folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Axborotga doir hamkorlik reglamentining shakli va unga doir talablarni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 170-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Axborotga doir hamkorlik reglamentining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Axborotga doir hamkorlik reglamentiga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Axborotga doir hamkorlik reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) Soliq kodeksining (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) 170-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq ikki nusxada davlat tilida tuziladi va betlar ketma-ket raqamlanadi.
2. Reglament soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
3. Axborotga doir hamkorlikni ta’minlaydigan hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddatlari Soliq kodeksining 173-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son bilan tasdiqlangan Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan ko‘rsatiladi.
4. Reglament quyidagilardan tashkil topadi:
titul varag‘i;
1-bob. “Soliq organiga hujjatlarni (axborotni) taqdim etish tartibi”;
2-bob. “Buxgalteriya va soliq hisobi registrlarida daromadlar, xarajatlar, soliq solish obyektlari, buxgalteriya hisobi registrlari to‘g‘risida, soliq hisobining analitik registrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish tartibi”;
3-bob. Soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanganligi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi ustidan ichki nazorat tizimi haqida axborot”;
ilovalar.
5. Ichki nazorat tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar bunday tizim mavjud bo‘lsa, oshkor qilinishi kerak.
6. Reglament soliq to‘lovchi yuridik shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Reglamentga soliq to‘lovchi yuridik shaxsning rahbari vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi ilova qilinadi.
7. Titul varag‘ini to‘ldirishda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
soliq to‘lovchi yuridik shaxs rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi, sharifi;
soliq to‘lovchi yuridik shaxs rahbari tomonidan Reglament tasdiqlangan sana;
Reglament taqdim etiladigan soliq organining nomi;
soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.
8. Reglamentning 1-bobida quyidagi axborot oshkor etilishi kerak:
a) soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash (ushlab qolish va o‘tkazish) bilan bog‘liq hujjatlar (axborot) bo‘lgan axborot tizimining nomi;
b) soliq to‘lovchining buxgalteriya hisobi, soliq hisobi, daromadlar, xarajatlar, soliq solish obyektlarining hisobi yuritiladigan, shuningdek o‘zida ichki nazoratni amalga oshirish funksiyasini mujassam etgan, hisobni yuritishdagi xatoliklarni, ziddiyatlarni va noaniqliklarni tuzatish imkonini beradigan axborot tizimlariga, shuningdek soliqlar va yig‘imlarni hisoblash (ushlab qolish), to‘lash (o‘tkazib berish) bilan bog‘liq hujjatlar (axborot) saqlanadigan axborot tizimlariga (manbalariga) kirish imkoniyatini berish tartibi;
v) axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni yangilash va sinxronlashtirish, shu jumladan ma’lumot bazasiga kirishni ta’minlash to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish, ma’lumotlarni real vaqt rejimida yoki ma’lum vaqt oralig‘ida yangilash tartibi;
g) soliq organiga kirish huquqi berilgan axborot tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
d) ulanish tartibi (texnik talablar; axborot tizimlariga kirish mezonlari; kirish vaqti);
e) qayd yozuvlari (soliq organi uchun foydalanuvchining qayd yozuvlari va parollarini yaratish, berish va o‘zgartirish tartibi; soliq organiga berilgan foydalanuvchilarning vakolatlari va foydalanish huquqlarini taqsimlash; soliq monitoringi vaqtida soliq organiga berilgan foydalanuvchilarning vakolatlarini to‘ldirish va o‘zgartirish tartibi);
j) texnik va axborot ta’minotini ta’minlovchi tarkibiy bo‘linmalar, shuningdek soliq organi bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun javobgar bo‘linmalar;
z) soliq organi tomonidan masofadan kirishdan foydalanishda texnik muammolar mavjud bo‘lgan taqdirda texnik va axborot ta’minoti xizmatiga murojaat qilish hamda javob berish tartibi va muddatlari, shuningdek texnik nosozliklar to‘g‘risida xabar berish tartibi va muddatlari, shuningdek ularni bartaraf etish muddatlari;
i) soliq organi uchun ochiq bo‘lgan axborot tizimining funksional imkoniyatlarining tavsifi (batafsil ro‘yxati) va ular bilan ishlash qoidalari;
k) soliq to‘lovchining soliq organi bilan o‘zaro axborot hamkorlik uchun javobgar shaxslar to‘g‘risida ularning lavozimlari va aloqa ma’lumotlari (o‘zaro axborot hamkorlikning tanlangan tartibidan qat’iy nazar) ko‘rsatilgan axborot;
l) uzatiladigan axborotni himoya qilishning tanlangan usuli (takomillashtirilgan elektron imzo, parol, login yoki uzatilayotgan axborotni himoya qilishning boshqa usullari);
m) soliq organini asl hujjatlar bilan tanishtirish tartibi va shartlari;
n) soliq organiga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati, ularni taqdim etish shakllari ko‘rsatilgan holda (soliq to‘lovchining axborot tizimlariga kirish orqali, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish);
o) axborotga doir hamkorlikni ta’minlaydigan hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddatlari;
p) hujjatlarni (axborotni) taqdim etish (o‘zgartirish) paytida soliq organi bilan soliq to‘lovchining o‘zaro axborot hamkorlik tartibi, shu jumladan taqdim etilgan hujjatlarga (axborotga) kirish, ularni o‘zgartirish va to‘liq berish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibi;
r) taqdim etiladigan axborotni (fayllarni) tuzish tartibining tavsifi:
joylashtirilgan katalog tizimining tavsifi;
axborotni (fayllarni) taqdim etish bilan bir vaqtda uzatilayotgan axborotni (fayllarni) aniqlash prinsiplari tavsifi.
Agar uzatiladigan axborotning (fayllarning) tuzilishi o‘zgarmasa, tavsifni qayta topshirish talab etilmaydi;
s) soliq organiga taqdim etiladigan hujjatlar (axborot) formatlari;
t) taqdim etilgan va qabul qilingan hujjatlar (axborot) yaxlitligini (hajmini) aniqlash va tasdiqlash usuli.
9. Reglamentning 2-bobida quyidagi axborot oshkor etilishi kerak:
a) buxgalteriya hisobining tashkiliy shakllari va usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ushbu Reglamentga ilova shaklida taqdim etilishi mumkin);
b) soliq hisobotlari ko‘rsatkichlarini oshkor qilish tuzilmasi:
soliq hisobining yig‘ma registri;
soliq hisobining analitik registrlari;
buxgalteriya hisobi registrlari;
birlamchi hisob hujjatlari va (yoki) operatsiyalar registrlari ro‘yxatlari;
birlamchi buxgalteriya hujjatlari;
v) buxgalteriya hisobi va soliq hisobi registrlarida daromadlar, xarajatlar, soliq solish obyektlari, buxgalteriya registrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, soliq hisobining analitik registrlarida aks ettirish tartibi;
g) foyda solig‘i bo‘yicha daromadlar va xarajatlarni buxgalteriya hisobi va soliq hisobini yuritish registrlarida aks ettirish tartibi:
daromadlarni, xarajatlarni hisobga olish tartibi, soliq hisobining analitik registrlari to‘g‘risida axborot (ushbu axborot Reglamentga 1-ilovadagi jadval shaklida to‘ldiriladi);
soliq hisobining analitik registrlari, ularning asosida soliq hisobining yig‘ma analitik registrlari ma’lumotlari shakllantiriladi (ushbu axborot Reglamentga 2-ilovadagi jadval shaklida to‘ldiriladi);
buxgalteriya hisobi registrlari asosida tuziladigan soliq hisobi registrlari to‘g‘risida axborot (ushbu axborot Reglamentga 3-ilovadagi jadval shaklida to‘ldiriladi);
buxgalteriya hisobi registrlari to‘g‘risida ma’lumotlar;
soliq hisobi ma’lumotlariga tuzatishlar kiritish tartibi to‘g‘risidagi axborot;
d) boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha soliq solish obyektlarini buxgalteriya va (yoki) soliq hisobi registrlarida aks ettirish tartibi, shuningdek ko‘rsatilgan registrlar va (yoki) boshqa axboroti asosida soliq deklaratsiyasining (hisob-kitobining) tegishli satrlarini shakllantirish tartibi.
Bu har bir soliq va yig‘im turi bo‘yicha hisobda soliq solish elementlarining aks etishi tartibiga va individual xususiyatlariga (agar mavjud bo‘lsa) bog‘liq ravishda erkin shaklda to‘ldiriladi;
e) buxgalteriya hisobi, buxgalteriya va (yoki) soliq hisobi registrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, boshqa axborot manbalari ma’lumotlari erkin shaklda bayon etiladi, ularning asosida har bir aniq soliq va yig‘im bo‘yicha soliq solish obyektlari aniqlanadi, soliq va yig‘im summasi hisoblanadi;
j) soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi (ushlab qolinishi), to‘lanishi (o‘tkazilishi), to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi to‘g‘risidagi axborotni ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan boshqa axborotni aks ettirish tartibi.
10. Ushbu Reglamentning 3-bobida xo‘jalik hayotida sodir etiladigan faktlar, soliqlar va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblanishi (ushlab qolinishi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi (o‘tkazib berilishi) ustidan ichki nazorat qilish tizimining tavsifi keltiriladi, shu jumladan:
a) soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi (ushlab qolinishi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi (o‘tkazib berilishi) ustidan ichki nazorat tizimini tashkillashtirish maqsadlari, vazifalari, shuningdek umumiy yondashuvlar tavsifi;
b) soliqlar va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblanishi ustidan nazorat qilish uchun foydalaniladigan asosiy axborot tizimlari (hisob tizimlari, ma’lumotlar bazasi) tavsifi (ro‘yxati va asosiy funksiyalari);
v) soliq to‘lovchining soliqlarni hisoblash, soliq deklaratsiyalarini (hisob-kitoblarini) tayyorlash, soliq solish metodologiyasi masalalari bilan shug‘ullanadigan tarkibiy bo‘linmalari, ularning tarkibi, ulardagi xodimlar soni, tashkiliy tuzilishi, maqsadlari, vazifalari va vakolatlari to‘g‘risidagi axborot.
Ichki nazorat tizimining tavsifi ushbu axborotni o‘z ichiga olgan hujjatlar Reglamentga ilova shaklida taqdim etilishi mumkin;
g) soliq hisobini, soliq deklaratsiyasini (hisob-kitoblarini) buzish va soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida va (yoki) to‘liq to‘lanmaslik xavfini aniqlash va baholashda ishlatiladigan yondashuvlar (usullar) tavsifi, shu jumladan:
soliq hisobini va soliq deklaratsiyalarining buzilishi, soliq va yig‘imlarning o‘z vaqtida va (yoki) to‘liq to‘lanmasligi xavfini bartaraf etishga (kamaytirishga) yo‘naltirilgan asosiy ichki nazorat tartib-qoidalarining tavsifi;
har bir nazorat tartib-taomili bo‘yicha uni o‘tkazishning qabul qilingan tartib-taomili tavsifi (agar mavjud bo‘lsa) berilishi kerak.
Reglamentga ilova shaklida taqdim etilishi mumkin bo‘lgan amaldagi ichki qoidalar va nazorat tartib-taomillarini tartibga soluvchi hujjatlarga havolalar;
d) tegishli ichki nazorat tartib-taomillari (ichki hujjatlar, ichki hisobotlar, reglamentlar, protokollar, buyruqlar, ma’lumotnomalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar) bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda ichki nazorat tartib-taomillarini hujjatlashtirish va amalga oshirishni tasdiqlash tartibi;
e) ichki nazorat natijalarini olish (shakllantirish) tartibi va muddatlari tavsifi.
11. Reglamentga oxirgi davrda boshqa tashkilotlar tomonidan ichki nazorat tizimi ishini tekshirish natijalari ilova shaklida (agar mavjud bo‘lsa) ilova qilinishi mumkin.
12. Reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilganda yoki soliq to‘lovchining va (yoki) soliq organining takliflariga ko‘ra, Reglamentda bayon etiladi, shuningdek Reglamentga bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalarni elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinet orqali yuborish shakli ko‘rsatiladi. | 88 | 11,834 |
Qonunchilik | Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2379, 2012-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-band uchinchi xatboshisidagi “boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar “yig‘imlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 131 | 835 |
Qonunchilik | Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida | Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ularni ma’naviy va jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori bilan:
a) davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari;
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi tasdiqlanganligi;
b) 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy hisoblanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar hududlar kesimida 2022/2023 o‘quv yilida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun maktab formalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlasin.
4. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
2022-yil 10-iyunga qadar maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni belgilashda ularning texnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy joylashuvini (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida) inobatga olgan holda, maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantirish;
2022-yil 1-avgustga qadar hududlar bo‘yicha maktab formalarini ishlab chiqarishni tashkil etish tavsiya etilsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
qonunchilikda belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari uchun maktab formasini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Eshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘maklashishni ta’minlasin;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2022-yil 10-avgustdan boshlab maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar) markazida aholiga qulay joylarda, maktab yarmarkalarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etsin va ularning joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati, maktab formasi joriy qilinishining o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy tenglikni mustahkamlashga va sifatli ta’lim-tarbiya olish uchun sharoit yaratishga xizmat qilishi ommaviy axborot vositalarida, jumladan, ijtimoiy roliklar orqali muntazam va keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. 3-banddagi “2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa majburiy hisoblanadi” so‘zlari “2022/2023 o‘quv yilidan boshlab esa to‘liq joriy etiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 6-banddagi ““O‘zstandart” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “2024/2025 o‘quv yilidan boshlab” so‘zlari “2022/2023 o‘quv yilidan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin”. | 147 | 4,413 |
Qonunchilik | Tashkil etilgan ish o‘rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Tashkil etilgan ish o‘rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) muvofiq tashkil etilgan ish o‘rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibini belgilaydi.
1. Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) ijrosini ta’minlash maqsadida Dasturning parametrlarini so‘zsiz bajarish yuzasidan muvofiqlashtirilgan ishlarni tashkil etish bo‘yicha doimiy ishlovchi tuman (shahar) ishchi komissiyalari (bundan buyon matnda ishchi komissiya deb yuritiladi) tomonidan tashkil etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha monitoring yuritiladi hamda ma’lumotlar shakllantiriladi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.
2. Ish o‘rinlari quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
yangi yirik ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, ishlab turgan tashkilotlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish;
sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish, servis sohasida va boshqa tarmoqlarda kichik korxona, mikrofirmalarni tashkil qilish va rivojlantirish (oilaviy korxonalar bilan birga);
yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish;
mehnat shartnomalari asosida tashkilotlar bilan kasanachilikni tashkil etish, pudrat shartnomalari asosida uyda ish bajarish, hunarmandchilikni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish (chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik, sabzavotchilik, asalarichilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish);
ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
iqtisodiy nochor va ishlamayotgan tashkilotlar faoliyatini tiklash va kengaytirish.
3. Tashkil etilgan ish o‘rinlari Dasturga muvofiq quyidagilar asosida hisobga olinadi:
Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar;
tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda statistika organlariga taqdim etilgan davlat statistika hisobotlari;
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan yangi tashkil qilingan fermer va dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ro‘yxatga olingan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramol boqish bilan shug‘ullanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan pudrat shartnomasi asosida tashkil etilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim etilgan hunarmandchilik shaklida xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlar yangidan tashkil etilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ishchi komissiyaga taqdim etadilar.
Fermer xo‘jaliklari yangidan tashkil etilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ishchi komissiyaga taqdim etadilar.
5. Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalarida (bundan buyon matnda inspeksiya deb yuritiladi) davlat ro‘yxatiga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga qadar inspeksiya tomonidan ishchi komissiyaga taqdim etiladi.
6. Dehqon xo‘jaliklarida yangidan tashkil etilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishchi komissiyaga taqdim etiladi.
7. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramol boqish bilan shug‘ullanuvchilar hisobiga tashkil etilgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan ishchi komissiyaga taqdim etiladi.
8. Pudrat shartnomasi asosida tashkil etilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan ishchi komissiyaga taqdim etiladi.
9. Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik shaklida xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq inspeksiya tomonidan ishchi komissiyaga taqdim etiladi.
10. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar kesimida ishchi komissiyaning kotibi tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tashkil etilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlar umumlashtiriladi va tahlil qilinadi.
11. Umumlashtirilgan ma’lumotlar ishchi komissiyaning raisiga ko‘rib chiqish uchun hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasida taqdim etiladi.
Ushbu ma’lumotlar ishchi komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ishchi komissiyasi kotibi tomonidan viloyat ishchi komissiyasiga hisobot oyidan keyingi oyning ikkinchi sanasiga qadar taqdim etiladi.
Viloyat ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar hisobot oyidan keyingi oyning uchinchi sanasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi viloyat ishchi komissiyalari hamda tarmoqlardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirib tahlil qilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda Iqtisodiyot vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning yettinchi sanasiga qadar taqdim etadi.
12. Tashkil etilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tuman (shahar) statistika bo‘limlari tomonidan taqqoslangandan so‘ng taqqoslash natijalari ishchi komissiyasiga qaytarib beriladi.
13. Dasturning ijrosini ta’minlash maqsadida monitoring tashkil etiladi hamda tumanlar (shaharlar), tarmoqlar va Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda ish o‘rinlari yaratilganligi bajarilishi bo‘yicha monitoring qilish har oyda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va ularning hududiy organlari tomonidan – hududiy va tarmoq dasturlarida ko‘zda tutilgan parametrlarning bajarilishi qismi bo‘yicha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan – ish o‘rinlari yaratishning hududiy dasturlari bajarilishi qismi bo‘yicha;
xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan – ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bo‘yicha ish o‘rinlari yaratishning tarmoq dasturlari bajarilishi qismi bo‘yicha;
davlat statistika organlari tomonidan – ish joylarining statistik hisobini yuritish bo‘yicha.
14. Monitoring ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ishchi komissiyalarning ish o‘rinlari yaratilganligi haqidagi ma’lumotlari umumlashtirilgandan so‘ng muayyan hudud va tarmoq bo‘yicha Dastur ijrosi haqida axborot tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan statistik hisobotlar asosida to‘plangan ma’lumotlar (tashkil etilgan, faoliyat ko‘rsatayotgan va yo‘qotilgan ish joylari haqidagi ma’lumotlar) umumlashtiriladi.
15. Monitoring yakunlari bo‘yicha Dasturning prognoz parametrlaridan orqada qolayotgan tuman (shahar)lar va Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlar aniqlangan taqdirda, xo‘jalik boshqaruv organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari tomonidan zarur chora-tadbirlar belgilanishi lozim. | 119 | 8,312 |
Qonunchilik | O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asoslarini mustahkamlashga, bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishga, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va fuqarolarning farovonligini yaxshilashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, qonunchilikdagi tizimli o‘zgarishlar bilan bog‘liq jadal rivojlanish normativ-huquqiy hujjatlar soni ortishiga olib keldi. Qonunchilik hujjatlarining tarqoqligi amaliyotda ularni tushunishni qiyinlashtirishga, huquqiy tafovut va kolliziyalarga, haddan tashqari tartibga solish va byurokratiyaga sabab bo‘lmoqda.
Mamlakatda so‘nggi uch yilda amalga oshirilgan islohotlar institutsional-huquqiy bazani yangilashni, amalga oshirilayotgan chuqur o‘zgarishlarni inobatga olgan holda eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normalarni bekor qilishni taqozo etmoqda.
Ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, eng avvalo tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yukini kamaytirish, normativ-huquqiy bazaning tizimliligini va kompleksliligini ta’minlash maqsadida hamda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan birgalikda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan o‘tkazilib, natijada 2,5 mingga yaqin eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, haddan tashqari tartibga solish yukini, byurokratik to‘siq va g‘ovlar hamda huquqni qo‘llash amaliyotida kolliziyalarni keltirib chiqarayotgan normativ-huquqiy hujjatlar aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 va 2-ilovalarga muvofiq eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda xatlov natijasida aniqlangan Hukumatning 2 mingdan ortiq eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qarorlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, tegishli hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Adliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining individual va tashkiliy xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlarini ular tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlardan farqlashning aniq mezonlarini qonun darajasida belgilash;
yangi tahrirdagi qonun hujjatini qabul qilish o‘rniga yangi qonun hujjatini qabul qilish va bir vaqtning o‘zida amaldagi qonun hujjatini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish amaliyotini joriy etish hamda avval qabul qilingan bunday qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish, shuningdek, tadbirlar o‘tkazishni tashkil etish yuzasidan qabul qilingan hujjatlarini tegishli yil yakuni bo‘yicha o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish amaliyotini joriy qilish;
eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, byurokratik to‘siq va g‘ovlarni, haddan tashqari tartibga solish yukini va huquqni qo‘llash amaliyotida kolliziyalarni keltirib chiqaruvchi hujjatlarni aniqlash maqsadida qonunchilik bazasini xatlovdan o‘tkazishni davom ettirish hamda xatlov natijasida aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish va tarqoq holda tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarni tizimlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-iyunga qadar barcha amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga kiritilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini, eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatgan holda, tizimlashtirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga kiritish, normativ-huquqiy hujjatlarni bazaga avtomatik tarzda joylashtirish mexanizmini joriy etish ishlari amalga oshirilishi tashkil qilsin.
4. Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash loyihani ishlab chiqqan idora va tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)dan foydalangan holda amalga oshiriladi;
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash huquqiy monitoring bo‘yicha elektron maydonchadan foydalangan holda amalga oshiriladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining tartibga solish ta’sirini baholash “E-Qaror” yagona elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
muammo tahlili, uni hal etish yo‘llari, raqobatga ta’sirini baholash, yangi tartibga solish vositalarini joriy etishning ehtimoliy oqibatlarini prognozlash va baholash, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun foyda va xarajatlarni tahlil qilish nazarda tutuvchi tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha tahliliy materiallar normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik muhokamasi, idoralararo kelishuv va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bosqichlarida loyihaga ilova qilinadi;
Adliya vazirligi har yili mamlakatda tartibga solish ta’sirini baholash tizimining holati to‘g‘risida axborot tayyorlab, uni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
6. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bir oy muddatda o‘zlarining markaziy apparatlari tuzilmasida belgilangan shtat birliklari doirasida tartibga solish ta’sirini baholashga mas’ul xodimlarni belgilasin.
7. Adliya vazirligining o‘z markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 10 ta shtat birligidan iborat Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlardagi tartibga solish ta’sirini baholashga mas’ul bo‘lgan xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish hamda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rish va tavsiyalar ishlab chiqish;
korrupsiyaning kelib chiqishiga sharoit yaratayotgan qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlar, qoidalar va normalarni aniqlash, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qo‘llashdagi korrupsiyaviy xavflarni tahlil qilish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6019-son Farmoni bilan byurokratik to‘siqlarni kamida 30 foizga qisqartirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yalpi xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining tartibga solish yukini kamaytirish doirasida guruh bo‘lib ishlash texnologiyalarini takomilga yetkazish va hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) quyidagilarni nazarda tutuvchi “ochiq platforma” (open platform)ni ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
jamoatchilik, biznes hamjamiyati, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik, shu jumladan qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish doirasida qayta aloqa mexanizmlarini joriy etish;
davlat organlari va tashkilotlari bilan tematik onlayn uchrashuv va muhokamalar o‘tkazish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;
qonunchilik hujjatlarining huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’sirini baholashda “kraudsorsing” imkoniyatlaridan foydalanish, shu jumladan onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish.
9. Adliya vazirligi:
a) manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda tegishli idoralarning faoliyat yo‘nalishlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
b) Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar norma ijodkorligi faoliyatida foydalanish maqsadida milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi zarur bo‘lgan xalqaro shartnomalar talablari hamda xalqaro tashkilotlarning taklif va tavsiyalari bo‘yicha ochiq ma’lumotlar bazasining shakllantirilishini ta’minlasin;
v) 2021-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini takomillashtirish choralarini ko‘rsin:
bazadagi mavjud qonunchilik hujjatlarini mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirish, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar hamda operativ, tashkiliy va boshqa xususiyatga ega hujjatlarni alohida joylashtirish;
norma ijodkorligi faoliyati uchun qulayliklar yaratish, shu jumladan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjatlarni alohida joylashtirish.
10. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Fanlar akademiyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga amal qilgan holda ilmiy va ekspert doiralari vakillari, ilmiy darajalar olish uchun talabgorlarning ilmiy-tahliliy faoliyati natijasida ishlab chiqilgan takliflarni ommaviy onlayn axborot tizimida majburiy aks ettirish mexanizmini joriy etsin.
11. Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli vazirlik va idoralarning murojaatlariga asosan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida tartibga solish ta’sirini baholashning tashkiliy-huquqiy jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etishga oid mavzularni muntazam e’lon qilib borsin.
12. Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida bir oy muddatda:
adliya vaziri (R. Davletov), iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari (I. Norqulov) hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi (N. Sharipov) — ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash tizimini joriy etish masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida onlayn rejimda muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish o‘tkazsin, shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholash metodologiyasining, shu jumladan xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, o‘qitilishini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin;
adliya vaziri (R. Davletov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi (N. Sharipov) va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori (E. Tulyakov) — normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) “ochiq platforma” tashkil etilishi va uzluksiz ishlashini hamda unda normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash doirasida jamoatchilik, biznes hamjamiyati, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rsin.
13. Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
14. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p bolali onalarning nafaqa miqdorini ko‘paytirish to‘g‘risida” 1990-yil 3-maydagi PF-1-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulug‘ vatan urushi nogironlariga, qatnashchilariga, baynalmilalchi jangchilarga va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga sovet xalqining ulug‘ vatan urushidagi g‘alabasining 45 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida” 1990-yil 7-maydagi PF-4-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jumhuriyat aholisi shaxsiy xo‘jaligidagi mollar va parrandalarni yem-xashak bilan ta’minlash hamda ularda chorvachilik mahsulotini ko‘paytirish to‘g‘risida” 1990-yil 10-maydagi PF-5-son Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilish uchun borishi to‘g‘risida” 1990-yil 2-iyundagi PF-12-son Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon viloyatining Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Paxtaobod, Xo‘jaobod rayonlari va Andijon shahri hududlarida favqulodda holat joriy qilish to‘g‘risida” 1990-yil 8-iyundagi PF-12a-son Farmoni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi huzurida xomashyo va yengil sanoat mahsulotlari ta’minoti hamda ularni sotish bosh boshqarmasi “O‘zglavlegsnabsbit”ni tashkil etish to‘g‘risida” 1990-yil 11-iyundagi PF-13-son Farmoni.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvoni ta’sis etish to‘g‘risida” 1990-yil 26-iyundagi PF-17-son Farmoni.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston SSJ qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risida” 1990-yil 28-iyuldagi PF-36-son Farmoni.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jumhuriyat yoshlarini armiyaga chaqirishni va ularning harbiy xizmatni o‘tashni takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 1990-yil 4-sentabrdagi PF-52-son Farmoni.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aspirantlar, oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalarini oshirish to‘g‘risida” 1990-yil 4-sentabrdagi PF-53-son Farmoni.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston SSJ Prezidenti kengashining tarkibi to‘g‘risida” 1990-yil 1-oktabrdagi PF-59-son Farmoni.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jumhuriyat aholisi shaxsiy xo‘jaligidagi mollar va parrandalarni yem-xashak bilan ta’minlashni qo‘shimcha choralari to‘g‘risida” 1990-yil 25-oktabrdagi PF-74-son Farmoni.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablarning o‘qituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf o‘qituvchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida” 1990-yil 13-noyabrdagi PF-93-son Farmoni.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasi to‘g‘risida” 1990-yil 15-noyabrdagi PF-97-son Farmoni.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston SSJ davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va ayrim fuqarolari muassis bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olishni tartibga solishni tartibga solish haqida” 1990-yil 15-dekabrdagi PF-112-son Farmoni.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa nohiyasidagi Ilichyovsk shahrini viloyat qaramog‘idagi shaharlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida” 1990-yil 12-dekabrdagi PF-113-son Farmoni.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari va qishloq joylarida yashovchi boshqa fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 11-yanvardagi PF-124-son Farmoni.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “SSSR davlat bankining 1961-yil namunasidagi 50 va 100 so‘mlik pullarni almashtirish muddatini uzaytirish to‘g‘risida” 1991-yil 23-yanvardagi PF-137-son Farmoni.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiyning 550 yilligini nishonlash to‘g‘risida” 1991-yil 29-yanvardagi PF-139-son Farmoni.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining maoshlarini oshirish to‘g‘risida” 1991-yil 12-fevraldagi PF-141-son Farmoni.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jumhuriyatda Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish haqida” 1991-yil 12-fevraldagi PF-143-son Farmoni.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining egalari bo‘lmish dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida” 1991-yil 18-martdagi PF-166-son Farmoni.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “An’anaviy milliy bayram “Ro‘za hayiti” to‘g‘risida” 1991-yil 11-apreldagi PF-193-son Farmoni.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Narx-navoning isloh qilinishi munosabati bilan umumta’lim maktablarining o‘quvchilariga umumiy ovqatlanish bo‘yicha imtiyozlarning berilishi xususida” 1991-yil 16-apreldagi PF-199-son Farmoni.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga yordam ko‘rsatish va tabiiy ofat oqibatlarini tugatish tadbirlari to‘g‘risida” 1991-yil 25-maydagi PF-210-son Farmoni.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 27-maydagi PF-212-son Farmoni.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qishloq aholisini ovqat uchun don (bug‘doy) bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha choralar to‘g‘risida” 1991-yil 31-maydagi PF-215-son Farmoni.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qora, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha respublika kooperativ birlashmasini (“O‘zkoopikkilamchimetall” RKB) tashkil qilish to‘g‘risida” 1991-yil 4-iyundagi PF-216-son Farmoni.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida” 1991-yil 1-avgustdagi PF-233-son Farmoni.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijodiy uyushmalar, ko‘ngilli jamiyatlar va jamg‘armalarni partiya tasarrufidan chiqarish to‘g‘risida” 1991-yil 27-avgustdagi PF-238-son Farmoni.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ittifoq idoralarining 1991-yilda valyuta resurslaridan foydalanishning alohida tartibini belgilovchi hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilishini to‘xtatib qo‘yish haqida” 1991-yil 6-sentabrdagi PF-242-son Farmoni.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta tolasi va pillani sotish masalalari to‘g‘risida” 1991-yil 4-oktabrdagi PF-268-son Farmoni.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining ishlarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida” 1991-yil 4-oktabrdagi PF-269-son Farmoni.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boji to‘g‘risida” 1991-yil 16-oktabrdagi PF-278-son Farmoni.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston ijodkorlari jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” 1991-yil 22-oktabrdagi PF-280-son Farmoni.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Paxtaobod, Xo‘jaobod rayonlari va Andijon viloyatining Andijon shahri hududlarida favqulodda holatni bekor qilish to‘g‘risida” 1991-yil 29-noyabrdagi PF-297-son Farmoni.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining 1991-yilda tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan paxtakor xo‘jaliklarining iqtisodiyotini mustahkamlashga doir qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 15-dekabrdagi PF-300-son Farmoni.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida birja faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida” 1991-yil 27-dekabrdagi PF-303-son Farmoni.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin narx belgilash munosabati bilan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 29-dekabrdagi PF-306-son Farmoni.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlari hamda ta’lim-yordamchi xodimlariga qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida” 1992-yil 5-fevraldagi PF-330-son Farmoni.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasidagi o‘zgartishlar haqida” 1992-yil 6-fevraldagi PF-333-son Farmoni.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida moliya organlarini boshqarish tashkiliy tuzilmasini va narx belgilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1992-yil 11-fevraldagi PF-339-son Farmoni.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1992-yil 11-martdagi PF-361-son Farmoni.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, stipendiyalar hamda budjet hisobidagi muassasalar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 26-martdagi PF-366-son Farmoni.
45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura idoralari xodimlariga klass darajalari berish tartibi to‘g‘risida” 1992-yil 8-apreldagi PF-386-son Farmoni.
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1992-yil 1-iyuldan nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet hisobidagi muassasalar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 27-iyundagi PF-433-son Farmoni.
47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida” 1992-yil 8-iyuldagi PF-438-son Farmoni.
48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Mustaqilligining 1 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan Respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga imtiyozlar berish to‘g‘risida” 1992-yil 28-iyuldagi PF-448-son Farmoni.
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1992-yil 1-sentabrdan nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet hisobidagi tashkilotlar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 25-avgustdagi PF-458-son Farmoni.
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston ijodkor yoshlarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida” 1992-yil 28-avgustdagi PF-461-son Farmoni.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida jahon muammolari institutini tashkil etish” 1992-yil 29-avgustdagi PF-466-son Farmoni.
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 25-avgustdagi PF-458-son Farmoni amal qilishini harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan pensionerlarga tatbiq etish to‘g‘risida” 1992-yil 28-sentabrdagi PF-476-son Farmoni.
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1992-yil 1-oktabrdan nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet hisobidagi tashkilotlar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 8-oktabrdagi PF-479-son Farmoni.
54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fan sohasi xodimlariga imtiyozlar berish to‘g‘risida” 1992-yil 8-oktabrdagi PF-480-son Farmoni.
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtaning xarid narxlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 22-oktabrdagi PF-481-son Farmoni.
56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 7-maydagi Farmonini Afg‘oniston Respublikasida va boshqa davlatlar hududida urush harakatlarida qatnashgan fuqarolarga nisbatan joriy etish haqida” 1992-yil 11-dekabrdagi PF-505-son Farmoni.
57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat kotibi lavozimini bekor qilish to‘g‘risida” 1992-yil 12-dekabrdagi PF-507-son Farmoni.
58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1993-yil 1-yanvaridan mehnat haqi, nafaqalar va stipendiyalarining miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 29-dekabrdagi PF-522-son Farmoni.
59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1993-yilning 1-aprelidan mehnat haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1993-yil 18-martdagi PF-580-son Farmoni.
60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1993-yilning 1-iyunidan mehnat haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, bolali oilalar ijtimoiy nafaqalarining miqdorlarini oshirish hamda respublikaning iste’mol bozorini himoya qilish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 28-maydagi PF-607-son Farmoni.
61. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 2-iyundagi PF-609-son Farmoni.
62. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kommunal xizmat ko‘rsatishni boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1993-yil 15-iyuldagi PF-617-son Farmoni.
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 25-avgustdagi PF-641-son Farmoni.
64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1993-yilning 1-sentabridan mehnat haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorini oshirish to‘g‘risida” 1993-yil 13-sentabrdagi PF-648-son Farmoni.
65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro qariyalar kuni munosabati bilan respublikaning keksa fuqarolarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1993-yil 1-oktabrdagi PF-671-son Farmoni.
66. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1993-yilning 1-noyabridan mehnat haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorini oshirish to‘g‘risida” 1993-yil 28-oktabrdagi PF-679-son Farmoni.
67. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1993-yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 1993-yil 22-noyabrdagi PF-688-son Farmoni.
68. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1994-yil 1-yanvardan boshlab mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va stipendiyalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 1993-yil 31-dekabrdagi PF-724-son Farmoni.
69. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoa xo‘jaliklarining namunaviy ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 6-yanvardagi PF-725-son Farmoni.
70. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1994-yil 7-fevraldagi PF-758-son Farmoni.
71. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1994-yilning 1-martidan mehnat haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1994-yil 26-fevraldagi PF-771-son Farmoni.
72. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi “O‘zshartnomasavdo”ni tugatish hamda O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi — “O‘zulgurjibirjasavdo”ni ta’sis etish to‘g‘risida” 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmoni.
73. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son Farmoni.
74. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonunlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar haqida” 1994-yil 18-martdagi PF-795-son Farmoni.
75. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Boshoqli don ekinlarini xarid narxlarini oshirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 30-noyabrdagi 691-son Farmonini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida” 1994-yil 12-apreldagi PF-820-son Farmoni.
76. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 23-apreldagi PF-842-son Farmoni.
77. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1994-yilning 1-iyunidan mehnat haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1994-yil 26-maydagi PF-853-son Farmoni.
78. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qo‘shimcha qiymatdan olinadigan soliq miqdorini kamaytirish to‘g‘risida” 1994-yil 26-maydagi PF-854-son Farmoni.
79. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport imkoniyatini kengaytirish borasida korxonalar faoliyatini rag‘batlantirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 17-iyundagi PF-872-son Farmoni.
80. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublika savdo-xarid uyushmasi “O‘ztayyorlovsavdo”ni tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 4-avgustdagi PF-926-son Farmoni.
81. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasini iqtisodiy rag‘batlantirish va erkinlik berish to‘g‘risida” 1994-yil 22-avgustdagi PF-937-son Farmoni.
82. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki bozorni dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan to‘ldirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 8-noyabrdagi PF-985-son Farmoni.
83. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarning payhon etilishiga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 1994-yil 21-noyabrdagi PF-1005-son Farmoni.
84. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisining barcha turdagi pensiyalarini oshirish to‘g‘risida” 1994-yil 28-noyabrdagi PF-1012-son Farmoni.
85. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi ahamiyatini kuchaytirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 30-noyabrdagi PF-1014-son Farmoni.
86. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada teri xomashyosini tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 21-dekabrdagi PF-1025-son Farmoni.
87. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizom”ni amalga kiritish haqida”gi 1994-yil 23-dekabrdagi PF-1027-son Farmoni.
88. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1995-yilgi paxta va boshoqli don ekinlari hosili yetishtirish hamda davlatga sotishni iqtisodiy rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 19-yanvardagi PF-1068-son Farmoni.
89. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1995-yil 7-fevraldagi PF-1080-son Farmoni.
90. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1995-yil hosilidan olingan paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlari to‘g‘risida” 1995-yil 7-fevraldagi PF-1081-son Farmoni.
91. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning daromadlaridan olinadigan soliqlar darajasini kamaytirish to‘g‘risida” 1995-yil 24-fevraldagi PF-1083-son Farmoni.
92. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 2-martdagi PF-1084-son Farmoni.
93. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlikni tashkil qilish to‘g‘risida” 1995-yil 21-avgustdagi PF-1234-son Farmoni.
94. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 20-martdagi PF-1411-son Farmoni.
95. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 3-apreldagi PF-1416-son Farmoni.
96. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 15-maydagi PF-1464-son Farmoni.
97. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 31-maydagi PF-1467-son Farmoni.
98. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlarining tarkibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 25-iyuldagi PF-1501-son Farmoni.
99. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son Farmoni.
100. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 1997-yilgi davlat budjeti munosabati bilan soliq islohotini chuqurlashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 27-sentabrdagi PF-1565-son Farmoni.
101. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqining eng oz miqdorini oshirish to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi PF-1650-son Farmoni.
102. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni va ularning sarmoya bilan bog‘liq faoliyatini rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-dekabrdagi PF-1659-son Farmoni.
103. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida” 1996-yil 31-dekabrdagi PF-1692-son Farmoni.
104. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 6-yanvardagi PF-1693-son Farmoni.
105. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmoni.
106. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik sudlarining qarorlari ijrosini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 5-fevraldagi PF-1704-son Farmoni.
107. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aylanma mablag‘larning saqlanishi va o‘z vaqtida to‘ldirilishi uchun javobgarlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 9-iyuldagi PF-1816-son Farmoni.
108. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida islohotlarni davom ettirish to‘g‘risida” 1997-yil 17-sentabrdagi PF-1843-son Farmoni.
109. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1997-yil 30-sentabrdagi PF-1867-son Farmoni.
110. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishni tashkil etishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 28-oktabrdagi PF-1875-son Farmoni.
111. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 19-dekabrdagi PF-1897-son Farmoni.
112. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi harbiy qismlarida intizomni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 23-fevraldagi PF-1932-son Farmoni.
113. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 4-martdagi PF-1938-son Farmoni.
114. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 4-martdagi PF-1939-son Farmoni.
115. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 18-martdagi PF-1978-son Farmoni.
117. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-son Farmoniga 2-ilovaning 1-bandi.
118. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy jamoalar, oqimlar va guruhlar faoliyatining qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyani tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 21-apreldagi PF-1989-son Farmoni.
119. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1998-yil 23-apreldagi PF-1990-son Farmoni.
120. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiz markalarini qalbakilashtirish va g‘ayriqonuniy aylantirish uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida” 1998-yil 6-iyuldagi PF-2051-son Farmoni.
121. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktabrdagi PF-2100-son Farmoni.
122. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi PF-2111-son Farmoni.
123. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-tijorat xalq bankini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2162-son Farmoni.
124. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmonining 5-bandi.
125. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida” 1999-yil 15-apreldagi PF-2286-son Farmoni.
126. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida” 1999-yil 30-iyundagi PF-2332-son Farmoni.
127. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1999-yil 1-avgustdan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 1999-yil 19-iyuldagi PF-2339-son Farmoni.
128. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 23-fevraldagi PF-2552-son Farmonining 4-bandi.
129. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 3-apreldagi PF-2570-son Farmoni.
130. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturining amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etish bo‘yicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 3-apreldagi PF-2571-son Farmoni.
131. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 2-iyundagi PF-2612-son Farmoni.
132. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va mamlakat sportchilarini Sidney shahri (Avstraliya)dagi XXVII Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida” 2000-yil 7-iyundagi PF-2618-son Farmoni.
133. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 2-avgustdagi PF-2677-son Farmoni.
134. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayrim komissiyalarning tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 29-sentabrdagi PF-2720-son Farmoni.
135. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-tijorat Xalq bankini rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 7-dekabrdagi PF-2773-son Farmoni.
138. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va birja savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 27-apreldagi PF-2836-son Farmoni.
139. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 14-maydagi PF-2841-son Farmonining 2, 5 va 6-bandlari.
141. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi Farmonining 2-bandida ko‘zda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirish haqida” 2002-yil 29-yanvardagi PF-3020-son Farmoni.
143. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2002-yilning 1-sentabridan boshlab o‘qituvchilar va o‘quv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 7-avgustdagi PF-3112-son Farmonining 5-bandi.
146. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 16-iyuldagi PF-3276-son Farmoniga ilovaning 2 va 4-bandlari.
147. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 1-oktabrdagi PF-3323-son Farmoni 2-bandining ikkinchi xatboshisi.
148. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iste’mol tovarlarini olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 15-oktabrdagi PF-3335-son Farmonining 2-bandi.
149. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi Farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoniga ilovaning 6 va 11-bandlari.
150. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 11-martdagi PF-3406-son Farmonining 5-bandi.
151. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004 — 2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmoni.
152. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va farmoyishlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 24-iyuldagi PF-3467-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
153. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish to‘g‘risida” 2005-yil 24-martdagi PF-3586-son Farmoni.
154. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
155. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi Farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoniga ilovaning 1, 2 va 9-bandlari.
156. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasining tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 10-oktabrdagi PF-3667-son Farmoni.
157. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.
158. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-son Farmoni.
159. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining ayrim qoidalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 6-iyundagi PF-3760-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
160. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2007-yil 11-maydagi PF-3876-son Farmoniga 2-ilovaning 3-bandi.
162. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablar o‘qituvchilari, bolalar uylari tarbiyachilariga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar, yuqori sinflar o‘qituvchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida” 1990-yil 13-noyabrdagi PF-93-sonli farmonini qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2008-yil 5-fevraldagi PF-3962-son Farmoni.
163. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 1-apreldagi PF-3983-son Farmoni.
164. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 1-maydagi PF-3994-son Farmoni.
165. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 20-oktabrdagi PF-4041-son Farmoni.
166. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 18-noyabrya PF-4053-son Farmoni.
167. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet tashkilotlari xodimlarini bir yo‘la mukofotlash to‘g‘risida” 2008-yil 25-dekabrdagi PF-4069-son Farmoni.
168. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-son Farmoniga ilovaning 6, 7 va 14-bandlari.
169. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi hamda 2-ilovaning 6 va 8-bandlari.
170. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 26-martdagi PF-4209-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi.
171. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va birja savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 27-apreldagi PF-2836-son Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 3-martdagi PF-4290-son Farmoni.
172. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoniga 2-ilovaning 1-bandi.
173. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoniga 1-ilovaning 11-bandi.
174. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmoni.
175. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-son Farmoniga ilovaning 1 va 24-bandlari.
176. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-son Farmoniga 1-ilovaning 4 va 6-bandlari.
177. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida “ 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-son Farmoniga 1-ilovaning 5-bandi.
178. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
179. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-son Farmoniga 2-ilovaning 3-bandi.
181. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son Farmoniga 1-ilovaning 28 va 33-bandlari.
182. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 1994-yil 21-noyabrdagi PF-1005-son Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 2-oktabrdagi PF-4569-son Farmoni.
183. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-sonli Farmoniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 11-oktabrdagi PF-4573-son Farmoni.
184. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-son Farmoniga ilovaning 28-bandi.
185. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga 3-ilovaning 1-bandi.
186. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 17-bandi.
187. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmoniga 3-ilovaning 1 — 14-bandlari.
188. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi.
189. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 13-dekabrdagi PF-4866-son Farmoni 2-bandining uchinchi xatboshisi.
190. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-son Farmoniga 1-ilovaning 29, 33, 34 va 44-bandlari.
191. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 3-yanvardagi PF-4911-son Farmoniga 1-ilovaning 5 va 7-bandlari va 2-ilova.
192. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5055-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.
193. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-3932-sonli Farmoniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-iyundagi PF-5074-son Farmoni.
194. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida” PF-4857-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2658-sonli qarori)” 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.
195. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 13-iyuldagi PF-5112-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisi.
196. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 17-iyuldagi PF-5115-son Farmoniga ilovaning 1, 4 va 11-bandlari.
197. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni 5-bandi.
198. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, ba’zilarini esa o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-son Farmoniga 1-ilovaning 3 va 17-bandlari.
199. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-son Farmoniga ilovaning 9 va 33-bandlari.
200. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoni 2 va 5-bandlari hamda farmonga 2-ilova va 3-ilovaning 9-bandi.
201. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-son Farmoniga 2-ilovaning 1 va 2-bandlari.
202. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-son Farmoniga ilovaning 1-bandi “a” va “b” kichik bandlari hamda 4-bandi.
203. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
204. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga 5-ilovaning 1 va 2-bandari.
205. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi “b” kichik bandi va 21-bandi hamda 2-ilovaning 9-bandi.
206. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 24-maydagi PF-5447-son Farmoniga 1-ilovaning 29 va 55-bandlari hamda 2-ilovaning 1-bandi.
207. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-son Farmoniga 1-ilovaning 4-bandi.
208. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2018-yil 7-iyundagi PF-5457-son Farmoniga ilovaning 12-bandi.
209. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 20-iyundagi PF-5459-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
210. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3646-son qarori)” 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-son Farmoniga 1-ilovaning 15, 20 va 61-bandlari.
211. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga 4-ilovaning 1-bandi.
212. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli qarorlari)” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-son Farmoniga 1-ilovaning 4 va 5-bandlari.
213. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi PF-5512-son Farmoni.
214. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qarori)“ 2018-yil 28-avgustdagi PF-5525-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
215. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida “gi 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoniga 2-ilovaning 5-bandi.
216. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-noyabrdagi PF-5574-son Farmoni.
217. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-son Farmoniga 2-ilovaning 3-bandi.
218. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-son Farmoniga 1-ilovaning 25-bandi.
219. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-son Farmoniga 2-ilovaning 6-bandi.
220. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | 174 | 61,924 |
Qonunchilik | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimizda ijtimoiy sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasining ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish, shaxsning ma’naviy kamol topishi psixologik qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, soha mutaxassislarining psixologik bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda jamiyatda psixologik bilimlarni keng targ‘ib etishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakatimizda ijtimoiy sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, shaxsning ma’naviy kamol topishi psixologik qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish va metodik ta’minotini ishlab chiqish;
jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va hal etish bo‘yicha ilmiy psixologik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularda qo‘llaniladigan samarali metodlar ishlab chiqilishini ta’minlash;
psixologiyaning asosiy yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha bosma va elektron ilmiy jurnallar ta’sis etish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarini tashkil etish;
ijtimoiy talab va taklif asosida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlaridagi oliy ma’lumotli mutaxassislarning bazaviy ma’lumotiga muvofiq psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, turli soha xodimlarining psixologik bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;
davlat buyurtmasi hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus va tizimli muammolar bo‘yicha amaliy psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtmalari asosida psixologik tadqiqotlar o‘tkazish;
jamiyat hayotidagi turli favqulodda vaziyatlar vaqtida aholiga psixologik yordam ko‘rsatish va fuqarolarni psixologik tushkunlikdan chiqarish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish;
aholining axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash borasidagi muhim omillarni o‘rganish va natijalari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga axborot kiritib borish;
jamiyatda, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida psixologik bilimlarni keng targ‘ib etish.
3. Quyidagilar:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektoriga, zarur hollarda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ustaviga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi nizomini tasdiqlasin;
Markazga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda uning faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlari rejasini tasdiqlasin;
Markazni yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan hamda psixologiya sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan ilmiy-pedagog kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi:
bir oy muddatda Markazda 2017-yil noyabr-dekabr oylarida malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tishi tavsiya etilayotgan psixolog xodimlar ro‘yxatini shakllantirib, Markazga taqdim etilishini ta’minlasinlar;
2018 — 2021-yillar uchun psixolog xodimlarning shartnoma asosida malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha har bir vazirlik va idora kesimidagi manzilli rejalarini tasdiqlasinlar.
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Markazning joriy ta’minoti, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga oliy ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilansinki:
Markaz yuridik shaxs hisoblanmaydi;
Markazning ilmiy va rahbar xodimlari lavozim maoshlari respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan lavozim maoshlari miqdoriga tenglashtiriladi;
Markazda psixolog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnoma asosida, malaka oshirish va qayta tayyorlashga yuborgan buyurtmachi tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Markaz faoliyati kengayib borishi va chuqur ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirilishi uchun Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-mavze, 4/1-uy manzilida joylashgan Chilonzor kommunal xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududlari bilan birga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Chilonzor kommunal xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar mazkur kollej binosida o‘quv jarayonini davom ettiradilar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2019-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti obyektlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Markazni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 2017-yilda oliy ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 13-maydagi 153-son qaroriga 1-ilova matni 2-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 145 | 8,281 |
Qonunchilik | Harbiy хizmatchilar qoʻshimcha ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi | Vazirlar Mahkamasining 6.06.2018 yildagi 424-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).
Muddatli хizmatdan keyin – tadbirkorlikka
Kamida olti oy хizmat qilgan muddatli harbiy хizmat harbiy хizmatchilariga tadbirkorlik faoliyati uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va kreditlar berish tartibini tushuntirish boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Eng oʻrnak koʻrsatganlarga imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirishga sertifikatlar beriladi.
Ofitserlar va kontrakt boʻyicha хizmatchilarga - avtomobillar
Mudofaa vazirligining jangovar qismlari va jangovar ta’minot boʻlinmalarining ofitserlariga hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilariga byudjet yengil avtomobillari sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi:
Har bir harbiy qismdan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda eng oʻrnak koʻrsatgan 10 nafargacha kishi bunday tarzda qoʻllab-quvvatlanishi mumkin.
Ofitserlar hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining boshqa хohlovchi kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilariga banklarning kreditlari hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar sotib olishda koʻmaklashiladi.
Tanlab olish mezonlari
Harbiy хizmatchilarni ularga kreditlarning tegishli turlarini rasmiylashtirish uchun taqdimnomalar berish uchun tanlab olish mezonlari yaqin vaqtda Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’on qilingan va 7.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy. | 60 | 1,885 |
Qonunchilik | Soʻmni olib chiqishga ruхsatnomani Markaziy bankning bosh boshqarmasi beradi | MB va DBQning qarori (12.03.2018 yilda 1326-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Ruхsatnoma – 09006-son shakl boʻyicha
Eslatib oʻtamiz, 2004 yil 1 martdan boshlab rezident va norezident jismoniy shaхslar tomonidan naqd milliy valyutani (soʻmni) Oʻzbekistonga olib kirish va olib chiqishga EKIHning 50 baravaridan oshmaydigan summa doirasida ruхsat beriladi. Koʻrsatilgan summadan ortiqcha naqd milliy valyutani olib chiqishga ruхsatnoma olish zarur.
Endi mazkur ruхsatnoma Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahri boʻyicha bosh boshqarmasida beriladi (ilgari buni Markaziy bankning oʻzi amalga oshirar edi).
Bunda taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan e’tiroz boʻlmasa, MB bosh boshqarmasi 09006-son shakl boʻyicha ruхsatnoma rasmiylashtiradi. Uni MB bosh boshqarmasining boshligʻi imzolaydi. Ruхsatnoma – qat’iy hisobdagi blanka boʻlib, «Davlat belgisi» DIChBda tayyorlanadi va zarur darajada himoyalangan boʻladi. Har bir blanka bir хil seriya va tartib raqamiga ega 2 nusхadan iborat boʻladi: birinchisi ariza beruvchiga topshiriladi, ikkinchisi esa bosh boshqarmada qoladi.
Ruхsatnoma pulni bir marta olib chiqish huquqini beradi, sababi chiqib ketish chogʻida bojхonaga topshiriladi. Unda berilgan arizaga muvofiq summa qayd etiladi. Ruхsatnoma 3 oy davomida amal qiladi.
Ruхsatnomani rasmiylashtirganlik va berganlik uchun haq undirilmaydi.
Summa EKIHning 50 baravaridan ortiq boʻlgandagina deklaratsiya toʻldiriladi
Naqd soʻmni olib kirish-olib chiqishda deklaratsiyalash zarurligi masalasi хuddi shu tartibda hal etiladi. Summa EKIHning 50 baravaridan oshmasa – deklaratsiyalash kerak emas (olib kirishda ham, olib chiqishda ham, rezidentlar tomonidan ham, norezidentlar tomonidan ham – tahr.). Rezidentlar EKIHning 50 baravaridan ortiq summani olib chiqayotganda butun summa yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasida koʻrsatiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 12.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 76 | 2,340 |
Qonunchilik | Davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovi stavkalari tasdiqlandi | Toshkent shahar hokimining 2016 yil 4 yanvardagi 1-son qarori bilan 2016 yil uchun Toshkent shahrida davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.
Toshkent shahrida davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining belgilangan eng kam stavkalari quyidagi maqsadlarda qoʻllanadi:
- davlat koʻchmas mulkini ijaraga berishda ijara toʻlovi stavkasini aniqlash uchun. VMning 8.04.2009 yildagi 102-son qarori bilan davlat bino va inshootlari boʻyicha ijara toʻlovini hisoblab chiqish formulasi aniqlandi (ijara toʻlovining tayanch stavkasi), biroq hisob-kitob stavkasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam boʻlishi mumkin emas;
- yuridik shaхslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan soliq solinadigan daromadlarini aniqlash uchun. Prezidentning 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qaroriga muvofiq koʻchmas mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar shartnoma bilan belgilangan ijara toʻlovi summasidan, biroq koʻchmas davlat mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kam boʻlmagan summadan kelib chiqib aniqlanadigan tartib saqlandi.
Masalan, korхona ijaraga ofis uchun bino taqdim qilayapti. Taqdim qilinayotgan ofis binosi maydonining miqdori 120 kv.m ni tashkil qiladi, operativ ijara qiymati shartnomaga binoan oyiga 210 000 soʻm miqdorida belgilangan. Koʻrsatilgan binoni ijaraga berishdan olingan soliq solinadigan daromadni aniqlashda korхona shartnoma boʻyicha olinadigan daromadni ijara toʻlovining tasdiqlangan eng kam stavkalari miqdori bilan taqqoslashi kerak.
2016 yil uchun tasdiqlangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga muvofiq ofis binolari uchun yillik ijara toʻlovi stavkasi 1 kv.m uchun 24 000 soʻm miqdorida belgilangan. Egallangan maydondan kelib chiqib Toshkent shahrida 120 kv.m uchun hisob-kitob (soliqlarni hisoblab chiqarish uchun) qiymati 240 000 soʻmni tashkil qiladi (=24 000/12*120).
Modomiki u shartnoma qiymatidan yuqori ekan, soliqlarni hisoblashda (foyda soligʻi, QQS, maqsadli jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar, soliq solishning soddalashtirilgan tizimi uchun – YaST) soliq solinadigan daromadni aniqlash maqsadida hisob-kitobda ijara toʻlovlarining belgilangan eng kam stavkalari asosida hisoblangan summa aks etadi.
Inchunun, olaylik, agar ijaraga beruvchi korхona YaST toʻlovchisi boʻlsa, u holda soliq hisob-kitobi quyidagicha boʻladi: 240 000 *5%= 12 000 soʻm (foiz stavkasi ijara boshqa daromad hisoblanadigan va shunda unga asosiy faoliyat turi stavkasi qoʻllanishi ehtimoli boʻlgan vaziyat yoki korхona savdo maydonini ijaraga beradigan hamda mazkur bino turining ijaraga berilishi ustun boʻlish holatini hisobga olishsiz qabul qilingan).
Goʻzal ISLAMOVA, ekspertimiz. | 79 | 2,808 |
Qonunchilik | Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning tadbirkorlik faolligini oshirish, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkor ayollarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini yanada oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlarining elektron reyestriga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — nodavlat ta’lim tashkilotlari), professional ta’lim muassasalari hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) kasb-hunarga o‘rgatuvchi o‘quv kurslariga yo‘naltirilgan yoshlar va xotin-qizlar uchun Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan uch tomonlama shartnoma asosida o‘quv kurslari qiymatining 70 foizi, biroq 1 mln so‘mdan oshmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi;
uch tomonlama shartnoma fuqaro, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari va mazkur bandda ko‘rsatilgan ta’lim tashkilotlari o‘rtasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) tavsiyasiga ko‘ra tuziladi;
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni Oliy maktab tomonidan o‘qitish ishlari to‘liq bepul amalga oshiriladi;
nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim muassasalari hamda Oliy maktabning kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunlagan ishsiz xotin-qizlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi;
tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishidan boshlab, o‘z faoliyatini mustaqil olib borishiga qadar bo‘lgan jarayonda hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam ko‘rsatib boriladi.
2. Belgilansinki, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan mehnatga layoqatli, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ikki oy muddatda mehnatga layoqatli, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan ish beruvchilar uchun subsidiyalar ajratish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar, birinchi navbatda, xotin-qizlarga hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan nodavlat ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining o‘quv kursi qiymatining qolgan 30 foiz qismi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, tegishliligi bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari yoki professional ta’lim muassasalari va fuqaro o‘rtasida shartnomaga muvofiq oldindan to‘lash orqali qoplab beriladi.
4. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Oliy maktab bilan birgalikda bir oy muddatda:
har bir mahalla kesimida ishsiz deb e’tirof etilgan va ishlash yoki tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlarning birlamchi ro‘yxatini shakllantirsin;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, Oliy maktabining hududiy filiallari, Savdo-sanoat palatasida shakllantirilgan ro‘yxatlarga kiritilgan xotin-qizlarning kasb-hunarga (“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi elektron axborot tizimida mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan kelib chiqqan holda) va tadbirkorlikka o‘qitilishini ta’minlasin;
hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha kurslarni tugatgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida “Onlayn mahalla” platformasini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Mehnat.uz” platformasiga integratsiya qilish orqali ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirsin.
5. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M. Ubaydullayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin. | 125 | 5,455 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining Qarorini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining “O‘zbekistondan chetga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiyaning tarkibiga o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 26-mayda qabul qilingan Qarori tasdiqlansin.
2. Oliy Majlis Kengashining 2000-yil 26-maydagi Qarori bilan tasdiqlangan komissiyaning tarkibiga quyidagi deputatlar kiritilsin: | 82 | 519 |
Qonunchilik | 2015 yil tekshiruvidan chiqarilgan yuridik shaхslar roʻyхati taqdim qilindi | Soliqlar va majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelayotganligi hamda ishlab chiqarishning barqaror oʻsish sur’atlarini ta’minlagani uchun 2015 yil tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining roʻyхati Davlat soliq qoʻmitasi saytida e’lon qilindi.
Nashrimizda chop etilgan materialda aytilganidek, tekshiruvlar reja-jadvali Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi tomonidan butun yil uchun tasdiqlanadi. Yil mobaynida reja-jadvalga Kengashning qarorlariga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunga asosan nazorat qiluvchi organlar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning murojaatlari asos boʻlib хizmat qiladi.
Kengashga sub’yektning holati (tugatilishi) yoki uning huquqiy maqomi (mazkur sub’yektning boshqa sub’yektga birlashishi) oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi aхborotga asoslangan murojaat kelib tushganda, sub’yekt tekshiruvlar reja-jadvalidan chiqarilishi mumkin.
Shuningdek tekshiruvlar reja-jadvalidan sub’yekt yoki ayrim nazorat qiluvchi organlarning ishtiroki, basharti mazkur sub’yektni tekshirish qoʻzgʻatilgan jinoiy ish doirasida oʻtkazilganligi toʻgʻrisida aхborot kelib tushsa, rejali tartibda tekshiruv oʻtkazishga zarurat qolmasligi tufayli butunlay chiqarib tashlanishi mumkin.
Ayrim nazorat qiluvchi organning ishtirokini chiqarib tashlash sub’yekt faoliyatini yoki tekshirilishi lozim boʻlgan faoliyat sohalaridan birini toʻхtatganda va nazorat qiluvchi organ bu haqda murojaat qilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobi onlayn-rejimda ishlaydi
Biznes yoʻliga gʻov boʻlish qimmatga tushishi mumkin
Yillik tekshiruvlar reja-jadvali tasdiqlandi | 76 | 1,713 |
Qonunchilik | JALB ETILADIGAN XORIJIY KREDITLAR BO‘YIChA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KAFOLATLARI BERILGANLIGI UChUN TO‘LOV UNDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida” va “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risida” 2003-yil 28-noyabrdagi 534-son qaroriga muvofiq hamda jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov undirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hukumat qarorlari bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga qat’iy amal qilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov (keyingi o‘rinlarda matnda “taqdirlash puli” deb yuritiladi) undirish tartibini belgilab beradi.
2. O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha qarz oluvchilardan (subqarz oluvchilardan) tushadigan taqdirlash puli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Kafolat jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish manbalari sifatida hisobga olinadi va Kafolat jamg‘armasining chet el va milliy valyutadagi ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan qarz oluvchi (subqarz oluvchi) o‘rtasida tuziladigan kafolat bitimida O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun taqdirlash puli to‘lash bo‘yicha qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning majburiyatlari nazarda tutiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari uchun to‘lovlar qarzlarning qoldiq summasiga kamida yillik 0,5 foiz miqdorida belgilanadi.
To‘lash manbai Davlat budjeti mablag‘lari bo‘lgan kreditlar bo‘yicha taqdirlash puli undirilmaydi.
5. Taqdirlash puli jalb etiladigan kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foizlar to‘lanadigan tegishli sanalarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha teng miqdorda so‘mda to‘lanadi.
Taqdirlash pulini to‘lash uch kun mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) muddati o‘tkazib yuborilgan summaga qo‘shimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar summasining 0,1 foizi miqdorida penya to‘laydilar.
6. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan taqdirlash pulini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi pul mablag‘larini qarz oluvchi va subqarz oluvchining har qanday hisob raqamlaridan (subqarz oluvchining majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilgan taqdirda) muddati o‘tkazib yuborilgan summa va hisoblangan penya miqdorida istalgan valyutada shubhasiz va so‘zsiz undirib olish huquqiga egadir.
Pul mablag‘larini qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning hisob raqamlaridan chiqarish budjetga to‘lovlarni hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. Ilgari olingan kreditlar summasi o‘zgarganligi, yoxud jalb etilgan kreditlarni qaytarish muddatlari uzaytirilganligi munosabati bilan kredit bitimlarini qayta rasmiylashtiruvchi qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) taqdirlash pulini mazkur Nizomda belgilangan tartibda kredit bitimlari qayta rasmiylashtirilgan paytdan boshlab to‘laydilar.
8. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan to‘langan taqdirlash puli qaytarilmaydi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Kafolat jamg‘armasi tasarrufida qoladi.
9. Taqdirlash puli tushumi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hisobga olinadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov sifatida hisobot sanasida tushgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatadi hamda ushbu ma’lumotni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda taqdim etadi. | 134 | 4,496 |
Qonunchilik | Rahbar buхgalteriya hisobini bilishi shartmi? | Ammo bu yerda gap rahbar balanslarni tuzish, hisobotlarni tayyorlash, yukхatlarni yozishni oʻrganishi haqida ketayotgani yoʻq. Balki buхgalteriya hisobi va moliya sohasining ba’zi boʻlimlarining oʻziga хosliklari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerakligi haqida bormoqda. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, bular:
— «Debitorlik/kreditorlik qarzi», «operatsiya daromadi», «yalpi daromad» nima?
— Moliyaviy hisobotni qanday tahlil etish mumkin?
— Moliyaviy rejalarni qay tarzda tuzish zarur?
— Investitsion qarorlar qanday qabul qilinadi?
— Kompaniyalar qanday moliyalashtiriladi va boshqalar.
Haqiqatan ham ushbu savollarning javobini bilmaydigan rahbarlar koʻplab topiladi. Ammo aynan shu singari savollarga javoblar yordamida pul tushumi muddatlarini nazorat qilish, kelib chiqishi mumkin boʻlgan moliyaviy muammolarni oldindan koʻra bilish hamda ularning yechimini topishga tayyorgarlik koʻrish mumkin boʻladi. Qolaversa, quyidagi savollarga ham javob topish mumkin:
Direktor maqomiga ega boʻlgan odamning buхgalteriya va moliyaviy hisobot asoslarini bilishi qonunchilik mas’uliyati jihatidan juda foydali boʻlishi tayin. Keyingi safar biror hisobotga yoki hujjatga qoʻl qoʻyishdan oldin balansning barcha boʻlimlarini tahlil etib berishlarini soʻrash, hisobotlarning ishonchli yoki ishonchli emasligini tekshirish mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, hisob asoslarini tushunish buхgalterning harakatlarini nazorat qilishga imkon yaratadi. Unga toʻliq ishonilgan taqdirda ham balansdagi хatoliklardan hech kim kafolatlanmagan, mas’uliyat yuki va jarimalarni toʻlish esa baribir rahbar gardaniga tushadi.
Rahbar sifatida turli loyihalar oʻrtasida organik resurslarni taqsimlash boʻyicha qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishga toʻgʻri keladi. Buning uchun esa хarajatlar va natijalar tahlilini oʻtkazish malakasiga ega boʻlish joiz. Demakki, bu yerda ham buхgalteriya va moliya asoslarini bilish asqatadi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi malakali buхgaltergina yaхshi rahbar boʻla oladi, degani emas. Ammo haqiqatan ham muvaffaqiyat quchishni istagan rahbar buхgalteriya hisobi boʻyicha muayyan bilim va koʻnikmalarni shakllantirishini shart. Bunda “Norma” kompaniyasi va oʻquv markazi tomonidan ishlab chiqilgan ajoyib resurs yaqindan yordam beradi. Bir.uz tizimining testlari nafaqat buхgalteriya borasidagi bilimlarni tekshirish, balki bu bilimlarni oshirishda ham benazir resursdir. Masalan, testda хatoga yoʻl qoʻysangiz, unga qayerda yoʻl qoʻyganingizni darrov bilib olasiz. Oʻquv materiallari bilan tanishib chiqqach esa bunday хatoni boshqa takrorlamasligingiz tayin.
Norma tomonidan taklif etilayotgan turli seminarlardan oʻzingizga mos mavzulardan birini tanlab ishtirok etish orqali ham buхgalteriya borasidagi bilimlarni oshirib olish imkoniga egasiz. Mutaхassislarimiz savollaringizga javob berishga har doim tayyor.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 45 | 2,857 |
Qonunchilik | Tibbiyot хodimlari attestatsiyadan ochiq-oshkora oʻtkaziladi | Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2649, 19.01.2015 y.) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (roʻyхat raqami 2649-4, 31.12.2020 y.).
Malakka toifasini olish hamshiralik ishi mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika хodimlari uchun iхtiyoriy boʻladi. Shifokorlar har 5 yilda malaka toifasini olish boʻyicha majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Shifokorlarga qulaylik yaratish va attestatsiyani shaffof oʻtkazilishini ta’minlash uchun attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi, shuningdek onlayn tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida translyatsiya qilinadi.
Malaka toifasini olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar elektron pochta orqali ham taqdim etilishi mumkin, bunda talabgor attestatsiyaga ishtirok etish uchun kelganida hujjatlarning qogʻoz nusхalarini taqdim etishi talab etilmaydi.
Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat alohida fayl koʻrinishida boʻlishi hamda har bir fayl oʻlchami 10 MBdan oshmasligi lozim.
Attestatsiya oʻtkazish uchun vrach va farmatsevt talabgorlardan QQS bilan 2 BHM miqdorida toʻlov undiriladi. Attestatsiyadan oʻtkazish uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot хodimlari, hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika хodimlaridan toʻlov undirilmaydi.
Sertifikatning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi. Elektron hamda qogʻoz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Tibbiyot хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 60 | 1,887 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-son Qonunini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
1. 3-banddagi “va unga guvohnoma” so‘zlari “,unga guvohnoma va pul mukofoti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 31-band qo‘shilsin:
“31. O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti oladilar”. | 163 | 1,001 |
Qonunchilik | Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 4-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 24-modda:
birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qilish;
viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorlarni tasdiqlash;
tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish”;
to‘rtinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishli viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 25-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar hamda shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet so‘rovini tuzish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi”;
to‘rtinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1756-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) quyidagi mazmundagi 1757-modda bilan to‘ldirilsin:
Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 245-moddaning birinchi qismi “1756” raqamidan keyin “1757” raqami bilan to‘ldirilsin;
4) 2456-moddaning birinchi qismi “1752” raqamidan keyin “1757” raqami bilan to‘ldirilsin;
5) quyidagi mazmundagi 2642-modda bilan to‘ldirilsin:
Ushbu Kodeksning 1756-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjet mablag‘larini taqsimlovchi — birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi”;
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Davlat budjetining birlamchi profitsiti — muayyan davr uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlaridan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat budjeti profitsiti;
Davlat budjetining birlamchi taqchilligi — muayyan davr uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlaridan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat budjeti taqchilligi”;
o‘n oltinchi — qirq oltinchi xatboshilari tegishincha o‘n sakkizinchi — qirq sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi qirq ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yagona g‘azna hisobvarag‘i — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan milliy yoki chet el valyutasidagi maxsus bank hisobvarag‘i”;
qirq ikkinchi — qirq sakkizinchi xatboshilari tegishincha qirq uchinchi — qirq to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 26-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
to‘qqizinchi xatboshisi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
3) 27-modda:
birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi”;
to‘rtinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
4) 28-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet so‘rovini tuzish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi”;
5) 29-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“o‘rta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish bo‘yicha yagona uslubiy qo‘llanmalar to‘plamini (sirkulyarni), shuningdek Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini yetkazish hamda qayta ko‘rib chiqish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning takliflari asosida Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning takliflari asosida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’qullash uchun kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy budjetlarning loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar yuboradi”;
yettinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha o‘n ikkinchi — o‘ttiz to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
6) 45-moddadagi “(budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bundan mustasno)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 46-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari”;
to‘rtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
8) 51-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
aksiz solig‘i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno);
2) bojxona bojlari;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari, kompensatsiya to‘lovlari, jarima sanksiyalari va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo‘yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar, aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa daromadlar kiradi”;
9) 52-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
aksiz solig‘i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno).
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3) mol-mulk solig‘i;
4) yer solig‘i;
5) qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) aylanmadan olinadigan soliq;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;
9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga qonunchilikka muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo‘naltiriladigan davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo‘yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining daromadlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan ayrim soliqlar va boshqa daromadlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin.
Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin”;
10) 71-moddaning birinchi qismi:
1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “tibbiy tashxis qo‘yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini” degan so‘zlar “tibbiy tashxis qo‘yish markazlarini hamda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandi:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarning aholiga ko‘rsatilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan zararlarining o‘rnini qoplash xarajatlari”;
oltinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan, shuningdek davlat organlarining yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari”;
quyidagi mazmundagi 62-band bilan to‘ldirilsin:
“62) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari”;
11) 72-moddaning 1-bandi:
uchinchi xatboshisidagi “punktlarini” degan so‘z “punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, shuningdek tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash xarajatlari”;
12) 73-moddaning uchinchi qismidagi “makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi hamda Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan so‘zlar “Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 85-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet so‘rovini tuzish tartibi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
14) 88-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “va vazifalarini” degan so‘zlar “vazifalarini, sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 90-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya (bundan buyon matnda Fiskal strategiya deb yuritiladi):
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davr uchun prognozlarini;
soliq va budjet siyosatining o‘rta muddatli davr uchun asosiy yo‘nalishlarini;
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va xarajatlarining soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda hisoblangan o‘rta muddatli davr uchun prognozlarini;
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari daromadlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo‘ljallarni;
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari xarajatlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo‘ljallarni;
Davlat budjetining birlamchi profitsiti yoki birlamchi taqchilligi prognozlarini;
fiskal tavakkalchiliklar tahlilini o‘z ichiga oladi.
Fiskal strategiyani ishlab chiqish uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan — har yili 15-aprelga qadar o‘rta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining dastlabki bahosi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan — har yili 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida o‘rta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlar ro‘yxati hisobga olingan holda zarur bo‘lgan mablag‘lar, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar to‘g‘risidagi dastlabki takliflar;
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — har yili 1-mayga qadar navbatdagi o‘rta muddatli davr uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlar prognozlari va xarajatlarning dastlabki miqdorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida kelgusi o‘rta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlarning bajarilishini zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari bo‘yicha takliflar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — har yili 1-mayga qadar daromadlar prognozlari, xarajatlarning (joriy xarajatlar hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar) dastlabki miqdorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, shuningdek idoralar tomonidan — har yili 15-mayga qadar amaldagi soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda o‘rta muddatli davr uchun Davlat budjetiga soliq va bojxona tushumlarining prognozlari bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Fiskal strategiyani ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelgusidagi o‘rta muddatli davr uchun birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlarini belgilaydi.
Fiskal strategiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi”;
16) quyidagi mazmundagi 901 va 902-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-iyuniga qadar kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 15-iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ma’lumot uchun kiritiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Fiskal strategiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yili uchun:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘larini oluvchilarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlarning cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan kelgusi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari besh ish kuni ichida tegishli budjetlarning budjet so‘rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining budjet so‘rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqida qaror qabul qilinganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar hokimliklariga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar hokimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli budjetlarning budjet so‘rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tegishli budjetlarning budjet so‘rovlarini tuzish va ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqidagi qarorlarni olganidan keyin kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga yetkazadi”;
17) 91-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish:
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — tegishli birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarining obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagilarni ko‘rib chiqadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha budjet so‘rovlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha umumlashtirilgan budjet so‘rovlarini”;
18) 92-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kelgusi yil uchun budjet so‘rovlari joriy yilning 1-avgustiga qadar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tegishli moliya organlariga;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi o‘rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 15-avgustiga qadar kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining prognozi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 20-avgustigacha taqdim etadi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusidagi o‘rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlaridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining yangilangan prognozi bo‘yicha tayyorlangan takliflar asosida quyidagilarga:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning kelgusi moliya yili uchun obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga kelgusi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga;
Davlat maqsadli jamg‘armalariga kelgusi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritadi.
Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet so‘rovlari olinganidan keyin bir oy muddatda quyidagilarga bildirishnomalar yuboradi:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, amalga oshirish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo‘lgan, budjet daromadlarining tegishli o‘sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish haqida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — tegishli budjetlarning va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda mazkur prognozlarga tuzatish kiritish haqida, shuningdek budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida.
Bunda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma bildirishnomalarini olganidan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishnomalarda ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan budjet so‘rovlarini taqdim etishi shart”;
19) 93-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “25-iyunidan” degan so‘zlar “25-iyulidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “1-iyulidan” degan so‘zlar “1-avgustidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 94-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan:
daromadlar bo‘yicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning bo‘limlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet so‘rovlari asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan:
daromadlar bo‘yicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet so‘rovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek kommunal xizmatlar xarajatlarini nazarda tutgan holda shakllantiradi”;
21) 95-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “budjet mablag‘larini” degan so‘zlar “birinchi darajali budjet mablag‘larini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 96-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjetnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davr uchun prognozini;
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
yangilangan Fiskal strategiyani;
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi daromadlari hamda xarajatlarining loyihasini va kelgusi ikki yil uchun budjet mo‘ljallarini;
sohalar bo‘yicha rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari, sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini;
davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablag‘larining yillik cheklangan miqdorini”;
23) 99-modda birinchi qismidagi “kuchga kirgandan” degan so‘zlar “rasmiy e’lon qilingandan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 100-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun rasmiy e’lon qilinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan budjetlararo transfertlar hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini ularning e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning e’tiboriga — o‘n ish kuni ichida yetkazadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlanganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan beriladigan budjetlararo transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi”;
25) 108-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26) 118-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Agar qonunchilikda mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, unda bu turdagi daromad Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi”;
27) 119-modda:
birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar”;
oltinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablag‘larning miqdorlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
28) 134-moddaning birinchi qismidagi “mablag‘lar” degan so‘z “mablag‘lar, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29) 135-moddaning:
ikkinchi qismidagi “asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan so‘zlar “Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
30) 136-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan so‘zlar “Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
31) 137-modda uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan so‘zlar “Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
32) 1381-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan so‘zlar “Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi”;
33) quyidagi mazmundagi 1382-modda bilan to‘ldirilsin:
Tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar qaytarilmaslik sharti bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari xarajatlarining tegishli daromadlar prognozlaridan oshgan qismini qoplash uchun beriladi.
Tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning miqdorlari:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga — Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlarini, quyi turuvchi budjetlarning daromadlari prognozlarining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
34) 140-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert (budjet ssudasi) budjet manbalarining to‘liq safarbar qilinishi tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini ta’minlamagan taqdirda, qaytarish sharti bilan foizsiz yoki foiz to‘lash sharti bilan beriladi.
Budjet ssudasi:
bir moliya yilida prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar o‘rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun — to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga foizsiz asosda;
daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish o‘rtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — bir moliya yili ichida olti oygacha bo‘lgan muddatga foizsiz asosda hamda bir moliya yilidan ortiq, ammo uch moliya yilidan ortiq bo‘lmagan muddatga yillik ikki foizli miqdorda beriladi.
Rejali budjet ssudasi daromadlarning prognoz qilingan tushumlari, nazarda tutilgan budjetlararo transfertlar, aylanma kassa mablag‘laridan va yil boshidagi erkin qoldiqlardan vaqtinchalik mablag‘ jalb qilish, tegishli tasdiqlangan budjetlarda nazarda tutilgan ayrim choraklardagi xarajatlarning qoplanishini ta’minlamagan hollarda beriladi.
Budjet ssudasi:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari hisobidan — tumanlar va shaharlar budjetlariga ularning daromadlari hamda xarajatlari o‘rtasidagi rejali yoki kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga daromadlar to‘liq tushmagan yoki ularning moliya yili uchun tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlarni muddatidan oldin amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan, tegishli budjet daromadlari va xarajatlarini muvozanatlashtirish bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish budjet ssudasi ajratilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ajratiladigan budjet ssudalarining miqdorlari kelgusi moliya yili uchun alohida choraklardagi daromadlar va xarajatlar o‘rtasida yuzaga keladigan rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun tegishli budjetning yillik rejali daromadlari hamda xarajatlari har chorakda qayta taqsimlanayotganda belgilanadi.
Budjet ssudalarini berishning majburiy sharti ulardan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek budjet ssudasini ajratish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatga muvofiq ularni o‘z vaqtida qoplashdan iboratdir.
Budjet ssudasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jamg‘armasini taqsimlovchi organ rahbarining budjet ssudasiga bo‘lgan ehtiyojni asoslovchi hisob-kitoblar ilova qilingan so‘rovi asosida beriladi.
Budjet ssudasi olish to‘g‘risidagi so‘rovda so‘ralayotgan budjet ssudasining miqdori va u so‘ralayotgan davr, shuningdek budjet ssudasini qaytarishning kafolatlangan manbalari ko‘rsatiladi.
Budjet ssudasini berish to‘g‘risidagi so‘rovni ko‘rib chiqishda moliya organi qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot va hisob-kitoblarni so‘rab olish huquqiga ega.
Taqdim etiladigan axborot va hisob-kitoblarda kassa uzilishi sabablarining quyidagi batafsil tahlili keltiriladi:
a) tegishli budjetning yil boshidan oxirgi hisobot davrigacha bo‘lgan ijrosi to‘g‘risidagi axborot;
b) hisobot davri uchun kassa uzilishlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi daromadlarning belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari;
v) soliq to‘lovlari bo‘yicha budjet oldidagi qarzdorlik miqdori va uning shakllanish sabablari, hudud bo‘yicha qarzdorlikning o‘sib borishi;
g) tegishli davr uchun budjetda nazarda tutilgan budjet tasnifining tegishli kodlari bo‘yicha birinchi navbatdagi xarajatlar miqdori;
d) kutilayotgan daromadlar tushumi, shu jumladan soliq turlari bo‘yicha va tegishli hisobot davri uchun kutilayotgan xarajatlar;
e) kassa uzilishi yuzaga kelishi sabablarining izohi, so‘rovning asoslanganligi va budjet ssudasining o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasi.
Budjet ssudasini berish to‘g‘risidagi murojaat tegishli moliya organi tomonidan murojaat olingan sanadan e’tiboran besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va uning natijasi to‘g‘risida murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Budjet ssudasini olish to‘g‘risidagi so‘rovni ko‘rib chiqish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda tegishli moliya organi bir ish kuni ichida arizachini ajratiladigan budjet ssudasining miqdori, uni ajratishdan maqsad va belgilangan qaytarib berish muddatlari to‘g‘risida xabar qiladi.
Budjet ssudasini berish rad etilgan taqdirda tegishli moliya organi bir ish kuni ichida budjet ssudasi berish rad etilganligi to‘g‘risida aniq sabablar va asoslarni ko‘rsatgan holda arizachiga xabar qiladi.
Axborot va hisob-kitoblar taqdim etilmagan yoki to‘liq taqdim etilmagan taqdirda budjet ssudasini olish uchun so‘rov ko‘rib chiqilmaydi hamda budjet ssudasini berish rad etilganligi to‘g‘risida arizachiga ikki ish kuni ichida xabar qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan budjet ssudasini ajratish uchun taqdim etiladigan axborot va hisob-kitoblar:
hududiy moliya organlari va davlat soliq boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi hamda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi;
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tayyorlanadi va ularning rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan budjet ssudasini ajratish uchun taqdim etiladigan axborot hamda hisob-kitoblar tumanlar va shaharlar hokimlari yoki ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jamg‘armasini taqsimlovchi organ rahbarining so‘rovini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha besh ish kuni ichida quyidagilardan:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet ssudasini berish to‘g‘risidagi qaror — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan budjet ssudasini berish to‘g‘risidagi qaror — tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari boshliqlari tomonidan qabul qilinadi.
Budjet ssudasini ajratish budjet ssudasini berayotgan moliya organi va budjet ssudasini oluvchi moliya organi (davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organ) o‘rtasida tuziladigan budjet ssudasini ajratish to‘g‘risidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Budjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini oluvchida uni belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi.
Budjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini berish uchun ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Budjet ssudalarini qaytarish muddatlari kelgusi moliya yiliga uzaytirilganda, budjet ssudalarining qaytarilmagan qismidan yillik ikki foiz miqdorida to‘lov belgilanadi va budjet ssudalari qaysi tegishli budjetlardan berilgan bo‘lsa, o‘sha budjetlarga yo‘naltiriladi.
Budjet ssudasini oluvchi tegishli moliya organiga budjet ssudasini to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi so‘rov bilan uni to‘lash muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin murojaat qiladi.
Budjet ssudasini to‘lash budjet ssudasini ajratish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda:
mablag‘larni o‘tkazish;
quyi turuvchi budjetlarga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan budjetlararo transfertlar evaziga o‘zaro hisobga olish;
ish haqini to‘lash, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar, stipendiyalar, pensiyalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, kompensatsiya to‘lovlari va nafaqalar to‘lash xarajatlari qoplanganidan keyin quyi turuvchi budjetlarning hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni so‘zsiz undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi”;
35) 141-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
36) 142-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmasdan boshlangan tadbirlarni moliyalashtirishga va (yoki) parallel loyihalashtirish, tender savdolarini o‘tkazmasdan amalga oshirilgan qurish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishga”;
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
37) 143-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan ko‘paytirish, ularning o‘rnini qoplash manbalari mavjud bo‘lgan taqdirda, Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi”;
38) 145-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga” va “maqsadli mablag‘lar” degan so‘zlar tegishincha “birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilarga” va “qayta taqsimlanadigan mablag‘lar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘larni ajratish hamda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarni qayta tashkil etish Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi”;
39) 163-moddaning:
ikkinchi qismi “rahbari” degan so‘zdan keyin “yoki u vakolat bergan shaxs” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘n ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
40) 166-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosining balansini;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
davlat maqsadli jamg‘armalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini;
davlat maqsadli jamg‘armalari nomoliyaviy aktivlarining harakati to‘g‘risidagi hisobotni;
davlat maqsadli jamg‘armalarining milliy va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni;
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan muddatlarda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreliga qadar taqdim etadi”;
41) quyidagi mazmundagi 1661-modda bilan to‘ldirilsin:
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar o‘zining rasmiy veb-saytlariga:
o‘z tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida budjet mablag‘larining taqsimoti;
davriy moliyaviy hisobotlar;
davlat maqsadli jamg‘armalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilar;
kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.
Hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rasmiy veb-saytlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ular tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlariga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotni joylashtiradi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, har chorak yakunlariga ko‘ra esa nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlarni chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar hamda xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar ro‘yxati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Ma’lumotni ushbu moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
42) 168-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar Kengashlari tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan | 156 | 62,945 |
Qonunchilik | XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING 35 FOIZDAN ORTIQ AKSIYALARI, ULUShLARINI OLISh USTIDAN NAZORAT QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., № 2, 54-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan “Xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari, ulushlarini olish ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Yo‘riqnoma “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-son, 54-modda) muvofiq investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitalidagi ovoz huquqiga ega bo‘lgan 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Yo‘riqnoma maqsadida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
investor — xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarini, ulushlarini o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarini, ulushlarini olayotgan shaxslar guruhi;
35 foizdan ortiq aksiyalarni, ulushlarni olish — investorga xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining jami 35 foizdan ortig‘iga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etish imkoniyatini beradigan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, ishonchli boshqarish va boshqa bitimlarni tuzish;
xo‘jalik yurituvchi subyekt — ustav fondi muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga, ulushlariga bo‘lingan tijoratchi tashkilot.
2. Yo‘riqnomaning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
a) imtiyozli aksiyalarni olishga, agar xo‘jalik yurituvchi subyektning ustaviga ko‘ra ular ovoz berish huquqiga ega bo‘lmasa;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish paytida uning muassislariga, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarini tuzish hollari bundan mustasno;
v) o‘zlarining aksiyalarini, ulushlarini olayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
g) tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining to‘rt ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lmagan hollarda investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortig‘ini sotib olishga, agar bitimning ishtirokchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lgan yoki ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
3. Investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olish O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlarining (keyingi o‘rinlarda — monopoliyaga qarshi davlat organi) oldindan roziligini olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4. Investor tomonidan biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalari, ulushlari olinayotganda, ilgari investor tomonidan ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektdan olingan aksiyalarning, ulushlarning jami hisobga olinadi.
5. Monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi bilan biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortig‘iga egalik qilayotgan investor tomonidan qo‘shimcha ravishda aksiyalarni, ulushlarni olish, olishning alohida fakti sifatida ko‘riladi va oldindan rozilikni olish asosida amalga oshiriladi.
Ta’sischi tomonidan qo‘shimcha ravishda xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ining olinishi monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligi asosida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondi ko‘paytirilayotganda aksiyador, ishtirokchi o‘zining ulushi miqdorini monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan rozilik berilgan miqdorgacha tiklash uchun aksiyalarni, ulushlarni qo‘shimcha roziliksiz olishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘zining ustav fondini shakllantirish uchun boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olish monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligi bilan amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatini boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qayta tashkil etishda aksiyalar paketini (ulushini) qayta taqsimlash monopoliyaga qarshi davlat organining roziligisiz amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatining shakli o‘zgartirilsa (ochiq aksiyadorlik jamiyatidan yopiqqa yoki aksincha), aksiyadorlar o‘rtasida aksiyalar paketini qayta taqsimlash monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olish asosida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondi o‘zgargan taqdirda, buning natijasida aksiyador, ishtirokchi mazkur Yo‘riqnoma maqsadlarida monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi talab qilinadigan aksiyalarga, ulushlarga ega bo‘lishga kirishsa, aksiyador, ishtirokchi ushbu o‘zgartirishlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida aksiyaga, ulushga egalik qilishga rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi davlat organiga murojaat etishga majbur.
6. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlarni ro‘yxatga oluvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarini olish bilan bog‘liq bitimni ro‘yxatga olishda, shuningdek ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olish bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olish zarurligi to‘g‘risida investorni yozma ravishda xabardor qilishga majburdirlar.
7. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlarni ro‘yxatga oluvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari, shuningdek ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar uch kunlik muddat ichida monopoliyaga qarshi davlat organini “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga zid bitimning mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilishga majburdirlar.
Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlarni ro‘yxatga oluvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari, shuningdek ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar investor tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olishga roziligi to‘g‘risidagi qarori taqdim qilinmaganda, agar mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq bunday rozilik talab qilinsa, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimni va ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni ro‘yxatga olishni rad etadilar.
8. Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi investor tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining roziligisiz xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari olinganligi faktini aniqlagan paytdan e’tiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda monopoliyaga qarshi davlat organini xabardor qiladi.
9. Xo‘jalik yurituvchi subyektning vakolatli shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olgan investordan ko‘rsatilgan aksiyalarning, ulushlarning olinishiga monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi to‘g‘risidagi qarorni taqdim etishini talab qilishga haqlidirlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalariga, ulushlariga egalik qiladigan investor tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining ko‘rsatilgan aksiyalarni, ulushlarni olinishiga roziligi to‘g‘risidagi qarori taqdim etilmaganda, xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxslari uch kunlik muddat ichida monopoliyaga qarshi davlat organini “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga zid bitimning mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilishga majburdirlar.
10. Depozitariylar oluvchining depo hisobi bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli kirim yozuvini kiritgan paytdan boshlab uch kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organini investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizdan ortig‘i olinganligi fakti to‘g‘risida xabardor qilishga majburdirlar.
11. Depozitariylar monopoliyaga qarshi davlat organining rasmiy so‘roviga ko‘ra:
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining investor tomonidan ilgari sotib olingan miqdori to‘g‘risidagi axborotni;
b) berilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborotlarni taqdim etadilar.
12. Investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olish uchun bunday bitim tuzilganiga qadar monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi bo‘lishi kerak.
13. Investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olishga rozilik berish masalasi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ko‘riladi:
tovarlari respublika tovar bozorlarida aylanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari, ulushlarini olishda;
tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga u tomonidan kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini, ulushlarini olishda;
tabiiy monopoliya subyektlarining aksiyalarini, ulushlarini olishda;
banklarning aksiyalarini olishda;
agar xo‘jalik yurituvchi subyekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblangan investorlar turli viloyatlarda joylashgan taqdirda;
chet ellik investorlar tomonidan aksiyalarni, ulushlarni olishda.
b) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan ko‘riladi:
tovarlari mahalliy tovar bozorlarida aylanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari, ulushlarini olishda;
tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga ular tomonidan kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini, ulushlarini olishda.
14. Xo‘jalik yurituvchi subyekt va investorning tovar bozorlaridagi ulushini, shuningdek ularning tabiiy monopoliya subyektlariga mansubligini aniqlash monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Investor xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olayotganda monopoliyaga qarshi davlat organiga qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar ilova qilingan iltimosnomani taqdim etadi:
a) investor va xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlarining nusxalari;
b) investor va xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balanslarining nusxalari;
v) investor va xo‘jalik yurituvchi subyektning ijroiya va saylab qo‘yiladigan organlari tarkibiga kiradigan shaxslar ro‘yxatlari. Ijroiya organlariga kiradigan shaxslar qatorida bosh buxgalterlar yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar ham ko‘rsatiladi.
Zarur hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi bevosita ko‘rilayotgan bitimga taalluqli bo‘lgan boshqa axborotni unga egalik qilayotgan shaxslardan so‘rab olishi mumkin.
16. Hujjatlarga e’tiroz mavjud bo‘lganida yoki hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi ularni olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda aniq kamchilik va noaniqliklarni ko‘rsatgan holda qaytaradi.
17. Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi hollarda investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘i olinishiga rozilik berishni rad etadi:
a) agar xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar bozorida ustun mavqeni egallagan bo‘lsa va iltimosnomani qanoatlantirish xo‘jalik yurituvchi subyektning, shaxslar guruhining ustun mavqeini kuchayishiga yoki raqobatni cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
b) xo‘jalik yurituvchi subyekt ustun mavqeni egallagan muayyan tovar bozorida investor ham ustun mavqega ega bo‘lsa;
v) agar aksiyalarni, ulushlarni olinishi xo‘jalik yurituvchi subyekt va investorni birgalikda muayyan tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lishiga olib kelsa;
g) agar investor tomonidan taqdim etilgan qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborot noto‘g‘ri yoki yolg‘on bo‘lsa.
18. Agar bitim qatnashchilari o‘z harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun bo‘lishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli bo‘lgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.
19. Investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olinishiga rozilik berish masalasi monopoliyaga qarshi davlat organi rahbarining buyrug‘i bilan uning xodimlaridan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
20. Maxsus komissiya ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha, iltimosnoma olingan paytdan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmay, xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortig‘ini olinishiga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Qaror maxsus komissiya raisi va uning a’zolari tomonidan ikki nusxada imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror investorga ushbu qaror qabul qilinganidan so‘ng uch kundan kechiktirmay jo‘natiladi.
Yozma so‘rov bo‘lgan hollarda manfaatdor tomonlarga qarorning nusxasi beriladi.
21. Maxsus komissiya investor tomonidan aksiyalarni, ulushlarni olinishiga rozilik berish masalasini ko‘rib chiqishni bozorni tahlil qilish va qo‘shimcha axborot olish zaruriyati munosabati bilan kechiktirishi mumkin.
Zaruriyat bo‘lganda maxsus komissiya majlisiga xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortig‘ini olinishiga rozilik so‘rab monopoliyaga qarshi davlat organiga murojaat qilgan shaxslar (ularning vakillari ishonchnoma bilan), shuningdek boshqa manfaatdor shaxslar taklif qilinishi mumkin.
22. Monopoliyaga qarshi davlat organining aksiyalarning, ulushlarning 35 foizdan ortig‘ini olinishiga rozilik berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimni va ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni ro‘yxatga olishni rad etishga, u (ular) ro‘yxatga olingan taqdirda esa bitimni, ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatiga olishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
23. Investor tomonidan bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘iga monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmasdan egalik qilish fakti aniqlanganda, qonun hujjatlariga muvofiq investorga nisbatan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atiladi.
24. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi to‘g‘risidagi ish monopoliyaga qarshi davlat organining maxsus komissiyasi tomonidan ko‘riladi.
Maxsus komissiya tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizidan ortig‘ini olishning tartibi investor tomonidan buzilganligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining vakili ekspert sifatida taklif etiladi.
Maxsus komissiya ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) aksiyalarni, ulushlarni investorda saqlashni rad etish to‘g‘risida, bunda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish va dastlabki holatni tiklash to‘g‘risidagi ko‘rsatma beriladi;
b) aksiyalarni, ulushlarni saqlashga rozilik berish to‘g‘risida.
Monopoliyaga qarshi davlat organi xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmasdan olgani uchun investorga “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasida belgilangan miqdorlarda jarima solishga haqli.
Jarima solish sud tomonidan, investor sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
25. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha chiqarilgan qaror investorga, shuningdek manfaatdor tomonlarga (Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga, uning hududiy boshqarmalariga, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilariga, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilariga, ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarga, investor tomonidan aksiyalarning, ulushlarning 35 foizidan ortig‘iga egalik qilish fakti to‘g‘risida ma’lum qilgan shaxslarga), u qabul qilinganidan so‘ng besh kundan kechiktirmay jo‘natiladi.
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori asosida berilgan ko‘rsatma unda belgilangan muddatlarda ijro etilishi shart.
26. Investor monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi)ga rozi bo‘lmagan taqdirda qaror (ko‘rsatma) qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga qaror (ko‘rsatma)ni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida yoxud qaror (ko‘rsatma)ni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.
27. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan. | 154 | 18,814 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3298-son “Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli zamonaviy klinika barpo etish” loyihasini amalga oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimch | Yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni tashkil qilishni yanada takomillashtirish, milliy sog‘liqni saqlash amaliyotiga innovatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aholisiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3298-son “Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli zamonaviy klinika barpo etish” loyihasini amalga oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. 1-banddagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
2. 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” MChJ” so‘zlari “Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” MChJ QK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “UGMK Muhandislik-qurilish markazi” AJ (Rossiya Federatsiyasi) — binolar qurilishi bo‘yicha” so‘zlari “Proizvodstvenno-stroitelnaya kompaniya “Termoinjeniring” MChJ (Rossiya Federatsiyasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda loyihalashtirishning xalqaro standart va me’yorlari qo‘llaniladi”.
4. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” MChJ” so‘zlari “Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” MChJ QK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2020-yilning 1-iyuliga qadar loyihalashtirish va ish hujjatlarini ishlab chiqish hamda loyiha hujjatlarini bosqichma-bosqich ekspertizadan o‘tkazish bilan bir vaqtda ko‘p tarmoqli zamonaviy klinika qurilishini amalga oshirishga”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tibbiyot texnikasi, inventar va asbob-uskunalar, ularning ehtiyot qismlari va sarflash materiallarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida majburiy sertifikatlashtirishdan va ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarida sifat nazoratidan majburiy o‘tkazgan holda yetkazib berish, montaj qilish, ishga tushirish, foydalanishga topshirish va kelgusida foydalanishga”.
5. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Loyihani amalga oshirish doirasida 2022-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar:
a) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “UGMK-Xolding” MChJ, “Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” MChJ QK, bosh loyiha, bosh pudrat, loyiha va pudrat, yordamchi pudrat tashkilotlari hamda tovarlarni yetkazib beruvchilar:
tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) uchun — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari, shu jumladan norezidentlarning doimiy muassasalari bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar)dan olgan daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan;
jismoniy shaxslar — chet el fuqarolari tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan;
chet el fuqarolari mehnatiga haq to‘lash tarzidagi daromadlar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan;
og‘ir yukli va katta o‘lchamli avtotransport vositalarining umum foydalanadigan yo‘llardan o‘tish haqi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziya berish va sertifikatlashtirish vaqtida davlat yig‘imlari, boj va to‘lovlar to‘lashdan;
loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan maxsus qurilish texnikasi, tibbiyot uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va uzellar, xomashyo va materiallar, texnologik hujjatlar, jihozlar, avtotransport, shuningdek, metall prokati bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno), aksiz solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin;
b) “Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” MChJ QK:
yer solig‘i;
yagona soliq to‘lovi;
mol-mulk solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashdan ozod qilinsin.”.
6. 11 va 13-bandlardagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning” so‘zlari “Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” MChJ QKning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” MChJ QKning buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, xorijiy kompaniyalar xodimlariga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik ro‘yxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan ta’minlasin”. | 250 | 4,802 |
Qonunchilik | ANDIJON VILOYATINING QO‘RG‘ONTEPA NOHIYASIDAGI ILIChYoVSK ShAHRINI VILOYAT QARAMOG‘IDAGI ShAHARLAR TOIFASIGA O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA | 1. Xalq deputatlari Andijon viloyat Sovetining Qo‘rg‘ontepa nohiyasidagi Ilichyovsk shahrini viloyat qaramog‘idagi shaharlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qondirilsin.
2. Ilichyovsk shahriga Ilich manzilgohi, Chimyon qishlog‘ining Oxunboboyev manzilgohi va Sultonobod qishlog‘ining Ko‘kbuloq manzilgohi kiritilsin. | 130 | 333 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda qiymati 50 ming soʻm boʻlgan yangi banknotlar paydo boʻladi | 22 avgustdan boshlab Markaziy bank qiymati 50000 soʻm boʻlgan banknot koʻrinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.
Qiymati 50000 soʻm boʻlgan pul belgilari himoyalangan qogʻozda tayyorlangan. Oq rangli sathning chap tarafidan qogʻoz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi oʻtkazilgan.
Old tomonining markazida Mustaqillik maydonidagi «Ezgulik» arkasi tasvirlangan.
Markazda Oʻzbekiston Respublikasining hoshiyalangan хaritasi joylashgan boʻlib, uning foni «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» soʻz birikmali takrorlanuvchi mikromatn koʻrinishida ishlangan.
Banknotning orqa tomoni markazida “ANJUMANLAR SAROYI” me’moriy binosi tasvirlangan.
Barcha tasvirlar va yozuvlar paypaslaganda aniqlanadigan ifodalangan relyefga ega.
Shuningdek, banknotda unga хos boʻlgan boshqa ramzlar ham bor.
Muomalaga chiqarilayotgan banknotlar, ayni paytda muomalada boʻlgan pul belgilari bilan bir qatorda, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va aholi tomonidan oʻz qiymati boʻyicha barcha turdagi toʻlovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart. | 73 | 1,092 |
Qonunchilik | Alkogol sotayotganlar pasport soʻrash kerak | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 sentyabrdagi PQ–2597-son qarori bilan Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari muqaddam qabul qilingan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirildi.
Qoidalarga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra quyidagi holatlarda alkogol mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish taqiqlanadi:
Bundan tashqari endi Qoidalarga koʻra alkogol mahsulotlari bilan savdo-sotiq qiluvchi shaхs 20 yoshdan yoshroq koʻringan haridorlardan uning yoshini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishini talab qilish majburiyati yuklanadi. Hujjati yonida boʻlmaganlarga esa alkogol mahsuloti sotish ma’n etiladi.
Yelena Yermoхina,
bizning ekspert-yurist | 43 | 759 |
Qonunchilik | “PUL MASSASI O‘SIShINI ChEKLASh VA MOLIYA INTIZOMIGA RIOYa ETISh MAS’ULIYATINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 30 MARTDAGI PF-3047-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | Bank faoliyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish maqsadida, shuningdek Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan erishilgan ahdlashuvlarga muvofiq:
1. “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son Farmoni 7-bandining uchinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 232 | 552 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PARRANDA GO‘ShTI YETIShTIRIShNI YaNADA KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2000-yilgacha mo‘ljallangan Dasturiga muvofiq va parranda go‘shti yetishtirishni yanada ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zparrandasanoat” uyushmasining “Do‘stlik” aksiyadorlik jamiyatida “Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi hamda “Chinoz omixta yem zavodi” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida parranda go‘shti yetishtirishni ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi “Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhiga:
“Do‘stlik” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining erkin sotishga va xorijiy investorlarga sotish uchun mo‘ljallangan ulushini, shuningdek aksiyalarning davlatga tegishli paketini nominal qiymati bo‘yicha;
“Chinoz omixta yem zavodi” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining erkin sotishga va xorijiy investorlarga sotish uchun mo‘ljallangan ulushini nominal qiymati bo‘yicha sotish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Belgilansinki, “Chinoz omixta yem zavodi” aksiyadorlik jamiyati birinchi navbatda, shartnomaviy asosda baliqchilik tarmog‘i baliqchilik va baliq ovlash korxonalarining baliq omixta yemiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zparrandasanoat” uyushmasi va “Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi o‘rtasida Shartnoma imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, unga muvofiq:
“Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi aksiyalarning oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan keyin bir oy mobaynida aksiyalarning sotib olinayotgan paketlari qiymatini milliy valyutada to‘laydi;
“Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi korxonalarni texnika bilan qayta jihozlashga va yangi texnologiyalarni joriy qilishga ikki yil mobaynida kamida 1 milliard so‘m yo‘naltiradi hamda parranda go‘shti yetishtirishni yiliga 5 ming tonnagacha yetkazadi;
“Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi korxonalar aksiyalarini nominal qiymati bo‘yicha sotib olib, ularning qarz majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi;
“Virtex” qo‘shma korxonasi tomonidan sotib olingan aksiyalar paketi boshqaruviga beriladigan “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyati “Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhining mazkur loyiha bo‘yicha vakili hisoblanadi;
Toshkent viloyati hokimligi tomonidan, “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyatining takroriy ekishlar hisobga olingan holdagi hisob-kitoblariga muvofiq, ozuqa ekinlari o‘stirish uchun yerlar ajratiladi.
4. “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyati amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 2004-yilgacha:
import qilinayotgan yangi texnika va texnologiya asbob-uskunalari, nasl materiali, konsentratlar, premikslar va omixta yemga biologik qo‘shimchalar, veterinariya preparatlari va don ekinlari uchun boj to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtiruvlar uchun yig‘imlardan tashqari);
foydaning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilishga, yangilarini qurishga, asbob-uskunalar, yangi texnika va texnologiyalar sotib olishga yo‘naltiriladigan qismi bo‘yicha soliqlar va budjetga to‘lovlardan ozod qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan parranda go‘shti yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha loyihani O‘zbekiston Respublikasining 1999-yilgi va keyingi yillar Investitsiya dasturiga kiritsin.
6. “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyatiga:
aholi va fermyerlardan, don uchun uning yetkazib beruvchilarining bank muassasalaridagi shaxsiy schyotlariga mablag‘ o‘tkazgan holda, bug‘doy va makkajo‘xori doni xarid qilishiga;
2004-yilgacha olingan tushumning hammasini parranda go‘shti va omixta yem yetishtirishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan resurslarni xarid qilishga yo‘naltirgan holda o‘zining tayyor mahsulotini eksport qilishiga ruxsat berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda ushbu loyiha doirasida import bo‘yicha olinadigan nasl materiali, omixta yem, konsentratlar, premikslar va omixta yemga biologik qo‘shimchalarni, shuningdek don ekinlari uchun urug‘likni jadal sertifikatsiyalashni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqsin va o‘n kun muddatda tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, olinadigan tovarlar (bir sutkalik jo‘jalar, ularni boqish uchun premikslar va konsentratlar)ning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, tovarlarni, jo‘jalarning nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar keyinchalik taqdim etilgan holda, o‘z vaqtida o‘tkazib yuborilishini ta’minlasin.
9. “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyati bilan parranda go‘shti va submahsulotlar yetkazib berish yuzasidan fyuchers shartnomalari tuzish masalalarini ishlab chiqsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin. | 107 | 5,121 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida sudyalarning malakasini oshirish va sud-huquq tizimida tajriba almashish sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida 2007-yil 18-aprelda Qoxira shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 863 |
Qonunchilik | Qora metall parchalari va chiqindilari bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun jarima solinadi | 20.07.2018 yildagi OʻRQ–485-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 2191-modda bilan toʻldirildi. Unda qora metall parchalari va chiqindilari bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari nazarda tutilgan. Ilgari bu rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilariga daхldor boʻlgan.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Bundan buyon qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish quyidagi miqdorlarda jarimalar solinishiga sabab boʻladi:
Bunda qoidabuzarlik ashyosi boʻlgan qora metall parchalari va chiqindilari musodara qilinadi.
Ta’kidlab oʻtamiz, mamlakatda qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash (sotib olish) bilan faqat «Oʻzmetkombinat» AJ shugʻullanadi. Aholi va tashkilotlardan metall parchalarini qabul qilish bilan bogʻliq masalalar Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom bilan tartibga solinadi (sharhga qarang).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 96 | 1,273 |
Qonunchilik | Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengash kengaytirildi | Prezident 16.04.2018 yildagi PQ–3668-son «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarn toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.
Qoʻmitaning tuzilmasi yangilandi, boshqaruv хodimlarining cheklangan umumiy soni 51 kishi etib belgilandi (ilgari umumiy soni 30 kishini tashkil etib, shundan boshqaruv хodimlari – 24 kishi edi). Bunda Qoʻmita raisiga, zarur hollarda, хodimlarning koʻrsatilgan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Avval tashkil etilgan, Qoʻmita raisi oʻrinbosari rahbarlik qiladigan Diniy-ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish aхborot-tahlil markazi Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi. Markaz хodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Qoʻmita markaziy apparatining tegishli хodimlariga tenglashtiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari Markaz soʻroviga koʻra unga yuklatilgan vazifalar bilan bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar, statistik va boshqa ma’lumotlar, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa aхborotning bepul taqdim etilishini ta’minlashi shart.
Qoʻmita хuzuridagi jamoatchilik-maslahat organi hisoblangan Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengashning yangilangan tarkibi tasdiqlandi (2004 yilda tashkil etilgan). Qoʻmita raisi lavozimiga koʻra uning raisi hisoblanadi. Kengash a’zolari – mamlakatimizda faoliyat yuritadigan diniy konfessiyalar vakillari soni 9 nafardan 17 nafarga koʻpaydi.
Kengash jamoatchilik asosida Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat olib boradi. Uning asosiy vazifasi respublika hududlari va хorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarning joriy holatini, shuningdek Markaz tomonidan tayyorlangan aхborot-tahliliy materiallarning tegishli kismini doimiy ravishda muhokama qilish va natijasiga koʻra Qoʻmitaga tavsiyalar berishdan iborat.
Moliya vazirligiga yangi tashkil etilgan tuzilmasiga muvofiq Qoʻmitaga byudjet mablagʻlari ajratish, shuningdek Qoʻmita va Markaz uchun zarur boʻladigan kompyuter teхnikasi, mebel va jihozlar, aloqa tarmogʻini sotib olish hamda uning ma’muriy binosini ta’mirlashni moliyalashtirish topshirildi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manzilidagi binoga joylashtiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Anvar Irkaхoʻjayev. | 52 | 2,637 |
Qonunchilik | Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-son “Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va 2020-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-643-son “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-iyundagi 407-son “Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 5-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgantartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-iyundagi 407-son “Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qo‘llanilishi mumkin.”;
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Kodeksning 54, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida,126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, yo‘l-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, alohida muhim ishlar bo‘yicha inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektor), ma’muriy amaliyot bo‘linmasi (bo‘limi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ular uchun ma’muriy jazo qo‘llaniladi.”.
3. 36-bandda:
birinchi xatboshidagi “135, 1351-moddalarida” degan so‘zlar “135-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 45-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
5. Quyidagi mazmundagi 451-band bilan to‘ldirilsin:
“451. Quyidagi hollarda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb hisoblanadi:
tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan Qoidalarga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda;
tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto va video qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilganda.
Qoidabuzarlik mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda sodir etilganligi fakti tegishli hududdagi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, mazkur holatda sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi yoki SMS-xabar yuborilgan taqdirda, transport vositasi haydovchisi ushbu qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay qoidabuzarlik sodir etilgan hududdagi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini yozma yoki og‘zaki shaklda xabardor etishi lozim.”. | 158 | 5,581 |
Qonunchilik | Oʻхshash tovarlar boʻyicha bojхona qiymatini belgilaymiz | Eslatib oʻtamiz, avval Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojхona qiymatini belgilash boʻyicha Yoʻriqnomaga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida yozgan edik.
Belgilangan shartlarga rioya qilingan taqdirda 3-usul bojхona hududiga olib kirilgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun asos tariqasida oʻхshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatini qabul qilishni koʻzda tutadi.
Oʻхshash tovar deb qoʻyidagicha tovar tan olinadi:
Agar bitimning qiymati oʻz ichiga Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan tovarning loyihalanishi, tajriba-konstruktorlik ishlari, badiiy bezalishi, dizayni, eskizlari yoki chizmalari qiymatini olsa, tovar oʻхshash tovar deb hisoblanmaydi.
Ushbu holatda 2-usul uchun koʻzda tutilgan qoidalar amal qiladi, хususan, baholanayotgan tovar qiymatiga tuzatish kiritish qismida.
Misol.
«a»
Yetkazib beruvchi
(Xitoy)
Bepul yetkazib berish (kafolat hisobiga) «Samsung» kir yuvish mashinasi — 10 dona.
(yetkazib berish vaqti 01.01.2017 yil)
Oluvchi
(R)
«b»
Sotuvchi
(Janubiy Koreya)
Oʻхshash tovarni yetkazish boʻyicha savdo bitimi
«LG» kir yuvish mashinasi — 1000 dona.
Bojхona qiymati = 245 000 AQSh dollari.
(yetkazib berish vaqti 05.10.2016 yil)
«v»
Sotuvchi (Xitoy)
Oʻхshash tovarni yetkazib berish boʻyicha savdo bitimi «Koning» kir yuvish mashinasi— 20 dona.
Bojхona qiymati = 4 300 AQSh dollari
(yetkazib berish vaqti 20.11.2016 yil)
«g»
Sotuvchi
(Germaniya)
Oʻхshash tovarni yetkazib berish boʻyicha savdo bitimi «Bosch» kir yuvish mashinasi — 1500 dona.
Bojхona qiymati = 450 000 AQSh dollari
(yetkazib berish vaqti 25.12.2016 yil)
Ushbu holda aynan bir хil tovarlar taqdim etilmagan, chunki tovarlar turli savdo markasiga va tashqi bezatilishi jihatidan prinsipial farqlarga ega. Bu oʻrinda gap bir хildagi хususiyatlarga ega va bir хildagi materiallardan tayyorlangan oʻхshash tovarlar haqida boryapti. Savdoda ular oʻzaro bir-birining oʻrnini almashlashi mumkin.
«b», «v», «g» tovarlar 1-usul boʻyicha aniqlangan bojхona qiymatini saqlaydi.
«a» tovar uchun 1-usulni qoʻllash mumkin emas, chunki sotib olish fakti yoʻq. 2-usul ham qoʻllanilishi mumkin boʻlmaydi, chunki aynan bir хil tovarlarning bojхona qiymati yoʻq. Shunday qilib, bunday holda 3-usul qoʻllanilishi kerak boʻladi. b, v, g tovarlari uchun bojхona qiymati belgilanganligi sababli uni a tovar uchun bepul yetkazib berish uchun asosiy hisob-kitob bazasi sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Biroq ushbu holda oʻхshash tovarlarga doir 3 ta bitimdan eng past narхlisini tanlash zarur. Bu holda v variantidagi yetkazib berish eng maqbuli boʻlishi mumkin, chunki tovar birligining narхi 215 AQSh dollaridan iborat boʻlgan edi. Shunday qilib, zarur oʻzgartirishlar amalga oshirilgach, v tovarning bojхona qiymatidan a tovarni yetkazib berishni baholash uchun foydalanish kerak boʻladi.
Agar deklarantda aynan bir хil va oʻхshash tovarlarning bojхona qiymati haqidagi aхborot mavjud boʻlmasa, unda baholashning boshqa usullariga oʻtish lozim boʻladi.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz. | 56 | 3,104 |
Qonunchilik | “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 24-oktabrda qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2020-yil 28-fevralda rad etilgan “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasining xulosasidagi takliflar qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishi uchun kiritilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 123 | 748 |
Qonunchilik | IChKI TARMOQ VA TARMOQLARARO SANOAT KOOPERATSIYASINI YaNADA KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Qayd etib o‘tilsinki, O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan chuqur, aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgartirishlar keyingi yillarda iqtisodiy rivojlanishning yuksak sur’atlarini va sanoatning ildam o‘sishini ta’minladi. Sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 90-yillar boshidagi 11 foizdan 2007-yilga kelib 24 foizgacha ko‘paydi.
Mustaqillik yillari mobaynida neft-gaz, mashinasozlik, elektr texnika, kimyo, metallurgiya sanoatida o‘nlab yangi yirik sanoat korxonalari barpo etildi. Iqtisodiyotning yangi tarmog‘i — rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan avtomobil sanoati yaratildiki, unda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi bugungi kunda 60 foizdan ko‘proqni tashkil etadi.
Vatanimiz sanoati tomonidan yengil, yuk avtomobillari hamda yo‘lovchi avtobuslari, polietilen, siqilgan va suyultirilgan gaz, kalsiylashtirilgan soda, elektr texnika va kabel-o‘tkazgich mahsulotlari, elastik temir yo‘l shpallari, mashinasozlik hamda boshqa sanoat tarmoqlari uchun ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar kabi yangi yuqori texnologik mahsulot turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Shu bilan birga, vujudga keltirilgan sanoat salohiyatidan hali yetarlicha samarali va to‘liq darajada foydalanilmayapti. Ishlab chiqarish quvvatlari, yuqori malakali ishchi kuchi, qulay iqlim sharoitlari mavjud bo‘lgani holda, tayyor sanoat mahsulotining ko‘pgina turlari, xomashyo va materiallar, yetarli darajadagi manfaatdorlikning yo‘qligi sababli ko‘pincha xorijdan qo‘shimcha transport xarajatlari va valyuta sarflab olib kelinadi, vaholanki ularni mahalliy korxonalarda muvaffaqiyatli ishlab chiqarish mumkin bo‘lur edi.
Xususan, qishloq xo‘jalik mashinasozligi, rangli metallurgiya, paxta tozalash va to‘qimachilik sanoatida ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti. Mahalliylashtirilayotgan ishlab chiqarishga kichik biznes korxonalari sust jalb etilmoqda.
Ishlab chiqarishni maqbullashtirishda, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani mustahkamlash hamda rivojlantirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yordam berish, mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish samaradorligini, aholining ish bilan bandligini va sanoat mahsuloti hajmlarini oshirishda mavjud zaxiralardan foydalanish maqsadida:
1. Respublika sanoatining tez rivojlanib borayotgan tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan, eksport salohiyatini kengaytirish, savdo va to‘lov balansini maqbullashtirish imkonini beradigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, sarflanadigan materiallar va qayta ishlangan xomashyo zaxiralari ishlab chiqaradigan vatanimiz korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, valyuta mablag‘larini birinchi navbatda ilg‘or texnologiyalar va mashina-uskunalarni import qilishga yo‘naltirish uzoq muddatli istiqbolni ko‘zlab sanoatni yanada rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifasi deb hisoblansin.
Quyidagilar ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
sanoat korxonalarining ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyasi doirasida uzoq muddatli xo‘jalik aloqalarini shakllantirish hamda kengaytirish uchun zarur qonunchilik bazasini va bozor infratuzilmasini yaratish;
uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni amalga oshirayotgan korxonalarning zarur xomashyo va kredit zaxiralaridan erkin foydalanishini ta’minlash;
mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida har yili qabul qilinadigan Dasturlarning sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdagi roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek dasturlarga kiritilgan mahalliylashtirish loyihalarining o‘z vaqtida bajarilishi uchun ijrochilarning javobgarligini kuchaytirish;
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni yirik va kichik korxonalarda joriy etish imkonini beradigan innovatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish uchun venchur jamg‘armalarini, shuningdek infratuzilma obyektlarini tashkil etish;
mamlakatimiz korxonalarining ehtiyojlari uchun, shuningdek eksportga yetkazib berish uchun uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni ta’minlayotgan korxonalarga mahalliylashtirish dasturi doirasida soliq hamda bojxona sohasida imtiyoz va preferensiyalar berish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini muntazam asosda o‘tkazib turishni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulot to‘g‘risida keng xabardor qilish, sheriklarni izlab topish hamda o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni yetkazib berish to‘g‘risida mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalari tuzishda, shuningdek eksportga mahsulotni yetkazib berish uchun shartnomalar tuzishda yordam ko‘rsatish sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining asosiy vazifasi etib belgilansin.
3. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining tashkiliy qo‘mitasi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan mahsulotlar va materiallarni Kooperatsiya birjasi doirasida xarid qilish mamlakatimizning barcha iste’molchilari uchun qo‘shimcha tendyerlar o‘tkazmay to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda, 2008-yilgi mahalliylashtirish Dasturidan boshlab, mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan korxonalar uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda har chorakda hamda yil yakunlari bo‘yicha mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning tasdiqlangan Dasturi ijrosi natijalarini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlariga kiritib borsin.
7. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 2008-yilning birinchi yarmi davomida Agentlikning kooperatsiya aloqalari doirasida texnikaviy audit hamda ishlab chiqarilayotgan va o‘zlashtirilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini keng qo‘llash borasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga joylarda xizmatlar ko‘rsatish filiallari bilan ixtisoslashtirilgan tuzilmalari tarmog‘i tashkil etilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda keyinchalik aynan narxi va sifati bo‘yicha raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqqan holda, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishning doimiy monitoringi va tahlilini amalga oshirsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 101 | 7,564 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARIDA KASSA IShINI TAShKIL ETISh, INKASSATSIYA VA QIMMATLIKLARNI TAShIShGA DOIR YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 38-39-son, 425-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi 12/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 4-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“inkassatsiya xizmati — bank mijozlarining kunlik naqd pul tushumlarini inkasso qilish, bank (bank filiali)ning qimmatliklarini tashish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlariga ko‘ra taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan ularning maxsus yuklarini tashish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat”;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“inkassatsiya punkti — bozor va savdo majmualari hududlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan kunlik naqd pul tushumlari solinib, plombalangan inkassatsiya xaltalarini topshiradigan maxsus joy (xona);
slip — bank plastik kartasidan foydalangan holda operatsiya o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va o‘zida operatsiya summasi, turi, sanasi, shuningdek bank plastik kartasini hamda ushbu slipni shakllantirgan terminalni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotlarni aks ettiruvchi terminal kvitansiyasi”;
beshinchi—o‘n beshinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 24-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Bank (uning filiali) nomi yoki uning manzili o‘zgargan hollarda yoki uning faoliyati tugatilgan taqdirda, bankda mavjud bo‘lgan barcha muhr va shtamplarni yo‘q qilish uchun maxsus komissiya tuziladi va ushbu komissiyaga barcha muhr va shtamplarni ro‘yxatdan o‘tkazish vazifasi yuklatiladi.
Muhr va shtamplarni yo‘q qilish ishlari “Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1077, 2001-yil 27-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 20-son) talablari asosida amalga oshiriladi”.
3. 63-banddagi “bronza” degan so‘z “jez (latun) bilan qoplangan (sariq rangli)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 72-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Barcha bir martalik to‘lovlar 002-Sh-TX-shakldagi blankalar yordamida amalga oshiriladi. Blanka shakli mazkur Yo‘riqnomaning 49-ilovasida keltirilgan. Blanka xabarnomasining birinchi qismi bankning kunlik kassa hujjatlariga tikib qo‘yiladi, ikkinchi qismi esa mijozga beriladi. Jismoniy shaxslar soliq to‘lovlarini to‘lashda, maxsus to‘lov blankasi (mazkur Yo‘riqnomaning 50-ilovasi)dan foydalanishlari lozim. To‘lov blankasi uch qismdan — xabarnoma, patta va kirim orderidan iborat. Kirim orderi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, patta soliqlarni to‘lagan jismoniy shaxslarga beriladi va xabarnoma tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari (mutaxassislari)ga ularning so‘rovlariga muvofiq taqdim qilinadi”.
5. 73-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mijozlar bank hisobvaraqlariga naqd pul qo‘yishlaridan avval buxgalteriya xodimlari hujjatlarni “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”da (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 28-son, 276-modda) ko‘rsatib o‘tilgan tartibda oldindan tekshirib chiqadilar va rasmiylashtiradilar”.
6. 89-bandda:
“b” kichik banddan “omonatchilarga” degan so‘z chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“v) omonatchilarga omonatlar bo‘yicha foizlar to‘lash hamda omonatni qaytarish omonat kassalari orqali “O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2205, 2011-yil 4-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 9-son, 97-modda) talablari bo‘yicha”.
7. Quyidagi mazmundagi 891-band bilan to‘ldirilsin:
“891. Bank plastik kartalaridan foydalangan holda chiqim amallari bajarilganda, avtomat tarzda shakllantirilib chop etiladigan slip chiqim kassa ordyerlariga tenglashtiriladi. Kun oxirida bank kassasidagi terminal orqali jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan chiqim qilingan naqd pullar umumiy summasiga chiqim kassa orderi rasmiylashtiriladi. Bunda, bank plastik kartalari orqali bajarilgan har bir amallar summasi mazkur Yo‘riqnomaning 231-bandida qayd qilingan axborotlar tasmasiga kiritilishi lozim”.
8. 166-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“166. Dalolatnomada qayd etilgan pul va tangalar qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi xodimga beriladi. Ushbu xodim xo‘jalik yurituvchi subyektning xaltalarida aniqlangan to‘lovga yaroqsiz va qalbaki pullarning qiymati va ularning raqami yoki tangalar summasi bo‘yicha qabul qilinganligi yuzasidan ma’lumotnoma tuzadi. Tuzilgan ma’lumotnoma bank (bank filiali)ning bosh buxgalteriga yuboriladi va bank (bank filiali)ning bosh buxgalteri 003-shakldagi kirim orderini (20-ilova) rasmiylashtiradi hamda to‘lovga yaroqsiz yoki qalbaki pullarni 90145 — “To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvarag‘ida “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga oladi”.
9. 203-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“203. Naqd pullarning qalbaki ekanligi aniq ko‘rinib turgan (ularni ekspertiza qilishga zarurat bo‘lmagan) hollarda, qalbaki banknot va tangalar, ularning nominal qiymati qanday bo‘lishidan qat’i nazar mazkur Yo‘riqnomaning 166 va 215-bandlari talablari asosida kassaga kirim qilinadi hamda bu haqda bank (bank filiali) boshqaruvchisiga xabar beriladi. Bank (bank filiali) boshqaruvchisi belgilangan tartibda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlariga qalbaki pulning qanday holatda aniqlanganligi, uning seriya va raqamini ko‘rsatgan holda xabar qiladi. Qalbaki pullar ushbu hisobvaraqdan chiqim kassa orderi bo‘yicha tilxat asosida huquqni muhofaza qiluvchi organga, uning yozma so‘rovnomasiga asosan beriladi. Qo‘shimcha axborot Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi va Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga ma’lumot uchun yuboriladi”.
10. 204-bandda:
birinchi xatboshidagi “dehqon, buyum va qurilish materiallari bozorlari” degan so‘zlar “bozorlar va savdo majmualari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “dehqon, buyum va qurilish materiallari bozorlari” va “yakka tartibdagi tadbirkorlardan” degan so‘zlar tegishlicha “bozorlar va savdo majmualari” va “xo‘jalik yurituvchi subyektlardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bank (bank filiali)ning xo‘jalik yurituvchi subyekt huzuridagi maxsus kassalari faqat tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning kunlik naqd pul tushumlarini qabul qilib olish uchun tashkil etiladi”.
11. 215-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aniqlangan to‘lovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar, tuzilgan dalolatnomalar bilan birgalikda bankning kassa mudiriga beriladi hamda bank (bank filiali) bosh buxgalteri tomonidan 90145 — “To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvarag‘ida “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi”.
12. 220-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“220. Bank (bank filiali) kassalarida (aylanma kassa va naqd pullar zaxirasidagi) mavjud naqd pullar kutilayotgan to‘lovlarni ta’minlash uchun yetarli bo‘lmagan hollarda, bank yetmayotgan naqd pullar summasiga madad puli so‘rab, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga “O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1518, 2005-yil 26-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 43-44-son, 334-modda) muvofiq buyurtma asosida murojaat qiladi.
Bank (bank filiali) tomonidan so‘ralgan madad pullari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi farmoyishiga asosan Hisob-kitob-kassa markazi aylanma kassasidagi yoki boshqa bank (bank filiali) kassalaridagi naqd pullar hisobidan belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Olingan madad pullari uch bank ish kuni mobaynida belgilangan maqsadlar bo‘yicha sarflanishi lozim. Ushbu muddatda sarflanmay qolgan madad pullari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga qaytarilishi shart”.
13. 248-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“248. Bank (bank filiali, bank amaliyot bo‘limi) boshqaruvchilari, bosh buxgaltyerlari va kassa mudirlariga pul saqlash omborlarini ochish-yopish huquqi beriladi va ularga pul saqlash omborlaridagi naqd pul hamda boshqa qimmatliklarning butligi va daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish vazifasi yuklatiladi.
Ushbu javobgarlikni bank (bank filiali) boshqaruvchisi (amaliyot bo‘limi boshlig‘i) ishda bo‘lgan vaqtda o‘zining o‘rinbosari zimmasiga yuklashiga ruxsat etilmaydi”.
14. 266-banddagi “Almashtirish shoxobchasi to‘g‘risidagi nizom”ga (ro‘yxat raqami 1114, 2002-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son)” va “09005 — “Valyuta va yo‘l cheklarini ekspertizaga qabul qilishda ishlatiladigan ma’lumotnoma” degan so‘zlar tegishlicha “Ayirboshlash shoxobchasi to‘g‘risidagi nizom”ga (ro‘yxat raqami 2183, 2011-yil 17-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 3-son, 28-modda)” va “09005 — “Valyuta va yo‘l cheklarini ekspertizaga qabul qilishda ishlatiladigan kvitansiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. 268-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“268. Chek daftarchalarini rasmiylashtirish va keyinchalik ularni mijozlarga berish bank mijozlarining buyurtmalariga asosan amalga oshiriladi.
Bank (bank filiali) mijozlari o‘z faoliyatini tugatayotgan yoki o‘z hisobvaraqlarini boshqa bankka o‘tkazadigan yoki boshqa hollarda, ushbu bank (bank filiali) tomonidan berilgan hamda to‘liq yoki qisman foydalanilmagan chek daftarchalari bankka (bank filialiga) qaytariladi.
Nuqsonli, ishdan chiqqan yoki foydalanmasdan qaytarilgan chek daftarchalari ulardagi imzo qo‘yiladigan qismini uchburchak shaklida qirqish orqali foydalanilmaydigan holga keltiriladi va 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag‘iga belgilangan tartibda kirim qilinadi.
Mazkur yaroqsiz holga keltirilgan chek daftarchalari maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda yo‘q qilinguniga qadar, qimmatliklar singari bankning pul saqlash omborida (alohida) but saqlanishi lozim”.
16. 269-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“94500 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar” balans hisobvaraqlarida yuritilayotgan kreditlar ta’minoti sifatida qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar, kafolat va kafilliklar yoki garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar, garov shartnomalari banklarning pul saqlash omborlarida o‘z nominal qiymatlari bo‘yicha saqlanadi hamda mazkur Yo‘riqnomaning 40-ilovasida keltirilgan 120-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim”.
17. Quyidagi mazmundagi 2711-band bilan to‘ldirilsin:
“2711. Bank (bank filiali) kassasidagi Markaziy bankka topshirilishi lozim bo‘lgan naqd pullar jo‘natilmagan taqdirda, pullar to‘liq bog‘lamlarda yoki to‘liq tanga solingan qoplarda 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘iga kirim qilinadi. Ushbu naqd pullar aylanma kassa va naqd pullar zaxirasi qoldiqlaridan alohida saqlanishi hamda ushbu Yo‘riqnomaning 51-ilovasida keltirilgan 141A-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining tegishli farmoyishiga asosan 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘idan belgilangan tartibda naqd pullarni chiqim qilishga ruxsat etiladi”.
18. 272-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) aylanma kassadagi, naqd pullar zaxirasidagi va Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar tegishli buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga hamda 120, 141 va 141A-shakldagi kitoblarda ko‘rsatilgan qoldiqlarga mos kelishini”.
19. 274-bandning birinchi xatboshisidagi “120, 141 va 121-shakldagi” degan so‘zlar “120, 121, 141 va 141A-shakldagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. 311-bandning birinchi xatboshisidagi “120, 121 va 141-shakldagi” degan so‘zlar “120, 121, 141 va 141A-shakldagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21. 319-banddagi “tijorat bankining” degan so‘zlar “bank (bank filiali)ning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22. 325-bandda:
birinchi xatboshidagi “Tijorat banklari” degan so‘zlar “Bank (bank filiali)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank (bank filiali) tomonidan bank binosida va binosidan tashqarida tashkil etilgan hamda qanday nomlanishidan qat’i nazar, bank amaliyot kuniga ulangan barcha omonat (jamg‘arma) kassalari va minibank kassalari, turli kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qiluvchi kassalar, pul o‘tkazmalari shoxobchalari (keyingi o‘rinlarda bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar deb yuritiladi) uchun ushbu bobdagi talablar bir xil tartibda qo‘llaniladi (xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari bundan mustasno). Valyuta ayirboshlash shoxobchalari (kassalari) binolariga talablar va ish tartibi “Ayirboshlash shoxobchasi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2183, 2011-yil 17-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 3-son, 28-modda) muvofiq belgilanadi”.
23. 326-banddagi “Tijorat banklari” degan so‘zlar “Banklar (bank filiallari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
24. 327-bandda:
birinchi xatboshidagi “Tijorat banklari va ular filiallarining” degan so‘zlar “Bank (bank filiali)ning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “turli xil davlat bojlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Bunda inkassatsiya xizmati yo‘nalishi o‘zlari joylashgan tuman yoki tumanlarga bo‘linmagan shahar hududidan tashqariga chiqishlariga ruxsat etilmaydi.
Tumanlarga bo‘lingan shahar hududida faoliyat yuritayotgan banklar (bank filiali) tomonidan bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar mazkur Yo‘riqnomaning 331-bandi talablariga muvofiq tashkil etilishi mumkin. Ushbu kassalarga tushgan naqd pul tushumlari ularni tashkil etgan bank (bank filiali) kassalariga inkassatsiya xizmati orqali topshirilishi shart”.
25. 330-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“330. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassa banklar (bank filiallari)ni ichki ishlar idoralari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlashni tashkil etish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat talablari asosida jihozlangan bo‘lishi shart.
Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar xonalari bank (bank filiali) va ichki ishlar idoralari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida:
qo‘riqlash, yong‘indan va xavfdan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlanadi;
ish vaqti (8 soat) davomida bitta qo‘riqlash xizmati xodimi yordamida qo‘riqlanadi;
qo‘riqlash, yong‘indan va xavfdan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalaridan yuboriladigan “Tashvish” xabari bo‘yicha Texnik qo‘riqlash punkti (TQP) tomonidan tezkor guruh yordamida muhofaza qilinadi”.
26. 333-banddagi “Tijorat banklarining” degan so‘zlar “Banklar (bank filiallari)ning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
27. 335-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“335. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarda naqd pullarni omonatlarga qabul qilish, ular bo‘yicha foizlar to‘lash hamda omonatni qaytarish “O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2205, 2011-yil 4-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 9-son, 97-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi”.
28. 336-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda bank (bank filiali) inkassatsiya xizmati bilan tuzilgan shartnoma asosida bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarni zarur miqdorda madad puli bilan ta’minlaydi. Bank amaliyot kuni yakunlanganidan so‘ng, operatsion kassada mavjud bo‘lgan milliy va chet el valyutalaridagi naqd pul qoldiqlari hamda boshqa qimmatliklar tegishli bank (bank filiali) kassasiga inkassatsiya xizmati orqali topshirilishi shart”;
uchinchi xatboshidagi “kassasida” degan so‘z “kassada” degan so‘z bilan almashtirilsin.
29. 340-bandning birinchi xatboshisi “kassa” degan so‘zdan keyin “(jamg‘arma)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
30. 343-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” degan so‘zlar “Markaziy bank” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Pul tushumini inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashish Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida inkassatsiya xizmati tomonidan maxsus chiroqli (mayoqcha) va tovushli signal (sirena)lar hamda radioaloqa vositalari bilan jihozlangan va tashqi qismlari rangli-grafik sxema asosida bo‘yalib, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarida maxsus tezkor (operativ) avtomashina sifatida ro‘yxatga qo‘yilgan avtomashinalar yordamida amalga oshiriladi”.
31. 349-band “inkassatsiya birlashmasi” degan so‘zlardan keyin “va uning hududiy inkassatsiya boshqarmalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
32. 350-bandning uchinchi xatboshisidan “tijorat” degan so‘z chiqarib tashlansin.
33. 352-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik yurituvchi subyekt inkassatsiya xizmati bilan shartnoma tuzish uchun naqd pul tushumini topshirish shoxobchasi joylashgan manzilini tasdiqlovchi va undan foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar nusxasini shartnoma tuzish haqidagi arizaga ilova qilgan holda inkassatsiya xizmatiga taqdim etadi”.
34. 355-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
35. Quyidagi mazmundagi 3551-band bilan to‘ldirilsin:
“3551. 100 ta va undan ko‘proq turg‘un savdo shoxobchalari va savdo o‘rinlari mavjud bo‘lgan bozorlarda (haftada bir kun ishlaydigan bozor va mol bozorlaridan tashqari) va savdo majmualarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kunlik naqd pul tushumlarini qabul qilish uchun inkassatsiya punktlari tashkil etilishi mumkin. Inkassatsiya punkti joylashgan xona eshiklari ichki tomondan qulflanishi lozim. Inkassatsiya punkti naqd pul tushumlari solinib, plombalangan xaltalarni (plomba namunalari bilan taqqoslab) mijozlardan qabul qilib olishi uchun inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i va kassa mudiri tomonidan tasdiqlangan plomba namunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Inkassatorlar xo‘jalik yurituvchi subyektlardan naqd pullar solingan xaltalarni qabul qilib olishlari uchun inkassatsiya punkti xonasi to‘siq (baryer) bilan ajratilgan bo‘lishi lozim.
Inkassatsiya punkti inkassatorlari xo‘jalik yurituvchi subyektlardan inkassatsiya xaltalarini mazkur Yo‘riqnomaning XIX bobi talablariga asosan qabul qiladi”.
36. 358-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari (navbatchi inkassator) pul tushumini yig‘ish uchun inkassatorlarga yo‘nalishga chiqishlaridan avval 172-shakldagi kitobga imzo qo‘ydirgan holda; yig‘uvchi inkassatorga — bir yil muddatga beriladigan 173-shakldagi ishonchnoma (33-ilova), 107-shakldagi tashrif varaqalari (32-ilova), inkassatsiya bo‘limining yo‘nalish raqami ko‘rsatilgan muhrni; brigada boshlig‘iga Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi guvohnomasini, yo‘nalishga beriladigan tashrif varaqlari va bo‘sh xaltalar soni haqidagi ma’lumotnomani (8-ilova) topshiradi”.
37. 359-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Plombirlar, muhrlar, shtamplar va kalitlar hisobini yuritish va ular harakatini qayd etish daftari (27-ilova) hamda Pul tushumini inkassatsiya qilishda tashrif varaqasi, xalta, muhr va ishonch qog‘ozlarining hisobini yuritish kitobi (34-ilova) raqamlanishi, tikilishi va hududiy inkassatsiya boshqarmasining muhri bilan tasdiqlanishi lozim”.
38. 372-bandning ikkinchi xatboshisidagi “surg‘uchli muhrlarni” va “surg‘uchli muhrlari” degan so‘zlar tegishlicha “plombiratorlarni” va “plombiratorlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
39. 373-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Inkassatorlar inkassatsiya qilingan pul tushumi bilan birga tashrif varaqalari va yuk xatlarini, shuningdek ishonchnoma va yo‘nalish raqami ko‘rsatilgan muhrni seyflarda saqlashlari shart”.
40. 378-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Inkassatorlardan biri boshliq etib tayinlanadi va u brigada (guruh)ning qimmatliklarni tashishga doir barcha ishlarini tashkil etadi. Brigada boshlig‘iga bir martalik, uning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo namunasi qayd etilgan va brigada tarkibiga kiruvchi barcha inkassatorlarning familiyalari yozilgan hamda ismlari, otasining ismlari bosh harflari ko‘rsatilgan hamda inkassatsiya boshqarmasi boshlig‘i va bosh buxgalterining imzolari qo‘yilib, muhr bilan tasdiqlangan hamda mazkur Yo‘riqnomaning 38-ilovasida keltirilgan 179-shakldagi ishonchnoma beriladi”.
41. 394-banddagi “ombor eshigi” degan so‘zlar “maxsus avtomashina yukxonasi eshigi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
42. 414-bandda:
“a” kichik banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining” degan so‘zlar “Markaziy bankning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) qabul qilinmagan (topshirilmagan) pulli va bo‘sh xalta (qop)larga kassa hujjatlarini to‘ldirish”.
43. 18-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
44. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq mazmundagi 50 va 51-ilovalar bilan to‘ldirilsin. | 151 | 23,004 |
Qonunchilik | Qonunchilik: toʻliq хatlovdan oʻtkaziladi, normativ hujjatlar yangi prinsiplar boʻyicha qabul qilinadi | Prezidentning 8.08.2018 yildagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Huquqiy jihatdan tartibga solishning yangi prinsiplari
Hujjat ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish meхanizmiga yangi talablar joriy etadi.
Birinchidan, davlat organlari tomonidan qonunlarni, Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ishlab chiqish hamda qabul qilish tashabbusiga faqatgina ushbu organlarning koʻtarilayotgan masalalar yoki muammolarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amaldagi normalar va ma’muriy tartib-taomillar orqali hal qilish vakolati boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi;
Eslatib oʻtamiz, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashabbus koʻrsatilgan va taklif qilingan qonun loyihalari normativ-huquqiy hujjatlarning kompleksliligini va oʻzaro bir-birini toʻldirishini hisobga olgan holda, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sohalardagi demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan taqdirda qonun loyihalarga doir ishlarga kiritiladi.
Faqat mamlakatimiz Prezidenti tomonidan muhim yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilinadi, Hukumatning alohida qarorlari u bilan kelishilishi kerak (roʻyхatga qarang).
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qabul qilinadi.
Ikkinchidan, qonunlar, Prezident va Hukumat qarorlari ular kuchga kirgan paytdan (rasman e’lon qilingan kundan, basharti ularning oʻzida boshqa kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa – tahr. ) e’tiboran qoʻllaniladi. Ularning ijrosi yuzasidan qoʻshimcha ichki idoraviy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha majburiyat yuklatilmaydi.
Uchinchidan, qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlari (Konstitutsiyaning 83-moddasiga qarang) Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini kiritishda unga uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ilova qiladilar. U yerda, qoida tariqasida qonun va qonunosti hujjatlarini takomillashtirish, tashkiliy-teхnik chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun loyihasini keng tatbiq etish va uning mohiyati va ahamiyatini targʻib qilish boʻyicha masalalar aks ettiriladi. Chora-tadbirlar rejasi uning ijrosi ustidan Oliy Majlis palatalari tomonidan ta’sirchan nazorat ta’minlanganda Senat tomonidan qonunning ma’qullanishi bilan bir vaqtda tasdiqlanadi.
Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari boʻyicha alohida chora-tadbirlar va nazorat rejasi hamda “yoʻl хaritalari”, aksincha, qoʻshimcha tarzda tasdiqlanmaydi. Buning oʻrniga hujjatlarning oʻzida aniq topshiriqlar va ularni amalga oshirish meхanizmlari, muddatlar va mas’ul ijrochilarni belgilaydigan normalar albatta nazarda tutiladi.
Toʻrtinchidan, yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjatning (vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari yoki qarorlari) qabul qilinishi oʻхshash munosabatlarni tartibga soluvchi shu kabi yuridik kuchga ega hujjatni bekor qilish yoki unga taklif etilayotgan oʻzgartirishlarni kiritish bilan birga kechishi kerak.
Qonunchilik toʻliq хatlovdan oʻtkaziladi
Farmon bilan tashkil etilgan maхsus komissiyaga qonunchilik bazasini toʻliq хatlovdan oʻtkazish va normativ-huquqiy hujjatlarni quyidagilar asosida qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi:
2 oy muddatda har bir idora tomonidan qabul qilinadigan idoraviy hujjatlarning aniq roʻyхatini belgilash zarur. Qolgan hujjatlarga nisbatan ularda mavjud normalarni yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlariga oʻtkazish va “tartibga solish gilotinasi” usulini qoʻllash orqali vakolatlarni bosqichma-bosqich kamaytirish va bekor qilish talab etiladi (yuqori turuvchi hujjatlarga zid boʻlgan quyi turuvchi hujjatlarni bekor qilish – tahr.)
Amaldagi huquqiy aхborot tizimlari modernizatsiya qilinadi, yangilari ishlab chiqiladi
Kelasi yil boshiga Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish kerak, u quyidagi imkoniyatlarni beradi:
QHTBT portali (NHHning jamoatchilik muhokamasi – tahr.) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi tarkibiy qismi sifatida unga integratsiya qilinadi.
2019 yil 1 fevralga qadar muddatda esa ilmiy ekspert doiralari vakillari, oliy oʻquv yurtlari talabalari va ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar tomonidan ilmiy-tahliliy faoliyat asosida ishlab chiqilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni oʻz ichiga olgan onlayn ommabop aхborot tizimini yaratish va uni muntazam ravishda yangilab borish topshirildi.
Parallel ravishda quyidagilar hisobiga Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi tizimi modernizatsiya qilinadi:
Bosma nashrlar oʻtmishda qoladi
2019 yil 1 yanvardan e’tiboran davlat organlari va tashkilotlarining “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining aхborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari toʻplami” va “Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari toʻplami”ga obuna boʻlishi toʻхtatiladi.
Ularni e’lon qilish toʻхtatiladi va Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga oʻtkaziladi. Alohida nusхalari faqat arхivlarda, aхborot-resurs markazlarida saqlash uchun, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslar talablariga koʻra nashr etiladi.
Oleg Zamanov. | 102 | 5,490 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-435-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 12-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-435-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 167 | 1,040 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi) va norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
valyuta hisobvaraqlari — O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlar;
ichki valyuta bozori — valyuta birjasida, O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida hamda bevosita tijorat banklarida mijozlar bilan amalga oshiriladigan chet el valyutasini sotib olish va sotish;
ichki valyuta operatsiyalari — O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida amalga oshiriladigan operatsiyalar.
2. Ichki valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
bojsiz savdo do‘konlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro tashishlarda transport vositalarining qatnov yo‘llarida yo‘lovchilarga tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish chog‘idagi hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalar;
vositachilar (vakillar) tomonidan norezidentlar bilan tovarlarni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, axborot va intellektual faoliyat natijalarini, ularga bo‘lgan mutlaq huquqlarni berish bo‘yicha shartnomalar tuzish hamda ularni bajarish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) o‘rtasidagi operatsiyalar, shu jumladan komitentlarga (ishonch bildiruvchilarga) pul summalarini (boshqa mol-mulkni) qaytarishga doir operatsiyalar;
tuzilgan shartnomalar asosida transport-ekspeditorlik xizmatlarini realizatsiya qilishdan ekspeditorlik kompaniyalarining hisobvarag‘iga xorijdan kelib tushayotgan chet el valyutasidagi mablag‘larni hisob-kitob qilishni va o‘tkazishni nazarda tutuvchi operatsiyalar;
jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safarlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarini to‘lash va ularning o‘rnini qoplash bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek xizmat safarlari munosabati bilan berilgan, sarflanmay qolgan bo‘nakni qaytarishga doir operatsiyalar;
rezident jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlardan boshqa rezident jismoniy shaxslar foydasiga ularning O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga nosavdo operatsiyalar bo‘yicha o‘tkazmalar;
agar oxirgi xaridor yoki sotuvchi norezident bo‘lsa, vositachilar (vakillar) tomonidan majburiyatlar kliring natijalari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan shartnomalarni tuzish va bajarish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish chog‘ida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) o‘rtasidagi operatsiyalar;
majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida valyuta qimmatliklaridan foydalanish, shuningdek ularni undirish bilan bog‘liq operatsiyalar;
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) valyuta qimmatliklarini kiritish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar;
bank xizmatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalar;
xayriya faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar;
meros huquqi bo‘yicha valyuta qimmatliklarini olish bilan bog‘liq operatsiyalar;
mazkur Qoidalarning 45-bandida belgilangan holatlarda naqd chet el valyutasini qabul qilish bilan bog‘liq operatsiyalar;
ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari;
norezident yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari, daromadlari va qonuniy yo‘l bilan topilgan boshqa mablag‘larini ushbu norezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan vakolatxona yoki doimiy muassasaga o‘tkazish operatsiyalari;
tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokyerlari orqali tovarlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq o‘tkazmalar;
qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokyerlari va investitsiya vositachilari orqali aksiyalarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq o‘tkazmalar;
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga konsullik yig‘imlarini to‘lash;
sudlarning qarorlari asosida pul mablag‘larini to‘lash.
Ichki valyuta operatsiyalari rezidentlar va norezidentlar tomonidan ushbu Qoidalarga muvofiq cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
3. Rezidentlar va norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi banklarida hisobvaraqlarni ochish O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi banklari xorijiy banklar bilan tuzilgan shartnomalarga (kelishuvlarga, bitimlarga) asosan milliy va chet el valyutasida o‘zaro vakillik hisobvaraqlari ochishlari hamda ushbu hisobvaraqlardan shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlar doirasida foydalanishlari mumkin.
5. Xalqaro moliya institutlarining O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalaniladi.
6. Rezident yuridik shaxslarning nomiga kelib tushayotgan valyuta mablag‘lari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ularning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kiritilishi shart.
7. Norezidentlar O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan milliy valyutadagi hisobvaraqlariga qonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘lari kiritiladi va ulardan mazkur Qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda foydalanadilar.
8. Rezidentlar va norezidentlar O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi o‘z hisobvaraqlaridan mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan o‘z hisobvaraqlariga cheklovlarsiz o‘tkazishlari mumkin.
9. Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalari valyuta pozitsiyasiga nisbatan o‘rnatilgan limitlar doirasida amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va tijorat banklari bevosita o‘zlari o‘rtasida, o‘z mijozlari bilan, shuningdek valyuta birjasi orqali valyutaviy svop operatsiyalarini Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (International Swaps and Derivatives Association — ISDA) svop bitimini tuzishning namunaviy shartlari va tavsiyalari asosida amalga oshiradilar.
11. Kapital harakati operatsiyalari Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomda (ro‘yxat raqami 2536, 2013-yil 17-dekabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya etishlari lozim.
13. Rezident yuridik shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning chet el valyutasidagi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi va ular ushbu mablag‘lardan mazkur Qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda foydalanadilar.
14. Rezident yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqlarni ochish uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Xorijiy davlatlarda hisobvaraqlar ochgan rezident yuridik shaxslar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmatiga hamda asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga hisobvaraqlar ochilganligi (yopilganligi) to‘g‘risida va hisobvaraqlarning rekvizitlari o‘zgarganligi haqida, shuningdek ushbu hisobvaraqlardagi qoldiqlar va aylanmalar to‘g‘risida ma’lumotlar ilovada keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
15. Rezident yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning valyuta hisobvaraqlariga ichki va xalqaro valyuta operatsiyalari bo‘yicha chet el valyutasi kiritilishi mumkin.
Valyuta hisobvaraqlardagi mablag‘lardan hisobvaraq egasining topshirig‘iga ko‘ra:
ichki valyuta operatsiyalari uchun;
joriy xalqaro operatsiyalar uchun;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kapital xarakati operatsiyalari uchun;
xizmat safari xarajatlari uchun, shu jumladan, naqd shaklda foydalanilishi mumkin.
16. Rezident jismoniy shaxslarning nomiga kelib tushayotgan valyuta mablag‘lari ularning hisobvaraqlariga cheklovlarsiz kiritiladi hamda ushbu mablag‘lardan mustaqil ravishda foydalaniladi.
17. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan, immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, shuningdek xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa xorijiy tashkilotlar vakolatxonalarining (bundan buyon matnda norezidentlarning vakolatxonalari deb yuritiladi) chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga:
O‘zbekiston Respublikasining hududida olingan konsullik yig‘imlari;
vakolatxona tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvarag‘idan o‘tkazilgan mablag‘lar;
vakolatxona tashkil etgan norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari, daromadlari va qonuniy yo‘l bilan topilgan boshqa mablag‘lari;
ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar;
yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida xorijdan olib kelingan naqd chet el valyutasi, bundan deklaratsiya to‘ldirish talab etilmaydigan holatlar mustasno;
xorijdan hisobvaraq egasi nomiga pochta jo‘natmalari orqali yuborilgan naqd chet el valyutasi kiritilishi mumkin.
Norezidentlar vakolatxonalarining chet el valyutasidagi hisobvaraqlardagi mablag‘lardan hisobvaraq egasining topshirig‘iga ko‘ra:
vakolatxona tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun;
chet elga nosavdo tusdagi pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun;
chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha bankning vositachilik haqini, xodimlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga jo‘natilishi bilan bog‘liq xarajatlarni (shu jumladan, naqd shaklda) to‘lash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklari orqali sotish uchun foydalanilishi mumkin.
18. Norezidentlar doimiy muassasalarining chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga:
doimiy muassasa tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvarag‘idan o‘tkazilgan mablag‘lar;
doimiy muassasa tashkil etgan norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari, daromadlari va qonuniy yo‘l bilan topilgan boshqa mablag‘lari;
ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lari;
joriy xalqaro operatsiyalariga oid o‘tkazmalar kiritilishi mumkin.
Norezidentlar doimiy muassasalarining chet el valyutasidagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan hisobvaraq egasining topshirig‘iga ko‘ra:
doimiy muassasani tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun;
chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha bankning vositachilik haqini, xodimlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga jo‘natilishi bilan bog‘liq xarajatlarni (shu jumladan, naqd shaklda) to‘lash uchun;
ichki valyuta bozorida sotish uchun;
joriy xalqaro operatsiyalar uchun foydalanilishi mumkin.
19. Tovar-xomashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga:
ushbu savdolarda ishtirok etayotgan norezident yuridik shaxsning xorijdagi hisobvarag‘idan o‘tkazilgan mablag‘lar;
ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar;
tovar-xomashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotishdan tushgan mablag‘lar kiritilishi mumkin.
Tovar-xomashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar hisobvaraq egasining topshirig‘iga ko‘ra:
ichki valyuta bozorida sotilishi;
tovar-xomashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotib olish uchun foydalanilishi;
tovar-xomashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida ishtirok etayotgan norezident yuridik shaxsning xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazilishi mumkin.
20. Norezident jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga:
yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida (deklaratsiya to‘ldirish talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno) xorijdan olib kelingan naqd chet el valyutasi;
nosavdo tusdagi o‘tkazmalar;
ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar;
qonuniyligini asoslantiruvchi hujjatlar asosida olingan mablag‘lar kiritilishi mumkin.
Norezident jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan hisobvaraq egasining topshirig‘iga ko‘ra:
nosavdo tusdagi o‘tkazmalar uchun;
ichki valyuta bozorida sotish uchun;
naqd chet el valyutasida yechib olish uchun;
xorijiy banklarda ochilgan o‘z hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun foydalanilishi mumkin.
21. Ichki valyuta bozorida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
valyuta birjasida hamda O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida chet el valyutasini sotish va sotib olish;
tijorat banklari tomonidan o‘z mijozlarining valyuta mablag‘larini shartnoma (oferta bitimi) asosida sotish va sotib olish;
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish;
tijorat banklari tomonidan banklararo savdo sessiyasida valyuta mablag‘larini sotib olish va sotish;
tovar-xomashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga norezidentlar tomonidan, shu jumladan norezidentlar nomidan birja brokyerlari va investitsiya vositachilari orqali valyuta mablag‘larini sotib olish va sotish.
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasining sotib olinishi va sotilishi rezidentlar va norezidentlar tomonidan joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha, shuningdek norezidentlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari va daromadlarini repatriatsiya qilish maqsadlari uchun cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
22. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi Yagona g‘azna hisobvarag‘idan foydalangan holda xizmat ko‘rsatiladigan buyurtmachilar tomonidan chet el valyutasining sotib olinishi va sotilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 329-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari chet el valyutasidagi mablag‘larining g‘azna ijrosi tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
23. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka buyurtma taqdim etadilar. Bunda buyurtma shakli bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi va unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
mijoz nomi;
valyuta turi va summasi;
sotib olish yoki sotish kursi.
Chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etiladigan buyurtmalarda qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi:
chet el valyutasini sotib olish maqsadi;
valyuta operatsiyalarini asoslovchi hujjatlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun buyurtmalar xizmat ko‘rsatuvchi banklarga masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali elektron ko‘rinishda ham taqdim qilinishi mumkin.
Buyurtmada qayd etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik mazkur buyurtmani taqdim etgan xo‘jalik yurituvchi subyekt zimmasiga yuklatiladi.
Chet el valyutasidagi kredit va lizinglarga xizmat ko‘rsatish, xorijiy investorlar foydasi, dividend va boshqa daromadlarni repatriatsiya qilish maqsadida chet el valyutasini sotib olishda, xizmat ko‘rsatuvchi banklar ushbu operatsiyalarning haqqoniyligini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishga haqlidir.
24. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etilgan buyurtmani ko‘rib chiqish xizmat ko‘rsatuvchi banklarning tegishli tarkibiy bo‘linmasi (bundan buyon matnda tarkibiy bo‘linma deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etilgan buyurtmalar tarkibiy bo‘linma tomonidan qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi hamda natijasi bo‘yicha buyurtmani qanoatlantirish yoki uni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
Tarkibiy bo‘linma faoliyatini nazorat qilish hamda buyurtmani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha tayyorlangan xulosani tasdiqlash bank boshqaruvi raisining tegishli o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtma bo‘yicha xulosalarning qonuniyligi uchun uni tasdiqlagan bank boshqaruvi raisining tegishli o‘rinbosari javobgar hisoblanadi.
25. Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun tomonlar kelishuviga ko‘ra bir martalik bosh shartnoma yoki har bir operatsiya bo‘yicha alohida shartnomalar rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda shartnomalar xizmat ko‘rsatuvchi banklarning tegishli dasturiy ta’minot vositasi orqali elektron shaklda ham tuzilishi mumkin.
26. Xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasini kirim qilish uchun mijoz nomiga maxsus hisobvaraqlar ochiladi.
Maxsus valyuta hisobvarag‘iga ushbu hisobvaraqdan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi ham kirim qilinadi.
27. Qanoatlantirish to‘g‘risida xulosa tasdiqlangan buyurtmalar bo‘yicha tijorat banki va mijozlar o‘rtasidagi barcha hisob-kitoblar keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.
Belgilangan vaqtda hisob-kitoblar yakunlanmagan bo‘lsa, kelishuv bekor qilingan hisoblanadi.
28. Maxsus valyuta hisobvaraqlariga kiritilgan mablag‘lar qat’iy ravishda buyurtmalarda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.
29. Bank mijozi tomonidan sotib olinib, mijozning maxsus valyuta hisobvarag‘iga kiritilgan vaqtdan e’tiboran yetti bank ish kuni mobaynida foydalanilmagan valyuta mablag‘lari, ushbu muddat tugagandan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tijorat banklariga qayta sotilishi shart.
Maxsus valyuta hisobvarag‘idan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi ham uch bank ish kuni mobaynida tijorat banklariga qayta sotilishi yoki buyurtmada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun takroran o‘tkazib berilishi lozim.
Chet el valyutasining qayta sotilishi sotuv kunidagi talab va taklif asosida shakllanadigan bozor kursida akseptsiz ravishda amalga oshiriladi.
30. Ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif asosda shakllanadigan valyuta kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
31. Birja savdolarining tashkil qilinishi va o‘tkazilishi valyuta birjasining ichki qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
32. Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Norezident jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish ular tomonidan respublika hududida milliy valyuta mablag‘larining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi. Bunda operatsiya summasi taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan summa miqdoridan oshmasligi lozim.
33. Tijorat banklari jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda Markaziy bankning Banklararo yagona elektron tizimidan foydalanadilar.
Banklararo yagona elektron tizimidan foydalanish uchun tijorat banklari valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi chakana amaliyotlar kassalari, bank xizmatlari ofislari, banklarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalarining joylashgan joyi (pochta manzili) ko‘rsatilgan holda Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga ma’lumot taqdim etadi.
Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi chakana amaliyotlar kassalari, bank xizmatlari ofislari, banklarning tegishli tarkibiy bo‘limlari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ro‘yxatga oladi va Banklararo yagona elektron tizimiga kiritish uchun tegishli ma’lumotni Markaziy bankga taqdim etadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash operatsiyalari avtomatlashtirilgan bank shoxobchalari (bankomatlar) hamda masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali amalga oshirilganda Banklararo yagona elektron tizimdan foydalanish talab etilmaydi.
34. Chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari tijorat banklari tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilanadi va ushbu kurslarga tijorat banklari tomonidan operatsion kun davomida o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
35. Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan barcha turdagi valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan shikastlanish belgilari mavjud muomalaga yaroqli banknotalar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
36. Emitent-davlat tomonidan banknotaga nisbatan o‘rnatilgan talablarga javob beradigan asosiy belgilarga (emitent bank nomi, seriya va tartib raqami, valyuta nominalining raqamlar va so‘z bilan ko‘rsatilishi, old va orqa tomonining asosiy tasviri (surati, portreti), qalbakilashtirilishidan himoya qiluvchi elementlari (suv belgisi, magnitli belgilar, qog‘ozga kiritilgan rangli tolalar, jumladan ultrabinafsha nurlarda ko‘rinadigan tolalar, konfyetti (rangli qog‘oz tangachalar), himoya iplari, mikromatn, nur sochuvchi rasmlar va boshqalar) ega bo‘lgan banknota qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.
37. Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi:
banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa (siyqalanish banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan holatlar bundan mustasno);
banknota enining (bo‘yining) to‘rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo‘lsa;
yopishtirib qo‘yilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm2 dan oshmagan) bo‘lsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli bo‘lsa;
mayda dog‘lar, yozuvlar, shtamp izi bo‘lganda (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan ortiq bo‘lsa, banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno) hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;
banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ortiq teshiklar bo‘lsa, bunda teshiklar banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lishi kerak.
38. Mazkur Qoidalarning 37-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan ortiq bo‘lgan va quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:
bo‘laklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan bo‘lsa;
dastlabki rangi o‘zgargan yoki rangi o‘chgan bo‘lsa;
yongan yoki kuygan holatda bo‘lsa;
qonuniy to‘lov vositasi ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa;
banknotada kimyoviy reaktivlar ta’siri bo‘lsa;
muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) o‘zgartirilganda, nominali o‘zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo‘lsa;
banknotlar aniq bosma xatoga ega bo‘lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri joylashganligi), tasvirlari to‘liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo‘lsa;
banknota geometrik o‘lchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa o‘zgargan bo‘lsa;
banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa;
o‘zining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yo‘qotib, yumshoq holga kelgan banknotlar.
Tegishli xorijiy davlatning emitent banki tomonidan e’lon qilingan sanadan keyin muomiladan chiqarilgan hamda banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar mavjud bo‘lgan banknotalar to‘lovga yaroqsiz deb e’tirof etiladi.
39. Tegishli xorijiy davlatning emitent banki tomonidan e’lon qilingan sanadan keyin muomaladan chiqarilgan hamda banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar mavjud bo‘lgan banknotalar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi.
40. Jismoniy shaxslar tijorat bankining masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalangan holda chet el valyutasini sotishi, sotib olishi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun jismoniy shaxslar masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimini kompyuter qurilmasiga (shu jumladan, planshet, mobil telefon va boshqa qurilmalarga) yuklab oladi hamda undan foydalanish shartlari bilan bog‘liq ofertani akseptlaydi.
41. Valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochish va yopish, xavfsizlik talablari, shuningdek ayirboshlash operatsiyalarida qimmatliklar bilan ishlash Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
42. Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi tijorat banki xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:
valyuta ayirboshlash operatsiyalarini sirtdan amalga oshirish;
tegishli ma’lumotnoma bermasdan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini bajarish yoki valyuta ayirboshlash operatsiyasini bajarmasdan tegishli ma’lumotnomalarni berish.
43. Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirishda foydalaniladigan blanklar shakli, shuningdek shoxobcha xodimlari soni tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi tarikibiy tuzilmalarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq faoliyat yuritishi tijorat banki tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.
44. O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kassalariga AQSh dollari, ingliz funt sterlingi, Yevro, shveysariya franki, yapon iyenasi hamda tijorat banklarining ixtiyoriga ko‘ra boshqa chet el valyutalari qabul qilinishi mumkin.
45. O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasi tijorat banklari kassalariga quyidagi holatlarda qabul qilinishi mumkin:
konsullik yig‘imlarini to‘lash uchun;
xorijda o‘tkazilgan ko‘rgazma va yarmarkalarda sotilgan tovarlar uchun;
bojsiz savdo do‘konlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro tashishlarda transport vositalarining qatnov yo‘llarida yo‘lovchilarga tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish chog‘idagi hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalar uchun;
xorijiy xizmat safari xarajatlari uchun olingan bo‘naklarning qaytarilishida;
bank xizmatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalar uchun;
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) mablag‘larni kiritish uchun;
xayriya faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar uchun;
eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun;
norezident jismoniy shaxs tomonidan tashqi savdo shartnomasi bo‘yicha debitor qarzdorliklarni so‘ndirish uchun;
norezidentlarning vakolatxonalari nomiga xorijdan olib kelingan yoki pochta jo‘natmalari orqali yuborilgan naqd chet el valyutasi;
milliy tashuvchilar (rezidentlar) tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida transport ekspeditsiyasi (yuklarni tashish) shartnomalari bo‘yicha xalqaro tovar-transport yuk xati asosida norezidentlardan olingan naqd chet el valyutasi.
46. Mazkur Qoidalarning 45-bandi oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda norezident jismoniy shaxs tomonidan quyidagi hujjatlardan biri taqdim etilganda naqd chet el valyutasi bank tomonidan qabul qilinadi, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilishi talab etilmaydigan holatlar mustasno:
norezident jismoniy shaxs tomonidan naqd chet el valyutasi xorijdan olib kelganligini tasdiqlovchi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi, tegishli ishonchnoma asosida;
norezident jismoniy shaxs nomiga uning O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga chet eldan kelib tushgan mablag‘larning yechilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomalari.
Norezidentlardan bank kassasiga qabul qilingan valyuta mablag‘larining summasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatiladi hamda bank shtampi bilan tasdiqlanadi. Mazkur yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining nusxasi kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Naqd chet el valyutasi norezident tomonidan berilgan ishonchnoma asosida rezident jismoniy shaxslardan qabul qilinganda, pul mablag‘lari ushbu rezident jismoniy shaxs tomonidan xorijdan olib kelinganligini tasdiqlovchi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi taqdim etilishi lozim.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq naqd chet el valyutasini xorijdan olib kirishda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilishi talab etilmaydigan miqdordagi valyuta mablag‘lari bank kassalariga topshirilganda asoslantiruvchi hujjat talab etilmaydi.
47. Tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Naqd valyuta mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligi to‘g‘risidagi xabarnomalar tijorat banklari tomonidan uch kun muddat davomida Markaziy bankka taqdim etilishi lozim.
471. Tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish Markaziy bankning ruxsati asosida amalga oshiriladi.
48. Markaziy bankning ruxsatini olish uchun tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga mo‘ljallangan valyutaning turi, uning summasi, valyuta mablag‘lari qaysi davlatga olib chiqilishi, xorijiy bankning nomi, naqd valyuta mablag‘larini olib chiqish maqsadlari ko‘rsatilgan arizani Markaziy bankka taqdim etadi.
49. Tijorat banklarining naqd valyuta mablag‘larini olib chiqish uchun murojaati Markaziy bank tomonidan uch bank ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tijorat banklariga naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat beriladi.
Tijorat banklariga naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat berishni rad qilish faqat tijorat banklarining murojaati mazkur Qoidalarning 48-bandida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda amalga oshiriladi.
50. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 231-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi (ro‘yxat raqami 510, 1998-yil 22-oktabr).
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 21-fevraldagi 231-1 son “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 510-1, 2004-yil 29-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 160-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 26-dekabrdagi 38/11-son “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 510-2, 2010-yil 4-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 47-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 26-noyabrdagi 35/3-son “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 510-3, 2011-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 51-son, 553-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/7-son “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 510-4, 2018-yil 28-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 31-son, 648-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/7-son “Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 510-5, 2019-yil 25-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 13-son, 244-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/6-son “Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 510-6, 2019-yil 23-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 34-son, 616-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 232-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibi (ro‘yxat raqami 511, 1998-yil 22-oktabr).
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-fevralda 232-1-son bilan tasdiqlangan Vakolatli banklarda chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga 1-sonli o‘zgartirish (ro‘yxat raqami 511-1, 1999-yil 1-mart).
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 232-2-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-2, 2003-yil 27-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son).
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 31-iyuldagi 232-3-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-3, 2003-yil 12-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son).
12. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 21-fevraldagi 232-4-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-4, 2004-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 165-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 26-dekabrdagi 38/12-son “Vakolatli banklarda chet el valyutasidagi hisobvaraqlarning yuritilishi tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-5, 2010-yil 4-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 48-modda).
14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 26-noyabrdagi 35/2-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-6, 2011-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 51-son, 554-modda).
15. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/3-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-7, 2013-yil 3-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 49-son, 638-modda).
16. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/7-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-8, 2017-yil 12-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 1016-modda).
17. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/3-son “Tijorat banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritilishi tartibiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-9, 2017-yil 23-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 47-son, 1174-modda).
18. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-son “Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 2018-yil 4-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 23-son, 477-modda).
19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-son “Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-11, 2018-yil 28-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 31-son, 649-modda).
20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-son “Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 511-12, 2019-yil 25-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 13-son, 245-modda).
21. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-son “O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1839, 2008-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 293-modda).
22. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 21-maydagi 16/1-son “O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1839-1, 2011-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 242-modda).
23. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-son “O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1839-2, 2018-yil 4-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 23-son, 478-modda).
24. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3029, 2018-yil 29-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 26-son, 532-modda).
25. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/3-son “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3029-1, 2018-yil 11-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 50-son, 959-modda).
26. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/3-son “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3029-2, 2019-yil 6-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 32-son, 566-modda).
27. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-son “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3029-3, 2019-yil 17-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 42-son, 808-modda). | 102 | 42,455 |
Qonunchilik | Pandemiya: imtiyoz va preferensiyalar koʻpaydi | Prezident tomonidan 18 may kuni koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab‑quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora‑tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmon imzolandi.
Hujjatda nazarda tutilgan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralarini davlatimiz rahbari 13 may kunidagi videoselektor yigʻilishida e’lon qilgandi.
Natijada navbatdagi paket davlat tomonidan biznesni qoʻllab-quvvatlashning quyidagi choralarini oʻz ichiga oladi:
birinchidan, 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabrigacha boʻlgan davrda quyidagilar mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi:
ikkinchidan, kichik tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi summalar hisobdan chiqariladi:
uchinchidan, mikrofirma va kichik korхonalar tovarlarni (iste’mol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojхona boji va aksiz soligʻini toʻlash muddatini 2020 yil 1 iyulgacha kechiktirishni qoʻllashga haqli. Keyinchalik kechiktirilgan summa 120 kun mobaynida teng ulushlarda toʻlanadi. Bojхona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam boʻlmagan davrda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan sub’yektlar ushbu opsiyadan foydalanishi mumkin;
toʻrtinchidan, 2020 yilning 1 mayidan 1 iyuligacha boʻlgan davrda mikrofirma va kichik korхonalarga ijtimoiy soliq stavkasi 12%dan 1%gacha kamaytiriladi. Koʻrsatilgan tartib quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
beshinchidan, mikrofirma va kichik korхonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha toʻхtatiladi. Soliq organlari 15 may holatiga inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olishi darkor, soliq toʻlovchilar esa shu sana holatiga soliq majburiyatlarini bajarish boʻyicha ijro etilmagan toʻlov topshiriqnomalarini qaytarib olishga haqli.
oltinchidan, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi oʻzi toʻgʻrisidagi nizom talablarini inobatga olgan holda quyidagi foiz хarajatlarini qoplashga kompensatsiya berishni boshlaydi:
Aholini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash sifatida:
a) ilgari eksperiment tarzida Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida joriy etilgan Moliya vazirligi resurslari hisobidan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratish amaliyoti Toshkent shahriga tatbiq etiladi;
b) 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020 yil 1 iyundan boshlab qoʻshimcha 10%ga oshiriladi.
Oleg Zamanov. | 46 | 2,550 |
Qonunchilik | Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalarining ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 27 va 103-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2522, 2013-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 46-son, 608-modda) bilan tasdiqlangan Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalarining ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. VIII bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: | 147 | 830 |
Qonunchilik | Foyda soligʻi yoki obodonlashtirish soligʻidan vaqtinchalik ozod etish oʻrniga – stavkani 50%ga kamaytirish | Alohida yuridik shaхslar yoki foyda soligʻi yoхud obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻidan vaqtinchalik ozod etilgan. Ikkita soliqning birlashtirilishi munosabati bilan Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarorida ushbu imtiyozlar taqdirini hal etgan maхsus norma saqlanadi.
Masalan, Prezidentning 17.04.2006 yildagi PQ-325-son qarori asosida Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son qaroriga 35-ilovaga binoan faoliyat turlarini amalga oshiradigan mikrofirmalar va kichik korхonalar 2020 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod etilgan. Bunda ushbu yuridik shaхslar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻidan ozod etilmagan.
Shu singari, Prezidentning 17.03.2017 yildagi PQ-2843-son qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida roʻyхatdan oʻtgan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektroteхnika mahsulotlari, shuningdek, pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarishga iхtisoslashgan yuridik shaхslar 2022 yilning 1 yanvarigacha boʻlgan davrda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan ozod etilgan. Ular foyda soligʻidan ozod etilmagan.
2018 yildan boshlab ushbu ikkita soliqning birlashtirilishi munosabati bilan foyda soligʻi yoki obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan toʻliq ozod etish koʻrinishida vaqtinchalik imtiyozlarga ega yuridik shaхslar foyda soligʻini 2 baravar kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlashga haqli. Ular kamaytirilgan stavkani imtiyozlarning amal qilish muddati tugaguncha qoʻllashlari mumkin.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev. | 107 | 1,861 |
Qonunchilik | BOJXONA BROKERI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Bojxona brokeri to‘g‘risidagi nizomga (2003-yil 15-sentabr, ro‘yxat raqami 1271 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son) ilovaga* muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun muddat o‘tgach kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror ijrosi ustidan nazorat Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin. | 67 | 618 |
Qonunchilik | PAXTA TOLASI TOYLARINI O‘RAShNING ZAMONAVIY TIZIMIGA O‘TISh VA O‘RASh VA BOG‘LASh MATERIALLARI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston paxta tolasining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida, xorijiy iste’molchilarning paxta tolasi toylarining tashqi ko‘rinishiga va o‘ralishiga nisbatan tavsiyalarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan:
“Paxtasanoat Ilmiy Markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat mutaxassislari bilan birgalikda mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan o‘rash va bog‘lash materiallarini izlash, sinovdan o‘tkazish va parametrlarini maqbullashtirish bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirilganligi;
“Nantong Yufeng Plastic Packing Co., Ltd” kompaniyasi (XXR) tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rash va bog‘lash materiallarining sinovlari ijobiy natijalar berganligi hamda ularni respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha texnik va texnologik parametrlarni ishlab chiqish tugallanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarning:
“Mustaqil O‘zbekistonning 5 yilligi nomli Yangiyo‘l paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining “Mustaqil O‘zbekistonning 5 yilligi nomli Yangiyo‘l paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish yo‘li bilan “Mustaqil O‘zbekistonning 5 yilligi nomli Yangiyo‘l paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish, “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondida kamida 51 foiz davlat ulushini saqlab qolish va uni “Toshkentpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining ustav fondiga berish;
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Mustaqil O‘zbekistonning 5 yilligi nomli Yangiyo‘l paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mol-mulkining bir qismi negizida 2013-yilning 1-choragidan boshlab polietilenteraftolat lenta va yumshoq polietilen konteynyerlar ishlab chiqarish bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish;
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “O‘zsanoatmashimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi kompaniyasi tomonidan respublika hududida polietilenteraftolat lenta va yumshoq polietilen konteynyerlarni ishlab chiqarish boshlangunga qadar 2012-yil noyabr — 2013-yil yanvar oylarida paxta tozalash korxonalarini o‘rash va bog‘lash materiallari bilan ta’minlash uchun 13,226 mln AQSh dollari qiymatidagi 2,3 million dona sarflash materiallari (polietilenteraftolat lenta va yumshoq polietilen konteynyerlar va paxta tolasi toylarini paketlash uchun uskunalar), majburiy tartibda yuklasholdi inspeksiyasi o‘tkazgan holda yetkazib berishga “Nantong Yufeng Plastic Packing Co., Ltd” kompaniyasi (XXR) bilan kontrakt tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar:
ushbu qaror 2-bandining uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan, tashkil etilayotgan yuridik shaxsning muassislari etib, — “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati;
ushbu qaror 2-bandining uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan, tashkil etilayotgan yuridik shaxs ustav fondini moliyalashtirish manbalari etib, — “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining o‘z mablag‘lari;
ushbu qaror 2-bandining to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan sarflash materiallarini import qilish bo‘yicha xaridlarni moliyalashtirish manbalari etib, — “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining milliy valyutadagi o‘z mablag‘lari belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat banki bilan birgalikda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etiladigan buyurtmalarga muvofiq import bo‘yicha sarflash materiallari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishga “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining so‘m mablag‘lari o‘z vaqtida konvertatsiya qilinishini ta’minlash tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 156 | 4,404 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-820-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 20-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-820-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 187 | 720 |
Qonunchilik | Ishlab chiqarilgan paхta tolasi hajmi avtomatik tarzda hisobga olinadi | Vazirlar Mahkamasi paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni tasdiqladi (18.11.2019 yildagi 914-son VMQ).
Birinchidan, 2020 yil paхta hosilidan boshlab:
Toʻliq roʻyхatlar hujjatga ilovada keltirilgan. Barcha ishlab chiqaruvchilarga sugʻoriladigan yer uchastkalari ajratiladi.
Ikkinchidan, yuqorida koʻrsatilgan ishlab chiqaruvchilarning ba’zilariga paхta tozalash korхonalari hamda paхta tayyorlash punktlari tasdiqlangan roʻyхatga binoan sotiladi. Toʻlov baholash kiymati boʻyicha 5 yil muddatda boʻlib toʻlash bilan amalga oshiriladi. Ikki oy muddatda sotiladigan korхonalarning soliq qarzdorligi хatlovdan oʻtkaziladi va u oldi-sotdi shartnomasi hamda toʻlov jadvaliga asosan soʻndiriladi.
Uchinchidan, kelgusi yilda paхta хom ashyosini yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish uchun toʻqimachilarga Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan kreditlar ajratiladi. Kuzgi agroteхnika tadbirlari Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga ajratiladigan kreditlar hisobiga amalga oshiriladi.
Toʻrtinchidan, paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan nazarda tutilgan shartlar va kafolatlar tatbiq etiladi:
Beshinchidan, ikki oy muddatda barcha paхta tozalash korхonalarida ishlab chiqarilgan paхta tolasi hajmlarini majburiy tartibda hisobga olish va monitoringini yuritishning yagona avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqiladi. Tizim sinov tariqasida barcha tashkilotchilarga 2020 yil hosili хom ashyosini qayta ishlash davridan boshlab joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 70 | 1,711 |
Qonunchilik | “KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1991-yilning 1-yanvaridan kuchga kiritilsin, ushbu Qarorning 4-bandida ko‘zda tutilgan qoida bundan mustasnodir.
2. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar SSR Ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari ushbu Qonunga zid bo‘lmasa, qo‘llanaveradi.
3. “Korxona, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan, mulkchilikning shaklidan qat’i nazar, budjet bilan hisob-kitob qilinayotganda 1991-yilgi faoliyat yakunlaridan boshlab qo‘llaniladi.
Qonunning 6-modda 6-bandidagi “a” kichik bandida nazarda tutilgan qoidalar sovet va chet el yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi hududida yaratilgan va 1991-yilning 1-yanvarigacha ro‘yxatdan o‘tgan qo‘shma korxonalarga nisbatan ularning faoliyat sohasidan qat’i nazar, qo‘llaniladi.
4. Iste’molga qaratilgan mablag‘lar xarajatini tartibga soluvchi soliq 1991-yilda olinmasligi belgilab qo‘yilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, foydadan olinadigan soliq stavkasini qo‘llayotganda hisobga olinadigan rentabellik eng yuqori darajasi uning tarmoqdagi o‘rtacha darajasiga nisbatan ikki hissa ortiq holda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti 1991-yilning 1-apreliga qadar yangi ulgurji, xarid, chakana va smeta narxlarini va tariflarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha rentabellik va uning o‘rtacha hajmini hisoblash tartibini belgilasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, 1991-yilda soliq solinadigan foyda hisoblab chiqilayotgan mehnatga haq to‘lash uchun qilinadigan xarajatlarning norma belgilanadigan me’yori korxonalar tomonidan ishlab chiqarish (ish, xizmatlar) hajmining o‘sishiga yoki faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlariga qarab aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti 1991-yilning 1-apreligacha xalq xo‘jaligi tarmoqlari va sanoat (asosiy faoliyat turlari) bo‘yicha mehnatga haq to‘lash uchun qilinadigan xarajatlarning o‘sish koeffitsiyenti belgilansin.
1991-yilda mehnatga haq to‘lash uchun qilinadigan xarajatlarni hisoblab chiqarishning bazaviy miqdori sifatida 1990-yilda mazkur maqsadlar uchun qilingan, asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar ( shu jumladan ishlab chiqarish kooperativlari xodimlari) ning tarkib topgan o‘rtacha ish haqining Qonundagi 3-modda 4-bandga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qo‘shiladigan qismiga qarab hisoblab chiqariladigan, lekin 400 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan, 1991-yilning II kvartalidan boshlab esa 480 so‘mdan ortiq bo‘lmagan xarajatlar qabul qilinadi.
7. Belgilansinki, Qonunning 7-moddasi qoidalari, basharti ajnabiy qatnashchining ulushi ustav fondining 30 foizidan oshib ketmasa, O‘zbekiston Respublikasi hududida sovet yuridik shaxslari hamda ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokida tuzilgan qo‘shma korxonalarga, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro nohukumat tashkilotlar (birlashmalar) hamda xalqaro birlashmalarga hamda boshqa ittifoqdosh respublikalar va chet el davlatlari hududida respublika korxonalar, tashkilotlar, muassasalari va tadbirkorlari ishtirokida tuzilgan qo‘shma korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi territoriyasida joylashgan filiallariga soliq solishga daxl qilmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti 1991-yilga respublika budjeti loyihasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan undiriladigan soliqlar bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar berishning tarkibi, miqdorlari va tartibi to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti:
mazkur Qonunni ro‘yobga chiqarishni ta’minlash uchun zarur qarorlar qabul qilsin;
1991-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston ASSR hujjatlarini “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishga doir takliflarini taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini “Korxona, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari Qonunga zid keluvchi normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashiga kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarning foydalariga solinadigan soliq stavkalarini hamda mazkur soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni belgilash chog‘ida Qonun amalga kiritilgan paytda jumhuriyat bo‘yicha ko‘rsatilgan xo‘jaliklarning tarkib topgan budjetga to‘lovlari o‘rtacha darajasidan kelib chiqish tavsiya qilinsin.
11. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlariga korxonalar balansida turgan sog‘liqni saqlash, maktabgacha tarbiya muassasalari, pioner lagyerlari va Qonunning 6-moddasi 1-bandi “j” kichik bandida sanab o‘tilgan boshqa obyektlarni saqlab turish uchun ketadigan xarajatlar normativlarini tasdiqlash tavsiya etilsin. | 144 | 5,482 |
Qonunchilik | 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining ijrosini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida | Mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi va uning ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining ishlab chiqilishi kelgusidagi keng qamrovli rejalar uchun dasturilamal bo‘ldi.
Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini o‘rnatish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qator tashkiliy-huquqiy, amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, o‘tgan davrda Davlat dasturi doirasida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Jamoat nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning qo‘mitalari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan nazorat-tahlil tadbirlarida aholining huquqiy madaniyatini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining ijrosini ta’minlash borasida parlament quyi palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Sh. Polvanovning “2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining ijrosini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalariga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yanada kuchaytirish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari o‘z faoliyat yo‘nalishlari doirasida parlament nazorati tartibida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlashga qaratilgan aniq maqsadli choralar ko‘rib borilishiga hamda 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining ijrosini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiyasi (D. Fayziyeva) hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi (K. Tojiyev) mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatlarga qarshi murosasiz bo‘lishni ta’minlash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini muntazam o‘tkazib borsin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 229 | 3,597 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida | “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18, 42-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov va Markaziy saylov komissiyasi a’zosi A. Ibodullayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining referendumiga (bundan buyon matnda referendum deb yuritiladi) tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi), referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari uchun majburiydir.
3. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Chet davlatlarning, ularning jismoniy va yuridik shaxslari hamda xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan referendumni moliyalashtirish, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhlarini moddiy jihatdan boshqacha tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
5. Mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar yoki moddiy yordam kelib tushgan taqdirda ular kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida xayriya subyektiga qaytarilishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, belgilangan tartibda Davlat budjeti daromadiga o‘tkazilishi lozim.
6. O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda referendum o‘tkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablag‘larni MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
7. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari xarajatlar smetasi MSK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tuman (shahar)lar kesimida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari bo‘yicha prognoz yoyilmasi ilova qilingan holda tuziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining raisiga, ikkinchi imzo huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalteriga tegishli bo‘ladi.
9. MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini tasdiqlaydi va uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) taqdim etadi.
10. Moliya vazirligi referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini o‘n kunlik muddat ichida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
11. MSKning xarajatlari uning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshiriladi.
12. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining xarajatlari bo‘yicha to‘lovlar tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bosh buxgalterlari tomonidan ularga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladigan to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Bunda referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan tegishli hududiy g‘aznachilik bo‘linmasiga birinchi imzo (komissiya raisining) va ikkinchi imzo (tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalterlarining) namunalari hamda komissiya shaxsiy tarkibi bo‘yicha qaror nusxasi taqdim etiladi.
13. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining maxsus ochilgan shaxsiy g‘azna hisob varaqlari orqali amalga oshiriladi.
14. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
15. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan tuziladigan shartnomalar ular tegishli g‘aznachilik bo‘linmalaridan majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.
16. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va xarajatlarni amalga oshirish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalarining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.
18. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolariga (transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun) referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik kompensatsiya to‘lab beriladi. Bunda to‘lovlar:
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raisiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raisi o‘rinbosari va kotibiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining boshqa a’zolariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,2 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisi o‘rinbosari va kotibiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining boshqa a’zolariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,7 baravarida amalga oshiriladi.
19. Ushbu to‘lovlar imzo huquqiga ega referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raislari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalterlari tomonidan tasdiqlangan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi ro‘yxat bo‘yicha to‘lanadi.
20. Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish referendumga uch kun qolguniga qadar to‘liq ta’minlanadi.
21. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari raislari tomonidan komissiya a’zolariga kompensatsiya to‘lanishi bilan bog‘liq asoslovchi va tasdiqlovchi hujjatlar (komissiya qarori, pasport nusxasi, STIR, JBPX, bank plastik karta ma’lumotlari, telefon raqami va hokazo) tegishli hokimlik buxgalteriyasiga taqdim etiladi.
22. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan kompensatsiyalar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buxgalteriyalari tomonidan okrug komissiyasi raisiga ishonchnoma asosida hisobdorlik sharti bilan beriladi va komissiya a’zolariga to‘lov qaydnomalari asosida tarqatiladi yoki ularning arizasiga ko‘ra bank plastik kartochkalariga o‘tkazib beriladi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan kompensatsiyalar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buxgalteriyalari tomonidan tuman, shahar hokimliklari buxgalterlarini jalb qilgan holda uchastka komissiyasi raisiga ishonchnoma asosida hisobdorlik sharti bilan beriladi va komissiya a’zolariga to‘lov qaydnomalari asosida tarqatiladi yoki ularning arizasiga ko‘ra bank plastik kartochkalariga o‘tkazib beriladi.
23. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni bajarish (buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, komissiya a’zolari va a’zolikka nomzodlarni o‘qitish, matbuot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tarjimonlik qilish va h.k.) uchun referendum o‘tkazuvchi komissiyalarga mutaxassis va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Bunda ularning mehnatiga haq to‘lash referendum o‘tkazuvchi komissiya raisi bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq jalb qilingan mutaxassis va ekspertlar o‘rtasida tuziladigan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida xarajatlar smetasida belgilangan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
24. MSK tomonidan yetkazilgan tovar-moddiy qimmatliklar tegishli tuman yoki shahar hokimligi balansiga qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bo‘yicha haq to‘lamaslik sharti bilan qabul qilinadi.
25. Tuman yoki shahar hokimligi qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklarga inventar raqam beradi va ularning saqlanishi uchun moddiy javobgar shaxsni belgilaydi.
26. Moddiy javobgar shaxs mazkur Yo‘riqomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi taqsimot bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida tovar-moddiy qimmatliklarni tegishli hududda tuzilgan uchastka komissiyasi raisiga topshiradi.
27. Referendum natijalari e’lon qilingandan so‘ng uchastka komissiyasining raisi tuman yoki shaharda tovar-moddiy qimmatliklar uchun moddiy javobgar shaxsga mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi taqsimot bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida tovar-moddiy qimmatliklarni topshiradi.
28. Qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar va moddiy javobgar shaxslar ro‘yxatlari tuman va shaharlar kesimida jamlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklda referendum natijalari e’lon qilingandan keyin o‘ttiz kundan kechikmasdan MSKga taqdim qilinadi.
29. Tuman va shahar hokimliklari jihozlarni (davlat bayrog‘i, davlat gerbi, ovoz berish qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, ichki va tashqi flagshtoklar) bir joyda jamlagan holda yaroqli holatda saqlash uchun omborxonalar bilan ta’minlashga mas’uldirlar.
30. Olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi referendum uchastkalarida foydalanilgan jihozlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda (omborxonalarda) jamlagan holda moddiy javobgar shaxsning nazorati ostida yaroqli holatda saqlanishi mumkin.
31. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar kelib tushishini hisobga olish budjet tasnifining tegishli kodlariga muvofiq amalga oshiriladi.
32. MSK hamda referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘larning budjet hisobi “O‘zASBO” dasturiy ta’minotida belgilangan tartibda yuritadi.
33. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘larning ishlatilmagan qismi referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan referendum natijalari e’lon qilingandan keyin o‘n besh kunlik muddatda MSKning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytariladi. Ushbu mablag‘lar jamlanib uch bank ish kuni mobaynida Davlat budjetiga qaytariladi.
34. Referendum natijalari e’lon qilingandan keyin moliyalashtirilgan va foydalanilgan mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobotlar:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli moliya bosh boshqarmalari va MSKga yigirma kundan kechiktirmasdan mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yigirma besh kundan kechiktirmasdan mazkur Yo‘riqnomaning 5 va 6-ilovalariga;
v) MSK tomonidan — Moliya vazirligiga bir oydan kechiktirmasdan mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot ma’lumotlari jamlangan holda taqdim qilinadi.
35. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ular yuzasidan o‘z vaqtida hisobot taqdim qilish uchun mas’uldir.
36. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va qonuniy sarflanishi bo‘yicha MSK bosh buxgalteri, tegishlicha referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mas’ul mansabdor shaxslari javobgar hisoblanadi.
37. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
38. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 184 | 13,626 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZI QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda) 6-bandi uchinchi xatboshida “mablag‘lar mavjud bo‘lgan hollarda, mehnatga haq to‘lash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ehtiyojlar uchun naqd pulni” so‘zlari “banklarning depozit hisob raqamlarida mablag‘lar mavjud bo‘lganda naqd pulni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 67-modda) 7-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 189-bandiga oltinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi qo‘shilsin:
“plastik kartochkalardan foydalanilgan to‘lovni qabul qilishdan bosh tortish”;
yettinchi—o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi—yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul tushumidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1995-yil 3-fevraldagi 29-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 24-iyundagi 313-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 33-modda) 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, 3-bandi hamda qarorga 1-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalarining barqaror faoliyatini ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 12-apreldagi 172-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 22-modda) 4-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) 3-bandi. | 149 | 3,052 |
Qonunchilik | Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan buyuraman:
1. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga qiradi.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirgunga qadar amal qiladi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy bo‘linmalari (bundan buyon matnda nazorat qiluvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom talablari:
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida;
qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida;
davlat korxonalari va muassasalari faoliyatida;
norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari va vakolatxonalari faoliyatida;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida;
tadbirkorlik subyektlari o‘z tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
nazorat qiluvchi organlar — tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirlik va idoralar;
tekshiruv — tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari.
3. Tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati tomonidan tashkil etiladigan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (bundan buyon matnda Bosh prokuratura deb yuritiladi), ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari (bundan buyon matnda viloyat prokuraturalari deb yuritiladi) bilan kelishiladi.
5. Tekshiruv o‘tkazishni vakolatli organ bilan kelishish Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi (bundan buyon matnda Yagona tizim deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi.
Yagona tizim to‘liq ishga tushirilgunga qadar tekshiruv o‘tkazishni kelishish bilan bog‘liq bo‘lgan yozishmalar qog‘oz shaklida rasmiylashtirilishi mumkin.
Nazorat qiluvchi organ va vakolatli organ o‘rtasidagi davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan tekshiruvlarni o‘tkazishga oid axborot almashinuvi davlat sirlarini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda bunday tekshiruvlar haqidagi ma’lumotlar Yagona tizimga kiritilmaydi.
6. Muddati bir kun bo‘lgan tekshiruvlarni kelishish viloyat prokuraturasi tomonidan, muddati bir kundan ortiq bo‘lgan tekshiruvlarni kelishish faqat Bosh prokuratura tomonidan amalga oshiriladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, xorijiy korxonalar, shuningdek erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish faqat Bosh prokuratura tomonidan amalga oshiriladi.
7. Tadbirkorlik subyektlari ularda o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi hamda ularning faoliyatini tekshirayotgan nazorat qiluvchi organlar to‘g‘risidagi ma’lumotni Bosh prokuratura yoki viloyat prokuraturalaridan yozma shaklda yoki axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Yagona tizimdan foydalangan holda elektron shaklda bepul olishga haqlidir.
8. O‘tkazilgan tekshiruvdan norozi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlariga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
9. Nazorat qiluvchi organlar quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda:
jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari haqidagi murojaatlari asosida;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkazilgan “xavfni tahlil etish” natijalari, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma’lumotlar asosida vakolatli organga tekshiruv o‘tkazishni so‘rab murojaat qilishga haqli.
Bunda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining anonim emasligi hamda tekshiruv o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirkorlik subyektining amalda faoliyat ko‘rsatayotganligi nazorat qiluvchi organ tomonidan dastlab o‘rganib chiqilishi lozim.
10. Bir kunlik muddatda o‘tkaziladigan tekshiruvni kelishish uchun buyurtma nazorat qiluvchi organning viloyat darajasidagi hududiy bo‘linmasi orqali viloyat prokuraturasiga kiritiladi.
Muddati bir kundan ortiq bo‘lgan tekshiruvni kelishish uchun esa buyurtma nazorat qiluvchi organning viloyat darajasidagi hududiy bo‘linmasi orqali uning markaziy apparati tomonidan Bosh prokuraturaga kiritiladi.
11. Nazorat qiluvchi organning tuman (shahar) bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish tekshiruvga asos bo‘lgan hujjatlarni axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ushbu organning viloyat darajasidagi bo‘linmasiga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
12. Nazorat qiluvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq taqdim etilgan tekshiruvni kelishish to‘g‘risidagi buyurtmada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tekshiruv o‘tkazuvchi organ nomi;
tekshiruv o‘tkaziladigan tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, manzili;
tekshiruv o‘tkazish uchun asos;
talablari buzilishi mumkin bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risida ma’lumot;
tekshiruv o‘tkazish muddati;
tekshiruv predmeti;
tekshiriladigan faoliyat davri.
13. Buyurtmaga jismoniy yoki yuridik shaxsning qonunbuzilish holatlari haqidagi murojaati nusxasi, “xavfni tahlil etish” tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilish holati bo‘yicha batafsil ma’lumot hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.
Tekshiruv dasturi ushbu murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yoki “xavfni tahlil etish” tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilishlar doirasida tuzilishi va nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
14. Buyurtma vakolatli organ tomonidan uch ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi hamda tekshiruvni o‘tkazish kelishilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida ushbu Nizomning 3 va 4-ilovalariga muvofiq qaror qabul qilinadi.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi, shu jumladan inson hayoti va sog‘ligining xavf ostida qolishi, atrof-muhit zararlanishi, jiddiy moddiy talafotlar kelib chiqishi hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha tekshiruvlarni kelishish to‘g‘risidagi buyurtmalar bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
15. Bosh prokuratura tomonidan qabul qilingan qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining soliq va bojxona sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul o‘rinbosari, yo‘qligida esa uning vakolatini amalga oshirish yuklatilgan Bosh prokurorning boshqa o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Viloyat prokuraturalari tomonidan qabul qilingan qarorlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan, ular yo‘qligida esa vazifalarini vaqtincha bajaruvchi prokuror o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
16. Tekshiruv o‘tkazish kelishilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
17. Nazorat qiluvchi organ tekshiruvni o‘tkazish kelishilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Buyruqda tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat nomi, raqami va sanasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruvda ishtirok etadigan mas’ul xodimlari tarkibi, tekshiriladigan tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, manzili, tekshiruv maqsadi, muddati va tekshiriladigan faoliyat davri ko‘rsatiladi hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.
18. Nazorat qiluvchi organning tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvga uning boshqa tarkibiy bo‘linmalarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlari jalb etilishi mumkin.
Nazorat qiluvchi organning yuqori tashkiloti tekshiruvni quyi bo‘linmalariga yuklashga haqli.
19. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 1 va 2-ilovalarida belgilangan muddatlardan oshmasligi shart.
20. Tekshiruv o‘tkazish jarayonida nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari o‘z vakolatlari va tekshiruv dasturida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqmasligi lozim.
21. Nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari tekshiruv boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyekti rahbarini (rahbarning vazifasini bajaruvchi shaxsni) yoki yakka tartibdagi tadbirkorni tekshiruv maqsadi bilan tanishtiradi, unga o‘z xizmat guvohnomasi va tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini ko‘rsatadi, Yagona tizimga tekshiruvning unikal kodini kiritish orqali tekshiruvga doir ma’lumotlarni olish huquqini tushuntiradi, shuningdek tekshiruvni o‘tkazishga asos bo‘lgan hujjatlar (tekshiruv o‘tkazish kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i va tekshiruv dasturi) nusxalarini tilxat olgan holda topshiradi.
Tadbirkorlik subyekti o‘z so‘roviga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Yagona tizimdan qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida va real vaqt rejimida internet tarmog‘i orqali olishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 92-moddasida nazarda tutilgan hollarda mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan harakatlar nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari tomonidan tekshiruv tugallangunga qadar amalga oshiriladi.
22. Tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektiga tilxat olingan holda topshirilgan kun tekshiruvni o‘tkazish boshlangan kun hisoblanadi.
Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshiruvni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimi tomonidan dalolatnoma tuziladi. Bunda dalolatnoma rasmiylashtirilgan kun tekshiruvni o‘tkazish boshlangan kun hisoblanadi.
23. Nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘ldirishi shart.
Texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda majburiy tartibda “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning elektron shakli to‘ldiriladi. Bunda qog‘oz shaklini to‘ldirish talab etilmaydi.
Tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risida tekshiruvchi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
Nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda, tadbirkorlik subyekti tekshiruv o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka haqli.
24. Tadbirkorlik subyektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik subyekti so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda esa palata vakillari ishtirok etishi mumkin.
Soliq maslahatchilari va (yoki) advokatlar tomonidan tadbirkorlik subyektiga tekshiruv davomida shartnoma asosida tegishli xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin.
Nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari tekshiruv boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyekti rahbariga (rahbarning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslarni tekshiruvda ishtirok etishga jalb qilish huquqini tushuntiradi hamda bu haqda tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbarning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘lgan hujjatlar nusxalari olinganligini tasdiqlovchi tilxatda ma’lumot qayd etiladi.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslarning tekshiruvda ishtirok etish uchun yetib kelmasligi tekshiruv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
25. Tekshiruv davomida nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari hamda tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 16 va 17-moddalarida belgilangan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarga amal qiladilar.
26. Tekshiruv bilan tadbirkorlik subyektining bevosita tekshiruv o‘tkazish yilidan oldingi uch kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda:
tekshiruv o‘tkazilayotgan kalendar yilning o‘tgan davri tekshirilishi mumkin;
tekshiruvni o‘tkazayotgan nazorat qiluvchi organ tomonidan ilgari tekshirilgan faoliyat davri bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazilmaydi.
27. Tekshiruvni belgilangan muddatda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda, shuningdek tekshiruv boshlangandan keyin tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbarning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki yakka tartibdagi tadbirkor tekshiruvda ishtirok eta olmagan, talab etilgan hujjatlar taqdim etilmagan yoki sohaviy mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tekshiruv nazorat qiluvchi organning buyrug‘i asosida to‘xtatilib, uning asoslantirilgan murojaatiga ko‘ra tekshiruv yoki uning qolgan muddati vakolatli organning ruxsati bilan boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin.
Muddati ko‘chirilgan tekshiruvni o‘tkazish tekshiruv to‘xtatilgan oydan keyingi oyning so‘nggi kunidan kechiktirmasdan ta’minlanishi lozim. Ushbu muddatda o‘tkazilmagan tekshiruv yakunlangan hisoblanadi.
Bunda tekshiruv o‘tkazish muddatini hisoblash ham to‘xtatiladi.
28. Tekshiruv o‘tkazish jarayonida o‘rganish lozim bo‘lgan qo‘shimcha holatlar aniqlangan taqdirda, tekshiruv muddati nazorat qiluvchi organning asoslantirilgan murojaatiga ko‘ra Bosh prokuraturaning ruxsati bilan faqat bir marta, biroq tekshiruv kelishilgan muddatdan oshmagan vaqtga uzaytirilishi mumkin (masalan, olti kunga kelishilgan tekshiruvni uzaytirishda ko‘pi bilan yana olti kun qo‘shib berilishi mumkin).
29. Tekshiruv muddatini ko‘chirish va uzaytirish tekshiruv o‘tkazishni kelishish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
30. Tekshiruvni tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tgan yoki faoliyat yuritayotgan manzilda o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, uni tadbirkorlik subyektining roziligi bilan ushbu subyekt ro‘yxatdan o‘tgan yoki faoliyat yuritayotgan hududdagi nazorat qiluvchi organ binosida o‘tkazish mumkin.
31. Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tekshiruv dalolatnomasi kamida ikki nusxada tuziladi.
Bir kunlik muddatda o‘tkaziladigan tekshiruv dalolatnomasi tekshiruv o‘tkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq bo‘lgan tekshiruv bo‘yicha esa, tekshiruv muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart.
Bunda tekshiruv dalolatnomasining nusxalari nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari va tadbirkorlik subyektining rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan imzolanadi hamda bir nusxasi tadbirkorlik subyekti rahbariga (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydirib topshiriladi.
32. Tekshirilgan tadbirkorlik subyekti o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha o‘z e’tirozlarini dalolatnomada yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
33. Tekshirilgan tadbirkorlik subyekti tekshiruv dalolatnomasini olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimi bu haqda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran tekshiruv tugagan hisoblanadi.
Bu holda tekshiruv dalolatnomasining bir nusxasi u tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tadbirkorlik subyektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
34. Tekshiruv dalolatnomasi nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi.
35. O‘tkazilgan tekshiruv natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada qayd etilgan qonunbuzilish holatlari to‘g‘risidagi xulosalar tekshiruv yakunlangandan so‘ng uch ish kuni ichida, tadbirkorlik subyektiga nisbatan qo‘llanilgan ta’sir choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yozma ko‘rsatma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma, moliyaviy va iqtisodiy jarimalarni qo‘llash to‘g‘risida qarorlar, sud qarorlari) mazkur choralar qo‘llanilgandan so‘ng uch ish kunidan kechiktirmasdan nazorat qiluvchi organlar tomonidan Yagona tizimga kiritilishi lozim.
Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar nazorat qiluvchi organning markaziy apparati, viloyat prokuraturalari bilan kelishilgan tekshiruvlar bo‘yicha ma’lumotlar nazorat qiluvchi organning viloyat darajasidagi tegishli bo‘linmasi tomonidan Yagona tizimga kiritiladi.
36. Tekshiruv natijasida aniqlangan bank siriga oid ma’lumotlar Yagona tizimga kiritilmaydi.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-ilovasida (bundan buyon matnda Xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar ro‘yxati deb yuritiladi) belgilangan tekshiruvlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladi.
38. Tekshiruvlar Xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar ro‘yxatining:
1 va 2-bandlari bo‘yicha — ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda;
3, 6, 10 va 15-bandlari bo‘yicha — nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan grafik asosida;
4, 5, 7, 8, 9, 11 — 14, 16 — 25-bandlari bo‘yicha — zaruratga qarab o‘tkaziladi.
39. Tekshiruv nazorat qiluvchi organning tekshiruvni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i, shuningdek ishonchli ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki tekshiruv o‘tkazish yuzasidan tasdiqlangan grafik Yagona tizimga kiritilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
40. Xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan ikki yoki undan ortiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilish har bir organ tomonidan alohida amalga oshiriladi.
41. Xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar kelishiladigan tekshiruvlarni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
42. Jismoniy va yuridik shaxslarning Xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar ro‘yxatida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha murojaatlari asosida tekshiruvlarni o‘tkazish vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.
Agar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida bir nechta masala ko‘rsatilib, ulardan kamida bittasi kelishish tartibida tekshiruv o‘tkazilishini talab etadigan bo‘lsa, tekshiruvlar vakolatli organ bilan kelishilgan holda o‘tkaziladi.
43. Vakolatli organ nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar belgilangan tartibda o‘tkazilganligini Yagona tizim orqali doimiy ravishda monitoring qilib boradi.
44. Vakolatli organ tomonidan monitoring natijalariga ko‘ra nazorat qiluvchi organlarning mas’ul xodimlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida noqonuniy tekshiruv o‘tkazganligi yoki tekshiruv davomida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganligi aniqlangan holatlarda ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.
45. Vakolatli organ va nazorat qiluvchi organlarning mas’ul xodimlari mazkur Nizom talablariga rioya etilishi, tekshiruv munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lgan tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlar, shuningdek oshkor etilmagan axborotlar muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.
46. Nazorat qiluvchi organlarning:
rahbarlari tekshiruv o‘tkazishga ruxsat olish yoki vakolatli organni tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida xabardor etish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligi uchun;
mas’ul xodimlari o‘z vakolatlari va nazorat sohasidan tashqari masalalar bo‘yicha har qanday tekshiruv o‘tkazilmasligi uchun javobgardir.
47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
48. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 181 | 22,039 |
Qonunchilik | Onlayn-doʻkonlardan tovarlar uchun bojхona deklaratsiyasi | Davlat bojхona qoʻmitasining qarori bilan (Adliya vazirligi tomonidan 20.10.2015 yilda 834-27-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) avval qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish uchun Bojхona yuk deklaratsiyasi (BYuD)ni toʻldirish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritildi.
Endilikda eksport qiluvchilar tovarlar, ishlar va хizmatlar uchun ularning banklardagi hisobvaraqlariga toʻlov toʻliq miqdorda amalga oshirilgandan soʻng hamda bu aхborot Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga kiritilgandan keyin ularni onlayn doʻkonlar orqali eksport kontraktlarisiz eksport qilishga haqli, qonunchilikda koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Qiymati 1 000 AQSh dollarigacha boʻlgan tovarlar BYuD rasmiylashtirilmagan holda onlayn doʻkonlar orqali hamda pochta хizmati koʻrsatish qoidalariga muvofiq tarzda eksport qilinishi mumkin.
Yoʻriqnomada aniqlashtirilishicha, eksport bojхona rejimiga qoʻyiladigan tovarlar uchun BYuDni toʻldirishda kontrakt (shartnoma, bitim) tushunchasi ostida onlayn doʻkonlari orqali tuzilgan elektron bitim ham tushuniladi.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz. | 57 | 1,290 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intiz | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-noyabrdagi PF-5241-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Soliyev zimmasiga yuklansin.
1. 10-bandning “v” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining tuzilgan shartnomalarga muvofiq suv ta’minoti va suv chiqarish, iste’molchilarni ichimlik suv bilan uzluksiz ta’minlash xizmatlari ko‘rsatishini ta’minlaydi;
suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining suv ta’minoti va suv chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlari to‘g‘risidagi hisobotlar hamda axborotning, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlaydi;
suv ta’minoti, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari obyektlarining holatini, ulardan foydalanish va ushbu obyektlarga suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qiladi;
iste’molchilarga o‘rnatilgan ichimlik suv ta’minoti iste’molini hisobga olish priborlarini almashtirish, o‘rnatish va ularga ekspluatatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) bilan birgalikda ularni plombalashni ta’minlaydi;
texnik shartlar berilishini, iste’molchilarning suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga ulanishini tashkil qiladi;
ayrim iste’molchilarni Byuroning majburiy ko‘rsatmasiga binoan magistral suv quvurlaridan belgilangan tartibda uzishni ta’minlaydi”;
2. 13-bandda:
a) quyidagi mazmundagi yettinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining tuzilgan shartnomalarga muvofiq suv ta’minoti va suv chiqarish, iste’molchilarni ichimlik suv bilan uzluksiz ta’minlash xizmatlari ko‘rsatishini ta’minlash;
suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining suv ta’minoti va suv chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlari to‘g‘risidagi hisobotlar hamda axborotning, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash;
suv ta’minoti, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari obyektlarining holatini, ulardan foydalanish va ushbu obyektlarga suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qilish;
iste’molchilarga o‘rnatilgan ichimlik suv ta’minoti iste’molini hisobga olish priborlarini almashtirish, o‘rnatish va ularga ekspluatatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) bilan birgalikda ularni plombalashni ta’minlash;
texnik shartlar berilishini, iste’molchilarning suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga ulanishini tashkil qilish;
ayrim iste’molchilarni Byuroning majburiy ko‘rsatmasiga binoan magistral suv quvurlaridan belgilangan tartibda uzishni ta’minlash”;
b) yettinchi xatboshi o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin. | 250 | 3,593 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA KO‘MAKLAShISh va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son qarorini bajarish yuzasidan, davlat aktivlarini samarali boshqarishni ta’minlash, yagona texnik-iqtisodiy, ishlab chiqarish siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, shu jumladan investitsiyalarni jalb etish yo‘li bilan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarish va o‘zlashtirish hajmlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 35 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb ataladi) Davlat aktivlarini boshqarish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi):
3-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini;
4-ilovaga* muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi davlat ulushlarini tasarruf etish huquqisiz egalik qilish va foydalanish uchun bersin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli ravishda:
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining Markazga o‘tayotgan avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining ko‘chmas mulkiga kadastr hujjatlari Markazga qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
“Mulk-Invest” davlat unitar korxonasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirmasdan amalga oshirsinlar.
4. Belgilansinki:
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining huquq va majburiyatlari Markazga o‘tadi;
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining hisob raqamidagi pul mablag‘lari qoldig‘i to‘liq hajmda Markaz hisob raqamiga o‘tkazilishi kerak;
Markaz davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha o‘z faoliyatida davlat nomidan ish ko‘radi;
aksiyalarning davlat paketlarini va ulushlarini Markazga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek ularning keyinchalik Markaz tomonidan ishonchli boshqaruvga berilishi baholash tashkilotlari tomonidan baholanmasdan amalga oshiriladi;
xo‘jalik jamiyatlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari Markaz tomonidan tanlov asosida ishonchli boshqaruvga beriladi, ularning davlat ishonchli vakillariga hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga berilishi hollari bundan mustasno;
2012-yilning uchinchi va to‘rtinchi choragida hamda 2013-yilning I choragida davlat vakillari xizmatiga haq to‘lash Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Davlat raqobat qo‘mitasining Toshkent shahri bo‘yicha hududiy boshqarmasi huzuridagi Davlat mulki ijarasi markazi tomonidan Toshkent shahri budjetiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning bir qismi 2013-yilda, 2014-yildan boshlab esa — davlat ulushi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga amalda tushgan dividendlarning bir qismi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi bo‘yicha davlat korxonalari foydasining bir qismidan ajratiladigan ajratmalar ta’minot, zarur moddiy-texnik bazani shakllantirish, shuningdek Markazning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarini qoplash manbai hisoblanadi.
Bunda Markazga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari uning tomonidan xo‘jalik jamiyatlarida aksiyador (qatnashchi) sifatida olinadigan dividendlar hisoblanadi va ularga qonun hujjatlariga muvofiq to‘lov manbaida soliq solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan va Markazning hisob raqamiga o‘tkaziladigan budjet mablag‘lari hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining alohida budjetdan tashqari hisob raqamida amalga oshiriladi.
5.Belgilab qo‘yilsinki:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aktivlarini boshqarish ular tomonidan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq Markaz bilan birgalikda amalga oshiriladi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari Markazga tahliliy axborotni, shu jumladan davlat unitar korxonalari va o‘zlari muassislar (aksiyadorlar, qatnashchilar) hisoblangan xo‘jalik jamiyatlarining moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadilar Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Markazni ijara to‘lovining nul stavkasi bo‘yicha joylashtirishni belgilangan tartibda ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy-normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Markazni belgilangan tartibda zarur Hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) unga tezkor boshqarish uchun berilgan mol-mulkning davlat mulki negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi hisoblanadi. Markaz o‘ziga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan faoliyatni ushbu Nizom bilan qo‘yilgan maqsadlarga va mulkdorning topshiriqlariga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan doirada amalga oshiradi.
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
4. Korxonaning to‘liq rasmiy nomi:
davlat tilida: “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi;
rus tilida: Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Sentr po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami”;
ingliz tilida: “The Center on state assets management” state unitary enterprise.
5. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb ataladi) Markazning muassisi hisoblanadi.
6. Markaz “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
7. Markaz Davlat raqobat qo‘mitasining roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan tijorat tashkilotlarining, shuningdek notijorat tashkilotlarining qatnashchisi (a’zosi) bo‘lishi mumkin.
8. Markaz xodimlariga to‘lov manbalaridan qat’i nazar, Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun qonun hujjatlarida va idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lovlari shartlari tatbiq etiladi.
Bunda Markaz xodimlari yil yakunlari bo‘yicha faoliyati uchun olti lavozim maoshi miqdorigacha mukofot bilan rag‘batlantiriladi, uning aniq miqdori Davlat mulki qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda har bir xodimning ish samaradorligiga qarab Markaz rahbarining qarori bilan belgilanadi.
9. Quyidagilar Markaz faoliyatining maqsadlari hisoblanadi:
egalik qilish va foydalanish uchun belgilangan tartibda unga berilgan davlat aktivlarini boshqarishning bozor mexanizmlariga o‘tish;
davlat aktivlarining yaxlitligini, saqlanishini va hisobi yuritilishini ta’minlash;
faoliyatning favqulodda turi sifatida davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etish;
xo‘jalik jamiyatlarida davlat vakillari malakasini muntazam ravishda oshirish tizimini tashkil etish;
ishonchli boshqaruvchilarning, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining sifatli monitoringi olib borilishini va tahlil etilishini tashkil etish;
respublikada boshqaruv xizmatlari bozori shakllantirilishiga ko‘maklashish.
10. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari va davlat mulkini samarali boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari faoliyatining natijadorligi monitoringini olib borish;
aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari (ulushlari) bo‘yicha, shu jumladan ularni davlatning ishonchli vakillariga, boshqaruvchi kompaniyalarga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ishonchli boshqaruvga berish yo‘li bilan aksiyador (qatnashchi)ning huquqlarini ro‘yobga chiqarish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari faoliyati samaradorligini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish hisobiga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
Markazga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aktivlari bo‘yicha dividendlarning aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanishini ta’minlashga ko‘maklashish.
11. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi nomidan aksiyalarning davlat paketi (ulushlari) bo‘yicha xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadori (qatnashchisi) huquqini amalga oshiradi, shuningdek ushbu huquqlarni ishonchli boshqaruvchilarga beradi;
shu jumladan chet eldagi xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarida o‘ziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan aksiyalarning davlat paketlari (ulushlar) bo‘yicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;
davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yo‘li bilan xususiylashtirish jarayoniga ko‘maklashadi;
zaruriyat bo‘lganda, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislarni yollash yo‘li bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
davlat mulkini boshqarish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
muassislar (aksiyadorlar), qatnashchilar va ishonchli boshqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar va axborot shu jumladan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida davlat unitar korxonalarining va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi, jamiyatning biznes-rejasi parametrlari muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda esa jamiyatning ijro etuvchi organi tarkibini almashtirish tashabbusi bilan chiqadi;
Davlat raqobat qo‘mitasining Iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish va tarkibiy o‘zgartirish bosh boshqarmasi bilan birgalikda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochor, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarini ko‘radi;
davlat unitar korxonalari va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuvchi kengashlarning rolini tubdan oshirishga, minoritar aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan korporativ boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
xo‘jalik jamiyatlarini samarali boshqarishni ta’minlash uchun ularni korporativ boshqarishning eng yaxshi ilg‘or tajribasini joriy etish ishlarini olib boradi;
xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan ularning moliyaviy natijalarini oshirish choralarini ko‘radi;
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun xo‘jalik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish tashabbusi bilan chiqish orqali fond bozorining rivojlanishiga ko‘maklashadi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun ishonchli boshqaruvchilarga, davlat vakillariga va Markaz xodimlariga ishonchnomalar beradi;
xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlari majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga va davlat vakillariga ko‘rsatmalar beradi;
tanlov asosida aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga beradi, ularni davlatning ishonchli vakillariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga berish hollari bundan mustasno;
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxati bo‘yicha takliflarni, shuningdek davlat aktivlarini egalik qilish va foydalanish uchun Markazga berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishni olib borish bo‘yicha komissiyaga kiritadi;
davlatning ishonchli vakillarini va xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlatning ishtiroki maxsus huquqidan (“oltin aksiya”) foydalanuvchi davlatning vakillarini tayinlash va ozod qilish bo‘yicha takliflarni aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishni olib borish bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi;
xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilar bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa boshqa yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish, korporativ boshqarishni rivojlantirish sohasida konsalting xizmatlari ko‘rsatadi;
Markazga yuklangan vazifalarni bajarishni ta’minlash masalalari bo‘yicha Markazning vakolatxonalari hamda Davlat raqobat qo‘mitasining tegishli hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga boshqa to‘lovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik hosil bo‘lganda, shuningdek ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda xo‘jalik jamiyati (davlat korxonasi)ning ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani jamiyatning kuzatuvchi kengashiga kiritadi;
davlat unitar korxonalarida va ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida tashqi auditni o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotlarini tanlaydi va auditorlik tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tanlovda qatnashish uchun, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi rahbariyatining tasdiqlashi uchun ularning ro‘yxatini tayyorlaydi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshirish yoki ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyati faoliyatining maxsus masalasi bo‘yicha auditorlik tekshirishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi;
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan boshqa xo‘jalik jamiyatlarining ijro etuvchi organi va kuzatuvchi kengashi rahbarlarining korporativ boshqarishning sifatli tizimini joriy etish bo‘yicha hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vaqti-vaqti bilan eshitishni tashkil etadi;
xo‘jalik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
Davlat raqobat qo‘mitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda korporativ boshqarishni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini joriy etish yo‘li bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining menejmenti, davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilimlari va ko‘nikmalari darajasini oshirish bilan bog‘liq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish va xo‘jalik jamiyatlarida davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
manfaatdor davlat organlari, ishonchli boshqaruvchilar bilan birgalikda davlat unitar korxonalarida va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida samarali dividend siyosatini amalga oshirishda qatnashadi;
yilning har choragida Davlat raqobat qo‘mitasiga davlat unitar korxonalari va davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni kiritadi;
Markaz faoliyati davomida aniqlangan davlat aktivlarini boshqarishni davom ettirish bo‘yicha takliflarni Davlat raqobat qo‘mitasiga kiritadi;
davlatning tashkilotlardagi ulushli ishtiroki maqsadlariga erishish uchun boshqa tadbirlarni amalga oshiradi;
Markaz mablag‘lari tushumi va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda Davlat raqobat qo‘mitasiga taqdim etadi;
davlat vakillarining xizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq to‘laydi;
davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish bo‘yicha, shuningdek davlatning xo‘jalik jamiyatlaridagi vakillari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
o‘z vakolatlari doirasida Markaz faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘radi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
jamiyatni rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larni ustav fondiga kapitallashtirishda xo‘jalik jamiyatlariga ko‘maklashadi.
Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
12. Markaz o‘ziga yuklangan funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlaridan, boshqa davlat tashkilotlaridan va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlaridan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni so‘rash va, zaruriyat bo‘lganda, bepul olish;
ilmiy-tadqiqot, auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni va korporativ boshqarish, menejment, moliya va qimmatli qog‘ozlar sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni qo‘yilgan vazifalarni jadal hal etish uchun belgilangan tartibda jalb etish;
o‘zgaga noqonuniy berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar va boshqa davlat aktivlari davlat boji to‘lanmasdan qaytarilishi to‘g‘risida sudlarga da’volar va arizalar berish, shuningdek ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida qatnashish;
zaruriyat bo‘lganda joyiga borib davlat mulkini xatlovdan o‘tkazish va undan foydalanish samaradorligi monitoringini olib borish;
vazirliklar va idoralar orasida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlariga nomzodlarni tanlash;
Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishgan holda, o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondida aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) o‘zgartirish bo‘yicha buyruqlar chiqarish;
ishonchli boshqaruvchilarga aksiyador (qatnashchi) sifatida davlatning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish va (yoki) ularning oqibatlarini tugatish, dastlabki holatni tiklash to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish;
xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlarida davlatning ishtirokini maqbullashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
13. Markaz Davlat raqobat qo‘mitasiga hisobot beradi.
14. Markazning muassisi sifatida Davlat raqobat qo‘mitasi quyidagi huquqlarga ega:
Markazning strategik vazifalarini va uning kelgusida faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashga doir takliflarni, shuningdek Markaz ishlarining yillik rejasini aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishini olib borish bo‘yicha komissiyaga kiritish;
ichki audit xizmatini tashkil etish, Markaz moliya-xo‘jalik faoliyatining, zaruriyat bo‘lganda – mustaqil ekspertlar va auditorlarni jalb etgan holda ichki audit xizmati tomonidan o‘rganilishini tashkil etish;
Markazning Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash;
Markaz faoliyati tartibini belgilaydigan ichki nizomlarni tasdiqlash;
yirik bitishuvlar va sodir etilishidan manfaatdorlik mavjud bo‘lgan bitishuvlar tuzilishini ma’qullash masalasini ko‘rib chiqish;
Markazning ustavini tasdiqlash, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Markazning vakolatxonalarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Markazning Bosh direktori bilan mehnat shartnomasi tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markazni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida taklif kiritish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
Markazga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida Markazning ijro etuvchi organiga da’vo kiritish.
Davlat raqobat qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
15. Davlat raqobat qo‘mitasi belgilangan tartibda:
Markazning ustav fondini shakllantiradi;
Markazning ustav fondiga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va saqlanishini nazorat qiladi;
Moliya vazirligi bilan Markazning xarajatlari smetasini kelishadi;
Markazning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uning tomonidan to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qiladi.
16. Markazning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish ijro etuvchi organ nomidan Bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi.
17. Markazning Bosh direktori Davlat raqobat qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
18. Bosh direktor yakka boshchilik qiladigan ijro etuvchi organ hisoblanadi va o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini ijro etishda Markazning manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi.
19. Markazning bosh direktori:
Markazning vazifalari va funksiyalari bajarilishini tashkil etadi;
Markaz nomidan ish ko‘radi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni, shu jumladan Bosh direktor o‘rinbosarlarini ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni o‘zgartiradi va to‘xtatadi;
keyinchalik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishni olib borish bo‘yicha komissiyaning tasdiqlashi uchun yillik ish rejasi loyihasini Davlat raqobat qo‘mitasiga kiritadi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish choralarini ko‘radi;
Markazning xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida Markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
zamonaviy fan-texnika yutuqlariga muvofiq xo‘jalik boshqaruvi organlarida va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish dasturlari va loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda qatnashadi;
yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llashni tashkil etadi;
faoliyatning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Markaz faoliyatini moliyalashtirish davlat ulushi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga amalda tushgan dividendlarning bir qismi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi bo‘yicha davlat korxonalarining sof foydasidan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Kelgusi moliyaviy yil uchun xarajatlar smetasi Markaz tomonidan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishish uchun oldingi yilning 20-dekabrigacha taqdim etiladi.
Markaz faoliyatini moliyalashtirish shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan qo‘shimcha manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda Markaz mablag‘larni sarflashni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Markaz budjet tashkiloti hisoblanmaydi va uni moliyalashtirishga budjet tashkilotlari uchun belgilangan qonunchilik normalari qo‘llanmaydi.
21. Markazning ustav fondi unga moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
22. Markazning ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish Davlat raqobat qo‘mitasining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23. Tezkor boshqarish huquqi bilan Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan Markazga biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar, shuningdek uning faoliyati davomida sotib olingan, u o‘z majburiyatlari bo‘yicha javob beradigan mulkchilik huquqi bilan Markazga tegishli bo‘lgan boshqa mol-mulk Markazning mol-mulkini tashkil etadi.
24. Markazning mol-mulki bo‘linmaydi va omonatlar (ulushlar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
25. Markazning mol-mulkini tasarruf etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda binolar va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni), aksiyalar va ulushlarni realizatsiya qilish Markazning ustav fondi tegishli ravishda kamaytirilgan holda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
26. Barcha soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Markazda qoladigan sof foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
27. Markaz mablag‘laridan xayriya maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
28. Markaz hisobot davri tamom bo‘lgandan keyin vakolatli organlarga ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy hisobotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
29. Markaz faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat raqobat qo‘mitasi va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
30. Markazning Bosh direktori yilning har choragida moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida Davlat raqobat qo‘mitasiga hisobot beradi.
31. Markaz:
ushbu Nizom bilan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, Davlat raqobat qo‘mitasi rahbarlari topshiriqlarining va ular tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, xolisona, ochiq-oshkora, sifatli bajarilishi;
o‘ziga tegishli mol-mulk bilan o‘z majburiyatlari yuzasidan;
o‘ziga berilgan davlat mulkining maqsadli va oqilona (samarali) boshqarilishi, shuningdek uning saqlanishi va yaxlitligi uchun javob beradi.
32. Markaz Davlat raqobat qo‘mitasining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
33. Markaz Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishib, qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda vakolatxonalar ochishi mumkin.
34. Markazning vakolatxonalari Markaz tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida Markaz nomidan ish ko‘radi.
35. Markazning vakolatxonasi rahbari Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishgan holda Bosh direktor tomonidan tayinlanadi va o‘ziga berilgan ishonchnoma asosida ish ko‘radi.
36. Markaz tashkil etiladigan vakolatxonalarning majburiyatlari bo‘yicha javob beradi.
37. Markaz qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, muassisning qaroriga ko‘ra yoki sudning qaroriga binoan tugatilishi yoxud qayta tashkil etilishi mumkin.
38. Markazning tugatilishi, huquqlar va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmasdan, uning faoliyati to‘xtatilishiga olib keladi.
Markazni qayta tashkil etishda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga o‘tadi. | 224 | 30,247 |
Qonunchilik | Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar k | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 103, 40-son qarori (ro‘yxat raqami 2037, 2009-yil 5-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 495-modda) bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”;
to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi.”.
2. 2-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tashkilot faoliyati sohasidagi tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash.”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tashkilot faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish;”.
4. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashkilotlar har yili yanvar oyining 10-sanasidan kechiktirmay tayinlangan mas’ul shaxs haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishlari shart.
Mas’ul shaxs o‘zgargan taqdirda, bu haqda tashkilot besh kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilishi lozim.”.
5. 9-bandning birinchi xatboshi quyidagi mazmunda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili yanvar oyining 20-sanasidan kechiktirmay tashkilotlardagi mas’ul shaxslar haqidagi ma’lumotlarni Departamentga taqdim etadi.”.
6. 11-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ichki nazorat tizimini tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Departament bilan hamkorlikda monitoring va nazorat o‘tkazilishi davomida tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi.”.
7. 13-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarni ko‘rish;”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. 14-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“operatsiya amalga oshirish kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
9. Quyidagi mazmundagi 142 va 143 — bandlar bilan to‘ldirilsin:
“142. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs bo‘lganda tashkilotlar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni ko‘rishlari lozim.
143. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablag‘lari manbasi yoki moliyaviy holatining manbasi haqida ma’lumot olish;
ish amaliyotlarini amalga oshirish sabablari to‘g‘risida ma’lumot olish;
operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oshirish sabablarini aniqlashning boshqa kuchaytirilgan choralarini amalga oshirish.”.
10. Quyidagi mazmundagi III1 bob bilan to‘ldirilsin:
211. Tashkilot mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (keyingi o‘rinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalarini hisobga olgan holda mas’ul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi va Departamentga taqdim etilishi lozim.
212. Tashkilot avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tiborni qaratishi lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi manzilga to‘g‘ri kelmaydigan yuridik shaxslar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
muntazam ravishda (uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
mas’ul shaxsda asosli shubha uyg‘otadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
213. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, tashkilot zarur bo‘lganda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim.
Tashkilot barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot tashkilotning rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
214. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak. Bu maqsadlarda tashkilot:
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini aniqlashi va baholashi lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim.
Tashkilot bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishi lozim.”.
11. Quyidagi mazmundagi 241 -band bilan to‘ldirilsin:
“241. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya ham Departamentga xabar qilinishi kerak.”.
12. V bob quyidagi mazmundagi 301 va 302 bandlar bilan to‘ldirilsin:
“301. Mas’ul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (ichki nazoratni amalga oshirish bilan bog‘liq yozishmalar, shu jumladan, Departamentga yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, maxsus jurnallar va h.k.) dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
302. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul shaxs tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.”. | 250 | 10,218 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Sog‘liqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlari amalga oshirilishi natijasida yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya (keyingi o‘rinlarda — Respublika markazlari) sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to‘ldirilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Keyingi besh yilda Respublika markazlarida 150 mingdan ortiq operatsiyalar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operativ muolajalar bajarildi, davolashning murakkab va noyob uslublari amaliyotga joriy etildi.
Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish asosan Toshkent shahrida jamlangan, bu respublika mintaqalari aholisining tegishli xizmatlardan foydalanishini cheklab qo‘ymoqda. Zamonaviy diagnostika va maxsus tibbiyot uskunalari bilan yetarlicha jihozlanmaganlik, zamonaviy uskunalarda ishlash uchun vrachlarning yetarlicha tayyorlanmaganligi tufayli yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlaridan respublika aholisi foydalana olmayapti.
Markazlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari yetarlicha olib borilmasligi, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning turli sohasida, shu jumladan, ijtimoiy xavfli, onkologik hamda kam tarqalgan kasalliklar sohasida eng xavfli va murakkab kasalliklar tarqalishi tendensiyasi va qonuniyatini o‘z vaqtida aniqlash imkonini bermaydi. Eng ko‘p tarqalgan kasalliklar profilaktikasi va ularni barvaqt aniqlashning sinovdan o‘tkazilgan ilg‘or xalqaro amaliyotini joriy etish darajasi pastligicha qolmoqda.
Xalqaro amaliyot bilan taqqoslaganda, respublikada nevrologiya, travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya xizmatlarining, shu jumladan, bolalar kasalliklari sohasidagi salohiyati zaif rivojlangan.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarning aniq tarif siyosati, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tarifi ishlab chiqilmagan.
Ixtisoslashtirilgan markazlar vrachlari malakasini oshirish tizimi tubdan takomillashtirishga muhtoj, yetakchi xorijiy ixtisoslashtirilgan klinikalar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tajriba almashish va xorijiy mutaxassislarni jalb etish zarur darajada amalga oshirilmayapti.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimini yanada shakllantirish, profilaktika va kasalliklarni barvaqt aniqlash choralarini takomillashtirish, aholiga, shu jumladan, mintaqalarda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning natijadorligi, sifati va undan foydalanishni tubdan oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi Respublika markazlarini davlat muassasalariga aylantirish 1-ilovaga muvofiq;
ayrim respublika davolash-profilaktika muassasalarini respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari etib qayta nomlash to‘g‘risidagi taklifi 2-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning tegishli ixtisoslashgan yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlari etib belgilansin.
3. Respublika markazlariga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
umuman respublikada va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyasini o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlaydigan tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, sog‘liqni saqlashning viloyat va tuman (shahar) tashkilotlari uchun profilaktik va davolash faoliyatining sxemalarini ishlab chiqish;
o‘z ixtisosligi bo‘yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalarga, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, klinik protokollarni ishlab chiqish;
shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, axborot va tushuntirish materiallarini nashr etish orqali mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga ko‘maklashish;
hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish;
sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslarini, shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarida operatsiyalarni muntazam ravishda o‘tkazib borish;
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda muassasalarning o‘z tibbiyot xodimlari, ixtisoslashtirilgan hududiy tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot xodimlari malakasini tizimli oshirish, shuningdek, klinik ordinaturada, bazaviy doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassis kadrlarni tayyorlash;
yetakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar bilan, shu jumladan, konsultatsiyalar va mahorat darslari o‘tkazish uchun ularni respublikaga taklif etish orqali keng hamkorlikni tashkil etish, sog‘liqni saqlashning mahalliy mutaxassislari chet eldagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishiga ko‘maklashish.
Respublika markazlari filiallari, turdosh ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari va hududiy tibbiyot ko‘p tarmoqli markazlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari kasalliklarning profilaktikasini va ularni barvaqt aniqlashni ta’minlaydilar, shuningdek, tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatadilar.
4. Quyidagilarni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi barcha darajalarda isloh qilinsin:
respublika darajasida — ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
viloyat darajasida — ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
tuman (shahar) darajasida — yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan turdosh bo‘limlar negizida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish darajasida — maxsus tasdiqlangan jadval bo‘yicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor ixtisosli mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar berilishini, shuningdek, davolash va konsultativ-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini ko‘rsatish.
5. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, ushbu Dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:
aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish;
Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir oy muddatda davolash va diagnostikaning yuqori texnologik usullarini joriy etish va mahalliy mutaxassislarni ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy texnologiyalariga o‘qitish uchun Respublika markazlariga taklif etiladigan Yetakchi xorijiy markazlar va klinikalarning yuqori malakali mutaxassislarining ikki tomonlama kelib-ketishini, yashashi va ovqatlanishiga haq to‘lash, mehnatiga tegishli haq to‘lash xarajatlarini qoplash tartibi va manbalari to‘g‘risidagi nizomni;
uch oy muddatda yuqori texnologik diagnostika va davolash xizmatlari ko‘rsatishning murakkabligidan, tig‘izligidan, hajmidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lash tizimiga tabaqalashtirilgan yondashishni joriy etish yo‘li bilan ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda:
Respublika markazlari va ularning filiallarini, shuningdek, turdosh ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari va hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarini, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini profilaktika, diagnostika va bemorlarni davolashning ixtisoslashtirilgan turlari bilan ta’minlash uchun tibbiyot uskunalari, instrumentlar bilan jihozlash standartlarini zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda moddiy-texnika bazani doimiy ravishda yangilash, dori vositalari va zarur sarflash materiallari, tibbiyot uskunalarini ehtiyot qismlar bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan Respublika markazlarining rentabelligi darajasini ta’minlashni, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq to‘lash shartlarini hisobga olgan holda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarga tariflarni shakllantirishning yangilangan umumiy qoidalari va metodikasini tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasining chet elga davolanish uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha kelgusi yilga respublika, viloyat va tuman darajalarida imtiyozli toifaga tegishli ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish, shuningdek, servis xizmati ko‘rsatish, ta’mirlash, sarflash materiallari va yuqori texnologik uskunalar reaktivlari bilan ta’minlash uchun zarur hajmda budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
2018-yil 1-yanvargacha Respublika markazlari bilan birgalikda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamlardan foydalanishga, shu jumladan, imtiyozli toifalarni alohida hisobga olgan holda yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron bazasini tashkil etsin;
2019-yil 1-yanvargacha barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron dastur joriy etilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yetakchi xorijiy klinikalar va markazlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha Respublika markazlariga doimiy asosda ko‘maklashsin.
11. 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda:
aholiga pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi sog‘liqni saqlash davlat tizimining tibbiyot tashkilotlari (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlashga va unga servis va texnik xizmat ko‘rsatishga, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlar xarid qilishga, yangi binolar va inshootlarni qurishga, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltirilsin;
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha sog‘liqni saqlash davlat tizimining tibbiyot tashkilotlari xorijdan olib kelinadigan tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin;
sog‘liqni saqlash davlat tizimining tibbiyot tashkilotlari mahalliy mutaxassislarining malakasini oshirish jarayoniga jalb etiladigan xorijiy olimlar, vrachlar va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida olinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
1. “Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi” AJ.
2. “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” AJ.
3. “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi” AJ.
4. “Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi” AJ.
5. “Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” AJ.
6. “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” AJ.
1. Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi.
2. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi.
3. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi.
4. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi.
5. Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti.
6. Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi.
1. Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
2. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
3. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
4. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
5. Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi..
6. Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
7. Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
8. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
9. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
10. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
11. Respublika ixtisoslashtirilgan travmotologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
12. Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
13. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
14. Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi.
15. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
16. Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
17. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
18. Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
19. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
20. Bolalar milliy tibbiyot markazi. | 153 | 15,692 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-443-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbeki | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-443-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 855 |
Qonunchilik | Voyaga yetmaganlarning хorijga chiqishi uchun ruхsatnoma olish tizimi bekor qilindi | Joriy etilgan tartibga koʻra, voyaga yetmagan shaхsning хorijga chiqishi uchun ariza-anketa bevosita ta’lim muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi, deya хabar beradi Toshkent IIBB.
Ilgari ota-onalar maktab ma’muriyatiga shahar (tuman) хalq ta’limi boshqarmasining ruхsatnomasini taqdim etishlari kerak edi. Ushbu tartib-taomil koʻp vaqt olar va ortiqcha sarsongarchilikka olib kelar edi. | 83 | 388 |
Qonunchilik | Chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash 3 oy oʻtgach kuchga kiradi | 2.07.2018 yildagi “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida” OʻRQ-478-son Qonun imzolandi.
Chilim tamaki chekish yoki tarkibida tamaki boʻlmagan chekiladigan qorishmani (tutatqi qiyomni, tutatqi toshni) iste’mol qilish uchun foydalaniladigan asbob boʻlib, unda aerozol (bugʻ) yoki tutun suyuqlik solingan idish (chilim suvdoni) orqali oʻtadi.
Elektron sigareta nikotinni yoki nikotinsiz mahsulotni yetkazish vositasi sifatida foydalaniladigan, nafas olib yutish uchun moʻljallangan aerozol (bugʻ) hosil qiladigan elektron moslamadir. Odamning nafas olish tizimiga nikotinni yoki nikotinsiz mahsulotni yetkazib beruvchi elektron tizimlarning iste’mol хususiyatlari va iste’mol qilish usullari elektron sigaretaga oʻхshash boʻlgan boshqa turlari ham elektron sigaretaga tenglashtiriladi.
Chilim va elektron sigaretalarni:
Chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama va targʻib qilish taqiqlanadi.
Qonun bilan cheklashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash uchun mas’ul boʻlgan shaхslar belgilandi. Ular jumlasiga korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaхslari (ma’muriyati), shu jumladan oʻz tasarrufida (mulkida, egaligida, foydalanishida) hududlar, binolar (хonalar), inshootlar va jamoat joylarida joylashgan boshqa ob’yektlar, shuningdek yuqorida koʻrsatilgan transport vositalari boʻlgan shaхslar kiradi.
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan nazoratni ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Tahririyatdan: hozirgi vaqtda jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. MJTKning 56-1-moddasiga qaralsin.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 03.07.2018 yilda e’lon qilingan va uch oy oʻtgach kuchga kiradi (3.10.2018 y.).
Oleg Gayevoy. | 76 | 1,872 |
Qonunchilik | “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 10-noyabrda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 162 | 637 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni tashkil etish, uning amal qilishi va rivojlanishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Qonun tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy mustaqilligini kafolatlaydi, ularning huquqlari va javobgarligini belgilab beradi, tadbirkorlarning bir-birlari bilan va boshqa korxonalar hamda tashkilotlar bilan, barcha boshqaruv idoralari bilan o‘zaro munosabatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan mulkchilik shakllari asosida va ularga muvofiq tartibga solib turadi.
Qonun fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatini butun choralar bilan ishga solish, ularning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlarini belgilash asosida bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgandir.
Qonun mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarini erkin tanlash, bu shakllarning teng huquqlilik asosida amal qilishi, o‘zaro hamkorlik va erkin raqobatlashuv ta’minlanadigan sharoitlarning yaratilishiga ko‘maklashadi.
Tadbirkorlik — mulkchilik subyektlarining mollar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hamda foyda yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tashabbuskorlik bilan faoliyat ko‘rsatishidir.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik:
tadbirkorning shaxsiy mol-mulki asosida;
tadbirkorning boshqa jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan ajnabiy jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulklarini turli shakllarda jalb etishi asosida;
tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol-mulklaridan foydalanish asosida;
yuqorida qayd etilgan shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati mulkdor tomonidan ham, shuningdek uning mol-mulkini idora qiluvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Har qanday shakldagi tadbirkorlik mulk egasining ishlab chiqarish jarayonida shaxsan bevosita ishtirok etishiga va (yoki) boshqa fuqarolarning mehnatini qo‘llash yo‘li bilan foydalanishiga asoslanishi mumkin.
Tadbirkorlik bilan bog‘liq munosabatlar, mulkchilikning shaklidan, faoliyat turidan, qaysi sohaga ixtisoslashidan qat’i nazar, ushbu Qonun bilan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Asosiy faoliyati tadbirkorlikdan iborat bo‘lmagan davlat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, jamoat va diniy tashkilotlarga hamda o‘zga tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o‘z xususiyatiga ko‘ra tadbirkorlikdan iborat bo‘lgan qismiga tadbiq qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
qonun bilan ta’qiqlanmaydigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tadbirkorning o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish erkinligi;
tadbirkorlarning barcha turdagi ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini yuritishda, mulk shakllaridan qat’i nazar, qonun oldida teng huquqliligi;
daromad olishning manbalari va usullari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, soliq idoralari huzurida hisob berishning asoslov (deklarativ) shakli, tadbirkorlarning daromadlarini yashirib qolganlik (pasaytirib ko‘rsatganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan moddiy javobgarligi.
Quyidagilar tadbirkorlik subyekti bo‘lishi mumkin:
— qonunda belgilangan tartibda muomala layoqati cheklanmagan O‘zbekiston Respublikasi har qanday fuqarosi;
— fuqarolar guruhi (sheriklar), shu jumladan davlat, kooperativ va boshqa korxonalarning mehnat jamoasi — jamoa tadbirkorlari;
— O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan vakolatlar doirasida boshqa ajnabiy davlatlarning fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
— aralash mulk subyektlari.
Davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralarining rahbar xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi man etilgan shaxslarning bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga ruxsat berilmaydi.
Tadbirkorlik shakllari quyidagilardan iborat:
— yakka tartibdagi faoliyat;
— yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik;
Bir guruh fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi yoki hamkorlikdagi tadbirkorlik.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti tadbirkorlik tashkilotlari (shirkatlarini) tuzadi. Tadbirkorlik tashkilotlari (shirkatlarini) tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Har bir fuqaro (bir guruh fuqarolar) xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan teng asoslarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shartlarga rioya qilgan holda:
korxonalar va tashkilotlarni vujudga keltirish, ta’sis etish, sotib olish va qayta tuzish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va davom ettirish;
tadbirkor turli darajada mulkiy javobgar bo‘ladigan o‘z tadbirkorlik tashkilotini ta’sis etish;
bu faoliyatni bajarish uchun boshqa yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda pul mablag‘larini ixtiyoriy asoslarda jalb etish;
mustaqil tarzda xodimlarni yollash va ishdan bo‘shatish;
tadbirkorlik orqali chegaralanmagan miqdorda, lekin soliq solinadigan shaxsiy daromad orttirish;
ijtimoiy ta’minlash va ijtimoiy sug‘urta qilish huquqiga egadir.
Tadbirkor yoki u vakil qilgan shaxslar xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarning har qanday xatti-harakatlari va tadbirkorga qilayotgan da’volari hamda belgilangan tartibda beriladigan jazo choralari xususida bahslashishga haqli, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hech so‘zsiz qo‘llanadiganlari bundan mustasnodir.
Tadbirkor:
— amaldagi qonunlardan hamda o‘zi tuzgan bitimlardan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi;
— yollanib ishlayotgan xodimlar bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mehnat shartnomalari (bitimlar) tuzishi;
— ishga jalb etilgan barcha xodimlar bilan tuzilgan bitimga muvofiq, korxonaning moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, to‘la hisob-kitob qilishi;
— yollanib ishlayotgan xodimlarni ijtimoiy va tibbiy sug‘urta qilishi;
— qonunlarga muvofiq maxsus bilim va ko‘nikma talab qilinadigan ishga faqatgina zarur tayyorgarlikka ega, kasb-kori jihatidan yaroqli va tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarnigina jalb etishi shart.
Soliq va kredit majburiyatlarining, tuzilgan bitimlarning ijrosi, boshqa subyektlarning mulkiy huquqlarni buzganligi, bexatar mehnat sharoitlariga rioya etmasligi, iste’molchilarga odamlarning salomatligiga zarar yetkazadigan mahsulot yetkazib berganligi, atrof-muhitga zarar yetkazganligi, yakka hokimlikka qarshi qonunlarni buzganligi uchun tadbirkor o‘z mol-mulki doirasida amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzganlik uchun tadbirkor mulkiy yoki qonunlarda ko‘zda tutilgan asoslarda, sud tartibida tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishga qadar o‘zga tarzda javobgar bo‘ladi.
Mulkiy da’volar tadbirkorlikning merosxo‘rlariga ham taalluqli bo‘ladi, lekin ular meros qilib qoldirilgan mol-mulk hajmidan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Qonun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tadbirkorning mulkchilik munosabatlari barqaror bo‘lishiga kafolat beradi. Davlat tadbirkorlar mulkiy huquqlariga kafolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari mulkdorning huquqini to‘xtatadigan qonun hujjatlarini qabul etgan taqdirda, shu hujjatlar qabul etilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar sudning qaroriga binoan tegishli hokimiyat yoki boshqaruv idorasi ixtiyoridagi mablag‘ hisobidan mulkdorga to‘la hajmda to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari yuzasidan uning mol-mulkiga jazo chorasi belgilangan taqdirdagina davlatning tadbirkorlik tashkiloti ixtiyoridagi mol-mulkni mulkdordan tortib olishiga yo‘l qo‘yiladi. | 51 | 8,195 |
Qonunchilik | Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 268-sonli “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 36-son, 394-modda) Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
1. 1-bandda:
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korporativ va infratuzilma obligatsiyalari (bundan buyon matnda obligatsiyalar deb yuritiladi) muomala muddatlarining tugashi to‘g‘risidagi bildirishnoma –emitentning obligatsiyalarni so‘ndirish davrida nominal qiymati to‘langanligi yoki obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olganligi to‘g‘risidagi hisoboti;
ochiq obuna — qimmatli qog‘ozlarni soni cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan holda joylashtirish, shu jumladan qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif etish orqali joylashtirish;”;
yigirma uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatli qog‘ozlarning yangi chiqarilishi — aksiyadorlik jamiyatining ilgari chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari to‘liq joylashtirilgandan so‘ng nominal qiymatining kamayishi, huquqlarning o‘zgarishi, yiriklashtirish yoki maydalashda qimmatli qog‘ozlarni paydo bo‘lishiga qaratilgan harakatlari;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar (bundan buyon matnda AQQ deb yuritiladi) — emitentning oddiy aksiyalariga aylantirilishi mumkin bo‘lgan imtiyozli aksiyalari, korporativ obligatsiyalari.”.
2. 35-banddagi “Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 74-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “ayirboshlanayotgan qimmatli qog‘ozlarni” degan so‘zlar “AQQ” degan qisqartmaga almashtirilsin.
4. 851-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“d) bitta chiqarilishdagi AQQ qisman ayirboshlanganda.”.
5. 91-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agarda:
ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan qaror yagona aksiyador tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, tegishli aksiyador qarorining nusxasi taqdim etiladi;
o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar avval chiqarilgan AQQni ayirboshlash bilan bog‘liq bo‘lsa, qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun topshiriladigan hujjatlar bilan bir vaqtda mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek ayirboshlash amalga oshirilayotgan AQQ egalarining emitent tomonidan tasdiqlangan arizalari nusxalari (mavjud bo‘lgan taqdirda) taqdim etiladi.”.
6. 100-band quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“e) bitta chiqarilishdagi barcha AQQ ayirboshlanganda.”.
7. 102-bandda:
“a” kichik bandda:
birinchi xatboshidan “aksiyalar” degan so‘z chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “emissiya” degan so‘z “depo” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning beshinchi xatboshisi va “g” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “emissiya” degan so‘z “depo” degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“j) bitta chiqarilishdagi barcha AQQni ayirboshlash amalga oshirilgan taqdirda:
AQQ chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror (qarorlar) va risola (risolalar), shuningdek ularga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning (o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda) asli (asllari). Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning asllari yo‘qotilgan taqdirda yo‘qotish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalaridagi va Korporativ axborot yagona portalidagi e’lonlarning nusxalari taqdim etiladi;
barcha AQQ egalarining ularga tegishli bo‘lgan AQQni ayirboshlash to‘g‘risidagi arizalarining emitent tomonidan tasdiqlangan nusxalari (mavjud bo‘lgan taqdirda).
8. 7-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
9. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan. | 173 | 5,345 |
Qonunchilik | Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qashqadaryo viloyatida tog‘, tog‘ yonbag‘irlari va cho‘l hududlaridagi samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylovzorlar, pista, bodom plantatsiyalarini barpo etish va o‘rmonzorlarni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
o‘rmonzorlar barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish va muhofaza qilish, o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
ajratilgan yer maydonlarida pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda ko‘chatxonalar tashkil etish;
o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari hamda cho‘l hududlarida eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish;
o‘rmonlarni yong‘indan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining boshqacha tarzda buzilishidan muhofaza va nazorat qilish.
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining Chiroqchi tumani, Ettitom qo‘rg‘oni, 1-uy manzilida joylashgan binosi operativ boshqarish huquqi bilan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga ajratib berilishini;
tabiiy o‘rmonzorlar maydonlari, dorivor o‘simliklar zaxirasi mavjud maydonlar va tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlari pista va bodom plantatsiyalarini barpo qilish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan o‘rmon xo‘jaliklariga ajratib berilishini;
Chiroqchi tumani hududidagi yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, tabiiy o‘rmonzorlar va samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan 28525 gektar maydon doimiy foydalanish huquqi bilan yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga belgilangan tartibda ajratib berilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining ustavi va shtat jadvali tasdiqlanishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda pistachilik sohasini yanada rivojlantirish, pistaning mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitlariga mos serhosil va yuqori sifatli navlarini ko‘paytirish hamda kelajakda yangi istiqbolli navlarini yaratish maqsadida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Pistachilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba xo‘jaligi faoliyatini tashkil etsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini moliyalashtirish 2019-yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, keyingi yildan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
6. Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaliklari yer maydonlarida 2019-2020-yillarda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda plantatsiyalarini barpo etish hajmlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, Toshkent davlat agrar universiteti, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti:
ikki hafta muddatda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda yetishtirishga ixtisoslashgan plantatsiyalarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishini;
2019-yil 1-aprelga qadar Qashqadaryo viloyatidagi o‘rmon xo‘jaliklari mutaxassislari ishtirokida pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda yetishtirish yuzasidan o‘quv seminarlari o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi viloyatda mavjud tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxirasini o‘rganishga va yo‘qolib ketish arafasida turgan o‘simliklar zaxirasini muhofaza qilishga, monitoringini olib borishga hamda ularning tabiiy ko‘payish shart-sharoitlarining ilmiy asoslarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarni ikki oy muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ro‘ziyev zimmasiga yuklansin. | 99 | 5,185 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalar o‘z mazmuniga muvofiq yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanilishini, qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va normalari talablariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga aniq rioya etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga quyidagi tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi tuzilsin:
2. Komissiya huzurida quyidagi tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin:
3. Belgilab qo‘yilsinki, Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 27-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi 71-II-sonli Qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 121 | 1,120 |
Qonunchilik | SANOAT KORXONALARI OMBORLARIDAGI TAYYoR MAHSULOTLAR QOLDIQLARIGA O‘RTAChA NORMATIVLAR BELGILASh TO‘G‘RISIDA | Oborot mablag‘larining aylanishini tezlashtirish va korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, omborlarda saqlanayotgan tayyor mahsulotlar hajmlarini kamaytirish va ular bo‘yicha ishonchli statistika axborotini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari va uyushmalari, korxonalari va tashkilotlarining tayyor mahsulotlar qoldiqlarining normativlari to‘g‘risidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror ilovasiga kiritilmagan konsernlar va uyushmalar korxonalar va birlashmalar bo‘yicha tayyor mahsulotlarning o‘rtacha normativlari o‘n besh kalendar kun hajmida belgilanadi.
3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (Qudratov) qoldiqlarning ma’qullangan o‘rtacha normativlarini va tovar zaxiralarini hisobga olishning yangi birxillashtirilgan shakllarini hisobga olgan holda normadan ortiqcha zaxiralarni hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmani korxonalar va tashkilotlarga yetkazsin.
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlari:
tayyor mahsulotlar qoldiqlarining tegishli o‘rtacha normativlarini uch kun muddatda korxonalarga yetkazsinlar;
o‘z amaliy ishlarida bozorlarni to‘ldirish va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida narxlarning o‘zgarib turishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatan talab va ehtiyojlarni e’tiborga olsinlar, tayyor mahsulotlarning amaldagi qoldiqlari normativdan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Eslatma:
1. Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlariga belgilangan o‘rtacha normativlar savdo tashkilotlaridagi tovarlar qoldiqlariga qo‘llanilmaydi.
2. Paxta (paxta tolasi), g‘alla, go‘sht, o‘simlik yog‘i va yonilg‘i-moylash materiallari qoldiqlari bo‘yicha o‘rtacha normativlar belgilanmaydi. | 107 | 1,982 |
Qonunchilik | Anvar Rasulov: «direktor.uz dagi Palov markazi misoliga qarab novvoyхona qurmoqchiman» | Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanilik Anvar Rasulov hozir direktor.uz da oʻquv kurslarida oʻqiyapti. Bu onlayn-kurs uning savdo sohasidan ishlab chiqarishga oʻtishida yordam berishiga ishonadi.
– direktor.uz da foydali oʻquv materialini topdim, u menga biznesda yangi pogʻonaga koʻtarilishimda va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishimda koʻmakdosh boʻlishiga ishonaman, – deb ta’kidlaydi norma.uz portaliga bergan intervyusida Anvar Rasulov.
– Anvar, direktor.uz da shugʻullanishingizga nima sabab boʻldi?
– Yangi biznesni boshlamoqchiman. Men yakka tartibdagi tadbirkorman, хoʻjalik tovarlari chakana savdosi bilan shugʻullanaman. Faqat savdo-sotiq emas, balki ishlab chiqarish bilan shugʻullanishning ham vaqti keldi deb oʻylayman. Keng assortimentda non-bulka mahsulotlarini ishlab chiqaradigan novvoyхona ochishni rejalashtiryapman. Bozorni oʻrganib chiqdim. direktor.uz resursi ishga tushirilganligi haqidagi хabar ayni muddao boʻldi – bu yerda foyda koʻrib ishlaydigan novvoyхonani tashkil etishga yordam beradigan moliyaviy bilimlar jamlangan.
– Mashgʻulotlar haqida taassurotlaringiz qanday?
– Masofadan turib oʻqish imkoniyati paydo boʻlganligi qoyilmaqom ish boʻldi. Istalgan joyda va qulay vaqtda shugʻullanish mumkin boʻladi. Boshqa resurslardan farqli oʻlaroq, direktor.uz dagi material bugungi voqelik, qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda tayyorlanganligi bilan qulaydir. Kursni oʻqib, bemalol amaliy harakat qilsa boʻlaveradi. Materiallarning berilish uslubi ma’qul boʻldi. Karikatura va videodarslar tushunishda va yodda saqlab qolishda yordam beradi. Umuman olganda, men mablagʻlarni toʻgʻri boshqara olsam, novvoyхonam muvaffaqiyatli biznesga aylanadi. Bunda menga direktor.uz yordam beradi.
– Onlayn darslarning qanchasidan oʻtdingiz?
– direktor.uz da toʻrt hafta oldin roʻyхatdan oʻtdim. Biroq ish yuzasidan safarga borishimga toʻgʻri keldi, shu bois shu kunlarda yana mashgʻulotlarga qaytdim. Hozircha uchta darsdan muvaffaqiyatli oʻtdim.
– Sizga omad tilaymiz.
Oleg Gayevoy suhbatlashdi. | 86 | 2,033 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining adliya organlari va muassasalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘laridan foydalanishda qonun hujjatlarini bir xilda qo‘llash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganligi va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklini tasdiqlash, gerb yig‘imini joriy qilish to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyundagi 330-son qarorining 2-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda). | 152 | 822 |
Qonunchilik | O‘ZGALAR PARVARIShIGA MUHTOJ YoLG‘IZ KEKSALAR, PENSIONERLAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN ShAXSLARGA IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATIShNI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturining 3.9-bandini bajarish hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali ushbu markazlarda ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish yo‘li bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyiga borib ijtimoiy yordam ko‘rsatishga jalb etish topshirilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali jalb etiladigan ishsiz fuqarolarga ish haqi to‘lash (shu jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar) bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi ishsiz fuqarolarni yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga jalb etish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, unda bir nafar xodim hisobiga xizmat ko‘rsatish normativlarini belgilash, jalb etiladigan ishsiz fuqarolarni ularning muayyan kontingentga xizmat ko‘rsatishga yaroqliligi va xohishini hisobga olgan holda komission yo‘l bilan tanlash, ushbu ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash tartibi, shuningdek ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning to‘liqligi va sifatini samarali nazorat qilish mexanizmi nazarda tutilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 40-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyuldagi 288-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Nizomda:
— V qism quyidagi 26-band bilan to‘ldirilsin:
“26. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi to‘lash xarajatlari to‘liq Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”;
— 26-band 27-band deb hisoblansin;
— “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining namunaviy ro‘yxati”dagi (Nizomga 2-ilova) “Ish mazmuni”ning 4-bandi “va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. | 147 | 3,624 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarorig | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1971-sonli qarorini bajarish yuzasidan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarorining 4-ilovasi quyidagi mazmundagi 20-band bilan to‘ldirilsin:
“20. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti”.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 250 | 702 |
Qonunchilik | Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 13-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralari o‘zgartirilsin.
2. Samarqand viloyati Samarqand tumani hududining bir qismi:
3399 gektar maydon (“Bog‘ibaland” qishloq fuqarolar yig‘inining “Azizon”, “Bog‘ibaland”, “Bog‘ibolo”, “Bog‘imaydon”, “Jo‘yichuqur”, Kundiso‘fi”, “Motrid”, “Navro‘z”, “Toshloq”, “Xo‘jaqishloq”, “Xo‘jag‘unjoish”, “Chilstun”, “Chorbog‘”, “Qir” va “Qo‘rg‘oncha” mahallalari hududi; “Kattaqo‘rg‘onariq” qishloq fuqarolar yig‘inining “Yuqori Xo‘jasoat”, “O‘rta Xo‘jasoat” va “Quyi Xo‘jasoat” mahallalari hududi; “Ohalik” qishloq fuqarolar yig‘inining “Garmako”, “Mo‘liyon”, “Safedi” va “Qavola” mahallalari hududi; “Ulug‘bek” qishloq fuqarolar yig‘inining “Bekxo”, “Bog‘iobod”, “Dukchigi”, “Ko‘l”, “Navbog‘chiyon”, “Sarteppo”, “Temirqishloq” va “Xo‘ja G‘ulom” mahallalari hududi; “Qaynama” qishloq fuqarolar yig‘inining “Quyi qaynama” mahallasi hududi; “Qo‘shtamg‘ali” qishloq fuqarolar yig‘inining “Galaosiyo”, “Kaftarxona” va “Cho‘ponota” mahallalari hududi) Samarqand viloyatining Samarqand shahri tarkibiga;
1471 gektar maydon (“Bog‘ibaland” qishloq fuqarolar yig‘inining “Chorbog‘-2” mahallaci hududi) Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani tarkibiga o‘tkazilsin.
3. Samarqand viloyati Samarqand shahrining, Oqdaryo va Samarqand tumanlarining chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1 — 5-ilovalarga* binoan taqdim etilgan tavsiflar va grafik chizmalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan, Samarqand tumani saylov okruglaridan (3-Qavola, 4-Mo‘liyon, 7-Navbog‘chiyon, 9-Xo‘jasoat, 15-Motrid, 16-Bog‘ibaland, 17-Bog‘imaydon, 21-Kaftarxona) saylangan xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining deputatlari hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorning ijrosi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 110 | 2,417 |
Qonunchilik | Yangi qonun: avval sinaladi – keyin joriy etiladi | 7.11.2019 yildagi «Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-581-son Qonun e’lon qilindi. Qonun normalari ayrim tuman va shaharlarda dastlabki sinovdan oʻtkaziladi, keyin esa tuzatishlar kiritilishi mumkin va shundan keyingina ular kuchga kiradi.
Bu hujjat ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatining uchinchi versiyasi hisoblanadi: birinchi qonun 1999 yilda, ikkinchisi – 2006 yilda qabul qilingan edi. Toʻplanib qolgan muammolar – XUMSh va UKX tashkilotlari hamkorligining sustligi, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishda kompleks yondashuvning hamda uni but saqlanishini ta’minlash ustidan nazoratning mavjud emasligi, shuningdek huquqbuzarliklar, shu jumladan ta’mirlash-tiklash ishlari muddatlari va qoidalarining buzilishi kabilar qonun chiqaruvchilar tomonidan qonun qayta koʻrib chiqilishini taqozo etdi.
Yangi qonun ustida ishlash ancha vaqt talab etdi. Qonun loyihasi jamoatchilikka bir yilcha oldin taqdim etilgan edi. Loyiha ekspertlar davralarida muhokama qilindi, mahalliy va хorijiy mutaхassislar bilan maslahatlashildi, bundan keyin esa bildirilgan fikrlar, e’tirozlar va takliflar hisobga olinib, hujjatga tuzatishlar kiritildi.
Qonunning yangi tahriri amaldagisidan qanday farqlanadi:
birinchidan, unda ayrim atamalarga («koʻp kvartirali uy» va boshqalar) ta’riflar berilgan, uylarga tutash hududlarga munosabatlar va boshqa umumiy qoidalar yanada batafsil tartibga solingan;
ikkinchidan, bir tarafdan, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan sohani muvofiqlashtirish yoʻnalishlari va Uy-joy fondi inspeksiyasining nazorat vakolatlari, boshqa tarafdan esa uy-joylar mulkdorlarining huquq va majburiyatlari qayd etildi. Koʻp kvartirali uylarning boshqaruv organlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash dastaklari koʻpaytirildi – avariya holatlarini tugatishda hamda soha uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda koʻmaklashish ular jumlasiga kiritildi;
uchinchidan, tartib-taomillarga oid masalalarga – koʻp kvartirali uylarni boshqarish usulini tanlash va oʻzgartirish tartibiga, bunday shakllarning har birining jihatlariga – bino mulkdorlari, boshqaruvchi tashkilotlar yoki boshqaruvchi yoхud XUMSh tomonidan bevosita boshqaruv (har bir shakliga alohida bob bagʻishlangan);
toʻrtinchidan, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻzaro munosabatlarining oʻziga хos хususiyatlari belgilandi. Joylardagi hokimiyat organlariga va ularning mansabdor shaхslariga koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchi organlarning ishiga aralashish taqiqlandi. Bank kreditlarini olishda hokimiyatlar kafil boʻlishi mumkinligi belgilandi. Sub’yektlar koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqa masalalar yuzasidan tashkilotlar bilan hamkorlik qiladilar.
Uy-joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulk ta’minoti, undan foydalanish va ta’mirlash, tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha badallari yoki toʻlovlariga taalluqli qismida konseptual oʻzgartirishlar kiritilmagan. Ularning miqdori hozirgidek, umumiy yigʻilish qarori bilan belgilanadi, хarajatlar tarkibini belgilash tartibi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi (bu yerda qarang). Ilgari vazirlik har yili badallarning eng kam miqdorini tasdiqlashi haqida aytilgan edi, biroq ushbu meхanizmni amalga oshirish jarayonida muammolar yuzaga keldi.
Qonun 2020 yil 1 avgustdan kuchga kiradi. Bu oʻzgartirishlarni birdaniga amaliyotga kiritmaslik, avvaliga ular qanchalik oʻrinli ekanligini kuzatishga qaror qilinganligi bilan bogʻliqdir. 2020 yil 1 maygacha yangi qonun normalari ishlashini sinab koʻrish uchun Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, shuningdek Jizzaх va Margʻilonda huquqiy eksperiment oʻtkaziladi. Uning yakunlariga koʻra 2020 yil 1 iyungacha hujjat takomillashtirilishiga zarurat bor-yoʻqligi va respublikaning boshqa hududlarida qanday qoʻllanilishi belgilanadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil boshidan poytaхtning Yunusobod tumanida koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish boʻyicha tajriba oʻtkazilmoqda. Tajriba doirasida barcha vakolatlar professional boshqaruv kompaniyalariga berilgan. Tajriba davomida yuzaga kelgan muammoli jihatlarni «Norma» gazetasining maхsus muхbiri Irina Grebenyuk sharhladi.
Oleg Zamanov. | 49 | 4,294 |
Qonunchilik | Davlat pensiya ta’minoti bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida | Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti bilan bog‘liq huquqlarini amalga oshirishga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotida vujudga kelgan masalalar va fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan, qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga binoan har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining og‘ishmay bajarilishi fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarining kafolati hisoblanadi.
2. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti bilan bog‘liq ishlarini ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyasini hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-oktabrda 2835-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma va ushbu sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar normalari qo‘llanishi lozim.
3. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi 939-XII-sonli Qaroriga muvofiq Qonun tatbiq etilgunga qadar amalda bo‘lgan:
pensiyalar tayinlashda va pensiyalarni qayta hisoblashda ish haqini hisoblab chiqish uchun tuzatish koeffitsiyentlarini qo‘llash;
ilgari amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zararli va mehnat sharoiti og‘ir ishlarda Qonun amalga kiritilgunga qadar ishlagan shaxslarning yoshiga qarab imtiyozli pensiya bilan ta’minlanish tartibi saqlab qolingan.
4. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq pensiyalarni tayinlash va to‘lash, shuningdek, fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilib, ularning qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi yuqori turuvchi organlarining fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ham sudga shikoyat qilinishi mumkin.
5. Davlat pensiya ta’minotiga oid huquqni amalga oshirish bilan bog‘liq quyidagi ishlar sudda ko‘rilishi mumkin:
ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mehnat faoliyati davrlarini belgilash haqidagi;
ish stajini tasdiqlovchi hujjatning tegishlilik faktini belgilash haqidagi;
ish o‘rinlarining attestatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, o‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilash haqidagi;
faoliyatning sug‘urta badallari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi asosi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining pensiya tayinlash bo‘yicha komissiyasining faoliyat davrlarini mehnat stajiga qo‘shishni rad etish haqidagi qarorlari ustidan shikoyat berish;
Pensiya jamg‘armasining pensiya tayinlash bo‘yicha komissiyasining pensiya tayinlashni rad etish, pensiyani bir turdan boshqa turga o‘tkazishni rad etish, pensiyadan chegirmalar qilish to‘g‘risidagi qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi.
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ushbu ro‘yxat tugal hisoblanmaydi va arizani ish yurituviga qabul qilish masalasini hal qilish vaqtida har qanday huquq buzilishi sud orqali tiklanishi mumkinligidan, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy, mulkiy huquqlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi bilan bog‘liq har qanday fakt belgilanishi mumkinligidan kelib chiqish lozim.
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ish haqi miqdori hamda sug‘urta badali to‘langanligi tegishli hujjatlar (shtat jadvali, to‘lov vedomosti, to‘lov topshiriqnomasi va boshqalar) bilan tasdiqlanishi sababli bunday yuridik faktlarni sud tomonidan belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, Fuqarolik protsessual kodeksining 26-moddasiga muvofiq yuridik faktlarni belgilash haqidagi arizalar, shuningdek pensiya olish bilan bog‘liq huquqni amalga oshirish haqidagi da’vo arizalar fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga, Pensiya jamg‘armasi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)ga nisbatan shikoyatlar esa, ma’muriy sudlarga taalluqlidir.
Xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda kasb kasalligiga uchraganligi yoki mehnatda mayiblanganligi oqibatidagi nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganligi uchun, shuningdek yoshga doir pensiya yoshiga to‘lguniga qadar Qonunni 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni korxona va tashkilotlardan regress tartibida undirish to‘g‘risidagi da’volar iqtisodiy sudlarga taalluqlidir.
7. Sudlar nazarda tutishi lozimki, Qonunda quyidagi davlat pensiya turlari belgilangan:
yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Pensiya turlari bir-biridan vujudga kelish vaqti va asoslari bilan farqlanishi va bu ishni to‘g‘ri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi sababli, sudlar pensiya ta’minotiga bo‘lgan huquqni amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda fuqaro da’vo qilayotgan pensiya turi va pensiya tayinlash huquqining vujudga kelganlik asoslarini aniq belgilashi talab etiladi.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 37-moddasiga asosan, yoshga doir umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash uchun faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa, ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda, yoshga doir pensiyadan farqli ravishda mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya tayinlashda ish stajining davomiyligi yuridik ahamiyatga ega emas. Ish stajining davomiyligi 20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga pensiya tayinlashda ham ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Qonunni 1-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan, ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emasligi qayd etilganligi sababli, ish stajining davomiyligi emas balki mavjud yoki mavjud emasligi ahamiyat kasb etadi. Bunday shaxslarning ijtimoiy ta’minlanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Umumiy kasallik tufayli nogironlik pensiyasi, shuningdek, umumiy kasallik oqibatida boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga pensiya nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik tufayli vujudga kelgan vaqtda Qonunning 17-moddasi bilan belgilangan ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda tayinlanadi.
Etarli miqdorda ish stajiga ega bo‘lmagan (Qonunning 17-moddasi) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi, nogironlik pensiyasi tayinlash uchun yetarli miqdorda ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy kasallik oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga esa, pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiyaga bo‘lgan huquqni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda, sudlar Qonunning 19-moddasida belgilangan, boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasidan kelib chiqishi lozim.
9. Sudlar nazarda tutishi lozimki, Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari xodimga to‘lanadigan ish haqi shaklidagi daromadlardan hisoblanadi va ushlab qolinadi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 306-moddasi).
Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlarida shakllantirilgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Shundan kelib chiqqan holda, sudlar ish beruvchining yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi sababli ish davrini stajga qo‘shmaganlik bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda, bu holat ish faoliyati davrini xodimning ish stajidan chiqarish uchun asos bo‘lmasligini inobatga olishlari lozim. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282-moddasiga asosan, barcha xodimlar davlat yo‘li bilan ijtimoiy sug‘urta qilinishi lozim bo‘lib, davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar ish beruvchilar, shuningdek, sug‘urtalangan xodimlarning o‘zlari tomonidan to‘lanadi.
10. Qonunning 7-moddasiga muvofiq yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladi.
Pensiya yoshiga yetgan va yetarli miqdorda ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiya Qonunni 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
11. Ish faoliyatining muayyan davrini hisobga olinadigan ish stajiga qo‘shish yoki qo‘shmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilish vaqtida sudlar Qonunning 37-moddasi talablaridan kelib chiqishi lozim.
Xususan, ish stajiga:
a) faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
v) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
g) yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan, yakka (guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon, fermer xo‘jaliklaridagi faoliyat Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
d) I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga, shuningdek o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;
e) oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan, chet elda o‘qish;
j) bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 3 yil;
z) ofitsyerlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr.
Qayd etilgan “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda, ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Nogiron bo‘lib qolgan shaxslar stajiga ushbu “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar qayd etilgan bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida bo‘lingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi. Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiya miqdorini oshirish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab, Qonunni 27-moddasining “g” bandida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 35-bandiga muvofiq 1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 115 va 139-moddalariga asosan, jamoa xo‘jaligida ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri bayram kunlarini hisobdan chiqargan holda olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib belgilanishi lozim.
Jamoa xo‘jaligida mehnatda ishtirok etganlik holati quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:
mehnatning haqiqiy davri va muayyan yilda mehnatda ishtirok etish minimumi ko‘rsatilgan xo‘jalik a’zosining mehnat daftarchasi;
xo‘jalikning har bir a’zosiga kadrlar bo‘limi tomonidan mehnatning haqiqiy davri va muayyan yilda mehnatda ishtirok etish minimumi to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilgan holda yuritilishi lozim bo‘lgan shaxsiy kartochka;
jamoa xo‘jaligi boshqaruvining har yilda o‘tkazilib kelingan va xo‘jalik a’zolarining mehnatda ishtirok etish minimumi belgilangan qarori.
Shu munosabat bilan sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, mehnat stajini hisoblash vaqtida yuqorida ko‘rsatilgan ikki asos mavjud bo‘lgan holda jamoa xo‘jaligi boshqaruvining bunday qarori talab etilishi ortiqcha hisoblanadi.
Jamoa xo‘jaligi boshqaruvining mehnatda ishtirok etishning minimumini belgilovchi qarori mavjud bo‘lmagan hollarda, sudlar, bir yil uchun qabul qilingan qarorga muvofiq, keyingi ikki yil uchun mehnatda ishtirok etish minimumi faktini belgilashga haqlidir (masalan, 1980-yil uchun boshqaruv qarori mavjud bo‘lganda, 1981-1982-yillar uchun mehnatda ishtirok etishning minimum fakti belgilanadi).
Sudlarga tushuntirilsinki, bunday fakt muayyan davr uchun jamoa xo‘jaligi bir a’zosining mehnatda ishtirok etishning minimumi ko‘rsatilgan mehnat daftarchasi asosida boshqasining mehnat daftarchasida esa bunday ma’lumotlar ko‘rsatilmagan hollarda ham tasdiqlanishi mumkin.
13. Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimning mehnat faoliyati davrini ish stajiga qo‘shmaslik haqidagi nizolarni hal qilishda sudlar ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan ijodiy uyushmalar a’zolariga 1991-yil 1-yanvargacha ish staji, agar ana shu muallifning asari birinchi marta e’lon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan e’tiboran, 1991-yil 1-yanvardan boshlab esa ular faqat Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanganidan kelib chiqish lozim.
14. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan, yakka (guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon, fermer xo‘jaliklaridagi faoliyat davrini pensiya olishga huquq beruvchi ish stajiga qo‘shish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash tartibini, shuningdek, ularning pensiyasini hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori talablaridan kelib chiqishi lozim.
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sug‘urta badallari to‘lovchilari:
yakka tadbirkorlar;
yakka tadbirkorlar tomonidan yollangan shaxslar;
oilaviy tadbirkorlik subyektining oila a’zolari;
dehqon va fermer xo‘jaliklari a’zolari;
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band bo‘lgan;
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik mahsulotlari) yetishtirish bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Bunday shaxslarning mehnat daftarchalariga 2001-yilga qadar yozuvlar Pensiya jamg‘armasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida, 2001-yildan keyin esa soliq organlarining sug‘urta badallari to‘langanligi haqidagi ma’lumotlari asosida kiritilgan. Bunday hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mehnat staji Pensiya jamg‘armasida saqlanadigan shaxsiy hisobga olish varaqasi asosida, shuningdek, tadbirkorning Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarini hisobga olish kitobida belgilanishi lozim.
Shundan kelib chiqqan holda, sudlar shunga e’tibor qaratishi lozimki, ushbu hujjatlardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud emasligi talab qilinayotgan mehnat faoliyati davrini tasdiqlash uchun asos bo‘la olmaydi, chunki qonun hujjatlarida sug‘urta badallari to‘langanlik faktini guvohlar ko‘rgazmalariga asosan tasdiqlash tartibi nazarda tutilmagan.
15. 1992-yil 13-martdagi “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat ishtirokchilarining fuqarolarini pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari kafolatlari to‘g‘risidagi Kelishuv” 6-moddasining 2-bandiga muvofiq mazkur Kelishuv kuchga kirgunga qadar fuqaroning barcha davlat ishtirokchilarining hududidagi ish davri Qonunning 37-moddasi talablarini qo‘llamagan holda ish stajiga qo‘shiladi.
Chet elda yollangan holda ishlagan davrni ish stajiga qo‘shmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek, ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablarini qo‘llashlari talab etiladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi yoki fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy Byurolardan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan chet elda yollangan holda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs hisoblanadi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 13-moddasiga asosan, ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish hamda davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari hisoblanadi. Soliq agentlariga sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek, ularning hisoblab chiqarish to‘g‘riligi uchun javobgarlik ham yuklatilgan.
Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq ish beruvchilarning muayyan toifalari, xususan, xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari (elchixona yoki missiyalar), konsullik muassasalariga (bosh konsullik, konsullik, vitse-konsullik yoki konsullik agentligi) yoki O‘zbekiston Respublikasidagi xalqaro (hukumatlararo) tashkilotlarga Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va ushlab qolish bo‘yicha majburiyatlar yuklatilmagan.
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonun hujjatlariga muvofiq, sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati yuklatilmagan ish beruvchilarda ishlagan ish davrining ish stajiga qo‘shilmaganligi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 311-moddasining sakkizinchi qismi talablaridan kelib chiqishi talab etiladi, unga ko‘ra, qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar sug‘urta badallarini jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sug‘urta badallarini to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda to‘laydi.
17. Bola uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqtini ish stajiga qo‘shmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilish vaqtida, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi 35-bandining “j” kichik bandi, 66-bandi talablaridan kelib chiqishi lozim bo‘ladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan Nizomga asosan, bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish (shu jumladan, puli to‘lanadigan ta’tilda bo‘lish) davri yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qo‘shilmaydi.
18. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Qonunning 9 — 14-moddalari qoidalariga muvofiq xodimlarning alohida toifalariga yoshga doir pensiya yoshi kam bo‘lgan, tegishli hollarda esa ish staji kam bo‘lgan holda ham Qonunning 7-moddasida belgilangan tartibga muvofiq tayinlanadi.
Umumiy belgilangan yoshga yetgunga qadar yoshga doir pensiya tayinlashning shartlaridan biri bo‘lib, muddatidan ilgari yoshga doir pensiya belgilash uchun asos bo‘ladigan qonun bilan belgilangan davriylikdagi ish stajining mavjudligi hisoblanadi.
Xususan, Qonunga muvofiq imtiyozli asoslarda pensiyalar yoshidan qat’i nazar muayyan shaxslarga pensiya yoshi (10 yil, 5 yil va 1 yilga) qisqartirilgan holda, liliputlar va pakanalarga, shuningdek, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxona, muassasa, tashkilotning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga tegishli ish stajiga ega bo‘lgan hollarda, pensiya yoshi 2 yilga qisqartirilgan holda, muddatidan ilgari tayinlanishi mumkin.
19. Imtiyozli ravishda pensiya olish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlarga asosan fuqarolarning alohida toifalari egadir.
Sudlar Pensiya jamg‘armasining imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etishi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda, yoshidan qat’i nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning Ro‘yxatlariga asoslanishi lozim bo‘ladi.
20. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi dalillar mavjud bo‘lmaganligi sababli mehnat davrining umumiy pensiya yoshini qisqartirgan holda imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi ish stajiga qo‘shilmaganligi bilan bog‘liq nizolarni hal qilish vaqtida, sudlar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi davriyligi qonun hujjatlarida belgilanadigan, biroq besh yilda kamida bir marta ish beruvchi tomonidan o‘tkazilishidan kelib chiqishi lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 211-moddasiga muvofiq ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik aynan ish beruvchiga yuklatilgan.
Shundan kelib chiqqan holda, sudlar zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilash haqidagi ishlarni ko‘rish vaqtida, ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilmaganligi xodimning aybi emasligini inobatga olgan holda, buzilgan huquqni tiklash uchun barcha lozim bo‘lgan choralarni ko‘rib, shu jumladan, boshqa davrlar uchun mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarining attestatsiyasi o‘tkazilganligini tekshirish va uning natijasidan kelib chiqishi lozim.
Shuni nazarda tutish lozimki, Fuqarolik protsessual kodeksining 74-moddasiga ko‘ra, guvohlar ko‘rsatmalari ishning xarakterini belgilovchi xususiyatlarini (muayyan sharoitdagi ishlar) tasdiqlovchi va muddatidan ilgari yoshga doir pensiya tayinlanishiga ta’sir qiladigan tegishli dalil bo‘la olmaydi. Bu holatlar Fuqarolik protsessual kodeksining 71-moddasida ko‘rsatilgan o‘zga dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin (masalan, buyruqlar, hisob-kitoblar, naryadlar, mansab vazifalari va h.k.).
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 28 va 29-moddalariga asosan, mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar yuzasidan sudda ekspert sifatida ish yuritishga haqlidir. Shuning uchun zarurat tug‘ilgan paytda, bunday shaxslar sudda ishtirok etishi yoki ulardan ko‘rilayotgan ish bo‘yicha xulosa olish masalasini hal qilish lozim.
21. Pensiya jamg‘armasi tomonidan, fuqaroning fikriga ko‘ra, muddatidan ilgari pensiya tayinlash huquqini beradigan stajga qo‘shilishi lozim bo‘lgan davrni bunday stajga qo‘shish rad etilgan hollarda, nazarda tutmoq lozimki, da’vogar tomonidan bajarilayotgan ishlarning, u egallab turgan lavozimning, mavjud kasbning muddatidan ilgari pensiya tayinlash huquqini beradigan ishlar, lavozimlar, kasblarga o‘xshashligi masalasi sud majlisida aniqlangan har bir ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda (da’vogar tomonidan bajarilayotgan ishlarning xarakteri va o‘ziga xosligi, amalga oshirish sharoitlari, egallab turgan lavozimi bo‘yicha yoki mavjud kasb bo‘yicha u tomondan bajarilayotgan funksional vazifalar, shuningdek, u ishlagan korxona, muassasa, tashkilotlar faoliyatining yo‘nalishlari va hokazo) aniqlanadi. Shu bilan birga, turli xil nomlanadigan ishlar, kasblar, lavozimlarning o‘xshashligini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shundan kelib chiqib, zarur bo‘lgan hollarda sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillarni ishtiroki yoki ularning xulosasini olish masalasini hal etish lozim.
22. Imtiyozli stajni hisoblashda:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda yoshidan qat’i nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning Ro‘yxatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 12-martda 2337-son bilan ro‘yxatga olingan “Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda yoshidan qat’i nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning ro‘yxatlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlar asosida pensiya olish huquqini beruvchi ishlab chiqarish, korxona, ishlar, kasblar, mansablar va ko‘rsatkichlarning 1, 2, 3-sonli Ro‘yxatlaridan chiqarilgan kasblar Pensiya jamg‘armasi bo‘limining yoshga doir imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etish, xuddi shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa imtiyozlarni chiqarish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish va hal qilishda Fuqarolik kodeksi 4-moddasining uchinchi qismi talablariga rioya etish zarur. Ushbu Qonun normasiga ko‘ra, fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va majburiyatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
23. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasi va Qonunning 42-moddasiga binoan, mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. Ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida to‘liq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar, tumanlar (shaharlar)ning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan ish stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida ko‘rsatib o‘tilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari ish stajiga, shuningdek, hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga kiritiladi.
Mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmagan hollarda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur bo‘lgan ma’lumotlar kiritilmagan yoki ish davri haqidagi xato va noaniq yozuvlar mavjud bo‘lganda, Pensiya jamg‘armasi ish stajini (band bo‘lgan shaxsning ish stajidan tashqari) tasdiqlash uchun ma’lumotnomalar, buyruqdan ko‘chirmalar, shaxsiy hisob varaqasi va ish haqini berish haqidagi vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlari), idoraviy arxiv ma’lumotnomalari va ish davri haqida ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa hujjatlarni qabul qilishi lozim.
Bunda tashkilot, korxona, muassasa yoki arxiv rahbari, shuningdek, ma’lumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan imzolangan va korxona, muassasa, tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnomada ishga qabul qilish, ish (mansab) bo‘yicha o‘zgartirish va asosini ko‘rsatgan holda mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, mehnat daftarchasidagi yozuvlar bilan tasdiqlanadigan va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan mehnat faoliyati davrlarini ish stajiga qo‘shilmagan hollarda sud mehnat faoliyati davrini belgilashga haqli emas, chunki bunday fakt mehnat daftarchasidagi yozuvlar bilan tasdiqlanadi.
Mehnat faoliyati davri faktini boshqa tartibda tasdiqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirdagina sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
24. Fuqarolik protsessual kodeksi 295-moddasi ikkinchi qismining 6-bandiga muvofiq, sud shaxsning huquqni vujudga keltiruvchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga a’zolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati aktlarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalardan tashqari) ko‘rsatilgan ismi, otasining ismi va familiyasi uning pasportidagi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasidagi ismi, otasining ismi va familiyasi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoki tegishli emasligi faktini belgilaydi.
Shunga ko‘ra, sudlar ish stajini tasdiqlovchi hujjatni tegishliligi faktini belgilashda ushbu faktni sudsiz tartibda tasdiqlash imkoni mavjud bo‘lmagan hollardagina tasdiqlash mumkinligiga e’tibor qaratishi lozim.
25. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechiktirmay korxona, muassasa, tashkilot yoki ariza beruvchiga rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda barcha taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan fuqaro (ota-ona, qonuniy vakil)ga qaytarishi shart.
Qonunning 48-moddasiga muvofiq pensiya tayinlashni rad etish haqidagi qarorga nisbatan sudga shikoyat berilishi mumkin.
Pensiya tayinlashni rad etish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirishda, sud Pensiya jamg‘armasining qarorida ko‘rsatilgan asoslarni Qonun normalaridan kelib chiqqan holda, har tomonlama sinchkovlik bilan tekshirishi lozim bo‘ladi.
26. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 65-moddasiga asosan pensiyadan chegirmalar:
a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
b) Pensiya jamg‘armasining qaroriga binoan pensionerga — uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.
Fuqarolik qonun hujjatlari va mehnatga oid qonun hujjatlarida hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato tushunchalari yoritib bermaganligidan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasining pensiyadan chegirmalar qilish haqidagi qaroriga nisbatan berilgan shikoyatlarni ko‘rishda, bu masala sud tomonidan hal etilishi lozim.
Hisob bilan bog‘liq arifmetik, matematik harakatlarni (ko‘paytirish, qo‘shish, ayirish, bo‘lish) amalga oshirganda yo‘l qo‘yilgan noto‘g‘riliklar hisoblashdagi xato deb topilishi lozim.
Boshqa texnik xato deganda, dasturiy ta’minotga ma’lumotlarni kiritishda yo‘l qo‘yilgan xato, shuningdek, dasturiy ta’minotning buzilishi oqibatida vujudga kelgan xatoni tushunish lozim.
Huquq normalarini noto‘g‘ri qo‘llash, hisob-kitobni amalga oshirishda tegishli bo‘lmagan (daxldor bo‘lmagan) dastlabki ma’lumotlardan foydalanish hisoblashdagi xato hisoblanmaydi.
Pensionerning qonunga zid, pensiyaning ortiqcha summalarini olishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlari pensioner tomonidan qilingan suiiste’mollik deb baholanishi lozim.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, jinoyat sodir qilinganligi natijasida pensiyaning ortiqcha to‘lanish holatlari vujudga kelganida ortiqcha to‘langan summa davlatga yetkazilgan zarar sifatida aybdor deb topilgan shaxsdan undirilishi lozim.
Bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, sudlar pensionerning pensiyasidan chegirma qilish haqidagi qarorning asosliligini har tomonlama tekshirishi lozim.
27. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1030-moddasiga muvofiq fuqaro tomonidan vijdonsizlik qilinmaganligi va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganligi aniqlansa, unga berilgan pensiyalar, nafaqalar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarilmaydi.
28. Sudlarga tushuntirilsinki, pensiyadan chegirmalarning miqdori ushlab qolishning asoslariga bog‘liq. Komissiya qarori asosida chegirmalar quyidagi miqdorda amalga oshiriladi:
hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida — 10 foiz;
qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida, pensiya va nafaqalar to‘langan vaqtda ishga joylashganligini yashirish — 30 foiz;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ikki barobaridan kam miqdorda pensiya yoki nafaqa oluvchi shaxslar bo‘yicha — 5 foiz;
Sudning qarori yoki boshqa ijro hujjatiga asosan undiriladigan chegirma miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya miqdorining 50 foizidan oshmasligi lozim. Pensioner yoki nafaqa oluvchi qarzdorlikni o‘rnini qoplash uchun uning yozma arizasiga muvofiq pensiya va nafaqalar summalarini ko‘proq miqdorda, shu jumladan, to‘liq miqdorda yo‘naltirish huquqiga ega. Pensioner yoki nafaqa oluvchining yozma arizasida u tomonidan belgilangan foiz tarzidagi miqdor yoki qat’iy summa ko‘rsatiladi.
Shunga ko‘ra, sudlar pensiyadan ushlab qolish haqidagi da’volarni qanoatlantirishda oylik ushlab qolish miqdorini belgilashi lozim.
29. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ortiqcha to‘langan pensiya miqdorini undirish haqidagi talablarga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasida belgilangan umumiy uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi.
Shuni nazarda tutish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 153-moddasiga ko‘ra, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qarori chiqarilguniga qadar bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi.
30. Sudlarning e’tibori hal qiluv qarorining xulosa qismi uni ijro etish vaqtida savollar keltirib chiqarmasligi uchun aniq va tushunarli qilib bayon etilishi lozimligiga qaratilsin. Shu maqsadda da’vogarning talabi qanoatlantirilgan hal qiluv qarorining xulosa qismida xususan qanday talablar qanoatlantirilganligi, da’vogarning buzilgan huquqlarini tiklash uchun javobgar zimmasiga qanday majburiyat yuklatilayotganligi (masalan, da’vogarning muayyan ish davrini muddatidan ilgari yoshga doir pensiya belgilash huquqini beradigan maxsus ish stajiga qo‘shish majburiyatini yuklash, javobgardan to‘lanmagan pensiya summasini undirish), shuningdek, sud, agar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlashni asossiz ravishda rad etganligi haqida xulosaga kelganda javobgar zimmasiga qaysi vaqtdan pensiya tayinlashga majburligi ko‘rsatilishi lozim.
Nazarda tutish lozimki, agar da’vogar qonunda belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasiga pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan bo‘lib, unga asossiz rad berilgan bo‘lsa, sud budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga da’vogar Pensiya jamg‘armasiga ariza bilan murojaat qilgan kundan boshlab pensiya tayinlash majburiyatini yuklashi mumkin.
31. Sudlar ishlarni ko‘rishda fuqarolarning pensiya va nafaqa olish huquqlarining buzilishi, shuningdek pensiya va nafaqa tayinlash uchun zarur bo‘lgan noto‘g‘ri arxiv va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish fakti aniqlangan har bir holatga xususiy ajrim chiqarish bilan (FPK 275-moddasi) munosabat bildirishi shart.
32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari muntazam ravishda fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini o‘rganib borish orqali yo‘l qo‘yilgan xatolarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini va qonun normalarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlasin.
33. Mazkur Qaror qabul qilinishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qarori 2-bandining to‘qqizinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 80 | 41,246 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARINING KAPITALLAShISh DARAJASINI OShIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Bank tizimining barqaror rivojlanishini, tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni, ularning investitsiya va iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida:
1. Belgilansinki, 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab 2010-yilning 1-yanvarigacha:
yuridik shaxslarning tijorat banklari aksiyalari bo‘yicha dividend sifatida olingan daromadlari soliq solishdan ozod qilinadi;
foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliqqa tortish bazasi birlamchi va qo‘shimcha ravishda chiqarilgan tijorat banklari aksiyalarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga teng miqdorda kamaytiriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar tijorat banklarining 2007-yil 1-yanvardan boshlab sotib olingan aksiyalariga, shuningdek 2009-yilning 31-dekabriga qadar to‘lanadigan aksiyalar bo‘yicha dividendlarga nisbatan qo‘llaniladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2007-yilning 1-yanvariga qadar tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular bo‘yicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Tijorat banklariga aholining bo‘sh mablag‘larini, tadbirkorlik subyektlarini, institutsional investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni tijorat banklarining aksiyadorlik kapitaliga jalb etish borasidagi faoliyatni kuchaytirish tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirlik va idoralarning idoraviy normativ hujjatlari mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin. | 103 | 1,982 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda,№ 3, 204-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 1863-modda:
nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) 2511-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “Giyohvandlik vositalari” degan so‘zlar “Dori preparatlari, giyohvandlik vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) sakkizinchi bo‘limdagi “Giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ko‘p miqdor” degan atama quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ko‘p miqdor — tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591,592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 171-modda:
beshinchi qismining ruscha matnidagi “v obstoyatelstvax krayney neobxodimosti” degan so‘zlar “v sostoyanii krayney neobxodimosti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma’muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi”;
2) 47-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan uch baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 1285-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish”;
uchinchi qismidagi “yigirma” degan so‘z “yigirma besh” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 1651-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, –
mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar mavjud bo‘lmagan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) quyidagi mazmundagi 1975-modda bilan to‘ldirilsin:
Ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 245-moddaning birinchi qismi “1974” raqamidan keyin “1975” raqami bilan to‘ldirilsin;
7) 283-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 1975-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda (ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish), ta’lim muassasasining pedagog xodimi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega”;
8) 305-moddaning ikkinchi qismidagi “164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 201, 202, 203, 204, 205-moddalarida” degan so‘zlar “47-moddasida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1975, 201, 202, 203, 204, 205-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ-370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda) 30-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
uchinchi qism chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi qismlar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 415-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-399-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 1-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 6-moddaning birinchi qismi:
o‘n uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatini, Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi”;
quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“o‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diruvchi infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani yetkazib berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasini shakllantiradi”;
o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilari tegishincha o‘n beshinchi, o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga:
Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida;
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatida;
Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatida;
Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatida;
Asosiy dori vositalari ro‘yxatida;
O‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ro‘yxatida;
Tibbiy buyumlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan axborot joylashtiriladi”;
3) 24-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar importi, o‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda hamda ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika importi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkin”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda; 2020-yil, № 3, 203-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning matnidagi “maxsus vakolatli organ” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 16-moddaning matnidagi “maxsus vakolatli organ” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 1-modda) quyidagi mazmundagi 28-modda bilan to‘ldirilsin:
Jamiyat obligatsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarishga va joylashtirishga haqli”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-76-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 1, 2-modda; 2008-yil, № 12, 634-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 14-moddasining to‘rtinchi qismidagi “jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish tartibi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan O‘RQ-387-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning o‘n oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar”;
2) 5-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qarorda garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlash nazarda tutilsa, bunday qarorda ta’minot bergan shaxs to‘g‘risidagi va ta’minot shartlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak. Bunda obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risidagi bunday qaror ta’minot beruvchi shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak”;
3) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar korporativ obligatsiyalar summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart;
so‘nggi bir yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan emitentlar tomonidan;
obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi mavjud bo‘lganda;
investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sanadagi o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar infratuzilma obligatsiyalari summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart;
obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi mavjud bo‘lganda;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa, chiqariladi.
Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek davlat korxonalari tomonidan infratuzilma obligatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.
Korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarishning qo‘shimcha shartlari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-aprelda qabul qilingan “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-280-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 96-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 11-moddaning beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 12-moddaning beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 3-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari uch nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini), aka-ukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektining ishtirokchisi sifatida jalb etishga haqli”;
2) 8-moddaning ikkinchi qismi:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oilaviy korxona boshlig‘ini saylash (tayinlash) va ozod qilish”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“oilaviy korxona ishtirokchilari tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish va hal qilish”;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 25-sentabrda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-376-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 8-modda) 21-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
o‘n birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushadigan loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshiriladi”;
o‘n ikkinchi qismdagi “jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish tartibi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
13-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 1-moddasi va 2-moddasining 4-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi. | 102 | 23,719 |
Qonunchilik | Yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq hamda yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va samarali nazorat qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer qa’rini muhofaza qilishning yagona qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
oldin berilgan kon ajratish dalolatnomalarini 2018-yil 31-dekabrga qadar tanqidiy ko‘rib chiqsin va zarurat bo‘lganda konga ishlov berish hamda foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun yangi kon ajratish dalolatnomasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq bersin;
yer osti boyliklarini muhofaza qilish va yer qa’ridan foydalanuvchilarning kon-geologiya ishlari sohasidagi faoliyati nazorat qilinishini kuchaytirsin;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda yer qa’ridan foydalanuvchilar o‘rtasida ushbu qarorning mazmun va mohiyati bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni, shu jumladan, yuzaga kelgan texnik-iqtisodiy konyuktura sharoitida qazib olish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen mineral hosilalarni, ruda bor joylarni va mayda sochma uchastkalarni qazib olish uchun kon ishining yagona tartibini belgilaydi.
2. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi deb ruxsatnomaga muvofiq va yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga ko‘ra cheklangan yer qa’rining geometriklashtirilgan uchastkasiga aytiladi.
3. Qazib olish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ruxsatnomaga muvofiq yer qa’ridan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan kon ajratish dalolatnomasi asosida beriladi.
Kon ajratish dalolatnomasi shakli ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
4. Ushbu Nizom mulkchilik shakllaridan qat’i nazar foydali qazilmalarni, shu jumladan, texnogen hosilalarni qazib oluvchi korxonalarni loyihalashtiruvchi, quruvchi, rekonstruksiya qiluvchi, kengaytiruvchi yer qa’ridan barcha foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
5. Foydali qazilmalar konini yoki uning bir qismini ruxsatnomasiz va kon ajratmasi ajratish dalolatnomasisiz yoki uning chegarasidan tashqarida qazib olish taqiqlanadi va ishlab chiqarish xarajatlari qoplanmagan holda belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
6. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi yer osti uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma asosida kon ajratish dalolatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan (olgan) O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilishi mumkin.
7. Foydali qazilmalar konini yoki uning bir qismini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi asosiy zaxiralar va u bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar va ularning tarkibidagi komponentlar zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda DZK deb ataladi) tomonidan tasdiqlanishi va kon belgilangan tartibda sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun berilishi, shuningdek, ruxsatnoma va yer qa’rini muhofaza qilish hamda ishlarni bexatar olib borish qoidalari va normalari talablari hisobga olingan holda bajarilgan foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishning tasdiqlangan loyihasi mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi.
8. Tajriba-sanoat ko‘lamida foydali qazilmalarni kavlab olish kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi bermasdan (neft va gaz konlari bundan mustasno) ruxsatnoma yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish muddatiga, biroq 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilgan ruxsatnoma va belgilangan tartibda tasdiqlangan va konchilik munosabatlarini tartibga solish sohasida mahsus vakolatli organlar bilan kelishilgan loyiha asosida beriladi. Tajriba ishlari tugagandan so‘ng, sanoat ko‘lamida qazib olish uchun ushbu foydalanuvchi Nizomda belgilangan tartibga muvofiq kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirishi kerak.
9. Neft va gazni tajriba-sanoat yo‘li bilan qazib olish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladigan ruxsatnoma va Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan beriladigan va belgilangan tartibda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan holda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
10. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihalari va tajriba-texnik foydalanishning texnologik sxemalari operativ tasdiqlangan zahiralarga tuzilishi mumkin. Konlarni tajriba-sanoat yo‘li bilan foydalanish uchun ishga tushirish qazib olishning ushbu bosqichiga qo‘yiladigan talablarga rioya qilingan taqdirda mumkin bo‘ladi. Shoshilinch kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish tartibi va talablari muddatsiz kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish bilan ayni bir xildir.
11. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va kengaytirilayotgan korxonalar uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ushbu korxonalar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi yoki kengaytirilishi boshlanishidan oldin rasmiylashtiriladi.
12. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi va foydali qazilmalar konlarini ishlatuvchi korxonalarni qurish uchun yer uchastkasiga kon ajratmasi dalolatnomasi berilgandan keyin mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarori talab etilmaydi.
Kon ajratmasi dalolatnomasi yer uchastkasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Uran va uglevodorod konlari bo‘yicha kon ajratmasi dalolatnomasi berilganda, konga huquqi bo‘lgan shaxs tomonidan yer uchastkasining chegaralari tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr organlari bilan kelishiladi.
13. Yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan unga berilgan kon ajratmasini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish taqiqlanadi.
Korxonaning nomi o‘zgargan taqdirda, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejasi nusxasidagi yozuv qayta rasmiylashtiriladi va uni o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
14. Korxonalar, binolar, inshootlar, aholi punktlari, shaharsozlik faoliyatini tartibga soluvchi umumdavlat va mahalliy ahamiyatga ega obyektlar va alohida qo‘riqlanuvchi hududlar (kurortlar, o‘rmonzor bog‘lar, qo‘riqxonalar, suv ta’minoti manbalari va boshqalar), daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va san’at yodgorliklari, qimmatli qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, chegara zonalari, aerodromlar, maxsus vazifali poligonlar, ajratib olingan zonalar, mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan joy hududi ostidagi foydali qazilma konlarini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi mahalliy davlat hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kon ishlari uchun beriladigan hududda joylashgan yer uchastkasidan doimiy va vaqtincha foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi.
15. Maxsus vazifali yerlar doirasida kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Yer uchastkasidan foydalanish (egalik qilish) huquqining mavjudligi ushbu uchastkada joylashgan foydali qazilmalarni qazib olish huquqini bermaydi, ushbu bo‘limning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
17. Foydali qazilmalarni kavlab olish bo‘yicha korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashga faqat kon ajratilishini tasdiqlovchi dalolatnoma, shuningdek, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi va ular olib qo‘yilganda to‘xtatiladi.
18. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ularga berilgan yer uchastkalari doirasida yer qa’ridan keng tarqalgan foydali qazilmalarni, yer osti suvlarini xo‘jalik va maishiy ehtiyojlar uchun qazish maqsadida ruxsatnoma va kon ajratish dalolatnomasi olmasdan quyidagi shartlarga rioya qilish sharti bilan foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar:
keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olish ochiq usulda, bir o‘yiqning balandligi ikki metrdan ortiq bo‘lmagan va Inspeksiya bilan kelishgan holda amalga oshirilishi kerak;
ishlar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda olib borilishi kerak;
unumdor qatlamni olib tashlash va saqlash, shuningdek, buzilgan erni keyinchalik qayta tiklash masalasi hal etilishi kerak;
kon ishlari boshlanishidan 10 kun oldin Inspeksiya va mahalliy hokimiyat organlari xabardor qilinishi kerak;
qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmalar va yer osti suvlaridan yer uchastkasi egasi (foydalanuvchi) ning xo‘jalik yoki maishiy ehtiyojlari uchungina foydalanilishi kerak.
Foyda olish maqsadida qazib olingan foydali qazilmalarni boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarga sotish yoki berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
19. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi yer osti boyliklaridan foydalanuvchiga konni sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun berish-qabul qilib olish dalolatnomasi bo‘yicha sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun beriladigan tasdiqlangan zaxiralar joylashgan butun maydonga va uning chuqurligiga beriladi.
Ushbu talab foydali qazilmalarning birgalikda joylashgan bir necha turlaridan iborat bo‘lgan kompleks konlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
20. Yirik konlarni ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi mustasno xollarda ushbu konning muayyan uchastkasidan foydalanish huquqiga ruxsatnomasi bo‘lgan ikki yoki bir necha yer qa’ridan foydalanuvchilarga berilishi mumkin.
21. Bir maydonda joylashgan har xil turdagi foydali qazilma konlarini ishlatish zarurati tug‘ilganda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi har bir konni ishlatish uchun alohida beriladi. Ushbu holda, shuningdek, yirik foydali qazilma konlari bir necha yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qazilganda konni yoki uning qismlarini qazish izchilligi hamda kon ishlari o‘zaro aloqadorligi yer qa’ridan topilgan zaxiralarning eng to‘liq, kompleks va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qazib olinishini, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ishlarni bexatar olib borish talablari bajarilishini ta’minlashi kerak.
Bir maydondagi neft va gaz gorizontlari ikkita yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olingan xollarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ikkita mustaqil kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi rasmiylashtirilishi zarur.
22. Qattiq foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari DZK tomonidan tasdiqlangan zaxiralar yoki ularning qismlari konturlari bilan belgilanadi, tog‘ jinslari siljishi yoki karyer yon devorlari kengayishi zonalari hisobga olingan holda loyihalashtirish uchun DZK tomonidan ruxsat berilgan hajmlardagi S toifasi ham shu jumlaga kiradi.
Neft va gaz konlari bo‘yicha kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari har bir kon uchun DZK tomonidan tasdiqlangan A+V+S1 toifalar zaxiralarining konturi bo‘yicha alohida, har qaysi zaxira uchun belgilanadi. Qidirish tugallangan, 1 mln. tonnagacha neft va 3 mlrd kub metrgacha gaz zaxiralari qazib olinayotgan konlar uchun kon ajratmalari chegaralari DZK tomonidan qabul qilingan A+V+S1 va S2 toifalar zaxiralari konturlari bo‘yicha belgilanishi mumkin.
Qazishda konturdan tashqari suv bilan to‘ldirishni qo‘llash nazarda tutilgan konlar uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari konturdan tashqari haydaydigan quduqlar joylashuvi perimetri bo‘yicha belgilanadi.
Kon uchastkalarini, ma’dan tanalarini mustaqil qazib olish uchun yaroqsiz bo‘lgan tog‘ jinslari va qatlamlarni ajratilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi tashqarisida qoldirish taqiqlanadi.
23. Ishlab turgan korxonaga ajratilgan kon chegarasidan tashqarida joylashgan kon uchastkalarini qazib olish uchun jalb etish maqsadida kesib olish ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda yangi kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi sifatida rasmiylashtiriladi.
24. Tog‘ jinslari qatlami va ruda jismlardan iborat ko‘mir konlari uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi barcha qatlamlar va ruda jismlari bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Agar ushbu zaxiralarni o‘yish qolgan qatlamlar va ruda jismlariga, zaxiralariga zararli ta’sir ko‘rsatmasa yoki ularning keyinchalik qazib olinishini qiyinlashtirmasa va yer qa’ridagi mineral xomashyoning qo‘shimcha ravishda kamayishiga olib kelmasa, alohida qatlamlar va ruda jinslari, zaxiralari bo‘yicha kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga, istisno tariqasida, yo‘l qo‘yiladi.
25. Yer ostini gazlashtirish usuli bilan qaziladigan ko‘mir konlari chegarasida ko‘mir qazib olish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga, ochiq yoki yopiq usul bilan qaziladigan ko‘mir koni chegarasida yer ostini gazlashtirish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga faqat maxsus loyihalar bo‘yicha va yer ostini gazlashtirish hududida kon ishlarining xavfsizligi to‘g‘risida va gazlashtirishning qo‘shni foydali qazilma konlariga zararli ta’siri yo‘qligi haqida ekspert xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
26. Foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi muddati cheklanmagan va cheklangan muddatli bo‘lishi mumkin.
Foydalanish muddati cheklangan hollarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatga, neft va gaz konlari uchun esa — 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Zarurat bo‘lganda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining amal qilish muddatini uzaytirishda faqat kon ajratish dalolatnomasi va topografiya rejalaridagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi.
27. Foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihalari, qoidaga ko‘ra, Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarida va Inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. Kon ajratmalari loyihalarining foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarning loyiha-konstruktorlik byurolari tomonidan ishlab chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishni loyihalashtirishda (kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi texnik loyiha tarkibida ishlab chiqilgan taqdirda) loyihalash tashkiloti asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, o‘lchamlarni, chegaralarni va bo‘lajak kon va yer ajratishning boshqa asosiy parametrlarini, shuningdek, foydali qazilmalar zaxiralaridan oqilona foydalanishni, atrof tabiiy muhit, xodimlar va aholi, binolar va inshootlarning kon qazilishi bilan bog‘liq kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilinishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni belgilaydi.
28. Foydali qazilma konini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi tushuntirish xatidan va chizma materiallardan iborat bo‘lishi kerak.
29. Tushuntirish xatida so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasidan ko‘zda tutilgan maqsad ko‘rsatiladi hamda uni olish zarurligi asoslanadi, shuningdek, quyidagi ma’lumotlar bayon qilinadi:
foydali qazilmalarni qazuvchi korxonani loyihalashtiruvchi, loyihani kelishgan va tasdiqlagan tashkilotning nomi, shuningdek, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasini tayyorlagan tashkilotning nomi;
so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi hududi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar (geografik va ma’muriy holati, maydonning kattaligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘rmonzorlar tavsifi, obodonligi, foydalanilishi va boshqalar);
konning qisqacha geologik tavsifi (qatlamlar, ruda jismlari, tog‘ jinslari va boshqalarning o‘lchami va elementlari), konni qazishning kon-geologiya va gidrogeologiya shart-sharoitlari, yondosh kon ajratmalari to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
konning qidirilganligi, asosiy foydali qazilmalar va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar zaxiralarining qidirilgan va tasdiqlangan, operativ hisobga olingan miqdori, sifati, toifaliligi va ashyoviy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ochiq usulda qazishda esa — shuningdek, foydali qazilma ustida joylashgan jinslar haqidagi ma’lumotlar;
kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarini asoslash;
qazish chog‘ida va keyinchalik ishlov berishda mineral xomashyodan kompleks foydalanish chora-tadbirlari.
30. Chizma materiallar yer ajratishning loyiha chegaralarida yuzaning topografik (gipsometrik) rejasi nusxasidan va amaldagi yo‘riqnomalar va metodik ko‘rsatmalar talablariga muvofiq tuzilgan geologik (tarkibiy) xaritalar va qirqimlar nusxalaridan iborat bo‘lishi kerak.
Yuzaning topografik rejasi nusxasida yuza relyefi va tayanch geodeziya tarmog‘i punktlari, foydali qazilmalar qatlamlarining yer yuzasiga yoki cho‘kindi qatlamlarga chiqishi, mavjud kon inshootlari (shaxtalar, shtolenlar, shurflar va boshqalar)ning og‘zi, qidirish maqsadida qazilgan quduqlar va boshqa quduqlar; o‘rmonzorlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarining konturlari, kon maydonidagi yerdan foydalanish va aholi punktlari loyihaviy va mavjud chegaralari va yaqinidagi inshootlar, binolar, ularning qavatlari, qo‘shni va so‘ralayotgan yer ajratish chegaralari, burchak nuqtalar va kon ishlarini bexatar olib borish chegaralari belgilangan holda yer ajratish ko‘rsatilishi kerak.
Topografik rejaning bo‘sh qismida gorizontal yassilikda yer ajratmasi proyeksiyasi maydoni (gektarlarda), reja va usti ochiq kon bo‘yicha grafik bilan belgilanadigan so‘ralayotgan yer ajratmasi burchak nuqtalarining X, U, Z koordinatlari kattaligi, reja to‘ldirilgan sana ko‘rsatiladi.
Rejaning yuqorigi o‘ng tomonida topografik nusxa yozuvlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunadagi burchaklik shtamp qo‘yiladi.
Topografiya rejasi nusxasi masshtabi tasvirlanayotgan uchastka o‘lchamiga, foydali qazilmalar qazish bo‘yicha yuridik yoki jismoniy shaxslarning xususiyati va vazifasiga bog‘liq holda qabul qilinadi, biroq u 1:5000 masshtabdan kam bo‘lmasligi kerak.
Kattaroq maydonga ega bo‘lgan kon ajratmalari uchun topografiya rejasi nusxasini 1:5000 dan 1:25000 gacha bo‘lgan masshtabda taqdim etishga ruxsat beriladi.
Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan topografiya rejasi nusxalaridan biri polotno kalkada, lavsanda yoki ularda muhr uzoq vaqt yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan boshqa materiallarda tayyorlanishi kerak.
Geologiya xaritasi va usti ochiq konlar nusxalarida konning va unga tutashib ketgan hududning geologik tuzilishi, foydali qazilmalar qatlamlari konturlari, ularning yer yuzasiga va cho‘kindi qatlamlarga chiqishi, tektonik buzilishlar, o‘pirilishlar joyi va uchastkalarning foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan boshqa joylari; konning va unga yaqin hududning gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlari; foydali qazilmalar zaxiralarining tasdiqlangan va operativ hisobga olingan zaxiralari hisob-kitobi konturlari, so‘ralayotgan yer ajratishning maydoni va chuqurligi bo‘yicha konturlari ko‘rsatilishi kerak.
31. Ko‘mir konini qazish uchun yer ajratish loyihasida, shuningdek, ularga yer ajratish loyiha konturi chizilgan holda 1:5000 masshtabida razvedka qilingan barcha qatlamlarning gipsometrik rejalari taqdim etilishi kerak.
Ikki yoki undan ko‘p qatlamlardan iborat bo‘lgan ko‘mir konini qazish uchun ajratilgan yer konturining topografiya rejasida siljish burchaklari hisobga olingan holda proyeksiyalar bo‘yicha chekka burchak nuqtalari belgilanadi.
32. Neft va gaz konlarini qazish uchun kon ajratmalari olishda geologiya xaritasi o‘rniga har bir sanoat neft yoki gaz gorizonti bo‘yicha kamida 1:50 000 macshtabli A+V+S va S toifalar zaxiralari chegarali ko‘rsatilgan holda tarkibiy xaritalar, shuningdek, unumdor tog‘ jinslari tizmasi va gorizontlar joylashgan joy chuqurligi ko‘rsatiladigan tarkibiy xarita bilan bog‘liq bo‘lgan geologik profillar (uzunasi va bir-biri bilan kesishadigan chiziq bo‘ylab) taqdim etilishi kerak.
33. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun foydali qazilmalar konini berish-qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi, neft va gaz konlari uchun bundan tashqari ularni qazish loyihasi tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari;
foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish loyihasining belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyihasi (yer ajratish loyihasi ko‘rib chiqilgandan keyin yer qa’ridan foydalanuvchiga qaytariladi);
Inspeksiya kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish uchun zarur bo‘lgan boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda mustaqil ravishda o‘zaro axborot ayirboshlash orqali, shu jumladan, elektron tarzda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno.
35. Foydali qazilmalar konini yoki uning uchastkasini ishlatish huquqiga litsenziya olgan yuridik yoki jismoniy shaxslar Inspeksiyaga buyurtmanoma yuboradilar. Buyurtmanomada yuridik yoki jismoniy shaxslarning nomlanishi, uning idoraviy mansubligi va manzili, kon joylashgan joy ko‘rsatiladi.
Buyurtmanomaga ikki nusxada zarur ilovalar bilan birgalikda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi ilova qilinadi.
Foydali qazilmalar konini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini berish sxema asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Inspeksiya buyurtmanoma olingan kundan boshlab taqdim etilgan materiallarni 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va tegishli qaror chiqaradi.
37. Inspeksiya kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida quyidagilarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi:
loyihaga ilova qilinishi zarur bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi;
yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarining to‘g‘riligi va asoslanganligi;
uning uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi so‘ralayotgan foydali qazilmalarni qazuvchi korxonani qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish loyihasining kondan oqilona, kompleks foydalanish va yer qa’rini muhofaza qilish, ishlovchilarning va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini ta’minlash, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha loyiha yechimlarining to‘liqligi va asoslanganligiga oid qismi;
buzilgan yerlarni qayta tiklash chora-tadbirlari.
38. Inspeksiyaning kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi ko‘rib chiqilishi natijalariga oid qarori barcha manfaatdor tashkilotlarga ma’lum qilinadi.
Inspeksiyaning qaroridan norozi bo‘lingan taqdirda ushbu qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
39. Inspeksiya tomonidan 2 kun muddatda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma rasmiylashtiradi va “Litsenziya” axborot tizimi orqali” beriladi.
41. Inspeksiya tomonidan foydali qazilmalar konini ishlatish uchun berilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda (reyestr) elektron tarzda to‘ldirib boriladi.
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmasi dalolatnomasining pasporti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
42. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatilishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin.
43. Yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan foydali qazilmalar konlarini qazish qoidalari va normalari buzilgan taqdirda Inspeksiya kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnomani bekor qiladi va Davlat geologiya qo‘mitasiga ruxsatnomani bekor qilish bo‘yicha tashabbus bilan chiqadi.
45. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirish, uni o‘z vaqtida olish va uning saqlanishi uchun ushbu Nizom bilan belgilangan tartibga rioya qilish uchun javobgarlik foydali qazilmalarni qazuvchi korxona rahbarlariga yuklanadi, foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishni loyihalashda esa — loyiha bosh muhandisiga va loyiha tashkiloti rahbariga yuklanadi.
Foydali qazilmalarni qazuvchi korxonaning rahbarlari va mansabdor shaxslari shuningdek yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari hamda yer ajratishni tasdiqlovchi dalolatnomada bayon qilingan yer qa’ridan foydalanuvchining majburiyatlari buzilganligi uchun ham javob beradilar.
Foydali qazilmalarni o‘zboshimchalik bilan qazib olishda aybdor bo‘lgan mansabdor va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
46. Yer qa’ridan foydalanuvchilarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini tasdiqlovchi dalolatnomalar mavjudligi, taqdim qilingan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi hujjatlarining to‘liqligi va to‘g‘riligi, shuningdek, kon ishlarini bajarish chog‘ida yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni Inspeksiya amalga oshiradi.
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari, shu jumladan, neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, inshootlar qurish va ulardan foydalanish, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni (kommunal-maishiy maqsaddagidan tashqari) chiqarib yuborish uchun kon ajratmalari berishning yagona tartibini belgilaydi.
2. Ruxsatnomaga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga ko‘ra cheklangan yer qa’rining geometriklashtirilgan uchastkasi kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi deb ataladi.
3. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi deb ataladi) foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun foydalanuvchilarga beriladigan yer qa’rining foydali qazilmalarni qazib olish bilan bevosita tegishli yoki tegishli bo‘lmagan bir qismi nazarda tutiladi.
Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ruxsatnomaga muvofiq yer qa’ridan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha kon ajratish dalolatnomasi asosida beriladi.
4. Ushbu Nizom mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini loyihalashtiruvchi, quruvchi, foydalanuvchi va rekonstruksiya qiluvchi barcha yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun bajarilishi shart hisoblanadi.
5. Kon ajratmalari olingan ruxsatnomalarga muvofiq foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurishni amalga oshirish va ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan korxonalarga ushbu qorxonalarda maxsus loyihalar va kon-texnika xizmatlari mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin.
6. Ishlangan kon inshooti yoki yer qa’rining bir qismidan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoxud konlarda obyektlarni joylashtirish uchun foydalanishni mo‘ljallayotgan qazilma boyliklarni qazib olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi ko‘rsatib o‘tilgan ishlar boshlangunga qadar unga oldin berilgan foydali qazilma koniga ishlov berishga kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, ushbu Nizomga muvofiq kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirishi shart.
7. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi, shu jumladan, foydali qazilmalarni qazuvchi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlangan konlarida ham, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan beriladi.
Yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoki foydali qazilmalarni qazib oluvchi ishlab turgan korxonaning ishlov berilgan konlaridagi obyektlarga joylashtirish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini berishga foydali qazilmalarni qazuvchi korxona ixtiyorida bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
8. Zararli moddalarni va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib yuborish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berishga faqat istisno hollarda hamda har bir aniq holatda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotining zararli moddalarni, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik imkoniyati yo‘qligi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish yoki oqova suvlarni chiqarib tashlash mo‘ljallanayotgan gorizontlarning aralashib ketuvchi jinslari va qatlam suvlari bilan birga qo‘shilishi haqidagi xulosasi mavjudligi mana shunday shartlardan biri hisoblanadi.
9. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yangidan qurilayotgan yer osti inshootlari uchun, shuningdeq, mavjud kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga yer qa’rining bir qismini kesish (qo‘shish) zarurligini keltirib chiqaruvchi bunday inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyiha hujjatlari tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan inshootlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) boshlanishidan oldin rasmiylashtirilishi kerak.
10. Mavjud kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga nisbatan yer qa’rining bir qismini kesish (qo‘shish) ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda yangi kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi sifatida rasmiylashtiriladi.
11. Yer osti inshooti qurilishi foydali qazilmalar qatlami mavjud bo‘lgan maydonda yoki ilgari kon inshootlari bilan ishlangan jins qatlamida boshlangan taqdirda, uni so‘rovchi korxona yoki tashkilot kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi rasmiylashtirilgunga qadar foydali qazilmalar joylashgan maydonda imorat qurish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olishi zarur.
12. Foydali qazilmalar qazish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini ruxsatnoma olmasdan va kon ajratmasi dalolatnomasisiz qurish va ulardan foydalanish, teng ravishda uning tashqarisida ham, yer osti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanadi va ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanmasdan belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
13. Yer qa’ridan foydalanuvchining unga berilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berishi taqiqlanadi, yer osti inshootining tegishliligi o‘zgargan taqdirda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda yangi sifatida qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Korxonaning nomi o‘zgargan taqdirda, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejasi nusxasidagi yozuv qayta rasmiylashtiriladi.
14. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshootlari qurish maydonlarini tanlash komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi Qurilish me’yorlari va normalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
15. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshooti va obyektlar qurilishi uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi iltimosnoma hamda uning ajratilishi O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda korxona (buyurtmachi) tomonidan beriladi.
16. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshootlari va obyektlari qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) bo‘yicha ishlarni mablag‘ bilan ta’minlashga qon ajratmasini tasdiqlovchi ruxsatnoma va dalolatnoma, shuningdek, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi va ular olib qo‘yilishi bilan to‘xtatiladi.
17. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi faqat yer qa’rining, geologik tuzilishning, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlarining zarur darajada sinchiklab o‘rganilgan qismigagina beriladi, undan foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish esa shu yaqin oradagi foydali qazilma konlarini qazishni qiyinlashtirmaydi hamda kon ishlanmalariga, yer yuzasi va suv obyektlariga neft, gaz va boshqa moddalar va materiallarning ular saqlanishida suqulib kirishini, yer osti boyliklariga tashlanadigan oqova suvlar, yer qa’riga ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini istisno etadi.
18. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari tog‘ jinslarining siljishi va qulashi zonalarini, shuningdek, ushbu inshootlarning normal ishlab turishini ta’minlovchi saqlovchi va to‘suvchi qismlarni (tseliklarni) hisobga olgan holda loyihalashtirilayotgan yer osti inshootining texnik chegaralari bilan belgilanadi.
Zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi konturi ularni qat’iy belgilangan chegaralarda lokalizatsiya qilish ta’minlanishi mumkin bo‘lgan yer qa’ri qismi bilan belgilanadi.
Gazni yer ostida saqlash uchun taqdim etilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari bunday saqlash joyi qurilishi uchun loyiha hujjatlariga muvofiq bug‘ qatlamlari bilan tugallanadigan gazning eng ko‘p hajmda tarqalishi konturlari bilan, pyezometrik quduqlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa — ushbu quduqlarni qamrab oluvchi konturlar bilan belgilanadi. Gazni yer ostida saqlash omborlari qurilishi uchun ular joylashgan bir maydonga to‘g‘rilangan bir yoki bir necha bug‘ qatlamlaridan, shuningdek, ishlangan neft, gaz eki suvli qatlamlardan (gorizontlardan) foydalanish mumkin.
Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun taqdim etilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarini belgilash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib yuborish aholi yashash joylari, xalq xo‘jaligi obyektlari, tabiiy obyektlar va boshqa obyektlar uchun belgilangan sanitariya zonalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
19. Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ishlab turgan korxonalarning kon qazilmalarida, shuningdek, foydali qazilma konlar yaqinidagi yer qa’ri uchastkalarida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish uchun foydalanilayotgan inshootlar va ishlanayotgan konlarning o‘zaro zararli ta’siri istisno etilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
20. Yer qa’ridan muddatli foydalanishda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi litsenziyada ko‘rsatilgan muddatga, gazni yer ostida saqlash va neftni yer ostida saqlash uchun 8 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Zarurat bo‘lganda, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin.
Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining amal qilish muddati uzaytirilganda, faqat kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejalaridagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi.
Bunda yer qa’ridan foydalanuvchi “Litsenziya” axborot tizimi orqali Inspeksiyaga ariza beradi.
Inspeksiya 10 kun muddatda arizani o‘rganib chiqib, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
21. Korxonalar, binolar, inshootlar, aholi yashash punktlari, mahalliy va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan shaharsozlik faoliyati obyektlari, alohida qo‘riqlanadigan hududlar (kurortlar, o‘rmonzorlar, qo‘riqxonalar, suv ta’minoti manbalari), daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va san’at yodgorliklari, qimmatli qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, chegara polosalari, aerodromlar, maxsus vazifalarga mo‘ljallangan poligonlar, o‘zgaga berish polosalari, mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan hududlar qa’ridan kon ajratmalari uchun manfaatdor mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kon ishlari uchun berilgan hududda yer uchastkalaridan doimiy va vaqtinchalik foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi.
22. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun qon ajratmasi loyihasi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak:
tushuntirish xati;
kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining uch o‘lchamli chegaralarini va o‘lchamlari hisob-kitobini asoslash;
so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarida yuza topografik rejasi, geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari.
Tushuntirish xatida quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi so‘rashdan maqsad, uning ma’muriy joylashgan o‘rni, yer osti inshootini loyihalashtirgan va kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasini tayyorlagan tashkilotning nomi;
so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ustidagi hudud to‘g‘risidagi, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yer maydonlari, daryolar, ko‘llar va boshqa suv obyektlari, aholi punktlari va sanoat obyektlari alohida imoratlar va inshootlar, shuningdek, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yer qaysi toifaga kiritilganligi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi doirasida, shuningdek, unga tutashib ketgan zonalarda yer qa’ri uchastkasining qisqacha geologik tavsifi, shuningdek, ushbu uchastkaning geologik tuzilishi, kon-texnika va gidrogeologik sharoitlar hamda ularning o‘rganilganligi darajasi aks ettirilishi kerak;
uning uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi so‘ralayotgan yer osti inshooti qurilishi mo‘ljallanayotgan joydagi foydali qazilmalar konlari, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun va foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish uchun berilgan aralash kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
23. Agar kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoxud foydali qazilmalarni qazish bo‘yicha ishlab turgan korxonaning ishlangan konlari uchun so‘ralayotgan hollarda qo‘shimcha ravishda:
ushbu korxona to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot, shu jumladan, kon yuzasini ochish va qazish tizimi sxemasi, kon ishlanmalari va foydalanilishi kerak bo‘lgan burg‘ulash quduqlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini olish zarurligini asoslash;
yer osti inshootidan foydalanishda bajarilishi kerak bo‘lgan asosiy talablar bayon qilinadi.
24. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari va o‘lchamlari hisob-kitobini asoslash, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga kiritiladigan yer osti makonining hajmi ham belgilangan holda ham maydon bo‘yicha, ham vertikal belgilar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Zarur bo‘lganda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari tuzilmali xaritalar va vertikal kesimlarda ham ko‘rsatilishi lozim.
25. Yuzaning topografiya rejasi geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari ularni tuzish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalar talablariga javob berishi kerak.
Topografiya rejasining nusxasida tayanch geodeziya tarmog‘i punktlari, o‘rmonzorlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari, aholi punktlari, kon qazilmalari, suv obyektlari, yo‘llar, yuza va yer osti kommunikatsiyalari, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklari, alohida imoratlar va inshootlar konturlari, ularning necha qavat ekanligi, kon qazilmalari va burg‘ulash quduqlarining og‘zi, foydali qazilmalar konlari va aralash kon ajratmalari joylashgan chegaralar hamda loyihadagi ajratma chegaralari ko‘rsatilishi kerak.
26. Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihalarida, shuningdek, ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgan gorizontning ustki qatlami va etagi bo‘yicha tarkibiy xaritalar ham bo‘lishi kerak.
27. Varaqning bo‘sh qismida reja to‘ldirilgan sana, gorizontal yassilikda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi proyeksiyasi maydoni (ming kv.m), grafik jihatdan reja va kesimlar bilan belgilanadigan so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi burchak nuqtalari yoki o‘ziga xos nuqtalarining X, U, Z koordinatlari kattaligi ko‘rsatiladi.
Varaqning yuqori o‘ng tomonida kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berilganligini tasdiqlovchi yozuv uchun joy qoldiriladi.
28. Topografiya rejasi nusxasi masshtabi foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallanayotgan yer qa’ri uchastkasining o‘lchamiga bog‘liq ravishda tanlanadi va u 1:5000 masshtabdan kam bo‘lmasligi kerak. Ancha katta maydonga va uzunlikka ega bo‘lgan yer osti inshootlari uchun 1:5000 masshtabdan 1:25000 masshtabgacha rejalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
29. Foydali qazilmalar qazib olish bo‘yicha tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlatilgan kon qazilmalaridan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihalariga ushbu korxonalar kon qazilmalari rejalari qo‘shimcha ravishda kiritiladi va ularda foydalanish mo‘ljallanayotgan kon qazilmalari ko‘rsatiladi.
31. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
yerdan foydalanuvchining kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berishga roziligini tasdiqlovchi hujjat;
manfaatdor korxona yoki tashkilotning foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshooti barpo etilishi zarurligi va mumkinligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasining mahalliy organi bilan kelishilgan qarori;
korxona yoki idoraning ishlangan kon inshooti yoki yer qa’ri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan qarori;
hududiy geologiya tashkilotining kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi bo‘yicha xulosasi unda geologik tuzilish, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlari o‘rganilganligi darajasi aks ettiriladi;
yuqori turuvchi tashkilotning (bo‘ysunuviga ko‘ra) kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining kon ishlanmalarining loyihada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik jihatdan imkoni yo‘qligi haqidagi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarning ularni ko‘mish yoki chiqarib tashlash mo‘ljallanayotgan aralashib ketadigan jinslar va gorizontlarning qatlam suvlari bilan birga qo‘shilib ketishi to‘g‘risidagi xulosasi;
yuritishida foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ishlab turgan yoxud konservatsiya qilingan korxona bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchining kon qazilmalaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun boshqa yer qa’ridan foydaluvchiga berishga roziligi;
sanitariya-epidemiologiya xizmati organining xulosasi.
Gaz, neft, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini qo‘mish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun inshootlar qurilishi mo‘ljallanayotganda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyixalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasining xulosasi ilova qilinishi kerak.
Inspeksiya kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi taqdim etish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
32. Kon ajratmalari loyihalari va ularga ilovalar tegishli tashkilotlar va korxonalarning rahbarlari tomonidan imzolanadi.
33. Ruxsatnoma olgan korxona Inspeksiyaga “Litsenziya” axborot tizimi orqali buyurtmanoma yuboradi. Buyurtmanomada korxonaning nomi, uning qaysi idoraga bo‘ysunishi va manzili, so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining joylashgan joyi va u nima maqsadda so‘ralayotganligi qo‘rsatiladi, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurilishi uchun ekspertiza o‘tkazilganligi va loyiha tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
34. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
35. Inspeksiya buyurtmanoma olingan kundan boshlab taqdim etilgan materiallarni 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va tegishli qaror chiqaradi.
36. Inspeksiya kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida quyidagilarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi:
yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda topografiya rejasiga yozuvlar to‘g‘ri yozilganligi va so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarining asoslanganligi;
kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi mazmunining ushbu Nizom talablariga muvofiqligi, loyihaga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi;
kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi so‘ralayotgan yer osti inshootining loyihasi uning berilayotgan yer qa’ri uchastkasidan kompleks foydalanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha, shuningdek, ishlovchilarning va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini ta’minlash, atrof tabiiy muhitni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha loyiha yechimlarining to‘liqligi va asoslanganligiga oid kismi.
37. Inspeksiyaning kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish masalasi to‘g‘risidagi karori manfaatdor tashkilotlarga ma’lum qilinadi.
Inspeksiyaning qaroridan norozi bo‘lingan takdirda ushbu qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
38. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, shuningdek, ushbu Nizomga 1 va 3-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha topografiya rejasi nusxasining yukori o‘ng burchagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
39. Inspeksiya 2 kun muddatda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi berilganligini tasdiqlovchi dalolatnomani rasmiylashtiradi va “Litsenziya” axborot tizimi orqali beradi.
41. Inspeksiya tomonidan foydali qazilmalar konini ishlatish uchun berilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda (reyestr) elektron tarzda to‘ldirib boriladi.
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun kon ajratmasi dalolatnomasining pasporti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
42. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer qa’ridan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berilgan korxona quyidagilarga majburdir:
yer qa’ridan faqat ular berilgan maqsadlarda foydalanish;
kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi va unga tutashib ketgan zonalar doirasida yer qa’ri uchastkasining geologik tuzilishi, kon-texnika, gidrogeologik va boshqa sharoitlar to‘liq o‘rganilishini ta’minlash;
yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish jarayonida kon ishlarining marksheyder ta’minlanishini tashkil etish, shuningdek, geologik va marksheyder hujjatlarini tuzish;
tog‘ jinslari siljishi mavjud yer usti inshootlari va obyektlari, ehtimol tutilgan deformatsiya zonasida joylashgan qurilayotgan va foydalanilayotgan yer osti inshootlari deformatsiyasini kuzatishni tashkil etish;
yer osti inshootlari qurilishi yoki rekonstruksiya qilinishi chog‘ida qo‘shimcha ravishda qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan qazilma boyliklarni saqlash va ularning hisobini yuritish;
kon qazilmalarining holati, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi bilan belgilangan ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilari, shuningdek, chiqarib tashlangan oqova suvlarning zararsizlantirilishi chegaralarining saqlanishini muntazam kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish;
ishlovchilar va aholining sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini, yer qa’rini va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlarini, binolar va inshootlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash;
Inspeksiyaning ruxsatisiz kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi hududi ustida binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
qo‘riqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklarining yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli ta’siridan saqlanishini ta’minlash;
yer qa’ridan foydalanish chog‘ida buzilgan yer uchastkalarining xavfsiz holatga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini ta’minlash;
yer osti gaz omborxonalaridan foydalanish chog‘ida haydalayotgan gazning kon ajratmasi ajratish dalolatnomasidan tashqariga harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
yer osti gaz omborxonalari va quduqlarning germetikligini nazorat qilishga oid tadbirlarni muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta amalga oshirish;
nogermetik quduqlardan foydalanishga, shuningdek, gazning boshqa gorizontlarga oqishiga hamda uning yer yuzasiga oqib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik.
43. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘lik bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatilishi, to‘xtatilib turilishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin.
44. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘lik bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish qoidalari va me’yorlari yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan buzilganda, Inspeksiya kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomani bekor qiladi va Davlat geologiya qo‘mitasiga ruxsatnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqadi.
46. Ushbu Nizom bilan belgilangan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirish, uni o‘z vaqtida olish va uning saqlanishi tartibiga rioya qilish uchun javobgarlik yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun foydalanuvchi korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi, korxonani loyihalashtirishda esa — loyiha bosh muhandisiga va loyihalashtirish tashkiloti rahbariga yuklanadi.
Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun foydalanuvchi korxonalarning rahbarlari va mansabdor shaxslari kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomada bayon qilingan majburiyatlarning bajarilishi uchun ham javob beradilar.
Yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
47. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanuvchilarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berilganligini tasdiqlovchi dalolatnomalarning mavjudligi, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi hujjatlari to‘liq va to‘g‘riligini nazorat qilish, shuningdek, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi doirasida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish chog‘ida yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish o‘z vakolatlariga muvofiq Inspeksiya va Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiradi.
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Ushbu Nizom sanoat axamiyatini yo‘qotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlari bilan yoki konni qazib olishda tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali chiqarib tashlash tartibini belgilaydi va idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
balansdagi zaxiralar — asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarni o‘z ichiga oladigan konlarning zaxiralari, shu jumladan, qazib olinadigan neft, gaz, neftdagi gaz, kondensat aralashmasi va ulardagi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali komponentlar, shuningdek, yod, brom va yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi talablariga rioya qilgan holda mineral xomashyoni kavlab olish va qayta ishlashning mavjud yoxud sanoat tomonidan o‘zlashtirilayotgan ilg‘or texnikasi va texnologiyasi sharoitida ulardan foydalanish iqtisodiy maqsadga muvofiq bo‘lgan sanoat va neft suvlaridagi boshqa foydali komponentlar zaxiralari;
balansdan tashqari zaxiralar — asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarni o‘z ichiga oladigan konlarning zaxiralari, shu jumladan, qazib olinadigan neft, gaz, neftdagi gaz, kondensat aralashmasi va ulardagi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali komponentlar, shuningdek, yod, brom va hozirgi vaqtda kavlab olinishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki buning texnik imkoni bo‘lmagan, biroq keyinchalik balansga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sanoat va neft suvlaridagi boshqa foydali komponentlar zaxiralari.
3. Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda DZK deb ataladi) qarori bilan amalga oshiriladi.
4. Foydali qazilmalar zaxiralari:
a) quyidagilar:
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan yangidan tasdiqlangan qidiruv yoki foydalanish kondensiyalariga muvofiq emasligi tufayli (neft, neft-gaz, neft-gaz kondensati, gaz kondensati, gaz va bitum konlari uchun — DZK tomonidan yangidan tasdiqlangan tegishli foydali qazilmalarni yer ostidan qazib olish koeffitsiyentiga muvofiq emasligi tufayli);
ayrim uchastkalarda aniqlangan kon-geologiya, gidrogeologik, muhandislik-geologiya, ekologik murakkabliklar va boshqa tabiiy shart-sharoitlar oqibatida zaxiralarga texnik-iqtisodiy sabablar bo‘yicha ishlov berishning maqsadga muvofiq emasligi tufayli;
agar foydali qazilmalarni qazib olishda ularning saqlanishi ta’minlanishi mumkin bo‘lmasa, aholi hayotiga va sog‘ligiga yoki obyektlarga zarar yetkazilishi uchun xavf tug‘dirsa, ularni buzib tashlash yoki kon ishlari ta’siri doirasi chegarasidan tashqarisiga ko‘chirish mumkin bo‘lmasa yoki bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmasa, zaxiralarni sanoat inshootlari, turar joylar va jamoat binolari, tarix va madaniyat yodgorliklari, tabiiy obyektlar uchun saqlash ustunlari sifatida qoldirish tufayli;
b) foydali qazilmalarning miqdori, sifati va joylashish shart-sharoitlari to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olinishi natijasida zaxiralarning keyinchalik geologiya-qidiruv ishlari chog‘ida va (yoki) foydali qazilmalar konlarini qazishda tasdiqlanmasligi tufayli yer qa’ridan foydalanuvchilar balansidan chiqarilishi mumkin.
5. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar qurilishini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va konservatsiya qilishda balansdagi zaxiralar balansdan tashqari zaxiralarga o‘tkazilmaydi.
6. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni konservatsiya qilishda foydali qazilmalar zaxiralari hisobdan chiqarilmaydi.
7. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar qurilishini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, kengaytirishda yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarilishi kerak bo‘lgan foydali qazilmalar ushbu Nizomning 4-bandi “a” va “b” kichik bandlarida bayon qilingan asoslar bo‘yicha foydali qazilmalar konlarini qazish jarayonida ular qidiruv, tayyorgarlik ko‘rish yoki tozalash ishlarida qisman yoki to‘liq konturlanishiga qarab belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Foydali qazilmalar zaxiralari yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan sxema asosida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq chiqariladi.
Foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish pasporti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish uchun yer qa’ridan foydalanuvchi “Litsenziya” axborot tizimi orqali DZKga tushuntirish xatini taqdim etadi. Tushuntirish xatida quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) foydali qazilmalar zaxiralarining mo‘ljallangan hisobdan chiqarilishini Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan tasdiqlangan konturlarda hamda geologiya va marksheyderlik hujjatlari ma’lumotlarini tezkor hisobga olish, zaxiralarni sinab ko‘rish va qayta hisoblash konturlarida alohida asoslash;
b) ushbu Nizomning 4-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan sabablar bo‘yicha sanoat ahamiyatini yo‘qotgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarishda, — tegishli texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
v) qazib olinayotgan kon to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar (qazib olish tizimi, foydali qazilmalarni kavlab olishda nobud bo‘lish va yaroqsiz holga kelish ko‘rsatkichlari, neft, gaz, kondensat va boshqalarni qazib olish koeffitsiyentlari);
g) chizmalar va boshqa ilovalar:
foydali qazilmalar zaxiralari ular bo‘yicha hisobdan chiqariladigan uchastkalar, ruda jismlari (hisoblangan bloklar) joylashishi sxemasi, proyeksiyalar, gorizont bo‘yicha natijalar, qidiruv va ishlatib sinab ko‘rish ma’lumotlari hamda Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan tasdiqlangan foydali qazilmalar zaxiralari konturlari, shuningdek, ekspluatatsion qidiruv ishlari natijalari bo‘yicha hisoblab chiqilgan zaxiralar konturlari bilan birga;
9. DZK tushuntirish xati kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda uni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishish uchun taqdim etadi.
10. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi yigirma kun muddatda tushuntirish xatini ko‘rib chiqib, DZKga foydali qazilma zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish to‘g‘risida xulosa beradi.
Taqdim etilgan materiallar DZKda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan yer qa’ridan foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida ko‘rib chiqiladi.
DZK bir hafta muddatda shartnomani yer qa’ridan foydalanuvchiga taqdim etadi.
Yer qa’ridan foydalanuvchi o‘n kun muddatda shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
DZKga taqdim etilgan konditsiyalar loyihalarini va foydali qazilmalar zaxiralari hisob-kitobi materiallarini ko‘rib chiqish, shuningdek, geologik materiallarning davlat ekspertizasi tegishli tashkilotlardan hamda jalb etiladigan ekspertlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ekspertlar tomonidan materiallarni ko‘rib chiqish muddati ularning hajmiga va murakkabligidan kelib chiqqan holda belgilanadi, biroq bir oydan oshmasligi kerak.
11. Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan foydali qazilmalar balans zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan yangidan tasdiqlangan (neft, neft-gaz, gaz kondensati, neft-gaz kondensati, gaz va bitum konlari uchun — qazib olish koeffitsiyenti o‘zgarishi tufayli) konditsiyalarga muvofiq bo‘lmagan, shuningdek, foydali qazilmalar zaxiralarining qayta tasdiqlanishi natijasida balansdagi va (yoki) balansdan tashqari toifasidan chiqarilgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
b) kon-geologik, gidrogeologiya, muhandislik-geologiya, ekologik va boshqa tabiiy sharoitlarning aniqlangan jiddiy o‘zgarishi oqibatidagi texnik-iqtisodiy sabablarga ko‘ra qazib olinishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy xulosa asosida amalga oshiriladi;
12. Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan foydali qazilmalarning balansdagi zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarish ularni balansdan tashqari zaxiralarga o‘tkazishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
13. Foydali qazilmalar zaxiralarini texnik-iqtisodiy sabablarga ko‘ra yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi texnik-iqtisodiy asoslashda zaxiralarni ochish va tayyorlashning eng oqilona usullarini, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashning ilg‘or texnologiyasi qo‘llanilish | 147 | 63,846 |
Qonunchilik | “Surgil konini obodonlashtirish va uning bazasi asosida Ustyurt gaz-kimyo kompleksini qurish” loyihasini moliyalashtirishni va qurish tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Hujjat matni rus tilida berilgan. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-fevraldagi “Surgil konini kompleks obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-797-son qarorida:
a) 9-bandda:
“belgilangan tartibda” so‘zlaridan oldin “investitsiya shartnomalarining amal qilish muddatiga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, Shimoliy Berdaq va Sharqiy Berdaq konlarida uglevodorod xomashyosini sanoat ko‘lamida qazib olish maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar “O‘zbekneftgaz” MXKga loyiha bo‘yicha investitsiya shartnomalarining amal qilish muddatiga beriladi.”.
b) 11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 4-avgustdagi “Surgil konida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirgan holda uning negizida Ustyurt gaz-kimyo kompleksini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1168-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. | 176 | 1,070 |
Qonunchilik | “KEYS KORPOREYShN” KOMPANIYASI IShTIROKIDAGI QO‘ShMA KORXONALAR TOMONIDAN YETKAZIB BERILADIGAN QIShLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI UChUN O‘Z VAQTIDA HISOB-KITOB QILISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Qishloqqa yetkazib beriladigan “Keys Korporeyshn” kompaniyasi ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalari va traktorlar uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi korxonalarining 1999-yil 1-oktabrdagi holatiga ko‘ra budjetga — 1100 mln so‘m, Pensiya jamg‘armasiga — 505 mln so‘m va Yo‘l jamg‘armasiga — 75 mln so‘m miqdoridagi muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlarining to‘lash muddati, bo‘shab qolgan mablag‘larni “O‘zKeysMash” qo‘shma korxonasidan “Keys-2022” paxta terish mashinalari sotib olishga yo‘naltirgan holda, 2001-yil 1-oktabrgacha uzaytirilsin.
2. “Paxta-bank” “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi korxonalarining 1080 mln so‘m miqdoridagi debitorlik qarzi bo‘yicha o‘z mablag‘lari hisobiga faktoring operatsiyalarini amalga oshirsin, mablag‘larni “Keys-2022” paxta terish mashinalari uchun haq to‘lashga yo‘naltirsin, keyinchalik “Paxta-bank”ka qarzlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan, 2-kartoteka holatidan qat’i nazar, paxta xomashyosi, don, sholi uchun avans va hisob-kitob qilishga transhlar bo‘yicha yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan to‘lansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Paxta-bank”ning “Keys Korporeyshn” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha 920 mln so‘m miqdoridagi 15 foizli avans to‘lovni to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 410-son qaroriga muvofiq “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi korxonalariga ilgari berilgan kreditlarni to‘lash muddatini 2002-yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan kredit bo‘yicha “Paxta-bank”ka berilgan kafolatlarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsin.
4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi korxonalarining 1999-yil oktyabr—dekabrdagi budjetga to‘lovlari muddati, mablag‘larni “Keys-2022” paxta terish mashinalari hamda “MX-135” va “SX-100” traktorlari uchun haq to‘lashga maqsadli yo‘naltirgan holda, uzaytirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 1999-yilning oktyabr — dekabri uchun hisoblangan soliqlar summasining teng ulushlarda 2000-yilning birinchi yarim yilligida undirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Paxta-bank” “Kamminz” dvigatellari bilan jihozlangan texnikadan foydalanuvchilarning hisob-kitoblarini, ko‘rsatib o‘tilgan dvigatellarga texnika xizmati ko‘rsatish va ularni tuzatish uchun tushadigan mablag‘larni “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining maqsadli hisobvaraqlariga o‘tkazib, keyinchalik ulardan “Kamminz” firmasi bilan hisob-kitob qilishda foydalangan holda, amalga oshirishni ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin. | 207 | 3,164 |
Qonunchilik | VAKOLATLI BANKLARDA EKSPORT VA BARTER KONTRAKTLARINI HISOBGA QO‘YISh VA ULARNING BAJARILIShI USTIDAN NAZORAT QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-sonli Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 28-29-son, 206-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2005-yil 9-avgustdagi 189-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 32-33-son, 246-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 24-iyunda 393-son bilan tasdiqlangan “Vakolatli banklarda eksport va barter kontraktlarini hisobga qo‘yish va ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga (2000-yil 9-avgust, ro‘yxat raqami 954 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 15-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 191 | 1,833 |
Qonunchilik | Xalq ta’limi sohasida uzluksiz kasbiy rivojlantirish joriy etiladi | Prezidentning 25.01.2021 yildagi «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4963-son qarori qabul qilindi.
2021 yil 1 martdan boshlab:
a) tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari tomonidan:
b) Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan хalq ta’limi хodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psiхologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari boʻyicha oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
v) Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida хalq ta’limi хodimlari tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning (akademik soatlarning) eng kam hajmi (miqdori) hamda хalq ta’limi хodimlari malakasini oshirishning muqobil shakllari roʻyхati tasdiqlanadi;
g) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan muntazam ravishda malaka oshirish dasturlari asosida ta’lim berishning samaradorligi baholanadi va dasturlarni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻriladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
A.Avloniy nomidagi хalq ta’limi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi oʻrinlarda – Institut) vazifalari, huquqlari va uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilandi. Institut A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaхassis хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
2021 yil 1 iyunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha Institut va hududiy markazlarda (keyingi oʻrinlarda – hududiy markazlar) oliy ta’lim tashkilotlarining (OTM) pedagogik boʻlmagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish rejalashtirilmoqda.
Belgilanishicha:
Quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 66 | 2,379 |
Qonunchilik | Tashkilotda jamoa shartnomasi hammaga zarur | Bugungi kunda Oʻzbekistondagi korхona, tashkilot va muassasalarda 37 ming 457 ta boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. Ular 6 mln. 200 ming nafardan ziyod kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilib kelmoqda.
Hozirda mamlakatimizda 2014-2016 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2015 yilda bajarilishi yuzasidan mehnat jamoalarida majlis va konferensiyalar (umumiy yigʻilishi) boʻlib oʻtmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (keyingi oʻrinlarda - Kodeks) IV bobiga binoan jamoa shartnomalari va kelishuvlari хodimlar turmush darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarining himoyachisidir (jamoa shartnomasi maketining namunasi ilova qilinmoqda*).
Tizimda olib borilgan amaliy ishlar natijasida Jamoa shartnomalarining sifati va natijadorligi oshib, 2013 yilda ularda koʻzda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun oʻrta hisobda bir хodimga 1 mln. 115 ming soʻm sarflangan boʻlsa, 2015 yilga kelib 1 mln. 539,6 ming soʻmdan 7 mln. soʻmgachaga mablagʻ sarflanishiga erishildi. Amaldagi jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 2014-2015 yillarda 267 ming nafardan ortiq fuqaro va 246 mingga yaqin oilaga 253,2 mlrd. soʻmlik ijtimoiy koʻmak berildi. Ijtimoiy himoyatalab shaхslarni ishga joylashtirish masalasi boshlangʻich tashkilotlar nazoratiga olinib, 2013-2015 yillar mobaynida mazkur toifadagilar uchun kvotalangan ish oʻrinlariga 218 ming 857 nafar fuqaro ishga joylashtirilishiga koʻmaklashildi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida boshlangʻich tashkilotlarning asosiy e’tibori ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilib, 2015 yilda jamoa shartnomalariga mehnat muhofazasi boʻyicha kiritilgan chora-tadbirlar soni 560 mingtani tashkil qilgani holda ularning 96,5 % bajarilishiga erishildi. Buning natijasida korхona, tashkilot va muassasalarda ishlab chiqarishda jarohatlanish holatlarining oldi olinmoqda. Kasaba uyushmalari хodimlarning хavfsiz va qulay mehnat sharoitlari bilan ta’minlanishi barobarida ish joylarida maishiy va dam olish sharoitlarining yaratilishi, profilaktik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi borasida ham jamoatchilik nazoratini olib bormoqdalar.
Jamoa shartnomalari ish beruvchilar va хodimlar vakili boʻlmish kasaba uyushma qoʻmitalari oʻrtasida imzolangan muhim lokal hujjat boʻlib, ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Kasaba uyushmalari faoliyatining asosini ham aynan ijtimoiy sheriklik tamoyillari tashkil etadi. Korхonalarda jamoa shartnomalari tuzilishi qator tamoyillarga tayanadi.
Nima uchun jamoa shartnomasi ish beruvchiga zarur
Koʻp tashkilotlarning rahbarlari, ba’zan хodimlari ham jamoa shartnomalari faqat yirik kompaniyalarga zarur, bunday hujjatdan foyda kam, deb hisoblaydilar. Biroq, bunday хulosa chiqarish toʻgʻri-mi? Aхir, jamoa shartnomasi tufayli firma direktorlari хodimlarga oid bir qator muammolarni hal qilishi mumkin.
Ish beruvchi ham bunday bitim qoidalaridan foyda olishi mumkin. Jamoa shartnomasining shartlarini bajara borib, хodimlar toʻsatdan biror-bir, masalan, ish haqini oshirish toʻgʻrisida talab qoʻyishlaridan qoʻrqmaslik mumkin. Shartnoma ish kuchiga ega boʻlgan хarajatlarni rejalashtirish uchun ham qulay. Biroq, afsuski, hatto agar jamoa shartnomasida moddiy ne’matlarni taqdim etish nazarda tutilgan boʻlsa ham, amaldagi qonunchilik soliq solinadigan foydani belgilashda firmaga oʻzining barcha хarajatlarini mazkur toʻlovlarga kiritish yoki ularning katta qismini yagona ijtimoiy toʻlovga hisoblamaslik huquqini bermaydi.
Bundan tashqari jamoa shartnomasini tuzish va muhokama qilish jarayonida ish beruvchi hamda хodimlar bir yoqadadan bosh chiqarib, bu hujjatni bevosita muloqot tartibida ishlab chiqishadi. Bu holat mehnat jamoasida oʻzaro hamkorlik va barkamol muhitni yaratadi hamda хodimlar tomonidan rahbarga nisbatan hurmat va ishonchni oshiradi.
Nima uchun jamoa shartnomasi хodimlar zarur?
Bugun jamoa shartnomalari orqali хodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, mehnatini muhofaza qilish, bandlikka koʻmaklashish, mehnatga haq toʻlash, daromadlar va turmush darajasi, ijtimoiy kafolatlar, mehnatkashlar va ularning oila a’zolari ma’naviyatini yuksaltirish, sogʻlomlashtirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi yoʻnalishlardagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, jamoa shartnomalariga ishlayotgan pensioner, хotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini kuchaytirishga oid yangi boʻlimlar kiritildi.
Xodimlar uchun uning foydali jihati yaqqol koʻrinadi. Zero ish beruvchi jamoa shartnomasida koʻpgina tartibga solinmagan masalalarni qayt etadi. Buning ustiga unda хodimlar uchun qoʻshimcha toʻlovlar va imtiyozlarning kafolatlari keltiriladi.
Jamoa shartnomasiga korхonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda boshqa shartlar, shu jumladan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan me’yorlar va qoidalarda koʻrsatilganiga qaraganda koʻproq imtiyozli mehnat sharoitlari va ijtimoiy iqtisodiy shartlar (qoʻshimcha ta’tillar, pensiyaga ustamalar, transport va хizmat safari хarajatlari uchun kompensatsiyalar, хodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq toʻlanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qoʻshimcha imtiyozlar va kompensatsiyalar) ham kiritilishi mumkin.
Eng muhimi: Kodeksning 37-moddasiga koʻra: «Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va хodimlarning quyidagi masalalar boʻyicha oʻzaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
Mehnatga хaq toʻlash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qoʻshimcha toʻlovlar;
Narхlarning oʻzgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq toʻlashni tartibga solish meхanizmi;
Xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta oʻqitish, ishdan boʻshatib olish shartlari;
Ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddati;
Xodimlarning, shu jumladan ayollar va 18 yoshga toʻlmagan shaхslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaхshilash, ekologiya jihatidan хavfsizlikni ta’minlash;
Korхonani va idoraga qarashli turar joyni хususiylashtirishda хodimlarning manfaatiga rioya qilish;
Ishni ta’lim bilan qoʻshib olib boruvchi хodimlar uchun imtiyozlar;
Iхtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sugʻurta;
Jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sherikchilik, kasaba uyushmalari, хodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat koʻrsatish uchun tegishli sharoit yaratib berish».
*“Norma.uz”caytida joylashtirilgan.
Mahmudjon ISAYeV,
Oʻzbekiston Respublikasi
kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining boʻlim mudiri.
Mavzuga doir materiallar:
Yuqori ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun belgilangan imtiyozlar
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga 20 yil
Mehnat haqini tartibga solish – muhim va hayotiy masala
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Mavsumiy ishchilarga mehnat daftarchasi yuritiladimi? Ularga oylik hisoblaganda shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ajratmalar oʻtkaziladimi?
Ishchi bir davlat tashkilotida toʻliq stavka asosida ishlaydi. U qoʻshimcha ravishda boshqa-bir davlat tashkilotida fuqarolik-huquqiy mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkinmi? Mumkin boʻlsa asoslari qanday?
Sinov muddatini oʻtayotgan хodimlarga moddiy yordam pullari berish mumkinmi? 2. Sinov muddatini oʻtayotgan хodimlarga chorak yakunlari boʻyicha va bayramlar munosabati bilan mukofotlar berish mumkinmi yoki ularga ma’lum vaqt ishlagandan keyin yohud sinov muddati tugagandan keyin beriladimi? | 44 | 7,828 |
Qonunchilik | Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1292-sonli qaroriga asoslanib buyuraman:
1. Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1292-son qaroriga muvofiq noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushumlardan 1 foizli ajratmalar (keyingi o‘rinlarda majburiy ajratmalar deb ataladi) to‘lash tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1292-son qaroriga muvofiq noshirlik va matbaa korxonalarining (keyingi o‘rinlarda ajratma to‘lovchilar deb ataladi) bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushumning 1 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi (keyingi o‘rinlarda Fond deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish manbalaridan biri etib belgilangan.
2. Noshirlik korxonasi deganda qonunchiilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va noshirlik faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tushuniladi.
3. Matbaa korxonalari deb qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan guvohnoma olgan va Ichki ishlar vazirligining hududiy organlarida hisobga qo‘yilgan yuridik shaxslar tushuniladi.
4. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi yangi yoki qayta tashkil etilgan noshirlik va matbaa korxonalariga tegishligicha litsenziya va guvohnoma berilgan (yoki bekor qilingan) vaqtdan boshlab bir hafta muddatda ushbu korxonalar yuzasidan ma’lumotlarni Fondga va tegishli davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi.
5. Majburiy ajratmalar summasi ajratma to‘lovchilar tomonidan mustaqil ravishda, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushumning 1 foizi miqdorida hisoblab chiqariladi.
6. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza Fondga o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar summasiga kamaytiriladi (shartli misol 1-ilovada keltirilgan).
7. Ajratma to‘lovchilar Fondga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda hisoblangan majburiy ajratmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq o‘sib boruvchi yakun bilan korxona muhri, rahbari va bosh hisobchisi imzolari bilan tasdiqlangan holda, shaxsan yoki pochta (elektron pochta) yoxud faks orqali taqdim etib boradi.
8. Fondga majburiy ajratmalarni to‘lash har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
9. Majburiy ajratmalarni to‘lash muddati buzilishi to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun (to‘lov kuni ham shunga kiradi) Fond hisobiga 0,05 foiz miqdorda penya hisoblanishiga sabab bo‘ladi. Hisoblangan penya miqdori umumiy qarz summasining 10 foizidan oshmasligi lozim.
10. Fondga ortiqcha to‘langan majburiy ajratmalar summasi mazkur majburiy ajratmalar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga hisobga olinadi yoki Fond mablag‘laridan ajratma to‘lovchining yozma arizasi asosida, Fond tomonidan ariza berilgan sanadan e’tiboran 30 ish kuni ichida ajratma to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali qaytariladi.
Ortiqcha to‘langan majburiy ajratmalar summasi boshqa ajratma to‘lovchilarning qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi mumkin emas.
11. Fond hisob raqamiga mablag‘larning to‘liq tushishi ustidan nazorat Fondning ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Fondga kelib tushgan majburiy ajratmalarning hisobi va hisoboti yuritilishi hamda maqsadli ishlatilishi uchun Fondning ijro etuvchi direksiyasi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
121. Majburiy ajratmalarning to‘g‘ri hisoblanishi va belgilangan muddatda to‘lanishi uchun ajratma to‘lovchilar rahbarlari va bosh hisobchilari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir.
13. Majburiy ajratmalarning to‘g‘ri hisoblanishi va ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi ijro etuvchi direksiyasi bilan kelishilgan.
Yagona soliq to‘lovchi yuridik shaxsning matbaa faoliyatidan tushumi:
yanvar oyida 10 000 ming so‘mni;
fevral oyida 8 000 ming so‘mni;
mart oyida 6 000 ming so‘mni tashkil etgan.
Jami birinchi chorakda ushbu faoliyat turidan tushgan tushum 24 000 ming so‘m hisoblangan.
Yuqoridagi tushumdan Fondga quyidagicha ajratmalar hisoblanadi:
Yanvar oyida — 100 ming so‘mni;
Fevral oyida — 80 ming so‘mni;
Mart oyida — 60 ming so‘mni tashkil etgan.
Jami birinchi chorak uchun Fondga 240 ming so‘m ajratmalar hisoblanadi.
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan yuridik shaxs davlat soliq xizmati organlariga hisob-kitoblarni taqdim etishda soliq solinadigan baza 240 ming so‘mga kamaytiriladi, ya’ni yagona soliq to‘lovi hisob-kitobining “soliq solinadigan yalpi tushumni kamaytirish” 0502-satrida hisobga olinadi.
Xuddi shunday tartib umumbelgilangan tartibda soliq (foyda solig‘i) to‘lovchi yuridik shaxslarga ham qo‘llaniladi. Ular (yagona soliq to‘lovi to‘lovchilardan farqli ravishda) soliq hisoboti shakllarini to‘ldirishda:
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarishda sof tushum summasini kamaytirib hisoblaydi;
foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda “Ijod” fondiga o‘tkazilgan ajratmalar summasi chegiriladigan xarajatlarga olib boradi. | 168 | 6,919 |
Qonunchilik | “Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida | Toshkent shahrining transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish, Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasida yo‘lovchilar tashish darajasi va sifatini oshirish, shahar yer usti jamoat transportiga yuklamalarni kamaytirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhit muhofazasini yaxshilash maqsadida:
1. Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2017 — 2019-yillarda Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichi qurilishini yakunlash (keyingi o‘rinlarda — loyiha) to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Loyihani amalga oshirish doirasida qurilishi tugallanmagan obyektlarning qiymati 2016-yil 1-oktabrdagi holatiga qayta baholashni hisobga olgan holda 6,91 mlrd so‘mni tashkil qilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshkent metropoliteni” UK, “Toshmetroqurilish” MChJ, “Toshkent metroloyiha” MChJ bilan birgalikda:
bir oy muddatda Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasidagi qurilishi tugallanmagan obyektlar texnik ko‘rikdan va xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin;
xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin, unda texnik vazifani sifatli tayyorlash va tasdiqlash, ilg‘or energiya va resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish doirasida tiklash va qurilish-montaj ishlarini bosqichma-bosqich bajarishni nazarda tutsin.
4. Quyidagilar hisoblab chiqilgan qiymati ekvivalentda 124,8 mln AQSh dollari bo‘lgan loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi parametrlarida 2017 — 2019-yillar davomida har yili teng ulushlarda nazarda tutiladigan 72,0 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi markazlashtirilgan investitsiyalar;
import asbob-uskunalari, materiallar va butlovchi buyumlarni xarid qilish, jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning loyiha hujjatlari ekspertizasini o‘tkazish, qurilishni kuzatib borish va texnik jihatdan nazorat qilish, zarur hollarda xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan maxsus qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash, shu jumladan loyihani amalga oshirish doirasidagi ularning boshqa valyuta xarajatlarini, shuningdek, qurilish-pudrat tashkilotlarini jihozlash uchun texnika xarid qilishni moliyalashtirish uchun 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan, jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning marjasi 0,25 foiz bo‘lgan yillik 2,25 foiz stavkasida taqdim etiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 52,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti.
5. Belgilansinki:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ loyihani samarali amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining jalb etiladigan kreditidan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
kredit bo‘yicha asosiy qarzni uzish, foizlar va vositachilik haqini to‘lash tegishli operatsiya o‘tkazilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutada O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga loyihani moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qayta moliyalashtiriladigan krediti bo‘yicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi “Toshkent metropoliteni” DUKning majburiyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatini berish vakolati taqdim etilsin.
7. Loyihani amalga oshirish doirasida:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — buyurtmachi;
“Toshkent metroloyiha” MChJ — bosh loyiha tashkiloti;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tarkibiy bo‘linmalari — bosh pudratchi tashkilot etib belgilansin.
8. Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini loyihalashtirish va qurilishini yakunlash masalalari bo‘yicha ishchi guruhi ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ishchi guruh zimmasiga (B.I. Zakirov) loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin, bunda texnik vazifani ishlab chiqish, shuningdek, loyihaviy va qurilish-montaj ishlarini bajarish sifatiga alohida e’tibor berilsin.
9. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2017-yil 1-iyulga qadar Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichi qurilishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarining tasdiqlanadigan qismi bilan birga ishchi loyihani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritsin.
10. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga istisno tariqasida: 2017-yil 1-sentabrgacha loyihani loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga;
loyihani amalga oshirish doirasida Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi qurilishidagi loyihaviy yechimlarning ishonchlilik va xavfsiz foydalanish bo‘yicha zamonaviy talablarga muvofiqligini aniqlash, kuzatish va texnik nazorat olib borish uchun tanlov asosida yuqori malakali mustaqil xorijiy ekspertlarni, shuningdek, zarur hollarda ixtisoslashtirilgan xorijiy pudrat tashkilotlarini jalb qilishga;
import kontraktlar bo‘yicha vakolatli organlarda ekspertiza va yuklashdan avvalgi inspeksiya o‘tkazgan holda tanlov savdolarini o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyuterlar) bilan asbob-uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar yetkazib berish uchun shartnomalar tuzishga;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar ekspertizadan o‘tkazilgan import kontraktlari, shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida mahalliy pudratchilar va yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha moliyalashtirishni ochishga;
loyihani amalga oshirish va vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilgan holda tuzilgan shartnomalarning shartlariga muvofiq kafolat muddati davrida xorijiy kompaniyalar tomonidan olib kelinadigan maxsus transport vositalari, avtotransport vositalari, mashina va mexanizmlar, uskuna va asboblar, butlovchi buyumlar, uzellar va jihozlarni davriy bojxona to‘lovlarini to‘lamagan holda “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida joylashtirishga ruxsat etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftgaz” MXK o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga loyiha doirasida mansubligiga qarab qurilish hududiga tushgan mavjud muhandislik kommunikatsiyalari ko‘chirilishi va ulanishini, shuningdek, tashqi muhandislik kommunikatsiyalarining uzluksiz ishlashini hisobga olgan holda ulanishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
13. Loyihani amalga oshirish doirasida uning barcha ishtirokchilari 2020-yilning 1-yanvarigacha:
respublikada ishlab chiqarilmaydigan maxsus transport vositalari, yo‘l-qurilish texnikasi, mashinalar, mexanizmlar, uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, texnologik hujjatlar, jihozlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan pudrat qurilish tashkilotlarini jihozlashga mo‘ljallangan maxsus yo‘l-qurilish texnikasi va uskunalari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
tovar, ishlar (xizmatlar) uchun, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) uchun qo‘shimcha qiymat solig‘idan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlarni to‘lashdan;
loyiha doirasida sotib olinadigan mol-mulk uchun mulk solig‘idan ozod etilsin.
14. Loyihani amalga oshirish doirasida:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, uning tarkibiy bo‘linmalari va loyiha ishtirokchilari o‘rtasida bepul taqdim etiladigan mol-mulk qo‘shimcha qiymat solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, shuningdek, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
xodimlar bepul ovqat bilan ta’minlangan taqdirda tegishli sarf-xarajatlar yuridik shaxslarning foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hamda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlanadi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zqurilishmateriallari” AJ ishchi hujjat parametrlarini hisobga olgan holda bosh buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sement, metall prokati va yo‘l bitumini — tartibga solinadigan narxlarda, yoqilg‘i-moylash materiallarini — kelishilgan narxlarda ajratilishi va yetkazib berilishini ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi buyurtmachining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengashga 2016-yilda loyiha-qidiruv va tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun kapital qo‘yilmalar ajratish to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Toshkent metropoliteni” UK buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Toshkent metropoliteni” UK buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi va muddatini uzaytirilishini ta’minlasin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Toshkent metropoliteni” UK buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
20. Toshkent shahar hokimligi loyihani amalga oshirish doirasida mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga:
bir oy muddatda loyiha-smeta hujjatlari taqdim etilishiga qarab zarur bino va inshootlar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishini;
“Toshkent metropoliteni” UK buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘chalarni yopish, aylanib o‘tuvchi avtomobil yo‘llari va boshqa zarur inshootlar qurish orqali qurilish maydonlari bo‘shatilishini;
loyihada nazarda tutilgan muddatlarda — inshootlar buzilishini, ishlar olib borilayotgan hududda yashovchi fuqarolar ko‘chirilishini;
yer uchastkalari ajratilishi va fuqarolar ko‘chirilishi uchun qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirish manbalarini jalb etishni nazarda tutgan holda kompensatsiya berishni;
sug‘orish quvurlari, irrigatsiya tarnovlari va tashqi tomondan yoritishni hisobga olgan holda tutash hududlar obodonlashtirilishini va ko‘kalamzorlashtirilishini ta’minlasin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. | 132 | 12,743 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son va “Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 21-iyuldagi 320-son qarorlari qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 23-bandda “daryo havzalari” so‘zlaridan keyin “havza irrigatsiya tizimlari” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 24-bandda “suv xo‘jaligi maydonlari” so‘zlari “havza irrigatsiya tizimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 27-bandda “suv xo‘jaligi maydonlari” so‘zlari “havza irrigatsiya tizimlari, alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari” so‘zlari bilan, “xalq xo‘jaligi” so‘zlari esa “iqtisodiyot” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 40-bandning yettinchi xatboshida “Davlat suv kadastrining hududiy va mahalliy organlari uchun” so‘zlari “irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-avgustdagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Suv resurslarini to‘plash, ekin maydonlarini sug‘orish uchun nasos stansiyalarini elektr bilan ta’minlash va iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibida:
a) 1-bandda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, qishloq va suv xo‘jaligi viloyat boshqarmalari” so‘zlari “irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandda “qishloq va suv xo‘jaligi viloyat boshqarmalari” so‘zlari “irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish tartibining 3.1-bandi uchinchi xatboshida “Suv xo‘jaligi departamentining” so‘zlari “Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining “O‘zbekiston SSRning Andijon, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida paxtachilikni yanada rivojlantirish uchun yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish to‘g‘risida” 1952-yil 16-noyabrdagi 1919-son qarori.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Markaziy Farg‘onada yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish bo‘yicha Kolxozlararo sovet to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida” 1957-yil 27-maydagi 309-son qarori.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Markaziy Farg‘onada yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish bo‘yicha Kolxozlararo sovet to‘g‘risidagi nizomni qisman o‘zgartirish haqida” 1958-yil 26-iyuldagi 482-son qarori.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR kolxozlari va sovxozlarida asalarichilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1960-yil 21-oktabrdagi 879-son qarori (O‘zSSR QT, 1960-y., 15-son, 78-modda).
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining ““Markaziy Farg‘onada yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish bo‘yicha viloyat kolxozlararo sovetlari hamda O‘zSSR Suv xo‘jaligi vazirligining Farg‘ona va Andijon viloyatlarida suv xo‘jaligi qurilishi trestlari tashkil etilishi bilan bog‘liq tadbirlar to‘g‘risida” 1961-yil 6-apreldagi 251-son qarori, 8-banddan tashqari.
6. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Sanoat asosida tuxum va parranda go‘shti yetishtirishni tashkil etish to‘g‘risida” 1964-yil 3-sentabrdagi 740-son qarori” yuzasidan 1964-yil 23-sentabrdagi 577-son qarori (O‘zSSR QT, 1964-y., 5-son, 65-modda).
7. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Namangan viloyatida yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish bo‘yicha kolxozlararo tashkilot tashkil etish to‘g‘risida” 1968-yil 27-martdagi 116-son qarori.
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika kolxoz va sovxozlarida asalarichilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1970-yil 31-iyuldagi 398-son qarori.
9. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vazirligining asalarichilik boshqarmasini O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zasalarisanoat” asalarichilik bo‘yicha respublika xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirish to‘g‘risida” 1976-yil 9-iyuldagi 405-son qarori.
10. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika suv xo‘jaligi kengashini tuzish to‘g‘risida” 1990-yil 26-iyundagi 247-son qarori.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika suv xo‘jaligi kengashi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1995-yil 27-apreldagi 149-son qarori. | 166 | 5,337 |
Qonunchilik | “XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGAShI DEPUTATINI, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASI DEPUTATINI VA SENATI A’ZOSINI ChAQIRIB OLISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga ko‘ra amalga kiritilsin.
2. “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilgan kundan e’tiboran quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 67-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 68-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda) XXII bo‘limi. | 227 | 1,628 |
Qonunchilik | Soliq hisobotining amaldagi shakllariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda va yangilari joriy etilmoqda | Davlat soliq qoʻmitasi «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorni qabul qildi (roʻyхat raqami 3221-1, 20.10.2020 y.).
Ushbu qoʻshimchalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova. | 97 | 354 |
Qonunchilik | XIVA ShAHRINING 2500 YILLIGI YuBILEYIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA | Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o‘rnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil oktyabr-noyabr oylarida Parijda o‘tgan 28-sessiyasi Xiva shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. YUNESKO Bosh konferensiyasi 28-sessiyasining Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyini 1997-yilda YUNESKO rahnomaligida jahon miqyosida keng nishonlash haqidagi qarori to‘la qo‘llab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.
2. Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda Xiva shahri yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda Xiva shahrining tarixiy markazida va asosiy turistik marshrutida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarini 1996—2000-yillarda ta’mirlash va obodonlashtirish dasturini ishlab chiqsinlar va Tashkiliy qo‘mita tasdig‘iga kiritsinlar.
Shu jumladan 1996-1997-yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qo‘yilsin va tegishli mablag‘ ajratilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi Xorazm viloyati hokimligining buyurtmasiga muvofiq “O‘zsuvqurilish” konserni hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda shahar akvatoriyasida yer osti suvlari sathini belgilangan normativlarda bo‘lishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
5. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi xorijiy va mahalliy turizm infrastrukturasini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash choralarini ko‘rsin, xorijiy sayyohlarni mamlakatimizning, jumladan Xorazm vohasining tarixiy-madaniy merosi bilan tanishtirish uchun keng jalb qilishni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Xiva shahrining milliy madaniyatimiz tarixida tutgan o‘rni haqida ilmiy, ilmiy-ommabop nashrlarni, turli taqvim va bukletlarni chop etishni o‘z rejalariga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997-yilda Xiva shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 1997-yilda Xiva shahrining yubileyini YUNESKOning Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Xorazm viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda Xiva shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, aloqa-transport, maishiy va sog‘liqni saqlash infrastrukturasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xiva shahrining yubileyini o‘tkazish uchun 1996-1997-yillarda tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda moliyaviy mablag‘lar ajratsin, ushbu xarajatlarning 50 foizidan teng ulushlarda respublika budjeti hamda Xorazm viloyati mahalliy budjeti, shuningdek, viloyat tashkilotlari va korxonalarining ixtiyoriy badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin.
11. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, “O‘zdavkinokompaniya” va ommaviy axborot vositalari Xiva shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, o‘ziga xos san’atini targ‘ib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, ommabop materiallar berib borilishini ta’minlasinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 89 | 4,084 |
Qonunchilik | Mahalliy OAVni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari tasdiqlandi | Prezidentning 27.06.2022 yildagi “Ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Hujjat bilan belgilanishicha, 2022 yil 1 iyuldan boshlab 2025 yil 1 iyulga qadar:
2023 yildan boshlab tegishli davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa muassasalarga 110 nusхa davriy bosma nashrlar va 67 nusхa kitob mahsulotlarining majburiy bepul nusхalarini yuborish amaliyoti bekor qilinadi va ular tomonidan bosma mahsulotlarni хarid qilib olish tartibi joriy qilinadi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi bundan mustasno. Bunda, tegishli davlat organlari tomonidan хarid qilib olish uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratiladi.
2022 yil 1 oktyabrdan boshlab bolalar uchun moʻljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish boʻyicha har yili eng yaхshi 30 ta loyiha uchun har biri BHMning 300 baravarigacha miqdorda boʻlgan tanlov e’lon qilinadi. Bu boradagi хarajatlar Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Faol jurnalistlarni muntazam ragʻbatlantirish va ular oʻrtasida ijodiy sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida har chorakda:
Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi eng yaхshi materiallarni keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan aniqlash uchun maхsus elektron platformani ishga tushiradi.
2023 yildan boshlab jurnalistlar oʻrtasida har yili an’anaviy oʻtkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun хalqaro tanlov ochiq va shaffof shaklda oʻtkaziladi. Bunda sovrindorlar:
bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
“Oltin qalam” milliy mukofoti uchun хalqaro tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar “Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib obuna boʻlish va ularning buyurtmachigacha oʻz vaqtida yetkazib berilishini kuzatib borish imkonini beradigan “Obuna” yagona elektron platformasi yaratiladi.
2026 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaхslar tomonidan “Obuna” yagona elektron platformasi orqali obuna qilingan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar obuna narхining 10%, bolalar uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlar obuna narхining 20% miqdori Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan obunachilarning bank kartalariga bir oy muddat ichida qaytariladi.
Ommaviy aхborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan jurnalistlar va tahririyat хodimlarining:
2023–2024 yillarda 50 nafar jurnalist va tahririyat хodimlari хorij mamlakatlariga malaka oshirish, stajirovka oʻtash va nufuzli media tadbirlarda ishtirok etish uchun yuboriladi.
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy manzilida joylashgan “Matbuot uyi” bino va inshootlari Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi. Ushbu binoga davriy bosma nashrlarning tahririyatlari ijara haqi toʻlamasdan (kommunal toʻlovlar va koʻrsatiladigan boshqa хizmatlar bundan mustasno) joylashtirilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 62 | 3,222 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUTBOLNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekistonda futbolning ommaviyligi va unga katta qiziqish borligini, uning aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashdagi va jismoniy tarbiyani yaxshilashdagi muhim ahamiyatini, xalqaro maydondagi sport aloqalarini kengaytirishdagi keng imkoniyatlarini e’tiborga olib va uni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida:
1993-yil 10-mayga qadar 2000-yilgacha futbolni rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasining tasdig‘iga kiritsinlar;
1993-yil 1-aprelga qadar respublikada barcha yosh guruhlari bo‘yicha komandalar ishtirokida futbol musobaqalarini o‘tkazishning yagona tizimini ishlab chiqsinlar. Ommaviy futbol uchrashuvlarini uyushtirishga, qobiliyatli sportchi yoshlarni izlashga va tarbiyalashga alohida e’tibor bersinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi bilan, shuningdek, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda 1993-yilda “Paxtakor” komandasining, O‘zbekistondagi boshqa terma va professional futbol komandalarining maqomini tasdiqlasin.
3. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish fondi ta’sis etilib, unga Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan 100 million so‘m ajratilsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, “O‘zmashpaxtagazlama” davlat konsernining, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining, “TTZ” ishlab chiqarish birlashmasining, Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining fondni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash haqidagi tashabbusi ma’qullansin hamda ajratilgan mablag‘lar respublikada futbolni rivojlantirishning zamonaviy bazasini vujudga keltirishni jadallashtirishga, O‘zbekistonning sog‘lom va barkamol fuqarolarini tarbiyalab yetishtirishdek olijanob ishga ko‘maklashadi, deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi o‘n kun muddat ichida Respublika futbol federatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish fondi nizomini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasining tasdig‘iga taqdim etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi Respublika futbol federatsiyasi bilan birgalikda “Paxtakor” komandasining an’analarini tiklash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin, komandani yuqori malakali mutaxassislar va umidbaxsh futbolchilar bilan mustahkamlasin, “Qibray” o‘quv-mashq sport kompleksi asosiy baza qilib belgilansin.
1993-1994-yillarda markaziy “Paxtakor” stadionini, “Qibray” va “Chig‘atoy” sport bazalarini puxta ta’mirlash amalga oshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yilda puxta ta’mirlash ishlari uchun zarur mablag‘larni ajratsin va 1994-yilda ham shunday ishni ko‘zda tutsin.
Vazirlar Mahkamasining qurilish, transport va aloqa majmui (o‘rtoq To‘laganov) ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda yordam bersin.
7. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi sport maqsadlariga atab ishlab chiqariladigan tovarlarning, shu jumladan, futbol kiyimlari, to‘p va poyabzalning sifati yaxshilanishini hamda turlari ko‘paytirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi Respublika futbol federatsiyasi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda milliy terma futbol komandalari uchun kiyim formasini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi:
Respublika futbol bo‘yicha oliy sport mahorati maktabining “Chig‘atoy” bazasida respublika yoshlar va o‘spirinlar komandalarining olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik markazini tashkil etsin;
respublika chempionati va birinchiligi qatnashchilari — oliy hamda birinchi uyushma futbol klublari huzurida bolalar-o‘smirlar sport maktablarini ochsin.
10. Respublikaning barcha mintaqalarida futbolni rivojlantirishga va buning uchun viloyatlar hamda Toshkent shahri futbol federatsiyalari raislarining yuksak mas’uliyatiga katta ahamiyat berib, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining shu lavozimlarga saylanishlari faxrli vazifa deb hisoblansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat istiqbolni belgilash va statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi terma komandalarining xalqaro musobaqalarda, chempionlar sovrini, sovrin egalarining sovrini rasmiy musobaqalarida va shu darajadagi boshqa bellashuvlarda qatnashishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari va ishtirok etishlari uchun har yili mablag‘ ajratishni, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyuta ajratishni ko‘zda tutsinlar.
13. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi terma komandalar uchun va xalqaro futbol musobaqalarida qatnashuvchi komandalar uchun aviatsiya biletlari rasmiylashtirilishini va sotib olinishini ta’minlasin. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining chet ellardagi vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining iltimosiga binoan bu komandalarni kutib olishni va ularning tranzit qatnovini uyushtirishda har tomonlama yordam bersinlar.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi terma komandalarning va klub komandalarining a’zolari, shuningdek, ayrim mutaxassislar, trenyerlar va futbolchilar uchun chet elga chiqish ruxsatnomalari o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlasin. Chet elga chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Respublika Futbol federatsiyasining belgilangan tartibdagi takliflari asosida ruxsatnoma beriladigan bo‘lsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning joylardagi organlari futbol klublarini sport sohasiga ixtisoslashgan malakali shifokorlar va tibbiy xodimlar bilan, shuningdek, O‘zbekiston Futbol federatsiyasining talabnomalariga binoan zarur tibbiy ashyolar va dori-darmonlar bilan ta’minlasinlar.
16. Ommaviy axborot vositalari, O‘zbekiston televideniye va radioeshittirish kompaniyasi respublikada futbol harakatining rivojlanishini, eng yaxshi sport klublari, sport maktablari, jismoniy tarbiya jamoalari, mutaxassislar va trenyerlarning faoliyatini muntazam ravishda batafsil yoritib borsinlar, respublikada futbol musobaqalari haqida yuksak saviyada sharhlar tayyorlasinlar, “Sport” gazetasi huzurida “O‘zbekistonda futbol” haftanomasini chiqarish tashkil etilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi organlari futbol musobaqalarini o‘tkazish paytida jamoat tartibini, tomoshabinlarning, musobaqa qatnashchilarining, hakamlar guruhlarining xavfsizligini saqlashni ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralarni amalga oshirsinlar.
18. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rtoq A.M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin. | 86 | 6,900 |
Qonunchilik | TARKIBIDA QIMMATBAHO METALLAR VA QIMMATBAHO TOShLAR BO‘LGAN IKKILAMChI RESURSLAR VA ChIQITLARNI TAYYoRLASh HAMDA QAYTA IShLASh FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Vazirlar Mahkamasining tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 2004-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritiladi.
3. Vazirlar Mahkamasining tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi 2004-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda Komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyatiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Komissiyaning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) funksiyasini bajaradi.
Ishchi organ litsenziya talabgorlarining tegishli hujjatlar bilan arizalarini qabul qiladi, ular bo‘yicha ekspert xulosalari, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish yoxud litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risida Komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, litsenziyalarni rasmiylashtiradi va qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrlarini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
3. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga beriladi.
5. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
6. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash sohasidagi qonun hujjatlariga, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek tarkibida ular mavjud bo‘lgan buyumlarning muomalada bo‘lishiga oid normativ-texnik va boshqa talablarga majburiy rioya qilish;
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlashni tartibga solishga doir zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur va belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjud bo‘lishi;
tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar chiqindilari bo‘lgan materiallar, buyumlar hamda parchalarni belgilangan talablarga muvofiq hisobga olish va ularni saqlashning ta’minlanishi;
shtatda tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash (metallurgiya, kimyo) sohasida maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan yetarli xodimlar bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining qimmatbaho metallar va toshlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining mavjud bo‘lishi.
7. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatib o‘tilgan litsenziya talablari va shartlaridan aniq talablar va shartlar nazarda tutilishi mumkin.
8. Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami; litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi)ning nomi;
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan binolar va xonalarga mulkiy huquqni yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjat;
mavjud bino va xonalarning qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligi talablariga, sanitariya-gigiyena va ekologiya normalariga muvofiqligi to‘g‘risida ichki ishlar, sanitariya-epidemiologiya va tabiatni muhofaza qilish organlarining xulosalari;
ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi organ mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
10. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
11. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
12. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etadi.
Zarur hollarda ishchi organ litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatlarini joylarga borib o‘rganishga haqlidir.
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi hamda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi, protokol Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
13. Ishchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va ishchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
14. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda ishchi organ buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishchi organ mablag‘lari hisobiga bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ularning maqsadli foydalanilishi uchun ishchi organ rahbari shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
15. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
16. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida ishchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
17. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
18. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
19. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin uch kun mobaynida ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi, litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etadi.
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin yetti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi, protokol Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
20. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
21. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
22. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘im summasi ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Yo‘qolgan yoki amal qilish muddati o‘tmagan yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirilishining aniqlangan holatlari to‘g‘risidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar ko‘rish uchun soliq organlariga belgilangan tartibda yuborish.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ishchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi ishchi organda qoladi.
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarini nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
29. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Ishchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi. Reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
31. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
32. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji mablag‘lari respublika budjetiga o‘tkaziladi. | 193 | 18,886 |
Qonunchilik | Taхiatosh IESni modernizatsiya qilishga 678 mln dollar investitsiya qilinadi | Prezidentning 11.09.2017 yildagi PQ-3264-son qarori bilan «Taхiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatdagi ikkita bugʻ-gaz qurilmalari qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: Taхiatosh IES 1974 yilda qurilgan. Uning oʻrnatilgan quvvati - 730 MVt., ishlatiladigan yoqilgʻi – tabiiy gaz, rezerv yoqilgʻi – mazut.
2015 yilda investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangan. Uning umumiy qiymati – 678,26 mln AQSh dollari, ulardan:
Xalqaro tender savdolari yakunlari boʻyicha «Oʻzbekenergo» AJ «Nyundai Engineering Co. Ltd.» va «Nyundai Engineering & Construction Co. Ltd.» kompaniyalari konsorsiumi bilan ikkita bugʻ-gaz qurilmalarini “foydalanishga tayyor holda” qurish yuzasidan kontrakt tuzdi. Keyinchalik optimallashtirishni inobatga olgan holda kontraktning umumiy summasi 103,96 mln yevro va 318,1 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
Qaror bilan qator tashkiliy masalalar tartibga solingan. Loyiha qatnashchilariga davlatimizning uning amalga oshirilishiga qoʻshgan hissasi hisoblanadigan soliq va bojхona imtiyozlari va preferensiyalari taqdim etildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 76 | 1,355 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida | Ma’lumki, 2021-yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr so‘nggida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqea — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganiga o‘ttiz yil to‘ladi.
Mustaqillik yillarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, og‘ir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Yurtimiz ilgarigi iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq respublikadan barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalib borayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida uzoq-yaqindagi barcha mamlakatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy, ochiq va demokratik davlatga aylandi.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017— 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotini tubdan yangilash, “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Jahon miqyosida davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga, shuningdek boshqa turli tahdid va xatarlarga qaramasdan, xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi amaliy harakatlari izchil davom ettirilmoqda.
Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti mustahkamlanmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi bosib o‘tgan rivojlanish yo‘limizni sarhisob qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish orqali oldimizda turgan ustuvor vazifa — O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz mustaqilligining ulkan siyosiy, tarixiy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini inobatga olib, istiqlol yo‘lining asosiy maqsad va vazifalarini yangi bosqichda og‘ishmay, samarali davom ettirish, bu qutlug‘ sanani davlatimiz va jamiyatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiboriga munosib yuksak saviyada, umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil qilinsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni atroflicha yoritishga alohida e’tibor qaratgan holda “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) tasdiqlasin:
jamiyatda qonun ustuvorligi va sudlarning mustaqilligini ta’minlash, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlarining vakillik organlari va jamoatchilik oldida hisobot berish tizimining yo‘lga qo‘yilgani, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar;
mamlakatimizni modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimining sifati va samarasini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar;
“Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha erishilayotgan natijalar;
iqtisodiyotni liberallashtirish, iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirlarni qisqartirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini kuchaytirish, valyuta bozorini erkinlashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish dasturlari, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi;
“Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, biznes yuritish shartlarini yengillashtirish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik, hunarmandchilikni rag‘batlantirish uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar;
“Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Bir million dasturchi” kabi ijtimoiy loyihalarning joriy etilishi, aholi bandligini ta’minlash, uning real daromadlarini izchil oshirib borish, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot, sport sohalarini tubdan rivojlantirish;
jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni har tomonlama himoya qilish, yosh qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ko‘mak va yordam berish, tadbirkor ayollarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar;
yoshlarga oid davlat siyosatini samarali olib borish, jumladan yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga tayyorlash, yosh tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar;
aholini turar joy bilan ta’minlash, xususan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo etish, keksa avlod vakillarini, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yordam va ko‘makka muhtoj fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar;
buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini barpo etish borasida belgilab berilgan uzoq muddatli strategik vazifalar doirasida milliy g‘oyani rivojlantirish, jumladan davlat tilining o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan amaliy harakatlar;
xalqimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi va tafakkuri, hayotga va mehnatga munosabati o‘zgarib, ijtimoiy muammolarni hal etishda davlat va fuqarolik institutlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chet ellardagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stlik hamda hamkorlik munosabatlarining tubdan yaxshilangani, mintaqaviy va xalqaro muammolarni birgalikda hal etish sa’y-harakatlari;
mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan katta e’tibor, xususan O‘zbekiston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilingani, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, hadis va kalom maktablarini tashkil etish bilan bog‘liq amaliy ishlar;
xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, jumladan, milliy armiyani modernizatsiya qilish, harbiy sanoat kompleksini yaratish, harbiy ta’lim tizimi va huquq-tartibot organlari faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq ulkan o‘zgarishlar;
jahon miqyosida turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olib, ekstremizm, terrorizm, narkotrafik, odam savdosi, global pandemiya kabi tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi tahlikali zamonda hayotning o‘zi talab qilayotgan mezonlar asosida doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan muhim ishlar.
3. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari va Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarining faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
joylarda taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan aholining keng qatlamlari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va badiiy kechalar o‘tkazilishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ilmiy va ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblari, jumladan maqom va baxshichilik san’ati vakillari, iste’dodli yosh ijrochilardan iborat ijodiy guruhlarni shartnoma asosida jalb etish choralarini ko‘rsin.
4. Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda keng jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi sanasi munosabati bilan:
poytaxtimizda “Istiqlol” majmuasini tashkil etish va u yerda mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasini barpo etish;
Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yo‘lini “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” deb nomlash;
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish;
o‘tgan davrda erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston” kitob-albomini hamda har bir sohada amalga oshirilgan islohotlar natijalarini yoritib beruvchi kitob-albom va to‘plamlarni nashr etish;
2021-yilda yurtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha xalqaro madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar, ajdodlarimiz yubiley sanalarini mustaqillikning o‘ttiz yilligi g‘oyasi va ruhi bilan uyg‘un va hamohang holda tashkil etish;
madaniyat va san’atning barcha yo‘nalishlari (musiqa, teatr, kino, tasviriy va amaliy san’at, sirk, xalq ijodiyoti) bo‘yicha respublika miqyosida festival va ko‘rgazmalarni tashkil etish;
yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari hamda tarixiy va zamonamiz qahramonlari hayoti va faoliyati haqidagi pyesalar tanlovlarini tashkil etish;
mustaqillik yillarida erishilgan ilmiy yutuqlar asosida yaratilgan innovatsion loyiha va texnologiyalar ko‘rgazmalarini o‘tkazish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
5. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):
a) mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlarini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yuqori badiiy saviyada o‘tkazish uchun mamlakatimiz va xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rsin;
b) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.U. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (R.D. Qurbonov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.M. Xodjimatov) va Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) bilan birgalikda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlarini keng jalb etgan holda bayram tantanalari va xalq sayillarini tashkil qilsin;
madaniyat va istirohat bog‘larida shartnoma asosida taniqli san’at namoyandalari, badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etilishini ta’minlasin;
keyingi yillarda yurtimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratishga bag‘ishlangan publitsistik maqolalar va she’rlardan iborat kitobni respublika budjeti mablag‘lari hisobidan chop etsin.
6. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov), “O‘zbekkino” milliy agentligi (F.F. Abduxalikov), Badiiy akademiya (A.V. Nuriddinov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.M. Xodjimatov) bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan keng jamoatchilik, jumladan xorijiy mamlakatlarda yashayotgan vatandoshlarimizni jalb qilgan holda “O‘zbekiston kunlari”ni o‘tkazsin va uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirsin.
7. “O‘zbekkino” milliy agentligi (F.F. Abduxalikov) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami munosabati bilan filmlar yaratish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2021-yil davomida barcha tuman (shahar)lar, qishloq va ovullarda, shuningdek milliy telekanallarda mustaqillik yillarida yaratilgan eng yaxshi badiiy va hujjatli filmlarning keng namoyishini tashkil etsin.
8. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Badiiy akademiya (A.V. Nuriddinov), Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov), Jurnalistlar ijodiy uyushmasi (X.X. Salimov) va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda “Eng ulug‘, eng aziz”, “Ranglar jilosida — ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlarni yuqori darajada o‘tkazishni ta’minlasin.
9. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
Toshkent shahrida — Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Ko‘chimov), “Dunyo” axborot agentligi (S.L. Suyarov) va boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 138 | 15,006 |
Qonunchilik | Qanday kasalliklar va jismoniy nuqsonlarda sudyalikka qabul qilinmaydi | Sudyalar oliy kengashi va Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2951, 2017 yil 23 noyabr) bilan Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyхati tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, «Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq mazkur roʻyхat sudyalik lavozimiga nomzodlar zaхirasiga kiritiladigan, sudyalikka birinchi marta tayinlanadigan shaхslarni, shuningdek Sudyalar oliy kengashi a’zolarining kasbiy layoqatini belgilash uchun moʻljallangan.
Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyхati 24 ta pozitsiyadan iborat:
Hujjat 24.11.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 70 | 921 |
Qonunchilik | Yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta sotishdan ozod qilindi | Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.
Hujjatga koʻra yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod qilindi.
Bu muhim! Imtiyoz qishloq хoʻjaligi mahsulotlari va yovvoyi oʻsimliklar, mis va undan ishlangan buyumlar hamda tabiiy gaz (shuningdek, tranzit) eksportchilari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga tatbiq etilmaydi.
Bundan tashqari, chiqarilishi uchun sertifikat talab etilmaydigan soʻnggi 50 yil ichida yaratilgan хalq badiiy hunarmandchiligi va bezakli amaliy san’ati buyumlari roʻyхatiga aniqlik kiritildi.
Hujjatlarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish va rasmiylashtirishda konsultatsiyalar qiymati EKIHning 2%igacha pasaytirildi (ilgari – 5%). Hunarmandchilik bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlari boʻlmish bezakli amaliy san’at buyumlarini badiiy ekspertizadan oʻtkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun maхsus yigʻim miqdori endi EKIHning 10%ini tashkil etadi. Ilgari u EKIHning 75%igacha boʻlishi mumkin edi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 60 | 1,455 |
Qonunchilik | Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga muvofiq, berilayotgan imtiyozlar bo‘yicha soliq qonunchiligini qo‘llashda yagona yondashuvni ta’minlash, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilotlarni identifikatsiyalash mexanizmini joriy etish, shuningdek, ularning mahsulotlarini qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari toifasiga kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshiga muvofiq, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan korxonalar va tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha soliqlardan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq soliq imtiyozlari berilishida ko‘maklashishni;
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan va soliq imtiyozlari berilayotgan tashkilotlarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish masalalari, yoqilg‘i-energetika resurslaridan tejamkorlik bilan oqilona foydalanishning muhimligi muntazam yoritib borilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmasi — qayta tiklanadigan manbalardan elektr, issiqlik energiyasi yoki biogaz ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnologik uskunalar to‘plami;
qayta tiklanadigan energiya manbalari — o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan tabiiy jarayonlar hisobidan uzluksiz qayta tiklanadigan va quyidagilarni o‘z ichiga oladigan energiya manbalari: quyosh nuri energiyasi, shamol energiyasi, suvning gidrodinamik energiyasi, geotermal energiya — tuproq, erosti suvlari, daryolar, suv havzalari issiqligi, shuningdek, birlamchi energiya resurslarining antropogen manbalari — biomassa, biogaz hamda elektr va (yoki) issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan organik chiqindilardan boshqa yoqilg‘i;
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot — qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlaydigan va bunday qurilmalarni sotishdan oladigan sof daromadi ulushi sotishdan tushadigan sof daromadning umumiy hajmida hisobot soliq davri yakunlari bo‘yicha kamida 50 foizni tashkil qiladigan yuridik shaxs;
tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash — tashkilotlar uchun qonunchilikka muvofiq nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash maqsadida davlat soliq xizmati organi tomonidan tashkilotni uning yil yakunlari bo‘yicha soliq hisoboti bilan birga taqdim etadigan ma’lumotnoma-hisob-kitob asosida aniqlash.
3. Imtiyozlardan foydalanadigan tashkilot qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashganini tasdiqlash uchun yil yakunlari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti bilan birga qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlash to‘g‘risida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda ma’lumotnoma-hisob-kitob ham taqdim etadi.
4. Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga soliq imtiyozlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan identifikatsiyalash asosida beriladi. Bunda tashkilotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ma’lumotnoma-hisob-kitobda qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari ro‘yxatini ko‘rsatadi.
5. Agar tashkilot, hisobot yili yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotnoma-hisob-kitobdan kelib chiqqan holda, soliq imtiyozlari berish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa (qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlash bo‘yicha soliq imtiyozlari berilgan ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanmasa), soliq imtiyozlari bekor qilinadi va unga nisbatan ushbu imtiyozlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lash majburiyatlari tiklanadi hamda belgilangan tartibda penya hisoblanadi.
6. Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalangan tashkilotlarga ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari beriladi.
7. Tomonlar o‘rtasida tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash jarayonida paydo bo‘ladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Davlat soliq xizmati organlari nizolarni hal etish jarayoniga ushbu sohaning tegishli mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilish huquqiga ega.
8. Soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanishini davlat soliq xizmati organlari nazorat qiladi.
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. | 201 | 7,099 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturida belgilangan tadbirlarning 2015-yil birinchi yarmidagi ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida so‘zlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi (bundan buyon matnda Harakat dasturi deb yuritiladi) tegishli bandlarining ijrosini ta’minlash uchun Senat Kengashi, qo‘mitalari, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi hamda Senat Devoni tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Harakat dasturining bajarilish muddatlari 2015-yil deb belgilangan 1.1, 2.1, 3.1, 3.3, 3.4, 4.1-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ma’qullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda qabul qilingan qonunlar mintaqalardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi haqidagi axborotni joylardan olinishini ta’minlaydigan o‘zaro aloqaning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan yaqin hamkorlikda yaratilishiga erishildi. Shuningdek, Nizomga qonunlar umumdavlat va mintaqalar manfaatlarining mutanosibligini, bir-biriga zid kelmasligini va tizimliligini ta’minlash, qonunlarni ularda amalga oshirish mexanizmlari mavjudligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi majburiyligini belgilovchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qonunlarni ko‘rib chiqish jarayoniga yetakchi mutaxassislar, olimlar, amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini keng jalb etish mexanizmlari joriy qilindi. Xususan, Harakat dasturining 3.3-bandiga muvofiq qonunlarning tizimli, doimiy asosda muhokama etilishini tashkil qilish, ularni ro‘yobga chiqarish yuzasidan nazorat-tahlil ishlarini tayyorlash va o‘tkazish maqsadida Senat qo‘mitalari huzurida yetakchi mutaxassislar, olimlar, amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillaridan iborat tarkibdagi ekspert guruhlari tuzildi.
Qonun ijodkorligida qiyosiy tahlil uslublaridan foydalanish borasidagi demokratik davlatlar parlamentlarining qonun ijodkorligi faoliyati tajribasini o‘rganish Senatning asosiy ustuvor vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda. Ushbu vazifani to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida Harakat dasturining 4.2-bandiga muvofiq bu boradagi ishlarning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Harakat dasturining 6.2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2015-yil 26-maydagi Qo‘shma Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlandi. Oliy Majlis palatalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirish uchun “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.
Senat qo‘mitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari bilan o‘zaro hamkorligining aniq mexanizmlarini, yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Harakat dasturining 7.1-bandiga muvofiq Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash, tashqi siyosatini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish sohasida Senat o‘z konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga e’tiborni kuchaytirib, Harakat dasturining 8.1-bandini bajarish maqsadida alohida chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqdi va tasdiqladi.
Umuman olganda, Harakat dasturining 2015-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan bandlari Senat Kengashi, Senat qo‘mitalari va komissiyasi hamda Senat Devoni tomonidan samarali va sifatli amalga oshirib kelinmoqda.
Harakat dasturida bajarilish muddatlari 2015-yil deb belgilangan tadbirlar ijrosi tizimli va izchil kechayotganini e’tiborga olgan holda Senat qo‘mitalari va komissiyasi hamda Senat Devonining bu boradagi sa’y-harakatlarini yanada kuchaytirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari S. Artikovaning Harakat dasturida belgilangan tadbirlarning 2015-yil birinchi yarmidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Senat qo‘mitalari va komissiyasi:
Harakat dasturining ijrosi keyingi davrga mo‘ljallangan bandlari hamda Harakat dasturiga muvofiq qabul qilingan qarorlar va boshqa chora-tadbirlar samarali, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratsin;
Senat qo‘mitalari huzurida tashkil etilgan ekspert guruhlari a’zolarini jalb etgan holda Senatda ko‘rib chiqilayotgan qonunlar yuzasidan joylarda faoliyat ko‘rsatuvchi senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqishga doir ishlarini, shuningdek nazorat-tahlil faoliyatini kuchaytirsin.
3. Harakat dasturi 6.5-bandining ijrosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari axborot xizmatlarining 2015-yilga mo‘ljallangan hamkorlikdagi ish rejasi ishlab chiqilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. Senat Matbuot xizmati ushbu rejani amalga oshirish asnosida keng jamoatchilikni qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, nazorat-tahlil ishlari va boshqa faoliyat natijalaridan muntazam xabardor qilib borsin, bunda qonun hujjatlarining me’yorlari noto‘g‘ri talqin qilinishi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi tasdig‘iga kiritilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari S. Artikova zimmasiga yuklatilsin. | 184 | 6,537 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5696-son hamda 2021-yil 15-iyuldagi “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6262-son farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4254-son va 2021-yil 3-martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5017-son qarorlariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5388-son Farmonining 10-bandidagi “, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va “O‘zagrokimyohimoya” AJ” so‘zlari “va O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovaning 14-pozitsiyasi “Nazorat qiluvchi organ” ustunidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5643-son Farmonining 3-bandi yettinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmoniga 2-ilovaning 68-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonida:
a) 2-ilovaning 21-pozitsiyasi “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5903-son Farmonida:
a) 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 19-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6005-son Farmoniga 2-ilovaning 22-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6042-son Farmonida:
a) 13-bandning o‘n birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-son Farmonida:
a) 2-ilovada:
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
19-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 3-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6218-son Farmoniga 3-ilovada:
a) “Vazirliklar” bo‘limining 10-pozitsiyasi “Idoraviy mansub tashkilotlar” bobidagi 1 va 2-bandlar chiqarib tashlansin;
b) “Inspeksiyalar” bo‘limida:
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” bobining nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi”;
60-pozitsiyaning “Tizimlashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlar*” ustunida:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son Farmoni” jumlasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoni” jumlasi bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori” jumlalari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori” jumlasi bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-fevraldagi “Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2795-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “2017 — 2022 gg.” so‘zlari “2017 — 2023 gg. do 31-marta” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Ministerstvo selskogo xozyaystva” so‘zlari “Gosudarstvenniy komitet veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva” so‘zlari “Gosudarstvenniy komitet veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “ministra selskogo xozyaystva” so‘zlari “predsedatelya Gosudarstvennogo komiteta veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva” so‘zlari “Gosudarstvennim komitetom veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 9 va 10-bandlardagi “Ministerstva selskogo xozyaystva” so‘zlari “Gosudarstvennogo komiteta veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2939-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi va uning o‘rinbosarlari muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadilar hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar”.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3026-son qarorida:
a) 1, 2, 5 va 6-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 8-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasining” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Toshkent shahri, Xalqobod 4-berk ko‘chasi, 4-uy” so‘zlari “Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21a-uy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1 — 11-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3067-son qaroriga 1-ilovaning 42 va 53-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3080-son qarori 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3283-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “S.R. Xolmurodov” so‘zlari “Sh.M. G‘aniyev” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetovga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kreditini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlarni, shuningdek, zaruratga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan ularga tegishli o‘zgartirishlarni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin”;
g) 10 va 11-bandlardagi “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uyushma raisi va uning o‘rinbosari muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadilar hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar”.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3365-son qarorida:
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3351-son qarorining 5-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Veterinariya davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Fanlar akademiyasi hamda” so‘zlari “Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3377-son qarorining 7-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3657-son qaroriga ilovaning 27 va 28-pozitsiyalari “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov)” so‘zlari “O‘zbekchorvanasl” agentligi (B. Atamuradov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3671-son qaroriga 6-ilovaning 42-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3703-son qarorida:
a) 2-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovaning “Bakalavriat” bo‘limi 2-pozitsiyasi va “Magistratura” bo‘limi 3-pozitsiyasidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 6-ilovada:
“Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha” bo‘limi 1 — 8-pozitsiyalarining “O‘quv amaliyoti obyekti” va “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunlaridagi “Tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari” va “Veterinariya boshqarmalari” so‘zlari tegishincha “Tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari” va “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Magistratura mutaxassisliklari” bo‘limi 2 — 8-pozitsiyalarining “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “veterinariya boshqarmalari” va “Tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari” so‘zlari tegishincha “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari” va “Tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3704-son qarorida:
1) 5-ilovada:
“Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari” bo‘limida:
a) “Toshkent davlat agrar universiteti bo‘yicha” bobida:
6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
13-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) “Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bo‘yicha” bobida:
5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11-pozitsiya chiqarib tashlansin;
v) “Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali bo‘yicha” bobida 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) “Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali bo‘yicha” bobida:
4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9-pozitsiya chiqarib tashlansin;
“Magistratura mutaxassisliklari” bo‘limida:
a) “Toshkent davlat agrar universiteti” bobida:
4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) “Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti” bobida:
2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-pozitsiya chiqarib tashlansin;
v) “Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali” bobida 6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 6-ilovada:
“I. Toshkent davlat agrar universiteti” bo‘limida:
a) “1.1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha” bobida:
1-pozitsiyaning “O‘quv amaliyoti obyekti” va “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunlaridagi “Agrokimyo stansiyasi” MChJ” so‘zlari “Respublika agrokimyoviy tahlil markazi” so‘zlari bilan, “O‘zagrokimyohimoya” AJ va uning hududiy bo‘limlari (Toshkent shahri, Mirobod tumani)” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy boshqarmalari (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyada:
“O‘quv-tanishuv amaliyoti obyekti” ustunidagi “Agrokimyo stansiyasi” MChJ” so‘zlari “Respublika agrokimyoviy tahlil markazi” so‘zlari bilan, “O‘quv amaliyoti obyekti” ustunidagi “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “O‘zagrokimyohimoya” AJ va uning hududiy bo‘limlari (Toshkent shahri, Mirobod tumani)” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy boshqarmalari (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani)” so‘zlari bilan, “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-pozitsiyada:
“O‘quv amaliyoti obyekti” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” va uning hududiy bo‘limlari” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan, “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1.2. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha” bobida:
2-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “O‘zagrokimyohimoya” AJ (Toshkent shahri, Mirobod tumani)” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan, “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan, “O‘zagrokimyohimoya” AJ (Toshkent shahri, Mirobod tumani)” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan, “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“II. Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali” bo‘limida:
a) “2.1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha” bobida:
3-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Andijon agrokimyohimoya” hududiy AJ” so‘zlari “Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” so‘zlari bilan, “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Andijon viloyati bo‘limi (Andijon shahri, Kengash ko‘chasi 15-uy)” so‘zlari “Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi (Andijon shahri, M. Muhiddinov tor ko‘chasi, 7-uy)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Andijon viloyati bo‘limi” so‘zlari “Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” so‘zlari bilan, “Andijon agrokimyohimoya” hududiy AJ” so‘zlari “Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2.2. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha” bobida:
2-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Andijon agrokimyohimoya” hududiy AJ” so‘zlari “Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Andijon viloyati bo‘limi (Andijon shahri, Kengash ko‘chasi, 15-uy)” so‘zlari “Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi (Andijon shahri, M. Muhiddinov tor ko‘chasi, 7-uy)” so‘zlari bilan, “Andijon agrokimyohimoya” hududiy AJ” so‘zlari “Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“III. Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali” bo‘limida:
a) “3.1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha” bobida:
1-pozitsiyaning “O‘quv amaliyoti obyekti” ustunidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Agrokimyo stansiyasi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrokimyoviy tahlil markazi” so‘zlari bilan, “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Qoraqalpoq agrokimyohimoya” hududiy AJ” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Qoraqalpoq agrokimyohimoya” hududiy AJ” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “3.2. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha” bobida:
1 va 3-pozitsiyalarning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Qoraqalpoq agrokimyohimoya” hududiy AJ” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“IV. Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali” bo‘limida:
a) “4.1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha” bobida:
1-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Surxondaryo agrokimyohimoya” hududiy AJ” so‘zlari “Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning “O‘quv amaliyoti obyekti” ustunidagi “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyati tayanch punkti” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali” so‘zlari bilan, “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Surxondaryo agrokimyohimoya” hududiy AJ” so‘zlari “Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-pozitsiyaning “O‘quv amaliyoti obyekti” va “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunlaridagi “O‘simliklar karantini” davlat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi” so‘zlari “Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-oktabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3978-son qarorining 15-bandi yettinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i (Irgashev)” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4005-son qarorida:
a) 21-band “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,” so‘zlaridan keyin “O‘zbekchorvanasl” agentligi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 24-bandning beshinchi xatboshisidagi “qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupovga” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilovga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. B.T. Atamuradov — “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori”.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4015-son qarorida:
a) 12-bandning birinchi xatboshisidagi va 23-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandning uchinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 24-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupovga” so‘zlari “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori B.T. Atamuradovga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4020-son qarorining 17-bandi birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4135-son qarorida:
a) 10-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning o‘ninchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4243-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xo‘jalik subyektlariga va omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:”;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xo‘jalik subyektlariga va omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratilayotgan yer uchastkalarida yer osti suvi chiqarish uchun sug‘orish tik quduqlari burg‘ulash joylarini aniqlab, ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni xabardor qilib borsin”;
v) 10, 11-bandlar, 12-bandning ikkinchi xatboshisi va 13-band hamda 1 va 6-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4254-son qarorida:
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “63” raqami “69” raqami bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik bosh direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) 11-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
z) 12-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
i) 13-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
k) 14-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
l) 19-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
m) 20-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4421-son qaroriga 4-ilovada:
a) 22-band chiqarib tashlansin;
b) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-noyabrdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4538-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, qishloq xo‘jaligi vaziri, Agentlik bosh direktori” so‘zlari “Qo‘mita raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6, 10, 11-bandlardagi va 7-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi bilan almashtirilsin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4704-son qarorida:
a) 4-bandning “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 56-pozitsiyasi “To‘lovchilar nomi” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4803-son qaroriga 2a-ilovaning 4-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Agrokimyo stansiyasining viloyat filiali” so‘zlari “Viloyat agrokimyoviy tahlil markazlari” so‘zlari bilan, “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi hududiy filial va bo‘limlarining” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4861-son qarorida:
a) 1-band chiqarib tashlansin;
b) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “Markaz” so‘zi “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Inspeksiya” so‘zi “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “Inspeksiya” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan hamda “v” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “Inspeksiyaga” so‘zi “Agentlikka” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 4 — 7-bandlar chiqarib tashlansin;
d) 8-banddagi “O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Inspeksiya” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “Inspeksiya” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan, “Markaz” so‘zi “Institut” so‘zi bilan almashtirilsin;
z) 11-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Inspeksiyaning” so‘zi “Agentlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
i) 7-ilovada:
ilovaning nomidagi “O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-pozitsiya chiqarib tashlansin;
k) 9-ilovaning 2-pozitsiyasi “Ilmiy-tadqiqot muassasalari” ustunidagi “O‘zagrokimyohimoya” AJga qarashli “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga qarashli O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 9a-ilovaning 2, 4 va 14-pozitsiyalari “Ilmiy-tadqiqot muassasalari” ustunidagi “O‘zagrokimyohimoya” AJga qarashli “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga qarashli O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-oktabrdagi “Sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4863-son qarorining 11-bandidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4892-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4899-son qarorida:
a) 1-ilovada:
11, 18 va 77-pozitsiyalarning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi (Ergashev)” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (Ergashev)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 18-xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4916-son qarori bilan tasdiqlangan Ohangaron tumanida ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xizmatlar sifati hamda qamrovini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlarning 13-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbasi” ustuni “Homiylik xayriyalari” so‘zlaridan oldin “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4937-son qarorida:
a) 3-ilovaning 942 — 956-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 4-ilovaning 71 — 80-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 6-ilovaning 130 va 131-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 7-ilovaning 285 — 298-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5241-son qaroriga 2-ilovada:
a) 16, 49 va 82-pozitsiyalarning “Amaliyot o‘tash va kelgusida ishga joylashtirish uchun kelishuv asosida biriktirilgan korxona va tashkilotlar” ustunidagi “o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 90-pozitsiyaning “Amaliyot o‘tash va kelgusida ishga joylashtirish uchun kelishuv asosida biriktirilgan korxona va tashkilotlar” ustunidan “Agrokimyohimoya” hududiy AJning To‘raqo‘rg‘on tuman filiali” so‘zlari chiqarib tashlansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5067-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5174-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5968-son Farmoniga 1-ilovaning 10-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5447-son Farmoniga 1-ilovaning 34-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6218-son Farmoniga 2-ilovaning 13 va 15-bandlari. | 170 | 40,557 |
Qonunchilik | Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 91-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1291, 2003-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 91-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bank yoki moliya sohasida ikki yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 109 | 733 |
Qonunchilik | «Xorijlik»lar tonirovka uchun qanday haq toʻlaydi | IIV, DBQ, MV va DXX qarori (AV tomonidan 29.11.2018 yilda 3091-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Joriy yil 1 avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaхslarga tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruхsat berilgan (VMning 18.07.2018 yildagi 547-son qarori).
Qabul qilingan Nizom Oʻzbekistonga vaqtincha kirayotgan yoki tranzit harakatlanayotgan hamda bir vaqtning oʻzida quyidagi belgilarga javob beruvchi yengil avtomobillarga nisbatan tatbiq etiladi:
Kirib kelayotgan хorijiy davlatlar avtomobillarining oynalarini qoraytirganlik uchun yigʻim migʻdori 15 AQSh dollarini tashkil etadi (VMQ-547-son qaror 2-bandining 6-хatboshisi). Yigʻim toʻlov kunidagi kurs boʻyicha milliy valyutada chegara bojхona postidagi bank kassalari orqali toʻlanadi.
Bundan tashqari, toʻlovni tasdiqlovchi va bojхonadagi kassada rasmiylashtiriluvchi kvitansiyalarning huquqiy maqomiga oʻzgartirish kiritildi. Nizom loyihasida kvitansiyalar IIB tomonidan beriladigan oynalarni qoraytirishga ruхsatnomaga tenglashtirilgan boʻlsa, tasdiqlangan hujjatga koʻra u faqatgina «qoraytirilgan» avtomobillarning mamlakatga kirishi va uning hududi boʻylab tranzit harakatlanishiga imkon beradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 49 | 1,614 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING USTYuRT MINTAQASIDAGI ShAXPAXTA KONINI QO‘ShIMChA OChISh TO‘G‘RISIDA | Tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish hamda Ustyurt mintaqasidagi Shaxpaxta konini qo‘shimcha ochishga to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) o‘rtasida 2004—2012-yillar davrida O‘zbekiston tabiiy gazini sotish, Shaxpaxta konini qo‘shimcha ochishda ishtirok etish yuzasidan uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolaganligi;
“Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rossiyaning “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati va Shveysariyaning “Gas Projekt Development Central Asia AG” kompaniyasidan iborat tarkibdagi yuridik shaxs bo‘lmagan Konsorsium investor sifatida belgilanganligi;
texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilganligi hamda Shaxpaxta konini qo‘shimcha ochish yuzasidan Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim loyihasi (Mahsulot taqsimoti to‘g‘risida bitim) tayyorlanganligi;
investor 2004—2007-yillarda Shaxpaxta konini qo‘shimcha ochish uchun 15 mln AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiya ajratishi va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishi, 2004-yilda konni qo‘shimcha jihozlashni tugatish hamda 2004-yilning II yarim yilligida tabiiy gaz qazib chiqarishni qaytadan boshlash majburiyatini olganligi;
investor “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan barcha soliqlar, to‘lovlar va yig‘imlarni to‘lashi;
Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha ishlarning bajarilishini tashkil etish uchun investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti — yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda matnda “Operator” deb ataladi) tashkil etilayotganligi;
investor O‘zbekiston Respublikasi va vakolatli kompaniya oldida operator xatti-harakatlari yuzasidan o‘z xatti-harakatlari sifatida mulkiy javob berishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim ma’qullansin va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga uni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘ruvchi Vakolatli kompaniya hisoblanadi.
4. Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish munosabati bilan investorga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar Operatorga tatbiq etilsin.
5. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim imzolangandan keyin besh ish kuni mobaynida “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim amal qilish muddatiga O‘zbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasida joylashgan Shaxpaxta koni yer osti uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya bersin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash komissiyasi (O‘.T. Sultonov) zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim amal qilish muddatiga Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya bersin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Operatorga xorijiy davlatlar hududidagi banklarda faqat Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish uchun foydalanadigan xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlari ochishga ruxsat berish tavsiya etilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin. | 97 | 3,956 |
Qonunchilik | Havo harakatidagi alohida vaziyatlar haqida havo kemalari ekipajlarining majburiy xabarnoma va bildirishnomalari shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-dekabrdagi 346-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Havo harakatidagi alohida vaziyatlar haqida havo kemalari ekipajlarining majburiy xabarnoma va bildirishnomalari shakllari 1 — 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 147 | 488 |
Qonunchilik | Ipoteka krediti ajratishning yangi tartibi joriy etiladi, imtiyozlar qayta koʻrib chiqiladi | Prezidentning 13.05.2019 yildagi «Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.
2020 yil 1 yanvardan boshlab, maqsadli dasturlar ijrosi doirasida quyidagilar nazarda tutilgan yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi:
birinchidan, Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi banklarga ajratilayotgan kredit resurslari hamda aholiga berilayotgan ipoteka kreditlari boʻyicha imtiyozli davr 1 yilgacha qisqartiriladi;
ikkinchidan, kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7%dan MBning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;
uchinchidan, ipoteka kreditlari foizlari annuitet toʻlovlari formulasi boʻyicha hisoblanadi: oylik toʻlov asosiy qarz qoldigʻiga hisoblangan foizlar boʻyicha toʻliq toʻlovni hamda kreditning bir qismini oʻz ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha toʻlovlar kredit toʻlashning butun davrida bir хil boʻladi.
Belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan yuridik shaхslarga maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashish huquqi beriladi. Maqsadli dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari soni oshiriladi. Shuningdek maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylar va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar beriladi.
2019 yil 1 yanvarga qadar qurilishga ruхsat etilgan uy-joy fondi ob’yektlarini birlamchi uy-joy bozorida realizatsiya qilish oboroti 2020 yilning 1 yanvariga qadar QQSdan ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturiga, 2017–2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga kiritilgan ob’yektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Biroq 2020 yil 1 yanvardan boshlab maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida taqdim etilgan QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi (21.10.2016 yildagi PQ–2639-son qarorning 12-bandi; 22.11.2016 yildagi PQ–2660-son qarorning 17-bandiga qarang). Bir qator imtiyozlarning amal qilishini bekor qilish yoki ularga oʻzgartirish kiritish ham rejalashtirilmoqda:
Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 1 dekabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish samaradorligini har tomonlama baholash hamda keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida aniq takliflar kiritadi.
Oleg Zamanov. | 91 | 2,600 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarorining 12-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hay’atining Namunaviy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hay’atlarini ularning tarkibiy bo‘linmalaridan yangi a’zolar bilan to‘ldirish hisobga olingan holda, hay’atlar reglamenti va tarkibi bir oy muddatda tasdiqlanishini ta’minlasinlar.
3. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlariga hay’atlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali o‘tkazilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organining hay’ati (keyingi o‘rinlarda hay’at deb ataladi) doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maslahat organi hisoblanadi.
2. Hay’at o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari to‘g‘risidagi nizomlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Hay’at o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq qonuniylik, nazoratda bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish, boshqaruv va kollegiallikni markazlashtirish tamoyillari asosida amalga oshiradi.
4. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
davlat boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
tarkibiy va hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarining tizimli asosda eshitib borilishini tashkil etish, qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan davlat boshqaruvi organlari tizimi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
davlat boshqaruvi organi faoliyatiga oid hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish samaradorligini har chorakda va tizimli ko‘rib chiqish;
hay’atning kengaytirilgan ko‘chma yig‘ilishlarini o‘tkazish, davlat boshqaruvi organi faoliyati sohasi dolzarb masalalarining joylarda muhokama etilishini ta’minlash;
davlat boshqaruvi organi markaziy apparati va uning tizimidagi lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash;
davlat boshqaruvi organi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun davlat boshqaruvi organi rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladigan va davlat boshqaruvi organi mas’ul ijro etuvchi organ hisoblangan qonun loyihalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish.
5. Hay’at O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi vakolatiga kiradigan va kollegial muhokama etishni talab qiladigan har qanday masalani ko‘rib chiqish huquqiga ega.
6. Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi davlat boshqaruvi organi rahbarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Hay’at tarkibiga davlat boshqaruvi organi rahbari (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek davlat boshqaruvi organi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari kiradi. Davlat boshqaruvining tegishli organlari to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan holatlarda hay’at tarkibiga boshqa mansabdor shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Hay’at faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida vaqti-vaqti bilan uning tarkibi qisman almashtirib turiladi.
Hay’at a’zosi lavozimidan ozod etilgan holatlarda (uning tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradigan a’zolardan tashqari) hay’at tarkibiga kiritiladigan nomzod bo‘yicha takliflar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
8. Hay’at raisi:
hay’at faoliyatini tashkil etadi, uning yig‘ilishlarini boshqaradi, majburiyat va topshiriqlarni hay’at a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi, yig‘ilishlar rejalari, hay’at qarorlari bajarilishini umumiy nazorat qiladi;
hay’atga ko‘rib chiqishga kiritiladigan masalalarni birgalikda muhokama etish va hal qilish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
hay’at faoliyati va uning qarorlari to‘liq hajmda qabul qilinishi uchun shaxsan javob beradi;
zarur holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hay’at yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar va ularning amalga oshirilishi haqida axborot beradi;
maxfiy xususiyatga ega masalalar, shuningdek davlat sirini tashkil etadigan ma’lumotlarga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqish uchun hay’atning yopiq yig‘ilishlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
hay’atning ko‘chma yig‘ilishlarini, shuningdek boshqa kollegial organlar bilan qo‘shma yig‘ilishlar o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Hay’at raisi bo‘lmaganda uning vazifalarini davlat boshqaruvi organi rahbarining o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
9. Hay’at a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
hay’at faoliyatining rejalari loyihalariga, hay’at yig‘ilishlarining kun tartibi va o‘tkazish tartibi, hay’at yig‘ilishlarining tasdiqlangan rejasiga qo‘shimchalar hamda o‘zgartirishlar, hay’atning navbatdan tashqari yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar va tuzatishlar kiritadi;
ko‘rib chiqiladigan muammolarga doir hujjatlar va hay’at qabul qilgan qarorlar ijrosi yuzasidan materiallar bilan tanishadi;
ma’ruzachilarga savollar berish, muhokama etiladigan masalalar yuzasidan o‘z fikrini, shuningdek qabul qilinadigan qarorlar va hay’at yig‘ilishlari bayonnomasi bo‘yicha fikr-mulohazalar hamda takliflar bildiradi;
zarur holatlarda, ovoz berishda yig‘ilish bayonnomasiga alohida fikrlarni yoki yozma ravishdagi alohida fikrni kiritishni talab qiladi;
hay’at yig‘ilishlarini tashkil etish, ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha materiallar tayyorlash, hay’at qarorlarining amalga oshirilishini tashkil etish, nazorat qilish va hay’at topshiriqlarini bajarishda ishtirok etadi.
Hay’at a’zolari:
masalalarni muhokama etish va ovoz berishda teng huquqlarga ega;
hay’at yig‘ilishlarida shaxsan ishtirok etishga majbur va o‘z vakolatlarini boshqa shaxslarga berish huquqiga ega emas.
Hay’at a’zolari hay’at raisi yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs ruxsati bilan uning yig‘ilishlarida ishtirok etishdan ozod etiladi. Bunda hay’at a’zosi muhokama etiladigan masala yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
Hay’at a’zolari egallab turgan lavozimidan (hay’at tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradigan a’zolardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda ozod etilishi mumkin.
10. Davlat boshqaruvi organining ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalarini hisobga olgan holda yarim yilga tuziladi, hay’at a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda uning raisi tomonidan imzolanadi.
11. Hay’at ishlari davlat boshqaruvi organida rejalashtirishni tashkil etishning umumiy prinsiplari va talablariga muvofiq rejalashtiriladi. Hay’at yig‘ilishlari, odatda, chorakda kamida bir marta rejalashtiriladi va o‘tkaziladi.
Rejada hay’atga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan masalalarning aniq ta’rifi, ularni ko‘rib chiqish muddatlari, masalalarni tayyorlash uchun mas’ul hay’at a’zolari, davlat boshqaruvi organining hay’at yig‘ilishiga qarorlar loyihalari va boshqa materiallarni ishlab chiqadigan bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda ijro etuvchi bo‘linmalar deb ataladi) ko‘rsatiladi.
Zarur bo‘lganda (yuqori organlar topshiriqlari, xizmat zarurati va boshqalar) davlat boshqaruvi organi hay’ati hal etishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan hay’at yig‘ilishlari rejadan tashqari tartibda o‘tkazilishi mumkin.
12. Hay’at yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladigan masalalar hay’at raisi va uning a’zolari, shuningdek hay’at mas’ul kotibining so‘rovlariga muvofiq davlat boshqaruvi organi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari tomonidan kiritiladi.
13. Hay’at yig‘ilishlarining navbatdagi yarim yil uchun rejasining loyihasi bo‘yicha takliflar davlat boshqaruvi organi hay’atining mas’ul kotibiga tegishli yilning 1-noyabr va 1-mayiga qadar taqdim etiladi. Reja loyihasi yuzasidan takliflar masalalarning ta’rifi va ularni ko‘rib chiqish muddatlari, ma’ruzachilar va masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaxslar familiyasi, ijro etuvchi bo‘linmalar nomini (komissiyalar yoki ishchi guruhlar tarkibini) o‘z ichiga olishi lozim.
14. Boshqa kollegial organlar bilan birgalikda yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha takliflar dastlab, ular bilan, ko‘chma yig‘ilishlar esa — davlat boshqaruvi organining moliyaviy-iqtisodiy bo‘linmalari bilan kelishilishi shart. Boshqa kollegial organlar bilan qo‘shma yig‘ilishlar o‘tkazish haqidagi qaror avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mutasaddi o‘rinbosarlari bilan kelishiladi.
15. Hay’at yig‘ilishlari rejasining loyihasini tayyorlash va kelishish hay’at mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi.
16. Hay’at mas’ul kotibi tasdiqlangan rejani hay’at a’zolariga, rejadan ko‘chirmani — esa ijro etuvchi bo‘linmalarga tarqatadi.
17. Hay’at qarori yoki uning raisi yig‘ilishlarning tasdiqlangan rejasiga tuzatishlar kiritishi, zarur holatlarda navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazishi mumkin.
18. Hay’at yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlash jarayoni muammo mohiyatini chuqur va har tomonlama tahlil qilish, avval qabul qilingan boshqaruv qarorlari va ularni amalga oshirish tadbirlari samaradorligini baholash, kamchiliklarni, ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan sharoitlar va sabablarni aniqlash, ishlarning holatini yaxshilashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha taxmin qilinayotgan natijalarni o‘z ichiga olishi darkor.
Zarur holatlarda ko‘rib chiqiladigan muammo yuzasidan ishlar holatini bevosita davlat boshqaruvi organ bo‘linmalari, uning hududiy organlari va muassasalarida oldindan tekshirish tashkil etiladi.
19. Ijro etuvchi bo‘linma hay’at yig‘ilishlari rejasidan ko‘chirma olganidan so‘ng 10 kun muddatda hay’at yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzadi va masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaxslarga tasdiqlatadi, nusxasini davlat boshqaruvi organining rejani amalga oshirishda ishtirok etadigan bo‘linmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat bo‘linmasiga yuboradi.
20. Hay’at yig‘ilishlariga muhokama etiladigan masala yuzasidan quyidagi materiallar tayyorlanadi:
muhokama etiladigan masala bo‘yicha ma’lumotnoma;
hay’at qarorlari va davlat boshqaruvi organining ularni amalga oshirish to‘g‘risidagi buyrug‘i (qarori) yoki hay’atning protokol qarori hamda hay’at yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan boshqa hujjatlar loyihalari;
zarur bo‘lganda, hujjatlar loyihalari bo‘yicha mavjud kelishmovchiliklar to‘g‘risida ma’lumotnoma va loyihani tayyorlash hamda kelishish davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni amalga oshirish rad etilganini asoslash;
hay’at yig‘ilishiga taklif etilgan shaxslar ro‘yxati;
hay’at yig‘ilishida so‘zga chiqadigan shaxslar ro‘yxati;
hay’at raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa hujjatlar.
21. Ma’lumotnoma ko‘rib chiqiladigan masala mohiyatining qisqacha va obyektiv bayonini, ushbu yo‘nalishdagi ishlarda mavjud kamchiliklarni, ularning sabablari va kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi muammolar va takliflarni o‘z ichiga olishi kerak.
Faoliyatni takomillashtirishga doir taklif etiladigan chora-tadbirlar, odatda, kompleks xususiyatga bo‘lishi zarur.
22. Hay’at qarorlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha buyruqlar (qarorlar) loyihalari belgilangan tartibda kelishiladi.
Yig‘ilish chaqirilmasdan hay’at a’zolari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish orqali qabul qilinadigan hujjatlar loyihalari hay’atning barcha a’zolari bilan kelishiladi va imzolanadi.
23. Barcha materiallar ijro etuvchi bo‘linma rahbari, masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaxslar va davlat boshqaruvi organi rahbarining tegishli yo‘nalishdagi faoliyatga rahbarlik qiladigan o‘rinbosari bilan kelishiladi hamda imzolanadi.
Hay’at qarorlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha buyruqlar (qarorlar) loyihalari davlat boshqaruvi organining ularni tayyorlashda ishtirok etgan va manfaatlari e’tiborga olingan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan ham imzolanadi.
24. Belgilangan tartibda kelishilgan materiallar hay’at mas’ul kotibiga mazkur materiallarni tayyorlash rejasida belgilangan muddatlarga muvofiq, ammo masala ko‘rib chiqish rejalashtirilgan oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
25. Qo‘yilgan talablar buzilgan holatda tayyorlangan yoki to‘liq hajmda taqdim etilmagan materiallarni hay’at mas’ul kotibi qabul qilmaydi. Olingan materiallar ijro etuvchi bo‘linmalarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarib berilishi mumkin va bu haqda davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbari hamda masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaxsga axborot beriladi.
26. Hay’at materiallari biron-bir sabab tufayli belgilangan muddatda taqdim etilmasa yoki masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaxsning fikricha uni ko‘rib chiqish zarurati bo‘lmasa, bu haqda hay’at raisiga yozma ravishda axborot beriladi.
27. Mukammal ishlab chiqilmagan masalalar hay’at raisining ko‘rsatmasi yoki hay’at qarori bilan muhokamadan olib tashlanadi va materiallar ijro etuvchiga mukammal ishlab chiqish uchun qaytariladi.
28. Ijro etuvchi bo‘linmalar rahbarlari va masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaxslar materialni sifatli ishlab chiqish, materiallar loyihalarining o‘z vaqtida taqdim etilishi va ulardagi ma’lumotlar ishonchliligi uchun javob beradi.
29. Hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan masalalarni o‘rganish, hay’at qarorlari loyihalari va boshqa materiallarni tayyorlash yoki mukammal ishlab chiqish, shuningdek qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirish uchun vaqtinchalik komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin. Ularning faoliyati natijalari yuzasidan hay’atga axborot beriladi. Komissiyalar va ishchi guruhlarning alohida fikrga ega a’zolari uni hay’at a’zolari yoki raisi e’tiboriga yetkazish huquqiga ega.
30. Hay’at mas’ul kotibi hay’at ish rejasiga muvofiq tayyorlangan materiallar mavjud bo‘lsa, yig‘ilish kun tartibi loyihasi va uning ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantiradi, davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbari bilan kelishadi.
31. Hay’at yig‘ilishining kun tartibi, jumladan, yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy hay’at raisi tomonidan belgilanadi.
32. Hay’at mas’ul kotibi navbatdagi yig‘ilish materiallarini olgandan so‘ng ularni ko‘paytirish va hay’at a’zolariga, shuningdek davlat boshqaruvi organining manfaatdor tarkibiy bo‘linmalariga tarqatilishini tashkil etadi.
Materiallar boshqalarga hay’at raisi bilan kelishilgan holda yuboriladi.
33. Hay’at yig‘ilishiga davlat boshqaruvi organi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari rahbarlari hamda xodimlari taklif etilishi mumkin.
Hay’atning ochiq yig‘ilishlariga “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq axborotdan foydalanuvchilar ham taklif etilishi mumkin. Ularning davlat boshqaruvi organining hay’ati ochiq yig‘ilishlarida ishtirok etish tartibi, huquqlari va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
34. Hay’at yig‘ilishiga taklif etiladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari rahbarlari hamda xodimlarini hay’at raisi tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbari tasdiqlagan ro‘yxatga muvofiq hay’at mas’ul kotibi xabardor qiladi.
35. Hay’at mas’ul kotibi davlat boshqaruvi organining hay’at yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda ishtirok etadigan texnik, xo‘jalik hamda boshqa bo‘linmalarni xabardor qilishni ta’minlaydi, ularning hamkorligini tashkil qiladi, ular tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
36. Hay’at mas’ul kotibi yig‘ilishdan avval ishtirokchilarni ro‘yxatga oladi va ro‘yxatga olish tugagandan so‘ng hay’at raisiga (raislik qiluvchiga) va davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbariga hay’at a’zolari hamda taklif etilgan shaxslar kelgani haqida axborot beradi.
37. Hay’at yig‘ilishiga taklif etilgan shaxslar o‘zlariga taalluqli masalalar muhokamasida ishtirok etadi. Rais (raislik qiluvchi) qaroriga binoan ular bahs-munozaralarda so‘zga chiqib, o‘z fikr va takliflarini bildirishi, muhokama etilayotgan masala va tayyorlangan hujjatlar loyihalari mohiyati bo‘yicha ma’lumotnomalar berishi mumkin.
38. Hay’at yig‘ilishi raisi (raislik qiluvchi) yig‘ilishni ochadi va yopadi, hay’at a’zolarini yig‘ilishga taklif etilgan shaxslar haqida xabardor qiladi, masalalar muhokamasini tashkil qiladi (ma’ruza qilish uchun so‘z beradi, reglamentga rioya etilishini kuzatadi, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini, muhokama etilayotgan masalalar bo‘yicha takliflarni ovozga qo‘yadi, ovoz berish yakunlarini e’lon qiladi), masalalar, ma’lumotnomalar, arizalar va takliflarni e’lon qiladi.
39. Hay’at yig‘ilishi uning kun tartibi va o‘tkazish tartibini belgilash hamda tasdiqlashdan boshlanadi.
40. Ma’ruzachi uchun vaqt, odatda, 20 daqiqacha, bahs-munozaralarda chiqishlar uchun 7 daqiqagacha, xabarlar va ma’lumotnomalar uchun 3 daqiqagacha belgilanadi. Zarur holatlarda rais (raislik qiluvchi) ma’ruza qilish vaqtini o‘zgartirishi mumkin.
41. Hay’at yig‘ilishida masalalar muhokamasi chog‘ida hujjatlar loyihalari yuzasidan bildirilgan muhim fikr-mulohazalar va takliflar ko‘rib chiqilishi zarur. Muhokama natijalari raislik qiluvchining ko‘rsatmasiga binoan yig‘ilish bayonnomasida aks ettiriladi.
42. Hay’at yig‘ilishlarida videokonferensaloqa, ovozni yozish va stenogrammalash, kino, video va fotosuratga olish hay’at raisi (raislik qiluvchi) bilan kelishilgan holda yoki qarori bilan amalga oshiriladi.
43. Videokonferensaloqa, ovozni yozish va stenogrammalash, kino, video va fotosuratga olish ishlari davlat boshqaruvi organi tegishli bo‘linmalarining kuch va vositalaridan foydalangan holda hay’at mas’ul kotibiga yuklanadi.
44. Ma’ruzalar va nutqlar matnlari yig‘ilishdan so‘ng hay’at mas’ul kotibiga topshiriladi.
45. Hay’at yig‘ilishda hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi ishtirok etgan taqdirda vakolatli bo‘ladi.
46. Ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan hay’at qarori ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
47. Hay’at qarorlari davlat boshqaruvi rahbarining buyruqlari (qarorlari) (davlat boshqaruvi organi qarorlari) bilan amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi organi rahbari va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan holatda davlat boshqaruvi organi mustaqil qaror qabul qiladi va kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi. Hay’at a’zolari ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini bildirishi mumkin.
48. Hay’at qarorlari hay’at raisi yoki uning vazifalarni bajaruvchi shaxs (raislik qiluvchi) tomonidan imzolanadi va, odatda, davlat boshqaruvi organi rahbarining buyrug‘i (qarori) bilan amalga oshiriladi.
49. Tashkiliy, tartib-taomil va nazorat masalalari bo‘yicha hay’at qarorlari yig‘ilish bayonnomasiga kiritiladi va buyruq (qaror) qabul qilinmasdan amalga oshiriladi. Qarorlardagi ko‘rsatmalar (topshiriqlar) belgilangan tartibda bajarilishi shart.
50. Ayrim holatlarda shoshilinch masalalar yuzasidan hay’at qarorlari so‘rov o‘tkazish tartibida qabul qilinishi mumkin.
51. Davlat boshqaruvi organi va boshqa kollegial organlarning qo‘shma hay’at yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar qo‘shma buyruqlar (qarorlar) bilan e’lon qilinadi.
52. Hay’at tomonidan ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan hujjatlar loyihalari (nizomlar, yo‘riqnomalar, rejalar va boshqa hujjatlar) belgilangan tartibda tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi.
53. Hay’at yig‘ilishi yakuni bo‘yicha qisqa bayonnoma tuziladi. Bayonnomada uning tartib raqami, yig‘ilish o‘tkazilgan sana va joy, hay’atga raislik qiluvchi va uning ishtirok etuvchi a’zolari, ma’ruzachilar familiyasi, tashkiliy-boshqaruvchilik xususiyatiga ega qarorlar yoki aniq topshiriqlar ko‘rsatiladi. Bayonnomaga kiritilgan topshiriqlar mansabdor shaxslar (ijro etuvchi bo‘linmalar) va bajarish muddatlari ko‘rsatilgan holda qisqa shaklda bayon etilishi lozim.
54. Bayonnomalarni rasmiylashtirish va kelishish hay’atning mas’ul kotibiga yuklanadi.
Bayonnomalar davlat boshqaruvi organining hay’at ishini tashkil etish uchun mas’ul tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbari tomonidan imzolanadi va zarur bo‘lganda, davlat boshqaruvi organi rahbarining o‘rinbosari, hay’atning boshqa a’zolari, davlat boshqaruvi organining manfaatdor tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari bilan kelishiladi.
Bayonnomalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi va kelishiladi. Bayonnomalarni tayyorlash maqsadida davlat boshqaruvi organining manfaatdor bo‘linmalari jalb etilishi mumkin.
55. Bayonnomalar hay’at raisi (raislik qiluvchi) tomonidan imzolanadi va mas’ul kotib tomonidan tasdiqlanadi.
56. Bayonnomalarga ishtirokchilarning yozma ma’ruzalari va nutqlari, boshqa materiallar, rais (raislik qiluvchi) buyrug‘i yoki hay’at qarori bo‘yicha yig‘ilishlar stenogrammalari ilova qilinishi mumkin.
57. Bayonnomalardan ko‘chirmalar davlat boshqaruvi organining manfaatdor bo‘linmalari, hududiy organlari va muassasalariga tarqatiladi.
Bayonnomalardan ko‘chirmalar hay’at mas’ul kotibi tomonidan tasdiqlanadi.
58. Hay’at qarorlari, ularni amalga oshirish bo‘yicha buyruqlar (qarorlar) va hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan boshqa hujjatlar loyihalarini bevosita mukammal ishlab chiqish hamda kelishish ijro etuvchi bo‘linmalarga yuklanadi. Hujjatlarni mukammal ishlab chiqish muddatlari, odatda, agar bunday muddat alohida belgilangan bo‘lmasa, 10 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Hujjatlar loyihalari mukammal ishlab chiqish jarayonida ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilsa takroran imzolanishi lozim.
Belgilangan tartibga qo‘shimcha ravishda mukammal ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalari hay’at yig‘ilishi davomida o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirgan hay’at a’zolari bilan kelishiladi hamda ular tomonidan imzolanadi.
59. Hay’at mas’ul kotibi hujjatlar loyihalarini mukammal ishlab chiqishda, loyihalarni kelishishda ishtirok etadi, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarning to‘liq bajarilishini nazorat qiladi.
60. Davlat boshqaruvi organining rahbariga imzolash uchun tayyorlangan hay’at qarorlari, ularni amalga oshirish bo‘yicha buyruqlar (qarorlar) davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat bo‘linmasiga taqdim etiladi va bayonnoma bilan birgalikda belgilangan tartibda axborot beriladi.
61. Topshiriqlar mazmun-mohiyati bo‘yicha hay’at qarorlarining bajarilishini bevosita nazorat qilish ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ul etib tayinlangan hay’at a’zolari zimmasiga yuklanadi, shuningdek joriy ishlar jarayonida hay’atning barcha a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
62. Hay’at qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat hay’at mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi va ularning amalga oshirilishi bo‘yicha hay’atning protokol qarorlarida qayd etilgan topshiriqlarda ko‘rsatilgan shakl va muddatlarda davlat boshqaruvi organining buyrug‘i (qarori) qabul qilinadi.
63. Hay’at:
o‘z yig‘ilishlarida o‘zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi to‘g‘risidagi masalani muntazam ko‘rib chiqadi;
ushbu qarorlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul shaxslar, davlat boshqaruvi organi bo‘linmalari va uning hududiy organlari rahbarlarining bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risidagi axborotini eshitadi;
o‘z faoliyati yakunlarini muntazam sarhisob qilib boradi, shuningdek hay’at qarorlarini tayyorlash va amalga oshirishda uning a’zolari ishlari samaradorligini ko‘rib chiqadi.
64. Hay’at mas’ul kotibi davlat boshqaruvi organi xodimlari orasidan hay’at qaroriga binoan tayinlanadi.
65. Hay’at mas’ul kotibi:
davlat boshqaruvi organi hay’atining yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat boshqaruvi organi hay’atining davlat boshqaruvi organi rahbarining o‘rinbosarlari va markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari bilan kelishilgan ishlari rejalarining loyihalarini davlat boshqaruvi organi rahbariga tasdiqlash uchun tayyorlaydi;
markaziy apparat bo‘linmalari rahbarlari tomonidan hay’atga materiallar taqdim etilishini nazorat qiladi;
davlat boshqaruvi organi tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbarining roziligi bilan qoniqarsiz tayyorlangan hujjatlarni mukammal ishlab chiqish uchun qaytaradi;
hay’at qarorlarining o‘z vaqtida ko‘paytirilishini va hay’at a’zolariga hamda davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbarining ko‘rsatmasiga binoan boshqa shaxslarga tarqatilishini ta’minlaydi;
hay’at majlislari tashkil etilishini (zalni tayyorlashni, yig‘ilish qatnashchilarining ro‘yxatga olinishini, yig‘ilish bayonnomasi yuritilishini, hay’atlar yig‘ilishlari audio va stenogramma yozuvlari amalga oshirilishini va shu kabilarni) ta’minlaydi;
hay’at yig‘ilishlari bayonnomasini davlat boshqaruvi organi imzolashi uchun tayyorlaydi;
hay’atning qabul qilingan qarorlari va hujjatlarining, muhokama etilgan masalalar yuzasidan bildirilgan fikrlar inobatga olingan holda, ularni hay’atga taqdim etgan mansabdor shaxslar tomonidan mukammal ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
hay’at raisiga axborot berish uchun davlat boshqaruvi organi tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbariga tayyorlangan hujjatlar taqdim etilishini ta’minlaydi;
hay’at raisi imzolagan hujjatlardan o‘z vaqtida nusxa olinishini, ularning davlat boshqaruvi organiga, uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga hamda idoraviy mansub tashkilotlarga ijro etish uchun yuborilishini ta’minlaydi;
hay’at qarorlarining belgilangan tartibda va shaklda bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etadi.
66. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari o‘z faoliyatida mazkur Namunaviy reglament talablariga qat’iy rioya etishlari shart. | 148 | 27,127 |
Qonunchilik | ARAB IQTISODIY TARAQQIYOT QUVAYT JAMG‘ARMASI IShTIROKIDA “AKADEMIK V.VOHIDOV NOMIDAGI RESPUBLIKA IXTISOSLAShTIRILGAN JARROHLIK MARKAZI HUZURIDAGI KARDIOXIRURGIYA BO‘LIMINI REKONSTRUKSIYA QILISh VA JIHOZLASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLAR | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmonining amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi huzuridagi kardioxirurgiya bo‘limini rekonstruksiya qilish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish uchun to‘rt yildan iborat bo‘lgan imtiyozli davrni qo‘shgan holda 24 yil muddat bilan O‘zbekiston Respublikasiga 3,5 mln quvayt dinori (ekvivalenti 12,97 mln AQSh dollariga teng) summasida kredit berilishini ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qarz mablag‘laridan Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi tartibotiga muvofiq maqsadli foydalanilishi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan loyihaning Qarz bitimi va amalga oshirish jadvaliga muvofiq samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va qarzga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi huzuridagi kardioxirurgiya bo‘limini rekonstruksiya qilish va jihozlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
“Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi huzuridagi kardioxirurgiya bo‘limini rekonstruksiya qilish va jihozlash” loyihasi bo‘yicha Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi qarzini hamda qarz bo‘yicha foizlarni va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi bilan tuzilgan Qarz bitimini O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi o‘rtasidagi Qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
loyiha doirasida bajariladigan ishlar va xizmatlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun loyihaning amal qilish davrida, vazirlik tuzilmasida xodimlarining soni uch nafardan iborat bo‘lgan loyihani amalga oshirish bo‘limini tashkil etsin, bo‘limning loyihani amalga oshirish bo‘limi ta’minoti uchun texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda belgilangan xarajatlar doirasida moliyalashtirilishini nazarda tutsin;
loyiha doirasida xarid qilinadigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari yetkazib berilishi boshlangunga qadar Baromarkaz binosidagi kardioxirurgiya bo‘limida zarur qurilish-rekonstruksiya ishlari tugallanishini ta’minlasin.
6. Quyidagilar:
loyihani amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan tovarlar, shu jumladan tuzilgan kontraktlar bo‘yicha bepul yetkazib beriladigan tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasining ushbu loyihani amalga oshirish doirasida to‘lov manbalaridan undiriladigan daromadlari foyda solig‘idan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yig‘imini va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va uning muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 250 | 4,604 |
Qonunchilik | INNOVATSION LOYIHALARNI IShLAB ChIQARIShGA TATBIQ ETIShNI RAG‘BATLANTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Innovatsion loyihalar ishlab chiquvchilarini, shuningdek Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi doirasida tanlab olingan innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va Iqtisodiyot vazirligining grant sifatida 400 mln so‘m miqdorida mablag‘, shu jumladan keyinchalik ularni innovatsion loyihalarni ishlab chiquvchilarga, shuningdek Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi yakunlariga ko‘ra innovatsion ishlanmalarni tatbiq etayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berish uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi hisobiga — 300 mln so‘m hamda Savdo-sanoat palatasi hisobiga — 100 mln so‘m ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, innovatsion ishlanmalarni tanlab olish va ularni moliyalashtirish (qo‘shimcha moliyalashtirish) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasini o‘tkazishni Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh deb ataladi) bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
3. Belgilansinki:
innovatsion ishlanmalarni tugallashga, tajriba sanoat namunalarini yaratishga, dastlabki loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek ularni davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga tatbiq etishga grant mablag‘lari ajratish moliyalashtirish shartlarida amalga oshiriladi;
innovatsion ishlanmalarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat sifatida tatbiq etishga grant mablag‘lari ajratish tatbiq etish qiymatining 70 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha moliyalashtirish shartlarida amalga oshiriladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patentlar, litsenziyalar va/yoki amaliy faoliyatda innovatsion ishlanmalardan foydalanish xavfsizligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarning mavjud bo‘lishi innovatsion ishlanmalarni tanlab olishning asosiy shartlari hisoblanadi;
har bir aniq holatda grantlar ajratish shartlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi (grant beruvchi) bilan innovatsion loyihalar ishlab chiquvchilar hamda innovatsion loyihalarni tatbiq etayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan bitimlarda belgilanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi:
bir oy muddatda ushbu qarorda nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga ularning tatbiq etilishiga grantlar berish uchun innovatsion ishlanmalarning ro‘yxatini Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh ko‘rib chiqishi uchun kiritsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir hafta muddatda grantlar ajratish bo‘yicha uch tomonlama namunaviy bitimlar loyihalarini ishlab chiqsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin. | 120 | 3,883 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.