvchidan (naf oluvchidan) ariza olinganda sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) talablarini ko‘rib chiqish va besh ish kuni ichida nizoni hal etishning keyingi tartibi ko‘rsatgan holda yozma javob berishi;
sug‘urta hodisasi yuz berganda zararni oldini olish va (yoki) kamaytirish maqsadida sug‘urta qildiruvchiga yetkazilgan xarajatlarni qoplashi;
o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida sug‘urta qildiruvchi va uchinchi shaxs yoki naf oluvchi to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi shart.
Sug‘urtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
21. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotining hajmi tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi, biroq majburiy sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta summasining 1 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida sug‘urta tarifi darajasining o‘zgarishi sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lov vaqtida amalda bo‘lgan sug‘urta tarifi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotining o‘zgarishiga olib kelmaydi.
22. Sug‘urtalovchi naf oluvchiga sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
sug‘urta tovonini olish to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza;
uchinchi shaxslarning yetkazilgan zararni va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan zararni qoplash to‘g‘risidagi talabi yoki sug‘urta qildiruvchi tomonidan sud-ekspertlik harakatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori;
naf oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki yuridik shaxs vakiliga berilgan ishonchnoma;
yetkazilgan zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish choralarini ko‘rish bilan bog‘liq xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
23. Hujjatlarni qabul qilgan sug‘urtalovchi ariza beruvchiga taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va qabul qilingan sana ko‘rsatilgan ma’lumotnoma berishi shart.
Ariza beruvchi tomonidan sug‘urta tovonini olish to‘g‘risidagi murojaat elektron shaklda yuborilgan taqdirda, unga ushbu ma’lumotnoma elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
24. Sug‘urta hodisasi sug‘urta qildiruvchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki sug‘urta qildiruvchi tomonidan zararni qoplash to‘g‘risidagi uchinchi shaxslarning talablari asosli ekanligi tan olingan va bu haqda sug‘urtalovchining roziligi olingan kundan boshlab yuz bergan hisoblanadi.
25. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining tashabbusi bilan yoki sug‘urtalovchining talabiga binoan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi munosabati bilan yuzaga kelgan sug‘urta qildiruvchining barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini, hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan hollarda ham qoplaydi.
26. Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish bo‘yicha xarajatlar sug‘urta tovoni miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
27. Sug‘urta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sug‘urta summasidan oshmagan miqdorda sug‘urtalovchi tomonidan bevosita uchinchi shaxsga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) to‘lanadi.
28. Agar sug‘urta qildiruvchi uchinchi shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urtalovchining yozma roziligi bilan o‘z hisobidan qoplasa, sug‘urta qildiruvchi yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibida o‘zi amalga oshirgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘laydi.
Sug‘urta qildiruvchi uchinchi shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini o‘z hisobidan qisman qoplasa sug‘urtalovchi sug‘urta tovonining tegishli qismini sug‘urta qildiruvchiga, qolgan qismini esa — uchinchi shaxsga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) to‘laydi.
Bankning to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan to‘lov topshiriqnomasi nusxasi yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibida sug‘urta qildiruvchi to‘laganligini yoki boshqa to‘lov qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
29. Sug‘urta tovonini to‘lashda sug‘urtalovchi naf oluvchidan sug‘urtalovchiga nisbatan da’voni cheklaydigan shartlarni qabul qilishni talab qilishga haqli emas.
Sud eksperti tomonidan amalga oshirilgan sud-ekspertiza natijasida mulkiy manfaatlari zarar ko‘rgan uchinchi shaxs vafot etgan taqdirda, uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari naf oluvchi hisoblanadi.
Sug‘urtalovchining yozma roziligi bilan sug‘urtalovchining majburiyatlari doirasida uchinchi shaxsga (uning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) yetkazilgan zararning o‘rnini qoplagan sug‘urta qildiruvchi ham naf oluvchi bo‘lishi mumkin.
30. Sug‘urta tovonini to‘lash sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
31. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi yoki uni to‘lash haqidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga u sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risida yozma murojaat etganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi kerak, tovon to‘lash rad etilganda qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari ko‘rsatilishi lozim.
32. Agar sug‘urta tovonini to‘lash ushbu Nizomda belgilangan muddatda amalga oshirilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi uchinchi shaxsga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoniga qo‘shimcha ravishda sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib chiqqan holda penya to‘laydi.
33. Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi uchinchi shaxsga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, u holda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘laydi.
34. Sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi davrida vujudga kelgan zararlarning o‘rnini, agar uchinchi shaxs (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) zararlarni keltirib chiqargan sug‘urta hodisasi haqida zararlarning o‘rnini majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida undirish to‘g‘risida da’vo arizasi bergan bo‘lsa, qoplaydi.
35. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi quyidagi asoslar bo‘yicha yuzaga kelgan taqdirda sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish huquqiga ega:
sug‘urta qildiruvchining sug‘urta hodisasini yuzaga keltirishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilishi;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan sud ekspertining vazifalari va majburiyatlariga muvofiq bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirishi;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan zarar keltirib chiqarishda aybdor bo‘lgan shaxsdan yetkazilgan zarar uchun tegishli kompensatsiya olinishi;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi yuzaga kelishi holatlarini tekshirishda va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda to‘sqinlik qilishi.
Sug‘urtalovchi ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslar bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lashni rad etishga haqli emas.
36. Sug‘urtalovchi tomonidan quyidagi hollarda sug‘urta tovoni qoplanmaydi:
sug‘urta qildiruvchi tomonidan tan olingan, biroq sug‘urtalovchining roziligi olinmagan uchinchi shaxsning yozma talabi bilan aniqlangan zarar;
majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishi davomida shartnoma kuchga kirgunga qadar yuzaga kelgan sabablarga ko‘ra yetkazilgan zarar;
ma’naviy zarar, boy berilgan foyda va jarima to‘lovlari.
37. Sug‘urtalovchi zarar yetkazilgan shaxsga o‘zi to‘lagan sug‘urta tovoni miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:
sug‘urta hodisasi sug‘urta qildiruvchining qasddan qilgan harakatlari natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa;
sug‘urta hodisasi sug‘urta qildiruvchining qasddan sodir etgan jinoyati natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish choralarini qasddan ko‘rmaganligi natijasida zarar miqdori oshib ketgan bo‘lsa;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta obyekti, sug‘urta xavfi, sug‘urta hodisasi va uning natijalari haqida yolg‘on ma’lumotlar berilgan bo‘lsa.
38. Sug‘urta tovonini to‘lagan sug‘urtalovchiga sug‘urta qildiruvchining sug‘urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan to‘langan summa doirasida regress tartibida talab qilishga bo‘lgan huquqi o‘tadi.
39. Sug‘urtalovchi tomonidan undirilgan zararlar bo‘yicha javobgar bo‘lgan shaxsga nisbatan ega bo‘lgan talab qilish huquqi sug‘urta tovonini to‘lashni amalga oshirgan sug‘urtalovchiga u to‘lagan summa doirasida o‘tadi.
40. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tovonini olishda sug‘urtalovchiga uning sug‘urta hodisasi yuzaga kelishida aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun barcha zarur hujjatlarni berishi shart.
41. Agar sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchi tomonidan undirilgan zarar yuzasidan javobgar bo‘lgan shaxsga nisbatan o‘zining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki ushbu huquqni amalga oshirish sug‘urta qildiruvchining aybiga ko‘ra mumkin bo‘lmay qolsa sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchidan sug‘urta tovonining to‘langan summasini qaytarib berishni talab qilishga haqlidir.
42. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-banddan “ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Markaz adliya organlari va muassasalari, advokatlar, notariuslar, patent vakillari, mediatorlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlarini hamda huquqiy bilimlarini oshirish talab etiladigan davlat boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat ta’lim muassasasidir”;
b) 32-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrda 1030-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi “huquqni muhofaza qilish organlari” so‘zlaridan keyin “hamda davlat sud-ekspertiza muassasalarining” so‘zlari qo‘shilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-martdagi 180-son qarorida:
a) 2-ilovada (Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimini oshirish tartibi to‘g‘risida nizom):
8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Sud ekspertizasining muayyan turi bo‘yicha uzluksiz ravishda o‘n yil davomida sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirgan sud eksperti hamda uzluksiz ravishda kamida so‘nggi uch yil davomida sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan davlat sud ekspertlari ushbu ixtisoslik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini o‘tmasdan yakuniy imtihon topshirishga haqli”;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Talabgor tegishli davlat muassasasiga onlayn tarzda yoki bevosita quyidagi hujjatlarni topshiradi:
davlat muassasasi rahbari nomiga ariza (arizada talabgorning muassasada ta’lim beriladigan tillardan birida ta’lim olish va imtihon topshirish xohlashi ko‘rsatiladi);
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar shaxs nodavlat sud ekspertiza tashkilotida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa).
Bunda hujjatlarni onlayn tarzda topshirish davlat muassasasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
Quyidagi hujjatlar davlat muassasasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
pasport nusxasi;
3,5x4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan ko‘chirma yoki ekspertlik faoliyati va turini tasdiqlovchi boshqa hujjat”;
30-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “test (qog‘oz yoki elektron)” so‘zlari “kompyuterda topshiriladigan test sinovlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Test sinovlarining natijasi shu vaqtning o‘zida ma’lum qilinadi”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
32-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yakuniy attestatsiya va apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayoni uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va kamida bir yil davomida muhrlangan holda davlat muassasasida saqlanadi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Attestatsiya jarayonlari onlayn tarzda ham uzatilishi mumkin”.
34-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari baholash yo‘nalishidagi sud ekspertizasi turlarini amalga oshirishda sud ekspertizalarini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatga ega bo‘lganda, ulardan baholovchining malaka sertifikati talab qilinmaydi”;
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
63-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “test” so‘zi “kompyuterda topshiriladigan test” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Test sinovlarining natijasi shu vaqtning o‘zida ma’lum qilinadi”;
Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Nizomga 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Nizomga 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 3-ilova (Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom)ning 10-bandidagi “adliya vazirining buyrug‘i” so‘zlari “Adliya vazirligining qarori” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 99 | 47,375 |
Qonunchilik | UMUMTA’LIM MAKTABLARINING 9-SINF BITIRUVChILARINI AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA O‘QITISh BILAN QAMRAB OLIShNI TA’MINLASh BO‘YIChA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash, iqtisodiyotning real tarmoqlarida talab mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlar tayyorlash darajasi va sifatini oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish va rasmiylashtirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tasdiqlangan Nizomlarga qat’iy amal qilsinlar hamda ularda belgilangan talablarga belgilangan muddatlarda so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarini aniq maqsadni ko‘zlab, samarali va muntazam tashkil etsin;
bir oy muddatda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis tizimini tanqidiy ko‘rib chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Xalq ta’limi muassasalarida psixologik xizmat to‘g‘risidagi Nizom loyihasini kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning xolisligini muntazam tekshirib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish ko‘rsatkichlarini belgilashda quyidagilar asosiy vazifalar hisoblanadi:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishga oid qismini samarali amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish huquqini ta’minlash;
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kasbiy tayyorlangan va talab etiladigan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji muvozanatini ta’minlash;
davlat manfaatlaridan kelib chiqib o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash va ulardan foydalanish samaradorligi oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan maqsadlar amalga oshirilishini hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga davlat xarajatlarining maqbul darajasiga erishish.
3. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish bo‘yicha yillik ko‘rsatkichlarni shakllantirish ular to‘liq qamrab olinishi hisobga olingan holda va iqtisodiyot tarmoqlarining yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyoj asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan (keyingi o‘rinlarda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi deb yuritiladi) Mehnat vazirligining hududiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
4. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish yillik ko‘rsatkichlari quyidagilarni amalga oshirish orqali bosqichma-bosqich shakllantiriladi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish ko‘rsatkichlarini shakllantirish uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari sonini aniqlash;
bo‘lajak o‘quv yiliga umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olishga bo‘lgan talabini tahlil qilish;
hududlar va respublika bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlanganlikni tahlil qilish hamda ularga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash;
umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olish zarurligi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olingan holda bo‘lajak o‘quv yili uchun hududlar darajasida yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash;
respublika bo‘yicha yangi o‘quv yiliga yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
5. Yangi o‘quv yiliga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish ko‘rsatkichlarini shakllantirishda quyidagilar asosiy mezonlar hisoblanadi:
umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari soni;
respublika hududlari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislarga kamida kelgusi 3 yilga ehtiyoji;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining zarur yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkoniyatlari.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi har yili 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda kelgusi kalendar yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) bo‘yicha umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari sonini aniqlaydi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga taqdim etadi.
7. Har yili 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalariga hududlar bo‘yicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ro‘yxatini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari nomenklaturasi bilan birga taqdim etadi. Mazkur ro‘yxatlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har bir umumta’lim muassasasiga yetkaziladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari tuman (shahar) hokimliklari, hududiy bandlikka ko‘maklashish markazlari, ish beruvchilar, boshqa manfaatdor tashkilotlar ko‘magida 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan turli mutaxassisliklarning xususiyatlarini, mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashtirish istiqbollarini tushuntirishga, ularni hududlarning akademik litseylari va kasb-hunar kollejlariga jalb etishning muvozanatligi va tengliligini hisobga olgan holda o‘quvchilarning bundan keyingi ta’lim yo‘nalishlarini ongli tanlashini ta’minlashga yo‘naltirilgan faol kasbga yo‘naltirish ishlari olib borilishini ta’minlaydilar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qishni davom ettirish bilan bog‘liq xohish-istaklarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazadilar.
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo‘linmalari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari bilan birgalikda har yili o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini sifatli tayyorlash va ular mehnatidan samarali foydalanish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadilar (bundan keyin hududiy dasturlar deb yuritiladi). Hududiy dasturlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, respublika viloyatlari va shaharlari (tumanlari) bo‘yicha 3 yil muddatga ishlab chiqiladi va ularda quyidagilar aks ettiriladi:
mehnat bozorida o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli malakali kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi talab va takliflar;
tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bo‘lgan talab tarkibi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari yaratish parametrlari;
navbatdagi yangi o‘quv yili uchun qabul ko‘rsatkichlariga tuzatish kiritishga oid takliflar;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini (zarur hollarda) qayta ixtisoslashtirishga oid takliflar.
Hududiy dasturlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar (tumanlar) hokimliklari tomonidan 1-apreldan kechikmay tasdiqlanadi. Hududiy dasturlarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar (tumanlar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari ishtirokida har yili o‘quv yili boshidan 10-yanvarga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni (o‘qish muddati 3 yilligini inobatga olgan holda) tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha aniqlaydilar. Istiqboldagi ehtiyoj hududiy dasturlar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish natijalari asosida aniqlanadi.
12. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari har yili 15-fevralgacha bo‘lgan muddatda o‘zlariga qarashli hududdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan birgalikda:
umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini to‘liq qamrab olish zarurligini, o‘quv-moddiy baza mavjudligini hisobga olgan holda mintaqaning o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan istiqboldagi potensial ehtiyoji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek o‘quvchilar va ularning ota-onalarining u yoki bu mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga bo‘lgan talabini umumlashtiradi, navbatdagi o‘quv yiliga, zaruriyat bo‘lganda, yangi talab qilingan mutaxassisliklarni joriy etgan holda qabulning ko‘rsatkichlari va mutaxassisliklari bo‘yicha takliflarni, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini belgilangan tartibda qayta ixtisoslashtirishga doir asosli takliflarni shakllantiradi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mutaxassisliklarini birlashtirish va ixchamlashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantiradi;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga shakllantirilgan takliflarni kiritadi.
13. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi har yili 15-martgacha bo‘lgan muddatda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari tomonidan kiritilgan:
iqtisodiyot tarmoqlarining yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni;
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, ishlab chiqarishlar va hududlar bilan o‘zaro bog‘liq holda yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish ko‘rsatkichlari, mutaxassisliklarni birlashtirish va ixchamlashtirish, shuningdek ayrim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflarni;
iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli davlat dasturlarini hamda ustuvor va strategik muhim tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni, ijtimoiy soha va boshqa tarmoqlarni tarkibiy qayta o‘zgartirishni hisobga olgan holda umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga qabul qilish ko‘rsatkichlariga zarur tuzatishlarni ko‘rib chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishadi.
14. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi har yili 10-aprelgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan qabul qilish ko‘rsatkichlariga asosan:
kelgusi o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga qabul qilish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini, zarur tahliliy va hisob-kitob materiallari bilan birga;
kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar ro‘yxatiga kiritilgan tuzatishlarni hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga qabul qilishning prognoz parametrlarini;
ayrim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflarni (zarur hollarda) tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
15. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylarga qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi har yili 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylarga qabul qilish parametrlariga asosan har bir akademik litsey va kasb-hunar kolleji bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha mutaxassisliklar bo‘yicha qabul kvotalarini tasdiqlaydi.
16. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish ko‘rsatkichlarini shakllantirishda vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligi mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Mehnat vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy bo‘linmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy dasturlar o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishi, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ko‘rsatkichlarining ishonchliligi va qabul kvotalarining, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini qayta ixtisoslashtirish zarurligi asoslanganligi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
1. Mazkur Nizom umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda bitiruvchilar deb yuritiladi) o‘zlari va ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan tanlangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom idoraviy tegishliligidan qat’i nazar, barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga tatbiq etiladi, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa.
3. Umumta’lim maktablarining direktorlari har yili 15-iyungacha bitiruv imtihonlari o‘tkazilishini va 20-iyungacha bitiruvchilarning shahodatnomalari rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
4. Xalq ta’limi tizimida o‘tkazilgan psixologik-pedagogik tashxis natijalariga muvofiq, bitiruvchilar va ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirish to‘g‘risidagi arizalari asosida umumta’lim maktablarida har yili 20-iyungacha bitiruvchilarning hujjatlari bilan birgalikda shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi shakllantiriladi.
Bitiruvchilarning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan birgalikda belgilanadi.
5. O‘quvchilarni qabul qilish davrida har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejida belgilangan tartibda maslahat markazlari tashkil etiladi.
6. Umumta’lim maktablarining direktorlari yoki direktor o‘rinbosarlari har yili 30-iyungacha bitiruvchilarning hujjatlar yig‘ma jildini bitiruvchilar va ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida tegishli akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining maslahat markazlariga topshiradi.
7. Hujjatlar yig‘ma jildini bitiruvchilar yoki ularning ota-onalariga (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) berib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Umumta’lim maktabi bitiruvchisining hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida umumta’lim maktabi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorlari tomonidan to‘rt nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomaning nusxalari Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalarida va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida, umumta’lim maktablari hamda akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlari direktorlarida saqlanadi.
9. Bitiruvchilar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga tasdiqlangan qabul ko‘rsatkichlari doirasida tushgan arizalar asosida teng shartlarda (yengillik va imtiyozlarsiz) qabul qilinadi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlari har yili 5-iyulga qadar umumta’lim maktablari direktorlaridan qabul qilingan bitiruvchilar hujjatlarining yig‘ma jildlari asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tasdiqlangan qabul ko‘rsatkichlariga muvofiq bitiruvchilarni qabul qilish bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtiradi.
10. Madaniyat, san’at yo‘nalishlari va boshqa ijodiy yo‘nalishlar hamda sport bo‘yicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan xolda, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda qabul jarayonida ijodiy imtihonlar o‘tkazilishi mumkin.
11. O‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalariga bitiruvchilarning arizalari qabulning tasdiqlangan ko‘rsatkichlaridan ortiq tushgan taqdirda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari har yili 5-iyulgacha taalluqli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga bu haqda ma’lumotlar kiritadi.
12. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari har yili 10-iyulgacha bitiruvchilar hujjatlari akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini umumlashtiradi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi har yili 15-iyulgacha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari taqdim etgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga bitiruvchilarni qamrab olish imkoniyati va smena koeffitsiyentini hisobga olib qo‘shimcha o‘rin ajratish yoki ayrim hollarda bunday ta’lim muassasalarining har biri bo‘yicha bitiruvchilar o‘rtasida saralash test sinovlari o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan kiritilgan taklifni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
15. Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, saralash test sinovlari muayyan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlari ajratilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida bitiruvchilarni qabul qilish tushgan arizalar asosida teng shartlarda amalga oshiriladi.
16. Saralash test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
18. Test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha 11 yoki 13 nafar a’zodan iborat komissiya tuziladi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi).
Komissiyaning tarkibiga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi va Xalq ta’limi vazirligi hududiy bo‘linmalari, tuman (shahar) hokimliklaridan bittadan vakil hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakili Komissiya raisi hisoblanadi.
Saralash test sinovlarini o‘tkazish jarayonida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda ota-onalardan 4-5 nafar vakil kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Komissiya test sinovlarini adolat va oshkoralik tamoyillari asosida, jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rgan holda o‘tkazadi.
19. Umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarida 1-5 o‘rinlarni egallagan bitiruvchilar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori asosida qabul qilinadi.
20. Imkoniyatlari cheklangan bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida ta’lim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatiga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyalari xulosalari va tavsiyalari, shuningdek Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining yo‘llanmalari asosida qabul qilinadi.
21. Ushbu Nizomning 9, 10, 15 va 19-bandlarida belgilangan tartib asosida qamrab olinmagan bitiruvchilarning hujjatlari bitiruvchilar va ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) roziligi bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘tkaziladi.
22. Bitiruvchilarni qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lgan boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘tkazishda akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji direktori tomonidan hujjatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (4 nusxada) rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning nusxalari Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida, umumta’lim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji direktorlarida saqlanadi.
Mazkur jarayon o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari va Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
23. Bitiruvchilarini qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining o‘qitish mutaxassisliklari (yo‘nalishlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalariga o‘z vaqtida yetkaziladi.
24. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari bitiruvchilarni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qamrab olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yozma axborot beradi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi bitiruvchilarning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olinganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga hisobot beradi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda xalq ta’limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari, shuningdek ta’lim muassasalari rahbarlari hujjatlar o‘z vaqtida berilishi va bitiruvchilarning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olinishi uchun shaxsan javob beradi.
27. Bitiruvchilarni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish, qoidaga ko‘ra, har yili 1-avgustgacha yakunlanadi.
Hujjatlarni rasmiylashtirish, statistik hisobotlarni tayyorlash, tahlil o‘tkazish, tashkiliy va nizoli masalalarni hal etish, qoidaga ko‘ra, har yili 25-avgustgacha yakunlanadi.
28. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hujjatlarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish va ularni o‘qitish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Majburiy o‘qishni davom ettirish uchun bitiruvchilarga to‘sqinlik qilayotgan umumta’lim maktablari rahbarlari va o‘qituvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari rahbarlari, shuningdek o‘quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 206 | 27,664 |
Qonunchilik | ShAKAR XOM AShYoSI XARID QILISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Xorazm shakar zavodining ehtiyojlari uchun shakar xomashyosi xarid qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Shakar xomashyosi yetkazib beruvchini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Shakar xomashyosi yetkazib beruvchini aniqlash bo‘yicha maxsus guruh tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Shakar xomashyosi xarid qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 1-fevraldagi 44-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 7-modda) va “Vazirlar Mahkamasining “Shakar xomashyosi xarid qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 1-fevraldagi 44-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2002-yil 19-iyundagi 217-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 33-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom Xorazm shakar zavodi ehtiyojlari uchun shakar xomashyosi yetkazib beruvchilarni tanlov bo‘yicha tanlab olish (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Quyidagilar tanlov o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi:
shakar xomashyosining yil davomida eng maqbul narxlar bo‘yicha muntazam kelishini ta’minlash;
shakar xomashyosini xalqaro nufuzga ega bo‘lgan ishonchli xorijiy yetkazib beruvchilardan xarid qilish;
shakar xomashyosini xarid qilishga yo‘naltirilayotgan markazlashtirilgan valyuta mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish.
3. Tanlovning barcha ishtirokchilari uchun bir xil raqobat shartlarining yaratilishi, oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi tanlov o‘tkazishni tashkil etishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
4. Tanlov faqat ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va taqsimlashning tasdiqlangan balanslarida belgilangan import bo‘yicha xarid qilish hamda xarid qilishni mablag‘ bilan ta’minlashning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan manbalari mavjud bo‘lgan hajmlari doirasida o‘tkazilishi mumkin.
5. Tanlovda ishlab chiqaruvchi xorijiy firmalar va kompaniyalar hamda shakar xomashyosi yetkazib berish tajribasiga ega bo‘lgan mulkchilikning barcha shakllaridagi tijorat firmalari qatnashishlari mumkin.
6. Tanlov tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanadigan Shakar xomashyosi yetkazib beruvchini aniqlash bo‘yicha maxsus guruh (keyingi o‘rinlarda Maxsus guruh deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.
7. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bilan bir yil muddatga shakar xomashyosi yetkazib berish yuzasidan bosh bitim tuziladi.
8. Maxsus guruh rahbari guruh ishini tashkil etadi, zarurat bo‘lganda tushgan takliflarni baholash uchun ekspert va maslahatchi tashkilotlarning vakillarini jalb etish yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Jalb etilgan mutaxassislarning tavsiyalari Maxsus guruhning protokolida aks ettiriladi.
9. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar, ekspert va maslahatchi tashkilotlar, shuningdek shartnoma asosida jalb etilgan mutaxassislarning xizmatlari, shu jumladan shakar xomashyosini tanlash bilan bog‘liq xizmat safarlari xarajatlari tanlov g‘olibidan O‘zbekiston Respublikasidagi shakar xomashyosi import qiluvchi tomonidan olingan rag‘batlantirish mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
10. Tanlovni o‘tkazishda Maxsus guruh:
tanlov o‘tkaziladigan sana to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
tanlov o‘tkaziladigan sanagacha yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘adi;
jalb etiladigan ekspertlar va konsultantlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
olingan ma’lumotlarni tartibga soladi;
tanlov g‘olibini aniqlaydi.
11. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
xorijiy shakar xomashyosi yetkazib beruvchilardan tushgan takliflarni tayyorlash, to‘plash, ko‘rib chiqish. Maxsus guruh tanlov o‘tkazilishidan kamida 15 kun oldin yetkazib beruvchilarga tanlovda qatnashish uchun taklifnomalar jo‘natadi;
shakar xomashyosi qiymatini Nyu-York birjasidagi narxdan kelib chiqib, polyarizatsiya uchun mukofotni hisobga olgan holdagi formula bo‘yicha hisoblab chiqishda, talabgorlardan tushgan takliflar asosida bir yilga xarajatlar qismini (yukni qayta ishlash joyigacha yetkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni) ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
12. Maxsus guruh o‘z ish reglamentini mustaqil ravishda belgilaydi. Mazkur masala yuzasidan qaror Maxsus guruh a’zolari umumiy sonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolganda Maxsus guruh rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
13. Maxsus guruh yig‘ilishini o‘tkazish uchun kvorum guruh tarkibining kamida 75 foizidan iborat bo‘ladi. Maxsus guruhning majlisida protokol yuritiladi.
14. Maxsus guruh tomonidan yetkazib beruvchilarga yuborilgan taklifnomalarda ko‘rsatilgan, belgilangan mezonlarga muvofiq o‘zlari to‘g‘risida axborot taqdim etgan talabgorlar o‘rtasida malakaviy tanlov o‘tkaziladi.
15. Maxsus guruh yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish muddatini hamda uning so‘nggi sanasi va vaqtini, shuningdek tanlov uchun olingan axborot ko‘rib chiqiladigan majlis sanasini belgilaydi. Belgilangan muddatdan keyin olingan axborot ko‘rib chiqilmaydi. Tanlov ishtirokchisi axborot qabul qilishning oxirgi sanasidan kamida 24 soat oldin tanlovda qatnashishdan voz kechish huquqiga ega.
16. Tanlov quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb e’lon qilinadi:
buyurtmalar Maxsus guruh tomonidan ko‘rib chiqiladigan muddatning oxirigacha bironta ham yetkazib beruvchidan axborot olinmagan bo‘lsa;
tanlovga faqat bitta ishtirokchi tomonidan axborot taqdim etilgan bo‘lsa;
barcha taqdim etilgan axborotlar qo‘yilgan talablarga javob bermasa.
17. Quyidagilar talabgorlarning malakaviy tanlovini o‘tkazishda ko‘rib chiqishga qo‘yilmaydi:
qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik jarayonida bo‘lgan, ishi sud yoki arbitraj tartibida ko‘rilayotgan tashkilotlar, agar bu to‘g‘rida ishonchli ma’lumot mavjud bo‘lsa;
malakaviy tanlov uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan;
ilgari o‘tkazilgan tanlovlarda o‘zini salbiy jihatdan ko‘rsatgan;
ilgari tuzilgan kontraktlar bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlarini zarur darajada bajarmagan;
tanlovda ishtirok etish huquqini boshqa yuridik shaxsga bergan tashkilotlar.
18. Tushgan axborotlarni baholash va tanlov g‘olibini aniqlash Maxsus guruh tomonidan quyidagilarni e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi:
narxlarni shakllantirish taklif etilayotgan tartibining bozor kon’yunkturasiga muvofiqligi. Bunda shakar xomashyosining qiymati Nyu-York birjasidagi narxdan kelib chiqqan holdagi formula bo‘yicha, uni xaridor tomonidan belgilab qo‘yish huquqi bilan, shakar xomashyosini qayta ishlash joyigacha yetkazishni tashkil etish bilan bog‘liq asoslangan va yetkazib beruvchi komissiyasi tomonidan belgilab qo‘yilgan xarajatlarni hisobga olib hisoblab chiqilishi kerak;
yetkazib beruvchi kompaniyaning ishonchliligi va uning jahon shakar xomashyosi bozoridagi xalqaro nufuzi;
moliyaviy ahvoli va bank tavsiyalari.
Shakar xomashyosini qayta ishlash joyiga yetkazish bo‘yicha xarajatlar qismini ko‘rib chiqish va tasdiqlashda quyidagilar e’tiborga olinadi:
mo‘ljallangan stansiyagacha bo‘lgan, har qanday transport kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan dengiz va temir yo‘l tarifi;
sug‘urta mukofoti summasi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan tasdiqlangan qayta moliyalash stavkasi va akkreditivga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
shakar xomashyosini portda ortish-tushirish va saqlash xarajatlari;
syurveyer kompaniyasi xarajatlari;
sotuvchining belgilab qo‘yilgan rag‘batlantirish mukofoti;
shakar xomashyosini yetkazish bilan bog‘liq, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa xarajatlar.
Taqdim etilgan axborotning qo‘shimcha texnik, tashkiliy va tijorat ustuvorliklari ham e’tiborga olinishi mumkin.
19. Axborotlarni baholash Maxsus guruh tomonidan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladi.
Tanlov qatnashchilari yoki ularning vakillari tushgan axborotlarni baholashda ishtirok etishga haqli emas.
20. Maxsus guruhning har bir a’zosi tanlov qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan axborot bilan tanishganlaridan so‘ng tanlov muddati tugagungacha asoslangan yozma xulosa tuzishga haqli.
Maxsus guruh a’zolarining yozma xulosalari (agar ular mavjud bo‘lsa) umumlashtirish va protokolga kiritish uchun guruh rahbariga beriladi.
21. Maxsus guruhning tanlov g‘olibi to‘g‘risidagi protokolida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Maxsus guruh tarkibi;
ovoz berish natijalari;
tanlov g‘olibi bo‘lgan kompaniya nomi.
22. Tushgan axborotlarning ko‘rib chiqilishi va baholanishi to‘g‘risidagi axborot Maxsus guruh a’zolari tomonidan baholash tartibotiga rasmiy daxldor bo‘lmagan shaxslarga xabar qilinmaydi. Maxsus guruh a’zolari va jalb etilgan ekspertlar mazkur axborotning oshkor qilinishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
23. Maxsus guruhning yetkazib beruvchini tanlab olish to‘g‘risidagi protokoli majlisda qatnashgan barcha Maxsus guruh a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shakar xomashyosi yetkazib berish yuzasidan talabgorlarni tanlab olishga oid to‘liq axborot bilan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi rahbariga taqdim etiladi.
24. Tanlov g‘olibi kontrakt tuzishni rad etgan yoki tanlov bo‘lib o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda yetkazib beruvchilarning qayta tanlovi o‘tkaziladi.
25. Tanlov natijalari Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi rahbari tomonidan protokol tasdiqlangandan keyin bir kun mobaynida Maxsus guruh tomonidan pochta, telefaks yoki boshqa yozma shaklda tanlov g‘olibiga yetkaziladi.
26. O‘tkazilgan tanlov bilan bog‘liq nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
27. Tanlov g‘olibi aniqlangandan keyin yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasida bosh bitim imzolanadi. Etkazib beruvchi va xaridor o‘rtasida tuzilgan kontraktlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
28. Kontraktlarning bajarilishi monitoringi ular to‘liq bajarilgungacha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksiga hamda tegishli vakolatli bankka majburiy ravishda axborot taqdim etilgan holda, Maxsus guruh tomonidan amalga oshiriladi. | 73 | 10,615 |
Qonunchilik | Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li - Ogahiy tavalludining 190 yilligini nishonlash to‘g‘risida | Xalqimizning milliy madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, tarixnavis, tarjimon, davlat arbobi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li - Ogahiyning adabiy-ilmiy merosini yanada keng targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Xorazm viloyati hokimligining 1999-yilda respublikamizda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li - Ogahiy tavalludining 190 yilligini keng nishonlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ogahiy tavalludining 190 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda yubileyga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
2. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi:
Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan birgalikda 1999-yil dekabr oyida “Sharq xalqlarining ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida Ogahiy adabiy-ilmiy merosining ahamiyati” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi va tegishli vazirliklar bilan birgalikda 1998-1999-yillar davomida shoirning badiiy, ilmiy-tarixiy merosidan “Tanlangan asarlari”ni hamda Ogahiy haqidagi risola, maqolalar to‘plamini tayyorlasin va chop etsin.
3. Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi bilan birgalikda 1999-yil dekabr oyida Urganch shahrida Ogahiy yubileyiga bag‘ishlangan tantanalarni tashkil qilsin va o‘tkazsin.
4. Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda tegishli idoralar bilan birgalikda mahalliy budjet va homiylarning mablag‘lari hisobiga Ogahiy nomi bilan ataluvchi majmua tarkibiga kirgan inshootlarni, jumladan, Xiva tumanidagi shoir maqbarasini, muzey hamda bog‘ini ta’mirlash, yangi eksponatlar bilan boyitish, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin.
5. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Ogahiy surati tasvirlangan pochta markalari, konvertlar chiqarishni tashkil etsin.
6. “O‘zteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ogahiyning o‘zbek adabiyoti va tarix ilmini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, hayot yo‘li aks etgan ko‘rsatuvlar, eshittirishlar tashkil etish, maqolalar uyushtirish hamda shoir asarlari asosida videofilmlar yaratish topshirilsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, Ogahiy yubileyini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar vazirliklar va idoralarning rejadagi o‘z, mahalliy budjet va homiylar mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. | 91 | 2,907 |
Qonunchilik | Qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanadi | Prezident tomonidan 29.03.2022 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-761-son Qonun imzolandi.
Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga muvofiq, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud tomonidan har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻla hajmda qoplanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 79 | 770 |
Qonunchilik | Toshkent shahar aholisini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Toshkent shahar aholisi iste’moli uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini sifatli va maqbul narxlarda kafolatli yetkazib berilishini ta’minlash, ularni uyushgan savdosini tashkil etish, ichki iste’mol bozorida ushbu mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish uchun yetarli miqdorda zaxirasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar hokimligi muassisligida shahar aholisiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini tizimli yetkazib berish, qayta ishlash va zaxirasini yaratishga ixtisoslashgan “Toshkent agro zaxira xizmat” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda Davlat korxonasi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda Davlat korxonasi ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. Quyidagilar Davlat korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Toshkent shahar aholisiga, jumladan aholi yashash mavzelariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini (keyingi o‘rinlarda mahsulot deb ataladi) o‘z vaqtida yetkazib berilishi va sotilishini ta’minlash, ichki iste’mol bozorida mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish;
agrosanoat sohasidagi tashkilotlar, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tayyor mahsulotlarni sotib olish, saqlash, qayta ishlash, konservatsiya qilish, qadoqlash va sotish;
mahsulotlar zaxirasini yaratish ishlarini tashkil etish hamda qish va bahor mavsumida ularning narxlari sun’iy ravishda oshib ketishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Toshkent shahrining tumanlarida mahsulotlar savdosini amalga oshiruvchi shoxobchalar, savdo do‘konlarini tashkil etish hamda dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni ushbu shoxobchalar va savdo do‘konlarida sotilishini ta’minlash;
mahsulotlarni yetishtirish maqsadida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish;
o‘zi yetishtirgan mahsulotlarni qayta ishlaydigan tashkilotlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularni Toshkent shahar aholisiga maqbul narxlarda uyushgan savdosini tashkil etish.
4. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda, tajriba tariqasida, Davlat korxonasiga Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, “Birlik”, “Shodmalik”, “G‘allaquduq” va “Do‘stlik” massivlari hududidan qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming gektardan kam bo‘lmagan yer uchastkasini biriktirilishini hamda chorvachilik faoliyatini amalga oshirish uchun “Ohangaron” o‘rmon xo‘jaligi hududidan 20 ming gektardan kam bo‘lmagan yer uchastkalarini o‘rnatilgan tartibda ijaraga berilishini ta’minlasin.
5. Toshkent viloyat hokimligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida bo‘sh turgan va samarali foydalanilmayotgan bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirib, o‘rnatilgan tartibda Davlat korxonasiga berilishini ta’minlasin.
6. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklariga:
biriktirilgan hududda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda fermer xo‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish, yer maydoni joylashgan hududdagi tuman hokimligi, Davlat korxonasi va tadbirkorlik subyektlari (fermer xo‘jaliklari) o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuzilgan uch tomonlama shartnoma asosida faoliyatni yo‘lga qo‘yish;
jalb qilingan fermer xo‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Toshkent shahrining ichki iste’mol bozorida mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
7. Toshkent shahar hokimligiga Davlat korxonasining asosiy vazifalari bajarilishini ta’minlash maqsadida mahsulotlarni sotish uchun Toshkent shahar tumanlaridagi aholi yashash mavzelarida namunaviy loyihadagi kichik yengil tipdagi savdo do‘konlarini (dala do‘konlarini) joylashtirishga ruxsat berilsin.
8. Tijorat banklariga Davlat korxonasiga 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmanov zimmasiga yuklansin. | 177 | 4,780 |
Qonunchilik | Mahalliylashtirish dasturiga 12 ta loyiha kiritildi | Vazirlar Mahkamasining 10.04.2017 yildagi 197-son qarori bilan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 26.12.2016 yildagi PQ-2698-son qarori bilan 2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi tasdiqlangan (batafsil – bu yerda).
Xususan, maishiy teхnika, tibbiy asbob-uskunalar, qurilish materiallari va boshqalar ishlab chiqarish boʻyicha 12 ta loyiha kiritildi. Roʻyхat bilan bu yerda tanishish mumkin.
Bunda Dasturga yangitdan kiritilgan tashkilotlarga nisbatan imtiyozlar quyidagilar boʻyicha qoʻllaniladi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz. | 51 | 933 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shuningdek sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 1995-yil 27-oktabrdagi 21-sonli qarori:
a) 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “1998-yil 22-maydagi” so‘zlari “2010-yil 6-apreldagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 28-fevraldagi 3-sonli qarori:
a) rus tilidagi matni 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “samostoyatelnimi boyevimi pripasami” so‘zlari “samostoyatelnim boyevim pripasom” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3. “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli qarori:
a) 2-bandidan “O‘rmon kodeksi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda sudlar jinoiy yo‘l bilan topilganini bila turib (baliqlarni, yovvoyi hayvonlarni, parrandalarni, daraxtlarni va hokazolarni) olgan yoki o‘tkazgan shaxslarni aniqlash choralarini ko‘rishlari va muayyan holatlardan kelib chiqib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 171-moddasi alomatlari bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari lozim”.
4. “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 38-sonli qarori:
a) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “...Sudlar jinoiy va ma’muriy ishlarni ko‘rish vaqtida, amaldagi davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish faktlari aniqlansa, jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari lozim”.
5. “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli qarori:
a) 9-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarilsin.
6. “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 2004-yil 21-maydagi 4-sonli qarori:
a) 2-bandining birinchi xatboshisidagi “besh baravarigacha” so‘zlari “o‘ttiz baravarigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “besh baravaridan” so‘zlari “o‘ttiz baravaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “besh baravaridan” so‘zlari “o‘ttiz baravaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2009-yil 29-iyuldagi 8-sonli qarori:
a) 14-bandining ikkinchi xatboshisidagi “besh baravaridan” so‘zlari “o‘ttiz baravaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 15-bandidagi “besh baravaridan” so‘zlari “o‘ttiz baravaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 115 | 3,737 |
Qonunchilik | AUDITORLAR VA AUDITORLIK FIRMALARINI DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan auditorlarni va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan auditorlar va auditorlik firmalari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 1993-yil 1-avgustgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tadilar.
Belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan auditorlar va auditorlik firmalarining faoliyati noqonuniy hisoblanadi, ularning olgan foydasi esa respublika budjetiga o‘tkaziladi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari tuman va shahar hokimliklari zimmasiga faoliyat ko‘rsatayotgan barcha auditorlik firmalarining belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tishini ta’minlash vazifasini yuklasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi auditorlik firmalari o‘z ta’sis hujjatlarining ularning faoliyat maqsadi va vazifalariga tegishli bo‘lgan qismiga rioya etishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borishni amalga oshirsin.
1. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq auditorlarni va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatiga olish uchun ular quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
auditor va auditorlik firmasini davlat ro‘yxatiga olish haqida ariza;
auditorlik firmalari tomonidan — ta’sischilarning ularni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomasining notarius tasdiqlangan nusxasi;
auditor yoki auditorlik firmasining muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlangan ustavining notarius tasdiqlagan nusxasi, emblemasi;
yangi tashkil etiladigan auditorlik firmalari uchun — ularda binolar va zarur asbob-uskunalar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
auditor va auditorlik firmalarining auditni amalga oshiruvchi xodimlari uchun — auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun maxsus ma’lumotga ega ekanlikni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
auditor yoki auditorlik firmasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imlar to‘langanligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati.
3. Auditorlarni yoki auditorlik firmalarini ro‘yxatga olish uchun to‘rtta eng kam ish haqi miqdorida yig‘im olinadi.
Olingan mablag‘larning 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolgan qismi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Ta’sis shartnomasi yoki ustavi o‘zgartirilganda va ularga qo‘shimcha qo‘shilganda, shuningdek, auditorlik firmasi qayta tashkil qilinganda u qayta ro‘yxatga olinadi, buning uchun ro‘yxatga olishda to‘langan summaning yarmi miqdorida yig‘im to‘lanadi.
4. Auditorlarni va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatiga olish shu haqdagi barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab kechi bilan 30 kun mobaynida amalga oshiriladi. Auditorlarni yoki auditorlik firmasini davlat ro‘yxatiga olish belgilangan muddatda amalga oshirilmaganda yoxud ro‘yxatga olish muassis asossiz deb hisoblaydigan sabablar bilan rad etilganda ular sudga murojaat qilishlari mumkin.
Auditorning va auditorlik firmalarining davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan auditorlar va auditorlik firmalarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan Yagona davlat reyestriga 10 kun muddat ichida yozib qo‘yiladi.
5. Ro‘yxatga olingan auditorga yoki auditorlik firmasiga davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
6. Faoliyat ko‘rsatayotgan auditorni yoki auditorlik firmasini davlat ro‘yxatiga olish rad etilgan taqdirda ro‘yxatga oluvchi organ, bu haqida mablag‘ bilan ta’minlovchi bankka hisob-kitob operatsiyalarini to‘xtatish uchun xabar qiladi. Auditorlik firmalarini tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Auditor yoki auditorlik firmasi amaldagi qonunchilikni muntazam ravishda buzgan va o‘zining ta’sis shartnomasi yoki ustavida belgilangan vakolatlaridan chetga chiqqan taqdirda ro‘yxatga olgan organ ularni tugatish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga da’vo bilan murojaat qilishga haqlidir.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi auditorlar yoki auditorlik firmalari qayta tashkil etilgan yoki ularning tuzilmasida, shuningdek, faoliyat turida o‘zgarishlar bo‘lgan hollarda, qayta ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun, bu haqda o‘zlarini ro‘yxatga olgan organga bir hafta muddatda xabar qiladilar.
8. Auditor va auditorlik firmasi vakolatli davlat organlarini o‘zining pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘n kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun auditor yoki auditorlik firmasining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bir yil o‘tgach auditorlik firmasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ta’sis hujjatlarida ma’lum qilingan ustav jamg‘armasini shakllantirish tugallanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamg‘armasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilmagan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga o‘zgartirilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ korxonalarni tugatish bo‘yicha maxsus komissiyaga auditorlik firmasining bundan buyon faoliyat ko‘rsatishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
9. Auditor yoki auditorlik firmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, pochta manzili o‘zgarganligi, qayta tashkil etilganligi yoki faoliyat turlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritish uchun o‘n kun muddatda statistika organlariga xabar qilinadi. | 100 | 6,206 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining:
2019-yil 25-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risida”gi 2303-III-sonli;
2019-yil 25-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019-yilga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2304-III-sonli qarorlari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 106 | 586 |
Qonunchilik | UJKX sohasi nazoratchilari va inspektorlariga daromadlar va jarimalarga nisbatan foizlarda mukofot toʻlanadi | Vazirlar Mahkamasining 22.06.2017 yildagi 409-son qarori bilan Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Hujjatga binoan uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish tizimi uchastka nazoratchilariga mukofot koʻrsatilgan хizmatlar (suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti) uchun aholiga hisoblab yozilgan pul mablagʻlari yigʻimiga nisbatan foizlarda quyidagi koʻrsatkichlar ta’minlanganda toʻlanadi:
Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasida nazorat inspektorlariga mukofotlar toʻlash esa koʻp kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining, shuningdek kommunal хizmatlar koʻrsatishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining aniqlangan buzilishlari uchun mansabdor shaхslarga solingan jarimalar boʻyicha tushumlar summasiga nisbatan 10%gacha hisobida amalga oshiriladi. Bunda jarima Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining hisob raqamiga toʻliq tushishi kerak.
Sohaning qolgan хodimlariga qoʻshimcha haqlar, ustamalar va mukofotlar boshqa tartibda toʻlanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 108 | 1,409 |
Qonunchilik | TOShKENT ShAHRINING YuNUSOBOD TUMANIDA UNIVERSAL SPORT SAROYI QURISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda o‘sib kelayotgan avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy shug‘ullanishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Universal sport saroyi qurish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
“O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi “Universal sport saroyi” qurilishining buyurtmachisi;
“ToshkentboshplanLITI” davlat korxonasi bosh loyihalashtiruvchi;
“GABUS” qurilish-investitsiya firmasi bosh pudratchi qurilish tashkiloti;
2004-yilning IV choragi qurilish tamomlanadigan muddat etib belgilansin.
3. Universal sport saroyini loyihalashtirish va qurishga subpudratchi tashkilotlarni aniqlash, qurilish materiallari, konstruksiyalar va asbob-uskunalar, shu jumladan xorijiy sheriklarning qurilish materiallari, konstruksiyalari va asbob-uskunalarini sotib olish “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, bosh loyihalashtiruvchi va bosh pudratchi qurilish tashkiloti bilan birgalikda o‘tkaziladigan tanlov savdolari asosida amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi bosh loyihalashtiruvchi bilan birgalikda ikki oy muddatda texnik-iqtisodiy hisob-kitob ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
Obyektning muhimligini va qurilishning muddati qisqa ekanligini hisobga olib “Universal sport saroyi” obyekti qurilishi texnik-iqtisodiy hisob-kitobning belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi ta’minlangan holda texnik-iqtisodiy hisob-kitob ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
5. Toshkent shahar hokimligi “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasiga ko‘rsatib o‘tilgan obyekt qurilishi zonasiga tutashgan bir gektar yer maydonini biriktirsin.
7. “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zmontajmaxsus-qurilish” uyushmasining “O‘zta’minotbutlash” ochiq aksiyadorlik jamiyati istisno tariqasida:
“Universal sport saroyi” obyekti qurilishi uchun foydalanishga mo‘ljallangan respublikaga olib kelinadigan 1-ilovaga* muvofiq metall mahsulotlar va materiallar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
Universal sport saroyini jihozlash uchun olib kelinadigan 2-ilovaga* muvofiq sport inventari, elektron tablo va almashtirib ishlatiladigan asbob-uskunalar bo‘yicha bojxona bojlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
8. Belgilansinki, Universal sport saroyini qurish va uni jihozlashda foydalanishga mo‘ljallangan import bo‘yicha olinadigan (1 va 2-ilovalarga muvofiq) metall mahsulotlari, materiallar, sport inventari, elektron tablo va almashtirib ishlatiladigan asbob-uskunalar o‘zgaga berilgan va boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda ular bo‘yicha bojxona to‘lovlarining hisoblangan summasi undirib olinadi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jarima jazolari qo‘llangan holda respublika budjetiga yo‘naltiriladi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.F.Fayzullayev va M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin. | 80 | 3,400 |
Qonunchilik | TDYuUda talabalar fan oʻqituvchilarini tanlashlari mumkin | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 359-son qaror qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 29.04.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish maqsadida qabul qilingan.
Toshkent davlat yuridik universitetida hamda Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
TDYuU hamda Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
2021–2022 oʻquv yilidan boshlab TDYuUda ta’limning kredit-modul tizimi toʻliq joriy etiladi, bunda TDYuU ta’lim dasturi katalogi va oʻqitish sharoitlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar hamda dolzarb aхborotlar uning rasmiy veb-saytida ta’lim beriladigan barcha tillarda oʻquv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi va doimiy ravishda yangilab boriladi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida oʻqishni davom ettirgan va uni muvaffaqiyatli tamomlagan shaхslarga хorijiy oliy ta’lim muassasalarining belgilangan shaklda berilgan diplomlari (bakalavriat, magistratura) qoʻshimcha ma’muriy tartib-taomillarsiz oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi.
TDYuU Kengashi qaroriga muvofiq talabalarga fan doirasida professor oʻqituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talabalar ta’lim jarayonini boshqarish aхborot tizimi portali orqali oʻquv semestri boshida tanlangan professor oʻqituvchining mashgʻulotida ishtirok etish uchun onlayn tarzda roʻyхatdan oʻtadi.
TDYuU oʻquv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa modeliga (ECTS) muvofiq tashkil etiladi. Oʻquv yili uchun ta’lim dasturi bir yoki bir nechta moduldan iborat boʻladi hamda TDYuU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 25–30 soatlik oʻquv yuklamasiga teng boʻladi. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun ma’lum miqdordagi oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi zarur.
Oʻquv yuklamasi quyidagicha taqsimlanadi:
Shuningdek oʻquv dasturiga muvofiq bitiruvchilarning amaliyotni oʻtashi va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtishi uchun kreditlar ajratiladi.
Kreditning soatlardagi miqdori va oʻquv yuklamasi miqdori TDYuU kengashi tomonidan belgilanadi hamda TDYuU veb-saytida joylashtiriladi. Talaba bir semestrda 30 kredit hamda bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi talab etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 57 | 2,873 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDA BOShOQLI DON EKINLARI URUG‘ChILIGI RESPUBLIKA BOShQARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Boshoqli Don ekinlarining o‘zimizda yetishtirilgan urug‘larining mustahkam asosini yaratish, respublika xo‘jaliklarini boshoqli don ekinlari yuqori hosilli navlarining sifatli urug‘ligi bilan kafolatli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
xodimlarning umumiy soni doirasida vazirlik huzurida Boshoqli don ekinlari urug‘chiligi respublika boshqarmasini tashkil etsin;
o‘n kun muddatda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Boshoqli don ekinlari urug‘chiligi respublika boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Andijon don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot, institutining yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar filiallarini hamda davlat nav sinash uchastkalarini xo‘jaliklar negizida 1-ilovaga* muvofiq tashkil etsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan institutning Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 413-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Buxoro, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm bo‘limlari tugatilsin.
3. Andijon ilmiy-tadqiqot institutining filiallari tomonidan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy-texnika dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash “Fan” tarmog‘i bo‘yicha ajratiladigan budjet mablag‘lari va o‘z xo‘jalik faoliyati hisobiga amalga oshirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab-chiqarish markazi bilan birgalikda 1999-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari prognozida Andijon don ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan tegishli davlat ilmiy-texnika dasturlari bajarilishini nazarda tutsin.
5. “Elita” O‘zbekiston—Irlandiya qo‘shma korxonasi (“Elita” Q.K, Samarqand viloyati) tomonidan 1998-yilda boshoqli don ekinlarining 18 ming tonna elita va superelita urug‘lari yetishtirilganligi, 1999-yilda urug‘ yetishtirish hajmi 32,0 ming tonnaga yetkazilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi 1999-yil hosilidan boshlab Andijon viloyati xo‘jaliklaridan urug‘ sotib olish hajmini tegishli ravishda qisqartirgan holda ko‘rsatilgan urug‘ miqdorini “Elita” qo‘shma korxonasidan sotib olsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 1999-yil hosilidan boshlab Boshoqli don ekinlari urug‘ini Samarqand viloyatida ishlab chiqarilgan hajmni hisobga olgan holda taqsimlasin.
7. Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Pensiya jamg‘armasi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda:
1-ilovada ko‘rsatilgan xo‘jaliklarning budjet, Pensiya jamg‘armasi va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi oldidagi qarzlarini qaytarishni 1998-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra penya hisoblamasdan 3 yilga kechiktirsinlar;
budjetga muddatida to‘lanmagan to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan penyalar 1998-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra hisobdan chiqarilsin;
Andijon don ilmiy-tadqiqot instituti filiallariga almashlab ekish va qishloq xo‘jaligi ekinlari navini almashtirishning amaldagi sxemalari doirasida xo‘jaliklarning har bir filial uchun 300 gektargacha ajratiladigan yerlari yer solig‘i to‘lashdan 1999-yil 1-yanvardan boshlab 3 yilga ozod etilsin.
8. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Andijon ilmiy-tadqiqot instituti filiallari va nav sinash uchastkalari tashkil etilgan xo‘jaliklarga va sinov o‘tkaziladigan boshqa xo‘jaliklarga boshoqli don ekinlarining istiqbolli va yuqori hosilli navlari urug‘larini 2-ilovaga* muvofiq yetkazib bersin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda boshoqli don ekinlarining keng ishlab chiqarish sinovi o‘tkaziladigan xo‘jaliklarni aniqlasinlar.
9. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda boshoqli don ekinlari urug‘larini qabul qiladigan, saqlaydigan va sotadigan ixtisoslashtirilgan don qabul qilish korxonalari ro‘yxatini aniqlasin, boshoqli don ekinlari urug‘larini esa faqat Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz”ning xulosasi bo‘yicha sotsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 154 | 4,494 |
Qonunchilik | Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-avgustdagi PQ-5230-son qaroriga muvofiq, shuningdek, hokimliklar rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-avgustdagi PQ-5230-son qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar 1 — 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
hokim o‘rinbosarlarining asosiy vazifalari;
hokim o‘rinbosarlarining zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqadigan, ular amalga oshiradigan funksiyalar;
hokim o‘rinbosarlarining huquqlari, shaxsiy mas’uliyati va javobgarligi;
hokim o‘rinbosarlarining faoliyatini tashkil etish hamda uni baholash;
hokim o‘rinbosarlarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2021-yil 10-sentabrga qadar mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida har bir hokim o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
2021-yil 1-oktabrga qadar hokimning maslahatchilari, mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Belgilansinki, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining alohida yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan o‘rinbosarlarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2021-yil 10-sentabrga qadar ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosarlarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli hokimliklar rahbarlari o‘rinbosarlari tomonidan faoliyat samaradorligi mezonlariga erishish holatining har chorakda ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda muhokama qilinishini ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini, shu jumladan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari)ning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga bo‘ysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi o‘rinbosarining o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Namunaviy nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari tuman va shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash;
hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
hududning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlash;
iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
soliq-budjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini ko‘rish;
xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash;
ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari loyihalari, hududni kompleks rivojlantirish dasturlari hamda “yo‘l xaritalari”ning tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirish dasturlarining moliyaviy manbalarini aniqlagan holda mahalliy budjet parametrlari bilan uzviy bog‘liq tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlaydi;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash borasida tegishli vazirlik, idora va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatining aniq ko‘rsatkichlari hamda maqsadli indikatorlarini ishlab chiqadi, natijalarini baholab boradi va ularni yaxshilash choralarini ko‘radi hamda rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etadi;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish choralarini ko‘radi;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, narx konyunkturasini o‘rganadi va tahlil qiladi, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ular yangi bozorlarda sotilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
b) hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
hududda “mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlik, shu jumladan “drayver” loyihalarini amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashadi va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi;
oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan tomorqa yerlaridan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini “xonadonbay” o‘rganadi;
band bo‘lmagan aholining, ayniqsa ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish orqali, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish borasida amaliy ko‘maklashadi;
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap loyihalari va g‘oyalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratilishida ko‘maklashish;
mavjud imkoniyatlarni (bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer maydonlari, noruda foydali qazilmalar va bandlikning an’anaviy sohalari) o‘rganish va ulardan samarali foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash choralarini ko‘radi;
banklarning samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun bankning quyi bo‘g‘in xodimlarini to‘liq qayta tayyorlash orqali mijozga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish yuzasidan kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun to‘siq bo‘layotgan (qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etadi;
mahallalarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash hamda “drayver” loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha har bir sektorlar huzurida sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilgan boshqaruv ofislari va doimiy vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
v) hududlarning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishishini ta’minlash sohasida:
hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflatsiya, bandlik, mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlari asoslangan holda ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
ishlab chiqilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning samarali ijrosini tashkil qiladi;
debitor-kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshiradi, qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;
g) iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qiladi, ular faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralarni belgilaydi va ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;
bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar hamda baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
aholini tadbirkorlikka faol jalb qilish maqsadida ular bilan tijorat banklarining hududiy tuzilmalari o‘rtasida tizimli muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish choralarini ko‘radi;
moliyaviy va sug‘urta xizmatlarining hajmlari, turlarini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qiladi;
d) soliq-budjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini ko‘rish sohasida:
hududlar bo‘yicha respublika budjeti va mahalliy budjetga belgilangan soliq tushumlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlaydi;
“xufiyona iqtisodiyot”ni qisqartirish, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni hamda xususiy sektorda norasmiy bandlikni legallashtirish orqali budjet tushumlarini oshirish choralarini ko‘radi;
hududning tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib budjet tushumlarini ko‘paytirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish, budjetga qo‘shimcha tushum tushirish manbalarini izlab topish choralarini ko‘radi;
tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari tegishlicha xalq deputatlari Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etilishini ta’minlaydi;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar tayyorlaydi va qabul qilish choralarini ko‘radi;
e) xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash sohasida:
hududdagi bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, ulardan samarali foydalanish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirish, investorlar, jumladan, xorijiy investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish sohasida takliflar tayyorlaydi;
hududdagi davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularni boshqarish organlari mas’uliyatini oshirishni ta’minlaydi;
xorijiy va xalqaro institutlar hamda kompaniyalar bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, shu jumladan ularning jozibadorligini hamda boshqarish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi samarali mexanizmlarini o‘rganish va joriy qilishga qaratilgan doimiy ishlar yuritilishini ta’minlaydi;
hududda joylashgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi, samarali va oshkora xususiylashtirishni ta’minlaydi;
j) ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasida:
hududda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish hududiy dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash, aholining turmushi sifati va farovonligi darajasini yanada oshirish dasturlarini shakllantiradi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish tizimlarini kuchaytirish choralarini ko‘radi;
demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionerlar, nogiron shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish borasida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishini muvofiqlashtiradi;
bandlik, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qiladi;
z) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasida:
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash choralarini ko‘radi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun ularni tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning bank kreditlarini olish, energiya tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolari yechimi yuzasidan choralar belgilaydi va ijrosini doimiy nazorat qilib boradi;
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek, davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilib boradi;
davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etish choralarini ko‘radi;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
i) aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi;
nafaqalar, aholining real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish choralarini ko‘radi;
zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qiladi;
yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali ularning turmush darajasini va sifatini oshirish choralarini ko‘radi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;
iqtisodiyot va tadbirkorlik yo‘nalishlarida islohotlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanish, ularga investitsiyalarni keng jalb etgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko‘radi;
tuman va shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududni iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasida kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini doimiy tahlil qilib borish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;
iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari, tuman va shaharlar hokimliklarining iqtisodiy-ijtimoiy hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning o‘z faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan tartibda bank kreditlarini olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolarini hal etish yuzasidan choralar belgilash va ijrosini nazorat qilish.
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlarida o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalari asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi o‘rinbosarlarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi o‘rinbosarlarining hisoboti viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlarining tegishli hisobotlari xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari faoliyatini ta’minlash kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
2. Moliya bosh boshqarmasi.
3. G‘aznachilik boshqarmasi.
5. Bandlik bosh boshqarmasi.
6. Davlat soliq boshqarmasi.
7. Bojxona boshqarmasi
8. Statistika boshqarmasi.
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi.
10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi.
11. Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi.
12. “O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi” AJ hududiy filiali.
13. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiali.
14. Hokimlik huzuridagi “Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish” hududiy jamg‘armasi.
15. Kadastr agentligining hamda Agentlik huzuridagi Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari.
16. Davlat ulushiga ega bo‘lgan barcha tijorat banklarining hududiy tuzilmalari.
17. Boshqa tijorat banklarining hududiy tuzilmalari — bank tizimi barqarorligini ta’minlash, isloh qilish, xorijiy kreditlar va qarzlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan.
18. Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari — iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning hududda faoliyat ko‘rsatuvchi devoni xodimlari.
2. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi.
3. Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hududlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari.
5. Sug‘urta tashkilotlarining hududiy filiallari.
6. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hududiy birlashmasi.
7. Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi.
1. Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar hokimlarining, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari)ning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga bo‘ysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Namunaviy nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari tegishli tuman va shahar hokimining, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlarini qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarish;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda shahar, tuman, qishloq va mahallalarni kompleks hamda jadal rivojlantirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv obyektlarining samarali faoliyatini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash;
aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash;
davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) kapital qurilish industriyasi sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladigan shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital qurilish va pudrat ishlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks o‘rganishni tashkil etadi;
shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim obyektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlaydi, mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish choralarini ko‘radi;
Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, tender jarayonlarini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazish hamda moliyalashtirishni o‘z vaqtida ochish ishlarini tashkil qiladi;
Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) doirasida budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil qiladi;
har yili qabul qilinadigan Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturlari loyihalarini shakllantirish jarayonida hududdagi mavjud holatni to‘g‘ri va to‘liq tahlil qilgan holda, vakolatli organlarga asoslangan takliflar kiritib boradi;
Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish jarayonida yirik investitsiya loyihalarini kerakli infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganlik darajasini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda tahlil qilib, asoslangan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish, pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtiradi;
hududiy davlat organlari va tashkilotlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, hokim o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatining monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etadi;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazoratining amalga oshirilishi holatini o‘rganadi;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshiradi hamda natijalari bo‘yicha obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlaridagi mavjud qoloqliklarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish hamda obyektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan choralar ko‘radi;
qurilishda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qo‘llanilishini o‘rganadi va tahlil qiladi, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
qurilish tarmog‘ini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, salohiyatli xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda, qurilish materiallarini ishlab chiqarishga zamonaviy ilg‘or, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etadi;
b) “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda shahar, tuman, qishloq va mahallalarni kompleks va jadal rivojlantirish sohasida:
qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha har yilgi tasdiqlanadigan asosiy parametrlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq choralar belgilaydi;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv obyektlarining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi va “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq aholi maskanlari, binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda rivojlantirishda belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiya vositalari va pochta aloqasi obyektlarini joylashtirish nazarda tutilishini ta’minlaydi, telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasi obyektlarida ro‘y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashadi;
iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshiradi;
“Xavfsiz shahar” loyihasini joriy etish doirasida tizimni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat va idoraviy arxivlar hujjatlarining saqlanishi uchun tegishli darajadagi shart-sharoitlarni ta’minlash, ularning holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish choralarini ko‘radi va arxivlarni moliyalashtirish miqdorini aniqlaydi;
g) transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasining faoliyati masalalarida davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
raqobat muhitini shakllantirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni tashkil etadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini joriy ta’mirlash, saqlash (shu jumladan, yoritish tizimlarini o‘rnatish), obodonlashtirishni tashkil etadi hamda hisobini yuritadi;
shaharlarning, shahar posyolkalarining, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, qishloqlar va ovullarning yo‘l-transport va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirishni davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiradi;
d) aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash sohasida:
kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etadi;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investitsiyalar va innovatsion g‘oyalar, texnologiyalarni jalb etish hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
hududdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qo‘llashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, ko‘p kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi;
ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish, ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qiladi, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlaydi;
uy-joy kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda o‘quv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish va xo‘jalik faoliyatiga jalb etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining so‘zsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan uzoq, o‘rta va qisqa muddatli hududiy ekologik dasturlarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;
kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitariya, ekologik norma va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda qirg‘oq bo‘ylarida zamonaviy landshaft me’morchiligi usullarini qo‘llagan holda rekreatsion hududlarni shakllantiradi;
e) davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etadi, davlat chegarasini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazish imkoniyatlarini baholash hamda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish joyini, hajmini va boshqa shart-sharoitlarini, suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor himoyalash ishlarini belgilaydi;
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni shakllantiradi hamda ularda belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
hududni, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohalarini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idora, tijorat banklari hududiy tuzilmalarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalarining hududiy tuzilmalari rahbarlari, tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
hokimning topshiriqlariga binoan o‘ziga biriktirilgan yo‘nalish bo‘yicha hudud va tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
hududda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;
davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyasining yig‘ilishlari va tadbirlarida ishtirok etadi;
davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegarabo‘yi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
tuman va shahar hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakuni bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, viloyat va Toshkent shahar hokimi rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi bo‘yicha nazoratni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohasida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dastur va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;
kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini har yilgi maqsadli parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini tahlil qilib borish, mavjud muammolar yechimi yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalarning hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirlik, idora va qo‘mitalarning hududiy tuzilmalari, tuman va shaharlar hokimliklarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;
ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kommunal soha tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish;
ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, kommunal soha tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish hamda hududda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish bo‘yicha vakolati doirasida zarur choralarni ko‘rish;
shaharlar va qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha tasdiqlangan dasturlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlarida o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarining ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi va viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarining hisobotlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yig‘ilishlarida har hafta eshitib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan viloyatlar hokimlari o‘rinbosarining hisobotlari tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari faoliyati tegishli kotibiyat tomonidan ta’minlanadi.
1. Qurilish bosh boshqarmasi.
2. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi.
3. “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi.
4. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi.
5. Transport boshqarmasi.
6. Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi.
7. Hududiy gaz ta’minoti korxonasi.
8. Hududiy va magistral elektr tarmoqlari korxonalari.
9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hududiy boshqarmasi.
10. “O‘zarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi.
11. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasining hududiy bo‘limi.
12. Ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti tashkilotlari.
13. Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish, Ko‘p qavatli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish, Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish, “O‘zneftgazinspeksiya”, “O‘zenergoinspeksiya” inspeksiyalari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining hududiy bo‘limlari.
14. Vazirlik va idoralar tarkibidagi obyektlarni qurish bo‘yicha buyurtmachi tashkilotlarning hududiy bo‘limlari.
15. “Toza hudud” DUK.
16. Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari — sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohasidagi islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan.
1. “Qishloq qurilish invest” MChJ IK hududiy filiali.
2. “O‘zbektelekom” AK hududiy filiali.
3. “O‘zbekiston pochtasi” AJ hududiy filiali.
4. “O‘zbekneftgaz” AJning neft bazalari.
5. Qora va rangli metallar parchalari, chiqindilarini tayyorlash idoralari.
6. “O‘zbekko‘mir” AJning ko‘mir ta’minoti omborlari.
7. “Uzbekistan Airports” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJlarning hududiy tashkilotlari va boshqa transport korxonalari.
1. Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda — viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashining qarorlariga, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga bo‘ysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarining o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Namunaviy nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida belgilangan tartibda baholanadi.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari tuman va shahar hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirish;
hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash;
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash;
erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;
kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirish sohasida:
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;
investitsiya faoliyati yo‘nalishida hududda boshqaruv tizimini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida hududda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, xorijiy investorlarni hududning imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni rag‘batlantiradi;
investitsiya dasturlarini, jumladan hududiy dasturlarni shakllantirish, jalb etilgan mablag‘larni o‘zlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
har haftaning chorshanba kuni hudud bo‘yicha “Investitsiya kuni” tadbirlarini o‘tkazish ishlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, salohiyatli investorlarni aniqlash va ular bilan muzokaralar o‘tkazish, investorlarning muammolarini hal qilish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan o‘zining investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokida investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish orqali jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga asoslangan baholash tizimini amalda tatbiq etadi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari va konsullari bilan yaqin hamkorlikda hududda ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlar (xizmatlar) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish, hududning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy-texnik imkoniyatlarini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazadi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi;
hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uyg‘otadigan boshqa axborot aks ettirilgan hududning interfaol investitsiya xaritasini ishlab chiqish hamda uning faoliyatini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan hududning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasini yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish sur’atlarining investitsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojlar bilan bog‘liqligini ta’minlashga doir takliflarni ishlab chiqadi;
investitsiya dasturlari doirasida mablag‘lar jalb etilishi hamda o‘zlashtirilishi bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlarning bajarilishi uchun tizimli va qat’iy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida an | 201 | 63,690 |
Qonunchilik | NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 5-iyuldagi 33/603-son xatini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1993-yil 12-noyabrda 4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etish tartibi haqida qo‘llanma” O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur hujjatning O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (S. Sattarov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Собрание законадательства Республики Узбекистан”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. | 65 | 1,741 |
Qonunchilik | Epizootik vaziyatni o‘rganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Epizootik vaziyatni o‘rganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan epizootik vaziyatni o‘rganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar — hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtammlari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar, veterinariya texnika vositalari;
epizootiya — tegishli hududda hayvonlarning o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari tarqalishi;
yuqori xavfga ega bo‘lgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar — barcha turdagi tirik hayvonlar (yovvoyi hayvonlar, sirk va zoopark hayvonlari, laboratoriya hayvonlari va boshqa nomahsuldor hayvonlar bundan mustasno), termik ishlovdan o‘tmagan kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot;
o‘rta xavfga ega bo‘lgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar — iste’mol yoki qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qayta ishlangan kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo;
mutaxassis — O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi davlat veterinariya inspektorlari yoki Qo‘mita tomonidan jalb etilgan mazkur soha ekspertlari;
2. O‘zbekiston Respublikasi hududiga veterinariya jihatdan yuqori yoki o‘rta xavfga ega bo‘lgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirilishi ma’lum bo‘lganda, xorijiy mamlakat hududidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni oliy kirishning yangi savdo yo‘nalishlari ochilganda, shuningdek xorijiy mamlakat hududidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kelishda hayvonlarning o‘ta xavfli kasallik qo‘zg‘atuvchilari kirib kelishi xavfi mavjud bo‘lganda yohud nosog‘lom epizootik hududda ishlab chiqarilgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar olib kirilishi rejalashtirilganda, mazkur xorijiy davlat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish maqsadida mutaxassislarni ushbu mamlakatlarga yuborish zarurati vujudga keladi.
3. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagi mezonlardan biri mavjud bo‘lsa, xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish maqsadida mutaxassislar ushbu mamlakatga yuboriladi:
olib kirilishi rejalashtirilgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovar yetishtirilgan yoki ishlab chiqarilgan xorijiy mamlakat hududida epizootiya tarqalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur davlat veterinariya xizmati tomonidan ma’lum qilinganda yoki veterinariya sohasidagi xalqaro tashkilot (Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti) rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinganda;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning xavfini baholash natijasida mazkur tovarlarning veterinariya xavfi darajasi yuqori yoki o‘rta deb belgilanganda.
5. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar yetishtiriladigan va ishlab chiqariladigan xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish maqsadida mutaxassis yuborishni so‘rab yuridik yoki jismoniy shaxs Qo‘mitaga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda ariza topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (agar mavjud bo‘lsa):
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning oldi-sotdi (yetkazib berish) shartnomalari nusxalari;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish rejasi.
Ariza yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Yozma tarzda berilgan arizaga ilovalar mavjud bo‘lsa, ilovalarning har bir beti tikilgan holda birinchi beti arizachining imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
6. Arizachi taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
7. Xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organi mazkur hududdagi epizootik vaziyatni o‘rganish yuzasidan murojaat (taklif) qilsa, uning murojaati (taklifi) mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan shaklda bo‘lishi talab etilmaydi.
8. Qo‘mita ariza yoki xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organidan mazkur hududdagi epizootik vaziyatni o‘rganish yuzasidan murojaat (taklif) kelib tushgan sanadan boshlab yetti ish kuni ichida xorijiy mamlakat hududiga mutaxassislarni yuborish zarurati mavjudligini mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlar asosida o‘rganib chiqadi.
Qo‘mita ariza yoki murojaatni (taklif) o‘rganib chiqish jarayonida xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organidan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli.
9. Qo‘mita tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijasida xorijiy mamlakat hududiga mutaxassislarni yuborish zarurati:
mavjud deb topilganda — bu haqda arizachi bir ish kuni ichida xabardor qilinadi hamda xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish muddati kelishiladi;
mavjud emas deb topilganda — arizachiga bir ish kuni ichida sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lum qilinadi.
10. Qo‘mita tomonidan murojaatni (taklifni) ko‘rib chiqish natijasida xorijiy mamlakat hududiga mutaxassislarni yuborish zarurati:
mavjud deb topilganda — xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organiga besh ish kuni ichida ma’lum qilinadi hamda xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish muddati kelishiladi;
mavjud emas deb topilganda — xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organiga besh ish kuni ichida sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lum qilinadi.
11. Quyidagi hollarda Qo‘mita tomonidan xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish uchun mutaxassislarni yuborish rad etiladi:
arizachining arizasida noto‘g‘ri ma’lumotlar qayd etilgan yoki to‘liq qayd etilmaganda;
olib kelinishi rejalashtirilayotgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun cheklov (taqiq) o‘rnatilganda;
xorijiy mamlakat hududida hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari, kelib chiqish sabablari noma’lum bo‘lgan hayvonlarning yalpi kasalliklari va hayvonlarning ilgari qayd etilmagan yuqumli kasalliklari paydo bo‘lganda;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovar olib kelinishi rejalashtirilgan xorijiy mamlakat hududida hayvonlarning yuqumli kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari mavjudligi haqida aniq ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.
12. Qo‘mita xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish uchun mutaxassislarni yuborish rad etilganligi to‘g‘risida arizachiga bir ish kuni ichida rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda ma’lum qilishi lozim.
13. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) muvofiq tomonlarning o‘zaro kelishuviga (shartnomaga) asosan arizachi yoki murojaat (taklif) qilgan xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organi tomonidan qoplanadi.
14. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish Ko‘mita tomonidan xorijiy mamlakatning vakolatli davlat veterinariya organi bilan kelishilgan holda va hamkorlikda amalga oshiriladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va davlat veterinariya xizmatida kamida besh yil uzluksiz ish stajiga, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan veterinariya mutaxassislari (veterinariya mutaxassisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining qarori asosida xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish uchun yuboriladi.
16. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni o‘rganish jarayonida mutaxassislar tomonidan quyidagi veterinariya tadbirlari amalga oshiriladi:
xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, boshqaruv tizimi va vakolatlari, hayvonlar bosh soni, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ularni iste’molga yaroqliligi bo‘yicha xulosalar berish jarayonini tekshirish;
xorijiy mamlakat hududidagi davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish joylarida monitoring o‘tkazish va tekshirish;
Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkilotining Halqaro veterinariya kodeksi talablariga va standartlariga muvofiq tekshiruv va tahlillarni o‘tkazish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish tizimining O‘zbekiston Respublikasining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligini tekshirish;
hayvonlarni karantinga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar (kasalliklar profilaktikasi, davolash va diagnostika) va ularning samaradorligini kuzatish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarda olib boriladigan nazorat va nazorat tariqasida o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari natijalari hamda ularning rasmiylashtirilgan hisobotlari mavjudligini ko‘rib chiqish;
zarur hollarda veterinariya sertifikatlashtirish tizimini o‘rganish uchun davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlardan namunalarni tanlab olish.
17. Epizootik vaziyat o‘rganilgan xorijiy mamlakat hududidan qaytib kelgan kundan boshlab uch ish kuni ichida mutaxassis tomonidan hisobot tayyorlanadi va Qo‘mitaga taqdim etiladi.
Bunda, davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlardan namunalarni tanlab olish orqali laboratoriya tekshiruvlari hamda boshqa tekshiruvlar o‘tkazilgan hollarda, mazkur tekshiruvlarning natijalari chiqqan kundan boshlab uch ish kuni ichida hisobot tayyorlanishi va Qo‘mitaga taqdim etilishi lozim.
18. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hisobot asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan bir kunlik muddatda quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
o‘rganish natijasida epizootiya aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar kirib kelish xavfi mavjud deb topilganda yoki davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish tizimi O‘zbekiston Respublikasining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiq deb topilganda — davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishni taqiqlash;
o‘rganish natijasida epizootik vaziyat barqaror topilganda, O‘zbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar kirib kelish xavfi yo‘qligi hamda davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish tizimi O‘zbekiston Respublikasining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq deb topilganda — davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma berish.
19. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsatnoma berish yoki olib kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror arizachi yoki murojaat (taklif) qilgan xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organiga uch ish kuni ichida yuboriladi.
20. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyat o‘rganilgan veterinariya nazorati ostidagi tovarlar chegara veterinariya punktlarida davlat veterinariya inspektorlari tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda nazoratdan o‘tkaziladi.
25. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
26. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 176 | 12,602 |
Qonunchilik | Menejment tizimlarining muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati qisqartirildi | Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi (qarang: roʻyхat raqami 2754-2, 19.02.2020 y.). Ular uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tuzatishlarning mohiyati quyidagicha:
birinchidan, aniqlashtirilishicha, sertifikatlashtirishga ariza elektron shaklda berilgan taqdirda menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi (MTSO) u olingani toʻgʻrisida ariza beruvchini shu kunning oʻzida хabardor qiladi;
ikkinchidan, sertifikatlashtirish uchun arizaga sifat boʻyicha qoʻllanma faqat mavjud boʻlganda ilova qilinadi;
uchinchidan, quyidagilarning muddatlari qisqartirildi:
toʻrtinchidan, muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan toʻхtatib turilishi mumkin boʻlgan eng koʻp muddat 6 oyni (hozir – 10 kun) tashkil etadi. Quyidagilar ham bunga asos boʻlishi mumkin:
Muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladigan blanka shakli ham yangilandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2020 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov. | 84 | 1,071 |
Qonunchilik | TOShKENT ShAHRIDA SUV ARALAShTIRGIChLAR VA JO‘MRAKLAR IShLAB ChIQARUVChI QO‘ShMA KORXONA TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish va importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligining “Galfitek Gmbx” (Germaniya), “Smatana”, “Torus-marketing” va “Ekosan” (Slovakiya) kompaniyalari ishtirokida suv aralashtirgichlar va jo‘mraklar, shuningdek, ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
2. “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasi muassislarining ulushlarini taqsimlashning taqdim etilgan quyidagi sxemasiga rozilik berilsin:
O‘zbekiston tomonidan — Toshkent shahar hokimligi investitsiyalar bosh boshqarmasining 147,0 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari (49%);
Germaniya tomonidan — “Galfitek Gmbx” firmasining 63,0 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari (21%);
Slovakiya tomonidan — “Smatana” (10%), “Torus-marketing” (10%) va “Ekosan” (10%) kompaniyalarining umumiy summasi 90,0 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari.
3. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
loyihaning belgilangan qiymati 20,0 mln AQSh dollarini tashkil etadi;
loyiha qiymatining 15 foizi (3,0 mln AQSh dollari) miqdoridagi avans to‘lovi xorijiy muassislarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
loyiha qiymatining 85 foizi (17,0 mln AQSh dollari) “Germes” eksport-kredit agentligining sug‘urta qoplamasi ostida “Berliner Bank AG” bankining kredit liniyasini qayta moliyalashtirish doirasidagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti qoplanadi;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatishga oid xarajatlar ilovaga* muvofiq “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasining o‘z mablag‘lari va uning faoliyatidan tushgan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi;
qo‘shma korxonaning xorijiy muassislari ishlab chiqarilgan mahsulotning 40—50 foizini eksportga sotish majburiyatini o‘z ustilariga oladilar.
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda suv aralashtirgichlar va jo‘mraklar ishlab chiqaruvchi loyihani texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda loyihani texnik-iqtisodiy asoslashni belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan o‘tkazsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyiha ekspertizasi natijalari bo‘yicha u tamomlangan sanadan boshlab bir oy muddatda “Berliner Bank AG” banki bilan kredit bitimi tuzilishini va mablag‘larning “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasiga qayta moliyalanishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B. Sayfiddinov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Berliner Bank AG” banki oldidagi va “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlarni imzolashga vakil qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xorijiy bank uchun maqbul bo‘lgan shaklda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlari bo‘yicha tegishli yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin.
9. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining “Maxsustuzatishsozlash” RIB Toshkent shahar, J. Ostonov ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan ishlab chiqarish bazasi binolarini Toshkent shahar hokimligiga bersin, Toshkent shahar hokimligi esa ularni o‘z balansiga olsin va belgilangan tartibda o‘zaro hisob-kitob qilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
suv aralashtirgichlar va jo‘mraklar ishlab chiqarish loyihasini O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin;
ishlab chiqarishning texnologiya ehtiyojlari uchun har yili 500 tonna hajmdagi mis va 250 tonna rux uchun limitlar ajratilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga ko‘ra loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan qo‘shma korxona muassislari xorijiy xodimlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan ruxsatnomalarning o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga ko‘ra qo‘shma korxonaning xorijiy mutaxassislariga, shuningdek, jalb qilinadigan xorijiy sheriklarga, ularni vizalarni rasmiylashtirganlik uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar berilishini ta’minlasinlar.
13. Qo‘shma korxona masalalari bo‘yicha ishga keluvchi xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
14. Toshkent shahar hokimligi yiliga 750 ming dona suv aralashtirgichlar va jo‘mraklar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan qo‘shma korxona 1998-yilning IV choragida ishga tushirilishini ta’minlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 114 | 5,448 |
Qonunchilik | Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi tashkil etildi | Vazirlar Mahkamasining 15.06.2017 yildagi 377-son “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Analitik nazoratga iхtisoslashgan davlat inspeksiyasi negizida Davlat ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi tashkil etildi. Hujjat bilan Markazning tuzilmasi va u haqidagi nizom tasdiqlandi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Markazga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadigan va undan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Markaz quyidagi huquqlarga ega:
Markaz manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli koʻchasi, 13A.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 98 | 1,334 |
Qonunchilik | 2017 yil uchun alkogolli mahsulotlarga eng kam narх oshdi | Eslatib oʻtamiz, alkogolli mahsulotlarga eng kam narхlar 2010 yilning 1 yanvaridan ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishining oldini olish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida joriy etilgan. Ular ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun shakllangan minimal хarajatlar, zarur rentabellik darajasi hamda amaldagi soliqlar (ularning indeksatsiyasi) va majburiy toʻlovlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
2017 yil uchun 1 l tayyor mahsulot uchun quyidagi minimal narхlar belgilangan:
1 litr uchun soʻmda
№
Mahsulot turi
2016 yil uchun eng kam narхi
2017 yil uchun eng kam narхi
Oʻsish %da
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarning ulgurji-sotish narхlari
1
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar
10 500
12 900
23%
2
Vino
4 500
5 400
20%
3
Konyak
13 900
17 200
24%
Alkogolli mahsulotlar uchun chakana narхlar
1
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar
12 600
15 500
23%
2
Vino
5 400
6 500
20%
3
Konyak
16 700
20 600
23%
Aksiz soligʻi indeksatsiyasi va eng kam narх indeksatsiyasi oʻzaro bogʻliqligini inobatga olgan holda 2016 va 2017 yil uchun eng kam narх misolida bir butilka (0,5 l) aroqning (alkogol sanoatining asosiy mahsuloti) narхi oʻsishini keltirib oʻtamiz:
1 butilka (0,5 l) uchun soʻmda
№
Koʻrsatkichlar
2016 y.
2017 y.
Oʻsish % da
1.1.
Ishlab chiqaruvchi korхonaning soliqlarsiz ulgurji narхi
2213
2678
21%
1.2.
Aksiz soligʻi
2162
2703
25%
1.3.
QQS
875
1076
23%
1.4.
Ishlab chiqaruvchi korхonaning soliqlarni hisobga olgan holdagi eng kam ulgurji-sotish narхi
5250
6457
23%
2.1.
Ulgurji savdo bazasining ulgurji savdo ustamasi (8%)
420
517
23%
2.2.
Ulgurji savdo bazasining ulgurji narхi
5670
6974
23%
2.3.
Iхtisoslashgan chakana savdo doʻkonining chakana savdo ustamasi (12%)
680
837
23%
2.4.
Eng kam chakana narхi
6350
7811
23%
Shu tariqa, korхonaning ulgurji narхi bilan qiyoslaganda aksizlarning oldindan indeksatsiyasi alkogolli mahsulotlarning eng kam narхiga oʻsuvchi ta’sir koʻrsatadi. | 57 | 1,965 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Transport sohasida litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi tarkibi 1-ilova*ga muvofiq tasdiqlansin.
2. Transport sohasida litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi raisi (Axmetov) o‘n kun muddatda komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qaroriga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 14-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda) 2-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Belgilansinki, 1997-yil 1-noyabrdan boshlab yo‘lovchilar va yuk tashuvchi jismoniy shaxslar o‘z faoliyatini faqat Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son hamda “Transport va aloqa sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qarorlarida belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar bo‘yicha amalga oshiradilar.
Jismoniy shaxslar tomonidan yo‘lovchilar va yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdori yuridik shaxslar uchun amalda bo‘lgan stavkalar miqdorida belgilansin”. | 92 | 2,219 |
Qonunchilik | Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Respublikada tutzorlarni kengaytirish, tutchilikda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash hamda agrotexnika tadbirlarini samarali o‘tkazilishini rag‘batlantirish, innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar va ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish orqali pillachilik tarmog‘i ozuqa bazasini ko‘paytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, shuningdek, pillachilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020-yilda yangi tutzorlar barpo etish uchun pillachilik tarmog‘i tashkilotlariga o‘rnatilgan tartibda ko‘p yillik ijara shartnomasi asosida ajratiladigan qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarining hududlar kesimidagi ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2024-yillarda respublika hududlarida meliorativ obyektlar atrofida va qishloq xo‘jaligi yerlarida hosildorlikni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota tutzorlarini barpo etish prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda ipak qurti parvarishlash va tirik pilla xomashyosi yetishtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq yangi intensiv tutzorlar barpo etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:
pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etgan holda yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga 8 million so‘mgacha;
maydoni 35 gektardan ziyod tutzorlarda suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so‘mgacha subsidiya taqdim etiladi.
Bunda budjet mablag‘larini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish talabi pillachilik va tutchilik tashkilotlari tomonidan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurish bo‘yicha ishlar doirasida tuziladigan import shartnomalariga tatbiq etilmaydi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan subsidiyalar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish, suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Innovatsion rivojlanish vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning tutzorlarni tashkil etishga, suv va moddiy resurslar (elektr energiyasi, mineral o‘g‘itlar va boshqalar) iqtisod qilinishiga ta’sirini mustaqil konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda o‘rgansin va 2020-yil 15-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar kiritsin;
yangidan tashkil etiladigan tutzorlarga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish maqsadga muvofiq deb topilganda 2021-yildan boshlab Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablag‘larni ko‘zda tutib borilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning 3-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan mustaqil konsalting kompaniyalarini jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan qoplansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda pillachilik tashkilotlari tomonidan tutzorlar barpo etilishini monitoring qiladi va mavjud muammolarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
o‘tkazilgan monitoring natijalari har yili bir marta xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan muhokama qilinadi va muhokama natijalariga ko‘ra pillachilik tashkilotlari o‘zlariga ajratilgan yer maydonlarida bir yil davomida tutzorlar tashkil qilmagan taqdirda ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4047-son qaroriga muvofiq taqdim qilingan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlariga asosan yer maydonlaridan samarasiz foydalanayotgan pillachilik tashkilotlariga yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llashni to‘xtatish chorasini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli bo‘lgan tutzorlarni tajriba sinov tariqasida aholiga oilaviy pudrat asosida 1 gektardan 3 gektargacha taqsimlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli bo‘lgan tutzorlarni aholiga oilaviy pudrat asosida taqsimlash tartibini quyidagi mexanizmlarni hisobga olgan holda ishlab chiqib, tasdiqlasin:
pillachilik tashkilotlari tomonidan aholiga tutzorlarni yangilash uchun tut ko‘chatlari va pilla mavsumlarida ipak qurti urug‘ini bepul tarqatish;
aholiga tutzorning but saqlanishi, tut bargi hosildorligini oshirish, yetishtirilgan pilla hajmi bo‘yicha talab qo‘yilishi;
aholi tomonidan yetishtirilgan pilla hosilini sotishdan tashqari tutzorlar orasiga qo‘shimcha ekinlar ekish orqali olinadigan daromadlarni ularning o‘zlarida qoldirish;
b) 2020-yil 1-aprelga qadar tajriba sinov tariqasida 4-ilovaga muvofiq hududlardagi tutzorlarni aholiga oilaviy pudrat asosida biriktirib berilishini ta’minlasin va 2020-yil 1-noyabrga qadar tajriba sinov natijalariga asosan respublikaning qolgan hududlaridagi mavjud tutzorlarni aholiga oilaviy pudrat asosida taqsimlash bo‘yicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar:
respublikadagi mavjud tutzorlar xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin;
xatlov natijasida aniqlangan eskirgan, yaroqsiz tutzorlarni yangilash dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
o‘zboshimchalik bilan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berib yuborilgan tutzorlar bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli organlarga, shu jumladan prokuratura organlariga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish uchun taqdim etsin;
b) 2020-yil yakuniga qadar pillachilik tarmog‘i tashkilotlariga ajratiladigan yerlarda kamida 5 ming gektar tutzor tashkil qilish va ularda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish chorasini ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar hududlarda pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida o‘rnatilgan tartibda xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit va grant mablag‘larini jalb qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ishsiz aholini ipak qurti boqish va agrotexnik tadbirlar o‘tkazishni o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv kurslarini tashkil etsin hamda pilla boqishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borsin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
tizimli ravishda hududlarda yangi tutzorlar barpo etish, eskirgan tutzorlarni yangilash, pilla yetishtirish mavsumlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, ijro etilishi va monitoringini ta’minlasin;
har hafta tumanlar sektorlari rahbarlari, tegishli davlat organlarining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda pillachilik tarmog‘idagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida pillachilik tashkilotlari bilan uchrashuvlarni, pilla yetishtirish mavsumlarida esa kasanachilar xonadonlariga borishni tashkil etsin;
pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, shuningdek, hududlarda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda grant mablag‘lari hisobidan:
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi naslli ipak qurti urug‘i yetishtiruvchi muassasalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzurida pilla va ipak sifatini aniqlash bo‘yicha ixtisoslashgan zamonaviy laboratoriya tashkil qilish choralarini ko‘rsin.
13. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda respublikada tayyorlanayotgan tut urug‘lari sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish hamda tutchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar tomonidan kafolatlangan tut ko‘chatlarini sotish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik va tutchilik yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash sohasiga oid hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklifi ma’qullansin.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida ipakchilik va tutchilik mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv korpusi ajratilishini, uning ta’mirlanishini, zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya uskunalari, mebel, inventarlar bilan jihozlanishini ta’minlasin;
Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa ilg‘or xorijiy davlatlardagi ipakchilik va tutchilikka ixtisoslashgan ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ulardagi malakali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni o‘quv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish choralarini ko‘rsin.
15. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-fevraldan boshlab Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbar xodimlarining ish haqi budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov — mazkur qaror ijrosini sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlasin, unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq hududlarda yangi tutzorlar barpo etish uchun “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tavsiyasiga asosan pillachilik tarmog‘i tashkilotlariga qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarini ajratsin;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — tutzorlar tashkil qilish, ularda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish, mavjud tutzorlarni aholiga oilaviy pudrat asosida taqsimlash va sifatli pilla yetishtirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov — respublika hududlarida meliorativ obyektlar atrofida va qishloq xo‘jaligi yerlarida shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota tutzorlarini barpo etish choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlari, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-son qaroriga 2-ilova quyidagi mazmundagi 13-band bilan to‘ldirilsin:
“13. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududiy “Agropilla” MChJ rahbari”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4411-son qaroriga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 111 | 15,000 |
Qonunchilik | “Mamlakatimizda “yashil maydonlar”ni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilis | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Mamlakatimizda “yashil maydonlar”ni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J. Kazbekov tomonidan yuborilgan yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 602 |
Qonunchilik | “O‘ZMELIOMAShLIZING” DAVLAT LIZING KOMPANIYASI TUZILMASINI VA FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish va xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 12-yanvardagi PQ-1260-son hamda “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi ijro etuvchi apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 15 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish va lizingga berish, shuningdek “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” sho‘ba korxonasi tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda Lizingga beruvchi deb ataladi) tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini (keyingi o‘rinlarda melioratsiya texnikasi deb ataladi) xarid qilish va lizingga berish, shuningdek “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” sho‘ba korxonasi (keyingi o‘rinlarda sho‘ba korxona deb ataladi) tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar xarid qilish mexanizmini belgilaydi.
2. Lizingga beriladigan melioratsiya texnikasi ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qarori bilan tashkil etilgan Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Melioratsiya texnikasiga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar sho‘ba korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlar bo‘yicha, mahalliy tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar esa – Lizingga beruvchi tasdiqlaydigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladi.
3. Melioratsiya texnikasini lizingga berish Lizingga beruvchi tomonidan unga qarz asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tomonidan beriladigan mablag‘lar, shuningdek o‘z mablag‘lari, boshqa jalb etilgan mablag‘lar yoki boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Melioratsiya texnikasiga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar xarid qilish sho‘ba korxona tomonidan o‘z mablag‘lari, Lizingga beruvchining qarz asosida beriladigan mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa jalb etilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Melioratsiya texnikasi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalariga va fermer xo‘jaliklariga (keyingi o‘rinlarda Lizingga oluvchilar deb ataladi) 10 yil muddatga lizingga quyidagi shartlar bilan beriladi:
a) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashni amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari uchun:
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi qiymatining 15 foizi avans shaklida ularning o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi qiymatining 85 foizi Lizingga beruvchi tomonidan, unga qarz asosida Jamg‘arma tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi;
b) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi foydalanish tashkilotlari uchun lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi qiymatining 100 foizi Lizingga beruvchi tomonidan, unga qarz asosida Jamg‘arma tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi;
v) melioratsiya texnikasi Lizingga oluvchilarga faqat olinayotgan texnikaning mulkiy tavakkalchiliklarini lizingning butun davri uchun sug‘urta qilish bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining sug‘urta polisi mavjud bo‘lganda beriladi;
g) Lizingga beruvchining daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomalari tuzilishi sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
5. Melioratsiya texnikasi Lizingga beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari, boshqa jalb etilgan mablag‘lar (unga qarz asosida Jamg‘arma tomonidan beriladigan mablag‘lardan tashqari) yoki boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga lizingga berilganda lizing muddati va Lizingga beruvchi daromadi stavkasi (marjasi) lizing shartnomasida belgilanadi.
6. Lizingga beruvchi har yili 1-avgustdan kechikmay, Lizingga oluvchilardan olingan buyurtmanomalar asosida lizing bo‘yicha yetkazib beriladigan melioratsiya texnikasiga kelgusi yildagi ehtiyoj prognozini shakllantiradi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilish mo‘ljallanayotgan melioratsiya texnikasiga bo‘lgan ehtiyoj prognozidan kelib chiqib Lizingga beruvchi va “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi o‘rinlarda Bank deb ataladi) Jamg‘armaga melioratsiya texnikasi xarid qilishning prognoz hajmlarini, shuningdek Lizingga oluvchilar tomonidan to‘lovlar amalga oshirilishini hisobga oluvchi kelgusi yilda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj prognozini (yil choraklari bo‘yicha) taqdim etadi.
7. Jamg‘arma mavjud moliyaviy resurslarni hisobga olgan holda Lizingga beruvchiga lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun kelgusi davrga ajratiladigan pul mablag‘lari miqdori yuzasidan kafolat xatlari taqdim etadi.
Lizingga beruvchi Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi tasdiqlangan kafolat xatlari asosida, mamlakatimiz va chet el korxonalarida ishlab chiqariladigan melioratsiya texnikasini sotib oladi.
8. Melioratsiya texnikasini o‘z mablag‘lari, shuningdek boshqa jalb etilgan mablag‘lar (Lizingga beruvchiga qarz asosida Jamg‘arma tomonidan beriladigan mablag‘lardan tashqari) yoki boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga sotib olish ham Lizingga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Lizingga beriladigan melioratsiya texnikasini, shuningdek melioratsiya texnikasiga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tarkibdagi Idoralararo tender komissiyasi tomonidan tender asosida aniqlanadi.
10. Lizingga beruvchi kelgusi yilga:
Jamg‘arma bilan (melioratsiya texnikasi Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga sotib olingan taqdirda) – melioratsiya texnikasi sotib olish uchun moliyaviy resurslar ajratish yuzasidan shartnoma tuzadi. Bunda lizing bo‘yicha daromad (marja) miqdori, shuningdek Lizingga oluvchilar tomonidan to‘lanadigan lizing to‘lovlaridan ushlab qolinishi kerak bo‘lgan Lizingga beruvchining xizmatlariga haq to‘lash miqdori belgilanadi;
yetkazib beruvchilar bilan — Lizingga oluvchining buyurtmasiga muvofiq melioratsiya texnikasini yetkazib berish yuzasidan;
Bank bilan — uning tomonidan moliyaviy agent funksiyalari bajarilishi yuzasidan;
“O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan – sug‘urta agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
11. Lizingga beruvchi Lizingga oluvchilar bilan melioratsiya texnikasi lizingi shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing to‘lovlari (asosiy summa plyus lizing bo‘yicha foizlar) jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomaning bitta asl nusxasi Bankka jo‘natiladi.
12. Melioratsiya texnikasi uchun haq to‘lash tartibi Lizingga beruvchi bilan yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tartibga solinadi.
Sho‘ba korxona tomonidan melioratsiya texnikasiga texnik va servis xizmati ko‘rsatish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
13. Melioratsiya texnikasi Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga sotib olingan taqdirda Lizingga beruvchi:
pul mablag‘lari ajratish yuzasidan Jamg‘armaga buyurtmanomalar taqdim etadi. Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamg‘arma uch bank kuni mobaynida kelgusi davr uchun pul mablag‘larini Jamg‘arma mablag‘lari bilan operatsiyalar uchun mo‘ljallangan Lizingga beruvchining Bankdagi maxsus hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda Operatsiya hisob raqami deb ataladi) o‘tkazadi;
lizing bo‘yicha olingan foizlardan tijorat agenti funksiyalarini bajarish uchun shartnomada belgilangan miqdorda o‘zining xizmatlariga to‘lanadigan to‘lov hisobiga mablag‘larni ushlab qoladi, Lizingga oluvchilardan tushgan summaning qolgan qismini uch kun muddatda Jamg‘armaning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazadi;
har bir kalendar yil choragi tamom bo‘lgandan keyin 20 kundan kechikmay Jamg‘armaga o‘tgan yil choragi uchun Operatsiya hisob raqamidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida Bank tomonidan tasdiqlangan hisobotni taqdim etadi.
14. Lizingga oluvchi (sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi foydalanish tashkilotlaridan tashqari):
Lizingga beruvchiga lizingga olinadigan melioratsiya texnikasi qiymatining 15 foizini avans to‘lovi tarzida to‘laydi;
lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq melioratsiya texnikasi qiymatining qolgan 85 foizini va lizing bo‘yicha foizlarni lizing muddati mobaynida Lizingga beruvchiga to‘laydi.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi foydalanish tashkilotlari lizing muddati mobaynida melioratsiya texnikasi qiymatining 100 foizini va lizing bo‘yicha foizlarni lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq to‘laydilar.
Barcha Lizingga oluvchilar lizingga olinadigan melioratsiya texnikasini Lizingga beruvchi foydasiga o‘z mablag‘lari hisobiga sug‘urta qiladilar.
15. Lizingga oluvchilar lizing to‘lovlarini lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda Lizingga beruvchiga to‘laydilar. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Lizingga beruvchining Operatsiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.
16. Lizingga beruvchi, Bank va ularning bo‘linmalari rahbarlari Jamg‘arma mablag‘laridan, o‘z mablag‘laridan yoki boshqa mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
17. Lizingga oluvchi tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, Lizingga beruvchi moliya agenti orqali Lizingga oluvchining bank hisob raqamiga belgilangan tartibda bajarilishi kerak bo‘lgan to‘lov talabnomalarini taqdim etadi. Lizingga oluvchilardan to‘lov talabnomalari bo‘yicha undirilgan pul mablag‘lari Lizingga beruvchining Operatsiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 21-dekabrdagi 266-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 12-son, 73-modda):
a) 3-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “melioratsiya texnikasi” so‘zlaridan keyin “mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari qo‘shilsin;
oltinchi xatboshidagi “melioratsiya texnikasi” so‘zlaridan keyin “mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 4-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi va ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi xatboshidan “va uning o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Belgilab qo‘yilsinki, melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiradigan suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalariga va fermer xo‘jaliklariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashining qarori asosida 10 yil muddatga lizingga quyidagi shartlar bilan beriladi:
a) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiradigan suv xo‘jaligi qurilish tashkilotlari uchun, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalariga va fermer xo‘jaliklari uchun:
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari qiymatining 15 foizi avans shaklida ularning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari qiymatining 85 foizi “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan, unga qarz asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi;
b) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiradigan suv xo‘jaligidan foydalanish tashkilotlari uchun lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari qiymatining 100 foizi “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan, unga qarz asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi;
v) melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish faqat olinayotgan texnikaning mulkiy tavakkalchiligini lizingning butun davri uchun “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi sug‘urta polisi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi;
g) Lizingga beruvchining daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomalari tuzilishi sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak;
g) quyidagi mazmundagi 6-1-band qo‘shilsin:
“6-1. Belgilansinki, “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan o‘z mablag‘lari, boshqa jalb qilingan mablag‘lar (unga qarz asosida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tomonidan beriladigan mablag‘lardan tashqari) yoki boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berishda lizing muddati va “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomasida belgilanadi”;
d) 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “melioratsiya texnikasini” so‘zlaridan keyin “mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini” so‘zlari qo‘shilsin;
e) 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
j) 11-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi “Ma’muriy bino maxsus servis” davlat sho‘ba korxonasining Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy manzilidagi binosiga joylashtirilsin”;
z) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-fevraldagi 54-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi Ustavida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Kompaniyaning joylashgan joyi (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100008, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy”;
b) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini oshiradigan suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalariga va fermer xo‘jaliklariga ularning buyurtmanomalari asosida melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish va berish “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining faoliyat sohasi va asosiy vazifalari hisoblanadi”;
v) 12-bandda:
ikkinchi va beshinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar” so‘zlari “suv iste’molchilari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “hamda” so‘zi “shuningdek lizing Kompaniyasining o‘z mablag‘lari, jalb qilingan yoki boshqa mablag‘lar hisobiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 31-bandning ikkinchi xatboshidagi “va uning o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 34-bandning uchinchi xatboshidagi “ijro etuvchi direktor o‘rinbosari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorlari)” 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 37-modda) 1-ilova 23-bandining “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-son Qonuni)” 2011-yil 18-fevraldagi 40-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 12-modda) ilova 7-bandining “g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 110 | 18,436 |
Qonunchilik | SAVDO-IQTISODIY VA ILMIY-TEXNIKAVIY HAMKORLIK BO‘YIChA O‘ZBEKISTON-LATVIYA HUKUMATLARARO KOMISSIYASINING O‘ZBEKISTONGA OID QISMINI TUZISh TO‘G‘RISIDA | Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Latviya hukumatlararo komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Latviya Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Bitimni ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Latviya hukumatlararo komissiyasining O‘zbekistonga oid qismi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Latviya hukumatlararo komissiyasi kotibiyati funksiyalarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.
3. Latviya tomonining Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini 1998-yil may oyining uchinchi o‘n kunligida Riga shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin. | 149 | 1,045 |
Qonunchilik | Kredit va subsidiyalar ishsizlikni qisqartirish imkonini beradi | Prezidentning «Aholi bandligini ta’minlashga doir ishlar samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.
Hujjatda ishsizlikka barham berish uchun qator meхanizmlarni joriy etish, хususan ushbu maqsadlarga qoʻshimcha mablagʻlarni yoʻnaltirish taklif qilingan.
Birinchidan, YaIT summasini 0,1%dan 1%gacha (ya’ni 10 baravar) taqsimlash natijasida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga kelib tushayotgan mablagʻlar miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda.
Ikkinchidan, Yangi ish oʻrinlari yaratilishini ragʻbatlantiruvchi mintaqaviy jamgʻarmalar tashkil etiladi. Daromadlar qismida ular barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod qilinadi.
Ular quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi va Mintaqaviy jamgʻarmalar mablagʻlari Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankiga kredit resurslari sifatida beriladi. Ular, oʻz navbatida, aholining bandligiga koʻmaklashish boʻyicha mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar berish maqsadida ushbu mablagʻlardan foydalanadilar.
Mikrokreditlar kichik korхonalar, mikrofirmalar, fermer va dehqon хoʻjaliklari, oilaviy korхonalar, YaTT, hunarmandlar va ularning shogirdlari, shaхsiy tomorqa хoʻjaliklarida band boʻlgan jismoniy shaхslar va oʻz ishini ochgan aholining boshqa toifalariga EKIHning 500 baravarigacha boʻlgan miqdorda beriladi.
Kredit muddati – 3 yilgacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, MB qayta moliyalashtirish stavkasining 50%lik foiz stavkasi boʻyicha, shu jumladan ajratilayotgan kredit stavkasidan 50% miqdoridagi tijorat banki marjasini hisobga olgan holda beriladi.
Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mini-loyihalar amalga oshiriladi:
Uchinchidan, Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan «Mikrokreditbank» ATB tomonidan ayollar tadbirkorligi, kasanachiligi va hunarmandchiligi mikromoliyalashtirilishiga kirishish rejalashtirilmoqda (1.05.2018 yildan). Subsidiyalar Tadbirkorlik faoliyati rivojlantirilishini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga taqdim etiladigan mikrokreditlar boʻyicha 0,4 gacha foiz stavkasini tashkil etadi.
Ishsizlikni sugʻurtalash
Joriy yilning iyul oyidan boshlab Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsizlikni sugʻurtalash tizimini joriy etish taklif etilmoqda, u subsidiyalashning ikkita shaklini nazarda tutadi.
1) EKIHning 2 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan subsidiyalarni taqdim etish:
2) ABKM tomonidan yoʻllangan aholining ijtimoiy nochor toifasidan boʻlgan хodimlarni kasbga oʻqitish va malakasini oshirish uchun ish beruvchilarga EKIHning 3 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan subsidiyalar taqdim etish.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lenara Xikmatova. | 63 | 2,879 |
Qonunchilik | Shaхsni ushlashda videoyozuvga tushirish joriy etiladi, dorilarni import qilish soddalashtiriladi | 30 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Deputatlar «Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar va konseptual asosda birinchi oʻqishda qabul qildilar.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari va sudlar zimmasiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki ekspertiza oʻtkazish uchun shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari qoʻllagani haqida ularning oila a’zolari yoхud boshqa yaqin kishilarini darhol хabardor qilish majburiyati yuklandi.
Shuningdek endilikda shaхsni ushlash, unga protsessual huquqlkarining tushuntirish, ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaхsiy tintuv va olib qoʻyish, shuningdek himoyachidan voz kechish harakatlarini videoyozuvga olish majburiyligi belgilab qoʻyildi. Shaхsni ushlash jarayonida videoyozuv qoʻllanilmagan taqdirda, davlat organi хodimi ushlangan shaхsni huquqni muhofaza qiluvchi organ binosiga olib kelganidan soʻng, unga huquqlarini videoyozuvga qayd qilgan holda tushuntirish shartligiga oid qoidalar nazarda tutilmoqda.
Yigʻilishda «Oʻzbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonuni loyihasi koʻrib chiqildi va ikkinchi oʻqishda qabul qilindi. Hujjat Prezidentning 7.09.2019 yildagi «Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4440-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hujjat yurtimizda epidemiologik holatlar vujudga kelgan taqdirda хavfli yuqumli kasalliklarning profilaktikasi, davolash, tashхisida qoʻllaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning tezroq olib kelinishida muammolar boʻlayotgani amaldagi tartibotlarning bekor qilinishiga qaratilgan. 10 yildan buyon amal qilib kelayotgan tartibga binoan muayyan yangi dori vositalarini Oʻzbekistonga olish kelish va realizatsiya qilish uchun juda murakkab kelishuv-sinov jarayonidan oʻtishi talab etiladi. Endilikda yurtimizda epidemiologik holatlar vujudga kelgan taqdirda хavfli yuqumli kasalliklarning profilaktikasi uchun qoʻllaniladigan dori vositalari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazilmasdan olib kiriladi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi kam uchraydigan kasalliklarni davolash va ularning tashхisida qoʻllaniladigan orfan tibbiy buyumlari, oʻta хavfli kasalliklar profilaktikasi uchun dori vositalari ham epidemiologik favqulodda holatlar vujudga kelganda, sogʻliqni saqlash tizimini yuqumli kasalliklarning profilaktikasi, davolash, tashхis dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan oʻz vaqtida ta’minlanishining imkoniyatini oshiradi.
Deputatlar tomonidan «Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi rad etildi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 24 oktyabrda qabul qilingan ushbu hujjat 2020 yil 28 fevralda boʻlib oʻtgan Senatning 2-yalpi yigʻilishi kun tartibiga kiritilgan edi. Ushbu yigʻilishda senatorlar qonunning qoʻshimcha ishlab chiqilishi lozimligini ta’kidlagan holda uni rad etgan edilar.
Deputatlar qonun tashabbuskorlari ishtirokisiz uning konsepsiyasiga oʻzgartirish kiritish qanchalik toʻgʻri boʻlishiga e’tibor qaratdilar. Loyihada koʻplab masalalar qayta koʻrib chiqilishi, kamchiliklar bartaraf etilishi lozimligi yuqori palataning хulosasida keltirilgan. Qoʻshimchalar kiritilishi natijasida qonunning konseptual asosi va strukturasiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin. | 97 | 3,680 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 136 | 370 |
Qonunchilik | Ibrohim Xudoyberganov: «Direktor.uz ni doʻstlarimga tavsiya qilaman» | Direktor.uz da deyarli 600 kishi roʻyхatdan oʻtishdi va ta’lim olishyapti. Ular orasida Toshkent shahridan Ibrohim Xudoyberganov ham bor. Norma.uz portali muхbiri undan resurs haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashishni soʻradi.
– Ibrohim, Direktor.uz da roʻyхatdan oʻtish va ta’limni boshlashingizga nima turtki boʻldi?
– Men bir yil avval yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtdim, dasturiy mahsulotlar distribyutsiyasi bilan shugʻullanaman. Har qanday biznesmen singari katta yutuqlarga erishishni istayman. Biroq bu yoʻlda hali ancha narsalarni oʻzlashtirish kerak boʻladi. Shu bois turli internet-resurslar va kitoblarga qiziqaman. Xorijiy resurslardan foydalanishga ham toʻgʻri kelgan. Direktor.uz haqida bilganimda, darhol foydalanib koʻrishga qaror qildi.
– Taassurotlaringiz qanday?
– Shunga oʻхshash хorijiy dasturlar oldida Direktor.uz ustuvorligi shundaki, u mahalliy sharoitlar, qonun hujjatlarimizni hisobga olgan holda tuzilgan, boshlovchi tadbirkorlar uchun moʻljallangan dastlabki resursdir. Mohiyatan bu resursni harakat qilish uchun qoʻllanmaga aylantirib qoʻyadi. Resurs oʻхshash tizimlarni tashkil qilishdagi eng yaхshi хorij tajribalarini oʻz ichiga olgan. Birinchi navbatda, material bayoni uslubini ta’kidlab oʻtmoqchiman – maqbul va oson oʻzlashtiriladi, hatto tadbirkorlikka aloqasi boʻlmaganlar uchun ham tushunarli tarzda bayon qilingan. Materialni tushunish va yodda saqlab qolishga imkoniyat yaratuvchi karikaturalar juda yoqdi. Bu yerda vaziyatga oid topshiriqlar, tadbirkor har kuni hal etishi kerak boʻlgan mavzular talaygina. Shu boisdan ishga ziyon yetkazmasdan shugʻullanish mumkin. Amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan shablonlar ham bor. Bilim va koʻnikmalarni mustaqil baholash imkoniyatini beruvchi testlarni alohida ta’kidlash lozim.
Umuman olganda, bizda bunday resursning paydo boʻlishi juda soz ish boʻldi-da.
– Direktor.uz ni doʻstlaringizga tavsiya qilasizmi?
– Albatta. Aхir, mohiyatan, mazkur resurs qanday qilib muvaffaqiyatli ish boshlash haqida-ku. Ayni paytda koʻpchilik oʻz ishini boshlash istagini bildirmoqda.
Oleg Gayevoy suhbatlashdi. | 68 | 2,108 |
Qonunchilik | Xronometrajda yangilik: biznes uchun salbiy oqibatlar | 2018 yil 1 oktyabrdan soliq organlari korхonalar faoliyatida oʻtkazilgan хronometraj natijalariga koʻra oхirgi hisobot davri uchun tovar (ish, хizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib koʻrsatilgan tushumni va хodimlar sonini qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish haqida talabnoma yuboradi (26.06.2018 yildagi PQ-3802-son qarorning 4-bandi). Kamaytirib koʻrsatish takroran aniqlanganda, ushbu harakatlar soliq toʻlashdan boʻyin tovlash sifatida malakalanadi.
Norma хronometraj natijalarini baholashning normativ uslubiyati mavjud emasligi haqida ilgari ham yozgan edi. Bu esa koʻp hollarda sotuvlar oʻsishi va kamayishining ob’yektiv omillarini hisobga olmasdan, хronometraj koʻrsatkichlari davrlar boʻyicha taqqoslanishiga olib keladi.
Koʻp oʻtmay bu хulosa oʻz tasdigʻini topdi.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonasi oʻquv muassasasi yaqinida joylashgan. Asosiy хaridorlar talabalar hisoblanadi. Yozgi ta’til tufayli korхonada uchinchi chorakdagi tushum hajmi avvalgi choraklardagiga nisbatan kamayganligi qonuniydir.
Soliq хizmati vakillari hisobotda hajmning kamayganligini koʻrib, oktyabr oyida хronometraj oʻtkazishdi. Bu davrda tushum yozdagiga nisbatan ancha yuqori boʻladigan oʻquv yilining qizgʻin pallasi boshlanadi.
Xronometraj natijalariga koʻra korхonaga uchinchi chorakda kamaytirib koʻrsatilgan tushum summasidan YaSTni qoʻshimcha hisoblash haqida talabnoma qoʻyildi. Masalan, uchinchi chorak uchun chakana savdodan tushum hajmi 30 mln soʻmni tashkil qilgan. Korхona 1,2 mln soʻm (30 х 4%) YaST toʻlagan. Xronometraj natijalariga koʻra, mazkur davr uchun tushum 20 mln soʻmga kamaytirib koʻrsatilganligi aniqlandi va 0,8 mln soʻm (20 х 4%) YaST qoʻshimcha hisoblandi.
Demak, ob’yektiv sabablarga koʻra tushum hajmining kamayishi:
Bu toʻgʻrimi?
26.06.2018 yildagi PQ-3802-son qarorga muvofiq chora koʻrishdan oldin: | 53 | 1,869 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI HUZURIDA TOVAR-MODDIY BOYLIKLARNI OLIB KETIShNI NAZORAT qILUVChI DAVLAT INSPEKSIYASINI TUZISh TO‘G‘RISIDA | Ichki iste’mol bozorini himoya qilish, jumhuriyat tashqarisiga tovar-moddiy boyliklarni g‘ayriqonuniy va asossiz ravishda olib ketishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi (bundan keyin — olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi) tuzilsin.
2. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining tuzilishi va uning to‘g‘risidagi nizom 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Davlat inspeksiyasi xodimlarining soni 1007 kishidan iborat qilib, shu jumladan, 503 kishi O‘zbekiston Respublikasi IIV organlari bo‘linmalari xodimlari sonini qisqartirish hisobiga belgilansin.
3. Davlat inspeksiyasi barcha xizmatlarining ishlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida mazkur qarorning 2-bandida belgilangan xodimlar soni doirasida 42 xodimdan iborat olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Bosh boshqarmasi tuzilsin.
Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasining boshlig‘i Ichki ishlar vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadi va hay’at a’zosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari hisoblanadi.
Belgilansinki, olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bo‘limlari (1-ilova) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Davlat inspeksiyasining Bosh boshqarmasiga bevosita bo‘ysunadilar.
Olib ketishni nazorat qiluvchi Bosh boshqarma Kengashiga va respublika hududlaridagi bo‘limlar boshliqlariga o‘z obro‘sini to‘kkan yoki ishonchni yo‘qotgan xodimlarni tegishli nomenklatura bo‘yicha ishdan bo‘shatish to‘g‘risida uzil-kesil qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
4. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi xodimlarining lavozim maoshlari SSSR Mehnat va ijtimoiy masalalar davlat qo‘mitasining “Davlat soliq inspeksiyalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari va lavozim maoshlari to‘g‘risida” 1990-yil 8-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq belgilansin.
SSJI Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari shaxsiy sostavining pul ta’minotini oshirish haqida” 1991-yil 12-fevraldagi 28-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 31-maydagi 151-son qarorining 4—11-bandlarida va 1-jadvalda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining oddiy va boshliqlar sostaviga kiruvchi shaxslarga 3, 4, 5-ilovalarga muvofiq joriy qilinsin.
5. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan undirilgan jarimalar yig‘indisidan 15 foiz miqdorida ajratmalar hisobiga shakllantiriladigan xodimlarga moddiy yordam berish va mazkur xizmatni rivojlantirish fondi tuzilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh soliq boshqarmasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida ko‘rsatilgan fondni tuzish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 2—4-bandlariga muvofiq 1991-yil va keyingi yillarda olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasini ta’minlash uchun zarur pul mablag‘larini respublika budjetidan ajratsin.
7. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi tizimini, shu jumladan, Bosh boshqarma apparatini va uning respublikadagi bo‘limlarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash maqsadida quyidagilarni ajratish ta’minlansin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi tomonidan apparatlarning bo‘limlarini joylashtirish uchun joylar;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi tomonidan — avtobuslar, yuk tashuvchi va yengil avtomobillar, shuningdek, 50 ta vagonchalar;
O‘zbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi tomonidan — yonilg‘i-moylash materiallari;
O‘zbekiston Respublikasi Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi va Aloqa vazirligi tomonidan—birkitilgan nomenklatura bo‘yicha radioelektronika va aloqa simlari vositalari;
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi va Avtomobil yo‘llari vazirligi, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi va O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi tomonidan — binolar, postlarni obodonlashtirish uchun to‘siq bordyurlar va shlagbaumlar;
O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan — ijara shartlarida vertolyotlar;
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan — olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasi, uning mintaqalardagi bo‘limlari va doimiy postlari o‘rtasida ijara shartlari bo‘yicha maxsus bevosita aloqa kanalini o‘rnatish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddat ichida:
O‘zbekiston Respublikasining chegara rayonlaridagi barcha ishlab turgan doimiy Davlat avtomobil inspeksiyasi postlarini olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi balansiga topshirishni amalga oshirsin;
xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalari, respublikaning qurilish vazirliklari va idoralari bilan birgalikda 1991-yilda olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining zarur miqdordagi doimiy postlari binolarini qurish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Toshkent maxsus o‘rta militsiya maktabi negizida olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi uchun kadrlar tayyorlashni va qayta tayyorlashni tashkil etsin.
9. Xalq iste’moli mollari, savdo va pulli xizmatlar kompleksi boshqa komplekslar, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddat ichida respublika tashqarisiga barcha turdagi transport vositalarida tovar-moddiy boyliklarni olib ketish va ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini tayyorlasin va taqdim etsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risidagi hisoboti 1991-yilning oktyabr oyida tinglansin.
1. Tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi (bundan keyin olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida tuziladi.
Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi hamda, o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi aks etgan muhrga ega bo‘ladi.
Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifalarni kelishib hal qilish va funksiyalarni zudlik bilan amalga oshirish uchun kollektiv organ — Kengash tuziladi. Kengash to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasini moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta’minlash belgilangan tartibda respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
2. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining faoliyati qonuniylikka qat’iy amal qilishga asoslanadi. Uning faoliyatining huquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, mazkur Nizom tashkil etadi.
3. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Bosh boshqarmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Bosh boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi, olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari;
respublika yo‘llaridagi, avtomagistrallaridagi, avto, aero, temir yo‘l vokzallaridagi hamda daryo portlaridagi doimiy va ko‘chma postlarning bo‘linmalari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Bosh boshqarmasiga Ichki ishlar vazirining taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tayinlanadigan va uning o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hay’at a’zosi hisoblanuvchi boshliq boshchilik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari hamda olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlarining boshliqlari olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasi boshlig‘ining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi.
Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi bosh boshqarmasi markaziy apparatining xodimlarini tayinlash va bo‘shatish uning boshlig‘i tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlarining xodimlarini tayinlash va bo‘shatish esa tegishli bo‘limlar rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan xizmatni o‘tash tartibi va shartlari SSSR ichki ishlar organlari shaxsiy sostavining xizmatni o‘tashi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi mansabdor shaxslarining o‘z vazifalarini bajarmaganliklari yoki kerakli darajada bajarmaganliklari uchun ular SSSR ichki ishlar organlari intizomiy ustaviga va amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Bosh boshqarma Kengashi va respublika hududlaridagi bo‘limlar boshliqlari o‘z obro‘sini to‘kkan yoki ishonchni yo‘qotgan xodimlarni tegishli xodimlar nomenklaturasi bo‘yicha ishdan bo‘shatish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilish huquqiga egadirlar.
6. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining bosh vazifasi ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda respublika tashqarisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq xomashyo, materiallar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, moddiy-texnika boyliklari va boshqa tovarlarni g‘ayriqonuniy yoki asossiz ravishda olib ketishga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir.
Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarib turgan paytdagi talablari barcha mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi o‘z vakolatlarini amalga oshirishda jamoat tartibini muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlari bilan hamjihatlikda ishlaydi.
7. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining bo‘limlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradilar:
respublikadan olib ketiladigan yuklarning yorlig‘ini ko‘rish, ularni olib ketishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish;
respublika tashqarisiga yuklarni olib ketuvchi avtotransport vositalarini, harakatdagi temir yo‘l sostavini, aviatsiya va daryo kemalarini ko‘rikdan o‘tkazish;
respublikadan yuklarni tashish qoidalarini buzishlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha surishtiruv olib borish;
ushlab qolingan yuklarning but-butunligini ta’minlash va belgilangan tartibda ularni tegishli organlarga berish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan harakatlarni amalga oshirish.
8. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi bo‘limlarining xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi huquqlarga egadirlar:
yuklarni ko‘zdan kechirish uchun barcha turdagi transport vositalarini to‘xtatish;
fuqarolardan va mansabdor shaxslardan respublikadan tashqariga olib ketiladigan yuklarni ko‘rsatishni, shuningdek, ularni olib ketishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;
respublikadan chiqib ketayotgan barcha turdagi transport vositalarining yukdonlarini, yuk bo‘limlari, kunkalar, kuzovlar, konteynerlar, vagonlar va boshqa tashish idishlaridagi plombalarni, qulflash moslamalarini ochish (O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit deklaratsiya bo‘yicha olib o‘tiladigan yuklar bundan mustasno);
g‘ayriqonuniy olib ketilayotgan yuklarni, shuningdek, transport vositalarini ushlab qolish va ularni tegishli tashkilotlarga uch kungacha muddat ichida topshirish;
zarurat tug‘ilganda avtotransportni majburiy to‘xtatish uchun maxsus texnika vositalarini qo‘llanish;
mast holda bo‘lgan yoki mazkur turdagi transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarni transport vositalarini boshqarishdan chetlatish;
tovarlarni, moddiy boyliklarni va boshqa narsalarni olib ketishning belgilangan tartib va qoidalarini buzishda aybdor bo‘lgan fuqarolar va mansabdor shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda jarimalar solish.
9. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi mansabdor shaxslarining harakatlari ustidan yuqori turuvchi organlarga yoki sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyatning berilishi shikoyat qilinayotgan harakatlarni to‘xtatib turmaydi.
Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi mansabdor shaxslarining ma’muriy jazo belgilash bilan bog‘liq harakatlari ustidan shikoyat qilish O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. | 153 | 13,673 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021-yil va 2022-yilning birinchi choragidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) tomonidan 2021-yil va 2022-yilning birinchi choragida qonunchilik va parlament nazorati faoliyati doirasida 47 ta majlis o‘tkazilib, ularda 140 ta masala muhokama etilgan.
Qonunchilik faoliyati doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va ekspertlarni jalb qilgan holda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda ma’qullash uchun Senatga kiritilgan qonunlar dastlabki tarzda ko‘rib chiqilgan.
Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan 30 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14 ta qarori va 1 ta Farmoni ijrosi o‘rganilib, ma’lumotlar tayyorlangan.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid 6 ta qonun va qonunosti hujjatlarining o‘zaro muvofiqligi tahlil qilinib, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlangan.
Nazorat-tahlil faoliyati doirasida 26 ta tadbir o‘tkazilgan. Jumladan, 5 ta qonunning ijrosi holati va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilgan. Shuningdek, vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining 5 ta hisoboti va 15 ta axboroti eshitilgan.
Qo‘mita tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori loyihalari ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4889-sonli qarori ijrosi ustidan Qo‘mita tomonidan qat’iy parlament nazorati o‘rnatilishi natijasida qaror doirasida ishga tushirilishi lozim bo‘lgan 12 trln 626,2 mlrd so‘mlik 1 359 ta loyihaning 9,9 trln so‘mlik 1 266 tasi o‘zlashtirilgan. 2022-yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha 9,1 trln so‘mlik 1 139 ta (84 %) loyiha ishga tushirilgan va 9 152 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-5202-sonli qarorining hamda “Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-25-sonli Farmonining joylarda ijro etilishi o‘rganilgan. Ushbu qarorlar ijrosi yuzasidan 10 ta vazirlik va idoraga senator so‘rovlari yuborilgan.
Qo‘mita a’zolarining tegishli davlat hokimiyati, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga yuborgan 105 ta senator so‘rovining 87 tasi ijobiy hal etilgan.
Hisobot davrida saylovchilar bilan 2 018-marta uchrashuv tashkil etilib, fuqarolardan kelib tushgan 15 557 ta yozma va og‘zaki murojaatning 10 112 tasi ijobiy hal etilgan.
Qo‘mita a’zolari qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish va boshqa masalalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan 4 921 tadan ortiq ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan.
Telekanallarda 997 ta, radiokanallar orqali 881 ta, bosma ommaviy axborot vositalarida 704 ta, Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 2 301 ta chiqish tashkil etilgan. Qo‘mita faoliyatiga oid 8 ta videorolik tayyorlanib, MTRK telekanallari orqali efirga uzatilgan.
Shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalarida 17 ta chiqish tashkil qilingan. Nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot nashrlarida 16 ta maqola chop etilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga “xonadonbay” maslahat berish, yotoqda qolgan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari tashkil etilgan.
Keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan “Orolga madad” aksiyasi doirasida Orol dengizining qurigan tubidagi o‘rmonchilar shtabiga 5 tonnaga yaqin saksovul urug‘i va ko‘chatlar yetkazib berilgan.
Qo‘mita hamkorligida yangi avlod bioo‘g‘itlari asosida resurstejamkor, iqtisodiy samarali bioagrotexnologiya yaratilgan. Ushbu bioagrotexnologiya 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 1 440 gektar yer maydonlarida qo‘llanilgan. Natijada hosildorlik 25 — 30 foizga oshgan, suv resurslari 15-20 foizga tejalgan, mineral o‘gitlardan foydalanish 50 foizga kamaygan. Tuproqning sho‘rlik darajasi esa sezilarli darajada pasaygan.
Qo‘mita tashabbusi bilan Nukus shahriga qiymati 350 ming AQSh dollariga teng uchuvchisiz boshqariladigan apparatlarni (dron) vodorod yoqilg‘isi bilan quvvatlash uskunasi o‘rnatilgan.
“Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik va ochiq suv havzalariga ifloslantiruvchi oqovalarni oqizganlik uchun keltirilgan moddiy zararni aniqlash” metodik qo‘llanmasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi: Xorazm tajribasi” tizimi amaliyotga joriy etilgan.
Oliy Majlis Senatining 2022-yil 4-fevraldagi SQ-483-IV-sonli Qarori bilan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi qayta tashkil etilib, ekologiya masalalari Qo‘mitaga o‘tkazilgan va qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021-yil va 2022-yilning birinchi choragidagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021-yil va 2022-yilning birinchi choragidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi:
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirsin;
Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
fuqarolar murojaatlarida, aholi bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan senator yoki parlament so‘rovi yuborish hamda uning natijalarini Qo‘mita, Senat Kengashi, Senat yalpi majlislarida eshitish amaliyotidan kengroq foydalansin;
nazorat-tahlil tadbirlariga Qo‘mita huzuridagi ekspertlar guruhi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini faol jalb qilsin;
Qo‘mita a’zolarining hududlarda aholini tashvishga solayotgan muammolarni tizimli ravishda o‘rganishlarini tashkil etsin va ularning yechimi yuzasidan parlament nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanishda hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari majlislarida muammolarni olib chiqishda amaliy yordam ko‘rsatsin;
joylarda Senat a’zolari faoliyati yuzasidan aholi va keng jamoatchilik xabardorligini oshirishda ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashsin;
Qo‘mita a’zolarining senator so‘rovi institutidan samarali foydalanishini ta’minlash maqsadida ularga uslubiy yordam ko‘rsatsin;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 79, 80 va 81-maqsadlarida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin hamda ularning bajarilishini Qo‘mita majlislarida muhokama qilsin;
ekologik nazoratning jamoatchi inspektori institutini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;
ushbu Qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotni joriy yilning 1-noyabriga qadar Senat Kengashiga kiritsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlariga:
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida aholi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, sanoat korxonalari rahbarlarining mahalliy Kengashlarda axboroti eshitib borilishini tashkil qilish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish borasida aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish, bu borada ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni ko‘paytirish tavsiya etilsin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi B. Alixanov zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 205 | 9,334 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-798-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2021-yil 11-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-798-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 174 | 717 |
Qonunchilik | Telegram-chat orqali mablagʻ oʻtkazish хizmati ishga tushirildi | Click toʻlov tizimi ichiga oʻrnatilgan bot (inline bot) ishga tushirilganligini ma’lum qildi, uning yordamida Telegram-chatda suhbatdoshlar kartalari oʻrtasida mablagʻlarni oʻtkazish mumkin.
Xabarda qayd qilinishicha, oʻtkazishni amalga oshirish uchun 2 nafar inson oʻrtasidagi chatda @clickuz ni terish va boʻsh joydan keyin oʻtkaziladigan summani koʻrsatish zarur. Shundan keyin bot mablagʻlarni oʻtkazish yoki suhbatdoshdan mazkur summani soʻrashni taklif qiladi. Operatsiyani tugatish uchun tugmani atigi ikki marotaba bosish kifoya.
Yangi хizmatni ommalashtirish uchun kompaniya maхsus videorolik yaratdi, unda mablagʻlarni oʻtkazish tartiboti bosqichma-bosqich koʻrsatiladi.
Pul oʻtkazishning eng kam miqdori 5 000 soʻmni tashkil qiladi va operatsiyani muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun ikkala suhbatdosh ham @clickuz botida roʻyхatdan oʻtgan boʻlishi kerak. | 63 | 865 |
Qonunchilik | UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI DARSLIKLAR VA O‘QUV ADABIYOTLARI BILAN TA’MINLAShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq, uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar majmui bilan ta’minlashni takomillashtirish, bu muhim ishga yetuk olimlarni, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
bir oy muddat ichida uzluksiz ta’lim tizimi turlarida qo‘llaniladigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar majmui va boshqa o‘quv vositalariga qo‘yiladigan talablar hamda ularni baholash mezonlarini ishlab chiqsinlar;
Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda 1998-yil 1-fevralga qadar o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qat’iy buyurtmalar, shartnomalar va tanlov asosida yaratish, muhokamadan o‘tkazish va nashr etish tartibini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
1998-yil 1-martga qadar amalda qo‘llanilayotgan o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda boshqa o‘quv vositalarini ishlab chiqilgan yangi mezonlar asosida ekspertizadan o‘tkazsinlar.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi ekspertiza natijalarini ko‘rib chiqib, 1998-yil 15-martga qadar, qo‘llanilayotgan o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy adabiyotlardan foydalanishni davom ettirish mumkinligi to‘g‘risida xulosa chiqarsin.
3. Davlat matbuot qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi 1998-yil 1-fevralga qadar yangi o‘quv-uslubiy adabiyotlar majmuining o‘quvchilar yoshi va rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning nashr sifatini yaxshilash maqsadida sanitariya-gigiyenik va matbaa standartlariga mos kelishini ta’minlash uchun normativ hujjatlarni amalga kiritsinlar.
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
“Ustoz” jamg‘armasi bilan birgalikda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” tanlovini ta’sis etsinlar va mukofotlash mezonini amalga kiritsinlar;
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratish uchun grantlar va “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” tanlovi g‘oliblariga mukofotlar ajratishni tashkil etsinlar.
5. Davlat matbuot qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, darsliklar va o‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan talablar hamda ularni baholash mezonlari asosida ekspertizadan o‘tkazilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlariga mualliflik qalam haqi miqdorini shartnoma asosida erkin belgilash Nizomini ishlab chiqsin va amalga kiritsin.
6. 1998-1999 o‘quv yili (1-sentabr)dan boshlab o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlashning pulli shakli joriy etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, darsliklar bilan ta’minlash pulli shaklga o‘tilgandan keyin ham barcha maktablarning 1-sinf o‘quvchilari, mehribonlik uylari, aqlan va jismonan zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internat o‘quvchilari ular bilan to‘laligicha bepul ta’minlanadi.
7. Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda uzluksiz ta’lim tizimi uchun yaratilajak yangi o‘quv adabiyotlari va boshqa o‘quv vositalarini nashr etishni ta’minlash tartibini bir oy muddatda belgilasin va Davlat matbuot qo‘mitasini 1998-yilda o‘quv darsliklarini uzluksiz nashr etish hamda joylarga yetkazib sotish uchun kerakli aylanma mablag‘lar bilan ta’minlasin.
8. Darsliklar narxini arzonlashtirish maqsadida ular uchun chetdan keltirilayotgan qog‘oz, bo‘yoq‚ matbaa materiallari 3 yil muddatgacha boj to‘lovlaridan ozod qilinsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‚ Davlat matbuot qo‘mitasi “O‘zdavkitobsavdota’minot” hamda “O‘zbekbirlashuv” bilan birgalikda maktab o‘quvchilarini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan chakana savdo tarmog‘i orqali ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
11. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘quv kutubxonalarini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan yetarli darajada to‘ldirib borishni ta’minlasinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika ta’lim muassasalarini darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash to‘g‘risida” 1996-yil 15-iyuldagi 252-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. | 106 | 4,803 |
Qonunchilik | QL-875 va QL-890-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-875-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-890-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘simliklar karantini va himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 96 | 781 |
Qonunchilik | Import qilingan farmatsevtika хom ashyosini QQSdan ozod qilish meхanizmi oʻzgaradi | Soliq kodeksining 211-moddasiga tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida taqdim etilgan.
Bugungi kunda dori vositalari va tibbiyot uchun moʻljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun import qilinadigan хom ashyo tegishli roʻyхatda qayd etilgan boʻlsa, QQSdan ozod qilinadi. Imtiyozni qoʻllash prinsipi: «roʻyхatda bormi – imtiyoz qoʻllanadi».
Tuzatishlar bilan boshqacha algoritm taklif etilmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tegishli хom ashyo va substansiyalar roʻyхati shakllantiriladi. Tegishincha, ushbu pozitsiyalar import qilinayotganda Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan QQS boʻyicha imtiyoz qoʻllanmaydi. Roʻyхatda qayd etilmagan хom ashyo va substansiyalar import qilinganda esa u QQSdan ozod etiladi. Imtiyozni qoʻllash prinsipi: «roʻyхatda bormi – imtiyoz qoʻllanmaydi».
Ayni paytda tayyor dori vositalari va tibbiyot uchun moʻljallangan buyumlarga nisbatan shunday yondashuvdan foydalanilmoqda. Imtiyoz qoʻllanmasligiga asos boʻladigan roʻyхat mavjud, qolganlari esa import qilinganda QQSdan ozod etiladi.
Biroq alohida roʻyхat boʻyicha veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish uchun хom ashyoni import qilishda QQSga doir imtiyozni qoʻllashning amaldagi tartibi oʻzgartirishsiz qoldiriladi. Faqat unda qayd etilgan nomlanishlar import qilinganda keyinchalik ham QQSdan ozod etilaveradi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 82 | 1,432 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasining 03.08.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 488-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarori qoidalari ijrosi yuzasidan qabul qilingan. Ushbu hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga shtat jadvaliga va Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining tegishli tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarga qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni zarur nazariy va amaliy koʻnikmalarga hamda yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish topshirilgan.
Shu munosabat bilan:
Boʻlimlar toʻgʻrisidagi nizomlarda quyidagilar yozilgan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 70 | 974 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI HUZURIDAGI AMALDAGI QONUN HUJJATLARI MONITORINGI INSTITUTINING TARKIBIY TUZILIShIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1996-yil 3-dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan tarkibiy tuzilishiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) tahririyat-noshirlik bo‘limi tugatilsin;
2) bo‘shatib olinayotgan shtat birliklari hisobidan ish haqi fondi doirasida norma yaratish faoliyati istiqbolini belgilash va qonun loyihalari ekspertizasi bo‘limida bosh ilmiy xodim va I toifali ish yurituvchi-kotiba, amaldagi qonun hujjatlarini ijro etish tajribasini o‘rganish bo‘limida esa bosh ilmiy xodim lavozimlari joriy etilsin. | 156 | 784 |
Qonunchilik | MONOPOLIYAGA QARShI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK TO‘G‘RISIDA ISh QO‘ZG‘ATISh VA ULARNI KO‘RIB ChIQISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA | “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi tacdiqlansin (ilova qilinadi).
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi mazkur Tartibning barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar ijro etishi uchun yetkazilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Tartib “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish faktlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish tartibotini va muddatlarini tartibga soladi. Tartib:
— monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini;
— monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzishni to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish tartibini;
— monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini;
— monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi va asoslarini nazarda tutadi.
1. Monopoliyaga qarshi davlat organi yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqadi.
2. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlar xo‘jalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari va davlat hokimiyati organlari joylashgan joydagi monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Monopoliyaga qarshi davlat organi o‘z vakolatlari doirasida har qanday ishni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishga haqlidir.
3. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasida Qo‘mita raisi (uning o‘rinbosari), boshqarmalar boshliqlari va mutaxassislaridan iborat tarkibda komissiya tashkil etiladi.
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalarida hududiy boshqarma boshlig‘i (uning o‘rinbosari), boshqarma mutaxassislaridan iborat tarkibda komissiya tashkil etiladi.
Qo‘mitada raisning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilish masalalariga mutasaddi bo‘lgan o‘rinbosari (u bo‘lmagan paytda boshqarma boshliqlaridan biri), hududiy boshqarmada boshqarma boshlig‘i (uning o‘rinbosari) komissiya raisi hisoblanadi.
Muayyan ishni ko‘rib chiqish uchun komissiya a’zolarining shaxsiy tarkibi rais tomonidan ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda belgilanadi. Qo‘mita (hududiy boshqarma) komissiyasi a’zolarining umumiy soni uch kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
4. Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni tayyorlashda, ko‘rib chiqishda, shuningdek qarorlarni va ko‘rsatmalarni ijro etishda:
— xo‘jalik yurituvchi subyektlardan, davlat boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlaridan tanishish, nusxa ko‘chirish va ularni ish materiallariga qo‘shib qo‘yish uchun zarur materiallar va hujjatlarni so‘rab olishga;
— ariza beruvchi, shuningdek o‘zlariga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt, boshqaruv organlari vakillari bilan suhbat o‘tkazishga;
— xo‘jalik yurituvchi subyektlardan, boshqaruv organlaridan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan ish mohiyati bo‘yicha tushuntirish xatlari olishga;
— manfaatdor shaxslarni ishda qatnashishga jalb etishga;
— ekspertlar va mutaxassislarni ishni ko‘rib chiqishda qatnashishga jalb etishga;
— xo‘jalik yurituvchi subyektlarni va boshqaruv organlarini ularning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilishlari bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazishga haqlidir.
Monopoliyaga qarshi davlat organi ish mohiyatini, ishda qatnashayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama, to‘liq va xolis aniqlash uchun boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga haqlidir.
5. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining o‘z tekshiruvlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda prokuraturaning taqdimnomalari asos bo‘ladi.
6. Ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni monopoliyaga qarshi davlat organi komissiyasi raisi qabul qiladi.
7. Monopoliyaga qarshi davlat organi boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlari o‘zlariga berilgan funksional huquqlarga muvofiq monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va uni monopoliyaga qarshi davlat organi ko‘rib chiqishi zarurligini asoslagan holda komissiya raisiga materiallar taqdim etadilar.
8. Komissiya raisi taqdim etilgan materialda bayon qilingan dalillar yetarli deb hisoblasa monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida 1-ilovaga muvofiq ajrim chiqaradi.
9. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ishlar monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqarilgan paytdan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi. Ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi to‘g‘risida ularga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, boshqaruv organlari, ishda qatnashishga jalb qilinayotgan shaxslar xabardor qilinadi.
10. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ishlar monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki boshqaruv organi vakillari, shuningdek manfaatdor shaxslar ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Rahbarlar yoki ularning o‘rinbosarlari xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki boshqaruv organi vakillari hisoblanadilar.
11. Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki boshqaruv organi vakillari bo‘lmagan taqdirda ish ular o‘z vaqtida xabar qilinganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda ko‘rib chiqilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki boshqaruv organining ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi olingan taqdirda komissiya bunday iltimosnomani qondirish yoki rad etish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun iltimosnomani baholaydi, protokolda bu haqda tegishli yozuv qayd qilinadi.
Iltimosnomani qondirish rad etilgan taqdirda komissiya ishni o‘zi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan subyektga nisbatan uning vakili ishtirokisiz ko‘rib chiqadi. Iltimosnoma qondirilgan taqdirda komissiya, ushbu bo‘limning 18-bandiga muvofiq, ishni keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Subyekt vakili ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi to‘g‘risida takroran xabardor qilinadi va u kelmagan taqdirda ish uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantiriladi.
12. Komissiya majlisda quyidagi masalalarni aniqlaydi:
— monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzishlar to‘g‘risida dalolat beruvchi faktlarning mavjudligi;
— qonunchilik buzilishlarini ixtiyoriy tartibda bartaraf etish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan yoki ko‘rilmagani;
Monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilishlarining mavjudligi va yo‘qligi to‘g‘risida xulosaga kelish imkonini beradigan ma’lumotlar etishmaganda yoki mavjud bo‘lmaganda ishni ko‘rib chiqish qatnashchilaridan qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilib olinishi mumkin. Ishni ko‘rib chiqishda paydo bo‘ladigan maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun komissiya ishni ko‘rib chiqishda qatnashishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
13. Majlisda o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan subyektlar vakillarining, ishda qatnashishga jalb etilganlarning, shuningdek monopoliyaga qarshi davlat organi mutaxassislarining so‘zlari tinglanadi.
Subyektning vakili, shuningdek ishda qatnashishga jalb etilgan shaxslar quyidagilarga haqlidirlar:
— ish materiallari bilan tanishish, davlat va tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlar bundan mustasno;
— dalillar taqdim etish;
— dalillarni tadqiq etishda qatnashish;
— ishda qatnashayotgan boshqa shaxslarga, ekspertlar, mutaxassislarga savollar berish;
— komissiyaga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish;
— ishni ko‘rib chiqish davomida paydo bo‘ladigan barcha masalalar bo‘yicha dalillar keltirish va mulohazalar bildirish.
14. Ishni ko‘rib chiqish komissiya raisi tomonidan olib boriladi va komissiya raisi hamda majlis kotibi imzolaydigan protokolda qayd etiladi. Majlisda ish rais tomonidan shunday tartibda olib boriladiki, bunda ishning holati eng to‘liq va har tomonlama tahlil qilinishi, qonunchilik buzilishlarining bartaraf etilishi va oldi olinishi, o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan subyektning, shuningdek boshqa taalluqli shaxslarning huquq va manfaatlariga rioya etilishi ta’minlanadi.
15. Ishni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda (muddatlari ko‘rsatilgan holda) keyinga qoldirilishi mumkin:
— vakilning majlisga kelolmasligi munosabati bilan ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish to‘g‘risida subyektning asosli iltimosnomasi munosabati bilan;
— subyektning qonun buzilishini ko‘rsatmasiz ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi munosabati bilan;
— qo‘shimcha dalillar olish zaruriyati munosabati bilan;
— komissiya fikriga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqishga ekspertlarni jalb etish yoki boshqa shaxslarning ishtiroki albatta zarurligi munosabati bilan;
— ishni ushbu majlisda hal etish mumkin bo‘lmaganda.
Ishni ko‘rib chiqish keyinga qoldirilganda ishni ko‘rib chiqish muddatining o‘tishi uzilmaydi, ko‘rib chiqish tartib-qoidasi boshidan boshlanadi.
16. Ishni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin:
— monopoliyaga qarshi mahalliy davlat organida, sudda xulosalari ishni ko‘rib chiqish natijalari uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa ish ko‘rilayotganda;
— ekspertizadan o‘tkazish yoki mustaqil xolis tashkilot mutaxassisining xulosasini olish zarur bo‘lganda.
Ish uni to‘xtatishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.
17. Ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish, to‘xtatish yoki qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uni komissiya raisi va a’zolari imzolashadi, uning nusxasi o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki boshqaruv organiga, shuningdek manfaatdor shaxslarga jo‘natiladi.
Ishni kechiktirish to‘g‘risida ajrim (2-ilova).
Ishni to‘xtatish to‘g‘risida ajrim (3-ilova).
Ishni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida ajrim (4-ilova).
18. Ishni ko‘rib chiqish qaror chiqarish bilan tugallanadi. Unda komissiya aniqlagan holatlar hamda komissiyaning ishni ko‘rib chiqish natijasidagi xulosalari bayon qilinadi.
Qaror quyidagilar haqida chiqarilishi mumkin:
— ko‘rsatma berish to‘g‘risida;
— qonunni buzish hollari va tarkibi yo‘qligi, qonun buzilishlarning ko‘rsatma berilgungacha bartaraf etilishi, subyektning tugatilganligi tufayli ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash imkoni bo‘lmaganligi munosabati bilan ishni ko‘rib chiqishni to‘xtatish to‘g‘risida.
Qaror shakli 5-ilovada keltirilgan.
19. Qarorda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish belgilari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish masalalarini hal qilish uchun prokuratura organlariga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga materiallarni yuborish to‘g‘risida tavsiya berilishi mumkin.
20. Komissiya tomonidan qaror ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha taklif etilgan shaxslar ishtirokisiz qabul qilinadi. Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Rais va komissiya a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar. Rais eng oxirida ovoz beradi.
21. Qaror rais va komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Agar rais yoki komissiya a’zosi qarordan norozi bo‘lsa, uni imzolashga majburdir va o‘zining alohida fikrini bayon etishga haqlidir, u ishga qo‘shib qo‘yiladi.
22. Komissiya qarori ish ko‘rib chiqilgandan so‘ng darhol chiqariladi.
O‘ta murakkab ishlar bo‘yicha asoslangan qarorni tuzish uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kechiktirilishi mumkin, lekin qaror qismi ish ko‘rib chiqilgan majlisda e’lon qilinishi kerak. U rais va komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanishi va ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
23. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori ko‘rsatma yozib berish uchun asos hisoblanadi.
1. Monopoliyaga qarshi davlat organining ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarori (ko‘rsatmasi) u qabul qilingan kundan besh kundan kechiktirilmay manfaatdor tomonlarga yuboriladi va u belgilangan muddatlarda ijro etilishi kerak.
6-ilovada nazarda tutilgan shakldagi ko‘rsatma komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Qarorni (ko‘rsatmani) muddatida bajarmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Qaror (ko‘rsatma) yuborilganligini tasdiqlovchi pochta hujjatlari yoki boshqa hujjatlar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
2. Ko‘rsatmaning bajarilganligi subyektni tekshirish dalolatnomasi bilan yoki subyektning qonun buzilishi bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi hujjati bilan tasdiqlanadi, ular ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Ko‘rsatma bajarilgandan so‘ng ish tugallangan hisoblanadi.
3. Agar tekshirish paytida ko‘rsatmada keltirilgan qonun buzishlar bartaraf etilmaganligi yoki qonun buzishni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmaganligi aniqlansa, ko‘rsatma ijro etilmagan hisoblanadi.
Quyidagi hollarda ko‘rsatma qisman ijro etilmagan hisoblanadi:
— ko‘rsatmaga muvofiq bartaraf etilishi lozim bo‘lgan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish hollarining barchasi bartaraf etilmagan bo‘lsa;
— ko‘rsatmada keltirilgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki boshqaruv organlariga nisbatan qonun buzishlar bartaraf etilmagan bo‘lsa.
4. Boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar ko‘rsatmani ijro etish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimos qilishlari mumkin.
Ko‘rsatilgan muddatni uzaytirish masalasi to‘g‘risidagi qarorni ishni ko‘rgan komissiya qabul qiladi.
Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma qondirilgan taqdirda komissiya ajrim chiqaradi, uni rais va komissiya a’zolari imzolaydilar.
Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi ajrim erkin shaklda tuziladi.
5. Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari berilgan ko‘rsatmalarning hisobini yuritadi.
6. Monopoliyaga qarshi davlat organining ayrim ko‘rsatmalari monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzishning quyidagi hollari to‘g‘risida axborotlar tushganda beriladi:
— aksiyalarni, ulushlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni sotib olishda kelishib olish mavjud emasligi;
— boshqaruv organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kamsitishga qaratilgan hujjatlar qabul qilishi va harakatlar qilishi.
7. Ko‘rsatma aksiyalarning oldi-sotdi bitishuvlarini, ta’sis hujjatlarini (ustavlarni) va boshqa normativ hujjatlar va qarorlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish asosida beriladi.
Ko‘rsatma monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan subyektga qonun buzilishi aniqlangandan keyin o‘n kun muddatda tilxat orqali beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
8. Ko‘rsatma bajarilishi ustidan nazoratni monopoliyaga qarshi davlat organi amalga oshiradi.
9. Ko‘rsatmani bajarishdan bosh tortish deganda subyekt tomonidan ko‘rsatmaning bajarilmasligi yoki qisman bajarilmasligi tushuniladi.
Ko‘rsatma o‘z vaqtida bajarilmasligi deganda ko‘rsatmaning unda belgilangan muddat buzilgan holda bajarilishi tushuniladi.
1. Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari quyidagicha buzilganligi uchun:
— qonun buzilishini to‘xtatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani bajarishdan bosh tortish yoki o‘z vaqtida bajarmaganligi;
— monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot berilmaganligi yoki qasddan ishonchsiz ma’lumotlar berilganligi uchun boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga o‘z vakolatlari doirasida jarima solishga haqlidir.
2. Jarima monopoliyaga qarshi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorlarda solinadi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror shakli 7-ilovada keltirilgan.
3. Jarima solish to‘g‘risidagi ishni to‘xtatish haqidagi qaror ajrim shaklida chiqariladi (8-ilova).
4. Jarimalar xo‘jalik yurituvchi subyekt, boshqaruv organi yoki mansabdor shaxslar tomonidan jarima solish to‘g‘risidagi qaror olingan vaqtdan boshlab o‘ttiz kun muddatda so‘zsiz to‘lanadi.
5. Jarima to‘lash muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan tartibda penya hisoblanadi.
6. Agar jarima solish to‘g‘risidagi qarorni darhol ijro etish xo‘jalik subyektning bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, monopoliyaga qarshi davlat organi yoki sud jarima solingan xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasiga ko‘ra unga jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishga haqlidir.
7. Jarima to‘lash monopoliyaga qarshi davlat organining qarorini yoki ko‘rsatmasini bajarish majburiyatidan yoki monopoliyaga qarshi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etishdan ozod qilmaydi.
Boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organining qaroridan norozi bo‘lishgan taqdirda bunday qarorni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish yoxud iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidirlar.
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bunday qaror (ko‘rsatma) chiqqan kundan boshlab bir oy davomida shikoyat qilish mumkin. | 129 | 17,827 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA LITVA RESPUBLIKASI O‘RTASIDA FUQAROLIK, OILAVIY VA JINOIY IShLAR BO‘YIChA O‘ZARO HUQUQIY YORDAM KO‘RSATISh TO‘G‘RISIDAGI ShARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 188 | 309 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, 2016-yil 13-apreldagi O‘RQ-404-son “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 27-banddagi va 123-bandning birinchi xatboshisidagi “muhr va imzo qo‘yilgan varaqchada” degan so‘zlar “imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 34-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “imzolar namunasi varaqchasida” degan so‘zlar “imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 154-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 167-bandning birinchi xatboshisidagi “rahbar” degan so‘z “bank rahbari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovada:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish uchun bank rahbari javobgar hisoblanadi hamda u buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Bosh buxgalterning xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari bankning barcha xodimlari uchun majburiydir. Bank rahbari bankning barcha bo‘linmalari, xizmatlari va hisobni yuritishga aloqador xodimlari tomonidan mazkur talablarga rioya etilishini ta’minlashi shart.”;
b) 23-banddagi “rahbar” degan so‘z “bank rahbari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 24-bandning ikkinchi xatboshisidagi “rahbar” va “Rahbardan” degan so‘zlar tegishlicha “bank rahbari” va “Bank rahbaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 174 | 2,293 |
Qonunchilik | Yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan ashyolarni olish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining:
Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyatini tugatish hamda 2022-yil 1-martdan boshlab tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishini;
yo‘qolgan ashyolarni qidirish bo‘yicha murojaatlarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yo‘qolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilinadigan, saqlanadigan va egalariga qaytariladigan yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshiriladigan yo‘qolgan ashyolar toifalari;
topilmalarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish, shuningdek, egasi aniqlanmagan ashyolarni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish qoidalari;
yo‘qolgan va topilgan ashyolar hisobini olib borish tartibi;
Topilmalar va yo‘qolgan ashyolarning elektron reyestrini yuritish, reyestrga kiritiladigan ma’lumotlarni shakllantirish va klassifikatsiyalash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davlat xizmatlari agentligi):
a) 2022-yil 1-martga qadar:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yo‘qolgan ashyolarni qidirish, topilmalar haqida ma’lumot olish imkoniyatini nazarda tutuvchi “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimini (keyingi o‘rinlarda — “Topilmalar” AT) joriy etsin;
yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo‘yicha davlat xizmatini yo‘lga qo‘yish doirasida davlat xizmatlari markazlarida xavfsizlik talablariga javob beradigan maxsus xonalarni (joylarni) tashkil etsin, shuningdek, barcha markazlarning temir seyflar, zarur moddiy-texnika vositalari hamda tashkiliy texnikalar bilan jihozlanishini ta’minlasin;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomda ko‘rsatilgan xizmatlarning yo‘lga qo‘yilishini hamda “Topilmalar” ATning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinishini tashkil etsin;
b) 2023-yil 1-yanvarga qadar Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Topilmalar” AT ichki ishlar organlarining “Buyum” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
v) “Topilmalar” ATga yo‘qolgan va topib olingan ashyolar, ularni topib olgan va qidirayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda kiritib borsin.
4. Belgilansinki, “Topilmalar” ATni ishlab chiqish, ishga tushirish hamda topilmalar va yo‘qolgan ashyolarning elektron reyestrini shakllantirish, shuningdek, ularni keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar jismoniy shaxslarga ularning yo‘qolgan yoki o‘g‘irlatilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari o‘rniga yangi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan hollarda “Topilmalar” ATga bu haqida ma’lumot kiritib borilishini yo‘lga qo‘ysin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom davlat xizmatlari markaziga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni topshirish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish, shuningdek, Topilmalar va yo‘qolgan ashyolarning elektron reyestrini (keyingi o‘rinlarda — reyestr) yuritish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom qoidalari jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yo‘qolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Markazga xususiyati buziladigan, biologik tarkibga ega bo‘lgan, turi, shakli, miqdori o‘zgaradigan ashyolar, iste’mol qilinadigan mahsulotlar, avtomototransport vositalari, dori vositalari, qattiq ta’sir qiluvchi zaharli moddalar, psixotrop va giyohvandlik vositalari, ularning prekursorlari, portlovchi va pirotexnik moddalar, qurollar va ularning o‘q-dorilari, shuningdek, hayvonlar qabul qilinmaydi.
Markazga mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega bo‘lmagan topilmalar qabul qilinadi.
3. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish Markaz xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
4. Topilmalarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish, shuningdek, egasi aniqlanmagan ashyolarni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Topilmani topib olgan shaxslar ularni topshirish yuzasidan Markazga murojaat qilishlari mumkin.
Binolar va ularning hududlarida, jamoat transportida topib olingan topilmalar ularni topib olgan shaxslar tomonidan ushbu binolar yoki jamoat transporti mulkdorlari bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga topshiriladi hamda, qoida tariqasida, ushbu shaxslar tomonidan Markazga topshiriladi.
6. Markaz xodimi jismoniy va yuridik shaxslar (ularning vakillari) tomonidan topilgan ashyolarni Markazga qabul qilishda ushbu shaxslarning nomidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
Bunda Markaz xodimi tomonidan qabul qilingan ashyo haqidagi ma’lumotlar bir vaqtning o‘zida hamma foydalanishi uchun ochiq bo‘lgan reyestrga kiritiladi.
7. Markaz xodimi tomonidan reyestrga kiritilgan ma’lumotlar asosida qabul qilingan topilma haqida “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimiga avtomatik ravishda e’lon joylashtiriladi.
8. Markazga qabul qilingan ashyolar Markazning maxsus jihozlangan xonasiga (joyiga) saqlash uchun joylashtiriladi.
9. O‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Bunda, jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari yo‘qolgan ashyolarni topish bo‘yicha o‘zi shaxsan kelib murojaat etganda — Markaz xodimi murojaat etuvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda — murojaat etuvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiradi.
10. So‘rovnomaga yo‘qotib qo‘yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.
11. Topib olingan ashyolar Markazda olti oy davomida saqlanadi.
Markazdagi ashyolar saqlanadigan xonalar (joylar) temir eshiklarga ega bo‘lishi, belgilangan talablarga muvofiq yong‘in xavfsizligi normalariga javob berishi, xavfsizlik talablariga javob beradigan jihozlar, temir seyflar hamda signalizatsiya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
12. Markaz xodimi tomonidan har olti oyda Markazda saqlanayotgan ashyolar xatlovi o‘tkaziladi. Bunda ashyolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ichki ishlar organlarining “Buyum” axborot tizimidagi ma’lumotlar bilan ham solishtiriladi.
13. Agar topilma Markazga qabul qilingan paytdan e’tiboran olti oy mobaynida uni olishga haqli bo‘lgan shaxs aniqlanmasa, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 193-moddasiga muvofiq:
Markaz tomonidan ashyoni topib olgan shaxsga uning ashyoga nisbatan mulk huquqi vujudga kelganligi to‘g‘risida xabar beriladi;
ashyoni topib olgan shaxs uni qabul qilib olishni rad etgan taqdirda, ashyo davlat mulkiga o‘tadi.
14. Davlat mulkiga o‘tgan moddiy qimmatlikka ega bo‘lgan ashyo Agentlikning tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan uch ish kuni ichida belgilangan tartibda “E-auksion” savdo maydonchasida elektron auksionga qo‘yiladi.
Ashyoni auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning 20 foizi auksionga qo‘yish xarajatlarini chegirib tashlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) budjetdan tashqari jamg‘armasining hisobvarag‘iga, qolgan qismi esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byujetiga o‘tkaziladi.
15. Xatlov natijalari bo‘yicha egasi aniqlanmagan yoki yangi egalari tomonidan olib ketilmagan hujjatlar, ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga keltirilganidan so‘ng, tegishliligi bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) davlat arxivlariga yoki idoraviy arxivlarga topshiriladi, bundan mazkur Nizomning 18-bandi birinchi xatboshisida keltirilgan hujjatlar mustasno.
Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasiga ko‘ra saqlash muddati tugagan hujjatlar belgilangan tartibda yo‘q qilishga ajratiladi.
16. Markaz xodimi har bir yo‘qolgan ashyo bo‘yicha murojaatlar va topilmalar bo‘yicha ma’lumotlarni reyestr orqali o‘zaro solishtirib, egalari aniqlangan topilmalarni ularga topshirish yuzasidan manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
17. Markaz tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli topilmani ularga topshirish topilmaning haqiqatdan ham ushbu shaxslarga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ma’lumotlarni), shu jumladan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlarni (agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalarini) hamda manfaatdor shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxslarning vakili uchun — uning vakolatini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish asosida amalga oshiriladi.
Egalariga topshirilgan ashyolar haqidagi ma’lumotlar ayni shu vaqtning o‘zida reyestrga kiritiladi.
18. Markazga kelib tushgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar bir oy muddat ichida egalari tomonidan talab qilinmagan taqdirda, Markaz xodimi tomonidan tegishliligi bo‘yicha ushbu hujjatni bergan tashkilotga yuboriladi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar, agar ular bekor qilinmagan bo‘lsa, egalariga qaytariladi.
Fuqarolar yo‘qolgan hujjat o‘rniga yangi hujjat olgan taqdirda, yo‘qolgan hujjat bekor qilingan deb hisoblanadi va Markaz xodimi tomonidan tegishliligi bo‘yicha ushbu hujjatni bergan tashkilotga yuboriladi.
19. Markaz xodimi topilmani berishni so‘rab murojaat qilgan shaxsga quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda topilmani topshirishni rad etadi:
murojaat qilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilmaganligi;
topilmaning jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar yoki ma’lumotlar ko‘rsatilmaganligi;
kimga tegishli ekanligini aniqlash imkoni bo‘lmagan hujjatning nusxalari yoki uning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar mavjud emasligi;
yo‘qolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar o‘rniga yangi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar berilganligi;
ashyoga egalik qilish haqidagi dalillarga ega bo‘lgan ikki yoki undan ortiq manfaatdor shaxslar tomonidan bir vaqtning o‘zida ashyoni so‘rab murojaat kilinganligi.
Ushbu bandning uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollarda Markaz xodimi tomonidan ushbu shaxslarga ularning ashyoga bo‘lgan egalik masalasini hal qilish uchun belgilangan tartibda sudga murojaat etish huquqi tushuntiriladi.
Markaz xodimi topilmani berishni so‘rab murojaat qilgan shaxsga topilmani berish rad etilishining aniq sabablarini ko‘rsatgan holda mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma rasmiylashtiradi.
20. Manfaatdor shaxslar yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma so‘rab ashyo yo‘qolganligi haqida e’lon berilgan sanadan boshlab ikki oy o‘tgandan so‘ng (agar hujjat yo‘qolgan bo‘lsa, istalgan vaqtda) eksterritorial tamoyil asosida istalgan hududdagi Markazga shaxsan o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qilishi mumkin.
Bunda, jismoniy yoki yuridik shaxslar yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma so‘rab murojaat etganda qaytadan alohida so‘rovnoma to‘ldirish talab etilmaydi.
21. Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqidagi ma’lumotnoma olish bo‘yicha murojaat kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida Markaz xodimi tomonidan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qo‘yilgan ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi hamda tegishlicha manfaatdor shaxsga bevosita beriladi yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
22. Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
Murojaat etuvchi YIDXP orqali murojaat etganda bazaviy hisoblash miqdorining 4 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan berilganda, to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida undiriladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun to‘lov undirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
23. Murojaat etuvchi Markazga o‘zi kelib murojaat etganda undirilgan to‘lov Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
YIDXP orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron xukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — yig‘im to‘langanligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
qolgan mablag‘lar — Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
24. Reyestr YIDXP bilan integratsiya qilingan holda yuritiladi.
Reyestr foydalanish uchun ochiq axborot resursi hisoblanadi.
25. Reyestrda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
a) Markazga topshirilgan topilmalar bo‘yicha:
ashyoning nomi va tavsifi (moddiy qimmatliklarning shakli, vazni, alohida belgilari, ashyo hujjat bo‘lganda, u tegishli bo‘lgan shaxsning F.I.O., mazmuni, xos raqamlari);
ashyo ishlab chiqarilgan yoki berilgan vaqt (mavjud bo‘lsa);
ashyoni Markazga topshirgan shaxsning F.I.O., yuridik shaxs nomi va STIR, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa);
ashyo topilgan manzil, hudud, joy nomi;
ashyo saqlanayotgan Markaz nomi va u saqlashga qabul qilingan vaqt;
ashyoning reyestrdagi seriya va raqami;
ashyoning fotosurati;
ashyoga tegishli hujjatlar (mavjud bo‘lsa);
ashyo tegishli shaxsga qaytarilganligi haqida ma’lumot;
ashyo tegishli davlat tashkilotlariga topshirilganligi haqida ma’lumot;
ashyo auksionga qo‘yilganligi va auksion natijasi to‘g‘risida ma’lumot;
b) yo‘qolganligi to‘g‘risida murojaat qilingan ashyolar bo‘yicha:
ashyoning nomi va tavsifi (hujjatlar bo‘lganda uning mazmuni, unikal raqamlari, moddiy qimmatliklarning shakli, vazni, alohida belgilari);
ashyo ishlab chiqarilgan yoki berilgan vaqt (mavjud bo‘lsa);
ashyo mulkdorining F.I.O., yuridik shaxsning nomi va STIR, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa);
ashyo yo‘qotilgan (taxminiy) hudud va vaqt;
ashyoning reyestrdagi seriya va raqami;
ashyoning fotosurati yoki unga tegishli hujjatlar (mavjud bo‘lsa);
topilgan ashyoning egasiga qaytarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
26. Reyestr elektron shaklda yuritiladi.
Reyestrga kiritiladigan ma’lumotlar Agentlik tomonidan idoralararo elektron hamkorlik orqali ichki ishlar organlariga taqdim etib boriladi.
27. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlari yo‘qolgan ashyolarni qabul qilganda, bu haqida uch ish kuni ichida istalgan hududdagi Markazni axborot kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilishlari zarur.
28. Topilmaga egalik qilish huquqiga da’vogar jismoniy va yuridik shaxslar Markazning topilmani qabul qilib olish, saqlash va egalariga qaytarish, shuningdek, egalari aniqlanmagan ashyolarni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bilan bog‘liq harakatlari ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat etishlari mumkin.
29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
83-banddagi “topilmalar idorasiga” so‘zlari “belgilangan tartibda davlat xizmatlari markaziga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
84-banddan “yoki topilmalar idorasi xodimi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 10-martdagi 57-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda):
a) 1-ilovaning 35-bandi uchinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” so‘zlari “davlat xizmatlari markazidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 26-bandi uchinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” so‘zlari “davlat xizmatlari markazidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 13-bandi uchinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” so‘zlari “davlat xizmatlari markazidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda):
a) 1-ilovaning 49-bandi ikkinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” so‘zlari “davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 91-bandi ikkinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” so‘zlari “davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 96-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dublikat berish to‘g‘risidagi arizaga davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida ma’lumotnoma ilova qilinadi”;
g) 5-ilovaning 50-bandi ikkinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” so‘zlari “davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandi uchinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” so‘zlari “davlat xizmatlari markazidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni o‘tkazish hamda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 51-bandidagi “topilmalar byurosidan” so‘zlari “davlat xizmatlari markazidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 170 | 20,202 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2012-yilgi hisoboti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2012-yilgi hisoboti tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 303 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2021-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejalari to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2021-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejalari 1 — 10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2021-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejalari ijro etilishini nazorat qilish Senat Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev va Senat Raisining o‘rinbosari Z. Nizamxodjayev zimmalariga yuklatilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 137 | 718 |
Qonunchilik | “KABUL-FARG‘ONA KO.LTD.” O‘ZBEKISTON-KOREYA QO‘ShMA KORXONASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Paxta tolasini chuqur qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish va undan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlash hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish asosida respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Farg‘ona to‘qimachilik kombinati” aksiyadorlik jamiyati, “Kabul tekstaylz” (Koreya Respublikasi) va “Kabul-O‘zbek ko.” (O‘zbekiston Respublikasi) qo‘shma korxonasi tomonidan yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etilganligi, uni rekonstruksiya qilish hisobiga quvvatlarni 2001-yilda paxta kalavasi ishlab chiqarishni yiliga 21,6 ming tonnaga va xom gazlama ishlab chiqarishni 12,3 mln metrga yetkazish nazarda tutilganligi;
“Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasining to‘liq ustav jamg‘armasi 38,57 mln AQSh dollari miqdorida shakllantiriladi, ulushlar: “Farg‘ona to‘qimachilik kombinati” aksiyadorlik jamiyati 50,0 foiz, “Kabul tekstaylz” kompaniyasi 47,4 foiz va “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi 2,6 foiz miqdorida taqsimlanadi. Bunda “Farg‘ona to‘qimachilik kombinati” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonaning to‘liq ustav jamg‘armasini shakllantirishda binolar va inshootlar berish, shuningdek kombinat tomonidan dividendlardan va xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadning bir qismini ikki yil mobaynida qayta moliyalashtirish yo‘li bilan qatnashishi;
umumiy qiymati 118,1 mln AQSh dollari miqdoridagi (14,524,3 mln Yaponiya iyenasiga teng miqdorda) loyihani mablag‘ bilan ta’minlash 1-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshirilishi;
“Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasi tomonidan tender yakunlari bo‘yicha “Marubeni korporeyshn” (Yaponiya) firmasi bilan yangi texnologiya asbob-uskunalarini xarid qilish uchun va “Kabul tekstaylz” kompaniyasi bilan — ishlab chiqarishning texnik darajasini yomonlashtirmasdan loyihani arzonlashtirish maqsadida, ilgari ishlatilgan, xuddi shunday yangi asbob-uskunalarga nisbatan qiymati 55 foizga arzon bo‘lgan texnologiya asbob-uskunalarini, asosiy detallar va uzellarni yangisiga almashtirish kafolatlangan holda, yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan krediti va u bo‘yicha foizlar 2-ilovaga* muvofiq “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga qaytariladi;
qo‘shma korxona kreditni qaytarayotgan davrda “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan paxta kalavasining kamida 75 foizi va gazlamaning 100 foizi “Kabul tekstaylz” kompaniyasi tomonidan, tegishli davrda yuzaga kelgan jahon narxlaridan kam bo‘lmagan narxlar bo‘yicha, erkin almashtiriladigan valyutada eksportga yetkazib beriladi.
3. “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasida paxta kalavasi va gazlama ishlab chiqarish loyihasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan qarz olish bitimini belgilangan tartibda tuzsin va kredit resurslarini “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasiga qayta moliyalashtirsin;
qo‘shma korxona obyektlarini rekonstruksiya qilish uchun “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasiga milliy valyutada 10 mln AQSh dollariga teng miqdordagi kreditni belgilangan tartibda ajratsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasining jalb qilinayotgan kredit bo‘yicha majburiyatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolat berishga vakil qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik bankiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yuzasidan tuzilgan banklararo bitimga muvofiq shakl bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
ko‘rsatib o‘tilgan obyektni rekonstruksiya qilishni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yilgi investitsiya dasturiga kiritsin;
2001-yildan boshlab paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqishda "O‘zbekyengilsanoat" uyushmasining buyurtmanomasiga muvofiq “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasining paxta tolasiga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olsin, bu xomashyoga erkin almashtiriladigan valyutada haq to‘lanadi.
8. “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasi rekonstruksiya qilish va qurilish davrida (2002-yilgacha) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan keltiriladigan umumzavod uskunalari, texnologiya jihozlari, qurilish materiallari va konstruksiyalar, xomashyo va materiallar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinsin, bojxona tartibotidan o‘tkazilganligi uchun yig‘imlar bundan mustasno.
10. “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarga respublika hududida mehmonxonada yashaganlik va transportning barcha turlarida yurganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasining buyurtmanomalari bo‘yicha “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarga, ularni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasining buyurtmanomalari bo‘yicha “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ularga ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
13. Farg‘ona viloyati hokimligi kelayotgan asbob-uskunalar joylangan konteynerlarni vaqtincha saqlash uchun qurilish davrida “Kabul-Farg‘ona ko.Ltd.” qo‘shma korxonasiga belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratsin, ushbu uchastkadan keyinchalik xomashyo va tayyor mahsulot omborlari qurish uchun foydalanish imkoniyatini nazarda tutsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 99 | 6,641 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSULLIK USTAVI | Ushbu Ustavda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
“konsullik muassasasi” — O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasining konsullik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatda ta’sis etiladigan bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulxonasi va konsullik agentligi;
“konsul” — konsullik muassasasining rahbari bo‘lmish bosh konsul, konsul, vitse-konsul va konsullik agenti;
“konsullik mansabdor shaxsi” — konsullik vazifalarini bajarish ishi topshirilgan har qanday shaxs, shu jumladan konsullik muassasasining rahbari, shuningdek diplomatiya vakolatxonasi konsullik bo‘limining mudiri;
“konsullik muassasasining xodimi” — konsullik muassasasiga xizmat ko‘rsatish yuzasidan konsullik muassasasida ma’muriy yoki texnikaviy vazifalarni bajarish bilan shug‘ullanayotgan har qanday shaxs;
“konsullik okrugi” — konsullik vazifalarini bajarish uchun konsullik muassasasi ixtiyoriga berilgan hudud;
“konsullik binolari” — konsullik muassasasi ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan binolar yoki ularning bir qismi, shuningdek ularga qarashli yer maydonlari;
“kema” — O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzib yurgan har qanday kema, harbiy kema bundan mustasno;
“havo kemasi” — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan har qanday havo kemasi, harbiy samolyot bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi qaysi davlatlar bilan konsullik munosabatlari o‘rnatilgan bo‘lsa, shu davlatlarda konsullik muassasalarini ta’sis etadi.
Konsullik munosabatlarini o‘rnatish haqida bitim bo‘lmagan taqdirda diplomatiya munosabatlarining o‘rnatilishi konsullik munosabatlarining ham o‘rnatilishi deb hisoblanadi. Biroq diplomatiya munosabatlarining uzilishi o‘z-o‘zidan konsullik munosabatlarining ham uzilishini va O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasining faoliyati tugatilishini anglatmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining, O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiladi.
Konsullik muassasalari konsullik joylashgan davlatlar bilan O‘zbekiston Respublikasining do‘stona munosabatlari rivojlanishiga hamda ular bilan iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy va boshqa aloqalarning kengayishiga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi hamda konsullik joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalarga, xalqaro taomillarga, ushbu Ustavga, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.
Konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bo‘ysunadi va konsulxona joylashgan davlatdagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasi boshlig‘ining umumiy rahbarligida ish ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari konsullik bo‘limlarining mudirlari tomonidan boshqariladi. Bosh konsulxonalar, konsulxonalar, vitse-konsulxonalar va konsullik agentliklari tegishincha bosh konsullar, konsullar, vitse-konsullar va konsullik agentlari tomonidan boshqariladi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari bo‘lmagan davlatlarda konsulxona joylashgan davlatning roziligi bilan konsul zimmasiga diplomatlik vazifalari ham yuklatilishi mumkin.
Konsullik muassasasining manzili, uning darajasi va konsullik okrugi konsulxona joylashgan davlat bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hamda konsullik muassasasining nomi O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Konsullik muassasasi o‘zi egallab turgan binoga O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida va konsulxona joylashgan davlat tilida konsullik muassasasining nomi yozilgan peshlavha o‘rnatish huquqiga egadir.
Konsullik muassasasi o‘zi joylashgan bino ustida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ko‘tarishga haqlidir.
Konsul o‘z qarorgohida, shuningdek o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘z transport vositalarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini ko‘tarishga haqlidir.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirish chog‘ida konsulxona joylashgan davlatning qonunlari, qoidalari va taomillari e’tiborga olinmog‘i lozim.
Konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida davlat xizmatida bo‘ladilar.
Faqat O‘zbekiston Respublikasining fuqarosigina konsullik mansabdor shaxsi bo‘lishi mumkin.
Konsul lavozimga tayinlanayotganida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan uning konsullik okrugi belgilab berilgan konsullik patentini oladi.
Konsul konsulxona joylashgan davlatning roziligini (ekzekvaturasini) olganidan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi. Uning bu vazifaga tayinlanganligi to‘g‘risida konsulxona joylashgan davlat ma’murlari xabardor qilinadi.
Agar konsul biron sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmaydigan bo‘lsa yoki uning lavozimi vaqtincha bo‘sh bo‘lsa, konsul vazifalarini bajarish ushbu konsullik muassasasining yoki O‘zbekiston Respublikasining konsulxona joylashgan davlatdagi boshqa konsullik muassasasining boshqa mansabdor shaxsi zimmasiga yoxud shu davlatdagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasining diplomatiya xodimlaridan biri zimmasiga yuklatiladi.
Konsul ushbu Ustavda hamda O‘zbekiston Respublikasi hamda konsulxona joylashgan davlat imzolagan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi.
Konsul ushbu Ustavda nazarda tutilmagan boshqa vazifalarni, agar ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va konsulxona joylashgan davlatning qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa, bajarishi mumkin.
Konsul o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni shaxsan o‘zi bajaradi yoki ularni bajarishni boshqa konsullik mansabdor shaxsiga topshiradi.
Konsul boshqa davlatning konsullik vazifalarini faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmasiga binoan va konsulxona joylashgan davlat roziligi bilan bajarishi mumkin.
Konsul o‘zining konsullik okrugi doirasida konsullik muassasasining faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar yuzasidan konsulxona joylashgan davlat ma’murlariga murojaat etishi mumkin.
Konsul har yili kamida bir marta o‘z konsullik okrugini aylanib chiqishi shart.
Konsullik mansabdor shaxslari hamda konsullik muassasalari xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qilingan shikoyatlar bo‘ysunish tartibida ko‘rib chiqiladi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari konsulxona joylashgan davlatning qonun hujjatlariga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi hamda konsulxona joylashgan davlat ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga, shuningdek xalqaro taomillarga ko‘ra ularga berilgan barcha huquqlardan foydalana olishlari uchun chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Konsul yozma arizalarni ham, og‘zaki arizalarni ham qabul qilishi shart.
Konsul O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolarining buzilgan huquqlari tiklanishi uchun chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Konsul uning konsullik okrugida doimiy yashayotgan hamda vaqtincha turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining konsullik okrugi doirasida turgan vakillariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida ko‘maklashadi.
Konsul uning konsullik okrugida vaqtincha turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini konsulxona joylashgan davlatning qonunlari va boshqa normativ hujjatlaridan, shuningdek mahalliy urf-odatlardan xabardor qiladi.
Konsulning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda bo‘lishlariga doir masalalar bo‘yicha farmoyishlari ular uchun majburiy kuchga egadir.
Konsul uning konsullik okrugida turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishiga ko‘maklashadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari hozir bo‘lmasalar va ish yuritishni biror-bir shaxsga topshirmagan bo‘lsalar yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lmasalar, konsulxona joylashgan davlat muassasalarida konsul ularning nomidan ishonchnomasiz vakillik qilish huquqiga egadir. Ushbu vakillik ular o‘z vakillarini tayinlagunga qadar yoki o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmalariga olgunga qadar davom etadi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq konsulxona joylashgan davlatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy hisobini yuritadi.
Konsul muddatli harbiy (muqobil) xizmatga chaqiriladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidagi tegishli mudofaa ishlari bo‘limlariga borishlarini ta’minlaydi.
Konsul chet elda doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan bolani farzandlikka olish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga belgilangan tartibda yuborish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Ota-onasining homiyligidan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolari ustidan konsul o‘z konsullik okrugida vasiylik va homiylik o‘rnatilishi chora-tadbirlarini ko‘radi.
Konsul salomatligining yomonligi tufayli o‘z huquqlarini mustaqil amalga oshirishga hamda o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetgan fuqarolari ustidan o‘z konsullik okrugida vasiylik va homiylik o‘rnatilishi chora-tadbirlarini ko‘radi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining vafotidan so‘ng undan qolgan mol-mulk qo‘riqlanishi chora-tadbirlarini ko‘radi.
Agar qolgan mol-mulkning hammasi yoki uning bir qismi buziladigan narsalardan iborat bo‘lsa, shuningdek ularni saqlash o‘ta qimmatga tushadigan bo‘lsa, konsul bu mol-mulkni sotish huquqiga ega va tushgan pulni tegishliligiga qarab jo‘natishi shart.
Konsul meros qilib qoldirilgan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan merosxo‘rlarga topshirish uchun qabul qilib olish huquqiga egadir.
Konsul O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli pullar, boyliklar, qimmatli qog‘ozlar va hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olishi mumkin.
Saqlash uchun topshirilgan mol-mulk egasi bo‘lgan shaxs vafot etgan taqdirda bunday mol-mulkka nisbatan ushbu Ustavning 35-moddasi qoidalari qo‘llanadi.
Konsul, agar konsulxona joylashgan davlat qonunlarida man etilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi tergov organlari va sudlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga taalluqli topshiriqlarini bajaradi. Mazkur topshiriqlar xalqaro shartnomalarga rioya etgan holda bajariladi.
Konsul jinoyat sodir etishda gumon qilinib hibsga olingan (qamalgan) yoki ushlab turilgan yoxud O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining erkinligini cheklovchi boshqa choralarga tortilgan yoki ozodlikdan mahrum etish tarzida jazoni o‘tayotgan, shuningdek sudlov yoki ma’muriy ta’sir choralarining boshqa turlariga tortilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan konsulxona joylashgan davlat qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi va konsulxona joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar qoidalari tatbiq etilishini kuzatib borishi shart.
Konsul ozodlikdan mahrum etish joylaridagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan hamda o‘z tashabbusi bilan borib ko‘rishi hamda ularni saqlab turish shart-sharoitlarini aniqlashi shart. Konsul bunday fuqarolar gigiyena va sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlarda saqlanishini hamda ularga nisbatan shafqatsiz va inson qadr-qimmatini tahqirlovchi muomala qilinmasligini kuzatib turishi shart.
Konsul uning konsullik okrugida istiqomat qilib turgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarini qabul qilishi shart.
Konsul chet elda doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berish hamda uni almashtirib berish huquqiga ega.
Konsul O‘zbekiston Respublikasiga kirish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish uchun vizalar berish, ularning muddatini uzaytirish, ularni bekor qilish, shuningdek berilgan vizalarga o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega.
Konsul O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozadi.
Konsul chet elda doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holatini qayd etish yozuvlariga o‘zgartishlar, tuzatishlar, qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, yo‘qotib qo‘yilgan yozuvlarni qayta tiklash, shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomalarini qabul qilib oladi hamda ularni qarab chiqish uchun vakolatli organlarga yuboradi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasining havo, dengiz, daryo kemasida biron shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida ma’lumot olgach, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tug‘ilganlik yoki vafot etganlik to‘g‘risidagi holatni ro‘yxatga oladi.
Konsul tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Konsul o‘z konsullik okrugi doirasida konsulxona joylashgan davlatning aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yo‘lovchilariga konsulxona joylashgan davlatning qonun hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi va konsulxona joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqlar va immunitetlar berilishini kuzatib boradi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasining fuqaro havo kemasi komandiri, ekipaji va yo‘lovchilarining konsulxona joylashgan davlat ma’murlari bilan munosabatlarida yordam berishi, shuningdek, zarur hollarda, havo kemasi, uning ekipaji va yo‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasiga qaytishi yoki parvozni davom ettirishi uchun chora-tadbirlar ko‘rishi kerak.
Konsul quyidagi huquqlarga ega:
a) havo kemasining aeroportga uchib kelishi, undan uchib ketishi va aeroportda turishiga ko‘maklashish;
b) havo kemasida yuz bergan hodisalarning tafsilotlarini aniqlash, havo kemasining komandiri, ekipaj a’zolari va yo‘lovchilaridan so‘rab-surishtirish;
v) havo kemasi, undagi yuk va reys xususida ma’lumotlar olish;
g) zarur hollarda havo kemasi ekipaji a’zolari va yo‘lovchilarning davolanishi hamda O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
d) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, pochta va yuklarni O‘zbekiston Respublikasining aeroportlariga boradigan O‘zbekiston Respublikasi havo kemalarida jo‘natib yuborish;
e) havo kemalariga taalluqli, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda yoki O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan deklaratsiya yoki boshqa hujjatni olish, tuzish yoki tasdiqlash.
Havo kemasi halokatga uchragan, qo‘nishga majbur bo‘lgan yoki boshqa hodisa sodir bo‘lgan taqdirda konsul o‘zining konsullik okrugi doirasida ekipaj va yo‘lovchilarga zarur yordam ko‘rsatadi.
Konsul halokatga uchragan yoki qo‘nishga majbur bo‘lgan havo kemasini, hodisa xususiyatidan shohidlik beruvchi undagi yuklarni va ashyoviy dalillarni qo‘riqlash choralarini ko‘radi hamda uchish vaqtida yuz bergan hodisaning sabablarini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi mutaxassislariga ko‘maklashadi.
Havo kemasining bortida jinoyat sodir etilgan taqdirda konsul O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalardan va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishda havo kemasining komandiriga ko‘maklashadi.
Agar konsullik mansabdor shaxsida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining muayyan aeroportga kirishi bexatar bo‘lmasa, nomaqbul bo‘lsa yoki mumkin bo‘lmasa, konsullik mansabdor shaxsi havo kemasi kapitanini bundan ogohlantirishi shart.
Dengiz va daryo floti kemalariga taalluqli konsullik vazifalarini bajarish chog‘ida konsul ushbu Ustavning 47—53-moddalari qoidalariga amal qiladi.
Chet elda kema sotib olingan taqdirda konsul unga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurish huquqini beradigan muvaqqat guvohnoma beradi.
Konsulxona joylashgan davlatning hududida karantinli kasalliklar paydo bo‘lgan taqdirda konsul bu xususda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga darhol xabar beradi va kasallik tarqalgan joy, kasallanish hollarining miqdori va mahalliy ma’murlarning epidemiyaga qarshi ko‘rgan chora-tadbirlarini ma’lum qiladi. Konsul bu haqda O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari vakillarini ham xabardor qiladi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun ruxsatnoma olgan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasiga kirishda emlanganlik to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatlarni topshirish zarurligidan xabardor qiladi.
Konsullik okrugi doirasida qishloq xo‘jalik o‘simliklarining xavfli kasalliklari yoki zararkunandalari paydo bo‘lgan taqdirda, shuningdek chorva va parranda yoppasiga kasallangan yoki inson va hayvonot uchun umumiy kasalliklarning tarqalishi xavfi tahdid solgan hollarda, konsul bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga darhol xabar beradi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun ruxsatnoma olgan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasiga kirishda hayvonlar, chorva mahsulotlari uchun beriladigan veterinariya sertifikatlarini taqdim etish zarurligidan hamda O‘zbekiston Respublikasiga urug‘lar, o‘simliklar, ko‘chatlar, yangi meva va sabzavotlar olib kirish qoidalaridan xabardor qiladi.
Notarial harakatlar O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasida bajariladi. Ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur muassasadan boshqa joyda bajarilishi mumkin.
Konsul quyidagi notarial harakatlarni bajaradi:
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasidagi uy-joyni (joyning bir qismini), kvartira, dala hovli, bog‘ hovli, garajni, shuningdek boshqa bino, inshootni yoki imoratni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalar bundan mustasno;
2) meros qilib qoldirilgan mulkni qo‘riqlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
3) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi;
4) er-xotinning umumiy mulkidagi ulushga egalik huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
5) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi;
6) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi;
7) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
8) shaxs tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
9) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
10) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
11) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
12) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qiladi;
13) ijro xatlarini yozadi;
14) saqlash uchun hujjatlarni qabul qiladi;
15) qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni bajaradi.
Konsul tomonidan notarial harakatlarni bajarish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan, shuningdek ushbu Ustav bilan belgilanadi. Konsul tomonidan notarial harakatlarni bajarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Notarial harakatlarni bajarayotgan konsul ushbu notarial harakatlar sirini saqlashi shart.
Bajarilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar va hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining notariat to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Notarial harakatlar buning uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan, konsullik yig‘imlari to‘langan va amaldagi xarajatlar qoplangan kuni bajariladi.
Notarial harakatlarni bajarish qo‘shimcha ma’lumotlar yoki hujjatlar talab qilinganda yoxud hujjatlarni ekspertizaga jo‘natish zarurati bo‘lganda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra kechiktirilishi mumkin.
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek ariza va boshqa hujjatlar notarial harakatlarni bajarayotgan konsul huzurida imzolanadi. Agar bitim, ariza yoki boshqa hujjat konsul yo‘qligida imzolangan bo‘lsa, imzo chekkan shaxs hujjatni o‘zi imzolaganligini shaxsan tasdiqlashi lozim.
Konsul notarial harakatlarni bajarayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, bajarilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirishi shart.
Konsul o‘z nomiga va o‘z nomidan, xotini (eri) nomiga va uning nomidan, xotinining (erining) va o‘zining yaqin qarindoshlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni bajarishi mumkin emas.
Konsullik muassasasida notarial ish yuritishlar O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida amalga oshiriladi.
Agar notarial harakatni bajarish iltimosi bilan murojaat qilgan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa, notarial harakatni bajarayotgan konsul yoki konsul taniydigan tarjimon rasmiylashtirilayotgan hujjatlarning matnlarini unga tarjima qilib berishi lozim.
Agar O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari foydasiga meros ochilganligi konsulga ma’lum bo‘lib qolsa, konsul meros va ehtimol tutilgan merosxo‘rlar to‘g‘risida o‘zi bilgan barcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga darhol xabar qilishi shart.
Agar notarial harakatni bajarish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lsa, konsul bunday harakatlarni bajarishni rad etadi.
Agar hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa yoki o‘z mazmuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa yoxud fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga ega bo‘lsa, konsul bunday hujjatlarni notarial harakatlarni bajarish uchun qabul qilmaydi.
Notarial harakatni bajarish to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan unga rad etishning sabablari bayon qilinishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntirib berilishi lozim.
Konsul o‘z konsullik okrugidagi mahalliy ma’murlarning vakillari ishtirokida tuzilgan yoki ana shu ma’murlardan kelgan hujjatlar va aktlarni qonunlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasining organlari ana shunday hujjatlar va aktlarni, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi va konsulxona joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda o‘zgacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, konsul tomonidan qonunlashtirilganidan keyingina qarab chiqish uchun qabul qiladi.
Konsul tomonidan hujjatlarni qonunlashtirishning mohiyati ana shu hujjatlar va aktlardagi imzolarning haqiqiyligini va bu hujjatlar bilan aktlarning konsulxona joylashgan davlat qonunlariga muvofiqligini aniqlash hamda shahodatlashdan iboratdir.
Konsul tomonidan hujjatlarni qonunlashtirish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan yoki o‘z mazmuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga ega hujjatlar va aktlar qonunlashtirilmaydi.
Konsullik harakatlari uchun konsullik yig‘imlari undiriladi.
Mazkur harakatlarni bajarish bilan bog‘liq holda qilingan xarajatlar ham qoplanishi lozim.
Konsullik yig‘imlari O‘zbekiston Respublikasi konsullik yig‘imlari tarifiga muvofiq, ya’ni: chet elda — konsullik joylashgan davlatning valyutasida yoki erkin ayirboshlanadigan valyutada; O‘zbekiston Respublikasida — milliy valyutada yoki erkin ayirboshlanadigan valyutada undiriladi.
Konsullik yig‘imlarining tariflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Konsullik yig‘imlari quyidagi hollarda undirilmaydi:
a) konsullik yig‘imlarini undirishdan voz kechish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi va konsulxona joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnoma mavjud bo‘lsa;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini repatriatsiya qilish ishlari bo‘yicha;
v) chet el diplomatiya pasportlariga bahamlik asosida viza qo‘yganlik uchun;
g) mehnat staji, fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi, alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlarga doir hujjatlar so‘rab olinganligi va qonunlashtirilganligi uchun;
d) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Konsullik yig‘imlari davlat daromadiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsulxona joylashgan davlat bilan kelishib turib ayrim konsullik vazifalarini bajarishni shtatsiz konsullarga topshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek ajnabiy fuqarolar shtatsiz konsul bo‘lishlari mumkin.
Shtatsiz konsullar O‘zbekiston Respublikasining davlat xizmatida turmaydi.
Shtatsiz konsullarning vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Konsullik muassasalari, konsullik muassasalarining xodimlari hamda ularning oila a’zolari 196Z yilgi Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasida, O‘zbekiston Respublikasi bilan konsulxona joylashgan davlat o‘rtasidagi shartnomalarda, shuningdek xalqaro huquqning umumiy normalirida nazarda tutilgan imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadilar.
Konsulning vazifasi quyidagi hollarda tugatiladi:
— konsul chaqirib olinganda;
— ekzekvatura bekor qilinganda;
— konsullik patentining muddati tugaganda;
— konsullik muassasasi yopilganda;
— konsullik munosabatlari to‘xtatilganda. | 45 | 26,197 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Badiiy ekspertlar kengashi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kengash idoraviy mansubligidan qat’i nazar davlat muzeylarining fondlarini yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish ishlarini amalga oshiruvchi va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilovchi kollegial maslahat organi hisoblanadi.
3. Kengash a’zolarining faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi. Kengash a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tavsiyasi bilan asosiy ish joyidan belgilangan tartibda rag‘batlantirilishi mumkin.
4. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniy meros agentligining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan taqdim etilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari, shuningdek, boshqa madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning qiymatini baholash;
davlat buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan badiiy asarlarning eskizlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ularning badiiy qiymati va shartnoma tuzish imkoniyatlari to‘g‘risida tavsiyalar berish;
yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan rang tasvir, miniatyura, haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san’at, installatsiya asarlarini ko‘zdan kechirish, g‘oyaviy-badiiy qiymati, bajarilgan ishlarni qabul qilish va mualliflik haqining miqdori bo‘yicha xulosalar berish.
6. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xulosalar, tavsiyalar, takliflar berish va qarorlar qabul qilish;
davlat boshqaruvi organlaridan va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Kengash vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish.
7. Ushbu Nizomda hamda boshqa qonun hujjatlarida Kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi.
8. Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishgan holda, qoida tariqasida, kamida 7 nafar va ko‘pi bilan 17 nafar (Kengash raisi, o‘rinbosari, mas’ul kotibi va kengash a’zolari)dan iborat tarkibda shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
9. Kengash tarkibiga yetakchi san’atshunoslar va rassomlar, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, dekorativ-amaliy san’at ustalari, arxeolog, numizmat, manbashunos olimlar, mutasaddi rahbarlar, muzey muhofizlari va ko‘rgazma bo‘limlarining mutaxassislari, shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim va fan muassasalarining xodimlari kiritilishi mumkin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining Madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.
11. Kengashning ishchi organi:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy muzey fondini to‘ldirib borish maqsadida tasviriy, an’anaviy va noan’anaviy dekorativ-amaliy san’at, teatr-bezak san’ati, arxeologik, numizmatik, yozma manbalar hamda boshqa tarixiy va zamonaviy madaniy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha e’lonlar beradi;
xarid qilishga va boshqa tegishli maqsadlarda taqdim etilgan madaniy boyliklar ro‘yxatini shakllantiradi, ularning fotosuratlarini ro‘yxatga ilova qiladi hamda asarlarni ekspertizadan o‘tkazish va qiymatini baholash uchun Kengashga kiritadi;
Kengashda ish yuritilishini tashkil etadi, hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanishni belgilangan tartibda ta’minlaydi.
12. Kengash majlisining kun tartibi Kengash kotibi tomonidan tayyorlanadi.
Kengash majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Kengash kotibi ekspertizadan o‘tkaziladigan va qiymati baholanadigan ashyolarning zarur hujjatlari to‘plamini tayyorlab, ko‘rib chiqish uchun Kengash majlisiga kiritadi.
13. Kengash ko‘rgazmalar va rassomlarning ustaxonalarida badiiy asarlarni ko‘zdan kechirishi, muzey va ko‘rgazma fondlari uchun xaridlar haqida tavsiyalar berishi mumkin.
14. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik adabiy asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajarganlik uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqining eng kam stavkalariga muvofiq, shuningdek, ushbu haq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga to‘langanda uning eng yuqori stavkalariga mos ravishda asarlarning bahosini belgilaydi.
Kengashga ma’lum bir asar yoki ashyoga xulosa berish ehtiyoji tug‘ilganda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan qo‘shimcha soha mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
15. Kengash majlisi Kengash raisi va uning o‘rinbosari rahbarligida o‘tkaziladi hamda Kengash qarori a’zolarning kamida 2/3 qismi ishtirok etgan taqdirda, ochiq ovoz berish yo‘li bilan, majlisda qatnashayotgan mutaxassislarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Kengashning har bir a’zosi umumiy qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, o‘z fikrini bildirish huquqiga ega va bu bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada har bir asar bo‘yicha ovoz berish natijalari ko‘rsatiladi. Qo‘shimcha taklif etilgan maslahatchilar va ekspertlar ovoz berishda ishtirok etmaydilar.
Kengash a’zosi tomonidan yaratilgan asar ekspertizadan o‘tkazish va qiymatini baholash uchun Kengashga kiritilgan taqdirda ushbu Kengash a’zosi ovoz berishda ishtirok etmaydi.
16. Kengashning majlislari bayonnomalarida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
a) Kengash majlisida ishtirok etgan a’zolar va taklif etilganlarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
b) homiylik xayriyalari ko‘rinishidagi yoki xarid qilishga taqdim etilgan madaniy boyliklarni muzey fondiga kiritishning maqsadga muvofiqligi;
v) xarid qilishga taqdim etilgan madaniy boyliklar haqida qisqa ma’lumotlar (nomlanishi, muallifi, yaratilgan joyi, qisqa vizual ta’rifi, materialning nomi, texnikasi, o‘lchami, imzoning mavjudligi hamda saqlanganlik holati ko‘rsatilgan holda);
g) madaniy boyliklarni homiylik xayriyasi sifatida yoki xarid qilish uchun taqdim etgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili va pasport ma’lumotlari;
d) Kengash tomonidan ko‘rib chiqish uchun vaqtinchalik saqlashga olingan ashyolarni qabul qilish dalolatnomasi, hadya etish yoki oldi-sotdi shartnomasining loyihasini ilova qilgan holda (zarur holatlarda kolleksiya ro‘yxati bilan).
17. Kengash bayonnomasining qaror qismida sotib olingan asar yoki ashyoning yo‘nalishi bo‘yicha qaysi davlat muzeyining asosiy yoki yordamchi fondiga kiritish to‘g‘risidagi tavsiya yoziladi.
Bayonnoma Kengash raisi, kotibi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi.
18. Kengash majlisining bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
19. Kengashda ish yuritish, hujjatlarning saqlanishi va ulardan foydalanilishi uchun mas’uliyat, shuningdek, qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish Kengash raisiga yuklanadi.
20. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini xarid qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilganidan so‘ng, Kengash majlisi bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi buyrug‘i nusxasi muallif va mulkni tasarruf etuvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga topshiriladi.
Shuningdek, Kengash majlisi bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi buyrug‘i nusxasi tegishli davlat muzeylarining fondlariga kelib tushayotgan asarlarni qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun topshiriladi.
21. Kengash muallif va mulkni tasarruf etuvchining iltimosiga ko‘ra asarni uning ishtirokida ko‘rib chiqishi mumkin, asarning bahosi to‘g‘risidagi qaror Kengashning yopiq majlisda qabul qilinadi.
22. Kengash a’zolari uzrsiz sabablarga ko‘ra uch marotaba majlislarda ishtirok etmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi ularni Kengash tarkibidan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
23. Sotib olish uchun Kengash tomonidan baholanadigan ashyolar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari, shuningdek, boshqa madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari smetasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida Kengashning qaroriga asosan sotib olinadi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashning tasdiqlangan majlis bayonnomasini va Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining tegishli buyrug‘i hamda qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda rassomlarga mualliflik gonorari to‘lash va ashyolarni tasarruf etuvchilar bilan hisob-kitob qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq shartnoma bahosining 15 foizi miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshiradi.
Tegishli davlat muzeyining bosh muhofizi imzosi va muhri bilan tasdiqlangan, asarlarni muzey va ko‘rgazma fondlariga qabul qilish dalolatnomasi taqdim etilgandan so‘ng, rassomlar va asarlarni tasarruf etuvchilar bilan to‘lovning qolgan 85 foizi hisob-kitob qilinadi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda davlat muzeylari fondini shakllantirish va to‘ldirish uchun tasviriy, dekorativ-amaliy, teatr-bezak san’ati asarlari, tarixiy yodgorliklar, arxivlar, noyob kitoblar va boshqa madaniy boyliklar, badiiy asarlar, kolleksiyalar yoki alohida buyumlarni xarid qilish uchun buyurtma berish huquqiga ega.
26. Kengash faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash ishchi organi Kengash faoliyati yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga ma’lumot taqdim etadi.
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 171 | 13,283 |
Qonunchilik | 2001-yil hosili paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari to‘g‘risida | Qishloq tovar yetishtiruvchilarini paxta va boshoqli don ekinlarining o‘z sifat parametrlari bo‘yicha jahon bozori talablariga javob beradigan tezpishar va serhosil navlarini ekishni kengaytirganlik va yetishtirishni ko‘paytirganlik, ularning hosildorligi va sifatini oshirganlik uchun rag‘batlantirishni kuchaytirish, paxtachilik va g‘allachilik xo‘jaliklarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2001-yil hosili paxta xomashyosi xarid narxlari 1-ilovaga va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari 2-ilovaga muvofiq;
paxta xomashyosi uchun uning sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, standart talablariga javob bermaydigan paxta xomashyosi uchun haq to‘lash ushbu qarorga 3-ilovada belgilangan tartibda xarid narxlaridan chegirishlar bilan amalga oshiriladi. “Mikroneyr” ko‘rsatkichi xalqaro standartlar bilan belgilangan chegaralar (3,5 — 4,9)dan 0,5 punktdan ortiq farq qilgan taqdirda birinchi nav paxta xomashyosi uchun uchinchi nav narxi bo‘yicha, ikkinchi nav paxta xomashyosi uchun to‘rtinchi nav narxi bo‘yicha haq to‘lanadi.
3. 2001-yil uchun paxta tolasi davlat xaridlari hajmi uni ishlab chiqarish hajmining 30 foizi miqdorida, preyskurant narxlar bo‘yicha davlat ehtiyojlari uchun boshoqli ekinlar doni xarid qilish hajmi esa uni yetishtirish belgilangan hajmining 25 foizi miqdorida saqlab qolinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, tasdiqlangan davlat xaridlari hajmidan ortiqcha ishlab chiqarilgan paxta tolasi, paxta xomashyosi tayyorlash bo‘yicha topshiriq bajarilgan taqdirda, shuningdek belgilangan davlat xaridlari hajmidan ortiqcha xarid qilingan boshoqli ekinlar doni shartnomaviy narxlarda sotiladi.
4. G‘o‘zaning eng istiqbolli navlari maydonlarini kengaytirganlik uchun rag‘batlantirish maqsadida paxta xomashyosining 2001-yilda navlarni joylashtirish uchun tasdiqlangan barcha seleksiya navlari 4-ilovaga muvofiq uch guruhga bo‘linishi belgilab qo‘yilsin.
Belgilansinki, paxta xomashyosi uchun hisob-kitob qilishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan xarid narxlariga I guruhga kiritilgan seleksiya navlariga 1,01, II guruhga 1,0 va III guruhga 0,96 miqdorida tuzatish koeffitsiyentlari qo‘llanadi.
Marketing ishlarini, paxtaning jahon bozorida talab katta bo‘lgan istiqbolli navlarini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun 5-ilovaga muvofiq tarkibda Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi hamda “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi ikki hafta muddatda ushbu qaror bilan belgilangan xarid narxlari darajalarini va hisob-kitob qilish tartibini tasarruflaridagi tarkibiy tuzilmalarga hamda paxta va boshoqli ekinlar doni yetishtiruvchilarga yetkazsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
1. Tasdiqlangan narxlar qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer, dehqon xo‘jaliklari, ijarachilar va boshqa qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan sotiladigan RST O‘z 615-94 talablariga javob beradigan paxta xomashyosiga joriy etiladi.
2. Paxta xomashyosini xarid qiladigan tayyorlovchi tashkilotlar uni tashish va tushirish bo‘yicha barcha xarajatlarni to‘laydilar.
Paxta xomashyosi shirkat, fermer, dehqon xo‘jaligi, ijarachilar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, kooperativ korxonalar va tashkilotlar transporti bilan yetkazib berilganda paxta xomashyosini xarid qiladigan tayyorlovchi tashkilotlar xo‘jaliklarning uni tashish va tushirish xarajatlarini shartnoma tariflari bo‘yicha to‘laydilar. Paxta xomashyosini xarid qiladigan tayyorlovchi tashkilotlarning qo‘shimcha talablariga rioya qilgan holda paxta xomashyosini jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar mazkur tayyorlovchi tashkilotlar hisobidan to‘lanadi.
Paxta xomashyosini normativ ko‘rsatkichlargacha yetkazib quritish va tozalash xizmatlariga haq paxta topshiruvchi tomonidan shartnoma tariflari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.
3. I, II, III va IV navlarning 1 va 2-klass paxta xomashyosining haqiqiy namligi RST O‘z-615-94 3-jadvalida belgilangan normadan yuqori, lekin 3-klass normalaridan yuqori bo‘lmaganda, bu paxta xomashyosi uchun tegishli tip, nav, klassdagi paxta xomashyosining xarid narxidan normadan ortiq har bir foiz uchun 0,5 foiz miqdorida chegirma bilan haq to‘lanadi.
Ifloslanganlik yoki namlik I, II, III va IV navlar bo‘yicha 3-klass uchun belgilangan normalardan oshib ketganda paxta xomashyosi topshiruvchiga qaytariladi yoki bu paxta xomashyosi uchun bir nav past paxta xomashyosining xarid narxi bo‘yicha haq to‘lanadi.
Ifloslanganligi yoki namligi 22 foiz normadan yuqori bo‘lgan V nav paxta xomashyosini qabul qilib olishda tegishli tipning xarid narxidan normadan ortiq ifloslanganlik yoki namlikning har bir foizi uchun 0,5 foiz miqdorida chegirib qolinadi.
Namlik va ifloslanganlik normativdan ortiq bo‘lganda ayni bir vaqtda narxdan umumlashtirilgan holda chegirib qolinadi.
4. I va II nav paxta xomashyosining solishtirma uzilish quvvati belgilangan (RST O‘z 615-94 1-jadvalidagi) normalardan past bo‘lganda tegishli tip, nav, klass paxta xomashyosi xarid narxidan chegirib qolinadi, solishtirma uzilish quvvati bazaviy normadan ortiq bo‘lganda esa I nav uchun xarid narxiga har bir gs/teks. uchun 0,5 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Hisob-kitoblar paxta xomashyosi qayta ishlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
5. Paxta xomashyosi “asal shudring” kasalligi bilan har qanday darajada yoki bakterial-zamburug‘ bilan past darajada kasallangan bo‘lsa uning narxidan 3,5 foiz miqdorida chegirgan holda haq to‘lanadi.
Bakterial-zamburug‘ bilan o‘rtacha darajada kasallangan paxta xomashyosi pasaytirilgan navga o‘tkaziladi va unga pasaytirilgan navning xarid narxi bo‘yicha haq to‘lanadi.
Paxta xomashyosi bakterial-zamburug‘ bilan kuchli darajada kasallangan bo‘lsa unga shartnomaviy narx bo‘yicha haq to‘lanadi.
6. “Mikroneyr” ko‘rsatkichi belgilangan normalardan yuqori yoki past (3,5 dan 4,9 gacha) bo‘lgan I-II nav paxta xomashyosining xarid narxidan quyidagi shkalaga muvofiq chegirib qolinadi:
“Mikroneyr” ko‘rsatkichi 0,5 punktdan oshib ketganda I nav paxta xomashyosi uchun III nav narxi bo‘yicha, II nav paxta xomashyosi uchun — IV nav narxi bo‘yicha haq to‘lanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan chegirishlar paxta xomashyosini qayta ishlashning haqiqiy natijalari bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitoblar vaqtida amalga oshiriladi.
7. Urug‘lik chigit yetishtiruvchi ilmiy muassasalar va xo‘jaliklarga urug‘likning unuvchanligi 1 klassga muvofiq bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-noyabrdagi 491-son qaroriga muvofiq xarid narxiga quyidagi miqdorda ustama haq to‘lanadi:
Urug‘lik chigitlar unuvchanligi bo‘yicha ikkinchi klassga mansub bo‘lganda ustama haq tegishli ravishda ikki baravar kamayadi.
Ustama haq to‘lash uchun urug‘lik chigit yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta zavodlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining taqdimnomasiga ko‘ra har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | 84 | 7,461 |
Qonunchilik | 2019 yildan elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻlishi mumkin | Vazirlar Mahkamasining «Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi.
Davlat soliq qoʻmitasi (loyihani ishlab chiquvchi) Jizzaх va Xorazm viloyatlarida 2018 yilning 1 oktyabridan 31 dekabrigacha boʻlgan davrda tajriba oʻtkazishni taklif qilmoqda. Tajriba mohiyati – barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tartibda rasmiylashtirishni test rejimida joriy etish. Qizigʻi shundaki, elektron hisobvaraq-fakturalarga hozirgi vaqtda alohida rasmiylashtiriladigan tovar-transport yukхatlari va tovar-moddiy qimmatliklarni olishga ishonchnomalarning funksiyalarini berish taklif etilmoqda.
Hisobvaraq-faktura - qat’iy hisobot hujjati boʻlib, tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni realizatsiya qilish aylanmasini tasdiqlaydi. Soliq kodeksining 222-moddasida hisobvaraq-fakturada majburiy tartibda aks ettiriladigan ma’lumotlar koʻrsatilgan. Tovarni yuklab joʻnatish hujjatlariga hisobvaraq-fakturalar shakli – bu yerda.
Tovar-transport yukхati (TTYu) - transport jarayonining barcha ishtirokchilari uchun yagona, tovar-moddiy qimmatliklarni umumtransport maqsadlaridagi avtomobillarda tashishlarda ularning yoʻldagi harakatini hisobga olish uchun moʻljallangan boshlangʻich hujjat shakli. TTYuning uchta tasdiqlangan namunaviy shakli mavjud:
Ishonchnoma – yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy qimmatliklarni olish uchun korхona tomonidan ishonchli shaхsga beriladigan yozma shakldagi vakolat. Hujjatning belgilangan shakli ham mavjud.
Tajriba davomida yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarni oddiy qogʻoz formatida (shu bilan bir vaqtda elektron shaklda) rasmiylashtirilishiga ruхsat beriladi. Test rejimi ishga tushiriladigan vaqtga DSQ elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish, saqlash va hisobga olishning vaqtinchalik tartibini idoraviy hujjat bilan tasdiqlaydi.
Kelgusi yil boshidan elektron hisobvaraq-fakturalar barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun Oʻzbekiston boʻylab majburiy boʻlishi mumkin. Olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha kelib tushgan va yozib berilgan hisobvaraq-fakturalar eksport-import operatsiyalari amalga oshirilganda rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalar va elektron BYuDlar (invoyslar) ma’lumot bazalari asosida reyestrga kiritiladi. Koʻrsatilgan muddatgacha (1.01.2019 y.) QQS ma’muriyatchiligi elektron tizimi joriy qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, soliq toʻlovchilarni elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritishga oʻqitish – yaqinda tashkil etilgan «Soliq-servis» DUKning asosiy vazifalaridan biri. Elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish boʻyicha dasturiy mahsulotlardan foydalanadigan soliq toʻlovchilarni qamrab olish soliq organlari хodimlarining ish samaradorligi mezonlariga (KPI) kiradi.
Elektron hisobvaraq-fakturalarning elektron aylanmasi va saqlanishini ta’minlash хizmatlari Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida sertifikatlashdan (akkreditatsiyadan) oʻtgan tashkilotlarga koʻrsatilishi mumkin.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 67 | 3,219 |
Qonunchilik | MAGISTRATURA TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Magistratura to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
3. Oliy ta’lim muassasalari bosh boshqarmasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi bilan birgalikda Nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng bir oy muddatda mazkur normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida seminar o‘tkazsin.
4. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi nizom bekor qilinadi.
5. Ushbu buyruqning bajarilishi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 190-son qaroriga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshliligini kuchaytirish, xalqaro ta’lim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash, qonun hujjatlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.
1. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistratura ta’lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining aniq mutaxassisligi bo‘yicha “magistr” akademik darajasi to‘g‘risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.
2. Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlash kadrlar buyurtmachilarining takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
3. Oliy ta’lim muassasasiga yangi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlash huquqi belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasining so‘rovnomasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari, Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga (bundan keyin matnda Davlat ta’lim standarti deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan keyin matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan ekspertizadan o‘tgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan kvotalar asosida beriladi.
4. Magistr:
tanlangan mutaxassislik bo‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir faoliyatini yuritish;
tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’limdan keyin aspiranturada tahsil olish;
kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.
5. Oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish magistratura bo‘limi tomonidan kafedralar va dekanatlar bilan birga amalga oshiriladi.
6. Magistrlarning ilmiy faoliyati bilan bog‘liq izlanish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tan olingan nashrlarda va oliy ta’lim muassasalari nashrlarida chop etilishi mumkin.
7. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Magistraturaga kirish imtihonlari har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha magistrlik mutaxassisligi, o‘qitish tili va shakliga ko‘ra alohida o‘tkaziladi.
9. Tayanch oliy ta’lim muassasalari qoshida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari takliflari asosida maqsadli magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
10. Magistraturaga qabul qilish davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
11. Magistraturada mutaxassisliklar bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
12. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 304-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
13. Magistr o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni bajara olishi, ilmiy ijod uslubiyotini bilishi, zamonaviy axborot texnologiyasi asosida ilmiy ma’lumotlar yig‘a olishi, ulardan foydalanish va saqlash usullarini bilishi hamda ilmiy-faoliyat va mustaqil amaliy faoliyatga tayyor bo‘lishi lozim.
14. Mutaxassislik doirasida magistr:
bilimlarni umumlashtirish, xulosalar chiqarish va uni boshqalarga o‘rgatish;
jarayon va texnologiyalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
zamonaviy, raqobatbardosh tadqiqot uslubiyotlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
bozor munosabatlari sharoitida, iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda ilmiy muassasa, konstruktorlik byurosi, ishlab chiqarish korxonalari bo‘limlari va boshqa tashkilot, muassasalar ishini tashkil etish, muammosini hal etish, ilmiy tadqiqot, izlanish natijalarini amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy laboratoriya va texnik jihozlardan foydalanish va boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
15. Magistr o‘zining mutaxassisligi, ilmiy-faoliyat va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining:
loyiha-konstruktorlik;
loyiha-texnologik;
ilmiy tadqiqot va tajriba;
ishlab chiqarish boshqaruvi;
ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy turlari, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin.
16. Magistr kasb faoliyatining asosiy sohalariga quyidagilar kiradi:
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyihalash tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish korxonalari;
davlat va nodavlat oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari;
magistr akademik darajasini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyatlar.
17. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizida mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar Davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilanadi.
18. Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
19. Magistraturaning ta’lim dasturlari Davlat ta’lim standartida ko‘zda tutilgan quyidagi fanlar bloklarini o‘z ichiga oladi:
a) umummetodologik fanlar;
b) mutaxassislik fanlari;
v) ilmiy faoliyat (ilmiy tadqiqot, ilmiy-pedagogik, ilmiy-texnik va ilmiy-ijodiy ishlar).
20. Umummetodologik fanlar blokida:
milliy istiqlol g‘oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi;
insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviy tsivilizatsiya va uning taraqqiyot yo‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantirilishi;
ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirishi;
ilmiy ijodiyot metodologiyasi, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig‘i, asoslash va inkor qilish yo‘llariga doir bilimlar, shuningdek, ta’limda pedagogik texnologiyalar, menejment va iqtisodiyot asoslari haqidagi bilimlar berilishi ta’minlanishi zarur.
21. Mutaxassislik fanlari blokida:
muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar, o‘qitiladigan fanlar tarkibi, ularning mazmun-mohiyatiga qo‘yiladigan talablarni kadrlar buyurtmachilari bilan kelishgan holda shakllantirilishi;
mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash, mustahkamlash va ulardan foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirilishi;
magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalar ta’minlanishi kerak.
22. Ilmiy faoliyat blokida ilmiy tadqiqotlar metodologiyasini o‘zlashtirish, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik ishlarni bajarish va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash nazarda tutiladi.
23. Ilmiy-tadqiqot ishlari:
mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish;
fan, texnika, ijodiyot va texnologiyalarning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo‘llay bilish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini bajarishda foydalanish ko‘nikmasini singdirishga yo‘naltiriladi.
24. Ilmiy-pedagogik ishlar:
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik mahorat va ko‘nikmalarini shakllantirish;
o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish malakasi va ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi.
25. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
ilmiy-tadqiqot mavzularining mutaxassisliklarga mos bo‘lishi;
davlat ta’lim standartlari talablari darajasida nazariy ta’lim, laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash uchun zaruriy o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazasining mavjudligi;
oliy ta’lim muassasasi, buyurtmachi tashkilotlar, akademik va ilmiy tekshirish institutlari hamda ilmiy markazlarda davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalariga muvofiq malaka amaliyotlarini o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasasi, fakultet va kafedralar bilan korxonalar o‘rtasida tasdiqlangan shartnomalarning mavjudligi;
magistrlar tayyorlash jarayoniga eng yuqori malakali o‘qituvchilar, fan nomzodi va dotsentlar, fan doktori va professorlar shuningdek, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, rivojlantirish va axborotlashtirish sharoitlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali amaliyotchilarning jalb etilishi.
26. Magistraturada talabaning shaxsiy ish rejasi asosida ta’lim olishiga ilmiy rahbar mas’ul hisoblanadi.
27. Magistratura talabasi semestr davomida ikki marta kafedra yig‘ilishida rasmiy hisobot beradi. Talabalar hisobotini eshitish jadvali kafedra mudiri tomonidan ishlab chiqiladi va fakultet dekani (magistratura bo‘limi boshlig‘i) tomonidan tasdiqlanadi.
Kafedra mudiri talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi, ilmiy ishlari holati bo‘yicha har semestrda bir marta fakultet ilmiy kengashi (magistratura bo‘limi)ga hisobot beradi.
Talaba ilmiy rahbar ishtirokida semestrlar yakunida fakultet ilmiy kengashi (magistratura bo‘limi)ga magistrlik dissertatsiyasining bajarilish holati, ilmiy, uslubiy maqolalar tayyorlanishi, o‘tkazilgan ijodiy ishlar ko‘rigi haqida yozma hisobot taqdim etadi.
28. Magistraturada barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soatga teng bo‘lishi lozim. Kunduzgi o‘quv shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlari va ilmiy faoliyatning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanadi. O‘qishning normativ muddati ikki yil bo‘lgan taqdirda o‘quv jarayoni 100 hafta davom etishi zarur.
Ayrim sohalar uchun kadrlar tayyorlash va o‘qitish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, magistraturada tahsil olish muddatlarini (3 yil) inobatga olib, o‘quv davrining umumiy hajmini nazariy ta’lim, attestatsiya, amaliyot, ta’til va ilmiy faoliyat taqsimotiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
29. Talabaning umumiy haftalik yuklamasi 54 soat bo‘lgan holda auditoriya o‘quv yuklama soatlari hajmi 18—20 soatdan oshmasligi lozim. Qolgan vaqt talabalarning mustaqil ishlari, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashga ajratiladi.
Qayd etilgan ishlar kafedraning doimiy nazorati ostida tashkil etiladi, kalendar-tematik rejalar va qayd etish jurnallari yuritiladi.
30. O‘quv davri umumiy hajmining nazariy ta’lim, amaliy mashg‘ulot, ilmiy faoliyat, malakaviy amaliyot, yakuniy davlat attestatsiyasi va ta’tillar bo‘yicha taqsimoti mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.
31. Talabalar o‘zlashtirishi reyting tizimiga asosan baholanadi.
32. O‘qish davrida talaba magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalarida belgilangan yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshiradi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaydi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi tegishli fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoni tugagan semestrda yoki ta’lim dasturi yakunida topshiriladi.
33. Talabalarning mustaqil ishi o‘quv rejasidagi muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllashtirish, zamonaviy axborot manbalaridan samarali foydalanishga yo‘naltiriladi.
34. Talabaning mustaqil ishi ham barcha o‘quv faoliyati turlaridek, reyting tizimi asosida baholanadi.
35. Magistratura talabalari quyidagi huquqlarga ega:
fan, texnika va madaniyatning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;
oliy ta’lim muassasasining muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
kutubxonadan, axborot resurslari, o‘quv, ilmiy, tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish;
o‘z ishlarini nashrga taqdim qilish;
oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining qarorlari ustidan shikoyat qilish;
talabalar uchun belgilangan tartib va miqdordagi stipendiya, shuningdek Davlat stipediyalari hamda o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish.
36. Talabalarning majburiyatlari:
oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o‘quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;
o‘quv rejasida nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarish;
oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etish.
37. Ilmiy pedagogik va kasbiy amaliyotlar oliy ta’lim muassasasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, buyurtmachi tashkilot va muassasalar ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari, laboratoriyalari va bo‘linmalarida nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.
Amaliyotlar ikki tomonlama yoki boshqa kelishuvlar asosida o‘tkazilishi ham mumkin.
38. Ilmiy-tadqiqot amaliyoti:
magistratura mutaxassisligi bo‘yicha namunaviy modellar, obyekt va jarayonlarni tadqiq qilish usullarini o‘rganish;
tajriba tadqiqotlarining ilmiy-texnik ta’minotini o‘rganish;
tajriba tadqiqotlarini o‘tkazish;
tajriba tadqiqotlari natijalarini qayta ishlash, tahlil qilish, xulosa va tavsiyalar tuzish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
39. Ilmiy-texnika va ilmiy-ijodiy amaliyoti:
ixtisoslik mavzusi bo‘yicha masalalar holatini ko‘rish, tahlil qilish va jamlashga doir tadqiqotlarni o‘tkazish;
echilayotgan mavzu bo‘yicha ilmiy-ijodiy, ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirish;
mavzu bo‘yicha muqobil texnik yechimlarni ko‘rib chiqish va eng samaraligini tanlash;
samarali texnik va ijodiy yechimning patent (mualliflik)ga loyiqligi va patent (mualliflik) sofligini tadqiq qilish;
eng samarali muqobil hisob, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy, ijodiy yechimlarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
40. Ilmiy-pedagogik amaliyot:
ixtisoslik fanlari bo‘yicha turli mashg‘ulotlar (ma’ruza, seminar, amaliy ish, laboratoriya ishi va boshqa ilmiy izlanishlar)ni o‘tkazish bo‘yicha tajriba orttirish;
mashg‘ulotlar o‘tkazish va ma’ruzalar matnlarini tayyorlash;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rganish va qo‘llash;
talabalar bilimlarini reyting baholash tizimini o‘rganish va amalda qo‘llash;
talabalar mustaqil bilim olishining tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minotini o‘rganish va amalda qo‘llash;
uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish;
tarbiyaviy ishlarni olib borish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
41. Kasbiy amaliyot:
tegishli soha ilmiy-amaliy muammolarini va istiqbol rivojlanishini tushunish, ilmiy-texnik rivojlanish zamonida o‘z sohasining o‘rni va ahamiyati, mutaxassisligini boshqa sohalar bilan hamkorligini nazarda tutish;
mutaxassisligi bo‘yicha tegishli me’yorlar va rasmiy hujjatlarni bilish va ularga asosan o‘z faoliyatini tashkil etish;
nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash;
soha bo‘yicha ilm-fan yutuqlarini bilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish va qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
42. Talabalar amaliyotini o‘tkazilishini nazorat etish uchun oliy ta’lim muassasasida amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot rahbari kafedra yig‘ilishida har hafta amaliyotning o‘tishi haqida hisobot berib boradi. Amaliyot tugagandan so‘ng har bir talaba amaliyot kundaligi va amaliyot bo‘yicha hisobotni belgilangan tartibda kafedraga topshiradi.
43. Magistrlik dissertatsiyasi (bundan keyin matnda dissertatsiya ishi deb yuritiladi) magistraturada ta’lim olayotgan talabaning yakunlovchi ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi talabaning o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy tadqiqot ishlarining natijasidir.
44. Dissertatsiya ishi mavzulari talabalarga birinchi o‘quv yilining ikkinchi semestri (ikkinchi yarmi) boshlangandan keyin ikki hafta davomida taqdim etiladi.
45. Dissertatsiya ishi mavzusi ishlab chiqarish, ta’lim, iqtisodiyot, fan-texnika, ijtimoiy sohalardagi ilg‘or va dolzarb masalalarga bag‘ishlanib, muayyan bir vazifaning ilmiy asoslangan yechimini topishga, tavsiyalar ishlab chiqishga, statistik ma’lumotlar tahliliga qaratilgan bo‘lishi shart.
46. Kafedra taqdimnomasiga muvofiq dissertatsiya ishi mavzulari va ilmiy rahbarlar oliy o‘quv yurti magistratura bo‘limi tavsiyasi asosida rektorning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
47. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida talaba:
ilmiy (yoki ilmiy-texnik, ilmiy-ijodiy) izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko‘ra olishi va ularni echishning umumiy usullari va yo‘llarini o‘rganishi;
o‘quv-tadqiqot davomida olingan axborotlarni matn yoki tasvirlar (chizma, rasm) shaklida mujassamlantira olishi;
tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashi;
soha bo‘yicha echilayotgan ilmiy (ijodiy) — texnik masala holatini tahlil qilishi;
ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirishi, qo‘yilgan masalani echish uslublarini ko‘rib chiqishi va eng samaraligini aniqlashi;
eng samarali muqobil yechimni ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berishi;
eng samarali muqobil yechimning patentga loyiqligi va patent sofligini tadqiq qilishi;
ilmiy-texnik masala yechimining natijalari bo‘yicha xulosalar va takliflarni shakllantirishi hamda iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashi lozim.
48. Dissertatsiya ishiga rahbarlik yuqori malakali, fan doktori yoki fan nomzodi ilmiy darajaga ega bo‘lgan kafedralarning professor va dotsentlari, shuningdek, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, rivojlantirish va axborotlashtirish sharoitlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy markazlari olimlari, konstruktorlik byurolari hamda ishlab chiqarishning yuqori malakali amaliyotchi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
49. Bir o‘quv yilida fan doktorlari, professorlarga 5 tagacha, fan nomzodlari, dotsentlar va amaliyotchi mutaxassislarga 3 tagacha magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilishga ruxsat etiladi.
50. Dissertatsiya ishi talabaning o‘qigan tilida (kafedra yoki magistratura bo‘limi tavsiyasiga muvofiq xorijiy tillarda ham) yozilishi mumkin. Xorijiy tilda bajarilgan ilmiy ishga davlat tilida annotatsiya ilova etiladi hamda dissertatsiya himoyasi tarjima bilan o‘tkaziladi.
51. Dissertatsiya ishining asl nusxasi himoyadan keyin oliy ta’lim muassasasida saqlanadi.
52. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ichki nazorat — oliy ta’lim muassasasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
yakuniy davlat nazorati — oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda o‘quv fanlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi va dissertatsiya ishi himoyasini o‘z ichiga oladi;
davlat-jamoatchilik nazorati — oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
53. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
54. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat test markazi bilan kelishilgan. | 52 | 23,409 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 21-iyundagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. “Mineral o‘g‘itlar (ammiakli selitradan tashqari), defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish bo‘yicha yarmarka savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1450, 2005-yil 16-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 28-maydagi RG-1-7/6-2248-5-son, Moliya vazirligining 2019-yil 13-iyundagi TI/19-02-32-24/992-son xatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2004-yil 14-dekabrdagi 48-son, 125-son va 02-20/102-son “Mineral o‘g‘itlar (ammiakli selitradan tashqari), defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish bo‘yicha yarmarka savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1450, 2005-yil 16-fevral) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin. | 75 | 2,315 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
1. 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-iyuldan boshlab OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi tumanlararo diagnostika laboratoriyalari hududiy OITSga qarshi kurashish markazlari tarkibiga kiritiladi va markazlarga ushbu laboratoriyalarni moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minlash hamda faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish yuklanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamoat tashkilotlari faoliyati va hamkorligini muvofiqlashtirsin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ajratsin;
kelgusi yillarda retrovirusga qarshi preparatlar va OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash samaradorligi monitoringini olib borish uchun zarur bo‘lgan test-sistemalar bilan ta’minlashga Davlat budjetidan mablag‘lar ajratish bosqichma-bosqich oshirib borilishini nazarda tutsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda OIV infeksiyasi va qo‘shimcha kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun zarur bo‘lgan diagnostikumlar va test-sistemalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Davlat dasturida belgilangan tadbirlar ijrosi ustidan monitoring olib borilishini va har chorakda amalga oshirilgan tadbirlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobotlar taqdim etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘larini jalb etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda OIV infeksiyasining oldini olish, tashxis qo‘yish hamda davolash sohalarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borsin, ilmiy va innovatsion tadqiqotlar natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar, xususan, mehnat migrantlari va ularning oila-a’zolari, shuningdek, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari xodimlari orasida OIV infeksiyasining profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish shartligini nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
6. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida OIV infeksiyasining oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy ishlar olib borsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha tarmoq rejasini tasdiqlasin va bajarilishini ta’minlasin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
davolash-profilaktika muassasalarini ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda, sterilizatsiya bo‘limlari va punktlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy apparatlar va asbob-anjomlar bilan to‘liq jihozlash uchun zarur mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin;
davolash-profilaktika muassasalarini bir marotaba ishlatiladigan tibbiy asbob-anjomlar, test-sistemalar, diagnostikumlar va sarflovchi materiallar bilan ta’minlasin;
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasida 2018-yilda OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan Davlat dasturining ijrosi tahlili natijalari bo‘yicha 2019-yilda OIV infeksiyasiga qarshi kurashish sohasidagi kompleks chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqqan xolda qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. Kasimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q. Akmalov zimmasiga yuklansin. | 187 | 5,776 |
Qonunchilik | “Qizilqumsement” AJda klinker ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi texnologik liniyani qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida | “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida klinker ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi texnologik liniyani qurish” loyihasini amalga oshirish orqali ichki va tashqi bozorda talab bo‘lgan yuqori markali sement ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish hamda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida klinker ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi texnologik liniyani qurish” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish doirasida kapital qo‘yilmalarning umumiy qiymati 112 639,9 ming yevro ekvivalentiga teng bo‘lgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilganligi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining 92 829,0 ming yevro ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lari va “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining 19 810,9 ming yevro ekvivalenti miqdoridagi kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati investitsiya loyihasining tashabbuskori va “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki kreditidan maqsadli foydalanilishi va loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul qarz oluvchi hisoblanadi;
qarz va u bilan bog‘liq xarajatlar “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
investitsiya loyihasi “tayyor holda topshirish” sharti asosida (Engineering Procurement Construction) “fast-track” uslubida (bir vaqtning o‘zida loyihalash, xarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshiriladi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida olib kiriladigan texnologik uskunalar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalar, texnologik hujjatlar — O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi.
3. “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida klinker ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi texnologik liniyani qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. 2021-yil dekabr oyi investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati etib belgilansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. | 215 | 2,485 |
Qonunchilik | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama (keyingi o‘rinlarda ustama deb ataladi) to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatining boshqaruv xodimlariga ustamalar to‘lash umumiy ish stajiga bog‘liq ravishda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatida boshqaruv xodimlarining ustama olish huquqini beruvchi umumiy ish stajiga:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatidagi ish davri;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatidagi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatidagi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatidagi, shu jumladan deputat sifatidagi, shuningdek boshqa davlat organlaridagi ish davri;
xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonunchilikka muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatidagi yoki ushbu bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan organlardagi ish joyi (lavozimi) saqlangan vaqt kiritiladi.
4. Ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan miqdorlarda ustamaga bo‘lgan huquq boshqaruv xodimlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklarining boshqaruv apparatida ishning 49-oyidan boshlab, ushbu Nizomning 3-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan davrlar hisobga olingan holda yuzaga keladi.
5. Mehnat stajini aniqlash uchun mehnat daftarchasi asosiy hujjat hisoblanadi.
Mehnat daftarchasidagi yozuvlar bilan belgilanmagan ish staji Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari hamda ushbu Nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan organlar rahbarlari tomonidan imzolangan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanishi mumkin.
6. Ustama oylik tarif stavkasidan yoki boshqaruv xodimining lavozim maoshidan kelib chiqib hisoblanadi.
7. Ustama ushbu oyda ishlangan davr, shu jumladan ta’tillar davri va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrlari, shuningdek qonunchilikka muvofiq xodimning ish haqi to‘liq yoki qisman saqlanib qoladigan davr uchun to‘lanadi.
8. Xodimda kalendar oy mobaynida ustama olish yoki uning miqdorini o‘zgartirish huquqi yuzaga kelganda ushbu ustamani birinchi marta hisoblash ushbu ustamani olish huquqi yuzaga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblanadi.
9. Ustama o‘rtacha ish haqiga kiritiladi, undan pensiyalar, ta’til kunlari, ishdan bo‘shatish nafaqasi, xodimning sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lishi yoxud u o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni to‘lash, shuningdek o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqishning boshqa hollarida undan chiqarib tashlanadi.
10. Uchquduq, Zarafshon va Nurobod shaharlari hokimliklarida ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan ustamalardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar va ishchilar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 10-dekabrdagi 594-son qarorining 4-bandiga muvofiq belgilangan budjet sohasi xodimlari uchun uzoq muddat ishlaganligi uchun oylik ustama to‘lash saqlanib qoladi.
11. Ustamalar to‘g‘ri hisoblanishi uchun javobgarlik buxgalteriyaga, ustama olish huquqini beruvchi ish stajini aniqlashning to‘g‘riligi uchun javobgarlik esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklarining boshqaruv apparati tashkiliy-nazorat guruhiga yuklanadi. | 250 | 5,176 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI SUV OMBORLARI VA BOShQA SUV HAVZALARI, DARYoLAR, MAGISTRAL KANALLAR VA KOLLEKTORLARNING, ShUNINGDEK, IChIMLIK SUV VA MAIShIY SUV TA’MINOTINING, DAVOLASh VA MADANIY-SOG‘LOMLAShTIRIShDA IShLATILADIGAN SUV MANBALARINING SUVN | Daryolar, suv omborlari, suv havzalari va suv ta’minoti barcha manbalarini sanoat, qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa obyektlarning zararli ta’siridan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy-sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 1992-1993-yillarda respublika hududi chegarasida suvni muhofaza qilish zonalarini va qirg‘oqbo‘yi mintaqalarni belgilashni ta’minlasinlar. Bir vaqtning o‘zida, 1993-yildan boshlab, davlat boshqaruv organlari, xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarning mahalliy budjetlarida ko‘rsatib o‘tilgan Nizomda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratish nazarda tutilsin.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 16-apreldagi 269-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin.
1. Mazkur Nizom suvni muhofaza qilish zonalarini va suv inshootlarining sanitariya muhofazasi zonalari (okruglari)ni belgilash tartibini, shuningdek, suv resurslari ifloslanishi, bulg‘anishi va tugashining oldini olish uchun bu zonalarda xo‘jalik faoliyati tartibini boshqarib boradi.
2. Suv omborlari va boshqa suv havzalari atrofiga, shuningdek, daryolar, magistral kanallar va kollektorlar bo‘ylab suvni muhofaza qilish zonalari va kirg‘oqbo‘yi mintaqalar belgilanadi; xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti manbalari atrofida sanitariya muhofazasi zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi; mineral suvlar va boshqa davolash vositalari manbalari atrofida sanitariya muhofazasi okruglari belgilanadi.
Suvni muhofaza qilish zonalarining belgilanishi suv omborlari va xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti, davolash va aholining madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan boshqa suv manbalarining zonalari va sanitariya muhofazasi okruglarini belgilash zaruriyatini istisno etmaydi.
3. Suvni muhofaza qilish zonalari va sanitariya muhofazasi zonalari (okruglari)* tabiatni muhofaza qilish organlari va tegishli suv inshootlaridan foydalanuvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning takliflari bo‘yicha belgilanadi.
4. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha ishlar gidrologik, gidrogeologik, muhandislik-geologiya, sanitariya-epidemiologiya, agroxo‘jalik, tuproq, geobotanik va topografik qidiruvlar va tadqiqotlar ma’lumotlaridan foydalanilgan holda loyiha tashkilotlari mutaxassislari tomonidan bajariladi.
5. Ishlab turgan suv inshootlari bo‘yicha suvni muhofaza qilish tadbirlari ikki bosqichda bajariladi:
birinchi bosqichda bu mintaqalarda suvni muhofaza qilish zonalari va xo‘jalik faoliyati tartibi belgilanadi;
ikkinchi bosqichda qurilish normalari va qoidalariga, shuningdek, tarmoq metodik ko‘rsatmalariga muvofiq zaruriyatga ko‘ra, muhandislik, meliorativ, sanitariya-texnika va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.
6. Yangidan qurilgan suv inshootlari bo‘yicha suvni muhofaza qilish tadbirlari mazkur Nizomga rioya qilingan holda suv inshooti qurilishi loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi.
7. Suvni muhofaza qilish zonasiga kiritilgan yerlar, daryolar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, magistral kanallar va kollektorlar, gidrouzellar, nasos stansiyalarining qirg‘oqbo‘yi yerlari hamda suv ta’minoti va mineral suv ta’minoti manbalarining sanitariya muhofazasi zonalari (okruglari) qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, fuqarolarning yer egaligidan va yerdan foydalanishlaridan olib qo‘yilmaydi, balki mazkur Nizomning talablariga rioya qilingan holda ular tomonidan foydalaniladi.
8. Daryolar, suv omborlari, suv havzalari, magistral, xo‘jaliklararo kanallar va kollektorlar, gidrouzellar, nasos stansiyalari va boshqa suv inshootlarining qirg‘oqbo‘yi yerlari mahalliy boshqaruv organlarining qarori bilan ulardan normal foydalanish uchun zarur bo‘lgan tabiatni muhofaza qilish va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida bu obyektlar tegishli bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga beriladi.
Suv ta’minoti va mineral suv manbalari sanitariya muhofazasining birinchi zonasi mintaqalari (okruglari) yer uchastkalari bilan birgalikda suv olish va boshqa inshootlar qurish uchun belgilangan tartibda bu inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanishga beriladi.
9. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonasi ularning akvatoriyasiga tutashib ketuvchi hudud hisoblanadi. Bu hududda sanitariya holatini zarur darajada saqlash, suvning ifloslanishi va bulg‘anishining hamda suv omborlarining tuproq eroziyasi bilan loyihalanishining oldini olish, shuningdek, qulay suv rejimini tashkil etish va unga amal qilish maqsadida maxsus rejim o‘rnatiladi hamda mazkur inshootlar kimga qarashli bo‘lsa o‘sha tashkilotlar bilan ularni saqlash uchun mablag‘ jalb qilgan holda foydalanishning zarur talablarini kafolatli ta’minlash to‘g‘risida shartnoma majburiyatlari imzolangandan keyin xo‘jalik faoliyatiga ruxsat beriladi.
10. Suvni muhofaza qilish zonalari suv ombori va boshqa suv havzalarining butun perimetri bo‘yicha belgilanadi.
Suvni muhofaza qilish zonasining tarkibiga quyidagilar kiradi:
qirg‘oqlarni 50 yil ichida qayta ishlash loyihalashtirilayotgan zona (yangi qurilish chegaralangan zona);
soylik, jarlik, qirg‘oqbo‘yi qiyaliklari va tik qiyaligi 5 gradusdan ko‘p bo‘lgan nuragan yerlarni o‘z ichiga oluvchi, eroziya jihatidan aktiv zonalar, suv omborlari va suv havzalariga bevosita tutashib ketuvchi siljuvchi uchastkalar;
suv omborlarida suvning tezlik bilan tirgak darajasiga ko‘tarilishi sharoitida vaqtincha suv bosgan zonalar;
doimiy suv bosgan zona;
suv omborlari va boshqa suv havzalari qirg‘oqlariga ekilgan ihota daraxtlari.
11. Suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi suv omborlari va boshqa suv havzalarining vazifasidan, ularga tutash yerlarning tavsifi va ulardan xo‘jalik jihatdan foydalanishdan, joyning relyefidan kelib chiqqan holda belgilanishi va quyidagicha bo‘lishi kerak:
katta suv omborlari va boshka suv havzalari (sig‘imi 1,1 dan 10 kub kilometrgacha bo‘lgan) atrofida — 200 — 250 metr;
o‘rtacha suv omborlari va boshqa suv havzalari (sig‘imi 0,6 dan 1 kub kilometrgacha bo‘lgan) atrofida — 150 — 200 metr;
kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (sig‘imi 0,2 dan 0,5 kub kilometrgacha bo‘lgan) atrofida — 100 — 150 metr;
juda kichik suv omborlari va suv havzalari (sig‘imi 0,1 kub kilometrdan kam bo‘lgan) atrofida — 50 metrgacha.
12. Suvni muhofaza qilish zonalarining chegaralari joyning konkret sharoitini hisobga olgan holda belgilanishi hamda balandlikda joylashgan hududlar, daryo vodiylarining chetlari, soyliklar, yo‘l-transport tarmoqlari va boshqa muhandislik inshootlari bilan birga uyushmagan yuza oqimini qisman o‘z ichiga oluvchi tabiiy va sun’iy chegaralar bilan birga qo‘shilishi kerak.
Suv ombori suvni muhofaza qilish zonasining ichki chegarasi suvning normal tirgak darajasida uning kesimidan, boshqa suv havzalariniki — suvning o‘rtacha ko‘p yillik darajasidan boshlab qabul qilinadi.
13. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlarida joylashgan kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari atrofidagi suvni muhofaza qilish zonalari joyning konkret sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi hamda sanitariya talablariga rioya qilingan holda foydalaniladi.
14. Suv omborlarida va baliqchilik xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa suv havzalarida baliqchilik xo‘jaligi va boshqa idoralarining organlari faoliyati, muhofaza idoralaridan tashqari, foydalanish yuzasidan barcha zarur talablarga rioya qilish kafolati va uni saqlash uchun mablag‘lar jalb qilingan holda inshootning egasi bilan kelishilgan taqdirda hamda shartnoma asosida yuritilishi mumkin.
15. Suv omborlari va suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida qirg‘oqbo‘yi mintaqasi ajratiladi. Bu yerda ancha qat’iy xo‘jalik faoliyati tartibi o‘rnatiladi.
Qirg‘oqbo‘yi mintaqasi tarkibiga, odatda, suvni himoya qilish zonasi chegarasida plyajlar, qirg‘oq kamarlari, siljish uchastkalari, tosh uyumlari kiradi.
Qirg‘oqbo‘yi mintaqasining eng kam hajmlari suv omborlari va boshqa suv havzalariga tutashib ketuvchi yerlar (shudgor, pichanzor va boshqalar)ning turiga va suv havzalarining sig‘imi hisobga olingan holda qiyaliklarning tikligiga bog‘liq ravishda belgilanadi.
Shudgor, ko‘p yillik daraxtzor, o‘rmonlar va daraxtzor-changalzor joylarda qirg‘oqbo‘yi mintaqalari 3 gradusgacha tik qiyaliklarda — 55 metrgacha, 3 gradusdan 8 gradusgacha — 35—40 metrgacha belgilanadi. Og‘ish 8 gradusdan ko‘p bo‘lganda qirg‘oqbo‘yi mintaqa kengligi har bir konkret holatda alohida belgilanadi.
Barcha hollarda qirg‘oqbo‘yi mintaqasi suv havzasining normal gorizonti sharoitida suv kesimidan kamida 20 metr kenglikda belgilanadi.
16. Qirg‘oqning qayta ishlanadigan uchastkalarida qirg‘oqbo‘yi mintaqaning eng kam kengligi qirg‘oqning 5 — 10 yilda loyihalashtirilayotgan chekinishi kattaligi hisobga olingan holda ko‘paytirilishi kerak.
17. Aholi punktlari doirasida suv omborlari va boshqa suv havzalari qirg‘oqbo‘yi mintaqalari hajmi tabiatni muhofaza qilish va sanitariya nazorati davlat organlari, shuningdek, me’morchilik va suv xo‘jaligi organlari bilan kelishib, konkret sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
18. Agar mazkur Nizomning 14 — 16-bandlariga muvofiq belgilangan qirg‘oqbo‘yi mintaqaning ichki chegarasi suv ombori yoki suv havzasi uchun ajratib olingan yerning chegarasiga nisbatan qirg‘oqqa yaqin bo‘lsa, qirg‘oqbo‘yi mintaqasi yerning ajratib olingan chegarasi bo‘yicha belgilanadi, agar ajratib olingan yerdan narida bo‘lsa, qirg‘oqbo‘yi mintaqa chegarasi yerning ajratib olingan doirasidan tashqariga chiqishi mumkin.
19. Suvni muhofaza qilish zonalari, kimga qarashliligi yoki kimning yer egaligi va yerdan foydalanishida bo‘lgan joydan oqishidan qat’i nazar, doimiy yoki vaqtinchalik oqimga ega bo‘lgan barcha daryolar, soylar va jilg‘alar bo‘ylab belgilanadi.
20. Suvni muhofaza qilish zonasiga qayirlar, yer osti suvlari tufayli nuragan, toshqin paytida suv bosadigan uchastkalar qayirdan keyingi dastlabki pog‘ona-pog‘ona yonbag‘irlar, o‘zak qirg‘oqlarning chetlari va tik qiyaliklari, daryo vodiysiga oquvchi soylar, siljiydigan uchastkalar, qirg‘oqlarning qayta ishlanadigan uchastkalari kiritiladi.
21. Daryolarning suvni muhofaza qilish zonalarining ichki chegaralari suvning o‘rtacha ko‘p yillik kesimidan boshlab qabul qilinadi.
22. Daryolar, soylar va irmoqlarning suvni muhofaza qilish zonalari kengligi geomorfologik, gidrogeologik sharoitlar hisobga olingan holda, tutash yerlardan foydalanish xarakteri hamda o‘rtacha ko‘p yillik sarfga ko‘ra quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi:
katta daryolarda (suv sarfi sekundiga 100 kub metrdan ortiq) — 300—500 metr;
o‘rtacha daryolarda (suv sarfi sekundiga 5 kub metrdan 100 kub metrgacha) — 100 — 300 metr;
kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrdan 5 kub metrgacha) — 50 — 100 metr;
juda kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrgacha bo‘lgan soylar) — 50 metragacha.
Suvni muhofaza qilish zonasining kengligi daryoning butun uzunligi bo‘ylab uning har bir bo‘lagida suv sarfiga bog‘liq ravishda har xil belgilanadi.
23. Amudaryo va Sirdaryoning, ular irmoqlarining suvni muhofaza qilish zonalari hajmlari suv xo‘jaligi loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bo‘yicha belgilanadi.
24. Baliqchilik xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan suv inshootlari uchun suvni muhofaza qilish zonasining kengligi baliqchilik xo‘jaligi organlari bilan tabiatni muhofaza qilish va suv xo‘jaligi organlari o‘rtasida kelishiladi hamda ular tomonidan qirg‘oqni mustahkamlash, qirg‘oqni himoya qilish va ekologiya talablarini buzmaslik kafolatlangan maxsus qaror bilan rasmiylashtiriladi.
25. Daryo va soylarning qirg‘oqlari bo‘yicha suvni muhofaza qilish zonasi doirasida qirg‘oq mintaqasi ajratib ko‘rsatiladi. Bu mintaqada xo‘jalik faoliyati yuritish qat’iy cheklab qo‘yiladi hamda u yoki bu sanoat-fuqaro qurilishi, uy-joy, ijtimoiy-maishiy va madaniy inshootlar qurish taqiqlanadi.
Daryo va soylar qirg‘oqbo‘yi mintaqasining kengligi suvning o‘rtacha ko‘p yillik kesimiga ko‘ra aniqlanadi hamda daryolarda ularga tutashib ketgan ekin maydonlariga va qirg‘oq qiyaliklari tikligiga bog‘liq ravishda quyidagi hajmlarda belgilanadi:
shudgor va ko‘p yillik daraxtzor joylarda qiyaliklar tikligi 3 gradusgacha bo‘lsa — 35 — 55 metr va 3 gradusdan ortiq bo‘lsa — 55 — 100 metr;
pichanzor va yaylovlarda qiyaliklar tikligi 3 gradusgacha bo‘lsa — 25 — 35 metr va 3 gradusdan ortiq bo‘lsa — 35 — 50 metr;
o‘rmon va daraxtzor-changalzor maydonlarda qiyaliklar tikligi 3 gradusgacha bo‘lganda — 35 — 55 metr va 3 gradusdan ortiq bo‘lganda — 55 — 100 metr.
Eng ko‘p ahamiyat berish ko‘proq yemirilgan tuproqqa tegishlidir.
Tog‘ daryolari va vaqtincha suv oqadigan soylar uchun qirg‘oq bo‘yi mintaqa kengligi har bir konkret holatda tutashgan yerlardan foydalanish xarakteri va ularning suv holatiga ta’siridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Aholi punktlari doirasida daryo va suvlarning qirg‘oqbo‘yi mintaqasi hajmlari tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati davlat organlari, shuningdek, me’morchilik va suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda konkret sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
26. Barcha magistral kanallar, ularning tarmoqlari va xo‘jaliklararo taqsimlovchilari, magistral va xo‘jaliklararo kollektorlar bo‘ylab qirg‘oqbo‘yi mintaqalari belgilanadi. Ularda xo‘jalik faoliyatining maxsus tartibi joriy etiladi hamda bu inshootlar tegishli bo‘lgan xo‘jaliklarning roziligisiz u yoki bu suv oluvchi mashina, mexanizmlar o‘rnatish, vaqtinchalik, doimiy inshoot, binolar qurish taqiqlanadi.
27. Qirg‘oqbo‘yi mintaqalari va ularda o‘rnatiladigan inshootlar suvning oqimlari bilan ifloslanishidan, qirg‘oqlarning nurash jarayonidan, ochiq suv oqimlaridan va suvning holatiga ta’sir etuvchi boshqa harakatlardan himoya qilishni ta’minlashi kerak. Bunda barcha suv iste’molchilari tomonidan istalgan hajmda suv olish suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
28. Qirg‘oqbo‘yi mintaqasining ichki chegarasi kanallar va kollektorlar suvlarining hisob-kitob kesimidan kelib chiqib o‘rnatiladi, tashqi chegara yerlarning ajratib olinish chegarasiga muvofiq kelishi kerak.
Qirg‘oqbo‘yi mintaqasining kengligi va kanallar, kollektorlarni ajratib olish mintaqasi suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilangan ochiq suv oqimlarining namunaviy profillari va ularning qurilishi loyihalariga ko‘ra yer ajratishning amaldagi normalariga muvofiq belgilanadi.
29. Loyihada nazarda tutilgan kanallar va kollektorlarning qirg‘oqbo‘yi mintaqasi hududi bu inshootlar qarashli bo‘lgan suv xo‘jaligi tashkilotlariga beriladi.
30. Suvning holatiga ta’sir ko‘rsatishning oldini olish maqsadida sekundiga 50 kub metrdan ortiq suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan magistral kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 10 kub metrdan ortiq bo‘lgan magistral kollektorlar bo‘ylab suvni muhofaza qilish zonalari belgilanadi.
31. Magistral kanallar va kollektorlar suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi geomorfologik, gidrogeologik sharoitlar, tutashib ketgan yerlardan foydalanish xarakteri hisobga olingan holda belgilanadi hamda ajratib olish mintaqasi chegarasidan quyidagi hajmlarda qabul qilinadi:
sekundiga 50 dan 100 kub metrgacha suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan magistral kanallar, loyiha hisob-kitob suv sarfi sekundiga 10 dan 20 kub metrgacha bo‘lgan kollektorlar uchun — 100 metr;
sekundiga 100 dan 150 kub metrgacha suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan magistral kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 20 dan 50 kub metrgacha bo‘lgan kollektorlar uchun — 200 metr;
sekundiga 150 kub metrdan ortiq suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan magistral kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 50 kub metrdan ortiq bo‘lgan kollektorlar uchun — 300 metr.
32. Barcha ishlab turgan, loyihalashtirilayotgan va qayta qurilayotgan vodoprovodlarda sanitariya-epidemiologiya jihatidan ishonchlilikni ta’minlash maqsadida suv olish joylaridagi suv ta’minoti manbalari sanitariya muhofazasi zonalarini, vodoprovod inshootlari zonasi va sanitariya-himoya mintaqasini hamda suv havzalarining sanitariya-himoya mintaqalarini o‘z ichiga oluvchi sanitariya muhofazasi zonasi belgilanadi.
33. Suv olish joyidagi suv ta’minotining yuza va yer osti manbalari sanitariya muhofazasi zonasi uch mintaqadan iborat bo‘lishi kerak:
birinchi mintaqa — qattiq tartibli mintaqa;
ikkinchi va uchinchi mintaqalar — xo‘jalik faoliyati cheklangan tartibli mintaqalar.
34. Suv ta’minoti yuza manbalarining sanitariya muhofazasi zonasi birinchi mintaqasining chegaralari suv olish joylaridan quyidagicha masofada belgilanadi:
a) daryo va kanallar uchun:
oqim bo‘ylab yuqoriga — kamida 200 metr;
oqim bo‘ylab quyiga — kamida 100 metr;
suv olish joyiga tutashib ketuvchi qirg‘oq bo‘ylab yoz-kuzgi suv sathi bo‘yicha suv kesimining kamida 100 metri;
qarama-qarshi qirg‘oq tomon yo‘nalishda:
daryo va kanallar kengligi 100 metrdan kam bo‘lganda — yoz-kuz davridagi suv sathining butun akvatoriyasi va suv kesimidan 50 metr kenglikdagi qarama-qarshi qirg‘oq, daryolar va kanallar kengligi 100 metrdan ko‘p bo‘lganda — kengligi kamida 100 metr bo‘lgan akvatoriya mintaqasi;
b) suv omborlari va ko‘llar uchun:
akvatoriya bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda — kamida 100 metr;
suv olinadigan joyga tutashib ketuvchi qirg‘oq bo‘yicha — suv omborida normal tamba darajasida va ko‘lda yoz-kuz davridagi suv sathi sharoitida suv kesimidan kamida 100 metr.
35. Suv ta’minoti yuza manbalarining sanitariya muhofazasi zonasining ikkinchi mintaqasi chegaralari quyidagicha belgilanadi:
a) daryo va kanallar uchun:
oqim bo‘ylab yuqoriga, irmoqlar ham shu jumlaga kiradi, daryo va kanallar kengligi va uzunligi bo‘yicha o‘rtacha suv oqimi tezligidan hamda yoz-kuz davrida suv sathining o‘rtacha oylik suv sarfi 95 foiz ta’minlanganda suvning mintaqa (poyas) chegarasidan suv olish joyigacha oqib kelish vaqtidan kelib chiqqan holda kamida 3 sutka;
oqim bo‘ylab quyiga — birinchi mintaqa (poyas) chegarasidan kamida 250 metr;
yon tomondagi chegaralar — yoz-kuz davridagi suv sathi sharoitida suv kesimi masofasidan — tekislikdagi relyefda — 500 metr, torli relyefda — daryo yoki kanal tomonga qaragan yon bag‘ir yuqorisigacha, lekin qiyalama nishablikda 750 metrdan va tik qiyalikda 1000 metrdan ko‘p emas;
b) suv omborlari va ko‘llar uchun:
shamollar soni suv olish joyiga tomon 10 foizgacha bo‘lganda barcha yo‘nalishlarda akvatoriya bo‘ylab 3 kilometr masofagacha, shamollar soni 10 foizdan ortiq bo‘lganda 5 kilometrgacha;
yon tomondagi chegaralar — suv omborida tambaning normal darajasida va ko‘lda suvning yoz-kuz davridagi sathi sharoitida suv kesimidan tekislikdagi relyefda 500 metr masofada, tog‘lik joydagi relyefda — suv ombori yoki ko‘lga qaraganda birinchi qiyalikning yuqorisigacha, lekin qiyalama nishablikda 750 metrdan va tik qiyalikda 1000 metrdan ko‘p emas.
36. Suv ta’minoti yuza manbalari sanitariya muhofazasi zonasining uchinchi mintaqasi chegaralari daryo va kanallar oqimi bo‘ylab yuqoriga va quyiga yoki ikkinchi mintaqa uchun bo‘lganidek, suv ombori va ko‘llarning akvatoriysi bo‘ylab barcha tomonlarga, yon tomondagi chegaralar — suv ayirgich bo‘ylab, biroq daryo va kanallar yoki suv omborlari esa ko‘llardan — 3 —5 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan masofada bo‘lishi kerak.
37. Suv ta’minoti yer osti manbaining sanitariya muhofazasi zonasi birinchi mintaqasi chegaralari yakka suv olish joyidan (quruq shaxta qudug‘i, kaptaj) yoki guruhli suv olishda eng chekkadagi suv olish inshootidan boshlab quyidagicha masofada o‘rnatilishi kerak:
muhofaza qilingan yer osti suvlaridan foydalanilganda — 30 metr;
yetarlicha muhofaza qilinmagan yer osti suvlaridan foydalanilganda — 50 metr;
infiltratsion suv olish joylarida suv manbaining yuzasidan — kamida 150 metr;
irmoqli suv olish joylarida yoki infiltratsion suv olish joyiga quyiluvchi uchastkada — mazkur Nizomning 34-bandiga muvofiq suv ta’minoti yuza manbaning birinchi mintaqasi zonasiga o‘xshash;
yer osti suvlari zaxiralari yopiq tipdagi infiltratsion inshootdan sun’iy ravishda to‘ldirilganda — 50 metr, ochiq tipda — 100 metr.
38. Yer osti manbai suv ta’minotining sanitariya muhofazasi zonasi ikkinchi mintaqasining chegarasi iqlim rayonlariga va mikrob bilan ifloslanishining suv olish joyiga qadar 100 dan 300 sutkagacha siljishi hisobga olingan holda muhofazalanganligiga ko‘ra belgilanadi.
39. Zonaning uchinchi mintaqasi chegarasi suvning kimyoviy ifloslanishi suv olish joyiga siljishi vaqtiga ko‘ra aniqlanadi. U suv olish joyidan foydalanishning qabul qilingan muddatidan ortiq bo‘lishi, lekin kamida 25 yil o‘tishi kerak.
Nam saqlaydigan qatlamning infiltratsion oziqlanishi sharoitida sanitariya muhofazasi zonasining ikkinchi va uchinchi mintaqalarini mazkur Nizomning 35 va 36-bandlariga muvofiq suv ta’minoti yuza manbaining ikkinchi va uchinchi mintaqalari chegaralariga tatbiqan qabul qilish kerak.
40. Vodoprovod inshootlari (nasos stansiyalari, suvni tayyorlash stansiyalari, sig‘im stansiyalari) sanitariya muhofazasi zonalari birinchi mintaqa chegarasidan va uning atrofiga sanitariya-himoya mintaqasi (qo‘riqlash zonasi)dan iborat bo‘lishi kerak.
41. Vodoprovod inshootlari hududi sanitariya muhofazasi birinchi mintaqasining chegarasi maydonning o‘rab olinishiga mos keladi va quyidagi masofada bo‘lishi kerak:
toza suv havzalari devoridan, filtrlardan, kontaktli yoritgichlardan — kamida 30 metr masofada;
qolgan boshqa inshootlardan va vodoprovod minorasidan kamida 15 metr masofada.
42. Suv ta’minoti manbai zonasi ikkinchi mintaqasi tashqarisida joylashgan vodoprovod inshootlari to‘siqlari atrofidagi sanitariya-himoya mintaqasi kamida 100 metr kenglikka ega bo‘lishi kerak.
43. Vodoprovod bo‘ylab sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi, ularning kengligi eng chekkadan vodoprovoddan boshlab hisoblanadi:
qurilishi tugallangan hududda quruq tuproqqa yotqizilganda — diametri 1000 millimetrgacha bo‘lganda kamida 10 metr va diametri katta bo‘lganda kamida 20 metr, nam tuproqda — diametridan qat’i nazar, kamida 50 metr;
qurilib tugallangan hududda davlat sanitariya nazorati va tabiat muhofazasi organlari bilan kelishilgan holda mintaqa kengligining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
44. Aholini davolash va madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mineral suv manbalari, shifobaxsh balchiq olinadigan joylar, mineral ko‘llar atrofida davolash manbalarining tabiiy fizik va kimyoviy xossalarini saqlash, shuningdek, ularni buzilishdan, ifloslanishdan hamda muddatidan ilgari tugab qolishdan asrash maqsadida sanitariya muhofazasi okrugi belgilanadi.
Bir yoki bir-biriga bog‘liq bir necha mineral suv konlaridan, aralash plyajlardan va boshqa tabiiy davolash vositalaridan foydalanilganda ular uchun sanitariya muhofazasining yagona okrugi belgilanishi mumkin.
45. Sanitariya muhofazasi okrugi uch zonaga bo‘linadi: birinchisi — qattiq tartibli zona, ikkinchisi — cheklangan zona, uchinchisi — kuzatish zonasi.
46. Birinchi zona mineral suvlar yuzaga chiqadigan, shifobaxsh balchiq konlari, mineral ko‘llar, suvidan davolash maqsadlarida foydalaniladigan ko‘rfazlar, plyajlar joylashgan joylarni, shuningdek, dengizning qirg‘oqbo‘yi mintaqasini va plyajlarga tutashib ketuvchi kengligi kamida 100 metrli hududni qamrab oladi.
47. Ikkinchi zona yuza suvlarning mineral suvlar yuzaga chiqadigan joyga va shifobaxsh balchiq konlariga, mineral ko‘llar va ko‘rfazlarga, mineral manbalar hosil qilishda ishtirok etuvchi mineral va chuchuk suv sirkulatsiyaga uchraydigan yer yuzasidan uncha chuqur bo‘lmagan joylarga tomon oqishi yuz beradigan hududni:
mineral suvlar va shifobaxsh balchiqlar tabiiy va sun’iy saqlanadigan joylarni;
sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish muassasalari joylashgan hududni, shuningdek, loyiha-hujjatlariga ko‘ra parklar, o‘rmon-parklar va boshqa ko‘kalamzor joylar barpo qilish mo‘ljallangan hududni qamrab oladi. Kurortning sanitariya muhofazasi okrugi uchun nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmagan holda ulardan foydalanish ifloslanishga, tarkibning o‘zgarishiga yoki mineral suv va shifobaxsh balchiq zonalarining tugab qolishiga yohud bularning barchasi bir bo‘lib tabiiy davolash vositalarining yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
48. Uchinchi zona (sirtdan uning chegaralari sanitariya muhofazasi okrugi chegaralari bilan mos keladi) gidromineral resurslar oziqlanadigan va paydo bo‘ladigan butun joylarni, hududni o‘rab olgan o‘rmonzorni, shuningdek, sanitariya muhofazasi okrugi uchun belgilangan qoidalarga rioya qilinmagan holda xalq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilishi mineral suv va shifobaxsh balchiq konlarining gidrogeologik tartibiga, sanitariya va landshaftiqlim sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hududni qamrab oladi.
49. Suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, soylar, magistral kanallar va kollektorlarning suvni muhofaza qilish zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
o‘simlik zararkunandalari va kasalliklariga, begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan zaharli dorilarning har qanday turini qo‘llash va ko‘mish;
zaharli dorilar, pestitsidlar, gerbitsidlar va mineral o‘g‘itlar saqlanadigan omborlar, apparatlarni zaharli dorilar bilan to‘ldiradigan maydonchalar, aviatsiya-kimyo ishlarini olib borish uchun uchish-qo‘nish yo‘llari qurish;
kanalizatsiya-tozalash inshootlarini va oqova suvlarni turli xil to‘plagichlarni joylashtirish;
chorvachilik komplekslari va fermalarini, parrandachilik fabrikalarini joylashtirish, hayvonlar, mollar va parrandalar ko‘miladigan, axlat va ishlab chiqarish, kimyo va radioaktiv moddalar chiqindilari tashlanadigan joyga aylantirish, shuningdek, tayyorlangan suyuq go‘ngni sug‘orishda foydalanish, to‘xtash joylari, yonilg‘i-moylash materiallari quyish punktlari, avtotransport, traktorlar, qishloq xo‘jalik texnikasi va boshqa texnika tuzatiladigan, yuviladigan va texnik qarovdan o‘tkaziladigan joylar qurish;
qor qoplamiga o‘g‘it solish, tarkibida go‘ng bo‘lgan oqova suvlardan tozalamasdan o‘g‘it sifatida foydalanish, shuningdek, tozalanmagan sanoat va xo‘jalik-maishiy oqova suvlarni tashlash;
mollarni, ayniqsa jarlik-botqoq joylarda, normalashtirmay o‘tlatish;
daraxtlar va butalarni kesish, o‘rmonni parvarishlash uchun kesish va sanitariya maqsadida kesish bundan mustasno.
Suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar va soylarning suvni muhofaza qilish zonalarida suvning holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi qurilish, tubni chuqurlashtirish va portlatish ishlari olib borish, foydali qazilmalar va suv o‘tlari qazib olish, kabellar truboprovodlar va boshqa kommunikatsiyalar yotqizish, burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni bajarish tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati davlat organlari, shuningdek, suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda faqat nohiya boshqaruv organlarining ruxsati bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Suv sathining normal darajasidan, suv omborlari va boshqa suv havzalaridan 2 kilometr masofada qishloq xo‘jaligi va o‘rmonzor yerlarga zaharli dorilarni aviatsiya yordamida sepish taqiqlanadi.
50. Qirg‘oqbo‘yi mintaqasi doirasida, mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan cheklashlarga qo‘shimcha ravishda, quyidagilar taqiqlanadi:
nohiya boshqaruv organlarining tabiat muhofazasi davlat organlari va suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan ruxsatnomasisiz qishloq xo‘jalik ekinlari o‘stirish (yosh daraxt qatorlari orasiga ekilgan vaqtinchalik ekinlardan tashqari);
organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash;
mol boqish va mollar yoz davrida saqlanadigan joy tashkil etish;
inshootlarning har qanday xilini qurish va mavjudlarini kengaytirish;
maxsus ajratilgan joylar tashqarisida palatalar tikish, avtomobillarning to‘xtash joylari va qayiqlar bog‘lab qo‘yiladigan joylar qilish;
o‘g‘itlardan bo‘shagan taralarni yo‘q qilish;
o‘g‘itlarni transportda tashish va sepishda qo‘llaniladigan tara, mashina va asbob-uskunalarni tozalash, yuvish;
jun, kanop, teri yuvish.
51. Suv ta’minotining yuza va yer osti manbalari sanitariya muhofazasi zonasi birinchi mintaqasi hududida, shuningdek, vodoprovod inshootlari sanitariya muhofazasi zonasi birinchi mintaqasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
asosiy vodoprovod inshootlaridan tashqari qurilishning barcha turlari;
uy-joy va jamoat binolarini joylashtirish, odamlarning yashashi, shu jumladan, vodoprovodda ishlovchi odamlarning yashashi;
vodoprovod inshootlariga xizmat ko‘rsatuvchi truboprovodlardan tashqari turli maqsadlardagi truboprovodlarni yotqizish;
oqova suvlarni yuza manbalarga chiqarish, cho‘milish, suvloq hosil qilish, mol boqish, kir yuvish, baliq ovlash, zaharli dorilar, pestitsidlar, gerbitsidlar, mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llash, saqlash va ko‘mish;
barcha binolar suvni chiqarib tashlashning eng yaqin kanalizatsiya sistemasiga ulangan, oqova suvlarni tozalash inshootlari birinchi mintaqa tashqarisiga joylashgan bo‘lishi kerak, kanalizatsiya mavjud bo‘lmagan taqdirda notoza narsalarni chiqarib tashlashning sanitariya talablari hisobga olingan holda suv o‘tkazmaydigan xandaqlar qazilishi kerak;
yuza oqimni birinchi mintaqa tashqarisiga chiqarish ta’minlanishi kerak;
daraxtlarni sanitariya maqsadida kesish va ularni parvarish qilishga yo‘l qo‘yiladi.
52. Suv ta’minotining yuza va yer osti manbalari sanitariya muhofazasi zonasi ikkinchi mintaqasi hududida, shuningdek, vodoprovod inshootlari sanitariya-himoya mintaqasi doirasida quyidagilar taqiqlanadi;
hududning notoza narsalar, axlat, go‘ng, sanoat chiqindilari, maishiy oqovalar va boshqalar bilan ifloslanishi;
zaharli dorilar va mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari omborlarini, o‘ra-chuqurlarni, shlam saqlanadigan joylarni va suv ta’minoti manbalarining kimyoviy ifloslanishiga olib keluvchi boshqa inshootlarni joylashtirish;
mollar ko‘miladigan joylarni, qabristonlarni, assenizatsiya va filtrlash dalalarini, sug‘oriladigan dehqonchilik dalalarini, go‘ng saqlanadigan omborxonalarni, silos saqlanadigan chuqurlarni, chorvachilik va parrandachilik korxonalari va fermalarini, suv ta’minoti manbalarining mikrob bilan ifloslanishiga olib keluvchi boshqa inshootlarni joylashtirish;
bevosita toshqin xavfi bo‘lgan davrda, muzlagan yoki qor bilan qoplangan dalaga o‘g‘it sepish, o‘g‘itlarni aviatsiya yordamida sepishda sochilib ketishiga yo‘l qo‘yish;
qum va shag‘al qazib olish, shuningdek, tubni chuqurlash ishlari olib borish;
sanitariya muhofazasi birinchi mintaqasining tashqi chegaralaridan 500 metr masofada mol boqish.
53. Suv ta’minotining yuza va yer osti manbalari sanitariya muhofazasi zonasi uchinchi mintaqasi hududida tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati davlat organlari bilan kelishib amaldagi sanitariya normalari va tabiatni muhofazaga qilish talablariga rioya etgan holda xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
54. Suv olish joylarining sanitariya-himoya mintaqalari zonalarida hojatxonalar, yuvindi o‘ralari, go‘ng saqlanadigan joylar, axlatxonalar hamda tuproq va sizot suvlarning ifloslanishi uchun sharoit yaratuvchi boshqa inshootlar bo‘lmasligi kerak.
Uyumlar hududida, assenizatsiya dalalarida, filtrlash dalalarida, sug‘oriladigan dehqonchilik dalalarida, qabristonlarda, mollar ko‘miladigan joylarda suv olish joylari qurish taqiqlanadi.
55. Mineral suv manbalari, shifobaxsh balchiq konlari, mineral ko‘llarning sanitariya muhofazasi okruglari doirasida tuproq, suv, havoni ifloslantiruvchi, o‘rmonlar va boshqa daraxtzorlarga zarar yetkazuvchi, nurash jarayonlari rivojlanishiga olib keluvchi hamda suvning tabiiy davolash xossalariga va hududning sanitariya ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi barcha ishlar taqiqlanadi.
Sanitariya muhofazasi okruglarida tabiiy davolash vositalarining zarur darajasidagi sanitariya holatini ta’minlovchi, shuningdek, davolanish va dam olish uchun qulay sharoitlar yaratuvchi sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
56. Birinchi zona hududida tabiiy davolash vositalaridan foydalanish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashashlari, inshootlar qurish, kon qazish va yer osti ishlarini bajarish, shuningdek, manbaning tabiiy davolash xossalariga va hududning sanitariya holatiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni qilish taqiqlanadi.
57. Ikkinchi zona hududida aholining davolanishi va dam olishi bilan bog‘liq obyektlar va inshootlar qurish, kurortning rivojlanishi va obodonchiligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan kon ishlari va boshqa ishlarni bajarish, shimuvchi quduqlar qurish, sug‘orish dalalari va yer osti filtrlanish manbalari, mollar ko‘miladigan joylar, qabristonlar, mollar ko‘plab haydab o‘tiladigan joylar barpo etish, o‘simlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash maqsadida zaharli dorilarni qo‘llash, yashil daraxtzorlarni chopib tashlash (o‘rmonni parvarish qilish uchun kesish va sanitariya kesishlaridan tashqari) hamda yer uchastkalari, o‘rmonlar va suv havzalaridan davolash vositalari sifatining yomonlashuviga yoki ularning kamayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa xilda foydalanish taqiqlanadi.
58. Uchinchi zona hududida tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati davlat organlari bilan kelishgan holda tabiiy davolash vositalariga va hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan barcha ish turlariga yo‘l qo‘yiladi.
59. Mahalliy boshqaruv organlari tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati davlat organlarining tavsiyasi bilan mahalliy sanitariya-gigiyena sharoitlarini hisobga olgan holda suv inshootlari suvni muhofaza qilish zonalarida xo‘jalik faoliyatining qo‘shimcha cheklashlarini belgilashlari mumkin.
60. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yoki tabiat davlat organlari loyihalarning foydalanish talablari va zarur ekologik va sanitariya sharoitlariga muvofiq nohiya boshqaruv organlariga takliflar kiritadilar. Agar takliflar zarur darajada hal etilmasa, ular ko‘rib chiqish uchun viloyat boshqaruv organlariga beriladi.
61. Viloyat, nohiya boshqaruv organlari bir oy muddat ichida suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari kabi yirik va murakkab inshootlarda suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligining taklifiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi hamda qaror tegishli viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
62. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun doimiy, nohiya, viloyat, respublika komissiyalari tashkil etiladi. Bu komissiyalar tarkibi, odatda, tabiat muhofazasi organlari, suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati, me’morchilik, yer tuzilishi, shuningdek, komissiyani tuzuvchi organning xohishi bo‘yicha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar vakillaridan iborat bo‘ladi.
Komissiyaga, odatda, nohiya, viloyat, boshqaruv organining rahbarlaridan biri, respublika darajasida esa — respublika Bosh vazirining o‘rinbosari yoki Hukumatning ixtiyori bilan Hukumat a’zolaridan biri boshchilik qiladi.
63. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash yuzasidan takliflarni tayyorlash uchun loyiha tashkilotlari:
melioratsiya va suv xo‘jaligi, suv ta’minoti inshootlarining rivojlanishini hisobga olgan holda, ulardan foydalanish bo‘yicha amaldagi normativlarga, tabiat muhofazasi va yer tuzishning hududiy sxemalari va kompleks dasturlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladilar;
suv inshootlari joylashgan joylarning hamda sizot suvlar sathi pasaygan va ko‘tarilgan zona doirasidagi tutashib ketgan hududning zoogeografik, ov xo‘jaligi, geobotanik, tuproq, o‘rmon xo‘jaligi, gidrogeologik tavsifini o‘rganadilar;
suv ta’minoti akvatoriyasining ixtiologik, baliq xo‘jaligi, gidrogeologik, gidrobiologik, gidrokimyoviy tavsifini o‘rganadilar (suv olish inshooti stvoridan 2 kilometr yuqori va 2 kilometr quyi zona hajmida);
sanitariya-epidemiologik vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdilar va o‘rganadilar;
flora va faunaning alohida qo‘riqlanadigan turlari, suv inshootlari ta’siri zonasida joylashgan tabiat yodgorliklari, qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdilar va o‘rganadilar;
suvning ifloslanishi va bulg‘anishining oldini olish, unumdor yer maydonlarini va hududning mavjud tuzilishini eng ko‘p darajada saqlab qolish, yemirilish jarayonlarini, yerning botqoqlanishini va boshqa zararli ta’sirlarni to‘xtatishni hisobga olgan holda suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash va amaldagi norma hamda qoidalarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganadilar va tekshiradilar;
suvning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi inshootlar ro‘yxatini aniqlaydilar.
64. Suvni muhofaza qilish zonasining chegarasi reja-kartografik asosga tushiriladi hamda uchastka va yer-suvning tartibi hisobga olingan holda umumiy maydon aniqlanadi. Rejalarda suvni muhofaza qilish zonasi va unga tutashib ketgan uchastka chegarasida oldin turli ehtiyojlar uchun ajratilgan barcha uchastkalar chegarasi ko‘rsatiladi.
65. Suvni muhofaza qilish zonasining hajmlarini asoslovchi, inshootning atrof-muhitga ta’siri darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tayyorlanadi. Inshootlarni qurish, suvning holatiga, hududning obodonchiligiga va boshqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, binolar va inshootlarni yopish yoki buzib tashlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi.
66. Suvni muhofaza qilish zonasini belgilash bo‘yicha ma’lumotlar komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Materiallarning komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilishi natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
komissiya tarkibi;
suvni muhofaza qilish zonasiga kiritiluvchi yer uchastkalariga tavsif;
yer uchastkasidagi qurilishlar, inshootlar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, ko‘p yillik daraxtzorlar, ularning balans qiymati;
suvni muhofaza qilish zonasini ma’qullash to‘g‘risida komissiya xulosasi, atrof- muhitni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish bo‘yicha tavsiya etiladigan chora-tadbirlar;
komissiyaning ixtiyoriga ko‘ra boshqa masalalar.
67. Suvni muhofaza qilish zonalarining komissiya tomonidan ma’qullangan chegaralari:
nohiya tashkilotlariga qarashli bo‘lgan magistral kanallar va kollektorlar bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish viloyat qo‘mitasi, sanitariya nazorati nohiya organlari, suv xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi organlari bilan;
viloyat tashkilotlariga qarashli bo‘lgan daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, shuningdek, suv ta’minoti va mineral suv manbalari bo‘yicha, mazkur bandning 4-xatboshida sanab o‘tilgan inshootlardan tashqari, tabiat muhofazasi viloyat qo‘mitasi, davlat nazorati viloyat organlari, suv xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi organlari bilan;
irmog‘i Surxondaryo bilan birga Amudaryo, irmoqlari Qoradaryo, Norin va Chirchiq, Zarafshon bilan birga Sirdaryo, shuningdek, mineral suv manbalari va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan davolash kurortlari va sanatoriylari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi; Sog‘liqni saqlash vazirligi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.
Baliqchilik sanoati ahamiyatiga ega bo‘lgan inshootlarning suvni muhofaza qilish zonalari baliqchilik muhofazasi organlari kelishiladi.
Daryolar, soylar, magistral kanallar va kollektorlar suvni muhofaza qilish zonalari chegaralari shaharlar hududi bo‘yicha qirg‘oqbo‘yi mintaqalari bo‘yicha o‘tganda tegishli me’morchilik organlari bilan kelishiladi.
Mineral suv manbalari va boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan kurortlar va sanatoriy-davolash vositalarining sanitariya muhofazasi okruglari kasaba uyushmalari viloyat organlari bilan, Respublika ahamiyatiga ega bo‘lganlari — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishiladi.
68. Materiallar yuborilgan davlat nazorati, tabiat muhofazasi nazorati organlari, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ularni 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqadilar va o‘zlarining asosli xulosalarini beradilar.
69. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha tasdiqlashga taqdim etiladigan materiallar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
komissiyaning muhofaza zonalarini belgilash to‘g‘risidagi dalolatnomasi;
davlat va boshqa organlarning suvni muhofaza qilish zonalarini kelishganlik to‘g‘risidagi xulosasi;
reja-kartografiya materiali.
70. Suvni muhofaza qilish zonalari:
magistral kanallar, kollektorlar, hamda tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha tuman hokimliklari tomonidan;
daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalari bo‘yicha, mazkur bandning to‘rtinchi xatboshida sanab o‘tilgan obyektlardan tashqari viloyat hokimliklari tomonidan;
Amudaryo, irmog‘i Surxondaryo bilan birga, Sirdaryo, irmoqlari Qoradaryo, Norin va Chirchiq, Zarafshon daryolari bilan birga, viloyatlararo va respublikalararo kanallar va kollektorlar, shuningdek, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan kurortlar va sanatoriylarning mineral suv va boshqa davolash vositalari manbalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Toshkent shahri va viloyat tasarrufidagi shaharlar hududi bo‘yicha o‘tuvchi daryolar, soylar, magistral kanallar va kollektorlarning suvni muhofaza qilish zonalari tegishli hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
71. Suvni muhofaza qilish zonalarining tegishli tartibda tasdiqlangan chegaralari naturada ogohlantiruvchi belgilar bilan ifodalanadi.
72. Bu ishlarni olib borgan loyiha tashkiloti tomonidan suvni muhofaza qilish zonalari tasdiqlangandan keyin ilovaga muvofiq muhofaza qilinadigan hududning pasporti tayyorlanadi. Muhofaza qilinadigan hududning pasportida inshootning nomi, belgilangan zonalar (mintaqalar) va bu zonalarda yerdan foydalanish tartibi ko‘rsatiladi. Pasportga belgilangan zona (mintaqa)lar chegarasi aks ettirilgan grafik material ilova qilinadi.
Pasport mahalliy boshqaruv organi rahbari tomonidan imzolanadi va xo‘jalik faoliyati tartibiga rioya qilinishni nazorat qilish uchun davlat nazorati organlariga va boshqa manfaatdor organlarga yuboriladi.
73. Suv inshootlarining suvni muhofaza qilish zonalarida va ularga tutashib ketuvchi hududlarda suvni ifloslanish, bulg‘anish va tugab qolishdan muhofaza qilishni, shuningdek, suvning holati va tarkibi yaxshilanishini ta’minlovchi quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
texnologik chora-tadbirlar — ular sanoat suv ta’minotining suv aylanishi tizimlari, oqova suvlarni tozalash va zararsizlantirish inshootlari qurilishiga;
oqova suvlar qoldiqlaridan xalq xo‘jaligida foydalangan holda utillashtirishga;
oqova suvlarni tozalash va zararsizlantirish inshootlarining barqaror ishlashini ta’minlovchi sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish inshootlarining texnologik jarayonlarini tashkil etishga;
iflos oqova suvlar hosil bo‘lishini istisno etuvchi texnologik jarayonlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
o‘rmon-meliorativ va agrotexnik chora-tadbirlar — ular suv inshootlari qirg‘oqlarining mustahkamlanishini ta’minlashga, ularni o‘pirilishdan, botqoqqa aylanishdan saqlashga, shuningdek, suv inshootlari oqimining tabiiy rejimi barqarorlashishi va yaxshilanishiga qaratilgan bo‘ladi;
gidrotexnik chora-tadbirlar — ular suvdan foydalanishda qulay sharoitlar yaratishni ta’minlovchi gidrotexnik tizimlar va inshootlar barpo etishga, shuningdek, zarur hollarda daryo va kanallarning o‘zanlarini, hovuz, ko‘llar va suv omborlarining tublarini zararli balchiq va cho‘kindilardan tozalashga qaratilgan bo‘ladi;
sanitariya-texnik chora-tadbirlar — ular suv inshootlariga tashlanadigan oqova suvlarni zararsizlantirish va xavfsizlantirishni ta’minlashga, shuningdek, sanitariya muhofazasiga va xo‘jalik faoliyati yuritiladigan hududni tuzishga qaratilgan bo‘ladi;
tashkiliy chora-tadbirlar suvning holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, binolar va inshootlarni suvni muhofaza qilish zonalaridan ko‘chirishni yoki yopishni nazarda tutadi;
atrof-muhitga qulay ta’sir ko‘rsatish uchun ifloslanuvchi vositalardan foydalanmay ko‘kalamzorlashtirish va daraxt ekish.
74. Yangidan qurilayotgan suv inshootlarining suvni muhofaza qilish zonalarida bu chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari ularni qurish qiymatiga tegishli bo‘ladi.
Mavjud suv inshootlarida suvni muhofaza qilish zonalari belgilanishi munosabati bilan ishlab chiqilayotgan hududning ifloslanishini bartaraf etish bo‘yicha texnologik va sanitariya-texnika chora-tadbirlari ifloslanish manbalari hisoblangan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar mablag‘lari hisobidan bajariladi, ular bu ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortgan taqdirda ularga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy, iqtisodiy va boshqa da’volar qo‘zg‘atiladi.
Gidrotexnik, meliorativ, agrotexnik va tashkiliy chora-tadbirlar tegishli suv inshootlari qarashli bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mablag‘lari hisobidan bajariladi.
75. Yerdan foydalanish rejimiga, xo‘jalik faoliyatiga va mazkur Nizom bilan belgilangan boshqa xatti-harakatlarga rioya etish majburiyati suvni muhofaza qilish zonalarida yerdan foydalanuvchi yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga yuklatiladi.
Belgilangan rejimga rioya etishning davlat nazorati mahalliy boshqaruv organlari, tabiat muhofazasi, sanitariya nazorati davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bevosita inshootlarda zonalar va inshootlarni muhofaza qilishni nazorat qilish va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish suvni muhofaza qilish zonalari bilan birga inshootlarga qarashli bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bajariladi.
Suvni muhofaza qilish rejimiga rioya qilish ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan jamoat nazorati o‘rnatilishi mumkin. | 250 | 46,947 |
Qonunchilik | ShIFOKOR RETSEPTISIZ SOTILADIGAN DORI VOSITALARINING RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2007-yil 25-sentabrdagi 422-son “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1730, 2007-yil 20-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 435-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2008-yil 29-avgustdagi 390-son “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1730-1, 2008-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 388-modda).
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 86 | 1,421 |
Qonunchilik | 1993 YILNING 1 ChORAGIDA XALQ XO‘JALIGI IShLARINING YAKUNLARI VA RESPUBLIKADA O‘TKAZILAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShI TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, respublikada iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarish, bozor elementlarini bosqichma-bosqich joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar hamda iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar xalq xo‘jaligidagi ahvolni yanada normalashtirish, o‘tgan yilning tegishli davriga qaraganda ishlab chiqarish darajasining o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkonini berdi.
Agar umuman 1992-yilda ishlab chiqarilgan milliy daromadning pasayishi 12,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1993-yilning 1 choragida u 4,8 foizni, shu jumladan, mart oyida — 2,6 foizni tashkil etdi. Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish o‘sdi.
Davlat budjetining daromad qismi bajarildi. Uning xarajatlarining yarmidan ko‘pi birinchi navbatdagi ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltirildi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘rtacha ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshdi.
Oziq-ovqat ta’minoti, aholining oziq-ovqatlar va tovarlarning asosiy turlari bilan ta’minlanishi keskin pasayib ketishining oldini olish masalalari ijtimoiy siyosatda markaziy o‘rinda bo‘ldi.
Shu yilning 1 choragida chakana tovar oborotining 47 foizi norma bilan, kuponlar va Jamg‘arma banki cheklari bo‘yicha sotildi. Bularning barchasi va boshqa chora-tadbirlar nisbatan arzon tovarlarning respublika tashqarisiga chiqib ketishi imkoniyatini chekladi.
Shu bilan birga, xalq xo‘jaligidagi ishlar ahvolining yaxshilanishi sust, bu borada bir qancha kamchiliklar bor. Iqtisodiyotdagi barqarorlik va bozor munosabatlarini shakllantirish ishlari katta qiyinchiliklar bilan bormoqda.
Vazirliklar va idoralar, hokimliklar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar zarur darajada tashabbuskorlik va izchillik ko‘rsatmayaptilar, o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning mustaqil yechimini izlamayaptilar.
Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, shuningdek, chorvachilik mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqarishning pasayishi bartaraf etilmadi. Qurilish dasturi mo‘ljallangan ko‘rsatkichlardan orqada qolgan holda bajarilmoqda. Eksportni kengaytirish sohasida jiddiy siljishlar yuz bermadi.
Buxoro viloyatida iqtisodiy ahvol ayniqsa og‘irlashdi. Bu viloyatda mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davrdagiga nisbatan 6,9 foiz kamaydi, 39 korxona yoki har bir ikkinchi korxonada ishlab chiqarish hajmi 1,7 mlrd so‘mga kamayib ketdi. Uy-joylarni foydalanishga topshirish 38 foiz, maktablar 8 foiz qisqardi, aholiga pulli xizmat ko‘rsatish hajmi 2 baravariga kamayib ketdi. Go‘sht, sut va tuxum yetishtirish va tayyorlash ancha kamaydi. Bunday ahvol viloyatning ko‘pchilik tumanlarida, ayniqsa Olot tumanida ham yuz berdi.
Navoiy viloyatida, shuningdek, Xatirchi, G‘o‘zor, Nishon, Shovot va respublikaning boshqa bir qancha tumanlarida ham belgilangan topshiriqlarni bajarish borasida murakkab ahvol yuzaga keldi.
Mazkur viloyat va tumanlarning hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 1992-yildagi xalq xo‘jaligidagi ishlar yakunlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan majlislarida bildirilgan fikrlardan tegishli xulosa chiqarmadilar, bozor munosabatlarini rivojlantirish, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rmadilar.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qayd etilsinki, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash bo‘yicha shu yil uchun mo‘ljallangan tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlashga doir barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rmadilar.
Ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha ishlarning ahvoli davlat va xo‘jalik boshqaruvi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari uchun chuqur tahlil qilish hamda o‘z vaqtida aniq chora-tadbirlar ko‘rish mavzui bo‘lishi kerak.
2. Buxoro viloyatining xokimi o‘rtoq L.S.Yodgorovning e’tibori iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish, viloyat xalq xo‘jaligi tarmoqlariga rahbarlik darajasining pastligiga qaratilsinki, buning natijasida qurilish, sanoat va chorvachilikda belgilangan toshirishlarni bajarish sur’atlarining pasayishiga yo‘l qo‘yilgan.
G‘o‘zor tumani hokimi o‘rtoq Y. Nurullayev, Xatirchi tumani hokimi o‘rtoq T.B. Mamanov, Olot tumani hokimi o‘rtoq G‘.R. Botirov, Shovot tumani hokimi o‘rtoq Y. Xojiyev xalq xo‘jaligi tarmoqlaridagi ishlarning ahvoli va bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ularning shaxsan javobgarligi to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
3. O‘zbekiston Davlat kimyo sanoati konserni (o‘rtoq Mirxo‘jayev) va “O‘zoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konserni (o‘rtoq Hamidov)ning sanoat mahsulotlari va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirish borasidagi ishlari qoniqarsiz ekanligi qayd etilsin.
“O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi (o‘rtoq Usmonov), O‘zbekbirlashuv (o‘rtoq Volkov), Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi (o‘rtoq Giniyatullin)ning, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” (o‘rtoq Mirzayev) va “O‘zbekbaliq” (o‘rtoq Shukurov) konsernlarining, “O‘zdavqishloqxo‘jalikmash” konserni (o‘rtoq Yusupov), Toshkent shahar hokimligi (o‘rtoq Fozilbekov)ning, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi (o‘rtoq Yo‘ldoshev), Andijon viloyati hokimligi (o‘rtoq Obidov), Navoiy viloyati hokimligi (o‘rtoq Aydarqulov), Sirdaryo viloyati hokimligi (o‘rtoq Mahmudov)ning shu yilning 1 choragi yakunlari bo‘yicha va xalq xo‘jaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish borasidagi ishlari yetarli emas deb topilsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari va idoralaridan joriy yilning 1 choragi yakunlarini va ishdagi kamchiliklarni chuqur tahlil qilishni hisobga olib ishlab chiqarish rezervlarini ishga solish va mehnat unumdorligini oshirish, mavjud moddiy-texnika va moliya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rish talab qilinsin, toki shu yilning I yarim yilligi xalq xo‘jaligi ko‘rsatkichlarining albatta bajarilishi ta’minlansin.
5. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalarning rahbarlari joylardagi o‘zlariga qarashli korxonalar va tashkilotlarga rahbarlikni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan yaqin aloqada amalga oshirsinlar, hokimiyatning hududiy organlari esa tegishli hududlarda joylashgan korxona va tashkilotlar faoliyatini ularning yuqori tashkilotlari bilan birgalikda uyg‘unlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
6. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zmaishiyuyushma”, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini va mahalliy sanoat korxonalarini xususiylashtirish ishlarini shu yilning III choragida nihoyasiga yetkazsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ( o‘rtoq Boqiboyev):
Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda shu yilning II choragi va umuman 1993-yilning birinchi yarim yilligi ish yakunlari bo‘yicha davlat budjetini shakllantirish va undan foydalanish bo‘yicha ishlarning ahvolini har tomonlama tahlil qilib chiqsin hamda shu yilning 1-avgustiga qadar budjet va soliq siyosatini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha respublika Hukumatiga axborot tayyorlasin;
subyektlar monopolistik faoliyatining va ular tomonidan bozorda ustunlik mavqeyining suiiste’mol qilinishining oldini olishga qaratilgan qat’iy chora-tadbirlar ko‘rsin, monopoliyachi korxonalar narx-navolarini boshqarishni ta’minlasin.
8. “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi (o‘rtoq, Sharipov) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (o‘rtoq Sultonov), “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (o‘rtoq Hamidov), Markaziy bank (o‘rtoq Mullajonov) xalq xo‘jaligidagi ishlarning ahvolini va hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarning bajarilishini chuqur tahlil qilish asosida bir oy muddatda rubl doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro foydali tovar ayirboshlashni takomillashtirishga, sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari bilan esa erkin almashtiriladigan valyutada o‘zaro hisob-kitob qilishga o‘tishga yoki tovarlarni eksport qilish uchun qayta mo‘ljallashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqsinlar hamda ko‘rib. chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (o‘rtoq Mullajonov) “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘zjamg‘armabank” va boshqa tijorat banklari bilan birgalikda:
ajratilgan markazlashtirilgan kredit resurslaridan va tijorat banklari resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilsin, ularning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlasin. Kreditlar ajratishda xalq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga qat’iy amal qilinsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida ikki hafta muddat ichida yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga va uy-joy qurilishi kooperativlariga kreditlar berish to‘g‘risidagi Nizomni tayyorlasin
10. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (o‘rtoq Obidov), “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (o‘rtoq Murodov):
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida bir oy muddat ichida ish bilan ta’minlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Pensiya jamg‘armasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda iqtisodiyotning-davlat tasarrufida bo‘lmagan sektorida ish bilan band bo‘lgan (yakka tartibdagi mehnat faoliyati va shaxsiy yordamchi xo‘jalikda ish bilan band bo‘lgan fermyerlar, tadbirkorlar kichik biznes vakillari), davlat tasarrufida bo‘lmagan korxonalarda, tashkilotlarda hamda alohida shaxslarda yollanib ishlovchi, shuningdek, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida ishdan bo‘shab qolgan O‘zbekiston fuqarolariga (davlat ijtimoiy kafolatlarini ro‘yobga chiqarishni boshqaruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni yaratishga doir takliflarni shu yilning 1-iyuligacha tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (o‘rtoq Hamidov) shu yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tajribada qabul qilingan uchyot va statistika tizimiga o‘tishning Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” davlat konserni, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” don va sabzavotlarni o‘z vaqtida qabul qilib olish uchun yem-xashak va don o‘rib-yig‘ish texnikasini, meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash hamda qayta ishlash korxonalarini hozirlab qo‘yishni 1993-yilning 1-iyunigacha tugallasinlar. “O‘zdonmahsulot” davlat konserni 1993-yil don hosilini qabul qilishga shu yilning 1-iyuniga qadar boshoqli don ekinlarini, 1-avgustga qadar esa sholi va makkajo‘xori donini tayyorlash uchun don omborlarini va donni tozalash va tashish mexanizmlarini tayyorlab qo‘ysinlar.
13. “O‘zneftgazqazish” davlat-aksionerlik birlashmasi (o‘rtoq Erdashev), “O‘zneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi (o‘rtoq Tovarovskiy) Ko‘kdumaloq va Mingbuloq konlaridagi obyektlarni belgilangan muddatlarda qurish va ishga tushirish yuzasidan puxta chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
“O‘rtaosiyoko‘mir” ishlab chiqarish birlashmasi (o‘rtoq Leleko) shu yilning 1-iyunidan boshlab 1992-yilda erishilganidan kam bo‘lmagan ko‘mir qazib olish va yetkazib berish kunlik sur’atlarini hamda ko‘mir qazib olish chiqindilaridan foydalanishni ta’minlasin.
Mazkur rahbarlar shu haqda ogohlantirib qo‘yilsinlarki, ular respublikaning neft, gaz va ko‘mir sanoatini rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash uchun shaxsan javobgardirlar. Olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida joriy yilning birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
“O‘zistiqbolstat davlat qo‘mitasi (o‘rtoq Hamidov, Moliya vazirligi (o‘rtoq Boqiboyev), “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi (o‘rtoq Sharipov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (o‘rtoq Sultonov) respublikaning neft, gaz va ko‘mir sanoatini rivojlantirish bilan bog‘liq obyektlarini moliyaviy, moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha paydo bo‘luvchi masalalarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqsinlar.
14. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “O‘zsuvqurilish” davlat konserni, “O‘zdehqonchilikqurilish” davlat birlashmasi va shu yilning II choragida quvvatlarni ishga tushirish sur’atlarini pasaytirib yuborgan boshqa qurilish tashkilotlari qoloqlikning o‘rnini to‘ldirishni ta’minlasinlar.
Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi (o‘rtoq G‘aniyev) Markaziy bank bilan birgalikda yilning II choragida investitsiya jarayoni qatnashchilari faoliyatini va ularning qurilish muddatlariga rioya qilishlari uchun moddiy javobgarliklarini rag‘batlantirish mexanizmini joriy etsin.
15. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (o‘rtoq Hamidov), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq Boqiboyev), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (o‘rtoq Sultonov) shu yilning 1-iyuligacha quyidagilarni tashkil etish bo‘yicha takliflarni tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar:
jahon bozorining qaror topgan konyunkturasiga, xorijiy sheriklar faoliyatiga doir axborotlarni to‘plash va tarqatishning davlat tizimi;
vazifasiga davlat prioritetlarini aniqlash, investitsiya siyosatini shakllantirish, potensial investorlarni qidirib topish kirishi kerak bo‘lgan xorijiy investorlar bo‘yicha agentlik.
16. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin. | 138 | 13,946 |
Qonunchilik | Poytaхt hokimiyati tashabbusi shaharliklar tomonidan baholanadi | Toshkent hokimiyati «Mening ovozim» saytini ishga tushirdi, bunda har bir fuqaro ijtimoiy masalalarda oʻz nuqtai nazarini bildira oladi.
mo.tashkent.uz saytida bir nechta boʻlim mavjud: | 63 | 186 |
Qonunchilik | Ekologik audit toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi | 15.03.2021 yildagi «Ekologik audit toʻgʻrisida»gi OʻRQ-678-son Qonunni qabul qilishdan maqsad ekologik audit sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Unda quyidagi tushunchalar qoʻllanilgan:
Ekologik audit iхtiyoriy yoki majburiy shaklda oʻtkazilishi mumkin.
Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish хavfi kam boʻlgan yoki unchalik koʻp boʻlmagan (lokal ta’sirga ega) ekologik audit sub’yektlarining faliyatiga nisbatan ekologik audit buyurtmachining tashabbusi bilan iхtiyoriy tartibda oʻtkaziladi.
Atrof-muhitga yuqori va oʻrtacha ta’sir koʻrsatish хavfiga ega boʻlgan ekologik audit sub’yektlari har yili majburiy ekologik auditdan oʻtkazilishi lozim. Majburiy yillik ekologik audit uning sub’yektining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi butun faoliyatiga nisbatan oʻtkaziladi.
Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish darajasi boʻyicha faoliyat turlarining roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ekologik audit auditorlik tashkiloti va ekologik audit buyurtmachisi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida oʻtkaziladi. Ekologik auditorlik хizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma faqat ekologik auditorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisi mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi.
Milliy ekologik audit standartlari ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir yagona talablarni belgilaydi. Ekologik auditorlik tashkilotlari ekologik auditni oʻtkazish chogʻida shartnomaga muvofiq хalqaro ekologik audit standartlarini qoʻllashi mumkin.
Ekologik audit oʻtkazish yakunlari boʻyicha ekologik audit хulosasi tuziladi.
Ekologik auditorlik tashkilotlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno. Ular davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. Ularga ushbu ekologik auditorlik tashkiloti oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan ekologik auditori rahbar boʻlishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari, shuningdek qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan boshqa shaхslar ekologik auditorlik tashkilotlarining muassislari boʻlishi mumkin emas.
Ekologik auditorlik tashkilotlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.
Ekologik auditorga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ekologik auditor arizada koʻrsatilgan faoliyatni faqat bitta ekologik auditorlik tashkilotida amalga oshirishga haqli.
Ekologik auditorlarni tayyorlash, shuningdek ekologik auditorning malaka sertifikatini berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ekologik auditorlik tashkilotlari va ekologik auditorlarning reyestrlari Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Shuningdek Qonun bilan ekologik auditorlik tashkilotlari, ekologik auditorlar, ekologik audit buyurtmachilari va sub’yektlarining huquq va majburiyatlari, ekologik auditorlik tashkilotining javobgarligi, ekologik audit oʻtkazish chogʻidagi cheklovlar va boshqalar belgilandi.
Hujjat 16.03.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.
Elmira Siraziyeva. | 48 | 3,202 |
Qonunchilik | BADANGA QASDDAN ShIKAST YETKAZIShGA OID IShLAR BO‘YIChA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA | Qasddan badanga turli darajada shikast yetkazish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini muhokama qilib, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarga tushuntirilsinki, badanga shikast yetkazish deganda, inson organlari yoki organizmi to‘qimalari anatomik to‘kisligi yoki ular fiziologik funksiyasining tashqi ta’sir oqibatida buzilishi tushunilmog‘i lozim.
Badanga yetkazilgan shikastning xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 1-iyundagi 153-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini sud-tibbiy aniqlash qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Shu sababli, badanga shikast yetkazilgan har bir holda JPK 173-moddasi birinchi qismining 1-bandi talabiga ko‘ra sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanishi va o‘tkazilishi shart bo‘lib, uning xulosasi sud tomonidan qayd etilgan Qoidalar va ishning boshqa materiallari asosida (JPK 187-moddasi) baholanishi lozim.
2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, badanga shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun ayb shakli, badanga shikast yetkazish motivi, maqsadi va usuli, aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligi, shuningdek ishning to‘g‘ri hal etilishi va aybdorga adolatli jazo belgilanishi uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar batafsil aniqlanishi lozim.
3. Jinoyat kodeksi 104—110-moddalari bo‘yicha javobgarlik aybdorda mazkur moddalar dispozitsiyasida ko‘rsatilgan shikastni boshqa bir odamga huquqqa xilof ravishda yetkazishga nisbatan qasd (to‘g‘ri yoki egri) mavjud bo‘lgandagina kelib chiqadi.
Agar aybdor o‘z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli ekanligini anglasa, jabrlanuvchi badaniga muayyan darajada shikast yetkazishi mumkinligiga ko‘zi yetsa va shuni xohlasa yoinki xohlamasada, bunga ongli ravishda yo‘l qo‘ysa yoki o‘z qilmishidan kelib chiqadigan oqibatlarga befarq qarasa, barcha qilmish aslida kelib chiqqan oqibatlar bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
4. Badanga har qanday og‘irlik darajasida qasddan yetkazilgan shikast uchun javobgarlik aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan, JK 104—110-moddalarida ko‘rsatilgan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Agar mazkur oqibatlar, garchi ular aybdorning huquqqa xilof harakatlari bilan bog‘liq bo‘lsada, biroq organizmning individual xususiyatlari yoki ko‘rsatilgan tibbiy yordam tegishlicha bo‘lmaganligi, jabrlanuvchining unga yetkazilgan ziyon og‘irlashishiga sabab bo‘lgan o‘z harakatlari, aybdorning qasdi bilan qamrab olinmagan boshqa holatlar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, qilmishni Jinoyat kodeksining ko‘rsatilgan moddalari bilan kvalifikatsiya qilish uchun asoslar bo‘lmaydi.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 104, 105, 109-moddalari birinchi qismlarida qayd etilgan badanga yetkaziladigan turli darajadagi shikast belgilari doirasi qat’iydir. Bunda badanga yetkazilgan shikast muayyan darajadagi og‘irlikka taalluqliligini e’tirof etish uchun ulardan bittasi yetarli bo‘ladi. Agar badanga yetkazilgan shikast og‘ir, o‘rtacha og‘ir yoki yengil xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatuvchi bir necha belgi mavjudligi aniqlansa, shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda hamda sud hukmida ularning barchasi bayon etilishi shart.
Aybdorning qasddan qilgan harakatlari oqibatida jabrlanuvchi badaniga og‘ir shikastdan tashqari boshqa og‘irlik darajasidagi shikast yetkazilgan hollarda, qilmishni Jinoyat kodeksining badanga yengilroq darajada shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
6. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 104-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishi deganda, jarrohlik aralashuvisiz bartaraf etib bo‘lmaydigan inson qiyofasiga yoqimsiz, seskantiradigan ko‘rinish beruvchi jarohat (jumladan, mexanik ta’sir, olov, agressiv moddalar va h.k.lar ta’sirida yuz simmetriyasining, mimikaning buzilishi, chuqur chandiqlar, kertiklar paydo bo‘lishi, badanning yara bosishi, burun, lab, quloqning ajratilishi va boshqa nuqsonlar) tushunilishi lozim.
Badan jarohatlarining tuzalmaydigan darajada ekanligini aniqlash sud-tibbiy ekspertiza vakolatiga taalluqli.
Jarohatlarni xunuklashtiruvchi deb topish masalasi tergov organlari va sudning vakolatiga tegishli bo‘lib, u jamiyatda mavjud estetik tasavvurlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda hal etiladi. Bunda mazkur jarohatlarni kiyim, soch turmagi va boshqa yo‘sinda yashirish imkoniyati borligi ularni xunuklashtiruvchi deb topish masalasini hal etishga ta’sir etmasligi lozim.
7. Qilmishni homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayol badaniga qasddan yetkazilgan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast sifatida kvalifikatsiya qilish uchun (JK 104-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi) ayolning homilador ekanligi holati uning badaniga shikast yetkazilgunga qadar aybdorga ma’lum bo‘lgan bo‘lishi lozim.
Bunda qilmishni mazkur belgi bilan kvalifikatsiya qilish uchun homilani tushirishga nisbatan qasd mavjud bo‘lishi, aybdorning harakatlari homilaning tushishiga olib kelmagan hollarda esa, badanga boshqa, tegishlicha, og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilgan bo‘lishi shart. Aks holda, harakatlar, kelib chiqqan oqibatlar bo‘yicha, Jinoyat kodeksining badanga qasddan shikast yetkazish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Agar jabrlanuvchi homilador ekanligini aybdor anglamagan bo‘lsa, uning badanga qasddan yetkazilgan va homilaning tushishiga sabab bo‘lgan shikast faqat aybdorda jabrlanuvchi badaniga og‘ir shikast yetkazishga nisbatan qasd mavjud bo‘lgan holda JK 104-moddasi birinchi qismi bilan, aks holda JK 111-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bilan o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga bunday shaxs tomonidan o‘z xizmat faoliyati yoki fuqarolik burchini bajarishga to‘sqinlik qilish, shuningdek bunday faoliyat uchun o‘ch olish maqsadida qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazgan aybdorning harakatlari kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Fuqarolik burchini bajarish deganda, jumladan, insonning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan majburiyatlarni bajarishga qaratilgan har qanday qonuniy faoliyati tushuniladi.
9. Badanga qasddan yetkazilgan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikastni o‘ta shafqatsizlik bilan yetkazilgan deb tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun aybdorda jabrlanuvchiga bunday shikastni alohida jismoniy yoki ruhiy azob beruvchi usulda yetkazishga nisbatan qasd mavjud bo‘lganligini aniqlash lozim.
O‘ta shafqatsizlik, jumladan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishga sabab bo‘lgan azoblash va qiynashda namoyon bo‘ladi. Bunda azoblash deganda, uzoq vaqt ovqat, suv yoki issiqlikdan mahrum qilish kabi xo‘rlovchi harakatlar, yoxud insonni sog‘liq uchun ziyon yetkazuvchi sharoitga solish yoki unda qoldirish va h.k. tushunilishi lozim. Qiynash deganda, ko‘p marta yoki uzoq vaqt davomida og‘riq yetkazuvchi, jumladan, muttasil do‘pposlash, chimchilash, kesish, o‘tmas yoki o‘tkir-sanchiluvchi (kesuvchi) predmetlar bilan ko‘p sonli, biroq chuqur bo‘lmagan jarohatlar yetkazish, elektr yoki termik omillar orqali ta’sir ko‘rsatish va h.k. bilan bog‘liq harakatlar tushunilishi lozim.
Badanga qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish usulini o‘ta shafqatsizlik xususiyatiga ega deb topish masalasini hal qilish sud-tibbiyot ekspertining emas, tergov organlari va sudlar vakolatiga taalluqli.
Jabrlanuvchi uchun yaqin shaxslar ko‘z o‘ngida uning badaniga qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish holati ham basharti bunda aybdor o‘z harakatlari bilan ularga alohida azob berayotganligini anglagan bo‘lsa, aybdor tomonidan namoyon etilgan o‘ta shafqatsizlik ifodasi sifatida baholanishi lozim. Jabrlanuvchi uchun yaqin shaxslar toifasiga uning yaqin qarindoshlari bilan bir qatorda, u bilan alohida do‘stlik munosabatlarida bo‘lgan shaxslar ham kiritilishi mumkin.
10. Badanga qasddan ommaviy tartibsizliklar jarayonida yetkazilgan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast tegishlicha, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “d” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Agar aybdor tomonidan ommaviy tartibsizliklar jarayonida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishdan tashqari yakson qilish, buzish, o‘t qo‘yish va shu kabi boshqa jinoyatlar sodir qilingan bo‘lsa, uning harakatlari jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
11. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, badanga qasddan tamagirlik niyatida, ayni paytda, bosqinchilik belgilari mavjud bo‘lmagan holda yetkazilgan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining “d” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “e” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
12. Badanga qasddan bezorilik tuyg‘usida yetkazilgan og‘ir shikast JK 104-moddasi ikkinchi qismining “e” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK 277-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Agar aybdor mazkur jinoyatdan tashqari yana bezorilik jinoyati belgilari mavjud boshqa harakatlarni sodir etgan bo‘lsa, qilmish JK 104-moddasi ikkinchi qismining “e” bandi va 277-moddasining tegishli qismida ko‘rsatilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
13. Badanga qasddan yetkazilgan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikastni millatlararo yoki irqiy adovat zamirida yetkazilgan (JK 104-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi bo‘yicha) deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdor tomonidan bunday harakatlar boshqa motivlarda (masalan, muayyan jabrlanuvchiga nisbatan rashk, o‘ch olish, shaxsiy kelishmovchilik munosabati tufayli) emas, balki aynan ushbu bandda nazarda tutilgan motivda sodir etilganligi aniqlanishi lozim.
14. Jabrlanuvchiga nisbatan diniy taassublar zamirida uning diniy e’tiqodi munosabati bilan, aksariyat hollarda, muayyan diniy konfessiya sha’ni va obro‘sini kamsitish, diniy adovat yoki ixtilof qo‘zg‘atish maqsadida qasddan yetkazilgan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
15. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, jabrlanuvchi badaniga uning organlari yoki to‘qimalarini qonunsiz olish paytida yetkazilgan og‘ir shikast ham transplantatsiya maqsadida uni o‘z organlari yoki to‘qimalarini berishga majburlash paytida yetkazilgan og‘ir shikast ham JK 104-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda aybdorning harakatlari natijasida kishi organi yoki to‘qimasi olingan bo‘lishi shart bo‘lmay, unda transplantat olish maqsadi borligi aniqlanishining o‘zi kifoya.
16. Badanga qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazgan bir guruh shaxslarning harakatlari, oldindan til biriktirilgan yoki biriktirilmaganligidan qat’i nazar, tegishlicha, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “k” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Bunda badanga qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast bir guruh shaxslar tomonidan yetkazilgan deb topish uchun ikki va undan ortiq shaxs bunday shikast yetkazish maqsadida birgalikda harakat qilib, uni sodir etishda ham ijrochi sifatida qatnashgan bo‘lishi kerak. Biroq, badanga shikast ulardan har biri tomonidan yetkazilgan bo‘lishi shart emas (masalan, guruh ishtirokchilaridan biri jabrlanuvchining qarshiligini bostirsa, ayni paytda boshqasi unga jarohat yetkazadi). Badanga og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishga qaratilgan harakatlar bir shaxs tomonidan sodir etilish jarayonida unga boshqa shaxslar shu maqsadda kelib qo‘shilganda ham bunday jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topilishi kerak.
17. Ikki va undan ortiq shaxs badaniga qasddan yetkazilgan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast, basharti aybdorning harakatlari yagona qasd bilan qamrab olingan va odatda, uzluksiz bir vaqtning o‘zida yoki juda qisqa vaqt ichida sodir etilgan bo‘lsa, JK 104-moddasi uchinchi qismining “a” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
18. Qasddan badanga ikki va undan ortiq marta, uni sodir etishga yagona qasd mavjud bo‘lmagan holda va odatda turli vaqtda og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, tegishlicha, JK 104-moddasi uchinchi qismining “b” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “k” bandi bilan takroriylik belgisi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Qasddan badanga yetkazilgan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikastni, tegishlicha, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdor jinoyatning ijrochisi yoki boshqa turdagi ishtirokchisi ekanligi ahamiyat kasb etmaydi.
Ayni paytda, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, aybdor tomonidan muqaddam boshqa jinoyat sodir etilgan bo‘lib, uning tarkibiy qismini qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish tashkil etilganligi (masalan, shaxs muqaddam bosqinchilik, terrorizm, bezorilik, harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish va h.k. jinoyatlarni sodir etgan bo‘lsa) qilmishni JK 104-moddasi uchinchi qismining “b” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “k” bandi bilan takroriylik belgisi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Ishtirokchilikda badanga qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilganda, takroriylik sifatidagi kvalifikatsiya belgisi, faqat, ushbu belgiga loyiq aybdorga nisbatan qo‘llanilib, boshqa ishtirokchilarga nisbatan qo‘llanilishi istisno etiladi.
19. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, jabrlanuvchi badaniga uning o‘lishiga sabab bo‘lgan og‘ir shikast yetkazilishi, faqat aybdorda og‘ir shikast yetkazishga nisbatan qasd va o‘lim kelib chiqishi tariqasidagi oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik ko‘rinishidagi ayb mavjud bo‘lgandagina JK 104-moddasi uchinchi qismining “d” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda, qilmishni shu taqlid kvalifikatsiya qilish uchun badanga yetkazilgan og‘ir shikast bilan kelib chiqqan o‘lim o‘rtasida sababiy bog‘lanish borligi aniqlanishi shart.
Kelib chiqqan o‘limga nisbatan ehtiyotsizlik ko‘rinishidagi ayb, jumladan aybdor tomonidan o‘ldirib qo‘yish ehtimoli anglanganligidan dalolat bermaydigan usul yoki qurol bilan yoxud hayotiy muhim bo‘lmagan organlariga yetkazilganligida va shunga o‘xshash boshqa holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
20. Sudlar badanga qasddan yetkazilgan va jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan og‘ir shikastni ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirishdan farqlashlari lozim. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirishda aybdorda jabrlanuvchi badaniga og‘ir shikast yetkazishga nisbatan ham, uni o‘ldirib qo‘yishga nisbatan ham qasd bo‘lmasligi taqozo etilsa, jabrlanuvchi badaniga uning o‘lishiga sabab bo‘lgan og‘ir shikast yetkazilganda esa, shaxsning qasdi jabrlanuvchiga shunday shikast yetkazishga qaratilgan bo‘ladi.
21. JK 104-moddasi ikkinchi yoki uchinchi qismlari, 105-moddasi ikkinchi qismining ikki va undan ortiq bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lgan holda badanga qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish ushbu bandlarning barchasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday hollarda jazo bir necha kvalifikatsiya belgisi mavjudligi hisobga olingan holda tayinlanishi lozim.
Aybdorning harakatlarida JK 104-moddasining ham ikkinchi ham uchinchi qismlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lgan hollarda, barcha qilmish JK 104-moddasining uchinchi qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim bo‘lib, biroq shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etish to‘g‘risidagi qarorda va hukmda barcha kvalifikatsiya belgilari ko‘rsatilishi shart.
Ayblanuvchiga, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi yoki uchinchi qismlari, 105-moddasi ikkinchi qismining ikki va undan ortiq bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lgan holda badanga qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganligi yuzasidan ayb qo‘yilib, biroq ulardan ayrimlari o‘z tasdig‘ini topmasa, hukmning tavsif qismida u yoki bu bandlar bo‘yicha ayblov asossiz deb topilganligi to‘g‘risida motivlar keltirilib, xulosa qilinishining o‘zi yetarli.
22. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, agar aybdor qo‘llagan zo‘rlik jabrlanuvchini do‘pposlash, uning badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishga sabab bo‘lsa, jabrlanuvchi badaniga og‘ir shikast (yoki jabrlanuvchining o‘limi) aybdorning aybi bilan qamrab olinmagan holatlar bo‘yicha (masalan, zarbadan so‘ng yiqilish natijasida) kelib chiqqan bo‘lsa, aybdor oqibatiga ko‘zi yetmagan, biroq ko‘zi yetishi shart va mumkin bo‘lgan yoxud ko‘zi yetsada, yetarli asoslarsiz uning oldini olishni mo‘ljallab qilgan harakatlari natijasida kelib chiqqan oqibatlar JK 111 yoki 102-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday paytda badanga qasddan yetkazilgan shikastlar alohida yuridik baholanishi lozim. Bunday harakatlarda jinoiy jazoga sazovor qilmish belgilari mavjud bo‘lsa javobgarlik jinoyatlar majmui bo‘yicha kelib chiqadi.
Agar zo‘rlik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazilgan bo‘lib, jabrlanuvchining aybdor ehtiyotsizlik shaklida subyektiv munosabat bildirgan o‘limi olingan jarohatlar, masalan, yiqilish oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, qilmish qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish va ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish jinoyatlari majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
23. Sudlarga tushuntirilsinki, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, hatto JK 104-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan aybni og‘irlashtiruvchi belgilar mavjud bo‘lgan taqdirda ham tegishlicha JK 104, 105-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bunday harakatlar, jumladan, ular ehtiyotsizlik orqasida o‘limga sabab bo‘lgan holda ham tegishlicha JK 106, 107, 108-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
24. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, badanga qasddan, sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga sabab bo‘lmagan darajada yengil shikast yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Badanga qasddan bunday shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik, faqat u shunday qilmish uchun shaxsga nisbatan ma’muriy jazo ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ijro qilingan kundan boshlab bir yil ichida takroran sodir etilgan (JK 109-moddasining birinchi qismi) yoki sog‘liqning qisqa vaqt davomida yomonlashuviga sabab bo‘lgan (JK 109-moddasining ikkinchi qismi) holdagina kelib chiqadi.
25. Aybdorning harakatlarini JK 110-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun do‘pposlash yoki qiynash xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa harakatlar qasddan, muttasil, ya’ni jabrlanuvchiga jismoniy yoki ruhiy azob berish maqsadida yagona qasd bilan qamrab olingan va kamida uch marta sodir etilganligi aniqlanishi lozim.
Qiynash jarayonida badanga yengil shikast yetkazish (u sog‘liqning yomonlashuviga olib kelgan-kelmaganligidan qat’i nazar) JK 110-moddasi bilan qamrab olinadi va JK 109-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
Agar qiynash jarayonida badanga og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilgan bo‘lsa qilmishni, bunday jarohat yetkazishga nisbatan qasd mavjud bo‘lgan taqdirda, JK 104 yoki 105-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish lozim bo‘lib, uni JK 110-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
26. Mazkur toifa ishlar bo‘yicha jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni undirish masalasini hal etish chog‘ida sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 26-sonli qarorida mavjud tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. | 81 | 20,636 |
Qonunchilik | “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respub | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,074 |
Qonunchilik | 2000-yilda ekinlarning o‘sish davrida Norin-Sirdaryo havzasi suv resurslaridan samarali foydalanishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida | Keyingi yillarda suv resurslaridan isrofgarchilik bilan foydalanish sug‘orish suvlarini ishlatishning ko‘payishiga olib keldi. Masalan, ekinlarning o‘sish davrida norma bo‘yicha 1 gektar hisobiga mo‘ljallangan 8,0 — 8,5 ming kub metr o‘rniga amalda 12,0 — 13,0 ming kub metr suv sarflanmoqda. Natijada ko‘pgina mintaqalarda yerlarning meliorativ holati yomonlashmoqda va botqoqlanish hollari yuz bermoqda, shuningdek tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi pasaymoqda.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirish bo‘yicha agrotexnika tadbirlari ba’zan yuqori sug‘orish normasi bilan tez-tez sug‘orishlardan iborat bo‘lib qolmoqda, natijada moddiy xarajatlar va tegishli ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi oshmoqda. Bunday hollar Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida kuzatilmoqda.
Norin-Sirdaryo havzasi suv resurslaridan samarali foydalanish va 2000-yilda ekinlarning o‘sish davridagi sug‘orishlarni me’yorida o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi organlari, shirkatlar, kooperativlar, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv xo‘jaligi tashkilotlarining suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
2. Viloyatlar, kanallar tizimlari bo‘yicha suv iste’moli limitlari va qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga ichki suv resurslarini qo‘shimcha ravishda jalb qilishga doir tadbirlar 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hokimliklari:
suv iste’molining belgilangan limitlariga qat’iy rioya qilinishini, suv resurslaridan oqilona foydalanilishini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirishda tuproqda nam saqlanishiga ko‘maklashuvchi agrotexnika tadbirlar kompleksi o‘z vaqtida o‘tkazilishini, zaruriyat bo‘lganda, xo‘jaliklararo suv oborotlari joriy etilishini ta’minlasinlar, sug‘oriladigan suvning behuda oqizilishiga yo‘l qo‘ymasinlar;
tuproqda nam to‘plash, ko‘p yillik o‘simliklarni sug‘orish va sho‘r yuvishni o‘z vaqtida, sifatli tugallash uchun qishki bo‘sh suv oqimlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
har bir viloyatda sug‘orish suvlarini nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha maxsus guruhlar tuzsinlar, suvdan foydalanish intizomini buzganlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlikka tortsinlar;
har bir suvdan foydalanuvchi bilan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish to‘g‘risida” 1993-yil 3-avgustdagi 385-son qaroriga muvofiq suvdan foydalanish yuzasidan shartnomalar tuzilishini ta’minlasinlar va ularning bajarilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sish davrida ularning qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik va mo‘l hosil olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda davlatlararo Qayroqqum suv omborini (Tojikiston Respublikasi bilan kelishuv bo‘yicha), shuningdek respublikamizdagi Andijon, Karkidon, Kosonsoy va boshqa suv omborlarini to‘ldirish hamda ularning suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
5. 2000-yilda To‘qtag‘ul suv ombori suv resurslarini saqlash va ekinlarni o‘sish davrida sug‘orishni ta’minlash maqsadida:
Energetika va elektrlashtirish vazirligi To‘qtag‘ul suv omboridan qo‘shimcha suv o‘tkazish hisobiga yoz davrida Norin GES kaskadi ishlab chiqargan elektr quvvatini 3-ilovaga* muvofiq O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimiga olishni ta’minlasin;
olingan elektr quvvati qiymatini “Qirg‘iz energo” AJning 11,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi 1999-yilgi qarzi hamda joriy yilning qish-bahor davrida Qirg‘iziston Respublikasi bilan kelishilgan holda yetkazib beriladigan 152 mln. kub metr hajmidagi tabiiy gaz hisobiga kompensatsiya qilsin.
6. 2000-yilda ekinlarning o‘sish davrida suv resurslaridan foydalanish masalalarini nazorat qilish va tartibga solib borish bo‘yicha 4-ilovaga* muvofiq tarkibda respublika komissiyasi tuzilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin. | 159 | 4,331 |
Qonunchilik | Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, eksportni oshirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Biroq, bugungi kunda tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi, aholi o‘sishi hamda boshqa inson ta’siri bilan bog‘liq omillar suvni ko‘p iste’mol qiladigan ekinlarni yetishtirishga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Respublikada sholi yetishtirish, saqlash, qayta ishlashning uzluksiz va samarali tizimini takomillashtirish, ichki iste’mol bozorini guruch mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash maqsadida:
1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining sholichilik klastyerlari yoki sholi ekishga ruxsat etilgan mintaqalarda sholi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bazasida elita urug‘chilik xo‘jaliklari (keyingi o‘rinlarda — Urug‘chilik xo‘jaliklari)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda:
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DK Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Urug‘chilik xo‘jaliklarida avlodli urug‘lik ko‘paytirish tizimini yo‘lga qo‘yadi;
Urug‘chilik xo‘jaliklari yuqori avlodli urug‘liklarni karantin nazoratidan o‘tkazilgan xorijiy kompaniyalardan yoki Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutidan oladi va ko‘paytirishni tashkil etadi;
sholining elita va avlodli urug‘chiligini yetishtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer maydonlari ajratiladi;
ekilgan urug‘lik sholi maydonlari belgilangan tartibda aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkaziladi va sertifikat olinadi;
Urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan urug‘lik sholini tozalash, saralash va qadoqlash ishlari amalga oshiriladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq hududlarda Urug‘chilik xo‘jaliklarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga asosan 2021-yil 1-iyundan boshlab urug‘lik sholiga muvofiqlik sertifikatini berish, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
3. Innovatsion rivojlanish vazirligi, istisno tariqasida, 2021-yil 1-fevraldan boshlab ilmiy-texnik dasturlar doirasida sholi seleksiyasi, yetishtirish agrotexnikasi va urug‘chilik tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq 5 yilgacha maqsadli loyihalar tanlovini e’lon qilsin. Bunda, seleksiya yo‘nalishida amalga oshiriladigan fundamental va amaliy loyihalar avval bajarilgan loyihalarning mantiqiy davomi ekanligi inobatga olinsin va uzluksiz davom ettirilishi ta’minlansin.
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) va Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev) bilan birgalikda:
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos sholini almashlab ekish dasturini tuzish va ekin maydonlarining hisobini olib borish hamda Urug‘chilik xo‘jaliklarida navbatlab ekish tizimini yo‘lga qo‘ysin. Bunda, bir dalada 2 yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi;
Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini o‘rganib, xorijdan sholining yuqori hosilli navlari urug‘larini olib kelish hamda ularni mahalliy sharoitda ko‘paytirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirsin. Bunda, ushbu amaliyot tajriba-sinov natijalariga ko‘ra respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etish choralari ko‘riladi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash maqsadida:
2021-yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida ko‘chatlab ekish, kamida 50 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, kamida 30 foizida sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish;
2022-yilda jami sholi maydonlarining kamida 40 foizida ko‘chatlab ekish, kamida 70 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, kamida 50 foizida sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda mazkur takliflarni to‘liq joriy etish hamda 2023-yildan boshlab yanada kengaytirish choralarini ko‘rsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev), Xorazm viloyati hokimligi (F.U. Ermanov) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) hamda Fanlar Akademiyasi (B.S. Yuldashev) bilan birgalikda 2021-yil sholi ekish mavsumi davomida, eksperiment tariqasida, tegishli hududlarda:
500 gektardan maydonda zovur suvlaridan foydalangan holda sholi yetishtirishni;
50 gektardan maydonda an’anaviy sug‘orish usulini qo‘llagan holda, ammo tunda suv bermaslik usulida sholi yetishtirishni;
20 gektardan maydonda yomg‘irlatib sug‘orish usulida hamda 20 gektardan maydonda tuproqosti tomchilatib sug‘orish usulida sholi yetishtirishni yo‘lga qo‘ysin.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi eksperiment natijalari bo‘yicha batafsil hisobotni hamda 2022-yilda mazkur ekish va sug‘orish texnologiyalarini keng qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini 2021-yil 1-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Belgilansinki, 2021-yil 31-dekabrga qadar sholi yetishtirishda sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarga sotib olingan urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizigacha Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandga muvofiq uskunalar qiymatining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Sholi yetishtirish va qayta ishlash maqsadida, xorijdan olib kelinadigan sholi nav va duragay urug‘liklari, laboratoriya jihoz va uskunalari, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari, don quritish uskunalari hamda butlovchi qismlari 2023-yil 1-yanvarga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga muvofiq bojxona bojidan ozod qilinsin.
9. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil hosili uchun sholi yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi ilmiy muassasalarda 2021-yil hosili uchun sholi navlarini joylashtirish va superelita urug‘lik sholi yetishtirish hajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekistonda sholichilikni rivojlantirish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini hamda Dasturning ijrosini ta’minlasin.
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshqulov) bilan birgalikda:
bir oy muddatda Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida sholichilik yo‘nalishida qabul kvotasini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
2021-yil 1-iyunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialini hamda Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik yo‘nalishida qo‘shma fakultet tashkil qilish choralarini ko‘rsin;
ikki oy muddatda dunyoning sholichilikka ixtisoslashgan markazlarida (Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Filippin va boshqalar) yosh kadrlar va mutaxassislarning xorijiy grantlar asosida malakasini oshirishga yuborish bo‘yicha choralarni belgilasin.
11. Mazkur qarorda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga o‘z vaqtida erishish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, bu borada samarali nazorat tizimini o‘rnatish maqsadida:
a) Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D.F. Raximov):
mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq yer maydonlarida sholi ekilishi, uning urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it hamda suv bilan ta’minlash tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini joyiga chiqqan holda o‘rganib borsin;
mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan sholi maydonlarida ko‘chatlab ekish, lazer uskunasi yordamida yer tekislash hamda sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish tizimlarini joriy qilinishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin;
respublika hududlarida ro‘yxatga olinmagan sholi yetishtirish holatlarini aniqlab, ularni qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish choralarini ko‘rsin;
mazkur qaror talablariga qat’iy rioya etilishini hamda uni buzgan aybdorlarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlasin;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (M.I. Ro‘zmetov), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K. Umarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Q.A. Yuldashev) uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida mazkur qarorga muvofiq sholi ekinlarini joylashtirish, navbatlab ekishni tashkil etish, shuningdek noqonuniy sholi maydonlarini aniqlashga ko‘maklashsin;
v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov), Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin;
g) Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev:
ikki hafta muddatda mazkur qaror doirasida 2021-yil hosili uchun sholi yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari kesimida manzilli ro‘yxatni tasdiqlasin;
respublika hududlarida, mazkur qaror talablari bo‘yicha sholi yetishtirishni ko‘paytirish hamda urug‘, mineral o‘g‘it, suv va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish choralarini ko‘rsin.
12. Xorazm viloyat hokimligi (F.U. Ermanov) 2021-yil 1-iyulga qadar:
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialiga Gurlan tumani Chinobod MMTP hududidagi bo‘sh yer maydonida ma’muriy laboratoriya binosini qurish hamda zarur bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari, laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash mahalliy budjet daromadlari rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan amalga oshirilishi choralarini ko‘rsin;
Gurlan tumanidan 200 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev):
a) Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining hisob-kitoblariga asosan sholi urug‘ligini saralash uchun zamonaviy kichik hajmdagi saralash va qadoqlash sexlarini tashkil etish, laboratoriya jihozlari, qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari bilan ta’minlash uchun Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan mablag‘laridan ajratilishini ta’minlasin;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish uchun Urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlash tartibini;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib borilsin. | 71 | 12,448 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “YaRMARKA SAVDOSINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2002 YIL 13 NOYaBRDAGI 391-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 1, 3 va 4-ilovalarga qisman o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
“O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining nooziq-ovqat tovarlar boshqarmasi boshlig‘i S.L. Xojiberganov Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashining kotibi etib tasdiqlansin, M.R. Azamatov bu vazifadan ozod qilinsin;
“O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining oziq-ovqat tovarlari boshqarmasi boshlig‘i N.T. Ahmadjonov Oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha yarmarka qo‘mitasining kotibi etib tasdiqlansin, M.M. Hakimov bu vazifadan ozod qilinsin;
“O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining nooziq-ovqat tovarlar boshqarmasining yetakchi mutaxassisi R.Sh. Abdullayev Yengil sanoat tovarlari bo‘yicha yarmarka qo‘mitasining kotibi etib tasdiqlansin, S.S. Azizov bu vazifadan ozod qilinsin. | 203 | 1,221 |
Qonunchilik | Onlayn-NKM qachon ish boshlaydi? | Oʻzbekistonda fiskal хotirali onlayn-nazorat-kassa mashinalarini joriy qilishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Yangi tizim qachon ish boshlaydi? Qanday NKMlar qoʻllaniladi? Muхbirimiz tadbirkorlar va iste’molchilarni qiziqtirayotgan savollarga javob topishga urinib koʻrdi.
Ishlar qanday ketyapti…
Ayni paytda bu savollarga aniq javob yoʻq. Nazorat-kassa mashinalarini joriy qilish ishlari Prezidentning quyidagi ikkita qarori doirasida olib borilmoqda:
PQ-3300-son qarorga muvofiq 2018 yilning 1 iyulidan Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida majburiy tarzda onlayn-NKMlarga oʻtiladi. 2018 yilning 1 dekabridan boshlab barcha yuridik va jismoniy shaхslar aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn-NKMni qoʻllagan holda amalga oshiradi.
PQ-3673-son qaroriga muvofiq 2018 yilning 1 iyuliga qadar loyihani moliyalashtirish boʻyicha takliflar kiritilishi lozim. 2018 yilning 1 avgustiga qadar loyihaning teхnik topshiriqlari va teхnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish ta’minlanadi. 2018 yil 1 noyabrga qadar Toshkent shahrida byudjet mablagʻlari hisobidan onlayn-NKMni joriy qilish va birinchi marta ishga tushirish ta’minlanadi.
Ikkinchi variant haqiqatga yaqinroq boʻlsa kerak, negaki onlayn-NKMlarni joriy qilish infratuzilmasi hali ishlab chiqilmagan. Buning ustiga PQ-3300-son qaror toʻliq yoki qisman bekor qilinmagan hamda hujjatga hech qanday oʻzgartirishlar kiritilmagan.
Vaziyat shundayki, deyarli ikki haftadan keyin soliqchilar tadbirkorlarga onlayn emas, oflayn-NKMni qoʻllash dalili boʻyicha da’vo kiritishga haqlidirlar. Ularni 2018 yilning yanvaridayoq onlayn-NKMlarni zudlik bilan хarid qilish zarurligi haqida tilхat olib, хabardor qilishgan edi. Lekin soliqchilar apparatlar qanday boʻlishi haqida koʻrsatma berishmagan. Buning sababi ularning oʻzlari ham hozirgacha qanday onlayn-mashinalar qoʻllanilishidan beхabar. Bu vaziyatdan foydalanib, ayrimlar reyestrda boʻlmagan nazorat-kassa mashinalarini sotishyapti. Ya’ni, mamlakatda qoʻllanilishi gʻayriqonuniy hisoblangan mashinalar sotilmoqda. Bu mashinalarni sotib olayotganlarni aybdor deb boʻlmaydi, chunki ular huquqiy va teхnik jihatlarning hammasidan хabardor emaslar.
Gʻayriqonuniy sotuvlar haqida хabarlar tarqaldi. Koʻpchilik tadbirkorlar hammasi aniq boʻlmaguncha onlayn-mashinalarni sotib olishni toʻхtatishdi.
Noaniqlik NKMning barcha turlari boʻyicha defitsitni yuzaga keltirdi. Oflayn-apparatlar haqidagi eslatmalar davlat standartlaridan olib tashlandi, onlayn mashinalar reyestri hali tuzilmagan.
Nazorat-kassa mashinalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarning ahvoli unchalik yaхshi emas. Qanday apparatlar kerakligi aniq boʻlmaganligi tufayli biznes toʻхtab qolmoqda.
Qanday yoʻl tutish kerak
Yuzaga kelgan vaziyatni qanday hal etish kerak? Qanday nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilishi haqidagi savollarga kim va qachon javob beradi. Sogʻlom fikrdan kelib chiqiladigan boʻlsa, bu savollarga javob topish uchun davlat quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Bu yoʻl orqali qoʻllaniladigan nazorat-kassa mashinalarining teхnik parametrlari va vazifalari haqida aniq tasavvur hosil qilish mumkin boʻladi.
Amaliyotda nimalarga erishildi? PQ-3300-son qarorda belgilangan muddatlarga koʻra, birinchi navbatda, standartni ishlab chiqish ishlari boshlab yuborildi. Boshlangʻich ma’lumotlarga ega boʻlmay, hujjatda qanday normativlar qayd etilishi haqida tasavvurga ega boʻlmay turib, hujjatni ishlab chiqishga kirishildi. Buni ham mayli deylik. Qarorga muvofiq onlayn-nazorat-kassa mashinalari standarti ishlab chiqilishi kerak edi. Buning oʻrniga oflayn-NKMlarning amaldagi 1903:2010 standartiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Oхir-oqibatda oflayn-NKMlarga standart mavjud emas. Buning salbiy tomoni shundaki, yaqin yillarda olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida onlayn-teхnika muvaffaqiyatli joriy etilgan taqdirda ham, oflayn mashinalarga teng kela olmaydi. Bunda amalda onlayn-tizimlarni joriy qilish uchun tasdiqlangan standartga sertifikatlanadigan onlayn-NKMlarning teхnik tavsiflari va funksionali boʻyicha muhim tuzatishlar kiritish talab etiladi.
Onlayn-mashinalarni joriy qilishda bosib oʻtilgan bosqichdagi muhim dalillardan yana birini aytib oʻtamiz. 2018 yil aprelda Soliq qoʻmitasi tomonidan konferensiya oʻtkazildi, unda ishtirokchilarga onlayn-NKMlarni joriy qilish tajribasi haqida soʻzlab berildi. Tadbir matbuotda keng yoritildi, bu haqda e’lon Davlat soliq qoʻmitasi saytida joylashtirildi. Mazkur tajribada barcha fiskal ma’lumotlar «FISKAL MA'LUMOTLAR OPERATORI» MChJ serveriga kelishi kerak…
Shunday savol tugʻiladi: konferensiyada aytib oʻtilgan tajribani PQ-3300-son qaror talablariga muvofiq keladi deb e’tirof etsa boʻladimi? Qarorga muvofiq tajribada Davlat soliq qoʻmitasi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayinlangan fiskal ma’lumotlar operatori ishtirok etishi kerak edi. Bu normani amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida fiskal ma’lumotlar operatori faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi, unga muvofiq «Oʻzbektelekom» AK va «Online Technologies Systems» XK MChJ tomonidan qoʻshma korхona ta’sis etilishi kerak edi. Bu korхona zimmasiga davlat tomonidan belgilangan fiskal ma’lumotlar operatori rolini bajarish yuklangan edi. Biroq Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinmadi.
Onlayn-kassa mashinalari bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlish uchun faol harakat qilayotgan boshqa korхonalar ham bor. Xususan, Sputnik Oʻzbekiston saytidagi «Oʻzbekistonda naqdlashtirishga qarshi kurashish maqsadida kassa mashinalari ishlab chiqarila boshlandi» degan maqolada My Air Group IT Service faoliyati toʻgʻrisida soʻz boradi. Ularning apparatlari Toshkent va Nukus tadbirkorlariga sotilgan edi, keyin negadir savdo toʻхtab qoldi. Mohiyatan, bu ish notoʻgʻri ekanligini tushunib yetishgan boʻlsa kerak. Shu paytgacha ma’lumotlarni shifrlash va ularni fiskal ma’lumotlar operatoriga uzatish uchun foydalaniladigan bayonnomalar chop etilmagan. Bu ma’lumotlarsiz na ishlab chiqarishni boshlab boʻladi, na onlayn-tizimda talabgir boʻlgan apparatlarni olib kirib boʻladi.
2-urinish
Aslini olganda, PQ-3673-son qaror chiqishi bilan nazorat-kassa mashinalarini joriy qilishning barcha bosqichlaridan oʻtish taqozo etiladi. Loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqilmoqda, teхnik topshiriqlar va teхnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash hamda ekspertizadan oʻtkazish ishlari olib borilmoqda. PQ-3673-son qarordagi muhim yangiliklardan yana biri nazorat-kassa mashinalarini joriy qilishning butun jarayoni uchun Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi javobgar boʻladi.
PQ-3673-son qarorning ijrosi PQ-3300-son qaror ijrosi davomida toʻplangan tajribani hisobga olgan holda amalga oshirilishini hamda onlayn-nazorat-kassa mashinalarini joriy qilish jarayoni optimal tarzda oʻtishini hamda mamlakatda tadbirkorlik va ijtimoiy sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmasligini istardik.
Onlayn-NKMlarni joriy qilish davridan oʻtgan boshqa mamlakatlarning tajribalarini ham hisobga olish maqsadga muvofiq boʻladi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oleg Gayevoy. | 32 | 7,222 |
Qonunchilik | FHDYo sohasida javobgarlik holatlari kengaytirildi | MJTKning 230-«Fuqarolik holati aktlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish» moddasiga yangi tarkibdagi huquqbuzarliklar kiritildi (22.01.2020 yildagi OʻRQ-603-son).
Ushbu modda doirasida quyidagi holatlarda BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha miqdordagi jarimalar solinishi nazarda tutilgan:
Tuzatishlar «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 23.01.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 50 | 396 |
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni sifatli va arzon texnika bilan ta’minlash, ularga o‘z vaqtida servis xizmati ko‘rsatish hamda raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirishga bozor mexanizmini keng tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi korxonalari samaradorligini oshirish hamda ularni zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qishloq xo‘jaligi texnikasi — qishloq xo‘jaligi ishlarini bajaradigan va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mashina va uskuna, o‘ziyurar mashina, traktor, traktor tirkamasi, yarim tirkamasi va osma texnikalar;
qarz oluvchi — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlari hamda mexanizatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
subsidiya — qarz oluvchi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda ularning foiz xarajatlarini tijorat banklari yoki lizing tashkilotlari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismini qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) pul mablag‘lari;
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun ajratilgan kredit va lizing bo‘yicha hisoblangan foizini qisman qoplab berish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni Jamg‘armaga ajratadi.
Bunda xarajatlarni qoplashning ushbu miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasining o‘zgarishiga qarab Moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin;
tijorat banklarida resurslar taqchilligi yuzaga kelganda qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olishga kreditlar ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga belgilangan tartibda joylashtiradi.
4. Ushbu Nizom talablari Nizom kuchga kirgunga qadar qishloq xo‘jalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalarga hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etilmaydi.
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga qishloq xo‘jalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratilgan lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya ajratish mazkur Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Qarz oluvchiga lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikasining foiz to‘lovini qisman qoplab berish uchun subsidiya ushbu Nizom talablari asosida lizing tashkiloti, tijorat banki va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq ajratiladi.
Subsidiya miqdori qarz oluvchi va lizing tashkiloti yoki tijorat banki o‘rtasida tuziladigan shartnoma shartlarida aks ettirilishi shart.
Subsidiya lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikasining kamida 1 yillik kafolat muddati, shuningdek, ushbu texnika uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida servis xizmati ko‘rsatuvchi markazlar bo‘lganda lizing tashkiloti yoki tijorat bankining foiz to‘lovlarini qisman qoplab berish uchun ajratiladi.
6. Qarz oluvchining lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismi miqdorida ajratiladi.
Bunda, qarz oluvchining lizing yoki kredit shartnomasi barcha turdagi kombaynlar va dvigatel quvvati 100 ot kuchidan ko‘p bo‘lgan traktorlar uchun 10 yil muddatga, qolgan traktorlar, osma va tirkama texnikalar uchun 7 yil muddatga rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Kredit yoki lizing oluvchilarning so‘roviga asosan ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatlar qisqartirilishi mumkin.
7. Subsidiya O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi lizing tashkiloti va tijorat banklariga ajratiladi.
8. Subsidiya yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ajratiladi.
9. Subsidiya:
a) lizing yoki kredit oluvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini shartnomada ko‘rsatilgan qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘langanda;
b) lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktdan yuqori qismini qoplash uchun ajratiladi.
11. Qarz oluvchi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilishda lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
b) yangi qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma;
v) sug‘urta polisi, kafillik yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari.
12. Ushbu Nizomning 11-bandiga muvofiq barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng lizing tashkiloti yoki tijorat banki arizani 3 bank ish kunida ko‘rib chiqishi, ijobiy xulosa qabul qilinganda qarz oluvchi bilan shartnoma tuzishi lozim.
Lizing tashkiloti yoki tijorat bankining kredit qo‘mitasi tomonidan kredit ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda qarz oluvchiga rad etish sabablari bayon etilgan yozma ma’lumot taqdim etilishi shart.
Qarz oluvchi qayta murojaat qilishga haqli.
13. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovini to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumot va subsidiya olish uchun buyurtmani Jamg‘armaga taqdim etadi.
Bunda, lizing tashkiloti yoki tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga o‘zgartirish kiritilmaydi.
14. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi, lizing yoki kredit ajratish va ular bo‘yicha subsidiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan mas’uliyat lizing tashkiloti va tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi.
15. Jamg‘arma kelgan hujjatlarni o‘rganish natijalari asosida lizing yoki kredit bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Jamg‘arma 1 (bir) ish kuni mobaynida lizing tashkiloti yoki tijorat bankini subsidiya ajratish to‘g‘risida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar ko‘rsatilgan holda) qaror qabul qilingani haqida xabardor qiladi.
16. Jamg‘arma Bosh bitimga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buyurtmanomada qayd etilgan mablag‘larni 2 bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan mablag‘ o‘tkazib berilgandan so‘ng Jamg‘arma Bosh bitimga muvofiq 2 bank ish kunida lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga subsidiya ajratadi.
18. Subsidiya ushbu Nizom talablari asosida rasmiylashtirilgan lizing va kredit muddatidan kelib chiqib haqiqatda qoldiq qarz summasiga hisoblanadi.
Bunda, to‘lov jadvali bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka qayta subsidiya hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qarz oluvchi lizing yoki kreditni uni muddati o‘tgandan so‘ng qaytarganda ajratiladigan subsidiya tasdiqlangan to‘lov jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
19. Qarz oluvchi shartnomaning to‘lov jadvaliga muvofiq o‘ziga tegishli bo‘lgan lizing yoki kredit foiz to‘lovlarini (subsidiya qilib beriladigan foizdan tashqari) to‘liq to‘lagan bo‘lishi shart.
20. Subsidiya lizing tashkiloti uchun har chorakda, tijorat banki uchun har oyda keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etilgan buyurtmanomalar bo‘yicha hisoblangan joriy foizlar miqdorida hisob-kitob qilinadi.
21. Jamg‘arma tomonidan lizing tashkiloti yoki tijorat banki hisobvarag‘iga qarz oluvchi uchun hisoblangan foiz to‘lovini qisman qoplash uchun o‘tkazib berilgan subsidiya ushbu qarz oluvchining hisoblangan foiz to‘lovlari uchun hisob-kitob qilinadi.
22. Ajratilgan subsidiya qarz oluvchiga hisoblangan subsidiya miqdoridan ko‘p bo‘lgan taqdirda ortiqcha mablag‘lar 2 bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamg‘arma hisobvarag‘iga qaytarib o‘tkaziladi.
23. Lizing yoki kredit shartnomasining shartlari o‘zgargan taqdirda ilgari tasdiqlangan va hisoblangan subsidiya miqdori oshirilmaydi, subsidiya muddati uzaytirilmaydi.
24. Jamg‘arma tomonidan ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanishni, to‘lovlarning va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Maqsadsiz foydalanilgan subsidiya mablag‘lari Bosh bitim shartlariga asosan Jamg‘armaga qaytariladi.
25. Subsidiya ajratilishini to‘xtatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) lizing yoki kredit shartnomasi bo‘yicha subsidiya maqsadsiz sarflanganligi aniqlanganda, qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit asosiy qarzining tegishli qismi to‘lov jadvalida belgilangan sanadan boshlab 90 kun davomida to‘liq to‘lanmasa;
b) qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilganda;
v) qarz oluvchining subsidiya olishdan bosh tortganligi to‘g‘risidagi murojaati mavjud bo‘lganda;
g) lizing yoki kredit shartnomasi to‘liq bekor qilinganda hamda qarz majburiyatlari boshqa shaxsga o‘tkazilganda;
d) lizing yoki kredit shartnomasi bo‘yicha subsidiya va shartnoma shartlari to‘liq bajarilganligi to‘g‘risida lizing tashkiloti yoki tijorat banki murojaati asosida.
26. Taraflar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilansinki, yangi zamonaviy g‘alla o‘rish kombayni va paxta terish mashinasini va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jalik texnikasi deb ataladi) qishloq xo‘jaligi korxonalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi lizing shartlarida yetkazib beriladi:
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 20 foizi avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 80 foizi lizing tashkilotlari tomonidan ularga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tomonidan qaytariladigan qarz asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.”
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Lizing tashkilotlariga quyidagi vazifalar yuklansin:
lizing oluvchilarning qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun o‘z vaqtida avans to‘lash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
lizing shartnomalarini tuzish, yangi qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga berish, lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida undirilishini va Jamg‘armaga to‘lanishini ta’minlash;
Jamg‘arma bilan tuzilgan har bir qarz shartnomasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning hisobini o‘z vaqtida yuritish va ularni hisoblangan foizlari bilan to‘lash.”
3. 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Jamg‘armaga har yili, 1-oktabrdan boshlab va uning kelgusi yilga tushumlar va xarajatlari balansi tasdiqlangungacha bo‘lgan davrda, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dileriga avans berish uchun lizing tashkilotlari buyurtmanomalari bo‘yicha mablag‘lar ajratishga ruxsat etilsin. Avans berish har oylik ulushlar bilan, oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan yetkazib berish muddatidan kechikmay, ushbu shartnomada kelgusi yilda yetkazib berish nazarda tutilgan hajmlar va yetkazib berish muddatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Bunda, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar va lizing tashkilotlari texnika qiymatining 80 foizi miqdorida avans to‘lovlarini olganidan so‘ng lizing oluvchilarga qishloq xo‘jaligi texnikasining avans to‘langan kundan boshlab 120 kun muddatda yetkazib berilishini ta’minlaydilar.”
5. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zagrolizing” AJ” so‘zlari “lizing tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“lizing muddatini fermer, dehqon xo‘jaliklari uchun 10 yil, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun 7 yil etib belgilanishini nazarda tutadi.”
6. 6-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Agrobank” ATB” va “O‘zagrolizing” AJ” so‘zlari tegishlicha “tijorat banklari” va “lizing tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. Ushbu Nizom mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan yangi zamonaviy g‘alla o‘rish kombayni va paxta terish mashinasi va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jaligi texnikasi deb ataladi) lizing shartlarida yetkazib berishni tartibga soladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi uchun zarur qishloq xo‘jaligi texnikasini turlari bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotni hisobot yilining 1-sentabriga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) taqdim etadi.
3. Taqdim etilgan ma’lumot asosida Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun mablag‘lar manbalarini shakllantiradi.
4. Jamg‘arma o‘zining veb-sahifasida kelgusi yil uchun qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi ma’lumotni joylashtiradi.
5. Jamg‘armaning veb-sahifasiga joylashtirilgan ma’lumotlar asosida respublikada faoliyat yurituvchi barcha lizing tashkilotlari qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha dastlabki buyurtmanomalarni Jamg‘armaning veb-sahifasiga joylashtiradi.
6. Jamg‘arma veb-sahifaga joylashtirilgan dastlabki buyurtmanomalar tahlili asosida lizing tashkilotlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablag‘larini ajratish to‘g‘risida Bosh bitim tuzadi.
Lizing tashkilotlari qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish, to‘lov tartibi va muddati ko‘rsatilgan oldi-sotdi shartnomalari tuzadi.
7. Lizing tashkilotlari:
Jamg‘arma bilan moliyaviy resurslar jalb etish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing bo‘yicha daromad foizi miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan to‘lanadigan lizing to‘lovlaridan ushlab qolinadigan lizing tashkiloti va bank xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori kelishib olinadi;
tijorat banklari bilan moliyaviy agent funksiyalarini bajarish yuzasidan;
sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urta qonunchiligiga muvofiq shartnomalar tuzadi.
8. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing to‘lovi jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomalar 3 nusxada tuziladi va bir nusxasi tijorat bankiga jo‘natiladi.
9. Lizing oluvchilar:
lizingga olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 20 foizini lizing tashkilotlariga to‘laydilar;
lizingga olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasini o‘z mablag‘lari hisobiga sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta qiladilar;
lizing shartlarida rasmiylashtirilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining qoplanmagan qiymatini hamda hisoblangan lizing foizini fermer, dehqon xo‘jaliklari 10 yil muddatgacha, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilot va korxonalar 7 yil muddatgacha lizing tashkilotlariga to‘laydilar.
10. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar to‘lagan avans mablag‘laridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 60 foizigacha avans to‘lovini to‘lashga pul mablag‘larini ajratish uchun buyurtmanomalarni Jamg‘armaga taqdim etadi.
Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamg‘arma pul mablag‘larini kelgusi davr uchun lizing tashkilotining tijorat bankidagi Jamg‘arma bilan hisob-kitoblar (23216) hisobvarag‘iga (keyingi o‘rinlarda amaliyot hisobvarag‘i deb ataladi) o‘tkazadi.
11. Lizing tashkiloti shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 80 foizi miqdorida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dilerlariga amaliyot hisobvarag‘idan avans mablag‘ini to‘laydi.
12. Lizing tashkiloti tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasi lizingga rasmiylashtirilgandan keyin shartnoma shartlariga muvofiq lizing oluvchiga yetkazib beriladi.
Lizing tashkiloti qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing oluvchiga yetkazib berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan keyin qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining qolgan yakuniy 20 foizi miqdoridagi pul mablag‘lari Jamg‘arma tomonidan lizing tashkilotining amaliyot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, lizing tashkiloti hizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga oldingi oyda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lizing to‘lovi jadvali nusxalarini taqdim etadi.
14. Lizing oluvchilar lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing tashkilotlariga lizing to‘lovlari (asosiy qarz va foiz)ni to‘laydilar. To‘langan mablag‘lar to‘liq miqdorda amaliyot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
15. Lizing tashkilotlari tuzilgan qarz shartnomalariga muvofiq jalb etilgan qarz mablag‘lar bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni shartnomada belgilangan muddatlarda Jamg‘armaga to‘lanishini ta’minlaydi. Lizing bo‘yicha foizlar Jamg‘arma, lizing tashkiloti va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq taqsimlanadi.
16. Lizing tashkiloti va tijorat banki Jamg‘arma mablag‘larining harakati, mablag‘lardan foydalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-kuniga, shuningdek, choraklik, yillik buxgalteriya hisobotlarini chorak tugagandan keyingi oyning 20-kuniga qadar Jamg‘armaga taqdim etadi.
17. Lizing oluvchilar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganda lizing tashkiloti, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘radi. Undirilgan pul mablag‘lari lizing tashkilotining amaliyot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
18. Lizing tashkiloti va unga hizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki va ularning hududiy filiallari rahbarlari, shuningdek, lizing oluvchilarning rahbarlari va bosh buxgalterlari Jamg‘arma mablag‘larini maqsadga muvofiq ishlatilmaganligi, hisob-kitob qilish tartibi buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”. | 129 | 20,357 |
Qonunchilik | Yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida jarimalar 10 va undan koʻp marta oshirildi | 18.04.2018 yildagi OʻRQ–476-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.
Birinchidan, yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini (MJTKning 70-moddasi) buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi. Jarima sanksiyalarining oshirilishi quyidagi jadvalda yaqqol namoyish etilgan.
Dispozitsiya
(huquqbuzarlik turi)
Sanksiya (jarima miqdori)
19.04.2018 yilgacha
19.04.2018 yildan boshlab
Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga oʻzboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarning zararli ta’siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yoʻq qilish yoki shikastlantirish, хuddi shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarining buzilishi
fuqarolarga – 1 dan 2 EKIHgacha
mansabdor shaхslarga –3 dan 5 EKIHgacha
fuqarolarga –10 dan 20 EKIHgacha
mansabdor shaхslarga – 30 dan 50 EKIHgacha
Konlarning boy uchastkalarini tanlab ishlatish, mineral хom ashyoni qazib olayotganda va qayta ishlashda foydali qazilmalarni normativdan ortiq nobud qilish, foydali qazilma konlarini yaroqsiz holga keltirish va foydali qazilma zaхiralaridan oqilona foydalanish talablarini boshqacha tarzda buzish
mansabdor shaхslarga – 1 dan 3 EKIHgacha
mansabdor shaхslarga – 10 dan 30 EKIHgacha
Marksheyderlik hujjatlarini yoʻqotish, tugatilayotgan yoki konservatsiya qilinayotgan konlarni va burgʻilangan quduqlarni aholining хavfsizligini ta’minlovchi holatga keltirib qoʻyish talablarini, shuningdek konservatsiya vaqtida konlarni, qazilayotgan joylarni va burgʻilangan quduqlarni muhofaza etish talablarini bajarmaslik
mansabdor shaхslarga – 1 dan 3 EKIHgacha
mansabdor shaхslarga – 10 dan 30 EKIHgacha
Yuqorida koʻrsatilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllangandan keyin bir yil davomida takror sodir etish
fuqarolarga – 1 dan 3 EKIXgacha
mansabdor shaхslarga –3 dan 7 EKIHgacha
fuqarolarga – 20 dan 50 EKIHgacha
mansabdor shaхslarga –50 dan 100 EKIHgacha
Ikkinchidan, daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Buning uchun fuqarolarga 30 dan 50 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga esa 50 dan 100 EKIHgacha jarima solinadi. Huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni (maхsus teхnika va uskunalar: lebyodka, ekskavatorlar, buldozerlar va h.k.) yoki uning bevosita ashyosini musodara qilib fuqarolarga 50 dan 70 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga esa 100 dan 150 EKIHgacha jarima solishga sabab boʻladi.
Mazkur toifadagi ishlarning sudga taalluqliligi sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik tarkibiga bogʻliq. Birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarliklar (MJTKning 701-moddasi 1-qismi) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vakolatiga, takror sodir etilganlari esa (MJTKning 701-moddasi 2-qismi) ma’muriy sudlar vakolatiga kiritildi.
Bunda huquqbuzarlarni ma’muriy ushlab turish ichki ishlar organlari хodimlari va Ekologiya davlat qoʻmitasi organlari mansabdor shaхslari tomonidan amalga oshiriladi. Ushlab turish sabablari bartaraf etilguniga va ish koʻrib chiqilguniga qadar transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish huquqi faqat Ekologiya davlat qoʻmitasi organlari mansabdor shaхslariga tegishli.
Qonun 19.04.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 86 | 4,214 |
Qonunchilik | “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi tashkil etildi | Vazirlar Mahkamasining 24.12.2021 yildagi “Transchegaraviy pul oʻtkazmalarini ta’minlash boʻyicha toʻlov tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 771-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha bank хizmatlarini koʻrsatishda boshqa toʻlov tizimlari bilan bir qatorda “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimidan foydalanish tavsiya etildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 70 | 591 |
Qonunchilik | Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Keyingi yillarda mamlakatimizda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash, ma’nan yetuk va jismonan sog‘lom shaxsni kamol toptirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi, sport, shu jumladan, uning texnik va amaliy turlari bilan shug‘ullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Shu bilan birga, Qurolli Kuchlarni jihozlash uchun keltirilayotgan zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar darajasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga tezkor va munosib ravishda e’tibor qaratish zarurligini hamda chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish bo‘yicha burch tuyg‘usini shakllantirish borasidagi tadbirlar lozim darajada olib borilmayapti.
Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjud, xususan:
sportning mazkur turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning puxta tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;
sport kadrlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi joriy etilmagan;
terma jamoalarni tayyorlash va musobaqalar o‘tkazish uchun sport infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi yetarli darajada rivojlanmagan;
aholi, ayniqsa yosh avlod o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmayapti.
Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha va fuqarolarni ommaviy texnik kasblarga sifatli tayyorlashni tashkil etish, sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha faoliyatni takomillashtirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan 1-ilovaga muvofiq ta’lim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, o‘quv va moddiy-texnik bazasi bilan birgalikda mulk qilib davlatga beg‘araz berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ta’lim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, o‘quv va moddiy-texnika bazasi bilan birga operativ boshqarish huquqi asosida qabul qilib olsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — mudofaa ishlari boshqarmalari) huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlarini (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Markazga O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Markaz direktori maqomi va mehnatga haq to‘lash (pul ta’minoti) sharoitlariga ko‘ra mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Markaz fuqaro xodimlarining ish haqi mudofaa ishlari boshqarmalarining fuqaro xodimlari uchun belgilangan tartib va me’yorlarda to‘lanadi;
Markazlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
mudofaa ishlari boshqarmalari Markazlarda tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan o‘tgan va malakasini oshirgan avtomototransport vositalari haydovchilarining, shuningdek, ommaviy texnik kasblarning boshqa mutaxassislarining hisobini yuritadi;
Markazlar faoliyati tashkil etilgunga qadar chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash amaldagi tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Quyidagilarga:
a) Markazlarga:
avtomototransport vositalarining haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblarning boshqa mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga pullik xizmatlar ko‘rsatish;
avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblarning boshqa mutaxassislarini tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalarining o‘quv va moddiy-texnik bazasidan beg‘araz foydalanish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga Markazlarning pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish, keyinchalik ular bo‘yicha to‘langan foizlardan:
yoshlarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash faoliyatini amalga oshirish uchun;
Markazlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-texnik bazasini qurish, ta’mirlash, mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanishga ruxsat berilsin.
5. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — “Vatanparvar” MKT) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
yoshlar va fuqarolarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish;
sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirilishi va ommalashtirilishini ta’minlash, sport tashkilotlari va jamoalari faoliyatiga ko‘maklashish;
bolalar, o‘smirlar va chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida ommaviy sport ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;
yoshlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boshlang‘ich bilimlarga o‘qitishda va ularni harbiy xizmatga tayyorlashda davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashish;
avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblar mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
shunday yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-3898-son qarori bilan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy komissiyalari zimmasiga:
“Vatanparvar” MKTga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda unga yaqindan ko‘maklashish;
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar samaradorligini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish majburiyati yuklansin.
7. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Vatanparvar” MKT bilan birgalikda:
yoshlar orasida ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini tarbiyalash, mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish bo‘yicha yuksak burch tuyg‘usini shakllantirish borasidagi ishlarni kuchaytirsin;
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan turli sport va boshqa tadbirlarni, festivallar va tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazishni kengaytirsin;
zamon talablarini hisobga olgan holda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yoshlar va fuqarolarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirsin.
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
sportning texnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish;
milliy va xalqaro musobaqalarning g‘olib va sovrindorlarini rag‘batlantirish, shuningdek, sportning texnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaxassislarini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish;
sportning texnik va amaliy turlarining zamonaviy moddiy-texnik va o‘quv-mashq bazasini yaratish, shuningdek, sport anjomlari va uskunalarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish;
sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish, yoshlarni seksiyalar va to‘garaklarga faol jalb etish, ularning ommabopligini ta’minlash;
sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga innovatsion texnologiyalarni, shuningdek, sportchilarni tayyorlashning o‘quv-mashq jarayoniga ilg‘or uslublarni joriy etish.
10. Belgilansinki, “Vatanparvar” MKT huzuridagi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydigan muassasa hisoblanib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
sportning texnik va amaliy turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur sport ko‘nikmalariga ega iqtidorli va istiqbolli bolalarni sinchkovlik bilan tanlab olish, ularda tanlangan sport turi bo‘yicha qobiliyatni, sport salohiyatini, kasbiy ko‘nikma va mahoratni rivojlantirish;
respublikaning terma jamoalari uchun sport zaxirasi va yuqori toifali sportchilarni tayyorlash bo‘yicha eng yangi ilmiy-metodik tavsiyalar hamda yutuqlar asosida o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish va amalga oshirish;
sport zaxirasi va yuqori toifali sportchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini tashkil etish uchun zamonaviy infratuzilmani tashkil etish hamda malakali murabbiylar tarkibini shakllantirish;
sportchilar va murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirish sohasida muntazam asosda tajriba almashishni tashkil etish orqali xorijiy sport muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda “Vatanparvar” MKTning texnik va amaliy sport turlari hududiy markazlari faoliyatini tashkil etish uchun bo‘sh yotgan binolarning tekin foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlasin.
12. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga umumiy qabul kvotalari doirasida sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun kvotalar ko‘zda tutiladi;
avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda (Olimpiya o‘yinlari, Osiyo o‘yinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilariga tegishli oliy ta’lim muassasalariga ta’limning ushbu sohadagi yo‘nalishlarga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida shartnoma asosida sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha sport tashkilotlarining seksiya va to‘garaklari mutaxassislari va o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Vatanparvar” MKT va O‘zbekiston Parashyut sporti federatsiyasining parashyut sporti bo‘yicha sport seksiyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Parashyut sporti federatsiyasi va “Vatanparvar” MKT bilan birgalikda:
mamlakatda parashyut sportini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish, fuqarolarning mazkur sport turiga qiziqishini shakllantirish choralarini ko‘rsin;
parashyut sporti bo‘yicha sport seksiyalarining aviatsiya va havo-desant komplekslari, parashyut tizimlari, anjomlar va trenajerlar bilan, shuningdek, o‘quv-metodik va ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlanishini ta’minlasin;
“Vatanparvar” MKT markazlari va ta’lim muassasalari negizida fuqaro yoshlarni “parashyutchi” mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlashni tashkil etsin.
16. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Vatanparvar” MKT bilan birgalikda bir oy muddatda sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirishning media-rejasini tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
mashhur sportchilar, murabbiylar va mutaxassislar ishtirokida teleko‘rsatuvlar tayyorlash va namoyish etish, shuningdek, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi sport federatsiyalari (uyushmalari) va tashkilotlarining faoliyatini yoritish;
sotsiologik so‘rovlar va tadqiqotlar, reklama kampaniyalari va ijtimoiy roliklar namoyishini o‘tkazish;
teleradiokanallarda, jumladan, mavzu bo‘yicha studiyadagi va sayyor turkum teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, tok-shou ko‘rsatuvlari orqali sportning texnik va amaliy turlari bilan shug‘ullanish masalalari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini tashkil etish;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot materiallarini joylashtirish;
sportning texnik va amaliy turlari bilan faol shug‘ullanishga aholini jalb etish uchun parklar, ommaviy dam olish joylari, so‘qmoqlar, trassa va yo‘laklar imkoniyatlaridan foydalanish.
17. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduhakimovga:
yuklangan vazifalarning lozim darajada bajarilishi bo‘yicha vazirlik va idoralarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu qarorning bajarilishini muntazam ko‘rib chiqish;
sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash, sport uskunalari va anjomlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanovga — chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklarga tayyorlash markazlari faoliyatini lozim darajada tashkil etish va mamlakatda parashyut sportini rivojlantirish yuzasidan;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga — ushbu “Yo‘l xaritasi” va Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha inshootlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va lozim darajada jihozlash yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari ko‘rsatib o‘tilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun, shu jumladan:
Markazlarning o‘quv muassasalari, avtodromlari, o‘quv va moddiy-texnik bazasini ta’minlash va rivojlantirishga;
“Vatanparvar” MKT huzuridagi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazining alohida shtat birliklarini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni, shuningdek, bu bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. | 207 | 16,519 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKChILIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
SSJI Vazirlar Kengashi bilan birgalikda umumittifoq mulki bilan O‘zbekiston Respublikasi mulki o‘rtasida mol-mulkni farqlab qo‘yish masalasini hal qilsin. Bunda jumhuriyatga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mol-mulkidan tashqari hozirgi vaqtda Ittifoqqa bo‘ysunadigan va O‘zbekiston Respublikasi mulkiga topshirilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mol-mulki ham O‘zbekiston Respublikasi mulkiga kirishi kerakligiga asoslansin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, nohiya, shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalari bilan birgalikda jumhuriyat (O‘zbekiston Respublikasi) mulki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi mulki va kommunal mulk o‘rtasida mol-mulkni farqlab qo‘ysin. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga mahalliy bo‘ysunishdagi mol-mulkdan tashqari Ittifoqqa, jumhuriyatga bo‘ysunadigan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga topshirilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki ham kirishi kerakligiga asoslansin;
1991-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga davlat va jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoki SSJI bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq fuqarolarning mulki bo‘la olmaydigan mol-mulk turlarini aniqlab beradigan qonun hujjatlarining loyihalarini kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish to‘g‘risida takliflar taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘zlari qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga zid bo‘lgan normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunicha O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, modomiki mazkur Qonunga zid kelmas ekan, qo‘llanilaveradi. Shu bilan birga ushbu Qonun kuchga kiritilgunga qadar Qonunga muvofiq faqat qonun hujjatlari bilangina tartibga solinadigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi hukumati qabul qilgan qarorlar tegishli qonun hujjatlari qabul qilingunga qadar amal qilib turadi.
4. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalari u kuchga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
5. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining davlat mulkiga: O‘zbekiston Respublikasi mulkiga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi mulkiga, jumhuriyatlararo mulkka, ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (kommunal mulkka) taalluqli bo‘lgan qoidalari mazkur mulkchilik turlari o‘rtasida mol-mulkni farqlab qo‘yish masalasi hal etilgandan so‘ng kuchga kiradi.
6. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida sud va davlat hakamligi tasarrufiga o‘tkazilgan va qonun qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish tugallanmagan ishlar sudlar va davlat hakamligi idoralari tomonidan kimning qaramog‘iga o‘tkazilganligiga muvofiq holda ko‘rib chiqilishi kerak.
7. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38 va 39-moddalarida ko‘zda tutilgan egalik huquqini muhofaza qilish haqidagi qoidalar Qonun kuchga kiritilishidan oldin vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ham taalluqli bo‘ladi.
Qonunning 40-moddasida ko‘zda tutilgan, mulkchilik huquqini to‘xtatib qo‘yadigan qonun hujjati qabul qilinishi bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash huquqi Qonun kuchga kiritilganidan keyin qabul qilingan hujjatlarga nisbatan qo‘llaniladi. | 110 | 4,288 |
Qonunchilik | Piroteхnika buyumlaridan foydalanilishi ustidan nazorat kuchaytirildi | Vazirlar Mahkamasining 1.12.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida piroteхnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 724-son qarori qabul qilindi.
Qarorda belgilangan tartibga muvofiq:
Ichki ishlar vazirligiga:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 69 | 400 |
Qonunchilik | Hukumatning ijro etuvchi tuzilmasi yana oʻzgartirildi | Prezidentning 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4612-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasida navbatdagi tuzilmaviy oʻzgarishlar amalga oshirildi.
Eslatib oʻtamiz, bir oy oldin Hukumat tuzilmasi yangi tarkib tasdiqlanganligi sababli oʻzgartirilgan edi.
Bu galgi oʻzgartirishlar kadrlar masalalariga taalluqlidir, ular iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholi farovonligini ta’minlash, kambagʻallikni qisqartirish va Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklangan boshqa vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan.
Oʻzgarishlar quyidagilardan iborat:
Tugatiladi
Tashkil etiladi (joriy etiladi)
Lavozimlar
a) Bosh vazir oʻrinbosari - moliya vaziri;
b) Bosh vazirning maslahatchisi:
a) Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiyot va sanoat vaziri;
b) Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
v) Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Kotibiyatlar
a) Davlat aktivlarini boshqarish, sanoatni va raqobatni rivojlantirish masalalari kotibiyati;
b) Yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari kotibiyati;
v) Qishloq хoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari kotibiyati;
g) Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash, FHDYo organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati.
Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati
Yana ikkita kotibiyat qayta tashkil etiladi:
Bunda tashkil etilayotgan barcha yangi boʻlinmalarning boshqaruv хodimlari cheklangan soni 241 nafar shtat birligidan iborat boʻladi.
Jadvaldan koʻrinib turibdiki, iqtisodiyot va sanoat vazirining maqomi oshirilishi bilan birga uning zimmasiga qoʻshimcha vazifalar yuklangan. Ular quyidagilardan iborat:
Bu hokimliklarning boshqaruv apparati tuzilmasida ham oʻz aksini topdi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 53 | 2,012 |
Qonunchilik | KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATI KREDITIDAN FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) tomonidan beriladigan imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, EDCF, to‘lov muddatini 5 yilga kechiktirgan holda, 3 foizli yillik foyda bilan, 20 yil muddatga 12 mlrd. 486 mln. Koreya voni (qariyb 15 mln. AQSh dollari) miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha moliya agenti hisoblanadi;
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi kreditni ijro etish bo‘yicha agent hisoblanadi;
kreditga xizmat ko‘rsatish va uni to‘lash hamda undan foydalanganlik uchun foizlar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K.R. Rahimov imtiyozli kreditni olishga rozilik Notasini imzolashga vakil qilinsin.
4. Moliya vaziri Koreya Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi qarzlarini ajratish to‘g‘risidagi Shartnomani, Koreya Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi kreditini ajratish to‘g‘risidagi Bitimni hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Eksport-import banki o‘rtasidagi Kredit bitimini imzolashga vakil qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Koreya Respublikasi Eksimbanki bilan kredit bitimi bo‘yicha yuridik xulosani EDCF tartibotlarida kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirsin va taqdim etsin. | 80 | 2,084 |
Qonunchilik | “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-620-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-620-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 195 | 654 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSINING 53, 54-MODDALARI BILAN 257-MODDASI O‘RTASIDAGI NOMUVOFIQLIKNI BARTARAF ETISh TO‘G‘RISIDA TAKLIF KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimova tarkibida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda ochiq majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53, 54-moddalari bilan 257-moddasi o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risida taklif kiritish haqida”gi ishni ko‘rdi.
Ishning ko‘rilishiga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53, 54 va 257-moddalaridagi aniqlangan nomuvofiqliklar va Konstitutsiyaviy sud sudyalari U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq ko‘rsatgan tashabbusi asos bo‘ldi. Mazkur masalani o‘rganishga Taxiatash shahar sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi A. Madreimovning Konstitutsiyaviy sudga murojaati sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, ma’ruzachi sudya S. Haqimovaning axborotini tinglab, taraflar va mutaxassislar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakili A. Yuldashevning, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining vakili N. Otabekovning, Konstitutsiyaviy sud Ilmiy-maslahatlashuv kengashi a’zosi M. Azimovning fikrlarini eshitib, ish bo‘yicha materiallarni o‘rganib chiqib aniqladi:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53-moddasi sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishni belgilaydi (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayQonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6 son, 102-modda).
Kodeksning 54-moddasi karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima shaklidagi javobgarlikni nazarda tutadi (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayQonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6 son, 102-modda).
257-moddaning ikkinchi qismiga muvofiq quyidagilar davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari, tumanlarga bo‘lingan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari va suv transportidagi havzalar bosh davlat sanitariya vrachlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
tumanlarga bo‘linmagan shaharlarning, tumanlarning bosh davlat sanitariya vrachlari hamda suv transportidagi portlar va tarmoq uchastkalarining bosh davlat sanitariya vrachlari — eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.
Shunday qilib, 53, 54-moddalarda nazarda tutilgan jazolar 257-moddaning ikkinchi qismiga muvofiq emas. Qarama-qarshiliklar shundan iboratki, amaliyotda jarima solish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi hamda uning o‘rinbosarlari, 53, 54-moddalarda nazarda tutilgan jazolarni to‘liq qo‘llay olmaydilar. Shu munosabat bilan ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etish lozim.
Bayon qilinganlarga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 10, 25, 26 va 27-moddalariga amal qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qaror qildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53, 54-moddalarining qoidalari 257-moddasining ikkinchi qismiga nomuvofiq deb topilsin.
2. Qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53, 54-moddalari bilan 257-moddasining ikkinchi qismi o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risida taklif kiritilsin.
3. Davlat organlarining huquqni tatbiq qilish amaliyotida bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli o‘zgartirishlar kiritgunga kadar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53 va 54-moddalari qoidalariga amal qilinsin.
4. Ushbu qaror “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etilsin. | 227 | 4,908 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyal | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007—2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibining 3-bandiga quyidagi mazmundagi “j” kichik bandi qo‘shilsin:
“j) davlat aktivlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul berishda investor tomonidan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari tarzida kiritiladigan va korxonaning alohida hisob raqamiga o‘tkaziladigan investitsiyalar”. | 250 | 1,067 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“N.S. Yusupovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Agrosanoat kompleksi rahbari etib tayinlash to‘g‘risida” 2002-yil 16-aprelda chiqargan Farmoni;
“T. Xoltoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Agrosanoat kompleksi rahbari vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 16-aprelda chiqargan Farmoni;
“O‘.T. Komilovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi etib tayinlash to‘g‘risida” 2002-yil 24-aprelda chiqargan Farmoni;
“B.A. Xodjayevni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 24-aprelda chiqargan Farmoni;
“O‘.T. Komilovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 24-aprelda chiqargan Farmoni;
“R.H. Haydarovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi etib tayinlash to‘g‘risida” 2002-yil 16-mayda chiqargan Farmoni;
“R.H. Haydarovni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 16-mayda chiqargan Farmoni;
“A.N. Oripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Aloqa va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari masalalari kompleksining rahbari — O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Bosh direktori etib tayinlash to‘g‘risida” 2002-yil 30-mayda chiqargan Farmoni;
“B.R. Parpiyevni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlash to‘g‘risida” 2002-yil 24-iyunda chiqargan Farmoni;
“Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 3-iyulda chiqargan Farmoni (1-band);
“O‘.T. Komilovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 24-iyulda chiqargan Farmoni;
“J.B. Sayfiddinovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi etib tayinlash to‘g‘risida” 2002-yil 24-iyulda chiqargan Farmoni. | 81 | 2,166 |
Qonunchilik | EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI TARTIBGA KELTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 11-apreldagi va “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish to‘g‘risida” 1995-yil 19-iyuldagi farmonlarini bajarish yuzasidan, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat va O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
1-ilovaga muvofiq xaridorgir tovarlarni eksport qilish, shu jumladan MDH va Baltiya mamlakatlariga eksport qilish, erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi;
1-ilovaga kiritilmagan tovarlarni Rossiya, Ukraina, Belarusga va Qozog‘istonga eksport qilish ham erkin almashtiriladigan valyutada, ham shu davlatlarning milliy valyutasida, kontrakt summasi albatta erkin almashtiriladigan valyutada belgilangan holda, amalga oshirilishi mumkin;
barter kontrakti bo‘yicha yetkazib beriladigan tovarning qiymati erkin almashtiriladigan valyutada belgilanadi va valyuta tushumining bir qismini belgilangan tartibda Markaziy bankka albatta sotish summasini hisoblash uchun baza hisoblanadi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ikki hafta muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-oktabrdagi 520-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari O‘.T. Sultonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 100 | 1,676 |
Qonunchilik | JOYLARDA KOMPYuTERLAShTIRISh VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI YANADA RIVOJLANTIRISh UChUN ShART-ShAROITLAR YaRATISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Davlat axborot resurslarini hisobga olishni yanada takomillashtirish, ularning ro‘yxatini kengaytirish va interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari negizida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonalari tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
zamonaviy xalqaro tendensiyalar va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiq joylarda kompyuterlashtirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
axborot resurslarini yuritish va yangilash, mintaqalarda tashkil etilgan va tashkil etiladigan davlat axborot resurslarini va axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining veb-portallarini doimiy ravishda yangilab borish, interaktiv davlat xizmatlari, shu jumladan “bir darcha” tamoyili bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;
mintaqada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holatini va ularni rivojlantirish istiqbollarini doimiy ravishda tahlil qilish va uning natijalari asosida mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Yangidan tashkil etilayotgan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonalari faoliyatiga normativ-metodik rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonalari telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradilar.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishuv bo‘yicha “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonalari ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ustav jamg‘armasini shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish hamda yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlaridan o‘tkaziladigan mol-mulklarni hisobga olgan holda, zamonaviy idora va kompyuter texnikasi, aloqa vositalari bilan jihozlashni amalga oshirsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonalari ta’minoti uchun xarajatlarni moliyalashtirish ularning faoliyatidan olingan mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida:
a) 67, 69, 72, 73, 74 va 75-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 83-3-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 83-4 va 83-5-pozitsiyalar qo‘shilsin:
v) 86-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 86-1-pozitsiya qo‘shilsin:
g) 97-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 97-1 — 97-4-pozitsiyalar qo‘shilsin:
d) 99-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 99-1 va 99-2-pozitsiyalar qo‘shilsin: : | 155 | 4,183 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.