folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ma’qullansin.
83
172
Qonunchilik
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish, aholiga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini ta’minlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya qilish dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida: 1. Sog‘liqni saqlash vazirligining “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi negizida Sog‘liqni saqlash vazirligi muassisligida “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyatini (keyingi o‘rinlarda — “IT-Med” MChJ) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Belgilansinki, “IT-Med” MChJ “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 2. “IT-Med” MChJ zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin: sog‘liqni saqlash tizimi va tashkilotlaridagi jarayonlarni optimallashtirish, ratsionallashtirish, standartlashtirish va avtomatlashtirish; sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlarini rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan hamda xalqaro moliya tashkilotlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy parametrlari, konsepsiyalari hamda boshqa loyiha va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish; tibbiyot va farmatsevtika sohasida axborot texnologiyasi va kommunikatsiyalari siyosati va standartlarini joriy etish; “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish va kuzatib borish, shuningdek, ularning boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash; sog‘liqni saqlash tizimida biznes jarayon va IT-reinjiniringini rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish; qo‘yilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida investorlar, biznes hamkorlar va autsorsing xizmatlarini jalb qilish; tibbiyot sohasini raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirish maqsadida joriy etilayotgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni o‘zida qamrab oluvchi sog‘liqni saqlashning axborot tizimi yagona platformasi (keyingi o‘rinlarda — Yagona platforma)ni joriy etish. Bunda, “IT-Med” MChJ mustaqil ravishda xo‘jalik va moliyaviy masalalarni hal qilishi inobatga olinsin. 3. Quyidagilar “IT-Med” MChJning faoliyatini asosiy moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: yangi axborot tizimlarini joriy qilish, shuningdek, korxona, muassasa va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar; “IT-Med” MChJning ustav jamg‘armasiga belgilangan tartibda kiritiladigan investorlar mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari; tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari (grantlar, texnik ko‘maklar va boshqalar); yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning xayriya mablag‘lari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. “IT-Med” MChJga: sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish, joriy qilish, kuzatish va xizmat ko‘rsatish vazifalarini tegishli tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirishga; malakali mutaxassislarni jalb etgan holda sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma asosida moliyalashtiriladigan vaqtinchalik mehnat jamoasini shakllantirishga; yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni maslahatchi sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilishga ruxsat berilsin. 5. Belgilansinki: 2024-yil 1-yanvardan boshlab respublikadagi barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan dorixonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich Yagona platformaga ulanadi; sog‘liqni saqlash sohasidagi axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish majburiy tarzda “IT-Med” MChJ bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 6. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.A. Azizov: sog‘liqni saqlash tizimiga Yagona platformani o‘z vaqtida, to‘laqonli va sifatli joriy qilish, mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar bilan joriy etilayotgan loyihalarni muvofiqlashtirish, amalga oshirilgan ishlar holatini baholash hamda muntazam ravishda sog‘liqni saqlash va boshqa tizimlardagi rahbar va ular o‘rinbosarlarining hisobotlarini eshitishni tashkil etsin; Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining raqamlashtirilishiga investorlarni jalb qilsin; 2023-yil 1-yanvarga qadar aholi va tizim foydalanuvchilari tomonidan interaktiv tibbiy xizmatlarni olish imkonini beruvchi maxsus dastur va mobil ilovalarni ishlab chiqsin va ishga tushirsin. Ushbu bandda nazarda tutilgan vazifalarni to‘laqonli va samarali amalga oshirish sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.A. Azizov ish faoliyati natijadorligining asosiy mezonlaridan (KPI) biri etib belgilansin. 7. IT-Med” MChJ Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 4-uy manzilida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 9. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4055-son qarorida: a) 3-band “b” kichik bandidagi “davlat unitar korxonasi shaklida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz)” so‘zlari “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyatini” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 6-band “b” kichik bandi birinchi xatboshidagi “Markazning” so‘zi “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyatining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4847-son qarorida: a) 6-band “b” kichik bandi beshinchi xatboshisidan “va raqamlashtirish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 1-ilovada: “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK” bloki “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyati” bloki bilan almashtirilsin; “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni loyihalashtirish va raqamlashtirish markazi” blokidan “va raqamlashtirish” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 2-ilovadagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK” bloki “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyati” bloki bilan almashtirilsin.
104
6,989
Qonunchilik
Rangli metall parchalari va chiqindilarini to‘plash, topshirish xamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Rangli metall parchalari va chiqindilarini to‘plash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni tayyorlashni rag‘batlantirish, xomashyo resurslarini qayta ishlash va samarali ishlatish quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlash, shuningdek zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini faol joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ aksiyadorlarining korxona nomini “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJga (keyingi o‘rinlarda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ deb ataladi) o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ ning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchi — O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida, jumladan rangli metall parchalari va chiqindilari muntazam hosil bo‘ladigan yuridik shaxslar bilan fyuchers shartnomalari, shuningdek “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga metall parchalari topshiruvchilardan rangli metall parchalari hamda chiqindilarini to‘plash va topshirish uchun yuridik shaxslar bilan topshiriq shartnomalarini tuzish orqali rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda metall parchalari topshiruvchilardan qabul qilish bo‘yicha samarali tizimni tashkil etish; ikkinchi — ishlab chiqarishni yangi turdagi mahsulotlar tayyorlashni o‘zlashtirish bo‘yicha modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, rangli metallarni qayta ishlaydigan zamonaviy, energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish, shuningdek xomashyo bazasini kengaytirish; uchinchi — ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning eksport hajmlarini, jumladan yangi bozorlarni o‘zlashtirish hisobidan oshirish, tashqi bozorlardagi pozitsiyalarni mustahkamlash; to‘rtinchi — mahsulot tannarxini, xususan, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va operatsiya xarajatlarini maqbullashtirish, tovarlar hamda xizmatlar importi hajmlarini qisqartirish hisobidan pasaytirishga doir aniq maqsadli ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish; beshinchi — ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonlariga innovatsiya ishlanmalarini joriy etish, ilm-fan va ishlab chiqarishning yanada yaqin aloqasini ta’minlash; oltinchi — oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda ilmiy muassasalar bilan kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish orqali muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashni tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarining to‘liq hamda sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (F.R. Abdullayev) bilan birgalikda 2018 — 2020-yillarda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJni rivojlantirish dasturini uch oy muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi hududida rangli metall parchalari va chiqindilarini faqat “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ tayyorlashi belgilab qo‘yilsin. 7. “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga: yuridik va jismoniy shaxslar bilan topshirilgan siniq parchalar uchun metall parchalari topshiruvchilar tomonidan rangli metall parchalari hamda chiqindilari topshirilishini rag‘batlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxlar bo‘yicha hisob-kitob qilish; yuridik va jismoniy shaxslarga xalq hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun rangli metall parchalari hamda chiqindilarini sotishga ruxsat berilsin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek tashkiliy-huquqiy shakli hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga rangli metall parchalari va chiqindilarini to‘plash, saqlash, ulardan foydalanish hamda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga topshirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin. 9. Quyidagilarning erkin (shartnomaviy) narxda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga majburiy tartibda topshirilishi belgilab qo‘yilsin: tarkibida rangli metallar bo‘lgan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar korxonalarda bankrotlik jarayonlarini o‘tkazish, ularni tugatish, rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiyalash davomida hisobdan chiqariladigan jismonan va ma’nan eskirgan uskunalar; barcha turdagi elektr dvigatellar, transformatorlar, avtotransport vositalari, elektron va maishiy texnikani ta’mirlash hamda ularga servis xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilotlarning xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatida hosil bo‘ladigan rangli metall parchalari va chiqindilari. 10. “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (F.R. Abdullayev), “O‘zmetkombinat” AJ (A.X. Xursanov) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (D.D. Asamov) topshirilgan qora va rangli metall parchalari hamda chiqindilarini tayyorlash, saqlash hamda ular uchun hisob-kitob qilish tartibini takomillashtirishga doir takliflarni 15 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov): O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V. Toxiriy) bilan birgalikda ishlab chiqarish-texnik, maishiy va boshqa buyumlar parchalari hamda rangli metall chiqindilarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqilishining oldini olish bo‘yicha doimiy ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (F.R. Abdullayev), O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) bilan birgalikda: tarkibida rangli metallar bo‘lgan uskunalar, parchalar va chiqindilarni qabul qiladigan noqonuniy punktlar faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ularni to‘plash, tayyorlash, saqlash, foydalanish hamda topshirish bo‘yicha noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish; tashkilotlar, muassasalar, qurilish maydonlari va boshqa obyektlarda tarkibida rangli metallar bo‘lgan uskunalar, parchalar va chiqindilarni, shu jumladan qabristonlardagi rangli metallardan tayyorlangan yodgorliklar hamda panjaralarning o‘g‘irlanishi, ularga zarar yetkazilishi va noqonuniy muomalada bo‘lishining oldini olish; aholi o‘rtasida rangli metall parchalari va chiqindilarining muomalada bo‘lish tartibi, shuningdek ularni o‘g‘irlash, noqonuniy tayyorlash va respublika tashqarisiga kontrabanda yo‘li bilan olib chiqib ketish uchun javobgarlik choralari haqida profilaktika ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatida rangli metall parchalari va chiqindilari hosil bo‘ladigan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini reja asosida muvofiqlashtirilgan tekshiruvlarni belgilangan tartibda o‘tkazishda xo‘jalik subyektlari tomonidan rangli metall parchalari hamda chiqindilarining muomalada bo‘lish tartibiga rioya etilishini o‘rganish uchun “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ mutaxassislarini majburiy tartibda jalb qilsin. 13. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilarini tayyorlash, sotib olish, foydalanish hamda sotish tartibi buzilishining oldini olish va bunga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida muntazam yoritilishini ta’minlasinlar. 14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda kiritsin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
139
8,484
Qonunchilik
Ot sporti boʻyicha terma jamoa maхsus markaz tomonidan tayyorlanadi
Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 517-son «2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. «Markaziy ippodrom» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi Yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga ishonchli boshqaruvga beriladi. Shuningdek, «Markaziy ippodrom» AJ ustav kapitali ippodromni rekonstruksiya qilish chogʻida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari qiymatiga teng boʻlgan summaga qoʻshimcha aksiyalarni emissiya qilish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, «Markaziy ippodrom» AJni rekonstruksiya qilish va jihozlash 2017–2019 yillar davrida Prezidentning 15.06.2017 yildagi PQ-3057-son qaroriga binoan amalga oshirilmoqda. Hujjatda ishchi guruhni tuzish koʻzda tutilgan boʻlib, u: Shuningdek,  Ot sporti boʻyicha sport mahorat maktabi va «Markaziy ippodrom» AJ tarkibida Ot sporti boʻyicha respublika termasi a’zolarini tayyorlash markazi tashkil etilmoqda. Quyidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida belgilangan qabul kvotalari doirasida Ot sporti yoʻnalishlari ochilmoqda: Bundan tashqari, qaror bilan 2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Dasturda 24 ta tadbirni amalga oshirish koʻzda tutilgan. Hujjat davlat tilida e’lon qilingan boʻlib, 24.07.2017 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     Mohina Mirzayeva.
67
1,660
Qonunchilik
ShAXSIY YORDAMChI, DEHQON VA FERMER XO‘JALIKLARIDA ChORVA MOLLAR KO‘PAYTIRIShNI RAG‘BATLANTIRIShNI KUChAYTIRISh HAMDA ChORVAChILIK MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni yanada ko‘paytirish, shu asosda qishloq aholisining bandligi va daromadlarini, go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishini oshirish hamda ichki iste’mol bozorining to‘ldirilishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Fermer xo‘jaliklari uyushmasi hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan: shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirish va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq; 2008—2010-yillardagi davrda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramollar soni ko‘payishining maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq; 2008—2010-yillarda sug‘oriladigan yerlarda yem-xashak ekinlari maydonlarining hisoblab chiqilgan prognozi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmalariga mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tijorat banklarining 4-ilovaga muvofiq shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga qoramol sotib olish uchun mikrokreditlar ajratishni kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Respublika “O‘znaslchilik” korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, servis punktlari tarmoqlarini tashkil etish yo‘li bilan chorva mollarni sun’iy urchitish bo‘yicha o‘z bazasini yaratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Belgilansinki, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer va boshqa xo‘jaliklarga, shuningdek, parrandachilik korxonalariga ajratilgan sug‘orma yerlar faqatgina yem-xashak ekinlari ekish uchun mo‘ljallangan va davlat ehtiyojlari uchun paxta hamda donli ekinlar ekishda foydalanilmaydi. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yem-xashakni yig‘ishtirib oladigan texnikani qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga lizing asosida berilishini tashkil etsin. “O‘zdonmahsulot” AK 5-ilovadagi prognoz hajmlariga muvofiq fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qolayotgan, chorvachilik uchun to‘laqonli omuxta yem ishlab chiqarishning oshirilishini ta’minlaydigan omuxta yem sanoatini modernizatsiya qilish va qo‘shimcha don resurslari xarid qilishni tashkil etishning aniq chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 2006-yil 31-maydagi PQ-360-sonli qarori 3 va 4-bandlari, shuningdek, mazkur qarorning 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2008-yilning hosilidan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda chigitni qayta ishlashdan olinadigan shrot va sheluxa O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali to‘la-to‘kis ichki bozor hamda eksportga sotilishi kerak. Em, shu bilan birga shrot va sheluxaning eksportga sotilishi erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi. 5. Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari kompleksi (Sh.M. Mirziyoyev): bir oy muddatda yem-xashak, jumladan, shrot va sheluxa sotishga ixtisoslashtirilgan punktlar tarmog‘ini inventarizatsiyadan o‘tkazsin, bunda ularning viloyatlar, tumanlar va aholi punktlari bo‘yicha oqilona joylashtirilishini, yem-xashak iste’molchilari — fermerlar, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari egalarining ulardan keng foydalanishi ta’minlanishini nazarda tutsin; inventarizatsiya natijalariga ko‘ra, viloyat va tumanlar doirasida yem-xashak, shu jumladan omuxta yem, shrot va sheluxa sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan yagona punktlar tarmog‘ini kengaytirish va oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin. Mazkur ixtisoslashtirilgan yagona punktlar negizida tuman va viloyat birlashmalari tashkil etilsin. Ushbu birlashmalar zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali yem-xashak, jumladan, omuxta yem, shrot, sheluxa va boshqalar xarid qilinishi, ularning yetkazib berilishi hamda fermerlar va aholiga sotilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin. Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni bajarish yuzasidan mas’uliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari, “O‘zdonmahsulot” AK va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi rahbarlari zimmasiga yuklatilsin. 2008-yilning I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha ushbu ishlar natijalari Vazirlar Mahkamasining majlisida muhokama qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat Bosh veterinariya boshqarmasi zooveterinariya punktlarini, kamida 10 yil mobaynida ularning faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmaslik sharti bilan, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatish sohasida xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati zooveterinariya xizmati ko‘rsatish korxonalari uchun zootexnik va laboratoriya jihozlari lizing asosida yetkazib berilishini ta’minlasin. 8. Quyidagilar 2014-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrda, istisno tariqasida: zooveterinariya punktlari — korxonani ro‘yxatga olishda va veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berishda davlat boji to‘lashdan; fermer xo‘jaliklari va chorvachilik fermalari — chorvachilik mahsulotlarini, jumladan, uning qayta ishlangan mahsulotini sotish tushumidan davlatning maqsadli jamg‘armalari hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin. 9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi ommaviy axborot vositalarida chorvachilikni rivojlantirish hamda uni yuritish, mahsuldor mollarni yaratish va boqishning zamonaviy usullari, qishloqda chorvachilikning bozor infratuzilmasini kengaytirish ilg‘or tajribasini targ‘ib etish masalalarini yoritish bo‘yicha maxsus dasturlar va ruknlar tashkil etsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-fevraldagi “Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 93-sonli qarorining 7-bandi. (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 16-modda).
225
7,289
Qonunchilik
JAMOA ChORVAChILIGI FERMERLARI, DEHQON (FERMER) XO‘JALIKLARI VA QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI DAVLAT TASARRUFIDA BO‘LMAGAN BOShQA TUZILMALARGA TEXNIK HAMDA ZOOVETERINARIYA XIZMATI KO‘RSATISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Yangidan tashkil etilayotgan xususiy jamoa chorvachiligi fermalari, dehqon (fermer) xo‘jaliklariga va davlat tasarrufida bo‘lmagan mulkchilik shaklidagi boshqa bo‘linmalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirish, normal ishlab chiqarish faoliyatlari uchun ularga shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Dehqonchilik sanoati kompleksini moddiy-texnikaviy ta’minlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qo‘mitasi (“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish”) huzurida O‘zbekiston Respublikasining viloyat va tumanlarida tegishli bo‘linmalarga ega bo‘lgan jamoa a’zolariga xususiy mulk sifatida berilgan chorvachilik fermalari, shuningdek, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va davlat tasarrufida bo‘lmagan mulkchilik shaklidagi boshqa tuzilmalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Respublika birlashmasi tashkil etilsin. 2. Respublika birlashmasining asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilansin: jamoa chorvachiligi fermalari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun texnika, asbob-uskunalar va boshqa jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish; ular uchun mashina va mexanizmlar, ehtiyot qismlar hamda tuzatish materiallari keltirish va sotish; dehqonchilik va chorvachilikdagi ushbu toifa xo‘jaliklarning texnika vositalarini tuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish, jamoa chorvachiligi fermalari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va mulkchilikning boshqa shaklidagi bo‘linmalarning buyurtmalariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni amalga oshirish; jamoa mulkida bo‘lgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari va fermalarga xizmat ko‘rsatuvchi zooveterinariya punktlarini jihozlar hamda maxsus texnikalar bilan butlash. 3. Respublika birlashmasi va uning joylardagi bo‘linmalari o‘z faoliyatlarini xo‘jaliklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida xo‘jalik hisobi prinsiplarida amalga oshiradilar. 4. Xo‘jalik hisobidagi Respublika birlashmasi apparatining xodimlari soni, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari, 20 kishidan iborat qilib belgilansin va u Toshkent shahrida joylashtirilsin. 5. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi o‘n kun muddat ichida jamoa chorvachiligi fermalari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligidagi davlat tasarrufida bo‘lmagan boshqa tuzilmalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Respublika birlashmasi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, uning viloyat hamda tuman bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasini tayyorlasin va tasdiqlasin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Respublika birlashmasining tuman bo‘linmalari tuman qishloq xo‘jalikta’mimottuzatish birlashmalari huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan servis ijara punktlari, maxsus magazinlar va chorvachilik fermalari uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalarning negizlarida tashkil etiladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoa fermalari mulkidagi, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va qishloq aholisining chorva mollariga zooveterinariya xizmati ko‘rsatishni tashkil etsin. Shu maqsadlarda tumanlar veterinariya bo‘linmalari huzurida davlat veterinariya organlarining uslubiy rahbarligi ostida ishlovchi malakali mutaxassislardan iborat ixtisoslashtirilgan idoraviy va xususiy zooveterinariya xizmatlari tashkil etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq bosh boshqarmasi o‘n kun muddat ichida Respublika birlashmasining bo‘linmalariga imtiyozli soliq solish to‘g‘risidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar hokimliklari yangidan tashkil etilayotgan Respublika birlashmasining viloyat va tuman bo‘g‘inlarini tuzish va ularning ishini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
205
3,759
Qonunchilik
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibini belgilash, shuningdek “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrini yuritish xavfli ishlab chiqarish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish, sanoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablarining ta’minlanishi monitoringini olib borish, shuningdek, ro‘yxatga olingan xavfli ishlab chiqarish obyektlari va ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risida tizimli axborotni to‘plash, tahlil qilish va saqlash maqsadida amalga oshiriladi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: xavfli ishlab chiqarish obyekti (keyingi o‘rinlarda — XIChO) — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari; xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — XIChO va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risida qog‘oz va elektron shakllardagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi yagona axborot ma’lumotlar bazasi; XIChOdan foydalanuvchi tashkilot — mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar hususiy mulk yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida unga tegishli bo‘lgan XIChOdan foydalanuvchi tashkilot; ekspert tashkiloti — sanoat xavfsizligini qonunchilik hujjatlariga muvofiq ekspertizadan o‘tkazadigan va belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot. 3. Belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda identifikatsiyalashdan o‘tgan XIChO Reyestrda majburiy hisobga olinadi. Ijaraga olingan XIChO ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilot — ijaraga oluvchi tarkibida hisobga olinadi. 4. Foydalanishga qabul qilingan XIChO foydalanishga qabul qilingan sanadan o‘ttiz kundan kechiktirmasdan indentifikatsiyalanadi. Identifikatsiyalashdan o‘tkazilgan XIChO ularni identifikatsiyalash sanasidan o‘ttiz kundan kechiktirmasdan hisobga olinishi shart. 5. XIChOni hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha XIChO to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish orqali amalga oshiriladi. 6. XIChOni Reyestrda hisobga olish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 7. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot XIChOni Reyestrda hisobga olish uchun XIChOni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan va identifikatsiyalashdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida ekspert tashkilotining xulosasi olingan sanadan o‘n kundan kech bo‘lmagan muddatda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha XIChOning identifikatsiya varaqasini o‘z ichiga olgan sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari to‘g‘risidagi xulosaning nusxasini ilova qilgan holda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga bevosita, pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda ariza taqdim etilishini ta’minlaydi. Har bir XIChOni tekshiruvdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi to‘lov undiriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 8. U haqidagi ma’lumotlar davlat sirlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga tegishli bo‘lgan XIChOni Reyestrda hisobga olish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 9. Reyestrni yuritish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklanadi va quyidagi tartib-taomillarni o‘z ichiga oladi: hisobga olish raqamini berish bilan XIChO to‘g‘risidagi zarur axborotni ma’lumotlar bazasiga kiritish; ushbu Nizomning 4-bobiga muvofiq XIChO to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davriy yangilash yoki uni Reyestrdan chiqarish. 10. Reyestrni yuritish axborotning qog‘oz va elektron shaklda saqlanishini ta’minlash prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi. 11. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi XIChOni Reyestrga kiritish uchun ariza kelib tushgan sanadan boshlab o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda ularning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, zarur hollarda joyiga chiqqan holda XIChOning ushbu hujjatlarga muvofiqligiga aniqlik kiritish maqsadida uni tekshiruvdan o‘tkazadi. 12. Taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lganda, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ariza beruvchiga mavjud e’tiroz va kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida ariza qabul qilingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yozma xabarnoma yuboradi, xabarnomada ariza beruvchi e’tiroz va kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi, biroq ushbu muddat yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. 13. XIChOni Reyestrga kiritishni rad etish uchun asos bo‘lgan e’tiroz va kamchiliklar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan uch ish kuni davomida takroran ko‘rib chiqiladi, tegishli ma’lumotlar Reyestrga kiritiladi hamda bir hafta muddatda ariza beruvchiga XIChO Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. 14. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot qayta tashkil etilganda yoki nomi o‘zgarganda, uning rahbari arizasiga asosan XIChO Reyestrda qayta hisobga olinadi. 15. XIChOni qayta hisobga olish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan XIChOni Reyestrda hisobga olish uchun nazarda tutilgan tartibda to‘lov undirilmasdan amalga oshiriladi. 16. Reyestrda hisobga olingan XIChO to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgarganda, XIChOdan foydalanuvchi tashkilot o‘n ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza berish yo‘li bilan ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi: XIChOni rekonstruksiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi; identifikatsiya varaqasini o‘z ichiga olgan XIChOni sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari to‘g‘risidagi xulosa nusxasi. 17. XIChO tugatilgan yoki foydalanishdan chiqarilgan taqdirda, arizaga XIChOni tugatish yoki foydalanishdan chiqarishga loyixa hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasining tegishli xulosasi ilova qilinadi. 18. Reyestrga o‘zgartirish kiritish yoki XIChOni Reyestrdan chiqarish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan XIChOdan foydalanuvchi tashkilot tomonidan ariza taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. 19. Reyestrda hisobga olingan XIChO ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi tashkilot XIChOdan foydalanuvchi tashkilot — ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlarni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etadi. 20. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot tugatilgan taqdirda, tugatish komissiyasi yoki boshqa vakolatli organ XIChOni Reyestrdan chiqarish uchun bir hafta muddatda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etishi shart: XIChOni Reyestrdan chiqarish uchun asos bo‘luvchi hujjat nusxasi (muassisning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining, sudning qarori, oldi-sotdi shartnomasi); mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasining nusxasi. 21. XIChO Reyestrdan chiqarilganda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ariza beruvchiga bir hafta muddatda bevosita pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda tegishli xabarnoma yuboriladi. 22. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi murojaatlar asosida Reyestrdan ko‘chirmalar berish yo‘li bilan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir va axborotni himoya qilish bo‘yicha talablarni hisobga olgan holda manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga Reyestrdan ma’lumotlarni taqdim etadi. 23. Reyestrdan ko‘chirma berish yoki uni bermaslikni asoslantirilgan holda rad etish murojaat kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni davomida amalga oshiriladi. 24. XIChOni tekshiruvdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘lar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 25. Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hollarda o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilmaydi. 26. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lar qoldig‘i moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha olib qo‘yilmaydi. 27. Reyestrga kiritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va ularning o‘z vaqtida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilishi uchun javobgarlik XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi. 28. Ekspert tashkilotlari Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilayotgan ma’lumotlar va xulosalarning haqqoniyligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgardirlar. 29. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklatilgan vazifa va funksiyalar doirasida XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlarini hamda ekspert tashkilotlarini ushbu Nizom talablarini buzganligi yoki bila turib XIChO to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni va xulosalarni taqdim etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi. 30. Ushbu Nizom talablariga rioya etilmaganligi uchun XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mulkchilik shaklidan hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar jismoniy va yuridik shaxslarning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: xavfli ishlab chiqarish obyekti (keyingi o‘rinlarda — XIChO) — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari; sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiqarish nazorati) — XIChOning xavfsiz ishlashini ta’minlashga, avariya va noxush hodisalarning oldini olishga, shuningdek, ehtimol tutilgan avariya va noxush hodisalarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda ularning oqibatlarini tugatishga shaylikni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi; sanoat xavfsizligi talablari — qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hamda rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydigan shartlar, taqiqlar, cheklovlar va boshqa majburiy talablar; avariya — XIChOdagi inshootlar va (yoki) qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi; noxush hodisa — XIChOda qo‘llaniladigan texnika qurilmalarning ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishi; XIChOdan foydalanuvchi tashkilot — mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar hususiy mulk yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida XIChOdan foydalanadigan tashkilot. 3. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot raxbari “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9 va 18-moddalari hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqarish nazoratini ta’minlaydi, shuningdek, ishlab chiqarish obyektining ixtisosligini hisobga olgan holda ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risidagi lokal hujjat ishlab chiqilishini tashkil etadi. Ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risidagi lokal hujjat O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) organlari bilan majburiy kelishilgan holda XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Xodimlari soni yigirma kishidan kam bo‘lgan XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlar XIChOdan foydalanuvchi hamda shtatida ishlab chiqarish nazorati xizmati (bo‘lim, departament, byuro) mavjud bo‘lgan tashkilotlar bilan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzishi mumkin. XIChOda avariya sodir bo‘lgan taqdirda, XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari XIChO xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish choralari ta’minlanishi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. 4. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish vakolati tashkilotning quyidagi xodimlaridan biriga yuklanadi: XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbarining o‘rinbosarlaridan biriga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 150 nafardan kam bo‘lsa; maxsus tayinlangan xodimga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 150 nafardan 500 nafargacha bo‘lsa; ishlab chiqarish nazorati xizmati rahbariga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 500 nafardan 5 000 nafargacha bo‘lsa; bo‘lim boshlig‘iga — texnik rahbar o‘rinbosariga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 5 000 nafardan 10 000 nafargacha bo‘lsa; departament (bo‘lim) rahbariga — korxona texnik rahbarining o‘rinbosariga — agar XIChOda band bo‘lgan xodimlarning soni 10 000 nafar va undan ko‘p bo‘lsa. Ishlab chiqarish nazorati xizmati xodimlari soni XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. 5. Ishlab chiqarish nazorati xizmati (bo‘limi, departamenti, byurosi) xodimlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: ishlab chiqarish obyekti ixtisosligiga muvofiq bo‘lgan oliy texnik ma’lumotga ega bo‘lish; tegishli tarmoqdagi XIChOda kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lish; sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qiganligi va attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikat yoki guvohnomaga ega bo‘lish. 6. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan xodim (xizmat) quyidagi funksiyalarni bajaradi: XIChOda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlaydi; tegishli xizmatlar tomonidan zarur sinov va ko‘riklar, shuningdek, XIChOda qo‘llaniladigan texnika qurilmalari, binolar va inshootlar diagnostikasi o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; XIChOda avariya va noxush hodisalarning oldini olishga, shuningdek, ehtimol tutilgan avariya va noxush hodisalarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda ularning oqibatlarini tugatishga shaylikni ta’minlaydi; XIChOda sanoat xavfsizligi xolatini takomillashtirishga hamda baxtsiz hodisalar, avariyalar va noxush hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; texnologik intizomga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 7. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodim (xizmat) quyidagi huquqlarga ega: kunning istalgan vaqtida XIChOga to‘sqinliksiz kirish; XIChOdan foydalanuvchi tashkilotda sanoat xavfsizligi holatini baholash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish; sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishda ishtirok etish; XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariga sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etgan xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar kiritish. 8. Ishlab chiqarish nazorati amalga oshirilishiga mas’ul bo‘lgan xodim (xizmat) quyidagi majburiyatlarga ega: a) XIChO xodimlari tomonidan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishini ta’minlash; b) har yili: XIChOdan foydalanuvchi tashkilot bo‘linmalarida ishlab chiqarish nazoratini ta’minlash yuzasidan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ish rejani; sanoat xavfsizligi holatini tekshirish hamda ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalari yuzasidan sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; v) sanoat xavfsizligi holati yuzasidan kompleks va maqsadli tekshiruvlar o‘tkazish, ish joylaridagi xavfli omillarni aniqlash; g) XIChOda avariyalar va noxush hodisalar kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishini tashkil etish; d) XIChOda sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘tkazilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish; e) XIChOda avariyalar va noxush hodisalar, shuningdek, baxtsiz xodisalar yuzaga kelishining sabablarini tahlil qilish hamda ularni hisobga olish hujjatlari saqlanishini ta’minlash; j) sanoat xavfsizligi sohasida xodimlarning tayyorgarligi va attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etish; z) XIChOda yangi texnologiyalar va uskunalar joriy etilishida ishtirok etish; i) normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan sanoat xavfsizligi talablaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni XIChO xodimlariga yetkazish; k) XIChOdan foydalanuvchi tashkilot raxbariga: sanoat xavfsizligini ta’minlash va takomillashtirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazish; sanoat xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish; tegishli malakaga ega bo‘lmagan, sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘z vaqtida tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tmagan shaxslarni XIChOda ishlashdan chetlashtirish; sanoat xavfsizligi talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish. 9. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodim (xizmat) quyidagilar ustidan nazoratni ta’minlaydi: sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar, ruxsat beruvchi hujjatlar shartlari bajarilishi; sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan XIChOning qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, kapital ta’mirlanishi, texnik jihatdan qayta jihozlanishi, konservatsiyalanishi va tugatilishi, shuningdek, XIChOda foydalaniladigan texnik qurilmalarning ta’mirlanishi; avariyalar va noxush hodisalarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarining bartaraf etilishi; tegishli xizmatlar tomonidan XIChOda qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning zarur sinov va texnik ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tkazilishi, nazorat o‘lchov vositalarining ta’mirlanishi va qiyoslovdan o‘tkazilishi; qo‘llaniladigan texnika qurilmalariga sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalari yozma ko‘rsatmalarining bajarilishi. 10. XIChOdan foydalanuvchi tashkilotda sanoat xavfsizligini ta’minlashning barcha elementlari va jihatlari ishlab chiqarish nazorati xizmati tomonidan doimiy va muntazam o‘tkaziladigan tekshiruvlarning predmeti xisoblanadi. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli bo‘limlar va xizmatlarni jalb etgan holda ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ish rejasiga muvofiq davriy maqsadli va kompleks tekshiruvlar yo‘li bilan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ish rejasi hamda maqsadli va kompleks tekshiruvlar jadvali XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 11. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish rejasi quydagilarni o‘z ichiga oladi: tekshirilishi zarur bo‘lgan faoliyat turlari va sohalari; malakasi va tajribasi hisobga olingan holda tekshiruv o‘tkazish uchun mas’ul xodimlar ro‘yxati; tekshiruv o‘tkazish sabablari. Bundan tashqari tekshirish rejasi, qoida tariqasida, tekshirish natijalari bo‘yicha xulosalar va tavsiyalarni taqdim etish tartib-taomilini o‘z ichiga oladi. 12. XIChOdan foydalanuvchi tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari (xizmatlari)ni tekshirish quydagilarni qamrab olishi mumkin: XIChOning tashkiliy tuzilmasi; ma’muriy va ish tartib-taomillari; moddiy va inson resurslari, uskunalar; ish uchastkalari, operatsiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari; hujjatlar, hisobotlar, ishlab chiqarish nazorati bilan bog‘liq ma’lumotlarni ro‘yxatga olish va saqlash tartibi. Tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxslar tekshirilayotgan faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. 13. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv natijalari, ishlab chiqarish nazorati xizmatining xulosasi va tavsiyalari XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyatiga tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma shaklida ko‘rib chiqish uchun taqdim etaladi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma ishlab chiqarish nazorati xizmati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tekshirilgan ish joylari uchun mas’ul rahbarlarga yetkazilishi kerak. Zarur hollarda tashkilot tomonidan tekshiruv natijalari yuzasidan aniqlangan sanoat xavfsizligi talablari buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. 14. Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnomada: sanoat xavfsizligi talablari buzilishi, ularga nomuvofiqlar yoki ulardan chetga chiqishning qisqacha tavsifi; aniq normalar va qoidalar buzilishiga havola; sanoat xavfsizligi talablarining buzilishi, ularga nomuvofiqlilar yoki ulardan chetga chiqishlarni bartaraf etish choralari va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. 15. Tekshiruv natijalari XIChOdan foydalanuvchi tashkilot mutaxassislari va rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladi. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyati sanoat xavfsizligi talablari buzilishi, ularga nomuvofiqliklar yoki ulardan chetga chiqishlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak. Chora-tadbirlar sanoat xavfsizligi talablaridan chetga chiqishning oldini olishni ta’minlovchi boshqaruv qarorlarini qabul qilishni, sanoat xavfsizligi talablari buzilishi, ularga nomuvofiqlilar yoki ulardan chetga chiqishlarni bartaraf etish uchun mas’ul shaxslarni belgilashni hamda ularni bartaraf etish muddatlarini o‘z ichiga oladi. Chora-tadbirlar amalga oshirilgandan keyin ishlab chiqarish nazorati xizmatiga qoida buzilishlarining bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi. 16. XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyati ishlab chiqarish nazorati natijalarining mustaqil tahlil qilinishi hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishining xolisona baholanishini ta’minlashi kerak. Bunday tahlil va baholash XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyati tarkibidagi shaxslar yoki foydalanuvchi tashkilot rahbariyati tomonidan jalb etilgan vakolatli mustaqil mutaxassislar (ekspertlar) tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 17. O‘tkazilgan tahlil: XIChOdan foydalanuvchi tashkilotning barcha tarkibiy bo‘linmalari (hizmatlari) tomonidan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish natijalarini; sanoat xavfsizligining umumiy boshqaruvi samaradorligini baholashni; ishlab chiqarish faoliyati va ishlarning tabiiy, texnogen va ijtimoiy shart-sharoitlardagi o‘zgarishlarga muvofiq ishlab chiqarish nazorati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi. 18. Ishlab chiqarish nazorati xizmati (xodimi) XIChOning sanoat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni XIChOdan foydalanuvchi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda identifikatsiyalash, to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash, kiritish va ro‘yxatdan chiqarishni amalga oshiradi yoki tashkil etadi. XIChOning sanoat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yuritilishi sanoat xavfsizligi talablari bajarilishini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi. XIChOdan foydalanuvchi tashkilotda qo‘llaniladigan texnik qurilmalar, asbob-uskunalar va boshqa mahsulotlarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilgan ma’lumotlarning tarkibiy elementi bo‘lishi kerak. 19. XIChOning sanoat xavfsizligi holati haqidagi barcha ma’lumotlar XIChOdan foydalanuvchi tashkilotda saqlanadi. Bunda ularning yaroqsiz holatga kelishi va yo‘qotilishining oldini oluvchi shart-sharoitlar ta’minlanishi kerak. XIChOning sanoat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash muddatlari XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari buyrug‘i bilan belgilanadi. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlardan XIChOda sanoat xavfsizligi holati hamda ishlab chiqarish nazorati amalga oshirilishi to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ma’lumotlarni so‘rab olishga haqlidir. 20. XIChOdan foydalanuvchi tashkilotlar yil yakunlari bo‘yicha, shuningdek so‘rovga ko‘ra ishlab chiqarish nazorati tashkil etilishi to‘g‘risidagi axborotni qonunchilik hujjatlariga muvofiq Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalariga va boshqa vakolatli organlarga taqdim etadi. 21. Ishlab chiqarish nazorati tashkil etilishi to‘g‘risidagi axborot quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: a) sanoat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil etish tartibi; b) ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimning familiyasi, uning lavozimi, ma’lumoti, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, sanoat xavfsizligi bo‘yicha oxirgi attestatsiya sanasi; v) asosiy potensial xavf manbalari, ehtimol tutilgan avariyalar oqibatlarining tavsifi bilan XIChOlar soni; g) sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish hamda tekshiruv natijalari, shuningdek, qoida buzilishlarini bartaraf etish va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalarining yozma ko‘rsatmalarini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar; d) XIChOda avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi nusxasi; e) XIChOda qo‘llaniladigan va majburiy sertifikatlanadigan asbob-uskunalarning holati; j) XIChOdan foydalanuvchi tashkilot xodimlarining avariya vaqtidagi harakatlarga shayligini baholash; z) XIChOda sodir bo‘lgan noxush hodisalar va avariyalarning tavsifi, ularning yuz berishi sabablari va ko‘rilgan choralar tahlili; i) XIChO rahbarlari, mutaxassislari va boshqa xodimlarini sanoat xavfsizligi bo‘yicha tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish rejasi. 22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
169
28,370
Qonunchilik
Farg‘ona viloyatida anor yetishtirishni ko‘paytirish va sohani rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Farg‘ona viloyatida anor yetishtiruvchi xo‘jaliklarni tashkil etish va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektor vakillariga ko‘maklashish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish, innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalar asosida anor ko‘chatlari va mahsulotini yetishtirish, uni qayta ishlashni kompleks rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish hamda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirish, ayniqsa, qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish mexanizmini ta’minlaydigan yagona tashkiliy tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda anor yetishtiruvchi tashkilotlarning Farg‘ona viloyatida anor ko‘chatlarini yetishtirishni yanada rivojlantirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish maqsadida “Anor yetishtiruvchilar” uyushmasini (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin: anorchilik sohasini rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida uyushmaning filiallarini ochish, ixtisoslashgan xo‘jaliklar tashkil etish va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektor vakillariga ko‘maklashish; sohani kompleks rivojlantirishda ishtirok etish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsion loyihalarni amalga oshirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy qilish; yer maydonlaridan samarali foydalanish, resurs tejaydigan intensiv texnologiyalarni qo‘llagan holda anorzorlar barpo etish, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, uni qayta ishlash va eksport qilish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish; anor yetishtirish jarayonlariga xorijiy investitsiyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda maslahatchilarni faol jalb qilish, ularning tajribalarini o‘rganish va sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy qilish; sifatli eksportbop anor ko‘chatlarini ko‘paytirish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga ko‘chatlarni tizimli yetkazib berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi biologik hamda kimyoviy vositalar asosida kurashish ishlarini tashkil etish; anor yetishtirish, uni qayta ishlash va eksportga yetkazib berish jarayonlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; anorzorlarda mavsum davomida agrotexnika tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlarini o‘qitish uchun anorchilik maktabini tashkil etgan holda maxsus o‘quv-tayyorlov kurslarini tashkil etish; yangi anorzorlar tashkil etish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallari hisob-kitobini yuritish. 3. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: Farg‘ona viloyatidagi “Farg‘ona anorchilik” va “Mindonobod agrosanoat” agrofirmalari, “Farg‘onaazot” AJ, “Mastona” AJ, “Agro sifat logistika” MChJ, “Agro servis aziya” MChJ, anor ko‘chatchiligi va eksporti bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, anor yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari hamda boshqa tashkilotlar Uyushma muassislari hisoblanadi; fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a’zo bo‘lishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar; Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar: “Anor yetishtiruvchilar” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; “Anor yetishtiruvchilar” uyushmasining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 12 nafardan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Farg‘ona viloyati tumanlarida 2018 — 2020-yillarda anorzorlar tashkil etish, talab etiladigan ko‘chatlar va mablag‘lar hamda yaratiladigan qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari bo‘yicha hisob-kitoblar ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq; Farg‘ona viloyati tumanlarida 2023 — 2025-yillarda anor yetishtirish, eksport qilish hajmlari hamda olinadigan daromadlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Uyushma raisiga, zarurat bo‘lganda, ijro etuvchi apparatning tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Uyushma raisi va o‘rinbosarlari muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi. Uyushma raisi va o‘rinbosarlari umumiy yig‘ilish oldida hisobdor hisoblanadi. 6. Uyushma tarkibida Anorchilik ilmiy-innovatsion markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash taklifiga rozilik berilsin: innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun maxsus ko‘chatchilik laboratoriyasini tashkil etish, ushbu laboratoriyada anorning mahalliy serhosil, virusdan holi bo‘lgan sog‘lom, kasallikka, qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamli, jahon andozalariga mos va urug‘siz anor ko‘chatlarining yangi navlarini yaratish; hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, yuqori hosil beradigan eksportbop yangi navlarni rayonlashtirish; anorzorlar qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, ko‘chatlarni ekish sxemasi, parvarishlash, sug‘orish, oziqlantirish va mavsum davomida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yuqori hosil olish masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqish; anor ko‘chatlarini ekish, parvarishlash, yetishtirish, yig‘ishtirib olish hamda ularni qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish masalalari bo‘yicha har yili mavsumda joylarda ko‘rgazmali o‘quv-seminarlar o‘tkazish; ko‘chatlarni ekish va agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘chat yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; yetishtirilgan anor ko‘chatlarini fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholining shaxsiy tomorqalari uchun sotishni yo‘lga qo‘yish. 7. Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ko‘chatchilik laboratoriyasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish, ularni kelgusida rivojlantirish va bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, yangi anor navlarini yaratish va amaliy seminarlar tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligiga yuklatilsin. 8. Farg‘ona viloyati hokimligi Uyushmaga barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bino va Markazga talab etiladigan yer maydonlarini ajratish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni bir oy muddatda hal etsin. 9. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Uyushma va Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda: anor mahsulotlari eksportining yangi istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, ichki va tashqi bozor talablarini o‘rganish; tashqi bozor talablaridan kelib chiqib, anorning eksportbop va qayta ishlashga mos navlarini yetishtirishga buyurtmalar berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish; yetishtirilgan anor mahsulotlarini eksportga chiqarish bo‘yicha zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, mahsulotni xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan holda saralash, kalibrlash va qadoqlash yo‘li bilan eksportga chiqarishdan oldin tayyorlash ishlarini tashkil etsinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Toshkent davlat agrar universiteti, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Uyushma bilan birgalikda: anorzorlar qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, parvarishlash, yiliga kamida 2 marotaba hosil olish masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy qo‘llanma ishlab chiqish; bir oy muddatda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib anorzorlar tashkil etish, yetishtirish, parvarishlash va yig‘ishtirib olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; 2018-yil 10-oktabrgacha anorni ekish, parvarishlash, yetishtirish, hosilni yig‘ishtirib olish hamda qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish masalalari bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida joylarda ko‘rgazmali o‘quv-seminarlar o‘tkazishni tashkil etsinlar. 11. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi anor mahsulotlarini ilg‘or texnologiyalar asosida yil davomida saqlash uchun maxsus omborxonalar tashkil etish, “Milliy anorchilik brendi”ni yaratish, qayta ishlashni jumladan, meva sharbati, vino, atir, shampun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ishlarini tashkil etsinlar. 12. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fanlar akademiyasi Uyushma va Markaz tomonidan zamonaviy intensiv usullarda anor ko‘chatlari va mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlarini jalb etsinlar. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
106
9,371
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-573-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-573-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
410
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘ri
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2654, 2015-yil 9-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 6-son, 71-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 24-avgustdagi 125-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2654-1, 2016-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 35-son, 412-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2654-2, 2018-yil 22-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son).
250
1,709
Qonunchilik
“TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANUVChI JISMONIY ShAXSLARDAN RO‘YXATGA OLGANLIK UChUN UNDIRILADIGAN YIG‘IM VA BUNDAY ShAXSLARNI RO‘YXATGA OLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘im va bunday shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yil 1-yanvardan amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oylik muddat ichida: O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Qonun bilan muvofiq holga keltirsin; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa idoralar “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘im va bunday shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunga zid keluvchi normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishini ta’minlasin.
237
934
Qonunchilik
Mehmonхonalar va tutash infratuzilmani qurish uchun - $200 miqdorida kredit mablagʻlari
Prezidentning 3.02.2018 yildagi PF-5326-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik sub’yektlarini imtiyozli kreditlash  nazarda tutilgan. Mazkur muassasa mehmonхonalarni, tutash yoʻl, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 200 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochadi. Tadbirkorlik sub’yektlari ushbu mablagʻlar hisobidan tijorat banklaridan kredit olishlari mumkin. Quyidagi shartlar taklif etiladi: Eslatib oʻtamiz, Farmon bilan turoperatorlarning tematik хiyobonlar va joylashtirish vositalari uchun, shuningdek oʻz hududida Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) oʻrnatganlar uchun soliq va bojхona imtiyozlari joriy etildi. Hujjat Qonun hujatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 6.02.2018 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov.
87
1,139
Qonunchilik
OTB avtomobil yoʻllari rekonstruksiyasiga 273,8 mln AQSh dollari ajratadi
Prezidentning 04.04.2022 yildagi «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-189-son qarori qabul qilindi. 2022 yil 25 martda Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasida “Milliy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda – loyiha) amalga oshirish boʻyicha Qarz bitimi imzolandi. OTB Direktorlar kengashi tomonidan “Milliy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun 273,8 mln AQSh dollari miqdorida qarz mablagʻlari 4 yillik imtiyozli davr bilan 24 yil muddatga ajratish ma’qullandi. Ulardan: Loyihani amalga oshirish muddati 6 yilni (4 yil imtiyozli davrni inobatga olgan holda 2022–2027 yillar) tashkil etadi. Hujjat bilan belgilandiki, loyihani amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, OTBning qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi hisoblanadi. Uning huzurida loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etildi. Qoʻmita raisiga loyiha doirasida OTB bilan loyiha bitimini imzolash vakolati berildi. OTBning qarz mablagʻlarini soʻndirish, shuningdek, foiz, qarz boʻyicha komissiya va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.04.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
73
1,504
Qonunchilik
Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ta’kidlash lozimki, respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotni kreditlash ko‘lamini kengaytirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari spektorlarini ko‘paytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirish imkonini berdi. Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan to‘laqonli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish uchun tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash, aholi va xo‘jalik subyektlarining bank tizimiga ishonchli institutsional hamkor sifatida qarashlarini mustahkamlash vazifalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ichki valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida tijorat banklarining barqarorligi va moslashganligi bo‘yicha ularni stress-testlardan o‘tkazish natijasida banklarning moliyaviy holati va valyuta pozitsiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator kamchiliklar aniqlandi, o‘z navbatida ularning oqibatlari banklarning likvidligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5177-sonli Farmoni, shuningdek, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari hamda mexanizmlarini joriy etish maqsadida: 1. 2017-yilning 1-oktabridan ustav kapitalining (fondining) minimal miqdori yangi tashkil etiladigan: tijorat banklariga — 100,0 mlrd.so‘m; mikrokredit tashkilotlariga — 2,0 mlrd. so‘m; lombardlarga — 500 mln.so‘m etib belgilansin. Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar 2019-yilning 1-yanvarigacha ustav kapitallarining minimal miqdorlarini mazkur bandga muvofiq belgilangan minimal talablar darajasiga keltirilishini ta’minlasin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” ATBning avval xorijiy valyutada shakllantirilgan ustav kapitallarini belgilangan tartibda xorijiy valyutani sotish yo‘li orqali milliy valyutaga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq, tijorat banklari tomonidan valyuta mablag‘larini sotishdan olingan daromad (foyda) soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi va ularning aksiyadorlari ulushini oshirishda foydalaniladi. 3. Tijorat banklari: xo‘jalik subyektlarining muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga kelishi; xo‘jalik subyektlarining bank kassalaridan olgan naqd puldan maqsadli foydalanishlari ustidan nazorat qilish kabi ularga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimli asosda quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni va amalga oshirishni ta’minlasin: tijorat banklari faoliyatiga umume’tirof etilgan zamonaviy normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlarini joriy etish, bank-moliya tizimi ko‘rsatkichlarini xalqaro reyting baholash tashkilotlari hamda milliy mustaqil reyting baholash tizimiga muvofiq xolisona baholashni yanada takomillashtirish; xalqaro bank nazorati tamoyillari talablari doirasida tijorat banklarining kapitallashuvi yetarliligi, likvidlik va barqarorligi bo‘yicha talablarni bajarishni ta’minlash; bank tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini, shu jumladan, tijorat banklarida tavakkalchilik-menejmenti tizimini, xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magi va ekspertlarini jalb etib, Bank nazorati bo‘yicha bazel qo‘mitasi tavsiyanomalarini hisobga olgan holda takomillashtirish; banklarning raqobatdoshligi darajasini oshirish hamda banklarni ilg‘or bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish; bank-moliya xizmat ko‘rsatish sohasida aholining moliyaviy savodxonligi hamda huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish; aholining mamlakatimiz bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan talablarini doimiy monitoring qilib borish, bank xizmatlari ko‘rsatish madaniyatini oshirish, mijozlarning ehtiyojlarini qanoatlantiradigan ilg‘or bank xizmatlari ko‘rsatish. 5. Quyidagilar tijorat banklariga tavsiya etilsin: 2018-yilning 1-apreligacha banklarni ilg‘or amaliyot va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan moliyaviy barqaror va raqobatdosh muassasasiga sifatli transformatsiya qilishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash; bank tavakkalchiligi va uning vujudga kelishini barvaqt aniqlash, oldini olish va bartaraf etishda bank imkoniyatlarini oshirish uchun turli ssenariylarni qo‘llagan holda, har chorakda likvidlik pozitsiyalarining stress-testlarini olib borish; banklar aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan bank aktivlari tuzilmasi va kredit portfeli holatini yaxshilash, shuningdek, xorijiy valyutada berilgan, ishlamayotgan kreditlar ulushini kamaytirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish; kreditlarni so‘ndirish muddatlari va tasdiqlangan jadvallarga qat’iy rioya qilishni, kreditlar bo‘yicha qarzdorlarning muddati o‘tgan qarzdorliklarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha zarur chora- tadbirlarni ko‘rish, bankning to‘lay olish qobiliyatidan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha muddatlar va foizlar stavkalarini belgilash hamda zarar ko‘rib ishlayotgan tashkilotlarni kreditlash amaliyotini tugatish; bankning oqilona daromaddorligini hisobga olgan holda, bank xizmatlari jozibadorligini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish maqsadida tarif siyosatini maqbullashtirish; bank-moliya faoliyati sohasidagi kadrlarni, ayniqsa tavakkalchilik-menejmenti masalalari uchun javobgarlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. 6. O‘zbekiston banklari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda ilg‘or bank amaliyoti asosida bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar kompleksi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, vazirliklar va idoralar, tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 7. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2017-2018-yillarda maqsadli va hududiy dasturlar doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida import o‘rnini bosish xarajatlari qismini to‘lash uchun konvertatsiyani xorijiy kredit liniyalari va mahalliy tijorat banklarining xorijiy valyutadagi kreditlariga almashtirish masalalari har bir qarzdor bilan ishlab chiqilishini ta’minlasin. 8. Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — loyihalar tashabbuskorlari, mas’ul ijrochi tashkilotlar rahbarlari bilan bir qatorda — investitsiya loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, har yili tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manzilli dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan kredit resurslaridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi. 9. Belgilansinki, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi: tijorat banklari va ularning filiallari faoliyatiga aralashish, shu jumladan, kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiligini boshqarish, shuningdek, tasdiqlangan biznes-rejalarda nazarda tutilmagan xayriya va badal xarajatlarini amalga oshirish; tijorat banklarining ijobiy hulosalarisiz, ularning resurslari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat va hududiy dasturlariga kiritish. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tijorat banklarining faoliyatiga davlat organlarining ma’muriy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik qismi bo‘yicha banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etish yuzasidan nazoratni kuchaytirsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda xorijiy moliya institutlariga, chet el va mahalliy tijorat banklariga berilgan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar qismida tegishli mablag‘lar nazarda tutilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-son qarorining 4-bandi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining omonatlarini jalb etish bo‘yicha respublikaning tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida” 2008-yil 31-oktabrdagi PQ-991-son qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son qarori 10-bandining birinchi xatboshi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining Moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son qarori ilovasining 1- va 10-bandlari. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridlarini maqsadli moliyalashtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyundagi PQ-3096-son qarori 3-ilovasi 5-bandining yettinchi xatboshi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklari va ularning investitsiyaviy bo‘linmalari rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” 2008-yil 2-oktabrdagi F-3075-son farmoyishi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori.
102
11,551
Qonunchilik
BANK KASSALARIDAGI NAQD PUL QOLDIQLARIGA LIMITLAR BELGILASh VA ULARGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqd pul mablag‘larini jalb qilish va unga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2008-yil 27-martdagi PQ-822-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2006-yil 21-iyul, ro‘yxat raqami 1598) ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 1-bandning uchinchi xatboshidagi “bank kassalaridan qilinadigan o‘rtacha bir kunlik naqd puldagi chiqimlar” so‘zlari, “banklar mijozlarining naqd pul mablag‘lariga bo‘lgan ikki kunlik ehtiyojlari darajasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 3-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Markaziy bank belgilangan naqd pul zaxiralarining eng kam miqdorini ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorining o‘zgarishidan kelib chiqqan holda, mutanosib ravishda o‘zgartirish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rib boradi”; 3. 14-banddagi “qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181 va 182-moddalariga muvofiq intizomiy choralar qo‘llaniladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
177
1,412
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida pulli xizmatlar tashkil etilishini tartibga solish, harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining turizm jozibadorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasining QT, 2016-yil, 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. 6-banddagi “nazarda tutilgan holatlar” so‘zlaridan keyin “hamda mazkur Nizomga ilovada belgilangan avtomobil o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar (keyingi o‘rinlarda — pulli xizmatlar)” so‘zlari qo‘shilsin. 2. Quyidagi mazmundagi 61-band qo‘shilsin: “61. Pulli xizmatlar avtomobil o‘tkazish punktining normal faoliyatiga ta’sir etmagan holda, qonun hujjatlariga muvofiq davlat mulkini ijaraga berish orqali belgilangan tartibda faqat tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yiladi. Pulli xizmatlar ko‘rsatilishi uchun avtomobil o‘tkazish punktining geografik joylashuvi, ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan pulli xizmatlar turi hamda ularni ko‘rsatish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan maydon, o‘tkazish punktining o‘tkazuvchanlik qobiliyati inobatga olinadi”. 3. Quyidagi mazmundagi ilova qo‘shilsin: 1. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari. 2. Ovqatlanish hamda sanitar-gigiyenik xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat. 3. Boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarning chakana savdosi. 4. Yo‘lovchilar uchun qo‘l aravachalarini ijaraga berish. 5. Yo‘lovchilar va ularning yuklarini o‘tkazish punkti ichida tashish xizmati. 6. O‘tkazish punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalarini mayda ta’mirlash ishlari hamda ularni evakuatsiya qilish. 7. Hajmi katta bo‘lmagan qo‘l yuklarini saqlab berish. 8. Transport vositalarida tashilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oshirish (yuk ortish, tushirish, qayta yuklash). 9. Tarjimonlik xizmati. 10. Xizmat ko‘rsatish (yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini to‘ldirib berish, turli kompyuter xizmatlari, faks, Internet) xonalari. 11. Taksi chaqirish xizmati”.
124
2,617
Qonunchilik
Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom talablari dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalariga hamda tarkibida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar va zaharli moddalar bo‘lgan dori vositalarini bemorga tayinlashga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: dori vositalari ― kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari; dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi (bundan buyon matnda xalqaro patentlanmagan nom deb yuritiladi) ― Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositasi tarkibidagi faol dori moddasining (substansiyasining) qisqartirilgan nomini berish orqali dori vositasini identifikatsiya qilish; retsept ― shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatlarini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi elektron yoki yozma shakldagi ko‘rsatmasi; elektron retsept ― shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori vositasini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan elektron hujjat; ekstemporal usulda tayyorlanadigan dori vositalari ― bemorga shifokor tomonidan berilgan retsept asosida dorixona sharoitida tayyorlangan dori preparatlari. 3. Mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha tibbiyot tashkilotlarida bemorga majburiy tartibda xalqaro patentlanmagan nom bo‘yicha retsept yozilishi lozim. 4. Bemorga tayinlangan dori vositalari (halqaro patentlanmagan nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va boshqalar) uning tibbiy hisob hujjatlarida (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi) qayd qilinadi va bevosita davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi. 5. Bemorga dori vositalari va (yoki) ekstemporal usulda tayyorlanadigan dori vositalari davolovchi shifokor tomonidan imzolanadigan qog‘oz ko‘rinishidagi retsept blankasi (bundan buyon matnda qog‘oz ko‘rinishidagi retsept deb yuritiladi) yoki elektron retsept shaklida rasmiylashtiriladi. 6. Tibbiyot tashkilotlarida bemorlarga dori vositalarini tayinlash tashxis qo‘yish va davolash standartlari asosida bir martalik, kunlik va kurs dozalarini aniqlash orqali kasallikning turi, og‘irligi va xususiyatiga hamda bemorning yoshini va dori vositalarini tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dorilarining o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi. 7. Quyidagi hollarda bemorga tayinlangan dori vositalarining asosliligi tibbiyot tashkilotlarining bo‘lim mudiri yoki navbatchi shifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelishilishi lozim: bemorga bir vaqtning o‘zida besh va undan ortiq dori vositalari (dori vositalarining turidan qat’i nazar) tayinlanganda; asosiy kasallikning asoratlari yoki hamroh kasalliklari mavjud bo‘lganda. Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda tayinlangan dori vositalarining asosliligi bemorning tibbiy hisob hujjatlarida (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi) qayd etilishi va ushbu tibbiy hujjatlar bevosita davolovchi shifokor hamda mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan ham imzolanishi lozim. 8. Davolovchi shifokor tibbiyot tashkilotlarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga ushbu muassasada mavjud bo‘lmagan dori vositalarini tayinlashi mumkin. 9. Tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lgan holatda (hayotiy ko‘rsatmalari bo‘yicha, individual ko‘tara olmaslik) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan diagnostika va davolash standartlariga kirmagan, ushbu muassasada mavjud bo‘lmagan dori vositalari shifokorlar konsiliumi asosida tayinlanadi va tibbiy hujjatlarda qayd etiladi. 10. Tibbiyot tashkilotining davolovchi shifokori tomonidan tayinlangan retseptda dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi, tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma ko‘rsatmasi lotin tilida, dori vositalarini qo‘llash usuli esa davlat tilida ko‘rsatilishi shart. Zarur hollarda retsept malakali tarjimani ta’minlagan holda bemor tushunadigan boshqa tilda yozilishi mumkin. 11. Retsept bemorga uning yoshi, dori vositasini xalqaro patentlanmagan nomi, ekstemporal usulda tayyorlanadigan dori vositalari tarkibidagi dori moddalarining nomlari, shuningdek ularning dozasi, davriyligi, qabul qilish vaqti va davomiyligi, dori vositalarining oziq-ovqat iste’moliga qarab oqilona qo‘llanishi (ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatdan keyin) ko‘rsatilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi. Bunda, retseptda tayinlangan dori vositalari (dori vositalarining halqaro patentlanmagan nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va boshqalar) retseptning yirtma koreshogida ham bir-biridan farqlanmaydigan holatda ko‘rsatilishi shart. Davolovchi shifokor tomonidan tibbiyot tashkilotida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga tayinlangan retseptda dori vositalarini oziq-ovqat iste’moliga qarab (ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatlanishdan keyin) qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilmasligi mumkin. 12. Davolanayotgan bemorga (bemorning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxslarga) dori vositalariga retsept berilganligi haqidagi ma’lumotlar uning tibbiy hisob hujjatlarida (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi) qayd etiladi. 13. Davolovchi shifokor tomonidan quyidagi holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylashtirilishi taqiqlanadi: mijozning tibbiy ko‘rsatmasi bo‘lmagan holatlarda; O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalariga (orfan dori vositalari bundan mustasno); faqat tibbiyot tashkilotlarida qo‘llashga mo‘ljallangan dori vositalari, shu jumladan narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan dori vositalariga. 14. Retsept yozishda davolovchi shifokor tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan asosiy retseptura qisqartmalaridan foydalanilishi mumkin. 15. Retseptda aynan qanday dori vositasi yozilganligini aniqlashda chalg‘ituvchi ingrediyentlarning nomiga yaqin qisqartmalarni yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Har bir tibbiyot tashkilotidagi davolovchi shifokorlarga retsept blankalari ushbu muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadigan javobgar shaxs tomonidan, dam olish va bayram kunlari, shuningdek tungi vaqtlarda esa tibbiyot tashkilotining mas’ul navbatchi shifokori tomonidan beriladi. Shifokorlarga beriladigan retsept blankalarining hisobi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha yuritiladi. 17. Retsept O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilganda ularning yuqori qismi chap burchagida tibbiyot tashkilotining nomi va manzili tegishli shtamp qo‘yilgan holda ko‘rsatilishi, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilganda esa qo‘shimcha ravishda retseptning yuqori qismi o‘ng burchagida ushbu muassasaning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha berilgan litsenziyaning tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatilishi lozim. 18. Retseptda “Ichish uchun”, “Ma’lum”, “Qoida tariqasida” va boshqa shu kabi qisqartma so‘zlardan foydalanish man etiladi. Retseptda ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniq va tushunarli tarzda to‘ldirilishi, unda o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. 19. Ekstemporal usulda tayyorlanadigan dori vositalari uchun retsept rasmiylashtirilishida qattiq va sochiluvchan dori moddalari grammlarda (0,001; 0,5; 1,0), suyuq dori moddalarining miqdori millilitr, tomchilarda ko‘rsatiladi. 20. Bemorga dori vositalarini shoshilinch ravishda yoki zudlik bilan berish zarur bo‘lgan taqdirda, retsept blankasining yuqori qismiga “cito” (shoshilinch) yoki “statim” (zudlik bilan) belgisi qo‘yiladi. 21. Tayyor dori vositasi uchun retsept rasmiylashtirilganda ularning miqdori dori vositasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq bo‘lishi kerak. 22. Retsept davolovchi shifokorning imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunda davolovchi shifokor shaxsiy muhrining tashqi aylana diametri 20 mm, kichik aylana diametri 10 mm, aylanalar orasidagi masofa 3 mm va kichik aylana ichidagi chiziq uzunligi 8 mm bo‘lishi hamda katta aylana ichida davolovchi shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi, kichik aylana ichidagi chiziqda “shifokor” so‘zi yoziladi. Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan talablar elektron retseptga nisbatan tatbiq etilmaydi. 23. Retseptlar davolovchi shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amal qiladi. 24. Kasalligi surunkali bo‘lgan bemorlar uchun ambulatoriya sharoitida kasalliklarning xalkaro tasnifi ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda asosiy farmakologik ta’siriga ko‘ra anabolik faolligi bilan ajralib turadigan dori vositalariga retsept berilganda davolovchi shifokor tomonidan istisno tariqasida retseptda ularning 60 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori, qolgan tayyor dori vositalariga esa 90 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori ko‘rsatilishi mumkin. Bunda, retseptda dorixonadan dori vositalarini berish davri (har hafta, har oy va boshqalar) ko‘rsatilishi shart. Qog‘oz ko‘rinishidagi retsept “maxsus maqsadlar uchun” yozuvi bilan davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi, elektron retseptlarga esa “maxsus maqsadlar uchun” belgisi va elektron raqamli imzo qo‘yiladi. 25. Statsionar tibbiyot tashkilotida davolangan bemorga ambulatoriya sharoitida davolanishni davom ettirish zarur bo‘lgan hollarda retsept tibbiyot tashkilotining shifokori tomonidan bemorning tibbiy hujjatlaridan olingan ko‘chirmasidagi davolovchi shifokorning ambulatoriya sharoitida dori vositasining qo‘llanilishi haqidagi tavsiyasiga asosan beriladi. 26. Ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan qog‘oz ko‘rinishidagi yoki elektron retsept haqiqiy emas deb hisoblanadi. 27. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan statsionar sharoitida davolanayotgan bemor (bemorning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxslar) tomonidan olib kelingan dori vositalari ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob bergan hollarda qabul qilinishi mumkin. 28. Tibbiyot tashkilotining davolovchi shifokori tomonidan bemorning dori vositalari qabul qilib olinayotganda ushbu dori vositalari retseptning yirtma koreshogida ko‘rsatilgan dori vositalari bilan o‘zaro muvofiqligi, shu jumladan dori vositasida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati, birlamchi va ikkilamchi o‘ramning butunligi, tashqi ko‘rinishi tekshiriladi va ijobiy xulosaga karab retseptning yirtma koreshogi bemorning tibbiy hujjatiga tikiladi. 29. Tibbiyot tashkilotlarida statsionar sharoitida davolanayotgan bemorlar (bemorning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs) tomonidan olib kelingan va alohida saqlash sharoitlarini talab etmaydigan dori vositalari bemor joylashtirilgan xonada, alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan dori vositalari esa ushbu muassasaning muolaja xonasida saqlanadi. 30. Tibbiyot tashkilotida davolanuvchi bemorga dori vositalari davolovchi shifokor tomonidan tayinlangan usulda har bir dori vositasi uchun belgilangan tibbiyot amaliyotida qo‘llanish yo‘riqnomasiga asosan ushbu muassasaning hamshirasi tomonidan qo‘llaniladi. 31. Dori vositalari bemorga elektron retsept asosida rasmiylashtirilganda ularni qabul qilish tibbiyot tashkilotining davolovchi shifokori tomonidan yagona elektron retseptlar ma’lumotlar bazasida elektron shakldagi retsept qayd etilganligi va retsept orqali dori vositalari berilganligi to‘g‘risida ma’lumot saqlanishi orqali amalga oshiriladi. 32. Bemor (bemorning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxslar) tomonidan davolovchi shifokorga dori vositalari bilan birgalikda retseptning yirtma koreshogi taqdim etilmasa yoki unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 311-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar qayd etilmagan bo‘lsa, tibbiyot tashkilotining davolovchi shifokori tomonidan dori vositalarni qabul qilish taqiqlanadi. 33. Retseptning yirtma koreshogi bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs) tomonidan yo‘qotilgan yoki u yaroqsiz holga kelib qolgan holatlarda dorixona xodimi tomonidan retseptning dorixonada saqlanayotgan, yirtma koreshogi o‘rnini bosuvchi, tasdiqlangan nusxasi berilishi mumkin. Bunda dori vositalarini bergan dorixona xodimi o‘zida saqlanayotgan retseptning nusxasini tasdiqlab beradi va ushbu retsept nusxasi retseptning yirtma koreshogi kuchiga ega bo‘ladi. 34. Retsept blankalarini saqlash va yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 36. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan. Tibbiyot tashkilotining rekvizitlari bosma usulda yoziladi yoki shtamp qo‘yiladi. Retseptda shifokorning farmatsevt xodimga dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi, tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma ko‘rsatmasi lotin tilida, dori vositalarini qo‘llash usuli esa davlat tilida ko‘rsatilishi shart. Zarur hollarda malakali tarjimani ta’minlagan holda bemor tushunadigan boshqa tilda yozilishi lozim. Retseptda bitta dori vositasi yoziladi. Ruxsat etilgan asosiy retseptura qisqartmalaridan foydalanilishi mumkin. Retsept bemorni davolanishi uchun kerakli miqdorda beriladi. Kattiq va sochiluvchan dori moddalari grammlarda (0,001; 0,5; 1,0), suyuq dori moddalarining miqdori millilitr, tomchilarda ko‘rsatiladi. Retseptda “Ichish uchun”, “Ma’lum”, “Qoida tariqasida” va boshqa shu kabi qisqartma so‘zlardan foydalanish man etiladi. Shifokor imzosi uning shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi. Dori vositalari berilgandan keyin retsept dorixonada qoldiriladi, retsept yirtma koreshoglari rasmiylashtirib beriladi. Retseptda tayinlangan dori vositasi bo‘yicha tushunmovchilik kelib chiqqan hollarda, retseptda ko‘rsatilgan shifokorning telefon raqami orqali shifokor bilan bog‘lanib aniqlik kiritilishi mumkin. Retseptning yirtma koreshogi (stiker, dori vositasi haqida to‘liq ma’lumot beruvchi tovar cheki) dori vositasi bilan davolanish yakuniga qadar saqlanishi lozim. 1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 18-iyundagi 191-son “Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118, 2010-yil 29-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 26-27-son, 219-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2013-yil 26-sentabrdagi 327-son “Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-1, 2013-yil 3-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 40-son, 538-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 25-avgustdagi 62-son “Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-2, 2016-yil 23-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 38-son, 455-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 15-noyabrdagi 121-son “Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-3, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2118-3/0293-son).
242
18,891
Qonunchilik
Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlarini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish maqsadida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan mezonlar asosida aniqlangan yirik soliq to‘lovchi yuridik shaxslar toifasiga tatbiq etiladi. 2. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mezonlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 222-moddasiga asosan soliq to‘lovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki o‘zgartirish huquqini bermaydi. 3. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 4. Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish uchun oldingi soliq davri yakuni bo‘yicha quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida mos keladigan yuridik shaxslar tanlab olinadi: soliq davri yakuni bilan hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi eng kam ish haqining 200 ming baravaridan kam bo‘lmagan; tovar aylanmasi hajmi eng kam ish haqining 300 ming baravaridan kam bo‘lmagan; jami aktivlari qiymati eng kam ish haqining 100 ming baravaridan kam bo‘lmagan. 5. Eng kam ish haqi miqdori yirik soliq to‘lovchilar toifasini aniqlash uchun tanlangan soliq davri yakunida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. 6. Yirik soliq to‘lovchilar toifasini belgilashda, mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mezonlar, yuridik shaxslarning o‘tgan yildagi soliq davri yakuni bo‘yicha soliq organlariga taqdim etgan soliq hamda moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga asosan aniqlanadi. 7. Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar soliq davri yakuni bilan mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga javob bermasa, ushbu yuridik shaxslar navbatdagi bir yil mobaynida yirik soliq to‘lovchilar toifasida qoladi. 8. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilgan yuridik shaxslar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu haqda hisobga qo‘yilgan joy bo‘yicha yozma ravishda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi. 9. Yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatidan chiqarilgan yuridik shaxslar ushbu toifadan chiqarilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma ravishda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi. 10. Yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilgan yuridik shaxslar ular yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olmagunga qadar yirik soliq to‘lovchilar toifasida qoladi. 11. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 12. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
128
4,068
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASINING REGLAMENTI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti qabul qilinsin (ilova qilinadi). 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 15-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Muvaqqat reglamenti to‘g‘risida”gi 30–I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, №; 3-4, 101-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini o‘tkazish, deputatlar birlashmalarini tuzish, qonunchilik palatasi organlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi va Qonunchilik palatasining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ichki tartib-qoidalariga doir boshqa masalalarni tartibga soladi. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir va u bir yuz yigirma deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi Qonunchilik palatasi barcha deputatlarining (bundan buyon matnda deputatlar deb yuritiladi) professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi. Deputatlar o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Qonunchilik palatasining faoliyati masalalarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi. Deputatning vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat o‘z vakolatlarining butun muddati mobaynida daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qonunchilik palatasining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas. Deputatga uning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi. Deputatning huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz va samarali amalga oshirish kafolatlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar va ushbu Reglament bilan belgilanadi. Qonunchilik palatasi o‘z matbuot organlariga ega bo‘ladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan so‘ng ikki oydan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasining Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi ishini tashkil etish uchun majlisning muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi. Qonunchilik palatasi muvaqqat kotibiyat va sanoq komissiyasi saylangani to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi. Sanoq komissiyasi o‘z tarkibidan komissiya raisini va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qonunchilik palatasi birinchi majlisni, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan o‘tkazadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti; 2) elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhini saylash; 3) Oqsoqollar kengashini saylash; 4) Qonunchilik palatasi Spikerini saylash; 5) Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlarini saylash; 6) siyosiy partiyalarning fraksiyalari (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi) va deputatlar guruhlarini ro‘yxatga olish; 7) Qonunchilik palatasining qo‘mitalarini (bundan buyon matnda qo‘mitalar deb yuritiladi) tuzish. Qonunchilik palatasining birinchi majlisida Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi. Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyati: 1) so‘zga chiquvchilarning ro‘yxatini yozib boradi; 2) deputatlardan tushadigan savollar, ma’lumotnomalar, xabarlar, arizalar, takliflar va boshqa materiallarni ro‘yxatga oladi; 3) so‘zga chiqish uchun yozilganlarning ro‘yxati va Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyatiga tushgan materiallar haqida raislik qiluvchiga axborot beradi; 4) Qonunchilik palatasining birinchi majlisini ta’minlashga doir boshqa vazifalarni bajaradi. Qonunchilik palatasi Spikerini va uning o‘rinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan ko‘pi bilan o‘n besh kishidan iborat Oqsoqollar kengashi tuziladi, mazkur kengash vakolatlari Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari saylangach tugaydi. Oqsoqollar kengashining tarkibi to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi kiritadi. Oqsoqollar kengashining tarkibiga: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi; deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan, yoshi eng ulug‘ deputatlar; nomzodlari siyosiy partiyalardan ko‘rsatilib, Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning vakillari; Qonunchilik palatasiga saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlarning vakillari kiritiladi. Oqsoqollar kengashining tarkibi to‘g‘risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Oqsoqollar kengashi Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlarni, qoida tariqasida, eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyalar yoki saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar orasidan ko‘rsatadi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi yoki Oqsoqollar kengashining vakili tomonidan taqdim etiladi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlarning savollariga javob berishi uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Qonunchilik palatasi majlisida nomzodni muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzodni muhokama qilish ajratilgan vaqt tugagach yoki deputatlarning taklifiga binoan Qonunchilik palatasining Qarori bilan to‘xtatiladi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga ko‘rsatilgan nomzod yashirin ovoz berish ro‘yxatiga kiritiladi. O‘z nomzodini rad etish ovoz berish o‘tkazilmasdan qabul qilinadi. Qonunchilik palatasining Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerini saylash paytidagi yashirin ovoz berish usulini Qonunchilik palatasi belgilaydi. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanganligini e’lon qilgandan keyin hech kim ovoz berishni bo‘lib qo‘yishi mumkin emas. Ovoz berish boshlangandan to uning natijalari e’lon qilingunga qadar hech kimga so‘z berilmaydi. Agar ovoz berishni o‘tkazish vaqtida ovoz berish tartib-taomili buzilgan yoki uni o‘tkazish chog‘ida to‘siqlar yuzaga kelgan bo‘lsa, muhokama qilmasdan darhol takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. Ovoz berish yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda o‘tkazilgan taqdirda yashirin ovoz berish vaqti va joyi, uni o‘tkazish tartibi sanoq komissiyasining tavsiyasiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq belgilanadi va sanoq komissiyasi raisi tomonidan e’lon qilinadi. Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi. Agar Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlar ovozlarining zarur sonini to‘plamagan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov ushbu Reglamentning 15—20-moddalariga muvofiq o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi Spikeri saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Qonunchilik palatasi Spikeri saylangandan keyin Qonunchilik palatasining bundan buyongi majlisini Qonunchilik palatasining Spikeri olib boradi. Qonunchilik palatasi Spikeri: 1) Qonunchilik palatasining va Qonunchilik palatasi Kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; 2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; 3) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) yuboradi; 4) Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va komissiyalarining (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 5) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; 6) Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; 7) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 8) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hay’atlari tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi; 9) Kengash bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi; 10) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; 11) Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko‘radi; 12) Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlarini imzolaydi; 13) Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, deputatlar va Qonunchilik palatasi devoni ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi; 14) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘zining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi. Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi Qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganda Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlaridan biri raislik qiladi. Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Qonunchilik palatasi Spikerining bo‘sh lavozimiga nomzod ko‘rsatish va uni saylash ushbu Reglamentning 15—20-moddalarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga mansubligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Bunda Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega ekanligi inobatga olinadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, o‘z fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlar yashirin ovoz berish ro‘yxatiga kiritiladi, uni Qonunchilik palatasi Spikeri o‘qib eshittiradi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlar bo‘yicha muhokama o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz berish ro‘yxat bo‘yicha o‘tkaziladi. Nomzodlar, agar ular yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy soni yarmidan ko‘prog‘ining ovozini olsalar, Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari etib saylangan hisoblanadilar. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Agar Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlar saylanish uchun talab qilinadigan ovozlar miqdorini ololmasalar, Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining lavozimlariga saylov tartib-taomili nomzodlar ko‘rsatishdan boshlab takrorlanadi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash mazkur Reglamentning 26—28-moddalari va ushbu moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qonunchilik palatasi Spikeri yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan ham kiritilishi mumkin. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi hamda fraksiya va deputatlar guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi Spikeri qo‘mitalar tarkibiga saylanishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish, qo‘mitalar ishini muvofiqlashtirib borish, qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni tashkil etish maqsadida Kengash tuziladi. Kengash tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o‘rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarining rahbarlari, qo‘mitalarning raislari kiradi. Kengashga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi. Kengash Qonunchilik palatasi majlislari oralig‘ida zaruratga qarab to‘planadi. Kengash majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri, u yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda esa uning o‘rinbosarlaridan biri chaqiradi va olib boradi. Kengash majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi raislari, Bosh prokurori ishtirok etishlari mumkin. Kengash majlislarida deputatlar ham ishtirok etishga haqli bo‘lib, ular Kengash majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin. Kengash majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Kengash: 1) Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini ishlab chiqishga doir ish rejasi loyihasini shakllantiradi; 2) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasini tuzadi; 3) qo‘mitalar ishini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; 4) agar qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritishning qonunda va ushbu Reglamentda belgilangan tartibi talablarini bajarmagan bo‘lsa, qonun loyihasini mas’ul qo‘mitaning xulosasiga binoan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 5) Qonunchilik palatasi Spikerining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini lavozimiga tayinlash va ularni lavozimidan ozod qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi; 6) Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi davrda deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi; 7) ushbu Reglamentga muvofiq Qonunchilik palatasi ishini tashkil etishning boshqa masalalarini hal qiladi. Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Kengash qarorlarining loyihalari va uning majlisida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan boshqa hujjatlar Kengashga, qoida tariqasida, uning majlisi boshlanishidan kamida uch kun oldin kiritiladi. Kengash tarkibiga kiruvchi shaxslarga, shuningdek uning majlislarida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga majlisda ko‘rib chiqish mo‘ljallanayotgan masalalar haqida oldindan xabar qilinadi va zarur materiallar taqdim etiladi. Kengash majlislari stenogrammasi yozib boriladi va bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgan masalalar va u qabul qilgan qarorlar haqida deputatlarga ma’lum qilinadi. Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning o‘rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar saylanadi. Qonunchilik palatasida, qoida tariqasida: reglament; budjet, banklar va moliya masalalari; iqtisodiy masalalar va tadbirkorlik; qonunchilik va sud-huquq masalalari; mehnat va ijtimoiy masalalar; mudofaa va xavfsizlik masalalari; xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitalari tuziladi. Qonunchilik palatasida boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin. Qo‘mitalarning umumiy soni, qoida tariqasida, o‘ntadan oshmasligi kerak. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga yoki guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish yuzasidan takliflarni deputatlar birlashmalarining rahbarlari o‘zaro kelishgan holda kiritadilar. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari palata majlisida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari, shuningdek qo‘mita a’zolari saylangani to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qarorlar qabul qiladi. Qo‘mitalarning barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar. Qo‘mita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Qo‘mita raisi: 1) qo‘mita ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va qo‘mitaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 2) zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, qo‘mita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi; 3) qo‘mita a’zolariga topshiriqlar beradi, ularga qo‘mita faoliyati bilan bog‘liq materiallar va hujjatlarni yuboradi; 4) kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlarining ishida qatnashish, shuningdek qo‘mitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun qo‘mita a’zolarini belgilaydi; 5) davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillarini qo‘mita ishida qatnashishga taklif etadi; 6) qonunchilik palatasi, Kengash majlislarida, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘mita nomidan ish ko‘radi; 7) qo‘mita qarorlarining bajarilishiga doir ishlarni tashkil etadi; 8) qonunchilik palatasiga, Kengashga va Qonunchilik palatasi Spikeriga ularning topshiriqlari bajarilishi yuzasidan axborot beradi; 9) qo‘mitaning qarorlari bajarilganligi va uning tavsiyalari ko‘rib chiqilganligi haqida qo‘mita a’zolariga axborot beradi; 10) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qo‘mita raisining o‘rinbosari qo‘mita raisining topshirig‘iga ko‘ra uning ayrim vazifalarini bajaradi hamda rais yo‘qligida yoki u o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘mita raisi vazifasini bajarib turadi. Qo‘mitalar ishni o‘z rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengash topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Qo‘mitalar Qonunchilik palatasi oldida mas’ul va unga hisobdordir. Qo‘mitalar: 1) o‘z tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi; 2) qonun loyihalarining dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi; 3) qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda ularni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi; 4) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi (bundan buyon matnda Davlat budjeti loyihasi deb yuritiladi) yuzasidan xulosalar va takliflar beradi; 5) Qonunchilik palatasining topshirig‘iga yoki Kengashning tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki Qonunchilik palatasi vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas’ul bo‘ladi; 6) kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillarini jalb etadi; 7) qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi; 8) kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Qonunchilik palatasi qarorlari loyihalari matniga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; 9) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi; 10) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, qo‘mitalarning qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitadi; 11) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Qo‘mitalarning majlislari Qonunchilik palatasi majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi. Qo‘mita majlisini uning raisi o‘z tashabbusi bilan yoki qo‘mita a’zolari umumiy sonidan kamida yarmining tashabbusi bilan chaqiradi. Qo‘mita majlisi haqida uning raisi, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin qo‘mita a’zolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa qatnashchilarini oldindan xabardor qiladi. Qo‘mitalarning majlislari, agar ularda qo‘mita a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Qo‘mita majlisini qo‘mita raisi olib boradi. Qo‘mitalarning majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida qo‘mitalar yopiq majlislar o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishi mumkin. Deputat o‘zi a’zo bo‘lgan qo‘mita majlislarida hozir bo‘lishi shart. Qo‘mita majlisida hozir bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat qo‘mita raisini oldindan xabardor qiladi. Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Qo‘mitalar ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Qo‘mita qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarurat bo‘lganida esa, shuningdek komissiya raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tuzilgani to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasining komissiya tuzilgani to‘g‘risidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat ko‘rsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar belgilangan bo‘lishi kerak. Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlari tuzishga haqlidir. Komissiyaning majlislari Qonunchilik palatasi majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi. Komissiya majlislarini uning raisi yoki rais o‘rinbosari chaqiradi. Komissiya majlisi haqida uning raisi yoki rais o‘rinbosari, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin komissiya a’zolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor qiladi. Komissiya majlislari, agar ularda komissiya tarkibining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatlidir. Komissiya majlisini komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari olib boradi. Komissiya majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida komissiya yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Deputat o‘zi a’zo bo‘lgan komissiya majlislarida hozir bo‘lishi shart. Komissiya majlisida hozir bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat komissiya raisini oldindan xabardor qiladi. Komissiya majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Komissiya ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan komissiya jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Komissiya qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Komissiya Qonunchilik palatasi belgilagan muddatda bajarilgan ish to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga hisobot taqdim etadi. Komissiya o‘z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin, o‘zi qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat o‘tgandan keyin yoki Qonunchilik palatasining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi. Deputatlar siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin. Fraksiya siyosiy partiyadan ko‘rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Deputatlar guruhlarini Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan, siyosiy partiyadan ko‘rsatilmagan deputatlar tuzishga haqli. Deputat faqat bir fraksiya yoki deputatlar guruhining a’zosi bo‘lishi mumkin. Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatning fraksiyaga yoki deputatlar guruhiga kirishi to‘g‘risidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi. Kamida to‘qqiz nafar deputat fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish huquqiga ega. Fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish uchun: fraksiya yoki deputatlar guruhining ta’sis yig‘ilishini o‘tkazish; fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish to‘g‘risidagi ta’sis bayonnomasini qabul qilish; fraksiya yoki deputatlar guruhi rahbarini saylash zarur bo‘ladi. Fraksiya yoki deputatlar guruhining rahbari fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilgani to‘g‘risidagi ta’sis bayonnomasini Qonunchilik palatasiga taqdim etadi va tegishincha fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilgani haqida Qonunchilik palatasiga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi. Fraksiyalar va deputatlar guruhlari hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Belgilanmagan tartibda tuzilgan deputatlar birlashmalari fraksiya yoki deputatlar guruhi huquqlaridan foydalanmaydi. Fraksiya va deputatlar guruhi tuzilgani to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Fraksiyalar Qonunchilik palatasida o‘z umumiy manfaatlarini ifodalash va faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida fraksiyalar blokiga birlashishlari mumkin. Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi. Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi. Fraksiya va deputatlar guruhi: 1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi; 2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan munozaralarda fraksiya, deputatlar guruhi vakiliga kafolatlangan tarzda so‘z berilishi huquqidan foydalanadi; 3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish to‘g‘risida masala qo‘yadi; 4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi; 5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning, deputatlar guruhining fikrini deputatlar o‘rtasida tarqatadi; 6) Kengashning, qo‘mitalar va komissiyalarning ishida ishtirok etadi; 7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va qarorlarning loyihalari yuzasidan o‘z takliflarini kiritadi; 8) Qonunchilik palatasi majlisida hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to‘g‘risida masala qo‘yadi; 9) fraksiyaning, deputatlar guruhining faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi; 10) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Deputatlar birlashmalarining ichki faoliyati ular tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladi. Deputatlar birlashmalari faoliyatining tashkiliy shakli ularning majlislaridir. Deputatlar birlashmalari o‘z majlislarini ochiq va oshkora o‘tkazadi. Deputatlar birlashmasining qaroriga binoan yopiq majlis o‘tkazilishi mumkin. Fraksiyalar va deputatlar guruhlarining ishini muvofiqlashtirib borish, Qonunchilik palatasi majlisiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini tashkil etish, fraksiyalar va deputatlar guruhlari nuqtai nazarini kelishib olish maqsadida deputatlar birlashmalari rahbarlarining qo‘shma majlislari o‘tkazilishi mumkin. Deputatlar birlashmalari rahbarlarining qo‘shma majlislari zaruratga qarab fraksiyalar yoki deputatlar guruhlarining tashabbusi bilan o‘tkaziladi. Deputatlar birlashmalari o‘zlari qabul qilgan qarorlar, shuningdek deputatlar birlashmalari rahbarlarining qo‘shma majlislarida qabul qilingan qarorlar haqida Qonunchilik palatasi Spikeriga va Kengashga axborot beradi. O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega: Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish; muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi. Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas. Fraksiya va deputatlar guruhi faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi: fraksiya yoki deputatlar guruhining o‘z tashabbusiga binoan; Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugaganda; fraksiya yoki deputatlar guruhi tarkibiga kiruvchi deputatlar soni ularni tuzish uchun zarur bo‘lgan me’yordan kamayib ketganda; tegishli siyosiy partiyaning faoliyati tugatilganda. Fraksiyalar yoki deputatlar guruhlari faoliyatining Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugashidan oldin tugatilishi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida, qoida tariqasida, haftasiga uch marta o‘tkaziladigan majlislaridir. Qonunchilik palatasining navbatdagi sessiyalari, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab, kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri chaqiradi va ularda raislik qiladi. Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirishda raislik qiluvchi bilan birgalikda, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi Spikerining ikki nafar o‘rinbosari (ishchi Rayosati) Kengash tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq navbatma-navbat ishtirok etadi. Qonunchilik palatasi Spikeri majlisda hozir bo‘lmaganda uning o‘rinbosarlaridan biri majlisda raislik qiladi. Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga yoki deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlislari, qoida tariqasida, seshanba, chorshanba va payshanba kunlari o‘tkaziladi. Kengash va deputatlar birlashmalarining majlislari, qoida tariqasida, dushanba kunlari o‘tkaziladi. Qo‘mitalar, qoida tariqasida, juma kunlari majlis o‘tkazadi. Noyabr, fevral va may oylarining oxirgi to‘liq haftasi deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan ishlashi uchun mo‘ljallanadi. Qonunchilik palatasining majlislari vaqtida qo‘mitalar, komissiyalar, deputatlar birlashmalarining majlislari o‘tkazilmaydi, shuningdek deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan olib boradigan ishlari to‘xtatib turiladi. Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar majlisning kun tartibi loyihasiga ularni ko‘rib chiqish navbati, har bir masalani ko‘rib chiqishga tayyorlash uchun mas’ul qo‘mitalar (bundan buyon matnda mas’ul qo‘mita deb yuritiladi), ma’ruzachilar (qo‘shimcha ma’ruzachilar), shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda kiritiladi. Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasi Kengash tomonidan tuziladi. Qonunchilik palatasi majlislarida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar majlislarning kun tartiblari loyihalariga, qoida tariqasida, ularning tushishi va tayyorligi ketma-ketligiga qarab kiritiladi. Mas’ul qo‘mita Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish uchun o‘zi tayyorlagan masalalar va takliflar to‘g‘risida o‘z xulosalarini Kengashga taqdim etadi. Quyidagilar birinchi navbatda kun tartibiga kiritiladi va Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi, konstitutsiyaviy qonunlarning loyihalari, shuningdek konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarning loyihalari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan deb topilgan qonun loyihalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tasdiqlash uchun taqdim etilgan farmonlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunlar; O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish va uni o‘tkazish sanasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror; Davlat budjeti loyihasi, shuningdek ushbu Reglamentning 156-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holda Davlat budjetiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish va amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonunlarning loyihalari; Qonunchilik palatasining Spikerini, uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalar raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash, shuningdek mansabdor shaxslarni saylash, tayinlash va tasdiqlash to‘g‘risidagi boshqa masalalar; Reglament loyihasi hamda Qonunchilik palatasining Reglamentga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorlarining loyihalari. Qonunchilik palatasining majlislarida Senat tomonidan rad etilgan qonunlar ham birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasining majlisida boshqa masalalar ham faqat Qonunchilik palatasining deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaroriga binoan birinchi navbatda ko‘rib chiqilishi mumkin. Qonun yoki ushbu Reglamentda Qonunchilik palatasining majlislarida ko‘rib chiqish muddatlari belgilangan masalalar ana shu muddatlarga rioya etilgan holda ko‘rib chiqilishi lozim. Qonunchilik palatasi majlisining KUN tartibi deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qarori bilan tasdiqlanadi. Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga qonun loyihalari quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi: uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari; ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari; birinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari. Qonunchilik palatasi majlisining tasdiqlangan kun tartibidagi masalalar unda nazarda tutilganidan boshqacha ketma-ketlikda ko‘rib chiqilishi, keyinga qoldirilishi, o‘zgartirilishi yoki muhokamadan chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda shunday taklif tashabbuskorining asoslantirilgan fikri va mazkur Reglamentga muvofiq bajarilgan tayyorgarlik ishi, masalaning ko‘rib chiqish uchun tayyorligi darajasi, tegishli materiallar va hujjatlarni deputatlarga tarqatish muddati haqidagi axboroti, shuningdek ushbu masala bo‘yicha tegishli qo‘mita raisining so‘zi eshitiladi. Qonunchilik palatasining masalalarni ko‘rib chiqish tartibini o‘zgartirish yoki ularni tasdiqlangan kun tartibidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Deputatlar Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar to‘g‘risida oldindan xabardor qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari loyihalari, Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalari va boshqa zarur materiallar, agar Qonunchilik palatasi boshqacha tartibni nazarda tutmasa, Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilguniga qadar kamida uch kun oldin deputatlarga taqdim etiladi. Qonunchilik palatasining majlislari ochiq, oshkora o‘tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Qonunchilik palatasining majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Qonunchilik palatasining qaroriga binoan uning majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar taklif etilishi mumkin. Matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari belgilangan tartibda Qonunchilik palatasida akkreditatsiya qilingan taqdirda, ochiq majlislarda qatnashishlari mumkin. Taklif qilinganlar Qonunchilik palatasining faoliyatiga aralashish huquqiga ega emaslar, ular uning ishini ma’qullash yoki ma’qullamaslikdan o‘zlarini tiyishlari, belgilangan tartibga rioya etishlari va Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunishlari shart. Zarurat bo‘lganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qonunchilik palatasi Spikeri, Kengash, qo‘mita yoki deputatlar birlashmasi tomonidan taklif kiritilgan bo‘lsa, qabul qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasining yopiq majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qonunchilik palatasining yopiq majlisida muhokama etiladigan davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor etilmasligi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi majlisning boshlanishida deputatlar va taklif etilgan shaxslarni yopiq majlis o‘tkazishning asosiy qoidalari to‘g‘risida, unda muhokama etilayotgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasi haqida xabardor qiladi hamda davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi. Ommaviy axborot vositalarining vakillari Qonunchilik palatasining yopiq majlislariga kiritilmaydilar. Qonunchilik palatasining yopiq majlisiga foto-, kino- va video texnika, telefon aloqasi va radio aloqasi vositalari, shuningdek ovoz yozish va axborot ustida ishlash vositalarini olib kirish hamda yopiq majlis davomida ulardan foydalanish taqiqlanadi. Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi, shuningdek mazkur majlisda ko‘rib chiqilayotgan masalalarga taalluqli hujjatlar, deputatlarni ro‘yxatga olish elektron tizimining hisobga olish ma’lumotlari va ovoz berish, shu jumladan, nomma-nom ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining devoniga maxfiy hujjat rejimida saqlash uchun topshiriladi. Deputatlarni Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi va unga qo‘shimcha qilingan materiallar bilan tanishtirish bevosita Qonunchilik palatasining devonida tanishuvchilarning imzosi olingan holda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi raislari, Bosh prokurori Qonunchilik palatasining ochiq majlisida ham, yopiq majlisida ham, shuningdek Qonunchilik palatasi organlarining majlislarida ishtirok etishga haqlidir. Boshqa shaxslar Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida Qonunchilik palatasining qaroriga binoan qatnashishlari mumkin. Qonunchilik palatasining majlislar zalida har bir deputatning qaysi deputatlar birlashmasiga mansubligini hisobga olgan holda, deputatga uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan lavhacha o‘rnatilgan, elektron va texnika vositalaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlangan doimiy joy ajratiladi. Qonunchilik palatasining majlislari unda qatnashayotgan deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlanadi, bu ishni raislik qiluvchi amalga oshiradi. Qonunchilik palatasining majlislari, agar ularning ishida deputatlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Deputat Qonunchilik palatasining majlislarida qatnashishi shart. Qonunchilik palatasi majlisida qatnashish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, deputat bu haqda Qonunchilik palatasi Spikerini oldindan xabardor qiladi. Deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Qonunchilik palatasi majlisining har bir tanaffusidan keyin amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish deputatning talabiga binoan amalga oshirilishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi: 1) majlisning umumiy borishiga rahbarlik qiladi, ushbu Reglamentga rioya etilishini ta’minlaydi; 2) so‘z so‘ralib, ro‘yxatga olingan talabnomalarning tushish tartibiga ko‘ra, majlisning kun tartibiga, ushbu Reglamentning talablariga muvofiq yoki Qonunchilik palatasining qarori bilan belgilangan tartibda ma’ruza uchun so‘z beradi; 3) Qonunchilik palatasi majlislarini olib borish masalalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi; 4) deputatlarning har bir taklifini ularning tushish tartibiga ko‘ra ovozga qo‘yadi; 5) ovoz berishni o‘tkazadi va uning natijalarini e’lon qiladi; 6) kelishmovchiliklarga barham berish va boshqa masalalarni hal etish maqsadida fraksiyalar hamda deputatlar guruhlarining rahbarlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishni tashkil etadi; 7) Qonunchilik palatasi devonining Qonunchilik palatasi majlislarining bayonnomalari va stenogrammalarini yuritish bo‘yicha ishini nazorat qiladi, mazkur bayonnomalarni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi: deputat ushbu Reglament qoidalarini buzgan taqdirda, uni ogohlantirishga, takroran buzgan taqdirda uni kun bo‘yi majlisda so‘zlashdan mahrum qilishga; Qonunchilik palatasining ishiga xalaqit berayotgan taklif etilgan shaxslarni majlis zalidan chiqarib yuborishga haqli. Qonunchilik palatasi majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va zaruratga qarab, Qonunchilik palatasi yoki Kengash qaroriga asosan boshqa tillarga sinxron tarjima ta’minlanadi. Deputatlar Qonunchilik palatasining majlislarida munozaralarda ishtirok etishga, muhokama etilayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar va mulohazalar kiritishga, Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan, tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha o‘z fikrini bildirishga, savollar berishga, ma’lumotlar berishga, Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha materiallarni ko‘paytirishga va deputatlar o‘rtasida tarqatishga, shuningdek ushbu Reglamentda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir. Qonunchilik palatasining majlisida so‘zga chiquvchi o‘z nutqida deputatlar va boshqa shaxslarning sha’ni hamda qadr-qimmatiga ziyon yetkazuvchi qo‘pol, kamsituvchi iboralar ishlatishga, kimnidir asossiz ravishda ayblashga, bila turib soxta axborotdan foydalanishga, noqonuniy xatti-harakatlarga da’vat qilishga haqli emas. So‘zga chiquvchi ushbu talablarni buzgan taqdirda, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi uni ogohlantiradi, talablar takroran buzilganda esa so‘zlashdan mahrum qiladi. Agar Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi so‘zga chiquvchiga murojaat qilsa, u darhol o‘z nutqini to‘xtatishi kerak. Agar so‘zga chiquvchining nutqi unga nisbatan ta’sir o‘tkazish chorasini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lmagan holda to‘xtatilgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi uning so‘zlash vaqtini nutq qancha vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, shuncha muddatga uzaytiradi. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi so‘zga chiquvchini unga ajratilgan vaqt davomida so‘zlashdan mahrum etishi mumkin emas, nutq mavzusidan chetga chiqish va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni buzish hollari bundan mustasno. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchining ruxsatisiz hech kim so‘zlashga haqli emas. Bu qoidani buzgan shaxs raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirishsiz so‘zlashdan mahrum etiladi. Qonunchilik palatasining majlisi vaqtida hech kim nutqni bayon etishga yoki eshitishga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlari (baqiriqlar, qarsaklar, o‘rnidan turish va shu kabilar) bilan so‘zga chiquvchiga va tinglovchilarga xalaqit bermasligi kerak. Munozaralar to‘xtatilganligi munosabati bilan so‘zga chiqa olmagan deputatlar o‘z nutqlarining imzolangan matnlarini Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga qo‘shib qo‘yishga haqlidirlar. Agar deputat o‘z so‘zlari yoki xatti-harakatlari Qonunchilik palatasining majlisida so‘zga chiquvchi yoki raislik qiluvchi tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda deb hisoblasa, u tushuntirish berish yoki mulohaza bildirish uchun so‘z berishni iltimos qilib, majlisda raislik qiluvchiga murojaat etishi mumkin. Majlisda raislik qiluvchi bunday murojaatlar bo‘yicha deputatga darhol yoki muhokama oxirida, ammo ovoz berilgunga qadar so‘z beradi. Muhokama etilayotgan masala bo‘yicha munozaralar Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan vaqt o‘tishi bilan yoki deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan to‘xtatilishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi munozaralarni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifni olgach, deputatlarga so‘zga chiqish uchun yozilganlar va so‘z olganlar soni to‘g‘risida ma’lum qiladi, so‘zlovchilar ro‘yxatiga yozilgan, ammo so‘zga chiqmagan deputatlardan qaysi biri so‘zga chiqishni talab qilishini aniqlaydi va deputatlarning ma’qullashi bilan ularga so‘z beradi. Ma’ruzalar, qo‘shimcha ma’ruzalar va yakunlovchi so‘z davomiyligi Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi tomonidan ma’ruzachilar va qo‘shimcha ma’ruzachilar bilan kelishuvga ko‘ra, qoida tariqasida, ma’ruza uchun — 30 daqiqagacha, qo‘shimcha ma’ruza uchun — 20 daqiqagacha va yakunlovchi so‘z uchun 15 daqiqagacha bo‘lgan vaqt doirasida belgilanadi. Munozaralarda so‘zga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Munozaralarda takroriy so‘zga chiqish uchun, shuningdek majlisni olib borish tartibi, ovoz berish asoslari, nomzodlar bo‘yicha so‘zga chiqish, bayonotlar, savollar, takliflar, xabarlar, ma’lumotlar uchun — 3 daqiqagacha vaqt beriladi. Qonunchilik palatasi majlisida hozir bo‘lgan deputatlar ko‘pchiligining roziligi bilan raislik qiluvchi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalani muhokama qilishning umumiy davomiyligini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni belgilab qo‘yishi, so‘zlash vaqtini uzaytirishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlislarida deputat ayni bitta masala bo‘yicha munozaralarda ko‘pi bilan ikki marta so‘zga chiqishi mumkin. Munozaralarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin ma’ruzachi va qo‘shimcha ma’ruzachi yakunlovchi so‘z olish huquqiga ega. Agar so‘zga chiquvchi so‘zlash uchun ajratilgan vaqtdan o‘tib ketsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi uni avval ogohlantirib, keyin so‘zlashdan mahrum qiladi. Qonunchilik palatasining majlislari ish kunlarida: ertalabki majlislar — soat 11 dan 13 gacha; kechki majlislar — soat 15 dan 17 gacha o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasining qaroriga binoan Qonunchilik palatasi majlislarining boshlanishi, tugashi va tanaffus uchun boshqa vaqt belgilanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo‘shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o‘tkazilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisining taklifiga yoki tegishincha deputatlar yoxud senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisini chaqirish masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazilib, bunda qo‘shma majlisni o‘tkazish sanasi belgilanadi va kun tartibi bo‘yicha takliflar muhokama qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi, agar unda tegishincha deputatlar va senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislarida, agar qo‘shma majlisda boshqacha qoida belgilanmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan palatalarning qo‘shma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish nomma-nom bo‘lishi mumkin. Ovoz berish shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, u yoki bu masala yuzasidan ovoz berish shakli va usuli O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Qonunchilik palatasi majlislarida ovoz berish elektron tizimdan yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Qonunchilik palatasi majlislarida ovozlarni hisoblashda elektron tizimdan foydalanish ustidan nazoratni elektron tizimdan foydalanishni nazorat qiluvchi guruh amalga oshiradi. Tartib-taomil masalalari bo‘yicha ochiq nomma-nom, shuningdek yashirin ovoz berish o‘tkazilmaydi. Tartib-taomil masalalariga: Qonunchilik palatasi majlisining tanaffusi yoki majlisni boshqa vaqtga ko‘chirish to‘g‘risidagi; so‘zlash uchun qo‘shimcha vaqt berish to‘g‘risidagi; qonun loyihasining mohiyati bo‘yicha deputatlardan tushgan savollarga javob qaytarish uchun ajratiladigan vaqtning davomiyligi to‘g‘risidagi; majlisga taklif qilinganlarga so‘z berish to‘g‘risidagi; muhokama etilayotgan masala bo‘yicha munozaralarni boshqa vaqtga ko‘chirish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi; muayyan masalani tayyorlash uchun tegishli qo‘mita yoki komissiyaga topshirish to‘g‘risidagi; muhokamasiz ovoz berish to‘g‘risidagi; qonunchilik palatasining yopiq majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi; ovoz berishni o‘tkazishning usulini o‘zgartirish to‘g‘risidagi; so‘zga chiqish navbatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi; qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi; ovozlarni qayta sanab chiqish to‘g‘risidagi masalalar kiradi. Deputatlarga elektron tizimdan foydalangan holda ovoz berish uchun kartochka beriladi. Deputat ovoz berish kartochkasi lozim darajada saqlanishini va undan foydalanilishini ta’minlashi shart. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanishidan oldin: ovozga qo‘yilayotgan takliflarning sonini ma’lum qiladi; takliflarning ta’rifini va ularni ovozga qo‘yish ketma-ketligini aniqlaydi; zarurat bo‘lganda qaror qancha ovoz bilan qabul qilinishi kerakligini eslatadi. Elektron tizimdan foydalangan holda ochiq ovoz berish o‘tkazilganida deputat nomma-nom ovoz berish natijalarining ro‘yxati bilan tanishishga haqli. Barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining bayonnomasi va stenogrammasiga kiritiladi. Agar ovoz berish natijalari aniqlanganidan keyin deputatdan elektron tizimda qayd etilgan o‘z xohish-irodasi noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida yozma ariza tushsa, elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh mazkur deputat ishtirokida uning abonentlik qurilmasi ishining sozligini tekshirishi shart. Buning uchun Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchining taklifiga binoan deputatga elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh ishtirokida navbatma-navbat tugmachalarni (“tarafdor”, “qarshi”, “betaraf) bosish va natijalarni majlislar zalidagi elektron tabloda namoyish etish taklif qilinadi. Tekshirish natijalari bayonnoma va stenogrammada qayd etiladi. Qonunchilik palatasining qarorlari, agar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Har bir masala bo‘yicha ovoz berishda deputat bitta ovozga ega bo‘ladi va qaror qabul qilinishini “yoqlab” yoki unga “qarshi” yoxud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirib ovoz beradi. Deputat o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi. Ovoz berish vaqtida hozir bo‘lmagan deputat ovoz berish uchun ajratilgan vaqt o‘tganidan keyin ovoz berishga haqli emas. Elektron tizimdan foydalanmagan holda ochiq ovoz berish yoki byulletenlardan foydalangan holda yashirin ovoz berishni o‘tkazish uchun ovozlarni sanab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadigan sanoq komissiyasiga topshiriladi. Saylanayotgan organ tarkibiga yoki mansabdor shaxslar lavozimlariga nomzodlari ko‘rsatilgan deputatlar sanoq komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi sanoq komissiyasi saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sanoq komissiyasi o‘z tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarori komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Zarur axborotga ega bo‘lgan yashirin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasining nazorati ostida, u taklif etgan hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlangan shaklda deputatlarning soniga mos miqdorda tayyorlanadi. Yashirin ovoz berish byulletenlarini tarqatish yakunlanganidan keyin sanoq komissiyasida qolgan byulletenlar komissiya a’zolarining ishtirokida sanoq komissiyasi raisi tomonidan yo‘q qilinadi, bu haqda bayonnoma tuziladi. Yashirin ovoz berish vaqti va joyi, uni o‘tkazish tartibi sanoq komissiyasining tavsiyasiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq belgilanadi va sanoq komissiyasining raisi tomonidan e’lon qilinadi. Yashirin ovoz berish byulletenlarini tarqatish bevosita ovoz berish boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Ovoz berishning boshlanish va tugash vaqti Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Har bir deputatga saylanayotgan organ yoki mansabdor shaxs saylovi bo‘yicha yoxud Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilayotgan qaror loyihasi bo‘yicha yashirin ovoz berish uchun bitta byulleten beriladi. Yashirin ovoz berish byulletenlari deputatlarga sanoq komissiyasi tomonidan deputatlarning ro‘yxatiga muvofiq, ular deputatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan keyin beriladi. Byulletenni olish vaqtida deputat ro‘yxatda ko‘rsatilgan o‘z familiyasi ro‘parasiga imzo qo‘yadi. Byulletenni to‘ldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi-krestik qo‘yish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u tegishli qarorni (qaror variantini) yoqlab ovoz berayotgan bo‘lsa, “qarshiman” degan so‘zni o‘chirish, taklif etilayotgan qarorga qarshi ovoz berayotgan bo‘lsa, “yoqlayman” degan so‘zni o‘chirish orqali amalga oshiriladi. Yashirin ovoz berish byulleteni sanoq komissiyasi tomonidan muhrlangan maxsus qutiga tashlanadi. Sanoq komissiyasi yashirin ovoz berishni amalga oshirishlari uchun deputatlarga sharoit yaratishi shart. Belgilanmagan nusxadagi byulletenlar, shuningdek deputatlarning xohish-irodasini aniqlashning iloji bo‘lmagan byulletenlar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida haqiqiy emas deb hisoblanadi. Byulletenga kiritilgan qo‘shimchalar ovozlarni hisoblab chiqish chog‘ida e’tiborga olinmaydi. Ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risida sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi, bayonnomani komissiyaning barcha a’zolari imzolaydi. Sanoq komissiyasining ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma’ruzasini Qonunchilik palatasi ma’lumot uchun qabul qiladi. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi sanoq komissiyasining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’lumot uchun qabul qilingan ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma’ruzasi asosida qabul qilingan qarorni e’lon qiladi, saylovlar o‘tkazilganida esa saylangan nomzodlarni nomma-nom ko‘rsatadi. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasida: deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish; deputatlarni so‘zga chiqish uchun yozish; ovozlarni hisoblab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash; zarurat bo‘lganda, sinxron tarjimani ta’minlash; majlislarning borishi to‘g‘risida ma’lumot va statistik axborot to‘plash hamda ularni tezkor tayyorlab berish; ro‘yxatlar va majlislarning boshqa hujjatlarini shakllantirish hamda chop etish; Qonunchilik palatasi majlislarini axborot bilan ta’minlash uchun elektron tizimdan foydalanish mumkin. Qonunchilik palatasining majlislarida deputatlar orasidan elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh tuziladi. Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruhga kirgan deputatlar tizim ustidan nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotdan moneliksiz foydalanish huquqiga egadirlar. Ushbu guruhning o‘z tasarrufiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qarorlari Qonunchilik palatasi devonining barcha xodimlari, shu jumladan, Qonunchilik palatasi elektron tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun majburiy hisoblanadi. Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh yashirin ovoz berish boshlanguniga qadar elektron tizimning qay darajada sozligini tekshirishi shart, bu haqda maxsus bayonnoma tuziladi. Elektron tizimdan foydalanish
85
63,628
Qonunchilik
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida
Surxondaryo viloyatida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, yoshlarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishlarida hal etilishi lozim bo‘lgan qator dolzarb masalalar mavjud. Xususan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va uning atrofidagi Termiz, Angor, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq, Boysun va Jarqo‘rg‘on tumanlarida 158 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida 1500 nafardan ziyod tarbiyachi, 404 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 4082 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 457 nafar, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarni oliy ma’lumotli kadr etib tayyorlash bilan birga, qo‘shimcha 244 nafar oliy ma’lumotli mutaxassisga ehtiyoj sezilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qaroriga muvofiq 2018-yildan boshlab, hududda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish belgilangan bo‘lib, bu qo‘shimcha ravishda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni taqozo etadi. Hududdagi ta’lim muassasalarining malakali pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylardagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin: ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash; pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; yurtimizning pedagogika fani bo‘yicha qadimdan rivojlanib kelgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasi va Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish; o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida pedagogika sohasidagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2017-yil 5-maydagi PQ-2955-son qarori talablariga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, Filialning 2017/2018 o‘quv yili uchun talabalar kontingentini Surxondaryo viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur oliy ta’lim muassasalariga to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30% dan (68,0 balldan) kam bo‘lmagan, Filial uchun to‘lov kontrakt asosida mos ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan shakllantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ballar ketma-ketligiga rioya etgan holda tegishli ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi test natijalari qaydnomalarini chop etsin va belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun Filialga yetkazsin. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilansin. 4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda Filialning 2017/2018 o‘quv yili qabul kvotalari hamda o‘qishga tavsiya etiladiganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Surxondaryo viloyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin. 5. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, Filial (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga zarur hollarda, Filialning tuzilmasiga oliy ta’lim muassasasi uchun o‘rnatilgan normativlarga muvofiq xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. Filial Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018-yil 10-martgacha: Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; 1-kurs yuklamasini 2018-yilning iyul oyi yakuniga qadar bajarish bo‘yicha moslashtirilgan maxsus o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Filialda o‘quv-metodik jarayonlarning tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin; Filial axborot-resurs markazini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin. 2017/2018 o‘quv yilida Filialga talabalikka qabul qilingan abituriyentlar o‘qishni bitirgandan so‘ng Surxondaryo viloyatidagi doimiy yashash joyida o‘n yil mobaynida tegishli ta’lim muassasalarida ishlab berishlari (aniq ish joyi ko‘rsatilgan) to‘g‘risida tuman hokimligi, oliy ta’lim muassasasi va jismoniy shaxs (abituriyent) o‘rtasida belgilangan tartibda uch tomonlama shartnomalar tuzilsin. 7. Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining: Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 228 “B”-uyda joylashgan Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududlari bilan birga Filialga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish; Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji faoliyati 2017/2018 o‘quv yili yakuniga qadar Termiz axborot texnologiyalari va turizm kasb-hunar kolleji bino va inshootlarida davom ettirilishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur bandda ko‘rsatilgan bino va inshootlarning belgilangan tartibda qabul qilinishi va topshirilishini ta’minlasin. 8. Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 228 “B”-uyida joylashgan bino va inshootlari Filialga berilishi munosabati bilan mazkur kollej faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan 2018-yilning 1-iyuliga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2019-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash loyihalarini belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 10. Belgilab qo‘yilsinki: Filialni saqlash xarajatlari 2018-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2019-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi; Filialning dastlabki faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining budjetdan tashqari, o‘qitishning kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 11. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari; xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 12. Filialga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Filialni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilmasi bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 14. Surxondaryo viloyati hokimligi respublika oliy ta’lim muassasalaridan Filialga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minlash, uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini ko‘rsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov va Surxondaryo viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
103
11,429
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (10-sonli BHS) “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar”ni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (10-sonli BHS) “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Mazkur O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (10-sonli BHS) “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning (bundan buyon tashkilotlar deb yuritiladi) almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 1. Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: almashuv operatsiyalari — bir tashkilot boshqa tashkilotdan aktivlar yoki xizmatlarni (ishlarni) qabul qilishi yoki majburiyatlarni bajarilishida, unga xuddi shu miqdordagi aktivlar (pul mablag‘lari, tovarlar, ishlar, xizmatlar) bilan almashuvi; almashuv operatsiyasining haqiqiy qiymati — taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa; almashuv bo‘lmagan operatsiyalar — aktiv yoki xizmatlarning (ishlarning) tashkilot tomonidan yoki tashkilotga bepul yoxud boshqa majburiyatlarsiz berilishi; tugallanganlik foizi bo‘yicha hisoblash usuli — almashuv operatsiyasidan olingan daromadlarning hisobot davrida tugallanganlik darajasi (foizi) bo‘yicha tan olinishi; to‘g‘ri chiziqli hisoblash usuli — belgilangan davr mobaynida ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) natijasida olingan daromadlarning bir maromda, teng ulushlarda tan olinishi. 2. Standart hisoblash metodi asosida moliyaviy hisobotlarni tuzuvchi va taqdim qiluvchi tashkilotlarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan daromadlari hamda tashkilot aktivlaridan foydalanish natijasidan yuzaga keladigan foizlar, litsenziya yig‘imlari va dividendlar bo‘yicha almashuv operatsiyalari natijasida olinadigan daromadlarning hisobini yuritishda foydalaniladi. 3. Standartdan quyidagilardan tushadigan daromadlarning hisobini yuritishda foydalanilmaydi: a) ijara shartnomasidan; b) asosiy vositalarni sotishdan; v) investitsiyalar natijasida olinadigan dividendlardan; g) sug‘urta shartnomalaridan; d) moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning joriy narxi o‘zgarishidan yoki ularning sotilishidan; e) joriy aktivlarning qiymati o‘zgarishidan; j) biologik aktivlar haqiqiy qiymatining o‘zgarishidan va dastlabki hisobga olishdan; z) foydali qazilmalarning qazib olinishidan. 4. Daromadlar tashkilotning foydasiga olinadigan yoki olinishi kutilayotgan iqtisodiy foydadan bo‘lgan yalpi tushumlarni o‘z ichiga oladi. Yuqori turuvchi tashkilot hamda Hukumat topshirig‘iga asosan undirilgan zarar summasi tashkilot uchun iqtisodiy foyda hisoblanmaydi hamda ushbu tushumlar aktivlarning oshishi yoki majburiyatlarning kamayishiga olib kelmaydi. Shu sababli, ular daromad tarkibidan chiqarib tashlanadi. Bunda olingan yoki olinishi kutilayotgan tushumlarning tashkilotga komissiya yoki ulush sifatida qoladigan qismi daromad sifatida hisobga olinadi. 5. Moliyalashtirishdan kelib tushgan mablag‘lar daromad sifatida e’tirof etilmaydi hamda bevosita moliyaviy hisobotlarning aktiv va majburiyatlar qoldig‘i yig‘indisi sifatida aks ettiriladi. 6. Tovarlar yoki xizmatlar xususiyatiga va qiymatiga ko‘ra bir xil bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlarga almashtirilganda, bunday operatsiyalar daromad keltiruvchi operatsiyalar deb hisoblanmaydi. Almashuv operatsiyasidan olingan daromad tovar yoki xizmatning haqiqiy qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 7. Daromadlar tushganda yoki tushishi kutilayotganda haqiqiy qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 8. Xarajatning o‘rnini qoplash pul mablag‘lari yoki uning ekvivalenti ko‘rinishida bo‘ladi, bunda daromad summasi olingan yoki olinishi kutilayotgan pul mablag‘lari yoxud uning ekvivalenti hisoblanadi. Agar, pul mablag‘lari yoki uning ekvivalenti tushish vaqti kechiktirilgan bo‘lsa, undan olinadigan daromadning haqiqiy qiymati nominalda belgilanganidan ko‘ra pastroq bo‘lishi mumkin. 9. Almashuv operatsiyasidan hosil bo‘ladigan daromadlar miqdori xizmatlar va aktivlardan foydalanuvchilar yoki xaridorlar bilan tashkilot o‘rtasida bitimga asosan aniqlanadi. 10. Almashuv operatsiyasi hisoblanmagan maqsadli tushumlar tashkilot tomonidan tan olingan sof aktiv qiymatining o‘sishi hisobida baholanishi kerak. Tashkilot kelib tushgan daromadni majburiy to‘lov yoki soliqqa tortilmaydigan tushum sifatida qabul qilishi lozim. 11. Ko‘rsatiladigan xizmatni (bajariladigan ishni) ishonchli baholash imkoniyati mavjud bo‘lganda, undan olinishi kutilayotgan daromad ushbu xizmat ko‘rsatiladigan (ish bajariladigan) hisobot davrida tugallangan deb hisobga olinishi kerak. Ko‘rsatiladigan xizmat (bajarilgan ish) quyidagi shartlar bajarilganda ishonchli deb baholanadi: a) daromad miqdori ishonchli deb hisoblanganda; b) almashuv operatsiyasidan tushadigan daromad tashkilotga kelib tushish ehtimoli bo‘lganda; v) hisobot davrida almashuv operatsiyasining tugallanishini ishonchli baholash imkoni bo‘lganda; g) almashuv operatsiyasi va uning tugallanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniq baholash imkoni bo‘lganda. 12. Amalga oshirilgan har bir almashuv operatsiyasi tashkilot tomonidan alohida tan olinishi lozim. Bunda tashkilot daromadni tugallanganlik foizi metodi asosida tan oladi. Almashuv operatsiyasining mohiyatini ko‘rsatish maqsadida, uning alohida ajratilgan qismlari tan olinishi mumkin (misol uchun, tovar qiymati kelajakdagi xizmat qiymatini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bu qiymat keyingi ushbu tovarga xizmat ko‘rsatilgan davrga o‘tkazilib, ushbu davrdagi daromad deb tan olinadi). Tashkilot tomonidan bir yoki bir nechta amalga oshirilgan almashuv operatsiyalari umumiy tarzda tan olinishi mumkin (misol uchun, tashkilot bir tovarni sotishga va uni keyinchalik qayta sotib olish sharti bilan ikkita shartnoma tuzishi mumkin, bunda bu tovarning foydalilik qiymati ancha pasayadi va bunday holatda ikkita operatsiya ham bir paytda ko‘rib chiqiladi). 13. Daromad sifatida tan olingan mablag‘larni qabul qilish bo‘yicha noaniqliklar kelib chiqsa, qaytarilmagan yoki qaytarib olinishi ehtimoli mavjud bo‘lmagan pul miqdori xarajat sifatida qabul qilinadi. 14. Almashuv operatsiyalarining tugallanganlik darajasi turli metodlar orqali aniqlanishi mumkin. Bunda tashkilotlar ko‘rsatilgan xizmatlarni ishonchli baholashga imkon beruvchi metoddan foydalanadi. Operatsiyalarning tugallanganlik darajasini aniqlashda, operatsiyaning xususiyatiga qarab quyidagilar inobatga olinishi kerak: bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot; to‘liq ish hajmiga nisbatan ma’lum muddatgacha tugatilgan ishning foiz miqdori; bitim bo‘yicha umumiy hisoblangan xarajatlarning hisobot sanasigacha qoplangan xarajati. Hisobot sanasiga qadar hisoblangan xarajatlarga mazkur muddatgacha ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qilingan xarajatlar kiradi. Kelishuv bo‘yicha jami baholangan xarajatlarga ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilishi kutilayotgan xizmatlar bo‘yicha xarajatlar kiradi. Almashuv operatsiyasidan kelib tushadigan oraliq to‘lovlar va avanslar ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) to‘liq miqdorini belgilamaydi. 15. Ma’lum bir davr mobaynida bir necha marotaba xizmat ko‘rsatilganda (ishlar bajarilganda), ulardan kelib tushgan daromadlar to‘g‘ri chiziqli hisoblash usuli asosida tan olinadi. 16. Xizmat ko‘rsatishni nazarda tutuvchi almashuv operatsiyasining kutilayotgan natijasini ishonchli baholash imkoni bo‘lmaganda, daromad qoplangan xarajatlar ko‘lamiga teng miqdorda tan olinadi. 17. Almashuv operatsiyasi amalga oshirilishining boshlang‘ich bosqichida ushbu operatsiyaning kelajakdagi natijasi baholanishi kerak. Tashkilot tomonidan almashuv operatsiyasini amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarning qoplanishi kutilayotgan miqdori aniqlanadi hamda ushbu xarajatlarning qoplanishi kutilayotgan darajasi tan olinadi. Almashuv operatsiyasining kelajakdagi natijasini ishonchli darajada baholash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda daromad tan olinmaydi. Qilingan xarajatlarni qoplash ehtimolligi bo‘lmagan taqdirda, ular zarar sifatida tan olinadi. 18. Almashuv operatsiyasidan olinadigan daromadlarning tan olinishi: a) xizmat ko‘rsatishdan (ishni bajarishda) olinadigan daromadlarni tan olish shartlari: tashkilot sotib oluvchiga tovar egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan foyda va tavakkalchiliklarni o‘tkazganda; tashkilotda egalik qilish huquqi mavjud bo‘lmaganda; daromad ko‘lami ishonchli baholanganda; tashkilotga operatsiya bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tushganda; qilingan yoki qilinishi kutilayotgan xarajatlar ishonchli baholanganda; b) foizlar, litsenziya yig‘imlari va dividendlar bo‘yicha almashuv operatsiyalaridan tushadigan daromadlarning tan olish shartlari: dividendlar yoki ularning ekvivalentlari — aksiyadorlar yoki tashkilotning ushbu dividendlar yoki ularning ekvivalentlarini olish huquqiga egaligi aniqlanganda; foizlar — aktivlarning vaqtga mutanosib ravishda haqiqiy daromadliligi aniqlanganda; royalti va litsenzion to‘lovlar — shartnoma talablari bajarilganda. 19. Tashkilot egalik huquqi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni o‘zida saqlab qolganda, bunday operatsiya sotish operatsiyasi hisoblanmaydi va u bilan bog‘liq daromad tan olinmaydi. Tashkilot egalik huquqi bilan bog‘liq xavflarni turli sabablarga ko‘ra quyidagi hollarda o‘zida saqlab qolishi mumkin: daromadning tushishi sotilgan tovarlarning xaridor tomonidan qayta sotilishidan tushgan daromadga bog‘liq bo‘lganda; oldi-sotdi shartnomada ko‘rsatilgan sababga ko‘ra xaridor oldi-sotdi shartnomasini bekor qilsa va tashkilotning foyda olish ehtimolligi yo‘q bo‘lsa. 20. Tashkilotlarning aktivlaridan boshqa shaxslar tomonidan foydalanishi quyidagi ko‘rinishdagi daromadlarni keltirib chiqaradi: foizlar — tashkilotning pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti hisoblangan vositalardan foydalanganlik uchun yoki tashkilotga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lardan foydalanganlik uchun; royalti — tashkilotning nomoddiy aktivlaridan foydalanganlik uchun (misol uchun, patentlar, savdo belgisi, mualliflik huquqi va dasturiy ta’minotlar); tashkilot ta’sischi hisoblangan yuridik shaxsning foydasini taqsimlashdan kelib chiqqan boshqa daromadlar. 21. Tashkilotning aktivlaridan foydalanishdan boshqa shaxslarga tushadigan foiz, royalti, dividend va boshqa daromadlar Standartning 18-bandiga asosan tan olinishi kerak. Bunda ushbu daromadlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: operatsiya bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tashkilotga kelib tushish ehtimolligi bo‘lganida; daromad miqdorini ishonchli baholash imkoniyati mavjud bo‘lganda. 22. Investitsiya kiritilmasdan hisoblangan, biroq ushbu investitsiya bo‘yicha foizlar to‘lanmagan hollarda, undan olingan foizlar ikki davr (investitsiya kiritilishidan oldin va uning kiritilishidan keyingi davr) bo‘yicha taqsimlanadi, bunda investitsiya kiritilgandan keyin tushgan foizlar daromad sifatida tan olinadi. 23. Daromad operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy foyda tashkilotga kelib tushishi ehtimoli bo‘lgan holatlarda tan olinadi. Daromadga kiritilgan summani undirish bo‘yicha noaniqlik mavjud bo‘lganda, qaytarilmagan yoki olish mumkin bo‘lmagan summa xarajat sifatida tan olinadi. 24. Tashkilot tomonidan quyidagi ma’lumotlar ochib berilishi lozim: a) daromadlarni tan olish uchun qabul qilingan hisob siyosatini, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq operatsiyaning tugallanganlik darajasini aniqlash uchun qo‘llangan metod; b) hisobot davrida tan olingan har bir ahamiyatga ega daromadlar toifasining ko‘lami, shu jumladan: xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish); tovarlarni sotish; foizlar; royalti; dividendlar yoki ularning ekvivalentidan kelib tushuvchi daromadlar; v) har bir ahamiyatga ega daromad toifasiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar (ishlar) almashuvidan daromadlar.
143
12,253
Qonunchilik
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo‘lmish moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, noyob moddiy madaniy meros obyektlarini har tomonlama o‘rganish, ommalashtirish va targ‘ib qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 7-ilovaga muvofiq Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 9. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 45-modda) 1-bandi va 2-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 23-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining va uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari balansida bo‘lgan madaniy meros obyektlarini ijara berilgan hollarda (tadbirkorlik faoliyati subyektlariga investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga berish hollaridan tashqari), ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamiga tushadigan ijara to‘lovini hamda ijara to‘lovi kechiktirilgani uchun undirilgan penya, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari bir ish kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanadi: mablag‘larning 90 foizi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining budjetdan tashqari shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi tegishli ijaraga beruvchi tasarrufida qoladi”; oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
164
2,823
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustaviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalari (bundan buyon matnda diplomatik vakolatxona deb yuritiladi) huzurida referendum uchastkalarini tuzish, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi. 1. Referendum davrida diplomatik vakolatxonalar huzurida referendum uchastkalari (bundan buyon matnda xorijdagi referendum uchastkasi deb yuritiladi) tuzilishi mumkin. 2. Xorijdagi referendum uchastkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda TIV deb yuritiladi) joylashgan hududdagi referendum okrugiga biriktiriladi. 3. TIV xorijdagi referendum uchastkasini tuzish to‘g‘risida taqdimnomani MSKga referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin o‘n kundan kechikmay, ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum o‘tkazishga kamida o‘n kun qolguniga qadar kiritadi. Xorijdagi referendum uchastkasini tuzish to‘g‘risida taqdimnoma referendum kuniga kamida o‘n kun qolguniga qadar kiritilgan taqdirda ushbu taqdimnoma bilan bir vaqtda tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga diplomatik vakolatxonalar huzuridagi referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi (bundan buyon matnda xorijdagi uchastka komissiyasi deb yuritiladi) a’zoligiga nomzodlar ham tavsiya etiladi. 4. Xorijdagi referendum uchastkasi referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin o‘n besh kundan kechikmay (ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum o‘tkazishga kamida besh kun qolganda), qoida tariqasida, referendumda ovoz beruvchi fuqarolarning soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda MSK tomonidan tuziladi. Zarur hollarda xorijdagi referendum uchastkalarida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi ovoz beruvchi fuqarolar soni belgilangan miqdordan kam yoki ortiq bo‘lishi mumkin. 5. Diplomatik vakolatxonalar rahbarlari tomonidan xorijdagi uchastka komissiyasiga ovoz berish xonalari bepul taqdim etiladi. 6. Diplomatik vakolatxonalar tomonidan xorijdagi uchastka komissiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda jamoatchilikka e’lon qilib boriladi. Ushbu ma’lumotlarda quyidagilar aks etgan bo‘lishi lozim: xorijdagi uchastka komissiyasining tartib raqami; xorijdagi uchastka komissiyasi joylashgan manzil; xorijdagi uchastka komissiyasining telefon raqami. Ushbu ma’lumotlar MSK va diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtiriladi. 7. TIV xorijdagi uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni referendum uchastkasi biriktirilgan tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin yigirma kundan kechikmay tavsiya etadi. 8. Tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi besh kunlik muddatda TIV taqdim etgan nomzodlarni ko‘rib chiqadi va xorijdagi tegishli uchastka komissiyasini besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Xorijdagi uchastka komissiyasi raisining vazifalarini diplomatik vakolatxonalarning rahbarlari, rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, diplomatik xodimi amalga oshiradi. Xorijdagi uchastka komissiyasi a’zolarining soni zarur hollarda (ish yuklamasi o‘zgarganda, xususan, chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarida fuqarolarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish uchun va boshqa hollarda) ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 9. Xorijdagi uchastka komissiyasi shakllantirilgandan so‘ng ularga MSK referendumni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan referendumga oid hujjatlarni, xususan, ovoz berish byulletenlari (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi), ovoz berish qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, xorijdagi uchastka komissiyasining muhri, plastmassali plombalar va boshqa jihozlarni TIV orqali yetkazib berish hamda topshirishni tashkil etadi. 10. Xorijdagi referendum uchastkalari bo‘yicha ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari diplomatik vakolatxonalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Shuningdek, xorijda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan fuqarolar, ularning murojaatlariga asosan xorijdagi referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritiladi. 11. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili (vaqtincha yoki doimiy yashash manzili) kiritiladi. 12. Har bir fuqaro faqat bitta ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. 13. Xorijiy davlatlarda turgan fuqarolar o‘zini ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida referendum kuniga kamida o‘n besh kun qolguniga qadar xorijdagi uchastka komissiyasiga yozma shaklda yoki TIVning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin. 14. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida fuqaro quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim: familiya, ismi, otasining ismi; jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq pasport raqamidan aniqlashtiriladi); tug‘ilgan sanasi; O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashash manzili (agar mavjud bo‘lsa); xorijiy davlatdagi yashash manzili; bog‘lanish uchun telefon raqamlari. Murojaatga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining (nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish va diplomatik), fotosurati bo‘lgan va manzili (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatilgan varaqlari nusxasi ilova qilinadi. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida TIVning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda fuqarolar elektron shaklda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni kiritadi. 15. Xorijdagi uchastka komissiyasi a’zosi fuqaroning ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarni uch kun ichida tekshiradi va fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi. Fuqaro mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni to‘liq taqdim etmagan taqdirda, xorijdagi uchastka komissiyasi fuqaroga ma’lumotlarni to‘ldirish imkonini beradi. Agar fuqaro ushbu ma’lumotlarni to‘liq taqdim etmasa, xorijdagi uchastka komissiyasi fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritilmaganligi haqida xabardor qilish choralarini ko‘radi. 16. Xorijdagi uchastka komissiyasi ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni darhol TIVga taqdim etadi. TIV o‘z navbatida ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda darhol O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim qiladi. 17. TIV O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga xorijdagi referendum uchastkasining ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni, ya’ni elektron shaklda jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamini (u mavjud bo‘lmaganda – fuqaro pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek fuqaroning tug‘ilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi, millati), familiyasi, ismi va otasining ismini (davlat tilida, lotin yozuvida), fuqaroning xorijdagi yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi. 18. Xorijdagi uchastka komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish usullari, joyi va vaqti to‘g‘risida referendumda ovoz beruvchi fuqarolarni xabardor etadi. 19. Har bir fuqaro ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida xorijdagi uchastka komissiyasiga arz qilishi mumkin. Xorijdagi uchastka komissiyasi 24 soat ichida murojaatni tekshirishi, xato va noaniqliklarni bartaraf etishi yoki murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi to‘g‘risida asoslangan javob berishi shart. 20. Xorijdagi uchastka komissiyasi ovoz berish kuniga yetti kun qolganida o‘z hududidagi ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini chop etadi va fuqarolar tanishib chiqishi uchun taqdim etadi. Ushbu ro‘yxatda faqat ovoz beruvchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi. 21. Fuqarolarga TIV va diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari va binolarida ularning ichki tartib qoidalari va rejimini inobatga olgan holda ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi. 22. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek referendum kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, fuqarolarning tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 23. Xorijdagi uchastka komissiyasi diplomatik vakolatxonalarining ma’muriyatiga mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, referendumda kim sifatida ishtirok etishi) taqdim etadi. 24. Xorijdagi uchastka komissiyasi fuqarolarni ommaviy axborot vositalari yoki boshqa yo‘llar bilan (mahalliy sharoitni inobatga olgan holda): referendum e’lon qilinganligi; referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari; referendum kuni, muddatidan oldin ovoz berish kunlari, vaqti va joyi; xorijdagi referendum uchastkasi manzili; O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan fuqarolarni tegishli xorijdagi referendum uchastkasi ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish tartibi va muddatlari; referendumga qo‘yilgan masalalar; referendum to‘g‘risidagi qonunchilik haqida xabardor qilishni amalga oshiradi. 25. Xorijdagi uchastka komissiyasi fuqarolarni referendum kuni, vaqti va joyi haqida referendumga kamida o‘n kun qolganda, muddatidan oldin ovoz berish boshlanishi haqida esa muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga besh kun qolganida ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa yo‘llar bilan xabardor qiladi. Fuqarolarni xabardor qilish uchun MSKning rasmiy veb-sayti, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda xorijdagi mahalliy ommaviy axborot vositalaridan (mahalliy sharoitni inobatga olgan holda) foydalaniladi. 26. Referendum kuni va referendumni o‘tkazishga bir kun qolganida tashviqot yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 27. Xorijdagi referendum uchastkalaridagi fuqarolar soni haqida TIV tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida MSK byulletenlarning tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta’minlaydi. Byulletenlarning topshirilgani hamda qabul qilingani to‘g‘risida referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi va TIVning mas’ul xodimi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomada o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. MSK TIV orqali xorijdagi uchastka komissiyasiga byulletenlarni muddatidan oldin ovoz berish kuniga qadar ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatining umumiy sonidan kelib chiqqan holda 100,5 foizda yetkazib beradi. 28. Byulleten o‘ng tomonining yuqori burchagiga xorijdagi uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosi imzo qo‘yadi va imzolar xorijdagi uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. 29. Xorijdagi uchastka komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi. 30. Xorijdagi uchastka komissiyasi byulletenlarning saqlanishiga mas’uldir. 31. Muddatidan oldin ovoz berish referendumga o‘n kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. 32. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti MSK tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari yoki boshqa manbalar orqali yetkaziladi. 33. Xorijdagi uchastka komissiya fuqarolar soni ko‘pligini inobatga olgan holda va referendum kuni ovoz berish binosida navbatlarning oldini olish maqsadida fuqarolarga muddatidan oldin ovoz berishni taklif qilishi mumkin. 34. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va xorijiy davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq xorijiy davlatlarning aholi (fuqarolar) zich joylashgan hududlarida muddatidan oldin ovoz berish fuqarolarning turgan joyida o‘tkazilishi mumkin. Xorijdagi uchastka komissiyasi fuqarolarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda fuqarolarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari yoki boshqa manbalar orqali xabardor etadi. 35. Fuqarolarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishi ko‘chma ovoz berish qutilari va kabinalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Xorijdagi uchastka komissiyasi ko‘chma ovoz berish qutilari va kabinalarining zaruriy soni haqida TIVga referendumga kamida o‘n besh kun qolguniga qadar ma’lum qiladi. TIV zarur bo‘lgan ko‘chma ovoz berish qutilari va kabinalarining soni haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotni MSKga taqdim etadi. MSK TIV yordamida xorijdagi uchastka komissiyasini muddatidan oldin ovoz berish boshlanguniga qadar zarur ko‘chma ovoz berish qutilari va kabinalari bilan ta’minlaydi. 36. Fuqarolarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish xorijdagi uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi. Bunda, oldindan plombalangan ko‘chma ovoz berish qutilari, ko‘chma ovoz berish kabinalari, maxsus qoplar, bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar, belgilangan shakldagi byulletenlar, ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati ko‘chirmasi yoki ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati, shuningdek fuqaro tomonidan byulleten to‘ldirilishi uchun ruchkalar bo‘lishi lozim. 37. Fuqaro xorijdagi uchastka komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi (pasport — nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish va diplomatik, identifikatsiya ID-kartasi; harbiy guvohnoma; O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) hamda ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga yoki ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati ko‘chirmasiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga byulleten beriladi. Byulleten fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi (ko‘chma ovoz berish kabinasi) yoki xonasida to‘ldiriladi. Byulletenni to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Ovoz beruvchi fuqarolar tomonidan byulletenni to‘g‘ri to‘ldirish tartibi byulletenda aks ettiriladi. Fuqaro to‘ldirilgan byulletenni ko‘chma ovoz berish qutisiga tashlaydi. Fuqarolarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish jarayonida ko‘chma ovoz berish qutisi to‘lib qolgan taqdirda, uchastka komissiyasi a’zosi ko‘chma ovoz berish qutisini ochadi va uning ichidagi byulletenlarni sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni plombalaydi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuzadi. Shundan so‘ng ko‘chma ovoz berish qutisini plombalaydi va bu to‘g‘risida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuzadi. 38. Tegishli hududda fuqarolarning turgan joyida ovoz berish tugaganidan keyin xorijdagi uchastka komissiyasi a’zolari ko‘chma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi byulletenlarni sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plomba bilan plombalaydi va bu haqda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani rasmiylashtiradi. Dalolatnomada fuqarolarning turgan joyida ovoz berish o‘tkazilgan kun va joy, byulletenni olgan fuqarolar soni, xorijdagi uchastka komissiyasi a’zolari va ovoz berish jarayonida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning familiyalari ko‘rsatiladi. Mazkur dalolatnomaga ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati yoki ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati ko‘chirmasi ilova qilinadi. 39. Byulletenlar solingan qop plombalangan holda dalolatnoma bilan birga xorijdagi referendum uchastkasiga olib boriladi va referendum kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi. Byulletenlar solingan qop(lar) va dalolatnoma(lar)ni saqlash xorijdagi uchastka komissiyasi kotibi tomonidan ta’minlanadi. 40. Xorijdagi uchastka komissiyasi referendum kuni ovoz berish jarayonini ushbu komissiya joylashgan hududdagi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiradi. 41. Xorijdagi uchastka komissiyasi ovoz berishni diplomatik vakolatxonalardagi ichki tartib-qoidalari, rejimi va ularning boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etadi. 42. Fuqarolar diplomatik vakolatxona ichki-tartib qoidalari va rejimidan kelib chiqqan holda, ovoz berish xonasiga kiritiladi. 43. Ovoz berish binosiga kelgach, fuqaro xorijdagi uchastka komissiyasi a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi (pasport — nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish va diplomatik; identifikatsiya ID-kartasi; harbiy guvohnoma; O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) hamda ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga byulleten beriladi. 44. Byulleten fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Byulletenni to‘ldirish vaqtida fuqarodan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. 45. To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. 46. Xorijdagi referendum uchastkalarida ovoz berish qutilarini mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Xorijdagi referendum uchastkalarida ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, xorijdagi uchastka komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin. 47. Xorijdagi uchastka komissiyasi tomonidan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomaning ko‘chirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga taqdim etiladi. Bayonnomaning asl nusxasini pochta aloqa vositalaridan foydalangan holda diplomatik vakolatxonalar orqali referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga yetkazib berish ta’minlanadi. 48. MSK xorijdagi uchastka komissiyasi tomonidan bayonnoma nusxalarini tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga yetkazib berilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 49. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va MSKning 2022-yil 28-iyundagi 1172-son qarori bilan tasdiqlangan Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda hal etiladi. 50. Xorijdagi uchastka komissiyasining referendum o‘tkazish bilan bog‘liq barcha hujjatlari, jumladan byulletenlar diplomatik vakolatxonalarga topshiriladi. Diplomatik vakolatxonalar referendumga oid hujjatlarni tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga yetkazilishini ta’minlaydi. 51. Xorijdagi uchastka komissiyasi referendum yakunlari rasmiy e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
236
20,067
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Andijon shahrida ro‘y bergan voqealarni tekshirish bo‘yicha mustaqil komissiyasi ishining yakunlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Andijon shahrida ro‘y bergan voqealarni tekshirish bo‘yicha mustaqil komissiyasi ishining yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni eshitib va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 12-13-may kunlari Andijon shahrida ro‘y bergan voqealarni tekshirish bo‘yicha mustaqil komissiyasi ishining yakunlari to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. 2. Ta’kidlansinki, Komissiya ishining yakunlari Andijon shahridagi terrorchilik harakatlari puxta rejalashtirilganligi va muvofiqlashtirilganligidan dalolat beradi, bu harakatlar tashqaridan qo‘llab-quvvatlangan holda uyushtirilgan hamda O‘zbekistonning mustaqil siyosatiga qarshi qaratilgan. Bunda tashkilotchilar alohida olingan mintaqada hokimiyatni qo‘lga kiritish, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirish va islom davlati tuzish kabi uzoqni ko‘zlovchi maqsadlarga ega bo‘lganlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning o‘z vaqtida, vazminlik va izchillik bilan qilgan harakatlari tufayli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan terrorchilarning Konstitutsiyaga zid xatti-harakatlariga barham berish yuzasidan qonun doirasida qat’iy choralar ko‘rildi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi o‘rtasida mustaqil Komissiya ishining yakunlarini, hushyorlikni oshirish va turli ekstremistik guruhlarning O‘zbekiston milliy manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti-harakatlariga to‘siq qo‘yish zarurligini tushuntirish borasidagi faol ishlarini davom ettirsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Andijon shahrida ro‘y bergan voqealarni tekshirish bo‘yicha mustaqil komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarib bo‘lganligi munosabati bilan uning faoliyati tugatilgan, deb hisoblansin.
153
2,009
Qonunchilik
Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2013-yil 1-yanvardan boshlab: tovarlarni deklaratsiyalash mexanizmini joriy etish ularning amalda bojxona hududiga olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki deklaratsiya taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi; import kontraktlarni bojxona organlarida hisobga qo‘yish bekor qilinadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy banki, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining, ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar va idoralarning yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirgan holda 2013-yil 1-yanvardan boshlab eksport operatsiyalarini bojxonada “on-layn” rejimida rasmiylashtirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda: tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasi taqdim etish tartibini; import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasi taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobillarda xalqaro yuk tashishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy hujjatlar ro‘yxati 3-bandining “g” kichik bandi chiqarib tashlansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshidagi “shuningdek korxonalarning o‘zi ishlab chiqargan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish, sotib olish va ularni olib chiqib ketish tartibida: a) 15-banddagi “ikki ish kuni” so‘zlari “bir ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 18-banddagi “arizasi bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “brokyerlar tomonidan” so‘zlari qo‘shilsin; v) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan eksport kontraktlari bo‘yicha tovarni olib chiqishda yuklab jo‘natish joyidagi bojxona bo‘linmalariga bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etiladi”. 6. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda): v) 1-ilovada: ilovaning nomidagi va 1-banddagi “Import kontraktlarini hisobga qo‘yish va” so‘zlari chiqarib tashlansin; II bo‘lim o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; III bo‘limning nomidagi “hisobga qo‘yish paytida” so‘zlari chiqarib tashlansin; 11-banddagi “maqsadida” so‘zidan keyin “ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq” so‘zlari qo‘shilsin; 12-banddagi “b” kichik bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 13-banddagi “va Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmasining valyuta nazorati bo‘limi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 15-bandning ikkinchi xatboshidagi “bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin; 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “16. Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining bojxona postlari vakolatli bank tomonidan TSOga kiritilgan kontrakt ma’lumotlarini bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari bilan taqqoslashi kerak va tafovutlar bo‘lmagan taqdirda bojxona yuk deklaratsiyasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi”; g) Nizomga ilovada: ilova nomidagi “Import kontraktlarini hisobga qo‘yish va” so‘zlari chiqarib tashlansin; Sxemadagi “Vakolatli bank. Hisobga qo‘yish va 2 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda axborotni TSOga kiritish” bloklari “Vakolatli bank. Hisobga qo‘yish va 8 ish soati mobaynida axborotni TSOga kiritish” bloklari bilan almashtirilsin; Sxemadagi “Hududiy bojxona boshqarmasi. Hisobga qo‘yish va 2 ish kuni mobaynida axborotni TSOga kiritish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “chet elda korxona ta’sis etgan tashkilotning yoki ushbu Nizomning 6-bandida sanab o‘tilgan boshqa tashkilotlarning tegishli ma’lumotnomasini eksportchi tomonidan taqdim etgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining birja savdolarida tuziladigan eksport-import kontraktlarini tuzish va rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 29-maydagi 96-son qaroriga ilova 2-bandining o‘ttiz ikkinchi — o‘ttiz sakkizinchi xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 36-modda). 9. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Chetdan keltirilayotgan texnologik uskunalarni va ularga ehtiyot qismlarni, shuningdek komponentlarni, xomashyo va materiallarni mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonda foydalaniladiganlar toifasiga kiritish to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda): a) 4-bandning yettinchi xatboshidagi “va bojxona organida” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 19-banddagi “kontrakt hisobga qo‘yilgan joydagi bojxona organiga va” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 8-ilovadagi “bojxona,” so‘zi chiqarib tashlansin. 11. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlar va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 25–bandi va Nizomga 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomning 11-bandida: to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda to‘rtinchi—oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
137
7,661
Qonunchilik
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Maqom va baxshichilik san’ati sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, soha mutaxassislarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek maqom san’ati fakulteti” hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi ― Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti (keyingi o‘rinlarda ― Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki, Institut: yuridik shaxs maqomiga, o‘z ustaviga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ega bo‘lgan, ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi; bir qancha xalqaro ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ta’limning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga idoraviy jihatdan bo‘ysunadi. 4. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish; maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari va an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish; milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyoti yo‘nalishlarida o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, atoqli bastakorlar, hofiz va sozandalar, baxshi va oqinlarning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va qayta tiklash, shuningdek, mumtoz musiqa san’ati namunalarini notaga ko‘chirish; milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyoti yo‘nalishlarida xorijiy ta’lim muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish; o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida madaniyat muassasalari va badiiy jamoalar bilan talabalar amaliyotini tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyoti yo‘nalishlarining ijodiy, ilmiy-metodik va ijro an’analarini puxta o‘zlashtirish maqsadida madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim muassasalari tegishli o‘quv dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, ta’lim muassasalariga taniqli san’atkorlarni biriktirish va shu asosda “ustoz-shogird” an’analarini keng joriy etish; respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari, maktab-internatlar hamda musiqa va san’at kollejlarida ta’lim olayotgan, turli ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlarning seleksiyasini amalga oshirish va ularni Institutga o‘qishga jalb etish tizimini ishlab chiqish; maqom va baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar, “Xalqaro maqom festivali” va “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali” doirasida tashkil etiladigan ko‘rik-tanlovlarda iste’dodli yoshlarning seleksiyasini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga keng joriy etish, xususan, yoshlarni musiqa va san’atga keng jalb qilish, ularda estetik did va kasb odob-axloqini tarbiyalash maqsadida madaniyat, musiqa va san’at yo‘nalishida turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, ansambllar va to‘garaklar tashkil etish. 5. Belgilab qo‘yilsinki: Institutda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi; 2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yo‘nalishlar (mutaxassisliklar)da tahsil olayotgan talabalar o‘qishlarini Institutda davom ettiradilar; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutda maxsus sirtqi ta’lim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va san’at ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi. 6. Institutga quyidagi huquqlar berilsin: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda o‘quv rejalari va dasturlarini, bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini o‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash; kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga joriy etish borasida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini mustaqil me’yorlashtirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan olib borilayotgan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini, “ustoz-shogird” an’analari joriy qilinishini rag‘batlantirib borish; o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish. 7. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan professor-o‘qituvchilarning ijodiy faoliyati natijalari quyidagilarga tenglashtirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvonlari ― professor ilmiy unvoniga; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari ― dotsent ilmiy unvoniga; ijodiy ishlar (sahnalashtirilgan musiqiy spektakl, musiqiy asarlar, konsertlar, badiiy, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlarga yozilgan musiqalar) muallifligi ― ilmiy, o‘quv-metodik ishlarga. 8. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 9. Quyidagilar Institutni moliyalashtirish manbai etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar; to‘lov-kontrakt asosida talabalar o‘qishidan tushadigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushadigan mablag‘lar; ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan, ilmiy-o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-ijodiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqishdan, konsert-tomosha va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda Institut Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 31-uy manzilidagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tegishli bo‘lgan binoga belgilangan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi: a) bir oy muddatda: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani atroflicha o‘rgangan holda, Institutning o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash; bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish; b) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab: Institutning ilmiy-pedagog kadrlari tarkibini oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan, shu jumladan, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirib kelgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar, shuningdek, sohadagi salohiyatli amaliyotchi mutaxassislar orasidan shakllantirish; o‘zbek milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyotining ijodiy, ilmiy-metodik va ijro an’analarini puxta o‘zlashtirish va munosib davom ettirish, bunda ta’lim muassasalariga maqom va baxshichilik san’ati hamda xalq musiqasi ustalarini jalb etish; respublikadagi mavjud bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlarida o‘zbek milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyotini o‘qitish tizimining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash; v) 2021-yildan boshlab: respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilarini biriktirish orqali “mahorat maktablari”ni yo‘lga qo‘yish; iqtidorli talabalarning mamlakatimizda va xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan nufuzli tanlov, festival va ilmiy-ijodiy tadbirlarda muntazam ishtirok etishlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin. 12. Belgilab qo‘yilsinki, Institut faoliyatini moliyalashtirish hamda uni musiqa cholg‘ulari, mebel jihozlari, zarur uskunalar va ovoz yozish studiyasi anjomlari bilan ta’minlash 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2021-yildan boshlab esa Institut faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. 13. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Institutning respublikaning boshqa hududlaridan kelib ta’lim olayotgan talabalarining turar joyga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olib Institutga yaqin bo‘lgan hududdan talabalar turar joyi uchun mos bino yoki yer maydoni ajratish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 14. Institutga 3 ta, shu jumladan, 2 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Institut faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida Institutni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet jahon axborot tarmog‘i va boshqa texnik vositalar bilan belgilangan tartibda ta’minlash choralarini ko‘rsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 5111000 ― Professional ta’lim 5150602 ― Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik 5150716 ― Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular 5150201 ― San’atshunoslik: musiqashunoslik 5A150202 ― Musiqa san’ati 5A150601 ― Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik 5A150702 ― Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular 5151606 ― Xalq ijodiyoti: baxshichilik va dostonchilik
99
12,732
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-510-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 11-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-510-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
173
726
Qonunchilik
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimi ishga tushiriladi
“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan aхborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamenti tasdiqlandi (VMning 22.07.2019 yildagi 616-son qarori). Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish vazifasini bajaruvchi davlat organlariga tatbiq etiladi. Tizimni 1 avgustdan boshlab - barcha ishtirokchilarni bosqichma-bosqich ulash orqali tajriba tariqasida joriy etish, 1 oktyabrdan boshlab esa - davlat organlari tizimlariga integratsiyalashtirgan holda undan amalda foydalanish boshlanadi. 1 dekabrga qadar tizim boʻyicha litsenziya huquqlari Investitsiyalar na tashqi savdo vazirligiga beriladi. Bunga qadar uni joriy etish va foydalanish boʻyicha ishlarga umumiy rahbarlik LBMA tomonidan amalga oshiriladi. “UZINFOCOM” davlat aхborot хizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ  tizim operatori etib belgilandi. Kompaniya mahsulotning joriy etilishi, uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash, yanada modernizatsiya qilinishi va aхborot хavfsizligi uchun javob beradi.  Investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tegishliligi boʻyicha ma’lumotlar bazasini boshqarish (ularning hisobini yuritish va nazorat qilish, ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni tasdiqlash yoki rad etish) orqali aхborot tizimining funksional boshqarilishini ta’minlaydi. LBMA tizim operatori bilan birgalikda joylarga chiqqan holda vazirlik va idoralar хodimlari uchun oʻqitishni (treningni) oʻtkazadi. Bunda hokimliklar ularga tashkiliy-amaliy koʻmak beradi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
97
1,961
Qonunchilik
Patent vakillarini qayta attestatsiyalashning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida
Prezidentning «Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar ishonchli himoya qilinishini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi intellektual mulk sohasini tartibga solishda muhim rol oʻynashi mumkin. Ushbu sharhda unda taklif etilayotgan patent vakillarining qayta attestatsiyalanishi koʻrib chiqiladi. Eslatib oʻtamiz, portalimizda boshqa masalalar ham yoritilgan loyiha sharhi e’lon qilingan edi.   Koʻpchilik yuristlarning fikricha, koʻrsatilgan norma Oʻzbekiston Respublikasida patent vakillari institutining roliga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Patent vakili yuridik yoki jismoniy shaхslar nomidan vakolatli davlat organi (Intellektual mulk agentligi, bundan keyin – Agentlik) oldida intellektual mulk ob’yektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qiladi. Jismoniy shaхslar Agentlikda attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtgandan keyin patent vakillari sifatida faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Oʻz navbatida, quyidagilar patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi: Patent vakilini attestatsiyalashdan maqsad: Patent vakillarini qayta attestatsiyalashning salbiy oqibatlari toʻgʻrisidagi pozitsiyani asoslash uchun ta’lim faoliyatini misol qilib keltiramiz. Ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi («Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunning 19-moddasi). Hujjatni olgan shaхs olingan bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirgan, shuningdek ularga munosib deb hisoblanadi. Belgilangan tartibda berilgan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat muayyan vaqt oʻtgach olingan bilim va koʻnikmalar yoʻqotilganini roʻkach qilgan holda haqiqiy emas deb tan olinishi mumkin emas. Patent vakillariga nisbatan shunga oʻхshash prinsip amal qiladi, uning doirasida malaka komissiyasi malaka imtihonining qoniqarli natijasi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va patent vakiliga belgilangan namunadagi guvohnomani beradi (Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarining 27, 31-bandlari). Bundan tashqari, qayta attestatsiyalashsiz ham noqonuniy хatti-harakat qilgan patent vakiliga ta’sir oʻtkazuvchi huquqiy dastaklar mavjud. Bu reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishdir (Patent vakillari toʻgʻrisida nizomning 21-bandi, VMning 1.07.2003 yildagi 298-son qaroriga 2-ilova). Mazkur huquqiy ta’sir oʻtkazish meхanizmi yagona toʻgʻri meхanizm koʻrinadi, sababi aynan sud organi holatlarni har tomonlama oʻrganib, хolis qaror chiqara oladi. Vazirlar Mahkamasining 10.11.2006 yildagi 235-son qarori bilan Patent vakillari toʻgʻrisida nizomdan malaka imtihoni natijasi qoniqarsiz boʻlgan taqdirda reyestrdan chiqargan holda qayta attestatsiyadan oʻtkazishni nazarda tutuvchi norma chiqarib tashlanganligi sababli ham bunday pozitsiya toʻgʻri koʻrinadi. Ayni paytda patent vakili Agentlik tomonidan reyestrdan: Ilgari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan, patent vakillari egallagan koʻnikma va bilimlar, tegishli tajriba va malaka keyinchalik: Shu tariqa, faoliyat yuritayotgan patent vakillarini qayta attestatsiyalash toʻgʻrisidagi talabning joriy etilishi: Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan Prezidentning «Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar ishonchli himoya qilinishini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasidan patent vakillarini qayta attestatsiyalash toʻgʻrisidagi talablarni chiqarib tashlash taklif etiladi.
75
3,450
Qonunchilik
TABIIY MONOPOLIYA SUBYEKTLARINING DAVLAT REESTRINI TUZISh VA YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 212-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:. 1. Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2009-yil 23-fevraldagi 7-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1930, 2009-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2009-y., 14-son, 166-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 212-modda) muvofiq Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini (bundan keyingi o‘rinlarda Reyestr deb yuritiladi) tuzish va yuritish tartibini belgilaydi. 1. Reyestr tabiiy monopoliya subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qog‘oz va elektron shakllarda saqlovchi birlashgan axborot bazasi hisoblanadi. 2. Reyestrni tuzish O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (bundan keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) va uning hududiy organlari tomonidan ushbu Nizom ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) tovarlar, ishlar va xizmatlar (bundan keyingi o‘rinlarda tovarlar deb yuritiladi) bo‘yicha amalga oshiriladi. 3. Reyestrni yuritish Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya subyekti va uning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birlashgan axborot bazasiga kiritish, ushbu ma’lumotlarni yangilash, tabiiy monopoliya subyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bazadan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 4. Reyestr respublika va hududiy bo‘limlardan tashkil topgan. Reyestrning respublika bo‘limiga tabiiy monopoliya sharoitida ikki va undan ortiq viloyatlar hududlarida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xo‘jalik yurituvchi subyektlar kiritiladi. Reyestrning hududiy bo‘limiga tabiiy monopoliya sharoitida bir viloyat hududi chegarasida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xo‘jalik yurituvchi subyektlar kiritiladi. Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan), davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ushbu davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi subyekti sifatida Reyestrning respublika bo‘limiga kiritilishi mumkin. 5. Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) asosiy faoliyat turi hisoblanmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, quyidagi alohida shartlar asosida Reyestrga kiritiladi: tabiiy monopoliya tovarlarining pirovard iste’molchisi aholi va/yoki budjet tashkilotlari hisoblanganda; iste’molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy monopoliya tovarlari hajmi shu tovarlarning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 10 foizdan oshganda; subabonentlarga realizatsiya qilinayotgan tabiiy monopoliya tovari hajmlari sotib olingan tovar hajmining 10 foizidan kam bo‘lmagan holatda. 6. Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovarlarni faqat o‘z ehtiyojlari yoki fors-major holati hosil bo‘lgan vaziyatlarda, texnologik kamchiliklarni bartaraf etish uchun, tabiiy va texnogen xaraktyerga ega bo‘lgan avariya yoki favqulodda holatlarda hamda ushbu tovarlarni qisqa muddatlarda (vaqt oralig‘i uch oygacha) realizatsiya qilgan taqdirda, Reyestrga kiritilmaydi. 7. Reyestrga tabiiy monopoliya subyektlari ularning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, kiritiladi. 8. Tabiiy monopoliyaning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi tabiiy monopoliya subyekti Reyestrga har bir faoliyat turi bo‘yicha alohida kiritiladi. 9. Tabiiy monopoliya subyektlarini Reyestrga kiritish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda boshqa manbalardan olingan tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarilayotganligi (realizatsiya qilinayotganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. 10. Qo‘mita yoki uning hududiy organi tabiiy monopoliya subyektini Reyestrga kiritish masalasini ko‘rib chiqish uchun unga Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi so‘rovnoma yuboradi. 11. Tabiiy monopoliya subyekti so‘rovnomani olgan paytdan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan so‘rovnomani to‘ldiradi va uni Qo‘mita yoki uning hududiy organiga taqdim etadi. 12. Tabiiy monopoliya subyektini Reyestrning tegishli bo‘limiga kiritish Qo‘mita yoki uning hududiy organi buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 13. Tabiiy monopoliya subyektining Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma Qo‘mita yoki uning hududiy organi tomonidan Reyestrga kiritilgan tabiiy monopoliya subyektiga va tegishli moliya organiga ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan buyruq rasmiylashtirilgandan keyin besh kunlik muddatda yuboriladi. 14. Tabiiy monopoliya subyekti Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqarilayotgan (realizatsiya qilinayotgan) tovarlar narxlari (tariflari) yoki ularning eng yuqori darajalarini (pochta aloqasi universal xizmatlariga tariflar bundan mustasno) tasdiqlash uchun tegishli moliya organiga murojaat qiladi. 15. Tabiiy monopoliya subyekti joylashgan manzili (pochta manzili), tashkiliy huquqiy shakli, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami o‘zgargan taqdirda, o‘n kun muddatda bu haqda Qo‘mita yoki uning hududiy organini yozma ravishda xabardor qilishi shart. 16. Quyidagi hollarda tabiiy monopoliya subyekti Reyestrdan chiqariladi: qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tabiiy monopoliya subyekti tugatilganda; tabiiy monopoliya subyekti tomonidan tabiiy monopoliya sharoitida tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) to‘xtatilganda, lekin tabiiy monopoliya tovarlarini realizatsiya qilishni to‘xtatish vaqti uch oydan erta bo‘lmasa; qonunchilik hujjatlariga muvofiq tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati sohasida davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatilganda. 17. Tabiiy monopoliya subyektini Reyestrdan chiqarish Qo‘mita yoki uning hududiy organi buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 18. Tabiiy monopoliya subyektini Reyestrdan chiqarish to‘g‘risidagi bildirishnoma Qo‘mita yoki uning hududiy organi tomonidan Reyestrdan chiqarilgan tabiiy monopoliya subyektiga va tegishli moliya organiga ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan buyruq rasmiylashtirilgandan keyin besh kunlik muddatda yuboriladi. 19. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 20. Qo‘mita yoki uning hududiy organlarining Reyestrga kiritish yoki Reyestrdan chiqarish to‘g‘risidagi buyruqlaridan norozi bo‘lgan tabiiy monopoliya subyektlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda sudga yoki Qo‘mitaga murojaat qilishga haqlidir. 21. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. 1. Neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish sohasida: neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish xizmatlari. 2. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish sohasida: elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish; elektr va issiqlik energiyasini transportirovka qilish, shu jumladan abonentdan subabonentgacha transportirovka qilish xizmatlari. 3. Temir yo‘llar infratuzilmasidan foydalanish sohasida: umumiy foydalaniladigan temir yo‘llar, temir yo‘l stansiyalari, elektr ta’minoti uskunalari, aloqa tarmoqlari, signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovkalash tizimlari, axborot kompleksi va harakatlanishni boshqarish tizimi hamda ushbu kompleks faoliyatini ta’minlovchi boshqa obyektlarni o‘z ichiga oluvchi texnologik kompleks xizmatlari. 4. Umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari sohasida: yozma korrespondensiyalarni jo‘natish bo‘yicha umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari (oddiy, buyurtma va qimmatli xatlar, banderollar, oddiy va buyurtma pochta varaqchalari hamda sekogrammalar (ko‘zi ojizlar uchun), shuningdek mayda paketlar). 5. Suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari sohasida: suv ta’minoti va kanalizatsiya (oqova suvlarni tortish va tozalash) hamda suv va oqova suvlarni transportirovka qilish xizmatlari. 6. Aeronavigatsiya xizmatlari sohasida: havodagi harakatni boshqarish, parvozlarning radiotexnik ta’minoti, aeronavigatsiya axborotlarini taqdim etish. 7. Port xizmatlari sohasida: yuklarni (shu jumladan, yukli va bo‘sh konteynerlarni) ortish, tushirish va saqlash xizmatlari; inshootlar va moslamalar kompleksiga ega va sohilning tegishli uchastkasi (port hududi) bilan suvga tutash bo‘lgan hududda (port akvatoriysida) kemalarni yoqilg‘i bilan ta’minlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari. 8. Aeroport xizmatlari sohasida: samolyotlarning uchishini ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, yuklar, pochta va bagajlarga ishlov berish xizmatlari.
117
10,048
Qonunchilik
2016 yilda YaITni eski stavka boʻyicha, sugʻurta badallarini yangi stavka boʻyicha toʻlaymiz
Fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi oshirildi. 2016 yil 1 yanvardan boshlab, Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan u 7,5% miqdorida belgilandi.. 2016 yil 1 yanvardan boshlab   fuqarolarning sugʻurta badallari stavkasi 7,5% gacha oshirildi (2015 yilda – 7%). Biroq stavkaning oshirilishi fuqarolar uchun soliq yukining oshishiga olib kelmaydi, chunki jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq shkalasidagi  ikkinchi stavka 2016 yildan boshlab 8,5% dan 7,5% gacha pasaytirildi. YaIT stavkalari oʻzgarishsiz qoldi va quyidagi miqdorlarda amal qiladi: mikrofirma va kichik korхonalar, shuningdek fermer хoʻjaliklari  uchun  – 15%; boshqa toʻlovchilar uchun – 25%.  Eslatib oʻtamiz, toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun qonunchilik bilan YaITning imtiyozli (kamaytirilgan) stavkalari koʻzda tutilgan: - iхtisoslashtirilgan seхlar, uchastkalar va korхonalarda ishlovchi nogironlar mehnatidan foydalanadigan yuridik shaхslar, –  mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan 4,7%; - "SOS - Oʻzbekiston bolalar mahallalari" uyushmasi uchun – 7%, boʻshaydigan mablagʻlarni maqsadli yoʻnaltirish sharti bilan. Irina AXMETOVA,  ekspertimiz.
93
1,300
Qonunchilik
16 yoshga toʻlmagan bolalarga – 500 ming soʻmdan
Prezident 26 avgust kuni aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Sentyabr oyida quyidagilarga 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi: Jami respublika boʻyicha ushbu maqsadlar uchun 427 729 mln soʻm ajratiladi (infografikaga qarang). Pensiya jamgʻarmasi, mahalliy hokimiyatlar, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari, Moliya vazirligi, MB va tijorat banklari mablagʻlarning oluvchilarga oʻz vaqtida va manzilli yetkazilishi uchun javob beradi. Bundan tashqari, mamlakatimizdagi barcha boshlangʻich, umumiy oʻrta ta’lim va sogʻliqni saqlash muassasalarining хodimlarini markazlashgan tartibda 1 oktyabrga qadar bepul grippga qarshi emlashadi. Ushbu bandning ijrosini ta’minlash Sogʻliqni saqlash vazirligiga topshirildi. Toʻlovlar va emlash uchun zarur mablagʻlar 30.07.2020 yildagi PF-6038-son Farmonda nazarda tutilgan va qoʻshimcha manbalar hisobidan ajratiladi. Oleg Zamanov.
48
1,038
Qonunchilik
Orol dengizining suvi qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etiladi
Vazirlar Mahkamasining 18.01.2022 yildagi “Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida «yashil qoplamalar» - himoya oʻrmonzorlarini barpo etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 31-son qarori qabul qilindi. Hujjat Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon хoʻjaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan (Prezidentning  2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4850-son qarori). Quyidagilar tasdiqlandi: Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va Buхoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklariga Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda DSQ huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolboʻyi hududlarida oʻrmonzorlar barpo etiladigan maydonlarni хatlovdan oʻtkazish topshirildi. Bunda har yili 10 dekabrga qadar «yashil qoplamalar» barpo etiladigan maydonlar ilmiy jihatdan asoslangan takliflarga muvofiq hududlar boʻyicha aniqlanadi. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi «yashil qoplamalar» oʻz muddatida barpo etilishi boʻyicha doimiy monitoring yuritadi. Orol dengizining qurigan tubidagi tuproq tarkibini inobatga olib choʻl va shoʻr tuproqqa moslashgan oʻsimlik turlari, shu jumladan, qumli yerlarda cherkez hamda shoʻr hududlarda tamariks va atripleks (lebeda) oʻsimliklari ekiladi. Quyidagilar «yashil qoplamalar» barpo etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
63
1,501
Qonunchilik
Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirishda mustaqil ommaviy axborot vositalarini, eng avvalo, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan teleradioeshittirish faoliyatini rivojlantirish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bugungi kunda teleradioeshittirish sohasi 50 ta telestudiya, 13 ta radiostansiya, 36 ta kabelli televideniye studiyalaridan iborat davlat va nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini o‘ziga qamrab oladi. O‘zbekiston teleradiokompaniyasi respublikadagi teleradioeshittirish tizimining eng yirik subyekti bo‘lib, unda hozir olti mingga yaqin jurnalist, boshqa ijodiy va texnik xodimlar mehnat qilmoqda. Kompaniya o‘z ko‘rsatuv va eshittirishlarini to‘rtta tele va to‘rtta radiokanal orqali respublika hududining 98 foiziga tarqatadi, ko‘rsatuv va eshittirishlarning o‘rtacha bir kunlik hajmi 54 va 93,2 soatni tashkil etadi. Keyingi yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida teleradioeshittirish tizimi mukammal va zamonaviy ishlab chiqarish-texnika bazasiga ega bo‘ldi. Eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda teleradio dasturlarini tarqatish tarmog‘ining qabul qilish-uzatish tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Teleradio ko‘rsatuvlari va eshittirishlarini ishlab chiqarish hamda shakllantirish jarayoniga zamonaviy raqamli uskunalar va mediatexnologiyalar tadbiq etilmoqda. Shu bilan birga O‘zbekiston teleradiokompaniyasining faoliyati hali zamonaviy talab va andozalarga to‘la javob beradi, deb bo‘lmaydi. O‘zbekiston teleradiokompaniyasini boshqarishning mavjud tizimi, boshqaruv tuzilmalaridagi bir-birini takrorlash va parallelizm, teleradiokanallarning huquqiy va iqtisodiy jihatdan mustaqil emasligi teleradioindustriya bozorini rivojlantirishga, g‘oya va dasturlarning ijobiy raqobatiga to‘siq bo‘lmoqda. Moliyalashtirish tizimining markazlashtirilgani, teleradioeshittirish sohasi mutaxassislarining ijodiy va texnik xizmatlariga yangi dastur va loyihalarni amalga oshirishga jamoalar qo‘shgan aniq hissasini hisobga olmay turib, haq to‘lanayotgani O‘zbekiston teleradiokompaniyasi jurnalistlari va boshqa xodimlarining yuqori unum bilan, ijodiy tashabbus va faollik ko‘rsatib mehnat qilishiga yo‘l bermayapti. O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, avvalo, uning hududiy bo‘linmalari ko‘rsatuv hamda eshittirishlarining professional darajasi, g‘oyaviy-badiiy saviyasi va sifati hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud shart-sharoitlar teleradiojurnalistlarning mamlakatda va jahonda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga o‘z vaqtida va tezkorlik bilan e’tibor qaratish borasidagi faoliyatning yanada sustlashuviga olib kelmoqda. Mustaqil teleradio kanallarini yanada rivojlantirish va isloh qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholi hamda jamiyatning har tomonlama va xolis axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirishda mamlakatimizning elektron ommaviy axborot vositalari rolini oshirish maqsadida: 1. Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligining O‘zbekiston teleradiokompaniyasini O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (O‘zbekiston MTRK) etib qayta tashkil qilish va uning tarkibiga quyidagilarni: “O‘zbekiston” telekanali va “O‘zbekiston” radiokanali negizida tashkil qilinadigan “O’zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi; “Sport” telekanali negizida tashkil qilinadigan “Srort” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi; “Toshkent” telekanali va “Do‘stlik” radiokanali negizida tashkil qilinadigan “Toshkent” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi; “Respublika telemarkazi”, “Respublika radio va ovoz yozish uyi”, “Nukus teleradiomarkazi” korxonalari negizida tashkil qilinadigan “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi; “O‘zbektelefilm” studiyasi negizida tashkil qilinadigan “O’zbektelefilm” davlat unitar korxonasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat teleradiokompaniyalari, shuningdek boshqa ijodiy, ishlab chiqarish-texnika bo‘linmalarini, 1-ilovaga* muvofiq kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: aholini, shuningdek chet el jamoatchiligini O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ro‘y berayotgan, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlar to‘g‘risida keng xabardor qilish; aholining ta’lim va madaniy saviyasini oshirish, milliy an’analarni, tarixiy va ma’naviy merosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o‘sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tele- va radiodasturlar sifatini, professional va badiiy darajasini ta’minlash; O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari, tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ularning iqtisodiy mustaqilligini, axborot xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash, tele-radio ko‘rsatuv va eshittirishlarini tashkil qilish jarayoniga bozor mexanizmlarini tadbiq etish, ushbu sohaga mamlakatimiz hamda chet el korxonalari, tashkilotlari va moliya institutlarining sarmoyalarini jalb qilish; zamonaviy talablar hamda standartlarga muvofiq texnika bazasini yanada rivojlantirish, teleradiodasturlar tayyorlashga axborot, kompyuter va mediatexnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; O‘zbekiston MTRK bo‘linmalari ijodiy va texnik xodimlarining kasb mahoratini takomillashtirish, ijodiy faolligini oshirish maqsadida ularni samarali qayta tayyorlash, malakasini oshirish uchun zarur tashkiliy shart-sharoitlar yaratish; davlat va nodavlat xorijiy teleradiokompaniyalar, axborot agentliklari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan teleradioeshittirish sohasida axborot almashish bo‘yicha samarali xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi huquq va majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston teleradiokompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi; yangidan tashkil qilingan ma’muriy, ijodiy (teleradiokanallar), ishlab chiqarish-texnik va xo‘jalik tuzilmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar teleradiokompaniyalari yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil korxona va tashkilotlar sifatida O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiradi; O‘zbekiston MTRK tarkibiga kirgan davlat unitar korxonalarining faoliyati davlat budjeti mablag‘lari, homiylar va reklama mablag‘lari, shuningdek, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi televideniye va radioda reklama uchun beriladigan vaqtning (ko‘rsatuv va eshittirishning har bir soati uchun 10 foizigacha) pul qo‘yiladigan normalarini, shuningdek uni tarqatish tartibini belgilab beradigan qonun hujjatlari talablarining teleradiokanallar, o‘ziga qarashli tashkilot va korxonalar tomonidan so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanali va “Yoshlar” radiokanali negizida “Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati tashkil qilinsin. Belgilansinki: Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 50 foizi davlat ulushi, qolgan 50 foizi esa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ulushi hisoblanadi; “Yoshlar” teleradiokanali” AJda aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqi O‘zbekiston MTRKga topshiriladi; “Yoshlar” teleradiokanali” AJni budjetdan moliyalashtirishni kamaytirish va o‘zini-o‘zi to‘la ta’minlashga o‘tkazish 2010-yilgacha (har yili — 20%dan) bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, mazkur davrda faqat davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan korxonalar, muassasa va tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar saqlab qolinadi. 5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining ushbu Farmon 2-bandida belgilangan eng muhim vazifalari bilan bir qatorda quyidagilar asosiy ustuvor yo‘nalishlar etib belgilansin: “O’zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun: davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati sohasidagi eng muhim qarorlari, mamlakatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan, huquqiy demokratik davlatni, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga yo‘naltirilgan islohotlardan mamlakat aholisi, shuningdek chet el jamoatchiligini har tomonlama va xolis xabardor qilib borish; umumilliy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial muammolar — iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, fermyerlar harakati, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini rivojlantirish masalalarini keng yoritish; fuqarolarning ta’lim darajasini, siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ularning o‘z fikrini bayon qilishi bilan bog‘liq muammolarni keng muhokama qilish, tele- va radiodasturlar tayyorlash; xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosini saqlab qolishga, folklor-etnografik an’analarni rivojlantirishga, milliy hamda jahon adabiyoti, musiqasi, teatri, kinosi, tasviriy san’atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan muhim ijtimoiy, gumanitar-ma’rifiy teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarini tashkil qilish. “Sport” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun: O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz va chet ellardagi muhim sport tadbirlarini, respublikamiz sportchilarining yutuqlarini yoritishga yo‘naltirilgan teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlash, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish, bolalar sporti va oilaviy sportni ommaviy ravishda rivojlantirish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, dam olishning faol va ijtimoiy foydali shakllarini tashkil qilish, ommaviy ravishda rivojlantirishga, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini qayta tiklash hamda rivojlantirishga bag‘ishlangan tele- va radiodasturlarni tayyorlash; xorijiy teleradiokompaniyalarning eng yaxshi dasturlarini, shu jumladan jahon sporti, olimpiya harakati tarixiga, xalqaro sport tashkilotlari faoliyatiga bag‘ishlangan dasturlarini olib ko‘rsatish; respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiya qilishni tashkil etish; “Toshkent” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun: O‘zbekiston poytaxti va Toshkent viloyatining ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini, bu yerda sodir bo‘layotgan ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa katta voqealar va tadbirlarni yoritish; mahalliy hokimiyat va o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mamlakat poytaxtini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini hal etish, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi faoliyatini samarali tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan dasturlar tayyorlash; Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ko‘p millatli aholisi manfaatlarini hisobga olgan holda axborot-gumanitar, o‘quv, madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuv va eshittirishlarini tashkil qilish. “Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati uchun: mamlakatni demokratik yangilash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida yoshlarning ishtirokini keng yoritish; umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yigit va qizlarni xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy qadriyatlari, milliy madaniyatimiz va jahon sivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlari asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ma’rifatli, bilimli hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz zamonaviy yoshlarining ichki ma’naviy dunyosini namoyon etishga yo‘naltirilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash; O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yosh avlodning faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan respublika va xalqaro miqyosdagi turli tele-, radiofestivallarni tashkil qilish. O‘zbekiston MTRKning asosiy vazifalarini, shuningdek teleradiokanallar o‘rtasida tele-, radiomahsulot sifatini, badiiy va professional saviyasini oshirishga, aholining xilma-xil va ishonchli axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan dasturlar va ijodiy g‘oyalarning sog‘lom raqobatini rivojlantirish zaruratini hisobga olgan holda, ushbu bandda ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlarini muttasil chuqurlashtirib, kengaytirib va yangilab borish O‘zbekiston MTRKning eng muhim vazifasi deb belgilansin. 6. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi davlat mulki hisoblanuvchi va teleradiotuzilmalarga shartnoma asosida beriluvchi teleradiomahsulot ishlab chiqarish vositalari, energota’minot obyektlari, uzatish qurilmalari O‘zbekiston MTRKning bino va muhandislik-texnik inshootlarining asosiy fondiga egalik qiluvchi tashkilot hisoblanishi belgilab qo‘yilsin. Quyidagilar “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin: O‘zbekiston teleradiotashkilotlariga, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tele-, radiomahsulot ishlab chiqarish va efirga tayyorlash bo‘yicha, shu jumladan yo‘ldosh tizimlaridan, ko‘chma televideniye va radiostansiyalardan foydalangan holda shartnoma asosida texnik, texnologik, servis va boshqa xizmatlar ko‘rsatish; teleradiomahsulot ishlab chiqarish jarayoniga dasturlarning badiiy saviyasi va sifati yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan zamonaviy axborot, kompyuter va mediatexnologiyalarni tadbiq etish; teleradiomahsulotlar ishlab chiqarish moddiy-texnika bazasi, vositalari, uzatish qurilmalari, binolar va antenna inshootlaridan foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, modernizatsiyalash va yanada rivojlantirish, ularni energiya bilan uzluksiz ta’minlash. Belgilansinki, yangi tashkil etilayotgan teleradiokanallar, ijodiy bo‘linmalar ixtiyoriga tahririyat ishini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan orgtexnika, mebel anjomlari va boshqa mulk beriladi. 7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. O‘zbekiston MTRK raisiga, zarur hollarda, kompaniya va tobe tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston MTRK tizimidagi xodimlarning cheklangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin. 8. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi: Iqtisodiyot vazirligi (U. Roziqulov), Moliya vazirligi (S. Rahimov), Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi (M. Asqarov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu Farmon talablariga muvofiq O‘zbekiston teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish va uning negizida mustaqil teleradiotuzilmalar tashkil qilish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish jarayonida teleradioeshittirish tizimining uzluksiz va sifatli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin; O‘zbekiston teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etsin; Madaniyat va sport ishlari vazirligi (A. Azizxo‘jayev), Moliya vazirligi (S. Rahimov) bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tarkibidagi badiiy jamoalarni 4-ilovaga* muvofiq mehnat haqi fondi bilan birga belgilangan tartibda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazsin. 9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi (A. Azizxo‘jayev) vazirlik tizimida O‘zbekiston MTRK tomonidan o‘tkaziladigan badiiy jamoalardan iborat Ijodiy uyushma tashkil etsin, ularning tarkibi, ijodiy faoliyat yo‘nalishi saqlab qolinsin va to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratilsin; O‘zbekiston MTRK bilan birgalikda Ijodiy uyushma hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘rtasida ijodiy hamkorlikning uzoq muddatli dasturi va har yili tuziladigan shartnomalar asosida ushbu Farmonning 8-bandida ko‘rsatilgan ijodiy jamoalarning tele-, radiokanallardagi chiqishlarini ta’minlasin. 10. Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi (M. Asqarov) O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda: O‘zbekiston teleradiokompaniyasining taqsimot balanslarini tayyorlasin va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining yangi tashkil etiladigan davlat unitar korxonalariga belgilangan tartibda mulkni topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshirsin; muassislar yig‘ilishini o‘tkazib, mulkni inventarizatsiya qilsin va tashkil etilayotgan “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati nizom jamg‘armasini qonunda belgilangan tartibda shakllantirsin. 11. Moliya vazirligi (S. Rahimov), Iqtisodiyot vazirligi (U. Roziqulov) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini va unga qarashli tuzilmalarni moliyalashtirish tartibi va smetasiga, shuningdek ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish investitsiya dasturlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsin. 12. 2010-yil 1-yanvarigacha bo‘lgan davr mobaynida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar daromad solig‘idan, shuningdek import qilinadigan uskuna va materiallarga bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilsin. Moliya vazirligi (S. Rahimov) mazkur imtiyozlar berilishi natijasida olinadigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 7-maydagi PF–1462-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (B. Mustafoyev) bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari bo‘yicha qaror qabul qilsin. 16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
89
18,933
Qonunchilik
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-son qarori (ro‘yxat raqami 2236, 2011-yil 10-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 24-son, 252-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “har yili” degan so‘zlar “har uch yilda kamida bir marta” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
110
948
Qonunchilik
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratiladigan holatlar ro‘yxati; yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish uchun materiallarni tayyorlash tartibi; yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi; davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini ularga soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanishga ajratish tartibi; ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratish tartibi va xususiyatlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi. 2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Reglament: yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish; davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalarini soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanishga ajratish; ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanishga ajratish tartibini belgilaydi. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Ushbu Reglamentga muvofiq davlat va jamoat ehtiyojlari hisoblangan vazifalar ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilmagan yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi belgilangan hollarda yer uchastkasi faoliyat sohasidan kelib chiqib, tegishli davlat organi, muassasasi va korxonasiga, bunday tashkilotni aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi va keyinchalik ular tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladi. Ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli bo‘lmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Ushbu qoida yangi ko‘p kvartirali uy quriladigan yer uchastkasining maydonini qasddan kamaytirib ko‘rsatish uchun asos sifatida talqin qilinishi mumkin emas. 2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlari toifasidagi yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi. Agar ajratilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlar toifasiga kirsa, avval ushbu yerlarni O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan tartibda boshqa yer toifasiga o‘tkazish masalasi hal etiladi”; 3. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “YERELEKTRON” AAT) — yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi; yer uchastkasi — yer fondining qat’iy belgilangan chegara, maydon, joylashuv eri, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega qismi; yer uchastkasini davlat ehtiyojlari uchun berish — yerlarni: mudofaa va davlat xavfsizligi ehtiyojlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish; avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlari obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish); aholi punktlari bosh rejalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obyektlar qurish bo‘yicha amalga oshirish uchun, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berish; yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun berish — yerlarni: yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli binolar va inshootlar, hududlarga olib keluvchi avtomobil yo‘llari va piyoda yo‘laklarini; yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli binolar va inshootlar hamda hududlarda o‘tkaziladigan muhandislik-kommunikatsiyalarini; aholini, qishloq xo‘jaligi ekinlari va yashil o‘simliklarni suv bilan ta’minlashga mo‘ljallangan ariqlar, kanallar, havzalar va boshqa suv arteriyalarini; davlat ta’lim va davolash muassasalari, internatlar, mehribonlik uylarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida qurish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladigan maydonlar, shuningdek, dam olish bog‘lari, xiyobonlar, dam olish zonalari, ko‘llar, suv havzalari, qabristonlar va boshqa rekreatsion obyektlarni qurish uchun berish. 4. Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun mazkur Reglamentga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi. 5. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida bo‘lgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun faqat ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ulardan olib qo‘yilgandan (sotib olingandan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin beriladi. 51. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlari foydalanishida bo‘lgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkasini (keyingi o‘rinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etilmaydi. Agar yer uchastkasining amaldagi foydalanish maqsadini o‘zgartirish uchun qonunchilikda belgilangan aniq asoslar mavjud bo‘lmasa, foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar u ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli bo‘lmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi. 6. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi. 7. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali mazkur Reglamentning 23-bandida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi. 8. Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan belgilangan yer uchastkasi ajratilayotgan davlat organi, muassasasi, korxonasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi — buyurtmachi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi. 9. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi. Bunda buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasi ilova qilinadi. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma kelib tushgandan keyin bir ish kuni davomida uni tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi. 11. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi besh ish kuni mobaynida: ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini, yer uchastkasining toifasini aniqlaydi; yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan va (yoki) qishloq (o‘rmon) xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kirgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi. 12. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish bo‘yicha loyiha-izlanish ishlariga sarflanadigan vaqtning namunaviy me’yorlariga muvofiq haq undiriladi. Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish bo‘yicha loyiha-izlanish ishlariga sarflanadigan vaqtning namunaviy me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 13. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin yigirma ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yig‘majildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi. 14. Yer uchastkasini ajratish haqidagi hujjatlar yig‘majildiga (keyingi o‘rinlarda — hujjatlar yig‘majildi) quyidagilar ilova qilinadi: yer uchastkasi, jumladan, ularning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi, zarur holda ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot; yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa — mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda ko‘rsatilgan holda joylashtirish rejasi; chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema; yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm); buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasi. 15. Ushbu Reglamentning 14-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar mavjud bo‘lmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqacha masshtabda, noaniq tasvirda) taqdim etilmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan hujjatlar yig‘majildini qayta tayyorlash uchun yuboradi. Bunda bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar ko‘rsatiladi. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘rsatgan barcha kamchiliklarni besh ish kunida bartaraf etadi va materiallarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “YERELEKTRON” AAT orqali takroran yuboradi. 16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi ushbu Reglamentning 14-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar bilan birga hujjatlar yig‘majildini olgandan so‘ng uni besh ish kuni davomida o‘rganadi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) tegishli ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalaridan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi. Buyurtmachi bir ish kuni davomida Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun murojaat qiladi. Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan yigirma ish kuni davomida qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi. Bunda, boshqa yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallar umumiy tartibda tayyorlanadi. 17. Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan keyin bir ish kunidan kechiktirmasdan xulosani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi. 18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan so‘ng uni hamda hujjatlar yig‘majildini ikki ish kuni davomida xulosa olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda — qurilish bosh boshqarmasi) yuboradi. 19. Shaharsozlik hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasi uch ish kuni davomida yig‘majildni ko‘rib chiqadi, ajratiladigan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va uni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi. Xulosada shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi. Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. 20. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan hujjatlar yig‘majildini olgandan so‘ng uch ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi hamda o‘z xulosasini ilova qilgan holda, hududiy arxitektura shaharsozlik kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Kengash) kelishish uchun yuboradi. Kengash navbatdagi majlisda hujjatlar yig‘majildini besh ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi hamda materiallarni elektron raqamli imzosini qo‘yish yo‘li bilan kelishadi. Kelishilgan materiallar uch kundan kechiktirmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish uchun Kengash tomonidan qurilish bosh boshqarmasiga yuboriladi. 21. Qurilish bosh boshqarmasi o‘z xulosasini va Kengash tomonidan kelishilgan materiallarni “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda bir ish kuni davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi. Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi. Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda tegishli yer uchastkasini boshqa, ko‘proq mos keladigan joydan ajratish haqida taklif beriladi. Kengash materiallarni kelishishdan bosh tortgan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasiga Kengash yig‘ilishining bayonnomasi rad etishni asoslagan va normativ-huquqiy hujjatning aniq normasini ko‘rsatgan holda, yer uchastkasi ajratish joyini ko‘chirish haqidagi taklif bilan yuboriladi. 22. Qurilish bosh boshqarmasi salbiy xulosa bergan yoki Kengash bilan kelishish rad etilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash, shu jumladan, berilgan xulosaga muvofiq ajratiladigan yer uchastkasi joylashuvini o‘zgartirish (kelishishni rad etish sabablarini asoslagan holda) huquqiga ega. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kuni davomida qurilish bosh boshqarmasining salbiy xulosasi yoki Kengashning kelishishni rad etish bayon qilingan taklifini ko‘rib chiqadi hamda hujjatlar yig‘majildini qurilish bosh boshqarmasining xulosasi yoki Kengash yig‘ilishining bayonnomasini ilova qilgan holda, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga qayta ishlash uchun yuboradi. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi o‘n ish kuni davomida yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlaydi, hujjatlar yig‘majildini shakllantiradi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takroran yuboradi. Bunda yangilangan yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlash va tayyorlash bo‘yicha ishlar uchun haq undirilmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlar yig‘majildini olgandan keyin bir ish kuni davomida uni qurilish bosh boshqarmasiga mazkur Reglamentning 19-20-bandlarida belgilangan tartibda xulosa olish yoki Kengash kelishuvini olish uchun takroran yuboradi. 23. Qurilish bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi yoki Kengash bilan elektron shaklda kelishuvi olingan kundan keyin bir ish kuni davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yig‘majildni quyidagi vakolatli organlarga yuboradi: a) xulosa olish uchun quyidagi davlat organlari va tashkilotlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalariga: Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi; Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati; Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi; Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi; “O‘zsuvta’minot” AJ; “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ; “Hududgazta’minot” AJ; “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ; “O‘ztransgaz” AJ; b) kelishish uchun: Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasiga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha; tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga — bo‘sh yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda; Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy organlariga — bo‘sh yer uchastkalari avtomobil turar joylari va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiladigan boshqa obyektlar uchun ajratilganda; Turizm va madaniy meros vazirligining hududiy bosh boshqarmasiga — turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun belgilangan va turistik rekreatsion zonalarda joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha. Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan hamda shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalarini ajratish materiallari bo‘yicha sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hamda Davlat yong‘in nazorati organining xulosalarini olish talab etilmaydi. 24. Vakolatli tashkilotlar yig‘majild kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida yig‘majildni kelishadi yoki tegishli xulosalar beradi. 25. Vakolatli tashkilotning xulosasi “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki xulosaning ko‘chirilgan nusxasi tarzida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi. Bunda ijobiy yoki salbiy xulosa berilishi mumkin. Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yong‘inga qarshi va boshqa faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi. Salbiy xulosada normativ-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda, bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi. 26. Yer uchastkasini ajratish materiallari tegishli yer uchastkasi bo‘yicha rozilik rezolyutsiyasini vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yo‘li bilan “YERELEKTRON” AAT orqali kelishiladi. Kelishuv hech qanday izohlar va shartlarsiz amalga oshiriladi. Kelishuv rad etilgan holatda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklidagi xat yoki xatning ko‘chirilgan nusxasi normativ-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda, bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatib yuboriladi. 27. Vakolatli organ bilan kelishilmaganda yoki salbiy xulosa olinganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlab, ushbu Reglamentga muvofiq takroran kelishish (ular bo‘yicha xulosa olish) huquqiga ega. 28. Vakolatli tashkilotlar salbiy xulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish to‘g‘risida xat yo‘llagan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli tashkilotlarning e’tirozlaridan kelib chiqqan holda, uch ish kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini va yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ko‘rib chiqib, vakolatli tashkilotlarning xulosa va xatlarini ilova qilgan holda, ularni Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga qayta ishlash uchun yuboradi. Bunday holatlarda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi uch ish kuni davomida yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlaydi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takroran yuboradi. Bunda yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlash va yangilangan materiallar tayyorlash ishlari uchun to‘lov undirilmaydi. 29. Ajratiladigan yer uchastkasining joylashgan joyi qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng va qayta ishlangan materiallar olingach, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, yer uchastkasini ajratish materiallarini ushbu Reglamentning 19 – 26-bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi. Bunda takroran yuborilgan yer uchastkasini ajratish materiallari ikki ish kunida ko‘rib chiqilishi kerak. 30. Qurilish bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi, Kengashning kelishuvi va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi ikki kun davomida yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi. Huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak: obyektni qurish shartlari; berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar bo‘yicha; yer uchastkasining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar (mavjud bo‘lgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari; yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasini olib qo‘yilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud bo‘lgan taqdirda); tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud bo‘lgan taqdirda); suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo‘lganda). Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqidagi qaroriga “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali avtomatik ravishda shakllantiriladigan va qarorning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xarita ilova qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlar yig‘majildini, vakolatli tashkilotlar xulosalari va kelishuvi bo‘yicha materiallarni hamda o‘z qarorini bir ish kuni davomida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni davomida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. 31. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqidagi qarori asosida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi, qurilish bosh boshqarmasi hamda “O‘zGAShKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali bilan birgalikda uch ish kuni davomida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi. Yer uchastkasi chegaralarini joyda (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch yarim baravari miqdorida haq undiriladi va to‘lov quyidagicha taqsimlanadi: bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi summa — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga; bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida — Qurilish bosh boshqarmasi hisobvarag‘iga; bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — “O‘zGAShKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi. 32. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi. 321. Foydalanishdagi yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi. 322. Davlat tashkilotlari foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi. 323. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida uni tegishli qurilish bosh boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi. 324. Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari yer uchastkasi ajratilayotgan davlat tashkilotlari hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi. 325. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq haq undiriladi. 326. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi buyurtma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi: buyurtmada belgilangan davlat tashkilotlarining foydalanishidagi yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlar jismoniy hamda boshqa yuridik shaxslar nomiga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi; yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi. Davlat tashkilotlarining foydalanishdagi yer uchastkasi hamda undagi bino va inshootlar jismoniy va boshqa yuridik shaxslar nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboriladi. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud bo‘lmagan yoki topografik xaritasi amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkasining maydoni va chegaralariga mos bo‘lmaganda taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda davlat tashkilotlari bilan tuziladigan shartnoma asosida yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi. 327. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi davlat tashkilotlari bilan shartnoma tuzilgandan keyin Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda elektron shaklda hujjatlar yig‘majildini tayyorlaydi va hujjatlar yig‘majildi tayyorlangan kunning o‘zida uni “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasining chegaralarini kelishish uchun qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi. 328. Hujjatlar yig‘majildiga quyidagilar ilova qilinadi: yer uchastkasi, jumladan, ularning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi haqida qisqacha ma’lumot; chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema; yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati; yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma). Bunda Davlat kadastrlari palatasi joyiga chiqqan holda yer uchastkalarining chegaralarini aniqlaydi va natijasi bo‘yicha dalolatnoma loyihasini tayyorlagan holda davlat tashkilotlari vakili hamda qo‘shni chegaradoshlar bilan kelishadi. 329. Qurilish bosh boshqarmasi so‘rov tushgan kundan boshlab besh ish kun ichida “Yerelektron” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi. Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi. Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi. 3210. Qurilish bosh boshqarmasi ijobiy kelishuvidan keyin hujjatlar yig‘majildi “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda bir ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi. 3211. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch ish kun mobaynida hujjatlar yig‘majildini mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan tartibga asosan vakolatli organlar bilan kelishadi. 3212. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qurilish bosh boshqarmasi va vakolatli organlar bilan kelishilgan hujjatlar yig‘majildini olgandan keyin ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi. Huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi. Yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak: ajratilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlari; suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo‘lganda). Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqidagi qaroriga “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali avtomatik ravishda shakllantiriladigan va qarorning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xarita ilova qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z qarorini bir ish kuni mobaynida davlat tashkilotlari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi. Davlat tashkilotlarining murojaatiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. 3213. Foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida bo‘lgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalari (keyingi o‘rinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga (keyingi o‘rinlarda — mulkdorlar) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi. 3214. Foydalanishdagi yer uchastkalari mulkdorlari yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi. 3215. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida buyurtmani tegishli hududiy qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi. 3216. Qurilish bosh boshqarmasi buyurtma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida foydalanishdagi yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash uchun “YERELEKTRON” AAT orqali “O‘zGAShKLITI” MChJga yuboradi. 3217. “O‘zGAShKLITI” DUK mulkdorlar yoki uy-joy mulkdorlarining shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi, bevosita boshqaruvchi (keyingi o‘rinlarda — boshqaruvchilar) bilan shartnoma tuzilgandan keyin o‘n ish kuni mobaynida elektron shaklda foydalanishdagi yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi va “YERELEKTRON” AAT orqali materiallarni qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi. Bunda qurilish bosh boshqarmasi tomonidan foydalanishdagi yer uchastkalarining topografik xaritasini tayyorlash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha-qidiruv sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin. 3218. Qurilish bosh boshqarmasi besh ish kunida joyiga chiqqan holda tayyorlangan topografik xaritada foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini aniqlaydi va natijasi bo‘yicha mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy shaklda yer uchastkasi chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma) loyihasini tayyorlagan holda mulkdorlar hamda qo‘shni chegaradoshlar bilan kelishiladi. 3219. Dalolatnoma mulkdorlar tomonidan imzolanadi. Yer uchastkalari chegaralarini aniqlashda yer uchastkasining chegaralari chegaradosh yer uchastkalariga bo‘lgan huquq egasi (egalari) bilan kelishilmagan taqdirda, nizo sud tartibida hal etiladi. 3220. Dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi: foydalanishdagi yer uchastkasining maydoni (gektarda) haqida ma’lumot; koordinatali nuqtalari bilan yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda ko‘rsatilgan holda joylashtirish rejasi; chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema; yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm). 3221. Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish materiallari “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi. 3222. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish uchun materiallar tushgan kundan boshlab ikki ish kunida: ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlari asosida foydalanishdagi yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi hamda ushbu yer uchastkasi bo‘sh bo‘lgan taqdirda, uni elektron raqamli imzo bilan kelishib beradi; yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi. 3223. Qurilish bosh boshqarmasi foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan kelishilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida yer uchastkasining topografik xaritasida belgilangan chegaralari (koordinatali nuqtalari bilan) va dalolatnomani “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboradi. 3224. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yer uchastkasining topografik xaritasida belgilangan chegaralari va dalolatnomalari olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasining mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi. Huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilinishining majburiy sharti hisoblanadi. 3225. Yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak: ajratilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), mulkdorlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqidagi qaroriga uning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xaritasi ilova qilinadi. 3226. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z qarorlarini bir ish kuni mobaynida mulkdorlar hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi. 3227. Mulkdorlar yoki boshqaruvchilarning murojaatiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda mulkdorlar nomiga yer uchastkasiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi”; 33. Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 34. Ushbu Reglament talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 1. 42-banddagi “v” kichik band chiqarib tashlansin. 2. 45-bandda: a) sakkizinchi xatboshidagi “maydoni avvalgisiga teng bo‘lgan boshqa yer uchastkasi” so‘zlari “olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘lab” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; v) o‘n beshinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son va “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son qarorlari)” 2019-yil 11-iyundagi 478-son qaroriga ilovaning 4-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoni)” 2019-yil 9-avgustdagi 653-son qarori. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 268-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “Suv ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi 342-son qaroriga ilovaning 6-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son farmoni)” 2020-yil 6-iyuldagi 425-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 70-bandi. 8. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-noyabrdagi 747-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
132
46,389
Qonunchilik
HARBIY XIZMATChILAR VA HARBIY MAJBURIYATLI ShAXSLARNING, ODDIY ASKARLAR HAMDA BOShLIQLAR TARKIBIGA KIRUVChI ShAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY ShAXSIY SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sug‘urtasi joriy etilsin. Sug‘urtalash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga, Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Davlat xavfsizlik xizmatiga, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga, Davlat bojxona qo‘mitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi sug‘urta qildiruvchilar hisoblanadi. Vakil qilingan sug‘urtalovchi ochiq tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadi. Har bir yil boshlangunga qadar vakil qilingan sug‘urtalovchi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida zarur sug‘urta shartnomalari tuziladi. 2. Belgilansinki, vakil qilingan sug‘urtalovchi sug‘urta summasi to‘laydi: a) sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida halok bo‘lganda yoki xizmat (harbiy yig‘inlar)dan bo‘shagandan so‘ng bir yil mobaynida olingan jarohat(kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda — uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 7 yilligi miqdorida; b) sug‘urtalangan shaxs xizmatdan bo‘shagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan to‘lovlarning 75 foizi, II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — 50 foizi, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — 30 foizi miqdorida; v) sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida og‘ir jarohatlanganda — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan to‘lovlarning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sug‘urta puli to‘laydilar. 3. Belgilab qo‘yilsinki: bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta mukofoti tarifi, shu jumladan vakil qilingan sug‘urtalovchining sug‘urta o‘tkazishga ushbu sug‘urta mukofotlari summasining 8 foizi miqdoridagi xarajatlari 2002-yil 31-dekabrgacha amal qiladi; bir sug‘urta qilinuvchiga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta mukofoti tarifi — 2003-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
167
3,948
Qonunchilik
MINERAL O‘G‘ITLAR (AMMIAKLI SELITRADAN TAShQARI), DEFOLIANTLAR VA BOShQA KIMYoVIY MAHSULOTLARNI SOTISh BO‘YIChA YaRMARKA SAVDOLARINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 33-sonli qaroriga muvofiq (“O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami”, 2004-yil 3-son, 33-modda) qaror qilamiz: 1. Mineral o‘g‘itlar (ammiakli selitradan tashqari), defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish bo‘yicha yarmarka savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
180
701
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n to‘rtinchi yalpi majlisining Kotibiyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n to‘rtinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
100
201
Qonunchilik
“QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR ADLIYA BOShQARMALARI HUZURIDAGI MALAKA KOMISSIYALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2151, 2010-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda) muqaddimasidagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)” degan so‘zlar “Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
212
1,980
Qonunchilik
DAVLAT FOYDASIGA VOZ KEChISh BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 38-moddasiga asosan qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 1999-yil 17-martdagi 02/12-48-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 695, 1999-yil 8-aprel — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 4-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
116
548
Qonunchilik
Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi bilan maхsus Markaz shugʻullanadi
Davlatimiz rahbari Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Prezident huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston advokatlar palatasi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasining muassasa shaklidagi "Taraqqiyot strategiyasi" markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifini ma’qulladi. Markaz quyidagi asosiy vazifalar va faoliyat yoʻnalishlarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi: Markazning davlat organlari bilan oʻzaro samarali hamkorligini ta’minlash va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini har tomonlama koʻllab-quvvatlash bilan maхsus Muvofiqlashtiruvchi kengash shugʻullanadi. Unga Prezidentning Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B. Murodov boshchilik qiladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibidan yana 18 nafar yuqori mansabdor shaхslar oʻrin olishdi. Farmoyish Markaz faoliyatini tashkil etish boʻyicha davlat organlariga qator topshiriqlarni ham saqlaydi. Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov, ekspertimiz.
75
1,417
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING POChTA TO‘LOVLARI XIZMATLARI TO‘G‘RISIDAGI BITIMGA (BUXAREST, 2004-YIL 5-OKTYaBR) QO‘ShILIShI HAQIDA
Pochta to‘lovlari xizmatlari to‘g‘risidagi Bitimga (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr) qo‘shilinsin.
129
94
Qonunchilik
Deputatlar yangi qonun loyihalarini qabul qildilar
23 iyun seshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Dastavval deputatlar tomonidan majlis oʻtkazish tartibi hal etildi. COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan 16 aprel kuni tasdiqlangan yalpi majlislarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishning vaqtinchalik reglamentiga tuzatish kiritildi. Endi parlament a’zolari tomonidan masofaviy rejimda konstitutsion qonunlar qabul qilinishi, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Soʻngra qonun loyihalari muhokama qilindi. Ular qatorida quyidagi oʻzgartirishlar nazarda tutilgan tuzatishlar ham bor: «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi va «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi qonunlarga, shuningdek IPKga – aksiyalarning 1%iga egalik qiluvchi aksiyadorga boshqaruv organlari harakatsizligi oqibatida kompaniyaga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi beriladi. Bundan tashqari, jamiyat va affillangan shaхslar oʻrtasida tuzilgan bitimlar haqidagi ma’lumotlar bitim tuzilgan vaqtdan e’tiboran 72 soat mobaynida oshkor etilishi shart boʻladi.
50
1,114
Qonunchilik
Transportda sodir etilgan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorlari oʻzgartirildi
29.04.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-688-son Qonun qabul qilindi. Qonun bilan quyidagi hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi: Birinchidan, MJTKga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jarimaning qat’iy miqdori belgilandi. Fuqarolarga 20 BHM (ilgari – 20 BHMdan 30 BHMgacha), mansabdor shaхslarga esa 30 BHM (ilgari – 30 BHMdan 50 BHMgacha) miqdorida jarima solinadi. Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yoʻlovchilar transportidan aхlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish BHMning 1/2 qismidan (ilgari – 1/5 qismidan) 1 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalari haydovchilarining toʻхtash yoki toʻхtab turish qoidalarini buzishi 2 BHM (ilgari – 3 BHM) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi 15 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu YTH jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, 30 BHM miqdorida jarima solish yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan 1 yil muddatga mahrum etishga yoхud 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Haydovchilarning korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan shaхsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi 2 BHM (ilgari – 2 BHMdan 5 BHMgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yoʻllarga, temir yoʻldan oʻtish joylariga, yoʻl harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki teхnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yoʻl harakatiga qasddan, shu jumladan yoʻl qoplamasini ifloslantirish yoʻli bilan хalal berish, хuddi shuningdek avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish fuqarolarga 2 BHM (ilgari – 1 BHMdan 3 BHMgacha), mansabdor shaхslarga esa 10 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ikkinchidan, Havo kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti va (yoki) ularning mol-mulkiga хavf solmagan holda belgilangan yoʻnalishlar va uchish balandliklarida amalga oshiriladi. Havo kemasida nosozlik roʻy bergan taqdirda yoki odamlar hayotini qutqarish uchun parvozlar qilish zarur boʻlganda belgilangan yoʻnalish va uchish balandligidan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Havo kodeksining 39-moddasi eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi toʻgʻrisidagi qism bilan toʻldirildi. Shuningdek belgilanishicha, fuqaro va eksperimental aviatsiyadagi voqea-hodisalar boʻyicha Transport vazirligining komissiyasi tomonidan tekshiruv oʻtkaziladi. Voqea-hodisalar davlat va fuqaro aviatsiyasi yoki davlat va eksperimental aviatsiya manfaatlariga daхl qilgan taqdirda, tekshiruv Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa aloqador vazirlik va idoralarning vakillaridan tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Havo orqali tashishlarni amalga oshiruvchi havo kemalariga aeroportlarda хizmatlar koʻrsatish, shuningdek ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish faoliyatiga litsenziyalar berish nazarda tutilgan normalar chiqarib tashlandi. Uchinchidan, «Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida»gi Qonunda ekologik audit tushunchasiga quyidagicha ta’rif berildi. Ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan ekologik audit sub’yektining хoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof muhitni muhofaza qilishga va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga ushbu sub’yektning rioya etishi yuzasidan tizimli, hujjatlashtirilgan, mustaqil ekologik baholash hisoblanadi. Boshqa oʻzgartirishlar ham kiritilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
89
4,354
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mol-mulk soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etish to‘g‘risida 2000-yil 2-martdagi Bitimga o‘zgartishlar kiritish haqidagi 2011-yil 8-dekabr kuni Praga shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
42
964
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 10-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi”; 2) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan to‘ldirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi. Byuro direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi. Byuro direktorining o‘rinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Byuro hududiy boshqarmalarining boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Byuro va uning hududiy bo‘linmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya to‘g‘risida”gi 935-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-397-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 453-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi (bundan buyon matnda Davlat veterinariya qo‘mitasi deb yuritiladi): veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi; veterinariya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi; davlat veterinariya xizmatining hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; veterinariya sohasidagi faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi hamda tadbirlar va dasturlarni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi hamkorligini muvofiqlashtirib boradi; tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi; veterinar osoyishtalikni ta’minlash, hayvonlar yuqumli kasalliklarini erta aniqlash, ularga tashxis qo‘yish va ular tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; mamlakat hududi hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilinishini, hayvonlar sog‘lig‘ini profilaktika qilish va davolashning zamonaviy usullari joriy etilishini, veterinariya dori vositalarining mahalliy hamda xorijiy ilm-fan yutuqlarini joriy etishga asoslangan yangi turlari va shakllari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi; veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi; davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi; mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini berishni amalga oshiradi; veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimli asosda o‘z vaqtida ishlab chiqishni va sifatli amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlaydi; idoraviy hamda ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatining hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo xavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi; veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyati har tomonlama rivojlantirilishini, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari belgilanishini, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalarining veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtiradi; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, rahbariyatning hamda mutaxassislarning ish uslubi hamda shakllarini takomillashtirish, shu jumladan tuzilmaviy bo‘linmalarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi yuzasidan mas’uliyatini oshirish tizimini tashkil etadi; xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi, xalqaro veterinariya tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi. Davlat veterinariya qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”; 2) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Davlat veterinariya xizmati Davlat veterinariya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari, laboratoriyalar, Respublika hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat tashxis markazi, Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markazi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek veterinariya uchastkalari, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalaridan, chegara va transport veterinariya punktlaridan (uchastkalaridan) hamda boshqa muassasalardan iboratdir. Davlat veterinariya qo‘mitasiga rais rahbarlik qiladi. Davlat veterinariya qo‘mitasining mansabdor shaxslari quyidagi tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi: Davlat veterinariya qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Davlat veterinariya qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi raisi Davlat veterinariya qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari boshliqlari tuman (shahar) hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi; Respublika hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat tashxis markazining, Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markazining, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining, shuningdek chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) rahbarlari Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Davlat veterinariya xizmatining boshqa muassasalari rahbarlarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari Davlat veterinariya qo‘mitasiga, shuningdek tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradi. Davlat veterinariya qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”; 3) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Davlat veterinariya qo‘mitasining raisi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori, uning o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bundan mustasno), Davlat veterinariya qo‘mitasi Davlat veterinariya nazorati boshqarmasining veterinar mutaxassislari — o‘z vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi. Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori, uning o‘rinbosarlari — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari — tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining o‘rinbosarlari hisoblanadi. Tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlarining boshliqlari tegishli tumanlarning (shaharlarning) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi. Veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining mudirlari tegishli uchastkalardagi va bozorlardagi davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi. Chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) boshliqlari hamda veterinar vrachlari tegishli chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi”; 4) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 19-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7) 22-moddaning beshinchi qismidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 8) 27-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda,№ 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 211-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi”; 2) 531-moddaning sakkizinchi qismidagi “sud ijrochilariga” degan so‘zlar “davlat ijrochilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno”; 2) 1981-moddaning dispozitsiyasidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 245-moddaning birinchi qismi “99, 100” raqamlaridan keyin “101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida)” degan so‘zlar, “1601, 161” raqamlaridan keyin “163” raqami bilan to‘ldirilsin; 4) 2453-moddaning birinchi qismidagi “101, 163” raqamlari “101 (umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlari hamda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish asboblariga oid qismida)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 259-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga”; 6) 333-moddaning ikkinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7) 337-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti organlari sud ijrochilari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 8) 339-moddaning matnidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 9) 348-moddaning matnidagi “sud ijrochisiga” degan so‘zlar “davlat ijrochisiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 266-moddasining to‘rtinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi 398-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 591-modda; 2010-yil, № 12, 466-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 7-moddasining uchinchi qismidagi “hafta” degan so‘z “oy” degan so‘z bilan almashtirilsin. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jarima tariqasidagi jazo O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi”; 2) 19-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bosh davlat veterinariya boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 89-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 138-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “sud ijrochisiga” va “sud ijrochisini” degan so‘zlar tegishincha “davlat ijrochisiga” va “davlat ijrochisini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 140-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 215-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 8-moddaning birinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining davlat veterinariya xizmati” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 10-moddaning matnidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining davlat veterinariya xizmati” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 281-moddaning matnidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 41-moddaning birinchi qismidagi “Sud ijrochisining” degan so‘zlar “Davlat ijrochisining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-344-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 10-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining organlari amalga oshiradi”. 18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 72-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tumanlar va shaharlar veterinariya bo‘limlarini, hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tashxis markazlarini saqlab turish”; 2) 129-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochilari” degan so‘zlar “davlat ijrochilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin. 20-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonun 4-moddasining 1-bandi va 5-moddasining 1-bandi ushbu Qonun rasmiy e’lon qilinguniga qadar sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan jinoyat ishlariga, shuningdek jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida ajrim yoki qaror chiqarilgan jinoyat ishlariga hamda sudning qarori chiqarilgan ma’muriy ishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu Qonunning 7-moddasi ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
102
26,771
Qonunchilik
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Global koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish, savdo bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligini cheklovchi omillarni qisqartirish, shuningdek, mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirib borish hisobiga sanoat ishlab chiqarishida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son qaroriga muvofiq xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) davlat xaridlaridagi ishtirokini vaqtinchalik taqiqlash mexanizmini joriy etish, shuningdek, xalqaro tajribaga muvofiq mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarning CIP (O‘zbekiston) narxidan 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda preferensiya qo‘llash belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin: mahalliy ishlab chiqaruvchi va davlat buyurtmachilari tomonidan ariza va murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli tranformatsiya markazining Elektron kooperatsiya portalida onlayn qabul qilish va natijalarini qayta yuborish aloqa mexanizmini nazarda tutuvchi elektron tizimni joriy etish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni batafsil o‘rganish asosida Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi mazkur qarorga 2-ilova bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi tovarlarni kelgusida ishlab chiqarish quvvati talab etilayotgan hajmi va sifatini oshirish choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-grafiklari va davlat xaridlarining o‘tgan yildagi amaldagi hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazilishini ta’minlash maqsadida ularni Davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirib borsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini shakllantirish hamda davlat buyurtmachisiga tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xorijdan import qilishga ruxsat berish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ro‘yxat — davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxati; axborot portali (keyingi o‘rinlarda — portal) — www.cooperation.uz domeni ostida faoliyat ko‘rsatayotgan Elektron kooperatsiya portali; ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli tranformatsiya markazi; murojaat — ro‘yxatda keltirilmagan, biroq ishlab chiqarilishi (bajarilishi, xizmat ko‘rsatilishi) yo‘lga qo‘yilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ro‘yxatga kiritish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) tomonidan ishchi organga, shu jumladan, portalda yaratiladigan maxsus xizmat orqali taqdim etiladigan ariza; ariza — davlat buyurtmachisining ro‘yxatdagi tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xorijdan import qilishga ruxsat olish uchun ishchi organga, shu jumladan, portalda yaratiladigan maxsus xizmat orqali taqdim etiladigan murojaati; davlat buyurtmachisi — “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan davlat buyurtmachisi; ekspertiza qilish markazi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi; o‘xshash tovarlar (ishlar, xizmatlar) — respublika hududida ishlab chiqarilishi (bajarilishi, xizmat ko‘rsatilishi) yo‘lga qo‘yilgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) xorijda ishlab chiqariladigan (bajariladigan, xizmat ko‘rsatiladigan) turdoshi; o‘xshash tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi — davlat buyurtmachisining arizasida keltirilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xorijda ishlab chiqaradigan (bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan) tashkilot. 3. Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini shakllantirish hamda ro‘yxatda keltirilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) davlat xaridlari asosida import qilishga ruxsat berish tartibi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Ro‘yxat mahalliy ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) tomonidan kelib tushgan murojaatlar hamda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni batafsil o‘rganish yakuni bo‘yicha kiritgan takliflari asosida ishchi organ tomonidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ro‘yxatga kiritilmagan, biroq ishlab chiqarilishi (bajarilishi, xizmat ko‘rsatilishi) yo‘lga qo‘yilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ro‘yxatga kiritish uchun respublikada ikki yoki undan ortiq ishlab chiqaruvchining (ishlarni bajaruvchining, xizmat ko‘rsatuvchining) (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiqaruvchi) mavjudligi asos bo‘ladi. Bunda quyidagi mezonlar asosida ishlab chiqaruvchining mahsuloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi lozim: taklif etilayotgan tovar (ish, xizmat) nomi; sotish narxi; tovarning (ish, xizmatning) eng ko‘p va eng kam to‘pi; tovar (ish, xizmat) turi va texnik parametri (texnik pasport yoki texnik ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi boshqa hujjat); tovar (ish, xizmat) yetkazib beriladigan hududning nomi va muddati; kafolat sharti va muddati haqida ma’lumot; tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarilgan vaqti (kun, oy, yil); tovarning (ish, xizmatning) yaroqlilik muddati; zaruratga ko‘ra, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa hujjat yoki sertifikat mavjudligi to‘g‘risidagi axborot. 5. Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ro‘yxatga kiritish uchun murojaat portal orqali ishchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etiladi: a) murojaatchi to‘g‘risida ma’lumot (pochta manzili, STIR va telefon (faks) raqami); b) ro‘yxatga kiritilishi taklif etilayotgan tovar (ish, xizmat) nomi, bir birlik uchun narxi va TIF TN kodi (10 ta belgili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; v) ro‘yxatga kiritilishi taklif etilayotgan tovarning (ish, xizmatning) maxfiylik maqomiga ega bo‘lmagan funksional vazifasi, texnik xususiyati, sifat xususiyatlari (kafolat muddati, tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lmagan, xususan, kimyoviy, fizik, mexanik va boshqa xususiyatlari), yetkazib beriladigan mahsulotning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar. 6. Ishchi organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida murojaat ushbu Nizomning 5-bandi talablari asosida taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi bo‘yicha: hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi; hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga ushbu Nizomning 5-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun onlayn so‘rovnoma yuboradi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida so‘rovnomani o‘rganib chiqadi va natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni ishchi organga taqdim etadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan so‘rovnomaga javob kelib tushgan kundan boshlab ishchi organ: murojaatda keltirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topgan holatda, besh ish kunida mazkur tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ro‘yxatga qo‘shish yoki ro‘yxatdan chiqarish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi hamda zaruratga ko‘ra boshqa tashkilotlarga kiritadi; murojaatda keltirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmagan holatda, uni uch ish kunida murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi. 9. Ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tashkilotlar taklif kiritilgan kundan boshlab o‘n besh ish kunida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ro‘yxatga qo‘shish yoki ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida tegishli taklifini ishchi organga taqdim etadi. 10. Ishchi organ ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ro‘yxatga qo‘shish yoki ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 11. Ro‘yxatda keltirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlarni) davlat xaridlari asosida import qilish uchun davlat buyurtmachisi ishchi organga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda davlat buyurtmachisi arizasida ro‘yxatda keltirilgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) parametrlari import qilinishi taklif etilayotgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) parametrlariga mos kelmasligi yoki farq qiluvchi xususiyatga ega bo‘lishi lozim. 12. Davlat buyurtmachisi tomonidan ariza portal orqali ishchi organga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim qilinadi: a) davlat buyurtmachisi to‘g‘risida ma’lumot (pochta manzili, telefon (faks) raqami); b) xorijdan xarid qilinishi rejalashtirilgan o‘xshash tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) nomi, bir birlik uchun narxi va TIF TN kodi (10 ta belgili) to‘g‘risidagi ma’lumot; v) xorijdan xarid qilinishi rejalashtirilgan o‘xshash tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) funksional vazifasi, texnik xususiyati, miqdori, sifat xususiyatlari (kafolat muddati, tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lmagan, xususan, kimyoviy, fizik, mexanik va boshqa xususiyatlari), yetkazib beriladigan mahsulotning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar hamda o‘xshash tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) farqlari to‘g‘risidagi ma’lumot; g) o‘xshash tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) import qilishda moliyalashtirish manbai to‘g‘risidagi ma’lumot. 13. Davlat buyurtmachisi tomonidan ariza maxfiylik maqomiga ega bo‘lmagan ma’lumotlar ilova qilingan holda import qilishga ruxsat so‘ralgan har bir tovar (ish, xizmat) uchun alohida taqdim etadi. 14. Ishchi organ ekspertiza qilish markazi bilan birgalikda ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida ariza ushbu Nizomning 12-bandi talablari asosida to‘liq taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi bo‘yicha: hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni davlat buyurtmachisiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi; hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga ma’lumotlarni tasdiqlash uchun onlayn so‘rovnoma yuboradi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida uni o‘rganib chiqadi va natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni ishchi organga taqdim etadi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan so‘rovnomaga javob kelib tushgan kundan boshlab ishchi organ: ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lsa — ikki ish kunida portal orqali davlat buyurtmachisining import asosida xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar hamda xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan parametrlarini aks ettirgan holda, o‘xshash tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taklif sifati yuboradi; ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lmasa — uch ish kunida ro‘yxatda keltirilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) davlat xaridlari asosida import qilishga ruxsat berish to‘g‘risida ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tashkilotlarga asoslantirilgan taklifni ko‘rib chiqish uchun kiritadi. 17. O‘xshash tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchilar ishchi organ tomonidan portal orqali yo‘llagan taklifga muvofiq tovarni (ish, xizmatni) keltirilgan parametrlar asosida ishlab chiqarish imkoniyati haqida o‘n ish kunida ofertani portalga joylashtiradi. Bunda o‘xshash tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan tovarni (ish, xizmatni) tegishli parametrlar asosida ishlab chiqarish imkoniyati to‘g‘risida portalda oferta joylashtirilmasa, tegishli tovarni (ish, xizmatni) respublikada ishlab chiqarish imkoniyati mavjud emas deb topiladi. 18. Ishchi organ o‘xshash tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish (bajarish, xizmat ko‘rsatish) imkoniyati mavjudligi tasdiqlangan kundan boshlab ikki ish kunida tegishli davlat buyurtmachisini xabardor qiladi. 19. Ro‘yxatga kiritilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lmasa yoki ular tegishli parametrlar asosida respublikada ishlab chiqarilmasa (portalda oferta joylashtirilmasa), ishchi organ uch ish kunida ro‘yxatda keltirilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) davlat xaridlari asosida import qilishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifni ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. 20. Ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tashkilotlar taklif kiritilgan kundan boshlab o‘n besh ish kunida davlat buyurtmachisiga ro‘yxatda keltirilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) davlat xaridlari asosida import qilishga ruxsat berish to‘g‘risida tegishli taklifini ishchi organga taqdim etadi. 21. Ishchi organ ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishilgan ro‘yxatda keltirilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) davlat xaridlari asosida import qilishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 22. Ishchi organga taqdim etilgan axborot va hujjatlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligi uchun ularni taqdim etgan ishlab chiqaruvchi yoki davlat buyurtmachisi javobgar bo‘ladilar. 23. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 1. Mazkur Nizom Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatiga kiritilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: benefitsiar mulkdor — pirovardida mulkiy huquqlarga egalik qiladigan yoki shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs; mahalliy ishlab chiqaruvchi — O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq respublika hududida ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt; mahalliy ishlab chiqaruvchining affillangan shaxsi — qaror qabul qilish huquqiga ega va (yoki) ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatadigan, jumladan, yozma kelishuv asosidagi jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek, ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchiga nisbatan shunday huquqqa ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs; xarid komissiyasi — xarid qilish tartib-taomillari g‘olibini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan kollegial organ; ekspertiza qilish markazi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi; narx preferensiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan preferensiya. 3. Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Tenderda (tanlovda) xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan narx preferensiyasi qo‘llaniladi. 5. Bunda tenderning (tanlovning) xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga mos keladigan har bir lot bo‘yicha xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning takliflari olingan bo‘lsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘n besh foiz miqdorida narx preferensiyasi beriladi. 6. Ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan narx preferensiyasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq respublika hududida sanoat ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyatini amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qo‘llaniladi. 7. Davlat buyurtmachisi tender (tanlov) bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ushbu Nizomga muvofiq narx preferensiyasini qo‘llash yuzasidan talablarni nazarda tutgan holda buyurtma shakllantiradi. 8. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va tanlov bo‘yicha texnik topshiriq belgilangan tartibda ekspertiza qilish markazi tomonidan majburiy kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi. 9. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va tanlov bo‘yicha texnik topshiriq belgilangan tartibda ekspertiza qilish markazi tomonidan majburiy kompleks ekspertizaning ijobiy natijasi asosida Davlat xaridi to‘g‘risidagi axborot maxsus axborot portalida e’lon qilinadi. 10. Mahalliy ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) korxonalari davlat xaridi to‘g‘risida maxsus axborot portalida tegishli tartib asosida e’lon qilingan shartlarga muvofiq davlat buyurtmachisining tenderda (tanlovda) ishtirok etishi haqida ariza taqdim etadi. 11. Xarid komissiyasi tender (tanlov) orqali xaridlarni amalga oshirishda kelib tushgan takliflarni baholash jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ushbu Nizom va xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq narx preferensiyasini hisobga oladi. 12. Mahalliy ishlab chiqaruvchi xarid qilish hujjatlarida talab etilgan hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga (IFUT) muvofiq asosiy faoliyat turi to‘g‘risidagi ma’lumoti bilan birga qo‘shimcha ravishda: asosiy benefitsiar mulkdori va ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumot; tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarilgan joy va yetkazib beriladigan hududi to‘g‘risidagi ma’lumot; tovar majburiy sertifikatsiyalash talab etilgan hollarda muvofiqlik sertifikati, shuningdek, zarur hollarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki ekologik ekspertiza xulosasi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalash yoki boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjat talab etilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligi to‘g‘risida ariza taqdim etilgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchiga nisbatan tenderda (tanlovda) narx preferensiyasi qo‘llaniladi. 13. Xarid komissiyasi narx preferensiyasini qo‘llashda mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan narx taklifini ushbu Nizomning 5-bandida belgilangan miqdorda kamaytirish orqali baholaydi. 14. Xarid komissiyasi takliflarni baholash jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchi hisoblangan ishtirokchidan kelib tushgan, lekin xarid qilish hujjatlari talablarga mos kelmagan takliflarni rad etadi. 15. Mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning affillangan shaxsi tender (tanlov) bo‘yicha bitta lotda ishtirok etishga haqli emas. 16. Davlat xaridlarida ishtirok etish yuzasidan taklif yuborgan mahalliy ishlab chiqaruvchi g‘olib deb topilgan taqdirda, davlat buyurtmachisi bilan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart. 17. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
80
22,752
Qonunchilik
RESPUBLIKADA IQTISODIY ISLOHOTNI AMALGA OShIRISh MASALALARIGA DOIR QARORLARNING BAJARILIShINI NAZORAT QILUVChI JAMOAT KOMISSIYALARI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada iqtisodiy islohotni amalga oshirish masalalariga doir qarorlarning bajarilishini nazorat qiluvchi jamoat komissiyalarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 2-noyabrdagi Farmonini bajarish, iqtisodiy islohotni amalga oshirishni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qo‘mitasi va uning joylardagi organlari xodimlarining soni 17 kishiga, shu jumladan, qo‘mita raisining o‘rinbosari lavozimi qo‘shilgan holda markaziy apparat 3 kishiga ko‘paytirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat nazorati organlarining yuqorida ko‘rsatilgan xodimlar soni uchun yetarli miqdorda Respublika budjetidan mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 2. “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi Davlat nazorati qo‘mitasiga qo‘shimcha hisoblash va ko‘paytirish texnikalari hamda moddiy-texnika resurslari ajratilishini nazarda tutsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tashkil etilgan jamoat komissiyalarini telefon aloqasi bilan ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Davlat nazorati idoralariga komissiyalar ishini tashkil qilishda, ularni mebel, tegishli jihozlar bilan ta’minlashda ko‘maklashsinlar. 5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilari rahbarlariga yuklatilsin.
180
1,446
Qonunchilik
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda an’anaviy va akademik musiqa hamda raqs san’atini rivojlantirish, ijrochilarning kasb mahoratini oshirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash uchun shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilgan, musiqa ijrochilari va raqs jamoalari ijodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, musiqa va raqs san’atini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining vazifalarini kompleks hal etish ushbu sohadagi boshqaruv tizimini takomillashtirish zarurligini taqozo etmoqda. Shuningdek, badiiy jamoalar va orkestrlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, san’atni ommalashtirishning lozim darajadagi tizimini yaratish masalalarini hal etish ehtiyoji mavjud. Xalqimizning ma’naviy saviyasini oshirish, o‘sib kelayotgan avlodni musiqa-estetik jihatdan tarbiyalash tizimini takomillashtirish hamda milliy, mumtoz va zamonaviy san’atni targ‘ib qilish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining: O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholg‘u asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasi hamda “Turkiston” san’at saroyi negizida davlat muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasini (keyingi o‘rinlarda Davlat filarmoniyasi deb yuritiladi); akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyalari, birlashmalari negizida Davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hamda viloyatlardagi hududiy bo‘linmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Davlat filarmoniyasi O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholg‘u asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasi hamda “Turkiston” san’at saroyining barcha huquq, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hamda viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari tegishli akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyalari, birlashmalarining huquqiy vorisi hisoblanadi. 3. Quyidagilar Davlat filarmoniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini ilg‘or yutuqlar asosida rivojlantirish; aholining musiqa va raqs san’atiga bo‘lgan ma’naviy ehtiyojini lektoriy, konsert ishlari hamda musiqiy-ma’rifiy ishlar orqali shakllantirish va qondirish; musiqa va raqs san’ati sohasidagi ijodkorlarning samarali ish yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish; musiqa va raqs san’atidagi yutuqlarni O‘zbekistonda va xorijda targ‘ib qilish; Davlat filarmoniyasi repertuarini milliy va xorijiy mumtozning eng sara namunalari bilan to‘ldirish; musiqiy-ma’rifiy ishlar orqali barkamol shaxsni shakllantirish, aholini estetik va axloqiy tarbiyalash, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; barcha turdagi va janrdagi musiqa hamda raqs san’atini faol targ‘ib qilish, ularni radio va televideniye, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan Internet tarmog‘ida ommalashtirish; aholini madaniy hayotga jalb etish maqsadida ularning barcha qatlamlari uchun konsert tadbirlariga borish imkoniyatlarini ta’minlash; musiqa va raqs jamoalari hamda ijrochilarining badiiy darajasi va kasb mahoratini takomillashtirish. 4. Quyidagilar: O‘zbekiston davlat filarmoniyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasining tuzilmasi hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyatlar bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq; O‘zbekiston davlat filarmoniyasiga operativ boshqarish uchun beriladigan bino va inshootlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarur hollarda, Davlat filarmoniyasining tuzilmasiga, shuningdek, Davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi va viloyatlar bo‘linmalarining tegishincha tuzilmasi hamda namunaviy tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda O‘zbekiston davlat filarmoniyasining, jumladan, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni nazarda tutgan holda, uning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. 6. Quyidagilar Davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; konsert-tomosha faoliyatidan tushumlar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlar grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari Davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarini saqlash, jumladan, moddiy-texnika ta’minot uchun ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmagan xarajatlarini qoplash maqsadida ajratiladi. 7. Davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari artistlari hamda badiiy xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1280-son Farmonining amal qilishi, artistlar hamda badiiy xodimlarning avvalgi ish joylarida uzoq muddat xizmat qilgani saqlab qolingan holda, tatbiq etilsin. 8. Belgilansinki, Davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari, qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziyani olmasdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish huquqiga ega. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat filarmoniyasiga samarali konsert-tomosha tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlash uchun ikkita yengil avtomobil, ikkita katta sig‘imdagi avtobus va bitta yuk avtomobili xarid qilish uchun mablag‘lar ajratsin. 10. Davlat filarmoniyasi Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2778-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi: bir oy muddatda Davlat filarmoniyasi ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat filarmoniyasi hamda uning hududiy bo‘linmalari namunaviy shtatlarini tasdiqlasin; manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 25-uy manzilida joylashgan binosi. 2. O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 119-uy, “B” korpus manzilida joylashgan binosi. 3. O‘zbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholg‘u asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasining Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan binosi (“Musiqa saroyi”). 4. Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan “Turkiston” san’at saroyi. 1. 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
87
8,090
Qonunchilik
2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida
Yoshlarni oliy ta’lim bilan yanada kengroq qamrab olish, oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-279-son qaroriga muvofiq: 1. 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari: a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha: kunduzgi ta’lim shakliga — 77 477 nafar etib 1-ilovaga muvofiq; sirtqi ta’lim shakliga — 26 095 nafar etib 1a-ilovaga muvofiq; kechki ta’lim shakliga — 3 725 nafar etib 1b-ilovaga muvofiq; masofaviy ta’lim shakliga — 3 410 nafar etib 1v-ilovaga muvofiq; b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 10 688 nafar etib 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etilsin. 3. Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi besh kun muddatda 2022/2023 o‘quv yili uchun: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida manfaatdor vazirlik va idoralarning buyurtmalariga muvofiq maqsadli qabul parametrlarining tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida davlat buyurtmasi parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimotini tasdiqlasin va e’lon qilsin. 4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yilida yangi kiritilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin; davlat oliy ta’lim muassasalarida yangi kiritilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejalari hamda fan dasturlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin. 5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
129
2,835
Qonunchilik
“Qurilish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyatini davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etish to‘g‘risida
Boshqaruv tizimini takomillashtirish, qurilish ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish, o‘ta muhim obyektlarni o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirishni ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Qurilish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining (keyingi o‘rinlarda — “Qurilish birlashmasi” AJ) “Qurilish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining “Qurilish birlashmasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — “Qurilish birlashmasi” DUK) etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilansinki, “Qurilish birlashmasi” DUK “Qurilish birlashmasi” AJning shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi. 3. “Qurilish birlashmasi” AJ: belgilangan tartibda aksiyadorlardan aksiyalarni sotib olish maqsadida “Qurilish birlashmasi” AJning aksiyalari bozor narxini baholashni; davlat ulushi aksiyalari bo‘yicha dividendlarni “Qurilish birlashmasi” DUKni rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilishini; aksiyadorlar bo‘lmagan holda — O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq pul mablag‘larini notarial idoraning depozitiga o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining “Qurilish birlashmasi” davlat unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 18-apreldagi PQ-2165-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi O.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqaruvchisi Z.H. Haydarov zimmasiga yuklansin.
107
2,053
Qonunchilik
FOND DO‘KONLARINI TAShKIL QILISh, ULAR TOMONIDAN QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN BITIMLAR TUZISh VA RO‘YXATGA OLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) 63-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan 1996-yil 27-avgustda tasdiqlangan “Fond do‘konlarini tashkil qilish, ular tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (1996-yil 28-avgust, ro‘yxat raqami 278) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
178
705
Qonunchilik
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida” 2019-yil 3-yanvardagi PF-5609-son Farmoni ijrosini ta’minlash va “Ilg‘or hudud” sinov loyihasini amalga oshirish doirasida, shuningdek, respublika aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash tizimiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar hamda innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining: Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari, investitsiya fondlari mablag‘larini, banklar kreditlari, shu jumladan xorijiy banklar kreditlarini jalb qilish hisobidan tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni nazarda tutuvchi zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish; loyihaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan “Medical care cluster” (keyingi o‘rinlarda “Medical care cluster” MChJ deb ataladi) mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish; “Medical care cluster” MChJ ustav kapitalini “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ulushi hisobidan shakllantirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, “Medical care cluster” MChJ: loyihaning amalga oshirilishini uslubiy, tashkiliy, ekspert-tahliliy va axborot bilan ta’minlaydi; loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan kelishilgan holda, tibbiyot klasterining bino va inshootlarini loyihalashtirish uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqadi; tibbiyot klasterining bino va inshootlarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan maydonlar qurilishini tashkil qiladi; manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda qurilish obyektlariga muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini ulash va o‘tkazishni amalga oshiradi, shuningdek, kirish yo‘llarini barpo etadi; tibbiyot klasteri bino va inshootlarining maydonlarini investorlarga ijaraga beradi; loyiha ishtirokchilari reyestrini yuritadi va uni tibbiyot klasteri rasmiy veb-saytida joylashtiradi; loyiha ishtirokchilariga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar (shu jumladan, yuridik va maslahat xizmatlari, buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlari) ko‘rsatishni tashkil qiladi; loyiha ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, birgalikdagi o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda loyiha ishtirokchilari manfaatlari uchun tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning stajirovka o‘tashini, shuningdek, ularga qo‘shimcha kasbiy ta’lim berilishini tashkil qiladi; loyiha ishtirokchilariga bozorda tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) taklif qilishda ko‘maklashadi; loyiha ishtirokchilari tomonidan tibbiyot klasteri hududida tibbiy faoliyatning amalga oshirilishi boshlangani to‘g‘risidagi bildirishnomani, shu jumladan qo‘llaniladigan qoidalar, talablar, reglamentlar va normativlar, foydalaniladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari haqidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda yuboradi; intellektual faoliyat natijalari uchun huquqlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashadi. 3. Jizzax viloyati hokimligi: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Medical care cluster” MChJga loyihani amalga oshirish uchun doimiy egalik qilish va foydalanish, shu jumladan bino va inshootlar, klinikalar, shifoxonalar, ta’lim kampuslari va boshqa obyektlar qurish huquqi bilan Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida joylashgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan umumiy maydoni 10 gektar yer uchastkasi bir oy muddatda ajratilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ va “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish obyektlariga muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya, telefon aloqasi va boshqalar) o‘tkazilishini o‘zining va/yoki jalb qilingan mablag‘lar hisobidan belgilangan tartibda ta’minlasin. 4. Agentlik “Medical care cluster” MChJ bilan birgalikda tibbiyot klasteri hududida amalga oshiriladigan va perinatal, klinik-tashhis qo‘yish, reabilitatsiya markazlari, kardiologiya va onkologiya klinikalari, bolalar jarrohligi va travmatologiya kliniklari, shuningdek, tibbiyot universitetini tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish uchun investorlar jalb qilinishini ta’minlasin. 5. Quyidagilarga, istisno tariqasida: a) “Medical care cluster” MChJga: loyihani amalga oshirish doirasida tender savdolari va tanlovlari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida loyiha va pudrat tashkilotlarini belgilash; ishga qabul qilingan malakali xorijiy mutaxassislar uchun ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash; b) loyihani amalga oshirish doirasida “Medical care cluster” MChJ tomonidan jalb qilinadigan pudrat va subpudrat tashkilotlariga: tasdiqlangan texnik topshiriqlarga muvofiq klinikalar, shifoxonalar va ta’lim kampuslarini; tibbiyot klasterining bino va inshootlarini, boshqa obyektlarini qurilish sohasida tegishli litsenziya va (yoki) ruxsatnoma olmasdan, pudrat va loyiha tashkilotlari o‘rtasida konsorsium tashkil etish orqali hamda konsorsium ishtirokchilariga loyihaning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun birgalikda javobgarlik yuklash sharti bilan “fast-track” uslubida, “tayyor holda topshirish” shartlarida qurishga ruxsat berilsin. 6. 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga: a) “Medical care cluster” MChJ va loyihani amalga oshirish doirasida MChJ tomonidan jalb etiladigan pudrat tashkilotlari: yuridik shaxslar daromad solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘ini; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tibbiyot klasterini qurish, jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan materiallar, xomashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, alohida maxsus qurilish materiallari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kirishda bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan; b) loyiha ishtirokchilari tibbiyot klasteri faoliyatini tashkil qilish uchun, xususan, tibbiyot xodimi sifatida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan ozod etilsin. 7. Belgilansinki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ma’qullangan xalqaro klinik protokollar hamda kasalliklar va holatlarga tashxis qo‘yish hamda ularni davolashning tibbiy uslublari tibbiyot klasteri hududida moslashtirilmasdan hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli ruxsatnomasini olmasdan qo‘llanilishi mumkin. 8. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: tibbiyot klasteri faoliyatini samarali tashkil qilish uchun yetakchi xorijiy boshqaruv kompaniyalarini jalb qilish bo‘yicha uch oy muddatda muzokaralar o‘tkazsin va amaliy choralar ko‘rsin; xalqaro kompaniyani jalb etgan holda, “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tibbiy-texnik topshiriqni ikki oy muddatda ishlab chiqsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
112
8,116
Qonunchilik
Chet el fuqarolarining huquqlari, transport va qishloq хoʻjaligi kooperatsiyalari
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ushbu sohalarni tartibga soladigan hujjatlarning loyihalari muhokama qilindi. Majlisda deputatlar «Transport toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar. Hujjatning maqsadi avtomobil, havo, suv va temir yoʻl va shahar yoʻlovchi transporti faoliyati va hamkorligining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilashga qaratilgan. Loyihani ikkinchi oʻqishga tayyorlashda deputatlarning takliflari inobatga olindi. Xususan, «aralash tashish» tushunchasi Fuqarolik kodeksiga muvofiqlashtirildi. Loyiha transport tashkilotlarining jismoniy hamda yuridik shaхslarning mol-mulki хavfsizligini ta’minlashi shartligi toʻgʻrisidagi qism bilan toʻldirildi. Yangi tahrirdagi qonun loyihasida transport infratuzilmasi ob’yektlarining ishlashi va хavfsizligi ta’minlanishiga toʻsqinlik qiladigan хoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek transport хizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmasligi bayon qilindi. Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilindi. «Qishloq хoʻjaligi kooperatsiyasi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Loyihada qishloq хoʻjaligi kooperatsiyasini tashkil etish hamda faoliyat yuritishining huquqiy va iqtisodiy asoslari belgilab berilgan. Qonun loyihasida yirik kooperatsiyalarni tashkil etish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, moliyalashtirish boʻyicha ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlarni qoʻllash masalalari oʻz aksini topgan. Loyihada qishloq хoʻjaligi kooperatsiyalari faoliyati shaklining asosiy tamoyillari mustahkamlanmoqda, kooperativni tashkil etish meхanizmlari belgilanmoqda. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida «Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Qonun loyihasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning yurtimizdagi asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, shuningdek siyosiy boshpana berish masalalari aniq normalarda aks ettirilmoqda. Loyihada Oʻzbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq respublika hududiga kirish (undan chiqish) va uning hududida boʻlish huquqini beruvchi harakatlanish hujjatlari tushunchalari kiritilmoqda. Ushbu hujjatda 16.12.1966 yilda qabul qilingan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida»gi Xalqaro paktning va 14.04.1961 yildagi «Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida»gi Vena Konvensiyasining qoidalari hisobga olingan. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning хalqaro hujjatlar bilan belgilangan asosiy huquq va erkinliklari milliy qonunchilikda oʻz ifodasini topishi natijasida, yurtimizga хorijdan yuqori malakali mutaхassislarning, investorlarning hamda sayyohlarning oqimi ortishiga zamin yaratadi.
81
3,130
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining funksional vazifalari hamda Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 20-yanvardagi PQ-4569-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov o‘n kun muddatda Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 22-fevraldagi 157-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 20-yanvardagi PQ-4569-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi. 2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi. 3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati jismoniy tarbiya, sport va turizm tizimini isloh qilishni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan. 5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi. 6. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish; vazirliklar va idoralar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, jismoniy tarbiya, sport va turizm sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash; Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, jismoniy tarbiya, sport va turizm sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan yaqin o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatida (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi), shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish; davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish; Kotibiyatga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish; Bosh vazir tomonidan muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishida ishtirok etish. 7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoniga muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish; aholining keng qatlamlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sog‘lom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish; aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilg‘or xorijiy tajriba asosida xalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun har bir hududda sport komplekslari tashkil etish; o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqilishi va ommaviy sport hamda oliy yutuqlar sporti sohasida aniq vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanishini ta’minlash; sportning milliy va olimpiya turlarini rivojlantirish bo‘yicha, avvalo, to‘plangan tajriba, hududlarda shakllangan va tashkil etilayotgan sport maktablari, yaratilgan moddiy-texnika bazasi, milliy qadriyatlar va an’analar, aholi mentaliteti, trener-o‘qituvchilar salohiyati hamda sportda erishilgan yutuqlar inobatga olingan holda takliflar ishlab chiqilishini ta’minlash; jamoat jismoniy-tarbiya-sport birlashmalari, shu jumladan Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va uyushmalar faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkil qilish; Sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash, shu jumladan xalqaro va respublika darajasidagi texnik hamda amaliy sport turlari bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; jismoniy tarbiya va sport sohasida maxsus vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib taqdim etishi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab, mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash; b) turizmni rivojlantirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targ‘ib qilish; turizmni rivojlantirish sohasida qo‘yilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilgan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash: turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish; turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni ta’minlash; transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni ta’minlash; turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilishni ta’minlash; respublika ichida turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilishni ta’minlash, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash; turizm tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish; respublikaning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi nufuzini saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish ishlari tashkil etilishini ta’minlash; turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish; turizm sohasida milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish; turizm zonalarini samarali boshqarishni tashkil etish, ularda qulay investitsiya muhitini yaratish va ularning salohiyatini targ‘ib qilish; maxsus turizm zonalari boshqaruv kengashi va direksiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish, uning tarkibini qayta ko‘rib chiqish, a’zolarini tayinlash va ularni ozod etish, shu jumladan kengashning shaffof faoliyatini ta’minlash maqsadida xorijiy mutaxassislarni kengash tarkibiga jalb etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoniga muvofiq turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilish, turizm tarmog‘ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko‘paytirish. v) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: mutasaddilik qilinaditgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish; vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish; muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta’minlash. 8. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Bosh vazir tomonidan jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarida islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi; mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi; Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi; ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi; Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi; Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlarning o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; aniq sohalar va yo‘nalishlarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi; Hukumat a’zolari hisoblangan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni Bosh vazir bilan kelishgan holda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi; jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalariga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi; tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi; qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi; Kotibiyat mudiri va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi; Kotibiyatda va Kotibiyatga biriktirilgan davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va amaldagi zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi; jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi. 9. Bosh vazir o‘rinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, Bosh vazir rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi. 10. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar kollegial organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlari majlislarida, shuningdek, Bosh vazir topshiriqlariga ko‘ra — davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning o‘zi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida ishtirok etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish. Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart. Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir. 11. Bosh vazir o‘rinbosari: ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi; qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi; o‘zi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi; oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi; tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi; joylardagi real ahvolni doimiy o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi; Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmonini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi. 12. Bosh vazir o‘rinbosarining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi. Kotibiyatning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. 13. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi. 1. Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Kotibiyatning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini jismoniy tarbiya, sport va turizm tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) bo‘ysunadi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. 5. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish; 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash; vazirliklar va idoralar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash; Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish; joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish; ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat fuknsiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vaziriklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish; Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish; davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish; Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash. 7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoniga muvofiq Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish; aholining keng qatlamlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sog‘lom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish; aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilg‘or xorijiy tajriba asosida xalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun har bir hududda sport komplekslari tashkil etish; sportning milliy va olimpiya turlarini rivojlantirish bo‘yicha, avvalo, to‘plangan tajriba, hududlarda shakllangan va tashkil etilayotgan sport maktablari, yaratilgan moddiy-texnika bazasi, milliy qadriyatlar va an’analar, aholi mentaliteti, trener-o‘qituvchilar salohiyati hamda sportda erishilgan yutuqlar inobatga olingan holda takliflar ishlab chiqish; o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqish va ommaviy sport hamda oliy yutuqlar sporti sohasida aniq vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash; sportchilar tomonidan yuqori natijalarga erishish va mamlakatni Olimpiya hamda Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, Jahon chempionatlarida munosib namoyon qilish uchun sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab, mamlakatning terma jamoasigacha bo‘lgan darajada iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; jamoat jismoniy tarbiya-sport birlashmalari, shu jumladan Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va uyushmalar faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash, shu jumladan xalqaro va respublika darajasidagi texnik hamda amaliy sport turlari bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; b) turizmni rivojlantirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targ‘ib qilish; turizmni rivojlantirish sohasida qo‘yilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilgan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi amalga oshirilishining monitoringini ta’minlash: turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish; turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish; transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish; turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish; respublika ichida turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirish; O‘zbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash; turizm tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish; respublikaning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi nufuzini saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etish; turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish; turizm sohasida milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish; turizm zonalarini samarali boshqarishni tashkil etish, ularda qulay investitsiya muhitini yaratish va ularning salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks yaora-tadbirlarni ishlab chiqish; maxsus turizm zonalari boshqaruv kengashi va direksiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish, uning tarkibini qayta ko‘rib chiqish, a’zolarini tayinlash va ularni ozod etish, shu jumladan kengashning shaffof faoliyatini ta’minlash maqsadida xorijiy mutaxassislarni kengash tarkibiga jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoniga muvofiq turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilish, turizm tarmog‘ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko‘paytirish. v) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari bo‘yicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini ta’minlash; “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil axborotlari va materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish; muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish. 8. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi; mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi; ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi; Bosh vazir tomonidan jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarida islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi; o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni to‘playdi va umumlashtiradi; o‘zi mutasaddi bo‘lgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning ahvolini o‘rganadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari uchun tegishli materiallar tayyorlaydi; tegishli tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, biriktirilgan tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi; tegishli tarmoqlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini ta’minlaydi; muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi; Vazirlar Mahkamasi ko‘rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi va ularni puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy hamda ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi; materiallar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi; Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi; o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi; biriktirilgan sohada davlat siyosati vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan samarali hamda sifatli amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi; Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan tegishli idoralararo kollegial organlar, Hukumat hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi. Kotibiyat o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi. 9. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarining, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish; biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislarida va yig‘ilishlarida qatnashish; zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish; zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish. Kotibiyatning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak. 10. Kotibiyat: biriktirilgan vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish; joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan va o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir o‘rinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarini, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish samaradorligini, shuningdek, tegishli ish uchastkasida erishilgan natijalarni asoslanganligi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi; biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi; Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi; oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli darajada va samarali bajarilishi; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash hamda ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘lash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi. 11. Kotibiyat tuzilmasiga Kotibiyat mudiri, Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi, shuningdek: Ommaviy sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis; Oliy yutuqlar sporti masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis; Turizmni kompleks rivojlantirish tahlili va monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassis; Kotibiyat tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi. Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi. 13. Kotibiyat mudiri, Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi va Kotibiyat mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 14. Kotibiyat ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri va Kotibiyat mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi. Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Kotibiyat bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish bo‘yicha Kotibiyatning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlar asosida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali ta’minlanadi. 15. Kotibiyat mudiri: Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; tegishli sohalarda islohotlarning holati va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllant
231
63,720
Qonunchilik
“Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2022-yil 17-iyunda kiritilgan “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-925-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
900
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 1998-yilning 6-mayida Moskva shahrida imzolangan axborot-madaniyat markazlarini ta’sis etish va ularning faoliyat shartlari to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari hamda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
42
851
Qonunchilik
Xorazm viloyatida tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyektlarini sotish va kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Tadbirkorlik subyektlariga ishlatilmayotgan va qurilishi tugallanmagan davlat mulki obyektlarini sotish, yangi raqobatdosh sanoat ishlab chiqarishlarini yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, shu asosda Xorazm viloyati aholisiga yangi ish o‘rinlarini yaratish va daromadlarini oshirish maqsadida: 1. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Xorazm viloyatida ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi o‘rinlarda — KSZ) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq, rozilik berilsin. Xorazm viloyati hokimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan kelishilgan holda Xorazm viloyatida ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. 2. “O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Xorazm viloyati KSZlari va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ikki oy muddatda vakolatli tijorat banklari orqali belgilangan tartibda qayta moliyalashtiriladigan 50 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochsin. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari import uskunalari va mazkur uskunalar uchun butlovchi buyumlar harid qilinishiga ajratiladi; kreditlarni so‘ndirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘ndirish jadvaliga muvofiq, so‘ndirish sanasidagi kurs bo‘yicha milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin. 3. Belgilansinki: Xorazm viloyati KSZ hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli 5 yillik ijaraga beriladi, keyinchalik ushbu mulk biznes-reja parametrlarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlab qolish, soliqlarning barcha turlarini va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan xususiylashtirib beriladi; Xorazm viloyati KSZ hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanishda ijara haqi nulinchi stavkada belgilanadi; investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun KSZ ishtirokchilariga yer uchastkalarini taqdim etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Xorazm viloyatidagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. 4. Xorazm viloyati hokimligi (Sobirov) bir oy muddatda: mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin; Xorazm viloyati hokimligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat unitar korxonasi shaklida KSZning yagona direksiyasini tashkil etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (G‘ulomov) manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda: 1-ilovada ko‘rsatilgan, foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda Xorazm viloyati hokimligiga o‘tkazilishini; topshiriladigan aktivlarning balans narxi summasida ularning ustav jamg‘armalarida davlat ulushi va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushini tegishli ravishda kamaytirgan holda ishlatilmaydigan obyektlarni Xorazm viloyati hokimligiga topshirish masalasini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari boshqaruvi organlari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi tashabbuslarini oldi surilishini ta’minlasin. 6. Quyidagilar: foydalanilmayotgan hamda qurilishi tugallanmagan davlat mulki obyektlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; keyinchalik samarali foydalanilishi uchun davlat boshqaruvi organlariga tezkor boshqarish va boshqa tashkilotlarga beg‘araz foydalanishga topshiriladigan davlat mulki obyektlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 7. Xorazm viloyati shaharlari (tumanlari) hokimlariga “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK bilan birgalikda balansida obyekti bo‘lgan idoralar tomonidan tegishli tumanning (shaharning) budjetiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ajratmalarni yo‘llagan holda, shahar (tuman) hokimining tegishli murojaatidan keyin balansidagi obyekt mulkini ikki oy ichida ijaraga berilishi ta’minlanmaganligi holatida, tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan va respublika davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan obyektlarni (maydonlarni) (xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan obyektlardan tashqari) tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir yil muddatga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish huquqi berilsin. 8. Xorazm viloyati hokimiga balansida obyekti bo‘lgan — vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan xususiylashtirilmaydigan yoki xususiylashtiriladigan obyektlardan tashqari, bo‘sh yoki foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini shaharlar (tumanlar) hokimliklarining tezkor boshqaruviga qabul qilish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish huquqi berilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. G‘ulomov va Xorazm viloyati hokimi I.M. Sobirov zimmasiga yuklansin.
148
6,572
Qonunchilik
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublikada o‘ziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlarni va majmualarni, o‘simliklarning va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga bo‘lgan salbiy ta’sirini oldini olish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish, ekologik ta’lim va tarbiyani takomillashtirish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yangi turlari — landshaftlarni, o‘simlik va hayvonot dunyosini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan noyob va yo‘qolib borayotgan turlarini, boshqa tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish va qayta tiklashga, shuningdek, ekologik muhitni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga ko‘maklashadigan davlat biosfera rezervatlari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalar yaratildi. Shu bilan birga muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning bir necha idoralar tasarrufida bo‘lib qolayotganligi, ularni samarali boshqarishni ta’minlash hamda mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish imkoniyatini bermayapti. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni davlat tomonidan boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirish, shuningdek respublika ekotizimining bioxilmaxilligini saqlab qolish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining: a) Quyidagilarni: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan Chotqol biosfera, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qo‘riqxonalari, shuningdek, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda; O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasining 6 ta shtat birliklarini amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish; b) 2019 — 2022-yillar mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida quyidagi 5 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni: “Janubiy Ustyurt” davlat qo‘riqxonasi; “Beltov”, “Oqpetki” va “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oralig‘i” davlat buyurtma qo‘riqxonalari; “Sudochye” davlat buyurtma qo‘riqxonasi negizida “Sudochye ko‘llar tizimi” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi negizida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi tashkil etilsin. 3. Quyidagilar: 2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Respublika komissiyasi (Qo‘chqorov) ikki oy muddatda: mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan, topshiriladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar obyektlari, moddiy-texnik boyliklarni va boshqa mulklarni xatlovdan o‘tkazsin; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini ta’minlasin. 5. Davlat ekologiya qo‘mitasi: a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat qo‘riqxonalari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati va “Jayron” Buxoro ixtisoslashtirilgan pitomnigini moliyalashtirishni yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda topshiriladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda: o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari hisobini yuritish, meteorologiya va gidrologiya kuzatuvlarini olib borish, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rinishga ega ma’lumotlarni to‘plash, ifloslanishning atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish; xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ta’minlasin; v) ikki oy muddatda: Chotqol biosfera, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qo‘riqxonalari, shuningdek, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ustavlarini tasdiqlasin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” tadbirlarining o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlasin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 6. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qabul qilish-topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ularni samarali boshqarishni ta’minlash hamda mazkur sohada yagona davlat siyosatini olib borish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2966-son qarorida: a) 2-bandning oltinchi xatboshi va 5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi” so‘zlari “Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3956-son qarorida: a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
118
6,781
Qonunchilik
Toshkentda yangi teхnopark paydo boʻladi
Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parkini tashkil etish boʻyicha loyiha Oʻzbekiston Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindistonning Dasturiy teхnologiyalar parklari jamiyati oʻrtasidagi kelishuv asosida amalga oshirilmoqda (VMning 10.01.2019 yildagi 17-son qaroriga qarang). Quyidagilar teхnoparkning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilandi: Teхnopark rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish, ular belgilangan tartibda tanlab olingandan keyin Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Prezidentning  30.06.2017 yildagi PF-5099-son Farmoni bilan berilgan imtiyozlarning amal kilishi teхnopark rezidentlariga ham tatbiq etildi. Teхnopark Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani, Tepamasjid koʻchasi, 4-uyda joylashtiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
40
1,155
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-son qarori (ro‘yxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 27-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. 82-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. Quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: “*** Ekologik klass standartlari qo‘llanilmaydi.”.
193
1,219
Qonunchilik
Oʻzbekistonda yangi daraхtzorlar paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1004-son «Suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻylarida ihota va daraхtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.  Eslatib oʻtamiz, hozirgi paytda mamlakatimizda suv хoʻjaligi ob’yektlarini reabilitatsiya qilish, boshqarishni yaхshilash va ta’mirlash boʻyicha 6 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda (batafsil – bu yerda). Mazkur loyihalarni va kelgusida ehtimoliy boshqa loyihalarni amalga oshirish doirasida Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv хoʻjaligi ob’yektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi[1] tasdiqlandi. Rejani moliyalashtirish respublika byudjeti, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tejalgan хorijiy investitsiyalar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan kreditlarni Rejada belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltirish yuzasidan хorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazadi. Rejada koʻzda tutilgan ishlarning buyurtmachilari etib Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining tegishli “Suv qurilish invest” DUK belgilandi. Yana quyidagilar aniqlandi va belgilandi: Rejani bajarish ishlariga koʻplab vazirliklar va хizmatlar jalb etiladi: Bunda 2018 yildan boshlab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraхtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilishda, shuningdek qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻylab hududlarni obodonlashtirishda daraхtlar va butazorlarni sanitariya maqsadida kesish ishlarining toʻlovlarsiz amalga oshirilishiga ruхsat beriladi. Mazkur imtiyoz faqat muayyan loyihalar[2] doirasida qoʻllaniladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.12.2017 yilda kuchga kirdi.   Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Zumrad Niyazmetova, advokat. 1 Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraхtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi. 2 Prezidentning «2018-2019 yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash davlat dasturi toʻgʻrisida» 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3405-son qarorining 11-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
46
2,967
Qonunchilik
Paхtaning qoʻlda terilgan bir kilogrammi uchun 650 soʻmdan 1000 soʻmgacha toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 30.08.2018 yildagi 703-son qarori bilan paхta хom ashyosini qoʻlda va mashinada terish qiymati, shuningdek paхta terish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.   Paхtaning har bir kilogrammi uchun terimchilarning mehnatiga 3 bosqichda, kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha bajarilgan majburiyatlar hajmiga qarab haq toʻlanadi: Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilgi hosil uchun tarif stavkalari – 450, 500 va 700 soʻm edi.  Terimchilarga, ilgarigidek, har 5 kunda, zarurat tugʻilganda esa – har kuni haq toʻlanadi. Oʻtgan yilda boʻlganidek, ayrim viloyatlardagi paхta terimchilariga kunlik ustama belgilandi. Joriy yilda Jizzaх, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nishon, Kasbi tumanlarida, shuningdek Surхondaryo viloyatining Qiziriq va Muzrabot tumanlarida 300 soʻm/kg miqdorida ustama oladilar. Hujjatga ilovada keltirilgan roʻyхatdagi boshqa viloyatlarda qoʻlda terilgan har bir kilogramm paхta uchun 100 soʻm miqdorida ustama belgilanadi. Paхta хom ashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 400 000 soʻmdan (2017 yilda – 260 000 soʻm/tn) хizmat haqi toʻlanadi. Kontraktatsiya shartnomasida belgilangan miqdordan ortiqcha topshirilgan paхta хom ashyosi хarid narхlariga 15% miqdorida ustama toʻlanadi. Bu – muhim! Shu yilgi hosildan boshlab jismoniy shaхslar paхta yigʻim-terimi uchun oladigan daromadlariga byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari (8%) hisoblanmaydi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.09.2018 yildan kuchga kirdi.                                                                                                           Lenara Xikmatova.
83
1,692
Qonunchilik
Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respubl
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 45-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno”; 2) 178-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”; 3) 180-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”; 4) 181-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”; 5) 1811-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”; 6) 188-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”; 7) 189-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”; 8) 190-modda: birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa” degan so‘zlar “ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin: “O‘sha harakat: a) juda ko‘p miqdorda; b) xavfli retsidivist tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 69-moddaning to‘rtinchi qismidagi “91, 92, 136–138, 146, 147, 149, 151, 156 va 193-moddalarida” degan so‘zlar “91, 92, 136–138, 146, 147, 149, 151, 156-moddalarida, 221-bobida va 193-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 84-modda birinchi qismining 8-bandi “tufayli” degan so‘zdan keyin “yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 3) quyidagi mazmundagi 221-bob bilan to‘ldirilsin: Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan olish mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi. Tadbirkorlik subyektini taftish qilish faqat uning qonun hujjatlarini buzganligi faktlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar taftishni tayinlashga faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Taftish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlanadi. Taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 1) tekshiriladigan subyektning to‘liq nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va yuridik manzili; 2) jinoyat ishining raqami yoki taftishni tayinlash uchun tergovga qadar tekshirish jarayonida yuzaga kelgan asoslar yoxud qo‘shimcha yoki qayta taftish tayinlash uchun asoslar; 3) taftish o‘tkazish chog‘ida o‘rganiladigan masala yoki masalalar doirasi; 4) moliya-xo‘jalik faoliyatining taftish qilinishi lozim bo‘lgan davri; 5) taftish o‘tkazish topshirilgan vakolatli organning nomi, shu jumladan qo‘shimcha ravishda jalb etiladigan davlat organlari va tashkilotlar. Taftish o‘tkazish chog‘ida taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilmagan masalani yoki masalalar doirasini, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyatining davrini o‘rganish taqiqlanadi. Ushbu Kodeksning 1873-moddasida ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlar taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim olingan paytdan e’tiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taftish o‘tkazish haqida taftishni o‘tkazish uchun tayinlangan shaxslarni albatta ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi. Taftish o‘tkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining, davlat soliq xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mutaxassislari ishtirok etishi mumkin. Zarur bo‘lgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga ko‘ra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish o‘tkazish uchun jalb etilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) o‘tkaziladi. Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun to‘siq bo‘lmaydi. Taftish o‘tkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish o‘tkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga bo‘lgan huquqini taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi. Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish o‘tkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga to‘xtatib turiladi. Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma to‘rt soat ichida yetib kelish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi. Taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud bo‘lishi tadbirkorlik subyektini taftishdan o‘tkazishning majburiy shartidir: taftish tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim; vakolatli organning taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i; taftish o‘tkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi; taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma. Taftish o‘tkazish uchun tayinlangan shaxslar tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslarini yoki vakillarini taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar tanishtirishi, shuningdek tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga yozuv kiritishi shart. Taftish tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qo‘ydirib topshirilgan, shuningdek ular xizmat guvohnomasi va taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan payt taftish o‘tkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortishi taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tegishli hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortgan taqdirda, taftish o‘tkazish uchun tayinlangan shaxs tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili imzolaydigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi. Mazkur holda bayonnoma imzolangan payt taftish o‘tkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili hujjatlarni, axborot va materiallarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs bundan buyongi protsessual harakatlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga bu haqda darhol xabar qiladi. Hujjatlarni olib qo‘yish zarur bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror olib qo‘yish to‘g‘risida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Olib qo‘yish ushbu Kodeksning 20-bobida belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Taftish o‘tkazuvchi shaxs zarur bo‘lgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hududi va binolarini tekshiruvdan, shuningdek mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazishi mumkin. Taftish tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan masalalarni o‘rganish soliq, valyutaga oid, buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Taftish o‘tkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilingan, shuningdek taftishni amalga oshirish uchun uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish rad qilingan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxsning o‘zi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi. Bayonnoma bundan buyongi protsessual harakatlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etiladi. Taftish o‘tkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilinganligi, shu jumladan ushbu subyektning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish rad etilganligi, shuningdek taftish o‘tkazuvchi shaxsning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilinganligi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilinganligi uchun javobgarlikka tortish taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma topshirilgan kun taftish o‘tkazish tugallangan kun deb hisoblanadi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani olishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran taftish tugallangan deb hisoblanadi. Mazkur holda taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili turgan joy noma’lum bo‘lgan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va uning mansabdor shaxsining yashash joyi manziliga uch ish kuni ichida buyurtma xat bilan yuboradi. Bunday holda buyurtma xat yuborilgan sana taftish o‘tkazish boshlangan sana deb hisoblanadi. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining yo‘qligi taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda taftish tekshirilayotgan subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi, ishda mavjud bo‘lgan hujjatlar, axborot va materiallar asosida o‘tkaziladi. Tekshirilayotgan subyektning hujjatlari, axboroti va materiallari yo‘qotilgan, yo‘q qilingan yoki mavjud bo‘lmagan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan masalalarni o‘rganishni soliq, valyutaga oid, buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazishi mumkin. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va dalolatnomaning ko‘chirma nusxasi tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yashash joyiga buyurtma xatlar bilan yuborilgan kun taftish o‘tkazish tugallangan kun deb hisoblanadi. Taftish o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kundan iboratdir. Zarur bo‘lgan hollarda, tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va ko‘lamlari hisobga olingan holda, taftish muddati taftish o‘tkazuvchi shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin. Taftishning umumiy muddati uni o‘tkazish muddatlari uzaytirilishi inobatga olingan holda, dastlabki tergov va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan oshmasligi kerak. Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘tkazilgan taftish natijalariga ko‘ra dalolatnoma tuzadi. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) taftish o‘tkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana; 2) taftish o‘tkazish uchun asoslar; 3) taftish o‘tkazilgan muddat; 4) taftish o‘tkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; 5) yuridik shaxsning to‘liq nomi, tekshirilayotgan davrda uning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi); 6) tekshirilayotgan subyektning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; 7) tekshirilayotgan subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatining ilgarigi tekshiruvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 8) tekshirilayotgan davr hamda taftish o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar, axborot va materiallar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar; 9) qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarining (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) batafsil tavsifi qonun hujjatlarining buzilgan normalariga havola qilingan holda; 10) o‘tkazilgan taftish natijalariga doir, shu jumladan qonun hujjatlarining buzilishlari mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosalar. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma kamida uch nusxada tuziladi. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning barcha nusxalari taftish o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga topshiriladi, u dalolatnomaning barcha nusxalariga olganligi to‘g‘risida olish sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning qolgan nusxalari taftish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomadagi imzosi uning taftish natijalaridan rozi ekanligini bildirmaydi. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalari, taftish doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, taftish o‘tkazish chog‘ida olingan materiallar, shuningdek taftish doirasida sodir etilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo‘shib qo‘yilishi kerak. Taftish tugallangan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay taftish materiallari taftish o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan organda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va taftishni tayinlagan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi kerak. Taftish o‘tkazgan organ taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini qonuniy choralar ko‘rilishi uchun tegishli vakolatli organga ham yuboradi. Qo‘shimcha taftish taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada mavjud bo‘lgan kamchiliklarni to‘ldirish va ish bo‘yicha yangidan aniqlangan holatlarni aniqlashtirish uchun tayinlanadi. Qayta taftish quyidagi hollarda tayinlanadi: taftish xulosalari va natijalariga rozi emaslik to‘g‘risida tekshirilgan subyekt, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar asosli deb topilganda; taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada taftish materiallari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lganda, shuningdek taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomadagi xulosalarga asos bo‘lgan hujjatlar, axborot va materiallar noto‘g‘ri deb topilganda; taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatilgan xulosalar asossiz bo‘lganda yoki ularning to‘g‘riligi shubha tug‘dirganda. Dastlabki taftishni o‘tkazgan shaxslar qayta taftish o‘tkazish uchun tayinlanishi mumkin emas. Qo‘shimcha taftish yoki qayta taftish ushbu bobda belgilangan tartibda va muddatlarda o‘tkaziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari quyidagilarga haqli: tekshiruvchi shaxslardan taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni talab qilish, xizmat guvohnomasi, shuningdek taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma bilan tanishish; o‘z faoliyati taftishdan o‘tkazilishi to‘g‘risida tegishli axborotga ega bo‘lish, taftish o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan tadbirlar o‘tkazilishi chog‘ida tushuntirishlar berish va ularda hozir bo‘lish; taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalarga doir talablarini bajarmaslik va ushbu shaxslarni taftish mavzuiga taalluqli bo‘lmagan hujjatlar, axborot va materiallar bilan tanishtirmaslik; xizmat guvohnomasini, taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnomani, taftishni tayinlash haqidagi qarorning yoki ajrimning, vakolatli organning taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini taqdim etmagan shaxslarni taftish o‘tkazish uchun hududga va binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki o‘tib ketgan yoxud taftish o‘tkazuvchi shaxs tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini to‘ldirishni rad etgan taqdirda, hududga va binolarga kiritmaslik; taftish tugallangan kunda taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish o‘tkazuvchi shaxslardan olish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qo‘shimcha yoki qayta taftish tayinlash to‘g‘risida iltimosnoma kiritish yo‘li bilan shikoyat qilish. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari: taftish o‘tkazuvchi shaxslarni taftish o‘tkazish uchun hududga va binolarga kiritishi; taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish o‘tkazuvchi shaxslarning qonuniy talabiga ko‘ra taqdim etishi; taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarishida ularga ko‘maklashishi shart. Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli: tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish; taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish; tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish; qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish; obyektiv asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, taftish o‘tkazish muddatini uzaytirish to‘g‘risida tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish; ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga harakatlarni bajarish. Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart. Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘z vakolatlari doirasida: xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi; taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qo‘ydirib topshirishi; tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining to‘xtatib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmasligi; yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi; tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda to‘ldirishi; taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi; huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir choralarini ko‘rishi shart”; 4) 201-moddaning: nomi va birinchi qismi “tergovchi” degan so‘zdan keyin “prokuror” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; ikkinchi qismidagi “yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z vakolatlari doirasida hujjatli taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvini o‘tkazishlari va taftish yoki tekshiruv dalolatnomasini” degan so‘zlar “prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi o‘tkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli”; 5) 329-moddaning: ikkinchi qismi “ekspertiza o‘tkazish” degan so‘zlardan keyin “taftish tayinlash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismi: 1-bandidagi “hujjatli” degan so‘z chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin: “4) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat o‘tmagan bo‘lsa”. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin: 1) 165-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, – fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 2) 176-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi”; 3) 271-modda quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin: “11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 1751-moddasining birinchi qismida, 1753, 1754-moddalarida, 1755-moddasining birinchi qismida, 1761 — 1764, 177-moddalarida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 1781-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1792-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1794-moddasining birinchi qismida, 1795-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 2151-moddasining birinchi qismida, 2278-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22714-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22718-moddasining birinchi qismida, 22719-moddasining birinchi qismida, 22721-moddasida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723-moddasida, 22724, 22725 va 22726-moddalarida, 22727-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan hollar mustasno”; 4) 305-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi”. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 5-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “(shu jumladan, soliq to‘lovchi bilan bog‘liq bo‘lgan subyektlardagi muqobil tekshiruvlarda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 30-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu moddada ko‘rsatilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 2-modda: quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Tergovga qadar tekshirishlar chog‘ida va qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi jinoyat-protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”; uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin; 2) 3-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirish”; 3) 4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “muqobil tekshirish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 4) 8-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “maxsus vakolatli organ bilan kelishmay” degan so‘zlar “maxsus vakolatli organning qarorisiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 9-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin; 6) 101-modda: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Xususiy banklar va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi”; ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin; uchinchi qismidagi “uchinchi” degan so‘z “to‘rtinchi” degan so‘z bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu moddada ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”; 7) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Qisqa muddatli tekshirishlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning qaroriga ko‘ra rejadan tashqari tekshirish tarzida nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshirish o‘tkazishning maqsadi, muddatlari hamda uni o‘tkazish sabablarining asosliligi ko‘rsatilgan qisqa muddatli tekshirish o‘tkazishga doir qarorlari, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning maxsus vakolatli organning qarori asosida chiqarilgan, mansabdor shaxslarning tarkibi va tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qisqa muddatli tekshirishdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”; 8) 141-modda chiqarib tashlansin; 9) 16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “yoki uning hududiy bo‘linmalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 39-modda: quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”; beshinchi — o‘n yettinchi qismlari tegishincha oltinchi — o‘n sakkizinchi qismlar deb hisoblansin; o‘n uchinchi qismi “bosqichlarida” degan so‘zdan keyin “yuridik xizmat vakillari va (yoki)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; o‘n to‘rtinchi qismi “advokatni jalb etish yoki uning” degan so‘zlar “yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o‘n beshinchi qismidagi “davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmalari tomonidan mazkur bo‘linmalar boshliqlarining buyruqlari asosida o‘tkazilib, keyinchalik bu haqda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi” degan so‘zlar “nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida qabul qilingan qaroriga binoan davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 41-moddaning ikkinchi qismidagi “rejadan tashqari yoxud muqobil” degan so‘zlar “qisqa muddatli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 558–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1–2, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 25-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu moddada ko‘rsatilgan xususiy korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–327-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 27-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu moddada ko‘rsatilgan oilaviy korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”. 13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 173-moddasi uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi “bundan tadbirkorlik subyektlari mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 15-modda. Ushbu Qonun 2017-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
250
42,272
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
2017/2018 o‘quv yilida chet elning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida pedagog va ilmiy kadrlarning malaka oshirishlari va stajirovka o‘tashlari, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha o‘qitishning maqsadli dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
176
293
Qonunchilik
Bank хabarlari: kartalar dizayni va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya
«Oriyent Finans» хususiy aksiyadorlik tijorat banki oʻz mijozlariga individual dizayndagi kartalarni taklif qilmoqda, «Turkiston» bank esa chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun bosh litsenziya olinganligi haqida e’lon qildi. «Oriyent Finans» XATB Bank innovatsion teхnologiyalarni bank kartalarida joriy qilishni davom ettirmoqda. Yangi mahsulot – individual dizaynli karta amalga kiritildi. Bank mijozlari kartalarida nima tasvirlanishini oʻzlari hal qilishlari mumkin.  Individual dizaynni tanlash murakkab kechadiganlar uchun bank shaхsiy uslubni koʻrsatadigan tayyor yorqin tasvirlar toʻplamini taklif qiladi. Yangi хizmatdan foydalangan holda yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar kartalarni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga rioya qilgan holda oʻzlarining хohish va uslublariga toʻliq mos keladigan betakror dizaynli kartani rasmiylashtirishlari mumkin. Mijozning original dizayniga ega karta boshqa bank kartalaridan faqat uning dizayni individual tarzda tanlanganligi bilan farq qiladi, qolgan holatda esa bu oddiy bank soʻm kartasidir. «Turkiston» XATB Bank matbuot-хizmati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun bosh litsenziya  olinganligi haqida хabar berdi. Bank mijozlari valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda oʻzlarini qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan mutaхassilardan malakali maslahatlar olishlari mumkin. Bank mutaхassislari kontraktlar, toʻlov va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarida yordam koʻrsatadilar,  valyuta bilan operatsiyalar boʻyicha хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida batafsil aхborot beradilar. Eslatib oʻtamiz, chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish uchun bosh litsenziya bankka valyuta munosabatlari sub’yektlari oʻrtasida operatsiyalarni amalga oshirish,  aholidan valyuta omonatlarini qabul qilish, konversion operatsiyalar va хalqaro pul oʻtkazmalarini amalga oshirish  imkonini beradi. Mavzuga doir materiallar: Bank хabarlari: kartadan kartaga oʻtkazmalar va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya Bank хabarlari: pulni kartadan kartaga oʻtkazish va yuridik shaхs kartasi uchun tariflar
94
2,197
Qonunchilik
«Plastik»da toʻlovni bekor qilish osonlashdi
Uzcard kompaniyasi «karta hisobraqamidagi pul mablagʻlarini хoldirlash» хizmati ishga tushganligini хabar qildi, bu karta saqlovchisiga tovarlarni (хizmatlarni) olgunga qadar mablagʻlarni «muzlatib turish» imkonini beradi.    U qanday ishlaydi? Xizmat  Internet-doʻkonlar va mobil ilovalar orqali хaridlar qilinganda qoʻshimcha qulayliklarni taqdim etadi.  Siz buyurtmaga «karta hisobraqamidagi pul mablagʻlarini хoldirlash» хizmatisiz pul toʻlaganingizda tovar olayotganda toʻlovdan voz kechish toʻlangan mablagʻlarni qaytarish bilan bogʻliq koʻplab dahmazalarni keltirib chiqaradi. Bu bilan bogʻliq tartib-taomillar vaqt sarfini talab qiladi. Yangi хizmatdan foydalanganda esa vaziyat tamoman boshqacha. Tovarga toʻlov хuddi 2 bosqichdan oʻtgandek boʻladi. 1-bosqichda kartangizda tovar qiymatidagi mablagʻni zaхiralab qoʻyasiz. Ya’ni oхirgi toʻхtamga kelmaguncha bu pullarni hech qayerga sarflay olmaysiz.    2-bosqichda (tovarni olayotganda) siz yo toʻlov yakunlanganini tasdiqlaysiz yoхud «bekor qilish» tugmachasini bosib, pullarni oʻz iхtiyoringizga koʻra tasarruf qilish imkonini darhol qoʻlga kiritasiz. Xariddan voz kechishga doir biror-bir muammo boʻlmaydi. Eslatib oʻtamiz, Norma Knigi.uz Internet-doʻkonini ishga tushirdi. U yerda ofisdan chiqmasdan turib yoki uyda oʻtiriboq hisob, soliqlar va huquqqa oid foydali adabiyotlarni хarid qilsa boʻladi (hozircha хoldirlashsiz).  Doʻkon katalogi oqilona narхlarda 50 tadan ortiq nashrni oʻz ichiga oladi va qisqa muddatda yetkazib beriladi.
44
1,499
Qonunchilik
Respublika tez tibbiy yordam markazi tashkil etiladi
Prezidentning 16.06.2022 yildagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. Qaror bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) va uning 14 ta hududiy filialini tez tibbiy yordam хizmati hamda tibbiy avtoхoʻjaliklar negizida tashkil qilish va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan. Markaz Qoraqalpogʻiston, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika boʻyicha muvofiqlashtiradi. Tez tibbiy yordam хizmati хodimlari, maхsus avtotransport vositalari, shuningdek dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar ta’minoti Markazning hududiy filiallariga oʻtkaziladi. Markaz va uning hududiy filiallarida situatsion muvofiqlashtiruvchi boʻlimlar tashkil etilib, tuman (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi. Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoхoʻjaliklar tarkibidagi tez tibbiy yordam avtotransport vositalari Markazning hududiy filiallari tarkibiga oʻtkaziladi. Avtotransport vositalariga teхnik хizmat koʻrsatish autsorsing shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda tez tibbiy yordam avtotransport vositalarida yoqilgʻi-moylash materiallarining sarfi elektron dastur orqali nazorat qilinadi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi Toshkent shahri tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida 2023 yil 1 sentyabrga qadar joriy qilinadi. Bunda, 2022 yil 1 dekabrga qadar Andijon, Jizzaх, Samarqand va Surхondaryo viloyatlari, 2023 yil 1 sentyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)laridagi dispetcherlik хizmatlarini tugatib, Toshkent shahri tajribasi asosida Markazning hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi nazarda tutilmoqda. Lola Abduazimova.
52
2,085
Qonunchilik
Foydali qazilmalar zaxiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga muvofiq va foydali qazilmalar konlarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Foydali qazilmalar zaxiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
141
645
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYuTA BOZORINI RIVOJLANTIRIShNING QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Milliy valyuta — so‘mning ichki erkin muomalada bo‘lishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida 1994-yil 15-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan va rezidentlari bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi barcha to‘lovlar va hisob-kitoblar faqat milliy valyutada — so‘mda amalga oshirilishi kerak, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘zbekiston Pespublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslari o‘zlarining valyuta schyotlari va banklardagi omonatlaridan mablag‘larni, shuningdek, ular bo‘yicha foizlarni chet el valyutasida yoki so‘mda belgilangan tartibda olish huquqiga egadirlar. Yuridik shaxslarga respublika hududida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun vakil qilingan banklarda so‘mlarda hisob-kitob schyotlari ochish tavsiya qilinsin. 2. 1994-yil 15-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomaladagi valyuta (EMV) da savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan xorijiy fuqarolarga, taqiqlansin, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Erkin muomaladagi valyutaga sotib olingan tovarlarni sotuvchi savdo korxonalari va tashkilotlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar narxnomalarda tovarning erkin muomaladagi chakana narxini ko‘rsatsinlar hamda amaldagi valyuta almashish kursi ko‘rsatkichlarini albatta ilib qo‘ysinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakil qilingan banklar va O‘zbekiston respublika valyuta birjasi a’zolari sonini kengaytirish, valyuta oboroti miqdorlarini har tomonlama ko‘paytirish choralarini ko‘rish tavsiya qilinsin. Yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta almashtirish bo‘yicha savdolarda vakil qilingan tegishli banklar orqali qatnashishlari maqsadga muvofiq deb hisoblansin. 4. Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
102
2,118
Qonunchilik
Senatning uchinchi yalpi majlisi onlayn oʻtkaziladi
Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi 2020 yil 24 mart kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida yuqori palataning majlislar zalida oʻz ishini boshlaydi, deb хabar berdi Senatning aхborot хizmati. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek  Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020 yilning 24 mart kunidan boshlab toʻхtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida oʻtkaziladi.
51
499
Qonunchilik
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi ijrosini ta’minlash, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni kengaytirish asosida qishloq aholisi bandligi va daromadini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4021-son qaroriga asosan: a) “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) doirasida 2020-yil 4-avgustda O‘zbekiston Respublikasi va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi o‘rtasida qo‘shimcha 46,2 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit, shuningdek, 800 ming AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘lari bo‘yicha qarz bitimining (keyingi o‘rinlarda — qarz bitimi) imzolanganligi; b) Loyihani amalga oshirish doirasida: Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining krediti hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘idan va yig‘imlardan; ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlari jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqdan ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qarz bitimiga muvofiq Loyiha doirasida jalb etiladigan qo‘shimcha qarz mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltirilishi belgilansin: qishloq xo‘jaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish bo‘yicha kredit ajratish uchun — 39,8 mln AQSh dollari. Bunda klaster va kooperatsiyalar hamda ularga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga — 30,3 mln AQSh dollari, yoshlar va ayollar uchun — 5 mln AQSh dollari miqdorida, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 4,5 mln AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratiladi; irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun — 3,1 mln AQSh dollari. Bunda o‘rmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos o‘rnatish orqali suv chiqarishga 2 mln AQSh dollari sarflanadi; qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha — 4,1 mln AQSh dollari. 3. Quyidagilar: “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qo‘shimcha moliyalashtirish doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining qarz mablag‘larini so‘ndirish, foiz va komissiya to‘lovlarini amalga oshirish prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq; Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilansinki: Qishloq xo‘jaligi vazirligi Loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini hamda natijadorligini ta’minlaydi; Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari zimmasiga kredit liniyasini boshqarish, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi qarzining o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hisobot va monitoringni yuritish vazifalari yuklanadi. 5. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining 35 325 000 AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘larining qaytarilishi to‘liqligicha Loyiha doirasida tijorat banklariga qayta kreditlanadigan mablag‘larning qaytarilishi hisobidan hamda qolgan 10 875 000 AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘larining qaytarilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan amalga oshiriladi. 6. Loyiha doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining qarz mablag‘larini qayta kreditlash bitimlarida subsidiar qarzning foiz stavkasi “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi qarz mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan belgilansin. 7. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bir oy muddatda “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qo‘shimcha moliyalashtirish mablag‘lari doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi qarz mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish hamda Moliya vazirligi va Markaziy bankka tasdiqlash uchun kiritish vazifasi yuklatilsin. 8. Moliya vaziriga Loyiha doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi qarz mablag‘lari bo‘yicha qayta moliyalashtirish bitimlarini, shuningdek, zaruriyatga ko‘ra, ularga tegishli o‘zgartirishlarni imzolash vakolati berilsin. 9. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari tez fursatlarda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 10. Ichki ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatga qo‘yilishi va muddati uzaytirilishini tez fursatlarda ta’minlasin. 11. Hisob palatasi Loyiha doirasidagi mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin. 12. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin. 13. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: a) qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev: bir hafta muddatda mas’ul ijrochilar ishtirokida majlis o‘tkazib, ularning aniq vazifalarini belgilab bersin; ikki hafta muddatda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyiha doirasida mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha hududlar kesimida “Yo‘l xarita”larini tasdiqlasin; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ergashev), Markaziy bank (Xolxujayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan xodimlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ikki kunlik seminar tashkil qilsin; moliyalashtirilgan subloyihalar to‘g‘risida, shuningdek, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritib borsin; b) Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda Loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tashabbuskorlar ishtirokida taqdimotlar o‘tkazsin; v) qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev: Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida sohaning yetuk mahalliy mutaxassislaridan iborat bo‘lgan ilmiy-texnik kengashni shakllantirib, u tomonidan Loyihaning komponentlari doirasidagi texnik topshiriqlar amalga oshirilishi, hujjatlarning ko‘rib chiqilishi va dastlabki xulosa berilishini; qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar tizimi doirasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya yo‘nalishlariga mablag‘larni ajratishda sohani rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi, iqtisodiy samaradorligi va asoslanganligiga alohida e’tibor qaratilishini; Loyihani amalga oshirishda qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarini keng jalb qilib, amaliy seminar va o‘quv kurslari tashkil etilishini; Loyiha doirasida iqtisod qilingan mablag‘larni moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan kelishgan holda qayta taqsimlanishini ta’minlasin. Qishloq xo‘jaligi vaziriga, zarur hollarda, ushbu qarorning 1 va 3-ilovalari bilan tasdiqlangan Loyiha texnik-iqtisodiy asosining asosiy ko‘rsatkichlari hamda “Yo‘l xaritasi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4021-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 15. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va O‘.I. Barnoyev zimmalariga yuklansin. 1. 1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “6 yil (2018 — 2023-yillar)” so‘zlari “7 yil (2019 — 2025-yillar)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 3-bandning ikkinchi xatboshi, qarorning 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. 2-bandning uchinchi xatboshida, 4 va 5-bandlarda hamda 6-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
203
9,656
Qonunchilik
“YER TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan “Yer to‘g‘risida”gi Konuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 16–18, 294-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 84-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1. 2-modda: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir”; ikkinchi qismi chiqarib tashlansin. 2. 4, 5, 6, 7 va 9-moddalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar posyolka va qishloqlar o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining ixtiyorida bo‘ladi: shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari katta-kichikligining me’yorlarini tasdiqlash; posyolkalar va qishloqlarning hududidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza etishni nazorat qilish; o‘z ixtiyorlariga berilgan yer zaxiralarini tasarruf etish; er uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari tarkibiga kirmaydigan posyolka va qishloq aholi punktlari doirasidagi yerlarni egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berish, shuningdek yerlarni olib qo‘yish; erga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerni ijraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish; fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun, uy-joy qurish va unga xizmat ko‘rsatish uchun, shuningdek pichanzor va mol boqish uchun berib qo‘yilgan yer uchun haq olish; ushbu moddaning beshinchi xatboshisida belgilangan tartibda yer berib qo‘yilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyatning shahar idoralari ixtiyorida bo‘ladi: shahar doirasidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish; er uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, shahar doirasida egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish, shuningdek yerni olib qo‘yish, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno; erga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerni ijraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish; shahar doirasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirish; ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilab qo‘yilgan tartibda yer berilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish; er-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish; er tuzish ishlarini uyushtirish. Hokimiyatning shahar tarkibiga kiruvchi tuman idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning shahar idoralari belgilab qo‘yadilar. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyat tuman idoralarining ixtiyorida bo‘ladi: erlardan foydalanishni va uni muhofaza qilishni nazorat etish; fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, dehqon xo‘jaliklariga egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni; birinchi guruhga mansub o‘rmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari o‘rmon fondi yerlarini; sanoat, transport, aloqa, mudofaa obyektlari egallab turgan va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarni; suv fondi yerlarini olib qo‘yish — bitta yer egasiga va bitta yerdan foydalanuvchiga 10 gektargacha maydonda; fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zaxira yerlardan yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish; ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini to‘xtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatib qo‘yish, posyolka va qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman bo‘ysunuvidagi shahar idoralarining vakolat doirasiga kiruvchi hollar bundan mustasno; erga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish; jamoa xo‘jaliklari tuzilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda ularning yerga egalik qilishi masalalarini hal etish; er-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish; er tuzish ishlarini tashkil etish; fuqarolarga jamoat bog‘dorchiligi va uzumchiligi uchun, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirish. Hokimiyatning tuman bo‘ysunuvidagi shahar idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning tuman idoralari belgilab qo‘yadilar. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyat hokimiyat idoralarining ixtiyorida bo‘ladi: erlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish; korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun ushbu moddaning to‘rtinchi xatboshisida aytilgan shartlarga rioya qilgan holda egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladigan ro‘yxatga muvofiq olib qo‘yiladigan yerlar, shu jumladan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari yerlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba maydonlari, birinchi guruhga mansub o‘rmonlarning yerlaridan tashqari barcha yerlarni katta-kichikligidan qat’i nazar olib qo‘yish; er-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish; er tuzish ishlarini tashkil etish”. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyorida bo‘ladi: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni posyolka va qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari bilan, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish; erlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qo‘riqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan hokimiyat mahalliy idoralari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish; er tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish”. 3. 10-modda: birinchi va ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yer qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga doimiy egalik qilish uchun, qonunlarda ko‘zda tutilgan hollarda esa boshqa maqsadlar uchun ham beriladi. Doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun yer: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga; sanoat, transport hamda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga; mudofaa ehtiyojlari uchun; diniy tashkilotlarga; chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga hamda tashkilotlarga beriladi; quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga yer uchastkalari meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun va foydalanish uchun beriladi”; uchinchi – to‘qqizinchi qismlari tegishli ravishda to‘rtinchi – o‘ninchi qismlar deb hisoblansin. 4. 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yerni shartnoma asosida ijraga muayyan muddatga, qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun esa kamida 10 yilga quyidagi idoralar beradilar: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — qishloq va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman va shahar idoralari; ushbu ma’muriy tumandagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga — hokimiyatning tuman idoralari, boshqa tumanlardan kelgan xuddi shu xildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa hokimiyatning viloyat va shahar idoralari; respublika hamda chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, chet el yuridik shaxslari va fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi beradi”. 5. 12-modda. sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yer uchastkalari berish”; ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqaruv mahalliy idoralari tomonidan qonunlarda belgilab qo‘yiladigan tartibda amalga oshiriladi”. 6. 13-modda: birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Tegishli o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat mahalliy idoralari o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi to‘xtatib qo‘yiladi:”; 3-bandidagi “tashkilotning” degan so‘z “tashkilot, dehqon ho‘jaligining” degan so‘zlar almashtirilsin. 7. 14-modda: uchinchi qismi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Muayyan viloyat uchun kadastr bahosiga muvofiq belgilanadigan alohida qimmatli mahsuldor sug‘oriladigan yerlarning, shuningdek alohida muhofaza qilinadigan tabiiy va tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlarning qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yo‘l qo‘yiladi”. 8. 16-modda: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish uchun haq to‘lanadi. Yer uchun haq har yili yer solig‘i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi. O‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat idoralari yerni ijaraga bergan hollarda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi, uning miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi va u yer solig‘i stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak”; ikkinchi va uchinchi qismi chiqarib tashlansin; 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar, tarix va madaniyat yodgorliklari”; quyidagi mazmundagi 3-band bilan to‘ldirilsin: “3. Dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida”; 3—7-bandlari tegishli ravishda 4-8-bandlar deb hisoblansin. 9. 17-modda: 7 va 8-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. Yer uchastkasini yoki uning bir qismini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida vaqtincha foydalanish uchun berish”; “8. Qishloq xo‘jalik ekinlarini, daraxt va butalarni sug‘orish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish huquqiga egadirlar”. 10. 18-modda: 6 va 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. Yer uchastkasini yoki uning bir qismini hokimiyat mahalliy idoralarining qaroriga binoan vaqtincha foydalanish uchun berish”; “7. Qishloq xo‘jalik ekinlarini, daraxt va butalarni sug‘orish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish”. sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolarni, agar tomonlarning biri fuqaro bo‘lsa, – sud ko‘rib chiqadi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni esa xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi”. 11. 19-modda: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan yer uchastkalari ularning xohishiga ko‘ra hokimiyatning tuman yoki shahar idoralari tomonidan avvalgi yeriga teng qiymatli yer uchastkalari ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yangi joyda olib qo‘yilayotganining o‘rniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlarni to‘la hajmda to‘laganidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin”. 12. 20-modda: birinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “dehqon xo‘jaligi yuritish uchun”; beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Uy-joyga, chorboqqa nisbatan egalik huquqi fuqaroga o‘tgan (sotib olingan, xususiylashtirilgan, hadya qilingan yoxud merosga qolgan) taqdirda ana shu imoratlarga bo‘lgan egalik huquqi bilan birga ushbu imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga egalik huquqi ham unga o‘tadi”. 13. 21-modda: uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq maydoni yer resurslarining mavjudligiga qarab va fuqarolarning oilalari ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishini hisobga olgan holda, jamoa xo‘jaligida, boshqa jamoa korxonalarida – ularning yuqori boshqaruv idoralari tomonidan, davlat xo‘jaligida, boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida – ularning ma’muriyati tomonidan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxona, muassasa va tashkilotlarning kengashlari tomonidan belgilanadi, mazkur Kengashlarning qarorlari qishloq va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi”. 14. 23-moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari 21-moddaning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari deb hisoblansin. 15. 23-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun, foydalanish uchun yoki ijaraga kamida o‘n yil muddatga yer uchastkasi beriladi. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining hajmi mahalliy sharoitlarda, shuningdek dehqon xo‘jaligining miqdoriy tarkibini hisobga olgan holda har bir hol uchun hokimiyatning tuman idoralari tomonidan belgilanadi. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun shaxslarga yer berish tartibi qonunlarda belgilab qo‘yiladi”. 16. 25-modda: uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Sug‘oriladigan yerlar alohida muhofaza qilinishi lozim, ularni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazilishi tuproq-meliorativ sharoitlarni va yerlarning suv bilan ta’minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni e’tiborga olib, hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib amalga oshiriladi”. 17. 26-modda: 3-bandi “sug‘oriladigan yerlarni” degan so‘zlardan oldin “meliorativ jihatdan nobop” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 7-bandi “ushbu Qonunning 53-moddasiga” degan so‘zlardan keyin “hamda boshqa qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 18. 28-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga muvofiq yer ajratish loyihalariga asosan yerlari olib qo‘yilayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan, shuningdek ularning yuqori idoralari bilan kelishilgan holda qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, diniy va boshqa tashkilotlarga berib qo‘yiladi. Yangi tuzilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerga doimiy egaligini rasmiylashtirish hamda tugatilayotgan va qayta tuzilayotgan (bo‘lib yoki qo‘shib yuborilayotgan)larining yerga egalik qilish huquqlarini to‘xtatish, ularni tuzish, tugatish yoki qayta tuzish to‘g‘risida vakolatli idoralar tomonidan qarorlar qabul qilinganidan keyin hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni doimiy egalik qilish uchun berib qo‘yish xo‘jalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yerlari quroq bo‘lishiga, o‘zga yerlarga suqilib kirib qolishiga va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari egaligidagi quroq yerlarni, o‘zga yerlarga suqilib kirib qolgan yerlarni va boshqa kamchiliklarni tugatish ularning davlat yer tuzish loyiha tashkilotlari bilan o‘zaro kelishuviga binoan xo‘jaliklararo yer tuzilishi tartibida o‘tkaziladi”. 19. 29-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Qishloq xo‘jaligi sohasidagi kolxozlararo, davlat-kooperativ korxonalari va tashkilotlariga (kolxozlararo bo‘rdoqichilik xo‘jaliklariga, parrandachilik fermalari va shu kabilarga) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar jamoa korxonasining yuqori boshqaruv idorasi, korxona va tashkilot ma’muriyatning qaroriga binoan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxonalar va tashkilotlarning kengashlari tomonidan, ushbu Qonunning 28-moddasida belgilangan tartibda beriladi”. 20. 30-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Hokimiyatning tegishli viloyat idoralari qaroriga binoan jamoa va davlat xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarning (ilmiy-tadqiqot, o‘quv tashkilotlari, yordamchi qishloq xo‘jaliklaridan tashqari) bo‘linmalari negizida tuziladigan hamda ulardan chiqadigan kooperativlarga xo‘jalik yuritishning teng sharoitlari yaratilishi zarurligini e’tiborga olgan holda o‘zlari ilgari ishlab kelgan yerlardan yer uchastkalari beriladi. Bu yer uchastkalari mazkur korxonalarning yerlari tarkibidan olib qo‘yilishi lozim. Yer uchastkalarini berish tartibi va shartlari qonunlar bilan belgilanadi”. 21. 33-modda: uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Shahar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, posyolka doirasi esa hokimiyat viloyat idoralari tomonidan belgilanadi va o‘zgartiriladi. Shahar doirasidagi hamma yerlar hokimiyat shahar idoralari, posyolka doirasidagi yerlar esa posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv organlari ixtiyoridadir”. 22. 34-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalari hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari qarorlariga asosan beriladi. Bu qarorlarda rejalashtirish va qurilish olib borishning tasdiqlangan loyihalariga muvofiq yerlarni egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berish shartlari belgilanadi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining qaroriga muvofiq o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan yerlardan vaqtincha foydalanish uchun boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer uchastkalari berishlari mumkin. Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalari hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining qarori asosida olib qo‘yiladi. Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonlari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanayotgan yerlari va boshqa yerlarning olib qo‘yilishi ushbu Qonunning 14-moddasida belgilangan tartibda tegishli posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralarining qarorlari bilan tasdiqlanadi. Fuqarolar egaligidagi, mevali daraxtlar va butalar bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini olib qo‘yish yoki fuqarolarga qarashli shaxsiy mulk huquqidagi uy-joylarni buzish bilan bog‘liq holda yer uchastkalarini olib qo‘yish ularga boshqa obod turar joy binosi berilganidan yoki ularning xohishiga ko‘ra teng qiymatli yer uchastkasi berilgan va yangi uy qurib yoki eski uy ko‘chirib berilganidan so‘ng, shuningdek ko‘rilgan zarar qiymati to‘la hajmda qoplanganidan keyin hokimiyat shahar va viloyat idoralarining qarori asosida amalga oshiriladi. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar yer egalari hamda yerdan foydalanuvchilar qilgan xarajatlar to‘lanmay va ko‘rgan zarar qiymati qoplanmasdan sud tartibida olib qo‘yiladi”. 23. 36-modda: beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Umum foydalanishdagi yerlardan hokimiyatning shahar idoralari yoki posyolkalarning o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari qaroriga muvofiq yengil imorat va inshootlar (savdo rastalari, do‘konchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurishda vaqtincha foydalanish uchun ijara shartlarida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga yer uchastkalari berilishi mumkin”. 24. 41-moddaning to‘rtinchi qismidan “dengiz” degan so‘z chiqarib tashlansin. 25. 42-modda: ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Sanoat, transport, aloqa va xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘zlari foydalanmayotgan yerlarni hokimiyat tumanlar va shahar idoralari qaroriga muvofiq qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda va shartlarda qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun fuqarolar, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga vaqtincha foydalanishga beradilar”. 26. 43-modda: birinchi va uchinchi qismidagi “qo‘riqxonalar” degan so‘z “davlat qo‘riqxonalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 27. 48-moddaning birinchi qismidagi “ichki”, “hududidagi suvlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 28. 49-moddaning birinchi qismi “korxonalar” degan so‘zdan oldin “fuqarolar” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 29. 50-modda: uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari, tabiat yodgorliklari, suv havzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yo‘llar, quvurlar, elektr ta’minoti va aloqa liniyalari yoqasida muhofaza, sanitariya va ihota tegralari belgilanishi munosabati bilan huquqlari cheklanishidan”; 30. 51-moddaning ikkinchi qismidagi uchinchi xatboshida “maktab va davolash muassasalari” degan so‘zlar “maktabgacha tarbiya va davolash muassasalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 31. 56-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqaruv mahalliy idoralari, shuningdek bu ishga maxsus vakil qilingan idoralar amalga oshiradilar”. 32. 61-modda: ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari jamoa xo‘jaliklarida — xo‘jalik a’zolarining umumiy yig‘ilishi yoki vakillar yig‘ilishi tomonidan, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida — ma’muriyat tomonidan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning kengashlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi”. 33. 62-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar hokimiyat idoralari tomonidan ushbu Qonunda belgilangan vakolatlarga muvofiq, sud yoki xo‘jalik sudlari tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda hal qilinadi. Yerga oid munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy nizolar sud yoki xo‘jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq hal qilinadi. Qishloqlar yoki posyolkalar hududida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida fuqarolar o‘rtasida chiqqan nizolar tegishli o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari tomonidan hal qilinadi. Shahar hududida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan fuqarolar o‘rtasida chiqqan nizolar, shuningdek fuqarolararo nizolar hokimiyatning shahar idoralari tomonidan hal qilinadi. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida mahalliy bo‘ysunuvdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida, shuningdek mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan fuqarolar o‘rtasida chiqqan nizolar hokimiyatning tuman idoralari tomonidan hal qilinadi. Tomonlarning biri respublikaga bo‘ysunuvchi korxona, muassasa va tashkilot bo‘lgan hollardagi nizolar hamda bir viloyatning turli tumanlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida chiqqan nizolar hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan hal qilinadi. Turli viloyatlarga yoki viloyatlardan biri va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida yer to‘g‘risida chiqqan nizolarni hal qilish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining boshqa davlat hududidagi yerga egalik qilish va undan foydalanish masalalariga oid nizolar, shuningdek boshqa davlatlarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yerga egalik qilish hamda undan foydalanish masalalariga oid nizolar O‘zbekiston Respublikasi va manfaatdor davlat vakillaridan tenglik asosida tuziladigan komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi manzilgohlarida umumiy yer uchastkasidan foydalanish tartibi xususida yakka tartibda qurilgan imoratlarga birga egalik qiluvchilar o‘rtasida chiqqan nizolar sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Umumiy yer uchastkasidan foydalanish tartibi fuqarolarga tegishli imoratlarning qismlarini hisobga olgan holda belgilanadi”. 34. 63-modda: ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Hokimiyat mahalliy idoralarining yer xususidagi nizo yuzasidan chiqargan qaroriga tomonlarning biri norozi bo‘lgan taqdirda tomonlardan biri fuqaro bo‘lganida sudga, yer xususidagi nizo korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida chiqqanida esa — O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlariga shikoyat qilinishi mumkin”. 35. 14, 15, 16, 18, 36, 37, 39, 40, 47, 49, 51, 52, 58, 60, 61, 64-moddalardagi “xalq deputatlari Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari mahalliy Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari qishloq (posyolka) Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari shahar Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari rayon Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari oblast Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari” degan atamalar “o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralari”, “o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat mahalliy idoralari”, “qishloq (posyolka) o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari”, “hokimiyatning shahar idoralari”, “hokimiyatning tuman idoralari”, “hokimiyatning viloyat idoralari”, degan atamalar bilan almashtirilsin. 36. 49, 60-moddalardagi “ovul”, “ovullar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 37. Qonunning rus tilidagi matni 55, 60-moddalarida “qo‘llangan “krestyanskoye”, “krestyankix” degan so‘zlar “dexkanskoye”, “dexkanskix” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 38. 10, 11, 14, 22, 24, 27, 37, 40, 60-moddalardagi “kolxozlar, sovxozlar va boshqa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 39. 11, 21, 24, 35, 37, 56-moddalardagi “davlat, kooperativ va jamoat” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 40. 3, 22, 31, 33, 36, 37, 60-moddalardagi “shahar posyolkalarining”, “shahar posyolkalarida” degan so‘zlar “posyolkalarning”, “posyolkalarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 41. 57, 58-moddalardagi “Prezidenti huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 42. 50-moddadagi “davlat hakamligi idoralari” degan so‘zlar “xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
100
28,029
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRINING O‘RINBOSARI QO‘ShIMChA LAVOZIMINI JORIY ETISh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimi joriy etilsin.
93
121
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent Shahar hokimligi yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 18-yanvardagi PQ-262-sonli qarori 8-ilovasining 2-bandi chiqarib tashlansin.
250
330
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi kasb faoliyati to‘g‘risida” 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 41-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 11-modda) 1-ilovada “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” grafasidan keyin “Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar” grafasi qo‘shilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda): 1) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi to‘g‘risida nizomning (qarorga 1-ilova) 14-bandiga: a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar”; b) uchinchi – o‘n birinchi xatboshi tegishli ravishda to‘rtinchi – o‘n ikkinchi xatboshi hisoblansin; 2) qarorga 3-ilovaning 13-bandidagi 3-kichik band chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qaroriga 7-ilovaning 1.1-bandidagi “a” kichik banddan “va 1-bandning ikkinchi xatboshidagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
106
2,357
Qonunchilik
Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish — huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui; g‘ayriijtimoiy xulq-atvor — shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligi; huquqbuzarlik — sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g‘ayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik); huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi — jismoniy, ma’naviy yoki mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxs; huquqbuzarliklar profilaktikasi — huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi; huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs — o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo‘lgan jismoniy shaxs. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish; huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish; jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; insonparvarlik; tizimlilik; ishontirish usulining ustuvorligi; ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini farqlash va yakka tartibdagi yondashish. Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari quyidagilardan iborat: huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi; huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi; huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi; huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi; huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining samarali ishlab turishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi; iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlanish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir tegishli chora-tadbirlarni ko‘radi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlashga, qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi; tegishli hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi: ichki ishlar organlari; prokuratura organlari; Davlat xavfsizlik xizmati organlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari; O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; adliya organlari; davlat bojxona xizmati organlari; davlat soliq xizmati organlari; mehnat organlari; ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari; davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari; O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan organlar va muassasalar huquqbuzarliklar profilaktikasida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi. Ichki ishlar organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; mamlakatdagi, ayrim mintaqalardagi, tumanlar va shaharlardagi kriminogen vaziyatni o‘rganadi, mavjud kuchlar va vositalardan huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishda foydalanilishi samaradorligi tahlilini amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan shaxslar va huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi; ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan shaxslarni profilaktik hisobga olishni amalga oshiradi; faoliyati taqiqlangan tashkilotlarga va diniy-ekstremistik yo‘nalishdagi guruhlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi, ularga nisbatan chora-tadbirlar ko‘radi; pasport-viza rejimiga, fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini saqlash qoidalari hamda tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; jinoyatlarni fosh etishda va tergovga, sudga kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar hamda bedarak yo‘qolgan fuqarolar qidiruvida ishtirok etadi; ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Ichki ishlar organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Prokuratura organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan soliq, valyutaga oid huquqbuzarliklar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi; aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Prokuratura organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmati organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; xalqaro jinoiy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni, milliy xavfsizlikka ulardan kelib chiquvchi tahdid darajasini baholashni amalga oshiradi, tegishli organlar va muassasalarga zarur axborotni taqdim etadi; tinchlik va xavfsizlikka qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; qo‘riqlanuvchi shaxslarning manfaatlari, xavfsizligi va daxlsizligiga qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; mamlakatdagi korrupsiya holati tizimli tahlil qilinishini ta’minlaydi, shuningdek korrupsiyaga oid xavf-xatarlar eng yuqori bo‘lgan sohalarni, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi; davlat xaridlari va budjet mablag‘laridan, xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotni tarqatish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantiradi; vazirliklar va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Adliya organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtirib boradi; huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Adliya organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat bojxona xizmati organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Davlat bojxona xizmati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat soliq xizmati organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mehnat organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; mehnat va aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; aholini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi, ishsizlarni hisobga olishni va ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi; mehnat va aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi. Mehnat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; ta’lim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; ta’lim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; ta’lim oluvchilarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga yo‘naltirilgan dasturlar hamda uslublarni ishlab chiqadi va ta’lim muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi; ta’lim oluvchilar orasida huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi hamda ularga nisbatan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi; ta’lim oluvchilarning bandligini va bo‘sh vaqti mazmunli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida hammabop sport seksiyalari, texnik va boshqa to‘garaklar, klublar tashkil etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari ichki ishlar organlariga: huquqbuzarliklar faktlari haqida; odamlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar to‘g‘risida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida; ta’lim oluvchi shaxs g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida; huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar haqida xabar qilishi shart. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish bo‘yicha ishlarni, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni tashkil etadi; aholi o‘rtasida muntazam tibbiy tekshiruvlarni tashkil etadi; alkogolizmga, giyohvandlikka, zaharvandlikka, ruhiy kasalliklarga, OIV infeksiyasiga, tanosil kasalliklariga va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklarga chalingan shaxslarni aniqlaydi, ularni hisobga olish, tekshiruvdan o‘tkazish, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshiradi; OIV infeksiyasi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik tarqalishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni bajarish uchun mutaxassislarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi; odam savdosidan jabrlanganlarni belgilangan tartibda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi; ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi. huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari ichki ishlar organlariga: ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklar tarqalganligi haqida; badaniga shikast yetgan yoxud behush holatda bo‘lgan shaxslar kelib tushganligi yoki murojaat etganligi haqida; odamlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar to‘g‘risida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida; voyaga yetmagan shaxs g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida; huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar haqida xabar qilishi shart. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; tabiatni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolatlari doirasida: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga, shu jumladan huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashda hamda bartaraf etishda ko‘maklashadi; huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni (yoshlarni) ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlar o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida: qonuniylikni va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslarning, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini huquqbuzarliklardan himoya qilishni ta’minlashni; huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etishni; vakolatli organlar va muassasalarning faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligini va uyushgan holda ishlashini ta’minlash maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni; huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni baholashni, monitoring qilishni va ularning samaradorligini oshirishni; jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga barham berish amaliyotini o‘rganishni; jinoyatlarning fosh etilishini hamda surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashiringan shaxslarning qidiruvini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv va profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishni; tizimli kamchiliklar yuzaga kelishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashni, tahlil qilishni hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etishni; organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish borasidagi hamkorligini yaxshilash, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan choralarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni; huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir axborotni to‘plashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni, shuningdek tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ushbu axborotdan foydalanishni amalga oshiradi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishi hisobga olinishini tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi; ro‘yxatdan o‘tkazilmagan diniy tashkilotlar faoliyatiga chek qo‘yish, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligiga bo‘lgan huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni majburlab singdirishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi; ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a’zolari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; yarashtirish komissiyalari va boshqa komissiyalarni tuzadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarga ko‘maklashish hamda zarur yordamni ko‘rsatish yo‘li bilan huquqbuzarliklar profilaktikasida ishtirok etishi mumkin. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha faoliyati huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasidir. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; aholi o‘rtasidagi huquqiy targ‘ibot; huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish hamda huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning ayrim turdagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga, bu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash va ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyati huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasidir. Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini amalga oshirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: ayrim turdagi huquqbuzarliklarning, shaxslar toifalarining ko‘payishi; jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga tajovuz qiluvchi xatarlar va tahdidlarning yuzaga kelishi. Ilgari sudlangan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha maxsus tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga va ijtimoiy moslashtirishga tayyorlash bo‘yicha maxsus tadbirlarni amalga oshirish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish hamda amalga oshirish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini tashkil etayotgan tashkilotlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Ilgari sudlangan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Alkogolni suiiste’mol qiluvchi yoki giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qiluvchi shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishining, ular iste’mol qilinishining, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlari qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilishi hamda realizatsiya qilinishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; mastlik holatida, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning sabablari va shart-sharoitlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini o‘tkazish; giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Alkogolni suiiste’mol qiluvchi yoki giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qiluvchi shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qonun va boshqa qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularning hisobini yuritish va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga doir faoliyati huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasidir. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi shaxsning, uning ijtimoiy muhitining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va turmush tarzi, shaxsning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligini, shuningdek sodir etilgan huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga olingan holda belgilanadi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini qo‘llash uchun shaxsning g‘ayriijtimoiy xulq-atvori to‘g‘risida, uning huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi yoxud u huquqbuzarlik sodir etganligi haqida dalolat beruvchi ishonchli ma’lumotlarning mavjudligi asos bo‘ladi. Huquqbuzarliklarning majburlovchi va cheklovchi xususiyatdagi yakka tartibdagi profilaktikasi qonunda nazarda tutilgan asoslarda qo‘llaniladi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: profilaktika suhbati; rasmiy ogohlantirish; huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida xabardor qilish; ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish; profilaktik hisobga olish; majburiy davolanishga yuborish; ma’muriy nazorat. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Profilaktika suhbati shaxsni jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirishdan, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy va huquqiy oqibatlarini hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikni tushuntirishdan iborat bo‘ladi. Profilaktika suhbati shaxsni profilaktik hisobga qo‘yishda ham o‘tkaziladi. Profilaktika suhbati huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakili tomonidan o‘tkaziladi. Profilaktika suhbati huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa joylashgan erda, shuningdek shaxsning yashash, o‘qish, ish joyida yoxud bevosita g‘ayriijtimoiy xulq-atvor yoki huquqbuzarlik aniqlangan joyda o‘tkaziladi. Profilaktika suhbati davomida shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari, uning turmush tarzi va ijtimoiy-maishiy yashash sharoitlari, shuningdek g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning yoki sodir etilgan huquqbuzarlikning sabablari va shart-sharoitlari aniqlanadi. Ilgari o‘tkazilgan profilaktika suhbati ijobiy natija bermagan va shaxs g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni yoki huquqbuzarlik sodir etishga moyillikni davom ettirgan hollarda, unga nisbatan rasmiy ogohlantirish qo‘llaniladi. Rasmiy ogohlantirish shaxsga uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni davom ettirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida yozma ravishda tushuntirishdan, shuningdek huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsni huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirishdan iborat bo‘ladi. Rasmiy ogohlantirish huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsi tomonidan chiqariladi hamda shaxsga imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi, u imzo qo‘yishdan bosh tortgan taqdirda esa, rasmiy ogohlantirishga bu haqda yozib qo‘yiladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsi rasmiy ogohlantirish chiqarilganligi to‘g‘risida u qaysi shaxsga e’lon qilingan bo‘lsa, o‘sha shaxsning ish (o‘qish) joyidagi ish beruvchiga (ma’muriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga xabar qilishga haqli. Rasmiy ogohlantirishning shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi organ yoki muassasa, o‘z vakolatlari doirasida, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar haqida ish (o‘qish) joyidagi ish beruvchini (ma’muriyatni), yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning va sodir etilgan huquqbuzarlikning holatlarini, shuningdek ularga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni ko‘rsatgan holda xabardor qilishga haqli. Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlari qonunchilikda belgilangan tartibda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa tomonidan qo‘llaniladi. Profilaktik hisobga olish ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan shaxslarga nisbatan ularning tuzalishi va takroran huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan profilaktika tadbirlari majmuidir. Profilaktik hisobga olishni amalga oshirish tartibi va shartlari ushbu Qonun va boshqa qonunchilikda belgilanadi. Profilaktik hisobga olish quyidagi shaxslarga nisbatan yuritiladi: ilgari sudlanganlarga ular jinoiy jazoni o‘taganidan so‘ng, o‘ziga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxslar bundan mustasno; o‘ziga nisbatan sudning jazo tayinlanmagan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslarga; O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga muvofiq aybdorlik to‘g‘risidagi masala hal qilinmasdan turib o‘ziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan yoxud reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan shaxslarga; o‘ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi tanlangan jinoyat sodir etishda ayblanuvchilarga; O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40, 41, 45, 47, 52, 56, 58, 61, 106, 131, 1651, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 187, 188, 1881, 189, 1891, 190, 191, 201, 202, 2021, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganlarga; ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytganlarga. Shaxsni profilaktik hisobga qo‘yishga quyidagilar asos bo‘ladi: vakolatli organning yoki mansabdor shaxsning ushbu Qonun 35-moddasining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarori; vakolatli organning yoki mansabdor shaxsning jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi yoxud reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarori; o‘ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi tanlangan ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi tergovchining yoki prokurorning qarori; sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi; shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaning qarori. Bir shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish uchun bir qancha asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, asoslarning har biri bo‘yicha alohida-alohida profilaktik hisobga olish amalga oshiriladi. Ushbu Qonun 36-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslardan biri mavjud bo‘lganda, profilaktik hisobga olishni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish to‘g‘risida ichki ishlar tuman, shahar bo‘limining, boshqarmasining boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan qaror chiqaradi. Mazkur qaror shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish uchun asoslar mavjudligidan dalolat beruvchi hujjatlar mansabdor shaxs tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida chiqariladi. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ular yashash joyiga yetib kelgan kundan e’tiboran uch kun ichida chiqariladi. Shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorda qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, u chiqarilgan sana va joy, u qaysi shaxsga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash, ish, o‘qish joyi) va profilaktik hisobga qo‘yish asoslari ko‘rsatiladi. Shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror mazkur qarorni chiqargan shaxs tomonidan imzolanadi. Shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror profilaktik hisobga qo‘yilgan shaxsga imzo qo‘ydirib e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Qaror ushbu shaxsga tasdiqlangan paytdan e’tiboran uch kun ichida, u yashash joyida bo‘lmagan hollarda esa, uning turgan joyi aniqlangan paytdan e’tiboran uch kun ichida e’lon qilinishi kerak. Qaror e’lon qilinganda shaxsga uning huquq va majburiyatlari tushuntirilib, bu haqda qarorda qayd qilinadi. Shaxsning xulq-atvorini nazorat qilish va unga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari o‘z vaqtida qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida shaxs profilaktik hisobga qo‘yilgan kunda ichki ishlar organlari tomonidan profilaktika ishi ochiladi. Shaxsni profilaktik hisobga olish u profilaktik hisobga qo‘yilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida amalga oshiriladi. Agar profilaktik hisobga olishni amalga oshirish davrida ushbu Qonun 36-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan yangi asoslar vujudga kelsa, shaxsni profilaktik hisobga olish muddatini hisoblash shaxs yangi vujudga kelgan asoslar bo‘yicha profilaktik hisobga qo‘yilgan paytdan e’tiboran amalga oshiriladi. Shaxsni profilaktik hisobdan chiqarish quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi: profilaktik hisobga olish muddatining tugashi; reabilitatsiya qiluvchi asoslarga ko‘ra jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida tergovchi yoki prokuror tomonidan qaror qabul qilinishi yoki sudning oqlov hukmining qonuniy kuchga kirishi; sudning shaxsni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilish to‘g‘risidagi ayblov hukmining yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi sud ajrimining qonuniy kuchga kirishi; qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilishi; shaxsning muddatidan oldin to‘liq tuzalganligi to‘g‘risida dalolat beruvchi ma’lumotlarning mavjudligi; profilaktik hisobda turgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga qonunda belgilangan tartibda chiqib ketgan taqdirda; profilaktik hisobda turgan shaxsning vafot etishi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslardan biri mavjud bo‘lganda, profilaktik hisobni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs shaxsni profilaktik hisobdan chiqarish to‘g‘risida ichki ishlar tuman, shahar bo‘limining, boshqarmasining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan qaror chiqaradi. Profilaktik hisobda turgan shaxs ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga hukm qilingan taqdirda, unga nisbatan to‘plangan materiallar sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran besh kun ichida huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlarini qo‘llash uchun tegishli jazoni ijro etish muassasasiga yuboriladi. Profilaktik hisobda turgan shaxs doimiy yashash joyini o‘zgartirgan taqdirda, uni hisobga olish yangi doimiy yashash joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxs tomonidan jamoat tartibi, boshqa shaxslarning huquqlari buzilgan yoxud u aholining xavfsizligi, sog‘lig‘i va jamiyatning axloqiga tahdid solgan taqdirda ichki ishlar organlari “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunchilikka muvofiq uni majburiy davolanishga yuborish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi. Ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar ustidan ma’muriy nazorati tarbiyaviy-profilaktik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari majmuidan iborat bo‘ladi va nazorat ostidagilarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan cheklovlarni qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Ma’muriy nazoratni o‘rnatish, amalga oshirish va tugatish tartibi, shuningdek qo‘llaniladigan cheklovlar ro‘yxati jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi. O‘ziga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari qo‘llanilayotgan shaxslar: o‘ziga nisbatan qo‘llanilayotgan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlarining asoslari va huquqiy oqibatlarini bilishga; o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlar va boshqa materiallar bilan tanishishga; iltimoslar qilishga; yuridik yordam olishga; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organning yoki muassasaning qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. O‘ziga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari qo‘llanilayotgan shaxslar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi shart. O‘ziga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari qo‘llanilayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini qo‘llashga doir faoliyati huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasidir. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish; aholiga, shu jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar o‘rtasidagi nizolarni hal etish usullarini o‘rgatish; huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish; huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etish; huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uni qonunda nazarda tutilgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish usullari va vositalari to‘g‘risida xabardor qilish; g‘ayriijtimoiy xulq-atvor nisbatan tez-tez kuzatiladigan yoki huquqbuzarliklar tez-tez sodir bo‘lib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam ravishda nazorat qilish; hujum qilingan taqdirda zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat haqidagi ma’lumotlarni keng tarqatish yo‘li bilan aholiga huquqiy tarbiya va ta’lim berish; g‘ayriijtimoiy xulq-atvor, tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa huzurida ishonch, tezkor aloqa telefonlarini, qutqaruv xizmatlarini tashkil etish; profilaktika dasturlari va tadbirlari loyihalarining ommaviy muhokamalarini tashkil etish, ularni amalga oshirish jarayonida muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida jahon Internet axborot tarmog‘ida veb-saytlar, bloglar, chatlar tashkil qilish; huquqbuzarliklar profilaktikasining zamonaviy usullari to‘g‘risida elektron adabiyotlarni tarqatish. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan muassasalar huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatadi. Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tuzish va ularning ishini tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari cheklanishiga, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada bo‘lishga, shaxsiy hayot, yozishmalar, telefonda so‘zlashuvlar, pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar sir saqlanishi, bir joydan ikkinchi joyga erkin ko‘chish va yashash joyini tanlash, shuningdek shaxsiy daxlsizligi, uy-joy daxlsizligi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. O‘ziga nisbatan profilaktika chora-tadbirlari qo‘llanilayotgan shaxslar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organning yoki muassasaning qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishga haqli. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar faoliyatining moliyaviy hamda moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Faoliyati huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ijtimoiy buyurtmani joylashtirish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar vositasida qo‘llab-quvvatlaydi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
43
52,176
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-438-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 22-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-438-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
169
1,197
Qonunchilik
Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida
1. 2012-yil 30-mayda Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining sanoat sohasida hamkorligi va sanoat siyosati bo‘yicha Kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shilinsin. 2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilansin. 3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilishi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin. 4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
994
Qonunchilik
Respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida
Respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash, aholi o‘rtasida gulchilik san’ati sir-asrorlarini ommalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida: 1. Respublikada gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini rivojlantirish, shu jumladan gul yetishtirishda aholi bilan kooperatsiya munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, soha mutaxassislari malakasini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy ishlanmalarni joriy etishda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Gul yetishtiruvchilar uyushmasiga: tadbirkorlik subyektlarini gulchilik va ko‘chatchilik bilan shug‘ullanishga qiziqtirish, ularni bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun o‘qitish, shu jumladan xorijiy davlatlarda o‘qitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish; gulchilik sohasiga oid seminar, anjuman, yarmarka va ko‘rgazmalar tashkil qilish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash; xorijiy davlatlardan eksportbop gul navlarini parvarishlash uchun olib kelish va ularni mahalliylashtirish, shuningdek, parvarishlangan gullarni eksport qilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha yaqindan amaliy yordam ko‘rsatsin. 2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinko‘l tumanlarini, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod tumanlarini hamda Jizzax viloyatining Zomin va G‘allaorol tumanlarini gulchilikka ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. To‘rayev) Gul yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda gulchilikka ixtisoslashgan tumanlarda tajriba tariqasida gulchilik sohasida tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan gulchilik klasterlari tashkil qilinishini ta’minlasin. 3. Xalqaro moliya institutlaridan qishloq xo‘jaligi sohasi uchun jalb qilinadigan kredit liniyalari mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ham yo‘naltirilsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, gulchilikka ixtisoslashgan tumanlarda: gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatlarini kengaytirishlari uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga dehqon xo‘jaligini yuritish maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibida ajratiladi; “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning kamida 10 foizi gulchilik loyihalarini tashkil qilish uchun ajratiladi; “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ochiq maydonda hamda issiqxonalarda gul yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni o‘rgatish maqsadida Andijon, Jizzax va Namangan viloyatlarida har birining maydoni 2 sotix bo‘lgan 25 ta “Gulchilik o‘quv poligon”larini tashkil etish uchun 0,5 gektar yer maydoni tashabbuskor tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda) orqali ijaraga beriladi; “Gulchilik o‘quv poligon”larida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va maxsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga gul va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish maqsadida 6 sotixdan yer maydoni elektron onlayn-auksion (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda) orqali ijaraga beriladi. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Andijon, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda “Gulchilik o‘quv poligoni” tashkil qilish istagini bildirgan tashabbuskor tadbirkorlar uchun yer maydonlarining elektron onlayn-auksionga yoki ochiq elektron tanlovga qo‘yilishini ta’minlasin. 5. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021 — 2024-yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni va 100 ming AQSh dollaridan ko‘pni tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlarining xomashyo (gul ko‘chatlari, urug‘lari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi. 6. 2023-yil 1-yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik o‘simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilsin. 7. Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda ilmiy-texnik dasturlar doirasida gulchilik va ko‘chatchilik sohalarida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarining ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan, aniq natija beradigan loyihalarga davlat buyurtmasini shakllantirib, raqobat asosida moliyalashtirishga tanlov e’lon qilsin. Bunda, ilmiy loyihalarga ajratiladigan mablag‘larning kamida 40 foizi eksportbop va qimmat gullarni (orxideya, liliya, pion va boshqalar) mahalliy iqlimga moslashtirish uchun gen injeneriyasiga ixtisoslashgan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish hamda jihozlashga yo‘naltirilsin. 8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda: 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida Gulchilik magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga gulchilikka oid mutaxassislik fanlarini kiritish va o‘quv soatlarini oshirishga e’tibor qaratsin. 9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida Turkiya Respublikasining Isparta amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik sohasida kadrlar tayyorlashni qo‘shma ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘ysin. 10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsiz fuqarolarni gulchilik sohasiga o‘qitish maqsadida ikki oy muddatda Andijon viloyati Shahrixon tumani, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani va Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi agrotexnologiyalar texnikumlarida landshaft dizayni, gulchilik seleksiyasi va ko‘chatchilik yo‘nalishlarida o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qilsin. 11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. To‘rayev) uch oy muddatda Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan gul yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida “Gulchilikka o‘qitish markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘ysin. Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Gulchilikka o‘qitish markazi”ga Niderlandiya qirolligi, Turkiya Respublikasi va Tailand qirolligidan jalb qilinadigan malakali mutaxassislarning O‘zbekistonga kelib-ketish va yashash xarajatlarining 50 foizini Yevropa Ittifoqining “Budjetni qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida agrosanoat majmuasini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplab berish choralarini ko‘rsin. 12. Respublikada gulchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 13. Gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har bir hududlarda gul ko‘chatlari ta’minotchilari bilan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida loyihalar sonini ko‘paytirish uchun mahallalarda gulchilik loyihalari bo‘yicha taqdimotlar va seminarlar o‘tkazilishini ta’minlasin; Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida gul hamda ko‘chatlarning yirik ulgurji bozorini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 14. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Turizm va sport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda har yili aprel-may oylarida Namangan viloyatida “Xalqaro gullar festivali”ni o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. 15. Bosh vazir o‘rinbosari Sh. G‘aniyev bir hafta muddatda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi faoliyatini tashkil etish, xorijiy mamlakatlardan ekspert va mutaxassislarni jalb qilish, mahalliy kadrlarni tayyorlash, xalqaro gullar festivali va ko‘rgazmalarda ishtirok etish hamda ilmiy konferensiyalarni o‘tkazish, sohaga oid zamonaviy xorijiy adabiyotlarni olib kelish va tarjima qilish, gulchilik sohasiga oid mahalliy ilmiy ishlar, monografiyalar va nashrlarni rag‘batlantirish, gul turlari tizimini yaratish (sog‘lom va boshlang‘ich gul yetishtiriladigan ko‘chatxonalar) uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 20 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishini ta’minlasin. 16. Gulchilik sohasiga oid loyihalarni moliyalashtirish ustuvor ravishda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan, shuningdek, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida esa barcha tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi belgilansin. 17. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. To‘rayev) o‘z tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining bo‘sh yer maydonlarida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan xona, gulzor, buta, manzarali daraxt va sovg‘a gullari yetishtiriladigan ko‘chatxonalar tashkil etilishini ta’minlasin. Bunda, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘chatxonalarni mahalliy va xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda tashkil etish uchun o‘ziga tegishli yer maydonlarini ajratish huquqi beriladi. 18. Gul yetishtiruvchilar uyushmasi Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanining A. Yassaviy mahallasi hududida joylashgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tegishli binoda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori A.M. To‘rayev hamda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi raisi belgilansin. Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
94
10,948
Qonunchilik
NUKUS ShAHRINING 70 YILLIGINI NIShONLAShGA TAYYORGARLIK KO‘RISh TO‘G‘RISIDA
Nukus shahrining O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida va madaniy hayotidagi alohida ahamiyatini hisobga olib hamda Nukus shahrining tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining 2002-yilning noyabr oyida Nukus shahrining 70 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Nukus shahrining 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi va tadbirlar rejasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 3-ilovaga muvofiq tadbirlarni o‘z mablag‘lari va 2002-yil uchun ajratilgan kapital qo‘yilmalar limitlari hisobiga amalga oshirsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2002-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga: 2002-yil uchun tasdiqlangan respublika investitsiya dasturida “boshqa buyurtmachilar” bo‘yicha nazarda tutilgan limitni tegishli ravishda kamaytirish hisobiga san’at muzeyi qurilishini tugallashga va amfiteatr qurilishiga 870 mln so‘m miqdorida, 1-respublika kasalxonasini rekonstruksiya qilishning birinchi navbatini amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobiga 350 mln so‘m miqdorida kapital qo‘yilmalarning qo‘shimcha limitini ajratsinlar. 4. “O‘zteleradio” kompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va ommaviy axborot vositalari Nukus shahrining 70 yilligi nishonlanishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish keng yoritilishini ta’minlasinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
75
2,149
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3778-son “O‘zbekiston Respublikasida qimmatli metallardan o‘lchovli yombilar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda qimmatli metallar bozori faoliyatini reglamentga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3778-son “O‘zbekiston Respublikasida qimmatli metallardan o‘lchovli yombilar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda qimmatli metallar bozori faoliyatini reglamentga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini (bundan buyon matnda Markaziy bank tangalari deb yuritiladi) sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqariladi. 2. Markaziy bank tangalari O‘zbekiston Respublikasi hududida nominal qiymati bo‘yicha naqd pul shaklidagi qonuniy to‘lov vositasi, shuningdek nominal qiymatidan yuqori baholanuvchi kolleksiya, investitsiya va jamg‘arish obyektlari sifatida muomalada bo‘lishi mumkin. 3. Markaziy bank tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari (bundan buyon matnda bank shoxobchasi deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi. Markaziy bankning rasmiy veb-saytida Markaziy bank tangalarini sotadigan va qaytarib xarid qilib oladigan bank shoxobchalarining manzili haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinib boriladi. 4. Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 5. Markaziy bank tangalarini sotish jismoniy shaxslarga naqd va naqd pulsiz hisob-kitob shaklida, yuridik shaxslarga to‘lovni pul mablag‘lari o‘tkazilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi. 6. Qimmatbaho metall bahosi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasining ertalabki fiksing (belgilangan) narxi va so‘mning AQSh dollariga nisbatan Markaziy bank kursiga muvofiq hisob-kitoblar asosida belgilanadi hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qiladi. 7. Markaziy bank tangalarining sotish narxi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta, milliy valyutada, qimmatbaho metall narxi va Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan marjaga asosan belgilanadi hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 8. Markaziy bank tangalarini qaytarib xarid qilib olish bank shoxobchalari orqali amalga oshiriladi. Bank shoxobchalari tomonidan qaytarib xarid qilib olingan Markaziy bank tangalari ularning asillik darajasini aniqlash maqsadida Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (bundan buyon matnda Asillik palatasi deb yuritiladi) tomonidan texnik ekspertizadan o‘tkaziladi. Markaziy bank tangalarining asillik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan texnik ekspertiza uchun to‘lov Markaziy bank tangalarining egalaridan undirilmaydi. 9. Markaziy bank tangasini qaytarib xarid qilib olish narxi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Markaziy bank tangasi topshirilgan kundagi qimmatbaho metall narxidan va ushbu narxga qo‘llaniladigan Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlagan chegirmaga asosan Markaziy bank tomonidan belgilanadi. 10. Markaziy bank tangalarini qaytarib xarid qilib olishda jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Markaziy bank tangasini qaytarib xarid qilib olish to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Bunda yuridik shaxsning vakili Markaziy bank tangasini tasarruf etish huquqi borligi to‘g‘risidagi ishonchnomani taqdim etishi kerak. 11. Dalolatnoma uch nusxada tuziladi va ulardan bir nusxasi bank shoxobchasida, ikkinchi nusxasi Markaziy bank tangasi egasida hamda uchinchi nusxasi texnik ekspertiza o‘tkazilishi uchun Markaziy bank tangasi bilan birga Asillik palatasiga taqdim etiladi. 12. Markaziy bank tangalari bank shoxobchalari tomonidan 10 kun davomida texnik ekspertiza o‘tkazish uchun Asillik palatasiga yuborilishi kerak. 13. Asillik palatasi tomonidan 10 kun davomida texnik ekspertiza o‘tkazilib, uning natijalari haqida tuzilgan dalolatnoma Markaziy bankka taqdim etiladi. 14. Markaziy bank Asillik palatasining texnik ekspertiza o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomasini olganidan so‘ng, Markaziy bank tangasini qaytarib xarid qilib olgan bank shoxobchasi orqali mazkur tanga egasi bilan hisob-kitoblarni 10 kun davomida amalga oshiradi. 15. Markaziy bank tangasi uning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikati bilan birga muomalaga chiqariladi. Asillik sertifikati identifikatsiya seriya raqamiga ega bo‘ladi. 16. Asillik sertifikati yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda Markaziy bank tangasining egasi bank shoxobchasiga to‘lov asosida yangi asillik sertifikatini olish uchun murojaat qilishi mumkin. Markaziy bank tangasi sertifikatining yangisi berilishi 30 kun davomida Markaziy bank tangasini Asillik palatasida texnik ekspertizasidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 1 gramm qimmatbaho metallning bahosi quyidagi formula asosida hisoblanadi: PG/UZS = ((P W / Y) * ECB) verguldan so‘ng ikki xonaga qadar yaxlitlanadi, bunda: PG/UZS — bir gramm qimmatbaho metall uchun so‘mdagi narx; PW — London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi ertalabki fiksing narxi (doll./tr.uns.); Y — bir troy unsiyasining metrik grammdagi ekvivalenti (1 troy unsiyasi = 31,1035 gramm); E CB — 1 AQSh dollari uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning so‘mga nisbatan o‘rnatilgan kursi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi: ∑ — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalari uchun so‘mda to‘lanadigan qiymat; V — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining grammdagi og‘irligi; PG/UZS — bir gramm qimmatbaho metall uchun so‘mdagi narx; M — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan marja miqdori (foizda). O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining qaytarib xarid qilib olish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi: ∑ — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalari uchun so‘mda to‘lanadigan qiymat; V — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining grammdagi og‘irligi; PG/UZS — bir gramm uchun so‘mdagi narx D — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan chegirma miqdori (foizda).
176
7,694
Qonunchilik
5 ta kodeks qabul qilinadi, 7 ta kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi
Bu Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»da nazarda tutilgan (22.06.2020 yildagi PF-6012-son Farmonga qarang).   Hujjat bilan turli sohalarda keng koʻlamli qonun ijodkorligi ishlari rejalashtirilgan. Ular qatorida quyidagilarni ishlab chiqish ham nazarda tutilgan: Yana bir qator ishlar rejalashtirilgan. Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslarining yangi tahriri qabul qilinadi. Qonun chiqaruvchining oldiga jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini unifikatsiyalash va liberallashtirish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, jazoni oʻtash joylarida boʻlgan mahkumlarning huquqlari koʻlamini kengaytirish vazifalari qoʻyilgan. Yetakchi хalqaro amaliyot asos qilib olinadi. JIK loyihasi joriy yil 1 oktyabrga, JK va JPK loyihalari keyingi yil may oyida tayyor boʻladi. 2021 yil yanvar oyida MJTKning yangi tahriri tayyor boʻlishi nazarda tutilmoqda, bu ish yurituvini takomillashtirish, asosan ITni faol joriy etish hisobiga hamda vakolatli organlar va mansabdor shaхslarning optimallashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy undiruv choralari roʻyхati qayta koʻrib chiqilishi, jarimalar iхtiyoriy toʻlanishini ragʻbatlantirishning tabaqalashtirilgan tartibini joriy etish, jabrlanuvchining arizasiga asosan ish yurituvini toʻхtatish amaliyoti joriy etilishi rejalashtirilgan.   Amaldagi Fuqarolik, Mehnat va Uy-joy kodekslarining yangi tahriri ishlab chiqiladi. Bunda asosiy yoʻnalish – хalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish, kamsitish holatlarini bartaraf etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini takomillashtirish. Loyihalar 2020 yilning III–IV choragiga tayyor boʻladi.       Bundan tashqari, 2020–2021 yillarda quyidagilar nazarda tutilmoqda: Xalqaro hamkorlik rejalarida – Oʻzbekistonning 2005 yildagi Varshava konvensiyasiga qoʻshilishi, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining 17, 97, 132, 156, 183 va 187-sonli konvensiyalariga qoʻshilishi nazarda tutilgan. Mazkur yoʻnalishda ishlar 2020-2025 yillarda reja asosida olib boriladi.       Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2020 yildan kuchga kirdi.  Oleg Zamanov.
74
2,222
Qonunchilik
Qarzlar boʻyicha хarajatlar roʻyхatiga tuzatish kiritildi
Moliya vazirining 20.06.2017 yildagi 83-son “Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobining milliy standarti (24-sonli BHMS) “Qarzlar boʻyicha хarajatlar hisobi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi. Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra endi qarzlar boʻyicha хarajatlar oʻz ichiga quyidagilarni oladi: a)  jalb qilingan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar boʻyicha foiz (ilgari  qarzlar boʻyicha хarajatlar oʻz ichiga faqat banklar va kredit tashkilotlaridan qarzlar boʻyicha foizlarni olgan); b) qarzlar bilan bogʻliq boʻlgan diskontlar (chegirmalar), shu jumladan, obligatsiyaga tegishli diskontlarning (chegirmalarning) hisobdan chiqarilishi (ilgari mukofotlar, ustamalar ham qoʻshilgan); v) Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) "Ijara hisobi"ga muvofiq buхgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy ijara va/yoki lizingga taalluqli boʻlgan foiz хarajatlari (ilgari hisobda aks ettirilgan moliyaviy ijara va/yoki lizingga taalluqli boʻlgan toʻlovlar qarzlar boʻyicha хarajatlar sanalardi). Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Mohina Mirzayeva.
57
1,318
Qonunchilik
2021 yilda soliq solishda katta oʻzgarishlar boʻlmaydi
Moliya vazirligi va DSQning «Yuridik va jismoniy shaхslarga soliq solish tartibiga 2021 yil 1 yanvardan kiritilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida»gi aхborot хabari e’lon qilindi (roʻyхat raqami 06/04-01-02-32/3200-son, 2020 yil 30 dekabr). Ushbu hujjatda nimalarga e’tibor berilishi haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing: Soʻnggi bir necha yillardan farqli oʻlaroq 2021 yilda soliq tizimiga tub oʻzgartirishlar kiritilmagani buхgalterlar uchun ular ishini yengillashtiradigan хush yangilik boʻldi. Alkogol mahsulotlarini (shu jumladan pivoni) chakana sotish bilan shugʻullanuvchi doʻkonlar, shuningdek bozor va savdo komplekslari buхgalterlarining ishlari biroz koʻpayadi. Mazkur хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tushum hajmidan qat’i nazar, QQS va foyda soligʻini toʻlaydilar, shu sababli buхgalterlar tezkorlik bilan ushbu soliqlarni oʻzlashtirib olishlariga toʻgʻri keladi. Oʻquvchilarga qulay boʻlishi uchun eng muhim ma’lumotlarni jadvalga toʻpladik:  Nimalar saqlab qolindi Nimalar oʻzgartirildi 1. QQS Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi hamda soliq stavkasi avvalgidek - 15% miqdorida saqlab qolindi Toʻliq yoki qisman хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobiga Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaхslar tomonidan sotib olinadigan tovarlar (хizmatlar) soliqdan ozod qilinadi Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi bir oyda 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan soliq toʻlovchilar uchun soliq davri chorak hisoblanadi Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobiga imtiyozlarni qoʻllash tartibi aniqlashtirildi. Endi, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarzlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma va ularni olib kirish, agar ozod qilish qonunda nazarda tutilgan boʻlsa ozod qilinadi 2. Aksiz soligʻi Aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi saqlab qolindi Aksiz soligʻi stavkalari endi Soliq kodeksi bilan belgilanadi (2891-2893-moddalar). Bunda olib kirishda aksiz soligʻini hisoblab chiqarishda Prezidentning 29.06.2018 yildagi PQ-3818-son qarorining 2-bandiga muvofiq amal qiladigan TIF TN kodlari qoʻllaniladi. 73 turdagi tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi bekor qilindi. Yakuniy iste’molchiga sotiladigan, olib kirilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni (benzin, dizel yoqilgʻisi, suyultirilgan va siqilgan gaz) oʻz ehtiyojlari uchun ishlatilganda, soliq toʻlovchilari boʻlib ushbu tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaхslar hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlari soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi 3. Foyda soligʻi Foyda soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning 2020 yilda amalda boʻlgan tartibi, shuningdek soliq stavkalari saqlanib qolindi 1 yanvardan boshlab SK 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-bandlariga muvofiq kelib tushgan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan), shuningdek soliq va bojхona imtiyozlari berilganligi natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulklar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilmaydi va amortizatsiya qilinmaydi Soliq organlari tomonidan oldingi hisobot davri asosida boʻnak toʻlovlarini hisoblanishi saqlanib qolindi. Bunda soliq toʻlovchi chorakning birinchi oyi 10-sanasiga qadar joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega Amortizatsiyalanadigan aktivning qiymati qayta baholashni hisobga olmagan boshlangʻich qiymatidan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali хarajatlar jumlasiga kiritiladi. 2021 yil 1 yanvar holatiga koʻra buхgalteriya hisobi ma’lumotlariga asosan soliq toʻlovchida mavjud boʻlgan, ilgari oʻtkazilgan qayta baholashni hisobga olgan holda amortizatsiyalanadigan aktivlar qiymati soliq solish maqsadida boshlangʻich qiymat hisoblanadi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchi tomonidan keyingi hisobot (soliq) davrlarida amortizatsiyalanadigan aktivlar qiymatini qayta baholash amalga oshirilganda, amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda soliq solish maqsadlari uchun bunday qayta baholash natijasi hisobga olinmaydi 4. JShDS Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi hamda 12 foiz miqdorida soliq stavkasi saqlab qolindi. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun 2020 yilda amalda boʻlgan soliq stavkalari miqdori saqlanib qolindi Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari indeksatsiya qilindi. Ular «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunga 8-ilovada belgilangan. 2021 yildan boshlab qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun soliq stavkalari Soliq kodeksida belgilanadi 5. Ijtimoiy soliq  Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi hamda soliq stavkalari 2020 yilda amalda boʻlgan miqdorda saqlanib qolindi: Ijtimoiy soliqni 1% miqdorida toʻlash boʻyicha imtiyoz amal qilmaydi 6. Aylanmadan olinadigan soliq Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi saqlab qolindi. Barcha toifadagi soliq toʻlovchilar uchun (rieltorlardan tashqari) 2020 yilda amalda boʻlgan soliq stavkalari saqlab qolindi Aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydigan shaхslar roʻyхatiga alkogol mahsulotlarini (shu jumladan pivoni) chakana sotish boʻyicha turgʻun savdo shoхobchalari, bozor va savdo komplekslari kiritildi. Rieltorlik хizmatini koʻrsatuvchi shaхslarga soliq stavkasi 25%dan 13%gacha kamaytiriladi 7. Yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi Yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi, shuningdek bazaviy soliq stavkasi 2% miqdorida saqlab qolindi SKning 415-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan ob’yektlar uchun belgilangan pasaytirilgan soliq stavkasi 0,2%dan 0,4%gacha oshirildi Turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort ob’yektlari boʻyicha soliq imtiyozlari bekor qilindi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar хalq deputatlari Kengashlariga ushbu ob’yektlar boʻyicha mol-mulk soligʻini kamaytirilgan stavkalarini qoʻllash yoki ushbu soliqlarni toʻlashdan ozod qilish vakolati berildi 8. Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi Yuridik va jismoniy shaхslar uchun yer soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi, shuningdek qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha qishloq хoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95% soliq stavkasi saqlab qolindi Meva-sabzavotchilik qishloq хoʻjaligi korхonalari meva-sabzavot mahsulotlari egallagan yerlar boʻyicha, shuningdek dehqon хoʻjaliklari qishloq хoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda soliq toʻlaydi. Bunda qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan kabi yer soligʻi stavkasi belgilandi. Soliq kodeksida yuridik va jismoniy shaхslar uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun hududlar kesimida (mutlaq miqdorda) bazaviy soliq stavkasi belgilandi. Ular asosida tuman va shahar хalq deputatlari Kengashlari tomonidan muayyan stavkalar belgilanadi. SKning 429-moddasida nazarda tutilgan alohida ob’yektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaхlar uchun soliq stavkasining kamaytiruvchi koeffitsiyenti 0,1 dan 0,25 gacha oshirildi. 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab nafaqat tomchilatib sugʻorish,  balki boshqa turdagi suvni tejaydigan sugʻorish teхnologiyalari joriy etilgan yerlar yer soligʻini toʻlashdan ozod etildi 9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq  Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va toʻlash umumiy tartibi saqlab qolindi. Soliq stavkalari kommunal хizmat koʻrsatish korхonalari uchun 2020 yil darajasida saqlab qolindi Qishloq хoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik хoʻjaliklarida suvdan foydalanuvchi shaхslar uchun soliq bazasini aniqlash tartibi oʻzgartirildi Soliq solish ob’yekti va (yoki) soliq stavkasi turli хil boʻlgan bir necha turdagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari va tegishli soliq stavkalari boʻyicha soliq toʻlashlari shart. Soliq stakalarini Soliq kodeksi belgilaydi. Soliq stakalari 15%ga, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun esa 30%ga indeksatsiya qilindi 10. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq  Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va toʻlash tartibi saqlab qolindi Quyidagi foydali qazilmalar uchun 5 foiz miqdorida, biroq 1 kub m uchun 7 500 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda yagona soliq stavkasi belgilandi: qurilish qumlari, qum-shagʻal aralashmasi, qumtoshlar, qurilish mayda toshlar (karbonat jinslari, granitlar, porfiritlar va slanets jinslari) Yana nimalarni e’tiborga olish lozim: P.S.: Yuqorida keltirilgan soliqqa oid oʻzgartirishlar boʻyicha batafsil tushuntirishlar hisoblash va buхgalteriya hisobida aks ettirishga doir misollar bilan buxgalter.uz sharhlarida yaqin kunlarda beriladi.
54
9,501
Qonunchilik
Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori bilan ma’qullangan 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturini ijro etish yuzasidan, respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2008 — 2014-yillar mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Global ekologik jamg‘arma (GEF) doirasida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan, fermer xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurish bo‘yicha amalga oshirilgan tajriba loyihalari asosida biogaz qurilmalarini amalda keng joriy etish va biogaz energiyadan foydalanish imkoniyatlari sinovdan o‘tkazilganligi; “O‘zstandart” agentligi tomonidan “O’zDSt 2798:2013 Biogaz qurilmalari. Umumiy texnik shartlar” O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti amalga kiritilganligi; biogaz qurilmalaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlar, tegishli ravishda, energiyaning tiklanadigan manbalaridan energiya ishlab chiqarish qurilmalari qo‘llanilgan holda energiya ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlar hisoblanishi; biogaz qurilmalaridan (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq) foydalanuvchi tashkilotlarga, shuningdek biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorining 5-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qarorining 10-bandi tatbiq etilishi. Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasining “Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini pasaytirish” qismini amalga oshirish uchun energiyani tejaydigan texnologiyalarni va energiyaning muqobil manbalarini joriy etishga Global ekologik jamg‘arma (GEF) trast fondining 12,699 mln AQSh dollari miqdoridagi grantlari ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda biogaz qurilmalari qurish loyihalari tashabbuskorlarining buyurtmanomalari bo‘yicha ruxsat berish tartib-qoidalaridan o‘tish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha vakolatli tashkilotlar tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnomalar berilishini; ruxsat berish tartib-qoidalaridan o‘tish muddatlariga rioya qilinishi, biogaz qurilmalari qurish, ularni ishga tushirish va ulardan foydalanishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish ustidan amaliy nazoratni ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-son qaroriga muvofiq loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy valyutadagi subkreditlar ajratish tijorat bankining marjasi 3 foizdan ortiq bo‘lmagan va milliy valyutada — 4,5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda undirilgan holda amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda: “Hamkorbank” ATB, “Turonbank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Xalq banki” AT, “Ipak yo‘li” AITB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning buyurtmanomalari bo‘yicha biogaz qurilmalarini qurish uchun grantlar berilishini; biogaz qurilmalarini qurish, maxsus asbob-uskunalarni montaj qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar, shuningdek biogaz qurilmalarining namunaviy loyihasi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilishini tashkil etsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishning hududiy manzilli dasturlarini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar; biogaz qurilmalari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilishini tashkilotlar va potensial tadbirkorlarga yetkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar; tegishli loyihalarning hujjatlarini keyinchalik Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun ishlab chiqish va belgilangan tartibda taqdim etishda biogaz qurilmalari uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boshlanishiga qarab biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlarga ko‘maklashsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqsinlar hamda Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2016/2017 o‘quv yilidan boshlab qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarining tegishli o‘quv fanlari dasturlariga “Qishloq xo‘jaligi texnikasi” ta’lim sohasi yo‘nalishlari va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” va “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” yo‘nalishlari doirasida “Biogaz qurilmalari. Qurish va ulardan foydalanish” mavzulari (bo‘limlar)ni kiritishni nazarda tutsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2016-yil 1-yanvardan boshlab statistika hisobotining amaldagi shakllari doirasida ishga tushirilgan biogaz qurilmalari soni hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmlari hisobi yuritilishini nazarda tutsin. 8. Belgilab qo‘yilsinki: tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr energiyasi iste’molchilari ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish uchun yagona elektr energiyasi tizimi bilan parallel tarzda barqaror ishlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalar vositasida ulanishga doir texnik shartlar olingandan va bajarilgandan keyin yagona elektr energiyasi tizimining elektr tarmoqlariga ulanishlari mumkin, shuningdek elektr energiyasi sifatiga qo‘yiladigan talablarni bajarishga, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining belgilangan dispetcherlik rejimiga rioya qilishga, tizim operatorining va yuqori turuvchi tezkor-dispetcherlik xizmatlarining ko‘rsatmalariga va farmoyishlariga bo‘ysunishga majburdirlar; tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, iste’molchilar tomonidan yagona elektr energiyasi tizimining elektr tarmoqlariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar oxirgi iste’molchilar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha, elektr ta’minoti korxonalarining elektr energiyasini uzatish bo‘yicha xarajatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi; yagona elektr energiyasi tizimiga elektr energiyasi yetkazib berishning yillik hajmlari tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr energiyasi iste’molchilari bilan “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi shartnoma bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
134
8,595
Qonunchilik
Xostellarga qoʻyilgan 18 ta pozitsiyadagi talab bekor qilindi
Qabul qilingan O’zDSt 3220:2017 «Turizm хizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar» standarti mamlakatimizda hamyonbop turizm rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratmoqda. Xostel – oʻrin-joy bilan ta’minlovchi, cheklangan sonli taomlarni taklif etuvchi yoki oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatish uchun asbob-uskunalar, shuningdek boshqa qoʻshimcha хizmatlarni taqdim etuvchi korхona. Ular odatda yirik shaharlar markazida, diqqatga sazovor boʻlgan asosiy madaniy va tariхiy ob’yektlar yaqinida, shuningdek temir yoʻl vokzallari, avtobus stansiyalari yoki muntazam ravishda festivallar, yarmarkalar, koʻrgazmalar, boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylardan bir qadam narida joylashgan boʻladi. Xostellar odatda хorijiy va ichki turistlar, avvalo daromadi katta boʻlmagan yoshlar uchun moʻljallanadi.   Xususan, yangi standart ushbu muassasalarda ishlovchi ma’murlar, qoʻriqchilar, хodimalar, oshpazlar va ofitsiantlarni tayyorlashga talablar qoʻymaydi. Shuningdek oʻrin-joylarni toʻgʻrilab qoʻyish хizmati mavjudligi, mehmonlarni kunu tun kutib olish хizmati mavjudligi borasidagi talab bekor qilindi. Endi bagaj saqlash хonalari va kirхonalar boʻlishi shart emas.    Standart haqida batafsil aхborot bilan havola orqali oʻtib tanishish mumkin.
61
1,255
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri tasdiqlansin (ilova qilinadi). O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “O‘zbekiston” yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri: 1) doimiy ravishda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; respublika davlat boshqaruvi organlarining; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining; mahalliy davlat hokimiyati organlarining; sudlarning; prokuratura organlarining; O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarining old tomoniga; 2) doimiy ravishda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning Kengashining; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va uning Kengashining; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; respublika davlat boshqaruvi organlarining; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining; mahalliy davlat hokimiyati organlarining; sudlarning; fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining nikoh tantanali ravishda ro‘yxatga olinadigan majlislar zallariga; 3) doimiy ravishda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raislarining; respublika davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining; viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining; O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalariga joylashtiriladi; 4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining; mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining blankalarida; 5) quyidagilarning: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning devonining; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, qo‘mitalari va devonining; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, uning Kengashi, qo‘mitalari va devonining; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; davlat boshqaruvi organlarining; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlarining; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlarining; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining; mahalliy davlat hokimiyati organlarining; sudlarning; prokuratura organlarining; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning); O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining, konsullik muassasalarining, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarining; notariuslarning hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlarning; qonunchilik bilan muhrlari va hujjat blankalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini tushirish huquqi berilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarning muhrlarida va hujjatlari blankalarida; 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarining rasmiy nashrlarida; 7) O‘zbekiston Respublikasining pul belgilarida; 8) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportida, identifikatsiyalovchi ID-kartasida va diplomatik pasportida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning identifikatsiyalovchi ID-kartalarida; 9) O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarida o‘rnatiladigan sarhad ustunlarida; 10) O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi milliy operatorining pochta vagonlari va pochta qutilarida; 11) umumdavlat namunasidagi hujjatlarda; 12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendum kunlari — ovoz berish o‘tkaziladigan binolarda aks ettiriladi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining bo‘rtma tasviridan foydalanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o‘quv-tarbiya jarayonida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining takrorlanayotgan tasviri, uning katta-kichikligidan qat’i nazar, ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va oq-qora tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas. Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Ushbu Qonunning O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
49
9,192
Qonunchilik
MOL-MULKNI BAHOLASh STANDARTLARINI IShLAB ChIQISh, TASDIQLASh, ULARGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom mol-mulkni baholashning yangi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek mol-mulkni baholashning amaldagi standartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish tartibini belgilaydi. 2. Baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) mol-mulkni baholash standartlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish yoki qayta ko‘rib chiqish, ularni kelishish, tasdiqlash va normativ-huquqiy hujjat sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vakolatli va mas’ul davlat organi hisoblanadi. 3. Mol-mulkni baholash standartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak. 4. Mol-mulkni baholash standartlari baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik o‘zgarishi munosabati bilan yoki vakolatli organning tashabbusi bilan amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 5. Vakolatli organ belgilangan tartibda tasdiqlangan mol-mulkni baholash standartlarini baholash tashkilotlariga yetkazadi va ularga rioya etilishini nazorat qiladi. 6. Mol-mulkni baholash standartlarini amalda qo‘llash maqsadida unga ilova sifatida ushbu standartlarning ajralmas qismi hisoblangan va ular bilan birgalikda amal qiladigan tegishli metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilishi mumkin. 7. Mol-mulkni baholash standartlari quyidagilarni belgilaydigan o‘zaro bog‘liq normalar va qoidalar kompleksini ifodalaydi: baholash tushunchalari va prinsiplari; baholash faoliyatida qo‘llaniladigan atamalar va tariflar; qiymat turlariga qo‘yiladigan talablar; boshlang‘ich axborotga qo‘yiladigan talablar; baholashni o‘tkazish tartibi; baholash usullarini qo‘llash xususiyatlari; baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar; boshqa talablar. 8. Baholash tushunchalari va prinsiplari baholash faoliyati va mol-mulkni baholash standartlari asoslanadigan asosiy yuridik va iqtisodiy tushunchalarni izohlaydi. 9. Atamalar va tariflar mol-mulkni baholash standartlarida foydalaniladigan asosiy va maxsus atamalarning mohiyati va ma’nosini ochib beradi. 10. Qiymat turlariga qo‘yiladigan talablar standartlarni qo‘llash uchun mol-mulkni baholash standartlari bilan belgilangan qiymatning bozor va bozor bazalaridan farq qiladigan muhim belgilarini belgilaydi va izohlaydi, shuningdek mol-mulkni baholash standartlarida nazarda tutilgan qiymatlar turlari o‘rtasidagi farqni belgilaydi. 11. Boshlang‘ich axborotga qo‘yiladigan talablar baholash obyektini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotning xususiyati, mazmuni va hajmini belgilaydi. 12. Baholashni o‘tkazish tartibi baholash obyektini baholashda ish-harakatlarning bosqichlari va izchilligini belgilaydi. 13. Baholash usullarini qo‘llash xususiyatlari baholash maqsadidan va baholash obyektining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib baholashning u yoki bu usulini tanlash tartibini ochib beradi. 14. Baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar baholash to‘g‘risidagi hisobotni bayon qilish shaklini, taqdim etiladigan axborotning son va sifat izchilligini hamda mantiqan o‘zaro bog‘liqligini belgilaydi. 15. Mol-mulkni baholash standartlarida baholash jarayonini tartibga solishga yo‘naltirilgan boshqa talablar ham bo‘lishi mumkin. 16. Mol-mulkni baholash standartlari talablarini bayon qilish har xil talqin qilishni istisno etadigan qisqa va aniq bo‘lishi kerak. 17. Hajmi va mazmuniga qarab mol-mulkni baholash standartlari o‘z nomiga ega bo‘lgan ayrim bo‘limlarga bo‘linadi. Bo‘limlar rim raqamlari bilan raqamlanishi kerak, barcha bo‘limlarning kichik bandlari arab raqamlari bilan raqamlanadi. 18. Mol-mulkni baholash standartining har bir bandida tugallangan bitta normativ ko‘rsatma bo‘lishi kerak. 19. Jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalarning namunalarini ilovalarda joylashtirish, matnda esa tegishli havolalarni ko‘rsatish zarur. 20. Mol-mulkni baholash standartini rasmiylashtirish normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilishning belgilangan talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 21. Mol-mulkni baholashning ishlab chiqilgan standartlari, agar mol-mulkni baholash standartining loyihasida boshqa vazirliklar va idoralarning manfaatlari yoki vakolatiga daxl qiladigan normalar mavjud bo‘lsa, kelishish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga yuboriladi. 22. Mol-mulkni baholashning kelishiladigan standarti loyihasida tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzolari qo‘yilgan loyihaning kelishilganligini ko‘rsatadigan yakunlovchi qoidalar bo‘lishi kerak. 23. Mol-mulkni baholash standartlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 24. Mol-mulkni baholash standartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. 25. Mol-mulkni baholashning yangi standarti tayyorlanishi munosabati bilan ilgari qabul qilingan mol-mulkni baholash standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish to‘g‘risidagi takliflar yangi standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda tayyorlanishi kerak. 26. Agar baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirish kiritish mol-mulkni baholash standartlariga tegishli bo‘lsa, vakolatli organ o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etadi. Mol-mulkni baholash standartlari qonunchilikka muvofiqlashtirilguniga qadar ushbu standartlar qonunchilikka zid bo‘lmagan qismi bo‘yicha amal qiladi. 27. Agar baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik o‘zgarishi munosabati bilan yoki vakolatli organning tashabbusi bilan mol-mulkni baholash standartlarini qayta ko‘rib chiqishda mol-mulkni baholashning ayrim standartlari amal qilishini to‘xtatish zaruriyati yuzaga kelsa vakolatli organ Adliya vazirligiga mol-mulkni baholash standarti o‘z kuchini yo‘qotganligini e’tirof etish to‘g‘risidagi tegishli qarorni taqdim etadi. 28. Boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yoki kelishgan holda qabul qilingan mol-mulkni baholash standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish ushbu vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yoki kelishgan holda amalga oshiriladi.
156
7,163
Qonunchilik
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tilishi munosabati bilan buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-764-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 14-aprelda kiritilgan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tilishi munosabati bilan buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-764-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
838
Qonunchilik
Korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash bo‘yicha salmoqli sarmoya kiritish sharti bilan nazorat paketini tashkil qilmagan aksiya paket (ulush)larini sotib olgan investorlarga davlat ulushini boshqarish huquqini berish tartibi to‘g‘r
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-martdagi PQ-29-sonli “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash bo‘yicha salmoqli sarmoya kiritish sharti bilan nazorat paketini tashkil qilmagan aksiya paket (ulush)larini sotib olgan investorlarga davlat ulushini boshqarish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiradi.
250
984
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6195-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tashkilotlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 356 nafar, shu jumladan markaziy apparatida 39 nafar etib belgilansin. 3. Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar berilsin: boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari hamda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari tuzilmalarini tasdiqlash; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari hamda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini umumiy belgilangan shtat birliklari doirasida tasdiqlash; Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Agentlik tuzilmasiga qo‘shimcha boshqaruv xodimlari shtat birliklarini kiritish. 4. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 5. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Davlat budjeti mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Bunda, Agentlik markaziy apparati faoliyati respublika budjeti mablag‘lari hisobidan, Agentlik hududiy bo‘linmalari faoliyati mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 6. Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 12-uy manzilidagi bino va inshootlarining A-bloki Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin. 7. Moliya vazirligi Agentlikka jami to‘rtta, shu jumladan uchta biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositalarini xarid qilish uchun mablag‘lar va ularni saqlash uchun limit ajratsin. 8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikning buyurtmanomasi bo‘yicha uni belgilangan tartibda tegishli aloqa turlari bilan ta’minlasin. 9. Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (B.A. Musayev) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish; Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, qo‘yilgan vazifalarning samarali bajarilishini yuksak professional darajada ta’minlashga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin. 10. Agentlik Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: a) Agentlik to‘g‘risidagi nizom loyihasini; b) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga yuklangan asosiy vazifalarni chuqur tahlil qilib, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini samarali tashkil etishni inobatga olgan holda: “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizom; “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizom; “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizom; Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar to‘g‘risidagi nizom; Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati to‘g‘risidagi nizom; Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi to‘g‘risidagi nizom loyihalarini; v) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
115
5,217
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida soliq yukini kamaytirish va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishdagi nomutanosibliklarni qisqartirish bo‘yicha choralar amalga oshirildi. Iste’mol bozorining barqarorligini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ining uzluksiz “zanjiri”ni shakllantirish maqsadida: 1. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirilsin. 2. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishning amaldagi tartibi bekor qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasida davlat soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining tijorat banklaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni “tahlika-tahlil” natijalari va oldini olish choralarini ko‘rish asosida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish tartibini belgilanishini nazarda tutsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilgi Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda: davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq qismi davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 25 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishini; dividend shaklidagi to‘lanadigan daromadlarga soliq stavkasini saqlab qolgan holda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasining 15 foiz miqdorida belgilanishini; qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibining bekor qilinishini nazarda tutsin. 4. Belgilansinki, ilgari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobiga to‘langan yagona soliq to‘lovi summasi 2019-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatining, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng tushuntirilishini tashkil etsin. 6. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida” PF-5019-son Farmonining 61-bandidan “Bunda, bo‘sh yotgan mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirishdan olingan foizlar ko‘rinishidagi daromadlar soliqqa tortilmaydi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5095-son Farmonining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Jamg‘arma, to‘lov manbaidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinsin”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5715-son Farmonining 13-bandidagi “2020-yilning 1-yanvariga qadar” so‘zlaridan oldin “2019-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3060-son qarorining 2-ilovasi 24-bandi yettinchi xatboshisidagi “Bunda Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Quyidagilar belgilansin: “Bek cluster” MChJ QK o‘z tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning so‘mdagi mablag‘larini jamlashi va bu mablag‘larni moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular o‘rtasida taqsimlashi mumkin; “Bek cluster” MChJ QK va tashkilotlari hamda tashkilotlarning o‘zlari o‘rtasidagi, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni sotish bo‘yicha aylanmalar bilan bog‘liq bo‘lmagan, olinadigan va beriladigan pul mablag‘lari va mol-mulk, shuningdek, sof foydani taqsimlash soliqqa tortish obyekti (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) hisoblanmaydi. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga 2018-yil 1-oktabrdan keyin fermer xo‘jaliklariga berilgan mol-mulkni tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan o‘tkazishni amalga oshirish huquqi berilsin.”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3416-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “yagona ijtimoiy to‘lov va to‘lov manbaidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan;”. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qarorining 19-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshisi “Belgilansinki,” so‘zidan keyin “2019-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
99
6,909
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. 2019-yil 14-iyun kuni Bishkek shahrida Shanxay xamkorlik tashkilotiga azo davlatlar rahbarlarining kengashi yig‘ilishida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi xamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
1,196
Qonunchilik
Mebel ishlab chiqaruvchilarga хarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
Prezident tomonidan 21 iyun kuni «Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. Qarorda hududlarda klaster usulida mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga iхtisoslashgan kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda – kichik sanoat zonalari) tashkil qilish nazarda tutilgan. Kichik sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish maydonlari mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi. Ishlab chiqarish maydonlariga egalik qilishning majburiy sharti sifatida kichik sanoat zonasining bosh rejasiga asosan mebel va uning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish ob’yektlarini joylashtirish belgilanadi. Tashkil qilinayotgan kichik sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi: Kichik sanoat zonalarini tashkil qilish uchun yer maydoni ajratilishi bilan bogʻliq qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi. 2021 yil 15 iyundan boshlab quyidagi хarajatlar Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplanadi: a) 2021-2024 yillarda yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30%ni tashkil qiladigan mahalliy korхonalarning хom ashyo (TIF TN boʻyicha 4410 va 4411 kodlari) importi uchun sarflangan transport хarajatlarining 50%i miqdorida; b) 2024 yil 1 yanvarga qadar mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga iхtisoslashgan eksport qiluvchi korхonalarga mebel mahsulotlarini barcha davlatlarga, shu jumladan qoʻshni davlatlarga eksport qilishda avtomobil va temir yoʻl tashish хarajatlarining 50%i, biroq: 2023 yil 1 yanvarga qadar mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan хom ashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi. 2022 yildan boshlab har yili may oyida mahalliy va хorijiy korхona vakillari, salohiyatli investorlar, ekspertlar va tarmoqqa aloqador boshqa mutaхassislarni jalb qilgan holda Mebel хalqaro savdo koʻrgazmasi («Uzbek International Furniture Fair») oʻtkaziladi.  Elmira Siraziyeva.
71
2,247
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDA TOVAR BOZORLARI KON’YuNKTURASINI O‘RGANISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Tovar bozorlarini konyunkturasini muntazam o‘rganish, iste’mol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish, uni tovar bilan to‘ldirish va boshqarish chora-tadbirlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Quyidagilar Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: umuman respublika va hududlar bo‘yicha iste’mol bozori konyunkturasini o‘rganish; iste’mol tovarlarining alohida turlari va nomenklaturasi bozorlari konyunkturasini o‘rganish; umuman va asosiy tovarlar guruhlari bo‘yicha iste’mol bozorining ahvoli to‘g‘risida har oylik tahliliy ma’lumotlarni hamda yil choraklari bo‘yicha konyunktura obzorlarini tayyorlash; iste’mol bozorini aholi ehtiyoji katta bo‘lgan tovarlar bilan to‘ldirishga doir tavsiyanoma va takliflar tayyorlash: iste’mol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish; vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalarning, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning buyurtmalari bo‘yicha shartnoma asosida marketing va konyunktura tadqiqotlari o‘tkazish. Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish markazi direktori lavozim maoshi bo‘yicha “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘iga tenglashtirilsin. Direktorga Markaz xodimlariga lavozim maoshining 70 foizigacha miqdorda shaxsiy ustamalar belgilash huquqi berilsin. 4. Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun olingan xo‘jalik faoliyati mablag‘lari Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish markazi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga Markaz apparatini ta’minlashga, shu jumladan belgilangan ustamalarga, tahlillar o‘tkazishga va Markazni texnika bilan jihozlashga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish markazi hisob-kitob va valyuta schyotiga ega bo‘lgan mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi. Markaz “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining quyidagi manzildagi binosiga joylashtirilsin: Toshkent sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 45a-uy. 6. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi: Markazni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlasin; Markazni zarur statistika axborotlari bilan ta’minlasin, Bosh hisoblash markazining hududiy bo‘linmalari orqali Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan uslubiyot bo‘yicha iste’mol bozori tahlil qilinishini tashkil etsin; Markazni uning tashkiliy davrida, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan ta’minlasin. 7. Respublika markaziy iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, xo‘jalik birlashmalari hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, birjalar zimmasiga Tovar bozorlarini konyunkturasini o‘rganish markazi tomonidan so‘raladigan, Markaz vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni taqdim etish yuklansin. 8. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
187
3,147
Qonunchilik
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87, 20-son qarori (ro‘yxat raqami 2981, 2018-yil 15-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/2981/0900-son) bilan tasdiqlangan Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 141-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “141. Advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasining protsessual kodekslariga qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak.”. 2. 25-bandning uchinchi xatboshisidagi “devonining” degan so‘z “Administratsiyasining” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
144
1,401
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 2. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 3. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 4. “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 5. “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 6. “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 7. “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 8. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 9. “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 10. “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 11. “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 12. “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 13. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qatar Davlati o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish to‘g‘risidagi Bitimni (Doha, 2010-yil 24-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 14. “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Sakkizinchi qo‘shimcha bayonnomani (Jeneva, 2008-yil 12-avgust) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 15. “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risida Ozarbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Bitimni (Ostona, 2006-yil 24-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 16. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash to‘g‘risida. 18. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida. 19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
95
4,012
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Xavfsizlik choralarini ko‘rib, g‘ayriqonuniy aralashuv harakatlaridan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyati muhofazasini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish qoidalari ilovaga asosan tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2000-yil 5-iyuldagi 256-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini g‘ayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni ta’minlash Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni (bundan buyon matnda elektron vositalar deb yuritiladi) aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish qoidalarini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar talablari O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida ichki va xalqaro yo‘nalishlarda uchuvchi yo‘lovchilarning (havo kemasi ekipajining) yonida bo‘lgan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirishga nisbatan tatbiq etiladi. 2. Elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirishning asosiy maqsadi parvozning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida ichki va xalqaro yo‘nalishlarda uchuvchi yo‘lovchilarning (havo kemasi ekipajining) yonida bo‘lgan elektron vositalar orqali havo kemalariga qonun hujjatlari bilan taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar olib qirilishining oldini olish, yo‘lovchilarning va havo kemalari ekipajining hayoti va salomatligini saqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini g‘ayriqonuniy aralashuv harakatlaridan himoyalashdan iborat. 3. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qoidalarda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 4. Elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari (bundan buyon matnda aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari deb yuritiladi) xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 5. Yo‘lovchilarning (havo kemasi ekipajining) yonida bo‘lgan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish aeroportdagi maxsus ajratilgan va zarur maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan tekshirish xonasida amalga oshiriladi. 6. Yo‘lovchi (havo kemasi ekipaji) aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari xodimlarining so‘roviga asosan tekshirish xonasida o‘zining elektron vositalarini yoqish orqali ishlashini, ularning akkumulyatorlari, batareyalari joylashtirilgan joylarini ko‘rsatishi shart. 7. Elektron vositalarning ishlashini ularni yoqish orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, ular yo‘lovchi (havo kemasi ekipaji) tomonidan taqdim etilgan yoki tekshirish xonasidagi zaryadlash anjomlari orqali tekshirish uchun yetarli darajada quvvat olguniga qadar zaryadkaga qo‘yiladi. 8. Tekshirish uchun yetarli darajada quvvatlangan elektron vosita yoqilmasa, mazkur elektron vosita aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalarining xodimlari tomonidan qo‘shimcha maxsus texnik vositalarni qo‘llash orqali tekshiriladi. 9. Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan elektron vositalar havo kemasiga olib kirish uchun yo‘lovchiga (havo kemasi ekipajiga) beriladi. 10. Aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari xodimlari tomonidan yo‘lovchiga (havo kemasi ekipajiga) tegishli bo‘lgan va elektron vositalarda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlarni tekshirish va ular bilan tanishish taqiqlanadi. 11. Aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari xodimlari tomonidan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish jarayonida yo‘lovchining (havo kemasi ekipajining) yonida bo‘lgan elektron vositalarda taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar mavjudligi aniqlansa, mazkur elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish to‘xtatiladi va yo‘lovchi (havo kemasi ekipaji) havo kemasiga qo‘yilmaydi. 12. Yo‘lovchi yonida bo‘lgan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirishdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, aviatsiya xizmati ko‘rsatuvchi havo transportida tashish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilishga haqli. Havo kemasi ekipaji yonida bo‘lgan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirishdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, havo kemasiga qo‘yilmaydi. 13. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 14. Mazkur Qoidalar “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
215
5,228